Òîï ðåéòèíã www.uz
RISOLAI TIYR ANDOXTAN

BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM

               Alhamdu lillohi rabbil olamin vas-salavot-ussallam alo rasulihi Muhammadi va olihi ajmain1.
               «Har kim tark qilsa tiyrandozliqni o`grig`ondin so`ng bas tark qilmish bo`lg`ay mening sunnatimni, ul mendin emas».
               Ammo xabarda andoq keltirurkim, chun Hazrati Odam Safiy2 (salavotu lillohi alayhi) dunyoga kelgondin so`ng Xudoyi taolo aning gunohin bag`ishladi. Ersa Jabroil3  (alayhissalom)ga amr bo`ldikim, Odamg`a dexqonchilikni o`grotgil. Jabroil (a. s.) kelib aydi: – Yo Odam, Xudoyi taolo sanga aydi, andin so`ng amr qildikim, dehqonchiliq qilsun. Chun Odam (a s) bu payg`omni eshitti, ersa qabul qildi. Va Jabroil (a. s.) urug` olib keldi va Odam (a. s.) sochti va yerni mola qildi. Qazog`a qarg`alar kelib, ekkan bug`doyni kovlab olib yeya boshladi. Odam (a. s.) andoq ko`rub, munojot qilib aydikim: – Ilohi, mening, ekkanimni zoe` qilmagil. Bas, Xudoyi taolo Jabroil (a. s.) din Odami Safiyg`a bir yoy va necha o`q yibordi. Chun Odamg`a o`q otmoqni o`grotti. Andin sung buyurdikim, Odam bu o`qni qarg`alar sari otgil. Bas, Odam (a. s.) otti va xato qildi. Jabroil tabassum qilib aytdi: – Yana bir o`q otg`il. Bu kezikda otgan urdi. Jabroil (a. s.) shodmon bo`ldi. Odam (a. s.) so`rdikim: – Ey Jabroil, avval otqonimda nega tabassum kilding va so`ng otqonimda nega shodmon buldung? Jabroil (a. s.) aydi: – Ul tabassum aning uchun qildim va so`ng shodmon bo`ldumkim, agar avvalg`i o`qung qarg`alarg`a tegsa erdi farzandlaring ilgidin qiyomatqacha hech nimarsa xalos bo`lmag`ay erdi. Va yana bilgilkim, o`q otmoq Xudoyi taoloning lutfi erur va Odami Safiyning mo``jizasidur. Bilgilkim, o`q otmoqliqning savobi bisyordur. Ammo andoq bayon qiloli to sizga ma`lum bo`lg`ay.
               Xabarda andoq keltirurkim, Payg`ambar (a.s.) o`q otmoqning fazilatin bisyor etti. Ersa sahobalar (rizvon allohi taolo alayhim ajmain) taajjub qilib so`rdilarkim: – Yo Rasululloh, tiyrandozliqning savobi ne miqdordur? Rasululloh (s. a. v.) buyurdikim: – Agar tiyrandozliqni biyik savobin aytsam xalq kasbu tijoratidin qolg`aylar. Va o`q otmoqdin o`zga ish qilmag`aylar. Ammo bir soat o`q otmoq savobi bilan ellik yilg`i toatning savobi barobar turur. Va Rasul (a. s.) aydikim: – Har mo``minkim, nishonag`a o`q otsa Xudoyi taolo anga behishtiylar savobin bergay va agar nishonga tegsa, behishtning eshikin anga ochib, hurni anga aqd qilg`ay.
               Andoq rivoyat qilurkim, Payg`ambar (a. s.) sahobalar birla bir kun borur erdilar. Sa`di Vaqqos4 farzandlarig`a o`q otmoq o`grotur erdi. Hazrati Payg`ambar (a. s.) zamone nishonagohga boqib turdilar. Bayakbor bir yigit paydo bo`ldi, ilgida o`q va yoy. Bu yigit kelib bir o`q otti, ersa Payg`ambar (a. s.) base shodmon bo`ldi. Andin so`ng sahobalar (r. a. a.) so`rdilarkim: – Yo Payg`ambari Xudo, ne sababqa shodmon bo`ldingiz?
               Payg`ambar (a. s.) aydilarkim: – Ul sababdin shodmon bo`ldum: ul yigit kelur erdi – g`arqi gunoh erdi. Chun o`q otti, ersa barcha gunohlaridan pok bo`ldi va gunohlari to`kuldi.
               Xabarda andoqdururkim, Payg`ambar (a. s.) buyurdi, har yernikim, masjid qilur bo`lsalar qirq yil burun faxr qilur ermishkim, meni masjid qiladurlar. Va har yerdakim, o`q otar bo`lsalar sakson yil burun faxr va mubohot qilur ermishkim, meni nishonagoh qilib, bir kun o`q otganlar.
               Amir ul-mo``minin Ali5 (karamallohu vajhuhi) goho o`q keltirur erdi, bosh va oyog`larni yolang qilib, durud aytur erdi. Bir kun Sa`di Vaqqos o`q otar erdikim, Jabroil (a. s.) keldi va Hazrati Payg`ambar a. s.) Sa`di Vaqqos birla turub erdilar, Payg`ambar (a. s.) aydilar: – Ey Sa`di Vaqqos, mening uchun bir o`q otqil. Va Jabroil (a. s.) aydi: – Yo Rasululloh, Sa`di Vaqqosg`a aytg`il mening uchun ham bir o`q otsun. Chun Vaqqos bu ikki o`qni otmoqdin so`ng Payg`ambar (a. s.) aydi: Bir o`q Xudoyi taoloning nomi uchun otqil. Sa`di Vaqqos yana bir o`q otti. Andin so`ng sahobalar (r. a. a.) borib, nishonagohdin o`qlarni kelturdilar. Ammo ul o`qkim, Xudoyi subhonahu taolo oti uchun otib erdilar, topmadilar. Jabroil (a. s.) kelib aydi: – yo Muhammad, Xudoyi taolo aydikim, ul o`qni topmasunlar, aning uchunkim, ul behishtda Sa`di Vaqqosqa yer olib anda turdi.
               Manquldurkim, Shayx Shafiqi Balxiy6 (r. t. a.) naz` holinda qo`pub o`q-yoy kelturub, bir necha o`q otti, ersa yoronlari ko`rub shodmon bo`ldilarkim, Shayxning ahvoli yaxshidur. Shayx (q. s.) aydikim: – Ey yoronlar, bilinglarkim, mening holim oxir bo`lubtur. Ammo andoq xayol qildimkim, bir toat qilayin va hech toat bu mahalda o`q otmoqdin behrok ko`rmadim. Bilgilkim, o`q otmoq savobi ko`p va mas`alasi bisyordur. Ammo muxtasar qilduk. Bo ehtirom anjomid, ba itmom rasid in nusxai sharif dar dasti bandai zaif Fatxulloh al-kotib.