Топ рейтинг www.uz
MUAMMOLAR

 1
ODAM

Qon to`kar yuzdin damodam ashku, vahkim, har zamon
Bog`lanib ohimdin aylar ko`kka mayl ul qatra qon.

2
AHMAD

Mayda ikki yuz agar ko`rguzmasa ul mahjabin,
Durd dardin istabon jon bermagay ahli yaqin.

3
 BOQIY VA BOQIR

Jannat gulu nasrinig`a bo`lsang mushtoq,
Gah yor yuzi.ga, gah kafi poyig`a boq.

     4
BAHO

Dayr aro kir, pandni go`sh aylagil,
Boda beshak sof erur, no`sh aylagil.

5
TAQIY

Mustaqim erdi ko`ngul ishqingda, ey oromijon,
O`rtanur ul mustaqimim emdi g`amdin har zamon.

6
TOJ

Yuz ko`ngul saydin ajal domidin ozod ayladi,
To jamoling toblig` zulfini barbod ayladi.

7
SAMUD

Tanimda dog`lar uzra g`amingki o`rtadi dog`,
Ko`rundi o`zgacha ul dog`din tanimg`a farog`.

8
JUNAYD

Oh o`qin jondinki cheksam ul parivash yodidin,
Qolmas ul yodimda ham faryod oning bedodidin.

9
JA`FAR

Jonondin ayru topti ko`ngul umrdin malol,
O`zdin kechibdur emdiyu aylar vafo xayol.

10
HASAN

Qoshing go`shasi chekkali g`amza dosin
Yangi oyning ustida ko`rguzdi yosin.

11
HAMZA

Yoshun, ey gulki, ul gulrux jamoli
Erur ham sodavu ham toza holi.

12
XOLID

Nuqtayi mushkinki ul yuz uzra bo`lmish jilvagar
To hisobin anglasun el yuz yoshur, ey siymbar.

13
XUSRAV

Ul niholekim qadingg`a yo`q shabih, andoq nihol
Boshida ko`rguzsa yuz xurshid o`lur sendin misol.

14
DOVUD

O`t tushti vahm dudi aro furqatidin,
To kuydiyu o`rta-ndi ko`ngul hirqatidin.

15
DARVESh

Har ne topsang davr aro, soqiy, ayoqqa sol oni,
Yuz ko`rardin o`tti ish, tut zmdi molomol oni.

16
ZUNNUN

Vasli sa`yidin emish ishq ahli ichra mojaro,
Zavqdin, ko`rkim, yuzum oltundek o`lmish ishq aro.

17
RUSTAM

Nechakim yor sitam etgan ila uzdi vafo,
Yodin etgancha oti virdi zabon bo`ldi mango.

18
RAJAB

Oyu quyosh aylamish yuzung bila da`vo,
Bizga alardin ajab ko`rundi bu ma`no.

19
ZAYNI VA ZAYD
Ko`z uchi qoshi yosidur sohir,
Oni yod ol olardin, ey somir.

20
ZOHID

Oy yuzida holini ko`rgach, ul oy topti jamol,
Oxir ul yuzdinki yopti, vahki, pinhon bo`ldi xol.

21
SA`D

Bu gulshan ichraki yo`qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot.

22
SALMON

Qilur esang manga somon, ayo rafiq, havas,
Oning ayogig`a yetkur mening boshimniyu bas.

23
SHOH

Jon qushi chu bo`ldi donayi xolig`a zor,
Shod o`ldiyu halqa ayladi zulfini yor.

24
SHUKURULLOH

Qaro erdi ko`zum hajringdin, ey moh,
Yana ko`rdum yuzungni shukrililloh.

25
SIDDIQ

Yuzung bila yuzuma kosh bo`lsa uyla visol,
Ki bo`lmasa oralarinda g`ayr ul xatu xol.

26
SAFIY VA SAFO

Qasdi jonimg`a chu mujgoning ikki saf tuzdi,
Biri qosh yosi, biri g`amzang o`qin ko`rguzdi.

27
ZIYO

Gul avroqin sabo qildi parishon,
Qabul etti nechakim topti imkon.

28
TOHIR

Girihni turradin to ochti mohim,
Parishon qildi filhol oni ohim.

29
TOLIB

Og`iz labig`a chu qo`ydum, yana talab qilayin,
Ki g`ayr naqshi gum o`lg`ay, yana tarab qilayin.

30
ZAHIR

Xalq ichra zuhuri husn ul siyminbar
Ko`rguzdi, vayo bo`ldi qiyomat yaksar?

Kim jilvagar erdi gar kichik, yoxud ulug`,
Bir-bir harakatin ayladi zeru zabar.

31
OMIR

Jumlayi ashyog`a bo`ldum oshiqu oshuftahol,
Olamu odam yuzin chin qildi mir`ot ul jamol.

32
ODIL

Ham qoshi birla orazi xush erur,
Ham ko`zi birla qaddi dilkash erur.

33
G`ARIB

Chok bag`rim tarfin aylading ikki parkand,
Birini tashlabon oxir birin etting payvand.

34
G`AYBIY

So`zga evurdi ikki labingni takallumung,
Yo bargi gulni iki oyirdi tabassumung.

35
FARHOD

Har kecha ko`nglum g`aming tog`ida faryod aylagay,
Uylakim faryod, faryodini Farhod aylagay.

36
FARRUX

Gar yuzungdin husn eli yuzinda bir xol etsa fosh,
Ul aroda besarupo zarradek kirgay quyosh.

37
QUBOD

Soching g`ubori gahi yuz yopar, gahi yuz ochar,
Ne zulfdurki yopar oyni, chunki mushk sochar.

38
QOSIM

Ruxsorasi uzra, ey ko`ngul, xol nedur?
Zulfi ayog`i ostida pomol nedur?
Qoni oni ko`rgan seni ko`rsa, meni ham,
Kim oyidin ayru elga ahvol nedur?

39
KAMOL

Yuzinkim qatra xay serob qilmish,
Guldurkim, suv ichgandin ochilmish.

40
KOKO

Jon qilg`ay ikki yuzung guli sori shitob,
Gar bo`lmasa ikki sunbulungdin qullob.

41
LOLO

Sabodin ko`rdi chun mashshota ikki zulfini darham,
Oningdek uchlarin kestiki, qat` o`ldi girihlar ham.

42
LATIF

Saf chekti har taraf yuzidin kirpik, ey ko`ngul,
Ul shaklni ko`rub xiradu sabrdin to`ngul.

43
MUHSIN

Majlisda shayx bu kecha ko`p shayn boshladi,
Sindurdi sham`u nuqlni havz ichra tashladi.

44
MUROD

Lutfung yeli chun esti bu mardudg`a filhol,
Idbor nihoyatqa yetib keldi yuz iqbol.

45
NEKIY

O`qungg`a tan, va`dangg`a jon xush qilmish erdi xotirin,
Kesti chu paykoning birin, kuydurdi payg`oming birin.

46
NOSIR

Ko`runsa ko`zga nogah-nogah ul oy,
Ko`zum hayron qolur yuziga, ey voy.

47
VALI

Chun ul oyg`a qul o`ldi bu g`amkash,
Qulidin yuz yoshurdi ul mahvash.

48
VARQA

Javr ila qahringki haddin oshti bag`oyat,
Vahki, ne bor ibtido anga, ne nihoyat,

49
HUMOM

Ul sho`x oncha javrda ko`rguzdi ihtimom,
Kim ot chiqardi, balki anga ushbu erdi kom.

50
XILOL

Ko`nglum halok bo`ldi, chu ishqingni boshladi,
Oxir boshinda har neki bor erdi, tashladi.

51
YUSUF

Sayr ichra qachonkim yuzungga yetti quyosh,
Ter oqib, aning chehrasidin bordi yosh.

52
YUNUS

Zulf ochmaki, yuzungdur manga sham`i majlis,
Mahv qil tun raqamin kun yuzidin, ey munis.