Òîï ðåéòèíã www.uz
IZOH VA TARJIMALAR

MUQADDIMA

           1. «Va  durudi noma`dud ul xulosai ma`dum va  mavjudg`akim» mavjud bo`lgan va bo`lmagan narsalarning yaratuvchisiga sanoqsiz maqtov va duolar bo`lg`ay, demakdir.
           2. «Maliki allom» — Olloh ko`zda tutiladi.
           3. Qur`oni karimning nozil bo`lishi haqida so`z ketmoqda.
           4. Jabroil — Islomdagi to`rt farishtadan biri. Xudo bilan payg`ambar o`rtasida elchilik qilgan farishta. Muhammad payg`ambarga Qur`on shu farishta orqali nozil bo`lgan.
           5. «Xayr ul-anom alayhissalavotu vassalam» — arabcha: odamlarning yaxshisi, unga salom va duolar bo`lsin demakdir. Bu ibora Muhammad payg`ambar nomiga qo`shib yoki uni nazarda tutib aytiladi.    
           6. Abdurahmon Jomiy (1414 Jom, — 1492 Hirot) — fors-tojik adabiyotining ko`rkamli namoyandasi, shoir, mutafakkir va olimdir. Alisher Navoiy 1476—1477 yillarda Jomiyni o`ziga pir qilib oladi va uning hayoti oxirigacha oralaridagi samimiy do`stlikka sadoqatni saqlagan. «Jomiy va Navoiy» majmuasining noshiri mashhur matnshunos olim Porso Shamsiev shu majmua muqaddimasida yozgan edilar: «Chin insoniy xislatlardan sabot, matonat, g`ayrat, tolmas mehnatkashlik bu ikki do`stning mushtarak xususiyatlari bo`lib qoldi. Bu mushtarak xususiyat bulardagi buyuk ijodiy kuch va mahoratning deyarli bir mezonda borganligida ko`rinadi. Jomiy biror asar yozsa, birinchi galda Navoiyga taqdim etar, kerak miqdorda isloh etishni, kamchilik va nuqsonlarni ko`rsatib berishni talab etar edi. Navoiy Jomiyni o`ziga madadkor, qiynalganida mushkullarini hal qiluvchi va ishlarga rag`batlantiruvchi ulug` homiy va murabbiy deb bilar edi». (P.Shamsiev. Ulug` do`stlik lavhalaridan. Jomiy va Navoiy (to`plam). Toshkent, «Fan», 1966.).
           Bu ikki ulug` siymolar bir-birlarining tashabbuslari bilan asarlar yozar, bir birlariga o`z asarlarida madhiyalar bitar edilar. Alisher Navoiy Jomiy haqida uning vafotidan keyin maxsus «Hamsat ul-mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) asarini yozgan.
           7. «Madda zilli va irshodahu» — arabcha: Olloh uning soyasi va to`g`ri yo`lini uzaytirsin, demakdir.
           8. «Bahoriston» — Jomiyning 1487 yilda Sa`diy Sheroziyning mashhur «Guliston» asari payravligida yozgan axloqiy va tarbiyaviy mazmundagi asari. Jomiy o`z o`g`li Ziyovuddin Yusufga darslik tarzida yaratgan. «Bahoriston» muqaddima va 8 bob (ravza)dan iborat: 1) oriflar sarguzashti; 2) ulug`lar hikmatlari; 3) adolatli shohlar haqida; 4) saxiylik targ`ibi; 5) ishqiy hikoyatlar; 6) hazl-mutoyibalar; 7) she`r va shoirlar; 8) tamsillar.
           Navoiy bu yerda «Bahoriston»ning yettinchi bobini nazarda tutadi. Mohiyatcha, bu bob tazkira bo`lib, unda Rudakiydan Navoiygacha 37 nafar mashhur shoirlar haqida ma`lumot mavjuddir.
           9. Sultoni  Sohibqiron —  baxtiyor sulton ma`nosini anglatuvchi bu laqab ulug`, jahongir podshohlarga berilgan. Bu yerda Husayn Boyqaro nazarda tutiladi. Ilmi nujumda ikki sayyora to`qnashgan paytda tug`ilgan bolani anglatadi. Uning g`oyat ulug` martabali bo`lishiga ishonishgan.
           10. Nigorxona  — rasmlar  xonasi; Nigorxonai chin — Chin  rasmlari xonasi. Bu yerda Navoiy Jomiy «Bahoriston» asarida shoirlarga bag`ishlangan bobni shunday bezadiki, unga Chin (Xitoy) nigorxonasining ham rashki keladi, deb ta`riflaydi.
           11. Amir Davlatshoh (taxminan   1436/38 — vaf.   1497, Samarqand) tazkiranavis. Otasi Amir Baxtishoh Shohrux Mirzoning lashkarboshilaridan bo`lgan. Davlatshoh «Uloin» taxallusi bilan she`rlar ham yozgan. 1471 yilga qadar Husayn Boyqaro xizmatida bo`lgan. Hirotdan qaytgach, otasi mulkida dehqonchilik qilgan va adabiy ijod bilan    shug`ullangan.
           12. «Tazkirat ush-shuaro», Davlatshohning 1486 yilda yozgan asari. Unda Iroq, Eron va O`rta Osiyoda X—XV asrlarda yashab njod qilgan 150 dan ziyod shoirlar haqida ma`lumotlar beriladi. Bu asar Navoiy tavsiyasi bilan yaratilgan bo`lib, Navoiyning ijodi va arboblik faoliyati haqida maxsus bob bor.
           13. «Sultoni    Sohibqironning    humoyun    valodatlari» — Husayn  Boyqaronnng tug`ilgan yili   (1438 y.)  nazarda tutiladi.
           14. «Ammo holo bu fano dor ul-g`ururidin baqo dor us-sururig`a intiqol qilibdurlar» — hozirda o`tkinchi g`urur saroyidin (ya`ni, bu dunYodan) abadiy xursandchilik saroyiga (ya`ni, u dunyoga) ko`chib o`tishgan   (ya`ni, vafot etishgan) demakdir.
           15. «Holo  bu farrux  zamonda  namoyandadurlar» — hozir bu baxtiyor zamonda hayotdirlar, demakdir.
           16. «Majolis un-nafois» — Nafis majlislar demakdir.

AVVALGI MAJLIS

           1. Amir Qosim Anvor — Shoh Qosim Anvor Tabreziy (1346, Tabrez—1433, Jom). Arab va yunon, fors va turkiy tillarni yaxshi bilgan hamda shu tillarda she`rlar yozgan. Umrining aksar qismini Hirotda kechirgan. Samarqandda ham yashagan.
           Shoirnnng to`la kulliyoti 1959 y. Tehronda nashr qilingan, unda g`azallar devoni, «Anis ul-oshiqin» (Oshiqlar do`sti) nomli masnaviysi, «Tavajjuhnoma» (Ollohga intilganlar haqida asar), «Voqiai Hirot» (Hirot voqialari), «Risolai vujud» (Borliq haqida risola), «Makotib» (Maktublar), «Savolu javob» va boshqa asarlari o`rin olgan.
           Qosim Anvor tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi sifatida mashhur. U, ayniqsa, Jaloliddin Rumiyga ergashgan. Shuningdek, Qosim Anvor asarlarida ijtimoiy-siyosiy va axloqiy masalalar ham ilgari suriladi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida ham bu shoir haqida ancha mufassal ma`lumot beradi.
           2. «Quddisa   sirrihu» — arabcha:  sirri  muqaddas bo`lg`ay, degan ma`noni anglatadi va vafot etganlar haqida aytiladigan duo hisoblanadi.
           3. Valoyat ahli — valiy,  avliyo odamlar.
           4. Haqoyiq va maorif — ishqi haqiqiy va ma`rifat mazmunida yozuvchilar.
           5. Sadriddin Ardabiliy — XIV asrdagi mashhur tasavvuf shayxlaridan.
           6. «Anis ul-oshiqin» — Oshiqlarning do`sti demakdir. Qosim Anvorning asari.
          7. Tarje` — qaytarish, takrorlashni anglatadi. She`rda takrorlanuvchi band bo`lib, bunda shoir vazni bir, qofiyasi boshqa bo`lgan bir necha band she`rning har bandi so`ngida bir baytni takrorlab keltiradi. Takrorlangan bayt har band oxiridagi bayt bilan bog`lanib borishi shart hisoblanadi.
          8. Baytning    tarjimasi   (bundan    keyin    «tarj.:»  deb  berib boramiz): Ollohga shukrki, sening ikki jahon mulkiga sarmoya bo`lgan ishqing mening yuragim va jonimdadir.
           9. Tarj.: Rindmiz, oshiqmiz, jahon o`rtovchilar va yoqavayronlarmiz. Sening g`aming turganda dunyo g`amini chekishdan ne foyda?!
           Bu baytdagi «rind» so`zinnng ta`rifi «G`iyos ul-lug`at»da: «Rind—shariat qoidalarini johillik yuzasidan emas, ongli suratda inkor qiluvchi odam», deb beriladi. Tasavvuf istilohotida «rind» barcha boylik, lavozim, zohiriy iltifotu mulozimatlardan o`zini yiroq tashlab, olam va odamning eng yuksalgan poyasida o`zini ozod sezuvchi hur fikrli nnsonni anglatadi.
           10. Jaloliddin Rumiy (1207—1273)—shoir va mutafakknr. Ismi Muhammad,   laqabi Jaloliddin.  Jaloliddin Rumiyning otasi Bahouddin Valad Chingizxon yurishi arafasida Balxdin Nishopurga ko`chadi va shoir Shom, Halab va Arzanjonda ilohiyot, fiqh, riyoziyot (matematikaga oid fanlar), tarix va boshqa ilmlarni o`rganadi. Davrning mashhur shayxlaridan Burhoniddin qoshida 1232 yildan sufiylik tariqati va shariatdan tahsil oladi. Quniyada esa Shams Tabriziy bilan uchrashadi va uni ma`naviy ustoz deb tanlaydi. Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma`naviy» nomli asari uni dunyoga mashhur qiladi. Unda ilohiyot, falsafa, tasavvufga oid masalalar o`z aksini topgandir. 6 mustaqil daftardan iborat bu asarda ko`plab rivoyatlaru hikoyatlar, masalu latifalar o`rin olgan.        
           11. Tarj.: Tabrizda bir Sayyidzoda bor edi.
           12. Tarj.:  Fe`l, sifat,  zot  va  ismlaring bilan hamma yashirin va oshkor narsalarning asli o`zingsan.
           13. Jorubkash—masjid,   madrasa,  xonaqo va   mozorni supuruvchi xizmatkor. Navoiy bu yerda Jom viloyatidagi Xarjurd degan joydagi mozorda dafn etilganlarga, jumladan Qosim Anvorga o`z hurmati va e`tiqodini nzhor etadi.
           14. Xamsa va salosina va samona mia — arabcha: 835  y.ni  anglatadi. Milodiy hisobda  1431—32 y. ga to`gri keladi.
           15. Mir Qosim Anvor ko`zda tutilat.
           16. Imom Ali Muso ar-Rizo  —  Ali  Ibni Muso,  laqabi  Ali Rizo. Islom aqidalariga ko`ra sakkizinchi imom. U avval Madinada yashagan, 816 y. da Xalif Al-Ma`mun tomonidan Xurosonga keltirilgan va 817 y. da Marvda 33 ming odam qatnashgan yig`inda valiahd deb e`lon qilingan. Imom Rizoning nomi Ma`mun nomidan keyin tangalarda zarb etila boshlagan. Ma`mun hatto unga o`z qizi Xabibani beradi. Ali Rizo Eronda qadimgi Tus shahri yaqinidagi Nukon degan qishloqda to`satdan vafot etadi. Ma`mun uni g`oyat katta dabdaba bilan Sanobod degan Xorun ar-Rashid maqbarasi joylashgan bog`da dafn qiladi. Keyinchalik bu yerda Mashhad shahri paydo bo`ladi. Hozir Mashhaddagi Imom Rizoning hashamatli maqbarasi musulmonlarning ziyoratgohidir. Navoiy vazirlik davrida Imom Rizo maqbarasining janubiy qismida go`zal bir ayvon qurdirgan va undagi ustunlarning biriga Husayn Boyqaro nomini o`ydirgan. Bu yerda shoir Mir Maxdumning otasi Makkadan Mashhadga Ali Rizo maqbarasi ziyoratiga kelganli bayon etiladi.
           17. «Man  xadima  xudima» — arabcha:  kim  birovga   xizmat    qilsa, unga ham kimdir xizmat qiladi, demakdir.
           18. Tarj.: Chalg`uchi  tarona  chal,  soqiy may tutgil, kimki, «may harom» degan bo`lsa, uning qoni haloldir.
           19. Tarj.:  Meni  rindlik  olamida  rasvolikning  nishonasi qilding, dilimni olib,  jonimni yuz nadomatga qo`yding.
           20. Muammo — arabcha: yashiringan, berkitilgan,  demakdir. Muammo Sharq she`riyatida kichik lirik janr turlaridan biri. Misra`, bir-ikki baytda (ba`zan jumla, ibora yoxud bir so`z ham bo`lishi mumkin) ism yoki biror so`z yashiringan bo`ladi. Muammoda esa unga murakkab imo-ishoralar bo`ladi. Muammoni maxsus qoidalarga asosan (unga ramz, imo, kinoya, o`xshatish, so`z o`yini, arab alifbosidagi harflar nuqtalarini almashtirish, so`zlarning boshqa tillardagi sinonimlarini topish, teskari aylantirish yoki «abjad» hisobi (harflarning raqam ma`nolari) va h. k. yo`llar bilan topib olish, yechish kerak bo`ladi. Muammoni tuzish va uni yechish qoidalariga bag`ishlangan maxsus risolalar ham yaratilgan. Ayniqsa, XV asrda muammo keng tarqalgan edi. Jomiy va Navoiy ham muammo haqida risolalar yozganlar.
           Bu muammoda «Ahmad Mirak» ismi yashiringan. Asliyatda shunday yoziladi.    
 
           Tarj.: Men may istamayman, uni berma va tutma. Sa`dni yor ko`chasi boshig`a eltib qo`y.
           Birinchi misra`ning yana shunday mazmuni bor:  so`z avvalidagi [harf]  menda yo`q.
           Agar  dan  olib tashlasak,  qoladi. Uning raqam ma`nosi 10, harflarda  yoziladi. Bu ikki harfning raqam yig`indisi  bo`ladi. 9 raqami yana  birikuvidan hosil bo`ladi. Shunday qilib, «may» so`zidan «ah» bo`g`imini chiqardik.  ni — «mad»ni ol, degan ishoraga binoan «Ah»ga  «mad»ni qo`shsak «Ahmad» chiqadi.  dan «mi» olinadi. Yuqoridagidek ikkinchi misradan «Sa`dni  qoldirib «ro»ni, ya`ni «r» harfini qo`y so`zining avvaliga, ya`ni, birinchi harfi oldiga olib borib qo`yiladi va «Mirak» hosil bo`ladi. Natijada ko`rsatilgan muammo yechimi «Ahmad Mirak» ismi chiqadi.
           Ko`rinadiki, muammoni yechish arab alifbosiga asoslanadi va uni tarjimasini berish bilan maqsad hosil bo`lmaydi. Shuning uchun   muammolarni  arab  alifbosida  berdik va tarjima qilmadik.
           21. Tarj.:  Men yomonlik qildim, uzr aytish gunohdan yomonroq.
           Chunki bunda uchga buzilgan da`va bor: borlik, kuch va quvvat. Keyingi  misra` arabcha bo`lib, kuch bilan quvvat esa xudodan boshqa hech kimda yo`q.
           22. «Maqsadi aqso»— eng so`nggi maqsad.
           23. «Qasidai burda» —arab shoiri Ka`ba Ibni Zuxayr (VII asr) asari. Burda degani yo`l-yo`l matodan tikilgan ustki kiyim — qaboni anglatadi. Rivoyatga ko`ra, Muhammad payg`ambar shol dardiga mubtalo bir bemor ustiga o`z burdasi ustki kiyimini tashlagan ekan, u davo topib, tuzalib ketibdi. Qasidaning nomida shu rivoyatga ishora bor. Qasida uch qismdan — an`anaviy lirik muqaddima, didaktik qism va madhdan iborat. «Qasidai burda»ga juda ko`plab naziralar yozilgan, muxammaslar bog`langan, sharhlar bitilgan. Musulmonlar qasidaga ma`lum davrlarda ilohiy ma`no ham berib, uning ayrim parchalarini tumor tarzida o`zlari bilan olib yurganlar (qarang: Filüshtinskiy I.M. Arabskaya klassicheskaya literatura. M.,«Nauka», 1965).
           24. Shohrux Mirzo (1377—1447) — temuriylar sulolasidan, hukmdor. Temurning o`g`li. Ulug`bekning otasi uning podshohligi davrida Samarqand, Hirot va Marvda bir qancha bino, istehkom hamda inshoatlar qurildi, ilm-fan, madaniyat rivoj topdi. Navoiy «Majolis un-nafois»ning yettinchi majlisida Shohruxga alohida maqola bag`ishlaydi.
           25. Tarj.: Ey bu olamda yashirin ham, oshkora ham o`zingsan, oshiq yuragining dardi ham, asl davosi ham o`zingsan.
           26. Tarj.: Men turkman, hinduni Jaypolning o`laksasi deganman, Junaning dabdabasini  bir  dona arpaga  ham olmayman.
           27. «Ajoyib ud-dunyo» — Dunyoning ajoyib   (ishlari);    «Javohir ul-asror» — Sirlarning javharlari.
           28. Tarj.:  Yana tun  bo`ldi, ko`zim yig`i maydoniga suv urdi: Ko`z yoshining seli uyqu sipohiga hujum qildi.
           29. Ta`rix — adabiy janr turlaridan bo`lib, unda abjad hisobi usullarini tatbiq etish bilan biror muhim voqea, ulug` kishilar vafoti, binolarning bunyod etilishi vaqti va h. k. lar yilini yozib qoldiriladi. Ta`rix yaratuvchilarni ta`rixgo`ylar deyiladi. Ta`rix she`r bilan aytilsa, g`oyat munosib sanaladi. Ta`rix moddasi bo`lgan so`z, misra`, baytlar arab harfida yozilib, abjad hisobi bilan chiqarilishini e`tiborga olib, ta`rix moddasi bo`lgan so`zlarni arab alifbosida keltirdik:   so`zidagi harflar abjad bo`yicha yig`indisi 866 y. (1461—62 y.)  so`zidan ham shu sana chiqadi.
           30. Kotibiy — Shamsiddin Muhammad Ibn Abdullo (tav. noma`lum, Turshez — 1435, Astrobod) XV asrdagi mashhur shoir, xattot va munshi. Yaxshi xattot bo`lganligidan Kotibiy taxallusini olgan. Shoirning Nishopurda tahsil olgani, Hirot,  Samarqand, Mozandaron, Gilon, Hijoz, Tabrez va Isfahonlarda bo`lgani haqida ma`lumotlar mavjud. Umrining oxirida Astrobodda qo`nim topgan va shu yerda dafn etilgan.
           Manbalarda Kotibiy qalamiga 140 asar mansub dsb qayd qilinadi. Uning «Qasidalar dsvoni», «G`azallar devoni», «Xamsa» dostonlari mashhurdir.
           31. «Zul-bahrayn» — Ikki bahrli. «Zul-qofiyatayn» — Ikki qofiyali.
           32. Tarj.: Ko`z va dil tufayli tuproq badanim o`t va suv ichidadir. Ko`z bilan ko`rgil va dil bilan rahm qilgil, ishim xarobdir.    
           33. Tarj.:   Ey  to`g`ri yuruvchi taqdir kamoning  o`qdek;  Sening o`qdoningga bezakli osmon qoplon dumidekdir.
           34. Tarj.:  Ko`rshapalak feruza  rang gunbazdan gunbaz feruzasiga qarab ketdi.    
           35. Toun marazi — vabo kasali.
           36. Tarj.:   Vabo olovi  qahridan  tuprog`i  mushkdan  ham xushbo`yroq bo`lgan Astrobod birdaniga xarob bo`ldi. U yerda yoshu qaridan hech kim qolmadi, chunki «o`rmonga o`t tushsa ho`l va quruq barobar yonadi».
           37. Ashraf—Abu  Ali    Husayn ibni Hasan Marog`iy. Darvesh Hasan Xiyoboniy (tug`, noma`lum — vaf. 1460) nomi bilan tanilgan. 1436—1440 yillar mobaynida «Xamsa» an`anasini davom ettirgan. «Minhoj ul-abror» (Taqvodorlarning yorug` yo`li), «Riyoz ul oshiqayn» (Ikki oshiqning mashaqqatlari), «Shirnn va Xusrav», «Ishqnoma» yoki «Layli va Majnun», «Haft avrang» (Etti taxt) va «Zafarnoma» nomli «Xamsa» tarkibidagi dostonlarni yozgan. Shoirning to`rtta she`rlar devoni va «Sad pandi Ali» (Alining yuz pandi) nomli Hazrat Aln hikmatlarining tarjimasi bo`lgan manzumasi ham mavjud. Aftidan bu oxirgi asari Navoiyning «Nazm ul-javohir» nomli asariga o`xshash ko`rinadi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Ashraf haqida yozadi va Hirotda bo`lganini ta`kidlaydi. Shoir «Xamsa» ustida uzoq yillar mehnat qilgani va nihoyat uni tugallashga noil bo`lgani xususida Navoiy Ashrafning quyidagi baytini keltiradi:    
Az sharafi vasli tu Ashraf shudem,
Davlati mo bud musharraf shudem.
(Tarj. Sening vasling sharafi bilan Ashraf (ya`ni, sharafli)  bo`ldik, bu biz uchun davlat edi musharraf bo`ldik).
           38.    Tarj.: Bilimda ilg`or bo`lgan shaxs qoshida gunohkorni o`ldirishdan gunohni kechish afzalroqdir.
           39.    Tarj.: O`qning cho`pi bo`lishni istayman, toki sen ba`zi-ba`zida holimga ko`z uchi bilan qaragaysan. Bu yerda shoir o`q tortganda, ko`z qiri bilan nishonga boqishi kabi holatni nazarda tutmoqda.    
           40.    Xoja  Ismatullo (tug`.  noma`lum—vaf.  1437,   Buxoro)—asosan Buxoroda yashab ijod etgai shoir. Xalil Sulton saroyida bo`lgan. Feodallar isyonidan so`ng shoir sargardonlikka uchraydi. Ulug`bek hukmron bo`lgach, Ismat Buxoriyni saroy xizmatiga taklif etadi. Lekin shoir uzlatni, darveshlar orasida bo`lishni afzal ko`rib taklifni qabul qilmaydi. Shoirning sakkiz ming baytdan iborat she`rlar devoni, «Ibrohim Adham» nomli masnaviysi ma`lum. Uning tasavvufiy ta`surotlar, sufiyona hissiyotlar bilan yo`g`rilgan she`rlari xalq orasida mashhur bo`lgan.
           41.    Xalil Sulton (1384—1411)—Temurning nabirasi, Mironshohning o`g`li. 1405—1409 yillarda Samarqandda hukmronlik qilgan. Temurning Hindiston yurishida qatnashib, o`zining harbiy salohiyati bilan ulug` bobosi rag`batini qozongan Xalil Sulton 1402 y. da Turkiston hukmroni qilib tayinlangan edi. Lekin 1404 y. da Temurning ruxsatisiz oddiy tabaqa qizi go`zal Shodmulkka uylangani uchun uning g`azabiga uchragan edi. Temur vafotidan 1 oy keyin 1405 y. 18 martda taxtga o`tirgan Xalil Sulton Movarounnahrdan chetlarda tan olinadi. Feodal nizolari, vorislar orasidagi to`qnashuvlar natijasida Xalil Sulton 1409 yil 30 martda asir olinadi va Farg`ona, Andijon, O`trorlarda sargardonlikdan bezib, Shohrux bilan shartnoma tuzadi va taxtdan voz kechadi. Oxiri Rayga jo`naydi. Manbalarning ta`kidlashicha, Shodmulk ham uning ortidan Rayga keladi. Xalil Sulton Rayda vafot etadi. Shuningdek, manbalarda Xalil Sultonning Shodmulkka bo`lgan muhabbati hamda o`z dushmanlari, hatto xoinlarga nisbatan ham olijanob bo`lgani ta`rif qilinadi.
           Xalil Sulton saroyida olimu fozillar, san`atkor va shoirlar ijod qilar, o`zi she`riyat bilan shug`ullanar edi. Navoiy ushbu asarning yettinchi majlisida Xalil Sultonga alohida maqola bag`ishlaydi va sohibi devon bo`lganini qayd qiladi. Xoja Ismat Buxoriy Xalil Sulton devoni ta`rifida qasida ham bitgan ekan.
           42.    Tarj.:  Yurak kabobdir undan sho`r [g`avg`o] qo`zg`atganlar, chunki u yurakka Xalil (chin do`st, demakdir) tuzdonidan tuz sepganlar.
           43.    Tarj.:  Bu bepoyon dengiz jahonlarni o`z ichiga olgandir. Ilohiy   aql g`avvosi undan gavharni payqay olmaydi.
           44.    Tarj.: Ey darding o`qi oshiqlar yuragiga nishona!  Butun xalq sen bilan ovorayu o`rtada sen g`oyibsan.
           45.    Tarj.: Goh butxonada go`shanishinman, goh  masjidda istiqomat qilaman.  Ya`ni seni uyma-uy qidirib yuraman.
           46.    Tarj.: Dil shishadir, ko`zlaring uni har tomonga olib boradilar, ular mastdirlar, mabodo sindirib qo`ymagaylar.
           47.    Tarj.:  Chang va daf sadolarndan dilim vaslingni istaydi. Chunki har bir teri ostida xudoning bir do`sti bor.
           48.    Yax`yo Sebak   (tug`.  noma`lum—vaf. 448—49  y.) — shoir,  aruzshunos olim va xattot. Avval «Tuffohiy», so`ngra «Fattohiy», «Xumoriy» va «Asroriy» taxalluslarida yozgan. Nishopurda yashagan. «Majolis un-nafois»ning forsiyga tarjimoni Faxriy Hirotiy shoir nazmiy risolalar, «Ta`biri xob» (Tush ta`biri) nomli asar va «Husnu Dil» degan doston yozgani haqida ma`lumot beradi.    
           49.    Tarj.: Ey, lola davrida piyolani maydan xoli qiluvchi umr o`tdi. Bu hasrat dog`iga qachon davo qilursan?!
           50.    Xoja Hofiz—Shamsiddin  Muhammad (tug`. 1321—vaf. 1390, Sheroz) buyuk fors shoiri. Yetim qolgach, nonvoyga shogird tushgan, Qur`onni yod bilgani va yaxshi tilovat qilgani uchun «Hofiz» nomi bilan shuhrat qozongan. She`riyatda uni taxallus qilib oladi. Hofiz ham ishqi majoziy, ham ishqi haqiqiy haqida yonib yozgan. Hofiz g`azalsaro shoirdir. Uning devoni vafotidan so`ng tuzilgan. Sudiy degan turk olimi (vaf. 1591) Hofizning mukammal devonini tuzgan. Keyinchalik shoir she`rlariga ko`plab sharhlar yozilgan. XVII asr oxirlaridan boshlab, Hammer, Purgshtal. tarjimalari, Gyotening «G`arbiy-Sharqiy devoni» orqali Hofiz G`arbda shuhrat qozondi. Eron olimlari Abdurahim Xalxolin, Muhammad Qazviniy, Qosim G`aniy, Said Nafisiy, Muhammad Mu`in va boshqalar Hofiz ijodini har tomonlama tahlil etdilar, Hofiz g`azallariga jild-jild sharhlar bitdilar. Ovrupo sharqshunoslaridan Ya.Ripka, A.Arberri, X.Ryomer, X.Ritter va boshqalar, rus olimlaridan Ye.3.Bertelüs, A.N.Boldirev, I.S.Braginskiylar ham hofizshunoslikka yetuk hissa qo`shdilar.
           Navoiy Hofiz g`azaliyotini puxta bilgan va o`zining «Devoni Foniy» deb nomlangan forsiydagi g`azallaridan 237 tasini Hofiz g`azallariga tatabbu` qilib yozgan. Bu masala tojik olimi akad. A.M.Mirzoev tomonidan qisman tadqiq etilgan va Navoiyning Hofizning g`azaliga javobiyalaridan namunalar alohida risola tarzida nashr qilingan. (Qarang: A.Mirzoev. Foniy va Hofiz. Dushanbe, «Irfon», 1961).
           51.    Tarj.: Ey bangilar, nasha bargining arrasi (yaproq qirralari) sizning aql va imoningiz ko`chatining tomirini kesmoq uchun o`tkirlashgandir.
           52.    «Bu faqir aruz fanida vosita bila Mavlononing shogirdimen» — mashhur aruzshunos Darvesh Mansurdan Navoiy aruz ilmini o`rgangan. U esa Yax`yo Sebakning shogirdi bo`lgan. Navoiy bu yerda «vosita bila Mavlononing shogirdimen» der ekan, ana shuni nazarda tutadi.
           53. 852 (1448-49 y.).    
           54. Hujjat ul-islom Imom Muhammad  G`azzoliy — Abduhomid Muhammad ibni Muhammad Tusiy (tug`. 1058, Tus—vaf. 1111, shu shahar), mashhur mutakallim, faqih va sufiy. Avval Go`rgan madrasasida, keyin Nishopur yaqinidagi «Nizomiya» madrasalarida tahsil ko`radi. Bir necha muddat Bag`doddagi «Nizomiya» madrasasida mudarrislik qiladi. So`ngra Shom, Falastin va Hijozda yashaydi. G`azzoliy asarlarida falsafa, ilohiyot, riyoziyot, mantiq, tabiiyot va axloqqa oid masalalar yuzasidan bahs yuritiladi. G`azzoliyning tasavvufga oid asarlari xalq orasida keng ma`lum bo`lgan. Masalan, «Kimyoi saodat», «Eh`yo ul-ulum ad-din» (tirilish va din ilmi). G`azzoliy falsafasi asosida xudoni aql bilan anglash mumkin emas, uni ruhiy iltijolar, sig`inish va ibodatlar orqali anglash mumkin, degan aqida yotadi. Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat»ida Muhammad G`azzoliyga alohida maqola bag`ishlangan. Unda olimning kuniyati (abu, ibn, umm, bint kabi so`zlar bilan boshlanadigan laqabi) Abu Homid va laqabi Zayniddin deb ko`rsatilgan. Misrning Iskandariya shahrida, Nishopurda yashagani ham qayd qilinadi. G`azzoliy Nishopurda xonaqoh va  madrasa qurgan. Navoiy G`azzoliyning yana «Yoqut ut-ta`vil» (So`zning (boshqa ma`nodagi) yoqutlari), «Javohir ul-Qur`on» va «Mishkot ul-anvor» (Qandil nurlari) nomli asarlar yozganini ta`kidlaydi.
           55.  Anvariy  — Avhaduddin  Ali  Ibni Muhammad Ibni Ishoq (tug`. 1105, Abivardning Xovaron nohiyasi — vaf. 1187, Balx) mashhur fors shoiri. Tus madrasasida tahsil ko`rgan. Ilmi nujum, xikmat, handasa, falsafa va tib ilmlarini puxta egallagan. Tabiatan sho`x va ozod fikr shoir 20 yoshlarida Sulton Sanjarga qasida bag`ishlagan va hukmron tomonidan saroyga taklif etilgan. Ma`lum muddat Marv va Nishopurda istiqomat qilgan, nihoyat 1154 y.da Balxga kelgan. Anvariyning hajviyalari g`oyat o`tkir bo`lib, zamona adolatsizliklari, zulmkorliklari va hukmron tabaqalarning axloqiy tubanliklariga qarshi qaratilgan edi. Anvariyning donishmandligiga, ma`rifatga chorlashlari, haqiqatgo`yligi va turmush tarziga ko`ra hakim deb ataganlar. Anvarining  qasidanavislikning payg`ambari deb ta`riflaganlar. Shoirning qalamiga 250 ta qasida, 337 ta g`azal, 472 ta ruboiy, 557 ta qit`a mansub bo`lib, she`riyatining umumiy hajmi 15000 baytni tashkil etadi. Anvariy devonidagi she`rlarga Alaviy Shodiobodiy (XVI asr) va Abdulhasan Farohoniy (XVII asr)lar tomonidan sharhlar bitilgan. Tojik olimi R.Hodizoda 1972 y. da shoir devonini izohlar bilan nashr etgan.
           56. Tarj.:  O`z istagimni  Ray mulki bilan qiyos qilganimda...
           57. Alauddavla Mirzo— Shohruxning nabirasi, Boysung`ur Mirzoning (vaf. 1433)  o`g`li. 1447—1448 y. larda Xurosonning bir qismini—Xirot atroflarini boshqargan.
           58. Bu qasida matla`ining birinchi misra`ida abjad hisobi bilan 849  (1445— 46 yil)  berilgan; ikkinchi misra`idan ham xuddi shu ta`rix chiqadi.
           59. Abu Said — temuriylardan. Sulton Muhammadning o`g`li. 1451 58 y. Larda Movarounnahr hokimi, 1458-69 yillarda esa temuriylar davlatining oliy hukmdori; U o`zidan oldingi shoh Abdulqosim Boburga nisbatan ancha qattiqqo`l, zulmkor edi. Navoiy va uning tog`alari Mir Said Kobuliy, Muhammad Ali G`aribiylar Husayn Boyqaroning Abu-Saidga qarshi harakatlarini qo`llab-quvvatlaganlari uchun ularga g`oyat sovuq munosabatda bo`lgan Abu Said ilm va san`at ahlini qadrlamagan hukmron bo`lgani uchun ham munosabatlarni yaxshilashdan ko`ra Navoiyga Hirotni tark etish oson tuyulgan va u Samarqandga ketgan edi. Navoiyning Abu Saiddan norozilik tuyg`ulari uning “Masnaviysi” — Sayyid Hasan Ardasherga she`riy maktubida o`z aksini topgan. Bu asarda Navoiy o`zining Xirotdan Samarqandga ketishini beixtiyor qilingan safar, deb e`tirof etadi. Boburda esa «Bilmon, ne jarima bila Sulton Abu Said Mirzo Hiridin ixroj qildi», degan ma`lumot bor. Navoiy Abu Said 1469 yilda Eronning G`arbiy qismlarini o`ziga bo`ysundirish maqsadida yurish boshlab, Ozarboyjonda qatl etilgandan so`ng, Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallagach, yangi hukmdorning taklifi bilan poytaxtga qaytadi.
           60.    Abdullatif Mirzo  (tug`. 1422—23, vaf.  1450)—temuriylardan. Mirzo Ulug`beknnng uchinchi o`g`li, Hirotda bobosi Shohrux Mirzo tarbiyasida voyaga yetgan. 1440 y: dan boshlab harbiy yurishlarda qatnashgan Abdullatif Ulug`bekka qarshi fitnalarda ishtirok etib, oxiri 1449 y. da qo`shin tortadi va Samarqand beklari ko`targan isyon sababli Ulug`bek poytaxtga qaytadi. Abdullatif Damashq kentini ishg`ol qiladi va otasi, ukasi Ablulazizni qatl ettirib Samarqandni egallaydi. 1450 y. da Samarqand shimolidagi Bog`i maydon yonida Ulug`bek tarafdorlari tomonidan o`ldiriladn, Navoiy asarning VII majlisida Abdullatif haqida ma`lumot beradi va uning tabiatiga xos bo`lgan vasvasiylik va shafqatsizlikni ko`rsatib o`tadi. Ammo «she`rni obdon aytur erdi», — deb ham ta`kidlaydi Navoiy.
           61.    Tarj.:  Yo`qlik dashtida u og`izni o`ylab yurardim, u sabza miyiq ko`rinadi-yu yo`limning Xizri bo`ldi. Bu baytda shoir mahbuba og`zining nihoyatda kichikligi, miyig`idagi mo`ychalar yangi ungan yashil sabzalarga o`xshashligi va u ko`rinishi bilan qorong`ulikdagi yo`lida Xizr bo`lib  tuyulganini ta`riflaydi.    
           Xizr esa afsonalarga ko`ra, «obi hayvon» (tiriklik suvi)ni topgan va undan ichib, hamisha tirik yuradigan sirli karomatlar sohibi. Badiiy adabiyotda Xizr g`oyibdan paydo bo`lib, yo`ldan adashganlarga qo`mak beruvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yaxshilik va fahmu idrok timsoli hisoblanadi.
           62.    Tarj.: Gul, gul, dedim, may ichida ruxsoring rangi namoyon bo`ldi, uning g`unchasi tabassum qildiyu u gul oldida boshqa gullar hech bo`lib qoldi.
           63.    Ulug`bek Mirzo — Muhammad Tarag`ay   (tug`.  1394, Sultoniya —vaf. 1449, Samarqand) buyuk ilmi nujum va riyoziyot olimi, davlat arbobi. Temurning nabirasi, Shohruxning o`g`li. 17 yoshida Movarounnahr va unga yondosh o`lkalarning hokimi bo`lgan. 1447 yil Shohrux vafotidan keyin temuriylar davlatining oliy hukmdori bo`ldi. 1449 yil Ulug`bek uning siyosatidan norozi quchlar va shahzoda Abdullatif fitnasi natijasida shahid qilinadi. Ulug`bek davrida ilm-fan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, me`morchilik keng rivojlanadi. Uning o`zi aniq fanlar qatori musiqa ilmi va adabiyot bilan shug`ullangan, she`rlar ham yozgan.
           Navoiy bu asaridan tashqari dostonlarida, jumladan “Farhod va Shirin”da Ulug`bek  Mirzoni farax hamda g`urur bilan tilga oladi.
           64.    Tarj. Biz baxti qaro, yomon kunga qolgan va yulduzi so`ngan kishimiz; butun umrimizda biror kecha ham maqsadimiz sham`i yonmagan.
           65.    Tarj.:  Menda  shunday og`iz bo`lishiga qaramay, she`r aytayki, undan suv chakillab tursin.
           66.    Tarj.:  Ey gul gulyuzlini ko`rishni  menga  man` etuvchi,  dil holatini bilmaysan, meni kechirgil.
           67.    Tarj.: Ahvolim sirlaridan birov ogoh bo`lishinn istamayman, yo`qsa, sahar chog`ida bir oh tortib, butun olamni kuydirib yuboraman.
           68.    Jo`gi Mirzo — temuriy shahzodalardan.
           69.    Tarj.:  Yuzing mehri (quyoshi)dan tong singari sovuq damlar uraman; biror kun ko`yingga yetishim uchun dil ko`p sargardon qildi.
           70.   Xoja Salmon Jaloliddin Xoja Salmon  Ibni  Xoja  Alouddin Muhammad (tug`. 1310, Sova — vaf. 1376, o`sha shahar) Salmon Sovajiy nomi bilan mashhur, fors shoiri. Zamonning aksar ilmlari, jumladan adabiyot, riyoziyot, she`rshunoslik, tilshunoslikni mukammal egallagan. Shoir o`zining «Qasidai Masnu`» nomli o`ta murakkab, bir necha bahr, turli-tuman she`riy san`atlar qo`llanilgan muvashshah (bezatilgan, ziynatlangan, demakdir) tariqida yozilgan asari bilan shuhrat qozongan. Salmon Sovajiy “Kulliyot”i 16000 baytdan iborat. U g`azallarida Xoju Kirmoni, Nosir Buxoriy, Hofiz Sheroziy va boshqa mashhur shoirlar an`anasini davom ettirgan. Uning “Jamshed va Xurshed”, «Firoqnoma» nomli dostonlari ham bor.
           71.    Tarj.:   Sening  qomating tufayli  olamda  qiyomat ko`tarildi; Agar qiyomat rost bo`lsa, sening qaddingning o`zi bir qiyomatdir.
           72.    Tarj.: Siz — tuz koni, biz sho`rbaxtmiz; xudo bizga buni berdiyu senga uni.
           73.    Tarj.:  O`lgan pashsha(lar) oshim yuzidagi qayla; tirik bit(lar) nonim ustidagi kunjutlar edi.
           74.    Tarj.: Pokiza xilqatli podshoh madhida Siymiy bir kunda ikki ming bayt aytdi va yozdi.
           75.    Tarj.: Nozik ma`nodan xoli she`r butun umr bo`yi bir qoralik bo`lib qoladi  (yoki bir qoralama bo`lib qoladi).
           76.    Boysung`ur Mirzo (tug`. 1397, Hirot — vaf.  1434, o`sha shahar) Temurning nabirasi, Shohruxning o`g`li. Avval Mozandaron, Astrobod va Jo`rjon hokimi, keyin otasining vaziri bo`lgan. Boysung`ur Mirzo g`oyat ma`rifatdo`st shaxs bo`lib, Hirotda juda boy kitobxona tashkil qilib, kotibu musavvirlar, naqqoshu sahhoflarni, zarkor ustalarni yig`ib, ijodlariga madad bergan. Boysung`ur Mirzoning tashabbusi va ishtiroki bilan Hirotdagi kitobat san`ati ahllari va matnshunos olimlar Firdavsiy «Shohnoma»sining 40 ta qo`lyozma asosidagi mukammal matnini yaratganlar va uni go`zal nasta`liq xatida ko`chirib, nafis miniatyuralar, naqqoshlik lavhalari bilan bezaganlar. Hozirgi kunda bu mo``tabar va nodir qo`lyozma Tehronda, «Koxi Guliston» muzeyi fondida Navoiyning tabarruk dastxati («Navodir un-nihoya» matni) bilan bir yerda saqlanadi.   
           77.    Tarj.:  Quyosh kabi yuzingdan agar parda ko`tarsang, mushtariy (sotib oluvchi, xaridor ma`nosini ham anglatadi) sayyorasi jonu dil bilan xaridoring bo`ladi.
           78.    Tarj.: Ey soqiy, mayga shu qadar g`arq bo`ldimki, agar    tuprog`imdan biror gul unib chiqsa, undan may tomib turadi.
           79.    Tarj.: Samo shipidagi oltinsuvoq quyosh g`ishti Sulton Ali Muso Rizo maqbarasining farshi (maqbarasiga yotqizish) uchundir.
           80.    Tarj.: Evoh!  La`l  (qip-qizil)  labingning shirinligi mening abadiy hayotimdir; Labni tishlab, mening jonimdan, nima istaysan?!
           81.    Tarj.:  Go`zallar, xudo uchun  men  bilan  bo`ling; Xudoni bilaman (aynan: menda xudo bor), keyin sizlarni.
           82.    Bobo Savdoiy — «Majolis un-nafois» tarjimoni Faxriy Hirotiy bu shoirning vafot etgan yilini 853 (1450—51) deb ko`rsatadi. Navoiy yozishicha, shoir 80 dan o`tganda vafot etgan bo`lsa, taxmin 773 (1372—1374) yillarda tug`ilgan bo`ladi. Ikkinchi tarjimon Muhammad Qazviniy esa shoirning Boysung`ur Mirzo bilan qilgan ajonib hazl-mutoyibalarini keltiradi: Kunlarning birida tomda ikkovlari suhbatlashib o`tirgan ekanlar, Mirzo so`rabdi: Agar meni sevsang shu tomdan o`zingni pastga tashla. Bobo Savdoiy darhol turib, tezlik bilan tom chetiga qarab yuguribdi va yetgach to`xtabdi va debdi: Men Sizni to shu yergacha yaxshi ko`raman va bas. Bu so`zlardan Mirzo g`oyat zavqlanib kulibdi va debdi: Agar menda ayb ko`rsang ayt, tanbeh ber, toki men uni tuzatay. Shoir debdi: Sizda sustkashlikdan bo`lak ayb yo`qdir. Mirzo so`rabdi: Qanaqa sustkashligim bor? Shoir javob qilibdi: Bir og`iz so`z aytishda sustkashlik qilasiz. Agar menga bir ming oltin tanga berishlarini aytsangiz, men boyib qolardim. Mirzo kulib, shoirga ming oltin tanga baxshida qilgan ekan.
           83.    Tarj.:  Xoling anbar, yuzing  gul, miyig`ing rayxondir; og`zing g`uncha, tishing inju, labing marjondir.
           84.    Amir Xusrav — Yaminuddin Abdulhasan Amir (tug`.1253, Patyoli — vaf. 1325, Dehli) shoir, adib, mutafakkir, bastakor. Xusrav Dehlaviy nomi bilan mashhur. Otasi Sayfuddin Mahmud lochin qabilasidan bo`lib, mo`g`ul istilosi arafasida Shahrisabzdan Hindistonga qochgan. Juda yoshlikdan she`r yoza boshlagan, avvaliga «Sultoniy» taxallusini olgan Xusrav Dehlaviy uzoq muddat Bangola va Dehli sultonlari xizmatida bo`lgan. Shoir klassik she`riyatning  barcha janr va turlarida ijod qilgan. Urdu va arab tillarida ham she`r yozgan. U birinchi bo`lib she`rlarini alohida nomlar bilan hayotining turli fasllariga moslab 5 ta devonga ajratgan. Nizomiy Ganjaviyning «Panj Ganji» (Besh xazina) javobida 5 ta doston yozib, «Xamsa» deb atagan va bu bilan xamsachilik an`anasiga asos solgan. Shoir shuningdek boshqa dostonlar, adabiyot ilmi, insho san`ati va musiqa nazariyasiga oid ham asarlar yaratgan. Navoiy Xusrav Dehlaviyni har bir dostoni avvalida o`zining mo``tabar salafi sifatida ta`riflaydi va uning she`rnyatdagi san`atkorligini yuksak baholaydi, she`rlarida ham shoirga payravlik qiladi. «Nasoyim ul-muhabbat»da ham Xusravga alohida maqola bag`ishlaydi. Unda shoirning Shayx Nizomiddin avliyo xizmatida bo`lganligi, Shayx shoirga Muhammad Kosales (kosa yalovchi, gadoy) deb nom berganini yozadi. Navoiy bu yerda Mavlono Zohidiyning Xusravning mashhur qasidalaridan biri «Daryoi abror» (taqvodorlar daryosi)ga tatabbu` (o`xshatma) qilganini yozadi.
           85.    Tarj.: 3uhraga chang yoki rubobni kim berdi; yo rab, tosh orasidagi la`lga porloqlikni kim berdi? Zuhra — Cho`lpon yulduzi (Venera). U Sharqda erta tongda, G`arbda kechqurun porlab ko`rnnadigan yorqin yulduz. Qadim yunonlarda Zuhra muhabbat ma`budasi hisoblangan. Zuhrani Nohid ham deb ataladi. Zuhra go`zallik, muhabbat hamda musiqa ahli xomiysi sanaladi.
           86.    Shayx Kamol — Kamoluddin   Mas`ud   (tug`.   taxminan  1318—23, Xo`jand — vaf. 1401, Tabrez) Kamol Xo`jandiy nomi bilan mashxur. Shoir asosiy tahsilni Xo`jandda, keyin Samarqandda olgan. Xorazm va Shosh (Toshkand)da ham istiqomat qilgan. Kamol Xo`jandiy nihoyatda bilimdon shaxs bo`lgan: adabiyot, arab tili, fiqh, hadis, kalom, hikmat, tafsir va tasavvufni puxta bilgan. Iroq va Ozarbayjoi hokimi Tabrez atrofidan Voliyonkuh degan mavze`ni tuhfa qilgach, o`sha yerda bog` barpo etgan va uni Behisht deb atab, bog`dorlik bilan kun kechirgan.
           Navoiy  Kamol Xo`jandiy ijodiga  katta  hurmat  bilak qaragan   va   «Devoniy Foniy» tarkibidagi, g`azallardan 4 tasini shu shoirga javob tarzida yozgan.
           87.    Tarj.:  Qismat kuni   (nasiba taqsim etiladigan kun) zohiddan boshqa har kim o`ziga baxshida qilingan ayshni oldi; u esa ne chog`lik mashaqqat chekmasin quruq qoldi.
           88.    Tarj.: Tun kabi qora zulfing quyoshni   (ya`ni go`zalning yuzi) bariga olgan, tun quyoshga soya solganini kim ko`rgan?!
           89.    Tarj.: Oshiqlik ko`chasida  ahdi-paymoni  mustahkam bo`lgan bir ahli dil (ya`ni, dilbar, dildor) menga aytgan edi: Sendan boshqani    qidirgan kishini talabgarlikka undama, sen shunday kishiga talabgor bo`lgilki, u ham senga talabgor bo`lsin.    
90.    Sulton Boyqaro — temuriylardan.  Sultoi Husayn Boyqaroning akasi. Inisiga navkar edi. Boburning yozishicha, «devon boshida hozir bo`lmas edi, g`ayri devonda bir to`shakta o`l tururlar edi. Inisi Balx viloyatini berib edi. Necha yil Balxda hukumat qildi». (Bobirnoma, Toshkent, O`zFA nashr.   1960, 221-bet).
           91.    Tarj.:  Sening shirin  labing  shakar   idishiga    o`xshaydi,    tishing injusi gavhar shodasiga o`xshaydi.    
           92.    Tarj.: Junun ahllari sening tuzog`ingga ilingan, shuning uchun Jununiy (ham) o`sha xalqa (ichida) asirdir. Bu yerda shoir yor sochlarining uzun va jingalakligi va oshiqlarning ularga dilbastaligini ta`riflaydi.
           93.    Tarj.:  Evoh! dard ko`z qorasini xarob qildi; zamona ko`zim chashmasini sarob qildi.
           94.    Tarj. Ko`zimning qizargan jiyagiga oq dori surtish xuddi kabobga mayda tuz sepishga o`xshaydi.
           95.    Tarj.:  Osmon gunbazida  aylanding, maydondan  maydonga  to`p kabi sakrading, terga pishgan paytingda yomg`ir yog`ib, o`rtada chaqmoq chaqnagandek bo`lar edi.
           96.    Tarj.:  To paymonam to`lmagan damgacha mayxonadan chiqmaslikka ahd qildim.    
          97.    Bobur Mirzo — Abulqosim  Bobur.    Temuriylardan,  1447—1457 yillarda Xurosonda hukmronlik qilgan. Shohrux vafotidan keyin avj olib ketgan temuriy shahzodalarning o`zaro kurashlariga bardosh bera olmay shaharni tashlab ketganlar Abulqosim taxtga o`tirgach, qaytib kela boshlaydilar. Ular orasida Navoiy oilasi ham bor edi, Shoirning otasi podshoh xizmatiga kiradi va bir oz muddatdan so`ng Sabzavor xokimi qilib tayinlanadn. Otasi vafotidan so`ng yosh Alisher ham podshoh saroyiga xizmatga kiradi. Bu vaqtda Husayn Boyqaro ham Abulqosim Bobur xizmatida edi. 1957 yilda Abulqosim Bobur Mashhadda vafot etgan.
           98.    Tarj.: Yodingda bo`lsinki, sening ko`chang mening manzilim edi; ostonang tuprog`idan  ko`zim  ravshanlik topar  edi.
           99.    Tarj. Aql ustodi uchun yechilishi qiyin bo`lgan nozik ma`no, sinab ko`rganimizda bir qultum may bilan hal bo`lar edi.
           100.    Tarj. Mayning haromligini madrasa ahlidan so`ray deb kimning eshigini qoqsam, (u yerdagilar) bexush va alast bo`lib yotgan edi.
           101.    Mehri — XV asrning birinchi yarmida Hirotda yashagan shoira. Mehrining eri Xoja Abdulaziz Shohrux Mirzoning saroy tabibi bo`lgan, Mehri sofdil, ravshanfikr, iste`dodli, shirinsuxan va hozirjavob bo`lgani uchun malika Gavharshodbegimning yaqin suhbatdoshi — nadimasi ekan. Tazkiralarda qariyb bir ovozdan Mehrining nihoyatda go`zal bo`lganligi kayd qilinadi. Shoiraning bizgacha yetib kelgan she`rlari u yoki bu hayotiy voqealar munosabati bilan badihona aytilgandir. Mehri fitna-fujurlar bois birmuncha muddat Shohrux tomonidan zindonband qilinadi. Lekin zindonda turib yaratgan isyonkorona she`rlari uni xalos bo`lishida muxim rolü o`ynaydi. Navoiy keltirgan ikki bayt tazkiralarda berilishicha, Mehri qalamiga mansubdir. Shoira she`rlarida, dadil aytilgan fikrlar, aniq his-tuyg`ular, alamli armonlar go`zal badiiy obraz va vositalarda bayon etiladi.
           102. «Valloxu a`lam» arabcha: Olloh biluvchidir.
           103. Tarj.: Uning jamolisiz ko`z ravshanlig`ining menga nima keragi bor?! Ko`zimga ravshanlnk yor diydoridan hosil bo`ladi.        
           104.    Tarj.:  To`satdan (unga) to`qnash kelgan soatimdan dod! (Endi) qaytadan dilim joyiga kelishi uchun bir qancha muddat kerak bo`ladi.
           105.    Tarj.: Meni bir jafo bilan o`ldirib, pushaymon bo`lgandirsan, yuragim qonini to`kib,  xafa  bo`lgandirsan.
           106.    Tarj.: Yo`lning uzoqligi va Mug`aylon tikanlari mashaqqatidan   Ka`baga kelayotganingdan pushaymon bo`lgandirsan.
           107.    Sulton  Mas`ud  Mirzo— temuriylardan. Abu Said  Mirzoning nabirasi, Sulton Mahmudning to`ng`ich o`g`li. Feodal urushlar oqibatida, Boburning xabar berishicha, Qunduz hukmroni Xusravshoh Mas`ud Mirzo ko`zlariga mil tortib ko`r qiladi. «Shohiy» taxallusida she`rlar yozgan.
           108. Tarj.: Zayn bilan birga bo`lsang seni nojinslar-la yurishdan man` qiladi. (Sen) Shunday begonasanki, o`z g`amingni chekmaysan.    
           109. Hazrati  Mavlaviy Maxdumi  Nuran  —  Abdurahmon    Jomiy ko`zda tutiladi.
           110.    Tarj.: Bu mayni sansiz labimga olib borar ekanman, buni shodxurram bo`lish uchun qilmaymai; Sening qora zulfing kunimni qora qildi, o`z qora kunimni kechaga aylantiraman.
           111.    Sa`diddin Koshg`ariy  (vaf. 1457, Hirot)—Navoiyning «Xamsat ul-mutahayyirin»ida  yozishicha, «Naqshbandiya» xojalarn silsilasining, ul zamonda komil va mukammal murshid va xalifasi erdi. Abdurahmon Jomiyning qaynatasi bo`lgan.
           112.    Mir Shohiy — Amir Oqmalik Ibni Malik Jamoluddin  Feruzkuhiy, taxallusi Mir (amir) Shohiy (tug`, 1385, Sabzavor — vaf. 1453, Astrobod). Shoir xattot, naqqosh, musiqachi. Mir Shohiyning ajdodlari mo`g`ul istilochilariga qarshi dehqonlar va hunarmandlarning xalq harakati sarbadorlarning yetakchilari bo`lganlar. Bu harakatga barham berilgach, Mir Shohiy Boysung`ur Mirzo saroyidagi xizmatni tark etib Sabzavorga qaytadi va dehqonchilik bilan shug`ullanadi. Davlatshoh Samarqandiy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar bu shoir shaxsiyati va ijodiga yuksak baho berganlar. Navoiyning e`tirof etishicha, u Mir Shohiyni ko`rmagan. Lekin oralarida yozishmalar bo`lib turgan. Shoirning na`shi Astroboddan Sabzavorga keltirilib dafn etilgan.
           113.    Tarj.:  Rahmsiz ko`ngil tufayli xarob bo`ldik, goh-goh  bizni eslab turgil; Ko`chang itlarimiz, bir tosh [otib] oxirda bizni shod etgil.    114.    Tarj.:  Sen jahon podshohisan, biz shahringning g`aribimiz.
Sening uchun vatandan kechgan bexonumonlarmiz.
           115.: Tarj.:  Ey Sabzavor, ko`z yoshim va ohim bilan ostin-ustin bo`l!  Chunki shoh shahri shohsiz (ya`ni, Shohiysiz) qolsa, hech narsaga yaramaydi.
           116.    Tarj.: Soqiy agar gul faslida may bermasa, mening qo`lim soqiy etagida va gul oyog`ida bo`ladi.
           117.    Tarj.: Umr o`tdiyu men maydan kecha olmayman, chunki bu xaroba olamdan men mast ketmoqchiman.
           118.    Tarj.: Yorim  noz-karashmadan o`q, qoshdan kamon tortdi, go`zal yuzidan neki kelsa torta berdi.    
           119.    Tarj.:  Yuzing   (qarshisida) kumushdan  so`z ochib bo`lmaydi, qo`rquvdan uni o`pib bo`lmaydi.

IKKINCHI MAJLIS

           1. 896 (1490—91 y.)
           2. Sharafiddin Ali Yazdiy (tug`ilgan yili  noma`lum,  Yazd yaqinida, Taft — vaf. 1454, o`sha yer) — Shohruh Mirzo va uning o`g`li fors hokimi Ibrohim Sulton saroyida xizmat qilgan. 1429 y. Shohrux uni saroyga da`vat etib Ulug`bek Mirzoga murabbiy qilib tayinlagan. Olim «Zafarnoma» asarini ana shu adabiyot, tarixning bilimdoni Ibrohim Sulton  nomi  bilan  bog`laydi.  Bu asar Temur shajarasi, turkiy qabilalar tarixi va Chingizxonning to`rt ulusini umumiy tarzda bayon etuvchi birinchi qism va Temur tarixini yorituvta asosiy qismga bo`linadi.
           Sharafiddin Ali Yazdiy «Sharaf» taxallusi bilan she`rlar ham yozgan. «Zafarnoma» 1969 yilda A.O`rinboevnnng so`z boshi, izoh va ko`rsatkichlar bilan tayyorlagan nashri, A.K.Arends tahriri va kirish so`zi ila bosilib chiqqan.
           3.    «Asmoulloh» — (Ollohning  ismlari) Shayx Muhammad    Tobodgoniy qalamiga mansub Allohning 99 muborak ismi va ularni zikr etishning fazilatlari haqidagi asar. Unga juda ko`p sharhlar yaratilgan.
           4.    «Hulal»  —  «Hulali  mutarraz»    (gul tikilgan  ipakli  mato).
           Bu asar muammoni tuzish, uni yechish yo`llaridan bahs etuvchi nazariy asardir. Muammoga bag`ishlangan birinchi shu tarzdagi asar 1392 yilda yozilgan «Ih`yo fil ilmi hall al-muammo» (Muammoni yechish ilmining jonlantirilishi) deb atalgan va Badi` Tabriziy degan tojir qalamiga
mansub bo`lgan.    
           5.    Tarj.: Ey sufiy, mayparast  rindlarni inkor etma, chunki piyolada do`st aksining shu`lasi bordir.
           6.    Tarj.:  Jamoling  bog`idan  ko`z va   jonga  zebu-ziynat  yetishdi.
           Nargis guliga ko`zing bilan g`ururlanish aniq farz bo`lib qoldi.
           7.    Tarj.: Ey ko`ngil, shod bo`l, podshohlik osmonining quyoshi Sulton Husayn bizga  mehribonlik soyasini soldi. Bu arabcha she`r mazmuni ochilmadi.
           8. Maklubi mustaviy —she`riy san`at. Biror jumla yoki biror misra` she`rni o`ngdan ham, chapdan ham bir xil o`qiladigan qilib tuziladi. Xoja Fazlulloh Abullays.
           10.  Murod dorom (murodim bor) va  — baroyad yorab (Iloho yetilgusi) so`zlari har ikki tarafdan bir xil o`qiladi.
           11.    Abu  Hanifa (815—895) — adib va  tarixchi,  jug`rofiya, ilmi nujum, riyoziyot va tabiat fanlarining puxta bilimdoni bo`lgan. «Kitob ush-she`r va ash-shuaro» (She`r va shoirlar haqida kitob), «Kitob ul-fasohat» (Chiroyli uslub haqida  kitob) kabi asarlari adabiyot ilmida  noyob sanalgan.
           12.    Ibn  Hojib — Jamoliddin Abu Amr Usmon Ibn Umar ibn Hojib (1175—1249) arab tili bo`yicha mashhur olim. Uning nahv— sintaksisga bag`ishlangan «Al-qofiya» va marfologiyaga oid «Al-shofiya» darsliklari asrlar mobaynida madrasalarda asosiy qo`llanma bo`lgan.
           13.    Sayid Sharif — Ali  ibn    Muhammad    as-Sayyid    ash-Sharif al-Jurjoniy (tug`. 1339, Astrobod — vaf. 1413, Sheroz) Sheroz madrasasida va Samarqandda mudarrislik qilgan. Falsafa,  ilmi  nujum  va  fiqhga  oid asarlarga  sharhlar yozgan. Uning atamalar lug`ati va she`riyat sirlariga oid asarlari keng tarqalgan.    
           14.    Tarj.: Sening sarv kabi qadding mening uchun jondir, balki ravondir. Ey sarv, men tomonga ravon bo`l, senga jonimni fido aylay.      
           15.    Muhammad  Tabodgoniy — mashhur   shayxlardan. Navoiy   «Nasoyim ul-muhabbat» asarida bu shayxning fazilatlari haqida yozadi va asarlarini sanab o`tadi. («Majolisda» berilganlardan tashqari «Asmoulloh» (Ollohning ismlari), «Tazkirat ul-habib» (Do`stning tazkirasi) va «Vasoyo» (Vasiyatlar), zikr bobida «Arba`in» (Qirq) va faqr va suluk (xudoga yaqinlashish yo`li) yana bir «Arba`in»). Navoiy o`ziga Muhammad Tabodgoniyning alohida iltifoti bo`lganligini e`tirof qiladi. Shayx 891/1482—83 y.da Hirotdagi Chilgaziy mahallasida  vafot etgan.  jumlasi bilan uning vafotiga ta`rix tushirilgan ekan. Abjad hisobida undagi harflar yig`indisidan 891 raqami kelib chiqadi. Shayx 87 yoshda vafot etgan ekan, demak u 804 (1401—1402) y. da tavallud topgan.
           16.    Shayx  Zayniddin   (Abu   Bakr) mashhur   shayxlardan,   ilohiyot ilmida dong taratgan. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da yozishicha, Mashhad ziyorati Tusdagi muqaddas mozorlar tavofiga musharraf bo`lgan, 791   (1388—89)   yilda  vafot etgan.
           17.    Hoja Abdulloh Ansoriy — Abu Ismoil Abdulloh  ibni  Abu Mansur Muhammad (tug`. 1006, Hirot, Quhandiji — vaf. 1088 Hirot, Kozurgoh). Shoir, olim, tasavvuf nazariyotchisi, faqih. «Piri Hirot» laqabi bilan ham mashhur. Balx, Nishopur, Tus, Bistomda yashagan. «Ilohiynoma» (Munojot» ham deb ataladi), «Ganjnoma», «Sad maydon» (Yuz maydon), «Nasoeh» (Nasihatlar), «Tabaqot us-sufiya» (Sufiy tabaqalar) va boshqa ko`p asarlar Abdulloh Ansoriy qalamiga mansubdir. Unga 3 ta devonni ham nisbat beradilar. Lekin mutaxassislarning tadqiqiga ko`ra ularda turli so`z san`atkorlarining she`rlari jamlangan.
           18.    «Manozil  us-soyirin» (Kezuvchilar  manzillari) — Abdulloh Ansoriyning mashhur asarlaridan biri. Bu nomda muallifning 2 asari ma`lum: biri arab, ikkinchisi fors tilida. 1082 yilda yozilgan va keyinchalik unga juda ko`p tasavvuf bilimdonlari tomonidan sharhlar bitilgan.
Asarning badiiy qiymatlaridan biri shundaki, unda didaktik    dostonlar yaratish uchun zamin hozirlangan, nasrdagi saj` san`atining yuksak  namunalari berilgan. Bu asar 1898 yil Tehronda tosh bosmada,  1953 yil  Qohirada nashr etilgan.
           19.    Tarj.:  Sarvdek qomatingdan  boshqa   [narsa]ga qaraydiganlar, rostini aytilsa hammalari  past nazardirlar.
           20.    «Fusus» — Ibn al-Arabiyning «Fusus al-hikam» (Hikmatlar toshlari) asari. Payg`ambarlik burch-uhdalari haqida g`oyat murakkab imo-ishoralar va majozlarga to`la arab tilida yozilgan.    
           21.    Tarj.: Ey voh, sening yuzingdan ko`zlarimga nur keladi:    jamolingdan hamisha yomon ko`z yiroq bo`lsin!
           22.    Imom Faxr — Faxriddin Roziy, mashhur sufiylardan.  Qazviniy «Majolis»ga qo`shgan VIII majlisda Faxriddin Rofe`iy degan mashhur avliyo dunyoga kelganida Imom Faxr uning og`ziga o`z so`lagini tomizgan ekan va buning barakatidan Rofe`iy komil olim bo`lib yetishgan, deb yozadi.
           23.    Tarj.:  Ul  oyning lab  va  tishlari  nimaga    o`xshaydi? Xuddi qand dona-dona  guruch  ustida turganiga   (o`xshaydi).
           24.    Tarj.:   Shohga  shohning  o`zidan  boshqa  mahram  yo`q; shoh    ahvolidan shohdan boshqa ogoh yo`q.
           25.    Tarj.: O`lim  balosi va qiyomat qayg`usi qomatimiz  daraxtini chanbardek egib qo`ydi.
           26.    Tarj.: Xalq Muflisiy devona bo`libdi, deydi. Axir    devonalikning o`zi muflis (faqir)likdanku!
           27.    Tarj.:   Yorning   o`qi    dillarga    yetilishidan    rashkim  keladi.
                       O`qing boshqaga tegdiyu mening dilimga ta`sir qildi.
           28.    Mavlono Abdurazzoq — Kamoliddin Abdurazzoq Ibni Jamoliddin Ishoq Samarqandiy (1413—1482, Hirot). Tarixchi olim, sayyoh, she`riyat bilan ham shug`ullangan. O`zi Hirotda tug`ilgan esada, otasi samarqandlik, bo`lgani uchun va o`zi ham shu shaharda bir necha muddat yashagani sababli «Abdurazzoq Samarqandiy» nomi bilan keng tanilgan. U tafsir, hadis, til va adabiyot ilmlaridan puxta xabardor bo`lgan. Shohrux, Abdulqosim Boburlar xizmatida bo`lgan. Abdulqosim Boburning harbiy yurishlarida qatnashgan. Abdurazzoq Samarqandiyning Navoiy tilga olgan va ta`rif qilgan tarixiy asari. “Matla` us-sa`dayi va majma` ul-bahrayn” (Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo`shilishi)dir, Unda O`rta Osiyo, Eron, Afg`oniston va Ozarbayjonda mavjud bo`lg`an siyosiy ahvolga, temuriylar davlati poytaxtlari Samarqand, Hirotdagi madaniy qurilishlar, Ulug`bek Mirzoning ilmiy va siyosiy faoliyatiga oid qimmatli ma`lumotlar mavjud. Bu asarniig ikkinchi jildining birinchi qismi sharqshunos olim A.O`rinboev tomonidan 1960 yil o`zbek tiliga tarjima qilindi va mufassal so`z boshi hamda izohlar bilan nashr qilindi.
           29.    Tarj.: Mening mergan go`zalim  yana qoshlarini chimirdi, butun olamni  o`ldirdi-yu endi  menga  o`q otmoqchi bo`ladi.
           30.    Tarj.: Egningdagi  nozik  ko`ylakni shamoldan hilpillashi, yangi  davlatga  yetishgan  kishining  kumush ustida titrashiga o`xshaydi.
           31.    Tarj.: Mening sarvim nayshakardek yosh nihol shirin   va xo`shqomatdir,  nayning  barg kiyimlari  ustidan  kamar  bog`laganidek beli bog`lidir.
           32.    Tarj.: Garchi aql ko`zida yetti iqlim oltin xazina bo`lib [ko`rinsada],   agar   yaxshiroq   qarasang, yetti  boshli   ajdahodir.
           33.    Tarj.:  Jahon  bog`i olti toqli, ikki  eshikli xonadir. Uning to`rt tomonidan «alhazar!»  (Hazar qil! Saqlan! Saqlan!) degan fig`on eshitiladi.
           34.    Tarj.:  Mayxonaning burchagi quyiladigan la`llardan (ya`ni, qizil  maydan)  safo xazinasiga  aylangan. Undagi changning shakli g`amni daf` qiluvchi ajdaho og`ziga o`xshaydi.
           35.     so`zidan «abjad» hisobida  816/1461— 62 yil kelib  chiqadi.
           36.    Tarj.:  Bog` sayriga, binafshazorni aylanishga chiqdim. Har bir bnnafshadan yorim sochlarining isi kelardi.
           37.    «Majolis» tarjimoni Faxriy Hirotiy Sog`ariy she`riyatidan yana bir baytni keltiradi:

To shunidamki tavon la`li turo jon guftan,
Otashe dar dilam uftodki, natvon guftan.

           Tarj.: Sening la`l (lablaringni) jon deb ataganlarni eshitdim deguncha, dilimga [shunday] bir otash tushadiki aytib bo`lmaydi.
           Navoiy Jomiy haqidagi «Xamsat ul-mutahayyirin» asarida Jomiyning Sog`ariy bilan hazl-mutoyiba qilishi haqida maroqli bir lavha keltiradi. Bir kuni Sog`ariy Jomiy xuzurida o`zining bir she`rini dabdaba va baland ovozda o`qiydi. Navoiy uning o`qishini ta`rif qiladi. Jomiy kulib: «Bizga mundoq boziy berur» (ya`ni: bizni shunday  aldaydi), —deydi va quyidagi qit`ani  aytadi:

Sog`ariy meguft: duzdoni maoni burlaand
Har kujo dar she`ri man yak ma`nni xush didaaid,
Didam aksar she`rxoyashro yake ma`ni nadosht,
Rost guftastki, ma`nixoshro duzdidaand.

           Tarj.: Sog`ariy aytar edi: Ma`no o`g`rilari har qaerda mening she`rimdagi yaxshi bir ma`no ko`rsalar [ularni] olib ketganlar. Men aksar she`rlarida ma`no yo`qliginn ko`rdim. «Ularning ma`nolarini o`g`irlab ketganlar» deb rost aytgan ekan.
           Shu lavhada keltirilishicha, Navoiy uning bir baytiga Sog`ariy javob yozganda Navoiy unda nuqsonni ko`rsatib beradi. Shoir, hechqisi yo`q, Jomiy shunday e`tiroz bildirdilar, deydi.
           38. Amir Suhayliy — Nizomiddin Ahmad (1444—1502). Amir Shayxam nomi bilan mashhur shoir. Davlatshoh Samarqandiy ma`lumotiga ko`ra Shayx Ozariy (qarang: shu kitob 214-b. 11-izoh) shogirdi bo`lgan va ustozi tavsiyasi bilan Suhayliy (yorug` yulduz, demakdir) taxallusini olgan. Suhayliy o`zbek tilida ham yozgan. Davlatshoh shoirning turkiy devoni borligini xabar qiladi. Uning Xusrav Dehlaviyning «Daryoyi abror» (Taqvodorlar daryosi), Jomiyning «Lujjat ul-asror» (Sirlar to`plami), Navoiyning «Tuhfat ul-afkor» (Fikrlar tuhfasi) asarlariga javoblari bor. Navoiy bu shoir bilan qalin do`st bo`lgan va uni «Yori-aziz» deb ardoqlagan. «Devoniy Foniy»da  unga tatabbu`lari o`rin olgan.
           Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»da Suhayliyning: Shabi g`am girdbodi oham az jo burd gardunro, Furo` burd  ajdahoi  sayli  ashkam  rub`i maskunro.
           Tarj.: G`am tunida ohim to`foni osmonni joyidan surib tashladi. Ko`z yoshlari selining ajdahosi yer yuzining [inson yashaydigan qismini]  yutib yubordi. Bu she`r timsolida Navoiy shoir she`riyatidagi badiiy obrazlarning o`ziga xosligi haqida fikr bildiradi va shu she`rni shoir Jomiy huzurida o`qib berganida, u shunday deganini keltiradi: «Mirzo, she`r aytasiz yo odam qo`rqutasiz?». O`sha vaqtlarda buo`nday go`zal zarofat, mutoyibalar  xalq orasida tez tarqalib ketar edi. Suhayliyning forsiy devoni Tojikistonda Sharqshunoslik institutida, «Layli va Majnun» dostoni esa  Bodlean ra Oksford kitobxonalarida saqlanadi.
           39. Tarj.: Vaysiy va Sog`ariy ikkovlari Haram (Makka)ga safar qilmoqchi bo`ldilar. Lekin u biri eshagi yo`qligidan va bunisi eshakligidan u yo`ldan qoldilar.
           40. Tarj.: Mening ko`zim injulari [yoshlari] bilan bahor buluti birday. Mening nolayu zorim bilan bulbul navosi birday.    
           41. Hazrat Shayx — Abu Muhammad Ilyos ibni Yusuf ibni Zakiy Muayid (tug`. 1141, Ganja — vaf. 1209, o`sha yerda) Nizomiy Ganjaviy nomi bilan mashhur shoir. Birinchi marta besh dostondan iborat «Panj Ganj» (Besh xazina) nomi ostida «Xamsa» yaratgan; «Maxzan ul-asror» (Sirlar xazinasi), «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» (Etti go`zal) va «Iskandarnoma». Oxirgi doston «Sharafnoma» va «Iqbolnoma» nomli ikki qismdan iborat.
           Davlatshoh Samarqandiy Nizomiyni sohibi devon shoir deb ta`riflaydi va uning hajmi 20 ming baytdan iborat deb  yozadi.  Eron  olimlari chop etgan shoir lirikasida 16 qasida, 192 g`azal, 5 qit`a, 68 ruboiy va 17 fard jamlangan.
           Nizomiydan keyin uning dostonlariga javob yozish an`anasi boshlangan. Navoiy ham turkiyda «Xamsa» yaratadi, undagi har bir dostonda Nizomiyni o`zining buyuk ustodi sifatida tilga oladi. «Nasoyim ul-muhabbat»da Nizomiyni buyuk shayxlar sirasida keltiradi va shoir dostonlaridagi «Nazmlar agarchi zohir yuzidan afsonadur, ammo haqiqat yuzidin haqoyiq (haqiqatlar) kashfi va maorif bayonig`a bahonadur» deb ta`riflaydi. Bu yerda Navoiy Fasih Rumiyning Nizomiy Ganjaviyning «Maxzan ul-asror»iga javob yozgani haqida ma`lumot beradi.
           42.  Tarj.: Sendan kimdir eshitgan har bir nafasni [so`zni] shaksiz undan o`zga ham eshitadi.
           43:  Tarj.: Yor vasli ko`yida ko`p yugurdim, [ammo] ishning haqiqati bilan tanish bo`lgan hech kimni ko`rmadim.
           44.  Tarse`  san`ati — badiiy    san`atlardan.  She`rda  birinchi misra` so`zlari bilan ikkinchi misra` so`zlarining bir-biriga ohangdosh, vazndosh va qofiyadosh bo`lib kelishidir.
           45.   Tarj.:  O`zni zarra qadar  [ham] mavjud deb bilmaslik, kerak. Yaxshi-yomon so`zni ko`p aytmaslik kerak. Maqbul bo`lmaydigan [narsa] ijod emas, nimaiki qabul qilinar ekan rad qilib bo`lmas.
           46.    Jomiyning «Nafaxot ul-uns»  (Do`stlikning  hush islari) asari 1475—1476 yilda yozilgan. 609 nafar tasavvuf ilmi namoyandalari haqida ma`lumot beriladi. Mansur Xalloj, Abusaid Abulxayr, Ali Hamadoniy, Nizomiy Ganjaviy, Sa`diy Sheroziy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziylar shular  jumlasidandir.
           Navoiy bu asarni turkiyga “Nasoyim ul-muhabbat” nomi ostida tarjima qilgan va bunda anchayin erkin yo`l tutgan. Ko`p yangiliklar kiritgan, jumladan turkiy mashoyixlar haqida ma`lumotlar bergan.
           47.    Shayx Farididdin Attor Farididdin  Abuhamid Muhammad  ibni Abubakr, Ibrohim Nishopuriy (tug`. 1145, Nisholur— vaf. 1221, o`sha yer) shoir, mutafakkir. Otasi tabib va attor bo`lgani uchun taxallusi Attordir. Ba`zi manbalarda shoir «Farid» taxallusi bilan she`rlar yozgani qayd etiladi. Attor adabiyot, kalom, hikmat, din ilmlari (tafsir, xadis fiqh)ni, shuningdek, tibbiyot va dorishunoslikni puxta bilgan. Tazkiralarda Attor asarlari adadi 190 deb ko`rsatiladi. Shoirning «Mantiq ut-tayr» (Qush so`zi) asari mashxur bo`lib,  Navoiy uni bolaligida sevib o`qigan, hatto yodlab olg`an. Umrining oxirlarida, 1499 yilda unga javoban «Lison ut-tayr» (Qush tili)  asarini yozgan.
           Bu yerda Navoiy Hofiz Ali Jomiy Attorning bir qasidasiga sharh yozgani haqida  ma`lumot beradi. Manbalar Attor qalamiga 100 qasida mansub deb xabar qiladi.
           «Nasoyim ul-muhabbat»da Navoiy Attor «Tazkirat ul-avliyo»ning muallifi ekanidan so`z boshlaydi. Hofiz Ali Jomiy sharh yozgan Attor qasidasi 26 baytdan ortiq ekanini va sharhning ba`zi mazmunini beradi. Maqola so`nggida Navoiy Attorning 104 yoshga yetib, 627 (1229-1230) y. da shahid bo`lganini va mazori Nishopurda ekanini bayon etadi. Tojik darsliklarida esa bu sana 1220 -1221 y. deb ko`rsatiladi.
           48.    Tarj.:   Sen   yuzingni  berkitib  bozorga  kelding; xalqni bu tilsimga giriftor qilding.
           49.    Shayx Bahoviddin Umar (vaf.  875 (1470—71), Hirot) — mashhur shayxlardan. Xondamir «Habib us-siyar» (Do`stlarning xislatlari) asarida xabar qilishicha, Shohrux Mirzo zamonida mo``tabar allomalardan Sa`duddin Qoshg`ariy, Shamsiddin Muhammad Asad, Xoja Zayniddin Jomiy va boshqalar hamrohligida haj safarida bo`lgan. Hirotda Iydgoh shimolida dafn etilgan. Abulqosim Bobur mirzo uning mazori  ustiga oliy  maqbara  qurdirgan.
           50.    Xoja Abu Nasr Porso — olim,  faylasuf,  Naqshbandiya   tariqatining  mashhur olimi Muhammad  Porsoning o`g`li.
           51.    «Majolis»  tarjimoni  Muhammad  Qazviniy   Navoiyning  bu so`zlarini tarjima qilar ekan, xuddi shunday ta`rixli qasidani Navoiy vafotiga uning yaqin do`stlaridan Sohib Doro yozganligini ilova qiladi va har baytning birinchi misraidan «abjad» hisobida shoirning tug`ilgan yili va ikkinchi misraidan vafoti sanasi chiqadigan qasidadan birinchi baytini keltiradi.
           52.    «Bu ishlar bashar savhidin tashqari  uchun  ani derlar erdikim, Atorudni istixroj qilibdur». Bu yerda Navoiy shoirning ta`rixli qasidasining yuksak ta`rifini berib, uning iqtidoriga qoyil qolganini bildiradi va zamondoshlarini shoir, yozuvchilar homiysi, Atorud, (Merkuriy) aql, iste`dod qudratining ramzi sanalgan sayyorasini go`yo u kashfetgan, degan mubolag`ali e`tirofni keltiradi.
           53.    Muhammad Qazviniy Sayyid Kamol 99 yil yashadi, deb ma`lumot beradi.    
           54.    Tarj.: Ey (go`zal), jon ko`ziga ravshanlik sening yuzing nuridandir. Sening qadding sarvni yerga  o`tkazib qo`ygan.
           55.    Tarj.: Saodat shu`lali ul sham`dan jahonga yangidan   ravshanlik yetishadi, deb umid qilamiz. Bu bayt Xondamirnnng «Habib us-siyar»da yozishicha, Abu Said bilan Husayn Boyqaro oralaridagi muxolifat paytida  yozilgan. Bayt ma`nosini Abu Saidga yetkazganlarida shoirni pinhona (qatl etishni buyurgan. Navoiyning yuqoridagi uni halok qilishganida bir joyga ko`mish uchun so`ngaklarini ham topisha olmadi mazmunidagi so`zlarini Xondamir ma`lumoti bilan bog`lab tushunmoq mumkin bo`ladi.
           56.    Hazrat  Shayx Abusaid Abulxayr oti Fazlulloh, mashhurdin arbobi, olim. Tafsir, hadis, fiqh, tariqat ilmi, arab tili va adabiyotida komil bilimga ega bo`lgan. Farididdin Attorning «Tazkirat ul-avliyo asarida keltirilishicha, Abusaidning otasi Abulxayr attor bo`lgan va Sulton Mahmud G`aznaviy yaqinlaridan sanalar ekan. U bir saroy bino qilib, devorlariga Sulton, uning lashkarlari rasmini chizdirgan ekan. Yosh bola bo`lgan Abusaid o`z xonasi devoriga «Alloh» so`zini yozib chiqqach, otasiga ko`rsatibdi. Otasi «Buni nega yozding?  debdi. Shunda bola: «Sen o`z Sultoningning nomini yozding, men  o`z Sultonimning» deb javob beribdi. Shu asnodan boshlab, ota saroy devoridagi naqshlarni o`chirtirib tashlab, farzandining ta`lim-tarbiyasi bilan mashg`ul bo`la boshlagan ekan.
           57.    Tarj.: Sening oy yuzingdan jon oynasi yasaganlar va u oynaga jonni telmurtirib qo`yganlar.
           58.    Shoir Kamol Xo`jandiy  (qarang: ushbu kitob,   225-b. 86-izoh) ko`zda tutiladi.
           59.    Tarj.: «Ko`zingga ayt, bizning yuzimiz xayolidan boshqa hech bir suratni nazariga keltirmasin», dedi. Men  «ko`zim ustiga» (ya`ni, jonim bilan), dedim.
           60.    Tarj.:  Biz sening savdoyingda jonu boshdan kechishni istaymiz. Har damda jon komini la`l-lablaringdan shakarga to`ldirmoqchimiz.
           61.    Tarj.:  Otashin  la`lingdan  gulnor  yurakka o`t tushgan, ey makkor sanam, sening ko`ngil eltishdan  bo`lak ishing yo`q.
           62.    Tarj.:  Butun yeru ko`kda bo`lgan hayqiriqlarning boshlanishida «jonim xudoga» degan ovoz chiqar edi.   
           63.    Tarj.:  Ey ayriliqda  qolgan,  sen o`z do`stlaringdan uzoqdasan, biz bu shaharda shunday holdamiz, sen esa boshqalarning shahrida [yurasan].
           64.    Tarj.:   Xovar sahrosi   bizning qo`limizni  gulning  etagidan tortib oldi. [Endi] qiyomat sahrosida bizning qo`limiz sahro etagida bo`ladi.
           65.    Tarj.:  Tong ufqdan oq bayrog`ini chiqarginda, ohim osmon cho`qqisiga tug` tikadi. (Yana bir bayti:) Xudoga shukrki, Hirot [shahri]ning qozisiman, insonlar atoridaman, eshak emasman.
           66.    Tarj.: Agarchi  shahr  vaqflarini  butunlay  sovurgan    esada, xudo xayrini bersinki, shu binoni qurdi.
           67.    Kichik  Mirzo — Mirzo    Muhammad    Sulton,    temuriylardan. She`riyat   bilan  ham   mashg`ul  bo`lgan. Xusayn   Boyqaroning opasi Okobegimning o`g`li. Tog`asi xizmatida bo`lgan. Navoiy Kichik  Mirzoga ushbu  asarning yettinchi  majlisida  alohida maqola bag`ishlaydi.
           Xondamirning «Makorim ul-axloq» (Yaxshi xulqlar)ida xabar berilishicha, Navoiy tashabbusi bilan uning mablag`iga Marv shahrida «Xusraviya» nomli madrasa bino qilinganida uning birinchi g`ishtini Kichik Mirzo qo`ygan edi. Bino bitganda   (podshohlik  demakdir)  so`zidan «abjad»  hisobi  bilan   binoning    qurilish    ta`rixi,    881 (1476—1477)  y. chiqarilgan edi.
           68.    Mavlono Ja`far Hirot  xattotlik  maktabi  namoyandalaridan nasta`liq xatida dong taratgan.
           69.    Tarj.: Ey har go`zalning chehrasini ochuvchi, sening noming har bir bemorning shifosidir.
           70.    Tarj.: Soyang har joyga tushsa, o`sha yerdan gul o`nib chiqadi, yolgiz gul emas, boshdan-oyoq gulu shakar unadi.
           71.    Tarj.:  Yana  hayit  keldi, ey  jonim,  kel  qurboning  bo`lay, so`yilgan qo`yning ko`zidek hayroning bo`lay.
           72.    Tarj.:   Sensiz   yig`i  orasida  uxlab  qolsam,  tushimda o`zimni suv oqizib ketayotgan ko`raman.
           73.    Tarj.:  Senga  mushtoqman  va  uzoqdaman,  jon qiynovchi    g`amim   shundandir. Ortiq  mushtoq kishilar  uzoqroqda bo`ladilar, oh[lar]  tortishim shundandir.
           74.    Tarj.: Agar boshimga minglab balo keladigan bo`lsa, shunga sazovorman.  Xalqning eng yomonimanu   [lekin)   o`zimni yaxshi deb bilaman.
           75 «Ixlosiya» madrasasi —Hirotda Navoiy o`zi qurdirgan madrasa. Bu zeb-ziynatli bino Hirotning Injil daryochasi soxilida qad ko`targan va Navoiy «bu madrasag`akim, xulusi (samimiy) ixlosdin yasaldi «Ixlosiya» ot qo`yuldi», deb yozgan edi.    
           76. Tarj. Bu  gavharlarni  ko`m-ko`k daryoda  yetishtirganlar, ko`rgilki  bu  mash`allardan  yolqinli  quyosh  paydo qilganlar.
           77. Tarj.:   Yorning laüli   (labi)dan bir   bo`sa    oldim. [Bundan] hayot topdim, jon oldim.
           78. Tarj.: Sanavbar   (daraxti)   sening  qadding   xizmatkorligidan ajralgandan  beri sochi to`zigan devona  bo`lib qoldi.
           79  Tarj.: Ishim  yaxshi  bo`lmay, yomon  bo`lganiga   xafa    emasman, bo`lsa bo`lar, bo`lmasa bo`lmas, oxiri nima bo`lar ekan?
           80. «Bard» so`zi «sovuq» ma`nosinn anglatadn. Aftidan bu shoir tabiatan sovuk,  qo`pol so`z  bo`lgan bo`lsa  kerak.
           81. Tarj.:  Shoh Abulqosim davrida Sulton Ali Muso Rizo   [shahid bo`lgan]  Mashhad jannatdan ham yoqimli buldi.  
           82. Tarj.: Sening mushk hidli kokiling har bir dil uchun o`zgacha bir banddir.    Sochingnnng har bir tolasi  jon rishtasiga o`zgacha bir payvanddir.
           83. Tarj.: Iting oldiga har damda alohida  parchalar tashlab turmoq uchun ko`ngil qushining patini yulib, ko`ksini qovurdim.
           84. Tarj.: Peshtoki dilbarning qoshiga  o`xshash bu joy mamlakat podshohining tuproqdan yuksaltirgan binosidir.    
           85. Tarj.:  Yulduzlar bilan bezalgai bu falakning eski varaqlari yulduzlar singari qo`shinga ega bo`lgan ko`p shohlarning ko`hna tarixidir.
           86. Hazrati shayx ul-islomiy Ahmadi Jomiy  Abu Nasr ibni Abul Hasan (tug`. 1049, Jom  vaf. 1141, o`sha shahar) olim, mutasavvif shoir. Ahmadi Jomiy nomi bilan mashhur. Laqabi Zindapil (tirik fil) yoki Jandapil bo`lib, bu nom bilan ham keng taniqli bo`lgan.
           Ahmad Jomiy Shayx ul-islom martabasiga ko`tarilgan, uning «Anis ultolibin» (Toliblar do`sti), «Kunuz ul-hikmat» (Hikmat xazinalari), «Bihor ul-haqiqat» (Haqiqat daryolari), «Siroj us-soirin» (Sayr qiluvchilar charog`i), «Miftoh un-najot» (Najot kalidi) va boshqa asarlari ma`lum. Ahmad Jomiyning oshiqona va orifona g`azallari devoni ham bor bo`lib, xalq orasida aichaynn tarqalgan. «Sabzpariyu Zardpariy» nomli qissani va XVII asr shoiri Jomiy Garmiyning «Varqa va Gulshoh» asarini xato tarzda Ahmad Jomiyga nisbat beriladi. Aftidai bu asarlar tarkibida shoir she`rlari ko`plab uchrasa kerak. Navoiy «Lison ut-tayr»da g`oyat insondo`stlik va oliyhimmatlik g`oyasi bilan yo`g`rilgan bir hikoyatni keltiradi.
           87.    Tarj.: Shodlik, zavq va xushchaqchaqlik mavsumi yetishdi. Agar gado   hach   o`z   dilidagi   murodiga   yetishsa   ne  ajab!
           88.    «Alayha rahma» — arabcha. Unga [Allohning rahmati] bo`lg`ay demakdir.
           89.    Tarj.: Marjon (suv hayvoni) panjasining va o`rdak oyog`ining qizilligi daryolarda suv o`rniga  qon oqqanidan bo`lmay, nimadan edi?!    
           90.    Tarj.;   Ko`chang  atrofida  yuz  zorlanishlar bilan aylanaman, uzoqdan bahona qilib, yana aylanaman.    
           91.    G`azlfurushluq do`koni—yigirilgan  ip do`koni demakdir. Ye.E.Bertelüs «g`azalfurush» deb o`qib, yozgan edi: «na bazarax Gerata suùestvovali knijnûe lavki, gde znatoki literaturû mogli naytn lyuboe novoe proizvedenie... Suùestvovali osobûe torgovöû gazelyami (g`azalfurush), kotorûm mojno bûlo zakazatü kopiyu liricheskogo stixotvoreniya...» (qarang: Bertelüs Ye.E. Navoi  i  Djami, 1965. s. 28-29).
           92.    Tarj.:  Agar senga  ma`qul bo`lsam,   «Qabuliy»man,  yo`q esa: ikki dunyoda mendek nomaqbul topilmas.
           93.    Tarj.: Ey xitoylik qora ko`z, jon qushi senga ulfatdir, bo`lak qora ko`zlarga nisbatan dilbarim ohu (kiyik) kabidir.
           94.    Tarj.: O`jar dilbarim bilan bir lahza birga bo`larmikanman deb, hayot   [yo`lini]  kesishda yuz joydan hiyla qo`zg`ataman.
           95.    Tarj.: Kechasi o`tirib shu qadar behisob sharob berki, hisob kuni   (ya`ni, qiyomat kuni)gacha o`rnimdan tura olmay qolay.
           96.    Tarj.:  Sen hargiz bizning g`amgin dilimizni shod qilmading Boshqalarni o`ldirdingu meni yodga olmading.    
           97.    Tarj.:  Ey Ayoziy,  pashshaxonangning rangi pashsha o`tirgan rangda; To`ning ham, ko`ylaging ham, etiging ham pokiza emas.
           98.    Tarj.: Garchi mening dilim har doim yor visolini izlasa-da, yor menga qarshilik qilib, ag`yor dilini qidiradi.     
           99.    Tarj.:  Men  bebaxt oshiqmanu, mastman, nima qilsa bo`ladi?
           Ko`ngilni bag`ishlaganman, jonim qo`lim kaftida, nima qilsa bo`ladi?
           100.    Tarj.: Men shundaymenki, may va qadahdan boshqa faxrlanadigan narsam yo`q. Gul yuzli soqiy, kosalarni to`ldirib-to`ldirib uzataver.
           101.    «Tabh ishida madad qilmakim,  sherik bo`lursen»  mazmuni: taom pishirishda madad qilma, sherik bo`lishing mumkin. Bu yerda go`zal va mutoyibali lutf ishlatilgan.
           102.    Tarj.: Ul bodom ko`zlining xandon pistadek lablari xayolida chashm deb atalgan ko`zlarim qon chashmasi  bulog`iga [aylandn].
           103.    Tarj.: O`g`ri  uy asboblarini tuynukdan tortib ketganidek, ul  go`zalning  xoli ko`nglim borlig`ini  ko`z ravshanlig`idan tortib oladi.   
           104.    Tarj.: Ul og`izdan hech kim qilcha ham nishona ko`rsata olmaydi. Bu g`amdan shunday tang bo`ldimki,  [buni]  hech kimga ko`rsatmasin.
           105.    Pahlavon Muhammad (vaf. 1493, Hirot) — XV asr Hirot madaniy markazining yirik namoyandalaridan. U riyozot  matematika, ilmi nujum, kimyo, falsafa, adabiyot, san`at va kurash turlaridan gushtigirlikda nom chiqargan. Yaxshi bastakor va xonanda bo`lgan. «Gushtigir» taxallusi bilan she`rlar ham yozgan. Navoiyning 40 yillar mobannidagi yaqin do`sti, ota o`rnidagi murabbiysi ham edi. Navoiy bu yaqin kishisi va maslakdoshiga maxsus «Holoti Pahlavon Muhammad» nomli asar yozib, uning shaxsiyati va iste`dodi qirralarini ochib beradi. Ushbu tazkiraning IV majlisini Pahlavon Muhammadga bag`ishlangan maqola bilan boshlaydi.
           106.    Tarj.:  Xo`janddan kelgan  bir  kishi qozi  bulmoq maqsadida shaxarda aylanar edi, biroq sadr uning qozi bo`lishiga rozi emas edi. (Oxiri) bir eshakni sadrga pora berib, qozi bo`ldi. Agar eshak bo`lmasa, qozi bo`lmasdi. Keyingi jumlada so`z o`yini ishlatilgan, uni ikki ma`noda tushunish mumkin.
           107. Tarj.: Muhabbat qoidasida yordan gina qilish yuqdir, bulmasa  ul  vafosizdan ko`pgina qilgan bo`lur edim.
           108. «Siyar un-nabiy» — Payg`ambarning xislatlari.
           109. Tarj.:   Falak o`z otiga   [minib]  chopganda,  qar bir oyga bir nag`al tashlab ketdi.
           110. Tarj.: U meni goh cho`p bilan, goh musht bilan uradi, o`ynay-o`ynay meni o`ldirmoqchi bo`ladi.
           111. Tarj.:  Men umr bo`yi havas orqasida  yurakka payravlik qildim, umr o`tdi, bilmaymanki, nimaga erishdim.
           112. Tarj.:  Ey zohid, bizning qiblamiz dildorning qoshi,  [sening qiblangdan] afzaldir, Sen masjid bilan bo`laver, sening yuzing devorga bo`lgani ma`qul.    
           113. Mavlono  Riyoziy  — Imomiddin  Riyoziy   Samarqandiy  (vaf, 1479, Samarqand). Shoir xattotlik, musiqa, ilmi nujumdan xabardor va Qur`oni majidni yetti qiroat bilan o`qiydigan hofiz bo`lgan. Ba`zi tazkiralarning ma`lumotiga ko`ra, yoshligida vafot qilgan. Riyoziy devonida g`azal, qit`a, ruboiy va fardlar mavjud bo`lib, devon nusxalari London,  Bangola, Dushanbe  kitobxonalarida saqlanadi.
           114.    Tarj.:  Ul hilol qoshlining qulog`idagi inju bir yulduzdir,
                       Husn yuzasidan quyoshga yondashib turadi.   
           115.    Tarj.: Husn yuzasidan ul hilol qoshlining qulog`idagi inju shunday  bir  yulduzdurki, oy bilan yondashib turadi.
           116.    Tarj.: Kishilar yangi oyga tikilib turganlarida u g`oyib bo`lganidek, qora oting javlon urgan paytida nag`aligina ko`zga chalinadi.
           117.    Tarj.: Agar ko`chang shu suv va havosi bilan mening manzilim bo`lsa, na Xizr suvi, na o`lik tiriltira oladigan (Iso] nafasi kerak bo`ladi.
           118.    «Mir`ot us-safo» — Soflik oyinasi.    
           119. Tarj.: Sufiy maqsad injusini qidirib borib (ya`ni yosh to`kaverib), «majma` ul-bahrayn» (ya`ni, ikki daryoning to`planish joyi) bo`ladi; Chunki har bir yig`layotgan ko`z chashmasidan bir daryo hosil qilgan.
           120.    Tarj.: Ey noz qilishga o`rgangan, biz senga yolboruzchilarmiz. Seni zamona ajoyib ko`ngil oluvchi qilib yaratgan (ekan).
           121.    Mavlono Lutfiy  (tug`. 1366, Hirot—vaf. 1465) — shoir,  tasavvuf bilimdoni. Navoiy so`zi bilan aytganda, forsiy va turkiyda o`xshashi yo`q so`z san`atkori. Lutfiy devoni g`azal, tuyuq, qit`a, ruboiy, qasida va fardlardan tarkib topgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da Lutfiyga alohida maqola bag`ishlaydi. Unda, jumladan, yozadi: «Agarchi shoirlik tariqida ma`ruf va mashhur bo`ldi, ammo darveshlik tariqini dog`i ilkidan bermadi. Bu faqir borasig`a ko`p iltifoti bor erdi va fotihalar o`qur erdi». Lutfiyning Shohrux Mirzo, Boysung`ur Mirzo va Abdurahmon Jomiylarga go`zal qasidalari bor. Lutfiy «Gul va Navro`z» nomli doston ham yozgan. Lekin bu asarni Lutfiy qalamiga mansub emasligi haqida adabiyotshunosligimizda munozaralar olib borildi. Lekin masala hamon hal bo`lgani yo`q.
           122.    Tarj. Tunga o`xshash zulfingdan quyosh   [yuzing]  soyaparvardir; Tun kabi zulfingda oy o`rniga quyosh chiqqandir.
           123.    Tarj.: Agar oshiqlar dilining ishi chin kofirga tushsa,  shu singari  bemehr,  badfe`lga tushgandan  qo`ra  yaxshidir.
           124.    Mavlono Yaqiniy — (XV asr)  shoir. Yaqiniyning nasrda yozilgan «O`q va Yoy munozarasi» o`zbek adabiyotida shu janrning yetuk namunasi sanaladi. Birinchi bo`lib bu munozarani E.Rustamov “Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV v” nomli asarida atrofli tahlil etib bergan.
           125.    Tarj.:  Bir nafas bo`lsa ham quyoshga dam urmagan tong sensan, mevasidan hech kim yeya olmaydvgan daraxt sensan.
           126.    Mavlono Atoiy —   (XV asr)   shoir.    Adabiyotshunosligimizda bu shoir she`riyati ham bir tomonlama, faqat dunyoviy muhabbat kuychisi (Lutfiy kabi) sifatida talqin qilinib kelar edi. 1991 yil S. Rafiddinov nashr qildirgan Atoiyning to`la devoni so`z boshisida shoirning tasavvufiy she`rlari tahliliga ham urinishni ko`ramiz:
           127.    Mavlono    Sakkokiy —   (XIV   asr  oxiri —XV  asr    birinchi yarmi) shoir. Mirzo Ulug`bek davrida kamolga erishgan va she`rlari bilan shuhrat qozongan. Sakkokiy Xoja Muhammad Porsoga, Xalil Sulton (qarang: 219-bet, 41 izoh)ga atab bittadan va Ulug`bek Mirzoga atab 5 ta qasida yozgan. Ulug`bek Mirzoning Amiri kabiri Arslon Xoja Tarxonga ham 4 ta qasidasi bor.
           128.    Tarj.: Bu  diyorda  bizning ko`ngil  ovlovchimiz yolg`iz o`zingsan va bas; sendan bir qiyo boqishingni o`tinamiz va bas.
           129.    Xoja Yusuf Hamadoniy — kuniyati Abu Ya`qub (vaf. 535/1140 -41, Marv) olim va mashhur shayxlardan. Bog`dod, Isfaxon va Samarqandda hadislarni eshitgan, zamonning taniqli allomalari suhbatida bo`lgan. Hirotda ham yashagan. Oxiri avval istiqomat qilgan shahri Marvga qaytgan va o`sha yerda olamdan o`tgan. Ashobi (yaqin do`stlari) orasida Ahmad Yassaviy va Abdulxoliq G`ijduvoniylar bo`lganligi haqida manbalarda ma`lumot uchraydi.
           130.    Tarj.:  Sen  jannat daraxti kabi sarvu shamshod qomatsan. Men qomatingni qanday ta`rif qilay?! Qiyomatsan!
           131.    Tarj.: U har doim senga da`vo qiladi.  [Lekin]    u  da`voni bema`ni qiladi. Sening mevang Samarqand olmasi kabi shirinu,  uniki  Balx olxo`risidek achchiqdir.    
           132.    Tarj.:  Umr  o`tdi,  g`aflatdan  shundayin  mastmanki, ne chog`lik tavba qilmayin, uni yana sindirdim.
           133.    Tarj.:  Sening bemor ko`zlaring  meni har  dam toqatsiz (zaif) qilib qo`yadi. Ey jonon, sening jon bag`ishlovchi la`l-labing jonimga qasd qiladi.
           134.    Mirzo Ali Idigu Temur — «Majolis»  tarjimonlari  Idigu nomini Faxriy—  Qazviniyda—  tarzida beradilar.  Aftidan  Mirzo  Ali Gilon  hukmroni  bo`lgan.
           135.    Tarj.:  Azob  bilan  o`ldirilgan   shahidlarning  qabriga   qaragilki, (qabrlarn ustiga] dil otashi va sening o`qingdan tug` tikilgandir.
           136.    Mirzobek (vaf.  1490—91,  Samarqand) — shoir.  Xondamirning «Makorim   ul-axloq»da  yozishicha,  Mirzobek vafotining ta`rixi   so`zidan abjad hisobida  896   (1490-91) y. beriladi: Navoiy «Mirzobek   farzand  masobasida (darajasida, o`rnida) erdi», deb yozadi.
           137.    Ahmad  Hojibek   (vaf.  1495—96, Buxoro) — Shoir,  arbob, taxallusi «Vafoiy». 10 yil Hirotda, 1496 yilgacha Samarqandda hokimlik qilgan. Boburning xabar qilishicha, Ahmad Hojibek Boysung`ur Mirzo siyosatidan norozi tarxoniylar fitnasi oqibatida Buxoroga Sulton Ali Mirzo ustiga lashkar tortib yengilganida asir olinadi va vahshiyona qatl etiladi. Navoiy Samarqandda tahsil olayotgan 1465-1469 yillarda Ahmad Hojibek unga murabbiylik qilgan va oddiy jihatdan madad berib turgan. Ahmad Hojibek tadbirkor va adolatli bo`lgan. Bu haqda Xondamir «Makorim ul-axloq»da maroqli bir voqeani keltiradi. Unda asirlardan biri Navoiy aralashuvi va Ahmad Hojibek xayrixohligi tufayli mudxish jazodan qutilib qolgani haqida hikoya qilinadi. Ushbu tazkiraning VI majlisi Ahmad Hojibekka bag`ishlangan maqola bilan boshlanadi.
           138. Sallamulloh — arabcha:  Alloh   salomat   qilsun,   demakdir.  
           139. Sayyid Hasan Ardasher   (vaf.   1488—89,  Hirot) — shoir, tasavvuf arboblaridan. Navoiy Sayyid Hasan bilan birinchi marta 1455—56 yillarda uchrashgan va u bilan hayotining oxiriga qadar do`st bo`lib qolgan. Navoiyga ota o`rnida bo`lgan bu oqil va bilimdon alloma vafoti uni qattiq g`amga chulg`agan va do`sti, maslakdosh murabbiysiga atab maxsus «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» nomli asar yozgan. Unda Sayyid Hasanning bilimlari ko`lami — arab tili, fiqh, she`rshunoslik, muammo ilmi, ilmi nujum, musiqa nazariyasini mukammal bilishi, inson sifatida g`oyat xoksor, kamtar, yumshoq ko`ngilli va sabr-to`zimli bo`lgani bayon etiladi. Navoiy Sayyid Hasan vafotiga marsiya (har bandi 8 baytli 7 banddan, ya`ni 112 misradan iborat) yozgan. Marsiyada ko`rkamli olim, fozil va shoirdan, ajoyib insondan judolik tuyg`ulari, dil armonlari, samimiy va tiniq insoniy kechinmalar qalamga olinadi. Sayyid Hasan Navoiy hayotida, uning ijodiy kamolotida muhim o`rin tutgan. Shair o`zining birinchi yirik «Hasbi hol» deb yuritiladigan asari — she`riy maktubini Samarqanddan Sayyid Hasanga yuborgan, bu hol yuqoridagi fikrimizga ma`nodor dalildir.
           140.    «Suluk ixtiyor  qilib,  arbainlar  chiqarib, ko`p maqosidi ma`naviy hosil qildi» — qirq kun chilla o`tirib, toat-ibodatlar bilan ko`p ma`naviy maqsadlarga erishdi, degan ma`noni anglatadi.
           141.    Tarj.: Dilorom bilan tong paytida to`la qadaxlarni  sipqorishdan, g`uncha singari har ikkimiz tor bir qo`ylak ichida chirmashib  quchushmog`imizdan yoqimliroq nima bor?!

UCHINCHI   MAJLIS

           1. Madda   zillahu—arabcha:   Olloh soyasini  (ya`ni,  umrini) uzun qilsin!, demakdir.
           2. Xoja Muhammad Tayobodiy — Jomiyning maxsus xizmatkori.
           3. Tarj.:  Yo`lovchi,   bilgilki,   qahr  paytida   qiyinchiliklarni  ko`tarish  oson  [ko`rinadi], tuyaning og`zida  quruq yantoq xurmodek totli [tuyuladi].
           4. «Mushorun-ilah  va  mo``tamadun-alayh» arabcha:  ishorat, ya`ni zikr qilib  o`tilgan  va  o`ziga e`timod (ya`ni, ishonchli)li bo`lgan, demakdir.    
           5.«Iydiya» — arabcha:   bayramona,   hayitlik ma`nosini anglatadi.
           6. Tarj.: Shukr, ey ko`ngil, yana yuz bezak va go`zallik bilan bayram go`zalining gardani yangi oy og`ushiga kirdi.
           7. Tarj.:  Ko`ngli siniq, holi parishon oshiqni o`ldirma. Qanoti singan qushga jafo toshini nega otasan?
           8. Tarj.:  Hamisha  qomating tufayli  nolayu zor chekaman. [Bu] balo daraxti devonalik  mevasini bermasa edi, deb qo`rqaman.
           9. Tarj.: Holdan tolganligidan iyagining aylanasi bulturgi olmaga o`xshab qolgan edi.
           10. Mavlono Sayfiy (vaf. 1503, Buxoro)—shoir, adabiyotshunos. Buxoro va Hirotda tahsil olgan. 1487 y. Buxoroga qaytgan. Sayfiyning 2 ta devoni: «Risolai aruz», «Risolai musiqiy» asarlari bor. Birinchi risolasi she`r va shoirlik, aruz qonun-qoidalari, bahri va doiralari anchayin sodda va ravon til hamda uslubda yaratilgan. She`rlar devonida an`anaviy g`azalchilik yo`lida yozilgan she`rlarn mazmun jihatidan o`ziga xos xususiyatga egadir. Ularda, Navoiy ta`kidlaganidek, kasb-hunar egalari madh etiladi. Ma`lumki, keyinchalik bu xil asarlar «shahroshub» (shahr ahlini hayajonlantiruvchi) she`riyat deb atala boshlangan.
           11. Tarj.: Ey  ko`ngil,  jononim nozik belini ta`rif qilding, bu bilan jonimning  nozik  jonini tilga  olib, yaxshi  ketding.
           12. Tarj.: Pardozchi  go`zalim,  ko`p kishilar bilan  chiqishadiyu, men xastaning holiga aslo parva qilmagin.
           13.  Mavlono  Osafiy —  Xoja  Shamsiddin    Hiraviy  (tug`. 1449, Hirot — vaf. 1517)—shoir. Hirot adabiy muhitining yirik namoyandalaridan.  Sohibi  devon   shoir.  Uning    mukammal devonini  1968 yilda Hodi Arfa` Kirmoniy katta so`z boshi bilan Tehronda  nashr ettirgan. Xondamir «Makorim ul-axloq»da Navoiy bilan Osafiy oralarida o`tgan iliq hazil bilan yo`g`rilgan bir suhbatni keltiradi. Navoiy o`zining «Soqiynoma»sida Osafiyni yaqin do`stlari va hammaslaklari  qatorida  hamda  zakovatlp  shoir sifatida tilga oladi.   Vosifiynnng  «Badoe` ul-vaqoe`» (Voqeiy badialar) asarida ham Jomiyning bir g`azaliga javob yozish tavsiya qilinganda, Osafiy va Hiloliy mas`uliyat sezib, javob yozmaganliklarini hikoya qiladi. «Majolis» tarjimoni Faxriy Hirotiy Navoiy adabiy anjumanlarida Osafiyning quyidagi:

Badin joni balokash kas nakardast, onchi man kardam,
Dar in chashmi siyahro` kas nadidast, onchi man didam.

(Tarj.: Bu balokash jonga hech kim menchalik jafo qilmagan. Bu qaro ko`z bilan men ko`rganni hech kim ko`rmagan) matlaini  yoddan  o`qib yurganligi haqida  xabar  qiladi.
Faxriy yana Osafiyning Navoiy vafotiga yozgan marsiyasidan bir bayt va tushirgan quyidagi ta`rixini keltiradi:    

On Miri balandqadr, oliy rutbat,
Chun kard az in jahon ba jannat rixlat,
Az soli vafotu joyi u pursidam,
Dodand javobi manki, jannat, jannat!
 
(Tarj: Yuksak qadrli [va] oliy martabali ul (A) Mir bu jahondan jannatga ravon bo`lganida, men vafot yili bilan uning joyini so`radim. Menga «Jannat, jannat» — deb javob berishdi.  so`zlaridan «abjad»   hisobida  Navoiyning vafoti yili 906 (1500—1501 y.)   chiqadi.
           14.    Tarj.:  Muxtasib  (shariatga  xilof ishlarni tekshiruvchi) mayxonadan o`tarda may quyqasini to`kib tashlamadi. Boshimizga bir balo kelib edi-yu, lekin yaxshilik bilan o`tdi.
           15.    Mavlono Binoiy — Kamoliddin    Ali  ibni   Muhammad Sabz (tug`. 1453, Hirot — vaf. 1512, Nasaf (hozirgi Qarshi) shoir, tarixchi, musiqachi. Otasi Muhammad Sabz banno — binokor, bo`lgani uchun shunday taxallus tanlagan. She`r yoza boshlaganida «Xoliy» taxallusini qo`llagan. Jomiy va Navoiy adabiy maktabida voyaga yetishgan. 1487 yil Tabrezga Sulton Ya`qub saroyiga ketgan. 1491 yil Hirotga qaytgan. So`ngra Samarqandda 1500 yildan boshlab Shayboniyxon saroyida xizmatda bo`lgan. 1510 yillardan Nasafda istiqomat qila boshlaydi. Binoiy 1512 yilda Eron shohi Ismoil Safaviyning Shayboniyga qarshi yurishida Qarshidagi qatli omda shahid bo`ladi. Binoiyning 3 ta devoni, «Behruzu Bahrom» nomli dostoni, «Majma` ul-g`aroib» (Ajoyib to`plam) nomli qasidasi, «Shayboniynoma» va «Futuxoti xoniy» (Xon g`alabalari) degan tarixiy asarlari, «Nuh rang» (To`qqiz rang) va «Savt un-naqsh» (Naqsh savtlari) nomi ostida musiqaga oid ishlari ma`lum. Binoiyning tarixi asarlari Muhammad Shayboniyxon xonadoni, shaxsiyati  va hukmronligi,  yurishlari  voqealarini qamrab oladi.
           Navoiy bilan Binoiy orasida qandaydir ziddiyat, to`qnashuvlar bo`lgani haqida Bobur ma`lumot beradi va ba`zi latifaga o`xshash voqea, gaplarni keltiradi. Har qalay, Navoiyning Binoiy haqidagi maqolada unga haqqoniy baho bergani, iste`dodini madh etgani, «Soqiynoma»da yodga olgani ular munosabatida keskin adovat bo`lmaganligidan dalolat beradi. Binoiy ijodi haqida katga tadqiqot yaratgan olim akad. A.Mirzoev bu masalani izchil tekshirgan hamda Binoiyning Navoiy haqidagi ta`riflarini keltirib ijobiy dalillab bergan.
           16.    Tarj.:  Kimki  yorimning ko`zlarini  surma  bilan  qoraytirgan bo`lsa, xuddi  surmadek  mening  ro`zgorimni   (hayotimni)   qora qildi.
           17.    Mavlono Muhammad Badaxshiy— qarang: ushbu kitob, IVmajlis. Xondamir va Vosifiy uning Navoiyga 30 yil xizmat qilgan yaqin  kishilaridan  bo`lganligini e`tirof etadilar.
           18.    Tarj.:  Kimki sarv   [qomatligim]ning sallasini  bejab qo`ysa, chamandan suman guli terib nima qiladi?!
           19.    Xoja   Majdiddin  Muhammad   (vaf.   1494,    Tobuq)— Shohrux Mirzoning devonboshisi Xoja Pir Ahmad Xoniyning o`g`li. Husayn Boyqaro saltanatida parvonachi (vazir muovini, farmon ijro etuvchi) va vazir bo`lgan. Tarixiy manbalarda qayd qilinishicha, saroydagi ma`lum fitna-fujurlar Majdiddinga borib qadaladi. Bobur yozishicha, Husayn Boyqaroga birmuncha mablag` zarur bo`lib, xazinachilardan so`raganda, ular “yo`qdir” deydilar. Majdiddin yolg`iz qoldirishlarini o`tinib, shoh nazdiga shart qo`yadi: «mening iligimni (qo`limni) qaviy (kuchli) qilib, so`zumi tajovuz qilmasalar (qaytarmasa, cheklamasalar) oz fursatda andoq qilayki, viloyat ma`mur va raiyat shokir (shukr qilgan) va xizona (xazina) mag`fur (mo`l) va sipohi vofir (farovon) bo`lg`ay». Shundan so`ng shoh butun Xuroson uchun muhim ishlarni bajarishni Majdiddin ixtiyoriga topshiradi. Oz fursatda ko`p yaxshi ishlarni bajarib, «viloyatni ma`mur va obodon qildi», deb yozadi Bobur. Lekin saroy «a`yonlari va beklari bilan ziddona maosh» (ziddiyatli muomala) qilgani uchun Majdiddin poytaxtdan uzoqlashtiriladi, taftish paytida behad boyliklar yig`gani oshkor bo`ladi.
           Rus sharqshunosi Ye.E.Bertelüs yozishicha, Navoiyning Astrobod hokimi qilib tayinlanishini, ayniqsa 1488 y. poytaxtdan noxush xabarlar eshitgan Navoiy Hirotga kelganida Husayn Boyqaro darhol qaytishini lozim ko`rganini Majdiddinning nojoyiz faoliyati bilan bog`laydi.
           Bu yerda Navoiy Majdiddinning ehtiyojmandlarga bo`lgan ters munosabatiga  urg`u  bermoqdaki, shoir uning saroydagi faoliyati  davrini  «Majdiddin  buzug`lig`lari» deb atagan edi.
           20. Tarj.: Xoja Majdiddin ishimizni yo`qqa chiqardi. Ushal kun qog`ozimizni o`qimay chirmadi qo`ydi.
           21. Tarj.: Yo`lingga qalam singari boshim bilan to`xtalmay yurib kelaman.  Ey  oy,   men  uchun  xatdan  sehrgarlik  yo`lini  tuzding.
           22. Mavlono Hasanshoh — Hirotning  mashhur  shoirlaridan.  Xondamir “Habib us-siyar”da bu shoirning nozik iste`dodi, shirin suxanligi, har qanday majlisga fayz kirita olgan suhbatdosh bo`lganini ta`rif qilib, yoshlik davrida Boysung`ur Mirzoning o`g`li Sulton Muhammad mulozimi ekanida ular orasida o`tgan bir hazl-mutoyibali naql keltiradi. Deyarli xuddi shu naqlni biz yuqorida Bobo Savdoiy nomi bilan bog`li holda keltirgan edik (qarang: ushbu qitob, 224-bet, 82-izoh). Lekin bu naqlda Muhammad Sulton Hasanshoh shoirga 5000 dinor inoyat qiladi. Hasanshoh bilan Navoiy orasida bo`lib o`tgan hazl hangomani Vosifiy keltiradi: “Hasanshoh ro`zg`ordan qiynalib, o`g`liga Navoiyga borib, otam o`ldi, degin. Pul bersa yegulik narsalar xarid qilib kel,—deydi. Navoiy o`g`liga 30 xoniy pul beradi va achinib tasalli aytadi. Ertasi Hasanshoh
           Navoiy huzuriga kirib keladi. Navoiy uni ko`rib rosa kuladi va deydn: Ey Mullo, siz o`lib edingizku, bu nimasi? Hasanshoh javob qiladi: Agar kecha pul bermaganingizda o`lgan bo`lardim”.
            Xondamir ma`lumotiga ko`ra, Hasanshoh vafotiga Amir Sulton Ibrohim Aminiy degan shoir qit`a ta`rix tushirgan ekan.  iborasidan   abjad hisobi  bilan  907  (1502—1503)   yil  kelib  chiqadi.
           23.    Tarj.: Labing to`g`risida bir so`z aytmoq istayman. Ul og`iz haqida birgina so`z aytmoq istayman.    
           24.    Mutahhari Udiy — Hirot madaniy muhiti namoyandalaridan.
           Aftidan tabiatida tama`girlik, hirs kabi xislatlar bo`lsa kerakki, Hasanshox shoir bilan aloqador badixona qit`a aytilishiga sabab bo`lgan voqeani Xondamir . «Habib us-siyar»da keltiradi.
           25.    Tarj.:  Mutahhar — oti   bor o`zi yo`q narsadir.  Najosatni mutahhar (tozalovchi) deb bo`ladimi? Eshagi eshakka chopadiyu u pul topadi. Demak uni eshak aldovchi desa bo`ladi.
           26.    Tarj.:  Bir qo`lingda qilichu bir qo`lda qalam. Qilichbozlikni qo`yib, qalamzanlik (yozuvchilik) qilgil.
           27.    Tarj.:  Ko`zga aytdimki, beadablik bilan qarama;  u dediki, beadablik nima  qilsin, ayni mushtoqlikdan, bu.
           28.    Firdavsiy Tusiy — Abulqosim  Mansur  ibni  Hasan Tusiy (tug`. 934, Tus shahri yaqinidagi Tabaronning Boji qishlog`i — vaf. 1021) fors adabiyotining mashhur shoiri. Zamona bilimlarini puxta egallagani sababli uni “Hakim”  degan faxrli unvon bilan  atashgan. Yoshlikdan qissayu rivoyatlar, asotir va o`tmish tarixi bilan qiziqqan, Firdavsiy Abu Mansur, Abulmuayyad Balxiy, Mas`ud Marvoziy va Daqiqiy kabi shoirlarning «Shohnoma»larini qunt bilan mutolaa qilgan. 975-976 yillarda o`zi «Shohnoma» yozishga kirishadi va 994 yilda uni tugallaydi. Asarni qayta tahrir qilish ishlari 1010—1014 yillarda yakunlanadi. Firdavsiyshunoslikda bu ikkinchi tahrirni shoir hukmron Mahmud G`aznaviyga mo`ljallab, u haqda o`rni-o`rnida madhu sanolar kiritgan, lekin shoh asardagi istilochilarga, zulmkorlarga oid aqidalarga rag`bat, arablar va ularning diniga bo`lgan zid qarashlardan kelib chiqib unga nopisand munosabatda bo`lgan. Bunga javoban Firdavsiy 100 bayt Mahmud G`aznaviyga hajviya yozib asarga kiritgan, deb talqin qilganlar. 1990 yil oxirida Eronda «Shohnoma»ning 1000 yilligi g`oyat tantanali tarzda nishonlandi va shu munosabat bilan o`tkazilgan Jahon Koigressida qilingan ma`ruzalarda «Shohnoma»dagi Mahmud G`aznaviy haqidagi misralar va alohida hajviya Firdavsiy qalamiga mansub emasliga masalasi jiddiy qo`yildi. Ushbu satrlar muallifi ana shu kongressda ishtirok etdi va yubiley munosabati bilan tashkil etilgan barcha tadbirlarda qatnashishga, ko`rgazmalar bilan tanishishga, qo`lyozmalar saqlanayotgan fondlarda bo`lishga muyassar bo`ldi. «Koxi Guliston» muzeyi fondida saqlanayotgan «Shohnoma»ning 40 ta Movarounnahr va Xuroson nusxalari asosida Boysung`ur Mirzo tashabbusi bilan tayyorlangan va uning mufassal so`z boshisi mavjud hamda nafis 22 miniatyura va naqqoshlik san`atining hayratomuz namunalari bilan bezatilgan, nihoyatda go`zal xat bilan 1429 yilda ko`chirilgan nodir va noyob qo`lyozmasini o`z ko`zi bilan ko`rish baxtiga musharraf bo`lganini bildiradi. Bu qo`lyozma jahonga «Shohnomai Bonsung`uriy» nomi bilan mashhur bo`lib, xalqimiz madaniyati tarixining zarrin sahifasi sanaladn. Aytish kerakki, Boysung`ur Mirzo muqaddimasi «Shohnoma»ning ilk tadqiqoti sifatida e`tirof etiladi. «Shohnoma»ning eng qadimgi qo`lyozma nusxasi Italiyaning Florenöiya shahrida saqlanar ekan. Yubileyga ana shu nusxaning fotofaksimilesi va 7 jildli 4 kitobdan iborat franöuz olimi Jyulü Mulü tayyorlagan matn asosidagi nashri chop etilgan edi. O`zbekistonda «Shohnoma»ning uch jildln tarjimasi bosilgan. Tarjimonlar Sh.Shomuhamedov, Nazarmat, Hamid G`ulom va Jumaniyoz Jabborovlardir. «Shohnoma» va o`zbek adabiyoti problemasi yuzasidan adabiyotshunos H.Hamidov qator tadqiqotlarni amalga oshirgan.
           29. Tarj.: O`shanda ko`p qo`toslarning moda va narlarini zanjir bilan bir-biriga [shunday] bog`ladilarki, xandaq oldida fillarga qarshi to`siq [paydo] bo`ldi. Nega fildan qo`rqishlik kerak, u ham sigir va eshak kabi to`rt oyoqli [hayvon]dir.
           30. «Haft paykar»—Etti go`zal. Nizomiy Ganjavny dostoni.
           31.    Tarj.: Payg`ambarlikka sen loyiqsan, [chunki] qo`lingda, nomang bor.  Muhri esa ta`zim [yuzasidan] orqasidadir.
           32.    Tarj.: Ul notekis keng dashtda bamisoli tipratikonga    o`xshash qirilmagan boshlar yotar edi.
           33. Mavlono Darvesh Mashhadiy — Faxriy Hirotiy o`zidan ilova qilib: bu shoirning yomon tilligi, johilligi Navoiy aytganidan yuz chandon ko`pdir. Lekin odamlar uning Allohdan o`zining it fe`li, nafsdan forig` qilishlikni iltijo qilib yozgan darveshona bir bayti uchun afv etadilar, deb yozadi va forsiyda  yozilgan bir baytini keltiradi.
           34.    Tarj.: Uning qoshidan bayram oyi asarini ko`rdi. Ul oydan darak bo`lmaganiga yil [ham] bo`ldi.
           35.    Tarj.:  Gulning yuzi   (haqida)   yana  bir  ovoza  yuksalmaguncha, bo`stonda bulbuldan ham sado chiqmaydi.
           36.    Tarj.: Yana ul fasl keldiki, bazmning sham`i loladek   porlaydi. Ra`no guli la`l kabi qip-qizil mayni oltin qadahda ko`taradi.
           37.    Tarj.:  Kecha muhtasib hol so`rab derdi: May arzon bo`ldi, puli halollar qaydasiz?    
           38.    Tarj.: Evoh, ey do`stlar, ul shirin la`l havas yuzasidan bizni o`ldirdi. Pashshadan bo`lak hech kim boshimizga kelmadi.
           39.    Tarj.:   Raqib bilan   so`zlashib  turganingni  ko`rdimu  bu  meni o`ldirdi. So`zlashdan to`xtadingu mennng jonim tinchlandi.
           40.    Tarj.: Ajab emaski, agar bugun kechqurun parvona sham`ning umr daraxti xazon bo`la boshlaganini ko`rib jonini tark etsa.    
           41.    Tarj.: Qanday yaxshi vaqtki, go`zalim qo`lida g`azab qilichi bilan kelsa-yu hamma raqiblar qochib ketsalarda, men u bilan yolg`iz qolsam.
           42.    Tarj.: G`am tunida dilimdan chiqqan dud ul [go`zalning] kokili yodi bilan buralib va jingalak bo`lib ko`tariladi.
           43. «Ohiy» — Faxriy Hirotiy «Oyatiy» deb beradi.
           43. Tarj.: Oydin go`zal bo`lgan chehrasining sahifasi yodi bilan Qur`ondan fol ochsam, «Yusuf surasi» chiqdi. Bu yerda qalamga olingan Qur`oni karimdagi 111 oyatdan iborat «Yusuf surasi»da go`zallik timsoli Yusuf payg`ambar qissasi bayon etiladi. Shu asosda badiiy adabiyotda Qur`onda nomi zikr etilmagan ayol rivoyatlar zaminida Zulayxo deb atalib, doston va qissalar yaratilgan. O`zbsk adabiyotida «Yusuf va Zulayxo» dostonini XIV asr oxiri XV asr avvalida yashab ijod etgan Durbek degan shoir yozgan. Lekin afg`onistonlik olim Yoqub Vohidiy bu doston muallifining nomi Homid Balxiy degan masalani ko`tardi.
           45.    Tarj.: Ul quyoshning suvratiga shunchalik hayronmanki, agar menga tig` ursalar ham ko`zimni yummay turaveraman.
           46.    Tarj.: May ichish paytida soqiy may qadahining og`zini yopgani kabi ul [go`zalga] nima bo`ldiki, qopqoq bilan mening ko`zim qorasini berkitib qo`yadi.
           47.    Tarj.:   Ey,  mayning  toblanishidan sening ruxsoring guli rang-barang bo`ladi, jamoling bog`ining sabzasi ozgina-yu guli ko`pdir.
           48.    Tarj. Lutf-marhamatingni arzon qilib, goho g`ariblarni yo`qlab tursang yomon bo`lmas edi. Chunki marhamat ko`rgazish go`zallarning go`zal odatidir.
           49.    Tarj.: Qoshing bilan bahslashishda yangi oy tezlik qilar va chimirilar edi. Quyosh yuzingni ko`rgach, o`zini yumaloq va yassi qilib oldi.
           50.    Tarj.: Agar g`am burchagida ul kumush tandan uzoqlikda o`lib qolgudek bo`lsam, o`lgan kunimning o`zidayoq ishq ishiga xalal yetadi.
           51.    Tarj.:  G`am sahrosida devonavor  o`zim-o`zimga chang solaman. Goh toshni changallayman, goh tosh changalimdan tushib ketadi.
           52.    Tarj.: Mening ko`zimga tog` bilan dasht fazosi tor bo`lib qoldi. Chunki menda Farhod g`ami va Majnun ishqining balosi bor.
           53.    Tarj.:  G`amingda to`kkan qonli ko`z yoshlarimdan menga tekkani — uning har bir qatrasi dilimning tugunlarini yechgani bo`ldi.
           54.    Tarj.: Ul jafo axtaruvchi [yorim] menga [hamisha] ozor berganidan ozgina qilgan g`amxo`rligi ham ko`pdek tuyuladi.
           55.    Tarj.: Ey dil, hamisha taqvo ahli bilan ulfat bo`laverish yaramaydi. May quyqasini yalaganlar bilan ham bir necha kun birga bo`lish kerak.
           56.    Tarj.: Zulfing domiga tushdimu devonalikda shuhrat qozondim.
           57.    Tarj.:  Ko`z yosh gavharlarini yor yo`liga sochdim. Oshiq bo`lganim uchun shodman, xo`b ish qildim!
           58.    Tarj.: Uning yoshlik chog`ini ko`rdim va din ahliga ko`rsatdim. Jonlarga balo bo`lsin, buni sizlarga topshirdim.
           59.    Tarj.:  Muhtasib agar rind bo`lsa mayxona eshigini o`zi ochib beradi. Rindlar uchun mayni yer ostidan bo`lsa ham paydo qiladi.
           60.    Mavlono Hiloliy — Badriddin (vaf. 1529,  Hirot). Astrobodda dunyoga kelgan, Yili ma`lum emas. Hiloliy  qalamiga 1 devon va «Shoh va Darvesh», «Sifot ul-oshiqin», «Layli va Majnun» nomli 3 doston mansub. Devoni 2700 baytdan tarkib topgan bo`lib, uni shoirning o`zi 1521 yilda tuzgan. Faxriy Hirotiy tarjimasiga ilova qilib yozadi: «Hazrat Amir (ya`ni, Navoiy) duosi qabul bo`lib, shoir she`riyatda hamma mahorat uslublarini paydo qildi va o`z zamonining nodiriga aylandi» hamda Hiloliyning uchchala dostonidan 5 baytni misol tariqasida keltiradi. Muhammad   Qazviniy  ham  o`zidan:  «Mir Alisher taklifi bilan ilmlarni egallash va oxiriga yetkazishga mashg`ul bo`lgan» deb qo`shib ketadi. Hiloliy timsolida Navoiyning adabiyotga kirib kelayotgan umidli yosh kuchlarga alohida e`tibor bilan qaraganini ko`rish mumkin. Hiloliy ilk daf`a Navoiyga o`z she`rini o`qib berganda undagi badiiy iqtidorni sezib, taxallusini so`raydi, «Hiloliy»— deb javob beradi. Shunda Navoiy «Hiloliy» emas, Badriy, Badriy!» (ya`ni, sen «yangi oy» emas, «to`lin oy» ekansan ma`nosida), deb shoirni maqtaydi. Yana boshqa hikoyatga ko`ra, kunlarning birida Navoiy shoirlarga ustozi Jomiyning mashhur g`azaliga javobiya g`azal yozishni buyuradi va eng yaxshilari uchun mukofot belgilaydi. Shunda Hiloliy va Osafiy degan shoirlar javob g`azal yozmaydilar. Navoiy buning sababini so`raganda, — javob yozishda o`sha asardan orttirib yoki hech bo`lmasa uning saviyasida yozish lozim, biz esa o`zimizda yetarli kuch sezmadik, — debdilar. She`rshunoslikda juda quvvatli ekansizlar deb, mukofatni Navoiy ana shu ikkala shoirga bergan ekan.
           61.    Tarj.:  Bugun ul xushraftor va xushqomat neni shunchalik oyoqdan qoldirdiki, ertaga, balki qiyomat ertasiga ham o`rnimdan tura olmasman.
           62.    Tarj.: Ey oqil, devonaga uyni nima keragi bor. Chunki men devona uyga boradigan yo`lni bilmayman.
           63.    Tarj.: Yorning miyig`i va labi sabz va qizil tusda jilva berganda, xasta ko`nglimdan sabzrang va qizil o`t ko`tarildi.
           64.    Tarj.: Xudo sening xayoling bilan  meni hamisha shod qilsin. Agar xayolingdan ayrulgudek bo`lsam xudo saqlasin!
           65.    Tarj.: Bir Layli yuzli qonim ustiga barini yeldirib yetib keladi. Bu vaqtda Majnun dilimning ahvoli qanday bo`lishligini bila olmayman.
           66.    Tarj.: Ko`zlarim oy yuzli yorga  [boqishdan]  judo bo`lgandan beri dilim qondan judo bo`ldi, ko`zlar  qon to`kishdan to`xtadi.
           67.    Ko`ftgarlik — po`lat aslaha, anjomlarni tilla suvi bilan qoplash san`ati. Muhammad Qazviniy tarjima izohida ko`ftgarlikni kuftapazlik  (taom turi) deb  bergan.
           68.    Tarj.:   Shundan  xursandmanki, otgan o`qi noshod ko`nglimga jo bo`ldi, endi o`z o`qini qidirganida meni ham yodiga oladi.
           69.    Mavlono Sohib — Fasihiddin Sohib Doro nomi bilan mashhur qasidanavis shoir. Navoiyning yaqin suhbatdosh do`stlaridan. Navoiy vafotidan so`ng Husayn Boyqaro kitobxonasiga kitobdor qilib tayinlangan. Xondamir «Habib us-siyar»da Sohibning asli Astroboddan, deb yozadi va shaxmat-shatranj bobida xoh kabir, xoh sag`irni hozirona va g`oyibona tarzda yuksak mahorat bilan o`ynar edi, deb ta`kidlaydi. Shuningdek, Sohib Navoiy vafotiga marsiya ta`rix yozganini xabar qiladi. Muhammad Qazviniy esa Sohibning  insho    fanida   mohir    bo`lganini qayd etadi  va Navoiy bilan Sohib oralarida bir safar asnosida, bo`lib o`tgan hazl-mutoyibani keltiradi hamda abjad hisobida har baytnning birinchi misraidan Navoiyning tug`ilgan yili ikkinchisidan vafoti yili ta`rixi chiqadigan qasida marsiyasini beradi. Bu qasida har bandi 8 baytli 5 banddan iborat bo`lib, shunday boshlanadi:
 
 (Tarj.: Ey falak, shu yanglig` bedodlig` va berahmlik qilding.
               Vey ajal, jahon mulkini vayron qilding).
           Birinchi baytdan 844 (1441), ikkinchisidan 906 (1501) kelib chiqadi.
           Vosifiy Sohib Doro ota tomonidan menga qarindosh edi, deb yozadi.
           Muhammad Shayboniyxon Naxshabdan chiqib, Hirotni bosib olishi munosabati bilan ham Sohib Doro qasidata`rix yozgan ekan. Vosifiy Sohib Doro nomidan «Badoe` ul-vaqoe`»dan bir turkum hikoyatlar keltiradi.: Ularning aksariyati Navoiy va zamondoshlari haqidadir. (Qarang: Boldûrev A.N. Navoi v rasskazax sovremennikov. Sb. Alisher Navoi. M. — L., 1946).    
           70.  Tarj.:  Ey do`stlar, tokaygacha  menga yor  ko`chasiga  borishlikni man` qilasiz, borishni tark qilmayman, mendan kechib qo`yaqoling.
           71.  Tarj.: Siynamda sitamkorning o`qidan yara bor. Jonim  dildan, ovora dilim esa jondan batang keldi.
           72.  Tarj.: Shunday bir kimsani istaymanki, jon chiqar paytda menga o`z libosini kiygizsa, o`ladigan kunimda tobutimga ham yopsa.    
           73.  Tarj.: Mening qaro baxtim habibim bilan uchrashishga mone`lik qildi, qanday badbaxtmanki, qaro baxtim ham mening raqibimga aylandi.
           74. Tarj.: Dilim benavo bo`ldi, shuning uchun u g`amgindir, benavoning ham hamesha shunday bo`ladi.
           75. Tarj.: Ul og`izni baqbaqa ustidan qidirdim, u oy kulib dedi: bu yerdan tilak hosil bo`lmas.
           76.  Tarj.: Ey oy  [yuzligim], bu kecha o`z nuring bilan bu koshonani ravshan qil, bo`lmasa, bu uyga  o`t qo`yib yuboraman.
           77. Mavlono Majnun — Kamoliddin Mahmud Rafiqiy degan xattot va shoirning o`g`li. Uni «Majnun chapnavis» deb ham ataganlar. Chunki u chapdan o`ngga qarab yozish usuli «bozguna» xatining mohir ustasi bo`lgan (Qarang: Kazi-Axmad. Traktat o kalligrafax i xudojnikax (Vvedenie, perevod i kommentarii  B. N.Zaxodera). M.—L, 1947). «O`rta Osiyo xattotlik san`ati tarixi» kitobining muallifi, olim va xattot A.Murodov ma`lumotiga ko`ra Majnun «Risolai qavoidi xutut» (Xatlar qondalariga oid risola) nomli asar yozgan. Majnun harf shakllarini nuqta o`lchovi sistemasi asosiga qurgan ekan. Xondamir esa Majnunning yaxshi qasidalar yozganini bildiradi.
           78. Tarj.:   Va`z  eshitishga  borib, zor-zor   yig`layman.  Bu  bahona bilan yor hajrida yig`layman.
           79. Tarj.:  Agar Layli va Majnun  haqida yuzlab rivoyat bor bo`lsa, bular bizning ishqimiz  voqealarining hikoyasidir.
           80. Tarj.:  Sharob  qadahida rindlarning boshi  hubob bo`ldi. Ko`p boshlar  [esa] qadah boshida sharobga aylandi.
           81. Tarj.: Ey turk go`zalim, har gal sen ziynatxonaga kirganingda, uni  Xitoy suvratxonasiga  aylantirib  yuborasan.
           82. Tarj.:  Koshki edi, doim oyna uning qarshisida tursa,  uning nazari boshqa ag`yor tomoniga tushmas edi.
           83. Tarj.:   Nozli go`zalimga  dilim  ahvolidan  so`zlab nima qilaman, axir sevgim izlari sarig` yuzimdan ko`rinib turibdiku!
           84. Tarj.:  G`am   vodiysida   sapamlar   ishqida    shuncha  oh urdim. Endi men g`am-diyda shodlik bilan kam nafas olayapman.
           85. Tarj.: Har  dam u maygun lablardan uzoqlashsam, ikkala qon sochuvchi ko`zlarimdan kosa-kosa qon to`kaman.
           86. Tarj.:  Garchi Majnunning dili ishq g`amidan to`la qon bo`lgan esa  ham, lekin  mening bu holim qaysi Majnunda bo`lgan?!
           87. Tarj.: Ul qotil dilim xonasiga o`z dog`i bilan shunday muhr bosdiki,  uning mehri  o`lganimdan  keyin  ham  dilimda  qolsin.   
           88. Tarj.: Ey dardlilarning qotili, sening tig`ingdan dardmandlar dili g`unchadek qon bo`lib ketgan.
           89  Tarj.: Ul quyosh yuzlining tor og`zimi yaxshilab ko`rgim keladi, uning yuziga ko`zim tushishi bilan ko`zlarim xiralashib, ko`ra olmay qoladi.
           90. Tarj.: Men sochlari to`ziq aqldan  begonaman,  ul parichehra ishqida dsvonaman.
           91. Tarj.: Har bir xafa kishining nolasi [unga] jafoning    ko`pligidandir. Men esa menga ham jabr qilganidan nola qilaman.
           92. Tarj.: Ey parichehra, agar sen ko`zlarim saroyiga kelsang, dilim ko`zlarim pardasidan senga poyondoz to`shaydi.
           93. Tarj.:  Bugun  kechani  yorituvchi  ul    sham` , mening mehmonim bo`ldi. Koshki edi, bu kecha qiyomatgacha tong otmasa.
           94. Tarj.:  Uning orzusida zarradek doim  parishonman. Yuzining oftobisiz tinchligim ham yo`q.    
           95. Tarj.: Ey xushqomat sarv, ey jafo qiluvchi sho`xim, g`amlaring  o`qidan bu  majruh tanim  chakalakzorga  aylandi.
           96. Tarj.:   Dilim kaftidagi  dog`lar  yorimning qo`lidan kelgan. Garchi ular kuydirsada jonimning oromidir.    
           97. Tarj.: Hech vaqt yor mening zor-zor  yig`laganimdan afg`on chekmadi. Chunki men uning afg`oniga yig`lamagan edim.
           98. Tarj.: Agar dildorimga bir og`iz so`z aytish imkoniyatini topsam, afgor dilimning ahvolini arz qilardim.
           99. Tarj.: Kimki qarshisida sening jamoling kitobini ko`rarkan, u qanday qilib mutolaadan ko`z uza oladi.
           100. Tarj.:  Garchi hayotim durust o`tmasada, ishq  bilan   shodman, bo`lak qismatim yo`q. Turmushning yaxshiligi va yomonligi bilan ishim yo`q.
           101. Tarj.: Hijron vodiysida dard bilan g`amdan boshqa narsa yo`qdir. Undan [yorning] xayoli bilan olam [tashvishlaridan] osoyish topaman.
           102. Tarj.:  Ey soqiy,  biz adabsizliklar  qilsak ajablanma. Biz mast kishilarmiz, bizlarda adab bo`lmaydi.
           103. Tarj.:  Men uning itlari galasi ichidan joy topdim. Ostonasi g`uboridan ko`zimni ravshan qildim.
           104. Tarj.:  Nazar ahli mazoridan  agar lola unib chiqsa; u lola dil dog`i va jigar qonidan  [iborat] bo`ladi.
           105. Tarj.: Ko`zlarim sening yuzing havasida bo`lgani uchun menga orqa o`girib, senga qarab turadi.
           106. Tarj.: Yuzini oy deb atadim. Bu so`zim butun shaharga tarqab ketdi. Tishlari haqida so`zlagan edim, og`zim durlarga to`ldi.
           107. Tarj.: Yorim meni nozu karashma zanjirida tutadi. Yana ishqida devonaligim meni xarob qiladi.
           108. Mavlono Ziyrakiy — Hirotda anchayin tanilgan bu shoirning Navoiy «Majolis»da keltirgan g`azaliga Turk sultoni Salimshoh Misr safari chog`ida (924/1518 y.) Muhammad Qazviniyga javob yozishni taklif etadi. Qazviniy uning matlasini keltiradi. Vosifiy Navoiy bilan bog`liq hikoyatlarda Ziyrakiyning turli anjumanlarda ishtirok etganini qayd qiladi.
           109.    Tarj.: Ishq  yo`lida  jafo toshlari yo`l ozig`imdir; tog`u dashtlarda lola — jigar go`shamdir.
           110.    Tarj.: Uning  yuzidagi xoldan  behol bo`ldim; uni  yaratganga ofarinki, bu uning pargori nuqtasi bo`ldi.
           111.    Tarj.:  Ey  falak,  suyaklarimni  tosh  bilan yumshat; mabodo ko`ngil oluvchimning tig`ini  o`tmas qilib qo`ymasin.
           112.    Badiuzzamon  Mirzo    (tug`.   1457,    Marv — vaf.   1517,  Istanbul) — shahzoda, shoir. Husayn Boyqaroning o`g`li, onasi Marv hokimi Sulton Sanjarning qizi Bika Sulton begim. Badiuzzamon 1495—1505 yillarda Siyiston va Balx hokimi bo`lgan. 1497 yilda Astrobod hokimligini talashish natijasida Husayn Boyqaro bilan oralari keskin buziladi. Xadicha begim va vazir Nizomulmulk fitnasi oqibatida o`g`li Mo`min  Mirzo qatl qilingach,   Badiuzzamon sarkashligi yanada ortadi. Shayboniyxon 1506 yil Hirotni bosib olganda Badiuzzamon Eronga Ismoil Safaviy huzuriga qochadi.
           Muhammad Qazviniy ma`lumotiga ko`ra, Turk Sulton Salimxon Tabrizni egallaganida Badiuzzamonni izzat-hurmat bilan Istanbulga olib ketadi. Taxtdan umidini uzmagan Badiuzzamon Sulton Salim xizmatida bo`ladi va 1517 yilda toun (vabo) kasali bilan dunyodan o`tadi. Navoiy bu shahzoda siymosida davlatni idora etish siyosatini puxta bilgan, keng ilmlardan xabardor valiahdni ko`rishni istagan va bu yo`lda tinmay harakat qilgan. Unga «Xamsa» dostonlarida pandu nasihatlarga to`la alohida boblar ajratgan, tez-tez maktublar yo`llab turgan, jumladan usuli idora xususidagi, Mo`min Mirzo qatli munosabati bilan va b. Navoiy yozgan maktublari «Munshaot» tarkibida mavjud. Faxriy Hirotiy Badiuzzamonning Mo`min Mirzo qatliga yozgan quyidagi baytini keltiradi:

Vazidi, ey sabo, barham zadi gulhoi ra`noro,
Shikasti z-on miyon shoxi guli navrastai moro.

           (Tarj.: Ey sabo, sen esding va ra`no gullarini sovurding. Shu orada mening endi gullay boshlagan yosh shoximni sindirding). Navoiy «Majolis»ning yettinchi majlisida Badiuzzamon haqida maqola beradi.
           A.Murodov Habibning «Xat va xattoton» (Istanbul, 1887) asariga tayanib, Badiuzzamon Mirzonnng turli xatlarni puxta bilganligi va ayniqsa, nasta`liq xatida g`oyat go`zal yozganligini bayon qiladi. Badiuzzamonning Abulfayz nomiga yozilgan bir «iydlik» (hayitlik) qit`asining rasmi mavjud ekan.
           113. Tarj.: Zor ko`ngilning yonishi hech qachon ko`z yoshi bilan    kamaymaydi. Mendagi bu o`t faqat tuproqdan taskin topadi.
           114. Tarj.:  Yolg`izlar zamona bandlaridan ozoddirlar; ular ne birovning tuzog`iga tushgan va na ovchilardir.
           115. Tarj.: G`amingsiz nafas ola olmayman; g`amsiz nafas chiqara olmayman.
           116. Tarj.: Qo`l dilda, oyoq loyda qolgan; olamda bosh ko`tarib yura olmayman.
           117. Tarj.: Dilga doim jafo yetkazib turasan. Boshqalarga qilgan jafolaring menga yana boshqa balodir.
           118. Tarj.: Men dilsiz [bechora]  hatto  soyani ham uning yonida bo`lishini istayman. Ey hajr kechasi, kel va uni yer yuzidan yo`qot.
           119. Tarj.: Kechasi ul ko`ngil yorituvchining iti yonida ketar ekanman, shodligimdan tonggacha ko`zimga uyqu kelmadi.
           120.    Tarj.: Agar mening etagimni malak-farishta tiriklik (Xizr) suvi bilan yuvgan bo`lsa edn, hozirda jononim etagidan qo`lingni uzoq tutgan bo`larding.
           121.    Tarj.: Jodu ko`zing tufayli dil yuz pora bo`ldi; men[endi] bir dil bilan emas, yuz dil bilan yuzingning oshig`i bo`ldim.
           122.    Tarj.:  Yuzingsiz   motamu g`amim  bor. Motam [bo`lganda ham] oh qanday motamim bor!    
           123.    Tarj.:  Ishqing  savdosidan boshim osq ostidadir. Chunki bizning sirrimiz boshlanishini ko`rmadim.
           124. «...abluq yo`sunluq yigitdur»-ya`ni ikki yuzlamachi (laganbardor) tabiatli yigitdur.
           125.    Tarj.: Yor mening holimdan, ag`yor esa  afg`onimdan yig`laydi. Menga va mening ahvolimga do`st ham, dushman ham yig`laydi.
           126.    Tarj.: Hajringda g`am olovi boshimga urib ketganida,  ko`zlarim girdobidan sham` kabi yoshlar to`kaman.
           127.    Tarj.: Uning oy yuzi oyinasiga gard o`tirmasligi uchun    jamoliga  bo`lgan mehr qarshisida ohimning yo`li bekildi.
           128.    Tarj.: Ey soqiy, men mastmanu sof may tutasan; agar badmastlik qilsam, yaxshisi, kechirgaysan.
           129.    Tarj.: Vaslingga bir dam yetishish abadiy hayotdan yaxshiroqdir;  vaslingni eslash  bilan shod edim, bu zamon shodroqdurman.
           130.    Tarj.:   Kishilar  ishqing  yo`lida, bemalol ketaveradilar, oshiq menu, boshqalar bekorga ovora bo`ladilar.
           131.    Bu shoir  haqida  Muhammad   Qazviniy  quyidagilarni   ilova qiladi. Arabistonda musiqa sohasida keng shuhrat qozonadi. Uning ikki  g`ulomi bo`lib, ular birgalikda  bir-birlariga ovozlarini sozlab, hamovozlikda Shayxiyning asarlarini kuylaganlar. Birisi Siyohcha nomli hindu  bo`lib, Rumga ketadi. U 968  (1560—61) y. da Rumda yashaydi va ul diyorning musiqa sohasidagi mashhur san`atkorlaridandir. Ikkinchisi rumlik bo`lib, Hindistonga ketadi.
           132.    Tarj.: Yonayotgan ko`ksimdagi bu narsa dog` emas, bu ishq muhridirki,  sening  sevging  uchun   jonimg`a  bosilgandir.
           133.    Tarj.:   Bahor  fasli,  gul  mavsumida   [ko`ngil]  yozish kerak. Ey soqiy, may keltir, aytishning nima hojati bor!
           134.    Tarj.:  Sening  kamandingga   har  qanday    baxtsiz    ilnnavermaydi. Bu balo  [domi] yolg`iz   bizning bo`ynimizga tushgan.
           135.    Tarj.:  Kecha oqshom  meying nolalarim  maloikalar uyqusini qochirdi;   oyning   [atrofidagi]    yorug`lik   gardishini    mening ko`z yoshlarim to`fonidan suv olib ketdi.
           136.    Bu  shoir  haqida  Faxriy   Hirotiy    shunday    ilova   qiladi: Nargisiy Navoiy yozganidek, Marvdan emas, balki Amir (ya`ni Navoiy) xizmatiga Marvda yetishgan. Hozir (ya`ni, «Majolis» tarjima qilingan. 1520 yillarda) Abharning shayxzodalaridan bo`lib, shu o`lka odamlari uning ajdodlarini g`oyat hurmat qiladilar. Agar avvallar bevoshlarga qo`shilib, sharif vaqtini behuda sarf qilgan bo`lsa ham, hozir ko`proq vaqtini ro`za va namoz bilan o`tkazmoqda.
           137.    Tarj.:  Sening ishqing dardi kimniki devona qilgan bo`lsa, Majnun kabi vayrona burchagidan joy egalladi.
           138.    “Go`yoki birovning mamluki ekandur. Xojasi ani yo ul Xojasini ozod qilibtur” kimningdir asiri bo`lgan bu shoirning ozod qilinishi haqida Navoiy xojasi uni ozod qilibdimi ekan yoki ozodlik olib, Xojasini o`zidan xalos qilibdimn degan ma`noda istehzo bilan yozadi.
           139.    Tarj.: Ey Zuhra manglayli, seni ko`ra olmay umrim o`tmoqda, esizgina, aziz vaqtlarim shunday o`tib bormoqda.    
           140.    Tarj.:  Ey xandon g`uncha,  yuragimni  siqiqda tutganing uchun jon [bu] yurakdan to`ydi-yu yurak jonimni oldi.
           141.    Tarj.: Ey zohid, to`ningni keltirib mayga garov qo`y; zohidlik asbobini va toat-ibodat uyini xarob qil.
           142.    Tarj.:  Men ovoraga itlaring oldiga   borib, bechora dilim ahvolini aytishga yo`l yo`q.
           143.    Tarj.:  Sharob qadahidan menga jon ravshanligi keladi. Ul tiniq mayning mavji men uchun jon oynasidir.    
           144.    Tarj.:  Ey  sarvi noz,   bizning    dilimizdan   joy    olmaysan, joy olasanku, lekin bizning dilimizdan emas.
           145.    Tarj.: Ey g`am tuni, ul sham`dan uzoqda mening jamolimni kuydirding; yillar visol kuning va`da qilib, meni yondirding.
           146.    Mavlono Zeboiy — shoiralar  haqida   ma`lumot   beruvchi  tazkiralarda Zeboiyning ayol shoira ekanligi ta`kidlanadi va Jomiy uni madh etgani bayon etiladi.
           147.    Tarj.: Sening qomating yura boshlasa, sarvni ham o`z bandasi qiladi, ham ozod qilib yuboradi.
           148. Tarj.: Ul lola yuzli meni o`zining quli deb ataydi, oxirda yuzimning qoraligi o`z ta`sirini ko`rsatadi. Navoiy shoirning qora rangli qullardan ekanligini va bu matlai o`z holiga munosib tushganligini bayon qiladi,
           149.    «Qalloshiy» — shuhratsiz,  yalqov,  daydi ma`nosini  anglatadi. Navoiy shoirning «atvori taxallusig`a munosib» der ekan, uning tabiatida qusurlar borligiga ishora qiladn.
           150.    Tarj.:  Seni  olam  go`zallarining podshohi qilib yaratgandan odamlarning yomon ko`zidan asrashini tilayman.
           151.    Mavlono Gadoiy  —  o`zbek  adabiyotining  yirik    namoyandasi, sohibi devon shoir. «Majolis» yozilgan vaqtda 90 yoshdagi shoir taxminan 806 (1403—1404) yilda dunyoga kelgan.Uning yagona devoni Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. Gadoiyning Shohruxning nabirasi Xalil Sultonga bag`ishlangan bir qasidasi bor. Uni E.Rustamov Temur nabirasi Xalil Sultonga xato nisbat bergan edi. Birinchi marta Gadoiy haqida shu satrlar muallifi 1962 yilda maqola e`lon qilgan. 1965 yilda shoir she`rlaridan kichik majmua chiqargan edi. 1973 yilda E.Ahmadxo`jaev Gadoiy devonini Parij nusxasi asosida so`z boshi   bilan   nashr   qildi.
           152.    Tarj.: Senda anbar [hididan ham xushbo`y] soch paydo bo`lganidan beri bizning ko`nglimiz vatanli bo`lib qoldi.
           153.    Tarj.: Eshigingda arzga kelgan miskinlar nolayu zor qilib turar ekan, seni go`zallik podshohi deb kim aytadi?
           154.    Tarj.: Ey dil, uning g`ami bilan bo`lib seni savdoga qo`ydim, o`zim haqimda o`ylamaymanu, sening tashvishingni cheka olamanmi?
           155.    Tarj.: Mening sarvim dilimdan hzm, ko`zimdan ham joy olgan; u gul kabi pokiza, sabo kabi yoqimlidir.
           156.    Tarj.:  Sening yuzing beqaror dillarning qiblasidir, oyog`ing izlari xoksorlar mehrobidir.
           157.    Tarj.:  Bu kecha uning la`l lablari oshiq qoniga tashna ko`rinadi. Ey soqiy, [unga] may berma, mastlikdan uni uyqu elitmasin deb qo`rqaman.
           158.    Tarj.: Sen [otgan]  o`q dilim gulzorining daraxti bo`ldi;  u dil   yukidan bo`lak meva qilmaydi.
           159.    Tarj.:  Uning  shakar  lablaridan   garchi   menga  dashnom  yetsada, achchiq so`zlarida ham shirinlik tuyaman.
           160.    Tarj.:  Men  oy  yuzingdan   yiroqda  har  kecha sahargacha yig`lab chiqaman. May idishi kabi qonga to`la dilim, [ko`z yoshi bilan] nam ko`zim qarshisida yig`laydi.    
           161.    Tarj.: Yuzta so`zdan hiyla bilan biriga quloq osasan, uni ham aytmasimdanoq esingdan chiqarasan.
           162.    Tarj.:  Hajringda dil dam-badam nolayu oh chekadi. G`aming dilga qasd qilib edi, endi jonga qasd qilmoqda.
           163.    Tarj.:  Kozurgoh dalalarining havosi va Sultoniyning suvi, agar bilsang, jannat shabadasi va Hizr umrini baxsh etadi.
           164.    Tarj.: Uning  yuzlarisiz kiprigim  uchidagi har qatra  qon hijron  kechasining yonib turgan  mash`ali bo`lib  qoldi.
           165.    Tarj.:  Sahar chog`ida ul oy yuziga  niqob tortganida, xalq orasida  quyosh  tutildi, deya  fig`on  ko`tariladi.
           166.    Tarj.:  Miyig`idagi sabzalardan so`z ochsam, Xo`tan mushkidan gapirasan; [shunday qilib] qachon bu bilan zulfi haqida so`zlashasan?
           167.    Tarj.:   Mayxonaga  boraman, uning bir burchagidan o`zimga joy tanlayman, may kosasini topamanu, o`sha yerda sipqaraman.
           168.    Tarj.: Yorimdan ayrilib, baloga giriftor bo`ldim, ne balo bo`ldiki, yorimdan judo bo`ldim.
           169.    Tarj.: Gulzorga  to`kilgan  gul bargi emas, bulbul yuragi yarasiga paxtadan qilingan qonli kafandir.    
           170.    Tarj.:  Bu yashil gunbazda ko`ringanlarni yulduz deb o`ylama,   yuzing tomoshasiga maxliyo bo`lgan hurlarning ko`zlaridir.    
           171.    Tarj.:  Qonga  bo`yalgan lola pardasini xoli kurib,  yuragim pardasidan chiqib ketibdi, deb o`ylabman.
           172.    Tarj.: Yorimning hajridan kunlarim qaro bo`ldi. Mening kunlarim va ro`zgorim hech kimning boshiga tushmasin.
           173.    Tarj.: Yana miyig`idagi sabzalar gulzori yangi so`lim maysalar paydo qildi. Jahon bog`ining ishi  yana  boshqa  rang paydo qildi.  
           174.    Tarj.: Odamlar oldida ko`zim yor yuziga tushmasin deyman, lekin u yaqin kelsa, yuziga beixtiyor nazarim tushib qoladi.
           175.    Tarj.: Ul pari kiygan libos gul bargidandir. Kiyimning har tarafidagi bog`ichlar  emas,  uning  par  va  qanoatlaridir.
           176.    Tarj.:  Qaddim kamondek egildi;  umr oltmishga yetdi, yoshlik yoydan o`qdek tilib ketdi.    
           177.    Tarj.: Zaiflik dil  xastaligidan  emas,  sening hajringdandir. Dil nolasidan tab`ing ranjimagay, deb qo`rqaman.
           178.    Tarj.: Tunda biz oshiqlarning to`shagi qora tuproqdir, xolos. Ustimizga yopgan choyshabimiz [esa] osmondir, xolos.
           179:    Tarj.: Ey sham`, bu kecha ul oyning yuziga da`vo qilishdan kech, majlisimizni qorong`u qilding,  endi tilingni qisqa qil.
           180.   Faxriy Hirotiy   bu   shoirning    nomini Xoja Mir Mast ekanligini va avval «Fig`oniy», keyin esa «Ziyo» taxallusi bilan ijod qilgani va ta`rix tushirishda mohir bo`lganini yozadi hamda shoirning bir ta`rixi, qasidasidan bir matla` va g`azalidan bir matla` keltiradi.
           181.    Tarj.: Kimki Chin suratiga o`xshagan yuzingga ko`z ochib qarasa, shundan so`ng seni tomosha qilishdan ko`zini uzmaydi.
           182.    Tarj.: Jononning mehrsizligiga bundan ortiq bardosh qila olmayman. Ey xudo, ul nomehribonni menga mehribon qilg`il.
           183.    Tarj.: Qonli ko`z yoshini raqibdan yashirish uchun Majnunning yuzi doim devorga o`grilgan edi.
           184.    Tarj.: Voizimiz har doim may ichishni man` qiladi: o`zi shu maydan bir siphorsa-yu may uni vaysashdan bir dam to`xtatsa, qanday yaxshi bo`lar edi!
           185.    Tarj.:   Boshimda xumning tagidagi loyga yetishish havasi bor edi, badbaxtlikni qaraki, o`shanga ham qo`lim yetolmadi.
           186.    Tarj.: Ul hayot chashmasidirki, odamlar undan jon topadilar. Ammo u chashmadan mening og`zimda hayrat suvidan boshqa narsa yo`qdir.
           187.    Tarj.:  Yordan  judolikda ishtiyoqdan  bo`lak dardim  qolmadi. Ey ajal, kela qol, ayriliqqa toqatim qolmadi.
           188.    Tarj.: Ko`zimdan yoshlar sel kabi to`lib oqmoqda.   Ikki   ko`z ul sel  ustidagi  hubob (qabarchiq ko`pik)dek kelmoqda.
           189.    Tarj.: Ul [yor] uchun o`zimni o`ldirsam,  uning qahri keladi. Vah, bu qanday qahrdirki, u qahr tufayli o`zimni o`ldiraman.
           190.    Tarj.: Nay ohanglar zamzamasi bilan dam ursa ham, mening nolam oldida ovoz chiqara olmaydi.
           191.    Tarj.: Ey ko`ngil, menga uning sarv kabi qomati ko`rinmasa, jonimga har lahzada hajr o`qi qadalaveradi.
           192.    Tarj.: Bayram   keldi,   o`zimning  oydek go`zalim  bo`lmagani uchun menga shodlik yo`q, barcha xalq shod, mendek g`amgin yo`q.
           193. «Bu   hazratkim...»— Abdurahmon Jomiy nazarda tutiladi. Ruboiydagi  «bu  hazrat» Sulton  Husayn  Boyqaroni, «ul hazrat» esa Jomiyni anglatadi. «...ul hazrat haq sari qildi rihlat» misraidan Jomiyning vafot etgani anglashiladi. Ana shu uchinchi majlis avvalida esa Jomiyga hali hayot shoir sifatida ta`rif beriladi. Gap shundaki, Navoiy «Majolis un-nafois»ki to`ldirib, uning har majlisi alohida xotimalar yozgan va asarning ikkinchn tahririni yaratgan. Bu uhdani shoir 1498 yilda amalga oshirgan. Binobarin, bu vaqtda Jomiy hayotdan ko`z yumgan edi. Yuqorida Jomiyniig 1492 yilda vafot etgani tilga olnngan edi.

TO`RTINCHI MAJLIS

           1. «azharu min  ash-shams»—arabcha:    quyoshdan   porloq,  demakdir. Pahlavon   Muhammadning  kamoloti   ta`rifida   aytilgan.
           2. Tarj.: Ka`ba va kalisoda sening irshoding bilanmiz, ibodatxona va mayxonada sening yoding bilanmiz. Saharda zikring, shomda esa sening duolaring bilanmiz. Ya`ni, Ne`mat-oboding yetimlarimiz. Pahlavonning javobiya ruboiysi:
           Tarj.: Ey Amir, sen pirimizsan, biz sening irshoding bilanmiz. Doim duogo`yingmiz va sening yoding bilanmiz. Bu shahr senga yoqimli-yu, biz sen bilan xushvaqtmiz. Biz o`lganmiz, Astroboding [yo`lida] xarob bo`lganlarmiz.
           Avvalgi ruboiyni Navoiy Astroboddan Pahlavon Muhammadga maktubda yozpb yuboradi va javob xatida keyingi ruboiyni oladi. Navoiy bu haqda «Holoti Pahlavon Muhammad» asarida ham yozgan.
           3. Tarj.: Unga aytdimki, sening ishqing olamida ishim g`amdin iborat bo`ldi. U kulgi aralash miyig`ida: «g`am emas, olamning ishidir», dedi.
           4.    Tirziq — bir-biriga munosabatsiz ravishda birikkan so`zlar.
Kelishmagan so`zlardan she`r bitish bo`lsa kerak.
           5.    Kungur — devordan chiqib turgan xodani, devor ustidagi dandanalarni anglatadi, shunigdek, «behayo», «gadoy» hamda «nog`orachi» ma`nosida ham keladi. Navoiy Mir Sarbarahna yoshligida «kungur» laqabli Oqil degan yigit bilan birga bo`lib, poklikdan qaytib, uning yigitlari ta`siriga berilgan edi, deb yozadi. Mir Sarbarahna ijodidan keltirilgan ruboiy mazmuniga ko`ra «kungur» so`zi birinchi ma`noda olingan bo`lsa kerak.
           6.    Tarj.:  Quyosh  bilan  oyga  topinuvchilar sening ko`zingdan bir nazar orzu qiladilar. Ruboiyning keyingi bayti behayo mazmunda bo`lgani uchun tarjimasi berilmadi.    
           7. Imtilo  marazi — mechkay, yuxo — yeb to`ymaslik kasali. Bunday bemorning behad semirib ketish hollari ham uchraydi.
           8. «Javohir ul-asmo» — Ismlar javohirlari.
           9. Tarj.:  Ta`rixi shunday edi: «Alisher muhr bosdi». Navoiy ta`rixning to`la matnini keltirmay (kamtarlik bilan ta`rif unchalik to`g`ri emas deya), uning moddasini beradi.   abjad hisobida, 876 (1471—72   y.)  iborasidan esa 10 yil tafovuti
bilan 886 (1481—82 y.) kelib chiqadi.
           10.    Tarj.:  Sanamning dastidan  poklikning etagi yirtildi. Xotir lavhi-sahnidan xayolingdan boshqa nimaiki bo`lsa, o`chib ketdi.
           11.    Mavlono Mas`ud — Xondamirning «Habib us-siyar»da yozishicha. Mas`ud Shirvoniy ilmi kalom, mantiq, falsafada zamona allomalaridan bo`lgan. U «G`iyosiya» - nomli madrasada ham mudarrislik qilgan. Navoiy ham uning ba`zi darslarini eshitgan. Faxriy Hirotiy «Mullo shudan oson ast, odamiy shudan dushvor» (Mullo bo`lish oson, odam bo`lish qiyin) matalini unga nisbat beradi. Xondamir Mas`udning «Hoshiyai sharhi hikmat ul-a`in» degan asari borligini xabar qiladi.
           12.: Tarj.: Mastlar ko`ksini tiniq mayning o`tkirligi bilan kuydir, mening kuyishimga sharobdan boshqa hech narsa davo bo`la olmaydi.
           13.    Tarj.:  Muruvvatli va gunoh ishlarni yopib   ketuvchi podshoh davrida  Hofiz  soqiy  bo`ldiyu,  muftiy  mayxo`r  bo`ldi.
           14.    Tarj.: Ko`zimni  sening   yuzing oyinasi qilmoqchi emasman, kipriklardan zulfingning anbar taratuvchi tarog`i qilmoqchimasman.
           15.    Tarj.: Uning boshi atrofida  jon bo`lib qolgan kokilingni xayolingga keltirmaki, parishon qiladi.
           16.    Mir Atoulloh Amir Burhoniddin Atoulloh Husayniy  Nishopuriy (taxm. XV asr 40 yillar, Nishopur — 1513, Mashhad) adabiyotshunos olim. «Ato», «Atoiy» va «Atoulloh» taxalluslarida ijod qilgan. «Ixlosiya» va «Sultoniya» madrasalarining mudarrisi bo`lgan. Xondamir «Makorim ul-axloq»da yozishicha, Navoiy Mir Atoullohga «Ixlosiya» madrasasi yaqinidan «maydoni keng, imorati ko`p, havosi go`zal va suvi shirin» hovli tortiq qilgan. Olimning «Badoe` us-sanoe`» (Badiiy san`atlar) va «Risolai qofiya» nomli adabiyot nazariyasi, aruz va qofiya ilmiga oid asarlari bor, «Badoe` us-sanoe`» Alibek Rustamov tomonidan 1981 yil o`zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi.
           17. Maqlubi   mustaviy  — arab  alifbosida yozilgan,  o`ngdan ham, chapdan ham bir xil o`qiladigan so`z, ibora yoki she`r san`atini anglatadi. Masalan:
 
baytining oxirgi so`zi chapdan o`qilsa, birinchi baytning avvalidan o`qilishini beradi.
           18. «...soyim  ud-dahr erdi» yil bo`yi ro`za tutadigan edi, ma`nosini anglatadi.
           19.    «Shahr   zarif  va   sho`xlari  «Vali, shaloin»  ham  derlar»  — Shahr hazilkashlari va sho`xlari «Shilqim (xira)lar avliyosi (boshlig`i)» ham derdilar. Navoiy tushuntirishicha, Mir Murtoz kim bilan nima masalada bahs boshlasa yengmaguncha, mulzam qilmaguncha tinchimas ekan, ya`ni odamni xit qilib tashlar ekan. Shuning uchun yuqoridagi laqab bilan ataganlar ko`rinadi.
           20. Tarj.:   Ko`ngil  oluvchining  xayolidan  boshqa narsa  ko`ngilga kelmaguncha, yo`li ustida ko`z qorachig`lari nazoratchi bo`ladilar.
           21. Mavlono Husayn Voiz (tug`. yili  noma`lum,  Sabzavor   yaqinidagi Bayhaq degan joy — vafoti 1505, Hirot), taxallusn «Koshifiy» shoir, adib, voiz. Nishopur va Mashhadda ham yashagan. Jomiy va Navoiyga juda yaqin bo`lgan. Uning va`z, insho, nujum, axloq, tarix, tasavvuf, riyoziyot va fiqh fanlariga oid 37 asari bor, jumladan «Anvori Suhayliy» nomli mashhur asari «Kalila va Dimna»ning tarjimasidir,    
           Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin» asarida, o`ziniig Abdurahmon Jomiy vafotiga yozgan marsiyasini katta ma`rakada Xusayn Voiz Koshifiyga o`qitgan. Bundan Qoshifiy she`rlarni ham go`zal o`qigani va ovozi ham yaxshi bo`lgani ko`rinadi.
           22.  «Javohir ut-tafsir» — Tafsir javohirlari.   
           23. Tarj.:  Mehrob va  minbarda  shunday  yaxshi ko`rinadigai  voizlar xilvat joyga borganlarida boshqa ishlar qiladilar.
           24.    Tarj.: Ey sabzak miyig`li   [go`zal], toza qora mushkni  yosuman guliga sepma, [zulf kabi] toblangan sunbulni nastaran guliga urmagil.  
           25.    Hazrat Amir ul-mo``minin Ali —  ibn Abu Tolib (661 yilda o`ldirilgan) islomda «Xulafo ar-roshidin» (to`g`ri yo`ldan borgan xalifalar), xalq orasida «choryorlar» deb atalgan to`rt xalifaning to`rtinchisi. Muhammad payg`ambarning ham amakivachchasi, ham kuyovi (qizi Fotimaning eri). Islomdagi ikki asosiy oqimdan biri «Shia» (arabcha, guruh demakdir, bu yerda Ali tarafdorlarini anglatadi) oqimini tashkil qilgan. Alini,  shuningdek, ajoyib sarkarda  va qahramon shaxs sifatida ham ko`p kitoblarda ta`rif qiladilar.
           26. Tarj.: «Bizning Mu`inimiz ko`p qobiliyatli  edi, lekin bu yog`och, zinapoyalar uni zoe` qildi». Bu yerda va`z o`qiladigan minbar zinalari ko`zda tutiladi,
           27. Tarj.:  Bahor fasli keldimi ekan, olam qo`kalamlashib, shodlikka to`ldi, g`o`zalning visoli yetishdimikin, ko`ngil vaslga hamdam bo`ldi.
           28. Bu arabcha she`r matnini anglab olmadik.
           29. Mirxond — Muhammad  ibni  Xovandshoh ibni Mahmud (tug`. 1433, Balx — vaf. 1498, Hirot) tarixchi. Otasi Burhoniddin Xovandshoh asli buxorolik bo`lgan. Mirxond Navoiy taklifi bilan «Ravzat us-safo» (Safoli jannat) nomli temuriylarga bag`ishlangan tarixiy asar yozgan. 7 jilddan iborat bu asarning 6 jildi Mirxond qalamiga mansub, 7-jildini nabirasi Xondamir yozgan.
           30. Tarj.: Kimki obi hayotdan qo`l yuvsa, zamona Xizri o`shadir, Kimki nafs zulmatidan, chetga chiqsa Iskandar o`shadir.
           31. Xondamir — G`iyosiddin  ibn Humomiddin Muhammad    (1475-1534), tarixchi, mashhur tarixchi Mirxondning nabirasi (qizining o`g`li). Yoshligidan to Navoiy vafotigacha uning xizmatida bo`lgan, kitobxonasini boshqargan. Xondamir Navoiyning birinchi biografi hisoblanadi. U «Makorim ul-axloq» asarida shoir shaxsiyati, faoliyati, ijodiyotidan muayyan ma`lumotlar keltirib, uning sharxi holini yaratib beradi. Xondamirning «Habib us-siyar» (3 jildli), «Xulosat ul-axbor», «Dastur ul-vuzaro» (Vazirlik uchun dastur), «Nomai nomiy» (Atoqli nomalar) kabi asarlari ma`lum. Husayn Boyqaro vafotidan keyin Xondamir Shimoliy Afg`onistoning Basht degan qishlog`ida yashab ijod qiladi. 1528 yil Hindistonga Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga jo`naydi. Boburdan so`ng Humoyun  xizmatida qoladi. Bu paytlarda Xondamir «Humoyunnoma» degan asar yozgani haqida ma`lumotlar bor (qarang: D. Yusupova. Xondamir ijodi. Sharqshunoslik—1 to`plami. Toshkent, «Fan», 1990). 1534 yilda vafot etgan Xondamir Dehlidagi mashhur Nizomiddin Avliyo va Xusrav Dehlaviy dafn etilgan  qabristonga qo`yilgan.
           32.    Mavlono Hamididdin — Xondamirning «Habib us-siyar»da yozishicha, uning otasi Mavlono Shamsiddnn Muhammad Tabodgoniy vafotidan keyin Hirotda (Xiyobonda) dafn qilingan joyning janubida Navoiy xonaqoh soldirgan, Hamiliddin shu xonaqohda toat-ibodat bilan mashg`ul bo`lgan va 927-1520-21 y. vafot etgan.    
           33.    Tarj.: Goho xasta dillarni yod qilmoq kerak, biror ko`ngilni xudo uchun shod qilmoq kerak.        
           34.    «Manozil  us-soyirin» — Sayr  qiluvchilar   manzillari.    Xoja Abdullo Ansoriy asari.
           35. B arabcha she`r mazmuni ochilmadi.
           36. Tarj.: Jahonga  kerak bu bog`dan qanday qilib   tashqariga qadam qo`yay, chunki uning ichkarisi jannat bog`i, tashqarisi Eram bog`idir.
           37.    Mir Ixtiyoriddin — bu shoir nomini «Majolis»ning har ikki tarjimoni  «Sayyid Ixtiyor» tarzida beradilar.
           38.    Tarj.:  Bu havzning tozaligidan so`zlamoqchi bo`lganimda,   og`zimni yuz marta obi hayot bilan yuvaman. Har chandki, Xizr chashmasi bo`lsa ham ta`rixini «Kavsar soqiysi»dan axtaraman. She`rning ta`rix moddasi  iborasi bo`lib, abjad bo`yicha 897 (1486—87) chiqadi. «Poi Hisor» deb atalgan havz ana shu yilda bitilgan ekan.
           39.    Tarj.:  Qomating xayoli unqusiz ko`zlarda suv o`rtasida har tomonga suzgan baliqdek aylanadi.
           40.    Tarj.: Ey bas endi! Go`zal yuzlar  mening tavbamday, ko`p eski tavbalarni bir qarashdayoq yo`qqa chiqardilar.
           41.    Mir Husayn Muammoiy — «Habib us-siyar»da    shoirning uzoq yillar «Ixlosiya» madrasasida yashagani, turli bilimlar o`rgangani, muammoda dong taratgani hamda 904/1498—99 y. da vafot etgani va shu madrasa gunbazi ostida dafn qilingani bayon etiladi.
           42.    Tarj.: Hilol shaklidagi    qoshlaring    namli    ko`zlardan  nari ketmadi. To`g`ri, baliq ham daryodan quruqlikka chiqmaydi.
           43.    Faxriy  —  «Majolis»ning  birinchi  tahririda   bu shoir   yo`q, u keyin ikkinchi tahrirda (1498 yil) kiritilgan. Forsiy tarjimalar ham asos e`tibori bilan avvalgi tahrir matnidan qilingan. Fikrimcha, bu «Majolis»ning birinchi tarjimoni Faxriy Hirotiy bo`lishi kerak. Faxriyning to`la ismi Sulton Muhammad ibn Amir Muhammad (tug`. yili noma`lum, Hirot — vaf. 1562—63, Hindistoi) shoir va adabiyotshunos. Asarlaridan «Latoifnoma» nomi ostidagi «Majolns un-nafois» tarjimasi. 189 nafar yangi shoirlar haqidagi ma`lumotni ilova qilgan. «Tuhfat ul-habib» (Do`stlar tuhfasi), «Javohir ul-ajoyib», «Ravzat us-salotin» (Sultonlar jannati) kabi turli mavzudagi asarlari va «Sano` ul-hasan» (Go`zal san`atlar) nomli badiiyat masalalariga bag`ishlangan risolasi, «Radoyif ul-ash`or» degan har-xil shoirlar she`riyatidan radiflar bo`yicha tuzilgan majmuasi ma`lum. Shuningdek, Faxriy qalamiga «Haft kishvar» (Etti mamlakat) nomli afsona, asotirlar va axloqiy masalalardan baxs etuvchi asar hamda taxminan 5 ming baytdan iborat she`rlar devoni ham mansub, degan ma`lumotlar bor.
           44.    Ey  sarvi nozanin, hech  vaqt    senga    dil  mehribon    bo`lmagan deb aytding. Sendan  [mening]  bunday gumonim bo`lmagan.
           45.    Sayid Ja`far  Muhammad  Qazviniy yozishicha, bu shoirning devoni o`sha davrlarda mashhur bo`lgan ekan.
           46.    Tarj.: Go`zalim zulm zanjiriga qo`l solib, Hizr obi   hayotini tashna odam yodidan ko`tardi.
           47.    Mir   Sayyid  Husayn  Abivardiy — Kamoliddin   Husayn,    shoir Navoiy xizmatida bo`lgan. Xondamir “Habib us-siyar”da uning Iroqda Ya`qub Mirzo saroyida bir necha yillar bo`lganini yozadi va quyidagi maroqli lavhani keltiradn. Navoiy bu shoirni Sulton Ya`qub Mirzo huzuriga Jomiyning kulliyoti va bir nechta boshqa asarlar bilan jo`natadi. Shoir yetib borganida Sulton undan yo`lda zerikmay keldingizmi?, deb so`raydi. U, Jomiy hazratlarining kitoblarini mutolaa qilib keldik, deya javob qiladi. Keyin ma`lum bo`ladiki, kitobdor Jomiy kulliyoti o`rniga boshqa asar berib yuborgan va shoir uni ochib ham ko`rmagan ekan. Bu voqiadan Navoiy voqif bo`lgach, Kamoliddin Husayndan
juda ranjigan, keyinchalik unga hech qachon iltifot ko`rsatmagan. So`ngra u Balxda Badiuzzamon Mirzo xizmatida bo`lib, yuqori lavozimlarga ko`tarilgan. Shayboniyxon davrida esa elchilik qilgan.    
           48.    Tarj.:  Yuzing  quyoshiga  dunyo  quldir.  Yusufga   Ya`qub  deb  ot qo`yibdilar. Navoiy bu bayt ham mazmun, ham shakl jihatidan past saviyada yozilgani haqida fikr bildiradi. Muhammad Qazviniy esa, agar Navoiy «Yusufga Ya`qub deb ot qo`ydilar» tarzida emas, «Yusuf nomini Ya`qub qilding» deya o`qiganda edi, har jihatdan she`r yaxshi chiqqani ma`lum bo`lar edi, deb o`z fikrini ilova qiladi.
           49.    Tarj.:  Biror dam dunyo dastidan qutula olmadim. Ey soqiy, kel, bir nafas mayparastman.    
           50.    Tarj.: Biz doim mastdirmiz; mayxonadan nima ginayu, qadahlarning to`la va kamligidan nima gina!
           51.    «rushd osori zohirdur»  yetuklik belgilarin ko`rinib turibdi, demakdir.
           52.    Tarj.: Jahonda sening g`amingda yurgan mendek boshqa bir kishi no`q. Yuragi kuygan, yolvoruchan odam yo`q. G`am va dardimni ochib tashlashni istayman, biroq nima qilayki, hech hamdard yo`q.
           53.    Mavlono Safiy — Faxriddin Ali Safiy   (tug`.   1463,  Sabzavor— vaf. 1533, Hirot) shoir va adabiyotshunos. Uning asarlaridan «Rashahoti ayn ul-hast» — naqshbandiya silsilasi haqida, «Mahmud va Ayoz» — Nizomiy «Layli va Majnun»iga javobiya tarzida yozilgan, otasi Husayn Voiz Koshifiyning «Asrorn Qosimiy» risolasining qisqacha bayoni, «Latoyif ut-tavoyif» (turli tabaqalarning latifalari) ma`lumdir. Ali Safiyning «Latoyif ut-tavoyif»dan tanlab olingan ba`zi rivoyatlar K.Qahhorova va S.Inomxo`jaevlar tomonidan o`zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
           54. Tarj.: La`ldek qizil lab va xush is bilan kelibsan; ajoyib bezak bilan undan chiqibsan.
           55.    Tarj.:  Masih  agar uning og`zidan bir og`iz so`z eshitsa,  uyalganidan ortiq dam urishga ham majoli qolmaydi.    
           56.    Mavlono Abdulvose` — shoir, insho fanida mohir  Navoiyning yaqin suhbatdoshlaridan. Xurosonning Nuri degan viloyatida dunyoga kelgan. Vosifiy «Badoe` ul-vaqoe`»da Abdulvose` Navoiy sharafiga Hirot yaqinidagi Barza degan joyda bergan ziyofatda qatnashgani va unga nisbatan qilingan hazlga g`oyat zukkolik bilan javob berganini hikoya qiladi. Navoiy shoirga bergan alohida maqolasida ham uning ana shu xislatini ta`kidlab o`tadi.
           57.    Xoja Dehdor — Xoja  Hofiz G`iyosiddin Dehdor Jomiy va Navoiylarga yaqin, suhbatdoshlardan. Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin»da Xoja Dehdor haqida alohida lavha keltiradi: Husayn Boyqaro va Navoiy Jomiyga taom va yegulik narsalardan nasiba ilinganida Xoja Dehdor orqali yuborar ekanlar. U esa olib borgan narsalaridan o`zi miriqib yeb kelar, pul-muldan ham olib qolar ekan. Shular haqida Jomiy ruboiy, qit`alar bitar ekan. Navoiy asarida ana shunday she`rlardan 4-tasini keltiradi. Bu yerda Navoiy Xoja Dehdorniig yana bir xususiyatini mohir taqlidchi ekanligini ham qayd qiladi.
           Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin»da yozishncha, bir kuni Xoja Dehdor Jomiyni tushida ko`ribdi, ular «Qur`on o`qi», debdilar. Husayn Boyqaro taxtni egallagan (1469 y.)dan so`ng, 7—8 yil oldin ko`rgan tushini Xoja Dehdor Navoiyga so`zlab beradi. Navoiyning tavsiyasi va harakati bilan Xoja Dehdor Qur`onni yodlab, yaxshi o`qiydigan hofiz bo`lib yetishibdi. Jomiy vafotidan bir necha soat oldin Navoiy topshirig`i bilan Astrobodga yuborilgan Xoja Dehdor Hirotga jadal qaytib keladi. Ittifoqo Jomiy boshida Qur`on tilovat qiladigan hofiz yo`q ekan, darhol Qur`on o`qiy boshlaydi, xatm qilishi asnosida Jomiyning joni uziladi. Navoiy so`zini Jomiy karomati 30 yildan ziyod vaqt o`tgach natija berdi, deb yakunlaydi.
           58.    Tarj.: Mushk sening miyig`ing xatlari bilan tenglashish   lofini uradi qanday beboshlik! Bizning ta`na qiluvchi qora yuragimiz yanglishgan.
           59.    Tarj.: Ey ko`zing qaroqchisi kamoniga o`qni qator tergan! Yangi oy qoshing kamonidan bir chekkaga yashirindi.
           60.    Tarj.: Soching tugunlarini tishim bilan yechishni istayman, biroq bu savdodan devona bo`lib, zanjir chaynayman.
           61.    Tarj.: Ey bevafo, bizga visoling qachon nasib bo`larkin;   g`aming jununidan menda hushyorlik qayda!
           62.    Bu muammoni Muhammad Qazviniy
 
shaklida keltiradi.    
           63. Sadr—arabchada ko`krak, ko`ks demakdir.
           64.   teskari o`qilsa  bo`ladi. Ya`ni «zang» qo`ng`iroq ma`nosini anglatsa, «kanz» xazina demakdir.
           65.    «hissi shomma» — hid bilish hissi, «majmumot» — hidli, muattar narsalar: Bu yerda Mavlono Nurning   soddaligini   ko`rsatuvchi bir voqea tafsiloti keltirilgan.    
           66.    Tarj.:  Ko`ylaging nilufar rangli, men  unga hayron qolaman, chunki har kuni uning yoqasidan  quyosh chiqib keladi.
           67.    Sulton Ali Mashhadiy — Nizomiddin (taxm. 1432, Mashhad —1520, shu shahar), mashhur xattot, nasxta`liq xatining mohir ustasi. Manbalar uni juda chiroyli bo`lgan, deb qayd qiladi. «Qiblai ul-kuttob» (Kotiblar qiblasi), «Zubdat ul-kuttob» (Kotiblar sarasi), «Sulton ul-xattoton» (Xattotlar sultoni), «Kotib  us-sultoniy» (Saltanat kotibi) degan laqab-unvonlarga sazovor bo`lgan. Ustozi Azhar xattot tavsiyasi bilan Hirotga yuborilgan. Shayboniyxon kelgandan so`ng Mashhadga qaytgan va shu shaharda dafn etilgan. Sulton Ali Mashhadiy qalamiga xattotlik ilmiga oid «Sirot ut-sutur» (Satrlar yo`li), «Sirot ul-xat» (Xat yo`li), «Midod ul-xutut» (Xatlar siyohi) kabi she`riy asarlar mansubdir. Kunlarning birida Husayn Boyqaro unga «Men uchun bir qabr toshi yoz» deganida, Sulton Ali: «Shohimning bu farmonlari juda uzoq muddatga qaratiladi» — deydi. Shoh kulib: «Biz ham juda yaqin vaqtda o`lmoq xayolida emasmiz. Siz ham ko`p tezkorlik qilmang» deb javob qilgan ekan. Sulton Ali Navoiy asarlarini ko`chirgan. Jumladan, shoirning Ilk devoni va «Navodir un-nihoya» nomli ikkinchi rasmiy devoni (1488), “Xazoyin ul-maoniy”dan intixob-tanlanma (1492—93)lardir.
           68.    Tarj.:   Ko`z yoshlarim qonli yuragimdan namuna bo`lgani kabi bahor chog`ida gul ul gulrang yuzdan namunadir.    
           69.    Tarj.:  Ishqing or-nomus va obro`ni o`tga soldi katta-kichik barcha xalqning bor-yo`g`ini yelga sovurdi.
           70.    Tarj.: Erta  bahorda agar gul sabzalar orasidan unib chiqsa, sening mayin xatlaring yangi gul barglar  (orasidan)  unadi.
           71.    «Mutu qabla an tamutu» — arabcha, o`lishingizdan ilgari o`ling, demakdir.    
           72.    Tarj.:  Ey kumush iyakli [go`zal), mendan o`zgaga yuzingni ko`rsatma, chunki kuchli rashkimdan jonim tanamdan chiqib ketadi. [Barcha] xalq ko`zining mardumaki — qorachig`i bo`lishni istanman, toki sening yuzingni mendan bo`lak hech kim ko`rmagay.
           73.    «Al-uhdatu alar-roviy» — arabcha. So`zning to`g`ri-noto`g`riligi aytgan kishining bo`yniga, demakdir.
           74. Tarj.: Mening ko`zimga nur ul sipohning   yo`li gardidan keldi, xudoga shukurki, ko`zimning nuri yo`l to`zonidan keldi.
           75. Tarj.: Ey sabo, ul (go`zal) jamoli bog`ini tamosho qildingmi? Gulning  g`unchasini  ochiltirgandek — seni  iztirobda   ko`rayapman.
           76. Bediliy — shoiralar haqida ma`lumot beruvchi tazkiralarda, jumladan Mogai Rahmoniy xonimning «Pardanishinoni suxango`y» (Parda ostidagi so`z san`atkorlari)  nomli    asarida  Bediliy Hirotda  anchayin ma`lum  shoira  bo`lganligi qayd qilinadi.
           77. Tarj.: Ul sarvning go`zal yurishini ko`rmoq uchun bog`ga boramanu nargis gulidan ikki ko`z qarz olaman.
           78.    Tarj.: Men bechora ko`chang boshida harchand tentirab yursamda, ko`ngil ohi va ko`z yoshidan boshqa hech narsa ko`rmadim.
           79.    Bobo    Ali    Xushmardon — Xondamirning    «Habib us-siyar»da yozishicha,    pokiza ro`zgor    va    shirinsuxan    darvesh    bo`lgan. Abulqosim   Bobur   Mirzo  Mashhadda   qishlagan   yili   uning xizmatiga yetishib, shohning, iltifot  va inoyatiga  muyassar bo`lgan.
           80. «darjiy bitib erdi»—darj — biror  maqsad va masala  yuzasidan  risola,  noma  kabi  asar  yozmoqni  anglatadi. Xoja Mahmud yaxshi xattot  bo`lgani tufayli olti asl qalam va ularda  yoziladigan husni xat haqida  shunday kitob tuzgan ko`rinadi.    
           81. Bu ta`rix moddasi     iborasi bo`lib, abjad qoidasiga binoan 897 (1491—92) chiqadi.
           82. Ustod Qulmuhammad — ud asbobini yaxshi chalgani uchun Ustoz Qulmuhammad Udiy nomi bilan dong taratgan. Samarqandda ham uzoq muddat yashagan, tahsil olgan va ijod qilgani haqida ma`lumotlar uchraydi. «Ushshoq», «Navo», «Husayniy» kabi maqom yo`llarida peshrav, qavl, kor, amal va naqshlar yaratgan. «Peshravi Udiy», «Savti Nuriy», «Amali Udiy», «Savti Udiy» nomli tasniflari Xuroson va Movarounnahrda mashhur bo`lgan. Bu san`atkor Hirot madaniy markazining ham yirik arboblaridan bo`lgan. Vosifiyning yozishicha, Majdiddin Muhammad Navoiy sharafiga ziyofat uyushtirganda Ustod Qulmuhammad ham qatnashgan. Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin»da Ustod Qulmuhammadni kichikligida musiqiy bilimlarni puxta egallashi uchun Bu — Alishoh degan davr allomasiga tavsiya qilganligini qayd etadi.
           83.    Tarj.: Ul parizod yuzining mehri orqali junun odat  bo`ldi. Shu jihatdan men devona xalqning tilida doston bo`ldim.
           84.    Tarj.: Bu shunday maqom-joyki, bunda gardga bulangan chehra yaxshi; dardmandligu muhtojligu ko`p dardli dil yaxshi.
           85.    Tarj.: Bir  musofirki, safarda  birga  bo`lmaydi, men bexabarman, undan menga xabar kelmaydi.
           86. Tarj.: Ey shayx meni tavba qildirib, o`zingni iztirobga solma. Xudo roziligi uchun menga azob berma.
           87. «alayhit-tahiyati vas-sano»—arabcha:  unga  ollohning duo va maqtovi bo`lsin.
           86. Tarj.: Biror aysh va farovonlik shunga barobar keladimiki, erta bilan uyqudan bosh ko`tarsamu, sening yuzingni ko`rsam.
           88. «barot namenavisad» — forscha: pul olish hujjatini yozmayapti, demakdir.
           90. «Rangining humrati bor uchun mutoyiblari ani «surx qalb» derlar — rangida qizillik bor uchun hazlkashlari uni “qizil qalb” derdilar.
           91. Tarj.: Dilning qonxo`ri [bo`lgan] sening la`l labingdan qayta jon topdim, bundan keyin ko`chang boshida bizni va ko`nglimiz zorini ko`r!
           92. Tarj.: Keksa boshimdan toza nihol o`sib chiqdi. Ul  niholning mevasi g`am, g`ussa va jigar qoni bo`ldi.
           93. Tarj.:   Ko`ngil ovlovchi  sarv [qomating] shavqidan nolagar bir qumrimanki, [egma] qoshing tuzog`idan bo`ynimda sirtmog`im bor.   
           94.    Tarj.: G`am   o`ti  tezlansa,  sabru toqatim  qolmaydi;  bu o`t alangasida bir nafas o`tirsam, yuz marta o`rnimdan turaman.
           95.    Xoja Husayn Kirangiy — Xoja Kamoliddin Husayn ben Jaloliddin Qanbar Kirangiy shoir, davlat arbobi. Xondamir «Habib us-siyar»da Xoja Husayn sadr ekanida uni nelarnidir o`zlashtirishda va aldashda ayblab, shohga yomon ko`rsatadilar. Shundan so`ng u iste`foga chiqadi va qolgan umrini farog`atda o`tkazadi. Xondamir ham Navoiy kabi Xoja Husaynning pok va diyonatli odam bo`lganini e`tirof etadi. Xoja Husayn Hirotning Jome` masjidining qibla tarafida dafn qilingan ekan.
           96.    Tarj.: Sening yodingdan boshqa hech bir oh yurakdan chiqmaydi. Sening xayolingdan boshqa hech bir surat ko`zga ko`rinmaydi.
           97.    Tarj.: Ancha vaqt bo`ldiki, ul pari paykar ko`zga ko`rinmayapti, dilimda jonlashib oldida, endi ko`zga ko`rinmayapti.
           98.    Tarj.: Zor dilim nomehribon  [go`zal]ning zulfidan joy oldi; agar  [ishq] savdosidan parishonhol bo`lsa, u ham o`rinlidir.
           99.    Tarj.: Kechalari ul jingalak soch tolalari shunchalik   chirmashadiki, bu hol balo zanjiri giriftorlariga kam yetishadi.
           100.    Tarj.: Ey sabo, mening otli   [go`zalim]   yo`li gardidan  keltir; bu yosh to`kuvchi ko`zim uchun to`tiyodir.
           101.    Tarj.: Bir muddat do`stlardan judo bo`lgan edim, mashaqqat va dardga mubtalo bo`lgan edim. Agar yor men bilan oshnolik qilmasa, qarindosh va oshnolardan begona bo`lardim.
           102.    Tarj.: Agarchi jannatda yoqimli shaboda va kavsar suvi bo`lsada mayfurush uyinig ob-havosi boshqachadir.
           103.    Hoja Abdulloh Sadr — Xoja Shihobiddin  (vaf.  1516, Hirot) shoir, olim, munshi, musiqashunos, bastakor va sozanda. «Bayoniy» taxallusi bilan she`rlar yozgan. Husayn Bonqaro saltanatida muhrdor, vazir va parvonachi (qabulgoh mas`uli) lavozimlarida ishlagan. «Xusrav va Shirin» dostoni va «Munis ul-ahbob» (Do`stlar munisi) nomli ruboiylar majmuasi, «Tarassul» nomli hukmronlarning farmonlar, fathnoma, davlat maktublari, shaxslarning xatlari (masalan, Xoja Ahror, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro) jamlangan to`plami ma`lum va mashhur bo`lgan.
           104.    Xoja Muhammad  Marvorid —  Xoja   Shamsiddin  Muhammad Marvorid — Xondamir «Habib us-siyar»da yozishicha (vaf. 409/ 1498—99, Hirot), asli kirmonlik, davlat va din arbobi. Mirzo Jahonshoh Turkman saltanati zamonida Hirotga kelgan. Abu Said davrida vazirlikda muhrdor bo`lgan. Samarqandda ham biroz yashagan. Keyinchalik Xoja Abdulloh Ansoriy mozorini ta`mirlash va obodonlashtirish ishlarini boshqargan. Abdulloh Marvoridning otasi.
           105.    Tarj.: Ko`ngil ul dilnavozning og`zi va go`zal kokilini topib, tiriklik suvini ichdi-yu, uzun umrga erishdi.    
           106.    Tarj.: Ey hamdam, ul  [dilbar]   bilan so`zlashuving shukronasiga mening holimdan ham oz-moz aytib bersang nima qiladi?

BESHINCHI MAJLIS

           1. Amir Davlatshoh — qarang:  ushbu  kitob,  213-bet, 11-izoh.
           2. «Majma  ush-shuaro»—Shoirlar   yig`ini. 892. (1486—87) yida yaratilgan tazkira. Muhammad Ramazoniy tomonidan E.Braun muqaddimasi va o`zining so`z boshisi bilan Tehronda nashr etilgan.    
           3.Tarj.: Qanday yaxshi! Yuzing quyoshidan jahon ko`zi ravshan, ul ravshanlik ko`z orqali ko`ngil uyini ravshan qildi.  
           4.    Mir Husayn Ali Jaloyir — shoir, arbob.   Zahiriddin Bobur yozishicha, otasi Ali Jaloyir Abulqosim Bobur beklaridan bo`lgan. O`zi esa Husayn Boyqaro saroyida qushbegi bo`lgan. Qasidani yaxshi yozar ekan. 917 (1511—1512) yillarda Bobur Samarqandni olganida 5—6 yil uning qoshida bo`lib, yaxshi qasidalar bag`ishlagan. Navoiyning inisi Darvesh Alining xotini Ofoq begim ana shu Husayn Ali Jaloyirning qizi bo`lib, she`riyat sohasida zukko qobiliyati bor ekan. Lekin Bobur Husayn Ali anchayin bevosh, qimor o`ynash ishqibozi bo`lganligini qayd qilib o`tgan.
           5.    Tarj.:    Xudoga shukrki, odil  shohning  mehribonchiligi bilan yana bir yo`la gulim tikandan, tikan oyog`imdan, oyoq esa loydan chiqdi.
           6.    Tarj.: Go`zalning  bo`ston  sayrida guldan oyog`i ozor topadi. Kipriklari tikani bor uchun men qanday qilib uni ko`zim bilan qidiray.
           7. Mir  Haydar—Navoiyning   jiyani,  shoir.  Xalq  orasida   «Haydar telba» nomi bilan mashhur. Navoiy Astrobod hokimi ekanligida Haydarni ba`zi rasmiy topshiriqlar bilan Hirotga yuboradi. Norasmiy bir ziyofatda Navoiyga suiqasd qilingani, unga oshpaz zahar qo`shilgan taom bermoqchi bo`lganini xabar qiladi. Husayn Boyqaro bundan voqif bo`lgach, Navoiyga  maktub yo`llaydi. Navoiy esa Haydarning aytganlarini butunlay rad etadi. Shoir maktublaridan birida shoh nazdida Haydar gunohidan o`tganligi uchun minnatdorlik izhor qiladi. Lekin 1498 yilda Haydar Sabuhiy qatl etiladi. Bu Navoiy uchun katta musibat bo`ladi, chunki Haydarni shoir o`zi tarbiyalagan bo`lib, uni farzandi o`rnida ko`rar edi.    
           8.    Tarj.: La`l labing maymi yoki toza asalmi?  O`zing   aytgil, bu ikkidan qay biri? Yuzingdagi termi yoki gulobmi? O`zing aytgil, bu ikkidan qay biri?    
           9. Alouddavla — Shohrux  Mirzoning  nabirasi,  Boysung`ur   Mirzoning o`g`li. Hirot atroflaridagi yerlarni idora  qilgan.
           10.  “Abdolnoma” — avliyolar haqidagi kitob.
           11. Tarj.:  Bemor ko`zlaridan dilimda yuz xil alam bor edi,  o`z ko`zi bilan ko`rmaguncha, bu alamga ishonmadi.
           12. Sulton  Husayn  — Navoiyning akasi  Bahlulbekning o`g`li.
           13. Tarj.: Jonondan ayrilish menga behad mushkul ko`rinadi. Ey musulmonlar,  shirin  jon  bilan  xayrlashish qiyindir.
           14.    Muhammad  Solih     (tug`.  1455,   Xorazm — vaf.   1535,   Buxoro) — shoir, tarixchi, davlat arbobi. Xorazm hokimi Nur Saidbek oilasida tug`ilgan. Bobosi Amir Shoh Malik — temuriylar, jumladan Ulug`bek Mirzo xizmatida bo`lgan. Muhammad Solih dastlab Xorazmda, so`ngra Hirotda taxsil olgan. Husayn Boyqaro saroyida, keninchalik Shayboniyxon xizmatida bo`lgan. 1500 yillarda Buxoro dorug`asi hokimi qilib tayinlangan. Muhammad Solih «Shayboniynoma» nomli tarixiy doston yaratgan. Uning yagona qo`lyozma nusxasi Venada saqlanadi. Bobur Muhammad Solih haqida «Sharir (yaramas) va zolim tab` va berahm kishi erdi», deb yozadi.
           15. Tarj.:  Kokil yorqin oydek yuzini  yopib turar ekan,  parishon emasman. Oxiri tong bo`lganidan keyin tun qorong`iligidan nima g`am?
           16. Tarj.: Ey nosih, aqlu donish ko`yida bizga rahnamo bo`lma. Ixtiyorimiz o`zimizda emas, junun qay tomonga yo`llasa, o`sha tomonga ketaveramiz.
           17. Tarj.:  Jononimning   qissasi   kelib  chiqarmikan [deya]   majlisda hamisha go`zallar to`g`risida so`z yuritaman.
           18. Alaykabek  — Husayn Boyqaro beklaridan.
           19. Tarj.:  Dilim  dardining davosini qaerdan  qidiray, qaerga boray, nima qilay, dilim ahvolini kimga aytay?
           20. Mir Valibek — Husayn  Boyqaro beklaridan. Bobur u haqda «Sulton Husayn Mirzo taxt olg`ondan so`ng xili, umr topmadi, bot-o`q o`ldi. Musulmon va namozguzor va turk va sodiq kishi erdi», deb yozadi.
           21. Tarj.: Dilbarim firoqida masjidga borib, sajda qilish bahonasida boshimni yerga uraman.
           22. Tarj.: Hech kim meni g`amsiz ko`rmagan, mendek g`amdiydani g`amning o`zi ham ko`rmagan.
           23. Tarj.: Qamon qoshli go`zalim, men dilxastani o`ldirding; menga qarata bir o`q uzgin, toki men qayta tirilayin.
           24. Tarj.:  Agar ohim yelidan quyosh  bilan oyning charog`i o`chmagan bo`lsa, nima uchun g`aming tunida butun olam ko`zimga qop-qorong`u ko`rindi?
           25. Tarj.: Ul kecha chehrang sham`ini yal-yal yondirganingda menga rahm qilmay, xuddi parvonadek kuydirding.
           26. Tarj.: Labing va tishing xayolidan  ko`zlarim jiqqa yoshdir; bu xuddi toshlari yoqut va dur bo`lgan anhorga o`xshaydi.
           27.    Abduqahhor — Navoiy  bu shoirning  muammo fanig`a qobiliyati bor, deb ta`riflaydi. Xondamir «Habib us-siyar»da ikki joyda Mavlono Sharafiddin Abduqahhor degan shoir Abulqosim Bobur hamda qozi Qutbiddin Muhammadlar vafotiga tushirgan ikki ta`rixini keltiradi.
           28.    Tarj.:  Yoqamning zihini uning  itiga  bo`yinbog` qil, toki har damda etagimga qadar yirtilib tushmasin.

OLTINCHI MAJLIS

           1. Ahmad  Hojibek — qarang  ushbu  kitob, 242-bet,  137-izoh.
           2. Tarj.:  Tanimdan   jonimni  olib  ko`p   zanjirli soching bilan bog`lading; yuzingdan pardani ochib (u bilan) ko`zimni bog`lading.
           3. Xoja Xurd avliyolik rutbasiga erishgan Bobo Xudoydod deganning      vafotiga     ta`rixini   tushirgan. Abjad hisobiga ko`ra 862   (1457—58) y. kelib chiqadi.  
           4.    «Vaqfiya»—Navoiyning    nasriy    asari.  886   (1481—1482)   yillarda yozilgan. Mohiyatan ikki qismdan iborat: birinchn qismda Navoiyning Husayn Boyqaro saroyiga maxsus farmon (manshur) bilan taklif etilgani, saroydagi nufuzi, davlat arbobi sifatidagi ko`p qirrali faoliyati haqida, o`z ixtiyoridagi daromaddan bir oddiy kishi ro`zg`ori uchun zarurini olib qolib, qolganini navkarlar, cherik, madrasa, masjid, xonaqohlarga va ularning ahllariga hamda har xil binolar, turli inshoatlar qurish uchun sarf qilgani to`g`risida fikr yuritiladi; ikkinchisida esa Navoiyning xayriya ishlari va vaqf qildirgan mulk, yerlari, vaqfiya joylardagi idora usullari, xizmat uchun belgilangan lavozimlar, maosh, tartib-qoidalar, marosimlar, binolar ta`miri bayon etiladi. Asar xalqparvarlik ruhi bilan yo`g`rilgan. Navoiy shaxsiyatidagi nurli chizgilarni namoyon qiladi.    
           5.     —ta`rix  moddasidan  abjad hisobida  «Vaqfiya» yozilgan 886 (1481-1482 y.) chiqadi.    
           6. Tarj.: Shaytonsifat dev Abulbarakaning joii yettinchi   do`zax bo`lsin!
           7.    Tarj.:  Ul juvonmarg Piri  Sesadsola ustini bug`aydi, agar shu odam pir bo`lib qolgudek bo`lsa, men hech bir pirga murid  bo`lmayman.
           8.    Amir Mahmud Barlos — Boburning yozishicha,    Mahmud Barlos Abusaid Mirzoning uchinchi o`g`li Sulton Mahmud Mirzoning beklaridan bo`lgan. Harbiy salohiyati bor bo`lib, she`riyat bilan shug`ullangan. Devon tartib qilgan shoir.
           9. Tarj.: Mening yuzim suvdan ham tiniq dema. Mening nazarimda u oftobdan ham ravshanroqdir.
           10.    Darvesh Shuhudiy — «Majolis»ning har ikkala tarjimoni bu shoir nomini Mavlono Foniy deb beradilar.
           11.    Tarj.: Muhabbat ahli tanidagi bu dog`lar, dard tog`iga qo`yilgan hasrat yomg`irlaridir.
           12.    Tarj.: Og`zingni ochgil,   shirin labingdan shirin  kulgingni ko`rsatib shakarning qiymatini, qandning narxini tushirgil.
           13.    Tarj.:  Nozik tili   bilan    takallum    boshlasa, uning tili g`uncha og`zidan ko`ringan gul bargiga o`xshaydi. Bu baytning ikkinchi misrasi muammo bo`lib   deydi   Faxriy   Hirotiy  “Miram” — ismi chiqadi.
           14.    Tablboz,   bahl — ovchilik  ash`yolari — dovun   va  qo`lqop.
           15.    Tarj.:  Agar ostimda   egarlangan  ot bo`lganda edi, jahon mulklari qo`l ostimda bo`lardi.
           16.    Tarj.: Dil ul qo`sh zulfning bandiga tushishini istamayman; nega endi men tufayli boshqa bir dardmand baloga uchrasin?!
           17.    Tarj.: Tashnalik kunida oqar suvni havas qilmaymiz; tig`ing damini tamog`imizda ko`rsak, shuning o`zi bizga kifoyadir.
           18. Tarj.: Ul qosh o`qining zaxm yetkazishiga ko`ngilning gumoni yo`q, shu sababdan ikkinchi zaxm yetkarishi uchun og`zida hasrat suvini saqlaydi.   
           19.    Tarj.:  Yuzingga oshiqlikda ko`zlarim shu darajaga yetganki, rashkdan bir-birini ko`ra olmaydilar.
           20.    Rozalik san`ati — bo`yoqchilik, tosh yo`nish, tosh terish hunarini anglatadi. Ba`zi lug`atlarda suvoqchi ma`nosi ham berilgan.    
           21.    Tarj.:  Ey sham`, agar kechasi men  bilan hamnafas bo`lsang, ravshan bo`l, deyishdan bo`lak yaxshiroq duo bormi?!
           22.    Darvesh Dehakiy — «Majolis» tarjimoni Muhammad Qazviniy o`zidan ilova qilib, yozadi: — Darvesh Dehakiy hamshaharim edi. Men u bilan ko`p suhbatlashganman. U g`oyat kamsuqum odam edi, tanparastlik unga begona edi. U to`quvchilik ham qilar edi.
           U karbos  (dag`al ipli gazlama, bo`z) degan matoni yaxshi to`qir, xaridor topilsa, arzon-garov berib yuborardi. Shohlar dasturxoniga ko`z tikmas, taomini yemas edi. Sulton Ya`qubxon Darvesh Dehakiyni huzuriga chorlaganda u bir baytni o`qibdi. Uning birinchi misrai ma`nosi shunday ekan, «Agar uning o`qi oldimga yo`nalsa, orqamga qalqon tutaman». Buni eshitgan shoh taajjub qilib, o`qdan saqlanish uchun orqaga qalqon tutishi nimasi? — deganda, shoir: «Sabr qiling ikkinchi misra`in eshiting debdi: «Toki uning o`qi  — novakining chiqib ketish yo`li bekilsin». Shoh shunda lol qolib, shoirga: «Nimaki tilaging bo`lsa aytgil, bosh ustiga bajaraman» —debdi. Shoir «Do`stga do`stdan yaxshi narsa yo`q» — deb javob beribdi. Shoh yana fikrini qaytarganda, shoir: «Bog`larimdan olinayotgan xirojdan ozod qilsangiz», — debdi. Shoh bajaribdi. Muhammad Qazviniy Darvesh Dehakiyning yana 8 baytini keltiradi.
           23.    Tarj.:  Devordagi  suvratga  o`xshab  jonsiz  bo`lib qolganman; Orqamni devorga qilib, yuzimni senga o`girib, hayronlikda qolganman.    
           24.    Tarj.: Tikan yulqilab yuruvchi Laylining tuyasidan boshqa, Majnunning  yo`lovchiligidan  kimning  tashvishi   bor.
           25.    Qozi  Iso  —  Muhammad    Qazviniy  Navoiy  so`zlariga   ilova qilib, «Qozi Iso Sulton Ya`qubxonni hamisha adolatga undar edi. Adolat bilan ko`pchilikning qalbida hurmat imoratini qurgan edi», deb yozadi va Sulton Ya`qubning hamshirasini (sutdosh singlisini) yaxshi ko`rib qolgani, Sulton ularning qovushishi yo`lida uringani, lekin turklarga xos johilligi ustun kelib, bu ishdan qaytganini ham bayon etadi. Shoir she`riyatidan yana 6 bayt keltiradi.
           26.    Tarj.: Har kim gulshan va gulzor gashti bilan mashg`ul, biz va g`unchadek dilimiz  o`z  giriftorlig`imiz  bilan  ovoramiz.
           27.    Shayx Najm — Muhammad    Qazviniy  Navoiy   bilan bu  shaxs orasida maktublar orqali munosabatlar bog`lanib turganini qayd qiladi va shoir she`riyatidan yana 8 bayt keltiradi.
           28.    Tarj.:  Bir qonxo`r ko`z  sho`xlik bilan yuragim qonini ichadi, ul fitna qo`zg`atuvchi jon ofati va  sitamkor ekan.
           29.    Xoja Afzal — Xondamirning  «Dastur  ul-vuzaro»   (Vazirlar dasturi) asarida bu shoir va davlat arbobining nomi Xoja Afzaliddin Muhammad Kirmoniy tarzida, «Kirmon shoirlari tazkirasi» nomli kitobda (tuzuvchi Eron olimi Husayn Bexzodiy) esa Xoja Afzaliddin Mahmud ben Xoja Ziyoviddin Muhammad deb beriladi. Fazlu kamolotda, davlat devoni ishlarini tartibga solishda benazir bo`lgan Xoja Afzal 878 (1473) yilda vazirlik lavozimini egallaydi. 1487 yilda Husayn Boyqaro Marvda qishlab qolgan paytida Majdiddin Muhammad Xoja Afzal payiga tushadi. U esa Astrobodga Navoiy huzuriga panoh istab keladi. Navoiy maslahati bilan Xoja Afzal Iroq va Ozarbayjonga Sulton Ya`qubbek qoshiga jo`naydi. 893 (1488) yilda Xoja Afzal haj safariga boradi. 903    (1497—98) yilda esa Hirotga qaytadi va Navoiy qo`llab-quvvatlashi bilan yana vazir, keyinchalik devon boshi qilib tayinlanadi. Xondamir yozishicha, Xoja Afzal mansabdorlik vaqtida madrasa va xonaqoh qurdirgan zkan. U 906 (1501) yil rajab (fevralü) oyida vafot etgan. Hirot Gozurgohida Xoja Abdulloh Ansoriy yoniga dafn qilingan.
           30.    Tarj.: Har bir alanga dunyo ekinzorida urug` bog`laguncha ko`ngil o`ti jon xirmonini yelga sovuradi.
           31. Tarj.: Hech vaqt ko`nglim qora xol xayolisiz yashamadi; bu devona dil hech qachon bir qora xoldan xoli bo`lmadi.
           32. Tarj.: Ey  jahonni  barpo qilgan,  yo`qlik   [dunyosida]  vujud uchun javob beruvchi [ham] o`zingsan.
           33. Mavlono Shahidiy — «Majolis» tarjimoni Muhammad Qazviniy ilova qilib, Iroqdan Xurosonga kelganida Shahidiy Abdurahmon Jomiy suhbatiga musharraf bo`lganini va o`zi bilan ko`p suhbatlarda bo`lganini yozadi. Shahidiy 1 yilcha  Qazvinda yashagan va Gilon Sultoni Mirzo Ali bu shahrga kelganda shoirga ancha tillo pul in`om qilgan ekan. U esa tillolarni uyning burchagiga to`kib qo`ygan va yoronlaridan  kimda zarurat bo`lsa, olib sarf qilavergan ekan. Shoirda mol-dunyo hirsi bo`lmagani sababli uni devona der ekanlar. Shahidiy bir necha muddat Ya`qubbek musohibi bo`lgan, keyin Hindustonga ketgan. Hozir, deydi Muhammad Qazviniy Gujarotdadir.
           Bu shoirdan so`ng tarjimon Gulxaniy degan Shahidiyning jiyani (xoharzodasi) haqida ma`lumot va 5 ta baytini keltiradi. Nihoyatda abdol-devona va urushqoq bo`lgan bu odamga Navoiy salbiy munosabatda bo`lgan, hatto Hirotdan chiqarib yuborishga ham harakat qilgan ekan.
           34.    Tarj.:  Ey  ishq, kel, bizning qiynalib   ketgan   dilimizga  o`t qo`y. O`z nuring bilan bizning o`chiq chirog`imizni yorit.
           35.    Tarj.: Ey jonon, men firoqing dastidan bir o`lik[dek]men. Ezib tashlagan anorga o`xshab tanamda qon qolmagan. Muhammad Qazviniy bu matladan so`ng shoirning yana uchta baytini keltiradi.
           36.    Mavlono Xolidiy — «Majolis» tarjimoni Faxriy  Hirotiy bu shoir «Faqir odam erdi va qalandar suvratida kezib yurardi», deb qo`shadi va yana bir  baytini keltiradi.
           37. Tarj.: Meni o`ldirgan chog`ingda chang  [bosgan] tanamdan cho`chima, agar xanjaringga gard yuqsa mening gardanimgadir.
           38.    Mavlono Yoriy —Faxriy Hirotiyning qo`shimcha ma`lumotiga ko`ra, Navoiy bu shoirga ko`p shafqatlar ko`rsatgan ekan. Lekin u podshoh va amirlarning muhrlariga taqlid qilib, muhrlar yasab, yaramas xayollar bilan nishon, farmonlar yozishdek g`ayriqonuniy ishlarga  qo`l  urgan  ekan.
           39.    Tarj.: Ko`z yoshlardan dil noyob durrlarga to`ldi, kelgil, Qorun xazinasi sen uchun nisordir.
           40.    Tarj.: Ey jonon, hammaga ozor berish va adovat qilish payida bo`lma, chunki bu xarob  [bo`lgan]  olam shularning hech biriga arzimaydi.
           41.    Mavlono  Ahliy — Muhammad  Ahliy  Sheroziy     (tug`.1455 vaf. 1435—36, Sheroz) shoir. “Sham` va parvona”, “Sehriyi halal” nomli dostonlar yaratgan. Yosh hind ayolining eri vafotidan keyin o`zini gulxanga tashlagani hikoya qilingan har ikkala doston ham she`riy san`atlarni ishlatish jihatidan g`oyat murakkabdir. Salmon Sovajiyning «Qasidai masnu`»si yo`lida Navoiyga, Ya`qubbekka, uning ukasi Yusufbekka hamda Ismoil Safaviyga bag`ishlagan qasidalari ham nihoyatda murakkab uslubda bitilgan. Ye.E.Bertelüs Ahliy Sheroziyning ham chapdan o`ngga, ham yuqoridan pastga qarab o`qish mumkin bo`lgan bir ruboiysini keltiradi. Mana shunday mazmundan ko`ra san`atlar istifodasiga o`ta berishlik o`sha davr adabiy jarayoniga xos bo`lgan.
           42.    Tarj.: Men va Majnun ikki asirmiz, g`am va shodligimiz bizniki. Har kimki, bu odatni bilmasa, bizning vodiydan emas.
           43.    Tarj.:  Saodating  ortg`ay,  davlating ziyoda  bo`lg`ay.  Bu davlat va saodat bilan ming yillar yashagaysen.
           44.    Mavlono Mu`in — bu shoirdan so`ng Muhammad Qazviniy yana 40 nafar Sulton Ya`qub davridagi adabiy muhitga aloqador shoirlarni kiritadi.
           45.    Tarj.:—Shayxlik kiyimlari  mayga garov bo`ldi,  shodmiz, chunki oxirda mayxona ko`chasi boshida to`n yechdik.
           46.    Tarj.:  Labiga til olib borib,  jonimga  alanga urdi; yashirin o`timdan shu`la zohir qildi.
           47.    «Dor  ush-shifo»   (Shifo saroyi)  Hirotda  Navoiy qurdirgai muolaja  markazi,  tibbiyot madrasasi ham  deydilar.
           48.    Tarj.: Ko`kragimga xanjar urgilu tandin boshni uloqtir, bu qorong`u uyning   (ya`ni,  siynaning) eshigini  va tuynugini ham och.
           49.    Tarj.: Ul oyning o`qlaridan  pora-pora  bo`lmaguncha,    jahon bog`ida lola va g`unchadek ko`nglim ochilmadi.

ETTINCHI MAJLIS

           1. Temur Ko`ragon—Amir Temur, Temurlang (tug`. 1336, Shahrisabz —vaf. 1405, O`tror) yirik arbob, sarkarda. Otasi Tarag`oy barlos qabilasi zodagonlaridan. Temur temuriylar sulolasiga asos solgan va 1370—1507 yillar mobaynida barpo bo`lgan temuriylarning markazlashgan davlati Movarounnahr va Xurosondan tashqari Eron, Iroq, Ozarbayjon va Hindustonning shimoliy  qismini  o`z ichiga  olgan edi.
           Navoiy Temur shaxsiyati, faoliyatiga yuksak baho bergan. Bu majlisni shoir Temur nomi bilan ochat ekan, so`zni joyi kelganda nazm va nasrdan biror narsa o`qib, adabiyot sohasidan boxabar ekanligini namoyish eta bilganligidan boshlaydi.
           2. Mironshoh — Jaloliddin  Amiranshoh (1368—1408). Amir Temurning uchinchi o`g`li. Eron, Eron Ozarboyjoni va Iroq hukmdori. Ozarboyjon hukmdori Qora Yusuf bilan to`qnashuvda halok bo`lgan. Uning na`shi Tabriz yaqiniga dafn qilingan joydan Shahrisabzga keltirilgan va keyin Go`ri Amirga ko`chirilgan.
           3. Tarj.: Qalandar qo`rquvdan Qur`onga chang soldi.
           4. Shohrux  Mirzo — qarang:   ushbu  kitob,   218-bet,   24-izoh.
           5. Tarj.: Sen yerning ishini yaxshi bajarib,  [endi] osmon  [ishiga] kirishding.
           6. Halil Sulton — qarang: ushbu kitob, 220-bet, 41-izoh.
           7. Ulug`bek  Mirzo — qarang:  ushbu  kitob, 224-bet,  63-izoh.
           8.    Tarj.: Go`zallik mulki qanchalik qo`l ostingda bo`lsada, sho`xlik qilmagilki,  yomonlarning ko`zi seni  kuzatmoqdalar.   
           9.    Boysung`ur Mirzo — qarang: ushbu kitob, 247-bet, 28-izoh.
           10.    Tarj.: Ul ikki go`zal yuzni ko`rmaganimga ikki oy bo`ldi, biroq mehri jonimizdadir.
           11.    Tarj.: Boysung`ur  uning  yuziga  qul  bo`ldn. Go`zal yuz(li)larning quli — podshohdir.
           12.    «Lama`ot» —arabcha: shu`lalar demakdir (birligi lam`a —yolqin, shu`la, ravshanlik), Faxriddin Iroqiy (vaf. 688 y.) asari.
           13.    «Gulshani roz»—Sir gulshani, demakdir. Mahmud Shabustariyning nazmda yozilgan tasavvufga oid asari. (vaf. 1320—216.).
           14.    Tarj.:  May  bilan qadahni birlashtirganing uchun, aniq   bilgilkn, qo`li baland rindsan. Qadah — shariatdir, may— haqiqatdir. Qadahni sindirganingdan ayonki, badmastdirsan.
           15. Abdullatif Mirzo  — qarang: ushbu kitob, 223-bet, 60-izoh.
           16. Tarj.: Ko`z bir qarash bilan dil va jonga yuz balo keltirdi. Buning shukrini nechuk qilay? Yorab, ul ko`z dard ko`rmagay!
           17.    Jahonshoh Mirzo Tabriz podshohi Jahonshoh Boroniy qoraqo`ylik bo`lsa kerak. Bobur ma`lumotlariga ko`ra, Jahonshohning  o`g`li   Muhammad Mirzo Sulton Mahmud (Abusaid Mirzoning uchinchi o`g`li, Sulton Ahmad Mirzo bilan tug`ishgan) Mirzoning qizi Poshabegimni  olgan edi, demak Jahonshoh Mirzo va Sulton Mahmud Mirzolar quda bo`lganlar.
           18.    Tarj.: Toatda behad tirishqoqlik va ishlarda minnatsiz do`stning lutfi tufayli dil haqiqiy  murod hosil qildi.
           19.    Ya`qub Mirzo —  Iroq va Ozarbayjon  hukmroni: Navoiy bilan yaqin do`stona munosabatda bo`lgan. Jomiy ham bu hukmdorga darin husni rag`bat bilai qaragan va “Salomon va Absol” dostonini unga bag`ishlagan. Ya`qub Sulton boshchilik qilgan adabiy-madaniy muhitda ko`plab shoir va yozuvchilar faoliyatda bo`lganlar. Birgina «Majolis un-nafois»ning forsiy tarjimasida Faxriy Hirotiy shu muhitga mansub 40 ta shoir haqida ma`lumot beradi.   Navoiy   e`tiroficha, Ya`qub Mirzo yaxshigina shoir, she`riyat bilimdoni va uni qadrlovchi shaxs bo`lgan.
           20. Tarj.: Olamki, unda sabotni kam ko`raman. Har bir xursandchiligida ming g`am ko`raman, chunki u xuddi ko`hna rabotga o`xshaydi, uning har tarafidan yo`qlik biyoboniga bir yo`l ko`raman.
           21. Sulton Ahmad Mirzo (tug`. 855/1451—vaf. 899/1493—94) —Abusaid Mirzoning to`ng`ich o`g`li. Uning xotini Mehr Nigorxonim Bobur Mirzoning onasi Qutluq Nigorxonimning egachisi edi. Bobur yozadi: «Sulton Ahmad Mirzo kamsuxan va faqir va odmi kishi erdi. Har so`z-un va ish-kuch beklarsiz qaror topmas erdi... baland bo`yluq, qunqor (qo`ng`ir) soqolliq, qnzil yuzluq... hanafiy mazhablik, pokiza e`tiqod kishi erdi, besh vaqt namozini betark o`tar erdi... Hazrati Xoja Ubaydullo (Xoja Ahror)ga irodati bor edi».
           22.    Tarj.: Agar oy (yuzligim) bundan keyin (ham) pinhon qoladigan bo`lsa, bedillarning omon  qolishi  ajablanarlidir.
           23.    Tarj.: Na go`zalki, husnning jilosi jahonga yoyildi uning bu jilvasi tufayli bizning jonimiz shaydo bo`ldi.
           24. Kichik Mirzo —  qarang: shu kitob, 286-bet, 67-izoh.
           25. Tarj.:  O`zimni  umr bo`yi  yaxshilik  bilan  maqtardim, o`zimni taqvodorlik yo`liga solardim; Ishq kelgach, na taqvodorlik qoldi va na  yaxshilik. Xudoga  shukrki, o`zimni sinadim;
           26. «...bu ruboiy xazrat Maxdumiy Nuran bila Tavorud voqe` bo`lubtur». Tavorud — adabiyotda misra` yo baytni bir-biridan xabarsiz ikki shoir tomonidan yaratilib qolish hodisasini anglatadi. Kichik Mirzoning bu ruboiysi Jomiy she`ri bilan tavorud voqe` bo`lganini Navoiy ko`rsatib o`tadi.
           27. Sulton Badiuzzamon Mirzo — qarang: shu kitob,  253-bet, 112 izoh.
           28. Tarj.: Ey oy [yuzli go`zalim], gul yuzingsiz yuragim loladek qon bog`ladi. Jigar ham hajring g`amidin pora-pora bo`ldi,
           29..Shoh G`arib Mirzo—Husayn Boyqaroning o`g`li. Bobur yozadi:  «...bukri edi. Agarchi hay`ati yomon edi, tab`i xo`b edi. Agarchi badani notavon edi, kalomi marg`ub edi. «G`aribiy» taxallus qilur edi, devon ham tartib qilib edi, turkiy va forsiy she`r aytur edi». Husayn Boyqaro Hirotdan biror yoqqa otlansa, hukmronlikni Shoh G`arib Mirzoga qoldirar ekan. Navoiy «Farhod va Shirin» oxirida Shoh G`arib Mnrzoga alohida bob ajratadi. Unda shahzodaning yaxshi fazilatlarini, ilm-fan, ma`rifatga tashnaligini ta`riflaydi va mamlakat hamda xalq taqdiriga aloqador shaxs sifatida diniy bilimlarni (fiqh, hadis va tafsirni), hikmatni,  ayniqsa,  tarixni  o`rganishni  nasihat  qiladi.
           Faxriy Hirotiy yozishicha, hirotlik bir shoir «G`aribiy» taxallusini olganda Husayn Boyqaro o`g`lining xotiri uchun uning taxallusini «Majlisiy»ga o`zgartirgan ekan.
           Navoiy Shoh G`arib Mirzo vafotiga har bandi 6 baytdan iborat 5 bandli (60 misra`) tarkibband marsiya yozgan. Unda marhumning kamtar va shirinso`z inson, adolatli va lutf marhamatli shahzoda, zakovatli shoir bo`lgani qayd etiladi. Bu marsiya birinchn marta 1971 yilda (Adabiy meros, 2) H.Sulaymonov tomonidan nashr etildi.
           30. Tarj.: Do`stlar, goho mozorim tomon kelib turing; Menga fotixa o`qish o`rniga yorimning duoi jonini qiling.
           31. Faridun Husayn Mirzo — Husayn  Boyqaroning o`g`li.  Bu shahzoda haqida Bobur yozadi: «Yoyni yaxshi tortib, o`qni yaxshn otar edi. Kamon guruhasin derlarkim, qirq botmon ekandur. O`zi xili mardona edi, vale feruzjang emas edi. Har yerdakim, urushti, mag`lub bo`ldi». Faridun Husayn Mirzo Shayboniyxong`a qarshi  janglardan birida halok bo`lgan.
           32. Tarj.: Garchi sening ko`zingda meni jafo ezib yuborgan esa-da azbaroi xudo vafo yo`lidan bir qilcha chetga chiqqanim yo`q.
           33. Muhammad  Husayn Mirzo — Husayn   Boyqaroning   o`g`li. Faridun Husayn Mirzo bilan bir tug`ishgan. Onalari o`zbeklardan Minglibiy og`acha edi. Boburga qarshi fitnalarda, janglarda qatnashgan. Lekin Bobur qo`liga tushganda, qonidan kechib, ozod qilib yuboradi. Keyin u Shayboniyxondan panoh topib, Bobur haqida g`iybatlar qilib yurganini Bobur taassuf bilan yozadi. Oz fursat o`tmay Shayboniyxon Muhammad Xusayn Mirzoni qatl qildiradi.
           34. Tarj.: Ov ketidan yurib, changga botding; haroratli dil ketiga tushib, terga g`arq bo`lding.
           35.    Boysing`ur  Mirzo     (1477—1499)—Abusaid Mirzoning o`g`li Sulton Mahmudning ikkinchi o`g`ln, onasi Poshabegim. Otasi davrida Buxoroda hukmron bo`lgan va Samarqand taxtida o`tirgan. Og`a-inilari bilan chiqisha olmay Xusravshoh huzuriga kelgan va tez orada qatl etilgan.
           36.    Tarj.:  Koshki edi sanamlar ishkida biror kim devona bo`lsa Olamni tark etib, vayronada bo`lsa biror kishi.
           37.    Sulton Mas`ud Mirzo — Abusaid Mirzoning nabirasi,  Sulton Mahmud Mirzoning to`ng`ich o`g`li, onasi Xonzodabegim. Otasi davrida Hisorda hukmronlik qilgan. Feodal yurishlari o`zaro nizolar oqibatida Xusravshoh Sulton Masüud Mirzoning ko`zlariga mil tortib, ko`r qilgan, bu voqeadan so`ng Xusayn Boyqaro unga qizi Begim Sultonni bergan edi. Sulton Mas`ud Mirzoni Shayboniyxon qatl ettirgan.
           38.    Sulton Ali Mirzo — Sulton Mahmud Mirzoning kichik o`g`li, onasi Zuxrabegim. Og`asi Boysung`ur Mirzodan keyin 1499 yil o`rtalarida Samarqand taxtiga o`tirgan. Shayboniyxon 1500 yilda Samarqandni egallagach, Sulton Ali Mirzoni uning buyrug`iga binoan  qatl etganlar.
           39.    Jamshid — Eronning  afsonaviy  shohi. U  qurol-aslaha,  ipak  va ranglar ixtiro` qilgan, ulkan va hashamdor binolar qurdirgan ekan. Navoiy  «Tarixi mulki Ajam»da  yozishicha, Jamshid pichoq va qalqon yasagan, hammom qurdirgan. Nihoyatda ulug` «Chihil minor» deb atalgan bino solib, kun va tun teng kelgan kunda o`sha binoda taxtda o`tirib, barchaga adolat qilgani uchun shu kunning otini Navro`z qo`ygan ekanlar. Bu yerda Jamshid deganda Navoiy Husayn Boyqaroni va boshqa temuriy shoh, shahzodalarni nazarda tutmoqda.
           40. Faridun— qadimgi Eron shohlaridan. Ba`zi manbalarda u Jamshidning nabirasi, ba`zilarida esa uning birodari Taxmuras avlodidan deb qayd qilinadi. Faridun zolim va odamxo`r, Jamshidning qotili Zahhokka qarshi temirchi Kova (Kovai ohangar) isyoniga qo`shilib, uni mahv etadi.
           Navoiy «Tarixi mulki Ajam»da Faridunni «yaxshi axloqli olim va odil podshoh erdi» deb ta`riflaydi. Bu yerda ham Faridun fazilatlari shu majlisda nomlari zikr etilgan temuriy hukmron va shahzodalarda bo`lgan va ularning ba`zilariga falak Jamshid va Faridun kabi taqdirning ajal jomini ichirdi, deydi Navoiy.

SAKKIZINCHI MAJLIS

           1. Rustam — Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sidagi qahramon, Eron folükloridagi mashhur obraz. O`rta va yaqin Sharq xalqlarida ham shuhrat qozongan. Rustam xalqparvar, Vatanni sevuvchi, mardlik va shijoatda bemisl pahlavondir. Uning nomi keyinchalik qahramonlik ramziga aylanib ketgan.
           Rustamning dunyoga kelishi va unga ism qo`yilishi haqida Firdavsiy shunday hikoya qiladi: Zolning xotini Rudoba homilani g`oyat og`ir ko`taradi. Oy-kuni yaqinlashganda dard boshlanishi bilan hushidan ketadi. Sarosimaga tushgai Zol afsonaviy qush Simurg` yordami bilan jarroh topib keladi. Jarroh onaning yonini kesib, bolani oladi. Hushiga kelgan Rudoba yonida g`oyat bo`lalik bolani ko`rib, xursan holda «Rustam!» deydi. Forsiyda bu so`z azobu darddak xalos bo`ldim, degan ma`noni anglatadi. Onaning og`zidan chiqqan ana shu birinchi so`zni o`g`ilga ism qilib qo`yadilar.
           Navoiy bu yerda Husayn Boyqaroning muruvvatliligi va bahodirligini Rustamga qiyos qiladi.
           2. Hotam — Abusafona Hotam ibni Abdulloh ibni  Sa`di Toyi. Taxminan VI asr oxirlari VII asr avvallarida yashagan arab shoiri. Xalq orasida Xotamtoy nomi bilan mashhur. Uning bizgacha yetib kelgan bir qancha she`rlarini to`plab, arab adibi va xattot Rizqulloh Hassun 1872 yilda Londonda nashr etdirgan. Hotam haqida Sharqda juda ko`p afsonalar va rivoyatlar, qissa va dostonlar mavjud. Xotam nomi Saxovat ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroni ham shoirlikda, ham saxovatda Hotamga o`xshatadi.
           3. «Nasabnoma»  — Husayn  Boyqaroning  shajarasi,  tarjimai holi haqidagi asar.  Navoiy  asar  muallifining nomini  keltirmaydi.
           4. Iso — payg`ambarlardan biri. Laqabi Masih. Diniy afsonalarda Iso o`z nafasi bilan o`lganlarni tiriltirish, ularga jon bag`ishlash qobiliyatiga ega bo`lgan, deyiladi. Bu yerda shoir yor labi qarshisida obi hayot xijolatda ekanligi, nafasi Iso nafasidek jon bag`ishlovchi demoqchi bo`ladi.
           5. Masiho — qarang: Iso, yuqoridagi izoh.
           6. She`riy san`atda «tarjeh»  bir narsani yoxud biror obrazni boshqa narsa yo obrazdan baland qo`yib ta`riflashni anglatadi. Bu baytda shoir o`z sevgilisi ko`zlarini nargis gulidan, og`zini g`unchadan afzal deb ta`riflaydi.
           7.    Nu`mon — arablardagi  Toif shahri  yaqinidagi daryoning nomi. Aftidan, shu yerlarda ungan lolaning rangi va undagi dog` ta`rifga loyiq bo`lsa kerak.
           8.    «Tajohil ul-orif»  she`riy san`at bo`lib, lug`aviy ma`nosi bilib bilmaslikka olishlikni anglatadi. She`riyatda shoir iztirobli, hayajonli lahzalarda o`zi o`ziga savol berib, javobda fikrlarini yanada teranlashtiradi, adoni ta`sirliroq qiladi. Bu baytda shoir yorning tabassumini g`unchaning ochilishi emas, loladagi dog` emas uni mening ko`nglim qonatdi der ekan, ana shu san`atning bir ko`rinishini namoyon
etadi.    
           9.    Bu  baytda Husayn Boyqaro she`r san`atidagi   «talmeh»   (lug`. ma`nosi: yashin chaqnashi, ko`z qirini bir narsaga daf`atan qaratish demakdir)ni ishlatgan. Bu san`atda tarixiy shaxslar, voqia, qissa, afsonalarga va ulardagi personajlarga ishora qilmoqni anglatadi. Baytdagi Farhod va Majnunlar ana shunday qahramonlardandir.
           10. Yaqiniy — qarang: ushbu kitob, 240-bet, 124-izoh.   
           11. Bu baytda ham «talmeh» san`ati ishlatilgai. Vomiq — «Vomiq va Azro» nomida 20 dan ziyod dostonlar mavjud. Asli yunonga borib taqaluvchi bu turkum dostonlardan ilk namunalar VI asrlarda uchraydi XI asrda fors shoiri Unsuriy «Vomiq va Azro» nomli doston yaratgan. (Vomiqning ma`nosi do`stlashuvchi, do`sti borni anglatadi, Azro esa bokira ma`shuqa deganidir). Keyinchalik ko`p shoirlar shu nomda doston yaratganlar. Bu dostonlarning mazmunida farqlar oz bo`lib, faqat birida Vomiq Yaman shohining o`g`li, Azro Hijoz hokimining qizi, boshqasida esa turli mamlakatlar hukmronlarining farzandlari sifatida qalamga olinadi.
           12.    «Bu she`rning qofiyasidan so`ngra «atv vovin» kalimaning asl harfi o`rnig`a tutulib, g`arib ixtiro` qilibdur» — «atv vovi» «va» bog`lovchisini anglatadi. Baytda shoir «ey jafo tig`i, kel va majruh ko`ksumni yor» deyish o`rniga «va»ni yor so`zidagi asosiy harflarga tutash yozgan. Navoiy buni ajoyib ixtiro` deb baholaydi. Navoiyning “Favoyid ul-kibar” devonida xuddi shunday san`at ishlatilgan g`azal bor bo`lib, matlai shunday:
Ey sabo, ovvora ko`nglum istayu har yon boru,
Vodiyu tog`u biyobonlarni bir-bir axtaru.
           13. «Majolis» so`ngidagi bu «Xilvat» deb berilmish ikki lavha: Husayn Boyqaro huzurida o`tadigan adabiy anjumanlar (Navoiy «Oliy majlis» deydi) haqida, ularda yangi she`rlar, badiiyat masalalari muhokama qilinishi haqida tasavvur yaratib beradi. Birinchi lavhada Navoiy Xusrav Dehlaviyning hindcha she`rlaridagi bir ma`no yomg`ir rishtasining nozik yorga madad bo`lganligi haqidagi Lutfiydan eshitgan hikoyat va unga e`tiroz bildirgan Husayn Boyqaromana bu bayt esa e`tiroz uyg`otmaydi, deb bir baytni keltiradi. Bu bayt Husayn Boyqaro devonidan topilmadi. Uning Navoiy ilk devonidagi bir g`azal tarkibida mavjudligiga bizning e`tiborimizni prof. H.Ne`matov tortdi. Faqat «Majolis»da «devorg`a» so`zi devonda «devorda» tarzida yozilgan.
           Ikkinchi lavhada esa hisorlik yosh shoir Qabuliy g`azali bilan bog`liq bo`lib, shoir she`rida chiqmay qolgan bir baytni Navoiy yozib bergani va Husayn Boyqaro bu xolni darhol payqagani haqida so`z boradi. Bu lavha Husayn Boyqaro Navoiy she`riy uslubini naqadar puxta bilganligi, shuningdek, yosh iste`dodlarga marhamatli bo`lganligidan dalolat beradi.