Òîï ðåéòèíã www.uz
T A H R I R   H A Y ` A T I D A N

              O`zbek xalqining ulug` mutafakkir shoiri Alisher Navoiy (1441—1501) dan Sharq klassik adabiyotining barcha janrlariga oid juda katta hajmdagi boy meros yetib kelgan. O`z davrida yuksak gumanistik g`oyalarni badiiy barkamollik bilan ifodalab bergan adib asarlari asrlardan asrlarga, nasllardan nasllarga o`tib ardoqlanib keldi. Yangi avlodlarning ezgu umidlari, ajoyib orzulari zuhuri yo`lida ham ilhombaxsh kuchga aylandi. Shuning uchun ham ular inqilobgacha bo`lgan davrda qo`lyozma va bosma holida keng tarqaldi. Shoir asarlarining respublikamizdagina emas; balki jahon kutubxonalarida ma`lum bo`lgan nusxalari shundan dalolat beradi.
              Alisher Navoiyning o`lmas merosini keng qamrovda o`rganish, ularning ko`p nusxali nashrlarini tashkil etish asosan bizning davrimizda boshlandi. Shoir asarlarini tekstologik planda o`rganishga kirishildi. Ulardan ayrimlarini, hozirgi til normalari asosida sharhlar bilan qo`shib nashr etish yo`lga qo`yildi. Bu ishlar Alisher Navoiy tug`ilgan kunning 500 yilligini nishonlash bo`yicha boshlangan tadbirlarni amalga oshirish munosabati bilan ayniqsa jonlanib ketdi. Natijada  ikkinchi jahon urushigacha bo`lgan davrda shoir lnrikasidan saylanma nashrlar yuzaga keldi.  «Xamsa» dostonlarini chop etishga kirishildi.
              Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda shoir merosini nashr etish yangi pog`onaga ko`tarildi. 1948 yilda shoir tug`ilgan kunning 500 yilligini nishonlash munosabati bilan Alnsher Navoiyning uch tomdan iborat «Tanlangan asarlar»i chop etildi. (Bu nashrda ikkinchi tom «Xamsa» dostonlaridan iborat besh kitobni tashkil etadi). Oltmishinchi yillarda esa Navoiynnng 525 yillik yubileyi munosabati bilan shoir asarlarining o`n besh tomligi yuzaga keldi. «Xamsa» ilmiy-tanqidiy matn sifatida bir butun holda kitobxonlarga havola etildi. (Alisher Navoiy asarlarining rus tilidagi o`n tomligi nashri ham shu yillarda amalga oshirildi).
Bularning hammasi buyuk adib asarlarining mukammal nashrini tayyorlashga katta zamin yaratilganligini ko`rsatar edi.
              O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti va H. S. Sulaymonov nomidagi Qo`lyozmalar nnstituti shoir tug`ilgan kunning 550 yilligi oldidan uning yigirma tomdan iborat ”Mukammal asarlar to`plami”ni tayyorlashga kirishdi. Mazkur to`plam Alisher Navoiy merosini to`liq qamrab oladi va ilmiy nashrlar tipida izohlar bilan ta`minlanadi.
              “Mukammal asarlar to`plami”ning   mundarijasi   quyidagicha:
              I     tom. «Badoyi` ul-bidoya», devon.
              II tom. «Navodir un-nihoya», devon.

              Birinchi devon tarkibiga barcha lirik janrlardagi asarlar kiritilgan; ammo asosiy qismi g`azallardir. Ikkinchi devon faqat g`azallardan tuzilgan. Bu devonlar birinchi marta nashr qilinmoqda.
              Alisher Navoiy hayotining oxirgi yillarida umr bo`yi yaratgan g`azal, muxammas, musaddas, ruboiy va boshqa lirik janrlardagi asarlarini, shu jumladan, oldingi yillardagi devonlari — «Badoyi` ul-bidoya» va «Navodir un-nihoya»ga kiritgan she`rlarini yig`ib «Xazoyin ul-maoniy» she`rlar to`plamini tuzdi. «Xazoyin ul-maoniy»ni tashkil etgan to`rt devon inson hayotining to`rt bosqichini bildiruvchi nomlar bilan atalgan bo`lsada, ularda xronologik tartib izchil saqlangan emas. Buni I va II tomga kirgan ikki devon tarkibidagi she`rlarning to`rt devonning har biriga  bo`lib  yuborilganligi ham tasdiqlaydi.
              Mazkur nashrda bu devonlar Navoiy tuzgan tartib va hajmda  berilgan bo`lib,  ular  quyidagi tomlarni tashkil etadi.
              Sh tom. «G`aroyib us-sig`ar», devon.
              IV    tom. «Navodir ush-shabob», devon.
              V    tom. «Badoyi` ul-vasat», devon.
              VI    tom. «Favoyid ul-kibar», devon.
              VII tom. Alisher Navoiy zullisonayn shoir bo`lib, fors tilida ham ijod etgan. To`plamning bu tomida shoirning shu tildagi lirik merosi amlangan,
              VIII tom. Bu tom Alisher Navoiyning axloqiy-ta`limiy mazmundagi to`rtliklaridan iborat. Shu tomga Navoiyning qasidalari ham kiritiladi. Qasidalar asl fors tilida berilib, ularning hozirgi zamon o`zbek tiliga tarjimasi ham keltiriladi.
              IX    tom. «Xamsa»ning birinchi kitobi «Hayrat ul-abror».
              X    tom. «Xamsa» kitoblarining ikkinchisi «Farhod va Shirin».
              XI    tom. «Xamsa»ning uchinchi kitobi «Layli va Majnun».
              XII tom. «Xamsa»ning to`rtinchi kitobi «Sab`ai sayyor».
              XIII tom.  «Xamsa»ning  so`nggi  kitobi  «Saddi Iskandariy».
              XIV tom. «Lison un-tayr» dostoni.
              XV tom. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asari «Majolis un-nafois».
              XVI tom. Bu tomdan Navoiyning «Xamsat ul-mutaxayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» va «Holoti Pahlavon Muhammad» nomli biografik risolalari o`rin olgan.
              XVII  tomga «Vaqfiya», «Munshaot» asarlari jalb etilgan. Shu tomga yana Navoiyning birinchi kulliyotiga ilova qilingan muqaddima — murojaati — «Debocha» kiritiladi.
              XVIII  tom. «Nasoim ul-muhabbat» asari.
              XIX tom. Navoiyning umumiy tarixga oid asari.

              XX tom. «Mezon ul-avzon», «Mufradot», «Muhokamat ul-lug`atayn», «Mahbub ul-qulub» asarlari.
Alisher Navoiyning «Mukammal asarlar to`plami» o`zbek adabiyoti tarixi bilan shug`ullanuvchi ilmiy xodimlar, oliy o`quv yurtlari filologiya fakulütetining o`qituvchi va studentlari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.
              Bu ulkan meros bir butun holda gumanist shoirning g`oya va obrazlar dunyosini, ularning tadrijiy takomilini kuzatish, adibning jahon adabiyotiga qo`shgan bebaho hissasini keng tasavvur etish imkonini yaratadi.

*       *
              Navoiy yigirma tomlik “Mukammal asarlar to`plami”ning birinchi tomini shoirning «Badoyi` ul-bidoya» devoni tashkil etadi. Bu nashrga O`zbekiston Fanlar akademiyasi H. S. Sulaymonov nomli Qo`lyozmalar institutidagi “Badoyi` ul-bidoya” devoninnng qo`lyozma nusxasi (inv. ¹ 216) asos qilib olindi. Bu qo`lyozma 1486 yili, Navoiy barhayot paytida ko`chirilgan. Uning tekstini «Badoyi` ul-bidoya»ning qadimiy nusxalari, jumladan Parij milliy kutubxonasida inv. ¹ 746 bilan saqlanuvchi 1480 yilda ko`chirilgan qo`lyozma hamda Britaniya muzeyidagi ¹ 401 inventariga ega bo`lgan 1482 yilda ko`chirilgan qo`lyozmalar fotonusxalari bilan solishtirib chiqildi.
              Ushbu tom Qo`lyozmalar institutining sobiq katta ilmiy xodimi filologiya fanlari kandidati marhum Sharofiddin Sharipov tomonidan tayyorlangan. Tekstni bevosita nashrga tayyorlash ishini Qo`lyozmalar institutining katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari kandidati Maryam Rahmatullaeva bajardi. Tekstni qo`lyozmalar bilan qayta qiyoslab tekshiruvni Maryam Rahmatullaeva va Qo`lyozmalar institutining ilmiy xodimi Muxlisa Ziyoviddinova amalga oshirdilar.