www.uz
XLI

Hikoyat

Sayr uchun shohi surar chog`da faras,
Oshiq o`ldi bir gadoi bulhavas.

Ohu vovaylou afg`on boshladi,
Xalq aro g`avg`ou to`fon boshladi.

Sendek oshub aylabon afg`on ila,
Nola aylar erdi ming doston ila.

Telbalardek turmayin maskan aro,
O`zni kulga bulg`abon gulxan aro.

Shahg`a ma`lum o`lg`och ul ishqu junun,
Istadi oshiqni qilmoq ozmun.

Otlanib filhol andoqkim duraxsh,
Imtihong`a surdi gulxan sori raxsh.

Dedi: Ul gumrohni sudrab kelturung,
Xizmatimg`a yetkurub bo`ynin uzung.

Chunki oni tortibon kelturdilar,
Ishq aro matlubig`a yetkurdilar.

Qatl hukmi qildi shohi baxtiyor,
Vahmdin qochti gado beixtiyor.

Aylar erdi hushsiz har sori mayl,
Tutmag`ig`a po`yagar har sori xayl.

Tutti entikkondin ul gulxanga yo`l,
Bexud o`zni o`tqa tashlab kuydi ul.

Shohg`a bu ummid kim oshiq esa,
Ishq da`vosi aro sodiq esa.

Qatl hukmi chun yetar qilsa qabul,
Shoh otdin ollida qilg`an nuzul.

Uzr ila dilxohlig`lar aylag`ay,
Holidin ogohlig`lar aylag`ay.

Shahga qilg`ay sidq ila ixlos oni,
Ham musohib, ham nadimi xos oni.

Ul gado chun ishq aro erdi dag`al,
Bo`ldi rasvoliqqa ahvoli masal.

Gar sanga ham yetsa guldan bir tikan,
Gulxan o`lg`ay maskaning, yo`qkim chaman.

XIII

Qumri uzri

Dedi Qumrikim: Ayo farxundaroy,
G`aflatu gumrohlarg`a rahnamoy.

Men qushidurmen chamandin chiqmag`on,
Dashtu vodiy sayridin toriqmag`on.

Za`fu ojizliq shior o`lg`on manga,
Shoxu barg ichra qaror o`lg`on manga.

Ne sovug` ko`rgan jahonda, ne isig`,
Ne irik boshimg`a kelgan, ne qotig`.

Bog`din bog` ichra ko`rguzgon safar,
Shoxlardin barg aro qilg`on mafar.

Bo`yla yo`l ranji cheka olg`aymu men,
Bu havas tuxmin ekaolg`aymu men.

Qo`ydum ersa bu mashaqqat jonima,
Kuch bila kirmakdurur o`z qonima.

XLIII

Hudhudning javobi Qumrig`a

Dedi Hudhud: K-ey zabuni ajzkesh,
Shavqu dard ichra ko`ngulni ista resh.

Ming yil o`lsa bog` aro manzil sanga,
Shoh ila barg ichra ne hosil sanga.

G`ayr ulkim yotibon yo`lungda shuk,
Qormabon qoningni ichkoy bir mushuk.

Yo birov gaz birla bo`lg`ay qotiling,
Yo guruha birla qilg`ay bismiling.

Mundin o`zga ayshu koming ne ekan?
Gulshan ichra ehtiroming ne ekan?

Bo`yla murdor o`lgucha g`aflat aro,
O`zni o`rtab shu`lai firqat aro,

Er esang, maqsudi asli istabon,
Yo`lg`a kirsang yor vasli istabon,

O`lsang ul yo`l ichra ranju dard ila,
Jismi zoru joni g`amparvard ila,

Yaxshiroq yuz qatla ul ofotdin,
Or qilg`udek daniy avqotdin.

XLIV

Hikoyat

Bog`bone bor edi bas behunar,
Bog`bonliq san`atidin bexabar.

Ne shajar payvand qilmoq shevasi,
Kim halovat hosil etkay mevasi.

Ne yog`och parkovi birla parvarish
Aylay olibkim, shajar qilg`ay ravish.

Vaqt ila ne dona sochmog`ni bilib,
Kim farah qilg`ay guli hosil qilib.

Bog` aro anborkashlig` birla xush,
Bog`bon yo`qkim, degil anborkash.

Chun ko`rub bu nav` ranju tob anga,
Pandlar deb ahli hush ahbob anga.

Kim bu behosil ishingni tark tut,
O`zni bir hosilliq ish birla ovut.

Johil ul mehnatdin o`lmay mujtanib,
Erdi ul mehnat chekorga murtakib.

Toki bir jo`ya aro kesmakta tok,
Ayladi oni yilon sanchib halok.


XLV

Kabutar uzri

So`ngra sharh etti Kabutar arzi hol,
K-ey hidoyat fannida sohib kamol.

Barcha qushlar ichra hayyi lo yamut,
Manga qism etmish ulus ilkida qut.

El yasab maskan manga koshona ham,
Kelturub ollimg`a suvu dona ham.

Dahr aro el bandining mahbusi men,
Bu sabab birla olar ma`nusi men.

Tengri bu holat nasib etmish manga,
Xoni qismatdin bu ish yetmish manga.

Haq nasib etkondin etmak ijtinob,
Aql qonunida bo`lg`aymu hisob?

Shukr aylab qismat etkonga iloh,
Chekmasam avlo bu ranji umrkoh.

XLVI

Hudhud javobi Kabutarg`a

Dedi Hudhud: K-ey bahona fan sanga,
Go`shai makru xayl maskan sanga.

Qushlar aylab holatingdin hayrate,
Yo`q seningdek bir yana beg`ayrate.

Kim sanga tengri nasib aylab qanot,
Qilg`udek bir damda qat`i koinot.

Sen xaloyiqqa bo`lub farmonpazir,
Dona birla suv uchun zoru asir.

Qovg`ali xaylingni tobar ehtimol,
Lattani boshig`a bog`lab bemalol.

Qovubon siz xayli nofarjomni,
Lavsungizdin xoli aylab tomni.

Siz bu javru zajr birla ketmayin,
G`ayr ul tom uzra-o`q mayl etmayin.

XLVII

Hikoyat

Xalq ichinda bor edi beg`ayrate,
Elga beg`ayratlig`idin hayrate.

Mushtu silli birla apponi yebon,
Eldin olib luqmau oni yebon.

Qovlabon, ketmay xaloyiq ko`yidin,
Balki chiqmay dun sifatlar uyidin.

Bu jafolarg`a tuz etmish erdi narx,
Qaysi bir tepsa, urub bir qatla charx.

Ul muqarrar muzdin olur edi,
Nafs komin og`zig`a solur edi.

To berib bir pora non chust dast,
Qildi bir musht urg`och, ondoq yerga past.

Garchi sillilar yemoqdin to`q edi,
Musht yeb go`yoki hargiz yo`q edi.

XIVIII

Kabki dariy uzri

Yona ajz aylab ayon Kabki dariy,
Dedi:K-ey majmu`i qushlar rahbari.

Men qushidurmen ko`histon manzilim,
Onda tengri hamdig`a zokir tilim.
Dahr eli oshubidin silkib etak,
Tog` etoginda topib oromu tak.

Chun bo`lib tole` rafiqu baxt yor,
Qullai uzlatni aylab ixtiyor.

Tog` ganji chun manga bo`ldi mafar,
Ne munosib holima mundoq safar.

Kon uza doim xiromimdur mening,
Gavhari bu ishta komimdur mening.

Gavhari ma`ni hamono ul durur:
Sayri bema`ni manga bu yo`l durur.

XLIX

Hudhud javobi Kabutarg`a

Dedi Hudhud: K-ey xayoloting mahol,
Yo`q dimog`ing ichra juz botil xayol.

Tog` aro dersenki tuttum inzivo,
Inzivo ermas erur nafsu havo.

Harza gardisen yugurmaklik ishing,
Po`ya tog`u qulla uzra varzishing.

Qahqaha har lahza aylab bejihat,
Kim majonin shevasidur bu sifat.

Gavhari ma`niki mazkur aylading,
Nomunosib amr mazbur aylading.

Sen kimu ma`ni kim, ey majhuli mast,
Jahl birla mastlig`din xudparast.

Gavhari ma`ni saridin urma dam,
O`zni bu yolg`ong`a qilma muttaham.

Kim erur ul mahz badgavharlig`ing,
Ayni bema`nilig`u abtarlig`ing.

Kim hamul yolg`ong`a bo`lg`ung mubtalo,
Kelgusi ondin boshingg`a yuz balo.

L

Hikoyat

Bir ulusning qalbiyu bad axtari,
Qo`ydi bir shahr ichra otin javhari.

Tonimay xarmuhrani feruzadin,
Forig` etti nafsni daryuzadin.

Aylabon gavhar vuqufi birla xos,
Ayladi o`zni gadolig`din xalos.

Rangi gunogun qilib billuri sof,
La`l ila yoqut deb oytib gazof.

Bo`yla mahmallarki deb ul notamom,
Chin gumon aylab tamom ondin avom.

Toki sotti bir kun ul qalbi dag`al,
Bir g`anig`a soz etib mundoq amal.

Benihoyat naqdg`a bir pora tosh,
Kim oni xush rang aylab erdi fosh.

Vajhni oz kunda borin siypadi,
Gavhar olg`on chun ul ishni ongladi.

Kim bir oltunluq billuri la`lgun,
Yuz ming oltung`a sotibdur qalbi dun.

Gavhari beayn iqola ayladi,
Tuttiyu vajhin havola ayladi.

Habbasi yo`q erdi chunkim ko`rdilar,
Qalbni qin ostida o`lturdilar.

LI

Tazarv uzri

Yona arz etti Tazarvi guluzor:
K-ey hidoyat shevasida nomdor.

Men qushidurmenki qilmish husnu zeb,
Gulshan ichra suratimni dilfireb.

Tengri ro`zi husnu zeb etmish manga,
Lutfu ra`nolig` nasib etmish manga.

Chunki ifroti jamolu xo`blug`,
Ayladi zohir manga mahbublug`.

Nozu istig`no bo`lib mahbub ishi,
Ranji xo`b elg`a ravo tutmas kishi.

LII

Hudhud javobi Tazarvg`a

Dedi Hudhud: K-ey xayoling bulajab,
Ham xisoling, ham maqoling bulajab.

Kimsa mundoq harf hargiz surmadi,
O`z jamolu husnidin lof urmadi.

Kelmagay bu so`z majonin xaylidin,
Jam`i go`lu tifl oyin xaylidin.

Qahbalarkim hulla qilg`oy rang-rang,
Bu takallumdin alarg`a oru nang.

Kimsa bu da`viy muhaddas qilmag`oy,
Demoyin erkim muxannas qilmag`oy.

Noqisekim so`rsa bu yanglig` kalom,
Qo`ymag`on xushroq bu yo`l azmig`a gom.

Senki xotunlar kibisen xudpisand,
Etkusi zotingg`a erliqdin gazand.

Er kirar er sonig`a himmat bila,
Er emas faxr aylag`on ziynat bila.

Erga xulqu fe`l erur zebu kamol,
Yangi zarkash hullasidur eski shol.

LIII

Hikoyat

Tushtilar bir yo`l aro ikki rafiq,
Bir edi yo`lsiz, biri sohib tariq.

Biri noqisvash, biri komil sifot,
Onga Mudbir munga Muqbil erdi ot.

Har biriga zot edi oti kibi,
Ul sifatkim ot edi zoti kibi.

Muqbil aytur erdi ahlillohdin,
Dinda xayli komilu ogohdin.

Ahli nuqsondin edi Mudbirg`a so`z,
O`ylakim but vasfidin kofirg`a so`z.

Dardu so`zi holdin ul nukta deb,
Lavnu zebu rangdin bu harza deb.

Topmayin bir-birlaridan hech bahr,
To namudor o`ldi bir farxunda shahr.

Ikkisi oni g`animat bildilar,
Bir-birisidin ravon oyrildilar.

Bu biriga ko`yi faqr erdi taraf,
Bo`ldi ul bir ozimi baytul-lataf.

Shah muni ko`rmakka keldi sarfaroz,
Ko`rguzub yuz hurmatu ajzu niyoz.

Onda erdi shahki, bog`lab ustivor,
Mudbiri noqisravish, ne xojavor.

Kelturub arz ettilar xayli asas,
Kim ichib bu-kecha jam`i bulhavas.

Voqe` o`lmish qonu bu bois emish,
Kim muni maqtul badhay`at demish.

Muncha so`zga bu laimi xudpisand,
Onga xanjar birla yetkurmish gazand.

Shoh eshitgach bo`ldi adl amrig`a xos,
Qildi Mudbirg`a ravon hukmi qasos.

Xud shikanga yetti ul oliy maqom,
Xudnamo topti bu yanglig` intiqom.

Uchqun o`ldi ozimi charxi barin,
Qoldi qozurot uza ishnar chibin.

LIV

Qorchig`oy uzri

Qorchig`oy qildi ayon guftorini,
Ko`rguzub changol ila minqorini:

Kim, manga qushlar kibi ermas hisob,
Kim base qushlarg`a men molik riqob.

Muncha qushkim bo`ldi guftori sanga,
Bilki, to``madurlar ul bori manga.

Zotima shahlar qo`li oromgoh,
To``ma har kun yetkurub ollimg`a shoh.

Qaysi qush qasdig`a ochsam paru bol,
Nasri toyir bo`lsa maxlasdur mahol.

Shahlar ollinda topib bu e`tibor,
Shavkatim Simurg`cha bilfe`l bor.

Shah qo`li taxtimduru boshimda toj,
Yo`q manga Simurg` sori ehtiyoj.

LV

Hudhud javobi Qarchig`oyg`a

Dedi Hudhud: K-ey g`urur ilkida past,
Jahl ila g`aflatqa bo`lg`on zeri dast.

Shoh ayog`ingg`a solib bandi azim,
Yo`qki shah, har qaysi sayyodi laim.

Ochlig`u bexoblig` oncha berib,
Kim so`ngak uzra eting bori erib.

Etkucha bir luqma et bedod ila,
Eb ulus mag`zin o`kush faryod ila.

Tengri qism etkonni yeb, ey zori dun,
Lek o`lub dunlarg`a muhtoju zabun.

Qaysi saydekim sen oni ovlabon,
Qushchi tashlab, tabl cholib, qovlabon.

Sen o`zungdin har zabunroq chun topib,
Ju`din bexud uchub, yetgoch qopib.

Topshurub elga, itoat aylabon,
Qushchi bergonga qanoat aylabon.

Bu zabunlug`lar bila muncha gazof,
Ham qilib izhor urg`on chog`da lof.

Gar hamiyat bo`lsa erdi yo uyot,
Bo`lmag`oy erdi uyotingdan hayot.

Lek chun nodonlig`ing g`olibdurur,
Nafs mundoq yovag`a rog`ibdurur.

LVI

Hikoyat

Ko`hie tog` ichra bir oyig` tutub,
O`rgatib erdi oni ko`p qon yutub.

Rom bo`lg`uncha yeb erdi ul sayog`
Kunda ikki qatla o`lguncha tayog`.

Ochlig` birla tayog`i behisob,
Ichu toshin aylabon beto`shu tob.

O`ylakim solsa yog`och har chiradast,
O`zga sori ul bo`lub tufroqqa past.

Ham eshiklarda o`yunchiliq etib,
Ham uyi sori o`tunchiliq etib.

Yuklabon egniga beandoza yuk,
Yuk tashirdin qolmayin egnida tuk.

Har jafokim mumkin o`lg`ay tortibon,
Jahldin nafsida pindor ortibon.

Gah xayol aylabki qoplon boshini,
Yonchqay otib makru udvon toshini.

Gah gumon ulkim yo`luqsa sharza sher,
To``ma ayloy qornini yorib daler,

Bu sifat to``ma xayol etti basi,
Toki oxir bo`ldi itlar to``masi.

Har zamon bu harza qilmoqtin gumon,
Xalq ichinda sen hamon sen, ul hamon.

LVII

Shunqor uzri

Dedi Sung`ur: K-ey ulusqa rohbar,
Amringa tobe` kelib ogohlar.

Manga haq bir rutba zohir aylamish,
Kim bori qushlarg`a qodir aylamish.

Borcha shahlar chun mubohidur manga,
Ism qushlar podshohidur manga.

Boshima oltun tumog`a toji zar,
Chun meni haq bo`yla qilmish tojvar.

Sen chun voqifsen bori holotima,
Xayl aro ham zotima ham otima.

Xo`b emas bir shah qo`yub boshig`a toj,
O`zga shahga zohir etmak ehtiyoj.

Shohlig` oyinig`a roje` bo`lay,
Nevchun o`zga shohga tobe` bo`lay?

LVIII

Hudhud javobi Shunqorg`a

Dedi Hudhud: K-ey faqiri tiyra roy,
Bu xayoling zotinga vahshatfizoy.

Buki shahliqqa tahavvurdur sanga,
Bas ajab botil tasavvurdur sanga.

Ey baso zangeki keldi tiyra zot,
Kim anga xalq ichra kofur o`ldi ot.

Ism aro sultonu shah shoe`durur,
Bu bori arzolg`a voqe`durur.

Har kishi ermen debon ermu bo`lur,
Kelmas ishni ilkidin dermu bo`lur.

Qavmi nodonkim degaylar seni shoh,
Butni yo o`tni degondekdur iloh.

Zotinga shatranj shohidur adil,
Kim o`zidek o`trusindadur badil.

Ne shah o`lg`oykim, oni har duni xas
Ko`kka eltib, yerga urg`ay har nafas.

Ul shahu sen shah erur behad yiroq,
Bo`yla shahlig`din gadolig` yaxshiroq.

LIX

Hikoyat

Xisrave tarh etti bir farxunda sur,
Kishvar ahlig`a ayon bo`ldi surur.

Onda ziynat haddu poyondin fuzun,
Harne kim bo`lg`ay gumon ondin fuzun.

Bog`ladilar mulkin oyin sar-basar,
Shahr elida zebu tazyin sar-basar.

San`at ahli bog`labon bisyor toq,
Mehri raxshon avjidek yuz chor toq.

Ta`biya bog`lab base ahli hunar,
Topib ondin mulku kishvar zebu far.

Ko`b ajuba zohir aylab ro`zgor,  
O`z fusunidin bo`lub omuzgor.

Har kishi la`bi qilib kulmak uchun,
Ishrat ortib huzn o`ksulmak uchun.

Jam` aro bir qaltaboni behayo,
Otin aylab podshohi bo`ryo.

Bo`ryodan sar-basar kisvat anga,
Sodog`u qalqon ila royat anga.

O`zidek yosab nechani yor sara,
Yo`q sara, necha laimi masxara.

Bazm maydoni alarg`a jilvagoh,
Zohir aylab bid`ati har dam taboh.

O`zni shohi kishvaroyin sog`inib,
Harne qilsa hazl ila chin sog`inib.

Chunki oxir bo`ldi suru ta`biya,
Tutti ul ablah o`ziga ta`ziya.

Chatr ila tojin boshig`a urdilar,
Bo`ryo to`nin buzub kuydirdilar.

Bo`ldi bu hamgomadin og`ohlig`i,
Kim tamasxur ermish oning shahlig`i.

LX

Burgut uzri

Kirdi Burgut o`rtag`a, ya`ni Uqob, Dedi:
Ey qushlar aro molik riqob.

Manga holat o`zga qushlardek emas,
Qumriyu bulbuldek el vasfim demas.

Savlatim mufritduru qahrim yamon,
Tog` mulki ichra menmen qahramon.

Necha kaklik to``madur har kun manga,
Bo`lmasa bu uyqu kelmas tun manga.

To``ma istab chun havo tuttum biyik,
Emin ermas ne qulonu ne kiyik,

Ulki bo`lg`ay bo`g`zi bu yanglig` ulug`,
Yo`l netib qat` aylagoy bo`lmay ozuq.

Meni bu yo`lda qanot ko`p soldi tut,
Qorin och o`lg`och yiqilib qoldi tut.