INSTITUTDAN
Alisher Navoiyning fors-tojik tilidagi merosi oxirgi 18, 19 va 20-jildlardan joy oladi va shoirning mukammal asarlar to`plamiga yakun yasaydi.
Hozircha fanda «Devoni Foniy»ning Parijdagi 285, 1Z45, Tehrondagi 15002, Turkiyadagi Z850, 1952 raqamli qo`lyozmalari ma`lum.
Navoiy «Devoni Foniy» haqida «Muhokamat ul-lug`atayn» asarida ma`lumot bergana.1 Shoirning forsiy devoni turli yillarda nashr bo`lgan2 va devonni nisbatan mukammal tarzda professor Hamid Sulaymon chop ettilgan.3 Biroq bu nashrdan ham ancha g`azallar, qasidalar, kichik janrlardagi she`rlar tushib qolgan. Bu kamchiliklarni to`ldirib, devonni to`liq holda nashr etishga kirishildi. Eng mukammal hisoblangan Parijdagi 285 raqamli qo`lyozmaning fotonusxasidan asos, nusxa sifatida foydalanildi. Shuningdek, «Devoni Foniyning Tehron nashri4, tojikistonlik adabiyotshunos olim Murodiy (Tojiboev Hojimurod) nashrga tayyorlagan «Devoni Foniy» qo`lyozmasidan ham istifoda etildi. Imkon darajasida ilgari nashr bo`lgan g`azallarni ham qo`lyozmaga solishtirib, xatolari tuzatildi.
Ushbu jildga 267 ta g`azal kiritildi. G`azallarning asosini marhum otaxon olimimiz Mo`minjon Muhammadjonov tarjima qilgan. Hamid Sulaymon nashriga kirmay qolgan 76 ta g`azalni filologiya fanlari nomzodi Shafiqa Yorqin, 15 ta g`azalni filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Rafiddinov tarjima qilgan. Izohlarni filologiya fanlari nomzodi Suyima G`anieva tuzgan.
Qolgan 285 g`azal keyingi jildga kiritildi. Bu jilddagi g`azallarning ham asosiy qismini Mo`minjon Muhammadjonov, Hamid Sulaymon nashriga kirmay qolgan 68 ta g`azalni filologiya fanlari nomzodi Shafiqa Yorqin tarjima qilgan. Shafiqa Yorqin tarjima qilgan g`azallarni filologiya fanlari nomzodi Qodirjon Ergashev tahrir qilgan. Izohni filologiya failari nomzodi Sayfiddin Rafiddinov tuzgan.
G`azallarga qo`yilgan sarlavhalar qo`lyozmada qanday bo`lsa, ularni shunday saqlashga harakat qilindi, ayrim o`rinlardagina Tehron nashriga murojaat etildi.
Albatta, Navoiyning forsiy merosi nashrida ham ba`zi xatoliklar o`tgan bo`lishi mumkin. Bu borada bizga bildirilgan mulohazalarni samimiyat bilan qabul qilamiz va keyingi nashrlarda inobatga olamiz.
1 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami. 20 jildlik. 16-jild. Toshkent: “Fan”, 2000. Z2-bet.
2 Shodiev E. «Devoni Foniy nashrlari// «O`zbek tili va adabiyoti». 1988, 1-son.
3 Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. O`n besh jildlik. 5-jild. I va II kitoblar. Toshkent, 1965.
4 Devoni Amir Nizomiddin Alisher Navoiy. «Foniy». Tehron: «Asotir», 1Z75 h. sh.