IZOHLAR
1. Tatabbu` — lug`. ma`nosi biror narsaning ketidan tushish, izidan borishni anglatadi; adabiyotshunoslikda biror she`rdan ta`sirlanib, undagi vazn, qofiyani (radif bo`lsa, uni ham) saqlagan holda asar yozish, ba`zan bunday she`rlarni o`xshatma, javobiya, nazira ham deydiar. Tatabbu`ning tabiatini bizda birinchi o`rgangan A. Shomuhamedov, tatabbu`larda shoirlar o`z g`oyalarini ifoda etishga intilganlar, deb yozadi (Qarang: Shomuhamed o v A. «Tradiцiya tatabbu v tvorchestve Alishera Navoi» Tashkent: Fan, 1984; O`zbek adabiyoti tarixi. 2-tom. Toshkent, 1978, 12— 17-betlar).2. Shayx Sa`diy— (120Z, Sheroz—1292, shu shahar) Muslihiddin Abu Muhammad Abdulloh ibni Mushrifiddin Sa`diy Sheroziy ulug` fors shoir. Uning «Guliston», «Bo`ston» asarlari va 4 devoni tarkibidagi g`azallari g`oyat mashhur bo`lgan. Uning arab tilida qasidalari bor.
Sa`diy yoshligida yetim qolgan. U avval Sherozga ketgan. Bag`doddagi «Nizomiya» madrasasida tahsil olgan. U ko`p sayohat qilgan. Jom, Hizoj, Shimoliy Afrika mamlakatlarida bo`lgan.
Sa`diy asarlarining keyingi adabiyotga ta`siri g`oyat keng bo`lgan. Navoiy, «Devoni Foniy»da Sa`diyning 22 g`azaliga tatabbu` qilgan va uning g`azallari tavrida 2 g`azali bor.
3. Xoja Hofiz Sheroziy — Shamsuddin Muhammad (1321, Sheroz — 1350, shu shahar) buyuk fors shoiri. Tojir oilasida dunyoga kelgan va otadan yosh yetim qolgan Shamsuddin novvoyga shogird tushadi. Tezda Qur`oni majidni yod olib, go`zal tilovat qiladi. Shu munosabat bilan «Hofiz» taxallusini oladi. Undan bir devon qolgan. Hofiz she`rlari ishqi majozni va ishqi haqiqiy tarannumiga bag`ishlanadi. Mavzuning turli-tumanligi, ulardagi badiiyatning g`oyat yuksakligidan Hofiz she`rlari o`z zamonasidayoq shuhrat qozonadi, keyingi davr she`riyatiga ham barakali ta`sir ko`rsatadi. XVII asrdan boshlab G`arb adabiyotiga ham ta`sir o`tkazadi. Gyote Hofizdan ilhomlanib «G`arb va Sharq devoni»ni yaratgani shoirni g`arb tafakkur olamiga qadam surganiga dalildir.
Navoiy Hofiz g`azallaridagi mahoratni yuksak baholagan. «Devoni Foniy»da Hofizning g`azallari tatabbu`ida 211, tavrida esa 20 g`azal mavjud. Aytish kerakki, Navoiy Hofiz g`azallaridan tasavvufiy mazmundagilarni olgan.
Hofizning do`sti va shogirdi Muhammad Gulandom yig`gan, shoir vafotidan 38 yil keyin tuzilgan devon nashr qilingan. Hozircha aniqlangan she`rlari 418 g`azal, 5 qasida, 41 ruboiy, 3 masnaviy («Soqiynoma», «Ohuyi vahshiy», «Mug`anniynoma»)dir.
Hofizning maqbarasi Sherozdagi Musallo bog`ida, hozir «Hofiziya» deb ataladi. Hofiz ijodini har tomonlama o`rganishda Eron olimlari Abdurahmon Xalxoliy, Muhammad Qazviniy, Qosim G`ani, Said Nafisiy, Abdulhusayn Zarrinko`b, Husayn Ali: Hiraviy, Bahovuddin Xurramshoh ko`p ish qildilar. Hofiz g`azallariga ko`plab sharhlar yozilgan. Ovrupoda Ya. Ripka, A. Arberri, X. Remer, X. Ritter va boshqalar, rus olimlaridan Ye. Bertelьs, A. Boldirev, I. Braginskiylar, tojik olimi A. Mirzoev hofizshunoslikka yetuk hissa qo`shdilar.
4. Xusrav Dehlaviy — (125Z, Patyoliy —1Z25, Dehli) Yaminuddin Abulhasan Amir — Xusrav Dehlaviy nomi bilan mashhur shoir, adib, mutafakkir, bastakor. Otasi Sayfuddin Mahmud turkiy lochin qabilasidan bo`lib, mo`g`ullar istilosi arafasida oilasini Shahrisabzdan Hindistonga ko`chirib ketgan edi. Xusrav yoshlikdan yoza boshlagan she`rlarida «Sultoniy» taxallusini qo`llagan. U uzoq muddat Bangola va Dehli sultonlari xizmatida bo`lgan. Xusrav Sharq mumtoz she`riyatining va nasrining barcha janr va turlarida yozgan va Sharq adabiyoti tarixida birinchi bo`lib o`z she`rlarini hayoti fasllariga moslab, devonga ajratgan va ularga alohida nomlar bergan. Bu an`anani keyinchalik Jomiy hamda Navoiylar davom ettirganlar.
Xusrav Nizomiy Ganjaviyning 5 dostonidan tarkib topgan «Panj ganj»iga javoban 5 dostondan iborat «Xamsa» yaratgan, bu bilan «xamsachilik» an`anasiga asos solgan. Shoir boshqa voqeiy doston («Xizrxon va Duvalroniy») va adabiyot ilmi, insho san`ati, musiqa nazariyasi (advor ilmi)ga oid asarlar yozgan. U hind, urdu, arab tillarida ham asarlar yozgan. Xusravning katta hajmdagi: «E`jozi Xusraviy» nomli asari turli masalalardan bahs etuvchi alohida risolalar majmuasidir. Alisher Navoiy Xusrav Dehlaviyni «Xamsadagi har dostoni avvalida o`zining mo``tabar salafi sifatida ta`riflaydi, uning badiiy mahorati yuksak baholanadi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da Xusrav haqida uning piri Nizomiddin Avliyoning: «...qiyomatda har kishi bir nima bila faxr etgay, men bu turkning, ya`ni Xusravning ko`ksining kuyuki bila faxr qilg`umdur»,— degan so`zlarini bejiz keltirmaydi. Navoiy ishq va muhabbat mashrabidin to`la xabardor orif, she`riyatda majoziy muhabbat va haqiqiy ishq tarannumida yonib-yonib fikr yuritgan shoir Xusrav g`azallaridan «Devoni Foniy»da Z2 tatabbu` qilgan va tavrida bitta g`azal bitgan.
5. Muxtara` — arabcha so`z bo`lib, kashf etilgan, asoslangan ma`nosini anglatadi ixtiro` ham shu tushunchani anglatadi. ayzan — arabcha, yuqoridagi kabi, yana, shuningdek ma`nola-rini anglatadn. Tavr—lug`. biror narsa atrofida aylanish, tarz, yo`sin, usul, tartibni, odat (manera)ni anglatadi; adabiyotshunoslikda biror she`rning mohiyati uslubini olib, shu yo`sinda asar yozishdir. «Devoni Foniy»da shunday g`azallar mavjud. Masalan, «Dar tavri Xoja», «Tatabbu`i Maxdum, dar tavri Xoja». Bunday g`azallarda vazn, qofiya (radif) mezon qilib olinmaydi, balki uslub, mazmunni she`riy talqiniga, uslub, rangga rioya qilinadi.
Bu adabiy yo`l shoirlarning o`zaro musobaqasi yo`sinida bo`lib, mazmun o`zgalik, jilolarini yangicha talqinini yaratishga undar edi. Yangicha talqinda esa timsollar, badiiy vositalar, bayondagi adolarga alohida e`tibor qilish darkor bo`lar edi.
6. Amir Shayxim Suhayliy — (1444—1502) Nizomuddin Ahmad. Amir Shayxim nomi bilan mashhur shoir. Navoiyniig do`sti va musohiblaridan. Davlatshoh Samarqandiy «Tazkirat ut-shuaro»da Suhayliy taxallusini unga ustodi Shayx Ozariy tavsiya qilgan, deb yozadi va turkiy devoni ham bor, deb xabar qiladi. Suhayliy Xusrav Dehlaviyning «Daryoi abror» (Poklar daryosi), Jomiyning «Lujjat ul-asror» («Sirlar to`plami yo daryosi»), Navoiyning «Tuhfat ul-afkor» («Fikrlar tuhfasi») asarlariga javoblar yozgan. Uning «Layli va Majnun» dostoni ham bor. Navoiy Shayxim Suhayliyni «Yori aziz», deb ardoqlagan. «Devoni Foniy»da Suhayliyning Z g`azaliga Navoiy ta-tabbu`lari bor.
7. Abdurahmon Jomiy— (1412, Jom — 1492, Hirot) Nuruddin Abdurahmon Jomiy «Hazrati Maxdum» nomi bilan mashhur bo`lgan shoir, alloma. Navoiy Jomiy bilan 1476—1477 yillarda tanishgan va uni o`ziga pir, ustoz qilib olgan: Jomiy vafotiga qadar Navoiy u bilan samimiy do`st, maslakdosh bo`lib qolgan. Jomiy «Haft avrang» (Etti taxt) nomli asarini (7 dostondan iborat) Nizomiy va Xusrav Dehlaviy dostonlari javobida yozgan: Bular «Silsilat uz-zahab. («Oltin silsila»), «Salomon va Absol», «Tuhfat ul-ahror» («Hurlar tuhfasi»), «Sabhat ul-abror» («Poklar tasbehi»), «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Xiradnomai Iskandariy» lardir. Jomiyning Z ta alohida nomlangan, g`inoiy she`rlar devonlari, «Maktublari» majmuasi, risolalari, «Aruz», «Qofiya», «Musiqa» va bir qancha asarlarga sharhlari bor. Jomiyning «Nafahot ul-uns» tazkirasini Navoiy turkiyga tarjima qilgan va Jomiy vafotidan so`ng u haqda «Xamsat ul-mutahayyirin»ni yozgan. «Devoni Foniy»da Jomiyning Z1 g`azaliga tatabbu` va 8 g`azali tavridagi g`azallar mavjud.
8. Salmon Sovajiy—(1Z10, Sova —1Z76, shu shahar) Jamoluddin Xoja Salmon ibni Xoja Alouddin Muhammad. Salmon Sovajiy nomi bilan mashhur fors shoiri. U zamonning aksar ilmlarini, jumladan, adabiyot, riyozat, she`rshunoslik, tilshunoslikni mukammal egallagan. Shoir o`zining «Qasidai masnu`» nomli o`ta murakkab, bir necha bahrda yozilgan, juda ko`p noyob she`riy san`atlar, vositalar qo`llanilgan muvashshah (bezatilgan, ziynatlangan) yo`lida yozilgan asari bilan keng shuhrat qozongan. Salmon «Kulliyot»i (16 ming bayt)dan «Jamshid va Xurshid», «Firoqnoma» dostonlari yetib kelgan.Salmon o`z g`azallarida Xoju Kirmoniy, Nosir Buxoriy va Hofiz Sheroziy kabi shoirlar an`anasini davom ettirgan. Navoiy «Devoni Foniy»da Salmon Sovajiyning 2 g`azaliga tatabbu` g`azal bitgan.
9. Shohiy Sabzavoriy — (1Z85, Sabzavor —145Z, Astrobod) Amir Oq Malik ibni Malik Jamoluddin Feruzkuhiy, taxallusi Mir Shohiy. Shohiy xattotlik, naqqoshlik, musiqa va oltinlash san`atida nomdor ustodlardan bo`lgan. Tazkiralarda Shohiyning she`riyatida Xusravning yonishi, Hasan Dehlaviyning latofati, Qamol Xo`jandiyning nazokati, Hofizning yorqin va teranligi jam` bo`lgandir, deb ta`riflanadi. Shohiyning ajdodlari mo`g`ul istilochilariga qarshi dehqon va hunarmandlarning «sarbadorlar» nomi ostidagi qo`zg`oloni yetakchilaridan bo`lganlar. Bu ijtimoiy-siyosiy ma`nodagi xalq harakatiga aylangan qo`zg`olon ayovsiz bostirilgach, Shohiy Boysung`ur Mirzo saroyini tark etib, Sabzavorga ketadi va dehqonchilik bilan shug`ullanadi. Navoiyning «Majolis un-nafois»da yozishicha, qandaydir yumush bilan Jurjonga borganida Astrobodda qazo qiladi. Uning na`shi Sabzavorga keltirilib, izzat-hurmat bilan dafn etiladi. Shu asarda Navoiy Shohiyni ko`rmaganini, lekin oralarida yozishmalar bo`lib turganini e`tirof qiladi. «Devoni Foniy»da Navoiy Shohiyning g`azaliga tatabbu` qilgan.
10. Kamol Xo`jandiy—(1Z18, Xo`jand—1401, Tabrez) Kamoluddin Mas`ud, Shayx Kamol, Kamol Xo`jandiy nomlari bilan mashhur shoir.
U Xo`jand, Samarqandda ta`lim olgan. Xorazm va Shosh (Toshkentda) istiqomat qilgan. Kamol nihoyatda bilimdon shaxs bo`lgan: adabiyot, arab tili, fiqh, hadis, kalom, hikmat, tafsir va tasavvufni puxta bilgan. Iroq va Ozarbayjon hokimi Tabrez atrofida Valiyonko`h degan mavze`ni unga tuhfa qilgach, Kamol bog` barpo etib, uni Behisht deb atagan va bog`dorchilik bilan ro`zg`or tebratgan. Kamol «Devon»ida 14 ming bayt bo`lgan, deyiladi. Lekii bizgacha yetib kelgan «Devon»ida 7989 bayt mavjud. Uning g`azallarida insonning botiniy olami ochib beriladi. Oshiqona his-tuyg`ular tarannum etiladi. Kamolning o`zbek tilida ham yozgani haqida birinchi bo`lib A. Hayitmetov yozdi. (Qarang: Shayx Ahmad qozi Xudoydo Taroziy. Fununul balog`a. Xazina, 129Z). «Devoni Foniy»da Kamol g`azallariga 4 tatabbu` va tavriga g`azallar bor.
11. Sohib Balxiy — Davlatshoh Samarqandiy bu shoir taxallusi «Sharifiy» bo`lgan, deydi. Navoiy «Majolis un-nafois»da: «She`r fanida mahoratli kishi erdi. Advor — musiqiy ilmida komil erdi»,— deydi. Sohib o`z g`azallariga o`zi kuy bastalar ekan, uning «Chorgoh» amalidan boshqa asar Jo`gi Mirzo (Shohruh Mirzo o`g`li) majlislarida aytilmas ekan. Sohibning Xoja Salmonning «Masnu`» qasidasiga javobiyasi bor. Qabri Balxda. «Devoni Foniy»da Sohib Balxiyga 1 ta tatabbu` g`azal bor.
12. Kotibiy — (vaf. 14Z5, Astrobod) Shamsuddin Muhammad ibn Abdulloh—mashhur shoir, xattot va munshi. Yaxshi xattot bo`lganligidan Kotibiy taxallusini olgan. Kotibiyning Nishopurda tahsil olgani, Hirot, Samarqand, Mozandaron, Gilon, Hizoj, Tabrez va Isfahonlarda bo`lgani haqida ma`lumotlar bor. Navoiy «Majolis»ida shoirning «Tajnisot», «Zul-bahrayn», «Zul-qofiyatayn», «Husn va Ishq», «Nozir va Manzur», «Bahrom va Gulandom» nomli asarlari borligini, umri oxirida esa «Xamsa»ga kirishganini, lekin tugallanmay qolganinn xabar qiladi. Kotibiy toun — vabo kasalligidan vafot etgan va qabri Astrobodning «No`h guron» go`ristonida ekan. «Devoni Foniy»da Kotibiy g`azaliga tatabbu`i bor. Alisher Navoiy «ba`ze az zurafon zamon», «ba`ze az akobir», «tatabbu`i ba`ze yoron» kabi sarlavhalar ostida yana bir necha mashhur shoirlarga tatabbu` qilgan. Jumladan:
Hasan Dehlaviy— (1254—1ZZ7/Z8) Najmuddnn Hasan. 1280-85 yillarda Xusrav Dehlaviy bilan Multonda Sulton Muhammad xizmatida bo`lgan. She`rlar devoni va «Ishqnoma» masnaviysi bor. G`azalda Sa`diyga ergashgan, u uylanmagan, kambag`alona hayotni ma`qul ko`rgan, qabri Avrangobodda. «Favoyid ul-fuod» («Yurak foydalari») nomli nasriy asari Nizomuddin Avliyo (shoirning piri)ning aytgan so`zlari majmuasidir. Unda shoir tarjimai holiga oid ma`lumotlar ham bor. Kamol Xo`jandiy, Hiloliy, Binoiy, Mushfiqiy kabi shoirlar unga payravlik qilganlar. «Devoni Foniy»da Hasan Dehlaviyning ikki g`azaliga Navoiyning 2 tatabbu`i keltirilgan.
Ahmad Hojibek Vafoiy— (vafoti 1495-96, Buxoro). Otasi Sulton Malik Qoshg`ariy juda ma`rifatli va tengsiz siymolardan bo`lgan. U 10 yil Hirotda, 1496 yilgacha Samarqandda hokimlik qilgan. Navoiy 1465-69 yillar Samarqandda tahsil olayotgan vaqtda Ahmad Hojibek unga murabbiylik qilgan va moddiy jihatdan ko`mak berib turgan. Ahmad Hojibek aqlli, tadbirkor va adolatli bo`lgan, she`riyat bilan ham mashg`ul bo`lgan. «Devoni Foniy»da Vafoiyning ikki g`azaliga Navoiyning tatabbu` g`azali mavjud.
Sayfiy — (vaf. 150Z, Buxoro) shoir, adabiyotshunos. Buxoro va Hirotda tahsil olgan. 1487 y. Buxoroga qaytgan. Sayfiyning 2 devoni, aruz haqida va musiqa bobida risolalari bor. «Aruz risolasi»da she`r va shoirlik, aruz qonun-qoidalari, bahr hamda doiralari anchayin sodda va ravon til hamda uslubda yozilgan. «Devoni»dagi she`rlar an`anaviy g`azalchilik yo`lida yaratilgan. Shoir kasb-hunar egalarini madh etib, ko`p she`rlar yozgan. Keyinchalik bu xil asarlar «Shahrosho`b» deb atalgan. «Devoni Foniy»da Sayfiyning bir g`azaliga Navoiyning tatabbu` g`azali bor.
Sulton Husayn Boyqaro—(14Z8—1506) Sohibqiron Temur naslidan Mirzo Mansur Boyqaro o`g`li, podshoh, shoir. Navoiyning bolalikdan do`sti. 1469 yilda u Hirot taxtiga chiqqanida Samarqandda tahsil olayotgan Navoiyni darhol maxsus farmon bilan poytaxtga chaqirtirgan edi. Husayn Boyqaro davrida Hirot butun Sharqda ilm-ma`rifat, san`at, adabiyot va madaniyatning yashnagan markaziga aylangan edi. Husayn Boyqaro sohibi devon shoir ham bo`lgan. G`azallarini Husayniy taxallusida bitgan (1485 y.), nasriy bir risola ham yaratgan. Unda Navoiyning ijodiy faoliyatiga berilgan yuksak baho mavjud. Navoiy har bir asarida o`z shohini madh etadi, uning vasfiga alohida boblar bag`ishlaydi. «Devoni Foniy»da Husayniyning 2 g`azaliga tatabbu` o`rin olgan.
Ismat Buxoriy—(vaf. 1497, Buxoro) Xoja Ismatulloh ibn Xoja Mas`ud, go`zal g`azal va qasidalar ijod qilgan shoir. Xalil Sulton saroyida bo`lgan, unga 40 qasida bag`ishlagan. Xalil Sulton feodallar isyoni paytida zindonband etilgandan so`ng shoir sargardonlikka uchragan. Ulug`bek taxtga o`tirgach, uni saroyga taklif qilgan, lekin Ismat rozi bo`lmagan. U uzlatni, darveshona hayotni orzu qilgan. Shoirning «Devon»i (800 bayt) va «Ibrohim Adham» masnaviysi mavjud. Ismat Buxoriyning tasavvufiy fikrlar, so`fiyona his-tuyg`ular bilan ko`chirilgan she`rlari xalq orasida shuhrat tutgan. Shoir she`riyatida Xusrav Dehlaviynnng kuyinishini, Hofizning irfon aqidalari, Sa`diyning ravonligi ko`zga tashlanadi. Shoir Ismat, «Ismatulloh» va Xalil Sulton tavsiya qilgan «Nasriy» taxalluslarida yozgan. «Devoni Foniy»da Ismat Buxoriyning bir g`azaliga tatabbu` bor.
Kohiy—(1414, Samarqand, Miyonkoli—1481, Agra) Najmuddin Muhammad Abulqosim. Samarqand, Buxoroda tahsil olgan. Va Hirotdagi «Nizomiya» va «Ixlosiya» madrasalarida o`qigan. Kohiy adabiyot, tarix, fiqh, tib va jug`rofiyani puxta o`rgangan. She`riyatda Sa`diy va Jomiy an`analarini davom ettirgan. «Bo`ston»ga o`xshatma qilib «Gulafshon» nomli masnaviy yozgan. «Ma`nolar ilmi», «Balog`at ilmi» va «Musiqa risola»lari bor. «Devoni Foniy»da Navoiyning Kohiy Miyonkoliyning 1 g`azaliga tatabbu`i keltirilgan.