DEVONI FONIY
Tatabbo``i Xoҷa Dar dilam tiragӣ az furqati mushkin xolest,Ki az ӯ har nafasam omada mushkil holest. Murg`i dil, k-ash nabuvad bol ba sӯi tu parad, Chӣ aҷab, az g`ami in dil shuda forig`bolest. Dudi andӯhi malolat dili purxuni maro, Az g`ami turrai mushkin uzori olest. Az g`ami dahr ba yak ҷom himoyat nakunӣ, Soqiyo, ҷonibi rindon aҷabat ihmolest. Subh dar dayri mug`on mug`bachai bodafurӯsh, Ҷomi may dod saboham chӣ humoyun folest. Bin sӯi pirazani ishvagari dahr, ki chun Rustamonand zabunash chӣ aҷoyib zolest. Haҷri on mohi du hafta kushadam, ey Fonӣ, Moham in hafta shud az shahru ba chashmam solest. | Dilimning qoraligi bir qora xolning firoqidandir, Har nafas undan menga mushkul holat yuz beradi. Dil qushining qanoti yo`q bo`lsa ham, sen tomonga uchadi, endi dilni qo`ldan bergan oshiqdan uning xotirjamligi taajjub emas. Qonli dilimning g`amu anduh tutunlari bir qizil yuzli va qora kokil g`amidandir. Ey soqiy, dahr g`amidan bir jom may bilan saqlab qolmasang, rindlar tomoniga ajib bir beparvoliging bo`ladi. Mayxonada bodafurush mug`bacha menga subhidam mayini berdi, bu esa men uchun sahar paytidagi muborak fol bo`ldi. Ishva qiluvchi jahon kampiri tomoniga qara, uning oldida Rustamlar mag`lubdir, bu qanday ajoyib kampir ekan? Ey Foniy, u o`n to`rt kechalik oyning hajri meni o`ldiradi, mahbubim shu hafta shahardan ketdi-yu, hafta ko`zimga bir yildek ko`rindi. |
Ayzan Zihӣ az tobi may gul-gul shukufta bog`i ruxsorat,Zi har gul xor-xore dar dili ushshoqi bemorat. Bad-on ruxsoru qomat gar namoӣ ҷilva dar gulshan, Qiyomat uftad az qomatat, ofat zi raftorat. Ba domi zulf har sӯ donai xolat aҷab nabvad, Agar murg`oni bog`i qudsro sozӣ giriftorat. Bad-on son husnu istig`noi xubӣ gar nigah dorӣ, Haqi yorӣ umedam on ki boshad Haq nigahdorat. Maro shud ishqu may qismat, turo zuhdu riyo, ey shayx, Ba kori man maro bigzoru tu ham rav pai korat. Burun az davrat, ey gardun, muhaqqar kulbae xoham. Ki meborad g`ubori dardu g`am az toqi zarkorat. Daram bikshoy, piri dayr, k-inak omadam sarxush Ba uzri tavbavu taqvo, ba gardan basta zunnorat. Gadoi ishqro andak tafaqqud gar kunӣ imrӯz, Buvad, ey podshohi husn, fardo aҷri bisyorat. Tu, ey Fonӣ, ki dar sar har chi budat rahni may kardӣ, Aҷab nabvad, ki sar monӣ, kunun chun nest dastorat. | May haroratidan ruxsoring bog`i shunday gul-gul bo`lib ochilganki, bemor oshiqlar dilida har bir gul to`g`risida bir andisha bor. Shu raftoru qomat bilan gulzorda jilva qilsang, qomatingdan qiyomatu raftoringdan ofat qo`zg`aladi. Har tomonda bo`lgan xol donasi bilan kokiling tuzog`iga muqaddas bog` qushlarini ilintirsang, ajab emas. Agar shunday husningda yaxshilik istig`nosini ham saqlaydigan bo`lsang, do`stlik haqi hurmati, umidim shuki, seni Xudo saqlasin. Ey shayx, menga ishq bilan may tegdi, senga esa zuhd bilan riyo, meni ham o`z ishimga qo`y va o`zing ham o`z ishing orqasidan bor. Ey falak, sening davringdan tashqari bir xarob kulba istayman, chunki bu zarkor gunbazingdan dardu g`am tuprog`i yog`ilib turadi. Ey mayxona piri, menga eshigingni och, men shirakayflik bilan bo`ynimga zunnoringni bog`lab, tavba va taqvodan uzr aytgali keldim. Ey husn podshohi, agar bugun ishq gadosiga ozgina g`amxo`rlik qilib, ahvolini so`rasang, tongla ko`p mukofotga erishasan. Ey Foniy, sen boshingda nima bo`lsa mayga garov qo`yding, endi sallang bo`lmagani uchun boshingni garovga qo`ysang, ajablanarli yeri yo`q. |
Xoli soqӣ — mardumi chashmi chahonbini man ast, Bodai talxe, ki dorad, ҷoni shirini man ast. May magӯ, xun xurdan ast in, z-on ki sog`ar shomi haҷr, Noshuda xolӣ, digar pur z-ashki rangini manast. Ey musulmonon, zi kufri chashmi ӯ chun voraham? K-az mija safhosh bahri g`orati dini manast. In ki gohi qatli ushshoqash namudam iztirob, Va`dai qatle, ki kard az bahri taskini manast. Kay tavon berun shud az dor-ul-amone maykada? Chunki garduni sitamgar dar pai kini manast. Naqdi ҷon dodan ba ҷonon kori har Maҷnun madon, K-in ҷalodat dar ҷununi ishq oini manast. Foniyo, ҷomi fano az dast nagzoram az on-k, In davo bahri dili mahzuni g`amgini manast. | Soqiyning xoli jahonni ko`ruvchi ko`zimning qorachig`idir, uning achchiq sharobi, mening shirin jonimdir. Buni may dema, bu qon ichishdir, chunki hajr shomida, bir sog`ar bo`shamasdan turib, ko`zimning ranji yoshlaridan boshqasi to`ladi. Ey musulmonlar, uning ko`zi kufridan qanday qutulay, chunki dilimni g`orat qilish uchun kipriklari saf tortibdi. Oshiqlarini qatl qilish payida iztirob chekishimning sababi, menga taskin berish uchun qatl va`da qilgani edi. Sitamgar gardun menga dushmanlik payidadir, shunday ekan mayxona dorul-omonidan qanday chiqib bo`ladi? Jononga jon naqdini berish har Majnunning ishi deb bilma, chunki bunday qahramonlik ishq telbaligida mening odatimdir. Foniyo, fano jomini qo`ldan qo`ymayman, negaki, mening mahzun, g`amgin dilim uchun bu davodir. |
Az sari xum gar bigirad mug`bacha dar dayr xisht, Ravzane yobad, ki binad huru Kavsar az bihisht. Vasfi ҷannat bas kun, ey zohid, sӯi mayxona oy, Bod bin abharshamimu xok bin anbarsirisht. Gar saram az saҷdai but zaxm shud, aybam makun, Chunki az kilki qazo in harfam omad sarnavisht. Xomai qudrat chu tarhi ofarinish zad raqam, Xub didan xub boshad, zisht didan hast zisht. Andar in mazra` chu dehqon har chӣ korad, bidravad, Xurram on k-ӯ hech gah ҷuz donai nekӣ nakisht. Bo dili g`ofil kunisht ast, ar haram boshad maqom, Dil chu bo yor ast xushtar, az haram boshad kunisht. Dar havoyat az balo g`am nest Foniro, chu ӯ Tarki sar nokarda, po dar dashti savdoyat nahisht. | Agar mug`bacha dayrda xum boshidan g`ishtni olsa, bir darcha ochiladiki, undan jannatdagi huru Kavsar ko`rinadi. Ey, zohid, jannat vasfini bas qilib mayxonaga kel, shamolning gul hidli, tuproqning anbar aralash ekanligini ko`r. Agar boshim but sajdasidan yara bo`lgan bo`lsa, ayb qilma, chunki bu harf qazo qalami bilan yozilgandir. Qudrat qalami yaratilish tarhini chizgandanoq, yaxshi ko`rish yaxshi-yu, yomon ko`rish yomondir. Bu ekinzorda dehqon singari har kim ekkanini o`radi, kim yaxshilik urug`idan boshqani ekmagan bo`lsa, xurramdir. Kishi Haramda bo`lsa-yu, g`ofil yurak bilan o`tirsa, kunisht (nasroniylar ibodatgohi)da o`tirgandek bo`ladi. Ko`ngil yor bilan bo`lsa, kunisht bo`lsa ham Haramdan yaxshiroqdir. Sening havongda Foniyga balodan g`am yo`qtur, chunki u boshidan kechmay turib savdong dashtiga qadam qo`ymagan. |
Ey, ki dar in g`amkada ҷoyat sariri shohӣ ast, Beh gadoi maykada budan, garat ogohӣ ast. Davlati xubӣ napoyad chuz vafo bo ahli ishq, Don, ki z-in pandam g`araz oyini davlatxohӣ ast. Mohrӯe, mohiandome chu dar dast ovaram, Shavkati ishqam tavon guftan zi mah to mohӣ ast. Qat`i dashti ishq be irshodi piri rah makun! Rah g`alat naftad chu bo Xizri rahat hamrohӣ ast. Garchi raxshon ast dar xirgohi gardun oftob, Dar latofat kay shabehi on mahi xirgohiast? In ki chun koham zi za`fi ishq, gar chӯӣ dalel, Dar g`amat bastan miyonro chust rangi kohӣ ast. Va`dai vaslash daroz aftod ey Fonӣ, dareg`, K-andar in rah rishtai umri maro kӯtohӣ ast. | Ey, sen, bu g`amxonada shohlik o`rnini egallagan kishi, agar bilsang, mayxona gadosi bo`lmoq undan yaxshiroqdir. Husn davlati o`tkinchidir, ishq ahliga vafo qilishdan boshqa, Bilginki, bu nasihatni davlatxohlik yuzasidan aytdim. Oy yuzli, baliq andomli bir dilbarni qo`lga kiritsam, ishqimning shavkati mohdan mohigacha (erdan osmongacha) yetadi, deya olaman. Ishq dashtida pirning irshodisiz yo`l bosma, chunki Xizr bilan yo`ldosh bo`lsang, yo`ldan adashmaysan. Quyosh, agarchi, osmon hirgohida (chodirda) porlab turgan bo`lsa-da, lekin go`zallikda u xirgohi oyga qanday o`xshasin? Ishq dardi bilan somon bo`lganimga dalil istasang g`amingda belimni siqib bog`laganim-u, somondek rangim dalildir. Vasli va`dasi uzoq cho`zildi, ey, Foniy, afsuski, bu yo`lda umrim rishtasi kaltalik qiladi. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Zeri nӯh toqi falak g`ayri kaҷi kor kuҷost?Rostӣ dar xami in gunbadi davvor kuҷost? Dilam az xonaqahu zuhdi riyoӣ bigirift, Rohi mayxona kuҷo, soqii ayyor kuҷost? Masҷidu shayx maro ҷonibi uҷb afkandand, Dayr ku, mug`bachai shӯxi qadahxor kuҷost? Sirri tavhid chu xohӣ, bitarovad zi dilat Ҷuz xaroboti mug`on mahrami asror kuҷost? Kaҷiyu kӯtahii dahr malulam dorand, Rostӣ xohamu raf`at, qadi dildor kuҷost? Mehri on rӯ zi har zarra ayon, tu a`mo, Nest ҷuz ҷilvai matlub, talabgor kuҷost? Bodai ishq chu xӯrdӣ, xabar az xud matalab, K-andar in maykada az xesh xabardor kuҷost? Dar sari kӯi vafo xok shud, inak sari man To bar ӯ raxshi ҷafo ҷilva dihad, yor kuҷost? Fonӣ, on rӯ natavon be mijavu zulfash yoft, Guli bexor kuҷo, maxzani bemor kuҷost? | Bu to`qqiz falak toqining tagida egrilikdan boshqa narsa yo`q, bu egilgan gunbaz ichida to`g`rilik qayoqda bo`lsin? Bu riyolik zuhddan va xonaqohdan ko`nglim ozor topdi, mayxonaning yo`li qayoqda va ayyor soqiy qaydadir? Shayx bilan masjid meni takabburlik yo`liga soldi, mayxona qaerda-yu, sho`x mug`bacha qaydadir? Tavhid siri dilingga hamohang bo`lishini istasang, xarobot mug`laridan boshqa bu sirlar mahrami qayoqda? Dunyoning egriligi va qisqaligi meni xafa qildilar, men to`g`rilik va yuksaklikni istayman, (ya`ni) u to`g`ri qomatli dildorim qaerda? U yorning quyosh kabi yuzi har bir zarradan ko`rinib turibdi-yu, sen esang ko`rsan, matlubning jilvasidan boshqa narsa yo`q, ammo talabgor qani? Ishq mayini ichdingmi, o`zingdan ogoh bo`lishni talab qilma, chunki bu mayxonada o`zidan ogoh kishi qayda? Vafo yo`lida boshim tuproq (yanglig`) bo`ldi, bu tuproq ustiga jafo otini o`ynatib keladigan yor qaerda? Ey Foniy, u gul yuzini kipriksiz va kokilsiz topib bo`lmaydi, tikansiz gul qaerda-yu, ilonsiz (ajdarsiz) xazina qaydadir? |
Tatabbӯ`i Shayx Shomi hiҷroni maro aksi ruxi yor kuҷost?Bahri on aks mai oinakirdor kuҷost? Bahri may doshtanam soqii guloraz ku? Bahri bazmi tarabam sohati gulzor kuҷost? Boisi ravnaqi sarmoyai in bazmi nashot, Munisi ҷoni man, on dilbari dildor kuҷost? On ki sham`i tarabi shomi visolam budӣ, Dar firoqam ba chunin tirashabi tor kuҷost? Subhi vaslam zi kuҷo va`da dihӣ, ey hamdam, Shomi hiҷroni maro az sahar osor kuҷost? Soqiyo, yak-du qadah pur dehu behusham soz, 3-on, ki dar haҷr chu may hamdami g`amxor kuҷost? Foniyo, dida ba yoroni riyoӣ mafikan, Boyadat yori haqiqӣ, tu bigӯ, yor kuҷost? | Ayriliq shomim uchun yor yuzining aksi qaerda? U yor yuzining aksi uchun oynadek tiniq may qaerda? Menga may tutish uchun yuzi gul soqiyim qani? Shodlik bazmim uchun gulzor qaerda? Bu shodlik bazmining ravnaqi va sarmoyasiga sabab bo`luvchi jonimning ulfati bo`lgan u dilbaru dildor qaerda? Visol shomining shodlik chirog`i bo`lgan u go`zal shunday ayriliq tunida qaydadir? Ey hamdam, menga visol tongini qaerdan va`da qila olasan? Ayriliq shomim tongidan asar yo`qdir. Ey soqiy, bir-ikki qadah mayni to`ldirib berib, meni behush qil, chunki hijron kunlarida may kabi hamdamu g`amxo`r qaerda? Ey Foniy, riyokor yoru do`stlarni inobatga olma, senga haqiqiy yor kerak, aytgin, u yor qaerda? |
Tatabbӯ`i Xoҷa Biyo, ki arsai mayxona ishratobod ast,Zi sohatash xasi andӯh rafta bar bod ast. Kitobai dari oli-sh in raqam, k-in dar, Ba on ki az du ҷahon rӯ natoft, nakshodast. Zi toqi murtafiash in sado rasida ba gӯsh, «Biyo, ki qasri amal saxt sustbunyod ast». Ba sӯi mug`bacha rindon-shro xitob, ki xez, «Biyor boda, ki bunyodi umr barbod ast». Surudi nag`magarash in ki dodi aysh dihed, Ba nuqlu boda, ki kori zamona bedod ast. Sabӯ zi g`ulg`uli may karda in nido, ki binӯsh, Qadah, ki dayri kӯhanro base chu tu yod ast. Ba ҷilva z-oinai ҷom chehrai maqsud, Ki mast gashta ba ӯ har ki aftodast. Bidor, soqӣ, az on ҷomi may, ki shud umre, K-az ishtiyoqi vayam kor ohu faryod ast. Ki mast gashta, kunam tarki xesh chun Fonӣ, Har on ki masti xarob inchunin shud, obod ast. | Kel, mayxona ishratobod joydir, uning sahnidan g`am xaslari supurib tashlangan. Uning oliy darvozasi tepasiga: «Ikki olamdan kechmagan kishiga bu darvoza ochilmaydi» deb yozib qo`yilgan. Uning baland peshtoqidan shunday ovoz eshitiladi: «Kel, umr qasrining asosi juda bo`shdir». Rindlar mug`bachalarga shunday xitob qiladilar: «Tur, may keltir, chunki umrning asosi shamol ustiga qurilgan» (bebaqodir). Cholg`uvchilar ohangining mazmuni shuki, may va gazak bilan ayshu ishratning dodini beringlar, zamonaning ishi zulmdan iborat. May ko`zachasi «qul-quli» bilan shunday nido qiladi: «May ich, bu ko`hna dunyo sendaqalarning ko`pini o`tkazgan». Jom oynasida maqsud chehrasi jilva qildi, unga kimning ko`zi tushsa, mast bo`lib yiqiladi. Ey soqiy, o`sha may jomidan tut, chunki uning ishtiyoqida ishim bir umr ohu faryoddir. To Foniydek mast bo`lib, o`zligimdan kechay, chunki shunday mastu xarob bo`lgan odam obod bo`ladi (maqsadiga yetadi). |
Ayzan Manam, ki kunҷi xarobot xonaqohi man ast,Mai sabӯh zadan virdi subhgohi man ast. Nabasta tiragii kufr qulla bar sari dayr, Zi ishqi mug`bacha bar charx, dudi ohi man ast. Zi ishqi mohvashon, dog`hoi toza bubin, Sarosar az asari axtari siyohi man ast. Ba ҷurmi zindagӣ az haҷri on guli ra`no Sirishki surxu ruxi zard uzrxohi man ast. Burun zi maykada n-oyam, ki az havodisi charx Hisori amnu amoni manu panohi man ast. Ba dayr peshi bute saҷda orzu doram, Xayoli zuhd nadoram, Xudo guvohi man ast. Ravam ba maykada gohi xumor chun Fonӣ, Ki boda dofe`i in holati tabohi man ast. | Xarobot kunji xonaqohi bo`lgan mendek odamga subhidam mayini ichish tong chog`idagi odatdir. Dayr boshiga tutilgan qora pashshaxona kufr qorong`iligi emas, balki mug`bachalar ishqidan osmonga o`rlagan ohimning tutunidir. Oy yuzli go`zallar ishqidan tanimdagi yangi dog`larga qara! Bular boshdan-oyoq baxtsizligim yulduzining asaridir. U ra`no gul (mahbub)ning hajridan tirik qolganim gunohi uchun Qonli ko`z yoshim bilan sarg`aygan yuzim mening uzrgohimdir. Mayxonadan tashqari chiqmayman, chunki u osmon hodisalaridan meni omon saqlovchi qo`rg`onim va panohimdir. Dayr ichida bir jononga sajda qilnsh orzusidaman, Tangri guvohki, ko`nglimda zohidlik xayoli yo`qdir. Foniy singari xumor bo`lgan chog`imda mayxonaga boraman, chunki may bu yomon holatni daf` etguvchidir. |
Ayzan Moro ba ҷuz gadoii mayxona kor chist?Kore, ki qismati azal ast, ixtiyor chist? Chun bevafost g`amkadai dahr, may biyor, Budan dar in saroy dame hushyor chist? Og`ozi kori dahr, ki donist, k-on chi bud, To kas kunad qiyos, ki anchomi kor chist? Az rӯzgor chun narasad g`ayri tafriqa, Budan asiri tafriqai rӯzgor chist? Nashkuft chun zi gulshani dunyo guli murod, Bargӯy bulbul, in hama afg`onu zor chist? Guftӣ, ki «boda az kafi yor ast mug`tanam», Avval bigӯ, ki boda chӣ chiz astu yor chist? Fonӣ, manol az g`amu bin kori ahli faqr, G`ayr az rizo ba xostai Kirdugor chist? | Mayxonada gadolik qilishdan boshqa bizga nima ish bor, taqdirda shunday qismat bo`lgach, bizda nima ixtiyor bo`lsin? Modomiki, bu g`amxona dunyo bevafo ekan, may keltir, bu dunyoda bir dam hushyor bo`lmoq nimaga kerak? Dunyo ishining boshlanishi nimaligini kim bilibdiki, oxirini birov bilsin. Dunyoda parishonlikdan boshqa narsa yo`q, bu parishonlikka asir bo`lishning nima hojati bor? Bu dunyo gulshanida murod guli ochilgan emas, ey bulbul, aytgin, muncha afg`onu zoring nimaga kerak? Menga «Yor qo`lidan may ichmoq g`animat» deding, avval sen shuni ayt-chi, may nima-yu, yor nima? Ey Foniy, g`amdan nolima-yu, faqr ahlining ishiga qara! Tangri xohishiga rizo bo`lishdan boshqa ishlari yo`q. |
Tatabbӯ`i Shayx Mulki ofoq ba ҷuz dayri mug`on, in hama nest,Moyai aysh ba ҷuz ratli garon, in hama nest. Voizo, in hama az bog`i ҷinon qissa magӯ, Ki manu kӯi kase bog`i ҷinon, in hama nest. Dӯsh guftast zi bas na`ravu oshӯbam yor: «Hast ӯ, varna aloloi sagon, in hama nest». Ҷohu iqboli ҷahon ҷumla xayol astu namud, Budi in silsilai shӯ`badason, in hama pest. In hama sheftai shohidi purishvai dahr, Ki shudӣ, ey dili shӯrida, bidon, in hama nest. In hama husnu latofat, ki parizodi marost, Gar sӯi ҷinsi bashar bingarӣ, on, in hama nest. Az zamon har nafasam sad g`amu bedod rasad, Varna ҷavru sitami ahli zamon, in hama nest. Xoki kӯyash magar az rӯi maloik shuda naqsh, Varna az chehrai ushshoq nishon, in hama nest. Foniyo, ҷon dehu az mehnati hiҷron vorah, Hoҷati nolavu oshӯbu fig`on, in hama nest. | Mug`lar dayridan tashqari ofoq mulkining barchasi hechdir sharob qadahidan boshqa aysh asbobi hechdir. Ey voiz, jannat haqidagi qissalardan ko`p gapirma, Jannat bog`lari menu yor ko`yi oldida hechdir. Kecha ko`p na`ra yu g`avg`olarimni eshitib yor debti: «Bu o`sha, bo`lmasa itlarning shovqin-suroni bunchalik bo`lmaydi». Dunyoning davlatu iqboli barchasi xayoldir, bu shu`badaga o`xshash silsilasining hammasi hechdir. Ey dil, dunyoning ishvali go`zaliga bunchalik oshiq bo`lding, sho`rlik, bilginki, u bunga arzimaydi. Mening parizodimda bo`lgan hamma husnu latofatni inson jinsidan axtarib ko`rsang, ular yo`qdir. Zamondan har nafas yuz g`amu zulm yetadi, bo`lmasa zamona ahlining javru zulmi bunchalik emas. Uning ko`yi tuprog`i malaklar yuzidan naqsh bo`lgan, bo`lmasa, oshiqlar yuzining nishonidan bunchalik bo`lmaydi. Ey, Foniy, jon bergin-u, hajr mehnatidan qutul, bularning hammasi nolayu fig`on va g`avg`oga arzimaydi. |
Tatabbӯ`i Shayx Maro, ki ҷuz ba xaroboti ishq rohe nest,Ba g`ayri dargahi piri mug`on panohe nest. Zi bahri saҷda bute gar talab kunam, chӣ aҷab, Ba g`ayri but chu saramro havolagohe nest. Ba qatli man chӣ kashad g`amzaat safi mijgon, Zi bahri mӯrkushӣ hoҷati sipohe nest. Zi ahli husn xalos ast mulki dil be tu, Sipah chӣ kor kunad dar miyon, k-ӯ shohe nest. Ba sidqi da`vii ishqam talab makun du guvoh, Ki andarin suxanam ҷuz Xudo guvohe nest. Vafo zi chashmi tu gar dil naxost, ayb makun, Ba kas chunin tama` az turki dilsiyohe nest. Maҷӯ ba dashti fano sabzavu gul, ey Fonӣ, Charo k-az otashi oham dar ӯ giyohe nest. | Menga ishq xarobotidan boshqa yo`l bo`lmagani kabi mug`lar pirining dargohidan boshqa bir panoh ham yo`q. Sajda qilish uchun sanam talab qilsam, nima taajjubi bor, chunki sanamdan boshqa boshimni qo`yadigan narsa yo`q. Meni o`ldirishga g`amzang nima uchun kiprik safini tortadi? Chumolini qirish uchun askarga hojat yo`qdir. Orada shoh bo`lmasa, lashkar hech ish qila olmaganidek, dilimning mulkida sen bo`lmasang, husn ahllarining qo`lidan hech ish kelmaydi. Ishqda sadoqatim uchun ikki guvoh talab qilma, chunki bu so`zlarimga Tangridan boshqa guvohim yo`q. Agar sening zolim ko`zingdan ko`nglim vafo so`ramasa, ayb qilma, chunki kishilarda qon to`kuvchi turkdan vafo tama` qilish yo`q. Ey Foniy, fano dashtidan sabza va gul axtarma, chunki ohim o`tidan u yerda giyoh unmaydigan bo`lib qolgan. |
Ayzan Monda dar kӯi mug`on to abadam oshiqu mast,Ki shudam sheftai mug`bachagon rӯzi alast. Sar niham peshi qadah hamchu surohӣ har dam, Dar xaroboti mug`on to shudaam bodaparst. Raftam az dast zi tashvishi xumor, ey soqӣ, Lutf boshad ba yake ҷur`a garam girӣ dast. On miyon hast dar og`ӯshi kase, gӯyad nest, V-on dahan nest ba guftor, tu pindorӣ hast, Dilam, ey mug`bacha, mashkan, ki dar in dayri kuhan Hast badmast har on shӯx, ki ӯ ҷom shikast. Qomatam xam shuda az xizmati rindon dar dayr, Pir az bas sabui boda, ki bar dӯsham bast. Zohido, chand riyozat kashӣ, inak Fonӣ, Xӯrd yak ҷomi fanovu zi xudii xud vorast. | Mug`lar ko`yida to abad oshiqu mast bo`lib qolaman, chunki azaldan mug`bachalarga oshiqi shaydo bo`ldim. Mug`lar xarobotida may ichkuchi bo`lganimdan beri, surohidek har dam qadah oldida bosh egaman. Ey, soqiy, xumor tashvishi bilan o`zimnn qo`ldan berdim, agar bir qultum may bilan meni qo`llasang, lutf bo`ladi. Ul bel birovning og`ushida - yu, nozikligidan kishi yo`q deydi, va ul og`iz so`zlagani yo`q, ammo kishi so`zlaydi deb o`ylaydi. Ey mug`bacha, ko`nglimni sindirma, chunki bu ko`hna dayrda, jomni sindirgan har bir sho`x badmastdir. Dayrda rindlar xizmatini qilganim va pirning sharob ko`zasin yelkamga ko`p ortganimdan qomatim xam bo`ldi. Ey zohid, qachongacha riyozat chekasan, bu damda Foniy, bir jomi fano ichdi-yu, o`zligndan qutuldi. |
Ayzan Dar maykada onro, ki ba kaf ҷomi sharob ast,Aybash makun, ar shomu sahar mastu xarob ast. Bardoshtan az may natavonad sari xudro, Az boda havo dar sari on, k-ӯ chu hubob ast. Sarrishtai korash kashad oxir ba xarobӣ, Har mast, ki aftoda dar in dayri xarob ast. May kash, mai Kavsar zi kafi huri bihishtӣ, Dar dӯzaxi maxmuriyat, ey dil, ki azob ast. Dar dayri fano ҷomi yaqin ҷӯy, ki matlub, Az pardai pindori tu barbasta niqob ast. Ey mug`bacha, chun rӯi tazarv ast uzorat, 3-on rӯy ki chun xuni tazarvat mai nob ast. In davr ba yak chashm zadan gashta digargun, Ey umr, ba raftan zi bari mo chӣ shitob ast? Dar maykada gar g`arqi mayam tavba shikasta, Ey shayx, zi mo darguzar, on olami ob ast. Fonӣ, chӣ shavӣ sheftai dahr, ki kavnayn Dar dashti fano ҷumla namudori sarob ast. | Mayxonada qo`lida sharob jomi bo`lgan kishi kecha-kunduz mastu xarob bo`lsa, ayb qilma. Har kimning boshida may havasi bo`lsa, may ustidagi pufakchadek boshini maydan ko`tara olmaydi. Kimki bu xaroba dayr ichida mast bo`lib qolgan bo`lsa, oqibat uning ishi xaroblikdir. Ey dil, xumorlik do`zaxida azob tortding, shuning uchun jannat huri qo`lidan Kavsar mayini ichgin. Fano mayxonasida o`zlikdan kechib haqiqiy jomni ista, chunki matlub yuziga manmanlik parda bo`lgandir. Ey mug`bacha, yonog`ing qirg`ovulning yuzi kabidir, shuning uchun maying ham qirg`ovul qoniga o`xshaydi. Bu davr ko`z yumib-ochguncha boshqa shaklda aylanadi, ey umr (jonon), mennng yonnmdan ketishga muncha shoshilasan? Ey shayx, tavbani sindirib, mayxonada mayga g`arq bo`lsam, bizni kechir, chunki mayxona — suv olamidir. Ey Foniy, dunyoga nima uchun maftun bo`lasan, holbuki, fano dashtida ko`ringan barcha narsalar sarobdir. |
Dar tavri Xoҷa Chun az in dayri fano oxir biboyad bor bast,Avval afkan bore, ey dil, bori hastӣ, harchi hast. Oqibat xohad shikast az marg shoxi naxli umr, Beh zi zӯri dasti taqvo nafsro dodan shikast. Barfikan az rӯi dast asbobi olam pesh az on-k, Nadhadat sude gazidan az tahayyur pushti dast. Chun balandonro fitodan lozim omad, past bosh, Nest mumkin uftodan heҷ gah bar xoki past. Xeshro bexud kun az ҷomi fano, to kay xudӣ, K-andar in dayri kuhan beh mayparast az xudparast. Ҷohi dunyo choh don, ҷastan tavonӣ az sarash, Chun daraftodӣ dar ӯ natvon zi qa`ri choh ҷast. Pirazan shud dahr, agar mardӣ ba girdi ӯ magard, Garchi zan shud, lek mard onro shumar, k-az vay birast. Bahri gulho xori gulzori ҷahon mashmor sahl, 3-on ki hukmi tir dorad, chun daruni chashm hast. Foniyo, chun hushyorӣ nest ҷuz ranҷu malol, Daf`i hushyorӣ chu dorӣ kom, shav maҷnunu mast. | Ey dil, har qachonki dunyodan ketar ekansan, avval o`zlik yukini tashlash kerak. Umr daraxtining shoxi oxiri sinajakdir, shunday bo`lgandan keyin taqvo qo`lining kuchi bilan nafsni sindirish yaxshidir. Qo`lingdagi olam asboblarini ilgariroq (esing borida) otib tashla, chunki bir kuni hasrat-nadomat bilan barmog`ingni tishlab qolishing foyda bermaydi. Baland martabalilarga past tushish lozim bo`ladigan bo`lsa, o`zing past bo`l, chunki tuproqda yotgan kishining yiqilishi mumkin emas. Uzingni fano jomi bilan bexud qil, qachongacha xudbin bo`lib yurasan, chunki bu ko`hna dunyoda xudparastlikdan mayparastlik yaxshidir. Dunyo davlati go`yo chohdir, qo`lingdan kelsa - sakrab o`t, unga yiqildingmi, qa`ridan chiqolmaysan. Dunyo bir kampirdir, erkak bo`lsang, uning tevaragida aylanishma, u xotinu, lekin uning tuzog`iga ilinmagan odamni erkak deb bil. Gullar uchun jahon gulzori tikanlari sanchilganini yengil deb o`ylama, chunki ko`zga sanchilgan tikan, o`q hukmidadir. Ey Foniy, hushyorlik ranju maloldan boshqa narsa emas, agar senga hushyorlikni yo`qotish maqsad bo`lsa, mastu majnun bo`l. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Zi bahri charx ba kishtii umr sad xalal ast,Davosh bahri sharobu safinai g`azal ast. Mai raqiq chu naqdi hayot bemisl ast, Buti shafiq chu umri aziz bebadal ast. Ba vasli ӯ nadiham rohi ehtimol, ey ishq, Agarchi peshi xirad in nishona muhtamal ast. Hadisi rindi xarobot nest ҷuz taslim, Ki ahli xonaqah ast on, ki sar bar sar ҷadal ast. Rav, ey faqeh, ki boshad fano natiҷai ishq, Valek ishq ba dil nash`ai mai azal ast. Umed qat` kun, ey murg`i dil, zi gulshani dahr, Ki domi toiri qudsӣ zi rishtai amal ast. Zi qat`i rohi fano vasl yoftӣ, Fonӣ, Vale murod dar in roh darxuri amal ast. | Charx dengizidan umr kemasiga yuz ziyon yetadi, uning davosi sharob dengizi yu g`azal kemasidir. Tiniq may hayot naqdi singari bemisldir, shafqatli yor, umrdek bebadaldir. Ey ishq, uning vasliga yetish ehtimoliga yo`l qo`ymayman, garchi xirad ahli oldida bu nishona taxmin qilinsa ham. Xarobot rindlarining so`zi taslimdan boshqa narsa emas, chunki, talashib-tortishuvchilar xonaqoh ahllaridir. Bor, ey faqih, ishqning natijasi fanodir, ammo yurakdagi ishq azal mayining nash`asidir. Ey ko`ngil qushi, dunyo gulshanidan umidingni uz, negaki amal rishtasi quds qushlari uchun, tuzoqdir. Foniy, fano yo`lini bosib o`tib vaslga yetting, bale, bu yo`lda murod amalga yarasha beriladi. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Hargiz gadoi maykada az shoh g`am nadosht,K-az iltifoti piri mug`on heҷ kam nadosht. Tanho na man ba xoki mazallat fitodaam, Hargiz falak bar ahli vafo ҷuz sitam nadosht. Doram safoli kӯhnai mayxona pursharob, K-in oina Sikandaru in ҷom Ҷam nadosht. Dar haҷr gӯ: bimir, har on kas, ki dar visol, Ҷavru ҷafoi dilbari xud mug`tanam nadosht. Ҷuz qomatat, ki sӯi asiron xirom kard, Dar bog`i dahr sarvi sihӣ in qadam nadosht. On tifli shӯx murg`i dili xalq sayd kard, Bo on ki domi purrai purpechu xam nadosht. Fonӣ, ba fikri on dahan ar murd, nest ayb, Kay bud, k-ӯ azimati mulki adam nadosht? | Mayxona gadosi hech qachon shoh g`amini yemaydi, chunki mug`lar piri iltifotidan hech kamligi yo`q. Xorlik tuprog`iga yolg`iz men yiqilganim yo`q, vafo ahliga falak hargiz sitamdan boshqa ish qilmaydi. Menda mayxonaning sharobga to`la eski safoli bor, bunday oyna Iskandarda-yu, bunday jom Jamshidda bo`lmagan. Kimki visol chog`i yorining javru jafosini g`animat bilmasa, unga «ayriliqda o`l», deb ayt. Asirlar sari xirom aylagan qomatingdan boshqa, dahr bog`idagi sarvlarning bunday raftori yo`q. Sochining jingalagidan tuzog`i bo`lmasa ham, ul yosh sho`x xalq yuragini sayd etdi. Foniy, ul og`iz xayolida o`lsa ayb emas, u qachon adam mulkiga ketishini istamagan edi. |
Tatabbӯ`i Shayx Yo Rab, on mug`bachai shux zi mayxonai kist?Mast dar maykada az sog`aru paymonai kist? Sӯi masҷid shudavu g`ayrati on mekushadam, Peshi man garchi yaqin ast, ki dar xonai kist? Ganҷi husn ast sӯi ahli muhabbat guzarash, Vah, ki to mayli dilash ҷonibi vayronai kist? Xalq donist, ki on rashki parӣ yori man ast, Dili savdozada nogufta, ki devonai kist? Shӯhrati rindiyam ar nest, yaqinat binigar, Ki ba har anҷumani maykada afsonai kist? Gӯiyam: «Chashmi siyohi kӣ turo qotil shud?» Shӯxi xunrez bubin, nargisi mastonai kist? Qasdi murg`i dili Fonӣ agar on chashm nakard, Turravu xoli tu pas domi kivu donai kist? | Yo Rab, u sho`x mug`bacha kimning mayxonasidan ekan, maykadada kimning sharobu paymonasidan mast ekan. Kimning uyidaligi menga ayon bo`lsa ham, u masjidga bordi-yu, g`ayirligimni keltirib meni o`ldirdi. U husn ganjidir, muhabbat ahli tomon boradi, vah, uning yuragi kimning vayronasiga mayl qilar ekan? Telba yurak kimning devonasi ekanligini aytmasa ham, xalq bildiki, ul parilar rashk qiluvchi go`zal mening yorimdir. Rindlik shuhratimga ishonmagan bo`lsang, qara, mayxonaning har anjumanida kimning afsonasi aytilyapti. «Kimning qaro ko`zlari seni o`ldirdi?» deysan, ey, qon to`kuvchi sho`x, qarachi, u kimning mastona nargisi ekan? Agar u ko`zlar Foniyning dil qushiga qasd qilmas ekan, unda sening kokiling va xoling kimning tuzog`i va donasi ekan? |
Dar tavri Xoҷa Bud obzada sohati maydoni xarobot,Bazmi tarab omoda dar ayvoni xarobot. Binshasta dar ӯ piri xarobot qadahnӯsh, Dar xidmati ӯ saf zada rindoni xarobot. Ҷo karda barash mug`bachai shӯx ba mastӣ, Dar kishvari husn omada sultoni xarobot. Har lahza pai burdani dil turfa mug`annӣ Bo lahni mug`ona zada dastoni xarobot. Az piri xarobot ba rindon shuda zohir Dar har qadahe nuktai pinhoni xarobot. 3-on nukta har on k-ӯ xabare yofta, sarmast, Behush fitoda ba shabistoni xarobot. May deh, ki ba sad xil`ati shohӣ nafurӯshad, Yak ҷur`ai may soili uryoni xarobot. Har vasf, ki az Kavsaru az ravza shunidӣ, Andar haqi may omadu dar shoni xarobot. Fonӣ, ba xaroboti fano darshudu vorast, Az nangi xudӣ gasht chu mehmoni xarobot. | Xarobot maydoniga suv sepilgan, uning ayvonida shodu xurramlik bazmiga hozirlik ko`rilgan. U yerda xarobot piri may ichib o`tiribdi, uning xizmatida xarobot rindlari saf tortganlar. (Xarobot piri) yonida bir sho`x mug`bacha mast o`tiribdi, (u) husn mulkida xarobot sultonidir. Har lahza dilni ovlamoq uchun ajoyib xonanda mug`ona ohangda xarobot dostonini o`qir edi. Mayxona piridan rindlarga har bir qadahda xarobot sirlari ochilar edi. U maxfiy sirlardan voqif bo`lgan kishilar mast bo`lib, xarobot shabistonida behush, bo`lib yiqilardi. May bergilki, uning bir qultumini xarobotdagi gadolar yuzta shohona libosga alishmaydilar. Kavsaru jannat to`g`risida har bir maqtovni eshitgan bo`lsang, u maqtov may haqida va xarobot sha`nidadir. Foniy, mayxonada mehmon bo`lgach, fano xarobotiga kirib, o`zlik nomusidan qutulganday bo`ldi. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Dil chu parvona zi sham`i ruxi ҷonona bisӯxt,Vah chӣ parvona, ki az shӯ`lai ӯ xona bisӯxt? Mӯi xoli tu bar on shӯ`lai oraz aҷab ast, Nashavad sabz chu har gah ba zamin dona bisӯxt. Ishq dar sinaam aftod, k-az on sӯxt dilam, Otash aftod ba vayrona, ki devona bisӯxt. Shavq dar haҷr nashud daf`u ba dil otash zad, Sham`ro shab nanishondandu az on xona bisӯxt. Xirqa purmay shudu dar xilvatam aftod otash, Shӯ`la dar raxt daraftod, ki koshona bisӯxt. Makun otashkada dar dayr, ki az mug`bachagon, Har dam on sӯy dusad oqilu farzona bisӯxt. Shӯ`lai sham`i ruxat shond ba xoki siyaham, Kirmi xokist, chu bolu pari parvona bisӯxt. Monda uryonu zalilam, ki zi ҷurmi tavba, Piri mayxona maro xirqa ba ҷurmona bisӯxt. Fonӣ, ar durdkashi maykada shud, nest aҷab, Bodapolosh chu az otashi paymona bisӯxt. | Dil parvona kabi jonona yuzining sham`i bilan kuydi, ohu dil qanday parvonaki, uning shu`lasidan uyga o`t tushdi. Sochlaring va xoling orazing shu`lasidan kuymasdan turishi taajjub, chunki yerdagi dona kuysa, ko`karmaydi. Vayronaga o`t tushganda, unda yotgan devona kuygani singari, ishq siynamga tushib, undan dilim kuydi. Sham` kechasi o`chirilmagani sababli undan uy kuyganidek, sening shavqing hajrda yo`qolish o`rniga, balki dilimga o`t yoqdi. Matoga o`t tushganda uy kuyganidek, xirqam maydan ho`l bo`lib, xilvatimni kuydirdi. Mayxonaga o`t yoqmanglar, mug`bachalar o`tidan har nafasda u yerda yuzlab oqilu donolar kuydi. Yuzing sham`ining alangasi meni kuydirib, qora tuproqqa qordi, go`yo qanoti kuygan parvonadek tuproq qurti (chiroq qurt) bo`lib qoldim. Mayxonaga bormaslik uchun qilgan tavbam sababli mayxona piri xirqamni kuydirdi, shuning uchun men yalang`och va xor bo`lib qoldim. Foniy, agar mayxonada may durdi ichuvchisi bo`lgan bo`lsa, taajjub qilishga o`rin yo`q, chunki uning may suzgichi may piyolasi o`tida kuygan. |
Dil on, ki pai may ba xaroboti fano raft, Sarho chu hubob omadu bar bodi havo raft. Dar hachri tu ohi dili man bud, ki to subh, Guftand xaloyiq, ki magar bodi sabo raft. Dar roh ba zuhhod base arbada kardast, On kofiri badmast, ki dӯsh az bari mo raft, G`oib chu shud az mo digar, az mo-sh maҷӯed, Ӯ bud parӣ raftu nadonam, ki kuҷo raft. Sarmanzili ishqi tu buvad kӯi fano, z-onk, Harchand, ki shoh omad, az on sӯi gado raft. Raft on mahu gufto, ki «biyoyam ba barat zud», On shӯxi balo, ey dili g`amgin, chӣ balo raft? Az sӯfii ra`no chӣ safo chashm tavon dosht, K-ash umri giromӣ hama dar zarqu riyo raft?! On rӯz, ki meshud sifati mardumӣ az xalq, Guyo zi hama peshtar oini vafo raft. Har kas tarafe zad qadam az hodisai dahr, 3-in hodisa Fonӣ, ba xaroboti fano raft. | Dil may uchun fano xarobotiga ketgan chog`da, boshlar may ko`pigidek havodan barbod bo`ldi. Odamlar «bu tong yeli bo`lsa kerak» dedilar, aslida sening hajringda tonggacha chekkan dilimning ohi edi. Kecha ul kofiri badmast bizning oldimizdan chiqib, yo`lda zohidlarga uchrab, ko`p, to`polon qilibdi. Bizning oldimizdan g`oyib bo`ldi, boshqa bizdan so`ramang, u pari edi, ketdi-yu qaerga ketganini bilmadim. Sening ishhing sarmanzili fano kuyidir, chunki, u tomondan shoh kelsa ham gado bo`lib ketadi. Ul oy ketdi-yu, «tez yoningga qaytaman» dedi, ey mungli ko`ngil, ul sho`x nima balo bo`lib ketdi? Aziz umrning barchasini zarqu riyo bilan o`tkazgan firibgar sufiydan soflikni qanday kutish mumkin? Xalqdan odamiylik sifatlari yo`qolgan kuni, vafo rasmi hammadan oldin ketganga o`xshaydi. Dahr hodisalaridan har kim bir tomonga qadam urdi, bu voqeadan Foniy, fano xarobotiga ketdi. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Har dil, ki na sofist, bar ӯ fayz harom ast,Mir`oti ruxi dӯst, dili oinafom ast. Dar oinai ҷom bididam ruxi soqӣ, On davrai oina magar davrai ҷom ast? Az ravzana mehr, az dahani xum qadahi may, Binmud zi har yak, nayam ogah, ki kadom ast? Az obi hayoti qadaham, kom ba zavq ast, Umram mai talx astu maro umr ba kom ast. Dayr ast sipehre ba farozash mahu xurshed, To ҷilvagahi mug`bachagon gӯshai bom ast. Kay laxlaxai sandali ahmar xusham oyad, K-az g`ulg`ulai zarfi mayam atrmashom ast. Az maykadai ishq chu shud boda halolam, N-onam digar az xonaqahi zuhd harom ast. Ham bod ba xud omadu ham ob zi xud raft, Dar gulshanat, ey sarv, suman bar chӣ xirom ast? Az xesh burun raftanu dar dӯst rasidan, Fonӣ, rahi faqr archi daroz ast, du gom ast. | Har dil agar pok bo`lmasa, fayzu barakat unga haromdir, do`st yuzining tasviri oynadek yurakda aks etadi. Qadah ko`zgusida soqiyning yuzini ko`rdim, qadahning aylanishi ul ko`zguning aylanishimikin? Tuynukdan quyosh, xum og`zidan may piyolasi ko`rindi, bilmayman, bularning har biri qaysi edi. Qadahdagi obi hayotdan komim zavq oldi, mening umrim achchiq maydir, umrim kom bilandir. Toki mug`bachalar tom ustida jilva qilar ekanlar, dayr osmondir, osmonda oy va quyoshdir. May idishlari g`ulg`ulidan dimog`im xushbo`y, qizil sandalning hidi nega menga yoqsin? Ishq mayxonasining mayi menga halol bo`lgandan beri, zuhd xonaqosining noni harom bo`ldi. Ham shamol o`ziga keldi, ham suv o`zidan ketdi, ey sarv sening gulshaningda suman qanday xirom qiladi? Ey Foniy, o`zidan kechmoq, do`stga yetishmoqdir, faqr yo`li garchi uzun bo`lsa ham ikki qadamdir. |
Ayzan Biyo, ki hotifi mayxona dush pinhon guftBa man hikoyate az sirri may, ki natvon guft. Chu gasht voqif az in hol piri bodafurӯsh, Mayam ba tahniya dodu ba lutfu ehson guft: «Ki, ey gadoi xarobot, navmed mabosh, Charo, ki hotifi g`ayb on chӣ boyadat, on guft». Az on zamon, ki dilam nash`a yoft az mai ishq, Ba xeshtan hama dushvori dahr oson guft. Ba roh az suxani piri dayr aftodam, Ki shayxi xonaqah in nuktaho digarson guft. Az on ba lola dilam xun shudu darunam sӯxt, Ki dardi xuni dilu ranҷi dog`i hiҷron guft. Hadisi bastani zunnoru butparastii man Ba xalq oqibat on shӯxi nomusulmon guft. Chu dil zi zulfi vay oshufta bud, az holash Har on chi pursa namudam, hama pareshon guft. Kase xalos zi girdobi g`am shud, ey Fonӣ, Ki zeri davri falak tarki ahli davron guft. | Kel, mayxona jarchisi, kecha menga may sirridan bir hikoyat aytdiki, uni boshqalarga aytib bo`lmaydi. Mayfurush chol bu holdan ogoh bo`lib qolgach, muborakbod uchun may berdi va lutf-ehson bilan aytdiki: «Ey xarobot gadosi, noumid bo`lma, chunki g`ayb xabarchisi senga kerak bo`lgan narsani aytdi». Dilim ishq mayidan nash`a topgandan beri «dunyoning hamma qiyinchiliklari menga oson bo`ldi» dedi. Men dayr pirining so`zi bilan yo`lga tushdim, chunki xonaqoh shayxi bu sirlarni boshqa xilda bayon qilgan edi. Lolaga shuning uchun dilim qon bo`lib, bag`rim o`rtandiki, u dilining dardini, hijron dog`ini aytdi. Mening zunnor bog`laganim va butparast bo`lganim hikoyatini xalqqa u nomusulmon sho`xning o`zi oxir aytdi. Uning zulfidan devona bo`lgan dildan nima so`rasam, parishonlik bilan javob berdi. Ey Foniy, kimki bu falak charxining ostida davron ahlini tark qilsa, u g`amdan xalos bo`ladi. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Ba nazdi piri mug`on zuhd uҷbu bul`aҷabist,Qadah chu dosht, nanӯshidanash zi beadabist, Zi ishqi mug`bachagonam umed nest xalos, Qi zotӣ ast maro in balo, na muktasabist. Manam zi ҷon shuda hindui turki xunreze, Ki bo malohati turkash, fasohati arabist. Ba ҷuz sharobi sabӯhӣ iloҷ natvon kard, Maro, ki subh zi ranҷi xumor tashnalabist. Maro hubobi mai nob — chashmi xunpolost, Ki dar niqobi uҷoҷiyu pardai inabist. Zi mulki Chinu Halab chur`ae az on may beh, Ki dar surohii Chiniyu shishai Halabist. Ba vay aҷab nabuvad piri aqlro xanda, Chu Fonӣ on, ki gahi piriyash nigori sabist. | Mug`lar piri qoshida taqvodorlik va takabburlik ajab qolarli bir ishdir, piri mug`on qadah tutsa, ichmaslik adabsizlikdir. Mug`bachalarning ishqidan qutulishga umidim yo`q, chunki bu ishq keyin o`rganilgan emas, u menga azaliydir. Go`zallikda turk va so`zamollikda arab bo`lgan qon to`kuvchi bir go`zalga jonimdan oshiq bo`ldim. Tong chog`ida xumorlikning lanjligidan tashnalab bo`lganman, meni tong sharobidan boshqa narsa bilan davolab bo`lmaydi. U shisha niqobi va uzum pardalarida turgan tiniq mayga mening qon suzgich ko`zim pufakcha bo`lmish. Chin va Halab shishalaridagi bir qultum may, Chin va Halab mulkidan yaxshiroqdir. Kimki Foniy kabi qarilik chog`ida yosh mahbubga ko`ngil bersa, aql pirining unga kulmog`i taajjub emas. |
Dar tavri Xoҷa Manu mayli alifi qomati on hursirisht,Bar saram chunki qazo dar azal in harf navisht. Chashm doram, ki dihad piri mug`on az sari xum, Chun ba zindoni lahad zeri saram boyad xisht, Matalab naxli vafo az chi, ki dehqoni qazo Hargiz in tuxmi aҷab dar chamani dahr nakisht. Manam imrӯzu mayu mug`bachavu dayri mug`on, Shayxi fardotalabu Kavsaru rizvonu bihisht. Natavon yoftan az g`aflatash andar masҷid, Dar huzuri talabash hast chi masҷid, chi kunisht. Xubu zishtii tu vobasta ba raddastu qabul, On chi maxfist, chӣ donӣ, ki kӣ xubastu, kӣ zisht? Neku bad nest chu dar dasti kase, boda biyor, Fonӣ, ar zishtxisol omadu gar xubsirisht. | Ul hurzod nozaninning alifdek qomatini istamayman, taqdiri azalda peshonamga shu harf yozilgandir. Lahad zindonida boshim ostiga g`isht kerak ekan, mug`lar piri xum og`zidagi g`ishtni berar, deb ko`z tutaman. Vafo niholini so`rama, chunki qazo dehqoni bu ajoyib urug`ni jahon bog`iga ekmagan. Men bugun may, mug`bacha va mug`lar dayri bilan birgaman, shayx esa ertagi Kavsar, rizvon va jannatni talab qiladi. G`ofillik bilan uni masjiddan topa olmaysan, uni talab qilishda masjidu butxonaning farqi yo`q. Sening yaxshi va yomonliging raddu qabulga bog`liq, kim yaxshi va kim yomonligi maxfiy, uni qaydan bilasan Yaxshilik va yomonlik kishining qo`lida bo`lmaganidan keyin Foniy yaxshi bo`lsa ham, yomon bo`lsa ham qo`yaber, may keltir. |
Ayzan To Kavsaru Firdavs rahi duru daroz ast,Don aysh g`animat, ki dari maykada boz ast. Az noz maron raxsh pai qatl, ki har sӯ Bar xoki rah aftoda sari ahli niyoz ast. Bingar ba hubobi mai gulrang, ki dar davr Chun didai Mahmud ba ruxsori Ayoz ast. Zulfi tu magar hast shabi haҷru rahi ishq. K-on tiravu in ҷumla nisheb astu faroz ast. Bar dӯshi man on dog`i sabui mai rindӣ, Bardӯxta az shuqqai iqboli Tiroz ast. Gar dida buvad pok nazar bar ruxi shohid, Az soliki rah ayni haqiqat, na maҷoz ast. Dar xonaqah az nuktai tavhid chӣ gӯyam, Chun rindi xaroboti mug`on mahrami roz ast. Aflok ba yak sadma, ki az ishqi azal did, Sargashta chunin to ba abad dar taku toz ast. Fonӣ, nashuda g`arqa ba may but naparastӣ, Dar maykada nokarda tahorat chӣ namoz ast? | Kavsar va Firdavsga yetib borguncha yo`l uzundan uzoqdir, mayxona eshigi ochiq ekan, aysh-ishratni g`animat bil. Ey nozanin, oshiqlaringni qatl etish uchun noz bilan har tomonga ot solma, hojat ahlining boshi yo`l tuprog`iga qorishib yotmoqdadir. Davr chog`ida gulrang mayning ko`pigiga qara! U ko`pik Ayozning yuziga tikilgan Mahmud (G`aznaviy)ning ko`ziga o`xshaydi. Sening zulfing hijron tunimi-yu, ishq yo`limiki, u ham qorong`i, hamda pastu balanddir. Rindlik mayi ko`zasini ko`targanda yelkamda (qolgan) dog` iqbol bayrog`idan tikilgan bir parchadir. Ma`shuq ruxsoriga nazar qilganda agar ko`z pok bo`lsa, yo`lovchining bu yo`li majoz yo`li emas, haqiqat yo`lidir. Xonaqohda tavhid nuqtalarini gapirib nima qilaman, (uni) mug`lar xaroboti rindlariga aytayin (chunki) bular sirlarning mahramidirlar. Osmon azaliy ishqdan bir zarba ko`rdi-yu, shundan beri sargardon kezadi. Ey Foniy, mayga g`arq bo`lmaguncha butga sajda qilma, mayxonada tahorat olmaguncha, qanday namoz bo`ladi. |
Na`t Zihӣ sad piri Qan`onӣ muridat,Dusad Yusuf g`ulomi zarxaridat. Gulat bishkuft andar gulshani qurb, Nasimi bog`i vahdat chun vazidat. Shudӣ aflokrav, chun mujdai vasl Rasonid osmonpaymo baridat. Chӣ bok az ranҷi olam paykaratro, Chu dil dar ma`mani qurb oramidat. Ba bomi Ka`ba poyat norasida, Livoi qadr bar gardun rasidat. Muqaffal chun buvad darhoi rahmat, Chu zulfayn omada pechon kalidat. Dar on kӯ, Foniyo, gӯӣ gadoyam, Zi xayli on sagoni kӯ kӣ didat? | Tahsin va ofarinlar bo`lsinki, yuzlarcha Kan`on piri muridingdir, ikki yuz chog`lik Yusuflar sotib olgan qulingdir. Birlik bog`ining shamoli esgach, Tangriga yaqinlik gulshanida guling ochildi. Ko`kda kezuvchi qosid vasl xush xabarini yetkazgach, ko`kka qarab ravona bo`lding. Tangriga yaqinlik makonida orom olganingdan so`ng, olam mashaqqatidan vujudingga qanday mashaqqat bo`lsin? Oyog`ing Ka`ba tomiga yetmasdan turib, osmonga ulug`lik bayrog`ini tiktirding. Rahmat eshiklari qulflangan bo`lsa, o`rilgan ikki kokiling kalitingdir. Ey Foniy, u yor ko`yining gadosiman, deysan, uning itlari orasida seni kim ko`ribdi? |
Dar tavri maxdum Az ishq har zamon ba zabonam fasonaest,Gӯyo zabon zi otashi ishqam zabonaest. Az boxtan ba dayri mug`on naqdi dinu dil Komam zi dasti mug`bacha ҷomi mug`onaest. Xalqe turo ba Ka`ba talabgoru mo ba dayr. On xonae ba kӯi tu, in niz xonaest. Xoham zi kunҷi zoviyavu qat`i bodiya, Vasli tu v-arna sayru sabotam bahonaest. Dar sina z-otashi g`amu dar xirqa z-obi may, Har dog`am az baliyati ishqat nishonaest. 3-ahli zamon ba har ki supurdem naqdi dil, Binmud qasdi ҷon, chӣ aҷoib zamonaest? Fonӣ, ba saҷdai Haramam pur maҷӯy, az on-k Dar kӯi oshiqӣ sari movu ostonaest. | Har zamon tilimda ishqdan bir afsona bordir, go`yo til ishqim o`ti alangasining bir yolqinidir. Dinu dilimni mug`lar mayxonasida dov tikishdan maqsadim, mug`bachalar qo`lidan bir mug`ona jom ichishdir. Bir to`da xalq seni Ka`badan izlaydi, bizlar bo`lsak dayrdan izlaymiz, (chunki) u ham, bu ham sening ko`ying xonasidir. Ibodatxona kunjida o`tirib va dasht-sahrolarni kezib visolingni istayman, bo`lmasa sayrimu bir joyda turishim bir bahonadir. Siynamda g`amingdin o`t, eski to`nimda may suvidir, har bir dog`im ishqing balosidan bir nishonadir. Zamona ahlidan har kimgaki dil naqdinasini topshirgan bo`lsam, u jonga qasd qildi, bu qanday ajoyib zamonadir. Ey Foniy, Haramga sajda qilishimni ko`p kutavermagin, chunki oshiqlik ko`yida boshimiz boru (uni) qo`yadigan ostonamiz bor. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Guftam: «Sharobi la`li tu yoquti ahmar ast,Yoqutu la`l nest, nadonam chӣ ҷavharast? Tubӣ barobari qadat ar gӯyad ahli zuhd, Guftan buvad giyoh ba Tubӣ barobarast. Moem dar harimi xarobotu chomi may, Mahrum on, ki tolibi Firdavsu Kavsarast. Bingar, gadoi maykada dar kaf kӯhansafol, Hamchun shahe, ki dar kafi ӯ sog`ari zarast. Ey mayfurӯsh, xirqa chu shud rahni may kunun, Ҷome digar biyor, ki navbat ba daftar ast. Ey shayx, agar ba dayri fano bigzarӣ shabe, Chuz shaydu hila har chi tu xohӣ, muyassar ast. Ҷome chu darkashӣ buvadat olame digar, Az ranҷi olam ey, ki zamirat mukaddar ast. Murg`e, ki hast toiri bӯstoni lomakon, Kay qabzu bastash az asari charxu axtarast? Az xud guzasht Foniyu ishqi bute guzid, 3-on rӯ, ki butparast nakӯtar zi xudparast. | La`ling sharobi qizil yoqut, dedim, yo`q u la`lu yoqut emas, bilmayman qanday bir javhardir. Agar zuhd ahli To`bini qadding bilan teng ko`rsa, To`bi bilan giyoh (o`t)ni teng ko`rgandek bo`ladi. Xarobot haramida bizmiz-u, may piyolasi, kimki jannat va Kavsarni istasa, bulardan mahrum. Qo`lida eski sopol ushlagan mayxona gadosini ko`r, zar piyolani qo`liga tutgan shohga o`xshaydi. Ey mayfurush, choponni mayga garov qildim, yana bir jom ber, endi navbat daftarga yetdi. Ey shayx, agar bir fano dayriga kelsang, makru firibdan tashqari neki istasang muhayyo bo`ladi. Ey, olam ranjidan ko`ngli ozor topgan kishi, agar bir jom ichsang boshqa bir olamga yetishasan. Lomakon bo`stonida uchadigan qushning qabzu bastiga charxu yulduzlar qachon asar qiladi? Foniy, o`zidan kechib bir sanamning ishqini tanladi, chunki xudparastlikdan ko`ra butparastlik yaxshidir. |
Ayzan 3-on la`li mayolud shudam masti xarobat,Ey mug`bachai shӯx, chӣ mast ast sharobat!? Ey ishq, havoyat chӣ bahor ast, ki bodo Bar xirmani mo tiradilon barqi sahobat. Bo orazi nasrinvash agar boda binӯshӣ, Bar chehra chӣ gulho shukufonat mai nobat. Dar nuru safo chunki zi xurshed fuzunӣ, Hargiz nashavad hoyili ruxsori niqobat. 3-on xil`ati tu hullai gulgun shuda, ey sarv, K-az xuni dilu dida hama doda shud obat. Ey mug`bacha, bas tavba shikastiyu gunah bud, Gar tavbai moro shikanӣ hast savobat. Fonӣ, chu g`arib omad dar mulki maonӣ, Nabvad aҷab andar suxanash rangi g`arobat. | U mayga belangan la`lingdan mastu xarobing bo`ldim, ey sho`x mug`bacha, sharobing qanday o`tkir-a! Ey ishq, havoying qanday bahorki, biz ko`ngli qoralar xirmoniga bulutingning yashini tushsin. Agar nasrin guli kabi shu qizil yuzing bilan may ichsang, sof maying chehrangda qanday gullar ochiltirardi! Ravshanlik va tiniqlikda sen quyoshdan ham ortiqsan, shuning uchun niqobing ruxsoringga hargiz to`sqinlik qilmaydi. Ey sarv, libosing gul rangligining sababi shuki, u hammaning dili va ko`zlari qoni bilan sug`orilgan. Ey mug`bacha, ko`p tavba ushatding, u gunoh edi, agar bizning tavbamizni ushatsang — senga savobi bor. Foniy, ma`nolar mulkida g`aribdir, uning so`zida ajoyiblik rangi bo`lsa, ajab emas. |
Muxtara` La`li tu nabotu suxanat obi hayot ast,Tabxola bar on gӯshai lab habbi nabot ast. Az dayr sӯi masҷid az onam harakat nest, K-on mug`bacha dar maykada shirinharakot ast. Az savmaa xudro ba xarobot fikandam, K-in ҷo zi xudӣ, beshtaram rӯi naҷot ast. On huri parizod, ki dar ҷumla sifotash Omad malaki sheva, nadonam, ki chӣ zot ast! Hindui du zulfi tu chi hindust, ki dar fol Sad bor muboraktaram az Qadru Barot ast. On kas bibarad gavhari maqsud ki chun kӯh Az soiqai hodisaash rasmi sabot ast. Shahroh suvi ҷannati Firdavs, ki ҷӯyand, Fonӣ, ba yaqin don, ki xiyoboni Hirot ast. | Sening la`ling novvotu so`zing hayot suvidir, labingdagi uchuq habbi nabot degan doridir. U mug`bacha mayxonada (go`zal) harakatlar qilgani sababli men dayrni (tark etib) masjidga bormayman. Ibodatxonadan o`zimni xarobotga tashladim, u yerda menga manmanlikdan ko`ra ko`proq najot yuzi ochiladi. U parizod hur, barcha sifatlari bilan farishtaga o`xshaydi, bilmaymanki, qanday zot ekan u! Ikki qora zulfing hindusi qanday hindudirki, folda laylatulqadr va barot kechasidan yuz qatla tabarrukroqdir. Kimki hodisalar yashini ostida tog` singari sabotli va barqaror bo`lsa, maqsud gavharini qo`lga kiritadi. Kishilar jannat bog`iga borish uchun to`g`ri yo`l axtaradilar. Ey Foniy, u yo`l shubhasiz, Hirot xiyobonidir. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Zohido, dar ravza may gar az kafi dildor nest,Ravzae xushtar maro az kulbai xammor nest. Oshiqonro hech ҷannat nest, chun gulzori vasl, Kavsaru Tӯbӣ misoli la`lu qaddi yor nest. Dil pur az xori ҷafoyat gasht hamchun xorpusht, Nest ҷoyash z-on ki berun karda sar z-ӯ xor nest. Bar tanam dar har buni mӯ baski neshi haҷri tust, Yak sari mӯ nest ҷoe, k-on dar ӯ afgor nest. Chashmi shӯxat kay nazar bar holi zoram afkanad, Turfat-ul-ayne zi xobi noz chun bedor nest?. Dar muhabbat az g`ami ҷonon buvad minnat ba ҷon, Bar dili ahbob az ҷavri habib ozor nest. Ey, ki gӯӣ zad ba dil bisyor-bisyorat ҷafost, Andak-andak chun namud, az vay ba dil bisyor nest. Soqiyo, ratli garonam deh, ki dar hiҷroni yor Gar aҷal oyad garonam, lek on miqdor nest. Foniyo, dar oshiqӣ har g`am, ki oyad, shod bosh, 3-onki ahli ishqro az ranҷu xorӣ or nest. | Ey zohid, jannatda may dildor qo`lidan olib ichilmasa, menga mayfurushning kulbasidan yaxshiroq jannat yo`q. Oshiqlar uchun hech jannat vasl gulzori kabi emas, Kavsar suvi bilan To`bi daraxti yorning la`l labi bilan qomatiga sira o`xshamaydi, Dilim sening jafolaring tikani bilan to`lib, tipratikonga aylandi, qaerdan boshini chiqarsa, jafo tikani unga qadaladi. Tanimdagi har bir tukim ostida hajring neshi bor, bir qilning uchicha ham jarohatsiz joyi yo`q. Sho`x ko`zlaring ahvoli zorimga qachon nazar tashlaydi? Axir (ular) noz uyqusidan bir lahza ham uyg`onmaydi-ku. Muhabbatda jonon g`ami jon (im)ga minnat qo`yayapti, mahbubning jabridan do`stlarning dili ozor topmaydi. Ey kishi: «Yorning ko`p-ko`p jafosi ko`ngilga urdi» deysan, bu jafolar oz-oz qilingani sababli ko`ngil uchun ko`p emas. Ey soqiy, hijrondaman, og`ir (katta) idishda may ber, menga ajal ham hijronchalik og`ir emas. Ey Foniy, oshiqlikda boshingga har bir g`amki tushsa, shod bo`l, chunki ishq ahllari mashaqqat va xorlikdan or qilmaydilar. |
Dilro furӯ girifta zi haҷram malolat ast, Soqӣ bidor may, ki ba dil sa`b holat ast. Tavba zi bahri Tӯbivu huram, ki dast dod, Az piri dayru mug`bachaam sad xiҷolat ast. Subham ba chashm sog`ari xurshed ҷilva kard, Kardam shugun, ba bodai sofam dalolat ast. Soqӣ agar ppyolai adl afkanad ba davr, Bar tashnagon ziyoda zi ayni adolat ast. Aflok razlparvaru dar panchrӯza umr, Gashtan zabuni ӯ zi kamoli razolat ast. Ҷustam zi piri maykada oini fayzi may, Guft: «In ba lutfi soqii mahvash havolat ast». Navmedӣ az xumori shabam soqiyo, chӣ bok, K-az va`dai sabӯh sadam istiholat ast. | Ayriliq tufayli ko`nglimni malolat qopladi, may ber, ey soqiy, yuragimning ahvoli og`ir. To`bi va hur uchun tavba qilganim sababli, dayr piri va mug`bachadan yuz xijolat chekaman. Sahar vaqti quyosh sog`ari ko`zimga jilva qildi, tiniq bodaga ishoratdir, deb tugun tutdim. Soqiy davrada adl piyolasini aylantirganda, tashnalarga ko`proq bersa ayni adolatdir. Charxi falak razilparvardir, bu besh kunlik dunyoda unga asir bo`lish ayni razolatning o`zidir. Ey soqiy, sabuhiy va`dasidan yuz istihola bo`lganda, tungi xumordan mahrum bo`lishdan nega qo`rqay. |
Doman az tardomanoni dahr chidan xushtar ast, Rӯyashon chun didai giryon nadidan xushtar ast. Chun ba zar poshӣ safo mumkin naboshadshon chu xok, Mehrson z-in tiragon durӣ guzidan xushtar ast. Az tariqi mardumӣ boshand chun devi ramon, Chun parӣ az odamӣ z-eshon ramidan xushtar ast. Po kashad az mardumӣ, chun sar nihӣ bar poyashon, Az chunin nomardumon doman kashidan xushtar ast. Har vaforo sad ҷafo dorand, pas ahli vafo, 3-in ҷafokoron ba yak kunҷe xazidan xushtar ast. Hirsashon kor ast chun anqo muyassar gar shavad, Qullai Qofi qanoatro gazidan xushtar ast. Foniyo, rohi fano boyad chu oxir qat` kard, Ham zi avval on biyobonro buridan xushtar ast. | Dunyoning fosiq kishilaridan etak silkmoq yaxshiroqdir, yig`loqi ko`z kabi ularning ko`zlarini ko`rmaslik yaxshiroqdir. Ular tuproq kabi pastdir, agar ustlaridan oltin sochsang ham, pokiza bo`lmaydilar, bu xiralardan quyosh kabi uzoqda turish yaxshiroqdir. Ular odamgarchilik yo`lidan xuddi devlardek hurkib qochadilar. parilar odamlardan hurkib qochganlari kabi ulardan hurkish yaxshiroqdir. Oyoqlariga bosh qo`ysang ham, ular odamgarchilikdan bosh tortadilar, odamgarchiligi yo`q bunday kishilardan etak silkmoq yaxshiroqdir. Ular har bir vafo qilgan kishiga yuz jafo qaytaradilar, shunday bo`lgach, vafo ahli u jafokor zolimlardan biror kunjakda bekinishlari yaxshiroqdir. Ularning dunyo yig`ishga havaslari zo`r, ulardan qochish mumkin bo`lsa, anqo qushi kabi qanoat «Ko`hiqof»ining cho`qqisini g`ajish yaxshiroqdir. Ey Foniy, oxir fano yo`lini kezishing lozim ekan, avvaldan o`sha biyobonni kezish yaxshiroqdir. |
Ayzan To gadoii dari maykada oini man ast,Raxnaho az mijai mug`bacha dar dini man ast. 3-on dam az yorii may mezanam, ey shayx, ki ӯ Hamdami fayzrasoni dili g`amgini man ast. To ki dar dayr shudam ҷur`akashi piri mug`on, Dar haram tantanai hashmatu tamkini man ast. Andӯham be tu chunon ast, ki sude nakunad Gar hama ҷannatu hur az pai taskini man ast. Yak dami xush ba visoli tu zadam, gardishi charx Vah, ki sad teg`i balo oxta dar kini man ast. To ki dar maykada vasfi labi la`lat kardam, Virdi rindoni ҷahon nuktai shirini man ast. 3-onu in bigzaru dar roh qadam neh, Fonӣ, Nest oini fano, oni man ast, ini man ast. | Mayxona eshigida gadolik rasmu odatim bo`lgani uchun dinimdagi raxnalar mug`bachalar kiprigidandir. Ey shayx, may to`g`risida gapirishimning boisi shuki, u g`amgin ko`nglimga fayz yetkazib turadigan hamdamimdir. Mug`lar pirining jur`akashi (mayxo`ri) bo`lganimdan so`ng, u haramda hashamat va tantana menga nasib bo`ldi. Sensiz mening g`amim shunchalikdirki, agar jannat va hurlarni mening taskinim uchun bersalar, foydasizdir. Visolingda biror damimni xursandlik bilan o`tkazganimda, ohki, falak gardishi yuz balo tiyg`ini chiqarib, mening qasdimda bo`ladi. Mayxonada labingni ta`rif qilganimdan buyon mening shirin so`zlarimni jahon rindlari takrorlaydigan bo`lib qoldilar. Ey Foniy, undan va bundan kechgilu (to`g`ri) yo`lga qadam qo`y, chunki fano rasm-rusumida u meniki, bu meniki degan so`z yo`qdir. |
Muxtara` Husne, ki dida did, dil on sӯy moil ast,Farüyodi dil zi didavu ohi man az dil ast. Xoham, ki otash aftad az on chehra dar niqob, K-ӯ az chӣ rӯ ba chashmam az on rӯy hoil ast? Dar zulmati firoq chu nӯsham zuloli Xizr, Obi hayot nest, ki on zahri qotil ast. Harchand dilfurӯz buvad oftobi may, On ham ba zebi gulshani husni tu doxil ast. Obi Xizar chӣ ҷӯyamu anfosi Isavӣ, On lab ba dastam ar fitad, in hardu hosil ast. La`lat zi ҷonu g`unchaat az dil dihad nishon, G`ӯyo ki xilqati tu na az obu az gil ast. Fonӣ, ba kӯi ishqi buton chun daromadӣ, G`ofil mabosh z-on, ki xatarnok manzil ast. | Husnni ko`z ko`radi-yu, ko`ngil unga moyil bo`ldi, ko`ngil ko`zdan faryod qiladi-yu, men ko`ngildan oh chekaman. Ul chehraning niqobiga o`t solishni istayman, chunki u uning yuzini mening ko`zimdan to`sib turibdi. Firoq zulmatida gar Xizr suvini ichsam, u obi hayot emas, balki zahri qotildir. Agarchi may quyoshi ko`ngilni yoritsa-da, ammo u ham husning gulshanining bezagi hisoblanadi. Xizr suviyu Iso nafasini nega izlayman, agar ul labga yetishsam bu ikkovi ham hosil bo`ladi. La`ling jondanu g`unchang ko`ngildan nishonadir, go`yo sen suv va tuproqdan yaratilmagandek. Ey Foniy, sanamlar ishqining ko`yiga kirding, g`ofil bo`lma, chunki bu xatarli manzildir. |
Muxtara` Boz dil tafriqa dar tavbavu tomot andoxt,Sog`ari may zadu xudro ba xarobot andoxt. In taraf g`ulg`ula dar xayli xarobot afkand, On taraf dag`dag`a dar ahli munoҷot andoxt. Hodiyash himmati rindon shud, agar ne xudro, Ki tavonad badar az on hama ofot andoxt. Sar, ki andoxt bari piri xaroboti mug`on, Na ba taklif, ki az faxru mubohot andoxt. Shukri mastii mai ishqu harife, ki naguft, Davr az ranҷi xumorash ba mukofot andoxt. Bandai mug`bachai bodafurӯsham, ki nazar Tarafi durdkashon bahri muroot andoxt. Piri dayru karamash did chu Fonӣ, digar Dida kay bar ravishi shayxu karomot andoxt? | Yana ko`ngil tavbayu tomotni tark etdi, may ichdi-yu, xarobotda manzil qildi. Bu tomondan xarobot xaylig`a g`ulg`ula soldi, u tomondan munojot ahliga dag`dag`a qildi. Rindlarning himmati unga yo`l ko`rsatdi, bo`lmasa bunchalik balolardan kim qutula olar edi? Boshini mug`lar xaroboti piri oldida egsa-da, buni taklif bilan emas, balki faxru iftixor bilan qiladi. Ishq mayining mastligi va ulfatga shukrlar bo`lsinki, davr xumor ranji bilan jazoladi, deb aytmadi. Lutf yuzasidan may quyqumini ichuvchilarga nazar solgan may sotuvchi mug`bachaning bandasiman. Foniy, dayr piri va uning karamini ko`rdi, endi u shayx va uning karomotiga nega qarasin. |
Tatabbӯ`i Xoҷa To gadoi dari in maykada oini man ast,Raxnaho az mijai mug`bacha dar dini man ast. 3-on dam az yorii may mezanam, ey shayx, ki ӯ Hamdami fayzrasoni dili g`amgini man ast. To ki dar dayr shudam ҷur`akashi piri mug`on, Dar haram tantanai hashmatu tamkini man ast, Andӯham be tu chunon ast, ki sude nakunad, Gar hama ҷannatu hur az pai taskini man ast. Yak dami xush ba visoli tu zadam, gardishi charx Vah, ki sad teg`i balo oxta dar kini man ast. To ki dar maykada vasfi labi la`lat kardam, Virdi rindoni ҷahon nuktai shirini man ast. 3-onu z-in bigzaru dar roh qadam zan Fonӣ, Nest oini fano — on manu ini man ast. | To mayxona eshigida gadolik odatim ekan, mug`bacha kiprigidan dinimga raxnalar yetaveradi, Ey shayx, mayning yor bo`lganligidan gapiraman, chunki u dilimga fayz yetkaruvchi hamdamdir. Mayxonada mayxonachining may ichuvchisi bo`lganim uchun, haramda mening viqor va hashamatim tantanasidir. Sensiz g`am-anduhim shu qadar kuchliki, jannat va hurlarning bari menga taskin bermoqchi bo`lsalar ham foydasizdir. Visoling haqida bir yaxshi so`z aytdim, ey voh, charx aylanib mening qasdimga yuz balo tig`ini otadi. Maykada eshigida la`l lablaringni vasf qilgan edim, shirin nuktalarim jahon rindlarining virdiga aylandi. Ey Foniy, undan ham, bundan ham kechib yo`lga qadam ur, fano rasmida u meniki, bu meniki degan narsa yo`q. |
Ayzan Kofiri ishqamu savdoi buton dini man ast.Xoki butxona shudan shevayu oini man ast. Asari na`li sumi raxshi tuvu poi sagat, Dar shabi tirai hiҷron mahu parvini man ast. Chun zi mayxona burun oyamu hushyor shavam, Charx az vasvasai aql chu dar kini man ast. Bulbuli lol magӯ, fasli day az furqati gul Dur az rӯi tu murg`i dili g`amgini man ast. Ҷustaӣ oshiqi devonai rasvo pai qatl, In sifatho, ki namudӣ, pai ta`yini man ast. Saҷdai piri mug`on peshi butu ҷomi sabӯh. Dar maqomoti tariqat hama talqini man ast. Rast Fonӣ zi xudu raft ba sahroi fano. In ki mebinamash az didai xudbini man ast. | Ishq kofiriman, nozaninlar savdosi — mening dinimdir, butxona tuprog`i bo`lish rasmu odatimdir. Otning taqasi va itingning oyoq izi hijron kechasi mening oy bilan hulkarimdir. Osmon aql (hushyorlik) vasvasasi bilan menga dushmanlik qiladi, shunday bo`lgach, men mayxonadan qanday chiqamanu hushyor yuraman. «Qish faslida guldan judo bo`lgan bulbul lol bo`lib qolgan» dema, u lol qush ruxsoringdan judo bo`lib, uzoqda qolgan g`amgin dilim qushidir. Bir devona oshiqni o`ldiraman, degan ekansan, ana shu sifatlarni mendan topasan. Tonggi may va mahbub qoshida piri mug`onning sajda qilishi tariqat yo`lida menga qilgan talqinidir. Foniy, o`zidan kechdi-yu, fano dashtiga ketdi, bu ko`rayotganlarim mening xudbin (o`zini ko`rgan) ko`zimdandir. |
Tatabbӯ`i maxdum Man durdi zahri hiҷron dar mekasham ba yodat,Tu sofi aysh darkash, k-obi hayot bodat. Mo az xumor murdem dar kunҷi nomurodӣ, Sog`ar tihӣ mabodo az bodai murodat. Ey, k-az riyo g`amat bud v-az boda shod gashtӣ, G`amgin mabod, yo Rab, hargiz daruni shodat. Gar xonaqohi taqvo dar basta shud, chӣ bok ast, Dayri fano kushodast rav to rasad kushodat. Az xirqai mayolud g`am nest dar xarobot, Gar dar tariqi rindӣ pok ast e`tiqodat. Dar harchi qismati tust, rohi rizo napӯӣ, Dar hayratam, ki oyo bo kist in inodat? Fonӣ, irodaatro xohӣ irodai dӯst, Boyad ki sar darorӣ dar halqai irodat. | Men sening yodingda hijron zahrining quyqumini ichaman, sen ayshning tinig`ini ichki, obi hayot bo`lsin. Biz nomurodlik burchagida xumordan o`ldik, sening joming murod mayidan bo`shamasin. Ey, riyodan qayg`uga botib, maydan quvongan kishi, yo Rab, bu quvonching hech qachon g`amga aylanmasin. Agar taqvo honaqohining eshigi yopilsa, ne g`am, fano dayri ochiqdir, boraver, yo`ling ochiq bo`ladi. Rindlik tariqida e`tiqoding gar pok bo`lsa, xarobotda mayga belangan xirqang uchun g`am yeyishga o`rin yo`q. Qismatingda har nima bo`lsa, rozilik yo`lida emassan, hayronman, sen kimga inodat qilyapsan? Ey, Foniy, irodang do`st irodasi bo`lishini istasang, boshingni irodat halqasiga kiritishing kerak. |
Ey dil, asrori Xudo soliki fonӣ donist, Gar tu fonӣ shavӣ, in roz tavonӣ donist. Mahrami kishvari dil bosh, ki Ҷamshed zi ҷom, Rozi olam hama paydovu nihonӣ donist. Rah ba ma`nӣ talabӣ, chashm zi surat darpӯsh! K-az suvar gasht barӣ on ki maonӣ donist. Nafkanad murg`i chaman chashm ba gulhoi bahor, Ki zi toroҷi day osebi xazonӣ donist. Naqdi vaqt or ba kaf, z-on ki pareshonii vaqt, Piri rah ҷumla zi omolu amonӣ donist. Labi chonbaxshu ruxi rӯhfizoi soqist, Ki dili zori man osoishi ҷonӣ donist. Man shudam pir zi isyon, kunun zuhd chӣ sud? Ey, xush on, k-ӯ rahi toat ba ҷavonӣ donist. Xizru sarchashmai xayvon, ki dili zindadilon, Umri boqӣ zi labi la`li falonӣ donist. Fonӣ, on rӯz sӯi davlati boqӣ rah burd, Ki faqoshevagii olami Fonӣ donist. | Ey ko`ngil, Xudo asrorini foniy bo`lgan solik biladi, agar sen ham foniy bo`lsang bu sirni bila olasan. Dil mulkining mahrami bo`l, chunki Jamshid olamning barcha oshkoru pinhon rozlarini jomdan bildi. Agar ma`noga yo`l topmoqchi bo`lsang suratdan ko`z yum, chunki ma`noni bilgan kishi suratdan forig` bo`ladi. Agar chaman qushlari qish toroji-yu, kuz ziyonini bilsa, bahor gullariga nazar ham solmaydi. Vaqtni g`animat bil, negaki tariqat piri vaqt parishonligini amallaru omonlikdan deb biladi. Soqiyning jon bag`ishlovchi labi-yu, ruh bag`ishlovchi yuzini mening zor ko`nglim jonning osoyishi deb hisoblaydi. Men isyon (gunohlar) bilan qaridim, endi zuhddan ne foyda, kimki yoshligidan toat-ibodat qilgan bo`lsa, uning holi yaxshidir. Obi hayot bulog`i Xizrga bo`lsin, chunki zindadillar uchun mangu hayotni falonchining labi la`lidan deb bil. Foniy olamning fanosheva ekanligini bilsa, o`sha kuni u mangu davlatga yetishadi. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Agarchi piri mug`onam piyola dod ba dast,Ba ishva mug`bachaam kard mastu bodaparast. Zi shayxi xonaqahu huru ravzaam forig`, Maro, ki piru ҷavonӣ chunin muyassar hast. Bubin balandii charxi barinu pastii xok, Nigun shudan chu naxohӣ, bisoz xudro past. Xusham zi mastii ҷomi fano, ba shukri hamin, Ki nestam zi mai uҷbu xudparastӣ mast. Ba har shikast, ki dar zulfi sarkash afkandӣ, Hazor dil, ki dar ӯ basta bud, yoft shikast. Dilo, dar otashi may sӯz naqdi hastii xesh, Ki har kase, ki nakard in amal, zi xesh narast. Madeh ba rindi xaroboti ahli may, ey shayx, Ki qismatash in shuda az soqiyoni ahdi alast. Biyor bodai beixtiyorӣ, ey soqӣ, Ki ixtiyor dar in korgoh ba dil nanishast. Visol boyadat, az xesh bigsil, ey Fonӣ, Ki har ki ӯ zi xudӣ shud ҷudo, ba ӯ payvast. | Mug`lar piri qo`limga piyola bersa ham mug`bacha meni ishva bilan mastu mayparast qildi. Menga shunday keksalar va yoshlar muyassar bo`lgani uchun xonaqoh shayxy va jannat huridan xalos bo`ldim. Osmonning balandligini ko`ru yerning pastligiga qara, osmondek baland boshim (erdek) past bo`lmasin desang, o`zingni past tut. Fano jomi mayidan ichib mast bo`lganimga xursandman va bunga shukur qilaman, chunki men takabburlik va xudparastlik mayidan ichib mast bo`lganim yo`q. Zulflaringdan shunday zanjirlar yasadingki, unga bog`langan minglarcha dillar shikast topdilar. Ey dil, may o`ti bilan o`z borlig`ingni kuydir, Kimda-kim shunday qilmasa, o`zligidan qutulmaydi. Ey shayx, xarobot, rind ahliga mayxo`rlik qilma deb qasam ichirma, chunki azal soqiysidan ularning qismatlari sharobxo`rlikdir. Ey soqiy, beixtiyorlik mayini keltir, chunki bu korxonada (dunyoda) ixtiyor dilga o`rnashmagandir. Ey Foniy, visol kerak bo`lsa, o`zingdan kech, chunki o`zligidan kechgan odamgina mahbubga yetadi. |
Muxtara` Omad bahori dilkashu gulhoi tar shukuft,Dilho az on nashot zi gul beshtar shukuft. Dil az sabohati ruxi xubat kushoda shud, Monandi g`unchae, ki ba vaqti sahar shukuft. Meoyad az guli chamani ishq bӯi xun, Gӯyo, ki g`unchaho-sh zi xuni ҷigar shukuft. Gar xanda zad zi giryai chashmam, aҷab madon. Chun abr ashk rext guli toza barshukuft. Soqӣ, bahor shud qadaham rez lab ba lab, Xosa, ki az shukufa chaman sar ba sar shukuft. 3-on naxli noz xanda ba ushshoqu vasl ne, Hamchun gule, ki az shaҷari besamar shukuft. Fonӣ, aҷab madon agar on gul shukuftaast, Az ashki abrsoni tu bishkuft, agar shukuft. | Dilkash bahor keldi-yu, so`lim gullar ochildi, bu shodlikdan ko`ngillar gullardan ham ko`proq ochildi. Sahar chog`ida ochilgan g`uncha singari ko`ngil oppoq go`zal yuzingni ko`rib ochildi. U gullarning g`unchalari jigar qonidan ochilgan bo`lsa kerakki, ishq chamanining gulidan qon hidi keladi. Agar u mahbub mening yig`lashimdan kulsa, ajablanma, chunki bulut yosh to`ksa, toza gullar ochiladi. Ey soqiy, bahor keldi, chaman gullari qiyg`os ochildi, (fursatni g`animat bilib) piyolani limmo-lim to`ldir. Mevasiz daraxtda gul ochilgani singari, u noz daraxti oshiqlarga kulib boqadi-yu, (lekin) vaslidan bahramand etmaydi. Ey, Foniy, u gul ochilgan bo`lsa, ajablanma, agar ochilsa ham, bulut singari ko`z yoshingdan ochilgandir. |
Tatabbӯ`i shayx Mahi sipehri ҷafo na`li raxshi mohi man ast,Dar ӯ chu dog`i ruxi mah nishoni ohi man ast. Visoli tu ba duo xoham az Xudo har shab, Ba g`ayr fosh nakardam, Xudo guvohi man ast. Ba kini vasl chӣ zahmat kashӣ tu, ey gardun, Ki sad barobari tu haҷr kinaxohi man ast. Sahar zi ҷonibi mashriq mabin savodi sahob, Ki basta killai dud ohi subhgohi man ast. Ba rӯzi hashr siyahtar zi shomi furqati man, Agar nazora kunam nomai siyohi man ast. Shabi firoq falakro sirishk az anҷum, Ba gohi voqea az holati tabohi man ast. Ba shomi haҷr mai ravshanam deh, ey Fonӣ, Ki dar savodi shab in shӯ`la sham`i rohi man ast. | Jafo osmonining oyi mening oy yuzli mahbubim otining taqasidir, uning yuzidagi, oy yuzidagi kabi dog`, ohim nishonasidir. Har kecha duo qilib Tangridan visolingni so`rayman, buni boshqaga fosh etmadim, bunga Tangri guvohimdir. Ey osmon, uning visoliga yetishimga achchig`lanib nima uchun buncha zahmat chekasan, axir, hajr mendan sendan ko`ra yuz baravar ortiq o`ch olmoqda-ku. Tongda kunchiqar tomondan ko`tarilgan qorani bulut dema, U duddan killa (chodir) bog`lab olgan ertalabki ohim. Qiyomat kuni qarasam, mening firoq shomidan qoraygan nomamdan qoraroq noma yo`q ekan. Hijron tunida osmon yulduzlaridan ko`z yoshi to`kdi, shu mahalda holim parishon bo`lgandi. Ey Foniy, hajr shomida tiniq may ber, chunki bu alanga kecha qorong`iligidagi yo`l chirog`imdir. |
Tatabbӯ`i shayx Nest yak dil, k-az ҷafoi chashmi u bemor nest,Yoki chashme, k-az g`ami dil to sahar bedor nest. Garchi nohamvorii gardun burun az g`oyat ast, Dar ҷafo chun on mahi bemehr nohamvor nest. Vasl xosonro buvad, kunҷi g`amu murg`i dilam, To buvad vayron maqome, chug`z dar gulzor nest. Nabvad andar ishq bo Farhodu Maҷnun nisbatam, 3-onki bo ahli xirad devonagonro kor nest. Gar shabe az shiddati hiҷron zi ishq oyam ba tang, Boz to vaqti sahar koram ҷuz istig`for nest. Tori idboram ba gardan, zuhdu din az man maҷӯy, Ey muqimi dayr, z-on k-in rishtai zunnor nest. Nest shud Fonӣ dar on kӯ az chafoyash ey raqib, Dast kӯtah kӯn tu ham, ӯro hamon pindor nest. | Uning ko`zi jafosidan bemor bo`lmagan biror ko`ngil yo`q yoki dil g`amidan sahargacha bedor bo`lmagan biror ko`z ham yo`q. Agar osmonning shafqatsizligi haddan tashqari bo`lsa ham, jafo qilishda u mehrsiz go`zaldek shafqatsiz emas. Vayrona bor yerda boyo`g`li gulzorga bormaganidek, visol kazo-kazolarga-yu, kunji g`am ko`nglim qushiga oshyondir. Ishqda Farhod bilan Majnunga o`zimni taqqoslayman, chunki aql egalari bilan devonalarning ishi yo`qdir. Agar biror kecha hijron shiddati bilan ishqdan tang bo`lsam, yana tonggacha ishim avf so`rash bo`ladi. Ey butxona kishisi, baxtsizlik ipi bo`ynimda, mendan toat va dinni so`rama, chunki bu zunnor ipi emas. Ey raqib, Foniy yorning ko`yida uning jafosidan yo`q bo`lib ketgan, sen ham qo`lingni tort, unda avvalgi aql-idrok yo`q. |
Tatabbu`i ba`zi yoron Tanam az ranҷ dar becharagӣ sӯxt,Dilam az ishq dar ovoragӣ sӯxt. Dilamro pora-pora sӯxtӣ, ishq Vale haҷr omadu yakboragӣ sӯxt. Zi na`li raxshash otash ҷast, gӯyo Zi oham na`li summi boragӣ sӯxt. Agar sӯzam ba may xӯrdan aҷab nest, Samandar ham dar otashxoragӣ sӯxt. Nazar kun, k-az ruxash yak lam`a aftod, Hazoron har taraf nazzoragӣ sӯxt. Bideh z-on obi otashrang, soqӣ, Ki moro charx dar makkoragӣ sӯxt. Chu Fonӣ chora dar ishqat nadonist, Bubin bechora, dar bechoragӣ sӯxt. | Tanim mashaqqatda bechoralikdan kuydi, dilim ishqida ovoralikda kuydi. Dilimni pora-pora qilib ishq kuydirayotgan edi, lekin hajr keldi-yu, birdan o`rtab yubordi. Otining tuyog`idan o`t chaqnadi, o`tli ohimdan otining tuyog`i kuygan bo`lsa kerak. Mayxo`rlikdan kuysam, ajab emas, chunki samandar ham olovxo`r bo`lgani uchun kuydi. Qara, uning yuzidan bir cho`g` tushib har tarafda minglarcha tomosha qilib turganlar kuydi. Ey soqiy, o`sha olov rangli suvdan ber, chunki osmon bizni makkorlik o`tida kuydirdi. Foniy ishqda chora topishni bilmagach, ko`rgil, u bechora, bechoralikda kuydi. |
Ayzan Gohi xandidan labat obi hayotu qand rext,Nutqi shirinu ravonat ham bad-on monand rext. Rasmi murdan shoyad ar az rӯi olam barfitad, Ҷoni shirin baski z-on labhoi shakkarxand rext. To shunidan bastaӣ bo muddaӣ payvandu ahd, 3-in suxan yakboragӣ payvandam az payvand rext. Dar g`ami Yusuf ruxe chun giryai man xud nabud, Garchi ashki xunfishon Ya`qub ham yakchand rext. Bahri ma`nӣ bodai vaslat yake dar gӯsh nest, Qimati durho, ki shayxi nuktadon az pand rext. Garchi az teg`i firoqat gasht sad par kand dil. Qatrahoi obi paykonat zi har parkand rext. Rast Fonӣ az xumor, ummedi Qavsar boshadash, Har ki ҷome bahri on maxmuri hoҷatmand rext. | La`l labing kulgan chog`ida obi hayot va qand to`kdi, shirin va ravon so`zlaring ham o`shandoq obi hayot va qand to`kdi. O`lish rasmi shoyad olam yuzidan yo`qolsa, chunki u shakar lablaridan ko`p shirin jon yog`dirib turadi (ya`ni, uning shirin lablari kishiga jon bag`ishlaydi). Sen raqib bilan ahdu paymon bog`laganingni eshitdim, bu so`zdan bo`g`im-bo`g`imim to`kildi. Ya`qub qonli ko`z yoshini ko`p to`kkan bo`lsa ham, bir Yusuf yuzli g`amida mendek ko`p to`kmagan bo`lsa kerak. Bilimdon shayx vasling mayini man` qilmoqchi bo`lib nasihat durlarini ko`p to`kkan bo`lsa ham, ulardan birortasi qulog`imda qolgani yo`q. Firoqing tiyg`idan dilim yuz pora bo`ldi, uning har bir porasidan o`qing suvining tomchilari tomib turmoqda. Foniy xumorlikdan qutuldi, chunki Kavsardan umidvor kimsa, u hojatmandning jomiga may quydi. |
Tatabbӯ`i Maxdum Boz dar dayri mug`on arbadai maston ast,Suxan az ganҷfishonii tihidaston ast. Mutrib az himmati Hotam chӣ surud oroyad? Ki falak pasttarin manzili sarmaston ast. Dodani ҷonu sitondan zi labi soqӣ purs, To shabongoh bad-in son bidehu biston ast. Sarv agarchand baland ast, zi ashҷori chaman, . Peshi naxli qadi ra`noi tu az paston ast. Vodii Ka`bai islom chӣ pӯyam, ey shayx, Ki buti kofiri man ҷonibi Turkiston ast. Mastiyu rindiyam ar charx ba dastonho guft, Chi kunam bahri man in nav` sadash daston asg. Fonӣ ar nestiyat hast, ba matlub rasӣ, Ki ba vaslash sababe nest, agar hast on ast. | Yana mug`lar dayrida mastlar arbadasidir, so`z qo`li quruq (kambag`al, faqir)larning ganj sochishi haqidadir. Sarmastlarning eng past manzili falak bo`lsa, qo`shiqchi Hotamning himmatini qanday kuylasin. Jon berish-u, jon olishni soqiy labidan so`ra, uning kechgacha shunday olish-berishi bor. Sarv chaman daraxtlari orasida baland bo`lsa ham, sening ra`no bo`ying oldida pastlardandir. Mening kofir sanamim Turkiston tomonida, ey shayx, islom Ka`basi vodiysiga nega qadam qo`yay? Agar charx mening rindligim va mastligim haqida dostonlar aytsa, nima qilay, mening to`g`rimda bunday yuzlab dostonlar bor. Ey, Foniy, agar yo`qlig`ing bo`lsa matlubga yetasan, chunki uning vasliga sabab yo`q, bo`lsa ham shudir, xolos. |
Ayzan Xat bar farozi la`li tu az mushki nob chist? Bar obi zindagi-t zi zulmat niqob chist? Ey dil, chu murg`i vasl ba sӯyat namud mayl, Yak dam qaror pesha kun, in iztirob chist? Har shomash ar norinҷi xumor ast az sabӯh, Larzon ba xok dar shudani oftob chist? Kore burun zi amri qazo nest, gar turo Ranҷe rasad, ba anҷumu gardun itob chist? Sӯfӣ, agar na mug`bachagonash zadand roh, Aftodanash ba maykada mastu xarob chist? Gar aksi rӯi shohidi maqsud boyadat, Ҷuz ҷomi boda oinai behiҷob chist? Fonӣ, magӯ guzashtaam az xobu az xayol, K-in naqshi kavn g`ayri xayolevu xob chist? | Labing ustidagi qora toza mushk nima uchundir? obi hayot ustida zulmatdan niqob nima uchundir? Ey dil, visol qushi sening tomoningga moyil bo`ldi, bir nafas sabr et, nima uchun muncha betoqat bo`lasan? Agar tong mayining xumoridan lanj bo`lmagan bo`lsa, nima uchun quyosh har shomda titrab tuproqqa botadi? Taqdirdan tashqari bir ish bo`lmagach, agar senga biror ranju alam yetsa, osmonu yulduzlardan nima uchun o`pkalaysan? Agar so`fini nozanin mug`bachalar yo`ldan urmagan bo`lsalar, nima uchun u mayxonada mastu xarob bo`lib yiqilib yotadi? Agar maqsading (yor) yuzining aksini ko`rmoq bo`lsa, (buning uchun) may jomidan boshqa niqobsiz (tiniq) ko`zgu bormi? Ey Foniy, o`tmishda ko`rgan tush va xayollaring to`g`risida gapirma, chunki bu dunyo xayolu tush naqshidan boshqa nima bo`lardi? |
Tatabbo``i Shayx Boshadam xurramӣ az harchi dar in olam az ӯst,Az g`amash niz dilam shod buvad, q-in ham az ӯst. Nabuvad heҷ tafovut zi nashotu g`ami dahr, Ba visoli chu nashotu ba firoqam g`am az ӯst. Zaxmi haҷrash ba dilu marhami vaslash bar vay, Xusham oyad, ki maro zaxm az ӯ, marham az ӯst. Bad naboshad, ki rasad har dam az ӯ bimi firoq, Niz ummedi visolam chu ba dil har dam uz ӯst. Ҷon agar raft, g`ami dӯst ba ҷoyash binishast, Az chi xushhol nabosham, magar inam kam az ӯst? Nestam odamӣ, ar shod nabosham zi g`amash, Chun g`amu shodii anvo`i banӣ odam az ӯst. Az g`ami yor malulam, agaram boda dihad, Na zi may xurramiyam don, ki dilam xurram az ӯst. Yori paymonshikanam ҷavr pisandad bar dil, 3-onki sarrishtai oini vafo mahkam az ӯst. Foniyo, motamu suram hama yakson-st az on-k, Sur dar vaslam az ӯ, haҷr chu shud, motam az ӯst. | Dunyoda bo`lgan har bir shodligim faqat undandir, shuning uchun dilim g`amdan shodlanadi, chunki bu ham uning (g`ami)dir. Dunyoning g`amu shodligida hech tafovut yo`q, visol shodligi-yu, firoq g`ami ham undandir. Uning hajri dilni yaralaydi, vasli esa unga (yaraga) malham bo`ladi, shunga xursandmanki, yara ham, malham ham uning o`zidandir. Har nafas undan ayriliq qo`rqinchi yetib tursa ham mayli, chunki dilimga har dam visol umidini ham solish undandir. Jonim ketgan bo`lsa-da, uning o`rniga yorim g`ami keldi, nima uchun shod bo`lmayin, bunim undan kammidi? (ya`ni jon o`rnini olgan g`am jondan kammi?) Agar uning g`amidan shod bo`lmasam, odam bolasi emasman, chunki turli odam bolalarining g`amginligu xursandligi undandir. Yor g`amidan xafaman, agar xursandchiligim uchun yor may bersa, mening shodligim maydan emas, balki undan bo`ladi. Va`dani buzuvchi yorim, dilimga jabrni loyiq ko`rdi, chunki vafo ipining uchini uzilmas, mahkam etgan ham o`zidir. Ey Foniy, motamim va to`yim hammasi baravardir, chunki visolda to`y ham, hijronda motam ham undandir. |