www.uz
G`AZALLAR

301

Birovki amr xilofidin aylagach i`roz,
Agar ulus shahidur, yo`q oning kibi murtoz.

Riyovu ujbu hasad daf`in et fano bilakim,
Ketar bu doru ila muncha muxtalif amroz.

Amalg`a boqmaki, bebahri fazl erur yakson,
Fuzayl Barmakiy o`lsun, vagar Fuzayl Ayoz.

Zamona ahlini bu korgoh aro bilgil,
Zurufkim to`ladur anda muxtalif ag`roz.

Haloki nafs vali nutqi, bilki, rishtayi kufr
Kesar ishiga Ali zulfiqoridur miqroz.

Zamona mushkungga kofur qotti, ko`z ochg`il,
Ki chun ko`z ollidadur bo`lmas aylamak ig`moz.

Savod jahlini yub, vaqt erurki uyg`onsang,
Ki umr shomig`a subhi ajal keturdi bayoz.

Faqir yashurun ohig`a boqmakim, o`rtar
Jahonni, garchi erur bu choqin ishi iymoz.

Bo`lur o`lukka Navoiy hadisi jon bersa,
Nedinki fayz eshigin bog`lamaydurur fayyoz.

                                 302

Ichib ul sho`x gul-gul qildi la`li nob ila oraz.
Meni mahzun nechukkim dam-badam xunob ila oraz.

Magar simobi ashkim qilg`ali shiyagarfgun ul sho`x
Qilur shingarfdin gulguna, yub simob ila oraz.

Ham ul kun mehri iqbolimni shomi g`am nihon qildi
Kim ul gul qildi pinhon sunbuli serob ila oraz.

Quyoshning partavi birla agar ul yuzni teng tutsa,
Erur andoqki teng tutqay quyosh mahtob ila oraz.

Magar zanjiri zulfung shomida motam nasibimdur,
Ki har soat xarosh aylarmen ul qullob ila oraz.

Qoshi birla ishorat sajdaga aylar, xush ul davlat.
Ki aylab sajda ravshan qilsam ul mehrob ila oraz,

Dema, qish sovug` ohimdin dururkim, chekti ul chobuk
Qoshi ustida kish bo`rkin yopib sinjob ila oraz.

Talab yo`linda yuz qo`y har eshik tufrog`ig`a, ya`ni
Bir ahli dil ayog`ig`a yetur har bob ila oraz.

Navoiy orazi sorg`ordi g`am yeb bexud o`lmog`din,
Nechuk sorg`ormag`ay bu nav`, xo`rdu xob ila oraz?

                                 303

Jong`a zulfung tobidin ul la`li xandondur g`araz,
Xizrg`a zulmat tilardin obi hayvondur g`araz.

Shavq o`tig`a urmasam suv, kuydurur ko`nglumni pok,
Istagandin o`qlaring ko`nglumga paykondur g`araz.

Nevchun, ey hijron, azob aylarsen onsiz jonima,
Istagilkim, topshuray gar hud sanga jondur g`araz.

Yuz tugan qo`ydum emas qon`, keting, jonu ko`ngul,
Go`yiyo ul bevafog`a dog`i hijrondur g`araz.

Ol etar bo`lsang kafingni dahshat etma, tig` sur,
Men bihildurmen sanga gar bir ovuch qondur g`araz.

Olamu odam fidong o`lsunki borsen, ey habib,
Sen g`araz insondin, ar olamdin insondur g`araz.

Ey Navoiy, voqif o`l holingg`akim, yor ollida
Bas farovondur g`arazgo`, asru parrondur g`araz.

                                304

Ey sabo, jonim halokin ayla jononimg`a arz,
Yo`qki, jismi notavon ahvolin et jonimg`a arz.

Oh dudin, ashk qonin, nola maddin aylagil
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromoiimg`a arz.

Kufri zulfi dinu imonimni barbod aylabon,
Qilg`anin jon qasdi etg`il nomusulmonimg`a arz.

Va`dayi vaslig`a yetmay o`lganimni, ey rafiq,
Qilg`asen har yerda ko`rsang ahdi yolg`onimg`a arz.

Oshiq o`lturmakka chiqmish mast, vah, ishqim so`zin,
Ey raqib, etsang ne ul beboki nodonimg`a arz?!

Vasl shavqi g`olibu men gungmenkim, aylamak
Hojat ermas koshifi asrori pinhonimg`a arz,

Ey Navoiy, hajr zindonida jonning xavfi bor,
Qilg`asen topsang mahal, albatta, sultonimg`a arz.

                                  305

Nafs qutto`ut-tariqn manzilidur  bu rabot,
Naqdi din hifzig`a qil o`tguncha andin ehtiyot.

Manzil etsang bu rabot ichra iqomat qilmakim,
Har kun o`zga karvon oromgohidur rabot.

Ne to`sharsen taxti johing farshin oltun xisht ila,
Kim seningdek shohni ko`p o`tkaribtur bu bisot.

Tavqi la`nat desalar bo`yninda tasbihin, ne tong,
Makru hiyla uzra shayx el birla qilsa ixtilot.

Zarq jomi birla vajd etgan erur ul tiflkim,
May debon rangin suvni qilg`ay ichib umda nishot.

Shayxi johil bo`lmoq o`z asrori birla munbasit,
G`aflat ahli bang ila qilg`on kibidur inbisot.

Faqr ko`yi itlaridin kimki kam ko`rdi o`zin,
Topsang oni itlari silkida topqil inxirot.

Vaslg`a yo`l hajridin faqr o`ldi, ko`rgil, turfakim,
Birdin uchmog`dur xijil, birdin tomug`, birdin sirot.

Ey Navoiy, ishq aro berabt agar sursam hadis,
Anda mazmun bil g`araz, maqsud ko`rma irtibot.

                                   306

Yuzda xolingdurmu yo tahrir etar holatda xat
Tomdi qudrat kilkidin ko`n safhasig`a bir nuqat?

Sabzayi xatting ko`zumni yorutur boqqan sayi,
Ko`p nazar qilea agarchi tiyra aylar ko`zni xat.

Oyni ruxsoring dedim go`yo qarong`u erdi tun,
Kim manga asru yiroqtin voqi` o`lmish bu g`alat.

Jon arosig`a kirar har dam xiromon qomating,
Garchi sokindur alifkim jong`a bo`lmishdur vasat.

Turki anjum shomi hajrimni yorutmas, go`yiyo
Novaki ohimdin o`lmish tavsani gardun saqat.

Maskaning may o`tidin, ey mug`, erur otashkada,
Anda bir o`tlug` samandar may to`la har sori bat.

Zohid o`ldum deb, Navoiy, ishqni tark etmakim,
Bo`lmasa ul sho`r tuzsiz luqmadur zuhd faqat.

                                307

Tariqi ishqdin o`lmish manga balo malhuz,
Nechukki faqr tilardin erur fano malhuz.

Agarchi dardsiz o`lmas davo, valek mening
Bu dard istaganimdin emas davo malhuz.

Ayoqqa kirsa ne bo`shqay balo mug`iloni,
Gar o`lsa bodiyadin Ka`bayi safo malhuz?

Erur mulohazam ul oy rizosi ishq ichra,
Agarchi elga visol o`ldi ishq aro malhuz.

Firib berma manga intihodin, ey zohid,
Ki bordur ahli haqiqatqa ibtido malhuz.

Niyozing o`lsa yetar dayr piridin qadahe?
Yo`q ersa, bazmida ermas shahu gado malhuz.

May ichki, xalq gunohin yumoqqa abri karam
Yog`ar mahalda emas rindu porso malhuz.

Ajabki, fayz charog`i ishiga solg`ay nur,
Biravki bo`lg`ay aning zuhdidin riyo malhuz.

Navoiy, emdi qadah sham`ini yorutqilkim,
Yorug`lug` o`lmadi taqvo bila mango malhuz.

                                 308

Rishtayi diqqatdur kalomingda duri shahvor lafz,
Rishtag`a durlar chekarsen chun topar takror lafz.

La`li jonbaxshing erur go`yoki Ruhullohkim,
Sochilur jon har taraf qilg`on soyi izhor lafz.
Go`yiyo hayvon suyidin qatra sekrir har sori,
Chun takallum vaqti la`lingdin chiqar durbor lafz.

Gar o`lukni tirgizur, vahkim, tirikni o`lturur,
La`lidin qilg`ach ayon ul sho`xi shirinkor lafz.

Dema, lafzinkim tili evrulmagondindur sinuq,
Kim topar tor og`zidin chiqquncha ko`p ozor lafz.

Sirri ishqimni tilarmen sharh qilmay anglasang,
Kim emas ishq oyatig`a mahrami asror lafz.

Ey Navoiy, chun guhar beqadr erur shoh ollida,
Ne ajab, gar bo`lsa nazmingdin qoshida xor lafz.

                                       309

Istasangkim, urg`asen davrong`a  tig`i inqito`,
Ul vido` etguncha sen qilg`il burunrog` alvido`.

Jon berib shirinu muhlik joh uchun ilgingda tig`,
Naz` vaqti sharbati marg istab aylaysen nizo`.

Asrading katton kafan qilmoq uchun, ne sudkim,
Hashr bozorida  beqiymatdurur mundog` mato`.

Maskaning oxir chu tufrog`dur, ne o`tkarmakdurur
Madfaning ayvonig`a ko`k gunbazidin irtifo`?

Sandalogin uy yasab, eldin ko`rarsen sarzanish,
Kim bu yanglig` ko`rdi sandalniki, yetkurgay sudo`.

Er o`parsen rizq uchun minnat yukidin xam bo`lub,
Tengri yoringkim, qilibsen xush namoze ixtiro`.

Dur qulog`ingda momuqdin bir chigitdur, el so`zin
Bu momug` birla chigitdin. aylamassen istimo`.

Besha sherin gar zabun qilsang shijoatdin emas,
Nafs itin qilsang zabun, olamda yo`q sendek shujo`.

Ey Navoiy, tengri asrorig`a til mahram emas,
Chok ko`nglung ichra tutkim jovazal-isnayni sho`.

                                       310

Jismi  vaslin qildim ul zulfi sumansodin tama`,
Ul kishi yanglig`ki qilg`ay siym savdodin tama`.

La`lidin tirguzmak etsam orzu, ayb etmangiz,
Hech kim o`lturmak etmaydur Masihodin tama`.

Zarrani xurshiddek ravshan tama` qilg`oncha bor
Zarracha mehr etmak ul xurshidsiymodin tama`.

Ne ajab, qilsam tama` ovora ko`nglumdin junun,
Qilsa bo`lmas aql xud Majnuni shaydodin tama`.

Dog` etib ko`nglum tavaqqu` qildi sabrim naqdini,
Ahli zulm  andoqki qilg`ay naqd tamg`odin tama`.

Gulxaniydin gulxan olotin tama` qilmoqdurur
Har kishi dunyolik etsa ahli dunyodin tama`.

Sarvu guldin ko`p demang so`zkim, Navoiy aylamish
Bargi guldin xil`at etgan sarvi ozodin tama`.

                                      311

Ko`zumni toki qilmish ul saodat axtari matla`,
Qaro ermaski, shabgun hulladin qildim  anga burqa`.

Labing hajrinda qon yoshim kelur bag`rim shikofidin,
Ajab ermas, bu yanglig` suvg`a bo`lsa ul sifat manba`.

Qilurlar qasdi jonim kelturub bir-birga bosh, go`yo
Bukim, paykonlaring ko`nglum harimin qildilar majma`.

Bu ne rokibduru markabki, javlon vaqti bor erdi
Quyoshdin poyada a`lo, falakdin po`yada asra`.

Tushar ko`nglumga ul yuz partavi ko`ksum shikofidin,
Bu ravzanni ne bo`lg`ay qilsang, ey tiyg`i qazo, avsa`?

Ne tong, har kun agar bar bersa yuz ofatki, anjumdin
Sochibtur  yuz muxolif xosiyatlig` tuxm bu mazra`.

Navoiy, voqif o`l gardun arusidinki, qasdingg`a
Ochar gah shomdin gisu, kiyar gah subhdin miqna`.

                                        312

Uchuq ermaski chun bo`ldi Suhayli orazing toli`,
Aqiqing rang olurda bo`ldi xoling soyasi moni`.

Guliston demakim, chehrang ocharda sun` naqqoshi
Qilurg`a imtihon ul ranglarni ayladi zoyi`.

Chu har yon tig` solding ul hasaddin yig`ladim, lekin
Netaykim, barq o`tig`a bo`lmadi yomg`ur suyi dofi`.

Ko`ngul qasdig`a yolg`uz tiyrboron qilmadi g`amzang,
Balovu fitna xayli kelgali ham ayladi shori`.

Halokim qasdi voqi` bo`lmadi ul g`amzadin, lekin
Labingdin elni tirguzmak meni o`lturdi fil-voqi`.

Chu tig`ing` kirdi qonimg`a, farah bo`ldi manga afzun,
Nechukkim mayg`a suv mamzuj o`lur, ko`prak bo`lur nofi`.

Labingg`a jon bo`lur moyil, tanim xoki rahing bo`lsa,
Ajab ermas, bo`lur chun barcha ashyo aslig`a roji`.

Nechuk zunnor bog`lab, boda ichmay, ey musulmonlar,
Ki piri dayr har ishkim qilur, bormen anga tobi`.

Navoiy, faqr ko`yida taalluq kufri mahz ermish,
Bir olloh do`stdin nekim nasibing bo`lsa, bo`l qoni`.

                                  313

Dog` uza dog`din ovora ko`nguldur zoyi`,
Ne qaro kunlar anga voqi` erur fil-voqi`.

Tiyrboroni g`aming qildi zirih jismimni,
Gar zirih bu esa, ko`p bo`lg`usi o`qdin moni`.

Dahr o`ti dudi ko`zumdin, ne ajab, to`ksa sirishk,
Chunki tun xaylig`a anjum sipahidur tobi`.

La`li shavqida sarig` yuzni yoshurdi qon yosh,
Garchi safrog`a chuchuk sharbat emastur dofi`.

O`rtanur ishqda parvona, chekar un bulbul,
Ul guli sham`jabin ishqida menmen jomi`.

El nasibi chu azal qismatida topti raqam,
Senki sa`y ortuq etarsen, nechuk o`lg`ay nofi`?

Ul quyosh har kishiga toli` erur, vah, netayin,
Kim Navoiyg`a bu sav` o`lmadi bir kun toli`.

                                    314

Vasl shomi xilvatimda yoqsalar nogoh sham`,
Rashkdin jonimni gohi soya o`rtar, goh sham`.

Ravshan etsa uyni dilxohim, yorutmang sham`kim,
Sham`i bazmim bo`ldi chun dilxoh, zmas dilxoh sham

Urmasun ko`p lof kuymakdinki, hijron tunlari
Tuzmas erdi ollida tortay desam bir oh sham`.

Rishtayi joni kuyar ashki oqib, jismi erib,
Tiyra shomim zulmidin bo`lmish magar ogoh sham`.

Ohim andog` tiyra qildi ko`knikim, tonmas o`zin
Gar quyoshdin yoqmasa Isoyi Ruhulloh sham`.

Topsa hirmon zulmati ichra, ne tong, hayvon suyin,
Kimgakim bo`lsa hidoyat nuridin hamroh sham`.

Hajr aro iitar jamoling ham Navoiy, ham ko`ngul,
Kim tilarlar tiyra tunlarda gadovu shoh sham`.

                                   315

Ko`zum yoshardi ayon bo`lg`ach ul jamoli badi`,
Bulutg`a suv to`lar ul damki, bo`ldi fasli rabi`.

Tasavvur etsa qoshing toqini ko`ngul titrar,
Qazo muhaddisi baskim chekibtur oni rafi`.

Nediya ayog`ingga tushgay boshingg`a evrulubon,
Quyosh gar o`lmasa husn ichra kullug`ingg`a muti`?

Qoshing xayoli toriqmay ko`ngulda evrulsun,
Erur chu qiblanamo po`yasig`a huqqa vasi`.

Ne nav` barqni deykim, buroq yanglig` erur,
Ki ul batedurur muzlam, bu bir muniru sari`.

Navoiy, uyla tirilkim, uyatdin o`lmagasen
Agar rasuli alayhis-salom bo`lsa shari`.

Qilurni ayla rioyat, demakta asra adab,
Ki do`st fe`lingu qavlungg`adur basiru sami`.

                               316

Yuziga ko`zguni har dam qilur ul siymbar moni`,
Oningdekkim quyosh ruxsorig`a bo`lg`ay qamar moni`.

Jahonni ul quyoshning barqi husni o`rtagay erdi,
Karonsiz bahri ashkim bo`lmasa erdi agar moni`.

Quruq jismimni g`am tig`idin asrar dard ila shavqung,
Yig`ochg`a kesmagidin uylakim bo`lg`ay samar moni`.

Qabul etmon qanot egnim uza chiqsa og`ir debkim,
Yo`lungda barqdek po`yamg`a bo`lg`ay bolu par moii`.

Ko`zum uzra hubobi ashk ul yuz moni`i ermas,
Biaynih shishadekkim, bo`lmas aylarga nazar moni`.

Dema, zohidki, taqvog`a ne moni`durki, bordurlar
Shabobu bodavu ishqu jununim sarbasar moni`.

Og`iz birla qadu qoshu ko`zung zuhdumg`a qo`ymaslar,
Nechuk qilg`ay kishi bir ishki, bo`lg`ay bu qadar moni`.

Ko`ngul baytul-harami tavfig`a moni` xavotirdur,
Safarg`a Ka`ba sori uylakim bo`lg`ay xatar moni`.

Navoiy jonig`a tan gardi ermish moni`i maqsud,
Nasimi vasl esgach fayz bog`idin, ketar moni`.

                                    317

Mehrsizlikdin falak el qatlin aylar bedarig`,
Yo`qsa, nevchun dafn etar har kun quyoshtin yerga tig`?

Tig`i zulmi zaxmidin har shom andoqkim shafaq,
Qonu tufrog` ichradur xurshid orazlar, darig`.

Kun emas olam ko`ziga  muntashir aylar bayoz,
Tun emas balki chekar xurshid ruxsorig`a mig`.

Kimgakim do`lobi charxidek solur sargashtalik,
Bo`g`zin ip birla bo`g`ar qilg`on soyi faryodu jig`.

Nechakim yig`sa o`zin shahrar boshi uzra chekar,
Chatrdek kimni sarafroz aylamaklik qilsa big`.

Go`yiyo oni sabab qildi musabbib ne uchun,
Kim anga bu qilmog`idin ne ziyondur, ne osig`.

Ey Navoiy, bil nekim bo`lg`anni haq taqdiridin,
Mundin o`zga amrdin ko`nglungni uz, ilgingni yig`.

                                     318

Zaif tanda g`amingdin yuz eski bo`lg`on dog`,
Har eski dog` bu shox uzra bir quruq yafrog`.

Yuzungga husn fuzun bo`ldi nil ziynatidin,
Magarki yorudi gugird o`tidin bu charog`.

Qading chu ayladi gulgasht sarvu gul demakim,
Bo`yaldi qong`a aliflar kesib g`amingdin bog`.

Sochi asirimen o`pmay hanuz xolin, vah,
Ki donag`a og`iz urmay nasibim o`ldi tuzog`.

Iloj silsilayi zulfidur jununumg`a,
Agarchi mushk isidin emganur zaif dimog`.

Chu bo`lsa g`ayr hujumi, visol mumkin emas,
Shuhud o`lurmu xavotirdin o`lmag`uncha farog`?

Agar Navoiy iki nargising xayoli bila
Marizu mast jahondin o`tar, sen o`lg`il sog`.

                                     319

Soqiyo, hajr ilgidin ko`p tortadurmen zorlig`,
May keturkim, maslahat ermas manga hushyorlig`.

Qasdim etmish hajru bexudlug`, ilojimdur dame
Mayg`a afyun yor qil gar aylar ersang yorlig`.

Mast qil andoqki, bosh qo`ysam magar bo`lg`ay manga
Mahshar ahli yo rabu g`avg`osidin bedorlig`.

Chorasi yo bodadur, yo vasl, yo marg, ey tabib,
Har kishikim topsa hijron dardidin bemorlig`.

Bar yegil, yo rab, hayoting bog`idin, ey mug`bacha,
Kim mayi la`lingdin o`ldi bizga barxurdorlig`.

Zuhd, ey soqiy, balo ermish, xush ul mayxorakim,
Ichgali jom, bale, bo`lmish ishi xammorlig`.

Ey Navoiy, zuhddin yuz qatla ortuq, darbadar
Bir safol ilgimda mug` ko`yida qilsam zorlig`.

                                  320

Ul sumanbar qaddining sarvig`a ko`nglum bo`ldi bog`,
Otashin gullar anga har yang`i qonlig` toza dog`.

Hajr aro ul sho`x ko`nglum sayd etar ruxsor ochib,
Tifl oqshom qush tutarg`a ravshan etgandek charog`.

Mujibi ko`p yig`lamoq ermish nazar pok o`lmog`i,
O`ylakim aylar suyin afzun oritmog`din bulog`.

Ey hakim, olg`il surohiy lo`lasidin paxtakim,
Sud erur qonin necha daf` etsa mahruri dimog`.

G`unchadin to chiqti gul mast o`ldi bulbul, soqiyo,
May surohidinki chiqmas dahrdin topmon farog`.

Xattu xoli nuqtasi yuz choklik ko`nglumdadur,
Bir qafasda turfadur, vah-vah ko`rung to`tiyu zog`.
 
Necha rangin ashk to`ksam ko`zda ul yuz naqshidur,
Loladin o`zga ne gul bergay suyi qon bo`lsa bog`?

Yog`mag`uncha ashk daf` o`lmas ko`nguldin tiyralik,
Bu yog`inni go`yiyo debtur qazo ul o`tg`a yog`.

Faqr yo`linda, Navoiy, aylagil boshtin qadam,
Kim bu yo`l qat`ida bosh qo`ymoqdurur qo`ymoq ayog`.

                                  321

O`rtanurmen kechalar hajringda andog`kim charog`,
Ravshan aylay: rishta jismimdur, ko`ngul o`t, ashk yog`.

Sarvu sunbul loladek qad zulfu yuzung hajridin,
Ham alif, ham na`l kestim kuydurub yuz yerda dog`.

Bir ko`zumga sarv o`qdur, bir ko`zumga gul tikan,
Sensizin, ey sarvi gulrux, nogah etsam gashti bog`.

Jonim ichra o`tdurur bir la`li maygun hajridin
Soqiyo, navbat manga yetkach labolab tut ayog`.

Sog` bo`l, devona etsang meni bir may birlakim,
Hajrdin devonamen bo`ldum esa bir lahza sog`.

Istaram og`zin qilib la`lu xatu xolini vasf,
Xalq g`oyibdin nishonlar aytib etgandek so`rog`.

Ul farog`u bu taraddud etti maqsud o`rtada,
Kim bo`lub maqsud o`tti ham taraddud, ham farog`.

Ro`zgori tiyra, nutqi lol bulbuldur, magar
Kim xazon faslida aylarlar tasavvur oni zog`.

Telba deb qilma Navoiyning ilojin, ey hakim,
Kim mushavvashdur anga bir o`zga savdodin dimog`.

                                      322

Garchi men hajringdin o`ldum tortibon ko`p zorlig`
Sen hayotingdin top, ey badmehr, barxo`rdorlig`.

Xasta erdim ko`zidin, yetkurdi la`lin og`zima,
Tengri jon berdi, vale chektim base bemorlig`.

Kechaekim tushga kirgay ul saodat axtari,
Bermagil, yo rab, manga ul uyqudin bedorlig`.

Bodayi la`ling bila mundoqki usrukmen mudom
Kofiri ishq o`lg`amen gar istasam hushyorlig`.

Bu ko`ngul ozoridin bezormen, bor muddate
Bo`lg`ali bizlar  aro ozorlig` bezorlig`.

Ne bino erkin bukim, bir pora koshi tushmadi,
Qilg`ali bu toqni sun` ilgi miynokorlig`.

Ey Navoiy, suhbatingdin qilsa or ul ko`rkaboy,
Yo`q ajab, nevchunki sensen bir gado, ul borlig`.

                                   323

Necha, ey oromi jon, hajringda beoromlig`?
Do`stluq ko`rguzki, haddin oshti dushmankomlig`.

Shukr sham`in yoqmadim, vaslingda yetti dog`i hajr,
Bizni bu o`tlarg`a kuydurgan erur ul xomlig`.

Ermas o`tlug` ko`nglum og`zing naqshidur ko`ksum aro,
Qatrae qon otashin gul g`unchasi andomlig`.

Deb emishsen tark etib ishqu muhabbat shevasin,
Ot chiqarmishsen saloh ichra, zihi badnomlig`.

La`lidin za`f etti qon bo`lg`on ko`ngul, vah, bodadin,
Naf` topmas ermish ulkim, qilsa xunoshomlig`.

Ko`z yoshimdin nam topibdur, garchi me`mori qazo
Bog`ladi ko`k gunbazi toqini istehkomlig`.

Zulfida dardu balo istar Navoiy ishqidin,
Ul gadodekkim tilar ahli karamdin shomlig`.

                               324

Lolagun bo`lmish surarda qatlima dildor tiyg`,
Yo balo tog`idin etmish lolazor izhor tiyg`.

Gul tani yuz chok o`lub bukim bo`yalmish qon aro,
Tegdi g`amzang xaylidin go`yo anga bisyor tiyg`.

Tiyg` tortib yetgach-o`q qildim fidosi jonnikim,
Bo`lmag`ay ozurda qotil, ko`rmagay ozor tiyg`.

Jism paykoning bila to`ldiyu jondur g`amdakim,
Aylasang qatlimg`a rag`bat bo`lmag`ay nokor tiyg`.

Ishq dashti sabzasidin lola har yon sochilur,
Ya`ni ul sahro giyohi bor; emish xunbor tiyg`.

Olam ahli qatlini bir damda qilsang orzu,
Yuzdin ol burqa`ni, qindin chekmagil zinhor tiyg`.

Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy uylakim,
Cheksa olamni olur shohi falakmiqdor tiyg`.

                                      325

Kechti umrum naqdi g`aflat birla nodonliqda hayf,
Qolg`ani sarf o`ldi anduhu pushaymonliqda hayf.

Jong`a bir dushvorliq qo`ymay riyozat ranjidin,
Sarf bo`ldi naqdi avqonim tan osonliqda hayf.

Bog`ladim paymonadin paymon, fig`onkim, aqlu din
Bo`ldi bu paymonavu ul sustpaymonliqda hayf.

Ey musulmonlar, bilingkim, bo`ldi umrum hosili
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonliqda hayf.

Hayfkim, naf` aylamas har nechakim tortib ilik,
Desam o`z ahvolima bu nav` hayronliqda hayf.

Andoq ish qilkim pushaymon bo`lmag`aysenkim, emas
Hech osig` chun ish xato bo`ldi pushaymonliqda hayf.

Har ne o`tgan so`zlarim chindur desam yolg`on erur,
Chin budurkim, degamen umr o`tti yolg`onliqda hayf.

Chun yengilrakdur hisob o`lg`anda sultondin gado,
Hayfkim, bo`lg`ay gado avqoti sultonliqda hayf.

Ey Navoiy, voqif ermon xalqdin, bori mening
Kechti umrum naqdi g`aflat birla nodonliqda hayf.

                                     326

Zor  jismimda qiliching zaxmi har  yon muxtalif,
Har biridur sarv qadding hasratidan bir alif.

Tol niholida emas yafrog`ki, tillar tortibon
Sarvi ozodim uchun qulluqqa bo`lmish mu`tarif.

Qoshu ko`zin ko`rgali, ey shayx, bildim makri bor,
Har siyahpo`sheki mehrob ichra bo`lg`ay mu`takif.

Anbarin xat birla ul yuz bo`ldi olam ofati,
Olam ofatsiz emas xurshid bo`lg`ach munkasif.

Soqiyo, ul kavsaroso bodadin bir jur`a tut,
Kim meni hayrong`a bo`lg`ay kashf sirri lav kashif.

Bodayi maqsud jomi zavqidin tab`im yuzin,
Vah, necha doim xumori jahl tutqay munxasif.

Jon berib olsang, Navoiy, bok emas ul  bodadin,
Kim erur yuhyil-izom  avsofi birla muttasif.

                                   327

Yoshurun g`amzang qilichikim qilur ko`ksum shikof,
Buki maxfiydur anga go`yo qoshing bo`lmish g`ilof.

Qoshlaringni saf chekib, bo`lmish qarovul kirpiking,
Kim ko`ngul sultoni xaylig`a emas hojat masof.

Mehr anglab oshiq o`ldum so`ngra yetsa ko`hi g`am,
Ne ajab, ishq ibtidosi ayn erur, poyoni qof.

Qoshi ko`nglum o`g`risidur, roki` o`lmog`lig` ne sud,
O`g`ri bosh solg`och quyi, bordur dalili e`tirof.

Ishq aro Majnunni der ba`zi fuzun, ba`zi meni,
Lek holim anglag`on topmas mahalli ixtilof.

Bo`l safo ahlig`a hamdam yor vaslin istasang,
Aksini solg`aymu soqiy bo`lmag`uncha boda sof?

Ey Navoiy, gar qilur ko`nglung haram tavfini qasd,
Qat` etib dashti fano, maqsad harimin qil tavof.

                                     328

Ko`rguzur hijron hurufi nuqtasin jon har taraf,
Sensizin, ya`niki qo`ymish dog`i hijron har taraf.

Uyla shiddat birla charx aylar meni sargashtakim,
Zaxmi ko`p tandin yog`ar shudrun kibi qon har taraf.

Ko`nglum ahvolin ne deykim, sharhig`a bir tildurur
Ko`kragimdin bosh chiqorg`on no`gi paykon har taraf.

Tashladim yetgach junun xayli tuganlar taxtasin,
Ya`ni ochtim mehmonlar ollida xon har taraf.

Ashk qonliq ko`zni eltur uylakim suv lolani,
Bo`lmasa yo`linda moni` xori mujgon har taraf.

Rashkdin ko`p muztaribroqdur ko`ngul ul go`ydin,
Kim kesib boshimni ul sho`x ursa chavgon har taraf.

Qo`y basharni, gar maloyik domi ermas yaxshidur,
Ul pari mundoqki zulf etmish parishon har taraf.

Netib o`lmaykim, yana ul sho`x usruk otlanib,
Ter suyi markab yelidin soldi to`fon har taraf.

Ko`r, ne hayratdur mangakim, bordurur bu dayr aro
Donishi yuz menchalar yuz mencha hayron har taraf.

Shishadek ko`nglumni paydo o`rtadi soqiy, valek
Dog`in etti may hubob ostida pinhon har taraf.

Ey Navoiy, navhayi hijron tuzub un chekma ko`p,
Kim kishi qolmas tirik, yetkach bu afg`on har taraf.

                                329

Zihi azalda karam aylabon sanga xalloq,
Karimi xilqat ichinda makorimi axloq.

Sipehr gunbazini ravshan etgali zoting
Charog` o`lub, anga qandil arsayi ofoq.

Nujum ko`zlarini gardi markabing yorutub,
Gahiki sekritibon charx sohatida Buroq.

Rikobing o`pmagining orzusida oyu kun
Berib Buroqing uchun o`zlariga shakli chanoq.

Hilolu mehru shihob o`ldi na`lu dog`u alif,
Falakka bo`lg`ali sendin nasib dardi firoq.

Sipehr har kecha yuz ming ko`zin nedin yummas,
Visolingg`a yana bir kecha gar emas mushtoq?

Maqomingga yetayin deb Navoiy aylar sayr,
Gahi Ajam bila Neruz, gahi Hijozu Iroq.

                                  330

Charx dard ahlig`a har dam yog`durur gardi firoq,
O`t ravonroqkim, xatarliqdur base bu eski toq.

Ajdaredur halqa urgan pesa kavkab xolidin,
Juz ajal zahrini kom ondin topa olmas mazoq.

Hazm etar fikrin ham etgil, farz etay noning uchun
Qildi charx anjumni dona, oyu kunni yorg`uchoq.

Charx bir uydur, ishi bo`lmoq oning har dam nigun,
Tushmagan yaxshi iqomat mundoq uyda ittifoq.

Sun`i bahridin hubobe anglag`il ko`k gunbazin,
Siymgun gunbaz deb o`lmas aylamak oni visoq.

Istasang besh kun farog`at garchi kobin umr erur?
Dahr zolin to`rt mazhab birla qilg`il uch taloq.

El nifoqin ko`rmayin desang, Navoiy, foniy o`l,
Chunki sen chiqsang arodin, kimga qilg`aylar nifoq!

                                  331

Yordin ayru ko`ngul mulkedurur sultoni yo`q,
Mulkkim sultoni yo`q, jismedururkim joni yo`q.

Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrog`dekdurkim, gulu rayhoni yo`q.

Bir qaro tufrog`kim, yo`qtur gulu rayhon anga,
Ul qarong`u kechadekdurkim, mahi toboni yo`q.

Ul qarong`u kechakim yo`qtur  mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo`q.

Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning bo`lmag`ay,
Do`zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo`q.

Do`zaxekim,  ravzayi  rizvondin o`lg`ay  noumid,
Bir xumoredurki, anda mastliq imkoni yo`q.

Ey Navoiy, bor anga mundog` uqubatlarki, bor
Hajrdin dardi, va lekin vasldin darmoni yo`q.

                                    332

Bo`lmas ermish dilrabolar  ahdi mahkam, ey rafiq!
Gar kishi derkim: bo`lur, tutma musallam, ey rafiq!

Har parizodiyki o`z majnunig`a qilmish vafo,
Bilki, andindurki ermas nasli odam, ey rafiq!

Mohvashlar shomi zulfi ne uchun oshuftadur,
Tutmamish bo`lsa vafo ahlig`a motam, ey rafiq!

Dard muhlik umrning ta`jili ko`p joning uchun,
Kim Masihimni ketur boshimg`a bir dam, ey rafiq?

Qo`ydi bir o`tlug` fatila dog` uchun har g`unchadin,
Charx to gulshanni ko`rdi sabzu xurram, ey rafiq!

Gul emas gulbunda qonlig` dog` erurkim nastaran,
Tevruk aylabdur momuq qo`ymoqqa marham, ey rafiq!

Bu munaqqash saqf tarixi yozig`liq chun emas,
Ko`p mashaqqat chektim, ammo qoldi mubham, ey rafiq!

Men xud ettim azm mug` ko`yida rasvo bo`lg`ali,
So`z eshit, albatta, mendin qolma sen ham, ey rafiq!

Ich, dog`i tutqil Navoiyg`a qadahkim, arzimas
Bir nafas hushyor bo`lmonliqqa olam, ey rafiq!

333

Sanga ish javlon qilib maydonda chavgon o`ynamoq,
Manga ollingda boshimni go`y etib, jon o`ynamoq.

Bosh ovuchlab egma qomat birla qolmon raxshidin,
To tilar chobuksuvorim ko`ngli chavgon o`ynamoq.

Ko`z qarosin o`ynatur har lahza ul mardumni ko`r,
Hinduedekkim erur oyini qalqon o`ynamoq.

O`ynay-o`ynay aylading kufr ila dinimni badal,
Olloh-olloh, bumudur, ey nomusulmon, o`ynamoq?!

Javr toshin ul pari o`ynab otay der el sari,
Vahki, bu devonag`a yetgach, ne imkon o`ynamoq?

Har sari ashkim yugurmak ne ajabkim, ayb emas,
Tiyra uydin chiqqach-o`q yoshlarg`a har yon o`ynamoq.

Charx o`yun birla olur din naqdin eldin, voqif o`l,
Bu musha`bid birla bo`lmas ahli irfon o`ynamoq.

Va`da ko`p qilding Navonyg`a va lekin o`ynabon,
Muncha bo`lg`ay el bila, ey ahdi yolg`on, o`ynamoq.

                                334

Ey,  kalomi  jonfizoying naqdi  jondin yaxshiroq,
La`li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq.

Garchi hajringdin yomon holatdamen, lekin  manga
Kimki ondin yaxshiroq yo`q, sensen ondin yaxshiroq.

Xalq tarki ishqing  aylarga biravni qatl uchun
Gar tilarsen, topmog`ung men notavondin yaxshiroq.

Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad,
Kim bu nav` ovoraliq yuz xonumondin yaxshiroq.

Istasang, ey ishq, Majnun o`rnig`a sargashtae,
Bilki, topqung yo`q bu rasvoyi jahondin yaxshiroq.

Dayr aro yaxshi-yamon ollida bosh qo`ysam, ne tong,
Kimki yo`q andin yamonroq, men yamondin yaxshiroq.

Ey Navoiy, xurdayi nazmingg`a isloh istasang,
Kimsa qilmas oni shohi xurdadondin yaxshiroq.

                                     335

Ohkim, g`am tiyg`idin ko`ksumni qildi chok ishq,
Dudi ohimdin ko`zumni ayladi g`amnok ishq.

Dard kirmak birla jon chiqmoqqa gar yo`l qilmadi,
Ne uchun g`am tiyg`idin ko`ksumni qildi chok ishq?

Ul pari ko`yidakim har lahza yuz ming bosh borur,
Sudrabon eltur meni devonani bebok ishq.

Ko`zuma har dam yorug`roqdur yuzungnung ko`zgusi,
Xosiyat mundoq emish har kimda bo`lsa pok ishq.

Oshiq o`ldi xasta jon ko`rgach ul otashporani,
Olloh-olloh, barq ila o`ynaydurur xoshok ishq.

Ishq vodiysig`a kirgan yonki, andin har quyun,
Kim chiqar sargashtaedurkim qilibdur xok ishq.

Ey Navoiy, oshiqekim sen kibi istar farog`,
Gar erur Majnunki, ul qilmaydurur idrok ishq.

                                     336

Vah, necha jismimni g`amdin notavon etgay firoq,
Notavon jismimg`a har dam qasdi jon etgay firoq.
 
Jismim aylab notavon, jonimg`a qasd aylab nihon,
Qasd qilg`on jonni rasvoyi, jahon etgay firoq.

Jonni rasvo aylagandin so`ng qanoat qilmayin,
Yuz g`amu anduh xadangiga nishon etgay firoq.
 
Emdikim anduhu mehnat o`qig`a qildi nishon,
Har jarohat uzra yuz dog`i nihon etgay firoq.

Ey  ko`ngul, solma  o`zungni dard ila, mardona  bo`l,
Bizni, shoyadkim, bu yanglig` imtihon etgay firoq?

Vaslidin dam urmayin qilsoq firoq ila basar,
Shoyad o`zin bizga bir kun mehribon etgay firoq.

Kuydi jonim vaslida el rashkidin, to yetti hajr,
Vasl munglug` jonima o`t soldi, to netgay firoq?

Do`stdin istar rizo zinhor oni ko`rmakin,
Vasl qilg`ay komron yo notavon etgay firoq.

Ich, Navoiy, may bag`ir qonidinu bexud yiqil,
Necha vasl ummididin bag`ringni qon etgay firoq?

                                 337
 
Qon yoshim sorig` yuz uzra oshkor etti firoq,
Za`faronzorimni g`amdin lolazor etti firoq.
 
To firoq uyiga kirdim, vahki, ashkimdin edi,
Garchi yuz gavhar ayog`img`a nisor etti firoq.

Dam-badam  ohim chekarga sabr ila  toqatni aql
Ixtiyor etti, vale beixtiyor etti firoq.

Jon taloshur elni marg andoqki aylar muztarib,
Lablaring istar ko`ngulni beqaror etti firoq.

Deb eduk ishq anduhidin har dam afg`on qilmoli,
Vahki, bu da`voda bizni sharmisor etti firoq.

Ket, farahkim, g`amni mehnat toshin olib ko`ngluma
Yuz tuman mismor birla ustuvor etti firoq.

Ey Navoiy, vasl aro bo`lg`ayki boqib ko`rgamen
Dog`larnikim, ko`ngulga yodgor etti firoq.

Demangiz netti firoq oxirki bo`ldung dushmani,
Man`i vasli xusravi Jam iqtidor etti firoq.

                                    338

Junun toshin xarobot ichra har dam ko`ksuma urmoq
Erur taqviyu donish butlarin tosh birla sindurmoq.

Quyoshkim zarra qo`zg`ab kirsa vayronimg`a hajringda,
Ko`zumga kul sovurmoq bil ani ko`nglumga o`t urmoq.

Chu piri dayr taqvo xirqasin kuydur dedi, gar xud
Aning har toridur jon rishtasi, bo`lmas boqib turmoq.

Labing hajrinda xokiy tan aro ko`nglumni hibs ettim,
Nechukkim jonsiz elni rasm erur tufroqqa topshurmoq.

Dema, ul dilrabog`a ne uchun ko`nglungni oldurdung?
O`z erki birla ne mumkin kishi o`z ko`nglin oldurmoq?

Agar ohimdin aylab jilva yog`durdi jafo toshin,
Ne tong, gulbun sabo tahrikidin gulbargi yog`durmoq.

Binafsha solxo`rd eldekki bosh soldi quyi, go`yo
Yaqin anglab xazoni umr anga da`b o`ldi qayg`urmoq.

Qadah ichmak yozuq deb asru mardud etmagil, ey shayx,
Bu qism ersa azaldin, bejihatdur bizni yozg`urmoq.

Qarog`lardin po`lak, jon rishtasidin chillavor etmish,
Qoshing yosin Navoiy qasdig`a gar istasang qurmoq.

                                        339

Ko`nglum bo`lur g`aming tuni har lahza qayg`uluq,
Chun shom bo`ldi, har nafas ortar qarong`uluq.

Ul ko`zki olam ahlidin olmishdur uyquni,
Baxtim kibi, ne ayb, agar bo`lsa uyquluq.

Sabru qaroru hushni olmog`lig`ing nedur,
Ey jonlar ofati, sanga jonimdur olg`uluq.

Dashti firoq ichra tirik yo`q chu vahshu tayr,
Go`yo yeli samumu giyohidur og`uluq.

Mug` dayri azmidin meni man` etma, ey rafiq,
Bu yo`l erur chu ahli malomatqa borg`uluq.

Oydin falakni ilmas ekan ko`zga piri dayr,
Kim bu erur haqiru janobi oning uluq.

To g`amdadur Navoiy, anga dahr tiyradur,
Shod anglamas ulusni birav bo`lsa qayg`uluq.

                                  340

Yor chun istarki, bo`lg`aymen mudom ondin yiroq,
Ul jihatdin barcha vasl istar, meni mahzun firoq.

Yaxshilarg`a bas yomondur holkim, yor ollida
Tengdurur yaxshi-yomon, balkim yomonroq yaxshiroq.

Shah yonin farzin kibi kajlar maqom etmish, ne tong,
Rostravlar arsadin gar chiqsalar ruhdek qiroq.

Toza har yon dog` emas jismimda ul yuz ishqidin,
Kim bu kavkablarg`a bo`lmish ul quyoshdin ixtiroq.

Bu yiroqliqdin yaqindur o`lgamen, vah, yorning
Istabon royin bo`lubturmen yaqinliqdin yiroq.

Mahjabinlardin siyahdilliq ne tongkim, oyning
Botinin ko`rsang qarodur, gar ko`runur zohir oq.

Ko`p Hijoz ohangi tuzma, yor ila bo`l barcha vaqt,
Ey Navoiy, gar Ajam bo`lsun maqoming, gar Iroq.

                                        341

Chiqsa jonim, ayb qilma, jismi bemorimg`a boq,
Kuysa jismim, hayrat etma, nolayi zorimg`a boq.

Hajr dashtining guli gar lola bo`lsa, seli qon,
Qilmag`il, ey gul, taajjub, chashmi xunborimg`a boq.

Eyki, ko`rmaysen quruq shoxe bezalgan gul bila,
Hajr toshidin sarosar jismi afgorimg`a boq.

Zulfin ochti ul sanam, ey shayx, bovar qilmasang,
Kim asiri kufrmen, but birla zunnorimg`a boq.

Er bila teng qildi xokiy tan uyin ashkim suyi,
Ishq selidin yiqilg`on eski devorimg`a boq.

Qilmasang tavbamni sindurg`onni bovar, ey faqih,
Xirqayi chokimni ko`r, oshufta dastorimg`a boq.

Bosh ko`tarmay maydin, ektim jurm tuxmi barcha umr,
Ey Navoiy, umr etib zoyi`, saru korimg`a boq.

                                   342

Demangiz, ahbobkim, qilmasmusen bas yig`lamoq?
Kim manga tengri nasib etmish tuganmas yig`lamoq.

Asray olmon o`zni, ashkim tutti dashtu tog`ni,
Nechakim Farhodu Majnun dedilar  bas yig`lamoq.

Mastu oshiqmen, dog`i ko`nglumda ayrilg`on kishim,
Ey musulmonlar, ne tong, men zori bekas yig`lamoq?

Tong emas, jismim oqizurg`uncha ko`z gar to`kti ashk,
Ne ajab, abri bahoriy oqqucha xas yig`lamoq?

Tiyra hajring shomida gar jon talashmoq tongg`acha,
Boshima sham`u surohiy nedurur, bas yig`lamoq.

Dahr bog`idin vafosizlig` agar fahm etmadi,
Nega shabnam ashkidin fan qildi nargis yig`lamoq?

Ey Navoiy, toqini men dog`i ashkimdin yiqay,
Chun manga qism etti bu charxi muqarnas yig`lamoq.

                                   343

G`amim ko`p ayta olmasmen, ne tong, ko`nglum halok o`lmoq,
Ichimda yuz kilich, ne ayb, ko`ksum chok-chok o`lmoq.

O`lar deb shod o`lur ko`p ko`rsa dardim muddai bilmas,
Ki ishq ichra hayotim boisidur dardnok o`lmoq.

Agarchi husn ichinda sencha pok o`lmoq emas mumkin,
Ashk ham, ko`rki, ishq ichra bo`lurmu mencha pok o`lmoq?

Agar zahr ichsam ilgingdin taajjub qilma, ey soqiy,
Ki bo`lmish mastu oshiq shevasi bevahmu bok o`lmoq.

Chu men bir jom uchun dehqon asirimen, ajab ermas,
Libosim tok bargi, rishta bel bog`larga tok o`lmoq.

Jahondin  silkinib  chiqqan etak  topib yopishmog`lig`
Muyassar bo`lsa ne ishdur, talab yo`linda xok o`lmoq.

Navoiy ko`ksida ishq etmas o`lsa dafn g`am naqdin,
Uyulub toza dog`i har taraf nedur mag`ok o`lmoq?

                               344

Zihi sekribon charx uzra rahnavarding,
Nazar topmayin to`tiyoliqqa garding.

Ko`runub kavokib rayohini shabnam,
Chu ko`k gulshanig`a yetib toza varding.

Uchub yetti do`zax o`ti, chunki ummat
Gunohin tilarda chiqib ohi sarding.

Izingdin quyosh chehra yorutmag`ondin,
Qilib za`faron kun uzorini zarding.

Rayohin aro sarvi ozod yanglig`
Ko`runub rusul xaylida zoti farding.

Rusul so`rmadi lomakon ura markab,
Sen erding bu maydondakim ot chiqarding.

Navoiy, nabi na`tidin jam` qilg`il
Parishon esa xotiri harzagarding.

                                   345

Bo`lur gahiki g`amim shu`shasin ayon qilsang,
Shararni shu`la uza nuqtalar gumon qilsang.

Ko`zum yoruq talar ersang, yoshurma xolingni,
Ki ko`r o`lur ko`z agar nuqtasin nihon qilsang.

Xadangi ohim ila, ey falak, xato qilmay,
Qarong`u tunda ne kavkabnikim nishon qilsang.

Iloj qilmaki, botroq kuyarga ansab erur,
Tanim xasin necha hajringda notavon qilsang.

Ko`z ichra halqa urubtur sirishk, o`lur, ey ishq,
Ko`zum qarosini ul yoshlar ichra xon qilsang.

Chu javrung o`rtadi parvonani, ne sud, ey sham`,
Kesib sochingni, azosi uchun fig`on qilsang?

Ko`zungni ko`ngluma andoqki mezbon qilding,
Yuzungni ko`zuma ham kosh mehmon qilsang.

Bu bog` gullari bargida topmas, ey bulbul,
Dimog`i mehr isi yuz qatla imtihon qilsang.

Navoiy, aylagasen vasl kishvarini vatan,
Fano yo`lig`a kirib, tarki xonumon qilsang.

                                 346

Qaro-qaro mija xanjarlarin ititmak ishing,
Hayot naxlini kesgan qiyo-qiyo boqishing.

Ishing bu erdiki, jonimni olg`asen, tanni
Ki sudratursen eshiktin, gar tugandi ishing.

Zuloli Xizr labing, ul zulol qatralari
Ki jola bo`ldi uzoring bahori ichra tishing.

Ne g`unchasen, ko`ngul, oxirki yelu suv yeriga
Bo`lubtur ohu bag`ir qoni birla parvarishing.

Ko`zumga qo`ydi qadam, vah, o`tar xayol aylab,
Olay desa ayog`, ey ko`z qarolari, yopishing.

Erur chu dahr buzuq gulxan, ushbu avlokim:
Buzug`da kechsa yozing, gulxan ichra o`tsa qishing.

Navoiy, istama eldin junun ilojinkim,
Bu telbalik aro yo`q ul paridin o`zga kishing.

                                  347

Ishva aylab elga, ohimdin tavahhum qilmading,
Tishlabon la`lingni, jonimg`a tarahhum qilmading.

La`ling ichra durlaring shavqida sarg`ardi yuzum,
Ohkim,  bu za`farondin  bir tabassum qilmading.

Orzu qildim hadising, aylading qatlimg`a hukm,
Ul dog`i erdi ishoratkim takallum qilmading.

Elga jon bermak sanga dushvor kelsa, tong emas,
Senki to jon olmading, eldin tana`um qilmading.
 
Ey ko`ngul, oldinki avval dud erur, andin sung o`t,
Ishq aro Farhodu Majnung`a taqaddum qilmading.

Ey qazo hukmig`a ojiz, bu sifat mahkum o`lub,
Faqr atvorida hech ish juz tahakkum qilmading.

Tushgali ul guldin, ey bulbul, Navoiydek yiroq,
G`ayri dilkash lahnu jonparvar tarannum qilmading.

                                        348

Kulmading, to ko`zlarimni kavkabafshon qilmading,
To`kmading qonimni, to bag`rim to`la qon qilmading.

Tifldekkim g`uncha ochqay, qilmading, ey bag`ri tosh,
Xotiringni jam`, to ko`nglum parishon qilmading.

Elga aytur zahra yo`q, vah, iuqsa, qay bir turktoz
Ayladingkim, yuz ko`ngul mulkini vayron qilmading.
 
To quyoshdek jilva qilding, qo`ymading bir zarrakim,
Ofarinish ichra  ruxsoringg`a hayron qilmading.

Yuz balo toshini ishq atfolidin yog`durmading,
To junun torojidin jismimni uryon qilmading.

Ey falak, qaysi quyosh yuzlukni bir kun charx uza
Jilvagar qildingki, oqshom yerga  pinhon qilmading?

Demakim, qo`ydum Navoiy jonig`a dog`i ajal,
Shukr bori mubtaloyi dog`i hijrok qilmading.

                                     349

Vah, nedur maydonda har yon azmi javlon aylamak,
Bizga yetgach o`zga yon ohangi maydon aylamak.

Zulfdin chavgon chekib el boshini go`y etgali,
Ko`z yoshimni go`ydek har sori g`alton aylamak.

Qon aro jismim bo`yab, dersenki, ishqim tarkin et,
Bu ekin olamda kofirni musulmon aylamak?!

Tan g`uborinda yoshurdum dog`i ishqinkim, emas
Ayb muflisdin diram tufroqqa pinhon aylamak.

Ko`kda gar anjum emas ohim o`qining yorasi,
Shomlar nedur shafaqdin ko`nglagin qon aylamak?

Charx sidq ahli g`amin istarki bo`lmish subh ishi
Ashkdin kavkab sochib, choki giribon aylamak.

Gar Navoiy jismini ishq istamas toshdin figor,
Bas, nedur oni junun ko`yida uryon  aylamak?!

                               350

Bu ne husnu noz erurkim, intihosi yo`q aning,
Bir nafas yo`qkim, ko`ngulda yuz balosi yo`q aning.

Xoli hijronida tim-tim yerga tomg`on qon yoshim,
Har biri bir lolaedurkim, qarosi yo`q aning.

Ko`nglum andoq to`ldi qon birlaki, chiqmas nolasi,
Boda to`lg`on jom yanglig`kim, sadosi yo`q aning.

Zohir etti xasta ko`nglum yorasi og`zida qon,
Kim bag`ir xunobidin ayru g`izosi yo`q aning.

Qullug`ung dog`in qo`yub, ko`nglumni g`amdin sotqun ol,
Kim bu naqdi qalbdin ortuq bahosi yo`q aning.

Ganji ishratdur arusi dahr vasli, ohkim,
Anbarin zulfidin o`zga ajdahosi yo`q aning.

Hajr o`qi zaxmin Navoiy bog`lamish boshtin-ayoq,
Yo`q esa, jismin yopar chog`liq libosi yo`q aning?

                                  351

Toza dog` atrofida jismimda tim-tim qon ko`rung,
Dardu g`am  tog`ida, vah-vah, lolayi nu`mon  ko`rung.

Nafy qilg`onlar quruq jismim haloku za`fini,
Tang`a ko`nglumdin tiralg`on har taraf paykon ko`rung.

Xalq yig`lab tufrog`im boshida yuz hasrat bila,
O`qlarin har yon tanim omochida xandon ko`rung.

G`am tuni yummas ko`zum davrinda kirpik xaylini
Saf chekib, ko`znung qarorg`on holig`a hayron ko`rung.

Ishqin etganlar havas, iynak bu tuhmatdin meni,
Bog`latib bo`ynum fano bozorida, uryon ko`rung.

Charx bahri qa`rini qilg`on tamanno zarravor,
Mehr g`avvosin bu ishqim ichra sargardon ko`rung.

O`qlaridindur Navoiy jismi mehnat gulbuni,
Gullar iynak toza qonlig` dog`idin har yon ko`rung.

                                  352

Gar jafo qil, gar vafokim, dilsitonim sen mening,
Gar meni o`ltur, agar tirguzki, jonim sen mennng.

Xoh ra`no qad bila borg`il yonimdin jilvagar,
Xoh kel qoshimg`akim, sarviravonim sen mening.

Ko`nglum ichra sensenu ishqing, ne dey holim senga?
Chun bu yanglig` mahrami rozi nihonim sen mening.

Jilva aylab har zamon, afg`onu ohim qilma ayb,
Ham sen-o`q chun boisi ohu fig`onim sen mening.   

La`lidin bir-ikki so`z mazkur qil, ey xasta jon,
Bori bu bir-ikki damkim mehmonim sen mening.

Telbalardin garchi rad qilding meni, lek anglag`il,
Kim pari ruxsoralardin tanlag`onim sen mening.

O`ldi mehringdin Navoiy, bevafo debsen ani,
Ertaki nozukmizoji badgumonim sen mening.

                                 353

Mutribo, g`am bazmida to navha ohang aylading,
Za`flig` jismimni toru qomatim chang aylading.

Bo`ldi bo`stoni uzoring bodadin afruxta,
Mayni go`yo bo`stonafro`z ila rang aylading.

Chok etib el ko`nglin, etting g`unchadek ko`nglum girih,
Ochting el ko`nglin, agarchi bizni diltang aylading.

Buki tashbih etting, ey ko`z, xoki poyin surmag`a,
Bilki, javharni qaro tufrog`qa hamsang aylading.

Ishq sirri mahmilin ko`k  pili chekmas, ey qazo,
Gar hilolidin gajak, xurshididin rang aylading.

Ne qatiq vodiy ekin, yo rab, sanga, ey ishqkim,
Aqli sarkash tavsanin qo`yg`ach qadam lang aylading.

Qil Navoiyii vujudi nangidin, yo rab, xalos,
Chun  vujudin  barcha  olam ahlig`a nang  aylading.

                              354

Orazing subhidin el ayshini jovid aylading,
Subhi vaslingdin mening shomimni navmid aylading.

La`li serobin tila, qo`y Isovu hayvon suyin,
Ey ko`ngulkim, orzuyi umri jozid aylading.

Qoshu yuzi aksi ko`k jomig`a tushgach, ey qazo,
Bu birin qilding hilol, ud birni xurshid aylading.

Ey mug`anniy, Zuhrasidin ko`kni qilg`ung munfail,
Senki har ter qatrasin bir turfa Nohid aylading.

Ey ko`ngul, oxir qilichi xattig`a qo`ydum bo`yun,
Vahki, sayfi hirzini bo`ynumg`a ta`vid aylading.

Vasl sarkash qaddidin qilding tamanno, ey ko`ngul,
Ul alifkim ya`s arodur, naxli ummid aylading.

Itlari sing`on safoli ichra chekting durdi shavq,
Ey Navoiy,  oni jom, o`zungni Jamshid aylading.

                                  355

Orazing guldur, gul uzra sabzayi tar kokulung,
Olloh-olloh,  gul  yuzun  qilmish  muanbar  kokulung,

Qomatingdur sham`u ruxsoringdur oning shu`lasi.
Shu`laning dudidur, ey sho`xi sitamgar, kokulung.

Ochqaningda nega har tori arodur yuz girih,
Gar ko`ngullar nakd qilmaydur sarosar kokulung?

Ne ajab, husn ahlining sultoni bo`lsang, xossakim,
Mushkdin  qo`ydi quyosh boshig`a  afsar kokulung.

Sunbuledurkim, sarosar chirmashibtur sarv ila,
Naxli qadding birlakim bo`lmish barobar kokulung.

Istasangkim, bo`lmag`ay oshuftazu darham, degil,
Qilmasun bizki parishonholu abtar kokulung.

Gar Navoiyg`a dimog` oshufta bo`lsa, tong emas,
Chun separ har dam yuzung o`tig`a anbar kokulung.

                                  356

Ishq aro vasling tilab, hajringda bo`ldum dardnok.
Xasta yanglig`kim xayot ummididin bo`lg`ay xalok.

Yo`q ajab, gar ul quyosh navhangg`a boqmas, ey ko`ngul,
O`tqa ne g`am, garchi kuygan nola aylar dardnok?!

Tikkanin yetgach ochar paykoni ko`ksum chokining,
Ul kalid o`lmish, ajal darvozasi go`yo bu chok.

Aylar erduk pok ishq o`tig`a kuymak orzu,
Shukrlillah, oqibat kuydurdi ishqing bizni pok.

Soldi may ul hur shavqin ko`ngluma, ey bog`bon,
Berding o`xshar parvarish kavsar ziloli birla tok.

Ishq aro do`zaxdin, ey zohid, meni qo`rqutmakim,
Hajr o`tin ko`rgan samandarg`a sharardin qayda bok?!

To taning avji hayot ustidadur sen xok bo`l,
Istasangkim avj tutqaysen taning bo`lg`anda xok.

Ey Navoiy, shomi g`amdin ayru yo`qtur subhi vasl,
Oq erur, lekin qarortur har neni rang etsa zok.

                                     357

Ishqim ortar xatti zohir bo`lg`ali jononaning,
Sham` dudi shu`lasin afzun qilur parvonaning.

Har dam ashkim kelturur yuz ta`n majnun ko`ngluma,
Jismi yoshlardin hamisha tosh erur devonaning.

Orazingning naqshidin butxonadur ko`nglum uyi,
Ishq bo`lmish barhaman ichinda ul butxonaning.

Shomi hajrim sharhi elni behud etsa, ne ajab,
Uyqu kelturmakdurur xosiyati afsonaning.

Suvdurur bag`rimki, paykoni ko`nguldin chekti bosh,
Nam havoda sabza chiqqandek uchidin donaning.

Yiqmadi ko`k gunbazin yog`ib havodis yomg`uri,
Kim suzar erkin chiqib tomini bu koshonaning?

O`qlaring chok ettilar har yon Navoiy ko`nglini,
Yillar etgandek yog`in devorini vayronaning.

                                        358

Quyundek vasl dashtidin gar, ey Layli, meni surdung,
Degach sargashta Majnunum, boshimni ko`kka yetkurdung.

Sotarlar dasht uza men telbani kim tutsa hindu deb,
Tanimni hajr dudu shu`lasig`a baski kuydurdung.

Tegib tufroqqa andin sekragan toshlar halok etti,
Necha boshimg`a qalqon tutqung, ar g`am toshi yog`durdung.

Hazin ko`nglum qushining parlari churkandi ul kunkim
Buzug` tan oshyonin shu`layi hajringg`a kuydurdung.

Netib naxli umidimdin guli vasl orzu aylay?
Ki hajring ilgidin oni qo`ngarding, yo`qki sindurdung.

Boshimg`a keldi g`am tiyg`i, balo toshi, ajal zaxmi,
Ko`r, ey hijroni zolimkim, nelar boshimg`a kelturdung.

Yasa, ey dayr piri, bodakim, kelgum kaforatg`a,
Eshittimkim, meni aylabdurur deb tavba, yozg`urdung,

Bu gulshan gullarining chun vafosi yo`qtur, ey bulbul,
Ne ochilg`ay tutaykim, sen fig`oning ko`ktin oshurdung.

Navoiy, yo`l yiroq, maqsud nopaydo, qadam urg`il,
Ki qolding karvondin, gar tinarg`a bir nafas turdung.

                                     359

Kelgusn ul sarvi siyminbar guli serobdek,
Kim tanimda har zamon titrar ko`ngul siymobdek.

Vah, ne yanglig` axtari Sa`d erdikim, qilg`ach tulu`
Tun kecha ko`zum yorutti mehri olamtobdek.

Quchqamen belin kamar zanjir ila deb bo`ldi xam
Notavon jismim mutallo alagon qullobdek.

Sajda ul chobuksuvor ollida andin aylaram,
Kim ayog`i uzra naqshe ko`rmisham mehrobdek.

Aql sarrofi labin ranginu nozik so`z bila
Topti gulgun rishta o`tkargan aqiqi nobdek.

Silk etak zarrishta birla gul to`qulg`on jinsdin,
Kim emas tori chu bo`lg`on vuslalig` moshobdek.

Ko`r Navoiy masnadin ishq ichrakim, gulxan aro
Shu`la oltoyiyu kullardur anga sinjobdek.

                              360

Tilagim sening huzurung, talabim sening jamoling
Necha kun tirikligimdin g`arazim sening visoling.

Chiday olmasim firoqing, o`pa olmasim ayoqing,
Ko`ra olmasim naziring, topa olmasim misoling.

Manga dashtdin farah yo`q, manga bog`din tarab yo`q,
Farahim sening hadising tarabim sening xayoling.

Ajal ushbu damki, ko`yungdamen olsa jonki, bori
Boshim o`lsa xoki poying, tanim o`lsa poymoling.

Yuzida urubsen, ey mehr, kamoli husndin dam,
Manga ravshan o`ldi bu damki yetibturur zavoling.

Nega tarking etmay, ey charxki, shomu axtaringdin
Qarodur yuzung, va lekin oh erur yuzungda xoling.

Mayi ishq chun Navoiyni jahonda qildi rasvo,
Bu qadahni, do`stlar, emdi oning qoshidin oling.

                               361

Tiyra qilmish tun kibi ofoqni ohim mening,
To eshittimkim qilur shabgardlih mohim mening.

Tun qarosidek karo pashminadurmu sayrida,
Yo tutubtur ul jafogar sho`xni ohim mening?

Uchramas har ko`y boshida turub yo`l asrasam,
Ravshan ermas vahki, sham`i baxti gumrohim mening,

Yo qochar mendin xaloyiq tonig`ay deb nogahon,
Yorutur chun tunni har dam ohi nogohim mening.

Xizmatida nega yo`l topmon ekin men tiyraro`z,
Shom mulkin chun musaxxar ayladi shohim mening.

Men dog`i ahbobdek maqbuli erdim, ohkim,
Johi idbor o`ldi ul iqbol ila johim mening.

Elga har lutfi Navoiy jonig`a bir dog` erur,
Necha qo`yg`ay bag`rima dog` ul yuzi mohim mening?

                                     362

Tong nasimin soyir etgan gul`uzorimdur mening,
Sekritib maydong`a kirgan shahsuvorimdur mening.

Gard emas girdinda, balkim ko`rmasun deb el ko`zi
Volavu sargashta joni xoksorimdur mening.

Markabining na`lidin har dam choqilg`on o`t emas,
Kim ko`ngul otlig` zaifi beqarorimdur mening.

Baski, telmurdi ko`zum kirgaymu deb maydon aro,
Ko`z qarosi yo`qki, dog`i intizorimdur mening.
 
Ul bahori husn mingan qatraafshon bodpoy
Gulshani aysh ochqali abri bahorimdur mening.

Chobuki mehr o`ldi bemehru harun ko`k tavsani,
Tutmang otinkim, eshitmak oni orimdur mening.

Yo`lida aylay fido ko`z gavharin, jon javharin,
Ey Navoiy, yetsa ul chobuk nisorimdur mening.

                                       363

Ko`kragimdur subhning pirahanidin chokrok,
Kirpikim shabnam to`kulgan sabzadin namnokrok.

Bu ko`ngul g`amnokidin to shodmon ko`rdum seni,
Istaram har damki bo`lg`ay xotirim g`amnokrok.

Layli andin qo`ydi Majnun ko`nglida raxti g`amin,
Kim yo`q erdi manzil ul vodiyda andin pokrok.

Uyla mujgon xanjarig`a yopishibdur durri ashk,
Kim magar ondin yatime yo`qturur bebokrok.

Jon olurda lablaringdin barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qo`lung yo`q bandadin cholokrok.

Odamiyliq tufrog`in bersa fano yeliga charx, ohkim,
Yo`qtur kishi ahli vafodin xokrok.

Necha o`qlasang Navoiy ko`ngli zaxminroq bo`lur,
Ko`rmaduk zaxmeki, tekkan soyi bo`lg`ay chokrok.

                              364

Kog`az uza qalamni fusunsoz qilmading,
Bir ruq`a birla bizni sarafroz qilmading.

Jonsiz tanim hayoti uchun noma yozmading,
Kilking uchini mo``jizapardoz qilmading.

Vasling kuniyu shomi firoqing bayonida
Kofur birla mushkni hamroz qilmading.

Bir mehr nomasi bila sargashta zarrani
Kundek jahonda mujibi e`zoz qilmading.

To ro`zgorim aylamading dudadek qaro,
Bir nomaning savodini og`oz qilmading.

Ey ko`k Dabiri, kimsaga bir noma yozmading,
Kim xoma yanglig` ani sarandoz qilmading.

Rahmat, Navoyiyo, sangakim, yor har necha
Zulmin ko`p etti, mehru vafo oz qilmading.

                                 365

Bir o`t esaki, manga jurmsiz vafoni kam etting,
Yuz o`tdur ulki, jihatsiz ulusni muhtaram etting.

Boshimg`a tig` urubon naqdi dard ko`ngluma solding,
Vafo tariqida taqsir qilmading, karam etting.

Yuzumni naqsh etibon ashk tiyra qonidin, ey ishq,
Toshimda qonlig` ichim holi sharhini raqam etting.

Fasonayi g`amu mehnat buyurdung aylamak azbar,
Qanoat etmay, ulusqa meni fasona ham etting.

Ko`ngulda ishqim o`ti chun falakka tortti shu`la,
Balo livosi boshig`a bu shu`ladin alam etting.

Dedingki, faqr yo`linda topildi maqsadi asliy,
Vujud naqshini jon lavhidin magar adam etting.

Magarki yor seni istar, ey shikasta Navoiy,
Ki naqd jonni qilib tuhfa, farqdin qadam etting.

                                    366

G`am xazonin zohir etmish chehrayi zardim mening,
Borg`ali yeldek bahori nozpavardim mening.

Telbalardek so`zlashurmen o`zum birla mudom,
Chun o`zumdin o`zga yo`q olamda hamdardim mening.

Tufrog` o`lsam ko`yida, ey abri rahmat yomg`uri,
Qil madad onchakim, andin chiqmag`ay gardim mening.

Chiqti jon bilmay maqomin, mujdae ber, ey Masih,
Kim qayu manzildadur mehri jahongardim mening.

Har necha ko`nglum sovug` ohidin aytur, ohkim,
Yorg`a yoqmas nekim aytur bu damsardim mening.

Rizq chun maqsum erur, bir qurs uchun har kun nedur
Charxdek sargashtalik ko`yida novardim mening?

Ey Navoiy, toki urdi mehr naqshin tosi charx,
Bu bisot ichra ajab shashdardadur nardim mening.

                                     367

Har ko`ngul oromi chun bo`lmish diloromim mening,
Ul sababdin yo`qturur ko`nglumda oromim mening.

Dudi ohim sarvdek chiqtiyu gulgun bo`ldi ashk,
Qilg`ali tarki vafo sarvi gulandomim  mening.

Nega ko`rguzdi shafaqdin shu`la, kavkabdin sharor,
Gar emas g`am do`zaxi bu subhi yo`q shomim mening?

Dilrabolar  ahdig`a hech etmasunlar i`timod,
Ey sabo, ishq ahlig`a yetkur bu payg`omim mening.

Oshiq otig`a kiribtur ko`nglumu topmas visol,
Fosiqi mahrumdek bo`lmish bu badnomim mening.

Donayi tasbih mayli aylamas ko`nglum qushi,
Rishtayi zunnori zulfung bo`lg`ali domim mening.

Ey Navoiy, mendek ul but ko`yi sori kirmakim,
Kufr ila bo`ldi badal bu yo`lda islomim mening.

                                   368

Ne ajab, sarv sihiyga inmasa boshing sening,
Kim emastur qaddi ra`noliqda bo`ydoshing sening.

Gar nixoniy fitna ta`lim aylamas, bas, ne uchun
Boshini chekmish banogo`shungg`acha qoshing sening?

Sangboroni g`amingdin bosh ne yanglig` yoshuray,
Kim saodat gavharidur  boshima toshing sening.

Obi hayvon birla go`yo qildi la`liy rang hal,
Suvrat ichra chun labingg`a yetti naqqoshing sening.

O`ta olmas xonaqohi quds eli, ey mug`bacha,
Dayr eshiginda chu tuzgay bazm avboshing sening.

Dema, ey nosihki, qilmaysen so`zum birla amal,
Xotirimda qayda qolmish oncha qo`lmoshing sening?

Ey Navoiy, bo`ldi qonlig` dushmaningkim, yoshurur
Yordin sorig` yuzung rangini qon yoshing sening.

                                   369

Ne lutf ediki, meni noma birla yod etting,
Ne noma erdiki, g`amgin ko`ngulni shod etting.

Tilim qalam tilidek shukrdin erur ojiz,
Bu noma birlaki bu notavonni yod etting.

O`qurda oqti yoshim ixtiyorsiz, go`yo
Qi hajr dudasidin nomag` midod etting.
 
Eturdi jismima ruh, ey quyosh, magarki Masih.
Muallim erdi damekim ani savod etting

Javohireki yibording bu nomuroding uchun,
Ko`ngul xarobasini maxzani murod etting.
 
Ne sud bo`lsa amal nomasi qaro, gar xud
Oting nishon uzra Jamshid  yo Qubod etting.

Navoiy, jismingga ruh ul quyosh hadisi emish,
Masih nutqig`a yo`q yerda e`tiqod etting.
 
                                  370

Ey ishq, yana furqat o`tin jonima urdung,
Jismimni kul aylab, kulini ko`kka sovurdung.

Anjum dema, go`yoki maloikka tutashti,
Ohim o`ti uchqunlarikim, qo`kka yeturdung.

Qayd etmadingu bas xami zulfungni ko`ngulga,
Kim g`ayr xayolin ham oning birla supurdung.

Pobo`sini istab magar, ey shodlig` ashki,
Bu zor ila dilbar ko`runur chog`da yugurdung.

Furqat kuni bas tiyradur, ey ishq, hamono,
Kim sarsari ohim bila ko`ksham`in o`churdung.

Hijron tuni, ey charx, musha`bid gar emassen,
Ne nav` quyosh tosini xirqangda yoshurdung?

Tark etmadi bosh qo`ymoq eshigingda Navoiy,
Bu ko`ydin it deb oni ham nechaki surdung.

                              371

 Ne xayol edi yanakim, ko`ngul qushi saydini havas aylading,
 Badanimg`a har soridin xadang urubon, anga qafas aylading.

Ko`ngul ichra shu`layi ishqkim, yetadur falakka zabonasi,
Tanimu so`ngaklarim ul o`tungni yoqarg`a xoru xas aylading.

Ko`z ichindakim to`la qon edi, og`iz ichra dag`i tutundek oh,
Oni dam-badam qilibon fuzun, muni ham nafas-nafas aylading.

Etib erdim o`lgali hajr shomi aning jafosi hadisidin,
Nega uyqudin burun ul fasonani, ey rafiq, bas aylading?!
 
Manga ishq ranji aro o`lum erdi chora, vah, bu ne ranjkim,
Ani daf` etarga firoq dardu g`amini choraras aylading.

Chu gum o`ldi choku hazin ko`ngul g`ami hajr dashtida, ey falak,
Yo`l ozarg`a. ahli salomat ul ko`ngul uyini jaras aylading.

Chu firoq shiddati, ey ko`ngul, g`ami ishq lozimasi emish,
Ne yetishsa chek, chu o`z.ung burun bu baloni multamas aylading.

Tunu kun sabu chekib, egningga sol o`zungni halqayi dayr aro,
Chu belingga mug`bachalar kamandi xayolini maras aylading.

Chu zamona ahli aro vafo tilading, chek emdi, Navoyiyo,
Alamu-balo, ne uchunki el aro yo`q nima havas aylading.

                                   372
 
Necha javrin tortayin ul sarvi hurizodning?
Yo`qmudur poyoni, oyo, zulm ila bedodning?!
 
Aql der: sol ko`nglungga zuhdu vara` bunyodini;
Ishq aytur: yo`qturur bunyodi ul bunyodning.

Tosh eritti, vahki, Xusrav ko`ngliga kor etmadi,
Shu`lalarkim teshasidin sekredi Farhodning.

Ko`ngli mehr aylar ayon, ko`rgach raqibi yuzini,
Ko`rmaguncha  zok, chiqmas javhari po`lodning.

Toki saydingmen, ishing nevchun g`azabdur, chun mudom
Qush giriftor o`lsa ko`ngli xush bo`lur sayyodning.

O`lmagimni yoqma hijroningg`a, ey sultoni husn,
Qatl hukmi qilsa shah ne erki bor jallodning?

Roki` erdim, chang uni keldi sahargah, ohkim,
Bordi mutrib nag`masig`a hosili avrodning.

Yo`l qorong`udur, talab noqis, qadam ne nav` uray,
Yorumay komil damidin mash`ali irshodning.

Ey Navoiy, necha bulbuldek fig`on ul gul uchun,
Yo`q anga ta`siri chun bu nolavu faryodning.

                              373

Ko`ngullar quti shirin dostoning,
Bag`irlar qoni la`li durfishoning.

Nihonu oshkoro men sanga yor,
Sening ag`yor ila rozi nihoning.

Muhiblar birla har tun bizdin ayru
Qadahlarkim chekarsen, no`shi joning.

Vale vahm ayla andinkim chekib voy,
Damodam qon yutar bir notavoning.
Ajab la`lesen, ey ashki jigargun,
Ajab yo`qkim, erur g`am tog`i koning.

Kular, ey bog`bon, har g`uncha, go`yo
Ki g`ofildur xazondin gulsitoning.

Navoiy ishq vodiysig`a kirdi,
Xatarliq yo`ldurur, ahbob, yoning.

                                 374

Rahm etib, ey do`stlar, majruh ko`ksumni yoring,
Qo`l yolang aylab solib, har yon ichimni axtaring.

Uchrasa yuzi qaro ko`nglum tutub, tortib, urub,
O`tqa solib, o`rtabon, jonimni andin qutqaring.

Ketgan ersa choklik ko`ksum tikib, voqif bo`lub,
Kelsa bu jonib, sinonlar birla sanchib qaytaring.

Chun  o`larmen yorni istang,  boshimg`a  kelmasa,
Bosh yolang aylab, qo`yub tufrog` uza yuz, yolboring.

Kelsa, ayturda oshuqmangkim, farahdin o`lmayin,
Nuktadonlig` birla ul so`zni qoshimda o`tkaring.

Boshima yetsa, chu o`lgumdur necha faryod etib,
Bir nafas tengri uchun har qaysingiz bir yon boring.

Gar muyassar bo`lmasa bu ish, Navoiy xastani
Qo`ldabon yo sudrabon mayxona sori boshqoring.

                                   375

Rafiqlarni borin yoru mu`tamad qilding,
Aroda tek meni mardud edimki, rad qilding.

Falak jafosi, ulus ta`niyu firoqing o`ti
Bas ermas erdiki, sen ham yana madad qilding.

Kechib jahon bila jondin seni dedim, jono,
Magarki qatlima bu jurmni sanad qilding.

G`araz chu o`lmagim erdi, bar erdi lutfung ham,
G`azab ne erdiki, ey sho`xi sarvqad, qilding?

G`amingni chekkali yolg`uz ko`ngul edi ojiz,
Ki tig`i furqat ila oni yuz adad qilding.

Chu baxt axtari Sa`d o`lmadi, ne sud, eykim,
Sipehr zijini hal qilg`ali rasad qilding.

Navoiy, yor ne javr etsa, jong`a minnat qo`y,
Azalda chunki bu da`voni to abad qilding.

                               376

Bir xabar ber, ey sabo, sarvi ravonimdin mening,
Kim kuyar jon loladek sarvi ravonimdin mening.

Nogahon fikr aylasamkim, ne kishidin ayrumen,
Men bilurmen ne kechar ul lahza jonimdin mening.

Za`fidin, voykim, unumni fahm qilmaydur tabib,
Gar burun bemor edn xulqi fig`onimdin mening.

Bir nasimekim kelur ul soridin, so`rdum xabar
Ko`ngul otlig` bir g`aribe notavonimdin mening.

Nosiho, kuygan yurak islang`ali qilmas nihon,
Xud sabo anglatmish elni dostonimdin mening.

Sanchilur har soridin yonimg`a hijron xanjari,
O`q kibi ul qoshi yo to bordi yonimdin mening.

Ey Navoiy, maqbarimdin bosh chiqorg`on loladek,
Dog`i ko`nglumdin meningdur, rangi qonimdin mening.

                                377

Base dard berdingu davo qilmading,
G`amu ranjim anglab, shifo qilmading,

Base va`da berding qilay deb vafo,
Xamin va`da qilding, vafo qilmading.

Gunahsizki, hajr o`qi otting menga,
Xato erdi, ammo xato qilmadiig.

Visolingda ko`nglumni tindurmading,
Firoqingda to mubtalo qilmading.

Ko`ngul birla jonni ham etting asir,
Bu shiddatni yolg`uz mango qilmading.

Yaqin istamak dast agar bermadi
Yiroqtin dog`i marhabo qilmading.

Navo birla garchi hech kimsani
Navoiy kibi benavo kilmading.

                                 378

Yuzung oq, ey g`amki, ashkim rangini ol aylading,
Jon fidong, ey dardkim, jismimni poymol aylading.

Holatim xalq anglamas, yo rab, sen-o`q rahm aylagil,
Chun g`ame berdingki, ayturdin tilim lol aylading.

Sen tarahhum qil, xudoyo; bu qotig` holatdakim,
Meni zoru dilbarimni forig`ul-bol aylading.

Safhayi ruxsor uza xatkim chiqarding fitnadur,
Fitna uzra nuqtalardurkim, otin xol aylading.

Sharhi ishqing yozg`ali jismim quruttung xomadek,
Har taraf jon rishtasin ul xomag`a nol aylading.

Vah, ne hol erdiki, majlis ichra la`ling jomidin
Elni xushhol etting, ammo bizni behol aylading.

Elga javlon ichra solding tiyg`, yuz ming voykim,
Har qachon yetting Navoiy sori, ihmol aylading.

                                    379

Ne hush ummidekim, uryon nigun qad birla ursam tak
Parilarg`a junun tumoridur bo`ynumda silkinchak.

Teri jismimda har yon toza dog`u qon ila go`yo
Qazo Majnung`a tikmish  lolalar  yafrog`idin ko`nglak.

Yaro ko`zlar bo`lub tanda ru bo`ldi xira ul yuzdin,
Yasabmen har taraf eski fuganlar shaklidin aynak.

Yulub par jon qushidin, oh paykonin yig`ib ko`nglum,
O`qung sing`anlarin go`yo yasar afg`on uchun novak.

Nazar solsa yuzungdin o`ziga yuzga ko`zni ko`r aylay,
Qilibon tiyg` ila mardumni oning nuqtasidek hak.

Havo qilg`onda zulfung halqa domidin ko`ngul bildim,
Bu qushning ham ayog`, ham bo`ynida mahkam emish ilmak.

Izin yerdin ketar deb asradim raglar kibi ko`zda,
Olib jon rishtasi birla ayog`i o`rnidin o`lchak.

Falak zarfin to`la berdi qazo ul oy mayi ishqin,
Bu maydin bizga, vahkim, tegmadi bir qatradin ko`prak.

Liqo mumkin esa uchmoq-tomug`din qochmakim, bo`lmas
Kishiga hech maqsude muyassar chekmayin emgak.

Chu bo`ldum ishqida foniy, hadisin so`rmangiz mendin,
Ki qolmas zikri zokir bo`lsa mazkurinda mustahlak.

Tilarsen o`zlukungning Juzv-Juzvin munfak etkaysen,
Navoiy nazmining juzvini qilg`il juzvi loyanfak.

                                      380

Hajrdin ko`zumga  olamni qarong`u aylading,
Umrdin ko`z yumg`anim ul tunda uyqu aylading.

Jonu ko`nglum muddate sargashtadur ko`yung aro,
Boshlarin aylandururg`a buyla jodu aylading.

Holima qolur taajjubdin el og`zi ochilib,
Yo`qsa ahvolim jahon aqlig`a kulgu aylading?

Ashki siymobiymudur hajringda yo ko`z oqini
Hal qilib, ko`zdin ravon ul nav`kim su aylading.

Qoldi mahmizingdin oy yuzinda, ey chobuk, nishon,
Go`yiyo javlon kuni oni tepingu aylading.

Shohidi davrong`a go`yo, ey tarab mashshotasi,
Bodani gulgunavu sog`arni ko`zgu aylading.

Eyki, aytureen zamon ahlig`a yo`q ermish vafo,
Oni ma`lum, ey Navoiy, bu zamonmu aylading?!

381

Yuzung ochib, ne ajab, yuz xonumonni o`rtamak,
Kim bo`lur bir sham` o`ti birla jahonni o`rtamak.
 
Chun ko`ngul sayd aylading, jismimg`a o`t solmoq nedur?
Rasm bo`lmas qushni olib, oshyonni o`rtamak.

Za`fliq jismimni o`rtab bo`lma  ohimdin malul,
Xosiyat juz dud ne bo`lg`ay samonni o`rtamak?
 
Bil shafaq o`tiyu anjum uchqunidin g`am tuni,
Kim qilibtur mayl ohim osmonni o`rtamak.

O`rtadi ko`nglum tan ichra o`qlaringni uylakim
Tushsa o`t-ul nav` bo`lmas  naysitonni o`rtamak.

Xalq o`lub oshiq sanga, men o`rtanurmen, vah, necha
Elga solg`an o`t bila men notavonni o`rtamak?!
 
Charx ohim o`qidin yuz ming to`shukdur, ey ko`ngul,
O`rtamak joni hamuldur parniyonni o`rtamak.

Ne uchun kul bo`ldi o`t, ashjor o`tun, sunbul tutun,
Istamaydur gar falak bu bo`stonni o`rtamak?

Solma o`t ushshoq jonig`a Navoiy borida,
Ne uchunkim yaxshidur avval yamonni o`rtamak.

                                   382

Yo rab, ul oyniki el ko`ngliga marg`ub aylading,
Garchi ishqidin xarob etting meni xo`b aylading.

Shoh esam ishq ahlig`a, tong yo`qkim, ey gardun, meni
Ul jamol ahli shahi ishqig`a mansub aylading.

Ne ajab, boshtin-ayog`im dard bo`lsa, ey qazo,
Kim nigorimni qadam to farq mahbub aylading.

Telbarab ermishden, ey roqim, hamul kundin beri,
Kim jununumni parizodimg`a maktub aylading.

Tuhmati zuhd aylabon, ey shayxi kozib, ne uchui
Begunah bizni xarobot ichra ma`yub aylading?!

Jon berib o`lsam ajab yo`q tolibing, ey ishqkim,
Har ne matlubidur oning, bizga matlub aylading.

Ey Navoiy, o`zni solding itlari xayli aro,
Itni go`yo odamiy xaylida mahsub aylading.

                                 383

Istab ul butni xirad belida zunnorin ko`rung,
Bir kaloba ip bila Yusuf xaridorin ko`rung.

La`lu xoli naqshi jonda, tanda qonu toza dog`,
Zohirimda botin ahvoli namudorin ko`rung.

Zor jismim chirmashur ul oyg`a yozg`an nomag`a,
Vasl umididin bitikka chirmag`on torin ko`rung.

Za`fliq jismim egildi kasrati paykonidin,
Bu yig`ochning, shoxini xam aylagon borin ko`rung.

Umr davrining baqosin bilmaganlar, har taraf
Suvda yomg`ur nuqtasining davri pargorin ko`rung.

Eyki, ko`rmaysiz bino ahli fano tufrog`ig`a,
Soyasida men bo`lur vayrona devorin ko`rung.

Demangiz, hajr asru zaxm etmish Navoiy jismini,
Jismida zaxmicha yuz jonida ozorin ko`rung.

                                   384

Rahmsiz bo`lg`ay ko`ngul kuffori Xaybar ko`nglidek,
Mumkin ermas bo`lmoq ul sho`xi sitamgar ko`nglidek.

Kesti atfoli g`aming ko`nglum uza na`l uzra na`l,
Onchakim bo`ldi hazin ko`nglum sanubar ko`nglidek.

Ko`nglum ul xat shavqidin yuz zahmlik jism ichra bor
O`t ichinda anbar etgan dudi mijmar ko`nglidek.

Necha zaxm etsang qiziq ko`nglumni, o`ttur qon emas
Humratekim anda zohir bo`lsa axgar ko`nglidek.

Garchi Layli mahmilidin nola ko`p chekkay daroy,
Savti muhlik bo`lmag`ay Majnuni muztar ko`nglidek.

Mujda, dayr ahliki, soqiy aksi ermish jilvagar,
Dar kishi bersa safo ko`ngliga sog`ar ko`nglidek.

Hajr tiyg`idin Navoiy qoru zaxmin, ko`rki, bor
Ko`ngli mamlu jismidek, jismi sarosar ko`nglidek.

                                       385

Samandi noz uza ul chobuki balog`a boqing,
Pari  boshinda malak parridin o`tog`a boqing.

Nechukki qavsi quzah davri mehr aksi erur,
Topib ham egnidin aylang`on ikki yog`a boqing.

Sadog`i jonibikim ilgiga sinon tutmish,
Yuz o`q yiloniyu bir qotil ajdahog`a boqing.

Agar bu o`qu sinon urmog`in inonmasangiz,
Ochib tanimni, adaddin fuzun yarog`a boqing.

Bu shakl birla jahon buzmog`i yaqin gar emas,
Ulusda har taraf oshubu ibtilog`a boqing.

Bu bog` gullarini yerga sochmayin qo`ymas,
Xazon yelini ko`rung, charxi bevafog`a boqing.

Navoiy o`ldi jamol ahlidin vafo topmay,
Ne bo`ldi bir nazar ul zori benavog`a boqing.

                                    386

Xayoling husnig`a ko`nglumda ziynat bersa hijroning,
Erur gulguna qon, mashshota ishqu ko`zgu payqonnng.

Jafo sarlavhida qildi alif mashqi ko`zung` yoxud
Alifdek jong`a nesh urmoqqa saflar chekti mujgoning.

Labing xat zohir etti, Hizr umri bersalar o`lgum,
Xususankim, Xizrg`a hamdam o`lg`ay obi hayvoning.

Tushumda vasli erdi, ey ko`ngul, yo rab, balo ursun
Sangakim, meni uyg`otti ajab holatda afg`oning.

Dimog`i yo`q mushavvash bo`lmag`in, go`yoki butratmish
Jahon bog`ida savdo sunbuli zulfi parishoning.

Necha yog`dursa g`am toshin firoq atfoli, ey Majnun,
Ne g`am bosh uzra Layli borgohi bo`lsa qalqoning.

Qafas qaydidadur bulbul, bukim vayrona tutmish chug`z,
Vafosi yo`q ekanni bildi go`yo ahli dunyoning.
 
Bu bazm ahli nifoqidin toriqmish ko`nglum, ey soqiy,
Ezib behushdoru, tut manga yetganda davroning.
 
Navoiy, hajrida ne nav` seli ashk oqizdingkim,
Visoli bo`ldi chun mumkin, o`targa yo`qtur imkoning.
 
                                   387

Shikof emas buki ko`ksumga soldi tiyg`i halok,
Ki joni xasta g`amingdin yaqosin ayladi chok.

Ulusg`a o`t solur ersang meni burun o`rta,
Nedinki o`tni tutashturg`ali kerak xoshok.

Nekim boshimda edi uchti, yetgach ul chobuk,
Yonig`a bog`lasa bori uzilmag`ay fitrok.

G`amingni elga berib, yo`qki bizni shod etting,
Ki elni shod etibon, bizni aylading g`amnok.

G`amingdin ohim o`qi yetti charxdin o`tti,
Nishon erur yeti kavkabki ko`rguzur aflok.

Ko`ngul o`ti bila zaxmin ko`rub ne rahm etgay,
O`zin chu dog`u alifdin ayomas ul bebok.

Tikanda gul ochilur, andalib yanglig` anga,
Ki ishqi o`lsa tabiat xiyonatidin pok.

Ich ul bihisht suyin mug` safolidinkim, aql
Tomug` o`tidin aning rangin etmagay idrok.

Navoiy ichti mayu forig` o`ldi o`zlugidin,
Ko`rung, ne zahrni daf` ayladi ichib taryok.

                                 388

Ko`ngulki, hajr tuni qo`ymadi qarorin aning,
 Munung ham ohi qaro etdi ro`zgorin aning.

Visol gulshani birla ko`p o`lmag`il mash`uf,
Xazoni hajr chu barbod etar bahorin aning.

Tutub nishotu tarab chang zulfin etma surud,
Ki bir-bir uzgusi g`am changi tor-torin aning.

Qadah nishoti uchun davr ichinda qon yutqon,
Chekarga, bilki, garm aylamas xumorin aning.

Sipehr kom ila evrulmasa, hazin bo`lma,
Kishiga bermadn chunkim haq ixtiyorin aning.

Agar baqoyi abad istasang, fano yo`li tut,
Yorut ko`zungni qilib to`tiyo g`uborin aning.

Navoiy, ul kishi topti farog` olamdin,
Ki himmati ko`zi teng ko`rdi yo`qu borin aning.

                                     389

Ko`ngulkim, har yonig`a na`l kestim bo`lg`ali zoring,
Qushedur tallaning chanbarlari ichra giriftoring.

Ulus qatlidin ul ko`z notavonroqdur, ne hol erkin,
Ki jon olg`an bila mayl aylamas sihhatqa bemoring.

Yuzu zulfung chu din qasdiqilur, kofir desam tonma,
Demon yuz uzra zulfung, balki mushaf uzra zunnoring.

Ko`zi ollida, ey bodom, qilding ishva da`vosin,
Magar kirpiklaridindur nishoni jismi afgoring.

O`zungni sotmog`ingda husn savdosidin, ey Yusuf,
Habibim yetsa erdi, ne ushalg`oy erdi bozoring.

Yuzung gulgun bo`lubtur bodadin, vah, ko`zguga boqkim,
Ne yanglig` toza-toza gullar ochmish bog`i ruxsoring.

G`amim ayturg`a yore topmag`ondin, soqiyo, o`lgum,
Manga bir jur`a birla yorliq qilsang, xudo yoring.

Agar rangin may ichsam, ey qazo naqqoshi, yozg`urma,
Ihota qilmag`on ish qo`ymamish chun davri pargoring.
 
Navoiyni adam vodiysig`a soldi fano seli,
Iturganlar ani, ul selning, xoshokin axtoring.

                                      390
 
Elga ishqidin g`araz mehru vafosidur aning,
Gar meni o`ltursa, maqsudum rizosidur aiing.

Bo`lmas ul begonavash chun oshno, bo`l, ey ko`ngul,
Bir kishiga oshnokim oshnosidur aning.

Novaki zavqi ko`zumdin chiqmasun deb, zaxmini
Qiyr ila tuttum, sog`inmangkim, qarosidur aning.

O`qi sufori ko`ngulda gar qizardi, ne ajab,
Kim bag`ir pargolasi har dam, g`izosidur aning.

Sabr xaylin ko`nglum o`z girdinda qo`ymas, go`yiyo
Kirpiku qoshing xayoli o`qu yosidur aning.

Dahr bo`stonida bukim chok erur gul ko`nglagi,
Bulbul ahvolig`a go`yokim azosidur aning.

Shod o`lubtur faqr kuyida Navoiy uylakim
Saltanat farshi gadolig` bo`ryosidur aning.

                                   391

Kimga bir majlisda ohu dard ila so`ze kerak,
Mundoq o`t yoqmoqqa avval majlisafro`ze kerak.

Majlisafro`ze agar ham bo`lsa, majlis ahlining
Bag`rini kuydurgali ohi jigarso`ze kerak.

Subhi vasling ichra tirguz xayli ushshoqingnikim,
Shomi hajr, o`lturg`ali mendek siyahro`ze kerak.

Ko`yungga har kun borib har dam ko`ray dermen seni,
Menga har kun bayramu har lahza navro`ze kerak.

Yaxshi asra g`am tuni ohim o`qin, ey charxkim,
Sen ivaz otmoqqa ham chun tiyri dildo`ze kerak.

Bir Xizrvash himmatin berma ilikdin, negakim
Dashti hirmon qat`iga oxir qalovuze kerak.

Ishq ta`limin Navoiydin olurlar ahli dard,
Uyla dars ahlig`a mundoq donishomuze kerak.

                                        392

Yana, ey ishq, guli ruxsorin oshubi chaman qilding,
Hazin bulbul tanig`a har paridin bir tikan qilding,

Ko`ngulni telba aylab, qaydig`a har yon oqar suvdii
Chaman zanjiri gisusinda yuz chinu shikan qilding.

Sahob atfoli jola toshlarin yog`durg`ali, ey gul,
Pari yanglig` zuhur aylab, junun bulbulg`a fan qilding.

Rayohin xaylini chekmakka yer zindonidin go`yo,
Bulut ayyoridin har qatra torin bir rasan qilding.
 
Niholi gul nishiman gulshan etting go`yi, ey bulbul,
Firoq ichra tikandin bistaru xasdin vatan qilding.

Yuzung sham`ida shabnam, yo`qsa terdur, soqiyo, vahkim,
Ul anjumdin shabiston ichra qatli anjuman qilding.

Chamanda mast yeldin, vahki, har yon xam bo`lur guldek
Zamone jilva aylab, bizni rasvoyi zaman qilding.

O`luk deb ujbdin zohid anga xilvatni go`r aylab,
Hamono pardayi pindorin, ey  gardun, kafan qilding.

Navoiy qayda g`am   seyli yaka ko`nglung uyin buzg`ay,
Ki aylarda imorat anda balchig` durdidan qilding.
 
                                       393

Shomi hajrim ko`rdung, ammo zulm tarkin tutmading,
Va`dayi sham`i visol etting, vale yorutmading.

Gavhari vasling ilik bergay deb ashkim bo`ldi bahr,
Chunkim ul daryo aro g`arq o`ldum ilgim tutmading.

Vasl no`shidin ko`ngulni qilmading bir lahza xush,
Hajr zahri biymidin yuz katl to qo`rqutmading.

Donayi ashkimgakim rom o`ldi hijron qushlari,
Ey ko`ngul, bir kun fig`oningdin oni o`rkutmading.

Otashin gul g`unchasidek o`rtading ko`nglumni, lek
Ochibon, oni nasimi vasldin sovutmading.

Xasta ko`nglumkim g`amu xunoba qilding qismati,
Bu g`izovu sharbat ul bemordin o`ksutmading.

Bodayi vaslin g`animat tut, Navoiy, zinhor,
Kim ne qonlarkim, bu gulgun suvni istab, yutmading.

                                    394

Chamanda chehra furug`i uchun qadah olding,
Ne achig` erdiki gul xirmanig`a o`t solding.

Ajab yo`q, ashking agar yummayin oqar, ey ko`z,
Ki yor boqmayin o`ttiyu sen boqib qolding.

Samandi po`yasidin sarsar urg`on o`t yanglig`,
Ne holat erdi sanga, ey, ko`ngulki, qo`zg`olding.

G`amim yukin ko`tarib, ey sipehr, hajr tuni
Chu qilmading harakat go`yi asru tavsholding.

Dedim taronae jonbaxsh, mutribo, sen xud
Firoq sozi tuzub, o`lturur ko`ki cholding.

Visol gulshanin, ey jon qushi, ko`p istarsen,
Bu domgah aro go`yoki asru qiynolding.

Fano yo`lida Navoiyg`a bo`lmading hamrah,
Bu dasht po`yasidin, zohido, magar tolding?!

                                       395

Donayi xoling bila ko`nglum qushin rom ayladshg,
Gardi Yazdiy me`jaring din qasdig`a dom aylading.

Sabzavu gul istamon to vo`smavu gulgunadin
Qoshni aylab sabzagun, orazni gulfom aylading.

Husn bog`ida qading bo`lmish latofat gulbuni,
To`nni gulgun, tugmani to g`unchaandom aylading.

Qomatim dolu yoshim gulrang erur, to noz ila
Dolugul yetgan nihole uzra orom aylading.

Yuz uza ochting soching zunnorin, ey kofir, magar
Fosh etib kufrungni qasdi ahli islom aylading.

Tongla jannat huridin kech, ey ko`ngul, nokom ila
Gar bu kun dunyo arusi vaslini kom aylading.

Ey Navoiy, zulfig`a bo`ldung parishon oqibat,
Yaxshi jam`iyat bu savdodin saranjom aylading.

                                        396

Zulfekim, bog`liqdurur har jonga bir tori aning,
Tandin el jonin, ajab yo`q, cheksa raftori aning.

Tiyg`i zaxminkim tikarmen,  sihhatim ermas g`araz,
Chiqmasun dermen hazin ko`nglumdin ozori aning.

Dona-dona xol ila g`unchangni istab, ko`rki, bor
Toza-toza dog` ila ko`nglum namudori aning.

Lablaring shavqida o`lgan halqdin ko`yunda zog`
To``ma aylabdurki, bo`lmish la`l minqori aning.

Mumkin ermas ul pari majnunig`a hush, ey hakim,
Kim junun xattidurur bo`yninda tumori aniig.

Ey musulmonlar, fig`onkim, kofire ko`nglumdadur,
Kim emas jon rishtasidin o`zga zunnori aning.

Tashnamen, soqiy shafaqgun may to`la tut sog`are,
Kim falakni nuqta qilg`ay davr pargori aning.

To quyub og`zimg`a andoq sipqoray ul maynikim,
Qolmasun ul nav` sog`ar ichra osori aning.

Ayta olmon, asray olmon ishq sirrin, ohkim,
Sa`b erur ixfosiyu mushkildir izhori aning.

Ey Navoiy, fard bo`l vasl istasangkim, xalqdin
Har kishikim yorlig` uzgay, xudo yori aning.
 
Mujda, ey tolibki, yerdin olmog`i mumkin emas,
Bir qadam matlub boshqarmay talabgori aning.

                                     397
 
Dudi ohimning quyundeq pech ila tobin ko`rung,
Tiyra hajrim oqshomining bahri girdobin ko`rung.
 
Qushkim ul oydin kelturmish noma, har tirnog`idin
Choklar bo`lg`on ko`ngul elturga qullobin ko`rung.
 
Hinduyi sohirdurur davri zanahdonida xol,
Tavqi g`abg`ab shaklidin bir aksi mehrobin ko`rung,
 
Ishq o`ti tug`yonidin jonimki bulmish tashnalab,
Daf`ig`a ul oyning ikki la`li serobin ko`rung.

Olmag`on bo`lsa chuchuk jonim labi birla ko`zi,
Ham shakarxandig`a boqing, ham shakarxobin ko`rung.

Soliki mahrumkim, matlubidin to`lmish jahon,
Olloh-olloh, jonin o`rtar dardi noyobin ko`rung.

Yor ko`yin istay o`zlukdin Navoiy bo`ldi fard,
Ka`ba ihromig`a iste`dodu asbobin ko`rung.

                                   398
 
Latofat oyi ul yuz shomi savdo sunbuli tobing,
Soch uzra gardi Yazdiy me`jar ul shom ichra mahtobing.

Ko`ngullar xaylig`a xush-xush kirarga shohroh o`lmish
Tarog` chekkan zamon yo`l-yo`lki bo`ldi sunbuli tobing.
 
Bezarda orazing mashshota hayvon chashmasi ichra
Tushub gulguna gulgun qilmish, ermas la`li serobing.

Ipaklarkim eshipsen jismlar zaxmi uchun go`yo,
Muqayyad qilg`ali jonlar qushin ham uldur asbobing.

Ulusni sajdag`a targ`ib etarg`a Xizri rah bo`ldi,
Demasmen vo`smaliq qoshingki, miynorang mehrobing.

Uchi xam igna birla ko`z duosi boshqa osqondin,
Yomon ko`z tegmasun, ul bo`ldi men chekmakka qullobing.

Keturgil raz qizi. soqiy, mug`anniy, nag`mae tuzgil,
Ki ul ko`ktin keturgay  Zuhrani afg`ang`a mizrobing.

Tunu kun jilva qilma, ey arusi dahr, bilmishmen,
Ki mehnat subhi o`lmish qoqumung, g`am shomi sinjobing,

Navoiy, ofiyat istar esang, qo`y dahr zolinkim,
Harif ermasdur ul makkorag`a bu jismi betobing.

                                     399

Zihi quti hayotim hajr muhlik dardida yoding,
Agar lutfungg`a loyiq bo`lmasam, yo`qturmu bedoding?

Manga lazzat sening zikring, manga quvvat sening fikring,
Manga ishrat sening vasling, manga toat sening yoding.

Agar xurshidi raxshon orzu qilsam guli ro`yung,
Magar to`biyi jannat mayli etsam sarvi ozoding.

Bag`ir qonin labolab aylagan oshom iki la`ling,
Ko`ngul saydin damodam bismil etgan ikki sayyoding.

Ulusni tirgizur qatl aylamakdin obi hayvoning,
Va lekin o`lturur qatl aylamasdin bizni jalloding.

Muhiqdur, ey ko`ngul, bukim ul oy faryodingga yetmas,
Ki yolqibdur nedinkim, yetti ko`p ul oyg`a faryodnng.

Demon devona, balkim dev o`lubmen ul pari ruxdin,
Ne tong, ey shayx, aks etsam taxayyul barcha irshoding.

Ulusqa sofiyi ishrat tutub, ey soqiyi davron,
Hamono zahri mehnatni mening jonimg`a asroding.

Navoiy, Ka`bayi maqsud sori gar qadam qo`ysang,
Tajarrud basdurur hamrohingu beto`shalig` zoding.

                                         400

Chamanda sarvinozim jilva qilmoq aylamas ohang,
Jahon bo`stonidin, billah, bo`lubmen g`unchadek diltang.

Mizojikim tilar xilvat, xudoyo, bo`lmasun ofat,
Bihilmen gar qilib ishrat, ichar maxfiy mayi gulrang.

Yashil yafrog`liq ashjor emas hajringda, ey dildor,
Ki ohim tafidin gulzor mir`oti tutubtur zang.
 
Solibtur chorbolish gul, tutubtur chorgah bulbul,
Ne sud, ul shah ichay deb mul musharraf aylamas avrang.

Malolat bo`lsa jononda tikancha bordurur jonda,
Agar har gul gulistonda ko`runsa bir harifi shang.

Bu gulshanda guli ra`no to`kulmak vahmidin go`yo
Jamolin kech qilur paydo dema, bulbuldin aylar nang.

Navoiy ko`rmayin oni yetibtur og`zig`a joni,
Magarkim qilg`ay afg`oni  gahi ul gul sori ohang.