QIT`ALAR
1
Haq zotig`a biravki xirad birla fikr etar, Otin el ichra oqilu farzona aylabon.
Miqdorini tengiz suyining istar anglamoq,
Lekin hubob jomini paymona aylabon.
2
Muhammadi arabiy sha`ni ondin a`zam erur,
Ki nuqs bo`lg`ay ulus bo`lsa nafyig`a qoyil.
Quyosh ashi`asig`a lam`a andin ortuq erur,
Ki zarra kasrati bo`lg`ay ziyosig`a hoyil.
Anga yo`qtur umidi maqsadi kul.
Qaro tufroqqa singmayin qatra,
Andin imkoni yo`q ochilmoq gul.
Soliki ozodani ko`rsang, g`aniy qilg`ay debon,
Mol aning man`i suluki qilmag`il inkor anga.
Kema tiyri mol aro bo`lmish muqayyad, demagil,
Ko`rki, oncha mol o`lurmu moni`i raftor anga.
Ey ko`ngul, tan taxtasin bu qa`ri yo`q girdobdin
Istasang sohilg`a chekmak, bilki, bu oson emas.
Piru iste`dodu tavfiq o`lmasa bo`lmas bu ish,
Kimdururkim, bag`ri bu hasratdin oning qon emas.
Vajhi maosh uchun kishikim desa fikr etay,
Qismat rizosidin anga begonaliq kerak.
Ganji qanoat archi erur saltanat, valek
Eldin tama`ni uzgali mardonaliq kerak.
Lazzoti nafs tarki samari ofiyat berur,
Lek ul shajarni ekkali farzonaliq kerak.
Kim ishq asiri bo`lsaki, mumkin emas visol,
Dardu balog`a hamdamu hamxonaliq kerak,
Tajrid nuridin kishi ko`z yorutay desa,
Ahbob hajri sham`ig`a parvonaliq kerak,
Gar anjumanni desa muridu muti` etay,
Ko`p nuktavu fasonada afsonaliq kerak.
Botin harimida tilasa maxzani huzur,
Zohir uyi asosig`a vayronaliq kerak.
Zohir yuzidin ar tilasa toju izzu joh,
Dardu balo muhitig`a durdonaliq kerak.
Qanoat tariqig`a kir, ey ko`ngul,
Ki xatm o`lg`ay oyini izzat sanga.
Desang, shoh o`lay, yeru ko`k basdurur,
Bu bir taxtu ul chatri rif`at sanga.
Fano shu`lasida yoshur jismni,
Kerak bo`lsa zarbaft xil`at sanga.
Etar lola butgan qiyo qullasi,
Murod o`lsa gulgun hashmat sanga.
Erur bas arig` nuktavu qon yoshing,
Duru la`ldin zebu ziynat sanga.
Desang, xilvatim anjuman bo`lmasun,
Kerak anjuman ichra xilvat sanga.
Vatan ichra sokin bo`lub soyir o`l,
Safardin agar yetsa mehnat sanga.
Nazarni qadamdin yiroq solmag`il,
Bu yo`l azmi gar bo`lsa rag`bat sanga.
Damingdin yiroq tutmag`il hushni,
Ki yuzlanmagay har dam ofat sanga.
Bu to`rt ish bila rub`i maskun aro
Cholinmoq, ne tong, ko`si davlat sanga.
Bu ohang ila bo`lg`asen naqshband,
Navoiy, agar yetsa navbat sanga.
Tushar shoh ollinda qulluq havosi.
Nasibi aning bir ayoq osh erur bas,
Agar ganji Qorun erur muddaosi.
Biravkim, bo`lur bir ayoq osh uchun qul,
Yuziga keraktur qazonning qarosi.
Chust etar — yaxshiroq ushalsa beli.
Qo`l qovushturg`ucha bu avlodur,
Ki aning chiqsa egni, sinsa ili.
Chun xushomad demakii boshlasa kosh,
Kim tutulsa dami, kesilsa tili.
Sanga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o`tmak biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Biravki, jabhasida chin erur tuta olmas
Murod shohidining soidini komi bila.
Agarchi fannida sohib kamol erur sayyod,
Qachon balig` tuta olg`ay suv mavji domi bila?
Quloqda asra garonmoya so`zniyu fikr et,
Ki dursiz o`lsa, ne bo`lg`usidur sadaf holi.
So`zungni dog`i ko`ngul ichra asrag`ilkim, hayf,—
Kim uyla durjni guhardin etgasen xoli.
Bu darju ikki sadafni to`la dur etganga,
Zihi uluvvi guhar, balki gavhari oliy.
Ne rahraveki, toji hidoyat boshidadur,
Yo`q bok anga havodisi aflok toshidin.
Hudhudki, qo`ydilar azaliy toj boshig`a,
Tushgaymu jola yoqqon ila toji boshidin?
Bo`lma ko`p mashg`ulu dunyo shug`lidin qil ijtinob.
Dona o`ynab vajhin isor etsang, andin yaxshikim,
Evurub tasbihu yormoq sudin etgaysen hisob.
Siyah gilemga albatta mehr aylama fosh.
Qi qilmadi gul isi birla toza ruh jual,
Quyosh charog`ig`a parvona bo`lmadi xuffosh.
Agarchi nutqi ravonbaxshi jong`a rohat erur.
Suv birla o`t aro ziddiyat o`ldi chun azaliy,
Agar hayot suyidurki, o`tg`a ofat erur.
Desangki, qilg`ay itoat sanga gado bila shoh.
Bu sheva tog`da zohirdururki, davrondin
Qachonki tafriqa yetti, ulusg`a bo`ldi panoh,
Ki egrilikni qo`yub, tuzluk aylasa qonun.
Tuz o`lsa soyasida el tinib minor kibi,
Sipehr uyida turar qarnlar nechukki sutun.
Gar egridur, yog`ibon o`qu bog`lanib bo`yni,
Bo`lur qabaq yig`ochidek besh-o`ncha kunda nigun.
Ajab ermas, qachonkim rostravliq qilsa ozoda.
Shior aylab bu ishni kema tiyri, ko`rki, suv uzra
Xirom aylab havog`a bodbondin soldi sajjoda.
Ko`zgu ruxsori nechukkim zang tutqay nam bila.
Rostlar ko`nglini aylar tiyra nodon yovadin,
Sham`ni ul nav`kim johil o`churg`ay dam bila.
Agar xud sufra ichra bo`lsa noni.
Kim ul chodir ko`mochidek yetishgay
Gado uyiga ko`zlardin nihoniy.
Falakdek yo`qki, avval jilva bergay
Quyoshning qursidek olamg`a oni.
To`nni zarbaft aylabon xiffatdin uchqon har taraf,
Yo`q ajab, gar bor esa dunyo mato`i kom anga.
Ul chibinkim, ko`zga oltun yanglig` ishnor xil`ati,
Ko`pragi bilkim, najosat uzradur orom anga.
Navoiy, tiling asrag`il zinhor,
Desangkim, yemay dahr ishidin fusus.
Nazar hilki, o`q og`zi tilsiz uchun
Qilur tojvarlar bila dastbo`s.
Necha tojvardur, kesarlar boshin,
Chu hangomsiz nag`ma tortar xuro`s.
Issig` nafas bila hindug`a tarbiyat qilsang,
Xisoli har yon o`lur jahl tavsanin surmak.
Ko`murni o`tqa solib, la`li otashin etsang,
Natija bo`lg`ay anga qayda tushsa kuydurmak.
Laim farqig`a iqbol tojini qo`ymoq,
Yaqinki, bo`lg`usidur mujibi azobi aning.
Nutuqchi boshig`a shunqor tumog`asi tong emas,
Ki bo`lg`usi sababi ranju iztirobi aning.
Ki nuqs bo`lg`ay ulus bo`lsa nafyig`a qoyil.
Quyosh ashi`asig`a lam`a andin ortuq erur,
Ki zarra kasrati bo`lg`ay ziyosig`a hoyil.
3
Foniyi mutlaq o`lmayin solik, Anga yo`qtur umidi maqsadi kul.
Qaro tufroqqa singmayin qatra,
Andin imkoni yo`q ochilmoq gul.
4
Soliki ozodani ko`rsang, g`aniy qilg`ay debon,
Mol aning man`i suluki qilmag`il inkor anga.
Kema tiyri mol aro bo`lmish muqayyad, demagil,
Ko`rki, oncha mol o`lurmu moni`i raftor anga.
5
Ey ko`ngul, tan taxtasin bu qa`ri yo`q girdobdin
Istasang sohilg`a chekmak, bilki, bu oson emas.
Piru iste`dodu tavfiq o`lmasa bo`lmas bu ish,
Kimdururkim, bag`ri bu hasratdin oning qon emas.
6
Vajhi maosh uchun kishikim desa fikr etay,
Qismat rizosidin anga begonaliq kerak.
Ganji qanoat archi erur saltanat, valek
Eldin tama`ni uzgali mardonaliq kerak.
Lazzoti nafs tarki samari ofiyat berur,
Lek ul shajarni ekkali farzonaliq kerak.
Kim ishq asiri bo`lsaki, mumkin emas visol,
Dardu balog`a hamdamu hamxonaliq kerak,
Tajrid nuridin kishi ko`z yorutay desa,
Ahbob hajri sham`ig`a parvonaliq kerak,
Gar anjumanni desa muridu muti` etay,
Ko`p nuktavu fasonada afsonaliq kerak.
Botin harimida tilasa maxzani huzur,
Zohir uyi asosig`a vayronaliq kerak.
Zohir yuzidin ar tilasa toju izzu joh,
Dardu balo muhitig`a durdonaliq kerak.
7
Qanoat tariqig`a kir, ey ko`ngul,
Ki xatm o`lg`ay oyini izzat sanga.
Desang, shoh o`lay, yeru ko`k basdurur,
Bu bir taxtu ul chatri rif`at sanga.
Fano shu`lasida yoshur jismni,
Kerak bo`lsa zarbaft xil`at sanga.
Etar lola butgan qiyo qullasi,
Murod o`lsa gulgun hashmat sanga.
Erur bas arig` nuktavu qon yoshing,
Duru la`ldin zebu ziynat sanga.
Desang, xilvatim anjuman bo`lmasun,
Kerak anjuman ichra xilvat sanga.
Vatan ichra sokin bo`lub soyir o`l,
Safardin agar yetsa mehnat sanga.
Nazarni qadamdin yiroq solmag`il,
Bu yo`l azmi gar bo`lsa rag`bat sanga.
Damingdin yiroq tutmag`il hushni,
Ki yuzlanmagay har dam ofat sanga.
Bu to`rt ish bila rub`i maskun aro
Cholinmoq, ne tong, ko`si davlat sanga.
Bu ohang ila bo`lg`asen naqshband,
Navoiy, agar yetsa navbat sanga.
8
Tavakkulni ulkim qo`yub xotirig`a, Tushar shoh ollinda qulluq havosi.
Nasibi aning bir ayoq osh erur bas,
Agar ganji Qorun erur muddaosi.
Biravkim, bo`lur bir ayoq osh uchun qul,
Yuziga keraktur qazonning qarosi.
9
Kimki maxluq xizmatig`a kamar Chust etar — yaxshiroq ushalsa beli.
Qo`l qovushturg`ucha bu avlodur,
Ki aning chiqsa egni, sinsa ili.
Chun xushomad demakii boshlasa kosh,
Kim tutulsa dami, kesilsa tili.
10
Kamol et kasbkim, olam uyidin Sanga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o`tmak biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
11
Biravki, jabhasida chin erur tuta olmas
Murod shohidining soidini komi bila.
Agarchi fannida sohib kamol erur sayyod,
Qachon balig` tuta olg`ay suv mavji domi bila?
12
Quloqda asra garonmoya so`zniyu fikr et,
Ki dursiz o`lsa, ne bo`lg`usidur sadaf holi.
So`zungni dog`i ko`ngul ichra asrag`ilkim, hayf,—
Kim uyla durjni guhardin etgasen xoli.
Bu darju ikki sadafni to`la dur etganga,
Zihi uluvvi guhar, balki gavhari oliy.
13
Ne rahraveki, toji hidoyat boshidadur,
Yo`q bok anga havodisi aflok toshidin.
Hudhudki, qo`ydilar azaliy toj boshig`a,
Tushgaymu jola yoqqon ila toji boshidin?
14
Ko`rsang, ey zohid, muqomirvash qalandarpeshae, Bo`lma ko`p mashg`ulu dunyo shug`lidin qil ijtinob.
Dona o`ynab vajhin isor etsang, andin yaxshikim,
Evurub tasbihu yormoq sudin etgaysen hisob.
15
Yuziga asli yamonning ko`p ochma gulshani xulq, Siyah gilemga albatta mehr aylama fosh.
Qi qilmadi gul isi birla toza ruh jual,
Quyosh charog`ig`a parvona bo`lmadi xuffosh.
16
Chu dushman o`ldi qadimiy, ziyonidin hazar et, Agarchi nutqi ravonbaxshi jong`a rohat erur.
Suv birla o`t aro ziddiyat o`ldi chun azaliy,
Agar hayot suyidurki, o`tg`a ofat erur.
17
Viqor gavhariyu hilm ma`dani bo`lako`r, Desangki, qilg`ay itoat sanga gado bila shoh.
Bu sheva tog`da zohirdururki, davrondin
Qachonki tafriqa yetti, ulusg`a bo`ldi panoh,
18
Biyik maqomig`a ulkim tilar sabot kerak, Ki egrilikni qo`yub, tuzluk aylasa qonun.
Tuz o`lsa soyasida el tinib minor kibi,
Sipehr uyida turar qarnlar nechukki sutun.
Gar egridur, yog`ibon o`qu bog`lanib bo`yni,
Bo`lur qabaq yig`ochidek besh-o`ncha kunda nigun.
19
Xiromon suvda soyir bo`lmoqu uchmoq havo uzra, Ajab ermas, qachonkim rostravliq qilsa ozoda.
Shior aylab bu ishni kema tiyri, ko`rki, suv uzra
Xirom aylab havog`a bodbondin soldi sajjoda.
20
Poklar joni bo`lur ozurda tazvir ashkidin, Ko`zgu ruxsori nechukkim zang tutqay nam bila.
Rostlar ko`nglini aylar tiyra nodon yovadin,
Sham`ni ul nav`kim johil o`churg`ay dam bila.
21
Saxiy uldurki, nav`i bazl qilg`ay, Agar xud sufra ichra bo`lsa noni.
Kim ul chodir ko`mochidek yetishgay
Gado uyiga ko`zlardin nihoniy.
Falakdek yo`qki, avval jilva bergay
Quyoshning qursidek olamg`a oni.
22
To`nni zarbaft aylabon xiffatdin uchqon har taraf,
Yo`q ajab, gar bor esa dunyo mato`i kom anga.
Ul chibinkim, ko`zga oltun yanglig` ishnor xil`ati,
Ko`pragi bilkim, najosat uzradur orom anga.
23
Navoiy, tiling asrag`il zinhor,
Desangkim, yemay dahr ishidin fusus.
Nazar hilki, o`q og`zi tilsiz uchun
Qilur tojvarlar bila dastbo`s.
Necha tojvardur, kesarlar boshin,
Chu hangomsiz nag`ma tortar xuro`s.
24
Issig` nafas bila hindug`a tarbiyat qilsang,
Xisoli har yon o`lur jahl tavsanin surmak.
Ko`murni o`tqa solib, la`li otashin etsang,
Natija bo`lg`ay anga qayda tushsa kuydurmak.
25
Laim farqig`a iqbol tojini qo`ymoq,
Yaqinki, bo`lg`usidur mujibi azobi aning.
Nutuqchi boshig`a shunqor tumog`asi tong emas,
Ki bo`lg`usi sababi ranju iztirobi aning.
26
Biyik maqomliq el tifl ekanda ham bo`lmas,
Ki tiyra qilg`ay oni jahlu zulmat ahli tili.
Qamar charog`i agar bo`lsa barcha bir kechalik,
Ne nav` o`churgay oni shabparak qanota yeli?
27
Debon bergan kishi erdur, va lekin
Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa, bilgil oni xotun,
Debon bermasni xotundin dog`i kam.
28
Ne ro`za bo`lg`ay angakim, ochuq bo`lib og`zi
Damekim o`lmag`ay ondin kalomu harza kalom.
G`aribroq buki, qilg`ay bahonae sunnat,
Ki sharbat aylagay oshom zohir o`lmay shom.
Namoz qilmag`ayu qilsa ham namoz ichra
Taxayyul aylamagay g`ayri lavn-lavn taom.
Chiqib namozdin, o`lg`ay taom ila mamlu,
Bu shart birlaki, bo`lg`ay taomi barcha harom.
Dimog` topsa rutubat bu nav` at`imadin,
Kunas bosh urg`ucha uyg`onmag`ay kase nokom.
Ko`zin chu ochti yana ro`za aylagay niyat,
Agarchi fosid erur me`davu saqil andom.
Bu turfakim, tilagay bu qadar qabohat ila
Ki ro`za tutmog`ini anglag`ay xosu avom.
Bu savm ilaki, malak oni yozmag`ay juz fisq,—
Zixi malakvash soyim, zixi xujasta sayom.
Navoyiyo, erur ortuq. bu yemak-ichmakdin
Yilon etini yebon, zahrin aylamak oshom!
29
Uyla g`arqi maydururlar xalq bu dayr ichrakim,
Shar`ning aynul-hayotidin asar mafhum emas.
Ul sifatkim, bahrning achchig` suyida ba`zi el,
Topilur derlar chuchuk suv ham, vale ma`lum emas.
30
Shahg`a muqarrab o`lsa birav barcha xaylidin,
El barcha dushman o`lsa aning birla vajhi bor.
Kim xaylu shoh oshiqu ma`shuq erur yaqin,
Gulchehraeki, oshiq ancha bo`lsa beshumor.
Ul barchasidin o`lsa birisiga multafit,
Dushman bo`lurda o`zgalariga ne ixtiyor?
31
Biravning xavfi ko`prak shah qoshinda,
Ki shahning bor anga ta`zimi ko`prak.
Erur shah majlisi o`t, kimki o`tg`a
Yaqinroq bo`lsa, kuymak biymi ko`prak.
33
Shaho, el javhari jonin chiqarding,
Javohir hirsidin bedod etib fosh.
Chu o`lgungdur, ne osig`, to`kmak oni
Mazoring uzra andoqkim ushoq tosh.
34
Qarilar xotiri nozikdur, ey tifl,
Shikastidin qilib vahm, o`lma gustox.
Unuttungmuki, atfol o`ynag`anda
Sinar oz mayl ko`rgandin quruq shox.
35
Ne toli`durki, har kimii desam yor,
Manga ul oqibat bo`lur badandesh.
Biravdurkim, oni desam ko`zumsen,
Chekar mujgon kibi qasdimg`a yuz nesh.
36
Ul turfa qush havosida ko`z to`kti durri ashk,
Jon yoydi rishtasin anga aylab havoyi qayd.
Lekin gar inju sochsa kishi dona o`rnig`a,
Tovusni qachon qilur o`rgamchi domi sayd?
37
Kiyib samur ila kish, qilma asru ra`noliq,
Ipak libos ila tutma g`urur jomi to`lo.
Tiynning o`z tuki-o`q bo`ldi jonig`a ofat,
Farisaning paridin keldi o`z boshig`a balo.
38
Shohi sipehrqadr Abobakr, ul shahe,
Kim ko`k ravoqi dargahi qadrig`a toq erur.
Bu charxi lojuvard uza xurshid go`yiyo
Ko`kbo`z takovarig`a muzahhab janoq erur.
Bir pora lojuvard sari go`yi angladi,
Kim bu zaifi xastag`a ko`p ishtiyoq erur.
39
Chu ko`rdikim, safol ichinda solib
Ichadur boda bu mehnat qarini.
Dedi, chiniy sarohim bordur, olg`il,
So`zi dedi, vale yo`q erdi chini.
40
Falon boykim, qo`yi besh mingdin o`tmish,
Yana ham mingdin ortuq sog`lig` o`chku.
Qo`ziliq qo`y dediyu tondi oxir,
Ki ondin yaxshiroq o`g`log`lig` o`chku.
41
Sohibi a`zam Nizomul-mulk, chunkim bo`ldi azal,
Hajvlar qildi Utorud charxi kajraftorni.
Chun havodis tundbodi esdi, barbod ayladi,
Yo`qki muhru daftaru zelucha yo`qu borni.
Bandu tutqunluq bas ermas erdikim, bemorlig`
Bir yo`li soldi ayoqdin ul faqiri zorni.
Keltururlar so`rg`ali devong`a oni xojalar,
Voqian bu nav` so`rg`ay do`stlar bemorni.
42
Bu yurushda iki ulog`im bor,
Lek bormen sipohiyliqda yayoq.
Iki shatranj otidek, birisi
Ko`tara olmay o`z yeridin ayoq.
Chopsa shatranj xonasi xatidin,
Sekremaklik alarg`a behad shoq.
Biri rangi qarodurur, biri bo`z,
Qaro yerdur dog`iyu bo`z tufroq.
45
Falon kotib ar xatni mundoq yozar, Bu mansabdin ani qo`pormoq kerak,
Yuzin nomasidek qaro aylabon,
Qalamdek boshin dog`i yormoq kerak.
Qarodin qarog`a beribon ulog`,
Qalamravdin ani chiqarmoq kerak.
46
Sadr kotib yo`q mening she`rimki, har kim she`rina
Yozg`ali oldi qalam, borin g`alat qildi raqam.
To qalam urdi qarog`a, yozmadi bir harf rost,
Kim xudo qilg`ay aning yuzin qaro, ilgin qalam.