Òîï ðåéòèíã www.uz
DEVONI FONIY

 Muxtara`
Chu mili qabram oroyad ba gulho gul`uzori man,
Shavad guldastai mulki fano mili mazori man.
Siyoh az dudi ohu qatrahoi xun ba har zaxmash,
Chu shoxi arg`uvoni dardu g`am shud, ҷismi zori man.
Maro az bodai la`li labi soqist maxmurӣ,
Chӣ mumkin az sharobi maykada daf`i xumori man!
Ba rӯzi rӯzgoram zulfu haҷri yor shud bois,
Ki rӯzam tira gashtu tiratar z-on rӯzgori man.
Tani xokӣ zi na`lu dog` pur shud, gӯiyo, ey dil,
Ki raxsh on ҷo ba har sӯ dod ҷavlon shahsuvori man.
Falakro ixtiyore nest dar boronu barqu ra`d,
Kuҷo dar ashku ohu nola boshad ixtiyori man?
Zi chashmi ashkboram dar kanor omad duri maqsud,
Hamono shud miyoni bahr, ey Fonӣ, kanori man.
 Gul yuzli yorim qabrim bayrog`ini gullar bilan bezasa,
mazorim bayrog`i dastasi fano mulkining guldastasi bo`ladi.
Zor jismimning har bir jarohatiga oh tutinidan qoralik va
qon qatralari dardu g`amning arg`uvon shoxi kabi bo`ldi
Maxmurligim bir soqiyning la`l labi sharobidandir, mayxona
sharobi bilan mening xumorimdan yozilishim qanday mumkin bo`lsin!
Tirik yurishimga yorning zulfi bilan hajri sabab, shuning uchun
kunduzim qorong`iyu turmushim undan ham qorong`iroqdir.
Ey dil, bu tuproq tanim taqa izidan paydo bo`lgan dog`larga to`ldi,
u shahsuvorim otini har tomonga yeldirdimi?
Yomg`ir, chaqmoq va momaqaldiroq bo`lishda falakning  ixtiyori yo`q,
ko`z yoshi, ohu nola qilishimda menda qanday ixtiyor  bo`lsin?
Ey Foniy, dengiz o`rtasi qirg`og`im bo`lgani uchunmi,
ko`z yoshi yog`diruvchi ko`zimdan maqsud marvaridi quchog`imga keldi.
 Muxtara`
Zi ta`rixi Ҷamu Iskandar omad tiragӣ bar man,
Magar ҷomi ҷahonbin sozadam oinaro ravshan.
Maro az otashi Namrudu gulzori Iram kam gӯ,
Bideh on ҷomi otashgun, ki olam gardadam gulshan.
Falak har rӯz mardoni ҷahonro afkanad bar xok,
Zi ҷomi marg to kay bore az yak ҷomi mardafkan?
Chu bar umr e`timode neyu davronro baqoe nest,
Xush on, k-ӯ soxt dar umri kiromӣ davri sog`ar fan.
Zi abnoi zamon onro, ki gӯӣ dӯsti ҷonӣ,
Yaqin medon ba ҷoni xesh paydo soxtӣ dushman.
Pai dunyoi dun to chand dastu po zanӣ yak rah,
Furӯ kash dast andar ostinu poy dar doman.
Zi mayxona shigofe gar buvad dar xilvatat, ey shayx,
Az on behtar base, k-az ravza dar gӯrat buvad ravzan.
Ҷavononi chamanro az bahori umr chun bar nest,
Ba ashku nola gӯyo abr az in ma`nӣ kunad shevan.
Agar Fonӣ dar in dayr-ul-havodis chand rӯze hast,
Buvad behtar, k-az ofatho kunad mayxonaro maskan.
 Jamshidu Iskandar tarixidan menga qorong`ilik keldi,
jahonnamo jom (may) oyinamni yoritarmikan?
Namrud o`tidan va Eram gulzoridan menga ko`p gapirma,
menga olamni gulshanga aylantiradigan olov rang may ber!
Har kuni falak jahon mardlarini tuproqqa qulatib turadi,
qachongacha o`lim jomi bilan bizni olib ketasan, polvonlarni qulatuvchi bir jom ber.
Umrga bir e`timodu, davron mangu bo`lmagach,
aziz umrda piyola davrini hunar qilib olgan kishi xursanddir.
Zamon kishilaridan birontasini «jon do`stim» deb aytsang,
shubhasiz, bilki, o`z joningga dushman paydo qilding!
Razil mol-dunyo deb qachongacha qo`l-oyog`ingnn tebratasan?
Qo`lingni yengingga va oyog`ingni etaging ostiga yashirsangchi.
Ey shayx, mayxonadan xilvatxonangga bir tuynuk ochganing,
qabringga  jannatdan  bir darcha  ochganingdan ming marta a`lodir,
Chaman yoshlariga umrdan dosil yo`qdir,
go`yoki bulut shu ma`nodan yosh to`kib nola qiladi.
Agar Foniy bu hodisalar dayrida bir necha kun bo`lsa, bu ofatlardan
saqlanish uchun mayxonani boshpana qilib olgani yaxshiroq.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Ey purgulu shukufa zi rӯyat bahori husn,
Ravshan zi oftobi ruxat rӯzgori husn.
Dar la`lat obi zindagӣ, ammo chu Zindarӯd,
Shodob az ҷamoli tu shud ҷӯybori husn.
Xurshedu zar fishondani harrӯzaash ba dahr,
Bar poi tu zi charx fishonad nisori husn.
Dar osmon mahe budu dar bӯston gule,
Paydo ba davri rӯi tu shud e`tibori husn.
Naxli qadi tu sarvi sarafrozi husn shud,
Bolo girift, ey guli nav, az tu kori husn.
Maҷnun, ki bud sshiqi Layliyu husni ӯ
Hargiz nabud chun mani devona zori husn.
Aknun, ki masti husnӣ, daryob xotiram,
3-on peshtar, ki dar sarat aftad xumori husn.
Sultoni husn rӯi tuvu hoҷib abrӯyat,
Ҷallodi chashmu zulf shuda pardadori husn.
Bo husni benihoyati ӯ shukr, Foniyo,
K-az rӯi oshiqӣ nashudӣ sharmsori husn.
 Ey husn bahori yuzidan gulu chechaklar to`lgan go`zal,
husn ro`zgori yuzing oftobi bilan ravshandir.
La`lingdan obihayot, jamolingdan
husn arig`i Zindarud soyi kabi serob.
Har kun jahonga zar sochib turuvchi quyosh charxdan
turib oyog`ingga husning nisori uchun zar sochadi,
Osmonda bir oy va bo`stonda bir gul bor edi,
Yuzing davrida husnga e`tibor paydo bo`ldi.
Qadding naxli husnning bosh ko`targan sarvi bo`ldi,
ey yangi ochilgan gul, husnning qadri sen bilan yuqori ko`tarildi.
Layliga va uning husniga oshiq bo`lgan
Majnun men devona singari husnga zor bo`lgan emasdi.
Hozir sen husn mastisan, husn xumori
boshingga tushmasdan burun mening xotirimni top!
Yuzing husn sultoni, qoshing darvozaboni,
ko`zing jallodi va zulfing husn pardadoridir.
Ey, Foniy uning chegarasi yo`q husniga ming qatla shukur,
chunki oshiqlik yuzasidan husni oldida uyatli bo`lmading.
 Ayzan
Manam, ki shӯhrai dayram ba durd nӯshidan,
Ba boda xirqa garav karda ayb pӯshidan.
Ba g`ayri rӯi nakӯ, kardanam nazar xush nest,
Birav raqib, ki xush nestam bar badon didan.
Baso, ki ranҷ kashad az ҷafoi ahli zamon,
Kase, ki darnanavardad bisoti ranҷidan.
Ki dil guftu shunude chunin, ki doim hast
Zi mo fasonai dil guftan, az tu nashnidan.
Chu kard qismi tu qassomi rizq be kamu besh,
Chӣ g`ussaho, ki xurӣ az ziyoda kӯshidan.
Hama zi varzishi ishqam kamol shud dar ishq,
Buvad ba kor mahorat zi besh varzidan.
Ba haҷri tira maro hast beshtar zorӣ,
Ki shab ziyoda buvad z-ahli dard nolidan.
Ba sarvi nozi tu dar bog`i husn ҷilvai noz,
Maro nazar ba xiromash fikanda nozidan.
Chu xokbӯsii dayri fano ba Fonӣ bas,
Labi piyolavu soqӣ chӣ haddi bӯsidan?!
 Dayrda may quyqumini ichishda mashhur menman,
boda uchun xirqani garov qo`ygan va aybini yashirgan menman.
Go`zal  yuzdan o`zgaga qarashni yoqtirmayman, ket,
ey raqib, yomonni ko`rishdan xursand bo`lmayman.
Kimki ranjish bisotini yig`ib tashlamasa,
zamon ahli jafosidan ko`p ranj chekadi.
Men doim ko`ngil afsonasini aytaman, sen eshitmaysan,
bunday aytishu eshitishni kim ko`rgan?
Taqsimlovchi (Xudo) sening rizqingni oz-u-ko`p qilmay
bergan bo`lsa, nega ko`paytirish uchun qayg`urasan?
Ishqda ko`p mashq qilganimdan kamol topdim,
mashq qilish orqali hamma ishda mahorat oshadi.
Mening dardli  zorlarim   ayriliq qorong`uligida ko`payadi,
chunki dardli kishilar tunda ko`proq nola qiladi.
Husn bog`ida sarvi nozing nozlanib ishva qiladi,
uning xiromiga qarab noz qilishni o`rganyapman.
Fono dayri tuprog`ini o`pish Foniyga basdir,
piyola va soqiy labini o`pishga ne haddi bor?
 Ayzan
Ey moh, mayli sog`ari chun oftob kun,
Bar oftob ta`navu bar mah itob kun.
Har dam zi mastiyat ba fitodan shudast mayl,
Sar neh ba zonui manu yak lahza xob kun.
Obod kun ba ҷomi nihon olami dilam,
E fosh ҷomi may xuru olam xarob kun.
Onro, ki ahli dard nayobӣ ba kӯi ishq,
Zinhor, k-az musohibatash iҷtinob kun.
Yoram pariyu man shuda Maҷnunash, ey rafiq,
Moro digar ba Layliyu Maҷnun xitob kun.
Obi dahoni dӯst, ki dandonash andar ӯst,
Dandon magӯvu tasmiya durri xushob kun.
Onro, ki sar zi saҷdai on but kashad, bad-in
Bo kofirӣ ba fatvii man ehtisob kun.
Dar dil xadangi ishqi vay, ey ҷon xalidaast,
3-on sixu otashash ba sagi ӯ kabob kun.
Fonӣ, hiҷob shud chu miyoni manu habib,
Ey ishq, parda afkanu raf`i hiҷob kun.
 Ey oy, oftob kabi piyolaga mayl qil,
oftobga ta`na qilu oyni tahqir et!
Qattiq mast bo`lganingdan har lahzada yiqilayozyapsan,
xohlasang, tizzamga bosh qo`yib bir oz mizg`ib ol.
Ko`nglim olamini maxfiy may bilan obod qil,
yoki oshkora may ichib, olamni xarob et.
Ishq ko`yida kimni dard ahli deb bilmasang,
unday kishi bilan suhbat qilishdan o`zingni tort.
Ey do`st, yorim pariyu men uning majnuniman,
bizni bundan keyin «Layli va Majnun» deb ata.
Yor tishi og`zining suvi ichida bo`lgani uchun
uni tish emasu, qimmatbaho dur de.
U sanam sajdasidan yuz o`girib, din tomon ketgan
kishini mening fatvom Bilan kofir hisobla.
Ey jon, uning ishqi o`qi dilga qadaldi,
u sixu olov bilan itiga kabob qilib ber.
Foniy, men bilan yor orasida parda (paydo) bo`ldi,
ey ishq, pardani olib, o`rtani ochib qo`y.
 Muxtara`
Ey rindi durdoshom, ҷuz dayri mug`on ma`vo makun,
Dilro ba g`ayr az mug`bacha ҷon digar shaydo makun.
Soqӣ ba sad farxundagӣ chun boyadat poyandagӣ,
Gar yobӣ obi zindagӣ dar ҷom ҷuz sahbo makun.
Dar tarfi bog`, ey simbar, gulrang may dar ҷomi zar,
Afkanda dar vay kun nazar, mayli guli ra`no makun!
Dar dinu dil otash zada, kardӣ chu azmi maykada,
Har lahza azmi arbada bar zumrai taqvo makun.
Chun mulki dil yag`mo kunӣ, ҷavru sitam bo mo kunӣ,
Sad nozu pstig`no kunӣ, dar noz istig`no makun.
Dilro chu binӣ so`i xud maҷnunu zor az rӯi xud,
Har dam maron az kӯi xud, devonaro beҷo makun.
Az ishq, Fonӣ, dam mazan, gulbong dar olam mazan.
Holi maro barham mazan, besham az in rasvo makun!
Ey durd ichuvchi rind, mug`lar dayridan boshqa joyin
makon etma, mug`bachadan boshqa yerga ko`nglingni shaydo qilma!
Ey soqiy, baxtli yashash maqsading bo`lsa, obihayot topsang ham,
jomingni maydan boshqa narsa bilan to`ldirma!
Ey kumush badan, bog`ning bir chetida gulrang mayni
jomga quyib, unga nazar qilu, gulra`noga mayl etma!
Din bilan dilga o`t urib, mayxonaga azm qilding, taqvodorlar
to`dasi bilan ham har damda maydan shovqin-suron qilib o`tirma!
Dil mulkini talab, bizga jabru sitam qilganingda
yuz nozu istig`no qilgansan, nozdan istig`no qilma!
Dilni o`z tarafingda, yuzingga majnunu zor bo`lganini ko`rganingda,
har nafasda ko`yingdan haydab devonani bevatan qilma!
Ey Foniy ishqdan dam urma, olamga dovrug` solma,
holimni barham berib, meni bundan ortiqroq rasvo qilma!
 Ixtiro`
Nest dar dayri mug`on badmasti beboke chu man,
Az girebon to ba doman pirahan choke chu man.
On chunon, k-on dar kamoli husn poke chun tu nest,
Yoft nabvad dar kamoli ishq ham poke chu man.
G`am chu nabvad az g`ami ishqat ba olam sa`btar,
Shud yaqin in ham, ki nabvad niz g`amnoke chu man..
Darxuri idroki husnat har kasero oshiqist,
Nest dar ushshoqi zorat ahli idroke chu man.
Gar raboyad sarsari ishqat chu xas ushshoqro,
Nest dar dashti g`amu andӯh xoshoke chu man.
Gil agar boyad pai ta`miri kӯi oshiqӣ,
Bahri on obe chu ashkam nabvadu xoke chu man.
Qat`i dashti faqr agar dar shevai cholokӣ ast,
Foniyo, dar qat`i in rah nest choloke chu man.
 Mug`lar dayrida men kabi bir beparvo badmast yo`q,
bitta men kabi ko`ylagi yoqasidan etagigacha yirtilgan ham yo`q.
Husnning shunday   kamolotida sen kabi bir pok yo`q
bo`lib ishq kamolotida men kabi bir pokni ham topib bo`lmaydi.
Olamda ishqing g`amidan mashaqqatliroq bir g`am bo`lmagach,
shu ham shubhasizki, men kabi bir g`amgin ham bo`lmaydi.
Husningni idrok qilishga loyiq har bir kishida bir oshiqlik bor,
zor oshiqlarning ichida men kabi idrok ahli yo`qdir.
Agar ishqing bo`roni oshiqlarni xas kabi uchirib ketsa
g`am dashtida men kabi bir xas-xashak yo`qdir.
Oshiqlik ko`yi imoratini solish uchun loy kerak bo`lsa,
ko`zim yoshi kabi suv va men kabi bir tuproq bo`lmaydi.
Ey Foniy, agar faqr dashtini kesib o`tish chaqqonlikda
bo`lsa bu yo`lni kesib o`tish uchun men kabi chaqqon yo`qdir.
 Tatabbӯ`i Xocha
Zi bas mastӣ daridan ҷoma bar tan,
Girebonro namedonam zi doman.
Falak har gah, ki vaqtam tira dorad,
Nadonam choraash ҷuz ҷomi ravshan.
Ba rag`mi charx ҷomi charxkirdor,
Labolab dar kashidan kardaam fan.
Maro har k-o` qadah dorad buvad do`st,
Chu rezad muhtasib, z-onast dushman.
Chӣ xush boshad bahoron ҷomi gulrang,
Zi dasti gulruxon bar tarfi gulshan!
Zi charxam xonai dil hast torik,
Zi tirash garchi sad besh ast ravzan.
Zi dasti mug`bacha ҷomi mug`ona
Ba man dayri mug`onro soxt maskan.
Ba bog`i dahr shud ozod nomash,
Chu shud bo dah zabon, xomo`sh savsan.
Manu dayri fano, zuhhodu masҷid,
May, ey Fonӣ, quҷo zuhdu kuҷo man?
 (Qattiq) mastlik bilan  liboslarimni shunday yirtibmanki,
yoqam bilan etagimni ayira olmay qoldim.
Falak tab`imni tiyra qilgan mahalda, tiniq
jom bilan chora qilishdan boshqani bilmayman
Charxga o`chakishib falakdan jomni limmo-lim
to`ldirib simirishni hunar qilib oldim.
Kimda-kim   menga  qadah  bersa, u  mening do`stim,
qadahimni to`kib tashlaydngan muhtasib esa dushmanimdir.
Bahor chog`i gulshanda gul  yuzlilar qo`lidan
gulrang jom olib ichish qanday yaxshi.
Garchi o`q yog`dirnb falak yuzdan ortiq tuynuk
ochgan bo`lsa ham, dilim uyi qorong`idir.
Mug`bacha qo`lidan mug`ona jom ichish,
menga mug`larning dayrinn maskan qildi.
Savsan o`n til bilan xomush bo`lgani uchun
dahr bog`ida «ozod» degan nomga sazovor bo`ldi.
Menga  fano mayxonasiyu zohidlarga  masjid kerak,
May ber, ey Foniy, zuhd qaydayu, men qayda?
 Tatabbӯ`i Mir
Zi sӯzi shӯ`lai haҷri tu murdam, tarki hiҷron kun,
Xaliloso daro v-in otasham yaksar guliston kun.
Ba teg`am g`arqi xun kardӣ ba sahroi chunun oyo,
Kӣ farmudat ki in xun, kisvati maҷnuni uryon kun?
Parad murg`i dilam shomi g`am har sӯ ba lutf, ey sham`,
Bigir on mug`ro parvonai xud dar shabiston kun.
Zi teg`at choki dilro dӯxt natvonam mani maҷnun,
Bad-in dӯzandagӣ, ҷono, iloҷ az tiri mijgon kun.
Namegӯyam, ki bo man lutf kun yo ҷavr kun yo noz,
Maro baxt, xotiri nozuk, bad-on moyil buvad, on kun.
Dili sadporaro chun ҷam` kardam, gar tu napsandӣ,
Nasime bar vay az zulfat rason, bozash pareshon kun.
Aҷalro or, yo   rahm omad az haҷri tu bar holam,
Tu, ey qotil, chu napsandӣ, ba yak ta`nash pushaymon kun.
Zi davroni sabukrav dar dil ast oshӯbam, ey soqӣ,
Ba yak ratli garonam forig` az oshӯbi davron kun.
Malul az husham, ey soqӣ, qadah dardeh, ba mayxona,
Binoi tavbavu zuhdam ba seli boda vayron kun.
Agarchi vasl betavfiq mumkin nabvad, ey Fonӣ,
Mashav navmedu dar rohi talab sa`y on chi bitvon kun.
 Hajring alangasi kuydirishidan o`ldim, hijronni tark et,
Ibrohim Xalil kabi kiru, bu o`timni boshdan oyoq guliston qil!
Junun sahrosida tiyg` bilan qong`a g`arq qilding,
«Bu qonni yalang`och majnunga kiyim qil!» deb kim buyurdi?
Dilim qushi g`am shomida uchar har tomon, ey sham`, ey go`zal,
lutf bilan u qushni ushlab, shabistoningda o`zingga parvona qil!
Men majnun tiyg`nng bilan dilim chokini tikolmayman,
 ey jonon, bu tikuvchilik ilojini kiprik o`qi bilan qil!
«Menga lutf qil, yo jabr qil, yo noz qil!» demayman, nozik
 xotiringni ranjitma, nimaga moyil bo`lsa, o`shani qil!
Yuz pora bo`lgan dilni jam` qildim, agarda ma`qul
qilmasang zulfing shamolini yuborib, yana uni parishon qil.
Ajalning ori  yoki  hajringdan holimga  rahmi  keldi,
ey qotil, ma`qullamasang, bir ta`na bilan ajalni pushaymon qil.
Ey soqiy, yengil yuruvchi davronda dilimda g`ala-g`ula bor,
bir katta qadah bilan davronning g`ala-g`ulasidan meni xalos et!
Ey soqiy, hushimdan xafaman, mayxonada qadah ber,
tavba bilan zuhdim binosini sharob seli bilan xarob qil!
Ey Foniy, tavfiqsiz vasl mumkin bo`lmasa ham,
noumid bo`lma. talab yo`lida qo`lingdan kelganicha urun!
 Dar tavri Xoҷa
Shab chu shikast tavbaam shӯxi sharobxori man,
Subh duost kori man to shikanad xumori man.
Hast dalel in ki on mast shabam navoxtast,
Chashmu ruxi kabudi man, rӯyu sari figori man.
Bod charost ҷonfizo, gard zi chist surmagun,
Garna ba tavfi dasht shud ҷilvai shahsuvori man!
Teg`i ҷafoi qotilam chand fitad ba xoku xup,
Az dili zaxmnoki man v-az tani xoksori man?
Burdani bori dardro ҷonibi kishvari vafo,
Borkashe naburdaast az dil burdu bori man.
Kushtai on qadu ruxam hast munosib, ey falak,
In ki zi sarvu gul kunӣ sham`i sari mazori man.
Zaxmi dilam zi marhami sabr kuҷo shavad nakӯ,
Har nafas, on chu mefitad, az dili beqarori man.
Man kiyu dar kanoram on tifl nishastan orzu,
Manzili tifli ashk shud chun hama gah kanori man.
Mug`bachagoni mast dar dayr hamekunand hazil,
Az pai ilmu din nigar Fonii xastakori man.
 Sharobxo`r sho`xim kechasi tavbamni sindirdi,
xumor tarqatish uchun tongda duo bilan mashg`ul bo`laman.
Yuzu boshim yaralanganiyu ko`zu yonog`imning ko`kargani
kechasi u mast meni erkalatganining dalilidir.
Shahsuvorim dashtu sahro tomonga jilva qilmagan bo`lsa,
nega shamol ruhlantiruvchiyu gard surmarangdir?
Xoksor tanimu jarohatli dilimni deb qotilimning
jafo tig`i qachongacha qon va tuproqqa tushadi?
Dard yukini vafo yurtiga olib borishda, hech qanday
hammol mening dilimcha yuk tashigan emasdir.
Ey falak, u qad bilan yuzning halokiman,
mazorimning sham`ini gulu sarvdai qilsang yarashadi.
Dilim jarohati sabr marhami bilan qanday tuzalsin,
chunki u marham qarorsiz dilimdan har nafasda ko`chib tushib ketaveradi.
Men kimu, u yosh nozaninni quchoqda olib o`tirish orzusi qaerda,
har vaqt quchog`im, ko`z yoshim makoni bo`lgandir.
Dayrdagi mast mug`bachalar doim «Ishi ilmu din yo`lida
sarf bo`lgan xasta Foniyga, qara», deb hazillashadilar.
Ayzan
Nest chun kori zamonro e`timode yak zamon,
Sog`ari mayro tu ham bas yak zamon az dast namon.
Murg`ro dar shab ramidan nest z-otash, lek hast
Toiri sabru sukun dar hachr z-ohi man ramon.
Lahza-lahza otashi oham kashad sar bar sipehr,
Al-amon az shӯ`lai shavqu muhabbat, al-amon!
Har ki dar sahro maro binad kunad Maҷnun xayol,
Modari getӣ hamono zoda moro tav`amon.
Mug`tanam don har dam az umrat, ki yak damro az ӯ,
Nest mumkin ne Maseho, ne Xizr gashtan zimon.
Xoham az xayli malak pinhon ҷamoli on parӣ,
Az harimi vasl chun mahrum beh nomahramon.
Fonӣ, az bori xudӣ chun vorahӣ, sӯi habib,
Umrho raftan hamonu yak qadam mondan hamon.
Zamona  ishiga   bir  lahza  e`timod  qilib  bo`lmagach,
sen ham sharob piyolasini bir lahza qo`ldan qo`yma.
Kechasi qush olovdan qochmaydi, biroq
hajrida ohimdan sabru toqat qushlari qochadi.
Ohimning o`ti dam-badam ko`kka o`rlaydi, dod,
shavqu muhabbat shu`lasidan dod!
Sahroda  ko`rgan odam meni Majnun deb xayol qiladi,
dunyo onasi  ikkovimizni egizak tuqqan  bo`lsa  kerak.
Umrning har lahzasini g`animat bil, uning har
damiga na Iso kafil bo`la oladiyu, na Xizr.
U parining jamoli farishtalardan pinhon bo`lishini istayman,
chunki nomahramlar visol dargohidan mahrum bo`lganlari yaxshi.
Ey  Foniy,  o`zlik  yukidan  qutulsang, do`st  tomoniga
umrlar yurib yetolmagan bo`lsang ham, bir qadamda yeta qolasan.
 Muxtara`
Oyadam bahri zaminbӯsi sagonat sar furӯ,
Lek on sar hargizam n-oyad ba toҷi zar furӯ.
Sarv bo qaddi tu lofi sarbalandӣ mezanad,
Yak nazar, ey shӯxi sarkash, dar zamin bingar furӯ.
Buda andar safhai gul sharhi holi andaleb,
Ashki boroni bahorӣ shusta on daftar furӯ.
Dar saru rӯyam zi dudi oh nabvad tiragӣ,
Burdaam hamchun samandar sar ba xokistar furӯ.
Oxiri bazm ast soqӣ, boda kamtar deh, mabod,
K-oftobi man ravad az nash`ai sog`ar furӯ.
Ravshanӣ n-aftoda dar qasrat zi ravzan balki mehr.
Omada bahri tamoshoyat zi bomu dar furӯ.
Holi Fonӣ garchi boshad kas mabinad ar ҷunun,
Yak nazar ham bin ba holash, ey paripaykar, furӯ!
 Iting qoshida yer o`pish uchun boshim egilib keladi
lekin bu boshim hech vaqt oltin tojga egilmaydi.
Sarv qomating bilan tenglashaman deb lof uradi,
ey sarkash sho`x, yerga egilib bnr nazar qil!   (sarvga qara).
Bulbul holining sharhi gul safhasida yozilgan edi,
bahor yomg`urining ko`z yoshi u daftarnn yuvib tashladi.
Oh tutunidan boshu yuzim qoraymaydi, samandar
kabi boshimni kulga tiqib olganman.
Ey soqiy, bazm tugay deb qoldi, mayni ozroq ber,
quyoshim may kayfidan yiqilib qolmasin.
Qasringga tuynukdan yorug`lik tushmagan, balki quyosh eshik va
tomdan seni tomosha qilish uchun pastga tushganmikin?
Telbalikdan Foniyning holi kishi ko`rmaslik darajada bo`lsa ham,
ey pari paykar, uning holiga bir nazar tashla!
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Mujdai vasl merasad dar dili man qaror ku?
Har nafasam ba nolai bexudӣ ixtiyor ku?
Daf`i ҷununi ishqro xohiyam, ey hakimi aql,
To bikashӣ ba silsila halqai zulfi yor ku?
Guftame ar g`ame rasad, dast bigiradam xirad,
Ishq rasidu aqlro peshi vay e`tibor ku?
Chun guli xush nasimi man bazmi maro chu ravza kard,
Mutribi xushnavo kuҷo, bodai xushguvor ku?
Piri mug`on ba xok agar ҷur`a chakonad az qadah,
Tashnalabe ba maykada chun mani xoksor ku?
Xonai tirai dilam purxasu xori haҷr shud,
Shӯ`lai sham`i vaslro otashi on uzor ku?
Soli digar, ki ogah az hastii mo biyor may,
Gӯy, harifi maykada, chur`akashoni por ku?
Sharhi firoqro magӯ, k-az chӣ raqam namekunӣ?
Tab`i suxantirozam az mehnati rӯzgor ku?
Lofi fano hamezanad Fonӣ va garna in xatost,
Sinai otashin kuҷo, didai ashkbor ku?
 Vaslning xushxabari yetadi, dilimda qaror qani?
Har nafasim bexudlik nolasi bilan band, menda ixtiyor qani?
Ey aql donishmandi, mendan ishq tentakligining daf` bo`lishini istaysan,
meni kishanga solishing uchun yor kokilining halqasi qani?
«Agar bir g`am yetsa, qo`llaydi» deb yurar edim,
ishq yetib keldi, uning qoshida aqlning e`tibori qani?
Xushbo`y gulim kelib, bazmimni janantga aylantnrdi,
xushovoz hofiz qaniyu mazali sharob kani?
Agar mug`lar piri tuproq qadahdan bir qultum tomizsa,
mayxonada men kabi xoksor bir tashnalab qani?       
 Ko`nglimning qora uyi hajring xasu tikani bilan to`ldi,
vasl sham`ining alangasi uchun u yuzning o`ti qani?
Kelar yilga bizning borligimizdan kimning xabari bor — may keltir!
ayt-chi, bulturgi mayxo`r mayxona ulfatlari qani!
Firoq sharhini nima uchun yozmaysan, deb so`rama,
uni yozish uchun ro`zgor mashaqqatidan so`z  bezovchi tabiat qani?
Foniy hamisha fano lofini uradi, agar o`tli
siynasi va yosh to`kuvchi ko`zi bo`lmasa, bu xatodir.
 Ayzan
Ey dil, farozi dayr chu baxti siyohi tu,
Dudest gӯiyo ba falak rafta ohi tu.
Hoҷat kuҷo buvad ba shabistoni mo charog`?
K-on ҷo bas ast partavi rӯi chu mohi tu.
Ey nuri chashm, surmai ayn-ul-yaqini most,
Orad sabo chu tӯhfae az xoki rohi tu.
Mebosh dar panohi Haq, ey piri maykada,
K-osudaand durdkashon dar panohi tu.
Uzri xumori mo ba du paymopa xostӣ,
Bodo Hudoy dar du ҷahon uzrxohi tu.
Ey sarvinoz, xush ba xirom omadӣ, mabod
Ҷuz dar riyozi chashmu dilam ҷilvagohi tu.
Gardad hilol bar sari abrӯ-t az shikast,
V-in shud ayon zi xatti shikasti kulohi tu.
Ey, k-az havoi mug`bachagon muҷrimӣ, matars,
K-az lutf piri dayr bibaxshad gunohi tu.
Fonӣ, agar zi sӯzi darun lof mezanӣ,
Ku otashi dili tuvu ku dudi ohi tu?
 Ey dil, dayr tepasidagn qora baxting kabi
falakka ko`tarilgan ohing bir tutundir.
Bizning kechamizga chirog`ning nima hojati bor?
Chunki u yerga oy kabi yuzing shu`lasi kifoyadir.
Ey ko`z nuri, agar shamol yo`ling tuprog`ini
bizga hadya qilsa, u ko`zimizga surmadir.
Ey mayxona piri, may durdini simiruvchilar panohingda,
osuda yashaganlari uchun doim Xudoning panohida bo`l!
Xumorimizga bir-ikki kosa may bilan uzr istasang,
Xudo ikki jahonda seniig uzringni qabul qilsin!
Ey sarvinoz, yaxshi xirom bilan kelding, jilvagohing
ko`zimu dilim bog`idan boshqa jon bo`lmasin!
Qoshing boshida oy sinib, hilolga aylandi, bu kulohingni
(yarim ushatib) chakkangga qo`ndirganingdan ayon bo`ldi.
Ey mug`bachalar havasidan gunohkor kishi, qo`rqma!
Dayr pirining lutfu marhamati gunohingni kechiradi.
Ey Foniy, agar diling kuyganidan lof ursang,
diling o`ti qaniyu, ohing tutuni qani?
 Tatabbӯ`i Xoҷa Hasan
Ey, zebi oftobi ҷamoli tu, xoli tu,
Ne-ne, ki xol nuqtai ҷimi ҷamoli tu.
Dar xonai dilam qadame neh, ki gashtaast,
Hamchun nigorxonai Chin az xayoli tu.
Bemisliyat chunon ast, ki da`vo tavon namud,
K-at aks ham dar oina nabvad maҷoli tu.
Az ishtiyoqi dӯst dilam onchunon pur ast,
Ey sabri harzagard, ki nabvad maҷoli tu.
Az bodai aqiqvashu nim davri ҷom, 
Oyad ba xotiram labi la`lu hiloli tu.
Ey piri dayr, mast ba zonui mug`bacha-st
On sar, ki shud ba rohi vafo poymoli tu.
Badholii maro zi xumori mai labat
Didӣ, mapurs boz, ki chun ast holi tu?
3-afg`onu nola xalqi ҷahonro kunam malul,
Gar bim dar dilam nabuvad az maloli tu.
Fonӣ, agar na bori xudӣ afkanӣ zi xud,
Xud kay ba kӯi vasl buvad ehtimoli tu?
Ey go`zal, xoling jamoling quyoshining zebidir, yo`q-yo`q,  
xoling jamoling «jimi»ining  nuqtasidir.
Ko`nglim xonasiga qadam qo`y, u xayoling bilan xuddi
Chin nigorhonasidek bo`libdi.
Sening mislsizliging shu darajadaki,
ko`zgudagi aksing ham sendek
emas deb da`vo qilish mumkin.
Yuragim do`st ishtiyoqi bilan shunday to`laki,
ey behuda kezuvchi sabr, sen unga kira olmaysan.
Aqiqdek boda-yu, qadahning yarim aylanishidan,
xotirimga la`li labing va hiloling keladi.
Ey, dayr piri vafo yo`lida poymoling bo`lgan
bosh, endi mast bo`lib, mug`bacha tizzasiga qo`yildi.
Labing sharobining xumorida holim
yomonligini ko`rdik endi
qaytadan holing qanday, deb so`rama.
Agar senga malol keltirishdan dilimda ko`rquv bo`lmaganda,
jahon xalqini nola va fig`onim bilan azobga solar edim.
Ey Foniy, agar o`zlik yukini o`zingdan tashlamasang,
vasl kuyiga qachon bormoq ehtimoli bo`ladi?
 Ayzan
Tira shudast chashmam az furqati g`amfizoi tu,
Vah, ki xarob doradam shavq ba xoki poi tu.
Rexta mushki sudavu zulfi bunafsha tofta,
“Tobi bunafsha medihad turrai mushksoi tu”.
Xanda zadivu g`uncharo lab bikushodӣ az nashot,
«Pardai g`uncha medarad xandai dilkushoi tu».
Hast chunon, ki dar badan marg buvad ba ҷoi ҷon,
Ey tu hayoti ҷon, agar ҷon buvadam ba ҷoi tu.
Ne ba kas, ar ba man rasad, az dilu ҷon xushӣ kunam,
Xoh ba ҷon vafoi tu, xoh ba dil ҷafoi tu.
Zaxmi dilam, ki yoftӣ az nafasi Maseh ranҷ,
Yoft shifo zi sarsare, k-omada dar havoi tu.
Kӯhna safolu durdi may, k-az tu rasid soqiyo,
Dod zi dahram ogahӣ ҷomi ҷahonnamoi tu.
Man, ki shahoni mulkro sar naniham zi sarkashӣ,
Bin, ba rahat fikanda sar, chun shudaam gadoi tu.
Fonӣ, agar mai mug`on hast nasibat az azal,
Xizru Masehro buvad umri abad saloi tu.
Qayg`uni orttiruvchi  ayriliqdan  ko`zim xira bo`ldi,
oyog`ing tuprog`i shavqi meni xarob qiladi.
Zulfingga tob berib, yanchilgan mushkni sepibsan,
mushkin turralaring binafshadek tovlandi.
Kulding-u shodlikdan labing g`unchasini ochding,
sening ko`ngil ochuvchi kulging g`uncha pardasini yaratdi.
Ey hayotim joni, agar vujudimda sening o`rningda
jon bo`lsa, o`lim badanida jon o`rnida bo`lsin.
Boshqaga emas, mening jonimga vafong yoki dilimga
jafong yetishsa, jonu-dildan  quvonaman.
Masih nafasidan ranj topadigan dilim yarasi,
sen tomondan kelgan sarsardan shifo topdi.
Ey soqiy, sendan yetishgan eski sopol va may quyqumi,
jomi jahonnamo bo`lib dunyodan meni ogoh qildi.
Sarkashlikdan  mulk podshohlariga bosh egmas edim, ko`r,
sening yo`lingda bosh quyib, gadoying bo`ldim.
Foniy, agar mug`lar mayi azaldan senga nasib bo`lgan bo`lsa,
Xizru Masih mangu hayotlarida senga murojaat qiladilar.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Subh dar maykadaam xirqa ba may gasht garav,
Raft chilsola vara`, rӯzi navu rӯzii nav.
On, ki dar xilvatam oromu sukun bud, namond
Manu in lahza pai mutribu boda taku dav.
Rostӣ gar natavon yoft aҷab nest, ki hast
Parvarish ahli zamonro zi sipehri kaҷrav.
Charx chun mehr zi avҷat zanad oxir bar xok,
Bas ba taxti falaku sogari zar g`arra mashav.
Hoҷati ravshanii sham` madon, chun yobad
Xilvati tiraat az puri ibodat partav.
Lavhi dilro zi ibodat chu rasonӣ ba ҷilo,
Nabuvad hoҷatat on goh ba misbohu ba zav.
Soqiyo, boda dehu uzr magӯ, k-on dar ishq,
Darki fayzam chu dihad, rav, nabuvad guftu shunav.
To ki bastam kamari bandagii piri mug`on,
Bo hama mug`bacha baxsham kamari Kayxisrav.
Fonӣ, on tuxm, ki dar mazrai ҷon afshonӣ,
Neku bad nest ҷuz in foidaat gohi darav.
 Tongda mayxonada xirqam manga garov bo`ldi, qirq yillik
toat-ibodatim bekorga ketdi, endi yangi kun va yangi nasiba boshlandi.
Xilvatda yashaganimda oromu qarorim bor edi, qolmadi men bu
lahzada hofiz, sozanda va sharob orqasidan yugurganim yugurgan.
Zamon ahlidan to`g`rilik topilmasa, taajjub emas, chunki zamon
ahlining parvarishi ters aylanuvchi falakdandir.
Charx quyosh singari avjga chiqishingdan oxiri yerga uradi, shunday bo`lar ekan,
falakning taxti bilan oltin jomiga mag`rur bo`lma!
Agar qorong`i xilvating ibodat shu`lasi bilan yorisa
sham` yorug`ligini hojat bilma!
Dil lavhasini riyozat bilan jilolantira olsang,
uchog`da quyosh nuri bilan chiroqqa ehtiyojing qolmaydi.
Ey soqiy, uzr aytmay, may ber!
Chunki ishqdan fayz topsam, so`zlashu eshitishga  hojat qolmaydi.
Mug`lar  piri  qulligiga   kamar  bog`laganimdan 
beri hamma mug`bachaga Kayxisrav kamarini bog`layman.
Foniy, jon ekinzoriga qanday urug` sochsang, foydang ana
shu urug`dan ungan hosildan yaxshi ham, yomon ham bo`lmaydi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa Hasan
Chun shuda sharmanda rӯi oftob az rӯi tu,
Boshad on pӯshidanash rӯ dar sahob az rӯi tu.
Gul agar nabvad ruxat, pas vaqti ta`ҷili xirom,
Az araq bahri chӣ rezon shud gulob az rӯi tu?
La`lu rӯyatro chu didam, gashtaam mastu xarob,
Mast az la`lat shudam, lekin xarob az rӯi tu.
Sham`i rӯyat dar shabiston did chun murg`i dilam,
Sӯxt chun parvona bo sad iztirob az rӯi tu.
Rӯ namuda anҷumi gardun, chu afkandӣ niqob,
Kay namoyad on zamon, k-aftad niqob az rӯi tu?
May ba rӯyat nӯsham, ey soqӣ, ki hargiz nabvadam,
Zavqi may aksar nayaftad dar sharob az rӯi tu.
Fonӣ az chon shud Hasanro banda, ey mah, z-on ki guft:
«Ey munavvar gashta rӯi oftob az rӯi tu».
 Yuzingdan quyosh yuzi sharmanda bo`lgani yuzingni
ko`rganida bulut ichiga bekinib olishidan bilinadi.
Agar yuzing gul bo`lmasa, nega jadal yurganingda
terlab, yuzingdan gulob to`kiladi?
La`li  yuzingni ko`rgan, chog`imda mastu xarob bo`ldim,
la`lingdan mast bo`ldim, lekin yuzingdan xarob.
Kechasi yuzing sham`ini dilim qushi ko`rganda,
yuzingdan yuz iztirob bilan parvonaday o`rtandi.
Yuzingga niqob tutganingda osmon yulduzlari  yuz ko`rsatadilar,
yuzingdan niqobni olsang, qanday ko`rinadi?
Ey soqiy, yuzing hurmati uchun ichaman, agar sharobga yuzing
aksi tushmasa, men maydan hech zavqlanmayman.
Ey oy (mahbub), Foniy joni bilan Hasanga qul bo`ldi, chunki u
(Hasan Dehlaviy)  «Yuzingdan quyosh yuzi munavvar bo`ldi» degandir.
 Tatabbӯ`i Amir Vafoӣ
Hast rӯi chun gulu xoli labat boloi ӯ,
Chun hariri ol, k-az anbar buvad tamg`oi ӯ.
Murg`i dilro z-on ba sӯi gulshani vaslat havost,
To nagardad ranҷa xoki on chaman az poi ӯ.
Bo qaboi lolagun dar ҷilva shud, gӯyo ki ob
Xӯrda az xuni ҷigar naxli qadi ra`noi ӯ.
Az xayolash didavu dilro buvad nuru surur,
3-on ki gohe didavu gohe dil omad ҷoi ӯ.
Boisi qaydi ҷunun omad turo zanҷiri zulf,
3-on ki orad har shabam oshuftagӣ savdoi ӯ.
Piri dayram z-on ba may dilro zi g`amho kard pok,
K-az ridoi zuhdi pokon shud qadahpoloi  ӯ.
Din fido kardam ba ishva, mug`bacha sӯyam nadid,
K-ash hazoron din fidoi nozu istig`noi ӯ.
Dil zi ra`noyoni bog`i dahr barkandam, ki nest,
Ҷuz durangiyu durӯӣ dar guli ra`noi ӯ.
Hamchu Fonӣ bandai shoham, k-az oroish ҷahon
Chun namudorest az «Bog`i Ҷahonoro»-i ӯ!
Gul kabi yuzingu labing ustidagi xoling tamg`asi
anbardan yasalgan qizil harirdir.
Dilim qushi visol gulshani tomon yurib borganda,
u gulshan tuprog`i ozor chekmasin,— deb uchib bormoqni xohlaydi.
Ra`no qomati daraxti jigar qoni arig`idan suv ichgan
bo`lsa kerakki, lola rang libosda jilva qildi.
Uning xayoli bilan ko`zga nur va dilga surur paydo bo`ladi
chunki gohi ko`z va gohi dil uning joyidir.
Zulfing zanjiri telbani kishanlashning boisi bo`ldi,
chunki har kecha menga uning savdosi devonalik keltiradi.
Poklarning taqvo ridosi uning   (dayr  pirining)   may suzgichi bo`lgani
sababli dayr piri may berib, dilimni g`amlardan tozaladi.
Dinimni fido qilsam ham mug`bacha menga (ishva) bilan boqmadi,
uning nozu istig`nosiga minglarcha din fido bo`lsin!
Ra`no gulida ikki rangu ikki yuzlamalikdan  bo`lak
narsa bo`lmagani uchun dilimni dahr ra`nolaridan uzdim.
«Bog`i Jahonoro»sidan jahon ziynatlangan
bir podshohning Foniy kabi quliman.
 Muxtara`
Chu otashest labi la`li purfasonai ӯ,
Zabon ba ishva barovardanash zabonai ӯ.
Bahona dar dami qatlam agar kunad, chӣ ziyon
Ba naqd mekunadam qatl chun bahonai ӯ?
Shahest  bodafurӯshu xaroba — mayxona,
Zi la`l pur xumi bisyor dar xazonai ӯ,
Xush ast bahri may on son, ki aql n-orad shud
Az in karonai ӯ to bad-on karonai ӯ.
Mutei piri mug`on kard, bas magӯ, ki chӣ kard,
Havoi mug`bachavu bodai mug`onai ӯ.
Mashav, fireftai zulfu xoli shohidi dahr,
Ki ҷast toiri zirak zi domu donai ӯ.
Chu Fonӣ on ki nishone ba dӯst burd, ey dil,
Dar in ҷahon natvon yoftan nishonai ӯ.
 Afsona bilan to`liq bo`lgan la`l labi bir olov kabi  bo`lib,
noz bilan tilini chiqarishi uning bir alangasidir.
Agar meni qatl qilib qonimni to`kishga bir
bahona topsa, nima ziyoni bor?
chunki uning bahonasi meni qatl qilishdir.
Mayfurush bir podshohdir, uning xarobasi (qasri) mayxona,
uning xazinasida la`l to`la xumlar ko`p.
U qirg`og`idan bu qirg`og`iga (suzib o`tishga)
aql bovar qilmaydigan may dengizi bo`lsa juda yaxshidir.
Bizni mug`lar piriga mute` qildi, kim qildi desang,
mug`bachasining havosiyu mug`ona mayi.
Olam go`zallarining zulfu xoliga aldanma!
chunki ziyrak qush uning tuzog`i bilan donidan
sakrab chiqib qutulib ketdi.
Ey dil, bu olamda Foniy kabi do`st nishonasini
topgan  odamning nishonasini topib bo`lmaydi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Dar kӯchai mug`on, ki burun shud maxoh az ӯ,
Mezan qadam, ki to ba Haram hast roh az ӯ.
Da`voi naqdi din chu kunad chashmi kofirat,
Ҷuz ayni e`tirof, ki ҷӯyad guvoh az ӯ.
Bo afvu baxshishat buvad on kas gunohkor,
K-andar tariqi faqr nayoyad gunoh az ӯ.
Soqӣ, biyor ҷomi hilolӣ pur az sharob,
K-uftad ba sharm mehri falak z-inu moh az ӯ.
To darkashida az sipahi g`am shavam xalos,
Dar g`am dilam chu yofta doim panoh az ӯ.
Az tundbodi haҷr kasham parda az ruxat,
Ya`ne niqobro biruboyam ba oh az ӯ.
Fonӣ, gadoi piri mug`on gashtu shoh shud,
Doim kunad gadoii himmat chu shoh az ӯ.
 Mug`lar ko`chasidan chetga chiqishni istama.
chunki undan Haramga yo`l bor.
Kofir ko`zing din naqdini da`vo qilsa, shu
e`tirofning o`zidan tashqari kim guvoh talab qiladi?
Bunday afvu kechiriming oldida faqr tariqida
hech bir gunoh qilmagan kishi gunohkordir.
Soqiy hiloliy jomni sharobga to`ldirib uzat.
toki bundan falak quyoshi, undan esa oy uyalsin.
To may ichib g`am sipohidan qutulay,
negaki, har doim g`am kelganda ko`nglim maydan panoh topgan.
Hajrning sovuq shamoli bilan yuzingdan pardani  ko`taraman,
ya`ni, niqobingni ohim shamoli bilan olib qochaman.
Foniy mug`lar dayrida gado bo`lib shohlik topdi,
doim shoh undan himmat tilab gadoylik qiladi.
 Muxtara`
Zi nola holi dili zori notavon bishnav,
Suxan, agar nashavad zohirat, fig`on bishnav!
Ba ҷuz fasonai man guftugӯ ba kӯyat nest,
Fikanda gӯsh hikoyat az inu on bishnav!
Ba dil hikoyati ishqat kunam nihop az xalq,
Chu dar daruni dile pastu ham nihon bishnav!
Biyor shishai may, pas zi puktai tavhid,
Ba har piyola zi man turfa doston bishnav!
Fasonai guli sadbargu sharhi xori g`amash,
Zi bulbuli sahar, ey dil, ba sad zabon bishnav!
Ba rohi Ka`ba maҷӯ sirri ishq, gar xohӣ,
Chunin tarona rav az kӯchai mug`on bishnav!
Ba sharhi mehnati ishqat biҷuy Foniro,
Zamon-zamonash bigӯyu yagon-yagon bishnav!
 Noladan zor bo`lgan notavon dilniig holini eshit!
Agar so`z zohir bo`lmasa, fig`onni eshit!
Ko`yingda mening afsonamdan boshqa gap-so`z yo`qdir!
quloq solib, undan-bundan shu hikoyatni eshit!
Xalqdan yashirib dilimda ishqing hikoyatini qilaman,
chunki dil ichidasan, sen ham yashirin eshit!
Bir may shishasi keltir, so`ngra har piyola berganingda
mendan tavhid nuqtasidan ajoyib doston eshit!
Ey ko`ngil, atirgul afsonasi bilan tikan g`ami
sharhini yuz til bilan bayon qilayotgan tong bulbulidan  eshit!
Ishq sirini Ka`ba yo`lidan izlama,
shunday taronani istasang,  borib mug`lar  ko`chasidan  eshit!
Ishqing mehnati sharhini eshitmoqchi bo`lsang, Foniyni izla,
uni  har zamon, har zamonda aytib, bir-bir eshit!
 Ayzan
May garchi boshadam zi g`ami dil farog` az ӯ,
Dar sina sӯz doramu bar xirqa dog` az ӯ.
Shud dar xazon ba gashti chaman on bahori husn
Dar zeb gasht pur zi gulu lola bog` az ӯ.
Oham, ki dil furӯzad, az ӯ vahm kun, ki bod
Otash furӯzadu nafurӯzad charog` az ӯ.
Ovora shud ba dashti ҷununam dil, ey rafiq,
Maҷnun agar bubinӣ, bipursӣ surog` az ӯ.
Bsmori haҷr shud tan, az on kӯ burun kashand,
Ne sag az ӯ g`izo kunad, ey dil, na zog` az ӯ.
Savdoiyam, zi haҷr ravam peshi mayfurӯsh,
Ҷӯyam ba yak piyola iloҷi dimog` az ӯ.
Fonӣ, xudӣ biyafkanu po neh ba kӯi ishq,
Forig` shavӣ zi xavf, chu yobӣ farog` az ӯ.
 May dilimni qayg`udan ozod etsa-da,
maydan siynamda o`t bor va to`nimda dog`.
U husn bahori kuzda chaman tomoshasiga chiqdi,
uning yarashig`i bilan bog` gulu lolaga to`ldi.
Dilni yorituvchi ohimdan qo`rq, chunki shamol
olovni  alangalantiradi, ammo chiroqni  o`chiradi.
Ey do`st, telbalik dashtida dilim ovora bo`ldi,
Majnunni uchratsang, undan  so`ra!
Ey ko`ngil, tanim uning hajridan shunday bemor bo`ldiki,
olib chiqib tashlasalar, uni na it yeydi va na qarg`a.
Hajridan savdoyiman, mayfurush oldiga borib
dimog` davosi uchun bir piyola may so`rayman.
Foniy, o`zlikni tashlab, ishq ko`chasiga qadam  qo`y!  
Uzlikdan  qutulsang,  qo`rqinchdan qutulasan.
 Muxtara`
Zn nafsi tira, ilohӣ, chu nest roh ba tu,
Ҷuz in chӣ chora, ki oram az ӯ panoh ba tu?
Chiho zi chashmu dil omad ba man, kunun hastand
Ba ashku oh zi man har du uzrxoh ba tu.
Chӣ son shikast nayaftad ba sӯi map, chu buvad
Sipohiyam ham az lashkari gunoh ba tu.
Ba rӯi subhi munavvar kasham digar shabi tor,
Sahar chu nola firistam zy xayli oh ba tu.
Shabehi man ba gunah garchi nest, nanmudam
Zi kibru xirasarӣ shakku ishtiboh ba tu.
Chu hast peshi tu “mo fiz-zamir”-i man ravshan,
Ba in suxan guzaronam turo guvoh ba tu.
Ba ishqi ӯ guzar az shohu az gado Fonӣ,
Ki rӯi bandagӣ orad gadovu shoh ba tu.
 Tangrim, zulmat nafs jihatidan senga  borishga yo`l  topolmagach,
u badnafsdan panohingga sig`inishdan boshqa nima choram bor?
Ko`zimu ko`nglimdan menga nimalar keldi,
endi men tomondan ko`z yoshimu ohim huzuringga uzr aytib keldilar.
Qoshingga keladigan sipohimning hammasi gunoh lashkari bo`lsa,
mening tomonimga qanday shikast yetmasin?
Tong ziyosi kabi  nurli yuzing qoshida may simirsam,
yana qorong`i kecha saharda senga ox xaylidan nola yuboraman?
Gunoh to`g`risida menga o`xshash kishi bo`lmasa ham,
g`ururu qaysarlikdan senga  shak-shubha  qilganim  yo`q.
Dilimda nima borligi senga ayon,
shu so`zimni rostligi uchun senga o`zingni guvoh qilib o`tkazaman.
Foniy, uning ishqi yo`lida shohu gadodan kech,
chunki shohu gado senga qul (bo`lmoqqa hozirdir).
 Muxtara`
Olame xoham, ki nabvad mardumi olam darӯ,
K-az ҷafoi mardumi olam naboshad g`am dar ӯ,
Ne ba rӯz ashki asironash namoyad seli qatl,
Ne ba shab z-ohi g`aribon kisvati motam dar ӯ.
Ne zi bedodi falak dar vay dile bo sad alam,
Ne zi shamsheri sitam sad zaxmi bemarham dar ӯ.
N-az pariruyon dar ӯ xayli hama noodamӣ,
Ne hazoron dev az ҷinsi banӣ Odam dar ӯ.
Chun mahal ast in havas, ey dil, sӯi mayxona rav.
3-on, ki boshad har safoli kӯhna Ҷomi Ҷam dar ӯ.
La`lgun may rez dar vay, k-az safovu martaba
Sarnagun binmoyad in firӯzagun toram dar ӯ.
Onchunon darkash, ki garchi boshad on ҷomi sipehr,
Yoft natvon chun tahi dӯzax asar az nam dar ӯ.
To chunon forig` shavad xotir zi xubu zishti dahr,
K-az taxayyul boz natvon yoft beshu kam dar ӯ.
Foniyo, dar vaz`i gardun pir makun andesha, z-on-k,
Nuktae nabvad, ki nabvad bar xirad mubham dar ӯ.
 Bir olam istaymanki, unda shu olam xalqi bo`lmasa,
bu olam mardumining jafosidan g`am bo`lmasa.
Na uning kunduzida asirlar ko`z yoshidan qatl seli ko`rinsin,
va na kechasida g`ariblar ohidan motam libosi bo`lsin.
Na unda falak zulmidan yuz alamli bir ko`ngil,
va na sitam qilichidan marxamsiz dil yarasi bo`lsin.
Na unda odamgarchiligi yo`q parilardan bir to`da,
va na odam jinsidan minglarcha devi bo`lsin.
Ey dil, mazkur havaslaring ro`yobga chiqmasa, mayxonaga bor,
chunki undagi har ko`hna safol Jamshidning jomi bo`ladi.
La`lrang may quy, sofu a`loligidan unda    
ko`k osmon to`ntarilgan ko`rinsin.
Shunday simirki, u osmon jomi bo`lganda ham
xuddi do`zax tegi kabi unda nam asarini topib bo`lmasin.
Ko`ngil dunyoning go`zal va xunukligidan shunday bo`shasinki,
o`ylash bilan unda ortiq, kamni topib bo`lmasin.
Ey Foniy, olam vaziyatini ko`p o`ylama,
unda aql hal qilmagan hech bir muammo yo`qdir.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Zohido, dasttihӣ ҷonibi mayxona marav,
Varna chun mo shavadat xirqavu saҷҷoda garav.
Ba mai kӯhna dehu soqii nav, soz fido
Zaru sim, on chi ba dastat fitad az kӯhnavu nav.
Rӯyash az boda barafrӯxt, dilam niz, ore
Ravshanu tira zi xurshed pazirand partav.
Bari nekӣ talabӣ tuxmi badӣ afshonda,
Hosili kishti tu ma`lum shavad vaqti darav.
Ey dil, az axtari tole` matalab rӯzi xushӣ,
Ki nadonist ba ҷuz kisaburӣ in shabrav.
Doram ey shӯx, ba gӯshat suxani pinhonӣ,
Ki ba ҷuz va`dai vasli tu bigӯyam, mashunav.
Hast chun ҷur`akashn Ҷomӣ, az on Foniro
Madad az ma`nii Hofiz shudu rӯhi Xusrav.
 Ey zohid, mayxonaga  quruq qo`l bilan borma, quruq qo`l
bilan borsang, menga o`xshab to`ning bilan
 joynamozing garov bo`ladi.
Oltin-kumushning yangi va eskisidan qo`lingga tushsa,
eski mayga ber va yangi soqiyga fido qil!
Uning yuziyu mening ko`nglim sharob bilan yoriydi,
ha, albatta, yorug`lik bilan qorong`ilik quyoshdan nur oladi.
Yomonlik tuxmini sochib, yaxshilikni istaysan,
ekining hosili o`rgan chog`ingda ma`lum bo`ladi.
Ey ko`ngil, tole` yulduzidan shodlik kunini istama,
Chunki  bu o`g`ri kissaburlikdan boshqani bilmaydi.
Ey sho`x, qulog`ingga  aytadigan yashirin bir so`zim bor,
vasling vadasidan boshqa so`zni aytsam, eshitma!
Foniy Jomiyning jur`akashidir, shuning uchun unga
Hofizning ma`nosi va Xisravning ruhi madadkor bo`ldi.
 Tatabbӯ`i Maxdum
Chashmu dil ast ҷoi tu, ҷoi digar marav,
Berun mayo zi didavu az dil badar marav.
Chun meravӣ ba kӯi vay, ey dil, bubin maro
On ҷo, ki qatl karda, az on peshtar marav.
Guftӣ, ravam ba dayru zi xud bexabar shavam,
On sӯi to, ki boshadat az xud xabar, marav.
Yak subh bo xud oyu shunav nolai maro,
Az xud hama ba nag`mai murg`i sahar marav.
Nozukdilo, agar rahi ishqat havas shudast
Bishnav suxan chu bulhavason, in safar marav.
Ey shayx, pur magӯ, ki ravam sӯi maykada,
Yakson buvad agar birav on ҷo, agar marav.
Fonӣ, ba dil zi rahguzari dida shud balo,
Boyad salomatat sӯi on rahguzar marav.
 Manziling ko`z bilan dildir, boshqa joyga ketma,
ko`zdan tashqariga chiqma va dildan g`oyib bo`lma!
Ey ko`ngil, yor ko`yiga borsang,    
qara, meni qatl etgan joydan nariga ketma!
«Dayrga boramanu o`zimdan bexabar bo`laman» deding,
o`zingdan xabaring bo`la turib u tomonga borma!
Tong chog`ida o`zingga kelginu nolamni eshit,
saxar qushlarining  sayrashi bilan o`zingdan ketma!
Ey nozikdil, agar senga ishq yo`li havas bo`lsa,
so`zni eshit, soxta oshiqlar kabi bu safarga otlanma!
Ey shayx, ko`p gapiraverma, men mayxonaga boraman,
u yerga boru borma, deyish baribir.
Ey Foniy, dilga balo ko`z yo`lidan keldi,
senga salomatlik kerak bo`lsa, u yo`ldan borma!
 Tatabbӯ`i Xoҷa    
Zi ishqi mug`bachai mastu bazmi ishrati ӯ,
Muridi piri mug`onam girifta millati ӯ.
Xusham ba ҷurmi gunah, z-on ki garna in budӣ,
Ki pok gashtӣ az amvoҷi bahri rahmati ӯ.
Ba sham`i vasl chu parvona sӯxt, z-on shab hast
Hazor barqi balo dar dilam zi g`ayrati ӯ.
Madeh, ba ravzai Firdavs va`daam be yor,
Charo ki ravza buvad dӯzaxam zi furqati ӯ.
Duoi shayx ba omurzisham nameboyad,
Charo kasham chu buvad lutfi dӯst minnati ӯ.
Zi yodi ӯ natavonam dame shudan g`ofil,
Chӣ budӣ ar nabudӣ dar dili man ulfati ӯ.
Charo ba rӯzii nanhoda g`am xӯram kamu besh,
Chu beshu kam nashavad, z-on chi hast qismati ӯ.
Ba dayr kӯhnasafole, ki nӯsham, obi hayot
Ba Ҷomn Ҷam natavonam namud nisbati ӯ.
Iloҷi zuhdi riyo, Foniyo, bikun ba fano,
Ki ҷuz bad-in nabuvad maxlasat zi ofati ӯ.
 Mug`bachaning  ishqiyu  ishrat  bazmidan   mastman,
uiing mazhabini tutib, mug`lar piriga muridman.
Jurmu gunoh bilan shodman, chunki agar shunday
bo`lmaganda, uning rahmat dengizi to`lqinida kim poklanar edi?
Uning vasli sham`iga  parvona  kuydi, o`sha  kechadan beri qizg`onganimdan
minglarcha  balo chaqini dilimda chaqilib turadi.
Yorsiz jannat bog`ini menga va`da  qilma,
chunki yor furqatida jannat menga do`zaxdir.
Gunohim afv etilishi  uchun shayx duosining keragi  yo`q,
yor lutf etib turgan  mahalda   (shayxning) minnatini nega tortayin?
Uning yodida bir nafas ham g`ofil bo`lolmayman,
u — dilimga ulfat bo`lmasa, nima bo`lar edi?
Nima uchun hali oldimga  yozib qo`yilmagan rizqimni
 oz, yoki mo`l deb g`am yeyman?
Kishining qismati qanday bo`lsa, undan ortig`u kam bo`lmaydi.
Dayrda bir ko`hna safol bilan obihayot ichsam,
uni Jamshid jomiga o`xshata olmayman.
Ey Foniy, zuhdu riyo ilojini fano yo`li bilan qil,
chunki ofatidan qutulishing uchun fanodan  boshqa joying yo`q.
 Ayzan
Ey, ki gashtӣ sӯi mayxona ba rindon payrav,
Vaҷhi may gar nabuvad ҷon garavu ҷoma garav.
Dar xayoloti xati sabzi kamonabrӯi xesh,
«Mazrai sabzi falak didamu dosi mahi nav».
Bexud aftodamu bozam chu ba hush omad dil,
 «Yodam az kishtai xesh omad hangomi darav».
Xonan dil zi g`ami gardishi gardun tira-st,
Oftobi may agar nafkanad on ҷo partav.
Ey dil, ovozi mug`annӣ shunav, on gah voiz
Garchi faryod kunad gӯsh bigiru mashnav!
Ey, ki az noz kulah gӯshai husnat bishkast,
Az shikasti digarash yod kunu g`arra mashav.
Foniyo, bo xudii xesh ba ҷonon narasӣ,
Xudӣ az xesh ҷudo afkanu be xesh birav.
 Ey, mayxonada rindlarga payrav bo`lgan kishi,
may uchun puling bo`lmasa joning va to`ningni garovga  qo`y.
Sabzxat va  kamon qoshlik yorimni o`ylab xayolimda
falakning yashil ekinzori va  yangi oyning o`rog`ini ko`rdim.
O`zimdan ketib yiqildim, dilim hushiga kelgandan so`ng
ekin-tekinimu o`rim vaqti esimga tushdi.
Agar may quyoshi u yerda porlamasa,
gardunning aylanishi g`amidan dilim uyi qorong`idir.
Ey ko`ngil, qo`shiqchi ovozini tingla, o`shanda
agar voiz faryod cheksa, qulog`ingni bekit va eshitma.
Ey, sening xusning nozdan kuloq  go`shasini sindirdi,
boshqa shikastlarni o`ylagin-u mag`rur bo`lma.
Ey  Foniy, o`zliging bilan jononga yetisholmaysan,
o`zligingni  o`zingdan ayirgin-u, kimsasiz ket.
 Tatabbӯ`i sulton-ul-fusaho Husaynӣ
Dil ba kӯyat rafta ҷism az vay nishone monda,
Murg` chun karda havo z-ӯ oshyone monda.
Forig` az mulki Vatan ovora dar kӯyat manam,
Xonumone raftavu bexonumone monda.
Murdaam dar haҷru ӯ dar qasdi qatli man, hanӯz
Rafta ҷonam, lek ҷononro gumone monda.
Afkanam peshi sagat xudro, chu boyad tӯ`maash,
Ham xusham, garchi tanam xushk ustuxone monda.
Pursai za`fam, agar xohӣ, nazar kun bar darat,
Notavone murda, sar bar ostone monda.
Yodi sarvi qomate pushti nigunamro asost
Dar sari pironasar ishqi ҷavone monda.
Hast Fonӣ be rafiqon dar biyoboni adam
Chun sage, k-az za`fi tan az korvone monda.
 Qush uchib ketgach, undan bir in qolgani kabi dil
ko`yingga borib, undan badan bir nishon bo`lib qoldi.
Vatan mulkidan bo`shab, ko`yingda  men ovoraman,
xonumonlik ketdiyu, bexonumonlik qoldi.
Uning hajrida  o`ldim, haligacha u meni o`ldirish qasdida
yuribdi, jonim ketdi, lekin jononda bir gumon qoldi.
Itingga  yemish bo`lsin deb oldiga o`zimni tashlayman,
tanim quruq bir suyak bo`lsa ham xursandman.
Agar zaifligimnn so`ramoqchi bo`lsang, eshigingga qara,
bir notavon o`lib, boshi ostonangda yotibdi.
Bir sarv qomatning yodi bukchaygan qomatimga hassadir,
qari boshimda bir yosh  (dilbar)ning ishqi bor.
Yo`qlik sahrosida do`stlarisiz qolgan Foniy darmoni
qurib karvondan qolib ketgan itga o`xshaydi.
 Dar tavri Maxdum
Nigori turku toҷikam kunad sad xona vayrona,
Bad-on mijgoni toҷikonavu chashmoni turkona.
Murodam in buvad to chashmi xud bar zulfi ӯ molam,
Agar xoham, ki ӯro sozam az mijgoni xud shona.
Bixohad murg`i dilro sӯxt oxir bolu par, yak shab
Zi bas girdi sari on sham` megardad chu parvona.
Binoi ishqro dar dil shikofi sina dar boshad,
Alifho pahlӯi ham bar darash xathoi dandopa.
Kasham xudro zi bahri soya har dam zeri devore,
Chu aftod az nami tafhoi oham saqfi koshona.
Garat tira-st xilvat, rav sӯi dayri mug`on, ey shayx,
Ki boshad az furӯg`i boda ravshan kunҷi mayxona.
Ba ҷurmi din bute barbasta gardonad ba zunnoram,
Chu baxshad naqdi dinro, giradam az bahri ҷurmona.
Ba man paymona deh, soqӣ, chu bo rindon dihӣ sog`ar,
Xumi mayro vale bahri dili man soz paymona.
Nasihatgӯӣ, Fonӣ, ham zi oini xirad dur ast,
Kase, k-ash aql boshad, kay daromezad ba devona.
 O`sha tojiklarcha kiprik va turklarcha ko`zlar bilan
turk-tojik nigorim yuzlarcha uyni vayron qiladi.
Agar sochiga kiprikdan taroq qilmoqchn bo`lsam, murodim
shuki,  ko`zlarimni  uning sochiga  surkayman.
Dil qushining qanot, quyrug`i biror  kecha  kuyib qoladi,
chunki parvonaga  o`xshab sham` atrofidan ko`p aylanadi.
Dildagi ishq binosiga ko`ksim teshigi — eshikdir, aliflar
yondorisi bo`lib, xatlari dandona o`rniga o`tadi.
Har damda bir soyalanish uchun o`zimni devor tagiga tortaman,
chunki ohim bug`i namidan imoratim  shipi qulab tushdi.
Ey shayx, agar xilvatxonang qorong`i bo`lsa, mug`lar dayriga bor,
chunki mayning nuri bilan mayxona burchi yorug`dir.
Bir nozanin din gunohi bilan meni ayblab, belimga zunnor
bog`lasayu gunohimni kechsa, evaziga dinim naqdini oladi.
Ey soqiy, rindlarga piyola uzatgan chog`da menga kosa uzat,
lekin dilimni ovlash uchun may xumini katta kosa qil.
Foniyga nasihatgo`ylik qiladigan odam ham aqldan uzoqdir,
chunki aqlli kishi devonaning ishiga nega aralashsin.
 Tatabbӯ`i Hoҷa
Sahar ba dayri mug`on omadam sharobzada,
Zi bimi lashkari andӯhu g`am shitobzada.
Ba dar chu halqa rasondam rasidu dar bikshod,
Ba lutf mug`bachai nimmasti xobzada.
Zi may shukufta ba bog`i ruxash hazoron gul,
Zi xay ba gulshani ruxsori xud gulob zada.
Ba sar zi shӯxiyu mastӣ kuloh kaҷ karda,
Ba rux zi lutfu safo rohi oftob zada.
Chu did, shiddati maxmuriyam, fususkunon
Ba noz guft: «Ki ey muflisi sharobzada!»
Bad-in sifat zi kuҷo merasӣ zi badholӣ,
Ba ҷism larza fitoda, dil iztirob zada.
Biguftamash, ki: «Xayoli may labu chashmat
Rasond sӯi tu rohi mani xarobzada».
Girift dastu ba lutfam daruni dayr kashid,
Safi sabӯhi mug`on budu shayxu shob zada.
Ba yak-du ratli garon hush raftu aftodam,
Ba xoki dayri mug`on chehra bar turob zada.
Ba rӯzi hashr az in xob agar kushoyam chashm,
Sӯi bihisht ravam nimmastu xobzada.
Gar in havas ba dilat hast, Foniyo, mebosh
Ba xoki dayri mug`on az du dida obzada.
 Tongda sharob ichib, mug`lar dayriga keldim,
qayg`u lashkaridan qo`rqqanim uchun ildam keldim.
Eshik halqasiga qo`l tekizishim bilan, uyqusiragan,
yarim  mast mug`bacha  lutf  bilan  eshikni ochdi.
Yuzi bog`ida maydan minglab gullar ochilgan-u
terdan yuz gulshaniga gulob sepilgan.
Sho`xlik va  mastlikdan kulohni boshiga egri kiyib,
yuzi lutfu safodan quyoshdek porlagan.
Mening xumorim shiddatini ko`rib afsus chekkanicha
noz bilan dedi: «Ey, sharob ichgan mo`flis!»
Jismingni titroq bosgan, ko`ngling iztirob
chekkan, shu yomon ahvolda qaerga bora olasan?
Dedim: «Labing mayi va ko`zing xayoli men
xarob ahvolni sen tomonga yetkazdi».
Qo`limdan ushlab, lutf bilan meni dayr ichiga olib kirdi,
u yerda sabuhiy ichish uchun saf chekkan mug`lar
va o`zini yosh olgan shayxlar bor edi.
Bir-ikki to`la jomni ichib, o`zimdan  ketib,
mug`lar dayri tuprog`iga yuzimni qo`yib yiqildim.
Qiyomat kunida bu uyqudan ko`zimni ochsam,
Jannat sari yarim mast, uyqusiragan holda ketaman.
Ey Foniy, agar ko`ngilingda bu havas bo`lsa,
mug`lar dayri tuprog`iga ikki ko`zingdan suv sepatur.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Az chashmi man marav, ki tuam nuri didaӣ,
Monandi nuri dida zi mardum guzidaӣ.
Xubon kushandaand, Xudoyo, magar maro
Az bahri kushtani digaron ofaridaӣ.
Oromam az firoqi tu, ҷono, digar namond,
K-az man ramida bo digaron oramidaӣ.
Purhodisa-st dahr, dilo, mug`tanam shumor,
Dar maykada chu raxti iqomat kashidaӣ.
To raftaӣ zi didai man ey parӣ, ba xashm,
Mushtoqam onchunon, ki zi chashmam paridaӣ.
Pirohani saburii dil chok kardaӣ,
Ya`ni ba ҷavr pardai dilro daridaӣ.
Fonӣ, bahoi xoki rahash har du kavn shud,
Dar dida deh, ki garonash xaridaӣ.
 Ko`z o`ngimdan ketmaki, ko`zim nurisan,
ko`z nuridek ko`z qorasini tanlagansan.
Go`zallar o`ldiruvchi bo`ladilar, ey Xudo,
meni boshqalar o`ldirsin deb yaratdingmi?
Mendan qochib, boshqalar bilan orom qilganing uchun,
ey jonon, furqatingdek boshqa oromim qolmadi.
Dunyo hodisalarga to`ladir, ey ko`ngil, agar mayxonada
iqomat qilgan bo`lsang, buni g`animat bil.
Ey pari, qahr-g`azab bilan ko`zimdan uzoqlashganingdan
beri ko`zimdan uchgandek, senga mushtoqman.
Ko`ngilning sabr ko`ylagini chok qilding,
ya`ni javr bilan ko`ngil pardasini yirtding.
Ey Foniy, yor yo`li tuprog`ining bahosi ikki dunyodir,
unga  ko`zingdan joy  berki, qimmatga  olgansan.
 Muxtara`
Xush ast subh, kulah kaҷ nihoda chun lola,
«May  dusolavu mahbubi chordahsola».
Ba xalqi olame in nadiham ar zi dast oyad,
Zi xalq agar fitadam olame ba dunbola.
Tu masti noziyu mo dardmandi tu, chӣ aҷab,
Agar tu arbada zohir kuniyu mo nola?
Zi haҷri bargi gulat mekunam ba rӯzi firoq,
Ba shakli noxune har sӯ zi sina pargola.
Az otashi dili man bar zabon mayor hadis,
Ki xirqatash nazanad bar labi tu tabxola.
Chu shishai dili mo bishkanad tafovut nest
Zi abr durri samin gar fitad va gar jola.
Chӣ sud sehri tu, Foniyu beshuurii xasm,
Ba xalq shud chu yake Somiriyu gӯsola?!
 Erta tongda lola kabi kulohni egri qo`yib, ikki yillik may,
o`n to`rt yoshlik nozanin mahbub bilan o`tirish qanday yaxshi.
Olam xalqi  buni qo`limdan olish uchun  ketimdan tushsa 
ham, qo`limdan  kelsa,  buni ularga  bermayman.
Ey dilbar, sen noz bilan mastsan, biz esa, sening darmandingmiz,
agar sen janjal suronu biz nola qilsak, hech taajjub emas.
Gul yaprog`ingning hajrida ayriliq kuni siynamni
tirnoq shaklida pora-pora  qilaman.
Dilim  kuyishi to`g`risida tilingga so`z olma, chunki uning
harorati labingga urib, uchuq chiqarmasin.
Dilimiz shishasinn sindirmoq uchun bulutdan marvarid
yog`sa ham, do`l yog`sa ham hech qandan farqi io`q.
Ey Foniy, xalq oldida jodugar Somiriy bilan buzoq farqsiz
bo`lsa, aqlsiz dushmanga sehringdan nima foyda.
 Tatabbӯ`i Maxdum
Xol az bunafsha bar varaqi yosamin maneh,
Mahro zi mushk dog`i balo bar ҷabin maneh.
Sunbul ba poi sarvi ravon bar zamin makash,
Sad minnat az kashokashi on bar zamin maneh.
Tarsam, ki poyat obila orad zi nozukӣ,
Po barhana ba bargi guli otashin maneh.
Lafzi firoq az dahani tund dur kun,
In zahr bahri kushtani mo dar nigin maneh.
Soqӣ, biyor may, ki malulam zi dardi haҷr,
Dog`i bahona bar dili aidӯhgin maneh.
Har-ch oyadat ba pesh zi taqdir donu bas,
Bori malol az on dili nozanin maneh.       
Ey, on, ki poi xud ba rohi ishq menihӣ,
Bechoragii Fonii bedil bubin, maneh.
 Yosuman varag`iga binafshadan xol qo`yma,
mushkdan oy peshonasiga balo dog`ini qo`yma.
Sarvi ravon oyog`i ostiga sunbulni sudrab borma,
uni sudrab borib, yerga yuz minnat yuklama.
Cho`g`dek gul yaprog`iga yalang oyoqlaringni qo`yma,
noziklikdan  oyog`ing qavarmasin, deb  qo`rqaman.  
Tor og`zingdan ayriliq so`zini yiroq qil,
bu zaharni bizni o`ldirish uchun uzukka solma.
Ey soqiy hajr dardidan g`amginman, may keltir,
bu mungly yurakka bahona dog`ini qo`yma.
Har nima yuz bersa, uni taqdirdan deb bil,
uniig uchun nozanin ko`nglingga malol solma.
Ey, ishq yo`liga qadam quyayotgan kishi, oshiq
Foniyning bechoraligini ko`r va bu yo`lga kirma.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Sargaron gashtam az on nargisi xoboluda,
Ҷigaram xun shuda az on la`li sharoboluda.
Labash oluda ba may gashtu hayotam baxshid, 
Ҷavhari ҷon, ki ba yoquti muzoboluda.
Guftamash: kӯi tu olud zi ashkam, gufto:
Bad naboshad chaman az ashki sahoboluda!
Surx shud chashmi tu az xuni dili sӯzonam,
Hamchu maste, ki ba xunoba kabob oluda.
Z-obi ibriqi riyoi tu nashӯem, ey shayx,
Xirqai mo, ki shud az bodai nob oluda.
Gӯ bar on piri mug`on mastu xarobam az dayr,
3-ashki xunam chu shud in dayri xarob oluda.
Bandan piri mug`onam, ki zi bahri karamash
Shusta shud ҷurmu nagardid ba ob oluda.
Daftari xuni dilam har ki bixopad, gardad
3-obi chashmash hama avroqi kitob oluda.
Foniyo, rohrav on ast, ki dar dashti fano
Mirad, ar tashna nagardad ba sarob oluda.
 U nozaninni mudroq nargis ko`zidan boshim og`irlashdi,
sharobga belangan la`l labidan jigarim  qon bo`ldi.
Labi mayga belandiyu menga hayot bag`ishladi,
eritilgan yoqutga   (mayga)   belangan jon baxsh etdi.
Unga: «Qo`z yoshim  bilan ko`chang ho`l bo`ldi», dedim.
U: «Bulutdan chaman ho`l bo`lsa, yomon bo`lmaydi», dedi
Kabob qoniga belalgan mast singari kuygan
dilim qoni bilan ko`zing qizardi.
Ey shayx, sof mayga belangan xirqamizni
riyo qumg`oning suvi bilan yuvmaymiz.
Mug`lar piriga ayt, men dayrda mastu xarob
bo`ldim, xarob dayr qon yoshimga belandi.
Men karami daryosidan suv tegmasdan gunohlar
yuviladngan  mug`lar dayri pirining quliman.
Kimki qonli dilim daftarini o`qisa, kitobning
hamma varaqlari uning ko`z yoshiga belanadi
Ey Foniy, fano dashtining yo`lovchisi tashnalikdan 
o`lsa o`ladiyu, sarobga  belanmaydi.
 Tatabbӯ`i Shayx
Chun dida turo dida dilat mehr guzida,
Mehre binamo, ey ba fidoyat dilu dida!
Dar peshi qadat sarv buvad piri duogӯy,
Bo xirqai sabz omada, bo pushti xamida.
Dashnomi tu ҷonam ba tan ovard, afalloh,
Ҷuz map zi tu dashnom bad-in son, kӣ shunida?
Xubon zi pai tahniyati Yusufi mo bin,
Oini ҷafo karda zi kafhoi burida.
Xudro tu ba zulfash chӣ furӯshӣ digar, ey mushk,
Sad nofaat on turra ba mӯe naxarida?.
Dil xastanu tan kushtanu ҷon sӯxtanat kor,
Chashmat narasad bo hama axloqi hamida.
Fonӣ zi sӯi maykada chun omada sarmast,
Zohid shuda dar xilvatu dar kunҷ xazida.
 Seni ko`z ko`rganida dil senga mehr bog`ladi ko`z
bilan dil senga fido bo`lsin, bir mehribonlik ko`rsat.
Qomating oldida sarv daraxti duogo`y bnr chol qatorida
bo`lib, ko`k kiyib bukchayib qoshingga keldi.
So`kishing meni tanimga jon kirgizdi, Tangri kechirsin,
bu xildagi so`kishni sendan mendan boshqa  kim eshitgan?
Qara, bizning Yusufimizni tabriklash bayramida
go`zallar kesilgan qo`llari qonidan xino qo`yibdilar.
Ey mushk, o`zingni nima uchun yana uning zulfiga sotasan?
Yuz xushbo`yingni u zulf bir tukiga ham olmaydi.
Ishing dilni bemor etish, tanni burdalash va jon kuydirishdir,
bu yaxshi axloqlaring bilan senga ko`z tegmasin.
Foniy  mayxona tomondan mast bo`lib kelgan chog`ida,
zohid burchakda bekinib turadi.
Ba ҷihati xonai azize gufta shuda
In xona, ki az xonai chashm ast nishona,
Chun mardumi chashm ast dar ӯ sohibi xona.
Xona na, ki az ravzai Firdavs namuna,
Sohib na, ki az huri parizod nishona.
Dar bomu darash ayshu nishot omada muzmar,
Oyad zi sariri dari ӯ lahni tarona.
Dar obu gilash zavqu tarab omada mudg`am,
Gar maddi sadoyash shunavӣ savti chag`ona.
Qasre zi bihisht ast, vagarna zi chӣ ma`nist?
Chun Kavsarash obe zi miyon gashta ravona.
Soqӣ, ba nishoti ruxi on sohibi manzil,
Pur deh qadahe, az mai gulrangi mug`ona.
To Fonӣ az on nӯshadu yak dam shavad emii,
3-oshӯbi zamonu sitami ahli zamoma.
 Bu uy ko`z uyidan nishonadir,
uy egasi unda go`yo ko`z qorachig`idir.
Bu uy emas, balki jannat bog`idan bir namuna,
uy egasi esa parizod hurdan nishona.
Eshik va devoridan aysh va shodlik yog`iladi,
uning manzilidan kuy, qo`shiqlar ovozi yangraydi.
Uning suvi va tuprog`iga shodlik zavqi qo`shilgan,
madhu sanosini eshitsang, chag`ona savtini eslatadi.
Bu jannat qasridir, agar jannat bo`lmasa,
nega o`rtasidan Kavsardek suv oqib turibdi.
Soqiy, bu  koshona  egasining shodligi
uchun gulrang mug`ona maydan bir qadah to`ldirib ber.
Toki Foniy uni ichib zamona oshubidan va
zamon ahlining sitamidan bir dam qutilsin.
 Muxtara`
Ba rohi faqr az tavfiqi Haq boshad nishon tavba,
Mani tavbashikan mexoham az Haq onchunon tavba.
Vagarna rӯz bastan tavba, chun shab gasht, bishkastan,
Maro sharmanda kard az xesh, bezoram az on tavba.
Agar tavba chunin boshad, ki man bishkastamu bastam,
Shikasta bastan sad har rӯz kardan metavon tavba.
Kunam tavba mani bad az badiho, lek, ey noseh,
Nakӯ nabuvad namudap az havoi nekuvon tavba.
Chu girad mӯhtasib har rӯz mastam az pai maxlas
Hadisi avvalam boshad ba ӯ guftan ravon tavba.
Agarchi pir gashtam, lek piri bexirad bosham,
Ki garchi bishkanam kardan zi ishqi on ҷavon tavba.
Shikasti holam az tavba shikastan gasht, ey Fonӣ,
Ba tavba har chi man kardam, kunad bo man hamon tavba.
 Tavba — faqr yo`lida Tangrining Haq tavfiqidan nishonadir,
men tavbani buzuvchi, Haqdan o`shanday tavbani istayman.
Agar unday bo`lmasa, kunduz tavba qilib, kechani uni
buzish-meni sharmanda qildi, unday tavbadan o`zim ham bezorman.
Agar tavba shunday bo`lsaki, uni uzsamu bog`lasam,
unday tavbani har kun yuztasini uzib, bog`lasa bo`ladi.
Men yomon, yomonliklarimdan tavba qilaman, lekin,
ey  nasihatgo`y, go`zallar ishqidan tavba qilib bo`lmaydi.
Har kun may ichganimda muhtasib ushlab olsa, qo`lidan
qutulish uchun darhol  aytadigan dastlabki so`zim  «tavba»dir.
Chol bo`lsam ham, lekin o`taketgan aqlsiz cholman,
u nozanin ishqida tavba qilsam, tavbaning bo`ynini uzaman.
Ey Foniy, tavbani buzishdan holim xarob bo`ldi, 
men tavbaga nima qilgan bo`lsam, tavba ham menga shuni qiladi.
 Ayzan
Va kӯi ahli xilvat dӯsh raftam, bud rah basta,
Dari dayri mug`on ast, on ki nabvad hech gah basta.
Maro haddi tavofi kӯi ӯ nabvad, ki hast on sӯ,
Zi bas, g`avg`oi ҷonho bar nasimi subh rah basta.
Ba rux n-az halqahoi zulf bar kavkab zada tahrir,
Ki zulfash piz mushkin hola bar atrofi mah basta.
Bad-on kofir, Xudoyo, rahm deh, k-az bahri qatl orad,
Ba zunnori du gesӯ gardani dil begunah basta.
Ba qatli man miyon darbasta chust on kaҷkulah, gӯyo
Azoimro katoni movie ham bar kulah basta.
Bideh soqӣ, mai gulgun, ki bikshoyad dili mahzun,
Ki hamchun g`uncha xun az davri gurdun tah ba tah basta.
Savob ar boyadat, z-obi xarobotash gulӯ tar kun,
Ba zohid z-on ki dil bar noni xushki xonaqah basta.
Shavad hamchun sagi devona katlash, har gado, k-ӯro
Dili shaydost, bar zanҷiri zulfi podshah basta.
Kuҷo gardad xalos az shomi savdo to abad Fonӣ,
Ki ӯ tori umedi xud ba on zulfi siyah basta.
 O`tgan kecha xilvat ahli ko`yiga bordim, yo`l berk edi,
faqat mug`lar dayri eshigi hech kachon yopilmaydi.
Uning ko`yini tavof qnlishga haddim sig`maydi,
chunki joylar g`avg`osi ko`pligidan tong yeliga ham yo`l yo`q.
Yuzidagi  zulfi halqalari yulduz yuziga  xat yozgandekdir,
zulfi mushkin holani oy atrofiga bog`lagan.
Ey Xudo, u kofirga rahm bergin, negaki, gunohsiz yuragim  
bo`ynini zulfi zunnoriga  bog`lab qatlga olib boryapti.
Kulohini egri kiygan u go`zal qatlimga bel bog`ladi,
afsun uchun moviy katonni ham qulog`iga bog`ladi.
Ey soqiy, qizil may berib mungli ko`nglimni yozki,
u gardun davridan g`unchadek tah ba tah qonga bo`yalgan.
Agar savob istasang, zohidning tomog`iga  xarobot suvidan tomiz,
chunki u xonaqohning  quruq  nomiga  ko`ngil  qo`ygan.
Har kim  yuragini podshoh zulfining zanjiriga bog`lasa,
uni quturgan itdek o`ldiradilar.
Foniy, umid torini uning qora zulfiga bog`labdi,
shuning uchun savdo shomidan to abad qutilmaydi.
 Ayzan
Paymonai may ҷӯyon raftam sӯi mayxona.
Berun naravam z-on ҷo pur noshuda paymona.
Shayxoni munoҷotӣ, rindoni xarobotӣ
Ҷӯyand turo, ҷono, dar Ka`bavu butxona.
Dar maykada sarmastam, az nangi xudӣ rastam,
Nӯsham qadahi boda, bo na`rai mastona.
Shud ҷomu mayam qotil, ҷuz in chӣ kunad hosil,
Chun yor qadah dorad bo oshiqi devona.
Voiz ba sari minbar gӯyad hama az Kavsar,
Man mast barad xobam z-in bul-aҷab afsona.
To ham guli bӯstonӣ, ham sham`i shabistonӣ
Ham rӯz manat bulbul, ham shab shuda parvona.
Fonӣ, suxanam bishnav, ҷӯyoni xarobӣ shav,
Az ganҷ nashud ma`mur kas noshuda vayrona.
 Bir kosa may izlab mayxonaga bordim,
paymonam to`lmaguncha undan tashqari chiqmayman.
Ey jonon, munojotli shayxlaru xarobotdagi rindlar
Ka`bada ham, butxonada ham seni izlaydilar.
Mayxonada qattiq mastman, o`zlik nomimdan qutulganman,
mastona na`ra tortib, may sipqaraman.
May jomi mening qotilim  bo`ldi, bundan boshqa nimani
ham kutish mumkin? Chunki yorim devona oshig`iga qadah tutdi.
Voiz minbarga chiqib, jannat kavsari to`g`risida so`zlaydi,
men mast bo`lib, bu ajoyib afsonadan uyqum keladi.
Ey jonim, sen ham bo`ston gulisan, ham kechaning sham`isan,
men bo`lsam kunduzi bulbulingmanu kechasi parvonangman.
Ey Foniy, so`zimga quloq sol, xaroblikni izlovchi bo`l,
kishi vayrona bo`lmaguncha xazinadan obod bo`lmaydi.
 Tatabbӯ`i Mir
Dasti qazo, ki sog`aru paymona soxta,
Xoki vuҷudam az gili mayxona soxta.
Me`mori sun` basta chu toqi falak baland,
Moro ba xoki maykada koshona soxta.
Soqӣ agar narext ba may dorui ҷunun,
Ҷomi sabӯhiyam zi chӣ devona soxta?
Obod kun ba vasli ruxat xonai dilam,
3-on rӯ, ki seli haҷri tu vayrona soxta.
On k-ӯ zi noz mastu xarob ast nargisash,
Moro xarobi nargisi mastona soxta.
Bo xalqi dahr bahri vafo oshno mashav,
3-in shevashon sipehr chu begona soxta.
Fonӣ, tariqi ishqu ҷunun varz, k-ablah ast
Xudro kase, ki oqilu farzona soxta.
 Kosayu piyolani yasagan taqdir qo`li borlig`im
tuprog`ini mayxona loyidan yasagandir.
Sun` me`mori falak toqini baland yasaganda,
bizga mayxona  tuprog`idan   imorat  qurgan.
Soqiy mayga telbalik dorisini quymagan bo`lmasa,
tong mayi nima uchun meni devona qildi?
Ruxsoring visoli bilan dilim uyini obod qil,
chupki hajring seli dilimni vayronaga aylantirdi,
Noz bilan nargis mastu xarob bo`lgan, nozaninning
mastona nargisi  (ko`zi)  bizni xarob qildi.
Vafo umidida jahon xalqiga oshno bo`lma,
chunki osmon ularni bu hunardan begona qilib yaratgan.
Ey Foniy, oshiqligu majnunlik yo`lini mashq qil,
o`zini oqilu donishmand deb o`ylagan odam ablahdir.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Gar hukmi qatlam farmud dilxoh,
Ҷon mujda dodam alhukmu lilloh.
Ey shayxi ҷohil, dar dayr vohil
Moro, ki nabvad sӯi Haram roh.
Soqii mastam, may deh ba dastam,
Gar tavbaam shud, bud on ba ikroh.
Ovarda bulbul afsonai gul,
Moem sad oh az haҷri on moh.
Moro birondand v-oxir bixondand,
Zuhhodi g`ofil, rindoni ogoh.
Ey shӯxi sarkash, pokӣ zi har g`ash,
Bodo panohat pokoni dargoh.
Nabvad ba Fonӣ, zuhdi nihonӣ,
Rindastu oshiq, vallohu billoh!
 Mahbub meni o`limga hukm qilgan bo`lsa, bu
Tangri hukmi deb, suyunchisiga jonimni berdim.
Ey nodon shayx, dayrga kirishimizga yo`l ber,
chunki bizga — Ka`baga borish uchun yo`l yo`qdir.
Ey mast soqiyim, may ber, maydan tavbam bo`lsa,
u majburiyat orqasida edi.
Bulbul gul afsonasini olib keldi, biz bo`lsak,
u oy hajridan yuzlarcha oh tortmoqdamiz.
Bizlarni gofil zohidlar quvdilaru,
lekin oxirida ogoh rindlar chaqirdilar.
Ey o`jar sho`x, har nimadan poksan,
dargohing poklari senga panoh bo`lsinlar.
Foniyda maxfiy zohidlik bo`lmaydi,
vallohu billohki, u rindu oshiqdir.
 Ayzan
Bulbulo, rozi gul ovarda, chu boz omadaӣ,
Turfa murg`e magar az gulshani roz omadaӣ.
Bahri har nozi tu sad rӯy niyoz ast ba xok,
Ki ba sad noz sӯi ahli niyoz omadaӣ.
Gӯiyo ҷomi sabuhӣ zadaӣ, z-on ki ba shab
Ҷonibi dayri mug`on arbadasoz omadaӣ.
Rohat az obi visolat rasad, ey dil, garchi
3-otashi haҷr ba sad sӯzu gudoz omadaӣ.
Pok nogashta dil az g`ayr chӣ sudat zi suҷud?
3-on ki nokarda tahorat ba namoz omadaӣ.
Ezidat sӯi haqiqat kashad oxir dar ishq,
Garchi dar oshiqӣ az rohi maҷoz omadaӣ.
Ba Haram raftamu guftand, ki: «Fonӣ, bargard!»
Yor dar xona, rahi duru daroz omadaӣ!
 Ey bulbul, gulning sirini olib qaytib kelding,
ajoyib qushsan, roz gulshanidan kelding shekilli.
Har bir yuzing uchun yuzlab yuz yerga qo`yiladi,
negaki yuz noz bilan niyoz tomonga kelding.
Tongda may ichganga o`xshaysan, chunki tunda
mug`lar dayriga to`polon solib kelgan eding.
Ayriliq o`tidan yuz marta  kuyib-yonib kelding,
ey ko`ngil, endi visol — rohat topasan.
Yuraging g`ayrdan pok bo`lmay sajda qilganingdan ne
foyda, chunki tahorat qilmasdan  namozga  kelibsan.
Garchi oshiqlikka  majoz yo`lidan kirgan  bo`lsang-da,
Tangri senn haqiqiy ishq yo`liga soladi.
Haramga borganimda dedilar: «Ey Foniy, qayt! yer uyda
bo`la turib, uzundan-uzun yo`lni bosib kelibsan,
 Tatabbӯ`i sulton-ul fusaho Husaynӣ xullida mulkahu
Az mani ovora dar kӯyat fig`one monda,
Benishone raftavu az vay nishone monda.
Xonumon dar kӯi tu darboxtam, bingar kunun
Xonumon gum gashtavu bexonumone monda.
Garchi murdam dar sari kӯi vafo, in ham xush ast,
Tӯ`ma k-az bahri sagonat ustuxone monda.
Nosehi afsonai Farhodu Maҷnun shud dilam,
3-on ki dar har kӯy az vay dostone monda.
Hamrahon raftandu man nolon ba xoli xeshtan,
Chun sagi gumgashtae, k-az korvone monda.
Marhami vasl az qadah xoham, ki dar pironasar
Dog`i haҷram dar dil az ishqi ҷavone monda.
Soqiyo, har may, ki binmudӣ ba Fonӣ, dar nayoft,
Lutf farmo, k-in zamon ratli garone monda.
 Ko`yingda men ovoradan bir fig`on qoldi,
bir benishonlik ketdiyu undan bir nishon qoldi.
Ko`yingda xonumonimdan ayrildim, endi qara,
xonumon g`oyib bo`ldiyu, bexonumonlik qoldi.
Vafo ko`yida o`lgan bo`lsam, bu ham yaxshidir,
ko`ying itlarining ovqati uchun bir suyak qoldi.
Dilim Farhodu Majnun afsonasini bekor qildi,
chunki har bir ko`chada dilimdan bir doston qolmishdir.
Hamrohlar ketdilar, men korvondan
adashgan it kabi o`z holimga yig`lab qoldim.
Visol marhamini qadahdan so`rayman, chunki qarigan
chog`imda bir go`zal ishqidan dilimda ayriliq dog`i qolgan.
Ey soqiy, Foniyga ko`rsatgan har bir maying ta`sir qilmadi,
hozir lutfu marhamat qilib, katta idishda may ber.
 Muxtara`
Ey, ki dar dil burdan oin g`orati din kardaӣ,
Ahli dinro dil ba yag`mo shud, chӣ oin kardaӣ?
Dur nabvad az labash, ey ҷon, agar yobӣ hayot,
Z-on ki ӯro dar dilat bisyor shirin kardaӣ.
Bӯstoni rӯyat az may shud furӯzon, gӯiyo
Bodaro az bӯstonafrӯz, rangin kardaӣ.
Sunbulu nargis ba gulzori ruxat monad bad-on-k,
Dom afkanda shikori ohui Chin kardaӣ.
Dar mahi rӯi araqnoki xud az gulhoi may,
Bar zulolafshon guli suriyu pasrin kardaӣ.
Dar ҷahoni benishat, ey dil, safo z-on xoki post,
To ki ӯro surmai chashmi ҷahonbin kardaӣ.
Fonioso nӯsh kun ҷomi fanovu shod bosh!
Ey, ki dil az hodisoti dahr g`amgin kardaӣ!
 Ey ko`ngil olishda rasmu dinni g`orat etishni odat qilgan go`zal,
din ahlining dillari toroj bo`ldi, sen qanday tartib ijod qilding?
Ey jon, jonon labidan hayot topishing tayin,
chunki uni dilingda ko`p shirin qilib asragansan.
Mayni bo`stonafuro`z (gultojixo`roz) guli bilan
bo`yaganmiding, oy yuzing bo`stoni maydan yashnab ketdi.
Yuzing gulzoridagi ko`zingu zulfing go`yo tuzoq qo`yib
Xitoy kiyigini ovlayotganga o`xshaydi.
Terlagan oy yuzingni may gullaridan suri va nasrin
(oq va qizil)  guli to`kilgan zilol suv qilding.
Ey dil, ko`zing ravshanligi uning oyoq tuprog`idandir,
chunki uning izini olamni ko`radigan ko`zingga surma qilding.
Ey, dahr hodisalari bilan dilni g`amgin aylagan kishi,
Foniyga o`xshab fano jomini ichib shod bo`l!
 Ey zi ishqat bar dilu ҷonam sad afzuntar balo,
Sa`btar lekin baloi furqatat az har balo.
Chashmu abrӯi tu ofatho, baloho xolu rux,
Ofate bar ofat on shud, in baloe bar balo.
Dar balovu ofatam doim mani Maҷnun, ki hast
In parӣ sar to qadam ofat, qadam to sar balo.
Varzishi man dar baloi ishqu hiҷron chun rasid,
Sa`b nabvad, gar biborad bar saram digar balo.
Gar balo in ast, k-az soqӣ ba davr omad qadah,
Har balo k-az davri charx oyad, furӯ mashmar balo
Bimi ishqat dosht ranҷuram, halokam soxt ishq,
Behtar az bimu balo budast budan dar balo.
Hast dar dashti fano mardon shahidi teg`i ishq,
Foniyo, dashti fano budast dashti Karbalo.
 Ey, ishqidan jonu dilimga yuzdan ortiqroq balo yopishgan go`zal,
furqating balosi har qanday balodan ham badtarroqdir
Qoshu ko`zing ofatu balolar bo`lib, xolu yuzing
o`sha ofatu balo ustiga balodir.
U parining boshdan oyog`i ofat, oyoqdan boshigacha
balodir, men devona doim balo va ofat ichidaman.
Men ishqu hijron balosida chiniqdim, boshimga
boshqa balolar yog`sa ham bardosh beraman.
Soqiyning qadah aylantnrishi balo bo`lsa,
falakdan kelgan baloni balo hisoblama.
Ishqnng vahimasi bemor qilgandi, o`zi meni halok 
etdi balo xavfidan ko`ra, baloning ichida bo`lmoq yaxshiroq ekan.
Fano dashtida ishq tig`i bilan shahid bo`lgan mardlar bor.
Ey, Foniy, fano dashti — dashti Karbalo ekan.
Farozi sabza har sӯ, lolai ra`no zi bisyorӣ
Buvad chun abri shingarfӣ ba rӯi charxi zangorӣ.
Va yo bahri arӯsoni chaman bar bistari axzar
Kushoda sar ba sar chodar shabi olist pindorӣ.
Va yo gusturda baxri bazmi gul farshi zumurradgun,
Ba rӯi farsh barno karda shodurvoni gulnorӣ.
Latofat bin, ki dar oinagun daryoi axzarfom,
Hama aksi shafaqro mezanad lofi namudorӣ.
Chӣ xush boshad dar in fasl ar zi dasti soqii gulrux
Sharobi lolagun dar ҷomi minoӣ ba dast orӣ.
Ba yak-du yori damsozevu daston zan xushovozӣ,
Bigiru gӯshai bog`evu fursat mug`tanam dorӣ.
Sirishki lolagun az mardumi chashmam kushod on gul,
Xisolash hast ayni mardumӣ, ҷuz mardumozorӣ.
Agar chun gard xohӣ sarbalandӣ xok boyad shud,
Ki boshad charxro har dam nugunsorӣ zi ҷabborӣ.
Agar xud boyadat Fonӣ, ba kaf domoni pirn dayr
Fitad, boyad ki to domoni hashr az dast nagzorӣ.
 Ko`m-ko`k o`tlar ustida har tomonda lolalarning
ko`pligidan ular moviy osmonda qizargan bulutdek ko`rinadi.
Yoki chaman kelinlari uchun yashil to`shak uyida qizil  
chodirshablarni   ustma-ust   solganda   ko`rinadi.
Va yoki gul bazmi uchun zumraddek yashil gilam to`shab,
uning ustida qirmizi o`tov tikdilarmi?
Go`zallikni ko`r, moviy daryo qo`zgusida
shafaqning surati aks etib turibdi.
Bunday faslda gul yuzli soqiyning qo`lidan moviy
jomda lolarang sharob ichsang, qanday yaxshi.
Bir-ikki hamroz yoru xushovoz dostonsaro bilan bir
bog`ning burchagida bo`lsang fursatni g`animat bil.
Ul gul, ko`zim  mardumidan lolarang yoshlarni oqizdi,
ayni   mardumlikda   mardumozorlik   uning  odatidir.
Agar zarradek yuksaklikni  istasang tuproq bo`lishing kerak,
chunki charx, zolimligi sababli har dam quyiga tushmoqda.
Ey Foniy, agar dayr piri etagi qo`lingga tushsa,
uni qiyomatgacha qo`lingdan chiqarmasliging kerak.
 Ruxsori araqnoki tu, ey turki tatorӣ,
Bar safhai gul rexta boroni bahorӣ.
Otash ba darunho chu chanor ast fitoda,
To ҷilva kunӣ, karda qabo rangi chanorӣ.
Tir ar ba havo afkanӣ in nav` pai sayd,
Zaxmin shuda aftand maloik chu shikorӣ.
Teg`i tu, ki chun obi hayot ast ravonbaxsh,
Hoҷat ba vayam nest, chi hoҷat, ki barorӣ.
Az novaki on g`amza, ki dar chashm napaydost,
Tire, ki zadӣ bar dili man omada korӣ.
Soqӣ, mae az bahri xumoram, ki kushandast,
Andeshai maxmuriyu on chashmi xumorӣ.
Fonӣ, chu namoӣ talabi yor, fano shav,
K-abnoi zamonro nabuvad shevai yorӣ.
 Ey totor go`zali, sening terlagan ruxsoring
gul bargiga bahor yomg`iri yoqqandek ko`rinadi.
Chinor rangli libos kiyib jilva qilsang,
chinor daraxti kabi kishining ichiga o`t tushadi.
Ov ovlamoq uchun havoga o`q uzsang, farishtalar
ovlangan  maxluqlarday yarador  bo`lib  yiqiladilar.
Qiliching obi hayot singarn jonbaxsh bo`la turib,
hojatimni chiqarmaydi, unga nima hojatim bor.
U ko`zga ko`rinmagan g`amzangdan dilimga
bir o`q urdingu menga kor qildi.
Ey soqiy, xumorimni tarqatish uchun menga may ber,
chunki xumorko`zning fikri meni halok etishdir.
Ey   Foniy,  yor  talabida   bo`lsang, fano bo`l,
chunki zamona ahlida do`stlik (yorlik) odati yo`qdir
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Piri dayrat, ey sӯfӣ, gar barad ba mehmonӣ,
Sog`ar az kafash biston on qadar, ki bitvonӣ.
Voiz, in ki az donish pandi xalq megӯyad,
Da`vatash chu zohir shud, pas daleli nodonӣ.
Chashmi ӯ, ki xunamro rext mardumӣ karda,
Mardumash fido, k-az vay bud ayni insonӣ.
Tavba mekunӣ, tarsam, chun ba maҷlisi rindon,
Boshӣ aҷnabӣ, sude n-oradat pushaymonӣ.
Garchi pardagӣ boshad, pardadarhamash xonand,
La`b shav zi sar to po, makri xummi dehqonӣ.
La`li nekuvon ҷon ast, ӯ buvad sarosar la`l,
Qatrai chu mozobat beh zi la`li rummonӣ.
Soqiyo, mayam dodӣ, tashnagӣ furӯ nanshond,
Ҷomi digaram deh, k-on ҷom buvad tovonӣ.
Gӯsh dor, to gӯyam yak-du nukta az ishqat,
Sirri ishq chun guftam behtar ast pinhonӣ.
Piri dayrro guftam: «Sirri Haq bigӯ!» Gufto:
«Umr agar buvad boqӣ, bo tu gӯyam ey Fonӣ!»
 Ey so`fi, agar dayr piri seni mehmon qilsa,
qo`lidan icha olganingcha qadah olib ich.
Voiz bilimdonligidan xalqqa nasihat qilmoqchi,
da`vosi ayon  bo`ldi, bu uning nodonligiga dalildir.
Uning ko`zlari odamiylik qilib qonimni to`kdi,
odamlar unga fido bo`lsin, bu ayni odamiylik.
Tavba qilyapsan, qo`rqamanki, rindlar  majlisida
begona bo`lib qolsang, pushaymondan foyda yo`q.
Pardali bo`lsa-da, beparda ham deydilar,
boshdan-oyoqqacha  nayrangboz bo`l, dehqonning makr xumisan.
Go`zallarning la`li  jondir   agar  boshdan-oyoqqacha  la`l bo`lsa,
og`iz suvingning bir qatrasi la`li rummoniydan  afzalroq.
Ey soqiy, may berding, ammo chanqog`imni  qondirmading,
yana bir jom berki, u mening tovonimdir.
Quloq sol, ishqingdan bir-ikki nukta  aytayin,
ishq sirini yashirincha aytgan yaxshiroq.
Dayr piriga «Haq sirini ayt» dedim, u:
«Agar umr boqiy bo`lsa, ey Foniy, senga aytarman»,  dedi.