Òîï ðåéòèíã www.uz
MAJOLIS UN-NAFOIS
 
BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM

Yuz hamd angakim yasab jahon bo`stoni,
Aylab yuzu zulfidin gulu rayhoni.
Qildi yasag`och bu bog`i ruhafzoni
Nazm ahlin aning bulbuli hush ilhoni.

Va durudi  noma`dud ul xulosai  ma`dum va mavjudg`akim1:

To taxti fasohat avjida topti nishast,
Ham nazmki etti zumrai tab`parast,
Ham nozimining poyasiga berdi shikast,
Ham nazmini qildi qaro tufroqqa past.

                 Xurdabinlar xizmatida va xiradoyinlar hazratida ma`ruz ulkim, nazm kalomi rutbasi rif`atig`a ushbu dalil basdurkim, aning muqobilasidakim, arab fusahosi balog`at zevarlari bila namoyishliq va fasohat gavharlari bila oroyishliq nazm ra`nolarig`a jilva berurlar erdi va da`vo ko`si ovozasii falakka yetkururlar erdi. Hazrati maliki allomning2 kalomi mu`jiz nizomi3 Jabraili4 hujasta farjom vositasi bila xayr-ul-anom alayhissalavotu vassallamg`a5 nozil bo`ldi. Bas nazm ilmi qoyillari va she`r fani komillarikim, daqoyiq durri pokining bahri ummoni va maoniy la`li otashnokining koni bo`la olg`anlar, bas sharif xayl va aziz qavm bo`lg`aylar, bu jihatdindurkim, alarning nomin otlari va kiromiy sifotlari zamon sahoyifidin va davron safoyihidin mahv bo`lmasun deb tasnif ahli ta`liflarida va ta`lif xayli tasniflarida fusuli orosta va abvobi piyrosta qilibdurlar va o`z kitobatlarig`a bu jamoat zikridin zeb beribdurlar. Ul   jumladin biri hazrati mahdumi, shayx ul-islomi mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy6 (madda zilli va irshodahu)7 dur.

Ulkim bu to`quz falakni aql etsa xayol,
Daryoi ulumig`a topar qatra misol,
To chashmai tab`i dahr aro ochti zulol,
Hayvon suyi yanglig` ayladi molomol.

                 Mundoq buzurgvor oliy miqdor «Bahoriston»8 otlig` kitobidakim, sekkiz ravza ochibdur va sekkiz ravzai jannat alar xijolatndin el ko`zidin ixtifo pardasig`a qochibdur va oni Sultoni Sohibqiron9 oti zevari bila muzayyal va alqobi gavhari bila mukallal qilibdur, bir ravzasini bu mavzun navoliq balobil va matbu` sadolig` anodil gul bongidin rashki nigorxonai Chin10 va g`ayrati firdavsi barin qilibdur va Amir Davlatshohkim11, Xuroson mulkining asil mirzodalari orasida fazl va donish zevari bila bahramand, faqr va qanoat toji bila sarbalanddur, ham Sultonn Sohibqiron otig`a «Tazkirat ush-shuaro»12 otlig` kitob bitibdur, voqean base zahmat tortibdur va bu toifani yaxshi jam` qilibdur. Bu bobda yana dag`i rasoil va kutub bor. Ammo barchasidan burun o`tgan shuaro va erta kechgan fusohoning oti mazkur va sifoti masturdur va bu xujasta zamon va farxunda davron shuaro va xushta`blarikim, Sulton Sohibqiron yumni davlatidin va natijai tarbiyatidnn she`rning ko`prak uslubida, bataxsis g`azal tavrida barchadin dilosoroq va nishot afzoroqdur, tarkibi salosat va latofatin burung`ilarga yetkuradurlar va ma`ni nazokat va g`arobatin ulcha sharti bor, bajo kelturadurlar, otlari ul jamoat zumrasida bo`lmoqdin mahrum va so`zlari ul tartib va qoidada noma`lum uchun shikasta xotirg`a va sinuq kungulg`a andoq keldikim, bir necha varaq bitilgay va bu asr shuarosi bila bu davr zurofasi otin anda sabt etilgay, to bu niyozmandlar ham burung`i shuaro akobiri zaylida mazkur bo`lg`aylar va bu payravlar ham ul rahbarlar xaylig`a qo`shulg`aylar. Bu jihatdin Sulton Sohibqironning humoyun valodatlari13 zamonidin ro`zafzun davlatlari davronig`achakim, qiyomatg`acha barqaror va olam inqirozig`acha poydor bo`lg`ay, ulcha faqir eshitibmen, ammo xizmatlarig`a yetmaymen va ulcha xizmatlarig`a yetibmen, ammo holo bu fano dor ul-g`ururidin baqo dor us-sururig`a intiqol qilibdurlar14 va ulcha holo bu farrux zamonda namoyandadurlar15 va ul hazrat zoti malakiy sifotig`a madh saroyandadurlar, jam` qi-lilg`ay va har qaysining natoyiji tab`idin biror nima nishona no`sunluq yozilg`ay. Chun bu maqsudg`a yetildi, oni sekkiz qism etildi va har qismi nafis bir majlisg`a mavsum bo`ldi va majmu`ig`a «Majolis un-nafois»16 ot qo`yuldi.

Bu tuhfaki, xushmen ibtidosi birla,
Ham nazm latoyifi adosi birla,
Ummid bukim, umr vafosi birla,
Xatm aylagamen shoh duosi birla.