www.uz
G`AZALLAR

                                   201

Maydin ayru gul emas go`yo erur gulgun harir,
Kim kesib gul hay`ati birla sepibturlar abir.

Bazm emas bog` ichra maysizkim, hunarvar ilgidin
Bo`ldi rangin mum har qolab bnla hay`atpazir.

To qizitmaydur qulog`in may guli yakson erur,
Bulbul og`zidin safiru bog` eshigidin sarir.

Soqiyo, jonimg`a yettim tavbadin, joning uchun
Bo`l manga bir lab-balab paymona birla dastgir.

Bodaekim, yetgach og`zimg`a, chiqarg`ay nash`asi
Taqviyu islomu aqlu zuhd jonidin nafir.

To bo`lub rasvo yana bir jom uchun, mug` ko`yida
Har zamon o`zumni kofirlarg`a qilg`aymen asir.

Ey Navoiy,  ma`siyat uzrida o`lsang yaxshiroq,
Zuhd ujbidin mukaddar bo`lg`ucha lavhi zamir.

                                   202

Ul o`tlug` chehrag`a zarbaft xil`at ne yaroshibdur,
Magar xil`atqa ul yuz lam`asidin o`t tutoshibdur.

Falakning  borgohig`a  ko`moch  o`lmish  quyosh jirmi,
Anga  ohim  sutundek  dudi  mundoqkim  uloshibdur.

Maloyik qushlari g`am shomi qo`zg`almoq, tong ermaskim,
Etibdur ko`kka yuz ohim xadangi, balki oshibdur.

Balo dashti aro yuz ming o`luktur, onda qotil ishq
Xirad mag`lub xayli birla go`yokim savoshibdur.

Labingdin jon topay deb, ko`p talashti hajr aro ko`nglum,
Ular holatda ul bemordekkim jon taloshibdur.

Qadahg`a boda taryokini quy toshquncha, ey soqiy,
Ki g`am zahri bila jomim to`lubdur, balki toshibdur.

Navoiy gar labi yodi bila qon yutdi, jon tutdi,
Tabibo, bilki, bu sharbat anga behad yaroshibdur.
 
                                   203

Markab ermaskim, sabo maydonda gardangez erur,
Rokib ermas, bargi guldurkim, sabodin tez erur.

Tashladi har yon ulus jonini sargardon qilib,
Girdbodi fitna go`yokim g`uborangez erur.

Na`l emas, ravshan hiloli el ko`zin yorutqali,
Po`yada har sori shabrangiga dastovez erur.

Rokibu markab yuzu a`zosidin termu oqar,
Yo bulut durbor o`lub, xurshid anjumrez erur.

Bodayi gulgun keturkim, shomi hijron men kibi,
Yuz tuman Farhodni past aylagan Shabdez erur.

Oshuqub, terlab ilojimg`a yetishting, ey Masih,
Ne ajab, gar sharbati la`ling gulobomez erur.

Gar yana mast otlanib ko`nglakcha javlon qilmadi,
Bas, quloq sol shahr sorikim, ne rustoxez erur.

Hiyla ojizliqdin aylar oshiq, angla, ey ko`ngul,
Kim zabunroq ishq aro Farhoddin Parvez erur.

Ey Navoiy, yor agar mayxoradur, yuz qatla shukr,
Kim emassen porsovu xasta, ne parhez erur?

                                           204

Bordi ulkim, sendin ayrilg`ay ko`ngul to joni bor,
Javrungga qo`ydum ko`ngul, qil onchakim, imkoni bor.

Ey Masihim, men qatili ishqmen, tirguz meni,
Bir nafas, dedim qabul etkim, nafasning joni bor.

Novaking yetgach, iki nov ochti ashkim suyidin,
Go`yi ul novakning ikki novliq paykoni bor.

Xozini jannat seni uchmog` gulikim bas manga,
Buki har yon tiyg`ining jismimda tomg`on qoni bor.

Yorsa  ko`ksumni,  fig`on zohir qilur jon rishtasi,
Ko`nglak o`lsa chok, uzulgan torning afg`oni bor.

Jon qushi uchqach, tuz etti jism uyin seli fano,
Ey humoyunfol o`shul chug`zeki, bir vayroni bor.

Shayxu bir bodomu qon yutmoqki, piri dayrning
Nuql ila maydin fano ahlig`a ko`p ehsoni bor.

Dahr sho`xi makrig`a berma ko`ngul, yo`l bargin et,
Sen kibi har go`shada nevchunki yuz mehmoni bor.

La`li hajrida Navoiy qoni qaynar demangiz,
Yangi maydek ruhidurkim, nolayi pinhoni bor.

                                     205

Bukim, ko`ngulning ul oysiz ne sa`b holati bor,
Ul anglag`ayki,  birav hajridin  malolati  bor.

Quyiki  tushmish  aning zulmi  tiyg`idin  boshim,
Hanuz tiyg`i yuzidin magar xijolati bor.

Qulog`   duriyu yuzi   ikki   axtar   etti   qiron,
Ki olam ichra base fitnag`a dalolati bor.

Sabo debon xabar ul guldin, elni tirguzdi,
Masihcha desa  bo`lg`ay  aning risolati  bor.

Ko`ngulni zulm ila buzding, bale, bo`lur ma`mur,
Shaheki, mulkida ehson ila adolati bor.

Qadah quyoshi  bila ravshan ayla xotirni,
Chu anglasangki, falak zulmidin zalolati bor.

Navoiy,   istamas   el   ishqing,   anglag`ay  bukim,
O`z-o`zi   birla  junun   ahlidek  maqolati   bor.

                             206

Soqiyo, day  shiddatidin  aqlu his  betob erur,
Chorasi jomi bilurin ichra la`li nob erur.

Tiyinu qoqimni rokib sho`xdar o`z egnidin
Tob birla yuzga chekkandin ko`ngul betob erur.

Ishqdin, yo`qkim sovug`din otashin gul istabon,
Topmog`ondin bulbul a`zosida par sinjob erur.

Siym o`tdin suv bo`lur, yeldin  ajoyibdur  bukim,
Titramakdin siymbarlar jismi chun siymob erur.

To`lun oy ermas, tun oqshomkim quyoshning chashmasi
Muz to`ngubturkim, ziyosi tiyra chun mahtob erur.

Siymdin  bahman chaman  Qofini to zol  ayladi,
Qushlar  ul  siym ostida simurg`dek noyob erur.

Ey xush ulkim, la`lgun may ich debon taklif uchun,
Ilgi bir zarrin kamarning bo`ynig`a qullob erur.

Kishu o`rmak qaydidin o`t, ayshni favt etmakim,
Kish qaroroq tulku o`rmak yupqaroq moshob erur.

Ey Navoiy, gar muhayyo topmasang asbobi aysh,
G`am yema, shah qullug`i yuz aysh uchun asbob erur.

Ul sarafrozeki, oliy dargahining hay`ati
Barcha sarkashlarga  bosh qo`ymoq uchun mehrob erur.

                                      207

Tovushkim uy toshidin kelsa, dermen bag`ri toshimdur,
Eshikdin soya kirgach, sog`inurmenkim quyoshimdur.

Ichinda tog`ning qon, toshida yuz ming balo toshi,
Oning toshu ichi mutlaq degaysen ichu toshimdur.

Emastur gardu go`y ul sho`x maydonida, go`yokim
Biri   farsuda  jismimdur,   biri   sargashta   boshimdur.

Sirishkimni jigar  pargolasi  bil, dog`i  ko`z nuri,
Ko`ngul sirrini,  vahkim,  zohir  etgan  ushbu yoshimdur.

Demay,   past  o`ldi   afg`onim   yelidin  naxli   ayshimkim,
Bu naxlim arrasi muhlik fig`on ichra xaroshimdur.

Urarmen  yerga  boshimni g`amingdin jon taloshurda,
Firoqing xayli birla ul urushum, bu taloshimdur.

Yomon holimg`a hayrat qilmang, ey Farhod ila Majnun,
Bukun siz mehmonsizkim, tarab birla maoshimdur.

Falak qasri bila kavn muttakosidin demang so`zkim,
Fano dayri makonim, faqr tufrog`i faroshimdur.

Dedimkim: Tushta mehrob ichra ko`rdum kofiri maste,
Dedi: Ko`rgil, Navoiy, ko`z ochibkim, ko`zu qoshimdur.

                                    208

Xasta ko`nglum o`rtanur go`yo sevar jonim borur,
Yig`lag`um  kelur,  magar  gulbargi xandonim  borur.

Ul quyosh hajrindakim jonimni o`rtar g`am tuni,
Sham` yanglig`, ne ajab, gar durri g`altonim borur.

Nil  ila  har  yon  alif  ko`ksumga  qozg`an,  vah,  ne  sud,
Kim alifdek qad bila sarvi xiromonim borur.

Evrulub boshig`a, ruxsoridin o`rtan, ey ko`ngul,
Kuygucha hajrinda chun sham`i shabistonim  borur.
 
Men xud o`lgum, shukrkim, ul ham bora olg`usi yo`q,
Tiyg`i hajri zaxmidin bu nav`kim qonim borur.
 
Rozi o`ldumkim,  ajal  bo`g`zumni  bo`qqaykim,  nedin
Men qolib mahjur anga har lahza afg`onim borur.

Ne namoz o`lg`ayki, o`zni ko`rguzub jam` ichra jam`,
Yuz parishonlig` sari tab`i parishonim borur.

Ey Navoiy,  shu`laliq joning ovuchlab,  boshla yo`l,
Kechqurun chun otlanib ul mast mehmonim borur.

                                   209

Ne lo`livashdur ul qotil, ki qon to`kmakkadur yaksar,
Qiyo boqmoqlari poki, itik mujgonlari nishtar.

Yuzidinkim  xijildur  gul, parishon  har taraf  kokul
Sochib  gulbarg uza  sunbul,  to`kub  kofur uza  anbar.

Yugurmaklikda har gunbad, ki sekrer ul mahi gulxad,
Guli mehr oldorar behad, uyolur gunbaza axzar.

Chu la`b asbobini tuzdi, salomat rishtasin uzdi,
Qamardek  hola   ko`rguzdi,  uzori  davridin  chambar.

Libosi nozi chaspondur, gahi tuz qaddi chavgondur,
Zamone go`yi g`altondur, zihi chobuk, zihi dilbar.

Boshig`a sim o`lub parron, tushub girdig`a anjumson,
Tulu`  etkan  kibi  har yon  qamar   atrofida   axtar.

To`kub qon neshi g`am birla, ochib maydon sitam birla,
Olib tablu alam birla ko`ngullar kishvarin yaksar.

Junun sham`in  qilib  ravshan,  ko`ngulga  telbalikdur fan,
Paridek bo`lg`ali parranda ul sho`xi pari paykar.

Navoiy bo`ldi lo`livash, ki kelmish anga lo`li xash,
Qani bir jomi lo`likash, ki lo`li tutsa bir sog`ar.

Tama` qilma falakdin kom, kim xanjar qilur oshom
Yangi oy shaklidin har shom ul lo`liyi bozigar.

                                 210

Chun meni majnun boshin atfol toshi sindurur,
Oh o`ti jo`lida sochimdin  anga kiz kuydurur.

Ahli dillar, chehra ochdi  yor,  ochmang diydakim,
Har kishi ul yuzga ko`z oldurdi ko`nglin oldurur.

Ko`rgach ul yuzni boshimg`a urdi yuz tiyg`i balo,
Ko`rki, chiqqur ko`z boshimg`a ne balolar keltirur?!

Ko`zda  asrabmen  bag`ir  qonin,  tilar  bo`lsang hino,
Surtsam ko`zni ayog`ingg`a hamul dam bilgurur.

Bul`ajabliqlar jununum ichra ko`rkim, xalqin
Ishq bir dam yig`latur holimg`a, bir dam kuldurur.

Navbahori husnidin topma firib, ey sho`xkim,
Charx davri navbahor o`tmay xazonin yetkurur.

Ey Navoiy, hajr anduhida mast o`l zinhor,
Kim ko`nguldin g`amni birdam zoyil etgan maydurur.

                                  211

Otashin  gul  bargidin  xil`atki  jononimdadur,
Xil`at ermas,  ul  bir  o`tdurkim,  mening jonimdadur.

Otashin  la`ledururkim,   anda   muzmar   bo`ldi  jon,
Otashin  gul   bargidan  xil`atki  jononimdadur.

Jon  qushi xunobidin  tutmish  malohat  naxli  rang,
Yo libosi lolagun sarvi xiromonimdadur.

Qatl  biymidur,  tarahhumning dog`i  ummedi  bor,
Bu   libosi   olkim   ul   nomusulmonimdadur.

Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmag`ay,
Bu  shafaqgun  hullakim  sham`i  shabistonimdadur.

Tutmasun gul suhbatidin sarv o`zin ko`p sarfaroz,
Ey sabokim, ul to`ni gulgun mening yonimdadur.

Soqiyo, gulrang may solib ketur paymonakim,
Zuhd  biymidin  xalal  faqr ichra  paymonimdadur.

Ey  Navoiy,  istama  jon  bulbulin  har  guldakim,
Ul  to`ni  gulgun, labi  gulbargi  xandonimdadur.

                                        212

Sham` ul oy hajrida     har tun kuymagim ogohidur,
Dudi ermaskim, mening holimg`a o`tluq ohidur.

Chiqti jon, rozi emon ko`yungga  borg`ay, negakim
Har  qayon  azm  etsa,  dardu  g`am  aning  hamrohidur.

Gar samanding gardidin qolmon, ne tongkim, bordur ul
Kahraboekim, bu xasdek jism bargi kohidur.

Bir mahi xirgahnishin ko`nglumni olmish, ey rafiq,
Yo`q ajab, gar xasta ko`nglum nolasi xirgohidur.

Yor ko`ngli istamish ko`nglumga surmak tiyg`i kin,
Har ne dilxohi oning men xastaning dilxohidur.

Misri izzat istagan    zindoni g`amdin qochmakim,
Mohi Kan`on taxtig`a bois mazallat chohidur.

Ey  Navoiy,  men  xud  asrabmen  g`ami ishqin  nihon,
Aylagan  zohir   ko`ngulning  nolayi  gah-gohidur.

                                    213

Savsaniy to`n birla ul qad savsani ozod erur,
Yo binafsha bargidin zeb aylagan shamshod erur.

Olloh-olloh,   bilmon   ul   qadniki,   savsan   bargidin
Zeblik shamshod erur yo savsani ozod erur?

Vah, ne sarvedurki, to xil`at kiyibtur savsanin,
Chok o`lub gul xil`ati, bulbul ishi faryod erur.

Savsanu sarve agar yo`qtur, damimdin bog` aro
O`rtanibon  sarvu  savsan  hullasi  barbod  erur.
 
Ayni iffatdin o`shul pokiza gavhar jismida
Xil`at ermaskim,  binafsh etgan kibi po`lod erur

Shomi g`am ko`nglum uzoru hullasin yod aylabon,
Mehr o`ti har yon binafsh etgan bulutdin shod erur

Qozg`ali g`am Besutun tog`in  Navoiy ilgida,
Vahki, savsan bargi ermas, teshayi Farhod erur.

Yuz tili bo`lsa, dam urmoq shart emas ozodadin,
Ey ko`ngul, savsan tilidin bizga bu irshod erur.

                                        214

Orazing xurshidu og`zing zarradin timsol erur,
Zarra uzra nuqta yanglig` og`zing uzra xol erur.

Kokulungdur  mushku  ustida girih mushk uzra mim,
Qomating shamshodu zulf ostida tushgan dol erur.

Qoshu qaddu zulfidin payvasta to na`lu alif
Tanda kestim, noladin ozurda jismim nol erur.

Chun dedim, xoling bila ko`z mardumining holi bor,
Dedi  ulkim: xol  deysen,  nuqtasiz  ham  hol  erur.

Nukta der  holatda tor og`zingni  ko`rguzgan labing
Go`yiyo zanbur neshidin teshilgan bol erur.

Durdkashmen piri dayr ollida  maqbul o`lg`ali,
Davlat ahlining qabuli, ko`rki, ne iqbol erur.

Soqiyo, gar davr ta`jilin ko`rub qon yig`lamas,
Bas, Navoiydek surohiy ashki nevchun ol erur?

                                         215

Menda bir o`tdurki, gar dam ursam aflok o`rtanur,
Asrasam   ko`nglumda, jonu jismi  g`amnok o`rtanur.

Mehr emas ohnm o`tidin ko`kka  yetmish  bir sharar,
Ayb emastur gar desam, dam ursam, aflok o`rtanur.

Bas tanim o`rtarga qonlig` novaking, hijronni qo`y,
Barq ne hojat, bir uchqun birla xoshok o`rtanur.

Sham` o`ti mohiyatin anglay degan parvonadek
Orazing mehrini fahm aylarda idrok o`rtanur.

Ishq aro ko`nglum necha tolpinsa ortar shu`lasi,
O`tqa tushgan telba qilg`on soyi topok o`rtanur.

Ashk yub jismim kuduratdin, qurutmish oh o`ti,
Lam`ae tushgach uzoring barqidin pok o`rtanur.

Ey Navoiy, chun rutabdek otashin la`li aro
Xasta ko`nglum tushti, tong yo`q, gar bo`lub chok o`rtanur.

                                 216

Birov g`ami yana ko`nglumga qo`zg`olon soladur,
Birov demayki, bu oshubni falon soladur.

Necha yaqin bo`ladur ul og`iz yo`qi, lekin
Takallumi yana ko`nglum aro gumon soladur.

Taajjub  aylamangiz daf`a-daf`a  faryodim,
Ki shavq ko`ngluma yodin zamon-zamon soladur.

Rafiqlar, bilingizkim, musofirim yodi
Boshimg`a har nafase tarki xonumon soladur.

Desam, shikib  bila o`zni zabt aylay, ishq
Yana bu shu`lani ko`nglumga nogahon soladur.

Ne nav`  bulbuli zor  etmasun  fig`onki,  sipehr
Bu gulshan ichra  bahor  o`lmayin xazon  soladur.

Navoiy o`lsa,  ko`hanpiru kuysa,  ayb etmang,
Ki mundoq o`t anga bir sho`xi navjuvon soladur.

                                   217

Hayot bog`ida to sarvu lola bo`lg`usidur,
Mening mumiddi hayotim piyola bo`lg`usidur.

Surohiy o`lg`usndur  manga siymtan mahbub,
Boshida qil anga mushkin kulola bo`lg`usidur.

Hayot gulshani  mug`  kulbasiyu  mug`bachaning
Yuziyu qaddi manga sarvu lola bo`lg`usidur.

Ne  ayb, bazmim ichinda hazin fig`onki, surud,
Angaki qon yutar, albatta, nola bo`lg`usidur.

Qadahki, holima qon yig`lar, emdi ohimdin
Sirishki  qatrasi  gulrang  jola  bo`lg`usidur,

Deding  fano  nedurur,  muxtasar  deyin:  o`lmak,
Ki sharhini tilasang, yuz  risola  bo`lg`usidur.

Qachon may ichra yuzung aksi tushsa, ey soqiy,
Piyola davri o`shul oyg`a hola bo`lg`usidur.

Navoiy,   istama   kavsar   mayini   zuhd bila,
Ki boda ichkuchi elga havola bo`lg`usidur.

                                  218

Bargi nay to`n ichida nol kibi beli nihondur,
Qalami fo`ta qamish bandidek ustida  ayokdur.

Ayladim tarh vafo qasrini ko`ksum uza, ko`rkim,
Na`llar tarhida  ayvonlaridin yerda nishondur.

Zulfi hijronida mundog`ki tanim har sori sanchar,
Raglarim jism aro qatlimg`a magar necha yilondur

Chug`z  vayrona  aro  angladi go`yoki o`larmen,
Motamimg`a  ishi  har lahza   g`aribona   fig`ondur.

O`qung og`zida qizil tus emas ko`nglum arokim,
Tong emas, og`zi qizil  bo`lsa, g`izo chun  anga qondur

Hullayi toat etar do`zax o`tin daf`,  yo`q ersa,
Ul  haroratqa   ne daf`,  kafaning`  garchi  katondur.

Voizekim, o`zi qilmas amalu elga berur pand,
Gar emas uyquda, bas munchaki der, ne hazayondur?!

Xas kibi tushti Navoiy may uza, g`am neta olg`ay,
Xossaknm,   anga hubob  uyi  kibi  dori   amondur.

                                       219

Har  kishikim,  bir  so`z ul  badmehrdin  taqriri  bor.
Holatimning tokim ul taqrir etar tag`yiri bor.

Muhtariz  bo`l  shu`layi  ohimdin, ey gul xirmani,
Kim choqin xirmong`a tushganning ajab ta`siri bor.

Ko`ngluma yo`q chora o`rtanmakdin o`zga ishq aro,
G`ayri kuymak mo`rning o`t ichra ne tadbiri bor?

Hinduyi zulfikim, ul yuz taxti farmonidadur,
Joduedurkim, anga go`yo pari tasxiri bor.

Sabzayi xatting erur har sori zulfung toridin
Xatti zangoriyki, mushki nob ila tahriri bor.

Faqr dashti ne qotiq yo`ldurki, solik har necha
Qilsa diqqat birla haq amrin ado, taqsiri bor.

Gar Navoiy jon berib, ul zulfning bir torini
Olsa, ayb etmangki, bu savdo aro tavfiri bor.

                               220

Orazing  ko`zgusimu  ter  kasratidin   sudadur?
Yohud ul oraz suyining aksimu ko`zgudadur?

Dema ayni nozdin ul ko`z ochilmaydurki, bor
Kofirekim mastliq ifrotidin uyqudadur.

Topmog`im o`zni mahol o`lmish firoqing shomikim,
Tob arodur xasta jismu tob ul gisudadur.

Sen urarsen  novaku  ko`ksum  shikofidin  ko`ngul
Ko`rgali kelmish, xato qilmaki, xush qopudadur.

Sajda qilmoq ne tafovut Ka`ba yohud butg`akim,
Qoshi mehrobi qayon qilsam sujud o`trudadur.

O`lmagimdin zulfungga go`yo parishonlig` yetib,
Motam  ahlidek quyi solib  boshin     qayg`udadur.

Nuh umriyu Sulaymon   mulkiga   yo`qtur   baqo,
Ich, Navoiy,  bodakim, olam  g`ami  behudadur.

                                    221

Bu  toza  tugankim  g`amidin  ko`nglum  arodur,
Ko`nglum qushi g`am dashti aro bag`ri qarodur.

Jismim aro paykoning emas har sori, go`yo
Har go`shada yomg`ur suyi g`am tog`i  arodur.

To bog`i halokimda ne gullarki ochilg`ay,
Zaxmimdag`i  qon suv kibi tinmayki borodur.

Jonimni chiqarmoqqa agar yo`l yasamas ishq,
G`am tiyg`i nedin har sori ko`ksumni yorodur?
 
G`am  shomi  demang  subhki ko`k  sham`in  o`churgan,
Ashkim suvidur ulki, yiroqtin oqarodur.

Kir  vodiyi  ishq  ichra  yengilrakki,   bu  yo`lda
O`zluk yukini  tashlamag`on asru horodur.

Mayxona Navoiyg`avu zohidg`a iki kavn,
Kim anga g`araz ikki sarodin bu sarodur.

                                    222

Beliyu og`zi ko`rar-ko`rmasda chun pinhon erur,
Bas, muni o`pmak, oni quchmoq qachon imkon erur?

Men dog`i dey belinu og`zinki ko`rdum-ko`rmadim,
Yo`q tamannolarni  topqon-topmog`ton  yakson  erur.

Bevafolar   qaddu   mujgonini   ko`p   qilmang   xayol,
Kim  biri  tuz  o`qdurur, bu bir  itik paykon  erur

Ishvagarlar  lablari  qasdig`a jondin  kechmangiz,
Negakim o`z qasdi joni  qilg`on el nodon erur.

Tunu kun deb istamang har lahza zulfu yuzlarin,
Kim bu bir dudi balo, ul shu`layi hijron erur.

No`sh emastur dahr bazmida gazakkim neshdur,
May demakim,  sog`ari davron  ichinda  qon  erur.

Ey Navoiy, bu g`arib ishlarga taklif aylading,
Bizgadur bisyor mushkul, gar sanga oson erur.

                                         223

Yuzi  gulchehra  soqiyning  tarab  hukmig`a  tug`rodur,
Yuzinda may guli ul yorlig` uzra ol tamg`odur.

Labi la`li halokimen, agarchi jonfizoliqda
Masiho birla ul go`yo o`luk birla Masihodur.

Damim dudi xirad ahlin qilur har lahza savdoyi,
Dimog`imda,  ko`rung, ul zulf  mushkidin ne savdodur?!

Sinonin ko`ksuma to tikti ul chobuk, bu xam qaddim
Hamono  g`am  sipohi  qalbida ul o`q uchun  yodur.

Labing aksi ko`zum- sho`robasi bahrida go`yokim
Chuchuk suvdurki,  atrofida  oning talx daryodur.

Jahonni chun ko`zumga hajr  shomi aylamish tiyra,
Ne sud andin mangakim, vasl subhi olamorodur.

Boshim qush oshyoni, tan junun torojidin uryon,
Ne tong, yoshlar yugurmak har tarafdinkim, tamoshodur!

Fidosi naqdi islomimki, mug` dayridag`i    soqiy
Ulus qonin to`kardin  vahm  qilmas, garchi tarsodur.

Navoiy, dayr piri go`yiyokim shahr shayxig`a
Fano jomi ichurdikim, xarobot ichra g`avg`odur.

                                      224

Dud yanglig` dema ko`nglum ohi dardoludidur,
Kim ko`ngul uzra tugan qo`yg`an fatilam dudidur.

Abri hasrat yomg`iriyu tiyrboroni fano
Kisvati mavtu halokim turfa toru pudidur.

Dard naqshin qildi har dog`im uza  sultoni husn,
Ul diramlarning bu go`yo sikkayi behbudidur.

Ishq savdosida  jonimg`a ziyondur, demakim,
Har kishi mundoq ziyon ishq ichra qilsa, sudidur.

Xo`blar  ko`yida  istig`no  yelidin  har  g`ubor,
Kim  qo`par bir notavonning jismi  g`amfarsudidur.

Javhari jonim olib, tut jur`ae, ey mug`bacha,
Kim bu naqd ahli fanoning budiyu nobudidur.

To  Navoiy  bo`lsa  mug` dayrida  mastu jomachok,
Kim tiriklikdin bu sultonliq aning maqsudidur.

                                       225

Sochbog`ingdin chiqqon, oyo, sunbuli purchinmudur?
Yo terisin solg`on ikki af`iyi mushkinmudur?

Iffatingdindurmukim   me`jar   yuziga   tushti   chin,
Yoxud anda zeb uchui mashshota solg`on chinmudur?

No`shxand etganda la`lingdin ko`runmishmu tishing,
Anglamon, yoxud asal ichra yozilg`on sinmudur?

Sunbulin ko`rgach, ko`zum bo`ldi qarong`u, ey sabo,
Sochi  mundog`  tiyra  yoxud  sochbog`i  epkinmudur?

Chiqsa aqdingdin arusi dahr, bergil naqdi jon,
Demagilkim, xunbahodur ushbu yo kobinmudur?

Dahr zolin gar desam Farhodkush, ayb etmangiz,
Gar  emas Farhokush, oxir dengiz, Shirinmudur?

Shavq o`ti topqach sukun dersenki, ishqi tarkin et,
Ey Navoiy,  bir nafas bu shu`lag`a taskinmudur?

                                         226

Orazing  ko`zgusida  xat  sabzadurkim   suda   bor,
Yo magar zangor suv ta`siridin ko`zguda bor.

O`qlaring paykon bila har yon quruq jismimdadur,
Shoxlar uzra ko`ngullardekki ul nojuda  bor.

Zahri hajrin qildi daf` ul ko`z qarosi, vah, bu nav`
Qayda bergay xosiyat pozahrkim ohuda bor.

Bordurur mehrob turg`och butg`a qilg`ondek sujud,
Sajda  qilsam qiblag`a to qoshlaring qorshuda bor.

Zulf aro xoling agar din qasdi aylar, ne ajab,
Muncha kofirlig` ragi, vah, qaysi bir hinduda bor?

Ishq vodiysin xatardur ilm ila qat` aylamak,
Solik ersang tashla ma`lumungniyu osuda bor.

Yuzin istarsen, Navoiy, qochma zulfi fikridin,
Kim sen istar ayshning ummidi bu qayg`uda bor.

                                 227

Orazing husnun fuzun qilg`on hiloliy qosh erur,
Yoxud ul yuz sham`ini yorutqali minqosh erur.

Ko`z yoshim durri yatimin mahrami ishq aylamon,
Har nechakim pok gavhardur, va lekin yosh erur.

Oncha yog`durdi balo toshin tanimg`a ishqkim,
Yuz ming el ishq ahli gar ko`ksiga ursa tosh erur.

Xo`blar la`li xayolotin pishirmakdur ishim,
Shu`laliq ko`nglum bu sogarlarg`a go`yo dosh erur.

Qoldi   avval  tog`  aro  Farhodu  Majnun  dasht  aro,
Ishq yo`linda manga ikki ajab yo`ldosh erur.

Ul Masihanfos tarso saydidur  ko`nglum qushi,
Kim malak dayri ravoqi kunjida xuffosh erur.

Chun og`iz ochti Navoiy ko`ngli har yon zaxmidin,
Ne ajab, gar yoshurun dardi el ichra fosh erur.

                                 228

Netib  tuz  etay  qadkim jismimda shikanlardur,
Naylab tuz uray damkim bag`rimda  tikanlardur.

Tirnog`  ila  xatlarkim  ruxsorim  uza  chektim,
Yuz bog`ida gullardin har sori chamanlardur.

Yuz yoptiyu jon oldi, ochqanda ravon oldi,
O`lturgali oshiqni, bilmon, bu ne fanlardur.

Zulfungda tugun ermas, ko`yungda g`ubor ermas,
Aftoda ko`ngullardur, farsuda badanlardur.

Yuz  ahd ila mahvashlar ko`nglumnn olib, emdi
Qatl ayladilar, asru badahd ekanlardur.

Mayxonada har  sori  bir mastki  bosh qo`ymish,
Kirpichlari  go`yokim   jonlarg`a  vatanlardur.

Jismida Navoiyning yuz momuq ila marham,
Bir necha o`qung zaxmi bir necha tuganlardur.

                                    229

Ko`ngul eviga g`amu g`ussa selidin ne qusur,
Ki boda  loyi  bila  qilmisham  oni  ma`mur.

Biravni mumkin emas tiyra aylamak qayg`u,
Ki solmish o`lg`ay anga jomi boda lam`asi nur.

Xush ul mayeki, emastur safovu lavn ichra,
Tamug` o`ti bila jannat suyig`a ul maqdur.

Desam: bu o`t kul etar g`ussa xirmanin ne ajab?
Desam: bu so`z tuzatur fikr qasrini ne qusur?

Jahon g`amiyu uzum bodasi gumon qilmang,
Ki zohir ahlig`a bu ma`ni etti buyla zuhur.

Valek ahli haqiqatg`a may erur vahdat,
G`am ushbu kasrat erurkim, qilur ko`ngulga xutur.

Ichilsa soqiyi tavfiq ilgidin ul may,
Ko`ngul bu g`amdin emas, shubhakim bo`lur mahjur.

Manga bu may bila bir jom keltur, ey soqiy,
Ki ko`nglum ul g`am aro bo`lmish asru ko`p ranjur.

Malomat ahlig`a, ey piri dayr, ayog` tutsang,
Bu  nav` qo`yma  Navoiyni  bir  yo`li  mastur.

                              230

Ne ajab, har yon meni majnun boshida yoralar,
Baski yog`di ustiga  atfol elidin xoralar.

Orazing atrofida guldur ko`rungan, ey pari,
Yo qamar davrida saf tortibdurur sayyoralar?

Har  quyun  go`yoki  bir  sargashta  oshiq gardidur,
Baski, tufrog` o`ldi ishqing dashtida ovvoralar.

Anglakim,   ahbobni   kulbamda   mehmon   etmisham,
Itlari og`zida gar ko`rsang bag`irdin poralar.

Anda Majnun, men buyon Layli, sen etgach ijtimo`:
Bir taraf devonalar, bir yon pari ruxsoralar.

Xonaqah vaqfi suyin ichmaslar, ey shayx, anlag`il,
Gar xumor o`lsa fano dayridag`i mayxoralar.

Ey Navoiy, ishq  aro o`lmakdin o`zga  chora  yo`q,
Bas, g`alat bo`lg`ay demak ushshoqni bechoralar.

                                      231

Boshtin-ayog`  yalang tanim uzrakim toza  dog` erur,
Husnungg`a qilg`ali nazar har biri bir qarog` erur.

Ishq gadolari degay ko`nglak erur muraqqa`yim,
Toza tugan nishonidin har sori baski dog` erur.

Zaxmlarim  fatilasi jon o`tidin tutashqali
Tiyra  ko`ngulg`a dardu g`am  bazmi uchun  charog` erur.

Ko`hi   balodurur   tanim,  chashmasi  ko`zki,  qon to`kar,
Tong yo`q, agar  bu tog` uza  qon oqizur  bulog` erur.

Xurdasidin ichinda o`t g`uncha emaski bog` aro,
Har sori ishqing o`tidin bir qizig`on dumog` erur.

Zohidu uchmog`u tomug` biymi bila ummidekim,
Ahli  fanog`a  mosivalloh g`amidin  farog`  erur.

Dayrda  ko`r  Navoiyni  mug`bachalar  g`amidakim,
Egnida chok xirqavu ilgida bir ayog` erur.

                                         232

Yuzungda zarvaraq har  yonki lutfi  benihoyatdur,
Jamoling mushafida har  biri go`yo bir oyatdur.

Sochingda   zarfishon  chehrang zalolat  shomida har  yon
Tajallo mash`alidin yorug`on sham`i hidoyatdur.

Yuzungda  nil  xoli ravza ichra nilufar  shibhi,
Binafsha gulshan ichra  yuzda  nilingdin  kinoyatdur.

Ko`ngul saydig`a ochma sunbulung domin, yuz ochg`ilkim,
Gul-o`q ochilsa,  qayd etmakka  bulbulni  kifoyatdur.

El  ichra  ko`pdurur   afsona  Layli husnidin,  lekin
Sening husnungg`a tashbih etmak oni ne hikoyatdur?

Ko`ngul qonin ko`p ul xunxora ko`z ichti, emas, go`yo
Yuzung  gulgunadin  gulgunkim, ul  qondin  siroyatdur.

Dema, tush vaqti ul yuz kundin ortuqtur, muni ko`rgil,
Kim ul yondin nihoyat bo`lsa, bu yondin bidoyatdur.

Erur bedod borinda tarahhum do`stdii, yuz hayf
Angakim, shukr  borinda ishi doim shikoyatdur.

Navoiyg`a ko`ngul berdingki, jonin olg`asen bir kun,
Erur o`z naf`i   shahdin gar raiyatg`a rioyatdur.

                                    233

Jahoni  buqalamun  ichra tushmish elga  gudoz,
Magarki  tosig`a  o`t yoqti charxi  shu`badaboz.

Bu turfaroqki, munungdek tomug` aro tushmish
Samuru qoqim uchun olam ahlig`a taku toz.

Ne ko`kka chiqmoq erur dolboyu o`tog`a bila,
Ki bolu par bu esa, mumkin ermas ul parvoz.

Ne garmlig`ni qo`yar, ne fusurdalig`ni  bashar,
Nechaki kuyub erir o`tu muz kibi qishu yoz.

Falak arusida yo`q mehru dilrabolig` ko`p,
Nechukki husnu jamol ahlig`a vafo bila noz.

Egilib o`psa yer  ahli g`urur hurmat uchun,
Shabih erur anga mutlaqki mast qilsa namoz.

Xush ul jaridaki, bir nav` qilsa sayru suluk,
Ki soya hamqadam o`lsa anga kamar hamroz.

Navo  agar  tilasang, tut qiroqki, egri  bami
Ne ko`p taponcha yeru ne biyik chekar ovoz.

Navoiy, yor ila bo`lkim, budur haram vasli,
Maqoming o`lsa Ajam yo Iroq yoki Hijoz.

                                    234

Rafiqlar, meni mahzun nechuk bo`lay g`amsiz?
Ki ko`nglum ermas   alamsiz, ko`zum emas namsiz.

Sinuq ko`ngulda chu yo`q shodlig`, sog`inurmen,
Ki yo`qturur bori olamda bir ko`ngul g`amsiz.

Demangki, hajrda may hamdam o`lsa g`am kam o`lur,
Ki hamdurur dam emas boda yoru hamdamsiz.

Xush ulki,  yor firoqiyu yo  ko`ngil g`amidin
Tamom umrida bir lahza erdi motamsiz.

Ko`ngul g`amini deb ahbob rahm qildi habib,
Mening jarohatim zrdiki qoldi     marhamsiz.

Ko`zumdin etmagil, ey sarv, hech jonibi mayl,
Ki yaxshiroq ko`runur sarvkim bo`lur xamsiz.

Navoiyni vara`u zuhd qaydi o`zlugidin
Xalos qilmadi, ey ishqu may, magar ham siz.

                                    235

Tirguzur yuz xastani bir noz ila ul dilnavoz,
Chun yetar men xastag`a navbat, qilur yuz nav` noz.

Zohido, har dam demakim mazhabingda bor qusur,
Qaysi masjidda sening birla qilib erdim namoz?!

Ishq aro ko`nglumni ul yuz mehridin man` aylamang,
Kim emas mumkin samandar o`tdin etmak ihtiroz.

Bir  kun ohimdin o`shul  badmehr ko`ngli yumshag`ay,
Nechakim po`lod erur qattiq, topar o`tdin gudoz.

Yo rab, oxir netgamen ul sho`xi badxo` birlakim,
Zulm etar, qilsam tazallum, noz etar, qilsam niyoz.

Charxi minoyi xati sharhig`a hamroz istama,
Kim bu xat mazmunidin dam urmay o`tmish ahli roz.

Ey Navoiy, sen  base oludadomansen,  magar
Ishq ul pok ila o`ynarsenki, derlar pokboz.

                                     236

Ne g`am, xumor  qildi esa qasdi jonimiz,
Bordur  chu  kunji  maykada dorul-amonimiz.

Mug` kulbasiki, tengri anga bermasun zavol,
Bor xuldu salsabil dame arg`uvonimiz.

Kel bir dam, ey harif, xarobot sorikim,
May  vajhidur   bu xirqa  bila  jilsonimiz.

Ul sho`x bizdin ayruki ayshi nihon qilur,
Billah,  bu nav` yo`q edi  andin  gumonimiz.

Ey aql, qo`y fasonaki, bir vaqt bor edi
Har poya minbar uza mulki darsxonimiz.

Tutmaduq ixtiyor ila mayxona shar`in,
Qismat hakimi buyla chevurdi inonimiz.

May  ichmasang, Navoiy, ziyondur  debon,  ne sud,
Yo`qtur o`z ilgimizda chu sudu ziyonimiz.

                                 237

Ramida ko`nglum erur ishq mubtalosi hanuz,
Boshimda bordurur ul sarvqad havosi hanuz.

Yuzung firoqida har bir ko`zum mening bir dog`
Quyubturur, vale tushmaydurur qarosi hanuz.

Faqih qildi duo: Ishqdin qutulg`il deb,
Qabul  qurbida ermas emish duosi hanuz.

Nechuk tama` qilayin mehr ila vafosinkim,
Haqir  jonima  darxo`rd emas jafosi hanuz.

Halok o`qi ko`zung urmish ko`ngulga, tonmaki, bor
Yonida kirpiku qoshingdin o`qu yosi hanuz.

Haloking o`lg`ali jon ko`z  qarordi,  vah, yuz ochib,
Qarodin oni chiqarg`ilki, bor azosi hanuz.

Sipehr zulmidin ul nav` motamiydur subx,
Ki umrlar o`tubon chok erur libosi hanuz.

Navoiy jon berur, ul muddaini mahram etar,
Bu ishga yuz ming emastur aning sazosi hanuz,

                                         238

Jamoateki,  junun man`ini  manga qilasiz,
Tosh  otibon  ne uchun  telbalarga  qotilasiz?

Keting,  ko`ngul  bila jonkim,  vido`ingiz qildim,
Firoq agar budurur, erta kunni kech qilasiz.

Firoq kunidur, ey ko`zlar, emdi qon yig`lang,
Bilurmusizki, bukun ne kishidin ayrilasiz?

Ko`zum haqini bihil qildim, ey javohiri ashk,
Ki bori ham aning-o`q maqdamig`a  sochilasiz.

Firoq neshlari, vahki, yana rahm etmay,
Nafas-nafae nega majruh ichimga sonchilasiz?

Ko`ngul fasonalari, sizni, vah, netib yashuray,
Bu nav`kim, yuz uza qon yosh ila yozilasiz.

Navoiy hajrg`a qoldi, qiling visolda shukr,
Jamoateki, sevar yoringiz  bila  bilasiz.

                                  239

Navbahor ayyomi bo`lmish, men diyoru yorsiz,
Bulbul o`lg`ondek  xazon fasli gulu gulzorsiz.

Goh sarv uzra, gahi gul uzra bulbul nag`masoz,
Vahki, menmen gungu lol ul sarvi gulruxsorsiz.

Tong emastur, gar diyoru yorsiz ozurdamen,
Kim emas bulbul gulu gulzorsiz ozorsiz.

Ravza ashjori o`tundur, gullari jonimg`a o`t,
Mumkin o`lsa anda bo`lmog`lig` dame dildorsiz.

May chu berding, zulf ila band et meni, ey mug`bacha,
Kim xush ermas mug` bila ichmak qadah zunnorsiz.

Topmaduq gulrang jome  bexumor, ey  bog`bon,
Vahki, bu gulshan aro gul butmas ermish xorsnz.

Ahli zuhd ichra Navoiy topmadi maqsadqa yo`l,
Vaqtingizni xush tutung, ey jam`kim, xummorsiz.

                                  240

O`zga bo`ldi yoru mehri menda boqiydur hanuz,
Notavon ko`nglumda ul oy ishtiyoqidur  hanuz.

Garchi o`zta yor istar xotirim, bordur valek
Jon anga manzil,  ko`ngul oning visoqidur hanuz.

G`ayr ishqi ko`nglum evinda nechuk qilg`ay nuzul,
Kim xayoli maskani ko`zum ravoqidur hanuz.

Ishq ila may tarkin, ey nosih, ne nav` aylay qabul,
Kim ko`ngulga orzu ul turfa soqiydur hanuz.

Furqat o`ti dofi`i dog` o`rtamakdur demakim,
O`rtagan jonim ul oy dog`i firoqidur hanuz.

Charx yolg`uz qilmadi Farhod qonin lolazor,
Lola qonin to`kkuchi oning nifoqidur hanuz.

Ey Navoiy, garchi meni mehrsiz der erdi yor,
O`zga bo`ldi yoru mehri menda boqiydur hanuz.

                                  241

Ko`yung borida qilmon jannatg`a guzar hargiz,
Qadding qoshida solmon to`big`a nazar hargiz.

O`qung`a  ko`ngul  moyil,  mujib  nedur,  ey  qotil,
Kim  o`tganidin  bo`lmas  ko`nglumga xabar  hargiz.

Bu jismi nizor ichra ko`nglumni gumon qilmang,
Shoxeki qurur, anda kim ko`rdi samar hargiz?

La`lingda  malohatdin jon  komidadur  lazzat,
Bu ta`m qachon bergay tuz birla shakar hargiz?

Ko`ngliga fig`onimdin rahm o`lmasa, ey bulbul,
Gul g`unchasig`a bormu nolangdin asar hargiz?

Pil o`lsa sening xasming, desangki zarar topmay,
Bir pashshag`a olamda yetkurma zarar hargiz.

Maxlas tilasang g`amdin dahr ichra Navoiydek,
Qo`ymag`asen ilgingdin sog`arni magar hargiz.

                                      242

Zamone garchi yodim qilmas ul nomehribon hargiz,
Fig`onkim, yodi chiqmas xotirimdin bir zamon hargiz.

Oti og`zim aro mazkur, o`larmen, ohkim, bo`lmay
Otim og`zig`a  bir mazkur o`larg`a komron hargiz.

Ko`ngul to vodiyi ishqig`a tushti, qilmadi bir ham
Vatanni yod ul ovorayi bexonumon hargiz.

Labidinkim, ko`zum yoshi jahonni la`lgun qildi,
Bag`ir juzvidin ayru topmadi bir qatra qon hargiz.

Iti faryodini yoqmang mangakim, xo`yidin umre
Ulug`roq tinmadim, ne nav` chekkaymen fig`on hargiz?

Yorib ko`ksum, junun ta`vizidek jon pardasin ochma,
Ki fosh o`lmaydur ul qonlig` necha dog`i nihon hargiz.

G`amu anduh ya`jujig`a har devor saddedur,
Fano mayxonasidek topmaduq dorul-amon hargiz.

Bu damni tut g`animatkim, kelur damdin asar yo`qtur
Ne damkim o`tti, xud andin kishi topmas nishon hargiz.

Qiron qilding, Navoiy, nazm  arokim iltifot etmas,
So`zungdin o`zga so`zga xusravi sohibqiron hargiz.

                                       243

Xurram o`ldi bog`u bir guldin ichimda g`am hanuz,
Kuldi har yon g`unchavu ko`nglum ishi motam hanuz.

Bulbul o`ldi gul harimi xirmanining mahrami,
Gul`uzorim ko`yida men telba nomahram hanuz.

Chiqti tuz har naxl uza bir ishqpechon yormashib,
Vahki, bir qad ishqidin jismimda pechu xam hanuz.

Ochti savdo daf`ig`a sunbul musalsal turrasin,
Ohkim, bo`ynumda zanjiri junun mahkam hanuz.

Soqiyo,  rahmiki tortib lola sog`ar dam-badam,
Lolagun sog`arg`a men bo`lmay dame hamdam  hanuz.

Faqr naxlidin guli maqsud uzmak istama,
Etmay  anda  ohu  ashkingdin  havovu  nam hanuz.

Bir so`zin istab Navoiy o`ldi, vahkim, yetmamish
Huqqayi yoqutidin ko`nglumga ul marham hanuz.

                                      244

Bo`ldi shomu jong`a ul oy hajridin qayg`u hanuz,
Etti  subhu  ko`zlarimga  kirmamish  uyqu  hanuz.

Obi hayvoning g`amidin toki za`fim bo`ldi sa`b,
Bormamish bir qatra bo`g`zum ichra, jono, su hanuz.

Javr o`qin otting, vale biym erdi hijron tiyg`idin,
Etti ul ham boshima ko`nglumdin o`tmay bu hanuz.

Novaking umredurur ko`nglumda xandon bo`lg`ali,
Bor oning mufrit jununidan manga kulgu hanuz.

Sehr ila ul ko`z qilib zulfung kamandin ajdaho
Buzdi olam xalqinu bas aylamas jodu hanuz.

Shohidi maqsud aksi ko`ngluma tushmas deding,
G`ayr  naqshidin  magar  pok ermas ul  ko`zgu hanuz.

Dedi, bo`l foniy visolim istasang, bo`ldum fano,
Ey Navoiy, so`rki mundin ortug` istarmu hanuz?

                                      245

Har necha ko`nglumni chok etsang, qilur ishqing sitez,
Ul sifatkim, o`tni yorg`on soyi bo`lur shu`la tez.

Sabr ila ishqim xusumat boshlab o`rtarlar meni,
O`t bo`lur zoyanda, tosh etsa temur birla sitez.

G`am tuni rihlat sahobi jolasidur yo erur
Motamimg`a charx anjum javharidin ashkrez.

Vasl aro ashkim qilur tug`yon o`shul yuz tobidin,
Yoz faslida quyosh tez o`lsa, bo`lur seyl xez.

Sarvu g`unchang jilvasi  kuydurdi  elni, ohkim,
Dahr aro to`biyu kavsar birla solding rustxez.

Ko`z uyidin ul pari ram qildi, mardum ashkidin
Bo`ldi chun hamxona tardoman, erur avlo gurez.

Chun Navoiy vasl topti, emdi birdur, ey tabib,
Sharbatin gar zahr yoxud obi hayvon birla ez.

                                  246

Bo`lmasa ul but qoshi mehrobim ichra jilvasoz,
Qiblag`a,  kofirmen, ar bosh indurub qilsam namoz.

Qon yoshimdin la`lgun kirpik bila aytur ko`zum
Orazing  nazzorasin  aylarda  yuz  til  birla  roz.

Qaddi vaslin istasam ra`nolig` aylar  noz ila,
Husn bo`stonida ul sarkash qad ermish sarvinoz.

Odamiyliqdin qochib, yettim junun o`tin sochib,
Ey salomat  ahli,  aylang telba itdin  ihtiroz.

Chehra och ko`nglumni desang kuyduray, hijronni qo`y,
O`t ne hojat mum topsa mehr tobidin gudoz?

Rishtayi  ashkin tutub tufrog` sori tortar fano,
Ul sababdin egma qad zohir qilur ahli niyoz.

Ey Navoiy, g`ayr naqshin pok yub jon lavhidin,
Yor uchun jon o`ynasang, ul lahza borsen pokboz.

                                          247

Mehnat o`tidin yoruqtur har taraf koshonamiz,
Bo`ldi go`yo ajdaho komi bizing vayronamiz.

Toyiri vasl uchti ashkim jolasidin vahm etib,
Qushqa, vahkim, ram  berur toli` yo`qidin donamiz.

Ul charog`i husn vayron kulbani yorutqali
Mehr sham`in yorutubtur har kuyuk parvonamiz.

Bo`ldi oshiq aql ila hazl aylabon vola ko`ngul,
O`tqa tushti o`ynay-o`ynay kul bila devonamiz.

El tilidin uyqu uchmishtur ko`zumdin go`yiyo,
Kim erur baxt uyqusining boisi afsonamiz.

O`lturay bir may bila deb, tirguzursen, soqiyo,
Obi hayvon birla go`yokim to`lar paymonamiz.

Murshidekim, qilsa irshodu fano, billah, anga
Bu vujudi orazidin o`zga yo`q shukronamiz.

Ko`yida ko`nglum ko`ngullar ichra ko`rdum, turfa ko`r,
Turfaroqkim, oshnoliq bermadi begonamiz.

                   248

Sarvqadlar agar biru gar oz,
Yuzdin ermas biri bizing bila tuz.

G`arazim ul sanamg`a sajda durur,
Er o`pay deb qoshida qo`ysam yuz.

Yuzidin zulfig`a ko`ngul bormas,
Kimsa shabravlig`  aylamas kunduz.

Ne birov bo`lsa hamrahing toqat,
Ne tahammulki, kezgasen yolg`uz.

Har ko`zum ul quyosh firoqi tuni
Bir falakcha ayon qilur yulduz.

Bormen, ey piri dayr, bas maxmur,
Karam ayla, karomate ko`rguz.

Qaddi hajrinda tortsang nola,
Rost ohangi, ey Navoiy, tuz.

                             249

Seyl un chektiyu savdo menda bepoyon hanuz,
Dasht sarsabz o`ldiyu men talba sargardon hanuz.

Gunbazin qildi imorat g`unchaning yoz yomg`uri,
Telba ko`nglum uyi savdo selidin vayron hanuz.

Har qurug` shox o`ldi dasht uzra sabodin hullapo`sh,
Tinmag`ur jismim junun vodiysida uryon hanuz.

Tong nasimi birla nayson yomg`uri ne sudkim,
Ohu ashkim dahr aro har dam solur to`fon hanuz.

Yong`il, ey Isodamim, husnung bahori haqqikim,
Bordurur muhlik jununumg`a davo imkon hanuz.

Ne osig`, har oq gul o`lsa marham uchun bir momuq
Chunki chiqmaydur yaramdin g`unchadek paykon hanuz.

Dasht hayvoni qocharlar suhbatimdin ram qilib,
Aqli yo`q nosih gumon aylar meni inson hanuz.

Kom yetkurmak g`animat angla hojat ahlig`a,
Ey g`ani, bu damki koming birladur davron hanuz.

Shayx man` aylar junun har dam Navoiyg`a, ko`rung,
Kim bahor ayyomida g`ofildur ul nodon hanuz.

                                  250

Ul pari ko`yida men devonani band aylangiz,
Band-bandim zulfi zanjirig`a payvand aylangiz,

Xalq tarki ishq aylarga meni dilxastani,
O`lturub olam eliga mujibi pand aylangiz.

Telba ko`nglum topsangiz, ey yor ko`yi itlari,
To`sh-to`shidan tishlabon parkand-parkand aylangiz.

Bodayi ishq asru mast etmish meni, ey do`stlar,
Jomima afyun ezib har dam xiradmand aylangiz.

Yig`lasam  achchig` malul o`lmoq nedur, ey xo`blar,
Hazl uchun gohi boqib, siz ham shakarxand aylangiz.

Ishq bahrida duri vasl istasang, ey ahli dard,
Ko`nglunguz ul naqd yodi birla xursand aylangiz.

Qilsangiz tasvir Layli husnin ul oydek sizing,
Lek Majnunni Navoiy birla monand aylangiz.

                                251

Tufrog`imdin, koshki, jisme murattab qilsangiz,
Bir it o`lsa ko`yida ruhig`a qolab qilsangiz.

Etmagay chobuksuvorim gardig`a, ey ahli ishq,
Mehrni rokib qilib, gardunni markab qilsangiz.

Bodano`shum bazmi g`avg`osidin, ey jonu ko`ngul,
Sam`ig`a yetmas necha faryodu yo rab qilsangiz.

Olami ishq uzra bas loyiqdurur, ey dardu shavq,
Dudi ohimni sipehr, ashkimni kavkab qilsangiz.

Markabi na`lin mujallo qilg`uchilar zeb uchun,
Orazimg`a surtung ul damkim, muzahhab qilsangiz.

G`ayri no`sho-no`sh azal soqiysidin kelmas xitob,
Bizni, bas, may jurmidin bo`lmas muxotab qilsangiz.

To Navoiy, qismat o`lg`on mayni ichmas chora yo`q,
Do`stlar,  avlo bukim jomin labo-lab qilsangiz.

                                 252

Yuzung firoqida har oh o`tinki chektim tez,
Ul o`t sharoralari bo`ldi har taraf gulrez.

Qazo musavviri go`yo hal etti la`liy rang,
Labing aqiqini  aylar mahalda rangomez.

Labing malohati g`avg`o qo`pordi olamdin,
Shakarni  buyla  kishi qayda ko`rdi sho`rangez?

Itingki sherzabundur, anga topa olmon
Desam,  ko`ray ani  boshimdin  o`zga  dastovez.

Chu keldi xastalig`im so`rg`ali qadahno`shum,
Ketur piyolaki, o`lsam ham aylamon parhez.

Desang zamona sitezini har zamon ko`rmay,
Zamonni xush tutu qilma zamona birla sitez.

Guli saboh yuzin ko`rmagaysen, ey bulbul,
Bu gulshan ichra Navoiydek o`lmasang shabxez.

                       253

Onsiz o`lmoq erur o`lmoq jonsiz,
Bo`layin jonsizu bo`lmay onsiz.

Qoshi bu chok ko`nguldin ayru
Filmasal yoye erur qurbonsiz.

Ohkim, dard yuzidin chiqmas,
O`q emas bo`lsa erur paykonsiz.

Ishq daryosig`a, eykim, kirding,
Bilki, bu bahr erur poyonsiz.

Yorsiz ko`nglum erur oshufta,
Mulk oshub topar sultonsiz.

Suvu o`t ichra siz, ey ko`zu ko`ngul,
To ul oy orazig`a hayronsiz.

Gar Navoiy chekar un hajr tuni,
Yo`q ajab, tun emas it afg`onsiz.

                      254

Yordin ayrilg`ali shaydo ko`ngul, bexob ko`z,
Har zamon zohir qilur savdo ko`ngul, xunob ko`z.

Ko`zu ko`nglum bahru bar sayr ettilar yor istabon,
Bu safarda toptilar yag`mo ko`ngul, g`arqob ko`z.

Ko`zu ko`nglumdin biri ko`yub, birisin buzdi sel,
Yo`qsa nevchun bo`ldi nopaydo ko`ngul, noyob ko`z?

Deb emish, hajrimda mendek ko`zu ko`nglin asrasun,
Voykim, yo`qtur manga xoro ko`ngul, qassob ko`z.

Vah, ne kun bo`lg`ayki, yetgay vaslingga ko`zu ko`ngul,
Tortibon faryodu vovaylo ko`ngul, yig`lab ko`z.

Ko`rmayin deb ko`rdi ko`z, ko`rgach ko`ngul qildi havo,
Bo`ldi zor etgan meni rasvo ko`ngul, qallob ko`z.

Do`st ko`zla, xasmdin uzgil ko`ngulkim, tushsa ish
Bermasu olmas emish a`lo ko`ngul, ahbob ko`z.

Ey Navoiy, go`yiyokim yor mehmon bo`lg`usi,
Kim murattab aylamish ma`vo ko`ngul, abvob ko`z,

                                  255

Jilvamu qildi sarig` bo`rkin kiyib ul sarvinoz,
Yoki chekti shu`la axzar jism ila sham`i tiroz.

Kuysa majnun ko`nglum ul yuz lam`asidin, tong emon,
Ne uchunkim aylamas devona o`tdin ihtiroz.

Ulki ermas ishqi poku sajda aylar ko`rsa husn,
Uyladurkim, aylagay fosiq tahoratsiz namoz.

Rozi ishqing derga paykoning erur ko`nglumga til,
Lol til birla qilur ermish takallum ahli roz.

Sekritib chiqti yana maydon sari ul turk mast,
To yana qaysi ko`ngul mulkiga qilg`ay turktoz.

Ishq  agar  komildurur, oshiq qilur  ma`shuqni,
Yo`qsa, nevchun ayladi Mahmudqa qulluq Ayoz?

Har maqom ichraki bo`lsang ayru bo`lma yordin,
Ey Navoiy, hojat ermas qilmoq ohangi Hijoz.

                                   256

G`am yuki  qilmaydurur yolg`uz meni mahzunni ko`j.
Ham bu yuk qilmish edi Farhod ila Majnunni ko`j.

Qildi chun Farhod ila Majnun qadin xam, ne ajab,
Yuz alarcha za`f ila gar qilsa bu mahzunni ko`j.

Yuk agar budur ne Farhodu, ne Majnunu, ne men,
Rost gar dersen, bu yuk aylabdurur gardunni ko`j.

Vah, ne yukdur buki gardun qomatin ko`j ayladi,
O`ylakim  gardunnung ostida ko`rarsen  nunni  ko`j.

Yuzi mahtobida mushkin qrshi nevchun ko`j erur,
O`g`riliq gar  qilmadi ul hinduyi mavzunni ko`j.

Egrilikka shuhra bo`lmoq istamassen, aylama
Ahli isyon xizmatida qaddi beqonunni ko`j.

Gar Navoiy ko`j erur shah xizmatida, ne ajab,
Chunki qilmish  qullug`i Jamshidu Afridunni ko`j.

                                      257

Dahr sudidin tama` uzkim, ziyone besh emas,
Umrni tutqil g`animatkim  zamone besh emas.

Uy bino aylab ajabdur elni mehmon aylamak,
Ulki bu uy ichra besh kun mehmone besh emas.

Qo`y tavonoliq so`zin, yod et ajal xorinki, pil
Pashshalar nishi qoshinda notavone besh emas.

Kir fano dayridakim, har shayxu yuz savdo anga,
Ulki otin xonaqah qo`ymish, do`kone besh emas.

Eykim, o`lmish xil`ating zarbaft, bori bilkim, ul
Ma`ni  ahlin  kuldururga  za`farone besh emas.

Mehr  toju charx taxting bo`lsa  g`ofil  bo`lmakim,
Mehr  bemehru falak nomehribone besh emas.

Shahg`a ish el fikrini qilmoqdur ulkim, zebkim,
Bir  suruk qo`ydur raoyo, ul shubone besh emas.

Gar Navoiy istadi ovoralig`, ei ahli hush,
G`am  yemang,  devonayi  bexonumone  besh emas.

Avji  davlat uzra bo`lsun  doimo  Bilqisi  ahd,
Kim Zuhal qasrinda har tun posbone besh emas.

                                     258

Ne ajab, gar nuql tuxmi g`am qushin rom aylamas,
Mast chun bir dam ovuch qoqmoqdin orom aylamas,

Tun quyoshqa yovuy olmasdekdur ulkim, may sari
Tiyralik shaxsi azimat bir-iki gom aylamas.

Fikru g`am qochmoqqa maydin istasang ravshan dalil,
Shayx yo zohid nedurkim boda oshom aylamas.

Ayni nozu shevadin kofir  ko`zung, ey mug`bacha,
Turfatul-ayni emaskim qasdi islom aylamas.

Jism aro paykonlaring suv qildi ko`nglum oh ila,
Bodayi shavqin, ajabkim, ichgali jom aylamas.

Voizo, aylab tama` qon yutmag`ilkim, piri dayr
La`lidin o`zga savol ahlig`a in`om aylamas.

Dema, ishq o`ynab Navoiy oqibat ne bo`lg`usi?
Kim  bu ish  og`oz  qilg`on  fikri  anjom  aylamas.

                                        259

Kiyik charmi zaif egnimga majnunlug` nishoni bas,
Junun toshi sinuq boshim uza qush oshyoni bas.

Damingni asra, ey Isoki, ranjim daf`ig`a har kun,
G`izo ul oy qilichi zaxmining bir qatra qoni bas.

Senu hayvon suyi, ey Xizr, tutqil tarki jonimkim,
Manga yor ollida o`lmak hayoti jovidoniy bas.

Shahu izzat saririkim, agar budur jahon johi,
Manga idbor  ko`yida mazallat xokdoni bas.

G`aniyu ko`nglida pinhon diram fikriyu ishq o`ti
Mening ko`nglumda kuydurgon necha dog`i nihoniy bas.

Sanga  kavsar  suyiyu lahni Dovudiyki, dayr  ichra
Mug`anniy nag`masi birla manga jomi mug`oniy bas.

Havodis daf`ig`a shah ko`k hisori uzra gar chiqsun,
Ki faqr ahli uchun dayri fano dorul-amoni bas.

Fig`onkim,  lutfu qahrig`a  tafovut yo`qni  ham anglab,
Fano ahlig`a javrin qilmadi bu dayri foniy bas.

Navoiydek o`lar holimda demang huru jannatni,
Sizing barchaki  bu ovorag`a bir  ko`rmak oni bas.

                               260

Nafis kiyguluk o`lsa  yalang tanimg`a havas,
Hasir naqshi hasiri libos o`rnig`a  bas.

Sirishk yo`lini xas birla tuttilar, yoxud
Ko`zumni yo`lig`a surtarda muncha to`lmish xas.

Bir  o`t dimog`ima  hajr  urdikim,  nafas  andin
Chiqar samum o`lub, ar xud bo`lay Masihnafas.

Azim  aningdek erur  ishq mahmilikim,  anga
Qazo falakni ikki bo`lsa, bo`lg`ay ikki jaras.

Tanimg`a choklar ochti, ne ayb, agar o`lsam,
Ki ruh bulbulining loyiqi emas bu qafas.

Ko`ngulki, kofiri ishq o`ldi, or erur zunnor,
Nedinki, mug`bacha zulfin beliga  qildi maras.

Fano havas qilu faqr et havo Navoiydek,
Vale havovu havas qilmag`il havovu havas.

                                     261

Dame ermaski, la`lingdin ko`ngul yuz laxt qon ermas,
Dog`i har laxt qon yoshim bila ko`zdin ravon ermas.

Yuzung mehri ichinda ko`z solib og`zingni ko`rmasmen,
Agarchi zarra  xurshid ollida  ko`zdin nihon ermas.

Ushalg`on har so`ngak jismimda go`yo ka`bataynedur,
Nihoniy dog`i zoid nuqtasidurkim, ayon ermas.

Erur dardimg`a taskin  bu kecha, lekin to`shuk ko`ksum,
Ajab gar novaki ko`nglumga kirgandin nishon ermas.

Meni o`lturgali g`amzang o`qi umredurur, lekin
Tirik la`ling xayoli birlamen, jismimda jon ermas.

Lahad kunjin vatan aylab minibtur umridin Majnun,
Ne bo`lsa, men kibi ovorayi bexonumon ermas.

Bu davr ichra qachon jomi farog`e yetgay, ey soqiy,
Chu bir dam dardu mehnat zahri chekmakdin amon ermas.

Agarchi qon yutar bulbul, vale ne g`am anga, chunkim
Navola g`unchadin ayruvu guldin o`zga xon ermas.

Navoiy o`ldi, gar parvona kuydi, bulbul un chekti,
Bular gar  yaxshidurlar, ishq aro ul ham yamon ermas.

                                       262

Sunbulin Layli ochibtur yel abiroso emas,
Dog`ini Majnun qonatmish lolayi humro emas.

Nastaran ko`zgusida  bir  sori men,  bir sori  yor
Chehra  aksin ko`rguzubtur bir, guli ra`no emas,

Gulni o`xshotqon uchun yorumg`a go`yo  bog` aro
Muztarib ko`nglum  qushidur,   bulbuli  shaydo  emas.

Sunbul ustidin nasim esgach,  nigorim  turrasin
Yod qildimkim, dimog` oshuftadur, savdo emas.

Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur, marhun qadahpolo emas.

Dema,  afg`onimda  bulbul nolasidek yo`q nishot,
Bu ham anduhzo emas, gar gul nishotafzo emas.

Gulni sarv uzra xayol ettim ko`ngul bo`stonida,
Rost aytay, sarvi gulro`yum kibi zebo emas.

Bo`lmangiz mag`ruri husn, ey sho`xlarkim, bog` aro
Siz kibi bilturg`i gullardin biri paydo emas.

Manga gulrux soqiyu bulbulg`a gul tutti qadah,
Mast erur ul ham, Navoiydek vale rasvo emas.

                                      263

Demakim, no`shi labidin quti jon qildim havas,
Obi hayvondin hayoti jovidon  qildim havas.

La`li no`shidin gar o`lsam ham emastur aybkim,
Hazm eta olmas g`izo men notavon qildim havas.

Tosh yebon, atfol gomi birla jon bersam, ne tong,
Kim  pari  vaslig`a joni  komron  qildim havas.

Ostoning istadim  bosh qo`ysam, ermas aybkim,
Saltanat taxtin  meni  bexonumon  qildim  havas.

Har fatila zaxm arokim erdi, chektim jon aro,
Ko`ngluma  qo`ymoq necha dog`i nihon qildim havas.

Zuhd ila yo`l topmadim maqsadg`a, may tut, piri dayr,
Kim o`zumni emdi rasvoyi jahon qildim havas.

Ey Navoiy, tog`u vodiy tutmog`im  ayb etmakim,
Yoshurun dardim demak tortib fig`on qildim havas.

                                    264

Bas  nedur, ko`z  gar  xayoling xaylig`a  manzil  emas,
Har  qaro bir o`t yeri davrinda kirpik xoru xos.

Jannat  ahlig`a erur  har  lahza  ko`yung orzu,
Do`zax ahli uylakim jannatni qilg`aylar havas.

Novaking  paykonini to chektilar, nolon  ko`ngul
Aylamas  afg`on  ko`ngulsizlikdin   andog`kim  jaras.

Dema  men  majnung`a, ey nosihki,  bas qil ohni,
Kim manga ish ul pari ishqida bo`lmish ohu bas.

Za`fdin bexud ko`rub, og`zimg`a ul yuz ko`zgusin
Qo`ysang ul dam urmag`aymen, billah, ar o`lsam nafas.

Dayri piri xizmatig`a chekmayinmu belni chust,
Kim necha zunnordin tongmish belimga bir maras.

Soqiyo, davron agar budur, Navoiy har zamon
Jomig`a behushdoru qotmog` aylar multamas.

                                        265

Oh o`qin jon ichra asrab, ko`nglum izhor  aylamas,
Yo`qsa bir dam bormukim, yuz jonni afgor aylamas.

Vah, ne yuzdur ulki, taqlidin qilib naqqoshi Chin
Cheksa yuz surat, birin yuzdin namudor aylamas.

Ishqdin chun munkir o`lmish ko`nglum, o`lturmak ne sud,
Hajr ila to oni qo`rqutmassen, iqror aylamas.

Qo`ydung, ey aql, ochqali yuz pora ko`nglum zulfini,
Har biri bir rishtasin qondinki zunnor aylamas.

Jon fido qilg`umdurur, la`ling qabul etsun desam,
Derki: Ruhullah bu nav` ishlarga begor aylamas.

Ne osig`, har zarrag`a ohim quyoshdek solsa o`t,
Ul quyosh ko`ngliga chunkim zarrae kor aylams.

Soqiyo, davr ichra ul yuz aksi ko`rguzgan qadah,
Fitna aylarkim, sipehru mehri sayyor aylamas.

Foniy o`l, gar istar ersang vaslkim, qilmas nasib,
Kimni bir davlatg`akim tengri sazovor aylamas.

Demangizkim,  barxabar  bo`l telba ko`nglungdin, chu ul
Qaydakim borsa Navoiyni xabardor aylamas.

                                        266

Meni men istagan o`z suhbatig`a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko`nglum pisand etmas.

Ne  bahra  topqamen ondinki,  mendin istagay  bahra,
Chu ulkim, bahrae ondin tilarmen, bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg`a
Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu no`shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.

Kerak o`z chobuki qotilvashi Majnunshiorimkim,
Buzug` ko`nglumdin o`zga yerda javloni samand etmas.

Ko`ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o`zga bo`ynungg`a kamand etmas.

Ul oy o`tlug` yuzin ochsa, Navoiy, tegmasun ko`z  teb,
Muhabbat tuxmidin o`zga ul o`t uzra sipand etmas.

                                   267

Dam- badam la`ling xayolidin ichim qonmu emas?!
Qatra-qatra ko`z yo`lidin yuzga  g`altonmu emas?!

Gah o`lub, gohi tirilsam, tong emas, vah, g`amzasi
Qotil ermasturmu yo no`shi labi jonmu emas?!

Ne ajab, ishq ofatidin chiqsa jon tan mulkidin,
Shahnayi zolimmu emas yo mulki vayronmu emas?!

Novaki zulm urmog`ingdin tonmag`il, ey qoshi yo,
Tanda zaxm ermasmu yo ko`nglumda paykonmu emas?!

Telba ko`nglumni dema ko`p vola ermas ishq aro,
Shuhrayi ofoq yo rasvoyi davronmu emas?!

Dahr  sho`xig`a ko`ngul gar  bermadim,  ayb etmangiz,
Ishvasi chinmu zmas yo ahdi yolg`onmu emas?!

Dasht aro ko`rsang Navoiyni emas Majnun, dema,
Toshmu urmas ko`ksiga yo jismi uryonmu emas?!

                                        268

Zulfidin  ayru  jununimg`a  desam tadbir  emas,
Telba itga chora derkim qatl erur, zanjir emas.

Orazin   ko`rsam,   nedur  deb  so`rma  ko`nglum holatin,
Chehra tag`yiridin angla hojati taqrir emas.

Har tun anjumdin mening holimg`a gardun ashki bil,
Charx uza ohim buxori tafidin ta`sir emas.

Zulfi pechu tobig`a  borib kelur shaydo ko`ngul,
Bovujudi tiyralik, ko`rgilki, ko`p dilgir emas.

Istasang qatlim chiqarg`il tiyg`u ihmol etmakim,
Ne desang mendin bo`yun sunmoqda xud taqsir emas.

Dayr aro usruk ko`rub, zohid meni ayb aylamish,
Bilmamish miskinki, hech ish xoriji taqdir emas.

Ul pari qilmish meni majnunu rasvo shahr aro,
Ey Navoiy, go`sha tutkim, hojati tashhir emas.

                                    269

Gar meningdur yor lo`li bo`lsa shoh etmon havas,
Naylay  ul  shahniki,  har  lo`lig`a bo`lg`ay  hamnafas

Shikva  qilmon gar jafodin boshima yog`dursa tosh,
Toqatim yo`q elga qilsa bargi gul urmoq havas.

Yordin har necha bedod o`lsa aylarmen qabul,
Lek bo`lsa g`ayr  birla multafit, maqbul emas.

Jonni qo`ymasmen chibindek la`li uzra rashkdin,
Ul  shakar  uzra chibin  qilsam  taxayyul xol  bas.

Bu  baloni  ko`rmasun  oshiqki,  qilg`ay  iltimos
Vaslin oningkim, birov bo`lg`ay anga ham multamas.

O`z nigori mahmilidin qilmasun deb ko`z xato,
Ishq dashti ahlig`a har dam nido aylar jaras.

Ey Navoiy, ishq atvorida  budur zulmkim,
Gul maqomi bazm o`lub, bulbul yeri bo`lg`ay qafas.

                                      270

Chok  bo`lg`on  ko`ngluma  qilmoq iloj oson  emas,
G`unchakim ochildi,  butkarmak oni imkon emas.

Ko`nglum ichra gulbuni dard uzra har yon g`unchadur,
Ey muolij, daf`ig`a sa`y etmakim, paykon emas.

Mehrim o`tin hushu aqlu fahmu his yoshurmadi,
Mehri lomi` to`rt burqa` keynidin pinhon emas.

Otashin la`ling g`amidin  ko`nglum erur  pistae,
Kim kuyubon chok o`lubtur, g`unchayi xandon emas.

Ishq ichinda, eyki, yuz  muhlik balog`a  uchradim,
Bor sanga ming shukr vojib, gar g`ami hijron emas.

Zohido, man` aylading ko`nglumga maydin, bilmading,
Kim samandarg`a yolindin  sud erur, nuqson emas.

Engsa dayr ichra meni hayrat, ne tong, ey mug`bacha,
Kimdurur  bu korgah vaz`ig`akim hayron emas?

Dardi hajringdin Navoiy ko`ksi uzra dog`u na`l,
Tan harimig`a ajab gar shamsavu devon emas.

                                          271

Zihi kamol ila kavnayn naqshig`a naqqosh,
Mukavvanot vujudin vujudung aylab fosh.

Vujudung ayladi mavjud ulusnikim, bo`lmas
Vujud zarrag`a mavjud bo`lmag`uncha quyosh.

Sanga  yetishmasa,  tong  yo`q,   bu  aqli  zulmoniy,
Ki mehr  sham`ig`a parvona bo`lmadi xuffosh.

Qayu parig`aki qilding yuzin quyosh, berding
Ko`ngul jununi uchun anbarin hilol ila qosh.

Angaki, bo`ldi junun ishq ichinda, yog`durdung
Xirad qushini  uchurmoqqa  tifllardin  tosh.

Aningki,  ko`nglida  ishq  axgarini  yoshurdung,
Nihoniy o`tin ulug` tinmog`idin etting fosh.

Muhavviseki, maoshini aql ila tuzdung,
Fano yo`lida  ayading  berurga  aql  maosh.

Hakimi qudrating ilkinda charx ila anjum
Muhaqqar uylaki xashxoshu donayi xashxosh.

Yo`lungda o`ldi Navoyio bo`ldi tufrog` ham,
Yopushsa erdi bu kuy itlari ayog`ig`a kosh.

                                 272

Jamoli yuzini chekkan tarozu oyu quyosh,
Magar bu birida nur erdi, ul birisida tosh.

Gar oyda tosh emas erdi, quyoshda nurindin
Qudurat ichra qolib oy, munavvar o`ldi quyosh.

Quyoshg`a nurki yuqmish, hanuz erur ul nur,
Hanuz oy ichra hamul tosh erurki bo`lmish fosh.

Uruj aqshomi tegrangda oyu kavkablar,
Masih girdida andoqki bir necha xuffosh.

Yuzi tubon tushubon  markabing izig`a  malak,
Er  uzra  qursni  qilg`on  kibi  gadoy  talosh.

Chu qurb Qofig`a  yetting,  yetishmadi Jibril,
Ne nav` hudhud simurg` ila  bo`lur  yo`ldosh?

Ayog`ig`a chu maloyik boshin qo`ya olmas,
Navoyiyo, qo`yako`r itlari ayog`ig`a bosh.

                             273

Yozuqsiz, jurmsiz bedod etar fosh,
Manga ul surmasiz ko`z, vo`smasiz qosh.

Fig`onkim,  bu taraf  boqmay o`tarsen,
Nechakim ko`zlarim yummay to`kar yosh,

Sirishkim seyli har yon uyla surdi,
Ki topmon ko`ksuma urmoq uchun tosh.

Iliging o`pgali ochmish og`izlar
Qilichingdin sarosar zaxmliq bosh.

Hamono qolmas o`z holida rangi,
Sizarda suratingni ko`rsa naqqosh.

Bahodur naqdi din, ey dayr piri,
Karam qil mayki, borbiz asru qallosh.

Demish, kelsam Navoiy qatli aylay,
Kelib, ne ko`ngli istar, aylagay kosh.

                          274

Meni sargashta jismin dog` ila qon lolazor etmish,
Quyun yoxud to`kulgan lolazor ichra guzor etmish?

Tanimdin  qon chiqorg`on har  taraf paykonlaring go`yo
Erur yomg`urki, tufrog`din chechaklar oshkor etmish.

Ko`ngul birla so`ngak manqal aro o`tu o`tundektur,
Malomat toshlarin to charx tegramdin hisor etmish.

Yuzin may gul-gul etgandin xarosh ermas unum, balkim
Ko`ngulda xor-xori nolam andomin figor etmish.

Labing jonimg`a solg`an shu`lalar ichra qazo go`yo
Ulug`roq la`ldin axgar, kichikrakdin sharor etmish.
Bo`la olsam ulusqa ul quyoshni ko`rgali moni`,
Ne g`amdur, gar  yo`lida charx jismimni g`ubor etmish,

Halokim bilgay ulkim, bordur  ul  yanglig` jafokori,
Ki tavrin husn beparvolig`i oluftavor etmish.

Kabutar  qasr  burjida emas shah shastidin emin,
Xusho ul chug`zkim, vayrona kunjin ixtiyor  etmish.

Maof ermas qayon gom ursa rahrav noqayi jismi,
Nafas torin qazo chun burnig`a oning mihor etmish.

Mug`anniy nag`masi jon bersa bazm ahlig`a, tong yo`qkim,
Navoiy rishtayi jonin eshib, changiga tor etmish.

                                       275

Manga emdi sarz ila gul muddaosi qolmamish,
Sarv bo`ylug` guljabinliklar havosi qolmamish.

Uyla  tutmish  mehnatu  g`am  xayli  ko`nglum  kishvarin.
Kim nashot onda sig`ing`ucha fazosi qolmamish,

Men baliyat ichramen, el shod, go`yo charxning
Emdi dard ahlig`a yetkuncha balosi qolmamish.

Yorkim  qilmas jafovu javr ermas rahmdin,
Kim manga ko`rguzmagan javru jafosi qolmamish.

Baski  har  torin  balo  atfoli  uzdilar  chekib,
Vahki, uryon jism uza mehnat palosi qolmamish.

Gul chog`i bog`ingg`akim yo`l bermading, ey bog`bon,
Chinmudur  day  bo`lg`ali  derlar  safosi  qolmamish.

Ey Navoiy,  gar vafosi qolmamish oning sanga,
G`am yemakim, anga husnining vafosi qolmamish.

                                   276

Ko`ngulkim  zarnishon  paykonlaringdin  notavon bo`lmish,
Magar  bu bog` aro ul barglar  birla xazon bo`lmish.

Guli ra`no kibi kog`az uza nomingnn yozmaymen,
Sarig` erdi yuzi, xunobi ashkim birla qon bo`lmish.
 
Yuzumni ashkmu yo`llar  qilibtur yo nazar  payki
Seni istarga  ko`p har yon yugurmakdin nishon  bo`lmish.

Quruq  shoxedurur   jismimki,   ko`z  davrida   kirpikdin
Xayoling qushlarig`a anda ikki oshyon bo`lmish.

Ko`zum  xunob   aro  bo`lmish  biaynix uylakim,  ko`nglum
Qarosi  qon  aro ko`nglumdagi dog`i nihon bo`lmish.

Sirishk ollida mujgon shoxi sanchib, bog`layin dermen
Yo`lin bu selningkim, elga andin ko`p ziyon bo`lmish.

Yuzung hajrida, bilkim, qon yoshim oqmish, chaman ichra
Qachon ko`rsangki, har bir shox uza gul arg`uvon bo`lmish.

Murassa` qilma chatring lojuvardiy atlasin, ey shah,
Gado ollidakim bu nav` chatri osmon bo`lmish.

Navoiyg`a demang ul tifl ishqin asrag`il maxfiy,
Bu damkim holi shahr atfoli ichra doston bo`lmish.

                                    277

Surohiy to mayi la`ling visolin orzu qilmish,
Ani bu mastliq devonayi jo`lidamo` qilmish.

Chibinlar   shakkari   la`lingda  yo`q  jon   qushlaridurkim,
Suv ichmaklikka hayvon chashmasi uzra g`ulu qilmish.

Adamdur ul og`izkim, xurdabini aql topmaydur
Vujudin garchi ul qatlim ishida guftugo` qilmish.

G`aming jon pardasin chok aylagach, gardun, ne yanglig`kim
Labing oritting aning rishtasi  birla rufu qilmish.

Ko`ngulkim,  tashnayi  la`li  labingdur,  vahki,  suv etmas,
Anga garchi visoling va`dasi bag`rimni su qilmish.

Labing yetgan qadah taryoqidin yetkurgil, ey soqiy,
Ki hajr  achchig`lig`i jomim aro mayni og`u qilmish.

Visoling no`shi birla o`zgalarga no`shi jon bo`lkim,
Navoiy joni muhlik hajr neshi birla xo` qilmish.

                                    278

Zarra-zarra  jismim   o`rtadi   g`amingdin,   ey  quyosh,
Vahki, sendin bo`lmadi mehru vafo bir zarra fosh.

Har necha qilsam vafo, sendin vafodin yo`q asar,
Tosh ekin bag`ringmu yoxud bog`lading bag`ringg`a tosh?

Ko`z yoshim durri yatimi qo`ydilar yo`lingda yuz,
Vahki, rahming yo`q ayoq ostinda ko`rub muncha bosh.

Gar kengash  boshlar  ko`ngul saydini qurbon qilg`ali,
Qoshlaring yosi nedur kelturdilar bir  yerga bosh?

Ey Navoiy, jong`a ul ko`zdin ne yetkay g`ayri zaxm,
O`qu yo oldinda qo`ymish xossa ul mujgonu qosh.

                                   279

Chiqti yorim kecha yo`l azmin qilib ul bag`ri tosh,
Bas ajoyibdur  qarong`u kecha chiqmoqlik quyosh.

Gar quyoshg`a el nazar qilsa ko`ziga yosh to`lar,
Ul quyosh borg`ach nazardin, ko`zlarimga to`ldi yosh.

Zaxmidin qon ko`p borurdin qoldi chok o`lg`on ko`ngul
Zangdek afg`on chekib xaylida bo`lg`ay erdi kosh.

Furqatingda yig`labon haqdin visoling istaram,
Gah socharmen boshg`a tufrog`, gah qo`yarmen yerga bosh.

Qatra qonlar gar tomar ko`ksumga urg`on toshdin,
Zaxmdindur demakim, qon yig`lar ahvolimg`a tosh.

Chun to`sharlar oqibat ustunga xoro birla farsh,
Ne osig`, ostingda gar charx atlasidindur firosh.

Fosh etar  mehrin Navoiyning sarig` ruxsorasi,
Subhdekkim, sorg`orib ruxsori aylar mehr fosh.

                              280

Qatiq dardim zuloli ashk etar fosh,
Suzuk suv ichra qolmas yoshurun tosh.

Halokim vasl aro mingdin bir etting,
Ki bergay tengri bir yoshingg`a ming yosh.

Demakka fitna ta`limin bo`lub xam,
Qulog`ing sori bosh eltibtur ul qosh.

Magar sochingni tiyding fitnadinkim,
Parishonhol  ayog`ingg`a  qo`yar   bosh.

Yasar chog`da labing rangini go`yo
Ezibtur obi hayvon birla naqqosh.

Qadah, ey mug`ki, jon aylay nisoring,
Necha bo`lsam xarobot ichra qallosh.

Navoiy joni sensiz dardisardur,
Borurda oni ham olg`ay eding kosh.

                                   281

Orazin  ko`rdum  nihon,   ashk  ayladi  sirrimni  fosh,
Yoshurun qolmas o`g`urluq uy arokim bo`lsa yosh.

Zulfi sarkashlik qilur har necha ul oy cheksa qad,
Soya garchi qisqarur doim biyik bo`lg`ach quyosh.

Har sari mo` ul pari hijronida  bir yoradur,
Baski atfoli junun boshim uza yog`durdi tosh.

Aylagil nolam xaroshidin hazar, ey siymbar,
Kim bu suhon birla nogah topmag`ay siyming xarosh.

Ka`badur  ko`nglum  uyi,  aylang tavof,  ey dardu ishq,
Anda mehrob o`rnig`a yer tutqali ul egma qosh.

Dahr bog`i ichra chun bir gulga yo`q bo`yi vafo,
Qilmag`ay erdi havo ko`nglum qushi ul gulga kosh.

Ey Navoiy dayr aro tutsa ayog` ul mug`bacha,
No`sh etib olma ayog`idin aning o`lguncha bosh.

                                          282

Chu bildi sham`kim, g`am shomi ko`nglumni halok etmish,
Tanin ashk etmadi yo`lkim, yaqo holimg`a chok   etmish.

Chamanda yo`qki bulbul, zog` ham un cheksa za`f aylar,
Hazin   ko`nglumni,   ko`rkim,   furqating  ne  dardnok etmish.

Ko`nguldin   g`ayr   yodi  chiqti   yetgach   tiyrboroning,
Qudurat naqshidin yomg`ur suyi  bu uyni pok etmish.

Quyun  yanglig` guzar  ko`yiga   qilmoq  gar  erur  mumkin,
G`am ermas, vodiyi hijroni gar jismimni xok etmish.

Suv ichmay ko`ngli zuhdumdin agar ketmish edi, soqiy,
Vuzu ibriqida maydur, to`la kelsun, ne bok etmish.

Falak paykoni zulmi, vahki, teshmish xasta ko`nglumni,
Nechukkim tomchi bir yer uzra ko`p tomib, mag`ok etmish.

Qadah tutkim, qizortay chehra, ey soqiyki, hijroning
Yuzumni asfar andoqkim xazoni bargi tok etmish.

Balodur  nafs shirki  faqr  yo`lida,  xush  ul  foniy,
Ki bir rahravg`a jismi tufrog`in gardi shirok etmish,

Navoiyni dedingkim  bir jafo  birla  halok aylay,
Vafo qil emdikim; bu orzu oni halok etmish.

                                      283

Ko`z ko`tarmen ul quyoshdin gar ko`zum qilmoqqa resh,
Pashshalar yanglig` havo uzra chekar har zarra nesh.

Telbalik bog`i guli nilufari erkin  bukim,
Ham  ko`kardi  xalq toshidin tanim, ham  bo`ldi resh.

Xushturur ko`nglumda zulfu qaddidin na`lu alif,
Kim bu qurbondek topilmas andoq o`qu yog`a kesh.

Beli  tori   hajridin  jismim   bo`lubtur   tordek,
Ey falak, rahm et, bu ikki rishtani bir-birga esh.

Turfa ko`rkim, ko`ngluma ishqing kirarga yo`l bo`lur,
Nechakim, ishq  imni tark etgil, debon ko`ksumni tesh.

Istasang dayri fano tavfin, belingdin, ey faqih,
Qayd zunnorin uzub, zunnor qaydin dog`i yesh.

Ta`n qilmangkim,  Navoiy  bekasu bekor  erur,
Kim anga olamda oshiqliq ysh o`lmish, ishq esh.

                                      284

Ne xam qoshlardururkim, hayrati qaddimni yo qilmish,
Ne  kirpiklar  o`qikim,   ro`zgorimni  qaro   qilmish.

Ne pechu tobi hadsiz domi  zulf  erkinki,  ochilg`ach,
Demay ko`nglum qushikim, uyla yuzni mubtalo qilmish.

Ne ko`zlardurki, olmish ko`z yumub-ochquncha ko`nglumni,
Qilib har go`shada bemoru qismi yuz balo qilmish.

Ne oraz lolasidurkim, ko`ngulni qon etib dardi,
Tugan qo`yg`on bila daf`ig`a ul qonning davo qilmish.

Ne nozuk xo`y erurkim, aylamish o`truda yuz dashnom,
Gadoekim oning zulfu ko`zu qaddin duo qilmish.

Biravkim, jannatu do`zax so`zin sharh aylamish, go`yo
Kinoyat vajhi birla vaslu hijronni ado qilmish.

Ajab ko`r ishq arokim,  mo`r etarga  ajdaholarni
Fusundin mo`rxatlar qaydi zulfin ajdaho qilmish.

Qazodindur  manga  ishq o`ynamoq, ey  nosihi nodon,
Ko`rubsenmu kishi hargizki tag`yiri  qazo qilmish?

Navoiydek xalosim yo`q edi ul g`amza kufridin,
Xususan,  zulfi  zunnori  dog`n  bo`ynumg`a  toqilmish.

                                    285

Orazin yopqach  ko`zumdin  sochilur har lahza  yosh,
Uylakim   paydo   bo`lur   yulduz,   nihon   bo`lg`ach   quyosh.

Qut bir bodomu yerim go`shayi mehrob edi,
G`orati din etti nogah bir baloliq ko`zu qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog`ki aylar mehr fosh.

Bo`sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og`zi ichra  aytur: la`l ham  bor  nav`i tosh.

Novaking  ko`nglumga  kirgach, jon talashmoq bu ekin,
Kim  qilur  paykonini  ko`nglum  bila  jonim  talosh.

Umri jovid istasang fard o`lki,  bo`ston Xizridur
Sarvkim, da`b ayladi ozodaliq birla  maosh.

Koshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo`yg`usidur barcha bosh.

                                          286

Sorig` gul demakim, chun  sarvinozim  bog` aro  bormish,
Yuzin ko`rgach qizil gul za`f etib, ul nav` sorg`ormish.

Ko`ngul atrofida ochqon uchun hijron o`qi yo`llar,
Balo xaylini ishqing shahnasi ul sori boshqormish.

G`aming minnat qo`yub jon oldi, vah, jonimg`a yuz minnat.,
Ki xud bori tiriklik minnatidin jonni qutqormish.

Kaloming  gavharidek  topmamish,  garchi  sabo  ilgi
Yaqosin  g`unchaning  yirtib  nechakim   qo`ynin   axtarmish.

Ko`ngulni chok-chok etgach, yetishti o`qi har yondin,
O`tun  qo`ymoqqa  go`yokim   bu o`tning to`sh-to`shin  yormish.

Nechakim qad chekar, sarkashlik aylar  anbarin zulfi,
Agarchi kun biyik chiqqonda: doim soya qisqormish.

Ilik bo`g`ziga eltib, shisha to`kmish qon yoshin mendek.
Magar soqiy ayog`in o`pkali o`l dog`i yolbormish.

Yugurma rizq uchun, ne yetsa haqdin anglakim, komil
Ne kelturgil demish, ne g`aybdin yetganni qaytormish.

Firoqu zuhd daf`ig`a Navoiy ishq sahbosin
Magar to`qquz tutub, to`qquz falak jomini sipqormish.

                                   287

Tuzmagay erdi qazo bu jismi vayronimni  kosh,
Chunki tuzdi, solmag`ay erdi anga jonimni kosh..

Tan uyiga jonni solg`ach, qilmag`ay erdi muqim,
Ul uy ichra ko`ngul otlig` zori hayronimni kosh.

Bo`ldi chun jonu ko`ngil bori nazar sham`i bila,
Qilmag`ay  erdi  munavvar  chashmi  giryonimni kosh.

Chun  adam  sahrosidin keldim  vujud ayvonig`a,
Buzg`ay zrdi marg selobi ul ayvonimni kosh.

Chun tuzaldi jism uyi, qovg`ay edi ondin ravon
Yo`q ko`ngul devonayi rasvoyi nodonimni kosh.

Chun ani ham qovmadi, ko`r etsa erdi tig` ila
Ko`z degan qon yosh ila oludadomonimni kosh.

Chun bu dog`i bo`lmadi, qilmasa erdi jonima
Muncha  zebovu malihu sho`x jononimni  kosh.

Chun bu yanglig` bo`ldi jonon qo`ysa erdi marhame
Gah-gahi ko`rgach ko`ngulda dog`i hijronimni kosh.

Ishq ichinda chora o`lmakdur Navoiy dema, haq
Ro`zi etgay la`li jonbaxsh obi hayvonimni kosh.
 
                                   288

Porsovash dilsitonim bo`lg`an ermish bodano`sh,
To boshim bo`lg`ay ayog`ing bo`lg`usi, ey mayfurush.

Ichganin ko`rgan zamon-o`q mast bo`lg`ungdur, demang,
Kim eshitgan lahza mendin zoyil o`lmish aqlu hush?

Bazmi  vaslidin yiroq og`zimda xumdek muhr erur,
Tong emas, qonimg`a maydek shavq o`tidin tushsa jo`sh.

Jonu ko`nglum qon yutub afg`on chekarlar hajridin,
Ishrat  ahli  may  ichib  bazmida  qilg`ondek  xurush,

Chok ko`nglak birla to usruk chiqibsen, ohkim,
Kisvatin mayxona rahni aylamish yuz xirqapo`sh.

Subhidamul but sabuhiy bazmin ettim orzu,
Chiqmag`il dayri fanodin deb nido qildi surush.

Ey Navoiy, qoru ermas bo`lsa yuz ming jon fido,
Gar qadahno`shum iki la`li mayidin tutsa qo`sh.

                                      289

Seni ko`rgach, der edim bir mehribonim bor emish,
Olloh-olloh, ne balo botil gumonim bor emish.

Orazing mohiyatu og`zing so`zin sharh aylaram,
Vah, ne tab`i poku zehni xurdadonim bor emish.

Chok qil ko`ksumni, ey badmehr, tokim bilgasen,
Tig`i hajringdin ne nav`, ozurda jonim bor emish.

Ne hayot erdi, o`lar holimdakim ko`rgach meni,
Noz ila dedi: hanuz ul notavonim bor emish?

Javhari ishqin olurg`a xalq maxfiy naqdidek
Jon ichinda bir necha dog`i nihonim bor emish.

Yuz g`amim bor erdi, mug` ko`yiga kirgach bo`ldi daf`,
Vahki, men g`ofil,  ajab dorul-amonim  bor emish.

Derki, yolqibmen Navoiy unidin, vah, yaxshidur,
Kim tiriklikdin nishon tek bir  fig`onim bor emish.

                                     290

Oshiq o`ldum, bilmadim yor o`zgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar  bor emish.

Qaddig`a el mayli bo`lg`ondin ko`ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men o`ldum, erur bas turfakim,
Jonim etkan resh el bag`rig`a kirgan xor emish.

Rishtakim muhlik yoram og`zini tikti, angladim,
Kim kafan jinsi qirog`idin suvurg`on tor emish.

Ko`yi devoridin og`riq tang`a tushgan soyadek,
Seli g`amdin emdi soya o`rnig`a devor emish.

Jong`a taxvif ayladim tiyg`i halokidin oning,
Bilmadim, bu ishdin ul o`lguncha minnatdor emish.

Ey Navoiy, xo`blarni ko`rma osonlig` bila,
Kim birovkim soldi ko`z, uzmak ko`ngul dushvor emish.

                                        291

Vo`sma birla qoshin ul mahvashki rangin aylamish,
Ko`zi jallodi qilichig`a yashil qin  aylamish.

Ko`nglum o`tin demakim, tortar zabona zulfidin,
Kim ul af`i til chiqarmog`lig`ni oyin aylamish.

Sunbulung af`isidin zaxme yemish go`yo tarog`,
Yo`qsa, nevchun orazin boshdin-oyoq chin aylamish?

Titraguchdin qilmish ul kirpik yasolig`a alam,
Vah, yana to ne ko`ngul yag`mosig`a kin aylamish.

Uyladurkim ilgini hino uza qilmish nigor,
Ulki gulgun ko`nglak uzra to`nin epkin aylamish.
Raz qizidin, soqiyo, bir dam meni shod aylakim,
Charx zoli g`ussasi ko`nglumni g`amgin aylamish.

Gar Navoiyg`a Sulaymon mulkicha bordur, ne tong,
Buki Bilqisi zamon nazmini tahsin aylamish.

                                            292

Ne abrashdurki, sekretmish yana maydong`a ul mahvash,
Qizil, oq gul bila yeldin magar xalq o`ldi ul abrash.

Jahon maydonida to sho`x chobuklar qilur javlon,
Kishi ko`rmaydur  andoq abrash uzra ul sifat mahvash..

Emas abrash, sipehredur, shafaqdin ko`rguzub anjum,
Quyosh turki anga rokib, tong ermas, gar erur sarkash.

Nechuk o`lmay ul abrash uzra ul  mahvashni ko`rgachkim,
Hamul abrash erur sarkash, hamul mahvash erur sarxash.
 
Meni  majnun  yiqilsam ko`rgach-o`q,  hayrat  yeri  ermas,
Ki aqli kulga har soat erur nazzorasidin g`ash.

Parivash raxsh uza sarxush pari javlon qilur, netsun
Junun jomig`a qilmay bodapolo  ahli taqvo  fash?

Quyun yanglig` egarsa abrashin ul sho`x, dam urmon
Navoiydek,  nedinkim ushbu so`z  bor  asru ko`p chirmash.

                             293

Ul sarv uzori guli serobdek ermish,
La`li labi gul uzra mayi nobdek ermish.

Ko`rdum qoshi aksini ko`ngul kuzgusi ichra,
Bu qiblanamo, ul munga  mehrobdek ermish.

Ko`rdum ko`ngul ahzolini  ko`ksum to`shugidin,
La`ling  g`amidin  qatrayi  xunobdek ermish.

Devona  ko`ngul  qaydi junundin  ne  qutulsun,
Kim  har  xami  zulfung  anga  qullobdek zrmish.

Husn anjumani ichra yuzin ko`rmamish erdim,
Anjum  aro xurshidi jahontobdek ermish.

Tut faqr etagin, atlasi zarbaft so`zin qo`y,
Kim ul dog`i tan hifzida  moshobdek ermish.

Bir  yo`li  Navoiyni  yiroq solma  nazardin,
Kim  ul dog`i  bir  kun sanga  ahbobdek ermish.

                                    294

Ne  ajab,  gar  bor esam  devonavashliq birla  xash,
Kim  ko`ngul  olg`on  pariro`yum  erur  devonavash.

Man` etarsiz hushi yo`q ko`nglumga la`li  bodasin,
Ayting, ey hush ahli, kelgaymu bu so`z usrukka xash?

Sofi vasli bo`lmasa gar barcha zahri hajridur,
Soqiyo, bir jur`a tutkim, oldi jonimni  atash.

Soldi  ko`nglumni g`ami  hijron gudozi ichra  yor,
Go`yiyokim ishq aro ul qalbda bor erdi g`ash.

Vah, ne yanglig` sog` o`lay men telba  bu holatdakim,
Ul pari ham  bordurur devonavash, ham jur`akash.

Shayx boshig`a balo erkandurur dastorkim,
Ishq asrorin eshitmaklikka moni` bo`ldi fash.

Demakim, bir yaxshi so`z birla Navoiy jonini
Olsam, ul bo`lg`aymu rozi, yaxshi so`zga ne kengash?

                                   295

To ko`z bila ko`nglumni ul g`amza maqom etmish,
Qonimni halol aylab, uyqumni harom etmish.

Sarv o`lmadi bog` ichra ohim yeli birla xam,
Boq ko`z uchi birlankim, qaddingg`a salom etmish.

Hayvon  suyidur shudrun,  Iso damidur salqin
Bo`ston sari jononim go`yoki xirom etmish.

Hajr o`qlari  zaxmidin jismim bila ashkimni
Tutmoqqa balo saydin g`am donavu dom etmish.

To oshiqu shaydomen qatlim qilur ul ko`zlar,
Majnung`a kiyiklarni ishq ulfati rom etmish.

Ma`shuq qilur jilva, har kimki aning ko`nglin
Dard o`ti kuli birla ishq oyinafom etmish.

Iskandaru Jamliqdur  ishqingda  Navoiyg`a,
Kim raxshing izu na`lin ko`zgu bila jom etmish.

                                      296

Borg`oningdin jon talashmoq erdi men mahzung`a ish,
Keldingu jonimni olding: ul borishg`a bu kelish.

Vasl oshiq jonidur, men jon taloshtim hajr aro,
Hajr borib, vasl yetgach, o`lmak erur turfa ish.

Tig`i to ko`ksumni yordi nola qilmon za`fdin,
Rost andoqkim, qo`yar afg`onni chok o`lg`on qamish.

Qiymamish ul sarv gulgun to`nki, tong ermas, bu rang,
Naxlkim ko`z bog`ida qon birla topti parvarish.

I`tidoledur havoyi ishq arokim xush kechar
Sovug` ohim birla yozu ko`nglum o`ti birla qish.

Jismim uzra bor yangi butgan ko`kumtul dog`dek,
So`zi hajringdinki urdum g`ussadin har  yerga nish.

Kishu sinjobini, tong yo`q, kiysa muziy bozgun,
Kim chiqarmishtur kishilikdin ani sinjobu kish.

Tuz bo`l o`qtek gar tilarsen avj, yokim egridur
Davr har bir go`shadin bo`g`zig`a solibtur kerish.

Ey Navoiy, har dam ul oy mehri ortar  ko`ngluma,
Garchi yillardurkim, ul tarki muhabbat aylamish.

                                    297

Olur jonimni ishqu manga  dam urmoq mahol o`lmish
Birovdekkim, tili oning o`lar holatda lol o`lmish.

Erur har sori kesgan na`l yo raxshing izi, bilmon,
Tanim  tufrog`i  to javlongahingda  poymol o`lmish.

Ichib qonimni ul ko`zkim qizarmish, notavonedur,
Ki ham bemorliqda may chekib, ruxsori ol o`lmish.

Tanim to rishtayi zulfung xayoli birla chirmashti,
Biaynih rishtayi zulfungg`a chirmashqon xayol o`lmish.

Qoshing hajrida tishlar birlakim jismimni naqsh ettim,
Nazora  aylakim, har  biri  bir  mushkin hilol ermish.

Ko`ngil bog`ida ohim o`qlari qadding firoqidin
Bari g`am bergali har qaysi bir ra`no nihol o`lmish.

Fano ko`yiga kirkim, Jam ila jomi jahonbindur
Gadokim, jom anga bu dayr  aro sing`on safol o`lmish.

Sen  uyqu ichrasen,  xurshidi avji davlating tushdur,
Ham ushbu tushda ul xurshidg`a doim zavol o`lmish.

Yuzung ko`rgach  Navoiy  ko`ngli  ozdi,  zulfdin  band et,
Kim ul  majnun  bahori  vasldin oshuftahol o`lmish.

                                 298

Dema, ne sud erur o`lmoq fano harimig`a xos,
Yana ne sud kerak o`zlukungdin etsa xalos.

Avomdin, demakim,  o`zni  qutqaray, er  esang,
O`zungdin  o`zni  qutulmoqqa  jahd  qilg`il  xos.

Ko`ngul alil esa forig`  emas  xavotirdin,
Jarohat uzra yig`ilmoqdurur chibinga xos.

Ajab emastur, agar topti gavhari maqsud,
Birovki bo`ldi fano ashki bahrida g`avvos.

Ovuch  qoqarmen  o`z ahvolima  tahayyurdin,
Ramida ko`nglum erur bu usul ila raqqos.

Desang, bu yo`lda o`lay, nafsni  burun o`ltur,
Ki ishq shar`ida go`yo bu nav` keldi qisos.

Rizo yo`lida Navoiy borur  qayon cheksang,
Chu ishq bog`ladi bo`ynig`a rishtayi ixlos.

                                     299

Gulruxum yodi bila ko`nglum erur gulga haris,
Kim berur Yusuf isi qon aro yuz pora qamis.

Lutf vaqtida ul oy ollida eldur maxsus,
Vahki, bedod qilurda meni aylar taxsis.

Ey ajal, kelmak emish boshima ul umr, manga
Rahm qil, joning uchun berma zamone tanqis.

Boda  ko`nglumni xalos ayladi davron g`ashidin,
Go`yi ul o`t bila bu qalbg`a bo`ldi taxlis.

Ishqim aylar seni qon to`kkali har dam targ`ib,
Husnung aylar meni jon bergali har dam tahris.

Band etibtur jadal ahli ishin ishkol, andoq,
Kim ne Miftoh anga sud qilur, ne Talxis.

Vasl hirmoni Navoiyg`a emas hech ajab,
Chunki mahrum bo`lur har kishikim bo`lsa haris.

                                            300

Jon yetib og`zimg`a, topmon dardi hijrondin xalos,
Jonni hijrondin xalos et, yo meni jondin xalos.

Andoq ochti sunbulin gul uzra yelkim, bo`lmag`ay
Bir ko`ngul olamda ul zulfi parishondin xalos.

Dema, nolangdin uchar har shom eldin uyqukim,
Tunning ul boshida el ermas bu afg`ondin xalos.

Garchi yer topting ko`ngulda, vahm et ohu ashkdin,
Kim kirib vayrong`a, bo`lmas kimsa to`fondin xalos.

Yog`sa majnun ko`nglum uzra sho`xlar dardi, ne tong
Telba atfol ichra bo`lmas sangborondin xalos.

Istamas bir-birni sensiz jonu tan, tengri uchun,
Kim oni mundin xalos etgil, muni ondin xalos.

Hajr uyi ichra qobolmish yor hajridin ko`ngul,
Vah, qachon bo`lg`ay bizing tutqun bu zindondin xalos?

Jom davridin xalos o`lmoqni zinhor istama,
Eyki, bo`lmoq istading anduhi davrondin xalos.

Bandi zulfungdin Navoiyni xalos etgil desam,
Derki: bo`lmas, bo`lmag`uncha hukm sultondin xalos.