Òîï ðåéòèíã www.uz
SITTAI ZARURIYA

 II. «AYN-UL-HAYOT» DAR   NA`TI RASUL ALAYHIS-S ALAVOT12
1. Hoҷiboni shab chu shodurvoni savdo afganand,
Ҷilva dar xanli butoni mohsimo afganand.
2. Sad hazoron kirmi shabtob az shabistoni sipehr,
Lam`aho bar pardai shabguni g`abro afganand.
3. Har zamon sad guna ashkoli bade` az kilki sun`,
Naqshbandoni qadar bar toqi xazro afganand.
4. Ashkrezon na`sh bar dӯshi banot az sӯgi mehr,
Ҷumla bar sarho parandi anbaroso afganand.
5. Qutb chun piri batamkin v-axtaru anҷum samo`,
Chun muridon girdi piri poybarҷo afganand.
6. Simbar turkoni kotil az meҷarra basta saf,
To ba mulki ofiyat dar dahr yag`mo afganand.
7. Bulaҷab turkon, ki har dam hinduoso az shahob,
Harbahoi simgun har sӯy amdo afganand.
8. Dar chunin  harb az baroi tӯ`ma nasrayni falak,
Goh bikshoyandu gohe bolhoro afganand.
9. Rasta bedorand durҷi dur zi shoxi govi ganҷ
Dida onone, ki bar Savru Surayyo afganand.
10. Nasri voqe` dar dil oyad-shon zi rӯi e`tibor,
Chashm agar bar nuqtahoi shini she`ro afganand.
11. Mohi nav boshad miyoni xayli atfoli nuҷum,
Ustuxone, k-ash ba bozӣ shab ba sahro afganand.
12. Girdi sham`i moh xuffoshoni simini nuҷum,
Xeshro parvonaoso zeru bolo afganand.
13. Zӯhraro bar chambari daf pӯst az shakli qamar,
Mutriboni charx bahri lahn xunyo afganand.
14. Tiri rammole, ki bahri g`aybati mehr axtaron,   
Bar bisotash muzdi rammolӣ diramho afganand.
15. Mehrro yoband gohe ҷonibi sharqash xabar,
Shash ravanda chun surog`ashro ba har ҷo afganand.
16. Chobuki gardun   ba nӯgi nayza birboyand agar,
Halqai davri ҷadӣ bar dashti hayҷo afganand.
17. Zohidi aflokro saҷҷodai nuru safo,
Dar shabe z-inson aҷab az bahri ehyo afganand.
18. Kutvoli hisni gardun chun namoyad rasmi pos,
Az mashoil ravshanӣ dar charxi volo afganand.
19. Bar chunin hangoma xayli lӯ`batoni sobitot,
Chashm az  hashtum g`uraf bahri tamosho afganand.
20. Xayli anҷum z-ixtiyori charxi a`zam dam ba dam,
Xeshro az poyai a`lo ba adno afganand.
21. Charx bo on chashmbozӣ, anҷumash bo on sipehr,
Ruq`ahoi chashmbandӣ sӯi dunyo afganand.
22. Axtaron az ayni bexobiyu noosudagӣ,
Xobi osoish ba chashmi piru barno afganand.
23. G`ayri ushshoqi balokash, k-az g`ami hiҷron chu man,
Na`rai  «vo hasrato!» bar charxi mino afganand.
24. Xalqi beishqu vafo monda ba xob, ammo sagon
Dar vafoi oshiqon to subh g`avg`o afganand.
25. Ey, xush onone, ki karda xobro bar xud harom,
Dar chunin shab bar falak ohi shaboso afganand.
26. 3-obi chashmi hasrat avval doda zohirro vuzu,
Otash az botin ba ҷoni noshikebo afganand.
27. Xeshro bar gӯshai mehrobi taqvo afganand,
Sar ba xoki dargahi Ezid taolo afganand.
28. 3-ohi hasrat parda bar ruxsorai axtar kashand,
3-ashki mahҷurӣ xalal dar toqi xazro afganand.
29. Chun ba tavfi ravzai xilvatgahi dil rӯ nihand,
Burqai nomahramӣ bar rӯi havro afganand.
30. Bar bisoti qurbi vasl ar lahzae sokin shavand,
Dida bar xayli maloik az muvoso afganand.
31. Bar sipehri izzu tamkin gar dame manzil kunand,
Az tazalzul ra`sha gardunro bar a`zo afganand.
32. Gar sӯi nuzhatgahi ҷam`i vusul orand rӯy,
Xoki nisyon bar sari dunyovu uqbo afganand.
33. Hast ummedi Fonӣ in davlat, ki gardad xoki roh,
Har kuҷo in rahravoni garmrav po afganand.
34. Nisfi in vodii zulmatro chu navbat bigzarad,
Navbatdoroni shah dar kӯs ovo afganand.
35. Az g`irevi kӯsu bongi noyu g`avg`oi nafir,
Rastaxez andar xami toqi muallo afganand.
36. Chashm nakshoyad zi g`aflat murdagoni xobro,
Garchi sӯri hashr az faryodi surno afganand.
37. Boz bahri but parastidan pagahxezoni kufr,
Nolai noqusro dar dayri tarso afganand.
38. Rohiboni masti mushafsӯzi in dayri kӯhan,
Dar miyon oini zunnoru chalipo afganand.
39. Komiloni kufri  loi lotu loi loiloh,
Tav`amon dida dar illalloh muhoko afganand.
40. Mӯ`zinoni subhi «Subhonolloh», az g`ayratzanon,
G`ulg`uli «Allohu akbar» be muhobo afganand.
41. Boz rindoni xaroboti mug`on ҷomi sabӯh,
Dar miyon orandu tarhi davri sahbo afganand.
42. Vaqti xushholӣ zi boda oshiqoni pokboz,
Dida pinhon gah-gahe bar yori zebo afganand.
43. Gulruxon chun gul girebon choku chun murg`oni bog`,
Oshiqoni bexud az mastӣ alolo afganand.
44. To ki me`moroni gardun qasri charxi tiraro
Farshi sim az partavi subhi zarando afganand.
45. Shomro chun qat` dar zulfi sumanso afganand,
Dar sumanbӯyoni subh oini g`avg`o afganand.
46. Ravshanӣ dar arsai olam, ki az shab tira bud
Az talolohoi subhi olamoro afganand.
47. Taylasoni sӯfii rӯz az tahi shabgun lihof,
Karda berun bar sari dӯshash ba pahno afganand.
48. Jolai anҷum, ki boshad dar shabistoni sipehr,
Dar gudoz az mash`ali sӯzon bayzo afganand.
49. Gar sudo`e boshad az savdoi shab ofoqro,
Sandali peshoniyash az abri hamro afganand.
50. Xosta partav zi sham`i Yusufi Misrӣ ҷamol,
Nur dar zindoni Shomi vahshatafzo afganand.
51. Oftobi pardagiro ҷonibi rӯz ovarand,
Yusufi gumgashtaro sӯi Zulayxo afganand.
52. Sar ba sar az xobi g`aflat chashm bikshoyand xalq,
Chun qiyomat mujdai ehyo ba mavto afganand.
53. Oҷizoni shahvatu tardomanӣ bo sad shitob,
Xeshro dar ob az kisvat muarro afganand.
54. Haqparaston kamtar az tahqiqu az taqlid besh,
Sӯi masҷid rafta xudro bar musallo afganand.
55. Ahli qilu qol har sӯ az pai ilzomi xasm.
Chashmro az xob noshusta bar aҷzo afganand.
56. Devmardum, ya`ne ahli bay` bahri rahzanӣ,
Har yake xudro ba sӯq andar ba ma`vo afganand.
57. Dar zamoni bay` chun tug`yon kunad insofashon,
Bӯryoro tӯhmati zarbaftkolo afganand.
58. Kofironi dargahi qozӣ pai yak habba sim,  
Xonumoni sad musulmonro ba fatvo afganand.
59. Zolimoni sohibi devon ba nӯgi kilki tez,
Qofro az `ayn agar yoband, az po afganand.
60. Behamiyatvash zabunon xeshro az hirsi shum,
Bar dari hamchun xudӣ bahri tamanno afganand.
61. Az hiyal tifloni maktabro ba dilho iztirob,
Nukta be taqrib ronda dida har ҷo afganand.
62. Poybandoni ayol az bahri kasbi rizqashon,
Po ba shahru kӯy har sӯ oshkoro afganand.
63. Borbandoni safarkarda sӯi manzil xirom,
Bor nakshoda marokibro ba mar`o afganand.
64. Ҷongudozon otash andar ҷoni shaydo afganand,
Barqson xudro farozi xoru xoro afganand.
65. Bo niyozu aҷz az regi biyobon beshtar.
Rӯdi sayli ashk sӯi regi Batho afganand.13
66. Naqdi ҷon bar dastu simi ashk bar oraz fishon,
Sar  ba xoki qiblagohi dinu dunyo afganand.
67. Xoҷai kavnaynu faxri anbiyo, k-ashobi ӯ
Soya bar   xurshed, bal Arshi muallo afganand.
68. Gardi rohash axtaron dar didai ravshan kashand,  
Xoki poyash ravshanon dar chashmi bino afganand.
69. Muddao boshad bihishtoin darashro rӯftan,
Huriyon bar chehra chun zulfi mutarro afganand.
70. Qasdashon ҷuz soya afgandan naboshad dar rahash,
Xuldiyon dar ҷilva chun qadhoi ra`no  afganand.
71. Dar shabi me`roҷ poyandozi raxshash ahli Arsh,
Az duri axtar mukallal sabz debo afganand.
72. Chun falakpaymo Buroq andar rikobi ӯ kashand,
G`oshiya az Mehr basta, zin zi Ҷavzo afganand.
73. Qabli chandin sol binand oftobash zeri abr,
Chun harifon bor dar dayri Buhayro afganand.
74. Naqshbandoni qazo tarhi hazoron oftob,
Goh pӯya bar zamin az poi Qusvo afganand.
75. Ham risolat, ham nubuvvat buda xosi zoti ӯ,
Pesh az on k-ovozai irsolu anbo afganand.
76. Az rahi izzat shuturmurg`oni barri bahri tu,
Bar maloik soyai rifqu madoro afganand
77. Mushafatro dӯxta az hullai ҷannat g`ilof,
Tugmaho az ҷavzahar bar rahli ҷavzo afganand.
78. Hoҷiboni dargahi qudratgahi qurbi vusul,
Bar dari borat aso dar peshi Muso afganand.
79. Nӯh falak yoband roke` navbati xamsi turo,
Didaro gar bar hisobi harfi Toho afganand.
80. Ham barobar don ba tarzi chordah ma`sumro,
3-onki dar ismat xalal dar kori Yahyo14 afganand.
81. Hast mashhur  in, ki Naҷmiddinvashoni ummatat,
Ҷazba baxshand az yaqin bar sag nazar to afganand.
82. Ostonatro sagon boshand k-andar yak nazar,
Sad xalal dar kori Naҷmiddini Kubro15 afganand.
83. Zeri tobuti shahidi teg`i shavqat xeshro,
Har nafas bahri sharaf sad chun Maseho afganand.
84. Kӯdakoni novakandozi qazoi hikmatat,
Sad kamoncha dar buni reshi atibbo afganand.
85. Nasru fathi ezidӣ boshad qarini ҷayshi tu,
Bar safash gar chashm chun satri «Izoҷo» afganand.
86. Ra`yati ҷayshi tu chun dӯzand xayyotoni sun`,  
Shuqqaashro zinati «Inno fatahno»16 afganand.
87. Az g`ubori tirai xaylat dimog`u chashmro,     
Arshiyon ham tӯtiyo, ham mushki soro afganand.
88. N-oyad az kӯhi balo on k-oyad az yak mushti xok,
K-ash zafarҷӯyoni teg`at sӯi a`do afganand.
89. Hast to domoni hashrat mulk dar tavqe`i din,
Munshiyoni sun` chun domoni tug`ro afganand.
90. Az ahodisat sahehiro ravot andar raqam,
Boru bob az haddi Batho to Buxoro afganand. 17
91. Donai Odam buvad bedom shayton har yake,  
Ustuxonhoe, ki xuddomat zi xurmo afganand.
92. Arshparvozon biyandozand xudro dar rahat,
Hamchu murg`one, ki xudro peshi Anqo afganand.
93. Yo rasulalloh, ba holam bin, ki mehru mohi nur,
Ham bar adno afganand, archi bar a`lo afganand.
94. Podshohon dida rӯzi ҷashn bar sheroni nar,
Afganandu bar sagonat dil hamono afganand.
95. To ba kay xayli shayotin dam ba dam sad vasvasa  
Dar dili oshuftaam pinhonu paydo afganaid.
96. Isianfoson aҷab nabvad ki chashmi marhamat,    
Gah-gahe bar holi tarsoyoni marzo afganand.
97. Lek ma`lulam chunon k-imkon naboshad zistan,
Sad Maseh ar soyaam bahri mudovo afganand.
98. Ham magar rashhe zi sharbatxonai ehsoni tu,
Dar gului in alili notavono afganand.
99. V-on zamon har dam dusad murda zi nutqi Isavӣ,
Rӯhi xud dar poyam az bahri tavallo afganand.
100. To bad-on anfos na`tatro saroyam onchunon,
K-ash maloik rӯhsorash zi bolo afganand.
101. Harfe az na`tat, ki binvisam maloik nuqtaash,
Az savodi didahoi navmfarso afganand.
102. Az ziloli inchunin na`te agar labtashnagon,
Qatrae bar halqi xushki ranҷpaymo afganand.
103. Ba`d az on amvot ҷon yoband, agar obi dahan
Bar faromӯshgashtagoni xoki g`abro afganand.
104. Gar niham «Ayn ul-hayot» — ash nom shoyad z-on ki xalq,
Az nasimash ҷoni nav dar ҷismi mavto afganand.
105. Dar adad yoband baytash tav`ami obi baqo,
Dar hisobi ӯ nazar gar sӯi imlo afganand.
106. Yo Rab, on rӯzam shafoat az habibi xud rason,
K-ahli isyonro ba dӯzax be muhobo afganand.









 I.    RASUL ALAYHIS-SALAVOT NA`TI HAQIDA «AYN UL-HAYOT»! (HAYOT BULOG`I) QASIDASI
1.  Tun pardadorlari qora chodirlarini yoygan chog`larida
oy yuzli butlar  to`dasi (yulduzlar)ga jilva qiladilar.
2.  Osmon zulmatidan yuz minglab yaltiroq qurtlar (yulduzlar)
erning qop-qora pardasiga shu`lalar sochadilar.
3. Taqdir naqqoshlari qudrat qalami bilan har lahza
yashil osmon toqiga yuz xil ajoyib shakllar chizadilar.
4.  Quyoshga motam tutib, na`sh* (yulduzlari) banot**(yulduzlari)ning
elkasida ko`z yosh to`kadi, barchasi boshiga anbarli harir ro`mol tashlab olgan.
5.  Qutb yulduzi o`rtada piri komildek turar, uning atrofida axtaru
yulduzlar samo` qilib, muridlar kabi oyog`larini harakatlantiradilar.
6.  Kumushrang qotil turklar (yulduzlar to`dasi) «kah-kashon» (somon yo`li)dan
saf tortib, dunyoning ofiyat (tinchlik) mamlakatiga yag`mo soladilar.
7.  Bular ajoyib turklardurki, hindularga o`xshab har dam shihob
(meteor, uchar yulduz)dan yasalgan qurollarini qasdan chor atrofga otadilar.
8.  Bunday urush paytida falak nasrayni***uchun goh qanotlarini ochib, goh yopadilar.
9.  Savr (ho`kiz burji) va Surayyo (Hulkar) yulduziga ko`z tikkanlar,
ho`kiz burjining shox va xazinalaridan to`lgan dur qutichalarining
(samo) do`konlarida tizilib turganini ko`radilar.
10. Agar she`ro*yulduzining nuqtalariga nazar tashlasalar, e`tiborni
tortib, Nasri Voqi` (kargas shaklidagi yorug` yulduz)ni yodga soladilar.
11. Yangi oy yulduz bolalarining orasida tunda
o`ynash uchun sahroga tashlangan suyak kabidir.
12. Oy shamining atrofida yulduzlarning kumush ko`rshapalaklari
parvonalar kabi o`zlarini yuqoriga, pastga uradilar.
13.Charx sozandalarining kunlab, ashula aytishlari uchun
Zuhra (yulduzi) qo`lidagi doira chambaragining terisini oy shaklida yasab olgan.
14.Tir (Atorud) yulduzi bir rammol (folbin)durki,
Quyoshning g`oyib bo`lganiga motam tutib fol ochadi, yulduzlar
(uning) bisoti (palosi)ga folbinlik haqi uchun tangalar tashlaydilar.
15. Olti kezuvchi (Zuhal, Mushtariy, Zuhra, Mirrix, Atorud, Oy) ba`zan
Quyoshni sharq tomondan daraklab, har tomonga xabar yuboradilar.
16. Chaqqon falak Jady burjining halqasini nayzasi
uchiga ilib (olib) jang dashtiga otib yuboradi.
17. Falak zohidi (Mushtariy) yulduzining sof nurdan
ajoyib joynamozi bo`lib, tunni ibodat bilan bedor
o`tkazish uchun uni to`shab oladi.
18. Osmon qal`asining soqchisi (posboni) bo`lgan (Zuhal)
yulduzi vazifasini bajarishga kirishgach, mash`alalar
yoqib, yuqori olamni ravshan kiladi.
19. Shunday bir hangomada o`yinchoq (qo`g`irchoq)
sobit yulduzlar tomosha qilish uchun sakkizinchi falak
boloxonalaridan o`zlarini pastga otadilar.
20.  Bir guruh (to`da) yulduzlar azamat charx xohishi bilan
o`zlarini yuqori poyadan quni poyaga tashlab yuboradilar.
21. Charx nayrangbozligi, osmon esa yulduzlari
bilan dunyo tomonga nayrangli maktublar jo`natadilar.
22. Yulduzlar keksayu yoshning bedor va beorom
ko`zlariga farog`at uyqusini keltiradilar.
23. Men kabi hijron (ayriliq) balosiga mubtalo
bo`lganlar moviy osmonga qarab «vo hasrato!» deya na`ra tortadilar.
24. Ishqsiz, vafosiz kishilar uyquga cho`mishadi,
ammo itlar oshiqlarga vafo ko`rsatib, tonggacha g`avg`o qiladilar.
25.  Qanday baxtli insonlarki, o`zlariga uyquni
harom qilib, bunday kechada tun kabi «oh» tortadilar.
26. Avval hasratli ko`z yoshlaridan zohirlarini tahorat qildirib
(poklab) (so`ngra) botindagi sabrsiz jonlariga otash soladilar.
27. Ular o`zlarini taqvo mehrobi go`shasiga tashlab,
Tangri taolo dargohi tuprog`iga boshlarini (sajdaga) qo`yadilar.
28. Ohu hasratdan yulduzlarning yuzlariga parda tortib,
ayriliq ko`z yoshidan falak toqiga zarar yetkazadilar.
29. Dil xilvatgohi bog`ini tavof qilishga kirishganlarida,
go`zal ma`shuqa yuziga nomahramlnk pardasini yopadilar...
30. Visol qurbi (yaqinligi) bisotida bir lahza sokin bo`lsalar,
farishtalar toifasiga murosa uchun nigoh tashlab qo`yadilar.
31. Izzatu tamkin (viqor, haybat) osmonida bir dam manzil
qursalar, titroqdan falak a`zosiga hayajonlar soladilar.
32. Agar visol jam`i ishratgohiga yuzlansalar, dunyo va uqbo
(oxirat) boshiga unutish tuprog`ini sochadilar.
33. Solik yo`lchilar kaysi joygaki qadam bossalar Foniy
(Navoiy) ular yo`lida tuproq bo`lish davlatini orzu qiladi.
34. Bu zulmat vodiysi yarmining navbatn o`tdi, qudratli
podshohlar gali kelganda, katta nog`oralarda ovoz chiqaradilar.
35. Ulkan nog`oraning shovqin-suroniyu karnay bongi, nolayu
faryodlardan yuksak falak toqining xamiga qiyomat g`avg`osini soladilar.
36. Surnay faryodidan qiyomat surining g`avg`osi tursa (qo`psa)
ham o`likdek uyquga cho`mganlar g`aflatdan ko`zlarini ocholmaydilar.
37. Butga cho`qinish uchun erta turuvchi kofirlar noqus (katta qo`ng`iroq)
nolasini tarsolarning ibodatxonasida jaranglatadilar.
38.    Bu ko`hna dunyoning Qur`onni kuydiruvchi mast rohiblari,
bellariga zunnor bog`lab, bo`ynilariga xoch taqadilar.
39. «Lot» degan butni va «Alloh yo`q» degan so`zni inkor qiluvchi.
Komil insonlar «illo» va «Alloh» so`zlarini (yonma-yon) qo`shib «illalloh»,
ya`ni «...faqat yolg`iz Alloh bor»ligidan gap-so`z qiladilar*
40. Subhonalloh! Tongda azon aytuvchilar g`ayrat bilan
«Allohu akbar» (Alloh ulug`dir!) takbirini shukuh va baralla aytadilar.
41. Yana mug`lar xarobotining rindlari tonggi sharob
jomini o`rtaga qo`yib, may ichish vaqtining rejasini tuzadilar.
42. Sadoqatli oshiqlar maydan xushxol bo`lgan vaqtlarida,
goh-gohida ko`zlarini pinhona yor tomonga tashlab qo`yadilar.
43. Gul yuzlilarning gul kabi yoqalari choku oshiqlar bog`
qushlaridek bexud bo`lib, mastlikdan shovqin-suron ko`taradilar.    
44. Falak me`morlari charxning tiyra (qorong`u) qasrini
yoritish uchun zar sochuvchi tong nuridan to`shamalar to`shaydilar.
45. Shom qoraligiga barham berishni go`zal qora zulflarga havola
qiladilar, tongning xushbo`y egalariga g`avg`o qilish odatini topshiradilar.
46. Tun qorong`uligidan xira bo`lgan dunyo sahnasiga ravshanlik
berish uchun olamni munavvar qiluvchi tongdan hayqiriqlar soladilar.
47. Kunduz so`fiysining ridosi tun ostidan ko`rpa
singari yelkalariga chiqib, kengliklarga yoyilib ketadi.
48. Tun zulmatidagi yulduzlar do`li issiq
mash`aldan erib, yorug`liklar sochadilar.
49. Tun qorong`uligidan ufqlarning boshi og`rigan bo`lsa,
peshonasiga sandaldek shifobaxsh qizg`ish bulutlarni bosadilar.
50. Yusufi misriy jamolining shamidan yorug`lik istab (olib),
Shomning vahshatli zindoniga nur sochadilar.
51. Yashiringan (to`silgan) oftobni kun tomonga, yo`qolgan
(g`oyib bo`lgan) Yusufni Zulayxo tarafga keltiradilar.
52. Xalq tamoman g`aflat uyqusidan uyg`onsa, qiyomatdagidek
(ma`nan) o`lganlarga tirilganlik mujdasini yetkaradilar.
53. Orzu-havas quli bo`lgan axloqsiz fosiqlar, yuz xil
shoshilinch bilan liboslarini yechib, o`zlarini suvga otadilar.
54. Kamroq haqiqiy, ko`proq taqlidchi bo`lgan haqparastlar,
masjidga borib, o`zlarini joynamozga tashlaydilar.
55. Qilu qol ahli (zohiriy bilim egalari) raqiblarini
mulzam qilish uchun har tomonga yugurishadi, uyqudan uyg`onib,
ko`zlarini yuvmasdanoq kitob juzlariga qaraydilar.
56. Odamlarning shaytonlari, ya`ni (diyonatsiz) savdo
ahlining har biri bosmachilik qilish uchun o`zlarini
bozorning rastayu do`konlariga uradilar.
57. Savdo paytida agar insoflari oshib-toshib ketsa,
bo`yraga zardan to`qilgan deb tuhmat qiladilar.
58. Qozi dargohidagi kofirlar ushoqqina kumush
uchun yuzlab musulmonlarning xonumonlarini
barbod qiluvchi fatvolar beradilar.
59.  Devon sohiblari (saroy mirzolari) bo`lgan zolimlar
qalamining o`tkir uchi bilan agar «ayn» (harfi)da «qof»
(harfi)ni ko`rsalar («ayn»ni) oyog`idan chaladilar.*
60. Hamiyatsiz pastkashlar shum hirslari tufayli orzularining
ushalishi uchun o`zlarini odamlarning eshigiga tashlaydilar.
61.    Hiylalardan maktab bolalarining ko`ngillarida iztirob bor,
ular kelishmagan so`zlar aytib ko`zlarini har tomonga gildillatadilar.
62.  Ayolmand muhtojlar kasbu rizq axtarib, oshkor har
tomonga: shahru qishloqlarga, darbadar kezadilar.
63.  Safar yukini bog`laganlar manzillari tomon yurish qilib,
yuklarini tushirmasdan otu ulovlarini o`tloqqa qo`yib yuboradilar.
64.  Jonini qiynovchi (oshiq)lar shaydo jonlariga o`t soladilar,
yashindek o`zlarini toshu tikanlar ustiga tashlaydilar.
65.  Ojizlik bilan biyobon qumlaridan ortiq ko`z yoshlar to`kishganda,
sel daryosi Makka vodiysining qumloqlarigacha yetib boradi.
66. Jonlarini qo`llarida tutib, yuzlariga kumushdek yoshlar sochib,
boshlarini dinu dunyo qiblagohi (Makka) tuprog`iga qo`yadilar.
67. Ikki jahon xojasi, payg`ambarlar faxri (Muhammad alayhissalom)ning
sahobalari quyoshga, balki yuksak Arshga (martabalarining ulug`ligidan) soya soladilar.
68.    (Payg`ambar) yo`lidan chiqqan g`ubor (chang)ni yulduzlar porlovchi ko`zlariga
surtadilar, izining tuprog`ini nur taratuvchi o`tkir ko`zlariga joylaydilar.
69.  Muddao (Payg`ambarning) jannatmonand eshigini supurish bo`lsa, hurlar
(supurishga tayyorlab) yuzlariga taralgan, toza zulflarini tashlab qo`yadilar.
70.  Jannatdagilarning niyatlari (payg`ambarning) yo`liga faqat soya solib turish emas,
balki (iftixor bilan) ra`no qadlarini jilvalantirib (nozlanib) turadilar.
71. Arsh ahli Me`roj kechasi tulpor (buroq)ining poyiga yulduz durlari
bilan bezangan yashil harir (nafis) matoli poyandoz to`shaydilar.
72.    Falaklardan oshib o`tuvchi Buroqiga uzangi bog`laganlarida, egar
yopinchig`i (juli)ni quyoshdanu,egarini Javzo burjidan olganlar.
73.  Agar dushmanlar yuklarini Buhayro*ibodatxonasiga tushirsalar, bir necha
yillar oldin uning (payg`ambarlik) quyoshini bulutlar ortidan ham ko`radilar.
74. Qazo naqqoshlari (taqdir me`morlari) minglab quyoshlar tarhini chizsalar ham,
goh zaminga qadam qo`ysalar, yurishni payg`ambar tuyasining izidan boshlaydilar...
75.  Payg`ambarlik ovozasi yoyilishidan oldin risolat (elchilik)
ham, nubuvvat (payg`ambarlik) ham uning zotiga xos edi.
76. Dala-dasht tuyaqushlari seni izzating uchun farishtalar
(boshiga) lutf va mehribonlik soyasini soladilar.
77. Musxaf (Qur`on)ning g`ilofini jannat matosidan tikib, dumli yulduzlardan
tugmalar qadab, uni Javzo burjining lavhiga**qo`yadilar.
78. Darboringdagi visolga erishgan qudratli dargohning eshik
qorovullari Muso (alayhissalom) oldiga aso tashlaydilar.
79.  Agar «Toho» (oyatinnng abjad)*hisobiga nazar solsalar,
besh vaqt namozing paytida to`qqiz falakning ruku` qilganini ko`radilar.
80. Bu o`n to`rt ma`sumning bariga bir xil ulug`lik liboslari kiydirilgan,
shuning uchun ham ular poklikda hatto Yahyo   (payg`ambar)   ishiga xalal yetkazadilar...
81. Shu ma`lumki, ummatingni Najmiddin (Kubro) sifat avliyolari
agar itga nazar qilsalar, shubhasiz unga jazba bag`ishlaydilar.
82. Ostonangni shunday itlari borki, bir nazar bilan
Najmiddin Kubroning ishiga yuz raxna soladilar.
83.  Shavqing tig`idan shahid bo`lganlar tobuti ostida sharaf uchun har
nafas yuzlab Masiho (Hazrati Iso)dek kishilar o`zlarini tashlaydilar.
84. Hikmatli amringni bajarib, o`q-yoy otuvchi bolalar, tabiblar
(davolaydigan) jarohatning ildiziga yuzlab (shifobaxsh) o`q-yoy otadilar.
85. Lashkaring safidagi «izo joa»**(oyatlari) satriga ko`zlari tushganda,
ularga ilohiy fathu nusratning yaqinligini ko`radilar.
86. Qudrat tikuvchilari qo`shinning bayrog`ini tiksalar, uchiga
bog`lanadigan parcha lattasiga «inno fatahno»***(albatta biz fathu
zafar berdik...) oyatini yozib ziynat beradilar.
87. Otingni xira changini Arsh (farishtalari) dimog`u ko`zlariga
ham xushbo`y mushk, ham to`tiyo qiladilar.
88. Yuksak tog`lardan yetadigan ofat, tig`ingdan zafar istovchilarning
dushmanga otgan bir musht tuprog`idan yetgan ofatchalik bo`lmaydi.
89. Qudrat kotiblari noma bitib, sarlavha chekkasida tug`ro
(maxsus qaydli yozuv) qo`yganlaridek (islom)dini haqidagi ilohiy
farmonda uning qiyomatga qadar hukmronligi maxsus qayd etilgan (tasdiqlangan).
90. Roviylar sahih (to`g`ri, ishonchli) hadislaringni Makka
sarhadlaridan Buxoroga qadar qayta-qayta, bobma-bob yozib chiqadilar.
91. Xodimlarning xurmo suyaklaridan tasbih donalari qilib olsalar,
odam donalarining har biri Shayton tuzog`idan emin bo`ladilar.
92. Qushlar o`zlarini Anqo (qushi)ning oldnga tashlaganidek,
Arshga parvoz qiluvchilar ham o`zlarini sening yo`lingga (fido etib) tashlaydilar.
93. Ey Allohning rasuli! Holimga nazar qil, axir, oyu quyosh
garchi yuksaklarga nur taratsada, pastliklarga ham taratadi.
94. Podshohlar bayram kunlari erkak sherlarni (tomosha qilib)
ko`z tikadilar, lekin itlaring (oshiqlaring)ni ko`rganda,
o`sha lahza ko`ngul tikadilar (ko`ngul beradilar).
95. Qachongacha shaytonlar to`dasi oshufta (parishon)
ko`nglumga dam-badam yuz xil vasvasalar soladi?
96.    Iso nafaslar ba`zi-ba`zida nasroniy xasta (betob)lar holiga
marhamat ko`zi bilan boqsalar ajab emas.
97. Ammo shu qadar xastamanki, yuzlab Masih (Isonafaslar) menga
iltifot qilib, davolasalar ham yashashimning imkoni yo`q.
98. Lekin (ey payg`ambar), agar sening ehson sharbatxonangdan bir
tomchi bu notavon xastaning tomog`iga tomizsalar
99. Usha on Isonafas nutqdan ikki yuz o`lik tirilib, o`z ruhlarini
oyog`im ostiga tavallo qilish uchun tashlaydilar.
100. Usha nafas bilan na`ting (madhing)ni shu qadar ta`riflayki, yuqori
(osmon)dagi malaklar (eshitib) ruhlaridan kechib yuborsinlar.
101. Na`ting haqida bir harf yozsam, farishtalar uyquni harom
qilgan ko`zlar qorachig`idan siyoh qilib nuqtasini qo`yadilar.
102. Agar labtashna (chanqoq)larning qurigan, ranj tortgan halqumi
(tomog`i)ga bundan na`ting zilol (suv)idan bir qatrasini tomizsalar
103. So`ngra ularning og`iz suvini yer ostida unutilgan jasadlarning
xoklariga surtsalar, ular qayta tiriladilar.
104. Agar (bu na`t-qasidani) «Ayn ul-hayot» deb atasam arziydi, chunki xalq
uning nasimi (shabadasi)dan o`lgan   jismlarga toza jon (ruh) bag`ishlaydi.
105. Qasida baytlarini aniqlashda «Obi baqo» (iborasi)ning imlosi
(abjad hisobi)ga nazar solsalar, baytlar sonining unga tengligini ko`radilar.
106. Yo Rab! Gunohkorlarni ayamay do`zaxga soladigan u kun (qiyomat)da
habibing (Muhammad alayhissalom) dan menga shafoat yetkar, (nasib qil).