OLTINCHI MAJLIS
Xurosondin o`zga mamolik fuzalo va zurafosi zikridakim, bu asrda holo bordurlar va har qaysi o`z xo`rdi holig`a ko`ra shiringuftor "va sohibdevon va ash`ordurlar
Xurosondin o`zga mamolik fuzalo va zurafosi zikridakim, bu asrda holo bordurlar va har qaysi o`z xo`rdi holig`a ko`ra shiringuftor "va sohibdevon va ash`ordurlar
Ul jumladin Samarqand ahlig`a shuru` qilali:
A h m a d H o j i b ye k1 — Sulton Malik Koshg`ariyningkim, zamonining bebadallaridin erdi, o`g`lidur. «Vafoiy» taxallus qilur. Surati xush va siyrati dilkash, axloqi hamida va atvori pisandida yigitdur. Xurosonda tarbiyat topti. Hirot dor us-saltanatida o`n yilg`a yaqin hukumat qildi. Samarqand mahfuzasida ham muddate hokim erdi. Va bir qarn bo`la bordikim, istiqlol bila amorat va istiqror bila podshohg`a nayobat qiladurkim, hech kishi andin bir nomuloyim nimakim, mujibi e`tiroz bo`la olg`ay, naql qilmaydur. Bovujudi bu Bekning sipohiylikda jalodat va bahodurlug`in har kishikim tanir, musallam tutar. Va tab`i bag`oyat xub voqe` bo`lubtur va nazmg`a ko`p iltifot qilur. Bu matla` aningdurkim:
Girifti joni man az tan ba zulfi purshikan, basti,
Kushodi parda az ruxsori xeshu chashmi man basti2.
Kushodi parda az ruxsori xeshu chashmi man basti2.
X o j a X u r d — Samarqand taxtining yakqalama qozisi va «Ulug`bek Mirzo» madrasasining mudarrisidur. Bovujudi fazlu kamolu aql va donish hulyasi bila orastadur va bovujudi zuhdi taqvo, husni axloq zevari bila piyrostadur. Muncha mashog`il va avoriz bila chun lutfi tab`i g`olibdur, nazm va insho va tarix va muammo fununida ham ishtig`ol ko`rguzur va
A b u l b a r a k a — harnekim, Xoja Xurd qozi vasfida aytilibdur, aning moddasida tamom bar aks voqe`dur. Chun Xuroson va Samarqandda ani andoqkim bor, bilmas kishi yo`qtur. Koboha holatini mazkur qilmoqda ko`p behijobliq kerak va ul sharh bir naql bilakim, aning bobida bir soxib davlatning muborak og`zidin chiqibdur, iktifo qililur. Aning sharhi bukim. Abulbaraka Shahrisabzda qozi erdi, podshoh hazratida aninng zulmidin dodxoh ko`p kelgan jihatdin ma`zul bo`ldi va Xurosong`a keldi. Munda dag`i g`arib shahkorlar tashladikim, g`arobatining tuli bor. Munda ham tura olmay, yana Samarqandg`a bordi. Anda dag`i arkoni davlatdin ba`zini munga kelturgandurkim, yana ul yerda qozi yo`q ekandur. Aning havodorlari ul mansab egasizdur, munosib kishi topibbiz deb, bir libos bila podshoh arzig`a yetkurgandurlar. Yana ba`zi navvob ul badmaosh kishidur, deb ul so`zni rad qilg`ondurlar. Podshoh degandurkim, har necha badmaosh va badbaxt bo`lsa, ul burunqi qozidin yaxshiroq bo`lg`usidur.
Aning nazmidin xotirda yo`q erdi, ammo bu baytni zurafo aning uchun debturlar:
X o j a X o v a n d — Xoja Fazlulloh Abullaysin (rahmahum olloh)ning o`g`lidur. Donishmand va xushtab` yigitdur. Tab`i ham nazm sori, ham hazl sori moyil bor. Eshitgandurkim, Abulbaraka Hiriyga kelganda Darvesh Husayn bila aning orasida kudurate voqe` bo`lg`ondur. Abulbaraka Darvesh Husayng`a qattig` kelsun deb, buq`asiga mujibi ihonat bo`lsun deb, qarong`uda kelib Piri Sesadsola qabri boshida hadas qilibdurkim, o`zi ul mazor boshiga borg`oni hamul ma`ni-o`q erdi. Xoja Xovand bu ma`nida hazl yuzidin bu baytni aytibdur, bag`oyat munosib va yaxshi voqe`. bo`lubtur va bayt budurkim:
Amir Mahmud Barlos8 — bovujudi ulvi nasab va kasrati hasabdin darveshvash va foniy mashrab va betakalluf kishidur. Va Kirmon viloyatida hukumat qildi va muddatedurkim, podshoh eshigida: amorat devonida muhr bosadur.
Bu matla` aningdurkim:
D a r v ye sh Sh u h u d i y10 — Darvesh Sanid Boyazid parvonachining o`g`lidur. Kichik ekanda xeyli sho`xluq qilar erdi. Endi darveshliq va saloh suratig`a kiribtur va Mir Sarbarahna ayttikim, oncha kashf va karomat hosil qilibdurkim, agar birovning saqolin tutub aytsakim, yigirma ikki ming to`rt yuz sakson besh tuk-tur, sari mo`yi taxalluf qilmas. Majlis ahlidin birov dedikim, magar sizning mahosingiz tuki adadidin sizni voqif qilibdur, el kulushtilar. Mirga tafovut qilmadi.
Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M o` ` m i n i y — «Xalosiya» xonaqohida tahsil qilur. Oti Abdulmo``mindur, taxallusi bu munosabatdin voqe` bo`lubtur. Samarqanddindur. Tab`ida muloyimat bor. Bu matla` aningdurkim.
O r i f F a r k a t i y — Samarqand navohisining Farkat degan mavzuidundur. Ko`p vaqt Xurosonda, Hirot taxtida bo`lur erdi. Goh sabaq o`qur erdi va goh lavandliq qilur erdi. Va irfon izhorig`a mash`uf erdi. Iroq sori bordi va ahvochi ma`lum bo`lmadikim, ne bo`ldi. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o N o s i r i d d i n — Ahmad Hojibek mulozimidur. Otasi donishmand va muttaqi va valoyat shior kishi ermish. Ammo o`zi sipohiyliqqa havasnok va takallufotqa rog`ib kishidur. Doyim turkcha aytib qush solo otlang`an va tablboz bog`lab beliga bahli14 sanchqay va rangin otlarg`a minarg`a mayl qilg`ay. Bovujudi bu ishlar tab`in yaxshidur. Bu yaqinda andin bir bayt naql qildilar. Imkoni borkim, Samarqand sho`x va habislari anga bu baytni bog`lamish bo`lg`aylar. Ul bayt budurkim:
M a v l o n o B a q o i y — xorazmliqdur , Yaxshi tab`liq va yaxshi xulqluq yigitdur. Onasi rizosi uchun bovujudi odami istitoat va nomurodliq haj safarin ixtiyor qilib, onasini eltti. Hanuz ahvoli ne bo`lg`on, xabari kelmaydur. Umid ulkim, matlubi hosil bo`lub kelgay. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o X a y r i y ham xorazmliqdur. Devonavash, abtarsheva yigitdur. Doyim iflos va falokat bila o`tkarur. Ammo shoirlikda xeyli quvvati bor. Qasoyidi bor, g`azaliyoti ham yamon emas. Tab` ahli qoshida mat`undur mungakim, abyotining ma`nisin so`rsalar bilmas, bilsa ham ayta olmas. Ammo ul muni musallam tutmas. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o S o y i l i n — qarshiliqdur. Aningdek sari` ulqalam kotib o`z zamonida yo`qtur. Har kunda besh yuz bayt osonlik bila bitir Turkvash soda yigit ko`runur. Ammo ko`rungandek emas. Bu yaqinda devon dag`i tartibi huruf bila tuzatti. Bu matla` annngdurkim:
Na bar zaxmash dilam paykoni on abro` kamon dorad
Ki, bahri zaxmi digar obi hasrat dar dahon dorad18.
Ki, bahri zaxmi digar obi hasrat dar dahon dorad18.
M a v l o n o Sh a m s i y — badaxshonliqdur. Faqir ani agarchi ko`rmaymen, ammo Mavlono Muhammad Badaxshiydin ta`rifin eshitibmen. Andoq ma`lum bo`lurkim, tab`ida xili tasarrufluq va sho`xluq bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o S o l i h i y — agarchi xurusonliqdur, ammo ko`p yildurki, Hisordadur. Hamonoki, avval rozaliq san`atig`a20 mansub erdi va she`r ayturdin so`ngra aruz o`rgandi va sanoyi`din dag`i sohibi vuquf bo`ldi. Andoq eshitilurkim, Hisorda podshohning kitobdoridur. Xayolg`a andoq kelurkim, bu matla` aning bo`lg`ankim:
M a v l o n o D a r v ye sh D ye h a k i y22 — Qazvin viloyatidindur. Xishtmolliq san`atig`a mansubdur. Derlarkim, abdolvash kishidur. Devoni doyim beliga bog`liqdur. Har bayti, yo ma`nisig`a ehtiyoj bo`lsa, ko`rgali filhol devonin chiqarib, topib ko`rguzur. Fil-voqe` faqirning to she`rg`a shuurum bor ul tarafdin aning abyotidin yaxshiroq nazm kelmadi. Bu matla` aningdurkim:
Bu bayti dag`i xub voqe` bo`lubtur:
Q o z i I s o25 — sovaliqdur. Sulton Ya`qub ani ul martabada ta`zim va tarbiyat qildikim, hech podshoh ahli aloqadin hech kishini oncha tarbiyat qilganini tarixlarda ko`rulmaydur. O`zi savdoyi mizoj va mutakabbur kishi erdi. Derlarkim, she`rg`a andoq mash`ufdurkim, kunda o`n g`azal, balki ko`proq ham aytur ermish. Bu matla` aningdurkim:
Muknat va azamati chog`i hech ish qilmadikim, andin desa bo`lg`ay. Holo xabar budurkim, sufi Xalil ani o`lturubtur (Vallohu a`lam!)
Sh a y x N a j m27 — ham sovaliqdur va Qozi Isog`a qarobatdur. Sulton Ya`qub qoshida andin maxsusroq va noyibroq kishi yo`q erdi. Har necha qozi Iso elga istig`no va azamat ko`rguzdi. Ammo shayx xaloyiq bila yaxshilar borishti. Fuqaro va masokinning ishiga ko`p madadkorliqlar qildi. Andoqki, yaxshi oti atrof va javonibqa bordi. Bu faqir bila dag`i g`oyibona muhabbat va yorliq va iniliq qoidasin mar`i tutti. Bu matla` aningdurkim:
X o j a A f z a l29 — Kirmon mulkining ashrofidindur. Tab`i va axloqi xub mutaanniy va mutavoze` yigitdur. Ahli qalam bu zamonda barcha muttafiqdurlar mungakim, siyoq va daftar va hisob va zarb va qismat ilmida benaziri davrondur. O`n besh yilga yaqin hazrat Sulton sohibqiron qullug`ida vazorat devoni aning ixtiyori erdi. Majdiddin Muhammad buzug`lig`idakim, ahvoliga futur yetmagan kishi qolmadi, ani dag`i podshohqa yomon ko`rguzdikim, zaruratidin jalo ixtiyor qildi. Ammo ul safarda Makka ziyoratig`a musharraf bo`ldi. Balki mirhojliq mansabi anga mufavvaz bo`ldi. Har necha ul mamolik salotini mulozamat taklifi qildilar, qabul qilmadi, debturkim: «Agar qulluq qilsam, o`z podshohimg`a qilurmen yo`q ersa yo`q». Holo derlarkim, Qum viloyatidadur. Bu matla` aningdurkim:
A d h a m i I b r o h i m — Shoh turkmanning taxallusidur. Turkman beklarida mutaayyin xushtab` va zarofatliq kishi erdi. Devoni ham bor. Bu matla` aningdurkim:
X o j a A l o u d d i n — Kirmon mulkidin. Xoja Afzaliddin Muxammadqa qarobatdur va Bibicha Mukajjimaning inisidur. Zohirin ulumni takmil qilg`ondin so`ngra mayli darveshliqlarga g`olib bo`lub, Mak-ka azimati qildi va o`ttiz yilg`a yaqindurkim, anda mujovir bo`lub, suluk va toatqa, mashg`uldur. Andoq ma`lum bo`lurkim, bu sulukda biyik manzilat va yorug`lug`larg`a musharraf bo`lubdur va oliy martabag`a yetibdur. Ulvi himmatdin dunyo mofiyhog`a etak silkib maqsud ka`basida munqaviy bo`lubdur va hamuldarajadin moxalaqalloh balki mosivollohni mavhumi mahz, balki ma`dumi mutlaq bilib vusul harimida e`tikof qilibdur. Bu yaqinda silai rahim rioyati uchunki, adoi farz qilg`ay, Xurosong`a kelib erdi, necha vaqt hazrat Maxdumiy Nuran bila suhbati xushti. Ul jihatdin tavaqquf qildi. Chun ul hazrat baqo olamig`a rihlat qildi, yana Makka azimati, asli maqomg`a bordi. Borurda yo`lda Shayx Nizomiy «Xamsa»sining avvalg`i kitobi «Maxzan ulasror» vaznida bir masnaviy antib yuborib erdi va ko`p haqoyiq va maorif anda darj qilib erdi. Bu yaqinda Makkadin yana bir masnaviy ham tasavvuf istilohatida hadiqa vaznida aytib yuboribdurkim, aning ta`rifidin qalam tili qosirdur, ahli tahqiq o`qug`ondin so`ng qoyilining kamolin ma`lum qilg`aylar. Kitobi hamdining avvalg`i bayti budurkim:
M a v l o n o Sh a h i d i y33 — Qum shahridindur. Oshuftavash va devonasor kishi ko`runur. Ammo bu tariyqlari ja`li rang ham bor. Iroqdin Xurosong`a ikkn navbat kelib bordi. Badihasi ravondur va taassubi g`olib va tab`i hazlg`a ko`p rog`ibdur. Bu matla` aningdurkim, yaxshi voqe` bo`lubtur:
M a v l o n o H u m o i y — ma`lum emas ne yerliqdur. Ammo ko`prak avqot, balki hamisha Iroqda bo`lur. Bir qatla kelib ketti. Bag`oyat faqir va kamsuxan va nomurod kishi ko`runur. Ammo nauzu billoh andinkim, bir majlisda anga bir ayoq bersalar, ul arbada va purgo`yliqkim, andin zohir bo`lur, aning sharhi mutaazzirdur. Har taqdir bila bu matlai yaxshi voqe` bo`lubturkim:
M a v l o n o X o l i d i y36 — Hisori Shodmon tarafidin bo`lur. Hiriy shahrig`a tahsil uchun kelib. ko`p vaqt sabaq o`qub, xeyli salohiyat kasb qildi. Hamonoki, Xolid Valid avlodidindurkim, «Xolidiy» taxallus qilur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Yo r i y38 — sherozliqdur. Andinkim, Xurosong`a keldi. Naqqoshliqqa mansub erdi, ammo mubtadiy erdi. Faqir oni tazhib ahlig`a siporish qildim, oz fursatda obodon naqqosh bo`ldi. Va lekin andoq ma`lum bo`ldikim, g`arazi naqqoshliq o`rganmakdin naqshbozlig` ekandurkim, andin ajab naqshlar ish yuzaga keldi va aning sharhining tuli bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M i r a k i y ham sherozliqdur. Sayr rasmi bila Xurosong`a keldi. Bir necha vaqt turub, muovadat qildi. Kichik yoshlik, xom tab`roq yigitdur. Imkoni bordurkim, tab`ig`a ko`p ish buyursa puxtalig` paydo qilg`ay. Bu matla` aningdurkim;
M a v l o n o A h l i y41 — sherozliqdur. Hamonoki, tolibi ilmlig`i bor. Nazmlardan har sinf she`rda mahoratlig` kishidur, bataxsis qasida uslubida. Necha qatla Sherozdin rangin qasidalar aytib yuborib erdi. Bu yaqinda Xoja Salmon Sovajiy. «masnu`» qasidasig`a javob aytib bir g`arib ruboiy dag`i izofat qilib yuboribdur. Hola oncha chog`liq quvvatlig` kishi demaslarki, bo`lg`ay. Bu matlai ham xeyli choshnilig` tushubturkim:
M a v l o n o F a z l u l l o ham sherozliqdur. Tijorat tariyqi bila Astrobodg`a keldi. Lavandvashlig`i g`olib uchun beparvolig` qilib, dastmoyasig`a nuqsonlar voqe` bo`ldi. Salohiyatliq yigitdur. Tolibi ilmlig`i ham bor. She`r va muammo va nard va shatranji hozirona va g`oyibona, balki sag`ir va kabirni bilur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M u i n44 ham Sherozning odamizodalaridindur. Xurosong`a kelganidin beri faqirlar tegrasida bo`lur. Zohiri xud sodavash ko`runur, Ammo bu yaqinda andin bir hazl ko`ruldikim, sodalig`ning munofisi erdi. Bu matla` aningdurkim:.
X o j a I m o d — Lor viloyatidindur. Tijorat bila maosh o`tkarur. Odamivash yigitdur. Masnaviysida xili rang va ziynat bor. «Layli va Majnun»g`a tatabbu` qilibdur. Ko`p eldin yaxshiroq tushubtur va g`azal tavrida dag`i yaxshi tab`i bor:
M a v l o n o B a y z o i y — Mahmud Barlos Hisordin elchilikka kelganda bila kelib erdi. Ul borg`onda xasta bo`lub qoldi. «Dor ush-shifo» 47da muhofizatin qilg`ondin so`ngra sihat topib, yana Hisorg`a bordi. Hamonokim, hamul navohiydindur. Bu matla` aningdurkim:
S a y y i d I m o d — Yazd shahridindur. Iroqtin qonuniylik unvoni bila keldi. Munda xeyli iltifot topti. Ammo beaql, bemaoshlik bila har ne topqonnn zoe` qildi. Ul chog`ir bila nardning oluftasidur. Bu matla` aningdurkim:
Oltinchi majlisning nihoyati
Bu balog`at maob va fazoyil intisoblardin ham birori, agar zamon sahifasida o`z nazmlari savodidek mavjuddur, ammo aksari zamona vafosidek nobuddur va podshohlari ham fano mahallidin ketibdurlar, baqo sarmanzilig`a yetubdurlar. Va filhaqiqat, Sultoni sohibqironning qarobat va tavobiidin erurlar ham modihlari, haq taolo lutfidin ma`zur va ham mamduhlari ruhi ravzai rizvonda masrur va mabrur bo`lsun:
Ruboiy:
To modihlaridin asar o`lg`ay mavjud,
Mamduhlari ruhini tutqil xushnud.
To modihu mamduhlar o`lg`ay nobud,
Sultoni zamong`a umr bergay ma`bud!
Mamduhlari ruhini tutqil xushnud.
To modihu mamduhlar o`lg`ay nobud,
Sultoni zamong`a umr bergay ma`bud!