IKKINCHI MAJLIS
Ul jamoati azizlar zikridakim, faqir alardin ba`zining mulozamatig`a kichiklikda yetibmen va ba`zining suhbatiga yigitlikda musharraf bo`libmen, alar sitta va tis`ina va samona mia1 tarixidakim, bu muxtasar bitiladur, bu fano domgohidin baqo oromgohiga boribdurlar
Ul jamoadin:
M a v l o n o Sh a r a f i d d i n A l i Ya z d i y d u r2 — Mavlononing sohibkamollig`i olam ahli qoshida musallamdur. Shohrux sulton buzug`lig`ida faqirning volidi jamoati kasir bila ro`zgor havodisi fitnasidin Xurosondin qochib, Iroqqa borurda Taftg`akim Mavlononing muvalladidur, yarim kecha yetib tushdilar. Ittifoqo manzil alarning xonaqohi eshikida voqe` erdi, tong otqonda, andoqkim, o`yuni atfol da`bi bo`lur, ul jamoatning atfoli ul xonaqohg`a o`ynag`ali kirdilar va faqir ham alar bila erdim, taxminan olti yoshimda bo`lg`ay erdnm, va Mavlono bir rahbada o`lturub ermishlar, tushgan jamoatning kayfiyatin ma`lum qilmoq uchun atfoldin birini tiladilar. Faqir alar sori borurg`a muvaffaq bo`ldum. Har nekim so`rdilar javob aytdim. Tabassum qilib tahsin qildilar, dag`i so`rdilarkim, maktabg`a boribmusen? Dedimkim: boribmen. Dedilarkim: ne yergacha o`qibsen? Dedimki: «taborak» surasig`acha. Dedilarkim: bu jamoat atfolidin biz tilaganda, sen kelib biz bila oshno bo`ldung, sening uchun fotiha o`quli deb o`z fotihalarig`a musharraf qildilar. Hamul zamon faqirning volidi va ul xayl ulug`lari kelib, Mavlono xizmatida anvoi niyozmandlig`lar qilg`ondin so`ngra, faqirg`a andoq shuur hosil bo`ldi angakim, «ne kishi er-kandurlar».
Va alar musannafotidin ulcha mashhurdur: «Qasidai Burda» sharhi va «Asmoulloh»3 sharhi va «Zafarnoma» tarixidur va muammo fanini alar tadvin qildilar, anda ham «Hulal»4 va «Munozara» va «Muntaxab» alarning tasnifidur. Va Mavlono himmat va bazl bobida ta`rifdin mustag`niy erdilar. Tabarrukan bir matla`lari bitildikim:
Va Mavlononing qabri Taftda hamul xonaqohda-o`qdur
H o j a A v h a d M u s t a v f i y — aning laqabin «Kadud» ham derlar. O`z asrining yagonasi erdi. Ko`proq ulum va fununni bilur erdi, bataxsis ulumi g`aribani, ammo falakiyotda shuhrati bor erdi. Bu faqir ul buzrukvor suhbatig`a yetar erdi, ko`p iltifotlari bor erdi. Va she`rda dag`i devon tartib qilibdur, yaxshi qasoyidlari bor. Bu matla` aningdurkim:
Va bu qasidani Sultoni Sohibqiron otig`a muzayyal qilibdurkim:
Va Xoja Sabzavorda sokin erdi ham anda-o`q olamdan o`tdi va qabri o`zi bo`lur maskanida-o`qdur.
M a v l o n o A b d u l v a h h o b — donishmand va zufunun kishi erdi va Mashhad shahrida kozi erdi.
Insho fanida benazir erdi. Imod qo`rg`oni kitobasida «Irama zot-il imodillati lamu yuxlaqu misluha fil bilodi»8 oyatin bitibdur.Mashhadning shuaro na zurafosi qozig`a shogird erdilar.
Ul zurafodin biri «Maqlubi mustaviy»9 san`atida
X o j a F a z l u l l o h A b u l l a y s i y 10— Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqxda ani Abu Hanifai Soniy11 derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib12 kaffasida tutarlar erdi.
Sayid Sharif13ning shogirdi erdi va Sayid o`z xatlari bila ulumi dars ayturg`a ijozatnomalar aning uchun bitib erdi. Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o`qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der erdilar.
Bovujudkim, Samarqandning a`lami ulamosi erdi, she`r va muammog`a dag`i moyil erdi.
Bu matla` alarningdurkim:
va
M a v l o n o U l o i Sh o sh i y — donishmand kishi erdi. Xush tab`liqg`a barcha xaloyiq ann musallam tutar erdilar.
Muammoda Samarqand ahli ani Mavlono Sharafiddin Yazdiy muqobalasida mazkur qilurlar erdi. Faqir Samarqandg`a borg`onda ayog`i sinib, sohib firosh erdi. Iyodatig`a bordim, qoshida o`lturub, bu muammokim, andin
M a v l o n o M u h a m m a d T a b o d g o n i y15 — Shayx Zayniddin16 xulafosidindur. O`z zamonining muqtadosi erdi. Xonaqohi bor erdi va qalin muridlar va elning rujui Mavlono sari ko`p erdi va «Qasidai Burda»ni muxammas qilibdurur va hazrati muqarrabi boriy Xoja Abdulloh Ansoriy17ning «Manozil us-soyirin» 18ig`a sharh bitibdur va fazl va kamoli sharhdin tashqaridur. Har qachon samo`g`a kirsa erdi, bovujudi ulkim, usul qoidasi bila harakoti muvofiq ermas erdi, ammo xaloyiqg`a andoq asar qilurkim, ko`p el yig`lar erdilar. Bu matla` Mavlononingdurkim:
Hiriy shahrida olamdin o`tti va qabri Xiyoboidadurkim, anda xonaqoh yasabdurlar va o`g`li Hamididdin va soyir sufiya ul xonaqohda suluk va ibodatga mashg`uldurlar.
Sh a y x S a d r i d d i n R a v o s i y — ul dag`i Shayx Zayniddin xo`lafosidindur. Shayx zebo va ra`no erdi. Shakli dilpisand va haqoyiq va maorif aytmog`i dilfirib erdi. Sharif suhbatig`a faqir musharraf bo`ldum. Badaxshon shohig`akim, anga murid bo`lub erdi, «Fusus» 20 dars aytur erdi, ko`pglumni base sayd qildi. Zamon podshohi ham shayx mulozamatig`a yetar erdi, o`zga xaloyiqg`a xud ne yeggay!
Muncha korxonai shayxliq bila nazmg`a dag`i ishtig`ol ko`rguzar erdi. Bu matla` hazrati Shayxniigdurkim:
Shayx Hiriy shahrida olamdin o`tti va na`shin Shug`ong`a elttilar va anda madfundur.
M i r H a y d a r M a j z u b — Darvozai Xush toshida Imom Faxr22 mazori boshida sokin erdi. Yigitligida zohir ulumin takmil qilib erdi, hamul vaqtda anga jazaba yetishtikim, aqli zoyil bo`ldi. Gohiki, o`z holiag` kelsa erdi, ulamo bilan ulum bahsin andoq qilur erdikim, barcha musallam tutar erdilar Muvajjah so`zlaydurganda, orasida so`zi parishon bo`lur erdi va xayoli junun vaqtida xotam us-saltanatliqqa rosix bo`lub erdi va xalqni o`z navkarligiga da`vat qilib xuruj qilur so`zin aytur erdi. Nazmida g`arib abyot voqe` bo`lur erdi. Bu bayt aningdurkim:
M a v l o n o M u h a m m a d A r a b — ul ham donishmand kishi erdi. Dimog`i habt qildi va xayoli Mir Haydar xayoli borg`on sori bordi. Doyim saltanat so`zini mazkur qilur erdi, to ulkim chin yo yolg`on Mavlononi munga muttaham qildilarkim, uyidin xuruj aslahasi paydo bo`lubtur deb, chun aziz va musin kishi erdi, podshohi zamon anga shahardin ixroj hukmi buyurdi. Ul yerdin Siyistong`a bordi va so`zi ham ushbu rang erdi, o`zining podshohlig`i qoidasida «Shohnoma» aytibdur. Bu bayt ul abyotdindurkim:
Mazori Siyistonda — o`qdur.
M i r M u f l i s i y — Mashhad sodotidindur. Tab`i xub erdikim, anga jazaba yetishtikim, aqli zoyil bo`ldi. Ilkiga va barmoqlariga halqalar solur erdi. Doyim o`z-o`zi birla so`zlashur erdi. Hushi borida yaxshi abyotlar aytib edi. Ammo junun vaqtida bu baytni ko`p o`qur erdikim:
Va bu taxallusi ham el ichida mashhurdir.
Va qabri Mashhadda Xoja Xizr langaridadur.
M a v l o n o A b d u l q a h h o r— donishmand kishi erdi. Hiriy shahrining mutaayyin xush tab`laridin erdi. Mavlononing xayoli kimyogarlikka tushib ko`p nima zoe` qildi va hech nima hosil qila olmadi.
Ko`p o`t puflagandin modda qulog`i sori inib kar bo`lub erdi. Ammo xub abyoti bor erdi.
Mir Xusravning javobida bu matla` aningdurkim:
Qabri Imomi Faxrdadir.
M a v l o n o A b d u r a z z o q28 — Mavlono Abdulqahhorning inisidur. Xush muhovara kishi erdi, zohir ulumin takmil qilib erdi va fazliyoti ham yaxshi erdi. Xususan tarix ilmikim, anda musannafoti bor va mashhurdir. Va har kishi bu fanda aning mahoratin bilay desa o`z tarixidin bila olur. Bu matla` aningdurkim:
Qabri og`osi yonida Imomi Faxrdadir.
M i r Yo d g o r b ye k — «Sayfiy» taxallus qilur erdi. Xurosonning asil va mutaayyin mirzodalaridindur. Ammo mulozamat tariyqni tark qilib, go`sha ixtiyor qildi. Fonivash va betakalluf kishi erdi, juz`iy mustag`aloti hosili bila qanoat qilib erdi. Bu toifa doim aning tegrasida erdilar. Hech nimasin bulardin ayamas erdi. Yaxshi matla`lari bor, jumladin bu matla` aningdurkim:
Bu matla` ham aningdurkim:
Qabri obo va ajdodi go`ristonida—Saripuldadir.
M a v l o n o T o` t i y — asli Turshiz viloyatidindur. Bobur Mirzo mulozamatida tarbiyat topti. Yaxshi shakllik va yaxshi xulqlik yigit erdi. Qasidada Mavlono Kotibiyg`a tatabbu` qilur erdi. Aning mav`iza qasidasig`akim, matlai budur:
Yaxshi javobi bordurkim:
G`azallari yaxshidur. Bu matla` aningdurkim:
Ul yigitlikda favt bo`ldi. Ulcha qobiliyati bor erdikim, agar hayot topsa, xub nazmlar andin qolg`ay erdi. Favtining tarixi Shayx Ozariyning zikrida o`ttikim, faqir
M a v l o n o V a y s i n — kotiblikka mashhur erdi, ammo she`r ham aytur erdi. Asru sodava go`l kishi erdi. Faqir, balki ko`proq yoronlar taajjub kilurlar erdikim, oyo ul bu nav` sodalig` bila nazm nechuk aytur erkin, ammo g`azallari yomon ermas va devoni ham bordur. Bu matla` aningdurkim:
Safar ixtiyor qildi va ul safarda oxirat safari olig`a tushti.
M a v l o n o S o g` a r i y37 — Sog`ar viloyatidindur. Hirot shuarosi silkida erdi. Maoshi o`tkuncha tamavvuli bor erdi. Ammo imsoki g`olib erdi.
Hazrat Maxdumiy No`ran Makka safarig`a azimat qilg`onda, Vaysiy va Sog`ariy ikkalasi mulozamatda borur izhori qildilar.
Ammo Vaysiy eshagi yo`k bahonasi bila va Sog`ariy yana bir bahona bila ul safardin qoldilar va Amir Suhayliy38 bu qitüani alar uchun aytti va el ichida base shuhrat tuttikim:
Vaysiyu Sog`ariy ba azmi haram,
Gashta budand har dushon safari,
Lek az on roh har du vo mondand,
On yak az be xariyu in zi xari39.
Gashta budand har dushon safari,
Lek az on roh har du vo mondand,
On yak az be xariyu in zi xari39.
Mavlono Sog`ariy agarchi bad she`r erdi, ammo bu matlai xub tushubdurkim:
Hiriyda favt bo`ldi. Qabri hamonoki Xiyobon navohisidadur.
M a v l o n o F a s i h R u m i y — donishmand kishi erdi. Jo`gi Mirzo xizmatida bo`lur erdi va aning bog`oti, qasrlarining kitobalari Mavlononing ash`oridur. Xoja Salmonning masnu` qasidasig`a tatabbu` qilibdur. O`z xo`rdi holig`a yomon aytmaydur. Va Hazrat Shayxning41 «Maxzan ul-asror»ig`a javob aytibdur, bu bayt «rozni nihon asrar» bobida aningdurkim:
Mavlononing qabri Hiriydadur.
Sh a y x K a m o l i T u r b a t i y — ko`p diqqatlik, tab`lik kishi erdi. Xoja Hofiz g`azallaridin ko`p muxammas qilibdur. Xurosonning muttaayyin, rangin zurafosidin erdi.
Faqirning ani ko`rarga ko`p orzum bor erdi, oshnolig` bu nav` voqea bo`ldikim, Sulton Abu Said Mirzo zamonida Mashhadda g`arib va xasta bir buq`ada yiqilib erdim. Qurbon vaqfasi bo`ldi, olamning aqso bilodidin xalq imom ravzasi tavofig`a yuz qo`ydilar. Rasmdurkim, musofirlar muttaayyin buq`a gashtiga ham borurlar, ul buq`adakim, faqir yiqilib erdim, jamoati mavolivash el sayr qilib, devorda bitilgan abyotni o`qib, bir bayt ustida bahsga tushtilar. Bir ulug`roq kishikim, ul jamoat anga tobe` erdilar, ul jamoatni ilzom qildi. Faqir za`f holida ul jamoat jonibidin so`z ayttim. Anga dedilarkim: bu bemor yigit ham bir so`z aytadur. Ul ulug`roq kishi xud Shayx Kamol ermishkim, ziyoratga kelgan ermish, boshim ustiga kelib, mabhasni orag`a soldi. Faqir javob bergach, o`z so`zidan qaytib, tahsinlar qilib, holimni tafahhus qildi. Ersa ul ham faqirni eshitgan ekandur va ko`rar havasi bor ekandur. Xushvaqt bo`lub diljo`ylug`lar qilib, qoshimda o`lturdi va so`z asnosida bu muammosinkim,
Shayx Makkadin kelgandin so`ngra Turbatda favt bo`ldi va qabri ham andadur.
D a r v ye sh M a n s u r — sabzavorlig`dur. Darvesh va parhezkor va murtoz kishi erdi. Ko`proq avqot soyim erdi, aruz va sanoe`da Mavlono Yah`yo Sebak shogirdi erdi. Ikki aruz tasnif qildi va masnu` qasida aytibdurkim, matlai budurkim:
Tarse` san`ati44 pokiza voqe` bo`lubdur. Tasavvuf ilmida Hofiz Ali Jomiyshogirdi erdikim, aning ta`rifida aql qosirdir va tasavvufda bu ruboiy Darveshningdurkim:
Mavjud chu zarrae ba xud natvon kard,
Bisüyor hadisi neku bad natvon kard.
Ejod chu be qabul mumkin nabuvad,
Onro ki qabul kard rad natvon kard45.
Bisüyor hadisi neku bad natvon kard.
Ejod chu be qabul mumkin nabuvad,
Onro ki qabul kard rad natvon kard45.
Faqir aruzni Darvesh qoshida o`qubmen. Va Darvesh qirq bila ellik yosh orasida olamdin o`tti va qabri Xojai Toqdadur.
H o f i z A l i J o m i y — o`z zamonining sohib kamoli erdi, bataxsis tasavvuf ilmida. Va Maxdumiy Nuran «Nafahot ul-uns»46 da aning Shayx Farididdin Attor47 (quddisa sirruhu)ning bu qasidasig`akim:
sharh bitiganin zikr qilibdurlar.
Va qiroat ilmida jamei qurro aning shogirdligiga mubohat qilurlar erdi. Va faqir ham necha sabaq o`qubmen.
Qabri Shayx Bahouddin Umar49 (quddisa sirruhu)ning hazirasidadur.
M a v l o n o M u h a m m a d M u a m m o i y — ani Hiriy eli «Piri Muammoiy» derlar erdi. Zarif kishi erdi. Mir Xusravning ash`or va risolasin va soyir musannifotin andin ko`proq kishi jam` qilmabdur erdi. Ul vaqt muammo fanida zurafo aning shogirdi erdi.
S a y y i d K a m o l K a ch k u l — Balxda sokin erdi. Sayohat ko`p qilg`on kishi erdi. Ul yetmagan yer oz bo`lg`ay erdi. Aning holatida ko`p taajjub mahallidur. Mashhur mundoq erdikim, aning besh yuz ming bayti bor va bir qasida aytibdurkim, andin o`n ikki ming bayt masnu` istihroj qilsa bo`lur. Ammo ulcha faqir ko`rdum, Hazrat Xoja Abu Nasr Porso50 (quddisa sirruhu) favt bo`lg`onda marsiya aytib erdikim, necha baytining har misrai Xoja favtig`a tarix erdi va necha bayti mustag`raq tarix erdi, va necha bayti har bayt uch va to`rt tarix erdikim, bayt ma`nosig`a futur yo`l topmaydur erdi51. Bu ishlar bashar shavqidin tashqari uchun ani derlar erdikim, atorudni istixroj qilibdur52. Yoshi to`qsondin o`tib erdi53. Bu matla` aningdurkim:
Hamonoki qabri Balxda, Amir Surx mazori navohisidadur.
X o j a M u a y ya d D ye v o n a — Hazrati Shayx avlodidindur. O`zi oshuftadimog` kishi erdi. Ammo nazmi ravon va salis voqe` bo`lur erdi. Anga saltanat da`vosi bor erdi. Hamul ish ustiga ani zoe` qildilar. Bu matla` Xoja Hofiz javobida aningdurkim:
Go`yo ani talaf qilg`onda so`ngokin topmadilarki, bir yerda qo`yg`aylar.
X o j a M u a y ya d M ye h n a — Hazrat Shayx Abusaid Abulxayr56 (quddisa sirruhu)ning nabiralaridindur. Yillar mazor boshida shayx erdi va zohir ulumin takmil qilib erdi va va`z majolisi bag`oyat garm va pursho`r voqe` erdi. Va Xoja samo`ni dag`i muassir qilur erdi. Salotin Xojani ta`zim qilurlar erdi. Bu matla` aningdurkim:
Xojaning mazori buzurgvor jaddi gunbazidadur.
M i r I m o d M a sh h a d i y — «Musaviy» taxallus qilur erdi. Donishmand va xush xulq va xush tab` kishi erdi. Mashhad shuarosi aning xizmatig`a yig`ilur erdilar. Va har ne desa itoat qilurlar erdi. Va muammo fanida ham mahorati bor edi. Va Shayx Kamolning58 javobida bu bayt ayingdurkim:
Guft bo chashmat bigu: to juz xayoli ro`i mo,
Surati digar nayorad dar nazar, guftam:
Surati digar nayorad dar nazar, guftam:
«Ba chashm» 59.
Sh o h B a d a x sh o n — «La`liy» taxallus qilur erdi. Xush tab` va musulmonvash kishi erdi. Alarning xonavodasi qadim xonavoda erdi, necha ming yil erdikim, Badaxshon mulkining saltanati, alarning xonavodasidin o`zga xonavodag`a intiqol topmaydur erdi. Sulton Abu Said Mirzo alarni musta`sal qildi va mulku mollarini egalladi. Bu matla` Shohningdurkim:
Shoh mazkur bo`lg`on podshoh ilkida shahid bo`ldi va derlarki, mazori Shayx Zayniddindadur (Vallohu a`lam).
I b n L a ` l i y — Shoh La`liyning o`g`lidur. Xush bosh va xush tab` podshohzoda erdi. Sohib vujudlo`q va sho`xluq andin ko`p naql qilurlar. Bu matla` aningdurkim:
Ul ham otasining qotilig`a maqtul bo`ldi.
M a v l o n o A b d u s a m a d B a d a x sh i y ham Badaxshondindur. Sulton Abusaid Mirzo zamonida Hiriga keldi. Podshoh anga o`z tarixin buyurdi. Masnaviygo`y va musannif kishi erdi. Bir baytida tajnis xayol qilib, qofiyasin g`alat qilib erdi, faqir ani voqif qilg`ach filloh muttanabbih bo`ldi va izhori minnatdorlig` ham qildi va bu ish aning bila faqir orasida oshnoliqqa sabab bo`ldi. To`y ta`rifida va go`yandalar zikrida aning masnaviysidindurkim:
Qabri derlarki Ko`histondadur.
M a v l o n o Yu s u f Sh o h — «Kotib» taxallus qilur erdi, kitobat fanida mutaayyin kishi erdi va Hiriy shahrida zurafo zumrasida o`zin doxil tutar erdi, ammo faqir va yaxshi kishi erdi. Bu matla` aningdurkim:
Hiriy shahrida olamdin rihlat qildi va qabri ham Hiriydadur.
X o j a A b u I s h o q — Xoja Muayyad Mehnaning o`g`lidir. Tolibi ilm va xush tab` yigit erdi. Ammo badxo`y va mutakabbir ham bor erdi. Mehnada ba`zig`a aytqon marsiyadin bu bir bayt aningdurkim:
Qabri ham otasi mazoridadur.
S a y y i d K o z i m i y — xush tab` va sabuk ruh kishi erdi va tab`i hazlg`a moyil erdi. Podshoh hazratidin Xojai Jahong`a risolatqa borib andin kelurda Iroqda qoldi. Andin faqirg`a bir ikki ruq`asi keldi. Ammo o`zi Sherozda favt bo`lubtur deb shuhrati bor. Sipohiylikda jald kishi erdi va she`ri ravon voqe` bo`lur erdi, qasidasi Bobo Savdoiy tavri tushar erdi. Bu matla` aningdurkim:
Subh az ufuq chu ra`yati bayzo barovard,
Oham alam ba avji surayyo barovard.
Oham alam ba avji surayyo barovard.
ham aningdur. Muncha g`ayri mukarrar xalq, Sayid davlatidin shuarog`a mamduh bo`lubturlar.
M a v l o n o M u h a m m a d M u a m m o i y — latif va sunniy mazhab kishi erdi. Ko`p akobir xizmatiga yetib erdi, manzuri nazarlari bo`lub erdi. Bobur Mirzo zamonida muazzam sadr bo`ldi va andin so`ngra ham salotin majlisida maqbul va maxsus erdi. Muknati chog`ida Sherozda hazrat Xoja Hofiz qabri boshida gunbaz yasadi va Bobur Mirzoni anda tilab ziyofag qildi. Sherozning sho`x tab`laridan biri Mirzoning ko`zi tushar yerda devorda bu baytni bitib erdikim:
Mirzo o`qudi va bu bobda hazllar bo`ldi. Faqir bu naqlni o`zidan eshitibmen. Faqir bila ulfati bor erdi va ko`p musharraf qilur erdi. Oxir hayotida Kichik Mirzo67 bila haj davlatig`a ham musharraf bo`ldi va anda olamg`a vido` qildi.
X o j a H a s a n X i z r sh o h— astrobodlig`dur. Yaxshi tab`liq, yaxshi muxovaraliq kishi erdi. Oshuftasor va foniysifat ham bor erdi. She`rni yaxshi aytur erdi. Nasxta`liq xatin ham Mavlono Ja`far68 tariyqin taqlid qilib, shirin bitir erdi. «Layli va Majnun» muqobalasida «Zayd va Zaynab» masnaviysi aytibdur. Bu bayt aning tavhididindurkim:
Bobur Mirzo Mashhadda favt bo`lg`on yil ul shaharda g`arib va xasta yiqilib erdi. Faqir g`amxorliq qilib sihat topti. Bu matla` aningdurkim:
Qabri Astrobodda masjidi jome` ro`baro`yidadur.
M a v l o n o H o j i N u j u m i y— Louboli kishi erdi va tab`i hazlg`a moyil erdi va hazlomez qit`alari bor. Ammo bu matlai yaxshi voqe` bo`lubturkim:
X o j a M a s ` u d Q u m i y — ul viloyatning ulug`laridindur, Iroqtinkim Xurosong`a keldi va faqir bila musohib erdi. Masnaviysi puxta va g`azallari ravon erdi. Ko`p rangin abyot ham she`rlarida bordur. Sulton Sohibqiron tarixin anga buyuruldi. O`n ikki ming baytqa yaqin aytibdur. «Yusuf va Zulayxo», «Shams va Qamar», «Tig` va Qalam» munozarasi ham nazm qilibdur. Bu matli xub bo`lubtur:
Bir ruq`ada bu baytni bitib ahli nazmga va xush tab`larg`a yuborib erdikim:
Va devoni el orasida bor va mashhurdur. Hiriy shahrida favt bo`ldi va Piri Sesadsola javorida madfundur.
Ho f i z i Yo r i y — xush suhbat va shirin kalom kishi erdi va qiroat ilmin yaxshi bilur erdi va ko`proq avqot tilovat qilur erdi va hamisha faqir bila musohib erdi. Mav`izada insof bobida bu bayt aningdurkim:
«Ixlosiya»75 madrasasida favt bo`ldi va ko`chai Safo boshida qo`yildi.
M a v l o n o Q a n b a r i y — Nishopurdindur. Omi kishi erdi. Ammo nazm ayturda cholok erdi va she`rida ham choshni bor. Bu qasida matlai Bobur Mirzo madhida aningdurkim:
Qabri hamul viloyat soridur.
M a v l o n o X u s r a v i y — da`volik va buzurgmanish va tundxo`n kishi erdi. Faqir qoshig`a ba`zi mahalda she`r keltursa erdi, burunroq andoq kalom surar erdikim, daxl qilmoq yo`li bog`lanur erdi. Zaruratan barcha she`rni tahsin qilmoq kerak erdi. Devoni ham el orasida bor edi. Bu matla` aningdurkim:
Hiriyda favt bo`ldi, qabri ham andadur.
M a v l o n o Z a y n i y — dilpazir tab`lik kishi erdi. Agarchi omi erdi, ammo she`ri xoli az rangi emas erdi. G`azal ko`proq aytur erdi. Asli Sabzavordin erdi va Mir Shohiy bila suhbat va majlislar tutub erdi. Bu matla` aningdurkim:
Astrobodda favt bo`ldi va qabri ham andadur.
V a l i Q a l a n d a r — Bobur Mirzo ostonida mulozim erdi. Xira va daler behayo kishi erdi. Suxandonlar orasida badshe`rlikka mashhur erdi. Pir Budog` Hiriy shoirlarin Sherozg`a eltganda ul ham bordi, nodiran bu matlai yaxshi vohe` bo`lubturkim:
Sherozda favt bo`ldi va qabri ham andadur.
M a v l o n o V o l a h i y — oshufta kishi erdi. «Bard» 80 lafzidin achchig`i kelur erdi, bu jihatdin anga tashvish berurlar erdi. Bobur Mirzo Mashhadda ekanda «orosta» radif qasida aytib erdi. Baytiki «mamduh» otin bog`labtur budurkim:
H a r i m i y Q a l a n d a r — Samarqand viloyatidin erdi. Tolibi ilmlig`i ham bor erdi. Bu turkcha matla` aningdurkim:
Necha yig`lay sham`dek hajringda, yorim, kechalar,
Ohkim kuydirdi dog`i intizorim kechalar.
Ohkim kuydirdi dog`i intizorim kechalar.
Qabri Samarqanddadur.
M a v l o n o T a r x o n i y — Andxuddindur. Sipohiylik suratida yurur erdi. Hazrat Maxdumiy Nuranning bu she`ri javobidakim:
Bu bayt aning she`ridinkim:
Ba`zi maxodim Samarqandda bandg`a tushganda, bu turkcha she`r aytqondur. Matlai budurkim:
Tushgali band ichra bo`ldum ul pari devonasi,
Ko`k saro fonusdur ul sham`u men parvonasi.
Ko`k saro fonusdur ul sham`u men parvonasi.
Qabri go`yo Andxuddadur.
M a v l o n o I sh q i y — hiriylik erdi va qasidani puxta aytur erdi. Sulton Abu Said Mirzo Oqsaroyni yasaganda imoratning kitobasi uchun shuarog`a she`r buyurdilar. Imorat ta`rifida aning she`ri yaxshi tushub erdi. Matlai budurkim:
Qabri Hiriydadur.
M a v l o n o A b d u l v a h h o b — Isfaroyindindur. Abdolvash kishi erdi. Ammo yaxshi tab`i bor erdi. Sabzavorda qazo mansabini anga bergandurlar. Andin so`ngra Isfaroyinda qozi bo`lg`ondur. Andin ma`zul bo`lg`onda Astrobodqa ihtisob amrin anga ruju` qilib yibordilar. She`rg`a mash`uf erdi. Mir Xusrav «Dar`yon abror»i javobida bu matla` aningdurkim:
Astrobodda favt bo`ldi va qabri ham andadur.
X o j a Yu s u f B u r h o n — Hazrati shayx ul-islomiy Ahmadi Jomiy86 (quddisa sirruhu)ning yaqinroq avlodidindur. Faqir va fano tariyqida suluk qilur erdi. Va tajarrud va inqito` rasmin ko`p masluk tutar erdi. Va jamei ahli turuqning sohib tariyqi erdi va musiqiy ilmin ham yaxshi bilur erdi va faqir musiqiy fanida aning shogirdimen. Ko`proq o`z she`rig`a musiqiy bog`lar erdi. «Isfahon» amalini, bu baytig`a bog`labturkim:
Jomda olamdin rihlat qildi. Qabri Hazrati Shayxning hazirasi eshigidadur.
M a v l o n o M a sh r i q i y — mashhadlig`dur. Kosagarlik san`atiga mansub erdi, ammo darvesh kishi erdi. Mir Maxdum (alayhir-rahma)88 va ko`p azizlar xizmatig`a yetib erdi. Ro`zgor shikoyatida bir obodon she`ri bor. Bu bayt andindurkim:
Hiriyda favt bo`ldi.
M a v l o n o H a v o y i — Mavlono Mashriqiyning inisidur. Naqqoshliqdin biror nima vuqufi bor erdi.
Filjumla kitobat ham qila olur erdi. Va zurafo derlar erdikim, o`z ash`orin o`zi bitib, jadval tortib tazhib qilib, tayyor yasab elga berurkim, bu jihatdin shuhrat tutqay. Anga aytilsa, inkor qilib hazlu mutoyiba bila o`tkarur erdi. Bu matla` aningdurkim:
Hiriyda favt bo`ldi. Qabri Xoja Chilgaziy javoridadur.
M a v l o n o Q a b u l i y — faqir kishi erdi. Bozori Malikda g`azlfurushluq91 do`koni bor erdi. Bir saboh ul mahalladin jam`e keldilarkim, o`tgan kecha Mavlono Qabuliy bizlarni tilab vasiyat qildikim, bu kecha olamdin borurmen, takfin va tajhiz jihatidinkim, hech nimam yo`qtur, saboh devonimni falon kishiga, ya`ni faqir qoshig`a eltib niyozimni yetkurib, iltimos qilingkim, meni Sodoti Musrih go`ristonida dafn qildursun. Saboh habar tuttuq, ersa o`tub erdi. Vasiyati dasturi bila devonin sening qoshingg`a kelturubbiz. Faqir aning vasiyatini bajo kelturub, tadfinidin so`ngra devonin ochtuq. Ersa bu matmai keldikim:
M a v l o n o M u h a m m a d A m i n — Balxdindur. Soda kishi erdi. Ko`proq avqot navisanda va amaldorlar tegrasida bo`lur erdi, «dilbaram» lafzin yetti tajnis ila aytib ul g`azalin Bobur Mirzo tobug`ida kelturdi, mustahsan tushub bu baytinikim:
Yod tutub Mirzo o`qur erdi. Mavlono bu ishtin bag`oyat mubohi erdi. Andoq eshitildikim, Astrobodda olamdin o`tubdo`r.
M a v l o n o S a i d i y — mashhadlig` erdi va kosagarlik san`atig`a mansub erdi. Bu matla` aningdurkim:
Ikki qofiya rioyat qilibdur, faqirg`a so`ngg`i bayti matla`din yaxshiroq kelibdurkim:
Hiriyda favt bo`ldi.
M a v l o n o M i r A r g` u n — xaymado`zluq san`atig`a mansub erdi va qadimiy zurafodin erdi. Soyir nazmlardin muammog`a ko`proq moyil erdi.
M a v l o n o S a d r K o t i b — oshuftaro`zgor kishi erdi, ko`praq avqot atrok xizmatida bo`lur erdi. Lavandliq muayassar bo`lsa erdi, na she`rdin yod qilur erdi, na xatdin. Chog`ir ani andoq mag`lub qilib erdikim, ixtiyori hech ishda yo`q erdi. Bu matla` aningdurkim:
Hiriyda favt bo`ldi.
M a v l o n o A yo z i y — g`arib shakllik kishi erdi. Atvori va so`zi xoh nazm, xoh nasrda g`arib erdi. Faqir bir majlisda Puli Molonda ani ko`rdum, bir anjumanda bir kasidasin o`quydur erdi. Har bayt bunyod qilsa, so`z uslubidin, qofiyasin ayta berur erdim. Bag`oyat hayrat qildi. Uch yildan so`ng Bog`i Safedda yana bir majlisda biaynihi ushmundoq voqe` bo`ldi. Ul yana hayrat bunyod qildi. Burung`i majlis ahlidin bu majlisda ham necha kishi bor erdi. Andin so`rdilarkim, hargiz bu nav` kishi ko`rubmusen, chun ko`zida za`f bor erdi, dediki, ko`rmaymen, magar uch yil mundin burunroq Puli Molonda bir yigit ko`rdum, ul ham bu nav` shu`badabozliq qildi. Majlis ahli kulushtilar. Aning o`zi uchun aytqon mashhur bayti budurur, base xub aytibdur:
Madfani ma`lum ermas.
M a v l o n o A n i s i y — kam bizoat shoir erdi va muttaham anga erdikim, elning she`rini o`ziga bog`lar. Bu matla`ni der erdikim, men aytibmen:
Bu matla` har kishining bo`lsa, mahalli muzoyaqa emas Qabri Hiriydadur.
M a v l o n o M u h a m m a d O m i l i y — zarifvash va noziksheva kishi erdi. Hazrati Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy (quddisa sirruhu) xizmatin ko`p qilib erdi va manzuri nazar bo`lub erdi. Nazmlardin tab`i muammog`a muloyim erdi.
O`g`li ham shoirdir, o`z yerida kelgay. Hamonokim, Mavlononing madfani Nishopurdadur.
M a v l o n o B u r u j i y — Mavlono Sa`diddin Koshg`ariynig murididur, naqshbandiya silsilasidindur. Qalin muridlari bor erdi. Uzi shahar masjidi jomeida suluk qilur erdi. Base toliblarg`a murshidi muqtado erdi va gohi nazm ham iltifot qilur erdi. Bu matla` aningdurkim;
Qabri o`z piri yonidadur.
D a r v ye sh N o z u k i y — Xurosonning odamizodalaridin erdi. Otasi Mashhad hukumatin qilib erdi. O`zi sipohiyliq tarkin tutub darveshlik vodiysiga tushub kapanakpo`shluq shaqida Mashhadda go`sha ixtiyor qildi va maoshi o`tkunchakim, gadolik qilmag`ay, ilgida nimaginasi bor erdi, zihi sohib davlatikim ul erdi:
Birovkim chiqti eldin ogah uldur,
Gadolig`din kim ogahdur, shah uldur.
Gadolig`din kim ogahdur, shah uldur.
Alqissa bu yaxshi forsiy matla` aningdurkim:
Qabri Mashhaddadur.
M a v l o n o Q a v s a r i y — Buxorodindur. Qabuliyatlik, xush suhbat, shiringo`y va fasih zabon va donishmand kishi erdi. Bir kun hujrasida o`ziga yarasha tabx qiladur ermish. Mavolidin birov kiribdur qazon ostig`a o`tun qo`yubdur. Mavlono debdurkim: «Tabh ishida madad qilmakim, sharik bo`lursen»101. Bu matla` aningdurkim:
Hiriyda favt bo`ldi. Qabri Xiyobon boshidadur.
S a y i d M u s l i m i y — isfaroyinlikdur. Abdolvash yigit erdi. Ammo yaxshi tab`i bor edi. Bu matla` aningdurkim:
Qabri Isfaroyindadur.
M a v l o n o N i z o m — tolibi ilm va faqir kishi erdi. Xonaqohi Malikda bo`lur erdi. Mo`ammo fanig`a ko`p mashg`ulluq qilur erdi.
Qabri go`yoki Xiyobondadur.
Balxda olamdin o`tti. Qabri ham andadur.
X o j a A h m a d M u j a l l i d — Xurosonning sho`x tab`laridin erdi. Ammo bag`oyat xabissheva kishi erdi, Mutaayyin eldin oz qolmish bo`lg`aykim, ul nazm yo muammo bila hajv yo hazl qilmag`ay. Mavlono
M a v l o n o M u h a m m a d N ye ` m a t o b o d i y — Pahlavon Muhammad105 (sallamahulloh) xizmatida ul buq`aning imomi erdi. Chun Pahlavon majlisida she`r va muammo ahli doimbor erdilar, ul dag`i muammog`a ishq paydo qildi va Pahlavon ba`zi zurafog`a suporish qildi, oz fursatda yaxshigina o`rganib ayta boshladi. Ammo bot qazo yetib olamdin o`tti, faqir muammog`inalarin jam` qildurdum. Va
S a y i d A b d u l h a q — astrobodlig`dur, xushtab` yigit erdi, muhovarasi dag`i xub erdi. Xo`chon viloyatining qozisi, eshak rishva berib sadr oni qozi qilg`ong`a bu qit`asi mashhurdurkim:
Hame gasht dar shahr shaxse zi Xo`jon
Ki, qozi shavad, sadr rozi nameshud,
Bidodash xare rishvavu gasht qozi,
Agar xar namebud, qozi nameshud106.
Ki, qozi shavad, sadr rozi nameshud,
Bidodash xare rishvavu gasht qozi,
Agar xar namebud, qozi nameshud106.
Qabri go`yo Astrobod viloyatidadur.
M a v l o n o M i r Q a r sh i y — Samarqandda bo`lur erdi va bozorda sahhoflik do`koni bor erdi, zurafo anda jam` bo`lurlar erdi va Mavlono o`zin ul xaylg`a ustod tutar erdi. Shikoyat bobida bu matla` aningdurkim:
Ul «Xatoiy» taxallus qilur erdi va Samarqandda—o`q olamdin o`tti, madfani ham anda-o`qdur.
M a v l o n o J a v h a r i y — ham samarqandlig`dur, sobunxona mushrifi erdi, ham sobunxona eshigida ko`chaning o`rtasida o`zi uchun hujrag`ina yasab erdi. Aruz bilur erdi va «Siyar un-nabi» 108 nazm qilib erdi. Bu bayt aningdurkim:
Qabri Samarqanddadur.
M a v l o n o X o v a r i y — ham samarqandlig`dur va darzigarlikka mansub erdi. Badihani ravon aytur erdi va tab`i xeyli sho`x erdi. Ul tarje`bandkim, bandi budur, aningdurkim:
Bu matla` aningdurkim:
Qabri ma`lum emas.
M a v l o n o H a l v o i y — ham samarqandlig`dur. Shukufta tab`liq, yaxshi chiroylik yigit erdi. Shabob ayyomida favt bo`ldi. Umri qisqa uchun so`zining shuhrati ham ozdur. Bu matla` aningdurkim:
Qabri o`z mulkidadur.
M a v l o n o R i yo z i y113—samarqandlig`dur. Mutakabbir va mu`jib kishi erdi. G`azalni bag`oyat xub aytur erdi. Jome` ul-fazoyil va muqavi yud-daloyil kishi erdi va yetti qalam bilan xatni xub bitar erdi va ham mullo va ham hofizki, qur`oni majidni yetti qiroat bilan bilur va o`qur erdi va ham kotib va ham shoir va ham maoliy erdi. Ulum fanida hech nimarsa ang`a majhul qolmas erdi. Bu ma`nig`a taxallusi dalildurkim, har nimarsakim, xayol qilsa erdi, aytur erdi va der erdi va bog`lar erdi va xub tasnif qilur erdi. Ilmi musiqiy va advor va nujum va istixroji ramal va g`ayri zolika hech nimarsadin benasib emas erdi. Bu g`arro matla` aningdurkim:
Ikki misra` orasida rabt jihatidin bir «ki» lafzi kerak. Faqir anga dedimki, bu nav` yaxshiroq bo`lg`ayki:
Insof yuzidin kerakki, musallam tutsa erdi, jadal bunyod qildi, faqir sokit bo`ldum. O`z yoronlari taloshtilar ham qabul qilmadi. Samarqandda favt bo`ldi.
M a v l o n o S a f o i y — andijonlikdur. Soda yigit erdi. Ammo soda yuzluk yigitlar suhbatig`a mash`uf erdi. Tab`idin goh-goh rangingina nimalar bosh urar erdiki, o`z sodalig`i munofisi erdi. Ul jumladin bu bayt aningdurkim:
Menamoyad gohi javlon na`li shabrangat ba chashm,
Chun mahi nav k-az nazar sozand mardum g`oyibash116.
Chun mahi nav k-az nazar sozand mardum g`oyibash116.
Samarqandda favt bo`ldi.
M a v l o n o Yu s u f — «Badiiy» taxallus qilur erdi. Ul ham Andijondindur. Mavlono Safoiy bila bo`lur erdi. Faqir tahsil uchun Samarqandg`a borg`onda, ul Andijondin keldi va anda faqir bila bo`lur erdi. Sig`ari sin jihatidin she`rida xomlik bo`lsa faqir isloh qilur erdim. Bot buzurgmanish va mutasavvir? yigit bo`ldi va Xurosong`a kelib ko`p salohiyatlar ham kasb qildi. Faqirdin o`zga kishi aning she`rida so`z, ayta olmas erdi. Ujbi jihatidin sho`xlar ani Yusuf Safoiy derlar erdi. Ul tag`ayyur jihatidin behol bo`lur erdi. Ammo yaxshi suhbati bor erdi va ko`prak sinf she`rni yaxshi aytur erdi va aruz bilur erdi. Bu matla` aningdurkim:
«Mir`ot us-safo»118 qasidasi tatabbuida bu bayti yaxshi voqe` bo`lubturkim:
Duri maqsud jo`yon majma ul-bahrayn shud sufi
Ki, bahre dar ast az chashmai har chashmi giryonash119.
Ki, bahre dar ast az chashmai har chashmi giryonash119.
Muammo risolasi bitib, anda ko`p ish qilibtur.
M a v l o n o X o k i y — Kusavdindur, Xoja Kusaviy (quddisa sirruhu) xizmatida bo`lur erdi. Darvesh kishi erdi. She`r ham aytur erdi. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o L u t f i y121 (alayhirrahma) — o`z zamonining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo`q erdi, ammo turkiyda, shuhrati ko`prak erdi va turkcha devoni ham mashhurdur va mutaazzir ul javob matla`lari bor, ul jumladin biri budurkim:
Nozukluk ichra belicha yo`q tori gisuyi,
O`z haddini bilib, belidin o`ltirur qushü
O`z haddini bilib, belidin o`ltirur qushü
Yana biri bukim:
Sayd etti dilbarim meni oshufta sochdin,
Soldi kamand bo`ynuma ikki qulochdin.
Soldi kamand bo`ynuma ikki qulochdin.
Va Mavlononing «Zafarnoma» tarjimasida o`n ming baytdin ortuqroq masnaviysi bor, bayozg`a yozmag`on uchun, shuxrat tutmadi va lekin forsiyda qasidago`y ustodlardin ko`pining mushkul she`rlarig`a javob aytibdur va yaxshi aytibdur. To`qson to`qquz yashadi va oxir umrida radifi «oftob» she`ri ayttikim, zamon shuarosi barcha tatabbu` qildilar, hech qaysisi matla`ni oncha ayta olmadilar va ul matla` budurkim:
Va o`tar vaqtida bu g`azal matlainkim, tuganmaydur erdi, vasiyat qildikim, hazrati Maxdumiy Nuran tugatib, o`z devonlarida bitisunlar va ul matla` budurkim:
Mavlono yigitligida ulumi zohiriyni takmil qilg`ondin so`ngra Mavlono Shihobiddin Xiyoboniy (alayhirrahma) qoshida sufiya tariyqida ham suluk qilg`ondur. Aziz va mutabarrak kishi erdi.
Bu faqir borasida ko`p fotihalar o`qubdur. Umed ulkim, chun darvesh kishi erdi, ba`zi mustajob bo`lmish bo`lg`ay.
Mavlononing qabri shahr navohisida Dehi Kanordakim, o`z maskani erdi, andadurur.
M a v l o n o Ya q i n i y124 — tundroq mashrabliq kishi erdi. Turkiy va forsiy she`r aytur erdi. Turkchasidin bu matlain ko`p mubohotlar bila o`qur erdikim:
Ohkim jonimg`a yettim yori nodon ilgidin,
Dodu faryod ul jafochi ofati jon ilgidin,
Dodu faryod ul jafochi ofati jon ilgidin,
Ammo forsiysidin bu matlai yomon voqe` bo`lmaydurkim:
Oxir damida beadabona so`zlaridin tavba qilib, ahli saloh tariyqi bila kechti. Umedkim, ma`fu bo`lmish bo`lgay. Qabri Darai Dubarodarondadur.
M a v l o n o A t o i y126 — Balxda bo`lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit kishi erdi. Turkigo`y erdi. O`z zamonida she`ri atrok orasida ko`p shuhrat tutti. Bu matla` aningdurkim:
Ul sanamkim, suv qirog`inda paridek o`lturur,
G`oyati nozuklugidin suv bila yutsa bo`lur.
G`oyati nozuklugidin suv bila yutsa bo`lur.
Qofiyasida aybg`inasi bor. Ammo Mavlono ko`p turkona aytur erdi. Qofiya ehtiyotig`a muqayyad emas erdi.
Qabri Balx navohisidadur.
M a v l o n o M u q i m i y — hiriylik erdi. Darvesh, mashrab kishi erdi. Sufiya istilohotidin ham vuqufi bor erdi, Bu toifa istilohotig`a muvofiq chun turkigo`y erdi, turkcha tarje` aytibdurkim, xili choshnisi bor va aning bandi bu baytdurkim:
Sensen asli vujudi har mavjud,
Sendin o`zga vujudda ne vujud.
Sendin o`zga vujudda ne vujud.
Qabri Hiriydadur.
M a v l o n o K a m o l i y — Balxdindur. Ko`hi Sofda bo`lur erdi. Turkigo`ydur. Aning nazmi ham ul navohiyda xaloyiq orasida xoli az shuhrat emas erdi. Bu matla` aningdurkim:
Irning qulidur nayshakar, ei jon, beli bog`lik.,
Gul dog`i yuzing bandasidur to`ni yamog`liq.
Gul dog`i yuzing bandasidur to`ni yamog`liq.
Qabri Ko`hi Sofdadur.
M a v l o n o L a t i f i y — aning ne yerlik ekani ma`lum bo`lmadi. Ammo mundoq derlarkim, tab`i xili sho`x ekandur. Kichik yoshida favt bo`ldi. So`zi oz qolibtur. Bu matla` aningdurkim:
Gah oqar, gah tomar labing shakari,
Bizga tegmasmu hech oqar, tomari.
Bizga tegmasmu hech oqar, tomari.
Agarchi turkonadur, ammo qoyilining sho`x tab`lig`i ma`lum bo`lur. Qabri ma`lum emaskim qaydadur.
M a v l o n o S a k k o k i y127 — Movarounnahrdindur: Samarqand ahli anga ko`p mu`taqiddurlar va bag`oyat ta`rifin qilurlar. Ammo faqir Samarqandda erkanda muarriflaridin har necha tafahhus qildimkim, aning natoiji tab`idin biror nima anglayin, ta`rif qilg`onlaricha nima zohir bo`lmadi. Barchadin qolsalar so`zlari budurkim, Mavlono Lutfiyning barcha yaxshi she`rlarn aningdurkim, o`g`urlab o`z otig`a qilibdur. Ul yerlarda bu nav` o`xshashi yo`q, mazasiz mukobaralar gohi voqe` bo`lur. Bori ba`zisi ta`rif qilibkim o`qurlar, bu matla`ni anga isnod qilurkim:
Ne nozu bu, ne shevadur, ey jodu ko`zluk, sho`hshang,
Kabki dariy tovusda yo`q albatta bu raftoru rang.
Kabki dariy tovusda yo`q albatta bu raftoru rang.
Qabri ham ul sori — o`qdur.
M i r z o Ho j i S o` g` d i y — ham samarqandlig`dur va ul mulkning odamizodalaridindur. Agarchi ba`zi mahalda g`arib nimalar ta`bidin bosh urar erdi. Bu baytida xili so`z rangi va choshnisi borkim:
O`xshatti qomatingg`a sanavbarni bog`bon,
Bechora bilmas ermish alifdin tayog`ni.
Bechora bilmas ermish alifdin tayog`ni.
Bug`ina masalni yaxshig`ina bog`lag`on uchun umid ulkim, tangri taolo anga rahmat qilmish bo`lg`ay. Qabri ham o`z mulkidadur.
N u r S a i d b ye k — xorazmlig`dur. Tab`ining ne miqdor quvvat va latofati bor erkanin she`ridin bilsa bo`lur, o`qug`on bilg`ay. Bu matla` aningdurkim:
Qabri Marvda Xoja Hamadoniy129 (quddisa sirruhu) javoridadur
P a h l a v o n H u s a y n — «Devona» taxallus qilur erdi. Filvoqe` abdolvash va bag`oyat ichguvchi kishi erdi. Ammo nomurodlig`i ham bor erdi. Chun xoli az lutfi tab` emas erdi, nazm ham aytur erdi.
Bu matla` aningdurkim:
Qorabog`da maqtul bo`ldi.
M a v l o n o S o n ye ` i y — Boxarzdindur. Masnaviy ko`proq aytur erdi. Hazrat Maxdumiy Nuran ta`rifida bir masnaviysida bu nav` ikki bayt debdurkim:
Ba tu har gah u da`vi mekunad,
Chi da`viest bema`ni mekunad,
To`ro myovai shirinu urost talx,
Chu sebi Samarqandu olui Balx131.
Chi da`viest bema`ni mekunad,
To`ro myovai shirinu urost talx,
Chu sebi Samarqandu olui Balx131.
Vazir erdi. Zulm va badnafslig`i jihatidin podshoh siyosatig`a giriftor bo`ldi va maqtul bo`ldi. Qabri o`z kentida Zirihdadur.
X o j a M u s a y ya b — andin ajabroq kishi erdi.
Ul dag`i vazorat bexudlig`idin musulmonlarg`a ajab zulmlar qilurg`a bel bog`lab erdikim, qazo devonidin bevosita siyosatqa mustavjib bo`lub va el aning sharridin xalos bo`ldilar.
Qabri ham o`z viloyatidadur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o B i l o l — nadim sheva va sho`ringo`y kishi erdi. Turkiy va forsiy she`rni yaxshi aytur erdi. Bu turkiy matla` aningdurkim:
Jonu ko`nglumni jafo o`ti bila kuydurdingiz,
Uylakim kul bo`ldumu mendin ko`ngul tindurdingiz.
Uylakim kul bo`ldumu mendin ko`ngul tindurdingiz.
Hiriyda favt bo`ldi va qabri Xojai Toq go`ristonidadur.
M i r S a i d — el orisida «Kobuliy» laqabi bila mashhurdur. Faqirg`a tag`oyi bo`lur. Yaxshi tab`i bor erdi. Turkchaga mayli ko`proq erdi. Bu tuyuq aningdurkim:
Ey muhiblar, yetsangiz gar yoza siz,
Gul adoqinda xumori yozasiz,
Gar men o`lsam, turbatimning toshig`a,
«Kushtai bir sho`x erur» deb yozasiz.
Gul adoqinda xumori yozasiz,
Gar men o`lsam, turbatimning toshig`a,
«Kushtai bir sho`x erur» deb yozasiz.
Sulton Abu Said Mirzo ilgida Saraxs qo`rg`onida shahid bo`ldi. Qabri shahrdadur.
M u h a m m a d A l i — «G`aribiy» taxallus qilur erdi. Ul ham faqirg`a tag`oyi bo`lur erdi. Mir Said Kobuliyning inisidur. Xush muhovara, xush xulq va xushtab` va dardmand yigit erdi. Ko`proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xub erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi. Xututni xub bitir erdi. Agarchi bu faqirning qavm va xayli Sulton sohibqironing boyri qullari va mavrusiy bandalaridurlar, ammo bu mazkur bo`lg`on salohiyatlar jihatidin ul hazratning iltifoti inoyati aning bila o`zgalardin. Ko`proq erdi. Bu turkcha matlaü aningdurkim:
Dardi holimdin agar g`ofil, agar ogoh esang,
Hech g`amim yo`q sen manga gar dilbaru dilxoh esang.
Hech g`amim yo`q sen manga gar dilbaru dilxoh esang.
Bu forsiy matla` ham aningdurkim:
Sulton sohibqiron xizmatidin g`ariblik ixtiyor qilib, Samarqandda qolg`onda og`asining qotili shahodat martabasig`a yetkurdi.
D a r v ye sh b ye k —Mirzo Ali Idigu Temur134 o`g`lidur. Nasabi xud olam ahlig`a zohirdur.
Hasabi jonibidin ham nasabcha sharif bor erdi. Hasab va nasab bila orosta yigit erdi va tab`i dag`i bag`oyat xub erdi. Bu matla` aningdurkim:
Abkoi jinsida andoq kishi yo`q erdi. Hayf va yuz hayfki, Toshkand yurushida zoe` bo`lg`onlar orasida talaf bo`ldi. Chun fano selobig`a g`ariq bo`ldi, qabri muttaayin ermas.
M i r z o b ye k136 — insoniyat va xush axloqliqda Xuroson va Samarqand mulkida yagona erdi. Tab` va fahm va otaru tutarda bu ikki mulk yigitlari orasida saromadi zamona bu nav` ta`riflardin mustag`niy.
Bu matla` aningdurkim:
Ko`zung ne balo qaro bo`lubtur,
Kim jonga qaro balo bo`lubtur.
Kim jonga qaro balo bo`lubtur.
Zulqofiyatayndur va qofiyalari tardi akskim, javob aytmoq bu faqir qoshida maholatdindur. Agarchi aning tiliga bu nav` abyot ko`p o`tar erdi, ammo hargiz parvo qilib bir yerda bitimas erdi. Bu matlain faqir tugatib aning yodgori devonda bitibmen. Hayf va yuz hayf va darig` va yuz ming darig`kim, hayot chashmasidin serob bo`lmadi va umri naxli mevasidin bar yemadi.
Mazori Samarqand mahfuzasida Ahmad Hojibek137 (sallamahulloh138) madrasasida muttaayyin madfanlaridadur. Makoni ravzai jinon va ruhig`a firdavsi a`loda makon bo`lsun!
S a y i d H a s a n A r d a sh ye r139 bu faqirg`a ota masobasida erdi. Andoqkim, Mirzobek farzand masobasida erdi, ham anga va ham faqirg`a. Bu faqir turk va sort orasida andin tamomroq kishi ko`rmaydurmen. Yigitlikda zohir ulumin kasb qilib erdi. Ammo faqir jonibi g`olib erdi. Tasavvufda tab`y xub erdi. Salotin tarbiyati aning huzurig`a bo`ldilar,o`zin yiroq tortti va lekin Sultoni sohibqiron xulq va lutfi mufrit bilan ish orasig`a kiyurdi va ulug` tarbiyatlar qildi va mayli bittab` faqr sori g`olib erdi. Oqibat hamul jonibni ixtiyor qildi va hazrat Mavlono Muhammad Tabodkoniy (quddisa sirruhu) xizmatidakim, murshidi zamon erdi va zikri o`tti, suluk ixtiyor qilib «arbain»lar chiqarib140, ko`p maqosidi ma`naviy hosil qildi. Ikkalasi til bila gohi nazm aytur erdi. Rindlig`i chog`ida visoqi rind va xarobotiylarning majmai erdi va bu ishni kishi andin yaxshiroq-qilmadi. Ul vaqtda bu qit`ani deb erdikim:
Chi xush boshad sabuhi bo dilorom,
Labolab az qadah har dam kashidan
Chu g`uncha har du dar yak pirahan tang,
Baham pechidanu darham kashidan141.
Labolab az qadah har dam kashidan
Chu g`uncha har du dar yak pirahan tang,
Baham pechidanu darham kashidan141.
Ammo taqvo va zuhd chog`ida turkcha bu bayt ham aningdurkim:
Ilohiy, nuri irfondin ko`ngulga bir safo bergil
Ki, isyon zulmati ichra xarob ahvolu hayrondur.
Ki, isyon zulmati ichra xarob ahvolu hayrondur.
Muborak marqadi Miyoni Du jo`yda Gozurgoh yo`lida o`z otasi hazirasi ichida gunbazida erdi. Azizlar hazirasig`a naql qilildi.
Ikkinchi majlisning ixtimomi
Bu latofat oyin aizzag`a va bu balog`attazyin ajillag`akim, tab`lari natijasidin olam ahli xush-hol va zehnlari bodasidin xotirlari sog`ari molomoldur, tengri taolo alarg`a bog`i rizvonni maqom qilsun, ravzai jinonda orom bersun va Sulton sohibqiron ro`zgorig`a ruhlaridin madad va fayzi beadad yetkursun.
Shohekim, erur sipehr miqdorlig`i,
Tufroq aro xasm boisu xorlig`i,
Topsun bular arvohi madadkorlig`i,
Har ishtaki bo`lsa tengrining yorlig`i.
Tufroq aro xasm boisu xorlig`i,
Topsun bular arvohi madadkorlig`i,
Har ishtaki bo`lsa tengrining yorlig`i.