Òîï ðåéòèíã www.uz
FUSULI ARBAA (To`rt fasl)
 SARATON
Boz otashi xӯr soxt samandar saratonro,
Afrӯxt chu otashkada gulzori ҷahonro.
Ham kard ayon bodi samum ohi hazinro,
Ham soxt bayon otashi haҷr sirri nihonro.
Az shӯ`lavu dudi saharu shom ҷahon sӯxt,
Mirrixu Zuhal, kay kunad in nav` qironro?
Xurshed pai shӯ`badabozӣ chu musha`bid,
Az shӯravu az talqi tar orost dӯkonro.
Gulrez, nigar, har taraf az xatti shuo`ash,
Otashbozӣ karda hama siratu sonro.
Anҷum qataroti qalaӣ omada har sӯ,
Dar tosi falak tofta az xur zabonro.
Dar dud mapisand az sharar, k-az dami fosid,
Gashtast ayon surxcha a`zoi duxonro.
3-otash na zabona-st, ki az farti harorat,
Kardast burun az dahani kӯra zabonro.
Bar xok agar pӯya zanad kas, natvon yoft,
Az poshna, yo xud sarangusht nishonro.
Gӯyo kӯrai nor tah aftoda zi ҷoyash,
V-afkand ba davri kӯrai arz makonro.
Gashtast havo shӯ`la, bubin, dar haҷaru tin,
Xohӣ nigarӣ axgaru xokistari onro.
Dar chashma, ki ҷӯshida baroyad zi zamin ob,
Chun ҷӯsh zi garmost bubinash ҷarayonro.
Gohi ҷarayonash na hubob ast, ki gashta,
Po obila az tobi zamin obi ravonro.
Garmovu araq soxta chun mokisi hammom,
Az chini badan pir hama shaxsi ҷavonro.
Dar tofta regash binigar, chor sum inak
Bishkoftavu sӯxta ohui davonro.
V-ar na zi chӣ n-osoyad az ҷastani mufrit,
Rah doda dar anfosu vuҷudash xafaqonro?!
Az orzui shӯshai yax ҷo bitavon dod.
Dar sinai tafsidai labtashna sinonro.
Dar kӯzai gardun shuda xurshed chu otash,
Zarrot sharorast hame shӯ`lai onro.
Otash, ki zabonovarii ӯ zi zabona-st,
Kas olim ne ma`nii on savtu bayonro?
Gӯyo, ki chu humo shuda mufrit ba mizoҷash,
Kardast ayon gohi takallum hazayonro.
N-az ҷavri falak xun shuda az la`l dili kӯh,
K-aftoda zi garmo axgar sinai konro.
On raft, ki az otashi ishqu dili mahrur,
Kas nuktasigol omada abnoi zamonro.
K-az guftani «otash» ba xilofi masal aknun,
Sӯzad, ki zanad obila atrofi zabonro.
Monandi siyahsina shavad dog` vuҷudash,
Har murg`, ki bar xok nihad ҷismi taponro.
Shud on, ki dami subh zi anfosi Maseho,
Dodӣ ba tani xok hame mujdai ҷonro.
On voqea omad, ki havo az dami mӯhlik,
Zoil kunad az sangi siyah tobu tavonro.
3-in garmii xurshed birast, on ki panah soxt,
Zilli sharafi royati Ҷamshedi zamonro.
Sultoni falakqadri Husayn — on shahi g`ozӣ,
K-az adl chu Firdavsi ҷinon soxt ҷahonro.
Shohe, ki zi yak kunguri qasrash ba digar yak,
Sadsola paridan fikanad murg`i kamonro.
Az chovushiyash qadru baho Kisrovu Ҷamro,
V-az chokariyash izzu sharaf Qaysaru Xonro.
Az savlati ӯ mӯrtanӣ sheri arinro,
V-az shavkati ӯ pashshavashӣ pili damonro.
Bazlash ba xayoli xirad afkanda tama`ro,
Ehsonash az nafsi tama` burda havonro.
Oyad chu nasimi karam az gulshani xulqash,
Sozad ba nazar nori saqar vardi ҷinonro.
V-ar z-on ki sharore ҷahad az otashi qahrash,
Xokistari bevazn kunad kӯhi garonro.
Ey fayzrasone, ki ba ҷuz fayzpazirӣ,
Kore nabuvad peshi tu yak fayzrasonro.
Ham abr zi dasti tu kunad kasb karamro,
Ham charx zi xoki dari tu rif`ati shonro.
Bar kisvati umri adu az mohi livoyat,
On omada, k-az partavi mahtob katonro.
38. K-ӯ qatrai xuni adui teg`i turo bin,
Nodida aqiqi Yamanu barqi Yamonro.
39. Dar vodii adli tu z-ifroti siyosat,
Kalbest nigahdori rama gurgi shubonro.
40. Az tarbiyatat sarvqade omada gulhad,
Dar tarfi chaman chun nigarӣ sarvi chamonro.
Zarposhii dastat na chu abr ast, ki gohe
Ravshan kunad az soiqa yak sӯi ҷahonro.
K-on rӯz, ki chun mehr fishond zari ehson,
Pӯrzar kunad ofoq karon to ba karonro.
Bar rӯi muniri tu chu nazzora kunad mehr,
Zoil kunadash humrati xiҷlat yaraqonro.
Chun bar chamani hilmu viqori tu vazad bod,
Az dil barad on toza havoyash zarabonro.
On rӯz, ki az abri balo qatrai paykon
Borad, ki zanad ob fazoi mayadonro.
Du saf chu du kӯhe, ki buvad rasta zi ohan,
Binmuda chu bargu shaҷarash teg`u sinonro.
3-on kӯhu ҷanon pashsha yalon arbadaoyin,
Binand chu dar tӯ`maxӯrӣ sheri jayonro.
Har gurd ba hamchun xudӣ ovexta dar razm,
Angexta dar kinavarӣ barqi ҷahonro.
Az xun, ki ba har sӯ shuda chun sel ravona,
Sahroi vag`o karda ayon lolasitonro.
Minqorsifat karda zi har gӯsha dahan boz,
Chun mayl shuda xӯrdani xun zog`i kamonro.
Bar buxtii kafrez g`irevi xumi rӯin,
On nav` nattoqi falak afkanda fig`onro.
K-az ҷazri asam pardai mag`z az taabu ranҷ,
Angusht ba gӯsh omada faryodi amonro.
On lahza agar poshna bar roni sabukxez,
Ҷunbonivu tahrik zanӣ kӯhi garonro.
3-in son far`i akbar az ofoq baroyad,
K-aflok ba xud yobad az on varta ziyonro.
Har sӯe, ki rӯy ovarӣ gar xasm buvad kӯh,
Chun koh chӣ quvvat budash hamli ҷinonro.
Dar yak nafas osor namonad zi a`odӣ,
Chun az asari barq xasbodi paronro.
Kori aduvu razmgah ovarda faro ham,
Tobe chu sӯi bazmgah ayshi inonro.
Kaҷ karda ba farqi sari xud toҷi Kayonӣ,
3-iqboli qidam zeb dihӣ taxti Kayonro.
59.  Mulke, ki zi shohe bigiriftӣ ba gadoӣ,
Baxshӣ chu dihӣ ҷilva kafi mulksitonro.
Andar xuri bazlu karamat naqd rasonӣ,
Nabvad ba yaqin havsala ne bahru na konro.
Yobad zi suho to falaki a`zamat ehson,
Ya`ne, zi ato moya dihӣ xurdu kalonro,
Dar bazmi navoli tu du qursand mahu mehr,
Chun pahn kunad xodimi ehsoni tu xonro.
V-in turfa, ki dar davri tu mӯhtoҷ, na soil,
To bishkanad az xon chunin noni ҷinonro,
3-on ru, ki gadoyon sari xoni tu baxshand,
Bisyor ba shoxrn zi chunin moida nonro.
Dindoriyat on guna, ki yak nukta, ki gӯӣ,
Bilxosiya sozi chu haram dayri mug`onro.
Shoho, chu zi avval ba dusad ayb xaridӣ,
In bandai befoidai heҷmadonro.
Behtar zi tuam kas nashinosad zi badu nek,
Az neku badi man chi yaqinro, chi gumonro.
Nashnidanat avlist zi ta`rifu zi ta`riz,
Andar haqi man nuktai bahmonu falonro.
Az aybu hunar har chi tu gӯӣ, ki chunone
Man banda qabul az dilu ҷon karda hamonro.
To dar saraton az asari garmii xurshed,
Xurshedvashonand xaridor katonro.
Bodo hama ma`muri tu v-az maxzani lutfat,
Omoda katon, dar saraton xil`atashonro.
 SARATON
(Yoz)
1. Quyosh otashi saratonni yana samandarga aylantirdi,
jahon gulzorini otashkada kabi lovillatdi.
2. Garmsel hazin ohni (nimaligin) ayon qilib qo`ydi,
hajr o`ti pinhon sirlarni oshkor etib qo`ydi.
3. Alangayu, tutundan jahonning shomu sahari kuydi,
Mirrix va Zuhalning bunchalar yaqin kelishini birov ko`rganmi?
4. Quyosh nayrangboz kabi masxarabozlik payiga tushib,
sho`rxok yeru bilqillagan tuproq bilan do`konni (er yuzini) bezadi.
5. Quyoshning shu`lali chiziqlaridan har tomon sochilgan anvoyi
«gullar»ni qara — go`yo hamma narsani o`t bilan o`ynayotgandek ko`rinadi.
6. Yulduzlar har tomonda qalay tomchilari kabi ko`rinadi —
falak gumbazida quyoshdan erigan narsalar cho`g`langan kabi.
7.    Tutunda o`tdan qo`rqmaginki, fosid nafasdan—
ayon bo`lgan qizillik — tutunning o`zidir.
8.    Tili yo`q otash ham haroratning zo`ridan —
o`choq og`zidan tilini tashqariga chiqarmoqda.
9.    (Bilqillagan) tuproqqa shiddat bilan qadam bosgan kishi—
boshmaldog`u tovonidan nishon ham topolmaydi.
10.     Go`yo do`zax o`chog`i joyidan   ag`darilgan va yer kurrasi
aylanasidan makon topgan.
11.    Havo alangaga aylangan, ko`r, tosh ila tuproqni,
qarasang, uni cho`g` ila kul holida ko`rasan.
12.    Yerdan suvi qaynab chiqayotgan chashma —
qaynashi issiqdan bo`lsa, uning oqishini ko`rib qo`y.
13.    Oqish paytida hosil bo`layotgan shunchaki pufakchalar
emas, oqayotgan suvning yer haroratidan oyog`ida paydo
bo`lgan qavarchiqlardir.
14.    Issiq va terlar hammom tomchilariga o`xshaydi,
ajindan barcha yosh badanlar keksaga aylandi.
15.    Qaynoq qumga qara, yuguruvchi ohuning
to`rt tuyog`ini teshib, kuydirib yuborgan.
16.    Bo`lmasa nega haddan ziyod yugurishdan tinchimay,
nafasi tiqilib, vujudidan xafaqonga jon berdi?!
17.    Muz sumalaklari orzusida bo`lgan (kishi)
issiq ko`ksidan qonsiragan nayzaga jon berishga tayyor.
18.    Gardun ko`zasida quyosh olovdek yonib,
uning hamma shu`lalari alanga uchqunlarini eslatadi.    
19.    Olovning so`zamolligi uning tili (yolqini) mavjudligidandir,
bu hodisa ma`nosiga yetadigan biror olim kishi yo`q?
20.    Go`yo istimaning shiddatidan mijozi buzildi,
bu (uning) alahsirashi paytida ayon bo`ladi.
21.    Tog` falakning jabridan emas, bag`ridagi la`ldan xun bo`lgan,
haroratning zo`ridan kon siynasiga o`t tushgandir.
22.    Ishq otashi va dil harorati kuchaygani tufayli u ketdi
nozik fikrlilar zamona farzandlari bo`lib keldi.
23.    «Olov» so`zini aytish bilan endi odatga xilof
ravishda, tilning o`zi kuyib, atrofiga qavarchiqlar toshadi.
24.    Haroratli jismini tuproqqa qo`ygan har bir
qushning, ko`kragi qorabag`ir qushidek qorayib,
vujudida dog` qoladi.
25.    Shunday bo`ldiki, tong nafasi Maseho nafasidan —
tuproqdan yaralgan jismga jondan xabar berdi.
26.    Qiyomat kuni keldi, havoning halokatli nafasidan—
(Ka`badagi muqaddas) Qora toshdagi toqat va bardoshni yo`qqa chiqardi.
27.    Quyoshning taftidan panoh izlovchi kishi,
(uni) zamona Jamshidi tug`i soyasining sharofatidan topqusidir.
28.    Oliyqadr Sulton Husayn Shohi G`oziydir,
uning adolatidan jahon jannat bog`lariga aylandi.
29.    (U) shunday shohki, qasrining bir kungurasidan
ikkinchisigacha, kamon o`qi uchib o`tishi uchun yuzlab yil kerak.
30.    Unga eshik og`asi bo`lish Xusravu Jamshidga yuksak
qadr, xizmatini qilish Qaysaru Xonlar uchun sha`nu shavkatdir.
31.    Uning salobati oldida uyadan chiqqan sher chumolidek
gap, uning shavkati oldida mast fil ham pashshadekdir.
32.    Saxovati aql xayoliga tama`ni soladi,
ehsoni esa tama` nafsidan tubanlikni quvadi.
33.    Xulqi gulshanidan karam nasimi esganda,
go`yo do`zax olovini jannat gulzoriga aylantirgandek tuyuladi.
34.    Va lekin qahri otashidan sachragan uchqun
vazmin toqqa tushsa, uni yengil kulga aylantiradi.
35.    Ey fayz bag`ishlovchi, seni fayz bag`ishlashdan boshqa ishing
(yo`qdir), va sening oldingga tushadigan boshqa bir fayz yetkazuvchi yo`qdir.
36.    Bulutlar ham sen tufayli karamni kasb etdilar,
charx ham sening eshiging tuprog`idan qadr va buyuklik oldi.
37.    Dushmanning umr libosini bayrog`ingdagi oy pachalab
tashlandi, go`yo katondan tikilgan kinimni oy nuri tilimlagandek.
38.    Dushmanning qoni qatrasini tig`ingda ko`r, —
yaman aqiqi-yu, yorqin yashinni ko`rishdan oldin.
39.    Adolating vodiysida siyosating zo`ridan bo`ri
cho`ponning qo`ylari podasini itday qo`riqlaydi.
40.    Sening tarbiyangdan sarvqomatning chehrasi gul-gul yashnadi,
chamanzorga ko`z tashlasang, chaman sarvi ham (shunchalar yashnadi).
41.    Qo`lingni zar sochishini bulutga o`xshatib bo`lmaydi,
(chunki) u chaqmoq chaqqanda, dunyoning bir tomoninigina yoritadi.
42.    Sening qo`ling quyosh kabi ehson zarlarini sochgan kun,
butun olamni chekka-chekkalarigacha zarga to`ldirib yuboradi.
43.    Porloq yuzingga quyosh qaragudek bo`lsa, qizarib
xijolat tufayli uning sariqligi yo`qoladi.
44.    Sening muloyim va ulug`vor chamaningda shabada essa,
uning toza havosi yurak o`ynog`iga shifo bo`ladi.
45.    Balo sochuvchi bulutlardan yomg`ir o`rnida nayza
qatralari yoqqan kun — o`sha maydonni suv
sepilgandek (qon bilan) shalabbo qilib yuboradi.
46.    Ikki saf temir rastasidek ikki tog` misol — tig`u
nayzalarni bargu daraxlar singari saf torttirib ko`rsatdi.
47.    U tog`u bog`lardagi g`avg`o qo`zg`ovchi, asov pashshalar,
vahshiy arslonni o`zlariga yemish o`rnida ko`radilar.
48.    Har bir pahlavon urushda o`zi kabi sarboz bilan
jangga kirarkan, qasoskorlikda, go`yo jahon chaqinini qo`zg`agandek.
49.    Sel kabi har tomonga oqqan qonlardan,
jang kechayotgan sahro qip-qizil lolazor tusini oldi.
50.    Jangchining kamoni zog`i qonsiragan chog`da
har burchakdan vahshiy qushday tumshug`ini ochadi.
50.    Ko`pik sochar nar tuya ustidagi nog`oraning faryodi—
go`yo falak jarchisi samodan turib na`ra tortganga o`xshaydi.
51.    Karliging asli quloq pardasining toliqishidandir,
shafqat so`rash faryodidan quloqlar qomatga keladi.
53.    Chopqir otning soniga poshnangni tekkazishing
bilan, og`ir tog`larni ham silkitib, larzaga keltirasan.
54.    Bunday buyuk tarafkashlik ofoqning a`molidir, —
bundan falakning o`ziga ham halokatli ziyonlar yetadi.
55.    Qaysi tarafgaki yuzingni bursang, gar dushman
tog`dek ko`rinsa-da, jannat bog`idagi narsalar
oldida u somonday quvvatsizdir.
56.    Bir nafasda dushmanlardan nom-nishon ham
qolmaydi, — momaqaldiroq paytida to`zon tinchib qolganidek.
57.    Dushman va janggoh ishlarini saranjomlab,
inon-ixtiyoringni bazmgoh ayshi tomon burasan.
58.    Kayoniy tojini boshing farqiga qiyshaytirib qo`yib,
ilohiy iqboling bilan Kayon taxtiga zebu oroyish berasan.
59.    Biror shohdan tortib olgan mulkni, bir gadoyga
bergandek, bir jilva bilan yurt oluvchilar qo`liga berib yuborasan.
60.    Xayfu ehsonning quyoshidan bahramand bo`lgan kishi
uchun, na dengizu na kondan javohirot izlashga hafsala qoladi.
61.    Ehsoning buyukligidan eng kichik yulduzdan to yuksak
falakkacha bahra topadi, ya`ni mablag`ingdan kattayu
kichikkacha sarmoya berasan.
62.    Ehson xodiming bazm dasturxonini yozganda,
ehson bazmingda oyu quyosh ikki kulcha bo`lib ko`rinar.
63.    Qizig`i shundaki, sening davringda na gadoy va na
muhtoj bor, — toki bundan dasturxondan jannat
nonini ushata olsin.
64.     Sening dasturxoningdan bahramand bo`lgan
gadolar — bunday to`kin dasturxon ne`matlarini
shohlarga tuhfa qiladilar.
65.        Dindorliging shu maqomga yetganki, agar bir
latif so`z aytsang, uning xosiyati bilan
otashparastlar ibodatxonasi muqaddas haramga aylanadi.
1.    Ey shoh, o`zing avval ikki yuz ayb bilan sotib
olding, bu foydasiz, hech narsani bilmaydigan bandani (meni).
2.    Sendan boshqa hech kim mening yaxshi-yomonimni
bilmaydi. Mening yaxshi-yomonimdan nimani ma`qul
ko`rish, nimani inkor etishni ham o`zing bilasan.
3.    Mening ta`rifu tanqidim haqida eshitmaganing
ma`qulroq. Shuningdek, u-bu kishilarning nozik
fikrlariga quloq tutishga hojat yo`q.
4.    Mening aybu hunarlarim haqida har narsa desang—
men-kamina, ularni jonu dilim bilan qabul etgayman.
5.    Saraton quyoshi harorati balandligi ta`siridan,
xurshidvash go`zallar katonga xaridor bo`ldilar.
6.    Barcha xizmatingda bo`lsin va lutfing xazinasidan—
saratonda libos tikib kiyishlariga katonlar tayyor.
 XAZON
Digar shud bahri sanҷidan barobar adli davronro,
Zi kofӯru zi mushk rӯzu shab du palla mezonro.
Valekin mushk afzuntar shavad, garchi havo az bard
Kunad kofurkorӣ har nafas kӯhu biyobonro.
Shud az yubsi dimog`i dahr savdo g`olibash on nav`,
Ki sozad dar savodi shab nihon a`zoi uryonro.
Nigar savdoii maҷnun shuda har sӯ shaҷar az chӣ?
Libos az bar fikanda barkashad az bod afg`onro.
Ba shuxoni shaҷar bingar, ki az bemorii mufrit,
Ayon gardand har sӯ za`faronii rangi bӯstonro.
Ba ҷӯi ob chun gul xӯrad on zardӣ bubin, yo xud
Falak dar ob afkandast aksi bargi ag`sonro.
Agar gul xӯrdanash xohӣ, ki gardad bar dilat ravshan,
Nishona dar labash yobӣ, gul dar komi pinhonro.
Hama zardӣ nagӯ, k-az rӯzi bozori nishoti day,
Xazon orosta aҷnosi rangorang dӯkonro.
Xazon nabvad magar shӯxoni gulshanro bahor omad,
K-zohir karda har yak dar libosi xesh alvonro.
Kafi xudro hino basta chanor az mahzi ra`noӣ,
K-az in dar iztirob afkanda xuboni gulistonro.
Shikasta sarv bahri dasti ӯ monandi mashshota,
Nigor az barg zohir karda naqshu hay`ati onro.
Chanor otash az on sozad ayon, k-az g`oyati shӯxӣ,
Zi tarӣ nigor basta, sozad xushk dastonro.
Sapedor az hariri limӯӣ v-az hullai asfar,
Base sharmandagӣ ovarda xurshedi duraxshonro.
Na bargi tut, k-az mum ast, karda naxlbandiho,
3-san`ati naxlbandi dahr zebi bog`u bӯstonro.
Bad-on hay`at, ki tubiro tu gӯӣ bargho rasta,
3-shakli sobitu sayyor husni bog`i rizvonro.
Chaman az bargi rummon shӯ`la afrӯzad. vale sozad
Dar ӯ axgar misoli huqqahoi la`li rummonro,
Ba har yak huqqa binӣ sad hazoron la`li rummonӣ,
Agar orӣ burun z-on huqqa gavharhoi pinhonro.
Zi rashk az qatrahoi xun, ki zohir kard az ӯ gardun,
Hamono, gar hamon dam karda xunolud paykonro.
Samoq otash zada dar pushtai xud, to ki birhonad,
Zi sarmo pushtaparvozoni atrofi kӯhistonro.
Dar avroqi razon naqqoshi sun` az xomai hikmat,
Ba rӯi zarvaraq az rangi la`lӣ rext afshonro.
21. Magӯ la`lӣ magar az bodai la`last on afshon,
Pai targ`ibi may dar inchunin fasle harifonro.
Ba bog` az bulbuli dostonsaro garchi asar nabvad,
Mug`annӣ ӯ bad-in matla` muzayyan soz dastonro.
Xazon z-avroq beh z-aknun ki zinat dod bӯstonro,
Xush oyad surxrӯӣ az sharobi zard mastonro.
Bideh soqӣ mai asfar ba rangi shӯ`lai ozar,
Ki boshad rӯshnoiho mayi rangin dehqonro.
Aҷab madfun, ki az ҷӯyi zarash dehqon chu bikshoyad,
Zi xok orad burun gӯӣ xavosi obi hayvonro.
Chӣ zebo bikri shӯxe, k-ӯ chu berun oyad az parda,
Dar-ӯ sad parda az kofarvashiho ahli imonro.
Chi xurshede, ki chun az mashriqi sog`ar shavad tole`,
Barafrӯzad ba shomi aysh sad sham`i shabistonro.
Va gar az rӯi otashnokash aftad partave dar dil,
Chu nori Musӣ afrӯzad dili arbobi irfonro.
Va gar az lutf binmoyad tariqi maҷlisoroӣ,
Dihad oroshi firdavsi a`lo bazmi sultonro.
Valekin nek n-oyad ҷuz ba bog`e, k-ash xazon sozad,
3i avroqi nuҷumosoi ravshan koxu ayvonro,
Ba bargi za`faronӣ obkash xathoi shingarfӣ,
Nishoni xuni ashk aftad rӯhi ushshoqi giryonro.
Kunad bargi murud az la`lfomӣ nozironro, hast,
Magar may dar kadu ovarda bud oyini bӯstonro.
Agarchi nest on mavsim, ki az gulho shavad gulshan,
Chi suratxonai Monӣ zuhuri sun`i Yazdonro.



 XAZON (Kuz)
1.    Davron adolatini o`lchash mezonlari o`zgardi,
tarozuning bir pallasida (kunduzning ramzi) kofur,
ikkinchisida (kechaning timsoli) mushk tortiladigan bo`ldi.
2.    Va lekin mushk ko`proq bo`ladi, garchi havo sovuqdan —
har lahzada tog`u biyobonda kofurkorlik qilayotgan bo`lsa, ham.
1.    Dimog`ning qurishidan dahr savdosining g`olibligi
shu qadar kuchandiki, go`yo yalang`och, ochiq a`zolarni
tun qorong`usi o`z pardasi ostiga olganday.
2.    Junun savdosidanmi, qara, daraxtlar  har tomon
yoyilib, libosini yechib tashlab, izg`irin shamoldan fig`on chekadi.
3.    Daraxt sho`xlari (shoxlari)ga qara, haddan ziyod
xastalikdan, qaysi tarafiga harama, hamma yoqdan
 daraxtzorning za`faron (sariq) rangi ko`zga tashlanadi.
6.     Ariq suvini ko`rgin, gul yutganidan sariqligi kuchaydi,
yo falak suvga xazon bo`lgan shoxlar bargining aksini solganmi?
7.     Ko`ngling ravshan bo`lishi uchun gul (ob) ichishni istasang
komingda yashirin gulning nishonasini uning lablaridan topasan.
8.    Barcha sariqliklarni day oyining xurram bozor
kuni sharofatidan dema, kuz o`z do`konlarini
ajoyib, rango-rang matolar bilan bezatgan.
9.    Xazon (kuz) emas, balki gulshan sho`xlari uchun bahor kelib,
har bir eshikda o`zining alvon rangli libosini namoyish qilarmidi?!
10.    Chinor o`z kaftlariga ra`nolik, zebolik uchun xino
bog`ladi, bundan  guliston xo`blarini iztirobga qoldirdi.
11.    Singan sarv uning qo`lini deb, mashshotaga o`xshab,
bargdan rang chiqardi, uning shaklu shamoyilini zohir eta oldi.
12.    Chinor bag`oyat sho`xlikdan otashini namoyon qiladi, qo`llariga
bog`langan ho`l xinoni jismidagi otash tufayli quritib qo`yadi.
13.   Oq terak shaffof harirdan va sariq rangdan zarrin libos
kiydiki, uning bu ko`rinishidan charaqlagan quyosh ham sharmanda bo`ldi.
14.    Bu gul yasovchilar yasagan, oddiy mumdan qilingan tut bargi
emas, dahr gulsozining san`atidan bog`u bo`stonlar oroyish topgan.
15.    Jannat daraxtlarini u holatda ko`rib, sen unda                            
barglar o`sgan deb o`ylaysan, aslida jannat bog`ining
husni muqim va harakatdagi sayyoralarning shakllaridandir.
16.    Chaman anor barglaridan shu`la taratadi, biroq
unda cho`g` misol anordek la`l qutichalarini yaratadi.
17.    Agar o`sha qutichadan yashirin gavhar donalarini tashqariga
chiqarsang, har bir qutichada yuz minglab anor-la`l donalarini ko`rasan.
15.    Gardun uning jismidan chiqargan qon qatralariga
rashk qilib, o`sha damda, o`sha lahzada nayzaning uchini qonga beladi.
16.    Samoq*o`z butalarida in qurgan tog` qushlarini   
sovuqdan himoya qilish maqsadida o`z-o`ziga o`t qo`ydi.
17.    Tok barglarida Azal naqqoshi hikmat qalami bilan 
zarvaraq yuziga la`l rangidan zebu ziynat berdi.
18.    (Zarvaraqlarga) sochilgan rangni la`ldan dema,
unga qizil sharob sachragan, suhbatdosh do`stlar
shunday faslda mayni targ`ib qilish payida bo`lganlar.
19.    Garchi bog`da sayroqi, xushxon bulbuldan asar
bo`lmasa-da,  mug`anniy, o`z sozingni o`sha matla` ohangida bezagil.
20.    Kuz endi o`zining behi rangli yaproqlari bilan
bo`stonga o`zgacha zeb berdi, — sariq sharobdan mast
bo`lganlarning yuziga qizillik xo`p yarashgandek.
21.    Ey soqiy, otash shu`lasi rangidagi sariq mayingdan
ber, chunki rangli may dehqon uchun ro`shnolik manbaidir.
22.    Ajib bir xazina: dehqon zar oquvchi arig`ini ochsa,
tuproq tagidan go`yo obi hayvon xosiyatini yuzaga chiqaradi.
23.    Go`zal bir sho`x, bokira va zebo (sanam) yuzidagi
pardani ochganda, uni ko`rgan iymon ahlining
kofirliklari yuz pardani ham hayratda qoldiradi.
27.    Uning may to`la  qadah kunchiqar tarafidan
ko`tarilgan quyosh kabi chiqib kelishi, — aysh
shomini yorituvchi yuz shamin ham hayratda qoldiradi.
27.    Agar nurli va otashln yuzidan dylga kichik bir shu`la tushsa,
ma`rifat (irfon) arboblari qalbini Muso o`tiday kuydiradi.
28.    Va agar lutf ko`rsatib majlis — davrani bezasa,
sultonning bazmiga jannat bog`laridek oro beradi.
30.    Va lekin biror bog` kuz pardoz bergan misol ko`rkam
emas, bu falak ko`shklari yashnatgan yulduzlardek yaproqlar ishi.
29.    O`ziga suv tortgan za`faron barglardagi qizil chiziqlar —
(hijronda) ko`zlaridan yoshu qon oqizgan giryon oshiqlarning ruhini eslatadi.
32.    Murud bargi qizg`ish rangi bilan nozirlarnö o`ziga
jalb qiladi, — (u) «bo`ston odatiga ko`ra qovoq
idishda may keltirmaganmikanlar?» (deb o`ylaydi).
33.    Garchi gullarning qiyg`os ochilish mavsumi bo`lmasa-da,
Alloh qudratining jilvasi oldida Moniy suratxonasi nima bo`libdi?
 BAHOR
Vazad bodi bahor ehyoi amvoti gulistonro,
Zi anfosi Maseho toza sozad olami ҷonro.
Kunad gul ҷilvayu, afg`on kashad bulbul va-z on har du,
Rasad bargu navo mahzundiloni bayt ul-ehzonro.
Nihad har lolai kӯhӣ purotash anbari suda,
Furӯ pӯshad ba kasbi atr bar kӯh abr domonro.
Dahoni g`uncharo dandonu toҷi lolaro zevar,
Chu meyobad, az-on durposh sozand abri naysonro.
5. Buvad az par zadan maqsudash in, k-otash barafrӯzad,
Zi axgarhoi bargi gul sahar murg`i saharxonro.
Farozi inchunin otash zi tahriki sabo har subh,
Chinor az g`oyati sarmo kushoyad dasti larzonro.
Kashand ahli sabӯhӣ bodai gulgun ba poi gul,
Navoho bo hazor oin muzayyan karda dastonro.
Bahore inchunin raftu xazone inchunin omad,
Hamesha xud ҷuz in kore naboshad charxi gardonro,
Shuda gulchehrai ma`shuq chunonu charx ovarda,
Ba rangi oshiqona oshiqi mahҷuri pazmonro,
Agar nashmurdӣ onro mug`tanam, inro shumur bore,
Ki inro ham nayobӣ, to biҷӯӣ hamchunon k-onro.
Ba rӯi shoxi zard in dam, ki bargi la`lgun binӣ,
Biboyad rextan dar ҷomi zar la`li Badaxshonro.
12. Bahori umrro didan, ki chun raftu xazon omad,
Xazon ham bigzarad to bingarӣ in koxi vayronro.
Agar xohӣ bahori bexazon binӣ, varo bingar
Bahoristoni xalqi xusravi Eronu Tӯronro.
Magӯ Xusrav, ki to haftum padar sulton bin sulton,
Chӣ sulton, balki to haftod volid xon bin xonro.
Abulg`ozӣ sipehri saltanat Sulton Husayn — on shah,
Ki az daryoi ҷӯdash qatra yobӣ bahru ummonro.
Zi nutqash bastagiho nuktai Isoi Maryamro,
Zi royash tiragixo panҷai Mӯsoi Imronro.
Kamina chokari rumiyash bin dar xayli Qaysarro,
Kamina bandai chiniyash don dar peshi Hoqonro.
Shahanshohe, ki sad xoqonu qaysar bandason boshand,
Chu andozad ba farqi ahli olam zilli ehsonro.
Falak ҷohe, ki darbononi dargohash dame sad rah
Zi na`li mӯza chunbonand mag`zi farqi Kayvonro.
Chu na`li zar ba yak-du mexi kavkab raxshro bandad,
Ba po to aftadu yobad gadoӣ mehri raxshonro.
Chu andar hikmati asrori xilqat fikr bigmorad,
Biyobad, onchi maxfӣ monda Aflotuni Yunonro.
Zihӣ shohe, ki az royi tu boshad ravshanӣ har rӯz,
Ba gardun mehrro z-on son, ki az vay mohi tobonro.
Buvad ҷazmat ba har kore ki boyad kard to hadde,
Ki az xotir ba bodi tir bӯston doda nisyonro.
Ba bahru kon z-abru oftob on durru yoqute,
Ki xohand ar nayoband. az kafat yoband tovonro.
Falak hamchun kavokib gardad az davroni xud roҷe`.
Ba raҷ`at gar rasonad qosidi amri tu farmonro.
Shavand afloku anҷum gar ba chashmi tarbiyat, binӣ,
Ba rӯzi bor xirgahro dar ӯ gulhoi kamsonro.
Ba bahru bar g`araz qasdi daraxti umri xasmi tust,
Nahang ar arraro dar kor dorad pildandonro.
Dusad maydoni ҷahd, chun gӯy har gah chobuki azmat.
Ba tarfe gumbazi gardun  rasonad nӯgi chavgonro.
Zi qa`ri tirai chohi taxayyul hikmati ra`yat,
Burun oyad na sad mohi Muqanna`, mohi Kan`onro.
Buvad bandu kushodi koinot az amru nahyi tu,
Xirad bar charxi anҷum bandad in behuda bӯhtonro.
Base non chun mahu xurshed soilro shavad rӯzӣ,
Ba bazm ar gustarad qassom ҷudu hashmati xonro.
Taxayyul gar nabandad naqsh chun zoti tu mavҷude.
Dar in mabhas xirad har dam namoyad man` imkonro.
Ba daf`i sehri a`do gar qadam monӣ, zamon fahmad
Ham az zoti tu Mӯsoro, ham az rumhi tu Sӯ`bonro.
Ba rӯzi rastaxezi kin, ki gurdoni dag`o xohand,
F urӯ shondan ba obi teg`u paykon gardi maydonro.
G`irevi kӯsi harbӣ har zamon dar iztirob orad,
Ba maҷroi miyoh andar uruqi arzi sharyonro,
Sinonhoro nayistoni balo binӣ, zi anbuhӣ
Zi bas gulgunalam otash fitoda on naistonro.
Ayon gardad qiyomat az taharruk dar du kӯhi saf,
Ki ummedi hayot on dam namonad nav`i insonro.
Zi gardi razmgah abri balo rӯ bar sipehr orad,
Falak z-on abr bar atrof rezad tiri boronro.
Zi bas g`ilzat g`ubori sarsari ofat kunad tira,
Hama chashm zarraro, sar ba sar bal rangi xuftonro.
Kashida teg`i kin chun oftob on rӯz har ҷonib,
Ba pӯya afkanӣ chun ashhab afloki yakronro.
Burun orӣ dimor az rӯzgori xokivu obӣ,
Nagӯyam puri dastonro, ki bal Somi Narimonro.
Ba har zarbe ki andozӣ chi az xanҷar, chi az ruin,
3i tan orӣ burun xonro, ba xun omexta ҷonro.
Ba har nayza, ki bar poyi savorӣ afkanӣ bar charx,
Nayoyad bar zamin naspurda andar osmon ҷonro.
Ki gar kӯshish namoӣ fathi iqlime ba har hamla,
Gahi baxshish ba yak soil bubaxshӣ hosili onro.
Chu az maydoni razmu ҷaysh bargashta ba firӯzӣ,
Pai oini bazmu aysh zinat baxshӣ ayvonro.
Farozi taxti Ҷamshedu Faridun afkanӣ maskan,
Furӯ shishta zi xurshedi du oraz kard maydonro.
Pai xushholii ahli tarab az nuktai ҷonbaxsh,
Sikandarvash furӯ rezӣ ba sog`ar obi hayvonro.
Ba davrat soqiyoni mohpaykar boda gardonand,
Kashida mutriboni Zӯhraoin savtu ilhonro.
Turo bo on tavonoivu zarbi teg`i olamgir
Dihad rӯ olami digar, ki rezӣ ashki g`altonro.
Xayoli dardmandihoi ishqat uftad dar sar.
K-az ohu ashk zohir sozӣ andar bazm tӯfonro.
Zi ohi sard ahli bazmro dar dil zanӣ otash,
Ki dida burd, k-ӯ zohir kunad chun barq nironro.                                              
52.    Ba bazlat bahri vuҷudat nayorad tob az on ma`nӣ,
Ki sozӣ xushk zarfi bahrro, xolӣ kunӣ konro.
Shaho, az ӯhdai madhi tu berun omadan sozad, —
Maro oҷiz, chunon k-az vasfi Xayrunnos Hassonro.
Hamon behtar, ki n-oram bar zabon g`ayr az duogӯӣ,
Nasozam munfail az madhatat tab`i pareshonro.
Hamesha to ki ba`d az raftani fasli bahor oyad,
Xazonu sha`n in boshad durangihoi davronro.
Bahori bog`i ҷohat bod az bodi xazon emin,
Mabinad az kamol oini iqboli tu nuqsonro.
3-mulkoroivu adlat ҷahonro bod ma`murӣ,
Xususan mulki Eronro, dar ӯ xalqi Xurosonro!




















 BAHOR
(Ko`klam)
1.    Bahor shamolining esishi, guliston gullariga yangidan hayot
bag`ishlaydi, go`yo Masiho nafasidan jonlar olamini yangilaydi.
2.    Gullar jilva qiladi, bulbul afg`on chekadi,
bularning har ikkisidan — g`am uyidagilarning
hazin dillariga (yangi) yaproq va navo yetadi.
3.    Har bir tog` lolasi maydalangan otashin anbar hidini taratadi,
atrning xushbo`y isini kasb etib, tog` yuzasini bulutdek qoplaydi.
4.    G`unchaning og`zi tish bilan, lola esa toj bilan
go`zal, ular bunga erishgach, bahor bulutlaridan dur yog`diradi.
5.    Gulning otashin yaproqlari ishqnda saharda
sayrovchi qushlarning — qanotlarini qoqishdan
maqsadi o`tni yelpib lovillatishdir.
1.    Otash shu`lasining bu qadar balandligi har sahar esadigan
sabodandir, chinor sovuqning zaptidan qaltiroq qo`llarini ochadi.
7.    Tong xumorini yozuvchi ichuvchilar gulgun qadahni gul butasi ostida
ko`taradilar, navolar ming ohangda sado berib, maqom zebiga zeb qo`shadi.
8.    Bahor shu tarzda ketdi-yu, kuz shundayin keldi, aylanuvchi charxning
hamisha shunday holatni takrorlashdan boshqa ishi yo`qdir.
9.    Ma`shuqning guldek chehrasi shunchalar o`zgardiki,
charx — hijrondagi nimjon oshiqni oshiqona tusga kiritdi.
10.    Agar   uni   g`animat   bilmading, buni (bahor damlarini) g`animat
bilgin, keyin izlasang, buni ham topolmaysan, shuningdek, uni ham.
11.    Sarg`aygan shoxlar ustida bu dam ko`rganing la`lday tovlanuvchi
barg, ehtimol, zarrin jomga Badaxshon la`lining to`kilganidir.
12.    Umr bahorini ko`ryapsan-ku, o`tib ketdi-yu, xazoni keldi,
Bu vayrona qasr (charx)ni ko`raman deguncha, xazon (kuz) ham o`tib ketgusidir.
13.    Agar bexazon bahorni ko`rishni istasang, uni ko`rgil —
Eronu Turon podshohi xalqining bahoristonini.
14.    Dema xusrav, balki uning yetti otasi sulton ibn sultondir,
sulton nima, uning yetmish avlodi xon ibn xondir.
15.    Abulg`oziy — saltanat gumbazi, Sulton Husayn, u shohniing —
saxovat daryosi oldida dengizu ummon qatra kabidir.
16.    Nutqidan Maryam Isosining tili tutiladi,
ra`yidan Imron Musosining panjalari xira tortadi.
17.    Meni Qaysar oldida turgan uning rumlik bir xizmatkordek ko`r,
meni Xoqon oldida turgan uning xitoylik quli deb bil.
18.    Xizmatida yuz xoqonu qaysarlar quldek kamarbasta
bo`lgan shahanshohning, olam ahlini o`zining behad 
xayru ehsonlari bilan himoyasiga olishini ko`r.
19.    Falak shunday joyki, dargohining eshik og`alari har damda yuz
karra — etiklari poshnasidan Zuhal yulduzi mag`zini titratadilar.
20.    Oltin taqaday bir-ikki yulduz mixlariga otini bog`laydi,
uning oyog`iga tushib, porloq quyosh gadoylik darajasini topadi.
21.    Yaratilish sirru asrori hikmati haqida fikrlaganda,
Yunon Aflotuni uchun ham maxfiy qolgan sirlarni topadi.
22.    Har kunning ravshanligi sening ra`ying bilan bo`lgan
shohligingga ofarin, aylanuvchi falakda
Quyosh ham, undan keyin mohitobon ham (ra`yingga qaraydi).
23.    Jazm qilgan ishlaring shunchalar ko`payib ketdiki, 
bo`ston xotirida tir oyini o`ylab unut bo`lib ketdi,
24.    Dengizu konda bo`lutu oftob tufayli jilvalanuvchi
durru yoqutsen, o`sha javohirotni izlovchilar uni
topolmasalar, sening kaftingdan oladilar.
25.    Falak ham yulduzlar kabi o`z doirasi bo`ylab aylanib
qaytadi, agar sening amringni bajaruvchi
chopar qaytish haqidagi farmoningni yetkazsa.
26.    Falak va yulduzlarga tarbiya ko`zi bilan qarasang,
o`tgan kunlarga nisbatan (bu) chodirning
noyob gullarga to`lganini ko`rasan.
27.    Yeru suvda dushmanlaring umring daraxtini kesish
qasdida bo`lsa, buning uchun nahang orqasi arrasining
parraklari filning qoziq tishlaridan bo`lishi lozim.
28.    Guy (to`p) kabi ikki yuz mardi maydon — doimo
tayyor (shotir)laring chavgon tayoqlarining
uchini falak gumbaziga yetkazadilar.
29.    Xayolot chohining qorong`u qa`ridan hikmatli
bayrog`ing — nafaqat yuz Muqanna cheharasi,
balki Yusufi Kan`on bo`lib ko`tariladi.
30.    Koinotning rivoji yoxud inqirozi sening amru
nahyingdandir, bu behuda bo`htonni ilmu
donish ahli aylanuvchi charxga bog`laydi.
31.    Agar ehson ulashuvchi bazmda hashamatli dasturxonini yozsa,
tilanganga oyu quyosh kattaligida non nasibi ro`ziy bo`ladi.
32.    Tasavvurda sening zotingdek ulug` zot topilmasa, xirad
ahli bu mavzuda qanchalik bahslashmasin,
bir xulosaga kelmoq uchun aql imkoniyatlari mone`lik qiladi.
33.    Dushmanlar sehrini daf etishga qadam qo`ysang,
zamon tushunadiki, sening zotingdan Musoni,
nayzangdan So`bon (ajdaho)ni anglash mumkin.
34.    Urush-janjal kunida qahramonlar makr-hiyla 
qilmoqchi bo`lsalar, maydon changini tig`u paykon
suvi bilan bostirib qo`yaqoladilar.
35.    Harbiy nog`ora g`ulg`ulasi quloqqa chalinishi
bilan yurakka iztirob soladi, suvning harakati bilan,
go`yo yerning tomirini junbushga keltiradi.
36.    Nayzalar zichligi dahshatli qamishzorday bo`lib ko`rinadi,
alvon bayroqlarning haddan ziyodligidan,   ul qamishzor
alanga yolqinida qolganday ko`rinadi.
37.    O`zaro urushayotgan taraflarning ikki qator tog`ni
eslatuvchi safining harakatida qiyomat namoyondir, bunday
manzarani ko`rgan insonning bu damda yashashdan umidi qolmaydi.
38.    Jang maydonidan ko`tarilgan chang-to`zon balo bulutlari
misol osmonga o`rlaydi, falak ham o`sha
bulutlardan atrofga o`q yomg`irinn yog`diradi.
39.    (Sarbozlar harakatidan) ofat to`zoni quyuqlashib,
hammayoq qorong`i bo`lib qoladi, safda ko`zlar
tuproqqa to`ldi, olamnn go`yo xufton pardasi qopladi.
40.    Oftob nayzalari misol o`sha kuni har tarafdan 
adovat tig`lari tortildiki, go`yo falak
rango-rang otlarini yo`rttirib ketayotganday.
41.    Quruqlik va suvda yashovchilarni tor-mor qilish
bilan cheklanmay. Rustami dostonnigina emas, balki
(uning bobosi) Narimonning ham dodini berasan.
42.    Xanjar yoxud dubulg`adan yetkazadigan har bir
zarbang bilan, tanidan yegan (ovqat)ini ham,
qoniga qo`shib jonini ham chiqarmay qo`ymaysan.
43.    Har bir nayzangga sanchib, osmonga otgan otlig`ing,
osmonda jonni topshirmay, yerga qaytib tushmaydi.
44.    Har bir hamlang bilan biror iqlimni fath etishga
intilsang, uning hosilasini goho biror so`ragan
kishiga in`om  qilib yuborasan.
45.    Lashkaring bilan jangu jidol maydonidan g`alaba
bilan qaytganingda, bazmu aysh   barpo etish
yo`lida ko`shkka ziynat bag`ishlaysan..
46.    Jamshidu Faridun taxtidek yuksaklikni maskan qilding,
(go`yo) Oftobdan tushib kelib, maydon (er sathi)ni ikkiga ajratib yubordi(ng).
47.    Majlis ahlining xushholligi uchun jonbaxsh so`zlaring
bilan birga, Iskandar Zulqarnaynday qadahlarga obi hayot quyasan.
48.    Atrofingda mohpaykar soqiylar qadah aylantiradilar,
Zuhravash cholg`uchilar kuy-qo`shiqni avj pardaga yetkazadilar.
49.    Shunchalar qudratingu olamni olishga qodir tig`
zarbang bilan, ajib yumshoqliging ham borki,
bunday paytlarda ko`z yosh to`kasan.
50.    Sening otashin ishqing dardlari xayoli boshga
tushgach, oh-voh va ko`z yoshidan bazmda to`fon solasan.
51.    Sovuq bir oh bilan bazm ahli yuragiga shunday o`t 
urasanki, buni ko`rgan sovuq havo falakda
momaqaldiroq shovqin-suroni tug`ilishi uchun yo`l ochib beradi.
52.    Sening vujudingdagi in`om-ehson mayli dengizday
bepoyon, unga kon tob berolmaydi, bu masalada sen
dengizni quritib, konni bo`shatib qo`yasan.
53.    Shoho, sening maqtoving uddasidan chiqish men uchun     
mushkul, bu Hisonning Xayrunnos (Muhammad
payg`ambar) vasfi oldida ojiz qolgandek bir gapdir.
54.    Yaxshisi, tilimni sening haqqingga duodan boshqaga
ochmaganim ma`qul, chunki parishon tab`im maqtovingni
uddalay olmay, oldingda sharmanda bo`lib qolishi mumkin.
55.    Hamisha toki bahor   fasli ketganidan keyin, kuz
kelgach, davronning ikkiyuzlamalik holati ham shundandir.
56.    Martabang bog`i bahori kuz shamolidan omon bo`lsin,
kamolu shavkating, iqboling aslo nuqson ko`rmasin.
57.    Davlatni boshqarishu adolatingdan jahonda
ma`murchilik bo`lsin, xususan, Eron mulkini va unda
Xuroson xalqini ham shunday saodat chulg`asin!
 DAY
Zi xirgahi falak otash nuhuft dudi sahob,
Daro ba xirgahu otash furӯz az mai nob.
Namuna bahri mushamma` namud qavsi quzah,
Payi lifofai xirgohi osmon zi sahob.
Agar na abr lifof ast bahri xirgahi charx,
Zi tori qatra charo har taraf kashid tanob?
 4. Zi baski simfishon gasht abri simobӣ,
Zi simi barf zamin shud chu Qulzum simob.
Zi bahri day agar-t orzӯ buvad dar aysh,
Biyovu kishtii daryoi la`lro daryob.
Shahest gulxane az shӯ`lavu zi xokistar,
Qi hast on yakash altoye in digar sanҷob.
Ba sӯi mag`rib n-orad shudan zi mashriq mehr,
Agar nayafkanad az abr pul ba rӯi xalob.
Daromadan ba rikob astu burdani sarmo,
Dar ӯ fano shuda, gӯyo ba poi xalq rikob.
Havo xazida zi sarmo dar ohanin gunbad,
Ba rui ob, ki yax basta qubbahoi hubob.
Magӯ hubob, ki az shiddati burudati day,
Chu farshi sim shuda sathi mӯhrai girdob.
Furӯg`i orazi xubon ba gohi yaxmola,
Buvad chu bar falaki obrang nuri shahob.
Chu bum shӯ`la shavad parzanon, zi shiddati bard,
Zugolvor dar-ӯ uftand xayli g`urob.
Zi bas bayoz, ki bar chashmho rasid az barf,
Ba soni surma aziz omada savodi turob.
Magӯy surma, ki chun mushki nob xoki siyoh
Ba zeri pardai kofurgun shuda noyob.
Zi parda, bin, ki sirisht ast ankabutoso,
Ki dar dahonash hama tori sim gashta luob.
Ba larza ҷussai muflis zi shavqi otashi tez,
Mushobehi dili maxmur az havoi sharob.       
Shuda chu ҷazri asam gӯshi muflison zi samo`,
Ki du kitf shuda bar rahguzori gӯsh hiҷob.
Ba ҷismi shaxs taharruk namonda ҷuz larza,
Chu mayyiti mutaharrik zi qudrati vahhob.
Dar ob mohi behis chu mex rafta ba xok,
Ba xok mor fitoda ba soni basta tanob.
Guzashta chun malah az pusht har taraf zonu,
Har on ki buda baham dastsoy hamchu zubob.
Chu dida shӯ`la ba rangi pari malaxi ҷasta
Dar ӯ ba soni malax karda xeshro nurtob.
Daruni halqai chashm ashk basta chun aynak,
Vale ba chashm az on ne furӯg`i kasbu na tob.
Zi bodi qotili day murda otashi Zardusht,
Ki gashta az dami Isoyash zindagӣ noyob.
Dar in zamon ki zi sӯroxi sӯzanӣ sarsar
Chunon vazad, ki shavad zi ӯ binoi umr xarob.
Chu nor xona talab kun, girifta ravzani ӯ,
Dar ӯ chu donaash axgar, chu obi ӯ mai nob.
Mug`anniyu harifiyu soqii dilkash,
K-az in se-chor nayoyad adad fuzun ba hisob.
Nishot kun, ki mug`annӣ ado kunad, in she`r:
Ba yodi maҷlisi shohanshahi rafe` ҷanob.
Ki ey, zi orazu lab goh mayli bazmi sharob.
Dar ob soxta otash ayon, dar otash — ob.
29.    Ba g`ayri rӯyu dahonat nadida kas zarra,
Daruni doirai oftobi olamtob.
Gahi xiromi qadat gu: «biyo muoyana bin»,
Har on kas, ki nadidast — umrro ba shitob.
Niqob monei nuri ruxi tu nest, ki nest
Chahor pardai gardun ba oftob hiҷob.
Kasham xayoli turo rishtahoi ҷon basta,
Zi bahri vasl haminam murattab ast asbob.
Chu rohi chashm bubastam ba porahoi ҷigar,
Darun xayoli ruxat monda budu, berun  - xob.
Ba bӯi vasl nihad rӯ ba dargahat, Fonӣ,
Chunon ki ahli ibodat ba gӯshai mehrob.
Muyassar ar shavad rӯ ba dargahi shohӣ, 
Niham, ki kӯhli murod ast  xokash az hama bob.
Ba kilki sun` Abulg`oziyash laqab gashta,
Laqab, ki gufta qazo k-on ahsan-ul-alqob.
Nuҷumi kavkabai Sulton Husayni daryodil,
Ki bahri rif`at ӯro falak shudast hubob.
Sipehr chatri mu`alloshro ba tahi soya,
Charo, ki qubbai ӯ gashta mehri olamtob.
Nuҷum raxshi sabukposhro ba na`li Siyom,
Charo ki pӯyai ӯro sipehr gashta turob.
Zihӣ, ba poyai rif`at turo makon ҷoe,
Ki lomakonash chu taht-us-saro shuda ba hisob.
Chu xohӣ ba zirvai hashmat turo mahalli avҷe,
Ki Arsh gashta ba xoki hazizi ӯ noyob.
Samandi azmi turo sur`at onchunon, ki ba butv,
Namuda charx sare`ash chunon, ki xar ba xalob.
Rikobi hilmi turo on subot, k-andar chashm
Namuda arzi karonash chu osmon ba shitob.
Zi dasti ҷӯdi tu shud bahru kon chunon xolӣ,
Ki kӯh tӯdai xoshok gashta, bahr sarob.
Zi lutfi omi tu gar neku badi ҷahon mun`im,
Ki kas savol nayobad ba sad hazor ҷavob.
Nasimi gulshani xulqi tu chun vazid ba rӯh,
Dami Maseh namuda chu dudi nori azob.
Sharori shӯ`lai qahrat chu ҷasta ҷirmi sipehr,
Hazor barqi balo karda bar zamini purtob.
Shuda zi teg`i tu vayron imorati tani xasm,
Shavad chunon, ki imorat zi obi tez xarob.
Dili adut zi paykoni novakat murda,
Chunon, ki shӯ`lai nori kӯhan zi qatrai ob.
Zi sahmi tiri tu fath hazor hisni hasin,
Bale, g`amom zi boron namuda fath- ul-bob.
Payi fuzunii ishrat ba bazmi hashmati tu,
Ki on zi maddi kamoncha ast yo navoi rubob.
Falak zi gesӯi Nohid bandad onro mӯe,
Qazo zi pari maloyik ba in dihad mizrob.
Sipehri qadri tu bahre, ki ba har g`arqai xasm,
Buvad hazor chu gardun doirai girdob.
Dar on zamon, ki zi bodi fitan g`ubori balo,
Kashad niqob ba ruxsor mehri olamtob.
55.    G`irevu kӯsi dag`o on qiyomat andozad,
Ki bigsaland zi ham ushturoni charx tanob.
56.   Du saf ba hay`at du kӯhi ohan az pai qatl,
Ki rasta dar vay az teg`u nayza surati g`ob.
Pai shikori tazarvi hayotu tӯtii rӯh,
Parad xadang zi zog`i kamon ba boli uqob.
Diram ba sikkai mulki adam rasad az gurz,
Chu bar pashiza ҷavshan zanand chun zarrob.
Ba soni teg` hama az favod xun lesand,
Chunon ki gohi g`izo az ҷigar zaboni zubob
Chu hamla ҷonibi xasm ovarӣ, dar on soat
Kashida teg` zi zilli livoi fathmaob.
Chunon zi ҷo ravad az sadmai tu safi adu,
Ki kӯhi xoru xas az peshi tundrav selob.
Vazad nasimi zafar bar livoi mansurat,
Ba har taraf, ki tavaҷҷӯh kunӣ baroi savob.
Zafarpanoh, sipohi turo ba har ҷumla,
Nidoi fathi mubin bishnavad zi g`ayb xitob.
Zi razmgah chu ba ayvoni bazm ronӣ raxsh,
Hazor Kisrovu Kayxusravat ravon ba rikob.
Daruni qasri falak rif`ati ҷahonoro,
Nihoda bazmi Kayonӣ kunӣ chu mayli sharob.
Yaqin, ki darxuri on razm boshad in bazmat,
Ki davri charx nadidast misli har du ba xob.
Ba sa`y har chi zi shohon girifta boshӣ mulk,
Kunӣ atoi gadoyon ba madhi beitnob.
Hamesha to ba shito pӯshad abri kofurӣ,
Zi barf pardai kofurgun ba ҷurmi turob.
Ba maҷlisi mai kofurtab`u mushkinatr,
Ba aysh bod muqavvӣ ba rangi la`li muzob.
Hazor bor ҷavonmardiyat chu Barmaku Tay,   
Hazor sol ҷavonbaxtiyat chu ahdi shabob.























DAY
(Qish)
1.    Falak chodiridan ko`rinayotgan otashni bulutlar pardasi
to`sdi, chodirga kirginu tiniq, qizil maydon otashga zo`r ber.
2.    Falakda ko`ringan kamalak har qanday soyabonga o`rnak bo`ldi,
osmon chodiri esa bulutlardan o`ziga yopinchiq yasash payiga tushdi.
3.    Agar charx chodiri bulutlardan yopinchiq — jildini olmaganda
edi, nega qatralar toridan (tomchilardan) har tarafga iplar tortadi?
1.    Simobiy bulutlar kumushrang zarrachalarni ko`p sochganidan,
er qorning kumush rangidan dengiz sathiday simobiy tusga kirdi.
2.    Agar qish quchog`ida aysh surish orzusi uyg`onsa,
kelginu, la`l daryosida suzuvchi kemani top.
3.    Shu`la va kuldan iborat bir gulxan shohlikka  tengdir, chunki
ulardan biri altoyi*va ikkinchisi sinjobiy**ga barobardir.
4.    Quyoshning sharqdan g`arbga mo``tadil harakati,  bulutdan
botqoqlik yuziga (nurdan) ko`prik solinmaguncha ko`zga tashlanmaydi.
5.    Uzangiga oyoq qo`nishing bilan sovuqdan g`olib kelasan,
fanodan joy olishing, go`yo xalq oyog`iga uzangidek.
6.    Havo sovuqdan qochib temir gumbaz ichiga yashiringan,
suv yuzasidagn pufakchalar qubbalarday muz bog`lagan.
7.      Pufakchalar dema, balki qish sovug`ining shiddatidan,
girdob sathi kumush to`shama palos tusini olgandir.
11.    Yaxmalak uchadigan satxda go`zallar orazining shu`la
sochishi, go`yo moviy osmonda uchar yulduz nuridek ko`rinadi.
12.    Sovuq shiddatidan shu`la kalxatday qanot qoqadi, qora qarg`alar
to`dasi so`ngan ko`mir parchalariday yerga tappa-tappa tusha boshlaydi.
12.      Qor tufayli ko`zlarga urib turgan oqlikning zo`ridan qaro
er ham (ko`zlarni quvvatlantirmoq uchun) surmadek aziz bo`ldi.
13.    Surma dema, qora tuproq toza mushkday kofuriy
parda tagiga kirib yashirindi.
14.    Pardani ko`tarib qara, o`rgimchakdek yomon ko`rinadi,     
uning og`zida kumushsimon torlar so`lakka aylangan.
15.    O`tkir olov orzusida kambag`alning jismi larzada, bu go`yo
mast kishi dilining sharob hidinn tuyish holatiga o`xshaydi.
16.    Muflislarning qulog`i tug`ma karlarday
eshitishdan qolgan, go`yo ularning ikki yelkasi
eshitish yo`llarini pardaday to`sib quygan.
17.    Kishi jismida qaltirashdan boshqa harakat
qolmagan, ularning bu xolati jon bag`ishlovchi (Tangri)
qudratidan larzaga kelgan harakatdagi murdalarni eslatadi.
18.    Muz ostida behis yotgan baliq tuproqqa qoqilgan         
mixni eslatadi, tuproq ustidagi ilon esa go`yo
eshilgan arqondek harakatsiz yotadi.
20.    Chigirtka kabi orqasidan har tomonga tizzalar chiqib,
bor odam — hammasi, pashsha kabi qo`llarini bir-biriga ishqalaydi.
21.    Shu`lalarning ko`rinnshini sakrayotgan
chigirtkalarning qanoti deb o`ylab, unga chigirtkaga    
tashlanganday tashlanib qoladi.
22.    Ko`z (halqasi) ichida qalqigan yosh kuzoynakni  eslatadi,
biroq bunday oynakdan ko`z na yorug`lik va na harorat kasb etadi.
23.    Qish (day)ning qattol shamolidan Zardushtning
otashi o`chadi, hatto Isoning nafasidan ham
tiriklik qayta paydo bo`lmaydi.
24.    Bu zamonda ignaning teshigidan ham o`tgan qattiq 
shamol shunday esadiki, inson umr binosini ham xarob etadi.
25.    Anor kabi teshigu tuynugi yo`q bir xona izla,
undagi donalar cho`g`, suvi esa tiniq va qizil sharobday bo`lsin.
26.    Mug`anni-yu, ahli dil va dilkash soqiy payida bo`l,
ana shu uch-to`rt hisobni oshirishdan manfaat yo`q.
27.    Mug`anniy bu she`rni nafosat bilan ijro etganidan 
shodlan, oliqadr shahanshohning majlisini yodga olib.
28.    Ey, orazu labdan, ba`zan sharob bazmini 
qo`msaganlar bunday mayl suvda otash va  
otashda suv yasamoq bilan barobardir.
29.    Olamni yorituvchi bu oftob doirasi ichida — 
sening chehrayu og`zingdan boshqa bejirim narsani hech kim ko`rmadi.
30.    Qaddu qomat va xiroming chog`i, aytgin, kelsinu
havas bilan ko`rsin, bundan bebahra qolganlar esa,
dunyoga shundoq keladi-yu, shitob bilan o`tib ketadi.
31.    Niqob sening chehrang nurini to`sish uchun to`siq 
bo`lmaydi, bo`lolmaydi, bu — gardunning to`rt 
pardasi oftobga hijob bo`lolmaganidekdir.
32.    Sening xayoling yukini jon iplari bilan bog`lab
tortaman, chunki sening vaslingga erishish uchun
menda mavjud asbob faqat shudir.
33.    Ko`zim yo`llarini (nigohimni) jigar poralari bilan
to`sganimda, ichkarida  orazing xayoli-yu,
tashqarida — uyqu qolgan edi.
34.    Vasling bo`yi umidida, Foniy dargohingga yuzini
qo`yadi, bu ibodat ahlining mehrob go`shasiga bosh qo`yishidekdir.
35.    Agar shohlik dargohiga yuzlanishga muyassar bo`lsam,
o`sha muborak dargohning har jihatdan murod bo`lgan
xokini surma o`rnida ishlatar edim.
36.    Azal qalami bilan laqabi Abulg`ozin bitildi, qismatida
yozilgan bu muborak laqab uning jismu jonida namoyondir.
37.    Qalbi daryo Sulton Husaynning yulduzi
porloqligidan, yuksakligi shunchalarki, falak ham
uning oldida pufakdek gap.
38.    Falakning yuksak chodiri sening soyaboning ostidadir,
negaki, o`sha chodirni tutib turuvchi tirgaklarning 
qubbalari olamni yorituvchi oftobga o`xshaydi.
39.    Yulduzlar olami uchqur raxsh (ot) taqasi ostida
Siyom tog`idaydir, negaki, uning oyoqlari ostida
osmon ham tuproqdek (past) bo`lib qoladi.
40.    Sen yuksalish pog`onalarida erishgan makoningga tasanno,
 go`yo lomakon ham uyning ostki xonasida  qolganday hisob.
41.    Hashamat cho`qqisi senda avj pardaga yuksalganiga ofarin,
hatto Arsh ham uning eng past tuprog`iga teng kelolmaydi.
42.    Qaroring samandi (oti) sur`ati shu qadar shiddatliki,
u senga shoshqaloq charxning harakatini
eshakning botqoqdagi yurishiday qilib ko`rsatadi.
43.    Muloyimliging uzangisi — ko`zga tashlanib turgan 
o`sha sabotu matonatdir, o`z sohasining
kengligini shitobli osmonday ko`rsatdi.
44.    Sening saxovating tufayli dengiz va konlar
shunchalar bo`shab qoldiki, oqibatda tog` bir
g`aram xashak bo`ldi-yu, dengiz esa sarob.
45.    Sening umum iltifotingdan jahonning yaxshi-yomoni
birday bahramand bo`lsa, kishi yuz ming javob  oldida,
birgina savolni ko`ndalang qilish uchun ham iloj topolmaydi.
46.    Sening xulqing gulshanidan ruhlarga esgan nasim,
Iso Masehning nafasini ham do`zax olovining tutunidek qilib qo`ygan.
47.    Zahring otashi shu`lasi osmoniy jismlarga
etganda, undan yerga yuz ming balo chaqinlari yog`iladi.
48.    Sening tig`ing qudratidan dushmanlaring jismi
imorati vayron bo`lgan, bu suv to`fonidan xarobaga 
aylangan imoratlar holatini eslatadi.
49.    Dushmanlaring dili kamoning nayzalaridan o`ldi, bamisoli
gulxandagi oxirgi cho`g`larning bir qatragina suvdan o`chganidek.
50.    Sening o`qlaring zarbidan har qanday mustahkam
qal`alar ham fath etiladi, hatto osmondagi oq
bulutlardan yog`iladigan yomg`ir ham senga g`alaba tilaydi,
51.    Sening hashamatli bazmingda ishratni avj oldirish uchun,
mug`anninlar kamonga yoxud rubob ohanglariga zo`r beradilar.
52.    Falak ularga (kamonga va rubobga) torlar o`rniga 
Nohid (Zuhra) yulduzidan soch tolalarini olib
bergan, qismat esa mug`anniyga noxun o`rnida
maloikalar parlarini ravo ko`rgan.
53.    Sening qadring osmoni har qadamda bir g`animlarga
liq to`la dengizdir, ular qanchalik ko`p bo`lmasinlar,
 gardun doirasi girdobiga tushib yo`q bo`ladilar.
54.    Fitna shamollari kuchayib, balo g`uborlarini
yog`dirgan zamonda, olamni yorituvchi quyosh yuzini
niqob bilan to`sganday bo`ladi.
55.    Fitna, makru hiyla nog`orasining shovqin-suroni
qiyomatni eslatadi. bunday manzara charx tanobiga 
bog`langan tuyalarni ham bir-biridan ayrib tashlaydi.
56.    Ikki saf bir-birining qatli uchun qo`zg`algan ikki temir
tog`ni eslatadi, tig`u nayza o`sgan ajib o`rmonni xotirga keltiradi.
57.    Hayot tustovug`i va ruh to`tisini ov qilish ilinjida,
kamon zog`idan uchgan o`qlar burgut qanotlariga sanchiladi.
58.    Sariq chaqalardan, tanga zarb qiluvchidek, sovut     
qilganlarida, yurtning oltin yoki kumush pullari
to`qmoq zarbasidan yo`qlikka yuz tutadi.
59.    Tig`ga o`xshab hamma yurak qonini yalaydi,
bu hol — ovqat paytida pashshalar jigarga qo`nib,
tillari bilan ozuqa olishlaridekdir.
60.    Sen dushman tarafiga hamla qilsang, u vaqtda,  ular
fotihlik maqomidagi.kishining bayrog`i soyasida tig` suradilar.
61.      Sen yetkazgan zarbadan dushman safi shunday to`ziydiki,
bu xoru xas tog`ini shiddatli sel olib ketishini eslatadi.
62.    G`alaba shabadasi sening g`olib bayrog`ingni
hilpiratadi, chunki sen olib boradigan
jangu jadallar savob uchundir.
63.    Har sohada zafar quchuvchi sipohing aniq g`alaba
nidosini g`ayb olamidan kelgandek eshitadi.
64.    Jang maydonidan aysh-ishrat ayvoniga ot sursang,
sening uzangingda ming Kisro va Kayxusrav yuradi.
65.    Falakdek yuksak va jahonni bezovchi qasring
ichida — kayoniy bazmlarini dog`da qoldirib,
sharob bazmi uyushtirasan.
66.    Ravshanki, jang maydonida ko`rsatgan jasorating oldida
oliqadr bazmlaringning tengi yo`q, aylanuvchi charx
bunday notakror ikki holatni tushida ham ko`rgan emas.
67.    Sa`yu harakatlar bilan shohlardan molu mulk olgan
 bo`lsang, ularni beva-bechoralarga bir zumlik
madhlari uchun berib yuborasan.
68.    Kofurin bulutlar hamisha osmonni qoplab
olganidek, qordan kofuriy parda yer jismini qoplab olgan.
69.    Mushk hidlari taraluvchi kofuriy may majlisiga—
eritilgan la`l rangli qizil sharob, ayshga fayzu quvvat bersin!
70.    Javonmardliging Barmaku Hotami Toydan ham 
ming marta ziyoda bo`lsin, yigitlik davri
xushbaxtliklari ming yil seni tark etmasin!