Òîï ðåéòèíã www.uz
IZOHLAR

DEVONI   FONIY
MAXDUM HAZRAT (VAFOTIGA) MARSIYA

           Alisher Navoiy ustozi va piri Abdurahmon Jomiy (1414— 1492) vafotiga bir yil to`lganda, uning qabri boshida katta maqbara qurdiradi, shoh ishtirokida yana ulkan marosim o`tkazadi. Shu marosimda ustozi Jomiy vafotiga bag`ishlab yozgan marsiyasini o`sha davrning mashhur olimi va notiqi Mavlono Husayn Voiz Koshifiy o`qib beradi.
           Har biri o`n baytdan iborat 7 bandli (140 misra) bu tarkibband marsiya «Xamsat ul-mutahayyirin» asarning xotimasida keltirilgan va ma`lum ma`noda unga yakun yasagan. Marsiyada Jomiyning ilmu axloqi va fazilatlari ta`riflanib, vafoti barchani qayg`uga solganligi, dunyoning foniyligi, shuningdek hayot, o`lim, oxirat bilan bog`liq o`y-mushohadalar ilgari suriladi.
           Atoqli olim va adib Sadriddin Ayniy bu tarkibband she`rni: «Marsiya adabiyotning eng jon o`rtovchi namunasi», — deb, yuksak baholaydi.    
        Marsiya matni va tarjimasi XIV tom («Xamsat ul-mutahay-yirin») da nashr bo`lgan. Ushbu nashr matni juz`iy tahrir qilinib, ushbu jildga kiritildi. Chunki marsiya «Devoni Foniy» tarkibidan ham joy olgan.

QIT`A VA RUBOIYLAR

           Ma`lumki, ruboiy — yozma adabiyot mahsuli. U forsiy she`riyat orqali bizga kirib keldi. Turkiy adabiyotda ruboiynavislikka asos solgan Alisher Navoiy fors tilida ham shaklan go`zal va mazmunan teran ruboiylar yaratdi.
           Ulug` shoir ruboiylarida Olam va Odam haqidagi teran falsafiy fikrlarini singdirgan, haqiqiy va majoziy muhabbatni avj pardalarda tarannum etgan, og`riqli o`y-kechinmalari, hassos his-tuyg`ularini ifodalagan bo`lsa, qit`alarida uning ma`naviy-ahloqiy qarashlari, hayotiy kuzatishlari o`z aksini topgap. Ruboiy va qit`alar ham muallifning chuqur bilimi keng dunyoqarashi, katta iste`dodi va yuksak mahoratidan darak beradi. Navoiy fors tilidagi ruboiy va qit`alari orqali ham zabardast ruboiynavis va yirik qit`anavis ekanligini namoyon etgan.
           Alisher Navoiyning o`n besh jildlik Asarlar to`plami tarkibida chop etilgan «Devoni Foniy» (5-jild, 1—2-kitoblar)da shoirning 51 ruboiysi berilgan edi. Yigirma jildlikda yangi topilgan ruboiylar hisobiga ularning soni 72 taga yetdi. Shunga muvofiq, qit`alar soni ham 48 tadan 64 taga ko`paydi. Bu izlanishlar davom etayotgani, millatimiz quyoshining forsiy merosini ham xalqimizga to`la yetkazish yo`lidagi sa`y-harakatlar to`xtamayotganidan dalolat beradi. «Devoni Foniy» dagi ruboiy va qit`alar salmog`i va badiiyatining yuksakligi jihatidan Alisher Navoiyning forsiy adabiyotning zabardast so`z usta-lari safidan o`rin olishiga haqli ekanligini ko`rsatuvchi hujjatdir Binobarin, biz ulug` shoirimizni nafakat o`zbek adabiyoti, balki forsiy so`z san`atida ham o`zining munosib o`rnini egallashiga erishimiz kerak.

 TA`RIXLAR

           Sharq she`riyatida sodir bo`lgan voqealar sanasini she`rda harflar vositasi bilan berish usuli ta`rix deyiladi. Bu yo`nalishdagi she`rlarda asosan biror shaxsning vafot sanasi ko`rsatiladi. She`r misralari qatida maxsus so`z va jumlalar qo`llanadiki, ulardagi harflarning abjad raqami qo`shib hisoblaganda ma`lum bir tarixiy sana — yil kelib chiqadi.
           Alisher Navoiy ta`rixlarida ham u yoki bu voqealar sodir bo`lgan yilga ishora qilinadi asosan, Xoja Ahrori Valiy, Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad kabi ulug` zotlarning fazilatlari maqtalib, vafot etgan sanalari ko`rsatiladi. Masalan, Jomiy vafoti haqidagi 1-raqamli tarixda u kishi sifatlanib,      «Koshifi sirri iloh»   (Olloh pirlarini kashf etuvchi) jumlasi tarix sanasi sifatida keltirildi. Bu jumlaning arab yozuvidagi harflar yig`indisi abjad hisobida Jomiy vafot etgan 989/1492 yilga to`g`ri keladi. 16-raqamli ta`rixda xurosonlik shoir mavlono To`tiy vafotining tarix moddasi  — «Xurus» so`zi orqali ifodalanadi. Abjad hisobi bo`yicha bu so`z shoir vafot etgan— 866/1465 sanaga to`g`ri keladi.

QASIDALAR
«SITTAI ZARURIYA»*
          
1. Alisher Navoiy o`zining ona tilidagi «Hiloliya» qasidasi bilan bir qatorda forsiy tilda «Sittai zaruriya» va «Fusuli arbaa» nomlari bilan ma`lum bo`lgan ikkita qasidalar majmuasini yaratdi. «Sittai    zaruriya»  olti qasidadan iborat bo`lib, Navoiy ularning mavzu ko`lami haqida: «Bu olti qasida hamd va na`t va sano va ma`vizotdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila ma`rifat», — deb yozgan edi,
           «Sittai zaruriya»ning olti qasidasidan biri Allohning yara-tuvchilik qudrati vasfida («Ruh ul-quds»), ikkinchisi Muhammad payg`ambarning na`ti, ulug`vor siymosining ta`rifiga bag`ish-langandir. Qolgan to`rt qasida («Tuhfat ul-afkor», «Qut ul-qulub». «Minhoj un-najot», «Nasim ul-xuld») Sharqda shuhrat tutgan qasidanavislarning asarlariga tatabbu tarzida yaratilgan. Shoir ularda ijodiy bahramandlik yo`li bilan bir qatorda she`rlarida o`z davri hayotining muammolariga, ma`naviy hayotning inson istiqbolini ko`zlagan masalalariga diqqat kiladi.
           Navoiy «Tuhfat ul-afkor» haqida so`z ochib yozgan edi: «Va ko`p ma`niangiz iborat va ta`miyaomez ishorat izofa qilib menkim, bu fan ahlining mohirlari musallam tutubturlar». «Nasim ul-xuld» haqida esa shoir «Bu qasidaga dag`i ko`p umr naqdi xarj bo`lubdur» deb ta`kidlagan edi. Bu qaydlar shoirning tatabbu`. qasidalaridagi ijodiy o`ziga xoslikni anglatib turadi.
           Navoiyning qasidalariga o`z davrining yuksak sharafga ega allomalari yuqori baholaganlar.

DEBOCHA

           2. Ushbu she`rda Navoiy ustozi Abdurahmon Jomiy (1414— 1492) ning nodir fazilatlarini qalamga oladi.
           Abdurahman Jomiy — XV asrda nash`u namo topgan fors-tojik adabiyotining mumtoz namoyandasi. Uch devondan iborat lirik asarlar va Sharqda mashhur «Xamsa» maqomidagi «Haft avrang»ning muallifi. Navoiy qasidanavislikda Jomiy asarlaridan rag`bat olib bir qator qasidalar yaratgan.
           Jomiy Navoiyga forsiy qasidalarini jamlab «Sittai zaruriya» to`plamini yuzaga keltirishida maslahatdosh bo`lgan edi. Bu so`z borayotgan debochada ham qayd qilinadi.
           3. As-sulton binn us-sulton muiz zus-saltanat va al-xilofati Abulg`ozi Sulton Husayn Bahodirxon xalladallohu taolo fis-surayyo a`lomahu.
           Husayn Boyqaro (1438—1506)—Xuroson mulkining hukmdori, Xuroson adabiy harakatchiligining homiylaridan. Navoiy ijodining muxlisi. «Risolai Husayn Boyqaro» asarida muallif Navoiy ijodini yuqori baholaydi. Navoiydek ulug` siymo bilan zamondosh va do`st bo`lganidan faxrlanadi. Navoiy «Nasim ul-xuld» qasidasini Husayn Boyqaroga bag`ishlab yozgan.
           4. «Isnayn va tis`a miata»—«Sittai zaruriya»ning tartib berilgan yili. Bu sana hijriy 902, melodiy 1497 yilga to`g`ri keladi.
           5. Xusrav Dehlaviy—XIV asrda yashab (1253—1325)  ijod etgan shoir. Hindistonda fors-tojik tilida taraqqiy qilgan adabiyotning iste`dodli namoyandasi. U Sharqda Nizomiyning «Panj ganji» bilan boshlangan «Xamsa»chilik an`anasini munosib ravishda davom ettirib, shuhrat qozongan ijbdkordir. Shoir o`z navbatida qasidachilik ravnaqiga ham munosib hissa qo`shgan.    

Ruh ul-quds
           Qo`lyozma sarlavhasida «Ruh ul-quds»i tavhidi bori taolo (Yaxshilik qiluvchi Allohu taolo tavhidi haqida «Ruh ul-quds» Qasidasi);    
           Alisher Navoiy «Ruh ul-quds» qasidasini «Sittai zaruriya»ning birinchi asari (qasidai avval) deb ta`rif etadi.
           Qasidaning yozilgan sanasi matn tarkibida ta`rix yo`li bilan ko`rsatib o`tilgan. Asarning yozilgan yili «Zi iqtizoi Qazo in qasida shud tahrir, «Achab» naboshad ta`rixash az hisobi «qazo», misralarida yashiringan bo`lib, uni topish uchun hisobi «qazo» so`zining harflarida ifodalangan son qiymatidan  (qazo 100+800+1=901)   «achab» so`zida yuzaga chiqadigan sonlar yig`indisini  (achab 1+3+2=6)   olib tashlansa, hijriy hisobida 895, melodiy hisobi bilan esa 1491 yili kelib chiqadi.
                7. Ba soz karda ayon nagmahoi Dovudy,
                        Vale ba nutq misoli Masih ruhafzo.
           Bu va bundan oldingi misralarda Olloh tomonidan to`qqiz qavat osmonning yaratilganligi, ularning har biriga xos xususiyatlar haqida so`z boradi. Fazoning uchinchi qavatini «tarannumsoz» Zuhra yulduzi makon qilgan edi. Yuqoridagi baytda Zuhraning san`atkorligi haqida so`z ochilib, Dovud (payg`ambarlardan bo`lib, «Zabur» kitobi u kishiga nozil bo`lgan) va Masih   (Iso — mo`jizakor payg`ambarlardan)   siymolari tashbihga tortiladi.  Dovud alayhissalomga Olloh g`oyat go`zal ovoz nasib etgan. U «Zabur» kitobini chiroyli ovozu xos uslub bilan o`qigan vaqtda vahshiylaru parrandalar, odamlaru jinlar yiqilib bexol bo`lar, o`zlaridan ketar edilar   (Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va xukamo»).    
           Navoiy changchi Zuhraning san`at sehri haqida so`z ochib, u ko`liga soz olib Dovudga o`xshab kuylar chalar edi. Biroq u so`zlagan chog`ida Ham Iso payg`ambar kabi kishiga ruh bag`ishlardi, deb alohida tashbehlar tizimini yaratadi. Baytda nihoyatda nafis tazod san`ati ham qo`llangan: «Kuy bilan Dovudga o`xshab odamlarni  hushsizlantirish    darajasiga  olib  boruvchi  Zuxra ayni paytda odamlarga Masihoga o`xshab ruh ham bag`ishlay bilar edi».    
           8. Oinai Iskandar — Navoiy qasidasida falakniig turtinchi qavatida quyoshning manzil tutganligini  aytar  ekan, uning ko`rinishi   Iskandar  oynasini   eslatardi,   deydi.   Iskandar   va    uning olamni aks ettirib turuvchi oinasi afsona va dostonlarda ta`rif etib kelingan mo``jizaviy bir ashyodir.
             9. Ba dalv Yusufi xurshedro zi chohi ufuq,
                  Birun kashida, nakardy dar on maziq raho.
            Shoir bu o`rinda Ollohning qudrati haqida so`zlab, Sen o`n birinchi burjdagi quyosh Yusufini chohdan tortib olib, uni tang ahvolda qoldirmading   deb aytmoqda. Dalv iborasi o`n birinchi burj ma`nosidan tashqari quduqdan suv tortib oluvchi idishni ham bildiradi. Yuqoridagi baytda Yusufni akalari tashlab ketgan quduqdan savdogarlar tomonidan tortib olinishi lavhasiga ham ishora bor. Navoiy o`n birinchi burjni ufqning chohga qiyos qiladi; Ufq chohiga Yusufsimon borib qolgan quyoshni o`ta tanglikdan olib chiquvchi Ollohning o`zidir degan ma`no mavjud bu yerda.    
           10. Ba hut Yunusi mahro rasonda kardy amn,
                Zi hodisotash harchand buvad ranchu ano.
           Bu baytda qalamga olnnayotgap Yunus islomgacha o`tgan naygam-barlardan bo`lib, Qur`oning o`n yettinchi surasida uning suvdagi uzoq safarn tafsnlotlari eslanadp. Yunus bir vaqt qochoqlikda ekan, kemadagilar uni gunohkor sifatida suvga otib yuboradilar. Suvda uni, katta baliq (kit) yutib yuboradi. Keyinchalik esa Yunus payg`ambarni Olloh taolo inoyat qilib, xalos etadi va yuqori martabalarga ko`taradi.
           Navoiy Ollohga munojot qilib: Sening qudrating shu darajadaki, sen Yunusdek baliq og`ziga tushib qorong`ilik dunyosida muqim bo`lib qolgan zotni falakning eng yuqori burji (hut) darajasiga ko`tarasam, degan fikrni ilgari suradi.
           11. Bu va undan keyingi misralarda Navoiy— Foniyning yaratganga munojoti o`rin olgan bo`lib, unda shoir Ollohdan hamma komil va pokiza ruhiyat egalari bo`lganlar qatorida o`zining ham faqru fano tariqida himoya qiliishini, qiyomat kunida uning nazaridan, inoyatidan umidvorligini arz qiladi.

12. Ayn ul-hayot
           Qo`lyozma sarlavhasida Qasidai «Ayn ul-hayot dar na`ti Rasul alayhis-salavot» («Ayn ul-hayot» qasidasi Muhammad alayhis-salavot na`ti haqidadir).
           «Ayn ul-hayot»   «Sittai zaruriya»ning ikkinchi qasidasya   (qa-sidai soniy) bo`lib, yozilgan yili noma`lum. Qasidaning matnida  uning baytlar    miqdoriga ishora  qiluvchi  ta`rix usulida yozilgan bir bayt mavjud. Ushbu baytda  «Ayi ul-hayot» qasidasining baytlar miqdori «Obi baqo» so`zining harflaridan kelib chiqadigan sonlar yig`indisiga yashiringanligi ma`lum bo`ladi.
                 Dar adad yoband baytash tav`ami «Obi baqo»,
                 Dar hisobi u nazar gar so`i imlo afganand.
           «Obi  baqo»  —1+2+2+100+1 = 106.    Shunga ko`ra   qasidadagi baytlar miqdori 106 tadir.
           13. Batho —  Makka vodiysining qadimgi nomi.
Bo niyozu achz az regi biyobon beshtar,
Ro`di sayli ashk so`i regi Batho afganand.
           Bu misralarda Navony biyobon qumlaridan ham ziyoda imon e`tiqodli  kishilarning  Allohga   munojot bilan ko`zlaridan yosh seliii oqizib,  Makka vodiysiga — dinu dunyo qiblagohiga yurib boradilar degan fikrni bayon qiladi. Bu o`rinlarda ziyoratchilarning son jihatidan ko`pligi biyobon qumlarining chekchegara  bilmasligi bilan qiyos qilinmoqda; Ayni paytda  ushbu tashbihda mubolag`ai g`ulu ham ifodalangan.
           14. Yahyo — Sulaymon payg`ambar naslidan bo`lgan payg`ambarlardandir. U o`z qavmi va yaqinlaridan bo`lgan Imron qizi Maryamga tug`ishgandek mehribon edi. Toat-ibodat va ismatda ustuvor Yahyo alayhis-salom olam ahliga rasul ham edi.
           15. Najmiddin Kubro — XII asrda yashab ijod etgan so`fiy-likning ko`zga ko`ringan namoyandalaridan. U Qur`onning tafsiri sifatida mashhur bo`lgan «Ayn ul-hayot» asarining muallifi. Naql qilinishicha, Najmiddin Kubroning karomatlaridan biri, u agar ko`z o`ngida turgan itga nazar tashlasa, it beixtiyor jazavaga to`shib ketar edi. Qasidadagi Najmiddin Kubro haqidagi baytda shu holatga ishora bor.
           16. Inno fatahno... — Kur`onning qirq sakkizinchi «Fath» surasidagi «Inno fatahno laka fathan mubinan» (Biz senga ochiq-ravshan g`alaba ato qildik) oyatidan. Muhammad payg`ambar  va uning qo`shini haqida so`z borayotgan ushbu oyat asosida Navoiy «Tangrining tikuvchilari sening qo`shining bayrog`ini tikar ekanlar, uning etagiga g`oliblikka erishish oyatidan zeb yozib qo`yganlar», degan mazmunni ifodalamoqda.
           17. Az ahodisat sahihiro...
     Az ahodisat sahihiro ravot andar raqam,
     Boru bob az haddi Batho to Buxoro afganand.
           Qasidaning bu baytidagi «Az ahodisat sahihiro» iborasi uning mazmuniga ishora qilib turibdi. Unda Navoiyning Buxoroga islom markazlaridan biri sifatidagi katta rag`bati anglashiladi. Ma`lumki, islom olamining yirik namoyandalaridan Imom Buxoriy Muhammad payg`ambarning muallifligi tasdiq etilgan hadislarini jam qilib, «Sahihi Buxoriy» («Al-Jomi` as-sahph») kitobini tartib bergan. Shu munosabat bilan Imom Buxoriy kitobiga bo`lgan e`tiqod kuchaygan edi. Navoiy yuqoridagi baytda shu holni qalamga olib, «Hikmat egalari sening asl hadislaring miqdori haqida so`z borganda — ular Batho (Makka) eshigidan Buxorogacha yozilgudekdir deb aytadilar» tarzida g`oyat nazokatli bir fikrni ifodalaydi.

18. Tuhfat ul-afkor
           Ko`lyozma sarlavxasida «Kasidan Tuhfat ul-afkor» tatabbu`i «Daryoi abror» (Xusrav Dehlaviyning «Daryoi abror» qasidasiga tatabbu`dir).
           «Sittai zaruriyatning ushbu uchinchi (solis) qasidasi Abdurahmon Jomiyning «Lujjat ul-asror» qasidasidan ham bahra olgan va binobarin Navoiy uni ustoz Jomiy nomiga bag`ishlagan.
           19. Xusravi beoqibat. Xusrav — shoh, shohlikni anglatadi. Navoiy ko`rsatilgan misrada «Xusravi beoqibat» birikmasida harfiy san`atdan foydalanib, oxiri tushib qolgan Xusrav so`ziga ishora qiladi. Agar Xusrav so`zidan oxirgi harfi bo`lmish   — «vov» tushib qolsa, arab yozuvidagi ifodasi bo`yicha  — xusr so`zining o`zagigina qoladi. U holda bu so`z ziyon, zahmat, falokat ma`nolariga ega bo`ladi. Navoiy o`z zamonasidagi adolatsiz shohlar haqida so`z yuritmoqchi bo`lib, «O`z o`limini o`ylamaydigan shoh mamlakatni xarob qiladi» degan fikrni «Xusravi beoqibat» harfiy san`atini ishlatish bilan o`z tasvirlariga nozik ma`nolar baxsh etadi.
           20. Xanjar-hanjar — Misradagi ushbu so`zlarda arab yozuvidagi shakliga ko`ra so`z o`yini qilingan. Xanjar-tig`, yozuvda bitta nuqta o`chirilishi bilai u hanjar (dog`)ga aylanadi (tomoq, halqumdagi ozor dog`iga aylanadi).
           21. Sanjar nomi qalamga olingan misralarda Navoiy ishqning hamishalik porloqlik xislatini obrazli anglatish uchun ko`hna imoratlarning marvlik ustasi bo`lgan Sanjar yangi davrda ham Sanjardir degan fikrni bildiradi.
           22. Zarbati mard... — Ushbu satrlarda kitobxonni jiddiy mu-shohadaga tortadigan so`z o`yinlari qo`llangan. Zarbati mard omad inak onki ozar xoniash, Be zar Ibrohimro toch, astu bo zar Ozar ast. Bu o`rinlarda so`z o`yini «zar» va «ozar» atamalarida yashiringan Shoirning tasvirlashicha, zar (oltin) garchi ko`zga ozar (Bu yerda «ozar» so`zi o`t (olov) ma`nosida istifoda etilmoqda) bo`lib ko`rinsada, u kishiga zarba beruvchidir (Odamni mag`lub etuvchidir). Agar «Ozar» so`zidan «zar» olib qo`yilsa, «alif»ning o`zi qoladiki, u Ibrohimning boshiga toj bo`lishi mumkii. Alif «zar» bilan yana qo`shilsa, eski holatiga O`zaro`t qaytadi. (Ozar o`z navbatida Ibrohim payg`ambarning butparast otasining ismidir).
            23. Rah so`i Haq behad, ammo hast aqrab rohi faqr,
                   Bahri on-k «alfaqru faxry» guftai payg`ambar ast.
        Bu o`rinda «alfaqru faxry», ya`ni «faqrlik mening faxrimdir» iborasi Muhammad payg`ambarning hadislaridandir. Yuqoridagi misralarda Navoiy tamsil san`atini qo`llab, «Olloh dargohiga olib boradigan yo`l ko`p, biroq «faqr» yo`li eng yaqin qo`ldir» deb hazrat payg`ambarimizning so`zlarini dalil sifatida keltiradi.    
           24.  Bikri ma`ny holati jonbaxsh agar zodash chi dur,
                  Shud nabira Isy on kasro, ki Maryam duxtar ast.
           Isi — Iso payg`ambar. Maryam uning onasi. Iso va Maryam tavsifini Qur`ondan boshlab ko`pgina kitoblarda uchratish mumkin Mo``jizalar egasi Iso payg`ambar Allohning qudrati bilan Imron qizi Maryamdan otasiz tug`ilgan va binobarin adabiyotlarda Ismi Maryam nomi bilan ham keladi. Navoiy yuqoridagi baytda tamsil san`atini qo`llab, hali qiz Maryamga Iso farzand bo`lgani kabi yangi, ochilmagan teran ma`nolardan jonga rohat baxsh etuvchi holat va kayfiyatlarning yuzaga kelishi ajablanarli emas, degan mazmunga ishora qiladi.
          25. Gasht yavmi... — «Tuhfat ul-afkor»ning yozilgan yili qasida-ning xotima oldidagi quydagi baytda zikr etiladi.
Gasht yavmi chomei shahri rachab ta`rixi on,
Turfatar k-on moxu ro`z itmomi o`ro mazhar ast.
           Bu qasidaning ta`rixi rajab oyining jum`a kuniga to`g`ri keladi. Ajoyib joyi shundaki, shu kun va shu oyning abjad hisobi kasidaniig tugallangan sanasini ham kursatadi, demak edi. Shunday qilib qasidaning tugallangan yili «yavmi jome` shahri rajab» so`zlari tarkibidagi harflarning son yig`indisidan kelib chiqadi (Hijriy 880, melodiy esa 1476 yil). Sadriddin Ayniy «Alisher Navoin» asarida ushbu ta`rixning yechimiga to`liq keltiradi (O`sha kitob, 1948. 38-sah.).

26. Qut ul-qulub
           Qo`lyozma sarlavhasida Qasidai «Qut ul-qulub» tatabbu`i Hakim Anvary («Qut ul-qulub» qasidasi Hakim Anvariyga tatabbu`).
           Asar «Sittai zaruriya»ning to`rtinchi (robe`) qasidasi bo`lib, yoilgan yili ko`rsatilmagan.
           Ahvadiddin Anvariy (1105—1187) — XII asrda fors-tojik; tilida taraqqiy qilgan qasidachilikning ko`zga ko`ringan na-moyandalaridan. Anvariy o`zigacha mavjud bo`lgan, shuningdek o`ziga muosir ko`proq madh xarakteridagi qasidachilikni falsafiy tasavvufiy mazmun bilan boyitishga katta xizmat qilgan. Navoiy o`zining «Qut ul-qulub» diniy-axloqiy qasidasini shu so`z ustasi asariga javob tarzida yaratgan.
           26a. Zakariyo, Yahyo — islomgacha o`tgan payg`ambarlar bo`lib, Qur`on oyatlarida ularning hayotdagi iffat va ismatlari haqida hikoya qilinadi. Navoiy yuqoridagi baytda pastkashlik, nokastlik bilan yuragi ham odamgarchilikdan chiqayozgan, biroq o`zini Zakariyo va Yahyo payg`ambarlardek ayb va gunohlardan forig` hisoblaydigan havoiy odamlarni qoralaydi.
27. Minhoj un-najot
           Qo`lyozma sarlavhasida «Minhoj un-najot» tatabbu`i Xoqony, Anvary («Minhoj un-najot» Xoqoniy va Anvariyga tatabbu`) «Sittai zaruriya»ning beshinchi (xomis) qasidasi pandnoma mazmuniga ega.
           Yozilgan yili noma`lum
           Xoqoniy— Afzaliddii Hoqoniy Shirvoniy (1120—1199) buyuk ozarbayjon shoiri. O`z asarlarini forsiy tilda yaratgan va binobar o`z merosi bilan ozarbayjon adabiyotigagina emas, fors tilidagi adabiyot taraqqiyotiga ham katta hissa qo`shgan. Xoqoniydan katta ijodiy-meros qolgan bo`lib, ular g`azal, masnaviy va ruboiylardan iborat. Xoqonyining «Tuhfat ul-Iroqayn», «Madoin xarobalari» asarlari ayniqsa mashhurdir. Xoqoniy qasidalarining ko`pi o`zining falsafiy-axloqiy mundarijasi bilan ajralib turadi. Shoirning «Qasidai shiniya» asarida zamonasi va zamondoshlari hayotidagi illatlar qattiq tanqid ostiga olinadi. Alisher Navoiy bu ustoz-shoir qasidalariga zo`r e`tiqod bilan qaragan va ulardan ayrimlariga javobiya asarlarini yaratgan. Shulardan «Minhoj un-najot» va «Nasim ul-xuld» qasidalari shoirning «Sittai zaruriya» to`plami tarkibiga kiritilgan.
           Alisher Navoiy qasidaning birinchi misrasidan boshlab bir necha baytni Ollohning qudrati, hikmati bilan dunyoda odam zotining yaratilishi va uni muqaddas bir surat va siyrat egasi sifatida yuksaklikka ko`tarilishiga bag`ishlaydi. Qasidada Inson va Shayton, munosabatlari, yaxshilik va yomonlik, ayniqsa Shayton va Odam Atomiz o`rtasidagi mojarolar kabi noxushliklarning paydo bo`lishi tasvirlari yaqqol beriladi. Shoir ushbu tasvirlarni Qur`on oyatlari va hadislar zaminida yaratar ekan, vaqtlar o`tishi bilan Iblisning aldoviga uchgan Odam Ato va Momo Havvoniig pushaymonu nadomatlar va Olloh dargohida, yolvorishlar bilan o`zlarining ilgarigi yuksak martabalariga erisha borishlari izchil ravishda tasvirlab beriladi. Bu adashishlar, gumrohliklar birgina nafsning zulmi oqibati ekanligi uqtiriladi.
           28. Chu loi lo ilahat lop Lot omad iloh on cho,
                    Chu g`unchoish pazirad garchi tu xohy ki  gunchony.
              Bu baytda Ollohning yagonaligi va sanamlardan iborat but-parastlik bilan oludalikning nomaqbulligi nafis so`z o`ninlari vositasida ifoda etilgan. Shoir butparastlarga qarata ta`kid etadi: «Lo ilaha»dagi inkor qiluvchp «lo» so`zi Lot (butning nomi)ni inkor qiladi. Bu «lo»ni haqiqiy Ollohga taqamoqchi bo`lganing bilan hech natija chiqara olmaysan...
           29. Duoi «rabbi hab li...» — Rabbi hab li mulkan lo yanbag`iy li ahadin min ba`diy — Ey Rabbim, menga shunday mulku saltanat berginki, u haligacha hech kimga berilmagan bo`lsin (Qur`on «Sod» surasi. 35-oyat).
           30. Habl-ul-varid — Odamning bo`ynidagi yo`g`on tomiri, shoh tomir.
           31.    G`azzoliy va Kattoniy. Alisher Navoiy tomonidan G`azzolpy va Kattoniyning nomi qalamga olingan yuqoridagi baytda iymon-e`tiqodda noustuvor,  havodorlik  bilan  mashhur,  nomdor odamlardan o`zini yuqori olib yuradigan shaxslarni jiddiy ravishda qoralaydi.
           G`azzoliy — XII asrda yashab ijod etgan musulmon sharqidagi islom va tasavvuf olamining yirik namoyandalaridan. Uning «Ehyou ulumid-din», «Kimyoi saodat» va boshqa ko`plab mashhur asarlari bor.
           Kattoniy — Abubakr Kattoniy Bag`dodiy tasavvuf ilmining shayxlaridandir. «So`fiylar zohirda —kun, botinda—qo`rdurlar» hikmati shayx Kattoniy so`zidir. O`z zamonida Abubakr Kattoniyni payg`ambarning shogirdi deb ataganlar.
           32.    Xaraqoniy — Abulhasan Xaraqoniy XI asrda yashagan tasavvuf ilmining yetuk namoyandalaridan. Shayx Abu Yazid Bistomiy sulukiga yaqin bo`lib, unga zamondoshligini aytadilar. Uning «Halolroq neümat uldurki, kasbing bila bo`lgay va rafiqlaring yaxshirog`i uldurki zindagoniligi Haq bila bo`lg`ay» hikmati mashhurdir.
           33.    Fir`avn, Homon — Fir`avn qadimgi Misrda hukmronlik qilgan shohlar sulolasidan. Qur`onda shu qavmdan bo`lgan fir`avn Valid ibni Mus`abning hukmronlik taxtiga o`tirgach, butparastlikni targ`ib qilgani, hatto Xudolik da`vosida bo`lib, hammani o`ziga sajda qilishga majbur etgani, xalqqa jabr-zulmini kuchaytirib, Muso alayhis-salomni ta`qiblay boshlagani, fisqu fasodi va takabburligi xabar etiladi (Qur`on. «A`rof» va «Shuaro» suralari).
           34. «Zalamno rabbano» Qolo rabbano anfusano va inlan tag`fir lano va tarxamno lanakunanna minal xosirin — Odam alayhissalom va Momo Havvo aytdilar: Parvardigoro, jonimizga jabr qildik. Va agar bizlarga mag`firat va rahm qilmasang, shubhasiz, biz ziyon ko`rguvchilardan bo`lib qolamiz (Qur`on. «A`rof» surasi. 23-oyat). Bu yerda gap Odam Ato va Momo Havvoning Ollohdan o`z gunohlarini so`rab iltijo qilganliklari ustida bormoqda.
           35. Guli nori Birohimi— Ushbu so`zlarda Ibrohim payg`ambarni shoh Numrud tomonidan o`tga yoqilishi, shu vaqt Olloh amri bilan o`t o`chib, uning o`rnida gullar ochila boshlagani voqeasiga ishora bor. Ibrohim payg`ambarni yoqib, nobud qilguchi o`t uning nazdida gulu gulzorga aylangan edi.
           Adnon — Muhammad payg`ambar ajdodlaridan. Adnon o`z davrida g`oyat fasohatli shaxs bo`lib, arab qavmlari ittifoqining mustahkamlanishida faol bo`lgan.
           36.    Yasrib, Batho —     Madina va Makkaning qadimiy nomlari.
           37. Chi shah —Husayn Boyqaro. Navoiyning «Minhoj un-na-jot» qasidasi xotimasi oldida shohning sifat va fazilatlari tasviriga ancha keng o`rni beriladi. Darhaqiqat, XV asr Xuroson davlatida aql-zakovati, davlatni idora qilish salohiyati baland bo`lgan Husayn Boyqaro milliy davlatchilik tarixida o`znga xos o`rin qoldirdi va aytish mumkinki, hukmronlik qudrati bilan bobosi bo`lmish Amir Temurning davlatchilik an`analarini Davom ettirdi. Shunga ko`ra ham Navoiy uni Amir Temur avj yulduzining Sohibqironi, Umarshayx saltanatining gavhari kabi sifatlar bilan ataydi. Navoiy Husayn Boyqaroga Odam ato davridan boshlab shohlik meros bo`lib kelayotganligini qalamga olish bilan barcha ajdodining Yofasga qadar xonlarga mansubligini aytadi. Ya`ni:
Abulg`ozi shahi oliguhar Sulton Husayn omad,
Ki omad xoni bin xon to harimi Yofas o`g`loni.
           Ma`lumkn, Yofas  Nuh  payg`ambarning    o`g`illaridan  biridir. Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida yozishicha, Nuh mashhur suv to`foni vaqtida    o`z kemasi bilan uzoq suzib qirg`oqqa chiqqach, Turon va Xo`tan    o`g`li Yofasga, Eronni Somga, Hindistonni Homga bo`lib beradi. Yofasga Turon va Xo`tan hukmronligi tekkanligi uchui unga Abut Turk deb laqab berganlar. Navoiy «Tarixi anbiyo  va hukamo»da yozadi: «Chun bu tarixdakim, bitiladur, xotirda andogdurkim. Sultop sohibqiron (Husayn Boyqaro) holot  va  ansobi mazkur  bo`lgan. Insho    ollohu taolo, ul Yofas tarixiga mavqufdur   (O`sha kitob. Samarqand, 1990. 08-bet). «Minhoj un-najot» qasidasida Husayn Boyqaroni «Xoni bin xon to harimi Yofas o`g`loni» deyilishining boisi ham shunda.
           38. Bahrom, Kayvon — yulduzlarning nomlari. Navoiy bu o`rinda shohni sifatlashda davom qilar ekan, mubolag`a bilan yozadi: «Agar sening quyoshing yolqini tutun taratar bo`lsa unga yana bir olam kerak. Chunki u kuchlilikda Bahrom (Mars) yulduziga o`t qo`yib, Kayvon (Saturn) sayyorasining yuzini qoraytirib yuboradi.
           39.    Hassoniy ibn Sobit — Hazrat Muhammad alayhissalom zamonida yashab o`tgan mashhur sahoba shoir, ul zot Muhammad payg`ambar (alayhissalom)ga bag`ishlab yozgan na`tlari bilan shuhrat qozonganlar. Navoiy yuqoridagi baytda Husayn Boyqaroga murojaat qilib, «Ey shoh, sening ta`rif va tavsifiningni o`rniga qo`yish mening haddim emas. Muhammad nayg`ambarning sifat va na`tini aytishda Ibn Sobit Hasson ojiz kolganidek, sening madhingni so`ylashda men ham duduqlanib qolamen» deb mubolag`a qiladi.
40. Nasim ul-xuld.
           Qo`lyozmada sarlavha «Qasidai «Nasim ul-xuld» tatabbu`i Xoqoiy («Nasim ul-xuld») qasidasi Xoqoniyga tatabbu`). Matndan ma`lum bo`lishicha, qasida Xoqoniyning «Kasidai shiniya», Xusrav Dohlaviyning «Mir`ot us-safo» qasidalariga javob ekanligi, ayni chog`da Abdurahmon Jomiyning «Jilo ur-ruh» qasidasiga yaqinliga anglashilib turadi. Navoiy qasidasi «(Sittai zaruriya»ning oltinchi (solis) asari bo`lib, yozilgan yili aniq emas.
                      41. Zi bas zebu nazorat az kalomi poki subhony,
                            Shuda «jannat un-tajri tahtix al-anhor» dar shonash.
           Qasidada komillik yo`liga kirgan dil ahli shunday bir man-zillarga vosil bo`ladiki, Ollohning sof kalomidagi, ya`ni Qur`ondagi bir necha suralarda takrorlangan «Jannatun tajri tahtihal anhor — jannatda taglaridan daryolar oqib turuvchi bog`lar bor» oyati shuning sha`niga aytilgandekdir. Bunday joyning yaxshi amallar qilgan zotlarga muyassar bo`lishi Qur`onda bashorat beriladi.
           42.    Kayoniy — qadimgi Eron shohlarining ikkinchi tabaqasi Kayqubod o`sha tabaqadan chiqqan  birinchi podshohdir. Jamshid ham  qadimgi  mashhur  Eron shohlaridan. Qasidaning  raqamda ko`rsatilgan misralarida Olloh yo`liga kirgan suluk ahlining vayron bo`lgan tanasida saqlanayotgan dil xazinasidagi boyliklar Qayoniy xazinasiga tashbih etilib, uning bir gavhari qiymatiga Jamshid va Kayqubod mulki sarflanganda ham o`rnini bosolmasligi ta`kidlanadi.
           43.    Shohi Kirmonash — Sosoniy hukmdori Bahrom ibn Shopurning qavmlaridandir, Qasidada Kirmonshoh qalamga olingan misrada tariqat yo`lida ilgarilab borayotgan dil ahlining dahshatli sahrolardan o`tib borishdagi mashaqqatlari (yo`l sinovlari) haqida so`z yuritilganda har lahza turli shakllarga kirib, odamlarni yo`ldan uruvchi devlar, ilonlar qurt-qumursqalar esga olinadi: «Yo`l ustida shunday zaharli Qurtlar borki, — deb hikoyada davom etadi shoir, — ular Kirmon shohini o`ldirmaguncha maqsadga yo`l bermaydi». Bu o`rinda kirm (qurt-qumursqa) va Kirmonshoh atamasi vositasidan so`z o`yini- yaratilgan.
           44.    Rustam — Firdavsiyning «Shohnoma»sidagi bahodirlikda nom chiqargan qahramon. Nomlangan misrada nafsning ustidan g`olib kelgan kishi Rustami dostongina emas, undan ham ortiq qudrat egasidir, degan fikr ilgari suriladi.
           45.    Dorob, Doro — Dorob    qadimgi  podsholardan.  Sulaymon alayhissalom qavmiga borib taqaladi. Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Dorobni: «Podshohlikda adlu dod pesha qildi. Xubsurat va pahlavonsurat podshoh erdi», — deb bzadi. Doro Eron shohlaridan bo`lib, Iskandar bilan bulgan jang chog`ida xalok bo`lgan.
           Soson, Somon — Soson Sulaymon alayhissalomning nabirasi. Navoiyning «Tarixi hukamo va anbiyo» asarida ko`rsatilishicha, podshohligi o`n ikki yil davom qilgan.
           46. Kudarz —   Eronning nomdor lashkarboshilaridan.
           47. Du sad chun Hotamu Barmak barad sad sol az on ro`zi,
                  Chu ro`zi chashn boshad bar zamin nonrezan xonash.
           Hotam saxiyligi bilan Sharqda shuhrat qozongan arab qabila boshliqlaridan. Barmak esa, Markaziy Osiyoda arab xalifaligi davrida mahalliy aholi orasidan chiqqan davlat kishisi. Qasidada bu ikki saxiy odamlarning nomlari Husayn Boyqaroning saxovatpeshaligi tasvirlarini jonlantirish maqsadida keltirilgan.
           48. Sohiri Hindi — Hind sohrgari. Navoiy bu o`rinda «Mir`ot us-safo» qasidasining muallifi Xusrav Dehlaviyni ko`zda tutadi.
           49. Shirvon — Ozarbayjonning shimolida joylashgan Shir-vonshohlar saltanati markazi. Navoiy o`z qasidasi haqida faxriya bilan fikr yuritganda uni (ya`ni, «Nasim ul-xuld»ni) savdo-sotiq ahli daryo orqali Shirvonga olib o`tsalar (Xoqoniyning vataniga olib borsalar) o`rtada qanday malolliklar ro`y berishini aytib berish qiyindir, deb gapiradi. Navoiyning «Nasim ul-xuld» (asarining Xoqoniyning «Qasidai shiniya» qasidasiga ham tatabbu` ekanligi yuqorida eslab o`tildi. Navoiy qasidalari Xoqoniydan ko`ra ko`proq Husrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy qasidalari ruhiga yaqin turadi. Shu munosabat bilan Navoiy Hoqoniy ruhidan uzr so`raganday bo`ladi. Aytish kerakki, Navoiyning Hoqoniy ijodi, xususan uning «Qasidai shiniya» asariga rag`bati kattadir. Navoiy ustod Hoqoniyni Sharqning zabardast qasidago`ylari qatorida qalamga oladi.

FUSULI ARBAA
           «Fusuli arbaa» — Alisher Navoiyning harorat va sovuqlik, rutubat va qaqroqlikning xossalariga bag`ishlangan, turli vaznlarda yozilgan to`rt forsiy qasidadan iborat asari. «Fusuln arbaa» («To`rt fasl») degan umumiy nomdan kelib chiqib, uning qismlariga shartli ravishda «Saraton», «Xazon», «Bahor» va «Day» degan sarlavhalar qo`yilgan. Ammo bu to`rttala qasida birgalikda yaxlitlik, tugallik kasb etadi. To`rtinchi qasidadagina Foniy taxallusi keltirilgani ham shuni ko`rsatib turibdi.
           Asar shoirning badiiy tafakkuri, she`rshunoslik salohiyatini yana bir bor namoyon etadi. Qasidada yil fasllarining go`zal manzarasi tasviri bilan bir qatorda Sulton Husayn Boyqaro madhi, uning odil siyosati, shijoati va fazilatlari, shuningdek ijtimoiy hayotning shoir orzu qilgan shakli adolatli hayot qalamga olinadi. Har bir faslning insonga olib keladigan quvonchlari bilan bir qatorda bir olam tashvishlar keltirishi ham ramzu majozlar orqali beriladi. Tabiat va jamiyat tasviri, ular o`rtasidagi mustahkam o`xshashlik va bog`liqlikka e`tiborni jalb etish, bularning barini uyg`un holda badiiy talqin etish kishining lol qoldiradi. Shoirning har bir tashbihi maksadga muvofiq qo`llanilgan. Unda yuksak ijtimoiy-ma`rifiy mazmun, ilg`or g`oyalar, insonparvarlik tuyg`ulari bo`rtib ko`rinadi. Asar tantanavor uslubda yozilgan va badiiy jihatdan juda puxta ishlangan.

MUFRADOT
           1. «Mufradot» Alisher Navoiyning muammo janri nazariyasi haqidagi asari bo`lib, u 890 hijriy — 1485 milodiy yilda yozilgan. Risolaning yozilish tarixi haqida Navoiyning «Xamsat ul-mutahayyirin» va Xondamirning «Makorim ul-axloq» asarida ma`lumotlar bor. Abdurahmon Jomiy va Xondamir bu asarga yuqori baho berganlar. Bu risola o`z davrida va undan keyin ham shuhrat qozondi. Navoiy tomonidan yuborilgan bu risolani ta`riflab Jomiy shunday deb yozadi:
Rasuli do`st badastam yake risola supurd,
Risola, ki zi dil ranchi dersola biburd.

(Do`stimniig elchisi menga bir risola topshirdi, bu risola ko`ngildagi ko`p yillik qayg`ularni olib ketdi)  va davom etib:

Ba har satre zi nasrash chun bari pay,
Shavi orif baasli kulli az vay.
Chu nazmashro balavhi dil nigory,
Zi har bayte az on nome barory.

Ya`ni:

Agar nasridan bir yo`lini aniqlasang,
Uning asld hakiqatidan xabardor bo`lasan.
Nazmini dil lavhasiga chizsang,
Undagi har bir baytdan bir nom chiqarasan.

deb baho beradi va bu risolani o`g`li Ziyovuddin Yusufga darslik sifatida tavsiya qiladi hamda qo`lyozmaga o`z bahosini taqriz sifatida yozib qo`yadi.
           Alisher Navoiy davrida muammo janri haqida risolalar juda ko`p bo`lishiga qaramay, «Mufradot»ning o`z davrida va undan keyin ham shuhrat qozonishining sababi shuki, bu risolada muammoning turli uslub va amallari ixcham, tushunarli qilib bayon etilgan. Muammo amallariga keltirilgan misol muammolarni yechish, keyin keladigan qoidalarni bilishni talab etmaydi. Ularnppg yechilishi shu muammo qoidasi va oldingi o`quvchi bilib olgan qoidalarga tegishli bo`ladi.
           Ma`lumki, Navoiyning muammo haqidagi bu risolasidan tashqari «Devoni Foniy»ga kirgan fors-tojik tilidagi 500 ta muammosidan 373 tasi va «Navodir ush-shabob» devonidan o`rin olgan 52 ta o`zbek tilidagi muammolari bizgacha yetib kelgan.
           Ulug` shoirning ikki tilda yaratgan she`riy va nasriy asarlari tarkibida ham yuzlab muammo va muammo elementlari mavjud. Ularni anglash, yechish, sharhlashda «Mufradot» risolasi ochqich vazifasini bajaradi.    
           «Mufradot»ning qo`lyozish nusxalari uncha ko`p emas. Uning 4 ta nusxasi mavjud. Ulardan biri Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonaning qo`lyozmalar jamg`armasida (Inv. 558) saqlanayotgan Navoiy asarlari kulliyotida (ko`chirilgan yili 1004 hpjriy, 1595 milodiy yil, O`zR FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan (Inv. 5564— XVI asrga oid va inv. A 5565. 1321 hijriy — 1903 milodiy) qo`lyozma va 1940 yilda inv. 5564 nusxasidan institut ilmiy xodimi Ibodullo Odilov tomonidan ko`chirilgan nusxalar; «Mufradot» asarining matni va tarjimasi hozirga kadar nashr bo`lmagan. Asar haqida bir necha ilmiy maqola va tadqiqotlar e`lon qilingan. Jumladan, «Adabiy meros» (1968 yil 1-son, 1971 yil 2-son), «O`zbek adabiyoti tarixi» (11 jild, 1977 yil), «O`zbek tili va adabiyoti masalalari» (To`plam, Toshkent, 1970 yil). Ushbu jilddan o`rin olgan risola matni eng qadimgi hisoblangan, 1595 yilda ko`chirilgan 558-raqamli inv. qo`lyozma nusxasi asosida tayyorlandi.
           «Mufradot» risolasining matni, tarjimasi va muammo hallari (echimlari) birinchi marta e`lon qilinmoqda.
           2. Sharq adabiyotida «Bismillohir-rahmonir-rahim» jumlasini misra sifatida masnaviy baytiga kiritish an`anasi mavjud bo`lib, Alisher Navoiy «Xamsa»sining birinchi dostoni «Hayrat ul-abror» shunday bayt bilan boshlanishi bizga ma`lum. Navoiy bu an`anani fors-tojik tilidagi asarlarida ham davom ettiradi va «Mufradot» asarini xuddi shunday ikki masnaviy banti bilan boshlaydi:

Bismillohir-rahmonir-rahim,
Nomayi fathast zi hayyi qadim.
Ta`miya dar ismi musammost in,
Ollah-Ollah chi muammost, in.
Ya ` n i:

           Mexribon va Rahmli Ollohning nomi bilan (jumlasi) azaldan barhayot (Tangri)dan (bizga berilgan) g`alabaning boshlanish nomasidir. Bu atalgan (nomlangan) ismning yashiringanidir. Ollox Olloh, bu qanday muammodir?
           «Mufradot» muammo haqidagi asar ekanligi,  «muammo» so`zi «yashiringan» degan ma`noni bildirgani uchun Navoiy «Bismillohi- raxmonir-rahim» iborasiga  Olloh   butun   qudrati bilan yashirin- ganligi, uni har qancha sharhlagan bilan asl mohiyatiga yetish mushkul-muammo ekanligini mohirona tasvirlagan.
           3. Alisher Navoiy o`zining «Xamsa» sini turkiy xalqlarning bahra olishlari uchun yaratganligi va buni «Xamsa» da ta`idlagani kabi fors-tojik tilida muammoni anglashda qulayliklarga ega bo`lgan risolani yozganda ham «Atroki havosnok» (Havasmand turkiylar) ni ko`zda tutganliginita`kidlaydi.
           4. Navoiy  «Hayrat ul-abror» dostonida o`zidan ilgarigi xamsanavislarni ulug`lab, o`z asari haqida xokisorlik bilan:

Sarvu gulu lola xaridori bor,
Lek o`tunningdog`i bozori bor,

deb  yozganidek,  «Mufradot»    Risolasida  ham muammo  haqidagi boshqa risolalarni ulug`lab kamtarlik bilan:
          
Agarchi hast debo tez bozor,
Vale karbos ham dorad xaridor.
Durar boshad sazoyi  go`shi shohy,
Barad naqqoshi shohi go`shi mohy.

M a z m u n i :

Qimmatbaho ipak kiyimning bozori chaqqon bo`lsa-da,
Bo`zning ham xaridori bordir.
Agarchi dur shohlarning quloqlariga munosib bo`lsa ham,
Shohning naqqoshi baliqning qulog`ini olib ketadi,

deb yozadi.    
           Oxirgi misraning mazmuni haqida marhum allomalarimizdan Abduqodir Murodiy domla bilan suhbatlashganimizda ular baliq pishirilayotganda keraksiz deb olib tashlanadigan uning boshi podshoh saroyidagi naqqoshlarning qimmatbaho xom ashyosi ekanligi, naqqoshlar baliq boshidagi tapgachalarni bezaklar uchun, uning boshi ichidagi ayrim suyuqliklarni qimmatbaho bo`yoqlar tayyorlashda ishlatganliklarini so`zlab bergan edilar. Navoiy ham shunga ishora qilib, muammo haqidagi boshqa risolalarni qimmatbaho durga, o`zining risolasini esa, baliq boshiga o`xshatib, uning ham o`quvchilari topilishiga umid qiladi.
           5. Navoiy «Men bu fanda (muammo fanida) «alif» va «be»ga o`xshaganligim (endi boshlovchi ekanligim) uchun risolaga «Mufradot» deb ot qo`ydim», — deb yozadi (Alifbo o`rganishda hariflarning yakka shakllari va birdan o`ngacha raqamlarning yozilishi «Mufradot» deyiladi), Bundan tashqari risolada muammo qoidalariga misol sifatida keltirilgan 121 ta muamoning hammasi fard shaklida bo`lganligi uchun ham asarning nomi «Mufradot» qo`yilgan bo`lishi mumkin.
           6. Risoladagi misol-muammolar, asosan asl matndan yechiladi. Shuniig uchun asl matnga ham murojaat qilish lozim.
           Alisher Navoiy «Mufradot»da muammo yechishning 3 qismi, 15 amali va 43 ta uslub qoidalarini bayon qiladi hamda bu qoidalarga 121  ta muammo misol keltiradi. Biz bu muammolarning 108 tasini yechib,    ularni izohladik. 13 ta muammo yechilmagani sababli ular izohlanmadi.
           6a Muammo halli: «Naxustash» (birinchisidan) ishorasiga asosan  آه— «Oh», درد— «dard» va محنت— «mehnat» so`zlarining birinchi harflari saralansa,    آدم — Odam ismi hosil bo`ladi.
           7.    Muammo      halli:    Oyning yuzi    ماه —   «Moh»dan    م harfi,    لعل—    «la`l»ning labi     ل   harfi va ko`cha  كوى«Ko`y»ning boshi    ﻛ    harflari    qo`shilsa,    ملك—Malik ismi hosil bo`ladi.
           8. Muammo   halli:     «Sarv»   سرو   —ning    tagi  و  harfi gulning tagi  ل harfi va «Shamshod»ning tagi  د    harfdari tarkib topsa,     ولد — Valad ismi hosil bo`ladi.
           9.    Muammo halli: او — «o`» — uning etagi و —harfi, كل gulning tagiل  Harfi, مى— mayning quyqumi(tagi) ى harflari biriksa, ولى— Vali ismi hosil bo`ladi.
           10.    Muammo halli: Ishq o`ti, ya`ni آتش—«otash»ning shu`lasi  ا     harfi, «sari mo»ning boshi    م harfi, كل  —gulning tagi   ل harfi va  مى  «mayning    loyqasi(tagi)   ى harflari biriksa  آملى— Omiliy ismi hosil bo`ladi.
           11.    Muammo halll: هوش— hushning dili (o`rta harfi) و harfi, ilmning dili ل harfi va دين —dinning dili ى  harflari biriksa,    ولى — Vali ismi hosil bo`ladi.
           12.  Muammo halli: «Mayxona» — «Maikada»     -ميكده-ning o`rtasi   د harfi  «Ramida —رميده— «Hurkkan» so`zining dili    ى harfi va —«butonam» بتانم go`zallarim so`zining beli  (o`rta harfi)ا  yig`ilsa,    كيا  Kiyo   ismi hosil bo`ladi.
           13.    Muammo    halli:     شام  — «shom» — kechaning avvalgi  ش harfi, «chaman»ning o`rtasi  م  harfi va    ﻧﺮﮔﺲ nargis»ning tagi   س harflari   ko`shilsa, شمس -Shams ismi hospl bo`ladi.
14.    Muammo halli:     عيش    «aysh»ning  tomoni   ع harfi, باغ   —«bog`»ning burchagi   ب     -harfi,  -   «jo`i»   جوى ariqning labi   ى    harfi va    رود «rud» -anhorning tomoni  دharflari tarkib topsa,    عبيد — Ubayd ismi hosil bo`ladi.
           15.    Muammo hali;     خم      -«xum»ning avvali   خ    harfi, درم— «diram»  -tanganing ikkinchi va uchinchi harflari, qo`sa, خرم     — Xurram ismi hosil bo`ldi.
           16.    Muammo halli:    روى-«ro`y»-yuzning tarafi  ر  harfi va  ﮔﻠﺸﻦ-«gulshan»ning  atrofi   (chekka  harflari  ﮎ    va ن  harflari yig`ilsa, ركن— Rukn ismi hosil bo`ladi.
           17.    Muammo  halli: زاهدان-«zohidon» -zohidlar so`znning to`nn, ya`ni avvalgi    ز   va oxirga    ن     harflari va    كباب -«kabob»iing tomoni  ﮎ  harfi va  مى   -mayning tomoni  ى harflari biriksa,ﺯﻧﮕﻰ  — Zangi ismi hosil bo`ladi.
           18.    Muammo halli: مسلمين   «Muslimin» — musulmonlar so`zining dillari, ya`ni o`rtadagi hamma harflari  سلمىSalami ismidan iboratdir.
           19. Muammo halli:  اشك—«ashk» —ko`z yoshining ozginasi   ا  harfini olib  عمان_«ummon» — dengizning ko`pi مان   ga qo`shilsa  امان  — Amon ismi hosil bo`ladi.
           20. Muammo halli:   سرود — «surud» — qo`shiq tomoni  س      —harfi «go`sham» ishorasiga asosan    شم    «sham» deb aytsak va tarkib topsa,    شمس — Shams ismi hosil bo`ladi.
           21. Muammo    halli:     ﭼﺸﻢ    —«chashm»  —ko`zning oxirgi harfi    م   bo`lib «bo ziy» ya`ni   زى   —zi bilan qo`shilsa,  مزى —hosil bo`ladi.    Endi  «Ro`yi dil»dan   دل «dil»—ning yuzi   د harfi qo`shilsa.   مزيد—Mazid ismi hosil bo`ladi.
           22. Muammo halli: «Ruxsori tu» —sening yuzingdan تو — «tu»ning yuzi   ت    harfi «payvasta bo qi»dan قى bilan ulansa, تقى —Taqi ismi hosil bo`ladi.
           23.    Muammo halli:     قهر— «Kahr»ning yuzi   ق  harfi, يار    «yor»ning   oyog`i    ر harfi  va    اشك    —«Ashk»  —ko`z yoshining etagi    ا harflari yig`ilsa, قرا—Qaro ismi hosil bo`ladi.
           24. Muammo halli:فيض —«Fayz»ning g`oyati—oxiri  ض   harfi,    خوشى— «Xushi» —Xursandchilikning g`oyati   ى harfi «boloyi o`» dan   او  ning yuqori ا harflari yig`ilsa, ضيا —Ziyo ismi hosil bo`ladi.
           25.    Muammo halli:   باغ  —«bog`»ning burchagi    ب    Harfi, خرم— «xurram»— shodlikning   dili    ر    harfi   va   ﻧﮕﺎر—«nigor» —go`zalning ruxsori-yuzi   ن harflari cho`shilsa,برن  bo`ladi. Endi «nihoya yobi»ها —ho ni topib, uning ichiga yashirsak,     برهان—Burhon ismi hosil bo`ladi.
           26.    Muammo halli: Agar كين — «kin» — dushmanlik so`zining oldiga «gar» so`zi kelsa, كركين—Karkin ismi hosil bo`ladi («gar bapesh oyad» yoki «gar» oldinga kelsa iborasi bunga ishoradir).
           27.    Muammo   halli: عشق—«ishq»ning oxiri   ق harfi va    جنون—«junun» ning oxiri  ن  harfidir. Bundan   ندم  —«nadam» pushaymonlikdagi ن     harfi ق   bilan almashtirilsa, قدم — Qadam ismi hosil bo`ladi.
           28.    Muammo halli: شوخى — «Sho`xi» —sho`xlik so`zining yuzidagi ش harfi طرف «taraf» so`zidagi ط harfiga tabdil qilisa,   شرف—Sharaf ismi hosil bo`lada.
           29. Muammo     halli:بها     —«baho»ni keltirib,  آزاد —«ozod»ga qo`shsak بها آزاد  bo`ladi.  Endi undan ikki  alif ozod bo`lsa,    بهزاد—Behzod ismi hosil bo`ladi.
           30. Muammo halli: بجاهمى—«bacho hame» iborasidagi «beh»      به yaxshiroq so`zi parvoz qilsa,جامى —Jomiy ismi hosil bo`ladi.    
           31. Muammo halli: «Dil»  دل   —so`zi yor ko`chasida orom  آرام  ni olsa,دلارام —Dilorom ismi hosil bo`ladi.
           32. Muammo halli: سلام   —«Salom» va    كلام—«kalom» So`zlaridagiلالا —«lo»lar qo`shilsa,  لالا  — Lolo ismi hosil bo`ladi.    33. Muammo halli: «Rahmati Haq dod moro nomi O`» misradagi «Rahmat» va «mo» — biz so`zlari orasida حقدار—Haqdod, ya`ni Xudayberdi nomi mavjuddir («Rahmat» va «Mo»—«biz orasidan nom qidir» unga ishoradir).
           34.    Muammo halli: Muammo baytining ikkinchi misrasidagi «Rustam»,  ya`ni  «Yashirinaman»  so`zi رستم— Rustam  nomi hamdir.
           35.    Muammo hali: واسفى—«vosifi» so`zidagi وى —«vay» u so`zini yoki birinchi va oxirgi harflarini  olib  tashlasak, آسف—Osaf ismi qoladi (Ikkinchi misrada ishora bor).
           36. Muammo halli: مسلمانى—«Musulmoni» — musulmonchilik so`zining birinchi va oxirgi harflari مى —«May» bo`lib, bu mayga g`arq bo`lgan nomسلمان —Salmondir.
           37. Muammo halli: كرم —«Karam» so`zining yuzi ﮎ harfi bo`lib, uning nomi   كاف «kof»dir. Unga يار  —«yor»ning yuzi ى harfi qo`shilsa,   كافى—Kofi ismi kelib chiqadi.
           38. Muammo halli: دل   —«dil» so`zining tamomlovchi harfi  لdir.  Uning    nomi — Lom لام agar سنبل—sunbulning chekkasi  س harfiga    qo`shilsa,سلام -Salom   ismi   hosil bo`ladi.
           39.    Muammo halli:   ايرو—«abru» —«qoshning chekkasi   آب   dir.   «Salomat»ning dillari, ya`ni o`rtadagi harflar   لام  Lom bo`lib, undan harf shakli  ل olinadi va u  آبga qo`shilsa, ابل—Obil ismi hosil bo`ladi.
           40. Muammo   halli:شاه —shoh    عدالت — «adolat»dan   dillarni, ya`ni o`rta harflarni olsa,   دال    bo`ladi. Uning shakli د bo`lib. شاه shoh»ga  qo`shilsa, شاهد—Shohid  ismi hosil bo`ladi.
           41. Muammo  halli —«shamim»    —xushbo`y  so`zidagi uch harf ميم   «mim» dan uning shakli   م    olinadi.   عنبر     —«anbar» so`zining  tarafi   ع ning— عين «ayn»i  olinib, mazkur    م    ga qo`shilsa,    معين—Mu`in ismi hosil bo`ladi.
           42.    Muammo halli: «Talmeh qoidasiga asosan شمس—«Shams» — quyoshday   س  harfi,   قمر  —«Qamar» —oydan ر     harfi va مشترى—«Mushtari»dan     ى   harflari   olib   tarkib   topsa, سرى—Sari ismi hosil bo`ladi.
           43.    Muammo halli: كفر -«Kufr» so`zning oldi  ﮎ harfi, اسلام — «Islom» so`zining oldi ا harfi bo`lib, ular biriksa, كا hosil bo`ladi. «Kun» so`zining arabchasi يوم —«navm» dagi   م    harfi  va   «tun» so`zining    arabchasi ليل—«layl»dan ل    harfi   olnib,     mazkur  كا      ga   qo`shilsa,  كامل—Komil ismi xosil bo`ladi.
           44. Muammo  halli:  Talmeh    qoidasiga  asosan  muammo  ismi شرف— Sharafning belgisi ف harfi bo`lganligi uchun undan    شرف   —Sharaf ismi talab qilinadi.
           45.    Muammo halli: Talmeh qoidasiga asosan   مرخ —Mirrixdanخ    harfi olinadi. Qorong`i kechada   ya`ni  ليل—Laylda Mirrix  (Saturn planetasi)  ko`rinsa, خليل— Xalil ismi hosil bo`ladi.
           46.    Muammo halli: «Qur`ondagi «Ixlos» surasining birinchi so`zi قل «qul» so`zini يار —«yor»ning yuzi ى harfigacha o`qisak, قلى—Quli ismi hosil bo`ladi. Muammoda yorning yuzi ochilgan Mushaf—Qur`onga o`xshatilgan.
           47. Muammo halli: قمر —«Qamar»—oydan talmeh qoidasiga asosan ر Harfi olinadi. Aytilganda jahon paydo bo`lgan ikki harf ك va ن harflari bo`lib, biriksa —«kun», ya`ni «bo`l» so`zi hosil bo`ladi va tarkib topsa, ركن - Rukn ismi hosil bo`ladi (Xudo — «kun», ya`ni «bo`l» deganda jahonning paydo bo`lganligiga ishora qilinadi).
           48.     Muammo halli:     دور   «dayr» so`zi aylanish va «doira» «zamoya»  ma`nolarida  keladi.  Shu   دور   —«davr»ning yuzi     د harfi bo`lib,   bu harf او —«u»ning    har ikkala  tomonida kelsa, داود    —Dovud ismi hosil bo`ladi.
           49. Muammo halli: «Qalb» so`zi dilni bildiradi. ﺳﭙﻪ «sipah»  —  askarning  dili   ﭖ  Harfi  va   يار    —yorning yuzi ى harfidir. كنار — kanor-qo`yin  so`zining ikkinchi ma`nosiga «chekka», «qirgoq» bo`lib, كنار —ning chekkasi ر harflari biriksa,  ﭘﻴﺮ   —Pir ismi hosil bo`ladi.
           50. Muammo halli: قمر—«Qamar» — oyning yuzi ق harfi oftobga, ya`ni ع «ayn»ga aylansa, عمر —Umar ismi hosil bo`ladi (Arab tilida «ayn» quyosh hamdir).
           51. Muammo halli:     جمع   «jam`»dagi,  ya`ni yig`ilishdagi «xur»—quyosh» —«ayi» ع harfidir. «Xurshid shud yori man» ishorasiga ko`ra جمع—«jam`»dagi «xur», ya`ni quyosh شيد— shidga aylansa, جمشيد   —Jamshid ismi hosil bo`ladi.
           52.    Muammo halli: «Rasul» —elchi-payg`ambar bo`lib, payg`am barlar  orasida daryoga  tashlanib, baliq qorniga  tushgan kishi يونس —Yunus payg`ambardir.
           53.    Muammo halli: نيك—«Nek» —yaxshi so`zi بيك—bek so`zidan  kinoyadir.  Xolini, ya`ni nuqtasini  yuqoriga qo`yganda نيك «nek» — «yaxshi» ko`rinadigan so`z بيك —Bek so`zidir.
           54.   Muammo halli:  ﮔﻮﻫﺮ —«gavhar»  so`zi  جوهر  javhardan kinoyadir. Gavharni yetuklik bilan yodlasak,   جوهر  —Javhar ismi hosil bo`ladi.
Muammo halli: فاضل «fozil» so`zini «bavajhi ahsan»— yaxshiroq yoki «Ahsan» shaklida o`qisak افضل—Afzal ismi hosil bo`ladi (Fozil sifatining arabcha orttirma darajasi «Afal»dir).
           Muammo halli جان —Jon so`zi خان—«xon»dan kinoyadir. Agar خان —xondagi mushkiya, xol, ya`ni nuqta lab ostiga tushsa, جان —jon bo`ladi. Xoli labi ostiga tushganida جان jon bo`ladigan so`z   xop bo`lib, u muammoning halli hisoblanadi.    
           57.    Muammo halli: Nuqta yoki xol qo`yganda «namoyon» yoki «Zohir» bo`ladigan nom  طاهر —Tohirdir.
           58. Muammo halli: يارى—«yore» —bir yor so`ziga كو «ko`» ko`chaning bosh harfi qo`shilsa, ياريك—hosil bo`ladi. Bu so`zning hamshakliباريك — Borik ismidir.
           59. Muammo halli: رخت «ruxat —«yuzing» tashif amali asosida o`zgartirilsa,  رجب—Rajab ismi hosil bo`ladi.
           60. Muammo   halli: سم «Sum»—otning   tuyog`i شمس  — «Shams» — quyoshning yuzi ش  Da qolsa, سمش—bo`ladp. Nuqtalar tashif etilsa شمس Shams ismi hosil bo`ladi.
           61. Muammo halli:قمر  —«Qamar» oyining yuziق  — harfi bo`lib, yor yuzi رخ —«rux»ga qo`shilsa, قرخ— bo`ladi. Tashif qoidasiga asosan u فرح— Farrux ismi bo`ladi.
           62. Muammo    halli; نمود «Namud»  —ko`rsatdi    so`zining yuziga, ya`ni ن   harfiga yana ikki xol yoki nuqta orttirilsa, ثمود—Samud ismi hosil bo`ladi.    
           63.   Muammo  halli: صاف «sof»   —toza    so`zidagi ص ni olib «yak qatra bo qy kay guzoram» ishorasiga ko`ra «qi»  قى ning bir qatrasini yoki nuqtasini qoldirmasak  فى fi bo`ladi va u mazkur  ص ga biriksa, صفا  —Safo ismi hosil bo`ladi.
           64. Muammo halli:تارك —«torak» —usti so`zining nuqtalari mahv etilsa, ﺎﺭﻙ bo`ladi.  Endi  تاج«toj»dagi dur, ya`ni nuqta uning ostiga to`kilsa, بارك — Borak ismi hosil bo`ladi.
           65.    Boshqa nusxalarda muammo nomi tushib qolgan. Toshkent nusxasida Farrux ismi ko`rsatilgan. Muammo halli:قلب—«qalb» — dildagi ق harfi رخ— «rux»—yuzga qo`shilsa,قرخ  —bo`ladi. Undagi bir nuqta tashif etilsa, فرح—Farrux ismi hosil bo`ladp.
           66.    Muammo halli:    عارض — «Oraz»ning mehri, ya`ni quyoshi ع harfidir. U  zulf,  ya`ni د  ga  ko`rsatilsa, عد bo`ladi (Zulf — sochga o`xshatiladi). Yana bir mehr-quyosh شمس —shams bo`lib, talmeh qoidasi asosida oxirgi harfi س ni olib, mazkur عد ga qo`shsak سعد —Sa`d ismi hosil bo`ladi.
           67.    Muammo halli: ikki gul bargi ikki nuqta bo`lib, ularning birini صبا —Saboning ko`ziga, ya`ni ص harfiga (ص harfi ko`zga o`xshatiladi). Ikkinchisini dil dog`iga, ya`ni o`rtadagi ﺒ ning  nuqtasi    yoniga  qo`yilsa, ضيا — Ziyo ismi hosil bo`ladi.
           68.    Muammo halli  «Yakkalik»  —«Birlik»  so`zining arabchasi  زاحد—Zohid bo`lib, hisob  amaliga   asosan u  muammoning yechimidir.
           69.    Muammo halli: بلى —«Bali» —«Ha» so`zidagp eng kichik sonni ifodalovchi ب harf bo`lib, (u abjad hisobida 2 ga teng) agar u 200 ga teng bo`lsa, ق bo`ladi (ق ning son qiymati 200 dir).    بلى   —«bali»dagi ب harfi   ق ga  aylansa, قلى —Quli ismi hosil bo`ladi.
           70.    Muammo halli: قسم — «Qism» so`zi «abjad» hisobida 200 ga teng (ق—100, س—60, م—40), uning ikki barobari 400 bo`lib, u «abjad»da  ت harfini bildiradi. Bu harf دو—«du» — ikki yoniga yozilsa, دوت —bo`ladi. Zulfdan maqsad ل harfi bo`lib, 30 ga teng va ikki barobari 60 dir va  س harfini fini bildiradi, Hammasi tarkib topsa,دوست Do`st ismi hosil bo`ladi (Mazmuniga qarab bu muammo Navoiyning do`sti Abdurahmon Jomiyga atalgan bo`lishi mumkin).
           71. Muammo halli yo`q!
           72. Muammo halli: «Sad yaki moh» —oyning yuzdan biri—bir bo`ladi. Quyoshning o`n yuztasi 1000 bo`ladi. Yuzdan birning biri bir ham unga qo`shilsa, 1002 bo`lib. u بخت«baxt» demakdir, ب (–2, خ–600, ت–400)ni       يار yor» oldiga olib borsak,بختيار—Baxtiyor ismi hosil bo`ladi.  
           73.    Muammo halli: افلاكى—«afloke» so`zining toqi—gumbazi yoki ا     harflariga qaramasak. فلكى—Falakiy  ismi   hosil bo`ladi.
           74. Muammo halli: Osmon burjlarining soni 12 ta, «Lf-lok», ya`ni osmonlar soni esa 9 ta va hammasi 21 ta bo`ladi. Bu son طيب —Tayyib  ismi  adadiga tengdir (ط –9, ى –10. ب –2, hammasi 210).
           75. Muammo halli( oydan maqsad ل harfidir (u «abjad»da 30 ga teng, oy ham 30 kundir). Shu oyning  ﭘﻬﻠﻮ —«pahlu»siga yoki yoniga o`tirsak, ﭘﻬﻠﻮﻝ  bo`ladi. Endi o`z yonidagi dog`lardan yoki nuqtalardan ko`pini (uchtadan ikkitasini) tashlasak, بهلول Bahlul ismi hosil bo`ladi.
           76. Sadr — halli yo`q.
           77.    Muammo halli: كوى «ko`y» —ko`chaning boshi ﻛ daزار  «zor»ni ko`rsak زارى bo`ladi. Endi زار «zor»ning dili ا harfi o`rnida يار—«yor» dog`ini ko`rsak زيرك  Ziyrak ismi hosil bo`ladi.
           78.    Muammo halli: يار «yor» qomati ا ni ﭼﺸﻢ  «chashm» —ko`z oldiga keltirsak, ﭼﺸﻢ  bo`ladi. «3-on surat» ishorasiga ko`ra tarodif qoidasi asosida uning murodifi  حسامHisom bo`ladp.
           79. Hakim — halli yo`q.    
           80. Muammo halli; جام jom» — qadahni دهن  «dahan» —og`iz tomonga, ya`niد  harfiga olib borsak,جامد —bo`ladi. Endi labdagi qatra—nuqta artilsa, حامد —Homid ismi hosil bo`ladi.
           81. Temur — halli yo`q.
           82. Muammo halli: جمال «Jamol»ning tarafiج  harfi bo`lib, agar «Sahob», ya`niابر —«abr» —bulutdan tulu` qilib chiqsa,جابر —Jobir ismi hosil bo`ladi
           83. G`arib halli yo`q.    
           84. Muammo halli: Har tomonda ko`ringan qadا ا  ikki alif bo`lib, ularning dili نى «ne», ya`ni «yo`q»dan iborat bo`lsaانى ا  bo`ladi.  Endi    ishoraga ko`ra, دل —«dil»ga g`amza  o`qi tegmasa, دانيال— Doniyol ismi hosil bo`ladi.
           85. Muammo halli: كل— «gul»ning ichiga suv, ya`ni arab tilidaما  kirsa,كمال= ك+ما+ل— Kamol ismi hosil bo`ladi.
           86. Muammo halli:  «Siyna» so`zi arab tilida  صدر —sadr deyiladi.   Uning  ichiga ا  —alif  payvasta  bo`lsa; yoki  ulansa,صادر — Sodir ismi hosil bo`ladi.  
           87.88. Bu ikki muammo halli yo`q.
           89.    Muammo  halli:سوزان «So`zon»  —O`rtanuvchi  so`zining dili —ز harfini يار «yor» ko`rsa, زيار—bo`ladi.  مسكين«Miskin»—bechoraning dili, ya`ni  o`rta  harfi  unga qo`shilsa, زيارك  —bo`ladi. Endi uning dili yoki  ا  harfi kuysa, زيارك  — Ziyrak ismi hosil bo`ladi.
           90.    Muammo halli:عجز —«ajz» —ojizlikning tomoniع  harfiبيداد —«bedod» —zulmdagiبيد —«bed»ga qarab borsa, عبيد Ubayd ismi hosil bo`ladi (Ikkinchi misrada ishora bor).
           91.    Muammo halli:  Isqot  amaliga ko`ra جمال —«jamol»danجم   jam,    خورشيد—«Xurshid»danخور  —«xur», ya`ni quyosh zavol topsa,شيد  «shid» qoladi va ular tarkib topsa, جمشيد —Jamshid ismi hosil bo`ladi.
           92. Muammo halli:شميم  —«Shamim» —xushbo`y so`zidan م  harfi,كلام  —«Kalom»danل    harfi va شكاف —«shigof» — teshikdanﮎ  harflari tarkib topsa,ملك — Malik ismi hosil bo`ladi   («Shamim»dan   «mim»,   «Kalom»dan    «Lom»,   «Shigof»dan «Gof» harflari olinadi).    
           93. Kamol — halli yo`q.
           94. Muammo halli: «toki vay boshad» iborasiga ko`ra وى «vay», ya`ni uni olib,سنم  —sanamning o`q va qilichidan boshqasiس  harfini olib qo`shsak ويس —Vays ismi hosil bo`ladi.
           95.    Muammo  halli: عالم—«Olam»ning  yuzi ع harfidir. «Nozi jonon manigar» ishorasiga ko`ra   جانان —«Jonon»dan نا   «no»ga qaramasak,   جان—«jon» qoladi. Endi   دلى«dile» dan  لى—«li»ni oshkora qilsak va tarkib topsa, على جان — Alijon ismi hosil bo`ladi.
           96. Koko — halli yo`q.    
           97. Muammo halli: Ikkinchi misradagi ishoraga asosan وليكين—«va lekin» so`zining kanoridan, ya`ni chekkasidan bir lafz yoki so`zni كين «kin» so`zini keltirmasak,ولى —Vali ismi hosil bo`ladi.
           93.  Muammo halli: ﭼﻘﺮ «Chaqar»ning etagi  yoki oxirgi harfi   tashlansa,    ﭼﻖ — qoladi. ماه—moh—go`zalning etagi ه harfi tashlansa, «mo» qolib, ikkalasi ﭼﻘﻤﺎ  — bo`ladi. Endi chaqardan topgan ق  ni uning oyog`i ostiga tashlasak, ﭼﻘﻤﺎق   —Chaqmoq ismi hosil bo`ladi;
           99. Muammo halli: رو «ro`» Jamol yuzning yuziر  harfi bo`lib, ishoraga asosan ﭘﻮشيد—«pushid»dan  ﭘﻮpu isqot qilinsa,شيد  «shid» qoladi va u bilan qo`shilsa,     رشيد Rashid ismi hosil bo`ladi.
           100. Kiyo — halli yo`q.
           101.    Muammo halli: Ikkinchi misradagi ishoraga asosanبلاى —«baloyi» so`zining boshi va dili ب va ل  harflari isqot qilinsa, اى qoladi. Endi unga رهاندم— «Rahondam»dagi  ه kirsa,   آهى—Ohi ismi hosil bo`ladi:
           102. Hamro — halli yo`q.
           103, Muammo halli: «Murg`» qush so`zi arab tilida  طير«tayr» bo`lib, uning dili, ya`ni o`rta harfi ى hurkib ketsa, طر—qoladi. Endi dili hurkkan qushning dili o`rniga ko`ngil tirnovchi  آه «oh» kirsa,طاهر   —Tohir ismi hosil bo`ladi. Bu muammoda vatanidan ayrilganlarning ahvoli mohirona tasvirlangan.
           104 Muammo halli: «Sari ko`»dan  كو«ko`» ko`chaning boshi ﻛ harfidir.  Endi بيمار —«bemor»ning  boshi  ب ni  kessa va dili م harfini daf` qilsa, يار qoladi va tarkib topsa يارك bo`ladi. Tashif qoidasiga binoan uning hamshakli   بارك Borak ismidir.
           105.    Muammo halli: شمع «Sham`»ning dili, ya`ni م   harfi erisa,   شع qoladi. عيبش  «aybash» —aybi so`zining tomoniش  harfi va mehri  (quyoshi) ع harfi ketsa, يب qoladi va u mazkur شع ga qo`shilsa,  شعيب Shu`ayb ismi hosil bo`ladi.
           106.    Muammo halli:آهو —«ohu»—kiyikdagi o`q ا harfi bo`lib bu o`q آهو —ning oyog`iga ya`ni oxiriga tegib egilsa دbo`ladi, ( د- ا) va هود — Hud ismi hosil bo`ladi.
           107. Muammo halli: قد— «qad» so`zidagiد  harfi ﺟﺎﻥﺍﻯ ga qo`shilsa. ﺟﺎﻥﺍﻯد bo`ladi. Endi bo`stondagi sarvlar esdan chiqsa yoki aliflar isqot qilinsaجنيد  —Junayd ismi hosil bo`ladi (Inv. 558 nusxada muammo nomi tushirib qoldirilgan. Toshkent nusxalarida nom bor).
           108. Muammo halli: شوق—«shavq» so`zining yuzi ش harfini olib,بلى  — «bale» —«ha» so`ziga qo`shsak. شبلى—Shibliy ismi hosil bo`ladi.
           109. Muammo halli:شراب «Sharob»dan Xudo bezor bo`lsa, ya`ni undanرب  —«Rab» ketsa,شا —qoladi. Endi ishoraga ko`ra تلخكامى dagiمى —may qo`shilsa,شامى —Shomiy ismi hosil bo`ladi.
           110. Muammo halli: «Zulf» va «Xol»ning ikkalasiزوال — «zul»  bo`ladi. Endi جنون —«junun»ning boshi olib qo`yilsa,نون —qoladi   (baytda bunga  ishora  bor).  Ular    tarkib topsa. ذوالنون—Zunnun ismi hosil bo`ladi.
           111.    Muammo halli:ﻏﻨﭽﻪ  «G`uncha» ikki yuzini, ya`ni oldingi va oxirgi harflariغ  va ه harflari isqot qilinsa. ﻧﭻ qoladi. Undan bulbul uchib ketsa,نج  bo`ladi. Endi yorning og`zi  g`uncha  kabi kulsa,نجم  Najm  ismi hosil  bo`ladi.
           112. Ziyrak — halli yo`q.   
           113. Muammo halli: «Bodu boron ast» —«Shamol va yomg`irdir» iborasida so`z o`yini bor. «Bo du bo» birikmasi «Ikki bo bilan» bo`lganligi uchun bu ikki «bo»dan بابا —Bobo ismi hosil bo`ladi.
           114. Muammo   halli: جام—«jom» bo`sh bo`lsa, ichidagiا  harfi isqot bo`lib, جم—qoladi, jom bo`sh bo`lganligi sababli kambag`al  «rind».رند  — besarashkom» bosh va  oxiri bo`lmasa. ن qoladi («sar» —bosh,- «Anjom» —oxir) va ular qo`shilsa. نجم — Najm ismi hosil bo`ladi.
           115. Muammo halli: كام—«Kom» so`zi «maqsad» va «tanglay» ma`nolarini anglatadi.لب «lab»dan til maqsadga yoki tanglayga yetadigan qismiل  harfidir (bu harf talaffuz etilsa. til tanglayga tegadi). Bu harf «tanglay». Ya`niكام — «Kom»ga yetsa. كامل Komil ismi hosil bo`ladi. Navoiy bu muammoni isqot amalining eng badiiy ko`rinishidir, deb ta`kidlaydi.
           116. Muammo halli: Ikkinchi misradagi «Bohush gashta ast» —hushiga kelibdi «bohush gashta ast», ya`ni «Bohush» aylanibdi» tarzida ham o`qiladi va mazkur باهوش «bohush» so`zi aylansa yoki qalb qilinsa,شهاب  Shahob ismi hosil qilinadi.
           117. Muammo halli: Ikkinchi misradagi «Gashta farshi ko`yat» — «ko`chaning sahnida yuribdi» iborasi «ko`chaning sahnini aylanibdi» tarzida ham o`qiladi vaفرش —«farsh», «sahn» so`ziga aylansa, ya`ni qalb qilinsa.شرف — Sharaf ismi hosil bo`ladi.
           118(. Mazid — muammo halli yo`q.
           119. Muammo halli:زاهد —«Zohid» so`zining dili ya`ni o`rtadagiا  vaه  harflari buzilsa,زيد  —Zayd ismi hosil bo`ladi.
           120. Muammo halli: آرام—«Orom» vaدل —«dil» so`zlari zeru-zabar. ya`ni ostin va ustin bo`lsa,دلارام —Dilorom ismi hosil bo`ladi   (bunda harflar  emas, balki   so`zlar qalb bo`ladi).
           121. Muammo halli: مى—«man»danم  harfini olib, م «gul»ni aylantirsak, («davri gul» bunga ishoradir)دلى  bo`ladi  va ular tarkib topsa. ملك—Malik ismi hosil bo`ladi.
           122.    Muammo halli: «bulbul»ning ikkinchi nomi «Hazor» ya`ni mingdir. Bu 1000 soni «Abjad» hisobida غ  harfiga teng. Endiروى —«ro`y» — yuz so`zi aylansa, يور hosil bo`ladi va bulbulga, ya`ni غ  ga ko`rinsaغيور  G`ayur ismi hosil bo`ladi.    
           123.    Muammo   halli: «Ishq o`qi»dan  maqsad ا  harfi bo`lib, uni  كامل «Komil»  «kamolga yetgan oshiq»ning bir joyidan olib, ikkinchi joyiga qo`yilsa, كمال —Kamol ismi hosil bo`ladi.
           124. Muammo halli: ﭼﻤﻦ—«chaman»ga ayb taqilsa yoki undagn harflar o`rni almashsa. ﻧﭽﻢ — bo`ladi. Endi chamandagi nasrin barglarini to`ksa yoki ikki nuqta isqot qilinsa.نجم —Najm ismi hosil bo`ladi.
           125. Muammo halli:طفل  —«tifl» —yosh bola so`zining oyog`idagi لharfi boshiga o`tsa, لطف —Lutf ismi hosil bo`ladi.
           126.    Muammo   halli:    Muammo birinchi misradan yechiladi.نام  —«nom»   qalb   qilinsa,مان  —bo`ladi     («dilam»   so`zidagi «dil»—arabchasi  «Qalb»  bunga ishoradir). Endi uni qalam qilinsa yoki alif  ا      harfi unga biriksa, امان —Amon ismi hosil bo`ladi.
           127.    Bu ruboiy va nasriy xotima O`zRFA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo`lyozmalar jamg`armasida saqlanayotgan inv. raqami 5564, 4565, 5667 nusxalarida uchraydi. Sadriddin Ayniyning ta`kidlashicha. Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy tomonidan yuborilgan bu asarni o`qib chiqqach, mazkur ruboiy va xotimana taqriz sifatida yozib qo`ygan.