Òîï ðåéòèíã www.uz
SAKKIZINCHI MAJLIS

Sulton sohibqironning latif tab`i natoyijining zebolari, husn va jamoli zikrida va sharif zehni xasoisining ra`nolari ganj va daloli sharhidakim, har qaysi zamon safhasi bo`stonida ranginlig` va ravonlig`din gul`uzoredur sarvqad va har birisi davron arsasi gulistonida ravonlig` va ranglikdin sarvi ozodedur, ulxad

               Saltanat bahrining durri yaktosi va xilofat sipehrining xurshedi jahonorosi, saxovat havosining abri guharbori va shijoat beshasining huzabr shikori, adolat chamanining sarvi sarbalandi va muruvvat ma`danining gavhari arjumandi, ko`shish razmgohining Rustami1 dostoni va baxshish bazmgohining Hotami2 zamoni, fasohat ilmining nukta birla sehrsozi va balog`at jahonining diqqat bila mu`jiza pardozi - Sulton us-salotin Abdulg`ozi Sulton Husayn Bahodirxon –

Kim, mulki davomi to qiyomat bo`lsun,
Zotig`a bu mulk uzra iqomat bo`lsun,
Adl ichra tariyqi istiqomat bo`lsun,
Olam ahli uchun salomat bo`lsun.

               Bu xusravi gardunjohnikim, nasabi bobida xoma sursam yuz ming xon va xoqonni bu juzvi muxtasarda yig`ishtursa bo`lurmi? Va bu doroi anjumsipohnikim, hasabi sharhida qalam ursam yuz tuman xoqon va qoonning hamida axloqicha so`zni bu muhaqqar avroqqa yig`ishtursa bo`lurmu? Nasabi bobida fasohatshior yaxshilar «Nasabnoma»3 bitibdurlarkim, har safhasi Moniy korgohin xijil etar va hasabi sharhida balog`atdisor munshilar tarixe tartib beribdurlarkim, har varaqi Chin nigoristonin munfail aylar. Har kishi ul «Nasabnoma»g`a boqsa bilg`aykim, xoqon va roy anga bir turk va bir hindu bandadur. Va har kim, ul tarixni mutolaa qilsa, anglag`aykim, Jamshid va Iskandar aning ham bilganlaridin, ham qilg`onlaridin sharmandadur. Bas chun bu muxtasarda nima ul jins so`zlardin sug`ursa bo`lmas va alar sharhida nukta sursa bo`lmas. Va yuqorig`i so`z uslubi taqozoi ul qilurkim, ul hazratning latoyifi tab`idin bir necha matla` bila bu avroqqa zeb va ziynat qilg`ay va natoyiji zehnidin bir necha bayt bila bu ajzog`a qadru qiymat berilgay va har oshiqona matla` bila dard ahli jonig`a shu`lai fano yoqilg`ay va har dardmandona bayt bila ishq ahli ko`nglig`a barqi balo chaqilg`ay. Bas emdi, shuru`i maqsudqa va ruju`i matlubqa qilali-im, so`z itnobi ul sharif tab`g`a mujibi kalol va fasonai tuli ul latif zehng`a boisi malol bo`lmasun. Ul hazratning xub ash`ori va marg`ub abyoti bag`oyat ko`ptur va devon ham murattab bo`lubtur. Devon ibtidosidin bunyod qilildi va har g`azaldin bir matla` yozildi:

               A l i f   h a r f i:

               Manzurning xo`yining bul`ajablig`idakim, mehrida oshiq jon bersa, bovar qilmoslig`ining besabablig`ida:

Ne ajoyib xo`y erur, ey sho`xi siyminbar, sanga —
Kim, necha  mehringda jon bersam emas bovar sanga.

               Mahbubning mufrit iltifotidin behol bo`lub bexudona ul iltifotni izhor qilur ma`nida bu matla` g`arib ado topibturkim:

 Evrulub gul boshig`a bulbul visol o`lg`ay anga,
 Gul aning boshig`a evrulsa, ne hol o`lg`ay anga.

               Gul vaqtida birov xor g`amidin mubtalo erkanining izhori va loladek bag`rida yuz dog` bila erkanining namudori:

Bo`ldi gul vaqti-yu men xor g`amidin mubtalo,   
Hajr o`tidin loladek bag`rimda yuz dog`i balo.

               Ko`ngli nolasin vayronadag`i cho`g`z faryodig`a nisbat qilibtur. Ul ma`ni sharhida bu matla` yaxshi tushubtur:    

Vahki, ko`nglum nolasi hardam buzulg`on jon aro,
Go`iyo bir cho`g`z erur faryod etar vayron aro.

               Sirishki daryosidin girdobg`a tushganin va torjismi ul girdobdin pechu tobg`a qolg`onin bu matla`da izhor qilurkim:

To tushubturmen sirishkim bahridin girdob aro
Zulfidek sargashta jismim qoldi pechu tob aro.

               «Be»  h a r f i:

               Furqat o`tidin jismi betob ekanin va g`amgin ko`pgli pechu tobidin ko`zida xunob ekanin bu matla`da g`arib nav` ado qilur. Bu matla` mavqufdur o`zga abyotqa, ammo dastur bila matla` bitildi:

Furqatingda yo`q edi jismimda jon, ko`nglumda tob
Ko`zda xunob erdi-yu, g`amgin ko`ngulda iztirob.

               Bedillig`idin telba ko`nglin tilay borg`oni bu g`azalda oxirg`acha musalsal aytilibdur va zebo deyilibdur:

Telbarab itgan ko`ngulni istadim har yon borib,
Tog`u daryovu biyobonlarni bir-bir axtorib.

               Manzur yuzi olida ko`zgu rashkidin pechu tobi va ko`nglida ul quyosh tobidin zarradek iztirobi:

Zarra yanglig`, ayb emas, ko`nglumga tushsa iztirob,
Mehri ruxsorig`a hardam chun erur ko`zgu hijob.

               Firoq zulmidin jonig`a o`t va ko`nglida tobin o`tqa tushgan qil pechu tobig`a tashbih qilibdur va g`arib tashbih voqe` bo`lubtur:

Ey firoqning zulmidin jonimda o`t, ko`nglumda tob,
O`tqa tushgan qil kabi jismim aro ham pechu tob.

               Musofir yori hajridin ko`nglining xaroblig`in va ul oshubdin joni betoqat va betoblig`in xubrok vajh birla ajab yaxshi ado qilibdurkim:

Bir musofir oy xayoli qildi ko`nglumni xarob,
Qolmadi jonimda onsiz vahki ne toqat, ne tob.

               «Te» h a r f i:

               Manzur labidin obi hayotni xijl va Iso4 oni qoshida dam urmog`din munfail degani obi hayotdek ravonso va Iso damidek ruhafzo tushubtur:

Ey dudog`ing sharbati sharmandasi obi hayot,
Nutqung ollida erur Isog`a dam urmoq uyot.

               Hajri barqidin shabistonig`a o`t tushganining ifshosi va uchqunidin bayt ul-ehzoni kuyganining adosi ajab o`tluq matla` tushubturkim:

Vahki, hijron barqidin tushti shabistonimg`a-o`t.
Uchquni birla tutashti bayt ul-ehzonimg`a o`t.

               «S ye» h a r f i:

               Bu harfda turk shuarosining malik ul-kalomlari she`r aytmaydurlar, balki ayta olmaydurlar, to anga ne yetgayki, bu muqobalada kishi oni keturgay yo nisbat bergay. Bu matla` ta`rifida muncha basdur:

Yor ko`yidin o`tarda ko`rguzur bu zor maks,
So`z desa dog`i javobida qilur bisyor maks,

               «J i m»  h a r f i:

               Rahmsiz yori qonin to`kib tarahhum qilmag`oni va mehrsiz dildori holin ko`rib tabassum qilmag`onini aytur:

To`kub qonim, tarahhum qilmading hech,
Ko`rub holim, tabassum qilmading hech.

               Bu radif ham go`yoki sharif tab` va latif zehnning ixtiroidurkim, eshitilmaydur, bag`oyat shirin va dilpazir va rangin voqe` bo`lubtur:

Xasta jonim za`fig`a la`li shakarboring iloj,
Zor ko`nglum dardig`a jonbaxsh guftoring iloj.

               «H ye»  h a r f i:      

               Bu harfqa dag`i turkiy alfoz guharin nazm silkiga tortquvchi shuaro taarruz qilmaydurlar, hamonoki, ishkoli jihatidindur, yordin ne kelsa, oni muboh bilib, jon berurda debtur:

Yordin ne kelsa oshiq bersa jon bo`lg`ay muboh,
Daftari ishq ichra go`yo buyla bo`lmish istiloh.

               «X ye»  h a r f i:

               Bu harfda turkigo`y shuarokim, devon tartib qilibdurlar, o`zlarin ma`zur tutub o`tubdurlar va bag`oyat xub matla`durkim:    

Oy yuzungdek ko`rmadi bir mehr davronida charx,
Balki kun tortib xijolat mehri raxshonida charx.

               «D o l»  h a r f i:

               Ma`shuq vasli umididin muddate mustamand bo`lub ul davlat muyassar bo`lg`ondin so`ngra sihhat marazg`a mubaddal bo`lg`on tahririda bu ikki baytning dag`i ma`nisi bir-biriga muvaffaq va musalsal voqe` bo`lubtur asru va g`arib tartib va ajib tarkib tushubtur:

Muddate ishqing xayoli birla erdim mustamand,
Bodai vasling bila bir dam bo`lay deb bahramand.

Chun bu davlat bo`lg`udek bo`ldi muyassar, voykim,
Sihhatim ul lahza tole` za`fidin topti gazand.

               «Z o l»  h a r f i:

               Bu harfda dag`i muqaddam turkiygo`y shuarodin, xok Mavlono Lutfiy va xoh Mavlono Sakkokiykim, Movarounnahrda malik ul-kalom erdilar, nazarg`a kelmaydur, hamono yo`qtur:

 Qildi ruhafzo labing qulmak bila jonimni ahz,
 Yig`latib kofir ko`zung ham naqdi iymonimni axz.

               «R ye »  h a r f i:

               Ul mazmundakim, bovujudi ulki, bahor vasli muyassardur, ko`ngul firoq xazonining xorlaridin ozurdadur, bu matla` so`znok voqe` bo`lubturkim:

Toza bo`ldi bog`u ko`nglumda firoq ozoridur,
Jilva qildi gul, netay, bag`rimda hijron xoridur.

               Mahbub jamolidin ko`z ravshan bo`lub, xasta ko`ngulga visoli maskan bo`lg`on shukronag`a bu matla`dek oz voqe` bo`lubturkim:

Shukrlillahkim, jamolingdin ko`zum ravshandurur,
Xasta  ko`nglumga  visoling kulbasi maskandurur.

               Jononning za`f holatida sustayg`onining xasta jonining za`f qilg`oniga tashbih qilibdur va ko`p munosibdur:

Za`fdin hardam chu ul oromi jonim sustayur,
Jonim o`lub xasta, jismi notavonim sustayur,

               Ko`ngli firoqu dard o`qidin yora erkani va bag`ri hajr tig`i zahmidin yuz pora bo`lg`onini base xub bu nav` ado qilurkim:

Ohkim, ko`nglum firoqu dard o`qidin yoradur,
Vahki, bag`rim tig`i hijron zaxmidin yuz poradur.

               Ishq oshubidin uy kunjida ashki gulnor erkanin zohir qilur va guliston sayrida gul aning ko`zlariga xor ko`runganin paydo etar:

Bo`lsam uy kunjida, ashkim qatrasi gulnor erur,
Azmi gulzor aylasam, gul ko`zlarimga xor erur.

               Furqatdin ko`ngul qatra-qatra qon erkanin burung`i misra`da aytib, so`nggi misra`da o`tqon mukarrar lafz muqobalasida «Olloh-olloh» lafzi ham mukarrar va asru muassir ado topibdurkim:

Furqatingdin xasta ko`nglum qatra-qatra qon erur
Olloh-olloh, bu ne hajri behadu poyon erur.

               Jannat sabzasi yorning xatti namudoricha ermaslig`in aytibdur va Masiho5 nutqi dildorning la`li shakarboricha bo`la olmaslig`in debtur:

Qaysi jannat sabzasi xatti namudoricha bor,
Yo Masiho nutqi ul la`li shakarboricha bor?

               Bir g`unchai xandondin ayru ko`nglida qolg`on xorxorin ko`rguzubdur va tinmag`ur jong`a onsiz dunyidin rihlat maqomin tuzubtur:

G`unchai xandon borib, ko`nglumda qoldi xor-xor,
Tinmag`ur jonimg`a onsiz dunyida bore ne bor.

               Gulro`yning g`unchadek og`zi va ruxsori uzra ko`rganin zarra xurshed yuzida paydo bo`lg`onga xub tashbih qilibdur:

Uylakim xurshedi tobi zarrani paydo qilur,
G`uncha og`zing sirrini ham gul yuzung go`yo qilur.

               Ko`zi yorining yuziga tushgach, ko`ngli beqaror bo`lg`oni va yor ham ani o`z lutfi mehridin umidvor qilg`onn sharhida base xub va pisandida tushubtur:

 To ko`zum tushti yuzungga, ko`nglum o`ldi beqaror,
 Sen ham etting lutfi mehringdin meni ummidvor.

               Gul ruxsori yonida sarig` lola sanchqon va yonida zulfni kokulidek keyin solg`on namudorida:

Gul yuzi atrofida ul lolai asfarmudur,
Yonida zulfimudur yo kokuli anbarmudur?

               Zulfi sahobining soyaboni oydek yuziga yoyilg`onn va sarsardek oh tahrikidin ul bulut gah yopilg`oni va gah ochilg`oni husn bahorida bag`oyat turfa ko`runurining sharhi:

Soyaboni zulfikim, oydek yuziga yopilur,
Sarsari ohimdin ul gah ochilur, gah yopilur.

               Vaslidin bahra yetmay, tig`i hijron ko`nglini halok qilg`ani va hajr zahri berg`oniga o`xshar va vasldin taryok topilmagoni:

Tig`i hijron surdi yetmay vaslidin ko`nglumga bahr,
No`sh bermasdin burun, berdi manga bir qatra  zahr.

               Elni noz kulkusi bila tirguzmakdin hikoyat va o`zining rishtai hayotin zulm ilgi bila uzmakdin shikoyat:

Elga boqib har zamon yuz noz ila kulmak nedur?
O`zgalarni tirguzub, vah, meni o`lturmaq nedur?

               Mahvashi bexabar erkandin aning xotiri zori hayronidin sharhi hol va g`amkashi g`ofil erkandin aning rozi pinhonidin gilaomiz maqol, base xub voqe` bo`lubturkim:

Mahvashe yo`q so`rg`ali bu zori hayrondin xabar,
G`amkashe yo`q topqali bu rozi pinhondin xabar.

               Habibekim, fig`onidin anga asar bo`lmag`ay aning anduxi va rafiqekim, yomon holidin anga xabar bo`lmag`an, aning fig`on va anduhi:

Ne habibekim, fig`onimdin anga bo`lg`ay asar,
Ne rafiqekim, yamon holimdin ul topqay xabar.

               O`tluq ohining shararlarin mahbub yuzigakim sochilur zar huqqa harirning zar rishtalarig`a tashbih qilur:

Chun yuziga o`tluq ohimning sharori sochilur,
Go`iyo zar huqqaedurkim yuziga yopilur.

               «Z ye»   h a r f i:

               O`z niyozi va badxo`y yori nozi sharhida bu nozanin matla ne balo niyozmandona voqe` bo`lubturkim:

Vah, ne holatdurki, men har necha ko`rguzsam   niyoz,
Ey mahi bemehr, sendin zohir o`lmas g`ayri noz.

               Ashk qoni va ko`ngul choki izhorida bu matla` yagona va bag`oyat oshiqona voqe` bo`lubtur:

Qon ko`rub ashkimni, ko`nglum yorasini so`rmangiz,
Chok o`lub  ko`ksum, jigar pargolasini so`rmangiz.

               Bu matla` ma`nisiniig g`arobati ishq shu`lasidin ravshanrog`dur va o`t zabonasidin muayyanroq:

Ishqni man` etsalar shavqim o`ti aylar sitez,
Shu`la yanglig`kim, nafas ta`siri aylar oni tez.

               Nargis ko`zluk va g`uncha og`izlig` gulüuzori ko`zu og`zin nargis bila g`unchag`a tarjeh6 qilg`oni ajib nav` voqe` bo`lubtur:

Nargis olmas yerdin ul fatton kuzung olida ko`z,
Og`zing olida tutulmish g`unchaning og`zida so`z.

               Oshiqona kinoyat bila husn ahlig`a elni shaydo qilur ma`nida nasihat qilibdur va olamg`a rasvo qilur ma`nida mav`izat etibdur, base g`aribdur:

Ba`dazin, ey husn ahli, elni shaydo qilmangiz,
Bevafoliq aylabon olamg`a rasvo qilmangiz.

               «S i n» h a r f i:

               Vaslidin mahrumluq bobida manzurni ko`rmak muayassar bo`lmasa, anga nazar   tushgon    yerni    ko`rmak orzu qilibdur. Bu nodir ma`nidur:    

Bir nafas ul oyni ko`rmak chun emasdur dastras,
Oni ko`rgan yerni, vah, borib ko`royin bir nafas.

               Manzurning labi tabassumini va o`zini qonalg`on dog`ini g`unchai xandon va lolai No``mon7g`a tashbih qilibdur va ma`nisi she`r sanoeidin «tajohil ul-orif»8 uslubida xush voqe` bo`lubtur:

Ayladi la`li tabassum, g`unchai xandon emas,
Dog`ini ko`nglum qonatti, lolai no``mon emas.

               O`z niyozi va nozaninining istig`nosi izhorida va o`zi jon bermakida aning beparvolig`ining osorida shundoq matla` oz voqe` bo`lubturkim:

Menda har dam yuz niyozu anda istig`novu bas,
Har zamon yuz jon beray ul sho`x beparvovu bas.

               «Sh i n» h a r f i:

               Yorning o`zgalarga iltifotidin gilamandlig`i va ko`nglini muxotab qilib ko`ngli oromidin shikoyatpayvandlig`i:

Ey ko`ngul, ul dilraboning o`zga yori bor emish,
Vah, sanga dushman bo`lub, ul o`zgalarga yor emish.

               «S o d» h a r f i:

               Bu harfda dag`i turkigo`y fasohatshiorlar varaq g`oziga qalam surmaydurlar va hech nav` nazm arog`a kelturmaydurlar:

Ey ko`ngul, bo`lsang vafosiz dilrabolardin xalos,
Shukr qil, bo`lg`on kishn yanglig` balolardin xalos.

               «Z o d»  h a r f i:

               Turkigo`y balog`atosorlar bu harfning ham tarkin tutubturlar va hech nav` nazmg`a jilvai zuhur bermay o`tubturlar:

Ishqdin to qilmisham paydo meni shaydo maraz,
Qilg`udekdur za`fliq jismimni nopaydo maraz.

               «To » h a r f i:

               Turk kalomining malik ul-kalomlari bu harfda dag`i takallum tuzmaydurlar va kalima nazm haysiyatidin varaqda ko`rguzmaydurlarkim:

Ey jamoling gulshanida sabzai serob xat,
Orazing kofuri uzra zeb mushki nob xat.

               «Z o» h a r f i:

               Bu harf hamul jumladindurkim, turk tilining shirinash`or va shakarguftorlari dushvorlig`i jihatidin mutlaq taarruz qilmaydurlar:

Ko`nglum etti ishq asrorin qilib takror hifz,
Kimsa qilg`ondek kalomi poki vahy osor hifz.

               «A y n» h a r f i:

               Bu qofiya va radif hazrat Sulton Sohibqironning ixtiroidurkim, hech nazm aytilmaydur va hech devonda bitilmaydur:

Ohkim, hijron o`tidin kuydi jonim   o`zga nav`,
O`rtadi ofoqni o`tluq fig`onim o`zga nav`.

                «G` a y n»  h a r f i:

               Ishq dog`idin shukr izhori qilibdur va hajr dog`idin shikoyat osori ko`rguzubtur, base muassir tushubdurkim:

Dog`i ishqing bermish erdi xasta ko`nglumga farog`,
Vahki, qo`ydi shu`lai hijron yana dog` uzra dog`.

               «F ye» h a r f i:

               Ishqu muhabbat havosining humoyi baland parvozi Xoja Hofiz Sheroziy — kalomi tavrida tushubtur va salosat va tarkibda anga yovushubto`r:

G`am sipah qasdimg`a chekti, soqiyo, tut jomi sof.
Kim, bo`lur jomi may ichkandin daler ahli masof

               «Q o f»  h a r f i:

               Firoq tiyraligining majorasi va o`z kuymakligining dardi bedavosi:

Qildi baxtimni qaro zulfidek ul moh az firoq,
Necha ko`ydurgay meni dilxastani oh az firoq.   
 
               Yor ishtiyoqinnng suubatida va dardi firoq uquba-tida bu matla` behad Dilnavoz va bag`oyat jongudoz voqe` bo`lubtur:

Bor emish yor ishtiyoqi asru qattiq ishtiyoq,
Vasl topmon, vah, tuganmas dard emish, dardi firoq.

               Telba ko`nglining ishqda shaydolig`in va o`zga parilarg`a beparvolig`in bir rafiqni muxotab qilib arz qilur:

Telba ko`nglum to erur ishq ichra shaydo, ey rafiq,
Aylamas o`zga parilar sori parvo, ey rafiq.

               Manzurning la`li labi ustida sabzai xat hay`atin ko`rub ajab ranglarda bu matla` voqe` bo`lubtur va filvoqe` rangin tushubtur:

La`li uzra sabzai xatti namudorig`a boq,
Sho`xi  rangomizning shingarfu zangorig`a  boq.

               Ko`ngli o`tining oromi yo`qlug`iga hasrat ohi tortibdur, hamonoki, ul o`t shu`lasi bu yaldin ortibdurkim:

Ohkim, ishqing o`tini bir zamon oromi yo`q,
Istagan orom ul o`tqa juz xayoli xomi yo`q.

               «Ko f»  h a r f i:

               Matlubning mohi orazin saodat matlai va xoki dargohin ahli binish to`tiyosig`a nisbat berilibdur. Bu matla` salis va sof va pok tushubturkim:

Ey saodat matlai, ul orazi mohing sening,
Ahli binish to`tiyosi xoki dargohing sening.

               Mohi tobonin muxotab  qilib  andin  ayru tushganda chashmi giryonining qon yoshin izhor qilibdur, mubkiyi muhlik tushubtur:

Sendin ayru tushgali, ey mohi tobonim mening,
Dam-badam qonyoshi yig`lar chashmi giryonim mening.

               Bu faqirning bir g`azaliga bu g`azal javob voqe` o`lubturkim, o`zum insof yuzidin mu`tarifmankim, andin yuz martaba ortuqroq tushubturkim:

Tushgali hajringda, ey sarvi gulandomim mening,
Ne ko`zumda uyqu bor, ne jonda oromim mening.

               Shomi hijronin ko`rub, mehr otin tutmag`on mazmunida va va`dai subhi visol aylab yorutmog`on afsunida:

Shomi hijronim ko`rub sen mehr otin tutmading
Va`dai subhi visol aylab vale yorutmading.

               Ishqdin jahon ichra, afg`onidin kalom va ko`yu-ko`chada bu dostonidin payom:

Vahki, ishqingdin jahon ichra fig`onimdur mening,
Barcha ko`yu-ko`chada ham dostonimdur  mening.

               Mahbubning zulf ochqonidin va o`z oshufta ahvollig`i va qoshi chinidin ko`ngli behollig`i bobida:

Zulf ochib men telbani oshufta ahvol aylading,
Qosh uza chin ko`rguzub ko`nglumni behol aylading.

               G`am tundi bodidin jismi binosi vayron, balki yer birla yakson bo`lur ma`nida bu matla` bag`oyat xub ado topibdurkim:

G`am yeli jismim binosin bo`ldi vayron qilg`udek,
Qaysi vayronkim, qaro yer birla yakson qilg`udek.

               Manzurning savodi xatti aro la`li xandoni muqobalasida o`z g`ami aro ko`zi durri g`altonin solibdur, dilpazir tushubturkim:

Ul savodi xat ichinda la`li xandonin ko`rung,
Bahri g`am ichra ko`zumning durri g`altonin ko`rung.

               Bayt ul-ehzonining tiyraligin dudi hijronidin degani xub va vayronining yemirulganin ashk to`fonidin degani diloshub voqe` bo`lubturkim:

Dudi hijrondin qarordi bayt ul-ehzonim mening,
Sayli ashkim birla ham yemruldi vayronim mening.

               Sarsari ohin bayt ul-ehzoniga ofat degani xush oyanda debtur va vayronidin gardi balo boshig`a yog`arini dilraboyanda ado qilibdurkim:

Qolg`och ohim sarsarig`a bayt ul-ehzonim mening,
Yog`durur gardi balo boshimg`a vayronim mening.

               «L o m» h a r f i:

               Safar azmida musofiridin ayrilur chog`da xayrbod mazmunluq alfozni radif qilib aytqon she`rning matlai  furqatnamo  kelibdur va anduhoso aytilibdur:

Oh ila-azm ettim, ey rozimg`a mahram, yaxshi qol,
Dard ila ayrildim, ey dardimg`a marham, yaxshi qol.

evafosi ko`yida ko`ngliga maskan qilmog`ini targ`ib qilmog`i xub va yig`lab holini ado qilurda shevan qilmog`ini ta`lim bermaki marg`ub:

Ey ko`ngul, ul bevafo ko`yida maskan aylagil,
Zor yig`lab, sharh etib, holingni shevan aylagil.

               Manzuridin bir nazarg`a xursand bo`lub hajr torin vasl sarrishtasig`a payvand qilurin xubroq vajh birla istid`o qilur:

Netti, bir boqmoq bila ko`nglumni xursand aylagil,
Hajr torin bir zamon vaslingg`a payvand aylagil.

               Ishqdin boshig`a kelgan suubat sharhida takallum ko`rguzmak va Farhodu Majnun o`l suubatni xayol qila olmaslig`ida tarannum tuzmak majnunvor va farhod-osor kelibdur:

Ishqdin keldi mening boshimg`a oncha sa`b hol,
Kim, oni Farhod ila Majnun qila olmas hayol9.

               Bu g`arib xayoldurkim, Sulton Sohibqironniig xotirlarig`a kelibdur va nazm ahliga zohir qilib erdilarkim, aytsunlar, barcha ayttilar, ammo hech qaysi ul hazratcha ayta olmadilar. Ul bu matla`dur:

Hajring o`ti jismi zorim qildi kul, ey yor, bil,
Gar bino qilsang mazorim tarhin ul kul birla qil.

               Xurvashening gulshan ko`yidin ravzai rizvon munfail va yuzu xattidin lolavu rayhon xijil erkanin latifoyin bila zohir qilibdur:

Gulshani ko`yungdin, ey jon, ravzai rizvon xijil,
Yuzu xatting rashkidin ham lolavu rayhon xijil.

               Vasl orzusidin ko`ngli qushig`a qanot tamannosi qilib, vasl havosida parvoz buyurg`oni oshiqona va mushtoqona tushubtur:

Kirpikimdin, ey ko`ngul, hardam qanotlar soz qil,
Hajr dashtidin visoli ko`yiga parvoz qil.

               Bu faqirning mashhur matlaig`akim:

Anglading, yo yo`qmukim, aylar safar yor, ey ko`ngul,
Vahki, bo`lduk hajri ilkidin yana zor, ey ko`ngul

javob voqe` bo`lubtur, ammo yuz martaba ondin ravonroq va yaxshiroq voqe` bo`lubtur:

               Chun junun zanjirig`a bo`ldum giriftor, ey ko`ngul, Bo`lg`asen men telba holidin xabardor, ey ko`ngul.

               «M i m» h a r f i:

               Ishq o`tidin o`z dardu hasratin va furqat dardidin yor g`aflatin bu matla`da asru va so`znok ado qilibdur:

Haddin oshti ishqing o`ti birla dardu hasratim,
Voykim, sen g`ofilu kuydirdi dog`i furqatim.

               Ma`shuq umidida dardu hasratini izhor qilib betoqatlig`ig`a rahm etmasida u matla`dao`q javob ul tab`i durarbordin va xomai guharnigordin raqam topibdurkim, vasfida aql hayron va fahm sargardon:

Necha bo`lg`ay vasling ummidig`a dardu hasratim,
Rahm qilkim, yo`qturur hajringda emdi toqatim.

               Masal tavrida bu matla`dek parvarda, va orosta, va murattab, va piyrosta oz voqe` bo`lubturkim, ul hazratning latif tab`idin va sharif zehnidin bosh urubdur:

Men halok o`ldum g`amingdin sen qo`yoshsen, ey sanam,
Ayb emas gar mendin o`lsa kamligu sendin karam.

               Ham bu matla`g`a javob agarchi masal tavrida emas, ammo g`arobat jonibini mar`i tutulub, bas nozuk va pokiza deyilibdur:  

Vahki, ishqim shu`lasi hardam chekar andoq alam,
Kim, maloyik ko`zi dudidin bo`lur har lahza nam.

               Bu matla` qofiyasida ikki she`r ayttilar, uchunchn matla` ham quvvat yuzidin aytilibdur, alardin ortuq bo`lmasa, kam ham ermas:

Sen g`amim bilmay xayoling birla bordur hayratim,
Bilganingni anglasam, bilmam, ne bo`lg`ay holatim.

               Er qaddi hajridin sarv maylin mafqud debdur va yuzi shavqidin gul orzusin kobud bilibdur. Alhaq ravshan va rost tushubturkim:

Qaddu yuzung hajridin, vahkim, menga bo`lmish mudom,
Sarv mayli bartaraf, gul orzusi xud harom.

               O`z jismig`a tutoshqon shu`lani yorg`a arz qilurg`a bu matla`ni ham otashin va rangin xayol qilibdur:

Otashin xil`at dema jismim uza, ey dilbarim
Kim,   erur ishqing o`ti birla tutashqon paykarim

               Pariro`yi tarki muhabbat qilg`anin bildirur, bu jihatdin jovidon ko`ngliga furqat o`ti tutashqonik yor arzig`a yetkurar:

Qilg`on ermish ul pari tarki muhabbat, bilmadim,
Tushgon ermish jovidon ko`nglumga furqat,bilmadim

               Bu qofiyada bovujudkim, ikki rangin matla` o`tubdur, nazm tavrida g`oyat qudratdin so`z adosida nihoyati diqqatdin bir matla` dag`i deyilibdurkim, xubluqdag ul matla`larcha bor:

Necha kuygay hajr ila farsuda jonim dam-badam,
Ko`nglum ichra g`am uza g`amdur alam uzra alam.

               So`zu gudozin ham degali mahvash topmag`ondin alami va rozin aytkoli mushfiqe ko`rmagondin g`ami maraq voqe` bo`lubtur:

Qani bir mahvash, ang`a so`zu gudozimni desam.
Qani bir mushfiqki, birdam ong`a rozimni desam

               Ham bu matla` tavrida-o`q qofiyag`a tag`yir berilib, hamul radifda bu matlai dag`i asru diloro vaanduhafzo tushubtur:

Topmadim bir mushfiqekim, holi zorimni desam,
Yoxud ul guldin ichimda xor-xorimni desam.

               Parivash hajrida ozorlaridin ani xabardor qilmoq orzu aylabtur va aning jilvasi muqobalasida ko`zin guharbor qilmog`ni havas qilibdur va ikkisi nodir voqe` bo`lubturkim:    

Zor o`larmen ul pari yo`qkim xabardor aylasam,
Jilva qilgach, ollida ko`zni guharbor aylasam.

               «N u n» h a r f i:

               Mavlono Yaqiniyg`a10 javob aytilibdur. Va yaqindurkim, Mavlono tirik bo`lsa erdi, joni birla insof bergay erdikim, andin yaxshiroq voqe` bo`lubtur:

Ey visoling xasta ko`nglum marhami, oromi jon,
O`lmadim hijron elidin men qatiq jonlig` yamon.

               Va bu bahr va qofiyada yana bir she`rdurkim, ikkalasi bir-biridin xubroq tushubturkim:

Ey sening qoshu ko`zung bir fitnai oxir zamon,
Lablaringdur xasta ko`nglumga hayoti jovidon.

               Yuz davrida qiron ta`rifida va bu matla` o`tkan ikki matla` qofiyasida voqe` bo`lubtur, tajnis rioyat qililibdurkim, bu nav` shirin va rangin va xush tartib oz voqe` bo`lmish bo`lg`ay:

Ul quyoshkim oy yuzining davrida qilmish qiron,
Barcha mahvashlar arosida erur sohibqiron.

               Bu matla` faqirning bir matlai muqobalasida tushubturkim, agar burunroq aytilmish bo`lsa erdi, faqir hargiz o`z matlaimni aytmag`ay erdim Aytmish bo`lsam ham, bitmagay erdim:

Tig` ila ko`ksimni qilding zaxm, ey siymin badan,
Qoni turmaydur deb ul zahm uzra kuydurdung tugan.

               Ishq suubatidin holining bir-bir shiddatnn aytib, hech kishiga bu hollar bo`lmasun, deb istid`o ko`rguzmakda bu matlai ajab xub tushubturkim:

Ishq aro hech kim mekingdek zoru shaydo bo`lmasun,
Bo`lsa ham, vah, men kibi mahjuru rasvo bo`lmasun.

               Ma`shuq ishtiyoqidin xayol qilmish bo`lg`aykim, oni ko`rgachfig`on jondin burun chiqqay va joni xud rashkdin fig`ondin burun chiqqani g`aribado topibdur:

Seni ko`rgach der edim chiqqay fig`on jondin burun,
Chiqmasun deb rashkdin jon chiqti afg`ondin burun.

               Bu matla` hamkim, qofiya tag`yir topib hamul radifda voqe` bo`lubtur, g`oyat zebolig`da va nihoyat ra`nolig`da voqe` bo`lubturkim:

Vasl aro o`ltur meni hijron jafosidin burun,
Netti gar qilsang xalos oning balosidin burun?

               Yor vaslida hijron balosi biymidin o`lum orzu qilmoqki, hijron dog`i bila nogah kuymaki va vasl aro o`rtag`on dog`i darmonsiz debtur, ya`ni mahzi darmon:

Vasl aro o`ltur meni to dog`i hijron ko`rmayin,
Kuydur andoq dog` ilakim, hech darmon ko`rmayin.

               O`z qotilig`a zoru hayronlig`in va aning bodai ishqidnn ko`z va zulfidek mast va parishonlig`in xush debdur va dilkash ado qilibdur:

Vahki, bir qotilg`a andoq zoru hayronmen bukun
Kim, ko`zu zulfi kibi mastu parishonmen bukun.

               Mahzun ko`ngulning yorsiz devona bo`lmog`ining uzri va ul hajridin Vomiq va Majiundek rasvoliqqa afsona bo`lmog`ining ma`zirati:

Yorsiz mahzun ko`ngul devona bo`lmay naylasun,
Vomiqu Majnun kibi afsona bo`lmay naylasun? 11

               O`rtangan ko`ngli dudidin olam qarorg`oni va o`rtangan bemehri qahri lutfoyin va lutfi itoboludin o`z-o`zi bila takallum qilibdur va tarannum ko`rguzubtur:

Kuydi bu mahzun ko`ngul olam qarordi dudidin,
Qahri lutfoyin bila lutfi itoboludidin.

               O`z qotili vayrona qabrini ziyorat qilg`oli kelganin iddio qilur va ul vayronani imorat qilmog`ni istid`o etar bobda:

Gar kelib vayrona qabrimni ziyorat qilg`asen,
Rahm etib, ey qotilim; oni imorat qilg`asen.

               Gulchehrasi kelsa savsandek demaktin lollig`i va kelmasa hajridin bodi sabodek behollig`i:

Kelsa ul gulchehra, savsandek demaktin lolmen,
Kelmasa, bodi sabodek hajridin beholmen.

               Sabrsiz ko`nglining ishq va jununin va notavon holining dardu shavqi bir-biridin fuzunin devonavor degoni va majnunkirdor ado qilg`oni:

Sabrsiz ko`nglumga boqsam ortadur ishqu junun,
Notavon jonimni ko`rsam, dard ila shavqi fuzun.

               Manzurning xat va zulfida bu uch matla`durkim, birbiriga javob voqe` bo`lubtur. Qofiya va radifi ul hazratning bu fanda mujtahid tab`ining ixtiroidur. Avvalg`i matla` budurkim:

Sabzai xatting ichida o`ylakim jondur nihon,
Huqqai la`ling aro ham durri g`altondur nihon,

               Ikkinchi matla` budurkim:

Zulfi ichra bel, xat ichra la`li xandondur nihon,
Uylakim, jondur nihon, ham rishtai jondur nihon.

               Uchinchi matla` budurkim:

Zulfi ichra gul, gul ichra la`li xamdondur nihon,
Tunda mehru mehr aro bir chashmai jondur nihon.

               Ishq shiddati ajzidin   ko`zni   a`moliqqa   xitob qilg`oni base dardmandona tushubturkim:

Ko`zlarim ko`r et, qazo, bir shakli mavzun ko`rmayin,
O`zni bir laylivashe ishqida Majnun ko`rmayin.

               Bu matla` dag`i o`z holi sharhidakim, anvo`i baliyat bir ishq jihatidin bir-birining ustida bo`lmish bo`lg`an. Bu matla` yaxshi voqe` bo`lubturkim:

Yo`q damekim, telbalardek ul parig`a zor eman,
Sabru hushumdin judo, dardu balog`a yor eman.

               Manzurning parchami oshuftalig`i sharhida va o`z ko`nglining anda barhamlig`i adosida bu matla` ko`ngullarni oshufta va barham qilg`udek tushubtur:

Ul quyoshkim, charx aro oshufta parchamdur bukun,
Xasta ko`nglum zulfi tobi ichra darhamdur bukun.

               Filjavobi bag`ayr:

Ul quyoshning mehri nechun bandag`a kamdur bukun,
Ko`z yoshim tinmay oqardin yer yuzi namdur bukun.

               Parivash yori ishqidin holining parishonlig`ikim, til sharhidin lol bulg`ay, nihoyat xubliqdan bayon topibdur:

Bir parivash ishqida andoq parishon holmen  
Kim, aning sharhin qilurda asru gungu lolmen.

               Gardun bedodidip elni boda qutqorur mazmunda soqiyni muxotab qilib, may tutmoq istid`osida bu bayt mufattihdur:

Soqiyo, tutqil to`la gardun knbi sog`arnikim,
Jonima dermen dame bedodi gardun ko`rmayin.

               «V ye» ha r f i:

               Sabodin sarvi ravonining kelgan xabarin so`rar va andin jon, isi, kelgan munosabat bila ruhi ravonining hadisin so`rar:

Ey sabo, bergil xabar sarvi ravonim keldimu?
Jon isi sendin kelur, oromijonim keldimu.

               Bu she`rning qofiyasidin so`ngra atf vovin12 kalimaning asli harfi o`rnig`a tutulub g`arib ixtiro` qilibdur:

Ey jafo tig`i, kelib majruh ko`ksumni yoru,
Qo`l yalang aylab solib haryon ichimni axtaru.

               «X ye» h a r f i:

               Ko`ngli ranj bila kuyub jononig`a demag`onin bulbul kuysa guli xandonig`a g`am bo`lmaslig`in tashbih qilib, ishq chamanida bulbuldek gulbong urg`oni:

Ranj ila kuydi ko`ngul demas ani jononig`a,
Qayda bulbul kuysa g`am bo`lur guli xandonig`a.

               Sarvi parirux yodig`a kelsa, hur va jannat yodidin chiqarni yod qilib, bu-tarona bila g`amgin ko`nglin shod qilurkim:

Har qachonkim kelsa ul sarvi parirux yodima,
Kelmas ul dam jannatu hur xotiri noshodima

               Ko`ngliga xitob qilurkim, aning dardin mahi tannozig`a yetkurgay va jonining halokligin sarvi nozig`a arz etgay:

Ey ko`ngul, dardimni arz et, ul mahi tannozima,
Xasta jonimnn halokin ayt sarvi nozima.

               Bu matla`din yorning kinoyatomez uzrxohlig`ining man`idurkim, shirin labin shakarrez qilib, ul afsun tili bila oshiq o`tini tez qilmag`ay:

Uzr uchun shirin hadisingni shakarrez aylama,
Bu fusun birla o`tumni dam-badam tez aylama.

               Sarvi ozodining bog` aro jilva qilg`oni uchun ishq ahli ohu faryodi kuydururining adosi so`znok tushubtur:

Jilva qildi bog` aro ul sarvi ozodim yana,
Kuydurur ishq ahlini bu ohu faryodim yana.

               Malik ul-kalom Mavlono Lutfiyning mashhur matlai javobida debtur:

Ey qading tubiyu jannat xaddi gulgun ustina.

               Bu matla` voqe` bo`lubturkim:

Xattining tori tushubtur la`li maygun ustina,
Uylakim, jon rishtasi bir qatrai xun ustina.

               Basirat ahli qoshida zohirdurkim, tafovut ne chog`likdur. Ne uchunkim, Mavlono yuzni jannatqa nisbat qilubdur va bu munosib tashbihdur. Bovujudi bu ikki misra` bir-biriga marbut emas va javobi bovujudi g`arobati ma`ni ikkalasi bir-biriga muvofiq va alfozi bir-birining muqobalasida loyiq voqe` bo`lubtur. Va qofiyaga tag`yir berib ham ushbu radif bila yana uch g`azal deyilibtur. Bovujudi ulkim, Mavlono javobi matla`da xat ta`rifidur, uch matla`ning ikkisida xat ta`rifidur va birida xol ta`rifidur. Mundin nazm tavrida g`oyati quvvat ma`lum bo`lur.

               Ul uch matla`din biri budurkim:

Ul zumurrad xatki chiqmish la`li xandon ustina,
Sabzai xatting ichida uylakim jondur nihon,

               Ikkinchi matla` budurkim:

Sabzai xatting savodi la`li xandon ustina,
Xizr go`yo soya solmish obi hayvon ustina.

               Uchinchi matla`kim xol ta`rifida voqe` bo`lubturkim:

Nuqtai xoling ajab yo`q la`li xandon ustina
Kim, bo`lur bir qatra doim obi hayvon ustina.

               Ishq uyquni ko`zdin uchurg`oni jihatidin kechaning sa`b holi sharhida bu matla`ning xublug`i gunashdin ravshanroqdur:

Bir quyosh hajrida chektim o`tluq afg`on bu kecha,
Kuymagim dudidin o`ldi charx giryon bu kecha.

               Filjavobi big`ayrihi:

Oncha chektim bir kuyosh hajrida afg`on bo` kecha
Kim, fig`onimdin uyumas jinnu inson bu kecha.

               Mehroraz yori chehra ochib jon o`rtarining tazarrui va oshkoro lutf ko`rguzub ko`nglini pinhon o`rtarining tazallumi:

Orazing mehrin ochib, jismim aro jon o`rtama,
Oshkoro lutf etib, ko`nglumni pinhon o`rtama.

               Filjavobi big`ayrihi:

O`t solib el jonig`a sen meni pinhon o`rtama,
O`rta jonimni-yu, jonim,   elni chandon o`rtama.

               Ishq oshubi va bedodi hikoyatida va hajr zulm va taaddisi shikoyatida bu matla` asru dardmandona va bag`oyat niyozmandona tushubtur:

Necha ul oy hajrida ko`nglum buzulg`ay g`am bila,
Necha jismim uyi yemrulgay g`amu motam bila.

               Bu qofiya va radif ham ul hazratning xossai tab`idur va hech yerda eshitilmaydur va bag`oyat shirin va rangin tushubtur. Hajr shomi suubatida o`zini anjum va aflok bila mashg`ul tutar kayfiyatida bu g`azal boshtin oyoq xub va puroshub voqe` bo`lubturkim:

Hajr shomi oy chiqib men yig`lar erdim dard ila,
Sayrlar qildim seni istab mahi shabgard ila.

               Bu avqotda hukm bo`lub erdikim, turkigo`y shuaro tatabbu` qilg`aylar. Ba`zeki, ayttilar — lat yedilar, ba`ze ayta olmaslig`ig`a mu`tarif bo`ldilar. Ul jumladin biri faqir erdimki, insof berdim va matlai budurkim:

O`tka solg`il sarvni, ul qaddi ra`no bo`lmasa,
Elga bergil gulni ul ruxsori zebo bo`lmasa.

               Yorni ag`yor bila ko`ra olmaslig`idin ko`z qoni deb ayni rashkdin bu matla` xub ado topibdur:

Qani ko`zkim, seni ko`rgaymen dame ag`yor ila.
Yo taammul qilg`amen ag`yor  ila guftor ila.

               Ishq zulmidin toriqqanda ko`zga ham yor va ag`yor sori boqardin man`qilur ma`nida bu matla` ham oshiqona, ham dardmandona tushubturkim:

Ey ko`z, o`zga yuz sori o`zungni hayron istama,
Bir vafosiz ishqidin ko`nglungni ham qon istama.

               Ul hazratning xossa ixtirootidin bu to`rt she`rdurkim, «o`zgacha» lafzin radif qilib, qofiyalari har qaysining o`zgacha voq`e bo`lubtur. Har qaysining latofati birbiridin ortug`rog` tushubtur va alardin biri budurkim:

 G`am yeli ayshim binosin qildi vayron o`zgacha.
 Hushu sabrim mulkini yer birla yakson o`zgacha.

               Ikkinchi matla` budurkim:

Ohkim bo`ldum yana ishq ichra shaydo o`zgacha,
Aqlu hushumdin judo xalq ichra rasvo o`zgacha.

               Uchunchi matla` bu nav` voqe` bo`lubturkim:

Bo`lg`ali la`ly uza xatti namudor o`zgacha,
Tutti ohim barqidin ko`k yuzi zangor o`zgacha.

               Yana bir matla` bu nav` voqe` bo`lubturkim:

Vahki, hijron tarhin ul oy soldi bunyod o`zgacha,
Notavon ko`nglumga bunyod etti bedod o`zgacha.

               Ko`ngliga sabrdin o`zga chora ishqida bilib sabr qila olmag`ondin bechoralig` izhori qilibdur va bade`ado topibdur va g`arib muaddo bo`lubtur:

Chorai ishqi nedur, juz sabru mahzun ko`ngluma,
Chun qila olmas, qiling bir chora majnun ko`ngluma.

               G`ardun shikoyatidakim, ofiyatin rasvolig` bila badal qilmish bo`lg`ay, bu matla` nishotfarso va anduh afzo voqe` bo`lubturkim:

Ey ko`ngul, gardun baliyat toshini yog`durdilo,
Har taraf sabrim uyin devorini sindurdilo.

               Bu radifda yana bir matla`kim, g`azal tavrida marsiyaomez Xoja Hofiz Sheroziyga voqe` bo`lg`on yo`sin bila ul hazratqa dag`i voqe` bo`lubtur va bag`oyat nodirdur:

Voy, yuz ming voykim, sarvi ravonim bordilo
Sabru hushum mulkidin oromi jonim bordilo.

               «Yo» h a r fi:

               Matlubin istab, topolmaslig`idin va hech hamdam ani bu musibatda zorlig`in so`rmaslig`idin o`z-o`zi bila gilamandlig` izhor qilibdur:    

Qayda istay, istasam, qaydin topay sen yorni
Kim, manga hamdam bo`lub so`rg`ay dame men zorni.

               Ko`ngul har necha yor dardu g`amidin ozor topar, ammo aning mohruxsorin ko`rgach, mehri fuzunroq va muhabbati sarrishtasi uzunroq bo`lur mazmunda bu matla` benazir tushubtur:

Nechakim, tortar ko`ngul dardu g`amu ozorini,
Mehrim ortar har necha ko`rsam mahi ruxsorini.

               Parivashining qaro libosidin hayrat qilg`onikim, quyosh qaronqu tunda ko`runmak g`aribdur va vasl kavkabi sa`di hajr tiyra shomida tulu` qilmoq ajib:

Hayratim bor to qaro qilmish libosin ul pari,
Kim qaronqu tunda ko`rmish oftobi xovariy.

               Ko`zin sarvi siyminbari kelur mujdasidin yig`lamoqdin tiyibdur, jonin xurshidi anvari vasli bashoratidin kuymakdin man` qilibdur:

Yig`lama, ey ko`zki, ul sarvi siyminbar kelgusi,
Kuymagil, ey jonki, ul xurshidi anvar kelgusi.

               Jonida harf g`ami yozar tahririg`a ko`ngli ajz va notavonlig`idin unamaslig`ig`a tadbir va chora topmasdin bechoralig` zohir qilur:

Jong`a ayturmen, yozay harfi g`aming tahririni,
Ko`nglum o`lmas, vahki, bilmasmen bu ish tadbirini.

               O`z sabz xatining sabzai xati hajrida o`lsa, qabri sabzasi xati hijron nishtari butmak iddio qilibdur va g`arib ma`ni voqe` bo`lubtur:

Sabzai xatting savodi birla o`lsam, ey pari,    
Sabzai qabrim ne tong, gar bo`lsa hijron nishtari.

               Bu matla`ning burung`i misraida xat va lab ta`rifida va ikkinchi misraida yuz va zulf hayrat izhori voqe`dur. To`rtalasi nodir tushubtur:

Mushkbo` xattinmu dey, yo la`li durborinmu dey,
Yuzi iymoninmu dey, yo zulfi zunnorinmu dey?

               Bu matla` ham manzurini husn yuzidin Shirin va Laylig`a va o`zin ishq bobida Farhod va Majnung`a tarjih qilibdur.  Bu nav` oz eshitilibdur:

Husn ila sen komilu Shirinu Layli shuhrati,
Ishq aro men zor o`lub, Farhodu Majnun tuhmati.

               Ishq o`ti hirqati ta`rifidakim, ul o`rtamagan nima qolmamish bo`lg`ay, bu matla` so`znok tushubturkim:

Ishqing o`ti jismu joni notavonim o`rtadi,
Turfa o`t erdiki, paydovu nihonim o`rtadi.

               Hajr tunida vasl orzusidin bul`ajab xayolin bayon qilur va firoq shomida visol shavqidin sa`b holin ado ko`rguzur:

Kecha hajringdin visolingg`a hayolim  bor edi,
Hech kimga ayta olmonkim, ne holim bor edi.

               Bu qofiya va radifda bu faqirning ham she`ri bor va mashhurdur, ammo ul hazratning bu she`rikim, aning javobi tushubtur, hech nisbati yo`qdurkim:

Qilmag`ay   erdim yuzin ko`rmak tamanno koshki,
Solmag`ay erdim ko`ngul mulkiga g`avg`o koshki.

               Mahzun ko`nglini aldab dilrabosining kelur xabarini debtur va org`adab ishratfizoi vasli xabarin aytibdur, ajab nav` shirin voqe` bo`lubturkim:

G`am yema, mahzun ko`ngulkim, dilraboying kelgusi,
Bazmi ishqing tuzguchi ishratfizoying kelgusi.

               Ishq tariyqida o`z kamolin zohir qilurkim, ishq ahli yagonalari andin so`zu gudoz tamanno qilibdurlar, balki boshtin-ayoqlarig`acha ul o`tqa yoqibdurlar:

Ishqim o`tidin kelib Majnun bir uchqun istadi,
Ol dedim, sung`ach ilik, boshtin oyog`in o`rtadi.    

               G`oyat bedillig`idin, g`am dashtida itgan notavon ko`nglin yod qilur va tarki jon aylagan bexonumon ko`ngli yodi bila o`z anduhin ziyod qilur:

Vahki, g`am dashtida itgan notavon ko`nglum qani?
Tarki jonim  aylagan bexonumon ko`nglum qani?

               Hijron balosidin jonig`a yetib, ajalg`a iltijo qilur va el mojarosidin toriqib, o`lumni orzular, bu uslubda so`z bas g`aribdur:

 Ey ajal, osuda qil hijron balosidin meni,
 Bir yo`li qutqar ulusning mojarosidin meni.

               Bahor fasli bo`lub aysh guli ochilg`oni va g`am xazoni yelidin sabri xirmoni sovrulg`oni bobida deyilibdur:

Navbahor o`ldi, ochilmas, vahki, ayshim gulshani
G`am xazoni yelidin sovruldi sabrim xirmani.

               Bu she`r qofiyasida yana bir she`r o`ttiki, bu anga javobdur va ikkalasi bir-biridin xubroq tushubtur:

Bir parivash shavqi, vahkim, jismu jonim o`rtadi,
Ayrilib har uchqun andin xonumonim o`rtadi.

               Zolim yorni zulm qilmoqqa beixtiyorlig`i aytilibdur va o`zining mazlumshiorlig`ini xubroq vajh bila ado qilibdur:

Er zulm aylar uchun beixtiyor o`lmish netay,
Vah, anga javru sitam qilmoq shior o`lmish netay.

               Yor firoqidin yoshu qon to`kmoq ko`zining fani bo`lg`onni bu jihatdin ul bahru kon inju va la`l maxzani bo`lg`onni g`arib suratda nazm qilur:

Ey firoqingdin ko`zumning yoshu qon to`kmak fani
Kim erur ham la`lning qoni, ham inju maxzani.

               Yor ko`yida tushgan so`zon ko`nglinki, yori poymol qilmish bo`lg`ay, yerga tushgan o`tqa tashbih qilg`onikim, ayog` bila yerga surtub o`chururlar, xossa ma`nidur:  

Tushgali so`zon ko`ngul ko`yung aro filhol oni,
Erga tushgan o`t edikim, aylading pomol oni.

               Hijron sog`aridin dam-badam o`zdin borurni ibo qilib, vasl jomi muyassar bo`lsa, labolab sipqorurni muddao qilibdurkim:

Necha hijron sog`aridin dam-badam o`zdin boray,
Vasl jomin gar tutar bo`lsang labolab sipqoray.

               Bovujudi o`z ishqi o`ti va yor husni o`ti riqqati qalb va tarahhum jihatidinkim, ishq ahli lozimasidur yana bir mazlumi zor ishqining o`ti bila ham ko`nmak va matla`din she`rning oxirig`acha bu ma`nini har baytda izhor qilibdurkim, nazm elidin hech kimga dast bermaydur:

Bas emas  erdi manga ham o`z o`tum, ham yor o`ti
Kim, anga afzun dag`i bo`lmish yana bir zor o`ti.

               Jon og`ziga yetganda jonon labin tamanno qilmoqki, jon topshirg`ay va jonong`a yashurun naqdi pinhon topshirg`ay, bas latif voqe` bo`lubtur:

Etti jon og`zimg`a yetkur labnikim, jon topshuray,
Bori o`lmasdin burun bu naqdi pinhon topshuray.

               Majnunni ishq tariyqida o`ziga o`xshatmoq va devonalig` rasmin anga o`rgatmak kamoli oshiqliqqa va devonaliqqa doldur va ishq va junun ahlig`a bu nav` bas bul`ajab holdur:

Ishq aro Majnunni dermenkim, o`zumga o`xshatay,
Hushini zoyil  qilib, devonalig`ni o`rgatay.

               Parivashining tufuliyat jihatidin yorlig` bilmasin va aning shavqidin shaydo ko`ngli hushyorlig` bilmasin zohir qilib, dard ahli qoshida o`z dardi dilin aytibdur:

Ul parivash tifl, vahkim, yorlig` bilmas netay,
Shavqidin shaydo ko`ngul hushyorlig` bilmas netay.

               Ul olam ahli sultoni himmati qoshida baski sultonlig`i muhaqqir ko`rinur va faqirni filhaqiqat saltanatqa tarjih qilur, bu baytdakim, haqiqat ma`nisi majoz suratida ado topibdur. Umid ulkim, ul hazratning tariyqida ham necha majozi bo`lsa haqiqatda mubaddal bo`lg`ay va majoz ahlig`a ehson va haqiqat ahliga mustahsan voqe` bo`lubtur:

Kim gadoying bo`lsa olamdin kechib, ey dilrabo,
Faqr ahli ichra ul sultoni olamdur bukun.

               Xilvat13. Olam ahlig`a andoqki, majlis bo`lur, majlis ahli hasratidin tab`g`a kalol va zehng`a malol yuzlangandin so`ngra har toifa o`z xurdi holig`a ko`ra maxsuslari bila xilvat ixtiyor qilurlar. Chun «Majolis unnafois»ning yetti majlisni tab` ahli g`avg`osi va nazm xayli alolosi bila o`tkarildi. Sekkizinchi majlis Sultoni Sohibqiron majlisidurki, ani andoqki, haqidur bayon qilmoq mumkin ermas va ul da`vog`a aqlkim, munsif hakamdur, ruxsat bermas. Nechukkim, bo`lsa shikasta va basta va ba`zi parishon va ba`zi payvasta ado topti. Emdi xilvatda dag`i bir-ikki naql ul hazratning g`ayri nazm latoyifidin ham bitilsa va bir-ikki so`z sharh etilsa yiroq bo`lmag`ay.
               Ul j u m l a d i n. Mavlono Lutfiy (alayha rahma)ki, o`z zamonida Xuroson mulkida turkiy va forsiyda malik ul kalom erdi, bir kun bahor ayyomidakim bulug oshiq ko`zidek ashkbor va ul ashk qatarotidin har biri: ma`shuq va`dasidek bir mavhum tor oshkor qilur erdi, bu faqirg`a yo`luqti va dedikim, bu yog`in torlari maxsus bo`ladur, Mir Xusrav (alayha rahma) hinducha ash`orida bir ajib-g`arib ma`ni aytibdur va ul budurkim: mahbub bahor ayyomida bir yon boradurmish bo`lg`ay va yog`in jihatidin yer balchiq bo`lmish bo`lg`ay va aning. ayoqi balchig`din toyib yiqilur chog`ida g`oyat nozuklugidin yog`in rishtasin madadi bila tutub qo`pmish bo`lg`ay. Bu faqir bu ma`nini eshitgach, xushhol bo`lub, Mir Xusravning bu daqiq xayolig`a ofarinlar o`qudum va tab` ahlidin yog`in taqribi bila harkim qoshida bu so`z naql qilildi. Manga yuzlangan xushvaqtlig` anga ham yuzlanib, Mir Xusravning ta`rifida beixtiyor bo`ldi. Bir kun ham mazkur bo`lg`on taqrib bila Sultoni sohibqiron Oliy majlislarida banda bu so`zni arz qildimkim, bir kun Mavlono Lutfiy Mir Xusravdin bu nav` g`arib ma`ni naql qildi, deb. Xayolimda bu-kim, ul hazratning ham latif tab`larig`a xush kelib, ta`rifda mubolig`a qilg`uvsilardur. Banda ko`p shaaf bila aytqon uchun filjumla tabassum qilib, inbisot izhori qildilar. Ammo ko`p iltifot voqe` bo`lmadi. So`ngg`i kun andoq ma`lum bo`ldikim, ul hazratning muborak tab`larig`a Mir Xusravning bu xayolida e`tiroze yuzlangan ermish bo`lg`ay, yana hayrat dast berdikim, Mir Xusravning bu xayolig`a jame` tab` ahli ta`rif va tahsindin o`zga hech nima zohir qilmadilar, oyo, ul hazrat ne e`tiroz qilib erkinlar. Oliy majlisda yer o`pub, arz qildimkim, ul e`tirozni guharbor alfozdin eshitmak muroddur. Dedilarkim, ul e`tirozbudurkim, ul yog`in qatrasi yuqoridin quyi inib keladur, muqarrardurkim, rishtasig`a dag`i hamul holdur. Rishtaikim, mayli quyi bo`lg`ay, aning madadi bila yiqiladurg`on o`zin asramog`i maholdur. Ul hazrat bu e`tirozni naql qilg`och, faqir bildimkim, men va har kishi hamkim, bu ma`nini eshitib, tahsin qilibdurbiz —barcha g`alat qilg`on ermishbiz. Quloq tutub o`z nuqsi tab`img`a mu`tarif bo`ldim. Andin so`ng ul hazrat dedilarki, bu bayt andoq bo`lubturki, e`tiroz mahalli yo`qturkim;

Za`fdin kulbamda qo`pmoq istasam aylar madad,
Ankabute rishta osqon bo`lsa har devorg`a.

               Umid ulkim, mundoq sof tab` kuzgusiga hargiz davron havodisidin g`ubore o`lturmag`ay va mundoq ravshan zehn sham`in hargiz navoyibi sarsari o`churmagay.

               U l  j u m l a d i n budurki, Mavlono Qabuliy degan kichik yoshlik yigit Qunduz va Hisor tarafidin kelib erdi, tab`i turkiy va forsiy nazmg`a muloyim erdi. Oliy majlisqa musharraf bo`lub, podshohona tahsin va ehsong`a ham sarafrozbo`lub erdi. Bir kun bir turkiy g`azalki, matlai budurkim:

Na`l kestim dardi afzun bo`ldiyu kam bo`lmadi,
Dog` qo`ydum so`zi kam bo`lg`ay debon, ham bo`lmadi

aytib kelib erdikim, yuqori arz qilg`ay. Faqirg`a berdikim, tegrasida evrulgaymen va xotirg`a kelganni anga aytqaymen. Chun o`qudum «ham bo`lmadi», qofiyasini yaxshi aytmaydur erdi. Derdimkim, yaxshi qofiyasi budur, mundin yaxshiroq bog`lasang bo`lur erdi. Ul dedikim, men xili tashvish torttim, yaxshi bog`lay olmadim. Albatta, bu qofiyani siz bog`lang. Chun mubolag`a qildi, faqir ul qofiyani bog`ladim, bu nav`kim:

Sarv moyil bo`ldikim, o`pgay ayog`ing tufrog`in,
Yo`qsa har soat sabo tahrikidin xam bo`lmadi.

               Alqissa, Qabuliy bu she`rni bitib navvobdin birining vositasi bila Oliy majlisqa yetkurubdur. Ul hazrat o`qug`ondin so`ngra debturlarki, ikkinchi bayti aning nazmining rangi emas, xayolg`a andoq kelurkim, falon muyi aning bu she`rida aytmish bo`lg`ay.
               Faqirni tilab bu bobda takallum qildilarki, — bu baytni oyo ulmu aytib erkin, yo birovmu aning uchun deb erkin? Faqir taajjub qildim, ammo lutfi yo`q erdiki, ul g`arib yigitkim, bu she`rni o`tkarib erdi, degaymenkim, — bu baytni men aytibmen. Chun iqror qilmadim. Mubolag`a bila so`ruldi, ul hazratqa chun ravshan bo`lub erdi, inkor qila olmadim. Dedimkim, muborak xotirg`akim, mavridi fuyuzi g`aybiydur, chun zohirdur ne nav` tong`aymen. Bag`oyat munbasit bo`lub, hukm bo`ldikim, Qabuliyni topib keltursunlarkim, bu bobda aning bila mutoyaba qilali. Filhol ani topib Oliy majlisda hozir qildilar. Hazrat julus hukmi buyurub, iltifot zohir qilib, she`rini tahsin qildilar. Faqir mutaraddidkim, ta`rif bunyod bo`ldi, anga ajab sharmandalig` bo`lg`usidur va faqirg`a andin ortug`roq. Ul bobda hech so`z demadilar. Muddate o`lturdi va so`z o`zga taraflar tushti, to ulki, majlis nihoyatqa yetti va el tarqaldilar. Oz kishi mahramlardin qoldi. Navvobdin biri arz qildikim, Qabuliyni kelturdilar va ul bayt bobida aning bila mutoyaba qilmadilar, hamonoki unutuldi. Hazrat buyurdilarkim, unutulmadi, ammo ul so`z zikrida anga uyat bo`lur erdi, tilamadukki, g`arib yigit majlisda el arosida uyatlig` bo`lg`ay, ul sababdin aning she`ri va ul bayt bobida so`z deyilmadi. Bu faqir yer o`pub arz qildimkim, bu rahm yolg`uz anga voqe` bo`lmadikim, manga dag`i bo`ldi.
               Subhonolloh! Ofarin ul sone`g`akim, bir sohib davlatqa muncha husni xulq va kamoli fazl va baland idrok va tab` va zehni pok karomat qilibdurki, bu afsonalarni yasab, birovga bog`lasalar, eshitgan kishi inona olmag`ay, balki ja`liydur deb, aytquchining takallumig`a quloq solmag`ay.     
               Bu Sultoni Sohibqironning eramoyin suhbatlarida va firdavstazyin xilvatlarida bu nav` g`arib latoyif va ajib zaroyif har lahza mutaoqib va mutavotir va har lahza mutazoid va mutakosir zohir bo`lur, to sipehr shabistonining sham`i zarrin lagani badri munir bo`lg`ay va aflok shahristonining mash`ali anjumani mehri olamgir o`lg`an, bu adolat avjining to`lun oyig`a kamlik yuzlanmasun va bu saltanat-burjining xurshidi olamoroyi kamol darajasidik aylanmasun!
               Ul humoyun tab`ning bu nav` diqqatsozlig` va nuktapardozlig`larini sipehr dabiri yillar bitisa tamom etmas va xiradi xurdadon xush taqriri qarilar aytsa itmomig`a yetmas. Avlo ulkim, ixtisor bila tamom qililg`ay va duo bila ixtitom berilg`ay:

Yo rab, bu zamona shahlarining shohi,
Kim, ko`ngli erur sirri nihon ogohi,
Bergil anga avj mohdin to mohi,
Balkim neki bor esa aning dilxohi.

Ko`k arsasi bazmgohi o`lsun, yo rab,
Kun shamsasi chatri johi o`lsun, yo rab,
Kavkab adadi sipohi o`lsun, yo rab,
Har ishda Hah panohi o`lsun, yo rab.