Òîï ðåéòèíã www.uz
DEVONI FONIY

 Dar tavri Xoҷa
Soqii mast sofi may andar piyola rext,
Yo xud sahob rashhai boron ba lola rext.
Dar mavsimi bahor chunin toza kard rӯh,
On, k-ӯ chu abru lola may andar piyola rext.
Oyad shamimi mushk zi xokam az on ki bud,
May mushkbӯyu on buti mushkin kulola rext.
Gardad ҷavoni toza kӯhan piri solxӯrd,
K-ӯ bodai kӯhan ba g`ami dersola rext.
Boloi xattu rӯi tu on xoli zeri chashm,
Mushkest, k-ash ba sabzayu gul on g`izola rext.
Dar la`li lab nigar, duri dandoni nozukash
Bar bargi gul sahob kay in nav` jola rext?
Soqӣ ba dayr charxi qadah soxt Foniyo,
In ҷomi adl xӯr, ki ba dor-ul-adola rext.
 Mast soqiy tiniq mayni piyolaga quydi,
yoki bulut yomg`ir tomchilarini lolaga yog`dirdi.
Ko`klam chog`ida mayni piyolaga xuddi
bulut lolaga quygani singarn quygan kishi o`z ruhini toza qildi.
Mening tuprog`imdan mushk hidi keladi, chunki,
may xushbo`y edi va uni o`sha mushkin sochli go`zal quyib berdi.
U eski mayni eski g`amlar uchun quydi,
shuning uchun qarilar ham endi yigitdek yoshardi.
Xating ustidagi, ko`zing ostidagi xoling,
sabza va gul ustiga kiyik to`kkan mushkdir.
La`li labi-yu, nozik tishlari durini ko`r,
bulut gul bargiga qachon bunday do`l yog`dirgan?
Ey, Foniy, soqiy dayrda qadahni aylantirdi,
adolat uyida quyilgan bu adl jomini ich.
 Tatabbӯ`i maxdum dar tavri Xoҷa
Biyo, ki piri mug`on dar sabӯ sharob andoxt,
Havoi mug`bacha dilho dar iztirob andoxt.
Na soqӣ az xami ruxsori xud chakond ba ҷom,
Pai nashoti dili man ba may gulob andoxt.
Biҷust ahli tarabro pai nashoti sabӯh,
Vale chu did maro, xeshro ba xob andoxt.
Zi charx kor ba ҷuz pechu tob nest, xush on,
Ki paykararo girdobi may ba tob andoxt.
Gahi fig`on, ki kunad abr larza, don ba yaqin,
Ki ohi sardi man on larza dar sahob andoxt.
Agar na rind zi ҷallodi g`am gurexta bud.
Charo ba maykada xudro ba sad shitob andoxt.
Chӣ g`am zi xoki mazallat chu xeshro Fonӣ,
Ba xoki dargahi shohi falakҷanob andoxt.
 Kelinglar, mug`lar piri ko`zachaga sharob quydi,
mug`bachaning havasi dillarni iztirobga soldi.
Soqiy yuzidan jomga ter to`kmadi, balki
mening dilim xursandligi uchun mayga gulob quydi.
Tong mayining shodligi uchun ayshu ishrat ahllarini
yo`qladi-yu, lekin meni ko`rganda o`zini uyquga soldi.
Charxning ishi qiynamoqdan boshqa narsa emas.
Har kimning vujudini may girdobi aylantirsa, u baxtlidir.
Fig`on qilish vaqtida bulut titraydi, shuni aniq bilki,
uni larzaga solgan mening sovuq ohimdir.
Agar u rind g`am jallodidan qochmagan bo`lsa,
nima uchun u yuzlarga (shunchalik) shitob bilan o`zini mayxonaga urdi?
Foniy o`zini oliy martabali shoh dargohi tuprog`iga
tashlagandan so`ng, xorlik tuprog`idan  nima g`ami bor.
 Muxtara`
Agar zi ayni ҷafo chashmi ӯ dilam bishkast,
Chӣ mardumӣ mutavaqqe` buvad zi kofiri mast?
Maro, ki murg`i dil az qaydi dom forig` bud,
Ba halqamӯi yake turra shud digar pobast.
Chu naxli qaddi tu dar bog`i sina binshondam,
Ba sina tiri tu chun naxli digaram binshast.
Xudӣ furӯxta rindon mai mug`ona xarand,
Na xudparast chu shayx ast rindi bodaparast.
Zi avҷi maykada n-oyam ba bomi charx furud,
Ki himmatam nakunad mayl sӯi manzili past.
Zi dasti mug`bacha may nӯsh sozam, ey zohid,
Ki hast Kavsaru hur, in du dar chahon gar hast.
Ba boda hastii xudro bishӯy, ey Fonӣ,
Ki az hazor balo rast, on ki az xud rast.
 Agar jafo yuzasidan uning ko`zi dilimni vayron etgan ekan,
mast kofirdan odamgarchilik kutib bo`ladimi?
Ko`nglim qushi tuzoqqa tushishdan xalos bo`lganda,
yana bir  (mahbub) zulfining mo`yi halqasiga ilindi.
Qomating daraxtini siynam bog`iga o`tqazgan edim,
siynamga o`qingdan yana bir daraxt o`tqazildi.
Rindlar o`zliklarini sotib, mug`ona may oladilar,
mayparast rind shayx kabi xudbin emas.
Mayxona avjidan osmon tomiga tushmayman,
chunki past manzilga tushishga himmatim yo`l bermaydi.
Ey zohid, mug`bacha qo`lidan may ichaman, agar
Kavsar bilan hur jahonda bo`lsa, shu ikkovidir.
Ey Foniy, o`z borligingni may bilan yuvgil,
chunki o`zlikdan qutulgan kishi ming balodan ham qutuladi.
 Dar tavri Xoҷa
Biyo, ki piri mug`on ҷom pur zi sahbo soxt,
Zi bahri durdkashon bazmi may muhayyo soxt.
Maro ba maҷma`i rindoi rasid saffi ni`ol,
Vale ba mug`bacha dar rӯ ba rӯi man ҷo soxt.
Sabӯkashonro ham sof boda qismat kard,
Zi bahri sadrnishinon qadahi musaffo soxt.
Sabӯ mukarraru dar pesh chand ҷomu tag`or,
Hama pur az mayu orӣ zi bodapolo soxt.
Zi xayli mug`bachagon niz chandro soqӣ,
Zi bahri xotiri rindon bodapaymo soxt.
Mug`anniyoni xushilhon ba vaqti raqsu surud,
Ba naqdi dini harifon zi bahri yag`mo soxt.
Chu gasht mug`bacha soqiyu davrongardon shud,
Maro hanӯz qadah norasida rasvo soxt.
Ba burdani dilu din maҷma`e bad-in oin,
Nayoftam, zi kuҷo piri dayr paydo soxt?
Az in sharob kase kom yoft, ey Fonӣ,
Ki rasmi xesh fano soxt, balki afno soxt.
 Kelgilki, mug`lar piri jomni mayga to`ldirdi,
may quyqumini ichuvchilar uchun may bazmini tuzdi.
Menga rindlar orasida eng quyidan joy tegdi,
ammo mug`bacha mening ro`paramdan joy oldi.
Idishda may tashuvchilarga ham tiniq may berdi,
to`rda o`tirganlarga ham musaffo qadah tutdi.
Sabu (may idishi) qayta quyildi, oldida bir necha jom va
tog`ora, barchasini may  bilan to`ldirib bodopolodan bo`shatdi.
Soqiy mug`bachalar xaylidan bir nechasini
sharob ichuvchi rindlar ko`ngli uchun bodapaymo qildi.
Qo`shiq va raqs vaqtida xushilhon qo`shiqchilarni
hariflar dinini yag`mo qilish uchun qo`ydi.
Mug`bacha soqiy bo`lib davrada mayni aylantirdi,
menga hanuz qadah yetmay rasvo qildi.
Dilu dinning barchasini o`g`irlatish uchun bunday
mug`bachani topolmaganman, dayr piri qaerdan topdi ekan?
Ey, Foniy, bu sharobdan shunday kishi kom topdiki,
u o`ziga fano, balki  afnoni rasm qilib olgan.
 Dar tavri Xoҷa
Subh soqӣ bahri rindon sog`ari gulfom rext,
Chunki dar gul shabnamu mayro ba gulgun ҷom rext.
Yoft oromi dilam, k-oxar dilorome chunin,
May pai oromishi dilhoi beorom rext.
Subhi davlat shud ayon az matla`i iqboli ӯ,
K-oftobi may chu subhi sodiq andar kom rext.
Sof may dar Ҷomi Ҷam shahro, ki dar dayram bas ast,
Dar safoli kӯhna on chi-sh rindi durdoshom rext.
Shomu subhash farruxu farxunda boshad, har ki ӯ
Bodai ishrat zi subh andar qadah to shom rext.
Murdamu komi dilam bar n-omad az teg`i ҷafo-sh,
Xuni mardumro chunin k-on qotili xudkom rext.
Peshi rindon surxrӯ shud Fonӣ az yak ҷomi may,
Garchi dar mayxona obrӯi nangu nom rext.
 Tongda soqiy rindlar uchun gulrangli qadahni to`ldirdi,
shudring gulga qanday tushsa, u ham mayni gulgun
jomga shunday quydi.
Ko`nglim orom topdi, chunki shunday bir dilorom,
beorom dillarning oromi uchun may quyib berdi.
May quyoshini subhi sodiqdek komimizga quydi-yu,
uning iqboli matla`sidan davlat tongi ayon bo`ldi.
Jomi Jamda tiniq may shohga bo`lsin, chunki
menga quyqa ichuvchi rindning eski sapolga quyib bergani yetadi.
Har kimki har tongdan shomgacha ishrat mayidan qadahga quysa,
uning shomu subhi qutlug` va muborak bo`lsin.
Ul xudkom qotil kishilar qonini to`kadi, biroq, men
o`ldimu uning jafo tig`idan dilimning komi hosil bo`lmadi.
Garchi mayxonada obro`yi, nomus va nomi to`kilgan bo`lsa-da,
bir jom may tufayli rindlar oldida yuzi qizardi.
 Dar tavri Xoҷa
Ba mastiyam, ki sabӯhi mug`ona shud bois,
Pai sabӯh xumori shabona shud bois.
Kashid murg`i sahar nola dӯsh az g`ami gul,
Maro ba ҷomi sabӯh on tarona shud bois.
Ba dil nishonai tirash namudam on mahro,
Ba tirhoi digar on nishona shud bois.
Dilam zi xolu ruxi ӯ ba domi zulf aftod,
Ba mubtaloii murg` obu dona shud bois.
Zamon-zamon sӯi mayxona besh maylamro,
Ҷafoi ahli zamonu zamona shud bois.
Ҷihat ba mastiyu maҷnuniyam chӣ mepursӣ,
Hama tahayyuri in korxona shud bois.
Ba sad bahona zi xud rast Foniyu ӯro,
Ba azmi dashti fano in bahona shud bois.
 Mastligimga mug`ona  ichilgan sharob sabab bo`lsa,
tonggi may ichishimga kechki sharobning xumori sabab bo`ldi.
Kecha gul g`amidan sahar qushi nola qildi,
mening tonggi may ichishimga o`sha tarona sabab bo`ldi.
U oyning o`qiga dilimni nishona qildim, boshqa o`qlarga o`sha nishona sabab bo`ldi.
Dilim u dilraboning xoli bilan yuziga qiziqib, kokilining tuzog`iga ilindi,
 dil qushining bu xilda mubtalo bo`lishiga u suv bilan dona sabab bo`ldi.
Har zamon mayxonaga borish uchun maylim ortishiga
zamon ahli va zamona jafosi sabab bo`ldi.
Mastligim bilan  majnunligimning   sababini  nimaga so`raysan,
bu  dunyoning   butun   hayron   qoladigan   ishlari   sabab bo`ldi.
Foniy yuzlarcha bahona bilan o`zligidan qutuldi,
fano dashtiga safar qilish uchun shu bahonalar sabab bo`ldi.
 Shah xiroҷ az mulk agar hohad ba gohi ehtiyoҷ,
Beh zi may chi b-vad, ki az kӯi mug`on girad xiroch.
Shoh forig` az xiroҷ on shud, ki doim boshadash
Taxt — xoki maykada, gardi fano bar farqi toҷ.
Bahri quvvat sharbate mumkin naboshad misli may,
Az riyozat gar shudat, ey porso, za`fi mizoҷ,
Bodai sirfam deh, ey soqӣ, ki xohad kushtanam,
May agar yobad ba obi zindagonӣ imtizoҷ.
Piri dayr orost bazmi ayshu xush boshad agar,
Bazmi rindon az ҷamoli mug`bacha yobad rivoҷ.
Ey, ki az zuhdi riyoӣ pusht omad sad maraz,
Ҷomi may darkash, ki boshad sad marazro yak iloҷ.
Tavbai Fonӣ, agar xohad shikastan piri dayr,
Yak ishorat bas buvad, nabvad ba taklif ehtiyoҷ.
 Shoh ehtiyoj vaqti mulkdan xiroj olmoqchi bo`lsa,
mug`lar kuyidan xiroj qilib olingan maydan yaxshiroq nima bor?
Shoh xirojdan shuning uchun forig` bo`ldiki,
har doim maykada tuprog`i uning taxti, fano gardi esa unga toj edi.
Ey porso, agar riyozatdan mijozing zaiflashgan bo`lsa,
quvvat uchun may singari sharbat topish qiyin.
Ey soqiy, menga xolis (aralashmagan)  boda ber,
chunki, mayga obi hayot qo`shilsa ham meni o`ldiradi.
Dayr piri aysh bazmini tuzdi, yaxshi bo`lardi,
agar bu rindlar bazmi mug`bacha, chiroyidan rivoj topsa.
Ey, zuhd va riyo tufayli yuz kasalga uchragan kishi,
may ichgin, u yuz kasalga birdan-bir davo bo`ladi.
Agar dayr piri Foniyning tavbasini sindirmoqchi
bo`lsa, taklifga ehtiyoj yo`q, bir ishorat qilsa bas.
 Muxtara`
Sim xush boshad, ki sozӣ bo harifi soda xarҷ,
Lek g`ayri on ki xohad shud ba nuqlu boda xarҷ.
Qalbi rӯyandudi man xarҷi sagoni yor shud,
Vah, chӣ sozad in dam in zori dil az kaf doda xarҷ.
Movu uryonivu sar bar xok mondan, ey harif,
Bahri may chun gasht vaҷhi xirqavu saҷҷoda xarҷ.
Shayx simi vaqfro bo may nadod, ammo xarid
Kafshu dastoru aso, budast mardi loda xarҷ.
Yak qadam neh garchi rindon muflisand, ey mug`bacha,
Hastashon lekin zi naqdi dinu dil omoda xarҷ.
Naqdi ҷon shud yak diram, vobastagoni simro,
Nest yak ҷav ganҷi Qorun, gar kunad ozoda xarҷ.
Ҷavhari ҷon xarҷ shud, Fonӣ, chu mehmon gasht yor,
On chi dorad mekunad darveshi koraftoda xarҷ.
 Pulni yaxshi do`stlar  bilan xarj qilishing yaxshidir,
lekin u pul gazak va maydan boshqasiga xarj bo`lmasin.
Mening soxta qalbim yor itlariga xarj bo`ldi,
men zor dilni qo`ldan berib qo`ydim, endi nimani xarj qilaman?
Do`stlar, biz yalang`ochlar boshimizni tuproqqa qo`yib yotamiz,
chunki to`n bilan joynamozimiz mayga xarj bo`lib ketgan.
Shayx o`ta ahmoq bo`lgani uchun vaqfdan olgan pulini
mayga xarjlamay, kavush, salla va hassa sotib oldi; pul
xarjlashda betamiz ekan.
Ey mug`bacha, rindlar faqir bo`lsalar ham, bir qadam ranjida qil,
ular din va dil naqdini xarj qilishga tayyordurlar.
Pul bandasi bo`lgan kishilar uchun bir tanga jon bilan  baravardir,
saxovatli kishilar oldida xarj qilish uchun
Qorunning xazinasi bir arpacha emas.
Ey Foniy, yor mehmon bo`lgach, unga jon gavhari xarj
bo`ldi, tajribali darvesh qo`lida  borini sarf qiladi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Kase ki mulki dilash kard xayli g`am toroch,
Pai imorati on g`ayri boda nest iloҷ.
Ҷununu ishqi buton boisam ba rasvoist,
Kuҷost may, ki muhayyo shudast moyuhtoch.
Ba kӯi ishq miyoni gadovu shah farq ast,
Ki peshi yori xud on yak sar afkanad, in toҷ.
Xavotiri dilat az fikrhoi fosid shud,
Chu rӯi bahr, ki az bod xezadash amvoҷ.
Evaz ba ҷomi mai la`l chist mulki dilam,
Chӣ ҷavhar ast, ki hastash baho ba mulki xiroҷ?
Biyo ba maykada, zohid ki may muolaҷa shud
Turo ba xabti dimog`u maro ba za`fi mizoch.
Chu Fonӣ omada muhtoҷu tu ba husn g`anӣ,
Zakotro bisuporash, naboshad ӯ mӯhtoҷ.
 Kimning dil mulkini g`am askari buzgan bo`lsa,
uni qaytadan bunyod qilish uchun maydan boshqa iloj yo`q.
Go`zallar ishqidan bo`lgan telbaligim rasvoligimga sabab bo`ldi,
may qani, unga bo`lgan ehtiyojimning hammasi muhayyodir.
Ishq ko`yiga tushgan podshoh bilan gado orasida farq bor,
 o`z yori oldida unisi boshini fido etadi, bunisi esa tojini.
Shamol turganda daryo yuzida to`lqin qo`zg`algani
kabi dilingdagi xavotirlar  buzuq fikringdandir.
Bir jom la`l rang may evaziga dil mulki nima degan gap,
 u may shunday javhardirki, uning bahosi mamlakat xirojidir.
Ey zohid, mayxonaga kel, sening devonaliging
va mening mizojimning zaifligi uchun may davo bo`ladi.
Foniy muhtoj, sen husnga boysan,
jamoling zakotini unga ber, muhtojlikdan xalos bo`lsin.
 Muxtara`
Nasimi sabӯh namud az tag`ori sahbo mavҷ,
Chu bodi shurta, ki orad zi rӯi daryo mavҷ.
Ba boda zavraqi mayro gar afkanӣ, boshad
Chu kishtie, ki ba daryo ravo buvad bo mavҷ.
Pai haloki harifon zi hila duxtari raz
Namuda har taraf az lola rangi xoro mavҷ.
Shabe, ki bud barash g`ayr, murdam az g`ayrat,
Az on sabab, ki fikandam ba bahri savdo mavҷ.
Zi chini abrӯ chohi zaqan fuzun kushadam,
Charo ki hast zi girdob farqho to mavҷ.
Magar baroradam az bahri boda mavҷi karam,
Ki g`arqaro nabarad bar kanor illo mavҷ.
Nigar ba bahri fano, sharhi holi Fonӣ xon,
Az on xutut, ki sozad zi luҷҷa paydo mavҷ.
 Muvofiq esgan yel daryo yuzini to`lqinlantirgani singarn
tong yeli may tog`arsining yuzinn mavjlantirdi.
Agar boda ichiga may qadahini tashlasang
xuddi daryo to`lqinida suzayotgan kemaga o`xshaydi.
Hariflarni hiyla bilan halok qilish uchun raz qizi
har tomonda lolarang toshdan mavj soldi.
Yonida g`ayr (begona, boshqa)  bo`lgan kecha rashkdan o`ldim,
chunki savdo dengiziga to`lqin solgan edim.
Iyagi ostidagi chuqurchasi qoshi yoyidan ko`ra  ko`proq
o`ldiradi, chunki girdob bilan to`lqin orasida ko`p farq bor.
Boda dengizidan karam mavji chiqarsa kerak, negaki
g`arq bo`lgan kishini qirg`oqqa mavj chiqara oladi, xalos.
Fano dengiziga qara, lujjada to`lqinlar
solgan xatdan Foniyning sharhi holini o`qi.
 Chist, donӣ nolai murg`i sahar hangomi subh?
Bo harifoni sabuhӣ medihad payg`omi subh.
Ya`ni avlo may chu bigriftand shӯxoni chaman,
Lola az yoqutu nargis niz az zar ҷomi subh.
Bodai gulrangro dar ҷomi chun xurshed nӯsh!
Shusta shud az chashmai xur chun ruxi gulfomi subh.
Chun naxandad hamchu g`uncha subh k-inak dam ba dam?
G`unchaoso za`faron oyad burun az komi subh.
Subh ham ҷomi sabuhӣ zad, ki ҷaybash gasht chok,
Varna, chun choki girebon az chӣ shud andomi subh?
Az chaman aknun sӯi mayxona boyad zad alam,
Gasht chun zohir zi rӯi kӯhsor a`lomi subh.
Yak sahar on gul sabuhӣ kard bo man z-on nafas,
Pirahan chun gul daram, har kas, ki girad nomi subh.
Bo harifon yak sahar to shom shav mastu xarob,
Chun ba shomat oqibat xohad kashid anҷomi subh.
Subh chun Fonӣ safoi vaqt az toat nayoft,
Bori avval on ki may nadhad zi kaf hangomi subh.
 Tong qushi saharda nega nola qilishini bilasanmi?
U tongda may ichuvchi ulfatlarga tong payg`omini yetkazadi.
Ya`ni chaman sho`xlari — lolayu nargis,
tong jomidan yoqut zar sharobini olganlar.
Sen ham gulrang bodani quyoshdek jomda ich,
chunki tongning gulrang yuzi quyosh bulog`ida yuvindi.
Tong komidan dambadam g`unchadek za`faron chiqadi,
qanday qilib u g`unchadek kulmasin.
Tong ham ertalab may ichdi, shuning uchun yoqasi choq bo`ldi,
bo`lmasa nega uning andomi chok bo`lgan yoqaga o`xshadi?
Tong bayroqlari tog`lar ustida ko`rindi,
endi chamandan mayxona tomonga otlanish vaqti keldi.
Bir sahar ul gul men bilan sharob ichdi, o`shandan beri,
kimki tong nomini tutsa guldek ko`ylagimni yirtaman.
Bir sahar shomgacha hariflar bilan mastu xarob bo`l,
chunki tongning anjomi oqibat shomga tortiladi.
Foniy tong ibodatidan vaqt safosini topmadi,
shuning uchun tongda mayni qo`lidan qo`ymagani yaxshiroqdir.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Hast dar dayri mug`on mug`bachai shӯx, faseh,    
K-az damash toza shavad rӯhi dusad hamchu Maseh.
Shud musallo ba du ҷomam garav, ey bodafurӯsh,
Ҷomi digar, ki ravad peshi musallo tasbeh.
Obi hayvon ba kas umr fizoyat, na nashot, .
May kunad har du, bar ӯ bas buvad inro tarҷeh.
Bog`bon guft, ki sarvam chu qadi gulruxi tust,
Rost monand namud, archi durug`est sareh.
Shayx, k-az maykada burdand ba bozorash mast,
Da`vii zuhd shudash boisi chandin tafzeh.
Shahd chun shud namakoluda, namondash mazae,
Hast behad mazanok on labi shirini maleh.
Sayri kӯyat sababi sihhati Fonӣ omad,
Dar safar mujdai sihhat chu hadisest saheh.
 Mug`lar dayrida shirin til bir mug`bacha borki,
uning nafasidan yuzlab Isoga o`xshashlar qaytadan jon topadilar.
Ey mayfurush, ikki jom may uchun joynamozimni garov qo`ydim,
endi yana bir jom ber, tasbeh ham joynamoz yoniga borsin.
Obi hayotdan kishining umri uzaysa ham, xursandligi
ko`paymaydi, may bo`lsa-chi, ikkisi ham bo`ladi; shunday ekan, may obi
hayotdan yaxshiroqdir.
Bog`bon aytdi:  «Mening sarvim sening gulruxing qomatiga o`xshaydi»,
uning shunday o`xshatishi rost bo`lsa ham, (lekin)  so`zi g`irt yolg`on edi.
Shayxni mayxonadan  mast holida  bozorga  olib bordilar,
toat-ibodat da`vosi uning shuncha sharmanda bo`lishiga sabab bo`ldi.
Agar asalga tuz qo`shilsa, (rasvo bo`ladi),
lekin u nozaninning malohatli  (tuzli)  shirin labi nihoyatda lazzatli.
Ko`yingda sayr qilish Foniyning salomatligiga sabab bo`ldi,
«Safar salomatlik boisi» degan hadis to`g`ridir.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Chun hubobosost ravshan rӯzgoram az qadah,
To dami oxir kunun sar barnadoram az qadah.
Man, ki g`arqi may shudam, boyad saram dodan ba bod,
Chun hubob az sarxushӣ gar sar baroram az qadah.
Chunki yoquti mufarreh xushk mesozad dimog`,
Bod quti rӯh la`li obdoram az qadah.
Burd soqӣ chun qadah bar lab gar az daryoi may,
Pur buvad yak qatra boqӣ kay guzoram az qadah?
Chunki hastam dar qadah, beixtiyor az oshiqӣ,
Hamchunon dar oshiqӣ beixtiyoram az qadah.
Ne zuloli Qavsaram boyad, na obi ziidagӣ,
Baxshad ar yak chur`a shuxi bodaxoram  az qadah.
Hamchu Fonӣ dar havoi didani on mug`bacha,
Bar sari kӯi mug`on devonavoram az qadah.
 Mennng hayotim maydan hubobdek ravshan, shuning
uchun so`nggi nafasimgacha qadahdan bosh ko`tarmayman.
Men mayga g`arq bo`ldim, mastlik bilan qadahdan
boshimni ko`tarsam, shamolda ko`pikdek uchib  ketaman.
Yoqut ko`ngilni ochsa ham, dimog`ni quritadi,
mening ruhimga ozuq bo`ladigan la`l may to`la qadahdan bo`lsin.
Soqiy qadahni labiga tegizib, menga berganda, agar u
may limmo-lim daryo bo`lsa ham, bir qatrasini qoldirmay ichaman.
Men oshiqligimda   beixtiyorman   may   ichganimdek,
may ichganimda beixtiyor oshiq bo`laman.
Mayxo`r sho`x go`zalim qadahda bir qultum may uzatsa,
menga Kavsar zuloli-yu, obi hayot kerak emas.
Mug`bachani ko`rish havasida Foniy kabi
mug`lar  ko`yida  devonalardek qadah ko`taraman.
Muxtara`
Chӣ son ba kӯi tu oyam mani gado gustox?
Dar on chaman chu nayorad shudan sabo gustox.
Ba ҷon hame kunad on tifl qasdam az shӯxӣ,
Sazoi on ki kunad tifli shӯxro gustox.
Ba har qadam sari rindon shudast xok ba dayr
Ba zuhd kay shavad on ҷo nihod po gustox?
Chӣ son shikoyati zulmash kunam ba gustoxӣ?
Shahe, ki menatavon kardanash duo gustox.
G`ulomi rindi xarobotiyam, ki lol omad,
Chu xost ta`ni mayash kard porso gustox.
Nihoyatash hama rasvoist, agarchi kunand
Bar ahli faqr suxan zumrai riyo gustox.
Ba rohi ahli fano xok agar shavӣ Fonӣ,
Qadam nihod tavon dar rahi fano gustox.
U chamanga sabo shamoli erkin borolmaydi-yu,
qanday qilib men gado sening ko`yingga borishga jur`at etay.
U yosh mahbub sho`xlik bilan jonimga qasd qiladi,
yosh mahbubni erkalatishning jazosi shu-da.
Mayxonaning har qadamida rindlarning boshi tuproqqa teng bo`lyapti,
taqvodorlik bilan u joyga qanday qilib beodoblarcha qadam qo`yib bo`ladi?
U shunday bir ulug` zot shohki, hatto, uni duo qilishning o`zi odobsizlikdir,
(bas)  men qanday qilib uning zulmidan shikoyat qila olaman?
Shunday  xarobot  rindining qulidirmanki,  zohid beadablik                                  
bilan mayxo`rligini ta`na qilmoqchi bo`lgan edi, lol qildi uni.
Faqr ahlig`a riyo ahllari beadablarcha so`zlasalar,
oxiri hammasi rasvo bo`ladi.
Ey   Foniy,  agar  fano ahllarining yo`lida tuproq bo`lsang,
fano  yo`liga  erkinlik   bilan  qadam   qo`ya olasan.
 Muxtara`
Ba xubӣ shud chunon on simbar shӯx,
Ki dar xubon chu ӯ nabvad digar shӯx.
Chӣ son husham baҷo monad, ki hastand,
Du chashmi mastat az ham beshtar shӯx?.
Turo shӯxӣ chunon boshad, ki boshad
Batamkintar kase peshi tu har shӯx.
Nagirad dil ba on zolim zi bedod,
Zi shӯxӣ monda gashtan nest bar shӯx.
Chӣ taskin yobad az pandi padarvor,
Ki behad hast on zebo pisar shӯx.
Ba har surat maro devona dorand,
Parirӯyon batamkinand, agar shӯx.
Buvad Fonӣ, haloki ҷoni piron,
Agar aftod tifli simbar shӯx.
 U oqbadan sho`x, shu qadar go`zalki,
go`zallar orasida uningdek boshqa bir
sho`x yo`q, qanday qilib hushim o`chmasinki,
ikki mast ko`zing  bir-biridan sho`xdir.
Shu qadar sho`xsanki, har qanday sho`x seni
oldingda vazminlik qilib turadi, u sho`x,
sho`xlikdan aslo charchamagani uchun qalb u
zolimning jafolaridan injimaydi.
U ko`rkam farzand juda sho`x bo`lgani uchun otalarcha
nasihatdan taskin topmaydi, har qanday vaziyatda
ham parichehralar, og`irtabiatli
lekin vazmin bo`lsalar, meni devona qiladilar.
Ey Foniy, agar go`zal bola sho`x bo`lsa, qariyalar
joniga halokat keltiradi.
 Muxtara`
Buvad garchi ҷomi mai lolagun talx,
Vale ҷomi haҷr ast az vay fuzun talx.
Gar in har du talx ast, lekin ba ag`yor,
Buvad, yor, may xӯrdan az had burun talx.
Zi hiҷron bad-on guna talx ast umram,
Ki oyad burun gar zanӣ zaxm xun talx.
Az on talxkomam gahi boda xӯrdan,
Ki rezad may az ҷom charxi nigun talx.
Dar on bin, ki chun sharbati haҷr talx ast
Magӯ sog`ari ishratat gasht chun talx.
Agar ayshi man talx shud, ayb nabvad,
Kunad ayshi ahli vafo charxi dun talx.
Ba Fonӣ nabud talxkomӣ, chu shud yor,
Yaqin don, ki shud komi ayshash kunun talx
 Lola rang may achchiq bo`lsa-da,
lekin hajr mayi undan ko`ra achchiqroqdir.
Bu ikkovi achchiqdir, lekin yorning boshqalar bilan
may ichishi undan ham achchiqroqdir.
Umrim hijrondan shunday achchiqki,
agar ursang, zaxmdan oldin achchiq qon to`kiladi.
Bukilgan falak jomdan achchiq may qo`ygani uchun
may ichgan chog`imda og`zim achiydi.
Hajr sharbatini achchiq holda ko`rganingdan so`ng,
«Ayshu ishrating piyolasi nega achchiq bo`ldi?» dema.
Agar ayshim achchiq bo`lsa, ayb emas,
chunki vafo ahlining ayshini osmon achchiq qiladi.
Foniy hayotida achchiqlik yo`q edi,
yori tashlab ketgach, endi aniq bilki, ayshi talx bo`ldi.
 Dar tavri Xoҷa
Subh chun royat ba farqi xusravi xovar kashid,
Boda xush boshad zi ҷomi xusravonӣ darkashid.
Gӯ kulah kaҷ neh ba mastӣ, harki dar vaqti sabӯh,
Lolason dar ҷomi yoqutӣ mayi ahmar kashid.
Zebadash dar bog` ra`noӣ namudan, har ki ӯ
Chun guli ra`no mai gulgun zi ҷomi zar kashid.
To bahori digarash bas har ki yak subhi bahor,
Ҷomi gulrang az kafi soqii nasrinbar kashid.
Dar shabistoni falak aftoda hamchun soya bosh,
3-on ki tarki sar kunad chun sham`, on k-ӯ sar kashid.
Sar furӯ n-orad ki nushad obi Xizr az Ҷomi Ҷam,
Durdnushe, k-az safoli maykada sog`ar kashid.
Sar ba zeri sang ҷust, on k-ӯ murassa` kard toҷ,
Yo zi bahri sarfarozӣ minnati afsar kashid.
Dast dar domoni piri dayr natvonam rasond,
3-on ki zayli rif`at az nӯh charx bolotar kashid.
Shud sӯi dayri mug`on, Fonӣ zi kunҷi xonaqah,
Raxt az in olam ba sӯi olami digar kashid.
 Tong sharq podshohi (quyosh) boshiga bayrog`ini tikkach,
shohona jomda may ichmoq yaxshidir.
Tong paytida lola kabi yoqut jomda qizil may ichgan
kishiga aytki, mastlikda kulohini boshiga egri qo`ndirsin.
Ra`no gul singari zar jomdan gulrang may ichgan odamga
bog`da ra`nolik qilmoq yarashadi.
Kimki bir bahor tongida gul rang jomni nasrin guli kabi oq
badan soqiyning qo`lidan ichsa, ikkinchi bahorgacha shu kifoyadir.
Falak   shabistonida   yerga   tushgan   soya   kabi   bo`l,
kimki sham` singari bosh ko`tarsa, boshidan ayriladi.
Mayxona safol piyolasidan may-durdini ichgan kishi
Jamshid jomidan Xizr suvi ichgan kishiga bosh egmaydi.
Kimki boshiga ziynatli toj kiysa, boshini tosh ostida qoldirdi,
yoki yuksak martaba uchun boshini toj minnati ostiga qoldirdi.
Dayr piri etagidan tutishga qo`lim qisqalik qiladi,
chunki uning etagining balandligi to`qqiz osmondan ham yuqoridir.
Foniy xonaqoh kunjidan mug`lar dayri tomon yo`l oldi,
go`yo bu olamdan boshqa bir olam tomon ko`chdi.
 Tatabbӯ`i mir
Ba sayr garmravonӣ, ki pok payvandand,
Chu mehr soya bar in xokdon biyafkandand.
Agarchi charxravӣ karda ҷam` bizgashtand,
Valek nuru safo bar zamin parokandand.
Ba girdashon narasidand az garonborӣ,
Ҷavonu pir, ki dar bandi molu farzandand.
Agarchi aqlu buzrugist lofashon lekin,
Na oqiland, ki tifloni noxiradmandand.
Chu tifl bexiradӣ gar nagasht shevaashon,
Chi bo sarocha bozicha gashta xursandand.
Agar na tifland, az ayshi ma`navӣ zi chӣ rӯy
Kunand giryavu az komi zohiri xandand?
Muvaffaq onon, ki az tariqi tifliashon
Gusasta, tobe`i pironi pok payvandand.
Ravandagon, ki nadorand rohbari pire
Ba qat`i in rahi purxavf, tifl monandand.
Turo, chu rohnamoӣ naboshad ey Fonӣ,
Qadam ba rahzanӣ ahli tariq napsandand.
 Sayru sulukka mahkam bog`langanlar quyosh kabi
xas-xashakli yerlarga ham soya tashlaydilar,
charx kabi yuksak maqomlardan o`tgan bo`lsalar ham,
lekin nuru safolarini zaminga sochganlar.
Molu farzandlarga bog`lanib qolganlar yuklari
og`irligidan ularning atrofiga yaqinlasholmadilar,
aql va ulug`likdan lof ursalar ham ular oqil emas, aqlsiz bolalardir.
Agar raftorlari boladek beaqllik bo`lmaganida edi, dunyo bilan o`ynab
xursand bo`lmas edilar, agar boladek bo`lmasalar nega ma`naviy ayshdan yig`lab,
zohiriy istaklar uchun kuladilar?
Bolalik yo`llari va sha`nidan uzilib, pokiza pirlarga
ergashganlar  muvaffaqiyatga erishganlardir,
bu xavfli yo`ldan boruvchilar bir rahbar pirlari
bo`lmasa, boladek to`xtab qoladilar.
Ey Foniy, tariqat ahlining yo`liga qadam qo`yishda
rahbar (pir)ing bo`lmasa, seni pisand etmaydilar.
 Tatabbӯ`iXoҷa
Sirri vahdat, ki dar ӯ xilvatiyon hayronand,
Gar zi rindoni xarobot bipursӣ, donand.
Daftaru xirqai mo vaҷhi xumorӣ na bas ast,
Garchi bar har tarafi maykada megardonand.
Bo hama bexabarӣ durdkashoni mai ishq,
Rozi gardun zi xati davri qadah mexonand.
Bulaҷab mug`bachagonand, ki dar dayri mug`on,
Naqdi har din zi pai ҷur`ai may nastonand..
Oҷizand ahli nazar, z-onki ba ҷavr az ruxi yor,
Chashm gӯyand, ki pӯshem, vale natvonand.
Talabi ganҷi saodat zi dili onho kun,
Ki dar in dasht zi selobi fano vayronand.
Dar dilat ishq zi aql ast hadisi Fonӣ,
Nest monandi tu devonai oqilmonand.
 Vahdat sirrini xilvatdagilar bilolmay  hayron, agar xarobot ahlidan
so`rasang biladilar. Daftaru xirqamizni maykadaning har tomonidan
aylantirsalar   ham,   xummorligimizni   bosolmaydilar.
Ishq quyqasini ichuvchilar barcha narsalardan bexabar
bo`lsalar ham, qadah atrofidagi xatdan dunyo sirini o`qiydilar.
Mayxonadagi   mug`bachalar   ajabtovurdurkim,   har  bir
qultum  maydan so`ng dinning biror naqdini talab qilmaydilar.
Yor ruxidan jabr yetayotganda, ahli nazar ojiz qoladilar,
ko`z yummoq bo`ladilar, ammo yumolmaydilar. Bu dashtda fano
selidan vayron bo`lgan qalblardan saodat  xazinasini talab qil.
Ey Foniy, qalbingda ishq, biroq aql bilan so`zlaysanki,
senga o`xshagan oqilmonand boshqa bir devona yo`q.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Har ki dar kӯi mug`on raft, giriftor bimond,
Poy dar loi mayash bar dari xammor bimond.
Omadand ahli tamosho zi sӯi mug`bachagon,
Bexabar guft, ki zud oyamu bisyor bimond.
Zaxmi ushshoq hama rӯy barovard zi vasl,
Dili mo bud, ki dar dayri mug`on zor bimond.
Az xumor ar saru tan barhanaam, ayb makun,
3-onki dar maykada ne xirqa, na dastor bimond.
Buti man raft, vale dar dili man naqsh bubin,
Ki dar in butkada chun surati devor bimond.
Shoyad ar daf`i tahayyur kunadash davri qadah,
Har ki dar hayrati in gunbadi davvor bimond.
Roqimi hayati nӯh doirai minoӣ,
Chӣ tilsimot, ki dar gardishi pargor bimond?!
Xost Fonӣ, ki ba vasli tu navisad varaqe,
Rӯy binmudӣ, dastu dilash az kor bimond.
 Kimki mug`lar ko`chasiga borsa giriftor bo`lib, xammor
(ichkilik yasovchi)ning eshigida may loyiga botib qoldi.
Mug`bachalarni tomosha qiluvchilar ular tomonga borar
ekanlar, bilmasdan tezda qaytamiz dedilaru uzoq qolib ketdilar.
Vasldan oshiqlar jarohati  bitdi,  bizning qalbimiz
mayxonada zor qolib ketdi. Xumordan bosh-oyog`im yalang`och bo`lsa ham ayb qilma,
chunki mayxonada na dastor, na xirqa qoldi.
Butim ketdi, butxona devoridagi surat kabi qalbimda
uning naqshi qoldi.
Kimki aylanuvchi falakdan hayratga tushsa, balki,
qadahning aylanishi uning hayratini daf` qilar,
Qanday tilsimki, havorang to`qqiz falak doirasin
chizuvchi pargor aylanishida qolib ketdi.
Foniy, vasling istab varaqda she`r yozishga uringan edi,
yuzingni ko`rsatgach, qo`li, yuragi ishdan qoldi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Bod az turrai dildor ba har tor chӣ kard?
Zeri har tor ba dilhoi giriftor chӣ kard?
Suratash kard chu orosta mashshotai sun`,
Vah, ki dar gunai on orazu ruxsor chӣ kard!?
Bo hama sangdilӣ rahm kunӣ, gar donӣ,
Ki shabi haҷri tu bo rӯzi mani zor chӣ kard?
Ruhbaxshast labat xozini hikmat, yo Rab,
Durҷi dur ҷavhari on la`li shakarbor chӣ kard?
Akse az lam`ai la`li labi Shirin chu ba kӯh,
Partav afkand, ba Farhodi chigarxor chӣ kard?
Man` az on zulf makun shayx, ki dar gardani ҷon,
Piri dayram ba ҷuz on halqai zunnor chӣ kard?
Aql dar vaz`i falak pay nabarad, bin, ki hakim
Halli in nukta ba andeshai bisyor chӣ kard?
Hama zavq astu safo, ta`biya me`mori qazo,
Vah, ki dar chor hadi kulbai xammor chӣ kard?
Fonӣ omad ba sӯi maykada chun ahli saloh,
Gar nashud rahn ba may, xirqavu dastor chӣ kard?
 Shamol yor zulfining har torida nima ishlar ko`rsatdi,
har tori tagida giriftor dillarga nimalar qildi.
Sun` mashshotasi suratini bezagan chog`da, yuzi rangini
bezash uchun  ko`rsatgan hunari ajoyibdir.
Hajring kechasi boshimga qanday kunlar solganini bilsang edi,
qanchalik toshko`ngil  bo`lsang-da,   (menga)   rahm qilar eding.
La`l labing ruh bag`ishlovchidir, yo Rab, hikmat xazinachisi,
la`l shakarboring javhariga nima qo`shgan ekan?
Shirinning la`l labi jilosidan toqqa bir shu`la tushganda,
jigar qonini yutuvchi Farhodni qanday ahvolga soldi.
Ey shayx, u zulfdan mening ko`nglimni sovutma,
dayr piri u zunnor halqasini jon gardaniga taqishdan boshqa nima qildi?
Aql falak sirlarini bilishdan ojizdir, bu
muammoni hal etishda hakim ko`p o`ylab nima qila oldi?
Qazo binokori mayfurush kulbasining to`rt tomonini
butun zavqu safo bilan bezab nima qildi?
Foniy mayxona tomon yo`l oldi, saloh ahllari to`ni
bilan sallasini mayga garov qo`ymasalar, dunyoga kelib nima qiladilar?
 Tatabbӯ`i Mir
Bӯi sharobi ishqi tu behushӣ ovarad,
Rangash zi rangi aql faromӯshӣ ovarad.
Boshad takallumi tu zabonbandi ahli ishq,
K-ash istimo` moyai xomushӣ ovarad.
La`lash aҷab maest, ki kayfiyatash ba dil
Beholie fizoyadu madhushӣ ovarad.
Piri mug`on, ki fayzi kafash mustadom bod,
Harchand sog`ari karamash nӯshӣ ovarad.
Shӯxe, ki vaqti qatl qalandarvashӣ namud,
Voy on zamon, ki rasmi qabopӯshӣ ovarad.
Chun har safoli maykada ҷomi ҷahonnamost,
Ҷamshed az on-sh rӯy ba chovushӣ ovarad.
Fonӣ chu did ganҷi baqo dar fano, chӣ ayb
Gar rӯy dar tariqi fanokӯshӣ ovarad.
 Ishqing sharobining isi behushlik keltiradi,
rangi aql boyligidan faromushlik keltiradi.
Sening so`zing ishq ahlining tilini bog`lovchidir,
so`zingni eshitish xomushlik sarmoyasini keltiradi.
La`l labi ajoyib bir maydirki, uning kayfiyati
dilda holsizlanishni orttirib, behushlik keltiradi.
Mug`lar pirining qo`li ochiqligi va fayzi doimiy bo`lsinkim,
uning karam piyolasi qancha bo`lsa ichila beradi.
Bir sho`xki, o`ldirish chog`ida qalandarnamolik ko`rsatdi,
voy u zamonki, qabopo`shlik rasmini ko`rsatsa.
Mayxonaning har bir safol piyolasi — jomi jahonnamodir,
shuning uchun Jamshid uni istab keladi.
Foniy baqo xazinasini fanoda ko`rgach,
fano yo`liga yuzlansa, nima ayb?
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Xush on, ki soqii shӯxash rafiqu munis shud,
Ba xilvat, ki dar ӯ boda sham`i machlis shud.
Gadoi maykada az himmati baland g`anist,
Zi shug`li mug`bachavu boda garchi muflis shud.
Dilam zi shavqi labi la`lu chashmi masti kase
Ba bog volai gulbargu zori nargis shud.
Ba choki pirahan on shӯxi masti loya`qil,
Ba sad xayoli aҷab aqlro muvasvis shud.
Ba sӯi madrasavu xonaqoh mast guzasht,
Haloki shayx namud, ofati mudarris shud.
Chӣ la`bhoi aҷab to namudӣ az g`amza,
Ki piri aql chu tifl on taraf muhavvis shud.
Ba kӯi maykada to beshuur shud Fonӣ,
Na rahnamo-sh xirad ne, mumiddi ӯ his shud.
 Bir xilvatda go`zal soqiy hamdami-yu may majlisining
sham`i bo`lgan kishi qanday huzur-halovatda-ya!
Mayxona gadosi mayu mug`bacha bilan shug`ullanishda
faqir bo`lsa-da, baland himmati bilan badavlatdir.
Dilim birovning la`l labi va mast ko`zi shavqi
bilan bog`da gul bargiga oshiqu nargisga zor bo`ldi.
U sho`xning o`ta mastlikda ko`ylagi yoqasining ochiqligi
yuz ajoyib xayol bilan aqllarga vasvasa soldi.
U nozaninning madrasa va xonaqoh tomonga mastona
borishi, shayxni halokatga yetkazdi va mudarrisga ofat bo`ldi.
G`amzang bilan shunday ajoyib o`yinlar ko`rsatdingki, keksa aql u
o`yinlar oldida bolalarga o`xshab, u tarafga havas bilan qaradi.
Foniy, mayxona ko`chasida shunday behush bo`lib yiqildiki,
unga na aql yo`l ko`rsatdi va na sezgi yordam berdi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Maro dil az xaroboti mug`on berun naxohad shud,
Chӣ sӯi xonaqohash rahnamoyam, chun naxohad shud.
Ba tavfi gulshanu gul rindi oshiqro kuҷo ҷӯӣ,
Ki ҷuz bo rӯi gulrangu mai gulgun naxohad shud.
Ba sahroi chunun har k-ӯ qadam zad, chun maro binad
Pai ta`limi savdo, ҷonibi Maҷnun naxohad shud.
Zi ҷomi vaslash az yak qatra bӯe naxoham yoft,
Dilam to dar havoyash qatra-qatra xun naxohad shud.
Tahi har vaslae az xirqaam gar yak diram boshad,
Ba ҷuz vaҷhi sharobu shohidi mavzun naxohad shud.
Chӣ sӯi kӯhna avroqi ulum oram nazar z-on rӯ,
Ki moliyat nadorad, bodaro marhum naxohad shud.
Man on rindi xarobotam, ki peshi himmatam dar dayr
Ivaz yak chur`a mayro ganҷi Afredun naxohad shud.
Chu piri dayrro sha`n az nӯhum gardun baland omad,
Zi qabzu basti gardun shod yo mahzun naxohad shud.
Bari komil ҷahonu ahli ӯro vazni xas nabvad,
G`aminu xushdil az ahvoli dun ҷuz dun naxohad shud
Chunon ranҷur kardӣ az baloi haҷr Foniro,
Ki ҷuz vasli tu az umri abad mamnun naxohad shud.
 Dilim mug`lar xarobotidan tashqari chiqishi mumkin emas,
qanday qilib xonaqohga yo`l ko`rsataman, chunki mumkin emas.
Oshiq rindni gulshan va gul atrofidan nimaga izlaysan?
 Chunki u gulrang yuzu gulgun maydan boshqaning tevaragida  bo`lmaydi.
Kimki junun sahrosiga qadam qo`yib, u yerda meni ko`rib     qolsa,
telbalik ta`limini olish uchun Majnun tomonga bormaydi.
Dilim u yerning havasida qatra-qatra qon bo`lmaguncha,
vasl jomidan bir qatrasining isini ham topa olmaydi.
Yamoq to`nimning har bir yamog`i ostida bir tangadan bo`lsa,
sharobu go`zal ma`shuqadan boshqaga sarf bo`lmaydi.
Ilmlarning ko`hna varaqlariga shuning uchun qaramaymanki,
ular qimmatga ega bo`lmagani uchun garovga qo`yib bo`lmaydi.
Men xarobotning shunday rindiki, dayrdagi himmatim oldida,
bir qultum mayni Faridun xazinasiga alishishga ko`z qiymaydi.
Dayr pirining sha`nu sharafi to`qqiz osmondan yuqori bo`lgach,
u yerda osmon zulmidan xafaligu erkin qo`yishidan xursandlik bo`lmaydi.
Kamolotga yetgan kishi qoshida jahonu jahon ahlining og`irligi xascha ham emas,
past kishilar ahvolidan past odamlargina g`amgin va xushhol  bo`ladilar.
Hijron balosi bilan Foniyni shunday xafa qildingki,
vaslingdan boshqa mangu umr bersa ham, mamnun bo`lmaydi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Biyo, ki lashkari day xayli sabza g`orat kard,
Ba sӯi boda zi yax shushaho ishorat kard.
Zi boda ҷӯy harorat, ki raft on k-otash
Ba garmrӯii xud da`vii harorat kard.
Barem daftaru saҷҷoda bahri may sӯi dayr,
«Ki sud kard har on kas, ki in tiҷorat kard».
Xush on kase, ki dar in fasl tavba gar bishkast,
Gunohi xud ba shikasti xudӣ kaforat kard.
Sharob gasht ba mo boisi xarobiho,
Xudosh xayr dihad, archi pursharorat kard.
Havoi maykada ishratfizost, bodafurӯsh
Magar ba obi may in xonaro imorat kard?
Zi lavsi zuhdi riyoӣ muoshire shud pok,
Ki bahri saҷda ba ibriqi may tahorat kard.
Chi sar ba kӯhu biyobon nihӣ, dile daryob,
Ki yoft Haҷҷi qabul on, ki in ziyorat kard.
Zi lafz bigzaru ma`nӣ talab kun, ey Fonӣ,
Ki ahli ma`nӣ ibo z-ofati iborat kard.
 Kelginki, qish lashkari sabza xaylini g`orat qildi,
muz qandillari boda tomonga ishorat qildi.
Haroratni bodadan ista, chunki olov
harorat da`vosini qilgan zamonlar o`tib ketdi.
Daftar   va   joynamozni  dayrda   may   uchun   beramiz,
kim bu savdoni qilsa, u foyda topadi.
Bu faslda tavbasini buzib, uning evaziga
o`zligini sindirsa uning holi xushdir.
Sharob bizning ko`p xarobligimizga sabab bo`ldi,
agarchi ko`p sharorat qilsa-da, Xudo unga xayr bersin.
Mayxonaning havosi ishartfizodir, bodafurush
bu uyni may suvi bilan qurgan, shekilli.
Namoz uchun may suvi idishi bilan tahorat qilgan
muoshir, riyoyi  zuhdning iflosligidan pok bo`ldi.
Necha tog`u biyobonlarda haj uchun bosh urasan, birovning
ko`nglini ol, bu ziyorat qilganning   haji qabul bo`ladi.
Ey, Foniy, lafzdan kechgin-u, ma`noni talab qil,
chunki ma`no ahli iborat ofatidan qochadilar.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Xush on kase ki ba dayri mug`on guzar dorad,
Nihon ba mug`bachai mohvash nazar dorad.
Dili hazini maro, noseho, makun muҷrim,
Ba aybi ishq, ki ӯ xud hamin hunar dorad.
Masoz nisbati Kavsar ba bodai labi yor,
Ki in halovatu kayfiyati digar dorad.
Ba kӯi ӯ ҷigaroluda ashki man har dam,
Ki sad balost ravad z-on, k-ӯ ҷigar dorad.
Sipehru anҷum az ohi man ast, k-otashi ishq,
Base az in son ham dudu ham sharar dorad.
Tavon ba poi fano rohi ishq shud, k-in dasht
Ba ҷoi xor hama rasta neshtar dorad.
Saram fitoda ba dayri mug`on, ki mug`bachae
Magar ba yak qadah ӯro zi xok bardorad.
Dilam, ki sӯxt chunin, z-on labi mayoludast,
Charo ki bodai ishq inchunin asar dorad?
Ba hush vasl maҷӯ, Foniyo, charo ki zi dӯst,
Xabar nadorad on, k-ӯ zi xud xabar dorad.
 Mug`lar dayriga yo`li tushib, ohistagina, yashirincha oy
yuzli mug`bachani tomosha qiladigan kishilar baxtiyorlar.
Ey  nasihatgo`y, g`amgin dilimni ishqda  ayblama,
chunki u bechora dilimning shundan bo`lak hunari yo`qdir.
Yor labiga kavsarni taqqoslama,
chunki  buning o`zgacha  shirinligi  va  kayfi  bordir.
Uning ko`yiga jigar qoni bilan bo`yalgan ko`z yoshim
yuz balo bo`lsa ham boradi, chunki dovyurak qahramondir.
Yulduz va osmon mening ohimdan yasalgan,
chunki ishq o`tining ko`p tutuni va uchquni bor.
Fano oyog`i bilan ishq yo`lini kezib bo`ladi,
chunki bu dashtning tikan o`rniga o`sib chiqqan nishtari bor.
Boshim  mug`lar  mayxonasiga tushgan,  bir qadah may bilan
uni tuproqdan ko`taradigan bir mug`bacha bormikin?
Dilimning shu xilda kuyishi u mayga belangan lab sabablidir,
chunki ishq mayining shunday ta`siri bor.
Ey Foniy, hushing o`zingda bo`lsa, vasl izlama,
chunki, o`zidan  xabari bor  kishining do`stidan xabari bo`lmaydi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Dush dar mayxona ҷonon hamdami ushshoq bud,
To sahar g`avg`oi rindonro ba ҷon mushtoq bud.
Zӯhraro ovarda bud ovozi sarmaston ba raqs,
K-on sado andar xami in gunbadi nӯhtoq bud.
Garchi z-ӯ sad noz az mo bud sad chandon niyoz,
Dar tariqi husnu ishq az rӯi istehqoq bud.
Az safoyu nuri maҷlis gar nihon bud oftob,
Behtar az vay lam`ai ҷomi mai barroq bud.
Mastii rindon zi may ham bud, lekin beshtar
Az navozishhoi on mohi nakӯaxloq bud.
3-ahli on hangoma man behushtar budam az on-k,
Bo manash az ҷumla rindon beshtar ashfoq bud.
Andar on shab har kiro yak chur`a z-on may shud nasib,
To qiyomat dar ҷahon rindi alal-itloq bud.
Mast shav, gar maxlasat boyad, ki hargiz vonarast,
Az ҷafoi ahli ofoq, on ki dar ofoq bud.
Fonӣ, andar sayri atvori tariqat har chi did,
Bud neku, lekinash zuhdu riyoӣ shoq bud.
 Kecha  mayxonada jonon oshiqlarga hamdam edi,
tonggacha rindlar g`avg`osiga jondan mushtoq edi.
Mastlar ovozi Zuhrani raqsga tushirdi,
chunki bu sado to`qqiz falakning qavatigacha yetgan edi.
Garchi undan yuz nozu bizdan yuzlar niyoz bo`lsa-da,
husnu ishq tariqida bu hol istihqoq yuzasidan edi.
Majlisning nuri va safosidan quyosh nihon bo`lsa-da,
yorqin   may   jomining   nuri   undan   yaxshiroq   edi.
Rindlarning mastligi maydan ham edi, ammo undan ko`proq,
ul yaxshi xo`ylik oyning navozishlaridan edi.
O`sha hangoma ahli orasida men hammadan behushroq
edim, chunki rindlar orasidan menga ko`proq mehribon edi.
Ul kecha kimga ul maydan bir qultum nasib bo`ldi,
qiyomatgacha unga rind oti qo`yildi.
Agar qutulishni istasang mast bo`l, chunki dunyodagilar
dunyo ahli jafosidan hech qachon qutula  olmaydilar.
Foniy, tariqatda qanday atvor va odatni ko`rsa
hammasi yaxshi edi, faqat zuhdu riyo yomon va qiyin edi.
 Dar tavri Shayx Kamol10
Mulamma` xirqaam az vaslahoi bodapolo shud,
Bad-on hayat, ki gӯyo dog`hoi boda har ҷo shud.
V-az onho porai digar ba soni ҷomai Qa`ba,
Bubin, k-ash, dӯxta bar rӯi mehrobi Musallo shud.
Chi olӣ rutba shud dayri mug`on, k-az bomi ӯ maste,
Agar yak poya bolo ҷast, bar bomi Maseho shud.
Maro z-on mug`bacha zohid, ki tarki ishq farmudӣ
Chu didash, subhavu saҷҷoda zunnoru chalipo shud.
Ҷavone dil zi dastam burdu ishqash may ba dastam dod,
Maro pironasar asbobi rasvoӣ muhayyo shud.
Ba oini salohu taqviyam orost shayx ovah,
Hama bar bod raft, az dur chun on shӯx paydo shud.
Chi pursӣ dar xarobotam, ki naqdi sabru hushat, k-ӯ
Ham avval rӯz z-oshӯbi mayu shohid ba yag`mo shud.
Maro dar xonaqah zuhdu xirad bas tira medorad,
Xush on rinde, ki dar dayri mug`on sarmastu shaydo shud.
Nabuda vodii ishqu muhabbatro karon, ey dil,
Ki shud ovoratar Fonӣ dar in dashti balo to shud.
 Mening may  suzgich yamoqlaridan  yamalgan to`nim
har yeriga may dog`lari tekkanga o`xshab ko`rinadigan bo`ldi.
Qara, o`sha may suzgichdan bir parchasi xuddi Ka`ba
libosi singari mehrob joynamoziga tikildi.
Mug`lar dayri qanday oliy martabaga erishganki,
biror mast uning tomidan yuqoriga bir pog`ona sakrasa,  
to`rtinchi osmondagi Iso tomiga chiqadi.
Meni u mug`bachaning ishqini tark etishga buyurgan zohidning
o`zi uni ko`rgach, tasbehu joynamozini zunnor bilan salibga almashtirdi.
Bir yosh dilimni oldi-yu, ishqi qo`limga may berdi,
keksa boshimda rasvogarchilik asbobi tayyor bo`ldi.
Shayx meni tuzuk va taqvodor kishi suratida bezagan edi,
afsuski, uzoqdan u nozanin sho`x paydo bo`lgach, hammasi barbod  bo`ldi.
Xarobot ichida turibman, sabru hushing qani deb, nimaga            
so`raysan? Ularning hammasi mayu ma`shuqning fitna g`avg`osida
avvalgi kun   talon-toroj bo`lib ketgan.
Xonaqohda zuhdu aql ta`bimni tirriq qiladi,
mug`lar dayrida mast va shaydo bo`lgan rindga qanday yaxshi.
Ey dil, muhabbat vodiysi cheksiz keng ekan, shuning uchun
Foniy bu balo dashtiga qadam qo`ygach, avvalgidan ham ovoraroq bo`ldi.
 Dar tavri Xoҷa
Zi tavfi on sari kӯyam dahonu rӯi tu boyad,
Zi g`unchayu guli bog`am chi bandadu chi gushoyad.
Naxust boda deh, ar pursiyam zi sirri haqiqat,
Ki to dar oinai sog`aram chi rӯy namoyad.
Ba dida ravshanӣ orad, ba dil nishot rasonad,
Nasimi fayz, ki az xoki kӯi maykada oyad.
Zi xonaqah chu ravad rind shab ba maykada muflis,
Ba vaҷhi may chӣ aҷab gar ridoi shayx raboyad?
Chi son bahori may az kaf tavon nihod, ki bulbul,
Hama surudi vido`i gulu shukufa saroyad.
Kunӣ chu saҷdai but, dil zi naqshi g`ayr furӯ shӯy,
Ki be tahorati botin namozi ishq nashoyad.
Ba g`ayri boqii mutlaq maҷӯy Fonӣ, az on rӯ,
Ki bahri bastagii dil nashoyad, on chi napoyad.
 Ul ko`y tavofidan maqsadim og`zingu yuzingdir,
bog` g`unchasiyu gulidan ko`nglim qachon yopilib, qachon ochiladi.
Haqiqat sirrini ko`rmoqchi bo`lsang, avval boda ber,
toki sog`ar ko`zgusida ko`ringanini aytib beray.
Mayxona tuprog`idan esgan fayzli shamoldan
ko`zga nuru, yurakka shodlik yetadi.
Rind kechasi xonaqohdan  mayxonaga  muflis bo`lib
borib, shayxning choponini may bahosiga to`lasa ne ajab.
Bulbul, gul va g`uncha bilan vidolashish qo`shig`ini aytganda,
men qanday qilib may bahorini qo`ldan chiqaray.
Agar butga sajda qilmoqchi bo`lsang, ko`nglingni g`ayr naqshida yuv,
chunki botin tahoratisiz ishq namozinn o`qish munosib emas.
Ey, Foniy, boqiyi mutlaqdan o`zgani izlama,
chunki baqosi yo`q narsa ko`ngil bog`lashga  arzimaydi.
 Muxtara`
On qalandarvash, ki sӯyash dil ba pokӣ mekashad,
Pokbozonro ba kӯi dardnokӣ mekashad.
Har alif, k-ӯ mekashad bar sina az mastii husn,
Rostonro dil ba sӯi sinachokӣ mekashad.
3-in sabab shodam ki shoyad teg`i ӯ bar man rasad,
Chun burish bar har kas az bevahmu bokӣ mekashad.
Chun tabibi ishq xonad nomi bemoroni haҷr,
3-in maraz bar nomi man xatti halokӣ mekashad.
Har chi az davronat oyad, shukr behtar, z-on ki charx
Ҷumla teg`i zulm bar dilhoi shokӣ mekashad.
Boda xӯr to zindaӣ, k-az ba`di murdan rӯzgor
Xomai nisyon ba mahҷuroni xokӣ mekashad.
Fonӣ, on kasro fano boshad musallam, k-ӯ ba dahr
Dardu dog`i ishqboziro ba pokӣ mekashad.
 Poklik bilan o`z tomoniga dilni tortuvchi u qalandarvash
go`zal pokiza kishilarni dardlik ko`chaga tortadi.
Husn mastligi bilan u (yor) siynasiga tortadigan har bir alif
go`yo to`g`rilar dilini siyna chokiga tortayotganga o`xshaydi.
Shodligimning sababi shuki, zora uning qilichi menga tegsa, degan
umiddaman, chunki  (u)   qovun tilgandek, qo`rqmay kishilarga tig` tortadi.
Ishq tabibi ayriliq bemorining nomini o`qir ekan,
bu ayriliq dardidan nomimga halokat xatini tortadi.
Davroningdan  nimaiki kelsa, shukur qilish yaxshiroq,
chunki osmon hamma zulm xanjarlarini shikoyat
qiluvchilarning  dillariga tortadi.
To tiriksan,  may  ich, chunki o`lganingdan keyin
ro`zgor tuproqqa jo bo`lganlarga unutish qalamini tortadi.
Ey Foniy, fano dunyoda ishqibozlik dardini
poklik bilan tortgan kishigagina musallam bo`ladi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa Salmon
Har kiro dil mubtaloi chun tu ҷonone buvad,
Ham fido sozad garash har mӯ ba tan ҷone buvad.
Chun xayol oram kashidan on tani nozuk ba bar,
Man, ki har sӯ karda sar az sina paykone buvad.
Ey musulmonon, chӣ xonedam ba maschid, chun ba dayr
Raxna dar dinam fikanda nomusulmone buvad.
Kay mani maҷnun tavonam did rӯi on parӣ,  
K-ash ba didan aqli kull madhushu hayrone buvad.
Ashki xun paydo ba rӯyam donad on, k-on dar dilash,
Az firoqi lolarӯe dog`i pinhone buvad.
3-ӯ ҷudo gashtam nadonistam, ki az betoqatӣ
Ohu ashkam dar g`amash har lahza tӯfone buvad.
Man`i Fonӣ kard noseh, az ҷununu oshiqӣ,
Kay buvad bovar, ki ӯ in nav` nodone buvad.
 Kimningki dili senday jononga mubtalo bo`lsa,
vujudidagi har tuki jon bo`lsa ham, hammasini
senga fido qiladi.
Ul nozik badanni bag`rimga bosishni qanday xayol qila olaman?
Chunki siynamning har tomonidan paykonlar chiqib turadi.
Ey  musulmonlar, meni nega  masjidga chaqirasizlar,
dayrda bir nomusulmon dinimga raxna solgan-ku.
Men devona ul nozanin parining ruxsorini qachon ko`ra olaman,
chunki uning yuzini aqli kull
ko`rishlari bilan behushu hayron bo`ladilar.
Yuzimda qonli ko`z yoshlar paydo bo`lganini dilida lola
ruxsorlar firoqidan yashirin dog`i bo`lgan kishi biladi.
Ul  dilbardan  judo  bo`ldim, betoqatlikdan  g`amida
oh-fig`onimu ko`z yoshlarim
har lahzada bir to`fon bo`lishini bilmadim.
Nasihatgo`y, Foniyni devonaligu oshiqlikdan
qaytarmoqchi bo`ldi,
uning shunchalik nodon ekaniga qanday ishonib bo`ladi?
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Davron nishon zi baxti ҷavonam namedihad,
Ҷome zi dasti piri mug`onam namedihad.
Az har ki nӯshdorui ҷon mekunam talab,
Ҷuz az sharobxona nishonam namedihad.
Dar haҷri ӯ, ki girya shuda dar gulӯ gireh,
Faryod az ӯ, ki rohi fig`onam namedihad.
Umram sabukxirom shudast, ey harif, az on-k,
Soqii davr ratli garonam namedihad.
Dor-ul-amoni maykada meboyadam, ki charx,
Ҷoi digar zi g`ussa amonam namedihad.
Yak qatra obro ba labam charx to zi chashm,
Sad qatra xuni dil nachakonam, namedihad.
Fonӣ, zi komu aysh, ki gardun dihad ba xalq,
Heҷam chu menayobad, az onam namedihad.
 Davron  yoshlik  baxtimdan  nishona  ko`rsatmaydi,
mug`lar piri qo`lidan bir jom tutqazmaydi.
Kimdan jonimga no`shdoru so`rasam,
mayxonadan boshqa joyni nishon bermaydi.
Uning hajrida faryodim bo`g`zimda qoldi,
faryodki, fig`on qilishimga yo`l  bermaydi.
Davron  soqiysi to`la  jon  bermagani uchun
ey, harif, mening umrim sabukxirom bo`ldi.
Menga mayxonaning dorul-omoni kerak,
chunki charx boshqa jonda g`amdan omonlik bermaydi.
Yuragim qonini yuz qatra oqizmaguncha,
labimga bir qatra suv tomizmaydi.
Ey, Foniy, gardun meni hech topolmagani uchun,
xalqqa beradigan komu ayshni menga bermaydi.
 Ayzan
Zi sirri obi hayotam may ogahӣ ovard,
Ba kӯi maykada Xizram ba hamrahӣ ovard.
Chunon, ki kishtii soyil sipehr bin zi hilol,
Ba bazmi durdkashon sog`ari tihӣ ovard.
Mai sabӯhkashon ҷon ba bod xoham dod,
Ki bӯi dӯst nasimi sahargahӣ ovard.
Chi maykada-t, ki durdi safoli ӯ dar sar,
Gadoero havasi afsari shahӣ ovard.
Xush on mae, ki talab doshtam zi mug`bacha dӯsh
Chu boda xuni dilam xӯrd v-on gahe ovard.
Ba rahni xirqa agar oqilӣ, biyo, may nӯsh,
Ki shayx ҷonibi dayrash zi ablahӣ ovard.
Chu xӯrd boda ba xirgoh mohi man, Nohid
Zi bahri bazmi vay ohangi xirgahӣ ovard.
Kamandi zulfi tu ushshoqro ba silsila bast,
Ba yak gireh sӯi mo rӯ ba kӯtahӣ ovard.
Baloi ishq zi mardum gurext, ey Fonӣ,
Valek rӯy ba vayronai rahӣ ovard.
 Xizr meni mayxonaga boshlab kelib,
may obi hayotining siridan xabardor qildi.
Falakni qara-ya, durdxo`rlar bazmiga gadolar idishi
singari yangi oy (hilol)dan bo`sh piyola keltirdi.
Tong mayini tashuvchilar uchun jon fido qilgim keladi,
chunki ular tong nasimidek do`st hidini keltirdi.
U qanday mayxonaki, gado boshiga kiyib olgan may quyqali
safol  kosaga  shohlik tojining havasini keltirdi.
Kecha mug`bachadan u yaxshi mayni talab qilib edim,
dilim qonini may kabi ichdi-da, keyin keltirdi.
Kel, agar sen aqlli bo`lsang, xirqani garovga qo`yib, may ich,
chunki shayx ablah bo`lgani uchun dayrga xirqasini keltirdi.
Oy yuzligim chodirida may ichganda, zuhra yulduzi
uning bazmi uchun xirgoyi ohang tuzdi.
Zulfing kamandi oshiqlarni zanjirband qildi,
biz tomonga esa bir tugun solib andak qisqa bo`lib keldi.
Ey  Foniy, ishq balosi xalqdan qochdi,
lekin uning yuzi bir vayronaga yo`l oldi.
 Dar tavri Xoҷa
On bevafo chӣ shavad, ki nazar sӯi mo kunad,
Va`da kunad vafovu ba va`da vafo kunad?
On k-ӯ zi ҷavri mug`bachagon dar shikoyat ast,
Boyad ba piri dayri mug`on iltiҷo kunad.
Shӯxe ki iltifot ba sӯi shahon nakard,
Bo man, ki mastu rindu gadoyam kuҷo kunad?
Soqӣ, ki ba`di umre agar doradam sharob,
Man nogirifta ҷom, vay az kaf raho kunad.
Har ch-oyadat ba pesh, chun be ixtiyori tust,
Darvesh bo kӣ shikva zi chunu charo kunad?
Ushshoqro zi bahri dili xesh rahm kard,
Shoyad ba in g`arib zi bahri Xudo kunad.
May deh, ki ҷurmi mo ba dusad zoriyu niyoz,
3-on zuhd beh, ki shayx ba uҷbu riyo kunad.
Rӯham ba kӯi dӯst shudu nestash iloҷ,
Murg`e ki sӯi gulshani aslӣ havo kunad.
Fonӣ, ki xost mulki baqo, fath gardadash,
Nabvad aҷab, ki mayl ba dashti fano kunad.
 U bevafo yor biz tomonga nazar qilsa nima bo`larkin,
vafo qilaman deb va`da qilgach, va`daga vafo qilsa
nima bo`larkin?
Mug`bachalar  jabridan  shikoyat  qiladigan  odam
mug`lar dayrining piriga iltijo qilishi lozim.
Shohlarga iltifot qilmagan u sho`x bizlardek mastu
rindu gadolarga qachon iltifot qilsin?
Soqiy umrida bir marta menga sharob tutsa, men
qo`limga olmay turib,
u uzatib turgan jomni yerga tushirib yuboradi.
Boshingga  nimaiki kelsa,  ixtiyorsizsan, darvesh
kishi: Nima uchun, nimaga? deb kimga shikoyat qila oladi.
(Yor) o`z ko`nglicha oshiqlarga rahm qildi,
zora Tangri uchun men g`aribga ham rahm qilsa.
May ber, ko`p zoru niyoz bilan qilgan gunohimiz
shayxning takabburlik va riyo bilan qilgan
savobidan yaxshiroqdir.
Qush o`z gulzoriga uchib borishga qurbi yetmaganidek,
mening ruhimning ham do`st ko`yidan qaytishga iloji yo`q.
Foniy mangulik mulkini fath qilishni istarkan,
u fano dashtini mayl etsa, ajab emas.
 Muxtara`
Labat, ki bargi guli tar ba boda omezad,
Digar aҷab, ki Maseho zi boda parhezad.
Ba ishva nargisi shӯxat ba turfat-ul-ayne,
Hazor fitna zi har gӯshae barangezad.
Dilam zaifu mai tundvash, magar soqӣ,
Gulobe az xӯi ruxsor bar qadah rezad.
Dil az xayoli miyoni tu har zamon xudro,
Chu lӯliyona mulo`ib zi rishta ovezad.
Safo zi bodai davron maҷӯ chunin, ki sipehr
G`ubori fitna zi parvezan balo bezad.
Aҷab, ki Zӯhra pasi kori xesh nanshinad,
Ba noz shohidi mo chun ba raqs barxezad.
Naistad xiradi hilagar ba kishvari ishq,
Chu sher shud yala, rӯbah zi raxna bigrezad.
Dilam zi kasrati shug`li sӯrohii may sӯxt,
Ba nuri sham` chu parvonae, ki bistezad.
Har on, ki mug`bachavu boda xost chun Fonӣ,
Ba xoki dayri mug`on xuni dil baromezad.
 Labing toza gul bargini bodaga qo`shadi,
bu ajabdurki, Masih bodadan parhez qiladi.
Sho`x nargislarning ishvasi ko`z ochib yumguncha,
ming fitnani har go`shadan qo`zg`otadi.
Mening yuragim zaifu may kuchlidir, soqiy o`z
ruxsorining teridan qadahga gulob tomizishi lozim.
Ko`nglim beling xayolida har zamon o`zini
o`yin  ko`rsatayotgan lo`lilardek  ipga  osadi.
Davron bodasidin tiniqlik istama, chunki
osmon balo g`alviridan fitna g`uborini elaydi.
Ajabki, go`zalimiz nozlanib raqsga tushganda,
Zuhro yulduzi raqsdan to`xtamaydi.
Hiylakor aql ishq mulkida turolmaydi,
chunki sher kelsa, tulki tuynukdan qochadi.
Parvona sham nuri bilan o`chakishgandek,
yuragim may ko`zasi bilan ko`p mashg`ul bo`lib kuydi.
Kimki  Foniy singari  mug`bacha-yu, boda istasa,
mug`lar dayri tuprog`iga yurak qonini qo`shishi aniq.
 Tatabbu`i Xocha
Rindon, ki azmi sayr ba kӯi mug`on kunand,
Din bahri may chu mug`bacha ҷӯyad, chunon kunand.
Imon chu boxtand ba zunnori zulfi ӯ,
On ki sabuk nashot ba ratli garon kunand.
Sarxush chu bahri aysh kulah gӯsha bishkanand,
Nuqli tarab zi anҷumi haft osmon kunand.
May az safoli dayr chu mastona darkashand,
Xurshedi zarnigori sipehrash gumon kunand.
Daryokash ar shavand, buvad charx ҷomashon,
Dar rextan kanori ufuqro nishon kunand.
Gohi saxo vuҷudi gadoyoni dayrro,
Ba yak piyola mun`imi daryovu kon kunand.
Chun aksi rӯi dӯst ba may gasht ҷilvasoz,
Nӯshandu rasmi bexudӣ on gah ayon kunand.
Fonӣ, zi xud narasta nayobӣ nishoni dӯst,
Zuhhod shomu subh magar z-in fig`on kunand.
 Rindlar mug`lar ko`yi azmini qilsalar,
mug`bacha may o`rnida din talab qilsa ham beradilar.
Iymonlarini uning zulfi zunnoriga boy berib, og`ir qadahlarda
may ichib, o`zlarini yengil sezib shodlik qiladilar.
Aysh-ishratdan  sarxush  bo`lib qulohlrini qatlab oladilar,
etti osmon yulduzlarini terib nuql (gazak) qiladilar.
Dayr sopolidan mastona may ichsalar,
uni osmondagi oltin quyosh deb gumon qiladilar.
Daryono`sh bo`lsalar charxni jom qiladilar,
may quyganda ufq kanorini nishonga oladilar.
In`om va saxovat vaqtida dayr gadolarini,
bir piyola bilan daryo va kondek boy qiladilar.
Agar  sitamgar  charxga  badmastlik qilsalar,
uni yo`ldagi tuproqdek va hatto undan past ko`radilar.
Mayda yor yuzining aksi jilva qilsa,
uni ichib o`zlardan keta boshlaydilar.
Ey, Foniy, o`zligingdan ayrilmasang, yor nishonasini topolmaysai,
zohidlar subhu shom shunday fig`on qiladilar.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Dar dasti piri maykada gulrang boda bud,
yo aksi rӯi mug`bacha dar may fitoda bud?
Raftam ba dayru shavkati rindon ba sohatash
Az har chi dar xayol daroyad, ziyoda bud.
Piri mug`on nishasta ba sad hashmatu ҷalol,
Gardun ba qaddi xam ba darash sar nihoda bud.
Rindoni mast har yake az rutbai rafe`,
Bo ahli Arsh chashmi haqorat kushoda bud.
Har sӯ zi husni mug`bachai shӯxi sodarӯ,
Naqshi dusad xayol ba dilhoi soda bud.
Piri mug`on ishorati ҷomi mayam namud,
Az hosili hayot xud inam iroda bud.
Fonisifat ba mug`bacha ҷon soxtam fido,
Pindoshtam, ki modari dahram nazoda bud.
 Mayxona pirining qo`lida gulrang bodami,
yoki mug`bacha yuzining aksi manga tushganmi?
Dayrga bordimu rindlarning shon-shavkatini ko`rdim,
nimaiki xayolga kela olsa, undan ham ziyoda edi.
Mug`lar piri yuz hashamat va jalol bilan o`ltirgan edi,
osmon qomatini egib, uning eshigiga bosh qo`ygan edi.
Mast rindlarning har biri shunchalik baland
martabada ediki,
Arsh ahliga haqorat ko`zi bilan qarardilar.
Har tomonda sho`xu sodda yuzli mug`bachaning husnidan,
sodda yurakka ikki yuz xayol naqsh bo`lgan edi.
Mug`lar piri may jomiga ishorat qildi,
hayot hosilidan shuni istagan edim.
Foniydek mug`bachaga jonni fido qildim,
dahr onasi meni tug`magandek xayol qildim.
 Tatabbo``i Xocha
Gule, ki sharhi g`amam peshi ӯ sabo bikunad,
Xush ast yak ba yakash, gar chu man ado bikunad.
Zi g`amzai tu nayoyad tariqi dilchӯӣ,
Ҷuz in ki qasdi dili zori mubtalo bikunad.
Ba tundxӯii on mast bin, ki ronad teg`,
Gahi xirom asire garash duo bikunad.
Ba kushtai g`ami haҷri tu, ҷuz visol chӣ sud,
Hazor bor Maseho garash davo bikunad?!
Zi shayxi shahr tariqi fano nayoft, dilam ,
Magar ba piri xarobot iltiҷo bikunad.
Biyor boda, ki dar davri charxi zangorӣ,
Bad-in tarona kase zangi dil ҷilo bikunad.
Harimi vasl na paydost Foniyo, solik
Magar, ki rӯy ba sarmanzili fano bikunad?
 Bir gulki, sabo shamoli g`amim sharhini uning
qoshida  mendek birma-bir so`zlab  bersa, yaxshi  bo`lar edi..
Sening g`amzangdan ko`ngil ovlash kelmaydi, chunki
u hamma vaqt zoru mubtalo dilga qasd qiladi, xolos.
U nozaninning achchig`i tezligi shu darajadaki, xirom qilgan chog`ida
asir bo`lgan biror oshiq duo qilguday bo`lsa, u qilich o`qtaladi.
Sening hajringda  o`lganlarga  faqat sening visoling kerak,
agar Masiho ming marta davolasa, undan nima foyda.
Dilim xarobot piridan iltimos qilib, fano yo`lini
topdiyu, lekin shahardagi shayxdan u yo`lni topolmadi.
Boda keltir, bu zangori charx davrida
kishilar shu tarona  bilan dil zangini ketkazsinlar.
Ey Foniy, solik kishi fano manziliga yuz
o`girmaguncha, visol harami unga nasib bo`lmaydi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Hama parivashӣ on mohi xovarӣ donad,
Hazor nav`i digar odamigarӣ donad.
Chu bishkanad ba takabbur kulohgӯshai husn,
Ba mahvashoni ҷahon rasmi sarvarӣ donad.
Vagar ba kishvari dilho kashad sipohi balo,
Ba qatlu kin hama tavri sitamgarӣ donad.
Vagar ba bazmi tarab Ҷomi Ҷam nihad bar kaf,
Rumuzi charx ba farxunda axtarӣ donad.
Vagar fitad havasi mulki Sanҷarash dar sar,
Ba farq zulfi siyah chatri sanҷarӣ donad.
Vagar ba dayri mug`on aftadash guzar sarmast,
Haloki xud hama buthoi ozarӣ donad.
Balo nigar, ki bad-in toҷu rif`ati shohӣ,
Tariqi dilbariyu bandaparvarӣ donad.
Halol bod mai la`lfom rindero,
Ki ҷavhari qadah az pok gavharӣ donad.
Gadoi maykada doroi bahru bar shud, az on-k,
Ba nuri oinai dil Sikandarӣ donad.
Chӣ bok agar ba xumi boda uftad bati may,
Ki bat miyonai daryo shinovarӣ donad.
Rasad chu mastii Fonӣ ba Hofizi Sheroz,
Zi Ҷomi Ҷomiyu az bodai Harӣ donad.
 Hamma parivashlikni quyosh yuzli o`sha go`zal biladi,
yana u nozanin mnng turli odamgarchilikni ham biladi.
U nozanin takabburlik bilan do`ppisini yarimta qilsa,
dunyodagi oy yuzlilarga boshchilik qilish rasmini biladi.
Agar u nozanin dillar  mulkiga balo lashkarini tortsa,
qatl etishda sitamgarlikning hamma turini biladi.
Agar u nozanin shodlik bazmida Jamshid jomini
qo`liga olsa, tole` yulduzi
bo`lgan holda falakning hamma sirlarini biladi.
Va agar u nozaninning boshiga Sanjar mulkini havasi tushsa,
boshidagi qora zulfi go`yo Sanjar soyabonidir.
Va gar u nozanin mastlik holida mug`lar dayriga borsa,
barcha o`tparast butlari o`zlarining halok bo`lishi deb biladi.
Oliy   maqomligi-yu,   toji-yu,  shohligi bilan ofati jonligini qara,
holbuki, dilbarlik va bandaparvarlik yo`lini ham biladi.
Qadah javharini pok gavhardan deb bilgan rindga
la`l rang may halol bo`lsin.
Mayxona gadosi dengiz va quruqlik Dorosi bo`ldi,
shuning uchunki, u dilini Iskandar oyinasi (oinai
jahonnamo)  deb biladi.
O`rdak daryoda suzganidek may kosasi xumga tushsa,
hech boki yo`q, chunki u o`rdak singari suzishni biladi.
Foniyning mastlik xabari Hofiz Sheroziyga yetsa,
(u buni)  Jomiyning jomi-yu, Hirotning mayidan deb biladi.
 Tatabbӯ`i mavlono Sohibi Balxӣ11
Ishq aҷzoi vuҷudamro ba rohat xok kard,
Sangi bedodat az on xokam burun ovard gard.
Garmu sardӣ gar nadida budam andar rohi ishq,
Kard az on aybam mubarro ashki garmu ohi sard.
Chand ta`vizam navisӣ az pai daf`i ҷunun,
Zohid in afsonahoi pech-pechat darnavard.
Nosehi bedard az dardi dili mo g`ofil ast,        
3-on ki nabvad voqif az dardi kase, chuz ahli dard.
Dar xayolat kori dil behushiyu g`am xӯrdan ast,
Voy bemore, k-ash in boshad, ba olam xobu x(v)ard.
Rӯi zardamro agarchi surx sozad xuni ashk,
Xun shavad zardob az ta`siri rangi rӯi zard
Gar havoi vasli on xurshed dorӣ, chun Maseh,
Foniyo, az mardumi davron muҷarrad boshu fard.
 Ishq vujudim parchalarini yo`lingda tuproq qildi,
zulming toshi u tuprog`imdan chang chiqardi.
Basharti ishq yo`lining issiq-sovug`ini ko`rmagan bo`lsam, 
issiq ko`z yoshimu sovuq ohim shu aybimni pokladi.
Ey zohid, devonaligim daf`i uchun qachongacha tumor
yozasan, bu qatma-qat afsonalaringni yig`ishtir.
Bedard nasihatgo`y dilimiz dardidan g`ofildir,
chunki ahli darddan boshqa kishi dardimizni bilmaydi.
Ey nozanin, xayolingda dilimning ishi behushlik va
g`am yemoqlikdir,
emoq-ichmog`i  shunday  bo`lgan  bemorning holiga  voy.
Sarg`aygan yuzimni ko`z yoshlarim qoni qizartirgan bo`lsa-da,
sarg`aygan yuzning ta`siridan qon zardobga aylanadi.
Ey Foniy, agar u quyosh vaslini orzu qilsang,
Iso kabi davron kishilaridan ajralib, yolg`izlik yo`lini tut.
 Dar tavri Maxdum
Boz teg`i zulm bar kaf tundxӯi man rasid,
Rext har sӯe dusad xun, to ba sӯi man rasid.
Harchi az tӯfoni ashki man rasid andar g`amash,
Bar hama rӯi zamin avval ba rӯi man rasid.
Sangboroni falak sad ҷo saramro ham shikast,
Sangi bedodash na tanho bar sabӯi man rasid.
Garchi man didam malolatho zi guftugӯi xalq,
Xalqro ham bas malol az guftugӯi man rasid.
In ki bar har tor mӯi man zadӣ sad teg`i zulm,
On hama bar paykari chun tori mӯi man rasid.
Hukmi kushtan har kiro farmud on sultoni husn,
Shahnai ishq az baroi ҷustchӯi man rasid.
Foniyo, dar za`fi hiҷron teg`i on bebok bud,
Qatrai obe, ki nogah bar gulӯi man rasid.
 Achchig`i tez mahbubim yana qo`lida tiyg` bilan yetib keldi,
menga yetib kelguncha, juda ko`p kishilarning qonini
har tomonga oqizdi.
U nozaninning g`amida ko`z yoshim to`fonidan har nimaiki butun
er yuziga yetgan bo`lsa, avval mening yuzimga yetdi.
Falak toshbo`roni  boshimnnng yuz joyini yordi,
uning zulm toshi yolg`iz may ko`zachamga tegmadi, xolos.
Garchi men odamlarning gap-so`zlaridan malollik
chekkan bo`lsam ham,
mening gap-so`zimdan xalqqa ham malollik yetdi.
Har tola mo`yimga yuzlarcha zulm tiyg`i urding,
ularning bari bir tola mo`ydek vujudimga yetdi.
U husn sultoni kimniki o`limga hukm qilsa,
ishq mirshabi meni izlashga kirishadi.
Ey Foniy, ayriliqda tomog`imga yetgan bir tomchi suv ham
u bebokning qilichi edi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Az ruxat aks magar dar mai gulfom aftod,
yo gul az gӯshai dastori tu dar ҷom aftod?
Chun guli xushk buvad basta ba guldastai tar,
Shakli dog`i tu, ki bar ҷismi gulandom aftod.
Gar na on mug`bacha az dayr burun omad mast,
Chist in ofatu yag`mo, ki dar islom aftod?
Farqho hast ba rasvoii ishq, ey zohid,
K-az tu nomi naku aftodu zi mo nom aftod.
Sari fitna-st dar ayyomi tu xubonro, lek
Chashmi fattoni tu sarfitnai ayyom aftod.
Pardador ast shabu pardadarӣ shevai rӯz,
3-in sabab ayshi nihonӣ tarafi shom aftod.
Dili Fonӣ, zi guli rӯi tu shud bastai zulf,
Murg`e az gulshani quds omadu dar dom aftod.
 Gulrang mayga yuzingning aksi tushdimi,
yoxud sallangning burchidan jomga gul tushdimi?
Guldek badaniga tushgan dog` shakli
so`lim guldastaga qo`shib bog`langan quruq gul kabidir.
Agar  u mug`bacha dayrdan mast bo`lib chiqmagan bo`lsa,
islom xalqiga tushgan bu ofat va toroj nima edi?
Ey zohid, ishq rasvoligida farq bor,
chunki sendan yaxshi nom ketdi-yu, bizdan or-nomus.
Sening zamonangda go`zallar fitna boshlamoqchi bo`lsalar,
fitna soluvchi ko`zlaring bu fitnaga bosh bo`ldi.
Kechaning ishi pardadorlik bo`lib, kunduzning ishi
parda yirtmoqdir,
shu sababdin yashirin ayshu ishrat kechaning hissasiga tushdi.
Muqaddas gulshandan bir qush kelib tuzoqqa tushganday,
Foniyning dili gul yuzingni ko`rib, zulfingga ilindi.
 Tatabbӯ`i Maxdum
Qadah ba xilvati yoram bahonae boshad,
Murodam az du saro kunҷi xonae boshad.
Zi tiri ishqi tu zaxme ba sina mexoham,
Ki har kuҷo ravam, az tu nishonae boshad.
G`araz az in, ki ba har ostona molam rӯy,
Ba chashm ravshanӣ az ostonae boshad.
Zi mohi rӯi tu on xol shud murodi dilam,
Zi xirmane g`arazi mӯr donae boshad.
Sharori shӯ`lai ishqat na barq boshadu bas,
Ki az vay otashi dӯzax zabonae boshad.
Gahi xiromi samandat, ki tak zanam dar pesh,
Ba farqam orzui toziyonae boshad.
Murodi Fonӣ, az in ranҷi bekaronai xalq,
Hamin ast, k-az hama mardum karonae boshad.
 Qadah yorim xilvatida bir bahonadir,
ikki dunyodan murodim bir uyning burchagidir.
Ishqning o`tidan ko`ksimda yara bo`lishini istayman,
toki qaerga borsam sendan nishona bo`lsin.
Har ostonaga bosh qo`yishimning sababi shuki,
ko`zimning ravshanligi bir ostonadandir.
Ko`nglimning murodi oy yuzingdagi o`sha xoldir,
chumolining xirmondan g`arazi bitta donadir.
Ishqing o`tining sharorasi birgina chaqmoq emas,
do`zax o`ti undan bir alangadir.
Oting xirom qilganda oldida yugurishim shuning uchunki,
boshimga bir  qamchi tegishini orzu qilaman.
Xalqning cheksiz azobidan Foniyning murodi shuki,
barcha odamlardan chetda bo`lsa.
 Muxtara`
Az firoqat ranҷi beandoza bar ҷonam rasid,
Bar dilam dard on chi kard, on sharh natvonam rasid.
Vah, ki natvon dӯxt choki pirahan bar ҷismi zor,
3-on ki sad bor az girebon to ba domonam rasid.
Paykaram gashta gulistoni ҷunun az xunu zaxm,
Sangho, k-az kӯdakon bar ҷismi uryonam rasid.
3-ohu ashkam ne zamin, balk osmon ham shud zi ҷoy,
Ofarinishro chiho bingar zi tӯfonam rasid.
Ey musulmonon, yake guftan nayoram az hazor,
On chi bar islomu din z-on nomusulmonam rasid.
Az malohathoi husnash bud larzon ҷonu dil,
Bar dilu ҷon on chi z-ӯ budӣ, xatar onam rasid.
Ҷomi davram, soqiyo, purtar zi digar oshiqon,
3-onki ranҷi pur zi ishqu ahli davronam rasid.
Har gah andar vodii hashrat nashot omad badal,
Korvoni g`am payopay z-on biyobonam rasid.
Dam mazan az vasl, Fonӣ, shukrho ovar ba ҷoy,
K-az xayoli dӯst maqsudi dilat donam rasid.
 Firoqingdan jonimga hisobsiz ranju kulfat yetdi,
shuncha ko`p ranju kulfat yetdiki, uni sharhlashga
til ojizlik qiladi.
Afsuski, jismi zorimdagi ko`ylakning yirtig`ini tikib bo`lmaydi,
chunki bu ko`ylak yoqasidan etagigacha yuz qatla yirtilgandir.
Go`daklar yalang`och jismimga otgan toshlardan
jismim qonu zaxmlardan telbalik gulistoni bo`ldi.
Ohimu ko`z yoshlarimdan birgina yer emas, balki osmon ham qo`porildi,
qaragin, bu to`fonimdan koinotga nimalar yetdi.
Ey  musulmonlar, u nomusulmondan  islomu dinga
etgan zararning mingdan birini ham  ayta olmayman.
Uning husnu malohatlaridan jonu dilim titramoqda edi,
dilu jonga yetish ehtimoli bo`lgan xatarning hammasi yetdi.
Ey soqiy, davr jomini boshqa oshiqlardan ko`ra menga to`laroq quyib ber,
chunki ishqu davron ahlidan menga ko`proq dardu ranj yetdi.
Har vaqt hajring vodiysidagi mushkullik
xursandlikka almashinar edi,
uning o`rniga biyobondan g`am karvonlari ketma-ket keldi.
Ey Foniy, vasldan dam urma, shukrini o`rniga keltir,
bilamanki, do`st xayolidan diling maqsudiga yetadi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Chu shohi zang chatri sanҷarӣ bar kӯhsoron zad,
Ba haftum qal`a kayvon kӯsi abbosishioron zad.
Shud az xuni shafaq rӯi ufuq gulgun ba sugi mehr,
Ki gardun noxuni anchum ba rux chun sugvoron zad.
Ba xoli tirai ushshoq abri tira har soat,
Ba rӯi dahri dun obe zi chashmi ashkboron zad.
Man az navmedii vaslash ba rӯi xalq dar basta,
Ki yor az marhamat nogah dari ummedvoron zad.
Dari dayri mug`on bikshodamu omad burun sarmast,
Ki sham`i orazash otash ba ҷoni beqaroron zad.
Chunon g`avg`o ba dayr aftod, k-az oshӯbi sarmastӣ,
Falak sad ta`ni xomӯshӣ ba kӯsi shahriyoron zad.
Zi mijgonvash hazoron neshi zahrolud har soat
Kashid, ammo hama boloi rishi dilfigoron zad.
Zi chini turra sad marg`uli mushkinro gireh bikshod,
Vale bar rishtahoi subhai shabzindadoron zad.
Chu aksi ҷomi la`li otashinash har taraf aftod,
Hazoron barqi rasvoӣ ba ҷoni tavbagoron zad.
Zi xuni xalq agarchi lolazor angext dar olam,
Ba yorӣ yak-du ҷomi lolagun, lekin ba yoron zad.
Hamon ҷomi fano, k-on shab gadoӣ kard az ӯ Fonӣ,
Damodam az mai boqӣ salo bar komgoron zad.
 Zang shohi(tun)   sanjariy soyabonini tog`lar ustiga tikdi,
ettinchi qal`ada kayvon abbosiylar nog`orasini chaldi.
Quyosh motamida shafaq qonidan ufq yuzi gulgun bo`ldi,
osmon yulduzlar tirnog`i bilan yuzini azadorlardek tirnadi.
Oshiqlarning qora kuniga qora bulutlar har soat,
ko`zidan yosh to`kib, pastkash dunyoning yuziga suv sepdi.
Men uning vaslidan noumid bo`lib, xalq yuziga eshik yopdim,
nogoh marhamat yuzasidan umidvorlik eshigini taqillatdi.
Mug`lar dayri eshigini ochdim-u, u sarmast tashqariga chiqdi
va uning jamolining sham`i beqarorlar joniga o`t soldi.
Sarmastlar g`avg`osidan dayrda shunday to`polon bo`ldiki,
falak podshohlar nog`orasini xomushlikda ayblab ta`na qildi.
Uning kipriklaridan  yuzlariga  zaharli  nishlar har soat otildi,
ularning barchasi dilafkorlarning ko`ngil yarasiga kelib tegdi.
Kokilining yuzlab mushkin tugunlarini ochdi-yu,
tunda bedor bo`luvchilarning tasbeh rishtasiga tugun soldi.
La`l jomining o`tli aksi har tomonga tovlandi,
tavba qilganlar joniga minglar rasvolik chaqinini urdi.
Agarchi xalq qonidan olamnn lolazor qildi,
ammo yorlar bilan bir-ikki lolagun jom ko`tardi.
O`sha kecha Foniy, undan tilab olgan fano jomini
damodam boqiylik mayidan kamronlarga salo qiladi.
 Tatabbӯ`i ba`ze azizon
Dari mayxona, k-az ӯ aql pareshon omad,
Halqaash halqai ҷam`iyati rindon omad.
Naxiromad sӯi bog`i nazaram sarvi qadash,
Ki gulash xuni dilu xor zi mijgon omad.
Bandai piri mug`onam, ki gadoyoni darash
Har yak az vus`ati dil qaysaru xoqon omad.
Az mai davr manozu zi xumorash maxurӯsh,
Kori davron chu ba har lahza digarson omad.
Boz dar shahr chӣ gavg`ost, hamono ki digar
Mast on kofiri bebok ba maydon omad.
Rindu rasvo shavu on gah sӯi rindon bixirom,
Ki ba taqvo tarafi maykada natvon omad.
Ҷonibi ahli riyo savmaaro tavf makun,
3-on ki har kas, ki shud on sӯi pushaymon, omad.
Badar oy az xudu ehromi Haram band az on-k,
Natavon ҷonibi in bodiya oson omad.
Foniyo, dayri fano ҷoi aҷab don, ki dar ӯ
Kofiri ishq shud on kas, ki musulmon omad.
 Mayxona eshigi shunday eshikki, undan aql parishondir,
halqasi rindlar davrasining halqasidir.
U yorning sarv qaddi nazarim bog`i tomon xirom qilmaydi,
chunki uning guli dil qonidanu tikani kiprikdandir.
Mug`lar pirining quliman, eshigidagi gadolarning har biri
dillari kengligidan shahanshohu xoqondirlar.
Davr mayidan mag`rurlanma va xumoridan g`avg`o qilma
chunki davron ishi har lahzada o`zgacha bo`lib keldi.
Shaharda yana qanday shovqin-suron qo`zg`aldi,
u beparvo kofir maydonga yana mast bo`lib keldimikin?
Avval rasvo bo`l, so`ngra rindlar tomonga kel,
chunki taqvo bilan mayxona tomon kelib bo`lmaydi.
Riyo ahllari tomon borib, uning ibodatxonasini ziyorat qilma,
chunki u tomonga borgan kishi pushaymon bo`lib qaytadi.
O`zligingdan mutlaqo kechib, Haram ehromi (lungisi)ni
bog`la, chunki bu biyobon tomonga borish oson emas.
Ey Foniy, fano dayrini ajoyib bir joy deb bil,
chunki kimda-kim u yerga musulmon bo`lib kelsa,
ishq kofiri bo`lib qaytadi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Yod bod on, ki maro dayri mug`on ma`vo bud,
Xotiram volai on mug`bachai zebo bud.
Shab dari dayr chu barbasta shudӣ to dami subh,
Bazmi rindoni xarobot bihishtoso bud.
Har kuhanxonae az dayri mug`on qasri bihisht,
Huri ӯ mug`bachavu Kavsari ӯ sahbo bud.
Piri dayr omada bar sadri xaroboti mug`on,
Ki zi mastӣ zi nӯhum toramash istig`no bud:
Dar kafash ҷomi hilolӣ ba shafaq chun boda,
Girdbolish ba tahi zonui ӯ bayzo bud.
Durdnӯshon hama dar bandagiyash basta kamar,
Har yak on nav`, ki nisbat ba falak ҷavzo bud.
On ki andar nazari himmati rindon budӣ,
Kamtar az xoki siyah dunyivu mofiho bud.
Ҷilvai husnkunon mug`bachai bodafurӯsh,
Ki az on kor dili shefta vovaylo bud.
Har zamon mutribi xushlahcha namudӣ dar sayr
Nag`ma, ҷoe ki az on hushu xirad beҷo bud.
Kori maston hama bo nolai changu dafu nay,
Dar xaroboti mug`on to ba sahar g`avg`o bud.
Dar chunin bazmgahe roh nayobӣ hargiz,
Foniyo, to nashavad budi tu yaksar nobud.
 Mug`lar dayrida ma`vo qilgan va go`zal mug`bachaga
shaydo bo`lgan vaqtlarim xotira bo`lsin.
Tunda dayr eshigi to sahargacha berkilar edi-yu,
xarobot rindlarining bazmi jannatdek bo`lardi.
Mug`lar dayrining har bir eski xonasi jannat qasri,
mug`bachalar, undagi hurlar va may uning Kavsari edi.
Dayr piri xarobot to`rida o`ltirgan edi,
mastlikdan to`qqizinchi osmonni ko`zga ilmasdi.
Qo`lida oy shaklidagi jom, jomda shafaqdek may to`la,
tizasi ostidagi girdbolishi bayzo edi.
May quyqumini ichuvchilar barisi uning qullig`iga
bel bog`lagan, osmonda javzo nisbati qanday bo`lsa, shunday edi.
Kimki rindlarning himmat nazarida bo`lsa,
uning uchun dunyo va undagi narsalar qora tuproqdan kam edi.
Boda sotuvchi mug`bacha husn jilvasini ko`rsatardi,
va bu ishdan shaydo yurakning ishi vovaylo edi.
Xushovoz qo`shiqchi har zamon shunday nag`ma qilardiki,
hushu aqlni o`g`irlab olardi.
Mastlarning ishi chang, daf, nay nolasi bilan,
mug`lar xarobotida tonggacha g`avg`o qilishi edi.
Ey, Foniy, toki boring butunlay yo`q bo`lmasa,
hech qachon bunday bazmgohga yo`l topolmaysan.
 Muxtara`
Sӯi gulshan raftamu sarvi xiromonam nabud,
Girya zӯr ovard, k-on gulbargi xandonam nabud,
Abrson xudro havo yoftam har sӯ ba bog`,
3-on ki g`ayr az giryavu oshubu afg`onam nabud.
Xostam dilro ba sarhaddi shikeboӣ kasham,
Lek az andӯhi hiҷron toqati onam nabud.
3-iztirobi dil agar koram ba rasvoӣ kashid,
Quvvati onam, ki kardan sabr bitvonam, nabud.
Sӯi maskan omadan boist beoshub, lek
In tahammul dar dili besabru somonam nabud.
Bo nigahbononi qotil sirri ishqam shud ayon,
3-on ki az badholi on soat g`ami ҷonam nabud.
Foniyo, dar haҷri on rashki parӣ ma`zur dor,
K-inchunin devonagӣ nokardan imkonam nobud.
 Gulzor tomon bordimu  (lekin) u sarv xiromonim yo`q edi,
yig`im zo`raydi, chunki u yerda u gulbargi xandonim yo`q edi.
Har tomon bog`larga bulut kabi havasmand edim,
chunki yig`lash, g`avg`o va afg`onimdan boshqa narsa yo`q edi.
Dilimni sabr chegarasiga tortmoqchi edim,
lekin hijron g`amidan unday qilishga toqatim yo`q edi.
Dil iztirobi ishimni rasvolikka olib borgan bo`lsa ham,
unga sabr qilib turmoq mening qo`limdan kelmas edi.
Turar joyimga g`avg`osiz qaytib kelishim kerak edi,
lekin sabru qarorsiz dilimda bu tahammul yo`q edi.
Qotil poyloqchilarga ishqimning siri ayon bo`lib qoldi,
chunki o`sha soatda ahvolim yomonligidan jonimni
saqlash g`ami yo`q edi.
Ey Foniy, u parilar rashk etuvchi mahbubning
hajridan meni ma`zur tut,
bu singari devonalik qilmasdan ilojim yo`q edi.
 Muxtara`
Sӯi mayxona ba rindon xabaram boz oyad,
Gar sӯi xona mahi navsafaram boz oyad,
On ҷigargӯsha agar boz nayoyad, chӣ aҷab,
Poraho gar sӯi chashm az ҷigaram boz oyad.
Partavi mehr fitad bar saramu soyai sarv,
Agar on naxli xiromon ba saram boz oyad.
Vorahonad zi xumoram ba dari dayr agar,
May ba kaf mug`bachai ishvagaram boz oyad.
Muhtasib omadu dar savmaa mastam donist,
Raxt dar dayri mug`on gar nabaram, boz oyad.
Man, ki dar chashm kasham xoki xaroboti fano,
Naqdi kavnayn kuҷo dar nazaram boz oyad?
Ba g`azab gar bishud on mah zi barat, ey Fonӣ,
Bod boqӣ, agar az rohi karam boz oyad.
 Agar yangi safarga chiqqan mahbubim uyga qaytib kelsa,
mayxonadagi rindlarga xabarim yana qaytib keladi.
Agar u jigargo`sha qaytib kelmasa,
jigarim poralari ko`zimdan kelsa  (oqsa) ne ajab?
Agar u go`zal jonon boshimga kelsa,   
quyosh yog`dusi-yu, sarvning soyasi boshimga tushadi.
Ishvagar mug`bacham  qo`lida  may ko`tarib,
dayr eshigidan yana kirib kelsa, xumorimni tarqatadi.
Ibodatxonaga muhtasib kelib, mening mastligimni bildi
endi bu yerdan  mug`lar dayriga ko`chmasam yana keladi.
Men fano xaroboti tuprog`ini ko`zimga surtaman,
ikki dunyo mavjudligini qachon nazarimga ilibman?
Ey Foniy, u oy yuzli g`azab bilan yoningdan ketgan bo`lsa-yu,
agar karam yuzasidan yana kelsa, mangu yashasin.
 Tatabbӯ`i Shayx
Zi xoki kui tu bui abir meoyad,
Ki sӯi dilshudagon dilpazir meoyad.
Shahe, ki mulki ҷahonro ba zulm karda asir,
Hanӯz noshuda sӯyat asir, meoyad.
Zi dashti haҷr az on obiand piru ҷavon,
Ki chun ҷavon ravad on sӯy, pir meoyad.
Halol gasht ba chashmi tu xuni man, garchi
Hanӯz az dahanat bӯi shir meoyad.
Ba kӯi ishq hamono, ki qatli ushshoq ast,
Ki on taraf zi asiron nafir meoyad.
Hameparad zi tarab chashmam, ey falak, hush dor
Magar ki shoh ba sӯi faqir meoyad?
Chӣ rӯzgori nekӯ bud vasl, ey Fonӣ,
Ki gah-gaham ba xayolu zamir meoyad.
 Ko`ying tuprog`idan anbar hidi keladi,
oshiqlarga u juda ham xush keladi.
Jahon mulkini zulm bilan asir qilmoqchi bo`lgan shoh
o`sha  maqsadiga yetmay, senga asir bo`lib keladi.  
Hajr  dashtidan tortinishning  sababi  shuki,
yoshu qari u tomonga yigit holda ketsa, qartayib qaytadi.
Ey nozanin, hali og`zingdan ona suti hidi kelib turgan
bo`lsa-da, ko`zingga mening qonimni to`kish haloldir.
Hamono ishq ko`yida oshiqlarni o`ldirishadimiki,
u tarafdan asirlarning nola yu faryodlari eshitiladi.
Ey falak, hushyor bo`l, doim ko`zim uchadi,
shoh faqir tomonga qadam ranjida
qilayotganmikan-a?
Ey Foniy, visol chog`i qanday yaxshi edi,
o`sha vaqt goh-goh xotirimga kelib turadi.
 Tatabbӯ`i Xoҷa
Mayli sarvam zi havoi qadi dilҷӯi tu bud,
Budanam volai gulbarg ham az rӯi tu bud.
Dar xami toqi falak hayati qavsii hilol,
Az pai zebi kamon xonai abrӯi tu bud.
Murdam az rashku digar zinda shudam, lek, shavq
Ki sahar nakhati gulro ba chaman bӯi tu bud.
Dar xaroboti mug`on dӯsh alolo to subh
Az mai la`li tuvu silsilai mӯi tu bud.
Ka`bavu dayr tafovut nakunad chun hama ҷo,
Dida bar rӯi tuvu mayli dilam sӯi tu bud.
Bud dar rohi talab ravshanii didayu dil,
Tutiyo rang har on gard, ki az kӯi tu bud.
Fayzi qudsӣ rasad az nuktai Fonӣ har dam,
Ki hadisash sifati la`li suxangӯi tu bud.
 Sarvga maylim borligi qomating havasidanu
gulbargga maftun bo`lishim ham  yuzing orzusidan edi.
Falak toqida kamon hay`atidagi yangi oy
qoshing kamonxonasini bezash uchun edi.
Rashkdan o`ldim, lekin shavqingdan yana tirildim,
chunki sahar chamandagi gulda sening ising bor edi.
Kecha mug`lar xarobotida la`l labing mayi bilan
zulfing zanjiri xususida,
tong chog`igacha  shovqin-suron va to`polon bo`ldi.
Ka`ba bilan dayrda tafovut yo`q, chunki hamma joyda
ko`zim yuzingda-yu, dilim mayli senda edi.
Ko`yingdagi to`tiyo rangli hamma chang  talab yo`lida bo`lgan
ko`z bilan diling ravshanligi uchun to`tiyo edi.
Foniyning so`zidan har bir nafasda muqaddas fayz
etadi, chunki uning so`zi shirinso`z labing sifati edi.