INSTITUTDAN
Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat mnn shamoyim ul-futuvvat» asari ilk bor arabiy, forsiy matnlar, ularning tarjimalari va izohlari bilan to`liq holda nashr etilmoqda. Asar muqaddima va 770 ta shayx (35 tasi avliyo ayollar)iing hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan. Ilgarngi nashrida (1968) atigi 153 ta shayxlar haqida ma`lumot berilib, ayrim diniy va tasavvufiy atamalar ma`lum sabablarga ko`ra tushirilib qoldirilgan edi.
«Nasoyim ul-muhabbat Abdurrahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» tazqirasining tarjimasi, lekin Navoiy Jomiy asariga erkin, ijodiy munosabatda. bo`ladi va uning asaridagi ma`lumotlarni to`ldirib yoxud qisqartirib boradi va 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazadi.
Tarix va madaniy merosimizni keng o`rganayotgan hamda naqshbandiylik ta`limotiga rag`bat ko`rsatayotgan ekanmiz, bu asarni to`liq holda nashr etilishn ilmiy, ma`rifiy va axloqiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, Imom A`zam, Imom Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Hakim Tirmiziy, Bahouddin Naqshbandiylarning aqida va qarashlari bilan xalqimizni, xususan, yoshlarimizni yaqindan tanishtirish joyizdir.
Asarni nashrga tayyorlashda O`zR FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo`lyozmalar fondida saqlanayotgan 857 va 5420 inv. raqamli qo`lyozmalar hamda «Nasoyim ul-muhabbat»ning Turkiyada chiqqan tanqidiy matnlari asos qilib olindi (Kamol Eraslan, 1996).
Matnlarni qiyoslash, shaxs va joy nomlarini to`g`ri yozish, tarjima va izohlar tuzishda Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» asari qo`lyozmasidan, Eronda (doktor Obidiy, 1370 H. sh.), Toshkentda (1916) chop bo`lgan izohli manbalardan hamda Mahmud bin Usmon Ali (Lomi`iy Chalabiy, 1479— 1532) tomonidan usmonli turk tiliga o`girilgan tarjimadan foydalanildi.
Arabiy va forsiy matnlarni asarning oxiriga ilova qildik. Keyingi nashrlarda kitob yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, arabiy va forsiy matnlarni ham o`z o`rnida berib, chop etish nazarda tutiladi.