Hamd angakim, zotig`a hamd onchakim, sazovordur, aytsa bo`lmas va sano angakim, ehsonig`a sano onchakim, yeri bordur bitsa bo`lmas. Zoti jami` kamolat sifoti bila mavsuf, sifotidin majmu`i kamolot kashf ahlig`a makshuf. Tanzihi til sharh qilurdin mubarro, taqdisi el vasf etardin muarro. Azamati bog`ida sipehri davvor bir nilufardin kam va qudrati ollida nujumi sobita va sayyora ul nilufar yuzida bir necha qatrai shabnam. Nilufar yuziga shabnam sochquchi ham ul va shabnam suyidin nilufarzor, balki gulistoni Eram ochg`uchi ham ul. Beniyozlig`i janbida charxi nigun bir gadoy, niyozmand va chorasozlig`i ollida dahri buqalamun bir bechorai ajzpayvand. Vujudi mulohazasida ofarinish vujudi nomavjud, zoti mutolaasida avvalin va oxirin budi nobud. Xoni ehsoni tegrasida oliy shon shohlar rizqqa soyil va ilmi bepoyoni taaqqulida oliy makon ogohlar jahlga qoyil. Qahhorlig`i sarsari uchururg`a sobit va sayyor, nastaranning sochilg`on yafrog`lari jabborlig`i quyuni sovururg`a dahri g`addor. Bayt ul—hazanning to`kulg`on tufrog`lari yo`qni bor qilmoq va borni yo`q qilmoq aning qudratig`a oson, boru yo`q va yo`qu bor aning ehsonidin umidvor va qahridin haroson. Bir ovuch tufrog`ni malakut xaylida xilofat taxtig`a o`lturmoq anga yarashur va yillar maloikai muqarrabing`a peshvolik qilg`onning bo`ynig`a la`nat tavqi ul solur.
Qit`a:
Qodirekim, qudratidin muncha yuz amri g`arib,
Bo`lsa har soatda mavjud andin ermastur ajab,
O`n sekiz ming olamu odam yaratib, aylamak
Bir kishini ofarinish daftaridin muntaxab.
Ul qila olur anga keldi musallam bu umur,
Gar o`zi erdi musabbab, lek bu bo`ldi sabab.
Qodirekim, qudratidin muncha yuz amri g`arib,
Bo`lsa har soatda mavjud andin ermastur ajab,
O`n sekiz ming olamu odam yaratib, aylamak
Bir kishini ofarinish daftaridin muntaxab.
Ul qila olur anga keldi musallam bu umur,
Gar o`zi erdi musabbab, lek bu bo`ldi sabab.
Va durudi noma`dud ul mahbubi oqibat Mahmudg`akim1, haq taolo anga qurb va manzilat berdikim, olam va odam vujudidin maqsud aning vujudi erdi. Xujasta tiynati ruhi pokdin tohir va farxunda xilqati anosir tarkibidin pok erkani zohir. Anosirining2 yeli Masih3 anfosi va tufrog`i Ya`qub4 ko`zining to`tiyosi va suyi Hizr5 chashmasining zuloli va o`ti kalim daraxtining nori ishti`oli. Bu anosirni ruhi pok desa yeri bor va ruhig`a ruhi fidok demak sazovor. Toyiri sidranishin Buroqi6 barqgomi va soyiri. Ruh ul—aminning7 ulvi xiromi. Aflok shabistoni yuzi bahoridin gulshan va maloiki uyuni raxshi g`uboridin ravshan. Kalomi sha`nida «Mayantiqu inal xavy»8 va nutqi bayonida «in huva illo vahyun yuho»9. Asrori ilohig`a zoti amin va inoyat nomutanohidin oti «rahmat ul—olamin»10.
Masnaviy:
Iki gisusi iki laylat ul—qadr,
Bu yanglig` iki layl ichra yuzi badr,
Laylu badr o`lub sham`i shabiston,
Uzoridin xo`y anda kavkabiston.
Bu kavkablardin aylab tengri mavjud,
Nubuvvat ma`sharig`a durri maqsud.
Nubuvvat spehrida quyosh erkoni ma`lum,
Musohiblar sha`nida ashobi kaniujum11.
Bu yanglig` iki layl ichra yuzi badr,
Laylu badr o`lub sham`i shabiston,
Uzoridin xo`y anda kavkabiston.
Bu kavkablardin aylab tengri mavjud,
Nubuvvat ma`sharig`a durri maqsud.
Nubuvvat spehrida quyosh erkoni ma`lum,
Musohiblar sha`nida ashobi kaniujum11.
(Salovati Ollohi alayhi va alo olihi va ashobihi alo yavmiddini)12.
Ammo ba`d: fuqaroning gadoyi va g`aroib masturalarining chehrakushoni al—faqir ul—haqir Alisher al—mulaqqab bin—Navoiy (g`affara zunubihi va sattara ayyubihi)13 mundoq arz qilur va adosin o`ziga farz bilurkim, bu xoksori parishon ro`zgor shabob avonining bidoyatidin kuhulat zamonining nihoyatig`acha davron voqeotidin va sipehri gardon hodisotidin va dahri fitnangiz buqalamunlug`idin va zamonai rangomiz gunogunlig`idin muddati madid va ahdi baid har nav` shiq va suratda aqdom urdum va har tavr suluk va kisvatda yugurdum va o`zumnn yaxshi—yamon xizmat va suhbatig`a yetkurdim. Goh mazallat va ano vayronida shevan ko`rguzdum va goh izzat g`ino bo`stonida anjuman tuzdum.
M a s n a v n i y:
Gahe topdim falakdin notavonlig`,
Gohe ko`rdim zamondin komronlig`,
Base issig`, sovug` ko`rdo`m zamonda,
Base achchig`, chuchuk tottim jahonda.
Gahe topdim falakdin notavonlig`,
Gohe ko`rdim zamondin komronlig`,
Base issig`, sovug` ko`rdo`m zamonda,
Base achchig`, chuchuk tottim jahonda.
Iflos va notavonlig` hangomida, ya`ni falokat va nomurodlig` ayyomida goh ilm madorisida safi niolda yer tuttum, goh ulamo majlisida ilm nuridin ko`ngulni yoruttum. Goh atqiyo masojidida alar qadami yetgan yerga yuz qo`ydum va sajda kasratidin manglayim terisini so`ydum. Va goh safo xonaqohi ahli ibrikig`a suv quymoq bila arjumand bo`ldum va goh fano dayri xayli sabukashligidin sarbaland bo`ldum. Va goh laimlar olida xorlig` va goh arzollar olida bee`tiborlig` ko`rdum. Va goh ishq ko`yida beboklik va odamiykush parichehralarg`a haloklik dast berdi. Va goh junun mahallasida arzol bo`ynumg`a silliy urdilar va atfol boshimg`a tosh yog`durdilar va goh shahrim eli sitamidin g`urbatka tushtum va g`arib xaloyiqka qo`shuldum va qovushtum. Va jibol kullasi oromgohim bo`ldi va goh saxro etogi panohim bo`ldi. Va goh g`urbatda alil va g`arib elga zalil bo`ldum. Goh bu shiddatlardin azmi vatan qildim. Va goh azizlar xizmatidin o`zumni bahramand va so`zumni dilpisand va arjumand toptim.
R u b o i y:
Gardun gah manga jafou dunluq qildi,
Baxtim kibi har ishta zabunluq qildi,
Gah kom sari rahnamunluq qildi,
Alqissa: base buqalamunluq qildi.
Gardun gah manga jafou dunluq qildi,
Baxtim kibi har ishta zabunluq qildi,
Gah kom sari rahnamunluq qildi,
Alqissa: base buqalamunluq qildi.
Ammo shug`l va komronliq chog`ida va ko`ngul mulki xalq hujumi bulg`og`ida va goh amorat masnadida o`lturdum va hukm va hukumat mahkamasida dodxoh so`rdum va goh podshoh nayobatida taraqqub tuzdum va nazzoragar elga o`zumni komron ko`rguzdum. Va goh makrumat ayvonini makon qildim va akobir va ashrofni ta`zim yuzidin mehmon qildim. Va goh nishot bog`ida bazm tarhi soldim va soqiy va mutrib bazmu simoidin bahra oldim. Va goh salotni muxolafatlarida arog`a kirdim va munozaatlarin muvofaqatg`a qaror berdim. Goh harb ma`rakasig`a o`zumni soldim, va jahl va nodonliq tuhmatin bo`ynumga oldim. Va goh xayrot ahlig`a o`zumni qottim va har nav` xayr buq`alari tuzattim, andoqki, sa`yimdin rabotlar bo`ldi va andin musofirlarg`a nishotlar bo`ldi.
B a y t:
Dimog`ima tushubon ko`p tasavvuru pindor,
O`zumni johu ulug`luqqa ayladim izhor.
Dimog`ima tushubon ko`p tasavvuru pindor,
O`zumni johu ulug`luqqa ayladim izhor.
Bo` muqaddimotdin maqsad bukim, har ko`y va ko`chada yugurubmen va olam ahlidin har nav` elga o`zumni yetkurubmen va yaxshi—yomonning af`olin bilibmen va yamonu yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen. Xayr va shar`din no`sh va nish ko`ksumga yetibdur va laim va karim zahm va marhamin ko`nglum dark etibdur. Va zamon ahlidin bayozi ashob va davron xaylidin ba`zi ahbobki, bu hollardin xabarsiz va ko`ngullari bu xayr va sharrdin asarsizdur.
Q i t ` a:
Ne bilgay ul kishikim, shahdu mayni totmaydur
Ki, vaslu hajr kibi ul chuchuk durur, bu achig`.
Bilur zalil musofirki, po`ya aylarda,
Qumu to`zong yumshog`, tog`u xoradur qatig`.
Ne bilgay ul kishikim, shahdu mayni totmaydur
Ki, vaslu hajr kibi ul chuchuk durur, bu achig`.
Bilur zalil musofirki, po`ya aylarda,
Qumu to`zong yumshog`, tog`u xoradur qatig`.
Bu nav` ashob va ahbobg`a intiboh qilmoq va alarni bu nav` holatdin ogoh qilmoq vojib ko`rundiki, har toifa xisolidin vuquflari va har tabaqa ahvolidin shuurlari bo`lganki, munosib el xizmatig`a shitob qilg`aylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob vojib bilgaylar va bori el bila maxfiy rozlarin so`zlashgaylar va shayotin va ins makru firibdin boziy yemagaylar. Va har nav` el suhbat va xususiyatiki, alarga
havas bo`lg`ay, bu faqirning tajribasi alarg`a bas bo`lg`ay.
Chun bu maqolatning qulubg`a mahbublug`i ma`lum bo`ldi, anga «Mahbub ul—qulub» ot qo`yuldi. Va bu bitilgan favoidning kayfiyati chun bilildi, ani uch qism qilindi.
Avvalg`i qism: soir un—nosning af`ol va ahvolining kayfiyati14.
Ikkinchi qism: hamida af`ol va zamima xisol xosiyati15.
Uchinchi qism: mutafarriqa favoid va amsol surati16.
Umid ulkim, o`qug`uvchilar diqqat va e`tibor ko`zi bila nazar solg`aylar va har qaysi o`z fahmu idroklarig`a ko`ra bahra olg`aylar, bitguchiga ham bir duo bila bahra yetkurgaylar va ruhini ul duo futuhi bila sevundurgaylar.
Avvalgi qism
XALOYIQ AHVOL VA AF`OL VA AQVOLINING KAYFIYATI
Ul qirq fasldur
B i r i n ch i f a s l
ODIL SALOTIN ZIKRIDA
B i r i n ch i f a s l
ODIL SALOTIN ZIKRIDA
Odilu oqil podshoh ibodullohg`a zillulloh. Xilofat mulki aning farmonida «inni joilun fil arz xalifa»1ning sha`nida. Bukim odil podshoh ta`rifdin biyikroq erur «valadat fiz—zamon as—sulton ul—odil2» andin xabar berur. Ulki aning zoti bila mubohidur xojai kavnayn3 debdurkim, «adli soat xabara min ibodat ul—saqlin»4.
Odil podshoh haqdin xaloyiqqa rahmatdur va mamolikka mujibi amniyat va rafohiyat. Quyosh bila abri bahordek qora tufrog`din gullar ochar va mulk ahli boshig`a oltun bila durlar sochar. Fuqaro va notavonlar aning rifq va madorosidin osuda, zalama va avonlar aning tig`i siyosatidin farsuda. Hirosatidin qo`yu qo`zi bo`ri xavfidin emin va siyosatidin musofir ko`ngli qaroqchi vahmidin mutmain. Rif`atidin har maktabda atfol g`avg`osi va muxofazatidin zuafo hammomida alarning alolosi, haybatidin yo`llar qaroqchidin xoli va qo`llar to`la ulus moli va zabtidin amaldorlar qalami sinuq va sitamkorlar alami yikuq. Jiddidin masojid jamoat ahlidin mamlu va madoris bahs va jadal xaylidin g`uluv. Qisosi tig`idin o`g`ri ilgi el molidin ko`toh, intiqomi biymidin qoti` tariq holi adam biyobonida taboh. Tunning ko`pi do`konlarda savdo uchun sham` va avbosh ko`cha gashtidin ko`ngullari jam`. Shomdin to sahar xonaqohlar eshigi ochuq va xilvatlar ibodat nuridin yoruq. Shahrda qo`ylar posboni ul, yozida qo`ylar shuboni ul. Raiyyatg`a saro va bog` andin ma`mur va sipohig`a kom va farog` andin mavfur.
Andin kechalar atrok zuafosi ishi o`rg`ushtak va atfol varzishi oq so`ngak. Ajuzlar charx uni maddi bila aning duosig`a nag`masoz va kanizaklar momuq sabamoq uni bila aning olqishig`a nag`mapardoz. Fuqaro ishi anga ham duo va ham nozish, aning da`bi fuqarog`a ham saxo va ham navozish.
Ochlar g`izosi bazl va atosi xonidin, yalang`ochlar libosi xizonai lutf va ehsonidin. Mulk bog`in ma`mur qilurg`a abri serob va mulk ahli ko`zin yoruturg`a mehri jahontob. O`zga mulkning raoyo va xalqi aning orzusida va yana kishvar mazlumlari aning adli duosi guftigo`sida. Yaxshi otig`a ulamo ishi rasoil tartibi va yaxshi sifotig`a shuaro varzishi qasoyid tarkibi, mug`anniylar ishtig`oli sanosi uchun surud tuzmak va musanniflar maqoli duosi ohangida nag`ma ko`rguzmak. Xalq rizosidin haq rizosig`a tolib va dodxoh so`rarda so`rug` kuni vahmi ko`nglig`a g`olib.
M a s n a v i y:
Ulus podshohiyu darveshvash,
Anga shohliqdin kelib faqr xash,
Jahondorlarg`a sipehr intiboh,
Valiy ahli faqr olida xoqi roh,
Jahon mulki olinda xoshokcha,
Vale bir ko`ngul mulqi aflokcha.
Bori benavolar navosozi ul,
Hamul nav`kim, Shoh Abulg`ozi5 ul,
Kelib ayni insonu insoni ayn,
Jahon vorisi Shoh Sulton Husayn
Ki, to bo`lsa gardung`a davvorliq,
Anga boqiy o`lsun jahondorliq.
Xaloyiqqa bu shahdin o`lsun nishot,
Dame bo`lmasun xoli andin bisot.
Ulus podshohiyu darveshvash,
Anga shohliqdin kelib faqr xash,
Jahondorlarg`a sipehr intiboh,
Valiy ahli faqr olida xoqi roh,
Jahon mulki olinda xoshokcha,
Vale bir ko`ngul mulqi aflokcha.
Bori benavolar navosozi ul,
Hamul nav`kim, Shoh Abulg`ozi5 ul,
Kelib ayni insonu insoni ayn,
Jahon vorisi Shoh Sulton Husayn
Ki, to bo`lsa gardung`a davvorliq,
Anga boqiy o`lsun jahondorliq.
Xaloyiqqa bu shahdin o`lsun nishot,
Dame bo`lmasun xoli andin bisot.
I k k i n ch i f a s l
ISLOMPANOH BEKLAR ZIKRIDA
ISLOMPANOH BEKLAR ZIKRIDA
Mundoq shohga musulmon bek nabiy xizmatida to`rt yordin biridek. Nomurodlarning panohi va podshohning davlatxohi. Shohg`a dunyoda chin so`z deguvchi va aning oxirati g`amin yeguvchi. Yomonlar andin haroson va yaxshilar dushvorlig`i oson. El moli tama`i ko`nglida nobud va ayoli xayoli zamirida nomavjud. Murodi raoyo amniyati va maqsudi baroyo jam`iyati. Ul musulmonlarg`a rizojo`y va musulmonlar anga duogo`y. O`zining zoti tuzuk va sa`yi shoh eshigida tuzukluk.
Shoh eshigi mundoq bekdin xoli bo`lmasun va davlatning andin o`zga intiqoli bo`lmasun.
U ch i n ch i f a s l
NOMUNOSIB NOIBLAR ZIKRIDA
NOMUNOSIB NOIBLAR ZIKRIDA
Yolg`onchi xudnamo noib nisbati musallamai kazzob millati, nubuvvat tuhmatin o`ziga solg`on va Jabroil6 vahydin degoni bori yolg`on. Munga ham shox xususiyati izhori g`ayri voqe` yolg`on bori. Yolg`on hukm yetkururiga bois tama`i shum va o`truk parvona yetkururiga sabab hirsi mazlum. Nima olurda yolg`on anga chin o`rnig`a va musulmonlarg`a nuqson anga din o`rnig`a, yolg`on borida anga chin demaki mahol va rishvat olurda o`zga so`z deb, ammo ko`nglida o`zga xayol. Mundoq noibki, bir bo`lmag`an fe`liyu qavli, shoh eshigidin gum bo`lg`oni avli.
T o` r t n ch i f a s l
ZOLIM VA JOHIL VA FOSIQ PODSHOHLAR ZIKRIDA
ZOLIM VA JOHIL VA FOSIQ PODSHOHLAR ZIKRIDA
Odil podshoh ko`zgu va bu aning uchasidur. Ul yoruq, subh, bu aning qorong`u kechasidur. Zulm aning ko`nglig`a marg`ub va fisq aning xotiriga mahbub. Mulk buzug`lig`idin zamiriga jam`iyat va ulus parishonlig`idin xotirig`a amniyat. Obodlar aning zulmidin vayrona, kabutar toqchalari boyqushg`a oshiyona. Boda seli chun bazmida to`g`yon qilib, ul sel mulk ma`muralarin vayron qilib. Suvchi xonasig`a farsh masjid ravoqi to`kulgonidin va ko`plari boshig`a xisht mehrob toqi yemrulgonidin. Agar qon to`kmak anga pesha, kimki joni bor anga andesha. Agar shurbg`a mash`uf — ko`y va ko`cha musulmonlarg`a maxuf. Agar fosiq bo`lsa va bad, af`ol — el irzi va ayolig`a andin biymu nakol. Va sitezaro`y bo`lsa va xudroy mushfiq Navoiy jonig`a voy!
O`z noshoyisti o`z olida xo`b va el ma`quli anga mardud va ma`yub. Ko`p xizmat oz sahv bila olida nobud va ko`p haq va rost oz xato bila ilayida nomavjud. Xato royi o`ng kelmasa, daxlsizlarga shirkat, balki naqiz tutqonlarg`a ziyoda tuhmat. Nosavob xayoli tuz chiqmasa, shirkati yo`qlarg`a itob va balki xabari yo`qlarga aroda azob. Hayot suyin og`u desa, musallam tutmog`on gunahkor va quyosh nurin qorong`u desa, tahsin qilmog`on tiyra ro`zgor.
O`z jonibidin qatraning daryocha hurmati va zarraning bayzacha qiymati. El tarafidin moli olam bir qora puldin kam va fido qilg`on joni aziz, oncha yo`qkim, bir pashiz. Qora quzg`unni oq tuyg`un desa, qozni yaxshi olur demagan muqassir. Yoruq kunni tiyra tun desa, suho ko`runadur demagan mudbir.
Chin der elga — jon xatari, xayrg`a dalolat qilg`uvchig`a o`lum zarari. Haq aning qoshida botil, xiradmand aning aqidasida johil.
Eldin ko`nglida kiynasi — maxfiy xazinasining dafinasi. Qatl uchun jon bermak shiori, el molu jonig`a qasd — shikori.
Bu yomon podshohki, bo`lg`ay vaziri ham yomon, andoqki, Fir`avn nayobatida Homon7.
B a y t:
Uylakim shoh morg`a bo`lg`ay mumid ham ja`fariy,
Yo vaboyi xalqqa toun ham o`lg`ay bir sari.
Uylakim shoh morg`a bo`lg`ay mumid ham ja`fariy,
Yo vaboyi xalqqa toun ham o`lg`ay bir sari.
Tengri mundoq balolarni adam chohidin vujud taxtgohig`a kelturmasun va yo`qluq zindonidin borlig` shahristonig`a yetkurmasun.
B ye sh i i ch i f a s l
VUZARO ZIKRIDA
Vazir vizrdin mushtaqdur va bu fe`l aning zotig`a ahaq va alyaqdur. Bu ishni pisandida qilg`on Osaf8 ermishkim, nigini naqshi «qad rahimallohu man in—safa»9 ermish. Hamonoki, Osaf bordi, insofin olib bordi va insof gavharin bu noinsoflar orasidin chiqordi. Kishi agarchi o`zin yeldek har yon solg`ay, Osafni bu xokdonda qayda topa olg`ay. Dahr elida birovki Osaf nihoddur, bilgaykim, Sulaymon taxti barboddur.VUZARO ZIKRIDA
Bu zolimlar — mulkni barbod berguvchilardur va mulk ahli yig`ishturg`onlarin bitirguvchilardur. Avlo ulkim, bular zikrida kishi xoma surmagan va bu xomadek qora yuzluklar otin qalam tiliga kelturmagay. Zahr berib bemor o`lturguvchi tabib, bularning holig`a mushobehdur va qarib.
Bu ikki xayldin har biri bir af`i, shohg`a vojibdur bularniig daf`i. Bular, jumlasi chiyonlar, xaloyiqqa yetkurur ziyonlar. Kilklari no`g`i aqrab nishi, raiyat jonig`a ul nish tashvishi. Necha bu nish mazlumlarg`a sanchilg`ay, umid ulki, boshlari ajal toshi bila yanchilg`ay.
M a s n a v i y:
Bulardin gar a`lo gar adno durur
Kim, andin xaloyiqqa izo durur.
Shah o`lturmas avlodur ul elni bot
Ki, debdur nabiy «iqtilso almu`ziyat»10
Bulardin gar a`lo gar adno durur
Kim, andin xaloyiqqa izo durur.
Shah o`lturmas avlodur ul elni bot
Ki, debdur nabiy «iqtilso almu`ziyat»10
O l t i i ch i f a s l
NOQOBIL SADRLAR ZIKRIDA
NOQOBIL SADRLAR ZIKRIDA
Bediyonat sudur bid`ati sayyiadur bilo-zarur. Bu nokas agar omiydur fisqu fujur aning komidur. Majlisida nag`manavozliq ilm va taqvo azosig`a — navhasozliq. Ulamo kelturgan gulob shishalariki xoli qolib, boda solurg`a ani mulozimlari olib. Bu kelturgan nabot gazak uchun ushalib, vazifa vajhlari o`zga asbob uchun sayg`olib Badkirdor anda g`alaba va poykor anda talaba. Navkarlariga osh xonaqoh rotibasidin va chuhralarig`a maosh shayx va mudarris vazifasidin. Bazmig`a may kelturgali muhtasib rozi va mayg`a bodapolo rishi qozi, kishvarki, anda manohiy mundoq behisob bo`lg`ay, islom va shariatg`a ne izzat va ne hisob bo`lg`ay.
Sadr kerak ulamog`a dastyor bo`lsa va mashoyixqa korguzor va xizmatkor va sodotg`a mumid va fuqaro xizmatida mujid. Zulm rishtasin uzguvchi va avqof buzug`in tuzguvchi va ziroat kasratida sa`y ko`rguzguvchi.
Masnaviy:
Yo`q ulkim fosiqu xammoru zukka
Ki, buzg`ay garchi bo`lg`ay xoja dukka.
Rikobi naqshi kimsonlig` sarosar
To`nida ortiq ondin zebu zevar.
Qit`a:
Keraki boshig`a qo`ysa aloqalik dastor,
Yana rido ham aning egnida mavoliydek.
Yo`q ulki, markabi bo`ynig`a bog`lab ossa qo`tos,
Osilg`ay o`zining o`z bo`g`zidin saqolidek.
Yo`q ulkim fosiqu xammoru zukka
Ki, buzg`ay garchi bo`lg`ay xoja dukka.
Rikobi naqshi kimsonlig` sarosar
To`nida ortiq ondin zebu zevar.
Qit`a:
Keraki boshig`a qo`ysa aloqalik dastor,
Yana rido ham aning egnida mavoliydek.
Yo`q ulki, markabi bo`ynig`a bog`lab ossa qo`tos,
Osilg`ay o`zining o`z bo`g`zidin saqolidek.
E t t i n ch i f a s l
FOSIQ VA BADMAOSH, BAHODIRLIQ LOFIN URG`ONLAR ZIKRIDA
FOSIQ VA BADMAOSH, BAHODIRLIQ LOFIN URG`ONLAR ZIKRIDA
Shoh eshigida yormoqni zoe` qilg`uvchi jamoatkim, alardin ne tengrig`a toatdur va ne shahg`a itoat.
Tariqlari — xudnamoliq va rasmlari — xudoroliq. Ishlari — mastlig`, varzishlari — xudparastlig`. Chin demaklari lof, ma`nili so`zlari gazof. Jur`akashlik — dinlari va kofirvashlik — oyinlari. Ko`ngullari to`bichoq sekreturdin orom topmoq va so`zlari bosh yalang yuzga chopmoq Bazmda da`volari Xotamliq11, razmda taloshlari Rustamliq12. O`tag`alaridin nasri toyirg`a ram, nayzalaridin simoki romih yuzi darham. Tavrlaridin oshuftaroq alarg`a dastor va dastor aloqasidin uchalarida ozor.
Mulk dushmani daf`i shuhratlari, shohga mulk asrar minnatlari. Bu da`vo boshig`a yetguncha nechasini may o`lturub, nechasini o`zga fisq do`zaxga yetkurub. Yuzdin biriki ma`rakag`a yetib, yo`rtoq chopish bilan o`zin zoe` etib. Muboriz afganliklari o`z holig`a, safshikanliklari o`z yasolig`a. Bu nav` bahodir hech ma`rakada bo`lmasun va hech saf buzarda aning qoni to`kulmasin. Shohg`a sipoh-darvishlar duosidur — fuqaro himmati va tengri rizosidur. Shohkim, anga haq inoyati sipoh bo`lg`ay, livosining ziynati nasr min Olloh bo`lg`ay. Shohg`a to davlat bor —dushman erur xor va xoksor. Davlatga yetkurguvchi tengri, ham olg`uvchi, ham berguvchi tengri. Ul bersa, kishi ola olmas, ul yetkursa, kishi yiroq sola olmas. Shohki, haq amrin bajo kelturgay, bu davlat ko`p xavflarg`a rajo yetkurgay.
Qit`a:
Shaheki, sidqi aning tengri birla tuz bo`lg`ay,
Ne g`am aduvsi aning bir yo`q ersa yuz bo`lg`ay.
Kishiga tengri berur fath yo`qki, xaylu sipoh,
Pas e`timod anga aylamas ne so`z bo`lg`ay.
B a y t:
Cherik bo`lsa va bo`lmasa baxtiyor,
Sipahg`a aduv xaylinnng hukmi bor.
Shaheki, sidqi aning tengri birla tuz bo`lg`ay,
Ne g`am aduvsi aning bir yo`q ersa yuz bo`lg`ay.
Kishiga tengri berur fath yo`qki, xaylu sipoh,
Pas e`timod anga aylamas ne so`z bo`lg`ay.
B a y t:
Cherik bo`lsa va bo`lmasa baxtiyor,
Sipahg`a aduv xaylinnng hukmi bor.
S ye k k i z i n ch i f a s l
YASOVUL GURUHI ZIKRIDA
YASOVUL GURUHI ZIKRIDA
Yasovul, bir mazlum ishi keyincha borg`ay va ul mazlumni zolimdin qutqorg`ay. Agar muzd tilamagi maqdurdin ortuqroqdur, ul zolimga ulug`roq o`rtoqdur. Agar sa`yig`a yarasha olur xayoli bo`lg`ay, ota merosi va ona sutidek haloli bo`lg`ay. Va agar tama`i haqq us—sa`yidin kamdur, erlik va muruvvat anga musallamdur. Va agar sa`y qilg`ay va olmag`ay, muzdkim anga haqdur, ani desa bo`lg`aykim, valiyi mutlaqdur.
Ko`p eranlar bu ishni shior etibdurlar va bu suluk bila maqosidg`a yetibdurlar.
M a s n a v i y:
Avliyoullohki, har suratda bor,
Ba`zi etmish bu ravishni ixtiyor,
Chun erurlar qubbalar ichra nihon,
Haqdin o`zga kimsaga ermas ayon.
Avliyoullohki, har suratda bor,
Ba`zi etmish bu ravishni ixtiyor,
Chun erurlar qubbalar ichra nihon,
Haqdin o`zga kimsaga ermas ayon.
T o` q q u z i i ch i f a s l
YASOG`LIQ VA QORA ChERIK ZIKRIDA
YASOG`LIQ VA QORA ChERIK ZIKRIDA
Yasog`liq degan qora cherik, ya`juj va ma`juj xaylig`a sherik. Emgakdin alarg`a orom yo`q, yasoq tortardin bir nafas kom yo`q. Ishlari talay olg`onni talamoq, yot yurtda chugurtkadek sabza va yafrog`ni yalamoq.
Insonliq bila alar orasida muboyanat, musulmonliq bila alar o`rtasida munozaat. Fahmu idrokdin alar zoti oriy, aqlu insofsiz bizzot bori. Qayong`akim yuzlandilar, alarg`a yonmoq yo`q, kecha va kunduz tag`oful uyqusidin uyg`onmoq yo`q. Isig` va sovuq tanlariga tafovut qilmay, ochlig` va yalang`ochliq zararini jismlari bilmay. Odamiysizliqda maxluqotdin mumtoz, hayvonliqlari ko`pu mardumliqlari oz.
R u bo i y:
Ul qavmdin a`juba xaloyiq bo`lmas
Kim, me`dalari harom yerdin to`lmas.
O`lguncha balo chekib erurlar mavjud,
Chin bo`ldi bu da`voki, yasog`liq o`lmas.
Ul qavmdin a`juba xaloyiq bo`lmas
Kim, me`dalari harom yerdin to`lmas.
O`lguncha balo chekib erurlar mavjud,
Chin bo`ldi bu da`voki, yasog`liq o`lmas.
Turfa bukim, chun haqning har nav` elga inoyati pinhoni bor, bular orasida ham yashurun eranlarning imkoni bor. O`rdu bozori o`zin yasog`liqqa qotg`uvchi, o`ngay ham ulush olmay og`ir sotg`uvchi. Cherik ulushidin har bor alar shatalxor, andoqkim mulk ahlidin amaldor.
B a y t:
Sipohiy molin ul xayli tabohi,
Tunu kun muft olib xohi naxohi.
Sipohiy molin ul xayli tabohi,
Tunu kun muft olib xohi naxohi.
Mumkin yo`qkim, odamizod alarg`a sazo bergay, magar tengri alarg`a balo birla jazo bergay.
O` n u n ch i f a s l
SHOH ULUSI O`ZIGA MUSHOBIH BO`LUR ZIKRIDA
SHOH ULUSI O`ZIGA MUSHOBIH BO`LUR ZIKRIDA
Shohg`a har kimki, mulozim va tobi` bo`lg`ay, ishi va tavri shoh ishig`a mushobih voqe` bo`lg`ay. Agar shohg`a adolat shior, ulusi shiorida ham adolatdin osor. Agar zulmpesha — elida ham zulmidin andisha. Agar ul islomoyin, xalq shiori ham islom bila din. Agar ul kufrxisol — elga dog`i kufr tariyqi af`ol. Hukamo shohni debdurlar: daryoyi zaxxor va qavmu xaylin daryo tegrasidag`i anhor. Daryo suyig`a ne kayfiyat va ne xosiyat, anhorg`a ham ul kayfiyat va xosiyat.Ul achchig` — bu achchig`; ul chuchuk — bu chuchuk; ul tiyra — bu tiyra; ul suzuk — bu suzuk.
Ma s n a v i y:
Arig`larki, ul bahrdin ayrilur,
Biliklik alarning suyin ham bilur,
Chu birdur suv daryo bila nahr aro,
Emas ta`mida hojati mojaro.
Arig`larki, ul bahrdin ayrilur,
Biliklik alarning suyin ham bilur,
Chu birdur suv daryo bila nahr aro,
Emas ta`mida hojati mojaro.
O` n b i r i n ch i f a s l
SHAYX UL—ISLOM ZIKRIDA
SHAYX UL—ISLOM ZIKRIDA
Shayx ul—islom musulmonlar peshvosidin iboratdur va islom muqtadosida ishoratdur. Mundoq kishi olime kerak islompanoh va orife kerak muqarrabi dargoh, xiradmandi shariatshior va faqrg`a xursand va tariqatosor. Yaxshi—yamon shafqati fayzi om va ulug`-kichikka irshodi naf`i molokalom. Komi bo`lg`ay shar` qonunig`a rosix va barcha mubtade`lar bid`atig`a nosix. Angakim, bu nav` bo`lg`ay oyini islom shayx ul—islom desa bo`lur vassalom.
B a y t:
Mundin o`ldi muqarrabi boriy,
Shayx ul—islom piri Ansoriy.
Mundin o`ldi muqarrabi boriy,
Shayx ul—islom piri Ansoriy.
O` n i k k i n ch i f a s l
QUZOT ZIKRIDA
QUZOT ZIKRIDA
Qozi islom binosig`a arkondur va musulmonlar xayr va sharrig`a nofizi farmondur.
Ulumi diniyadin ko`ngli mulki ma`mur kerak va yaqiniy farosatdin xotiri jam`iyati befutur. Mayli shaxsiy zamiri kishvaridin mutavoriy va mudohana tarrori muloyamatidin sof ko`ngli oriy. Mahkamasi maxzani ulumu shar`iya va hukm qilurida oshnoyu begona anga alas—saviya13. Ilmu taqvosidin ko`ngullarda shukuh va diqqat, farosatidin bediyonatlar ko`nglida anduh. Ko`ngli Kalomulloh ahkomidin qaviy va hukmida muqtado ahodisi mustafaviy.
Shar`iy hiylalar girihidin ko`ngli ochuq, fuqaho tazvirlari tiyraligidin zamiri yoruq. Rishvaxo`r muftilar — qoshida mankub va hiylakor vakillar — olida ma`yub.
Omiy qoziki may ichkay — o`lturgulukdur va do`zax o`tiga yetmasdin burun kuydurgulukdur.
Qoziyi rishvaxo`r—islom hisorig`a raxnagar. Ulki rishvat berib qazo ola olg`ay, rishvat olib ham shar`ni buza olg`ay. Qoziy kerakkim, jodai shar`din qadam chiqarmag`ay va siroti mustaqimdin tashqari bormag`ay. Mustaqim xat har qayonkim, mayl qildi egri bo`ldi. Soz toridekkim, e`tidoldin tajovuz qildi, tuzuki buzuldi. Ulki hukmi el moli va jonig`a joriy bo`lg`ay, kerakkim, da`bi muqmir shiori bo`lg`ay. Ayog`ikim, siroti mustaqimdin toyildi va yal chohi tubin maqom qildi. Bu ishni o`zi qilurmen degan beboku kozib, kozibi bebokka payg`ambar shar`i hokimlig`ig`a ne munosib.
Qit`a:
Muxbiri sodiq shahekim qildi dinu shar`ni,
Bori adyon nosexi andoqki, mumkin erdi tuz.
Kozib ul yo`lni nechuk tuzgayki, bir kazzob ham,
Qildi ko`p da`vo, vali qo`ydi jahannam sori yuz.
Muxbiri sodiq shahekim qildi dinu shar`ni,
Bori adyon nosexi andoqki, mumkin erdi tuz.
Kozib ul yo`lni nechuk tuzgayki, bir kazzob ham,
Qildi ko`p da`vo, vali qo`ydi jahannam sori yuz.
O` n u ch u n ch i f a s l
MUFTIYI FAQIHLAR ZIKRIDA
MUFTIYI FAQIHLAR ZIKRIDA
Muftiyi faqihe kerak mutadayyin va olime kerak mo``min, islom ilmida mohir va diyonat nuri jabinida zohir. Mayldin ko`ngli bequsur va hiyladin zamiri befutur. Qalami rivoyotda sodiq, raqami mujtahid so`zi bila muvofiq; yo`qki fosiqe bo`lg`ay mayxor va johile bo`lg`ay badkirdor va g`addor. Bir diram uchun yuz haqni nohaq etguvchi va oz karam uchun ko`p «lo»ni «naam»14 bitguvchi. Bir sabat uzum uchun bir bog`ni kuydurmakdin g`ami yo`q va bir botmon bug`doy uchun xirmonni sovurmoqdin alami yo`q. Muftieki, hiyla bila fatvo tuzar qalami no`gi bila shariat yuzin buzar. Muzd uchun siym olibki, molig`a qotar dinini dunyog`a sotar. Mundoq mufti odamiykush tabibdur, biriga islom qatli, biriga musulmonlar qatli nasibdur.
Ruboiy:
Muftikim, ishiga muzd olib qilsa raqam,
Muzd ortuq esa, mayl kerak qilg`ay kam,
Fatvoda chu bo`ldi muzd uchun «lo» vu «naam».
Qilmoq kerak ul qalamzai ilgini qalam.
Muftikim, ishiga muzd olib qilsa raqam,
Muzd ortuq esa, mayl kerak qilg`ay kam,
Fatvoda chu bo`ldi muzd uchun «lo» vu «naam».
Qilmoq kerak ul qalamzai ilgini qalam.
O` n t o` r t i n ch i f a s l
MUDARRISLAR ZIKRIDA
MUDARRISLAR ZIKRIDA
Mudarrisning kerakki, g`arazi mansab bo`lmasa va bilmas ilmni ayturg`a murtakib bo`lmasa va xudnomolig` uchun dars havzasin tuzmasa va xudsitonlig` uchun takallum va g`avg`o ko`rguzmasa. Jahldin dastori uluv va aloqasi uzun bo`lmasa va mubohat uchun madrasa ayvoni boshi anga o`run bo`lmasa. Diniy ulum bilsa va yaqiniy masoil ta`lim qilsa. Bebokliklardin haroson va nopokliklardin gurezon bo`lsa, yo`qki o`zin olim bilgay necha majhulg`a anvoi fisqni muboh, balki halol qilg`ay, qilmas ishlarni qilmoq andin ma`lum bo`lg`ay va qilur ishlar tarki andin qoida va rusum bo`lg`ay. Bu mudarris emasdurkim, mubtade`dur va mundoq kishi suhbati islom mumtane`dur.
Olim kerakkim, mutaqqiy bo`lsa va ogoh va ayturg`a qola Alloh, qola Rasulloh.
Qit`a:
Har ne aytur bo`lsa Xudovu Rasuldin
Andin so`ng o`lsa mujtahidu avliyo so`zi.
Andin kishi ne kim eshitur va yoki o`rganur bo`lsa,
Xudo so`zi yo`q esa, Mustafo so`zi.
Har ne aytur bo`lsa Xudovu Rasuldin
Andin so`ng o`lsa mujtahidu avliyo so`zi.
Andin kishi ne kim eshitur va yoki o`rganur bo`lsa,
Xudo so`zi yo`q esa, Mustafo so`zi.
O` n b ye sh i n ch i f a s l
ATIBBO ZIKRIDA
ATIBBO ZIKRIDA
Tabibg`a o`z fanida hazoqat kerak va bemorlar holig`a shafqat va marhamat kerak. Va nafsi tibg`a tab`i muloyim va xukamo qavlig`a payrav va mulozim. So`zida rifqu diljo`yluq va o`zida ozarmu xushxo`yluq.
Hoziq tabibki shafqati bo`lg`ay — Insoi Ruhullohg`a15 nisbati bo`lg`ay. Iso ishi chiqqon jonni tang`a kivurmak duo bila, munung tandin chiqadurg`on jong`a mone` bo`lmoq davo bila.
Mundoq tabibning yuzi mariz ko`ngliga mahbubdur va so`zi bemor jonig`a marg`ubdur. Dami alillarg`a davo va qadami xastalarg`a shifo. Xizri najot aning tal`ati va obi hayot aning sharbati.
Agar fanida mohir bo`lsa, ammo badxo`y va beparvo va durushtgo`y, marizga, agarchi, bir jonibdin iloj yetkurur, ammo necha jonibdin tag`yiri mijoz yetkurur va lekin omiy tabibkim, erur shogirdi jallod, ul tig` bila, bu zahr bila qilg`uvchi bedod. Ul mundin yaxshiroqdur. Beishtibohkim, aning qatili gunahkordur va munung — begunahki, hech gunahkor, anga zalil bo`lmasun va hech begunax munga alil bo`lmasun.
B a y t:
Hoziq tabibi xushgo`y tan ranjig`a shifodur,
Omiyyu tundu badxo`y el jonig`a balodur.
Hoziq tabibi xushgo`y tan ranjig`a shifodur,
Omiyyu tundu badxo`y el jonig`a balodur.
O` n o l t i n ch i f a s l
NAZM GULISTONINING XUSHNAG`MA QUSHLARI ZIKRIDA
NAZM GULISTONINING XUSHNAG`MA QUSHLARI ZIKRIDA
Ul necha tabaqadur: avvalg`i jamoat—nuqudi kunuzi ma`rifati ilohiydin g`aniylar va xalq ta`rifidin mustag`niylardur. Ishlari maoniy xazoinidin ma`rifat javharin termak va el fayzi uchun vazn silkida nazm termak. Nazm adosi bag`oyat arjumand va benihoyat sharif va dilpisand o`ldug`i uchun oyoti kalomda nozil bor va hadisi mu`jiz nizomda tilagan topar, chun maal — qasd16 emas, el hurmati jihatidin ani she`r demas.
Ammo bu aziz qavmning peshvo va muqtadosi va bu sharif xaylning sardaftar va sarxayli valoyat bahrining gavhari va karomat avji munir axtari Amir ul—mo`min Ali17 (razi allohu anhu va karimullohu va vajhu)18 durkim, nazm devonlari mavjuddur va anda asror va nukat noma`dud.
Bu mazhari ajoyibqa guruhekim tobe`dur, ba`zini arz qiloliki, kimlar voqe`dur; forsiy iboratda ul jumladin, nozimi javohiri asror Shayx Fariduddin Attordur19. Yana qoyili «Masnaviyi ma`naviy», g`avvosi bahri yaqin Mavlono Jaloluddin, ya`ni Mavlaviy Rumiydurki20, maqsadlari nazmdin asrori ilohiy adosi va ma`rifati nomutanohiy imlosidin o`zga yo`qtur.
Yana ham avliyoi ogoh va mashoyix va ahlulloh borkim, bularg`a tatabbu` qilibdurlar va bular kalomi adosin va haqoyiqi ma`nosin mustahsan bilibdurlar. Bu xayldur haqiqat tariqining suxanvari, balki kimiyogari va kibriti ahmari.
Yana bir jamoatdurlarkim, haqiqat asrorig`a majoz tariqin ahsul qilibdurlar va kalomlari bu uslubda marbut etibdurlar. Andoqki, maoniy ahlining nuktapardozi Shayx Muslihuddin Sa`diy Sheroziy21 va ishq ahli guruhining pokbozi va pokravi Amir Xusrav Dehlaviy22, va tasavvuf va diqqat mushkilotnning girihkushoyi Shayx" Zahiruddin Sanoiy23 va faridi ahli yaqin. Shayx Avhaduddin24 va maoniy adosig`a Hofiz Shamsuddin Muhammad ul—Hofiz25.
Yana jam`e bordurlarki, majoz tariqi adosi alar nazmig`a g`olib va alar bu shevaga ko`prak rog`ibdurlar. Andoqkim, Kamol Isfahoniy26 va Xoqoniy Shervoniy27 va Xojuyi Kirmoniy28 va Mavlono Jaloluddin29 va Xoja Kamol30 va Anvariy31 va Zahir32, va Abdulvosi`33 va Asir34 va Salmon Sovajiy35 va Nosir Buxoriy36 va Kotibiy Nishopuriy37 va Shohiy Sabzavoriy38.
Yana haqiqat va majoz tariyqida komil va ilmi ikalasi tariqida vofiy va shomil, nazm ahlining muqtado va imomi hazrati shayxulislom Mavlono nur ul millati va—a—din Abdurahmon al—Jomiy (navvarallohu marqadahu va quddisa sirrahu)39 durkim, avvalg`i tabaqa ravishi va kalomida ham sharifmaqol va so`ngg`i tabaqaning ham adosi latoyifida sohibkamoldurkim, olamda zavqu hol ahli bular latoyifi bila masrurdurlar va bular maorifi bila huzur qilurlar.
Yana adno tabaqasi jamoatedurlarkim, nazm faqat bila ko`ngullar xushnud va xursand va roziyu bahramanddurlar. Va yuz mashaqqat bila bir baytkim bog`lashturg`aylar, da`vo ovozasin yetti falakdin oshurg`aylar. So`zlarida ne haqoyiq va maorif no`shidin halovat va nazmlarida ne shavq va ishq o`tidin harorat. Ne shoirona tarkiblari ahsan va ne oshiqona so`zu dardlari shu`laafgan. Ba`zidin agar gohi birar yaxshi bayt voqe` bo`lur, ammo o`n oncha yamon da`vo zohir bo`lurki, u ham zoe` bo`lur.
Agar biri bir nozuk ma`nida pisandida pech qilur, ammo o`n oncha nopisand da`vo bila ani ham hech qilur. Go`yo o`zlariga aqidada muvofiqdurlar va so`zlariga e`tiqodda muttafiq. Turfaroq bukim, har birining so`zida ma`no ozroq va o`zida da`vo ko`proq (nauzu billohi min shururi anfusino va min sayyoti a`molino)40.
Ruboiy:
A`lolaridur nedinki dersen a`lo,
Adnolari ham barcha danidin adno.
Avsatlarikim, hech nimaga yaramas,
Bilkim, nafas urmamoq alardin avlo.
A`lolaridur nedinki dersen a`lo,
Adnolari ham barcha danidin adno.
Avsatlarikim, hech nimaga yaramas,
Bilkim, nafas urmamoq alardin avlo.
O` n ye t t i n ch i f a sl
KOTIBLAR ZIKRIDA
KOTIBLAR ZIKRIDA
Kotib shuaro so`zining varaqnigoridur va so`z maxzanining xazonadori. Xozin hunari amonat bo`lur va tasarrufi xiyonat bo`lur.
Aminki, xiyonatg`a mansub bo`lg`ay va o`z hunarida ma`yub bo`lg`ay, andoqning ilgi qat`i xo`b bo`lg`ay. Yaxshi xat va nuqtadin safhag`a jamol, andoqki, yaxshi yuz safhasig`a xattu xol. Xushnavis kotib so`zga oroyish berur va so`zlaguvchiga osoyish yetkarur. Roqimki, raqami rostdur, rostlar ko`ngliga qabuliyati bexost. Muharrirki, tahriri tuz pisandidadur, agar bir bayt bitir, agar yuz. Agar xat surati noxushdur ma`ni xayli andin mushavvashdur.
Xushnavis hamkim, sahvi ko`p bo`lg`ay ilgi falaj illatig`a jo`b bo`lg`ay. Ulki, bejo nuqta bila «habib»ni «habis» qilg`ay va «muhabbat»ni «mehnat» — aningdek habisi mehnatzadag`a yuz la`nat. Yamon xatg`a g`alati behisob, qarriyi masxara soqolig`a xizob. Ul xatni qirqib mabrazg`a tashlag`oli yaxshi va iyasini moliki do`zax jahannamg`a boshlag`oli.
Mahbubdin maktubkim, ham xati xo`b bo`lg`ay va ham mazmuni xo`bjong`a uldur marg`ub va ko`ngulga uldur matlub. Xati yamon ham bo`lsa yamon emas, muhib mahbub xatini yamon demas.
Yamon kotib manzili qalamdonidek choh aro bo`lsun, qalamidek boshi yaro va yuzi qaro bo`lsun.
B a y t:
Qaysi bir kotibki, ul so`zga qalam surgay xilof,
Ul qaro yuzluk boshi bo`lsun qalam yanglig` shikof.
Qaysi bir kotibki, ul so`zga qalam surgay xilof,
Ul qaro yuzluk boshi bo`lsun qalam yanglig` shikof.
O` n s a k k i z i n ch i f a s l
DABIRISTON AHLI ZIKRIDA
DABIRISTON AHLI ZIKRIDA
Maktabdor begunoh ma`sumlarg`a jafokor. Atfol azobig`a rog`ib va alar ta`dibig`a murtakib. Zoti bemadoro, dimog`i po`lod va ko`ngli xoro. G`azabdin qoshida chin, gunahsizlar bila oyini xashu kin. Ko`pragida tab` g`ilzati va tama` illati padidor va aql qillatig`a giriftor. Ammo tavsani atfol ta`bini jafo bila rom qilg`uvchi, nohamvor sig`or tavrig`a siyosat bila andom berguvchi. Agarchi xo`ylari durushluqda namoyondur, ammo atfol nohamvorlig`i islohig`a irik suhondur.
Aning ishi odamdin kelmas, qaysi odamki, dev qila olmas, har qattig` kishini bir tifl muhofazati ojiz etar, ul bir surukka ilm va adab o`rgatgay, anga ne yetar. Oncha borkim, ul qavmning idroku fahmi oz tushar, andoq kishiga yuz muncha mashaqqat ne bushar. Har taqdir bila atfolg`a haqqi ko`pdur, agar podshohliqqa yetsa va anga qulluq qilsa xo`bdur. Shogird agar shayx ulislom, agar qozidur, agar ustod andin rozidur — tengri rozidur.
B a y t:
Haq yo`lida kim senga bir harf o`qutmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Haq yo`lida kim senga bir harf o`qutmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
O` n t o` q q u z u n ch i f a s l
IMOMLAR ZIKRIDA
IMOMLAR ZIKRIDA
Imomat qilg`uvchi o`z qiroatining sheftasidur va o`z namozining fireftasidur. Kishilikdin xayolida tasavvurlar va yaxshilikdin zamirida takabburlar. O`z namozin maqbul taxayyul qilg`on jamoat namozi qabuliyatini ham takafful qilg`on. Biyik qiroati mahzi ra`noliq va anoniyat jamoatdin ilgari chiqmag`ay ayni rasvoliq va nafsoniyat xayoli xalqqa peshvoliq va tasavvuri elga muqtadoliq. Namozg`a imomat komil imom ishidur va o`zni mundoq tasavvuf qilg`on johil va notamom kishidur. Imomat munosibdur pirdin murid xaylig`a tafhim uchun yo muallimdin suruki tifli norasidag`a ta`lim uchun yo olimdin juhholg`a shafqat uchun, yo komildnn tanobe` va iyolg`a tarbiyat uchun. Odobi ibodat. talqinig`a kamohi va ta`limi shariat oyinig`a nokohi nokomdin munosibdur, zaruratdin tajviz qilsa bo`lur. Ammo vazifa va ulufa yemak va o`zin muqtado va imom demak odamiy ishi emas. Va andoq kishini odamiylar kishi demas.
Qit`a:
Valoyat ahliga41 jam`i malomatig`a boq
Ki, xalq ko`zidin aylar namozini yashirun.
Bu turfaroqkim, namozida mu`jibi nodon,
Tutar imomat uchun xayl qiblasida o`run.
Valoyat ahliga41 jam`i malomatig`a boq
Ki, xalq ko`zidin aylar namozini yashirun.
Bu turfaroqkim, namozida mu`jibi nodon,
Tutar imomat uchun xayl qiblasida o`run.
Y i g i r m a n ch i f a s l
MUQRIYLAR ZIKRIDA
MUQRIYLAR ZIKRIDA
Muazzineki, haq ibodatig`a nido qilg`ay, jon anga fido, agar yaxshi savt bila ado qilg`ay. Agar poklik va niyoz bu ishga mulhaqdur, omu xos ko`ngliga maqbuli mutlaqdur. Bu nido yomonlarni fisq kunjidin masjid sori boshqarur andoqki, fusungar yilonni tarona bila teshukdin chiqarur. Agar muqriy lavanddur, bad ovozu kulg`undidur, lahni nosoz, badani vuzu` qaydidin nopok va xush vaqt rioyatidin bebok. Ruhi toat zavqidin bexabar va uni savt ul—hamirdin ankar. Man` va nahy tufrog`in og`zig`a urmoq avlo, balki toq yo minordin uchurmoq avlo.
Ruboiy:
Muqriyki, erur pokro` va zohidvash,
Alxoni xush va husni adosi dilkash.
Jon anga fidoki, ruh etar andin g`ash,
Agar bo`lsa munung aksi nafas urmasa xash.
Muqriyki, erur pokro` va zohidvash,
Alxoni xush va husni adosi dilkash.
Jon anga fidoki, ruh etar andin g`ash,
Agar bo`lsa munung aksi nafas urmasa xash.
Y i g i r m a b i r i n ch i f a s l
HUFFOZ ZIKRIDA
HUFFOZ ZIKRIDA
Hofizg`aki, yaxshi mahzaj va ado bila tilovat bo`lg`ay, mustame`larning ruhiga andin osoyish va jonig`a halovat bo`lg`ay. Agar husni savt bularg`a yordur eshitkuvchi sohibhol bo`lsa, ishi dushvordur. Agar bad lahja bo`lsa va bad ado surma aning g`izosi qilsin xudo. Agar fosiqdur, bad maosh surma ham hayfdur, bo`g`zig`a munosibdur tosh. Agar bovujudi bu hollar bila ko`p o`qug`ay umid ulkim, og`zi sadaf og`zidek va tili savsan tilidek qurug`ay.
B a y t:
Yorabki, hech bazmda ul nag`ma qilmag`ay,
Og`zi g`izodin o`zga nimaga ochilmag`ay.
Yorabki, hech bazmda ul nag`ma qilmag`ay,
Og`zi g`izodin o`zga nimaga ochilmag`ay.
Y i g i r m a i k k i i ch i f a s l
MUTRIB VA MUG`ANNIYLAR ZIKRIDA
MUTRIB VA MUG`ANNIYLAR ZIKRIDA
Mutribi tarabafzo, mug`anniyi g`amzudo — ikalasiga dardu hol ahli jon qilurlar fido.
Ulki ko`rguzgay muloyim taronau nag`am, agar eshitguvchining hayoti naqdi anga fido bo`lsa ne g`am. Ko`ngul quvvati—xushnavozdin, ruh quti — xushovozdin. Xushxon mug`anniydin dard ahlining o`ti tezdur, agar malohati bo`lsa, hol ahlig`a rustoxezdur. Har mug`anniyki, dardmandonaroq nag`ma chekar, aning nag`masi zaxliq yurakka kovgarroq tegar. Otashin yuzluk mug`anniyki, xilqidin muloyim surud chiqorg`ay, hol ahlining kuygan bag`ridin dud chiqorg`ay. Muloyim mutribki, tab` va fahm anga yor bo`lg`ay, xususanki, ham aytg`ay va cholg`ay, ko`ngul mulkiga ne qo`zg`olonlarki solg`ay.
So`luk ahlig`a bir maxuf yer bu manzildurkim, anda ham kamol, ham nuqson hosildur. Solik bu yerda bir muhlik oh bila ham maqsudg`a yetubdur va bir na`ra`i jonkoh bila yillar qozg`ong`oni ham ilgidin ketibdur.
Shibliy42 va Nuriy43 (quddissa sirrihumo)44 samo`da kettilar, bu yo`l suluki bila maqsud sarmanzilig`a yettilar. Baso ahlullohki, arg`anun unidin dayrg`a kirdi va din va islom naqdin mug`bachalarg`a boy berdi.
Mayxonada kimki maydin ibo qilg`ay, nay uni bir dilkash navo bila ani rasvo qilg`ay. Agar kishi may xavosin boshidin chiqorur, g`ijjak maddi nolasi bila anga yolborur. Va tanbur pardadag`i fitnadin halok etar va ofiyat pardasin chok etar va chang zorlig` bila bo`g`zin tortar va ud lisoni nag`masining targ`ibi changidin ham ortar. Andakim rubob boshin yerga qo`yub niyoz ko`rguzgay va qo`buz quloq tutub ayshg`a targ`ib ohangni tuzg`ay. Chun qonun va chag`ona nolasi quloqqa tushgay va mahvashi soqiy yukunub, may ayoqqa tushgay, ul vaqt zuhdu taqvog`a ne e`tibor va xushu xiradg`a ne ixtiyor. Agarchi ishq faqr ahlini rasvo qilurda bulardin farog`dur va lekin ul o`tni yoruturg`a nay damidin yelu maydin yog`dur. Arab tevasi «hudiy»45 lahni bila bodiya qat`ida tez bo`lur, bulut buxtisi ra`d sadosidin soiqaangiz. Insong`a mahzi g`alat xayoldur va odamiyg`a bu ofatdin qutulmoqliq maholdur.
Ammo bu toifaning soyiri ham agarchi taraboyin va mehnatzadadurlar va lekin filhaqiqat, laimsiyrat va gadodurlar. Aytquvchi va cholg`uvchi zorlig` va iynamak bila olg`uvchi. To buyurg`uvchida sila va in`om bor, alar mulozimdurlar va xizmatgor. To suhbatda ne`mat ko`p, alarga barcha amru nahying jo`b. Chun bazmda tana`um oz bo`ldi, alar ishi istig`nou noz bo`ldi. Ne`mat degan nimaki tamom yo`q bo`ldi, alarning ko`ngli sendin tamom to`q bo`ldi. Agar yillar bahra olibdurlar ehsoningdin, oshnolig` bermay o`tarlar yoningdin. Oz olsalar nosipos, ko`p olsalar haqshunos. Aksari fosiq va badxo`y va qolg`oni kajtab`u durushtgo`y. Harakotlari tuzuksiz so`zlaridek va kalimotlari hashv va mahalsiz nozlaridek. Vafo alar tab`idin maslub, vafo ahli olida mardud va manqub. Mug`anniy vafosiz, kungir hayosiz. Agar yillar rioyat qilibsen va hamxonadur, bir qatlaki bermading — begonadur.
Er suratida shohidedur tannoz va muloyim kisvatida mufsidedur xona barandoz. Xavosqa dilfirebedur savt46 va nag`am47 bila, avomg`a rohzanedur tablu alam bila.
N a z m:
Kishiga bo`lmasun bu fitna duchor
Ki, unidin najoti tayri uchor.
Yonsa qo`nmoqqa tabl urar har dam,
Kim o`shul qushqa ko`prak o`lg`ay ram.
Kishiga bo`lmasun bu fitna duchor
Ki, unidin najoti tayri uchor.
Yonsa qo`nmoqqa tabl urar har dam,
Kim o`shul qushqa ko`prak o`lg`ay ram.
Y i g i r m a u ch u n ch i f a s l
QISSASOZ VA QISSAXONLAR ZIKRIDA
QISSASOZ VA QISSAXONLAR ZIKRIDA
Qissasoz — bekor va qissaxon — harzaguftor; har kim ma`junnok yo bangi, ko`nglida aning ma`rakasi ohangi. Biyik un bila ovuch qoqmog`i har dam, xirad va ozarm qushlari topmoq uchun ram. Harakotidin zohir telbalar atvori va kalimotidin bohir usruklar shiori. Teva qumalog`in sotarda qand deguvchi, ma`rakasidag`i mu`taqidlari ani sotqun olib yeguvchi.
B a y t:
Kishikim bo`lmag`ay ma`junu qandining Xaridori,
Oning hangomasi birla tuzalmas hech bozori.
Kishikim bo`lmag`ay ma`junu qandining Xaridori,
Oning hangomasi birla tuzalmas hech bozori.
Y i g i r m a t o` r t u n ch i f a s l
NASIHAT AHLI VA VOIZLAR ZIKRIDA
NASIHAT AHLI VA VOIZLAR ZIKRIDA
Voiz kerakki, «qolalloh»48 so`z aytsa va «qola rasululloh»49 muxolafatidin qaytsa, xudo va rasul yo`lig`a qadam ursa. O`zi kirgondin so`ngra nasihat bila elni ham kivursa. Yurumagon yo`lga elni boshqarmoq
musofirni yo`ldin chiqormoqdur va biyobong`a keturmak va bodiyada iturmakdur. Usrukki, elga buyurg`ay xushyorliq — uyquvchidekdurki, elga buyurg`ay bedorliq Uyqusida so`z degan jevligon bo`lur va degondek qilmoq ne degon bo`lur.
Va`z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur. Avval bir yo`lni bormoq kerak, andin so`ngra elni boshqarmoq kerak. Yo`lni yurmay kirgan itar va g`ayri maqsud yerga yetar.
Voiz uldurki, majlisig`a xoli kirgan to`lg`ay va to`la kirgan xoli bo`lg`ay. Voizkim, bo`lg`ay olim va mutaqqiy — aning nasihatidin chiqqan shaqiy. Ulki, buyurub o`zi qilmag`ay, hech kimga foyda va asar aning so`zi qilmag`ay. Nazoirxon bila surguvchi maqol — dastiyor bila yirlag`uvchi qavvol.
Qit`a:
Voizki, dastyorsiz o`lmas suxanguzor,
Anga yorodu50 munga ayolg`uvchi51 hukmi bor.
Tengri so`zin ayolg`uvchi bo`lmay dey olmag`ay,
Bir soz bo`lsa ham kerak ul qilg`ay ixtiyor.
Voizki, dastyorsiz o`lmas suxanguzor,
Anga yorodu50 munga ayolg`uvchi51 hukmi bor.
Tengri so`zin ayolg`uvchi bo`lmay dey olmag`ay,
Bir soz bo`lsa ham kerak ul qilg`ay ixtiyor.
Y i g i r m a b ye sh i n ch i f a s l
AHLI NUJUM ZIKRIDA
AHLI NUJUM ZIKRIDA
Munajjimki, savobit va sayyor nazoratidin hukm surar, rammoldekdurki, nuqtalari hisobi bila lof urar. Ziji52 — hech va tafhim va tavqimi—g`alat taqsim; va usturlobi vojib—ul—ijtinob53 va rif`at ul—qamari54 befoyda va besamar. G`ofiledur bu asbob bila hangoma tutg`on va haq taolo qazo va taqdiri so`zin unutqon. O`z ilgida bir anor bo`lsa bilmaski, necha parda va necha xonasi bor va har parda va har xonasida necha donasi bor va ul dona achchig`mudur yo zumuxtvash yo chuchukmudur va yo mayxush; borlar ani kesib yebdur va xosiyat va kayfiyatini bilib, elga ham sharh bila debdur.
Falaki mudavvar va nujum va burjidin afsona der va alarning sa`d va nahsi hukmin surub tarona der. Bovujude ulki, o`n so`zidin ittifoqe biri ham rost kelmas, munung qabohatin yo bilmas va yo bilib ko`ziga ilmas. «Kizb al—munajjimun»55 mazmuni bila aning so`zi yolg`ondur va o`z rostlig` kishvaridin yiroq qolg`ondur va basirat ko`ziga g`aflat pardasin solg`ondur.
B a y t:
Emas afloku anjum holi benaf`u zarar, lekin
Ani tengri bilur, ermas munajjim bilmagi mumkin.
Emas afloku anjum holi benaf`u zarar, lekin
Ani tengri bilur, ermas munajjim bilmagi mumkin.
Y i g i r m a o l t i n ch i f a s l
TIJORAT AHLI ZIKRIDA
TIJORAT AHLI ZIKRIDA
Tujjori sayohatshior aqolim va buldon holidin xabardor, ajoyibdin afsonaguzor va g`aroyibdin nodiraguftor.
Jibol toshi va dasht qumig`a noqa surgan, bihor amvoji talotumdin naf` va zarar ko`rgan. Halol ro`zi kasbiga masofatlar qat` etgan, jamiyati zohir tilabu botin parishonlig`lari anga yetgan.
Biri yuz bo`lurdin boshida ming savdo, bo`zi katon bo`lurdin ko`nglida necha tamanno. Mundoq kishining maqsudi tamom asig` bo`lmasa va bu asig` husuli uchun ranji qattig` bo`lmasa, savdo uchun tengizga kema surmasa, dur uchun nahang komig`a qadam urmasa, mol va diramni azamatig`a sabab qilmasa, xadam va hashamni hashmatig`a jihat bilmasa, nafis ajnosni56 ayab chopon kiymasa, laziz ag`ziyani isirkab qurug` non yemasa, ranji maosh suhulati bo`lmasa va sudi ko`ngul farog`ati uchun bo`lsa, safardin azizlar suhbatig`a yetmak murodi bo`lsa va rioyatidin nomurodlari ishi kushodi bo`lsa shar`iy zakot bo`ynida qolmasa, fuqaro haqin o`z bo`ynig`a olmasa, yo`qki, molin aziz asrab, o`zini xor etgan va o`z molin tamg`odin o`g`urlab o`ziga mazallat yetgay, yo vorissipor uchun yig`ing`ay, yo hodisa qo`zg`ar uchun qovg`ong`ay. Mundoq kishi xoja emas, muzdurur va o`z razillig`idin hamisha ranjurdur.
B a y t:
Mundoq kishida yo`q xirad va hushdin nishon,
Bilgil gado agarchi erur Xojai Jahon.
Mundoq kishida yo`q xirad va hushdin nishon,
Bilgil gado agarchi erur Xojai Jahon.
Y i g i r m a ye t t i n ch i f a s l
SHAHARDA OLIB SOTQUVCHILAR ZIKRIDA
SHAHARDA OLIB SOTQUVCHILAR ZIKRIDA
Shahr savdogari g`adrkish o`ziga sud va musulmonlarg`a qahtandish. Elga ziyon aning sudi, o`ng`oy olib og`ir sotmoq aning maqsudi. Olurda katonni bo`z deb, sotarda bo`z vasfida katondin ortug` yuz so`z deb. Sholni to`rqa o`rnig`a o`tkara olur bo`lsa, ta`sir yo`q, bo`ryoni zarbaft yerida sota olur bo`lsa, taqsir yo`q. Do`konida barcha mato` mavjud, g`ayri insof. Noinsoflig`idin barcha jins hosil g`ayri taqsirg`a e`tirof. Tojiri musofir ul kadbonug`a hamzonu, balki ani cherikchi desa bo`lur, muni kadbonu. Anga sud — olg`uvchig`a nuqsoni mol, ikki jonibdin yolg`on ont ichguvchi dallol.
B a y t:
Bu xayl odam emaslar, yaxshi boqsang,
Erur suding alardpn gar yiroqsai.
Bu xayl odam emaslar, yaxshi boqsang,
Erur suding alardpn gar yiroqsai.
Y i g i r m a s a k k i z i n ch i f a s l
BOZOR KOSIBLARI ZIKRIDA
BOZOR KOSIBLARI ZIKRIDA
Bozorda savdogar kosib—tengrig`a xoin va va`dag`a kozib. Birga arzirin yuzga sotmoqdin alarg`a ming mubohot, mingga tegarni yuzga olmoqdin alarg`a yo`q bir zarra uyot. Rostliq bila savdo alarg`a ziyonkorlik va va`dag`a vafo alarg`a badkirdorliq. Oxirat ikki savdosidin e`rozlari va amal mezoni adolatig`a e`tirozlari. O`g`ul atog`a boziy bermak peshalari, dag`alliklarin kirom ul kotibindin57 yoshurmoq andeshalari.
B a y t:
Bulardin kimki der o`zni valiydur,
Agar qilsang yaqin, bir dog`uliydur.
Bulardin kimki der o`zni valiydur,
Agar qilsang yaqin, bir dog`uliydur.
Y i g i r m a t o` q q u z i n ch i f a s l
SOYIR HUNARVAR VA SAN`ATPARDOZ ZIKRIDA
SOYIR HUNARVAR VA SAN`ATPARDOZ ZIKRIDA
Hunarvar va san`atpardoz yolg`onlari ko`pdin—ko`pu chinlari ozdin—oz. Ishlarida dag`allik maqdur va haddidin nari, va`dalarida xilof xayol va gumondin tashqari. Chin so`zkim, erga ulug` hunardur, alar qoshida aybi tamom, yalg`onkim, xaloyiqqa ulug` aybdur, alar olida hunari molokalom.
Masnaviy:
Tongdin oqshomg`a ishda san`atsoz,
Hunar atvorida fusunpardoz,
Aylabon bu tariyqni varzish
Ki, birovga yugurtgaylar ish,
Gar muaddiy, g`aniy yo`q ersa faqir,
Anga bozi berurda yo`q taqsir.
Tongdin oqshomg`a ishda san`atsoz,
Hunar atvorida fusunpardoz,
Aylabon bu tariyqni varzish
Ki, birovga yugurtgaylar ish,
Gar muaddiy, g`aniy yo`q ersa faqir,
Anga bozi berurda yo`q taqsir.
O` t t u z i n ch i f a s l
SHAHNA VA ZINDONIYLAR VA ASASLAR ZIKRIDA
SHAHNA VA ZINDONIYLAR VA ASASLAR ZIKRIDA
Dorug`a va shahna va asas o`g`ri va xuniyg`a mumid va faryodras. Zindon ahli — do`zax ahli. Asaslar maloikai azob, shahna moliki do`zaxdek hukmron va olijanob. Gunoh ahli tavqu zanjirg`a giriftor, bu zanjiru tavqlari salosil va ag`loldin namudor. Kissabur bila muqammir asaslaridin bozor va qimorxonag`a musta`jir. Zindon chohidin o`g`rilar ko`ngli tiyraligi ma`lum, jurm ahlig`a anda parishon ko`ngulda havotirdek hujum. Gunahkorg`a anda umiddin biym ko`prak va badkirdorg`a anda inoddin taslim ko`prak. Har qatlakim, birovni tortib chiqorg`aylar, anda qolg`onlar o`zlaridin borg`aylar.
Qaytib kelganlarning naqllari muvahhish va xabar kelturganlarning mojarolari mushavvish.
Biri debki: Dorg`a chekarda yaxshi turdi va biri debki: Bo`ynin choparda yaxshi o`lturdi. Biri maqtulning yigitigidin tahassurda, biri yatimning ruboiy o`qug`onidin tahayyurda. Bu nav` sa`b hol behaddur va mundoq g`arib ahvol beadaddur.
Amal hirsi chog`i asas mujrimning tutulmog`ig`a soniy, amado o`z matlubini hosil qilg`onidin so`ngra qutulmog`ig`a doiy. Dunyoda bu manzil qiyomatkirdor va mahsharda do`zaxdin namudor. Bandu zanjirliq gunahkorlar shahar zindonida, andoqki, ishq muqayyadlari baytul—ehzonida. Tengri barchani bu yerga kelturur af`oldin yiroq tutsun va manzilg`a tushurur ahvoldin qiroq.
B a y t:
Bir manzil erur anda base ranju uqubat.
Tushgan kishiga anda o`kush dardu suubat.
Vale ul haram ichra bo`lg`ong`a xos,
Umid ulki ham tengri bergay xalos.
Bir manzil erur anda base ranju uqubat.
Tushgan kishiga anda o`kush dardu suubat.
Vale ul haram ichra bo`lg`ong`a xos,
Umid ulki ham tengri bergay xalos.
O`ttuz birinchi fasl
DEHQONLIK ZIKRIDA
DEHQONLIK ZIKRIDA
Dehqonki, dona sochar, yerni yormoq bila rizq yo`lin ochar. Agar rostliq va salohi bordur, o`yi Solih noqasidin namudordur. Qo`shi ham ikki zo`r pahlavon, yukiga bo`yun sunub olida ravon; ish qilurda hamdam va hamqadam, dehqon alarni suradi andoqki Odam58. Olam ma`murlig`i alardin, olam ahli masrurlig`i alardin. Har qayon qilsalar harakot, elga ham qut yetkurur, ham barakot.
Dehqonki, tuzluk bila dona sochar, haq biriga yetti yuz eshigin ochar. Sochqon dona ko`karguncha, o`rub xirmon qilib, mahsulin ko`targuncha qurtu qush andin bahramand va dasht vahshi aning bila xursand. Mo`rlar uyi andin obod va go`rlar xotiri aning bila shod. Kabutarlarg`a andin mastliq, to`rg`aylarg`a andin nishotg`a hamdastliq. O`roqchig`a andin ro`zi, boshoqchiniig yorub andin ko`zi.
Barzagarg`a andin kom hosil, pushtakashg`a andin murod vosil. Gado andin to`q, kadxudo to`qlug`i ham andino`q. Musofirg`a andin taom, mujovirg`a andin kom. Itmaqchi tanuri andin qiziq, allof bozori andin issiq. Fuqaro rizqi vofiy, g`urabo quti andin kofiy. Zohidg`a andin xuzuri toat, obidg`a andin lofi qanoat. Soyil xaritasida andin muhayyo aqtoi, shoh xizonasida andin bahru kon matoi.
Dehqonning bir dona socharida bu holdur, o`zga ishlari ta`rifi maholdur. Bog`i jannatdin namudor, polizida ruh quti padidor. Ashjorining har biri charxi axzar, ul shajar va rayohin va favoqihi nujum va axtar. Fuqaro sirka va dushobi andin, ag`niyo nuqlu mayi nobi andin.
Gunogun favoqih bilakim bog`da tazyin, chaman mulkida bog`lanib ta`biya va oyin.
Mundoq kishi kerakki, buxldin muarro bo`lsa va kizbu imsoqdin mubarro. Shoh molin berurdin ibo qilmasa va zabun sherikka jafo qilmasa, to donosi durri saodat bar bergay va tuxm sochib, anjumi uluvvi rif`at tergay. Mundoq dehqon Odamning farzandi xalafidur, balki marzuqlar anga farzand va ul Odami safiydur.
Q i t` a:
Kimki dehqonlig` ayladi pesha,
Dag`i non bermak o`ldi anga shior.
Buyla kimsa uluvvi rif`atdin.
Odam o`lmasa, odamiy xud bor.
Kimki dehqonlig` ayladi pesha,
Dag`i non bermak o`ldi anga shior.
Buyla kimsa uluvvi rif`atdin.
Odam o`lmasa, odamiy xud bor.
O` t t u z i k k i n ch i f a s l
YATIM VA LAIMLAR ZIKRIDA
YATIM VA LAIMLAR ZIKRIDA
Avbosh bila arzol musulmonlardek alarg`a ne maosh va ne xisol. Insoniyat tab`laridin oriy, hayvoniyat balki sabuiyat alarning shiori. Yatimki pichoq urmoq aning ishi bo`lg`ay, o`zi telba it, pichoq aning tishi bo`lg`ay. Sog`lig`ida qutuz it va usrukligida qochib andin yuz it. Panjalari nishi ajal qullobi, nechukkim dasht siboi, o`lturur kun uchun iymon duosidek o`rganib ruboiy. Yaxshi—yamon so`kunj yetkurib, aqrabdek nechaki yetsa nish urub. Ne aql alarda ne din, ne hayo alarda va ne tamkin. Ishlari noe`timodlig` va nopoklik, varzishlari bemuruvvatlig` va beboklik. Shahrning soir arzoli hasharat ul—arz, xaloyiqg`a alardin ehtiroz vojib, balki farz.
O` t t u z u ch u n ch i f a s l
G`ARIB VA BENAZOLAR ZIKRIDA
G`ARIB VA BENAZOLAR ZIKRIDA
Jut va lo`lining ko`pragi muzhik harakoti va tuz usuli. Muallaq urmoqlarida xoksorlig` oshkor, sarnigun turmog`larida bee`tiborlig` padidor. Anoniyatlari yuziga tezak solib chamanvar va insoniyatlig`lari doirasi manmunlarig`a chanbar. Kishilikdin sekrimoqlar bila qochib, yaxshilig`din masxaralig`lar bila malomat eshigin yuzlariga ochib. Bukun topqonni yeb, tongla g`amin yemay, tilab nima bermagandin shikoyat so`zin demay. Vatan va maskanlari xorlig` vayronasi, manzil va ma`manlari xoksorlig` koshonasi. Tong otqoch er va xotuni kasb uchun tarqashib, o`g`ul va qizlari ko`y va ko`chada butrashib. Har qaysi har nekim hosil qilib, oqshom barcha bir yerga yig`ilib, topqonlarin tugatmaguncha uyqu mayli qilmay; tongla ne yegumizdur demak so`zin bilmay. Tongla ishlari o`tgan burung`i kun ishi, bu ham bir ishdur agar qila olsa kishi. Bu razolat kishilik takabburidin xo`broq va bu zalolat yaxshiliq tasavvuridin marg`ubroq.
B a y t:
Kishi agar kishi o`lsa, o`zin kishi demagay,
Qilurda hech ishin ham kishi ishi demagay.
Kishi agar kishi o`lsa, o`zin kishi demagay,
Qilurda hech ishin ham kishi ishi demagay.
O` t t u z t o` r t i n ch i f a s l
MUBRIM GADOLAR ZIKRIDA
MUBRIM GADOLAR ZIKRIDA
Tilanchi va gado ko`pragi beg`ayrat va bahayo. Kunduz kezmaklari ibrom bila eldin nima olmok uchun, kecha kelib o`g`urlarg`a el jihotig`a ko`z solmoq uchun. Ne ne`mat olib mun`imdin shokir, ne in`om topib mukrim uzrig`a tillari zokir. Yemak bila ju` ahlidek me`dalarig`a to`lmoq yo`q, tilamak bila mustasqiydek suvdin serob bo`lmoq yo`q. Qadu va kachkuli mamlu bangilar xotiridek mutanavvi` xayolotidin. Xaritasi to`la riyoiy sufiylar zamiridek mutalavvin xavotir holotidin. Har diramki tugub, g`assoldin o`zga kishi ochmoq mahol, har siymkim ko`mub, tufrog`din o`zga birov ani yemakka yo`q ehtimol.
Ko`zlari hirsning «sod»i60 va tama`ning «ayn»i61 va bu hirs va tama`din jonu ko`ngullarida mahrumluq shayni. Bular orasida o`ziga qalandar ot qo`yg`on mal`un, odamiylig`din mag`bun va dev va shayton olida mat`un. Insoniyat va musulmonliqdin yiroq, to`nguz va ayig` odamiylig`da alardin yaxshiroq. Shakl tag`yiri bila odamiylig`din karona, po`stun evura kiymaklari hayvonlig` va sabuiyatdin nishona. Ulug`—kichikdin har turlukda gadoyi muvahhish, fosid xavotiridek sofiy ko`ngulga mushavvish.
N a z m:
Bermak bo`lmas alarg`a inson hukmi,
Yo odamu mo``minu musulmon hukmi.
Fosid axlotig`aki vojibdur daf`.
Bo`lg`aymu kishi beray desa jon hukmi.
Bermak bo`lmas alarg`a inson hukmi,
Yo odamu mo``minu musulmon hukmi.
Fosid axlotig`aki vojibdur daf`.
Bo`lg`aymu kishi beray desa jon hukmi.
O` t t u z b ye sh i n ch i f a s l
QO`ShCHI VA SAYYOD ZIKRIDA
QO`ShCHI VA SAYYOD ZIKRIDA
Qo`shchi sayyodlarg`a muqtado va hukmron va bu jamoat anga raiyyat va ma`muri farmonkim, ilgida qush kecha—kunduz ranj va mashaqqatg`a tush. Kecha uyqusi harom, emgakdin yo`q anga orom. Nafis hazzi uchun bir gunohsiz ayog`iga solib band va uzun tunlar aning azobi bila xursand. Amal rishtasin tama` ignasiga chekib, ul bezabonning ko`rar ko`zni ham tikib. Maqsudi ani sayyod qilmoq va o`zga jonlig`lar qasdig`a jallod qilmoq. Qunduz dashtu vodiyg`a chopib, bir necha zabun g`ofil topib, yuz makru hiyla bila qushin alarg`a solib va ul solg`oni ul mazlumni olib. Oldurg`ondin so`ngra ul sayd boshi ustida tutib o`run, qoni to`lg`on zabunni bismil qilmasdin burun, ne deyki qanotin suvurib, qo`ltig`inmu yoradur va o`zi ul qotil shogirdin shaaf bila to`yg`oradur. Necha mundoqningkim, qonin to`kti va qo`ltug`in yorib, qanotin so`kti. Fitrokiga bog`lab uyiga yondi, o`zi va qushi qilg`onlarg`a quvondi. Shum nafs hazzig`a bir—ikki ayog`larig`a irtikob qilg`ay va olida shirolg`asin kabob qilg`ay. Ba`ziniki, tongla begiga eltib tortqay, aning iltifotidin ko`ngliga juldu tama`i ortg`ay.
Qush ta`rifida degani barcha lof, o`z tahsinida so`zlagani bori gazof. Muncha mazmun amrig`a bois nafs komi, xoh emgagi, xoh tomoshasi, xoh kabobi, xoh bek in`omi.
Masnaviy:
Bular boisi barcha nafsoniyat
Ki, anda doxil insoniyat.
Ko`nolg`a olib qayda qo`nsa diram,
Ot arpasi ham, qushig`a to``ma ham.
Bular boisi barcha nafsoniyat
Ki, anda doxil insoniyat.
Ko`nolg`a olib qayda qo`nsa diram,
Ot arpasi ham, qushig`a to``ma ham.
O` t t u z o l t i n ch i f a s l
TARBIYAT TOPIB, XAROMNAMAKLIQ QILG`ON NAVKARLAR ZIKRIDA
TARBIYAT TOPIB, XAROMNAMAKLIQ QILG`ON NAVKARLAR ZIKRIDA
Navkarki, vali ne`matidin rioyat ko`rgay va bek va maxdumidin tarbiyat va inoyat ko`rgay. Erlik va insoniyat uldurkim, muqobalasida qulluq va hidmatkorlik, balki yakjihatliq va jonsiporliq qilg`ay va tilagaykim, anga jon fido etgay to shafqati huquqin ado etgay. Hamiyat ul emaski, maxdum yana birovga ko`prak multafit bo`lg`onidin shikoyat izhor qilg`ay va gilamandlig` guftu guzori, to ish anga yetgaykim, ne`mat kufroni orog`a tushgay va haq noshinosliq tug`yoni mojarog`a surushgay va bu odamiysizliq qochmoqqa munjar bo`lg`ay, aduv eshigiga borurg`a muqarrar bo`lg`ay. O`zin birovga qul deb sotqon dodaktur, balki dodakdin yuz qatla kamrakdur. Bataxsiski, mufrit tarbiyat ko`rmish bo`lg`ay va muqobalada beandom loflar urmish bo`lg`ay. Abrki, bir yerdin yana bir yerga qochqay, nomardliq tufrog`in yigitlik boshig`a sochqay. Chun mundoq kishi erlik sonidin noridur va yigitlik doirasidin tashqaridur. Hokimekim, kiyosati bor, aning qoshida mundoq kishiga qachon eranlar siyosati bor. Eranlardin mardona gunoh vujudqa kelsa, bo`ynig`a yuklangandin so`ng bo`yin urarlar, qizil yuzluk qilur uchun bo`ynig`a tig` surarlar. Ammo aning so`rxro`lug`ig`a gulguna sazovordur va yuz oqlig`ig`a munosib sapida bordurkim, qari muxannas mabhut va aning xolazodasi kaftori fartut shirkat bila mashshotaliq tuzgaylar va bu kelin zebu ziynatida sehrlar ko`rguzgaylar va qoshin olib, vusmaga shoyista qilg`aylar. Saqolin qirqib, ikki quloq tuzig`a zulflar oshuftahol qo`yg`aylar. Ammo ikki uzori tarafidin chap va rost ikki xol qo`yg`aylar. Oriyati dastorin boshig`a burunjok qilg`aylarki, arusi masturadur va gardizi nomasturdur kashidalig` yog`liq farfig`a lachak solg`aylarki, javoni mahdur va xalla nozukligi nomaqdurdur. Bu nav` orasta qilg`ondin so`ngra chanbarshoh yo`rg`a o`yga teskari mindurgaylar va shahrning ko`y va mahallotig`a kezdurgaylar va nazzoragar el ta`nu tashni` bilakim, «chor dong sipohgari govmish toxtan ast»,62 —deb faryod qilg`aylar. Va agar yuz qarolig`idin uyot va qaro tillik bo`lurdin hijob bo`lmasa anga munosib hariflar mastur va anga muvofiq oshiqlar mazkur bo`lgay erdi va ayshu nishot bazmi qurilg`ay erdi. Ammo andoq siyohro`yning tavzihi ul nav` qaro yuzlukning tafzihi har nechakim olam ahliga multamas bo`lg`usidir.
B a y t:
Bu nav` masxaraliq elga bas durur hayrat
Ki, o`lg`ay eshitibon kimga bor esa g`ayrat.
Bu nav` masxaraliq elga bas durur hayrat
Ki, o`lg`ay eshitibon kimga bor esa g`ayrat.
O` t t u z ye t t i n ch i f a s l
KADXUDOLIG` SIFATI VA XOTUNLAR ZIKRIDA
KADXUDOLIG` SIFATI VA XOTUNLAR ZIKRIDA
Muvofiq tushsa kadbonu, davlat va jamiyatg`a bo`lmoqdurur hamzonu. Uyning oroyishi andin va uylukning osoyishi andin.
Jamoli bo`lsa marg`ub va salohi bo`lsa jong`a matlub. Oqila bo`lsa, ro`zgorg`a andin saloh va intizom va maosh asbobig`a andin tartib va saranjom.
Bu nav` juft kishiga qovushsa, balki mundoq komgorliq ilikka tushsa, nihoniy g`amu mehnatda hamroz va hamdaming bo`lg`ay va maxfiy va pinhon dardu mashaqqatg`a damsoz va marhaming bo`lg`ay. Ro`zgordin har jafo yetsa, anising ul va charxi davvordin har ibtilo kelsa, jalising ul. Ko`nglung g`amidin ul g`amnok va badaning za`f malolatidin ul halok.
Agar husnu jamoli o`rta chog`lig`dur va muvofaqati rishtasi muxolifatqa bog`luqdur, xavfu rajo bila tirilmakdur va hikmat va mador bila maoshini bilmakdur. Kadxudoning ba`zi mushkili bo`lsa osondur. Ammo ko`proq holida ko`ngul harosondur. Bu nav` ne ham nofarjomliq va nokomliq bila tahammul qilg`ay va har nechuk bo`lsa o`tkarilg`ay. Ammo, nauzubillox, nosoz juft elga muhlik marazdur oshkor va nuhuft. Salita bo`lsa, ko`ngul andin shikanja. Yamon tillik bo`lsa, abushqa ko`ngli andin yarolig`.
Ulki avval mazkur bo`ldi va yuqoriroq mastur bo`ldi ro`zg`or anosidin yuz yilda bir tug`mas va yuz mingdin bir yuliqmas. Yo`luqqan kishiga toji torak bo`lsun va bu saodat anga muborak bo`lsun.
Alar makri ta`rifida ko`p ulumda dono va ko`p diqqatlig` xukumo kitoblar tasnif etibdurlar va mujallidlar bitibdurlar va mubolag`alar bila bastlar qilibdurlar. Va hanuz o`zlarini ojiz va muqassir bilibdurlar. Bu bir necha parishon kalomot birla ne nav` ta`riflarin aytsa bo`lg`ay va tavsiflarining yuzdin biriga yetsa bo`lg`ay. Ammo xos ul—xoslari bularg`a aksi mutlaq haqgo`y va haqshunos va tillarida haq va ko`ngullarida dag`i haq. Ulamoi islomg`a alardin foyidai umid, avliyoi a`zam alar anfosidin mustafid, anbiyo mursilinni alarga modih bilg`il, maloika muqarribin alarg`a egachi—singil. Iffat toridin boshlarida muqna` va ismat hullasidin yuzlarida burqa`, bu burqa`ni ul yuzidin haq yiroq qilmasun va futur yelidin bu parda ul vajhdin ochilmasun.
O` t t u z s a k k i z i n ch i f a s l
RIYOIY SHAYXLAR ZIKRIDA
RIYOIY SHAYXLAR ZIKRIDA
Shayxi riyoiy — ra`noliq jilvanamoyi. Misedur, oltun bila ro`kash, tashi xushnamo va ichi noxush. Surati darveshvash va ma`nisi sarosar g`ash. Orostalig`i barcha qayd va karomati tamom shayd. Amomasi riyosat yuki, boshida bir fosid xayol har tuki. Egnidag`i muraqqa` rangomezliq bila mullama`. Ridosi uyubining pardadori va riyo charxi igirgan har tori. Misvoki tama` tishin elturga suhon; shonadonida rishxand olati nihon. Muhrabozliq tasbihin evumak va uzunroq namozdin g`arazi el ko`rmak. Kulohi davlat ul davlatmandg`a dastor va uzunroq aloqasi tulku quyruqidin namudor. Mahalsiz sayhasi bag`oyat sovuq, andoqki, vaqtsiz un tortqon tovuq. G`aflatdin avrodida alolo, nechunkim mastlar bazmida «dirno talolo»63. Barcha kalimoti hiylatangez va majmu` harakoti g`arazomez. Voqeasi bari yasalg`on. Uyg`oqlig`ida degani barcha yolg`on. Simoi usuldin tashqari, vajdu sa`qasi ta`rif ohangidin nari. Suratida muncha pech dar pech, ma`nisi xud boshdin—ayoq hech. Bu habis zotg`a muncha oroyish, eranlar holidin anda namoyish.
Hayhot—hayhot, uyat, yuz ming uyat. Turfa bukim, bu mazharg`a muridlar ham bor, xizmatida barcha sheftau qaror. Ul bu do`konni yurutib tadbir bila va ma`rakani qurub tazvir bilakim, shayoting`a mahalla hayratdur va devi laing`a mujibi ibrat va nafratdur.
N a z m:
Faqr ismi birla muncha zarqu shaydu bu riyo,
Saltanatdekdurki, qilg`ay podshohi bo`ryo.
Bu agar darvesh o`zin qilsa gumon, ul podsho,
Yo`q ajab, chun ikkisida yo`q turur aqlu hayo,
Faqr ismi birla muncha zarqu shaydu bu riyo,
Saltanatdekdurki, qilg`ay podshohi bo`ryo.
Bu agar darvesh o`zin qilsa gumon, ul podsho,
Yo`q ajab, chun ikkisida yo`q turur aqlu hayo,
O` t t u z t o` q q i z i n ch i f a s l
XAROBAT AHLI ZIKRIDA
XAROBAT AHLI ZIKRIDA
Rindi64 xarobatiyki, may ichmak bila o`tar avqoti, hubobdek boda havosi boshida, surohidek bosh qo`yar yeri sog`ar qoshida. Dayrda65 har qayonki bazme qurub, sabukashlik vasilasi bila o`zin yetkurub. Nomus dastorin boshidin olib, bir, jur`a uchun mayfurush oyog`ig`a solib. Mayxona taraddudidin bexonumonlig`i, paymona taalluqidin besaru somonlig`i. Har mug`bacha ilgidinki, jome tortib, Jamsheddin66 istig`no va shavkati ortib. Mug`bachalar yuzi olida butparast, dayr piri ayog`ida boshi tufroqqa past.
Yoqasi mayxora sho`xlar ilgidin chok, ko`ngli ham alar ishqi tig`idin zaxmnok. Dayrda may gadolig`ig`a ashg`oli, ilgida mayxonaning sinuq safoli. Rasvoliq ko`yida ayog`i yalang, boshi xam va badmastlar dastburdidin manglayi zaxmliq, qoshi ham. Vujud shaxsin qilur uchun pomol, majolisda yeri safi niol. Boshig`a amoma mehnatin ortmay, bo`ynida rido minnatin tortmay. Nafsi garchi tufroqqa hamdast, himmati olida falak past. Zamon navoyibidin ko`ngli g`amsiz, falak havosidin xotiri alamsiz. Bujud va adamdin bo`lmay haroson, boru yo`q himmati olida yakson. Surohidek talx yig`lamoqdin nishoti, maydek ayoqg`a tushmakdin inbisoti.
Mug` dayridek bir dam sog`olmay, dahr xayru sharrig`a ko`z solmay, Zamon yaxshi—yamoni bila ishi yo`q, desa bo`lg`ayki, olamda mundoq kishi yo`q. Dahr ahli zulmidin mundoq maosh muhiq, haq avf va rahmatig`a mustahiq. Vujud maykadasi tufrog`ida foniy, umidi haq karamidin baqoyi jovidoniy. Rind va gadog`akim yetib bu iqbol va davlat, shohlarg`a aning holidin orzu va hasrat.
Ruboiy:
Rindeki, fano jomini tortar payvast,
Dunyo bila oxiratqa ermas pobast.
Haq rahmati umidi bila tun—kun mast,
Ko`p ortuqroqki, zohidi zarqparast.
Rindeki, fano jomini tortar payvast,
Dunyo bila oxiratqa ermas pobast.
Haq rahmati umidi bila tun—kun mast,
Ko`p ortuqroqki, zohidi zarqparast.
Umid ulki, bori nomurodlarg`a haq bu fano davlatin qarib qilg`ay va tavba saodati bila baqoyi jovid nasib etgay.
Q i r q i n ch i f a s l
DARVESHLAR ZIKRIDA
DARVESHLAR ZIKRIDA
Darvesh67 uldurkim, bo`lg`ay rizoandesh, agar ichida bo`lsa yuz nish toshi bo`lg`ay marhamoyin va malomatkesh. Darvesh kerakkim, sidqu fano tariqin tuzgay, o`zin nechukki, bor andoq ko`rguzgay. Anoniyat g`ilzatig`a qotiq riyozatlar bilasafo bermish bo`lg`ay va nafsoniyat shiddatidin azim mujohidalar bila chiqib, faqr tariqig`a kirmish bo`lg`ay va fano dor ulamoni jamoat xonasig`a yetmish bo`lg`ay. Himmati nazarig`a mosivollohi nomavjud, balki vujudi mutlaqdin o`zga barcha nobud. Ichi toshi bila muvofiq, balki ortig`roq, botini zohiri bila musoviy, balki yorug`roq. Agar zohirida botin ixfosi uchun ko`runsa andin murode bo`lsa malomatkashliq. Botini sofi zohir tiyraligi koni munofiy. Darvesh to`ni yirtuq andoq tururkim, ganji makoni buzuq. Saro ahli jahonda andoqdururkim, Faridun68 ganji vayronda. Ma`ni ahli haqiqati maxfiy va surat ahlining haqiqiy da`vi va da`viyi haqiqatda bema`ni. Eranlar hollari suratin yoshurubturlar va malomat suratida na`li bozguna urubturlar va zohirlari binosin buzubturlar va botinlari asosan tuzubturlar. Qazodin ne kelsa o`zlarin rizog`a yosobturlar va olam ahlining qotig` ranj va irik malomatig`a chidabdurlar. Yemak—ichmakdin kechibdurlar. Haq rizosin istarda g`am yeb va qon ichibdurlar. Rizovu taslim zoviyasi maqomlari, fano bodiyasida oromlari. Adabu tavoze` alarg`a kish dushman va do`stig`a inkandesh. Bu sifat va oyin bila bo`lg`on erur darvesh.
R u b o i y:
Yo rabki, fano qushin romim ayla,
Romim demayinki, saydi domim ayla.
Ham faqr tariqida xiromim ayla,
Ham zoviyai fano maqomim ayla.
Yo rabki, fano qushin romim ayla,
Romim demayinki, saydi domim ayla.
Ham faqr tariqida xiromim ayla,
Ham zoviyai fano maqomim ayla.
I k k i n chi q i s m
HAMIDA AF`OL VA ZAMIMA XISOL XOSIYATIDA
A v v a l g i b o b
TAVBA ZIKRIDA
HAMIDA AF`OL VA ZAMIMA XISOL XOSIYATIDA
A v v a l g i b o b
TAVBA ZIKRIDA
Tavbai1 haqiqiy mazmumi af`ol qabohatig`a mo`talle` bo`lmoqdur va tavfiqi rafiq bo`lub, ul af`oldin ijtinob qilmoqdur. Tavba mujrim bandaning vaqti ko`zgusin isyon zangidan oritur va niyoz musqili bila yoritur. Shakovat tariqining nihoyatidur, hidoyat jodasining bidoyatidur, anoniyat g`aflatidin seskanmakdur va bashariyat uyqusidin uyg`otmakdur va nashoyist ahvolin anglamoqdur va noboyist af`olin tonglamoq va yaramas maxfiylarg`a koshif bo`lmoqdur va kerakmas da`viylariga voqif bo`lmoq va a`mol qaboyihidin sharmandalig`dur va af`ol fazoyihidin sarafkandalig` va ogahlig`dur, bashariyat inodig`a voqiflig`dur, nafsi amora fasodig`a va ko`ngulga naformonlig`idin mutag`ayyir bo`lmoqdur va ruhg`a nafarjomlig`idin mutanaffir bo`lmoqdur. Va haqdin najot vaqti yetmakdur va bandai nafs mutobaatin tark etmakdur. Bu gavhari shabchirog` har tiyra ro`zgor loyiqi emas va bu sham` tavfiqni hodiyi inoyat har kimga bermas. To qaysi orig` tiynatlig` yo`ldin ozmish bo`lg`ay va qayu pok xilqatlig` jodadin chiqib, qilur ishin yozmish bo`lg`aykim, anga g`arib, holat hodis bo`lmish bo`lg`ay va ul holatqa shum nafs bois bo`lmish bo`lg`ay va hodiyi tavfiq yetgay va ani ul holatin ogah etgay. Chun ogah bo`ldi hayotidin toriqqay va uyot dudi dimog`idin chiqqay va e`tizol bila qiladurg`onidin ibo qilg`ay va istig`for bila qiladurg`on jurmidin iste`fo qilg`ay va nohamvor af`olig`a andom bergay va birovning berohlig`idin chiqib, haqiqat yo`lig`a kirgay. Bu martaba tariqat ahlining avvalg`i gomidur va maqsad vodiysining avvalgi manzilig`a homiydur. Bu saodat kishiga o`zlugidin yetmak «ma`sho zolika fazululloh yu`tiha man yasha`»2. Har sohib davlatka bu ogahlig` bir vasila bila yetibdur va har saodatmand bu iqbolni bir vosita bila kasb etibdur.
R u b o i y:
Haqdin angakim, yetti inoyat vaqti,
Ko`ngliga yomon fe`li siroyat vaqti.
Isyonig`a fosh o`lur nihoyat vaqti.
Bu bo`ldi hidoyatqa bidoyat vaqti.
Haqdin angakim, yetti inoyat vaqti,
Ko`ngliga yomon fe`li siroyat vaqti.
Isyonig`a fosh o`lur nihoyat vaqti.
Bu bo`ldi hidoyatqa bidoyat vaqti.
Hikoyat: Mazhari sun`i haqqi taboraka Shayx Abdulloh Muborak3 (quddisa ollohi sirruhu)ning tavbasining bidoyati va tuz yo`lg`a kirarning hidoyati bu ermishkim, hol avoyilida bir parivash ishqig`a giriftor erdi va xalq arosida majnunshior ko`ngli bir sho`x husnig`a mubtalo va xush va xirad. ko`ngli mulkidin jalo. Bir qish kechasi ma`shuqi devori tubida vasli umidi bila pobast va yuzi xayolidin andoq bexud va mast erdikim, bovujudi ulkim bulut havodin zamharirbor va tun mushki ul zamharirdin kofurkirdor erdi va day sarsaridin qor ko`ngli mulkiga ishq sipohi chopquyidin nishona ko`rguzur erdi va burudat shiddatidin ashjor yafrog`lari sovug` etgan, lol tillar holidin afsona aytur erdi. Ul ishq o`ti haroratidin bu holdin xabarsiz va yolang a`zosi kor va zamharir burudati shiddatidin asarsiz tutub erdi. Anga tegrukim, tongqushi nola tuzdi va sahar muizzini na`ma ko`rguzdi. Ul eshitgach, sog`indikim, xufton namozining nidosidur va asho salovatining adosi ibtidosi. Chun tong yovushti quyoshdek ichiga iztirob va oshub tushti. Va subhi sodiq nuridin ko`ngliga yorug`liq yetti va mulhami hidoyat ani ogoh etti. O`ziga dedikim ey Muborakning nomuborak o`g`li va ey tengrining qochqon va beadab quli! Xufton namozi qiroatida agar imom uzunroq sura o`qusa malomat tutar va yuz fosid xayol ko`nglungga o`tar, qishning bir uzun tunini andoq shum nafsing havosig`a mash`uf va mazmum tabiating komi xayolig`a mag`lub o`tkarursenkim, xuftondin vuqufung va sahar yetgandin shuuring bo`lmas. Bu holatda aning ichiga qo`zg`olon tushti va uyotdin ruhi badandin muforaqat qilg`ali yovushti. Inoyati ilohiy qo`ldadi va tavba hidoyatig`a yo`ladadikim, andoq riyozat va sulukka rosih bo`ldikim, oz vaqtda Makka va Madinada shayx ul—mashoyix bo`ldi. Umid ulkim, haq subhonahu taola barcha yo`ldin ozg`onlarni ogohliq bila bahramand kilg`ay.
Qit`a:
Tavbaekim, aning saodatidin,
Bir qul o`g`li bu poya kasb etgay
Kim, anga shohlar qul o`lg`aylar
Munga o`zluk bila nechuk yetgay.
Tavbaekim, aning saodatidin,
Bir qul o`g`li bu poya kasb etgay
Kim, anga shohlar qul o`lg`aylar
Munga o`zluk bila nechuk yetgay.
I k k i n ch i b o b
ZUHD ZIKRIDA
ZUHD ZIKRIDA
Zuhd4 dunyo orzularidin kechmakdur va nafs alarning mavto zahrin ichmakdur. Va molu joh xayoli rishtasin ko`nguldin uzmakdur va nangu nomus butlarin ushaturg`a o`zin tuzmakdur va qabul umidig`a riyozat tariqin tutmakdur. Va shariat jodasida mardona turmoqdur. Va boshni riyoyi sajdag`a indurmamakdur, balki andoq toatni xayolg`a kechurmamakdur. Ko`zni asramoqdur barcha nomahram yuzdin va tilni tutmoqdur barcha nomashru` so`zdin. Quloq karligidur molo, ya`ni mas`mu`otdin ilik tortmog`lig`dur barcha nomashru`otdin. Ayog` langligidur xaloyiq taraddudin va nutq gunglgidur so`zda el tashdididin. Og`izga savm muhridur nedinki, nafs tamannosi bo`lg`ay va nafsg`a ya`s kofuridur har shay`dinki tabiat taqozosi bo`lg`ay. Taom qil—latidur onchakim, muyassar va aning jibillati rioyatidur onchakim, maqdur. Xilvatta ulfatdur alaldavom, uzlatga mudovamatdur molokalom. Va layl qiyomig`a muvozabatdur va zikr davomig`a mudovamatdur. Har solikkakim, bu maqom dorig`ay xilqati riyozat nuri bila nafsoniyat lavsidin orig`ay. Qo`ngli uyig`a oshnolig` sham`idin nur yetgay va ul nur partavi aning ko`ngluni masrur etgay. Ibodat natoyiji yeta boshlag`an va riyozat favoyidi bahramand eta boshlag`ay. Ul soatan fisoatan ishida isig`roq bo`lg`ay va lahzatan filahzatan qilmishida qiziqroq bo`lgay. Bu fayz sog`arlaridin ichib qonmag`ay va bu zavq qadahlaridin jur`a tortardin o`sonmag`ay. Yorab, aning jur`ai jomidin mahrum tashnalablarni kamyob qilg`il va bu vodiyda og`zi qurug`onlarni serob etgil, yo karim, yo rahim!
B a y t:
Bu talabda kimki bo`lsa anga ro`zi etma hirmon,
Bu taabda kimki bo`lsa anga qil vasl ila darmon.
Bu talabda kimki bo`lsa anga ro`zi etma hirmon,
Bu taabda kimki bo`lsa anga qil vasl ila darmon.
Hikoyat: Qidvai ahli yaqin Mavlono Shamsuddin Muiddi Ucha5 (quddisa sirruhu) Jom viloyatida mazkur bo`lgan kentda bo`lur erdi, O`tuz yil erdikim, jam`i zohir tana`ummotidin bebahra erdikim, qoyim ul—layl6, ud—daxr7 erdi. Bir masjidda munzaviy erdikim, g`ayri tajdidi vuzu` uchun mazkur muddatda andin chiqmaydur erdi. Va jinsi bashardin nima qabul qilmaydur erdi. Va Hazrati Risolat (sallallohu alayha vassallam) mutoba`atig`akim, Uhud g`azvasida8 muborak tishlari shahid bo`lib erdi, o`tuz iki tishin ushotib erdi va bu o`tuz yilda yoni ostida bir bo`ryo va boshi ostida bir xisht bila o`tkarib erdi. Kichik Mirzo9 (alayha raxma)10 ul viloyatdin o`tarda bu azizning, mazkur bo`lgan sifotin eshitib, aning ziyoratig`a yetti. Mavlono hamul masjidg`a kirganda egnidagi xirqa va boshidagi eski bo`rk bila erdi va taalluqi rangi itloqi anga qilsa bo`lmas erdi. Mazkur Mirzoning ko`ngliga riqqat kelib bir ovuch diram kelturub iltimos qilibdurkim, bu niyozmandlig`in qabul qilgay. Mavlono debdurkim, chun men bu tariq bila odat qilibmen, hech nimaga ehtiyoji yo`qdur. Agar Sizning xotiringiz uchun olsam ham manga ta`lim qilingkim, ne qilay va qo`yay. Sizning bir mulozimingizning bir juzviy vasilasig`a o`ltururmen, minnatdor bo`ldum. Siz karam qilib, meni ma`zur tutung. Kichik Mirzo bu so`zga javob topay olmay, yig`lab, quloq tutib, yer o`pub chiqibdur, O`zi (rahma illoh) bu faqirg`a mundoq taqrir qildi. Bir necha vaqtdin so`ngra bu faqr ham Mavlono xizmatig`a musharraf bo`lub, siyratini ham bu tariq bila muvofiq toptim, balki ortuqroq ham. Haq subhonahu va taolo barcha tolibi niyozmandlarg`a bu tariq orzumandlarg`a ul gulistondin tuhfae va ul rayohindin shammae nasib qilsun.
B a y t:
Kimki ko`nglidin aning faqr orzusi ketmagay,
Bu durur ummedkim, haq oni navmid etmagay.
Kimki ko`nglidin aning faqr orzusi ketmagay,
Bu durur ummedkim, haq oni navmid etmagay.
U ch u n ch i b o b
TAVAKKUL ZIKRIDA
TAVAKKUL ZIKRIDA
Tavakkul11 haq yo`lida vosita asbobin raf` qilmoqdur va vasila hijobin daf` qilmoq. Va sabtlarg`a miyonchiliqdin uzr qo`lmoqdur va sabab va uzrsiz musabbibqa banda bo`lmoqdur. Taqdir quti bozusi oldida sabab rishtasi churukda va qazo mash`ali partavi qoshida vosita uchquni o`chuq. Tavakkul ahlikim, maqsud vodiysig`a qadam qo`yubdurlar yo`l zodi haq xoni ehsonidin bilibdurlar. Tavakkul durust elning yemagi haq xoni in`omidur va ichmaki aning sharbatxonasi jomidin va kiymagi aning xizonai ehson ikromidin. Bas bular mavjud ko`rungandin ul necha xushhol bo`lg`ay va nobud ekandin anga malol. Daryodin o`targ`a kemani sabab desang toboni nam bo`lg`ay o`tguvchilarg`a ne so`zung bor va biyobon qat` etarga markabni vosita gumon qilsang tayyi arz bila borg`uchilar ollida markab ne e`tibor. Andoqki, sening nasibangni yana birov yemas, aning ham nasibin sen yemak mumkin emas. Sening ro`zing sangadur, aning qismi anga. Tilamasang ham yetkurur, yemasang ham yedirur. Muni anglag`anlar qutulubturlar ro`ziy uchun mehnat chekardin va tinibdurlar farog`at uchun dona ekardin. Ro`ziy uchun kasbda ihtimom tavakkul qusuridin bo`lg`ay va maishat uchun sa`yi molokalom yaqin futuridin bo`lg`ay. Tengri razzoqlig`in bilgan ro`zi uchun g`am yemagay va qassomlig`in bilgan kishi rizq ozu ko`pida so`z demagay. Ulki vahshu tayr rizqig`a zomindur, sanga yetkurmaygaymu? Ulki mo`ru malahka ro`ziy berur, sanga bermagaymu? Sa`y bila azal qismatin orturay degan yog`in rishtasig`a gireh uray der. Vajd bila qalam yozg`on qazoni qaytaray degan quruq yerda kema suray der. Bu ishlar ko`ngli uyi yaqin nuridin tiyralar ishidur va botiniy ko`zi haqiqat quyoshidin xiralar odat va varzeshidur. Tavakkul ahli barcha asbob vositasidin ko`z yumubdurlar va «filaytu qulli alo illoh»12 daryosig`a cho`mubdurlar va ro`ziy yetkurguchi haqni bilibdurlar. Ani yeydurguchi ham ani aqida qilibdurlar. Va shak va taraddudi qote` tariqlaridin e`roz etibdurlar. Va vositasiz tavakkul bodiyasig`a qadam urub maqsud ka`basig`a yetubdurlar.
B a y t:
Kimki qat` etsa tavakkul qadami birla tariq,
Yog`inu sel anga muziy emas va barq—hariq.
Kimki qat` etsa tavakkul qadami birla tariq,
Yog`inu sel anga muziy emas va barq—hariq.
Hikoyat: Shayx Ibrohim Sitnaba13 bir muridi bila (quddisa sirruhumo) tavakkul qadami bila Ka`ba azimati qildilar. Shayx janobi muridg`a ayttikim, senda hech ma`lum bormu? Murid Shayxg`a dedikim, yo`q, men tavakkul qadami bila bu yo`lg`a qo`yubmen, amin va ma`lumni ne tilar! Yana bir necha qadam borg`ondin so`ngra Shayx muridg`a yana ayttikim: — sen o`zungni yaxshi ehtiyot qil, ma`lumung bo`lsa tashlag`ilkim, mening ayog`im og`irlik qilur. Yana murid dedikim: bir—ikki na`layn shiroki borki, bodiya qat`ida na`laynim shiroki uzulsa oni tortarg`a olibmen. Shayx muridg`a dedikim: Holo xud na`layning shiroki butundur, uzulmaydur. Dedi: bale. Shayx dedi: Bas, ortuq shirokni tashla. Murid debdurkim, tashlamay choram yo`q edi, zaruratdin tashladim va gireh bila borur erdim, yo`lda nogoh na`laynim shiroki uzuldi, turub ilik urdumkim, ani na`layn surub tashlag`aymen va Shayxni ul amrda ta`n qilg`aymen. Ko`rdumkim, na`layn yonida bir shirok tushub yotur. Men taajjub yuzidin ul shirokni na`layng`a torttim va Shayxqa erishtim, har qachonkim, na`layin shirokig`a ehtiyoj voqe` bo`lsa erdi, hamul dastur bila muhayyo shirok zohir bo`lur erdi. Bu ishda mening tavakkulim durust bo`ldi.
Tavakkul ahli haq yo`lin bu nav` yorutublar va aning g`ayrig`a tavassul xayolin ko`nguldin chiqoribdurlar.
Qit`a:
Tavakkul chin durust ermas muxaldur,
Anga na`layining ortug` shiroki.
Durust o`lg`ach yig`ilsa ganji Qorun
Yo`l ul dam rohravning hech boki.
Tavakkul chin durust ermas muxaldur,
Anga na`layining ortug` shiroki.
Durust o`lg`ach yig`ilsa ganji Qorun
Yo`l ul dam rohravning hech boki.
T o` r t i n ch i b o b
QANOAT ZIKRIDA
QANOAT ZIKRIDA
Qanoat14 ibodat quvvati hosil bo`lg`oncha quvvat bila o`tkarmakdur va andin ortug` barcha nimaning havasin xayoldin, ko`tarmakdur. Va benavolig` bila nafsni ozurda tutmoqdur va mahrumlig` bila quvoyi shaxvoniyni pajmurda qilmoqdur.
Qanoat chashmaedurkim, suvi olmoq bila qurumas va maxzanedurkim, naqdi sepamoq bila o`ksumas va mazraedurkim, tuxmi izzat va shavkat bar berur va shajaredurkim, shoxi istig`no va xurmat samar kelturur.
Ko`ngulga andin ochug`luq foydasi yetar va ko`z andin yorug`luq natijasi kasb etar.
Qone` darveshning quruq noni, tome` shohning xitoyi xonidin xo`broqdur. Va forig`i faqrandishning yovg`on umochi olg`uvchi g`aniyning nabotiy kulochidin marg`ubroq. Shoh uldurkim, olmag`ay va bergay. Gado
uldurkim, sochmag`ay va tergay.
Ulkim qanoat mo``tod bo`ldi — shoh va gado taraddudidin ozod bo`ldi. Maosh uyi garchi bo`lur tor, ammo har kecha mubolag`a qilsang yeri bor. Hisoredurkim, anda kirsang, nafs sharridin qutulursen va ko`hsoredurkim, anda chiqsang, dushman va do`stdin mustag`niy bo`lursen aftodalig`edurki, natija sarafrozliq va niyozmandlig`edur; foydasi beniyozlig`dur — tuxmi bari g`ino va shajaredur samari istig`no; maedur — achchig` na nash`asi tarabangiz; yo`ledur — qattig`, ammo manzili farahomez.
Qanoatda nechakim, farog`bol, aksi tama`da razolat va nakol.
Xasis ta`bg`a do`stedur laimvash—gadoshevalik va razolat aning tavriga xush. Muvofaqatig`a asar xorlig`, munosabatig`a bahra sabukborlig`. Har tab`dakim, ul mavjud bo`ldi, ul kishi ulus tab`ig`a mardud bo`ldi. Laimliq va razolatqa kamol andin, odamiylik va insoniyatqa zavol andin. O`tedur nomus uyin kuydurguvchi, yeledur izzat xirmanin sovurguvchi va viqor sham`in o`churguvchi. Tama` in`omg`a andoqdurki, sharataomg`a, ul biri dunlar harakoti, bu biri bahoyim sifoti.
Qanoat javharedurkim, elni mundoq ikki balodin o`tkarur va mundoq ikki ibtilodin qutqarur. Bu ikki zamima fe`lki, yomondur, go`yo ikki nohush tav`amondur, ul mundin yomon va bu andin yomon, ikkalasi yomondin—yomon. Biri laim va biri mudbir ikkalasining haqiqati bir. Muxbiri sodiq15 (sallollohi alayha vas—sallam) munga mundoq debtur: «Qone` ne azizg`a tome`, ne zalilg`a nisbat beribdur».
Ruboiy:
Har kimki, qanoat tarafi nisbati bor,
Borcha el aro tavozeu izzati bor,
Ulkim tamau hirs bila ulfati bor,
Yaxshi—yamon ichra zillatu nakbati bor.
Har kimki, qanoat tarafi nisbati bor,
Borcha el aro tavozeu izzati bor,
Ulkim tamau hirs bila ulfati bor,
Yaxshi—yamon ichra zillatu nakbati bor.
Hikoyat: Koshifi asrori ilohiy Shayx Shoh Ziyoratgohiy16 (quddisa olloh sirrihu) ibodat farog`ati uchun qanoat shior qildi va Ziyoratgoh qasabasida maskan ixtiyor qildi. Va ulus nazr va hadiyasin parvo qilmadi, va salotin in`om va suyurg`olin ko`zga ilmadi. Muhaqqar Mavrusi muhavvatasig`a ashjor tikti va ekin ekti. O`z muborak iliki bila ekin suvorurg`a bel urar erdi va ashjor tarbiyati tesha va arra surar erdi. Bu nav` qanoat bila natijasi «azza man qanaa»17 hukmi bila ul yerga yettikim, Hirot dor us-saltanasidin salotini masnadnishin va ulamoi din va mashoyixi ahli yaqin uch shar`i yo`lni ul buzurgvor xizmatig`a borur erdilar va ostoni tufrog`in o`pmak bila tafoxo`r boshin falakdin o`tkarur erdilar va ul ziroat nonidin va ul favokih jonidin har ne iliklarig`a tutsa ko`zlarig`a surtub, qo`yunlarig`a solib, tabarruk uchun shahrg`a ayol va atfollari uchun kelturur erdilar va andin yeganlar oxirat najotig`a ham umidvor bo`lur erdilar. Qanoat natijasi mundin komilroq oz vuhur qilib erkin va xursandlig` bog`chasining rayohini mundin tarovatlig`roq kam ochilib erkin.
Qit`a:
Jahon ichra ko`p sun` ko`rguzdi sone`,
Emasdur kishi turfa andoqki, qone`.
Kishidin talabsiz g`ino hosil etmas,
Yana judg`a bo`lmamoq hech mone`.
Jahon ichra ko`p sun` ko`rguzdi sone`,
Emasdur kishi turfa andoqki, qone`.
Kishidin talabsiz g`ino hosil etmas,
Yana judg`a bo`lmamoq hech mone`.
B ye sh i i ch i b o b
SABR ZIKRIDA
SABR ZIKRIDA
Sabr o`zni chiqarmoqdur huzuz nafsonidin va tana`umot jismonidin va nafsni habs qilmoqdur ibodat mehnatida va qadamni sobit qo`ymoqdur riyozot suubatida. Haq yo`lida qotig` irikka tuzmakdur va yaxshi—yomondin har ne eshitgan va ko`rganga taxammul ko`rguzmakdur. Achchig`dur, ammo sudmand; qattig`dur, ammo dofei gazand. Qaysi nomurod ilik etagiga urdikim, murod topmadi? Va qaysi giriftor ko`ngul sabr bandig`a qo`ydikim, kushod topmadi? Farahlar miftohidur va bandlar attohidur.
Rafiqedur suhbati mumil, ammo oqibati murodqa qariyiliq va harifedur umidi uzun ammo nihoyati matlubqa hamnishinliq. Samandedur kohilxirom ammo manzilg`a yetkurguvchi va buxtiedur saqilgom, lekin ma`mang`a tushurguvchi.
Nosihi talx guftordek tab` andin ozurda va lekin zimnida maqsud hosil, tabib batiy—ul—ilojdek,18 mariz andin pajmurda, ammo so`ng`ida sihhat vosil.
Ishq ahli zikridin mutag`ayyir va lekin g`oyati vaslg`a umidvorliq, hajr eli yodidin mutanaffir va leknn nihoyati ittisolg`a komgorlik.
Qafasida jon bulbulig`a ne xamushluq sud etib, ne navo va ilhon, majlisida ruh to`tisig`a ne sukut naf` yetkurub, ne faryod va fig`on. Sahrosida farog`at hamonu iztirob hamon, biyobonida darang hamonu shitob hamon. So`xtai firoq o`lmakdin anga g`am yo`q, anduxtai ishtiyoq kuymakdiin anga alam yo`q. Hajr shomidek tiyra uzun, ammo g`oyati subhi visol, haj yo`lidek qattig` va yiroq, ammo nihoyati Ka`bai iqbol.
Har giriftorg`akim, ul nobud hayoti andin bariy va har umidvorg`akim, ul nomavjud ruhi andin sipariy.
Oshiqlarg`a marazedur va bemorlarg`a zahredur halohil. Sahih aning suubatedin bemor, havos aning uqubatidin nokor. Ruh ishi ani tortarda taallul, ko`ngul aning qattig`lig`idin betoqatu tahammul. Yo`li bodiyasida zulumoti ofat, Hizrdek ani qat` qilg`ong`a bahra zuloli hayot. Shiddati yukiga homillardin biri Ayyubi19 nabiy va suubati hamlig`a komillardin biri Muhammadi arabiy.
B a y t:
Ajab ranjeki andin sa`b yo`q ranj,
Vale chekkan kishinnng bahrasi ganj.
Ajab ranjeki andin sa`b yo`q ranj,
Vale chekkan kishinnng bahrasi ganj.
Hikoyat: Bir notavon ko`nglida bir gul`uzor xorxori bo`ldi va ul tuhmat bila zindon giriftori bo`ldi. Ul ish iqrori uchun anga qilmag`an azob qolmadi, ammo ul maxfiy sirrin ko`nguldin tilga solmadi. Oqibat bir kun asaslar bordilar va ani zindondin band bila sudrab chiqordilar. Va bosh-ayog`idin tortib uzottilar va bir quchoq yig`och aning a`zosig`a ushottilar. Andoqki, boshdan - ayog`i jarohat bo`ldi va bari a`zosinnng terisi so`yuldi. Tayoq a`zosin andoq afgor qildikim, qon ul ma`rakani lolazor qildi. Mazlum mutlaqo dam uradi va iqror takallumin tiliga surmadi. Chun ta`zib shiddatidin hordilar, ul majmu`din sudrab chiqordilar. Navmidlig`din qo`yaberdilar va insof olamida muhiq erdilar. Chun jafopeshalar yiroq bordi, jafokash og`zidin bir usholg`on diram chiqordi. Ja`miki ani ko`rdilar. Ul ish kayfiyatin so`rdilar, ulcha javobidin mafhum bo`ldi, bu holat ma`dum bo`ldikim, siyosat hangomasida manzuri hozir ermish va bir go`shadin aning holiga nozir ermish. Anga yetarda ul bedodu sitam tishi ostida ermish ul diram. Azob e`tidoldin o`tarda diramg`a tishin berkitur ermish va tish zaxmi bila ul diramni pora—pora ushotur ermish va manzur nozir olida sabru tahammul qilur ermish va aning nazzoragar erkanin bilur. Manzur chun bu holni bildi, mehr va shafqat bila boshig`a keldi, yumshoq so`z bila yaralarig`a marham yetkurdi va chuchuk til bila majruh tanig`a jon kivurdi. Xayolig`a kechmas davlatg`a sazovor bo`ldi va gumonig`a o`tmas odatg`a komgor bo`ldi. Bu barcha shiddatdag`i sabru shikebolig` natijasi erdi va ul suubat va shiddatda tahammuldin anga dast berdi.
B a y t:
Kimki bir shiddat aro sabru tahammul ayladi,
Baxt aning nishini no`shu xorini gul ayladi.
Kimki bir shiddat aro sabru tahammul ayladi,
Baxt aning nishini no`shu xorini gul ayladi.
O l t i n ch i b o b
TAVOZU` VA ADAB ZIKRIDA
TAVOZU` VA ADAB ZIKRIDA
Tavozu` xalqni kishi muhabbatig`a shefta qilur va ulusni foil mavaddatig`a firifta qilur. Do`stlug` gulshanida nazorat gullari ochar va ul gulshandin uns va ulfat bazmida turluk gullar sochar. Mutakab bir dushmang`a muloyamat sari yo`l ko`rguzur va mu`jib xasm xotirig`a insoniyat zavqin o`lturg`uzar. Takrori hayosiz muddaiyni uyat sarhaddig`a boshqarur va te`dodi insofiz aduvni yamonlikdin o`tkarur.
Agarchi borcha eldin xo`bdur va bari xaloyiqdin marg`ub, ammo sarafrozlardin xo`broqdur va beniyozlardin marg`ubroq. Abnoyi jinsdin bir—biriga mustahsan, akobirdin asog`irg`a ahsan. Saxo qilmay elni shod qilur va ato ko`rguzmay kishini g`amdin ozod qilur. Adab kichik yoshlig`larni ulug`lar duosig`a sazovor etar va ul duo barakati bila umrdin barxurdor. Kichiklar mehrin ulug`lar ko`nglig`a solur va ul muhabbat ko`ngulda muabbad qolur.
Ushog`larni ko`zga ulug` qilur atvoridin xalq ulug`liq bilur. Xalq jonibidin behurmatliq eshigin bog`lar va kishini hazl va istixfofdin saxlar.Tabiatg`a insoniyat tariyqida andom berur va mijozg`a odamiyliq manzilida orom yetkurur. Kichiklarg`akim, andin muncha bo`lg`ay, ulug`larg`a ko`rkim, necha muncha bo`lg`ay.
Muhabbatg`a zebu piroya adabdin yetar va muvaddatg`a ravnaq va baho tarkidin ketar. Adab va tavozu` ko`zgusig`a jilo berur, ikki jonibdin yorug`luq yetkurur.
Tavozu` va adab ahtlig`a ta`zim va hurmat yetar va ul donani ekkan bu mahsulni jam` etar. Xalq ixtilotida hamida axloq ibtidosi bu xisoldur va bu rusux topsa muhabbat ixtiloli maholdur. Ikki jonibdin agar xulqi karim bo`lg`ay, adab va tavozu` muqobalasida izzat va ta`zim bo`lg`ay. Xusho, bu nav` ahbob orasida suhbat va bu tavr ashob orasida muvaddat. Mundoq ahli muhabbat va vadod va xayli muvaddat va ittihod. Agar zoxirda do`stlug` safosi uchundur dunyoda komgorliqdur. Va agar ma`noda tengri rizosi oxiratda umidi rastgorliqdur. Va agar tengrilik uchun bo`lsa, «At—ta`zimu li amrilloh»20 saodati hosil va agar xoliq do`stlig`i uchun bo`lsa, «Ash—shafqatu alo xalqilloxi»21 davlati vosil.
Bu oliy martabag`a shonista va loyiq muvaffaqedurki, zoti faqr davlatig`a muloyim va muvofiq, yo`qki, mutakabbiri hudpisand va johili noxiradmand.
B a y t:
Aqlu hikmat ishidur buyla maoshu oyin,
Qayta topqay muni har nafsparastu xudbin.
Aqlu hikmat ishidur buyla maoshu oyin,
Qayta topqay muni har nafsparastu xudbin.
H i k o ya t: Axbor roviylari va osor hoviylari mundoq rivoyat qilibdurlarkim, bir ov hangomasi g`avg`osida va chopmoq va otmoq orasida Xusrav Parvezning sarafrozliq tojidin gavhari obdor va durri shahvor uzulub yerga tushti. Va ov ishtig`olidin anga hech kishiga xabar bo`lmadi. Ovdin Madoying`a kayttilar. Chun ul ishni bildilar va xaloyiqni munodi bila chiqordilar va ul gavhari noyobni tilay bordilar Chun ul zebi toj mulk xiroji erdi, topqong`a ko`l nima va kiromand sila va`da bo`ldi. Xalq ul biyobonda justu jo`yida va sila orzusi guftigo`yida.
Ittifoqo ikki hamroh: biri g`ofil va biri ogoh. G`ofil jahl yuzidin xudpisand, ogoh tavozu` va adab zevaridin arjumand. Birining ismi Mudbiri jahongard va birining oti Muqbili javonmard. Ul biyobondog`i yo`lg`a ozim va shahr sari borurg`a jozim. Po`yanamo va dashtpaymo erdilar, chun dar talab elga yovushtilar. Ul xalqni boshlab chiqqon kishiga yo`luqushtilar. Mudbir takabbur bila anga boqmay o`tti. Muqbil insoniyat tariyqin ilgari tutti. Ul solorg`a adab va tavozu` bila bosh indurdi, ayog`i ostida gavhar xudtushgan ermish, ko`rub olib, o`pub ul solorg`a tuta berdi, ul xud mav`ud silaning vakili erdi. Muqbilning iligin tutub shaharg`a qaytti. Xusrav xushhol va munbasit bo`ldi. Va aning uzrin degandin ortuq ehson bila qo`ldi. Mudbir takabbur natijasidin shahar gulxanida maqom tutub, Muqbil adab va tavozu` foydasidin gavxari maqsud topib, shoh gulshanida orom topti.B a y t:
Mutakabbir kezibon shaharda xoru mardud,
Mutavozi`ni g`aniy ayladi durri maqsud.
Mutakabbir kezibon shaharda xoru mardud,
Mutavozi`ni g`aniy ayladi durri maqsud.
E t t i n ch i b o b
ZIKR SHARHIDA
ZIKR SHARHIDA
Zikr ko`ngul bila haq yodi ishtig`olidur va til bila dag`i hamul takallum maqoli. Va ba`zi tilga ul amrdin ma`dulluq debdurlar va ko`ngulga mudovamat va mashg`ulluq. Ko`ngul bila Haq yodidin xoliy bo`lmoqdur va aning g`ayri xaylidin xoliy bo`lmoqdur. Va ul mashg`ulluq «ma xalaqa olloh»22 fanosidur va «mo xalqi olloh»23 xoliqining baqosidur. Nafy kalimasi bilakim, «lo iloha» bo`lg`ay, mosivollohni unutmoqdur va isbot kalimasi bilakim, «Illalloh» bo`lg`ay ko`ngulni ovutmoqdur va mashg`ul tutmoqdur. Va aning nihoyat martabasi zokiri mazkurda nobud va yo`q bo`lmoqdur. Va anda tilga kogal yo`q va taqriru bayong`a madxal yo`q. Ne lisong`a takallumdin xabar va ne bayong`a tarannumdin asar. Bu haramg`a kulli mahram bo`lmag`liq nafyi xotirdur va ifnoyi mavjud va nomavjud. Va g`oyib, va hozir o`zni budu nobud xayolidin qochurmoqdur va maqsudi asliy talabida oshno bo`lsa bo`lmas. Va budu nobuddin xoliy bo`lmog`uncha bu hayot zulolidin to`lsa bo`lmas. Bu daryog`a kirgan gavhari maqsud tilasa dam asramoq kerak va bu haramg`a yo`l topqon mahramliq tilasa dam urmamoq kerak. Shoh rozin asramoqda tilin tiymag`anning boshi boribdur va g`ayrat va siyosat tig`i aning nihodidin zamor chiqoribdur. Bu may ichgandin kayfiyat izhori ko`ngli betoblig`idindur va bu boda mastlig`ining sharoblig`idindur.
Ruboiy:
Mayxona jam`iki erur bodaparast,
Zohir may ichgandin o`lurlar badmast.
Mingdin bir emas bu haqiqat mayidin,
Ichgan ani oxsum o`lsa tong yo`q payvast.
Mayxona jam`iki erur bodaparast,
Zohir may ichgandin o`lurlar badmast.
Mingdin bir emas bu haqiqat mayidin,
Ichgan ani oxsum o`lsa tong yo`q payvast.
H i k o ya t: Muqarrabi Hazrati boriy Xoja Abdulloh Ansoriy24 (quddisa sirruhu) dedikim, ul takallumg`akim Mansur25 dam urdi, men ham urdum. Ul oshkor etti va men yoshurdum. Menkim yoshurdum, tojdorlig` manqarib bo`ldi. Ul oshqor etti, dorg`a tok bo`lmoqlik nasib bo`ldi. Ul hanuz xom erdi va bu ma`nidin xurush qiluri behangom erdi. Eshitguvchi ibo etti va anga yetti va ulcha yetti. Men ul so`zni anjumanda guhor etarmen va izhorida isror va takror etarmen hech kas manga nima dey olmas va demaskim, so`zumning agarchi ma`nisi uldur, ammo suvrati ul emaskim, suvrat ahli suvratga nazar solurlar va ma`ni ahli ma`nidin bahra olurlar.
Ilohiy, bu ogohlar ayog`i tufrog`idin biz gumrohlar tiyra ko`ngliga ochug`liq yetkur va qororg`on ko`zlariga yorug`lug` yetkur.
B a y t:
Hamul ko`hl ul javohirni ko`zumga to`tiyo ayla,
Ul iksiri saodatdin vujudim kimiyo ayla.
Hamul ko`hl ul javohirni ko`zumga to`tiyo ayla,
Ul iksiri saodatdin vujudim kimiyo ayla.
S ye k k i z i n ch i b o b
TAVAJJUH ZIKRIDA
TAVAJJUH ZIKRIDA
Tavajjuh26 Haq subhonahu taolag`a yuzlashmak va ul yon elanmoqdur. Va xalqdin taalluq torin uzub anga ulanmoqdur. Jami` orzudin chiqmoqki, Haqning g`ayrig`a aylandurg`ay va Mosivolloh ishtig`olig`a chirmondurg`ay. Andoqkim, dunyo va oxirat saodatin arza qilsalar va siddiqlar va payg`ambarlar marotibin jilva bersalar, solik ul yon nazar o`qin otmag`ay va ko`ngliga alarning raddu qabulin mutlaqo yo`latmag`ay. Agar tavajjuhda yuziga o`qlar kelsa, ko`z yummoqni unutqay, agar bir ko`zini ul o`qlar zoe`, yana birin ilgari tutqay. Agar ul nazzorada tosh yog`sa boshin yoshurmag`ay va ani muhofazat qalqonig`a qochurmag`ay. Agar ollida sheri jayon yuzlansa, anga mo`rcha kelmagay yomon va agar pili damon uchrasa, ul hamon bo`lg`ay va pashsha hamon. Seli balodin tavajjuhga nam yetmagay va sarsari ofat bir tori mo`yin xam etmagay. Charxi g`addor fitnaliq nujumi bila anga bir zarafshon varaqi moviy va barqi havodis anga yel uchurg`on bir sariq gul yafrog`i bila musoviy. Mehri munir ollida zarradin haqir va xoksor, bahri zaxxor nazarida bir qatradin bemiqdor, ya`ni ul tavajjuhiga mone` mumkin bo`lmag`ay va ul nazzorasi shu`lasi daryolar suyi bila sokin bo`lmag`ay. Va bu maqom solikning sidqiga doldur va ixlosig`a guvohi xoldur. Va oshiqlig`ida yakdillig`ig`a dalili beishtiboh va yakro`y, yakjihatlig`ig`a guvoh va shavqi g`oyatsiz erkaniga guvohi sodiq va muhabbati nihoyatsiz erkaniga dalili muvofiq.
Masnaviy:
Tavajjuh birla hindu sa`y etar chog`,
Tushurur ko`k yog`ochdin toza yafrog`.
Kashaf aylab tavajjuh bayzasig`a,
Borar ko`z birla bosmay kosasig`a.
Tavajjuh birla hindu sa`y etar chog`,
Tushurur ko`k yog`ochdin toza yafrog`.
Kashaf aylab tavajjuh bayzasig`a,
Borar ko`z birla bosmay kosasig`a.
Hikoyat: Bir gulxaniyi mehnatkash ko`ngliga bir shahzodai xurshedvash ishqi harorati tushti va harorat tobidin qoni qurushti va ruhi muvoraqat qilurg`a yovushti. Xirad matoi ilgidin bordi va junun shaydoliqqa bosh chiqordi. Atfol quvub tosh urarlar erdi. Ko`chadin ko`chaga surarlar erdi. Aning og`zida shahzoda oti mazkur va ko`ngli aning zikri bila masrur. Chun atfol toshidin to`yar erdi, qochib gulxang`a yuz qo`yar erdi. Chun gulxaniyi majnunni shahzoda ishqi mashhur etti, bu so`z shahzoda qo`log`iga ham yetti. Andoqki, pok ishq bil—xosiyat ma`shuq ko`ngliga jozib bo`ldi. Shahzodai parivash devonasin ko`rarga rog`ib bo`ldi. Sayr asnosida markabni ul gulxan sori surdi, chun devonai nomurodni ko`rdi, nazzora va tavajjuhi andoq bexudluqqa ulashtikim, gulxan o`ti boshin ayog`iga tutashti. Ul nazzoradin bexabar el yetib o`tin o`chirguncha andin ne xabar qoldi va ne asar. Shahzodai qotil devonasi holidin yig`lab g`ussa yutti, turfa ko`rkam, o`zi o`ltirib, o`zi azo tutti.
B a y t:
Majoziy ishqda mundoq tavajjuh ayla xayol,
Agar o`lsa ishqi haqiqiyda ko`r ne bo`lg`ay hol.
Majoziy ishqda mundoq tavajjuh ayla xayol,
Agar o`lsa ishqi haqiqiyda ko`r ne bo`lg`ay hol.
T o` q q i z i n ch i b o b
RIZO ZIKRIDA
RIZO ZIKRIDA
Rizo27 o`z dilxoh va rizosidin kechmakdur va Haqqi subhonahu rizosi jomin lo jur`a ichmakdur. O`z ko`ngli tilaganlar mavto adosin farq bilmak va mahbubi haqiqiy rizosi bila tirilmak. Bu maqoldur. Solikning a`zam maqomoti va arfa` darajoti nechunkim, solik bidoyatda maskanat va haqorat maqomida haqirning rizosi va matlubi ham haqir bo`lur. Chun o`z rizosin bilkull fano o`tig`a otti va haq subhonahu taolo rizosi bila o`zin tuzatti. Mosivolloh lavsi oriydin qutildi va «almutaxalliqu biaxloqillo—hi»28 sifati bila Mutaassif bo`ldi. Ajab maqoledurkim, agar bu korxonada xitoyi naqshin ko`rsun va agar islomiy parchani naqqosh naqshbandxonai sun`idin mutasavvir bilg`ay va har birini o`z yerida benazar tasavvur qilg`ay. Ravzai xuldidin ko`p shod va do`zax dudidin ko`p tiyra nihod bo`lg`ay. Kalimulloh madhida mubolag`a ko`rguzmag`ay. Xalilullohi29 ogoh bila Namrudi30 mardud arosida muxolafat eshikin rust ko`rgay. Va muvofaqat rishtasin durust. Ofarinish bog`idin agar boshig`a gul yog`ilsun, va agar ayog`ig`a tikan sanchilsun, chun bog`bon chamanoro rizo va ixtiyori biladur ne ul biridin boshin yoshurg`ay va ne ul biridin ayog`in yig`ishturg`ay. Va do`st rizosig`a jon fido qilg`ay va agar yana jon tirikligin aning rizosi uchun tilagay va o`lumda aning rizosin topsa, jon istagay rizosin. Haq rizosi bilmish bo`lg`ay va murodin aning xostida mahv qilmish bo`lg`ay va o`zlugidin xabar qolmamish bo`lg`ay va o`ziga o`z rizosidin asar. Haqdin agar g`afforlig` zuhur etar—aning marg`ubi va agar qohhorlig` zuhur etar ham aning mahbubi. Nish yetsa zaxmig`a marham va gar marham yetsa bag`ri zaxmig`a ham mug`tanam.
B a y t:
Rozi o`lsa gar yomon, gar yaxshi bo`lsa jilvagar,
Sun`i kilkidin musavvardur chu har yanglig` savar.
Rozi o`lsa gar yomon, gar yaxshi bo`lsa jilvagar,
Sun`i kilkidin musavvardur chu har yanglig` savar.
H i k o ya t: Valoyat daryosining gavhari va hidoyat sipehrining axtari asadulloh ul—g`olib, Amir ul—mo``minin Ali ibni Abu Tolib (raziollohu anxu va karamollohu vajhu) rizo maqomi ta`rifida va solikning roziliqqa mutaassir bo`lg`oni tavsifida varaq yuziga maorifnigor xoma urubtur va bu nav` daqiq nukta surubdurkim, rizo maqomig`a kamol o`z rizosi haq rizosig`a muvofiq qilg`ong`a hol budurkim, so`l ko`zung xonasi Xaybar eshigiga makon bo`lsun va ul poshina ochilur—yopilurda ul makonda ko`runsun. Eshitkuvchi ayni rizodin o`z shonin unutmag`ay va g`oyati ta`zimdin o`ng ko`zin ul xizmat uchun ilgari tutmag`ay. Agar mundoq qilsa, ulcha anga qazodur, aning muqobalasida ham fuzulluq, ham adam rizodur. Rizo maqomig`a o`zin nobud va farmonbardorlig`da o`zlukin nomavjud qilg`ong`a bu vujud qaydin keldikim, so`l ko`zni xor, o`ng ko`zni aziz bilg`ay. Va bu xoru bu aziz arosida tamiz ham qilg`ay, anga rizo sharti uldurkim, amrig`a toat qilg`ay va ma`mur bo`lg`on izhori toat. Va bu shirin meva valoyat bog`i shajarasidin bo`lg`ay va bu laziz fokiha hidoyat shajarasining samarasi bo`lg`ay.
B a y t:
Valoyat ichra bo`lg`ay mevalar ko`p ta`mu holatlig`,
Vale qaysi valoyat bo`lg`ay muncha lazzatlig`.
Valoyat ichra bo`lg`ay mevalar ko`p ta`mu holatlig`,
Vale qaysi valoyat bo`lg`ay muncha lazzatlig`.
O` n u n ch i b o b
ISHQ ZIKRIDA
ISHQ ZIKRIDA
Ishq31 axtaredur duraxshanda, bashariyat ko`zi nur va safosi andin va gavharedur raxshanda, insoniyat tojining zeb va bahosi andin. Mehredur tole`, mahzun xotirlar xoristoni andin gulshan va badredur lome`, tiyra kungullar shabistoni andin ravshan. Bahredur vase`, har igrimi yuz aqlu hush kemasin cho`murg`on va tog`edur rafe` har tig`i ming zuhd va taqvo boshini uchurg`on. Shu`laedur so`zanda, xoshoki ko`p jonu ko`ngul bo`lg`on va barqedur furo`zanda, ko`p jonu ko`ngul ashi`asida kul bo`lg`on. Ajdahoedur xunxor, olamni dami bila tortmoq anga kom, poshshohedur qahhor, komi har olam ahlig`a qatli om. Va har necha zulm qilg`on anga qonmoq yo`q. Soiqaedur, aqludin xirmanin kuydurguchi va sarsaredur alarning kulin ko`kka sovurguchi.
Inodi olinda teng ham podshoh, ham gado. Bedodi qoshinda bir ham fosiq, ham porso. Oshiq ko`ngliga ma`shuq havosin solg`uvchi ham ul va bir jilvasi bila naqdi hayotin olg`uvchi ham ul. Va oshiq mundoq baloning giriftori va mundoq ofatning beixtiyori, mundoq to`fonning g`ariqi va bu nav` soiqaning hariqi, mundoq g`addorning zabuni va mundoq parizodning maftuni va mundoq devkirdorning majnuni. Va munungdek oshubning sheftasi va bu yanglig` qotilning fireftasi, bu tavr xunrezning haloki va bu turluk baloangezning dardnoki.
Ishq ko`histoni bedodining noshodlaridin biri Farhoddur va sahroyi junun zabunlaridin biri Majnundur. Va shabiston savdosi devonalaridin biri parvona va guliston havosi noshikeblaridin biri andalibi devona. Va otashgoh harorati garmravlaridin biri Xusravi nomiy va maykada dardmandligi nomiylaridin biri Jomiy (navvarallohu marqadahu nuran vaffaqanallohu!)
B a y t:
Ki to bo`lg`ay bular bir—birlari birla qariyn bo`lsun,
Samandarlar kibi ishq o`ti ichra hamnishin bo`lsun.
Ki to bo`lg`ay bular bir—birlari birla qariyn bo`lsun,
Samandarlar kibi ishq o`ti ichra hamnishin bo`lsun.
Bu ta`rif qilg`on ishq va bu bayon etgan ahli ishq ma`shuq vujudi birla qoyimdurlar va bu ado topqon holotg`a mansubluklari doyim. Va ul ma`shuq husnidin iboratdurkim «Innallohu jamilun yuhibb ul jamol32» andin xabar berurkim, ishq bu e`tiboru jaloli bila va bu ixtiyoru istiqloli bila husn saropardai kibriyo va borgohi istig`nosi tegrasida bir bandai chovush va bir kamina halqa bago`shdurkim, har qachon husn sultoni mahbublug` niqoblaridin va masturlug` hijoblaridin chiqmoq asbobin tuzsa va zuhur tajallisi bila jilva gar ko`rguzsa, ul nur oshiqi mahjur ko`zi ravzani shishalari ravzan ko`zi shishalaridek hayron qilib ishqi bebok ayyori ul ravzan yo`lidin o`zin ko`ngul ma`murasig`a tashlar va ul ma`murada xarobliq og`oz qilib, xirad va hush xaylig`a qo`zg`alon sola tashlar. Ul ma`lum emaskim, husn sultonining bu zolim chovushi bedodidin ul mulk ahlining mazlumlari netgay va hollari aning tashaddudi suubatidin ne yerga yetgay. Bovujudi bu hol ul kishvarning asirlari va ul mulkning qatlu toroj ko`rgan ahli faza` va nafirlari ul jilva mayidin masti bexud va ul jamol tamoshasidin volavu hayron bo`lib, aning havosig`a mash`uf va aning tamoshasig`a mag`lub bo`lurlar.
Endikim, ul kishvarni tasxir qildi va ul mulk ahlin yag`moda asir etti yana ul sulton jilvagoh fazoyi eramidin xilvatgoh xafosi haramig`a mayl etib, hamul nur va zulmat pardalarig`a yuzlansa va jamol quyoshin hamul shabanduz niqob sahoblarig`a yoshursa va bu turktoz topib, musaxxar bo`lg`on mulk axlig`a va bu qatlu toroj ko`rub, buzulg`on kishvar eliga ul tamosho xirmanidin va ul nazora imtidodi arshidin rustoxeze to`shlang`ay va qiyomate yuzlangaykim, juz`i akbaru avliyosi va oshub va faza`i mahsharda shavqosi alarning nihodidin falaki g`addorg`a mayl etgay va bu sipehri davvorg`a yetgay. Bu holatedurkim, munung shiddati taqriridin toshqoridurkim, muni ko`rmagan kishi bilmas va munga yetmagan bovar qilmaskim, hijronu firoq mundin iboratdur va ishqa marotibdur va ul uch qism bila munqasim bo`lur.
Avvalg`i qism. Avom ishqidurkim, avom un—nos orasida bu mashhur va shoe`durkim, derlar: «Falon falong`a oshiq bo`lubtur». Va bu nav` kishi har nav` kishig`a bo`lsa bo`lur, shag`ab va iztiroblaricha lazzati jismoniy va shahvati nafsoniy emas va bu qismning biyikrak martabasi shar`iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnatdur va muboh. Va pastroq martabasida parishonliq va mushavvashliqlar va besomonliq va noxushliqlareki, zikri tarki adabdur va bayoni behijobliqqa sabab.
Ikkinchi qism. Xavoss ishqidurkim, xavoss ul ishqqa mansubdurlar. Ul pok ko`zni pok nazar bila pok yuzga solmoqdur va pok ko`ngul ul pok yuz oshubidin qo`zg`olmoq va bu pok mazhar vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq. Ishq ahlining pokbozlari va shavqu niyoz ahlining nazmtiroz va afsonapardozlari mutaqaddimindin andoqkim, nazm beshasining g`azanfari va dardu ishq otashkadasining samandari va zavqu hol vodisining pokravi Amir Xusrav Dehlaviydurkim, pok nafas va guftori, pok alfoz va maoniyliq ash`ori ishq ahlining orasida g`avg`o va vajduhol anjumani fazosida alolo solibdur.
Yana so`zi poku, ko`zi pok ishq ahlida mujarrad va munfarid va bebok bu toifaning benaziru adil va toqi faxrulmillatu vad—din Shayx Iroqiydurkim33, ishq sifotig`a muttasifdur va lamaoti pok maoniy va tarokibig`a munsifdur. Va mutaaxxirindin ikki olamni bir dov bila o`ynag`on muqammir shevalar pokbozi va ishq dayri fanosida haqiqat bodasidin mast rindlar hamrozi shamsul—millati vad-din Xoja Hofiz Sheroziydur. Dunyo va oxiratni bir oh ila o`rtagan pok oshiqlar imomi va mulk va malakutda soyirlar shayx ul—islomi hazrati murshidiy va maxdumiy nur ul—millat vad—din Abdurahmon Jomiydur (navvarallohi marqadu— hu) kim, agarchi alar vasfi nazmg`a nisbat berurdin yuqoriroqdur, ammo har sinf nazmda benazir erdilar va nechaki ta`riflari she`rda mahoratdin tashqaridur va lekin har uslub she`rda jahongirdurlar. Va nazimlarida har she`r bila ishq o`tin olamg`a urubturlar, she`rlarida har bayt bila dard ahli jonu ko`ngul olamin ko`ydurubdurlar.
Yana ul hazrat jomi muhabbatidin durkashlar va irshodi sulukidin foniyvashlarkim, dardu ishq tavri adosida guftorlari turk ulusida haroratomez va sort xaylida ofatangizdur. Borining g`arazi guftorlari ishtig`olidin va ano yolinidin ajzu niyozliq holati va dardu balo choqinidin so`zu gudozg`a mubohoti o`zin bu ishqqa mansub qilmoqdur, balki ko`runur bu ishq olamida oshiqliqning sa`b holi va ma`shuqning mufrit jamoli har yerda har birining ajab holoti va g`arib xayoloti va g`oyatsiz bul ajablar va nihoyatsiz rangu taablarga yuzlanibdur va aning izhori lozim kelibdur. Ul jumladin, ma`shuq husnu jamolining benihoyatlig`i va nozu istig`nosining behaddu g`oyatlig`i. Va andoq ahvolkim, munga muvofiq bo`lg`ay, andin so`ng oshiq dardu shavqining farovonlig`i va ajzu niyoz va so`zu gudozining bepoyonlig`i. Va har umurkim, unga munosibdur, yana ikkalasining bir biriga imtizoji va tarkibidin va ixtisosi va tarbiyatidin vuqu` topqon holot adosida va yuz ko`rguzgan mushkilot imlosidakim, har birida agar kitoblar tasnif qililsa va mujalladlar tarkib etilsa, hanuz ulcha aning adosining haqqidur tahrirg`a keturmak, taqrir qalamin surmak mutag`ayyir ko`runur, balki mutaazzirdur. Va qoinot bozorining g`avg`osi va unsuriyot chorsusining alolosi bu takallum va tarannum biladur va munsiz inson kalomi tanedur jonsiz va bashar alfoz va iboroti chamanedur gulu rayhonsiz.
So`zkim, dard choshnisidin harorati bo`lmag`ay, nursiz sham` bil va sarvarsiz jam` gumon qil. Hosilikim, so`zga bu taronadur va mundin o`zga barcha afsona, dur va so`z ishq so`zidur va ko`ngulda hayot nash`asi ishq o`zidur.
B a y t:
So`zki ma`nosida ishq o`ti nishoni bo`lmag`ay,
Bir taharruksiz badan onglaki, joni bo`lmag`ay.
So`zki ma`nosida ishq o`ti nishoni bo`lmag`ay,
Bir taharruksiz badan onglaki, joni bo`lmag`ay.
H i koya t: Majnun ishqi o`ti hijron gudozig`a ulashti, zaif badanig`a ul haroratdin isitma shu`lasi tutashti. Har muolajakim qildilar sud etmadi, maraz ortti va isitmasi ketmadi. Chun bemor ishi naz` holig`a yetti, birov ul holdin Laylig`a xabar etti. Parivashni ul xabar noshod qildi, devonasin so`rarg`a noma savod qildi, qosidkim ul nomani Majnung`a yetkurub berdi, ruhdin tanida ramaq yo`q erdi. Mehribonlarkim, nomani mutolaa qildilar bemorg`a istimoidin asar bildilar. Har kimki ani takror etar erdi, ul nafasdin bemor tanig`a ruh yetar erdi. Ul damkim, ishi hirz va duodin o`tdi, ma`shuq nomasi hirz va duo yerin tutti.
Mariz za`fdin sihhat topkuncha takror qildi chun sihhat topti, bo`ynig`a tumor qildi. Ishq so`zidin marazi sihhat topti va ul so`z takroridin—badani quvvat.
B a y t:
Oshiqqa garchi za`fu marazliqdurur mijoz,
Ma`shuq zikri ul marazig`a erur iloj.
Oshiqqa garchi za`fu marazliqdurur mijoz,
Ma`shuq zikri ul marazig`a erur iloj.
Uchunchi qism. Siddiqlar34 ishqidurkim, alar xaqning tajalliyoti jamolig`a mazohir vositasidin ayru vola va mag`lubdurlar. Va ul mushohada bexudlig`ida alardin shuur, alardin maslub. Shuhudlari istig`roqqa yetgan za ul istig`roqdin istihloq maqomin hosil etgan. Agar havodis yeli sipehr gulshani avroqin uchursa, alarg`a andin xabar yo`q va anjum gulbarglarin har sori sovursa alarg`a andin asar yo`q. Havosslari nokor tajalliyot jamoli sadamotidin va shavqlari nomiqdor ishq hujumi g`alabotidin. Anbiyoyi mursalin yetgandii nazarlarin maqsuddin olmay va maloika muqarribin o`tgandin nazarlarin ul sari solmay. Hollari matlub mushohadai jamoli va ishtig`ollari ham aning mulohazai sanoe` va kamoli visol mayi zo`ridin ko`ngullari bexud va mast, mutaoqib tajalliyot satvatidin a`zolarida shikast. Vasl bodasidin o`zga ruhlariga kom yo`q va haq mushohadasidin o`zga ko`ngullariga orom yo`q. Bulardur ishqda vasldin kom topqon va «inda malikin muqtadirin» maqomida orom topqon. Va bu toifani vosillar debdurlar, ishqdin vasl maqsudi hosillar.
Hikoyat: Haj sharafin hosil qilg`an mashoyix va avliyoyi alayhum attahiyat vad duo Arofatda munojot qilib, har qaysi bir murod istar erdi va o`zlari uchun bir tilak tilar erdi. Va ko`pning duosi bu erdikim: — Ilohi, bizga tavfiqing birla hamrohlig` ber va o`z haqiqatingdin ogohlig`. Va kutb us—solikin va sulton ul orifin irfon tariqida avliyodin mumtoz Shayx Abu Said Harroz35 (quddisa sirruhul-aziz) og`zida sukut muhri zoxir va jamoli tajalliyotqa mustag`riq va mutahayir turub erdi, ko`zin osmong`a urub erdi. Birov dedikim: — Yo Shayx, bu mahalda maqbuldur va bori mashoyix duog`a mashg`ul. Sen nechuk dam urmassen va duo raxshin ijobat maydonig`a surmassen. Shayx (quddisa sirrihu) dedikim: — Har ne bu xaloyiq duo bila tilaydurlar, borini manga beribdur, balki ortug`roq ko`nglum uyida beribdur. Andin ne istay va duo qilib ne tilay? Alarki, ogohlig` tilaydurlar, manga matlub. Bir zamon g`aflatdur va holima evrulgali bir nafas muhlatdurkim, aning vujudi tajalliysi sadamotidin betobu tavonmen va ul og`ir yuk ostida xasdek notavonmenkim, aning jamoli hayratidin o`zumdin xabarim yo`qtur va o`zlugumdin asarim yo`qtur. Ishqning g`oyati bu yergachadur va oshiqqa vasling nihoyati bu so`zni dergachadur. Bu oshiqlarkim, olinda qabul ahlidurlar va tariqati mashoyix istilohotida vusul ahlidurlar, bularni tangriga oshiq desa bo`lur, mahbub ham va haqga tolib ot qo`ysa bo`lur, matlub ham.
Ruboiy:
Bu yerga yetursa bandasin lutfi iloh,
Tahqiq bilur har kishikim bor ogoh.
Kim, topmas aning ollida mavjud savo (h)
Ul qoldi—yu tengri qoldi Olloh, Olloh!
Bu yerga yetursa bandasin lutfi iloh,
Tahqiq bilur har kishikim bor ogoh.
Kim, topmas aning ollida mavjud savo (h)
Ul qoldi—yu tengri qoldi Olloh, Olloh!
U ch i n ch i q i s m
MUTAFARRIQA FAVOYID VA AMSOL SURATI
MUTAFARRIQA FAVOYID VA AMSOL SURATI
Joh istig`nosig`a davr tengri taoloning mulku malakutining taammulidur va kibr ibtilosig`a iloj ham aning kibriyou jabarutining taaqquli bo`la olur.
Saodatmand agar olim bo`lsa, nodonlar so`zi anga mujibi ibrat va e`tibor; besaodat johil bo`lsa, olim so`zidin anga or. Va filhaqiqat, johilliqdin besaodatliqroq ne nima bor?! Ulki o`zin begangay zihi g`abovat va ulki o`z so`zin begangay, zihi shaqovat! Olam ahli o`zlari qoshida mahbubdurlar va so`zlari o`z ilaylarida marg`ub. Va bashar jinsi bu sifatg`a majhuldurlar va nafslari beixtiyor bu da`vog`a mashg`ul.
T a n b ye h (1).
Andinki nafs komidur va nafsoniyat maqomidur. Hech kim o`z ko`nglig`a g`am tilamas va o`z nafsig`a alam istamas. Ammo o`zganing sharif zotig`a behad mazallat ko`rsa, oncha tavofut qilmaski, o`ziga juzviy shiddat va yana bir aziz nafsig`a beadad mehnat anglasa, oncha mutaassir bo`lmaski, o`ziga oz kulfat. Va barchag`a o`zgadin o`zi azizroq va o`zgalar so`zidin o`z so`zi lazizroq. Olam yaxshiligin kishi o`zidin darig` tutmas, ammo o`zga kishiga yovutmas.Tanbeh (2).
Shoirki, harzasi kulmakka loyiq, o`z xayolida Sa`diy va Xusravg`a foyiq. Kotibki kalog`poyi zog`i mulavvas ayog`idin mankubroq, o`z olida Ja`far1 va Azhar2 xatidin mahbubroq. Musavvirki, muvahhishdur suratining yamoni, o`z tasvirida Abdulxaydur3 va Moniy4. Muzahhibki, xitoyisi xatodur va farangisi qalam ahlining nangi, Atoridg`a5 ta`n urmoqdur so`zining rangi. Har peshavarg`akim, hunari ta`rifida mubolag`a voqe`dur, ul ta`rif, filhaqiqat, o`z nafsig`a roje`dur. Jadal ahlining madrasasida qiylu qoli ham xudpisandliqqa tortar maoli, bu aning so`zin rad qilur va ul munung so`zin, har qaysi beganur o`z so`zin va o`zin.
T a n b ye h (3).
T a n b yeh (4).
Qolab amrozining moddasi ko`p yemakdur va qalb amrozining moddasi ko`p demaq. Ko`p demak so`zga mag`rurluq va ko`p yemak nafsg`a ma`murluq. Odamiyg`a bu sifatlar zavoid, barchasi xudparastliqqa oid.
Ta n b ye h (5).
Avvalg`i qism uldirkim, o`zining aqvoli va af`oli va ashkoli har nekim bor, o`ziga xo`b ko`rungay, agarchi elga mardud bo`lg`ay, anga mahbub va marg`ub ko`rungay, andoqki, mazkur bo`ldi va avroqqa mastur. Ikkinchi qism uldurki, jamni holoti noxush xayoloti o`ziga pisandida va raboyanda, mustahsan va xush oyanda ko`rungay. Va ul kaboyixni yaxshi deb o`kungay. Karih zot o`zin Yusufi Kan`oniy6 degay. Va «ankar—al—asvot»7 uning Yusufi Andigoniy8 alhoni. Nomavzun abyotin Salmoning9 «masnu`» qasidasidin yaxshiroq bilgay va bema`ni hazayonin Jorulloh10 bitgan «Kashshof»11 gumon qilg`ay.
Haqning hech amrig`a bo`yun qo`ymag`ay va shayotinning barcha buyrug`in bajo keltururdin to`ymag`ay. O`z olida dono va chechan va har nomaqbul qiladurg`oni anga ma`qul va mustahsan. Mayg`a haris, badmast va muzmin, majlisig`a giriftor bo`lg`onning qutulmog`i nomumkin.
Nomuborak bazmig`a ulki giriftor bo`lg`ay, nomatbu` harakotidin umridin bezor bo`lg`ay. Majlisida o`kta hukmlar surar chog`i, barcha ijroni ahkom bir, bu dog`i, giriftor majlisidin qo`parga suruk qaltaboni mone` va agar ani g`ofil qilib eshigiga yetsa, darboni mone`. Mubtalog`a baloe tushgayki, o`lumni ko`ziga, to`tiyo qilg`ay, o`lturub seni bu balodin kutqoray deganga jonin fido qilg`ay, gar kutulsa, Rum, balki Faranggacha turmag`ay, yana majlis agar bihisht bo`lsa, ul yon qadam urmag`ay.
Bu xudpisandi badkirdor va bu lavandi murdor bu palid majlisidakim, zindon andin yaxshiroq va bu najis mahallidakim, mustaroh andin arig`roqdur, agar ilayidin kekirsa va keynidin o`zga yel sekirsa, o`z qoshida mahbublug`i ul martabada va o`z af`olining xo`blug`i o`z olida ul masobodakim, tama`i bukim, bazmidag`i hozirlar va bu ahvol va af`olig`a voqif va nozirlar bu voqe` bo`lg`on harakotning ham unin dilpisand degaylar, ham royihasin sudmand. Bu qaboyihni kishi anga ayta olmag`ay va ayta olg`onning so`ziga quloq solmag`ay va eshitsa ham, musallam tutmag`ay va nomuloyim ishini o`z «sharif zotig`a» yovutmag`ay. Nosihg`a izo va qasd etgay va bu nasihatdin anga ko`p mazallat yetkay. Bu nav` kishiki, anga mundoq bo`lg`ay kirdor, halo bu davrda mavjud va hozir bor.
Bu tavrda yana azizlar ham jilva qilurlarkim, zamon ahli taammul qilsalar borin bilurlar. Agar ba`zi mazkur bo`lg`on azizlardin kichik bo`lsa, ba`zisi uluqtur va ag`ar ba`zi ishlari andig` o`ksuk bo`lsa ba`zisi ortuqdurkim, ko`piga bu faqiri mazlum nomaqdur rioyatlar yetkurubdur va muqobalada nomahsur zulm va taaddilarin ko`rubdur va ko`rmasga solib kechurubdurkim, tengri alarni insof haramig`a xos qilg`ay yo bu mazlumni va soyir mazlumlarni alar zulmidin xalos.
Bu mazkur bo`lg`on af`ol va bu mastur xisol barcha kishi qoshida o`z mahbublig`idindur va nafsi shayton amrig`a ma`mur va mag`lublig`idindurkim, majmui zamoyim af`ol munga doxildur va barining daf`i shikastalig` va fanodin hosil.
Qit`a:
Kishiki topsa fano ko`rasi o`tig`a guzor,
Agarchi zotida yuz nav` qalbi g`ashliq bor,
Vujudi oltuni ul qalbu g`ashdin ayrilibon,
Ne javhariy ani ko`rsa topar tamom iyor.
Kishiki topsa fano ko`rasi o`tig`a guzor,
Agarchi zotida yuz nav` qalbi g`ashliq bor,
Vujudi oltuni ul qalbu g`ashdin ayrilibon,
Ne javhariy ani ko`rsa topar tamom iyor.
Uchinchi qism. Bu nav` ishda mufrit bee`tidollikdur, ul ham uch nav`dur. Avvalgi nav — bu mazkur bo`lg`on atvorda mufriti bee`tidolliq tuzmakdur va ul g`oyatqacha ifrot ko`rguzmakdurki, boshig`a saltanat havosi bunyod bo`lg`ay va ul bosh bu havo bila barbod bo`lg`ay. Va bu nav` ko`p bexirad nodonlar o`zlarin sharifu aziz tasavvur qilg`an uyla qillatbonlar azizu sharif umr tarkin qildilar va mazallat va horliq bila siyosat dorig`a osildilar va toj xayoli bila boshlarin tark ettilar adam mulki taxtgohig`a kettilar.
Ikkinchi nav` — bu jamoatdin mutahavvirroq va bu guruhdin xudpisandroq va mutakabbirroq. Ul xayledurkim, nubuvvat da`visi maydonig`a markab surdilar va bu fosid xayol qal`asi burjiga alam urdilar va shu`badalariga e`joz tuhmati bog`ladilar va bema`ni xarzalarini vahiy kisvatida jilva berdilar. Va har xoin kozibki, bu da`vi qila kirishti anbiyo arvohidin anga jazo va rasvoliqlar yetishti. Va do`zaxqa yetmasdin burun ba`zini kuydurdilar va ba`zini so`ydurdilar va kulini ko`kka sovurdilar va alarning fitnasi o`tin o`chirdilar.
Uchinchi nav` — bulardin dag`i g`aflatkirdorroq va la`natqa sazovorroq ham o`tubturlarkim, g`arib da`vi yo`lin tutubturlar. Andoqkim, Fir`avni beavn va Namrudi mardud. Yana ham bulardek beadab va behayolarkim, qilib sahvu xatolar og`izlarig`a tosh va tufrog`kim, mazkur bo`la olmas ishga da`vi va loflar urdilar va da`vilari ustida gazoflar surdilar. Oxir xudovandi bemislu monandkim, anga yo`qtur shabih va shurik va volid va farzand, yaktoedur behamto, beishtibohu ikroh (vahdahu lo sharika lahu lo iloha illolloh)12 g`ayrati ilohiy va g`azabi nomutanohiy bila alarg`a ham ne rasvolig`lar nasib etti va darak ul—asfalg`a ketib, ishlari ne yerga yetti.
B a y t:
Zarradin ming qatla kamrakkim, quyoshliq ursa lof,
Kimki bo`lsa zarra aqli bilurkim der gazof.
Zarradin ming qatla kamrakkim, quyoshliq ursa lof,
Kimki bo`lsa zarra aqli bilurkim der gazof.
Tanbeh (6)
T a n b ye h (7).
T a n b ye h (8).
T a n b ye h (9).
Ehson sifati saodati abad bil, fitna va ofat ya`juji daf`ig`a sadd bil. Insoniyat bog`ining dilpisandroq shajari ehsondur va odamiyliq konining arjumandroq gavhari ham ehsondur. Jam`i pisandida sifot va mustahsan holat ehsong`a tobe`dur va aning zimnida mudarij va voqe`dur; ul barcha yaxshiliqlarg`a jome` va bari yaxshilig`lar, filhaqiqat, anga roje`.
Qit`a:
Ajab sifat erur ehsonki har sharif sifat
Ki, kelsa jinsi bashardin anga erur doxil.
Javohir angla sifot oni javhariy qafasi
Ki, bordur anda qayu birni istasang hosil.
Ajab sifat erur ehsonki har sharif sifat
Ki, kelsa jinsi bashardin anga erur doxil.
Javohir angla sifot oni javhariy qafasi
Ki, bordur anda qayu birni istasang hosil.
T a n b ye h (10).
Ammo bu zamon va davronda yo davroni zamon inqilobi qusuridin yo davron va zamon ahli xirad va insoniyat futuridin, holo bu varaq evrulubtur va bu qaziya bar aks bo`lubtur, yaxshilik jazosi xushunatdin o`zga va muloyamat podoshi takabbur va ruunatdin o`zga naqsh tutmas va surat bog`lamas. Har kimgakim, bir xizmat qilding o`n shiddatg`a muhayyo turmoq kerak va har kishiga yuz muloyamat ko`rguzdung ming g`ilzat va quduratg`a salo urmoq kerak.Anikim, bir duo qilding, ko`p qarg`ish bila qutulmoq yo`qtur. Birovgakim, bir madh deding, o`n zam bila xalos bo`lmoq yo`qtur. Bir sog`ar may bergandin qadah—qadah xunob yutmoq kerak va bir qadah no`sh ichirgandin ayoq—ayoq zahrg`a o`zni omoda tutmoq kerak. Har nav` xidmatkorliq qilib, muqobalada yuz jafo ham ko`rsang yana xidmat ko`z tutarlar. Va agar vafodorliq qilib, o`truda ranju ano ham cheksang, yana ubudiyat tama` qilurlar.
Har vafog`a yuz jafo tortmasang, gunahkorsen va har mehru muhabbatg`a ming dardu mehnat qabul qilmasang, tabah ro`zgorsen. Alarg`a jon fido qilsang, shukronai jong`a minnat qo`ymoq tilarlar, agar bu shukronani ado qilsang, takrorg`a shuru` qilmoq istarlar. Yuz muddaolari hosil bo`lub, biri qolsa, boshdin ayoq muqassirsen. Ming orzulari butub, kishi bir uzr arog`a solsa ayoqdin bosh mudbirsen. Yamonliq qilg`onlarnga ming niyoz ko`rguzsang sening ishingdin yamonroq hech kishining ishi yo`q. Joningni do`stlug`larida bermasang, dushmani joning erurlar, xotirlari uchun nohaq qong`a rozi bo`lmasang, qoningg`a tonug`luq berurlar. Doim tilaganlaridek qilg`ong`a bir qatla ta`xir bo`lsa, shikoyat va tashni`lari shoe` va mudom istaganlaridek qilg`oningg`a bir navbat taqsir bo`lsa, umrungda qilg`onlaring bari zoe`. Payopay olmoq alarg`a hunar, yuz din biriga evaz xayolidin ko`ngullariga zarar.
Emgaklarig`a ko`p chidasang, oting beidrok, takliflaridin oz yod etsang, zotingg`a tuhmat va imsok. Borlar molingni fidolari qilsang bir qatla sahvdin unutsang, laqabing bemuruvvat. Jafolarn muqobalasida uzrxohliqqa jon bermasang, xitobing beahamiyat. Boshlarig`a gul sochsang, alardin yuzungga tikan sanchilur, agar ul gul sochmog`ni bas qilsang, bag`ringga cho`qur tikilur. Mutaoqib niyozlarg`a mutavotir noz peshalari va payopay sitamlarig`a damodam lutfu karam ko`z tutmoq andishalari. Bechora ul mazlumkim, bu zulmkeshlarg`a giriftor va bu sitamandeshlarg`a farmonbardor bo`lg`ay, bular jafosin bu jafokash jonidin so`r va sitamlari jarohatlari majruh bag`ri zaxmidin ko`r.
Qit`a:
Jafolarkim, mening jonimg`a yetmish dahr xalqidin,
Biri kuffordin kelmas asir o`lg`on musulmong`a.
Ne bedodikim, istarlar qilib so`ngra o`kush tuhmat,
Dag`i yuklarlar oxir bu jafokash zoru hayrong`a.
Bu bedod ahlidin gar jon berib maxlas erur mumkin,
Qilib joni fido, billahki, minnat qo`yg`amen jong`a.
Jafolarkim, mening jonimg`a yetmish dahr xalqidin,
Biri kuffordin kelmas asir o`lg`on musulmong`a.
Ne bedodikim, istarlar qilib so`ngra o`kush tuhmat,
Dag`i yuklarlar oxir bu jafokash zoru hayrong`a.
Bu bedod ahlidin gar jon berib maxlas erur mumkin,
Qilib joni fido, billahki, minnat qo`yg`amen jong`a.
Tanbeh(11)
Saxovat va himmat bobida
Saxovat va himmat bobida
Saxovat insoniyat bog`ining borvar shajaridur, balki ul shajarning mufid samaridur. Odamiyliq kishvarining bahri mavjvari, balki ul mavj bahrining samin gavhari. Saxovatsiz kishi — yog`insiz abri bahor va royihasiz mushki totor. Mevasiz yig`och hamonu o`tun hamon va yog`insiz bulut hamonu tutun hamon. Saxosiz kishi birla gavharsiz sadafning bir hukmi bor. Dursiz sadaf bila o`lub qurug`on ne e`tibor.
Bahil behishtqa kirmas agar sayyidi Qurashiy bo`lsun va saxiy tamug`i bormas, agarchi bandai habashiy bo`lsun. Saxiy bulutdur — ishi xirmon, balki maxzan bermak. Baxil mo`rdur — da`bi xo`sha balki dona termak. Himmat ahlig`adur saxovat ixtisosi va bu ikki sharif sifat valoyat xosi. Saxovat odamig`a badandur va himmat anga ruh va himmat ahlidin olamda yuz ming futuh. Himmatsiz kishi er sonida emas, ruhsiz badanni kishi tirik demas. Oliy himmat shohbozedur baland parvoz va behimmat sichqon sayyode yurutachi toz. Shunqor maskani shohning bilagi, yurutachi maqomi o`luksaning sassig` badani va so`ngagi.
Arslon ishi sayd urub sibo`ni to`yg`ormoq va sichqon varzishi diram o`g`urlab, tugunni axtarmoq. Sohibi hikmat muflisliq bila past bo`lmas, himmatsiz ganj topsa, biyiklarga hamdast bo`lmas. Chinor ilgi xolilig`idin biyikligiga ne nuqson va tufroqqa nihon ganjlari bila ne ulvi shon. Himmat ahlig`a agarchi biyik kavkabdur, ammo saxovatg`a necha martabadur, Isrof saxo emas va itlofni ma`no ahli saxo demas. Haq molin kuydurganni devona derlar va yorug` kunda sham`i kofuriy yoqqonni aqldin begona derlar. Mubohot uchun bermak xudnamoliq va aning bila o`zin saxiy demak behayoliq. Ulki el ko`rmaguncha bermas — laimdur, saxiy emas. Tilab berganni ham sahodin yiroq bil; ibram bila bergandin bermaganni yaxshiroq bil. Birta o`tmakni ikki bo`lub, yarmin bir ochg`a berganni saxiy de; o`zi yemay barin muhtojga berganni axiy de.
Tanbeh (12).
T a n be h (13).
Karam va futuvvat tariqida
Karam bir jafokashning shiddati yukin ko`tarmakdur va ani ul suubatdin o`tkarmakdur. Birovning mehnati xori hamlin qabul qilmoq va ul tikan no`gidin guldek ochilmoq va ul qilg`onning tilga kelturmamoq va og`izg`a olmamoq va ul kishiga minnat qo`ymamoq va aning yuziga solmamoq. Karam sifoti akram ul—akramin ishidur, sohib karam kishi haqning bu nav` sifatig`a mutobe` kishidur.
Bu davrda karam sabzasi tarrafurush do`konidin o`zga yerda topilmas va mehr guli sipehri tezko`sh gulshanidin o`zga yerda ochilmas. Karam bashar tab`ida noyob va nobuddur, bu sababdin karam ahli nopaydo va nomavjuddur.
T a n b ye h (14).
T a n b ye h (15).
Muruvvat bobida
Ma`dumlukda muruvvat karamning urug` — qayoshidur, balki tav`amon qarindoshidur. Ikkalasi chun el bevafolig`idin ogah bo`lubtur, bulardin qochib adam mulki safariga hamroh bo`lubtur. Sohibi karam ul nafis matoidin ayrilurni saloh bilmaydur va sohibi muruvvat dag`i ul sharif xalqidin ayrilmaydurkim, ikkalasi qayda bo`lsalar tengri panohida bo`lsunlar, izzat va sharaf oromgohida.
T a n b ye h (16)
Vafo bobida
Vafo ul sifatdurkim, karam va muruvvat xalqni onsiz ko`rub itibdurlar va ani tilamakka adam mulki sori ketibdurlar.
Jahon gulshani vafo gulidin ziynatsizdur va bashariyat guli vafo royihasidin nakhatsiz. Vafo sham`edurkim, dahr tiyra xokdonin yorutmaydur va zamon bevafolari ko`ngli bila ulfat tutmaydur. Nargisedurki, davron chamanig`a ko`z solmaydur va ko`ngullari g`unchasida hiqdu hasaddin o`zga qolmaydur. Mahbubedur — pok xilqat, juz pok ko`ngulga unsu ulfati yo`q. Matlubedur — pokiza tiynat, juz pokiza fitratg`a maylu rag`bati yo`q. Va ul bo`lg`on pok ko`ngulda qat`o qudurat va kulfat yo`q. Durredur samin insoniyat tojiga zevar, olamda insoniyat nobud va gavharedur otashin — odamiylik boshig`a afsar, olam ahlida odamiyliq nomavjud. Vafog`a hayo bila payvastaliq, andoqki, hayog`a vafo bila vobastaliq.
T a n b ye h (17).
Vafo zaylida va hayo zikrida
Karam va muruvvat ota va onadurlar, vafo va hayo ikki hamzod farzand. Har necha ul ikovga nur bila safodur, bu ikavga ittisol bila payvand. Har ko`ngulnikim, vafo maskan qilur, hayo ham qilur va har maskandakim, ul topilur, bu ham topilur. Vafosizda hayo yo`q, hayosizda vafo yo`q. Har kimda bu ikki yo`q — imon yo`q va har kimda imon yo`q andin umid ko`zin yorutsa bo`lmas. Mahbubki, bevafodur — andin jovid visoli tama` kutsa bo`lmas...
Komillar — ahli hayo va noqislar behayo.
Vafo va hayo olam tiyra makonidin o`tubdurlar va lomakon olamida makon tutubturlar. Va o`zlarin bir—birlari bila ovutubturlar va qolg`on vafosiz behayolar alarni unutubturlar.
Har kimgakim, bir vafo ko`rguzdum, yuz bevafolig` ko`rmaguncha qutulmadim. Va har kim bilakim bir mehru muhabbat oyini tuzdum, ming javru mazallat tortmag`uncha xalos bo`lmadim.
B a y t:
Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosi ko`rmadim,
Ko`rguzub yuz mehr, ming dardu balosin ko`rmadim.
Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosi ko`rmadim,
Ko`rguzub yuz mehr, ming dardu balosin ko`rmadim.
Davr bevafolari javridin dod va dahr behayolari zulmidin fig`onu faryod! To olam binosidur bu o`tg`a hech kishi mencha o`rtanmaydur, to bevafolig` ibtidosidur bu yoling`a hech kim mendek churkanmaydur. Zamon ahli bevafolig`idin ko`ksumda tuganlar va davron xayli behayolig`idin bag`rimda tikanlar, har qaysig`a raqam uray desam, Ayub sabri anga vafo etmas va qalam suray desam, Nuh16 umrida tamomg`a yetmas. Haq yo alarg`a rahm va insof sari tavassul bergay va bu maxrum jafokashg`a sabr va tahammul.
B a y t:
Yo marhamat ul xayli sitamkorg`a bergil,
Yo sabru tahammul meni bechoraga bergil.
Yo marhamat ul xayli sitamkorg`a bergil,
Yo sabru tahammul meni bechoraga bergil.
T a n b ye h (18).
Hilm zikrida
Hilm zikrida
Hilm inson vujudining favoqihlig` bog`idur, odamiylig` olamining javohirlig` tog`i. Hilmni havodis daryosida kishilik kemasining langari desa bo`lur va insoniyat mezoni toshig`a nisbat qilsa bo`lur. Axloq shaxsning og`ir baholig` libosidur va ul libos jinsining sangin debosi. Muxolif nafslar sarsari uchurmoqdin asrag`uvchi va munofiq, bulhavaslar harzasi tundbodi sovurmoqdin saqlag`uvchi. Haloyiqdin kishiga mujibi ta`zim va e`zoz va akobirdin asog`irg`a boisi iltifot va imtiyoz. Necha ulug` kishi tamasxur va tiybat qilsa, aning qoshida beshukuh va viqor. Nechakim, musin kishi hazl va xiffat ko`rguzsa, aning qoshida beshavqat va bee`tibor. Ammo davron bog`ining xas va xoshakoyinlari va yeldek besabot va tamkinlari ko`ziga hilm ahli og`irliqqa mansub va garon jonliq bila ma`yubdurlar. Quyundek tufrog`ni havog`a sovururlar va sabuksorliq bila boshlarin ko`kka yetkururlar. Tog` paykorin ayog` ostig`a olmoq oyinlari va dasht ajzosin havog`a sovurmoq tamkinlari.
Eldek har eshikdin kirarga orlari yo`q, o`tdek otashdonlig`idin o`zga shiorlari yo`q. Yel agarchi lola tojin uchurg`ay, ammo qiyo kamarig`a neta olg`ay. O`t agarchi tog` etagin kuydurgan, ammo quyosh axgarig`a nechuk yeta olg`ay?
Haqgo`y qushning tamkin bila zikr ayturi qoshida qarlug`ochning bemalol yangshamog`i malolat keltirur va mushaf avroqin xirad piri tilovat qilurda laim tiflning yelpug`uch bila varaqni sovurmog`i kudurat yetkurur.
Ammo yel agar ko`kka yetsun sabukbordur va bemiqdor va tog` agar tufroqqa botsunki, sohibviqordur, hilmshior. Aning zimnida, o`tqa yoqqudek hasu xoshok, munung javfida shoh tojig`a tikilgudek la`li otashnok.
B a y t:
Og`irliq vaznidindur seldin g`amsiz Hiriy tog`i,
Engillik fartidin barbod erur qomg`oq yafrog`i.
Og`irliq vaznidindur seldin g`amsiz Hiriy tog`i,
Engillik fartidin barbod erur qomg`oq yafrog`i.
Tanbeh (19).
Tengri do`stlarining hikoyati va alar axloqining rivoyati afsonasidurkim, uyug`on ko`nglumni uyg`otur va taronaedurkim, xiralig`idin qotgan ko`zni yig`latur, Yaxshilarg`a erishmak — itni poklar chergasiga qotti va yomonlarg`a qorishmoq — anbiyo avlodin jahannamg`a uzatti.Tanbeh (20).
Angakim, yaqin ko`zi ko`rdur, tengri do`stlarini ko`ra olmas. Va angakim tavfiq oyog`i langdur, tengri yo`lig`a yugura olmas. Agar kishi podshoh yasog`lig`idur, ishining ilgari boruri inoyatg`a bog`lig`dur.Tanbeh (21).
Tanbeh (22).
Tanbeh (23).
Tanbeh (24).
B a y t:
Kishi o`zin yasag`on birla bo`lurmu oshiq,
Subhi kozib yorumas, uylaki subhi sodiq.
Kishi o`zin yasag`on birla bo`lurmu oshiq,
Subhi kozib yorumas, uylaki subhi sodiq.
Tanbeh (25).
Har nekim, bebaqodur, anga ko`ngul bog`lamoq xatodur. Ulki andin o`zga borig`a ma`razi zavoldur. Ul biri bol «lam yazal va lo—yazol»18dur, aning ishqin berk tut. Ul boqiydin o`zga bori foniylarin unut.B a y t:
Aning ishqin berk tutmoq kerak,
Yana boru yo`qni unutmoq kerak.
Aning ishqin berk tutmoq kerak,
Yana boru yo`qni unutmoq kerak.
Tanbeh (26).
Majoziy ishqqa bir mahbub bo`lg`ay, aning ishqida behud va mag`lub bo`lg`ay. Haqiqiy ishq beqarori va aning tajalliyoti sadamatining beixtiyori, qalaq va iztirobda anga yarasha kerak bo`lg`ay. Va galabot ham anga o`xshashi kerak bo`lg`ay.B a y t:
Sahoning oshiqi chun nola etgay,
Quyoshning holig`a ko`rkim, ne yetgay.
Sahoning oshiqi chun nola etgay,
Quyoshning holig`a ko`rkim, ne yetgay.
Tanbeh (27)
Do`st visolin tilar bo`lsang, oshiq bo`l va agar o`zlugung bila bo`la olmasang, oshiqlari tegrasig`a o`grul. Ul o`t shu`lasi agar sanga havasdur, bir sharar sening sori yuzlansa basdur.N a z m:
Ishq bir o`tdurki, oning shu`lasidin bir sharar,
Tushsa gardun pardasig`a o`rtar andoqkim harir.
Senki, jisming parda toridin dag`i bo`lg`ay nahif,
Tushsa ul yanglig` choqin tuzgaymu ul tori haqir.
Ishq bir o`tdurki, oning shu`lasidin bir sharar,
Tushsa gardun pardasig`a o`rtar andoqkim harir.
Senki, jisming parda toridin dag`i bo`lg`ay nahif,
Tushsa ul yanglig` choqin tuzgaymu ul tori haqir.
T a n b ye h (28).
Eranlar xizmatig`a ulki umrin sarf etar, agarchi umri ketar, ammo jovid umrig`a yetar. O`zungni bu zumradin yiroq tutma, boshing borsa bu muddaoni unutma. Umr foniydur bevafo, ul boqiy hayot mujibi baqo.N a z m:
Eranlar xizmatidin chekmagil bosh,
Agar boshingga gardundin yog`ar tosh
Ki, gar ul tosh bila boshing ushalg`ay,
Saodat xattidur, gar zaxmi qolg`ay.
Eranlar xizmatidin chekmagil bosh,
Agar boshingga gardundin yog`ar tosh
Ki, gar ul tosh bila boshing ushalg`ay,
Saodat xattidur, gar zaxmi qolg`ay.
Tanbeh (29).
Valine`matqa ayb ravo ko`rguvchi piriga murtad muriddur va atosig`a haromzoda o`g`il, Muridg`a pir va o`g`ulg`a ato va xodimg`a maxdum haqqi andoqdurkim, bandalarg`a qodiri kayyum haqqi.Masnaviy:
Kimki ato amrig`a qo`ymas bo`yun,
Pir ila maxdum ishin der o`yun.
Balki, chekar tengri yo`lidin ayoq,
Tengri bila oq bo`lar, pirla oq.
Kimki ato amrig`a qo`ymas bo`yun,
Pir ila maxdum ishin der o`yun.
Balki, chekar tengri yo`lidin ayoq,
Tengri bila oq bo`lar, pirla oq.
Tanbeh (30).
Harkimki, birov bila yordur yoki yorlig` da`viysi bordur, kerakkim, o`ziga ravo tutmog`onni yorig`a ravo tutmasa, ko`p nimakim, o`ziga ham ravo tutsa, anga tutmasa. Bas mashaqqatkim, andin ruhg`a alam yetar, kishi ani o`z jismu jonig`a tajviz etar. Ammo ani yorig`a taxayyul qila olmas, agar taxayyul qilsa, vahshatidin hayoti qolmas. Qit`a:
Yor uldurki, har nechakim o`ziga
Istamas, yorig`a ham istamagay.
O`zi istarki, yor uchun o`lgay.
Ani munda sharik aylamagay.
Yor uldurki, har nechakim o`ziga
Istamas, yorig`a ham istamagay.
O`zi istarki, yor uchun o`lgay.
Ani munda sharik aylamagay.
Tanbeh (31).
Ko`ngul badan mulkining podshohidur, anga sihhat, munga ham sihhat, anga tabohi, munga ham tabohi. Pas ulkim, ko`ngul mulkining sohib johi bo`lg`ay shohlar shohi bo`lg`ay. Badan saloh va fasodi, ko`ngul saloh va fasodig`a tobe` va mulk obod va xaroblig`i shoh adl va zulmig`a roje`. Podshoh — mulk badanining jonidur va ko`ngul — badan mulkining sultoni.B a y t:
Mulk uchun solim keraktur xusravi kishvarpanoh,
Tan uchun ul uzvkim, bo`ldi badan mulkida shoh.
Mulk uchun solim keraktur xusravi kishvarpanoh,
Tan uchun ul uzvkim, bo`ldi badan mulkida shoh.
Tanbeh (32).
Shohdin ham lutf marg`ubdur, ham siyosat matlubdur. Ammo har biri o`z mahallida xo`bdur. Bas anga do`stdin dushmanni farq etarga ko`p mulohaza kerak va farosat va yorni ag`yordin oyirurg`a ko`p tajriba kerak va qiyosat. Nechukkim, andin borig`a biym va umid bor, zaruratdurkim, ko`rguzgay o`zin bandavor. Yaqin bo`lg`uncha harqaysning haqiqat holi nomunosib umrning bor ehtimoli.B a y t:
Nogahon gar betaammul sursa bir hukmi anif
Kim, zaif andin qaviy yoxud qaviy bo`lg`ay zaif.
Nogahon gar betaammul sursa bir hukmi anif
Kim, zaif andin qaviy yoxud qaviy bo`lg`ay zaif.
Tanbeh (33).
O`kta hukmi birovni qilsa nobud, ul zamon pushaymon bo`lmoq ne sud? Yo mahalsiz birovni qilsa oliy shon, bilgandin so`ng past etsa o`z sha`nig`adur ziyon.B a y t:
Taammul munda vojibdur bag`oyat
Ki, bo`lmag`ay bu nav` ish berioyat.
Taammul munda vojibdur bag`oyat
Ki, bo`lmag`ay bu nav` ish berioyat.
Tanbeh(34).
Podshoh dushmang`a andoq g`azab surmak kerakki, do`st ham andin emin bo`lmag`ay va muxolifg`a andoq siyosat ko`rguzmak kerakki, muvofiq ham andiq mutmayi qolmag`ay.B a yt:
Kerakmas muxolifg`a oncha inod
Ki, qilg`ay muvofiqni bee`timod.
Kerakmas muxolifg`a oncha inod
Ki, qilg`ay muvofiqni bee`timod.
Tanbeh (35).
Fosiq olim donishvaredur o`z nafsig`a zolim, g`aniyi baxil nodonedur, o`z ziyonig`a nadim. Bu ikki kishi umr zoe` o`tkardilar va go`rga hasrat va armon olib bordilar. Bir ulkim, ilm o`rganurga ranj torttiyu amal qilmadi, bir ulkim, mol yig`arg`a emgak chektiyu sarf qilurin bilmadi. Q i t` a:
Olimekim, ilmi erdi beamal,
Yo g`aniykim, molig`a buxl erdi yor.
O`ldilar yuz hasratu armon bila,
Elga bo`ldi ishlaridin e`tibor.
Olimekim, ilmi erdi beamal,
Yo g`aniykim, molig`a buxl erdi yor.
O`ldilar yuz hasratu armon bila,
Elga bo`ldi ishlaridin e`tibor.
T a n b ye h (36).
Yamonlarg`a lutfu karam, yaxshilarg`a mujibi zarar na alam. Mushukka rioyat — kabutarg`a ofatdur. Shag`ol jonibin tutmoq — tovuq tuxmin qurutmoqdur.B a y t:
Bo`rini ko`zi bila qilgan semiz,
Kiyik jam`u xaylig`adur rahmsiz.
Bo`rini ko`zi bila qilgan semiz,
Kiyik jam`u xaylig`adur rahmsiz.
Tanbeh (37).
Ilm o`rganmak din tavqiyati uchundur, yo`qki dini jam`iyati uchun. Xayrsiz g`aniy — yog`insiz sahob va amalsiz olim — dobbaki anga yuklagaylar kitob.B a y t:
Hammol nafis raxt ila gar ursa qadam,
Yo`q naf` anga g`ayri muzd birikki diram.
Hammol nafis raxt ila gar ursa qadam,
Yo`q naf` anga g`ayri muzd birikki diram.
Tanbeh (38).
Baxilning molin asrardin mehnati qattig` va hasudning fe`li uyotidin ayshi achchig`kim, ul o`z anosidin zalildur va bu o`z qilig`idin alil.Bayt:
Anga molining hifzi ranju ano,
Munga fe`ling zishti dardu balo.
Anga molining hifzi ranju ano,
Munga fe`ling zishti dardu balo.
Tanbeh (39).
Kishi molidin nekim bahra oldi aningdekdur, har nekim asradi o`zganing. Zahmat bila topqoningni o`zungdin ayama va mehnat bila yiqqoningni do`stlar bila dushmanlar uchun asrama.B a y t:
Mol uldurkim, el andin topsa bahr,
Dushman andin topsa tengdur no`shu zahr.
Mol uldurkim, el andin topsa bahr,
Dushman andin topsa tengdur no`shu zahr.
T a n b ye h (40).
Uqalo salotin lutfig`a e`timod qilmaydurlar va hukamo majonin qavlig`a e`timod, joyiz bilmaydurlarkim ul biri sohibi ixtiyordur va bu biri beixtiyor. Xiradmandg`a ikkalasidin ehtiroz qilmoq sazovor.B a y t:
Ul chu sohib ixtiyor o`ldi—yu bu beixtiyor,
Ikkisida jazmu hikmatning xilofi oshkor.
Ul chu sohib ixtiyor o`ldi—yu bu beixtiyor,
Ikkisida jazmu hikmatning xilofi oshkor.
T a n b ye h (41).
Har dushvor ishki, mol sarf etmak bila muyassardur — qilmasang jong`a xatardur, sarfin g`animat bil va salomat sori azimat qil.Qit`a:
Diram bila bo`la olsa zararni qaytarmoq,
Xatodurur kishi ul ishida aylamak ta`til.
Aning panohig`a kir, tengrini panoh aylab,
Valek ayla bu xayr ish qilurda ko`p ta`jil.
Diram bila bo`la olsa zararni qaytarmoq,
Xatodurur kishi ul ishida aylamak ta`til.
Aning panohig`a kir, tengrini panoh aylab,
Valek ayla bu xayr ish qilurda ko`p ta`jil.
Tanbex(42).
Har ish kifoyatidakim, saranjomida tashaddud bo`lg`ay va tab`g`a taraddud, ul jonibni tutkim, emgagi ozroq yuz bergay va ozori kamrak xotirg`a kirg`ay.Dunyoga taalluq ishini saxl tut va din ishida sud tasavvuri bila ko`ngulni ovut.
Nodon pandida g`alat muqarrardur va dushman nasihatida firib mutasavvardur. Andin bozi yema va mundin o`zungga bozi berma.
B a y t:
Xushtur xiradi ko`p el so`ziga kirmak,
Ne boziy yemak xushu ne boziy bermak.
Xushtur xiradi ko`p el so`ziga kirmak,
Ne boziy yemak xushu ne boziy bermak.
Tanbeh (43).
Nafsdin sanga zulm yetsa, nadomat eshikin och va tengri panohiga qoch. Va tavba etokiga ilik ur. Ul tavba ustida mardona tur.Q i t ` a:
Nafsi kofirdin nekim yetgay sanga,
Tavba aylab, tavbada mardona bo`l.
Yo`l ikidur, jurm birdur, tavba bir,
Ul yo`q ar bog`landi, ochug`dur bu yo`l.
Nafsi kofirdin nekim yetgay sanga,
Tavba aylab, tavbada mardona bo`l.
Yo`l ikidur, jurm birdur, tavba bir,
Ul yo`q ar bog`landi, ochug`dur bu yo`l.
Tanbeh (44)
Agar badnafsdin zulm yetsa, shukr vojib bila va tengri hamdin ado qilkim, sen emassen lozim, gar biz ul emasdur mazlum va ojiz. Mazlumluq ibtilosida bo`lg`on yaxshiroqkim, zolimliq balosida.B a y t:
Kishi ming zulm agar cheksa kerak bo`lmasa qone`,
Lek bir zulmg`a ming nav` kerak anglasa mone`.
Kishi ming zulm agar cheksa kerak bo`lmasa qone`,
Lek bir zulmg`a ming nav` kerak anglasa mone`.
Tanbeh (45).
Zamon ahlidin o`zin sohibdil tutqon, yolg`on aytur va bedil tutqonning ham so`zi yolg`onliq sori qaytur. Nevchunkim, ulki sohibdil, bu da`vo zuhri andin mushkul. Va agar ul kishi zamon ahlining bedillig`ig`a yuraksizliq mahmil, bu ko`ngul sen xayol qilg`on ko`ngul emas. Sohibdil yurakni ko`ngul demas.B a y t:
Ham ani dajjol topib, ham nabi.
Iso ila teng bo`lurmu markabi.
Ham ani dajjol topib, ham nabi.
Iso ila teng bo`lurmu markabi.
T a n b ye h (46).
Lahmi porai sanubari agar ko`nguldur, sanubardek sohibdil topilmas va agar bu qon bog`lag`on g`uncha paykari ko`nguldur, bahorda gulbundek purdil kishi taxayyul qililmas. Ammo bularni ko`ngul demak sazovor emas va ko`ngul so`zu dardi bularda padidor emas. Ko`ngul ma`rifat bog`idin va vahdat rayohinining esgan nasimidur va ruhoniyat gulnstonidin oshnoliq gullariniing shamimidur. Husn malohatin idrok qilg`uvchi ham ko`ngul va ishq o`ti yolinig`a yoqilg`uvchi ham ko`ngul. Xo`blar husni tuzig`a kaboblig` qilg`uvchi ham ul va jamol latofati ganjig`a xaroblig` qilg`uvchi ham ul.Ishq mulki obodlig`i aning ashki selobidin va shavq shabistoni yorug`lig`i tobidinkim, ahli dillar ko`ngli bu ishq shu`lasi nuridin va ul shu`la nuri sururidin ayrulmasunlar va riyoyi zuhd xaylig`a qotilmasunlar.
B a y t:
Meni bedilg`a, yorab bu ko`ngulni tutqil arzoni,
Oni mendin ayirma, dag`i mensiz tutmag`il oni.
Meni bedilg`a, yorab bu ko`ngulni tutqil arzoni,
Oni mendin ayirma, dag`i mensiz tutmag`il oni.
T a n b ye h (47).
Ul ko`ngulgakim, qattig` so`zdin reshdek bo`lg`ay, achchig` til zahrolud neshdek bo`lgay. Ko`ngulda til sinoni jarohati butmas, anga hech nima marham yerin tutmas. Har ko`ngulki, til sinonidin jarohatdur ham yumshoq so`z va shirin til anga marham va rohatdur. Muloyim takallum vahshiylarni ulfat sari boshqarur, fusungar afsun bila yilonni to`shukdin chiqorur.B a y t:
Husnu jamolsiz kishi shirin kalom etsa
Sayd aylar elni nukta fasohat bila desa.
Husnu jamolsiz kishi shirin kalom etsa
Sayd aylar elni nukta fasohat bila desa.
Tanbeh (48).
Tilga ixtiyorsiz — elga e`tiborsiz! Harzago`ykim, ko`y takallum surgay, itdekdurkim, kecha tong otquncha hurgay. Yamon tillik andoqkim, el ko`ngliga jarohat yetkurur, o`z boshig`a ham ofat yetkurur. Nodonning muvahhish harzag`a bo`g`zin qirmog`i — eshakning jihatsiz qichqirmog`i. Xo`shgo`ykim, so`zni rifq va musovo bila aytg`ay, ko`ngulga yuz g`am keladurg`on bo`lsa, aning so`zidin qaytg`ay. So`zdadur har yaxshiliqni imkoni bor, munda debdurlarki, nafasning joni bor. Masihokim, nafas bila o`lukka jon berdi, go`yo bu jihatdin erdi.Makruheki, harzasi tavil va ovozi karihdur, o`zi savti bila qurbaqag`a shabihdur. Ahli saodatlar ruhbaxsh zulolig`a manba` ham til, ahli shaqovatlar nahs qavqabig`a matla` ham til. Tiliga iqtidorlig` —hakimi xiradmand; so`ziga ixtiyorsiz — laimi najand. Tilki fasih va dilpazir bo`lg`ay — xo`broq bo`lg`ay, agar ko`ngul bila bir bo`lg`ay.
Til va ko`ngul xo`broq a`zodurlar insonda; savsan va g`uncha marg`ubroq rayohindurlar bo`stonda. Odame til bila soyir hayvondin mumtoz bo`lur va ham aning bila soyir insong`a sarafroz bo`lur. Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa, tilning ofatidur. Ayn ul—quzot til sharafidin Masih guftor bo`ldi va Husayn Mansur til sur`tidin dorg`a sazovor.
B a y t:
Har necha biymi hajr so`zi oshiq o`lturur,
Vuslat bashorati yana jismig`a jon berur.
Har necha biymi hajr so`zi oshiq o`lturur,
Vuslat bashorati yana jismig`a jon berur.
T a n b ye h (49).
Tildin azubat dilpisanddur va liynat sudmand. Chuchuk tilki, achchig`liqqa evruldi, zarari om bo`ldi, qandniki, muskir boda qildilar, harom bo`ldi. Chuchuk so`z sof ko`ngullarg`a qo`shdur, barcha atfol tab`ig`a muloyim halvofurushdur.B a y t:
Xush so`zga kim o`lsa mastu behush,
Sharbat aro zahrni qilur no`sh.
Xush so`zga kim o`lsa mastu behush,
Sharbat aro zahrni qilur no`sh.
Tanbeh (50).
Harkimki, so`zi yolg`on, yolg`oni zohir bo`lg`och uyolg`on. Yolg`onni chindek aytquvchi suxanvar — kumushni oltun ro`kash qiluvchi zargar. Yolg`on afsonalarda uyqu kelturguvchi, yolg`onchi uyquda takallum surguvchi. Yolg`on aytguvchi g`aflatdadur. So`zning asnofi bag`oyat cho`qdur, yolg`ondin yamonroq sinfi yo`qdur.Ulki yolg`on bila sarfi avqot etgay, anga bu yamon kelmagay yana mubohot etgay. Agar mustami`inni g`ofil topqay, yolg`onin ching`a o`tkarsa maqsudin hosil topqay. Zihi tengrig`a yamon banda, ne tengridnn, ne xalqdin sharmanda. Mundoq nahsning chun erur yuzi yamonliq sari, bu nuhusatshior qutluq uydin tashqari.
B a y t:
Ul kishini qutluq evdin tashqari surmak kerak,
Qutluq ev dunyo durur, ya`inkn o`lturmak kerak.
Ul kishini qutluq evdin tashqari surmak kerak,
Qutluq ev dunyo durur, ya`inkn o`lturmak kerak.
T a n b ye h (51).
Birovkim, yolg`on so`zni birovga bog`lag`ay, o`z qaro bo`lg`on yuzin yoqlag`ay, kabira gunohdur. Oz so`z hamki o`trukdur zahri muhlikdur — agarchi miqdori o`ksukdur.B a y t:
Zahrning oz esa miqdori dog`i muhlikdur,
Ignaning no`gi zaif ersa dog`i ko`r qilur.
Zahrning oz esa miqdori dog`i muhlikdur,
Ignaning no`gi zaif ersa dog`i ko`r qilur.
T a n b ye h (52).
Ulki, so`zni bir yerdin yana bir yerga yetkurgay, elning o`tgan gunohini o`z bo`ynig`a indurgay. Nammomliq chin so`zga mamnu`dur. Agar zuhur etgay — xayol qilki, yolg`on so`zga ne yetgay. So`z terguvchining agar ulug`i, agar kichigi — balki erurlar tamug` o`tining tutrug`i.B a y t:
Kim so`zni terib aytguvchi og`zig`a bergay,
Molik ani do`zax o`tining dudig`a tergay.
Kim so`zni terib aytguvchi og`zig`a bergay,
Molik ani do`zax o`tining dudig`a tergay.
Tanbeh (53).
Ulki, juz quvvat da`visi izhor qilmas, go`yoki, haqning qaviy ul—matin erkanin bilmas. Odameki, quvvat xayolin ko`ngliga kechirur—tufrog`edurkim, yel urg`och uchurur. Dunyo dor ul—havodisdur va anga ko`ngul bog`lamoqqa g`aflat boisdur. Olam umrdek bevafodur va aning davlatig`a e`timod qilmoq xato.T a n b ye h (54).
Umrning bukun tonglalig`i mafhum emas, balki bu kun axshomg`acha ne bo`luri ma`lum emas. Bashar xayli dori baqog`a ahli azimatdur va tiriklik bir necha kun g`animatdur. Bu dori fanoni besh kun g`animat bil va dori baqoning uzun yo`li yarog`in qil. Ul yo`l yarog`i solih amaldur, andin so`ngra e`timod haq lutfig`a izzu jull. Amaleki, tengri qabulig`a shoyistadur ham tengri tavfiqiga vobastadur. Amalg`a ham e`timod qilurdin kech, aning fazlu karami bo`lmasa ilmu amal hech.T a n b ye h (55).
T a n b ye h (56).
Kulmaklarida choqin hukmi bor, yorug`lug`i bee`tibor va kuydurmagi vujuddin qo`ymas osor.
Qit`a:
Choqin yorug`lig`i maddi samodin arzg`acha,
Zamoni tuli iki lafz o`qurg`acha yetmas.
Vale ne yergaki tushti qatig` va gar yumshoq,
Berib ani suvg`a to yetmagay qaror etmas.
Choqin yorug`lig`i maddi samodin arzg`acha,
Zamoni tuli iki lafz o`qurg`acha yetmas.
Vale ne yergaki tushti qatig` va gar yumshoq,
Berib ani suvg`a to yetmagay qaror etmas.
T a n b ye h (57).
Bayt:
O`tdin isinurg`acha ovuch och,
Kuydurgudek anglasang keyin qoch!
O`tdin isinurg`acha ovuch och,
Kuydurgudek anglasang keyin qoch!
T a n b ye h (58).
Podshohlar zikrida
Ba`zi karim podshohlar zikrida axloq va burdbor podshohi oliy miqdori komkor daryoyi madhig`a botibdurlar va ani ko`prukka o`xshatibdurlar. Bu ma`ni bilakim, ko`pruk maxluqotning xasis va sharif yukin ko`tarur. Alarni suv zahmatidin va bolchig` mashaqqat va g`ilzatidin o`tkarur. Va ba`zikim, tavajjuh andeshag`a qilibdurlar, aning nisbatin beshag`a qilibdurlar. Bu munosabat bilakim, barcha anvo`i hayvon va inson va bahoyim va sibo`, balki nomahsur vuhush va tayurg`a panoh va oromgoh berur, yemak va ichmaklaridin yetkarur. Va ba`zikim, naf`in om va in`omin fosh debdurlar, bu hosiyatlarda oni quyosh debdurlar, ya`ni shahr va biyobonni ravshan etar va vayron va obodqa andin yorug`lug` yetar. Va ba`zikim, rafi` va nofe` va falaki janob debdurlar. Bu munosabatlar bila oni sahob debdurlar, ya`ni qaro tufroqqa durrlar sochar va nishlik tikondin gullar ochar. Va ba`zi turk hukamosi va bu qavm oqilu donosi o`z tavrlari birlaki, kalom surubturlar oni bo`z kiyizga o`xshata masal urubturlar, ya`ni suvdin va tufrog`din yuziga ne kelsa tahammul qilur, ya`ni o`ziga singirur. Agar nish ursalar va cho`kur sanchsalar suvurg`ondin so`ng yuziga asar yetkurmas, ya`ni o`ziga kelturmas. Va agar ikki muxolif jamoat har qaysi bir taraf tortsa, har sori ul jamoat munosabati mayl qilur, ilik tortsalar yana o`z holig`a ko`ra yig`ilur. Yana hamki, vasfi ajnosin bir—biri ustiga teribdurlar munosib nimalarg`a nisbat beribdurlar. Ammo so`z ixtisori jihatidin tatvil vahmidin nukta uzotilmadi va so`z ko`prak aytilmadikim, bu mazkur bo`lg`oncha yuz odil salotin sifatida bor va barchada zikr qilg`oncha ming birning podshohimiz zotida taammul qilg`on toparki, Haq subhonahu va taolo mazkur bo`lg`on saloting`a to tufrog` hazizida qaror bergay. Anga sipehri saltanat avjida mador nasib qilg`ay to sinuqlar ishi andin butgay va yiqilganlarg`a andin dastgirlik yetgay. Omin, yo rabil—olamin.
B a y t:
To qamardur, otig`a na`l o`lsun,
Quyoshdur, boshig`a la`l o`lsun!
To qamardur, otig`a na`l o`lsun,
Quyoshdur, boshig`a la`l o`lsun!
T a n b ye h (59).
Yolg`onchi — unutquvchi va taammul va ehtiyot yo`lidin kanora tutquvchi. Har kimki, so`zi chin bo`lmag`ay, rostlar ko`nglida ul so`z qabuloyin bo`lmag`ay. Yolg`onchi so`zin bir ikki qatla o`tkargay, o`zga netgay? Yolg`oni zohir bo`lg`ondin so`ngra anga rasvolig` yetgay va so`zi e`tibori el ko`nglidin ketgay. Ko`ngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin so`z bil.B a y t:
Ko`ngul holati so`z degach bilgurur .
Ki, maxzanda dur yo sadafrezadur.
Ko`ngul holati so`z degach bilgurur .
Ki, maxzanda dur yo sadafrezadur.
Tanbeh (60).
Chin so`z — mo``tabar, yaxshi so`z — muxtasar. Ko`p deguvchi — mumil, mukarrar deguvchi — loya`qil. Aybjo`y — ma`yub, aybgo`y — manqub. Tuz ko`rguvchi — pok nazar, hunar ko`rguvchi — rost basar. Ulkim, dimog`ida habt — so`zida yo`q rabt. Dimog`i sahih — guftori fasih. So`zi hisobsiz — o`zi ihtisobsiz. so`zida parishonliq, o`zida pushaymonliq. So`zki, fasohat zevaridin muzayyan emasdur, anga chinliq zevari basdur yolg`onchi har necha so`zida fasihroq, so`zi qabihroq. Chin so`z nechakim betakalluf, qoyilg`a iborat sodalig`idin yo`q taassuf. Gulga yirtuq libosdin ne ziyon, durg`a badshakl sadafdin ne nuqson. Yolg`on so`z juz nazmda nopisand va aning qoyili noxiradmand.B a y t:
So`z ichraki yolg`on erur nopisand,
Chu nazm ettilar qildi dono pisand.
So`z ichraki yolg`on erur nopisand,
Chu nazm ettilar qildi dono pisand.
Tanbeh (61).
Nodon — eshak. Balki eshakdin ham kamrak. Eshakka har ne yuklasang ko`tarur va qayon sursang ul yon borur, aql va tamiz da`viysi yo`q. Bermasang ochdur, bersang to`q. Zabunedur borkash, xorkash, balki anborkash. Nodon bu sifatlardin mubarro, zoti bilik hulyasidin muarro. Ishi g`urur va takabbur, xayolida yuz fosid tasavvur. Bari muhmali o`ziga xo`b, barcha makruh fe`li o`z qoshida marg`ub, ko`nglida elga yuz ozor xayoli va jahlidin ulusg`a ming zarar ehtimoli. Eshak unidin quloqqa ozordur, andin o`zga ne aybi bordur. Tegirmondin uyungga un kelturur, ani pishururga yozidin o`tun kelturur. Mashaqqati minnatsiz va suubati kulfatsiz. Nodonni eshak degandin mutag`ayyir, eshak qoshida yamon va yaxshi degan bir.B a y t:
Birida muncha hunar, ul birida muncha uyub,
Qaysining xo`b ekanin ahli xirad bilgay xo`b.
Birida muncha hunar, ul birida muncha uyub,
Qaysining xo`b ekanin ahli xirad bilgay xo`b.
Tanbeh (62).
Shariat — jodaedur tuz, anda xoh kecha yuru, xoh kunduz. Sirotedur, bag`oyat mustaqim, anda oziqmoqdin ne vahm va ne biym. Har kimki, ul yo`lg`a odim bo`lg`ay, iki jahon saodati anga mulozim bo`lg`ay. Andin chiqqan itti, tuz borg`on maqsadg`a yetti. Har solikkim, maqsadg`a yetibdur, bu yo`ldin chiqmay ketibdur. Oziqib chiqqan, aytibdur, bu sirot istiqomati anga dast berdi «Fastaqim kama umirta»20. Ma`muri ul erdi, qildin inchka, qilichdin itik yo`ldur. Har kim bu yo`lni mardona qat` qilsa, er uldur! Angakim, siroti must taqimdin abur bo`lmas, nasibi jannatda kavsar va hur bo`lmas. B a y t:
Jodae shar` bilakimki, o`zin tuz qildi,
Davlati sarmad anga har soridin yuz qildi.
Jodae shar` bilakimki, o`zin tuz qildi,
Davlati sarmad anga har soridin yuz qildi.
Tanbeh (63).
Fosiqi benadomat — shum, qiladurg`oni saodat ahlig`a mazlum. Zuhdu fisq elga taqdiri Yazdondindur, ammo ikkalasini birdek qo`rmak nodondindur. Taqvoyiga shukr kerak va isyonig`a uzr. Va nadomat budur tavfiq ahlig`a alomat. Har fisqkim, pushaymonliq o`tin yorutqay, ul o`t tardomanliq oludalig`in qurutqay. Jurm e`tirofig`a uzr — tavfiq nishonasi va zuhd g`ururidin takabbur — shayton fasonasi. Bu zuhd shayxi xudpisand ishi, ul uzr rindi niyozmand ishi. Bu biri umidi jovidg`a sarmoya va ul biri maisi muabbadg`a piroya.Masnaviy:
Har zuhdki, ujb anga erur zam,
Ko`nglum haramig`a qilma mahram.
Har fisqi, uzr anga erur yor,
Ul yon meni moyil ayla zinhor.
Har zuhdki, ujb anga erur zam,
Ko`nglum haramig`a qilma mahram.
Har fisqi, uzr anga erur yor,
Ul yon meni moyil ayla zinhor.
Tanbeh (64).
Yamon qilig`liq badxo`y va bot achchig`liq turshro`y bir balog`a giriftordur va bir ibtilog`a mubtalokim, har yon borsa andin qutulmas va har sori qochsa xalos bo`lmas. G`olib dushmanedur — doim o`zi anga mag`lub, qohir aduvedur — hamisha vujudi anga mankub.T a n b ye h (65).
Masnaviy:
Yuzidin ko`ngullarga ayshu tarab,
So`zidin badanlarg`a daf`i taab.
Ochug` chehrasi toza guldin nishon,
Hadisig`a bulbul bo`lub jonfishon.
Yuzidin ko`ngullarga ayshu tarab,
So`zidin badanlarg`a daf`i taab.
Ochug` chehrasi toza guldin nishon,
Hadisig`a bulbul bo`lub jonfishon.
T a n b ye h (66).
Dushman g`ururidin g`am yema va maddoh xushomadin chin demakim, aning g`arazi o`z maqsudig`a komdur va munung maqsudi sendin muhaqqar in`om. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabulin lozim bilmasang, ul o`z qasdi ijrosidin muattal va tadbiri muhmal bo`lur va munung madhi hajvg`a mubaddal bo`lur.M a sn a v i y:
Birisiga g`araz o`z muddaosi,
Birisi qasdi in`om iltimosi,
Chun sendin topmadilar hech parvo,
Biri xasmu biridur hajvoro.
Birisiga g`araz o`z muddaosi,
Birisi qasdi in`om iltimosi,
Chun sendin topmadilar hech parvo,
Biri xasmu biridur hajvoro.
Tanbeh (67).
Muvahhish xabarni chindur deb do`stg`a yetkurma va birovning aybi voqe` bo`lsa yuziga urma. Qo`yg`ilki, ul chin xabarni dushman yetkursun va tahammul qilki, ul ayb mojarosin aduvsi sursun.N a z m:
Ne so`zdinki, yetgan birovga g`ubor,
Ne lozimki, sen qilg`asen oshkor.
Qo`yaberki, qilsun ayon dushmani.
Ki, bordur adovat aduvning fani.
Ne so`zdinki, yetgan birovga g`ubor,
Ne lozimki, sen qilg`asen oshkor.
Qo`yaberki, qilsun ayon dushmani.
Ki, bordur adovat aduvning fani.
Tanbeh (68).
Xiradmand uldurkim, yolg`on demas, ammo barcha chin deguluk ham emas. Birovki ko`zi ahvaldur, chun xilqati xoliqdindur — anga ne madhaldur. Bu so`zni aning yuziga qilmoq izhor bartaqdirki, chindur, ammo ne lutfi borki, haq sun`ig`a e`tirozdur va nohaq birovga xijolat va o`zungga nodonliq izhoridur va bir ko`ngulga malomat. Bu nav` vahshatangiz chindin bo`l yiroqki, muloyamatomiz yolg`on andin yaxshiroq.B a y t:
Yolg`on o`lsa muloyamatomiz,
Vahshatangiz chindin angla aziz.
Yolg`on o`lsa muloyamatomiz,
Vahshatangiz chindin angla aziz.
Tanbeh (69).
Bashar jinsig`a o`z xatosi dilpazirdur va mardud farzandi noguzir. Yamon she`rdekkim, tab` zodasidur, ikkalasi bashar tab`i natijasidur va moddasi. Agar mankub bo`lsun yo marg`ub, o`ziga ko`rungusidur mahbub. Oqil bu tariyqin shior qilmas va yaxshi—yamonni haq ortuq va o`ksuk bilmas.Masnaviy:
Yamon—yaxshini tengridin anglag`il,
Yamonni yamon, yaxshini yaxshi bil.
Yamonni agar yaxshi qilsang gumon
Erur yaxshini ham degandek yamon.
Yamon—yaxshini tengridin anglag`il,
Yamonni yamon, yaxshini yaxshi bil.
Yamonni agar yaxshi qilsang gumon
Erur yaxshini ham degandek yamon.
Tanbeh (70).
Qanoat — istig`no sarmoyasidur va sharaf va izzat piroyasidur. Muflisi qone` — g`aniy va shohu gadodin mustag`niy. Tama` mazallatg`a dalil va g`aniyi tome`— xoru zalil. Tama` bila ulkim ola olur va olmas, bu adami tama` hech saxovatdin qolmas. Bu nav` saxo ahli karimdur va tama` xayli laim.B a y t:
Xorlig`lar boshi tama` bilgil,
Doimo «azza man qana`»21 bilgil.
Xorlig`lar boshi tama` bilgil,
Doimo «azza man qana`»21 bilgil.
Tanbeh (71).
Borlig`ki, lutfu karami om bo`lg`ay, yo`xsulliqda anga barcha eldin kom bo`lg`ay, kom bo`lsa, bore xijolat bo`lmag`ay va el sarzanishidin malolat bore bo`lmag`ay.B a y t:
Chu daf`i xijolat erur komcha,
Nadomat no`qki eldin in`omcha.
Chu daf`i xijolat erur komcha,
Nadomat no`qki eldin in`omcha.
Tanbeh (72).
Bot muyassar bo`lg`on kechga tortmas va o`kmak bila bahosi ortmas. Safol cho`chak har doshdin ming chiqar, qiymati bir diramdin ortuq emas va kunda yuz sinsa kishi hayf demas va taassuf yemas. Chiniy ayog` qiymati yasarda suubatig`a ko`radur, asramoqda ehtimom qiymatig`a ko`radur. Quymati oz — hurmati oz.B a y t:
Qayu mato`kim oz voqe` o`lsa qiymat anga,
Erur muvofiq aning qiymaticha hurmat anga.
Qayu mato`kim oz voqe` o`lsa qiymat anga,
Erur muvofiq aning qiymaticha hurmat anga.
T a n b ye h (73).
Sabr bila ko`p bog`lig` ish ochilur, ishda oshuqqon ko`p toyilur, ko`p toyilg`on ko`p yiqilur. Ishda oshuqmoq yosh o`g`lon ishidur, sabr bila ish qilguvchi tajribalig` ulug` yoshlig` kishi ishidur.B a y t:
Har kimsaki aylamas oshuqmog`ni hayol,
Yafrog`ni ipak qilur, chechak bargini bol.
Har kimsaki aylamas oshuqmog`ni hayol,
Yafrog`ni ipak qilur, chechak bargini bol.
T a n b ye h (74).
Razli daniykim, hazl qilig`i bo`lg`ay, kuldurmak uchun tobonning qichig`i bo`lg`ay. Fasaqa xaylida muqallideki, g`arazi el kulgusidur, go`yo fohishai qahbaning ko`rganni ko`rguzgan ko`zgusidur. Rakik hazl ishtig`olikim bo`lg`ay birovning mujibi infioli yomonlarg`a shiordur va yaxshilarg`a, andin ordur.Mutoyabaki, boisi inbisot bo`lg`ay, xushturki, mujibi farah va nishot bo`lg`ay. Adosida rakik guftor yo`q, birovga andin xijolat va ozor yo`q. Ul zarofat va ibbhatdur, andinki o`tti safohat.
B a y t:
Tiybat xush erur bo`lsa daqoyiqdin anga zeb,
Chun bo`ldi safohat netar ul so`zni kishi deb.
Tiybat xush erur bo`lsa daqoyiqdin anga zeb,
Chun bo`ldi safohat netar ul so`zni kishi deb.
T a n b ye h (75).
May ichmak nahy erur tengri qavli, har hol bila aning tarki avli. Oshkor va ko`p ichmagi nosoz, sharti maxfiy ichmakdur va oz. Oz ichmagi hikmatqa dol maxfiy ichmagi xush ahlig`a xisol. Yaxshi ichmagi xilqati solim elga hol, mutlaq ichmagi ofiyatqa maol.Ulki «umm ul—xabois»22 bo`lg`ay, anga shefta bo`lmoqqa ham ummi xaboisi bois bo`lg`ay. Yamonroq ichguchi anga mag`lubroq, har necha yamonlig`i zohir bo`lsa aning qoshida mahbubroq. Badmastqa damodam ichmog`idin ne bahrkim, odamiylig` qatlig`a ichar qadah—qadah zahr. Har oqshom usruklardin xorij tarona, telba itlar ulushqondin nishona. Mastlar orasida bir hushyor — xushyorlar orasida bir mast hukmi bor. Manhidur ulki oshkor toat etgay, oshkor ma`siyatg`a ko`rkim ne yetgay.
B a y t:
Kimgakim haq ro`zi aylabdur tariyqi ofiyat,
Oshkoro aylamas ne toatu ne ma`siyat.
Kimgakim haq ro`zi aylabdur tariyqi ofiyat,
Oshkoro aylamas ne toatu ne ma`siyat.
T a n b yeh (76).
Ko`p deguvchi, ko`p yeguvchi — tomug` to`riga oshuqub ketguvchi. Demakka mash`uf va yemakka mag`lub — hikmat sharafidin mardud va maslub. Hasud bemor, balki muhlik marazg`a giriftor. Fosiq va xammor — ziyonzada va ziyonkor. G`iybat deguvchi — najosat yeguvchi. Afyuniyu bangi — odamiylar nangi. Tome` umri zoe` va malolati shoe`. Er kishi ko`p yasansa beva bo`lg`ay, bu sifat zuafog`a sheva bo`lg`ay.B a y t:
Er kishiga zebu ziynat — hikmatu donishdurur,
Yaxshi kiymak birla xotunlarg`a oroyishdurur.
Er kishiga zebu ziynat — hikmatu donishdurur,
Yaxshi kiymak birla xotunlarg`a oroyishdurur.
Tanbeh (77).
Qarikim, qilg`ay ra`noliq — tifledurur nobolig`. Kichik yoshlarg`a ulug`lar harakoti anga dalildurkim, ne akli bo`lg`ay, ne uyoti. Qarikim, saqolin vusma bila bo`yag`ay, yigitdekdurkim, ani gulob bila yuvg`an. Muflis burch olsaki bazl qilg`ay, saqol orasta qilurkim, hazl qilg`ay. Agar burchig`a sud ortar, o`z bo`ynin bog`lab zindong`a tortar. Er kishikim, ko`p yasang`ay, xirad ahli aning aqlidin o`sang`ay.R u b o i y:
Iyd oqshomi tifl ilgida chapu rost hino,
Yo shohidi sho`x egniga xazzu debo.
Shoistadurur qari bajuz dalqu aso,
Ko`rguzsa saqolig`a kularlar uqalo.
Iyd oqshomi tifl ilgida chapu rost hino,
Yo shohidi sho`x egniga xazzu debo.
Shoistadurur qari bajuz dalqu aso,
Ko`rguzsa saqolig`a kularlar uqalo.
T a n b ye h (78).
G`aniyg`a chapon kiymak andoqdurkim, muflisg`a atlasu katon kiymak. Ho`b yirtuq to`n bila ham ho`b, gul yamog`liq chaponi bila mahbub.
Zuhal biyik maqom bila mehri xovariy bo`lmas, dev bihisht hullasin kiygan bila pari bo`lmas.
Kampir haram nozanini bo`lurmu, kaftor g`azolai Chin bo`lurmu? Qari qahba gulgunau vusma bila yuzu qoshlig` —buzuq mafsaqadur, shingarf va zangor bila naqqoshlig`. Xojakim, bibi borida dodakka aylang`ay, bibining iffat etagi kulg`a bulg`ong`ay.
B a y t:
Kishig`a bo`lmasa o`z sha`niga shoyista sifot,
Qilmasun ayb o`zidekdin dog`i andoq harakot.
Kishig`a bo`lmasa o`z sha`niga shoyista sifot,
Qilmasun ayb o`zidekdin dog`i andoq harakot.
T a n b ye h (79).
Nodong`a so`z demak ayg`og`dur va ko`p demagi yo`rtog`dur. Oz demagi nosih va demamagi — muslih. Elning maxfiy aybin paydo qilmoq — o`zin bee`timod va o`zidekni rasvo qilmoqdur. Yo`qkim, o`zidekni rasvo qilmoq va o`zining ham bu nav` aybin oshkoro qilmoqdur.B a y t:
El aybini ayturg`a birovkim, uzatur til,
O`z aybini fosh aylagali til uzotur, bil.
El aybini ayturg`a birovkim, uzatur til,
O`z aybini fosh aylagali til uzotur, bil.
Tanbeh (80).
Ilm o`qub amal qilmag`on, yerni shiyor qilib tuxum solmog`ong`a o`xshar yo tuxum solib, mahsulidin bahra olmag`ong`a.B a y t:
Ilm o`qub qilmag`on amal maqbul,
Dona sochib ko`tarmadi mahsul.
Ilm o`qub qilmag`on amal maqbul,
Dona sochib ko`tarmadi mahsul.
Tanbeh (81).
Usruk so`ziga hikmat muxolifi javob xiradmand ishi emas va telba ramzig`a aql muqtazosidin o`zga xushmand nukta demas.M a s n a v i y:
Kishiga necha kelsa mushkul hol,
Hikmatu aql anga erur hallol.
Kesak otqong`a chekar yumruq,
To`ni yirtuq durur, saqoli yuluq.
Kishiga necha kelsa mushkul hol,
Hikmatu aql anga erur hallol.
Kesak otqong`a chekar yumruq,
To`ni yirtuq durur, saqoli yuluq.
Tanbeh (82).
Mushfiq nosih so`zin eshitmagonning sazosi taassufi mukaddardur va o`ziga nosazo demak.B a y t:
Xiradmand pandini ko`rgan achig`,
So`ngida pushaymonlig`i ne asig`.
Xiradmand pandini ko`rgan achig`,
So`ngida pushaymonlig`i ne asig`.
Tanbeh (83).
Hunarmand qoshida behunar ilik tebratmasa, ayb tuhmatin anga taqar. Itolguga tug`dorining kuchi yetmasa, songg`i bila ani bulg`or.B a y t:
Baso ojizki xasm ostig`a yotmish,
Og`iz suyin aning yuziga otmish.
Baso ojizki xasm ostig`a yotmish,
Og`iz suyin aning yuziga otmish.
Tanbeh (84).
Sayyodning baliqqa shast solmog`i nafs muddaosi uchundur va baliqning ham qarmoqqa giriftor bo`lmog`i ju` balosi uchun.B a y t:
Bo`ldi sayyodg`au saydg`a nafs orzusi qayd,
Yo`qsa ne ul edi sayyod, ne bu erdi anga sayd.
Bo`ldi sayyodg`au saydg`a nafs orzusi qayd,
Yo`qsa ne ul edi sayyod, ne bu erdi anga sayd.
Tanbeh (85).
B a y t:
Ko`p demak birla bo`lmag`il nodon,
Ko`p yemak birla bo`lmag`il hayvon.
Ko`p demak birla bo`lmag`il nodon,
Ko`p yemak birla bo`lmag`il hayvon.
Tanbeh (86).
G`olib dushman zabuning bo`lsa shod bo`lma va ishi andishasidin ozod bo`lmakim, siyosatida tahammul vojibdur va rioyatida taammul.B a y t:
Dushman rajou xavfi desangkim, fan o`lmag`ay,
Andoq tirilki, kimsa sanga dushman o`lmag`ay.
Dushman rajou xavfi desangkim, fan o`lmag`ay,
Andoq tirilki, kimsa sanga dushman o`lmag`ay.
Tanbeh (87).
Olimki, johilni muqobalag`a kelturub, ilzom qilmog`i havas bo`lg`ay, aning o`ziga ushbu ihonat—o`q bas bo`lg`ay. Olim kerakki, o`z ilmining poya va miqdorin asrag`ay, gavharni imtihon uchun toshqa urmag`ay.B a y t:
Xorag`a har kishikim, durri saminni urg`ay,
Xirad anglarki, qayu biri birini sindurg`ay.
Xorag`a har kishikim, durri saminni urg`ay,
Xirad anglarki, qayu biri birini sindurg`ay.
Tanbeh (88).
Gavhar balchiqqa tushgan bila qiymati ushalmas va o`z bahosidin qolmas. Eshak munchog`in tojg`a tikkan bila firuza yerin tutmas va hech kim aning kam baholig`ini unutmas.Q i t ` a:
Zevar bila shakli xo`b bo`lmas,
Har qizki, erur yomon liqolig`.
Harnecha qorong`u bo`lsa hujra,
Sham` anda bo`lur fuzun ziyolig`.
Zevar bila shakli xo`b bo`lmas,
Har qizki, erur yomon liqolig`.
Harnecha qorong`u bo`lsa hujra,
Sham` anda bo`lur fuzun ziyolig`.
Tanbeh (89).
Qobilg`a tarbiyat qilmamoq zulmdur va noqobilg`a tarbiyat — hayf. Ani adami tarbiyat bila zoe` qilma va munga tarbiyatingni zoe` qilma.Qit`a:
Qobilg`a tarbiyat erur ul nav`kim, guhar
Tushsa najosat ichra yug`ay kimsa ani pok.
Gar it uzumig`a kishi may birla bersa suv,
Bu tarbiyat bila qila olg`aymu ani tok.
Qobilg`a tarbiyat erur ul nav`kim, guhar
Tushsa najosat ichra yug`ay kimsa ani pok.
Gar it uzumig`a kishi may birla bersa suv,
Bu tarbiyat bila qila olg`aymu ani tok.
Tanbeh (90).
Hazlg`a shuru`din behurmatlig` ortar va hazlning nihoyati jidolg`a tortar. Ko`p lahv hayo pardasin chok etar va adab va hurmat ahlin bebok. Qila olg`oncha ta`zim va adab binosin yiqma va hayo va hurmat xilvatidin tashqari chiqma.R u b o i y:
Iymong`a erur nishon hayo birla adab,
Hurmat bila ta`zim saodatqa sabab.
Hayovu muaddab angakim, bo`lsa laqab,
Maqsudig`a kech yetsa ajab, angla ajab.
Iymong`a erur nishon hayo birla adab,
Hurmat bila ta`zim saodatqa sabab.
Hayovu muaddab angakim, bo`lsa laqab,
Maqsudig`a kech yetsa ajab, angla ajab.
Tanbeh (91).
Fosiq bari millatda nodondur va pokravlar orasida nodonroq. Fisq bari tariyqda yomondur va porsoliq ilbosida yomonroq. Ne elga yorsen — o`zungni ul nav` tuz, nechukki borsen — o`zungni andoq ko`rguz.M a s n a v i y:
Hayovu adab birla tuzgil maosh,
Yana ayla ta`zimu hurmatni fosh.
Ne el yeri bo`lsang, alar rangi bo`l,
Nechuk bor esang, tutqil ul sori yo`l.
Hayovu adab birla tuzgil maosh,
Yana ayla ta`zimu hurmatni fosh.
Ne el yeri bo`lsang, alar rangi bo`l,
Nechuk bor esang, tutqil ul sori yo`l.
Tanbeh (92).
Sahvu xato bashariyat lozimidur. Xato va sahvin anglab mutanabbih bo`lg`on, saodatmand odamiydur. Xatosin zoyil qilur, ulki e`tirof sari qaytg`ay, va muzoaf qilur, ulki dalil ijro qilib harza aytqay. Mubolag`asi necha ko`prak — sahvi pandoroq va mukobarasi necha ortuqroq — o`zi elga rasvoroq.Masnaviy:
Xatog`a tadoruk nedur bexilof,
Ayon qilmoq o`z saxvig`a e`tirof,
Vagar qilsa sahvig`a ijro dalil
Ki, yaxshidur aylar iki oncha bil.
Xatog`a tadoruk nedur bexilof,
Ayon qilmoq o`z saxvig`a e`tirof,
Vagar qilsa sahvig`a ijro dalil
Ki, yaxshidur aylar iki oncha bil.
Tanbeh (93).
Har g`aniyki tirikligida ehsonidin ko`ngullarni shod qilmag`ay, o`lganidin so`ng ani kimsa duo bila yod qilmag`ay. Ehson tiriklikda yaxshi otdur, o`lgandin so`ng do`zax azobidin najot.Qit`a:
Kishida barcha axloqi hamida,
Chu jam` o`ldi qo`yarlar otin ehson.
Biri andin saxodur, bir muruvvat,
Bular gar yo`qtur, inson ermas inson.
Kishida barcha axloqi hamida,
Chu jam` o`ldi qo`yarlar otin ehson.
Biri andin saxodur, bir muruvvat,
Bular gar yo`qtur, inson ermas inson.
Tanbeh (94).
Baxilning andoqki, bugun topqoni zaxira bo`lg`ay, tongla qabri ham bu kungi maoshi uyidek tiyra bo`lg`ay. Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, yigitlikda dilpisandroq. Tavba va istig`no hama vaqtda sudmanddur, qariliqda sudmandroq.Hilmu hayo ahli har yerda arjumanddur, ulug`lar nazarida arjumandroq. Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo ko`rmadi. Saloh va fasod tuxmin kim ektikim, o`rmadi.
B a y t:
Yaxshiliq tuxmin sochg`ilkim, budur dehqong`a so`z
Harnekim, ekting bugun, borin hamon tut oni ko`z.
Yaxshiliq tuxmin sochg`ilkim, budur dehqong`a so`z
Harnekim, ekting bugun, borin hamon tut oni ko`z.
Tanbeh (95).
Izzat ahliki mazallatqa tushti san`at ilgi yo`qturu va savol tili. Anga tarahhum qilmoqni g`animat bil va ilgingdin kelgancha ehson qil. Yigit gadokim, bel ura olur va o`tun tashimog`ni bilur, anga nima bergan tengri molin zoe` qilur. Tanbeh (96).
Masnaviy:
Biri bayt ul-harom ichra farishta,
Biri dayr ichra shayton barcha ishta.
Ne hojat sharh qilmoqliq tafovut
Ki, baytullox dindur farqi sobut.
Biri bayt ul-harom ichra farishta,
Biri dayr ichra shayton barcha ishta.
Ne hojat sharh qilmoqliq tafovut
Ki, baytullox dindur farqi sobut.
T a n b ye h (97).
Bilmaganni so`rub o`rgangan olim va orlanib so`ramagan o`ziga zolim. Oz—oz o`rganib dono bo`lur, qatra—qatra yig`ilib daryo bo`lur. O`rganurdan qochg`on lavand va yuziga hiyal va bahona eshigin ochg`on tanand. Emgak tortib ilm o`rgangan xiradmand.B a y t:
Ilmdi oriy ulusning johili xudkomasi,
O`rganurga jiddu jahd etgan jahon allomasi.
Ilmdi oriy ulusning johili xudkomasi,
O`rganurga jiddu jahd etgan jahon allomasi.
Tanbeh (98).
Gadozodai xiradmand — akobir hamrozi, g`aniyzodai lavand —arzol damsozi. Ul ilmu donish yuzidin salotinni qilib hojatmand, bu jahl va inod fartidin xaloyiq qoshida nopisand.Q i t ` a:
Baso yagonai mufliski mulk sultoni
Ulum mas`alasida erur anga muhtoj.
Baso jaholatu beboklik fanida g`aniy
Ki, podshoh oni o`z mulkidin qilur ixroj.
Baso yagonai mufliski mulk sultoni
Ulum mas`alasida erur anga muhtoj.
Baso jaholatu beboklik fanida g`aniy
Ki, podshoh oni o`z mulkidin qilur ixroj.
Tanbeh (99).
Tinch ko`ngul bila yovg`on umoch yaxshiroqkim, takalluf va mashaqqat bila qandiy kuloch. Eski chapon bila forig` tufrog`da o`lturmoq yaxshiroqkim, zarbaft xafton kiyib birov olida turmoq.Q i t ` a:
Gadolig` bo`ryosi uzra miskin
Ki, xotir forig` o`lg`ay har taabdin.
Ko`p ortuqkim bo`lub o`zungga ma`mur,
Xazu deboda yer tutsang tarabdin.
Gadolig` bo`ryosi uzra miskin
Ki, xotir forig` o`lg`ay har taabdin.
Ko`p ortuqkim bo`lub o`zungga ma`mur,
Xazu deboda yer tutsang tarabdin.
Tanbeh (100).
Har kishikim, bir qavmning suluk va ohangin tuzar, tadrij bila hamul qavmning rangin tutar. Har kimgakim, payravlig` etar, ul mutobaat xosiyatidin ul yetgan yerga yetar. Agar so`z sanga ko`runsa mahol, ashobi kahf bila itlaridin hisob ol.Qit`a:
Nabiy o`g`li tomug`ni qildi maskan,
Tomug` ahli guruhin chun erishti.
Va lekin jannat ahli payravi it
Etishti qaydakim ul el yetishti.
Nabiy o`g`li tomug`ni qildi maskan,
Tomug` ahli guruhin chun erishti.
Va lekin jannat ahli payravi it
Etishti qaydakim ul el yetishti.
Tanbeh (101).
Odamin sharif ul—kavnayndur23 va it najis ul—ayn24 ammo haqnoshunos va bevafo odam haqshunos va vafolig` itdin kam. Vafolig` qo`tuz it yaxshroqkim, va rosiz xush barno yigit.Q i t ` a:
Bevafo haqnoshunos eldin yirog`lig` istakim,
Kelmadi hargiz alardin g`ayri bedodu jafo.
Itga itlik aylamak jonu ko`ngul birla bo`lur,
Haqshunos o`lsau bo`lsa anda oyini vafo.
Bevafo haqnoshunos eldin yirog`lig` istakim,
Kelmadi hargiz alardin g`ayri bedodu jafo.
Itga itlik aylamak jonu ko`ngul birla bo`lur,
Haqshunos o`lsau bo`lsa anda oyini vafo.
Tanbeh (102)
Nafsparvardin hunar kelmas — yemakdin o`zga va nafsparastdin naf` yetmas — demakdin o`zga. Ul biri bari harom taomdin va bu biri barcha ta`rifi kalomdin.Masnaviy:
Ul biri luqmau navola so`zin
Aytib onchakim xoli aylab o`zin.
Bu o`z avsofig`a muarrif o`la,
Aylabon bazmi anjumanni to`la.
Ul biri luqmau navola so`zin
Aytib onchakim xoli aylab o`zin.
Bu o`z avsofig`a muarrif o`la,
Aylabon bazmi anjumanni to`la.
Tanbeh (103).
Tengri el aybig`a nozir va sotirdur. Bovujudkim, jazosig`a qodirdur. Va tengri dushmani ani ko`rmas va bilmas. Ammo tuhmat bila fosh qilurda taqsir qilmas.Masnaviy:
Tengri ishin qilmoq erur farzi ayn
Kim, ko`rubon aylamoq sho`ru shayn.
Ko`rmoyin ulkim, ishi bo`hton erur,
Bilki bu xislat bila shayton erur.
Tengri ishin qilmoq erur farzi ayn
Kim, ko`rubon aylamoq sho`ru shayn.
Ko`rmoyin ulkim, ishi bo`hton erur,
Bilki bu xislat bila shayton erur.
Tanbeh (104).
Xiradmandg`a el xatosidin pand yetar va savob yo`qlig`a azm etar, andin burunkim, aning xatosidin pand olg`aylar va aybin aning yuzig`a solg`aylar.Q i t ` a:
Oqil chu ko`rsa elda xato ijtinob etib,
Andin savob yo`l sari moyil qilur o`zin,
Qo`ymas aning xatosig`a el aylab e`tiroz
Ayturg`a yuzi o`trusida saxvining so`zin.
Oqil chu ko`rsa elda xato ijtinob etib,
Andin savob yo`l sari moyil qilur o`zin,
Qo`ymas aning xatosig`a el aylab e`tiroz
Ayturg`a yuzi o`trusida saxvining so`zin.
Tanbeh (105).
Shabob ayyomi zikrida
Yigitlik umr gulshanining bahoridur va hayot shabistonining nahori. Bu biridin ayshu nishot gullarining ochug`lug`i va ul biridin zavqu inbisot uylarining yorug`lug`i.
Insonning zebu ra`nolig`i andin va basharning tobu tavonolig`i andin. Havos va quvog`a andin quvvat, javorih va a`zog`a andin sihhat. Ko`ngulga ishq oshubi andin hodis va sho`xlar sari oshufta bo`lmoqqa ul bois. Yigitlarga husnu noz tug`yoni aning mag`rurlig`idin, qarilarg`a ashku niyoz to`foni aning mahjurlig`idin. Ko`z uyi mash`ali andin ravshan va yuz bog`i anjumani andin gulshan. Nozaninlar husni istig`nosig`a sabab ul va ishqoyinlarg`a ishq balosidin mujibi ranju taab ul. Zabardastlar boshida mulk havosi sho`ri andin va zeridastlar ayog`ida ham mulkdin jalo bo`lib qochmoq ro`zi andin. Chobuklar aning natijasidin maydonda takovar chopib, balki ul takovar ham aning nash`asidin maydonda yugururga quvvat topib, ma`siyatdin nafsg`a yigitlikda kom topmoq ham ibodatdin ruhg`a yigitlikda biyik maqom topmoq. Xarobat ahlig`a rindliq va mastlik yigitlikda dilpazir va munojot ahlig`a porsolig` va xudparastlig` yigitlikda benazir.
Ruboiy:
Ahbob, yigitlikni g`animat tutunguz.
O`zni qariliq mehnatidin qo`rqutunguz.
Oyini adovatu hasaddin o`tunguz,
Har nav` ila o`zni necha kun ovutunguz.
Ahbob, yigitlikni g`animat tutunguz.
O`zni qariliq mehnatidin qo`rqutunguz.
Oyini adovatu hasaddin o`tunguz,
Har nav` ila o`zni necha kun ovutunguz.
Tanbeh (106).
Shayxuxat zikrida
Shayxuxat zikrida
Shabob mayining maxmurlug`i qariliq va yigitlik sihhatining ranjurlig`i qariliq. Shayhuhat ayyomi nishot ahlin noshod qilurkim, odame qaddin ham qilib, umr bila xayrbod qilur. Havas va orzular shoxi ko`ngulda sinar, balki borcha taraddud va harakatlardin ko`ngul tinar. Sarbalandlig` xayoli boshtin chiqor. Nadomat va hasrat ashki seli qasri devorin yiqar.
Nomurodlig`lar zindoni budur va noumidlig`lar bayt ul—ehzoni ham budur.
Qad egilmagi tufroqqa mayl etmakka dol, shohidlardin tanaffus bu ma`nig`a guvohi hol. Iliq titramog`i umr bodasi xumoridin. Hofiza o`rnig`a nisyon yer tutub, o`rganmoqni, balki unutmog`ni ham unutib. Badang`a sihhatdin asar qolmas va kungulga xushu xiraddin xabar qolmas.
Yigitlarga tahayyur aning mabxutlug`idin, o`g`lonlarg`a tamasxur aning fartutlug`idin. Har sari mo`yidin bir maraz paydo, qariliq va ming illat aning zotidin huvaydo.
Ayol va atfol toriqib muhofazatidin. Navkar va chokar oziqib aning muloyamatidin. Turluk — turluk illat badani uyida o`kulub, ajab—ajab maraz kasratidin hayotdin to`ngulub.
Ma`murlar nofarmonlig`idin ro`zgori qatig` va mahkumlar besomonlig`idin tirikligi achig`.
Og`zi so`lakayi so`z mazasin oqizib, maraz kasratidin mushfiqlar og`zig`a suv tomizib. Erniki, bir—biriga qovushmay o`z holig`a kulub, boshi ko`ksiga tushub, og`zi xuqqasidin donalari to`kulub. Sihhat ummidi xayoli ko`nglidin yiroq, tirikligikim, o`lmak yuz qatla andin yaxshiroq.
Ruboiy:
Chun ketti yigitliku uzoldi qariliq,
Dam sovudi, ya`ni qolmadi qon ham isiq.
Og`zig`a hayot sharbati bo`ldi achig`,
O`lmog` xushroqki, umr bu nav` qattiq.
Chun ketti yigitliku uzoldi qariliq,
Dam sovudi, ya`ni qolmadi qon ham isiq.
Og`zig`a hayot sharbati bo`ldi achig`,
O`lmog` xushroqki, umr bu nav` qattiq.
R u b o i y:
Afsuski, umri navjavonlig` ketti,
Tang`a qariliqda notavonlig` yetti,
Gar yuz yil ulki komronlig` etti.
Chun topmadi margdin amonlig`, netti?
Afsuski, umri navjavonlig` ketti,
Tang`a qariliqda notavonlig` yetti,
Gar yuz yil ulki komronlig` etti.
Chun topmadi margdin amonlig`, netti?
Tanbeh (107).
Peshai solikka yer zarur erkoniga odamizod vujud mulkidin xonapardozdur. Va adam kishvarig`a safarsozdur. Safar maxsus sanga va manga emas yo xususiyat qilg`onni kishi shohu gadog`a demas. Har kim adam nihonxonasidin vujud anjumanig`a qadam urubtur va bu baqosiz oromgohda bir nafas o`lturubtur, yana qaytib asli vatang`a azm etmak kerak va qaydin kelibdur yana ul yon ketmak kerak. Besh kun bu dori fano tirikligiga masrur va davlatig`a mag`rur bo`lmoq kerakdur. O`lumdin guzir yo`qtur va hech kishiga ul muhlikda dastgir yo`q. Pas, aning yaprog`ida bo`lmoq zaruratdur va borur asbobin tuzatmak chorasiz suratdur. Ul safar asbobi solih a`moldur va hamida hisol. Va aning zikri ikkinchi qismda tafsil va tartib bila raqamg`a keldi va mashruh bitildi. Ammo musofirg`a yo`l suubatining suhunati uchun va vodiy yiroqligining daf`i shiddati uchun yomon uqbalarkim, oldiga kelur va azim muxotaralarki, voqe` bo`lur, rahnomalig`i uchun va mushkulkushoylig`i uchun bir nimakim, noguzirdur komil rahnasoyi pirdurkim, aning irshodi bo`lmayin bu yo`lg`a azm qilmoqni akobiri avliyo (quddisa allohu taolo arvohahum)25 joyiz tutmaydur, balki solik atvori va sulukiga yovutmaydurlar. Har oyinakim, musofir ko`rmagan yo`lga qadam ursa va yetmagan vodiyg`a yugursa, yo`l yiturmak ehtimoli bor va yo`ldin ozmoq imkoni bor. Ul uqubatdin va anda yuzlangan xatarotdin musofirni hodiy o`tkarur va komil murshidning irshodi maqsadqa yetkurur. Va yana ahlullohki, haq yo`lig`a qadam qo`yubturlar va talab markabin shavq vodiysig`a surubturlar, komil pir irshodidin ayru azm qilmaydur va bu yo`lda hodiysiz maqsad manzilig`a yetmaydurldr. Agar ahyonan yuzdin bir solik zohir yuzidin murshid piri nobud ekandur, ammo ma`ni yo`lidin mavjud ekandur yo g`oyib murshid taqviyati birla yo mutavaffoyi komil ruhoniyati tarbiyati bila azm etibdurlar va matlubig`a yetibdurlar. Maqsudkim, bu yo`lda nafs dushmandur va shayotini rahzan va har qaysi azim maxofat va ulug` ofatdur, to hodiy boshqarmag`ay va murshid muhlikdin o`tkarmag`ay. Bu yo`l kat`i mutaassirdur va maqsadg`a yetmak mutaazzir. Va o`zluki bila bu vodiyg`a yetgan va manozilin qat` etgan anoniyat giriftoridur va nafsg`a tobe` va shaytonning masxara va mahzalidur va ranji zoe` Bu maqsudg`a bir vosita bo`lmay yetmak mumkin emas va murshid rahnamoy bo`lmay, bir uning yetganin kishi demas. Muridni maqsudg`a yetkurguvchi haqdur vositai pir va solikni matlubqa qo`shuldurg`uchi ham haqdur va vasilai ham pir.Tamsil: Manquldurkim, qutb us—solikin va sulton ul orifin, haqiqat ahli imomi, Shayx Boyazid Bistomiy26 (quddisa sirrihu) bir jonibg`a bo`lub erdi ozim va bir muridi anga mulozim. Bir ulug` suv ilaylariga keldi. Va Shayx «Olloh!» deb ul suvg`a qadam urdi va muridg`a «Boyazid», deb qadam urmoq buyurdi. Shayx va murid «Olloh» va «Boyazid» deb borurlur erdi. Va sabo va nasimdek suvdin o`zlarin o`tkarurlar erdi. Nogoh murid xayolig`a keldikim, Shayx Olloh zikri bila boradur va meni yo`lda boshqaradur, men ham vosita sham`in o`chiray va vahdat bahrida Olloh zikri bila qadam uray. Bu muddao bila ulki qadam qo`ydi, botti. Shayx dastgirlikka qo`lin uzotti, ilkin tutub chekti, bahr sohilig`a otti va muhlika g`arqobidin sudradi emin manzilig`a va dedi: Ey farzand, sen ul Boyazidg`a yet, andin so`ngra tengrig`a yetmak havas et. Anga bu nav` siyosat surdi va irshod shartin bajo kelturdi bu yo`l hodiysi har kimgakim, pirdur mundoq haloki g`arqi oblaridin dastgirdur. Maqsudki, pir irshodidin ayru bu yo`lg`a qadam urmamoq kerak, balki dam.
R u b o i y:
Kimni bu yo`l qat`ig`a soldi taqdir,
Pir amrini qilmasa, keraktur tag`yir,
Onsiz qadam ursa, angla makru tazvir,
Mal`un desa behrakki, desalar be pir.
Kimni bu yo`l qat`ig`a soldi taqdir,
Pir amrini qilmasa, keraktur tag`yir,
Onsiz qadam ursa, angla makru tazvir,
Mal`un desa behrakki, desalar be pir.
Tanbeh (108).
Safar manofii zikrida
Safar manofii zikrida
Arzi sokin qayda va sipehri davvor qayda va turobi mutamakkin qayda va kavkabi sayyor qayda?!
Ul biri sukundin xoksorlar poyandozi bo`ldi va bu biri taharrukdin sarafrozlar sarafrozi.
Ranj va mashaqqat moyai tavozu` va adabdur va safar ranj va mashaqqatg`a sabab.
Safar ko`rai gudoz va so`zdur va ul gudoz va so`z erning vujudi oltunig`a iyoranduzdur.
Safar mahjurlarni matlubig`a yetkurguvchi va mahrumlarni murod uyig`a kivurguvchi va xomlarni pishirguvchi va taomlarni singurguvchi. Olam g`aroyibidin bahra yetkurguvchi va ofarinish ajoyibig`a ittilo` berguvchi.
Buzurgvorlar mazorati fayzig`a musharraf va mukarram bo`lmoq safardin va fayzosor eranlar xizmatig`a muazziz va muhtaram bo`lmoq safardin. Solikning atvoriga andom berguvchi safar, ko`ngulning har sari havo qilurig`a orom berguvchi safar. Musofirni manozillardin boxabar qilg`uvchi ul, ul marohilg`a rahbar qilg`uchi ul. Issiq—sovuqdin jong`a intiboh berguvchi ul, achchig`—chuchukdin ko`ngulni ogoh qilg`uvchi ul. Safar vodiysida musofir ayog`ig`a dardu balo tikanlari ko`p sonchilur, lekin har tikandin maqsud guli ochilur. Yo`l emgagi shiddatidin badani ko`p tovshalur va vujudi rohravlar ayog`ig`a to`shalur va a`zosi ul ayog` ostida ushalur, ammo ko`ngli buzug`lug`lari yasalur, va ruhi ko`zgusi safo olur.
Har kishvarning oroyishini va har manzilning osoyishini safar ahlidin so`r va musofirdin ko`r. Safar qilmag`on orom farog`atin qayda bilsun va g`urbat chekmagan vatanda kom rafohiyatin ne nav` ma`lum qilsun. Daryoki sokindur, suyidin yutsa bo`lurmu va ro`dkim mutaharrikdur, zuloli tarkin tutsa bo`lurmu? Taharruk ahlig`a hayotdin asardur va jamodot xayli tiriklik nishonasidin bexabar. Bu sayr agarchi zohir sayridin hikoyatdur, ammo haqiqat yo`li sayru sulukidin qinoyatdur. Ul maxsus emas sukun va harakatg`a, muqayyad emas batiy sur`atg`a va ani debdurlarki, anjumanda xilvat va vatanda sayr va harakat.
Qit`a:
Bu jamoatdurki, manzilgohdin olmay qadam,
Ko`z ham ochmay ul tarafkim, olami kavnu fasod.
Bahrdin zavraqni tortarlar tutub sohil sargi
Kim, ani g`arq etgali yetkurmish bo`lg`ay tundu bod.
R u b o i y:
Yorabki, bu qavmkim erur xizrqadam,
O`lgan ko`ngul ehyosi uchun isodam.
O`lgan va itganlarga qilib lutfu karam,
Etkurgandek yetkur mening boshima ham.
Bu jamoatdurki, manzilgohdin olmay qadam,
Ko`z ham ochmay ul tarafkim, olami kavnu fasod.
Bahrdin zavraqni tortarlar tutub sohil sargi
Kim, ani g`arq etgali yetkurmish bo`lg`ay tundu bod.
R u b o i y:
Yorabki, bu qavmkim erur xizrqadam,
O`lgan ko`ngul ehyosi uchun isodam.
O`lgan va itganlarga qilib lutfu karam,
Etkurgandek yetkur mening boshima ham.
Tanbeh (109).
Odamiyning yaxshirog`i uldurkim, porso va pok bo`lg`ay va haq so`zin ayturda bevahmu bok bo`lg`ay. O`zi poku ko`zi pokni inson desa bo`lur. Tili arig` va ko`ngli arig`ni musulmon desa bo`lur. Musulmon uldurki, musulmonlar aning til va ilgidin emin bo`lg`aylar va ko`zi ko`nglidin mutmain.Tanbeh (110).
Yaxshidin yomonlar ham yomonlig` ko`z tutmas, yaxshi yomonlarg`a ham yaxshilig`in unutmas. Yaxshiliq qila olmasang, yomonliq ham bore qilma. Yaxshiliqdan yomonlig`ni yaxshiroq bilmasang, yaxshilarga qo`shul, yaxshiliq tegrasig`a evrula olmasang, yaxshilar tegrasiga evrul.Tanbeh (111).
Fisq shumlug`idin o`zingni yaxshilardin huratma va yomonlar orasig`a qotma. Ul shum agarchi aqlg`a makruhdur, ammo nafsg`a mahbubdur; agarchi haq yo`lida mag`mumdur, ammo shayton yo`lida marg`ubdur.Tanbeh (112).
Bir necha jur`ani badang`a doxil qilib, bir necha qatrani andin xorij etma. Ul jur`a quduratidin safodin ayrilib, ul qatra xurujidin balo daryosig`a botmakim, ul jur`a selobi balodur, dinu iymoning yiqar, ul qatra girdobi ranju anodurkim, aning bila hayoting naqdi chiqar. Badan durjidin durlarnikim sochting, xoli bo`ldung va jism shishasiga ul jur`alar yo`lin ochting — nafsu havo poymoli bo`ldung. Ul jur`a moddai fasoddur, taningg`a yovutma va ul qatra naqdi hayotdur — tarkin tutmakim, muning qabulidin shayton maqbuli va maqsudisen va aning raddidin rahmon mardudisen. Ani ichmak — jigar qonin ichmakdur va mundin kechmak — bir jigar go`shadin kechmakdur, ul birin yutmoqdin zahr yutma, bu birin sochmoqdin nasling tuxmin qurutma.Tanbeh (113).
Dardlig` ko`ngul — shu`lalig` charog`, yoshlig` ko`z suvluq bulog`.Teva qushin yuklab ko`chsa bo`lmas va chodir qanotin ochib uchsa bo`lmas. O`t ishi qovurmoq, yel ishi sovurmoq. Suvning mazasi muz bila, oshning mazasi tuz bila, odam yaxshilig`i so`z bila. Sihhat tilasang ko`p yema, izzat tilasang ko`p dema. Yaxshi libos — tang`a oroyish, yaxshi qo`ldosh — jong`a osoyish. Tome`din karam tilama, gadodin diram tilama. Baxildin amonat ajab, karimdin xiyonat ajab. Choqin siymin o`ksa bo`lmas, yoshi rishtasin tugsa bo`lmas. Telba qulog`iga pand — quyun
asg`ig`a band.
Tanbeh (114).
Bebok — hamdamliqqa yaramas, nopok — mahramlikka yaramas. Erning qilig`i — sutning ilig`i. Yasanchoq — mardona bo`lmas, ko`palak —parvona bo`lmas. Do`st javridin ingranma, dushman bedodidin gungranma.Tanbeh (115).
Molliq nodonning demagi, oltunluq chibinning yemagi ma`lum. Fosiqdin hayo tilama, zolimdin vafo tilama. Kular yuz bilan ato, saxo ustiga saxo. Arig`siz ish safo bo`lmas, ip ganchisi aso bo`lmas. Aningkim shohlarg`a xizmati xo`braq, qo`rqunchi ko`prak. Ishqsiz kesak, dardsiz eshak. Qone` tilanmas farzona, qanoat tuganmas xizona. Elga qo`shulg`on oroyish topti, eldin uzulg`on osoyish topti. Har yugurgan yovushmas, har ayrulg`on qovushmas. Juhud o`z dinidin mahjur, hasud o`z fe`lidin ranjur. Xasm necha haqir bo`lsa, ko`ngul qo`zg`atur va xas necha ushoq bo`lsa, ko`z bulg`atur. Dushman so`zi to`zimi eldin, suv xatlari — yeldin. Ushoqlar ishi nima bo`lmas, pista qobug`i kema bo`lmas. Dushman maqoloti — bang xayoloti.Tanbeh (116).
Yaxshi bo`l yo yamon, ikkisi bo`lurmen degan hamonu yamon hamon. Yamon bila yaxshi orasida ko`p farqdur ikki kemaning uchin tutqon g`arqdur. Har qavm oyini bila zuhur qilsang alardinsen alar yamon bo`lsa, sen — yamon va alar yaxshi bo`lsa, sen yaxshilardinsen. Pas o`zni yaxshilar orasida yashurg`on va alar etagiga ilik urg`on yaxshiroqdur va xavfu biymdin qiroqdur. Itga eranlar suhbatidin eranlar hukmi bor, najas tuzloqqa tushsa, tuz hukmin tutar. Baso qobilki, yaxshilardin ayrildi, yamonlar suhbati ani zoe` qildi.Saidzodaikim, lo`lilarga o`tkangay, maymunbozlik va duduktaroshliqdin o`zga ne o`rgangay. Shoh qasri kabutarikim, sahroyilarg`a qo`shulg`ay, kecha qo`nar yeri choh tubidin o`zga ne yer bo`lg`ay. Yomondin yaxshiliq ko`z tutmoq fosid xayoldur, itdin kiyikka va mushukdin kabutarga shafqat maholdur. Zoti dushman va muxolifni do`st dema, o`zungga bozi berma va bozi yema.
Tabiiy dushman vaqte do`st bo`lg`aykim, suv o`tni o`churmagay va yel tufrog`ni sovurmag`ay. Inson bila shayton orasida adovatdur va tabiiy muxolifat: biri o`tdin va biri tufrog`din. Bu adovat oralaridadur ul chog`din o`t g`olib bo`lsa, tufrog`ni kul qilur va tufrog` g`olib bo`lsa, o`tni o`chirur.
Odam bila shayton muxolifatin unutma. Ota dushmanin o`zungga do`st tutma. Otangni bihishtdek ma`manidin jalo qildi va yillar xokdon g`aribistonida zalil va mubtalo qildi. Va otang avlodidin ba`zi anga intiqom tuzdilar va xoru zabun qilib jafolar ko`rguzdilar. Nafsni chun taqvo riyozati bila zeridast qildilar — shaytonni zalilliq bila yerga past qildilar.
Sizning bu adovatingiz hargiz adam bo`lmas. Bu dushmanliq orangizdan hargiz kam bo`lmas. Bu g`olib dushmandin bir dam g`ofil qolma, o`churolmas isyon o`tin o`z xirmaningga solma.
Tanbeh (117).
Nodon do`stni ham do`st sonig`a kivurma, xiradsham`in aning harza afsonasi yelidan o`churma. Baso tiflkim, ayni muhabbatdin ato saqoli tukin tortib uzubtur va sajjodasi mehrobida beadablig` ko`rguzubtur va namozin buzubtur. Va basr mastkim, niyoz yuzidin ayog` o`pkali egilibdur va beixtiyor qayddin pokdomanlar etagin mulavvas qilibdur. Dono dushmandin naf` imkoni bor va nodon do`stdin zarar imkoni ko`prak bor va munga alar bila ixtilot qilmamog` kerak.Tanbeh (118).
Bashar jinsidin vafo ko`z tutma va xirad naxlin fosid xayol samumi bila qurutma. Bir vafo qilsang, o`n jafo tortarg`a muhayyo bo`l, muncha bila qutulsang, jong`a minnat tutub uzrlarin qo`l.Yuqoriroq vafosiz ahli zamon dostoni o`tubtur va xirad zamon ahli yerlarini unutib, vafo oyinidin ma`zur tutubtur.
Tanbeh (119).
Xo`b — ruhafzo, zisht — umr farso, xushxulq nozanin — huri bihshtoyin. Yomon mijozliq zisht — devi do`zax sirisht. Muxannas ne hashvki demagay, makiyon ne najosatki yemagay. Erdin so`z hunar, enchidin bo`z hunar. Jumriy o`kunub biyik bo`lmas, o`chku yugurib kiyik bo`lmas. Ko`nglida xalalliqqa kulgu harom, shoh ollida dushmanliqqa uyqu harom.
Tengri borchani o`z yo`lida rahzandin asrasun va shoh ollida dushmandin asrasun.
B a y t:
O`z yo`lida tengri tutsun elni dushmandin yiroq,
Shah qoshida kimki shaytonvashdurur andin qiroq.
O`z yo`lida tengri tutsun elni dushmandin yiroq,
Shah qoshida kimki shaytonvashdurur andin qiroq.
Tanbeh (120).
Umrni g`animat bil, sihhat va amniyatqa shukr qil. Fano tariyqin tuz, faqr bila mubohot ko`rguz. Mazhabingni ixfolig` bila eldin yaxshi asra va yormog`ingni yaxshi va yomondin maxfiy asra. Aftodalig` bila xo`y tut va shikastalig` bila ko`ngulni ovut.Befoyda so`zni ko`p aytma va foydalig` so`zni eshiturdin qaytma. Oz degan — oz yengilur, oz yegan — oz yiqilur. Ochlig` hikmat sarmoyasidur va to`qlug` g`aflat piroyasidur. To`qlug` hirsin ko`nguldin yo`q qil, o`zung och bo`lib, bir ochni to`q qil. O`zungni zebo libos xayolidin o`tkar, libos zebolig`in tilasang bir yalangni butkar. Libos har nechakim zebodur, kiyganingdin kiydurganing avlodur.
B a y t:
Nechakim to`nni rioyat birla kiysang eskirur,
Chunki kiydurdung yalangg`a uframas to`n ul erur.
Nechakim to`nni rioyat birla kiysang eskirur,
Chunki kiydurdung yalangg`a uframas to`n ul erur.
Tanbeh (121).
Har kishini dema mahramu hamrozdurkim, bu mato` olam ahlida ozdur. Bashar jinsin rozingg`a mahram bilma, balki malakni ham o`zungga mahram qilma. O`zung asrardin agar sanga maloldur, yana birov ani asramoq maholdur. O`z maxzaningni ochsang va maxfiy durlaringni sochsang, tergan kishi sepamay netkay va asra deb, mubolag`a qilg`oning ne yerga yetgay? O`zung o`z sirringni asray olmag`oningni bilursen, yana birov ani fosh etsa, ayb ham qilursen.Bu sir asramog`ingdin lavhashalloh va e`tiroz qilmog`ingdin borakalloh!
Ko`zni o`z aybingdin olma va o`zgalar aybig`a ko`z solma.
B a y t:
Biynandadur o`lsa kishi o`z aybig`a hozir,
Ko`z ochma bo`lurg`a, yanalar aybig`a nozir.
Biynandadur o`lsa kishi o`z aybig`a hozir,
Ko`z ochma bo`lurg`a, yanalar aybig`a nozir.
Tanbeh (122).
Chin so`zni yolg`ong`a chulg`ama, chin ayta olur tilni yolg`ong`a bulg`ama. Yolg`onchi kishi emas, yolg`on aytmoq eranlar ishi emas. Yolg`on so`z deguvchini bee`tibor qilur, nechukkim, ul gavharni xazafdek xor qilur. Ulki chin so`zni yolg`ong`a qotar, durri saminni najosatg`a otar.B a y t:
Gavharekim, shohlarg`a zebi toju taxt erur,
Tashlag`on oni najosatg`a ajab badbaxt erur.
Gavharekim, shohlarg`a zebi toju taxt erur,
Tashlag`on oni najosatg`a ajab badbaxt erur.
Tanbeh (123).
Tengri do`stlari sidqu safo ma`danidur. Yolg`onchini debdurlarki, tengri dushmanidur.Tilingni ixtiyoringda asrag`il, so`zungni ehtiyot bila degil. Mahallida aytur so`zni asrama, aytmas so`z tegrasiga yo`lama. So`z borkim, eshituvchi tanig`a jon kiyurur va so`z borkim, aytg`uvchi boshin yelga berur. Tiling bila ko`nglungni bir tut, ko`ngli va tili bir kishi aytg`on so`zla but. So`zni ko`nglungda pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko`nglungda bo`lsa tilga surma. Agarchi tilni asramoq ko`ngulga mehnatdur, ammo so`zni sipamoq boshqa ofatdur. Aytur yerda unutma, aytmas yerda o`zungni mutakallim tutma. Aytur so`zni ayt, aytmas so`zdin qayt. Oqil chindin o`zga demas, ammo barcha chinni ham demak oqil ishi emas.
Masnaviy:
Xiradmand chin so`zdin o`zga demas,
Vale bari chin ham degulik emas.
Kishi chin so`z desa zebo durur,
Necha muxtasar bo`lsa, avlo durur.
Xiradmand chin so`zdin o`zga demas,
Vale bari chin ham degulik emas.
Kishi chin so`z desa zebo durur,
Necha muxtasar bo`lsa, avlo durur.
Tanbeh (124).
Uyg`oqlig`da ne olingga kelsa, qazodin ko`r, uyquda har ne tushungga kirsa, yaxshi yo`q. Elning so`ziga har ne yomonliq mahal topma, g`olib aduv mag`lubing bo`lsa, shar` tarafin zohir qilib, xayr jonibin yopma. Qaviy dushman zabuning bo`lsa muruvvat qil, karam va avf ko`rguzgil.Zolim va bedard suhbatida nukta surma, nammom na nomard muloyamatida dam urma. Dono ilikdin borg`ondin so`z aytmas, o`tgan yigitlik orzu bila qaytmas.
O`tgan ro`zgor adamdur. Kelmagandin so`z aytqon ahli nadamdur va hol mug`tanamdur. Bir turk bu ma`nida debdurkim: «Dam bu damdur».
B a y t:
Moziyu mustaqbal ahvolin takallum ayla kam,
Ne uchunkim, dam bu damdur, dam bu damdur, dam bu dam.
Moziyu mustaqbal ahvolin takallum ayla kam,
Ne uchunkim, dam bu damdur, dam bu damdur, dam bu dam.
X o t i m a d a:
Tanbeh (125).
Suvdin asrag`ulukdur tufroq va balchig` uyin. Va o`tdin asrag`uluqdur yag`och va qamish uyin. Va yeldin asrag`ulukdur bo`z uyin. Va tufrog`din asrag`ulukdur ko`z uyin. Jami`i mosivallohdin asrag`ulukdur ko`ngul uyin.B a y t:
Nechukkim, to`rt uyga to`rt ziddi nuqsoni shoye`dur,
Beshinchi un dag`i ag`yordin ul nav` zoe`dur.
Nechukkim, to`rt uyga to`rt ziddi nuqsoni shoye`dur,
Beshinchi un dag`i ag`yordin ul nav` zoe`dur.
Olam asbobining tuganmasligida bu tanbehdurlar: Masalan, birovkim kirpichdin bir—biriga farsh to`shar bo`lsa, chun ma`xud budurkim, xishtni darz bar darz solmas, qirog`larin bir—biridin o`tkarib, avvalg`ig`a yondoshtura solg`on ikki xishtning taraflarida ikki ulug` farja paydo bo`lurkim, yana ikki xisht tilar. Oni solmoq lozimdur. Bu qiyos bila ming yo ikki ming xisht farsh soli(n)sa bu nav` farjalar bag`oyat ko`p hosil bo`lur. Har qaysining islohig`a yana xisht solg`on sayn ul farjalar ul xishtlarga ko`ra ko`p zohir bo`lur. Agarchi ul farja zohir bo`lg`on takmili uchun yana xisht soli(n)sa, arzi olloh vossat yuzni, balki kurai arz davrasin tamom xisht solmoq lozim bo`la kelur. Bovujudi ulkim, bu mahol xayolni kishi taaqqul qilsa tuganmog`ining imkoni yo`qtur. Qishi tuganmagini faraz qilsa, ul farjalar birla ming, balki yuz ming bilonihoyat ortar. Alaring islohini mahol faraz birla ham taaqqul qilsa bo`lmas. Muning iloji va tadoruki xishtni zoviya qilmoq bila va andin ham ushog`roq ushatmoq bila muyassar bo`lurkim, muddao qilg`oncha yerga chun farsh to`shaldi, paydo bo`lg`on farjalarg`a ko`ra xishtlarni ushotib solg`aylar yo ul dushvorlig` osonlig` bila ilaydin qo`pqay.
Tanbeh (126).
Kelduk mushabbahg`akim, olam asbobidur, kishi tilasakim, ko`ngul tilagandek va bashariyat tomeasi taqoza qilg`ondek asbobini tuzatgay nima ko`p kerak ul keraklik nimalardin bir nechasi muyassar bo`lsa, yana aning itmomi va takmilig`a yuz oncha, balki ko`prak kerak bo`lur ham aning anjomin taaqqul qilsa ul ham mujibi zavoidlar bo`lur. Andoqkim, aning saranjomining tasavvuri maholotqa yuz qo`yar. Masalan, ba`zi salotindekkim, necha iqlimni oldilar o`zga aqolim xayoli boshlarig`a tushti, muning dag`i iloji va tadoruki bir necha muddaodin kechmak va bir necha orzudniki bashar tab`ining lozimasidur, o`tmak bila hosil bo`lur. Emdi so`zning aslig`a shuru` qiloli: Bu olam asbobi muddao va orzusin andoqkim, biror nima xotirdin salb qilg`on bila ko`p tashvish za taklifdin maxlas voqe` bo`lur, agar bilkull tamomi muddao va orzudin kishi ilix tortsa, dunyoning barcha ofat va baliyatidinkim, ishtig`oli haq yo`lining mone`idur, ozod va forig` bo`lmoq muyassardurkim, bu davlat ko`p muvofiq bandalarga dast beribdur va aroda bor ekandurlar va holo ham bor ekanlar. Va alarkim, arodin chiqibdurlar, zikrlari mashoyix va ulamo kutubida mazkurdir. Emdi kelduk mushabbahg`akim, farsh to`shmamakdur, ul dag`i andoq xishti ushotqon bila, zoviya qilg`on bila ko`p mushkulligi osonliqqa yuz qo`yar. Agar bu farsh xayolin tamom ko`nguldin chiqarulsa, kishi ul mahol tasavvurdin ham tinar va xalos ham bo`lur yo o`yga agar farsh bo`lmasa tana`umoti va talazzuzotidin ne o`ksugay. Va avliyo (quddisa allohu asrorihum) axloh va sifoti ta`rifida, balki anbiyo (salovotillohi alayhum) ahkom va sharoe`i zikrida o`y farshi so`zi o`tubmu ekin andoqkim, o`y farshig`a hech ish vobasta emas va ul hech ishga muhtoji alayh emas. Fil—haqiqat olami asbobi dag`i besh kunlik umrdakim, nihoyati o`lmakdur va barcha qonlar yutub hosil qilg`on asbobin yuz hasrat va armon ila qo`yub ketmak.
Har kishikim, haqdin qabul saodatig`a musharraf bo`lubtur, ani rad qilibdur va bori ahli qabulning mardudi bilibdur chun ani tamomi xotirdin mahv etibdur, asli maqsudig`a yetibdur. Va ul mushabbah va mushabbahunbih arosida bu tafovut ham borkim, ul farshqa shuru` va tarkidin foilig`a sud va ziyoniki, aytsa bo`lg`ay, yo`qtur. Va dunyo asbobi ishtig`olidakim, haq yo`li sulukidin mone`dur bir nafs yuz olamcha
ziyon va har dam ming falaki a`zamcha nuqson kutishdin ravshanroqdur.
H i k o ya t: Xorun ar—Rashid27 Shayx Bahlul28 suhbatin havas qildi va ul matlub husulin multamas qildi. Bahlulg`akim, bu xabar yetti, Horun suhbatin musharraf etti. Xalifakim, Bahlul ayog`in yolang ko`rdi, kafsh kiymaganning kayfiyatin so`rdi. Majzubkim, yillar kafshsiz sayr etib erdi, kafsh degan nima yodidin ketib erdi. Bilgachkim, kafsh dunyoda mavjud bor, tabassum bila dedikim: «Kishi ani tilasa qaydin topar?» Horun dedikim: «Bozorda ko`ptur. Olur ani har kishikim, har qaysi ayog`iga xo`bdur». Bahlul so`rdikim: «Har kim ani olmoq mayli qilur, ammo bahosi qaydin topilur?». Horun ayttikim: «Bahosin biz saranjom qilali va sening uchun sotqun olali». Bahlul dedikim: «Ani kiygan gohi ayog`idin chiqarsa, kim asrar va kecha uyusa, kim sahlar?» Horun dedikim: «Qul beralikim, asrasun va sen qayda chiqarsang, saxlasun». Bahlul dedikim: «Ul ham yolang ayog` bo`lsa netay? Qafsh olay desa bahosi qaydin yetgay? Horun dedikim: «Ani ham biz berali, ul sanga kiydurgandek biz anga kiydurali». Bahlul dedikim: «Ul och qolsa, ne yegay va yolang qolsa dardin kimga degay?» Horun dedikim: «Kiymagin xazonadin yetkuray va yemagin bovarchidin buyuray». Bahlul dedikim: «Men ayog` yolang o`rganibmen va kafsh va o`tukdin o`sonibmen. Kafsh kiysam, shoyad dastor ham chirmatqaysen va meni boshtin ayog` balog`a qolg`onlarg`a qotqoysen. Va o`zung ham bu ikki taklifga qolg`aysen. Bu savdodin kechsang sanga bu mehnatdin qutulmoqdur, manga ham bu boshtin ayog` balodin halos bo`lmoqdur».
Piri roh va soliki ogoh mundoq durrdek takallumkim surdi, bu gavharlarni aning qulog`ig`a urdi. Shohni ul mojarodin o`tkardi va o`z ayog`in kafshdin tortti, boshin dastordin qutqardi.
B a y t:
Forig` etti besaru foniy ul guftordin,
Ham ayog`in kafshdin, boshini dastordin.
Forig` etti besaru foniy ul guftordin,
Ham ayog`in kafshdin, boshini dastordin.
Tanbeh (127).
Kafshsizlikdin malul bo`lmag`il, ayog`sizlarg`a boqib shukr qil. Dastor yirtug`lug`idin g`am yema, boshi yorug`larg`a boqib tengri hamdidin o`zga dema. Tanpo`shung durust bo`lmasa tandurustlug`ungg`a shokir bo`l, iching quvvatig`a g`izo topmasang, ich og`rig`in yo`q shukrig`a zokir bo`l. Kisangda agar diram yo`q, ko`nglungda kisabur g`ami ham yo`q. Iflos mashaqqatin burjlulug`ung yo`qidin unut, har holda shukr va qanoat tariqin berk tut. Agar oting yo`qtur, arpa g`amin yemassen. Agar qulung yo`qtur, kishi quli xud emassen. Qamar kursig`a ilking yetmasa, qo`g`lama, o`tmak ham mag`namdur. Zarbaft baholi libosi bo`lmasa, farog`at bo`ryosi qachon andin kamdur. Agar shunqordek boshingda zardo`zluk tumog`adin toj emasdur, shukr qilkim, ko`zung yoruq dunyoni ko`rarga muhtoj emastur. Agar shunqor egasidek belingda bahliyi zarnigor yo`q ham, shukrdurkim, ilging bahli panjasidek nokor yo`q va andin sanga ozor yo`q.Har shiddatekim, bilursen andin qatiqroq hol bordur va har suubateki, gumon qilursen andin sa`broq ko`b kishiga giriftordur. Har mashaqqatkim, senda yo`qtur, seningdekda bor. Ul sanga ne`matedur shukr ayturg`a sazovor. Har ne`matkim, sanga beribtur va seningdekka bermaydur. Hamdu sano ayturg`a kiromand haqdin bu behisob inoyatlarni bil va munga ko`ra bandalik fikrini qil. Har necha ibodat qilsang, ko`nglungni taqsir qilg`ong`a moyil tut va har necha toat qilsang, tilingni uzr ayturg`a qoyil tut. Sen va qilg`aning ma`dumi mahz, vujud haq vujudi, har ne aning g`ayri nobudi mutlaq va bud aning budi.
Ilohi, bu ajzokim, yaxshi—yomon sifoti anda mazkurdur, maqbulu mardud holoti mastur, bitguvchisi agarchi yomonlardindur va yaxshilardin emas, ammo sendin yaxshiliq tama`ig`a o`zin yomonlardin demas.
Ilohi, ani yaxshilar orasidin havr etma va yomonlar xaylig`a qotma. Tiliga kelgan bila ko`nglin sodiq tut va qalamig`a yozilg`on bila zamirini muvofiq tut. O`zingdin o`zga so`zin ko`nglidin chiqar. Ul yon tutkim, sanga yetishgay va ul yo`lg`a yurutkim, sanga qorishgay. Tiliga o`zungdin o`zgani yovutma va ko`nglini o`zungdin o`zgaga ovutma. Ko`nglini tasalliyi visoling bila ovut va ko`zini tajalliyi jamoling bila yorut. Bu zamiri farzandin ko`zlarga mahbub et va bu bag`ri payvandin ko`ngullarga marg`ub et.
R u bo i y:
Bu nomaki, xomasig`a qilding maktub,
Qil ahli qulub olida «Mahbubi qulub» .
El ayb topardin qilma ma`yub.
Har kim o`qusa nasiba etgil matlub.
Bu nomaki, xomasig`a qilding maktub,
Qil ahli qulub olida «Mahbubi qulub» .
El ayb topardin qilma ma`yub.
Har kim o`qusa nasiba etgil matlub.
T a r i x:
Bu nomag`akim, lisonim o`ldi qoyil,
Kilkim tili har nav` el ishiga noqil.
Tarixi chu «xush»29 lafzidin o`ldi hosil,
Harkim o`qusa, ilohi, o`lg`ay xushdil.
Bu nomag`akim, lisonim o`ldi qoyil,
Kilkim tili har nav` el ishiga noqil.
Tarixi chu «xush»29 lafzidin o`ldi hosil,
Harkim o`qusa, ilohi, o`lg`ay xushdil.