Òîï ðåéòèíã www.uz
TARIXI MULUKI AJAM

BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM
BURUNG`I TABAQA PESHDODIYLARDUR

               Ajam tarixida fors salotinini to`rt tabaqa qilibdurlar. Burung`i tabaqa peshdodiylardur va alar o`n bir kishidurlarkim, saltanat qilibdurlar. Tarix ulamosi ittifoqi bila birovkim avval saltanat qildi, Kayumars erdi. Ammo aning nisbati bobida ixtilof ko`pturkim, mug` debdurkim, Odam alayhis-salom uldur va ba`zi Ajamdin debdurlarkim, Odam alay-his-salomning nabirasidurur va ba`zi fursdin ani Nuh alayhis-salomning avlodidin debdurlar. Yana dog`i so`z ko`p bor, ammo siqatdin yiroqroq uchun bitilmadi. Odam deganlar qavli bila ani gilshoh debdur-lar, bu ma`ni bilakim, bolchig`din yaratildi. Ya`ni kishi pushtidin emas erdi. Uzga qavllar bilakim Kayumars debdurlar. Ma`nisi hayyi notiqdur, ya`ni tirigikim so`z aytqay. Ammo «Nizom ut-tavorix» va «Jome ut-tavorixi Jaloliy» va Banokatiyda dag`i ittifoq bila hujjat ul-islom imom Muhammad G`azzoliy quddisa sirrihu «Nasihat ul-muluk»da ani Shis alayhis-salomning qardoshidur deganni ta`n qilibdurlar, nedinkim Shis alayhis-salom Zahhoki alavvoni zamonidadur. Va tarix ahli ittifoqi bila Kayumars zamonidin Zahhok zamonig`acha ming yilg`a yaqin bor. Har taqdir bila podshohlik qoidasi andin burun yo`q erdi. Bu qoidani ul tuzdi. Dag`i avval kishikim shahr bino qildi ul erdi. Damovandni bino qildi, ammo anda gohi bo`lur erdi. Dag`i Istaxrni bino qildi, ammo ko`prak avqot anda bo`lur erdi. Ming yashadi va lekin umrining oxirida qirq yil saltanat qildi. Dag`i Siyomak o`g`li Hushangnikim nabirasi erdi, valiahd qilib, vafosiz jahong`a vido` etti.

She`r:
Burunroq kishikim tuzub rudu jom,
Jahondorliq taxtin etti maqom.
Kayumars edi, lek davroni dun,
Anga berdi bozi boridin burun.

               HUSHANG xiradmand va odil va olim podshoh erdi va «Jovidon xirad» otlig` kitobni amali hikmatida ul tasnif qildikim, Ma`mun xalifa vaziri Hasan Sahl andin biror nima topib, arab tiliga tarjima qilibdur. Va shayx Bu Ali Miskavayh «Odob ul-arab va al-furs» otlig` kitobida ani zikr qilurkim, aning mutolaasi musannifining fazlu kamolig`a dalildurur. Va ajam ani payg`ambar debdur. Va dod va adl jihatidin ani peshdod dedilar. Va temirni toshdin ul chiqordi. Va Tabariy debdururkim, yig`ochdin taxta ul kesib, uylarga eshik yasadi va aksar konlarni ul chiqordi va barsni va itni ul kiyik olg`uvchi qildi va otqa egar ul yasadi va tevani yukka ul kiyurdi va otqa eshakni turg`uzub, xachir xiyolin ul qildi va ariglar qozib, suv solib, obodonliq ul qildi. Yerga farsh ul soldi va tulku va os va toyin terisin ul kiyarga qobil qildi. Umri bobida ixtilof bor. Ammo podshohlig`i qirq yil erdi. Va tajarrud va taqvo tariqi bila o`tkardi. Doim tog`larda ibodat qilur erdi. Tavorixda mundoq musbatdurkim, devlar ani sajdada topib, tosh bila boshin yanchib o`lturdilar. Va Tahmuras devband o`g`li erdi, atosi holidin voqif bo`lub, devlarni atosi qasosig`a halok qildi. Dag`i ul mavzuda shahr bino qilib, otin Balx qo`ydi. Va Sus bila Bobil shahrini Hushang yasadi. Va ba`zi Kufani ham anga mansub qilibdurlar.

She`r:
Yo`q erdi jahondori anjumsipoh,
Jahon ichra andoqki Hushang shoh.
Malaksheva shohe edi beadil,
Falak devga qildi ani qatil.

               TAHMURAS atosi Hushangning chun valiahdi erdi, aning o`rnida saltanat taxtig`a o`lturdi va xaloyiq rioyatig`a va mamolik himoyatig`a jidd bila mashg`ul bo`ldi. Va aning zamonida azim qahat voqe` bo`ldi. G`aniylarg`a buyurdikim, chosht taomi bila o`tkargaylar va shom taomini masokinga bergaylar. Va ro`za tutmoq ondin sunnat qoldi. Va ul bino qilg`on shahrlar Marvda Quhandiz va Xurosonda Nishopur va Isfahonda Mahriz va Soriyya. Va Tabariy debdurkim, Omil va Tabaristonni dag`i ul bino qildi. Va forsiy kitob bitmak va bo`z to`qumoqni ul ixtiro` qildi. Va aning zamonida qattiq vabo bo`ldi. Har kimning bir sevar kishisi bor ersa erdi, aning suratin yasab, aning bila xursand bo`lur erdilar, to butparastliqqa munjar bo`ldi. Va Tahmuras o`tuz ikki yil mulk surdi.

Sh ye ` r:
Shahe erdi Tahmuras ofoq aro-
Ki, adl etti charxi ko`han toq aro.
Necha devband erdi, ul arjumand,
Ajal devi oxir ani qildi band.

               JAMSHID. Ba`zi ani Tahmurasning qardoshi debdurlar va ba`zi qardoshining o`g`li. Chun saltanatqa o`lturdi, jahon mulkin adl va dod bila tuzdi. Va husnu jamolda dilpazir va fazlu kamolda benazir erdi. G`arib nxtiro`lar qildi. Va ul jumladin sipohiylik aslihasidurkim, paydo qildikim, ondin burun tosh va yig`och erdi. Sinon va harba va pichoq, ba`zi habba ham debdurlar, qalqon ham debdurlarkim, ul yasadi. Va hammom bino qildi va g`avvoslig` xayol qildi. Va ipak va qazz va ko`prak to`qur nimalarni va ranglarni va ishlarni arog`a kiyurdikim, andin burun kishi arosida yo`q erdi. Va shahrdin shahrg`acha dehlar buyurdi va xeyla ishga qonun va qoida qo`ydi. Va Istaxr shahrin ulg`aytti, andoqki tuli Xufrakdin Romjarradqa yettikim, o`n iki yig`och bo`lg`ay va arzi o`n yig`ochqa yetti. Va anda uluq binoe soldikim, holo osori va nishonalari borkim, odamizod andoq yasamoq mahol ko`runurkim, kishi ko`rmaguncha bovar qilmas. Va ani chihil minor derlar. Chun bu imorat tugandi, olam salotin va ashrof va akobirin yig`ib, anda azim jashn qildi.
               Ul vaqtkim quyosh nuqtan e`tidoli rub`ig`a tahvil qilib erdi, ul binoda taxt ustiga o`lturub, adolat siyt va sadosin olamg`a muntashir qildi va ul kunning otin Navro`z qo`ydi. Va saltanatining zamoni yeti yuz yilg`acha bo`ldi. Oqibat mufrit joh va g`ururi va azim davlat takabburi dimog`ig`a fosid xayol solib olamni o`z ibodatig`a amr qilib, o`z surati bila butlar yasab, aqolim va kishvarlarg`a yiborib, elga o`zining parastishin buyurdi. Har oyina g`ayrati ilohi muqtaziy ul bo`ldikim, anga jazo yetgay, Shaddod Odqa taqdir bo`ldiki, qardoshi o`g`li Zahhoki alavonini sipoh bila yibordi, to ani tutub, arra bila iki bo`lub, jismin pora-pora qildi. Tabariyda aning qatli Byurosbqa mansubdur, ammo o`zga tavorixda yo`qdur.

Sh ye ` r:
Chu Jamshid taxt uzra tutti maqom,
Dimog`ig`a yo`l topti savdoyi xom.
Ani qildi haq makri aylab sitez,
Siyosat qilichi bila rez-rez.

               SHADDOD VA SHADID. Eramki, Arfahshadning qardoshi erdi, aning yeti o`g`li bor erdi: Od, Samud, Sahor, Tam, Hadis, Hosim, Mora. Od Yamang`a bordi, Samud Hijozda sokin bo`ldi, Sahor Tayda, Tam Ummonda va Bahrayida, Hadis Yamomada, Hosim Haram va Sinvon orasida, Mora ondakim, ani aning oti bila ayturlar. Ammo bulardin Od avlodi qalin bo`lub istilo toptilar va alarning o`g`li Arshadi Umliq binni Od erdi. Chun ul o`tti, o`g`lonlari Shadid va Shaddod podshoh bo`ldilar va Zahhoknikim, alarg`a nisbati yuqori o`tti, Jamshid ustiga yibordilar. Ul Jamshidni daf qilib, o`zi saltanat taxtig`a o`lturdi.

She`r:
Falak buylakim javr qildi padid,
Ne Shaddod qolg`usidur, ne Shadid.

               ZAHHOK BINNI MARODIS chun Jamshid qatlidin so`ng Pors taxtin oldi, zulmu sitam og`oz qildi Tengri taolo Hud alayhis-salomni yibordi. Aning da`vatin Shaddod qabul qilmadi. Tengri taolo ani, va qavmini ranjul-aqim bila halok qildi va Shaddod o`g`li Mazid podshoh bo`ldi. Va Ibrohim alayhis-salom aning zamonida erdi. Va Yusuf alayhis-salom ham anda mutavallid bo`ldi va Hud alayhis-salom dinig`a kirdi. Va Hazramutda erdilar, to o`ttilar. Ammo Zahhok saltanati va zulmi uzoqg`a tortti, andoqkim el aning zulmidii ojiz bo`ldilarkim, aning iki egnidin andoq maraz paydo bo`lub erdikim, og`rig`ig`a odamizod mag`zidin o`zga hech nima taskin bermas erdi. Ba`zi muarrixlar aning iki egnidin yilonlar chiqib, g`izolari kishi mag`zi erdi ham debdurlar. Har taqdir bila ul har kun bu jihatdin iki kishi o`lturur erdi. Gunahlik kishi bo`lmasa, chek solib, soyir xalqdin qatl qilur erdi. Sipohonda Kova ohangarning bir-o`g`li bor erdi, bu jihatdni qatl bo`lub erdi, yana bir o`g`lig`a dag`i chek tushti. Ul betahammul bo`lub, qichqirib, elga ko`p ta`nlar qilib, Zahhokni so`kti. El dagi anga muttafiq bo`lub, xuruj qildilar. Dag`i Sipohon volisiii o`lturub, Zahhok ustig`a yurudilar. Bagoyat qalin el jam` bo`lub, Faridunnikim, ba`zi Jamshid nabirasi debdurlar, ba`zi Obidin o`g`lig`akim Tahmuras naslidin bo`lg`ay, nisbat qilibdurlar. Ul chog`da Zahhok vahmidin qo`ychilar orasida yoshurun bo`lur erdi, tonib, ko`torib, Kova ohangar sipohsolor bo`lub, temurchilar beliga bog`lar saxtiyonin yig`och boshig`a bog`lab, alam qilib yurub, Zahhokdin chun el ayurulub erdilar, turolmay qochti. Ammo uni qovub iliklab, Faridun ani jazosig`a yetkurdi. Zahhok saltanati ming yil erdi.

Sh ye ` r:
Falak to erur zulm qilmoqqa xos,
Emas zolimu odil andin xalos.
Qilib qatl Zahhokni to`ymadi,
Faridunni dag`i quruq qo`ymadi.

               FARIDUN yaxshi axloqliq, olim va odil podshoh erdi. Olam ahlin adolat bila xushhol qilib, Zahhok javridin topqon zahmlarig`a adl bila marham qo`ydi va qolg`on ummolqakim, o`diylar erdilar, daf qildi va Kova ohangarni uluq tarbiyat qilib, tayammun uchun aning yig`ochqa bog`lab, alam qilg`on saxtiyonini murassa` qildikim, darafshi koviyoni oni derlar. Va olamning aksar bilodin oldi. Aning uch o`g`li bor erdi ulug`i Salm, o`rtonchisi Tur, kichiki Eraj. Mamolikin uchovga qismat qildi. Rum va Mag`ribdin Yaman hududig`acha Salmga berdi, Turkiston va Chin hududin Turg`a berdi. Fors va Iroq va Xurosonni Erajg`a berdikim, o`zining dorul-mulki va taxti erdi. Chun Eraj bag`oyat oqil va xaliq erdi, iki og`olaridin ani ko`prak sevar erdi. Alarda bu hasad doim bor erdi. Chun taxti anga mufavvaz bo`ldi, alar hasaddin ittifoq qilib, Erajni o`lturdilar.
               Faridun ulgoyib erdi, alardin intiqom tortardin ojiz erdi. Bu voqeadin ahvoli bag`oyat xarob bo`lub, Eraj nisbatidin Manuchehrkim, nabirasi erdi, taqviyat va tarbiyat qildikim, Jaddining qonini Salm va Turdin tilab, alarni qatl qildi va Faridunning armoni qolmadi. Olamdin o`tub, Manuchehrni valiahd qildi. Va Faridunning podshohlig`i besh yuz yil erdi. Va Muso alayhis-salom va Qorun aning zamonida erdilar.

Sh ye ` r:
Faridunkim olamda yoydi bisot,
Base olam ahlig`a yetti nishot.
Ani ham falak chekti tufroq sari,
Ne zolim, ne odil ketarlar bari.

               MANUCHEHR Erajning qizining o`g`li erdi. Ba`zi debdurlarkim, o`g`lining o`g`li. Va ul odil podshoh erdi. Firot orig`in ul qozdi va Iroqqa suv eltti va bog`lar, bo`stonlar tarh soldi va ashjor va gul va rayhon bog`larda ekti. Va ko`prak dehqonlik ziynatu zebin ul arog`a keturdi. Va zamonidin oltmish yil o`tkondin so`ngra Tur o`g`li Afrosiyob sipoh tortib aning ustiga yurudi. Ul Tabariston sori tortib, urushmoy, Amu suyidin norini anga musallam tutub, yarash bo`lub, Afrosiyob qoytti. Va haq taolo aning zamonida Muso va Xorun alayhumus-salomni Fir`avng`akim, oti Valid binni Mus`ab erdi yibordi. Va ul Dovud bin-ni Som avlodidindurkim Shaddod ani Misr hukumatig`a yiborib erdi. Va Shuayb binni Madyan binni Ismoil alayhis-salom aning zamonida mab`us bo`ldi. Va sipohsolori Som binni Narimon erdi. Va Zolkim, Rustamning atosidur, aning zamonida mutavallid bo`ldi. Va Manuchehr yuz yigirmi yil podshohliq qildi.

Sh ye ` r:
Manuchehrkim, bo`ldi olamga shoh,
Ango bo`ldilar borcha shahlar sipoh.
Ango ham vafosizliq etti jahon,
Kishiga jahon qolmadi jovidon.

               NAVDAR Manuchehrning o`g`lidur. Atosidin so`ngra mulk anga yetti. Ammo ul ayyosh va beparvo kishi erdi. Manuchehr qo`yg`on qoida va rusumni tuzaolmadi va mulk va sipohig`a xalal yo`l topti. Afrosiyob cherik tortib kelib, ani tutub o`lturdi. Va o`n iki yil Eron mulkida turub, buzug`luq qildi. Va ul nav`kim, oz yerda obodonliq qoldi. Ba`zi tavorixda Navdarin Sihri Narimon debdurlar. Va podshohlig`in ba`zi olti yil va ba`zi iki yil bitibdurlar.

Sh ye ` r:
Chu Navdarg`a tushti jahon kishvari,
Xaloyiq farog`atdin o`ldi bari.
Angokim jahondin vafo yetmadi,
Jahon ichra tinmadi, to ketmadi.

               AFROSIYOB. Oni ba`zi debdurlarkim, Pushang binni Tur binni Faridun o`g`lidur. Va ba`zi aning nisbatin Kayumarsg`a yetkurubdurlar. Ammo burung`i durustroqdur. Chun Navdarni o`lturdi, Eron mulkini andoq buzdiki, oz yerda ma`murluq qoldi, yig`ochlarni kesti va imoratlarni yiqti va korizlar bila bulog`larni ko`mdi. Va ul fursatda Som Narimon o`tub, o`g`li Zol Rustam atosi aning ta`ziyatig`a mashg`ul erdi, ba`zi debdurlarkim, Zol o`z kuchi bila sipoh orosta qilib, oni Eron mulkidin chiqordi. Ba`zi debdurlarkim, Zob binni Tahmosbkim, Manuchehr nabiralaridindur xuruj qilib, ul aning bila urushur yarog`in topmay, yuz uyurub o`z mulkiga azimat qildi. Afrosiyob podshohlig`i o`n iki yil erdi.

Sh ye ` r:
Chu Afrosiyob o`ldi olam shahi,
Emas erdi ish sirrining ogahi.
Jahon mulkin o`z mulki qildi gumon,
Ani ham chiqardi arodin jahon.

               ZOB BINNI TAHMOSBni Zav ham debdurlar. Nasabi yuqori o`tti. Odil podshoh erdi. Ko`p vaqt Eronda Afrosiyob buzg`on yerlarning islohig`a mashg`ul bo`ldi, yuz obodonliqqa qo`ydi. Derlarkim, yeti yil raiyyatdin xiroj olmadi. Va ba`zi xazoyinkim, Manuchehr va Navdardin qolib erdikim, Afrosiyob qiloi hasonatidin iliklay olmadi. Ul xazoyin bila yeti yil Zob Tahmosb saltanat asbobin tuzub, maosh o`tkardi. Va Zol binni Som anga xidmatlar qildi va buzug` mamolikni tuzarda madadlar berdi. Va Zob ikki rudxonakim, Zobin derlar, Iroq mulkida chiqardi. Va ba`zi Diyori Bakrda debdurlar. Va o`z hayoti zamonida saltanatni Girshosbqa musallam tutti. Aning podshohliqin Banokatiy besh yil debdur. Uzga tavorixda o`tuz yildur.

Sh ye ` r:
Chu ofoq mulkiga iyuh o`ldi Zob,
Tuzatti nekim buzdi Afrosiyob.
Erur zulmdin yaxshiroq adl ishi,
Chu qolmas na zolim, na odil kishi.

               GIRSHOSBning onasi ibni Yamin binni Ya`qub alayhis-salomning qizi erdi va atosi Zob binni Tahmosbning qardoshi erdi. Ko`prak tavorixda Rustami dostonin aning naslidin debdurlar. Ammo faqir qoshida bu qavl yiroqroq ko`runur, nevchunkim, Zolkim Rustamning atosidur, aning qoshida sipohsolor erdi va Girshosbni «Guzida»da, balki xeyli tavorixda Manuchehr nabiralig`iga chiqaribdurlar. Va Rustamni Som binni Narimon binni Atrub binni Obting`a yetkurubdurlar, vallohu a`lam. Girshosb chog`ida Afrosiyob yana cherik tortib, Erong`a kelib, Girshosb bila masof tuzub, razm qildi. Afrosiyob urushida Girshosb favt bo`ldi va Zoli Zar Zobilistondin cherik tortib kelib, Afrosiyobni Erondin chiqardi. Va Girshosbning saltanati zamonida ixtilofdur: «Nizomut-tavorix» va Banokatiyda yigirmi yildur, «Guzida» bila «Muntaxab»da olti yil, ba`zida besh yil ham bor, vallohu a`lam.

Sh ye ` r:
Chu Girshosb bo`ldi jahon Xusravi,
Bor ersa yana shohlar payravi.
Chiqordi orodin sipehri dijam,
Nechukkim yana shohlar, oni ham.

IKKINCHI TABAQA KAYONIYLARDUR

               Va alar to`quz kishi saltanat qildilar. Va ba`zi Iskandarni dog`i alardin tutubdurlar va o`n debdurlar. Saltanatlarining zamonida har nav` debdurlar. Borcha taqdir bila yeti yuz yildin yuqoridur. Va kayoninlardin avval kishikim saltanat qildi Kayqubod erdi. Va ani Zob binni Tahmosb o`g`li Manuchehr naslidin debdurlar. Ko`prak avqot Jayhun qirog`inda bo`lub, atrok bila urushub yurur erdi. Ul vaqtqachakim peshdodiylar tugandilar, Afrosiyob yana Turondin Eron qasdig`a sipoh tortib yurudi. Va Kayqubod Alburzkuhda erdi, Zol Rustamni yibordikim, ani kelturdi va boshig`a toj qo`yub, Eron saltanatin anga musallam tutub yurub, Afrosiyobni qaytardilar. Va Rustam ul urushkim, Afrosiyob bila urushti, aning zamonida erdi. Rustamg`a jahonpahlavonlig` laqabin berib, sipohsolor qildi. Va Luqmoni hakim va Ashmuil alayhis-salom va Tolut aning zamonida erdilar. Ba`zn Hazqil va Xizr alayhimus-salom va Ilyos va Alyasa`ni ham debdurlar va Yunus alayhis-salom debdurlar. Va Kayqubod yuz yigirma yil podshohliq qildi.

She`r:
Chu tuzdi jahon bazmini Kayqubod,
Surudi kayoni bila erdi shod.
Vale qildi charxi muxolif siyar,
Aning dag`i xunyogarin navhagar.

               KAYKOVUSkim, ba`zi Kayqubodning o`g`li debdurlar, ba`zi nabirasi debdurlar. Chun aning valiahdi erdi, aning o`rnig`a – saltanat taxtig`a o`lturdi. Va ul muxtalif mizoj va munqarib roy kishi erdi. Bovujudi azim saltanat necha qotla o`zin muhlikalarga solib, bandlarg`a tushti va Rustam xalos qildi. Biri Mozandaron qaydidurkim, Rustamni, Firdavsiy «Shahnoma»da debdurkim, Haftxon yo`li bila borib, oni qutqordi. Yana biri Yamanda Zulazor Himyarikim, Yaman podshohi erdi, aning g`aflati jihatidin ani jami` arkoni davlatini tutub, band qildi. Anda ham Rustam borib, Zulazor bila musolihag`a qaror berib, Sudobakim Zulazorning qizi erdi, Kaykovusqa qulub, ani va elin chiqordi. Bu ishlar shukronasig`a o`z xoharzodasinkim, oti Mehrinoz erdi, Rustamg`a berib, ani sipohsolorlig`din saltanat poyasig`a yetkurdi. Va Kaykovusning o`g`li bor erdi, Sudobadin o`zga anodin Siyovush otlig`kim, Yusuf alayhis-salomdin so`ngra aningdek jamil yigit yo`q erdi. Borcha erdamlarda husnig`a yarasha erdi. Va ani Rustam asrab erdi, tarbiyat topib erdi, Sudoba o`tay anosi anga oshiq bo`lub erdi, ondin kom hosil qila olmay, o`z qo`rqunchidin Kaykovus qoshida ani o`zi bila badnom qilib choqti va ul o`z baroati uchun o`tqa kirdi. Chun ul tuhmatdin muarro erdi, o`tdin osiyb topmadi va atosining xato royi va talavvun mizojidin vahm qilib, qochib Turong`a Afrosiyob qoshig`a bordi. Afrosiyob anga e`zoz va ikrom qilib, qizin berib, Turkiston viloyatin berdi. Ammo Girsiyuzning hasaddin sioyat qilg`oni bila tahqiq qilmay, ani begunoh o`lturdi va oning borasig`a ajab hayf yuzidin zulm bordi. Aning qatlidin so`ngra Afrosiyob qizidin aning o`g`li tug`di, Otin Kayxisrav qo`ydilar. Ul bulug` haddig`a yetkondin so`ngra Kayu binni Kudraz Kashvod Isfahondin yoshurun yolg`uz kelib, Kayxisravni onasi bila olib qochib, Erong`a eltti va Rustam Snyovush qonin tilab, Tu-rong`a cherik tortib, nihoyatsiz qatl qildi. Va Afrosiyob andin qochti va Rustam Afrosiyob Eronni buzg`ondek Turonni buzub, yonib keldi. Va Kaykovusning fosid xayolotidin biri bu erdikim, sanduqqa kirib, to`rt go`shasida qochir yo burgut bog`lab, osmong`a borurmen deb havo tutub, qushlar horg`ondin so`ngra ani yerga tushurdilar. Chun qarib erdi, Kayxisravni valiaxd qilib, tirigida ani podshoh qildi. Va payg`ambarlardin Dovud va Sulaymon alayhis-salom va Luqmoni hakim aning zamonida erdilar. Va osoridin rasaddurkim, Bobilda yasabdurkim, holo Talli aqarqun derlar. Siyovush uchun Eron ahli andoq motam tuttilarkim, hargiz hech kishi yod bermas. Tarix ahli muttafiqdurlarkim, soch qirqmoq va ko`k va qaro kiymak ul motamdin qoldi. Va Kaykovus yuz ellik yil podshohlig` qildi.

She`r:
Chu Kovus masnad uza topti zeb,
Necha kun anga charx berdi fireb.
Agarchi falakka yeturdi ani,
Falakdin vale yerga urdi ani.

               KAYXISRAVni chun Kayu Turon zamindin keturdi, Eronda saltanat taxtig`a o`lturdi. Va Faromurz bila Tusni Afrosiyob daf`ig`a yibordi va ul anga yoqin urug` erdilar, so`z tutturdikim, Siyovush naslidin Farud Turondadur, anga osiyb va zahmat yetkurmangiz. Farud alar bila nizo` zohir qildi va ilikka tushti. Tus sa`y bila qatlg`a tushti. Alar Afrosiyobdin shikast topib, qaytib ksldilar. Kayxisrav Tusqa g`azab qilib xabs buyurub, ul iste`fo qilib, yana Afrosiyob urushin o`ziga tutub, Kayxisrav ani banddin chiqorib, yana sipoh boshlatib yibordi. Bu qotla ham Afrosiyobqa zafar topa olmadi. Oqibat Kayxisrav o`zi azim cherik tortib yurudi. Afrosiyob turush bermadi, dog`i yuz qaytardi. Va ul qochar erdi va bu qovar (erdi. Necha qotlakim turub urushti, fath va zafar Kayxisravg`a erdi.
               Xorazmda urushub, Shaydankim, Afrosiyobning o`g`li erdi, o`lturdi. Afrosiyob andin ham azimat qilib, Iroqi Ajam sori mutavajjih bo`ldi. Va ul dogi mutaoqib kelur erdi. To Ozarbayjongacha urushub, Afrosiyob Kayxisrav ilikida maqtul bo`ldi. Va Rustamning necha qotla masoflari Afrosiyob va Kudraz Kashvodning masoflari Piron va Yassa bila masoflari va Bijanning Arman zaminga borib, qabonlarni o`lturub, Manija oni Turong`a eltib, Afrosiyob bandig`a tushgoni va Rustam bozurgonlar surati bilan borib, Bijonin banddin xalos qilg`oni tavorix va «Shahnoma» mazmuni bila Kayxisrav zamonida voqe`dur. Va Kayxisravning xotiri Afrosiyob ifsodidin jam` bo`lg`ondin so`ngra Luhrosbnikim ham Kayqubod naslidin erdi, podshohliqqa o`lturtub, o`zi saltanat tarki tutub, el arosidin g`oyib bo`ldi. Ba`zi dsbdurlarkim, ul payg`ambar erdi, ammo oncha yaxshi osor va sifoti bor erdikim, Kayoniylarda andoq podshoh o`tmadi, Ba`zi debdurlarkim, Sulaymon alayhis-salomdin qochib, Balx nohiyatig`a borib, anda halok bo`ldi, vallohu a`lam. Kayxisravning podshohligi oltmish yil erdi. Aning zamonida anbiyodin Sulaymon alayhis-salom va axbordin Siluni va hukamodin Fishog`urs erdilar.

Sh ye ` r:
Yana bo`ldi Kayxisravi pok roy,
Jahon kishvaru mulkida kadxudoy.
Va lekin bu Zol ushtulum ayladi,
Jahondin dag`i ani gum ayladi.

               LUHROSB BINNI ARUND Kaykovusning inisining o`g`lidur. Dorulmulki Balx erdi. Olamning ko`prak mulkin ochti. Ammo chun atolari saltanat qilmaydur erdilar va Qayxisravniig o`g`li yo`q jihatidin mulkin anga bergonda, elga qotig` keldi. Chun ul bu ishni angladi, el bila andoq borishtikim, borcha ani tiladilar. Mulk ochmog`ining jihati ul bo`ldi. Iki o`g`li bor erdi – Gushtosb bila Zarrin. Anga bir sahv tushtikim, o`z o`g`lonlaridin Kaykovus atboig`a yaxshiroq mamolik berdi. Bu jihatdin Gushtosb, chun bag`oyat rashid va bahodir kishi erdi, tahammul qila olmay, andin yomonlab Rumg`a bordi. Anda anga yaxshi ishlar dast berdi. Tavorixda ajdaho va karkidon o`lturdi debdurlar. Har taqdir bila qaysar ani kuyov qilib, qizin anga berdi. Ul otasidin intiqom tortarg`a Rumdin cherik tortib, jahd qilib, Xurosong`a yurudi. Otasi o`z g`alatin bilib, ani valiahd qilib, podshohlig`in anga berib, o`zi chunulg`ayib erdi, go`sha tutub, ibodatqa mashg`ul bo`ldi. Va Buxtunnasr binni Kudrazki, olamning buzug`lug`i derlarki, aning zulmidin erdi, Luhrosbning gumashtasi erdikim, iki qatla Baytul-muqaddasni yer bila tuzatti. Va Doniyol bila Uzayr alayhis-salomni asir qildi. Bu jihatdin debdurlarkim, har xil yo uch xil masx bo`ldi. Andin so`ng Doniyol alay-his-salomni qo`ydi. Va Doniyol alayhis-salom cherik tortib Buxtunnasr ustiga yurudi, qochib Xuziston qo`rg`onini berkitti. Va Doniyol alayhis-salom qo`rg`onni olib, ani halok qildi. Va lekin Buxtunpasr bobida bag`oyat so`z ko`p uchun bu muxtasarda mundin ortuq bitilmadi. Chun Luhrosb taxtni Gushtosbqa topshurdi va o`zi Balxda ibodatqa mashgul erdi, Gushtosb ba`zi bilod fathig`a mashgul erkanda, Arjosb kelib, Balxni olib, Luhrosbni o`lturdi. Va Luhrosbning podshohlig`i yuz yigirmi yil erdi. Va aning zamonidag`i anbiyo Uzayr bila Urmiyo va Doniyol alayhumus-salom erdilar, vassalom.

Sh ye ` r:
Yana bo`ldi Luhrosb sohib sarir,
Ki bo`ldi qo`lida salotin asir.
Ne mulki omon topti Gushtosbdin,
Ne joni xalos o`ldi Jomosbdin.

               GUSHTOSB Halab mulkida taxtqa o`lturdi va zardo`sht aning zamonida zuhur qildi. Va ul gabr dinida riyozatlar va mujohadalar tortib erdi, «Zind» kitobin tasnif qilib, elni ul ding`a da`vat qildi. Chun hakim erdi va riyozat jihatidin elni sayd qilib erdi, Gushtosbni ham firifta qildi. Gushtosb zardo`sht dinin ixtiyor qilib, elni ham ul millatqa kiyurdi va Rumda qaysarg`a kishi yiborib, ani dag`i bu ding`a dalolat qildi. Qaysar Faridun ahdnomasin ko`rguzdikim, Rum qaysarlari bir dinda bo`lsalar, kishi tag`yir bermasun. Ul jaddi farmonin inqiyod qilib, ul taklifdin kechti va o`zi Istaxr taxtida «Zind» kitobni o`qurg`a mashg`ul bo`ldi.
               Arjosb binni Afrosiyobdurkim, turk podshohi erdi, andoqki zikri o`tti, viloyatni xoli topib, Balxni olib, Luhrosbni o`lturub, qizlarnikim, Gushtosbning snngillari bo`lg`ay asir qilib, Balxni buzub, ko`p ganoyim bila mulkig`a qaytti. Gushtosb eshitib, intiqom uchun Rustamni raqam qildi, Rustam so`zin inqiyod qilmadi va Zobilistondin kelmadi. Va o`z o`g`li Isfandiyornikim, Durri safid qo`rg`onida mahbus qilib erdi, chiqorib, mulk va`dasi qilib, sipoh boshlatib,. Arjosb intiqomig`a yibordi. Isfandiyor borib, Arjosbni o`lturub, Turonni Baytatqa degincha olib, singillarin asirlikdin chiqorib, azim g`anoyim bila keldi, dag`i saltanat istid`osi qildi. Gushtosb yo Rustam aning hukmin ijobat qilmag`an jihatdin yo mulk va saltanatdin kecha olmasdin, Isfandiyorning Rustam urushig`a yibordikim, aning tarafidin xotirjam` emas erdi. Bir yo`li ani daf` qil, dag`i farog`at bila podshohliqqa o`ltur, deb ul kom va nokom Rustam ustiga borib, Rustam muloyimat va uzrxohlig` bila anga o`tru kelib, ko`p hurmat va ta`zimlar bila aning bila Gushtosb xidmatig`a borurni qabul qildi. Va ul g`oyat g`urur va pahlavonlig`idin andin urush tiladikim, zo`r dast bila Rustamni tutqay. Rustam ulg`ayib erdi va anga harif ermas erdi, Zol tadbiri bila, yo debdurlarki, Simurg` madadi bila bori har taqdir bila hiyla qilib, Isfandiyorni halok qildi. Chun «Shahnoma»dakim Firdavsiy debdur, bag`oyat mashhurdur, sharhi hojat ermas. Alqissa, Gushtosb bu xabardin voqif bo`lg`ach, bu ishdin ko`p pushaymon bo`ldi. Vale Isfandiyor o`g`li Bahmanni valiahd qildi. Va hukamodin Suqrotkim, Fishog`urs tilmizi erdi va Jomosbkim, zamonning saromadi erdi, Gushtosb zamonida erdilar. Va Gushtosb zamoni osoridin Samarqand qo`rg`oni va devorikim, Eron va Turon orasig`a tortilibdur va Naso shahri va Bayzo shahridurlarkim, base akobir va ashrof andindurlar. Va saltanati yuz yigirmi yil erdi.

Sh ye ` r:
Chu Gushtosp tuzdi sarir uzra bazm,
Anga ham falak ayladi king`a azm.
Adam bo`ldi qonuni Gushtosbi,
Aningdekki, oyini Luhrosbi.

               BAHMAN podshoh bo`lg`ondin so`ngra adl oyin qildi va avval azimatki qildi, Zobilistong`a qildikim, atosi Isfandiyor qonin tilagay. Chun Rustam qolmaydur erdi, o`g`li Faromurz yo inisi Zuvorani dorga osti va Zolni muqayyad qildi va yana ozod qildi. Va forsiylar ani darozdast debdurlar ko`p mulkka tasarruf ilikin sung`ondin. Buxtunnasr o`g`li Nasrni Bobildin azl qildi va Guharshnikim, Jomosb nabiralaridin erdi va anosi bani Isroil naslidin birining qizi aning naslidin yibordi va buyurdikim, bani Isroil elin boshlab, Shom rayosatig`a yibordi va buyurdikim, Bantul-muqaddasni imorat qildilar.
               Bahmanning atosi Tolut naslidin erdi va harami Archion binni Sulaymon alayhis-salom qizidin iki o`g`li bor edi: Soson va Dorob. Uch qizi bor erdi: Humon va Farang va Bahmando`xt. Soson zohid va muttaqiy kishi erdi. Mulkka parvo qilmadi, go`sha tutti. Humoynikim, Humonni ham debdurlar. Bahman o`z aqdig`a kiyurub erdi. Mavt marazida tojni aning qorniga qo`ydikim, Dorobqa homila erdi. Arkoni davlati ittifoq bila o`g`li tuqquncha ani podshoh ko`tardilar. Ba`zi debdurlarkim. Bahman podshohlig`inn yo Humoyg`a berdi, yo tojni andin tug`ar farzandg`a havola qildi. Har taqdir bila bo`lsa Soson bu jihatdin oshufta bo`ldi va ibodat ixtiyor qilib, qiroq tutti, vallohu a`lam. Va aning osoridin Forsda Guvorbandidurkim, amir Sayfiddin Mas`ud degan Bag`dod yo`li ustida rabot yasab va yana Baso va Chahrum va Busig`on ham aning osoridindur. Va podshohlig`ining zamoni yuz o`n iki yil erdi va aning asridagi hukamo Buqrotis va Buqrot tabib erdi, vassalom.

Sh ye ` r:
Chu Bahmang`a yetti vafosiz jahon,
Aning uzri ko`nglidin o`ldi nihon.
Yoyilgon zamon shavkati Bahmani,
Ravon qildi Bahman yelidek ani.

               HUMOY roy va xiradlig` xotun erdi. Bahmandin so`ngra taxtqa o`lturdi. Chun homila erdi, vaz` haml qildi va saltanat hubbi qo`ymadikim, o`g`lini podshohliqqa mansub qilib, o`zi anga muhofazat qilg`ay. Ani bir sanduqqa solib, qiyr bila mahkam qilib, daryog`a soldi. Debdurlarkim, bir gozur ilikig`a tushub, ani farzandchilay asrab, tarbiyat qildi. Bulug` haddig`a yetkandin so`ngra, saltanat gavhari o`z ishin qilib, gozurluq ishin makruh tutub, ilmu fazl va adab kasbin qilib, silohsho`rluq o`rganib, sipohiyliq qoidasin xo`b bildi. Gozur ani suvda topqan uchun Dorob ot qo`yub erdi. Chun o`z himmatin ul ishdin biyikrak mulohaza qildi. Gozurdin o`z holi kaifiyatini savol qildikim, men o`zumni sening o`g`lung gumon qilmaydurmen, manga o`z najodimdin xabar ber! Gozur munkir bo`ldi. Ko`p so`z orada o`tkandin so`ng gozur bildikim, yoshuraolmas. Ayttikim, seni sanduq bila suv ichida topib, tarbiyat qildim. Va sanduq ichinda nuqud va javohir ham bor erdi, ba`zikim qolib erdi, Dorobqa taslim qildi. Va ul fursatda Humoy Eron cherikini yasab, Rum fathig`a yiboradur erdi, Dorob ul sarmoya bila o`z yarog`in qilib, sipahsolorg`a mulozim bo`lub, ul yurushga bordi. Yo`lda andin g`arib mardonalig`lar va pahlavonlig`lar zohir bo`ldi. Andoqki, shuhrat tutub, Humoyg`a bitib yibordilarkim, bu nav` nodir yigit paydo bo`lub, podshoh davlatxohlig`ig`a mundoq ishlar qiladur va Humoy ko`ngliga aning mehri yer tutub, anga inoyat va`dalari bitib yibordi. To ittifoqi hasanadin ba`zi tavorixda bitibdurlarkim, Rum urushida qaysarni ul tutti. Bu qatla xud elga angushtnamo bo`lub, yana Humong`a oni bitidilarkim, cherik qaytqandin so`ngra Humoy cherikiga o`tru bir manzil kelib, fath kayfiyatin tahqiq qilur erdi, Dorobni ko`rguzdilar. Ko`zi anga tushkach, ko`ngliga iztirob tushub, emchokiga sut keldi. Tahayyur va taajjub bila gavhar va najodin tafahhus qildi ersa, Dorob andoqkim, bor erdi arz qildi. Humoy jazm bildikim, aning o`g`lidur. Arkoni davlatqa kayfiyatni bildirub, Dorobning yuzun o`pub, shodmonlig`lar bila tojni aning boshig`a qo`yub, taxtni anga musallam tutti va o`zi parda keyniga kirib, podshohliqqa o`g`lini o`lturtti. Va Humoyning saltanatining muddati o`tuz iki yil erdi va osori Istaxrda Hazorsutun erdikim, ani Iskandar buzdi. Va ba`zi Chihil minorni ham anga mansub qilibdurlar. Va Samara shahrikim, Jarbodqon derlar ham, ul bino qildi.

Sh ye ` r:
Yana birnecha kun Humoy oldi mulk,
Eronlar borib ichiga qoldi mulk.
Tugandi aning mulku davroni ham,
Falak Zoli qat` ayladi oni ham.

               DOROB chun Humoy o`rnig`a taxtqa o`lturdi, adl va dod pesha qildi. Va ul xiradmand va pahlavon va xo`bsurat podshoh erdi. Ko`prak mulk salotini anga inqiyod qildilar. Va Rum qaysarikim, ul zamonda Faylaqus erdi, sarkashlik qildi ersa, sipoh tortib Rumg`a yurub, qaysarni tutti va band qildi. Chun Rumni qayosiradin o`zga kishi zabt qilmoq dushvor erdi ham ani o`q tarbiyat qilib, ming bayza oltunkim, har biri vazng`a qirq misqol bo`lg`ay, xiroj tayin qilib, qaysarning qizin qulub, Rumdin yondi. Ul qizdin noxush is fahm qilib, tab`i mutanaffir bo`lub, atosi qoshig`a qaytarib yibordi. Ba`zi debdurlarkim, ul qiz Isqandarg`a homila erdi. Qaysar o`z qizin aqdig`a kiyurub, o`g`li mutavallid bo`lg`ondin so`ngra Dorob o`g`lidur demakka nomuslanib, o`z o`g`limdur deb Iskandarni o`g`ulchilay asrab, valiahd qildi va elchi yibormak uchun Yem oti bog`lomog`ni Dorob qildi. Va Rashitan otlig` vaziri bor erdi, kofiy va oqil kishi erdi. Dorobjurd shahrin ul yasab, Dorob otig`a ul tasmiyya qildi. Va Dorob maosiri payg`ambarlardin Jirjis alayhis-salom erdi va hukamodin Aflotun olihi. Va aning saltanatini ba`zi oltmish yil, ba`zi ellik iki yil dedilar.

Sh ye ` r:
Chu taxt uzra Dorobi ravshan zamir,
Humoy o`rnig`a bo`ldi oromg`ir,
Aning dog`i stti falak poyasin,
Boshidin ayirdi humo soyasin.

               DORO BINNI DOROBni atosi Dorob chun valiahd qilib erdi, atosi o`rnig`a podshoh bo`ldi. Chun zolim tab` kishi erdi, zulmidin ulug` el ozurda bo`ldilar. Rashitannikim, Dorob dasturi bila dastur yasab erdi, Bayri otlig` inisi sioyati bila tiladikim, azl qilg`ay. Ba`zi debdurlarkim, ul Iskandarg`a kishi yiborib, ma`hudi xiroj bermakdin ani pushaymon qildi. Chun Iskandar xiroj yibormadi, Doro kishi yiborib, ming oltun bayzani tilatti. Iskandar javob berdikim, ul yumurtqalarni qo`yar qush uchti, Doro dag`i ko`nglidin bu tama`ni chiqarsun. Dorog`a bu so`zdin g`azab mustavliy bo`lub, ustiga cherik tortib, masofaning iki safi tuzalganda, Doroning iki noibi kim, aning zulmidin toriqib erdilar, ani halok qildilar. Ba`zi debdurlarkim, iki hamadonlig` kishi fidoyilig` dasturi bila bu ishni qildilar. Ba`zi debdurlarkim, alarni Iskandar yiborib erdi, bu ishni buyurdi. Avvalg`i qavl sahihroqdur. Chun ul sipoh orasida yiqildi, Iskandar kelib, aning boshin o`z tizzi ustiga qo`yub, ont ichtikim, bu ish mening qoshimdin emas erdi. Va Doro Iskandarg`a uch vasiyat qildi. Bir ulkim, Ravshanaknikim, aning qizi erdi, qulg`ay. Bir ulkim, aning qotillarin o`lturgay. Bir ulkim, aning atboikim, Furs muluki naslidin erdilar, qatl qilmag`an, dag`i rioyat qilg`ay. Iskandar barchani qabul qilg`och, Doro oxir damda Iskandardek mustavliy adusidin xushnud o`tti. Va bu dostonni faqir «Saddi Iskandariy»dakim, «Xamsa»ning beshinchi kitobidur, mashruh ado qilibdurmen. Va Doroning podshohlig`i o`n to`rt yil erdi.

She`r:
Yana birnecha vaqt Doroyi dahr,
Ichib no`sh davron anga berdi zahr.
Falak zahr agar berdi Dorog`a bot,
Skandarga ham berman obi hayot.

               ISKANDAR nisbatida ixtilof ko`ptur. Ba`zi ani Dorob o`g`li debdurlar, andoqki Dorob zikrida o`tti. Va Banokatiyda va «Devonun-nasab» kitobidin mundoq naql qilibdurkim, Iskandar Xurmusi Rumiy o`g`lidurkim, Xurmus otasi Lafti binni Yunon binni Torax binni Yefas binni Nuhdur. Va aning umrini ming olti yuz yil debdurlar va Zulqarnaynkim, aning laqabidur, vajhi tasmiyasin mundoq debdurlarkim, ul zamonda ming yilni bir qari der ermishlar. Yana ham Banokatiydadurkim, aning atosi Bozur binin Albon erdi Iskandariya podshohi va anosi Afliyun binni Nuqo qizi erdi. Va Bozur va Afliyun orasida doim adovat erdi. Mulk maslahati uchun yarashtilar va ul musolihaning ta`kidi uchun Afliyunning qizin quldi va o`z mulkiga eltti. Bozurning eli bir qayd bila andoq qildilarkim, Bozur ul qizni ko`zdin solib, atosig`a yibordi va qiz Bozurdin homila erdi, yo`lda andoq havodis yuzlandikim, ul qiz bir atka bir enaga, bir xojasaroy bila qoldi. Ittifoqo bir choh boshida vaz` haml qildikim, maxuf manzil erdi. Va anda qaroqchi ko`p elni halok qilur erdi. Bu holda yiroqtin qalin qaro paydo bo`ldi. Alar vahmdin ul tiflni bir qiymati nimaga chirmab, ul choh boshida qo`yub, qochtilar. Ko`ringan qaro xud dasht bahoyimi ermish. Bori taolo bir suruk qo`ydin bir sutluk o`chku oyirib, amr qildikim, har kun kelib, ul tiflg`a sut berur erdi. Va ul tifl Iskandar erdi. Va ul o`chku bir qari xotunnung erdi. Bir kun o`chkusi g`oyib bo`lg`on jihatdin ani tilay, ul choh boshig`a kelib, ul g`arib holg`a muttali` bo`ldi. Tahayyur yuzidin Iskandarni olib, o`g`ulchilay ulg`aytib, podshoh o`g`li dabiristonig`a dabirga topshurdi. Iskandar oz vaqtda jami` fazoyil va kamolotni kasb qilib, sipohiylik rusumi va bahodirluq fununida ham yagona bo`ldi. Bir kun ul podshoh dabirga g`azab qilib, hisobg`a tiladi. Chun podshoh zolim va nodon erdi, Iskandarga aql va hikmat anda turmoqni ruxsat bermay, ul diyordin hazimat qildi. Yo`lda chokari ot va silohni ani uyuqlatib, olib qochti. Ul yayog` bir shaharg`acha bordikim, ittifoqo Afliyunning shahri erdi. Anosi qasr tomida dasht sori tamosho qiladur erdikim, Iskandarning qarosin ko`rub, mehri harakatqa kelib, emchokiga sut keldi. Tahayyur qilib ani tilab, ahvolni tafahhus qilg`ondin so`ng, o`g`li erkonin bildi. Afliyung`a izhor qilg`och, aning` o`g`li yo`q erdi va ulg`ayib erdi mulkni nabirasi Iskandarga topshurub, o`zi ibodatqa mashg`ul bo`ldi. Iskandar cherik tortib, otasi mulkini oldi va maknati azim bo`lub, Dorog`a xuruj qilib, ani ham yuqori o`tkandek arodin ko`torib, jahon mulkin oldi. Aksar tavorixda aning umrin o`tuz olti yil va salotinni o`n uch yil bitibdurlar. Ammo maholdurkim, o`n uch yilda ul qilg`an ishcha qilsa bo`lg`ay. Amir Xisrav Dehlaviy «Oyinayi Iskandariy»da aning saltanati zamonin besh yuz yildin ortuq debdur. Ammo Hazrat shayx Nizomiy quddisa sirrihu «Iskandarnoma»da iki qari ma`hud debdur va tahqiq yuzidin ixtilofi rivoyotni rad qilib, ani Faylaqus o`g`li debdur. Va faqir «Saddi Iskandariy»da ul iki buzurgvor qavlini soyir muarrixlar aqvolig`a tarjih qilib, nazm adosig`a qaror beribmen. Har taqdir bila Iskandar podshohe erdikim, andin burung`i va so`ngg`i salotin bu kungacha ul qilg`on ishni qilmadilar. Ham hakim erdi, ham vali. Ba`zi anga nubuvvat ustodi ham qildilar. To`rt yuz hakim xizmatida erdilar. Aflotuni olihi boshlig` va Arastudek vaziri bor erdi. Sekiz ming shoh va shahzoda xidmatini qilur erdilar. Olamning bahru barin olib, hayvon suyi tamannosi bila zulumotqa kirdi. Aning bila kirgan mulozimlardin biri Xizr, biri Ilyos alayhumus-salom erdilar. Ul suv alarg`a nasib bo`lub, Skandar mahrum yondi va ba`zi Shahrizurda va ba`zi Bobilda derlarkim, vafot topti va Iskandariyaga naql qildilar. Mashhurdurkim, vasiyat qildikim, yalon ilikin tobutdin toshqori chiqorsunlarkim, olam ahlig`a mujibi tanbih, balki ibrat bo`lg`aykim, olamdin ilik torta tutqaylar. Va aning osoridin Ya`juj saddidur va Marv va Hirotva Samarqand va Isfahonni ham debdurlarkim, ul bino qildi. Va ul o`tkondin so`ng o`g`li Iskandarus mulkni qabul qilmay, ibodatqa mashg`ul bo`ldi. Va Rumda Batlimusni qaysar qildilar, vallohu a`lam. Va muluki tavoyifni Eron zaminda ul tayin qildi. Uch yuz oltmish yilg`acha alar ichin aro nizo` qilib, Rumg`a hech qaysining zarari yetmadi.

M a s n a v i y:
Skandarki fath ayladi bahru bar,
Kirib taxti farmonig`a xushku tar.
Etishti zuhal avjig`a rif`ati,
Chalindi falak toqig`a navbati.
Valoyat bila hikmatu shohlig`,
Nubuvvat ishidin ham ogohlig`.
Gahi Saddi Ya`juj qism aylabon,
Gahi yuz ajoyib tilism aylabon,
Bu hashmat berib, izidi pok anga,
Ne zulm etti, ko`r, charxi bebok anga.
Ki xoli qo`lin benavolar kibi,
Uzotib borurda gadolar kibi.
Chiqardi jahon mulkidin voyasiz,
Qo`li komdin, naqdidin moyasiz.
Yanalarga, ko`r, charx netkusidur,
Sanga yo manga xud ne yetkusidur.

UCHINCHI TABAKA ASHKONIYLAR VA MULUKI TAVOYIF ERDILAR

               Tarix ahli orasida bu tabaqa dag`i salotin tartibida bag`oyat muxolifat ko`ptur. Ammo bir so`zda borcha muttafiqdurlar. Biz ul so`znikim, muttafaqun alayhdur, ado qiloli. So`ngra ul so`zlarnikim, muxtalafun fihdur, zikr qilib, har nimagakim o`xshashi ko`prakdur, qaror beroli. Ulcha muttafaqun alayhdur bu so`zdurkim, Iskandar chun Eron mulki bila Forsni fath qildi, bu mamolikni bilgan salotinni va avlodni yig`di va alar bobida ne qilmoqqa royin bir-biriga qaror bera olman, ojiz bo`ldi. Aristotoliskim, aning vaziri erdi, hozir ermas erdi. Anga bitib yuborib, andin roy tiladi. Va ul javob bitib yibordikim, bu jamiyatni qatl qilmoq shar`an va aqlan munosib ermas va qo`ymog`lig`lari mulkka mujibi fasod va xotirga mujibi taradduddur. Chun sen bular mamlakatin har qoysini zaruratan birovga bergungdur, avval o`zlariga o`q berib, o`z qoshingdin bularni mulkka nasib qilib qo`ng`aysenkim, o`tar dunyoda muncha salotinning bejihat qonin to`kmamish bo`lg`aysen. Va alarni mamnuni minnat qilib, o`zungga yaxshi ot qozg`onmish bo`lg`ay sen. Dag`i ul kun so`ngraki sen bo`lmasang bular ichin aro munozaat qilib, sening dorul-mulkungkim Rumdur, taarruz kechrak qilg`aylar. Iskandarg`a Arastuning royi dilpazir tushub, ul jamoatni Arastu ko`rgan roy bila nasb qildikim, muluki tavokif alarni debdurlar. Va ulcha bu tabaqada ahli tarix so`zida ixtilofdur. Bu jamoatning oti va adadida va saltanatlarining muddati va taqdim va ta`xiridadur va bu xiloflarg`a tavfiq bermak va tatbiq qilmoq so`zni parokanda qilib, o`qug`uchini yolqitib, havosin parishon qilur. Zaruratan ijmol bila andin o`tmak munosibroq ko`rundi. Iskandar muluki tavoyifni mamolikka nasb qilg`anda, Dajli yaqosidin beri Iroq va Ray va Xurosong`acha Abtahshi Rumiig`a berdi va ul to`rt yil mulk surdi. Va Ashkkim, Doroning o`g`li erdi va Iskandar zamonida vahmdin yoshurun yurur erdi, anga xuruj qilib, ani o`lturdi va taxt bildi.
               ASHQ BINNI DORO. Chun Abtahshi Rumiyni oradin chiqardi va Eron mulkin Rum ahli kuduratidin sofi qilib, soyir muluki tavoyif bila muvofaqat qildi. Va alar ani bag`oyat hurmat tuttilar va mundoq muqarrar qildilarkim, nishonlarida o`z otlaridin burun aning otin bitgaylar va bot yog`i arog`a kirsa, bir-biriga madad yetkurgaylar va uluq-kichiklik orada bo`lg`ay. Mundin ortuq taklif aroda bo`lmag`ay. Aning zamoni uch yil erdi.
               SHOPUR BINNI ASHK. Ba`zi debdurlarkim, Iso alayhis-salom aning zamonida mab`us bo`ldi va Yahyo va Zikriyo va Jirjis alayhumus-salomni ham ba`zi debdurlarkim, aning zamonida erdilar. Va Ag`ustus qaysar anga muosir erdi. Va Shopur mulki yigirmi yil erdi.
               BAHROM BINNI SHOPUR. Atosining vasiyati bila ato taxtini bildi. Aning podshohlig`i o`n bir yil erdi.
               YALOSH BINNI BAHROM. Ul dag`i atosig`a valiahd erdi va podshoxlig`i o`n besh yil erdi.
               HURMUZ BINNI YALOSH. Atosig`a qoim maqom bo`ldi va podshohlig`i o`n to`quz yil erdi.
               ANUSH BINNI YALOSH. Aning podshohlig`i o`n yil erdi. Ba`zi debdurlarkim, Iroq va Forsda Ashk farzandlaridin Uyg`ur otlig` bir podshoh erdi. Shopurdin ellik yildin so`ngra va Yahyo alayhis-salom aning zamonida shahid bo`ldi. Va ul saltanatni o`g`li Gudarzg`a musallam tutti.
               GUDARZ BINNI UYG`UR. Ulug` podshoh bo`ldi va adl va insof tariqidin chiqti va bani Isroilg`a cherik tortib, azim qatllar qildi. Derlarkim, Buxtunnasr qilg`ondek. Bani Isroil bila maosh qildi. Bir kun ovda ajal shikorisining saydi bo`ldi. Va aning podshohlig`i ellik yeti yil erdi.
               ERON BINNI YALOSH. Gudarzning qardoshi o`g`li erdi. Olim va odil erdi. Gudarz zamonida aning zulm va tahattukidin xazoyik xoli va mulki buzug` erdi. Ul rioyat va lutf bila, raiyyatni ma`mur va mulkni obodon va xazinani mamlu qildi. Va aning saltanati qirq yil erdi.
               NARSI BINNI GUDARZ. Otasining valiahdi erdi. Chun podshohliqqa o`lturdi. Shom viloyatig`a borib, Yahyo alayhis-salom qatli intiqomig`a juhudlarni qirdi va qolg`onidin ba`zini ovora va ba`zisini zalil qildi va andin so`ngra bani Isroil qavmidin munqati` bo`ldi. Va ul vaqtda bani Isroil qavmidin podshohi Matinyo erdi, Sulaymon alayhis-salom avlodidinkim, ba`zi debdurlarki, Buxtun-nasr ani halok qildi va Gudarzning podshoxlig`i o`tuz yil erdi.
               HURMUZ BINNI YALOSH. Ba`zi debdurlarkim, ul Eron o`g`li erdiki, Gudarzning qardoshi bo`lg`ay. Chun podshoh bo`ldi, yaxshi qavoid va rusum paydo qildi va otasining zulm va taaddisin oradin chiqordi. Va to`rt harami bor erdi. Alardin biri anga zahr berib, halok qildi. Va saltanati zamoni to`quz yil erdi.
               FIRUZ BINNI HURMUZ. Aning o`rnida taxtqa o`lturdi va ul dag`i dod va adl qoidasin tuzdi. Ammo ayyosh kishi erdi va ovni sevar erdi. Ovda ruhi g`izoli ajal o`qig`a qatil bo`ldi. Va saltanati zamoni yeti yil erdi.
               XUSRAV BINNI FIRUZ andin so`ngra podshohlig` qildi va aning saltanati zamoni o`tuz yil erdi.
               YALOSH BINNI FIRUZ aning qoim maqomi bo`ldi va ul hunarparvar podshoh erdi. Hunar ahlin sevar erdi va aning zamonida hunar ahli aziz bo`ldilar va hunarlar takmil topti. Oqibat ul dag`i o`zgalar azimat qilg`ondek ozim bo`ldi. Va aning podshohlig`i qirq yil erdi.
               YALOSH BINNI YALOSH aning taxtini egalladi va ul Xusravning qardoshi erdi. Oqibat ul dag`i qardoshi ichkan sharbatni ichti va aning podshohlig`i besh yil erdi.
               ARDUVON BINNI YALOSH ashkoniylarning so`ngg`i podshohi erdi, azamat va tajammuli va mulkining vus`ati ul tabaqadag`i salotindin ortti. Va muluki tavoyifdin ko`pin ul maqhur qilib, mulkin oldi va o`ziga munqod qildi. Va oxirul-amr Ardasher Bobak ani oradin chiqorib, mulk ashkoniylardin sosoniylarg`a intiqol topti. Va ashkoniylar bu muxtasarda o`n besh kishi bitildi va «Nizomut-tavorix»da o`n kishi bitilibdur va Banokatinda o`n to`rt kishi bitilibdur va «Jomeut-tavorix»i Jaloliyda yigirma kishi va «Guzida»da Hamdullohul-mustavfi uch firqa qilib, yigirmi bir podshoh bitibdur va ani muluki tavoyifdin tutubdur. Go`yoki bu xud g`alatdurkim, alar muluki tavoyif bo`lg`aylar. Nevchunkim o`zi o`q tanoquz kelturubdurkim, muluki tavoyifdin ba`zini Ashk binni Doro o`lturdi va ashkoniylarni bu Ashk binni Doro nasli debdur. Va saltanatlarining zamonin ham muxtalif bitibdur. Bu faqir ulcha imkon ixtiyot bor erdi qildimkim, o`zlarni sabt qildim. Ammo muddatlarin e`timod qilg`udek naql topmadim, bitilmadi. Ammo har qoysining zikrida tafzil qilibdur. Hisob qilg`on kishi topar va muluki tavoyifni ba`zi to`qson kishi debdurlar va ba`zi ellik kishi va ba`zi ham bulardin ortuq o`ksuk debdurlar, val-ilmu indallohi.

Sh ye ` r:
Skandar bo`lurda jahondin nihon,
Muluki tavoyifqa berdi jahon.
Alar ham berib taxtu tojig`a zeb,
Jahondin yedilar necha kun fireb.
Tag`ofullarin chunki fahm ettilar,
Talofiy qilurdin burun kettilar.
Jahon mulkin ashkoniy oldi tamom,
Alarg`a bular bo`ldi qoim maqom.
Qayu birning o`lg`ach ayon navbati,
Sog`indiki, jovid erur mulkati.
Necha kun dimog`ig`a soldi g`urur,
Chu vaqt o`ldi ketmaklik erdi zarur.
Kahondin ketib, kom ola olmadi,
Kishiga jahon jovidon qolmadi.
Alardek yana yuz ming o`lsa padid,
Ham alardek o`q bo`lg`usi nopadid.
Bu ketmak emas barcha shahlarg`a xos,
Gadolar dag`i topmas andin xalos.
Jahonkim, vafo keldi andin yiroq,
Yiroq o`lsa, andin kishi yaxshiroq.


TO`RTINCHI TABAQA SOSONIYLARDUR

               Kim alarni akobira debdurlar. Bularning dag`i adadlarin muxtalif bitibdurlar. Ba`zi o`tuz iki va ba`zi o`tuz bir va ba`zi yigirmi sekiz va saltanatlarining muddatlarini ham muvofiq bitmaydurlar. Sohibi «Guzida» besh yuz yigirmi yeti yil bitibdur va Banokatiy besh yuz o`tuz bir yil bitibdur va Qozi Bayzoviy to`rt yuz o`tuz yil debdur. Har taqdir bila Ardasher Bobak Sosoniylarning avvalg`i podshohidur. Va ul Soson binni Bahman nabirasidur. Va aning sharhi budurkim, chun Bahman Humoyni valiahd qildi, Sosonkim o`g`li erdi, go`sha tutti, andoqkim, mazkur bo`ldi. Va davlat ul tabaqadin ashkoniylarg`a muntaqil bo`lg`anda, Sosondin bir o`g`ul qolib erdi, aning oti ham Soson erdi, mutavoriy va maktum yurur erdi. To ro`zgor havodisi iqtizosidin Bobak qoshidakim, Arduvonning Fors viloyatida bu gumashtasi erdi, o`zin tobe` tutar erdi. Va Bobak ul navohiyda ko`p maknat va shavkat paydo qilib erdi, chun Sosonning barcha atvorig`a mulohaza qilur erdi, andin osori rayosat va xiradmandlig` zohir bo`lur erdi. Bir kecha tush ko`rdikim, quyosh Sosonning manglayidin tulu` qiladur.
               Aning ahvolini mubolag`a bila taftish qildi ersa, ma`lum qildikim, hol nedur. Ehtirom va e`zoz qilib, ani kuyov qildi. Va Ardasher Bobakning qizidin mutavallid bo`ldi. Chun Soson oradin chiqib erdi, ani Bobak oti bila atadilar. Chun Ardasher bulug` haddig`a yetti, barcha bilik bila erdamda yagona bo`lub shuhrat tutti. Arduvon eshitib, ani Bobakdin tilab, o`z o`g`lonlari bila tarbiyat qilur erdi, bir kun alar ovg`a borib erdilar, Arduvon yoshurun libos tag`yir qilib, alarning ovda zabt va rabt bila otish-tutushlarin bilay deb bordi. Barcha nav`da Ardasherni o`z o`g`lonlaridin ortuq topti. Rashk bila hasaddin g`azab qildikim, ul bir navkar o`g`li anga saltanat oyinining iktisobini munosibdur deb o`z miroxo`rlug`ini buyurdi. Ardasher zarurat va vahmdin ul xidmatqa mashg`ul erdi. Ittifoqo bir kun tavila boshida o`lturub erdikim, Arduvonning haramidin necha kanizak o`tub boradurlar erdi. Biri Ardasherni ko`rub, ko`ngil oldurub, alqissa alarning orasida muloqot va xususiyat voqe` bo`ldi va Arduvonning maxfiy ahvoli va maqolidin ul kanizak Ardasherga xabar berur erdi. Bu uchurda Bobakning vafoti xabari keldi. Ardasher muddao izhor qildikim, Arduvon aning atosi mansabin anga berib yiborgan. Maqbul tushmadi. Ul hukumatqa o`z o`g`lin muqarrar qilib yibordi. Chun Ardasher ul ishdin navmid bo`ldi, vahmi g`olib bo`ldi. Bu favrda ul kanizak anga xabar berdikim, Arduvon bir mudhish tush ko`rub, bilur eldin ta`birin so`rub, mundoq debdurlarkim, mulk sendin intiqol topib, birovga muntaqil bo`lg`usidurkim, bu hafta sening dargohingdin ketar. Va Arduvon bu so`zdin mutavahhish bo`lub, bu ishning tafahhusidadurkim, ul kishini topib, daf` qilg`ay. Bu so`zdin Ardasherning dag`dag`asi ko`prak bo`lub, ham aning o`q tavilasidin e`timodi otlar qushlab qochti. Va kanizak ham aning bila muttafiq erdi. Chun Ardasher Istaxr shahriga yetti, atosining atboidin ba`zi anga yig`ildilar. Ko`p el ma`lum qilib, anga muttafiq bo`lub, Arduvonning o`g`lig`a xuruj qilib, ani oradin ko`tardilar. Va Arduvon eshitib, o`zi aning daf`in qilmoqdin o`zga chora topmay, sipoh tortib kelib, Ardasher bila urushub, bosildi va qatdg`a yetti. Va qolg`an muluki tavoyifni ham maqhur qilib, mamolik fathig`a yuz qo`ydi. Va Arduvon qizini nikohig`a kiyurdi. Va Arduvonning to`rt o`g`li bor erdi. Ikisi talaf bo`lub, ikisi qochib Hindistong`a bordilar va anda har nav` bo`lsa, o`tkarur erdilar. Singillari bila xabarlashib, anga zahr yibordilarkim, Ardasherga berib halok qilg`ay. Shoyad bu vasila bila mulk alarg`a tushkay. Ardasher bir kun ovdin kelib, sharbat tilagach, ul qiz sharbatni zahrolud qilib, muhayyo asrab erdi, filhol tutaberdi. Ardasher davlat rahnamuni amri bila sharbatni olurda taammul zohir qildi ersa, sharbat berguvchi mutag`ayyir bo`lub, yalki titrab, sharbatdin yorimi to`kuldi. Ardasher bag`oyat xiradmand erdi. Qolg`anig`a non to`g`rab, itka berdi zrsa, halok bo`ldi. Tafahhus qilg`och, ul ish kayfiyati ma`lum bo`ldi va qizni vazirg`a topshurub, buyurdikim, halok qilg`ay. Vazir oqibatandish kishi erdi, o`ltururda qiz ayttikim, podshohdin homilamen. Ani asrab, o`zin xasiy qilib, bir necha kun ilojidin so`ngra keskin uzvni bir huqqag`a solib, muhr qilib, Ardasher huzurida xozing`a topshirdikim, men bu amonatni tilasam bergaysen. Bu holdin oz vaqt o`tkach, homila o`g`ul tug`uldi va vazir anga Shohpur ot qo`ydi. Va ihtimom bila tarbiyat qilur erdi, to o`n yoshig`a yetkanda, husnu jamol va rushdu kamolda nodir bo`lub erdi. Bir kun vazir Ardasher qoshig`a kirib, ani bag`oyat malul topti, jihatin so`rdi. Chun Ardasherning o`g`li yo`q erdi, dedikim, nechuk malolat bo`lmag`aykim, olam mulkin oldim va umr oxirg`a yetti, zaruratan o`lmak kerak va mulkni yot kishiga qo`yub bormoq kerak. Vazir aytti: podshoh g`am yemasunkim, andoq o`g`li bor kim, ma`lum emaski, hech podshohda bo`lmish bo`lg`ay. Ardasher hayrat qilib, kayfiyatni yaxshi ma`lum qildi ersa, vazir amonat huqqani tilab, ul rozni oshkoro qildikim, men bu kunning fikrin qilib erdim. Homilani o`lturmay, tuhmat daf`i uchun o`zumg`a bu holli ravo ko`rdum. Va podshohzoda tug`di va o`n yashabdur va oti Shohpur qo`yulubdur. Ardasher shodmon bo`lub buyurdikim, ani aning yoshi atfol bila yasab, aning hoshig`a kelturdilar. Bir-bir o`tkarib, ul yetkach, otalig` mehri harakatqa kelib, ani qo`ynig`a olib o`pub, Tengri taolog`a shukrlar qilib, onasini haramg`a yibordi. Vazirg`a ko`p inoyatlar qildi. Va aning oti Shopurg`a qaror topti, o`z valiahdi qildi. Va aning osoridin Forsda Arusi ko`rasi derlarkim, aning sharhi uzundur. Tavorixda bor, bilay degan kishi o`qub bilgay. Yana Ardasherki, ani Gavosher derlar, Kirmonda va Ahvoz va Xuzistonda va Mo`sul, Jaziradin, xittayi Bahrayndin. Va podshohlig`i muddati o`tuz yil erdi va o`n to`rt yil hukmi olam mamolikiga nofiz bo`ldi. Ajal yetkoch, jahon anga ham o`zga jahondorlarg`a qilg`onni qildi.

She`r:
Jahon mulkini oldi chun Ardasher,
Tavonou dono shah erdi daler.
Ularda ne naf` etti donolig`i,
Ne daf` aylay oldi tavonolig`i.

               SHOPUR BINNI ARDASHER. Chun atosi o`rnida taxtqa o`lturdi, ato rasm va qonunin tag`yir bermadi va ul tayin qilg`an elni viloyatlardin va manosibdin azl qilmadi. Va oqil va odil podshoh erdi. Va anga arz qildilarkim, Qustantaniyada Rum qaysari o`z haddidin tajovuz qilibdur. Shopur Nasibin shahrin muhosara bila oldi va qaysarning xazoyinini tasarruf qildi. Qaysar o`z haddini bilib, shafi`lar vosita qilib, xiroj qabul qildi. Shopur fath va nusrat bila qaytti. Va aning osoridin Xurosonda Nishopurdurkim, ani Tahmuras bunyod qilib erdi, tuganmasdin burun yuz buzug`luqqa qo`ydi. Ammo Shopur ani yangi boshtin shatranj bisoti vaz`i bila obodon qildi. Va ayturlarkim, akosira bu ixtiro`ni qilib erdilarkim, shahrlar bnno qilsalar, jonivorlar shakli bila tarh qilurlar erdi. Andoqkim, Savsanni yilon shakli bila va Sushtarni ot shakli bila. Yana ul yasag`an yerlardin biri Jandshopur, Xuzistonda Shodshopurdur. Qazvin yo Siystonda Moniy musavviri zindiq aning zamonida paydo bo`ldi. Va podshohlig`i o`tuz yil erdi.

Sh ye ` r:
Chu Shopur bo`ldi jahon xusravi,
Adolatda bo`ldi ato payravi.
Vale oxirul-amr charxi dijam,
Ani ham otasidek etti adam.

               HURMUZ BINNI SHOPUR. Ani Hurmuzi qati` dedilar. Bu jihatdinkim, otasi Shopur ani Xuroson viloyatining ayolatig`a yiborib erdi va Shopur johdo`st va badgumon kishi erdi. Hurmuz Xurosonni tuzdi va azim cherik yig`ib, mustaid qildi. Hosidlar Shopurg`a yomon ko`rguzdilar. Shopur aning boshida istiqlol xiyol qilib, yomon eltib kelurig`a hukm qildi. Hurmuz fahm qildikim, qasd qilg`usidur, bir ilikni kesib, Shopur xidmatig`a yibordi. Va ul zamonda rasm erdikim, noqis kishini podshoh qilmaslar erdi. Shopur aning begunohligin bilib, toinlarin maqhur qilib, ko`ngli aning uchun buzulub, ani valiahd qildi. Va ul Moniy musavvirni va atboin hujjat bila takfir qilib, jazolarig`a yetkurdi. Aning osori Xuzistonda Rom Hurmuz va Bag`dod navohiysida dastgirdur. Va saltanati zamonida ixtilof bor. Ba`zi iki ba`zi uch, ba`zi o`tuz yil debdurlar.

Sh ye ` r:
Chu Hurmuzni baxt etti masnadnishin,
Adolat bila tuzdi olam ishin.
Agarchi qo`lin qisqa qildi bilik,
Falak qilmadi qisqa andin ilik.

               BAHROM BINNI HURMUZ atosi Hurmuz vasiyati bila podshoh bo`ldi va Moniy naqqoshning, millatikim, zindiqa erdi, aning zamonida shoyi` bo`ldi. Va ko`p xaloyiq anga firifta bo`ldilar va aning dinig`a kirdilar. Atboi qolin va bu Bahrom xudoparast erdi va xiradmand podshoh erdi. Tiladikim, Moniyning millatin daf` qilg`ay. Avval ani umidvorlig`lar bila musohib va mulozim qildi va atboin o`zidin vahmsiz qildi, to barcha zohir bo`ldilar. Andin so`ngra ulamoni yig`ib, aning bila bahsqa soldi va ulamo ani yaknafar qilib, kufrni anga sobit qildilar. Bu hujjat bila Moniyning terisin so`ydurub, somon tiqtirdi va atboin qatl qildi. Ba`zi debdurlarki, Moniy elga bu so`z birla firib berur erdiki, ruh inson badanida zindondadur va aning yeri o`zga olamdur. Ruhqa tasnif hosil qilmoq kerak va botroq bu zindondin xalos etmak kerakki, tufroq kuduratidin xalos bo`lub, o`z maqomig`a yetkay. Chun Bahrom ani tiladi, dedikim, aytur so`zlaringni ayt. Moniy bu so`zlarni aytti. Bahrom dedikim, chun sening ruhung badan zindonidadur, azob bila biz sening o`q qavlung bila amal qilib, ruhungni azobdin qutqorurbiz deb buyurdikim, ani qatl qildilar. Va Bahromning zamoni va muddati uch yil va uch oy erdi.

Sh ye ` r:
Chu Bahrom davri zamoni edi,
Zamonida mashhuri Moniy edi.
Ani dag`i nobud qildi falak,
Bu birning dag`i naqshini qildi haq.

               BAHROM BINNI BAHROM. Ani salaf dedyalar. Takallufi ko`p erdi va takabburi va tahayyuri behad. Oz sahvg`a ko`p itob qilur erdi, juzviy gunahg`a nomaqdur siyosat ko`rguzur erdi. Xaloyiq aning badxo`ylug`idin ojiz bo`lub, mu`badlar va hakimlarg`a istig`osa ko`rguzub, istionat qildilar. Alar taammullar qilib munga qaror berdilarkim, tongla sabohdin hech kishin anga yovumag`anlar. Tonglasi jami` ulus bu ishni qildilar. Har kishini tiladi, topmadi. El ojiz bo`lg`ondek ul dag`i ojiz va mutahayyir qoldi. Mu`badlar kelib, nasihat qildilarkim, podshoh ulus va el bila podshohdur. El bo`lmasa, saltanat mumkin emas. Sen elni mizojing tundlug`idin o`zungdin ramida qilding. Lojaram sendin  yiroqlik tiladilar.
               Bahrom alardin taahhud qildikim, men mutanabbih bo`ldum, kelsunlar. Istid`o qilib mu`badlar yana elni aning qoshig`a kelturdilar. Va ul tundxo`ylug`ni tark qilib, adolat va muroso va afv pesha qildi. Va saltanatining zamoni yigirmi yil erdi.

Sh ye ` r:
Necha erdi Bahrom, Bahromi tez,
Ishi charx Bahromi yanglig` sitez.
Etib vaqt tushti ajal domig`a,
Borur bahs aflok bahromig`a.

               BAHROM BINNI BAHROM BINNI BAHROM. Ato va abuka otin anga qo`ydilar va lekin ani Shahanshoh dedilar. Bu laqab bila shuhrat tutti va avval kishikim, bu laqab topti ul erdi. Sha`ni arjumand va axloqi dilpisand podshoh erdi, axloqi elga marg`ub va atvori ulusqa matlub. Zulm binosin buzdi va adl asosin tuzdi. Ammo davroni umridek bevafo erdi va umri davronidek bebaqo. Va ul to`rt oy mulk surdi va borur mulkni o`zgalarga topshurdi.

Sh ye ` r:
Shahanshoh chun surdi olamg`a raxsh,
Quyoshdek ediyu, dahr uza nurbaxsh.
Necha mehrdek topti avji kamol,
Falak davridin topti oxir zavol.

               NARSI BINNI BAHROM. Atosi o`rnida saltanat taxtig`a o`lturdi va ul dag`i atosidek komkor va oliy miqdor va xiradmand va hushyor podshoh erdi. Ko`p kishvar va mulk oldi va oxir rihlat ko`sin chaldi. Va mulkining muddati to`quz yil erdi.

She`r:
Chu Narsi bo`lub mulk ila komjo`y,
Ato taxtida bo`ldi oromjo`y.
Ne qo`ydi falak ham aning komini,
Ne ajdodi taxtida oromini.

               HURMUZ BINNI NARSI. Ul bag`oyat mutajabbir va mutavahhim kishi erdi. Saltanatidin burun bu sifotin el bilib, andin xaroson edilar. Emdikim, mulk olib, ato o`rnig`a podshoh bo`ldi, xaloyiq mutavahhim bo`ldilar. Va ul bovujudi bu nav` maosh o`z atvorig`a bag`oyat mu`taqid erdi. Bir kun g`oyat xudpisandlig`idin bir hakimdin so`rdikim, maning af`ol va sifotimg`a ne nima keraklikdur? G`arazi bukim, ul tahsinlar qilg`aykim, hech nima keraklik ermas. Hakim mundoq javob berdikim, xaloyiqqa hokim va sohibi ixtiyor bo`lg`ondek o`z nafsingg`a ham hokim va sohibi ixtiyor bo`lmoq sanga keraklikdur. Ul bu so`zdin, chun zoti javhari bor erdi, g`aflat uyqusidin seskonib, o`z qilig`i tegrasiga uyurulub, mustahsan atvor tutub, marzi axloq pesha qildi. Chun vafot qildi, o`g`li yo`q erdi, ammo harami homila erdi. Tojni aning boshi ustida osib, anga podshohliq buyururlar erdi, to Shopur tug`di. Va Hurmuzning zamoni yeti yil yo to`quz yil erdi.

Sh ye ` r:
Chu Hurmuzg`a tushti bu dahri dani,
Necha vaqt ham qildi mag`rur ani.
Va lekin ajal aylagach turktoz,
Ne qoldi g`urur ul zamon ne niyoz.

               SHOPURI ZUL AKTOF Xiradmand podshoh erdi, ammo qohir erdi. Ba`zi ani debdurlarkim, ona qornida qoldi va tug`quncha tojni onasi boshi ustidin osarlar erdi. Avval kishikim, tufuliyatda yaxshi roy xotirig`a keldi ul erdi. Va aning sharhi budurkim, olti yoshida Shahrdi degan vaziri aning qoshida edikim, shom vaqtida naqora uni keldi. Shopur vazirdin so`rdikim, ne naqoradur? Ul dedikim, jamoatiki daryodin ko`pruk bila nori yuzga o`tubdurlar, chun ko`pruk birdur, alarni qaytarurg`a har kechqurun xabar qilur uchun naqora qoqarlarkim, kechrak qolsalar ko`pruk ustiga g`avg`o bo`lub, suvg`a yiqilur imkoni bor. Shopur ayttikim, yana bir ko`pruk dag`i yasasunlar, to el farog`at bila o`tgaylar. Va ani hukmi bila ko`pruk yasadilar. Aning tufuliyat zamonida mulkda arab istilosidin ko`p sho`rish paydo bo`lub, g`assoniylardin podshohiki oti Toyir erdi, Tayqunnikim, Soson taxtgohi erdi, chopib, Hurmuzning egachisini tutubkim, Shopurg`a xola bo`lg`ay, asir qilib, nikohig`a kiyurub, mulkni buzub qaytdi. Va Toyirg`a Pushardin bir qiz bo`ldikim, nazokat va jamolda naziri yo`q erdi. Otin Malika qo`ydilar. Shopur yigit bo`lg`ondin so`ngra cherik tortib, Toyir ustiga borib, Toyir qo`rg`onini berkitti. Va ul muhosara qilib, Malika ichkaridin Shopur bila muttafiq bo`lub, qo`rg`onni Shopurg`a berdi va Shopur Toyirni o`lturub, Malikani quldi. Debdurlarkim, bir kecha Shopur tushakida Malika nola qilib, uyuy olmas erdi. Yaxshi ehtiyot qildilar. Bir murud bargi to`shak ostida qolg`on jihatdin ermish. Shopur so`rdikim, seni ne nav` tarbiyat qilibdurlarkim, muncha nozuk bo`lubsen? Malika ayttikim, otam manga g`izo so`ngak mag`zidin o`zgakim nabotni un qilib, anga sepmish bo`lg`aylar berdurmas erdi. Shopur dedikim, andoq parvarish bergan otag`a ne vafo qildingkim, manga qilg`aysen, deb ani siyosat qildi va bu buzug`luq qilg`on a`rob qasdig`a buyurdi va ko`p ta`ziyat bila o`lturtur erdi. Mashhur mundoqdurkim, eginlarin yorib, bag`rinlarin so`kturub toshlatur erdi, alar bu azob bila o`larlar erdi. Bu jihatdin ani zul-aktof dedilar.
               Va Rasul sallallohu alayhi vasallamning ajdodidin Molik binni Nasrkim, a`robning buzurgvori erdi, aning zamonida erdi. Andin so`rdikim, arabqa muncha ta`zib va qatlning jihati nedur? Shopur ayttikim, manga munajjimlar xabar beribdurlarkim, Muhammad otlig` payg`ambari sallalolhu alayhi vasallam bu qavmdin paydo bo`lub, taxtni mening avlodimdin olib, alarni tugatqusidur. Bu jihatdin avvaldin intiqom tortadurmen. Molik aytti: avvalan qoydinkim munajjimlar chin aytmish bo`lg`aylar, ikinchi ulkim, bar taqdirkim so`zlari chin bo`lsa, sen bu bedodni bu qavmg`a qilmag`oning yaxshiroqkim, agar ul sohibi davlat paydo bo`lsa, sening bu af`olingdin istimo` qilsa, avlodingg`a ko`prak nuqson yetkurgay. Bu so`zdin Shopur ul ishni tark qildi. Rahmatan lilolamin. Demak, bu sohibi davlat sha`nidadurkim, ming yilg`a yaqin o`z valodatidin burunroq mazlumlarni zolimlardin qutqarur. Humoyun ismi mazkur bo`lg`on bila soyir nos o`lumdin va podshohni gunahsiz o`lturmakdin va shaqovatdin ozod qilur, sallallohu alayi va alo olihi va avlodihi va ashobihi va sallam. Alqissa Shopurg`a Gushtasb qilg`an xatodek xatoyi voqe` bo`ldikim, musofarat tariqi bila Rumg`a bordi. Va so`z muxtasar, ani Rumda tanidilar va qaysar ani tutub yalangochlab, o`y xomig`a tikib, mahbus qilib, sipoh tortib yurub, aning mulkin olib, ko`p buzug`luq qaldi. Shopurni asrar kishining qizi oshiq bo`lub, ul hibsdin qutqarib, ikov qochib, Qazving`a keldilar. Sohibi «Guzida» kim, Qazvinliqdur, mundoq debdurkim, Qazvinda bir bog`qa kirdikim, bir zohid kishining erdikim, holo ul yerni Shopuron derlarkim. Shopur imorat qilibdur. Andog`i eldin tahqiq qaldi. Dedilarkim, Shopurning vaziri Rudbordadur va sipahsolori Shahriyorda. Va o`zga barcha yerni qaysar oldi. Shopur yoshurun kishilar yiborib, ul ikovni tilab, yana cherik tortib, qaysar bila masof qilib, qaysarni tutti va har xarobliqkim aning mulkida qilib erdi, buyurdikim, obodon qilg`ay. Ammo ustod va muzdur Rumdin kelturgay. Va ul saranjom qildi. Va debdurlarkim, burnin teshib, ip taqib, iki qulog`in kesib yugurtti. Va bu xoksor ba`zi tavorixda ko`rubmenkim, qaysar Shopurni o`zi bila keturub, Bag`dodni Shopurning kishilari muhosara qilib erdilar. Va Bag`dod havosi bag`oyat isig` bo`lur. Anda o`y xomig`a yetkurub, kunasga soldi. Va bir kun azim jashn qilib erdikim, majmu` eli usuruk erdi. Chun mamolikni talamoq shoyi` erdi. Shopurni asrar kishilarning eli ba`zi eshaklik faqirlarni talab kelturub erdilar va yuklar yog` erdi. Asirlardin biri Shopur holidin voqif bo`lub, ul yog`lardin qurug`on xomg`a quyub, xom yumshag`ondin so`ngra ani xalos qildi. Va ul o`zini shahrig`a solib, sipoh yasab, filhol chiqib, qaysarni va borcha elni mast dastgir qildi va yuqorig`i o`tkan ishlarni andin so`ngra qildi, vallohu a`lam. Va ba`zi Moniy musavvirni bu Shopur zamonida debdurlar. Va payg`ambarlig`i da`visida mu`jizasi pargorsiz doira va qalam jadvalsiz mustaqim xat izhor qilibdur. Va bu hamkim, bir yumurtqacha kurrada olam suratin tortib va jami` aqolim va bilod va jibol va bihorni mashruh yasab, kentlar va rudxonalarg`acha ko`rguzub erdikim, Shopur hujjat bila ani siyosat qilib, mardud millatin daf` qildi. Aning osoridin Qazvinning shahristonidur va Madoyin shahrining tajdidi va Shustarda Shodruvon va Firuz Shopur va Siystonda ba`zi yer va Hindustonda necha shahr. Va saltanatining muddati yetmish yil erdi va ba`zi yetmish iki debdurlar.

Sh ye ` r:
Chu Shopur olib qof to qofni,
Chiqorur edi behad aktofin.
Chiqordi ani gardishi muxtalif,
Aningdekki, ul el tanidin katif.

               ARDASHER BINNI HURMUZ Shopur Zul-aktofning inisi erdi. Vafot qilurda chun Shopur o`g`li kichik erdi, saltanatni inisiga berdikim, o`g`li ulg`aysa, anga bergay. «Guzida»da mundoq bitibdurkim, Ardasher bag`oyat xiradmand va dono kishi erdi. Oriyati davlatqa ko`ngul bog`lamay, el bila baski yaxshiliq qildi, anga Nekukor laqab qo`ydilar. Chun Shopur o`g`li ulg`aydi, mulkni anga musallam tutub, o`zi oradin chiqti. Saltanati zamoni o`n yil erdi. Ammo Banokatiy muning aksi bitibdurkim, ul bag`oyat zolim va jobir erdi. El aning bedodidin batang kelib, ittifoq bila ani saltanatdin xal` qilib, mulkni Shopurg`a berdilar. Vallohu a`lam.

Sh ye ` r:
Chu Shopur o`tub, Ardasher oldi mulk,
Base bimu umid aro qoldi mulk.
Nekim olam ahlig`a qildi pisand,
Anga oni yetkurdi charxi baland.

               SHOPUR BINNI SHOPUR chun taxtqa o`lturdi, bag`oyat atvori, husn va axloqi mustahsan podshoh erdi. G`oyat yaxshilig`idin Rum podshohini o`ziga muti` qilib erdi, andoqki qaysar vafoti chog`ida, chun o`g`li kichik erdi, Shopurg`a kishi yiborib, istid`o qildikim, men qaribmen, dag`i umrumg`a e`timodim yo`qtur va o`g`lum: kichikdur, bir kishigakim, sening e`timoding bor, yiborkim, Rumda saltanat qilsun. Ug`lum ulg`aysa, mulkni anga topshurg`ay. Shopur Shervinni yibordi. Qaysar vafot qilg`ach, Shervin Rumda hukumat qildi. Chun mulk vorisi ulg`aydi, Shervin takalluf qilmay, mulkni anga topshurdi. Bu ish agar voqe` ersa, g`aroyibdindurur. Va Shervinni qaysar qo`ymadi. Rumdin borg`ali. Bahrom Go`r zamonig`acha Rumda erdi va Shopur chodir ichinda erdikim, qottiq yel qo`pub, chodirni aning boshig`a yiqti va sutun boshig`a tegib, halok bo`ldi. Va saltanati besh yil va bir nima erdi.

Sh ye ` r:
Chu Shopuri Shopur tuzdi bisot,
Jahon mulkida zohir aylab nishot.
Sutun boshig`a otib, etti zabun,
Ani dag`i bu gunbadi besutun.

               BAHROM BINNI SHOPUR atosi Shopur o`rnig`a taxtqa o`lturdi va aning siyratin ba`zi muarrixlar yaxshi debdurlar va ba`zi yomon. Va ani Qirmonshoh derlar. Ba`zi debdurlarkim Kirmon shahrin ul bino qildi. Ba`zi debdurlarkim, atosi zamonida Kirmonda hukumat qilg`on jihatdin aning sifotida ulcha el pisand qilmaydurlarkim, gunohkorni hech kimning shafoati bila ozod qilmas erdi. Va aning o`g`li Bahromni ba`zi atosi o`rnig`a ondin so`ngra o`lturub, bir yil podshohlik qildi debdurlar va ba`zi e`tibor qilmaydurlar. Va Banokatiy debdurkim, aning zulmidin el anga g`avg`o qildilar va ul g`avg`oda halok bo`ldi. Va saltanatini o`g`lig`a berdilar va ul o`n iki yil mulk surdi.

She`r:
Jahon mulki chun qoldi Bahromg`a,
Xaloyiq ishi tushti nokomg`a.
Ani dag`i garduni ne vahmu bok,
Chekib komu nokom qildi halok.

               YAZDIJIRD BINNI BAHROM chun mamlakat egasi bo`ldi, go`yoki mulk egasiz qoldikim, ul zolim va nodon kishi erdi. Ardasher Bobokondin biri sosoniynajod salotindin xaloyiqqa harnecha shafqat va adolat yetti. Ul barchaning evazi taaddi va bedod yetkurdi va mamolikka harnecha ma`murluq va orostaliq yuzlandi, ul barchaning podoshi va buzug`luq va parishonliqni haddin oshurdi. Sekiz yildin so`ngra anga bir o`g`ul bo`ldi. Otin Bahrom qo`ydi. Va Nu`mon binni Munzarki, arab podshohi erdi, anga topshurdikim, Hiyara shahridakim, Kufaga yaqindur va havosi dilkushoy va fazosi ruhafzoy yerdur, anga parvarish berib, tarbiyat qilg`ay. Va Yazdijirdni Tus viloyatidag`i Chashman sabz navohiysida ot yiqib o`lturdi. Ba`zi suv oti debdurlar, ba`zi debdurlarkim, farishta ot surati bila kelib, ani el boshidin vo qildi. Ba`zi debdurlarki, dev erdi. Bori voqei ot ham bo`lsa, hamul devdur. Har taqdir bilan bir otekim, tundlug`idin kishi yoviy olmadi. Ul nodonlig`idin ani tutti va o`zi egarladi va qo`shqun solurda, tepib oxir qildi. Va aning iyzo va azobi elga yigirmi yilg`a tortti.

Sh ye ` r:
Makon tutti chun taxt uzra Yazdijird,
Taaddiyu zulm ayladi elga vird.
Necha kun saqolig`akim, kuldi charx,
Ajal ilkidin barchasin yuldi charx.

               BAHROM BINNI YAZDIJIRD chun atosidin so`ngra saltanat taxtig`a o`lturdi, otasi buzg`onlarni tuzdi va oning zulmi o`rnig`a adolat ko`rguzdi. Va ani Bahrom Go`r dedilar. Muning jihatin ba`zi dedilarkim, to`rni sher sayd qilg`anda, aning o`qi ikisidin o`tub, yerga tegdi. Ba`zi debdurlarkim, go`r ovig`a ko`p moyil erdi. Chun Yazdijird o`ldi, arkoni davlatikim, ondin zulm ko`rib erdilar, mulk aning o`g`lig`a bermakka korih erdilar. Lojaram, Ardasher naslidin Kisro otlig` kishini taxtqa o`lturttilar. Lojaram, Bahrom chun muni eshitti, yigit bo`lub erdi, Nu`mon bila otasi taxtig`a mutavajjih bo`ldi. El otasi jafosini izhor qilib dedilarkim, bizga o`zga kishi holo podshoh bo`lubdur, sen o`z fikringni qil! Bahrom alarg`a ko`p istimolatlar berib dedikim, mulk manga mavrusiydur. Siz agar Kisroni podshoh qilibsiz, aytmonkim, filhol ani azl qiling. Va lekin chun saltanatqa shijoatdin guzir yo`qtur, ko`rungkim, qoysi birimiz sizga hodisa dast bersa, daf`ig`a ko`shish qila olurbiz. Podshohlig` aning bo`lsun. Oqibat anga qaror toptikim, saltanat tojin iki och arslon orasida qo`yg`aylar, har kishi olsa, boshi ul toj bila orosta bo`lg`ay. Chun bu ma`raka tuzuldi, Kisro toj tarkin tutub, bosh salomatlig`in g`animat bildi. Ammo Bahrom arslonlarni halok qilib, tojni boshig`a qo`yub, taxtg`a ulturdi va adolat bunyod qildi. Andoqkim, xaloyiq muraffah va rozi va mulk ma`mur va obodon bo`ldi. Chun ko`ngli bu jonibdin tindi, aysh va nashotqa mayl qildi. Va ul bobda mubolag`ani haddin oshurdi. Va chog`irki, mudovamati mujibi g`aflat va beparvolikdur, ani mulk ishidin forig` qildi. Har oyinakim, har kishi har nekim ko`ngli tilasa qila boshladi, to mulkka ravnaq va sipohqa nasaq qolmadi. Bu ishdin xoqoni turk voqif bo`lub, cherik tortib Jayxundin o`tub, aning viloyatig`a daxl qildi. Bahrom chun g`aflat uyqusidin uyg`ondi, mulkni vayron va dushmanni mustavli va sipohni parishon topti. Bildikim, masof tuzub, ish qila olmas. Mulkni Narsig`akim, inisi erdi, topshurdi va o`zi uch ming kishi bila Ozarbayjon otashkadasig`a borurmen deb eldin chiqti. Bilmadilarkim, qayon bordi. El gumon qildilarkim, xoqondin qochdi. Zaruratan xoqong`a peshkashlar bila arzadosht qilib, kishi yibordilarkim, kelsang mulkni topshururbiz deb. Xoqonning xotiri jam` bo`lub, taskin bila mulk tasarrufig`a mashg`ul bo`ldi. Ammo Bahrom Ozarbayjondin Gurjiston bila Dashti Qipchoqdin chiqib, Xorazm bosturub, Jurjon navohiysida xoqong`a shabixun urub, oz kishi bila uch yuz ming cherikin buzub, xoqonni dastgir qilib, o`z ilki bila boshin chopti. Va bu bir ish erdikim, andin burun hech podshoh qilmaydur erdi va andin so`ngra dag`i hech kishiga dast bermaydur erdi. Magarkim, Abulg`ozi Sulton Husayn Bahodirxok xalladallohu mulkahug`a muyassar bo`ldikim, bu nav` ish qildi. Va aning mujmali budurkim, ul hazrat Xuroson taxtin olg`ondakim, hanuz mulk to`qtamaydur erdi, Yodgor Muhammad Mirzokim, mulk vorisi erdi azim cherik bila ul hazratning ustiga yurudi. Va ba`zi ko`tahandish el bevafolig` qilib, anga qochib borg`on jihatdin xaloyiq baddil bo`lub, urush yarog`in topilmay, ul hazrat mulkni solib, oz kishi bila qiroqqa tortti. Va g`anim taxtni olib, mulkka mutasarrif bo`lub, farog`at bila beadad xayl va sipohini mulk buzmoqg`a qo`yobergan chog`dakim xaloyiq fig`on va g`irevi ul hazratning qulog`ig`a yetishti. Usru oz nafar bila ul g`olib aduv ustiga kelib, mulkiga kirib, taxtig`a yuz qo`yub, qasr saltanatida ani tutub, daf` qilib, xalqni aning bedodidin xalos qildi. Va bu faqirning xiyolig`a andoq kelurkim, ul saharkim bu ish voqe` bo`ldi, harnechakim mulohaza qilildi, yuz kishiga yetmas erdilarkim, ul voqeada hozir erdilar. Insho Ollohul-azizkim, o`z mahalida sharh bila bitilgay va naqiru qatirig`a degincha sharh qililg`ay. Va Bahromning taxtni qo`yub, musofarat tariqi bila Hindistong`a borg`onin ham, chun g`aroyibi umurdindir, mujmalan bayon qiloli. Andoq debdurlarkim, Bahrom tamosho va tafarruj va nashotqa moyil kishi erdi va xudroy va zabardast va o`z tavonolig`ig`a e`timod qilib, bul ajab ishlarga mutasaddi bo`lur erdi. Va alardin biri budurkim, Hindiston mulkining ajubasin eshitib, tafarrujin havas qildi. Va mulkni Narsig`a topshurub, yoshurun eldin chiqib, Hindistong`a bordi. Va doim sayd bila kun o`tkarur erdi. Tegrasidagi el aning ishidin mutahayyir bo`lub, favj-favj ani ko`rgali borurlar erdi va shijoatig`a hayron qolurlar erdikim, besha saboini-misli qoplon va arslon va soyir darrandalar ko`p o`lturur erdi. Bir beshadaki, yo`l qirog`inda bo`lg`ay, bir azim filkim, andin ulug`roq bo`laolmag`ay, quturub yo mast bo`lub, yo`l boshig`a kelib, elga zarar yetkura boshladi. Andoqkim, ko`p el halak bo`lub, ul shori` bog`landi. Va podshoh necha qotla qolin el yiborib daf` qila olmadi. Va Bahromning xabarin podshohqa ayttilar. Ani tilab ajab qoldikim, bag`oyat xo`bsurat va qaviy haykal erdi. Ul ishni anga zohir qildi ersa, qabul qilib, yolg`uz borib, ul pilni o`lturdi. Podshoh mulozamat istid`osi qildi. Ul rizo berib, onsiz bir ayog` ichmas erdi. To ulkim podshohg`a azim vahme mutavajjih bo`lub. Roy o`zin anga harif ko`rmay firor yarog`in qildi, Bahrom oz sipoh bila yurub, ul dushmanning daf`in qildi. Podshoh qizin Bahromg`a berib, mulkin ham anga atab, valiahd qilmoq bo`ldi. Bahrom o`zin oshkor qildikim, ne kishidur. Roy mutavahhim bo`lub, bilmadikim ne qilg`ay. Bahrom ani o`zidin emin qilib, Dindistonni yana anga berib, xiroj tayin qilib, Sind qirg`og`idin Ajam sorig`i viloyatlarni olib, Royning qizi bila nihoyatsiz yarog` yasab, mulkiga keldi. Va to`rt ming uyluq sozanda va go`yanda va raqqos va ahli tarab Hindistondin ko`churub olib keldiki, holo bu mamolikda lo`lilar alar naslidindur. Va Dilorom jangi va yeti qasr va xavarnaq va soyir holotin bilan degan kishi bu faqir «Xamsa»sida «Sab`ai sayyor»da o`qub, ma`lum qilsun. Va Bahromning podshohlig`i yetmish yil va oltmish uch yil ham debdurlar.

Sh ye ` r:
Chu shoh o`ldi olamg`a Bahrom Go`r,
Jahonda mayu anshdin soldi sho`r.
Ajal sharbat ayshini sho`r etib,
Chiqardi jahondin yerin go`r etib.

               YAZDIJIRD BINNI BAHROM. Atosi vasiyati bila saltanat taxtig`a o`lturdi. Va ul podshohe erdi bag`oyat zeboro`y va xushxo`y. Adolat va ozarm pesha qildi. Aning zamonida mamolik muraffahulhol va raoyo forig`ulbol bo`ldi. G`oyat yumshog` so`zlugidin ani Yazdijirdi Narm dedilar Va saltanatining muddatin sohibi «Guzida» bir yil bitibdur va Banokatiy o`n yil bitibdur va Qozi Bayzoviy o`n sekiz yil va besh oy bitibdur va «Jome`ut-tavorix»i Jaloliyda o`n yeti yil bitilibdur. Va ahli tarix aning zamonida ixtilof ko`p qilibdurlar. Chun foydasi yo`q erdi, taarruz qililmadi.

Sh ye ` r:
Yana Yazdijird binni Bahrom edi
Ki olamg`a adlidin orom edi.
Agar xo`yi yumshog` edi gar irik,
Falak qo`ymadi ani dog`i tirik.

               HURMUZ BINNI YAZDIJIRD. Yazdijirdning ikis o`g`li bor erdi: ulug`i Firuz va kichiki Hurmuz. Ammo Yazdijird Firuzni Siyston bila Nimruz mulkiga yiborib erdi va ul mamolikni anga musallam tutub erdi. Va Hurmuz kichikroq erdi, valiahd qilib, taxtin anga musallam tutti. Firuz bu g`adrg`a tahammul qilmadi. Hiyotila podshohig`a iltijo qilib, aning madadi bila sipoh tortib, Hurmuz boshig`a keldi va masof tuzub, ani asir qildi. Va ba`zi derlarkim, ani tutub, qatlg`a yetkurdi. Va ba`zi muarrixlar ani salotin hisobig`a qotmaydurlar. Ul sababdin podshohlig`i zamonig`a taarruz qilmaydurlar, val – ilmu indallohi.
               FIRUZ BINNI YAZDIJIRD musulmon va oqil va kordon va odil podshoh erdi. Adolat bila mamolikni obod qildi va rioyat bila raoyoni xushnud va shod etti. Aning saltanati zamonida yeti yil qahat voqe` bo`ldi va raoyodin xirojni soqit qildi. Bu yeti yil hech kishi kishidin hech nima tilamadi va ko`prak muhtojlarg`a xazinasidin vajhi maosh muqarrar qildi. Aning adolati barakotidin haq taolo izz sha`n yeti yildin so`ngrakim yomg`ur berdi. Ul yilda oncha mahsul karam qildikim, yeti yillik qahatning qusurin rost qildi. Aning bila Xushnavoz orasidakim, Hiyotila mulkining podshohi erdi, g`arib va rivoyat qilibdurlar. Ammo maholg`a yaqinroq uchun bitilmadi. Bilayin degan kishi mabsutroq kutubda tilab topar. Va Firuz ko`prak mamolikni olg`ondin so`ngra Turkiston mulkiga yurudi. Va Turkiston podshohi aning bir manzilida azim chohlar qazdurub, ustin xas po`sh qilib erdi, g`ofil anda yetkanda, ko`p eli ul chohlarg`a tushub, o`zi dag`i bir chohqa tushub halok bo`ldilar. Va aning osoridin Firuzosordur Ray navohiysida va Ravshan Firuzdur Jurjonda va Rom Firuzdur-Hindistonda va Isfahonning yangi shahridur va Shod Firuzdur Ozarbayjonda va Kom Firuzdur Forsda va Xo`jandda bir devor tortibdur. Ba`zi ellik yig`och: debdurlar, iki viloyatning fosili va ba`zi ortuq va o`ksuk ham debdurlar. Va saltanati zamoni yigirmi olti yil erdi.

Sh ye ` r:
Chu Firuz binni Yazdijird o`ldi shoh,
Anga muftaxir erdi xaylu sipoh.
Anga dag`i gardun jafo ayladi,
Ajal chohig`a mubtalo ayladi.

               YALOSH BINNI FIRUZ chun saltanat taxtin oldi Suxrokim atosi zamonida vazir va mamlakat masoli hida mushir erdi, ani hamul vuzarot mansabig`a tayin qildi va mulk ixtiyorin anga topshurdi. Suxro, chun musulmonsheva va xiradmandpesha kishi erdi, mamolikni tuzdi va ulusni g`aniy qildi. Va Yaloshning inisi Qubod Yaloshdin qochib, Xoqoni turkka bordi va borurda yo`lda Isfaroyin shahrig`a yetkanda, bir dehqon uyiga tushti. Agarchi mizboni ani tanimadi, ammo chun bag`oyat vajih va mutakallim kishi erdi, ziyofat qoidasini yaxshi mar`iy tutti va bildikim, azimush-sha`a kishidur. Dehqonning sohibjamol qizi bor erdi, ko`rub xotiri mayl qilib, nikoh istid`osi muyassar bo`lub, andin o`tub xoqong`a bordi. Ul qiz Quboddin homila bo`lub, vaqti yetkoch, o`g`ul tug`urdi va otin No`shiravon qildilar. Qubod to`rt yil xoqon qoshida turub, xoqon anga qalin cherik berib, ul cherikni boshlab Yalosh ustiga borurda, Isfaroying`a yetkach, o`g`li No`shiravon bila ko`zi yorudi. Hamul kun elchi Yaloshning arkoni davlatidin yetib, Qubodg`a Yaloshning o`lgonin xabarin yetkurdi va ain podshohliqqa tilagan arzadoshtlarni topshurdi. Qubod farzandining muloqotin shugun tutub, xoqon cherikin ham andin qaytarib, haram bila o`g`lin olib, Madoying`a yetib, podshohliqqa o`lturdi va Suxroni vuzarotdin azl qilmadi. Va Yaloshning podshohlig`nning zamoni besh yildin juzviy o`ksukdur. Va Iroqda Yaloshobod degan shahr aning binosidurur.

Sh ye ` r:
Yalosh binni Firuz ofoq aro,
Ne besh yilki besh kun edi kadxudo.
Va lekin ani dag`i bu kunda pir
Ajal xayli ilkiga qildi asir.

               QUBOD BINNI FIRUZ. Podshohliq toji bila sarfaroz bo`lg`ondin so`ngra Suxroni o`q vazir qildi. Ammo Suxro o`z haddidin tajovuz qila boshladi. Ani daf` qilib, Shopur deganni vazir qildi. Ba`zi debdurlarkim, Buzurjmehr hakim Suxroning farzandidur va ul Qubod xidmatida bo`lur erdi. Va Mazdaki lain Qubod zamonida paydo bo`lub, nubuvvat da`vosi oshkor qildi va elni bir-birining moli va ayolig`a shariklikka ruxsat berdi. Bu jihatdin avbosh va arzol yig`ilib, g`avg`o qildilar. Va aning atboi ko`p bo`ldi va Qubodni dag`i firib va fusun bila o`z millatig`a kiyurdi. Va mu`jizasi «O`t maning bila takallum qilur», – demak erdi va otashkada yonida naqb urub, birovni ta`yin qilib erdikim, o`zi o`tqa na xitob qilsa erdi, ul kishi Mazdak o`rgatgan javobni biyik un bila aytur erdi. Chun Qubod aning millatini qabul qildi, el mol va ayollari nomahfuzlugidin ojiz bo`lub, ittifoq qilib, Qubodni tutub band qildilar. Va Jomosbnikim, aning inisi erdi, podshoh qildilar. Mazdak qochib Ozarbayjong`a bordi. Va Qubodning singli ani hiyla bila qochurdi. Va ul Turkistong`a borib, ba`zi Hiyotila debdurlar, har taqdir bila ko`mak olib, mulk ustiga yurugach, bildilarkim, Jomosb aning bila muqovamat qila olmas. Ani ham band qildilar va Qubodg`a topshurub, Qubodin yana taxtqa o`lturttilar. Va aning zamonnda Yaman mulknining mulukidin Shumur zuljanoh xuruj qilib, anga yurudn. Va ul aning bila muqovamatdin o`zni ojiz ko`rub, yarashti va qolni tuhfa va tabarruk berib, o`tkardi va Shumur zuljanoh Jaihundin o`tub, Movarounnahrni oldi. Va Qubodning osoridin Forsda Kozirun va Iroqda Halvon va Mo`sulda Choqut va Tabaristonda necha mavzu`ni debdururlar. Va Avjon va Shahriyori Moniynn va dag`i anga nisbat berurlar. Va muarrixlar Jomosbni muluk a`dodida tutmaydurlar. Va Qubod bila qaisar orasida nizo` bo`ldi. Qubod Rumga cherik tortib, muzaffar va mansur yondi. Va umrnning oxirida No`shiravonni o`z o`rnida o`lturtub, o`zi go`sha tutti. Va Qubod saltanatini ba`zi oltmnsh uch va ba`zi oltmish to`rt yil dedplar.

Sh ye ` r:
Qubod o`ldi chun mulk uza qahramon,
Xaloyiqqa andin edi bahramon.
Anga dagi charx etti oxir inod,
Budur ish Qubod o`lsa ar Qayqubod.

               NO`SHIRAVON UL-ODIL BINNI KUBOD chun saltanat taxtin musharraf qildi va xilofat tojin sarafroz etti, Ardasher Bobokon qoida va rusumin ihyo qildi va aning vasiyatlarin mutolaa qilib, ul dastur bila amal qilurga murtakib bo`ldi. Ammo adolat va shafqat qonunin andin dag`i ortturdi. Adl jo`yboridin mulk bog`inda farog`at ashjori shodob bo`ldi va insof tarbiyatidin amniyat ashjoridin farog`at gullari ochildi va osoyish mevalari yetildi. Aning zamonini jami` salotin zamonig`a tarjih qilsa bo`lur, nevchunki, chun hazrat payg`ambari oxirazzamon salavotullohi vasallamahu alayh aning farxunda zamonida mutavallid bo`ldi.
               Va ul hazrat bu ishka e`tibor qo`yub, o`z kalomi mu`jiz nizomini mundoq so`rubdurkim, vulitdu fi zamoni as-sultonul-odil Anushirvon. Debdurlarkim, aning davrida birov yana birovdin bir bog` sotqun oldi. Va ul bog`da kiromand dafina topti. Bog`ning burung`i egasiga ayttikim, kelib bog`ingdag`i topilg`an madfunni olg`ilkim, men sendin bog` sotqun olibmen, yo`qki, o`zga nima olg`onim yo`q. Ul ayttikim, men senga bog`ni har ne bilaki anga doxildur sotibmen. Ba`zi dedilarkim, bu xazina baytul-mol doxilidur, podshohqa taalluq tutar. Har taqdir bila mojaro No`shiravong`a yetishti. No`shiravon so`rdikim, o`g`ul-qizingiz bormu? Hamonoki bor zrdi buyurdikim, ul birining qizini ul birining o`g`lig`a berdilar. Ul dafinani ul iki yangi kadxudo bo`lg`onlarg`a musallam tuttilar. Bir kun bir yo`lda tushub, kabob buyurdi. Tuz yo`q erdi. Yaqinroq bir kent ko`rundi. Birov bordikim tuz keturgay. No`shiravon mubolag`a qildikim, tuzni sotqun ol! Majlis huzzori ayttilar: bu tuzg`a ne miqdor baho bo`lg`anki, sotqun olg`anlar? Dedikim, muncha bemiqdor nima uchun podshoh nechuk yomon rasm qo`yg`ay, yomon rusum juzviy bo`lsa, har kishi bir nima ortturub, ani kulliy qilurlar. Badnomliq ani bunyod qilg`anga borur. Dorulmulki Madoyin erdi. Kisro toqin ul yasadi va adl zanjirin ul osti. Va Buzurjmehr hakim aning vaziri erdi. Aning mashvarati bila Mazdakka istimolatlar berib, ilikka kiyurdi. Va xususiyatlar zohir qilib, atboin mulozim qildi va hujjat bila aning dini botil erkanni anga sobit qildi va ani va jami` atboin tiriklay chohlarg`a sarniguya ko`mdurdi. Va o`zin o`z ilki bila o`lturdi va olam yuzin aning nopok loshidin pok qildi. Va aytsa bo`lurki, borcha adolati bir sori erdi va bu bir sori erdi. Va aning zamonida Rum qaysari aning bila muxolifat izhor qildi. No`shiravon sipoh tortib, Rumni musaxar qilib, qaysarni tutub, xiroj bo`ynig`a qo`yub, muqarrar qilibkim, har nil bir qatla aning dargohig`a kelgay. Dag`i minnat qo`yub, qaytib Chin mulkiga xoqon ustiga yurudi. Xoqon sulh jonibidin kirib, Farg`onadin yerini No`shiravong`a musallam tutub, qizin anga berib uzotti. Va No`shiravon ondin qaytib Hiyotila mulkin musaxxar qilib, Hindiston azimati qildi. Royi hind chun o`zin anga harif ko`rmadi, tazarru` va tazallum yuzidin kishilar orag`a solib, ul dag`i xiroj qabul qildi. Ondin qaytqonda, anga arz qildilarkim, qifchoq Darbandg`a mustavliy bo`luptur. Ul yo`lg`a ubur qilib, Qifchoqni maqhur qilib, Darbandni olib, obodon qilib, yaxshi kishilar tayin qilnb, andoq mazbut qildikim, ul nohiyatdin xotiri jam` bo`lub, Madoying`a azm qildi. Va Darband navohiysidag`i qifchoq buzg`an ko`rg`onlarni imorat qilib, kishilar tayin qildi. Va mamolikida yo`llarni tuzotib, suvlarg`a ko`pruklar bog`lab, ahli fasodni yo`llardin bilkull daf` qildikim, musofirlar farog`at bila borish-kelish qilg`aylar. Va Sayf zi Yazan Himyariki, Yaman podshohi erdi va mulkin Masruk binni Abraha olib, ani Yamandin chiqarib erdi. No`shiravon dargohig`a yuz qo`yub istimdod qildi va tazallum ko`rguzdi. Va No`shiravon imdod qilib, daryo yo`lidin Yamang`a niborib, aning ko`magi madadi bila mulkin oldi. Va Abraha ul kishidurkim, Makkani buzg`oli azimat qilib erdikim, bori taolo tayri Abobilni yiborib, ani va cherikin halok qildi. Va «Alam tara kayfa» surasi, bizning payg`ambarg`akim, xotimul-anbiyodur sallallohu alayhi vasallam, aning sha`nida nozil bo`ldi. Va ul hazrat mutavallid bo`lg`on kecha otashkadalarning o`tikim, necha ming yil o`chmagan erdi, o`chti va Sova daryosi yerga singdi, andoqkim suvgasari anda qolmadi va o`n iki kungra kisro toqidin yiqildi. Va Kisro bu ishlardin mutahayyir bo`lub, Satih kohinni tilab, andin bu alomat kayfiyatni istfsor qildi ersa, ul ayttikim, bu ishlar anga dalolat qilurkim, bu kecha Arabda Quraysh qabilasidin bir kishi mutavallid bo`lmish bo`lg`aykim, furs muluki davlati aning zamonida oxir bo`lg`an va ul oxir zamon payg`ambari bo`lg`ay. No`shiravon ba`sati qachon bo`lurini so`rdi.Satih kohin dedi: ynqilg`on o`n ikki kungra adadi bila sendin so`ngra o`n ikki kishi sening nasabingdin saltanat qilg`aylar. Andin so`ngra ul sohibi davlat borchag`a mustavliy bo`lg`ay va millati olamni tutqay. Va andoqki ul aytib erdi bo`ldi. Va No`shiravon borgohida to`rt oltun kursi doyim qo`yulur erdi. Birida Buzurjmehr o`lturur erdi, birida qaysari Rum va birida qifchoq xoni. Va aning soyir salotin uchun vasiyatnomasi borkim, ne dastur bila saltanat qilg`aylarkim, bu muxtasarda ul kunjoyish yo`qturkim, borchasin bitilgay, iki-uch kalima bila ixtisor qilildi. Va ul bulardurkim, adl bir qo`rg`ondurkim, suv solib yiqilmas va o`t bila kuymas, manjaniq bila buzulmas. Va adl ganjedurkim, ko`prak olg`on sayin, ko`prak bo`lur va ozroq xarj qilsang, ozroq bo`lur. Va xiradmand uldurkim, maxfiy andoq ish qilmag`aykim, oshkoro ani qila olmag`an va birov anbida andoq so`z demagaykim, yuziga dey olmag`an. Urushda dushman oz deb g`ofil bo`lmamoq kerakkim, ko`p o`tunni oz o`t kuydurur. Taxtining to`rt poyasida to`rt so`z bitilib erdikim, harkimda podshohliq yo`q – komkorliq yo`q, harkimda xotun no`q – g`amgusorliq yo`q, harkimda farzand yo`q – do`stdorliq yo`q, harkimda bular hech qoysi yo`q – bemorliq yo`q. Va aning osoridin Rumiya shahri debdurlarkim, Madoyin yonida Antokiya tarhi bila yasadi. Va saltanati zamonini ba`zi qirq yil va ba`zi qirq yeti
yilu yeti oy debdurlar.   

She`r:
Anushirvon Xusraviy dodgar,
Ki obod edi adlidin bahru bar.
Anga dag`i davron vafo qilmadi,
Sanga qilmag`ay, chun anga qilmadi.

               HURMUZ BINNI ANUSHIRVON Atosi vasiyati bila taxtqa o`lturdi. Ba`zi ani zolim va jobir debdurlar. Ammo ba`zi adl va insofqa nisbat beribdurlar. Har taqdir bila siyosati g`olib va intiqomi shadid kishi erdi. Agarchi avvallar Anushirvon qavoid va rusumin mar`iy tutti, ammo oz gunohg`a ko`p siyosat qilur jihatidin el andin mutavahhim bo`ldilar va mujibi tanaffur bo`ldi. Chun eldin tanaffur ma`lum qildi, ul jihatdinkim, tab`ida intiqom va siyosat sifati g`olib erdi. Raoyog`a xirojni ortturdi va sipohig`a juzviy jarima uchun qatlni lozim tutti. Chun el bir yo`li navmid bo`ldilar, atrofdin dushmanlar mulki tama`ig`a yuz qo`ydilar. Rumdin qaysar va Arabdin Abbosul-ahvol va mag`ribdan Umar Valadraq va Turkistondin xoqoni Chin. Burung`i uchovni tuhfa va hadoyo bila istirzo qilib qaytardi. Ammo xoqoni Chin boshig`a Bahromi cho`binakim, Ajam mulukidin erdi, sipahsolor qilib, Xurosong`a yibordi. Bahrom xoqon bila urushib, xoqon va o`g`li Bahrom ilikida qatlg`a yettilar. Xoqon cherikidin Bahromg`a g`animat va o`lja haddin toshqori tushub erdi, ba`zinikim, saloting`a loyiq bo`lg`ay, Hurmuz xidmatig`a yibordi. Va ko`p tahsin va ehson tama` tutti. Hurmuzg`a badgo`ylar mundoq yetkurdilarkim, Bahrom asru ko`p g`animat olibdur, dag`i sanga oz nima yiboribdur. Hurmuz jihatsiz badfe`llig`i jihatidin va mol hirsidin Bahromning ishin pisand qilmay, mashhur mundoqdurkim, anga burunchak va charx yibordikim, qilg`an ishingga loyiq bulardur. Bahromi cho`bin mutagayyir bo`lub anga yog`iqdi, dag`i Parviz otig`a va aning navkarligiga o`zin mansub qildi. G`arazi bu tadbir erdikim, Hurmuz o`g`lidin badgumon bo`lub, arodin ko`targay va Bahrom osonlig` bila Hurmuzni daf` qilib, podshohlig`ini olgan. Va bu royi muvofiq tushti. Hurmuz Parviz qasdig`a mashg`ul bo`lib, Parviz vahmdin qochib, Arman viloyatig`a bordi va Shiringa oshiq bo`ldi. Andoqki, sharhi kelgusidur. Insho allo, chun Parviz qochti, Bahromg`a bormadi. Hurmuz bildikim, Bahrom kayd qilibdur va o`g`li gunahsiz erkandur, sipoh yasab, Bahrom o`trusig`a yibordi. Bahrom aning sipohin urushub bosti. Va Hurmuz saltanati korxonasi mutazalzil bo`lub, chun arkoni davlat andin norozi erdilar, tutub ko`ziga miyl tortib, Armang`a kishi yiborib, Parvizin kelto`rub podshoh qildilar. Va aning saltanati o`n bir yil va biror nima erdi.

She`r:
Yana Hurmuz o`ldi chu kishvar xidev,
Siyosatlari soldi elga g`irev.
Anga dagi eldin yetib intiqom,
Adam kishvari sari qildi xirom.

               BAHROMI CHO`BINA. Chun Hurmuzni arkoni davlati ko`r qildilar va Xusrav va Parviz Armandin kelib, atosi taxtig`a o`lturdi, Bahromi Cho`bina aning ustiga cherik tortib, ul dagi sipoh yasab, Bahromg`a o`tru chiqti. Va Nahravondin o`tub, bir-biriga yaqinlashtilar. Parviz ko`rdikim, Bahrom bila muqovamat qilur toqati yo`qtur. Hurmuzdin istimdod qilib roy tiladi. Hurmuz bitib yibordikim, xazoyin bila o`g`ul ushog`ingni berk qo`rg`onlarg`a mazbut qilib, Rumg`a borib, qaysardin madad tila! Parviz ul degondek qilib, Bahrom viloyatidin ro`gardon bo`lub, qaysarg`a panoh eltti. Bahrom Parvizg`a qovgunchi yiborib, o`zi Madoying`a kelib, podiyuhliqqa o`lturdi. Chun Parviz qaysar imdodi bila aning ustiga kelib, ul dag`i chiqib urushti. Bosilib, xoqon xidmatig`a bordi. Anda zahr berib Bahromni oxir qildilar. Va aning saltanati iki inlu bir nima erdi. Va ba`zi tarixda ani muluk adadiga kiyurmaydurlar. Va Shervon salotinini aning naslidin debdurlar va aning najodini ba`zi Karkini milodqa va ba`zi Yazdijird binni Bahromg`a yetkurubdurlar.

She`r:
Chu Bahromi Cho`binni baxti baland,
Jahon mulkida ayladi arjumand.
Vale oni Parviz tindurmadi,
Dam urmadi to mulkdin surmadi.

               XUSRAV PARVIZ BINNI HURMUZ ul vaqtdakim Bahromdin yuz qaytardi, Banduya bila Bastom anga ham tag`oyi erdilar, ham sipahsolor. Va Hurmuzning ko`ziga alar miyl tortib erdilar va Hurmuz intiqomidin emin emas erdilar. Parvizg`a ayttilarkim, Hurmuz sanga Rum azimati buyurub, Bahromni bizing intiqomimiz jihatidin tilab mulkni bergusidur. Agar ani oradin ko`tarsang, xotir jam` bo`lur. Parviz javob bermadi. Alar aning tek turg`onidin ul ishga rizo fahm qilmoq tuhmati bila Hurmuzni halok qilib, oz kishi bila Parvizni Firot suyidin o`tkorib, Rum azimati qildilar. Yo`lda bir dayrda tushub erdilarkim, Bahrom sipohi paydo bo`ldi. Banduya Parvizni uzotib, o`zi aning saltanat libosin kiyib qoldi. Sipoh yetkoch, eshikni bog`lab, dayr tomig`a chiqti. Ani ul libos bila Parviz gumon qildilar. Dedikim: chun sizga giriftor bo`ldum bag`oyat ko`ftadurmen. Bu kun dayr tegrasida o`lturdung, tongla meni olib yoning. Cho`n bu nav` iltimos qildi, ul sipoh qabul qilib dayr tegrasida tushtilar. Tonglasi chun ani chiqardilar, qilg`on tadbiridin voqif bo`ldilar. Chora yo`q erdi. Bahrom qoshig`a elttilar. Bahrom aning tab`ai ko`p jihatidin o`ltura olmadilar. Chun Parviz Rumga yetti, qaysar aning kamohiy holin bilib, yaxshi diljo`ylik qilib, Maryam otlig` qizin anga nikoh qildi va qolin madad berib uzotti. Bahrom ustiga kelib, Bahrom andmi bosilib, qochib xoqon qoshig`a bordi. Parviz Madonin taxtiga o`lturub, ko`p mamolikni hiytai tasarrufiga kiyurdi. Va maknat va shavkati bir yerga yettikim, andin burung`i salotinga muyassar bo`lmaydur erdi. Va ba`zi muarrixlar anga muyassar bo`lg`on nimalarni hayrat tariqi bila te`dod qilibdurlar. Ul jumladin biri bir taxtdurkim, ani Toqdis derlar erdi, oltundinkim, irtifoi yuz qarish erdi. Va ani javohir bila murassa` qilib erdilar va to`rt poyasida aflok va ajum va aqolimi sab`a suratin xo`broq vajh bila tortib erdilarkim, ul anda o`lturub, saltanat qilur erdi. Yana bir tojkim, vazni oltmish botmon erdi, oltundinkim ming gavhar bila mukallal qilib erdilarkim, har biri chumchuq yumurtqasicha. Va ustida gavhar shabcharog`kim, mulk xiroji erdi va ul tojni oltun zanjir bila boshi muhoziysig`a osar erdi. Yana bir farsh edi, debodinkim, vus`ati bir jarib erdikim, ani javohir bila murassa` qilib erdilar. Yoshil debo va gunogun javohir, sabza va rayohin o`rnig`a qabashkim, bu nimalar no`qtur. Bu farsh ustida majlis tuzar erdi. Yana bir ot edikim, Shabdizg`a mashhur erdikim, soyir otlardin to`rt qarish biyikrok erdikim, ul o`lg`ondin so`ngra suratin ortturub, aning bila xursand bo`lur erdi. Yana bir Borbad otlig` mug`anniy erdiki, zamonining yagonasi erdi. Yana Shopur otlig` naqqosh erdikim, aning naziri ham ul zamonda yo`q erdi. Yana Buzurg Ummiddek. vaziri bor erdikim, asrining a`lami erdi. Yana ming qiloda pili bor erdi va aning zamonida pil Hindistondin o`zga yerda bolaladi va ul ham g`arib amr erdi. O`n sekiz ming ot tavilasida parvarish topar erdiki, to`rt mingi o`zining janibati erdi. O`n iki ming oq tevasi bor erdiki, turkiy derlar. Shodurvonida necha ming sohibjamol kanizak erdikim, alardin necha yuz mug`anniya erdilar. Ganji bodovard anga nasib bo`ldi. Va ul ming kemada oltun va kumush va javohir va nafoyis erdikim, Rumdin necha ming yilda qayosiradin qolg`on erdikim, biridin yana biriga daryo bila elturda yel ani Madoying`a kelturdi va ul tasarruf qildi va ani ganji bodovard dedilar. Otlang`anda necha yuz saqqo muqarrar erdiki, gard mahalida yo`lg`a suv separ erdilar. Va necha yuz xodim ud so`zlar bila buxurot kuydurub, yel tarafidin atrofida olib yururlar erdi. Va Kisro toqin debdurlarkim, yorimchuq erdi ul tugatti. Va Shirindek mahbubi bor erdikim, olamda aningdek husnu latofat va jamolu malohat hech kimda yo`q erdi. Va faqir barcha muarrixlar naqizi tarafidin iki so`z topibmenkim, anga dast berdiki, hech kishiga dast bermaydur, o`tkon borchadin? kulliyrakdur. Biri ulkim, agarchi Shirindek olamda nodirasi bor erdi, vale Farhoddek ham olam ajubasi raqibi bor erdikim, ishq va niyoz atrofidin bovujudi Xusravdek podshoh ko`ngli Farhodqa mayl qilib, iltifot va tarahhum zohir qildi. Va ani bilib Xusrav rashkdin makr bila Farhod qatlig`a bons bo`ldikim, andin mashhurroqdurkim, bitmak hojat bo`lg`ay. Yana biri hazrat Risolat sallallohu alayhi vasallam bi`satikim aning zamonida voqe` bo`ldikim, bu o`tkon barcha tajammul va maknatni bu davlatning ming ulushidin bir ulushi tutsa bo`lmaskim, ul hazrat anga din va islom da`vatig`a noma bitib kishi yibordi. Va ul bu muzaxrafot g`ururidin ul hazratning muborak nomasin yirtti va itoat qilmadi. Va o`z mulk va davlatig`a qasd qildi. Va hazrat mu`jizasidan mulkiga zavol dorib, Sheruyaki aning o`g`li erdi ma`mur bo`ldi. Mungakim Farhodning begunah qatlig`a atosini qasos qildi. Va bular barcha ijmol bila o`tti. Umid ulkim, barcha o`z mahalida tafsil bila dag`i ado bo`lg`ay. Insho allo va Xusrav Parvizning saltanati o`tuz yil erdi.

She`r:
Chu Xusrav bo`lub muluk ila sarfaroz,
Muluk ichra topti bu nav` imtiyoz.
Vale charx aylab sitamsozliq,
Zavolida ham berdi damsozliq.

               ShERUYA BINNI XUSRAV. Sheruya atosini o`lturgondin so`ngra, podshohliq taxtig`a o`lturdi. Va atosining o`lturgonining sharhi uzundur. Ammo mujmali budurkim, Xusravning g`oyat tajammuli va johidin ul nav`kim yuqori te`dod qilildi, dimog`ida g`urur va fe`lida futur voqe` bo`lub erdi va siyosat va g`azabi elga haddin oshib erdi. Ul jumladin biri bukim, munajjimlar anga deb erdilarkim, sening zavoling o`z avlodingning ilgida bo`lg`usidur. Bu hazayon jihatidin o`n yeti o`g`linni bir hisorg`a solib, mahbus asrab, qo`ymas erdikim, xotun kishi alar qoshida yovug`ay. Munajjimlar aytqon amr surat bog`lag`ay, yana o`z ulusidin, aluhdatu a`larrovi, yigirmi ming kishini zindong`a solib erdikim, bulardin ming kishi e`tiborluq uluq kishilar erdi. Bir cherikda yaxshi yurumadingiz deb va har kun nechani buyurub erdikim, o`ltururlar erdi. Va Mardonshoh otlig` sipohsolorinikim, necha mamlakatning sardori erdi, munajjimlar degon bilakim, sanga Zobiliston hokimidin hazarbor tilab, gunohsiz o`ltururidin ijtinob qilib, qo`lin kesti va so`ngra rioyat qilay dedi. Ul qabul qilmadi va qatl istid`osi qildi ersa, qatl buyurdi. Bu jihatlardin xaloyiq andin jonig`a yetib erdilar, barcha ittifoq bila Sheruya bilakim Maryamdin tug`ub erdi, ittifoq qilib, ani podshoh ko`tarib, Parvizni tutub habs qildilar. Sheruyag`a ayttilarkim, ul mundoq noshoyist ishlar qilibdur, ani o`ltur, yo`qsa seni o`lturur. Sheruya dedi: hujjat bilan o`lturay. Qilg`on ishlarin aytib yibordi. Har qaysig`a bir javob aytdi. El g`avg`o kilib, yigirmi ming mahbusni chiqordilar. Sheruya ko`rdikim, ish o`zga bo`ldi. Mardonshoh o`g`lini yibordikim, Xusravni o`lturdi. Atosini o`lturgondin so`ngra aning ham jismiga azim ranj tori bo`lub, yeti oydin so`ngra hayot vadiatin ajal mutaqoziysiga topshurdi. Mulk hirsidin o`n yeti og`oinisini dag`i o`lturdi. Muncha shaqovatqa mutasaddiy bo`lg`ondin so`ngra bular natijasidin Kisro Arslon binni Kisro Qubod binni Firuz bu arodadur.

She`r:
Chu Sheruya dun bargashta baxt,
Bu yanglig` laqablar bila oldi taxt.
Hanuz aylamay taxt uzra maqom,  
Buyurdi falak taxta sori xirom.

               ARDASHER BINNI ShERUYA. Chun Sheruya vafot qildi va jami` mulk tegar og`o-inisini o`lturub erdi, hech kiish akosiradin topmadilarkim podshoh qilg`anlar. Sheruyaning yeti yashar o`g`li bor erdi. Ardasher otlig`. Zaruratdin ani podshoh qildilar. Va chuk Ardasher kichik erdi, Mehrijisnikim, Parvizning xonsolori erdi va bag`oyat roy va tadbirga mansub erdi va loknafas va nekandishlikka mashhur. Ittifoqi bila ani vazir qildilarkim, Ardasher ulg`ayguncha mulk tadbirin qila turgay. Va Rum sag`rida Shahrirod degan Parvizning bir uluq kishisi bor erdikim, har kulli ish bo`lsa, aning bila mashvarat qilmay bo`lmas erdi. Va Ardasherni podshoh qilg`onlar aning bila mashvarat qilmay, ul ishni qildilar. Ul bu ishdin mutag`ayyir bo`lub, Ardasherga xuruj qildi. Va cherik tortib kelib, ham Ardasher, ham Mehrijisni o`lturub, Madoyin taxtida toj boshig`a qo`yub, podshohliqqa o`lturdi. Va Ardasher bir yil va olti oy podshoh erdi.

She`r:
Yana Ardasher erdi tifle najand,
Ki bo`ldi maqomi sariri baland.
Biyik taxtdin charxi bevahmu bok
Quyi tashlab, ul tifl bo`ldi halok.

               SHAHRIROD. Chun podshohliq taxtig`a o`lturdi, chun andin ulugroq va tengto`shluq el bor erdilar. Alarga aning xidmati qotiq kelur erdi. Va or qilurlarki, anga akosira qoidasi bila mulozamat qilg`aylar. Va akosiraning qoidasi bu erdikim, sabohkim elga bori om berurlar erdi, xaloyiq yer o`pub, sajda qilurlar erdi. Ammo anga ba`zi qilsalar erdi, ba`ziga bo`yunyorlig` bermas erdikim, sajda qilganlar, Akosira otlanur bo`lsalar erdi, rasm erdikim, sipoh yiroqtin halqa urub, otlig` turarlar erdi. Bir kun Shahrirod otlanganda bu rasm mar`in emas erdi. Ul oshuftaliq qildikim, nega ma`hud qoidasi bila turmaydurlar. Sipoh orasidin birov bir sinon bila bu yonig`a urdikim, ul yonidin o`tti. Va parokanda zahmlar bila ani oxir qildilar va asg`iga ip taqib mahallotqa sudradilarkim, tikmas kishi saltanat xayolin qilsa, sazosi budur. Va aning saltanati qirq kun erdi. Chun akosira naslidin kishi topilmadi, Parvizning Turondo`xt otlig` qizini podshoh ko`tarib, taxtqa o`lturttilar.

Sh ye ` r:
Chu g`asp ayladi Shahrirod mulk,
Aning nangidin bo`ldi barbod mulk.
Jazosin aning farz bildi sipehr,
O`z o`rnig`a bu ishni qildi sipehr.

               TURONDO`XT. Chun podshohlig` taxtig`a orom tutti, bag`oyat oqila erdi, bildikim, mulk anga o`zgalardek vafo qilmagusidur. Dod va adl bunyod qildi va xaloyiqqa ko`p umidvorlig`lar berdi. Uzidin burung`i jami` akosira zamonidin qolg`on shaltoqlarni jami` raoyog`a bag`ishlab, daftarlarni buyurdikim yuvdilar va yaxshi oyinlar orag`a kiyurdi. Va Parviz zamonida Rumdin Jilsiyo otlig` butlarkim, Madoying`a kelturub erdi, rumlug`lar tilar erdilarkim va akosira bermaslar, ani rumiylarga yibordi. Va musolihayi mulk maslahati uchunkim alardin elga osib tegmagay, qaysar minnatdor bo`lub yarashti. Va xaloyiq andin base muraffax va masrur bo`ldilar. Va aning zamonida hazrat sayyidul-mursalin sallallohu alayhi vasallam fano tangnoyidin baqo olamig`a xirom qildilar va xilofat Abo Bakr Siddiq raziy allohu anhug`a muqarrar bo`ldi. Va Turondo`xt Shahrirodni o`lturgon kishinikim, Masruh Xurosoniy derlar erdi, tarbiyat qilib, vuzarot berdi. Va bir yilu to`rt oy podshohliq qilg`ondin so`ngra mulkka vido` qildi. Va Parvizning yiroqroq qarobatidin Jashtand otlig` birovni saltanat taxtig`a o`lturttilar. Ul bechora dag`i bir oyg`acha xayolig`a saltanatdin ko`p molixuliyo yo`l berdi. Bir oydin so`ngra olamdin o`tti.

She`r:
Chu Turon sarir uzra topti sukun,
Anga ham vafo qilmadi charxi dun.
Ul etti vafo, charx qildi sitam,
Anga yo`qki yolg`uz yana birga ham.

               OZARMDO`XT. Chun podshohliqqa o`lturdi, kishini vazir qo`ymadi va mulk ishin o`z tadbir va royi bila yasamoq muqarrar qildi. Va ul Turondo`xt singli erdi va akosira dudmonida andin sohibjamolroq taramaydur erdi. Va Parvizning Firuz Hurmuz otlig` sipohsolori bir erdikim, Xuroson mulkini anga berib erdi. Va ul Rustam otlig` o`g`lin o`z xilofatig`a – Xurosong`a yiborib erdi va Rustam bag`oyat bahodir kishi erdi. Va bul Rustamdurkim amirul-mo`minin Umar raziy allohu anhu Madoying`a Sa`d Vaqqosnn islom cherikin boshlatib yiborganda, Yazdijird bu Rustamni o`tru yiboribdurkim, insho allo o`z yerida kelgay. Va Firuz Hurmuz zuafog`a mash`uf kishi erdi, Ozarmdo`xt havosida beixtiyor bo`lub, haram jonibin rioyat qilmay, shahvat va nafsoniyatqa mag`lub bo`lub, kishi orag`a solib taashshuq izhor qildi. Ozarmdo`xt kechag`a va`da berib, ul mav`idqa yetkanda, buyurdikim ani o`ldurub, boshin qasr eshigida ostilar. Chun tonglasi xaloyiq muni ko`rdilar, chun uluq kishi erdi, mutag`ayyir bo`ldilar. Kayfiyatni ma`lum qilg`och, taskin toptilar va Firuz Hurmuzg`a ta`n qildilar. Rustam eshitib, Xurosondin sipoh tortib Madoying`a kelib, Ozarmdo`xt bila masof qilib, ani tutub ham atosi qilg`on muddaoni hosil qildi, ham qonig`a qasos qildi. Va andin so`ngra saltanat qilurg`a kishi topmadilar. Va aning saltanati zamoni olti oy erdi.

Sh ye ` r:
Chu Ozarmdo`xt o`ldi masnad nishin,
Bas oshufta qildi yana mulk ishin.
Qatil o`ldi ul dag`i topmay darang,
Vale kelturub mulk holig`a nang.

               KISRO MEHRIJIS. Akosira mulki bu yerga yetkonda, parishonlig` ko`p yuzlangan uchun, tarixi mazbut emas. Muarrixlar har nav` nima bitibdurlar. Ammo Tabariyda bu nav` masturdurkim, Kisro Mexrijis Ahvozda erdi. Ul Ardasher Bobak naslidin erdi. Akosira arkoni davlati ani topib kelturub, taxtqa o`lturttilar. Va ul birnecha kun podshoh erdi va lekin bu uluq ish uhdasidin chiqa olmadi va ojiz bo`ldi.
               Ani dag`i daf` qildilar. Chun mulk shohsiz bo`la olmas, Nasibin degan birov Xirod Xusrav otlig` Parviz otlig` Xusrav o`g`lonlaridin toptilarki, Sheruya qardoshlarin qatl qilurda qochib erdi va yoshunub yurur erdi. Ani kelturub, taxtqa o`lturttilar. Ul dag`i boshqara olmadi. Ani dag`i oradin ko`tardilar va ruhsat berdilarkim, kelgan yeringga bor. Chun Parviz o`g`li erdi, o`lturmadilar. Va yana ko`p No`shiravon naslidnn Firuz Mehron otlig` kishini toptilarkim, anosi Mahondo`xt erdi. Ammo ul kishi majnunvash erdi. Chun taxtqa o`lturub, toj boshig`a qo`yub ilayida turdilar, ul parishon so`z ayta boshladikim, manga bu taxt va tojdin nang va ordur. Ko`rdilarkim, ul dag`i bu ish qobili ermas. Ani ham oradin surdilar. Yana kishi tilar erdilar. Mag`rib shaharlaridin birida Farruxzodni toptilar va taxtqa o`lturttilar. Va ani ham Parviz avlodidin debdurlar. Va ul dag`i olti oy saltanat qilg`ondin so`ngra qatlg`a keldi. Andin so`ng mutahayyir bo`ldilar. Va ul vaqtda Yazdijird binni Shahriyor Istaxrda erdi, atosi Shahriyor Parviz o`g`li erdi va Sheruya og`o-inisini o`ltururda, Shirin ani qochurub erdi, ul jihatdinkim o`zi asrab erdi va ul yoshurun qochib yurur erdi. Va andnn bir o`g`ul bo`lub, otin Yazdijird qo`yub erdi. Atosidin so`ngra ham Istaxrda bo`lur erdi. Ani topib, taklif bila taxtqa o`lturttilar. Va aning zamonida Ajam mulki ishi zaif va mutazalzil bo`ldi va har yondin dushmanlar istilo toptilar, bataxsis arab. Va Yazdijird muddate sa`y qilib, ilik-ayog` urdi va bo`ldura olmadi va amirul-mo`minin Umar raziy allohu anhu cherikiga mulkin oldurub, qochib, mulk arab ilkiga tushti va islom livosi sarafroz bo`lub, kufr alami nigunsor bo`ldi. Yazdijird qochib Isfahong`a borib, andin Kirmong`a kirib, anda ham tura olmay, Marvg`a bordi va keyincha qovg`un kelib, yolg`uz bir tegirmonda yoshundi. Tegirmon iyosi aning ot-to`nig`a ko`z qorortib, ani o`lturub jihotin iyaladi. Yazdijirdning podshohlig`i yigirmi yil erdi, vassalom.

MASNAVIY

Agar Yazdijird o`lsun ar Shahriyor,
Vagar Bahman o`lsun, gar Isfandiyor,
Ki qo`ydi vujud uyiga chun qadam,
Yana anga bo`lmoq keraktur adam.
Skandardek olg`on yurub bahru bar,
Agar topsa ming yil jahonda maqar,
Yana bo`lsa ma`muri to`quz sipehr,
Oti na`li bo`lsa yoruq mohu-mehr,
Borurda chu qolmas bulardin biri,
Tamannosin aylarga qilmas kiri.
Birovgaki ro`zi bo`lub shohliq,
Zamirig`a solsa haq ogohliq,
Ki bilsa jahong`a vafo yo`qturur,
Jahon ahlig`a ham baqo yo`qturur.
Ko`ziga jahon hashmatin ilmasa,
Haq amridin o`zga amal qilmasa,
Adolat uchun istasa mulku joh,
Sitam daf` aylarga cheksa sipoh,
Har ishkim bo`lur muddaosi anga,
G`araz bo`lsa Tengri rizosi anga.
Bo`lub saltanat taxtida faqrjo`y,
Shah o`lsa vale bo`lsa darvishxo`y,
Muni shohlig` desa ermas yiroq,
Ki g`aflatdin ogohliq yaxshiroq.
Vale qilmadi shohlardin kishi,
Ki bu ish erur Shoh G`ozi ishi.
Demay ayni insonki inson ayn,
Xam insonu ham ayn Sulton Husayn.
Shaho keldi shahlig` musallam sanga,
Ne shahlig`ki darvishlig` ham sanga.
Desam aylayin vasfing oson emas,
Ki mingdin birin demak imkon emas.
Valekin manga ulcha maqdur edi,
Ul ishlarnikim asru mashhur edi,
Sening vaqting ichra ko`rub za`fu ranj,
Zamoniki nazm ayladim panj ganj.
Ki har ganjida ulcha zohirdurur,
Nisoringg`a yuz ming javohirdurur,
Ki oni kiyurgon zamon qoshingga,
Borisin nisor ayladim boshingga.
Chu devong`a debocha qildim raqam,
Sifotingni sharh ayladim anda ham.
Ki har lafzini aqli javharshunos
Ko`rub, javhari fard aylar qiyos.
Chu «Nazmul-javohir» bitib otingga,
O`kush vasf darj ayladim zotingga.
Ki anjum durin gar to`kar charxi kuz,
Emas bir guharning bahosi hanuz.
Yana dag`i ko`p nazmi guharfishon
Base nasr dag`i javohirfishon.
Ki chun torttim xoman mushkbiz,
Saning vasfingga ayladim nuktarez.
Bori garchi poku muxayyal edi.
Vale borcha vasfingda mujmal edi.
Kishi nuktani qilsa mujmal ayon,
Yaqinkim aning sharhi topmas bayon,
Vale azmim emdi budurkim xudoy,
Agar bo`lsa umrumg`a muhlat fizon,
Chekib turfa tarixingga xomani,
Qilib nuktag`a tez hangomani.
Sifotingni avvaldin oxirg`acha,
Xayoloti maxfiyu zohirg`acha
Valodat kunidin tutub to bu dam,
Borin sharh ila aylagaymen raqam.
Burunroq solib turfa bunyod anga.
Berib zikr obou ajdod anga.
Surub nukta sultonlar ahvolidin,
Hikoyat qilib xonlar ahvolidnn.
Debon borchaning mulku davronini,
Muayyan qilib davri poyonini.
Debonkim qayu oldi avval jahon,
Jahon oni ne yanglig` yetti nihon.
Chu masnaddin etti aning raxtini,
Kim oldi jahondorlig` taxtini.
Chu ul topti masnad yuzidin firor,
Yana shohliq kimga topti qaror.

Anga tegrukim sen shahi nekbaxt,
Atodin-ato vorisi toju taxt.
Ki xolo chalib saltanat navbatin,
Topibsen jahondorlig` shavkatin.
Adolat bila xos erur yo`qsa om,
Jahon ahlini tindurubsen tamom.
Ki haq aylabon mulku johing fuzun,
Hayoting tanobini etsun uzun.
G`arazkim bu so`z yetsa anjomig`a,
Bu tarix yuz qo`ysa itmomig`a.
Anga har kishi solsa ochib nazar,
Bo`lub ko`ngli mazmundin bahravor.
Yaqin anglag`ay tab`i donishvari,
Ki merosing ermish jahon kishvari,
Saning haqqing ermish jahondorliq.
Jahon xonlig`ig`a sazovorliq.
Navoiy chu arz aylading muddao,
Kelu muddao qilg`il emdi duo.
Alo, toki shahsiz chu bo`lg`ay jahon,
Zamon ahlig`a bo`lmag`usi amon.
Sen o`lg`il zamon ahlig`a shohu bas,
Sanga adl tarviji dilxohu bas.
Qiyomatqacha hashmating mustadom,
Saloming qilib shohlar vassalom.