www.uz
G`AZALLAR

                                401
 
Chamanda sabza manga xanjar o`ldi, sarv xadang,
Ko`ngulni olg`ali ul sarvqaddi sabzarang.
 
Agar gul islamas ul ko`rkaboy, hayrat emas,
G`aniydurur, to`ni yuz pora eldin aylar nang.

Ko`tarsa mahmili husnungni charx buxtisi
Iki yonida munosibdur oyu kundin zang.

Nafas-nafas qadah ichmasni jazm etarmen, lek,
Netayki, ishva qilur lahza-lahza soqiyi shang.

Sinuq safol nla vayron aro gado Jam erur,
Ul ang`a jomu bu Jamshid bog`lag`an avrang.

Bu bazm ichinda navo ul toparki, xizmatda
Qadi xam o`lsa dog`i ko`ngli holi uylaki chang.

Badan anosirining chorgohin et xorij,
Navoyiyo, desang` aylay falak sari ohang.

                                      402

May bila mayxonaning xishtnya tosh uzra hal qiling,
Chun xumoridin sudo` o`lea, ani sandal qiling.

Har ne qolsa suda bo`lg`on xishtdin ta`zim uchun,
Ip toqib har jonibidin bo`ynuma haykal qiling.

Ey xarobot ahli, soqiy orazi aksi uchun
Sof qilmog`lig` bila may ko`zgusin sayqal qiling.

Mug`bacha ollida chun bo`ldi sujud etmak ishim,
Mayg`a marhun qilsangiz, sajjodani avval qiling.

Sahl erur jon naqdini soqiy uchun qilmoq nisor,
Lek bir paymona to`ldurmoq bila ashal qiling.

Mastu majnun chiqmisham mayxonadin, ey sho`xlar,
Komingiz gar hazl esa, iynak meni mahzal qiling.

Ko`yidin quvlgan havoru aqlni ey dardu ishq,
Anda sargardon Navoiyni vale ankal qiling.

                                       403

G`am toshin jismimg`a paykoning bila band aylading,
Ul samarnn bu yig`ochqa parkpayvand aylading.

Chun shakar shirinlik izhor etti la`ling ollida,
Demayin, qilding tabassumkim,  shakarxand  aylading.

Elga ishrat bodasi tuttung yoyib xoni visol,
Vahki, bizni qon yutub g`am yerga xursand aylading.

Istamas bo`lsang meni bulbul kibi shaydo, nedin
Yuzni gulgun boda birla gulga monand aylading?

Qilding ul yuz jannatidin ayru bu ko`z mardumin,
Odamu har sori yoshin anga  farzand aylading.

Dahr bog`ining gulida yo`qturur bo`yi vafo,
O`zni, ey bulbul, agar parkand-parkand aylading.

Ey pari, debsen Navoiy bor emish Majnun kibi,
Bir yo`li ul telbani qaydga xiradmand aylading?

                                     404
 
Ey mug`anniy yor bazmida navo soz aylasang,
Jon fidong o`lsun g`amim sharhidin og`oz aylasang.
 
Uddek kuymakligim sharh eg lisoni hol ila,
Nag`mada udung lisonin sehrpardoz aylasang.

O`zga olamdin xabar deb bizni tirguzdung, ne tong,
Bu risolat birla gar izhori i`joz aylasang.

Rozim ar sozing lisonidin ba`idul-fahm esa,
Anga ruhafzo unungni dog`y hamroz aylasang.

Otlanib, boshimni raxshingning ayog`i ostig`a
Tiyg` birla solg`udek masti sarandoz aylasang.

Parda yop roz uzravu doxil bo`l ushbu bazm aro,
Kim erur xorij agar beparda ovoz aylasang.

Chekmading lahne Navoiy ko`nglun istab, ayb emas
Anglab o`zungni navo ahlig`a shah, noz aylasang.

                                     405

Ishq o`tidin qismatim dardu balomu qilmading?!
Dudi birla xonumonimni qaromu qilmading?!

Kuymagimga barqn ofat qilmadingmu ohni?!
O`lmagimga ashkni seli balomu qilmading?!

Zulm tig`idin tanimni etmadingmu band-band?!
Furqatingdin band-bandimni judomu qilmading?!

Dema, ey ko`zkim, ne qildim, gar seni ko`r istasam,
Bir boqib, yuz ming balog`a mubtalomu qilmading?

Ey ko`ngul, holimni qilding arzu afzun qildi zulm,
Bilmadingmu, yo bilib yaxshi adomu qilmading?!

Shikva qilsoq sendin, ey gardun, ravo ermas dema,
Bizni bekom aylab, el komin ravomu qilmading?!

Bahri ishq ichra, Navoiy, oshnolig` topmading,
To bu bir ko`zni Aras, ul birni Omu qilmading!

                                       406

Ey ko`ngul, yer-ko`k asosin asru bebunyod bil,
Ul kesakni suvda ko`r, bu safhani barbod bil.

Jism uyi chunkim erur faniy, tafovut yo`q, ani
Gar fano selobidin vayronu gar obod bil.

To`rt unsur qaydidin to chiqmag`aysen, naf` emas
Osmoniy to`rt daftarni tutaykim yod bil.

Eyki debsen, haqni ne ta`rifu vasf ila bilay?
Vasfdin mustag`niyu ta`rifdin ozod bil.

Tengri zikrikim, maloyikka g`izoyi ruh erur,
Bu g`izoni haq yo`lig`a kirgan elga zod bil.

Gar habibim qilsa izhori kalom, ey piri dayr,
Isiyi Maryamni ul dam gungi modarzod bil.

Mantiqi ishq ichra oshiqil tasavvur ayla nav`,
Fard bo`lg`onlarni bu yo`lda anga afrod bil.

El oyog`iga tushardin boshqa chiqmoq rasmini
May kuhanpiridin ushbu dayr aro irshod bil.

Ey suluk ahli, qachon maqsud topqumdur desang,
Mosivallohni fano ko`rgan kunin miyod bil.

Eyki debsenkim, bilay tavhid sirridin xabar,
Shar`din nekim tajovuz  ayladi, ilhod bil.

Do`st vaslin topmog`on dunyovu uqbodin kechib,
Ushbu dardingg`a Navoiy holin istishhod bil.

                                       407

Og`zidin chiqqan hadisi nfuku ranginni bil,
La`l suftidin chiqorg`on rishtadur rangi qizil,

Bir zabona har yaramda so`zi ishqingdin erur,
Ko`nglum o`ti sharhiga ochqon og`izlar ichra til.

Ey ajal, ko`yida boshim qil og`irkim, aylamish
Hajr ashkim selin ildam, za`f jismimni yengil.

Qon yosh ichra g`arqadur jismim, chiqar, ey mug`bacha,
Ko`rsang andoqkim olursen la`lgun may ichra qil.

Xo`blar har dam o`tar sensiz qoshimdin, vahki, bor
Har nafas hajring manga bu oylar o`tgan birla yil.

Sarsaredur har daming maqsud izin gum qilg`ali,
Gar bu vodiy ichra g`aflat birla yuz ming yil tiril.

Ey Navoiy, faqr tufrog`ig`a ko`p to`ktung sirishk,
Gar tilar bo`lsang fano ham anda-o`q emdi yiqil.

                                       408

Aningdek mastmen day subhikim, bu mushkil ermas hal,
Ki mayliq shisha qo`yg`on shiradur yo shu`laliq manqal.

Quyoshdek titramak daf`in sahargah orzu qilsang,
Quyoshdek jomni titrab sumurmak farz erur avval.

Munungdek faslkim, tun mushkini charx etti kofuriy,
Sabuhiy maydin ulkim bo`lsa loya`qil erur a`qal.

Sudo`im g`olibu gulgun mayimni muhtasib to`kmish,
Topib oldimg`a ul balchig`din-o`q surtay qizil sandal.

Sovug` yo tiyra ersa day sabuhi, ista ravshan may,
Netarsen mehr o`tidin shu`la yo oy nuridin mash`al?

Xush o`l maxmurlug`din tiyra ko`zkim, ochqach-o`q bo`lsa
O`shul ko`zguga soqiyning hiloliy qoshidin misqal.

Mahosin subhdin bog`lab, sochar o`t og`zidin gardun,
Sabuh ahli, nishot aylangki, topmishsiz ajab mahzal.

May ichra aks erur soqiy yuzidin, anglamon, yoxud
Ko`zum nazzoradin to`rt o`ldi, yoxud bo`lmisham ahval.

Quloq har so`zga solma istasang ishq ichra rasvoliq,
Ki voiz ko`p chekib faryodu nosiq ko`p degay muhmal.

Muyassardur, Navoiy, yor vasli xilvate topsang,
Ki ya`ni bo`lmasa ul xilvat ichra o`zlukung ankal.

                                     409

Yuzungni ko`rdum, emdi ko`zlarimni bog`la, ey qotil,
Ki nogah bo`lmag`aylar o`zga yuzni ko`rgali moyil.
 
Kitob avroqidek bo`lg`ay musattah qolmayin davri
G`amim toshig`a bo`lsa bir nafas to`quz falak homil.

Meni bedilning ohin o`kmakim, olamni kuydurdi,
Hanuz ermas ko`ngulning shu`lasi bu o`t aro doxil.

Tanimda kul emas gulxan nishoni telbalikdinkim,
Kul o`ldum o`rtanib ishqing o`tidin, lek sen g`ofil.

Labing shavqi ko`nguldin xalq  ta`n aylab qachon ketsun,
Sabodin g`unchaning hargiz bo`lurmu humrati zoyil?

Nedur oy safhasi bo`lg`on qarodin dog`liq, go`yo
Jamoling daftarin yozg`onda bo`lmish bir varaq botil.

Mening jurm ichra uzrum shayxning zuhd ichra ujbidin
Batardur, do`st lutfi holima gar bo`lmasa shomil.

Fig`oni o`qidin bulbulning, ey gulbun, hazar qilkim,
Tikan paykonig`a gul javshani hargiz emas hoyil.

Navoiy qullug`in faqr ahlining piri qabul etsa,
Erur bir banda ozod aylagan yanglig` shahi odil.

                                     410

Hajr o`tig`a istasang yoqilmag`aysen, ey ko`ngul,
Yordin zinhorkim ayrilmag`aysen, ey ko`ngul.

Vah, ne toli`durki topmay umre istab yorni,
Chun seni yor istagay, topilmag`aysen, ey ko`ngul.

Buki qon bo`ldung desangkim, oshkoro bo`lmasun,
Mayl etib yoshlar sari qotilmag`aysen, ey ko`ngul.

Desalar: Laylimu ortuq husn aro yo ul pari?
Garchi Majnunsen, kerak yong`ilmag`aysen, ey ko`ngul.

Qildi chun soqiy labi yetgan qadah hushungni mahv,
To abad zinhorkim oyilmag`aysen, ey ko`ngul.

G`unchasin g`amdin vale soqiy bahori orazin
Ochsa, bilmonkim, nedin ochilmag`aysen, ey ko`ngul?

Davlati boqiy Navoiydek erur topmoq mahol,
To tamom o`zlukni foniy qilmag`aysen, ey ko`ngul.

                                   411

Chamanda qonini baskim oqizdi zor ko`ngul,
Sog`inma g`unchaki, gulbun keturdi bor ko`ngul.

Ne gullar ochqay alam gulshanida g`uncha kibi,
Nihoniy zaxmlarin qilsa  oshkor ko`ngul,

To`nungda tugma emas barcha la`l paykoni,
Labing havoeig`a borur tuzub qator ko`ngul.

Chamanda qon yog`ar o`tsang magar sanubar uza,
Ochar jarohati og`zini har figor ko`ngul.

Tutashqon o`tdurur o`tun aro bukim topmas
Firoqnng o`qlari birla dame qaror ko`ngul.

Fatilalarni yaramdin chekib tutashturdi,
Magar g`amingda qo`yar dog`i intizor ko`ngul.

Firoq zaxmida ochmish og`iz, ketur, soqiy,
Qadahki, istamas o`lmog`ni hushyor ko`ngul,

Ne mehr isi, ne vafo rangi topqung, ey bulbul,
Bu bog` gullariga berma zinhor ko`ngul.

Navoiy etg`ay oning tarkin ixtiyor, valek
Qachon berur anga bu ishda ixtiyor ko`ngul?

                                 412

Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el,
Mek ilik jondin yudum, chekmas ilik qonimdin el.

To`sh-to`shumdin baski rasvolig` o`ti lov-lov yonar,
Har taraf yo`ldin chiqarlar o`tsalar yonimdin el.

Baxtim uyqusig`a go`yokim surudedur hazin,
Ko`yida bukim uyumas har tun afg`onimdin el.

Tonimaslar bir-birin yoqqon mazallat gardidin,
So`rg`ali holim kirib chiqquncha vayronimdin el.

Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar
Har taraf ko`nglumda qonlig` dog`i pinhonimdin el.

Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,
Ka`bayi ko`yin xabar topquncha borg`onimdin el.

Ey Navoiy, qilmag`aylar ayb agar devonamen,
Ul pari vasfin o`qug`on soyi devonimdin el.

                                   413

Qaro ko`zum, kelu mardumlug` emdi fan qilg`il,
Ko`zum qarosida mardum kibi vatan qilg`il.

Yuzung guliga ko`ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig`a jon gulshanin chaman qilg`il.

Takovaringg`a bag`ir qonidin hino bog`la,
Itingg`a g`amzada jon rishtasin rasan qilg`il.

Firoq tog`ida topilsa tufrog`im, ey charx,
Xamir etib, yana ul tog`da ko`hkan qilg`il.

Yuzung visolig`a yetsun desang ko`ngullarni,
Sochingni boshtin ayog` chin ila shikan qilg`il.

Xazon sipohig`a, ey bog`bon, emas mone`,
Bu bog` tomida gar ignadin tikan qilg`il.
 
Yuzida terni ko`rub o`lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg`il.
 
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog`lig` o`qin sham`i anjuman qilg`il.

                                        414

Nomasi qo`ynumda, baskim iztirob aylar ko`ngul,
O`pgali chiqmoqqa go`yokim shitob aylar ko`ngul.

Toza butmish erdi ko`ksum choki, vahkim, tolpinib
Chiqqali ul raxnani har dam xarob aylar ko`ngul.

O`qi zaxmi yo`lidin solsam ichimga nomasin,
Bir fatila marham o`rnig`a hisob aylar ko`ngul.

Chirmabon jon pardasin manshur uza volo kibi
Ko`rmasun deb g`ayr oni, go`r niqob aylar ko`ngul.

G`unchadek qat-qat bo`lub qon ul musofir shavqidin,
Nomasi yanglig` damo-dam pechu tob aylar ko`ngul.

Mubham ermish ruq`asi davronning asru yovakim,
Jong`a bu andishadin har dam azob aylar ko`ngul.

Ey Navoiy, ochti ko`ksumning tikilgan chokini,
Nomasi qo`ynumda, baskim iztirob aylar ko`ngul.

                                         415

Yordin kelmish manga bir turfa maktub, ey ko`ngul,
Kim erur har satri, bal har lafzi marg`ub, ey ko`ngul,

Lafz yo`q, har harfi jon hirzi, dog`i har nuqtasi
Mardumak yanglig` biaynih ko`zga matlub, ey ko`ngul.

Ayladim tumor, agar tumor etar daf`i junun,
Bu meni qilmish junun ilgida mag`lub, ey ko`ngul.

Safhada ermas muhabbat sharhikim, kelmish kiyib
Hullayi kofurg`un bir turfa mahbub, ey ko`ngul.

Asru ko`p takror etardin ul parivash nomasin
Bo`lmisham el ichra majnunluqqa mansub, ey ko`ngul.

G`ayrdin safhangni qilg`il pok, ya`ni aylama
Xotiring lavhini har xat birla ma`yub, ey ko`ngul.

G`amdin ozod o`ldi xattidin Navoiy, bermasa
Begiga qulluqqa xat bo`lg`aymu mahsub, ey ko`ngul?

                                      416

Ey ko`ngul, bir nav` o`lubmen ahli davrondin malul,
Kim erurmen kimki ondin yaxshi yo`q, ondin malul.

Hajr agar budur, netay men jonni, jon netsun meni,
Kim erur har lahza mendin jonu men jondin malul.

Tengri xalq etmish meni go`yo malolat chekkali,
Kim dame yo`qkim, emasmen xalqi nodondin malul.

Necha dinim uzra titray dilrabolar ko`yida,
Ey musulmonlar, bo`lubmen kofiristondin malul.

Istasang maqsad, qadam qo`y, ta`n toshidin ne bok,
Ka`ba topti bo`lmag`on xori mug`ilondin malul.

Ey ko`ngul, fikringni qilkim, do`stu dushmanlar yuzin,
Ko`rmas erdi, bo`lmasa sen zori hayrondin malul.

Ey mug`anniy, tut Iroq ohangiyu ko`rguz Hijoz,
Kim Navoiy xotiri bo`lmish Xurosondin malul.

                                          417

Ul parikim bandi zulfig`a majonindur uqul,
Men kibi devonalar qaydin qachon qilsun qabul.

Zarra ermaskim quyosh ajzosi nur aylarga kasb,
Ul pari qasrig`a ravzandin qilur har dam nuzul.

Olamoro husn ila jonbaxsh nutqungmu ekin,
Yo Masiho ruhi Yusuf jismida qilmish hulul?

Eyki dersen, keldingu shod o`lg`usi vaslingg`a yor,
Shod bo`lg`ay erdi bo`lg`on bo`lsa hajrimdin malul.

Mushaf avsofingda ermish, olloh-olloh, mujmale,
Sura-sura har karashmang sharhida iynak fusul.

Erga soching sudralur kulbamga kirsang xam bo`lub,
Mehr past o`lg`on zamon andoqki topqay soya tul.

Ikki zulfung to`lg`onur har dam sabo tahrikidin,
Ikki hindu nag`ma bnrla zohir etgandek usul.

Rostliqdin dayr toqig`a mador o`lmoq, ne ayb,
Solikekim bo`lsa xizmatda sutun yanglig` hamul.

Bo`lmasa erdi Navoiy sirri ishqingg`a amin,
Ne zalum etgay eding oniig xitobin, ne jahul.

                                        418

Qon to`kar ko`z orazing gulgunaliq ko`rgan mahal,
Ne uchunkim suyi oning qon ila bo`lmish badal.

Toqi axzar qotti barcha fitnavu bedodini,
Qoshingga mashshota go`yo vo`sma aylar chog`da hal.

Nildin gulgun uzoring bog`ida har sori xol,
Nilufar gulshan aro har yon ochilmish fil-masal.

Kechrak ochmoq burqa` ermas el o`lar deb rahm uchun,
Balki aylarsen ulus ko`prak yig`ilsun deb hayal.

Bog` aro har rang to`n egnida chiqmish uylakim,
Hur jannat sayrig`a chiqqay kiyib turluk hulal.

To yudung zunnori zulfungni, sochilg`on suyidin
Kishvari islom aro yuz ming bino topmish xalal.

Dahr sho`xidin, Navoiy, tut qiroqkim, bog`lasang
Bir ayoq suv birla aqdin, uldurur jomi ajal.

                                  419

Yor hijronida sarvaqtimg`a yetting, ey ajal,
Jon fidong etsam hanuz ozdurki, kelding darmahal.

Jon talashmoqliqqa qo`yma la`li hajridin meni,
Chun erur ta`xir aro ofot, ko`p qilma hayal.

Jonni bot olmoq sanga mushkul esa, jon chekma ko`p,
Qo`yki, bu mushkulni bot aylar aning hijroni hal.

Hajridin o`lmay visoli no`shidin topsam umid,
Aylaguvdur sa`y o`lmakdin tirilmak fil-masal.

Hajr bemorig`a qotil zahr erur hayvon suyi,
Ey Masih, asra nafas, bu nuqtada qilma jadal.

So`ngg`i kundin halq tarson, men burun kundin vahim,
Elga g`am shomi abad keldi, mang`a subhi azal.

Ich Navoiy, g`ussa tahlilig`a gulgun bodakim,
Bir piyola la`li mahlul o`lmadi andin badal.

                                     420

Ko`zumda hajr o`tining humratin ko`r, dema qondur ul,
Qaro sog`nima, paykoning suyi tomg`on nishondur ul.

Labing xoliki xat yoshurdi jonni yoshurun o`rtar,
Hamono ishqdin jonimdag`i dog`i nihondur ul.

Ko`ngul bog`i aro har yon o`qung zaxmi emas, go`yo
Niholi mehring ekmaklik uchun qozg`on makondur ul.

Ko`zumnung mardumikim, to sahar kavkab sanar har tun,
Ul oydin uyqu ayyorin qovarg`a posbondur ul.

Ko`nguldin kelgan ohim xaylini man` etmasam avlo,
Ki mehnat kishvaridin azm qilg`on korvondur ul.

Qading sarvidadur ko`nglum qushi, vah, sunbulung ermas,
Kim ul sarv uzra qush qasdig`a chirmashqon yilondur ul.

Surohiy og`zida qil shaklidin xushdilmen, ey soqiy,
Magar ayshu farog`at toyirig`a oshyondur ul.

Emas bo`lsang taayyun xonaqohi shug`lidin emin,
Fano dayrig`a kir fil-holkim, dorul-amondur ul.

Navoiy za`fin anglab, o`zgaga haml etma javrungni
Ki yillar ushbu og`ir yukni chekkan notavondur ul.

                                       421

Qurudi chekkali qondin ko`zum niqob qizil,
Bale, yog`insiz o`lur chin bo`lur sahob qizil.

Ko`zumda loladek ul yuz g`arib erur qon yosh,
Ki bo`lsa gul qizil, o`lmas anga gulob qizil.

Boshim sipehrdek evruldi, qon yoshim sari boq,
Ki har zamon yugurur anda bir shihob qizil.

Ko`zum qizardi qizil ashk rangidin, garchi
Qizil bo`lur suvu bo`lmas anga hubob qizil.

Ko`ngulii churkadi ishqing, valek erur to`la qon,
Yolinda kuymishu kessang erur kabob qizil.

Bu qonki, vodiyi ishq ichra oqti, borsa, ne tong,
Samum rangidek ul dasht uza sarob qizil.

Ne jilva erdi qizil to`n bilaki, qon yoshdin
Libosin  ayladi ishqingda  shayxu shob qizil.

Labing g`amida Navoiy o`zin tilar bexud,
Ne tong, may ichsa aningdekki, la`li nob qizil.

                                    422

Ey musavvir, dilbarimg`a suvrate monand qil,
Ko`rmagidin  xotirimni gah-gahe xursand qil.

Ul harir uzraki tarh etgungdurur timsolini,
Sig`masa, zaylig`a jonim pardasin payvand qil.

Bo`lmasun bu to``madin mahrum ul kuy itlari,
Ey ajal, taqsim uchun bag`rimni yuz parkand qil.

Ul parivash chiqti usruk sekretib ko`nglagcha, voy,
Nosiho, devona bo`ldum, emdi tarki pand qil.

La`li shirindinki qilding ayshni jonimg`a talx,
Necha achig` so`z demak, bir qatla shakkarxand qil.

Jomi Jamning rohi Afridun yiloni zahridur,
Ey ko`ngul, o`zni safoli faqr ila xursand qil.

Hojati budur Navoiyning, xudoyokim, ani
Mug`bacha husnig`a mug` dayrida hojatmand qil.

                                    423

Qani bir chehraki, mayl etgay anga xasta ko`ngul,
Qani bir zulfki, bo`lg`ay anga vobasta ko`ngul.

Zaxmi og`zida labing zikriyu ahvoli qatiq,
Jon yetib og`zig`a hol ustidadur xasta ko`ngul.

G`ussa tirnog`i bilakim qilur atrofini resh,
Naqsh etar egma qoshing shaklini payvasta ko`ngul.

G`am yemon buzdi esa ko`nglum uyinkim, qo`ymas
Maxzani ishqini to bo`lmas, shoyista ko`ngul.

Tah-batah qon demakim, ikki yuzung shavqidin
Dard bog`ida qilur lolavu gul dasta ko`ngul.

Ko`nglum ar bo`lmasa vobasta, tong ermas, ey shayx,
Bormu oxir bori olam aro vorasta ko`ngul?

Zulmidin desa Navoiyki qilay ishqin tark,
Man` etib, ichkaridin yolbarur ohista ko`ngul.

                                       424

Qasdi jonim qildi hajr, ey qotili xunxor, kel,
Qon to`kub jonimni olmoq istasang, zinhor kel.

Ashk durrin ko`zda, jon naqdin ovuchda asradim,
Kim qachon kelsang, yo`lungda qilg`amen isor, kel.

Ruhum ayrilmish badandin gar tilarsen, ey habib,
Aylamak Isoyi Ruhulloh damin izhor, kel.

Aytmon kelgil, dog`i qilg`il tavaqquf lahzae,
Kelgach-o`q borg`il, vale jonimni olg`och, bor, kel.

Jon yetibtur og`zima, dermen labingg`a topshuray,
Lutf etib qilg`il meni jon birla minnatdor, kel.

Dayr aro may ichkali kelgum, desam der mug`bacha,
But qoshida bosh qo`yub bog`lar esang zunnor, kel.

Jon Navoiyni, Navoiy jonni sensiz istamas,
Oni jonning, jonni oning ranjidin qutqor, kel.

                                 425

Yuzi oyina qildi ko`zguni ul siymbar hoyil,
Aningdekkim quyosh ruxsorig`a bo`lg`ay qamar hoyil.

Ul o`tlug` yuzni qilmoq zarvaraq pinhon emas mumkin,
Ne imkondur ko`rarda shu`lani bo`lmoq sharar hoyil?

Ko`runmas zor ko`nglum jahd etib paykanlaring ichra,
Magar ul qushqa bo`lmish kasrati bargi shajar hoyil.

Suni andoqki yopqay safha-safha bargi gul tushgach,
Yoshimg`a pora-pora bo`lmish ajzoyi jigar hoyil.

Sochingg`a gardi Yazdiy me`jaring hoyil bo`la olg`ay,
Bo`la olsa savodi shom uza shabnam agar hoyil.

Safardur mujibi hirmoni diydor ahli shavq ichra
Hamono vasl xurshidig`adur gardi safar hoyil.

Yuzungni och, agar xud rishtayi jondin durur burqa`,
Berib jon istamas diydorg`a ahli nazar hoyil.

Dema, solikka hoyil ne ekin maqsud vaslidin,
Erur aqlu hisu dunyovu uqbo sarbasar hoyil.

Desangkim, o`zlugumdin, o`zga hoyil bormu jonong`a,
Bo`lurmu, ey Navoiy, ishq aro mundin batar hoyil?!

                                     426

Har kishi ko`rsa qizil xoroda ul mahvash jamol,
Qon yoshim mavji aro qilg`ay quyosh aksi xayol.

Novakin chekmangki, chirmalmish anga jon rishtasi,
Kuch bila chiqmoq ne imkon resha berkitgan nihol?

Ul quyoshning markabi ko`k tavsanidur, ne ajab,
Gar rikob o`lmoqqa bosh bir-birga yetkurgay hilol.

Nun boshinda shamra yanglig`dur qoshing uzra girih,
Oraz uzra nuqta misliduf uzoring uzra xol.

Go`yiyo qilg`ay quyosh birla shafaqdin rangi hal,
Sun` naqqoshi tasavvur qipsa chehrangdin misol.

Mayda soqiy aksini ko`rgan egildim o`pgali,
Bosh ko`tarmon emdi, ya`nikim topibmen infiol.

Ey Navoiy, o`lgil ondin burnakim, yetgay ajal,
Kim ajal yetgach o`larga burmagay shoyad majol.

                                     427

Sarvdek xazro libosing birla, ey nozik nihol,
To`tiesen jilvagar, shakkar sanga shirin maqol.

Og`zingu beling hadisu ramzini bilmay yaqin,
El aro paydovu pinhon muncha tushti qilu qol.

Bilgurur yuzung` tihidin turfa xatti mushkbo`,
Sabzadekkim, bo`lg`ay aning ustida ravshan zulol,

Ishq aro topsam malolat sabrdin, yo`q hayrate,
Darddin bemorg`a parhez erur ko`prak malol.

Ey ko`ngul, gar tori jismimda navo yo`q, ne ajab
 Nola qilmas garchi pechu tob urar sargashta nol.

Hasrat ohidin falakka o`t solurmen har nafas,
Ne ekin hikmat bukim, topmas asosi ixtilol.

Begunah to`ksang Navoiy qonini, yo`qtur g`ami,
Kim seni ko`rgan dami qonin sanga qilmish halol.

                                    428

Kim dedi mehringi ul mahvashqa ravshan aylagil
Kuch bila joningg`a jononingni dushman aylagil.

Ul pari chun bordi, xohi telbalardek dasht tut,
Xoh zuhdu ofiyat kunjini maskan aylagil.

Chun bo`lur ul turfa qush ko`prak ramida, ne osig`,
Har zamon yuz qatla gar faryodu shevan aylagil?

Ey quyosh, ishqingda gar sargashta bo`ldi zarrae,
Garm o`lub kuydurma, balkim mehr anga fan aylagil,

Bo`lmasa ul sarvi gulrux hamrahing, do`zaxcha bor
Xoh azmi dasht, xohi mayli gulshan aylagil.

Har ne davrondin kelur, taslim xushtur, ey rafiq,
Naf` chun yo`q, o`zni gar yuz qatla tavsan aylagil.

G`am sipohi daf`ig`a mayxonadur dorul-amon,
Ey Navoiy, zinhor ul uyin ma`man aylagil.

                                       429

Gulbuni ishratdin uzgil bargi payvand, ey ko`ngul,
G`unchadek bo`l qon yutub kulmakka monand, ey ko`ngul.

Qilma tark evrulmak ul gul girdig`a bulbul kibi,
Qilsalar gar g`unchadek parkand-parkand, ey ko`ngul.

Orazu la`li xayoli birla sen to xastasen,
Naf` etar go`yoki bu za`fingg`a gulqand, ey ko`ngul.

La`li ne kondindurur, nevchun hadis etmas dema,
Ne ato bordur Masihog`a, ne farzand, ey ko`ngul.

Orazing ochqach, demakim, oshiq etma xalqni,
O`tqa bermaklik durur kuydurma deb pand, ey ko`ngul.

Bismil etti sayd ko`nglidek seni tiyg`i qazo,
Yoxud ul lab shavqndin qilding shakarxand, ey ko`ngul?

Ey Navoiy, boqma tun-kun xoliyu ruxsorig`a,
Donavu suv birla sayd o`lmas xiradmand, ey ko`ngul.

                                  430

Qildi ovora meni xastani ovora ko`ngul,
Xonumonimni qaro etti yuzi qora ko`ngul.

Itlaring ollida yuz pora ko`ngulni soldim,
Muna ko`r, har birining ollida bir pora ko`ngul.

Yor yuz pora qilib bordi hazin ko`nglumni,
Hech o`sanmay yana har lahza borur yora ko`ngul.

Yosh to`kar ko`nglum aning vaslig`a mayl aylasa ko`z,
Qon yutar ko`z, yuzini aylasa nazzora ko`ngul.

Noz o`qin jon bila jismimg`a urub xud o`ttung`,
Boqki, qoldi boqibon yolbora-yolbora ko`ngul.

Lu`bati dahr firibi bila boziy yemakim,
Bermadi kimsaga bu shohidi makkora ko`ngul.

Ko`ngli istarki, sinuq bo`lsa Navoiy ko`ngli,
Bo`lmasun shisha ko`ngul qasdida, vah, xora ko`ngul.

                                    431

Ey, jamoling ravzasi firdavs bog`idek jamil,
Lablaringning kavsari  aynan tusammo salsabil.

Istamas bo`lsa  muhabbat ahli yoshin Dajladek,
Ne uchun chekti qazo mashshotasi ollingg`a Nil?

Ko`zuma yo`lungda tufrog`lig` tikankim sanchilur,
Bor biaynih surma ul tufrog`, tikan andoqki mil.

Bargi guldek hulla jismingda sabo tahrikidin
Titrar andoqkim kumush ustida bir muflis baxil.

Ey kabutar, vosil o`ldum, noma kelturmakni qo`y,
Kim harimi lomakonda mahram ermas Jabrail.

Orazing oyina yuz mahvash safodin ursa dam,
Ko`zgu olkim, ko`rguzur yuz vajhdin ravshan dalil.

Ey Navoiy, boda ol, ich xossa bu shukronag`a,
Kim salomatdur asolat gavhari sayid asil.

                             432

Ul quyosh og`zi uza mushkin hol,
Zarraning nuqtasidin keldi misol.

Gar ravondur, ne tong, ul qadki, erur
Ruh sarchashmasida toza nihol.

Raxsh har yonki surar ul chobuk,
Yugurur tegrasida payki xayol.

Chobukumning otining na`li emas,
Tushti shabrang ayog`ig`a hilol.

G`uncha og`ziki takallum qilmas,
Ul og`iz g`unchasi qilmish ani lol.

Hajrning chorasi bexudlug` emish,
Soqiyo, jom ketur molomol.

To Navoiydek o`lay oni ichib,
Mastu Majnunsifatu shifthol.

                               433

Ne qoshu yuzdurur sanga, ey husni loyazol.
Bir oy boshida ko`rmadi hech kim iki hilol.

Og`zi so`zin demakda beli yodima kelur,
Ore, daqiq nukta aro yuz berur xayol.

Ko`zu qoshing biaynih nargiz boshinda nun,
Zulfung ayog`ing ostida chun vard ayog`i dol.

Xat lafzi kimki yozsa qo`yar nuqta yuqori,
Mushkin xatingning ustida andog` ko`rundi xol.

Sarsabz erur hamisha bu gulshanda sarvdek,
Ozodaeki bo`lsa mizojida i`tidol.

Vasl istaram ayon qilibon ashk durlarin,
Soyil yatimlar yig`ib etgan kibi savol.

Ul chobuk ollida boshin etti Navoiy go`y,
Chavgoni sarguzashtima basdur guvohi hol.

                                    434

Yo rab, ul oy husnin el fahmig`a nomafhum qil,
Buyla mavjud etmasang, avval meni ma`dum qil.

Barcha yuzdin uylakim ko`zumni mahrum aylading,
Barcha ko`zni ul parivash yuzidin mahrum qil.

Bo`lsa ishqimda qusure, ko`nglini mendin sovut,
Ishkim ar pok o`lsa, toshdek ko`nglin oning mum qil.

Qilsa zulm ul zolim elni qilmag`il, yo rab, zabun,
Chun tazallumdur ishim, doim meni mazlum qil.

To ko`zum qutlug` yuzidin o`zga sori tushmasun,
Har ne ko`z ko`rgay, mening baxtimg`a oni shum qil.

To tirikmen ishqi harfidur ichimda, ey rafiq,
O`lsam oni-o`q mazorim toshida marqum qil.

Demakim, bormu ekin mehrim Navoiy ko`nglida?
Anda sensen, bir taammul aylabon ma`lum qil.

                                   435

Qon yoshim ichra tanim to`lg`ang`anin nazzora qil,
Lolazor ichra yilon gar ko`rmading, o`t uzra qil.

Bodadinmu erkin usruk ko`zlaringning humrati,
Yo uzoring o`ti tobidin bo`lubturlar qizil?

Ko`nglum ichra har  yara og`zida paykoning uchi,
Keldi darding lazzatining shukrini  ayturg`a til.

To tushubmen ul uzoru ikki gisu hajrig`a,
Ey quyosh, rahm aylakim, bo`lmish bir oyu ikki yil.

Dog`ima  andoza marhamlik momug`din  istagan,
Ko`nglum ichra buyla har yon dog`i beandoza bil.

Dahr bo`stonida chun yo`qtur vafoe, ey ko`ngul,
Loladek gulgun qadah tut, g`unchadek bir dam ochil.

Iltifoting ozidin itti Navoiy telbarab,
Ey pari, bir ham bu majnunungg`a parvo aylagil.

                                        436

Nolani har nechakim eldin nihon aylar ko`ngul,
Seni sog`ing`och, yana  bexud fig`on  aylar ko`ngul.

Har nechakim rozi ishqing yashururmen xalq aro,
Bir mahalsiz oh ila borin ayon aylar ko`ngul.

May tarashshuh aylagandek  chok bo`lg`on shishadin,
Zaxmidin xunobasin har dam ravon aylar ko`ngul,

Qasd etar ko`nglumki, olg`ay lablaringdin komi dil,
Emdi tahqiq ayladimkim, qasdi jon aylar ko`ngul.

Ko`z ko`rar yuzungniyu ko`nglum meni rasvo qilur,
Zor etar ko`ng`lumni ko`z, bag`rimni qon aylar ko`ngul.

Shu`layi gugird ko`rguzdi qazo kuydurgali,
Dard ishq ahlin bukim gardun gumon aylar ko`ngul.

Ey Navoiy, avval ul nomehribong`a uchratur,
Kimnikim men benavodek notavon aylar ko`ngul.

                                      437

Zulfini ochmish sabo, yuziga chiqmish tobi mul,
Zulfu yuzi aksidin to`nig`a tushmish dolugul.

Qon yutub ko`nglum tilar har lahza ishqing dog`ini,
Kursi limu istagandek ahli ishrat ichsa mul.

Par emas bulbulda, balkim otashin gul shavqidin
Gulxaniy devonadurkim, yuqmish a`zosida kul.

Yuzu xoling o`ti to dog` etti, bo`lmish loladek
Ko`hi g`am tig`i jafodin chok-chok etgan ko`ngul.

Borg`usi garding falakka  bodpolar sayridin,
Bodpoyingg`a, ne osig`, atlasi aflok jul.

Gar binafsha xatingga qullug` qilurdin qochmadi,
El aro nevchun erur boshi quyi, bo`ynida g`ul?

Kirpik ermaskim, Navoiy o`tgay ul chobuk debon,
Ko`z qaro suyig`a bog`laydur qamishlar birla pul.

                                      438

Qasdi jon aylar damodamkim anga yuz jon tufayl,
Tifl uchun go`yo qilur har dam chuchuklik sori mayl.

Gul yuzungdin kelsa ashkim lolagun, yo`qtur ajab,
Kim bahor ayyomida rangin kelur, albatta, sayl.

Tushta ko`z surtar edim yuzunga go`yo xat emas,
Bo`ldi mujgondin tikan birla to`la husnungg`a zayl.

Varqdin bir lam`avu xoshoku xasdin ko`h-ko`h,
Ishq yolg`uz zuhdu taqzo cherigidin xayl-xayl.

Ul saodat axtarin ko`rgach sirishkim qon bo`lur,
Chun aqiqekim oni raigin qilur tobi Suhayl.

Mazra`i ishq ichra sochmoqqa baliyat donasin
Ayladi ko`k tosidin go`yo qazo dehqoni kayl.

Zulfu yuzi furqati ayomidin so`rmang hisob,
Kim Navoiy ko`ziga birdek bo`lubtur yavmu layl.

                                 439

Ko`nglung istar yorlar birla hamisha shod bo`l,
Mendinu kimdinki ko`nglunu istamas, ozod bo`l.

Garchi sabrim uyi yanglig` aylading vayron meni,
Doimo, yo rabki, husnung mulkidek obod bo`l.

Men chekib anduh, o`lay, el joni bo`lsun ul Masih,
Sovurul, ey charxi nigun, ey dahri dun, barbod bo`l!

Bevafolar zulmu bedodig`a ermassen harif,
Ey sinuq ko`nglum, agar xud shisha, gar fo`lod bo`l.

Tuttum o`lmakdin tirilmak, hajr, vah, tengdur manga
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo`l.

Chekma boshkim, emin ermassen xazon yag`mosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo`l.

Ey Navoiy, olam ahlig`a chu yo`q ermish vafo,
Kelu mundin nori bekaslik bila mu`tod bo`l.

                                  440

Gar yetar ag`yordin yuz ming jarohat, ey ko`ngul,
Chunki erur yor uchun bor ayshu rohat, ey ko`ngul.

Ka`ba istarsen, mug`ilon cheksa til qayg`urmag`il,
Bemalomat topmadi hech kim salomat, ey ko`ngul.

Menmenu ul oy g`ami sen ham agar mardonasen,
Dardu g`am chek, istama komu farog`at, ey ko`ngul.

Kimga yetgay vasl iqboli, agar hijron aro
Senda bo`lsa g`am chekarga sabru toqat, ey ko`ngul.

Xurdayi rozingni asra g`uncha yanglig` qon yutub,
Har necha qilsa jafo ul sarvqomat, ey ko`ngul.

Dema, ishqi so`zi kam bo`lg`ay boshimg`a ursa tiyg`,
Kim bu suvdin sokin o`lmas ul harorat, ey ko`ngul.

O`rtading oxir Navoiyni sharori oh ila,
Anga nevchun muncha ko`rguzdung sharorat, ey ko`ngul?!

                                          441

Qomatingg`a har zamon yuz jilva, ey zebo nihol,
Notavon ko`nglumga har bir jilvasidin o`zga hol.

Evrulur ko`nglumda ul chobuk xayoli har kecha,
Shu`laliq ko`nglumni qildi ishq fonusi xayol.

Bosh qo`yay dedim oyog`i tufrog`ig`a, dedi: qo`y,
Bo`sa istab la`li rangin so`rdum, ersa dedi: ol,

G`unchayi xandonki derlar munfaildur og`zidin,
Lek kulmak birla istar qilsa daf`i infiol.

Xattu xoli hasratidin oncha ashkim oqtikim,
Bir ko`zum tutti g`uboru bir ko`zumga tushti xol.

Davr ham qildi qadingni, ushak tut, yo`q aso,
Negakim dard-o`h bo`lur zohir alif yondoshsa dol.

Ey ko`z, onsiz o`zga yuz ko`rmakni qilmishsen havas,
Hajr tig`idin o`yul, yoxud Navoiydin uyol.

                                   442

Anglading yo yo`qmukim aylar safar yor, ey ko`ngul,
Vahki, bo`lduq yona hajri ilkidin zor, ey ko`ngul.

Ul xud aylar azm, men ham xastadurmen, ham g`arib,
Goh-gohi bo`lg`asen mendin yaabardor, ey ko`ngul.

Ne borurg`a quvvatim bor, ne turarg`a toqatim,
Bizni bu holatqa sen qilding giriftor, ey ko`ngul.

Bora xud olmon turub ham chun tirilgum yo`qturur,
Bas vido`ying qildim, ondin qolma zinhor, ey ko`ngul.

Mahrami gar bo`lmasang xushtur bu hamkim, bo`lg`asen
Itlariga hamnishinu sohib asror, ey ko`ngul.

Gar bo`lubon nogahon toli` musoid, baxt yor,
Topsang ul oy birla so`zlashguncha miqdor, ey ko`ngul.

Iltimosim budururkim, barcha eldin yoshurun
Qilg`asen miskin Navoiy dardin izhor, ey ko`ngul.

Bo`lsa senlik, vasl yo`qtur har necha qilsang talab,
Bo`lmasa, matlub erur ul dam talabgor, ey ko`ngul.

                                          443

Ey ko`ngul, hijron kunidur, tortib afg`on yig`lag`il,
V-ey ko`z, ayrulg`ungdur ul gulchehradin, qon yig`lag`il.

Qo`z tutarmen, ey bulutkim, o`tsang ul gulshan sari,
Chun sog`insang bizni, un tortib, farovon yig`lag`il.

Rostliq haqqi uchun, ey sham`, bir tun bazmida
Chiqsa so`z mendin, kuyub behaddu poyon yig`lag`il.

Ey qadah, qon yutmog`imni majlisida sog`inib,
Cheksa gulgun boda ul gulbargi xandon, yig`lag`il.

Ko`nglum olg`on chog`da, ey ko`z, man`i ashk ettim, valek
Qasdi jon ham qildi chun ul ko`nglum olg`on, yig`lag`il.

Yo`l qotiq, maqsud mubham, ya`s g`olib, ey ko`ngul,
Un chekib bu holingga, to bordur imkon yig`lag`il.

Ey Navoiy, belu og`zidin sanga yo`qtur nasib,
Xoh paydo nola chekkil, xoh pinhon yig`lag`il.

                                         444

Bog` mendek sorg`orib, bulbul meningdek bo`ldi lol,
Go`yiyo mundog` emish bir guldin ayrilg`ong`a hol.

Erdagi yafrog` g`aribu xoksor ar bo`lmasa,
Men kibi ne vajhdin yuzi sorig`dur, ashki ol?

Suvg`akim tushmish qizorg`on barglar, ko`rgan kishi,
Ko`z yoshim ichra bag`ir pargolasi aylar xayol.

Shox Majnundurki, uryon bo`lubon aylar fig`on,
Barg Laylidurki, nilu igna birla qozdi xol.

Hajr aro ohimg`a boqmay bordi, lekin shukr erur
Kim xazonda sarvg`a osiyb yetkurmas shamol.

Bu sorig` ruxsor uza har sori ashkim o`xshashur
Bir xazonlig` bog` ichinda har taraf ravshan zilol.

Vasl angla ishq bog`ining bahoridin nishon,
Hajr bilgil gar tilar bo`lsang xazonidin misol.

Bu chaman  ra`nolari sarkashlik etgandin ne sud
Kim xazon torojidin emin emastur bir nihol.

Ey Navoiy, bu xazon o`lg`ay bahor ila badal,
Kelsa davlat gulbuni shahzodayi sohib jamol.

                                     445

Ey, latofat kasbida husnunga hojatmand gul,
Yuz guliston ichra yo`q yuzungg`a bir monand gul.

Xil`ati xazro bila ul qomatu ruxsor erur
Rost bir sarveki, qilg`aylar anga payvand gul.

Yuzu g`amzangdin mujam qon yosh aro zoyandadur,
Yo`q ajab, chun bor tikanga doimo farzand gul.

Jolalar ermas guli sadbarg uzakim, aylamish
Jismini tishlar bila hajringda yuz parkand gul.

Qaysi vajh ila yuzungga da`vo etgay, chun erur
Ganji husnungdin muhaqqir vajh ila xursand gul.

Sarvsen, ey gul`uzor, ar bo`lsa xushraftor sarv,
Gulsen, ey sarviravon, gar hilsa shakkarxand gul.

Ey Navoiy, gar so`zungni yor eshitmas, ayb emas,
Turg`oni birla quloqdur, lek eshitmas pand gul.

                                      446

Sarvinozim, yo`q ajab, gar ro`zadin topmish malol,
Kim suv ichmasdan topar pajmurdalik nozik nihol.

Yillar og`zimkim qurutmishsen ziloli vasl uchun,
Bilding erkin shammaekim sa`b erkandur bu hol.

Kun tush o`lmay ro`zavu issig`din ul oy qildi za`f,
Ne harorattur, quyosh, yo rabki, topqaysen zavol.

Ro`za za`fidinki chiqmas uydin o`lmish mohi nav,
Za`f, ko`rgilkim, to`lun oyimni aylabtur hilol.

Ro`za  muhri sog`inib dermenki olsam tishlabon
Har qachon ko`rsam aning shirin dudog`i uzra xol.

Sharbatin dermen ezay jon shirasidin, hil madad
Zulmatingdin tiyraliq, ey Xizru chashmangdnn zilol.

Elga shom o`lmish, Navoiyg`a yuzungdin subh erur,
Kim sog`insun ro`za shomin bor ekan subhi visol?

                                         447

Ey, manga sensiz bahoru bog`u bo`stondin malol,
Qaysi bo`stonu bahoru bog`kim, jondin malol.

Sensizin ko`nglum, tong ermas, bo`lsa jannatdin malul,
Ne ajab, bulbulg`a guldin ayru bo`stondin malol.

Bo`lmasa kofir ko`zung shaydosi majnun ko`ngluma,
Aqlu donishdin tanaffur, dinu imondin malol.

Ishqi tug`yonida yuz ko`rsatsa gulruxlar, ne sud,
Kim topar muhriq isitg`on mehri raxshondin malol.

Kuydururlar dog` daf` o`lsun maloli hajr deb,
Voy angakim, voqi` o`lg`ay dog`i hijrondin malol.

Kasrati paykonidyai ko`nglum toriqmas, garchi bor
I`tidolidinki o`tgach obi hayvondin malol.

Bazm aro har dam qadah ko`ngli to`la xunob erur,
Men kibi go`yo anga ham yetti davrondin malol.

Qiblayi maqsad tilarsen, dard o`qidin g`am yema,
Istagan tavfi haram ko`rmas mug`ilondin malol.

Charx anjumdin quloqqa paxtalar tiqti, magar
G`am tuni topmish Navoiy chekkan afg`ondin malol?

                                    448

Uyg`onib subh uyqusidin, mehr sham`in tor qil,
Ko`z ochib, har go`shadin bir fitnani bedor qil.

Ko`zni afsunsoz etib jonbaxsh labdin nukta ayt,
Somiriy sehrin, Masiho mo``jizin izhor qil.

Ko`z to`la uyqu og`irliq solmoq uchun qo`l ochib,
Ul mahol ummed birla bizni minnatdor qil.

Sep qaro yer uzra xobolud ko`zga suv urub,
Ko`z yetarcha yerni ul suv birla nargiszor qil.

Lab etib nukta, xobolud ko`zga chin solib,
Jon berib o`lganga, jonli xalqni bemor qil.

Uyqudin ul gulni ko`rmak gar murodim bo`lmasa,
Ko`zuma, yo rabki, har bir kirpigin bir xor qil.

Do`st matlub ersa, g`aflat uyqusidin ko`z ochib,
Uchmoq ummedi, tomug` biymidin istig`for qil.

Ey Navoiy, tushta ul oy dedikim vasl istama,
Aks erur tosh, sen talabni ulcha mumkin bor qil.

                                  449

Kecha ul oy birla erdim, vah, bu tushdur yo xayol,
Tush emas, chun yo`qturur uyqu xayoledur muhol.

Ishqin izhor aylabon vaslin tilar munglug` ko`ngul,
Bir gado yanglig`ki, aybin ko`rguzub aylar savol.

Oraz uzra ayn yang`lig`dur uzoring uzra ko`z,
Nargiz uzra nuqta yanglig`dur ko`zung ustida xol.

Egma qaddim za`fi haddin oshti ul yuz qoshida,
Notavon bo`lg`on kibi xurshid vaslidin hilol.

Yig`labon ul sarvning yo`lig`a tushsam noz etar,
Suv bila tufrog`din bosh tortqon yang`lig` nihol.

Hajr tig`idin quruq jismim qalamdek bo`ldi shaq,
Lek pechon nolalar ko`nglumdadur andog`ki nol.

Kom erur jonimg`a ul oludalig`din pok lab,
Ey Navoiy, o`lsam ichmon Xizr no`sh etgan zulol.

                                     450

Ul mukahhal ko`z jafosidin agar bo`lsam qatilu
Surma toshidin yasab qabrim, qo`yung boshida mil.

La`li jon olg`on dalili ulki, yo`qtur elga jon,
Buki elga jon bag`ishlaydur, bu dog`i bir dalil.

Rashkdin har  sori  ishqing dog`in  aylarmen  nihon
 Bog`labon marham diram har yon yoshurg`ondek baxil.

Yuzda yo`llar shakli tutmish qon yoshimning xatlari
Kelki, kelmish ko`z xayoling xaylig`a qonin sabil.

Orazingdin xay manga tomg`aymu deb tufrog`men,
Ul kishi yanglig`ki bo`lg`ay obro` istab zalil.

Soqiyo tut bir qadah maykim, eritgay toshii,
Kim g`amu anduh g`izosidin erur ko`nglum saqil.

To ani ichgach Navoiyg`a ochilg`ay gulsiton,
Gar sabuk ruhona kirsa o`tqa andog`kim Xalil.

                                   451

Bo`lmish andog` munqati` ahli zamondin ulfatim,
Kim o`zum birla chiqishmas hamzamone suhbatim.

Ey xush ulkim, tutmish erdi vahsh ila sahroda uns,
Muhish ahvole mangakim, bor o`zumdin vahshatim.

Istaram qochmoq adam vodiysidinkim, kirgali
Vomiqu Farhodu Majnun bas g`uludur xilvatim.

To`lg`anurmen o`zlugumdin chiqqali, bukim zrur
Dard vodiysida sargardon quyundek hay`atim.

Ey ajal, tan xirqasin kuydurki, bo`lmish bas og`ir
Bu malomat o`qlari birla tikilgan kisvatim.

Ey falak, anjum ushoq toshin yig`ib boshingg`a ur,
Chun fano mayxonasi xishtidin o`ldi turbatim.

Etti ko`kni ko`k varaqlardek sovurg`ay har taraf,
Toqi miynoyi  aro chirmashsa ohi hasratim.

Qo`y duru feruza bahsinkim, nujumu charxni
Nilufar bargi uza shabnamcha ko`rmas himmatim.

La`ldek boshim osilsun g`arqayi xunob o`lub,
La`l tikkan saltanat tojig`a bo`lsa rag`batim.

Turfa ko`rkim, xalq komi birla umrum bo`ldi sarf,
Turfaroq bukim, birovga yoqmadi bir xizmatim.

Ey Navoiy, ikki olamdin kechib toptim visol,
Bu iki butxonadin ermish bu yo`lda ofatim.

                                    452

Ul  pari nazzorasig`a, vahki, yo`qtur toqatim,
Kim qachon qilsam nazar, devona aylar hayratim.

Bas, ne nav` aylay tamannokim, visoli sham`idin
Hajr shomi gah-gahi bo`lg`ay munavvar suhbatim.

Suhbatida bor ham topsam bu toli` qaydakim,
Bir nafas mahramlari silkida bo`lg`ay xizmatim.

Xizmatig`a mahram o`lsam ham qachon imkoni bor,
Kim degay bir lahzae bo`lg`il harifi xilvatim.

Bo`lsa ham xilvat muyassar, vahki, hargiz yo`qturur
Poybo`si davlatin zohir qilurg`a jur`atim.

Gar ayoq sunsa ko`zumga ham ko`ngulni, voykim,
Ul zamon ko`z rashkidin kuydurgusidur g`ayratim.

Vasl umidin qo`y, Navoiykim, xayoledur mahol,
Bu mahol ummed ila har lahza berma zahmatim,

                                        453

Chamanda munisim ne sarv zrur, ne gul, ne sunbul ham,
Manga sarve kerakkim, sochi sunbuldur, yuzi gul ham.

Ajab yo`q, to`lg`anib jismim, qororsa subhi ayshimkim,
Tushub ul kokul uzra chin, yuziga tushti kokul ham.

Demang, ul sho`x ila ashob bazmin qil tafarrujkim,
Talaffuz aylay olmon bu hikoyatni, taxayyuol ham.

Yuzung birla quyosh ta`rifida gar davr erur hosil,
Kelur zanjiri zulfung vasfida lozim tasalsul ham.

Yuzu qaddig`a huru to`bi o`xshar debsen, ey voiz,
Yiroq ermas so`z ayturda gahi qilsang taammul ham.

Chekib ko`hi firoqin sabr qildim vaslig`a yetgach,
Fig`on cheksam, ajab yo`q, muncha-o`q bo`lg`ay tahammul ham.

Yuzung shavqida ko`nglum ohi sham`u gulga o`t soldi,
Ki kuydi notavon parvonavu kul bo`ldi bulbul ham.

G`animat anglasun bulbulni gul yetgachki, bo`stondin
Uchar gul yafrog`i ham, qolmas uchmay garchi bulbul ham.

Xumor o`lturmish erdi bo`lmasang mug` dayrig`a ozim,
Bu ishga, ey Navoiy, ayladi tengri seni mulham.

                                        454

Urarmen ko`ksuma toshlar g`am etgach qasdi jon har dam,
Qoqarmen bu eshiknikim, yetar bir mehmon har dam.

Uluk topib buzug` ichra meni majnunni go`yo chug`z,
Navohiy ahdin ogah qilg`ali tortar fig`on har dam.

Hamono tufrog`imni la`lgun qilmoqqadur  bukim,
Kelur bag`rim shikofidin labing` shavqida qon har dam.

Magar majnun ko`ngulga har dam aylar ul pari jilva,
Yo`q ersa, nevchun o`zdin borur bu notavon har dam?

Ochar go`yo sabo ul gul yuzidin har zamon burqa`,
Bukim bir fitna birla qo`zg`alur ahli zamon har dam.

Sovug` ohim burudat soldi olam ichra, hish ermas,
Bulut yo`q dudi ohimdin ko`runmas osmon har dam.

Kerak har dam qadahkim, may suyi har lahza qaytarg`ay,
Bukim davron jafosidin yetar og`zimg`a qon har dam.

Bu manzildin sanga yo`l azmig`a boisdurur bukim,
Etar bir karvon har dam, o`tar bir karvon har dam.

Damodam javr ila buzdung Navoiy ko`nglin andog`kim,
Buzulg`ay mulki bir zulm etsa shohi komron har dam.

                                      455

Ne itni ul buti begonavash itiki sog`indim,
It oshnog`a yoling`on kibi ul itga yolindim.

Yuzi nazorasi daf` ayladi sovug` nafasimni,
Elang gadoy kibi oftobro`da isindim.

Junun yo`lida bu rasvog`a yopma pardayi ismat,
Ki yo`l qolur agar andog` og`ir libos yopindim.

Chu tig` chekti manga bo`ldi qatl davlati ro`ziy,
Ki el qochib, anga-o`q men zaif xasta sig`indim.

O`churdi shu`layi ohimni tiyg`i, shukrki, bori
Gudozu so`zdin andog`ki sham` g`am tuni tindim.

Burunqi kam ajab yo`q gar o`lsa Ka`bayi maqsad,
Talab yo`linda bu damkim fano samandig`a mindim.

Sochi ko`ngul qushining har parig`a bog`ladi tore,
Navoiy, emdi sen o`tgilki, men bu nav` ilindim.

                                        456

Hajr toshining ko`kumtul dog`idin kuydi tanim,
Ohkim, gugird o`ti birla tutashti xirmanim.

Tiyra kulbam ichra o`t soldi firoqing, voykim,
Yorudi kuymak o`ti birla qorong`u maskanim.

Nildin xolu alif yuz uzra to naqsh aylading,
Dog` kuydurmak ishim bo`lmish, alif kesmak fanim.

Ishq aro bo`ldum g`ani, ko`nglum aro paykonidin,
Kim to`lubtur ul javohir birla ushbu maxzanim.

Zarvaraq birla bezabdur gul yuzin, vah, turfa ko`r,
Kim bahor ichra xazon zohir qilibtur gulshanim.

Emin o`lmon xonaqohu xilvat ichra ujbdin,
Zohido, mayxona, balkim kup ichidur ma`manim.

Ey Navoiy, ul xat etmish ro`zgorimni qaro,
Tong emas, yirtuq yaqo birla qalamdek shevanim.

                                       457

O`rtanur el furqatingdin navha bunyod aylasam,
Qo`zg`alur olam o`kurmak birla faryod aylasam.

Emrulur boshimg`a go`yokim falak g`amxonasi,
Ul quyosh hamxonam erkanni qachon yod aylasam.

Hajr biymi chun yetar g`amgin qilur beixtiyor,
Vasl umidi birla ko`nglumni necha shod aylasam.

Charxu anjumdin kuyubmen, ayb emas, gar oh ila
Bu necha axgar bila ul kulni barbod aylasam.

Daf` etay dermen jahondin ashk ila g`am tufrog`in,
Bu buzug`ni sel ila istarmen obod aylasam.

Saltanatdin boda ortuqdur manga yuz qatlakim,
Xushroq el bedodidin o`zumga bedod aylasam.

Ey Navoiy, hajr aro yetti ajal, qilg`aymu sabr
Ul Masiho va`dayi vaslini miyod aylasam?

                                      458

Qilg`ali yuz til kibi ko`nglumni chok ul qotilim,
Tig`i ishqi lazzatin aylar hikoyat har tilim.

Har kecha g`am tog`i ichra jon yetib og`zimg`a, bor
Mushfiqim bosh uzra bumu ko`zi sham`i mahfilim.

Yig`lag`on soyi sarig`rog`dur yuzum, toli` ko`rung,
Kim socharmen donavu andin somondur hosilim.

Halqa-halqa zulfi domi ichramen, vahkim, kelur
To`sh-to`shumdin neshi hajru bu zirihdur hoyilim.

G`am sipohi ollidin qochmoq ne imkonkim, berur
Oh o`tiyu ashk qonidan nishon har manzilim.

Nega dahr, oyo, vafo ahlining istar o`lmagin?
 Ohkim, o`lgumdurur hal bo`lmayin bu mushkilim.

Ey Navoiy, qilma ko`p Majnun hadisi naqlini,
Kim men etsam naql, Majnun bo`lg`usidur noqilim.

                                        459

Bu kun ahli jahondin xastaxotirmen, jahondin ham,
Demon ahli jahon birla jahon, billahki, jondin ham.

Meni jonu jahondin hajr vaqtikim malul etgay,
Vatan yo mulkdin xudkim desun, bal xonumondin ham.

Ko`nguldin jong`a yettim, ey ajal, netgay xalos etsang
Meni ul telbadin, ul telbani men notavondin ham.

Ne ayrilmoq dururkim yor to ayrildi, ayrilmish
Ko`ngul mendin, fig`on ko`nglumdinu o`tlar fig`ondin ham.

Manga jononsiz o`lmak yaxshiroq, ey Xizr, yuz qatla
Qetursang mujda o`lmoq birla umri jovidondin ham.

Nafas qat` o`ldi ul yuz furqatidsh, ko`zgu kelturmang,
Ki men emdi qutuldum ibtilosiz imtihondin ham.

Yamon-yaxshig`a ko`p zulm etmagilkim, gar budur davron
Qutulg`ung kimki andin yaxshiroq yo`q, men yamondin ham,

Itiga to``ma, darbonig`a bo`lsun muttako, o`lsam,
Tanim ul ko`ydin olmang, boshim ul ostondin ham.

Faqihu Ka`ba, rindu maykada, xushdur Navoiykim,
Sening yoding bila mundin erur ozodu ondin ham.

                                        460

Bahor bo`ldiyu gul mayli qilmadi ko`nglum,
Ochildi  g`unchavu lekin  ochilmadi  ko`nglum.

Yuzung xayoli ila vola erdi andog`kim,
Bahor kelganu ketganni bilmadi ko`nglum.

Gum o`ldi bog`da og`zing xayolidin, yuz vah,
Ki g`unchalar aro istab, topilmadi ko`nglum.

Ko`zumda jilva qilib, ko`nglum olmoq istadi gul.
Iting izicha ani ko`zga ilmadi ko`nglum.

Yuzung nazorasida mahvu mast edi, ya`ni
Ki gul chog`ida zamone oyilmadi ko`nglum.

Zamona gulbunida g`unchadekdur el ko`ngli,
Alarg`a, shukrki, bori qotilmadi ko`nglum.

Navoiy, g`uncha tilab ko`nglum og`zin etti havas,
Agarchi topmadn, lekin yongilmadi ko`nglum.

                                       461

Loladek yuzung xayolidin to`la qondur ko`zum,
Balki lola jomidek qon ichra pinhondur ko`zum.

Ichida suv tegrasida yosh qoborg`on shakl ila
Sensizin bir toza qo`yg`on dog`i hijrondur ko`zum.

El xam etgan sham` o`ti andomi birla o`rtanur,
Yo`q ajab, gar kecha tong otquncha giryondur ko`zum.

Shoxi marjondur qizil raglar, duri g`alton sirishk,
Bu zarofatdin biaynih bahri Ummondur ko`zum.

Har yoram jismimda bir hayron ko`z o`lmish holima,
Turfa ko`rkim, muncha hayron ko`zga hayrondur ko`zum.

To to`kar jonbaxsh la`lingning xayolidin sirishk,
Bahri ashk ermaski, ayni obi hayvondur ko`zum.

Ko`z nazar yo`lin tilar, tutqay vido` ashkin to`kub,
Ko`z yumub-ochquncha yuz ko`rguzki, mehmondur ko`zum.

                                      462

Magarki, ko`z yo`lidin oqti qon bo`lub yuragim,
Ki tog` etaklaridek lolagundurur etagim.

Ne tushki, hajri balosin ko`rarda seskansam,
Dukuldamak bila qo`shnini uyg`otur yuragim.

Raming bo`g`un-bo`g`unumni oyirdi, ham xushtur
Itingga tashlamoq uchun birin-birin so`ngagim.

Emas bu xolki, ko`z orazig`a yetganda
Qolibdurur yopishib ayni shavqdin ninagim.

Ne bazm erur mayi hajring sumurmagim, hayhot,
Ki hasrat ilgi ovuch qoqmoqimdurur gazagim.

Demangki, qoshlari mehrobida tilak tilagin,
Mang`aki  qoshlari mehrobi-o`qdurur  tilagim.

Chamanda savsanu ra`no qadig`a moyilmen,
Ki savsaniy to`n ila jilva ko`p qilur miragim.

                               463

Qadingg`a to`bi o`lubtur muti`u chokar ham,
Bu ishga adl tonuq sarv erur, sanubar ham.

Bir uchig`aki, momuq chirmalibturur boshog`ing,
Ko`ngul yarosig`a bo`lmish fatilaliq marham.

Ko`ngulki, ohi tafidin qorordi paykoning,
Meni ul etti siyahro`zu tiyra axtar ham.

Yopishti qonima hajring palosi, uylaki bor
Shahidliqda kafan, xastaliqda bistar ham.

Ishimni mug`bachalar ishqi ichra so`rsa faqih,
Dengizki, bog`ladi zunnoru chekti sog`ar ham.

Ko`ngulga sham`i jamoling solibdurur bir o`t,
Ki to`zmagay anga parvona, bal samandar ham.

Xumor za`fida may bahri ichra gar tushsam,
G`ariq mumkin erur bo`lmog`im shinovar ham.

Gadoyi vasling erur bulbul, ayla rahm, ey gul,
Ki bir qaror ila qolmas gado tavongar ham.

Navoiy aytsa gah yova, goh lol o`lsa,
Ne tongki, muztarib aylabsen ani, muztar ham.

                                      464

Ko`ngul jon birla bordi hamrahing, men dard ila turdum,
Sanga jon birla ko`nglumni, seni tengriga topshurdum.

Nishondur tiyra bo`lg`on axtari baxtim savodidin
Tuganlarkim, firoqing o`tidin g`am shomi kuydurdum.

Yig`och birla boshoqkim, tanda qolmish uldurur marham,
Junundinkim, firoqing o`qlarin jismimda sindurdum.

Tutashti sham`dek har barmog`im hijron sharoridin,
Ilik marham qo`yay deb chun ko`ngul chokiga yetkurdum.

Chu ul kofir chiqar ko`z solmag`aysiz, ey musulmonlar,
Ki men bechora ko`nglumni boqib turg`uncha oldurdum.

Qotibdur ko`zlarimki, ne yopilmoq, ne taharruk bor,
Qiyo boqqaymu bir deb, azm etarda baski telmurdum.

Yuzin ko`rgach boshimg`a tushti mushkin zulfi savdosi,
Fig`onkim, bir boqishda yuz balo boshimg`a kelturdum.

Ko`ygul tinmasqa qolmish erdi har nav` orzu birla,
Rizo ko`yida to qo`ydum qadam, ko`nglumni tindurdum.

Makon gulxan kulin qildim, Navoiy, telbadek, ya`ni
Junun torojidin oxir qaro tufroqqa o`lturdum.

                                        465

Chu yopsa na`shim uza mug` palosi idborim,
Belin tongorg`a palos uzra yaxshi zunnorim.

Chekib may ahli xarobotu xirqa chok aylab,
Ko`tarsalar yig`ilib na`sh ila tani zorim.

Mug`ona navha bila dayr sori azm aylab,
Chekib surudi vafo yor, balki ag`yorim.

Yasarda dayri fano dargahida qabrimni,
Borisig`a budurur iltimosu ziyahorim.

Ki dayr pirining ollida bosh qo`yub, yer o`pub,
Niyozlar bila arz etsalar bu guftorim:

Ki men xud anglamay ish sirridin xabar, o`ttim,
Ish uldururki, gahi bo`lmasang xabardorim.

Qadam agar lahadim uzra qo`ysang, ermas tong,
Ki bo`lsa ravzayi jannat bu kulbayi torim.

Umidim oxir erur dayr pirining karami,
Gar emdi mug`bachalar birladur saru korim.

Navoyiyo, boqibon fazl bahri mavji sari,
Xudoy uchun tilama tavba birla ozorim.

                                    466

Ayni za`fimdin qo`lum chun qo`ldading, ey dilbarim,
Qo`yma ilgimniki, qo`rqarmen to`kulgay paykarim.

To junun bemorimen, gulxanning o`tluq kullari
Bo`ldi gulgun rishtadin gullar tikilgan bistarim.

Sovug` ohimdin zarar topqay edim g`am bazmida
Jism uyida bo`lmasa o`tlug` ko`nguldin mijmarim,

Qatra xo`ylar ichra ul orazni ko`rdum, ey rafiq,
O`lmagim ermas ajabkim, suvga tushmish axtarim.

Dema, la`lim shavqidin sipqormading qon bir qadah,
Men icharmen, ko`z to`kar, netib tugansun sog`arim?

Gulshani faqr ichra-to kirdim erur, balkim emas
Gunbazi nilufariy gulshanda bir nilufarim.

Hajr tig`i ko`p uchun jismimda har yon chekti bosh,
Ey Navoiy, men mazallat toyiri, budur parim.

                                    467

Ko`ngluma yor istabon, mehnat kelurni bilmadim,
Jong`a yetmay ul hanuz ofat kelurni bilmadim.

Suratin ko`rmak tamanno aylabon, ko`rmay hanuz,
 Ollima yuz ming ajab surat kelurni bilmadim.

Men yuzin ko`rmay hanuz el vasl etar ermish tama`,
Ko`ngluma mundoq qotiq holat kelurni bilmadim.

Ko`rmay oxir tarkin ettim, vahki, munglug` jonima
Vasl yetmay, jovidon furqat kelurni bilmadim.

Ishq ko`yida balo ko`p ko`rmagin bildim, valek
Yor tarkin tutqucha g`ayrat kelurni bilmadim.

Resh etib jonimni ulkim, dedi marham kelturay,
Marham  andin nishtari hasrat kelurni bilmadim.

Ul rafiqekim anga dedimki, jon aylay tufayl,
Muncha  ondin jonima  vahshat kelurni bilmadim.

Ko`ngluma  ashob zulmi junbida vo hasrato,
Charx neshin marhami rohat kelurni bilmadim.

Ishq shahrohig`a kirmashi xayol etmak bila
Ollima yuz vodiyi hayrat kelurni bilmadim.

Ey Navoiy, qilmag`uncha mosivolloh tarkini,
Komim ichra jur`ayi vahdat kelurni bilmadim.

                                          468

Tun oqshom keldiyu kelmas mening sham`i shabistonim,
Bu anduh o`tidin har dam kuyar parvonadek jonim.

Ne g`am, ko`rguzsa ko`ksum porasin choki giribonim,
Ko`runmas bo`lsa ko`ksum yorasidin dog`i pinhonim.

G`amidin durri maknundek sirishkim oqti Jayhundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki g`altonim.

Falak ham to`ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin
Kelib tushmasmu markabdin mening xurshidi raxshonim?

Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o`lgum, vah,
Manga bo`lsang ne Xizri rah, yetib, ey obi hayvonim.

Dema ko`kdin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg`onim.

Quyosh qochib yuzin uydi, shafaq o`tqa tushub kuydi,
Falakka dog`lar qo`ydi g`amingdin so`zi pinhonim.

Navoiy kibi hijrondin bu oqshom o`ldum afg`ondin,
G`amim yo`q buyla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.

                                        469

Zulmati hijron qilur qat`i hayotim dam-badam,
Ey Masihi Xizrpay, boshimg`a yetkur bir qadam.

Novaking ko`nglum aro sing`ay debon payvand uchun,
Ko`z qarosi obno`su qon yoshim bo`lmish baqam.

Boshda tiyg`ing, jon aro novaklaringning sharhini
Yozaram doimki, bor bu ishda hamdardim qalam.

Yor kelmish qabrima, har yon sog`inmang lolakim,
G`ayrini o`rtarga g`ayrat o`tlari urmish alam.

Ruh uchar ul yon, vale o`rtar parin hijron o`ti,
Oh, agar ul toyiri davlat bu o`ttin qilsa ram.

Eyki, shohid ko`zu zulfu og`zig`a oshuftasen,
Bir taammul aylakim, bordur bu maqsuding adam.

Gar Navoiy ishqi ortar, ohidin sen vahm qil,
Kim o`churur sham`ni garchi yorutur o`tni dam.

                                470

Ishq ila bo`ldum masal savdo bila afsona ham,
Shukrilillohkim, yana oshiqmenu devona ham.

To unutdi oshnolig` rasmin ul begonavash,
Oshno yig`lar mening holim ko`rub, begona ham.

G`am tuni mendurmen ohu ashkdin sham`im o`chub,
Boshima yemrulgali turmish buzuq koshona ham.

Elga mehring bor, buzuq ko`nglumga ham bir zarra boq,
Kim quyoshning tobidin mahrum emas vayrona ham.

Ey malohat sham`i, har soat meni kuydurmakim,
Ko`p yorumas sham` agarchi o`rtanur parvona ham.

Yo`q, bu dayr ichra berur jomi ajal ta`mini may,
Kim erur paymona to`lmoqdin nishon paymona ham.

Ey Navoiy, gar desang ul turfa qushni sayd etay,
Rishtayi jismingni dom et, ko`z yoshingni dona ham.

                                     471

La`lingki, sog`indim ani jon rozig`a mahram,
Bilmonki. nedin xat chiqarur qonima har dam?

Terlab gul uza sabzang o`lubtur taru toza,
Xat garchi hamisha buzulur bo`lsa varaq nam.

Bosh sajdag`a rog`ibduru ko`z surmag`a tolib,
Yo`lungda, ajab ermas, agar bo`lsa qadim xam.

El pand berur ko`ngluma, sen novak otarsen,
Netgak edim ul zaxmg`a bo`lmasa bu marham.

Bilginki, ko`ngul shu`lasin izhor qilibmen,
Ul kunki, tutashqay g`am o`tidin bori alam.

Gar oqibat ahvolig`a men voqif emasmen,
Kimdurki  anga  qolmadi bu mas`ala  mubham.

Gar itti esa xasta ko`ngul g`am yema, ey aql,
G`am yegali bordur chu Navoiy, sanga ne g`am?!

                                        472

Kecha ul mahvashni yod aylab farovon yig`ladim,
Mehrim oshti subhdek har nechakim qon yig`ladim.

Sham`  avval  oqshom-o`q kuydi  fig`onim  o`tidin,
Kim men o`t sochqon bulutdek, tortib afg`on yng`ladim.

Tun qorong`u, kulba xilvat, hajridin ko`nglum to`la,
Tosh urub ko`ksumga to bor erdi imkon yig`ladim.

Yor hajridin kishiga ayta olmas g`ussani
Ko`nglum etti sharhu men mahjuru pazmon yig`ladim.

Charx ham to`kti quyoshning hajridin kavkab, vale
Yig`lamoq ul erdikim, men zor giryon yig`ladim.

Subhdek xurshid vaslidin agar kulsam, ne tong,
Menki subhi vasl uchun ko`p shomi hijron yig`ladim.

Ey Navoiy, tosh eshitsa navha qilg`ay oshkor,
Yo`q ajab, gar bir tun o`z holimg`a pinhon yig`ladim.

                                     473

Soqiyo, kechagi may nash`asidin jon toptim,
Zulmat ichra masalan chashmayi hayvon toptim.

Og`zingga olma olibkim, manga tishlab berding,
Ham o`shul og`iz ila, go`yi zanaxdon toptim.

Boda tobiyu yuzung partavidin tiyra kecha
To`lun oy ko`rdumu xurshidi duraxshon toptim.

Mehrdin ko`p nafas urma der edim tongg`a boqib,
Kim men ushbu kecha xurshidni mehmon toptim.

Men to`kub ashk falakdek, vale behudlug`uma
Dam-badam  yorumag`ur  subhki  xandon  toptim.

Telba ko`nglumki, labu zulfung` uchun itmish edi,
Kecha mayxona aro mastu parishon toptim.

Charxdin mehr tama` tuttumu ofat ko`rdum,
Yordin vasl talab qildimu hijron toptim.

Zulfi fikrida Navoiyni labi tirguzdi,
Soqiyo, kechagi may nash`asidin jon toptim.

                                    474

Bitigingdinki, savodini ko`rub jon toptim,
 Zulmat ichra masalan chashmayi hayvon toptim.

Bahrdin qatrag`a ta`zim ila tahsin ko`rdum,
Mehrdin zarrag`a e`zoz ila ehson toptim.

Har alif sarv edi, he g`unchavu doli sunbul,
Demayin nomaki, bir toza guliston toptim.

Anbarin madlarikim mehr edi mazmuni aning,
Har uzun kechada bir mehri duraxshon toptim.

Qatra qonlarki, ko`zum sochti o`qur holatida
Har shabih ustida bir la`li Badaxshon toptim.

Ne shabih erdiki mazmuni bila ashkimdin
Toshida la`l, ichida gavhari Ummon toptim.

Gah-gahi xasta Navoiy tanig`a jon yetkur,
Bitigingdinki, savodini ko`rub jon toptim.

                                   475

Visol tuxmini ektim, firoq bar toptim,
Vafo niholini tiktim, jafo samar toptim.

Muhabbat o`tiki yoqtim visol sham`i uchun,
Uzumni oqibat ul o`tda-o`q sharar toptim.

Men ashk birla yudum g`ayr naqshini ko`zdin,
Valek g`ayrg`a-o`q yordin nazar toptim.

Umid bahrida har necha g`o`takim urdum,
Sadaf ko`zumdinu ko`z yoshidin guhar toptim.

Dedim, bu ramzni anglay, vale xirad pirin
Bu nukta kayfiyati ichra bexabar toptim.

Chu dardi ishq biyobonlarini qildim qat`,
Adam viloyatidin nori yuz xatar toptim.

Navoyiyo, kecha-kunduz xatu yuzini tilab,
Shabona navha bila nolayi sahar toptim.

                                      476

Vasl bargin uzki, men hijron gulin bo`y etmisham,
Mehr tarkin tutki, men mehnat bila xo`y etmisham.

Naxli qaddingg`aki berdim ko`z yoshidin parvarish,
Emdi bosh tortarki yoshdin yuz sori jo`y etmisham.

Har sori javlon qilib yetgach manga chekting inon,
Bu ekin jurmumki yo`lungda boshim go`y etmisham?

Noma ichra chirmashibon sanga yetgaymenmu deb,
Orazim kahbargu jismim rishtasin mo`y etmisham.

May bo`lub ashkim, g`izo bag`rim, surud afg`onlarim,
Keling, ahli ishqkim, g`am xaylig`a to`y etmisham.

Shayx boqiy bo`lsunu zarq ichra tinmasliqki, men
Tinmisham, tokim fano dayri sari ro`y etmisham.

Topmadim gulchehralardin shammae bo`yi vafo,
Ey Navoiy, nechakim yeldek taku po`y etmisham.

                                        477

Tirik yururmenu bor mendin ayru jononim,
Bu umr birla yurub o`lmagan mening jonim.

Bag`irda yuz xalavu, vah, demakka yo`q zahram,
Ko`ngulda qon to`lavu yo`q dam urmoq imkonim.

Ne bir aniski, oritsa lolayi ashkim,
Ne bir rafiqki, anglasa dog`i pinhonim.

Ko`rub qoshida muhiblarni jam`u men mardud,
Munkayibon buzulur xotiri parishonim.

Ko`ngul xud ittiyu jon hamdami bo`la olmon,
Bir-ikki lahzaki bor ul zaif mehmonim.

Azimat etgali ul ganji husn andoqdur,
Ki chug`z or qilur ko`rsa emdi vayronim.

Navoyiyo, bu navolarki kecha tortarmen,
Zuhal eshituru xurshid eshitmas afg`onim.

                                         478

Ey, qading sarvi ravon, ko`yung bahoru gulshanim,
Mehnatu afg`on sening hajringda ko`rgan-bilganim.

Qabr toshidur bezaklik sarbasar gul bargidin,
Toza-toza dog` ila ko`hi balo bo`lg`on tanim.

Charx mehnat toshidin to ravzan ochti har taraf,
Men malomat bulbuli, go`yo qafasdur maskanim.

Mehnatu g`am o`qlarig`a, vahki, yuz ming zaxmliq,
Ashki siymandud qilg`on hay`at o`ldi javshanim.

Tig`ikim ko`ksum uyin ochti, eshikdekdur anga
Ochilib yopilsa har dam choklik pirohanim.

Do`stlar, meni ko`ngulsiz deb so`rarsiz, shodmen,
Bo`lmayinmu shodkim, daf` o`lmish andog` dushmanim?

Ishq naqdi dog`i g`am kirmish Navoiy ko`ngliga,
Vahki, bir dam ajdahodin xoli ermas maxzanim.

                                      479

Eyki, avval qomating vasfini shamshod ayladim,
Sarvi jannat bo`lki, emdi seni ozod ayladim.

O`zgalarni davlati vaslingda xush tut, chunki men
Xasta ko`nglumni g`ami hijron bila shod ayladim.

Xoh sen yor o`l manga, xoh o`zgalarning yori bo`l,
Chun men o`z tab`imni bekaslikka mu`tod ayladim.

Mujda ber, ey shayxkim, tortib nadomat ohidin,
Bul`havasliq juzvi avroqini barbod ayladim.

Necha men mahrum o`lub, bo`lg`ay anga mahram raqib,
Shukrkim, g`ayrat tariqin oqibat yod ayladim.

Ul vafosiz ishqini tark etmaguncha tinmadim,
Ne yomon soatda bu shum ishni bunyod ayladim?

Ey Navoiy, hech bilmonkim, unag`aymu ko`ngul,
Onga muncha ajnabiy so`zlarki irshod ayladim.

                                     480

Junundin uyla tufrog` o`ldi jismi ranjparvardim,
Ki har tosh ursalar atfol jismimg`a, chiqar gardim.

Necha hajrinda o`lgum ohu ashkimdin solib to`fon,
Vale qo`ymang, ko`rarga kelsa sarvi nozparvardim.

Yo`lida baski qo`ydum chehra sonchilg`on xasu xoshok,
Somonlar bilki chekmish kahrabodek chehrayi zardim.

Payopay ne ekan abri bahoriydin choqin tushmak,
Bulut uzra bir uchqun soldi go`yo shu`layi dardim.

Quyundek gar talab dashtida yo`q men yetmagan vodiy,
Ne g`am, sargashtalikda uchrasa mohi jahongardim.

Vafo bo`stonin ashkim birla serob ayladim umre,
Erur g`am novaki sarvim, bag`ir pargolasi vardim.

Muhiqdur, ey Navoiy, ul pari mendin malul o`lmoq,
Nedinkim, ko`yida devonalig`ni haddin o`tkardim.

                                       481

Mehr ko`p ko`rguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.

G`am bila jonimg`a yettim, g`amgusore ko`rmadim,
Hajr ila dilxasta bo`ldum, dilsitone topmadim.

Ishq aro yuz ming malomat o`qig`a bo`ldum nishon,
Bir kamon abro`da tuzlukdin nishone topmadim.

Ko`nglum ichra sarv o`qdur, g`uncha paykon, gul tikan,
Dahr bog`i ichra mundog` gulsitone topmadim.

Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko`rmadim,
Ishq ko`yida o`zumdek notavone topmadim.

Ko`p o`qudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,
O`z ishimdin bul`ajabroq dostone topmadim.

Ul amon ichinda bo`lsun, ey Navoiy, garchi men
Bir zamon ishqida mehnatdin amone tolmadim.

Tab` ganjidan maoniy xurdasii, yuz qatla hayf,
Kim nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.

                                      482

Etti so`zi hajru chektim ohi dardolud ham,
Xasta jonim kuydiyu boshimg`a chiqti dud ham.

Kim vafo ahlin sinuqtursa, bilurmen onchakim,
Ko`p ziyon qilmasa, bore qilmag`ay ko`p sud ham.

Istagan Majnun mazorin, kelki, andin kam emas
Telba ko`nglumni yoshurg`on jismi g`amfarsud ham.

Anjum ermas, g`am tunikim ishrat ayvonin sipehr
Mixdo`z aylab, sarosar qildi qiyrandud ham.

Muddaiy, ko`p kulma idborimg`akim, yor ollida
Sen kibi maqbul edim bir choq meni mardud ham.

Ko`p toriqma, ey ko`ngul, ul sho`x hijroni aro,
Shoyad ushbu ishda-o`q erdi ekin behbud ham.

Ey Navoiy, o`lmasa bori firoqingdin malul,
Ayrilurda yaxshiroqkim qilmasang padrud ham.

                                     483

Yog`lig`ing ilgimda, ashkimni ravona aylaram,
Ko`zga surtub ashk aritmog`ni bahona aylaram.

Ul ko`zumga chum yetib, taskin topib giryonlig`i,
Ko`zdin olg`ach, yona ashkimni ravona aylaram.

Yona yetgach, ko`zga ashkim tursa olurmen oni,
Yona borsa, chorasin bu nav` yona aylaram.

Ko`zda kirpiklarni tillar aylabon har torig`a,
Za`fi holim ko`z tili birla fasona aylaram.

Balki har torig`a jonim rishtasin chirmashturub,
Jonima kasbi hayoti jovidona aylaram.

Bir qadah quysangki, tutsa mug`bacha, ey piri dayr,
Naqdi din sarmoyayi jomi mug`ona aylaram.

Ey Navoiy, toki bo`lmishmen fano dayrida mast,
Aqlu din tashvishidin forig` tarona aylaram.

                                           484

Oqizdi limuyi bo`rkungni ko`rgach oncha qon ko`nglum,
Ki za`f etti sorig` gul g`unchasidek notavon ko`nglum.

Ko`ngulda baski g`uyachang fikratidin xurdayi ma`ni
Yig`ibmen, g`uncha ko`nglidek bo`lubtur xurdadon ko`nglum.

Sanubar ko`ngliga ko`nglumni o`qshatmangki, o`rtabdur
Nihon har tuxm ummediga bir dog`i nihon ko`nglum.

Badan vayronida ul husn ganji hajridin gohi,
Gah o`z yolg`uzlug`idin chug`zdek tortar fig`on ko`nglum.

Duri ishqingni to topmish, agar chok o`lsa sar-tosar,
Guhar yutqon balig` yanglig` dam urmas bezabon ko`nglum.

Aningdek topti siymin soyiding yodi bila ulfat,
Ki dastomuz qushdek onsiz o`lmas bir zamon ko`nglum.

Maqomi gah balo tog`idurur, gohi fano dashti,
Ki ishq ichra berur Farhodu Majnundin nishon ko`nglum.

Falak zoli g`amu dardin chekardin o`ldum, ey soqiy,
Keturgil raz qizin botkim, tilar bir n-avjuvon ko`nglum.

Navoiy, derki, ko`nglungni keturgil ishq ko`yidin,
Bag`oyat yaxshidur, gar bo`lsa rozi ul yomon ko`nglum.

                                     485

Yana firoq o`tig`a tushti toblig` ko`nglum,
Tarahhumeki qiladur xaroblig` ko`nglum.

Sog`insa g`unchang uchun qong`a evrulur har dam,
Bu yuz jarohat ila pechu toblig` ko`nglum.

Firoqu dard qachon tuzsa bazm kulbamda,
Berur ko`zum mayi la`lu kaboblig` ko`nglum.

Erur sharoraki xurshid sori borg`ay tez,
Yuzung visolig`a jahdu shitoblig` ko`nglum.

Yuzungai ko`rdum esa suv bila balig`dek o`lur,
Qarorsiz tanimu iztiroblig` ko`nglum.

Fano yeli qonikim ochsa chehrayi maqsud,
Ki tan g`uborida bo`lmish hijoblig` ko`nglum.

Navoiy g`am yediyu o`ldi, dog`i topti visol,
Ne topmasun bu sifat xo`rdu xoblig` ko`nglum?

                                486

Ne kun kelgayki, kelgay nozaninim,
Ne xush bo`lg`ayki, bo`lg`ay hamnishinim.

Saodat xatlari qilmish huvaydo
Oting changiga surtulgan jabinim.

Erur ul sho`x otqan kaj guruha
Ko`ngul ganji aro durri saminim.

Nedin ul ko`z chekar o`q go`shalardin,
Gar o`lturmakka qilmaydur kaminim?

Tegurma otashin la`lingg`a boda,
Kim ul o`tdin kuyar joni hazinim.

Ketur, ey mug`bacha, jomi mug`ona,
Erur olsang bahosi naqdi dinim.

Navoiy, ne osig`, jonong`a yetmas,
Navolarkim chekar joni hazinim.

                                    487

Ne ayb, agar mayi sofiy g`amidadur ko`nglum,
Ki changi halqayi zulfi xamidadur ko`nglum.

Falak haqiqati fikrida kuydi ersa, ie tong,
Ki ajdahoye damonning damidadur ko`nglum.

Mug`anniyo, kelu tuzgil xaroshliq unuma
Hazin taronaki, rudung bazmidadur ko`nglum.

Nishotdin dema so`z, navha birla boshla surud,
Ki dardu g`amzadaliq olamidadur ko`nglum.

Firoq o`tig`a tushub dam-badam to`kar qon yosh,
Ki oxir o`lgusi o`z motamidadur ko`nglum.

Ne ayb, vaslidin ar marhal o`lsa ko`nglumda,
Hamisha chunki aning marhamidadur ko`nglum.

May ich, Navoyiyu, ahli zamondin aylama yod,
Ki ushbu xayldin asru ramidadur ko`nglum.

                                       488

Vayranaedur maskanim, andin manga bisyor g`am,
Ohim bila eshikda o`t, ashkim bila devor nam.

No`shidin elda guftugo`, ey hajr, icharmen men og`u,
Kosh o`lsamu ko`nglumni bu anduhdin qutqorsam.

Qil ishq dayrida maqar, sukkonig`a solg`il nazar,
Kim bor bu majma` ichra har bir durdkash xummor Jam.

Har yerki anda bir nafas ishratqa topsam dastras
Yuz qatla aylarmen havas, kim bo`lsa erdi yor ham.

Soqiy, bugun mayin unut, mendek dame xunoba yut;
Mutrib, navoe navha tut, sozingg`a bog`la tori bam.

Desamki, ey badmehr o`g`ul, yuzung ko`rub oy tutti yo`l,
Der: Er quyi gar bordi ul, bir shabravi ayyor kam.

Miskin Navoiy bersa jon, ey diyda, har dam to`kma qon,
Ul har necha qilsa fig`on, sen asrag`il znnhor dam.

                                        489

Chun o`larmen bir nafas ul dilraboni ko`rmasam,
Ne hayot imkoni bo`lg`ay bir kun oni ko`rmasam.

Ko`nglum ichra topilur g`am novakidin yuz nishon,
O`qidin har kun tanimda yuz nishone ko`rmasam.

Ko`ngul itti, ko`zni dog`i istaram ashk etsa ko`r,
Kim tilarmen hargiz ul yuzi qaroni ko`rmasam.

Sog`inurmen kufr zulfi mojarosidin base,
Gar dame ul sho`xi kofir mojaroni ko`rmasam.

Kim  vafo  gulchehralardin ko`rdikim, men ko`rgamen,
Bo`lmas ushbu ayb ila ul bevafoni ko`rmasam.

Har biri yuz minnat aylarlar, erur bu ham jafo,
Olam  ahlidin  ne kunkim  ming jafoni ko`rmasam.

Ey Navoiy, ne balodurkim, o`larmen qayg`udin,
Gar dame ollimda ul sho`xi baloni ko`rmasam.

                                  490

Oncha kavkab to`kti shomi g`am xayolingdin ko`zum,
Kim yorudi oqibat subhi visolingdin ko`zum.

Xoldin ko`z tiyra bo`lmoq rasm erur, bu turfakim,
Yorudi ko`z mardumidek turfa xolingdin ko`zum.

Quy aqiqi may suhayli jom aro, ey mug`bacha,
Kim yorur ul axtari farxundafolingdin ko`zum.

Vaslingga yettim, bihamdillahki, zoyi` bo`lmadi,
Ulki qon yig`lar edi har dam xayolingdin ko`zum.

Bu sababdinkim nedin sensiz qolib ko`r o`lmadi,
Boqa olmaydur yuzungga infiolingdin ko`zum.

Yangi oy ko`rgach xaloyiq ko`zni yummoq rasm erur
Lekin ochildi ko`rub mushkin hilolingdin ko`zum.

Shukrlillahkim, Navoiydek munavvardur yana
Xoki poyingdin yuzum, sham`i jamolingdin ko`zum.

                                     491

Er yuzini tutti ashkim, ko`kka yetti nolishim,
Yuqori tengriyu quyi sendin o`zga yo`q kishim.

Lojaram devonavu rasvoyi olam bo`lg`amen,
Chun tushubtur, ey pari paykar, sening birla ishim.

Tish qadabmen la`lingga uzmasmen andin bu tama`
Anburi hijron ila bir-bir sug`ursalar tishim.

Har biri yuz minnat aylarlar, erur bu ham jafo,
Yuzu zulfung davrida mundoq kechar yozu qishim.

Tiyralik dudu shafaqdur shu`lavu anjum sharor,
Go`yiyokim soldi o`t hijron tuniga qarg`ishim.

Mehri yo`qlug`din zrur har tun sinoni oh ila
Ko`k hisori xayli birla tongg`a tegru sonchishim.

Ey Navoiy, gar sening nolangg`a yig`lar andalib,
Bir kun ul gul ko`ngliga ham kor qnlg`ay nolishim.

                                   492

Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim, bilmadim,
Bu g`azabkim ayladi mohim, gunohim bilmadim.

Oshiq o`ldum yordin topqay debon ko`nglum visol,
Hajr bu yanglig` bo`lurni kiynaxohim bilmadim.

Yor ko`yi ichra itti zor jismim ohdim,
Qayda tushganni bu yeldin bargi kohim bilmadim.

Ishq bo`stonig`a kirganda havoyiy qush kibi,
Sunbuli zulfi bo`lurni domi rohim bilmadim.

Aqlu hushu sabrim itti ko`rgach ul kirpik safin,
Bir-bir o`lmog`ni haro ko`rgach sipohim bilmadim.

Kirmaguncha dayr aro tinch o`lmadim, tut bodakim,
G`ussadin bu qal`a erkanni panohim bilmadim.

Ey Navoiy, buyla qilg`on ro`zgorimni qaro
Hajr shomi erdi yoxud dudi ohim bilmadim?

                                   493

La`ling g`amidin diydayi giryon bila bordim,
Ko`rmay seni yuz nolavu afg`on bila bordim.

Vaslingg`a yetay dedimu hajringg`a yo`luqtum,
Ummed ila keldim, vale armon bila bordim.

Vaslingg`a shitob aylab o`kush g`am bila yondim,
O`qdek kelibon bir necha paykon bila bordim.

Olamg`a vido` ettim o`shul yuz havasidin,
Yuz shukrki, oxir dame imon bila bordim.

Umre tilab ish sirrini ketmak kerak oxir,
Kim shammae andin meni hayron bila bordim.

Olamg`a vido` ettim, och ul yuzni damekim,
Zodi abad etay, chu bu borg`on bila bordim.

Dedimki: Navoiydek o`lay mehring ila-o`q,
Yuz shukrki, ul va`davu paymon bila bordim.

                                        494

Vodiyi hajringda bir dam qon yutardin qonmadim,
Ushbu o`tlug` vodiy ichra tinmadim, to yonmadim.

O`lganimdin so`ngra keldi so`rg`ali dardimni yor,
Uyqu, ko`rkim, boshima yetib quyosh, uyg`onmadim.

Orazim sorg`ordi oltundek soching savdosidin,
Mundin o`zga naqd ul savdo aro qozg`onmadim.

Ko`yiga aylandurung na`shimki, hijron za`fida
O`lturub hayrat meni bir ud taraf aylonmadim,

Nol yanglig` garchi xatting shavqidin bo`ldum zaif,
Lek javrung tig`i boshimg`a kelib to`lg`onmadim.

Saltanat, ko`rkim, niholi mehrdin arz ettilar,
Juz fano mayxonasining kirpichin yostonmadim.

Ishqida iqror ko`p chekma meni o`lturgali,
Ey Navoiy, chunki men hargiz bu ishdin tonmadim.
 
                                            495

Sahar ko`rdum yuzin, oqshomg`acha kuydi hazin jonim,
Bu erdi subhi vaslim, to ne bo`lg`ay shomi hijronim?

Quyosh kulbamg`a ingandin manga yuz qatla xushroqdur
Qaro shomimni ravshan aylagan sham`i shabistonim.

Ne yanglig` yoshuray hijron g`aminkim, fosh etar hardam
Og`izdin shu`laliq ohim, nazardin ashksiz qonim.

Ajabdur toyiri vasl istamak kulbamg`a qo`nmoqkim,
Yaqindur nasri voqi`ni uchurg`ay ko`kdin afg`onim.

Qading naxli xayoli ko`zdadur, ey navbahori husn,
Maozolloh, agar oni qo`ng`arg`oy seli mujgonim.

Dedim: so`zon ko`nguldin chekmagil bir dam xadangingni,
Dedikim: qolsa bir dam suv bo`lur ul o`tta paykonim.

Baliyat toshi yog`durg`on kibi vayronima gardun,
Mazallat gardi har dam yog`durur boshimg`a vayronim.

Qadah davrin evur, ey dayr piri, toki mumkindur,
Ki davron ranjini tortarg`a emdi yo`qtur imkonim.

Dema, jomi fano ichra ezilmishdur ajal zahri,
Navoiy, jon berib, ul jomni chekmakdur armonim.

                                                 496

Muvofiq kiydilar, bo`lmish magar navro`z ila bayram,
Chaman sarvi yashil xil`at, mening sarvi ravonim ham.

Chaman sarvi qolib hayron, mening sarvim qilib javlon,
Aning shaydosi bir dehqon, munga shaydo bari olam.

Chaman sarvi qolib bebar, mening sarvim bo`lub dilbar,
Ani yel aylabon muztar, bu yeldek sekratib adham.

Qo`nub ul sarv uza bulbul, chekib gul shavqidan g`ulg`ul
Bu sarv uzra ochilib gul, anga terdin tushub shabnam.

Qilib ohim sari parvo, bu yon mayl etmading qat`o,
Sabodin, ey qadi ra`no, bo`lur ham sarv gah-gah xam.

Bu bog` ichra may, ey soqiy, ki bormen asru mushtoqiy
Ki anda sarv ham boqiy emas, gul ahdi ham mahkam.

Navoiy, ko`yin et manzil, yuzu qaddig`a bo`l moyil,
Ki bog` etmas seni xushdil, tulu sarv aylamas xurram.

                                      497

Jong`a ko`ksum chokidin jononni mehmon ayladim,
Gavhare toptim, oni qo`ynumda pinhon  ayladim.

Kavkab ermas, paxtalar tiqmish qulog`ig`a sipehr,
Ul quyosh hajrida tunlar baski afg`on ayladim.

Jong`a, ey gul, xori g`am ko`p urdung, et vahm emdikim,
Har birin bir novaki ohimg`a paykon ayladim.

Ko`ksum uzra neki marham erdi, ashk oqizdi, voy,
Kim salomat tarhin ul suv birla vayron ayladim.

Fitna toshi yo salomat sohili tengdur manga,
Kim hubobi ashkdin boshimg`a qalqon ayladim.

Boisi maqsud zohid zuhd qildi, men fano,
Faqr iqbolidin ul mushkulni oson ayladim.

Ey Navoiy, bog`lab erdi Ka`ba ihromin ko`ngul,
Ko`yidin bir nuqta sharh aylab, pushaymon ayladim.

498

Ne tong`, gar muhlik o`lsa dudi ohim imtidodi ham,
Ki bir hijron tunicha bor aning qaddi savodi ham.

Labi birla mengi vasfin yozay desam, munosibdur
Varaq jon safhasi, dog`im qarosidin midodi ham.

Agar bir dam unutsam oni, haqdin istaram o`lmak,
Agarchi o`lturur har dam meni bedilni yodi ham.

Tutulmish zulfunga, lekin yuz ochsang ochilur ko`nglum,
Sening ilkingdadur ul telbaning bandi kushodi ham.

Hayotim naxlini hajringda ashkim seli chun yiqti
Madad qildi nigun aylarda ohim tundbodi ham.

Uqubatlar bila hajrida o`ltursang meni, ey ishq,
Jahon ahli aro ibrat o`chun yetkur munodiy ham.

Kerakmas g`arra bo`lmoq shohidi davlat bosh indursa,
Ki purxamliq erur oning salomu xayrbodi ham.

Meni zuhdi riyoiy sori targ`ib etting, ey zohid.
Salohi bor esa, zohirdurur oning fasodi ham.

Navoiy egniga qo`ydung sabu ichmakka dayr ahli,
Bu erdi umrlar, ey mug`bacha, oning murodi ham.

499

Aqlu jon qasdida ko`rdum ul ko`zu mujgonni ham,
Chektim ul  mujgonu ko`z ollida aqlu jonni ham.

Novaking yetgach qiziq ko`nglum yig`ochin kuydurub,
Qatrayi suv yanglig` oshom ayladi paykonni ham.

Ko`z yoshimni qon qilib, bag`rim suv etting`, ey firoq,
Yo`qki yolg`uz suvni qon qilding, suv qilding qonni ham.

Ishq dashtida quyundek xoksoringmen, gahe
Istasang ushshoqni, yod et bu sargardonni ham.

Go`ydek boshim necha raxshing ayog`i zarbidin
Po`ya qilg`ay; gah-gahi yetkur anga chavgonni ham.

Ey tavongar, nechakim qasringni  qilding zarkigor,
Asru xoli ko`rma darvesh o`lturur vayronni ham.

Ko`nglum olib bordingu qomish manga bir xasta jon,
Har qachon kelsang Navoiy topshurur qolg`onni ham.

500

Ajoyib tiyradur hajrim tuni, ey mehri yo`q mohim,
Magar sovurdi ishqing o`rtaganlarning kulin ohim.

Vujudum ul quyosh hajrida andoq murtafi` bo`ldi,
Ki mumkin yo`q ani istarda bo`lmoq soya hamrohim.

Yuzumning  aksi kohiy qildi ko`yungning ushoq toshin
Kamoli ishq, ko`rkim, kahrabo ijod etar gohim.

Ko`kgul ham g`amzasi o`qinki bordur orzu qildi,
Bihamdillahki, yetkurdi nekim bor erdi dilxohim,

Yasay dard o`qlaridin bir oq uy jon gulshani ichra,
Ki ko`nglumda toriqsa, anda kirgay mohi xirgohim.

Ko`ngul afsonasin gohi desam, elni tutar uyqu,
Va lekin har zamon seskandurur afg`oni nogohim.

Qilib mayxona tufrog`in vatan, qon yutmog`im, ko`rgil,
Ki bu bir bodayi ayshimdurur, ul masnadi johim.

Erur bir mug`bacha ilgidin ichmak orzusidin
Fano dayrida har dam bir eshikdin shayilillohim.

Umid ulkim qadam sarvaqtima yetkurgay ogohe,
Navoiy, gar talab yo`lida bo`lsa joni ogohim.