www.uz
DEVONI FONIY

Muxtara`
Sahar vazid nasimi tarabfizoi bahor,
Ki gasht boisi may xӯrdanam havoi bahor.
Sipah kashid sӯi bog`u bin ba lola, ki shud
Ba milu shuqqai yoqutgun livoi bahor.
Beh az bahor chu fasle baroi ishrat nest,
Zi madh fasle sozam ado baroi bahor.
Bahor naqdi latofat fidoi yoron kard,
Ki naqdi ҷoni chu mo bedilon fidoi bahor.
Bahor garchi zudoyad g`am az dil, ammo hast
Tamavvuҷi may sӯhoni g`amzudoi bahor.
Kushod g`uncha ba gulbun zi had burun, chu sahar
Vazid sӯi chaman bodi dilkushoi bahor.
Agar ba murda dihad ҷon, aҷab mador, ki hast
Nasimi rӯh dar anfosi mushksoi bahor.
G`animat ast bahori ҷavonӣ az pai aysh, 
Ki to bahori ҷavonӣ buvad, chӣ ҷoi bahor?
Bahori umr g`animat shumor, ey Fonӣ,
Fanoyash archi, ki zud ast chun fanoi bahor! Tatabbӯ`i Xoҷa
Sahar chog`ida  bahor shodligining shamoli esdi,
may ichishimga bahor havosi sabab bo`ldi.
Bahorni ko`r, lolaning nayza va yoqutrang bayrog`i
bilan  bog` tomonga qo`shin tortdi.
Ayshu ishrat uchun bahordan yaxshiroq fasl yo`q,
bahorning madhi uchun bir fasl ochaman.
Bahor  latofat  naqdini do`stlarga  fido  qildi,  bizga
o`xshagan bedillarning jon naqdi bahorga fido bo`lsin.
Bahor dildan g`amni ketkazadi,
ammo uning g`am ketkizishdagi egovi may mavjidir.
Saharda bahorning ko`ngil ochuvchi yeli chaman tomonga:
esgach, gulzorda haddan ziyoda g`unchalar ochildi.
Bahorning mushk isli nasimi
o`likka jon bersa, ajablanma.
Aysh uchun  yigitlik bahori g`animatdir, yigitlik
(bahori)  bor ekan, bahorga qanday ehtiyoj bor!
Ey Foniy, umr bahordek tez o`tib ketishiga  qaramasdan,
sen uni  (umr bahorini)  g`animat bil.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Soqiyo, boda dehu tavbaam az yod bubar,
Daftari toatu taqvo xama, gӯ: bod bubar!
Man chu ҷon mediham az hasrati sarvi qadi ӯ,
Bog`bon, raxti man az soyai shamshod bubar.

G`arazat nest chu ҷuz kushtanam, ey shahnai haҷr,
Gardanam basta bad-on g`amzai ҷallod bubar.
Yodi g`ayrash ba dil andӯh fizoyad, ey ishq,
Harchi ҷuz dӯst az in xotiri noshod bubar.

Xonai tavba chu bunyod nihodam ba vara`,
Seli may, gӯ: ravu in xona zi bunyod bubar!

Obi chashmam nanishond otashi dil, ey qotil,
In harorat zi vay az xanҷari pӯlod bubar.

Mani Maҷnun chu shudam muhzali tiflon, ey dil,
Bahri hazlam bari on tifli parizod bubar.

Gar sabukboriyat az gulshani dahr astutalab
In tariq az ravishi savsani ozod bubar.

Foniyo, zodi rahi ishq naboshad ҷuz dard,
Chun daroӣ tu dar on dasht, hamin zod bubar.
Ey soqiy, may ber va tavba qilganimni esimdan chiqar,
qo`y, toatu taqvo daftarini yel sovursin.
Men uning sarvi qaddi hasratida jon beraman,
ey bog`bon, mening tobutimni shamshod soyasidan yasab olib bor.
En hajr mirshabi, meni o`ldirishdan boshqa maqsading yo`qdir,
bo`ynimni bog`lab ul jallod g`amzaning oldiga olib bor.
Boshqaning yodi ko`nglimdagi  qayg`ularni orttiradi,
ey ishq, mungli xotirimda do`stdan o`zga barcham narsalarni yuvib tashla.
Tavba uyini vara` asosiga qurgan edim,
qo`y, bu uyni sel tag-tubi bilan olib ketsin.
Ey qotil, ko`z yoshlarim yurak alangasini o`chira olmadi,
bu haroratni po`lat xanjar bilan o`chir.
MenMajnun, bolalarga mazax bo`lib qoldim,
ey ko`ngil, endi hazil uchun ul yosh parizod oldiga olib bor.
Agar dahr gulshanida yengil bo`lib ketishni istasang,
bu yo`lni ozod savsandan o`rgangin.
Ey Foniy, ishq yo`lining ozuqasi darddan boshqa narsa emas,
yo`lga chiqqaningda ana shu ozuqani olib ket.
Muxtara`
Agar az shavqi la`lat pur mai gulgun buvad sog`ar,
Tavon nӯshidanash gar xud hama gardun buvad sog`ar.

Ba bazmi haҷr chun sog`ar zi xunobam buvad xolӣ.
Ki az seli sirishkam dam ba dam purxun buvad sog`ar.
Gadoi maykada to gashtaam, az davlati rindon,
Damodam az sharobi ishratam afzun buvad sog`ar.

Chu dilxohe nagirad sog`aram, hargiz nanӯsham may,
Ki dilxoham ba ishqi soqii mavzun buvad sog`ar.

Xayolash chun buvad mehmon, ba bazmi aysh qӯsh doram,
Maro az kosahoi chashm purmay chun buvad sog`ar.

Chu man`i sog`ari ishrat namoyad muhtasib, g`am nest,
Ki moro bahri daf`i huzn dahri dun buvad sog`ar.

Malulam az xud, ey Fonӣ, kasham chup la`li rummonӣ,
Agar pur az sharobi bexudӣ aknun buvad sog`ar.
Agar labing shavqi bilan piyola gul rang mayga  to`lgan bo`lsa,
bu piyola osmonday bo`lsa ham, hammasini sipqarish  mumkin.
Ayriliq bazmida piyola xunobimdan bo`shasa,
ko`z yoshim selidan piyola dam-badam qonga to`ladi.
Mayxona gadosi bo`lganimdan so`ng rindlar davlatidan
dam-badam  piyolamda ishrat sharobi ziyoda  bo`ladi.
Ko`nglim tilagi bo`lgan jonon piyolamni olmasa, hargiz may ichmayman,
ko`nglimning tilagi esa, xush qomat soqiy bilan piyola ishqidir.
Aysh bazmida jonon xayoli mehmonim bo`lsa, may to`la
piyola kabi ikki ko`zimda to`la mayni qo`shaloq tutaman.
Muhtasib may ichishimizni man` qilsa, g`amimiz yo`q,
chunki g`amimizni daf` qilish uchun nokas dunyo piyolasi bor.
Ey Foniy, o`zimdan xafaman, qanday la`l rummoniy (anor rangli sharob)  icha olaman,
agar piyolang bexudlik sharobi bilan to`ldirilgan bo`lsa, ana unda ichish mumkin.
Muxtara`
Shud balo chashmi tu, ey gulruxsor,
Nuqtai zeri balo xoli uzor.

In, ki dar onudil otash zadaӣ,
Dil az in hast ba ҷon minnatdor.

Bodai la`li labat peshi nazar,
Az chӣ shud chashmi tu dar ayni xumor?

Ҷilvai, sarvi ravoni tu hayot
Dihad, ammo kushadam dar raftor.

Sokiyo, sog`ari ayshat chu pur ast,
Nӯshu nӯshon, ba zamin pur maguzor.

Bulbul ar sheftai gulshan gasht,
Did dar har gulash ammo sad xor.

Foniyo, az chamani dahr bibur
Shoxi ummed, ki on n-orad bor.
Ey gul yuzli, sening ko`zing balo bo`ldi,   
yuzingdagi xoling balo so`zi ostidagi nuqtadir.
Sen jonu dilga o`t urding,
dil shuning uchun jondan minnatdordir.
La`l labing mayi mening ko`zim oldida-yu,   
nima uchun sening ko`zing xumor bo`ladi?
Sarv ravoning  (qomating)  jilvasi hayot bag`ishlaydi,
ammo raftoring (yurishing) meni o`ldiradi.
Ey soqiy, ayshing sog`ari to`la bo`lgan mahalda
ich va ichir, (ammo) yerga to`kaverma.
Bulbul gulshanga oshiq bo`ldi-yu,
(ammo) har gulda yuz tikan ko`rdi.
Ey Foniy, dahr chamanidan umiding shoxini kes,
chunki u meva bermaydi.
Tatabbӯ`i ba`ze a`izza
Dar savodi soyai abri bahorӣ lolazor
Menamoyad dar shab otashhoi urdui bahor.

Yo baromad dudi otashhoi lola bar sipehr,
Abri navrӯzӣ, ki binӣ bar farozi kӯhsor.

To havo dar hovani yoquti lola mushk sud,
Mevazad az ҷonibi sahro nasimi mushkbor.

Toҷi Parvezast lola, k-ash dihad barbod charx,
To namoyad toҷdoronro zi bahri e`tibor.

Ҷomi Ҷamshed ast monda az mai ishrat tihӣ,
Soqiyo, ne ҷomu ne Ҷamshed monad, may biyor!

Xush buvad bo lolarӯyon bodahoi lolarang
Xosa bazmi aysh boshad bar kanori lolazor.

Dar firoqi lolarӯe toza dog`am bar dil ast,
K-ash siyohe, dar miyoni xun nishasta lolavor.

Nest abnoi zamonro lolason bӯi vafo,
Chun sabo z-in dilsiyohon beh, ki bigzinӣ kanor.
Foniyo, chun lolazori umrro rӯ dar fanost,
To buvad mumkin zi ҷomi lolagun sar barmador.
Bahor bulutining soyasi qorong`iligida lolazor
kechasi bahor lashkargohi yoqqan olovlari kabi bo`lib ko`rinadi.
Tog`lar tepasida ko`rganing navro`z bulutimi,
yoki lola olovlarining tutuni ko`kka o`rlaganmi?
Havo yoqutrang lolaning hovanchasida mushk yanchdimikin,
sahro tomonidan mushk tarqatuvchi nasim yeli esmoqda.
Lola Parvez tojidir, tojdorlarga ibrat qilib,
ko`rsatish uchun uni falak ko`kka sovuradi.
Ishrat mayidan bo`shab qolgan Jamshid jomidir,
ey soqiy, (bu dunyoda) na jom va na Jamshid qoladi,  may keltir.
Lola yuzlilar bilan lola rang maylar yaxshidir,
ayniqsa  ayshu ishrat bazmi lolazor chekkasida bo`lsa.
Bir lola yuzli firoqida,
lola ichidagi qora dog`dek dilim dog`dordir.
Zamona ahlida (ham) lola kabi vafo hidi yo`q,
bu ko`ngli qoralardan sabo yeli singari o`zingni chetga olganing yaxshi.
Ey Foniy, umr lolazori yo`qlikka yuz tutadi,  shuning uchun
iloji boricha lolarang jomdan boshingni ko`tarma.
Bimislihi
Pur zi paykonat shikofi sinaam, ey gul`uzor,
Rost bo on raxna memonad, ki girandash ba xor.

Orazat chun peshi chashm omad, sirishkam gasht xun,
Sel rangin meshavad har gah, ki meoyad bahor.

Rӯzi hiҷron mӯnisi dil shud xayoli on dahan
Xurdai pinhoniyam ruzi badӣ omad ba kor.

Shomi haҷr az iztirobam gasht zohir sӯzi ishq,
Ҷumla maxfiho shavad rӯzi qiyomat oshkor.

May ba halqam rez, ey soqӣ, ki bargardonadash
3-on ki meoyad burun ҷonam zi tashvishi xumor.

Shӯru oshӯbam zi may kardӣ xayol, ey muhtasib,
Nabvad az mastӣ, ki boshad az ҷunun, ma`zur dor.

Fonӣ az zohid bixohad sarfa burdan, z-on ki hast
Ӯ zi zuhdi xeshu mo az lutfi yor ummedvor.
Ey gul yuzli, ko`ksimning teshilgan joyi o`qing bilan to`la,
u tikan bilan to`sib qo`yilgan raxnaga o`xshaydi.
Har bahor kelganda sel turli rangga kirgani kabi,
orazing ko`z oldimda namoyon bo`lsa, ko`z yoshim qonga aylanadi.
U og`izning xayoli hijron kuni dilning ulfati bo`ldi,
yashirgan  mayda-chuyda  narsam  yomon  kunda  korimga yaradi.
Hamma maxfiy narsalar qiyomatda oshkor bo`lgani  singari
hajr shomidagi iztirobimdan ishq o`ti zohir bo`ldi.
Ey soqiy, xumor tashvishidan jonim chiqishga yaqinlashdi,
bo`g`zimga may quy, toki chiqayotgan jonimni qaytarsin.
Ey muhtasib, sho`ru g`avg`olarimni mastlikdan deb o`ylading,
bu mastlikdan emas, jinnilikdandir, ma`zur tut.
Foniy zohiddan yuqori turishni  (oldin yurishni)  istaydi,
chunki u o`zining zuhdidan, biz esak, yorning lutfidan umidvormiz.
Rӯzgore shud, ki ranҷuram zi ahli ruzgor,
Soqiyo, xohӣ, k-az in ranҷam rahonӣ, may bidor.

May nagӯyam, obi otashrang, k-az vay har ki xӯrd,
Nabvadash digar na dar obu na dar otash qaror.

Ixtiyor az dast berun kard dar ishqu ҷunun,
Oqili zohid, ki az vay sog`are kard ixtiyor.

Shoribash gar gungi modarzod boshad filmasal,
Lab bubandad peshash az murg`oni gӯyo sad hazor.

Didaro ravshan kunad z-inson, ki az abkori fikr,
Mimi ma`dumi dahan boshad ba nazdash oshkor.

Tab`ro az vay nishote rӯ dihad, k-az ҷavri charx,
Obi hayvonash namoyad dashnai zahrobdor.

Kishvari dilro chunon vus`at dihat, k-az gulshanash
 Gunbadi nilӣ chu yak nilufar aftad bar kanor.

Dil shavad Ҷomi Ҷamu Oinai Iskandarӣ,
Har gado, k-ash nӯshad Iskandarvashu Ҷamshedvor.
Foniyo, in ҷumla hosil gardadat z-iqboli faqr,
Gar ba yak ҷomi fano sozӣ az ӯ daf`i xumor.
Bir qancha vaqtdan beri ro`zg`or ahlidan ranjiganman,
ey soqiy, bu ranjdan qutulishimni istasang may ber.
Uni may emas, o`tdek suv deyish kerak,

chunki uni ichgan kishi na suvda, na o`tda qaror topadi.
Ishq, oqil zohidni shunday beixtiyor qildiki,
qadah olib, may icha boshladi.
May ichgan kishi agar tug`ma soqov bo`lsa ham shunday  tilga  kiradiki,
yuz ming so`zamol qush ham uning oldida og`iz ocha olmaydi.
Ko`zni shunday yorug` qiladiki, fikrning tozaligidan
og`zining ko`rinmas mimi unga yaqqol ko`rinadi.
Tab`ga undan shunday quvonch yetishadiki,
charx jabrining zaharli xanjari obi hayotdek tuyuladi.
Ko`ngil mulkini shunchalik keng qiladiki, gulzori
oldida ko`k gumbaz bir nilufardek chetga chiqib qoladi.
Har gado uni Iskandardek va Jamshid singari ichsa,
ko`ngli Jamshid jomiyu Iskandar oinasidek bo`ladi.
Ey Foniy, agar bir fano jomi bilan xumoringni yozsang,
faqrlik baxtidan bularning hammasi hosil bo`ladi.
Zi dil v-az dilsitonam zoru mahҷur,
Dil az man duru man az dilsiton dur.

Parichehra, samandi turki moro,
Sazad kardan shikol az turrai hur.

Chu ҷonam xostӣ, kardam nisorat,
Agar gustoxam, al-ma`mur ma`zur.

Bidor, ey mug`bacha, ҷomi mug`ona,
Ki andar dayr natvon bud mastur.

Rahon chun chashmi mastat az xumoram,
Ki ӯ dar ayni mastӣ hast maxmur.

Zi ishqu boda shayxam tavba farmud,
Ba mastu oshiq in kardan chӣ maqdur?

Zi may Fonӣ hayoti ҷovidon yoft,
Magar obi hayot ast obi angur?
Dilu dilistonimdan (yorimdan) zoru mahjurman,
dil mendan, men dilistondan ayrilganman.
U parichehra, go`zal hurlar sochi bilan chiroyli saman
otimning oyog`iga kishan solsa arziydi.
Sen jonimni talab qilganingda uni nisor qildim,
agar go`stoxlik qilgan bo`lsam, Ish buyurilgan kishi uzrlidir.
Ey mug`bacha, mug`ona jom tut,   
negaki, bu dayrda mastur   (yashirin)   bo`lish mumkin  emas.
Mast ko`zlaring bilan mening xumorimni yoz,
chunki ular ayni mastlikda xumordirlar.
Shayx meni sevish va ichishdan tavba qilishga buyurdi,
mast va oshiq kishi bu ishni qila oladi?
Foniy maydan mangu hayot topdi,
yoki bu uzum suvi obi hayotmi?
Ixtiro`
Ey dil, zi hushi xud gila bo mayfurӯsh bar,
K-ӯro buvad ba mayzada dorui hush bar.

Az piri tavbakor nashud kori aysh rost,
 In moҷaro ba mug`bachai mayfurӯsh bar.

N-orad shudan ba xona zi mastӣ harifi mo,
 Man homilash, agar tu bigӯӣ ba dӯsh bar.

Gar xirqa rahni boda kunӣ, xezu sӯi dayr
Raxti fano zi zoviyai xirqapӯsh bar.

Naqdi baqo zi obi hayot, ey Xizr, maҷӯy,
Az durdi ҷomi on sanami bodapӯsh bar.

Dar darsi ishq nest ҷadal, boyadat chu fayz,
Xudro dar on makon ba zaboni xamӯsh bar.

Fonӣ, pai naҷot ba mayxona xeshro
Az zeri toqi in falaki saxtkӯsh bar.
Ey ko`ngil, hushingdan shikoyat qilsang, mayfurushga 
qilki, unda hushni oluvchi dori bor.
Tavbakor pirdan ayshu ishrat ishi to`g`rilanmas ekan,
bu mojaroni mayfurush  mug`bachasiga olib bor.
Ulfatimiz mastligidan uyiga borolmaydi, agar:
Uni opichlab olib ket desang, opichlab boraman.
Agar xirqangni mayga garov qo`ymoqchi bo`lsang,
o`rningdan tur, fano raxtini xirqapo`sh hujrasidan mayxonaga olib bor.
Ey Xizr, mangulikni obi hayotdan izlama,
u mayxo`r sanam jomining durdidan izla.
Ishq darsida jadallik befoyda, senga fayz
kerak bo`lsa, xomushlik bilan o`shal makonga yo`l ol.
Ey Foniy, bu jiddu jahd qiluvchi falak ostida
najot topay desang, mayxonaga bor.
Tatabbӯ`i Xoҷa
G`ayr az ӯ nest maro dar du ҷahon yori digar,
Ҷuz vayam yori digar, ҷuz g`ami ӯ kori digar.

Man na on bulbulam, ey gul, ki dusad xori ҷafo
Gar xalad, az tu kunam rӯy ba gulzori digar.

Nakunam kufr qabul, ar kunadam piri mug`on
Ba ҷuz az turrai on mug`bacha zunnori digar.

Qadahi davr ba mo chun birasad, ey soqӣ,
To ba lab chunki shavad rexta miqdori digar.

On chi husn ast, ki ashbah ba ҷamoli maqsud,
Z-ӯ nakarda qalami sun` namudori digar.

Noseho, pandi tu yak bor qabulam nafitod,
Gufta pindor az in mav`iza sad bori digar.

Ҷami vaqtam, ki giriftam zi sari xirqai rahn,
Ҷomi digar ba dusad zoriyu zinhori digar.

Foniyo, dard talab, gar talabӣ, paydo kun,
Dili reshi digaru sinai afgori digar.
Mening ikki dunyoda undan boshqa yorim yo`q,
undan boshqa yorim va uning g`amidan boshqa ishim ham yo`q.
Ey gul, ko`p jafo tikani qadalsa ham,
sendan yuz o`girib boshqa gulzorga ketadigan bulbullardan emasman.
Agar mug`lar piri u mug`bacha zulfidan emas, boshqa tordan
zunnor yasasa, kofirlikni qabul qilmayman (zunnor bog`lamayman).
Ey soqiy, qadah navbati menga yetganda,
qadahni lab-balab to`ldirish kerak.
U qanday husnki, maqsud jamoliga juda o`xshashdir,
sun` qalami ul jamol monandini yaratmagan bo`lsa kerak.
Ey nasihatgo`y, va`z-nasihatingni aslo qabul qilmayman,
sen yuz marta nasihat qildim deb hisoblayver.
Ko`p zoru tavallolar bilan xirqamni garov qo`yib olgan jomdan boshqa
yana bir jom oldim, endi zamona Jamshidiman.
Ey Foniy, (sen) dardni talab qil, agar dard kerak bo`lsa,
yaralangan yurak va ezilgan siynani paydo qil.
Muxtara`
Dili sadporaam az la`li tu xun ast digar,
Har dam az rahguzari dida burun ast digar.

Dili Maҷnun, ki dar on zulf shud, ey bodi sabo,
Gӯ, ki dar halqai on silsila chun ast digar?

Zi sari nav magar orosta mashshotai sun`,
Ki ruxat chun mahu xat g`oliyagun ast digar.

On parӣ ishvakunon ҷomi mayam dod ba dast,
Dar saram otashi mastivu ҷunun ast digar.

Dil, ki pirona dam az bozui taqvo mezad,
Dar kafi ishqi yake tifl zabun ast digar.

Rasta budam zi g`ami ishq chu yor omad, voy,
K-on g`amam az haddu andoza fuzun ast digar.

Ey tabib, az sari Fonӣ magzar z-onki zi haҷr,
Za`fi berun-sh ba andӯhi durun ast digar.
Yuz parcha bo`lgan yuragim la`lingdan qondir,
endi har dam ko`z ravzanidan kosasidan chiqadi.
Majnun yurak ul zulfga osilgan, ey tong yeli,
ayt, u zanjir halqasida uning ahvoli qalay?
Sun` mashshotasi qaytadan bezagan shekilli,
yuzing oydek, xating esa mushkdek bo`ldi.
U pari ishva qilib qo`linga may toleini berdi,
endi boshimda mastlik va telbalik o`tidir.
Ilgari taqvodan dam urib yurgan ko`ngil,
endi bir yosh go`zal ishqida bechora bo`ldi.
Ishq g`amidan qutulgan edim, voyki,
yor kelib g`amim haddan oshib ketdi.
Ey tabib, Foniyning boshidan ketma, chunki ayriliqdan,
ichidagi g`amlar tufayli tashqarisi ham za`ifdir.
Muxtara`
Xush nest g`ayri dayri mug`on xonai digar,
V-on goh g`ayri mug`bacha ҷononai digar.

Paymonahoi mo zi mai sof pur dihed,
To pur shudan zi hodisa paymonai digar.

Voiz, azobi dӯzaxu mayxoragon magӯ,
Ҷuz in fasona nestat afsonai digar?!

Ey dil, magӯ ba ishq, ki Maҷnun kӣ budaast,
Dar kӯhu dasht misli tu devonai digar?

Rӯi tu sham`i mehru chu zarrot ahli ishq,
Har zarra peshi sham`i tu parvonai digar.

Ey charx, chand bim namoӣ zi kushtanam,
Gar nabvad in xarobi tu vayronai digar?

Fonӣ, az in saroi fano basta raxti umr,
Dorad magar azimati koshonai digar?!
Mug`lar dayridan boshqa uy yaxshi emas,
o`sha joy bo`lsa, mug`bachadan o`zga jonon yaxshi emas.
Boshqa hodisadan paymonamiz to`lmasdan ilgari (o`lmasimizdan burun),
paymonamizni sof may bilan to`latib bering.
Ey voiz, do`zax va mayxo`rlar azobidan so`z ochma,
shu afsonadan bo`lak afsonang yo`qmi?
Ey dil, Majnun kim ekanini ishqqa aytma,
U ham tog`u dashtda yurgan senga o`xshash bir devonadir.
Ey jonon, yuzing quyosh sham`i-yu ishq ahli zarralardir,
har bir zarra sham`ing oldida boshqa bir parvonadir.
Ey charx meni qachongacha o`ldirish bilan qo`rqitasan,
 shu vayronang bo`lmasa, men boshqa bir vayrona topaman qo`yaman-da.
Foniy bu fano saroyidan (dunyodan) ko`chmoqchi,
uni boshqa bir koshonasi ham bormi deyman?
Muxtara`
Ey ba har orazat az otashi may tobi digar,
Tobi onro zada har qatrai xay obi digar.

Xob didam, ki shudam zinda zi nӯshin labi tu,
Nest ҷon dar tanam az orzui xobi digar.

Labi la`lat, ki buvad mastiyam az vay, ba xayol
Kay ba voqe` xusham oyad zi mai nobi digar?

Xoham az qibla bigardad ruxam on dam, ki shavad,
G`ayri abrӯi tuam saҷda ba mehrobi digar

Ba ҷunun shodam az on ruy, ki dar gardani man
Nest ҷuz silsilai zulfi tu qullobi digar.

Shab xayolash, ki ba mehmoniyam oyad, chӣ kunam?
Nest ҷuz besaru somoniyam asbobi digar.

Ba ҷahon chashm maro ravshan az on rӯst, ki nest,
Foniyo, chun ruxi ӯ mehri ҷahontobi digar.
Ey go`zal, orazing may o`tidan o`zgacha toblanmoqda,
har bir qatra tering o`sha toblanishga suv bermoqda.
Tushimda shirin labingni so`rib, tirilgan emishman,
tanimda jonim  bo`lsa, endi boshqa tushni orzu qilmayman.
La`l labing xayoli bilan mastdirman,
haqiqiy tiniq mayga qachon hushim bo`lsin?
Qoshingdan boshqa mehrobga sajda qilgudek
bo`lganda, yuzimni qibladan o`girmoqni istayman.
Devonaligimdan xursand ekanimning sababi shuki,
bo`ynimda zulfingdan boshqa zanjir yo`qdir.
Tunda xayoli mehmon bo`lib kelsa, nima qilaman, axir
mehmon kutmoq uchun yugurishdan o`zga asbobim yo`q.
Ey Foniy, ko`zimning ravshanligi olamni yoritishda
monandi bo`lmagan o`sha quyoshdandir.
Tatabbӯ`i Mavlono Shohӣ
Har dam rasad ba dil chu zi olam g`ame digar,
G`am nest, chun zi may buvadat olame digar.

Dorad gadoi maykada az bodavu qadah
Oinai Skandaru Ҷomi Ҷame digar.

Ӯ xalqro kushad, ba man on motam astu nest,
3-in tiratar bar ahli vafo motame digar.

Gӯyam ba nazdi piri mug`on ҷavri mug`bacha,
Chun nestam ba dayr ҷuz ӯ mahrame digar.

Nobud shud dilam zi g`ami haҷr, kosh Haq
Baxshad nashoti vaslu dili xurrame digar.

In dam g`animat ast bar on kas, ki nabvadash
G`ayr az harifi mushfiqu may hamdame digar.

Fonӣ zi seli ashki tu g`amxonai sipehr,
Xam yoft on chunon, ki fitad az name digar.
Har damda ko`ngilga olamdan bir o`zgacha g`am yetsa-yu,
mayingdan olam boshqacha bo`lib ketsa, g`amim yo`qdir.
Mayxona gadosining ham may va qadahdan
o`zgacha Iskandar oyinasiyu jomi Jami bor.
U xalqni o`ldirsa, menga motamdir, vafo ahliga
bundan ko`ra musibatliroq boshqa bir motam bo`lmaydi.
Mug`lar piriga mug`bachaning jabrini aytaman,
chunki dayrda menga mug`lar piridan o`zga mahram yo`q.
Hajr g`amidan dilim nobud bo`ldi, koshki edi
Tangri vasl nashoti bilan dil xurramligini bersa.
Mehribon ulfati va maydan boshqa hamdami bo`lmagan
kishiga bu dam g`animatdir.
Ey Foniy, ko`z yoshingning selidan osmon g`amxonasi
shunday bukildiki, bu namdan qulab tushishiga sal qoldi.
Tatabbӯ`i Shayx dar tavri Maxdum
Ey nihon dar hama a`yon shuda az ayni zuhur, 
Hama nur az tu ayon, lek tu dar vay mastur.

Zulf shud burqai rux  hardu, vale burqai tu,
On chӣ husn ast, ki burqa` buvadash zulmatu nur?

Ba sadat vasf nishon bahri chӣ dod ahli nazar,
Noshuda husni tu bar didai eshon manzur.

Lofi nazdikiyat on k-ӯ zanad az zuhdu vara`,
Xeshro boshad az in vasvasa andoxta dur.

Oҷiz az vasfi tu budan aҷabam nest, ki hast 
Zarra mohiyati xurshed nadonad, ma`zur.

Xurram on rind, ki yak lahza naboshad be tu,
Xoh dar anҷumani tafriqa yo kunҷi huzur.

Orif on don, ki gar aflok zi ham bishkofad,
Ba shuhudash narasad shoibai nuqsu futur.
Ey, barcha mavjudotda aynan zohir bo`lishdan  nihon zot,
barcha nur sendan ayon, lekin sen unda yashirinsan.
Zulfing yuzingga parda-yu, ikkisi o`zingga pardadir,   
bu qanday husnki, nur va zulmat unga niqobdir.
Husning nazar ahli ko`ziga ko`rinmay turib,
yuz xil sifatlar bilan undan qanday nishon berdilar.   
Zuhdu vara` tufayli senga yaqinlikdan lof uruvchilar,   
bu vasvasa bilan o`zlarini sendan uzoqlashtiradilar.
Sening vasfingga ojiz bo`lsam ajab emas,   
chunki zarra quyoshning mohiyatini bilmasa, uzrlidir.
Xoh ayriliq anjumanida, xoh hozirlik burchagida bo`lsin,   
bir dam ham sensiz bo`lmagan rind xurramdir.   
Agar falak ikkiga ayrilganda ham, e`tiqodiga   
nuqsu zarar yetmasa, o`sha kishini orif deb bil.
Dar tavri Xoҷa
Dar tavba agar may dihadam mug`bacha yo pir,
Rozӣ nayam az xesh dar in kor ba taqsir.

Ey shayx, ba mayxona agar tavba shikastam,
Chun xomai taqdir chunin raft, chӣ tabdir?

Chun surati ӯ nest ba mavze` yak az sad,
Naqqosh namoyad chu dusad mavze`i tasvir.

Sӯzi dili zohid, ki ba taqvoi riyoist,
Nabvad asarash beshtar az giryai tazvir.

Ozodiyam az qayd mabodo, agar aftad
Dar gardanam az silsilai zulfi tu zanҷir.
Ey shayx, zi tadbiri tu aknun chӣ kushoyad,
Chun mo sari taslim nihodem ba taqdir.

Fonӣ, tu agar oshiqӣ, az ishq mazan dam,
Chun rost naoyad suxani ishq ba taqrir
Agar tavba qilgin deb mug`abacha yoki pir menga may bersa,
bu ishda qamchilik ko`rsatsam, o`zimdan rozi emasman.
Ey shayx, agar mayxonada tavbamni sindirgan bo`lsam,
bu taqdir qalamidandir, nima tadbir qila olardim.
Rassom ikki yuz joyga uning suratini Chizib ko`rsatsa
                         ham, birortasi ham unga o`xshamaydi.   
Zohidning riyokorona taqvo bilan dilga o`t yoqishining
(shayton yig`idan)  ortiq ta`siri bo`lmaydi.
Agar zulfing jingalasidan bo`ynimga zanjir tushsa,
                              bu banddan mangu ozod bo`lmayin.
Ey shayx, biz taqdirga tan berganmiz,
                        endi tadbiringning nima foydasi bor?
Foniy, agar oshiq bo`lsang, ishq to`g`risida dam urma,
chunki ishq so`zi taqdirga rost kelmaydi (ishq so`zini
bayon etishga til lolu qalam ojizlik qiladi).
Muxtara`
Kayfiyat baxshadam on lab, mai nob ast magar,
Ruh sofӣ kunadam, la`li muzob ast magar?

Xob dar chashm nadoram zi xayoli mijaat,
Xayli hindu zada saf rahzani xob ast magar?

Humrati bayzai chashmi manu xunobi sirishk,
Omada bar mai gulrang hubob ast magar.

Obi Kavsar zi kafi hur nadorad mastӣ,
Dar kafi soqii gulchehra sharob ast magar.

Tangu torik dilam, k-az g`ami ӯ gasht xarob,
Kunҷi vayroni mani xonaxarob ast magar?

Nadihad ishqu mayam nash`a ba pirӣ guftam,
Guft: Piri xiradam ahli shabob ast magar?

Seli may kishvari hushu xiradam kard g`ariq,
Foniyo, dar aҷabam, olami ob ast magar.
U lab menga kayf bag`ishlaydi, (u) tiniq maymikin,
ruhimni sof qiladi, eritilgan yoqutmikin?
Kiprigi xayolidan ko`zimda uyqu yo`q, (kipriklari)
uyqumni o`g`irlash uchun saf tortib kelgan hindu xaylimikin?
Ko`zim oqining qizilligi va ko`z yoshim qoni
gul rang may ustidagi hubobmidir?
Hur qo`lidan olib  (ichilgan)  Kavsar suvi mast  qilmaydi,
gul yuzli soqiy qo`lidagi sharob mast qiladi, xolos.
Uning g`amidan xarob bo`lgan tangu qorong`i dilim
men  kafangadoning vayrona burchagimidir?
Pirga ishqu may menga nash`a bermayapti, degan  edim,
aql piri: bu senga yigitlik davrimi? deb javob berdi.
May seli aqlu hush mulkini g`arq qildi,
ey Foniy, bu suv olami ekanmi, degan taajjubdaman.
Soqiyo, vaqt g`animat shumuru sog`ar gir,
Dastbӯsat talabad ҷom, zi xokash bargir.

Nest chun ҷomi mug`onam zi kafi mug`bachagon,
Filmasal gar zi kafi hur mai Kavsar gir.

Zarrae xushdiliyam nest zi xurshedvashon,
Xoh az sayri falak, xoh asari axtar gir.

Bazmi mo be ruxat afsurda buvad, rӯ binmo,
Gӯ az on shӯ`lai ruxsori tu sӯhbat dargir.

Sar-sari hodisa gar charx zi ham bargusilad,
Rafta bar bodi fano tӯdai xokistar gir.

Tarki devonagӣ, ey dil, chu nakardӣ dar ishq,
Az ҷunun domani on shӯxi paripaykar gir.

Sarbaland az sharafi xoki rahi rindon bosh,
Ey g`anӣ, tarki duru, gavhari toҷi zar gir.

Voizo, in ki ba maҷlis talabӣ Foniro,
Maslihatro du-se kizbi digarat bovar gir.
Soqiy, vaqtni g`animat bilgin va qadah ol,
jon sening qo`lingni o`pmoqchi, uni tuproqdan ko`tar.
Agar hurning qo`lidan Kavsar mayini olsam,
bu mug`bachalar qo`lidan mug`lar jomini olgancha bo`lmaydi.
Xoh falak sayrini, xoh yulduzlar asarini olgin,
quyosh yuzli go`zallardan zarracha xursand emasman.
Bazmimiz sening chiroyingsiz ruhsiz, so`lg`indir,
yuzingni och, shoyad yuzing shu`lasidan suhbatimiz qizib ketsa.
Umrning bir kunlik ham baqosi yo`q, ey lola,
bir nafas qizil may jomidan diling murodini ol.
Hodisalar quyuni charxi falakni to`ntarsa ham,
bir to`da kul havoga sovruldi deb bil.
Ey ko`ngil, ishqda devonalikni tark etmading,
telbalikdan ul paripaykar sho`xning etagini ushla.
Ey badavlat kishi, dur va oltin toj gavharlarini tark et,
rindlarning oyog`i tuprog`idan sarbaland bo`l.
Ey voiz, Foniyni majlisga talab qilding,
maslahat yuzasidan ikki-uch yolg`onga ham ishon.
Muxtara`
Chun ӯ nabuvad shӯxi sitamgorai digar,
Chun man zi g`amash bedilu bechorai digar.
Oyad chu sagash az dili sadpora ba tӯ`ma,
Sad pora diham, ӯ talabad porai digar.
Bas xora, ki ӯ narm shud andar kafi Farhod,
Saxt az dili Shirin nabudash xorai digar.
Az holati Maҷnun chӣ tafahhus kunӣ, ey dil,
Dar vodii hayrat chu tu ovorai digar.
Dar har nazare hayrati husnat shavad afzun,
Vah, k-on shavadam boisi nazzorai digar.
Yak ҷonibi ruxsora kushodiyu bimurdam,
Biksho, ki kunӣ zinda ba ruxsorai digar.
Fonӣ digar az axtari may gasht tarabnok,
3-in son nabuvad kavkabi sayyorai digar.
U kabi boshqa sho`x sitamgar ham yo`q,
uning g`amidan mendek bedilu bechora ham yo`q.
Yuz pora bo`lgan dilimni yemak uchun (yor)ning iti kelsa,
yuz porani berganimda ham yana bir pora so`raydi.
Ko`p toshlar Farhod qo`lida yumshadi, lekin
unga Shirin dilidan qattiqroq tosh yo`q edi.
Ey dil; Majnun ahvolining nimasini so`raysan,
u hayrat vodiysida sen kabi bir ovora edi.
Husningga har bir boqishimda hayratim orta boradi,
ajabo, unga yana takror-takror qarashimga sabab nima?
U yuzingni ko`rsatgan eding, o`ldim,
bu yuzingni ham ko`rsatib tiriltir.
Foniy may yulduzidan yana beadad xursand bo`ldi,
boshqa bir sayyora yulduz buning kabi bo`lolmaydi.
Tatabbӯ`i Xoҷa
Mastam, ey mug`bacha, ҷomi mai xammor biyor,
Gar zi dinam buvadat dag`dag`ai zunnor biyor.
Sofii boda, ki xud nӯsh kunӣ, az durdash,
Marhame bahri davoi dili afgor biyor.
To bisӯzam hamagӣ hastii xud, rӯ vo kun,
3-on gulistoni Xalil otashi gulnor biyor.
Dar tariqi mug`ӣ az kufri tu gar bargardam.
Sabӯ az maykada v-az neshi ҷafo xor biyor.
Dar maziqi qafasi hastiyam, ey toiri quds,
Ҷoni zoram bibaru mujdai dildor biyor.
Bog`bono, digar az gulshani xud lof mazan,
Yo gule az ruxi on shӯx namudor biyor.
Xirqa shud rahnu saram xush nashud, ey bodafurӯsh,
Yak-du paymona mayam bar sari dastor biyor.
Na falak yoru na dar umr vafo, ey qosid,
Xabare az sӯi on yori vafodor biyor.
Gar niyoz oriyu ӯ noz kunad, ey Fonӣ,
Kori tu chunki niyoz ast, digar bor biyor.
Ey mug`bacha, mastmen, mayfurush komini keltir,
agar dinim to`g`risida tashvishing bo`lsa, zunnor    keltir.
Mayning tinig`ini o`zing ichsang, afgor
dilim davosi uchun uning durdini menga keltir.
Ey jonon, yuzingni och, u Xalil gulistoni  (olovi) dan
otashin gul keltir, borlig`imni yondiray.
Mug`lik tariqatida  agar  sening kufringdan qaytsam,
mayxonadan may ko`zasi-yu jafo neshidan tikan keltir.
Ey muqaddas qush, borliq qafasining iskanjasidaman,
zor jonimni olib ketu dildor xushxabarni keltir.
Ey bog`bon, hadeb gulshaningni lof urib maqtay berma,
yoki o`sha gulistoningdan sho`x yuziga o`xshash bir gul topib kel.
Ey mayfurush, xirqam garovga ketdiyu, mast bo`lmadim,
boshimdagi sallam evaziga ham bir-ikki piyola may keltir.
Ey xabarchi, bizga na falak yor va na umrda vafo bor,
u vafodor yor tomidan bir xabar keltir.
Ey Foniy, sen hojat izhor qilsangu  (yoring)   noz  qilsa,
yana hojat izhor qilaver, chunki sening ishing hojatmandlikdir.
Rӯyat, ki otashash bitvon guftu ob niz,
Moh az latofatash xiҷil ast, oftob niz.
3-onam gadoi maykada, k-az bazmi ahli aysh
Nuqlam rasad zi himmati rindon, sharob niz.
Murdam zi zuhd mug`bachai mayfurӯsh, k-ӯ
To mast sozad az mai ishqam, xarob niz.
Xunxoragoni ishq, chu mehmoni man shavand, 
Az xuni dida may diham, az dil kabob niz.
Chun maqsadat ba gom shumor ast az azal,
Ta`xir nonakӯst dar in rah, shitob niz.
Ey pandgӯy, boisi rasvoiyam mapurs,
Ishq astu ҷomi bodavu ahdi shabob niz.
Fonӣ, sahar ba maykada boroni ashk rext,
Binshast gardi mehnatu shud fathi bob niz.
Yuzingni o`t va suv deyish mumkin, chunki
oy bilan oftob ham uning latofatidan xijolatdadir.
Mayxona gadosi bo`lishimning boisi shuki, (ishrat ahli bazmi)
va rindlar himmatidan menga  (kabob) ham sharob ham  tegadi.
Taqvodorlikdan o`ldim, mayfurush mug`bacha qani?
U meni ishq mayidan mastu xarob qilsin.
Ishq jafokashlari menga mehmon bo`lsalar, ko`zim qonidan
may beramanu, dilimni kabob ham qilib beraman.
Taqdirda maqsadingga yetishga sanoqli qadamlar  (qolgan)
bo`lsa, bu yo`lda shoshmaslik ham yaxshi, jadallik ham.
Ey nasihatgo`y, rasvoligimning sababini so`rama,
sababi ishqu may hamda yigitlik davridir.
Foniy sahar chog`ida mayxonada ko`z yoshi yomg`urini  to`kdi,
(shunda)  mashaqqat gardi bosildi-yu,  (fano)  eshigi ham ochildi.
Tatabbӯ`i Xoҷa
Navbahoron ba qadah obi tarabnok andoz,
Abrson g`ulg`ula dar gunbadi aflok andoz.
Chand az davri falak chun kura sargardonӣ,
Fitna az davri qadah dar kurai xok andoz.
Pokbozӣ agar az Ezidi pokat havas ast,
Chashm bar orazi pok az nazari pok andoz.
Tanam afsurda shud az zuhdi riyoӣ, ey ishq,
Barqi ohe sӯi in xirmani xoshok andoz.
Mast to kay fikanad raxna, ba dinho yo Rab?
Rahme andar dili on kofiri bebok andoz.
Yo Rab, in zohidi xudbin, ki nashud qobili fayz,
Aksash az ҷom dar oinai idrok andoz.
Guli sadbargi ҷamoli tu, ki sad lam`a dar ӯst,
Partavi on hama dar in dili sadchok andoz.
Qasdi ҷonat chu kunad g`am, sӯi mayxona shitob,
Ҷom az on zahr sӯi ma`dani taryok andoz.
Fonӣ, az ҷur`ai Hofiz shuda mast, ey soqӣ,
Xezu dar kosai zar obi tarabnok andoz!
Ilk bahorda qadahga ayshu xursandlik suvini quy,
bulut singari falaklar gunbaziga g`ulg`ula sol.
Tokay falak davrasida  koptokday sargardon yurasan,
fitnani qadah davridan yer kurrasiga tashla.
Agar sen pok Tangridan pokbozlikni orzu qilsang,
pok nazar bilan pok yuzaga ko`z tashla.
Ey ishq, xo`jako`rsinga qilingan toat-ibodatning
                        sovuqligidan vujudim muzlab ketdi,
bir oh barqini   (yashinini)  bu xashak xirmoniga ur.
Ey Tangrim, u go`zal qachongacha mast bo`lib dinlarga
raxna soladi? U bevafo kofirning diliga bir rahm sol.
Ey Tangri, fayz qabul qilmaydigan bu takabbur
                                  zohidning idrok oyinasiga
jomdan  may aksini tushir   (may vositasida unga aql  kirit).
Atirgulga o`xshash jamolingda ko`p shu`lalar bor,
Undagi hamma shu`lani yuz pora bo`lgan bu dilimga sol.
G`am joningga qasd qilsa, mayxona tomon yugur,
u g`am zahridan jomni taryok koni tomon tashla.
Ey soqiy, Foniy Hofizning jur`asndan mast bo`lgan,
turu, oltin kosaga aysh va shodu xurramlik suvini quy.
Tatabbӯ`i Xoҷa
Ba dayr mug`bachagonand mastu shӯrangez,
K-az obi talx kunand otashi baloro tez.
Ba g`amza aqlshikoru ba ishva taqvosӯz,
Ba va`da rӯhfirebu ba loba rangomez.
Ba gohi sayd giriftan kamandashon dilkash,
Ba vaqti qalb shikastan sinonashon xunrez.
Ba har diyor, ki bӯe rasad zi turraashon,
Siyohnoma shavand ahli on, siyahdil niz.
Biyor boda, ki ishq astu kӯi rasvoӣ,
Bisӯz ҷomai taqvoyu xirqai parhez.
Maro chӣ bim zi oshӯbi rastxez, ey dil,
Zi xilqatam chu barovard ishq rastoxez!
Man on zamon, ki shavam az qadah sarandozon,
Chӣ ҷoi xotami Kisro, chӣ afsari Parvez!
Turo chӣ hodisa dar ҷavfi charxi davvor ast?
Chu z-on burun natvonӣ shudan, az in magrez,
Chu nest yak sari mӯ ixtiyorat, ey Fonӣ,
Ravona shav ba tariqi rizo, chӣ ҷoi sitez?!
Mayxonada sho`ru g`avg`o soluvchi mug`bachalar bor,
ular achchiq suv bilan balo o`tini alangalantirib yuboradilar
Ular g`amza bilan aqlni ovlab, ishva bilan taqvoni  kuydiradilar,
va`da bilan ruhga firib berib, tilyog`lamachilik bilan aldaydilar.
Ovlash vaqtida kamandlari dilkash   (ko`ngil ovlovchi),
ko`ngilni sindirish chog`ida nayzalari qon to`kuvchidir.
Qay bir diyorga xushbo`y sochlaridan xushbo`y yetsa, o`sha
erdagi aholining nomasi qora bo`ladi, dillari ham.
Ey mug`bacha, oshiqlik rasvolikdir,
taqvo to`ni bilan parhez xirqasini yondir, may keltir.
Ey dil, ishq vujudimdan qiyomat qo`pordi,
endi qiyomatning sho`ru g`avg`osidan nega qo`rqay.
Qadahdan mast bo`lib, boshim egilgan mahalda,
No`shiravonning uzugi bilan Xisrav Parvezning tojiga  qanday ehtiyoj qoladi?
Boshingga tushadigan ish charxi kajraftordandir,
undan qutulmaysanmi, bundan ham qochma.
Ey Foniy, bir tola sochingcha qo`lingda ixtiyoring bo`lmagandan keyin
janjallashishning hojati yo`q, rozilik yo`liga kiraver.
Muxtara`
Kofiri maste ba dayram ofati ҷon gasht boz,
Xonai dinam zi seli boda vayron gasht boz.
Har binoi zuhdu taqvo, k-ash ba charx afroshtam,
Vah, ki az tӯfoni may bo xok yakson gasht boz.
Xirqaam, k-az dog`hoi tozai may bud tar,
Ҷumla xushk az sӯzu tobu dog`i hiҷron gasht boz.
Azmi Ka`ba chun tavonam kard, k-az dayri mug`on?
N-omada berun, dil az raftan pushaymon gasht boz.
Pardai zuhdam chӣ sӯd, ey shayx, k-in maҷnuni mast,
Bahri rahni boda dar mayxona uryon gasht boz.
Man, ki bastam bar miyon zunnoru gashtam butparast,
Boisi in millatam, on nomusulmon gasht boz.
Chun sӯi dayri mug`on raftam ba ishqi mug`bacha,
Dinu dil dar kori ӯ nokarda natvon gasht boz.
Dog`hoi sina chun doram nihon, k-az dasti ishq,
Muttasil choki girebonam ba domon gasht boz.
Murdanam dar ishq mushkil bud, chun hiҷron rasid,
Foniyo, rohi fano paymudan oson g`asht boz.
Mayxonada bir mast kofir yana jonim ofati bo`ldi,
yana dinim uyi may selidan vayron bo`ldi.
Har  bir zuhdu  aqvo binosini  ko`kka  yetkazgan  bo`lsam,
afsuski, may to`foni yana uni yer bilan yakson qildi.
Mayning pokiza dog`lari bilan xirqam ho`l bo`lgan edi,
hijron dog`ining isitmasidan yana qurib qoldi.
Ka`baga qanday safar qila olayki, mug`lar dayridan
chiqmasimdanoq ko`nglim pushaymon bo`ladi.
Ey shayx, zohidlik niqobi bilan pardalanishimdan nima
foyda? Chunki bu mast tentak   (men)   xirqamni   mayga
               garov qo`yib, mayxonada yana yalang`och bo`ladi.
Belimga zunnor bog`lab, butparast bo`ldim,
bu millat (din)ga  o`tishimga shu nomusulmon sabab bo`ldi.
Mug`bacha ishqi bilan mug`lar dayriga bordim,
dinu dilni uning ishida qo`ldan bermay qaytib bo`lmaydi.
Siynamdagi dog`larni qanday yashira olay, chunki
yana ishq dastidan yoqam etagimgacha yirtilib turadi.
Ey foniy, ishq yo`lida o`lishim mushkil edi, hijron
kelib yetgach, fano yo`liga tushishim yanada oson bo`ldi.
Marav zi maҷmai rindon nagashta mast hanӯz,
Ki dar du chashmat asar az xumor hast hanӯz.
Ba komi xesh chӣ barxostan havo kardӣ?
Dame nakarda ba dilxohi mo nishast hanӯz!
Charo shikasti dili mo talab kunӣ ba firoq?
Nadoda hodisa hangomaro shikast hanӯz!
Zi po fitodamu az dast raftam, ey soqӣ,
Ba sӯi ҷomi mayat narasonda dast hanӯz!
Zi ҷomi mug`bachaam chist man`, ey sӯfӣ?
Dilam ba dayr kunun gashta mayparast hanӯz.
Maro zi hush chӣ pursӣ, ki masti ishq shudam?
Ba xesh n-omada az mastii alast hanӯz.
Chӣ son raham zi kamandi ҷunun, ki chun Fonist?
Dilam ba halqai on turra poybast hanӯz!
Mast bo`lmay rindlar majlisidan ketma,
chunki ikki ko`zingda hanuz xumor asari bor.
Bizning dilimiz istagi bilan bir dam o`tirmay,
o`z xohishingcha turib ketishga mayl qilding.
Hali hodisa hangomalariga shikast bermay,
nega firoq bilan ko`nglimizni sindirishni istaysan?
Ey soqiy, hanuz may jomingga qo`lim yetmay turib,
oyoqdan yiqildim va qo`ldan chiqdim.
Ey so`fiy, mug`bacha jomidan nega meni man` qilasan,
holbuki, yuragim endigina mayparast bo`lgan.
Mendan aqlu hush haqida so`rab nima qilasan,
alast mastligidan o`zimga kelmay ishq mastligiga  yo`liqdim.
Ko`nglim Foniydek hali ham ul zulf halqasiga bog`lanib turganda,
telbalik kamandidan qandan qutula olaman?
Muxtara`
Maro zi shiddati hiҷron malolat ast imrӯz,
Ba holi xesh nayam, vah, chӣ holat ast imrӯz?
Rasid bas, ki zi devonagiam rasvoӣ,
Zi rӯi ahli ҷununam xiҷolat ast imrӯz.
Zi rӯhi Vomiqu Maҷnun maro ba hikmatu aql,
Ba sad navoxt, hazor istimolat ast imrӯz.
Ravam ba maykada gӯyo iloҷi in alamam,
Ba ҷonibi mayu mutrib havolat ast imrӯz.
Daleli rah, ki buvad piri dayr, chun bar kaf
Qadah girift, ba mastӣ dalolat ast imrӯz.
Maro nasib mayu shayx man` farmoyad,
Ba amri olami g`aybash ҷaholat ast imrӯz.
Ba komi muddaiyon basta dast Foniro,
Magar, ki masti maro muddao lat ast imrӯz
Menga hijron shiddatidan bugun qattiq malolatdir,
bugun o`z holimda emasman, bu qanday holatdir.
Devonaligimdan ko`p rasvolik yetdi,
bugun junun ahlining yuziga qaray olmay xijolatdaman.
Meni aqlu hikmat bilan siyladi, bugun
Vomiq bilan Majnunning ruhi roziligimni istaydilar.
Go`yo bu alamim iloji may bilan sozandaga havola
qilingandir, shu sababdan bugun mayxonaga  boraman.
Yo`lboshchimiz bo`lgan dayr piri qo`liga qadahni oldi,
go`yo bugun mastlikka dalolatdir.
Nasibam may, shayx buni man` etadi, uning
bu ishi g`ayb olami farmonini bilmaslik jaholatdir.
Muddailarning maqsadiga muvofiq Foniyning qo`li bog`langan,
muddaolari mening mastligimga lat berishmikan.
Ayzan
Tarki ishqam komu nabvad dil ba farmonam hanӯz,
Tavba farmoyandam az mastiyu natvonam hanӯz.
Tavbavu zuhdam chӣ ҷam`iyat rasonad, chunki man
Gah zi ishqu gah zi maxmurӣ pareshonam hano`z.
Noseho, pandat nafahmam, z-on ki to raftam ba dayr,
Az mayu ruxsori soqӣ mastu hayronam hanӯz.
Chun turo didam, poyat sar fikandan ayb nest.
3-on ki sar az povu po az sar namedonam hanӯz.
Yak shabam on moh mehmon budu z-in umre guzasht,
Mekunad kasbi ziyo mehr az shabistonam hanӯz.
Teg`i qatlam ronad on shӯx on chi mumkin bud, lek
Tarki ishqash bar zabon rondan chӣ imkonam hanӯz?
Hast umre to shahidi la`li ҷonbaxshi vayam,
Bӯi ҷon yoband xalq az qabri vayronam hanӯz.
Nola az tӯli firoqi yor kardam shomi haҷr
Dar xami toqi falak pechida afg`onam hanӯz.
Foniyo, az teg`i hiҷron bin, ki choki sina shud,
Mushfiqon nodӯxta choki girebonam hanӯz.
Mening maqsadim ishqni tark qilishu, lekin hali dil
farmonimda emas, mast bo`lishdan tavbaga buyuradilaru, 
                                      haligacha tavba qilolmayman.
Tavba va parhezgorligim menga xotirjamlik baxsh eta olmaydi, 
chunki goh ishqdan, goh xumorlikdan parishonman.
Ey nasihatgo`y, nasihatingga tushunmayman,
buning sababi shundaki, mayxonaga  borib mayu soqiy
                   ruxsoridan haligacha mastu hayronman.
Men seni ko`rgach oyog`ingga bosh qo`yishim ayb emas,
chunki haligacha men boshni oyoqdan va oyoqni boshdan ayira olmayman.
Bir kecha u oy-uyimda mehmon bo`lgandi, shundan buyon
                                   ko`p vaqtlar o`tgan bo`lsa ham,
shabistonimdan quyosh haligacha nur va ziyo kasb qiladi.
U sho`x iloji boricha meni o`ldirishga tig` tortadi,
lekin uning ishqini tark qilish haqida og`iz
                                         ochishga qanday iloj  topaman?
U jononning la`l labining shahidi bo`lganimdan buyon
xalq bir umr mening vayron qabrimdan jon hidini topadi?
Hajr kechasi yor firoqining uzayib ketganidan nola qilaman,
bukchaygan falak toqi ichida haligacha afg`onim o`ralashib yotibdi.
Ey Foniy, bir qarab ko`r, hijron tig`idan siynam chok bo`ldi,
mehribonlar haligacha yoqamni tikmadilar.
Agarchi nest umedi visoli o` hargiz,
Vale nabuda dilam be xayoli ӯ hargiz.
Magӯ ba misli vay, dil dehu az ӯ vorah,
Nabudu nest zi xubon misoli ӯ hargiz.
Zi sarvi qomati ӯ ҷust bar dili Maҷnun,
Bare nadod xayoli maholi ӯ hargiz.
Chunon ki lozimi bahr ast nuqtagohi raqam,
Nashud zi dida burun naqshi holi ӯ hargiz.
Agarchi qaddi tu berun zi e`tidolam gasht,
Kamu ziyoda nashud e`tidoli ӯ hargiz.
Malolati dili man binu boda xӯr, ki ҷuz in
Nabuda dofe`i ranҷu maloli ӯ hargiz.
Zi dardi haҷri tu Fonӣ fitoda beҷon ast,
Chӣ shud, ki pursa nakardӣ zi holi ӯ hargiz.
Garchi uning visoli umidi hargiz yo`q esa-da,
ammo ko`nglim uning xayolidan aslo ayrilmagan.
Unga o`xshash bir dilraboga ko`ngil berib, undan qutil dema,
go`zallar orasida unga o`xshagani hargiz bo`lmagan va bo`lmaydi ham.
Majnun ko`ngil uning sarv qaddidan hosil istadi,
bu xom xayol hargiz samara bermadi.
Bahr so`zini yozishda nuqta qanday kerak bo`lsa,
uning xoli naqshi ham ko`zdan hargiz ketmagan.
Garchi qading meni mu`tadillikdan chiqargan bo`lsa-da,
ammo uning mu`tadilligi hargiz ko`p ham, oz ham bo`lmadi.
Mening dilimning malolatini ko`rgin-u boda ich,
chunki bundan o`zga hech narsa ranju malolni hargiz daf etolmaydi.
Foniy hijroning dardidan jonsiz yiqildi,
nima bo`ldi, uning holini hargiz so`ramaysan?
Tatabbӯ`i Mir
Dilo, shab bahri on mah pӯy to rӯz,
Na shabro gӯy shab, ne rӯzro rӯz.
Shabam rӯzi qiyomat shud, valekin
Azobi sad qiyomat hast to rӯz.
Baloe shud siyah, be on maham shab,
Vale be mehri rӯyash sad balo rӯz.
Hamono dardi haҷram bedavo shud,
Ki shud shomi firoqamro davo rӯz.
Ba shomi haҷr az rӯzam chӣ pursӣ,
Kuҷo, ey dil, shabi movu kuҷo rӯz?!
Shabi furqat halokam, kosh, ey charx,
Ki yobam xobi xud, yo marg, yo rӯz.
Siyah shud rӯzam, ey Fonӣ, zi haҷrash,
Magar omad maro shomi fano rӯz?
Ey ko`ngil, kechani kecha va kunduzni kunduz demasdan
ul oy yo`lida yugur (kez).
Kecham qiyomat kuni bo`ldi,
biroq tong otguncha yuz qiyomat azobini tortaman.
Ul oysiz kecham qora bir balo bo`ldi,
biroq uning quyosh yuzisiz kunduzim ham yuz balodir.
Hajrim dardi davosiz bo`lgach,
ayriliq shomimga kunduz davo bo`ldi.
Ey charx, hajr shomidan boshimga tushgan kunni so`rama,
menga kecha qayoqda-yu, kunduz qayoqda?
Ey charx, hijron tunida halok bo`ldim, koshki
bunda yo tushimni, yo o`limni va yo kunduzni topsam.
Ey Foniy, kunduz kuni menga fano shomi bo`ldimiki,
uning hajridan kunduzim qorong`u bo`ldi.
Muxtara`
Nest shomi haҷr chun sham`am rafiqi dilfurӯz,         
 3-on ki dar hiҷron ba ӯ ovardaam shabho ba rӯz.
To guzorad bӯstonafrӯz lofi sarkashӣ,
Kaҷ bineh toҷu zi may bӯstoni oraz barfurӯz.
To nayozorad zi mijgonat ruxash az nozukӣ,          
Rӯzi vasl, ey dil, ba rӯyash chashm har soat madӯz.
Pur masӯzonam zi hiҷronu zi oham vahm kun,
Ham gudozad sham`, agarchi hast dar parvona sӯz.
Az firebi Zoli charx emin mabosh, ar Rustamӣ,
3-on ki sheronro zi makrash karda oҷiz in aҷuz.
Bas aҷab ramzest bulbul oshiqu gul garqi xun, 
Az g`arobathoi ishq aftoda behad in rumuz.
Foniyo, az qat`i rohi ishq mone` kay shavad?
Garna az bori xudӣ zohid namudӣ pushtkӯz.
Hijron tunida dilimni yorituvchi sham` kabi o`rtog`im yo`k,
chunki hijronda u bilan kechalarni kunduzga aylantirganman.
E jonon, boshingga tojni egri qo`ygin-da maydan yuzingni qizartir,
toki qoshingda (sarvu gul) sarkashlik lofini urmasin.
Ey ko`ngil, g`oyatda nozik bo`lgani sababli kiprigingdan
chehrasi ozor topmasin uchun vasl kuni har soat ko`zingni unga tikaverma.
Meni ko`p kuydurma, ohimdan vahm et,
sham` parvonani kuydirgani bilan, lekin o`zi ham kuyadi-ku.
Rustam   bo`lsang  ham, charx zoli firibidan  beparvo bo`lma,
chunki bu kampir  o`z makri  bilan  arslonlarni ham ojiz  qilgan.
Bulbul oshiqu gul qonga g`arq bo`lishi ajoyib bir ramz bo`lib, 
ishqning ajoyibot-g`aroyibotlaridan bo`lgan bunday afsonaviy ramzlar had-hisobsizdir.
Ey Foniy, agar zohid o`zluk yukini ko`tarmoqdan bukri
bo`lgan bo`lmasa, ishq yo`lini bosib o`tishingga mone` bo`lmaydi.
Muxtara`
Biyo, ki sham`i chaman gasht bӯstonafrӯz,
Chanor foxtaro soxt murg`i dastomӯz.
Ba hullahoi mulavvan rasid ҷilvagarӣ, 
 Ba bazmi ahli shabiston zi shohidi navrӯz.
Chu qaddi gesui simintanon ba beshu kamӣ,
Namond hech tafovut miyonai shabu rӯz.
Bahori umr g`animat shumoru may darkash,
 Ki dar hayotiyu umrat xazon nagashta hanӯz.
Ba zaxmhoi dil az loi boda marham neh,
Charo ki merasad az charx novaki dildӯz.
Dame zi otashi may garm soz bazmi tarab,
Sipehr gӯ: Nigar az dur v-az hasad mesӯz!
Dilo, ba Fonӣ, agar shodiho kunӣ, lekin,
Kuҷo zi ҷavri falak xotiri nashotandӯz?!
Kel gultojixo`roz chaman sham`i bo`ldi,
chinor daraxti qumrini qo`lga o`rgatdi.
Navro`z  (ilk bahor) go`zali shabiston ahli bazmiga
rang-barang kiyimda kelib, jilvagarlikni eng cho`qqisiga ko`tardi.
Kumush badanlar qomati bilan zulfiga o`xshab
kecha bilan qunduz bab-baravar bo`ldi.
Umr bahorini g`animat bil, may ich,
chunki umring kuzi kelgani yo`q, tiriksen.
Ko`ngil yaralariga may loyidan malham qo`y,
chunki charxdan yurakni teshadigan o`q yetadi
Bir nafas may o`ti bilan ayshu ishrat bazmini qizit,
 sipehrga: uzoqdan ko`ru hasaddan o`rtan de.
Ey dil, Foniyni ko`p shod qilasanu
Biroq falak jabridan xushnudlik qayoqdan bo`lsin.
Dilo, zi hodisa dayri mug`on panohat bas,
Gadoii dari mayxona izzu ҷohat bas.
Tu uzr kardaӣ xud, gar nametavonӣ xost,
Inoyatu karami dӯst uzrxohat bas.
Guli murodu nasimi inoyati azalӣ,
Ba shab xuni sirishku ba subh ohat bas.
Agar zi zulmati zulfash burun shudan xohӣ,
Xayoli on qadu ruxsor sham`i rohat bas.
Ba daf`i lashkari g`am dar fazoi dayri mug`on, 
Safi surohiyu xum, har taraf sipohat bas.
Ba xuni xalq garat hast da`vӣ, ey qotil!
Du chashmi dilsiyahi xirakash guvohat bas.
Vafovu mehr garat nest az falak, chӣ aҷab?
Tu ahli mehru vafoӣ, hamin gunohat bas!
Magӯ hadisi Masehovu torami xurshed,
Nazar ba on labi la`lu ruxi chu mohat bas.
Hamon safoli gadoӣ ba dayr, ey Fonӣ,
Ki vaqt shud, ki shavad mayli ҷoni shohat bas.
Ey dil, hodisalardan panoh uchun mug`lar dayri
 izzatu davlat uchun mayxona gadoligi kifoyadir.
Sen o`z qilgan ishlaring uzrini ayta olmasang,
 uzr qabul qiluvchi do`stning inoyati-yu karami bo`lsa, bas.
Murod guli va azaliy inoyatning nasimi shomdagi
qonli ko`z yoshing va tongdagi ohingdir, sen uchun shuning o`zi yetarli.
Agar zulfi zulmatidan chiqmoqchi bo`lsang,
Qaddu ruxsorining xayoli yo`ling sham`i bo`lsa, bas.
Mug`lar dayrining keng maydonida g`am lashkarini daf` qilmoq uchun
shisha bilan xumning har taraf tortgan safi sipohing  bo`lsa, bas.
Ey qotil, agar xalq qoniga da`voing bo`lsa,
ikki qora zolim ko`zing guvohing bo`lsa, bas.
Senga falakdan vafo va mehr bo`lmasa taajjub emas,
 mehru vafo ahlisan, mana shu gunohing, bas.
Iso bilan quyosh uyidan so`z ochma
uning la`l labi-yu oy yuziga nazar solishing kifoyadir.
Ey Foniy, shoh jomiga mayl qilmoqchi bo`lsang,
mayxonada o`sha gadoklik safoli bo`lsa, bas.
Tatabbӯ`i Xoҷa
Onchunon sӯxtaam az g`ami hiҷron, ki mapurs,
K-otasham zad g`ami hiҷroni tu dar ҷon, ki mapurs!
Dil ba zanҷiri sari zulf kashu pursa makun,
Ki bad-on son shuda maҷnunu pareshon, ki mapurs!
Chand pursӣ, ki zi haҷri labi la`lam chunӣ?
Ҷoni shirin shud az in haҷram az on ҷon, ki mapurs!
Soqiyo, davr bigardonu bideh ratli garon,
Ki garonboram az on guna zi davron, ki mapurs.
Ishq nanhufta ba sad guna balo aftodam,
3-in sabab gashtaam on nav` pushaymon, ki mapurs!
Sari rindoni ҷaxon piri xarobotii most,
Suxani ofiyat az mehtari rindon, ki mapurs!
Man`am az oshiqiyu boda kunand ahli xirad,
G`ussaho mekasham az mardumi nodon, ki mapurs!
Kard to ҷilvagarӣ mug`bachai bodafurӯsh,
Onchunonam ba ruxash volavu hayron, ki mapurs!
Talabi vasl kunӣ, ҷӯy fano chun Fonӣ,
Mushkili ishq chunon kardamat oson, ki mapurs!
Hijron g`amidan shunday kuydimki, so`rama!
Hijron g`ami jonimga shunday o`t urdiki, so`rama!
Dilimnn zulfing zanjiriga (bog`la-yu), so`rama!
Ul shundan majnunu parishonki, so`rama!
La`l labim hajridan holing qanday? deb nechun so`raysan,
 bu hajrdan shirin jonim shunday holatga yetdiki, aslo so`rama!
Ey soqiy, davr kosasini aylantiru katta (og`ir) idishda
may ber, chunki davron menga shunday og`ir yuk yuklaganki, so`rama!
Ishqimni yashirmasdan yuz turli balolarga giriftor
bo`ldim, shu sababdan shunday pushaymonmanki, aslo so`rama!
Jahon rindlari sarkori bizning xarobot pirimizdir,
salomatlik so`zini u rindlar sarkoridan so`rama!
Xirad ahli oshiqligi may ichishimni man` qiladilar,
bu nodon kishilardan shunday g`amlar tortamanki, zinhor so`rama!
Mayfurush mug`bacha nozu karashma qilgach, yuziga
Qarab shunday volai shaydo bo`lib qoldimki, so`rama!
Vasl talab qilib Foniy kabi yo`qlikni ista
senga ishq mushkulini shundan oson qildimki, so`rama!
Tatabbӯ`i Xoҷa
Kavsaru hur zi gulzori chahon moro bas,
Bodavu mug`bacha az dayri mug`on moro bas.
Tӯbii nasya turo zohidi xudbin, ki ba naqd
Soyai rif`ati on sarvi ravon moro bas.
Olam az ahli g`ino, k-az navu az kuhnai ӯ,
Bodai kӯhnavu on tozaҷavon moro bas.
Chand gӯӣ, ki zi aflok ba ҷon ofathost,
G`amzai shӯxi mahi ofati ҷon moro bas.
Mo kuҷo, vasl kuҷo, in ki dilu ҷon boshad,
Ba g`amu dardi tu xursand, hamon moro bas.
Otashi ishqi tu chun z-ahli muhabbat ҷӯyand,
Bar ҷigar dog`i vafoi tu nishon, moro bas.
Chӣ g`am oludagii may chu daroyad dar mavҷ,
Bahri g`ufronatu yak qatra az on moro bas.
Ey sabo, har yake az ahli vaforo yorest,
Eriyu mehri falonӣ ba chahon moro bas.
Fonӣ, az xalq buridan sababi xushholist,
Bosh xushhol, ki in siratu son moro bas.
Jahon gulzoridan Kavsaru hur o`rniga
mug`lar dayridan may bilan mug`bacha bizga bas.
Ey xudbin zohid, nasiya to`biy daraxti senga bo`lsin,
 ul sarv ravonning naqd soyasi bizga bas.
Olamning yangi-yu ko`hnasining boyligidan ko`ra
ko`hna may bilan yangi jonon bizga bas.
Falaklardan jonga ofatlar bordir deb qancha aytsang ham,
 Ey, oy, sho`x g`amza jon ofati bo`lgani bizga bas. 
Biz qayda-yu vasl qayda? Dil bilan
jon dardu g`aming bilan xursand bo`lsa, bizga bas.
Ishqing o`tini muhabbat ahlidan izlasalar,
jigarda vafo dog`ingdan nishon bor shu bizga bas.  
G`am aralashgan may to`lqinlangan mahalda
afv dengizingu undan bir tomchi bizga bas.
Ey sabo, har vafo ahlining bir yori bor,
dunyoda falonchining yorligi-yu mehribonligi bizga bas.
Ey Foniy, xalqdan uzilish xushhollikka sababdir,
xushhol bo`lginki, shu siyratu odat bizga bas.
Muxtara`
Ҷomi sabӯhat ar ba dafu nay buvad havas,
Savti nafiru g`ulg`ulai kӯsi shoh bas.
On shӯxi qotil on chi bifarmoyadat, ravost,
To rӯz sham`vor shudan murdai nafas.
Az umr bahra gir ba yak sog`ari sabӯh,
Chun nest to ba rӯz ba vay e`timodi kas.
Bechoraam zi hasrati vasli ruxi kase,
Vo hasrato, ki hech kasam nest choraras.
Boshad ba ishqi tozaҷavonon mai kӯhan,
Chun ravg`ane, bar otashu mo dar miyona xas.
Zunnori kӯhnaro, ki biyobӣ ba kunҷi dayr,
Boshad, sagoni kofiri masti maro maras.
Fonӣ, binӯsh may, chu ba shahri fano rasӣ,
K-on ҷo na bimi shahna buvad, ne g`ami asas!
Tong mayi ichishingga childirma bilan nay havasi bo`lsa,
shohning surnayi ovozi bilan nog`ora g`ulg`ulasi  yetarlidir.
Ul qotil sho`x senga nima buyursa ravodir,
 tong otguncha sham`dek nafasi o`chgan bo`l.
Bir piyola tong mayi bilan umrdan bahramand bo`l,
chunki tong yoriguncha umrga e`timod yo`qdir.
Bir dilbar yonog`i vasli hasratida bechoraman,
vohasratoki, madadkor bo`ladigan, hech bir kishim yo`q.
Ko`hna may go`zal mahbublar o`tida olovga quyilgan yog`
singari bo`lsa, biz shu o`tdagi xasmiz.
Mayxona burchagidan topgan eski zunnorlaring
mast mahbubim itlarining bo`yin bog`laridir.
Ey Foniy, fano shahriga yetkach, may ich! Chunki u yerda na
mirshabxona boshlig`idan qo`rquv va na mirshabdan g`am bor.
Muxtara`
Zi man, ey dil, kafi on nozanin bӯs,
Agar xud dast nadhad, ostin bӯs.
Gar in ham nest, bӯse bar zamin zan,
Zi man ya`ne rason on ҷo zaminbӯs.
Kafi poi sagash bӯsidanam bin,
Turo ham gar dihad dast, inchunin bӯs.
Zanam dar bog` be on qomatu rux
Ba poi sarvu rӯi yosamin bӯs.
Daromad mehr az ravzan, ki girad
Zi poi on mahi xirgahnishin bӯs.
G`ulomi onam, ey ruhullah, az ҷon,
Ki dastashro dihad ruh-ul-amin, bӯs.
Agar on mah fitad dar dasti Fonӣ, 
Ba poyash kori ӯ boshad, hamin bӯs.
Ey dil, mening tomonimdan ul nozaninning qo`lini o`p!
Agar u qo`lini bermasa, yengini o`p!
Agar bu ham bo`lmasa, oldida yer o`p!
Ya`ni mendan u yerga yer o`pish xabarini yetkaz.
Ey dil, itining oyog`ini o`pishimni ko`r,
agar sen ham imkon topsang, shunday qil!
Bog`da uning qomati bilan chehrasi bo`lmasa,
sarvning oyog`i bilan yosamin gulining yuzini o`paman.
Ul chodirnishin oyning oyog`ini o`pish uchun
tuynukdan quyosh kirdi.
Ey Iso, men Jabrailga qo`lini o`ptiradigan
(muhtaram) zotga jonim bilan qulman.
Agar ul on Foniyning qo`liga tushsa,
(Foniy)ning ishi oyog`ini o`pish bo`ladi.
Sirri gadoi dayri mug`onro zi shah maҷӯy,
Ahvoli naqdi maxzani shoh az gado mapurs.
Komu nashotu aysh ba xoson nasib shud,
Az mo ba g`ayri mehnatu dardu balo mapurs.
Mo dard didaemu davoro shunidaem,
Az mo zi dard purs, vale az davo mapurs.
Az ahli ishq purs xatarhoi rohi ishq,
Az oshno ba ҷuz suxani oshno mapurs.
Nabvad ba davri maҷlisi rindon balandu past,
Har ҷo rasӣ, ba doira binshinu ҷo mapurs.
Boshad zabonburida aminoni sirri ishq,
Mesӯz to biyobiyu ramze zi mo mapurs,
Ey dil, chu dar zamona vafo nest, zinhor
Az mardumi zamona tariqi vafo mapurs.
Xӯdbinӣ ahli madrasa donand, Foniyo,
Az mo ba g`ayri nuktai faqru fano mapurs!
Zuhd ahlidan ishq mayxonasini so`rama!   
Riyo ahlidan visol sarmanzilini so`rama!
Mug`lar dayridagi gadoning sirini podshohdan izlama,
podshoh xazinasi naqdini gadodan so`rama!
Maqsadu shod-xurramlik oliy nasablarga nasib bo`ldi,
bizdan mashaqqat, dardu balodan boshqani so`rama!
Biz dard ko`rganmizu davoni eshitganmiz,
bizdan dardni so`ra-yu, lekin davoni so`rama!
Ishq yo`lining xatarlarini ishq ahlidan so`ra,
oshnodan oshnoning so`zidan boshqani so`rama.
Rindlar majlisi davrasida yuqori va quyi joy bo`lmaydi,
 davraning har joyiga yetsang, o`tiru, joy so`rama!
Ishq sirini saqlovchilarining tillari kesilgan bo`ladi,
topguningcha kuyginu bu ramzni bizdan so`rama!
Ey ko`ngil, zamonada vafo yo`q bo`lgach,
zamona xalqidan zinhor vafo yo`lini so`rama!
Ey Foniy, o`zbilarmandlikni madrasa ahli biladi,
bizdan faqru fano nuktasidan boshqani so`rama.
Muxtara`
Nest vaz`i charx chun dayri mug`on oliasos
 Gar ravam hushyor on ҷo, oyadam dar dil haros.
Har xume ӯro ba yak gardun tavon guftan nazir,
Har hubobi may zi yak axtar tavon kardan qiyos.
Olame digar tavon guftash charo, k-on ҷo kase
Ӯ fitad dar olami digar, chu nӯshad yak-du kos.
Chun Maseho rӯhbaxshon boshad on ҷo az nafas,
To ba izzat dar bisotash neh nafasro, dor pos.
Az dili piri mug`on v-on gah zi rӯi mug`bacha,
Mehr az ravzan daroyad, to kunad pur iqtibos.
Xirqai zuhdu vara` on ҷo namearzad ba heҷ,
Rost don inro, namegӯyam suxanro dar libos.
Rah nayobad dar bisotash har zi rah aftodae,
Nabvadash to Hodii tavfiqu piri rahshinos.
Az mai on maykada nabvad umedi ҷur`ae,
Har kiro hosil nagardad az vuҷudi xesh yos.
Foniyo, har gah fanoi in fano kasbat shavad,
Ҷome az piri mug`on kardan tavonӣ iltimos.
Charxning vaziyati mug`larning dayri kabi oliy asosda emas,
 U yerga (dayrga) hushyor borsam, dilimda vahima paydo bo`ladi.
Uning har bir xumini gardunga taqqoslash mumkin
va mayning harchhubobini bir yulduzga o`xshatsa bo`ladi.
U dayrni ikkinchi bir olam desa bo`ladi, chunki bir
kishi u yerda bir-ikki kosa ichsa, boshqa olamga tushadi.
Iso singari u yerda nafasidan jon baxsh etuvchilar bor,
uning bisotiga izzat bilan oyoq bosu, nafasingni saqla!
Quyosh mug`lar piri dilidanu mug`bacha yuzidan   
nur olish uchun tuynukdan kiradi.
Zuhdu parhezgarlikning yirtiq-yamoq to`ni u yerda hech  narsaga arzimaydi,
so`zni libos ichiga yashirib aytayotganim yo`q, buni chin deb bil!
Yo`l ko`rsatuvchisi Haq hidoyatu tavfiqi va yo`l biluvchi pir bo`lmaguncha
Har bir yo`lovchi uning bisotiga yo`l topolmaydi.
Kimki o`z vujudidan umidsizlik hosil qilmasa,
mayxonaning mayidan bir qultum umidi bo`lmaydi.
Ey Foniy, har qachon bu mayxonada fano bo`lishni kasb
qilsang, mug`lar piriga yalinib bir jom olishing mumkin.
Mav`iza
Garat zi xalq kanore giriftan ast havas,
Kanorashon agar az dasti xud guzorӣ, bas.
Gar az mashaqqati davron malul gashta dilat,
Fazoi dayri mug`onro guzin bar in mahbas.
Zi dasti piri mug`on nӯsh soz ratli garon,
Ba g`ayri mug`bachagon multafit mashav bo kas.
Ba chashmi garmravonu balandparvozon
Buvad haqir ҷanohi malak zi boli magas.
Bigӯ, chӣ guna dil osoyad andar in manzil, 
Ki azmi roh ba gӯsh oyad az fig`oni ҷaras?!
Agarchi vodii maqsud, Foniyo, dӯr ast,
Zi xeshtan badar o, pas qadam bimonu biras.
Agar orzuying xalqdan chetlanish bo`lsa,
ularning quchog`idan (o`zingni) tortsang kifoyadir.
Agar davron mashaqqatidan ko`ngling o`ksigan bo`lsa,
 bu  qamoqxonadan mug`lar dayrini tanlab ol!
Mug`lar piri qo`lidan katta idishda may ich,
mug`bachalardan boshqalarga iltifot qilma.
Soliklaru baland parvozlar ko`ziga
farishta qanoti pashsha qanotidan ham haqirdir
                    (pashshaning qanoticha ko`rinmaydi).
Ayt-chi, yo`lga azm qilish qo`ng`iroq fig`oni yo`lga chiq
                                              deb chaqirib turgan
bu manzilda dil qanday tinchisin?
Ey Foniy, maqsud vodiysi uzoq bo`lsa ham,
o`zligingdan chiq, so`ngra qadam qo`yu yet!
Tatabbu`i Xoҷa
Rӯz mahҷubam zi piri xonaqah, z-on rӯ, ki dӯsh, 
Vorahondam az hiҷobi zuhd piri mayfurӯsh.
Man, ki dar mayxona behusham, chӣ xonedam ba zuhd?
Chun ba hush oyam, ba masҷid rӯ niham, ey ahli hush!
Dini yag`moӣ shumurdӣ mug`bacha bo piri dayr,           
In ki dar dayri mug`on oshӯbu g`avg`o bud dӯsh.
Chun ba dini man rasid, on xud nayaftodam qabul,
Ҷoi on dorad, ki xezad, az nihodi man xurӯsh.
Din, ki dar dayri mug`on mardud shud, har kas ba din
Xeshro dorad musulmon, sharm bod az rishu rӯsh.
Mushtariyu Zӯhra bar atrofi mah dorad qiron,
To buvad bar davri xurshedi ruxat durhoi gӯsh,
Man zi shavqi la`lu mijgoni darozat bexudam,
Yo az on nesham daror az ҷoy, ey mah, yo zi nӯsh.
Peshi ahli dil suxan digar buvad, ma`nӣ digar,
 In suxanro har kase, k-ӯ yoft, ma`nӣ shud xamӯsh.
Tarki kӯshish ayni kӯshish gasht dar kori qazo,    
Saxt bekӯshish buvad, har kas, ki gardad saxtkӯsh.
Dar tu har aybe, ki pinhon kard Haq, zohir masoz,
Balki aybi xalq ham chandon, ki bitvonӣ bipӯsh.
Fonӣ andar nuktaronӣ mastu bebok omadast,
Bodai Hofiz magar az ҷomi Ҷomӣ kard nӯsh.
Kunduzi pardada bekinib, xonaqoh piri  ko`ziga ko`rinmayman, chunki
kecha mayxona piri meni taqvodorlik pardasidan ozod qilgan edi.
Man-ku mayxonada behush bo`lib yotibman, nima uchun meni
                                                  toat-ibodatga chaqirasizlar?
 Hushimga  kelganimdan  keyin masjidga  boraman.
Mug`lar dayrida kecha shovqin-suron qo`zg`olon edi,
                                                            chunki mug`bacha bilan
mug`lar  piri  yag`mogarlik dini ustida talashardilar.
U mening dinimga borib yetdi-yu, lekin qabul bo`lmadi,
 endi vujudiman (fig`on) ko`tarilsa, o`rni bor.
Din mug`lar dayridan quvilgandir, har kim shu din
bilan o`zini musulmon hisoblasa, soqoli bilan
                                                                yuzidan uyalsin.
Quyosh kabi yuzing atrofida qulog`ingga taqqan injular turar  ekan,
go`yoki Mushtariy bilan Zuhra yulduzi oy atrofida
                                                         qiron qilgandek bo`ladi.
Men la`ling bilan uzun kipriging shavqidan bexudman,
ey oy, yo u nayzangni sanch, yo labing sharbatidan-ichirib o`rnimdan turg`iz.
Din ahli oldida so`z boshqa-yu ma`no boshqa,
har kim shu so`zni topsa, jim qoladi.
Taqdir ishida urinishni tark etish, urinishning ayni o`zidir,
kimki qattiq harakatli bo`lsa, u qattiq harakatsizdir.
Aybingni Tangri yashirgan bo`lsa, oshkora qilma
balki qo`lingdan kelgancha xalq aybini ham yashir.
Foniy nukta surish (g`azal yozish)da mastu bebok bo`ldi,
U Jomiy jomida Hofizning mayidan ichganmikin?
Az honaqoh ba maykada burdam chu raxti xesh,
Vaҷhi may ast on hama, shodam zi baxti xesh,
Vah chun zi tiri haҷr tani laxt-laxtro,
Pinhon kunam ba pirahani laxt-laxti xesh.
Tubii qaddu Kavsari la`li labat chu did,
Ҷannat xiҷil bimond zi obu daraxti xesh.
Uryon gadoi maykada boshad har on ki ӯ,
Chu man ba seli boda dihad raxtu baxti xesh.
Dar dayr bin, ki mug`bachagon bahri shishaam,
Dorand ҷumla sang zi dilhoi saxti xesh.
Boshad gadoi xoknishin girdi maykada,
Bo hashmate, ki shoh naboshad ba taxti xesh.
Xohӣ, ba rohi ishq sabukbortar shavӣ,
Fonӣ, zi ohi dil bizan otash ba raxti xesh.
Xonaqohdan mayxonaga  ko`ch-ko`ronimni olib  bordim,
bularning barchasini may uchun sarflayman, shuning
                                       uchun baxtimdan shodman.
Vah, ayriliq o`qidan parcha-parcha bo`lgan tanimni,
parcha-parcha  bo`lgan ko`ylagimda qanday yashiraman.
Sening qading tubosi va la`li labing kavsarini
ko`rib jannat o`zining suvi-yu daraxtidan uyalib qoldi.
Kimki mendek raxtu baxtini boda seliga topshirsa,
u men kabi mayxonaning yalang`och gadosiga aylanib qoladi.
Qara, dayrdagi  mug`bachalar  toshbag`irliklaridan,
mening shishamga otish uchun tosh olib turibdilar.
Mayxona tevaragida tuproqda o`tirgan gadolar,
shunday hashamatga egaki, shohlar o`z taxtida bunday
                                                   hashamatga ega emas.
Ey Foniy, ishq yo`lida yengilroq qadam qo`ymoqchi bo`lsang,
butun borlig`ingga yurak ohidan o`t sol.
Dar tavri Maxdum
Shayxi xudbin, ki ba ҷuz movu many nest fanash,  
Birahonad magar az movu manӣ yak-du manash.
Ҷonibi xonaqaham dil nakashad, ey zohid,
K-az azal dayri xaroboti mug`on shud vatanash.
Ҷuz shikastam chi buvad dar dili Maҷunun, k-on mah.
Mekashad dar xami on silsilai purshikanash.
Ba qadu rӯi tu nozam, ki gahӣ ҷilvai noz,
Sarvi ҷannat xasu xoshok namoyad sumanash.
Piri gumkarda pisar, be tu dili sӯzonam,
Gar bididy shӯ`la ba bayt-ul hazanash.
Vah, chi lutfi badan ast on, ki nameorad tob, 
Soyaero, ki ba ӯ mefitad az pirahanash.
Az xumor on, ki kashad dardi sar, az bahri iloҷ,
Sandali surx bimoland ham az durdi danash.
Ba`di umre, ki ba xilvat baham oyand du yor,
Ey falak, ruy bigardonu baham barmazanash.
Fonӣ, on dam, ki ravad mast az in dayri fano,
Xoki mayxona bisozed abiri kafanash.
Manmanliqdan  boshqa hunari  bo`lmagan xudbin  shayxga qara,
bir-ikki  (kosa)  may uni manmanlikdan chiqara olarmikin?
Ey zohid, xonaqahga borishga dilimning mayli yo`q,
chunki uning vatani azaldan mug`lar xarobotidir.
Majnun ko`nglimda to`lg`anishdan boshqa  nima bo`lsin,
chunki u go`zal o`rilgan sochi (halqasi bilan) tortib turadi.
Qaddu yuzing bilan faxrlanaman, noz bilan jilva
qilgan vaqtda sarvi xasu sumani xashakday ko`rinadi.
O`g`lini yo`qotgan chol  (Ya`qub) sensiz yongan dilimni
ko`rsa edi, baytul-hazaniga o`t urar edi.
Vah, u qanday latifu nozikki,
ko`ylakdan tushgan soyaga ham toqat qila olmaydi.
Xumordan bosh og`riganda davo uchun
qizil sandal bilan dan (xum) loyqasini sursin.
Umrda bir marta ikki yor xilvatda topishsalar,
ey falak, achchig`lanmay yuzingni teskari o`girib tur.
Foniy bu fano dayrida mast bo`lib o`lsa,
kafanini mayxona tuprog`idan xushbo`y qiling.
Tatabbӯ`i Xoҷa
Ba ҷomi piri mug`on binu bar farozu tahash,
Tabaqchahoi zaru sim az oftobu mahash.
Kulohgӯsha gahi sarxushӣ, chu barshikanad,
Buvad hazor Kayu Ҷam gadoi bazmgahash.
Nashasta mug`bachai mast ham ba pahlӯi ӯ, 
Ki sad hazor dilu ҷon fidoi har nigahash.
Ba davri bazm zi rindoni dayr halqa zada,
Ba girdi shoh chunon, k-az muqarrabon sipahash
Kase, ki did chunon bazmu may kuҷo oyad, 
Sarash furud ba obi hayotu bazmi shahash?
Maro chu ҷur`ae ҷomi xesh ehson kard, 
Fikanda sar nagiriftam digar zi xoki rahash.
G`ulomi piri mug`on bosh Foniyovu sarat  
Fidoi mug`bachai sarvqaddi kaҷkulahash.
Mug`lar piri jomining usti bilan ostiga qara,
quyoshu oydan oltin-kumush tabaqchalari bor.
Mug`lar piri mast bo`lgan vaqtda kulohini chakkasiga qo`ndirsa.            
 minglab Qayxisravu Jamshidlar bazmgohining gadosi bo`ladilar.
Mug`lar pirining yonida  mug`bacha ham o`tirsa,
har bir nigohiga yuz ming dilu jon fido bo`lsin.
Sipohlar  podshohning girdida  o`tirgani  singari,
bazm davrasini ham mayxona rindlari halqa qilib o`rab olganlar.
Shunday bazmu mayni ko`rgan kishi shoh bazmi
bilan obi hayotga qanday mayl ko`rsatsin.
Menga dayr piri o`z jomidan bir qultum may ehson
qildi, boshimni qadami tuprog`idan ko`tarmayman.
Ey Foniy, mug`lar pirining quli bo`l, boshing kulohini
chakkasiga qo`ndirgan sarvqomat mug`bachaning fidosi bo`lsin.
Ayzan
Kusht az yak nigaham shevai chashmi siyahash,
Chun namiram, chu fitad ҷonibi digar nigahash?
Tira shud dida zi xunobi dil, ey bodi sabo,
Chashm doram, ki g`ubore birasony zi rahash.
Vaqti orostani husni tu mashshotai charx,
Tira shud, baski xiҷil gasht zi xurshedu mahash.
Dil, ki dar dayri xarobot zi man shud g`oib,
Boz pursed az on mug`bachai kaҷkulahash.
Kosh bo man qadahe nӯshadu on gah kushadam,
Ki chu tiflast mayu qatl naboshad gunahash.
Dilam az g`ussai davron sӯi mayxona shitoft,
Ki havodis chu rasad, nest ҷuz on ҷo panahash.
Zi mahi chordahi husnash gahi tiflist fuzun,
Oftobe shavad, ar sol shavad chordahash.
Nest dar shohidi gul bӯi vafo, ey bulbul,
Garchi dilҷuӣ bisyor kunad, dil madihash.
Foniyo, lof ba da`voi fano har ki zanad,
Adami da`vii lof ast, dar in ҷo guvahash.
Qora ko`zining shevasi bir nigoh bilan meni o`ldirdi,
boshqa tomonga nigoh tashlasa, nega o`lmayin.
Ey sabo, dilim qon bo`lib ketganidan ko`zim xiralandi,
uning yo`lidan bir g`ubor keltirishingga mushtoqman.
Charx mashshotasi husningni bezagan chog`da
o`zining oyu quyoshi husnidan uyalib, xira bo`ldi.
Xarobat dayrida dilim g`oyib bo`ldi,
kulohini qiya qo`ndirgan mug`bachadan o`shani so`ranglar.
Qoshki edi u mug`bacha men bilan bir qadah may ichsa-yu, keyin o`ldirsa,
chunki may yosh boladek va qatl etish unga gunoh emas.
Dilim davron qayg`usidan mayxona tomon shoshildi,
biror hodisa yuz bersa, o`sha yerdan boshqa panoh yo`q.
Go`dakligida husni o`n to`rt kechalik oydan ziyodadir,
agar o`n to`rt yoshga kirsa, husni bamisoli oftobday bo`ladi.
Ey bulbul, go`zal gulda vafo yo`q, chunki go`zal gulda  vafoning hidi bo`lmaydi.
Dilingni har qancha ovlamoqchi bo`lsa ham, unga ko`ngil berma.
Ey Foniy, har kim fano lofi da`vosini qilsa,
bu yerda fanoga lof urishning yo`qligi uning guvohidir.
Qabovu pirahan az tan agar rasad ba manash,
Kunad qabosh halokam, chӣ ҷoyi pirahanash?
Nishoni poyi sagash bexudam kunad, chӣ maҷol,
Xayo, ki bӯsa ki oram ba dil zi nastaranash.
Chu nest toqati onam, k-az ӯ suxan shunavam,
Kuҷo tahummuli didan ba digaron suxanash.
Dilam shikast, vale toza gasht rӯham az on
Nasim, chunki vazid az du zulfi purshikanash.
Ba sun`i Ezid nozam k-az on tabassumi lab,
Hayotu qatl namoyad nadida kas dahanash.
Ba ishq bin, ki zi ҷonbaxshi labi Shirin,
Guzasht umrevu zindaast nomi Kӯhkanash.
Biyor may, ki dilam lahzae shavad forig`,
Zi ranҷi ahli zamonu zi mehnati zamanash.
G`ariq meravam az dahr, z-on ki dorad umed
Ba afv, on ki zi may shud tahorati kafanash.
Sabukravӣ talabӣ dar rahi fano, Fonӣ,
Marav, ba bori xudivu zi dӯshi xud figanash
....Uning tanidagi ko`ylagi va to`ni menga yetsa,
ko`ylagi emas, to`nining o`zi meni halok qiladi.
Itining oyog`idan qolgan iz meni bexud qiladi,
nastarinidan o`pish xayolini ko`ngilga keltirishga  qanday majolim bo`lsin.
Uning so`zlarini eshitishga toqatim yetmaydi,
boshqalar bilan so`zlashishiga qanday chiday olaman?
Uning ikki jingalak sochidan yel esib keldi,
bu garchi ko`nglimni sindirsa-da, ammo ruhim undan  tiniq bo`ldi.
Xudoning qudratiga qoyilman, uning og`zini ko`rsatmay turib,
labi tabassumidan hayot va o`limni ko`rsatib turibdi.
Ishqni ko`r, Shirin labining jonbaxshligidan,
umrim o`tgan bo`lsa ham, Qo`hkan   (Farhod)  qalbim   tirikdir.
May keltir, yuragi zamon ahli ranjidan,
 va zamin mehnatidan bir dam forig` bo`lsin.
Mayga g`arq bo`lib olamdan ketaman, negaki,
kafani may bilan tahorat qildirilgan kishining kechirilishiga umid bor.
Ey Foniy, agar fano yo`lida yengil qadam qo`ymoqchi bo`lsang,
xudparastlik yukini yelkangdan olib tashla.
Tatabbӯ`i Maxdum
Koshkӣ imrӯz monad xuni man dar gardanash,
To tavonam dasti xud fardo zadan dar domanash.
Zindagӣ yobam zi pirohan, chu yobam bӯi ӯ,
Man, ki memiram, chu yobam bӯe az pirohanash.
Zaxmi teg`i ӯ namexoham, ki dӯzӣ, ey rafiq,
Gar zi Maryam rishtaash chӯӣ, zi Iso sӯzanash.
Na`li tavsan ravshan ast, az xoki ahli dard, kosh
Didaam ravshan shavad, az xoki na`li tavsanash.
Bahri har yak dili parkand-parkandam bubin,
Ҷismro az novaki on g`amza ravzan-ravzanash.
Bandai piri xarobotam, ki mardon afkanand,
Xeshro bar xoki dayr az sog`ari mardafkanash.
Nest shav, Fonӣ, agar vasl ast qomat, k-in murod,
Xosai rindest, k-oini fano omad fanash.
Koshki edi bugun qonim u go`zalning gardanida qolsa,
qiyomatda etagidan tuta olgan bo`lardim.
Men ko`ylagini hidlasam, o`laman,
ko`ylagidan uning hidini topsam tirilaman.
Ey do`st, ipini Maryamdanu ignasini Isodan olgan bo`lsang ham,
uning tig`i yarasini tikishingni istamayman.
Dard ahlining tuprog`idan otning taqasi yaltiraydi,
koshki ahli dardlar oti taqasi tuprog`idan ko`zim ravshan bo`lsa.
Har birini ko`rish uchun pora-pora dilimdan jismimga boq,
u g`amzaning o`qidan jismim ilma-teshik bo`lib ketgan.
Xarobot pirining bandasimon, uning bir piyola kuchli
mayidan mardlar o`zlarini  mayxona tuprog`iga tashlaydilar.
Ey Foniy, orzuying ushalsa, o`zingni mahv et, bu
foniylikni o`ziga hunar qilib olgan rindlarga xosdir.
Muxtara`
Nest gul dar gulshani davron, ki xore nabvadash,
Boda dar bazmash, ki osebi xumore nabvadash.
Lolarӯero maҷӯ bo oshiqi xuninҷigar,
Va`dai asle, ki dog`i intizore nabvadash.
Murg`i dilro nest yak soat ba gulruxsorae
Kom hosil, to ki faryodi hazore nabvadash.
Az falak har davlate, k-oyad, namonad barqaror,
3-on ki az sayri shabonrӯzӣ qarore nabvadash.
Chun chahon bee`tibor omad bari arbobi faqr,
Har nashote, k-az vay oyad, e`tibore nabvadash.
Dar chunin dori havodis, yobad az mehnat amon
On ki yak dam ҷuz mayu ma`shuq kore nabvadash.
Ishqu mastiro magӯ bahri chӣ kardӣ ixtiyor,
Har ki dar dayri mug`on shud, ixtiyore nabvadash.
Beshuuram soz, ey soqӣ, ba ҷome, k-az nifoq
Vorahad on, k-ӯ ҷuz in ma`nӣ shiore nabvadash.
Fonӣ, on k-ӯ beshuuru mast shud, vorast az on-k,
Gar nishote nabvadash, g`am niz bore nabvadash.
Davron gulshanida tikansiz gul yo`q,
bazmida xumori lanj qilmaydigan may yo`q.
Jigari qon bo`lgan oshiqqa visol va`dasi intizorlik
dog`isiz bo`lmagan bir lola ruxsorni izlab ovora bo`lma.
Dil qushi bulbullarday faryod qilmaguncha,
gulruxsor visolidan bahramand bo`lolmaydi.
Falakdan kelgan har bir davlat barqaror bo`lmaydi,
chunki u kecha-kunduz sayrdan beqarordir.
Faqr ahli oldida jahon e`tiborsizdir,
undan kelgan har bir xursandlikning e`tibori bo`lmaydi.
Bu hodisalar uyida bir nafas mayu
ma`shuqdan boshqa ishi bo`lmagan kishigina  mashaqqatdan omon topadi.
Ishq bilan mastlikni nimaga ixtiyor qilding? dema,
 kimki mug`lar dayrida bo`lsa, ixtiyorini qo`ldan berib qo`yadi.
Ey soqiy, meni bir jom may bilan behush qil,
shu ma`nodan boshqa shiori bo`lmagan kishi  munofiqlikdan xalos bo`ladi.
Ey Foniy, beshuur va mast bo`lgan kishi ozoddir,
chunki uning shodligi bo`lmasa, g`ami ham bo`lmaydi.