Òîï ðåéòèíã www.uz
Omin, yo rabbil olamin.

IZOH  VA TARJIMALAR

«MAHBUB UL-QULUB»NING IZOH  VA TARJIMALARI

            Asar Navoiyning umri oxirida — 1500 yilda yozilgan. O`zbek nasrining g`oyat go`zal namunasidir. Navoiy badiiy tafakkurining, xulosasi, hayotiy mushohadalarining yakunidir. Asarda muallif o`zigacha bo`lgan forsiy nasrning eng ilg`or an`analarini rivojlantirgan, qator masalalarni o`z davri ijtimoiy—siyosiy voqe`likni, hokim mafkura bilan bog`lab, yangicha talqin qilgan. Asardagi insonni ulug`lash, barkamol ko`rish, uning bosh xatini, hajviy portretlar, qaydlar — fosh qiluvchi qudratini, rad etishlik mantiqi — isyonkorlik ruhini, axloqiy — etik hikmat — didaktik yo`nalishini, bayondagi fikr teranligi, tilnnng go`zalligi, puxtalik, muxtasarlik, uslubiy jilolar,  she`riy parchalarning keltirilishi — yuksak badiiyatini belgilaydi.
            Muqaddimada, Navoiyning e`tirof qilishicha, bu asar zamondoshlari va avlodlarga o`rnak bo`lishi, yaxshilik va yomonlikni anglashda, go`zallikni ardoqlash va ezguliklarga intilish, chirkin xislatlar va yovuzliklardan asranishda dastur ul—amal bo`lishligini nazarda tutadi.
            Odobi tasnif an`anasiga ko`ra asar Olloh hamdi bilan boshlangan. Uning yolg`izligi, azamati, niyozmandligi, qodirligi va h. k. madh etiladi.    
            Muhammad payg`ambar (alayhisallom)ning madhi na`t qismida beriladi. Shundan so`ng Navoiy o`zi haqida, hayoti, faoliyati qanday kechganligini nimalardan xursand, nimalardan ranjib yashagani qalamga olinadi. Asarning yozishdan ko`zlagan maqsadi va uning mundarijasi bayon etiladi. Navoiy «umid ulki, o`qig`uvchilar diqqat va e`tibor ko`zi bilan nazar solg`aylar va har qaysi o`z fahmu idroklariga ko`ra bahra olg`aylar, bituvchiga ham bir duo bila bahra yetkurgaylar va ruhini ul duo bila suyundurg`anlar, — deb muqaddimani yakunlaydi.
             «Mahbub ul-qulub»ning avvalgi noshirlari davr siyosati va undagi hukmron mafkura tazyiqi bilan matnni qisqartirib tayyorlagan edi. Bu nashr e`tiborli qo`lyozmalar asosida ilk bor to`liq holda nashr etilmoqda. Natijada Navoiyning tasavvufga munosabati, diniy masalalarni talqin etishdagi poziöiyasi haqida aniq tasavvur paydo bo`ladi.
            Kitob oxiridagi izoh va sharhlar shu tasavvurni to`ldirish hamda teranlashtirishga xizmat qiladi.

Muqaddima

1. Mahmud— Muhammad  payg`ambar   (a.  s.)ning laqabi.
2. Anosir — to`rt unsur  (suv, havo, tuproq, olov).
3. Masih— Iso payg`ambarning laqabi.
4. Ya`qub — Ibrohim payg`ambarning nevarasi.   Uning 12—o`g`li
bo`lgan. Otasi o`limidan so`ng uni Olloh payg`ambarlikka noil qilgan. Og`alari Yusufni quduqqa tashlab, bo`ri yeb ketdi, deb xabar berganlaridai keyin Ya`qub o`g`li hasratidan Bayt ul-ahzon kulbasida yig`lay—yig`lay ko`zlari ko`r bo`lib qoladi. Yusufdan yaxshi xabarlar eshitgach, ko`zi ochiladi. Ya`qub payg`ambarning laqabi «Isroil»dir. Undan so`ng kelganlarni «Bani Isroil» deydilar. Qur`oni karimda Ya`qub haqida 15 ga yaqin oyatlar bor (masalan, Baqara, Imron, Niso va b.). Adabiyotda talmih san`atida ko`p keladi. Oshiqning huzn, iztiroblari, ayriliqdan ko`z yoshlari to`kishi va h. k.lar qalamga olinar ekan, uning o`zini yoki ko`nglini Ya`qubga o`xshatiladi. Ko`pincha  Ya`qub Yusuf bilan birga tilga olinadi.
5. Hizr — Obi   hayot ichib,   barhayotlikka     erishgan     avliyolardan. Adabiyotda kishilarga yo`ldoshlik, madadkorlik qilish bilan  mashhurligiga  urg`u  beriladi.
6. Buroq — Muhammad payg`ambar   (a. s.)ning oti. «Me`roj» kechasi  payg`ambar uni  minib, ko`kka ko`tarilgan.
7. Ruh ul—amin — Jabroil (a. s.)ning laqabi.
8. Tarj.  ar.:  ishq haqida  gapiriladigan narsa.
9. Tarj. ar.: vahydan boshqa narsa emas.
10. Tarj.  ar.:  olamga   [Allohning]   rahmat bo`lsin!
11. Tarj. ar.: yulduzlar kabi.    
12. Tarj.  ar.:  Qiyomat kunida  unga,  uning oila  a`zolari va  sahobalariga ollohning salavotlari bo`lsin.
13. Tarj.  ar.:  gunohlaridan  kechib, ayblarini bekitsin.
14.  Soir  un—nosning af`ol va ahvoli kayfiyati — har  xil  toifa odamlar fe`l—atvori va ahvoli kayfiyati demakdir.
15. Hamida  af`ol  va  zamima  xisol  xosiyati — yaxshi   fe`llar va yomon xislatlar xosiyati demakdir.
16. Mutafarriqa   favoid  va   amsol  surati — xilma—xil  foydalar va  hikmatli so`zlarning ko`rinishi demakdir.

I qism
1. Tarj. ar.: men yer yuzida  qilg`uvchi — xalifa.
2. Tarj.  ar.:  Odil sulton zamonida  tug`ilish demakdir.
3. Xojai kavnayn — a.  f.  ikki  dunyo egasi  demakdir. Muhammad payg`ambar (a. s.) ko`zda tutiladi.
4. Tarj. ar.: bir soatlik adolat, insu jins ibodatidan yaxshiroq.
5. Shoh Abulg`oziy — Husayn Boyqaroning laqabi. Shoh Sulton Husayn Boyqaro (1438, Hirot —1506, o`sha shahar) temuriylardan. Temurning o`g`li Umarshayxga nabira, Mansur binni Boyqaroga o`g`il. Onasi Temurning nabirasi Feruzabegim. Bu tarafdan Mironshoh Mnrzoning ham nabirasi edi. Husayn Boyqaro she`riyat bilan shug`ullangan sohibi devon shoirdir. U «Husayniy» taxallusi bilan asosan dunyoviy ishq va unnng kayfiyatlari haqida she`rlar bitgan. Husayn Boyqaro  1485 y.da nasriy bir Risola ham yozgan. Unda o`zining faoliyatini shaxsiy kechinmalarga boy, ko`tarinki ruhda bayon etar ekan, mamlakatdagi madaniy ilmiy, adabiy ijod ravnaqiga alohida to`xtaladi va Jomiy hamda Navoiylarga yuksak baho beradi. Ma`lumki, Alisher Navoiy ham o`z faoliyatida, ham o`zining har bir asarida Husayn Boyqaroga mustasno o`rin ajratadi. Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroni odil sultonlarning eng sarasi sifatida tilga oladi.    
6. Jabroil — Xudo bilan payg`ambar o`rtasidagn vositachi, vahy keltiruvchi farishtaning nomi.
7. Homon — Muso payg`ambar zamonidagi Misr Fir`avnining vaziri. Muso dushmani bo`lgan eronli bu vazir Fir`avnga bolalarini o`ldirishni tavsiya qilgan. Homon Fir`avn uchun ikki ish qilgan: biri «tarixi Homon» nomi bilan mashhur rasadxona qurgan; ikkinchisi — katta bir savatga o`limtik yeydigan, uzoq umr ko`radigan kargas qushlarini solib, ustiga go`sht parchasi tashlab qo`ygan. Fir`avn go`yo ularga minib, Muso tangrisini  mahv etajagini  bildirgan.
8. Osaf — Sharq adabiyotlarida eng yaxshi vazirga berilgan unvon sifatida  keladi. Osaf ben Barhayo Sulaymon payg`ambarning mashhur vaziri bo`lgan. U «ilmi simiyo (botiniy ilmlardan — Ollohning so`zlari, go`zal ismlarnnnng sirlarini ochish)ni puxta bilgan. Bir rivoyatda Osaf «Ismi a`zam (Ollohning eng ulug` 1000 ta ismidan 300 tasi Tavrotda, 300 tasi Zaburda, 300 tasi Injilda yodga olinadn. Qur`onda 100 dan 99 yodlanadi. 1 ismi esa xalqdan yashirin qoldiriladi. Bu esa Sulaymon payg`ambar xotami—uzugida naqshlangan ekan) qudrati bilan Sabo malikasi Bilqisni taxti bilan birga Sulaymon payg`ambar huzuriga keltirgan ekan. Adabiyotda Osaf «sohibi tadbir», donishmand vazir timsoliga aylanib ketgan. Umuman Osaf  ismi vazir ma`nosida qo`llaniladi. Ko`pincha bu obraz Sulaymon payg`ambar va uning xotami-uzugi bilan birga keladi. Bu yerda Navoiy ham shu ma`nolarda qo`llaydi.
9. Tarj. ar.: Insof qilganga  Olloh rahm  qiladi so`zlari Osaf uzugiga naqshlangan.      
10. Tarj. ar.:   azob  keltiradigan   (narsalardan)   qutulding.
11. Xotam — Ibn Abdulloh bin    Sa`dning laqabi Xotami toyi nomi bilan ham mashhur. Toy qabilasining boshlig`i va shoir bo`lganligi haqida rivoyatlar bor. Xotam adabiyotda saxovat,  saxiylik  timsoliga  aylannb  ketgan.
12.    Rustam — Firdavsiy   «Shohnoma»sidagi     bosh   kahramonlardan Zolning o`g`li. Firdavsiy Rustamning dunyoga kelishi va unga ism qo`yilishini shunday hikoya qiladi; Zolning xotini Rudoba homilani og`ir ko`taradi. Oyi-kuni kelganda, dard boshlanishi bilan hushidan ketadi. Sarosimaga tushgan Zol afsonaviy qush — Simurg` vositasida jarroh topib keladi. Jarroh Rudobaning yonini kesib, bolani omon oladi. Hushiga kelgan ona yonida yotgan farzandini ko`rib xursand bo`ladi va oh tortib «Rustam!» (ya`ni azobu dardlardan xalos bo`ldim ma`nosida), deydi. Onaning og`zidan birinchi chiqqan shu so`zni bolaga ism qilib qo`yadilar. Sharq adabiyotida Rustam an`anaviy obraz — timsoliga aylanib ketadi. U pahlavonlik, mardlik ramzida tilga olinadi.
13. Tarj. ar.:  teng, barobar  demakdir.    
14. «Lo» — a.  «yo`q»,  «naam» — «ha» demakdir.
15. Ruhulloh — Iso payg`ambarga nisbatan qo`llaniladigan ta`bir. Otasiz  tug`ilgani  uchun bu ism  bilan atashgan. Bu yerda Isoyi  Ruhullohning o`z nafasi bilan o`likni  tiriltirish qudrati   tabiblarning  davosozligiga   qiyos   qilinmoqda.
16. Tarj.  ar.:  qasd  bilan, qasddan demakdir.
17. Ali — Ali bin Abu Tolib to`rt buyuk xalifalarning oxirgisi  (598 — 661), Muhammad payg`ambar (a. s.)ning amakivachchasi va kuyovi.    
18. Tarj. ar.: Alloh undan rozi bo`lsin va Alloh uni buyuk qilsin!
19. Farididdin  Attor — Muhammad  ibn Abubakr   binni  Ibrohim (1148/51—1219/21) tasavvuf olimi. Ijodiyotda Husayn ibn Mansur al—Xalloj (858 — 922), Boyazid Bistomiy (vaf. 875) ta`limotining davomchisi. U inson irodasi bilan bog`liq hamda yaxshi va yomonlikning zamiri insonning o`zida, o`z tabiatida mavjud, deb hisoblagan. Attorning «Mantiq ut—tayr»iga Navoiy, o`z e`tiroficha tarjima yo`sini ila «Lison ut—tayr»ni yozgan. Bu yerda Navoiy Attorni sirlar javohirlarini  yaratgan,  shoir  deb ta`riflamoqda.
20. Mavlono Jaloliddin Rumiy — tasavvufning     buyuk    shoiri (1207, Balx — 1273). Quniya shahrida mudarrislik qilgan. Uning ijodi Farididdin Attor ta`sirida shakllangan. Manbalarda Attor Jaloliddin bilan Nishopurda uchrashib suhbatlashgani va «Asrornoma» asarini unga tuhfa qilgani qayd etiladi. «Devoni Shamsi Tabriziy» nomi ostida mashhur bo`lgan lirik she`rlar majmuasida Jaloliddinning 3000 baytdan ziyod she`rlari 270 baytdan iborat «Masnaviyi ma`naviy» asari o`rin olgan. Navoiy bu yerda Rumiyni  «g`avvosi  bahri yaqin»   (ya`ni haqiqat asrorini o`rganuvchi, Ollohni taniganlar dengizining g`avvosi) deb ta`—riflaydi.
21. Sa`diy Sheroziy — Muslihiddin Abu Muhammad Abdulloh ibni Mushrifiddin (1203 — 08, Sheroz — 1292, shu shahar) shoir, nosir va mutafakkir yoshligida yetim qolib, kichkina bir baqqolchilik do`konidan tushgan nochor daromadi bilan oilaga ko`maklashadi. Mo`g`ullar istilosidan keyin sayohatga chiqib, 20 yil mobaynida Turkiston, Hindiston, Shimoliy Afrika, Janubiy Arabiston, Kichik  Osiyo shaharlarini kezib, Bog`dodga qaytadi. Sa`diy boshlang`ich ta`limini o`z yurtida olgan edi. Endilikda u Bag`doddan «Nizomiya» va «Mustansiriya» madrasalarida arab tili va adabiyoti, hadis  va  Qur`oni karim, kalom va tasavvufni o`rganadi.
            Uning «Bo`ston», ayniqsa «Guliston» asarlari o`sha vaqtdayoq va keyingi davrlarda ham juda mashhur bo`lgan. 4 ta g`azallar devonida ham g`inoiy she`riyatining eng go`zal namunalari jam`langan. Sa`diy ijodida ishqi majoziy va ishqi haqiqiy tarannumi chatishib ketgan. Unda didaktik yo`nalish ham kuchli. Bu yerda Navoiy Sa`diyni «Ma`no ahlining go`zal so`zlar aytuvchisi» deb ta`riflaydi.
22. Amir Xusrav Dehlaviy — Yaminiddin Abulhasan Amir (1253, Patyol—1325, Dehli). Shoir va mutafakkir. Uning otasi Sayfuddin Mahmud mo`g`ullar istilosi oldidan Shahrisabzdan Hindistonga ko`chib ketadi. Xusrav ilk she`rlarini «Sultoniy» taxallusida yoza boshlaydi. Uning g`inoniy—lirik she`rlar devoni 5 ta bo`lib (umumiy hajmi 32645 bayt), ularni alohida nomlab chiqqandi va bu an`anaga asos soladi. Xusrav Nizomiy «Panj ganj»iga javoban «Xamsa» yaratib, xamsachilik an`anasini ham boshlab bergan shoirdir. Xusrav qator nasriy asarlar muallifi hamdir. «Xazoyin ul-futux» (G`alabalar xazinalari) «E`jozi Xusraviy (Xusrav mo``jizasi), «Manoqibi Hind» (Hind manoqiblari) shular jumlasidandir. Navoiy Xusrav Dehlaviyga katta muhabbat va yuksak ehtirom bilan qaragan va uni har bir dostonida hamda boshqa nasriy asarlarida madh etib o`tgan. Bu yerda uni ishq ahli orasidagi sadoqatli oshiq va pok aqidalar yurituvchisi, deb ta`riflaydi.
23. Zahiriddin Sanoiy — Abdulmajid Majdud ibni Odam (1079 — 80, G`azna,  1140, shu shahar)  bo`lishi kerak. Bu shoir ismi yo laqabi Zahiriddin bo`lgani ma`lum emas. Zahiriddin Tohir ibni Muhammad Foryobiy (1160, Foryob (Balxdagi—1202, Tabriz) degan shoir ham bor. Lekin Navoiy shoir taxallusini Sanoiy deb aniq yozadi. Sanoiyning katta she`rlar devoni, ayniqsa «Hadiqat ul—haqiqat» (Haqiqatlar gulzori) nomli dostoni g`oyat mashhurdir. 12 ming baytdan iborat bu dostonni adabiyotda tasavvuf qomusi deb ataydilar. Bu yerda Navoiy Sanoiyni «tasavvuf mushkilotlari tugunini yechuvchisi», deb yodlaydi.
24. Shayx Avhadiddin — Avhadiddin  Ali ibni    Muhammad   ibni Ishoq Anvariy (1105, Xovaron (Abivarddigi) —1187, Balx) shoir va mutafakkir, Tusdagi madrasada ta`lim olgan. Zamonasidagi turli ilmlarning — nujum, handasa, hikmat, tib, falsafa bilimdoni. Sulton Sanjar davrida (1118 — 1157) saroy shoiri bo`lgan.U sho`x tabiatli, ozod fikr shaxs bo`lib, she`riyatda hajvga moyil edi. Avhaddiddin Anvariyni «qasida payg`ambari deb atashgan. Uning qasida (250), g`azal (337), qit`a (557) va ruboiylardan (472) tarkib topgan Devoni qariyb 15 ming baytdan iborat. Navoiy bu shoirni «ahli yaqin (Allohni taniganlarning) yagonasi», deb ta`riflaydi.
25. Xoja  Hofiz    Shamsuddin    Muhammad    (1321,  Sheroz — 1389, o`sha shahar) — Mashhur shoir tojir oilasida tug`ilib, yosh yetim qoladi. U nonvoyga shogird tushib, oila ro`zg`origa qarashadi. Qur`oni karimni yod olgan hofiz bo`lgan, taxallusi shu fazilatidan olingan. Hofizni o`z davridayoq «rind» deb atashgan edi. Buning boisi ko`proq uning she`riyatda jaranglagan jur`atli ovozi, hur va dadil fikrlariga ko`ra edi. Hofiz, asosan g`azalsaro shoir 1967 y. Tehronda Xalxoliy Hofiz vafotidan 35 yil o`tgach, tartib qilingan devon matnini boshqa nashrlar bilan qiyos qilib bosib chiqaradi. Unda 418 g`azal, 5 qasida, 41 ruboiy, 3 ta kichik masnaviy — «Soqiynoma», «Ohuyi vahshiy» va «Mug`anniynoma» asarlari mavjud. Hofiz talqinida ishq — halovat sababi ayni chog`da ishq — aziyat mohiyati. Hofiz g`azallarida irfoniy g`oyalar, tasavvufga e`tiqod ustundir. Navoiy lirik she`riyatda Hofizni o`z ustozlaridan biri sifatida e`tirof etadi. Bu yerda shoirni ma`nolarni ochib beruvchi deb ta`riflaydi.
26. Kamol    Isfaxoniy — Kamoluddin     Ismoil   Isfaxoniy   (1170, Isfaxon — 1237, o`sha shahar). 10 ming baytdan ziyod she`rlar kirgan devonga ega shoir. Devoni g`azal, qasida, qit`a, ruboiy va tarkibbandlardan tarkib topgan. Shoir qasidalari faqat madhiya ruhida bo`lmay, ularda mahorat bilan zamona nosozliklari, ilm -hunar ahlining nochorliklari, ba`zi davlatmandlarning johilligi yuzasidan dadil fikrlar ilgari suriladi. Shoirning ijtimoiy qarashlari, ayniqsa uning qit`alarida o`z aksini topgandir. Navoiy bu shoirni she`riyatda ko`proq majoz tariqida yozgan shoirlar sirasida tilga oladi.
27. Xoqoniy   Shervoniy — Afzaliddin Badil ibni Ali     (1120, Shervon —1198, Tabriz). Kosib oilasida dunyoga keladi. Amakisi qo`lida tabib va shoir bo`lib yetishadi, ilm o`rganadi. Birmuncha vaqt shervonshohlar saroyida xizmat qiladi. Lekin bu muhit va undagi makr—hasad, fitna—fujurlarga dosh bera olmay Haj safariga otlanadi. Qaytgach «Tuhfat  ul—Iroqayn»   (Ikki  Iroq  tuhfasi)   masnaviysini yozadi. Saroyni tark etgan shoirni  Shobron zindoniga tashlaydilar.   U  Rum   (Vizantiya)     shahzodasi    Andronik   Komnonga  qasida bilan  murojaat qilib, uning ko`magida zindondan  xalos  bo`ladi.  Zindonda shoirning  mashhur  «Hibsiyot» manzumalari yaratiladi. Xoqoniy devoni 17 ming baytdan tarkib topgan. Unda 220 qasida, 330 g`azal, 300 ruboiy, 230  forscha  qitüa  va  450  arabcha    she`rlar bor. Xoqoniy she`riyatining keyingi  davr  shoirlariga   ta`siri sezilarli bo`lgan. Navoiy bu yerda Xoqoniyni  majoz tariqida qalam tebratgan  shoirlar  qatorida  sanab o`tadi.
28. Xojuyi Kirmoniy— Abulato   Kamoluddin   Mahmud  ibni  Ali (1290, Kirmon —1354, Iroq), shoir Xusrav Dehlaviydan keyin Nizomiy Ganjaviy an`analarini davom ettirgan ikkinchi shoirdir. U olti doston yozib «Xamsai Xoju»ga birlashtirgan. Ikki she`riy devoni bor. «Gul va Navro`z» hamda «Shavqiyot» nomli masnaviylar ham yarattan. Hofiz uni o`z ustozlaridan deb bilgan. Xoju Kirmoniy Sanoiy, Shayx Attor Jaloliddin Rumiy an`analarini davom ettirgan. Navoiy bu yerda shoirni majoz yo`lida ijod qilgan so`z  san`atkorlari  sirasida  tilga  oladi.
29. Mavlono Jaloliddin — Ibni Ja`far Farohoniy  (vaf. 1336) sohibi Devon shoir. Nizomiy Ganjaviyning «Maxzan ul—asror»iga 3 ming baytli javob yozgan. She`riyatda falsafiy, diniy va axloqiy g`oyalarni tarannum etgan.
30. Xoja Kamol — Kamoluddin Amid XII asrda yashab, ijod qilgan shoir. Buxorodan Xurosonga Sulton Sanjar saroyiga kelgan. Donishmand inson, mohir xattot va musiqachi bo`lgan. Anvariy ta`sirida yozgan she`rlari anchagina. Kamol devoni zamonamizgacha yetib kelmagan. Ulardan ba`zi namunalar tazkiralarda berilgan. Navoiy bu shoirni majoz yo`lida  she`r bitgan  ijodkorlar sirasida keltiradi.
31. Anvariy — qarang: Avhadiddin Ali ibni  Muhammad. Shu kitob, 7-6.
32. Zahir — Zahiruddin Nishopuriy  XII   asrda   yashagan  shoir   va tarixchi, ishqiy va axloqiy mavzularda parokanda she`rlari bor. Yana Zahir  Samarqandiy degan   (XII)  nasrnavis bo`lgan. Eng muhim asari «Sindbadnoma» bo`lib, adolatli shoh timsolini serjilo badiiy bo`yoqlarda yaratgan. Navoiy bu yerda majoz  tariqida  qalam  tebratgan   shoirlarni  sanab  o`tayotgani  uchun so`z Zahir Nishopuriy  ustida ketayapti chog`i.
33. Abdulvose` — Badeuzzamon   Fariduddin   ibni  Umar ibni   Rabe`i Gurjistoniy. Abdulvose` Jaboliy nomi ostida taniqli (vaf. 1160). Hirotda tahsil ko`rgan, G`azna va Mashhadda faoliyatda bo`lgan. Devoni qasida, g`azal va ruboiylardan tarkib topgan. Ularda bahor va navro`z, ishqu muhabbat, do`stlik va sadoqat tarannum etilgan. Ayni chog`da, zamonadan  shikoyat, xalq ahvolidai ogohlikka da`vat, shaxsiy dard—alam ohanglari ham baralla seziladi. Navoiy bu shoirni  majoz tariqida  yozganlar  sirasiga  kiritadi.
34. Asir — Asiruddin  Abdulloh  Avmoniy     (vaf.   1236)     arab va fors tillarida ijod qilgan, ayniqsa Anvariy she`rlariga payravlik qilgan shoir. Sodda, ta`sirchan va shirin she`rlaridan tuzilgan Devoni taxminan 5000 baytni tashkil qiladi. Qariyb shu davrlarda yana bir Asiri Axsikantiy (Asiriddin Abulfazl Muhammad Tohir) degan shoir (1108, Farg`ona Axsikati —1196 — 98, Ozarbayjon Xalxoli) yashagan. U Hirot va Marvda tahsil olib, riyozat, tib, kimyo, nujum, hay`at, falsafa, tilshunoslikda shuhrat qozonadi. Ma`lum muddat Iroqi Ajamda istiqomat  qiladi. Devonida 120 qasida, 220 g`azal, 80 qit`a, 80 ruboiy, 4 tarkibband va tarje`band, 24 fard mavjud. G`oyalari — kajraftor falakdan shikoyat, davlatmandlarning hirsu havasga ruju`lari va tama`korliklarni qoralab, sabru toqat, ilm-donishga  da`vat kabi  irfoniy  fikrlardan  iborat. Fikrimizcha, Navoiy Asir deganda Asiriddin Axsikatiyni emas, Asiruddin Abullohni ko`zda tutgan. Zeroki, bu shoir Navoiy tilga olgan majoz tariqida ijod qilgay shoirlar jumlasidandir.
35. Salmon  Sovajiy — Jamoluddin    Xoja   Salmon   ibni    Xoja. Alouddin Muhammad (1310, Iroqi Ajam Sovasi — 1376, o`sha yer) Sharq she`riyatida voqea sanalgan mashhur «Qasidai masnu`» ijodkori. Bu qasida jaloiriylar vaziri (davri 1327—35) Xoja G`iyosuddin Muhammadga bag`ishlangan. Muvashshah tariqida yozilgan bu  qasidada bir necha bahrlardan mohirona foydalanilgan. Adabiyotda badiiy jihatdan g`oyat barkamol asarni «qasidai Masnu`»ga o`xshatiladi. She`riyatda Sa`diy Hofiz, Kamoluddin Ismoil, Zahiri Foryobiy, Anvariy va Manuchehrlarga payravlik qilgan. O`zi asarlaridan «Kulliyot» tuzgan. 16 ming baytni o`z ichiga olgan «Kulliyot»ida g`inoiy she`rlari va «Jamshed va Xurshid» hamda «Firoqnoma» masnaviylari o`rin olgan. Navoiy bu shoirni ham majoz tariqida ijod qilganlar sirasida sanab o`tadi.
36. Nosiri  Buxoriy — Shohdarvesh   hamda  Darvesh   Nosir   nomlarida ham taniqli (vaf. 1371—72) shoir. Tahsil olish maqsadida Xuroson, Ozarbayjon va Iroqqa safar qilgan. Devonida 4000 bayt she`rlar mavjud. «Hidoyatnoma» nomli masnaviysi ham bor. Lirik she`riyatda Hofizga payravlik qilgan. Bu shoirni ham Navoiy majoz tariqida qalam tebratgai ijodkorlar qatorida tilga oladi.
37. Kotibiy   Nishopuriy — Shamsuddin   Muhammad   ibni   Abdulloh (vaf.  1435, Astrobod). Nishopur  madrasasida tahsil olgan. Mavlono Siymiydan xattotlikni o`rganib, xushxat kotib bo`lib yetishgani uchun Qotibiy taxallusni olgan. Hirot, Samarqand, Astrobod, Mozandaron, Gelon, Hijozga safar qilgan. Bir necha devonlari va  masnaviylari bor. Navoiy Kotibiyni «Majolis un—nafois»ning I majlisida keltiradi va «o`z zamonining benaziri erdi. Har nav` she`rg`aki, mayl ko`rguzdi, anga maoniyi g`ariba ko`p yuzlandi. Bataxsis, qasoidda balki ixtiro`lar ham qildi va ko`p yaxshi keldi». Navoiy Kotibiy g`azallari va qasidalariga yuksak baho beradi, «yaxshi so`zi ko`pdur» deb yozadi Kotibiyning Astrobodda toun (vabo) marazi bilan dunyodan o`tganligi va No`x go`ron degan mazorda dafi etilganligi  «Majolis»dan ma`lum. Bu yerda Navoiy Kotibiyni ham majoz yo`lida yozgan shoirlardan deb qayd etadi.
38. Shohiy Sabzavoriy — Amir  Oqmalik  ibni    Malik    Jamoluddin Feruzko`hiy, taxallusi Amir Shohiy (1385, Sabzavor — 1453, Astrobod) shoir. Ajdodi sarbadorlardan bo`lgay, Shohiy Boysung`ur mirzo nadimi sifatida saroy xizmatini bajargan. Sarbadorlar mag`lub etilgach, ota yurtiga qaytib, dehqonchilik bilan mashg`ul bo`lgan, Shohiy 5—7 baytli oshiqona g`azallarni ko`p bitgan. Ularni Jomiy, Navoiylar yuksak baholagan. «Majolis un—nafois»da Navoiy yozadi: «Farog`atdo`st va xushbosh kishi erdi. Aning she`rini choshni, salosat va yakdast va latofatida ta`rif qilmoq hojat ermas. G`azali garchi ozdur, ammo barcha xaloyiq qoshida pisandida va mustahsandur». Navoiy uni ko`rmagan, lekin maktub yozishib turganligini ta`kidlaydi. Navoiy Shohiy nomi bilan   majoz  tariqida  yozgan  shoirlarni  yakunlaydi.
39. Mavlono Abdurahmon  Jomiy — Nuruddin    Abdurahmon    ibni Nizomuddin Ahmad ibni Shamsuddin Muhammad (1414, Jomning Xargardi —1492, Hirot) shoir va mutafakkir Navoiyning do`sti, tariqatdagi ustodi. 3 ta she`rlar devoni, «Xamsa» yo`lidagi 7 dostondan iborat «Haft avrang (etti taxt), «Bahoriston» kabi badiiy va qator ilmiy asarlar jumladan, «Risolan aruz», «Risolan qofiya», «Risolai musiqiy», «Risolai muammo» (3 ta) va b. sharhlar ham yozgan. Navoiy Jomiyni g`oyat hurmat qilgan, har bir dostonida alohida madh qilgan, boshqa asarlarida ham yuksak hurmat bilan yodga oladi. Jomiy vafotidan so`ng u haqda «Xamsat ul—mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) nomli muqaddima, uch maqolat vz xotimadan iborat maxsus asar yozgan. Unga o`zining Jomiy vafotiga bag`ishlab yozgan marsiyasini ilova qilgan. Sadruddin Ayniy bu asar «marsiya   adabiyotning  eng  jon  o`rtovchi  namunasidir. Bu  tarkibbandda Jomiyning butun ilmiy va adabiy qudrati mujassamlalgan», — deb yozgan edi. Bu yerda  Navoiy Jomiyni  haqiqat va   majoz tariqida ijod  qilgan  komil    va  yetakchi    so`z  san`atkori    deb  keltirdi.
40. Tarj.  ar.:   Olloh  uning yotgan  joyini  nurga  cho`mdirib,  qabrini muqaddas aylasin.
Tarj.   ar.:   Ollohdin   nafslarimizning   yovuzliklari  va ishlarimiznnng yomonligidan saqlanishni   so`raymiz.
41. Valoyat  ahli — avliyolar   ahli.   Valiy — do`st,   tasarruf  sohibi va amir ma`nolariga ham ega. Ollohnnng 99 ismidan biridir. Avliyolar Ollohning amrlarini ummatlarga tushuntiradilar. Haq bilan xalq orasida bir muomaladir. Payg`ambarning valoyati nubuvvatidan ustundir, degan tushuncha bor. Valiylar Olloh hukmiga mutlaqo rioyat etishlari lozim.    
42. Shibliy — Abubakr Shibliy    komil    avliyolardan.  «Nasoyim
ul—muhabbat»da Jomiy 4—tabaqa avliyolaridan deb yozadi. Attorning «Tazkirat ul—avliyo»sida Shibliy manoqiblaridan turli hajmdagi 60 ta naql, suhbatlarni keltiradi. Shibliy  334/945—46  y.  Bag`dodda  vafot etgan.
43. Nuriy — Abulhusayn Nuriy, ismi Ahmad bin Muhammad. 2 – ta baqa avliyolardan.   Ibn   al—Bag`aviy   nomi  ostida  tanilgan. Nuriy 353/964 y. Nishopurda olamdan o`tgan.
44. Tarj. ar.: Olloh qabrini muqaddas aylasun.
45. «Hudiy» — tuyachilar ashulasi.
46. Savt — a.  lug`aviy   ma`nosi — qamchi,   qamchi   urmoq.  Musiqada ovoz, tovush, kuy, ohang, demakdur.
47. Na`am — navo, ohang, kuy, tarona.   
48. Tarj. ar.: Olloh dedi.
49. Tarj. ar.:  Ollohning elchisi, ya`ni Payg`ambar dedi.
50. yorod — musiqa asbobi.
51. ayolg`uchi — kuyning  cho`ziq nag`malarini  ijro etuvchi.
52. Zij — yulduznoma; jadval.
53. Tarj. ar.: qochish, uzoqlashish lozim bo`lgan.
54. Tarj. ar.: oyning yuksakligi.
55. Tarj.  ar.:   munajjimlar,  yolg`on  gapiradilar.
56. ajnos — jinsning  ko`pligi — tur, nav; mol, matoni ham anglatadi.
57. Tarj.  ar.:  musulmonlarning ikki  yelkasida  o`tirgan  ikki farishta (o`ng yelkadagisi savob ishlarini, chap yelkadagisi gunoh ishlarini yozib borar ekan).    
58. Odam — Olloh   yaratgan   ilk   nnson.   «Abulbashar»   (Bashariyat
otasi), kunyasi «Safiulloh» (Ollohning sof quli) laqabi bilan ham taniqli. Halqda Odam Ota deb yuritiladi. Odamning yaratilishida yer yuzidagi har jins tuproqdan olingan emish. Olloh odamga ruh kiritgach, unga  malaklarning sajda qilishini buyuribdi. Ulardan biri jannatning xazinadori Azozil (Iblis, shayton) otashdan yaratilgani uchun bo`ysunmabdi va Olloh uni jannatdan quvibdi. Odamning so`l qovurg`asi suyagidan Havva yaratilgach, ular birga nurdan liboslar kiyib, rohatda yasharkanlar faqat jannat mevalaridan yemasliklarn kerak ekan. Iblis ularni yo`ldan urmoq uchun qanchalik harakat qilmasin, jannat darvozaboni Rizvon rozi bo`lmabdi. Iblis hiyla bilan to`rt oyoqli, go`zal hayvon bo`lgan ilonning tishlari orasida jannatga kirib olibdi. Nihoyat Iblis nayrang bilan Havva va Odamga jannat mevalarini yediribdi. Shundan so`ng Olloh ilonni oyoq va tishlaridan mahrum etgan ekan. Olloh Odam va Havvaning liboslarini yechdirib, jannatdan quvibdi. Ular mahram yerlarini anjir yaprog`i bilan bekitib, Iblis va ilon bilan jannatdan chiqarilibdilar. Odam Sarandib, Havva Arabistondagi Jiddaga, Iblis Maysonga, ilon esa Isfahon (yoki Nusaybin)ga borib tushibdilar. 200 yil toat-ibodat, tavba-tazarrudan so`ng Jabroil Odam va Havvani Arofatda bir—biriga qovushtiradi. Ular 20 juft (qiz va o`g`il — egizak) farzand ko`radilar. Bularning eng mashhurlari Hobil va Qobil hamda Shit payg`ambardir. Qur`oni karimda hadislarda va adabiyotda Odam haqida oyat naql va qissalar g`oyat ko`p. Navoiy «Risolai tiyrandoxtan» asarida Odam ato jannatdan chiqarilgach, Olloh unga dehqonchilik qilishni, bug`doy ekishni buyurganini yozadi. Bu yerda ana shunga ishora bor.    
59. Tarj. ar.: aziyat beruvchilarni o`ldiringlar.
60. «Sod» — arab   alifbosidagi   harfning  nomi. «Hirs»  so`zining
oxirgi harfi «sod» bilan yozilganiga bu yerda ishora qilinadi.    
61. «ayn» — arab   alifbosidagi   ayirish   belgisining nomi, «tama`» so`zida oxirgi harf bo`lib kelishiga ishora.
62. Tarj. ar.: Olamning to`rt iqlimiga sipohgarlik qilish — mol handashlikdir.   Bu  yerda   sipohiylik   mohiyatiga   kinoya bor.
63. Tarj. ar.: shovqin-suron, to`polon, taralla-yalla.
64. Rind — dunyo ishlarini xush ko`rgan kishi. «G`iyos ul—lug`at»dan «Rind  shariat qoidalarini, johillik yuzasidan emas, ongli suratda inkor qiluvchi odam, deyiladi. Adabiyotda rind johu davlatni ko`zga ilmagan hur fikr, isyonkor ruhiyatli, mayparast, bodadan haqiqat sarmasti bo`lib ishq sahrosi sargardonlari timsashda keladi. Hofiz

Rindon bodano`shki, bo jam hamdamand,
Voqif zi sirri olam va az holi odamand

(ya`ni,   rindlar   jom   bilan   hamdam   bodanushdirlar, Ular olam sirlariyu odam holidan voqifdirlar), deb yozadi.
65. Dayr — lug`aviy   ma`nosi — ibodat gunbazi: kaliso, butxona, majozan: mayxona.  Tasavvufda lison olamini  anglatadi.
66. Jamshid — Jam   Qadimiy Eronning   peshdodiylar   sulolasining 4—hukmdori. Mifologiyaga ko`ra u Nuh zamonida 700 yoki 1000 y. yashagan. Insonlarga zarur bo`lgan ko`p narsalarni, jumladan, sipohiylik aslahalari nayza, qilich, pichoq, qalqon, yasatgan. Hammom bino qilgan. Ipak liboslar, ranglar ixtiro etgan. Istahr degan shaharni kengaytirib, unda ulug` bir bino qurdirgan. Imorat bitgach katta tantanali yig`in o`tkazib, o`zi javohirlar qadalgan taxt ustida o`tirganda, quyosh chiqib, uning hashamatidan hamma yoq porlab ketadi. Xalq bu kuni Navro`z (yangi kun) Jomni esa Jamshid (nur shohi) deb atay boshladi. Oqibat Jamshidda g`urur va kibr paydo bo`ladi. Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida yozadi: o`z suvrati bila butlar yasab, aqolim (iqlimlar), va kishvar (mamlakat)larga yiborib, elga o`zining parastishini (o`ziga sig`inishni) buyuradi. Ollohning qahriga uchradi va Zahhok Jamshidni arra bilan ikkiga bo`lib,  pora—pora qildi, taxtini  egalladi. Tasavvufda Alaviy, Mavlaviy Bektoshin tariqatlarida Jom bir zikr nomi bo`lib, zikrdan so`ng sharob ichiladi. Jam maqomi, jam ul—jam degan komil maqom ham bor. Bu yerda Navoiy Xarobot rindlari o`z shavkatini Jamshidnikidan  ortiq biladilar degan fikrga  urg`u bermoqda.
67. Darvesh — bir tariqatga bog`li odam. Asl ma`nosi Olloh yo`lida xoksorlik va faqirlikni qabul qilgan kimsani anglatadi. Adabiyotda darvesh farog`at go`shasida sokin, qanoat xazinasi sohibi, martabada sultondan yuksak, ma`naviyat podshohi, o`z yurtida musofir, xirqapo`sh sayyor sifatida qalamga olinadi.    
68. Faridun — Afridun holida ham uchraydi. Qadimgi Eron peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Navoiyning «Tarixi muluki ajam» asarida yozishicha, ba`zi manbalarda Jamshid nabirasi, ba`zilarida Taxmuras naslidan deyiladi. Navoiy Faridunni «Yaxshi axloqlik olim va odil podshoh erdi» deb maqtaydi. U Muso payg`ambar va Horun uning zamonida yashaganlar, deb yozadi Navoiy. Faridun o`z yaralariga odamzod mag`zidan boshqa davo topmagan Zahhokni mahv etgan, Kova ohangar (temirchi) saxtnyonini bayroq qilish qoidasini o`rnatgan edi. Faridun o`zining boy xazinasi bilan ham mashhur bo`lgan ekan. Bu yerda ana shu Faridun ganjga ishora qilinadi.    

II qism
1. Tavba sharoitda vojib, tariqatda shart, sulukda lozim bo`lgan tushuncha. Tasavvufda bandaning parvardigor sari safari (uning hayoti)   bo`lsa, bu safar manzillari — maqomlari yettitadir. Birinchi maqom tavbadir. Tasavvuf istilohotida tavba ruhning bedorligidir, deb ta`rif qilinadi. Hatto tavbani inson ruhining birinchi isyoni hisoblaganlar. Olloh ismlari orasida Tavvob (tavba qabul qiluvchi) bor. Quroni karimda tavba 87 bor eslatiladi. Muhammad payg`ambar (a. s.) «har kuni 70 marta tavba` qilaman», — degan ekan.    
2. Tarj. ar.: Bu Ollohning fazilatidur, uni xohlagan kishisiga beradi.
3. Shayx Abdullo Muborak — Abu Abdurahmon Abdulloh bin Muborak Marvaziy (vaf. 171/787—88) Iroqning Hit shaxari, Shahanshohi ulamo, shariat va tariqatning imomi, qalam va qilich amiri deb ta`riflangan buyuk shayxlardan Attor «Tazkirat ul-avliyo»da uning manoqiblaridan 22 naql keltiradi. Jomiy «Nafahot ul-uns»da, Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da Abdullo Muborak haqida alohida maqola beradilar. Navoiy Attor keltirgan Abdulloh Muborak manoqiblaridan biri — tavbasining boshlanishi haqidagi naql beradi: U bir kanizak ishqiga giriftor bo`ladi. Bir qish kechasi tongga qadar ma`shuqa devori ostida turadi. Qor va sovuqda qoladi. Sahar namozi azonini xufton deb o`ylaydi. O`ziga kelgach, deydi: —ey Muborakning nomuborak o`g`li, senga uyat emasmi? Agar Imom namozda uzunroq sura qiroat qilsa, toliqarding. Endi nafsing havosiga tong otquncha mundog` azob tortarsen». Shundan so`ng Abdulloh Muborak tavba qilib, sulukka beriladi. Xuddi shu naql bu yerda ham keltiriladi.
4. Zuhd — dunyo  va  uning  lazzatlari  orzularidan kechib, toat—ibodat bilan mashg`ul bo`lishlikni anglatadi. Mashoyixlardan Junayd: «Zuhd shuki, mulkdan qo`l, tab`dan dil xoli bo`lg`ay». Zohid parhezkor bo`lib, jismoniy xalovat va lazzatlardan saqlanib, dunyo, molu joh, yoru ag`yorning ko`pu oziga parvo qilmaydi. Muhammad payg`ambar: «Zohid shunday kimsaki, dunyo ya`ni, undagi xayriyatlarni yeganda mo`mindanmi  yo kofirdanmi  u qo`rqmaydi»,— degan  ekan.
5. Mavlono Shamsiddin Muiddi Ucha — XV asrda Jomda  yashagan, sufiylar boshlig`i.
6. Tarj. ar.: kechasi bezor.
7. Tarj. ar.: yil bo`yi ro`zador.
8. Uhud g`azvasi — 624 y.da Abu Sufyon boshchiligidagi 3 ming yaxshi qurollangan qo`shin Muhammadga qarshi qo`shin tortadi. Muhammad 700 qo`shin bilan ularga qarshi chiqib, Uhud degan joyda jang qiladi. Jangda Muhammad boshidan yaralanadi va tosh tegib ikki tishi sinadi. Alining jasorati bilan  madinaliklar g`alaba qozonadilar. Bu yerda Muhammadning muqaddas jangda yo`qotgan ikki tishi xotiri uchun Shamsiddin Muiddi o`zining 32 tishini sug`irib tashlagani haqida so`z ketadi.
9. Kichik Mirzo — Husayni Boyqaroning egachisi Oqobegimning o`g`li. Boburning yozishicha «Burunlari tag`oyisiga mulozamat qilur edi. So`ngra sipohiylikni (hukumat xizmati, amaldorlik) tark qilib, mutolaag`a mashg`ul bo`ldi. Derlarki, donishmand bo`lub ekandur». Navoiy «Majolis un—nafois»da yozadi: «xo`b tab`lik, tez idrokliq, sho`x zehnlik, qaviy hofizalik yigit erdi. Oz fursatda yaxshi tolibi ilm bo`ldi va ko`proq ulum va funundin o`z mutolaasi bila vuquf hosil qildi. She`r va muammoni xo`b anglar erdi, balki ko`ngli tilasa ayta ham olur erdi. Bovujudi bu fazoil darveshliqlarga moyil bo`lib, Makka ziyorati sharafiga musharraf bo`ldi». Bu hikoyat kichik Mirzonnng ana shu darveshlikka moyilligidan dalolat beradi.
10. Tarj. ar.:  unga Ollohning rahmati bo`lsin.
11. Tavakkul — Parvardigorga   dilbastalik   va   komil   e`timod —ishonchdir. Bu ma`rifatning kamoliga bog`liq maqom bo`lib, valiylarga nasib qiladi.
12. Tarj. ar.: Ollohga tavakkal qilsin.
13. Shayx  Ibrrhim     Sitnaba — Ibrohim    Adham    sahobalaridan. Kunyasi  Abu  Ishoq.  Asli  Kirmondan  bo`lib,  Hirotda  yashagan, shu bois uni Hirotiy ham deyishgan.  Qabri Qazvinda.
14. Qanoat — qismatdan   rozi  bo`lish,  nafsdan  voqiflikdir.   Ozga qone`lik qanoatdir.
15.Muxbiri  sodiq — sadoqatli  xabar  yetkazuvchi.  Muhammad  payg`ambar   (a. s.)ga nisbatan qo`llaniladigan  ibora.
16. Shayx Shoh Ziyoratgohiy — XV asrdagi Xuroson  mashoyihlaridan bo`lsa kerak.
17. Tarj. ar.: qanoat qilgan aziz bo`ladi.   
18. Tarj. ar.: tez davolanmaydigan demakdir.
19. Ayyub — payg`ambar. Ishoq payg`ambarning nabirasi. Rivoyatlarga ko`ra Ayyubning mol-dunyosi, Rohma ismli xotini, bir uy farzandlari bor ekan.U dunyo lazzatlaridan bahramand ekan. Olloh uni imtihondan o`tkazmoqchi bo`ladi. Molu mulki qo`lidan ketadi. Ayyub sabr qiladi. Bir—bir bolalari vafot etadi, u sabr qiladi. Kasal bo`ladi, a`zoy badaniga yara toshadi, hatto bu yaralar qurtlab ketib, azob beradi, u sabr qiladi. Rohma unga mehribonlik bilan xizmat qiladi. Nnhoyat Olloh Ayyubga shifo baxsh etadi, Havran eliga payg`ambar qilib jo`natadi. Unga yangidan mol-dunyo va farzandlar ato qiladi. Adabiyotda Ayyub sabr qanoat timsoli sifatida tilga olinadi. «Ayyub sabrini bersin» degan duo xalqlar orasida keng tarqalgan.
20. Tarj. ar.: ta`zim [faqat] Alloh amrichadir.
21. Tarj.ar.: Shavqat Allohning yaratganigadur.
22. Tarj. ar.: Allohnnng yaratgani.
23. Tarj. ar.: Alloh tomonidan yaratilgan.
24. Xoja  Abdullo   Ansoriy — Abu   Ismoi   Abdulloh bin Abiy Mansur   Muhammad   al—Ansoriy — laqabi Shayx ul—islom (396/1005—06 —481/1088—89), Orif, yozuvchi, shoir va donishmand. Jomiy «Nafahot ul—uns»da yozishicha, qalami ostidan chiqqan narsalari yodida naqshlanib qolar ekan. 1000 bayt arab shoirlari sherlarini yod bilgn. Xoja Abdullo Ansoriy Qur`on tazkir va tafsirida o`zini Xoja Imom Yah`yo Ammornig shogirdi hisoblangan. U sof sunniy bo`lgan 300 ming hadisni, ming—ming isnodi (dalillar bilan) yoddan bilgan. Asarlari Naqli tabaqoti sufiya», «Qoshif ul—asror»,  «Munojotnoma», «Muhabbatnoma», «Zod ul-orifin», «Qand ul-solikin, «Qalandarnoma», «Haft hisor», «Ilohiynoma» va b. Navoiy «Nasoyim ul—muhabbat»idagi Ansoriyga bag`ishlangan maqola Jomiy asaridagi maqolaning qariyb aynan tarjimasidir.
25. Mansur — Husayn bin Mansur Halloj Bayzaviy Kuniyati Abulg`ays (857—922). Attor «Tazkirat ul—avliyo»da uning maqolasidan ko`plab naqllar, karomatlar, qatlining tafsilotlarini keltiradi. Uning «Analhaq»ini tushungan tarafdorlari va rad etgan muholiflarini nom-banom sanab o`tadi. Jumladan, Shibliy aytgan ekan: «men va Xalloj bir mashrab (fe`l—atvor, tariqat, din) danmiz. Lekin meni devonalikka nisbat berdilar, omon qoldim. Husaynni esa uning aqli halok qildi». Mansur Xallojdan «ishq nima?» deb so`raganlarida: «O`ldirilgan, sovrulgan kun — ishqdir», — deb javob bergan ekan. Attor Mansurning qay tarzda qatl etilishini yozadi: avval toshbo`ron qilinadi, keyin qo`llarini, so`ng oyoqlarini, chopib, burun, quloqlarini kesib, ko`zlarini o`yib, tashlaydilar. Har bir a`zosidan judo qilisharkan, Mansur javoblar berib turgan, jumladan tilini qirqishdan avval: «Biroz sabr qiling so`zim bor, deb yuzini osmonga qaratib: Ilohi, sening uchun shu ranjni tortayotganlarni (ya`ni, unga azob berayotganlarni) marhamatingdan mahrum qilma, ularni shu davlatdan benasib etma!» deb iltijo qilgan ekan. Attor ta`kidlaydiki, namozshom paytida Xallojning boshini tanidan judo qilar ekanlar, u tabassum bilan boqardi har andomidan «Anal — haq» eshitilar, oqqan har tomchi qonidan «Olloh» naqshi zohir bo`lar edi», — deb yozadi.    
            Jomiyning «Nafaxot ul—uns», Navoiyning «Nasoim ul— muhabbat» asarlarida Mansur Halloj haqida maqola mavjud. Oxirida (har ikki maqola aynan) Mansur Hallojnyng ustodi Abu Amr binni Usmon Makkiy tavhil (Xudoning yagonaligiga va ulug`ligiga e`tiqod qilish ilmi — S. G`.)da bir risola yozganligi aytiladi. Uni pinhon tutar ekan. Mansur uni yashirincha olib, oshkor qiladi. Bu asar nozikliklarini tushunmay, el uni rad etadi. Ustod Hallojni «ilohi, birovni anga gumonlakim, ilik—ayog`in kesgay va ko`zin o`yg`ay va dorg`a tortqay, deb qarg`agan ekan.
            Nimaiki Mansur Halloj boshiga tushgan bo`lsa, ustodi duosi bilan bo`ldi», deyiladi.
26. Tavajjuh — zohiran, qalban butun borlig`ing bilan haqqa yuz tutmoqlikdir.
27. Rizo — tasavvufda tavakkuldan keyingi   maqom   bo`lib, solik
o`z nafsi rizosidan kutilib, Xudo iroda qilgan, taqdir etgan narsalarga rozi bo`ladi (Rizo qazoning achchiqligiga nisbatan dilning shohligidir).
28. Tarj. ar.: Ollohning axloqlarini qabul qilguvchilar, demakdir.
29. Xalilullox — Ibrohim payg`ambarning laqabi.
30. Namrud — Ibrohim payg`ambarni o`tga tashlagan podshohning ismi.
31. Ishq  tasavvufda  tariqatning  eng  muhim   maqomlaridan.  Unga faqat komil inson yetishadi. Bu maqomda oshiqda shunday holat yuz beradiki, u o`zidan begona, noogoh, zamonu makondan ozod, mahbub firoqida kuyadi, yonadi, unga yetishishga intiladi.
32. Tarj. ar.: Haqiqatda Olloh go`zaldur va go`zallikni sevadi, demakdir.
33. Shayx Iroqiy — Shayx Faxriddin Ibrohim Iroqiy (1213, Hamadon —1289, Damashq). Yoshligida Qur`oni majidni yod olgan va g`oyat go`zal qiroat bilan o`qishni o`rgangan. 17 yoshida tasavvufga mayl qilgan. Darveshlarga qo`shilib, Hindistonda Zakariyoyi Multoniyga shogird bo`lgan va uning qiziga uylangan. Makka va Madinaga safar qilib, Bag`dodda Shihobiddin Suhravardiy suhbatida bo`lgan. Kuniya hokimi Mu`iniddin parvona Tavqon shahrida unga xonaqoh qurib bergan. Shom va Misrda ham bo`lgan. Qasida va g`azallardan iborat devonida 4800 bayt va Sanoiyning «Hadiqa»si payravida «Ushshoqnoma» nomli manzumasi bor. Asarlari ishqiy va irfoniy mazmunda. «Lamaot» nomli nasriy risolasi g`oyat mashhur bo`lib, unga Jomiy sharh yozgan. Shayx Iroqiyning qabri Damashqning Solihiya degan yerida Shayx Muhyiddin al—Arabiy qabri oyog`idadir. Uning yonida o`g`li Qabiriddin ham dafn qilingan.
35. Siddiq tasavvufda so`zlari va ishlari, bilimu ahvoli, ravishu niyatlari, tabiati va axloqi to`g`ri bo`lgan kishilardir. Siddiqlar valoyatning a`lo va nubuvvatning adno (quyi) darajasida turadilar.
35. Tarj.  ar.:  qudratli podshoh huzurida, demakdir.
36. Shayx Abu  Said Harroz — Ahmad  bin    Iso  Bag`dodiy    (vaf. 277/890—891). Uni «Lison ut—tasavvuf» (tasavvuf tili) deb ulug`laganlar. Asli Bag`doddan, Ikkinchi tabaqa mashoyixlaridan. Laqabi Harroz (payabzal yamoqchisi). Muhammad bin Mansur Tusiynnng shogirdi: Zunnun Misriy suhbatida bo`lgan. Tasavvufda 400 asari borligi Attorning «Tazkirat ul-avliyo»sida  qayd etilgan.

III qisi
1. Ja`far — Kamoliddin   Ja`far   binni Ali Tabriziy (vaf. 1456—58, Buxoro). Shohrux zamonida kamol topib, Boysunqur mirzo (1399 — 1434) davrida kotibi va musavvirlarning boshlig`i bo`lgan. Shu bois ja`fari Boysunquriy deb imzo chekkan. «Suls», «nasx», «riqo`», «rayhon», «tavqe`» va «shikasta» xatlarining mumtozi bo`lgan. Firdavsiy «Shohnoma»si Nizomiy «Xusrav va Shirin»i, Hasan Dehlaviy «Devoni», Sa`diynnng «Guliston»i, Hofiz devonini ko`chirgan va bu mo``tabar qo`lyozmalar Tehron, Parij, Istambul, London, Leningrad shaharlarining nufuzli kitobxona va muzeylarida saqlanadi.
2. Azhar — Azhar   Tabriziy   (1422,  Tabrez — 1502/03,     Baytul-muqaddas). Ja`far Tabriziyning shogirdi, xattot Mirali va Ja`fardan so`ng «Nasta`liq» xatining uchinchi ustodi hisoblanadi. «Suls»ni oliy darajaga olib chiqqann sababli —«usuli shashgona» (sitta) ustodi ham sanaladi. Jaloliddin «Masnaviy»si, ibni Yaminning «Muqattot» (qit`alar)i, Nizomiy va Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»larini kitobat qilgan. Bu nodir qo`lyozmalar Tehron, Istambul, Lohur, Manchestr, Nüyu—York shaharlari kitobxonlari va muzeylarida saqlanadi.
3. Abdulhay   (1360,   Bog`dod —1420,   Samarqand) — xattot   va   musavvir. Sulton Uvaysiy Jaloiriy saroyida, Bog`dodda yashagan. 1393 y. Temur Iroqni istilo qilganda Abdulhayni Samarqandga olib kelib, o`zining tasvir ustaxonasiga boshliq qilib tayinlagan. Uning «Bat» (o`rdak), «Jang manzarasi» va «Guliston» hikoyatlariga chizgan rasmlari davrimizgacha yetib kelgan. Umri oxirida irtijo`chi doiralar ta`sirida o`z san`atidan voz kechgan va ko`p rasmlarini kuydirib tashlagan. «Nasx», «suls» va «riqo`» xatlarini go`zal bitgan. Bu yerda mohir xattot sifatida nomi keltiriladi
4. Moniy — Qadimiy   afsonalarga   ko`ra   Rumda   yashagan   naqqosh. Nubuvvat da`vo qilib, naqqoshlikni o`zining mo``jizasi deb xaloyiqni ishontirishga intilgan. «Arjang» («Arjang», «Arsang» nomida ham uchraydi) nomli asar yozgan deyiladi. Bu asarning bir nusxasi G`aznada mavjud degan ma`lumotlar bor. Deydilarki, Moniy «Arjang»ni bir g`orda saqlagan ekan. G`orning devorlariga turli—tuman go`zallarning rasmlarini va manzaralarini chizgan ekan. Bu g`orni «Nigoristoni Moniy» deb atashar ekan. Mumtoz adabiyot vakillari (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy va b.) Moniyni buyuk rassomning timsoli sifatida talqin qiladilar.
5. Atorid — Utorid — Merkuriy sayyorasi. Mifologiyada  bu yulduz yozuvchilarning homiysi hisoblanadi. «Dabir» deb ham yuritiladi. Utorid hokim bo`lgan burjlarda tug`ilganlar zehnli, hiylagar bo`lar emish. Do`st yulduzlari — Qamar, dushmanlari Shams va Zuhra emish.    
6. Yusuf Kan`oniy — Ya`qub   payg`ambarning   o`g`li,   hayoti  va  qissasi Qur`oni karimda «Yusuf» surasida keltirilgan, laqabi Sinodir. Yusuf payg`ambarlikka noil bo`lgan. U go`zallik va ezgulik timsoli sifatida Sharq adabiyotiga kirgan. U haqda ko`p qissa va dostonlar yaratilgan, jumladan, X asrda Abulmuayyad Balxiy Baxtiyoriy, Am`aq Buxoriy dostonlarn yaratilgan. Firdavsiyga nisbat berilgan Yusuf haqidagi qissa muallifi Amoniy degan shoir ekanligi ma`lum bo`ldi: XI asrda bu mavzu`da Mas`ud Hiraviy, Ozori Tusiy, Mas`ud Kumiy, Mas`ud Dehlaviy, XV — XIX asrlarda shoirlar o`nlab dostonlar yaratdilar. Turkiy zabon adabiyotlarda Ali (XII), Hamidulloh Chalabiy (XI) dostonlari yozildi. Nozim Hikmat «Yusuf Kan`oniy»  nomli asar yozdi. Nemis yozuvchisi Tomas Mani 1926—33 yillarda bu mavzu`da qator romanlar ijod qildi. O`zbek adabiyotida «Yusuf va Zulayxo» dostonini Durbek yozgan, deyiladi. Lekin Afg`onistonlik olim Muhammad Ya`qub Vohidiy Juzjoniy bu doston muallifinnng nomi Homidi Balxiy  ekanligi haqida  ma`lumot e`lon  qildi.
7. Ankar al—asvot — a.:  Eng yoqimsiz tovush,  ovozni  anglatadi.
8. Yusuf Andigoniy — «Badiiy» taxallusi bilan yozgan shoir. Navoiy «Majolis un—nafois»da ta`kidlashicha, tahsil uchun Samarqandga borganida, u Andijondan kelgan va birga bo`lishgan. Keyin Hirotda yashagan. Navoiy uning yaxshi she`rlari borligini, aruzni bilishligini, muammo risolasi borligini ta`riflaydi. «Birmuncha takabbur ham bor edi», deb qayd qilib o`tadi. Lekin Yusuf Andijoniyning ovozga aloqador jihati haqida tazkirada so`z kelmaydi. Binobarin, bu yerda Navoiy nimani ko`zda tutayotganini aniqlash mumkin. Balki shoir chiroyli ovoz bilan she`r o`qigan, balki xushovoz xonanda bo`lgandir.
9. Salmon — qarang: shu kitob 25—b.; 35—izoh.
10. Jorulloh — bu  nom   bilan    Mahmud    Xorazmiy — Abulqosim Mahmud bin Umar Zamahshariy (467/1074 — 538/1143 — 44) Asli Xorazmning Zamaxshar shahridan adabiyot va lug`at ilmida katta ishlar qilgan olim, ma`lum muddat Ka`ba mujoviri (Ka`ba yonida yashagan) bo`lgani uchui Jorullox (ollohning qo`shnisi) laqabi bilan mashhur bo`lib ketgan. Bir oyog`idan ayrilgan ekanligi haqida ma`lumotlar bor. «Kashshof», «Asos ul—balog`a», «Muqadima dar lug`at» kabi asarlar yozgan.    
11. Bu yerda  Navoiy Zamaxshariyning «Kashshof» (kashf qiluvchi, ochuvchi, tushuntiruvchi, ma`nodor, puxta) asarini namuna sifatida keltirmoqda.
12. Tarj.   ar.:   U   yagonadur   va   uning  sherigi   yo`qdur. Ollohdan  o`zga iloh yo`qdir.    
13. Jilla jalolahu umma va umma navalahu va lo iloha hayrahu — a.:   Buyukligi yana ham yuksalib, ne`matlar   umumiy bo`lsin. Undan o`zga iloh yo`q.
15. Tarj.  ar.: Olloh sanga qanday yaxshilik qilsa, sen ham boshqalarga shunday yaxshilik qilgin.    
16. Nuh — payg`ambar.   Rivoyatlarga   ko`ra,   odamlarni   imonga   da`vat qilib maqsadiga erisha olmay sarosimaga tushgan Nuhga «Kema yaratgil», — deb vahy keladi: kema tayyor bo`lgan to`fon alomatlari ko`rinadi. Nuh oilasi, bir qancha mo`minlar va har tur hayvondan bir juftdan olib kemaga chiqadi. Uning o`g`li Yom «men toqqa chiqib, qutilib qolaman», — deydi. Kema dahshatli dalg`alar orasida suzib yuradi.
            Nihoyat, Ollohning qudrati bilan  bo`ron to`xtaydi. Olam boshqa olam bo`ladi. Nuhning uch o`g`li Som, Hom va Yofasdan insonlar yaraladilar. Nuhni ikkinchi Odam deb ta`riflaydilar. Nuh 1000 yoki 250 y. yashagan emish. Shuning uchun xalq orasida «Nuh umri» degan tushuncha keng tarqalgan.
            Adabiyotda Nuh umri, to`fonlarga bardosh bergan oshiq, to`fon esa oshiqning, ko`z yoshi sifatida qalamga olingan. Bu yerda Navoiy Nuh umricha umrim bo`lsa ham davr ahli bevafoliklari va zamon xayli behayoliklarini yozib tugatishim mahol, — demoqda.
17. Luqmon — Sharq xalqlari  orasida  Luqmoni hakim  nomi bilan mashhur asli habash bo`lib, Dovud payg`ambar zamonida yashagan ekan. U kimningdir solih quli bo`lgan, keyin ozod qilingan, degan rivoyatlar ham bor. Ko`p bilimlarni ayniqsa, tabobatni yaxshi bilgan Luqmon umri oxirida aqldan ozgan ekan. Jomiy «Nafahot ul-uns»da «Shayx Luqmon Saraxsiy» deb maqola beradi va uning dunyodan o`tgan chog`ida mashhur shayxlardan Abu Sayd Abul Xayr va Abul Fazl  Hasanlar  tepasida  bo`lganlarini yozadi.
            Jomiy Luqmonning «Ilohi, podshohlarning qullari qarib qolganda, uni ozod qiladilar. Sen aziz podshohsan, men senga bandilikda qaridim, ozod qil», — deb iltijo qilganida, g`oyibdan «Ey Luqmon» seni «Ozod qildim» degan nido kelgan. Uning ozodligi shunda ediki, aqli olingan edi», — deb yozadi. Bu yerda Navoiy Luqmonning oddiy bir qul bo`lgann haq inoyati bilan hakim va nabiylikka noil qilinganiga diqqatni qaratadi.
18. Tarj.  ar.:  yaxshilik qanotlari yo`q bo`lmaydigan va yo`q bo`lmaydi.
19. Tarj.  ar.:  Toqat  qilib bo`lmas  narsadan qochish.
20. Tarj. ar.:  Senga  buyruq qilingandek to`g`ri bo`l.
21. Tarj. ar.: Qanoat qilgan azizdur.
22. Tarj. ar.: Yaramasliklar onasi.
23. Tarj. ar.:  Ikki dunyo  (bu va narigi dunyo)da muqaddas — sharif insondir.
24. Tarj. ar.: Iflos bo`lmoq.
25. Tarj. ar.: Olloh taolo ularning ruhlarini muqaddas qilsin.
26. Shayx Boyazid Bistomiy — Tayfur bin Iso bin odam  bin  Sarushon (vaf. 280/873—74) ulug` mashoyixlardan, buyuk avliyolardan. Jomiy birinchi tabaqaga mansub, deb yozadi. Junayd Boyazid haqida: «Bizning oramizda Boyazid maloikalar orasida Jabroil kabidur», — degan ekan.
            Attor «Tazkirat ul—avliyo»da Boyaznd Bistomny haqidagi makrlatlarda 125 naql, karomat va hikmatlar. Shayx Boyazidning me`roji, «hamd», «Shayx Boyazidning munojati» deb nomlangan alohida boblar beradi. Navoiy bu yerda pir irshodidan chetga chnqish solik uchun xatarli,  degan  tushunchaning  isboti  uchun  Boyazid  Bistomiy haqidagi bir naqlga e`tiborni tortadi.
27. Horun  ar—Rashid   (763  yoki  766,  Bog`dod — 809, Tus)    abbosiylar  sulolasinnng   beshinchi xalifasi.    Uning  davrida  dehqonchilik,   hunarmandchilik,   tijorat,   ilm—fan   va   madaniyat ravnoq  topgan.   «Ming  bir   kecha»dagi    naqlu    rivoyatlarda u adolatli hukmdor sifatida tilga olinadi.
28. Shayx  Bahlul — Horun   ar—Rashid   davrining   mashoyixlaridan, zamona allomasi Umar Kufiyning o`g`li bo`lgan. O`zini devonavashlikka solib, jamiyat norasoliklari va a`yonu ashroflar riyokorligini fosh etib yurgan. Leknn Shayx Bahlulning jununi bor, deb uni jazolashmas ekanlar. Navoiy Horun ar—Rashid bilan Bahlul orasidagi bir suhbatni shukr va qanoat bobidagi o`z o`gitlariga misol tarzida keltiradi.
29. «Xush» so`zining arabcha yozilishidagi harflar yig`indisidan «abjad hisobi» bilan 906/1500 — 1501  y. chiqadi.

«MUNSHAOT»NING IZOH VA TARJIMALARI

1. Odobi  tasnifga  ko`ra   bu  yerda  Olloh  hamdi keladi. Navoiy asar mohiyatidan kelib chiqib, Xudoni Qur`oni majidni insho qilgan — yaratgan munshi deb ta`riflamoqda.
2. Tarj. ar.: ulug`ligi yuksak  va ne`matlari umumiy.    
3. Muhammad payg`ambar tufayli mazkur imlo  (ya`ni, shariat ahkomlari)  zamon sahifalariga yozilgani bayon etiladi.
4. Tarj.  ar.: Unga   (ya`ni payg`ambarga),  oilasiga va  sahobalariga maqtovlar bo`lsin.
5. Tarj.  ar.:  Osmonning qanday ko`tarib qo`yilganligiga...
6. Tog`larning qanday tiklanganligiga...
7. Tarj. ar.:Sharob va uning kayfidan  yuragim harorat  bilan kuydi.
8. Tarj. ar.: Hurmatli kishilar oldida uzr  maqbuldir.
9. Yusuf — Yoqub   payg`ambar   o`g`li,   go`zalligi   bilan   mashhur   bo`lgan. «Yusuf va Zulayxo» qissasi Sharqda keng tarqalgan edi. Navoiy bu o`rinda ana shu qissaga ishora qiladi.
10. Tarj. ar.: Dunyo osmonini chiroqlar bilan bezadik.
11. Tarj. ar.: Shisha ichidagi chiroq kabi.
12. Tarj. ar. Dengizlar o`rtasida ochilganda.
13. Tarj. ar.: Dengizlar qo`zg`atilganda.
14. Mazkur maktub va undan keyingi 8 raqamli maktublar Munshaot»ning ilgarigi nashrlariga kirmagan.
15. Tarj. ar.: Ollohga va uning ne`matlariga hamd.
16. Tarj. ar.: Tomiri yerda va shoxlari osmonda.
17. Tarj. ar.: Ular ham bulutlar yurgandek yurarlar.
18. Tarj. ar.: Tagidan anhorlar oqadi.   
19. Tarj. ar.: Mevalar, hurmolar, anor?
20. Tarj.   ar.:  U  aslo  o`lmaydi,  doimo tirik,  uning  sha`ni  muqaddas va oliydir.    
21. Navoiy asarlari o`n besh jildligi tarkibidagi «Munshaot»da mazkur maktub keyingi maktub bilan qo`shib yuborilgan. Ularning ikki alohida maktub ekanligini adabiyotshunos Yu. Tursunov aniqlagan. Biz ham «Munshaot» qo`lyozmalari bilan tanishib, hamda maktublar mazmunidan kelib chiqib, bu o`rinda Yu. Tursunov haq degan xulosaga keldik.
22. Tarj. ar.: Kim tangriga bo`lsa, tangri ul kishiga bo`lur.
23. Tarj. ar.: Nafs erta nima bo`lishini bilmaydi.
24. Bu jumlaning ma`nosini anglab yetmadik.
25. Olloh xohlagan va istagan narsasini hukm qiladi.
26. Tarj. ar.: Olloh adl va ehsonga buyuradi.
27. Tarj. ar.: Bir soatlik adolat ikki dunyo  (insonlar va jinlar dunyosi) ibodatidan yaxshiroqdir.
28. Tarj. ar.: yaramasliklar onasi.
29. Mavlono G`iyosiddin Jaloliy — Navoiy  mulozimlaridan.
30. Sulton Ali  Mashhadiy — mashhur  xattot. Uni  «Qiblat—ul—kitob»,  deb  ta`riflashgan.  Husayn   Boyqaro   saroyida  xat—totlik qilgan.  
31. Tarj.   ar.:   Ollohga   hamdlar   bo`lsinki,   o`z   bandasiga    kitob nozil qildi.
32. Tarj. ar.:  Qul va unga tegishli hamma narsa xojasinikidir.
33. Mavlono Mir Husayn Bovardiy — Xurosonning taniqli    fozillaridan. «Majolis un—nafois»ning to`rtinchi majlisida u haqda ma`lumot mavjud.
34. Tarj. ar.: Har bir nafs o`lim sharbatini totuvchidir.   
35. Tarj. ar.: Har bir kishi bizga o`tuvchidir  (bizga qaytadi).
36. Tarj. ar.: Ish buyurilgan kishi uzrlidir.
37. Sulaymon   ibn  Dovud — Yahudiylar   podshohi    va    payg`ambar. Bayt ul-muqaddasni ta`mir qilgan. Insu jins, qushlar tilini bilgan, oqil va dono bo`lgan.    
38. Tarj.: Safar qiling, salomat bo`lasiz.
39. Shayx Muhammad Mirohur — nufuzli  mulozimlardan. U orqali Navoiy shohga yohud yuksak mavqe`li shaxsga maktub yo`llagan.
40.. Sulton Mahmud og`o — bu shaxs yuqorida Shayx Muhammad miroxurdan yuborilgan xatning javobini olib kelgan.
41. Muhammad Aminbek  Husayn  Boyqaroga  xizmat  qilgan  beklardan.
42. Xoja   Faxriddin   bitikchi — Astrobodning   nufuzli   va   e`tiborli kishilaridan. U podshoh buyrug`i bilan Hirotga chaqirilgan edi. Bu yerda uning bo`yniga qandaydir ayblar qo`yilib, qamoqqa olinadi. So`ngra Muhammad Aminbek, Sulton Ahmadbek va Darvesh Muhammad suvchi degan beklarga Astrobodga borib Xoja Faxriddinning mol—mulkini musodara qilish, qarindosh- urug`larini ham qamoqqa olish buyuriladi. Ular Astrobodga borib, farmonni bajarishga kirishadilar. Astrobod hokimi Mo`g`ulbek avval ularga podshoh farmonini bajarishda yordam beradi. Keyin esa, bitikchi qavmi tarafiga o`tib, isyon ko`taradi, xoja Faxriddinning qarindosh—urug`larini ozod qiladi. Muhammad Aminbek boshliq beklar Hirotga qaytib, bo`lgan voqealarni aytadilar. Podshoh Astrobodga Badiuzzamonni yuboradi. Mo`g`ulbek Iroqqa qochadi. Maktub shu voqealar munosabati bilan yozilgan.
43. Ustoz  Behzod — mashhur   musavvir   va   naqqosh. Navoiy   unga homiylik qilgan. Bu o`rinda Behzod Salmon Sovajiyning «Firoqnoma» asariga tasvir yaratish mumkinligi haqida so`z ketmoqda.    
44.    Shayxim — Amir   Shayxim   Suxayliy.   Navoiyning   yaqin   do`sti, shoir va davlat arbobi. Uning nomini Navoiy o`z asarlarida turli munosabatlar bilan ko`p tilga oladi.
45. Mir Sayid Abu Ishoq — Navoiyga shohdan maktub va sovg`alar keltirgan shaxs.    
46. Mavlono  Hudoyberdi — Navoiying  topshirig`i   bilan   shoh  huzuriga borgan shaxs.
47. Abdulkarim — bu   shaxs   Badiuzzamon   Mirzodan   Husayn   Boy— qaroga xat olib kelgan. Mazkur xat Navoiy vositachiligi bilan shohga topshirilgan.    
48. Mo`g`ulbek — Husayn Boyqaroning ulug` beklaridan. Avval Hirotda, keyin Astrobodda hokim bo`lgan. Umrining oxirida isyon ko`tarib, Iroqqa qochib ketgan va o`sha yerda o`ldirilgan.
49. Tarj.: may ichgilu, hushyor bo`l.
50. Ildirim — Badiuzzamon Mirzo huzurida  miroxur  vazifasida xizmat qilgan.
51. Haydar — Navoiyning jiyani.  Sabuhiy  taxallusi  bilan  she`r yozgan. Navoiy Astroboddalik paytida uni bir ish bilan Hirotga yuboradi. Bu yerda u podshoh odamlari Astrobodda Navoiyni zaharlamoqchi bo`lganligi haqida so`zlaydi. Shu sababli podshoh g`azabiga uchrab zindonga solinadn. Keyinchalik boshqa  bir bahona  bilan qatl qilinadi.
52. Sulton   Mahmud   Mirzo — Sulton   Abusaidning   o`g`li.     Avval uzoq yillar Xisorda, umrining oxirida bir necha oy Samarqandda podshoh bo`lgan.
53. Mahmud  barlos — temuriylar  Davridagi   nufuzli  va  e`tiborli beklardan. Sulton Abusaid davrida Kirmonga hokim etib tayinlangan. Keyinchalik Hisorda Sulton Mahmud Mirzo qoshida ulug` bek bo`lgan. She`rlar ham yozgan. U haqda Navoiy «Majolis un —nafois»da ma`lumot berib o`tadi. Bobur ham «Boburnoma»da tilga olgan.
54. Mavlono Sohib — «Majolis»da Navoiy uni «Kabudjomalig`, ta`bi yaxshi, g`oyibona shatranjni xo`b o`ynar edi», deb ta`rif qiladi. Navoiyning yaqin suhbatdoshlaridan bo`lgan.    
55. Mazkur   xatni   olimlar   Husayn   Boyqaroga   yozilgan,  deb   hisoblashgan. Aslida esa bunday emas. Xatda Navoiy adresat, nomini imo—ishoralar bilan ko`rsatgan. Mana o`sha so`zlar: «Ul qalamgakim, varaq hoshiyasida badoe` nukta surub zamon notavonin masrur qilibtur — yetti iqlim yakqalam bo`lsun...» Bu yerda Badiuzzamon ismiga ishorat bor.
Demak, xat Husayn Boyqaroga emas, Badiuzzamonga yozilgan.    
56. Yusuf Ali — Navoiy  mulozimlaridan. U Mashhaddan Navoiyning «og`zi sireshtlig`»   (yopiq, maxfiy)   xatini olib kelgan.
57. Shayx Alibek — Mashhadda  Navoiy  bilan  birga bo`lgan.
58. Husaynqulibek — Bu ham Mashhadda  Navoiy bilan birga bo`lgan.
59. Xoja Hoji Mahmud Tabriziy — maktubdan ma`lum bo`lishicha bu shaxs e`tiborsizlik va xoksorlikda qolgan. Navoiy podshohdan unga iltifot ko`rsatishni so`raydi.
60. Xoja  G`iyosiddin   Hofiz  Dehdor — Xoja   Dehdor   nomi   bilan mashhur. Navoiyning yaqin kishilaridan.
61. Jabrail — Ollohning   to`rt farishtasidan   biri.   Payg`ambarlarga Ollohning vahylarini yetkazuvchi.
62. Arslonbek   axtachi — bu   shaxs   Navoiyga     Badiuzzamon Mirzo maktubini yetkazgan.
63. Tangri   rizosi   ota   rizosiga   vobastadur,   tangri   g`azabi   ham ota g`azabiga vobasta.
64. Hakim   Sulaymon — Turkiy   mashoyixlardan.    Ahmad    Yassaviy muridi. Sulaymon Boqirg`oniy nomi bilan shoir sifatida ham mashhur. Navoiy uni «Nasoyim ul—muhabbat»da zikr etgan.
65. Adib Ahmad — Navoiy uni   ham   «Nasoyim»ga   kiritgan.   «Qutadg`u bilig»ning  muallifi. Tug`ma ko`r bo`lgan.
66. Ibrohim   Xalil — Ibrohim   payg`ambar.   Xalil   uning  laqabi. Ka`bani bunyod etgan. Ikki o`g`li bo`lgan: Soradan Ishoq va Xojardan Ismoil.      
67. Ozari buttarosh — Ibrohim payg`ambarning otasi.
68. Boysung`ur mirzo  (1399—1433/34)   Shohruxning  o`g`li. Adabiyot va san`atga, naqqoshlik va xattotlikka ishtiyoqi baland bo`lgan. Firdavsiy «Shohnoma»sining to`liq matnini tuzdirgan va o`zi so`zboshi yozgan.
69. Bobur  Mirzo — Sulton   Abulqosim   Bobur.   Boysung`urning   o`g`li. 1452—57 yillarda Xuroson hukmdori bo`lgan. Navoiyning otasini Sabzavor hokimi qilib tayinlagan. Navoiyning otasi vafot etgandan so`ng, Bobur yosh Alisherga homiylik ko`rsatgan, uni saroy xizmatiga qabul qilgan. Navoiy bu podshohni o`z asarlarida iliq bir samimiyat bilan eslaydi. Abulqosim Bobur she`r ham yozgan, «Majolis»da zikr etilgan.
70. Ulug`bek  mirzo — Shohruxning   o`g`li,   amir  Temurning   nabirasi,  asl  ismi Muhammad Tarag`ay   (1394—1449), buyuk olim, astronom, davlat arbobi. Samarqandda rasadxona (observatoriya) qurdirgai va ilmiy kuzatishlar olib borgan. «Ziji Ko`ragoniy» nomli yulduzlar jadvalini tuzgan. Tarixga doir «To`rt ulus tarixi» nomli asari ham bor.
71. Abdullatif — Ulug`bekning  o`g`li.   Otasini   qatl  ettirgan.  Olti oy podshohlik qilgandan so`ng o`zi ham o`ldirilgan. Abdullatif she`rlar ham yozgan.
72. Jahonshoh — Jahonshoh  mirzo turkman,  Iroq va  Ozarbayjon     hukmdori (1438 — 1467).
73. Hasanali — Jahonshoh mirzoning o`g`li.     
74. Temurbek — amir Temur Ko`ragoniy (1336 — 1405), buyuk   davlat arbobi, jahongir podshoh.
75. Darvesh Muhammad — saroy mulozimlaridan.
76. Zafarnoma» — Sharafuddin   Ali   Yazdiyning   Temurbek   Ko`ragonga bag`ishlangan tarixiy asari.
77. Xofiz Muhammad Sanoiy —Aftidan  bu  shaxs  shariat  ahkomlarini yaxshi bilgan alloma bo`lsa kerakki, Navoiy Badiuzzamonga shar`iy umurlar bobida undan foydalanishni tavsiya qiladi.
78. Mir Zaynulobidin Astrobod  ashroflaridan. Navoiy  Badiuzzamonga Mir Zaynulobidinni hurmat qilishni, unga iltifot ko`rsatishni tayinlaydi.
79. Mushtariy — Yupiter, forsiyda Birjis. Ilmi nujumda «Sa`di Akbar», «Falak qozisi» deb yuritiladi, joyi oltinchi falakda emish.      
80. Sulton Muhammad Mirzo — Shu nomda Husayn Boyqaro va Xadicha begimlar nabira ko`rganlari munosabati bilan yozilgan tabrik maktubidir.
81. Begim — Xadicha begim. Avval Abusaid Mirzoning g`unchachisi (kanizagi) bo`lgan. Bobur u haqda yozadi: «Muhammad Mo`min mirzoni aning sa`yi bilan o`lturdilar. Sulton Husayn mirzoning o`g`lonlari yog`iqtilar, ko`praki muning jihatidan edi, o`zini oqila tutar edi, vale beaql, purgo`y xotun edi, rofiziya ham ekandur (2316).    
82. Bu o`rinda Jomiy vafoti to`g`risida so`z ketmoqda. Bu xat ham  «Munshaot»ning  avvalgi  nashriga  kirmagan.
83. Tarj. ar.: Har bir narsaning halokati sabab bilandir. Ollohdan  boshqa hamma  narsa  halok bo`luvchidir.
84. Tarj. ar.:   Dunyoda g`aribdek va   musofirdek bo`l   (hadis).
85. Tarj. ar.:   Qudratli  malik  huzurida  sidq o`rni.
86. Jomiy   (1414—1492) — olim va shoir. Navoiyning do`sti, maslakdoshi, hamfikri, 1476 yilda u Jomiyni o`ziga pir sifatida tanlagan. Jomiy vafotidan keyin Navoiy uning xotirasiga bag`ishlab «Xamsat ul—mutahayyirin («Hayratlanganlar beshligi») asarini yozgan.
87. Sanjar — Navoiy   bu  yerda saljuqiylarning oxirgi   podshohi Sulton Sanjarga ishora  qiladi. Uning poytaxti Mar shahri bo`lganligi,  Husayn Boyqaroning  o`g`li Abulmuhsin ham Marvda hukmdor bo`lganligi sababli Navoiy uni «taxti Sanjar uzra shoh», deb ta`riflaydi.
88. Abulmuhsin — Husayn  Boyqaroning  o`g`li.  Onasi  Latifa   Sulton og`acha bo`lgan.
89. Muhammad   Ma`sum — Husayn Boyqaro o`g`li. Kandahorda   hokim bo`lgan. Unga Ulug`bek mirzoning qizini olib bergai edi. Otasi hayotligida vafot etib ketgan.
90. Muzaffar   Husayn Husayn Boyqaroning o`g`li. Onasi Xadichabegim.
91. Safiyabeka — podshoh xonadoniga   mansub   ayollardan   bo`lsa  kerak, deb taxmin qilamiz.
92. Sayd  Badr — Husayn  Boyqaro  amirlaridan  shohga yaqin, doimiy ulfati bo`lib, raqsga ham tushar ekan. Miri   Mo`g`ul — Mo`g`ulbek.   Husayn   Boyqaro  beklaridan. Ma`lum  muddat Hirotda, keyinroq Astrobodda hokim bo`lgan. So`ngra isyon ko`tarib Iroqqa qochib ketgan va o`sha yerda o`ldirilgan.
93. Muhammad   Ko`kaltosh — Husayn   Boyqaro   mulozimlaridan.
94. Mahmud — bu   shaxs  haqida   boshqa   ma`lumot  topolmadik.
95. Mir Darvesh  Muhammad suvchi — shoh  saroyida  saqqo  bo`lgan.
96. Ustodzodai   Changi — musiqachi,   changda  kuylar   ijro  etgan.
97. Banda Bobo — shoh nadimlaridan.
98. Afzal — Xoja   Afzal. Husayn   Boyqaro   vazirlaridan.  Navoiy bilan yaqin do`st bo`lgan.
99. Shoh G`arib Mirzo — Husayn  Boyqaro va  Xadichabegimning o`g`li. Laqabi Abulfavoris (Favoris — forisning ko`pligi, sher, suvoriy demakdir), bukri bo`lgan, oila qurmagan. Iqtidorli shoir bo`lgan. Majolisda she`rlaridan namunalar keltirilgan. Navoiy bu shahzoda madhida «Farhod va Shirin» dostonida alohida bob ajratgan, vafotiga bag`ishlab marsiya yozgan.
100. Abushahma   Bahodir — maktub   mazmunidan   ayon   bo`ladiki,   bu shaxs boshiga musibat tushgan. Navoiy shu munosabat bilan uning ko`nglini ko`tarish, tasalli berishni podshohdan iltimos qilgan.    
101. Fisog`urs hakim — Pifagor (miloddan avval VI asr), qadimgi yunon faylasufi, diniy va siyosiy arbob. Musiqa ilmning ham asoschisi hisoblanadi.
102. Arastu — Aristotelü,    miloddan    avvalgi    IV asr,    qadimgi yunon hakimi. Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarning ustozi va maslahatchisi sifatida talqin etilgan.
103.  Abu   Nasr   Forobiy   (260/1874 — 339/1950) — buyuk   olim,   faylasuf. «Arastuyi soniy», «Muallimi soniy» laqablariga sazovor bo`lgan.
104. Xoja Abdulqodir — XIV  asrda   shuhrat qozongan mashhur cholg`uchi sozanda.    
105. «Majolis  un-nafois» —1492   yilda   yozilgan   va   1498 yilda Navoiyning o`zi ikkinchi tahririni amalga oshirgan. Unda 459 ta    shoir haqida ma`lumot va asarlaridan namuna keltiriladi.
106. Mavlono   Qosim — Navoiyning    xizmatiga    o`tmoqchi bo`lgan Darveshali musohiblaridan.
107. Darvesh Alibek — Navoiyning ukasi, Balx hokimi ham bo`lgan.  Navoiy vafotidan keyin iste`foga chiqib, 1563 yilda Shayboniyxon,  1511   yilda  Bobur  xizmatiga kirgan.
108. Mana shu maktubdan boshlab qolgan maktublar «Munshaot»ning avvalgi nashriga kirmagan. Ularning ayrimlarini adabiyotshunos Yu. Tursunov Turkiyada saqlanayotgan «Munshaot» fotonusxasidan olib e`lon qilgan. Keyinroq bu maktublarning aksariyati o`zimizdagi qo`lyozmalarda ham mavjudligi ma`lum bo`ldi.
109. Bobobek — podshoh   xonadoniga mansub yoshlardan. Maktubda uning vafoti haqida so`z ketadi.
110. Xoja Ahmad — shahzodalardan birining xizmatida bo`lgan shaxs.    
111. Badiuzzamon Mirzo — Husayn Boyqaroning to`ng`ich o`g`li. Onasi Sanjar Mirzo Marviyning qizi Beka Sultonbegim. 1506 yilda otasi vafotidan so`ng taxtga o`tiradi. 1507 yilda Shayboniyxondan yengilib, Shoh Ismoil huzuriga qochadi. Turk sultoni Sulton Salimshoh Ismoil bilan urushib, Tabrizni ishg`ol qilgach Badiuzzamonni 1514 yilda Istanbulga olib ketadi. Ko`p o`tmay toun — vabo kasalidan vafot etadi.
Navoiy bu shahzodaga katta umidlar bog`lagan, u bilan shoh orasida nizolar paydo bo`lganda, ularni yarashtirish uchun harakatlar qilgan. «Munshaot» tarkibidagi qator maktublar Badiuzzamonga yozilgan. Shoir dostonlarida alohida bag`ishlovlar,  «Majolis»da  ham   ma`lumotlar  bor.

VAQFIYA»NING IZOH VA TARJIMALARI

1. Tarj.  ar.:  Unga  Ollohning salovatlari  bo`lsin va  bani odamni  mukarram qildik.
2. Karrubiy — farishta.
3. Tarj. ar.: Ulug` zot biz uchun boshqa ilm yo`q, sen haqiqiy ilm va hikmat egasidursen.
4. Tarj.  ar.:  Uning ne`matlari ulug`dir, shonu shavkati buyukdur va undan boshqa iloh yo`qdur.    
5. Tarj.  ar.:  Xitoy — Chinda  bo`lsa ham ilm  talab qilgin.
6. Tarj. ar.: Olimlar payg`ambarlarning merosxo`ridir.
7.  Mahmud — Muhammad  payg`ambar laqablaridan  biri.
8. Tarj. ar.: Olimlar  bani Isroil payg`ambarlari kabi ummatlidir.
9. Tarj. ar.: Olimlarning   fazilatlari  obidlarga   nisbatan   va quyidagilarga nisbatan ham afzaldir.
10. Baytning   mazmuni:   Olloh  bilan   birgalarning  quvonchi  nihoyatda yaqin (uning) sirlariga mahram. Baytning ikkinchi misrasidan «Qoba qavsayn»ning ma`nosi «ikki yoy oralig`i»ni anglatadi va bu ibora eng, g`oyat yaqin mazmunida ishlatiladi.
11.Tarj.  ar.:   Unga,  uning  yaxshi   qarindoshlariga,  pok  sahobalariga va unga ergashganlarning hammasiga Ollohning salovatlari bo`lsin!
12. Tarj. ar.: Ollohdan  bo`lgan hech narsa yo`q edi.
13. Tarj. ar.: Biron narsani xohlaganda, uning «Bo`l»! demaklikdir. Va (u narsa) bo`lur. (Yosin surasi, 82—oyat... ajab bir yashirin sir edim, o`zni sinash uchun xalqni yaratdim).
14. Tarj.  ar.:  Odamning loyini  o`z qo`lim bilan 40 kun  qordim.
15. Tarj. ar.:  Bu omonatni osmonlarga, yerga  va toqqa ko`ndalang qo`ygan edik, ular uni ko`tarishdan bosh tortdilar («Ahzob» surasi, 72 oyat).    
16. Tarj. ar.: Insonni nutfadan (maniy) yaratadi.
17. Tarj. ar.: U rahmdilga Ollohning salovatlari bo`lsin.
18. Tarj. ar.: Hazrati Muhammadga Ollohning salom va salovatlari bo`lsin.    
19. Tarj. ar.: U subhonahuning haqqi!
20. Tarj. ar.: Tagidan ariqlar oquvchi bog`lar.
21. Tarj  ar.:   Biz  ularning  bo`yinlariga  tavq qo`ydik.
22. Tarj. ar.:   Iymon  keltirganlar   va  xayrli  ishlar  qilganlar uchun behad ajri savob bordur.
23. Tarj. ar.: Sukunat — oltindir.
24. Tarj. ar.:  Suradagi  oyat ham   shunday. (Ya`ni shu  ma`nodagi).
25. Tarj. ar.: Kim bir deb o`qisa, kim qattiq harakat qilsa, kiradi.
26. Tarj. ar.: Yomon ona qornida ham yomondur.
27. Tarj. ar.: Ular do`zax o`tiga loyiq va unda abadiy yonadilar.
28. Tarj. ar.: Haqiqatda Olloh har bir ishga   (qodirdir).
29. Tarj.   ar.:   Ibrohim (salovat ur—rahmoni alayhi) — payg`ambar. Laqabi Xalil, Xalilulloh. Rivoyatlarga ko`ra u buttarosh Ozarning o`g`li bo`lib, miloddan 2000 yil avval Bobilda dunyoga kelgan. Ibrohim o`z toifasini yolg`iz Xudoni tan olishga da`vat etgan. Namrud uni olovga tashlaganda omon qolgan ekan. Ka`bani Ibrohim bunyod qilgan deyiladi. Xudovand Ibrohimga o`g`li Ismoil (musulmonlar rivoyatiga ko`ra) yoki Ishoq (yahudiylar rivoyatiga ko`ra)ni qurbon qilishni buyurganda, uni ijro etish asnosida  o`g`il o`rnida  bir qo`y qurbonlikka  yuborilgan ekan. Ibrohim 170 yil umr ko`rgan deyiladi. Undan ikki o`g`il — Ishoq (onasi Sora) va Ismoil (onasi Hojar) qolgan ekan.    
30. Ibrohimning  o`tga tashlanganiga ishora  qilinmoqda.
31. Tarj.   ar.: Yunus — Isroil   avlodlaridan,    payg`ambar, laqabi «Zunnun, safarlaridan birida to`fon ko`tarilib, kemadan daryoga yiqiladi va uni baliq yutadi, uch kundan so`ng qirg`oqqa chiqarib tashlaydi, deyiladi.
32. Tarj.ar.: Namrud — Bobilning afsonaviy podshohi. Rivoyatlarga ko`ra, Bobilni Namrud bunyod etgan ekan. Shijoatli va qo`rqmas bo`lgan, Ibrohim payg`ambar uning davrida yashagan deyiladi.
33.Tarj. ar.:  Ollohga, uning elchisiga va barcha ulug`lar amriga  itoat qilingiz.    
34. Tarj.   ar.:  Muborak  yaratuvchi, taolodan   minnatdormiz.
35. Tarj.   ar.:   Butlon   raqami   chekdi   va   kitoblariga   nasx   xati tortdi,  aynan:   behudaligini  qayd  qildi  va  zayil  qilishlik xatini tortdi. Bu yerda so`z Muhammad (a. s.)ning boshqa  payg`ambarlardan  farqi  ustida  ketmoqda.
36. Tarj. ar.: Sulton Ollohning yerdagi soyasidir.
37. Tarj. ar.:  Saltanat eshiklari, hojatlar qiblasi.
38. Tarj.  ar.:   Biz senga  aniq-ravshan  qilib ochdik.
39. Tarj. ar.: Olloh senga aziz g`alaba beradi.
40. Tarj. ar.: Asli mustahkam, boshi samoda.
41. Tarj.   ar.:   Xalifalarni  yerda   men  ta`minlayman.
42. Tarj.   ar.: Bir soatlik adolat ikki dunyo harakatlariga barobar.
43. Tarj.  ar.:  Olloh ularga adolat va ehsonni buyurgandir.
44. Tarj. ar.: Ammo tilanchilarni ranjitma.
45. Tarj. ar.: Jamshid — Eronning afsonaviy shohlaridan. U qurol—aslaha, ipak va ranglar ixtiro qilgan, ulkan binolar qurdirgan ekan. Uning davrida odamlar farovon yashagan, xastalik  nima,  o`lim  nima    bilmagan emish. Keyinchalik kibr—havoga berilib ketgan. Jamshidni jazolash uchun Xudo istilochi Zahhokni yuborgan va u Jamshidni arra bilan ikki bo`lib tashlagan emish. Bu yerda Navoiy asli Husayn Boyqaroni Jamshidga o`xshatmoqda. Albatta Jamshidning ijobiy faoliyati va bilim, ixtirolarini Navoiy ko`zda tutadi.
46. Sulaymon — Dovud  o`g`li,   podshoh.   Yahudiydar   payg`ambari   sanaladi. Bayt ul-muqaddas — Quddus shahrini  bunyod  qilgan. U hayvonlar  va qushlar tilini  bilar, parilar  uning xizmatida bo`lar ekan. Navoiy bu yerda Husayn  Boyqaroni Sulaymon kabi devu parilarga ham sultondir, deb ta`riflamoqda.    
47. Qavs  quzah — kamalak  demakdir.   Baytning    mazmuni: Uning mevalar soladigan tog`arasi zangori osmon, otadigan o`q yoyi —kamalak kabidir.    
48. Hotami  Toiy — hokimiyat  davrida   o`zining    saxiyligi bilan dong taratgan «toy» qabilasiga mansub zot. Uning nomi saxovat va karam qilish ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroda shunday fazilat mavjud, deya ta`riflaydi.
49. Navoiy   bu  yerda  Husayn  Boyqaro  o`z  saltanatini   boshqarishda  qator  qabilalarning vakillariga tayangani va har qaysiga muvofiq amallar bergani haqida yozadi.
50. Tarj.  ar.:  Salsabil deb  nomlangan  buloqning o`zginasi.
51. Jerib — yer   o`lchovi,  taxminan 1 tanob.  Jeribni,   shuningdek, 1 jeribdon ekish mumkin bo`lgan yer bo`lagini ham atashgan. Ye. E. Bertelüsning izohlashicha, turli davrlarda jerib miqdori turlicha  belgilangan   (100 to 200 m.ga  qadar).
52. Fiqh usuli  va furui — diniy qoidalar  haqidagi  huquq  ilmining tarmoqlari va unga oid sharhlar.
53. Tarj.   ar.:   Alloh  qabrlarini   munavvar   qilsin!
54. Tarj.  ar.: Ey  iymon keltirganlar,  jum`a namozi uchun azon aytilsa bas, intilinglar, (Allohning) zikriga boringlar,
savdo—sotiqni tark etgan holda.    
              Alloh zikri deyilganda jum`a namozidan keyin o`qiladigan xutba nazarda tutiladi. Savdo—sotiqni tark etgan holda deyilganda, Odatda jum`a kunlari boshqa kunlarga nisbatan savdo—sotiq yaxshi bo`lgan. Ba`zi iymoni zaif kishilar savdoga qiziqib, jum`a namoziga qatnasha olmaganlar (Jum`a surasi, 9—oyat).    
55. Tarj. ar.: Xalos ixlosdadir.
56. Muborak  Haj  safari — Navoiy   islom   ruknlari     (tavhid — iymon keltirib, besh vaqt namoz, ro`za va zakot)ni sidqidildan bajarib kelgan va endi Haj safari orzusida ekanligini bayon etadi.
57. Ravotib — xizmatchilarga vaqti—vaqti   bilan  berib turiladigan maosh, nafaqa va boshqa moddiy yordamlarni anglatadi.
58. 886/1481 — 82 yil.