www.uz
 MARSIYA

MARSIYAI HAZRATI MAXDUM
1. Har dam az anҷumani charx ҷafoe digar ast,
    Har yak az anҷumi ӯ dog`i baloe digar ast.
    
2.Rӯzu shabro, ki kabud ast siyah ҷoma dar ӯ,
   Shab azoe digaru rӯz azoe digar ast.

3.Balki har lahza azoest, ki az dashti adam
   Har dam az xayli aҷal gardi fanoe digar ast.

4.Hast motamkadai dahr, ki az har tarafash 
   Dudi ohi digaru nolai voe digar ast.

5.Ohi ӯ hast ba dil tiragӣ afzoyanda,
   Voi ӯ niz ba ҷon ya`sfizoe digar ast.

6.Guli in bog`, ki sadpora zi motamzadagist,
   Har yake sӯxtai ҷoma qaboe digar ast.

7.Obi ӯ zahru havoyash mutaaffin, chӣ aҷab,
   Ki dar in marhala har rӯz vaboe digar ast.

8.Ahli dil mayl sӯi gulshani quds ar dorand,
   Hast az on rӯ, ki dar ӯ obu havoe digar ast.

9.Nazdi arbobi yaqin dori fano ҷoe nest,
   Vatani aslii in toifa ҷoe digar ast.

10.3-on sabab masti mai ҷomi azal orifi Ҷom,
     Sarxush az dori fano sӯi Vatan kard xirom.

11.Ey harimi harami qurbi ilohӣ ҷoyat,
     Tarafi ҷannati Firdavs, kuҷo parvoyat.


12.Chun shudӣ az harami mulk ba sayri malakut,
     Bud dar anҷumani xayli malak g`avg`oyat.

13.Tӯtiyoni harami quds ba dil mushtoqat,
     Bulbuloni chamani uns ba ҷon shaydoyat.

14.Simyokori qazo mehr digar dod tulӯ`,
     Charxro az asari ravshanii simoyat.

15.Nӯh falak charxzanon omada bar atrofat,
     Buda gӯyo ba sari har yak az on savdoyat.

16.Shӯr dar olami arvoh biyaftod az on,
     Ki navisand ba ҷon nuktai ruhafzoyat.

17.Ruhi aqtob rasidand ba istiqbolat,
     Ҷoni avtod fitodand ba xoki poyat.

18.Dast bar dast rabudand turo to ҷoe,
     Ki dar in g`amkada ham xostӣ onro royat.

19.Tu shudӣ vosili maqsudi haqiqiyu bimond
     To qiyomat ba ҷahon shevanu vovayloyat.

20.Dar firoqi tu g`amin mond dili g`amzadagon,
     Tira z-in gӯshai motamzada motamzadagon.

21.Tu biraftiyu dili xalqi ҷahon zor bimond,  
     To qiyomat ba firoqi tu giriftor bimond.

22.3-otashi ohi dili sӯxtagon to ba abad,
     Dudho dar xumi in gunbadi davvor bimond.

23.Ahli tavhid, ki be murshidi komil gashtand,
     Sadashon mushkili halnoshuda dar kor bimond.

24.Solikonro, ki kamol az tu rasidӣ ba suluk,
     Aҷzho dar ravishu nuqs ba atvor bimond.

25.Umaroro, ki shudӣ mash`ali mehr az tu munir,
     Tira shud mash`alu to hashr shabi tor bimond.

26.Sad xalal rah ba din yoft, ki dindoronro,
     Subha bishkastu ba kaf rishtai zunnor bimond.

27.Sirri Haq raft pasi pardai kitmon, ki zi ashk,
     Ba gilandudai dar maxzani asror bimond.

28.Na ki sad xori alam dar dili ahror xalid,
     Ki dusad bori sitam bar tani abror bimond.

29.Tolibonro ravishi rohi fano raft zi dast,
     Har yake dar pasi sad pardai pindor bimond.

30.Chi tazalzul, ki zi favti tu dar ayyom aftod,
     3-on tazalzul chi xalalho, ki dar islom aftod.

31.3-in azo dar hama olam na gado mond, na shoh,
     Ki kashidand ba sugi tu dusad nolavu oh.

32.Abrson, giryakunon, na`razanon soya fikand
     Bar sari na`shi tu xurshedi karam zilli Iloh.

33.Gar muyassar shudiyash na`sh kashidӣ bar dӯsh
     Chun mani sӯxtadil, ҷonibi madfan hama roh.

34.Shahriyoroni ҷahon chok zada ҷoma ba tan,
     Peshi tobuti tu pӯyanda ba ahvoli taboh.

35.Sarbalandoni zamon dar tahi na`shat shudaast
     Hama giryonu kashon, bori tu bo pushti dutoh.

36.Shuda har poyai mahdi tu ba dӯshi yak qutb,
     Lek har chor shuda nudbagaru vo asafo!

37.Olamero ba sӯi olami digar burdand
     Natavon ҷuz ba chunin borkashonӣ ogoh.

38.Chaza`ӣ akbarӣ aftod, ki bo in hama chashm
     Charxi gardun natavonist, bad-on sӯy nigoh.

39.Garchi shomi tu shud az nur chu mahtob safed,
     Hech kas lek nadidast chunon rӯzi siyoh.

40.Ba namozat, ki hazoron zi bashar payvastand,
     Sad hazoron zi maloik ba havo saf bastand.

41.Hama burdand ba afg`onu dili chok turo,
     Ҷoy kardand, chu ganҷe ba dili xok turo.

42.Xayli arbobi irodat hamaro chok ba dil,
     Har yake xost kashidan ba dili chok turo.

43.Sari pokoni ҷahon budӣ, az on Ezidi pok
     Pok ovardu digar burd hamon pok turo.

44.G`arqai bahri visole, ki ba chashmi himmat
     Ravza chun gulshanu tӯbist zi xoshok turo.

45.Rӯhi pokat chu ba boloi nӯhum charx shitoft,
     3-in ki tan zeri zamin raft kuҷo bok turo?

46.Hama pokoni ҷahonro ba tani pok rasid,
     On chi bar paykari pok omad az aflok turo.

47.Chun tu ganҷe, ki falak dosht nihon kard ba xok,
      Na pai hifz, ki az g`oyati imsok turo.

48.Aqli kull budӣ az idroki maonӣ z-on rӯ,
     Natavonad, ki taaqqul kunad idrok turo.

49.Qismi yoron zi tu gar zoriyu g`amnokӣ shud,
     Lek zore nabuvad chun mani g`amnok turo.

50.Zada saf xayli maloik, ki baroyad Maxdum,
     Muxlisonro makun az didani rӯyat mahrum.

51.Dӯston, dar hama fan nodirai olam ku?
     Afzalu a`lami avlodi banӣ odam ku?

52.Dar biyoboni tamanno-sh xaloiq murdand,
     Ba davoi hama on Xizri Masihodam ku?

53.Dili ashob shud az teg`i firokash sad zaxm,                                         
     On, ki budӣ ba hama xulqi xushash marham ku?

54.Huҷra xoliyu pareshon shuda avroqu kutub,                                   
     Sohibi huҷra kuҷo, nozimi onho ham ku?

55.Dar saro nest ba ҷuz xudkushii g`amzadagon,                                           
     On, ki taskin dihad inrovu xӯrad shon g`am ku?

56.Xoma rӯ karda siyah, sinai xudro zada chok,
     Ki xudovandi man on, bar ulamo a`lam ku?

57.Dar Xuroson natavon guft, ki kas xurram nest,
     Kas, ki dar rӯi zamin yoft shavad, xurram ku?

58.Na ki dar xonaqahi zuhd fitod in motam,
     Dar xaroboti fano niz ba ҷuz motam ku?

59.Guzarondan ba fano ahd kunam boqii umr,
     K-andar in dayri kӯhan ahdi baqo mahkam ku?

60.Ishqbozon zi g`am otash ba dil afrӯxtaand,
     Ҷongudozon ham az in otashi dil sӯxtaand.
 
61.Ey, ki dar pesh giriftӣ safari duru daroz,
     Ki bad-in nav` safar har ki bishud, n-omad boz.

62.Na ki az nӯgi qalam boz bubastӣ rahi sehr,
     Balki az bandi zabon burdӣ az ofoq e`ҷoz!

63.Nafasi qudsiyat az kas natavon yoft digar, 
     Vahyro ba`di nabӣ z-on ki nashud kas mumtoz.

64.Shohro mond ba ҷon z-otashi hiҷroni tu sӯz,
     Bandaro dar dili sadpora zi dog`i tu gudoz.

65.Na shahu banda ki to rӯzi qiyomat dar dahr
     Har ki boshad, buvad az motami tu navha tiroz.

66.Garchi rӯ dar tutuqi vasl nuhuftӣ, ki shavӣ,
     To abad ҷilvakunon dar harami izzatu noz.

67.Madad az rӯhi puranvori xudat niz rason,
     Ki xaroband zi haҷri tu base ahli niyoz.
    
68.Har ki sad qarn bimonad ba ҷahon, ham ba fusun,
     Biraboyad ҷahonash falaki shӯ`badaboz.

69.Ey rafiqon, hamaro oqibati kor inast, 
     Fikri anҷom kase beh, ki kunad az og`oz.

70.Shohi ma`niro gar surate aftod chunin,
     Bod to hashr shahi suratu ma`nӣ omin!
MAXDUM HAZAT (VAFOTI)GA MARSIYA

1. Har dam osmon anjumanidan yangi bir jafo keladi,
     uning har bir yulduzi yangi bir baloning dog`idir.

2. Kunduz va kech uning kiyimi ko`k va qoradir,
    kechasi boshqa aza va kunduzi boshqa azadir.

3. Balki har lahza yo`qlik dashtidan aza keladi,
    har dam ajal guruhidan yangi bir fano gardi keladi.

4. Dunyo bir motamxonadirki, uning har tarafidan,
    boshqa bir ohning dudi va boshqa nolayu voy keladi.

5. Uning ohi dilga qorong`ulik orttiradi,
     nolayu voyi jonga yangi qayg`u soladi.

6. Bu bog`ning guli motamzadalikdan yuz pora bo`ldi,
    har birining libosi kuygan, boshqasining esa to`ni(kuyadi).
 
7. (Bu bog`ning) suvi zahar, havosi badbo`y, ne ajabki,
    bu manzilda har kun boshqa vabo bo`ladi.

8. Dil ahllari poklik gulshani tomon (ketmoq) istadilar,
    chunki u yerda obi havo boshqachadir.

9. E`tiqod egalari nazdida bu o`tkinchi dunyo
    joy emas, bu toifaning asli joni boshqa yerdadir.

10. Shu sababli azal mayining masti jomlik orif,
     sarxushlik bilan fano saroyidan (chiqib) vatan tomon ketdi.

11. Ey ilohiy qurb mahramgohi haramidan joy olgan,
      sening qiziqishing jannat bog`i tomon bo`larmidi?!

12. Yer haramidan malaklar mamlakatiga sayr
      qilganingda, malak guruhi anjumaniga g`avg`ong tushdi.

13. Poklik harami to`tilari senga yurakdan
      mushtoqlar, do`stlik chamani bulbullari senga jondan shaydolar.

14. Qazo kimyogari boshqa quyoshni chiqardi,
      (zeroki) siymoying ravshanligi osmonga ta`sir qildi.

15. To`qqiz falak charx urib atrofingga kelishdi,
      go`yo har birining boshida sening savdoying bor edi.

16. Arvohlar olamiga shuning uchun (ham) g`avg`o tushdiki,
      ruhparvar nozik fikrlaringni jon bilan yozsinlar.

17. Qutblar ruhi istiqbolingga kelishdi,
      avtodlar joni xoki poyingga yig`ilishdi.

18. Seni qo`lma-qo`l (qilib) shunday bir joyga olib borishdiki,
      bu g`am makonida ham u joyni xohlar eding.

19. Sen haqiqiy maqsadga erishding,
      (lekin) qiyomatgacha jahonda dodu faryoding qoldi.

20. Sening firoqingda g`amzadalar dili g`amgin qoldi,
      shuning uchun motamzadalar motamxonasining burchaklari zulmatda qoldi.

21. Sen ketdingu jahon xalqining dili zor qoldi,
      qiyomatgacha firoqingga giriftor qoldi.

22. To abad kuyganlar dilining ohidan,
       bu aylanuvchi gumbaz xumida tutunlar qoldi.

23. Haqiqatga yetishmoqchi bo`lganlar komil murshidsiz qoldi,
      (ularning) yuzlarcha mushkullari hal bo`lmay shundayin qoldi.

24. Xudojo`ylar sulukiga sendan komillik yetishib turar edi,
      ravishlarida ojizligu atvorlarida nuqsonlar qoldi.

25. Sening nuring olimlar uchun dars mash`ali bo`ldi,
      mash`al o`chdi va qiyomat kunigacha kecha qorong`u qoldi.

26. Dinga yuz xalal yetishdi va dindorlarning
      tasbehi sinib, kaftida zunnor ipi qoldi.

27. Haq sirri pinhon pardasining ortiga yashirinib,
      sirlar xazinasi ko`z yoshi loyi bilan suvalib qoldi.

28. Nainki yuz alam tikani erklilar taniga qadaldi,
      (balki) ikki yuz sitam yuki yaxshilar tanida qoldi.

29. Toliblar fano yo`lining ravishini qo`ldan.
      berdilar, har biri yuz xayol pardasi ortida qoldi.

30. Sening vafoting tufayli davrda ne chog`liq zilzilalar ro`y berdi,
       u zilziladan islomga qanchalik xalallar yetishdi.

31. Bu azadan hamma olamda na gado qoldi, na shoh,
      ular sening motamingda ikki yuzlab nolavu oh chekdilar.

32. Bulutdek o`kirib, nola tortib,
       karam quyoshi iloh ko`lankasi tobuting ustiga soya tashladi.

33. Agar muyassar bo`lsa u ham na`shingni yelkaga olib,
      kuygan men kabi mozorgacha hamroh bo`lar edi.

34. Jahon podshohlari to`nlarini chok qilib,
      tobuting oldida qattiq qayg`u bilan qadam tashladilar.

35. Jahon mag`rurlari tobuting ostida past bo`lib,
hammalari yig`lab, sening yukingni bukchayganicha eltib bordilar.

36. Tobuting har poyasi bir ulug` zot (qutb) yelkasida,
      lekin to`rttovlari ham afsus deya dod solib yig`ladilar.

37. Bir olamni boshqa bir olamga olib borish,
      bundayin ogoh yuk tashuvchilardan boshqaga mumkin emas.

38. Ulkan betoqatlik yuz berdiki, shuncha ko`p ko`zlar
      bilan ham aylanuvchi osmon o`sha tomonga qaray olmadi.

39. Garchi tuning nur bilan oydindek oppoq esa-da,
      lekin hech kim bunday qora tunni ko`rgan emas edi.

40. Namozingga minglab knshilar to`plandi,
      yuz minglab malaklar havoda saf tortdilar.
 
41. Hamma fig`on tortib, dilini chok qilib, seni olib
      bordilar, tuproq ko`ksiga xazinadek seni joyladilar.

42. Muridlar guruhidagi hammaning dili chok,
      har biri seni shu chok bo`lgan diliga tortmoqchi bo`ldi.

43. Jahon poklarining boshlig`i eding, shuning uchun (ham) pok Tangri,
       pok (qilib) yaratdi seni-yu, yana pok olib ketdi.

44. Visol daryosiga cho`mding, himmat ko`zida
      senga jannat gulxanu tubi (daraxti) bir xashakdek tuyuladi.

45. Sening pok   ruhing to`qqizinchi osmonga shoshildi,
      binobarin, taning yer ostida qolsa, senga nezarar?

46. Hamma jahon poklarining pok taniga,
      sening pok taningga osmondan yetishgan (narsalar) yetishdi.

47. Falak sen kabi nodir xazinadan bahra olish uchun emas,
      balki seni yaxshi saqlash uchun tuproqqa yashirdi.

48. Ma`nolarni idrok etishlikda sen aqli raso eding,
      shuning uchun idrok sen haqingda aql yurita olmaydi.

49. Garchi yoronlar qismati senga zorlnk va (qayg`ungda) g`amginlik ekan,
      lekin men g`amgindek, biror zor bo`lmasa kerak.

50. Ulug`lar Maxdum keladilar, deb saf tortishdi,
      muxlislarni yuzingni ko`rishdan mahrum qilma.

51.    Do`stlar, hamma fanda olam yagonasi qani?
    odam bolalari jinsidan eng afzali, eng so`zga chechani qani?

52.    Orzusi biyoboinda xaloyiq halok bo`ldi,
         hammaning davosi bo`lgan Masiho nafasli Xizr qani?

53.   Do`stlarning dili firoqing tig`idan yuz yara bo`ldi,
        yaxshi xulqi hammaga malham bo`lgan (odam) qani?

54.    Hujra bo`sh va kitob varaqlari to`zib qoldi,
         hujra egasi qani? Ularga qarovchi qani?

55.   G`amzadalar boshida o`zini o`ldirishdan boshqa fikr yo`q.
        ularga taskin beruvchi va bularga g`amkashlik qiluvchi qann?

56.    Qalam yuzini qora qilib, siynasini chok aylab,
         olimlar olimi, bo`lgan mening egam qani? (deb so`ramoqda).

57.   Xurosonda hech kimni xursand deb bo`lmaydi,
        yer yuzida topilgan kishining xurrami qani?

58. Bu motam faqat zohidlik xonaqohiga tushmadi,
      foniylik dunyosida ham motamdan boshqasi qani?

59. Qolgan umrni foniylikda o`tkazishga ahd qildim,
      bu ko`hna dunyoda boqiylik ahdining mahkamligi qani?

60. Ishqibozlar qayg`udan dilga o`t soldilar,
      jon fido qiluvchilar ham bu g`am o`tidan kuydilar.

61. Ey uzundan-uzoq safarga ravona bo`lgan,
     bu xildagi safarga kimki chiqdi yana qaytmadi.

62. Nainki qalam uchidagi sehrni yana bog`lading,
      balki til bandi bilan jahondan mo``jizani olib ketding.

63. Pok nafasingni boshqa biror kimsadan topib  bo`lmaydi,
      chunki payg`ambardan keyin hech kim vahiy bilan imtiyoz topmadi.

64. Shohning jonida sening hijroning o`tidan yong`in qoldi.
      Qullarning yuz pora dilida g`amingdan erib suv bo`lish qoldi.

65. Na shoh, na qul, balki dunyoda qiyomat kunigacha,
      har kim tursa, sening motamingda faryod qiladi.

66. Garchi yuzingni vasl pardasi bilan yashirsang-da,
      izzat va noz haramida to abad jilva qilgaysan.

67. Nurlarga to`la ruhingdan madad yetkazgaysan,
      chunki sendan judolikda ko`p e`tiqod egalari xarobdirlar.

68. Jahonda yuz qarn (asr) yashagan kimsani ham afsun bilan
     o`yin ko`rsatuvchi falak jahondan uzib oladi.

69. Ey rafiqlar, hammaning ishi oqibati shundaydir,
      oxirning fikrini boshdan qilish yaxshidir.

70. Ma`no shohining surati agar shunday bo`lsa,
      qiyomatgacha surat bilan ma`no shohiga omin bo`lgay!