www.uz
DEVONI FONIY

 Ayzan
Musulmonon, dile ozurda doram,
Tane selobi mehnatburda doram.
Iloҷi dilmakun chuz marhami vasl,
Ki az neshi firoq ozurda doram.
Tane be sӯzi dil, az ҷoni xud ser,
Biaynih chun charog`i murda doram.
Rafiqonro, ki az ishq otashinand
Zi ohi sardi xesh afsurda doram.
Guli ummedi xud chun gulshani dahr
Zi ayni tashnagӣ pajmurda doram.
Maro chi gurdai davron kashidan,
Ki sad neshi balo dar gurda doram.
Chu Fonӣ naqshi g`ayr az safhai dil,
Ba teg`i bedilӣ bisturda doram.
Ey musulmonlar, ozor topgan bir dilim bor,
mehnat selobi olib ketgan bir tanim bor.
Dilning ilojini vasl marhamisiz qilma,
chunki ayriliq nishidan dilim ozurdadir.
Bamisoli o`chgan chiroq kabi
jonidan to`ygan, dili o`tsiz bir vujudim bor.
Ishqdan o`tday tutashib turgan oshnalarimni
sovuq ohim bilan muzlataman.
Tashnalikdan so`lgan olam gulshani guli singari
so`lg`in umidim bor.
Hijron azobini tortishga (qurbim yetmaydi),
chunki buyragimda yuz balo nishi bor.
Foniy singari bedillik tiyg`i bilan dil safhasidan
boshqaning naqshini tarashlab tashlaganman.
 Tatabbu`i Xoҷa
Zi piri maykada fayze, ki merasad sӯyam,
Ba shayxi shahr nadidam, durӯg` chun gӯyam?
Maro chu qiblai maqsud gasht dayri fano,
Ba xoki dargahi rindon aҷab madon rӯyam!
Az on zamon, ki ba mayxona muhtasib may rext,
Chu mushk xoki xaroboti ishq mebӯyam.
Zi bimi on ki nayoyad burun zi maҷlis mast,
Ba loba mone`i on xubrӯi badxӯyam.
Ba chehra gardi rahash daf`i ashku oham kard,
Ba bod chun dihamash, yo ba ob chun shӯyam?
Maxon zi dayr sӯi Ka`baam, baroi Xudo,
Charo ba Ka`ba ravam, chun ba dayr bo ӯyam?
Ba hoyu-hӯy agar nӯsh mekunam mai ishq,
Umedi on, ki rasonad ba ӯ ba yak huyam.
Kuҷo ba afsari shohӣ saram furud oyad?
Ki man gadoi xarobotu xoki on kӯyam.
Ba rohi ishq agar mushkile fitad, Fonӣ,
Zi rӯhi Hofizu ma`nii Ҷomiyash ҷӯyam.
Mayxona piridan menga yetgan fayzni
shahar shayxida ko`rganim yo`q, qanday yolg`on aytay?
Maqsudim qiblasi fano dayri bo`lgach,
yuzim rindlar dargohining tuprog`ida bo`lsa, ajablanma!
Muhtasib mayxonaga kirib, maylarni ag`darib tashlagandan beri
ishq xaroboti tuprog`ini mushk kabi hidlaganim hidlagan.
Majlis  (bazm) dan mast bo`lib chiqishidan qo`rqib,
U go`zal yuzli  badfe`lga yolborib, mone` bo`laman.
Yuzimga qo`ngan  (yor)  yo`li g`uborini ohim va ko`z yoshim daf` qildi,
uni  shamol  bilan qanday uchiraman, yoki suv bilan qanday yuvaman?
Azbaroi Xudo, meni dayrdan Ka`ba tomon chaqirma,
dayrda uning bilan birgaman-ku, nega Ka`baga borayin.
Agar ishq mayini hayo-huv bilan ichsam,    
umid shuki, bir huvim unga yetkazadi.
Men mayxona gadosi va ko`nining tuprog`iman,
podsholik tojiga nima uchun boshim egay?
Ey Foniy, ishq yo`lida bir mushkul boshimga tushsa,  
uni bartaraf qilishni Xoja Hofizning ruhidan va 
Jomiyning ma`nosidan izlayman.
 Hashmati Ҷam rasad sabӯh, az karami ilohiyam,
Ҷomi ҷahonnamost mehr, az mai subhgohiyam.
In ki ba may fitodavu g`arqa nayam aҷab madon,
Ҷism chu koh, bargi man binu uzori kohiyam.
Shayx zi ishqu bodaam ta`nazanonu turfa on-k
Man ba hamin du kori xud dar du chahon mubohiyam.
Gar ba vara` malak shavam pok zi har gunohu ҷurm,
Ҷurmu gunoh bas buvad da`vii begunohiyam.
3-otashi may chӣ son shavad surx uzoram, ey rafiq,
Chunki zi dudi ma`siyat omada rӯsiyohiyam.
Neku badam mabin ba lutf az badu neki man mapurs,
Nest ba ҷuz badӣ zi man, gar tu nakӯ naxohiyam.
Man, ky chu Foniyam gado, dargahi piri dayrro,
Dil nakashad ba ҷonibi masnadu mulki shohiyam.
Alloh karamidan tongda Jamshid hashamati yetadi,
tong chog`i ichgan sharobimdan oftob  jomi jahonnamodir,
Mening  mayga  tushib  cho`kib   ketganimdan  ajablanma,
jismimni xuddi somondek, sariq yuzimni barg deb bil.
Shayxning ishq va boda uchun menga ta`na qilishi qiziqdir.
men ana shu ikki ish bilan ikki dunyoda faxrlanaman.
Agar  vara`   (parhezkorlik)   tufayli  farishta  
bo`lib, gunoh va ayblardan poklansam,
jurmu gunoh mening begunohligimga dalildir.
Gunohlar  tutunidan  yuzim qora  bo`lgan,  ey  rafiq,
endi u may o`tidan qanday qizara olsin?
Yaxshilik yomonligimga lutf bilan qarama, yaxshi-yomonimdan so`rama,
agar sen yaxshiligimni istamasang, mendan yomonlikdan boshqa narsa chiqmaydi.
Men, xuddi Foniy singari dayr piri eshigida gadoman,
shohlik mulki-yu,  maqsadiga  ko`nglim  mayl  qilmaydi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Nishast murg`i xayolat chu dar nishemani chashm,
Az on shudast paridan ba ҷonibat fani chashm.
Chu subh rӯy kashidӣ dar abri tirai zulf,
Ba shomi haҷri tu shud tira rӯzi ravshani chashm
Zi ashki surx barovarӣ lolaho, lekin
Gule chu rӯi tu hosil nakarda gulshani chashm.
Dure ki rextu poyat shud on qadar podosh,
Zi xoki poi tu, k-omad daruni maxzanin chashm.
Zi ayni mardumӣ, ey nuri dida, sokin shav,
Ba soni mardumaki didaam ba maskani chashm.
Zi ashki surx mayoram, agar ba xonai dil
Ravӣ zi bahri tamosho ba sӯi ravzani chashm.
Ba sad umed dili notavoni Foniro
Chӣ bud xastani mijgon zi ba`di burdani chashm?
 Xayoling qushi ko`zim uyasidan joy olgan, shuning uchun
sening tomoningga uchish ko`zimga hunar bo`lib qoldi.
Qora  bulut zulfing ichiga  tong yuzingni tortgach,
ko`zimning yorug` kuni hajr shoming bilan qorong`ilandi.
Ko`z qizil yoshi bilan lolalar undirdi, biroq ko`z
gulshanida yuzing yanglig` bir gul paydo bo`lmadi.
Ko`zim xazinasidan oyog`ing tuprog`i joy oldi,
uning evaziga   (ko`zim)  oyog`ingga ko`p inju to`kdi.
Ey ko`z nuri; odamgarchilik yuzasidan ko`zim
Qorachig`i kabi ko`zim ichra o`tir!    
Agar dil uyidagi ko`z tuynugi tomoniga tomosha uchun
borsang, qizil  ko`z yoshidan senga  may  keltiraman.
Foniyning yuz umid bilan  (turgan)  notavon dilini ko`zing olib
ketgandan   keyin, unga kipriging 
tikanlarini sanchishning nima hojati bor edi?
 Ayzan
Gulbun nagashta sabz, tamannoi may kunam,
Xud gӯy, chun ki gul shukufad, tavba kay kunam?
Chun ҷilva kard shohidi bӯston ba obu rang,
Gulguna bar uzori vay az obi may kunam.
Doram ba noz vasli ҷavononi bog`ro,
Yod az chi rӯ zi bahmanu az zoli day kunam,
In nuktaro, ki ҷumla ba bod ast kori umr
Dar har dam istimo` zi ovozi nay kunam.
Oinai Sikandaram az ҷomi may ba dast,
Xohӣ xabar zi toҷi Ҷamu taxti Kay kunam.
Hodist piri dayr az on ahli zuhdro,
K-az rah fitodaand dalolat ba vay kunam.
Hastӣ miyoni dilbaru Fonӣ fikanda bud,
In rah chu barq bӯd, ki ba yak gom tay kunam.
 Gul ko`karmasidanoq mayni orzu qilaman,
o`zing ayt, gul ochilgach, qanday tavba qila olaman?
Bo`ston go`zali qarqara bo`lib jilva qilgach,
uning yuzini may suvi bilan pardozlayman.
Qahraton qish oylari (day bilan bahman) ni  nima   uchun eslay?
Men bog` yoshlarining vasli bilan faxrlanaman.
Umrning hamma ishi shamolga sovuriladi degan
hikmatni har nafasda nay ovozidan eshitgim keladi.
Qo`limdagi may kosasi Iskandar oyinasidir,
agar istasang, Jamshid toji bilan Kay taxtidan senga xabar beraman.
Dayr piri ulug` rahnamodir, zuhd ahli (esa) yo`ldan ozganlar,
shuning uchun ularni piri dayrga dalolat qilaman.
Borliq, dilbar  bilan  Foniy orasiga  uzoqlik  tushirdi,
bu yo`lni yashindek bir qadam bilan bosib o`tsam  bo`larmikan?
 Muxtara`
Az xayoli on miyon fikri muhole doshtam,
Bud agarchi bas muhol, ammo xayole doshtam.
Garchi chun sag bud dar dashti g`amam sargashtagӣ,
Shod budam, k-az g`ami mushking`izole doshtam.
Shomi ayshamro zi gardun tiragӣ hargiz nabud,
To zi sog`ar axtari farxundafole doshtam.
Mulki dilro lashkari hiҷronu navmedӣ girift.
On bishud, k-az baxt ummedi visole doshtam.
Ravshanӣ medodӣ, ey soqӣ, ba yak davri mayash,
Az ҷafoi davr agar bar dil malole doshtam.
Shome az bemorii hiҷrat chunon gashtam, ki rӯz
Har kasam did, onchunon pindosht, sole doshtam.
Az ҷununi Fonӣ ar Maҷnun taaҷҷub menamud,
Bud on vaqte ki az aql e`tidole doshtam.
U (xipcha) bel xayolida ro`yobga chiqmaydigan bir orzuim bor edi,
bu ko`p qiyin bo`lsa ham, ammo shunday xayolim bor edi.
G`am dashtida it kabi sargardon  bo`lsam ham, xursand edim;
chunki  men  mushking`izol  (muhbub)  g`amiga mubtaloman.
Piyoladan bir baxt yulduzim bor bo`lgan chog`da
ayshim shomiga ko`kdan hech bir qorong`ilik yo`q edi.
Baxtdan bir visol umidim bor edi, dil mulkini
hijron bilan umidsizlik lashkari oldiyu,  umidim tugadi.
Ey soqiy, davr jafosidan dilimda bir malolim bo`lsa,
bir qadah may bilan unga ro`shnolik bersang edi!
Bir kechalik hajring dardidan shunday holga  tushdimki,
kunduzi meni ko`rgan odam bir yil bemor bo`lib yotgan deb o`ylaydi.
Foniyning telbaligidan Majnun taajjub  qilgan bo`lsa
U vaqtda hali bu qadar telba emas ekanman.
 Muxtara`
Zi dog`i boda, ki gul-gul shudast pirahanam,
Lahad shavad chu guliston, gar in buvad kafanam.
Zi dahr mast ravam on chunon, ki rӯzi ҷazo
Muholi mahz buvad omadan ba xeshtanam.
Chunon zi bodai vasl on maham digargun soxt,
Ki man ba xesh nadoram gumoni on, ki manam.
Zi zuhdi xushk iloҷam buvad rutubati may,
Ravam ba maykada, k-on bud  az azal vatanam.
Manam chu olami kubro, chi g`am zi ҷurmi qadah,
Ki rӯzi hashr nagunҷad ba dӯzax  in badanam.
Chu murg`i  gulshani qudsam hamon buvad avlo,
Ki xeshro ba hamon obu on havo fikanam,
Chӣ son xayoli iqomat kunam ba bog`i ҷahon?
Ki hast oriyatӣ yak-du, rӯz in chamanam.
Havoi mug`bachagonam barad ba dayri mug`on,
Ba ixtiyori xud on sӯ qadam chi guna zanam?
Agar ba bog` ravam be visolash, ey Fonӣ,
Chӣ bandadu chӣ kushoyad zi sunbulu sumanam?
 Ko`ylagim may dog`idan gul-gul bo`libdi,
agar shu ko`ylagim kafan bo`lsa, go`rim guliston bo`lardi.
Olamdan shunday mast bo`lib ketamanki,
qiyomatda ham o`zimga kelishim qiyin bo`ladi.
U oy vasl mayi bilan meni shunday o`zgartirib yubordiki,
men o`zimda yo`qman, o`zimning o`zim ekanim ham gumon bo`lib qoldi.
Mening quruq toat-ibodatimga may rutubati davo bo`ladi,
azaldan  vatanim  bo`lgan  joy mayxonaga  boraman.
Men ulug` olam kabiman, qadah (mayxo`rlik)  gunohidan nima
g`amim bor?  Chunki mahsharda bu badanim do`zaxga sig`maydi.
Men muqaddas gulshan qushiman, o`zimni
o`sha   (gulshan)   suviyu havosiga tashlaganim yaxshidir.
Bu jahon bir-ikki kunlik omonat joy-ku  shunday ekan,
jahon bog`ida turishni qanday xayol qila olaman?
Meni mug`lar dayriga mug`bachalar orzusi olib boradi,
men u tomonga o`z ixtiyorim bilan qanday  qadam bosaman?
Ey Foniy,  agar uning visolisiz boqqa borsam,
men uchun qanday gul  (suman) ochiladiyu, qaysi sunbul chirmashadi?
 Tatabbӯ`i Maxdum
Mani bedil, ki bahri qomati on simtan miram,
Gah az raftori ra`no, gah zi andomi badan miram.
Magar chinu shikasti safhai umru hayotam shud,
Ki dar rangi qaboi ӯ ba har chinu shikan miram..
Ba har tiri ҷafoyash sinai xudro sipar sozam,
Murodam, in ki az tirash ba har oinu fan miram.
Ba ҷurmi ishq agar qatlam kunad, ҷonam fidoi ӯ,
V-agar ne, peshi teg`ash man ba ishqi xeshtan miram.
Azoi Vomiqu Farhodu Maҷnun doshtam v-aknun
Namonad chun mani sohibazo rӯze, ki man miram.
Zi sӯzi haҷr shomi bekasӣ, chun sham` xoham murd,
Aҷab ne, chun fitoda otasham dar pirahan miram!
Ba istig`noi zuhd az sofi Kavsar ҷon hameҷustam,
Fanoi ishq bin Fonӣ, ki bahri durdi dan miram.
Men bedil oshiq u kumush badanning qomati uchun o`lsam,
goh go`zal raftori uchun va goh zebo badani uchun o`laman.
Kiyimi g`ijimlanishi umrim sahifasi  g`ijimlanishi bo`lsa kerak,
chunki uning kiyimi turli rangda jilolanishidan  o`laman.
Jafosining har bir o`qiga siynamni qalqon qilaman,
bundan  maqsadim  qanday qilib bo`lsa  ham uning o`qidan o`lishdir.
Agar  ishqning gunohi uchun meni o`ldirsa, jonim uning fidosi,
unday qilmasa, men tiyg`ining qoshida o`z  ishqim bilan o`laman.
(Men)  Vomiq, Farhod, va Majnunlarga motam  tutar edim,
endi o`lsam, men kabi motam tutadigan odam qolmaydi.
Hajring kuydirishidan kimsasizlik shomida sham`  kabi so`najakman,
ko`ylagimga (vujudimdan) o`t  tutashib o`lsam,  ajab emas.
Zuhd istig`nosi bilan tiniq Kavsardan hamisha jon  izlagan edim,
ey Foniy, ishqning fanosini ko`rki, xumning durdi uchun  (ham)  o`lib ketyapman.
 Chun pai on ohui Chin ruy dar sahro niham,
Har qadam bar xok molam chashmu v-on gah po niham.
Xoki kӯyashro ba xuni man mayomez, ey rafiq,
Marhame xoham, ki bar zaxmi dili shaydo niham.
Chun shikanҷi zulfi ӯ boloi ham bandam xayol,
Bar dili savdoii xud moyai savdo niham.
Chun xayoli rӯi xud bar rӯi ӯ oram ba dil,
Dil chi son digar ba ruxsori guli ra`no niham.
Kosh poi xud nihad bar chashmu rӯi man sagash,
Yo manash yobam nishon, to chashmu rӯy on ҷo niham.
Gashtaam on son malul az makri ahli xonaqah,
Xoham in dam rӯy dar dayri mug`u tarso niham.
Chun labi soqӣ rasad, zoil kunam naqshi qadah,
Dar kashidan chun dahan bar sog`ari sahbo niham.
Man, ki durdi ҷomi rindon xӯrda bosham, ey Xizr,
Lab ba obi zindagonӣ bo sad istig`no niham.
Foniyo, z-on pesh k-andar dayr paymoyam qadah,
Rӯ ba xoki poi rindoni qadahpaymo niham.
Ul Chin ohusining ortidan sahroga yuz qo`ysam,
har  qadamda   ko`zimni  tuproqqa  surtib, undan  so`ng oyoq bosaman.
Ey  rafiq,  uning ko`chasi tuprog`ini  mening qonimga qo`shma,
shaydo yuragim yarasiga qo`yish uchun bir malham istayman.
Uning zulfidagi  pechu tobni xayolimga keltirsam,
savdoyi yuragimga yana savdo solaman.
Xayolimda uning yuzini ko`z oldimga keltirar ekanman,
qanday qilib boshqa bir guli ra`noning yuziga  ko`ngil qo`ya olaman?
Koshki uning iti ko`zimu yuzimga oyog`ini qo`ysa,
yoki men uning nishonini topib, u yerda yuzimni qo`ysam.
Honaqoh ahlining makridan shunday malul bo`ldimki,
endi mug`lar dayriyu tarsoga yuzlanishni istayman.
Soqiyning labi tekkanligi uchun, may piyolasini
og`zimga  olib   borganda,  uning  naqshini   yo`qotaman.
Ey Xizr, men rindlar jomining quyqasini  ichganman,
hayot suviga yuz istig`no bilan lab tekizaman.
Ey, Foniy, dayrda qadah ko`tarishdan oldin
yuzimni qadah ko`taruvchi rindlar oyog`ining tuprog`iga surtaman.
 Man, ki durdikashi on mug`bachai xammoram,
Ҷomi Ҷam, kӯhnasafoli dari ӯ pindoram.
Bazmi ӯ halqai ҷam`iyati maxsuson ast,
Man, ki mardudamu oshufta, naboshad boram.
Chun kasham ҷonibi rindon sabӯi boda ba dӯsh,
Ta`ni zohid shunavam, lek ba xeshash koram.
Pusht az bori ҷafoi falakam gashta nigun,
Dӯsh zeri sabӯi bazmi mahe afkoram.
Zohido, kufri xudu dini tu didam, nashavam
Rozӣ, ar pahlӯi tasbeh nihӣ zunnoram.
Shayxi shahram chu dihad tavba zi may, nest valek
Piri dayr ar shunavad kor ҷuz istig`foram.
Men ul xumor bo`lgan mug`bacha qadahining quyqumini  ichguchidurman,
jomi Jamni uning eshigidagi eski sopol deb tasavvur qilaman.
Uning bazmi xos kishilar yig`iladigan davradir,
men haydalgan va oshifta bir kishiman, u yerga borolmayman.
May ko`zasini  ko`tarib rindlar  sari  borsam,
zohidning ta`nasini  eshitaman, lekin  o`zi bilan ishim yo`q.
Belim falak jafosining yukidan egildi,
elkam bir oyning bazmiga ko`za tashishdan afkor bo`ldi.
Ey zohid, o`zimning kufrimni, sening diningni ko`rdim,
endi zunnorim yonida tasbehingni qo`yishga rozi  bo`lmayman.
Shahrimning shayxi maydan tavba qildiradi, valekin,
dayr piri buni eshitib qolsa, istig`fordan boshqa ishim yo`q.
Agarchi falakning rasmi baland-pastlik bo`lsa-da,
Foniyo, undan zulm va sitam bir tekis yetib turadi.
 Tatabbӯ`i Maxdum
In ki xokistari gulxan shuda oromgaham,
Shond devonagii ishq ba xoki siyaham.
Ne ba xokistari gulxan, ki ba otashgahi ishq,
Chun samandar shuda az haҷri tu oromgaham.
Sӯzi ishqi tu ba haddest, ki az hirqati on
Chun gurezam, buvad otashkadan g`am panaham.
In, ki teg`i g`amu andӯhi tu dar xunam shond,
Ashki gulguna ba xunobai dil bas guvaham.
Kavsar oyad ba kafam yo na, chӣ donam fardo?
Avlӣ on ast, ki imrӯz may az kaf nadiham.
Gunah omurzam agar lutfi vay ast, ey zohid,
Bodavu ishq agar hast gunah, begunaham.
Rӯi poki tu chu manzur buvad chashmamro,
Shӯyam az ashk ba xurshed gar aftad nigaham.
Tarafi dayri mug`on chun kashadam dasti qazo,
Ey dil, az panҷai taqdir bigӯ chun biҷaham?
Fonӣ, Iskandaramu Xizr, az on rӯ, ki rasid
Xabari fathi shaham bo suxani vasli maham.
 Ishq devonaligi meni qora tuproqqa o`tkazgani uchun
bu gulxanning kuli oromgohim bo`lib qoldi.
Gulxanning kuli emas, hajringda
samandar singarimanu ishq olovxonasi oromgohimdir.
Ishqida  o`rtanishim  shu darajaga  borib yetdiki,
uning o`rtashidan qochsam, g`am o`txonasi  panohim bo`ladi.
G`amu  anduhning tiyg`i meni  qonga  botirdi, dilim
xunobasi bilan gulrang ko`z yoshim yetarli dalildir.
Qiyomatda menga Kavsar nasib bo`ladimi, yo`qmi, bilmayman,
yaxshisi shuki, bugun mayni qo`ldan qo`ymayin.
Ey zohid, agar mening gunohim uning lutfi bilan  kechirilsayu,
may bilan  ishq gunoh bo`ladigan bo`lsa, men  gunohsizman.
Sening pok yuzing ko`zimga  tushsa, manzur  bo`ladi,
agar nigohim quyoshga tushsa, (ko`zimni) ko`z yoshim bilan yuvaman.
Ey ko`ngil, mug`lar dayri tomoniga meni taqdirning
qo`li tortib turgandan keyin,
ayt,  qanday qilib taqdir panjasidan chiqib  qocha olaman?
Ey Foniy, shohimning fathi bilan go`zalim
vaslidan xabar kelgani uchun
menga Iskandar  bilan Xizr kelib  (madad berganday bo`ldi).
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Chi asar dar nazari piri mug`on az husham,
K-az pai xӯrdani may mug`bacha tobad gӯsham.
Boda nӯsham chu bahusham, ki shavad zoil hush,
Chun nanӯsham, tu bigӯ, gasht chu zoil husham?
Nӯshamu chashm bipӯsham, ki nabinam g`ami dahr
Chashm chun vo kunam, az vahm digar rah pӯsham.
Ey, ki gӯӣ fitad az may ba dilat chӯshi digar,
Chӣ aҷab z-otashi sӯzon agar aftad ҷӯsham?
Chun zabonest maro har sari mӯ dar vasfat, 
Garchi az sharhi g`amat hast zabon xomӯsham.
Rӯzӣ az nahnu qasamno chu nagardad kamu besh,
N-oyadam besh zi qismat, chӣ ziyodat kӯsham.
Dog`hoi mayam az xirqa chӣ pӯshad, gar man,
Dog`hoi badan az xirqa ba har sӯ pӯsham?!
Chun zi tanhoii hiҷroni tu nolam, ki buvad 
Hama shab gardani savdoi tu dar og`ӯsham.
Fonӣ az piri mug`on xost ba ҷon sog`ari may
Az karam guft, ki muftat dihamu nafrӯsham.
 Mug`lar piri nazarida hushimdan qanday asar bo`lsin?
Chunki may ichganim uchun mug`bacha qulog`imni buraydi.
Hushim o`zimda bo`lgan chog`da hushdan ketay deb may ichaman,
ayt-chi, endi behush bo`lgan chog`imda qanday qilib ichmay tura olaman?
Ichamanu, dunyoning g`amini ko`rmayin deb ko`zimni yumaman,
ko`zimni ochsam, vahmdan yana yumaman.
Maydan  dilingda o`zgacha jo`sh paydo bo`ladi,  deydigan kishi,
dilimga yondiruvchi o`t tushganda qaynab ketsam, nima  taajjubi bor?
Seni maqtash uchun boshimdagi har sochim tilga  aylanganda  ham
g`aming  sharhini   (bayon)   etishga  ojizlik qilaman.
Rizq azal taqsimidan ortiq yoki kam bo`lmaydi,
menga  taqsimdan ortiq kelmagach, nega orttirishga  urinaman.
Agar men badanim dog`larini yirtiq-yamoq to`nim bilan  bekitsam,
yirtiq  to`nimdagi   may   dog`larini   nima   bekitadi?
Ishqing savdosi  mening quchog`imda  bo`la turib,
hijroningda tanholikdan qanday noliyman?
Foniy joni badaliga piri mug`ondan bir piyola may so`radi,
U karam qilib tekinga beramanu, lekin sotmayman dedi.

 Ayzan
Bar dari dayri mug`on har rӯz xidmat mekunam,
Sad tafoxur z-in sharaf bar ahli davlat mekunam.
Piri dayram, gar ba har umr dihad yak ҷom may,
Solho az mastii on boda ishrat mekunam.
To nadonandam, ki az ishqi ki Maҷnunam chunin,
Har parivashro ba mehri xesh tӯhmat mekunam.
Xӯgaram bo ҷavr, manmo lutfi behad, z-on ki man
Mefitam dar ranҷ, agar in tavr odat mekunam.
Garchi dar dayram gado, lekin ba yak paymona may
Bo sad Afredunu Ҷam izhori hashmat mekunam.
Vah, chi pshqi mufrit ast in, z-on ki dar har chand rӯz
Dar digar nav`i ҷunun dar shahr shӯhrat mekunam.
Gar musulmonon  bisӯzandam, ҷazo nabvad hanӯz,
Man, ki bahri kofire tag`yiri millat mekunam.
In ki gah mag`ruri zӯhdam, goh rindi maykada,
Az talavvunhoi holi xesh hayrat mekunam.
Xilvati zohid pai maqsud boshad, Foniyo,
Lek man chun yoftam maqsud, xilvat mekunam.
Mug`lar piri eshigida har kun xizmat qilaman.
davlat ahli oldida shu sharafli ishim bilan g`oyatda faxrlanaman.
Agar mayxona piri menga har bir umr uchun bir jom  may bersa,
o`sha   mayning  mastligi   bilan  ko`p  yillar kayf qilib yuraman.
Sening  ishqingda  majnun  bo`lganligimni  payqamasliklari uchun
ba`zida seni yaxshi ko`raman deb har bir parivashga  tuhmat qilaman.
Men jabru  jafoga  odatlanganman,  ko`p lutfu  karam qilaverma,
chunki men u (lutfu karamingga) odatlansam, kasal va lanj bo`laman.
Mayxonada gado bo`lsam ham, lekin bir piyola may
bilan yuz Faridunu Jamshidga hashamatu dabdaba  izhor qilaman.
Oh, bu qanday ajoyib ishqki, kun sayin har xil
telbalik bilan shahardagi el og`zida duv-duv gap bo`laman.
Men bir  kofir   (mahbub)   uchun  millat   (mazhab) imni o`zgartirganman
musulmonlar  meni  kuydirsalar ham, (gunohimga) yarasha jazo bo`lmaydi.
Goh zohidligim bilan mag`rurlanaman, goho mayxona rindi bo`laman,
o`z holimning  turli-tuman  rangga  kirishidan hayratlanaman.
Ey Foniy, zohid o`z maqsudiga yetmoq uchun xilvatda o`tiradi,
lekin men maqsudimni topganimdan keyin xilvatga kiraman.
Ayzan
Ba uzri tavba zi rindon agar kanora kunam,
Chu piri dayr qadah doradam, chӣ chora kunam?
Maro zi zulmati taqvo chu chashm torik ast,
Ba lam`ai mai ravshan chӣ son nazzora kunam.
Ba azmi tavba naboyad zi shayxam istimdod,
Ba kori xayr chi hoҷat, ki istixora kunam.
Xush, on dame, ki zi may talx-talx giryakunon
Ba yodi gulruxi xud ҷoma pora-pora kunam.
Zi sarvu lolai davron fuzun buvad zi g`amat,
Ba sina gar alifi dog`ro shumora kunam.
Haroratam chu fizoyad zi shahdhoi nifoq,
Ruҷӯ` sӯi may mast, talxkora kunam.
Buvad fanoi murodam zi baxti bad, Fonӣ,
Shikoyat az chi zi gardunu az sitora kunam?
Ichishdan tavba qilganman degan uzr bilan rindlardan chetlashsam,
dayr piri qadah tutib qolsa, nima chora qilaman?
Taqvodorlik zulmatidan ko`zim xiralangandir,
may shu`lasiga qanday qaray olaman?
Men tavbaga qarab yurish uchun shayxdan yordam so`rashim lozim emas
xayri ish uchun istixora qilishning nima hojati bor?
Gul yuzligimni eslab, may ichib achchiq-achchiq yig`lab,
libosimni pora-pora  qilgan damlarim  qanday yaxshi damlar edi.
G`aming bilan siynamda paydo bo`lgan dog`lar alifini sanaganimda,
Davronning sarvu lolalaridan ortib ketadi.
Munofiqlik bolidan haroratim ortib ketsa,
mast  qiladigan  achchiq may  ichishga  boshlayman.
Ey  Foniy,  fanolik baxtingning  qaroligidan ekan
falak bilan yulduzdan nima uchun shikoyat qilasan?
 Ayzan
Dar xarobot ar shabe mayli qadah kamtar kunam.
Uzri onro rӯzho andar sari sog`ar kunam.
Xoham az dog`i ҷafo v-az zaxmi gardun lolavor,
Xoku xun bar sar kunam v-az xoku xun sar bar kunam.
Man, ki nӯsham dar safoli kӯhnai mayxona durd,
Mayl kay bar sofii ishrat ba ҷomi zar kunam.
To ki dar otashgahi dayri mug`onam shӯ`lason,
Gohi murdan bistari rohat zi xokistar kunam.
Har dam az kayfiyati may chun fitam dar olame,
Mast bosham chun ki mayli olami digar kunam.
Bas, ki doram xori g`am z-in gulshani nilufarӣ,
Kay ba gulshan mayl bar gulhoi nilufar kunam?
Man kiyu nomi visol, in bas, ki dar devonagӣ,
Ҷon fidoi ishqi on huri paripaykar kunam.
Kor be taqdir chun mumkin naboshad, ey hakim,
Kay nazar bar sayri charxu gardishi axtar kunam?
Foniyo, chun surxrӯӣ boyadam dar rohi faqr,
Xirqavu saҷҷodaro rahni mai ahmar kunam.
 Agar xarobotda bir kecha qadahga kamroq mayl qilsam,
uning uzrini kunduzlari piyola  boshida qilaman.
Jafo dog`iyu gardun zaxmidan lola yanglig` tuprog`u
qonni boshimga  ko`tarmoqchi bo`laman, tuprog`u qondan bosh ko`tarishni istayman.
Mayxonaning ko`hna safolidan may quyqasini ichib yurganman,
oltin jomning tiniq ishrat mayiga qanday mayl  qilay?
Mug`lar dayri o`txonasida bo`lgan davrimda,
o`lish chog`ida  alangaga  o`xshab rohat to`shagini  kuldan yasayman.
May kayfidan har dam bir olamga tushaman,
chunki mast bo`lsam  boshqa bir olamga mayl qilaman.
Bu nilufarli gulshan   (jahon) dan menga ko`p g`am
tikanlari qadaladi, bas shunday ekan,
gulshandagi nilufar gullariga qanday mayl qilay?
Men kimu, visol nomini eshitish qaerda? Devonalikda
U pari paykar hurga jon fido qilsam shu kifoyadir.
Ey donishmand! Modomiki, har ish taqdirdan tashqari bo`lmas ekan,
charxning  aylanishiyu yulduzning sayriga  qanday e`tibor qilaman.
Ey Foniy, faqr yo`lida menga qizil yuzlilik kerak bo`lsa,
xirqam bilan joynamozimni qizil may evaziga garov qo`yaman.
 Ayzan
Zi xayli g`am, ki amon yak zamon namebinam,
Ba g`ayri maykada dor-ul-amon namebinam.
Chunon ba kӯi tu nobud shud tanam, ki zi za`f,
Ba ҷaxd in badani notavon namebinam.
Dar on, ki mug`bachaam sog`are dihad, ey dil,
Ba gayri xidmati piri mug`on namebinam.
Savoli bӯsa, ki kardam, garam ҷavob nadod,
Aҷab mador, ki heҷash dahon namebinam.
Ҷahoni ahdu vafo dar ҷahon tuӣ, varna,
Vafoi ahd dar ahli ҷahon namebinam.
Maxon zi Vomiqu Maҷnun, qissai man xon,
Ki bahri girya, chunin doston namebinam.
Munazzah ast zi didan ҷamolash, ey Fonӣ,
Nazar ba chashm chu xoham az on namebinam.
 G`am to`dasidan bir zamon ham  amonlikni ko`rmagach,
mayxonadan boshqa joyda amonlik uyini ko`rmayman.
Tanim ko`yingda shunday nobud bo`ldiki, zaifligidan
bu notavon  badanning harakat qilayotganini ko`rmayman.
Ey ko`ngil, mug`bacha menga bir piyola may bersa,
mug`lar piri xizmatidan  boshqa xizmatni qilmayman.
Bo`sa so`raganimda javob qaytarmasa,
ajablanma, og`zini hech ko`rganim yo`q.
Jahonda ahdu  vafo jahoni senginasan, yo`qsa, ahdiga
vafo qilishni  jahon ahlida ko`rmayman.
Vomiq bilan Majnun qissasidan o`qimayu mening  qissamni o`qi!
O`qib-o`qib yig`lash uchun bunday dostonni ko`rganim yo`q.
Ey Foniy, uning jamoli ko`rishdan pokdir,
Ko`z nazari bilan uni qo`rib bo`lmaydi.
 Ayzan
Man, ki har dam zi falak sad alam oyad pesham,
G`ayri behushiyu mastӣ chӣ saloh andesham?
Gar ba zunnor miyon chust kunam, ayb madon,
Man, ki dar xizmati on qotili kofirkesham.
Ҷigaru dil nakunam tӯ`ma sagatro, ki shudast
Ham ҷigar xastai zahri g`amu ham dilresham.
Nakunad sud maro kisvati darveshona,
3-on ki dar xirqai faqr omada nodarvesham.
Sofi bazmat zi chӣ rӯ kam rasadam az ushshoq?
Chunki dar durdkashӣ, az hama rindon pesham!
Xuni ashkam aҷabe nest chu on lӯlivash
Zada bar mardumaki dida zi mijgon nesham.
Mahvashon garchi baloyand chӣ g`am, ey Fonӣ,
Man chu dar ishq giriftori baloi xesham.
 Har nafasda menga falakdan yuz alam keladi,
behushligu mastlikdan bo`lak nima iloj qilayin?
U kofir tabiat qotilning xizmatida bo`lganimdan
keyin zunnor bilan belimni mahkam bog`lasam, ayb etma!
Itingga jigarim bilan dilimni ovqat uchun
bermayman,  chunki   jigarim  g`aming zahridan 
og`rigan va dilim pora-poradir.
Menga darveshona libosning foydasi yo`q,
sabab  shuki,  faqr  to`nida  kelganman, darvesh   emasman.
Bazmingning tiniq mayi nima uchun menga
hamma oshiqlardan keyin tegadi?
chunki quyqa simirishda hamma rindlardan oldin  turaman.
Ko`zimdan qonli yosh oqishi taajjub emas, u lo`li
sifat kiprigi bilan ko`zim qorchig`iga nish urgan.
Ey Foniy, men ishqda o`z baloyimga giriftor bo`lgan
bo`lsam, mahvashlarning baloligidan menga nima g`am?
 Dar bevafoii ahli zamon
Zi bevafoii ahli zamon nayozoram,
Vafo kӣ did az eshon, ki man tama` doram?
Ba dasti har kas gule doshtam zi gulshani mehr,
Zi dashti ҷavr ba xotir nishond sad xoram.
Zi ҷavrashon shudaam on chunon, ki dida ba hur
Agar fitad, ba harosam, ki dev pindoram.
Kase, ki ҷon dihamash dar vafovu ӯ ba ҷafo
Dilam bixast, ba ҷonu dilash xaridoram
Ba bevafoiyashon charx niz hast sharik,
Ki in ҷafo rasad aksar zi charxi g`addoram.
Zi ahli odatu rasman mazallat oyad besh,
Umed chist zi xuboni mohruxsoram?
Ba rohi har ki niham sar, charo ba raxshi sitam
Ba nim ҷilva bisozad ba xok hamvoram?
Ba holi har ki kunam mardumoni dida fido,
Zi tiri g`amza bidӯzad ba dida mismoram.
Az in baliyat agar vonarastam, ey Fonӣ,
Zi ҷavrashon ba chӣ anҷomad oxiri koram?
Zamon ahlining vafosizligidan ozurda va xafa emasman,
ulardan kim vafo ko`rganki, men vafo tama` qilaman.
Kimning qo`liga mehru muhabbatim gulshanidan bir gul tutgan bo`lsam,
jabr dashtida xotirimga yuz tikan sanchadi.
Ularning jabridan shunday bo`ldimki,
agar hurga ko`zim tushsa, devmikan deb undan qo`rqaman.
Kimniki jonu dil bilan xaridori bo`lib vafosida jon bersam,
u jafo bilan dilimni majruh qildi.
Ularning vafosizligiga charx  ham sherikdir,
chunki menga bu jafo ko`proq xiyonatchi charxdan yetadi.
Odat va rasm ahli mening boshimga xorlik keltiradi,
shunday bo`lgandan keyin oy yuzli go`zallardan nima umid qoldi?
Kimni yo`liga bosh qo`ysam, nega u andak jilva ham    
qilmay sitam oti bilan meni tuproqqa teng qiladi?
Kimning holiga ko`z mardumimni fido qilsam,
g`amza o`qi bilan diydamga mix urmaydimi?
Ey Foniy, agar shu balodan qutulsam,
jabrlaridan ishimning oxiri qaerga borib anjom  topadi?
 Muxtara`
Rӯz chandon boshad az dardi firoqat mehnatam, 
K-az baroi nola kardan shab namonad quvvatam.
Chun dilam az didanash betoqatiho mekunad,
Digare gar binadash vah chun bimonad toqatam?!
Garchi hayronӣ ba husnash boshadam az had fuzun,
Hast dar ishqi xud afzuntar zi husnash hayratam.
Ey, ki gӯӣ: Chun ruxash didӣ charo hushat namond?
Ixtiyoram nest, k-in boshad qadimӣ odatam.
Dil zi dog`i ishq shabho sӯz behad dida bud,
Lek sӯz in bud, k-imshab sӯxt dog`i furqatam.
Sӯhbati vahshi biyobonam zi mardum xushtar ast,
3-on ki vahshӣ gashtaam, boshad az inon vahshatam.
Baski az mardum rasida bar dilam nomardumӣ,
Mardumi chashm ar buvad, xush nest bo ӯ sӯhbatam.
Soqiyo, bardor az xokam ba yak ҷomi sharob,
3-on ki boshad bar uruҷi charx moil himmatam.
Bevafoyand ahli davron, Foniyo, lekin chu man
Hastam az ahli vafo, nabvad bad-eshon nisbatam.
Kunduzi firoqning dardidan mehnatim shuncha  ko`p bo`ladiki,
kechasi  nola  qilish uchun quvvatim qolmaydi.
Dilim uni ko`rganda betoqat bo`lsa, o`zga
bir kishi uni ko`rganda, oh, qanday toqatim qolsin?
Uning husniga hayronligim haddan ziyoda  bo`lsa-da,
o`z ishqimning haddan ortiqligiga undan hap hayronroqman.
Ey yuzini ko`rganingda, nega behush bo`lasan? deydigan  kishilar,
bu mening eski odatim, buni tashlashga ixtiyor o`zimda emas.
Dil, ishq dog`idan kechalari kuyishi hadsiz edi,
lekin uning ustiga bu kecha ayriliq dog`i ham kuydirdi.
Menga biyobondagi yovvoyi maxluqlar suhbati
kishilar suhbatidan yaxshiroqdir,
chunki yovvoyi bo`lib qoldim, ular (kishilar) dan qochishim kerak.
Mardumlar   (kishilar) dan dilimga ko`p (ozor)lar yetgan,
agar ular ko`z mardumi   (ko`z qorachig`i) bo`lganlarida
ham, ular bilan suhbatlashmayman.
Ey soqiy, meni bir jom sharob bilan tuproqdan ko`tar,
chunki himmatim charx uzra chiqishga moyildir.
Ey Foniy, davron ahli vafosizdir, lekin men vafo
ahlidan bo`lganim uchun o`zimni ularga taqqoslamayman.
 Dar tavri Xoҷa
Shabe, k-az maykada mastu sarandozon burun oyam,
Namoyad charxu anҷum sabzavu shabnam tahi poyam.
Nashoti mastiyam chun dar surud orad, ba har nag`ma
Kunam Nohidro dar girya az mastona g`avg`oyam.
Va gar mufrit shavad mastiyu dar la`b ovaram pӯya,
Midod az Mushtarӣ v-on gah davot az Tir birboyam.
Zi Kayvon toҷu az Mirrix teg`ashro chu birbudam
Baram in ҷumlaro dar bazmi mohi maҷlisoroyam.
Mato`i chor gardunro ba xoki bazmi ӯ rezam,
Pas on gohe ba chashmu chehra xoki bandagӣ soyam.
Ba yak ҷomam agar az lutfi beandoza binvozad,
Kasham, gar xud hama on ҷom boshad charxi minoyam.
Zi charxu anҷum asbobi havodis chun ki shud ma`dum,
Naboshad to abad az ofati aflok parvoyam.
Ravam bo xotiri ҷam`u dili forig` ba mayxona,
Digar az kasbi osoish hame yak dam naosoyam!
Xayolote, ki kardӣ, dar fano darҷust, ey Fonӣ,
Chu on yobӣ, dar ӯ in orzӯho bo tu binmoyam.
 Kechasi  mayxonadan  mast bo`lib,  boshim chayqalib chiqsam,
osmonu yulduzlar, sabzau shudring bo`lib oyog`im ostida ko`rinadi.
Mastligim xursandligi meni ashulaga solib yuborsa,
har bir nag`mada mastona g`avg`omdan Zuhro yulduzini yig`lataman.
Kayfim oshib ketib, o`yinga tushib ketsam, mushtari
yulduzining siyohini va Utorud yulduzining davotini olaman.
Zuhal yulduzi tojiniyu Mirrix yulduzi tig`ini olgach,
bularni yig`ishtirib, majlisni bezovchi go`zalim bazmiga eltaman.
To`rt osmonning  matoini uning  bazm  tuprog`iga to`kaman,
so`ngra unga bandalik izhor etib, ko`zim va  yuzimni oyog`i tuprog`iga  surtaman.
Agar u bemisl lutfu marhamat yuzasidan meni bir jom bilan siylasa,
agar u jom kattalikda osmonday bo`lsa ham, hammasini sipqaraman.
Charxu  yulduzlardan   hodisalar   asbobi  yo`qolgach,
falak ofatlariga abadiy parvo qilmayman.
Agar osoyishtalik topish uchun bir dam tinmaydigan bo`lsam,
xotirimni jamu dilimni forig` qilib mayxonaga boraman.
En   Foniy,  qilayotgan  xayollaringni fanodan  izla,
agarda  fanoni topsang, shu orzularni senga ko`rsataman.
 Sarmast dar kӯi mug`on xudro ba har sӯ afkanam,
Bo har bahona xeshro xoham sӯi ӯ afkanam.
Rah gar nayobam sӯi ӯ az ҷavru bedodi raqib,
Bore ba har la`bu fusun xudro dar on kӯ afkanam.
Zulfash ba dastam gar fitad, boshad hisobi dardi man,
Har lahzae gar sad gireh bar tori har mӯ afkanam.
Az bahri chashmam tira shud, ravshan shavad ammo gahe,
K-ӯro zi gardi ashhabi on turk  doru afkanam.
Dil ob gardad dar baram, az dida ronam ҷӯi xun,
Har gah nazar bo on qadu raftori dilҷӯ afkanam.
Kosh afkanam dar otashu sӯzam dili badxӯyro, 
To kay ba dil otash zi har ra`noi badxӯ afkanam.
Dar dayri mug` Fonisifat har ҷo ki yobam bӯi may,
Dar maҷlisi ahli fano xudro ba on bӯ afkanam.
Mug`lar kuyida sarmast bo`lib, o`zimni har tomonga tashlayman,
har xil bahona bilan o`zimni u tomonga yetkazaman.
Agar raqibning javru-bedodi sababli u tomonga yo`l topolmasam,
turli o`yinlar va afsunlar bilan o`zimni u ko`chaga yetkazaman.
Sochi agar qo`limga tushsa va uning har torini xar lahzada
yuz bor tugsam, shu mening dardimning  hisobi bo`ladi.
U turk otining changini goho ko`zimga doru qilaman,
tiyra  ko`zim  undan  bahra  topib  ravshan  bo`ladi.
Har qachon uning diltortar qomatiga va yurishiga qarasam,
yuragim erib suv bo`ladi, ko`zimdan qon arig`i oqadi.
Badxo`y go`zallar  tufayli  qachongacha  yuragim kuyib yuradi,
koshki, badxo`y yurakni olovga tashlab kuydirsam.
Mug` dayrida, Fonnyga o`xshab qaerdan may hidi chiqsa,
fano ahli majlisida o`zimni o`sha hid tomon tashlayman.
Ey shahi safshikanon, xisravi novakfikanon,
Sad shikast az safi mijgoni tu bar safshikanon!
Talxkom az shakari la`li labat nӯshlabon,
Zahrxand az labi shirini tu shirindahanon.
Az qadat past shuda poyai shamshodqadon,
V-az tapat larza chu simob ba siminbadanon.
Xatti savdoi tu bar ҷabhakashon, sabzxaton,
Sangi bedodi tu bar sinazanon, ҷavrfanon.
Lab nihon kun zi raqibon, ki nihon avlotar,
Xotami mulki Sulaymon zi bari Ahrimanon.
Bandai piri mug`onam, ki gahi bazmi nashot
Hast durdikashi ҷomi karamash barhamanon.
Dӯsh az holati parvona savole kardam,
K-az chӣ bar otashi sӯzanda ravӣ charxzanon?
Ҷomi may giryakunon guft, ki donӣ, chu shavad
Ҷilvagar dar nazarat shӯ`lai ҷonsӯz chunon.
Foniyo, lolasifat g`arqa ba xun rav, ki basest
Har taraf chun tu dar in bodiya xuninkafanon.
 Ey saf sindiruvchilar podshohi, kamon andozlarning xisravi!
Sening kipriging safidan saf sindiruvchilarga yuz shikast yetadi.
La`l labing shakaridan shirin lablarning komi achchiq,
shirin labingdan  chuchuk og`izliklar  xijolat bilan jilmayadilar.
Shamshod qadlar darajasi qaddingdan past bo`ldi,
taningdan kumush badanlarga simob singari larza tushdi.
Sabza xatlar savdong xatini peshonalariga chizganlar,
hunarlari  jabru jafo bo`lganlar zulming toshini ko`ksilariga urganlar
Raqiblardan labingni yashir, chunki devlardan 
Sulaymon uzugini  yashirgan  yaxshi.
Men barahmanlar bazmining qunqaxo`ri
bo`lgan mug`lar pirining quliman.
Kecha parvonadan: Nima uchun yonib turgan
o`tga charx urib borasan? deb so`radim,
May jomi yig`lab turib:  Jon o`rtovchi alanga
nazaringda jilvagar bo`lsa, shunday bo`ladi, dedi.
Ey Foniy, lola yanglig` qonga g`arq bo`lib bor,
chunki bu sahroning har tomonida sen kabi qonli kafanlar ko`pdir.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Hast savgandam ba taxtu masnadi Sulton Husayn,
K-az pai ҷohu murodam nest bo kas shӯru shayn.
On ki boshad ahli binishro pai nuri basar,
Rӯftan xoki dari ӯro ba mijgon farzi ayn.
Ravzai dilro zi bӯstoni ҷamolash farru zeb,
Gulshani ҷonro zi gulzori ҷamolash zebu zayn.
Dayni ӯ don naqdi ҷoni ҷumla shohon, lek ӯ
Menagardad, v-ar talab dorad, ado sozand dayn.
Qof to qof ar kashad a`doi mulki ӯ sipah,
Hast dar peshi nabӣ chun g`azvai Badru Hunayn.
Raxshi ӯ dar pӯya don chun tavsani gardun, az on
Hast na`lashro ba mohi nav tafovut bayn-bayn.
Foniyo, to hashr bodo bahri rindoni ҷahon,
Shoh Abulg`ozӣ mu`izzi mulku din Sulton Husayn.
Sulton Husaynning taxtu masnadi bilan ont ichamanki,
martabayu maqsad yo`lida hech kishi bilan janjalim yo`q.
Kimdakim ahli nazar (uzoqni  ko`ruvchi) bo`lsa,
ko`zlarini nurli qilish uchun (Sulton Husayn)ning eshigi
tuprog`ini kiprigi bilan supurishi farzi ayndir.
Dil  bog`chasiga jamolining bo`stonidan shonu shavkat,
jamoling gulzoridan jon gulshaniga zebu ziynat bordir.
Hamma shohlar undan jon bilan qarzdor,
lekin u olmaydi, olaman desa, darhol topshiradilar.
Agar davlatining dushmanlari butun dunyoni to`ldirib lashkar
tortib kelsalar, payg`ambarga qarshi Badr  bilan
Hunayn jang qilganiday bo`ladi.
Uning otini yurishida osmon yo`rg`asi deb bil,
chunki otining taqasi bilan yangi oy orasida tafovut yo`q.
Ey Foniy, mulk va dinni hurmatlovchi g`ozilar otasi
Sulton Husayn rindlar baxtiga qiyomatgacha omon bo`lsin.
 Ayzan
Dar xarobot magӯ kom chӣ xohad budan,
Ҷuz ruxi mug`bachavu ҷom chӣ xohad budan?
Soqiyo, ҷomi may og`oz bikun chun kasro
Mest ma`lum.ki anҷom chӣ xohad budan?
Subhidam ҷomi chu xurshed ba dastam deh, az on-k
Ravshanam nest, ki to shom chi xohad budan?
Ey, ki guӣ zi kafi soqii gulchehra nekӯ,
Chi buvad, ҷuz mai gulfom chӣ xohad budan?
Ҷomi may xoh, ki yak lahza ba kome birasӣ,
Donӣ oxir, ki ba nokom chӣ xohad budan?
Man duogӯyamu, ki murodat chӣ buvad,
Ba ҷuz az yak-du-se dashnom chӣ xohad budan?
Gӯӣ: az Ka`ba xayolat chӣ buvad ey Fonӣ?
Ҷuz sӯi kӯi tu ehrom chӣ xohad budan?
 Xarobotda qanday matlab bor deb so`rama,
mug`bachaning yuzi va tomdan boshqa nima bo`lishi mumkin.
Ey soqiy, may berishni boshla, negaki,
oxiri nima bo`lishini hech kim bilmaydi.
Erta tongda quyoshdek jomni qo`limga ber,
chunki shomda nima bo`lishi menga oydin emas.
Gul yuzli soqiyning qo`lida nima yaxshi, deb so`ragan,
ey inson, gulrang maydan o`zga nima bo`lishi  mumkin?
Orzuga bir lahza yetay desang, may jomini tilagin,
oxiri nokomlik nima ekanini bilib olasan.
Men  duogo`yman-u,  muroding nimaligini  bilaman,
bir-ikki dashnomdan boshqa nima ham bo`lardi?
Ey, Foniy Ka`badan muroding nima? desang,
sening ko`ying sari  borishdan  boshqa  narsa emas.
 Tatabbӯ`i Xoҷa Ismat
Zi furqati ruxat ey oftobi mohvashon,
Maro du chashm nigar to sahar sitorafishon.
Kashon tu mӯi pareshon ravivu qoidi ishq,
Maro ba roh barad az pai tu mӯykashon.
Chӣ rohi on, ki kunam saҷda peshi abrӯyat,
Bas ast, qiblaam az poi tavsani tu nishon.
Zi davr ahli vafo noxushand, ey soqӣ,
Chӣ xush buvad, ki kunishon ba yak du ҷom xushon.
Maro, ki shӯ`lai dil bar falak rasid, ey mah,
Mapӯsh orazu in shӯ`lai maro manshon.
Sabo, zi furqati yoron malulam az had besh,
Niyozi man birasonӣ, agar rasӣ bar eshon.
Bidor ҷomi pur, ey piri dayr, Foniro,
Vale ba zohidi xudbin zi ҷur`a ham machashon.
Ey, oy yuzlilarning quyoshi, jamoling firoqida,
ikki ko`zimning tonggacha yulduz sochishiga qara.
Sen parishon sochingni yozib ketasanu,
ishq rahnamosi sochimdan tortib, izingdan yo`llaydi.
Qoshing oldida sajda qilishga yo`l bo`lsin,
oting tuyog`i  izini qibla qila olsam  basdir.
Vafo ahli davrdan shod emaslar, ey soqiy,
bir-ikki qadah bilan ularni shod etsang
yaxshi  bo`ladi Yuragim shu`lasi falakka yetib bordi,
ey oy, yuzingni yashirib, bu shu`lani so`ndirma.
Yoronlar  furqatidan  haddash  tashqari  malulman,
sabo ular  yoniga  borsang mening niyozimni yetkaz.
Ey dayr piri, Foniyga to`la qadah tut,
ammo xudbin zohidga bir qultum ham ichirma.
 Tatabbӯ`i Maxdum
Tavon daler ba xurshedi osmon didan,
Valek mohi ruxashro nametavon didan.
Sadash raqibu hazorash haros, chun didam,
Ba dil rasid balo sad hazor az on didan.
Kunad ҷununi maro lahza-lahza dar tug`yon,
Ruxi parivashi xudro zamon-zamon didan.
Maro zi haҷri ruxash xorho ba dida beh ast.
Hazor bor zi gulhoi bӯston didan.
Ba sӯi abrӯi ӯ bingaram ba gӯshai chashm,
Bad-on misol, ki dar gӯshai kamon didan.
Chunon, ki nuqtai mavhum didan ast muhol.
Ba nazdi aql muhol omad on dahon didan.
Xayol favt makun bahri didanash, ey dil,
Birav zi dur ba xurshedi osmon didan.
Zi ishqi xud ba g`alat afkanam raqibonro,
Ba chashm az ӯ sutuda sӯi inu on didan.
Zi chashmi xesh nihon g`ayri ӯ, Fonӣ,
Kp rӯi yor zi ag`yor beh nihon didan.
Osmon quyoshini dadil ko`rsa bo`ladi,
lekin uning oy yuzini ko`rib bo`lmaydi.
Uni yuz raqib va ming qo`rquv bilan ko`rganimda,
o`sha ko`rishimdan yuz ming balo dilga yetdi.
Parivashimni ahyon-ahyonda ko`rmoq
jununimni lahza-lahza tug`yonga keltiradi.
Yuzidan uzoqda bo`ston gulini tomosha qilganimdan ko`ra,
ko`zimga tikan sanchilgani ming marta yaxshiroq.
Qoshi tomonga ko`z qirimni tashlasam,
bamisoli kamon burchidan qaragandan bo`ladi.
Mavhum nuqtani ko`rish muhol bo`lgani
kabi aql qoshida u og`izni ko`rish ham muholdir.
Ey, ko`ngil, uni ko`rish orzusida behudaga vaqt o`tkazma,
quyoshni olisdan tomosha qil.
U go`zaldan ko`z uzib, boshqalarga qarash
bilan raqiblarni o`z ishqimdan adashtiraman.
Ey Foniy, undan o`zgalardan ko`z yum,   
chunki yor yuzini ag`yordan yashirib ko`rish yaxshi.
 Muxtara`
Ba yak may dar saram, soqӣ, havoi la`li yor afkan,
Damodam barqi shavqam z-on havo dar ҷoni zor afkan.
Aҷab tira-st, ҷono, rӯzi haҷru rӯzgori g`am,
Ba nomi ravshanam otash ba rӯzu rӯzgor afkan.
Bahoristonu shodurvoni debo, shohro avlo,
Faroshi bazmi mo dar soyai abri bahor afkan.
Rahat nabvad ba bazmi on parӣ, ey dil, shunav pandam,
Shuda Maҷnun dar on ҷo xeshro devonavor afkan.
Miyoni vahshi sahro solho gashtam, ki on chobuk
Ba tiri gamza rӯze bigzarad bar man shikorafkan.
Xumoru tavba dorandam xarob, ey dil, zi seli may,
Xarobӣ dar binoi tavbavu tarhi xumor afkan.
Ba bog`i dahr chun bar xok rezad, g`unchavu nargis,
Ba hush ovar dilu yak lahza chashmi e`tibor afkan.
Mai talx ar binӯshӣ, labgazon yak rah sӯi man bin,
Hazoron orzӯ dar xotiri ummedvor afkan.
Fano mulkest emin az xudӣ, Fonӣ, agar mardӣ,
Zi rohi bexudiho xeshro bo on diyor afkan.
 Ey soqiy, bir kosa May bilan boshimga yor la`li  ozusini sol!
Dam-badam joshg zorimga shavq o`tini sol!
En jonon, hajr kuni  bilan g`am ro`zgori ajoyib
zulmatdir, hayotimga ravshan jom bilan o`t yoq!
Naqshinkor uyu ipakli chodirlar podsholarga yarashadi,
bizning bazmimiz palosini bahor bulutining soyasiga sol!
Ey ko`ngil, u pari bazmiga yo`ling tushmasa nasihatimni
eshit! majnun bo`lib, devonalarday u yerga o`zingni tashla!
U chaqqon yorim bir kuni g`amza o`qi bilan ovlagani ustimga
kelib qolar deb, ko`p yillardan beri sahro vahshiylari orasida kezaman.
Ey ko`ngil, xumor bilan tavba  meni xarob qildi,
may seli bilan tavba binosinn va xumor tarhini buz.
Dahr bog`ida g`uncha bilan nargis tuproqqa to`kilar ekan,
Dilimni hushga keltir va bir lahza ibrat ko`zini tashla!
Agar achchiq may ichsang labingni tishlab men tomon
bir qarab qo`y, umidvor xotirga minglarcha orzu sol!
Ey Foniy, fano o`zlikdan tinch qolgan bir mamlakatdir,
agar mard bo`lsang, bexudlik yo`li bilan o`zingni u diyorga ot!
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Bipӯshon rӯi xesh az xirqapӯshon,
Ba rindon boda nӯsh, on gah binӯshon.
Dar otashgohi savdoi tu sӯzand,
Riyoӣ dalqi xudro xirqapӯshon.
Ridoi rahni mo bar may figandand,
Zi bahri bodapolo mayfurӯshon.
Xurӯsh az may xushast, ey dil, az on pesh,
Ki gum gardem dar kӯi xamӯshon.
Fitod andar dili durdikashon ҷӯsh,
Chu durdi boda dar xum gasht ҷӯshon.
Xumoram sӯzad, ey soqӣ karam kun,
Zi obi boda in otash furӯ (ni)shon.
Zi rindon mansabi Fonӣ, ba har bazm,
Ba dushi xud kashidan shud sabӯshon.
 Xirqa kiyganlardan yuzingni yashir,
rindlar bilan boda ich va ularga ichir.
Sening savdolaring otashgohida  xirqapo`shlar 
riyo choponlarini kuydiradilar.
Bizning may uchun qarzga bergan ridomizni,
mayfurushlar mayni tozalash uchun mayga soldilar.
Xomushlar ko`yida yo`qolishdan oldin,
en ko`ngil, may ichib shovqin ko`targanimiz yaxshiroq.
Xum ichida boda quyqumi qaynay boshlaganda,
durdno`shlar ko`ngli qaynab tosha boshladi.
En soqiy, xumor meni kuydirmoqda,
karam qil, bu o`tni boda suvi bilan o`chir.
Har bazmda Foniyning rindlardan topgan mansabi,
ularning ko`zalarini yelkaga  ko`tarish bo`ldi, xolos.
 Tatabbӯ`i Maxdum
3-otashi ishqi tu chun xok shavad manzili man,
Alami qabr buvad shӯ`lai dudi dili man.
Rang az xuni dilu ob zi paykoni tu yoft,
G`unchahoi g`amu mehnat, ki damid az gili man.
Teg` bar g`ayr zanӣ, to shavad az g`ussa halok,
Rӯhbaxshi digaron meshaviyu qotili man.
Mushkili man dahani tust pai dashnomam,
To dahan vo nakunӣ, hal nashavad mushkili man.
Bahri may sokini mayxona shudam, buda magar
Az mayu xoki dari maykada obu gili man?
Karda sarxayli xarobot maro piri mug`on,
Ki shud on mug`bachai mast mahi mahfili man.
To ba fikri dahanash gum shudam, en Fonӣ, nest
Yak qadam besh sӯi mulki fano manzili man.
Ishqing o`tida manzilim tuproq bo`lganda,
qabrim bayrog`i dilim tutunining shu`lasi bo`ladi.
Loyimdan o`sgan g`amu kulfat g`unchalari,
dilim qonidan rangu paykoningdan suv topdi.
Tiyg`ni boshqaga urasanu, men halok bo`laman, 
boshqalarga ruh bag`ishlovchiyu mening qotilim bo`lasan.
Mushkilim og`zing sirini bilishdir, meni koyish uchun
og`zingni ochmaguningcha, bu mushkulim hal bo`lmaydi.
May uchun mayxonada yashab yuribman, suv bilan
loyimni mayu mayxona tuprog`idan olganmikinlar?
Mug`lar piri meni rindlarga boshliq qilib qo`ydi,
chunki mast mug`bacha manzilim oyi bo`ldi.
Ey Foniy, og`zing fikrida yo`q bo`lganimdan
beri manzilim fano yurtiga bir qadamcha qoldi, xolos.
 Tatabbӯ`i Shayx
Soqӣ, hayot baxshad chun bodi navbahoron,
Chun abr raxti hastӣ kash sӯi kӯhsoron.
Xotir suxan shunav kun, daftar ba may garav kun,
Dar davri faqr nav kun oini komgoron.
Bod az Maseh dam zad, lala ba kӯh alam zad,
Xush bod, k-ӯ qadam zad on sӯ, ba xayli yoron.
Mekun ba mayparastӣ, devonagiyu mastӣ,
Gӯ, shav zi rangi hastӣ sharmanda huyoron.
Zuhhod shud nishona, dar mehnati zamona,
Az bodai mug`ona hushvaqt maygusoron.
Budam ba rӯz xurram v-az rӯzgor beg`am,
Ku, ey rafiki hamdam, on rӯzi rӯzgoron?
Fonӣ buvad ba shevan, k-az davri charxi purfan,
Ham dӯst gasht dushman, ham ҷumla dӯstdoron.
Ey soqiy, navbahor shabadasi hayot bag`ishlamoqda,
bulut kabi  borlik anjomingni tog`lik tomonga tort.
Xotirni so`z  eshitadigan  qil, daftarni mayga garov
qo`y faqr yo`lida maqsadga erishuvchilarning yangi rasmini tuz.
El Iso kabi nafas urdi, lola tog` ustiga bayroq tikdi,
yoronlari bilan u tomonga qadam qo`ygan odamning   dili shod bo`lsin.
Mayparastlnk  bilan  mastligu devonalik  qilaver,
hushyorlarga   ayt,  ular  borlik  rangidan uyalsinlar!
Zohidlar zamona mashaqqati nishonasi-yu,
mayxo`rlar  mug`larcha may ichishdan xushvaqtdirlar.
Har kuni xurram edim, ro`zgordan beg`am edim,
ey hamdam, do`st ayt, qani u kun bilan u hayot.
Nayrangboz charx davrpda do`st ham, do`st tutuvchilar ham
dushman bo`lganlari sababli Foniy nola va faryoddadir.
 Tatabbӯ`i Xoҷa Hasan
Garchi baloi xumor kard fuzӯn huzni man,
Mug`bachavu may valek azhaba annal-hazan.
Har shikani zulfi ӯ ҷoi hazoron dil ast,
Turfa ki on bandi zulf hast shikan bar shikan.
Shabnami xun bar gulash bar shafaq omad nuҷum,
Ne shafaqu ne nuҷum, xuni dilu ashki man.
Bar tani ӯ pirahan hast garon az harir,
Nest aҷab, gar zi rashk pora kunam pirahan.
3-otashi ohi dilam hast zabona zabon,
Lab shuda purobila, bin asarash dar dahan.
Sinai man kӯhi g`am mekanam az noxunash,
Bori dilam Besutun, man ba tahash Kӯhkan.
Xisravu Hofiz turo, Fonӣ, agar hodiand,
Payravii Ҷomiyat hast ba vaҷhi Hasan.
 Xumor balosi g`amimni orttnrgan bo`lsa xam,
may bilan mug`bacha bizdan g`amni ketkazdi.
Zulfining har o`rimi minglarcha dilning maskanidnr
shunisi taajjubki, u zulfing bo`g`imi zanjir uzra zanjirdir.
Uning gul yuzidagi ter shabnamlari go`yo shafaqdagi yulduzlardir,
shafaqdagi yulduzlar emas, dilim qoniyu ko`zim yoshidir.
Tanida qimmatbaho ipakli ko`ylagi bo`lsayu, men uni
rashkdan pora qilib, yirtib tashlasam, ajablanmang.
Tilim, dilim o`tining alangasidir,
labimdagi uchuqlar o`sha o`tning asaridir.
Ko`ksim  g`amning tog`i, uni  tirnoq  bilan  qaziyman,
dilim yuki Besutun tog`i, men uning ostida tog` qazuvchi Farhodman.
Ey Foniy, Xisrav bilan Hofiz senga yo`l ko`rsatuvchi
bo`lsalar ham, seni Jomiyga payravliging eng yaxshidir.
 Muxtara`
Gӯӣ buti moro, chӣ balo ishvagar ast in?
Chӣ ishvagaru but, ki baloi digar ast in!
Xunobi sirishkam zi tu hamrangi guhar gasht,
Hamrangi guhar ne, ki nishoni ҷigar ast in.
Ruxsori araqnoki tu chun safhai nasrin,
Aftoda ba shabnam, na ki gulbargi tar ast in.
Sad sangi malomat zi tu bar sinaam omad,
Na sina, ki bar sangi malomat sipar ast in.
Didand maloik ba shabistoni vay anҷum,
Guftand ba on otashi oraz sharar ast in.
Rӯzi siyahi haҷri tuvu partavi oham,
Bo on shabi dayҷur tulӯi sahar ast in.
Bigzosht xudӣ Foniyu, iqboli baqo yoft,
Az foidai kasbi fanoyash asar ast in.
 Bu go`zalimizni qanday ishvagar sanamdir? deysan,
bu go`zal ishvagar sanam: emas, balki o`zgacha bir balodir.
Seni deb ko`z yoshim yoqutga hamrang bo`ldi,
yoqutga hamrang emas, balki jigarning nishonasidir.
Terlagan yuzing shabnam tushgan nasrin guli,
yaprog`i emas, toza gul yaprog`idir.
Sen sababli yuzlab malomat toshi ko`ksimga urildi,
bu ko`ks emas, malomat toshiga qalqondir.
Farishtalar u go`zalning  bazmida  yulduzlarni ko`rib:
Bu yulduzlar u yuz o`tining uchqunlaridir, dedilar.
Hajrnng qorong`i kunida ohim shu`lasn o`sha
qorong`i kecha tongida balqib chiqqan nurdir.
Foniy o`zlikdan kechdiyu mangulik baxtini topdi,
bu fano kasbi foydasidan bir asardir.
 Dar bevafoii ahli olam
Harchi hastand ahli olam beh, ki n-orӣ yodashon.
To ba xotir n-oyadat az yodashon bedodashon.
Xӯyashon chun bevafoiyu faromӯshӣ buvad,
Beh, ki berun ovarand ahli vafo az yodashon.
Garchi omӯzand chӯz nomardiyu nomardumӣ,
Zoli purmakri falak har gah ki hast ustodashon.
G`ayri ziddiyat chӣ kor oyad az eshon dar vuҷud?
Xonai xilqat chu shud az chor zid bunyodashon.
Chunki barbod ast az eshon rasmu oini vafo,
Bevafo don on ki nadhad chun vafo barbodashon.
Bevafoӣ zodai tab` ast eshonro, magar
Modari davron ba tab`i bevafoӣ zodashon.
Har yake zarfest pureg`roz lekin muxtalif,
3-ixtilofi tab` z-on rӯ nest istib`odashon.
Zikrashon on beh, ki n-oram dar raqam, chun xomaro
Sarnaguniyu siyahrӯist, az erodashon.
Fonnyo, az bandagӣ gar z-on ki ozodat kunand,
Sarvu savsanvash tu ham beh gar kunӣ ozodashon.
 Olam  ahllari nima  bo`lsalar  ham, ularni yodingga keltirmaganing yaxshi,
ularni eslasang, qilgan zulmlari yodingga tushadi.
Ularning  fe`l-atvori  vafosizligu, unutmoq  bo`ladi,
vafo ahllari ularni yodlaridan chiqarib yuborishlari yaxshidir
Makri ko`p falak zoli, har vaqt ularning  ustodidir ayt,
ular (falakdan)   yana  nimani o`rganmoqchi  bo`ladilar?
Bulardan ziddiyatdan boshqa hech ish vujudga kelmaydi,
chunki bularning yaratilishi to`rt ziddiyat (to`rt unsur)dan iborat.
Ulardan vafo rasmu odati shamolga uchib ketgan,
shuning uchun ularni vafo  kabi  barbod bermagan kishini vafosiz bil!
Ularning   tabiati   bevafolikni   vujudga   keltiradi,
davron onasi ularni bevafolik bilan tuqqanmi?
(Ularning)   har  birisi g`arazlar  bilan to`la  bir idishdir,
lekin turli-tuman shuning uchun tabiatlari har xil bo`lishini o`zlaridan uzoq tutmaydnlar.
Ularning zikrlarini yozmaganim yaxshidir, chunki ular
zikridan qalamning boshi quyi-yu, yuzi qora bo`ladi;
Ey  Foniy,  agar  meni  bandalikdan ozod qilsinlar
desang sen ham ularni sarvu savsan kabi ozod qil.
 Mav`iza
Maro az mehnati gardun malolathost gunogun,
Ki gar yak-yak navishta ҷam` sozam pur shavad aknun.
Malolathoi davronam zi gardun beshu v-az ahlash
Zi har yak shiddatam bo har du yakson ast, bal afzun.
Tamosho bin, ki bo in mehnatu andӯhi beg`oyat,
Biboyad ham kashidan sog`ari rehlat zi davri dun.
Mai gulrang deh, soqӣ, ki gul bisyor chun Ҷamshed
Zarafshon oyadu mo dar zamin chun ganҷi Afridun.
Baso nargis, ki chun Muso asoro bo yadi bayzo
Namoyad, lek mo dar xok hamchun maxzani Qorun.
Az in ham turfatar bishnav, ki ba`d az sog`ari rehlat
Hazoron ҷomi purbim ast zahr og`ushta andar xun.
Maro z-andeshai in ҷumla, holo mekunad forig`
Zamona bodai gulgun zi dasti soqii mavzun.
Zi dasti soqii mavzun mai gulgun, ki kardam sharh,
Labolab darkashidanro tu xud gӯ, chun guzoram, chun?
Bikash ҷomi fano to az hama forig` shavӣ, Fonӣ,
Vagarna in hikoyatho buvad afsonavu afsun.
 Gardun mashaqqatndan menda rangba-rang malolatlar bor
har birini bir-bir yozib jam` qilsam, gardun to`lib ketadi.
Menga davron malolati gardundan ortiqdir va uning ahlining
har  biridan  shiddatim ikkoviga baravar, balki ziyodadir.
Tomoshani ko`rki, shuncha kulfatu oxiri yo`q g`am bilan pastkash
davrondan   ko`chish  piyolasinn  ham  sipqarmoq lozim ekan.
Ey soqiy, gulrang may ber! Chunkn gul Jamshid kabi ko`p oltin 
sochuvchi bo`ladi, biz esak, Faridun xazinasiga o`xshab, yer ostida  yotamiz,
Nargis ko`p vaqtlar Muso snngarn mo``jiza qo`lini ko`rsatadi,
lekin biz tuproq ichida Qorun xazinasidek yotaveramiz.
Bundan   ham   ajoyibrog`ini  eshitki,  ko`chish  piyolasini ichgandan
keyin minglarcha  qonga zahar qo`shilgan qo`rqinch jomlari  turadi.
 Bularning hammasining andishasidan qaddu qomati kelishgan
soqiy qo`lidan gulrang mayni ichgan zamonimda xalos bo`laman.
O`zing ayt, sharh etib o`tganim qaddu qomati kelishgan soqiy qo`lidan olib ichgan
gulrang mayimni limmo-lim simirish  navbatini qanday o`tkazib yubora olaman.
Hamma narsadan xalos bo`lish uchun, ey Foniy, fano jomini
simir agar  unday   bo`lmasa, bu  hikoyatlar  afsonayu  afsun bo`ladi.
Mav`iza dar shikoyati ahli zamon
Ahli zamon, ki mehru vafo nest xӯyashon,
Chun xӯyashon naboshad, az eshon maҷӯyashon.
Az guftugӯyashon chu zabon hast talxkom,
Behtar, ki nagzarad ba zabon guftugӯyashon.
Az bevafoӣ ast chu berӯii hama,
Ahli vafo sazad, ki nabinand rӯyashon.
Obi hayot agar rasad az nutqashon ba ҷism,
Ey dil, guzar zi umru makun mayl sӯyashon.
Chun orzӯyashon hama zulmu taaddӣ ast,
Zulmu taaddӣ ast ba xud orzӯyashon.
Ne minnat ast yak sari mӯ peshashon, na muzd,
Gar ҷon kunӣ nisor ba har tori mӯyashon.
Dar xalq bӯyu rangi vafo nest, Foniyo,
Chashmu dimog` basta kun az rangu bӯyashon.
 Zamon ahlining mehru vafo qiladigan fe`li yo`qdir,
shunday fe`l-atvori bo`lmagach, undan bunday narsani izlama!
Til ularni gap-so`z qilgani uchun achchiqdir,
yaxshisi shuki, ularning gap-so`zlari tilga olinmasin!
Yuzsizlikning hammasi vafosizlikdandir, vafo ahliga
o`larning yuzini ko`rmagan yaxshi (ularning yuzlarini ko`rmasinlar)
Agar ular nutqi jismga obi hayot baxsh etsa ham; ey dil,
umringdan kechsang kechu, ularning tomoniga mayl qilma.
Orzularining hammasi zulm va zo`ravonlik bo`lgach,
o`zlari uchun zulm bilan zo`ravonlik orzudir.
Har bir tola mo`ylariga jon nisor qilsang ham bir qil
uchicha na minnatdorliklari boru na mukofotlari.
Ey  Foniy,  xalqda  vafoning rangu isi  yo`qdir,
pangu isidan ko`zing bilan dimog`ingni bekit.
 Mav`iza
Gadoi maykadai ishq boshu shohӣ kun,
Maxoh xostai nafsu harchi xohӣ kun.
Ba zulmu ҷavr zi tu lofi saltanat, ki xirad
Panohi tu ba ҷahon bas, ҷahonpanohӣ kun.
Ba sharhi tavbavu taqvo maҷӯ qabul zi dӯst,
Ba arzi ҷurmi xud isboti begunohӣ kun.
Bimol rӯ ba rahi solikoni rohnavard,
Ba in tariqi xud izhori rӯ ba rohӣ kun.
Davoi shomi g`amam chun namekunӣ, ey mah,
Hazar zi novaki in ohi subhgohӣ kun.
Zi dudi churm siyahrӯyam, ey qalam, bar dӯst
Adoi noma ba unvoni rusiyohӣ kun.
Agar zi mohӣ to moh boyadat hashmat,
Ba ӯ gadoiyat az moh to ba mohӣ kun.
Ba haqqi orazi gulrangi xesh, ey soqӣ
Ba yak piyola mayam daf`i lavni kohӣ kun.
Ba zuhd g`arra mashav, Foniyo, chu bitvonӣ,
Ba kasbi tavri fapo xeshro mubohӣ kun.
 Ishq  mayxonasining  gadosi   bo`lu,  podshohlik  qil!
Nima istasang   qilu,   nafsingning  so`ziga   kirma!
Jabru zulm bilan sultonlik da`vosi lof (yolg`on)  gapdir,
jahonda aql panohing bo`lsinu jahonpanohlik qil.
Tavbayu taqvoni dastak qilib do`st qabulini izlama,
o`z gunohingni izhor etib, gunohsizligingni isbot qil.
Tariqat yo`liga kirgan soliklar yo`liga yuzingni sur,
shu yo`l bilan yo`lga kirishganingni izhor qil!
Ey oy, g`amnm shomi davosini qilmasang,
tong chog`idagi ohim o`qidan hazar qil!
Ey qalam, do`st qoshida gunoh tutuni bilan yuzim qoradir,
qora yuzli unvoni bilan nomamni ado et!
Agar senga baliqdan oygacha (butun dunyocha) dabdaba kerak bo`lsa,
unga oydan baliqqacha  (jahon bo`yicha)  gadolik qil!
Ey soqiy, gulrang yuzing haqqi hurmati, bir piyola may
bilan mening somon kabi bo`lgan rangimni yo`qot.
Ey Foniy, qo`lingdan kelsa, zuhd bilan mag`rurlanma,
o`zingni fano yo`lini kasb qilish bilan faxrlanishga o`rgat.
 Ayzan
Ostinafshon ba kӯi mug` ravu domankashon,
Beh buvad gar z-ostinu domanat nabvad nishon,
Lek chun rah yobӣ andar bazmi qalloshoni dayr,
Har chi dar dastat buvad chun ostin ham barfishon.
Chunki dastu domanat xolӣ shud az naqdi xudӣ,
On zamon gardӣ zi durdi ҷomi qalloshon xushon.
Soqiyo, z-on pesh k-afshonӣ ba xokam chur`ae,
Xokvoram, ҷur`ae az nimxӯrdi xud chashon.
Bandai piri xarobatam, ki gohi sarxushӣ,
Boshadash Ҷamshedu Afredun zi xayli chovushon.
Zohidon, rohi malomatro buridan mushkil ast,
In riyozatro kashidan n-oyad az bevarzishon.
Ey dil, az Fonӣ ba bazmi xosi shah yodovarӣ,
Chun bubinӣ sarxushonu bodanӯshon, mahvashon.
 Yengingni tashlab, etagingni sudrab mug` ko`yiga ravona bo`l!
agar yenging bilan etaging benishon bo`lsa, yaxshiroq bo`ladi.
Lekin dayr faqirlari orasiga yo`l topsang, qo`lingda nimaiki 
bo`lsa, bamisoli yeng  tashlaganing  yanglig` tashla!
Qo`lingu etaging  o`zlik  naqdidan  bo`shaganidan  keyin,
faqirlar jomi quyqasidan ichib shodlanasan.
Ey soqiy, qadah ostida qolgan mayni tuproqqa to`kma,
men tuproqman, sarqitingni menga to`k.
Shirakayf  bo`lgan chog`ida  Jamshid  bilan  Faridun malaylari
maqomida bo`lgan  xarobot  pirinnng bandasiman,
Ey zohidlar, malomat yo`lini bosib o`tmoq mushkuldir
bu riyozatni tortmoq mashqsizlar qo`lidan kelmaydn.
Ey  dil,  podshohning  xos bazmida  mastlar  bilan
mayxo`r mahvashlarni ko`rsang, Foniyni esla!
 Dar tavri Maxdum

Man halok az haҷru on mah dilsitoni digaron,
Zinda budan kay buvad mumkin ba ҷoni digaron?
Holi xudro kay buvad xud arza doram, z-on, ki nest
E`timodam besh bar sharhu bayoni digaron.
Boshadam sad guna tӯhmat, vah, ki ranҷurand xalq
Az zaboni xeshtan, man az zaboni digaron.
Ozmӯni digaronro teg`i bedodam zapӣ,
Digare sӯzӣ zi bahri imtihoni digaron.
Digaron maqbulu man mardud, k-az qismi azal,
Mehnat omad z-oni man, ishrat az oni digaron.
Digaronro vasl, man ҷӯyoni qaddu orazash,
Oshiqi sarvu gulam az bӯstoni digaron.
Komi ҷon yoband zi vaslat digaron, Fonӣ nakӯst,
Gar burun orӣ pai katl az miyoni digaron.
 Men hajridin halokmanu u oy boshqalarnnng ko`nglnii oluvchidir,
o`zgalar joni bilan tirik turish qanday mumkin bo`ladi?
Boshqalarning ortiqcha sharh va  bayon qilishiga e`timodim
bo`lmagandan keyin, o`z holimni o`zim qachon arz qila olar ekanman?
Afsuski, xalq o`z tilidan riyozat tortadi, men
boshqalar tilidan yuz xil tuhmatga qolganman.
Boshqani sinash uchun menga zulm tig`ini urasan,
boshqalarni sinash uchun boshqa kishini kuydirasan
Azal taqsimida  boshqalar maqbulu men rad etilganman,
mehnat meniki va ayshu ishrat boshqalarnnki bo`lib kelgan.
Boshqalarga vaslu men qadu orazini izlab yuruvchi oshiqman,
sarvu gulim boshqalar bo`stonidan.
Boshqalar  jon  maqsudini  vaslingdan topadi, ha, mayli,
o`ldirish uchun Foniyni boshqalar qatoridan chiqarsang yaxshidir.
 Muxtara`
Hast alif guftem on bolo bared az mo suxan,
Peshi on badxӯy natvon guft alif bolo suxan.
Yak suxan gӯyad zi vaslam bo hazoron intizor,
Garchi n-oyad z-ӯ dar oini visol, illo suxan.
Murda budam, yak suxan guftiyu rӯham toza shud,
Kay Maseho inchunin guftast rӯhafzo suxan?
Gar labat ҷon xost, ҷustam dar baho bӯse, maranҷ,
Ҷoni man, z-on rӯ, ki gardad az suxan paydo suxan.
Xush nameoyad suxan az kas ba gusham dar xumor,
Soqiyo, digar magӯ dar gardishi sahbo suxan.
Dar suxan ma`niyu dar ma`nӣ suxan nabvad, xamӯsh,
Peshi rindon to ba kay izhori ma`nӣ bo suxan?
Fonpyo, tanho ba xilvat yak suxan doram ba yor,
3-on ki chun xilvat shavad, nabvad maro tanho suxan.
 U qomat alifdir dedik, bu so`zni unga aytinglar, u badfe`lning 
qoshida  alifdan  yuqori so`z aytib, (so`znn ikkita qilib) bo`lmaydi.
Odatida visol to`g`risida so`zdan boshqa narsa kelmasa-da,
ming martalab intizor bo`lganimda vasldan birgina so`z aytadi, xolos.
Murda edim, bir so`z aytdingu qayta jon topdim,
shunday hayotbaxsh so`zni Iso ham aytganmikan-a?
Labing jon istaganda evaziga men bir bo`sa istadim,
jonim, ranjima, chunki so`zdan so`z paydo bo`ladi.
Xumor chog`imda  qulog`imga birovning so`zi yoqmaydi, ey soqiy,
bundan  keyin  mayni  aylantirayotganingda gapirma!
So`zda ma`noyu ma`noda so`z bo`lmasa, qachongacha
rindlar qoshida so`z bilan ma`no izhor qilasan?
Ey Foniy, xilvatda aytishga yolg`iz bir so`zim bor,
lekin xilvat bo`lgach, menda tanho so`zlash bo`lmaydi.
 Tatabbӯ`i Shayx
Ey, sad chu mani zor turo dast ba domon,
Bas bulaҷab ast in kunӣ ҷilva xiromon.
Map xoki rahu girdi sarat gashta shabu rӯz,
Az Arsh maloik na chu man pastmaqomon.
Tu xisravi xuboniyu shohon hama peshat,
Dar bandagӣ inak, chu bari shoh g`ulomon.
Dar dӯzaxi haҷram manu shayxu talabi xuld,
Az kayfiyati shӯ`la mapursed zi Homon.
Shud subhi man az haҷr siyah, shukr bigӯed,
Az sham`i ruxi dӯst barafrӯxta shomon.
Burdӣ dilam az ҷoyu fikandӣ ba sad oshӯb,
In naqd agar nest pisandi tu, ba ҷo mon!
Dar kisvati faqrand zi ҷonon ba shikoyat,
Doman bikash ey Fopӣ, az in xirqa haromon!
 Ey, mendek yuzlab zorlarning qo`li etigida bo`lgan go`zal,
xiromon jilva qilishing ajabdir.
Men   yo`ling tuprog`iman,  ammo boshingda kecha-kunduz,
mendek past maqomlar emas Arsh malaklari aylanadilar.
Sen go`zallarning shohisan barcha shohlar,
shoh oldidagi qullardek oldingda turadilar.
Men ayriliq do`zaxidaman-u, shayx jannat istaydi,
alanga kayfiyatini xomlardan so`ramang.
Mening tongim ayriliqdan qora bo`ldi, ey shomlari
do`st yuzidan yoruganlar, shukr qilinglar.
Qo`nglimni olib ketding-u, yuz oshub bilan tashlading,
Agar bu mato senga yoqmasa, o`z joyiga qo`y.
Faqr kiyimida bo`la turib, jonondan shikoyat qiladilar,
Ey Foniy, bu hirqasi haromlardan etagingni tort.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
May boyadat, ba dayri mug`on oyu nӯsh kun,
Imon fidoi mug`bachai mayfurӯsh kun.
Doram suxan ba gӯshi tu pinhon zi muddaӣ,
Hon, ey ҷavon, nasihati in pir gӯsh kun.
Dar xilvati visol puro-pur binӯsh may,
To kas xabar burun nabarad tarki hush kun.
Dar guftugӯi ishq zaboni digar buvad,
Zohid, tu in tarona nadonӣ, xamӯsh kun.
Chun qavli piri dayr ba ayshat dalolat ast,
Ey xoҷa, istimoi nidoi surӯsh kun.
Aksi tu, soqiyo, ba ruxat lof zad zi husn,
Munkir shavad bigir mayu rӯ ba rӯ-sh kun.
En mug`bacha, kusho ruxu Fonisifat ba dayr,
Uryon zi satri hush dusad xirqapӯsh kun.
 Senga sharob kerak bo`lsa, mug`larning mayxonasiga borib ich!
Mayfurush mug`bachasiga imoningni fido qil!
Da`vogardan yashirincha qulog`ingga aytadigan so`zim bor,
ey yigit, hushyor bo`l, bu keksaning nasihatini eshit!
Visol xilvatida to`la-to`kis may ich, birov tashqariga
xabar olib ketmasdan ilgari hushingni tark qil!
Ishqing gap-so`zida boshqacha bir til bor, ey zohid,
sen bu taronani tushunmaysan, jim o`tir!
Ey xoja, dayr piri so`zi ayshu ishratingga dalolat
qilgandan keyin Jabrail nidosiga quloq sol.
Ey soqiy, aksing yuzingga husn lofini urdi,
agar munkir bo`lsa qo`lingga may olu, unga ro`para qil!
Ey mug`bacha, yuzingni ochu yuzlarcha xirqapo`shlarni
Foniy kabi hush libosidan yalang`och qil.
 Tatabbӯ`i Maxdum
Zi chashmi ravshanam n-oyad xayoli on sanam berun,
Ki aks az oina hargiz nayorad zad qalam berun.
Zi zulfi purxamu pechat gar ohe barkasham az dil,
Ravad monandi zulfat dudi dil purpechu xam berun.
Darun dardu g`amu berun sarosar mehnatam, ya`ne
Sipohi xayli ishqat ham darun bigrift ham berun.
Tanam shud xushk on nav` az g`ami ishqat, ki az har sӯ
Tamoshoro sar ovardand paykonhoi g`am berun.
Ba vaslam mug`bacha binvoxt, berun kay ravam az dayr,
Har on k-ӯ mahrami dil gasht, n-oyad az haram berun,
Nihon doram g`ami ishqi turo andar dilu dida,
Agar nadhand rozam ashku ohi dam ba dam berun.
Chu Foniro zi fikri on dahan pursand, gӯy, ey dil,
Ki az mulki baqo shud ҷonibi dashti adam berun.
 U sanamning xayoli ravshan ko`zimdan tashqariga chiqmaydi,
chunki aks hech mahal oynadan tashqariga tushmaydi.
Ko`p o`rimli zulfing zanjiri xayolida bir oh tortsam,
dilim tutuni bamisoli sunbul soching kabi o`ralib-o`ralib chiqadi.
Ichim dard bilan g`amu, tashim boshdan oyoq kulfat,
ya`ni ishqing lashkari ham ichimu ham tashimni o`rab olgan.
Ishqing g`amidan tanim shunday quridiki, g`am o`qlari har
tomondan tomosha uchun boshlarini tashqariga chiqardilar.
Mug`bachalar vasli bilan siyladi, dayrdan tashqariga qanday chiqay?
dilga mahram bo`lgan odam haramdan tashqariga chiqmaydi.
Agar ko`z yoshim bilan ohim dam-badam sirrimni oshkor etmasalar,
sening ishqing g`amini dilim bilan diydamda yashiraman.
Ey dil, u yor og`zi fikrida Foniy qanday deb so`rasalar,
u baqo mulkidan yo`qlik dashti tomon chiqib ketdi,  deb javob ber.
 Muxtara`
Tu gashtӣ kaҷkulohi ҷumla shohon,
G`alat guftam, ki shohi kaҷkulohon.
Chi husn ast in, ki xuni har ki rezӣ,
Nihad sar peshi rӯyat uzrxohon.
Chu ishqat da`vii xunam namuda,
Du chashmi xunfishonam shud guvohon.
Zanaxdonat chu yobam, barkanam dil,
Zi sebi ravza ne, sebi Sipohon.
Ba hachrat xun ravad az mardumi chashm,
Ba ishqam surx rӯ z-in rӯsiyohon.
Zi mahrumӣ gunohi xud nadonam
Chu rezi xuni xayli begunohon.
Ba Fonӣ bin, ki andozand gohe
Nazar sӯi gadoyon podshohon.
 Sen barcha podshohlarning kajkulohisan, yo`q,
yanglishdim, kajkulohlar podshohisan.
Bu qanday husnki, kimning qonini to`ksang,
uzr aytib, yuzing oldida bosh qo`yadi.
Ishqing qonimni da`vo qilsa, qon
sochuvchi ikki ko`zim ikki guvohdir.
Sening bag`baqangni topganimda Isfahon olmasidan emas,
jannat  olmasidan  ham  qo`nglimni  uzaman.  
Hajringda ko`z mardumidan qon oqadi, bu yuzi
qoralar  (ko`zlarim)  ishqing bilan qizildir.
Gunohsizlar qonini to`kding, mening qonimni
to`kmading, gunohim nima edi, bilmayman.
Foniyga bir qara! Chunki ba`zida podshohlar
gadolar tomonga ham nazar tashlaydilar.
 Tatabbu`i Maxdum
Rinde, ki po burun nihad az dayri sarxushon,
Hast az uluvvashon ba rahash farqi sarkashon.
Maҷnunvashonu vasl kuҷo, z-on ki po nihand
Bo sad harosu bim ba kӯyash parivashon.
Xush on ki shud zi duniyu uqbo ba maykada,
Domankashon az inu az on ostinfishon.
  Chun darkashid yak du qadah v-on gahash namond,
Ne az mayu na maykada, ne az xudash nishon.
Maxfist sirri kor az on shud daleli ҷahl,
Bar ahli bahsu madrasa da`vii ilmashon.
Ruhullahash zi torami mehr ast ҷur`axoh,
Bar bomi dayri piri mug`on bin qadahkashon.
Fonӣ, ba rohi faqru fano xok agar shavӣ,
Boloi charx ҷoy kunӣ az uluvvashon.
 Shirakayf bir rind dayrdan chiqsa, uning oliy martabasidan
sarkashlarning   (bosh tortuvchilarning) boshi uning   yo`lidadir.
Majnunga o`xshaganlar qaydayu, vasl qayda?
Chunki parivashlar yuz qo`rquv bilan uning ko`chasiga qadam qo`yadilar.
Dunyodan  etak va  oxiratdan  yeng silkib, 
mayxonaga borgan kishi xursand bo`ladi.
Bir-ikki qadah simirgach, na maydan,
na mayxonadan va na o`zidan nishon qoladi.
Ishning siri yashirin, shuning uchun bahsu madrasa
ahlining ilm da`vo qilishlari nodonliklariga dalildir.
Mug`lar piri dayr tomida qadah ichayotganda
Iso quyosh toqidan turib bir qultum may so`raydi.
Foniy, agar faqru fano yo`lida tuproq bo`lsang,
sha`nu  shavkating ulug`ligidan charxning to`ridan joy olasan.
 Tatabbӯ`i Xoҷa Ismat
Chu xoki rohi tuem, ey tu shohi ҷur`akashon,
Zi nimxӯrdi mayat ҷur`ae ba xok fishon.
Hazor sharm zi dinam, ki har shab az mastӣ,
Mug`on burun fikanandam zi xoki dayr kashon.
Sahar zi ranҷi xumorem noxush, ey soqӣ,
Bisoz, mon ba du ҷomi mai sabӯh xushon.
Zi ҷomi vasli tu serob sofnӯshonand,
Chӣ shud, ba durdkashon niz qatrae bichashon?
G`ulomi piri mug`onam, ki xoki dayrashro
Ba boli xesh birӯbad malak zi rif`ati shon.
Chӣ haddi nomi tu burdan, ki man ba ishqi tuam,
G`ulomi mohvashon, ey tu shohi mohvashon?
Maҷӯ nishonai Fonӣ, ki to bishud oshiq,
Az ӯ ba dashti fano kas nayoft nomu nnshon.
 Ey mayxo`rlar shohi, men yo`ling tuprog`iman,
Maying sarqitidan  bir qultumni bu tuproqqa soch!
Dinim oldida ming uyatdaman, chunki har kecha  mastligimdan
mug`lar meni dayr tuprog`idan sudray-sudray tashqariga chiqarib tashlaydilar.
Ey soqiy, saharda xumor dardidan noxushmiz,
ikki qadah tong mayi bilan bizni xursand qil!
Vasling jomidan  tiniq  may  ichuvchilar  serobdirlar,
quyqa simiruvchilarga ham bir tomchi ichirsang, nima qilibdi?
Men mayxonasi tuprog`ini  farishtalar qanotlari
bilan supuradigan mug`lar pirining quliman.
Ey mahvashlarning podshohi, ishqing tufayli mahvashlarning
quliman. nomingni tilga olishga qanday haddim sig`sin?
Foniyning nishonasini izlama! Chunki u oshnq bo`lgandan
beri fano dashtida hech kimsa undan nomu nishon topgani yo`q.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Subh ast fayz agar talabӣ, tarki xob kun,
To chand masti xob, qadah pursharob kun?!
Moro ba shisha may fikanu, az itobu lutf
Ne sangi xora afkanu ne la`li nob kun.
Murdam dar intizori tu, ey umri nozanin,
Yak dam ba omadan, na ba raftan shitob kun..
Rӯzӣ muqaddar ast, nagardad ziyodu kam,
Gar tu viqor varz va gar iztirob kun.
Ey mah, turo hamerasad, az mastiyu g`urur
Xohӣ ba charx nozu ba anҷum itob kun.
Nazdi vuҷudi ishq baqoi sipehrro,
Bar rӯi obi bahr qiyosi hubob kun.
Fonӣ, shabi visol mai behisob dor,
V-onro ba mo ba umri muxallad hisob kun.
Tong chog`idir, fayz talab qilsang, uyquni tark et,
qachongacha mast uyquda yotasan, qadahga sharob to`ldir.
Shishamizga may quyu, koyish va lutfdan
tosh ham otma, la`l nob ham.
Ey nozanin umr, intizoringda o`ldim,
ketishga emas, bir nafas kelishga shoshil.
Rizq taqdirga yozilgandir, xoh harakat qil,
xoh qilma, ortiq yoxud kam bo`lmaydi.
Ey jonon, senga rizq hamisha yetib turadi, mastligu
g`ururingda xoh charxga noz qilu xoh yulduzga itob ayla.
Ishq vujudi oldida osmonning baqosini dengiz
suvi betidagi ko`pikka qiyos qil!
Ey Foniy,  visol  kechasi bizga behisob may tutu
uni biz uchun mangu umr deb hisobla!
 Tatabbӯ`i Xoҷa
G`ami subhat zi mayu ҷom chӣ xohad budan,
Chun napaydost, ki to shom chi xohad budan?
Gӯ: bidoned hama kas qadah og`oz kunem,
Kas nadonist, ki anҷom chӣ xohad budan?
Andarin dayri kuhan toza dilorome ҷӯy,
Nest ma`lum, ki orom chӣ xohad budan?
Chand pursӣ chi buvad komi tu az gulshani dahr,
Ҷuz mayu yori gulandom chӣ xohad budan?
Zoti Haq boqiyu kavnayn ba ҷuz naqshu xayol,
Andar oinai avhom chӣ xohad budan?
Neknomoni riyopeshai hosidro kor,
Ҷuz ҷafoi mani badnom chӣ xohad budan?
Az labat n-omada hargiz chu maro ҷuz dashnom,
Bӯsae niz ba dashnom chӣ xohad budan?
Foniyo, ҷuz ba fano vasl, ki xohӣ az dӯst,
Ҷuz xayolu tama`i xom chӣ xohad budan.
 Shomgacha nima bo`lishi ma`lum bo`lmagach,
mayu jom bilan tongning g`ami nima bo`lardi?
Hammaga  ayt, may sipqarishga boshlaganimizdan
ogoh bo`lishsin, oxiri nima  bo`lishini hech kimsa bilmayajakdir.
Bu ko`hna dayrda yangi bir dilorom izla, negaki,
oromu qaror nima bo`lishi ma`lum emas.
Olam gulshanidan maqsuding nima? deb necha marta so`raysan?
May  bilan  gulbadan yordan  bo`lak nima  bo`lardi.
Haqning zoti abadiydir, vahm oyinasida ikki dunyo
naqshu xayolidan boshqa nima bo`lardi?
Hunarlari riyoyu hasadchilik bo`lgan pok nomlilarning
ishlari men badnomga jafo qilishdan boshqa nima bo`lardi?
Labingdan meni tahqir etishdan boshqa narsa chiqmadi,
tahqir bilan bizga bo`sa ham bo`lsa, nima bo`lardi?
Ey Foniy, fano bo`lmay turib, do`stdan vasl so`raysan,
bu xayol va xom tama`dan bo`lak nima bo`lajakdir?
 Muxtara`
Kӯhna safoli dayr bin, k-oinai safost in,
Pur mai sof agar shavad, ҷomi ҷahonnamost in.
Ҷomi Ҷamat agar buvad v-oinai Sikandarӣ,
In chu ba ҷoi hardu shud, bin ba sharaf kuҷost in.
Man ba firoq ҷon diham, ӯ ba visol ҷoni xalq
Dar rahi ishq inchunin zulm kuҷo ravost in?
Vasl nadosht mug`tanam, dil ba firoq asir shud,
Har ki naguft shukri on, oqibatash sazost in.
Man ba baloi mehri ӯ xok, valek har dam ӯ,
Gashta baloi digare, vah, chӣ aҷab balost in!
Ҷon ba bahoi bӯsae burd, chu xostam, biguft:
Rӯze ado bixohamash kard, aҷab adost in.
Fonӣ agar qadam zanad, shayx marav ba bori uҷb,
Savma`ai riyo madon, bodiyai fanost in.
 Dayrning bu eski safolini safo oyinasi deb bil,
agar musaffo may bilan to`la bo`lsa, bu jahonnamo, jomdir.
Agar qo`lingda Jamshid jomiyu Iskandar oinasi bo`lsa,
bu (dayr safoli) har ikkovi o`rnini bosadi, qara, sharofatda qaysi o`rinda ekan.
Men yor firoqida jon beramanu u visol bilan xalqqa jon baxsh etadi,
ishq yo`lida bunday zulm qanday ravo bo`ladi?
Vaslni g`animat bilmagani uchun dil firoqqa asir tushdi,
kimda-kim  visolga  shukr  qilmas ekan,  oqibati shunday bo`ladi.
Men uning muhabbati balosi bilan tuproq bo`ldim, lekin u qanday baloki,
har nafasda boshqa turli baloga aylanadi.
Bir bo`sa bahosiga jonimni olib ketdi, o`sha va`da qilgan bo`sasini so`rasam:
Bir kuni va`damga vafo qilaman dedi, bu ajoyib nozu karashmadir.
Ey shayx, Foniy qadam tashlasa, sen takabburlik yuki bnlan 
(u yerga) borma, u yerni riyo ibodatxonasi deb o`ylama,   bu fano sahrosidir.
 Ayzan
Chӣ hol ast, ki soqiro chu davr aftad ba sӯi man,
Dihad sog`ar zi pahlӯ nonashasta rӯ ba rӯi man.
Az on son maykasham har dam gulӯ dar xidmati soqӣ,
Ki har k-ӯ bingarad donad, ki mexorad gulӯi man.
Shikebam nest az yak tori mӯyash, z-on ki dar yorӣ
Ba ӯ vobastagiho hast az har tori mӯi man.
Turo chӣ husnu man chӣ orzӯmandam, ki dar yorӣ
Chi husnat lahza-lahza besh gardad orzӯi man.
Manu dilro aҷab xӯest, k-on dar ishqu rasvoӣ
Ba xӯi ӯ manu ӯ barnameoyad ba xӯi man.
Dar in dayri kuhan har sӯ sabӯkash behadand, ammo
Rasid andar miyon sangi baliyat bar sabӯi man.
Nayosoyam dame beҷustuҷӯyam, Foniyo, garchi
Nadorad foida be xohishi ӯ ҷustuҷӯi man.
 Bu qanday holatki, davr navbati menga yetganda soqiy
ro`paramga o`tirmasdan, piyolani yonboshimdan uzatadi.
Soqiy xizmatida har lahzada tomoq qirib o`tiraman,
ko`rgan odamlar esa meni tomog`i qichiyapti deb o`ylashadi.
Uning bir tola mo`yidan ajralishga ham sabru toqatim yo`q,
chunki uning har tola mo`yiga o`zimning har tola mo`yim bilan bog`langanman.
Senda qanday husnu va menda qanday orzuki,
yorlikda husning kabi lahza-lahza mening orzuim ham ortadi.
Ishqu  rasvolikda   men  bilan  dilimning  ajoyib  bir odati bor,
mening odatimga uning va uning odatiga mening odatim to`g`ri kelmaydi.
Bu ko`hna dayrda har tomonda ko`za tashuvchilar hadsiz ko`p,
ammo shu o`rtada balo toshi mening ko`zamga tegdi.
Ey Foniy, uning istagisiz axtarishlaring foyda bermasa ham,
axtarishdan bir daqiqa ham tinchimaysan.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
On gul, ki nӯshad may bo raqibon,
Binandu mirand miskin g`aribon.
Ey gul, ba gulshan chun ҷilva sozӣ,
Afg`on makun ayb az andalebon.
Chun bulbulu gul be ham mabodo
Ishqi muhibbon, husni habibon.
Be yor az mo toqat maҷӯed,
3-on rӯ, ki xastem az noshikebon.
Chun zaxmi sina pӯshida dorem?
Sozad chu zohir choki girebon.
Mast ӯ fikandam sar zeri poyash,
Ey dil, Xudoro az ҷo makebon.
Fonӣ, nasibe z-on mahvashat nest,
Xush bo nasibӣ az benasibon.
U gul raqiblar bilan may ichsa,
miskin g`ariblar ko`radilaru o`ladilar.
Ey gul, gulshanda jilva qilganingda
bulbullar sayrasa, ayb qilma.
Oshiqlar ishqi go`zallar husni bulbulu
gul singari birlashmasdan turmasin!
Biz sabrsizlardan bo`lganimiz uchun
bizdan yorsiz sabru toqat izlamang!
Siyna yarasi yoqamiz chokidan ko`rinib turgach,
uni qanday yashira olamiz?
U mast, men boshimni oyog`i ostiga. tashladim,
ey dil, Xudo haqqi joyimdan ag`darma!
Ey Foniy, u mahvashdan nasibang yo`q,
lekin benasiblardan yaxshi nasiblisan.