RUBOIYLAR
1
Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo,
Kim andin erur to`la xalo birla malo,
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig` o`lg`ay masalo.
2
Ko`k po`yavu sayr ila talabgor sanga, Kun sorg`oribon ishqda bemor sanga,
Oy dog` ila qulluq aylab izhor sanga,
Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.
3
Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga, Yo`qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.
5
Jonimdog`i «jim» ikki dolingg`a fido, Anding so`ng «alif» toza niholingg`a fido,
«Nun»i dog`i anbarin hilolingg`a fido,
Qolg`on iki nuqta ikki xolingg`a fido.
6
Bu qosid ishim ohu fig`on ayladilo, Bu ruq`a tanimni notavon ayladilo,
Bu sa`b xabar ichimni qon ayladilo,
Bu qonlig` ichim haloki jon ayladilo.
7
Nomangki, tirikligimdin uldur matlub, Ochib o`qug`och bir necha lafzi marg`ub,
Ko`p to`lg`onib, ashk ichra o`zumdin bordim,
Ul nav`ki, suv ichiga tushgay maktub.
8
Nomangkim, erur boisi iqbolu tarab, Etkursa tarab meni hazing`a, ne ajab,
Yolg`uz mendin ketarmadi ranju taab,
Kim bo`ldi base xalq hayotig`a sabab.
9
Bir aybg`a garchi xalq qilg`ay mansub, Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub,
Sidq ersa xud etmak kerak o`z fe`lini xo`b,
Kizb ersa malomat dog`i bordur matlub.
10
Suv ko`zgusini bog` aro aylarda shitob, Siymob qilur erdi taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq ko`zgu,
Kim ko`zgu aning qoshida bo`lg`ay siymob.
11
Ey ulki, so`zung tushti habib ollida xo`p,
Mendin yo`lig`a boshing qo`yub, tufrog`in o`p,
Ahbobg`a ham birin-birin xizmat etib,
Arz ayla, niyoz ila duo ko`ptin-ko`p.
12
Gardun uza bazm uchun maqom ayladi tut, Ul bazmda xurshidni jom ayladi tut,
Ul jom ila ishratni mudom ayladi tut,
Oxir dame yer quyi xirom ayladi tut.
13
Gar oshiq esang, zebu takallufni unut, Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,
O`tgan gar erur yamon, taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.
14
Ey ishq, aning ko`yida tavfi haram et, Bizni dog`i ul tavfg`a boshla, karam et,
Bir doira ko`yi tegrasida raqam et,
Gar chiqsa ayog`im, raqamingdvn qalam et.
15
Chun xanjari hajring manga qat` etti hayot, Bori g`amu darding o`qini tinmayin ot,
Kim oncha qovursun par o`lub butsa qanot,
Toyir bo`lubon yetgamen oxir sanga bot.
16
Bo`ldi mening o`lmagimga savdo bois, Savdog`a havoyi jomi sahbo bois,
Sahbog`a dog`i dayru chalipo bois,
Bu barchag`a ul dilbari tarso bois.
17
Ko`nglumni olibdur ul shahi sabzdavoj, Kim g`amza bila olur mamolikdin boj.
Boshi uzra mamlakat xiroji bir toj,
Toji uza gavhari mamolikka xiroj.
18
Kunduz ko`rsang o`zungni mahzun qadah ich, Andoqki quyosh ravshanu mavzun qadah ich,
Ul damki quyosh botti, shafaqgun qadah ich,
Jomingni qilib nechukki gardun, qadah ich.
19
Gul vaqti muyassar o`lsa gulfom qadah, Andin so`ng tutsa bir gulandom qadah,
Man` aylasa barcha ahli islom qadah,
Qofirmen agar qilmasam oshom qadah.
20
Ruhumg`aki maydin erdi har lahza futuh, Nosih tili neshi qildi ani majruh.
May loyini marham qilayin shomu sabuh,
Ul vaqtqachaki, toza bo`lg`ay manga ruh.
21
Qo`rqutma meni tomug`din, ey zohidi yax, Jannat manga bo`lg`usi debon urma zanax,
Kim do`zax oning yodi bila jannat erur,
Jannat bori sening biladur do`zax.
22
Ruxsori uza xollarin ul dilband Ochti chu meni ko`rdi base hojatmand.
Ayshimg`a yamon ko`z etmagay emdi gazand,
Xossaki, ul-o`q bo`lubtur o`t uzra sipand.
23
Yoshimg`a bag`ir qoni chu erdi monand, Ko`z asradi yoshdek bo`lub andin xursand.
Turmadi ko`zumda yetkach ul sarvi baland,
Bo`lmas kishi farzandi kishiga farzand.
24
Ey, sharbati la`ling obi hayvondin alaz, Hayvon suyini qo`yki, chuchuk jondin alaz.
Ne jondin alaz, ne obi hayvondin alaz,
Kim har neki yo`q, ondin alaz, ondin alaz.
25
Budur tilagimki, ulki ma`budung erur, Tutkay seni ulyonki, sening sudung erur.
Ko`nglungga yeturgay ulcha behbudung erur,
Ilgingga keturgay ulcha maqsudung erur.
26
Gul zikrin eshiturmenu yo`q guldin asar, Bu bog` eshigidin istaram oncha guzar,
Kim topmasa gul jamolidin bahra nazar,
Bori isidin yetsa dimog`img`a xabar,
27
Soqiy, badanimni notavon etti xumor, Ko`nglumni qadahdek to`la qon etti xumor,
Har uzvuma yuz ranj ayon etti xumor,
Tutqil qadaheki, qasdi jon etti xumor.
28
Ko`zum uchadur, magarki yorim keladur, Es har dam ozar, magar nigorim keladur.
Yo bodiyayi firoq sayrida qilib
Yuz marhala qat` shahsuvorim keladur.
30
Har garmro`yki, bo`lg`ay ul koshifi roz, Maqsud harimi sori qilg`ach parvoz,
Tong yo`q, falak uzra aylabon jilvavu noz,
Na`layni malakka bo`lsa mehrobi namoz.
31
Olam bor emish, Navoyiyo, sho`rangiz, Olam dog`i el boshtin-ayoq rangomiz.
Ishq istar emish seni adam misri sari
Borg`ilki, erur el tilagan yerda aziz.
32
Ahbob, dengizki, xonumondin tama` uz, Ne xonu ne mon, kavnu makondin tama` uz,
Ne kavnu makon, jonu jahondin tama` uz,
Lekin demangiz muniki ondin tama` uz.
33
La`lingni qilib nuktasaro, ey qaroko`z,
Ishq ahli hayotig`a yaro, ey qaroko`z.
Chekma yana surma ko`z aro, ey qaroko`z,
El jonig`a qilma ko`z qaro, ey qaroko`z.
34
Ul ko`zki, dame bo`lmadi sog`, ey qaroko`z, Qonimdin ichar mudom ayog`, ey qaroko`z.
Bilmonki, erur anga qarog`, ey qaroko`z,
Yo mast edi, qo`ydi toza dog`, ey qaroko`z?
35
Jonbaxsh labing chashmayi hayvonmu emas?! Hajridin oning ichim to`la qonmu emas?!
Har qatrayi qon la`li Badaxshonmu emas?!
Har porayi la`li javhari jonmu emas?!
36
Gar oshiq esang, mehru vafo qilma havas, Dard istavu daf`ig`a davo qilma havas,
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdin g`ayri rizo qilma havas.
37
Mahbubg`a e`tiqod qilmoq bo`lmas, Andin talabi murod qilmoq bo`lmas,
Ko`zning qarosin midod qilmoq bo`lmas,
Gar bo`lsa bitik savod qilmoq bo`lmas.
38
Ham savmaa kunji shayxi tarrorg`a bas, Ham shayx yuzi zohidi hushyorg`a bas,
Ham dayrda mastlig` meni zorg`a bas,
Ham mug`bacha vasli joni bemorg`a bas.
39
G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg`a tikandek oshyon bo`lmas emish.
40
Ul durri saminki, bor edi ko`zuma yosh, Aylarda ajal anga jafo rasmini fosh.
G`am tnrnog`idin qilib qarog`imni xarosh,
Yoshurg`ay edim oni ko`zum uyida kosh.
41
Yo`q bodayi vasl, obi hayzon ul emish, Ahbob muloqoti, dema, jon ul emish.
Gardun g`amu ranj suratin naqsh etsa,
Jon chehrasi atrofig`a hijron ul emish.
42
Yillar tutubon shayx maqolotig`a go`sh, Ne ko`ngluma zavq yetti, ne jonima jo`sh.
Jonimg`a navo soldiyu ko`nglumga xurush,
Bir jur`a bila mug`bachayi bodafurush.
43
Soqiy, meni xor-xordin ayla xalos, Gul-gul yuzung och, bahordin ayla xalos,
Yo may beru intizordin ayla xalos,
Yo o`lturubon xumordin ayla xalos.
44
Ber jomu ol, ey mug`bacha, jonimni ivaz, Qo`sh tutqilu, ol ikki jahonimni ivaz.
Oni sumururda qatrae tomsa agar,
Sen ham to`k aning o`rnida qonimni ivaz.
45
Kim istasa saltanat, saxodur anga shart, Har va`daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig`a nekim kelsa, rizodur anga shart.
46
Bu davrda yo`q sen kibi xushxon hofiz, Huffoz aro sarhalqayi davron hofiz.
Qur`onga sen o`lg`on kibi yakson hofiz,
Bo`lsun sanga barcha ishda qur`on hofiz.
47
Kim aylasa soqiyi gulandom tama`, Ilgidin oning sog`ari gulfom tama`,
Andin so`ng agar taqviyu islom tama`
Aylar esa ul mardak erur xom tama`.
48
Ul damki, quyosh ayladi mag`ribqa ruju`, Gar suhbat o`shul quyosh bila topsa vuqu`,
Xushtur qilmoq jom quyoshig`a shuru`,
Ul damg`achakim, qilur quyosh jomi tulu`.
49
Mug` dayrida dast bersa bir lahza farog`, Kim mug`bacha ishqidin qizig` bo`lsa dimog`.
Ul tutsa mug`ona lahn ila har dam ayog`,
Bosh olsam ayog`idin, kerak boshima dog`,
50
Bir gul g`amidin dedim qo`yay bag`rima dog`, Bergaymu debon atri dimog`img`a farog`,
Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zog`,
Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimog`.
51
Berding manga dayr aro iqomat, ey mug`, Tuttung qadahi mayi malomat, ey mug`,
Bu ishni xud aylading karomat, ey mug`,
Yo rabki, hamisha bo`l salomat, ey mug`.
52
Nomang yetibon topti ko`ngul izzu sharaf, Har lafzi bo`lub murod durrig`a sadaf.
Har satri alam cherikining daf`i uchun
Iqbol sipohidin chekibon bir saf.
53
Soqiy, badanimni qildi g`am tig`i shikof, Qonim bori oqti, tutma o`zungni maof.
Tutqil badali moyatahallal mayi sof,
To mast qilay g`am cheriki birla masof.
54
Yuz mehnatu g`am ko`ngluma yetkurdi firoq, Jonimg`a balovu dard o`qin urdi firoq,
Jismimni fano o`tig`a kuydurdi firoq,
Chun kuydi, kulini ko`kka sovurdi firoq.
55
Ko`nglumni g`amu dard ila qon ayladi ishq,
Ko`z yo`lidin ul qonni ravon ayladi ishq,
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.
56
Ul damki quyosh bottiyu sorg`ordi shafaq, Bazmingg`a shafaqgun may ila ber ravnaq.
Ne haqni unut, ne mayni kuyg`il mutlak,
Kim tongla erur tengri karimu barhaq.
57
Yo`q dahrda bir besaru somon mendek, O`z holig`a sargashtavu hayron mendek,
G`am ko`yida xonumoni vayroi mendek,
Ya`niki, aloxonu alomon mendek.
55
Berahmdurur olamu zolim aflok, Bemehrdurur anjumu davron bebok.
Qay sarvi chamanki, jilva qildi cholok,
Kim yerga to`kulmadi nechukkim xoshok.
59
Zohid senu hur, manga jonona kerak, Jannat sanga bo`lsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo`lsa, to`la yona kerak.
60
Gar dilbar emas malakvashu hur xisol, Andin so`ng ulusning ko`zi ko`ru tili lol.
Ne husnig`a ru`yatu ne ishqimg`a maqol,
Billah, menu oshiqlik erur amrimahol.
61
Bir sori sorig` po`lovu men tutsog` yo`l, Ne tog`u, ne tuz desang, ne obodu, ne cho`l.
Yirtuq kapanakdin chiqorib yalang qo`l,
Ul qochsavu men qovsamu, men qochsamu ul.
62
Turmay meni zoru notavon birla ko`ngul,Ulfat tutmish ul oston birla ko`ngul.
Yoreki manga jon edi ham azm etti,
Men mundavu xizmatingda jon birla ko`ngul.
63
Umrung quyoshig`a bermasun charx zavol, Joning qamarini qilmasun davr hilol.
Tun-kun bo`lg`il mahravishu mehrxisol,
Dahr ahlig`a nurbaxshu farxunda jamol.
64
Ey, joni habibu ko`ngli ahbobg`a lol, Men ham qildim jonu ko`ngulni irsol.
Ko`nglumga ber ahbob bila jomi visol,
Jonimni habib ayog`i tufrog`ig`a sol.
65
Mug` dayri sori bukun tamanno qildim, Ul mug`bacha husnini tamosho qildim,
Din naqdini kufri birla savdo qildim,
Kim qildi bu ishkim, meni rasvo qildim?
66
Yoshung`on emish qaro bulutg`a mohim, Gardunni sovurmog`lig` erur dilxohim.
Kirmish qaro tufroqqa quyoshdek shohim,
Nevchun qaro qilmasun quyoshni ohim?!
67
Johilki, hasad bo`lg`ay aning jahlig`a zam, Nur el ko`zidin anglasa o`z ko`zida kam.
Ko`zlarni olishmoqqa chekib tig`i sitam,
El ko`zini ham o`yg`ayu o`z ko`zini ham.
68
Bahru kemadin ko`ngulda ko`pdur alamim, Kim sekrimayin qadam, yugurmay qalamim.
Maqsuddin oncha soldi bir damda yiroq,
Kim yuz yil oni tay qila olmas qadamim.
69
Masjidg`a necha ahli riyodek yetayin, Yo rind kibi azimati dayr etayin.
Maqsud topilsa yaxshi, yo`qsa netayin,
Boshimni olib qay sori emdi ketayin?!
70
Gul bordi esa, chaman muattar bo`lsun, Sham` o`chti esa, qamar munavvar bo`lsun.
Shahzodag`a gar ravza muyassar bo`ldi,
Sultong`a jahon mulki muyassar bo`lsun.
71
Jonim aro o`t la`li suxandoning uchun, Yuzum uza kavkab mahi toboning uchun,
Ko`ksumda alif sarvi xiromoning uchun,
So`zlab, yuz ochib kel bu taraf joning uchun.
72
Zulfung girihig`a poybast o`lmishmen, La`ling mayidin bodaparast o`lmishmen,
Ul mayni ichib yo`lungda past o`lmishmen,
Hay-hay, ne dedim, magarki mast o`lmishmen?
73
Menmenmu visol umididin shod o`lg`on, Bir-bir g`amu anduhdin ozod o`lg`on.
Oz-ozg`ina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod o`lg`on.
74
Zog`eki cho`qub oqizdi qon ko`nglumdin, Tirnog` ila uzdi notavon ko`nglumdin,
A`zosida ko`r asar damim dudidiya,
Minqor ila changida nishon ko`nglumdin.
75
Ko`nglum gulu sarv mayli qilmas, netayin? Sarvu gul ila dame ochilmas, netayin?
Dar sho`x ko`runsa, ko`zga ilmas, netaynn?
Bir sho`xkim, ul tilar — topilmas, netayin?
76
Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav, Sajjoda garav bo`lsa, ne tong, ey rahrav.
Chun mug`bacha ollida qilur sajda birav,
Yo`q ayb musallosi oning mayg`a garav.
77
Gar qilsa kishi qilib gunohe tavba, Ul jurmg`a bo`lsa uzrxohi tavba.
Qilmoq necha goh jurmu gohi tavba,
Bu jurm ila tavbadin, ilohi, tavba!
78
Yo koshifi asrori nihon bo`lsa kishi, Halloli ramuzi osmon bo`lsa kishi,
Yo oshiqi zori notavoi bo`lsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon bo`lsa kishi.
79
Eykim, borasen, ko`ngulni qaytarg`il axi, Bedilliq o`tidin meni qutqarg`il axi.
Yo tig` chekib to`sh-to`shidin yorg`il axi,
Bir porasini bizga berib, borg`il axi.
80
Sen borg`ali ortmish ko`ngul zorlig`i, Oh o`qlaridin har nafas afgorlig`i.
Bilmon, unutulg`onmu ekandur manga hajr,
Yo ko`prak erur bu qatla dushvorlig`i?
81
Jonimg`a yetibturur xumor, ey soqiy, May tutqilu berma intizor, ey soqiy,
Avval o`zung ayla ixtiyor, ey soqiy,
Tutqil manga so`ngra zinhor, ey soqiy.
82
Oxir dame umr etsa shitob, ey soqiy, Tutqil manga oncha mayi nob, ey soqiy,
Kim hashrda mast o`lay xarob, ey soqiy,
To anglamay etsalar azob, ey soqiy.
83
Dedim zaqaning tutub saqog`ingni o`pay, Ko`z qoshingga surtubon qabog`ingni o`pay,
Guldek yuzung islabon, dudog`ingni o`pay,
Yo`q, yo`q, yo`q, agar desang ayog`ingni o`pay.
84
Har zulf xamig`a qilma vobasta meni, Har ko`z havasidin etmagil xasta meni,
Har qosh tama`ig`a solma payvasta meni,
Yo rab, borisidin ayla vorasta meni.
85
Til so`z bila to qizitti hangomamni, Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.
Har necha itikrak ayladim xomamni,
Ul xoma qaroroq ayladi nomamni.