www.uz
G`AZALLAR

501

Bahoru bog` sayridin ne gul, ne sarvdur komim,
Budur komimki, shoyad uchrag`ay sarvi gulandomim.

O`qung ko`p zaxmidin dom o`ldi jismim, zaxmlar ermas,
Chiqarg`a jon qushi yo`llar yasabtur har taraf domim.

Jamoling ko`zgusi chun elga ro`baro` bo`lur har dam,
Ne tong, gar ko`zgu aksidek zamone yo`qtur oromim.

Xusho Majnunki, ma`nusi edi boshig`a qo`ng`on qush,
Junun toshi yog`ardin boshima ul ham emas romim.

Mangakim hajr za`fidin nafas ma`lum emas kelmak,
Ne imkon bas yetishmak ul Masihodamg`a payg`omim.

Firoqim kechasi bas muhlik o`lmish, gar sahar bo`lmas,
Nafas urmoqqa go`yo subhni qo`ymas qaro shomim.

Aningdek tashnamen, ey mug`bachakim, qo`sh tutar bo`lsang,
Falakning huqqasin bo`l ikki, to bo`lsin iki jomim.

Baho bu benavodin gar qabul aylar esang, bordur
Biriga javhari jonim, biriga naqdi islomim.

Harom ettim Navoiy, dunyovu uqbo tamannosin,
Nedinkim Ka`bayi ko`yi sari bog`landi ihromim.

502

Tandin o`qungni cheksalar og`rirdin ermas shevanim,
Andin qilurmen navhakim, ayru tushar jondin tanim.

Gulxan kuli ichra nihon jismim junundindur nishon,
To telbalik barqi ayon bo`lg`ach kuyubtur xirmanim.

To ishq aro afsonamen, o`t ichraki devonamen,
Ul sham` uchun parvonamen, kim bo`lmish o`rtanmak fanim.

Ul sho`x sekritti samand, ermas nasihat sudmand,
Har do`st emdi bersa pand, uldur ulug`roq dushmanim.

May ichgali ul no`shlab zohir qilur har dam tarab,
Bu nav` ochilmoq, ne ajab, andoq suv ichgan gulshanim.

Chun odamiyda yo`q vafo, ko`r ul pari ishqi aro
Javlongahim dashti fano, vayronayi g`am maskanim.

G`am tig`idin qochmoq havas qilma, Navoiy, har nafas,
Ul tig`ning daf`ig`a bas yuz pora xirqa javshanim.

503

Quruq tanimg`a tugan kuydururda bebokim
Fatila o`ti yetishgach tutashti xoshokim.

Tan ichra telba ko`ngul iztirob etar asru,
Tikib ne nav` o`ngalsun bu siynayi chokim?

Hazin ko`ngulni magar chok qilg`asen, ey gul,
Ki g`uncha yanglig` ochilg`ay dame bu g`amnokim.

Davoyi ishqing aro o`zga olamim bordur,
Ki ashkim anjum erur, ohdudi aflokim.

Dedim: boshimni chopib, elt to``ma itlaringga,
Dedi: bu yukdin uzulmish yaqinda fitrokim.

Fig`onki, ishq hadisi daqnq erur andoq,
Ki qosir o`lmish ani anglamoqdin idrokim,

Deding, Navoiy emish hushmand, bori degil,
Jahonda kimdurur andoq xarobu rasvo kim?!

                                        504

No`shi labini har necha so`rdum, o`sonmadim,
Ichmak bila hayot zulolini qonmadim.

Zohid dediki, rahn etibon hirqa dayr aro,
Qilmishsen anda butg`a dog`i sajda, tonmadim.

Mug` piri may borib, tiladi jonni mug`bacha,
Har neki dedilar, qiluridin tajonmadim.

Sarxayl edim bu kecha xarobot ahlig`a,
Ul saltanatni lek o`zumga inonmadim.

Aql etti man` mug`bachavu dayrdin base,
Ko`p o`kdi huru ravzani, lekin begonmadim.

Shukr, ey ko`ngulki, bo`lmadim aflok javridin
Oshuftaholu johig`a dog`i quvonmadim.

Azm ettim, ey Navoiy, ul-oy sori bu kecha,
Mahvashlar ochti shu`layi  ruxsoru yonmadim.

505

Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim,
Chu bordi, voykim, ne nav` dushvor erkanin bildim.

Der erdim hajrida shoyad o`zumni asray olg`aymen,
Bu so`z hashv erkanin bildim, hamul soatki ayrildim.

Fig`onkim, dardu g`am kirmakka xush-xush raxnalar bo`ldi,
Ko`ngulkim to`sh-to`shidin dardu g`am chiqsun debon tildim.

Hamul dam ishq dashtida meni gum qildi bexudluq,
Agar hushu xirad sa`yi bila bir lahza topildim.

Fano yo`lig`a tushtum yetgali Farhodu Majnung`a,
Nechuk yo`l bormayinkim, yahshi hamrahlarg`a qotildim.

Chu ichtim ishq jomin, bexud o`ldum tarki hush aylab,
Aningdek may ichib, bu nav` usruklukdin oyildim.

Firoqi mushkil ermish, bilmayin men ham Navoiydek
Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim.

506

Qirog` ermaski, qilmishmen ko`zum seli yo`lin mahkam,
Sirishk ermaski, ul yo`l berkimay qilmish tarashshuh nam.

Itining gar ayog`i kuydi o`tgan chog`da qabrimdin,
So`ngaklar tufrog`imdin kuydurub, aylang anga marham.

Ko`nguldur ul paridin ishq mulkining Sulaymoni,
Ki ham bor ohidin, bil, hukmida, ham dog`idin hotam.

Quyoshning qurbidin oykim hilol o`lg`ay erur andoq,
Ki bir mahvash sanga yetkach, yer o`pmaklikka bo`lg`ay xam.

Parivash tifllardin har zamon ortar jununumkim,
Berurlar hushu aqlim qushlarig`a tosh otardin ram.

Ulusdin chiqtimu har dam qocharmen soyadin ham, vah,
Ki nogah ul quyosh sirrin desam ul ham emas mahram.

Shikof ermas qalamdakim, firoqim sharhi yozg`andin
Yaqo chok aylabon, chirmab qaro, bo`lmish anga motam.

Bu ersa mayki kuydurdi vujudum kishvarin atri,
Yaqin bil, soqiyokim, jom sirrin bilmay o`tmish Jam.

May ich dahr ichrakim ish sirridin anglay desang ramze
Erur har zarraning mohiyati xurshiddin mubham.

Sahar kun ashhabig`a chun keraktur poymol o`lmoq,
Falak maydonig`a har tun qamardek surdi tut adham.

Navoiy dardi holidin dam ochmas bo`lsa, ayb etmang,
Ne dam ochsun birovkim, topmadi olamda bir hamdam?

507

Ne ul quloqqa yetar, arzi hol ado qilsam,
Ne ul ko`ngulga yoqar, naqdi jon fido qilsam.

Ko`ngul shikofig`a ul ko`y tufrog`i qanikim,
Bu xushk doru ila zaxmima davo qilsam.

Kerak quyosh dirami tanga o`lsa bay`ona,
Chu Yusufumni iki dahrg`a baho qilsam.

Fig`onki, ishq chekar bog`lab oni bo`ynumg`a
Nechaki zuhdu vara` pardasin rido qilsam.
 
Ko`zumga dahrni har lahza tiyrarak aylar
Savodi xolingga har necha ko`z qaro qilsam.
 
Ishim chu savmaa shayxi bkla tuzolmadi, kosh,
Ki emdi maykada pirig`a iltijo qilsam.

Navoiyiyo, chu sabo hamnafasdur ul gulga
Ne bo`ldi, sarsari ohimni gar sabo qilsam.

506

Hajr ila ko`rma ravo jonimg`a bepoyon o`lum,
Tig` surkim, xushdurur oz og`rig`u oson o`lum.
 
Jon berib istarmen o`lmaki, o`lum xushroqki jon,
Jonim o`lmakdur chu istaydur manga jonon o`lum.

 Xalq dushvor o`lmagim hayronidurlar, turfa ko`r,
Kim erur dushvor hajrim ollida hayron o`lum.

Hajr qolmas yoshurun, ohu fig`on chek, ey ko`ngul,
Kim yashurmoq birla hargiz qolmadi pinhon o`lum.

Dardi hijron sa`bu yetmas sharbati vasl, ey tabib,
Go`yiyokim ushbu dardimg`a erur darmon o`lum.

Foniy o`lmay qilg`on izhori fano, bilkim, erur
Ul gadokim, rizq uchun zohir qilur yolg`on o`lum.

Ey Navoiy, jahl ila o`lmak qatiq ishdur, valek
Chun kamoli ma`rifat kasb o`ldi, ne nuqson o`lum?

509

Sarvi ozodimni bog` ichra xiromon istaram,
Sabzasin sarsabzu gulbargini xandon istaram.

Dard jononimda, balkim yuz alam jonimdadur,
Yo`qki jononimg`a, bal jonimg`a darmon istaram.

Tiyradur vayronim onsiz, vah, yana bir qatla ham
Ul quyoshni baytul-ahzonimda mehmon istaram.

Naf` etar bo`lsa hino yanglig` kafi poying`a qon,
Chok etib ko`ksum, oni bag`rimda pinhon istaram.

Ey Xizr, hayvon suyi tut dam-badamkim yor uchun,
Sadqa qilmoqliq uchun har lahza bir jon istaram.

Mujdae bergil mizoji sihhatidin, ey tabib,
Kim bu payg`oming uchun jonimni qurbon istaram.

Uq kibi qaddin ko`rub aftoda chun ko`r o`lmading,
Ey Navoiy, ko`zlaringda no`gi paykon istaram.

510

Bo`lmasun ko`nglung qushig`a durru gavhar vasli kom,
Kim qazo ul donalarg`a bahr mavjin qildi dom.

Gar malak tasbihi dona hur zulfi dom erur,
Kim bu domu donag`a ziyrak qush ersang, bo`lma rom.

Dahr bog`ining havosidur samumu suyi zahr,
Anda bo`lmas bu havovu suv bila qilmoq maqom.

Bog`kim, nilufari gugird o`tidur, anglakim,
Ne muattar bo`lg`ay andin tarbiyat topqon mashom.

May o`ti birla dimog`ingni qizitmakim, bu o`t
El dimog`ida pishirmaydur bajuz savdoyi xom.

To o`zungni xascha ko`rgungdur, emassen odamiy,
Gar havoda sayr qil, gar suv uza ko`rguz xirom.

Kul qil ul xasni fano otashgahig`a tashlabon,
To ko`ngul mir`oti ul kuldin jilo topqay tamom.
 
Istaram, ko`zguda ko`rsam yor aksin bir nafas,
Soqiyo, maykim, erur ishq ahlining ko`zgusi jom.

511
 
Istaram yuz manzil o`tgaymen adam sahrosidin,
To zamone ting`amen olam eli g`avg`osidin.
 
Umr naqdin sarf etay dermen fano bozorida,
To qutulg`ay xotirim sudu ziyon savdosidin.

Xushturur vayronae taskin uchun, lekin yiroq
Yuz ming illiq yo`l falaqning gunbazi miynosidin.

Chiqmayin bu dayrdin, mumkin emas bo`lmoq xalos
Har kecha yuz ming buti siymin badan yag`mosidin.

Har so`ngak yonimda qasdi umr etar, vah, xo`shae
Bormu imkonkim, qutulg`ay muncha mehnat dosidin.

Za`faroniy yuzda gulgun ashk to`kmak ne osig`,
 Ishva ko`rgan dahr bog`ining guli ra`nosidin.

G`arqa el dafni uchun sardobaedur har hubob,
Ishq vodiysinda ashkim selining daryosidin.

Ishvagarlar dog`idin jon pardasin ko`r, ohkim,
Bu harir eskirdi zolim shohlar tamg`osidin.

Ey Navoiy, dahr bog`idin qutulmoq istakim,
Bulbul uchqon yaxshiroq zog`u zag`an ma`vosidin.

                                         512

Ko`ngulni ayladim yuz chok ishqingdan meni mahzun,
Ki husnung vasfi yozg`aymen kitobe, kog`azi gulgun.

Ko`ngulnung mazra`ikim novakingdin bo`ldi yuz xirman,
Boshoq termak uchun kelgay magar Farhod ila Majnun.

Qabob har tun chekib yuz ming sinon anjum shuo`idin,
Magar sabrim sipohig`a shabixun kelturur gardun.

Labing shavqida ko`nglum har ne borin boshidin qo`ydi,
May istab rindi muflis ayladi dastorini marhun.

Ko`ngulda sho`xlar nozidin ortar har nafas ohim,
Yonar o`tqa chu atfol evrushurlar, dud o`lur afzun.

Mayi la`ling uchun behudlug`um andoqdur, ey soqiy,
Ki qotsat, tong emas, jomimg`a kasbi hush uchun afyun.

Ulik zulfungg`a eltur orzudin yova ayturmen,
Birovdekkim yilon tutmoq uchun og`zidadur afsun.

To`kub  feruzagun  ko`k motamingg`a  gavhari  anjum,
Seni feruzavu gavhar xayoli aylabon maftun.

Navoiy, nazm lofin qo`yki, ko`z bir kunlugi ermas,
Agar yuz yil socharsen tab` bahridin duri maknun.

513

Bulut hayvon ziloli birla tirguzdi havo jonin,
Sevunmak ashkidin shodob qildi sabza mujgonin.

Emastur  sabzavu lolaki, jola toshidin gardun
Ko`kartib yer yuzin, har sori zohir ayladi qonin.

Irik nevchundurur shox uzrna gulbun bargi suhondek,
Ititmas bo`lsa bulbul joni uchun g`uncha paykonin?

Chaman Laylisidin  ayru degaysen lola Majnuyadur,
Ki gardun jola toshidin qonatmish dog`i hijronin.

Chaman bahri latofat bo`ldi nayson durlari birla,
Qizil toldek muhayyo qildi har yon shoxi marjonin.

Bu fasl ichra malomat toshidin solim birov qolg`ay
Ki chekkay may sumurmakda yuziga jomi qalqonin.

Mayikim otashin chiqg`ay sarig` gullar, agar dehqon
Tomizsa qatrae andin suvorur chog`da bo`stonin.

Birovkim dahr bog`iiing firibin bildi nargisdek,
Qadahdin bosh ko`tarmay surdi ishrat birla davronin.

Guli maqsud ul qondur, Navoiykim, ayog`ingdin
Chiqar chekkanda maqsad Ka`basi xori mug`ilonin.

514

Muhabbat rishtasin uzdiki, o`lturgay bu g`amnokin,
Magar ul rishta birla tikmish erdi ko`kragim chokin.

Emas giryon ko`zum kirpiklarikim, sarsari ohim
Solib mavj ul tengizga, bir qiroqqa soldi xoshokin.

Munajjim ko`nglum o`ti daf`ig`a dedi topay soat,
Damim dudi aro ne anjumin topti, ne aflokin.

Boshim chopqonda ul chobuk yoshingni asrag`il, ey ko`z,
Kim ul suvdin yuvg`aysen, qon yuqardek bo`lsa fitrokin.

Nazar yo`lin sirishkim pok yub, ko`z pardasin ochti,
Ki chiqqach pardadin ko`rgaymen oning chehrayi pokin.

Ko`zin uyquda ko`rgach, o`ldum, oyo, o`lmayin netgay
Kishi gulshanda behud ko`rsa turki mast bebokin?

Yuzung ko`p ochma, gohi so`z degilkim, aql dehqoni
Ne gul isrofini yaxshi demish, ne g`uncha imsokin.

O`kub jannat gulin voiz, tilarkim, aylasam savdo
Necha eski diramg`a Yusufum, vah, ko`rgil idrokin.

Desam, ul oy borib, chiqmas g`ami ko`nglumdin, ayturkim,
Navoiy, ne ajab, bo`lmoq qamar soyir, hajar sokin?

515

Baski qaddi g`unchadek el ko`nglin olib qildi qon,
Gulbuni noz o`lmish el ko`nglidin ul sarvi ravon.

Ko`zlaring xunxoraliqdin doimo bemor erur,
Boda ko`p ichgandin andoqkim bo`lur el notavon.

Yoshurun husnungda parronedururkim jon aro,
Ham alif, ham na`l uza dog`im erur andin nishon.

Yuzidin biynomen archi yuz chiqarmas pardadin,
Nurdin ko`rmakdur, ammo nur erur ko`zdin nihon.

Ishqi komil bo`lsa, mehnat o`qlaridin bok emas,
Ne zarur  bulbulg`akim,  bo`lg`ay tikandin oshyon?

Ishq bog`ining suyi qondur, ne tong, gar ohu ashk
Anda yoxud otashin gul ochsalar, yo arg`uvon.

Subhning har tong erur el g`aflatidin kulgusi,
Mehr xonidin gumon qilmaki, yebdur za`faron.

Topmadim bu dayr holidin xabar, ey mug`bacha,
Bexabar qil meni o`z holimdin emdi bir zamon.

Dard agar budur, Navoiy chiqsa olamdin, ne tong,
Mastu uryon ko`kragiga tosh urub, tortib fig`on.

516

Ishqida yaxshi-yamon bedodidin topmon amon,
Yaxshi to qilsam nazar yo`qtur kishi mendin yamon.

Lahza-lahza bosh chekar ishqim sharori, ey rafiq,
Al`amon shavqu muhabbat shu`lasidin, al`amon!

Yuz adam mulkiga qo`ydum, kelki, istaydur ko`ngul
Bu uzun yo`l zodi ko`z tikmak yuzungga bir zamon.

O`rtabon ushshoq jismin, g`ofil o`lma ohdin,
Kim zararliq dud zohir aylar o`t tushgan somon.

Kuymakimga novaking paykoni bas, hijronni qo`y,
 Xasg`a o`t solmoq uchun uchqun hamon, do`zax hamon,

Sen magar tuqqonda kun tuqqondururkim, zarrae
Farq fahm o`lmas orangizda nevchunkim tav`amon.

Ul quyosh hajrida ohim o`qidin vahm etmasa,
Ko`k temur ichra nihon nevchun bo`lubtur osmon?

Vaqtdin ol naqdi ayshingniki, mundoqkim erur
Dam-badam ko`zdin nihon bo`lmas anga bo`lmoq zimon.

Ey Navoiy, telba ko`nglum dardini anglay desam,
Oncha aytur yovakim, bir lafz andin anglamon.

517

Yuzu zulfungni sog`inib kelmisham, ey mahjabin,
Kechani kecha demay, kunduzni kunduz demayin.

Ohu afg`on chekma deb, og`zimg`a, jono, muhr qo`y,
Chunki la`ling xotamu yoquti nobingdur nigin.

La`lining bir-bir hadisi shahddek shirin erur,
Ore-ore, doimo gul bargidindur angubin.

La`l uza xat ichra xolingdur nihon, yo hinduye
Sabzada yoshundi shakkar qasdig`a aylab kamin?

Yangi oy xurshid aro bo`lmoq ayon ma`hud emas,
Vah, nedur aylab g`azab, solmoq jabining uzra chin?
 
Sham`ni parvona kuydurmakdin, ey gul, qilma ayb
Bulbul ermasdurmu kul, yo sen emassen otashin?

Ey Navoiy, ochmag`ay qonimdin o`zga lolae,
Har giyah bu yo`ldakim, qatlimg`a chekmish tig`i kin.

518

Shikeb uyin buzadur benavo ko`ngul netayin?!
Xaroblig` qiladur  mubtalo ko`ngul, netayin?!

Dedingki, asra ko`ngulni o`zungdavu sabr et,
Chu menda turmasu borur sango ko`ngul, netayin?!

Ko`ngulni qaydi junundin chiqar deding, ey aql,
Ketursa boshingga yuz ming balo ko`ngul, netayin?!

Ko`ngulni o`tg`a solib, ko`zni istaram o`ysam,
Baloni ko`z keturur jong`a,  yo ko`ngul, netayin?!

Men ul ko`zi qaro ishqin qo`yub edim, billah,
Tahammul etmadi yuzi qaro ko`ngul, netayin?!

Tag`oful etsam itarsen, o`larsen etsam qayd,
Sening bila degil, ey bevafo ko`ngul, netayin?!

Navoyiyo, deb eding zuhd tarhi bunyod et,
Shikeb uyin buzadur benavo ko`ngul, netayin?!

519

Ne tong, sarig` yuzumda ashki rangin,
Ki kiymish sabzi talx ul sabzi shirin.

O`zi gavhar, to`ni daryoyi ofat,
Bo`lub mavji balo ul to`n uza chin.

Sanga hamrang to`nluq sho`xlar bor,
Nechukkim sarv ayog`inda rayohin.

Erur jismingda axzar xil`at ul nav`,
Ki gulbun bargidin to`n qilsa nasrin.

Degaylar sarv qaddu xil`atingni,
Va lekin sarv kim ko`rmish gulogin?

Xating shavqida ko`nglum to`tiedur,
Ki yo`q zikringdin o`zga anga talqin.

Navoiy, charxi axzardur siyahkor,
Tama` sarsabz bo`lmoq qilma andin.

520

Arg`uvoniy to`nmudurkim kiymish ul sarviravon,
Yo magar sarviravon qilmish libosin arg`uvon?

Sarvining har bargi bag`rim qonidin serob erur,
Yo`qsa, bo`lmas arg`uvoniy barglik sarviravon.

Sarvdin to topti ziynat arg`uvon yuz shavq ila,
Boshqa sanchar arg`uvon har zod sarvi navjuvon.

Arg`uvonu sarv istarmen chamanda, to meni
Arg`uvoniy to`n bila ul sarv qildi notavon.

Ko`rguzur qaddu libosing shavqidin qonlig` mija,
Ko`zda har dam arg`uvonu sarvdin bir karvon.

Arg`uvoniy to`n bila qatl aylamas ul sarvkim,
Qon ila qilmish libosin arg`uvoniy bir avon.

Arg`uvonu sarvdin to dahr bog`i zebidur,
Bo`lsun ulkim dahr aro ham shoh erur, ham pahlavon.

521

Ishq aro menmen dame bemehnatu g`am bo`lmag`on,
Jonidin mahrum o`lub, jonong`a mahram bo`lmag`on.

Yuz vafo aylab, jafodin o`zga naf`e ko`rmagan,
Ming jafo ko`rub, vafosi zarrae kam bo`lmag`on.

Ming quyoshcha ko`rgan o`z yorin, vale yor ollida
Ming ulushidin birincha zarraning ham bo`lmag`on.

Olam ahli ishq aro rasvolig`im ta`n etmangiz,
Kimdurur  oshiq  bo`lub,  rasvoyi  olam  bo`lmag`on?!

Anjum ermas, terdur ohim o`tidin ko`k saqfida,
Vahki, bu terdin binoye qolmadi nam bo`lmag`on.

Dastgire istakim g`amdin xalos imkon emas,
Ilgi bir zarrin kamar beliga mahkam bo`lmag`on.

Ey Navoiy, bilki, topmas la`lidin quti hayot
Jonni taslim aylamaklikda musallam bo`lmag`on.

522

Xurshid tulu` etsa,  quyoshing sog`inurmen,
Ko`rgach yangi oy milini, qoshing sog`inurmen.

Har gulki jahon gulshanidin jismima, ey sho`x,
Etgach, meni savdozada toshing sog`inurmen.

Ey ko`z, qurudung, lek qayu seli balokim
Bir uyni xarob ayladi, yoshing sog`inurmen.

Ey jism, ajal chobuki har go`yki o`ynar,
Maydoni fano ichida boshing sog`inurmen.

Nay sharhin eshitgach qilib, ey nola, seni yod,
Ko`z sharhalarin ko`rsa, xaroshing sog`inurmen.

Ey xasta ko`ngul, bo`lg`ali sen ishqda Majnun,
Ko`rgach seni sargashta, adoshing sog`inurmen.

O`lgan itin, ey xasta Navoyiyu raqibin
Chun ko`rsam iti ollida, loshing sog`inurmen.

523

Har xazon bargi erur zoreki dahr ozoridin,
Sarg`arib mendek tushar ayru sihiy qad yoridin.

Har qurug`on shox majnundurki, tufrog` uyiga
Topshirur har dam ilik yub nozanin bemoridin.

Bog` aro, demang, xazonkim oshiq o`lmish men kibi,
Bilgurur sovug` nafas birla sorig` ruxsoridin.

Har oqar suvni xazon tig`i qilibdur zarnishon,
Kesgali mehru vafo naxlin jahon gulzoridin.

Bu sorig` yuz birla o`lsam ko`yida, tobutuma
Shoxlar bog`lang xazoni ishqpechon toridin.

Ko`yida kuymish ko`ngul bukim, xazondur bog` aro
Esti bir yel go`yiyo kuygan g`aribim soridin.

Kohiy yuz birla o`larmen, Isaviydam soqiyo,
Boda tut xurshid jomi kahrabo kirdoridin.

Bodaekim jur`asi tomg`ach, xazon yafrog`lari
Tok bargidek qizarg`ay sarbasar ashjoridin.

524

Shavqdin ashk ichra g`arq o`lub, dey olmasmen g`amin.
Kim tengizda gavhar istar, asramoq kerak damin.

Ayshu suhbat xaylig`a tushgay nasimidin vabo,
Qayda solsam zaxme islang`on yurakning marhamin.

Paykarim gardin sovurg`udfk esar hijran yeli,
Lutf etib, ey gul, sahobi vaslning yetkur namin.

Qolab etti yangi oyni toq uchun me`mori sun`
Qudrat ilgi bog`lag`on soat qoshing toqi xamin.

Ko`nglagidur choku kiz bo`ynida fonus, oy, ajab,
Tutti ul ham sham`dek g`am shomi ko`nglum motamin.

Sham` chobukluk aro lo`livashimg`a yetmadi,
Dudidin har nechakim qildi mutarro parchamin.

Motami hijronda sozedur Navoiy jismikim,
Nolasidin zerini toqmish, o`kurmakdin bamin.

                                           525

Meni bedil sanga jon o`ynamoq birla yaraydurmen,
Bale, sen tiflni bu tuhfa birla arg`adaydurmen.

Labing ko`rgach, iligim tishlaram har dam tahayyurdin,
Ajab holatki, bolni tutmayin, barmoq yalaydurmen.

Dedim: ko`nglumga har yondin xadanging nedurur yoro?
Muhabbat o`tig`a,  dedi, o`tundurkim qalaydurmen.

Chu ahli dard uchun payvasta qosh yosini tortibsen,
Manga-o`q novakingni xush kushod etkim, qulaydurmen.

Anga aytur so`zum ko`p, ohkim, ul husn mir`oti
Chu qildi jilva, ko`zgu aksi yanglig` aldaraydurmen.

Magar eltur parilar, ey fusungar, telba ko`nglumni,
Ki turmaydur, nechakim jismim uyinda qabaydurmen.

Navoiy telbarab to ul pari ko`yiga yuzlanmish,
Eshiturmen fig`on, lekin hadisin anglamaydurmen.

526

Tikmisham majruh ko`nglum zaxmini g`am neshidin,
Chiqmasun deb xanjaring zavqi ko`ngulning reshidin.

La`ldin mahrur edi ko`nglum, chu fasod ochti qon,
Qatra qonlar yo`qki, jonlar tomdi ul dam neshidin.

Qoshi milin olmasa qurbon ko`nguldin, bas manga,
Yo`qsa, ne g`am, cheksa yo qatlimg`a har dam keshidin.

Ko`nglum andog`kim, itib Majnun atodin, tutti tog`,
Dardi ishq istar qochib aqli saloh andeshidin.

Soqnyo, chun davr ishi ma`lum emas, bir may bila
Forig` et jonimni aqli xurdadon tashvishidin.

Ul mayekim, to`lg`ucha paymona ozod aylagay
Budni xumxona durdu sofining taftishidin.

Asradi munglug` Navoiy rishtayi jonin chekib,
Asrag`ondek shohlar sarrishtae darveshidin.

527

Anglamon suvdek yuzungdurmu ko`rungan ko`zgudin,
Yo yuzungdin ko`zgu suv bo`ldi yuzung zohir sudin?

Ro`baro` bo`lg`ach yuzung g`am shomi ollimdin ketar,
Soya tushgandek keyin xurshid bo`lg`ach o`trudin.

Yig`lamoq chun ayladi da`vo ko`zum birla bulut,
Barq go`yo muni fahm aylab yiqildi kulgudin.

Tushta ul mahvash yuziga to ko`z ochtim, har kecha
Istamasmen turfatul-ayne ko`z ochmoq uyqudin.

Holi ul yuz vasli topqan vajhdin, bir go`shada
Zulfi yanglig` to`lg`anib, boshim quyidur qayg`udin.

Kom soqiy lablaridin toptim, ammo oldi jon,
Eyki, davrondin qo`sh ichting, g`ofil o`lma qorudin.

Borg`an ermishmen o`zumdin jilva qilg`an chog`da yor
So`rmay o`tmish, ey Navoiy, xudnamoyim bexudin.

528

Yona ne qad jilva qildikim, demakdin lolmen,
Yona qaysi zulf ochildikim, parishonholmen.

Za`fdin qaddim alif bo`ldi, ul ikki lomi zulf
Har yonimdin jilvagar, vah, ne ajab gar lolmen.

Itlaringning izidin yuz gul ko`zum bog`idadur,
Shukr erur bu hamki ishqing yo`lida pomolmen.

Jismim anduh ichra dard ostida qolmish, ne ajab
Egma qad birla agar zulfung g`amidin dolmen.

Itti ul ko`nglumki, vasl uchun tilar erdi hayot,
Shukr emdi, o`lgali ishqingda forig`bolmen.

Ishq o`ti bu nav`kim uryon tanimni churkadi,
Ahli dard uchun fano yuziga mushkin xolmen.

Ey Navoiy, ne ajab yuzum uza yugursa yosh,
Chunki Majnun bo`lg`ali bozichayi atfolmen.

529

Vahki, mendin ayru yuz jon, yo`qsa jononmu ekin?!
Manga onsiz ming o`lum yo dardi hijronmu ekin?!

So`rg`ali za`fimni la`lidinmu erkin bir hadis,
Yo buzug` jismimda mamlu yuz tuman jonmu ekin?

Ravzanimni to yoruttung, kulbam ichra har taraf
Zarralar soyirmu yoxud mehri raxshonmu ekin?!

Olam ahlig`a labing zikrimudur ratbul-lison,
Yo bori olam labolab obi hayvonmu ekin?!

Zulf aro qadding xayolidin ko`zum yorutqali
Anbarin yuz sham` yoxud xayli mujgonmu ekin?!

Ko`ngluma ul yuzu lab yodimu erkin g`am tuni,
Yo shabistonim to`la gulbargi xandonmu ekin?!

G`ayrig`a boqqan uchun ko`z mardumin qatl ayladim,
Ashki gulgun yoxud oning zaxmidin qonmu ekin?!

530

Yaramni tikkali boshing uza bichakmu ekin?
Bichakda rishtayi jonimmu yo ipakmu ekin?

Ko`z asru tiktim aning o`ymog`ig`a, bilmonkim
Ko`zum oqimu ekin anda, yo so`ngakmu ekin?

Tun uzra oydinu oydinda subh erkinmu,
Vayo sochingda burunchak uza lachakmu ekin?

Gul uzra har sori tob urdi sunbulung, yoxud
Yuzungda ziynat uchun sonchqon gajakmu ekin?  

Labingdin istadi jonim hayot, bilmasmen
Ki bir so`kunchmu yo qasdi bir muchakmu ekin?

Bir usruk elni chiqib qirg`on ermish, ey Lutfiy,
Seningmu beging ekin, yo bizing mirakmu zkin?

Navoiy, ushbu parishon hadis ila g`arazing
Avom xotirini sayd aylamakmu ekin?

531

Yuzung o`tig`a tutun zulfi muanbarmu ekin?
Otashin la`ling ul o`t ichida axgarmu ekin?

Mehr sarchashmasidin qatraemu tomdi, yoxud
Orazing birla qulog`ingdag`i gavharmu ekin?

G`am tuni har taraf ohim o`qi ul oy g`amida
Charxdin o`tganining o`rnimu, axtarmu ekin?

Muztarib ko`nglum ekinmu kuyadurgan tan aro,
Yo bu otashkada kunjida samandarmu ekin?

Qon ekinmu yangi dog`im aro, yo hajringda
Jomi gulnoriy ichinda mayi ahmarmu ekin?

Zohid uchmog` tiladi yordinu men ham o`zin,
Yo rab, ushbu iki matlub barobarmu akin?

Ey Navoiy, dema Farhod parishonlig`idin,
Ul bu majnuncha balo tog`ida abtarmu ekin?

532

Ulki, har tun uyg`onib yonida ko`rmas hamdamin,
Yo`q ajab, gar soyani hamdam qilib aytur g`amin.

Qo`ynida af`i, ne mumkin ko`zga uyqu kirmagi,
Ulki, har tun yod etar bir zulfning pechu xamin.

Takya ne imkon tushub bistar aro yuz ming tikan,
Ulki, bir mujgon xayoli tiyra qilmish olamin.

Kecha afg`on qilmasam, tong yo`q, birovkim ko`ngliga
Hajr o`qi tevruldi, mushkildur qatiq urmoq damin.

Ne yorug` bo`lg`ay hayoti sham`i ulkim, ishq anga
G`am shabistoni aro yog`durdi hijron shabnamin.

Zaxmingga sep, ey ko`ngul, navmidlig` tufrog`ikim,
Topmadi ko`k huqqasinda kimsa vuslat marhamin.

Charx anjum ashkini sochib, nedin kiymish qaro,
Hajr shomi tutmag`on bo`lsa Navoiy motamin?

533

Porso yorim sog`inmas masjidu sajjodadin,
Ne uchunkim to may ichmish, bosh ko`tarmas bodadin.

Boqmasa tasbihu mushaf xattig`a, yo`q aybkim,
Forig` ermas donayi nuqlu harifi sodadin.

Ro`zasin se ro`za may qilsa, ne tongkim, sa`b erur
Nasya ummedig`a kechmak ishrati omodadin.

Tokim ul gulsiz bulut yanglig` havoyiy bo`lmisham,
Bazmi ayshi yodidin ashkim qolinmas bodadin.

Mayg`a jonim rahn etay maxmur esangkim, farz erur
 Sarvi ozodiyg`a qulluq oshiqi ozodadin.

Kim qizitti ishq o`ti birla ko`ngul, maydin dimog`,
Ne g`ami bor nosihi beaqlu shayxi lodadin?

Za`fdin maxmurlug` yiqti Navoiy jismini,
Yor bazmi ayshida yod aylang ul aftodadin.

534

Chiqorg`ach ul mahi mahmilnishin oraz niqobidin,
Jarasdek nola aylarmen ko`ngulning iztirobidin.

Emas ko`ksumga eski dog`lar, bal suqbalardurkim,
Suvabmen to xayoling chiqmag`ay ko`nglum xarobidin.

Havoyi ishqing asrarg`a erur har yon kumish gunbaz,
Ki qilmishmen imorat bahri ashkimning hubobidin.

Bag`irda neshi g`am o`lturdiyu ko`nglumda yuz g`amkim,
Iting qut etmagay nogah kuyuk bag`rim kabobidin.

Tanu jon zavraqin g`arq etgali girdobi ofatdur,
Quyunlarkim, yugurur ishq dashtining sarobidin.

Qoshi mehrobidin yuz qiblag`a qo`y dersen, ey nosih,
Muvajjah der ekinsen, vahki, ojizmen javobidin.

Xirad mulkini sabrim kishvaridek buzdung, ey soqiy,
Bu selikim ravon qilding qadahpolo sahobidin.

Bu bazm ahlini bot yiqmoqdin o`zga soqiyi davron,
Ne qildi qasd bu nilin qadah davri shitobidin.

Navoiy rishtayi fikri chekar ma`ni sumanbo`yin,
Xush ul tojirki, Yusuf chehra ko`rguzgay tanobidin.

535

Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin,
Yo ko`ngul topti Masih anfosidin jon mujdasin.

Yo falak berdi yig`i, ko`r aylagan Ya`qubning
Ko`zlari ochilmoq uchun mohi Kan`on mujdasin.

Ne guli xandon, ne Isodur, ne Yusuf mujdasi,
Topti bir mahjur o`lar holatda jonon mujdasin.

G`uncha erdim g`am yelidin, to`ng`a sig`mon g`unchadek,
To sabo yetkurdi ul sarvi xiromon mujdasin.

Hajr aro, ey payk, agar sen noma yetkursang, ne tong
Tong yeli har kun berur xurshidi tobon mujdasin.

Naqdi jon berdim, musulmonlar, uyatlig`men hanuz,
To eshittim paykdin ul nomusulmon mujdasin.

Ey Navoiy, shomi hijroi yig`larim daf` o`ldikim,
Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin.

                                     536

Yonida bo`lmacam nafase, dardnokmen,
Ko`rcam yonida g`ayr, xud ul dam halokmen.

Jonimg`a yuz g`am ignasini tikti ul Masih,
To bildikim, quyosh kibi ishqida pokmen.

Vasling taxayyuliyu men, insofdin emas
Kim, ruhi pok sensenu men tayra xokmen.

Vahm ayla, ey sipehr, bugun ohim o`qidin,
Kim hajr dardidin yana bevahmu bokmen.

Juz vasl sharbati manga sud etmas, ey tabib,
Kim men firoq mehnatidin dardnokmen.

Zotimda chun mayi azaliy choshnisi bor,
Har sori mast qo`l solib andoqki tokmen.

Ohim, Navoyiyo, nechuk asray ko`ngul aro,
Chun men firoq tig`i bila siynayi chokmen.

                              537

Ul sababdin tiyradur ko`nglum uyi hijronidin,
Kim emas tobon ko`zum sham`y oning tobonidin.

Boshig`a desamki evrulub o`pay tobonini,
Voykim, har dam ayog` tortar bu sargardonidin.

Chun tikandin ayru ermas doyimo gul yafrog`i,
Ne uchun olur kafi poyin ko`zum mujgonidin?

Kirpigimdin zaxm o`lub go`yoki yoqibdur xino,
Yo qizoribtur kafi poyi sirishkim qonidin.

Qilmamish tirnog`larin ranginki, paydodur asar
Ko`z qarosi har biriga sajdalar qilg`onidin.

Chehrayi maqsud ko`rdi ulki qildi to`tiyo,
Garmro` sohibnazarlar sohati maydonidin.

Kelmasa ravshan zulol, albatta, bo`lur chashma ko`r,
Bas ayoq chekma, Navoiy, dildayi giryonidin.

                                          538

Ko`nglum uyin har nechakim, istasang g`am topqasen,
Dog`i hajru g`ussayi besabrlig` ham topqasen,

Kim emas oshiq sanga solsang meni ko`zdin, vale
Oshiqekim sodiq o`lg`ay men kibi kam topqasen.

No`shi vasl, eykim, tilarsen neshi hijron ko`rmayin,
Chun emas bag`ring jarohatliq, ne marham topqasen?

Ne g`aming yuz zarra sargardonlig`idin, ey quyosh,
Senki rif`atdin Masiho kibi hamdam topqasen?

Kulma xam qaddimg`akim, yuklansa ishqing Qof aro,
Ishq ostida yozilg`on qofdek xam topqasen.

Muncha furqat ashki birla bo`lsa do`zax maskanim,
To`lg`asang yuz qarn o`tub, xirqam tegin nam topqasen.

Ey nasihatgo`, Navoiy yaxshidur deb istading,
Bilmadingkim, buyla bir!raevoyn olam topqasen.

539

Yuz balo har dam topar hijron bu mahzun jon uchun,
Tengri go`yokim yaratmishtur meni hijron uchun.

Hajr uyida man` ashkimga malomat toshlari
Farsh erur, go`yo yiqilg`ur kulbayi ahzon uchun.

Qomating hajrinda ko`nglum so`rg`uchi nosih tili
Nishtaredurkim, yorar o`q zaxmini paykon uchun.

Hajr aro holimni yozdim, yod tut, ey navhagar.
Kim  base loyiqdurur sen  yod etar daston uchun.

Ishq g`am bazmida zgri qaddima jon rishtasin
Tor etib, soz ayladi ko`nglum chekar afg`on uchun.

Ajdaho og`zi bil o`tlug`kim ochibtur qasding`ga,
Munchakim volihsen, ey bulbul, guli xandon uchun.

Chun Navoiy nomayi shavqin yetursang, ey rafiq,
Tengri haqqi ruq`ae bu zori sargardon uchun.

540

Furqatingdin kechalar o`rtar meni baxti zabun,
Go`yiyo men bir yonar o`tmen, qarong`uluq tutun.

Ashk etib g`ammozlig`, ko`nglum buzulsa, ne ajab,
Kim topar ozor yoshlardin mudom ahli junun.

Men tilarmen vaslu oning ko`ngli har ag`yor ila,
Manga ikki tosh arosinda kerak albatta un.   

Qaddingu irning havosi jondadur, ayb etmagil,
Bo`lsa afg`onim biyik, seli sirishkim la`lgun.

Kim kafanni yod etar, andin o`luk ogohroq,
Gar libosin bilsakim erur katan yoxud katun.

Seli ashkimdin falak g`amxonasi vayron edi,
Qilmasa erdi jafosi dudi ohimdin sutun.

Ko`rmasam qoshing bo`lurmen turg`onim birla fig`on,
Voyiy erur bas chu bo`lmasa Navoiy birla nun.

541

Sensizin, ey umr, bir soat manga jon bo`lmasun,
Sen  bo`lu  bas, to`biyu firdavsu rizvon bo`lmasun.

Deb emishsen, kuyduray bir dog` ila ko`nglin aning,
Har nechuk dog` o`lsa o`lsun, dog`i hijron bo`lmasun.

Qoshig`a qilg`ach sujud, o`lturdi ul kofir meni,
Hech musulmon yori, yo rab, nomusulmon bo`lmasun.

Ishqida jonim uqubatlar bila ol, ey ajal,
To aning oshiqlig`i hech kimga oson bo`lmasun.

Ul pari ko`nglumda mehmon bo`lmish, ey jon, voqif o`l,
Oh o`ti dud etmasun, zaxm ichra paykon bo`lmasun.

Ey ko`ngul, maste chiqib shahr ichra solmish rustaxez,
Vah, xabar tutkim, bizing beboki nodon bo`lmasun.

Dedikim, jon ber, dog`i o`pgil ayog`im tufrog`in,
Ey Navoiy, tezrak bo`lkim, pushaymon bo`lmasun.

542

Vaslingg`a yetibon sog`inurmen xayol ekin,
Holimni anglamon manga, yo rab, ne hol ekin?

Ushshoq ashkidin suv ichib, bar jafo berur,
Yo rabki, qomating ne ajoyib nihol ekin?

Zulfungda xol jim arosindag`i nuqtadek,
Yuzungda zulf vard yonindag`i dol ekin.

Har nechakim kuyarmen, aning zarra mehri yo`q,
Oyoki, tole`im kuniga ne zavol ekin?

Dersenki, seni qaysi pari telba aylamish?
Ey bag`ri tosh, bilib yana bu ne savol ekin?!

Zanburning evi kibi ko`nglum to`shuk-to`shuk,
La`ling xayoli har to`shuk ichinda bol ekin.

Miskin Navoiy jonig`a ko`yungda qilma qasd,
Sayd aylamak haram qushi oxir vubol ekin.

543

Ishqing etagin jon iligi birla tutubmen,
Sen kirgali yodimg`a o`zumni unutubmen.

Ko`nglumga kelur har sori o`q otsa, nedinkim
Jon shirasidin og`zini oning chuchutubmen.

Yoring, dedilar, g`ayr bila boda ichibtur,
Tahqiqini bilguncha ne qochlarki yutubmen.

Garm o`lmangiz, ahbob tilab vasl charog`in,
Menkim yuragim kuydi, ne chog`lig` yorutubmen.

Hajring tuni ollimg`a ne mehnatki yetibtur,
Vasling kuni yodidin o`zumni ovutubmen.

Xilvat asari ujb ekanin angladim, ey shayx,
Ayb etma, fano dayrida gar kulba tutubmen.

Ashk ila Navoiy suv berur, sabr niholin
Bilmaski, oni ohim o`tidin qurutubmen.

                             544

O`lgumdurur chu furqat ila ishtiyoqdin,
Kel qutqar, ey ajal, meni ushbu firoqdin.

Tong yo`q, qizorsa lola kibi ko`z, chu mardumi
Har dam g`amingda qon yutadur ul ayoqdin.

Sen may icharsen el bila, ul g`amza qon qilur,
Men qon yutub nazora qilurmen yiroqdin.

Atfol sang arbadasi vahmidin dame
Devonalar kibi chiqa olmon visoqdin.

Ichtim iting safolida may, vah, qachon yuvg`ay
Hayvon ziloli zavqini onnng mazoqdin?

Maydin hayot tutki, begonmas Masihni
Har shappareki, uchsa bu eski ravoqdii.

Mutrib bila ne ko`ngli ochilsun Navoiyning,
Kim men firoqdin desam, ul der Iroqdin.

545

Eykim, tanimg`a jon berasen har tariqdin,
O`lsam ne ayru tushgucha sendek rafiqdin.

Belingmudurki, anga qizil fo`ta bog`lading,
Yo rishtaeki o`tkarilibtur aqiqdin.

Savdovu rishta zaxmatig`a uchradi ko`ngul
Zulfu beling xayolida fikri daqiqdin.

Har dam demaki, ko`z yoshidin sarguzashte ayt,
Daryo fasonasin ne so`rarsen g`ariqdin?

Ohim ko`ngulni ko`yung aro solsa, ne ajab,
Gulzor aro Xalil tushar  manjaniqdin.

Zuhd ahli ujb tafriqasidin xalos emas,
Sharti fano firoqdurur ul fariqdin.

Talpinma ashking ichra, Navoiyki, chiqmadi
Hech kimsa g`o`ta birla bu bahri amiqdin.

546

G`amingda har kecha, ey gul`uzor, yig`larmen,
Saharg`a tegru chekib intizor yig`larmen.

Menu qaro kecha, yo`q nisbatim sanga, ey subh,
Ki sen kularsenu men sham`vor yig`larmen.

Burung`i mehru vafo, so`ngg`i javru zulmungni
Birin-birin sog`inib, zor-zor yig`larmen.

Kularlar el manga beixtiyorkim, har dam
Eshitsam otini, beixtiyor yig`larmen.

Mung`aydi ko`nglum aningdek, hazl nag`masidin
Ki elga kulgu etar, oshkor yig`larmen.

Kular sipehri daniy iztirobig`a ko`ng`lum,
Valek o`zumda ko`rub iztirob yig`larmen.

Navoiy, ashkim oqizg`ay g`amim tunin mundog`,
Ki charxdek kecha tutmay qaror, yig`larmen.

547

Lolaning g`unchasidek ko`nglum o`lubtur to`la qon,
Vahki, el g`ofilu kuydurdi meni dog`i nihon.

Zahri hajr ichgali dermenki, qilay ishqing tark,
Aytqondek kishi muhlik maraz ichra hazayon.

Ro`zg`orimki qaro bo`ldi, erur ishq asari,
Qayda o`t tushsa, qarolig`i qolur yerda nishon.

Ishqing o`tinki yoshurdum, el aro yoydi raqib,
Kim isitmani nihon tutsa, qilur marg ayon.

Xating ichinda labingning iki xoli, ne ajab,
Ikidur nuqta yozilur esa xat ichida jon.

Hajr chun qonim ichar har sori qonlig` tuganim,
Xon erur ollida, to ko`ngluma bo`lmish mehmon.

Charxdin mehr isi topqong`a takabbur ne ajab,
El dimog`ig`a chu gugird o`ti aylar nuqson.

Xalq ta`n etsa, Navoiy egilib nola qilur,
Igri yanglig`ga qilur yel asari birla fig`on.

548

Safhayi husnungda jonbaxsh irning,   ey siyminbadan,
O`xshashurkim aylagay Iso quyosh ichra vatan.

Yo`q ajab, ey gul, ko`ngul zaxmi  aro novaklaring,
Rasm erur chun raxna bo`lg`on yerga qo`ymog`lig` tikan.

Hasratingdin, bilki, o`lmishmen, agar ko`yung aro
Bir gado nogah tilar bo`lsa g`arib uchun kafan.

Ko`zungu zulfu qoshingdin  injudek  bo`ldi yoshim,
Xalq ushbu vajhdin derlar ani durri Adan.

Voqif, o`l, ey bog`bonkim, har taraf pul shaklidin
Sendek elning qabridurkim, zohir etmish bu chaman.

Ko`nglagining atri jonsiz jismima berdi hayot,
Go`yiyo el jonidin maxluq o`lubtur ul badan.

Chun Navoiy nazmining har harfidur sharhi g`aming,
Desa bo`lurkim erur har bayti bir baytul-hazan.

549

Falak sitezasidin bo`lma, soqiyo, mahzun,
Qadah keturki, erur besabot olami dun.

Manga tama` karam ahlidin o`ldi may vajhi,
Yo`q ersa, yer quyi ul ganjkim yig`ar Qorun.

Muraqqa` uzra diram kibi vuslalar ne osig`,
Ki bir diramg`a chog`ir uchun o`lmag`ay marhun.

Bu shukr uchun gahi, ey sho`x, ber nazrki, hudoy
Seni azizu sharif etti, bizni xoru zabun.

Ema bu lavhayi miyno ramuzi hallig`a g`am,
May ichki, topmadi hech kim bu safhag`a mazmun.

Xumor jonima qasd etti, soqiyo, may ber,
Ki jong`a solsa bir o`tkim, boshimg`a chiqsa tutun.

Navoiy nazmidurur yaxshi gar quloq solsang,
Tarannumeki   qilur o`zi birla ahli junun.

550

G`am yelidin, yo rab, ul gulga g`ubore bo`lmasun,
Balki onsiz dahr bog`ida bahore bo`lmasun.

Qaddining sarvig`akim, bog`i latofat naxlidur,
Chashmayi hayvondin o`zga jo`ybore bo`lmasun.

Ayshu ishrat jomidin bo`lsun yuzi gul-gul, valek
Ko`ngliga g`am gulbunidin xor-xore bo`lmasun.

Jilvasoz o`lg`onda maydon ichra chobuk sho`xlar,
Shohu sarxayl andin o`zga shahsuvore bo`lmasun.

Gar buyursang sadqa boshig`a evurmak, ey rafiq,
Budur ummedimki, mendin o`zga bore bo`lmasun.

Dahr bog`ining nasimi sovurur gul xirmanin,
Anga ul gul gulshani sori guzore bo`lmasun.

Ey Navoiy, qil duo jonig`avu jahd aylakim,
Mayling oning qullug`idin o`zga sori bo`lmasun.

551

Eykim, nafase g`oyib emassen nazarimdin,
Vahkim, g`ami hajring oqizur qon jigarimdin.

Rasvolig` o`ti  birla tutashib keladurmen,
Ey ahli salomat, qo`punguz rahguzarimdin.

Sen g`ofilu men vahm qilurmen kecha-kunduz,
Bu nolayi shabgir ila ohi saharimdin.

G`am yelidin ul nav` o`tum o`rdi alamkim,
Yuz barq yasar abri balo har shararimdin.

Beling g`amidin mo`ya bila yig`ladim oncha,
Kim ashk duru gavhari o`tti kamarimdin.

Ey zuhd, yo`lum urmaki, bu marhala ichra
Maqsadg`acha sensen biri yuz ming xatarimdin.

Ey ishq, fano yo`li sari boshlaki, tinmon
Gar topsa Navoiy xabar ushbu safarimdin.

552

Ne tirikmen, ne o`luk; ne sog`, ne bemormen,
Ayta olmonkim firoqingdin ne yanglig` zormen.

Nuqtayi og`zing g`amidin tortibon jadvaldek oh,
Ashk selin oqizib sargashta chun pargormen.

Do`stlar, ko`nglum hadisin demangiz tengri uchun,
Kim men ul devonayi sargashtadin bezormen.

Ko`nglagingdinkim, topar jon dam-badam Yusuf isi,
Ey Azizim, men ham ul ko`nglak aro bir tormen.

Bir quyosh hajrinda tundeq ro`zgorim tiyradur,
Tong emas, gar tun kibi motam tutub yig`lormen.

Mayda afyun ezgil, ey mug`kim, bu eski dayr aro
Telbararmen g`ussadin gar bir nafas hushyormen.

Nevchun el dashnomu ta`nidin bo`lay oshuftahol,
Ey Navoiy, chun nekim derlar, yuz oncha bormen.

553

Vasl etti yor va`da labi jonfizosidin,
Go`yo bu so`zni aytti jonim arosidin.

Gar ko`rmading shafaq uza xurshid, ey ko`ngul,
Ihsos qil oni yuzu gulgun qabosidin.

Munglug` ko`ngulning ohidin etmas raqib vahm,
Yo`q itga bok ishq gadosi asosidin.

Ishq ichra o`ldum, ohki, qutqarmadi meni
Davr ofati ul ofati davron jafosidin.

Olamni hajr zulmati tutqay, sovursa yel
Kuygan fatilani yangi dog`im qarosidin.

Charxi daniyda bodayi g`am to`lmish, ey rafiq,
Juz hajr zahri qilma tama` davr kosidin.

Sabt o`lmasa Navoiy oti nazmi zaylida,
Fahm aylar ahli dard kalomi adosidin.

554

Sarveki, nolishim biyik o`ldi havosidin,
Yuz ming fig`onki, ogah emas mubtalosidin.

Ko`nglumni ko`zlaridin ayirmangki, chiqmag`ay
Majnun nasihat ila kiyiklar arosidin.

Men tiyra uyda behudu yuz nav` guftugo`
Har ko` boshinda telbaligim mojarosidin.

Ko`nglumda toza dog`laring shaklini istasang,
Fahm ayla o`tlug` iki ko`zumning qarosidin.

Quvvat tutar labing g`amini yeb hazin ko`ngul,
Go`yoki qon tavallud etar bu g`izosidin.

Davlat libosi shahg`aki, yo`qtur shikoyatim
Mug` dayri tegrasida gadolig` palosidin.

G`am shomidin Navoiyni netgay xalos etib,
Yorutsang uyini sham`i jamoling ziyosidin?

555

Do`stlar, bir chora men devonae shaydo uchun,
Kim o`larmen ul paripaykar malaksiymo uchun.

Otashin gul tegrasida la`lgun yuz barg emas,
Balki yuz na`l o`tqa solmish bulbuli shaydo uchun.

Xom ko`nglumkim, dudog`ingni tilab afg`on qilur,
Bor durur ul tifldekkim yig`lag`ay halvo uchun.

Ashk ichinda g`arqamen zulfungnn tutqaymenmu deb,
Uylakim tojir tengiz ranjin chekar savdo uchun.

Turki mastedur ko`zung uyquda, ko`z kunjida xol
O`g`rikim qilmish kamin yonida qo`yg`on yo uchun,

Gulxaniydekdurki, istar g`ulxanu olotini,
Siflakim mehnat chekar dunyovu mofiho uchun.

Bu Navoiy bandani, ey sarv, ozod asrakim,
Buyla bir bulbul kerak sendek guli ra`no uchun.

556

O`rtama ko`nglumni komin hosil etmasdin burun,
Qushni kim biryon etibdur bismil etmasdin burun?

Jism aro ishqing vatan qilmay, hanuz oldi ko`ngul,
O`t yoqar yer topti uyni manzil etmasdin burun.

Oshiq o`ldum, jonni osonliq bila ol, ey ajal,
Ishq dardi jong`a ishni mushkil etmasdin burun.

Ey ko`ngul, yor ochti yuz, hijronda o`lmak sa`b erur,
Jon fido qil yuzga burqa` hoyil etmasdin burun.

Pandlar berdi xirad ko`nglumga, yuz shukr, ey pari,
Telba qilding nosiq oni oqil etmasdin burun.

Foniy o`lsunkim, baqoyi jovidon istar oni,
Foniy o`lg`anlarg`a davron doxil etmasdin burun.

Ey Navoiy, g`ayr naqshidin orit ko`nglungnikim,
Fayz mumkin ermas o`zni qobil etmasdin burun.

557

Ko`ngul olurda ajab dilrabo emishtuksen,
Ne dilraboki, baloyi xudo emishtuksen.

Ko`ngul berurda sanga bilmas erdim, ey badmehr,
Ki xasta ko`ngluma mundoq balo emishtuksen.

Tabib ojiz o`lub oqibat dedi, bildim,
Ki ishq dardi bila mubtalo emishtuksen.

Gadolig` ettim esa bo`sae, achig`lanibon,
Dediki: Asru uyatsiz gado emishtuksen.

Ko`ngulni kuydurubon jon olursen, ey yangi dog`,
Fig`onki, bir yo`li ko`ngli qaro emishtuksen.

Cherik vuhushu senga, taxt qulla, ey Majnun,
Fano mamolikida podsho emishtuksen.

Dedim: kamina itingmen, kulub manga aytur:
Navoyiyo, ne balo xudnamo emishtuksen?!

558

La`lu g`amzang birla baskim nuktadon ustodsen,
Bir nafas borsen Masiho, bir zamon jallodsen.

La`li shavqidinki g`am tog`in qozarsen, ey ko`ngul,
Ne balo Shirin havasliq notavon Farhodsen.

Ahli dillar chehrasi oltun, sirishki siym erur,
Toki siymi nob aro qilding nihon fo`lod sen.

Nargisingdin bir nazar qilg`ilki, asru bir yo`li
Qullaring holidin, ey sarvi ravon, ozodsen.

Nayshakardek qaddingg`a, vah bargi nay to`n demakim,
Ishqpechon bargida bo`lg`on nihon shamshodsen.

Xurram o`lmassen sumurmay bir qadah, eykim, mudom
Charxdin ko`nglung bo`lub yuz laxt qon, noshodsen.

Ey Navoiy, jisminga paykonlaridin langar et,
Yo`qsa, bu ohing yelidin nogahon barbodsen.

559

Chok-chok etting ko`ngul komini hosil qilmayin,
Keskulortting notavon saydingni bismil qilmayin

Hajr o`qining manzili bo`lmoq ko`ngul, ne sudkim,
Etgach-o`q o`tti xadanging anda manzil qilmayin.

Tushmasun har ko`z yuzungga, elga ham o`t tushmasun,
Chiqma uydin parda o`tlug` yuzga hoyil qilmayin.

Garchi hajri ro`zgorim tiyra qilmish, ey sipehr,
Mahfilim yorutma, oni sham`i mahfil qilmayin.

Ul pari majnunidur, ko`nglumni zinhor, ey hakim,
Pand qilma zulfi qaydidin salosil qilmayin.

Dahr ishi oludaliqdur, ey xusho ul pokrav,
Kim o`tar bu jiyfag`a ko`nglini moyil qilmayin.

Ey Navoiy,  shart qildimkim qutulsam hajridin,
Necha ko`nglum desakim, ishq orzu qil, qilmayin.

560

 Yoridin hech kim  meningdek zoru mahjur o`lmasun,
Jumlayi olamda rasvoliqqa mashhur o`lmasun.

Men bo`lay ovora to ishqimdin aylab guftugo`y,
Oti oning har kishi og`zig`a mazkur o`lmasun.

Jonima bedodu zulmin, yo rab, ul miqdor qil,
Kim aning oshiqlig`i har kimga maqdur o`lmasun.

Men xud o`ldum, lek har oshiqki erur pokboz,
Navha tortib motamim tutmoqda ma`zur o`lmasun.

Pand ila ko`nglum uyin qilma imorat, ey rafiq
Bizni buzdi, hargiz ul, yo rabki, ma`mur o`lmasun.

Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli,
Voqif o`l, holimni aytur chog`da maxmur o`lmasun.

Yor vaslig`a quvondim, qovdi ko`yidin meni,
Ey Navoiy, hech kishi davlatg`a mag`rur o`lmasun.

561

Noumide men kibi bormu ekin jononidin,
Jong`a yetgan ko`nglidin, ko`ngli tutulg`on jonidin?

Fard hushu sabridin, mahjur zuhdu ilmidin,
Ayru shahru mulkidin, ovora xonumonidin?

Tang`a mehnat ravzanin ochqon yaqoning chokidin,
Jong`a rihlat navhasin tuzgan ko`ngul afg`onidin?

Ham saloh uyin qaro aylab tuganlar davridin,
Ham balo yuzin qizil qilg`on aliflar qonidin?

Men dog`i bir kun saloh ahli edim, ey porso,
Bu uqubatlar aro qoldim birov hijronidin.

Jomima har davr quy, soqiy, halohil zahrikim,
Tah~batah qondur ichim tosi nigun davronidin.

Ey mug`anniy, tuz maqomi navhakim, chiqmoqtadur
Xasta jon jism uyi otlig` kulbayi ahzonidin.

Jon berur har dam Navoiy, ne ajab, gar bersa jon
 Qulki ayrilg`ay begidin, bek nekim, sultonidin.

Rostliqda sarvi ozodiy yigitlik bog`idin,
Poklikda la`li raxshoniy eranlik konidin.

                                       562

Aqlu jonu ko`nglum ul oy furqati ozoridin
Bori  bir-birdin malul o`lmishlaru men boridin.

Shomi hajrim toru bepoyonlig`in anglay desang,
Fahm o`lur yaldo tuni yanglig` soching har toridin.

Bordur andoqkim, buzug` ko`nglumda qonu har yon dog`,
Lolalarkim, chiqti vayron maskanim devoridin.

Ul pari ko`nglum qushi qonin oqizg`on fahm o`lur,
Ochsalar bo`ynumdag`i daf`i junun tumoridin.

G`unchayi vaslim ochar, sham`i firoqim tindurur,
Har nasimekim  kelur  gulrux  bahorim  soridin.

Dahr bog`i lola birla sabzasidin kechki, yo`q
G`ayri qonu zahr bu shingarf ila zangoridin.

Ey Navoiy, nuqtayi aysh istasang mayxonada,
Bosh ko`tarma may tag`ori davrayi pargoridin.

563

Yor  payg`omi ne osig` o`zgalar tahriridin?
Jon qachon  bersun Masih alfozi el taqriridin?

Ruq`asi gar barchd qatlim hukmidur, xushdurki, bor
Qatl hukmi hirzi jon Isodamim tahriridin.

Kimki ko`rsa, vahki, maxfiy ishqim o`tin fahm etar,
Ruq`asin ochib o`qurda hay`atim tag`yiridin.

Nomasin ochqanda yuz devonaliq qilding, dema,
Kim xabar yo`qtur manga, billah, alarning biridin.

Ne fusun qilmish edi, bilmonki, yo`qtur aqlu hush
Notavon ko`nglum aro alfozining ta`siridin.

Ruq`aedur charx chirmoshliqki, mazmun suratin
Hech kim fahm etmadi unvonining tasviridin.

Har ne yozmish ollingga kilki qazo, ko`rmak kerak,
Ey Navoiy, qochmoq o`lmas tengrining taqdiridin.

564

Kelki, vaslingdin hazin jonimnn xursand aylayin,
Sen jigar pargolasin bag`rimg`a payvand aylayin.

Chok etib ko`ksumni, mahv aylay seni bag`rim aro,
Necha bu ummed ila ko`nglumni xursand aylayin.

Ko`zda mardum bo`l, ko`ngulda jon yerin tut, vah, necha
Ko`zni mushtoqu ko`ngulni orzumand aylayin.

Yuz balo soldi ko`ngul boshimg`a, oni, ey rafiq,
Qo`yki, tishlab-tishlabon parkand-parkand aylayin.

Ne achig`lanmoqdur andin, ne chuchuk so`z, ey ko`ngul,
Xoh achchig` yig`layin, xohi shakarxand aylayin,

Gulshani vaslin tilar jon, yer quyi, jism zaif,
Necha qudsiy qushqa mundoq torni band aylayin.

Der, Navoiy, Vomiqu Majnundek o`lg`il, vah, ne nav`
Kuch bila hush ahlig`a o`zumni monand aylayin?!

565

Masihodin labing afsah, quyoshtin orazing ahsan,
Quyoshingg`a falak hayron, Masihingg`a quyosh maskan.

Ko`zumda gardi maydoning, tanimda naqdi paykoning,
Anga ko`z mardumi xozin, munga jon kulbasi maxzan,

Yasarmen yuz maqolat, vah, bo`lur ko`rgach ani nogah
Ko`zum hayron, tanim larzon, esim vola, tilim alkan.

Shikebu sabr uyin buzdi, ki ruxsorinda ko`rguzdi
Xatidin nur uza zulmat, yuzidin o`t aro gulshan.

To`karsen qon ko`zung birla, berursen jon so`zung birla,
Ajoyib zufununesenki, har fan ichra sen yakfan.

Malomat toshi dog`idin yorudi ishratim sham`i,
Ajab gugird o`tidin ayladim bu sham`ni ravshan.

Yasarda sun` me`mori falak g`amxonasnn go`yo,
Ki qildi dardu g`am kirmakka har kavkabni bir ravzan.

Sen istab Xizr umri, turfa bukim, gunbazi xazro
Yuziga tun qarosin surtubon, aylar sanga shevan.

Navoiy, asrabon tamkin, kishidin istama tahsin,
Chu shah ko`rguzdi istihson, ko`rub nazmingni mustahsan.

566

Azal naqqoshi tarh aylarda gul bargi namudorin,
Magar pargor hildi bulbuli sargashta minhorin.

Qazo mashshotasi parvonalar jismi kuli birla
Hamonokim yorutdi sham`ning mir`oti ruxsorin.

Degin, Majnun qaro jonining uzgan rishtasidindur,
Ki sun` ilgi mutarro qildi Layli zulfi zunnorin.

Magar Farhod jonidin sizib, qonidin etti rang
Qadar suratgari Shirin labi la`li shakarborin,

Tarozu bargi gul, ip rishtayi jon, tosh la`l etti
Chekarda  xozini  hikmat labing yoquti  miqdorin.

Qarog`larim emastur,  balki  topqach ko`zga  qoqmishmen
Itardin vahm etib raxshing sitomin, balki mismorin.

Ayog`ing kirpigimdin og`rig`on bo`lsa, yorib ko`ksum
Isig` qonimg`a qo`ykim, ul hino-o`q cheksun ozorin.

Xarobot ahli avru dog` derkim kuydurung, soqiy,
Davo yo`q sirmabon qochmoqdin o`zga shayx dastorin.

Magar bo`ldi quyun tufrog` ila yel, may suv birla o`t
Yasarda masti sargardon Navoiy xilqati zorin.

567

Rashkdin dermenki, mehr itsun sipehr ayvonidin,
Bori etgay soya ayvon ichra oning yonidin.

Ko`ksuma urmoqqa olg`an toshqa o`qi tegdi, lek
Qildi kul jismimni o`tkim, sekridi paykonidnn.

Otashin ochildi ichgach bog`ning oq gullari,
Ashk ila har qatraekim, bordi ko`nglim qonidin.

Anjum ermaskim, falak mir`oti ichra tushti aks,
Baski dur sochildi yer uzra ko`zum ummonidin.

Dema, nolangdin yumulmas ko`zlarimkim, tong emas,
Kelmasa bemorlarg`a uyqu it afg`onidin.

Mehrning ermas shafaq ichra shuo`iy xatlari,
Charx zulmi qon to`kar har shom aning mujgonidin.

Jon olur la`lim hadisi, deb meni qo`rqutmag`il,
Kim bu bir so`zdurki, aytursen Navoiy jonidin.

568

Ko`rubmen kirpiging boshtin-ayoq teshgan ko`ngul holin,
Qushedurkim, tiriklay yulmish o`lg`aylar paru bolin.

Ekib tuxmshsh andog`kim ochilg`ay bo`stonafro`z,
Ochar xunoba ko`z bog`ida eksam donayi xolin.

Jamolin va`d agar debmen, ko`p etma, ey arab, hayrat
Yuzi aynin ko`rub har yon nazar qil zulfidin dolin.

Tanimkikim qurubtur xomadek nol o`qlaringdindur,
Qalam qilsang qil, ammo tashlama har yon chekib nolin.

Bu majnun qatlin ul tifli parivash istamas bo`lsa,
Nedin toshlar bila qasdimg`a soldi shahr atfolin?

G`amin ko`rmang balo tog`ida, la`li shavqidin jonni,
Ki har bir toshidin sotmas abad umrig`a misqolin.

Chu bo`lmas sham`siz parvonavu gul birladur bulbul,
Firoq o`rtar ko`ngulni chun ko`rar vasl ichra amsolin.

Sabuhiy jom ila xushmen, nechuk xush bo`lmag`ay ulkim,
Muningdek axtari farxunda qilg`ay subh aning folin?

Javod ilgida piri dayrning may zavraqin ko`rsun,
Birovkim, ko`rmamish daryo ichinda jung timsolin.

Shah egnida murassa` tugmalik xil`atg`a bermasmen,
Yig`ochlar birla ollin tevrabon kiygan fano sholin.

Navoiy, istasang ko`yin, itiga oshno bo`lg`il,
Yaling`on yanglig` ul it oshnog`a, sen anga yolin.

569

Shahid o`lsam libosi lolagun sarvi ravonimdin,
Yasang qabrim uza mile, bo`yang gulrang qonimdin.

Ko`rub tumordek chirmonmog`im hajrida rahm etmas,
Ki g`ofildur ichimda har taraf dog`i nihonimdin.

Qurug` tandinki qilding sharha-sharha nola tortarmen,
Ne tong, vajd o`lsa elga dam-badam naydek fig`onimdin.

Alifsiz jon kibi yo`q ul paridin o`zga mavjude,
Hazin jonimda to hijron xadangi chiqti janimdin.

Ko`runub zulfiiing tori, ko`runmas za`fliq ko`nglum
Nedinkim ul tavonoroqdurur bu notavonimdnn.

Ko`ngul ko`z o`tu selidin kelib holim ko`ra olmas,
Maloyik ravzanimdin, bal xaloyiq ostonimdnn.

Erur qotildin etmak orzu jonbaxshliq rasmi,
Umidi mehribonliq bog`lamoq nomehribonimdin.

Meni uyqug`a solmish dahr bog`ining nasimi, vah,
Ne gul tergaymen ushbu tushta ko`rgan bo`stonimdin?

Navoiy, bilki, topmishmen nishon maqsuddin beshak,
O`shal kunkim nishone topmasang istab nishonimdin.

570

Sog`inmang soya g`am shomi malul ermas fig`onimdin,
Bosib o`lturmasam yuz qatla, qochqay erdi yonimdin.

Uchuq zaxmi labida bilgurur, bilgurmasun, ko`rung,
Nishona kimki istar jon aro dog`i nihonimdin.

Baliyat shohidi gulguna qilsa, bas munosibdur
Momug`larkim, yaro og`zida gulgun bo`ldi qonimdin.

Ichimda baski to`ldi novaking, har yon alif ermas,
Ki raglardek o`qung bilgurdi jismi notavonimdin.

Ko`z ichra uyqu xayli gar kira olmas, ajab ermas,
Ki xoli turfatul-ayni emas ashki ravonimdin.

Dema, roviy, erur Farhodu Majnun qissasi muhlik,
Ani, alqissa, bir dolu alif bil dostonimdin.

Yuzumni, ey bahori husn, qon yosh ichra ko`rgulkim,
Yuzung shavqida ne gullar zuhur etti xazonimdin.

Ulus taklifidin ko`p xasta qildim jonni, vah, emdi
Yaqindur o`lgamen, baskim xijilmen xasta jonimdin.

Navoiy, vaqtni toatg`a yo ishratg`a sarf etkim,
Sog`insam o`rtanurmen tiyra o`tkargan zamonimdin.

571

To`la qondur ko`zumnung halqasi to qoldi yorimdin,
Magar tushmish qarosi toza dog`i intizorimdin.

Qavokib demagil, gardun ko`zi go`yo yosharmishdur,
Tutundinkim, chiqar gardun sari sham`i mazorimdin.

Yaramg`a hech marhamdin yetishmas oncha rohatkim,
Chiqorib til, iting qonin yalar jismi figorimdin.

Men ul oy rashkidinkim el ko`rar tufrog` agar bo`lsam,
Ko`rar el ko`zlarin ko`r ayla, ey gardun, g`uborimdin.

Egarmas ko`k hisori davrig`a turki falak ko`rgach,
Evurmak ashhabin  bir  xisht uza chobuksuvorimdin.

Erur qonlig` ko`ngulda ko`zlaring, vah, turfadur asru,
Ki chiqmaslar dame ul ikki jayron lolazorimdin.

Ichib, gar tutmasang erdi qadah, ey no`shlab soqiy,
Ne imkon erdi qutqarmoq meni muhlik xumorimdin.

Meni yozg`urmangiz qilsam sabuhiykim, azal subhi
Chiqibtur ixtiyor ilgimdinu ish ixtiyorimdin.

Inoyat yomg`uri ollida daf`sh sahl erur, garchi
Yog`ar idbor gardi, ey Navoiy, ro`zgorimdin.

572

Meni zaifni sargashta ayladi gardun,
Shitobu davr ila xoshokni nechukki quyun.

Tutashti telba ko`ngul ul pari uzoridin,
Bu o`tni gul sog`inib, vahki, kuydi ul majnun.

Hubob onchaki Jayhun uza erur mumkin,
Tasavvur ayla ko`zumnung hubobidin gardun.

Yuzung shahidlari tufrog`in sovurmish yel,
Bukim bulut ko`runur ko`kta har taraf gulgun.

Ne ayb, shodlig` ashkim ko`p oqsa vaslingda,
Bahor fasli bo`lur chashmalar suyi afzun.

Qadingg`a sarv bosh indurmamish emas aksi,
Ki dahr adab qilur oni solib suv ichra nigun.

Ushatib o`qini, mahzun ko`ngulni sindurmang,
Ki uy shikast topar har qachonki sindi sutun.

Er ostidin kup ila la`lni chiqar, ey mug`,
Ki bordi yer quyi, chun so`z eshitmadi Qorun.

G`am o`lturur meni, qo`y pandu bir qadah berkim,
Qilur bu zahrni taryok daf`, yo`q afyun.

Navoiy, istar esang saltanat, fano bo`lkim,
Jahon zabunung erur, bo`lmasang jahong`a zabun.

573

Elga berdi kuydurub ul gul tanim xokistarin,
Otashin gul hajri sovurg`on kibi bulbul parin.

Anglamon bulbul qiziq ko`nglimudur yo atr uchun
G`unchasidin gul murattab qildi o`tlug` mijmarin.

Bargi guldur, yo`qsa bulbulning tutashmish har pari,
Baski, yorutdi sabo gul mijmarining axgarin.

Gul emastur, balki bulbul oshyonin o`rtagan
Ishq o`ti bil, ko`rsang oning davru lavni ahmarin.

Qo`y gulu bulbulni, gulgun may to`la tut balbala,
To o`quy bulbul maqolotin ochib gul daftarin.

Dahr bog`ida gulu bulbulg`a yo`q bargu navo,
Solmadi bu g`ussadin nargis ilikdin sog`arin.

Soqiyo, hayvon suyi mamzuj qilsang ichmagay,
Gar Navoiy topmasa may ichra la`ling javharin.

574

Nihon ishqingki, ko`nglum ichra tushti yuz sharor andin,
Nihoniy dog`lar qolmish ichimda yodgor andin.

Muqavvas qoshlaringning naqshidin giryon ko`zum bo`lmish
Bulutdekkim,  bo`lur  qavsi  quzahlar oshkor  andin.

Bo`lubtur sarvinozim husn sham`i, boshida oning
Barak zarrishtasi ulkim, yonar bir necha tor andin.

Buzug` ko`nglumki, atrofida ul yuz shavqidin qondur,
Erur vayronaekim lolalar butgay bahor andin.

Ne kirpiklar ekin ulkim, taxayyul aylamak birla
Bo`lur jism ichra har dam jonim andomi figor andin.

Qadi naxlidin o`lsam, do`stlar, budur vasiyatkim,
Boshim uzra ekib sarve, qiling mili mazor andin.

Jafodin yumsa ko`z, taskin topar ko`nglum o`ti, go`yo
Qarori yo`q ko`zi har dam olur sabru qaror andin.

Jahon bahri emish muhlik, tuman ming shukrkim, garchi
Ko`p urdum dastu po, tuttum valek oxir kanor andin.

Navoiy yanglig` o`lmish xonaqah ahli suruk majnun,
Magarkim sarxush o`tmish ul pari devonavor andin.

575

Dema, mehnat tog`ining Farhodi sargardonimen,
Toza yuz ming dog` ila ul qullaning qaplonimen.

Lam`ayi  ruxsoridin parvonadek kuysam,  ne tong,
Menki yillar ul malohat sham`i sargardonimen.

Husnungga hayron esam, kelmas ulus hayronlig`i,
Kimki hayroning emastur,  men  aning hayronimen.

Men o`lar holatdavu jon qasdi aylar ul pari,
Odamiyliq ko`rguzurkim, bir nafas mehmonimen.

Gar ko`ngul buzdi meni, yor erdi  bois, shukrkim,
Chug`zning yo`q, bir malohat ganjining vayronimen.

Dayr piri tutsa may, no`sh etsam ermas aybkim,
Zahr agar ich derkim, aning bandayi farmonimen.

Telbalikdin aql sori istamish zohid meni,
Ey Navoiy, muncha nodon bilmas erdim oni men.

576

Ko`rsa ne fikri tanim zaxmiyu ko`nglum kuyganin,
Ulki na`lu dog`din hayf etmas o`z nozuk tanin.

Qayda ko`rsun, ko`rsa ne qilsun yoqam choki asar,
Mastlig`din ulki har dam chok etar  pirohanin.

Xirmani sabrim kuyardin ne g`am ul kofirg`akim,
O`t solibtur bodadin, ko`rgil, jamoli xirmanin.

Garchi ranjim sa`b erur, vah, qayda parvo aylasun
Qotile kim ko`rdi tirguzmakcha o`lturmak fanin?

Anglag`och qatl aylar erdi, shukrkim, bilmas kishi
Bazmi g`avg`osi aro ahli musibat shevanin.

Necha tavsanliq sukun andin burunroq ko`zlakim,
Olmag`ay kome, necha sursang yigitlik tavsanin.

Gulshani ishratqa siz azm aylangiz, ey ahli aysh,
Kim Navoiy bas og`ir olmish mazallat gulxanin.

577

Firoqingda ko`zumdin yig`lamoq bo`lg`aymu kam bir kun?
Kulub kirgaymu vayron kulbam ichra ul sanam bir kun?

Maloyik, tarqashingkim, ul quyosh hajrinda qo`rqarmen
Teshib o`tgay falakni ohim o`tidin alam bir kun.

Harimi vaslig`a mahramlar oxir shukr eting, kulmang,
Meni mahrum debkim, men ham erdim muhtaram bir kun.

Fasonam yozg`uchi, bilkim, bitik uzra sochar kuldek
Kuyub  sochilg`usi  kog`azga  ilgingdin  qalam  bir  kun.

Emas g`am shomi anjum qatralar ohim tafidin bil,
Ne tong, kun ko`zgusin gar tiyra qilsa ushbu nam bir kun.

Eshnttim, telba it ko`yida qatl aylar emish, ayting,
Kim ul ko`y itlaridin erdi bu devona ham bir kun.

Talab dashtida yillar po`ya aylab, vahki, to yettim
Harimi vaslig`a, derkim, bo`lur tavfi haram bir kun.

Ko`nguldin tavba qaydin raf` qilmas xonaqah shayxi,
Magar ham dayr piri zohir etgay bu karam bir qun.

Navoiy,  ruhparvar   nuktavu  muhlnk  tajarruddin,
Ajab gar qo`ymag`ay ko`kka Masihodek qadam bir kun.

578

Yuzinda may gulidur yo yuzin ko`rguzdi ko`zgudin,
Vayo jannat guli aksini zohir ayladn sudin.

Yuzungga chun tavajjuh ayladim, qoldi qaro qayg`u,
Qeyin tushgan kibi soya ko`rungach mehr o`trudin.

Tushumda dedikim, ko`ksungga bir o`h ursam, ilgim o`p,
Ko`rung toli`kim, ul o`q yetgach-o`q seskandim uyqudin.

Dema, hijron tuni muhlik g`amimdin subh sarg`ardi,
Hamono bul`ajab holim ko`rub za`f etti kulgudin.

Bor erdi husnung afzun g`am tuni chun chehra ko`rguzdung,
Ko`runur sham` ravshanroq zuhur etgach qarong`udin.

Dema, mensiz nechukdurkim seni o`lturmadi qayg`u,
Sanga yo`qtur xabar, men xud o`lubmen ushbu qayg`udin.

Qadah nazzorasi hushumni zoyil qilsa ayb ermas,
Ki shohid aksi har dam jilva aylar ushbu ko`zgudin.

Bu gulshandinki, bulbul zog` ila tengdur, firoq avlo,
Netar ul yerdakim, yo`qtur  arabg`a farq hindudin.

Navoiy Ka`ba  qasdin  aylasun, ey shayx, dey olsang,
Kim imkon yo`qturur topmoq kishi dayr ichra maqsudin.

579

Yozarda ishqing o`tin sekrir ohimdin sharar har yon,
Varaqda nuqtalar iynak shararlardin asar har yon.

Raqib ilgi jafo toshin ko`p otsa, bois ohimdur,
Aningdekkim, itik yel shoxdin sochqay samar har yon.

Dam urmassen labing shirinlig`in vasf aylasam, go`yo
Iki la`lingni bir-biriga yopishturdi shakar har yon.

Ko`kargan  dog`idur  g`am  toshlarining  xasta  jismimda,
Qurug` shoh uzra chirmashib ochilg`an nilufar har yon.

Suda  gulbarglar   oqqan masallik la`li  hajrinda,
Oqar ashkim aro har qatra qon bo`lg`an jigar har yon.

Ko`ngulda o`qlaringdin bar yesam bir kun, ajab ermas,
Muningdekkim bu bog` atrofida ekting shajar har yon.

Beling sarrishtasig`a  mubtalo  bo`lg`an  ko`ngul  saydi
Kiyikdekdurkim, mahkam aylamish yo`lin kamar har yon.

Ne muhlik vodiy ermish Ka`bayi maqsad biyoboni,
Ki adno mo`ridin  bor  ajdaholarg`a xatar har yon.

Navoiy rishtayi zuhdi uzulsa, qilmangiz hayrat,
Muningdekkim oni usruk chekar bir siymbar har yon.

580

Jamoling shavqidin g`am shomi kuymak ibtilosidin,
Ko`zum sham`i kul aylabtur  ayon qonliq qarosidin.

Firoqingda tugan uzra tugan qo`ydum, ne hosilkim,
Manga un bo`lmadi hosil bu ikki tosh arosidin.

Quyoshni Yusufim bay`ig`a bermak bor esa mumkin,
Degaymen tangayi bay`onadur ermas bahosidin.

Chekay ishqing yukin deb xasta ko`nglum qon yutub, g`am yer,
Ne quvvat kasb eta olg`ay bu sharbat ul g`izosidin?

Jafosi tirguzur elniyu men bu ayshdin mahrum,
Musulmonlar, bilingkim, o`lgum ul kofir jafosidin.

Erur majnun ko`ngulda yuz girehkim, ne sababdindur
Musalsal qissalar el ichra zulfung mojarosidin.

Xumori  hajrdindur tiyra  ko`zu ko`nglum, ey soqiy,
Yorutqil ham jamoling sham`idin, ham may safosidin.

Gar o`lsam, dayr piri tang belnn zunnor ila mahkam,
Manga tobutpo`sh aylab fano dayri palosidin.

Adam farshida to qo`ydi fano toshi uza boshin,
Navoiy or etar ko`k na`tiyu kun muttakosidin.

581

Gar meni yod etmas ul oy zulm ila bedodidin,
Shukrkim,  g`ofil zmasmen  bir dam oning yodidin.

Lutf ila gar yod etar, yo zulm ila bedod ztar,
Men rizosin istaram yodidinu bedodidin.

Kecha aysh ahli mug`anniy lahnidin xushhol emas,
Onchakim men tongg`a tegru itlari faryodidin.

Xotirim sinmoq tilar, ko`ngli tilarmen men dog`i,
Har  ne  bu shishamga  kelgay,  xushtur  ul  po`lodidin.

Sabr toshidin ko`ngulga ko`p bino tarh ayladim,
Ko`z yoshim seli qo`ng`ordi barchani bunyodidin.

Dayr  pirk dedn: maydin  bosh  ko`tarma, ey rafiq
Solik uldur, chekmagay boshini pir irshodidin.

So`rma, ey hamdam, Navoiyning g`aminkim, olame
G`am bila to`lg`ay dam ursa  xotiri noshodidin.

582

Choklik  ko`ksum  eshikdur,  jism  uyi baytul-hazan,
Ul eshikning halqasidur  na`lu gulmixi tugan.

Gul yuzung shavqida tiyg`i ishq ila bo`lsam shahid,
Bo`lg`usidur hurlar gulgunasi qonlig` kafan.

Arg`adol ichra qaroqchi maxfiy o`lg`andekdurur
Fitna xaylig`a  panah zulfungdag`i chinu shikan.

Chug`z tashbihin manga, ey husn ganji, qilmakim,
Men vatan buzmishmen, ul qilmish buzug` ichra vatan.

Sudramang ul ko`ydin yuz zaxm ila men xastani,
Kim yopishmish ostoni farshig`a qonlig` badan.

Uyla, ey bulbul,  bahor o`lmish xazon birla qarin,
Kim degaysen bir guli ra`no bo`lubtur bu chaman.

Yuz  hiyal  qilding  Navoiy qatlig`a,  faryodkim,
Aylading bir targuzur uchun yuz o`lturmakni fan.

                                        583

Ichimdagi yoshurun  g`amki,  ayta olmasmen,
Bir o`t solur manga har damki, ayta olmasmen.

G`amiki, o`lsam emas ayta olmog`i mumkin,
Agarchi  o`lturur  ul  hamki, ayta  olmasmen.

Desamki, dardini dey, ishq ilgi bo`g`zumni
Tutar  aning kibi mahkamki, ayta olmasmen.

Ne nukta ishqidin aytay desam, meni ul sho`x
Qilur aning kibi mulzamki, ayta olmasmen.

G`aming nihon  meni o`lturdi zulm tiyg`i  bila,
Erur bugun manga motamki, ayta olmasmen.

Ketur piyolaki, ishq sirrini hakimi azal
Aningdek ayladi mubhamki, ayta olmasmen.

Navoiy aytsun o`z dardiniki, dard meni
Kilibtur ul sifat abkamki, ayta olmasmen.

584

Yuz o`tida  yuz  qatra  suv, ne tong,  hayi  g`altonidin,,
Ko`nglum o`tida yo`qmudur yuz qatra suv paykonidin.

Qilg`onda raxshin garmpo`y ul shahsuvori tundxo`y,
Qilg`ay debon ollida go`y olmon boshim maydonidin.

Bu dardu g`amdin lolmen maydon aro pomolmen,
Kim ko`rgach-o`q beholmen ul ishvagar javlonidin.

Boshim sari nazzora qil, ey charxu idboringni bil,
Dog`i saodat anglag`il bir zaxm oning chavgonidin.

Maydong`a ul chobuk surub, boshimg`a chavgon yetkurub,
Sargashta jonim kuydurub el po`yasi har yonidin.

Ko`k mazra`idin xo`shae kasb aylasang qil to`shae,
Kom istabon tut go`shae go`yi falak davronidin.

Gardun chekib tiyg`in nihoi, yuz javr birla to`kti qon,
Oxir Navoiy topti jon, topqach vafo jononidin.

585

Qosh ko`nglumdin chiqorg`ay erdim ul oy ulfatin,
Vasl ayyomida-o`q xo`y etgay erdim furqatin.

Vaslini zikr etmagay erdi tilim, bal ishqini,
Bilsam erdi hajrida bu nav` ko`nglum holatin.

Qo`rmamish bo`lsang yag`ochkim bargin ol etmish xazon,
Jismim uzra ko`r yangi qonlig` tuganlar hay`atin.

Tanda har yon hajr tiyg`i zaxmi tiktim, qilma chok,
Jonning, ey tiyg`i ajal, yuz ming yamog`lig` kisvatin.

Tiyg` ila  g`amgin ko`ngul o`tig`a  taskin  bermading,
Eltkumdur,  ohkim,  tufroqqa  ul suv hasratin.

Demagil uzr, ey mug`anniykim, unum topmish xarosh,
Qir o`shul suhon  bila qo`nglumdin  anduh suvratin,

Ey  Navoiy, istasang kasb etmak oyini fano,
Xonaqah shayxin qo`yub, qil dayr pnri xizmatin.

586

Man` qilmas  ashk la`lingdnn  tutashqon  jon o`tin,
Past ne nav` aylagay daryo suyi marjon o`tin?

Ulki, aytur  hajr taskini uchun  dog` o`rtagil,
Qo`rmamish boshtin-ayog`im o`rtagan hijron o`tin.

Ishq  dashtining  samumidin  gumon  etgay  quyun,
Vodiyi hijron aro ko`rgan bu sargardon o`tin.

Bul`ajabliq ishq aro, ko`rgilki, ko`nglum cheksa oh
Zaxmi og`zidin musha`biddek sochar har yon o`tin.

Otashin guldin qizarmish bog` yoxud andalib
Urdi  gulbunlarg`a gul hijronidin  afg`on o`tin,

Charx uza ermas shafaqkim, o`rtanurga ahli dard
Tez etar har tun qazo otashgahi davron o`tin.

Ey Navoiy, har nasim ul gul harimi tavfidin,
Kim  yetar  ravshan qilur  ko`nglumdagi hirmon o`tin.

587

Tushta la`lin ko`rdum, uyg`onmay debon qayg`udamen,
Urma dam, ey subhkim, bir dam chuchuk uyqudamen.

Ko`zguda to  ko`rdum  oni  qilmag`il  aksim gumon,
Kim  kirib qilmoqqa  vaslin justujo`  ko`zgudamen.

Nogah ul qotil nishon aylab bir o`q otqaymu deb
Ko`yida yillar  so`ngakdek jism ila o`trudamen.

Ishq bahrining nahangi desa bo`lg`ay, negakim
Ashk daryosin chekib gardung`a men ul sudamen,

Holima kulmakka har zaxmim bir ochilg`on og`iz,
Turfakim, men ham alar kulgusidin kulgudamen.

Har baliyat o`qikim charxi muqavvasdin kelur,
Go`yiyo menmenki olam ahlidin qobudamen.

Ey Navoiy, ul pari ishqig`a marham yo`qidin
Telbalar yanglig` o`z-o`zum  birla guftugo`damen.

588

Xayoling  kelsa  ko`nglumga   bo`lur  ozurda mujgondin,
Haramg`a azm qilg`an uylakim xori mug`ilondin.

O`qung ko`nglumga tegmasdin g`ubore erdi ko`nglumda,
 G`ubori o`lturushmish to suv septing anda paykondin.

Ko`zum xunobi la`ling shavqidin bahr o`ldi, tong ermas,
Chiqib  gulgun  bu daryoning  sahobi,  yog`sa  qon  ondin.

Xating  naqshi  buzug`  ko`nglumda aylar  qasdi  jon, vahkim,
Bo`lur neshi  balo har sabzakim butkay  bu vayrondin.

Junun tufrog`in, ey  ahbob,  aritmang zor jismimdin,
Libosin so`ymangiz hazl  aylabon majnuni uryondin.
 
Labing vasfida jonbaxsh o`lsa anfosim, tong ermaskim,
Damim  ul  dam  nasimidurki,  esgay  obi  hayvondin.

Soching har rishtasidin  bir girih ko`nglumda jam` o`ldi,
Bu jam`iyat erur ko`nglumga ul zulfi  parishondin.

Buyurdi shayx paymon maydinu mug` tutti paymona,
Rizo   yo`lida   ne   paymonadin   qochtim, ne paymondin.

Na gulgun  bodae mumkin, na gulrux soqie mavjud,
Jihat budur, Navoiy gar  tilar ketmak Xurosondin.

                                         589

Ko`ngul toshlar qarosin dog`larkim qo`ydi g`am har yon,
Junun ifrotidin devona sochqondek diram har yon.

Men ashk ichra cho`mub, har tun qilib hamsoyalar oshub,
Mening holimg`a yo`q, o`tgan uchun uylarga nam har yon.

Erur har sori ushshoq ohidin, maydin emas bukim,
Bo`lur  naxli  qadig`a jilva  aylar chog`da  xam  har  yon.

Bulutg`a   humrat  ermas  mehrdin,   balkim  tutoshibdur,
Momuqdek baski chiqti ohim o`tidin alam har yon.

Bo`lur qon mushki, ishqing mushkini qon ettikim, bo`lmish
Qaro shanjarf, holim yozg`ali qo`ysam qalam har yon.

Itibtur  telba  ko`nglum har taraf, ey ishqu dard, istang,
So`rayin ul parivash ko`yida men xasta ham har yon.

Ne vodiy qat`i qilmoqdur fano davrida sokin bo`l,
Ki qay ravzang`a qo`ysang ko`z, bo`lur mar`iy haram har yon.

Dame o`ksutmagil, yo rab, xarobot ahli g`avg`osin,
Qi ul undin kudurat qushlarig`a bo`ldi ram har yon.

Navoiydek qadam mayxonaga berkit sutun yanglig`,
Desang ollingg`a yuz g`am kekmag`ay qo`ysang qadam har yon.

                                         590
 
Lablaring  sharbatini   chashmayi  hayvonmu deyin?
Demasam chashmayi hayvon, ne deyin, jonmu deyin?

Tun-kunumkim  yorug`  ul yuzdin  erur,  vahki, ani
Mohi anvarmu deyin, mehr duraxshonmu deyin?

Kulubon jilva qilur chog`da qadu og`zin aning
Sarvi ra`nomu deyin, chung`ayi xandonmu deyin?

G`amzayi qotil ila kofiri xunrez ko`zin
Dushmani jonmu atay, ofg ti imonmu deyin?

Ishq dardini desam sa`b, mrni ayb etmang,
Ishki ming mushkil erur, zimnida osonmu deyin?

Aql agar ishq o`tidin qochsa, nechuk man` qilay,
Shu`ladin sa`y qilib chiqsa birav, yonmu deyin?

Ichmagim zohid agar bildi, Navoiy, naylay,
So`rsa so`z uyla kishi ollida yolg`onmu deyin?


                                  591

Ishq ahli sotqun olsa izing to`tiyosidin,
Qilg`il  tarozu  ikki  ko`zumning  qarosidin.

Qoshingki  juzv, juzvida bor qavs hay`ati,
O`q yog`dururg`a jong`a otar barcha yosidin.

Ko`rmak tilar yuzungni ko`ngul, kosh itlaring
Yonimni  qilsa  to``ma  so`ngaklar  arosidin.

Ey noz sham`i, kokulung ermaski, dud erur,
Kim zohir o`ldi shu`layi husnung ziyosidin.

Gar o`lturur habib murodimg`a yetmayin,
Istay desam hayoti Masiho davosidin.

Mendek qul o`lg`ay elga qo`yub tengri qullug`in,
Mingdin bir ermas emgagim oning sazosidin.

Dam urma  bu chamanda, Navoiyki, bir gule
Bilmas zag`an  fig`onini  bulbul  navosidin.

                                   592

Sirishk qonin ayog`ing uchun hino qilayin,
Qabul tushsa, qarog`im ezib qaro qilayin.

Aqiq la`lingga jon javharin nisor aylay,
Savodi xolingg`a ko`z mardumin fido qilayin.

Qaro menging bila qadding xayoli kelsa, vatan
Munga ko`z ichra yasay, anga jon aro qilayin.

Qadingki, soya solibtur, ulay anga, ya`ni,
Ki ishq ilmin alifbedin ibtido qilayin.

Labini qasdima tishlar yuriga telmursam,
Boqib turub necha o`z jonima jafo qilayin.

Ko`ngul  qushikim, erur jilvagohi gulshani quds,
Bu domgohda nedin oni mubtalo qilayin?

Navoyiyo, g`amim ahli vara`din o`lmadi gum,
Qo`y  emdi  maykada  piriga iltijo qilayin.

593

Vafo yo`linda, eykim, topmading istab asar  mendin,
Degaysen bilganing ul bevafo so`rsa xabar mendin.

Tanimda qaddingu la`ling firoqi tiyrboronin
Kishi ko`rsa, gumon qilg`ayki butmish nayshakar mendin,

Jigargun bo`ldi qasring toshi la`ling hajrida baskim,
Sirishk o`rnig`a hajr oqizdi qon bo`lg`on jigar mendin.

Aningdek soldi ishqing shu`la jonim ichrakim, shaksiz,
Maloyik oshiq o`lg`ay ko`kka tushsa bir sharar mendin.

Bo`lubmen ul parivash furqatidin telba  it yanglig`,
Qayon yuzlansam, ey ahli saloh, aylang hazar mendin.

Qilib Farhodu Majnun ishqi o`tin sharh, ey roviy,
Bo`lub garmi takallum g`ofil o`lmishsen magar mendin?

Ne tong, siymob  yanglig`  oqsa  ko`zdin  siymgun  ashkim,
Ki siymob aylamish, hushu xirad bir siymbar mendin.

Amal   sarrishtasin qilma mutavval, kelganin xush ko`r,
Tutung, ahbob, yod ushbu kalomi muxtasar mendin.

Jahonu jonni tark aylab, oning ko`yiga azm ettim,
Navoiy, bas munosib erdi bu yanglig` safar mendin.

594

Agar ishqing havosida yog`ar har jola tosh o`lsun,
Nishona har biriga dermen ushbu xasta bosh o`lsun.

Yuzungnung mehridin bir zarra sotmon, gar falak javfi
To`la bo`lsun filuriy, har filuriy bir quyosh o`lsun.

Sitam zangin temurdek ko`nlidin, vahkim, qira olmas,
Nechakim nolayi zorimda suhondek xarosh o`lsun.

Quyoshni bo`lmas, ey gardun, ul oyg`a aylamak tashbih,
Og`iz gar zarra, Cho`lpon   ko`z, yangi oy anga qosh o`lsun.

Agar paykonlarin ko`z istabon topti ko`ngul, g`am yo`q,
Kelib yig`lar mahal ul qatra suvlar ko`zga yosh o`lsun.

Sipohi husnunga bir mahchasi raxshon alam bo`lg`ay,
Quyosh ko`zgusiga ohim sutuni gar tutosh o`lsun.

Ko`ngulda  sirri ishqin asray-asray  o`ldum, ey  soqiy,
Qadah tutkim, xarobot ahlig`a fosh o`lsa fosh o`lsun.

Chu sidqi ishq o`lur, ofat ketarkim, guldurur qolg`on,
Agar bulbul uchun har bir tikan bir durbosh o`lsun.
 
Ko`ngulga jon bila dog`ing` ozdur, qo`y yana bir ham,
Necha ikki gadog`a bir diram uzra talosh o`lsun.

O`larda tengdur ar shoh aylasun gulshan gulin mafrash,
Vagar gulxan kuli uzra gado sohibfirosh o`lsun.

Navoiy ashk durridek tilarkim ko`zda yer bergay,
Agar ishqing havosida yog`ad har jola tosh o`lsun.

595

Ahd qildim: ishq lafzin tylga mazkur etmayin,
Til nekim, xomam tilidin dog`i mastur etmayin.

Barcha elga fitna bo`lg`an ko`zga maftun bo`lmayin,
Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin.

Ishq kufri birla taqvo xonaqosin buzmayin,
But xayolidin ko`ngul dayrini ma`mur etmayin.

Har kecha bir lab mayi vaslidin etmay jonni mast,
Har kun oning hajridin ko`nglumni maxmur etmayin.

Gar chiday olmay. ko`ngul bersam biravga nogahon,
Bori el ichra chiday olg`ancha mashhur etmayin.

Ishqu may anjomi chun hajr o`ldi, qo`y, ey shayxkim,
O`zni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin.

Zulm ila el jonig`a o`t yoqma, eykim, shohsen,
Gar desang do`zax o`tig`a jonni mahrur etmayin.

Garchi ma`zur o`ldi ma`mur, ey Navoiy, o`zni men
Do`st ma`mur aylagan xizmatda ma`zur etmayin.

596

Kul o`lsa raxshi na`li barqidin ishq ichra bir xirman,
Vafo ahli ko`zi ul kuldiy o`lg`ay surmadek ravshan.

Xayoling har ko`ngulga kirgach, oni o`rtasang, tong yo`q,
Anga  nevchunki  o`tlug` ko`nglum otashgohidur maskan.

Chu ko`nglum mazra`ida xirmani sabrimg`a o`t solding,
Yangi dog`im emas, qolmish qaro o`rni kuyub xirman.

Nihon ishqing agar  qatlimg`a boisdur, bo`yun sundum,
Kechar jon naqdidin ulkim, yoshurg`ay shoh uchun maxzan.

Firoqing biymidin bir yerda yo`q g`am shomi oromim,
Kecha yer ko`p yivutgar kimki bor qasdida bir dushman.

Boshinda savsaniy belboq ila ul sarv etar jilva,
Nazar aylang, ochilg`on bog` aro ozoda qad savsan.

Buzug` ko`nglumda ravzan bo`ldi tiyg`ing zaxmidin yoxud,
Bu vayron uy, hamonokim yorilmishdur, emas ravzan.

Sipehr o`lsa sanga markab, shafaq anjum bilan rangi,
Ko`p ildam surmakim, sen mast erursen, abrashing tavsan.

Navo chek vasl g`ulzorida gul shavqidin, ey bulbul,
Ki hijron bog`ida bo`lmish Navoiy shevasi shevan.

597

Bilgasen, chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar  birovga mubtalo bo`lsang, sango andoqki men.

Ishq dardig`a davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balog`a kimsa ermas mubtalo andoqki men.

Uylakim yo`q sen  kibi husn ahli ichra  bir pari,
Yo`qturur bir telba ahli ishq aro aydoqki men.

Eyki qo`ymassen, tanimni to``ma qilg`ay itlaring,
Itlaringga jonni kim qildi fido andoqki men?!

Garchi o`lturdung jafo birla meni, lekin tilab
Topmog`ungdur anda bir ahli vafo andoqki men.

Yo`qturur davron jafosidin qutulmoq, ey rafiq,
Tutmasang mayxonaning  ko`njini to andoqki men.
 
Gar berur husni zakotin, ey Navoiy, yo`qturur
Xastae zori g`aribi benavo andoqki men.
 
598
 
Etishti bayramu daf` etti ro`za qayg`usin,
Hilol musqili yog`utti boda ko`zgusin.

Sipehr jomi hiloliyg`a jilva berdi magar,
Ki boda zabt eta olmas nashot kulgusin.

Magarki qildi shabistong`a azm shohidi iyd,
Ki to`kti charx ayog`ig`a axtar injusin.
 
Dalil rohi shafaq rangu jomi miynoni,  
Shafaq mayini ko`ru charx jomi miynusin.

Farog`ate tilar ersang, kup og`zi xishtini ol,
Ushat bu xisht bila zuhd nangu nomusin.

Saharki xalq Musallog`a yuz qo`yar, xush tut,
Borurg`a dayri fano sori tong qorog`usin.

Navoiy, ich qadahu foniy o`lki, topti baqo,
Biravki, topmadilar el so`rog`u belgusin.

599

Chekkanda naqqoshi qazo ul sarvi gulrux suratin,
Go`yo beganmay tashlamish tarh aylab oy kun hay`atin.

To jilva qildi ul sanam, Layli so`zi  bo`ldi adam,
Savdom o`ti chekkach alam, past etti Majnun shuhratin.

Ruxsor ochib ul siymbar, qomatni aylab jilvagar,
Uzdiyu ketti sarbasar gul rag`batin, sarv ulfatin.

Ko`nglum yuzung bechorasi, jonim labing xunxorasi,
So`r, ey jahon ayyorasi, gohi  alarning holatin.

Taqvo uyi hamvor zrur, subham ipi zunnor  erur,
Uy kulbayi xammor erur, to ko`rdum ul Chin lo``batin.

Jannatg`a qilmasmen nuzul ul ko`y aro topsam vusul,
Do`zaxni aylarmen qabul, ammo yo`q oning furqatin.

Aylab salosil orzu, ortar jununim mo`bamo`,
Nogah nasimi mushkbo` yetkursa zulfung nakhatin.

Ish sirrin, oyo, kim bilur, kimdin bu mushkil ochilur,
Vahkim, bu g`am muhlik qilur har lahza ko`ngdum hayratin.

Bo`lg`il, Navoiy, ro`barah, qilg`il fano ko`yin panah,
Tark ayla zuhdu xonaqah, qil dayr piri xizmatin.

600

Huqqayi la`lingda ko`ptur xurdayi ma`ni nihon,
Ushbu ma`nidin  ani  go`yoki derlar  xurdadon.

Hush ila sabrim sipohi uylarin kuydurdi ishq,
Har yangi dog`im ul uylar o`rnidin qolmish nishon.

Ko`zda ashkim qonidin har sori ko`rgil qatralar,
Nuqtalar yanglig`ki, qo`yg`aylar qachon yozilsa qon.

Tiyg` chun  boshimg`a  yetkurdung, tavaqquf qilmakim,
Suv maqom etmas biyik yerdin  quyi bo`lmay ravon.

Bir momuq tiqqan quloqdur har yaram marham bila,
Xasta ko`nglum baski o`qi zaxmidin tortar fig`on.

Durdi jomi birla yiq, ey soqiyi davron, meni,
Kim o`larmen ishq ko`yida sog`alsam har zamon.

Ey Navoiy, emin erman zuhd aro mundin nari,
Dayrni ma`man qilay, gar umrdin topsam omon.