www.uz
G`AZALLAR

601

Bazm ichinda  andoq ul mahvash xayoli birlamen,
Kim xayol andoq qilurmenkim visoli birlamen.

So`zlashurda o`z-o`zum birla junun ahli kibi,
Ul parivash belu og`zi qilu qoli birlamen.

Gah kulub, gohiki yig`larmen xayol aylab ani,
Vasli ummediyu hijroni maloli birlamen.

Demagil, maydin yuzum rangin, qulog`imdur  qiziq,
Kim bu yanglig` hajr koju go`shmoli birlamen.

Og`ziyu zulfi g`amidinkim erur nolamda mad,
Buyla mad tortarda oning mimu doli birlamen.

Soqiyo, bir jomi may birla meni devona qil,
Kim  mushavvash  aql savdoyi  muholi birlamen.

Ey Navoiy, aql sori emdi bo`lma rahnamun,
Kim bo`lub devonae, ishq louboli birlamen.

602

Muzayyan  qilma marmar toshi birla tufrog`im  boshin,
Ki ko`nglum dudi Mashhad toshi aylar mashhadim toshin.

Bulut birla yog`in ermaski, ul oy hajrida har dam
Tiya olmon damim dudin, yig`a olmon ko`zum yoshin.

Azal naqqoshikim chekti yangi oy shaklini, go`yo
Qalam  sof  aylar  erdi  sizg`ali ul dilrabo qoshin.

Quvondi shayx zikri halqasidin, naylasun miskin,
Alola ichra ko`rmaydur malomat ko`yi avboshin.

Xaloyiq   o`lganimni  baxtim uyqusi sog`inmishlar,
Nechukkim tonimas el tav`amonning ko`rsa qardoshin.

Soching fikriga to tushtum, musalsal bo`ldi ul savdo,
Qachon bildim men ul sarrishtaning bu nav` chirmoshin.

Jahonni kuydurur, ey mug`bachcha, paymonoyi la`ling,
Magar  ko`nglum o`ti birla qizitmishlar aning doshin.

Ajab mehru sipehr ermasmudurkim, topmadi hargiz
Xirad bu toq me`morin, nazar ul shamsa naqqoshin.

Navoiy, xonaqahla xirqavu sajjodang o`lmish qayd,
Bulardin maxlas istarsen, fano dayri sori yoshin.

603

Borsang ol jonimni, to sensiz manga jon qolmasun,
Jon qolib, jon ichra nogah dog`i hijron qolmasun.

Chun  o`larmen, chin deyin, ishqi buzug` ko`nglumdadur,
Men o`lub, ul ganj bu vayronda pinhon qolmasun.

Ey ko`ngul, dey ko`zga bu damkim tirikmen, kelsa yor
Orazidin bahra olsun, asru hayron qolmasun.

Hajrida oncha balo yetkur manga, ey charxkim,
O`zgalar ishqin havas qilmoqqa imkon qolmasun.

Mujdayi  vaslin  debon,  eykim, ko`nguldin hajr o`qin
Tortasen,  vah,  oncha  voqif  bo`lki, paykon qolmasun.

Dahr aro andoq maosh etgilki, sendin qolmasa
Toat andoqkim, keraktur bor isyon qolmasun.

Ey Navoiy, sobit o`lsun shohi G`oziy davlati,
Ollida qul bo`lmag`on olamda  sulton qolmasun.

604

Tilab jannatni o`tmon do`st ko`yida gadolig`din,
Muhaqqar bog` uchun kechmak bo`lurmu podsholig`din?

Bo`lub begona maydin dog`i to xirqamdadur bildim,
Ki dog`i hajr emish oxir natija oshnolig`din.

Firoqing ichra  qolg`ach, o`lganimga qilma hayratkim,
Ulumdin o`zga ish yo`q, jismg`a jondin judolig`din.

Ajoyib  ibtilodur bandi zulfung ichra jonlarg`a,
Ki bor o`lmakcha bir soat najot ul mubtalolig`din.

Yorut may lam`asidin xilvatimni bir kun ey mug`kim,
Yorug`lug` topmadim  xilvatda yillar porsolig`din.

Ko`zum  andoq qorormish tiyra zuhd ichraki, gar soqiy,
Demon may tutsa, zahr ichgaymen oni ko`z qarolig`din.

Bu gulshan g`unchasida jola ermaskim, tish irjaytib,
Kular oshufta bulbul navhasig`a bevafolig`din.

Jahon  sho`xinki, el  mahbubidur aqd aylading, lekin
Taammul qilki, ne lozim kelur bu kadxudolig`din.

Navoiy,  benavoliq shevasin  berma  ilikdinkim,
Navo har kimki  istabtur,  topibtur benavolig`din.

605

Vafo  ahlig`a  davrondin  yetar  javru jafo  asru,
Jafosidin  aning ozurdadur ahli vafo asru.

Bukim, ahli vafo noyob erurlar, ondin erkinkim
Bu eski toq alarg`a yog`durur gardi balo asru.

Falak dardi iloji chiqmay ondin  kimsa topmaydur,
Magar noyob erur ul huqqa ichra bu davo asru.

Garonjonlig`ni qo`y, jon  ber, tilar  bo`lsang duri maqsud,
Ki olamda og`irdur ushbu javharg`a baho asru.

Fido jonimni aylab, olam ahlidin tama` qildim
Vafo, astag`firulloh, qilg`on ermishmen xato asru.

Rizo  ahlin siyosat tig`idin qo`rqutmag`il, ey shah,
Ki qatlingdin sening qo`rqarg`a o`lmaydur gado asru.

Tabiat komidin ruhungni qutqarkim, xush ermastur
Qafas qaydi aro bulbulg`a bo`lmoq mubtalo asru.

Chu kavsar jomi zikri qilmadi raf` o`zlugum qaydin,
Bu ranjimg`a hamono naf` etar jomi fano asru.

Havoyi gulshani quds et, Navoiykim, xush ermastur
Zag`anlar birla bu gulxanda bo`lmoq benavo asru.

606

Yor mustag`niyu muhlik g`ami hijron asru,
Ohkim, qolmisham o`z holima hayron asru.

Rahnalar soldi o`qung kasrati ko`nglum eviga,
Ul yog`in ayladi bu kulbani vayron asru.

Ey rafiq, o`qini zaxmimdin agar chekting, lek
Etadur jonima  ko`nglumdagi  paykon  asru.

Shayx taklifi namoz etti, vale bilmaskim
Ishq tig`i yarasidin boradur qon asru.

Noz etib g`amza o`qin gar otar ey jon, asra,
Kim otar g`amza o`qin noz ila jonon asru.

G`ussa jomiki bu davr ichra labolabdur, oni
Vahki, bot-bot tutadur soqiyi davron asru.

Ey Navoiy, dema iqboli baqo mushkil erur,
Foniy o`lg`ong`a erur ushbu ish oson asru.

607

Yuzungda may guli yo gul ochilg`on bo`stondur bu,
Gulungda  qatra  xay  bo`stondag`i suvdin  nishondur   bu.

Ko`zumda  qatra  qonlar  bog`lag`on ermas hamonokim,
Nazar  bog`ida shavqungdin ochilg`on arg`uvondur  bu.

Emas vasling tilab uchqon ko`zum atrofida kirpik,
Kim ul daryoyiy  qushlarg`a qamishdin oshyondur bu.

Ko`nguldin chiqqon ohim aylar afzun xalq savdosin,
Ki  shaydoliq diyoridin  yetishg`an  karvondur  bu.

Qizil  raglar  ko`zumda  ko`rgan  anglar ashk selinkim,
Oqarg`a kelgan ul yo`llar bila har sori qondur bu.

Labindin xastadur ko`nglum, dam ochmay, ey Masih, o`tkim,
Ilojin yuz seningdekning begonmas notavondur bu.

Quyundek dasht aro ko`rsang meni, ko`p qochmakim, har dam
Boshingg`a evrulur sargashtayi bexonumondur bu.

Ko`ngul mayxona romi, xotirim xush may batidinkim,
Munga ruhul-amindur ul, anga dorul-amondur  bu.

Dema, hijron tuni har dam yetar ul oyg`a faryodim,
Ul oy faryodingga yetmas, Navoiy, ne fig`ondur bu?!

608

Yordin ayru may ichmak qindurur  balkim og`u,
Xoh og`izda talx suv, xohi burunda sho`r su.

Deb eding, ey hajr, yoring kelmasa, jon bergasen,
Chiqti jonim birga, vah, bu ikkidin vaqt o`tdimu?

Istasam husnung zakotin, gar  bo`lur  moni` raqib,
Ne ajab, chun it bo`lur doim gado birla adu.

Nevchun  og`zingg`a  yetar  deb jomi gulgun  dam-badam,
Xasta ko`nglum g`unchadek qon  bog`lanibtur to`-bato`.

Menki o`ldum ko`yida, ko`nglum o`tining dudidur,
Zog`din qilmang gumon, qonlig` tanim uzra g`ulu.

Zohidi xudbing`a xirqam zayli tegdi, ey rafiq,
Olib egnimdin, fano dayri aro may birla yu (v).

Ey Navoiy,  ko`rgach ul  qotilni,  qo`ydung yerga  bosh,
Buyla bosh qo`yg`ach nafas tashvishidin forig` uyu

609

Hajrida ko`nglumga bor ul la`li serob orzu,
Ne ajab, maxmur qilsa bodayi nob orzu.

Ul  pari majnuni o`ldum bu sababdinkim, erur
Zulfining zanjiridin bo`ynumg`a qullob orzu.

La`lidin behush  bo`lmoqliq havasdur jonima,
Kimga, vahkim, bo`lmag`ay mundoq shakarxob orzu.

Ettim og`zin istabon men yo`q tamannolig`ni, voy,
Kim adam yo`lida gum qildi bu noyob orzu.

Ko`rdum ul  but qoshlari, kofirmen, ar islomi  bor,
Ka`ba  ahli qilmasa bu nav` mehrob orzu.

Faqr ko`yining qaro sholi bila gulxan kulin
Topqali, billahki, qilmon kishu sinjob orzu.

Gar Navoiy tarki ishq etti havas, o`lturmakim,
Chin emastur aylamish bu ishni o`ynab orzu.

610

Har yon ul yuzda ter oqizdingmu?
Yo oqar mehr chashmasidin su?

Qoldi xoling ter ostida, yoxud
Damin asrar suvg`a cho`mub hindu.

Terdin ul yuzga  bo`lmish o`zga safo,
Qatradin garchi tiyradur ko`zgu.

Gulda shabnam ajab xud ermas, lek
Oyda anjum g`arib erur asru.

Senda ter, menda ashkdur yuz uza,
Yig`lasam men, senga kelur kulgu.

Uyolib ter oqizdi anjum emas,
Shomi hajrimda torami miynu.

Der Navoiyki g`ayr emas mavjud,
Turfa so`z loiloha illohu.

611

Gul sochar yel bog` aro, sarvi ravonim keldimu?
Jon isi guldin kelur, oromi jonim keldimu?

Bexud erdim  aytgali ko`nglum, chu keldim holima,
Ayting: ul ovorayi bexonumokim keldimu?

Qolmish erdi xasta jon kirganda men mayxonag`a,
Anglamonkim, ul zaifi notavonim keldimu?

Demangizkim, keldi mahvashlar seni o`lturgali,
Muni dengkim,  qotili  nomehribonim keldimu?

Hajridin  o`ldum  demangkim, boshima kelmish Masih,
Ayting, ul osoyishi ruhu ravonim  keldimu?

Ko`yungga ushshoq kelgandin xabar tuttung, valek
Demading ul zori benomunishonim keldimu?

Zuhd  ko`yiga ko`ngul birla, dedingkim, kelmading,
Ey Navoiy, necha  aytib ul yomonim keldimu?

612

Soqiyo, men yutmag`on xunobi hijron qoldimu?
Bermasang may, emdi qon yutmoqqa imkon qoldimu?

Eyki dersen, istasang vaslimni jon qilg`il fido,
Muni so`r avvalki, hajringdin manga jon qoldimu?

Ishq maxfiy qolmas oxir, ey ko`ngul, ko`p chekma jon,
Men ham avval ko`p yoshurdum, ko`rki, pinhon qoldimu?

Chektilar majruh ko`nglumdin  xadangin kuch bila,
Bori, ey jon, mujdae bergilki, paykon qoldimu?

Ko`rgach ul oyni, junundinkim yiqildim, ey rafiq,
Tengri uchun aytkim, holimg`a hayron  qoldimu?

Ey  ko`ngul, bu gulshan  atrofig`a  boqkim, g`unchae,
Kim ko`ngul jam` ayladi, bo`lmay parishon qoldimu?

Ey Navoiy,  qochmag`il hamdamlig`imdin, ko`rki, yor
Gar sanga mehrin  kam etti, bizga yakson qoldimu?

613

Belingu zulfung xayolin sharh etarmen mo`-bamo`,
Tashnadurmen la`lingga  to  bordurur jonimda   su.

Orzu  aylar  labing ollinda jon  bermakni  Xizr,
Xizr suyidin o`luk umr aylagandek orzu.

Sharbati la`ling qo`yub no`sh aylagan hayvon suyi
Bo`lg`ay  andoqkim  qo`yub  hayvon  suyin,  ichgay  og`u.

Sunbulungni qilg`ali oshufta yo`l topmas nasim,
Baski atrofidadur shaydo ko`ngullardin g`ulu.

Terlagan yuz qatrasidinkim yuzum qonin yudung,
Vah, ne deykim, ishq aro toptim ne yanglig` obro`.

Ko`nglaking lavnidin o`ldum, atridin toptim hayot,
Qaysi gul barginda bor erkin bu yanglig` rangu bo`?

Ey Navoiy, yor sarvaqtingg`a yetmak istasang,
Ohu ashkingdin supur vaqting harimin, balki yu(v).

614

Qayon qilsa havo ul turfa qush uyqum olur qayg`u,
Vagar kulbamda bir tun qo`nsa xud ko`zdin uchar uyqu.

Firoqing shomida subhi visoling yodima kirgach,
Kelur har lahza tinmay yig`lamoq ichra manga kulgu.

Quyoshim sarvdek qad birlakim har yon qilur jilva,
Ayog`i ostida, vah, soyadur yo sunbuli gisu.

Yangi jon topqamen bo`lsa labing obi hayotidin,
O`larda og`zima chun tomizurlar paxta  birla su.

Labingning xolidin jon istadim, ul oldi jonimni,
Gunah mendindur, andin yo`q, chu ishni aks etar hindu.

Qul o`ldum xolu zulfu qaddinga, gar javrdin qochsam,
Erur  ko`ksumda har  yon dog` ila na`lu alif  belgu.

Qadah mir`ati ruh, ey soqiyu maxmurluq ranji
Meni  o`lturdi,  bovar qilmasang,  qo`y  og`zima  ko`zgu.

Chu davron bevafodur necha sohibjoh esang, ey shah,
Gadolar  xotirin  asravu  mag`rur  o`lmag`il   asru.

Ichar ermish ul oy ushshoq yodi birla sog`arlar,
Seni ul el tufayli, ey Navoiy, yod qilg`aymu?

615

Ul oyg`a ne g`am tushsa bu devonadin ayru,
Bo`lmas zarare sham`g`a  parvonadin  ayru.

Xolingni tilab ruhum agar uchsa, emas ayb,
Bu qushqa tahammul qani ul donadin ayru?

Mehnat qushi ko`nglum evidin chiqmasa, tong yo`q,
Kim  ko`rgani  bor  chug`zni  vayronadin ayru?

Anduhu xirad qasdim etar, voyki, mehnat
O`zdin manga ayruduru begonadin ayru.

Qissamni eshitgan o`ladur ishq aro, vahkim,
Ermas ul og`ir uyqu bu afsonadin ayru.

Tufrog` agar bo`lsa tanim dayrda qilma,
Ey charx, oni sog`aru paymonadin ayru.

Masjidda Navoiy gar emas, nukta budurkim,
Nuqson qilur o`lmoq anga mayxonadin ayru.

616

Tutqali lam`ayi ruxsorig`a jonon ko`zgu,
Suvdurur baski qolibtur anga hayron ko`zgu.

Charx zoli sanga mashshotadururkim,  bo`lmish
Anga gulguna shafaq, mehri duraxshon ko`zgu.

Ne qatiq ko`ngli bor, oyokim, o`shul mahvashning,
Ro`baro`yig`a kelur har nafas oson ko`zgu.
 
Jon  evi  ichra   xayolingni   bezar   bo`lsa   ko`ngul,
Pari o`lur tarog` o`qungnungu paykon ko`zgu.

Ul pari yuziga devona gar ermas, ne uchun
Bo`ldi  bozorda  sargashtavu uryon ko`zgu.
 
Sof  qil  safhayi xotirni tilar  bo`lsang fayz,
Aks topmoq gar erur tiyra, ne imkon ko`zgu?

Ko`zgudek  borsa  Navoiy o`zidin, ne tongkim,
Ayladi may quyoshin soqiyi davron ko`zgu.

617

Xating ermas, gul uzra sabzayi bog`i Iramdur bu,
Na sabza, kun yuzida tun savodidin raqamdur bu.
 
Gar ohim shu`lasi o`tti quyoshtin, tong yo`q, ey mahvash,
Sen ahli husn aro shahlig` uchun chekkan alamdur bu.

Latofat suyidin to`lmish zanaxdoning chahi go`yo,
Tarashshuh aylagan kun chashmasidin barcha namdur bu.

Jafo dog`in qo`yibkim jonim olding, asrasam, tong yo`q,
Nihon ko`ksum arokim, jon berib topqon diramdur bu.

Ilojimdin bo`lub ojiz dedilar hikmat ahlikim,
G`aribu xasta yo`qkim, oshiqu devona hamdur bu.

Butekim kuch bila chekti boshimni sajdag`a, emdi
Vafodin bosh chekar, ko`rgilki, ne sarkash sanamdur bu.

Olib din naqdi piri dayrkim, qildi mani sarxush,
Ko`rung, oxir ne kamlik o`trusida, ne karamdur bu.

Qadah davrini xush tut, charx javrin boqma, ey soqiy
Ki ul tutqach vujud, albatta bilkim, kal`adamdur bu.

Navoiy g`ofil o`lma, ul sanamning qasrin aylansang,
Samad zikrini mazkur  aylakim, tavfi haramdur  bu.

618

Sochti terdin gul uza ul sarvi gulruxsor suv,
Kuymagim daf`ig`a qildi o`t uza izhor suv.

Yuzda xay tug`yonidin gar kulsa og`zi, yo`q ajab,
G`unchag`a bo`lmas ochilmoq ichmayin gulzor suv.

Tig`i bot-bot zaxm urardin zor jismim qildi za`f
Zamzam o`lsunkim, ko`p ichsa yetkurur ozor suv.

Yor ayog`i tufrog`idin o`zga ko`rmon doruye,
Ey muolij, ko`zlarimdinkim kelur bisyor suv.

Mehrkim ul chehra aksidur, nedur gar bo`lmamish
O`tlug` ohim shu`lasidin gunbazi davvor suv.

G`am o`tidin, ey hakim, o`lmak tilarmen, jomima
Zahr qo`shsang qo`sh, va leyn qotmag`il zinhor suv.

Xasta ko`nglum og`zi zaxmi paxtalig` paykonidin,
Bor aningdekkim momuq birla nchar bemor suv.

Shar`din ayri riyozatdin safo kasb aylagan
Uyladurkim sof o`lur taskin bila murdor suv.

To`rt yondin o`qi yo`l qilmish Navoiy ko`nglini,
Ishq savdosi uchun go`yo yasabtur chorsu.

619

Solsa zuhdung tuniga jomi hiloliy partav,
Subha  anjumlarin et boda quyoshig`a garav.

Tiyra xilvatin netay, xilvat oni bilki, solur
Onda soqiy yuziyu boda quyoshi partav.

Ul pari ishqida qochmoqdur o`zumdin g`arazim,
Buki g`am dashtida Majnundek etarmen taku dav.

Zulfi hajrida damim dudi jahonni tutti,
Meni savdoyiy o`shul zulmat aromen shabrav.

Dahr xusravlig`in ulkim taladi, charx oning
Boshig`a qo`ydi tugankim, der ulus Kayxusrav.

Fayz ko`z tutma riyozatda teshilmay yuraging,
Ochmayin ravzana, uy ichra quyosh solmadi zav.

Ey Navoiy, xush erur xilvat, agar bo`lsa kishi
Dilbari birla ikov, bo`lmasa lek onda birav.

620

Sujud etar quyosh ollinda uylakim hindu
Yuzung qoshinda quyosh loiloha illohu.

Quyosh yuziga qobardin nazar erur ojiz,
Yuzungdin etti magar aks zohir ul ko`zgu.

Yuzung nishonig`a har zarra gar emas tolib,
Quyosh jamolig`a zarrot nevchun etti g`ulu.

Magar tajalliyi husnungg`a  mazhar  o`ldi  quyosh,
Ki zohir ayladi oncha jilo bila yog`du.

Yuzung xijolatidin mehr uyla sorg`ormish,
Ki subh aylar aning za`faronidin kulgu.

Yuzungni tushta ko`rar mumkin o`lsa, istarmen
Oningdek uyquki, andin so`ng o`lmag`ay uyqu.

Navoiy, ista visolin, bihisht istamagil,
Kishi bihisht borinda tamug`ni istarmu?

611

Yuzu   ko`zungda   muayyan   kamoli   sun`i   iloh,
Ne yuzdurur bu, ne ko`z, loiloha illalloh.

Jamoling oyina vash-shams ko`zgusi nozil,
Ko`zung qorasig`a mozog` surmasi hamroh.

Tiling hamisha laduniy ulumig`a notiq,
Mudom ko`nglung ilohiy rumuzidin ogoh.

Qamar har oy boshi mu`jiznamoy ilgingdin
Qochib boshini o`g`urlarki, bo`ldi uyla dutoh.

Chu sen sipehrdin o`ttung, shihobu halqayi badr
Emaski, charx chekar kecha hasratingdin oh.

Sening shafoating ummedi chun erur mumkin,
Gunohkor birovdurki, yo`qtur anga gunoh,

Navoiy gulshanining nargisi nujum o`lg`ay,
Ko`z uchidin anga qilsang hisob vaqti nigoh.

622

Otashin gul garchi ziynatdur jahon bo`stonig`a,
Barq erur har yel uchurg`on bargi bulbul jonig`a.

Garchi sham` o`ldi  shabiston zebi,  ko`rkim, shu`ladin
Til chiqarmishtur susab parvonalarning qonig`a.

Mayki quyg`ay soqiyi gulrux, erur hayvon suyi,
Vahki, ofat selidur ishq ahli xonumonig`a.

Nay yelin Iso dami tutqilki, ul bordur samum
Har nafas ahli muhabbat xotiri vayronig`a.

Bir qadah may ichmadi bu dayr ahli bexumor,
To taharruk bo`ldi bu tosi nigun davronig`a.

Boda beranji xumor erur fano jomida, lek
Ichmak oni kelmamish har bulhavasning shonig`a.

Hasrat o`lturdi meni, ey mug`, ketur jomi fano,
Kim chiday olmon bugundin so`ng oning hijronig`a.

Bo`lmayin foniy, muhabbat jomin ichmakdur mahol,
Sabt eting bu naktani dayri fano ayvonig`a.

Kom topmay kimki hirmon dardig`a bo`lmish asir,
Istasa hamdard, o`lturtung Navoiy yonig`a.

623

Ko`ngulkim vaslin istar har taraf dog`i sitam birla,
Erur Yusuf xaridori necha eski diram birla.

Fig`onlig` ko`nglumu o`tlug` damimni sahl tutmangkim,
Olibmen ishq iqlimini bu tablu alam birla.

Iturdum oh ila ag`yorni ul yuz havosidin,
Aningdekkim, kishi suvdin ketargay xasni dam birla.

Qurug` jismimda qonlig` zaxm emastur qat` uchun har yon,
Ki payvand aylamishsen ul so`ngaklarni baqam birla.

Tugan birla alifdin, ey munajjim, holatim ko`rgil,
Ki ko`ksum taxtayi raml o`ldi har yon bu raqam birla.

Ko`ngul mashhudig`a chun bo`ldi vosil, bo`lsa bo`lsun til
Agar qoyil samad birla, vagar zokir sanam birla.

Taayyun xirmanin kuydurgay, ammo barq raftori
Ki ko`kdin yercha manzil qat` qilg`ay bir qadam birla.

Dema,  ko`ksumda  eskirgay  tuganlarkim,  ko`zum har  yon
Chu to`kti qatra, dog` o`ldi bu sarig` safha nam birla.

Qadu zulfung bila og`zing tilab ko`z yumdi olamdin,
Navoiyg`a tarahhum aylakim, bordi alam birla.

624

Kuydi  ko`nglumkim,  nedin  manzil  emas  jononag`a,
Tushti o`t ganj orzusidin bizing vayronag`a.

Ul pari usruk ko`zin istab biyobon tutmisham,
Kim kiyik birla mudom ulfat bo`lur devonag`a.

Keldimu  ko`rdum  yuzin,  qayturmen  emdi o`rtanib,
Sham`ni  ko`rgan  nafas  yonmoq  kerak  parvonag`a.

To manga begona bo`ldung, ko`nglum o`ldi shodkim,
Oshnodin ulfating ko`prakdurur begonag`a.

Charxdin yig`larsen, ey ko`z, bilki bo`lmish yetkudek
Seli ashkingdin xalal bu ertagi g`amxonag`a.

Eyki, istarsen berib jon, vasl topqonlar so`zin,
Safhag`a o`t sol qachon yetsang bizing afsonag`a.

Ey  Navoiy, necha  bag`ring suv  bo`lub to`ktung sirishk,
Toyiri davlat chu boqmas buyla suvu donag`a.

625

Yonida el ko`rsam, o`q sanchilmasunmu jonima,
Menki g`ayratdin  ravo ko`rmon  ani o`z yonima.

Zaxmliq jonimki  ishqi  o`tidin  xursand erur,
O`t emas ul marhamedurkim, yoqibtur jonima.

Vaslig`a ko`z mahram ermastur, netib mahram bo`lur
Ikki  tardomanki,  tonug`luq  berurlar  qonima?

Chun yetar ul oyg`a afg`onim, erur bu dam-badam
Kim chiqib jon dog`i hamrah bo`lg`usi afg`onima.

Aqlu jondin ishqida begona bo`ldung, ey ko`ngul,
Ket xudoy uchun, bugundin so`ng meni ham tonima.

Tan evin dard o`qi ko`p zaxm etti, ammo shukrkim,
Kirmadi noshukrlug` selobi bu vayronima.

Ey Navoiy, kuldi ul gul ashkima, bo`lmay xalos
Yig`lamoqdin, kom agar budur guli xandonima.

626

Anbari tar istamon yuz uzra xoling borida,
Kam ko`runur yangi oy mushkin hiloling borida.

Siymi ashkim itlaringning yo`lida sarf aylaram,
Chun demishturlarki: qozg`on do`st moling borida.

Chashmayi hayvondin, ey jonim, suv ichmaydur ko`ngul,
Xizrvash xatting aro shirin ziloling borida.

Chun vafo qilmas kishiga oqibat davroni husn,
Bas g`animat bil vafo qilmdq jamoling borida.

Degasen, miskin Navoiy nolasin bulbul kibi,
Ey sabo, ul gul harimig`a majoling borida.

627

G`amidin garchi jon yo`q erda tanda,
Tirildim la`lidin o`ldum deganda.

Necha bog` ichra borsam bo`ye topmon,
Qadingdin sarv birla norvanda.

Yoshurun necha ko`z solsam adamning
Vujudi yo`qtur og`zing bor ekanda.

Tilar kirpiklaringni zor ko`nglum,
Bo`lur bulbul yeri doyim tikanda.

Dema gul umrin oz, ey bog`bonkim,
Seningdek ko`pni ko`rmish bu chamanda.

Navoiy garchi o`ldi lola yanglig`,
Erur dog`ing bila qonlig` kafanda.

Nechakim shoh beparvolig` etsa,
Kerak o`ksutmasa qullug`ni banda.

628

Ko`nglumning ohi qatrae xuni jigar bila
Dudedururki, ayrilur o`tdin sharar  bila.

La`l uzra xolu xatki yuzung ko`zgusidadur,
To`tig`a hindu o`rgatadur so`z shakar bila.

Ul sho`x ko`nglum oldi solib jismima shikast,
Bir tifldekki, shoxin ushatqay samar bila.

Noziklugidin erkin, vayo men hasudmen,
Bukim belin oning ko`ra olmon kamar bila.

Dardoki, olam ahlida bir yor topmadim
Tun-kun duoyi shomu niyozi sahar bila.

Bu g`ussadin dedimki: bo`lay umrum oxiri
Shohi sipehrqadr Muhammad Umar bila.

El moni` o`lsa, tushti Navoiy kibi ishim
Majnun bo`lub adam yo`li sori safar bila.

629

Zihi  hayvon  suyidek lablaringning hasrati jonda,
Xating Xizriki pinhondur va lekin obi hayvonda.

Yuzung haq nur, jisming ruhi pok, ey ruhdek g`oyib,
Seningdek bir malaksiymo parivash yo`qtur insonda.

Iki ko`zkim, arosidin chiqib yosh o`tti boshimdin,
Biaynih g`arq bo`lg`on kemalardur bahri Ummonda.

Degaysen bahr davrida qamishlig` ichra o`t tushmish,
Ko`zum girdida qon yoshkim yugurur xori mujgonda.

Emas paykonining ravshanlig`idin bu ko`ngul aksi,
Har o`qkim ul otar, ko`nglum erur  albatta, paykonda.

O`tub yillar, ul oy bir kunki kulbam sori yo`l ozg`ay,
Yomon toli`din ul kun bo`lmag`aymen baytul-ahzonda.

Navoiy qon yosh ichra g`arqu yori may ichib doim
Der ermish: zarq aylaydur, ko`rung men qonda, ul qonda?

630

Pardag`a  kirgan  kibi xurshidi  raxshon har  kecha
Azmi xilvat aylar ul sham`i shabiston har  kecha.

Ul kulub ahbob birla subhdek, men sham`vor
O`rtanib ko`nglum, to`karmen ashki g`alton har kecha.

Bir quyosh hijronida uryon tanim gardun kibi
Mehr o`tidin ko`rguzur ming dog`i pinhon har kecha.

Gah-gah, ey maxmuri xobolud, so`r ul xastani,
Kim yetar og`zig`a la`ling yodidin jon har kecha.

Nosiho, ne nav` pinhon toat aylaykim olur,
Dinu donish naqdini bir nomusulmon har kecha.

Bir kecha so`rg`il meni ondin burunkim, so`rg`asen:
Qoni ul bedilki, aylar erdi afg`on har kecha?

Chek, Navoiy, nola, ko`z may bersunu bag`rim kabob,
Chun bo`lur ul oy xayoli bizga mehmon har kecha.

631

Yo rab, ul yuzni dame ko`zumga pinhon aylama,
Yo ko`zumni ondin o`zga yuzga hayron aylama.

Chehrasig`a mezbon o`lsun ko`zum, ul chehrani
Ko`zlarim uyidin o`zga  uyga  mehmon  aylama.

Ochmayin zulfin, parishon ko`ngluma chekturma oh,
Etmayin ohim yeli, zulfin parishon aylama.

Jonima la`lidin o`zga la`ldin berma hayot,
La`lig`a jonimdin o`zga jonni qurbon aylama.

Boshima  ko`yidin o`zga ko`yni qilma vatan,
Ko`yida boshimdin o`zga boshni g`alton aylama.

Ey ko`ngul, davr ahlidin ming yilchiliq yo`l go`sha tut,
Yo alardin yetsa yuz ming g`ussa, afg`on aylama.

Istasang, ey gul, Navoiydek xushilhon bulbule,
G`unchadek ko`nglin malomat xoridin qon aylama.

632

Ul musofirkim erur barcha sipoh ahlig`a shoh,
Jismu ruhi xoksorimdur anga gardi sipoh.

Dedilar, ul shah qilur yo`l azmi, bu ummed ila
Ko`ksuma tirnog`lar birla chekibmen shohroh.

Raxshining javlonini ko`rgach yer o`psam men zaif,
Yo`q ajab, chun xam bo`lur ermish itik yeldin giyoh.

Novaki birla to`shuk bo`lg`on ko`ngul ahvolini
Necha sharh aylay desam, og`zimg`a kelmas g`ayri oh.

Ko`zda ashkimdin qochib, kirdi xayoli ko`ngluma,
Ko`p yog`indin yo`lda el vayrona qilg`andek panoh.

Buki hajringdin o`lubmen, bo`lmasa bovar sanga,
Jonu ko`nglumkim sening birladurur, basdur guvoh.

Kelsa yorutqay sipah gardi Navoiy ko`zlarin,
Ul musofirkim erur  barcha sipoh ahlig`a shoh.

633

Jon olsa naylay ul buti paymon gusil bila,
Chun bermisham ko`ngulni ayga ishqi dil bila.

Keldi manga chu belini chektim, masaldurur,
Kim tortsa bo`lur keluri bo`lsa qil bila.

Ashkimki qon bo`lub yuzum uzra tushar, erur
Yosheki mayl bor anga soriq-qizil bila.

Qaddi havosida labidin rohat istaram,
Ichsam kerak mudom chog`iri mu`tadil bila.

Zulm ahli xalq qoni uchun til uzatmog`i
Bor uylakim sibo` ichar suvni til bila.

Kavsar mayini shahd uza sun` ilgi tomizib,
La`ling muxammar ayladi ul obu gil bila

Doim qoshingda bo`lsa Navoiy ajab emas,
Gul birla bulbul o`lsa, ne tong, muttasil bila.

634

Ohkim, jon  bo`ynig`a zulfung tanob o`ldi yana,
Kecha tong otquncha ishim pechu tob o`ldi yana.

Ishq asir etgan jununlug` ko`nglum ishi har zamon
O`tqa tushgan telba yanglig` iztirob o`ldi yana.

Ganji ilm ettim ko`ngul kunjin, yetishgach seli ishq
Har imoratkim qilib erdim, xarob o`ldi yana.

Bir o`q urdi g`amzangu itti ko`ngul majnun bo`lub,
Ul balo urg`ong`a, bilmon, ne balo o`ldi yana?

Gul shabiston bazmida o`t yoqti, vahkim, g`unchadin
Barcha  bulbul ko`ngli ul o`tg`a kabob o`ldi yana.

Dedilar, ul sho`x har dam oshuqub uydin chiqar,
Jon ishi chiqmoq uchun, vahkim, shitob o`ldi yana.

Ey Navoiy, bir sori bo`ldi bu g`amlar chun sanga,
Azmi dargohi shahi oliyjanob o`ldi yana.

635

Boda tut, soqiyki, ayyomi visol o`ldi yana,
Dast berdi shodlig`, g`am poymol o`ldi yana.

May mudom ich ul labi maygun sanam davrindakim,
Zuhd ila taqvo haromu may halol o`ldi yana.

G`amza birla ko`zlari ayni balo bo`lg`on uchun,
Ushbu ma`nig`a karishon zulfi dol o`ldi yana.

Xo`blar ko`yiga sayr aylay borib erdi ko`ngul,
Kech kelurda anga, bilmon, kim zavol o`ldi yana?

To labi jonbaxshidin topti Navoiy komi dil,
Ey ajal, o`lmak anga asru mahol o`ldi yana.

636

Ko`zni la`ling shavqidin durbor qilg`ungdur yana,
Jonni ko`zung hajridin xunbor qilg`ungdur yana.

Ya`ni, ey tovus paykar, aylabon azmi safar,
Tavsaningni  kabki xushraftor qilg`ungdur yana.

Ey ko`ngul, vaslin g`animat tut, dame qilma fig`on,
Kim oni topmay, fig`on bisyor qilg`ungdur yana.

Borg`anidin xastamen, qilsang ilojim, ey tabib,
Umr zoyi` aylabon, bekor qilg`ungdur yana.

Gul kibi yuzung Navoiy ko`zidin aylab nihon,
Ko`zunga har  kirpigin  bir xor qilg`ungdur yana.

637

Orazi yonig`a gul sanchar jamol izhorig`a,
Anglatur  husnin  ani  yondoshturub  ruxsorig`a.

Evrulur boshig`a jonlar, vahki, har jon rishtasi
Chirmashibtur gardi Yazdiy me`jari har torig`a.

Sochbog` ermasdurki, ul kofir g`ilof aylabdurur
Olam ichra kufr ta`zimi uchun zunnorig`a.

Ko`z duosi chun bitirsiz, sadqasi aylab meni,
Tori jonim rishtasidin tortingiz tumorig`a.

Eng bila nevchun yopar og`zin takallum holida,
Lablaridin shahd olib, yo`l ochmasa guftorig`a.

Barg evurmay lavn gul so`lma, to`kar ermish xazon,
Bog`lama ko`nglungni, ey  bulbul, jahon gulzorig`a.

Ka`bayi ko`yin Navoiy evrulurga za`fi bor,
Bas madadtur yetsa ilgi qasrining devorig`a.

638

Nasihat ahli manga derki: Mayni tark et, vah,
Ilik olib kelur, og`iz ichar, manga ne gunah?

Manga may ichmak emas o`zlugimdin, ey nosih,
Bu ishga chang qadi dolu shohid o`ldi guvah.

Qilur jununu qadah man`ini manga zohid,
Degaymu telbaga bu so`zni bo`lmasa  ablah?!

Qadah charog`ini ollimg`a tutqil, ey  soqiy,
Ki zuhd zulmatida asru bo`lmisham gumrah.

Bu sham` birla xarobot sori boshla meni,
Ki tiyra zuhd tuni ichra o`lmayin nogah.

Boshimni  piri xarobot dargahida qo`yay,
Ki bor eshigida shohu gado gado bila shah.

Navoiy aytur emish dayr aro sanam zikrin,
Bu ism zikriga kim qilsa mayl bismillah.

639

Qil uchi ko`rmay og`zingdin nishona,
Anga oshiq bo`lubmen g`oyibona.

Xating bosh chekkali xoling ko`runmas,
Ko`kardi chun ekin, gum bo`ldi dona.

Bahona qilmay el qonin to`karsen,
Manga yetgach, qilursen bir bahona.

Bulut ermaski, gardun yuz yoshurmish,
Ki tortar shu`layi ohim zabona.

Bu javlonkim qilursen, vah, zamone
Inon chekkilki, qo`zg`aldi zamona.

Fano ahl so`zin ko`p ayla mazkur,
Ki uyqu daf` etar ushbu fasona.

O`tar yoring, Navoiy, arz qilkim,
Qadam qo`ysang yaqindur bandaxona.

640

To ko`rubon  yuzin  quyosh qolg`ali ishtiyoqig`a
Goh boshig`a evrulur, goh tushar ayoqig`a.

Qoshida xoli hinduyiy kofir erurki, ahli din
Qatli uchun chiqibdurur ko`z sola dayr toqig`a.

Dardu balovu g`ussani ko`nglum aro keturdi ishq,
Do`stlarin birav kibikim tilagay visoqig`a.

Vasl meni chu o`lturur, bor sanga o`lmagim g`araz,
Rahm etib, ey ajal, meni solma aning firoqig`a.

Po`ya qilurda chobukum uchti rikobida pari,
Naqsh sog`inma zeb uchun sizg`on aning janoqig`a.

Tolibi faqr bor esang barcha bila muvofiq o`l,
Sen kimu e`tiroz kim ahli zamon nifoqig`a?!

No`shi labing zilolidin xasta Navoiy ichgali
Cheksa hayot chashmasin, zahr kelur mazoqig`a.

641

Vahki umrum barcha zoyi` bo`ldi el komi bila,
Bodayi nob o`rnida xunoba oshomi bila.

Kimsa yuz yil komronliq qilsa, bilkim, arzimas
Dahr aro bir lahza bo`lmoqqa birov komi bila.

Zahrni o`z komi birla ichsa ondin yaxshikim,
Ichsa hayvon sharbatin nokomliq jomi bila.

Yuz dilorom aylagandin ravza hibsi yaxshiroq
Bo`lmoq o`z vayroni ichra ko`ngli oromi bila.

Ey ko`ngul, el subhi ayshi sori boqma, xo`y qil
Fardlig` vayronida mehnat qaro shomi bila.

Qushqa yung maskan aro xushroq durur ozodlig`,
Bo`lg`onidin band aro sayyod ipak domi bila.

Bo`lmoq itlar mun`imi tan to``ma aylab yaxshiroq,
Tanni qilg`uncha samin nokaslar in`omi bila.

Johu markab birla, eykim, bormading maqsad yo`lin,
Qat` o`lur beto`shalig` zodi fano komi bila.

Ey Navoiy, huzn ila o`tkar qoriliq mehnatin,
Chun yigitlik bordi ayshu ishrat ayyomi bila.

642

Tushti o`t ko`nglum eviga ohi dardolud ila,
Ko`zda kirpik dema, bu ravzan qarormish dud ila.

Telba it deb har taraf yo`ldin qocharlar  ahli hush,
O`t sochib og`zim, yugursam jismi gardolud ila.

Charx sayr etmas, nechuk subh istagaymen g`am tuni,
Javfi chun madrus erur bu shomi qiyrandud ila.

Yusufim hajrida Ya`qubiy g`am ichra, mutribo,
Uyla menkim, xushlug`um yo`q nag`mayi Dovud ila.

Dema, har dardingg`a aylay bir davo, qo`ykim o`lay,
Kim malul o`lg`ungdurur bu dardi noma`dud ila.

Shah tilar davlat baqosin, men gado yor og`zini,
Ranjadur shohu gado bir komi nomavjud ila.

Ey Navoiy, qildilar dunyoni rad ahli qabul,
Gar desang maqbul o`lay, yor o`lma bu mardud ila.

643

Lablaringkim, hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindurur yuz qand bozorini shakkarxand ila.

Toki hayronmen sanga nomus ila itmish ko`ngul,
Telba yanglig`kim qochar el g`ofil o`lg`ach band ila.

Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko`rar,
Ne quvong`ay dam-badam sen nozanin farzand ila.

Qo`y nasihat, zohidu, o`tlug` damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yo`qturkim sog`alg`ay pand ila.

Hojatingni elga arz etmakka hojat bo`lmasun,
Xush chiqishsang lahzae bu zori hojatmand ila.

Lablaring hajrinda yuz parkandkim bo`lmish  ko`ngul,
La`l erur mahlul qon o`rnig`a har parkand ila.

Chun Navoiy ko`ngli sindi, emdi lutfung ne osig`,
Kim ushatsa shishani, butmas yana payvand ila.

644

Bo`lur shom ul mahi Naxshab ravona,
Kamandi zulfin ochib shab ravona.

Qaro tun azm etarkim, ko`rmagay el,
Jamolidin vale yorur zamona.

Meni man` etmish o`z hamrahlig`idin,
Manga, vahkim, ajab ish tushti yona.

Hayotim emdi xud mumkin emastur,
Ki o`lmakka tilar erdim bahona.

Ko`z ochqaymen magar mahshar sabohi,
Ki ichmishmen ajab jomi shabona.

Bu gulshan gullari chun bevafodur,
Alardin chekma, ey bulbul, tarona.

Navoiy o`lsa, yodin qilmag`ilkim,
Ular el ham, desang ondin fasona.

645

Mehrdin dermenki bo`lsam doyim ul oyim bila,
Naylayinkim, charx evrulmas mening royim bila.

Hajr aro mendurmenu bir ohu bir xam qomatim,
G`am cherigi xasmu men bu nav` o`q-yoyim bila.

Ahli majlis kuydurur tilin kesib, boshin uzub,
Sham` da`vo qilsa mohi majlisoroyim bila.

Ko`hi dardu teshayi hijronni so`r Farhoddin,
Anglamas Xusravki, Shirin birladur doyim bila.

Husnig`a har lahza hayronroqmen, oxir yaxshidur
O`lmasam nogah bu ishqi hayratafzoyim bila.

Bo`lmayin dayri fano xammori, gar qilsam badal
Zohidi xudbin ridosin bodapoloyim bila.

Dam-badam  miskin  Navoiyning degil qon yutmog`in,
Ey qadah, gar hamdam o`lsang bodapaymoyim bila.

646

Gar sabodek hamdam ermon sarvi ozoding bila,
Bormen, ey gul, qaydakim bo`lsam sening yoding bila.

Range yo`qtur chun qizil guldin sanga, ey andalib,
El qulog`in asru ko`p yolqitma faryoding bila.

Eyki dersen, ko`zlarim ko`nglungni ne nav` etti sayd,
Bir  kabutar netsun axir ikki sayyoding bila?

Masjid ichra butparast o`lmoq necha, ey piri ishq,
Din uchun kirdim fano dayrig`a irshoding bila.

Sehr erur, ey ishqkim, ko`nglum bila paykonidin
Sirqayi jism ichra o`tu suvni asroding bila.

Gar itobe zohir etsang, o`zgalarning ko`nglin ol,
Neshgakim men xo`y etibmen zulmu bedoding bila.

Ey Navoiy, telbalik tark etgasen ko`rgach visol,
Hur siyratlik, malak xo`luq parizoding bila.

647

Solib qon oncha qo`ydung dog` bu jismi figor ichra,
Ki oncha dog` ila qon bo`lmag`ay bir lolazor ichra.

Qushekim tushsa, ohim girdbodidin chiqa olmas,
Birov yanglig`ki qolg`ay eshigi bog`lig` manor ichra.

Iki ruxsori ikki zulf yopqondin nihon o`lmas,
Nechukkim shu`la dud ichra, quyosh yoxud g`ubor ichra.

Yuzung shavqida ashkim ko`zlar ichra jola bog`lanmish,
Yog`in ul nav`kim dur bog`lag`ay abri bahor ichra.

Qolibtur anbarin zulfung ichinda bog`lanib ko`nglum,
Kiyikdin qatra qon qolg`on kibi mushki tator ichra.

Qizig` ko`nglumdagi paykonlari dardin ne fahm etgay,
Angakim qatralar xaydindurur o`tlug` uzor ichra.

Chu o`lgum hasratidin, shoyad o`tgan chog`da ko`rgaymen,
Meni sudrang gadolar ko`yida bir rahguzor ichra.

Gar ul shah bazmidin bir jur`a may topmon, ajab ermas,
Ki may sho`xi kiribdur shiradin mahkam hisor ichra.

Menikim  aylamish ul mug`bacha ishqi mayi maxmur,
Magar ham dayr piri chora qilg`ay bu xumor ichra.

Vafo aylarda elga ro`zgoring aylama zoyi`,
Ki ulkim sen tilarsen, yo`qtur ahli ro`zgor ichra.

Navoiy, gar falak davri sanga yetkurmas ul oyni,
Ne chora, chun sipehr ermas kishiga ixtiyor ichra.

648

Vahki, ul sho`x borib, jonima o`t soldi yana,
Telmurub ikki ko`zum yo`lg`a boqib qoldi yana.

Necho`k o`lmay meni bemorki, Isonafasim
Ko`rdi holimniyu ko`rmasga o`zin soldi yana.

Yig`lang, ey sham`u surohiyki, o`larimni bilib,
Mutribi nag`masaro navha ko`kin soldi  yana.

Zaxme istar edi ko`nglum qilichidin go`yo,
Ilgiga tig` mening ko`nglum uchun oldi yana.

Aqlu din naqdi fano dayri aro kirmas ekach,
May bila mug`bachalar yo`lida soyg`oldi yana.

Sabr elin yig`mish edim chiqmas ekach ul xurshid,
Voykim, zarra kibi har sori qo`zg`oldi yana.

Qo`lda, ey Xizri rahim, xasta Navoiy qo`lini,
Kim bu yo`l po`yasidin bag`ri oning toldi yana.

649

Ko`nglum og`zingning xayolidinki to`lmish g`am bila,
Naqd uza mumedururkim, naqsh erur xotam bila.

G`am tuni  anjumni ohim o`qlari zaxmig`a charx
Ul momuqlar bilki, qo`ymishdur yasab marham bila.

Yig`lama, ey ko`zki, bormas zulm naqshi ko`nglidin,
Toshda yozg`on xat ne imkonkim buzulg`ay nam bila?

Ul alifdurkim, ayondur har tarafdin shamrasi,
Qaddi bir yondin osilg`on mushkbo` parcham bila.

Shayxi g`ofil ko`nglin etti zarq ohidnn qaro,
Tifldekkim ko`zguni qilg`ay mukaddar dam bila.

Ohkim, ovvora bo`ldum ayta olmay shammae
Yoshurun ko`nglumdagi dardimni bir hamdam bila.

Ey Navoiy, gar desangkim bevafoliq ko`rmayin,
Oshnoliq qilmag`il jinsi bani Odam bila.

650

Novakingning to`sdin ermas nishoni bo`ynig`a,
Kim erur qatl aylagan ahbob qoni buynig`a.

Begunoh ishq ahlig`a tiyg`i jafo surgum desang,
Bilki, mendin o`zga tutmas kimsa oni bo`ynig`a.

Hajridin gar yuz qilich bo`ynumg`a urdung, ey sipehr,
Sarbasar qildim qo`lum yetgan zamone bo`ynig`a.

Qotilimni kimsa bilmay, zaxm yeb o`ldum, valek,
Men bilurmenkim, erur qonim faloni bo`ynig`a.

Tavq bil jannat qushi bo`ynig`a to mushkin ipak
Tushti ta`viz etgali hirzi yamoni bo`ynig`a.

Mayg`a egnimdinki sajjodam garavdir, qildi man`
Go`yiyo zohid ko`ra olmas ridoni bo`ynig`a.

Gar Navoiy o`lsa, ul kofir diyorig`a cheking,
Bog`labon  sudrarda zunnori  fanoni  bo`ynig`a.

651

Yana  ne  o`t  edikim,  tushti  xonumonimg`a,
Yana ne shu`la edikim, tutashti jonimg`a.

Yana ne barq edikim, tushgach o`rtadi xasdek
Bir o`t sharorasidin jismi notavonimg`a.

Yana ne novaki mujgon ediki, qatlim uchun
Tikildi ko`ngluma, ya`niki kirdi qonimg`a.

Yana ichimga magar ishq soldi o`tki, chiqar
Shararlari qotilib oh ila fig`onimg`a.

Balo o`ti yonadur to`sh-to`shimdin, ey nosih,
Eshit nasihatu zinhor kelma yonimg`a.

Sarig` yuzumni qizil qilmadi visol mayi,
Bu gulshan ichra bahor o`lmadi xazonimg`a.

Navoiy itti qo`yub yodgor xasta ko`ngul
Dediki, yetkurung albatta dilsitonimg`a.

652

Meni gadoy qachon yettim ersa shohimg`a,
Yuzumni yerga qo`yub shukr dey ilohimg`a.

Ko`rushmagimga agar bo`lsa multafit, bo`lg`ay
Visol to`biyi jannat bila giyohimg`a.

Gunah yiroqlig`im erdi, chu lutf mazharisen,
Inoyat aylagilu boqmag`il gunohimg`a.

Dedi, safarda sutun birla borgohimdur,
Kishiki, boqti falak birla dudi ohimg`a.

Baho tuganlarim o`lmish visol uchun, hayhot,
Kishi bu tuhfani sotqaymu ul darohimg`a?

Buzuldi ko`zu ko`nguldin ishim, magar tushgay
Bir ahli dil ko`zi bu holati tabohimg`a.

Navoyiyo, yana gar yor yuzin ko`rsam,
Muti`u qul bo`layin baxt,  yekxohimg`a.

653

Ko`ngluma anduh yelidin g`uboredur yana,
Go`yi oni qo`zg`og`on chobuksuvoredur yana.

To ne gullar ochqay oxir ishq aylab chok-chok,
G`unchadek ko`nglumda bukim xor-xoredur yana.

Oh dudin sahl tuttum, ohkim, ul dud aro
Sabr uyin kuydurgali har yon sharoredur yana.

To labing ushshoqdin jon olmoq etti ixtiyor,
Jon berurga har taraf beixtiyoredur yana.

Tong yelidin bo`ldi go`yo sunbulung oshuftakim,
Har qayon boqsam parishon ro`zgoredur yana.

Erga sochqon ter fano dashtida solik jabhasi
Gavhari maqsuddin har dam nisoredur yana.

Raf` o`lub erdi Navoiyning jununi, ey pari,
Ta sanga tushmish ko`zi, majnunshioredur yana.

654

Orazing xoli nedin qildi meni devona,
Qushni sayd etmadi chun suda ko`rungan dona.

Kirib oq uy aro jonlar qushinn kuydurdung,
Garchi fonusda sham` o`rtamadi parvona.

Tiyrboroni g`aming buzdi ko`ngul maskanini,
Bizing uy  bo`ldi yog`in  kasratidin  vayrona.

Hajr za`fidin o`lubmen tanimasdek, ne ajab,
Oshnolar manga bo`ldilar esa begona.

Buzdi ul sho`xi qadahno`sh salohim uyini,
Manga mundin nari manzil bas erur  mayxona.

Soqiyo, to`lg`ucha paymona yerim maykadadur,
Meni mast etgali ko`p yaxshidurur paymona.

Jurm esa yor boshim uzra yetib o`lmaganim,
Ey Navoiy,  meni o`lturmak erur  jurmona.

655

Ko`radurmenki borur yoru qolurmen meni gumrah,
Bora olmon, tura olmon, ne qotiq holat erur, vah?!

Hajridin jonima yuz biym, qolayin desa ondin,
Xo`yidin ko`ngluma ming vahm, bo`layin desa hamrah.

Qo`yung ummedi, yuzung hasrati birla agar o`lsam,
Yovumay ravzag`a, valloh, tilamay hurni, billah.

Mayg`a mashg`ul o`lubon hajrni amdo unuturmen,
Buzulur zor ko`ngul kirdi esa yodima nogah.

Aql taklif qilur ko`nglumakim, tarki junun qil,
Telbadin kim bu tama` tutqay agar bo`lmasa ablah?

Shohu soyilg`a nasib ar ko`pu ozdur, ne tafovut,
Teng nasib o`ldi chu tufroqqa ag`ar soyil, agar shah.

Yor  g`ofillig`idin zulfida  jon  berdi  Navoiy,
Sayd o`lar domda sayyod agar bo`lmasa ogah,

656

Vahki,  bir  badmehr o`qi jonimg`a parrondur  yana,
Tiyra  ko`nglum  kulbasining sham`i  paykondur  yana.

Bir pari ishqida jonning nuqta birla nunidek,
Notavon jonimda na`lu dog` pinhondur yana.

Baski paykoning yig`ildi, yiqti tan koshonasin,
Bu bino suv  kasratidin, vahki, vayrondur yana.

Tang`a juzv o`ldi o`qung ul nav`kim, ondin oni
Olmoq anburlar bila tortib ne imkondur yana?

Eyki, ko`nglumni  deding  majruh emastur  ishqdin,
Ko`rmading, oyoki, mujgonim  aro qondur yana.

Chiqmisham mug` ko`yidin sarxush, yoshun, ey charxkim,
Er  bila teng qilmog`ing ollimda osondur yana.

Dasht aro Majnunni ko`rganlar Navoiyni ko`rub
Qildilar hayratki,  ne g`uli  biyobondur yana?!

657

Tanimda za`fdurur to isitmish ul dilxoh,
Quyosh haroratidin, ne ajab, qurusa giyoh.

Aning nihol qadi titrabon terak yanglig`,
Men evrulub boshig`a, tortibon sabodek oh.

Tanini g`uncha  kibi to`ng`a chirmabon qat-qat,
Valek talfasadin guldek ochilib gah-goh.

Gulobxonadag`i gul kibi so`lub jismi,
Qilib gulob kibi terning o`rtasida shinoh.

Yotib ko`zi kibi gulgun harir uza  bemor,
Valek mendek etib sihhat ahlini gumroh.

Demonki, sharbat uchun yaxshidur chuchuk jonim,
Yarasa sadqa uchun qilg`asiz meni ogoh.

Navoyiyo, dema nevchun taning zaif o`lmish,
Tanimdd za`fdurur to isitmish ul dilxoh.

658

Hayhotkim, birav g`amidiy zormen yana,
Faryodkim, balog`a giriftormen yana.

Ey muddaiki, orim edi ta`nu so`kmaking,
Forig` degilki, har ne desang bormen yana.

Daf` o`lmish erdi no`shi labingdin malolatim,
Lutf ayla, ey tabibki, bemormen yana.

Har kecha bir quyosh g`amida g`ussa toshidin
Boshtin-ayoq sipehrdek afgormen yana.

So`fiyi  aql  savmaasin, shukrkim,  buzub,
Dorul-fanoyi ishqda xammormen yana.

Og`zim qurub, damim tutulub, sekririm ne tong,
Kim telba  chobukumga jilavdormen yana.

Aql itti, hush ketti, ko`ngul kuydi, chiqti jon,
Shukr et, Navoyiyoki, sabukbormen yana.

659

Har gulki ochibdur may ul orazi diljo`da,
Gullarmu ekin suda, gul aksimu ko`zguda?

Ko`zguda yuzung aksi gar yaxshi nazar qilsang,
Bor uyla biaynihkim kun aksi tushar suda.

Noz uyqusida ul ko`z oshubi jahon ichra,
Uyg`onsa ko`zung netgay olam buzub uyquda.

Ollimg`a yuzung kelgach, husn  ahlini  ko`rmasmen,
Ko`z anglamas ashyoni bo`lg`ach quyosh o`truda.

Gar shahrni tark aylab, sahrog`a qo`yubmen yuz,
Ma`zur erurmenkim, mohim erur o`rduda.

Olam ishi sar-tosar g`am yerga gari qilmas,
Soqiy, tutubon jome, qo`yma meni qayg`uda.

Vasl istasang, o`l foniy andoqki Navoiykim,
Har ishki munung g`ayri, bordur bori behuda.

660

Yana har dam ishim sochmoqdurur ko`z bog`idin lola,
Ki bo`lmish loladek qonlig` ko`ngul pargola-pargola.

Ko`zungdur  fitnavu  afsun  savodidin qaro nargis,
Yuzumdur mehnatu idbor dog`idin sarig` lola.

Umidim  mazra`in dedim ko`kartay ashkdin, vahkim,
Sovug` ohimdin o`ldi ul ekinga bu yog`in jola.

Shafaq ichra emas anjumki, gardun javfida ohim
Harorat  oncha  ko`rguzdiki  erni  bo`ldi  tabxola.

Marazliq zaxmi  ko`p tandin  payopay  ko`nglum  afg`oni,
Buzug`din uylardurkim chug`z qilg`ay dam-badam nola.

Deb erding, jon  beray o`lsang,  yetishti ul mahal, vahkim,
Gado sultong`a netgay juz gadolig` o`tsa ham hola.

Navoiy dahrning kun yuzi, tun sochig`a mayl etma,
Ki oxir umr naqdin muxtal aylar ushbu muxtola.

661

Tiyralik xatting savodidin labi xandon uza,
Xizr soldi soya go`yo chashmayi hayvon uza.

To hazin ko`nglumni la`ling hasrati qon aylamish,
Anda xoling naqshi o`lturg`on chibindur qon uza.

Jonu ko`nglum nolasidin ikki haqgo` qush kibi
Kecha ul oy ko`yida afg`on erur afg`on uza.

Toyiri mehnat buzug` ko`nglumda qo`ymish oshyon,
Chug`z andoqkim nishiman aylagay vayron uza.

Ey musulmonlar, yeting faryodimakim, kofire
Jonu ko`nglum oldi, emdi so`z borur imon uza.

Charx toqidin topar kun shamsasi har kun zavol,
Zarvaraqdin shamsa chekmak ne osig` ayvon uza?!

Ey Navoiy, to dedi dardim yukin ko`nglungga qo`y,
Ko`nglum uzra qo`ydum ul yukniyu minnat jon uza.

662

Nildin har yon alif ul mahjabin ruxsorida,
Bir niholi sarv erur go`yo Iram gulzorida.

Ishq sultoni siyosat ayladi ushshoqni,
Xalq jismidur, somon ermas balo devorida.

Toza dog`edur fig`onim o`tidin bo`ynumdag`i
Har mudavvar shakl shingarfiy junun tumorida.

Tavqlar bo`lmish jeli tortarg`a imon ahlini,
Halqalar zanjiri zulfung rishtasi zunnorida.

Telbalik tog`i tanimdur,  bosh uza jo`lida soch,
Har biri bir notavon Majnun junun ko`hsorida.

Tushsa yuz dastor boshdin, bosh egindin, vah, ne tong,
Kim erur gulrang may boshida, gul dastorida.

Boru yo`qin  teng ko`rarmen zarravu xurshidning,
Yo`q og`iz birla jahonoro jamoling borida.

Sham` ila may axtarig`a ber sabotu sayrkim,
Mehr  fahm o`lmas falakning sobitu sayyorida.

Ey Navoiy, zor jisming nola qilmas za`fdin,
Uylakim sust o`lsa, un bo`lmas mug`anniy torida.

663

Va`da  aylab  vasl,  jismi  notavonim o`rtama,
Kelmagungdur, intizor o`tig`a jonim o`rtama.

Ishq o`tining o`rtari bastur, yana jonim aro
Dog`i hijron har dam, ey nomehribonim, o`rtama

Jonni olding, solma oxir notavon jismimg`a o`rt,
Naqd chun yag`mog`a  bordi, xonumonim o`rtama.

Novakingning  kasratidinkim,  nayistondur  ko`ngul,
O`t olib kirma qamishqa, naysitonim o`rtama.

Jonima o`t soldi ishqing, bal jahonim o`rtadi,
Rahm etib, mundin nari jonu jahonim o`rtama.

Har nafas kuydurma bir o`t birla, ey g`ardun, meni,
Kuydururga har dam aylab imtihonim o`rtama.

Qilma nisbat xo`blar birla Navoiydek meni,
Tuhmat aylab har zamon, ey  badgumonim, o`rtama.

664

Ko`ngul qushidur oning zulfi tobdori  bila
Chibinki, bog`lig` erur  ankabut tori bila.

Sipandi ofat emas, lolazori ofat erur,
Yuzinda har sari xol otashin uzori bila.

Magarki zulfida ishq ahlining ko`ngullaridur,
Ne  dudkim, nafasimdin chiqar sharori bila.

Niholi vasl oningdek qurubtururki, ani
Ko`karta olmadi ko`z ikky jo`ybori bila.

Sipehr emin emas manjaniqi ohimdin
O`n ikki burjluq ushbu biyik hisori bila.

Muvaffaq o`lmasa, tavfiq ila emas mumkin
O`z ixtiyorini qo`ymoq o`z ixtiyori bila.

Churuk so`ngaklarim o`lmish quyun aro xoshok,
Boshingg`a evruladurgon tanim  g`ubori bila.

665

Falakdin yaxshiliq yetgay debon ko`nglungni shod etma,
Yamonlig`kim yetar, holo unut, o`tganni yod etma.

Zamona  ahlig`a gar yuz quyoshcha ko`rguzubsen mehr,
Vafo zinhorkim bir zarra chog`lig` i`timod etma.

Nujumu charx deb o`kma gadoning bah`yaliq sholin,
Tutunni charxu uchqunlarni anjum e`tiqod etma.

Fano ahli ayog`i tufrog`i sharhin yozar bo`lsang,
Qarog`imni hal ayla, ey rafiq, o`zga midod etma.

Midod etgan qarog`imni qilibon kirpigim xoma,
Ko`zumning pardasidin o`zga kog`azga savod etma.

Qilib  solih  amal  kasbi  shioringni  saloh etgil,
Vale fosid xayoling birla har dam bir fasod etma.

Chu bilding, rizq erur maqsum, chekma do`stdin minnat,
Qazodin xorij ermas ish, adug`a inqiyod etma.

Tilarsen faqr dashtin qat` qilg`aysen  eranlardek,
Bag`ir suv qil, yurak pargolasidin o`zga zod etma.

Navoiy, istasang uqbo murodin nomurod o`lg`il,
Agar dunyo murodi yo`qtur o`zni nomurod etma.

666

Har oyki, g`ayrima bir zarra mehri fosh o`lsa,
Oning sori boqa olmon, agar quyosh o`lsa.

Ko`zumda  ashkdek ul  tifl  parvarish  topmish,
Nazar haqini kerak bilsa necha yosh o`lsa.

Visol umidiga o`zni yaqin solur oshiq,
Firoqdin necha jonida davr bosh o`lsa.

Ne tong, fig`oni bag`irdin xaroshliq chiqmoq,
Birovki bag`rida g`am changidin xarosh o`lsa.

Bahorim o`ldi chu gulchehra sho`xlar, ne ajab,
Yog`ar nima boshima jolavor tosh o`lsa.

Xush ulki, tog` etagin tutsa xalqdin qochibon,
Uzalsa, ostida xora anga farosh o`lsa.

Demang, Navoiy, agar bo`lsa yor qatling etar,
Nekim murodidurur uyla qilsa, kosh o`lsa.

667

Dardini jismim aro asray debon tadbir ila
Toza dog` ermas, o`qi zaxmin tutubmen qir ila.

Toki sham`i anjumandur  mohi shabgardim  mening,
Ko`k shabistonidin oy har tun qochar shabgir ila.

Zulfi ichra zor jismim  holatin  qilsang raqam,
Ey muharrir, zarhal etgaysen qaro tahrir ila.

Hadding ermastur mening ishqim debon yozg`urmakim,
Men ham anglarmen, vale ne choradur taqdir ila?

Ul pari zulfi savodin yozg`ali bo`lmish davot
Uyla savdoyiyki, asrarlar ani zanjir ila.

Qabr aro aylang yuzumni chum qarokim uxmr o`tub,
Do`st ko`yi azmi qildim yuz tuman taqsir ila.

Ishq shar`ida Navoiy qatl ila topsang xalos,
Bilki, o`lmakdin qutulg`ondekdurur ta`zir ila.

668

Ilgin ul gulrang etibdur lola yafrog`i  bila,
Kaflarin bargi bila, tirnog`larin dog`i bila.

Rishtayi zulfi xayolidin havo qilg`an ko`ngul
Bir qushedurkim, qochibdur go`yiyo bog`i bila.

Reshalar ko`ksumda ko`r, Farhod bahsin qo`ykim, ul
Qozmadi mendek balo tog`ini tirnog`i bila.

Sham` hamdardimdurur hijron tunikim, men kibi
Hajr o`tida qovrulur ul dog`i o`z yog`i bila.

Otashin la`ling shahidi qabridin gulgun g`ubor,
Kim  qo`par, o`ttur  emas qon  rangi tufrog`i  bila.

Bemahal gulbong ila yolqitma, bulbul, elnikim,
Dahr  bog`i gullari xushtur  vale chog`i  bila.

Lola ermas, urdi o`t gulshang`a  bir  gul hajridin
O`rtanib har dam Navoiy nola qilmog`i bila.

669

Ey sabo, holimni  arz et gulruxi tannozima,
Egma qaddimning salomin ayt sarvinozima.

Ayt ko`ptin  ko`p g`am, ozdin oz  ashkim sharhini,
Dardu sabrim naqdi sadqang, boqma ko`pu ozima.

Chunki o`lgum, yoshurun ishqim ayon qil, shammae
Voqif etma lek ishq ahlin bu maxfiy rozima.

Novakandozimki, elni yiqti ko`p andozadin,
Vahki, emdi tortmish novak mening andozima.

Ul kabutarg`a fido jonimki, shavqum nomasin
Qilsa taslim eltibon sho`xi kabutarbozima.

Changdek g`am bazmida qaddim xam o`ldi, ey rafiq,
Ashk har toridin ortar nolae bu sozima.

Ey Navoiy, ishq aro qochma balodin zinhor,
Chunki oshiqqa  balokashlik  kelibtur lozima.

670

Erur ko`ngulda safo ishq toza dog`i bila,
Nechukki ko`zda yorug`luq erur qarog`i bila.

Firoq shomi yongilmas o`qung ko`ngul yo`lini,
Ki borur ul sori paykonidin charog`i bila.

Erur sukutu fano ishq lozimi bulbul,
Ne voqif oncha fig`onu ulug` dimog`i bila.

Ul o`tki o`rtadi parvonani, hamul o`tdin
Ko`rungki qovruladur sham` dog`i yog`i bila.

Shahu ulus g`amiyu jomi Jam, xusho ulkim,
Sinuq safol ila durd ichgay o`z farog`i bila.

Xumor aro tiladim soqiyu qadah, yuz shukr,
Ki ulki men tiladim, keldi o`z ayog`i bila.

Qucharg`a sarv niholi biri qadingdek emas,
Agar ketursa ani bog`bon quchog`i bila.

671

Men masti g`arqi bodamen, aksim emas may ichra, vah,
Soqiyg`a  bovar  bo`lmasa  behudlug`um  bastur  guvah.

Taqvo ridosi birlakim masjidg`a bordim dayrdin,
Ey mug`bacha, iynak rido bo`ynumda gar qildim gunah.

Keldim qochib g`am xaylidin mayxonag`a, ey piri dayr,
Tengri panohing gar manga xum keynida bersang panah.

Dayr ichra sarxush mug`bacha dilimni toroj ayladi,
Ayb etmangiz gar  kelmasa yodimga shayxu xonaqah.

Nazzoradin hush ahlining dastori tushmak ne ajab,
Mundog`ki sarxush sekritur har yon samand ul kajkulah.

Tasbihni may rahni qil, har donag`a mayl etmagil,
Gar istasang ko`nglung qushin sayd etmagay bu domgah.

May  tulg`ining har pashshasi piledurur xartumluq,
Daf` etgali dayr ahlig`a gar cheksa dardu g`am sipah.

Yuz birla gar dayri fano yo`lin supursam, vajhi bor,
Kim dayr piri ollida bu nav` o`lubmen ro`barah.

Gulxan aro ostingda kul, uryon boshingda ishq o`ti,
Bu nav` taxtu toj ila sensen Navoiy podshah.

672

Ochib  ko`ksum  shikofin,  ayladim  ko`nglumni nazzora,
Erur yuz poravu g`am tiyg`idin har pora yuz pora.

Tanim mehnat sipehri,  anda, vah, paikoningu ashkim
Ko`ngulga  g`ussa  yetkurmakka sobit birla sayyora.

Manga bedardliq dard erdi, vahkim, hajringdin
Chu menda  bo`ldi dard, emdi  erur  bechoralik chora.

Utarsen o`ynay-o`ynay, men gadoyi xasta yo`l uzra,
Qolurmen  bir  qiyo  boqmoq uchun  yolbora-yolbora.

Ko`ngul-sargashtalikdin  bo`ldi yo`q og`zing kibi, go`yo
Ani charx aylagandur  g`uncha yo`nmog`liqqa inkora.

Ulumdin  hajr dushvor o`lmasa dard  ahlig`a,  nevchun
Ajal Majnunni asrab, aylagay Laylini ovvora?

Navoiy ko`ksini chok etti hajr andoqki, fahm etgay
Taxayyul hay`atin ko`ngul  aro kim qilsa nazzora.

673

Firoqing tiyg`idinkim xasta jismim bo`ldi yuz pora
 Erur har pora bir ko`z qilg`ali holimni nazzora.

G`uborim jismi hijron dashtida  sargashta oshiqning,
Quyundek har  qayonkim moyil o`ldi,  bo`ldi  ovvora.

Ne tosh uryon tanimg`a urdi, ko`ksum chokig`a  soldim,
Meni bedil ko`ngul kasb ettim oni ko`nglidek xora.

Olib yuz pora ko`nglum itlaringga aylading qismat,
Itingmen, ayb emas, jono, manga ham tegsa bir pora.

Tanimni ishq asiri aylading, man` etma ohimni,
Chu qil o`t ichra tushti dud bo`lmoqtin emas chora.

Malak taslimi shayton kibridekdur, buki aql o`zin
Qilib ma`muri amr, istar amorat nafs ammora.

Navoiy  boda yutqon  ko`rsa  qon yutqon gumon  aylar,
Suv ichganni may ichgan sog`inur, kim bo`lsa mayxora.

674

Chamanda sarv yo gul chun sabodin tebranur nogah,
Sog`inib sarvi  gulro`yum  kelur,  afg`on chekarmen, vah.

Boshimni olmag`aymen sajdayi shukr  aylayu yerdin,
Agar sarvi xiromonimg`a bo`lsam soyadek hamrah.

O`zum ham ermon o`z holimdin ogah to ani ko`rdum,
Yo`q  ulkim,  ermas ahvolimdin  ul  nomehribon  ogah.

Yuz olmoq sarv birla gul ayog`idinki, vah, yo`qtur
Aning qaddu yuziga  bog`  aro bu ikkidin ashbah.

Zanoxdoningda xay ermaski, obi zindagoniydur,
Ki hayvon chashmasining ostida voqi`durur ul chah.

Yuzung vasfini yuz tah safhag`a yozsam tamom o`lmas,
Ki bo`lg`ay safhayi xurshidcha ul safhadin har tah.

Jununum man` qilding ul pari ishqida, ey zohid,
Kishi devona bo`lsa  yaxshiroq yuz  qatlakim,  ablah.

Tajammul raxshidin,  ey shah,  gadog`a   qilma   istig`no,
Chu bog`lar raxt bu dayri fanodin gar gado, gar shah.

Navoiy,  ko`p dema  g`am  xaylidin  mayxona ma`mandur,
Azimat qilsang ul dorul-among`a  fi amonulloh.

675

Xush ulkim, bor edi ilgimda pechon sunbulung gah-gah,
Tutunlar chirmashur boshimg`a oni chun sog`insam, vah.

Yuzungdur poklik mehri, ko`zumdur rostliq ayni,
Aningdek yuzga mundog` ko`zdin o`zga ko`z maozallah.

Ko`ngul pargolasidur har  taraf ishqingdin o`rtangan,
Shararlarkim chiqar ohim o`ti dudi bila hamrah.

Tushumda la`liyu ruxsoridur, uyg`otmang meni, gar xud
Masiho birla Yusuf boshim uzra yetsalar nogah.

Uchub ruhum qushi har dam havo aylar zanaxdonin,
Aningdek qush masallikkim nishiman qilmish o`lg`ay chah,

Muhabbat ko`yida bukim gado shahni qilur oshiq,
Biaynih bor aningdekkim gadoni oshiq etgay shah.

Qazoyi momazo chun favti hol aylar zihi hasrat,
Muvaffaq ulki avvaldin bo`lur o`z vaqtidin ogah.

Qalam yozg`on  balodin  muhtariz  bo`lg`oy zihi  nodon,
Muqarrar  bo`lmag`on  ro`ziy talab  qilg`on  zihi  ablah.

Navoiy, daftari hajring yozib, ko`z to`kti xunobin,
Chu ochsang safha-safha, ko`rgasen qon o`tganin tah-tah.

676

Vahki,  kelturdung firoqingdin  balolar  boshima,
Ul balolardinki qochtim, keldi olar boshima.

Zaxm agar bo`lsa boshimning har tuki soyi, ne tong?
Muncha  toshkim yog`dururlar dilrabolar boshima.

Sarvqadlarning tamannosi boshimdin chiqmag`ay,
Qahr etib, ey shayx, sindursang asolar boshima.

Ko`rmayin ko`zlar qachon keldi boshimg`a yuz balo,
Ko`r, nelar kelturdi bu yuzi qarolar boshima!

Ishq aro gah-gahki el pandig`a bosh indurmadim,
Keldi turluk-turluk ondin mojarolar boshima.

Muddaolar boshima tushguncha har dam aqldin,
Kelsa xushroq ishq tiyg`idin yarolar boshima.

Ko`yida o`ldi Navoiy, qochti ondin itlari,
Yo`q edi o`lganda yoru oshnolar boshima.

677

Soqiyo, talx o`ldi ayshim hajr bedodi bila,
Tut achig` maykim, ichay Mirzo Chuchuk yodi bila.

Sipqorib, jomi sipehr aqdohin aylay rez-rez,
Necha chekkaymen zabunlug` charx bedodi bila?

Zuhd  ko`nglum  ko`zgusin  qilmish  mukaddar, ey harif.
Sindururmen tavba piri ishq irshodi bila.

Bevafolig` gar budurkim hildi ul sho`x, ey ko`ngul,
Sirfa qilmas oshnolig` Odam avlodi bila.

Vahki, sindi naxli ummedim, xusho ul bog`bon,
Kim erur xushhol bir navrasta shamshodi bila.

Chun hudiy Layli qulog`in yolqitur, Majnun, ne sud
Tog`ni g`ar kelturur afg`ong`a faryodi bila?!

Ey Navoiy, ishq sahrosida xud qo`ydung qadam,
To nechuk loshgoysen ul poyoni yo`q vodiy  bila.

678

Bo`lsam   ul   qotil   shahidi   hasratu  hirmon bila,
Bir  qilich torting mazorim lavhi uzra  qon  bila.

Bir fatila anglag`il marham bila ul sho`xdin,
Jong`a har momuqki chirmang`on kelur paykon bila.

Cheksalar  tandin o`qin chun ul chiqar, jon ham chiqar,
Uydin  el chiqqan  kibi  ta`zim  uchun  mehmon  bila.

Qoshi gar ko`nglumda kuymak boisidur, ayb  emas,
Yoy agar bo`lsa bo`lur o`t bargi ham qurbon bila.

Ishq dashtining samumidin degay bo`lmish quyun,
Hajr o`tin  boshtin-ayoq ko`rgan  bu sargardon  bila.

Do`zax ahli, g`am yemangkim, do`st rahmi kelgudek
Kelgum ul yon ohu ashkimdin ajab to`fon bila.

Ey Navoiy, itlariga to``ma darboyist o`lub,
Yor agar istar, ko`ngul taylim qilg`il jon bila.

679

Sochib sirishk, yugursam  qoshing xayoli  bila,
Sipehr mencha emas kavkabu hiloli bila.

Ko`zungki mardum ila jon olur, erur sho`xe,
Ki sayd aylagay eldin ko`ngulni xoli bila.

Ko`ngulda qaddu uzoring xayolin ettim naqsh,
Bu bog`ni bezadim sarvu gul niholi bila.

Ulusni javr ila husn ahli o`lturur, lekin
Dalok etar meni ul sarv i`tidoli bila.

Emas yasang`ali gar solmas ilgidin ko`zgu,
Ki bo`ldi ko`rgali darmonda o`z jamoli bila.

Xirad  ko`ngul  sipahin to`qtatay  dedi,  vahkim,
Buzuldi kirpigi xaylin ko`rub yasoli bila.

Quyosh seni ko`rub andog` uyaldi o`z yuzidin,
Ki yerga kirdi tura olmay infioli bila.

Xazon  kamindadur, ey  bulbul, o`lmag`il  g`ofil,
Dameki dast berur aysh gul visoli bila.

Mukaddar etsa ko`ngul shishasini zuhd, ne g`am,
Navoyiyo, kelu yugil qadah ziloli  bila.

680

Zihi har lahni bulbul savtining zotingg`a isboti,
Jahon bog`ida har gul yafrog`i husnungg`a mir`oti.

Vujudi zarraning mumkin emas to sobit o`lmas mehr,
Ne hojat zarra xaylidin quyosh zotig`a isboti?

Bo`lub zotingda  ojiz  har  sifat  ichinda  mavsufi,
Oningdekkim  qila olmay sifoting sharhini zoti.

Xirad zotingni tashbih etgali har fikrkim aylab,
Takallum  anda  yo`l topmay  magar hayhot-hayhoti.

Ne qahring zahridin emin bo`lub har sokini masjid,
Ne lutfung bodasidin noumid ahli xaroboti.

Ne zarra bo`lsa maqbulung quyoshdin zarra qilg`ondek,
Quyosh ul zarradin aylab sharaf birla mubohoti.

Navoiy zikri otingdur, umidi ulki,  qutqorsang,
Ani ot istamakdin,  balki andinkim  bo`lur oti.

681

Ey, yuzung ustida ter gulbarg uzra shabname,
Lek har bir qatradin bo`lub guliston olame.

Qatradin olam guliston bo`lmog`i tong yo`qki, bor
Bahri  rahmat orazing bog`ig`a tushgan shabname.

Gul nedin yer tutti el boshida solu mehrdek,
Topmag`on  bo`lsa  riyozingning shamimidin  shame.

Ko`kka chun eltib, malak raxshing g`uborin topmayin,
Zuhra andoq surmae, Kayvon aningdek parchame.

Yo`q ajab, otingg`a gar muqri nubuvvat bo`lsa xatm,
Kim  nubuvvat halqasida  yo`q seningdek xotame.

Sochqay  erdi  chashmayi  xurshiddin hayvon suvi,
Hamdaming bo`lsa edi  Isoyi Ruhulloh dame.

Chun Navoiy  na`ting ayturg`a tilar bo`lg`ay  alam,
Ne ajab, gar  bo`lsa  bot olimlar ichra  a`lame.

682

Chun ilik bermaski o`psam, ul sitamkor ilgini,
Bir  kishi ilgin o`paykim, o`pkay ul yor ilgini.

Chun  ayog`i  tufrog`in  o`pkuncha  topmon  e`tibor,
Sunsa  ham  nogah, o`parga ne hadim  bor, ilgini?

Jon sotarmen xoki poyingg`a, nedinkim  ahli  bay`
Tuttururlar  sotquchi  birla  xaridor  ilgini.

Zulfidin, tong yo`q,  Kalimullohdek etsa  ajdaho,
Kim yadi bayzodin aylabdur namudor ilgini.

So`rg`ali kelsa Masihim boshima domankashon,
Ul etakdin kim ola olg`ay bu bemor ilgini?

Dog`u qondin borur ul qo`lkim ochilmish lolazor,
Hajring ayyomida cheksang oshiqi zor ilgini.

Ey Navoiy,  bilki, hijron dashtidin bo`lmas xalos,
Sayr aro matlub agar tutmas talabgor ilgini.

683

Jilvamu aylar qizil to`n birla har yon ul pari,
Yo magarkim lolazor ichra kezar kabki dariy?

Telbalar qatli qizil qilmish libosin, ohkim,
Bir yo`li devonalar qonig`a kirmish ul pari.

Hullasin xunoblig` jon rishtasidin qildi charx,
Bo`ldi jonlar joni, vah-vah, ul parivash paykari,

Orazing naqshimudur qonlig` ko`ngulda jilvagar,
Yo shafaqdin bo`ldi toli` oftobi xovariy.

Ich shafaqgun mayki, gardun qotiledurkim, erur
Yangi oy birla shafaq tig`u libosi ahmariy.

Qon uza ko`nglum yuzung shavqidin andog` xastadur,
Kim erur gulgun harir ollida oning bistari.

Ul pari la`lida joning, ey Navoiy, bo`ldi mahv,
La`lgun kisvatda mahv etgandek o`zni ul pari.

684

Ul quyosh oq uydavu men muztaribmen har sari,
Uylakim fonusdin parvona qolg`ay tashqari.

Sadqasi bo`lmaq erur maqsud men sargashtag`a,
Oq uyi davrig`a bukim aylanurmen har sari.

Ichkari ul gul tuvurlug`ni ko`tarmaslar, netay,
Ey sabo farroshi, bir lutf aylabon ul yon dari.

Parda ketgach, men zaifi zorg`a oson erur
Yo`llaridin chig`ning solmoq o`zumni ichkari.

Oq uy ichra har nedur zohirdur ul yuz tobidin,
Sham` bo`lsa uyda, tashqardin bo`lur zohir bari.

Gar falak xirgohi bo`lsa peshi xonang, ne osig`,
Umr xayli chunki kundin-kunga  kelmas ilgari.

Ey Navoiy, ul mahi xirgahnishin hifzi uchun
Ko`zunak ermaski, har sori tikilmish ko`zlari.

685

So`zi hajring ichra yo`q biryon ko`ngulning toqati,
Bo`lmas ermish kuygan elning o`t bila ko`p ulfati.

Ashk tim-tim qonidin kulbam bezansa, ne ajab,
Kim erur gul bargidin bulbul uyining ziynati.

Tolpinur kul ichra mendek shu`la tortib, go`yiyo,
Kim quyoshning jismig`a o`t yoqti ul yuz hasrati.

La`li serobidin ar xat zohir o`lmas, ayb emas,
Xizrning hayvon suyi ichgandin o`lmish g`aybati.

Har sori maxfiy tuganlik jism ila munglug` ko`ngul
Soyiledurkim, erur  mamlu diramdin kisvati.

Ey musavvir, chekma nozir mendin o`zga zinhor,
Daftari ishqim aro yozilsa ul oy surati.

Mudbire toptuq Navoiyni salomatdin yiroq,
Ko`rkim, ul ne nav`u ne yanglig` jahonda shuhrati.

686

Tavsaning na`lidin istarmen boshimg`a afsare,
Hindudekkim boshig`a tovusdin sanchar pare.

Orazingda may, may ichra orazing zohir qilur
Gohi axtardin shafaq, gohi shafahdin axtare.

Bazmi ayshin ko`kka nevchun chekmagay ulkim, anga
Tutsa Ruhulloh dami har dam quyoshdek sog`are.

Masnadim ko`rgilki, har tun qasri toshu farshidin
Boshqa xoro muttakodur, tang`a koshi bistare.

Vah, ne lo`livashdur ul qotilki, umda xalqning
Qonini to`kmakka har bir kirpigidur nishtare.

Orazing vasfi tuganmas kotibi sun` aylasa
Dahr bo`stonida gul yafrog`laridin daftare.

Ey Navoiy, sarvdek ozod bo`l gar istasang,
Gul masallik shohide, bulbul kibi xunyogare.

687

Intizoridin ul oyning ko`zki soldim har sari,
Ko`z yumub-ochquncha o`tti qon yoshim andin nari.

Yolinib ul ko`y iti birla borurmen ko`yiga,
Vahki, ul ko`y ichra bormen men keyin, it ilgari.

Dardu g`am turmish yasovuldek ko`ngul choki aro
Qo`ymamoqqa kelsa hushu sabr xayli ichkari.

Ko`rmasangkim o`tni suv tez aylagay, bir-bir qurur
Ko`nglum ichra qatra-qatra suv kibi paykonlari.

Lab aro og`zing chuchuk til birla go`yo anglasam,
Shahdliq neshi bila gul bargini teshmish ari.

Zohidu har lahza  o`lmak xonaqah fikridakim,
To tirikmen chiqmag`um dayri fanodin men bari.

Ey Navoiy, dema har damkim qadahni quy to`la,
Mayni oxir quysa xud bo`ljas qadahdin tashqari.

688

Davlat tongi yuziyu sochi tong qarong`usi,
Masti sabuh ko`zlarin eltib tong uyqusi.

Bulbul pari emas, kul erur bergali jilo
Har bargi gulki, yeldin erur tiyra ko`zgusi.

Gulzor dahr shu`badasin go`yi anglamish,
Ichinda za`farondin emas g`uncha kulgusi.

Boshimni yuqori qila olmon binafshadek,
Ko`nglumga chunki chirmashur ul turra qayg`usi.

Ko`z bahri ichra shisha kiyib mardum etti g`avs,
Yoyildi ushbu vajh ila yuz sori injusi.

Holimg`a hajr bazmi aro tortsam surud,
Bor maddi navhi telba ko`ngulning ayolg`usi.

Qatlimg`a mujda berdiyu o`lturdi intizor,
Bir umrdin so`ng elga yigit va`da bergusi.

689

Hushsiz jonkim, yoshurmish jismi g`amparvard ani,
Mutlaq ul devonadekdurkim yopibtur gard ani.

Yig`layin forig` debon va`z ichra aylarmen maqom,
O`z fig`onidin sog`inur voizi damsard ani.

Bilgay ul ovora sargardonlig`im kayfiyatin,
Kim chiqarmish bo`lg`ay eldin bir de olmas dard ani.

Ul quyoshni istasang, jon berki, erur bandi roh,
Topmas ulkim, bo`lmag`ay Iso masallik fard ani.

Ey Navoiy, bir xadangi teksa o`lgan jismima,
Ul dam-o`q jon deb tirilgay jismi g`amparvard ani.

690

Jong`a chun dermen: Ne erdi  chiqmog`ing kayfiyati?
Derki: Bois bo`ldi jism ichra marazning shiddati.

Jismdin so`rsamki: Bu za`fing`a ne bo`ldi sabab?
Der: Anga bo`ldi sabab o`tluq bag`irning xirqati.

Chun bag`irdin so`rsam, aytur: Anda o`t tushdi manga,
Kim ko`ngulga shu`la soldi ishq barqi ofati.

Ko`nglumga  qilsam  g`azab,  ayturki: Ko`zdindur gunah
Ko`rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati.

Ko`zga chun dermenki: Ey tardomani yuzi qaro,
Sendin o`lmish telba ko`nglumning balovu vahshati?!

Yig`lab aytur ko`zki:  Yo`q erdi manga ham ixtiyor,
Kim ko`rundi nogahon ul sho`x mahvash tal`ati.

Ey Navoiy, barcha o`z uzrin dedi, o`lguncha kuy,
Kim sanga ishq o`ti-o`q ermish azalning qismati.

691

Zohir aylar oh ila ashkimni hajring og`usi,
Go`yi mundoq esnatur oxir nafasning uyqusi.

Hajri  bepoyon, tuni  muhlik, jununim bul`ajab,
Subh go`yo motamim tutmishki, kelmas kulgusi.

Kuydurub jismimni bergaysen kulum birla jilo,
Tiyra bo`lsa qon ila qatlimda tig`ing ko`zgusi.

Meni Majnundek tutubtur dasht, demangkim, bu dasht
Tog`lar erdiki, homun qildi ko`nglum qayg`usi.

Ey ko`ngul, oh o`qlarin ul g`amzaning ollig`a chek,
Kim o`q otmog`lig`da sendin tuzdur oning qobusi.

Demangiz, oshiq ko`ziga ne yorug`lug`dur mufid,
G`am kuni dilbar yuzi, hijron tuni tong yog`dusi.

Hajr aro tuzdi Navoiy vasl mulkin berdi yor,
Andog` ish qilg`ong`a mundin kam kerakmas juldusi.

692

O`t solur el jonig`a har dam sovug`lug` birla day,
Soqiyo, sinmas havo zahri, ketur taryok, may.

Tuz shabiston ichra suhbatkim, ishorat mayg`adur,
Sham`i kofuriyki, osti shusha muzlar birla day.

Otashin may birla, ey soqiy, qizitqil bazmni,
Mutribo, ul o`tni tez etmakka ol og`zingg`a nay.

Dahr mushkin chun havo kofuri pinhon  ayladi,
Bodayi mushkin kofuriy mizoj ichmay netay?

Ichgali ixfo uchun tun mushkini istar hakim,
Shukr, bu kofur aro ham zohir ermas hech shay.

Ul  quyosh qor uzra chiqqach, yuzum uzra  anglamon
Ashk yo ko`z oqi hal bo`lub oqarmu, yo`qsa xay?

Ilgida maylik safol, usruk Navoiy qor uza,
Ey falak, qil jomi Jam birla tamosho taxti Kay.

693

Bir kun meni ul qotili majnunshior o`lturgusi,
Usruk chiqib, javlon qilib, devonavor o`lturgusi.

Gar za`f ila ojizlig`im ko`ngliga rahme solsa ham,
Boshimg`a yetgach sekretib beixtiyor o`lturgusi.

Vasli aro gar o`lturur, jonimg`a yuz ming shukr erur,
Chun qolsam ondin bir zamon, hijroni zor o`lturgusi.

Oshiq bo`lurda bilmadim men notavoni xastakim,
Hajr o`lsa, g`am kuydurgusi; vasl o`lsa, yor o`lturgusi.

Maydon aro, ey ahli din, kirmang tamoshosig`akim,
Yuz ko`rmayin ul kofiri chobuksuvor o`lturgusi.

La`ling zakoti may tutub tirguzmasang, ey mug`bacha,
Dayr ichra men dilxastani ranji xumor o`lturgusi.

Derlar Navoiy qatlig`a gul-gul ochibtur orazin,
Ko`rguncha oni, voykim, bu xor-xor o`lturgusi.

694

Shukrlillah, ey ko`ngulkim, raf` o`lub hijron tuni,
Ul quyosh yuzin ko`rarmen tengrining qutlug` kuni.

Otashin la`ling aningdeq o`rtadi olamnikim,
Har taraf bir o`t tutashqon jondur oning uchquni.

Mehrdin ruxsora sorg`org`on soyi sargashtamen,
Zarra sargardonlig`in afzun qilur mehr oltuni.

Bodadin tim-tim qizarmish orazi, vah-vah, ko`rung,
Kim ajab gullar ochibtur ul malohat gulbuni.

Shomi hijron mehnatin sharh aylay olmon za`fdin,
Ul qaro bosqon kishidekkim aning chiqmas uni.

Axtaredur nahs ushshoqi badaxtar jonig`a,
Ulki har yon iltirar hijron tunining shudruni.

Ey Navoiy, demakim vaslini tush ko`rgay ko`zung,
Yig`lamoq bu ersa, tush ko`rgay magar ko`z uyquni?!

695

G`amingdin chun ajal go`r ogzida jismim nihon etgay,
Mazorim lavhn darding sharhini tildek bayon etgay.

Qanotliq  mo`rdek jismimni uy qilmish ajal xayli,
Magar ul nav` qushlar bu buzug`ni oshyon etgay.

Yuz ochqach egma qaddim za`f qildi, vah, ne bildimkim,
Quyosh vasli yangi oyimni mundog` notavon etgay.

Og`iz bo`ldi ko`ngulga chokiyu til anda paykoning,
Ne tong, bu til og`iz birla agar muhlik fig`on etgay.

Qiliching suyini istar qurug`on naxldek qaddim,
Ajab ermas, qazo oning gulin gar arg`uvon etgay.

Der erdim ko`yini yuy ashk ila el zaxmi qonidin,
Ne bildimkim hamul el rashki-o`q ashkimni qon etgay.

Natija kuymagu ashkidin o`zga topmag`ay ulkim,
Bu gulshan shu`lavu dudin gulu sunbul gumon etgay.

Tilar yuz laxt qon etgay nasibin dahr dehqoni,
Qayu bulbulnikim gul xoni uzra mehmon etgay.

Jigargundur Navoiy jismi qon yoshdin, mahaldurkim
Qazo bu nav` la`l uchun fano tog`ini kon etgay.

696

Ko`ksumda   na`l   bo`ldi  xadanging  nishonasi,
Ko`ksum uyi erur aning omochxonasi.

Paykonlaringki, til kibi ko`nglumdin urdi bosh,
Go`yo bir o`tdur ulki, bulardur zabonasi.

Ko`p so`z yasadi Layliyu Majnun so`zida xalq,
Ermas nechukki husnungu ishqim fasonasi.

Deb erdi bir bahona bila seni o`lturay,
O`lturdi,  vahki, har dam  aning bir bahonasi.

Mehri ruhungda mehrigiyah sabzayi xating,
Go`yoki xoling o`ldi hamul sabza donasi.

Mug` dayri pirining qulimenkim, g`am etsa qasd,
Aylar xalos bir to`la jomi mug`onasi.

Ishqing Navoiy aylar ulusdin nihon, vale
Fosh aylar elga zamzamayi bexudonasi.

697
 
Sihhatim ozurda jononimda bo`lg`ay koshki,
Dardi oning tinmag`ur jonimda bo`lg`ay koshki.

Notavon ko`rguncha bistarda sinondek qomatin,
Yuz sinon bu chashmi giryonimda bo`lg`ay koshki.

Bo`lg`ucha ashki ravonim seli har yon jilvagar,
Jilva ul sarvi xiromonimda bo`lg`ay koshki.

Ul ayoq ozurda bo`lg`uncha bo`lub boshim fido,
Zahmati boshtin-ayoq jonimda bo`lg`ay koshki.

Ko`zuma gar kirpigim osiybidin sunmas ayoq,
Barqi ofat bu nayistonimda bo`lg`ay koshki.

Nolam ul oyg`a yetib, jon vaslidin mahrum erur,
Josh dog`i payvasta afg`onimda bo`lg`ay koshki.

Ey Navoiy, dema rozisenmu umrung istasa,
Yuz mening umrumcha sultonimda bo`lg`ay koshki.

698

Nechakim, ul oyg`a mendin mehribonroq yo`q kishi,
Yaxshi to qilsam nazar, mendin yamonroq yo`q kishi.

Xastalar jonig`a ul bemor ko`zdin novake
Gar otarsen, bilki, mendin notavonroq yo`q kishi.

Ohu xunobimni lahnu boda qilmishsen gumon,
Dilrabolar ichra sendin badgumonroq yo`q kishi.

Ahli ishq ozori jonin istabon tishlar labin,
Mendin ushbu qissada ozurdajonroq yo`q kishi.

Yor etar ermish vatan bexonumonlar ko`nglini,
Shukr, mendin ko`yida bexonumonroq yo`q kishi.

Xoslar vasl istagaylar, vahki, men devonadin
Ul pari ko`yida benomunishonroq yo`q kishi.

Ey Navoiy, xurdayi nazmingg`a isloh istasang,
Shohi G`oziydin jahonda xurdadonroq yo`q kishi

699

Boshimg`a kosh gohe yetsa raxshin sekretib mohe,
Supursam ko`zlarimg`a xayfishon ruxsoridin gohe.

Malohat avji birla husn bo`stonida yo`q ravnaq,
Qani u bog` aro sarve, qani ul avj uza mohe?

Dema oxirki yo`qtur ishq savdosida bir bedil,
Oni ko`rgilki, bormu husn bozorida dilxohe.

Ne tong, afsurdadil bo`lsamki, to husn o`ti o`chmishtur,
Ko`nguldin dog`i hargiz chiqmamish bir shu`lalik ohe.

Ne bo`lg`aykim, bahori husn aro ochilsa bir gulkim,
Tushub bir barqi ishq, o`rtansam andoqkim bir kohe.

Kirib ishqu muhabbat dashtig`a, ey kim, yana yonding,
Muhiqdursen, nedinkim tapmading bu yo`lda hamrohe

Navoiy, bor esang ogah, salomat mulki ham xushtur,
Va  lekin rahbaring bo`lsa yo`li qat`ida ogohe.

700

Sensizin bazm ichra qat-qat qon ko`ngul betob edi,
Dam-badam jomi labolab chekkanim xunob edi.

Har  muqannad pistakim, bazm ichra erdi jilvagar,
La`lingu og`zing xayolidin ko`ngul betob edi.

Bazm edi jonbaxsh may birla yorug`, vahkim, manga
Zulmat erdikim, hayotim chashmasi noyob edi.

Halqayi bazm elga qaydu,bir musalsal turradin
Chekkali ul bazmdin jonimda yuz qullob edi.

Etti ko`k javfi to`la g`amni azaldin go`yiyo
Ishq jam` aylab, mening jonim uchun asrob edi.

Siymgun g`alton sirishkimdurki, holo bo`ldi qon,
Buki el shingarf deydurlar burun siymob edi.

No`shi vasl ar yetmasa g`am yo`q, Navoiykim, mudom
Hajrdin ahli vafo jomida zahri nob edi,