UCHINCHI MAJLIS
Alar zikridakim, holo zamon sahoifida moiniy abkori alarning Daqiq tab`lari hullaboflig`idin nazm libosi kiyadur, nazm libosi alarning amiyk zihnlari mo`y shikoflig`idin san`at va salosat naqsh va nigore topadurkim, ba`zining mulozamatig`a musharraf va sarbaland va ba`zining musohabatidin xushnud va bahramanddurbiz
Ul jumladin quyosheki, roi olam oroyi bila bu zamon mubohiy va ahli zamong`a sharafi nomutananohiy muyassardur va daryoeki, tab`i gavharzoyi bila bu davron jaybi gavhardin to`la va davron ahli qo`yni va etagi javohirdin mamlu bo`ladur.
Hazrat Mahdumiy Shayxul-islomiy Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (madda zillahu1) dururkim, to jahon bo`lg`ay alarning yorug` xotirlarining natoyiji, jahon ahlidin kam bo`lmasun va to sipehr evrulgay, alarning ochiq ko`ngullari favoyidi davron xaloyiqidin o`ksulmasun. Chun bu muxtasarda mazkur bo`lg`on jamoatning ra`s va raisi ul zoti nafis va bu risolada mastur bo`lg`on guruhning muqtadosi va peshvosi ul gavhari yaktodur, muborak ismlari bu avroqda sabt bo`lurdin guzir va yozilmasa dilpazir ermas erdi, jur`at bo`ldi. Chun alar latoyifi nazmi andin ko`proqdurkim, hojat bo`lg`aykim, ba`zi bitilgay, yo elga ma`lum bo`lsun deb birori sabt etilgaykim, kutublarining otin bitilsa, bu avroqtin oshar va musannafotlari durlari zinkrin qililsa, gardun bahri andin toshar, lojaram chun bu ma`ni bililur va duo bila xatm qililur.
Ruboiy:
Yo rab, bu maoniy durrining ummoni,
Bu donishu fazl gavharining koni
Kim, aylading oni olam ahli joni,
Olam eliga bu jonni tut arzoniy.
Yo rab, bu maoniy durrining ummoni,
Bu donishu fazl gavharining koni
Kim, aylading oni olam ahli joni,
Olam eliga bu jonni tut arzoniy.
Turfa budurkim, Xoja Muhammad Tayobodiy2 kim, bir qarn ul hazratning maxsus mulozimi erdi, nazmlaridin bir bayt bilmas va bilsa ham nazm va nasrlaridin bir nukta fahm qilmas va qilsa ham maqsudqa muvofiq demas. Borakalloh, kamoli qobiliyat muncha — o`q, bo`lg`ay! Ul hazrat yillar aning badxo`ylug`in ko`rub singgurubdurlar va o`zlariga keturmaydurlar va alarning bu holig`a sodiq kelur ul baytkim:
A m i r Sh a y x i m S u h a y l i y — Xuroson mulkining muttaayyin elindindurur. Kichik yoshidin tab` osori va zihin namudori andin ko`p zohir va hamida axloq va pisandida maosh atvoridin bohir erdi, Sulton Abu Said Mirzo xizmatiga tushub maxsus mulozim bo`ldi va ash`ori el orasida shuhrat tutti va holo yigirma yildin ortuqroqdurkim, Sulton Sohibqiron mulozimatidadur va rafe` munosib va a`lo marotibg`a musharrafdur; andoqkim, mulku mol, balki saltanatning barcha maslahat va ahvolig`a mushorunilayh va mo``tamaddun-alayh4 va amorat zayluchasida sokin va taqarrub masnadida mutamakkindurkim, hech namuloyim amrg`a mansub va noshoyista aybg`a mat`un va ma`yub emas va bu davlatda andoqki intizomi holi biyik bo`ldi, nazmi ahvoli dag`i avj tutti va bu «Iydiya»5 qasidasining matlai yaxshi voqe` bo`lubturkim:
Bu g`azal matlai ham aningdurkim:
Bu matla` ham yomon voqe` bo`lmaydur:
Va «Layli va Majnun» masnaviysida, Laylining xastaligi ta`rifida bu bayt aningdurkim:
Agarchi turkcha she`rg`a mashg`ulluq oz qilur erdi, ammo bu matla` aningdurkim:
Zuhd eli tasbih deb hayron qolur avbosh aro,
Rishtai jismimni ko`rsa qatra-qatra yosh aro.
Rishtai jismimni ko`rsa qatra-qatra yosh aro.
Avvaldin oxirg`acha faqir bila iltifot va ittihodi ko`p uchun mundin ortuq ta`rifin qililsa, o`zumni ta`rif qilg`ondek bo`lurdin qo`rqib, ixtisor qilildi. Oqibati xayr bo`lsun!
M a v l o n o S a y f i y10 — buxorolig`dur, andin Hiriy shahrig`a keldi va aksari kutubi mutadovilotni ko`rdi va tahsil asnosida nazmg`a mashg`ul bo`ldi. Andoqki she`ri shuhrat tutti va masal tariyqin bag`oyat yaxshi aytti. Bu matla` aningdurkim:
Va san`at va hirfa ahli uchun ham ko`p latofatlik nazm qilibtur va ul tariyqda muxtare`dur. Bu bayt ul jumladindururkim:.
Muammo fanida ham risola bitibturur va
M a v l o n o O s a f i y13 — otasi podshohi zamonning vazorat devonida muhr bosibdur va o`zining tab`i ta`rif qilg`ucha bor va hofizasi ham bag`oyat xubdur. Ammo ne tab`in ishga buyurur, ne hofizasin. Yatimvashlik va ra`nosifatliq va xudroylik va xudoroylik bila avqotin zoe` qilur. Bu nav` g`arib sifoti ko`pdurki, agar desa so`z uzolur. Mutlaqo pandpazir ermas. Bu jihatdin bag`oyat parishondur. Yaxshi abyoti bor. Ammo bu matla` mashhurdurkim:
Bu turkcha matla` ham aningdurkim:
Yuz balolar ko`rdum, ul oromi jondnn ko`rmadim,
Ikki ko`zumdin yomonlik ko`rdum ondin ko`rmadim.
Ikki ko`zumdin yomonlik ko`rdum ondin ko`rmadim.
M a v l o n o B i n o i y15 — avsot un-nosdindur, muvalladi Hiriy shahridur. Bag`oyat qobiliyati bor. Avval tahsilg`a mashg`ul bo`ldi, anda ko`p rushdi bor erdi, bot tark qildi. Xatg`a ishq paydo qildi. Oz fursatda obodon bitidi. Andin so`ng ilmi musiqiyg`a mayl ko`rguzdi. Advor ilmi bilan bot o`rganib, xili ishlar tasnif qilib advorda dag`i risola bitidi. Ammo mo``jib va mutasavvirlig`idin el ko`nglig`a maqbul bo`lmadi. Bu sifati salbi uchun faqr tariyqin ixtiyor qildi va riyozatlar ham tortti, chun piri va murshidi yo`q erdi, o`z boshicha qilg`on uchun hech foyda bermadi. El ta`nu tashniidin Hiriyda turolmay Iroqqa bordi. Andin dag`i ushbu rang ovozalar yibordi. Ammo chun yigitdurur, qobil va ko`p gurbat va shikastaliklar tortti, umid ulkim, nafsig`a ham shikast va tavoze` yetmish bo`lg`ay. Har taqdir bila bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Q o m i y — Ubadindur. Kichik yoshidin Mavlono Muhammad Badaxshiy17 ani tarbiyat qildi. Tahsili ul yerga yettikim, Mavlono aning sabaqining uhdasidin chiqolmadi. Ulug`roq donishmandlarga tarbiyatin ruju` qildi. Chun saodatmand yigit erdi, tahsildi sa`ylar qildi. Holo yaxshi tolibi ilmdur. Voqean adabliq va tavozu` va insoniyatlik odmi yigit bo`lubtur. Mavlonog`a filhaqiqat farzand uldur. She`r va muammoni ham yaxshi aytur va ochar. Bu matla` aningdurkim:
Bu muammo ham
M a v l o n o O l i m — donishmand kishidur. Dars va ifodag`a mashg`ul. She`rg`a dag`i muloyim tab`i bor. Bir kun bir jamoat el bila devonboshig`a qaziyai arz qildi va o`z muddaosi muvofiqi arzadoshti ham, bitib erdi. Devonboshi bu voqeani Xoja Majdiddin Muhammad19 ki, muboshir erdi, anga havola qildi. Mavlono arzasini xojaga berdi. Ammo Xojagiyning mayli xotiri aning muaddiylari sari erdi, aning kog`azin o`qumay chirmadi va g`animlari tarafin tutti. Mavlono bu baytni munosibi ahvol aytti, budurkim:
Bu bayt shuhrat tutti. Bu matla` ham aningdurkim:
M a v l o n o H a s a n sh o h22 — Xurosonning qadimiy shuarosidindur. Shohrux Mirzo zamonidin bu farxunda davrong`acha ko`prak salotin va akobir va muttaayyin elga ham madhi va ham marsiyasi bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M u z h i r — Mavlono nadimsheva va hazzol tab` kishi uchun hazlomez ash`ori va qit`alari ko`pdur va mashhurdur. Ul jumladin, Mutahhiri Udiy24 uchunkim, eshakini ulug`roq, jihatidin el muzd berib, tuxum uchun o`z eshaklariga sekritur ermishlar. Bu qit`ani debtur:
Mutahhir hast ismi bemusammo,
Najasro kay mutahhir metavon guft?
Xarash bar xar jahad u zar sitonad,
Bas o`ro kaydii xar metavon guft25.
Najasro kay mutahhir metavon guft?
Xarash bar xar jahad u zar sitonad,
Bas o`ro kaydii xar metavon guft25.
Bu misra` tazmini ham qalamzanlar bobida aningdurkim:
M a v l o n o Sh o m i y — Domg`ondindur. Ko`p tahsil qilib, mutadovilotni mukarrar o`tkardi. Ammo mullolig` otig`a kirmadi. Andin so`ng tibbqa mashg`ul bo`ldi. Dag`i ko`proq, mo``tabar kutubni ko`rdi. Anda ham atibbo silkiga qo`shilmadi. She`rni yaxshi aytur erdi, ammo imlosi durust emas erdikim, she`rin bitgay. Har taqdir bila bu matla`i yaxshn voqe` bo`lubdurkim:
M a v l o n o A b d u l l o — agarchi zohir yuzidin hazrat Maxdumi Nurang`a o`zin qarobat tutar, ammo ma`ni yuzidin bag`oyat yiroqdur. Soyir she`r asnofidin masnaviyg`a ko`proq iltifot qiluri uchun malik ul-kalom Firdavsiy Tusiy28 va hazrat Shayx Nizomiy Ganjaviy va sulton ush-shuaro amir ul-umaro hazrat Xoja Xusrav Dehlaviy «Shohnoma» bilan «Xamsa»ni masnaviylarikim, bo`lg`ay pisand qilmas. Bahs balki hazrat Maxdumi Nuranning masnaviylarig`a borurkim, pisand qilur, yo yo`q. Biz faqirlarkim, bu jamoatning rezachini xoni va xo`shachini xirmoni tutarbiz, balki ul hunar va qobiliyat ham yo`q va mundoq qishi she`ri ne istehqoq bila ta`rif qila olg`aybiz; Har necha dag`i andoq bo`lsa tabarruk haysiyatidin ul nazm qilg`on «Zafarnoma» masnaviysidin bu uch bayt bitildi:
Bas onki base gavmishoni nar
Ba zanjir bastand bar yakdigar
Ki, dar peshi xandak fasile buvad
Vazu har yake man`i file buvad.
Charo boyad az fil kardan hazar
Ki u chorpoest chun govu xar29.
Ba zanjir bastand bar yakdigar
Ki, dar peshi xandak fasile buvad
Vazu har yake man`i file buvad.
Charo boyad az fil kardan hazar
Ki u chorpoest chun govu xar29.
Bu tarixdakim bu risola bitildi «Xamsa»din «Layli va Majnun», «Xusrav vaShirin», «Haft paykar»30g`a tatabbu` qildi. «Isqandarnoma» muqobalasida «Zafarnoma» nazmiga mashg`ul erdi. She`ri el orasida bag`oyat mashhur va rivoji nomaqdurdur.
Na`tda bu bayt aningdurkim:
Urush ta`rifida bu bayt ham aningdurkim, el ichida base mashhurdurkim, urush fanida o`qurlar:
Burunlar yigitlik hissiyotidinkim, junundin bir sho``badurur, ba`zi holatida agar biror nima nomuloyimlik bor erdi, ammo holo avqoti mazbut va maqoloti marbut zohir bo`lur va noz o`rniga niyoz va burudat muqobalasida so`z va gudoz jilva qilur, bu davlat anga va har kimga nasib bo`lsa, haq taollo arzoniy tutsun! Omin.
M a v l o n o D a r v ye sh M a sh h a d i y33 — safih va badzabon kishidur. Ba`zi azizlarni, derlarki, yomon xajvlar qilibdur. Andin ajib ermasdur va tab`i yomonluq sori har necha desa yaxshi borur. Bu faqir andin junun va oshuftaliqlar ko`rdum, ammo hajvlarin zohir qilmadi. Soyir nazmlarda bir nav`i tab`i bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o X u r r a m i y — Hiriyning odamizodalaridindur. Ammo o`zida odamiylikdin asar, balki bo`ye yo`qtur. Badmizojliqlari jihatidan Xurosonda turolmadi, Iroqqa bordi, andin Makka va Madina va Bayt ul-muqaddas, ko`prak anbiyo va mashoyix mazorotin yayoq borib, ziyorat qildi, balki ikki qatla anga bu riyozat va mashaqqat, balki bu davlat muyassar bo`ldi. Ammo o`z zoti bedavlatlig`lari jihatidin bu safarlardin kelgandin so`ngra borg`ondin burunroqdin bexabarroq va badfe`lroq keldi va aning maddohlig`ida til ojiz va aql qosirdur. Bovujudi muncha turfaliq she`r ham aytur va anda kishini pisand qilmas. Bu matla` aningdurkim:
S a y i d Q u r o z a — sherozlikdur. Tahsil qilur suratida g`urbat ixtiyor qilib Xurosong`a keldi. Bag`oyat mahrum va vojib ul-rioya va nomurod ko`rundikim, ham haqir ul-jussa erdi va ham sag`ir us-sin. Aning muhofazati ahvoli qilib, sabaq jihatidan dag`i ba`zi azizlarg`a siporish qilildi. Ulcha maqduri shafqat va muruvvat erdi, aning borasida mar`i tutulur erdi, to ulkim, bir oz fursatkim, o`tti andin g`aroyib ham bosh ura kirishti. Muddate eshitib-eshitmasga solib, ko`rub-ko`rmasga solindi. Oqibat ish bulardin o`tti va ang`a yettikim, Xuroson mulkida turolmadi, Samarqandga bordi. Andoq ma`lum bo`lurkim, Samarqand xamriylari birla ham zadu xo`rd qilib, g`olib bo`lmasa, mag`lub dag`i ermas. Aning ishlari andin mashhurroqdurkim, sharh qilurg`a hojat bo`lg`ay. Bu matla` ul badbaxtqinaningdurkim:
S a y i d Q u t b L a k a d a n g — samarqandlig`dur. Barcha xubluqlarda Sayid Qurozannng adili bo`la olur, balki ortuqroq. Hiriyda erdi. Andin fasode vujudqa keldikim, qatl hukmi bo`ldi. Base zahmat tortildi, to bandg`a qaror topti. Banddin qochib, holo Samarqanddakim, majolisda Sayid Quroza bila majlisoroydir va anga mu`tariz va mutaariz. Majlis ahlidin izo ko`rmakta mehtar sherik va nazmlardin ul nokasginaning mayli muammog`a ko`proq voqe` bo`lg`on uchun bir muammosin bitildi.
M a v l o n o M u q l i l i y — Turshizdindur. Nadimsheva va hakimvash kishidur, majolisda amsol va nazoyir ko`p kelturur. Darveshlik suratida yurur. Bu matla` aningdurkim:
Muddatedurkim, oyog`ig`a maraze tori bo`lubturkim, lang bo`lubtur va bu jihatdin taraddud oz qilur.
D a r v ye sh X u s o m i y — xorazmlig`do`r. Bu matla` aningdurkim:
Fig`on, ey do`ston k-on la`li shirin az havas moro
Bikushtu hech kas bar sar nayomad juz magas moro38.
Bikushtu hech kas bar sar nayomad juz magas moro38.
M a v l o n o Sh a v q i y — Chechaktudin bo`lur. O`zi maqbul va tab`i muloyim yigitdur. Ammo dimog`ig`a mutolaa jihatidin xiffat yuzlanib, anga monii mutolaa bo`lubtur. Turkin va forsiyda tab`i yaxshi tasarruf qilur. Bu matla` aningdurkim:
Bu to`rkcha matla` ham aningdurkim:
Borib ovora ko`nglum zulfing ichra mubtalo qoldi
Tarahhum qilki, mendin bordiyu, emdi sanga qoldi.
Tarahhum qilki, mendin bordiyu, emdi sanga qoldi.
M a v l o n o Z i yo — tabrizlikdur. Ko`ngulga yaqin shirinadoliq maqbulg`ina kishidur. Haqir ul-jussa uchun ashobqa mujibi bast ham bo`lur. Shahrg`a tahsil uchun keldi. Tahsil asnosida she`rga ham ishtig`ol ko`rguzdi, dag`i yaxshigina she`rlar ham aytti. Bu matla` aningdurkim:
Bu matla` ham xub zoqe` bo`lubtur.
Xush on soatki, oyad turki man shamsheri kin bo u,
Raqibon jumla bigurezandu man monam hamin bo u41.
Raqibon jumla bigurezandu man monam hamin bo u41.
Va
M a v l o n o N a r g i s — hiriydindur. Mazkur bo`lg`on taxallus bila nazm aytur erdi. Ani «Ohiy» 43g`a tabdil qildi. Sababin so`ruldi, ersa obodong`ina javob aytmadi. Qaydakim, juzviy rangin so`z yo ma`niyi nozuk ko`rsa, tasarruf qilurg`a odat qilibdur. Insho-olloh, andoqkim taxallusig`a tag`yir berdi bu odatiga ham tag`yir bergay. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o S o l i m i y — Iroq mulkining odamzodalaridindur. Xo`rosonda fazliyotdin ko`p nima kasb qildi. Avval tahsilg`a mashg`ul bo`ldi. Andin so`ngra she`r va muammo va xatqa ko`shish qildi. Yana sozlardin ud va tanbur ham o`rgandi va musiqiyda ham tasniflar bog`ladi. Ham nafsida salomat bor va ham tab`ida istiqomat. Bu matla` aningdurkim:
Ba may xo`rdan chu soqiy sog`ari mayro dahan po`shad,
Chi shud k-uro ba sarpo`she savodi chashmi, man po`shad46.
Chi shud k-uro ba sarpo`she savodi chashmi, man po`shad46.
M a v l o n o A n v a r i y — Balx tarafidindur. Oshufta mizojroq yigitdur. Gohi savdosi andoq g`olib bo`lurkim, mizoji sihat qonunidin munharif bo`lur, yana ko`p zahmat bila muolajapazir bo`lur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Q o b i l i y —turshizlikdur. Ul sipohiylik suratida erdi va elni hajv qilur erdi. Go`yo emdi ikkalasidin mutaboid bo`lubtur. Bu matla` aningdurkim:
Ittifoqo bu she`ri bila o`zin hajv ham qilibtur. Bovujudkim, hech mazasi yo`qtur va qofiyasi ham g`alatdur.
M a v l o n o S i r r i y — Mavlono Ali Shahobning o`g`lidurkim, yuqori mazkur bo`ldi. Abdolvash yigitdur. Holo Marvda bir langari bor, o`tar-borur elga xizmat qilur. Bu matla` aningdurkim:
M i r H o j — sayid kishidur, tolibi ilmlik ham qilur. Yaxshi tab`i bor. Hamonoki, iltizom qilibturkim, ko`proq qasidasi manqabat bo`lg`ay. Ahyonan biror g`azal ham aytur. Bu matla` aningdurkim:
Agar dar go`shai g`am dur az on siymin badan miram,
Xalal dar kori ishq oyad hamon ro`zeki, mann miram50
Xalal dar kori ishq oyad hamon ro`zeki, mann miram50
M a v l a n o M o n i y — mashhadlig`dur. Sohibjamol va zarif va ra`no yigitdur. Bovujudi ulkim, atosi benazir kosagardurkim, chinni yasar va inisi andoq naqsh qilurkim, Chin va Xitoda qila olmaslar. Ul bu ikkov hirfasidin or qilib, birin quli, birin chuhrasicha ko`rmas. Chun husni bor, husni xati va husni kalomi dag`i bor, har ne qilsa anga tegar. Bu matla` aningdurkim:
Chu dar sahroi g`am devonason bo xud fitad changam,
Gahe dar changam aftad sangu gah sang aftad az changam51.
Gahe dar changam aftad sangu gah sang aftad az changam51.
M a v l o n o S o y i l i y — Jo`yanning Xovarshosidindur. Darveshvash va kamsuxan kishidur. Ba`zi ash`ori yomon tushmas. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o S a l o m i y — shahr masjidi jome`ida Muluk gunbazida xodimdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o F o r i g` i y — Xonaqohi Jadidiyda bo`lur. Darveshvash yigitdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o J a m sh ye d — emdi paydo bo`lg`on xush tab` yigitlardindur. Obodon kotib ham bor. Soyir she`r asnofidin tab`i muammog`a moyildur.
M a v l o n o B a q o i y — kamongarlikka mashhur va o`zini muammoiyliqqa ham shuhrat berdi. Ammo faqir hargiz andin muammoki, nimaga yaragay, eshitmadim. So`ngra she`r ayta boshladi. Ammo g`arib xayollar qilur, ammo tarkibni resh bog`lar. Derlarki, tirandozlik fanida sohib vuqufdur, biz bilmasbiz. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M u sh r i f i y — hiriylikdur. Navisandalikdin biror nima vuqufi bor. Go`yo qushxona mushrifi erdikim, taxallusi ham uldur. Gohi ul ishni tark qilur va yana gohi pushaymon bo`lur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o A s i l i y — mashhadlig`dur. Holo ul shahrda mutaayyin xush tab` uldur. Nasxta`liq xatin dag`i yamon bitimas. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o K a v s a r i y — hiriylikdur. Kichikdin beri tab`ida nazm aytur qobiliyati bor. Ammo mashg`ulluq qilmas. Xoja Osafiyning musohiblig`i davlatidindurkim, goh-gohi she`r aytur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o H i l o l i y60 — turk elidindur. Hofizasi yaxshidur, tab`i dag`i hofizasicha bor. Sabaq o`qumoq taklifi qilibdur, umid ulkim, tavfiq topgay. Bu matla` aningdurkim:
Chunon az po fikand imro`zam on raftoru qomat ham
Ki, fardo bar naxezam, balki fardoi qiyomat ham61.
Ki, fardo bar naxezam, balki fardoi qiyomat ham61.
M a v l o n o Q a b u l i y — Qunduzdin Xurosong`a kelganda boisi tahsilni zohir qildi. Chun dumog`ida biror nima parishonlig` bor va tavrida lavandlig`, ul muddaosi yaxshi muyassar bo`lmas. Bu matla` aningdur o`z hasbi holi voqe` bo`lubtur ham desa bo`lurkim:
M a v l o n o A b u T o h i r — Badaxshon viloyatidindur, ilm tahsili uchun kelibdur, bu faqirning madrasasida sabaq o`qur.
M a v l o n o O f a t i y — mashhadlig`dur. Halvogarlikka mansub qilurlar. Faqir ani ko`rmaymen, ammo she`rin eshitibmen. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Z u l o l i y — hiriylikdur. Otasi darvesh kishidur. G`azlfurushluq qilur. Zihni sarchashmasidin nazmi zuloli sofi zohir bo`lur. Bu jihatdin anga «Zulolin» taxallus topildi. Bu matla` aningdurkim:
S a y i d N a q i b i y — ham hiriylikdur. Mir Abduqodir Naqib musohiblig`i jihatidin bu taxallusni ixtiyor qilibdur. Bu matla` aningdurkim:
M i r H o sh i m i y — ko`ftgarlik67 bila mashhurdur va tolibi ilmlig`i dag`i bor. Tab`i ham yaxshidur. Bu matla` aningdurkim:
Xusham z-on ro`ki, tirash dar dili noshod jo dorad
Ki, xohad yodi man kard az xadangi xud chu yod orad68.
Ki, xohad yodi man kard az xadangi xud chu yod orad68.
M a v l o n o S o h i b69 — kabudjomalig`dur. Yaxshi tab`i bor. G`oyibona shatranjni xub o`ynar va tab`ida junun choshnisi bor. Bu matla` aningdurkim:
Do`ston, to kay ba ko`yash man`am az raftan kuned,
Tarkiraftan cho`n naxoham kard tarki mani kuned70.
Tarkiraftan cho`n naxoham kard tarki mani kuned70.
Muammo aytur va yaxshi ochar.
M a v l o n o Q a v s i y — ham isfaroyinlikdur. Xili qobiliyatlig` yigitdur. Ammo lavand, balki tananddur. Ul jihatdin hech ishta istiqomati yo`qtur. Zaxim va kuchlidur. Hech ishkim, anda kuchning daxli bo`lg`ay, qila olmas. Sipohiyliqqa havasi bor. Anda g`am g`ayri uyat kelturmas. Bu matla` aningdurkim:
Chu bar man vaqty jonbozi libosi xeshtan po`shad,
Kase xohamki, ro`zi marg bar tobuti, man po`shad72.
Kase xohamki, ro`zi marg bar tobuti, man po`shad72.
M a v l o n o H a j r i y — balxlikdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o N u r i y — ko`proq avqot Mashhadda bo`lur. Lavandvash va oshuftasifat kishidur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o D o i y — doim Saraxsda hazrat Shayx Luqmon (quddisa sirruhu) mazori boshida bo`lur va goho sotig`-savdog`a ham ishtig`ol ko`rguzur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o S u b h i y — O`ba navohisida Go`yon chashmasida bo`lur. Mavlono Muhammad Badaxshiy vositasi bila faqirg`a oshno bo`ldi. She`rida xili choshnisi bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M a j n u n77 — mashhadlikdur. Sho`x tab`i bor, zoti dag`i maqbul tushubtur. Xushnavis yigitdur, «bozguna» xatini andoq ravon va sof bitirkim, mahalli taajjubdur va ko`rmagan kishi ishona olmas. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M a l i k — Boxarz viloyatida Korizdindur. O`zin Malik Zavzan avlodidin tutar. Bu jihattin «Malik» taxallus qilur. O`ttiz yoshqa yaqing`acha nazm aytmaydur erdi. Ulg`ayg`onda nazmg`a mashg`ul bo`ldi. Aning bila hazl qiluvchilar. Maliki gov derlar. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o J a l o l i d d i n — Mashhaddindur. Ali Zayniddinkim, ul yerda muttaayyin kishi erdi va xonaqohi ham bor erdi, aning avlodidindur. Tab`ining muloyimati muammo fanida ta`rif qilg`ucha bor.
M a v l o n o M a sh r a b i y — mashhadlig`dur. Xush tab` yigitdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o V a f o i y — ham mashhadlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o H a b i b — mashhadlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o H a r i m i y ham Mashhad xushtab`laridindur. She`ri yamon ermas. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Q a l a n d a r ham Mashhad zurafosidindur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Q i r o n i y ham mashhadlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
Mavlono Shodiy ham Mashhad xushtab`laridindur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o X a l i l ham mashhadlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o H a y b a t i y ham mashhadlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o F a n o i y — ham mashhadlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Q a n b a r i y — Mashhad shuarosidindur. Bu matla` aningdurkim:
S a y y i d O r i f — ham Mashhad ahli tab`dindur. Bu matla` aningdurkim:
L u t f i y i S o n i y — ul dag`i Mashhad shuarosi va zurafosidindur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o A d i m i y — Mazid tanburachining o`g`lidur. Yaxshi tab`i bor, mashhadlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Sh a b o b i y — ham Mashhad shuarosidindur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o D a r v ye sh — ham mashhadlig`dur. Bu Darvesh Ravg`angardin boshqadur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o A yo n i y — ham Mashhad zurafosidindur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o G` i yo s i d d i n — ham mashhadlig`dur. Yaxshi tab`y'bor.
M a v l o n o N o s i h i y — xushtab` yigitdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o T o y i r i y — astrobodlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
S a y i d X a z i n i y — ham astrobodlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M a h d i y — ham astrobodlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o T o y i f i y — ziyoratgohliq bo`lur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o N o y i b i y — tayobodlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o S i f o t i y — emdi paydo bo`lg`onlardindur. Faqir hanuz ani ko`rmaydurmen, ammo she`rin eshitibmen. Bu matla` aningdurkim:
M i r L a v a n d— jahongashta kishido`r. Qalandarlik suratida yurur erdi. Xoli az fazlu tab` emas erdi. Bu matla` aningdurkim:
Ruxashro moh guftam, shahri az guftori man pur shud,
Zi dandonash suxan guftam, dahoni man pur az dur shud106.
Zi dandonash suxan guftam, dahoni man pur az dur shud106.
M a v l o n o A m i n i y — Muhammad Ali Amin o`g`lidurkim, ikkinchi majlisda oti mazkur bo`ldi. Tab`i bag`oyat muloyim yigitdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M u h a m m a d T o l i b — majnunvash yigitdur, tolibi ilmlig`i ham bor va shatranjg`a ajab mash`ufdur va muammog`a ham ko`proq mashg`ul bo`lur. Bu muammo
M a v l o n o V a h d a t i y — bir nav`i nazmi bor va tab`i xoli az rangi emas. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o N o d i r i y — Marvdindur. Yaxshi tab`i bor. G`arobat tilamakta xili ko`shish qilur, ammo ko`p lavanddur. Muddate faqir bila musohib erdi. O`zin lavandlig`din zabt qila olmadi. Yana o`z ishini keyniga bordi. Bo` matla` aningdurkim:
M a v l o n o Z a m o n i y — Mavlono Muhammad Omiliyning o`g`lidurkim, ikkinchi majlisda oti mazkur bo`ldi, «Vafoiy» taxallus qilur erdi. Faqir iltimosi bila «Zamoniy»g`a tag`yir berdi. Ikki jihatdin; bir jihat bukim, Sulton Badiuzzamon Mirzo112 mulozimi erdi, «Zamoniy» — taxallusining munosabati ang`a ko`p bor erdi; yana bir jihat bukim, Ahmad Hojibek «Vafoiy» taxallus qilur va she`ri mashhurdur va devoni ham bor. Munosib ermas erdikim, ulug` kishiga bejihat taxallusda sherik bo`lg`ay. Bu matla` yaxshi voqe` bo`lubturkim:
Ba obi dida hargiz kam nashud so`zi dili zoram,
Magar az xok taskin yobad on otashki, mann doram113.
Magar az xok taskin yobad on otashki, mann doram113.
M a v l on o S a v s a n i y — ozodavash kishidur. Ko`prak avqot mahdi ul`yo «Gavharshodbegim» madrasasi tegrasida bo`lur erdi. Ammo emdi shahrda sokindur. Befoida el bila musohibliq qilmas, nevchunkim, bejihat mashaqqatlarni o`ziga ravo ko`rmas. Umid bo`kim bu davlat barchag`a nasib bo`lg`ay. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o H a l o k i y — shahrdindur. Turk eli orosig`a ko`p kirmas o`z nomurodlig`iga mashg`uldur va Makka safarini hazrat Maxdumiy Nuran mulozimatida borib keldi. Zihi muvaffaq bandaiki uldur. Gohi nazm aytur. Bu matla` aningdurkim:
Bu bayti ham xub voqe` bo`lubturkim:
D o` s t M u h a m m ad — Murg`aniy mahallasidindur. Ham she`rg`a, ham muammog`a tab`i yaxshidur. Bu matla` aningdurkim:
Bor.
M a v l o n o R i yo z i y — Zova muhavvilotidindur. Atvori mutallavvin kishidur. Ul viloyatning qozisi erdi. Ul amrg`a munofiy ishlar andin sodir bo`lub, ma`zul bo`ldi va qayd va musodaralar tortti va base zahmatlar ko`rdi, hamul mansab muddaosig`a ammo muyassar bo`lmadi. Va`z aytib minbarda o`z ash`orin o`qub, yig`lab vajdu hol qilur. Aning ishida bu nav`-zarofat ko`pdur. Barchadin g`aribroq bukim, bu uchurda derlarkim, shogirdlari bila tog` gashtiga borib, tosh yumalatib, bir faqirg`a tegib, o`lub ermish. Yana dorug`adin qayon qochib borg`onin kishi bilmas. U o`zin zabt qilaolmas. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o T o h i r i y — Hiriy shahridindur. Kichikida kafshdo`zluqqa mansub erdi. Hamul ayyomda andin nazmlar naql qilurlar erdi. Ulg`aya ko`prak bo`ldi. Tab`ida sho`xlik bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M a j n u n i y — Balxda bo`lur, faqir kishidur, kitobatqina qila olurki, vajhi maosh hosil qilg`ay. Xoja Ukkosha mazorida sokindur. Go`yo she`r taxayyuli uchun bo`lg`aykim, varaq ul-xayol murtakibidur, andoqki, ham mag`lub bo`lg`on chog`liqdur. Bu matla` aningdurkim:
Mohi tobonim isitti qildi bag`rimni kabob,
Oy edi, emdi harorattin bo`lubtur oftob.
Oy edi, emdi harorattin bo`lubtur oftob.
M a v l o n o H a m d a m i y — mashhadlikdur. Kosagarlik san`atin bilur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o N a j m i n — ham mashhadlig`dur. Jomabofliq hirfasig`a mansubdur. Bu matla` aningdurkim:
S a y i d z o d a i M u n sh i y —tab`ida xeyli diqqat bor. Ammo abluk yo`sunluq124 yigitdur. Bu matla` aningdurkim:
Yor bar holi manu ag``yor az afg`oni man girist,
Bar manu bar holi man ham do`st, ham dushman girist125.
Bar manu bar holi man ham do`st, ham dushman girist125.
M a v l o n o O s i m i y — hiriyliqdur. Otasi obodon kishidur. Savdo va tijorat bila maosh o`tkarur erdi. O`zi tolibi ilmlig` qilur ham nazm aytur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o F a x r i d d i n — faqirning kishi qoromdindur. Muammoni yaxshi ochar va gohi biror muammo ham aytur. Agar bu fanda mudovamat qilsa xeyli yaxshi bo`lg`udekdur,
M a v l o n o S o f i y — Ko`hi Sof shayxzodalaridindur. Taxallusi ham anga dalolat qilur. Nazmlarida Hoja Hofiz tatabbu`i qilur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o F i g` o n i y — Mir Said Go`yandadur va mujallidlig` ham bilur va naqshburlig`da hunarmanddur. Ammo ani aksar avqot xushtab`liq illata parishon tutar. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o B u-A l i — devonavor yurur. Devona bo`lmasa erdi, «Bu-Ali» taxallus qilg`aymu erdi? Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Sh a y x i y131— tabaslikdur. Muddate Iroqqa bordi. Andin kelganda advor va musiqiyg`a ham sohibi vuquf bo`lub keldi. Go`yoki ishlar dag`i tasnif qilibdur. Tabasdag`i avqof va tavliyat va shayxlig`in qabul qilib, Holo ul ishga mashg`uldur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o H i r ot i y — ne yerlik ekani taxallusidin zohirdur. Yamon tab`liq kishi emas. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o B i h i sh t i y — Hisor viloyatidindur. Tahsil qilg`ali bu mulkka kelibdur. Tab`i dag`i yaxshidur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o A h l i y — Turshiz viloyatidindur. Tab`ida xeyli choshni bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o N a r g i s i y136 — Marv viloyatidindur. Mazlumvash yigitdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o X i z r i y — go`yoki birovning mamluki erkandur138. Xojasi ani, yo ul xojasini ozod qilibtur. Bori xojavor yurur va o`zin ozodavash ko`rguzur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o B o t i n i y — faqir va soda kishidur. Balxda bo`lur. Tavakkul qadami bila Makkaga borib keldi. Dag`i Balxda go`sha ixtiyor qildi. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o F a z l i y — hiriylikdur. Kichik erkanida naqqoshliq qilur erdi va nazmg`ina ham aytur erdi. O`zin tamom shoir xayol qilg`ondan so`ngra tamomi naqqoshlikni tark qilib, shoir bo`ldi. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Sh o` x i y — Shayx Said Lodaning o`g`lidur. Agarchi yaxshig`ina tab` nasibi bo`lubtur, ammo otasi tavridin ham benasib emasdur va bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Z o h i r i y — darveshvash yigitdur. Bu toifa bila gohi faqir qoshig`a kelur, tab`i xoli az rangi emasdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o X u l q i y — hiriylikdur. Tab`i nazmlarg`a yamon emas. Bu matla` aningdurkim:
M i r A s a d u l l o h — simnonliqdur. O`z mulkidin ilm talabiga shahrg`a keldi va faqirning madrasasida sabaq o`qur erdi. Surat va siyrati yaxshi yigitdur. Bu muammo
Va
M a v l o n o S a i d — siyoh jarda kishidur. Hamonoki ubudiyatqa mansubdur, o`z holig`a munosib bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o D a r v ye sh A l i — tabobatqa mashg`uldur va bu fanning hoziq va mohirlari aning tab`in ta`rif qiladurlar. Muolijasin ham ko`rganlar o`kodurlar. Tab`i ham yaxshidur. Ammo muammog`a ko`prak mashg`uldur.
M a v l o n o G a d o i y151 — turkigo`ydur, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo zamonida she`ri shuhrat tutti, bir nav`i aytur va uning mashhur matla`laridin biri budurkim:
Ohkim, devona ko`nglum mubtalo bo`ldi yana,
Bu ko`ngulning ilgidin jong`a balo bo`ldi yana.
Bu ko`ngulning ilgidin jong`a balo bo`ldi yana.
Mavlononing yoshi to`qsondin o`tubdur. Bu matla` aningdurkim:
Dilbaro, sensiz tiriklik bir baloi jon emish
Kim, aning dardi qoshpda yuz o`lum hayron emish.
Kim, aning dardi qoshpda yuz o`lum hayron emish.
M a v l o n o V o h i d i y — Mavlono Hoji Muarrifning o`g`lidur. Mashhadlig`dur va anda bo`lur. Bu matla` aningdurkim:
Z o v a Qo z i s i — yaxshi tab`lik yigitdur. Masnaviylarni rangin aytur. Amir Xusravning ba`zi masnaviylarig`a bu yaqinda tatabbu` qilibdur. G`arib xayollar qilibdur. Va o`zga nazmlar ham aytur. Bu matla` aningdurkim:
M i r H u s a y n — mashhadlig`dur, yaqinda tahsil uchun shahrg`a kelibtur va «Ixlosiya» xonaqohida bo`lur. Tab`i yaxshidur
M a v l o n o Z o y i r i y — ham mashhadlig`dur. Tolibi ilmliqqa mansubdur. Bu matla` aningdurkim:
Maro sarvest dar dil karda jo, dar chashmi ravshan ham,
Chu gul pokiza ro` hamchun sabo pokiza doman ham155.
Chu gul pokiza ro` hamchun sabo pokiza doman ham155.
M a v l o n o Q o n ye i y — ham bu toifadin. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Z i yo i y — Nishopur zurafosidindur. Bu matla` aningdurkim:
Ba xuni oshiq imshab tashna binam la`li serobash,
Madeh may, soqiyo, tarsamki, az masti barad xobash157.
Madeh may, soqiyo, tarsamki, az masti barad xobash157.
M a v l o n o N u r i y — dag`i Nishopur shuarosidindur, g`ayri ul Nuriyki mashhadlig`dur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o F a y z i y — jo`nobodlig`dur. Ko`prak avqot Gozurgohda bo`lur va tolibi ilmliq qilur. Tab`i nazmlarda dag`i yaxshidur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o A y n i y — o`baliqdur. Hofizdur, kitobat ham qilur va tab`i ham nazmlarda muloyimdir. Bu matla` aningdurkim:
Manam dur az mahi ro`i tu har shab to sahar giryon,
Surohivor dil pur xunu bar sar chashmi tar giryon160.
Surohivor dil pur xunu bar sar chashmi tar giryon160.
M a v l o n o M u ` i n i y — sherozliqdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o X i z r i y — ul dag`i emdi paydo bulg`on yigitlardindur va sig`ari sindadur. Umid ulkim, yaxshiroq aytqay. Bu matla` aningdurkim:
Zi hajrat dil damodam nolavu ohu fig`on dorad,
G`amat gar qasdi dil mekard, aknun qasdi jon dorad162.
G`amat gar qasdi dil mekard, aknun qasdi jon dorad162.
U s t o d M u x a m m a d U b a h i y — kordgarlik san`atig`a mansubdur. Fahmi yomon emas. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o K a v k a b i y — munajjim yigitdur va o`z fanig`a munosib taxallus ixtiyor qilibdur. Faqir andoq xayol qilurmenkim, oni ko`rmaymen. Ba`zi yoronlar derlarkim, ko`rubsey, xotirg`a kelmadi. Bu matla` aningdurkim:,
M a v l o n o M ye h n a t i y — ul dag`i emdi paydo bo`lg`on shoirlardindur. Faqir ani hanuz ko`rmaymen. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Sh u k r i y — masalomez ayturda Mavlono Sayfiyg`a tatabbu` qilur. Ul uslubda zehni yaxshi borur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o H a q i r i y — emdi paydo bo`lg`on xush tab` yigitlardindur. Ammo tab`ida xili choshnisi bor. Hiriyliqdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o A s i r i y — ham emdi zuhur qilg`an shuarodindur. Ammo nazmi hanuz shuhrat tutmaydur va she`rida masal ravishi bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o S a ` d — mutasarrif tab`liq shoirdur va tab`ida xeyli xayolangezlik bor. Bu matla` aningdurkim:
X o j a K a l o n B a z z o z— shahr elidindur. Bu matla` aningdurkim:
X o j a M a n s u r — Jurjon mulkidindur va bitikchi qavmidindur, filvoqe`ki, ul qavmda andin odamivashroq va insoniyatliqroq kishi yo`qtur. Tab`i bag`oyat yaxshidur. Bu matla` aningdurkim:
S u l t o n M a h m u d — Xoja Mansurg`a qarobat bo`lur, Hoja Shamsiddin Muhammad bitikchining, o`g`lidur. Nujum ilmini istixroj qilg`ucha bilur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o N i z o m — astrobodlig`dur. Qasidani yaxshi aytur va bu «Bahoriya» qasidasi yaxshi voqe` bo`lubturkim:
M a v l o n o Yo r i y — astrobodlig`dur. Tab`ida xili sho`xluq bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o D o i y — ham astrobodlig`dur. G`arib xayol topmoq huzurida ko`p bo`lur. Bu matla` aningdurkim
B o b o Sh o` r i d a — qasidaxonliqqa ma`ruf va mashhurdur. Tab` ahlining ko`pi bila musohib bo`lubtur va tab`ida ko`p choshni zohir bo`lur. Qariliq bobida aytilg`an masnaviydin bu bayt aningdurkim:
M a v l o n o S u f i y — ham astrobodlig`dur. Yaxshi tab`i bor va inshosi ham xubdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o H a m i d g u l — Mavlono Abdulvahhobning o`g`lidurkim, oti yuqori o`tti, fuzul va devonadur. Lutfi tab`din xoli emastur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o B i h i sh t i y — Hamid-gulning inisidur. Ammo ham tab`da, ham tavrda anga hech nisbat yo`qtur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o F i g` o n i y 180— Xoja Afzalg`a qarobatdur. Yaxshi tab`i bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Sh a r o r i y — astrobodlig`dur. Go`yo rangida humrat bor uchun bu taxallusni ixtiyor qilibtur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o F i d o i y — ham astrobodlig`dur va sayidzodadurkim, zohiriy safosi bor. Otasi bila Baytullo safarig`a borib keldi. Tab`i dag`i yaxshidur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M a h r a m i y — Astrobodning mutaayyinlaridindur. Tolibi ilm ham bor va Xoja Mansurning akasidur va faqirvash yigitdur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o A yo n i y — ham astrobodlig`dur. Xeyli tasarrufluq tab`i bor. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o V o l a h i y — oliy ostonda mulozimdur. Bu matla` aningdurkim:
S a y i d X a n j a r — chechaktulo`qdur. Tahsil uchun shahrga keldi, ammo bot tark qilib sipohiylik ixtiyor qildi. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o Z o r i y — emdi paydo bo`lg`on xush tab`lardindur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o N o z i r i y — yaxshi tab`liq yigitdur. Zehnida tasarruf bor. Bu matla` aningdurkim:
Meshavad dar qahr agar xudro kusham az bahri u,
Vah, chi qahr ast on ki xudro mekusham az qahri u189.
Vah, chi qahr ast on ki xudro mekusham az qahri u189.
M a v l o n o Z o t i y —yangi xushtab`lardindur. Bu matla` aningdurkim:
M a v l o n o M i r A l i — Hazrat Maxdumiy Nuran madrasasida bo`lur va alarg`a mulozim ham bor. Bu matla` aningdurkim:
P a x l a v o n K o t i b — ham ul Hazratning ash`or va musannafotin kitobat qilur. Bu matla` aningdurkim:
Uchinchi majlisning xatmi
Bu hazratkim193, bu majlis ahlining sadrinishinidurlar sahobi maoniylari gavharrez va bu jamoatkim, ul hazrat xirmani maoniysining xushachinidurlar, gulshani tab`lari gulafshon va sumanbez, sarxaylg`a vusuli ilohi yetsun va xaylg`a sharafi saodat va mag`firati nomutanohi kasib etsun. Va Sultoni sohibqironkim, ul hazratning nukot va maorifining daqoyiqi alfozini va haqoyiqi maoniysini hech donishvarlardin yaxshiroq bilmadi va hech ahli tab` alarning ushri ashirini fahm qilmadikim, majlisda nazm tariyqida hamroz erdilar va nasr uslubida puktapardoz. Ul hazrat ruhoniyatidin alarg`a fayzi beg`oyat va imdodi benihoyat yetsun va bu faqir hamkim, bu hazratning bandai dargohi va ul hazratnnng xoki rohimen mahrum bo`lmusun.
Chun bor edilar bu hazratu ul hazrat,
Kim, ul hazrat haq sari qildi rihlat.
Bu hazrat ko`p umr ila topsun davlat,
Men bandag`a davlatida kunji uzlat194.
Kim, ul hazrat haq sari qildi rihlat.
Bu hazrat ko`p umr ila topsun davlat,
Men bandag`a davlatida kunji uzlat194.