DEVONI FONIY
G`AZALHO Ey xoki sari kӯi tu gashtan havasi mo,Bar poi sagat bӯsa zadan multamasi mo. Gar dam zadani mo buvad az mehri tu chun subh, Sad shom siyahrӯz shavad az nafasi mo. Dar bodiyai shavqi tu chun rohila bandem, Zikri malak oyad zi fig`oni ҷarasi mo. Bo neshi g`amu ҷismi zaif oh barorem, Sӯyat magar in bod barad xoru xasi mo. Bechoragii mo havasi choragaron shud, To tu shudӣ az lutfu karam chorarasi mo. Har kas, ki zi aftodagӣ orad ba kase rӯy, Mo rӯ ba kӣ orem, tuӣ chunki kasi mo?! Fonisifatam, rӯh kunad sӯi tu parvoz, Ey, az shakaristoni tu quti magasi mo. | Ey ko`chasi tuprog`ida yurish biz uchun havas bo`lgan (zot!) bizning iltimosimiz sening iting oyog`ini o`pishdir. Biz bamisoli tong yanglig` sening mehring bilan nafas olamiz shuning uchun yuz qora shom nafasimizdan kunduzdek yorigay. Shavqing sahrosida safar yukini tang`ir ekanmiz, qo`ng`irog`imizning fig`onidan farishta zikrining ovozi kelib turadi. G`am nishlari bilan zaif jismimizdan oh chekamiz, shoyad ana shu ohimiz xoru xashagimizni sen tomon olib borsa, Sen lutfu karamdan bizga chora yetkazuvchi bo`lganing sababli chora topuvchilar bizning nochorligimizni havas qiladigan bo`ldi. Har kishining boshiga ish tushganda yordam so`rab biror kishiga murojaat qiladi, biz, sig`inadigan kishimiz sen bo`lgach kimga murojaat qilaylik.. Men Foniy sifatman, ruh (esa) sen tomon parvoz qiladi, (ruhimiz) chivinining ozug`i sening shakkaristoningdandir. |
Ey, ba guliston hazor nargisi shahlo Dar gilu gulzori orazat ba tamosho. Lolavu gul az taҷallii tu ba xubӣ Qumriyu bulbul zi shavqi tu ba alolo. Dar ruxi rӯz az ruxi tu boriqai mehr, Dar dili shab az g`ami tu moyai savdo. Oshiqi bedil zi shavqi rӯi tu Maҷnun Karda bahona, vale muhabbati Laylo. Orazi Yusuf namuda lam`ai rӯyat, 3-ӯ shuda mash`ufu zori ishq Zulayxo. Goh dar oini oshiqӣ shuda zohir, Ham shuda bar husni xesh volavu shaydo. Goh ba ma`shuq shevagi-t tasahhub, Ham ba xud az noz karda g`oratu yag`mo. Oshiqu ma`shuqu ishq ҷumla xudӣ, bas, Har nafas az yak libos gashta huvaydo. Dar du ҷahon oshiqi tu gasht chu Fonӣ, Soz fano ham ba ishqi xeshtan ӯro. | Ey (go`zal), gulistondagi mnnglarcha shahlo ko`zli nargis gullar loyda turib, orazing gulzorini tamosho qilmoqdalar. Lola bilan gulning go`zalligi sening ravshan nuringdan qumri bilan bulbulning ohu fig`oni sening shavqingdandir. Kunduz yuzidagi mehr chaqmog`i sening yuzingdanu tunning dilidagi savdo (qorong`ilik) sarmoyasi sening g`amingdandir. Majnunning oshiqu bedilligi, sening yuzingning shavqidan (bo`lib), Layloning muhabbati esa bir bahonaginadir. Yusufning orazi (sening) yuzing nurini o`zida aks ettiradi, Zulayhoning oshiqi zorligi o`shandandir. (Xudo) goh oshiqlik rasmida zohir bo`ladi, ham o`z husniga volau shaydo bo`ladi. Goh ma`shuqalardek nozu karashma qilasan, ham o`zing nozingdan talon-toroj solasan. (Ey tangri), oshiq ham, ma`shuq ham, ishq ham: hammasi o`zingsanu — bas, har nafasda boshqa tusli libosda ko`rinasan. Ikki jahondaki Foniy sening oshiqing bo`ldi, uni o`z ishqing bilan fano qil. |
Na`t Zihӣ, binishonda obi abri rahmat gardi rohatro,Maloik rӯfta az bolu pari xud takyagohatro. Ba sole gar shabi qadrest, dar yak mah du shomi qadr, Buvad az gesuvoni anbarin rӯi chu mohatro. Tuӣ be soya, lekin olame dar oftobi hashr, Panah sozand har sӯ soyai olampanohatro. Zady chun borgohi qurbi xud, bar Arshi A`zam, shud Falak yak tugmai firuza shodurvoni chohatro. Sipohi fathu nusrat chun kashidӣ, har taraf burdand Zi bahri tӯtiyoi ravshan on gardi sipohatro. Az on didori Haq didӣ, ki ham nuri ilohӣ kard Munir az surmai mozog` chashmoni siyohatro. Chu har sӯ chashmi rahmat afkanӣ, az gӯshai chashme Ba Fonӣ bin, ki ӯ ham chashm dorad yak nigohatro. | Qanday go`zalsanki, yo`ling changini rahmat bulutining suvi so`ndiradi, maloikalar qanotlari bilan istiro hatgohingni supuradilar. Har yili bir marta laylatulqadr kechasi bo`lsa ham, oy yuzingdagi ikki qora kokildan har oyda ikki marta laylatulqadr kechasi bor. Sen soyasizsan, biroq qiyomat oftobida bir olam xalq har yerda sening olampanoh soyangdan (o`zlariga) panoh topadilar. Qachonki sen yaqinlik borgohini (chodirini) arshi a`zam ustiga qurding, falak oliy darajang chodiriga bitta feruza tugma bo`ldi. Engilmas sipohing saf tortganda, ko`zlarga to`tiyo etgali sipohing oyoq gardini har tomon olib ketdilar. Qora ko`zlaringni Xudo «mozog`» surmasi bilan ravshan qildi, shuning uchun Xudo diydorini yaqqol ko`ra olding. Ko`z qiridan har tomonga rahmat nazarini tashlagan chog`ingda, Foniyga ham bir ko`z qiringni tashlagin, chunki u ham bir nigoh qilmog`ingga ko`z tutadi. |
Rumuzul-ishq konat mushkilan bil-ka`s hallilho, Ki on yoquti mahlulat namoyad halli mushkilho. Sӯi dayri mug`on bixrom, to binӣ dusad mahfil, . Sarosar z-oftobi may furӯzon sham`i mahfilho. Dilu may har du ravshan shud, namedonam ki tobi may Zad otashho ba dil, yo tobi may shud z-otashi dilho. Ba maqsad garchi rah dur ast, agar otash rasad az ishq, Chu barq oson tavon kardan ba gome qat`i manzilho. Manu behosilӣ, k-az ilmu zuhdam, on chi shud hosil, Yakoyak dar sari ma`shӯqu may shud ҷumla hosilho. Buvad chun bar asiri noqai Laylӣ, ki dar vodӣ Fig`on az choki dil Maҷnun kashad, ne zangi mahmilho. Chu dar dashti fano manzil kunӣ yak rӯz, ey Fonӣ, Zi man on ҷonfizo atlolro fasҷud va qabbilho. | Ishq sirlari qiyin ekan, uni may bilan oson qil, chunki eritilgan yoqut (may) mushkillarni hal qiladi. Sen mayxonaga bor, ul yerda ikki yuzcha davrani ko`rasanki, undagi davralar boshdan-oyoq may sham`idan yop-yorug` bo`lib turadi. Dil bilan mayning har ikkovi ravshan bo`ldi; bilmaymanki, mayning tobi dilni yoritdimi, yoki dil otashi maynimi? Maqsadga yetmoq yo`li uzoqdir, lekin agar senga ishq o`ti tushsa, bir qadam tashlab yashin kabi manzilga yetmoq mumkindir. Men ilm va taqvodorlikdan bebahraman, (ammo) nimadan bahramand bo`lgan bo`lsam, u ham ma`shuq va mayga qurbon bo`ldi. Laylining tuyalari sahroda bulutdek sayr qilganida eshitiladigan ovoz bu tuyalar qo`ng`irog`ining ovozi emas, balki Majnun dilining fig`onidir. Ey Foniy, bir kuni fano dashtida manzil qilsang, mening tomonimdan jonga ruh baxsh etuvchi ko`hna binolarga sajda qilib, ulardan bo`sa ol! |
Gar parda andozad maham on rui otashnokro, Sӯzam ba ohi otashin nӯh pardai aflokro. Xohӣ chu qatl, ey kaҷkulah, hoҷat ba teg`at nest, vah, In bas, ki bishkastӣ ba tah tarfi kulohi chokro. Aftad ba mardum sad xatar, gӯyad maloik alhazar, Har sӯ, ki sozӣ ҷilvagar, on qomati cholokro. Bo har kas, ey siminbadan, manmoy rӯi xeshtan, Boyad chu chashmi poki man z-on son ҷamoli pokro. Soqӣ, zi bedodi ҷahon sad g`am ba dil doram nihon, Ҷome bidoru vorahon z-onho mani g`amnokro. Boyad ki mastӣ fan kunӣ, kӯi fano maskan kunӣ, Gar boyadat ravshan kunӣ oinan idrokro. Fonӣ, dar in dayri alam chun muhlikat shud zahri g`am, Ҷӯ murshidi ҷonbaxshdam, z-ӯ nӯsh kun taryokro. | Agar sevikli yorim o`tli yuziga parda tutsa, o`tli ohim bilan to`qqiz falak pardasini yondiraman. Ey kulohini qiya qo`ndirgan go`zal! Bizni qatl qilmoqchi bo`lsang, tiyg`ingning hojati yo`q, kulohingning bir burchini bukib qiya kiyganingning o`zi kifoyadir. Sening epchil qaddu qomating har tomonda namoyon bo`lganda, kishilar xatarda qoladi, farishtalar alhazar deydi. Ey kumush badan, har kimsaga yuzingni ko`rsataverma, unday pok jamolga boqmoq uchun mening ko`zim kabi pok ko`z kerak. Ey soqiy, jahon zulmidan dilimda yuz g`am yashiringandir, bir piyola may tutib, men g`amginni o`sha g`amlardan xalos et. Agar sen idrok oyinasinn yoritmoqchi bo`lsang, mastlikni odat qilishing va fano ko`chasida manzil qurishing kerak. Foniy, bu dardu alamli dunyoda seni halok qiluvchi g`am zahri bo`ldi, nafasi jon bag`ishlovchi murshid (pir)ni izla, undan taryok olib ich! |
Gar avval otashi ishq oson namud moro, 3-ӯ yak sharar barovard az sina dud moro. Oromu xob az mo, ey hamdamon, maҷӯed, Raft on, ki chashmi rohat xush meg`unud moro. Shomi visolro mah, xurshed bud az haҷr, Dar rӯzi tira afkand charxi hasud moro. Bas, der agar muyassar shud bazmgohi maqsud, 3-on ҷo falak burun rond bisyor zud moro. 3-in son ki vasl ma`dum aftodu haҷr mavҷud, Nobud behtar, ey dil, sad rah zi bud moro. Sangi ҷunun fikanda dar qatl kӯshad imrӯz, On k-ӯ ba zindadorӣ shab mesitud moro. Az kufri ishq dar din shud raxnaho, ki kardand Sad guna sarzanishho gabru ҷuhud moro. Soqӣ, zi had fuzun deh may, k-az maloli davron Har dam maloli digar dar dil fuzud moro. Fonӣ, chӣ son tavon bud, dar shahrbandi hastӣ, Chun rӯ ba nestiho hiҷron namud moro?! | Boshda bizga ishq o`ti yengil ko`ringan bo`lsa ham, lekin undan chiqqan birgina uchqun siynamizdan dud chiqardi. Ey hamdamlar, bizdan oromu uyquni izlamang, bizni yaxshi uxlatadigan ko`z rohati (mahbub) ketib qolgan. Visol shomining oyi quyosh (sevgilim) bor edi, hasadchi charx ayriliqdan bizni qora kunga tashladi. Maqsud bazmgohi ancha kechikib muyassar bo`ldi-yu, lekin falak bizni u yerdan juda tezlik bilan quvib chiqardi. Modomiki vasl yo`q bo`lib, hajr bor ekan, ey dil, bunday borliqdan bizga yo`qlik yuz marta yaxshiroqdir. Bir mahalda bizni kechasi uxlamaydi (taqvodor) deb maqtagan kishilar bugun junun toshlarini otib qatl qilmoqchi bo`ladilar. Ishq kufridan dinga raxnalar tushti, shu sababdan otashparast va yahudiylar bizga dakki berdilar. Ey soqiy, to`xtovsiz may beraver, chunki davronning malolatidan har nafasda o`zgacha malollik dilimizda ortib bormoqda. Ey Foniy, ayriliq bizni yo`qlik tomon yetaklayotgan mahalda bu borliq znndonida qanday toqat qilib o`tiribsan? |
G`ayri xunob nayoband ba chashmu dili mo, Gӯiyo ishq ba xun kard muxammar gili mo. Az rahi ishq guzashtan nashud, ey piri tariq, To ki shud kӯi xaroboti mug`on manzili mo. Mushkili mo hama boshad zi xumor, ey soqӣ, Ҷuz ba yak ratli garon hal nashavad mushkili mo. Garchi dar dayr gadoem, vale gohi nishot Rah nayoband shahon bar tarafi mahfili mo. Hosili umr shud, ey mugbachai bodafurӯsh, Vaҷhi may bӯ, ki qabuli tu fitad hosili mo. Tiri dildӯz ba har dil zanӣ, ey qotili mast, Novake chand nigah dor baroi dili mo. Fonӣ, ummed chunon ast, ki dar vodii ishq, Maskani qofilasolor buvad mahmili mo! | Ishq bizning loyimizni qon bilan qorgan desa bo`lar, chunki dilimiz va ko`zimizda xunobdan boshqani topib bo`lmaydi. Ey tariqat piri, ishq yo`lidan kechib ketib bo`lmaydi, chunki mayfurushlar xaroboti manzilimiz bo`lgandir. Ey soqiy, mushkilimizning hammasi xumordandir, bir og`ir ratl, ya`ni katta may kosasidan boshqa narsa bilan mushkilimiz hal bo`lmaydi. Mayxonada gadodek bo`lsak ham, lekin ayshu ishrat va xursandchilik chog`imizda podshohlar majlisimiz tarafiga yo`l topolmaydilar. Ey mayfurush mug`bacha, umrimizning hosili mayingning garovidir, bu senga qabul tusharmikin? Ey mast qotil, dilni chok etuvchi o`qni har bir dilga otasan, bizning dilimiz uchun ham bir necha o`qni saqlab qol. Foniy, bizning umidimiz shuki, ishq vodiysida karvonboshining maskani bizning kajavamiz bo`lsin! |
Mahi man dar shabiston, chunki nӯshad ҷomi may shabho, Namoyad bar shafaq may az hubobi reza kavkabho. Dahan shud chashmai hayvon, turo az ayni noyobӣ, Du la`li ҷonfizoi dilkashat on chashmaro labho. Biyo, ey soqii mahvash, bideh on ҷomi chun otash, Ba dinam sӯz chun dar haҷr mesӯzonadam tabho. Chu orad turktoz on shӯx, bahri poybӯs aftad, Hazoron mohu anҷum az nishoni na`li markabho. Sharobam boisi ixlosi rindoni xarobot ast, Bale omezishi yoron buvad az qurbi mashrabho. Chunon ushshoq har shab be tu bardorand rastoxez, Ki dar ruhoniyon g`avg`o fitad z-on ohu «yo Rab!» ho. Agar Fony xiromad tashnalab z-inson ba mayxona Az on daryokashӣ xumho tihӣ sozand qolabho. | Mening oyim shabistonda kechalar may ichganda may shafaqidagi ko`piklardan yulduzchalar ko`rinadi. Og`zing noyoblikda hayvon (tiriklik) bulog`idir, ikki jon bag`ishlovchi la`ling o`sha buloqning lablaridir. Kel, ey oy yuzli soqiy, o`tdek jomni ber, Hajrda meni isitma kuydirguncha may bilan kuydir. Agar ul sho`x turktozlik qilsa uning oyog`ini o`pish uchun minglab oy va yulduzlar uning markabining na`li (tovoni, taqasi) izidan yiqiladi. Sharob xarobot rindlarining ixlosiga bois bo`lsa-da, erlarning qo`shilishiga mashrablar yaqinligi sababdir. Sensiz oshiqlar har kecha shunday faryod chekadilarki, bu «oh» va «yo Rab»lardan ruhoniylar' orasiga g`avg`o tushadi. Agar Foniy shu qadar tashnalab holda mayxonaga kirsa bu daryokashlikdan xumlarning qolibi bo`shab qoladi. |
Zihӣ gulho zada chok az g`ami rӯyat girebonho, Ki on choki girebonho rasida to ba domonho. Ba mulki bog` bozori chaman bin, k-az gulu nasrin, Pai sayri tu oin basta dasti sun` dӯkonho. Naboshad chun dahonat bo duri dandonu la`li lab, Zi gulbarg archi g`uncha lab namud az jola dandonho, Chaman az maqdamat ҷon yofta, n-az bodi navruzist, Taharruk dar shaҷarho, ҷilva dar gulhoyu rayhonho. Zamone onchunon xurram, bideh paymona, ey soqӣ, Ki hoham chun zamona bishkanam oini paymonho. Labi la`lu dahan, ey mug`bacha, k-az boda oludat, Asirash g`unchai dilho, fidoyash ҷavhari ҷonho. Man az dayri mug`on may ҷustam az sad guna rasvoӣ, Dar on ҷo raftamu omad ba pesham yak ba yak onho. Zi bahri vasli matlube, ki boshad dar harimi dil, Naboshad g`ayri sargardoniyat qat`i biyobonho. Agar Fonӣ, havoi vasl dorad, kay aҷab boshad, Chu abrash ohi otashboru obi chashmu afg`onho. | Yuzing g`amidan gullarning yoqasi chok bo`ldi, u yoqalarning choki etakkacha yetdi. Bog` mulkida chaman bozorini ko`r, so`n` (yaratish) qo`li sening sayring uchun gulu nasrin bilan do`konlarni yasatibdi. G`uncha gul yaprog`idan lab qilib, do`ldan tishlar yasasa ham, sening inju tishing, la`li labli og`zingdek bo`la olmaydi. Daraxtlarning tebranishi, gul va rayhonlarning jilvasi navro`z yelidan emas, chaman sening qadamingdan jon topganidadir. Zamona shunday xurram, ey, soqiy, paymona tut, zamona kabi paymonalar qoidasini sindirmoqchiman. Ey mug`bacha, la`li labu og`zingni boda bilan rangin qilding, endi dillar g`unchasi (uning) asiri-yu, jon javhari fidosidir. Men yuz gunohu rasvolik sababli mug`lar dayridan may istadim, u yerda ularning barchasi bir-bir oldimga keldi. Matlubing (istaganing) diling haramidadir, uning vasli uchun Biyobonlarni bosib o`tish sargardonlikdan boshqa narsa emas. Agar Foniy visol umidida bo`lsa, bulutdek alangali ohi, ko`z yoshi va fig`on chekishi ajab emas. |
Kunad z-iqboli ishqu dardi ayshu komroniho, Dilam dar nomurodiho, tanam dar notavoniho. Namonad xalqro dil gulbunero, balki yak g`uncha, Chu dar gulshan xiromad sarvi man bo dilsitoniho. Ba mehri charx natvonam, ki binam baski bar mardum, Namudam mehrubonӣ, yoftam nomehriboniho. Kalonu xurd agar xandand bar holam, aҷab nabvad, Ki zori xurdsole kard ishqam dar kaloniho. Fig`oni bulbulu qumrӣ chӣ sanҷad neshi man dar ishq, Ki bo Farhodu Maҷnun kardaam hamdostoniho. Ba yodi man, ki dushmankomi ishqam, yak qadah darkash, Ba komi dӯston har gah, ki nӯshӣ dӯstgoniho. Rasonda dar darunam novakat ozorho har gah, Ba teg`am sina sozӣ choku binmoyam nishoniho. Ba pirӣ, ey ҷavon, gar davlati aynul-yaqin xohӣ, G`ubori rohi piron tӯtiyo kun dar ҷavoniho. Ravonoso az on shud nazmi Fonӣ, ey sihiqomat, Ki dar vasfi xiromat kard kӯshish dar ravoniho! | Dilim nomurodlikda, tanim esa notavonlikda komronlik ayshini suradi, chunki bular ishqu dard baxtiga erishgandirlar. Mening sarvim dillarni maftun etib, gulshanga xirom qilsa, xalqda dil, balki gul daraxtida bir g`uncha ham qolmaydi. Charxning mehriga ko`z tutmayman, undan umidvor emasman, chunki ko`p kishilarga mehribonlik qildimu, nomehribonlik topdim. Mening holimga katta-kichik kulsalar, ajab emas, chunki keksalikdagi ishqim go`zal bir yoshga zor qildi. Bulbul bilan qumrining fig`oni ishqda men bilan teng emas, chunki, Farhod va Majnun bilan hamdostonliklar qilganman. Do`stlar maqsadi uchun har qachonki do`stlik kosasini ko`tarar ekansan, meni eslab qadah tort, (chunki) men ishq zabuniman. Har vaqt o`qing dilimga ozor yetkazsa-da, lekin men har qachon bag`rimni teshmoqchi bo`lganingda, o`qingga ko`ksimni nishon etaman. Ey yigit, qarilikda aynul-yaqin, ya`ni tangriga etishmoq davlatini istasang yigitligingda qariyalarning yo`l g`uborini ko`zingga to`tiyo qil. Ey sarvqomat, sening xiromingni ta`riflashda ravonlikka uringani sababli, Foniyning nazmi ruhi ravon bo`ldi. |
Maxtara`5 Mo ba kuҷo, zuhdu ibodat kuҷo?Mast kuҷo, taqviyu toat kuҷo? G`uncha ba zaxm astu dilam dardmand, Dard kuҷo binu ҷarohat kuҷo? Az gulu sarvam digar, ey bog`bon, Dam mazan, on orazu qomat kuҷo? Koni namak n-oyadam, ey dil, ba kor, Gӯӣ, ki on koni malohat kuҷo? Xonaqahi zuhd zi mo shud ba tang, Shohrahi dayri malomat kuҷo? Shayx riyo, piri mug`on may namud, Zarq kuҷo gӯyu, karomat kuҷo? Fonӣ agar be tu naxohad hayot, Kor chu sa`b omada, toqat kuҷo? | Biz qayoqda-yu, zuhdu ibodat qayoqda, mast qayoqda-yu, taqvoyu toat qayoqda? G`uncha zaxmli mening dilim dardmand, qara, dard qaerda-yu, jarohat qayoqda? Ey bog`bon, gul va sarvdan ikkinchi marta dam urma, u chehra va qomat qayoqda? U tuz koni mening korimga yaramadi, ayt, u malohat koni qayoqda? Zuhd xonaqohi bizga tanglik qiladi, malomat mayxonasining katta ko`chasi qayoqda? Shayx bizga riyoni, piri mug`on esa mayni ko`rsatdi, ayt-chi, firibgarlik qayoqda-yu, karomat, saxiylik qayoqda? Agar Foniy sensiz hayotni istamasa, ishi mushkullashganda tobu toqati qayoqda? |
Tatabbӯ`i yori Aziz6 Chӣ sud, jola ba gulbargi otashin moro?Kӣ burda xush zi dil on xӯi chunin moro? Chu za`fi mo zi xayoli ruxu labi shӯxest, Dilo, chӣ muҷibi quvvat gul angubin moro? Labi tu xotami la`lu fig`oni mo behad, Bisoz mӯhri xomushӣ az on nigin moro. Ba charx mezanad on mah kulohi gӯshai noz, Az on ki rӯi niyoz ast bar zamin moro. Zi giryavu zadani dast bar dili sӯzon, Dame tar astu dame xushk ostin moro. Chӣ oshiqest, ki pironasar zi xesh rahond, Mayu malomati on tifli nozanin moro. Kuҷost mutribi sofu mai nashotangez, Ki shud malul zi davron dili hazin moro. Farog`i vasl chӣ imkon, ki az xavotir hast, Hazor rahzani andesha dar kamin moro. Rasid mug`bachai mastu dil biraft az dast, Nabud hech gunah, Foniyo dar in moro. | O`tli gul bargidagi jola (shudring)dan bizga nima foyda? Chunki u mahbubning peshona teri dilimizdan hushimizni olib ketgan. Bizning zaifligimiz bir sho`xning yuzu labining xayolidandir, ey ko`ngil, bizning zaifligimizga gulqand quvvat bag`ishlamaydi. Sening labing la`l uzugi, bizning fig`onimiz behad, o`sha uzukdan labimizga sukut muhrini bos! Biz chorasizlikdan yerga boqib qolganmiz, Ul oy noz va karashma kulohi burchini ko`kka yetkazmoqda. Ko`p yig`i va o`rtangan qalbimizga qo`limizni bosganimizdan Yangimiz ba`zida ho`l va ba`zida quruq bo`lib turadi. Bu qanday go`zal oshiqlikki, keksa boshimizni U nozanin va mayning malomati o`zlikdan qutqardi. Bizning davrondan ranjigan g`amgin ko`nglimiz istagi uchun shodlik keltiruvchi tiniq may bilan hofiz qaerda? Bizga visol farog`atini topish imkoni yo`q, chunki ko`ngilga xatarlar soluvchi ming andisha qaroqchilari pistirmadadirlar. Mast mug`bacha keldi-yu, dil qo`ldan ketdi. Ey Foniy, bu borada bizda hech bir gunoh yo`q edi. |
3-on sabab dayri mug`on omada koshonai mo, Ki gahe sar zanad on mug`bacha dar xonai mo. On parӣ dar varaqe surati Maҷnunro did, Xanda zad, guft: «Shabehast ba devonai mo». Na ki zuhhod, asas niz ba tang omadaast, Hama shab z-arbadavu na`rai mastonai mo. Rindi daryokashi dayrem, az on bodafurӯsh Na sabӯ, balki zi xum soxta paymonai mo. Dnl chӣ boshad, ki suxan ҷumla ba ҷon meguzarad, Dilraboӣ kunad og`oz chu ҷononai mo?! Dil, ki vayroni g`ami tust, tuӣ ganҷ dar ӯ, Bayti ma`mur ba rashk ast, zi vayronai mo. Foniyo, oshiqӣ ar ҷurm namoyad bari yor, Zi dusad qatl fuzun omada chӯrmonai mo. Foniyo, oshiqy ar churm namoyad bari yor, Zi dusad qatl fuzun omada cho`rmonai mo. | Mug`lar dayrini shuning uchun o`zimizga koshona tutganmizki, ul mug`bacha goh-goh bu xonamizga kelib turadi. Ul pari bir varaqda Majnun suratini ko`rib kuldi va «bizning devonamizga o`xshaydi» dedi. Bir zohidlargina emas, mirshablar ham har kecha mastona na`ra-yu shovqinimizdan tang bo`ldilar. Biz dayrning daryopo`sh rindlaridanmiz, shuning uchun bodafurush paymonamizni ko`zadan emas, xumdan yasagan. Bizning jononimiz dilrabolik qila boshlaganda, barcha oshiqlar dildan emas, jondan ham kechadilar. Dil g`amingdan vayron bo`lsa ham uning ganji sen ekanliging uchun obod uy ham bu vayronaga havas qiladi. Ey Foniy, agar yorimiz oshiqlikni gunoh desa, bizning gunohimiz ikki yuz marta qatl qilishdan ham ortib ketadi. |
Tatabbӯ`i yake az akobir Dilam chu gasht asiri xami kamand ӯro,Saram xush ast g`ubori sumi samand ӯro. Labat, ki giryai talxam zi shavqi ӯst, buvad Pai taaҷchubi in girya nӯshxand ӯro. Ҷavonu ҷur`akashu nozaninu g`arra ba husn, Tazallumi dili oshiq, chӣ sudmand ӯro? Suxan ba tarki ҷafo gӯyamash, chӣ son shunavad, Ki mediham mani maҷnuni mast pand ӯro?. Shahon gadoi daru man kam az sagon sad rah, Kuҷo muhabbati man uftad pisand ӯro. Ba dil, ki va`da kunӣ, kushtanu vafo nakunӣ Ba va`da kushtanu dar intizor chand ӯro? Chi naqshhoi g`arib ovarad burun, Fonӣ, Agar dar ӯ fitad oyini naqshband ӯro. | Dilim uning kamand halqasining asiri bo`lgach, boshim ham oti tuyog`ining tuprog`i bo`lish bilan quvondi. Mening achchiq yig`im labing shavqidandir, bu yig`iga taajjublanib, unga shirin kulgi keladi. U ham yosh, ham mayxo`r, ham nozanin va ham o`z husniga mag`rurdir, oshiq dilining faryodi unga ta`sir qilmaydi. O`zim mastu devona bo`laturib unga nasihat qilsam, jafoni tark qilishdan so`z ochsam, u qanday eshitsin. Podshohlar uning eshigida gado, men ko`chasi itlaridan ham haqirroq, shunday bo`lgandan keyin mening muhabbatim unga qanday ma`qul tushsin? Dilimga «seni o`ldiraman» deb va`da qilasanu lekin vafo qilmaysan, bu intizorlikda o`ldirishing qachongacha? Naqshbandlik yo`li — tariqati Foniy qo`lida bo`lganda, u ajoyib naqshlarni yaratar edi. |
Tatabbӯ`i yori aziz Suhaylӣ Ba kashfi holi davron nest Ҷomi Ҷam havas moro,Hamon ҷome, ki soqӣ aksi rӯy afkand, bas moro! Zi shayx heҷ kas, chun ҷonibi dayri mug`on raftem, Kunun dar xonaqah digar nabinad heҷ kas moro. Nishasta forig`-ul-bolem dar davri tag`ori may, Ba rondan dur natvon kard az on ҷo chun magas moro. Ba faryodi xumor, ey piri dayr, aftoda badholem, Tu xohӣ bud, yo xud mug`bacha faryodras moro. G`irevi kӯsi shoh az xobi mastӣ darnameorad, Chi bedorӣ dihad, ey korvon, bongi ҷaras moro? Ba ҷuz nomi butonam bar zabon n-oyad gahi mastӣ, Xush on rinde, ki ӯ az davri sog`ar xond asmoro. Gadoem, iltimosi mo buvad yak ҷur`a may dar sar Naxohad bud la`li toҷi shohӣ multamas moro. Az on rindon shumar moro, ki dar mastiyu shabgardӣ Chu maston az asas bigrezad ar binad asas moro. Chu Fonӣ g`arqi may gashtem, lekin oqibat yoband Harifon bar kanor afkanda in daryo chu xas moro. | Davron holining kashfi uchun Jamshid jomi bizga havas emas, balki soqiy yuzining aksi tushgan jom, biz uchun yetarlidir. Odam bo`lmagan shayxdan qochib, mayxonani makon etdik, bundan buyon bizni hech kim xonaqohda ko`rmaydi. May tog`orasi tevaragiga bemalol o`tirib olganmiz, pashshani haydash mushkul bo`lganidek, bizni ham hech kim quvib yuborolmaydi. Ei dayr piri, xumor faryodi bilan yomon ahvolga tushib qoldik, endi faryodimizga yetuvchi sen bo`lasanmi, yoki mug`bachami? Podshoh nog`orasining gumbur-gumbur ovozi mastlik uyqusidan uyg`ota olmaydi-yu, Ey karvon, qo`ng`iroq ovozi bizni qanday qilib uyg`ota olsin? Mastligimda tilimga go`zallardan boshqaning nomi kelmaydi, rindga maza, chunki u ismlarni piyola tegrasidan o`qiydi. Gadomiz, iltimosimiz bir qultum may bo`lib, boshimizga podshohning la`lli tojini kiyish havasi yo`q. Bizlarni mastlik va kechasi ko`cha aylanishda shunday rindlardan sanaginki, mastlar mirshabdan qanday qochsa, mirshablar bizdan shunday qochadilar. Biz Foniydek mayga g`arq bo`ldik, lekin oxirida do`stlar daryo chetga chiqarib tashlagan xas singari bizni ham topib oladilar. |
Muxtara` Guli rӯyat, ki zohir gashta rangi yosamin uro,Chӣ boshad, k-az mai gulrang sozӣ otashin ӯro? Namedonam zi may shud surx chashmi kofirat, yo xud Libosi ol pӯshondӣ ba qatli ahli din ӯro. Maro ham g`unchai dil bishkufad chun on dahan har gah Zi xay shabnam chu binshinad ba gulzori ҷabin ӯro. Chu aksi suratat dar boda zohir gasht, natvonad Bad-in son obu range soxtan naqqoshi Chin ӯro. Ba muknat chun Sulaymon ast piri mayfurӯsh, inak Zi har xum olame digar shuda zeri nigin ӯro. Chu avҷi rif`atash az osmon bigzasht, az on ma`nӣ Gado gashtand shohoni hama rӯi zamin ӯro. Bahoristoni getiro gule emin kuҷo yobӣ? Ki nabvad sarsari bodi xazon andar kamin ӯro. Az on dur aftad az vay, k-az baroi chorai vaslash Makon ta`yin namoyad zohidi xilvatishin ӯro. Daromad dar xaroboti fano, ey dil, digar Fonӣ Zi ahli tavbavu taqvo nagӯӣ ba`d az in ӯro. | Gul yuzing yosmin rangini ko`rsatgandan keyin, gulrang may bilan uni o`tdek lovillatsang nima bo`libdi? Bilmadim, kofir ko`zing maydan qizardimi, yoki din ahlini o`ldirish uchun unga qizil to`n kiygizdingmi? Qachonki peshona gulzoriga terdan shabnam qo`nsa, o`sha og`iz yanglig` mening ham dilim g`unchasi ochiladi. Aksingning surati mayda ko`ringach, xitoy naqqoshi ham bu xildagi tiniq rang bilan surat chiza olmaydi. Qudrat va boylikda keksa mayfurush Sulaymon singaridir, mana ko`r, uning uzugi ostida (hukmi ostida) har bir xum boshqa bir olamdir. Uning (mayfurushning) darajasining avji osmondan o`tdi, Shu ma`nodan yer yuzidagi shohlar uning gadosi bo`ldilar. Kuzning qattiq shamoli poylab (esib) turgan vaqtida olam bahoristonida omon qolgan gulni qayoqdan topasan? Xilvatnishin zohid, (yor) vasliga yetish chorasi uchun joy belgilaydi, shu sababli yordan uzoqqa tushadi. Ey dil, Foniy fano xarobotiga kirgandan keyin unga tavba va taqvo ahli borasida gap ochma. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Hofiz Gar on turki Xito nӯsh sozad ҷomi sahboro,Naxust orad sӯi mo turktozu qatlu yag`moro. Ruxash dar nozukӣ barbod doda safhai gulro, Qadash dar chobukӣ bar xok shonda sarvi ra`noro. Ba man`i bӯsi on lab chun dusad tir ast on mijgon, Ki dar xotir tavonad roh dodan in tamannoro? Bahori orazashro tozagulhoi aҷab bishkuft, Xudoro, muddaӣ, mone` mashav yak dam tamoshoro. Manu kӯi mug`on v-on mug`bacha, k-az la`li ҷonparvar Ba nukta karda z-in dayri kuhan berun Masehoro. Chu dar kӯi xarobotash ba yak sog`ar namegirand, Bar otash afkanam beh in libosi zuhdu taqvoro. Chӣ pӯshonam zi mardum, k-otashi ishqu mai ravshan Zi choki sina zohir kard sirri maxfii moro?! Bigӯ, k-orand Ҷomi Ҷam zi maxzan, ey shahi dinӣ, Ki binmoyam ba shohon bevafoihoi dunyoro. G`azal guftan musallam shud ba Hofiz, shoyad, ey Fonӣ, Namoӣ choshnӣ daryuza z-on nazmi ҷahonoro. | Agar u xitoylik turk (mahbub) may jomini ichsa, avval bizning ustimizga ot surib o`ldirib talon-toroj qiladi. Yuzi noziklikda gul bargini barbod berdi, qomati chaqqonlikda sarvi ra`noni tuproqqa o`tqazib qo`ydi. U labdan bo`sa olishga to`sqin bo`lish uchun ikki yuz chog`li kiprik o`qlari tayyor (turganda) kim bu orzuni xotirga keltira oladi? Orazining bahorida ajoyib toza gullar ochildi, ey muddai (raqib), Xudo haqi, bir nafas tomoshaga mone bo`lma Men hamisha mug`lar ko`chasida bo`laman, la`l labidan jon bag`ishlovchi mug`bacha birgina so`z bilan bu eski dayrdan (dunyodan) Isoni haydab yuborgan edi. Bu zuhdu taqvo libosini o`tga otganim yaxshiroq, chunki xarobot ko`chasida uni bir piyola sharobga ham olmaydilar. Ishq o`ti bilan tiniq may maxfiy sirrimni siynam chokidan ko`rsatib turgandan keyin men uni odamlardan qanday yashirayin. Ey din podshohi, ayt, Jamshid jomini xazinadan olib kelsinlar, toki dunyoning vafosizliklarini shohlarga ko`rsatayin. Hofiz g`azallariga hamma qoyil qolgan, ey Foniy, o`sha Jahonni bezatgan nazmdan sen ham bir oz tilanib olsang bo`ladi. |
Tatabbӯ`i Amir Xisrav va dar tavri Xoҷa Hofiz Kay ba chashm oram libosu masnadi shohonaro?Man, ki xoham dalqi faqru gӯshai mayxonaro. Toiri farxundai aysh ast romi nuqlu may, Az pai sayde chunin merezam obu donaro. Bahri mo daryokashon boyad ki sozad mayfurӯsh, Az tag`orash ҷomro v-az xummi may paymonaro. Xeshro kushtam, chu may kardӣ iloҷam, ey hakim, Har kiro boshad xirad, may dihad devonaro? Mastӣ orad bӯi xoki maykada, ey piri dayr, Gӯӣ andudӣ ba loi boda in koshonaro. G`aflat orad, voizo, dar dil musalsal guftanat, Soxtӣ gӯyo zi bahri xob in afsonaro. Yak damam bo yor ne ahbob oyad, ne raqib, Chun nagunҷad oshno, kay ҷo buvad begonaro? Kulbaam sad raxna az sangi havodis kard charx, Bar saram xohad fikandan gӯӣ in vayronaro. Ҷon fidoyat sozam, ey Fonӣ, agar xohӣ rasond, Vaqti ҷon dodan, ba sarvaqtam dame ҷononaro. | Men faqrlik dalqi (libosi), mayxona burchagini istayman. Shunday ekan, shohlik kiyimi va masnadini qachon ko`zga ilaman? Ayshning farxunda (qutlug`, saodatli) qushi gazak va mayga rom bo`ladi, Bunday sayd (ovlanuvchi) uchun donu suv sepaman. Bizdek daryono`shlar uchun mayfurush jomni tog`oradan, paymonani may xumidan yasashi kerak. Ey hakim, dardimga darmon sifatida may buyurganing uchun o`zimni o`ldirdim, aqli bo`lgan kishi devonaga may beradimi? Ey dayr piri, mayxona tuprog`ining hidi kishini mast qiladi, bu koshonani boda loyi bilan suvaganing yo`qmi? Ey voiz, to`xtovsiz so`zlashing yurakka g`aflat soladi, bu afsonani go`yo uyqu keltirish uchun to`qigansan. Bir dam yorim bilan birgaman, na do`stlaru na raqib kerak, oshno sig`maganda, begonaga qanday joy topilsin. Charx hodisalar toshidan kulbamga yuz raxna soladi, go`yo bu vayronani boshimga qulatmoqni istaydi. Jon berish vaqtida bir dam jononani boshim uzra keltirsang, ey, Foniy, jonimni fido qilaman. |
Ba sarvat ҷӯybori didai man ҷilvagah bodo! Ba gohi ҷilva ҷonam zeri poyat xoki rah bodo! Ba garmo, ey shahi xubon, ba chashmam chun kunӣ manzil, Savodi didai man bar sarat chatri siyah bodo! Sipah har sӯ, ki xohӣ rond, ҷoni xoksori man Zi bahri girdi sar gashtan turo gardi sipah bodo! Zi bedodi havodis chun gurezad har kase yak sӯ, Maro dar sohati mayxona dar kunҷe panah bodo! Agar on mug`bacha ҷuz bo mug`on sog`ar naxohad dosht, Zi ҷavri kufri zulfash xonai dinam tabah bodo! Chu piri dayr bo durdikashon ratli garon dorad, Tag`ori ӯ sipehru ҷomi davrash mehru mah bodo! Sabӯ bar gardan ovardan, ba rindon gar gunah boshad, Turo dar gardan, ey Fonӣ, hamesha in gunah bodo! | Ko`zim arig`i sening sarvingga (bo`yingga, qomatingga) jilvagoh bo`lsin, jilva qilganingda jonim oyog`ing ostida tuproq bo`lsin. Ey go`zallar shohi, issiqda mening ko`zimda manzil qilsang, ko`zim qorasi boshingga qora soyabon bo`lsin. Hohlagan tomonga qo`shin tortganingda mening xoksor jonim, boshingdan aylanish uchun sipohing changi bo`lsin. Hodisalar bedodidan har kim har tomonga qochganda, mayxona sohatining (maydoni, yuzasining) bir burchagi mening panohim bo`lsin. Agar ul mug`bachcha mug`lardan boshqalarga sog`ar tutishni istamasa, kofir zulfining javridan dinim uyi xarob bo`lsin. Dayr piri durdkashlarga (may quyqumini ichuvchilarga) katta ulush berganda, uning tog`orasi sipehr, jomining aylanasi quyosh va oy bo`lsin. Agar bo`ynida ko`za ko`tarib keltirish rindalarga gunoh bo`lsa, ey, Foniy, bu gunoh hamisha sening bo`yningda bo`lsin. |
Tatabbo``i maxdumi Chomy7 Az tag`ori may chunon nӯsham sharobi nobro,K-abr natvonad zi daryo onchunon burd obro. Dar ҷafo dorad qaror on chashmu dar bedod xob, 3-on ki burdand az dilu chashmam qaroru xobro. To qiyomat shomi tanhoӣ buvad dar dida xob, Yak sabӯhӣ mug`tanam don sӯhbati ahbobro. Gar vafo z-ahli zamon xohӣ, sharobi la`l nӯsh, 3-on ki hargiz kas nadid in gavhari noyobro. Ey, ki gӯӣ dar ҷavonӣ boda nӯsh, inak bubin, Mast dar dayri mug`on aftoda shayxu shobro. Kushtai on chashmi xunrezam, ki bahri qasdi din, Karda ҷo dar ayni mastӣ gӯshai mehrobro. Az dari ahli ҷahon ҷustan murod az faqr nest, Vasl xohӣ, Foniyo, masdud kun in bobro. | Tiniq mayni may tog`orasidan shunday ichamanki, bulut daryodan suvni shunchalik icholmaydi. U ko`z jafo qilishga qaror berib, bedod qilish bilan uyquga ketadi, shuning uchun ko`nglimu ko`zimdan qaroru uyquni olib ketdi. Bir tong paytida do`stlarning suhbatini g`animat bil, (negaki) qiyomatgacha yolg`izlik shomida ko`z uyquda bo`ladi. Agar zamon ahlidan vafo istasang la`ldek may ich, chunki, bu noyob gavharni hech qachon kishi ko`rmagan. Ey, sen, «yoshlikda may ich» deysan, mana endi mug`lar dayrida mast bo`lib yiqilgan qariyu yoshni ko`r. Qon to`kuvchi ko`z meni o`ldirdi, u din qasdida ayni mastlikda mehrob burchagidan o`rin olibdi. Jahon ahli eshigidan murod so`rash faqr shevasi emas, Foniyo, agar vasl istasang bu eshikni yop. |
Tatabbӯ`i maxdumi Ҷomӣ Sӯziyam to barfurӯzӣ rӯi otashnokro,Sozӣ otashgirai on shӯ`la in xoshokro. Az shikofi g`uncha pindorӣ namoyon gasht gul, Gar zi choki sinaam binӣ dili sad chokro. Gardson xezad zamin z-on rӯ, ki dar vaqti xirom, Ҷon dihad raftori chun obi hayotat xokro. Hoҷibi qasrat garam ronad aҷab nabvad, ki nest Rasm, mondan peshi shah devonai bebokro. Soqiyo, az mehnati davron zamiram tira gasht Boda, to sayqal diham oinai idrokro. Chun gadoi dayr may nӯshad, buvad sad guna rashk, Az safoli kӯhnai ӯ sog`ari aflokro. Gar na maqsudash mai gulrang boshad, dasti sun`, Xӯshahoi la`lu yoqut az chӣ bandad tokro? Bandai piri xarobotam, ki ҷomi ҷudi ӯ, Sӯzad az yak barqi may sad xirmani imsokro. Foniyo, kori ҷahon ҷuz g`am naboshad, boda nӯsh, Lahzae gar shod xohӣ xotiri g`amnokro. | O`tli yuzingni yondirar ekansan, meni kuydirasan, bu xoshokni (meni) ul shu`laga tutantiriq qilasan. Agar siynam chokidan yuz pora dilimni ko`rsang, g`uncha ichidan gul ko`rindi deb o`ylaysan. Xirom qilgan chog`ingda yer gard singari qo`zg`aladi, chunki hayot suvidek yurishing tuproqqa jon bag`ishlaydi. Qasring darvozaboni meni haydasa, hech ajablanarli emas, chunki beparvo devonani podshoh qoshida qoldirish rasm emasdir. Ey soqiy, davronning mehnatidan ko`nglim xiralandi, idrokim oyinasiga sayqal berishim uchun may tut! Dayr gadosi may ichgan chog`ida uning eski safol kosasi rashkidan falak may kosasi ming xil rangda bo`ladi. Xalloq qo`lining maqsudi agar gulrang may bo`lmasa, tokka la`lu yoqut donalarini bog`lab qo`yarmidi? Xarobot (mayxona) pirining quliman, chunki u saxovatli pirning yashinsimon bir jomi yuz baxil xirmonini kuydirib yuboradi. Ey Foniy, jahonning ishi g`amdan bo`lak narsa emasdur, g`amgin xotiringni bir lahza xushnud tutmoqchi bo`lsang, boda ich. |
Tatabbӯ`i hazrati maxdumӣ Ey, az bahori husni tu bar chehraam gulzorho,Dar chehra z-on gulzorho doram xalida xorho. Az peshi hachrash muttasil, gӯ rishtai ҷonam gusil, Chun dӯxt natvon choki dil, z-on sӯzanu z-in torho. Dar kulbai g`am gar baram, oӣ, nayobӣ paykaram, Bas, xoki xorӣ bar saram, k-aftoda az devorho. Az humrati ruxsor kay bitvon shudan hamrangi vay, Moro ba xun, ӯro ba may, chun rang shud ruxsorho. Chun z-on buti oshuftaxӯ, oram ba sӯi qibla rӯ, Basta chu az har tori mӯ bar gardanam zunnorho. Budam ba aqli zufunun, piri xirad pesh az ҷunun, Tiflon davonandam kunun dar kӯchayu bozorho. 3-in nazmi nav charxi kӯhun, yakbora gӯ hayrat makun, Fonӣ, chu ta`limi suxun dorad zi Ҷomӣ borho. | Ey (go`zal) husning bahoridan mening chehramda gulzorlar, o`sha gulzorlardan (siynamga) tikanlar qadalgan. Hajring neshidan jonim ipi doim uzilib turadi, chunki u igna va bu ip bilan dilning chokini tikib bo`lmaydi. Agar g`am kulbasida yonimga kelsang, vujudimni topolmaysan, chunki devorlardan boshimga yog`ilgan xorlikning tuproqlariga ko`milganman. Yuz qizilligi bilan unga hamrang bo`lish mumkin emas, Chunki mening yuzim qondanu uning yuzi maydan qizargan. Men dillarni toroj etuvchi mahbubning dastidan qiblaga qanday yuz o`giray, U har tola sochidan bo`ynimga zunnorlar osib qo`ygan-ku. Men telba bo`lishimdan ilgari fanlar egasi, donishmand pir edim, endi go`daklar ko`cha va bozorlarda meni quvib yurmoqdalar. Ey ko`hna charx, bu yangi nazmimni ko`rib birdan hayron bo`lib qolma, Foniy so`z ta`limini doim Jomiydan oladi. |
Tatabbӯ`i maxdumӣ Be rӯi tu shud tira az ashk maro shabho,Ravshan nashavad shabho be moh zi kavkabho. Az tiragii haҷrat shud rӯzu shabam yakson, K-az shab siyaham rӯz ast v-az rӯz siyah shabho. Ushshoq, ki az haҷrat gardida tihiqolab, Boz az labi ҷonbaxshat ҷon raft ba qolabho. Be qaddi tu dar bӯston har shox, ki barg ast on, Morest maro, k-az vay ovexta aqrabho. Yak qatra may, ey soqӣ, bas gar dihiyam lekin, 3-on may, ki turo gardad oluda ba on labho. Man masti sharob, ey dil, zuhhodu g`ami Kavsar Durӣ buvadam z-eshon az durii mashrabho. Dar dayri mug`on, Fonӣ, yak ҷom chu zad aknun, Yak ҷomi digar xohad bo nolayu «yo Rab»-ho. | Oysiz kechalar yulduzlar bilan yorimagani singari ko`z yoshi to`kkan kechalarim sening yuzingsiz qorong`idir. Hajringning qorong`iligidan kecha va kunduzim baravardir, chunki kunduzlarim qorong`i kechadek va kechalarim undan ham qorong`idir. Hajringda oshiqlarning qoliplari (tanlari) jondan bo`shagan edi, jon bag`ishlovchi labingdan qoliplarga yana jon kirdi. Sening qadding bo`lmagan chog`da bo`stondagi seryaproq har bir shox mening ko`zimga chayonlar osilgan ilon bo`lib ko`rinadi. Soqiy, agar sevgilimning lablari tekkan maydan bersang, men uchun uning bir tomchisi ham kifoyadir. Ey ko`ngil, men sharob bilan mastman, zohidlaru Kavsar g`amidan, uzoq bo`lishimning sababi uzoq zamonlardan beri mayxo`rligimdir. Foniy, mug`lar dayrida bir jomni urib oldi (ko`tardi), endi nola va «yo Rab»lar bilan yana bir jom mayni ko`tarmoqchi. |
Tatabbӯ`i maxdumi Ҷomӣ Man, ki doram az mija bar dida chandin xorro,Ҷumla dar chashmam narӯbam gar dari xammorro. Mayfurӯsh ar lutf nanmoyad, harifon, chora chist? Bahri may vaҷhi kamu maxmurii bisyorro. Charx puranҷum shavad az makri shayx andar samo`, Chun bipӯshad baxya karda xirqai pindorro. Tarki dinu zuhd chun farmudiyam, ey mug`bacha, Boz kun xishti xumu biksho gireh zunnorro. Davri sog`arro g`animat don, ki naqqoshi azal Karda mubham sirri in nӯh gardishi pargorro. Dar xaroboti mug`on rindoni daryodil dihand Az pai yak ҷur`a may in gunbadi zarkorro. Umr zoe` shud ba «loya`nӣ» pai oxir nafas, Yak nafas ham sarfa mekun bahri istig`forro. Chun mani oluda ҷӯyam, chunki nakshodand boz, Bar ruxi pokoni olam pardai asrorro. Foniyo, rohi fano natvon ba pindori xudӣ, Qat`i in rah boyadat, afkan zi xud in borro! | Mening ko`zimda kiprikdan bir qancha tikanlar bor, agar ular bilan mayfurush eshigini supurmasam, barchasi ko`zimga qadalsin. Ey do`stlar, mayfurush agar lutfu marhamat qilmasa, choramiz yo`q, (chunki) pul kamu xumorgarchilik ko`pdir. Shayx kibirli jandasini kiyib, qilgan makridan yulduz bilan to`la osmon raqsga tushadi. Ey mug`bacha, din va taqvodorlikni tark qil der ekansan, (u onda) xum og`zidan g`ishtni olib, zunnor tugunini yech! Sog`ar davrini (may piyolasining aylanishini) g`animat bil, chunki azal naqqoshi bu to`qqiz falak gardishining sirrini yashirib tashlagan. Mug`lar xarobotida daryodil rindlar bir qultum may badaliga bu oltin naqshli gunbazni (falakni) beradilar. Umr bema`ni ishlar uchun zoe` bo`ldi, gunohlaring tavbasi uchun loaqal oxirgi bir damingni asrab qo`y. Olam sirlari yuzidagi pardani ochib, eng pokiza kishilarga ham ko`rsatmadilar, men gunohkor qanday qilib bu pardani ochib ko`rishni orzu qilayin? Ey Foniy, takabburlik va manmanlik bilan fano yo`lini topa olmaysan, bu yo`lni bosib o`tish uchun manmanlik yukini o`z ustingdan otib tashla. |
Tatabbӯ`i maxdumӣ Zi abri tira barqe ҷast tarfi kӯhsoronro,Ki ravshan kard har sӯ sham`i gulhoi bahoronro. Chu nargis ҷomi zar bigrift, lola sog`ari yoqut, Saloi boda zad murg`i chaman parhezgoronro. Tu niz, ey piri dayr, andar chunin fasle ba sarmastӣ Zi kunҷi maykada sӯi chaman kash maygusoronro. Fikan, ey mug`bacha, az yak mug`ona ҷomi mardafkan, Ba raqs az avvali shab to sahar shabzindadoronro. Sabӯhi aysh bo yoron qadah xӯr, nest chun ma`lum,. Ki yobandat shabi oyanda yoron, yo tu yoronro? Dar in sahro zi bodi hodisa har sӯy chun lola, Ba xok aftoda bin, toҷi g`ururi komgoronro. Ba sar gardi fano, dar zeri pahlӯ xoki navmedӣ, Zi toҷu taxti Ҷam ozod dorad xoksoronro. Safoli kӯhna pur may sozu Ҷomi Ҷam bineh, nomash Dar ӯ nazzora kun ahvoli davru rӯzgoronro. Chu oxir ҷuz fano kore naxohad bud, ey Fonӣ, Dar in dayri fano bigzor aybi ҷur`axoronro. | Qora bulutdan bir yashin tog`lik yerlarga tushdi-da, har tomonda bahor gullarining sham`ini yoritdi. Nargis oltin jom va lola yoqut piyolani qo`lga olgach, chaman qushi qichqirib parhezgorlarni may ziyofatiga taklif qildi. Ey dayr piri, sen ham shunday bir faslda sarmastlik bilan mayxona kunjidan mayxo`rlarni chaman tarafiga boshlab chiq. Ey mug`bacha, shomdan tong otguncha bedor o`tiruvchilarni mardlarni qulatadigan bir mug` jomi bilan o`yinga sol. Tong chog`idagi may ayshu ishratini boshlab do`stlar bilan qadah ich, chunki ertangi tunda do`stlar seni yoki sen do`stlarni topishing ma`lum emas. Ko`rginki, bu sahroda hodisa yelidan davlatlilarning g`urur toji lola bargidek har tomonda tuproqqa qorishib yotibdi. Xoksorlarning boshidagi fano gardi va yonboshidagi noumidlik tuprog`i Jamshidning toj va taxtidan ozod tutadi. Eski safol kosani may bilan to`ldiru unga jomi Jamshid deb ot qo`y, davr ahvolini shuning ichida tomosha qil. Ey Foniy, oxiri yo`qlikdan boshqa ish bo`lmagandan keyin bu fano dayri (dunyo) dagi jur`axo`rlarning aybini kechir. |
Tatabbӯ`i Mir Zihӣ, az ҷomi ishqat bexudonro dӯstgonihoV-az on ratli garon afsurdagonro sargaroniho. Nishonat yoft har, k-ӯ benishon shud, hast az on otash Ba har sӯ dog`hoyat benishononro nishoniho. Ba sahroi g`amat ovorayu bexonumon gashtam, Xush on ovoragiho, xurram in bexonumoniho. Agar dar halqai bazmi sagonat rah dihad baxtam, Zi sarmastӣ kunam bo shergiron komroniho. Har on k-ӯ to tavonad notavonӣ dar g`amat varzad, Tavonoyon zabuni ӯ shavand az notavoniho. Ba darsi ishq on shud nuktadon, k-ӯ lavh shust az g`ayr Dar in rah sodalavhiho beh ast az xurdadoniho. Maro shud zindagonӣ sar bar sar barbod az haҷrat, Xusho onho, ki dorand az visolat zindagoniho. Agar tu hofizi Fonӣ shavӣ az sahv, dar hamdat Dar iqlimi suxanronӣ kunam sohibqironiho. Zabonam gar kunӣ gӯyo ba dostonhoi hamdi xud, Chӣ Xusrav, balki bo Ҷomӣ kunam hamdostoniho. | Sening ishqing jomidan bexud bo`lganlarga do`st kosasi qanday yaxshi, u katta jomdan ichib bo`shashganlar bosh og`riqning kayfini surish (qanday huzur). Benishon bo`lgan kishi sening nishoningni topdi, bu benishonlik o`tidan paydo bo`lgan dog`laring izi yo`qolganlarga nishondir. G`aming sahrosida ovorau bexonumon bo`ldim, o`shal ovoraliklar qanday yaxshi-yu, bu bexonumonliklar qanday yoqimli. Agar itlaringni bazm davrasiga baxtim yo`l bersa, mastlikdan sherni yenguvchilarga hukmronlik qilar edim. Har kimki qo`lidan kelganicha g`amingda notavonlikni mashq etsa, Qanchadan-qancha zo`rlar behad ojizlik bilan unga mag`lub bo`ladilar. Kimki boshqalardan xotirining lavhasini yuvgan bo`lsa, ishq darsida u nuktadon bo`ldi, bu yo`lda donolikdan ko`ra ilmsizlik afzalroqdir. Sening hajringda tirikligim barbod bo`ldi, sening visoling tirik qolganlarga qanday yaxshi. Agar hamdingni yozishda men Foniyni xatodan saqlasang, so`z surish iqlimida sohibqironlik qilaman. Agar sen hamding dostonini aytishga tilimni burro qilsang, Xisrav nima ekan, balki Jomiy bilan hamdostonlik qilaman. |
Tatabbo``i Xocha Guftӣ: «Baram dilatro», ҷon ham fidot yoro!Guӣ: «Dilat namonad», dil xud kuҷost moro!? Dil raftu ҷon ham az pay, dar vaҷhi mutribu may, In hardu lek be vay, gӯ: “bazmi mo mayoro!” Ey, rindi loubolӣ, besh az balo nanolӣ, Oshiq ba bemalolӣ, boyad kashad baloro. Dar tust ganҷ pinhon, z-onӣ ba chashm vayron, Bin girdi xesh gardon, in haft ajdahoro. Bo ishratam chӣ quvvat, k-in charxi kamfӯtuvvat,. Ham hast bemuruvvat, ham hast bemadoro. Ey dil, ba dӯst rӯ kun, ҷonro fidoi ӯ kun, Bo dardi ishq xӯ kun, lekin maҷӯ davoro. Piri mug`on, ki gardun umrash kunad afzun, Dorad hamesha mamnun, rindoni benavoro. Dar dayr agarchi mastam, zunnori kufr bastam, Bore zi xesh rastam, sad shukr az in Xudoro. Fopӣ, rahi vafo ҷӯ, sarmanzili rizo ҷӯ, Dar ishqi on fano ҷӯ, don mug`tanam fanoro. | «Qalbingni o`g`irlayman» deding, ey yor jonim ham fidoying bo`lsin, «Qalbingni qoldirmayman» deding, bizda o`zi qalb bormi? May va qo`shiqchi uchun dil ketdi, jon ham ketidan bordi, lekin, ayt, usiz bu ikkovi ham bazmimizni bezatmasin. Ey, louboli (ibosiz) rind, balodin ortiqcha nolima, oshiq kishi baloni bemalol tortishi kerak. Senda ganj yashirindir, shuning uchun ko`zga vayron, ko`rinasan, Ko`r, yetti ajdaho atrofingda aylanib turibdi. Ishrat uchun quvvatim yo`q, chunki bu kam futuvvat charx ham muruvvatsiz, ham madorsizdir. Ey ko`ngil, do`stga yuzlan, joningni unga fido qil, ishq dardiga ko`nikkin, ammo davo izlama. Mug`lar piri — gardun uning umrini uzoq qilsin — benavo rindlarni hamisha mamnun qilib turadi. Garchi dayrda mastman, kufr zunnorini bog`laganman, ammo o`zlikdan uzildim, buning uchun Xudoga yuz shukrlar bo`lsin. Ey, Foniy, vafo yo`lini izla, rizo sarmanzilini qidir, uning ishqida fanoni ista, fanoni g`animat bil. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Nasimi subh bigӯ on niholi ra`noro,Ki bog`i umr xazondida az tu shud moro. Ba yak qadah, ki kashidӣ zi obi otashrang, Chӣ otashe, ki zadӣ oshiqoni shaydoro? Shudam ba zuhdi qavӣ g`arravu nadonistam, Ki zӯri ishq ba aҷz afkanad tavonoro. Tu, ey ҷavon, ki shikebo zi xayli ushshoqӣ, Tarahhume bikun in piri noshikeboro. Furӯg`i mash`alai husn az otashi ishq ast, Mador hayf zi ahli nazar tamoshoro! Labat chӣ obi hayotest z-on, ki peshash nest Ba gohi nutq rahi dam zadan Masehoro. Biyo, ki hosili kavnayn bargi kohe nest, Ba kӯi maykada rindoni bodapaymoro. Ba ҷon qabul kunam harchi shayx farmoyad, Agar na man` kunad ishqu chomi sahboro. Fitod Fonii bexonumon ba rasvoӣ, Chu did bazmi xarobotiyoni rasvoro. | Ey tong shamoli, u go`zal niholga «sning dastingdan umr bog`i xazon bo`ldi»,— deb ayt. Olov rang suvdan bir qadah tortib, shaydo oshiqlarga qanday olov purkading? Taqvodorlikka qattiq mag`rur bo`ldimu kuchli ishq har qanday baquvvat kishini ham ojiz qilib qo`yishini bilmadim. Ey sevikli sen sabrli oshiqlar xilidansan, sabrsiz bu keksaga bir tarahhum qil. Husn mash`alasining shu`lasi ishq o`tidandir, nazar ahlidan tomoshani darig` tutma! Labing shunday bir hayot suvidirki, nutq chog`i uning oldida Iso ham dam urolmaydi. Mayxona ko`chasiga kel, chunki ikki dunyo hosili mayxo`r rindlarga bir somoncha ko`rinmaydi. Shayx agar ishqdan va maydan meni qaytarmasa, uning hamma buyrug`ini jonim bilan bajo keltiraman. Rasvo mayxo`r bazmini ko`rgandan keyin, bexonumon Foniy ham rasvolikka giriftor bo`ldi. |
Tatabbӯ`i maxdumӣ Hast dar dayr ofate har dam ba qasdi ҷon maro,Zinda burdan az sari kӯi mug`on natvon maro. Xonai dil bud obodam zi taqvo, vah, ki soxt Ishvahoi soqiyu seli qadah vayron maro. Pardai zuhdam chӣ son pӯshad ki az oshubi may, Az girebon har dam aftad chok to domon maro?! Xirqa dar haҷri bute shud rahni may bingar, ki kard Bodayu ishq az libosi ofiyat uryon maro. Gar ba girdobi may aftodam, maro nabvad gunah, Hast in sargashtagӣ az gardishi davron maro. Bahri isyon az balandӣ kard pastam, z-on ki zad Bar zamin az osmon har mavҷi in tӯfon maro. Sozam az lavsi riyo g`usli tariq, ey piri dayr, Chun faqeh oyad, daruni xum kunӣ pinhon maro. Xob didam, k-obi Qavsar mexӯram az dasti hur, Fayzi may az dasti soqӣ bud sad chandon maro. Foniyo, rohi fano harchand mushkil bud, shud Qat`i on z-afkandani bori xudӣ oson maro. | Mening jonim qasdi uchun har nafas bir ofat bor, shu sababdan mug`lar ko`chasidan meni tirik olib ketib bo`lmaydi. Taqvo va parhez bilan dilim uyi obod edi, ey vohki, soqiyning nozu ishvalari va qadah seli vayron qildi. Sharob fitna va g`avg`osi yo`lida har nafas yoqamdan etagimgacha yirtilib turadi, (shunday bo`lgandan keyin) zuhd va taqvo pardasi meni qanday yashirsin? Buni qaraki, yirtiq-yamoq kiyimim bir mahbub hajrida mayga garov bo`lib, may bilan ishq, nomus va salomatlik kiyimidan meni yalang`och qildi. Agar men may girdobiga qulab tushsam, gunohkor bo`lmayman, chunki mening bu sargashtaligim davron besaranjomligidandir. Isyon (gunoh) dengizi meni yuqoridan quyiga uloqtirgach, bu to`fonning har bir to`lqini meni osmondan yerga urdi. Ey dayr piri, tariqat yo`lida riyo chirkinligidan poklanmoqchiman, agar faqih so`rab kelsa, meni xum ichiga yashir! Tushimda hur qo`lidan Kavsar suvini ichdim (lekin), soqiy qo`lidan may olib ichishning fayzi unga nisbatan yuz chandon ortiq edi. Ey Foniy, fano yo`li qancha mushkul bo`lsa ham, manmanlik yukini tashlaganim uchun u yo`lni bosib o`tish oson bo`ldi. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Dӣ sӯi dayri mug`on omad zi masҷid piri mo,Chist ҷuz zunnor bastan ba`d az in tadbiri mo? Kofiri ishqemu behush az ҷunun, ey mug`bacha, Ham zi zunnori sari zulfi tu bas zanҷiri mo. Piri dayr ar kard moro muҷrim az taqsiri zuhd, Gar bimonad qatra dar sog`ar, buvad taqsiri mo. Kay tavon budan digar dar xonaqah, chun yoftand Shishai may dar daruni xirqai tazviri mo?. Bahri pandi mo makash, ey shayx, zahmat chun shudast, Rindiyu rasvoӣ az rӯzi azal taqdiri mo. Shisha dar gardan chu gardondӣ ba dayr, ey muhtasib, Mashkanash bore, ki nabvad besh az in ta`ziri mo. Olloh-olloh, sharm az imonash nadorad shayxi shahr, Mekunad az saҷda peshi on sanam takfiri mo. Shabnishinonro aҷab rӯzi siyoh oyad ba pesh, Gar zi zulfi ӯ baroyad nolai shabgiri mo. Shoyad, ey Fonӣ, ba qabri Hofizash sozand sabt, Gar ba xoki Fors aftad nusxai tahriri mo. | Kecha bizning pirimiz masjidni tashlab, mayxonaga keldi, bundan keyin bizning tadbirimiz zunnor bog`lashdan boshqa nima bo`lar edi? Biz ishq kofiri va telbalikdan behushmiz, ey mug`bacha, sening zulf zunnoringdan yasalgan zanjir bizga kifoyadir. Dayr piri taqvodorligimiz uchun gunohkor qilsa (hech gap emas), may kosasida maydan bir qatra qolsa, u bizning gunohimizdir. Bizning firibgar yamoq to`nimiz ichidan so`filar bir shisha may topib olsalar, ikkinchi martaba xonaqohga qanday borib bo`ladi? Ey shayx, bizga pandu nasihat qilaman deb zahmat chekma, chunki azaldan bizning taqdirimiz rindu rasvolikdir. Ey muhtasib, shishani bo`ynimga osib mayxonada sazoyi qilding, (lekin) shishani sindirma, (chunki) bizga bundan ortiq ta`zir bo`lmaydi. Ajabo, shaharning shayxi o`z imonidan uyalmasdan, U sanamning oldida sajda qilganimiz uchun bizni kofirga chiqaryapti. Agar mahbubning zulfi tufayli tungi fig`onimiz ko`kka ko`tarilsa, kechasi uxlamay ibodat qiluvchilarning boshiga ajoyib qora kunlar tushadi. Ey Foniy, asarimizdan bir nusxasi Fors eliga yetsa, uni Hofiz qabriga yozibqo`ysalar ham ajab emas. |
Bazmgah soxt digar shohidi gul bustonro, Muҷda deh, bodi sabo, bulbuli xushilhonro. Xomai sun` ba qasri falak az qavsi quzah. Rangho pahlӯi ham kard xami ayvonro. Rӯi xuboni chaman yoft gulobafshonӣ, Dod chun mayl sabo har tarafe boronro. Az pai zebi chaman bulbuli xushxon har dam, Fasle az vasfi gul orost navo dostonro. Dar chunin fasl chӣ hushyor nishinӣ, barxez, Az pai bazm bioroy sarobӯstonro?! Umrro yak-du zamon dor g`animat, ki chu umr Na sabot ast zamonro, na baqo davronro. Boda xӯr bar ruxi ҷam`e, ki na oxir eshon Boz yoband turo ҷusta, na tu eshonro. Ba guli umr vafoe chu nayobam, chӣ aҷab, Gar chu bulbul birasonam ba falak afg`onro. Ishvai mug`bachai bodafurӯsham dar dayr, Onchunon kard, ki dodam ba ruxash imonro. Fonӣ on kas, ki buvad tolibi ҷonon, chӣ aҷab, K-ӯ dar avval qadami ishq suporad ҷonro! | Gul go`zal bo`stonni yana bazmgoh qildi, ey sabo yeli, bu xushxabarni xushilhon bulbulga yetkaz. Sun` qalami falak qasrining egilgan ayvoniga yoy-kamalakdan shohona ranglar soldi. Sabo yeli yomg`urga ixtiyor bergach, chaman go`zallarining yuzi gulob sochuvchi bo`ldi. Xushxon bulbul chamanni bezash uchun gul ta`rifida bir bob navosozlik qildi. Shunday faslda nega hushyor o`tiribsan, tur, bazm uchun bo`stonsaroni yasat. Umrning bir lahzasini bo`lsa-da, g`animat tut, umr singari na zamonda sabot bor, na davronda baqo. Bir to`da kishilar xotiri uchun may ich, oxir na ular seni topa oladi va na sen ularni. Umr gulida vafo topa olmaganimdan so`ng bulbul kabi afg`onimni falakka yetkazsam, ne ajab? Dayrdagi mayfurush mug`bacha ishvasi meni shunday ahvolga soldiki, axiri yuzining tomoshasi uchun imonimni berdim. Ey Foniy, jononga tolib bo`lgan kishi ishqqa birinchi qadam qo`yishidanoq jonni topshirsa, ne ajab? |
Dar tavri Xoҷa Mast, nigar ba maykada mug`bachagoni shangro,Chok zada bar ahli din xirqai nomu nangro. Hamchu shafaq ayon shuda az pai oftob may, Az mai asfarash nigar orazi lolarangro. G`unchasifat dilam xӯrad xunu bipechad az hasad, Bar labi ҷom chun nihad yor dahoni tangro. Dil shuda bud tira az xilvati zuhdi xonaqah, Musqili kishtii qadah z-ӯ bizudad zangro. La`li labat chu yoftam, z-on xati sabz forig`am, Nash`ai may zi xotiram burd xayoli bangro. Boda zi muhtasib nihon avlӣ, az on ki hodisa Az kafi ӯ zanad suvi ҷomi nashot sangro. Fonӣ agar ba dayr shud, bud ba g`ayr ixtiyor, Raft zi xud, shunid chun nolai noyu changro. | (Ey) mast, mayxonadagi sho`x mug`bachalarga qara, ular din ahlining oru nomus kiyimlarini yirtdilar. Oftobdan so`ng shafaq ayon bo`lgani kabi, mahbub qizil yuzi aksini za`faron may (piyolasi)dan tomosha qil. Yor tor og`zini jomning labiga qo`ygan chog`da dilim hasaddan g`unchadek o`ralib qon yutadi. Xonaqoh xilvatidagi toat-ibodatdan ko`ngil xira bo`lgan edi, qadah kemaiga sayqal beruvchi unga jilo berib, zangini ketkazdi. Mayning nash`asi xotirimdan bangning xayolini ko`targanidek, la`li labing menga muyassar bo`lgandan keyin, sabz xating kerak bo`lmay qoldi. Shodu xurramlik jomiga tosh urmasidan ilgari mayni muhtasibdan yashirish yaxshidir. Foniy agar mayxonaga borgan bo`lsa, ixtiyorsiz edi, chunki nay bilan chang nolasini eshitgandan so`ng o`zidan ketgan edi. |
Ba dayr bud havoi mai mug`ona maro, Valek bud xumori sahar bahona maro. Maro zi xona barorad havoi mayxona, Chu nest may, natavon yoftan ba xona maro. Biҷӯ ba mastivu devonagivu rasvoӣ, Ba kӯi dayr, ki yobӣ bad-in nishona maro. Zi dӯst ahli talab yoftand mujdai vasl, Firoq kusht ba zorӣ dar on miyona maro. Zamon-zamon qadaham deh charo, ki ranҷa kunad, Chu yak zamon naxӯram may, g`ami zamona maro. Ba yak du ҷomi sabuhӣ rahondӣ, ey soqӣ, Xarob dosht xumori may shabona maro. Kunand tӯ`ma sagon chun bimiram, ey Fonӣ, Biyafkaned bar on xoki ostona maro. | Dayrda mayi mug`ona istagida edim, ammo sahar chog`ida xumorni bahona qildim. Meni mayxona havasi uydan chiqaradi, may bo`lmasa meni uydan topib bo`lmaydi. Dayr kuyidan mastu devonayu rasvo deb qidir, bu nishonalar bilan meni topa olasan. Talab ahli do`stdan vasl mujdasini topdilar, bu orada firoq meni zorlik bilan o`ldirdi. Har zamon-har zamonda menga qadah ber, chunki bir zamon may ichmasam zamona g`ami azob beradi. Tunda ichilgan may xumori meni xarob qilgan edi, ey, soqiy, bir-ikki tonggi jom bilan meni qutqarding. Ey, Foniy, agar o`lsam itlar yemish qiladilar, meni ul ostona tuprog`iga tashlanglar. |
Tatabbӯ`i Xoҷa Soqӣ, biyor ҷomi maii la`lfomro,Beҷavf soz paykari yoqutҷomro. To darkasham, agar hama sog`ar buvad sipehr, Dar sog`ar on chi rexta boshӣ tamomro. Ey dil, daruni dayri mug`on dor mug`tanam, Az ҷomi la`li mug`bacha ayshi mudomro. Bӯi vafo zi gulshani davron chu kas nayoft, Az bӯi boda dor muattar mashomro. Oini ishqu muhtashamӣ qissaest dur, Ishq ast muflisoni falakihtishomro. Zohid, maҷӯy ofiyat az mo, ki mondaem Andar sari surohiyu may nangu nomro. Voiz, birav, ki nest yaqin, k-az qabulu rad Ezid namuda qismi manu tu kadomro. Doim zi ҷomi aysh mai vasl Ҷam nayoft, Berun kun az dimog` tamannoi xomro. Fonӣ, binӯsh ҷomi fano, to namoyamat Dar kunҷi dayr ravzai dor-us-salomro. | Soqiy, la`l rang may jomini keltir, lekin yoqut jomga limmo-lim qilib quy. Agar may kosang osmondek bo`lib, unga qancha may quyilgan bo`lsa, batamom sipqaraman. Ey ko`ngil: mug`lar dayridagi mug`bacha (go`zal yor) uzatgan qizil jom ayshi davom etmoqda, uni hamisha g`animat bil. Davron gulshanida vafo isini hech kim topgan emas, dimog`ingni may isi bilan xushbo`y qil! Ishq yo`l-yo`rig`i va muhtashamlik qissasi (bir-biridan) uzoqdir. ishq (ma`nan) kamolotga yetgan bechoralarda bo`ladi. Ey zohid, bizdan tinchlik, sog`u salomatlikni so`rama, shisha bilan mayni deb oru nomusdan kechganmiz. Ey voiz, yo`qol, Tangri rad qilish va qabul qilishni qaysi birimizga qismat qilgani hali ma`lum emasdir. Jamshid ham aysh jomidan vasl mayini doimo icha olmadi, bu xomxayolni unut! Ey Foniy, fano jomini ichganingda dayr kunjidan dorus-salom (jannat) bog`chasini senga ko`rsataman. |
Tatabbӯ`i Shayx Zi rui bistari shohӣ gahe bubin moro,Ba zeri pahlӯ xoru ba zeri sar xoro. Chu lab ba ishva gazӣ, dast agar niham bar dil Bigӯ chӣ chora kunam ҷoni noshikeboro? Hadisi vasli tu gar bar zabon nameoram, Zi sar chӣ guna berun oram in tamannoro? Zi kӯi ӯ, ki ravӣ, ey malak, ba sӯi bihisht, Charo zi dast dihӣ inchunin tamoshoro? Nigar ba maykada roke` sabӯi boda ba dӯsh, Zi dӯsh on ki nayandoxtӣ musalloro. Chu xohad az pai husni tu zeb mashshota, Ba oftob kashad zahmat az pai oro. Ba Sa`diyast qadam bar qadam zada Fonӣ, Ki be du fahm nagardad xayoli donoro. | Ba`zan bizni podshohlik to`shagida ko`rasan, ba`zan esa, yonboshimiz ostida tikan va boshimiz ostida xarsang tosh. Nima uchun qo`limni dil ustiga qo`yganimda (dilimni ushlaganimda) sen ishva bilan labingni tishlaysan, (man etasan), ayt-chi, sabrsiz jonimga qanday chora qilaman? Sening vasling so`zini tilimga olmasam (o`zimni ovuntirmasam), bu tamannoni xayolimdan qanday chiqara olaman? Ey malak, uning ko`chasini tashlab jannatga qarab ketyapsan, nima uchun shunday tomoshani qo`lingdan berasan? Buni qaraki, yelkasidan joynamozini tashlamagan (zohid) ham manxonada may ko`zachasini kiftiga qo`yib olibdi. Sening husningga mashshotaning zeb berish uchun urinishi quyoshga oro beraman deb bekorga ovora bo`lganday gap. Foniy Sa`diyning ortidan izma-iz bormoqda, Bu ikkovisiz donoga xayol fahmlanilmaydi. |
Ixtiro` Zi ishq hast ba dil bor sad hazor maro,Hanӯz shukr buvad sad hazor bor maro. Garam buvad mai gulgun zi soqii gulrux, Ba huru Kavsarat, ey porso, chӣ kor moro? Ba bӯsae, ki dihiyu kushӣ maneh minnat, Chӣ minnatam zi tu, chun kusht intizor maro. Ba churmi ishqu may ar shahnaam zamon talabad, Ba piri maykadai ishq, gӯ, sipor maro. Zi may xumor buvad v-az xumor may nӯsham, Ba davri boda tasalsul shud oshkor maro. Magӯ: «Marav ba sӯi dayr», vah, chu mug`bachagon Barand mӯykashonam, chӣ ixtiyor maro? Zi churmi bodaӣ, ki dӯsh hotifi g`ayb, Zi lutfi shomili ӯ kard umedvor maro. Digar magӯy ki: «Chun mast sozamat, bikusham», Chӣ sud az in suxanat, kusht chun xumor maro. Ba poybӯsi buton shud umed, ey Fonӣ, Chu may ba dayri mug`on kard xoksor maro. | Dilimda yuz minglarcha ishq yuki (qayg`usi) bor, haligacha buning uchun yuz ming marta shukr aytaman. Gul yuzli soqiy tomonidan menga gulrang may karam qilinsa, ey porso, hur va Kavsaring bilan nima ishim bor? Bir bo`sa berib o`ldirmog`ing bilan bo`ynimga minnat yuklama, senga intizorligimning o`zi meni o`ldirgan, yana minnatning nima hojati bor? Ishq va mayning gunohi uchun mirshab agar menga jarima solmoqchi bo`lsa, unga aytginki, u meni ishq mayxonasining piriga topshirsin. Xumorlikdan may ichsam, maydan xumor (hosil) bo`ladi, may davri (jom aylanishi)dan surunkasiga mayxo`rlik qiladigan bo`lib qoldim. «Mayxona tomonga borma!» dema, ey voyki, mug`bachalar sochimdan tortib mayxonaga olib boradilar, shunday bo`lgach, menda ne ixtiyor? Kecha g`ayb hotifi meni yor lutfu karamidan umidvor qildi, endi may gunohidan nima parvoyim bor? «Mast qilamanu o`ldiraman», deb ikkinchi aytma, xumorlikning o`zi meni o`ldirgan, bu gapingdan nima foyda? Ey Foniy, may meni mug`lar dayrida tuproq bilan teng qilib qo`ygani uchun butlar (go`zallar) oyog`idan bo`sa olishga umid bog`ladim. |
Tatabbӯ`i yori aziz Ey z-otashi may dar guli rӯi tu asarho,Dar sina az on otasham aftoda shararho. Sangi labi rӯde, ki zi qatli tu ravad xun, Boshad zi tamavvuҷ ba kanor omada sarho. Dar xil`ati gulgun qadi ra`noi tu sarvest, K-ӯ nash`unamo yofta bo xuni ҷigarho. Har naxli tamanno, ki ba ishqi tu nishondem, Az sangi malomat hama ovard samarho. Az ishqi yake mug`bacha dar dayri mug`onem, Ovarda pai chur`ai may rӯy ba darho. Be rohbare dashti fano tay natavon kard, K-afzun-st dar ӯ az hadu andoza xatarho. Fonӣ buvadu ҷomi mayu ishqu xarobot, K-az dahr murod in shudu behuda digarho. | Gul yuzida may o`tidan nishonalar bo`lgan (ey go`zal), u o`tdan mening siynamga uchqunlar tushdi. Sen o`ldirgan kishilar qonidan oqayotgan daryo qirg`og`idagi toshlar — to`lqin shiddati bilan qirg`oqqa otilgan boshlardir. Gulrang kiyim ichra mavzun qomating jigarlar qoni bilan nash`u namo topgan bir sarvdir. Ishqing bilan o`tqazilgan har bir umid niholimizning mevasi—malomat toshi bo`ldi. Bir mug`bachaning ishqidan mayxonadamiz, bir qultum may uchun yuz eshikka boramiz. Bir rahbarsiz fano dashtidan o`tib bo`lmaydi, chunki unda xatarlar haddan ziyoda ko`pdir. Foniy bo`lsa, may jomi bo`lsa, ishq va xarobot bo`lsa, dunyodan maqsadimiz shu, bundan boshqalari behuda bo`lib qoladi. |
Shabnam, ki havo rext ba gulhovu sumanho, Shud obilai orazi atfoli chamanho. Gulhoi chaman gar na shahidoni firoqand, Chun lola charo g`arqa ba xunand kafanho? Dar tob agar nest az on ҷa`di dilovez, Dar turrai sunbul zi chӣ aftoda shikanho? Dar fasli chunon, bodavu yore ba kaf ovar, Xӯrdan natavon ҷom chu dar maykada tanho. Chun ҷonibi on but nashitobam, ki zi zunnor, Dar gardani ҷon bahri kashish basta rasanho?! Dar sirri haqiqat ba suxan roh naboshad, Ҷoe narasid, archi base raft suxanho. Fonӣ ba rahi faqr daro, nukta magӯ besh! Gar mardi rahӣ, pesh mayor in hama fanho. | Havo gul va sumanlarga sepgan shabnam chaman go`zalliklarining yuzlariga tushdi. Agar chaman gullari firoq shahidlari bo`lmasa, kafanlari nega loladek qonga bo`yalgan? U dil oluvchi jingalak sochdan tobga tushmagan bo`lsa, nega sunbulning turrasiga tugunlar tushibdi. Bunday faslda boda va yor bilan bo`l, chunki mayxonada yolg`iz jom ichib bo`lmaydi. U but tomonga qanday qilib chopib bormayin, tortish uchun jon bo`yniga zunnordan iplar bog`lagan bo`lsa. Haqiqat sirriga so`z bilan yo`l topib bo`lmaydi, so`z ko`p aytilgan bo`lsa-da bir joyga borib yetmadi. Foniy, faqr yo`liga kirginu ortiqcha bir nukta aytma, agar yo`l mardi bo`lsang bu hamma fanlaringni pesh qilma. |
Dar Ҷomi Ҷam birez sharobi mug`onaro, Dar vay bubin haqiqati in korxonaro. Ey piri dayr, ahli xarobot mahramand, 3-in roz nukta gӯyu raho kun bahonaro. Bee`tidolӣ ar kunam az shӯri in hadis, Dar halqi man birez mai bexudonaro. K-on may, zamon-zamon barad az lavhi xotiram Ayshi zamonarovu ҷafoi zamonaro. Murdan ba vasl boyadam, ey Xizr, munkiram, Obi hayotu zindagii ҷovidonaro. Bingar ba saqfi maykada aksi furӯg`i may, Gar z-otashi Kalim nadidӣ zabonaro. Fonӣ, chu nest loiqi in bazm, ey raqib, Bore bimon, ki bӯsa zanad ostonaro. | Jam jomiga mug`ona sharobni quy, unda bu korxonaning haqiqatini ko`r. Ey, dayr piri, xarobot ahli mahramlardir, bu sirdan nukta ayt va bahonani qo`y. Bu so`zning sho`ridan agar bee`tidollik qilsam, mening halqumimga bexudlik sharobini quy. To o`sha may har lahza xotirim lavhidan zamonaning aysh va jafosini yuvib tashlasin. Vaslda o`lishni istayman, ey Xizr, obu hayotu mangu yashashni inkor qilaman. Agar Kalim o`tining alangasini ko`rmagan bo`lsang, mayxona shipida may shu`lasining aksini ko`r. Foniy agar bu bazmga loyiq bo`lmasa, ey raqib, bir bor quyib ber, ostonani o`psin. |
Ҷavobi xud go`yad Zihӣ, ba xori mija sad hazor zor turo,Asiri du guli oraz du sad hazor turo. Mabod ҷavri xazon, az bahori zeboӣ, Chunin, ki toza shuda gulshani uzor turo. Dilo, zi nola makun da`vii shikeboӣ, Chu dӯst ҷilva namoyad, chӣ ixtiyor turo? Davo ba kulbai xammor ҷomi gulrang ast. Gahe ki g`uncha kunad mehnati xumor turo. Chu umr meguzarad, ҷomi may zi dast maneh, Ki vorahonad az andӯhi rӯzgor turo. Makash tu doman, agar domanat kashad xore, Ba xoki ahli vafo chun fitad guzor turo. Marav ba bori xudӣ, Foniyo, ba vodii faqr, Ki andar ӯ ba chunin bor nest bor turo. | Tahsin va ofarinki, sening kipriging tikaniga yuz minglarcha kishi zor bo`lib, ikki yuz minglarcha kishi ikki gul yuzing asiridir. Go`zallik bahorida yuzing gulshani shunchalik toza va xurram bo`libdi, unga xazondan ofat yetmasin. Ey dil, noladan o`zimni tiyaman, deb da`vo qilma, chunki do`st jilva qilib turganda, senda nima ixtiyor qoladi? Xumor mashaqqatidan dardmand bo`lsang, uning davosi mayfurush kulbasidagi gulrang maydir. Umr o`tadi, may jomini qo`lingdan qo`yma, chunki u hayot qayg`usidan seni xalos etadi. Vafo ahlining mozoriga yo`ling tushganda, u yerning tikani etagingdan tutsa, sen etagingni undan tortma. Ey Foniy, faqr vodiysiga manmanlik yuki bilan kirmagin, unga bunday yuk bilan kirishga ijozat yo`q. |
Muxtara` Ba`di umre, k-afkanad gardun ba kӯi ӯ maro,Seli ashki shodmonӣ mebarad z-on kӯ maro. Kohi ҷism oyad garon dar kaffai ishqam zi g`am, Kӯhi Farhodash agar yak sӯ nihӣ, yak sӯ maro. Rӯ ba rohat baski sudam, har du xunin gashtu resh, Vah, ki sӯyat omadanro nest rohu rӯ maro. Bӯi mushkinturraat to dar dimogi man rasid, Gah kunad beholu gah orad ba hol on bӯ maro. Baski on badxӯy teg`i bedareg`am rond, soxt 3-in rioyathoi mufrit hamchu xud badxӯ maro. Man, ki g`arqi may shudam z-iqboli piri maykada, Muhtasib in dam kuҷo yobad ba ҷustuҷӯ maro? Foniyo, nobudam andar yor, boshad ҷoi shukr, K-az g`amu shodӣ mubarro soxt ishqi ӯ maro. | Yoshim bir yerga borgandan keyin, charx uning ko`chasiga meni tashlasa, shodlik yoshining seli u ko`chadan meni oqizib ketadi. Mening ishqim tarozusi pallasining bir tomoniga Farhod tog`ini, bir tomoniga meni qo`ysang, somondek sarg`aygan jismim tog`dan og`ir keladi. Yo`lingga yuzimni shunchalik surdimki, yo`l ham, yuz ham tirnalib, qonga belandi, ey voh, sen tomonga borishga yo`l ham yo`q, yuz ham yo`q. Xushbo`y gajaging isi dimog`imga yetganda, u is meni goh behol qiladi, goh ruhlantiradi. U badfe`l menga rahmsizlik tiyg`ini shunchalik surdiki, bu haddan tashqari shafqatsizligi bilan meni ham o`zidek badfe`l qilib qo`ydi. Mayxona pirining iltifotidan men mayga g`arq bo`ldim, endi muhtasib izlab meni qaydan topa oladi? Ey Foniy, men yor vujudida fano bo`lganman (yo`qolganman), buning uchun shukr, chunki (uning ishqi) meni g`am va shodlikdan xalos etdi. |
Tatabbӯ`i yori Aziz Dil, k-az g`amat orom naboshad, baram ӯro,To chand ba kӯyat baramu ovaram ӯro? Zog`e, ki kunad gohi ҷunun mayli nishastan, Bar farq buvad tӯ`ma zi zaxmi saram ӯro. Xoham, ki garonӣ baram az kӯi tu, garchi Az soya garontar nabuvad paykaram ӯro. Davron, ki maro sӯxt, azo doradam aknun, Chun rӯz shuda tira zi xokistaram ӯro. Shud Layliyu Maҷnun zi miyon, chun napisandem? Dar ishq man inro, ba safo dilbaram ӯro. Nabvad hadi onam, ki kunam da`vii pobӯs, Inam na bas, ey ishq, ki xoki daram ӯro. Ҷismi chu xasam shud ba saropardai on gul, Ey bod, naronӣ zi harimi haram ӯro. Omad, zi pai durdi safolam sagi ӯ, lek Devona kunad nakhate, az sog`aram ӯro. Gar shayxi riyoӣ shumurad donai tasbeh, Man bin, ki chu Fonӣ ba ҷave nashmaram uro. | Dil sening g`amingdan qo`ynimda orom olmaydi, qachongacha men uni sening ko`yingga olib borib, olib kelaberaman? Telbalik chog`imda boshimga qo`nuvchi qarg`aga (junun qushiga) boshimning yarasi yemish bo`ladi. Mening tanim soyadan og`irroq emasdir, (shunday bo`lsa ham), ko`yingdan bu og`irlikni ko`targim keladi. Davron meni kuydirdi, endi u menga motam tutadi, chunki kulimdan (uning) kunduzi qorong`i bo`ldi. Layli bilan Majnun o`rtadan yo`qoldi, chunki men ishqda buni (Majnunni), dilbarim esa safoda (tiniqlikda) uni (Laylini) pisand qilmaymiz. Uning oyog`ini o`pishni da`vo qilishga haddim yo`q, ey ishq, uning eshigi tuprog`i bo`lishimning o`zi kifoya qilmaydimi? Mening xasdek jismim u gulning haramxonasiga bordi, ey shamol, u yerdan uni quvib yuborma! Safol kosamdagi may durdini yalash uchun uning iti keldi, lekin may kosamdagi bir xushbo`ylik uni mast qiladi. Agar riyokor shayx tasbeh donasini sanasa (o`girsa), ko`rki, men Foniydek uni bir arpacha ham sanamayman. |
Tatabbo``i Mir Vah, ki dar vaqti gulam z-on guli ruxsor ҷudo,Gul ҷudo otashi man tez kunad, xor ҷudo. Az ҷudoӣ manu yor, abr zi ta`siri bahor, Man ҷudo giryakunon, abr ҷudo, yor ҷudo. Chӣ firoq ast, ki ҷonon chu ҷudo gasht, zi man, Dil zi ҷon gasht ҷudo, ҷon zi tani zor ҷudo?. On paripaykar az in xasta ҷudoӣ talabad, Hamchu ҷon k-ӯ shavad az paykari bemor ҷudo. Daru devor zi ham gasht ҷudo, baski zadam Sar ҷudo bar sari on kӯyu ba devor ҷudo. Soqiyo, dorui behushiyam afkan dar may, Ki naboyad ba dilam xush zi dildor ҷudo. Foniyo, ҷomi fano nӯsh dar in dayr agar Bexudӣ xohӣ az on dilbari xammor ҷudo. | Oh, gul chog`ida u gulruxsordan ayrilganman, meni gul boshqacha o`rtaydi-yu, tikani o`zgacha. Men bilan yor judolik g`amida, bulut, bahor ta`sirida har qaysimiz o`z holimizcha yig`lamoqdamiz. Bu qanday ayriliqki, jonon mendan judo bo`lgan chog`da dil jondan judo bo`ldi, jon zor tandan judo bo`ldi. Jon bemorning tanidan chiqib ketishni talab qilgani kabi, u pari paykar men xastadan judolikni talab qildi. Boshimni u eshik bilan devorlarga har alfozda urishimdan eshik bilan devorlar bir-biridan ajralib ketdi. Ey soqiy, mayga meni behush qiladigan doridan sol, dildordan judo bo`lgan dilimga aqlu hushning hojati yo`q. Ey Foniy, bu dunyoda bexudlikni istasang, u mayfurush dilbar qo`lidan fano jomini ich. |
Tatabbo``i Shayx Har gah az tab zard yobam gul`uzori xeshro,Dar xazon rӯ karda binam navbahori xeshro. Dar araq aftad, chu ҷismi notavonash, bingaram G`arqai bahri balo ҷoni nizori xeshro. Az harorat chun shavad nozuk tanash dar iztirob, Kay tavonam bast chashmi ashkbori xeshro? Koshki tabxola az la`lash ba dandon barkanam, To kunam forig` zi ranҷish la`li yori xeshro. Umri man chi buvad ba umri ӯ fizoӣ, ey sipehr, To hayotu ҷon fido sozam nigori xeshro. Rӯzgoram tira shuda az ranҷi on mah, kay buvad? To digar binam safoi rӯzgori xeshro! Foniyo, chun xushtarash yobӣ ba rasmi tahniyat, Barfishon az ҷon ba poi ӯ nisori xeshro. | Guluzorimni isitmadan sarg`ayganini ko`rgan mahalimda o`z navbahorimni xazonga yuzlangan ko`raman. Uning notavon jismining terga tushib ketganini ko`rganimda. o`z zaif jonimni balo dengiziga g`arq bo`lgan ko`raman Uning nozik tann haroratdan iztirobga tushganda, yosh to`kuvchi ko`znmnn qanday yuma olay? Yorimning la`l labini og`riqdan qutqarish uchun labidan uchug`ini tishim bilan uzib ololsam koshki edi. Ey charx, mening umrim nigorimning umriga ulanganida uning umri talaygina uzayar edi, buning uchun hayotimni ham, jonimni ham fido qilaman. U oy kasal bo`lgani sababli ro`zgorim qorong`ilandi, ro`zgorim yorigan chog`ini yana qachon ko`rar ekanman? Ey Foniy, kasaldan tuzalganini ko`rsang, muborakbod uchun joningni uning oyog`iga nisor qil. |
Muxtara` Soqii mahvash ar dihad ҷomi sharobi nobro,Beh, ki sipehr doradam sog`ari oftobro. Chand shavam ba maykada bexudu hamdamon barand Mast, kashon-kashon sӯi xonai man xarobro?! Soqii gul`uzori man gar zi ruxat araq chakad, Atri mae marost bas, pur mafishon gulobro. Guftamash: ey hayoti man, k-ӯ ba shitobat omadan? Guft: hayot mekunad vaqti shudan shitobro. Zahri firoq mekasham, vah chӣ azob boshad in, Dar tahi dӯzaxi g`amat chand kasham azobro? Piriyu zuhdu ofiyat har se ba vaqti xud xushand, Dor g`animat in zamon ishqu mayu shabobro. Bas, ki biboyadat kafi hayfu nadomatat gazid, Fonӣ agar zi kaf nihӣ mavsumi gul sharobro. | Falak quyosh sog`arini menga tutganidan ko`ra, oy yuzli soqiy tiniq may jomini bergani yaxshiroq. Qachongacha, mayxonada bexud bo`laberamanu, do`stlar men rasvoni uyimga sudrab eltaberadilar. Ey gul yuzli soqiyim, agar yuzingdan ter tomib tursa, may atrining o`zi menga yetarlidir, gulobni ko`p sochma. Unga: «Ey mening hayotim, shitob bilan (tez) kelganing qani?» — dedim, U: «Hayot ketish vaqtida shitob qiladi», — dedi. Firoqing zahrini tortaman, oh bu qanday azob? G`aming do`zaxi ostida qachongacha azob chekaman? Qariligu, zuhdu salomatlik — uchchovi ham o`z vaqtida yaxshi, ishqu may va yigitlikni hozirda g`animat bil. Ey Foniy, gul mavsumida sharobni qo`lingdan qo`ysang, hayfu nadomat barmog`ini tishlaysan. |
Garchi sad rah gasht vayron rӯzgoram az sharob, Shodam ar yak rah buvad daf`i xumoram az sharob. Mӯhtasib chun rext may, pur gasht sahni maykada, Nest aybe gar kunun sar barnayoram az sharob. Ey, ki gӯӣ az sharobat dog`ho bar xirqa chist? G`ofilӣ, sad dog` az in bar sina doram az sharob. Dar xumor az sargaronӣ sar nayafkandam ba pesh, Balki az badmastii xud sharmsoram az sharob. Ham zi savdoi parirӯivu ham az haҷr shud, Gashta andar maykada devonavoram az sharob. Ҷonibi mahbubi mahҷubam madeh rah, ey rafiq, 3-on ki dar devonagӣ beixtiyoram az sharob. Az sharobam kor chun oxir ba rasvoӣ kashid, Komi xudro nogirifta kay guzoram az sharob? Piri komil bosh, gӯ chun boshadam ishqi ҷavon, Tavba natvon dod dar fasli bahoram az sharob. Foniyo, dar xirqa pinhon doshtan aknun chӣ sud? Gasht chun sad aybi pinhon oshkoram az sharob. | Ro`zgor mayxo`rlikdan yuz qatla vayron bo`lgan bo`lsa ham, sharobdan xumorim bir bor tarqalsa shod bo`lar edim. Muhtasib mayni to`kib tashlaganida, mayxonaning sahni ko`lob bo`lib ketdi, endi sharobdan bosh ko`tarmasam ham aybi yo`q. Ey, «sharobdan xirqangdagi dog` nima?» deb so`ragan odam, siynamda sharobdan yuzlarcha dog` borki, undan bexabarsan. Maxmurlikdan boshimni quyi solib o`tirganim yo`q, balki badmastligim sababli sharobdan uyatliman. Sharob ichib, mayxonada devonalardek aylanishim bir pariro`yning savdosi va uning hajridandir. Ey rafiq, hijob (parda)dagi mahbub tomon meni yo`latma, chunki sharob ichib, devonalikda ixtiyorimni qo`ldan berganman. Sharob tufayli ishimning oxiri rasvo bo`ldi, o`z maqsadimga yetmagunimcha sharobdan qanday kecha olaman? Ey piri komil, qo`yaber! Menda yigitlik ishqi bor, piri komil bo`lganda ham, bahor faslida meni sharob ichmoqdan tavba qildirolmaydi (sharob ichishdan qaytarolmaydi). Ey Foniy, sharob ichishdan yuz yashirin aybim oshkor bo`ldi, endi aybni xirqa ichra yashirmoqdin ne foyda? |
Tatabbo``i Xoҷa Mekunad vaqti subh na`ra sahob,Ki zamoni sabӯhro daryob. Az guliston kashid murg` safir, Dar shabiston namud nola rubob. 3-in fig`onho zi har taraf yak-yak, Bargiriftand sar zi xob ahbob. Nimmaxmuru nimmast shudand Ҷonibi bazm subhgah ba shitob, Ba harifon dӯsh soqii bazm, Kard bunyod davri ҷomi sharob. Gar namurdӣ, tu niz biksho chashm, Ranҷa farmo qadam sӯi ashob. Yak-du dam vaqtro g`animat don, Ba harifon binӯsh bodai nob. Bosh to on zamon, ki dorad charx, Ҷomi zarrini mehr masti xarob. Gard bedor z-on, ki chun gardӣ, Mast, beshak digar shavӣ dar xob. Xobi duru darozat andar pesh, Xezu yak dam zi xob rӯy bitob. Bikushoyad zi xob, ey Fonӣ, Dari chashmat mufattih-ul-abvob. | Tong paytini qo`ldan chiqarma deb, tong vaqtida bulut na`ra tortadi. Gulistondan qushlar ovozi keldi, shabistonda rubob nola qildi. Bu fig`onlar sababli har tomondan do`stlar bitta-bitta uyqudan bosh ko`tardilar. Yarim xumor, yarim mast holatda tonggi bazm tomon shoshildilar. Bazm soqiysi ulfatlar orasida sharob jomini aylantira boshladi. Agar o`lmagan bo`lsang sen ham ko`zingni och-da, do`stlar tomon qadam ranjida qil. Bir-ikki dam vaqtni g`animat bil, Ulfatlar bilan sof may ich. Charx quyoshning oltin jomini tutadigan vaqtgacha sen ham mastu xarob bo`lib tur. Uyg`oq bo`l, chunki mast bo`lganda shubhasiz yana uyquga ketasan. Oldinda uzundan-uzoq uyqu bor, turginda, bir dam uyqudan yuz o`gir. Ey Foniy, eshiklarni ochguchi zot (Alloh) ko`zing eshigini uyqudan ochadi. |