www.uz

G`AZALLAR


701

Tilarmen muztar etsa ofati osuda jonimni,
Sovursa ofiyat birla tuzulgan xonumonimni.

Chiqib sarxush, chopib abrash, qilib javlon, olib maydon,
Vujud iqlimidin mahv aylasa nomu nishonimni.

Urub jonimg`a neshi g`am, tuzub qatlim uchun marham,
Hino qilsa balo shohidlari ilgiga qonimni.

Firoq ichra alifdek qaddima g`am tog`ini yuklab,
Uhud ostidagi dol etsa jismi notavonimni.

Junun ko`yida usruk sudratib ratbul-lison qilsa,
Fano avboshig`a dayr ichra bu rozi nihonimni.

Yuzin aylab qaro, keynicha solib ishq atfolin,
Bari mastu malang o`ynatsa aqli xurdadonimni.

Navoiy, ne may erdikim, ichib olamg`a fosh ettim
Ulustin yoshurun yillar ko`ngulda asrag`onimni.

702

Necha kilki taxayyul birla bir surat nigor aylay,
Anga oshiq yasab ko`nglumni umda beqaror aylay?

Necha chirmashturub bir zulf savdosin dimog`img`a,
Uzumni ahli savdodek parishonro`zgor aylay?

Necha bir sarvdek qomat havosi birla har soat
Jahonda ohu afg`ondin qiyomat oshkor aylay?

Necha bir lolarux dog`i g`amin istab tanim uzra,
Qo`yub yuz dog`, ani qonlig` yoshimdin lolazor aylay?

Necha g`am dashti ichra bir pari mehrida soyamni
Junundin bir zamon qovub, gahi andin firor aylay?

Necha anjum bila charx ofatidin charxu anjumdek
Havoni ohim o`tidin to`la dudi sharor aylay?

Erur bas tiyra shomi ishq, yo rab, husn sham`in yoq,
Ki jon birla ko`ngul o`rtanmagin parvonavor aylay.

Chu hech ish ixtiyori kimsada yo`qtur, qo`y, ey zohid,
Ki tarki ixtiyor etmakni men ham ixtiyor aylay.

Navoiy, boda bahri bekoronig`a meni solg`il,
Ki gardun bahrining mavji balosidin kanor aylay.

703

Soqiyo, tut bodakim bir lahza o`zumdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang, labolab sipqoray.

Bo`g`zuma jome quyub, qutqar gadoliqdin meni,
Vah, necha bo`g`zum chekib, bir jur`a uchun yolboray.

Bir qadah may bersalar, vah, g`oyati iflosdin,
Necha la`li qiymatiy topqon gadodek oldoray.

Tortay o`zumni ivaz kim qilsa ehson bir qadah,
Bu bahona birla o`zlukdiy o`zumni qutqaray.

Vajhi may jon naqdiyu tan dog`idur, ey mug`bacha,
Xilqatim ganjinasin yuz qatla gar xud axtaray.

Jong`a yettim aql vasvosi bila, tengri uchun,
Soqiyo, jomimda afyun ezki, botroq telbaray.

Eyki, debsen g`ayrdin ayru kelu chek jomi vasl,
Gar bu xilvatda Navoiy mahram ermas, qaytaray.

704

Bo`lg`ay erdi yuz tuman ming ranju mehnat koshki,
Bo`lmag`ay erdi balovu dardi furqat koshki.

Eldek aylarda havo sayr etgali jismim xasin,
O`rtagay erdi urub bir barqi ofat koshki.

Xosiyat chun telbarab sahrog`a yuzlanmak emish,
Tutmag`ay erdim parilar birla ulfat koshki.

Ofiyat kunjin dedim istay, buzuldim bir yo`li,
Ko`nglum ichra kechmagay erdi bu niyat koshki.

Yuz g`arib ahvol bekaslikda har dam bor emish,
O`tmagay erdi tilimga lafzi g`urbat koshki.

Jilva qilg`uncha tilab tovus yanglig` ganji zeb,
Chug`z yanglig` tutqay erdim kunji uzlat koshki.

Yordin el rashkidin bo`ldum judo, bo`lg`ay edi
Iltifotin g`ayr ila ko`rmakka toqat koshki.

Demakim, jon et fido ahbob ila topqach visol,
Ey Navoiy, umr bergay oncha muhlat koshki.

705

Bugun  aqshomg`a tegru menki ko`rmaymen quyoshimni,
Ne tong, to`ksam falakdek kecha tong otquncha yoshimni.

Baliyat toshidin yuz pora bo`lg`on ham erur xushkim,
Itingga yetmagay zahmat qilurda to``ma boshimni.

Yuzu xoling g`amidin bo`stonafruz erur jismim,
Ki tutmishdur ichimni tuxmi g`am xunob toshimni.

O`luk jismimni ko`rgan toza qo`yg`on dog`lar birla,
Qaro qilg`on sog`ing`ay zog`lar g`avg`osi loshimni.

Vazifa ko`ngluma har kun erur bir dog` ishqingdin,
Qanoatdin tuzubmen bir diram birla maoshimni.

Qazo tag`yir topmas, chunki zo`ru zorlig` birla
Uzubmen dahr xalqidin urush birla yaroshimni.

Navoiy, degasen g`am tog`i qozmish teshayi Farhod,
Ko`rub ko`ksumdagi tirnog` ila qilg`on xaroshimni.

706

Xushturur gulgun qadah girdinda gulbargi tari,
Xossa bayram avvali bo`lg`ay, dog`i gul oxiri.
 
Har varaq bir nomayi ishratdurur fahm aylagil,
Tong yelidin abtar o`lmasdin burun gul daftari.
 
G`uncha xudi birla gul qalqonig`a yetti shikast,
Bo`lg`ali paydo sarig` savsarning oltun shashpari.

Gul adam shomig`a yuzlangan uchun zanbaq guli
Bor kumish mash`al dog`iyu xurdalardur axgari.

Lola  qon  uzra  bo`yolib, o`t uza  anbar  qo`yub,
Bor parixon chiqmog`on g`oyib chechaklardur pari.

Nilufar tutmish sipehr lojuvardiy hay`atin,
Jolalar yuzinda  andoqkim nujumu axtari.

O`ksa la`lingni Navoiy sanga xush kelmas, vale
Xushturur gulgun qadah girdinda gulbargi tari.

707

Sevungil, ey ko`ngul, oxirki jisming ichra jon keldi,
Quvon, ey joni mahzunkim, hayoti jovidon keldi.

Safardin ul pari yetti, meni mahzunni shod etti,
Ko`nguldin eski g`am ketti, tan ichra yangi jon keldi.

Xirad, yig` bu masofingni, tahammul, qo`y gazofingni,
Vara`, tark ayla lofingni, ki oshubi jahon keldi.

Damekim andin ayrildim, ko`ngulni hamrahi qildim,
Bugun keldi ko`ngul, bildim, kim ul nomehribon keldi.

Kelibtur yoshurun ul shah, meni majnun emon ogah,
Pari ermas esa, bas vah, nechuk ko`zdin nihon keldi?!

Falak boqti fig`onimg`a, ajal rahm etti jonimg`a,
Xazonlig` bo`stonimg`a guli bog`i jinon keldi.

Mug`anniy, bir navoe tuz, Navoiy, nag`mae ko`rguz,
Ayoqchi, tomsa tut to`qquz, ki Doroyi jahon keldi.

708

Ne bir subh ul quyosh bazmi aro ichtim to`la jome,
Ne yottim mast ruxsorim ayog`ig`a qo`yub shome.

Ne bir qush hargiz ul gulshan sori yetkurdi payg`omim,
Ne bir yel hargiz ul guldin manga yetkurdi payg`ome.

O`qungdin ming to`shukluk ko`nglak ichra tolpinur jismim,
Hamul qush mislikim oni muqayyad aylagay dome.

Nechukkim tutmading, ey umr, vayronim aro orom,
G`amingdin  tutmadi  jon  ham buzug` jismimda  orome.

Hamul kundin sarig` chehramda gulgun ashkdur, ey shayx,
Ki bir zarbafti gulfomiy kiyib chiqti gulandome.

Yugurdung Ka`bayi maqsad tilab ko`p, lek tinmaysen,
Chiqarsang o`zlukungning dayridin o`zni, erur kome.

Navoiy, tongla huru sofiyi kavsardin ortug`dur,
Bugun ul mug`bacha ishqida bo`lsang durdioshome.

709

Ikki hamdamkim erur may bazm aro hamdamlari,
Topmasun bizdin malolat xotiri xurramlari.

Oyu kunkim bazm tuzgaylar falak xirgohida,
Zarrayi sargashtadin ne bo`lg`usidur g`amlari?

Gul bila nasrinki, chekkak boda nargis jomidin,
Zulm erur voqi`ki, bulbul bo`lmag`ay mahramlari.

Chug`zdin ram aylasa, ne ayb, durroju tazarv,
Xossa bo`lsa mastliqdin o`zgacha olamlari.

Ey tabib, o`lgumdurur, go`yoki ushbu kechadin
Zaxmlik ko`nglumga o`qdek |sanchilur marhamlari.

Ey mug`anniy, bo`lma g`ofilkim, zaboni hol ila
Navha aylaydur mening holimg`a sozing bamlari.

Kechalar aflok nevchun yosh to`kar kiyib qaro,
Bo`lmasa miskin Navoiy holig`a motamlari?

710

Yuz urma har taraf, ey sho`xu, zor qilma meni,
Qaror tut nafase, beqaror qilma meni.

Ko`zumni  sham`i jamoling furug`i birla yorut,
Tong otqucha kechalar ashkbor qilma meni.

Xudoy uchun yana har sori bexabar borma,
Fig`onu nolada beixtiyor qilma meni.

Tarahhum aylagil, ey ixtiyorsiz nola,
Damo-dam el ichida sharmsor qilma meni.

Hayot ranji, o`lum yodi sa`b emish, soqiy,
Bu dayr ichinda dame hushyor qilma meni.

Men o`zga, Vomiqu Farhod o`zgadur, ey ishq,
Tana`um ahli aro e`tibor qilma meni.

Qayonki borsang, o`larmen Navoiy yanglig` zor,
Yuz urma har taraf, ey sho`xu, zor qilma meni.

711

Ey, guli sarvi chamanda orazing sharmandasi,
Sarv bu ozodliq birla qadingning bandasi.

Gar o`g`urlamaydurur jon naqdini shirin labing,
Bas, nedur so`rsam tabassum birla shakkar xandasi.

Vaslin ista, ey ko`ngul, shoyadki oxir topqasen,
Chun masaldurkim, topar har nimani jo`yandasi.

Aytur ermishsenki, oy bir kamtarin quldur manga,
Ko`rki, yori yetmish oyning toli`i farxandasi.

Toji Kayxusrav bila mulki Sulaymon istamas,
To Navoiy bo`ldi ul sultoni olam bandasi.

712

Yo`qtur anduhu malolat o`tig`a xas men kibi,
Bedilu bechoravu bemoru bekas men kibi.

Eyki, Majnun vasfin etting, o`lmadi yor ollida,
Men qilib yuz jon fido, ul bo`lmag`ay, bas, men kibi.

Dema, parvona kuyar mendekki, so`z sham` uzradur,
Ne uchunkim ul dog`i g`am shomi kuymas men kibi.

Turki anjumg`a dedim, husn ichra sen yo ul fuzun,
Dedikim, bo`lg`ay anga yuz banda charkas men kibi.

Qoshlaring yosig`a qurbon qilg`ali yillar tilab
Topmag`ay bir bu ko`han toqi muqvvas men kibi.

Eyki, davr ahlin vafosi yo`q debon ozurdasen,
Oshnolig`ni alardin sen ham et bas men kibi.

Ey  Navoiy, ishq o`tin har kim yorutmog` istasa,
Er yuzinda topmag`ay tutrug` uchun xas men kibi.

713

Ey, dudog`ing sharbatida obi hayvon lazzati,
Lazzati bo`lg`ay nasibim bo`lsa la`ling sharbati.

Kechalar hajringda bexudmen, mening holimg`adur
Sham`ning gah kuymagi, gah nolasi, gah riqqati.

Mehnati hajringda ishim oh ila faryod erur,
Oh, agar faryodima yetmas visoling davlati.

Lablaringning hasrati ko`nglumda bo`lsa, ne ajab,
Shisha birla bodaning bir-biriga ko`ptur nisbati.

Orazingg`a, ey pari, majnun ko`ngulning mayli bor,
Telba yanglig`kim, aning o`t birla bo`lg`ay ulfati.

Umr erur ishq ahlig`a payki nasim, ey bog`bon,
Basdurur bu muddaog`a shohid oning sur`ati.

Yuzu xolingdin Navoiyning ko`zidur qon aro
Loladekkim, dog`i bo`lmish ko`z qarosi hay`ati.

714

Nargisin gul uzrakim bemor etar noz uyqusi,
Misli sho`xedurki, sust etgay ani yoz uyqusi.

Ko`z ochib behudlug`umni ko`rmasa, yo`qtur ajab,
Kim manga baxt uyqusi bo`lmish anga noz uyqusi.

Charxi soyir go`yiyo oshiqdururkim, kechalar
Bor aning ham men kibi ko`p ashkiyu oz uyqusi.

Bizni daf` o`lsun debon solmish o`zini uyqug`a,
Zarqdin xoli emastur ul fusunsoz uyqusi.

Har tun aylar istimo` el qissasin, vahkim, kelur
Menki o`z holim desam, ul qissapardoz uyqusi.

Ista komil xizmatin g`aflatni raf` aylay desang,
Bordur o`zdin g`oyib o`lmoq zumrayi roz uyqusi.

Ey Navoiy, ochma g`amdin ko`zki, sirrim qildi fosh,
Yaxshiroq bedorliqdin buyla g`ammoz uyqusi.

715

Mening baxtim yuzi g`am kojidin ul kun qaro bo`ldi,
Ki ko`nglum ul ko`zi-qoshi qarog`a mubtalo bo`ldi.

Qutulmish erdi oshiqlik balosidin ko`ngul, ketmish
Ul oy ko`yiga, yona anga bilmon ne balo bo`ldi?!

Qoshu kirpiklaring ko`nglum uyin qildi kamonxona,
Aliflardin o`qu har na`l anga bir halqa yo bo`ldi.

Buzulg`on xasta ko`nglumdin o`qin zinhor chekmangkim,
Ul uyga bu sutun, ul notavong`a bu aso bo`ldi.

Labingg`a qaysi til birla fido dey xasta jonimni,
Anga jonim fidokim, joni la`lingg`a fido bo`ldi.

Ajab muhlik emasmu ishq dashti, ey musulmonlar,
Ki bir mo`rig`a har kun to`ma ikki ajdaho bo`ldi.

Fano istar esang, ich dayr piri ilgidin jome,
Nedinkim xonaqah shayxi ishi zarqu riyo bo`ldi.

Vujudim foniy aylab, oldi din bir mug`bacha, tong yo`q,
Agar zunnor bog`lab, maskanim dayri fano bo`ldi.

Navoiy, g`ussadin maxlas tilarsen, mastu bexud bo`l,
Ki davron dardu ranjig`a davo bu bo`ldi, to bo`ldi.

716

Tanuredur ichim go`yo qizitqon ishq o`ti oni,
Yopishturg`on kabob o`rni anga har dog`i pinhoni.

Qizil raglar emas ko`z ichrakim, ko`z mardumin g`amzang
Aningdek neshlar urdiki, oqmish har taraf qoni.

Erur  qadding xayoli gah ko`ngul, gah ko`zda, go`yokim,
Budur ul jo`yboru bog`ning sarvi xiromoni.

Tariqi ishq aro ko`nglumdadur har dam g`ami, ul uy
Ajab yo`l uzradurkim, o`ksumas bir lahza mehmoni.

G`amim shomin yorutti qadding ul yuz shu`lasi birla,
Netar kunduzni ulkim, buyladur sham`i shabistoni.

Yana o`tluq ko`ngulda otashin la`ling firoqidin
Qiziq har la`lgun paykon erur bir la`l paykoni.

Xati rayhoni ichra bodayi la`lin xayol aylab,
Uchar har lahza ruhum, soqiyo, tut rohi rayhoniy.

Munungdekkim, yiroqdur Ka`bayi maqsad hamonokim,
Erur manzilg`a yetmasdin jarasning tinmay afg`oni.

Navoiy davlati boqiy tilar bo`lsang, yaqin bilkim,
Erur solikka mushkil topmoq oni bo`lmayin foniy.

717

Ey ko`ngul, berding ilikdin vaslining davronini,
Bilmading bu nav` talx ermish g`ami hijronini.

Go`yiyo Farhod erur tog` ichrakim, cheksam fig`on,
Ul dog`i hamdardliqdin teng chekar afg`onini.

To`tiyoyi  ko`z tutarmenkim, ketursang, ey nasim,
Ko`rsang ul badmehri chobuk turkning javlonini.

Qoldi  ko`nglum senda, lekin  asradim, ey qoshi yo,
Xasta ko`nglum o`rnida xokilaring paykonini.
Ne uchun kiymish qizil to`n dahr bo`stonida gul,
Gar oqizmoq istamas oshufta bulbul qonini?

Tiyrboroni g`aming jismimni qildi yerga past,
Vahki, yomg`ur kasrati yiqti g`aming vayronini.

Ey ajal, tengri uchun ketkim, bihil qilmon sanga,
Qo`ymasangkim, dardi-o`q olg`ay Navoiy jonini.

718

Necha tiyg` urdung ko`ngulga, tiyra ohi itmadi,
Kimsa o`ttin dud chirkin suv bila oritmadi.

Bosh qo`yarmen shukrdinkim qilmayin boshimni go`y,
Chobukum maydong`a hargiz raxshini sekritmadi.

Xoh tiyg`i javr yo tiyg`i zabon birla raqib
Iltifote qilmadi ko`nglumgakim, og`ritmadi.

Ayladi yuz qatla suv bir qatla qon ko`nglumnikim
Urmadi bir tiyg` ani yuz qatla to injitmadi.

Qilmadi mahbus ko`nglum kulbasida g`amni ishq,
Raxnalarni to malomat toshidin berkitmadi.

Ey xush ul qushkim, tegib jismig`a har par bir tikan,
El qulog`in noladin bulbul kibi yolqitmadi.

Bahri ashk ichra Navoiy sobit erdi tog`dek,
Kim esib bir yel, tanining taxtasin qolqitmadi.

719

Ul oyki, mehr ila olamni muhtaram qildi,
Bu telbaga nedin, oyo, nazarni kam qildi?

Yuzum iziga yaqindur, munga dog`i yuz shukr,
Agarchi yo`lida gardun qadimni xam qildi.

Nasihat etsa ulus, tezrak bo`lur ishqim,
Bale, itikrak etar o`tni ulki dam qildi.

Firoq sharhini har kirpigim yozar, go`yo
Falak mijamni tengiz ichraki qalam qildi.

Ul oy azimat etib yuz g`amu balo naqdin
Nasibim etti, yomon bormadi, karam qildi.

Sipehr ishqda Majnung`a yozdi ko`p ta`rif,
Muqobilida zamona meni raqam qildi.

Ko`zumki qon aro bo`ldi nihon, ajab ermas,
Ki ayng`a chu dam o`ldi qarin adam qildi.

Shukufa siym chiqorg`och bu gulshan ichra xazon,
Havog`a bargini sochmoq bila sitam qildi.

Navoiy jismin o`qung zaxmi etti domi balo,
Visol qushlari andin magarki ram qildi.

720

Mahvashekim, mehridin bo`ldum jahon ovorasi,
Rahm etib bir chora qilmas o`lsa ham bechorasi.

Zaxmlar qilding yana g`am neshidin, ey bevafo,
Butmish erdi vasl no`shi birla bag`rim yorasi.

Bevafolar ko`ngli, tong yo`q, lablaringg`a bo`lsa sayd,
Qaydakim la`l o`lsa atrofida bo`lur xorasi.

Yuziga boqqoch, ajab yo`q ko`zlarimga to`lsa ashk,
El ko`ziga yosh to`lar qilsa quyosh nazzorasi.

Dardi hajringdin Navoiy ko`ngli, ko`ksi, bag`ridur
Har biri yuz poravu ming yora har bir porasi.

721

Ahli dil ollinda dildor iltifoti kamlig`i
Oncha sa`b ermaski, har noahl ila hamdamlig`i.

Gar o`g`urluq istamas la`ling dog`i jon naqdidin,
Bas, nedur o`g`ri kibi payvasta qoshing xamlig`i?

Zulfi torin torta olmas kimsa ko`nglumdinki, bor
Berkrak jon rishtasidin ham aning mahkamlig`i.

Uylakim tun dudini ohim parishon ayladi,
Tong yelidindur muanbar sunbulung darhamlig`i.

Har ne el ko`ngliga xurramlig`, mening ko`nglumg`a g`am,
Kim g`amingdin bo`lmish ul devonaning xurramlig`i.

Soqiyo, may berki, dardim zohir aylay mast o`lub,
Kim ichim qon ayladi ish sirrining mubhamlig`i.

Gar Navoiy ayladi badmastlig`, ey piri dayr,
Sen karam kam qilmag`ilkim, ko`ptur oning kamlig`i.

722

Qildim ul oy ollida oshiqlig`im izhorini,
Men anga sirrim dedim, bilmon aning asrorini.

Ko`z qarosin hal qilib ul oyg`a yozg`um nomae,
Bori bu tazvir ila ko`rgay ko`zum ruxsorini.

Ko`zidin to jong`a yetmon, la`lidin bermas hayot,
Ul Masih o`ldum deganda tirgizur bemorini.

Hayfdurkim, rishtayi tasbih qilg`ay ahli zuhd
Kufr zulfi ichra o`lgan xalqning zunnorini.

Orazing davrin chekarda go`yiyo naqqoshi sun`
Mehr davri birla teng ochmish edi pargorini.

To`kma jominkim, balo seli jahonni buzmasun,
Mast ko`rsang, zohido, dayri fano xammorini.

Ey Navoiy, shavqidin o`lsam, imorat qilg`asen
Tufrog`im birla muhabbat ko`yining devorini.

723

Ohkim, ul ganj yod etmas bizing vayronani,
Ul quyosh bir zarra yorutmas buzug` koshonani.

Egma qoshin ko`rguzub aylar manga man`i junun,
Yangi oy birla kerak sog` egsa  bu devonani.

Ko`zuma ul vajhdin dermen yuzung afsonasin,
Kim sevarlar uyqusizlar doimo afsonani.

O`zgalar husnidin o`rtanmonki, gardun har kecha
Yorutur ming sham`u kuydurmas biri parvonani.

Chiqti jonim bodayi la`ling ko`rub, ey mug`bacha,
Vah, to`la aylab netarsen qasdima  paymonani?

Bilmadikim, avval aylar nafy ranjidin xalos,
Nafy qilg`on shayx mug` ko`yidagi mayxonani.

Ashk yo`lin tut, Navoiy, xoki poyi birlakim,
G`ussa bar berur qayonkim sochsam ushbu donani.

724

Har tikan bu g`unchadek ko`nglumda paykon bog`ladi,
Ey jigar pargolasi, sensiz ichim qon bog`ladi.

Sendin ayrilmoq ko`ngulga mumkin ermas to abad,
Chu sening birla azaldin ahdu paymon bog`ladi.

Lablaringning shavqidin har qatra qonkim to`kti ko`z,
Sovug` ohimdin hamul dam la`lu marjoy bog`ladi.

Dedi aqlu fahm oni ko`rgach, shikebi ko`zloli,
Vahki, tun bog`in yana ul sho`x chaspon bog`ladi.

Qonidin ul dard bog`ining guli bir paxtakim,
Dog`ima sabr ilgi marham birla har yon bog`ladi.

Sovurub tifli xazon tufrog` ila teng qilmag`on
Qaysi bir guldasta bu bog` ichra dehqon bog`ladi?

Ishtiyoqingdin Navoiy o`ldiyu yetmas sanga,
Go`yiyo bu nav` oyog`in bandi hijron bog`ladi.

725

Ne may xushtur manga, ne gul kerakliktur, ne gulzori,
Kerak maydin gul ochqon yorning gulzori ruxsori.

Ne jonimg`a kerak hayvon suyi, balkim xiromi ham,
Kerak chun ul hayotim gulshanining sarvi raftori.

Junun tumorima zangoru shingarf aylamang zoyi`,
Ki daf` aylar oni ul la`lu xat shingarfu zangori.

Mening xud ro`zgorim tiyra bo`ldi shomi hijrondin,
Qiling subhi visoli shukrii, ey ishq ahli, siz bori.

Ne sud etgay ayog`imdin tikan chekmaklik, ey mushfiq,
Ki toshlar birla ko`ksumga qoqilmish hajr mismori.

Nihoniy yuz yaram bor hajri tiyg`idinki, sharh etsam
Qilur ozurda bir olam elin har birning ozori.

Base sargashtamen gardundin, ey soqiy, qadah bergil
Shafaqgun may to`la aylab menga gardun namudori.

Qi davron javridin ilkimga olib sipqoray andoq,
Kim anjum qatrasi ham qolmag`ay ko`z tushsa har sori

Aningdek mastlig` uyqusidin ochqay Navoiy ko`z,
Sabohi hashr ul ham yovar o`lsa baxti bedori.

726

Ey ko`ngul, kelkim, ikov bo`lub nigore ko`zloli,
Sarvqadde istabon, siymin uzore ko`zloli.

Yorlig` ko`z tutqanimiz ko`zladi chun o`zga yor,
Bizda ham ko`z bor, borib bir yerda yore ko`zloli.

Chun g`ubori markabidin ravshan aylar el ko`zin,
Telmurub turg`uncha borib, shahsuvore ko`zloli.

Sayri bog`u dasht etarbiz ham yana bir yor uchun,
Bog` sori ko`z sololi, dasht sori ko`zloli.

Gar aningdek sho`xi shahroshubi ofat topmasak,
Bir faqiri mehribone, g`amgusore ko`zloli.

Garchi nopaydo erur maqsud, armon qolmasun,
Xosu om ichra qila olg`ancha bori ko`zloli.

Ey Navoiy,  bo`lmog`ung andin  bular birla xalos,
Kelki, ham vaslin tilab sabru qarore ko`zloli.

727

G`unchadek qon bog`lanibdur ko`nglum, ey gul xirmani,
Borg`ali ko`z jo`yboridin jamoling gulshani.

Ko`z qarosidin yozay dermen bitik, hayhotkim,
Kuydurur g`ayratki, men mahrumu ko`z ko`rgay ani.

Aql qochti ko`nglum ichra sokin o`lg`ach dardi ishq,
Mo`r manzilgohi ermas ajdaholar maskani.

Ko`nglum uyida g`ami toriqmasun har zaxmidin,
Marhamin tashlangki, har yondin ochilsun ravzani.

Arg`uvoniy ashk aro savsan masallik lolmen,
To to`ningdur arg`uvoniy, ko`nglagingdur savsaniy.

Har gul ushbu bog` aro ko`rsang, tikan osibidin,
G`arqayi xunob o`lub, yuz chok erur pirohani.

Ashk qonida Navoiydur so`ngak jismi bila
Ul muborizkim, qizil jins ichra bo`lg`ay javshani.

728

Haftaedur ko`rmamishmen ul buti cholokni,
Ne ajab, gar o`rtasa ohim yeti aflokni.

Soldi tiyg`i furqating bag`rimg`a andoq chokkim,
Bag`ri bo`lg`ay chok-chok ulkim, ko`rar ul chokni.

Hajr o`ti jismimg`a ortuqdur, anga bas bir sharar,
O`rtamak do`zax bila, ya`ni ne bir xoshokni?

Otlanibdur mast ko`nglakchan chekib tiyg`i jafo,
To ne o`t solg`ay jahong`a, ko`rgil ul bebokni.

Ishq o`t birla, ko`ngul suv birla ko`zni qildi pok,
Pok manzillarda mehmon qilg`ali ul pokni.

Dayr aro davron g`amidin qochmisham, ey mug`bacha,
Bir mug`ona jom ila shod ayla bu g`amnokni.

Boda birla yung Navoiyni xumor etsa halok,
Bog`langiz tobuti uzra naxli bargi tokni.

729

G`aribliq yana  ko`nglumni  dardnok etti,
Shikastaliq yana ko`ksumni chok-chok etti.

Bu barcha bir soriyu yor holatimni bilib,
Tag`oful etmagi men xastani halok etti.

Damingni asra, Masihoki, chiqmag`ay gardim,
Bu damki ko`yida jismimni dahr xok etti.

Yuzungga ulki quyosh tobi berdi, yuz ming shukr,
Quyosh kibi meni ham ishqing ichra pok etti.

Xush ul dameki, degaylar fano o`tig`a falon
Qadam qo`yarda ne vahm ayladi, ne bok etti.

Ne may, ne jom, men usruk hamisha, go`yo ishq
Tanim hadiqasida ranglarimni tok etti.

Navoiyni tila andin burunki, degaylar:
Adam yo`lin tutub ul zori benavo ketti.

730

La`lingga bog`landi jonim, hajr elindin ol ani,
Zulfungga chirmashti ko`nglum, qilmag`il pomol ani,

Bog`ladi ko`nglum manga oshiqlig`ining tuhmatin,
Shart qildim ko`rgach-o`q rasvo qilay filhol ani.

Sendin ayru xo`blardin ochilur ko`nglum, vale
G`uncha yanglig`kim ocharlar kuch bila atfol ani.

Ey sabo, bag`rimg`a sanchilg`on tikankim, anglading,
Bo`lsang ul gul birla hamdam qilg`asen irsol ani.

Ul alifkim, nil ila chekting uzoring yonida,
Husn ichinda birga o`n qilmish yonida xol ani.

Bu chaman kayfiyatin ozyudaekim qildi fahm,
O`n tili savsandek o`lsa, hayrat aylar lol ani.

Ey Navoiy, deb eding ko`rgach, ani jon topshuray,
Bo`lsa bu davlat muyassar, qilmag`il ihmol ani.

731

Turfa gulzor aylamish may gullari ruxsorini,
Turfaroq bukim, araq serob etar gulzorini.

Ey ko`ngul, har torig`a yuz jon muqayyaddur, bukim
Yuz gireh birla ko`rarsen zulfining har torini.

Yoqmangiz zaxmimg`a marhamkim, o`larmen qilsa gum
Choklik bag`rimdin ul oy tiyg`ining ozorini.

Bog`lag`aylar atridin din ahli kofurliqqa bel,
El parishon etsa kufri zulfining zunnorini.

Bumni zog` etgay ohim dudi qnlsa oshyon,
Dasht ichinda men bo`lur vayronaning devorini.

Fosh etar ko`nglum sharori, tiyra ohim dudi ham,
Necha dermen qilmayin ishqim o`ti izhorinn.

G`am hujumidin ne g`am, azmi xarobot aylakim,
Qo`ymayin bir jom ila ul xaylning osorini.

Soyir aylarda qadah topsang sabot, ey mug`bacha,
Aylayin barham falakning sobitu sayyorini.

Anglag`il, jonoki, ko`yungda Navoiy o`ldi zor,
Topmasang itlar uni ichra fig`oni zorini.

732

Tushda sarvu guldin islab birni, quchtum birini,
Aylagil, ey sarvi gulrux, bu tushum ta`birini.

Angladik o`tlug` yuzi ko`nglum ne yanglig` qildi suv,
Mum aro kim ko`rmamishdur shu`laning ta`sirini.

Do`stlar, daf`i jununum gar tilarsiz, bog`langiz
Ul pari ko`yida bu devonaning zanjirini.

Suvratingdin ojiz o`lsa Moniy, ermastur ajab,
Qayda naqqosh aylagay kilki qazo tasvirini?

Vasl ila qilg`il buzug` ko`nglum ilojinkim, qilur
Shoh adl etmak bila vayronalar ta`mirini.

Ishqu may, ey shayx, azaldin sarnavisht ermish manga,
Vah, netib xush ko`rmagaymen tengrining taqdirini?

Ey Navoiy, dersen ul oy ishqini eldin yoshur,
Oti mazkur o`lsa, naylay holatim tag`yirini?

733

Qani visolingga bir mendek orzumande,
Visol umidi bila mehnatingg`a xursande.

Fano mayin ichib ovoralig` yo`lin tuttum,
Nasihat ahli, manga emdi bermangiz pande.

Erur tanimdag`i yuz dog` birla munglug` jon,
Gadoki, to`nig`a har sori solsa payvande.

Sabab bu erdi ekin xilqatidin Odamning,
Ki bo`lg`ay anga seningdeq xujasta farzande.

Ko`ngulni sho`xlar andoq talashtilar kesishib,
Ki qolmadi meni bedil nasibi parkande.

Chog`irni oqil esang, la`l deb qizitma dimog`,
Ki o`tni islamadi gul debon xiradmande.

Ajal, Navoiyni qutqaz baloyi xirmondin,
Ki ul zaif bu dard ichra asru emgandi.

734

O`tum xud etmadi ul toshbag`irg`a ta`sire,
Bu yona o`tki, topilmas bu ishga tadbire.

Ne turfa surati bordurki, hech surat ila
Qazo musavviri qilmadi buyla tasvire.

Shikoyatim  ko`pu qolmas qachon seni ko`rsam
Tanimga tobu tilimga majoli taqrire.

Tushumda obi hayot ichtim, ohkim, kelmas
Ko`ngulga la`lini o`pmakdin o`zga ta`bire.

Meni muqayyad etar  bo`lsang, ochma halqayi zulf,
Ki pashsha qaydig`a yo`q ehtiyoji zanjire.

Gul ichra shabnam ila xurdadur suvu dona,
Magarki qaydig`a bulbulnung etti tazvire.

Navoiy yordin ar zulm erurki, lutfcha bor,
Sen etmasang kerak o`z qullug`ungda taqsire.

735

Jonim chiqadur, hajr ila jonon kerak erdi,
Ko`nglum kuyadur, dard ila darmon kerak erdi.

G`am shomida parvona sifatkim kuyadurmen,
Boshim uza ul sham`i shabiston kerak erdi.

Ko`z bog`ida yuz gul ochadur ishq, va lekin
Yuzu xatidin lolavu rayhon kerak erdi.

Xush keldi hazin ko`nglum aro g`amzalaringkim,
Oh o`qlarig`a bir necha paykon kerak erdi.

Qabrimg`a xirom ettingu yo`q tuhfae, vahkim,
Bu xas kibi jism ichra bugun jon kerak erdi.

Xush ziynati ko`p nomadurur umr, va lekin
Tavqiyi vafodin anga unvon kerak erdi.

Bilmay seni ul gul qovar, ey zor Navoiy,
Sendek anga bir bulbulu nolon kerak erdi.

736

Bo`ldi iyd, ul turki chobuk azmi maydon qilg`usi,
Vahki, el bexudlug`i jonimni qurbon qilg`usi.

Barqi ofat bo`lg`usi har shu`laekim ayrilur
Markabi tuynog`idin, ul damki javlon qilg`usi.

O`q hunilab, o`t-yolindek har tarafkim qo`ysa yuz,
Yuz ko`ngulni kuydurub, voz jonni vayron qilg`usi.

Oshkoro jon olib har yon qilur mashg`ul o`zin,
Elni bilmas deb yigit o`zini nodon qilg`usi.

Sham` emas, ko`z ochtilar nazzorag`a ahli qubur,
Kim ul oy iyd oqshomi sayri xiyobon qilg`usi.

Subh maydon azmi qilg`och, vahki, yo`q yolg`uz meni
Olam ahlin iydi ruxsorig`a hayron qilg`usi.

Iydgoh ahli hujumi birla, ey shah, qilma kibr,
Kim falak bu jam`ni holi parishon qilg`usi.

Ey Navoiy, rashkdin o`ldumki, ul qotil bugun
Har taraf bu shakl ila yuzlansa yuz, qon qilg`usi.

737

Mushki tardur sabzayi xatting, yuzung gul xirmani,
Ravza naxli qomating, ko`yung latofat gulshani.

Zinhor ayt, ey sabo, ko`nglumgakim, ul dilrabo
Bo`lsa nogah qay sari moyil, sog`indurg`ay mani.

Yo`q ajab, gar jomi hajring vahmidin to`ksam sirishk,
Zahrdin vahm aylar ulkim podshahdur dushmani.

Yoshu qon ermas iki ko`zumda, balkim hajru dard
Qildi birin la`l koni, birni inju maxzani.

Dardi hajringdin Navoiy yuzi oltun, ashki dur,
Har kishi sening gadoyingdur, erur mundoq g`ani.

738

Ey, hayotim naqdi la`li xurdadoning sadqasi,
Javhari jonim aqiqi durfishoning sadqasi.

Ko`zlarimning mardumi xolin savodig`a fido,
Bog`u umrum gulbuni sarvi ravoning sadqasi.

Ko`zlaring gar notavondur, sadqa vojibdur anga,
Yuz meningdek notavon bnr notavoning sadqasi.

Qomatu qoshing alif-nunikim ul husn onidur,
Har malohat ahlikim bor, bo`lsun oning sadqasi.

Qulni boshtin evurub ozod etarlar, vah, meni
Boshqa evur, lek ozod etma, joning sadqasi.

Ting`asen sargashtalikdin, ey ko`ngul, gar bo`lg`asen
Mehribonlig` bog`ida nomehriboning sadqasi.

Bo`lur ul gul sadqasi holimni arz etmish sabo,
Ey Navoiy, bo`lsa yuz jonim, saboning sadqasi.

739

Tog` aro Farhodu har yon surma qilg`on toshni,
Ko`zga chekkan, ne ajab, yuz mil, oqizmoq yoshni.

Ahli ishq ul ko`y aro sargashta jodu ko`zlaring,
Sehr ila go`yo bu nav` aylandururlar boshni.

Ko`kta har oy bir hilol, ul mashqdurkim, kilki sun`
Aylamish sizg`onda ul ikki muqavvas qoshni.

Ey sabo, ushshoq naqdi jonlarin yetkur yig`ib,
Qayda topsang ul muqammirpeshayi qalloshni.

Keldi Chin naqqoshi ul yuz naqshini qilmoqqa tarh,
Chehra ochib, naqshi devor aylading naqqoshni.

Kimni mendek xonaqahdin surdilar ahli saloh,
Mug`tanam tutdik fano dayri aro avboshni.

La`lini kavsar mayig`a garchi tashbih aylading,
Ey Navoiy, bordurur bu mayda o`zga choshni.

746

Yor ila bir xilvat istarmenki, ag`yor o`lmag`ay,
Balki ul xilvatning atrofida dayyor o`lmag`ay,

Eldin andoq yoshurun istarmen ul xilvatnikim,
Ko`nglum andin voqifu joyim xabardor o`lmag`ay.

Ko`zga ko`nglum dardidin yig`larg`a imkon qolmag`ay,
Tilga dardim sharhini aylarga guftor o`lmag`ay.

Yor budi ichra nobud o`lg`amenkim, o`rtada
O`zgalikdin demakim, o`zlukni osor o`lmag`ay.

Buki, derlar bordurur devor keynida quloq,
Ul fazo davrida ko`z yetguncha devor o`lmag`ay.

Maxfiy asrorimg`a bo`lg`ay yor lafzidin ado,
Yordin ayru va lekin sohib asror o`lmag`ay.

Ey Navoiy, qilma har yor ollida sirringni fosh,
Bormudur imkonikim ul yorg`a yor o`lmag`ay?

741

Og`iz ichra tilingdek g`unchada gulbargi tar bo`lg`ay,
Vale bu shart ilakim bargi gul ichra shakar bo`lg`ay.

Qadingg`a sarvi ra`no o`xshag`ay, lek ul zamonkim sarv
Xiromon bo`lg`ayu gul bergay, ul guldin samar bo`lg`ay.

Yuzung davrig`a oy davrini tashbih etkamen, vaqte,
Ki anda xol ila xat fitnayi davri qamar bo`lg`ay.

Ko`zungga o`xshag`ay nargis, agar qiymoch o`lub oqi,
Mudavvar asfari ichra qarolig`din asar bo`lg`ay.

Xatingg`a qadr shomi o`xshag`ay bu shart birlakim,
Tajallo nuridin ul shom arosinda sahar  bo`lg`ay.

Chu minsang ashhabing ul dam quyosh bulg`ay sanga monand,
Ki bersa ko`kbo`zin javlon jahon zeru zabar bo`lg`ay.

Manga ishqingda Majnun birla Farhod o`xshag`ay ul chog`,
Ki bu bo`lg`ay jahon rasvosi, ul mundin batar bo`lg`ay

Xabardor oni bilgil, ey ko`ngul, bu davr javridin
Kim ul tun-kun xarobot ichra mastu bexabar bo`lg`ay

Dedim, nazm ahlining sarxayli kim bo`lg`ay, dedi hotif:
Navoiy bo`lgay, ulkim sen tilaydursan agar bo`lg`ay.

742

Yana balo choqinin ishq telba jonima urdi,
Fano quyuni yetibon kulumni ko`kka sovurdi.

Magarki, men kibi eldin qocharni ayladi varzish,
Kiyiklar ichraki Majnun tamomi umr yugurdi.

Men archi ko`yida o`ldum, qovungki, telbarar oxir
Churuk so`ngakni tanimdin uzub ne itki ko`murdi.

G`aming qo`yub tugan uzra tugan, bu makr ila ko`rkim,
Tanimda har tugan ichra necha tuganni yoshurdi.

Ko`ngulda gar o`qung itmish, yana bir o`q dog`i otkim,
Bu nav` topsa bo`lur har kishiki, bir o`q iturdi.

Dam urmavu qadah ichgilki, telba bo`lmasa voiz,
Nedin edi urunub, qichqiribki og`iz ko`purdi?

Firoq dog`ig`a mash`al fatilasi keturungkim,
Navoiy og`zini chun kupka  qo`ydi, pok sumurdi.

743

Labing takallum etib, so`zda lol qildi meni,
Ochildi zulfungu oshuftahol qildi meni.

Yuzi ko`rundi, oching emdi zulfi silsilasin,
Ki ul  pari yana  majnunmisol qildi meni.

Ayog`in  o`pgali  boshim  yo`lig`a  yetkurdum,
Fig`onki, zulfi kibi poymol qildi meni.

Qoshi xayolida payvasta baski chektim ranj,
Falak bu g`amda nechukkim hilol qildi meni.

Beli g`amida xayol o`ldum ohu afg`ondin,
Bu mo`ya mo`y etib, ul nola nol qildi meni.

Kup og`zima quyu qo`y adl jomin, ey mug`kim,
Qazo bu shevada bei`tidol qildi menn.

Navoiy,  anglaki, jurmumcha yuz umidam  bor,
Faqiri zohid o`zidek xayol qildi meni.

744

Xarob aylading, ey ishq, xonumonimni,
Tasavvur aylaki o`ldum, bag`ishla jonimni.

Magarki, ishq malomat o`tin yorutmoq uchun
Qurutti uylaki xas jismi notavonimni.

Bu turfa  ko`rki, fuzun  bo`ldi la`lgun ashkim,
Agarchi shu`layi ishqing qurutti qonimni.

Fig`onki, o`ldumu ko`yida xalq g`avg`osi
Aning qulog`ig`a yetkurmadi fig`onimni.

Bugun tanimg`a nishon ul hayotdnn kelibon,
Ki tongla topmag`asen istabon nishonimni.

Chu ishq oyatida savtu harf yo`l topmas,
Kamoli  ishq iturmish  magar  bayonimni.

745

Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni,
Ravshan  aylab jumlayi olamni, kuydurdung meni.

Kuydurub, ey ishq o`ti, gardung`a sovurdung kulum,
Poyada oxir bu yanglig` ko`kka yetkurdung meni.

Hajr o`ti tobi yana behol qildi, nechakim,
Ey nasimi vasl, o`z holimg`a kelturdung meni.

Ishq man`ida so`zung chun hashv edi, bo`ldum xamush,
Qilma, ey voiz, gumonkim yo`ldin ozg`urdung meni.

Nayladim, ey ishqkim, bo`ldum o`lum mustavjibi,
Kim bu yanglig` hajr jalldig`a topshurdung meni?!

Vasling etting va`da  ammo hajringga qilding asir,
Ko`kka chekting, lek yerga oqibat urdung meni.

Ey Navoiy, vasl agar ro`ziy emastur chora yo`q,
Qilmading deb sa`y bas, ne ishga yozg`urdung meni?!

746

Dedimki, ko`zga chekay gardi rahnavardingni,
Fig`onki, topmadi ko`z to`tiyog`a gardingni.

Magar zamona ko`zi surma istar erkandur,
Ki gard qolmadi surganda rahnavardingni.

Firoqu orzuvu shavq har biri bir dard,
Desamki, darding etay sharh, qaysi dardingni?

Safarda yomg`uru yel bo`lmasun muzohim anga,
Ko`z, asra ashku, ko`ngul, chekma ohi sardingni.

To`shab samandig`a farsh, ey zamona, o`tkarding
Sipehru axtaridin sabza birla vardingni.

Ko`k ablaqin igorib, ey quyosh, sinon tortib,
Magar bu zarrag`a qilding ayon nabardingni.

Navoiy, emdi nishot avji tutki, gardishi charx
Keturdi mohi falak sayri tezgardingni.

747

Qo`zg`adi ohim so`ngak birla tani g`amnokni,
El sovurdi bir ovuch tufrog` ila xoshokni.

Demagil sihhat so`zinkim, ko`ksum uzra tig`i ishq
Aylar ikki chok tikmasdin burun bir chokni.

Buki olamg`a havodis tushti, go`yo qo`zg`amish
Ul huyosh hajrida ohim anjumu aflokni.

Men xud ettim azmi masjid, ey musulmonlar, valek
Bok emas gar ko`rmasam ul kofiri bebokni.

Qildi chun hijron meni nobud, tutma jomi vasl,
Zahr chun o`lturdi, zoyi` qilmag`il taryokni.

Qaddidin og`zimda hayrat barmog`idur, zohido,
O`tg`a sol emdi aso, boshingg`a ur misvokni.

G`ayri lof ermas Navoiy pokravliqdin hadis,
Topmayin bir g`ayr naqshidin zamiri pokni.

748

So`rmangiz ashkim suyinkim muttasilmu kelgusi,
To ko`ngul ishq o`tidin kuygusi ul su kelgusi.

Zulfungga yetgach ko`ngul bexud yiqildi atridin,
Bilmadim ul shomg`a kirganga uyqu kelgusi.

Tiyra bo`ldi lam`ayi paykoning o`tgandin ko`ngul,
Chun quyosh borg`usi olamdin, qoroyg`u kelgusi.

Haddin o`tti orazim, ko`rgach labing xandonlig`i,
Bilmadim bu za`farondin muncha kulgu kelgusi.

Chiqti ko`nglumdin havosu aql ishqing ollig`a,
Qo`ysa yuz mulkiga shohi, xalq o`tru kelgusi.

Soqiyo, tut mayki, o`zluk naqshidin bo`lg`um xalos,
Har qachon ilgimga ul raxshanda ko`zgu kelgusi.

Ey Navoiy, o`lma har dam ul musofir yor uchun,
G`am yema, shah yong`usidur, tongla o`rdu kelgusi.

749

Ishqing ichra ko`ksuma oncha junun toshin uray,
Kim xiradning shavkatin, taqvo shukuhin sinduray.

Qilsa tavsanliq ko`ngul, tortib junun zanjirig`a,
Hajr  zindonida ishqing shahnasig`a topshuray.

Ul pari ko`zdin chu maxfiydur hamisha, vah, necha
Istab oni topmasa, majnun ko`ngulni yozg`uray.

G`am tuni anjum ko`zi yanglig` yumulmas ko`z bila,
Vah, necha gohi yuruy, gohi turay, goh o`lturay.

Chun ne taqdir o`lsa, tag`yir o`lmas ermish sa`y ila,
Qayg`u qismim bo`ldi deb ortuqsi nevchun qayg`uray?

Ul quyoshqa zarrae ta`sir chun yo`qtur, ne sud
Gar to`quz aflokni ohim o`tidin kuyduray.

Ey Navoiy, istasam o`lmak, ne g`am el ta`nidin,
Bori men har nav` etib, jonong`a jonni yetkuray.

750

Ey ko`ngul, kelkim, balo bazmida jomi g`am tutay,
O`z qatiq holimg`a o`lmasdin burun motam tutay.

Yig`labon boshimg`a ohim dudidin chirmab qaro,
Motamim el so`ngra tutquncha, o`zum bu dam tutay.

Olam  ahlig`a necha qildim vafo, ko`rdum jafo,
Ey ko`ngul, kelgilki, tarki jumlayi olam tutay.

Emdikim, ishrat surudidin ochilmang, ey ko`ngul,
Navha ohangin tuzub, bir dam seni xurram tutay.

Mastliqdin o`zga yo`q dardim iloji, soqiyo,
May keturkim, ham ichay bir lahza oni, ham tutay.

Qo`yg`il, ey nosihki, mug` dayrida o`z ahvolima,
Masti loya`qil yoqam yirtib, surudi g`am tutay.

Chun jahon birla jahon ahlig`a yo`q ermish baqo,
Ey Navoiy, men fano sarrishtasin mahkam tutay.

751

Bir pari paykar g`ami oshuftahol etmish meni,
Elga ahvolim demakdin gungu lol etmish meni.

Men havoyiyni, ne tong, ko`rguzsalar bir-birgakim,
Egma qoshing fikri andoqkim hilol etmish meni.

Oshkor etsam edim ishqin, vale o`tgan kecha
Boda zo`r aylab, yig`i bei`tidol etmish meni.

Yor ko`yi ichrakim tufrog` ila teng bo`lmisham,
Ishq g`avg`osi bu yanglig` poymol etmish meni.

To tanimg`a o`t tutashmish, barqdekdur hay`atim,
Furqating to za`fdin andoqki nol etmish meni.

O`t solurmen oh ila olamg`a, men kim zuhd kim?
Zohidi afsurda, oyo, ne xayol etmish meni?!

Dasht vahshig`a anis o`lsam Navoiydek, ne tong.
Ul pari savdosi chun Majnunmisol etmish meni.

752

Olsa jonimni labing davron to`kub qon yoshini,
 Tong emas, ul yosh ila la`l etsa qabrim toshini.

Fitna ta`lim etmasa qoshing sanga bedod uchun,
Xam bo`lub nevchun qulog`ingg`a keturmish  boshini?

Ko`z tutar erdim qalam kirpiklarimdin bog`la deb,
Gar azalda ko`rsam erdi surating naqqoshini.

Mayl etar ko`nglum qushi jon pardasin qilg`ay qanot,
Ko`rgali har kecha mahram ko`yining xuffoshini.

Oshiq o`ldi kimga may berding, magar, ey mug`bacha,
Ishq o`ti birla pishurmishlar piyolang doshini?

Shayxu ahli xonaqah, tengri tuta bersun manga
Haq yo`lin ko`rguzgali dayri fano avboshini.

Jon qushi qasdig`a sog`ing`ay guruha birla yoy,
Ey Navoiy, kimki ko`rsa xoli birla qoshini.

753

Zaxmig`a marham yoqib, g`amgin ko`ngul shod o`lmadi,
Raxnag`a balchig` suvab, vayronim obod o`lmadi.

Ul muvallah charxe gar  sovurdi  aqlim xirmanin,
Bu quyundin qaysi bir xirmanki barbod o`lmadi.

Ahli ishq ar men kibi majnun emaslar, ey rafiq,
Ondin erkinkim, alar yori parizod o`lmadi.

Ey ajal, qatl etmak ol ul g`amzadin ta`limkim,
Qilmog`on shogirdlig` hech ishta ustod o`lmadi.

Ko`nglidin bo`lmas muhabbat javharin qilmoq tama`.
Har nechakim yumshasa, bir yo`li po`lod o`lmadi.

Zohidi nodon g`amim oshubidin har dam kular,
Xurram ulkim, ishq atvorida mu`tod o`lmadi.

Ey Navoiy, o`lsam ul tarso uchun, ayb etmakim,
Dayr piridin manga juz bu fan irshod o`lmadi.

754

Ey ko`ngul, qo`yg`ilki, mundin so`ng gadolig` fan qilay
Ko`yida bu fan bila bir yo`l boshin maskan qilay.

Gah bu ishratdinki ul ko`y ichradurmen, shod o`lay,
Gah bu mehnatdinki andin ayrumen, shevan qilay.

Aylamakdin tang`a anduhu balo toshin hisor,
Jonima xayru salomat xaylini dushman qilay.

Ul yuzu qomat kerak, vah, o`zni kuch birla necha
Moyili gul aylayin yo volayi savsan qilay?

Yoshurun g`am soldi ravzanlar ko`ngulga, ey rafiq,
Qo`yki, men ham oh ila gardunni yuz ravshan qilay

Soqiyo, ko`z birla ko`nglumni qaro qilmish xumor,
Qelki, bu uylarni  may hurshididin ravshan qilay.

Gar Navoiy mast agar maxmur o`tar bu dayrdin,
Bodapolodin kafan, mug` dayridin madfan qilay.

755

Ko`nglumga sho`r soldi birovning malohati,
Vahkim, ajab tuz o`ldi yana zaxmim ofati.

Ter qatrasin yuzida ko`rub ishqim o`ldi tez,
Afzun bu suvdin o`ldi o`tumning harorati,

O`ynatti qoshu, ohkim, ul dos no`gidin
Bag`rimning o`ldi toza o`ngalg`on jarohati.

Sekritti raxshu kuydi ko`ngulning ul o`t bila
Jon mazra`ida xirmani oromu toqati.

Ko`nglum so`rarg`a keldi, vale oldi jonni ham,
Mundog` bo`lurmu dilshudalarning iyodati?

Sharbati visol yo may emish qaysi xastaning
Kim ishq anduhidin o`lubtur malolati.

Mayg`a Navoiy etti ko`ngul shishasini zarf,
Bu bo`ldi rindliq aro oning zarofati.
 
756

Bo`lsa ko`yung tufrog`i za`f ichra jismim bistari,
So`zi jismimdin aning rangi bo`lur xokistari.

Uyladur za`fimki, odam qilmag`ay erdi gumon,
Gar yo`luqsa erdi Majnung`a vujudum paykari.

Dema, ashkim jolasin g`am shomi durri shabcharog`,
Kim erur ayni malolatdin nuhusat axtari.

Dasht aro el anglamas devonadurmen, yo`qsa dev,
Uylakim bilmon senikim odamiysen yo pari?

Orazing uzra erur xay kasrati daryoyi lutf,
Nildin xoling latofat bahrining nilufari.

Gulshani davrong`a moyil bo`lma ziyrak qush esang,
Kim tikan toriy qilur har toza gulbargi tari.

Sabzayi xatting xayoli birla savdo dashtidin
Gar Navoiy chiqsa, tong yo`q, Xizr erdi rahbari.

757

Qilsa  kul jismimni o`rtab otashin oraz guli,
Har ovuch kul dahr bo`stonida bo`lg`ay bulbule.

Xattu ruxsorin tilab g`am shomi cheksam o`tlug` oh,
Har sharardin ko`k shabistonida ochilg`ay gule.

Zulfi savdosida o`lsam, tortqay qabrimda bosh
Har giyahdin xo`shae, har xo`sha bo`lg`ay sunbule.

Tushda ayshim subhig`a kirdi balo shomi, magar
Qasdima sho`xe uzori uzra ochmish kokule?

La`li ruhafzosini ko`rsun biravkim, ko`rmamish
Ruhoshom aylabon sarmast bo`lg`udek mule.

May nihon ichsam kerak og`zim qo`yub kup og`zig`a,
Kim tugatsam chiqmag`ay andin sadoyi g`ulg`ule.

Ey Navoiy, istasang bo`lmoq zamiring lavhi pok,
May suyin kelturkim, oni g`ayr naqshidin yu(v)li.

758

Orazing zar huqqalardin, ey malohat mash`ali,
Mushafedur lojuvardu oltun oning jadvali,

Turfa oyedur uzoring, ko`k anga moviy libos,
Anjum oning tanga-tanga bosma qilg`on zarhali.

Har nafas ortar jamolingning safosi ko`zgudin,
Ko`zguning andoqki kuldin bo`lg`ay afzun sayqali.

Bir paridur lolazor ichra sarig` gullar aro,
Yo ul oy ustidadur zarbaft gulgun maxmali.

Husni atrofida, ey mashshota, har yon qo`yma xol,
Kim Xo`tan mulkida hindularning o`lmas madxali.

Nav arusi dahr aqdin istama ko`pkim, arus
Oxiri ifrit o`lur garchi paridur azvali.

Ey Navoiy, vo`sma birla kesmadin topqan firib,
Gar malakdurkim, bo`lur shaytonsifatlar mahzali.

759

Kamand uchig`a yetkurmas g`amu andisha ayyori,
Biyik chekmish magar mayxona tomin sun` me`mori.

Xumorim za`fida kahgil isi to yetti mast o`ldum,
Suvalmishdur magar may loyidin mayxona devori.

To`la kup og`zi may xurshididur, go`yo teng ochilmish
Chekarda bu iki xurshid davrin sun` pargori.

May ichmish xonaqah shayxi, xarobat ahli aysh aylang,
Ki chiqmish bahya urg`on xirqasidin mablag`i kori.

Quyosh aksimudur hayvon suyida yo ko`runmishdur
Ravonoso may ichra soqiyi gulchehra ruxsori?

Ko`rungan mosivalloh bud emas, balkim namudidur,
May ustida hubobu mavj shaklining namudori.

Hubobu mavj may tahrikidin zohir bo`lur, lekin
Sukun topqach vujudi maydin o`zga qaydadur bori.

Fano dayrin ko`ngul istarki, bir-bir piri dayr elga
Tutarda boda shoyad jur`ae sung`ay bizing sori.

Navosidin fano chun hosil o`ldi qilg`asen, ey ishq,
Navoiy rishtayi jonin mug`anniy udining tori.

760

Emas bog` ichra sorig` lola zanbaq, bilki, har sori
Yangi dog` o`rtab ul gul ishqidin sorg`ordi ruxsori.

Bu humrat birla ermas otashin gul oq gul erdikim,
Yuzung barqidin o`t tushti angakim bo`ldi gulnoriy.

Qading ollida bo`lg`on jilvagar oq savsan anglakim,
Ko`k etti barcha a`zosin sabo kojining ozori.

Shajar  yafrog`lari o`qdek qadingning hajrida bordur
Boshoqlarkim, chaman ashki namidin chiqti zangori.

Dema, kunduz qarong`u tun edi, chun pardadin chiqting,
Jahonni qildi kunduzdek yuzung mehrining anvori

Desamkim, haqdurur mavjudu ashyo har nedur nobud.
Hubobu mavji bahr uzra erur oning namudori.

Navoiyning aqiq ashki oq erdiki, tutmish rang,
Suhayli orazing go`yoki qilmish lam`a izhori.

761

Ko`ngul, o`t berki, bir oy hajridin ko`ksumga dog` o`rtai,
Fatila chirmab oy davricha, solib anda yog` o`rtay.

Emas mushkin g`azolim multafit, men uylakim lola,
Necha bag`rimni qon aylay, necha ko`nglumga dog` o`rtay.

Aningdek tiyradur shomi g`amimkim, bo`lmag`ay ravshan
Agar xurshid sham`i yanglig` anda yuz charog` o`rtay.

Qoching, Farhodu Majnun, ishq o`ti lofidin urmay dam,
Ki hijron so`zidin bir oh tortib, dashtu tog` o`rtay.

Emastur ul quyosh hargiz yorutmoq kulbam, ey gardun,
O`zumni sham`dek har tun necha boshtin-ayog` o`rtay.

Meni do`zax sari boshlangki, tashlab sarnigun o`zni,
Bu yanglig` hajr o`ti bedodidin istab farog` o`rtay.

Necha ul sho`x elga no`shxandu loba qilmoqdin
Yig`imni hoy-hoy aylay, ichimni log`-log` o`rtay.

Bu gulshan gullarida chunki yo`q bo`yi vafo, nevchuy
Tilab oni, tamanno o`tidin har dam dimog` o`rtay?

Zamon  ahli vafosiz debki qildim dostonlar sabt,
Navoiy, bir kishida gar vafo topsang, so`rog` o`rtay.

762

Donayi xoli uzra ko`r sabzayi xat nishonasi,
Donayi xol emas, erur mehrigiyoh donasi.

O`rtanurumni ishqida bilmagan, et nazzorakim,
Tildur oning bayonig`a ko`nglum o`ti zabonasi.

Qatlima bas bahonakim qildi, bahona qolmamish,
Emdi bahona uzrini qo`lmoq erur bahonasi.

Tiyra firoq tunlari sharhini ayt, demakim,
Ming kecha deb tuganmagay bir kechaning fasonasi.

Istama ishq bahrining sohilin, eyki g`arqasen,
Bir-biriga yetishti chun to`sh-to`shidin karonasi.

Tavsan edi ko`ngul mayi ishqini tortqon zamon,
Ko`rki, ne rom etibdurur emdi oni zamonasi.

Boshimu dayr pirining dargahi chun tushubturur,
Vahmi taaqqul aylamas vaz` ila korxonasi.

Fikri bu korxonaning qilg`ay edi halok agar,
Bo`lmasa aql zoyili jomi mayi mug`onasi.

Baski Navoiy ayladi dard surudida navo,
Ahli tarabni yig`latur majlisining taronasi.

763

Sahar kuyar g`ami hajringda xasta jism xasi,
Magar o`tumni qilur tez subhnung nafasi.

Ko`ngulga oncha xadanging tikildi har yondin,
Ki bo`ldi xasta ko`ngul andalibining qafasi.

Ko`ngulki tolpinadur tanda, ko`yung istaydur,
Qafasda sekresa qush, uchmoq o`lg`usi havasi.

Ul oyg`a yetmasa qo`l o`tlug` oh ila, ne ajab,
Chinor kuysa, bo`lurmu quyoshqa dastrasi?

Ne rind o`lsa soching kufrida yetar zunnor,
Jahon yuzidagi din ahlig`a aning marasi.

Talab yo`lidag`i ovoralarg`a mujda dengiz,
Ki yo`lg`a hodiy erur do`st mahmili jarasi.

Fig`onki, xastalarin ul Masih tirguzubon,
Vale Navoyiyi dilxastani unutti base.

764

Ishq ahli go`ristonida qabrim chu zohir bo`lg`usi,
Farhod oning toshin yo`nub, Majnun mujovir bo`lg`usi.

Dersen, yuzum sori ko`zung ko`p boqmasun, gar yuz budur,
Ul mehr tobidin erib oqquncha nozir bo`lg`usi.

G`amzangdin o`lturmak ishin ta`lim ola kelmish ajal,
Bu nav` ustod o`lsa, ul oz chog`da mohir bo`lg`usi.

Xatti g`uborin demakim, bo`lg`usi ul yuz moni`i,
Tun pardasi oy nurig`a ne nav` sotir bo`lg`usi?

Ul g`amza kufridnn ko`ngul nav`i kelur islomg`a,
Kim tarki islom aylabon go`yoki kofir bo`lg`usi.

Bo`lg`usi mutlaq shu`lalar ichra samandar sayridek,
Sensiz ko`ngul gulzor aro ul damki soyir bo`lg`usi.

Ko`nglumdagi har neshdin gar bo`lsa bir til, har biri
Yuz til bila o`z holining sharhida qosir bo`lg`usi.

Xotirni jam` istar esang, avval xavotir daf`in et,
Kimda xavotir bo`lmasa, osudaxotir bo`lg`usi.

Qildi Navoiy qaddingga sarvi sihi tashbihini,
Bu tab`i  nomavzun ila bechora shoir bo`lg`usi.

765

Butmadi gulshan tavofi birla bag`rim yorasi,
Bermadi o`tumg`a taskin sarvu gul nazzorasi.

Bir zamone sarvu bir dam gulga ko`p qildim nazar,
Bo`lmadi ul sarvi gulrux furqatining chorasi.

Gul bila sarv istabon gulshan sari mayl aylamas
Dashtdin ul sarvi gulruxsoraning ovorasi.

Qaddi hajrida har ohim dud sarvedur baland,
Yuzidin ayru guledur ko`kragim har porasi.

Sarvu gul maftuni bo`lmakim, nigoru zeb uchun
Sindurub har dam uzar oni falak makkorasi.

Sarv o`qdur, gul tikan bog` ichra to ko`z ollidin
Borg`ali ul sarvi gulruxning qadu ruxsorasi.

Ey Navoiy, sarvu guldin kechki, qaddu yuzidin
Bor emish yuz yilchiliq yo`l sarv ila gul orasi.

766

Lab uza xatti anbaroludi
Otashin la`lining erur dudi.

Dardu sabrin nisoring etti ko`ngul,
Kim bular erdi budu nobudi.

Jon berib, ko`nglum oldi naqdi g`aming,
Ahli savdoning ushbudur sudi.

Gar o`qung jong`a qasd qildi, ne bok,
Ki oning bu-o`q erdi maqsudi.

Tanu jon rishtasi g`amingg`a libos,
Bu biri tori, ul biri pudi.

Tengdurur dahrg`a vujudu adam,
Balki ma`dum barcha mavjudi.

Gar Navoiy, ko`zi oqardi, ne tong,
Ashk oning qarosini yudi.

767

G`am chekar jismu ko`ngulni kulbayi ahzon sari.
Xasg`a o`t solib gado eltur kibi vayron sari.

Dirz qalqoni, duo dir`i nedur, ey porso,
Chun balo toshi yog`ar men telbayi uryon sari.

Yor istar hajru ayni vasl erurkim, ko`ngluma
Bo`ldi mayl oning rizosin istabon hijron sari.

Sabza nishtar, barg paykon, gul o`t erdi jonima,
Har qachonkim sensizin azm ayladim bo`ston sari.

Ne futur islom aro tushgayki, ul kofir yana
Mast o`lub, ko`nglakcha chiqti sekritib maydon sari

Gar xarobot ichra mumkindur sumurmak bir qadah,
Xizr agar o`ltursa bormon chashmayi hayvon sari.

Soqiyo, tezgindurur har lahza boshimni xumor,
Davr evursang, jur`ae sung`il bu sargardon sari.

Yuz Xizr umridin ortuqroqdurur, ming jon berib
Bir qadam qo`ymoq muyassar gar bo`lur jonon sari.

Ey Navoiy, gar desangkim fitna ko`rmay, solmag`il
Bir nazar har turfatul-ayn ul ko`zi fatton sari

768

Gardi Yazdiy mi`jar ostida qoshing, ey ko`rkaboy,
Bor aningdekkim ko`rungay gard ichinda yangi oy.

Vo`smadur ul qosh uza yoxud zarofatdin ko`zung
Oldi bu qurbon ko`ngul qasdig`a miynorang yoy.

Gar nihon soching tarar mashshota, kelsunkim, erur
Kirpigimdin shona, ashkimdin suv, ko`z xilvat saroy.

Dilrabolar ichra har dam ko`zguga boqmoq nedur,
Vahki, bilmon, ey pari, xudbinmusen yo xudnamoy?

Otashin gul bargidin ko`nglak kiyibdursen, valek
Desang o`t solmay jahong`a, chiqmag`il ko`nglakcha, voy,

Gah tutulsa, gah ochilsa ko`nglum ermas aybkim,
Sunbulung dilband, xandon g`unchang o`lmish dilkushoy

Ey Navoiy, dahr sho`xi oshiqi bo`ldung, valek
Bilki, kobin naqdi jondur gar bo`lursen kadxudoy.

769

Yordin ayrilsa qotilmog`lig`in bilmas kishi,
Bilsakim chun ayrilur, qotilmas, ayrilmas kishi.

Kimsa o`lsa yoridin ayrilmag`ay, yuz voykim,
Ayrilurda buyla hijron shiddatin bilmas kishi.

Vasli qadrin bilmayin o`ldum g`ami hajrida, oh,
Kim visol ayyomi hajr andishasin qilmas kishi.

Hajr biymidin o`lubmen, soqiyo, tut jomkim,
Ko`zga mast o`lg`on zamon Jamshidni ilmas kishi.

Yoshurun dardimni qilmay oshkor o`lgumdurur,
Ohkim, olamda ahli dard topilmas kishi.

Mendin ermas, hajridindur har taraf bag`rimda chok,
Yo`qsa, tiyg`i qatl ila o`z bag`rini tilmas kishi.

To`ydi jonidin Navoiy hajr aro tut, ey ajal,
Uyla maykim chun ichar to hashr oyilmas kishi.

770

Boda bu maqbulluq zotimda mavjud ayladi,
Kim meni zuhdu riyo ahlig`a mardud ayladi.

May o`tining lam`asi o`rtab  vujudum  xirmanin,
Kullarin nay nag`masi bir damda nobud ayladi.

Bodadin xushnud o`lubmen to meni jomi fano
Davr elining sofiyu durdig`a xushnud ayladi.

Mayg`a rahn etgil riyo sajjodasin, ey shayxkim,
Har kishi bu nav` savdo ayladi, sud ayladi.

Mayg`a ashkim la`lidin oludalig` gar istamas,
Ne uchun soqiy labi la`lin mayolud ayladi?

Odamiyliq ko`rguzub qilding parivashlarni qul,
Odam uldurkim, maloyik oni masjud ayladi.

El tilar mug` ko`yinu istar Navoiy mug`bacha,
Azmi maqsad aylab el, ul qasdi maqsud ayladi.

771

Ohima yor og`zi bir dam kulmagin kam qilmadi,
Chun sabodin g`uncha ochildi, yana yopilmadi.

Nishtari ohim, ajab yo`q, ko`nglungga kor etmasa,
Tezlikdin igna hargiz xorag`a sonchilmadi.

Qatrae tomizma bizga tutqon asfar bodadin,
Sham` o`tidin, soqiyo, hargiz sharor ayrilmadi.

Ishqkim har bir ishida yozdi yuz ming turfa xalq,
Turfaroq budurki, yuz mingdin biri yozilmadi,

Ko`yida ohim yeli raf` etti ul yuz burqa`in,
Hech gulshanda sabodin buyla gul ochilmadi.

Qaysi johilg`a  nadomat bo`lg`ay ul olimchakim,
Har ne bildi qilmadi, har neki qildi bilmadi.

Ey Navoiy, yor  vaslin istabon ul toptikim,
Ahli hijron zumrasida istabon topilmadi.

772

Ko`rma sorig` bargu qil nazzora ruxsorim sari
Qo`y xazon bog`in, guzar qil za`faronzorim sari.

Boqma asfar barg uza, har yon qizorg`on obkash,
Za`faroniy yuz uza ko`r ashki xunborim sari.

Kim xazon yeli qurutqon shox holin ko`rmamish,
Ayladik nazzora uryon jismi bemorim sari.

Sarvg`a bo`lmas xazonu lola ul mavsumda yo`q,
Qilma mayl, ey oh, sarvi lola ruxsorim sari.

Angla boshimg`a tutashqon shu`layi hajr, ey rafiq
Ko`rma sanchilg`on xazoniy barg dastorim sari.

Umr bargin to xazon to`kmaydur, etsam kosh azm
Navbahori husn aro sarmast xummorim sari.

Ey Navoiy, chun bu fasl ichra qadah marg`ub erur,
Tortay o`zni majlisi shohi qadahxorim sari.

773
 
Baski ko`nglumni falak majruhu vayron istagay,
Istaram o`lmakni andoqkim o`luk jon istagay.

Furqating oshubidin istar ko`ngul qo`ymoq tugan,
Kimsa andoqkim yara man`ig`a qalqon istagay.

Hajrkim jonim tilar har dam azob aylab, erur
Zolimekim, qiynab eldin naqdi pinhon istagay.

Bo`lmasun oshiq meningdekkim, ko`rub dildorini,
O`zgalarga multafit har lahza hijron istagay.

Vah, necha mehnat toshi atfolidin yog`durg`ali
Ishq shahru ko`y aro jismimni uryon istagay.

Ul pari ushshoqig`a rahm etsa etsun, ushbu bas,
Kim meni devonavu rasvoyi davroi istagay.

O`qlaringdin o`lganimdin so`ngra topqay qatl uchun
Tufrog`imdin charx agar yuz qarn paykon istagay.

Qilsun oson o`zlukidin bo`lsa bir dushvorliq,
Har kishi davron g`ami dushvorin oson istagay.

Ey Navoiy, sen kibi mahrum qolg`ay, kimki ul
Olam ahlidin vafoe ahdu paymon istagay.

774

Ko`nglum ohidin tabassum la`lingga fan bo`lmadi
Uylakim la`l axgari yel birla ravshan bo`lmadi.

Istadi jism uyi bir ravzan o`qungdin, voykim,
Qolmadi ravzan yerikim, necha ravzan bo`lmadi.

Dedi, bir dashnom uchun joningni olg`umdur, baho
O`lturur, savdoki miodi muayyan bo`lmadi.

El chamanda ul pari birla kezib, men telbaga,
Vahki, ishrat jilvagohi g`ayri gulxan bo`lmadi.

Oh o`tidin xirqani pok o`rtakim, har bulhavas
Zarq ashkidin etak yub, pok doman bo`lmadi.

Lofi ishq urg`on ko`ngul g`am do`zaxidin qochmasun,
Kim samandarg`a yolindin o`zga maskan bo`lmadi.

Ey Navoiy, kimni sevsang qilma zohirkim, sanga
Kimdururkim do`stlug` fahm etti, dushman bo`lmadi.

775

May xalos etti riyoyi porsoliqdin meni,
Shukrkim, qutqardi zuhdu xudnamoliqdin meni.

Bo`ldi nobud o`zlugum, yuz shukrkim, qildi xalos
Har zamon bu korgahda behayoliqdin meni.

Dahr zolin to`rt mazhab birla qildim uch taloq,
Fard qildi bori mundog` kadxudoliqdin meni.

Bo`ldilar begona ahli zuhd, xush davlat bukim:
Qildi man` ul qavm birla oshnoliqdin meni.

Orazimdin  g`ussa kojining savodin qildi ol,
Shukrkim, qutqardi mundog` yuz qaroliqdin meni.

Bandamen soqiyg`akim, bir jomi molomol ila
Ayladi ozod yuz ming mubtaloliqdin meni.

Tavba ahli, yorumang mundog`ki, mahrum ettingiz
Dayr ichinda masti loya`qil gadoliqdin meni.

Dushmanimsiz, do`stlarkim, qovdingiz aylab hujum,
Benavoliq kishvaridin podsholiqdin meni.

Ey Navoiy, ham magar yo mug`bacha, yo piri dayr
Sindurub tavbam, chiqorg`ay benavoliqdin meni.

776

Gul emas har yon yuzung davrida oro qilg`ali
Halqa urmishlar jamolingni tamosho qilg`ali.

Orazing Chin naqshi, zulfung mushku har yon xol erur,
Hind elikim Ching`a kelmish mushk savdo qilg`ali.

Yuz uza og`zing o`g`urlab naqdi din bo`ldi nihon,
Chekti xatting xayli saf o`g`rini paydo qilg`ali.

Qilg`ali ishqingni pinhon aylading ko`ksumni chok,
Dema pinhon qilg`alikim, oshkoro qilg`ali.

Eyki, so`rdungkim qachondin sen junun oshubida,
Ul pari xayli g`ami ko`nglumda g`avg`o qilg`ali.

Bodag`a rahn aylaganda ofiyat dastorini
Yirttim bir go`shasidin bodapolo qilg`ali.

Yo`l chiqarmen tiyra shomimdin Navoiydek, vale
Muntazirdurmen hidoyat barqi bir choqilg`ali.

777

Yuzungdin o`lmasa, yo rab, ravo ko`zum tilagi,
Tazallumum iligidur adolating etagi.

Ko`ngulda furqat o`qi birkishibtur andoqkim,
Kishi chekarda gumon aylagay oning so`ngagi.

Chamanda g`uncha emaskim, bo`lubtur ul gul uchun
Fig`onim onchaki, qon bog`lanibdurur yuragi.

Chechak nechukki yopar ko`zni tiyra aylabtur,
Ko`zum bahorini gulgun sirishkning chechagi.

Labi xayolida bag`rim shikofini tiksam,
Alifdin igna qilur jonu rishtadin ipagi.

Xazon chamang`a shabixun kelurga bo`ldi dalil,
Sanubar ushbu chamandin kanora aylamagi.

Ne ko`nglini buzadur dardu g`am Navoiyning,
Chu ul pariduru bas ushbu telba ko`nglidagi.