www.uz
MUSADDAS


G`AZALI MAXDUM AST, KI BA HUKMI OLӢ MUSADDAS KARDA SHUDAAST*
1. Kardame dar xoki kӯi dӯst ma`vo, koshkӣ!
Sudame ruxsori xud bar xoki on po koshkӣ!
Omadӣ berun zi kӯi (on) sarvi bolo koshkӣ!
 Burqa` afkandӣ zi rӯi olamoro, koshkӣ!
Didame didori on dildori ra`no koshkӣ!
Dida ravshan kardame z-on rӯi zebo koshkӣ!

2. Kӯi on mah to buvad, ҷannat nameboyad maro,
To buvad ҷannat, ba dӯzax dil furӯ n-oyad maro,
Peshi la`lash kay dahan bo Kavsar oloyad maro?
To buvad on sarv, tӯbӣ xush nameoyad maro,
Xotir andar soyai tӯbӣ nayosoyad maro,
Soya kardӣ bar saram on sarvi bolo, koshkӣ.

3. Dӣ shudam afg`onkunon to kӯi on sarvi baland,
To ҷamolash bingaram, har gah burun ronad samand,
Muntazir mebud to imrӯz ҷoni mustamand,
Chun burun omad, ba rӯi xeshtan burqa` fikand,
Garchi imrӯz az ҷamoli ӯ nagashtam bahramand,
Va`dai in davlat aftodӣ ba fardo, koshkӣ.

4. Dar dili zoram havas didori on gulchehra bud,
Ozimi qasrash shudam, chun on havas dar dil fuzud.
Mone` omad hoҷibam v-on gah ba sad guftushunud,
Ҷonibi gulzoram az bahri tamosho rah namud,
Oshiqonro ruxsati gul chidanu didan chӣ sud?

5. Bo vuҷudi on ki dilro   nest z-on gulrӯ nasib,
Ne guli on rӯ, ki xore az sari on kӯ nasib,
Ne ba ҷon yak nukta z-on labhoi shiringӯ nasib,
Ne ba chashmam ҷilvae z-on orazi nekӯ nasib,
Koshkӣ gӯyam maro gashtӣ visoli ӯ nasib,
Benasibonro nasibe nest, illo, koshkӣ.

6. Nest ahli zuhdro ogohӣ az asrori ishq,
Naqdi din beqimat aftodast dar bozori ishq,
Az tariqi oqilӣ bezor boshad zori ishq,
Din hame barbod boyad dod dar atvori ishq,
Bo vuҷudi aqlu din somon nagirad kori ishq,
Dar huҷumi in shudӣ on hardu yag`mo, koshkӣ!

7. On, ki sharhi harfi haҷrash, komi ҷonro soxt mo`r,
Az Zaburi ishq don ham bayyinotash ham Zabur,
Baski vasfi ӯ  buvad virdi zaboni abdu hur,
Gashtaast az durri nazmi ahli tab` ofoq pur,
Nazmi ҷomiro, ki shud dar vasfi lutfi ӯ  chu dur,
ҷo nabudy g`ayri gyshi shohi volo, koshky!

8. Xusrave, k-az sham`i royash mebarad xurshed nur,
Mohi nav bahri g`ulomonash sazad na`li sutur,
Bandagoni ӯ gahi razmovari xoqonu fur,
Chovushoni ӯ hama shohon gahi ayshu surur,
Shoh Abulg`ozӣ ki megӯyad shahi anҷum zi dur:
Budiyam dar silki nazdikoni ӯ ҷo, koshkӣ.

9. On ki gardun nest dar sur`at ba soni azmi ӯ, 
Aqli kull angushti hayrat dar dahon az hazmi ӯ,
Larza dar andomi bahr omad zi azmi ҷazmi ӯ,
Harchi ronad bod mag`lub az bisoti razmi ӯ, 
Harchi xohad bod hosil dar harimi bazmi ӯ,
(Dar)  harimi bazmi ӯ sadsola rah to koshkӣ.
OLIY FARMON BILAN MAXDUM (JOMIY) G`AZALIGA BOG`LANGAN MUSADDAS
1. Koshki, do`st ko`yi (ko`chasi) tuprog`idan joy olsam edi.
Koshki, uning oyog`i tuprog`i(izi)ga yuzlarimni surtsam edi.
Koshki, u sarvqomat ko`chasidan chiqib kelsa edi.
Olamni bezovchi yuzidan koshki, pardasini olsa edi.
Koshki, u ra`no dildorning diydorini ko`rsam edi.
Koshki, ko`zimni u zebo yuz bilan ravshan qilsam edi.

2. Jannat turganda, ko`nglim do`zaxga mayl etmaganidek,
u oyning ko`yi bor ekan, menga behisht kerak emas.
La`l labi oldida og`zim nega Kavsar suviga belansin?
U sarv turganda Tubo (daraxti) meni maftun qilmaydi.
Xotirim Tubo soyasida osuda (xotirjam) bo`lmaydi.
Koshki, u sarvqomat boshimga soya solsa edi.

3. Kecha afg`on chekib u sarvqomat ko`chasiga ravon bo`ldim.
Har bor jamolini ko`ray desam saman(oti)ni surib ketadi.
Bugungacha uning (diydoriga) bechora jonim intizor edi.
U tashqariga chiqqanda yuziga parda tortgan edi.
Bugun uning jamolidan bahramand bo`lmagan bo`lsamda,
bu davlatga yetish va`dasi, koshki, ertaga qolsa edi.

4. Zor dilimda u gulchehra diydorining havasi bor edi,
u havas ortgandan keyin (uning) qasriga qarab ravona bo`ldim.
Darvazabon yo`limni to`sdi, ko`p tortishuvlardan keyin
tamosha qilish uchun gulzor tomonga yo`lladi.
Oshiqlarga gul terish va gulni tomosha qilishdan ne foyda?
Koshki, u gulchehraning tamoshosiga ham ijozat bo`lsa edi.

5. Dilga u gul yuzlidan nasiba yetmadi. Yuzining guli u
yoqda tursin, hatto ko`chasi boshidagi tikandan ham nasiba yo`q.
Jonga u shirin zabondan bir nukta, ko`zimga u
go`zal yuzdan bir jilva nasiba yo`q. Koshki,
uning visoli menga nasib bo`lsa edi, deyman.
Nasibasizlarga koshkidan o`zga nasiba yo`q.

6. Zohidlarga ishq sirlaridan ogohlik yo`qdir.
Ishq bozorida din naqdi (aqchasi)ning qadri tushgan.
Ishqqa zor bo`lgan kishi oqillik yo`lidan bezordir.
Ishq tavri (odati) bo`yicha dinni barbod berish kerak.
Aqlu din bor ekan, ishq ishi yurishmaydi. Bu (ishq)ning
hujumi bilan u ikkovi (aql va din)nnng ishi talon-taroj bo`lsaydi.

7. Hajr (ayriliq) harfining shahri bilan jon
og`zini achitgan zotning dalil va qilgan ishlarini
ishq zaburi kitobidan deb bil. Hurlar va qullar tilida
uning vasfi takrorlangani takrorlangan. Tab` ahli (shoirlar)ning
nazm durlari bilan ufqlarga uning ta`rifi to`lib ketdi.
Uning lutfu karami vasfida Jomiyning nazmi
durdek porlab turibdi. Koshki, (bu nazm durri)
ulug` shohdan boshqaning qulog`idan joy olmasa edi.

8. U (shunday podshoh)ki, fikr shamidan quyosh nur oladi.
Yangi oy (uning) qullari ulovining taqasi bo`lsa arziydi.
Urush paytida xoqonu fag`furlar uning qullaridur.
Ayshu surur (kayfu safo) qilsa, podshohlar uning xizmatkorlaridir.
(U shunday) shoh Abulg`ozi (g`oziylar otasidur)ki, uzoqdan yulduzlar
podshohi ko`rib): Koshki, uning ya qinlari qatorida bo`lsam edi, deydi.

9. U (shunday podshoh)ki, falak ham
uning azmidek tez yurolmaydi.
Aqli kull (komil aql) uning hushyorligidan hayrat
barmog`ini tishlab qoladi. Uning azmu jazmi (qat`iyatligi)dan
dengiz jismiga larza tushadi. Jang maydonida kimga
hujum qilsa, mag`lub bo`lsin! Bazm haramidan
koshkigacha yuz yillik yo`l bo`lsa ham,
bazm haramida nimaiki istasa, muyassar bo`lsin!