www.uz
BADOYI` UL-BIDOYA

DEBOCHA
             Fasohat devonining g`azalsaroylari tab` maxzanidin sho`ridahol oshiqlar xirmani joniga o`t solg`udek bir otashin la`l nazm silkiga torta olmag`aylar, agar so`z debochasin ul soni` javohiri hamdi bila murassa` qilmag`aylarkim, ishq ahlin olmosi lison sharafi va gavhari bayon lutfi bila soyir insonning durratul-toji qildi.

Subhonallohu huval-aliyul-mutaol,
Kim ayladi ishq bahrini molomol.
Insonni chu anda soldi g`avvos misol,
Ham gavhari hol berdi, ham durri maqol.

             Va balog`at bo`stonining chamanoroylari xayol gulshanidin sohibjamol ma`shuqlar gulbuni husnig`a ziynat bergudek bir otashin gul vazn guldastasig`a bog`lay olmag`aylar, agar kalom fihrastin ul qodir zavohiri shukri bila mulamma` qilmag`aylarkim, husn xaylin gulbargi uzor bog`i va nargisi bemor charog`i bila  koffayi xaloyiq qurratul-ayni etti.

Alhamdu limujidil-hadoyo va ni`am,
Kim kesti vujud bog`idin xori adam.
Ul bog`da har gul o`tikim, chekti alam,
Jon evini  yorutti, nazar sham`inn  ham.

             Bu hamdi mazkur va sanoyi masturg`a ko`ngul moyil va til qoyil bo`lub, ko`ngulga orom va tilga kom yetishmagay, to risolat burjining munir axtari va nubuvvat durjining samin gavhari va mo yantiqu an-il-havo taronasining mushorun ilayhi va in huva illo vahyun yuho xazonasining mu`tamadun alayhi va ana afsahu surudining mutarannimi va ana amlahu durudining mutakallimi na`tining tuhfasi anga vosita va durudniing hadiyasi anga vasila bo`lmag`ay.

Muhammadkim, rusul anjumdur, ul oy,
Qayu oy, balki mehri olamoroy.

Vujudining tufayli to`qquz aflok,
Bu da`vo shohidi manshuri lavlok.

Olib yuz barqdin sur`at samandi,
Yangi oy ul oy samandi siynabandi.

Sitomi markabi Birjisu Nohid,
Iki yondin chanoqi oyu xurshid.

Zalolat ko`yining mahzunlarig`a,
Jaholat dashtining majnunlarig`a,

Shafi` etkil oni jovid, ilohiy,
Meni ham qo`ymag`il navmid, ilohiy.    

             Va sallallohu alayhi va alo olihit-tayibin va ashobihittohirin va alo man taba`ahum ajma`in ila yavmidin.
             Bu parishon ajzoning varaqnigori va bu oshufta avroqning qissaguzori, mehnat paymonasining jur`achashi va malomat xumxonasining sabukashi, shaydoliq mahallasining rasvosi va rasvoliq ko`chasinnng shaydosi

Vafo bo`stonining dostonsaroyi,
Malomat bulbuli, ya`ni Navoiy

g`afarallohu zunubahu andoq arz qilurkim, ul chog`kim Xuroson taxti ko`ragonliq duvoji ila ziynatafzoy va Ko`ragon farqi jahonbonliq toji bila falakfarsoy erdi, umrum shabistoni shabob sham`lari nuridin munavvar va hayotim gulistoni yigitlik gullari atridin muattar erdi, sinn muqtazosidin tabiatg`a havo g`olib va havo g`alabasidin tabiat lahvg`a tolib erdi, ko`nglagim chokidin ko`ksumdagi eski to`ganlar bir-bir ayon va ko`kragimda kesgan yangi aliflardin ko`nglagim xat-xat qon, mudom may rag`ba-ti ko`ngulga mahbub va hamisha mahbub ulfati xotirg`a marg`ub, jonim ishq bodasidin mast va ko`nglum boda ishqidin mayparast:

Bo`lmasa  ollimda gulrux soqiy,  ahvolim  xarob,
Yo`q esa  soqiyda gulgun jomi may, bag`rim kabob.

Oz vaqtda boda selidin hushu aqlim evi yiqildi va ishq barqi salohu ofiyatim xirmanin kul qildi:

Birovki,   ishqu  may  ilgida   mubtalo  bo`lg`ay,
Ne tong, agar anga har lahza yuz balo bo`lg`ay.

Agarchi sa`b balodur, vale budur tilagim,
Ki bu balo manga bo`lg`ay hamisha, to bo`lg`ay.

Bori shuur  surati ko`nglumdin ketdi va ko`ngul surati holi bir erga yetdikim,

Tun-kun ayog`im yalang, yoqam chok,
Mayxona yo`lida mastu bebok.

Har dam yetibon falakka huyum,
Avbosh ila barcha guftugo`yum.

             Chun tab`i jibilliy salomatdin va jibillat zoti istiqomatdin oriy ermas erdi, oshiqliq ko`chasidakim, ajib holotg`a g`oyat va xumorliq mahallasidakim, g`arib mushkilotg`a nihoyat yo`qturur; ishqda xoh habib jamoli hayratidin va xoh raqib xayoli g`ayratidin va xoh visol bahori intizoridin va xoh firoq xazoni xor-xori iztiroridin har nav` ish yuzlansa erdi; va mayda xoh mastliq ayshu tarabidin va xoh maxmurliq ranju taabidin va xoh mayfurush inoyatidin va xoh muhtasib shikoyatidin har amr voqi` bo`lsa erdi, ul holg`a loyiq va ul xayolg`a muvofiq:

Ko`nglumda ne ma`ni o`lsa erdi paydo,
Til aylar edi nazm libosida ado.

Ul nazmg`a jonin qilibon xalq fido,
Solurlar edi gunbazi gardung`a sado.

Bu vayron tab`ni bayt etsa mastur,
Tutub shuhrat nechukkim bayti ma`mur.

Xarobot ichra paydovu nihoniy,
Ul erdi xalqning ratbul-lisoni.

             Yo`qkim, xarobot durdno`shlari, balki munojot xirqapo`shlari va demaykim, avom arozili, balki xavos afozilining tillariga joriy va ko`ngullariga koriy tushar erdi va ul zamonning karimul-xulq ozodalari, balki azimush-sha`n shahzodalari iltifotig`a musharraf bo`lur erdi. Xususan, saltanat ganjining durri samini va qanoat kunjining xoknishini, ilmu zako ahlining yagonasi va faqru fano xaylining benishonasi, itik zehni daqoyiq rishtalarining girihkushoyi va arig` tab`i haqoyiq chehralarining pardaraboyi

Tab`i darveshu o`zi shohnishon,
Shohi darvesh Muhammad Sulton

abqol-lohu kanza fanoihi va adoma izza g`inoihikim, matla`e yo ortuqroq, yo tamom g`azal tilim xomasi taqririg`a kelsa erdi, yo xomam tili tahrir qilsa erdi, filhol ani mushkbor qalam birla kofurkirdor safhag`a raqam qilib, oqu qaroni andin maxtut qilur erdi va yana ham anga qarobat hisobliq tezfahm shahzodalar va musohib intisobliq xushtab` mirzodalar mutaaddid savod qilib, soyir ulusg`a yoyilur erdi va oshiqpesha beqarorlarning ja-lisi mehnati va ma`shuqsheva gul`uzorlarning anisi suhbati bo`lub, xavosu avom orasida ishtihori tamom va intishori molokalom topar erdi. Va lekin    xotirimg`a kelmaskim, bu parishon abyotni jam` qilmoq xotirimg`a kelmish bo`lg`ay va ko`nglumga kechmaskim, bu parokanda ash`org`a tartib bermak ko`nglumga kechmish bo`lg`ay. Agarchi, alarkim axassi ashob va aazzi ahbob erdilar, ko`p qatla bu ish irtikobig`a iltimos va taklif qilur erdi-lar,  ammo oshufta xayolg`a  andoq kelur erdikim,

Kulmakka o`rganur el har so`zki desa majnun,
Ul so`zni jam` qilsa, kulmakni istar afzun.

Devonaki, mast bo`lsa doyim,
Kulmakka erur so`zi muloyim.

O`rgansa ulus, emas tahayyur,
Gohi kerak elga ham tamasxur.

             Va farzankim, bu so`zlardin ba`zi zavqu hol yuzidin tadving`a mustahiq va aazzahu aning tartibi istid`osido muhaqqiq bo`lg`aylar, ammo qoyilekim,   

Har kun yana bir ishq iladur afsona,
Har tun yana bir shay`g`adur parvona,
Ish anga junun, manzil anga mayxona,
Devon yasamoqni ne bilur devona?!

             Va bar taqdirekim, qoyil jununi iloj qobili bo`lg`ay va avqoti jomi saloh bodasidin tulg`ay,

Bartaraf bo`lg`ay mayu ishqu junun,
Barchag`a qoyimmaqom o`lg`ay funun.

             Ammo ash`or tadvin qilg`onlardin ba`zikim, baqo mulkida foniy va ba`zikim, holo fano dayrida boqiy dururlar. Avvalg`i zumradin bovujudi dard beshasining g`azanfari va ishq otashgoxining samandari, ma`dani javohiri ma`naviy Amir Xusrav Dehlaviy qaddasal-lohu taolo ruhah va fano mayxonasinnng rindi xirkachoki va balo paymonasining masti beboki, ishqu muhabbat asrori aminlarining hamrozi Xoja Hofiz Sheroziy saqol-lohu saroh. Va so`ngg`i firqadin quds shabistonining sham`i anvari va uns gulistonining andalibi suxanvari, balog`at shakkaristonining to`tiyi shirinkalomi janobi maxdumiy mavlono Abdurahmon Jomiy maddal-lohu taolo zilola irshodihi alo maforiqit-tolibin devonlari orada bo`lg`ay. Va uyg`ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag`osidin mavlono Sakkokiy va mavlono Lutfiy rahimahumol-lohkim, birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda beg`oyat va birining latif g`azaliyoti intishori Iroqu Xurosonda  benihoyatdurur,  ham devonlari  mavjud bo`lg`ai.  Va g`aribroq bukim, g`aroyibi maoniy iktisobi uchun g`arobat iqlimlarida tab` sayyohini g`urbatg`a solg`on forsiydisor va turkiyshior yigitlar sarxayli yori aziz Suhayliy doma tavfiqahkim, forsiy ash`or bahorida fayz sahobidin yoqqan maoniy yomg`urinnng har qatrasi rishtasig`a sho`xtab` abkori barmog`lari uchi bila yuz girih tugar va turkiy abyot maydonida azimat bodpoyin po`yag`a solsa, yuz yilg`i o`lgan daqoyiq parivashlarining silsilayi zulfidin chobukluq zaman shahsuvori sinoni no`gi bila yuz zirih ko`tarur. Holiyo ikkalasi alfoz nazmig`a qoyil, balki devon takmilig`a moyil bo`lg`ay.
             Va yana dog`i latofatshior nozimlar zaroyifi va zarofatdisor roqimlar latoyifi har yondin istimo` tusharkim, ko`pragi g`azal uslubig`a mashg`ul va aytilg`on g`azallaridin ko`pragi matbu` va maqbuldur. Ma`no daryosida muncha g`avvos orasida bir biyobong`a xo`y qilg`an devonakim, shino fanidin dog`i begona bo`lg`ay, o`zin ne nav` bu daryog`a solg`ay va solsa ham, ne gavhar topa olg`ay?

Bu qofila ahlig`a haram shavqi tamom,
Jammozalari po`ya bila abrxirom.
Men xastaki, yerdin ola olmon bir  gom,
Hamrahliq alar birla xayoledur xom.

             Doim el qoshida bu nav` maqbul uzr bila mashhur va o`z ollimda bu tavr ma`qul bahona bila ma`zur erdim, to ro`zgor havodisi ul jahondor saltanati asosin barham urdi va yel taharrukluk sipehr ul komgor sham`i hayotin o`churdi, mulksitonliq taxti bir shahanshoh maqdami bila tafoxur qildikim, saodat axtari tojining gavhari bo`lmoqliq bila boshin ko`kka yetkurdi va jahonbonliq toji bir anjumsipoh farqi bila mubohot ko`r-guzdikim, iqbol kavkabi chatrining qubbasi bo`lmog`liq bila farqin quyoshg`a yetkurdi. Mulk shabistoni bir davlat mash`ali bila ravshan bo`ldikim, uchqunining ashi`asida badri munir badr ollida Suhodek yoshundi va adl shahristoni bir ma`dilat xurshidi bila yorudikim, ashi`asining partavida mehri olamgir mehr ollida zarradek ko`rundi. Iqlimgirekim, humoyun alqobi sharafidin farmonravoliq xutbasining minbari poyasi Mushtariy avjig`a yetti va g`anjbaxshekim, ro`zafzun janobi ismidin kishvarkushoyliq sikkasining mir`oti behbud naqshin zohir etti. Pokdinekim, shariat rivojida xurshidi ra`yati ixtisobidin Zuhra udi yuzidagi torlardin mushaf bitir mistar yuziga chekti. Adloyinekim, raiyat rioyatida insofi dehqoni madadidin Mirrixi qahtandesh savobit donalarin sipehr mazra`ida ekti. Sohibqironekim, tiyg`i suyidin razm bo`stonida fath gullari ochildi, mulksitonekim, azmi asaridin bazmi anjumanida inoyat sahobidin zafar durlari sochildi.
 
Shahekim, vasfi yuz ming yil tuganmas, desa yuz ming til,
Bu aytilg`oncha yuz ming bil, yana har birni yuz ming qil.

Ki yuz mingdin biri zikr o`lmag`ay zikr o`lsa yuz ming qarn,
Bu yuz ming qaridin ham bo`lsa har bir lahza yuz ming yil.

Oliy nasabi bila quvonib xonlar,
Tun-kun eshigini yastanib xoqonlar,
Oy-yil qadamida bosh qo`yub qoonlar,
Jonlar  bila qullug`in qilib sultonlar.

Gardun qadi hilmi yukidin xam bo`ldi,
Oy lam`asi ra`yi nuridin kam bo`ldi,
Sultonlig` anga garchi musallam bo`ldi,
Bu turfaki, darveshsifat ham bo`ldi.

Bu yanglig` yozdi alqobini davron,
Ki sulton ibni sulton ibni sulton
Abulg`oziy  Sulton Husayn  Bahodirxon xalladal-lohu taolo mulkahu va saltanahu va  afoza alal-olamina birrahu va ihsonah

Ro`ziy anga barcha kom bo`lsun, yo rab,
Iqboli mayi mudom bo`lsun, yo rab,
Ham ishrati bardavom bo`lsun, yo rab,
Ham davlati mustadom bo`lsun, yo rab.

Omin, yo rabbul-olamin.
             Hosilkim, chun ul saltanat sipehrining quyoshi anjum shoxi to`rtunchi sipehr anjumanini musaxxar qilg`ondek, to`rtunchi iqlim taxtida mutamakkin bo`ldi. Rub`i maskun xaloyiqi farog`at maskanida muraffahul-hol va rifohiyat ma`manida forig`ul-bol bo`lub,

Nechukkim qamar tegrasida nujum
Ulus ul quyosh sori:qildi hujum.

Jahon mulkatining ulug` beklari,
Yana poyada o`rtarog`deklari.

Ulug` neyu, o`rta nekim, xosu om
Rafi` ostonig`a aylab xirom.

Etib dargahig`a, topib bor ham,
Budur turfaroqkim, meni zor ham.

Falak javfida bir ovuch xokdek,
Karonsiz tengiz ichra xoshokdek.

Janobig`akim, arsasidur sipehr,
O`shul arsa kirpichlari mohu mehr.

Uzumni solib zarradek beqaror,
Itib ul quyosh nurida zarravor.

Kuyosh arsasin chun matof ayladim,
Ani zarra yanglig` tazof ayladim.

             Chun yuzum bu sipehroso dargoh tufrog`idin bahramand va boshim bu falakfarso borgoh itlari ayog`idin arjumand bo`ldi, agarchi ota-otadin yetti pushtg`a degincha bu rafi` dudmonning boyiri bandasi va bu vasi` ostonning mavrusi tug`masi, ya`ni bu xonazodaning xonavodasi va bu xonavodaning xonazodasi erdi:

Otam bu ostonning xokbezi,
Onam ham bu saro bo`ston kanizi.

Manga, gar xud bo`lay bulbul, vagar zog`,
Kim ushbu dargah o`lg`ay gulshanu bog`.

Vale umre bu gulshandin havodis
Qilib jonimga hijron ranji hodis.

             Va lekin qobiliyat qillatidin va haqorat kasratidin hargiz salotini oliymiqdor mulozamati muddaosi xotirimg`a xutur qilmaydurur erdi va xavoqini sipehriqtidor xususiyati tamannosi botinimda zuhur etmaydurur erdi. Ammo ul hazratning kimyo xosiyatliq iltifotlaridin va iksir manfaatliq murootlaridin mulozamatda beixtiyor va ubudiyatda devonavor erdim va xurshidi ra`yatidin nihoyatsiz tarbiyatlar quyosh tog`din anvo`i javohir paydo qilg`ondek, ko`nglum konin daqoyiq gavharlari birla orosta qilib va sahobi kafidin g`oyatsiz taqviyatlar bo`lub, tufrog`din turluk rayohin huvaydo qilg`ondek, xotirim bo`stonin latoyif gullari birla perosta aylar erdi. Va durarbor tiliga majolisda ba`zi abyotim mazkur va gavharnisor ilgiga mahofilda ba`zi g`azaliyotim mastur bo`lur erdi. Va gohi iboratim qusurin tag`yir bermak bila aybdin mubarro, va gohi maoniyimdin futurin isloh qilmoq bila nuqsondin muarro qilur erdi. Ba`zi baytimdin biror nomunosib lafzni chiqorib, bir dasta subha ichra bir durri shahvor tortqondek biror lafz kiyurur erdi va ba`zi g`azalimdin biror nohanjor baytqa xat urub, bir buzug` dasht ichra bir qasri zarnigor yasag`ondek, biror baytg`a daxl berur erdi. Bu oshufta abyotimda ul lafz va bu parishon g`azaliyotimda ul bayt

Xoro orasinda erdi gavhar yanglig`,
Yo kullar ichinda erdi axgar yanglig`,

Yoxud tikan ichra guli ahmar yanglig`,
Balkim tan aro ruhi musavvar yanglig`.

             Chun bu baytlar ayvoni ul islohlar naqshu nigoridin rashk nigorxonayi Chin va bu g`azallar bo`stoni ul ihtimomlar bahoridin g`ayrati xuldi barin bo`la boshladi; sohibnazarlar ko`ziga mahbubroq va ahli dillar ko`ngliga marg`ubroq bo`lub, hurmati g`oyatdin va shuhrati nihoyatdin o`tti, val-haq

Bo`ldi, chu shoh surdi isloh etarga xoma,
Har  bayti shohbayte, har noma shohnoma.

             Men bu vayronani ul javohir naqdi maxzan qilg`an hayratdin mutafakkir va bu koshonani ul mashoil nuri ravshan etgan fikratdin mutahayyir:

Ravshan qilib ul charog`i tobanda meni,
Mas`ud etib ul axtari farxanda meni,
Har  nuktasi yuz  qatla qilib banda meni.
Har shafqati bandaliqda sharmanda meni.

Mundoq holatda:

Nido yetkurdi nogah munhiyi roz,
Ki: Ey afsungaru afsonapardoz,

Balog`at kishvarining nuktadoni,
Fasohat mulkining sohibqironi,

Ravon xomang uchun aylab murattab,
Atorud ko`z qarosidin murakkab,

Maoniy xaylikim, mar`iy emas ul,
Hamono qildi xomang javfidin yo`l.

Ulus tab`ing sahobi yomg`uridin
Bo`lub serob, bal nazming duridin

So`zung bir avj uza chekti alamni,
Ki surdung arsh lavhig`a qalamni.

Agarchi axtaredur har so`zung pok,
Ki evrulur aning boshig`a aflok.

Valekin bu qadar bikri parison
Banotun-na`shdek bo`lmish parishon.
 
Tilarbiz, bu parishon bo`lsa majmu`,
Ravon bo`lkim, emastur uzr masmu`.

Chu oliy himmatimiz bo`ldi moyil,
Sen o`ldung muncha nodir so`zga qoyil.

Bu nav` istaydur emdi royi oliy,
Ki qilg`ay fikrating devon xayoli.

Jahonda kimga bo`lsa muncha farzand,
Ki bo`lg`ay barcha ruhafzovu dilband.

Ravomudur bizing farrux zamonda
Alarni darbadar qilmoq jahonda?!

Barin yig` emdi andog`kim atolar,
Suruk tiflin nechukkim kadxudolar.

Ki bor ul xayli sargardoni soda
Sanga farzand, bizga xonazoda.

Alar bechoravu biz chorarasbiz,
Sen ar nomehribonsen, biz emasbiz.

Chu bilding hukm, bor ishtin ruju` et,
Ravon maqsud sori-o`q shuru` et.

Murattab qilmag`uncha tinma bir dam,
So`z o`ldi muxtasar, vallohu a`lam.

             Bu vojibul-ittibo` amr vuqu`idin va bu yasihus-sukut hukm suduridin dud boshimg`a oshti va o`t dumog`imga tutoshti, xomam tili lol va tilim xomasi shikastamaqol bo`ldi. Ne shurg qilurg`a quvvat va ne uzr ayturg`a qudrat; g`oyati iztirob, balki iztirordin o`z voqi`amg`a sodiq va o`z holimg`a muvofiq tilim bu baytg`a mutakallim va ko`nglum bu navog`a mutarannim erdikim:

Navoiy g`amg`a qoldi o`z kalomi jonfizosidin,
Aningdekkim, yetar bulbulg`a mehnat o`z navosidin.

Ki nogah xirad piri nahib urdi va aql xabiri yuzumga yugurdi:

Ki:Falon, bu ne tiyrajonliqdur?
Ne balo ajzu notavonliqdur?

Ranj ko`rmay kishi toparmu farog`?!
Ko`ngli o`rtanmayin yonarmu charog`?!

Tuxm yerga kirib chechak bo`ldi,
Qurt jondin kechib ipak bo`ldi.

Lola tuxmicha g`ayrating yo`qmu?!
Pilla qurticha himmating  yo`qmu?!

Aylasang ham shuru`u jon cheksang,
Sa`yda yuz piyola qon cheksang.

Senmu bergungdurur anga tazyin?
Balki shah sa`yi etgusi tadvin.

Chun xiraddin yetishti buyla navid,
Manga bo`ldi o`zumdin o`zga umid.

Tengri tavfiqin iddio aylab,
Shah janobig`a iltijo aylab,

Hukm mazmunig`a qalam chektim,
Safha tartibig`a raqam chektim.

Arzimas gar yig`arg`a ul xoshok,
Chun bu durlar nihondur anda, ne bok?

Garchi bas tiyraro`dur ul zulumot,
G`am emas, chun bor anda obi hayot.

             Bu devon, inshoolloh, bu zobita bilakim mazkur bo`lur, murattab bo`lg`ay va bu robita bilakim mastur bo`lur, ihyo topqay. Necha nav` ishkim, munda mar`iy bo`lubturur, o`zga davovinda ko`rulmaydurur. Avval budurkim, har kishikim devon tartib qilibdurur, o`ttiz ikki harfdinki, xaloyiq iboratida voqi`durur va ulus kitobatida shoyi`, to`rt harfg`a taarruz qilmaydururlar. Chun so`z arusi nazm haririning matbu` kisvatin va mavzun xil`atin kiyib, jilva og`oz qilsa, huqqayi yoquti dog`i o`ttuz ikkita gavhardin qachonkim to`rtig`a nuqson voqi` bo`lsa, muqarrardurkim, jamolig`a andin qusur va  kalomig`a andin futur voqi` bo`lg`usidurur.

Sho`xeki, o`kush husnu jamol o`lg`ay anga,
Bir husn yana husni maqol o`lg`ay anga.

La`li aro durlarida gar bo`lsa qusur,
So`z derda kerakkim, infiol o`lg`ay anga,

             Bu jihatdin ul to`rt harf gavharlarin dog`i o`zga huruf javohiri silkiga tortib, g`azaliyotni o`ttuz ikki harf tartibi bila murattab qilindi.
             Yana bukim, har harf g`azaliyotining avval bitigan g`azal bila o`zga g`azallar orasida uslub xaysiyatidin tafovut rioyat qilmaydururlar. Muqarrardurkim, har amrda bir lahza haq subhonahu va taolo hamdidin yo rasul alayhis-salom na`tidin, yo bu ikki ishga dalolat qilurdek bir amrdin g`ofil bo`lmamog`liq avlodurur. Agar lahzae bu saodat muyassar bo`lmasa, har mutaayyin amr iftigohida xud ne nav` tag`oful va takosul ravo ko`rulgay:

Garchi erur tengri taolo so`zi
Boshtin-ayog`ig`a kalomi qadim.

Ko`rki, erur avvali har suraning
Bismillohir-rahmonir-rahim.

Bu ishga hadis  ham erur shohidi hol,
Kim  sobit  erurki kulli  amrin  zi  bol.
    
Ham  buyla  ayon qildi xudoyi mutaol,
Ham ulcha  rasul dedi, bordur anga dol.

             Bu nav` xayole xotirg`a kelgan uchun har harf g`azaliyotining avvalg`i g`azalini yo tangri taolo hamdi bila muvashshah, yo rasul alayhis-salom na`ti bila mufattah, yo bir mav`iza bilakim, bu ikki ishdin biriga dol bo`lg`ay, muvazzah qilindi.
             Yana bir bukim, go`yiyo ba`zi el ash`or tahsilidin va devon takmilidin g`araz majoziy husnu jamol tavsifi va maqsud zohiriy xattu xol ta`rifidin o`zga nima anglamaydururlar. Devon topilg`aykim, anda ma`rifatomiz bir g`azal topilmag`ay va g`azal bo`lg`aykim, anda mav`izatangiz bir bayt bo`lmag`ay. Mundoq devon bitilsa, xud asru behuda zahmax va zoyi` mashaqqat tortilg`on bo`lgay. Ul jihatdin bu devonda hamdu na`t va mav`izadin boshqa har sho`rangiz g`azaldinkim, istimo`i mahvashlarg`a mujibi sarkashlik va g`amkashlarg`a boisi mushavvashliq bo`lg`ay, biror-ikkiror nasihatoro va mav`izatoso bayt irtikob qilindikim, alarning lam`ayi ruxsori iffat burqa`idin ko`p tashqari lomi` bo`lmag`ay, to bularning vujudi xirmani ul barq ixroqidin bilqul zoyi` bo`lmag`ay, yo`qkim, bu g`azallar g`azolalari jilvagarlik soz, balki pardadarlik og`oz qilsalar, bu baytlarning nasihatsoz  vo`izlari  va  mav`izapardoz  nosihlari  moni`  bo`lg`aylar.

Ya`ni ul gulchehralar noz etsalar,
Aqlu din yag`mosin og`oz etsalar.

Ishvagarlik qilsalar g`ammoz o`lub,
Pardadarlik etsalar tannoz o`lub.

Lam`ayi orazlaridin har nafas,
Qilsalar olamni kuydurmak havas.

Bu nasoyih ahli hikmatlar bila,
Yuz tuman pandu nasihatlar bila,

Moni` o`lg`aylar alarg`a har zamon,
To zamon ul fitnadin topqay omon.

             Yana bukim, soyir davovinda rasmiy g`azal uslubidinkim, shoyi`durur, tajovuz qilib, maxsus nav`larda so`z arusining jilvasig`a namoyish va jamolig`a oroyish bermaydururlar. Ba agar ahyonan matla`e maxsus nav`da voqi` bo`lg`on bo`lsa, hamul matla` uslubi bila itmom xil`atin va anjom kisvatin kiydurmaydururlar, balki tugang`uncha agar bir bayt mazmuni visol bahorida guloroyliq qilsa, yana biri firoq xazonida xornamoyliq qilibdurur. Bu surat dog`i munosabatdin yiroq va muloyamatdin qiroq ko`rundi. Ul jihatdin sa`y qilindikim, har mazmunda matla`e voqi` bo`lsa, aksar andog` bo`lg`aykim, maqta`g`acha surat xaysiyatidin muvofiq va  ma`ni jonibidin  mutobiq  tushkay.

Har  yerda  bahor  o`lsa, chaman bo`lsa kerak,
Har yerda chaman, gulu suman bo`lsa kerak.

Har  qayda xazon bo`lsa, tikan bo`lsa kerak,
Har  qayda tikan, ranju mihan  bo`lsa kerak.

Zohid  xush emasturur xarobot ichra,
Fosiq ne tilar ahli munojot ichra?

G`urbatki, qotiq tutubtur oni bori xalq,
Budurki, tushar kishi suruk yot ichra.

             Yana masnaviy bila qasoyiddin boshqakim, inshoolloh, alar dog`i har qaysi boshqa mujallad bo`lg`ay, har nav` she`rdin, masalan, ruhafzo muxammaslar, barcha xamsaziynat; va ravonoso musaddaslar, barcha sittaziynat; va mufid ruboiyot, barcha latofatomiz; va nofi` muqattaot, barcha manfaatangiz; va dilpazir mustazodlar,  barchaning  vasfi  zoyidul-had;   va  benazir   fardlar, barcha lutfu ravonliqda mufrad; va nomiy muammolar, barchasi ot yoshurmoqda sotir; va kiromiy lug`zlar, barchaning mabtunlug`i zohir; va musalsal tarji`lar, barcha marg`ub; va mu`tadil tuyug`-lar, barcha turkiy uslub bu abyot zaylida muxayyal va bu ash`or xaylida muzayyal bo`ldi. Va g`araz bu fihrastdinkim, bu zebo uzorig`a yozildi, va maqsad bu debochadankim, bu ra`no ruxsorig`a bitildi, ul erdikim, chun salotindin qay birikim binoe qo`yubdururlar mann` va ayvone chekibtururlar rafi`, ul bino ravoqida va ul ayvon toqida o`z ismlarin tahrir va o`z alqoblarin tanqir qilibdururlarkim, to ul ayvon toqi bo`lg`ay, ul ism anda boqiy bo`lg`ay:

Kim qilsa imorateki, maqdur o`lg`ay,
Chun ismi kitobasida mastur o`lg`ay
Ne choqqacha ul binoki ma`mur o`lg`ay,
Ul ism ulus tiliga mazkur o`lg`ay.

             Chun bu qubbayi sipehrtimsol qasredurur muallo, ul hazratning tab`i latifining me`mori bino qilg`on va bu ravzayi firdavsmisol bog`edurur jahonoro, ul janobning xayoli sharifining bog`boni tarh solg`on va bu qasr asosining toqida ul ro`zafzun janob yozilsa, ne g`arib va bu bog` kiryosining ravoqida ul humoyun alqob bitilsa, ne ajib:

G`araz ul erdikim, bu qasri oliy,
Qi hargiz bo`lmag`ay, yo rab, zavoli,

Binoedurki, shah bunyod qilmish,
Zamona qasridek obod qilmish.

Ani shah ixtimomi qildi ma`mur,
Meni me`mor farz et, balki muzdur,

Agar muzdur, agar me`mori mohir,
Ishicha ming chu muzdi bo`ldi zohir.

Tugangach shoh qasri zarnigori,
Alarg`a qasr aro ne daxl bori?

Xalil ar Ka`bani obod qildi,
Yaqin bormuki, ne ustod qildi?!

Hamul sadkim, Sikandar qildi ma`mur,
Kim ayturkim, anga kim erdi muzdur?

Imorat sa`yida kim bo`lsa zarposh,
Bino oning oti birla bo`lur fosh.

Binog`a garchi har kim bo`lsa boniy,
Atarlar boniy ismi birla oni.

Va lekin xalq aro bu bo`ldi dastur,
Ki bo`lg`ay onda boniy ismi mastur.

Shah otin, chunki bu ma`nini bildim,
Bu qasr ayvoni uzra sabt qildim.

Ki to bo`lg`ay bu qasri charxkirdor,
Bu ism ayvonida bo`lg`ay namudor.

Alo, to charx qasri soyir o`lg`ay,
Nujum ayvoni uzra doyir o`lg`ay,

Bu shoh ayvoni umrining binosi
Matin o`lsun, nechukkim charx asosi.

Qadar devonidin  har lahza komin
Qazo dilxohidek yetkursun, omin!

             Yana daqoyiqshior muxaqqiqlar xizmatida va haqoyiqdisor mudaqqiqlar hazratida arzim uldururkim, bu parishon abyotkim, sharh qilg`ondek tartib topti, bu zobita qaydig`a kirmasdin  va bu robita silkiga tortilmasdin burun, bu jihatdinkim, agar ba`zisi vasati sinda aytilg`on bo`lsa, ba`zi sig`ari sinda deyilib erdi va ba`zi fikriy bo`lsa, ba`zi badiha va ba`zi sog` erkanda bo`lsa, ba`zi usruklukda, va ba`zi hushmandlikda bo`lsa, ba`zi devonaliqda voqi` bo`lub erdi; oralarida, shoyadki, fohish tafovut bo`lg`ay deb jam` qilmog`ida dalirlik qilinmas erdi, ammo xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortug`roq-o`ksukrakkim o`zlari jam` qilib erdilar, bag`oyat mashhur bo`lub erdi. Bularning tartibig`a hukm bo`lg`ondin so`ngra ba`zi abyotekim, xomroq va ba`zi g`azaliyotekim, notamomroq erdi, kitobat shuyu`idin va shuhrat vuqu`idin o`zgalar orasidin xorij qilmoqliq mutaazzir, balki muhol ko`rindi, ul jihatdin har qaysi o`z yerida nazm silkiga kirdi.

Gul bo`lsa, tikan dog`i bo`lur bo`stonda,
Dur bo`lsa, sadaf dog`i bo`lur ummonda.
Sukr o`lsa, xummor ham bo`lur davronda,
Ayb aylama, soda bayt bu devonda.

Yuz gul arosida bir tikan bo`lsa, ne tong?!
Yuz yaxshi ichinda bir yoman bo`lsa, ne tong?!
Ming sog`ar ichilsa, uylakim obi hayot,
Birining tahida durdi dan bo`lsa, ne tong?!

             So`z  rishtasi  uzoldi    va  maqsud    gavhari    orada  qoldi.  Bu mazkur bo`lg`on mahodimg`a  hosilki,  iltimosim  budururkim,  ya`ni:

Bu nomag`akim, xomam etibtur tahrir,
Aylarda nazzora ahli mani bir-bir,
Taqsir topilsa, aylasunlar tag`yir,
Tag`yir berurda qilmasunlar taqsir.

Ayb istaguchiki, so`zidur barcha xilof,
Feruzani xarmuhra debon sursa gazof.
Chun javharini zohir etar, ayla muof,
Mundoq javhariyg`a tengri bergay insof.

Yo rab, chekibon ko`p raqam jurmu gunoh
Nomamni qaro qildimu umrumni taboh.
Rahmat suyidin yumasang ul nomani, oh,
Mahshar kuni netkamen meni nomasiyoh?!

Kom ayla Navoiyg`a fanoni, yo rab!
Chun bo`ldi sening yo`lingda foniy, yo rab!
Lutf ayla baqoyi jovidoniy, yo rab!
Ul dam sen bil, ne qilsang oni, yo rab!