Òîï ðåéòèíã www.uz
          101.    Abdulloh Hozir r. t.
          Qavmning akobiridindur. Shayx ul-islom debdurki, ul Yusuf b. Husaynning tag`oyisidur. Mashoyixiing qudamosidin va Zunnunning aqronidin va andin ulurroq. Aning bila Yusuf b. Husayn orasida so`zlar borkim, barchada, martabada aning bukjroqlig`i Yusuf b. Husayndin zohir bo`lur. Kishi tilasakim, ma`lum qilg`ay, «Nafahot ul-uns»ni mutolaa qilsun, vassalom.

          102.    Sobit Xabboz q. t. s.    
          Mashoyixiing qudamosidindur. Junayd va Ruzaym bila suhbat tutubdur va Tengri yo`li suluki tariqin alardin kasb qilibdur va payvasta alardin hikoyat aytur ermish.

          103.    Abu Sobit Roziy q. s.
          Ulamo va qurro va fuqaroning mashohiridin ermish. Ul debdurki, bir kun bir majlisda bir tiflg`a Qur`on ta`lim qiladur erdim. Yusuf b. Husayn q. s. anda yetib, dedikim, uyalmassankim, bir muxannasqa Qur`on ta`lim qilursen? Ko`nglumga kechtikim, subho-nallah, bu tifl xud ma`sumdur, ajab so`z bu ulug` kishining tiliga o`tadur. Oz fursat o`tti, ul o`g`lonni ko`rdum, muxannaslar jamoati orasida alardin bo`lib yuriydur erdi. Imom Yusuf b. Husayn xidmatig`a borib, irodat iligi berdim.

          104. Samnun b. Hamza Muhibb Kazzob q. s.
          Ikkinchi tabaqadindur. Imom ul-muhabbatdur. Kuniyati Abulhusayn va Abulqosim ham debdurlar. Uziga Kazzob laqab qo`yub erdi, to bu laqab bila chorlamasalar, boqmas erdi. Muhabbat ilmida yagona erdi va ha-misha andin der erdi. Sariy Saqatiy va Muhammad b. Ali Kazzob va Abu Ahmad Qalonisiy q. a. bila suhbat tutub erdi va Junayd va Nuriy aqronidin ermish. Junayddin burun dunyodin o`tibdur va ba`zi so`ngra debdurlar. Ul debdurki, bandaning Haqqa muhabbati sofiy bo`lmag`ay, to zishtliqni barcha olamg`a qo`ymag`ay. Va ham ul debdurki, [bandaning Haq taologa bog`lanishining avvali – o`zdan kechish, Haq taolodan ayri tushishning avvali esa, o`z nafsiga bog`lanishdir]1. Derlarki, Samnun bir kun bu ikki baytni o`qidikim,

n a z m:

          [Sen mening maqsadimni seza turib, sirimni bilmoqchi va sinamoqchi bo`lasan.
Menga sendan o`zga kerak emas. Zero, qanday xohlasang, shunday sinayber]2.

          Filhol ani bavl habsi bila imtihon qildilar, jazo qilmay sabr qilur erdi. Ul kecha aning ashobidin necha kishi tush ko`rdilarkim, ul duo qilib, Haqdin shifo tilar erdi. Chun Samnun ani bildikim, maqsud ul ta`dibdin odobi ubudiyat va izhori ajzdur, yo`qkim hol satri. Maktablar tegrasiga evrulub, atfolg`a aytur erdikim, [Kazzob amakingiz haqida duo qilinglar!]3. Bu hol bo`la olurkim, Kazzoblik laqabig`a bois bo`lg`ay va bo`la olurkim andin so`ngra bo`lg`ay.  
 

          105.    Zahrun Mag`ribiy q. s.
          Taroblis ahlidindur. Muzaffar Kirmonshohiyning aqronidin. Bir-birining suhbatida Makkaga boribdurlar. Abu Abdulloh Mag`ribiy Zahrun vasfida debdurki, javonmardlar orasida aningdek javonmarde ko`rmadim. Shayx ul-islom debdurki, ul bir kun jamoati darveshlar bila tamoshog`a chiqib erdi. Bu ikki baytni o`qidilarkim,    

she`r:

[«Zi Tavo»dan chaqnagan yashin mendan g`aflat uyqusini daf` qildi.
Bu joy sahilari pokiza, binolari obod, Salmo tushgan manzildir]1.

          Eshitib xurush qildi va qichqirib sho`r zohir qildi. Va yondi va dedikim, siz boringki, men tamoshomni qildim.

          106.    Arun b. Vassoba q. s.
          Kuniyati Abulasba`dur. Shayx ul-islom debdurki Ahmad b. Abulhavoriy kitobida ko`ribmenki, ul Makkada shayx erkandur va Shomda dunyodin o`tibdur. Aning favtidin so`ngra bu toifadin birov ani tush ko`rub, holin so`rubdur. Ul debdurki, hisobimni qildilar inchkalik bila, so`ngra minnat qo`yub, ozod qildilar.

          107.    Maymun Mag`ribiy q. s.
          [U Mag`riblik sayyohlardan va qadnm mashoyixlardan. Abu Muso Dabiliy bilan safarlarda hamrohlik qilgan. Ajib alomatlari va karomatlari bor]1. Aning raigi qora ermish, chun samo`g`a kirar ermish, oqarar ermish. Anga dedilarki, holing samo`da evrulur. Ul dediki, ulcha manga zohir bo`lur, sizga dag`i zohir bo`lsa, sizning ham holingiz mening holimdek bo`lg`ay. [Naql qilishlaricha, bir xaltasi bor erdi, nima istab, qo`lini tiqsa, shuni olib chiqardi]2.

          108.    Sa`dun Majnun q. s.
          Ato b, Sulaymon ayturki, bir yil Basrada qaht tushdi. El istisqog`a chiqib erdilar, men ham bila erdim. Go`ristonda bir un eshitdim, boqdim, ersa Sa`dun Majnun erdi. Go`ristonda o`lturub, ilgin tiziga urub, bir nima deydur erdi. Qoshig`a borib, salom qildim. Dedi: [Va alaykum assalom, ey Ato. Ko`zing oldidan pardani kim ko`tardi?]1. Va so`rdikim, bu ne g`avg`odur? Dedim, qaht va qurog`lik jihatidin xaloyiq istisqog`a chiqibdurlar. Dedikim, [sur chalindimi yo o`liklar ti-rildimi?]2 sen ham bular bila kelibsen? Dedim: bale! Dedi: [Nuroniy qalb bilan keldingmi yo bo`m-bo`sh qalb bilan?]3. So`ngra dedikim, tilarsenkim, men yog`in tilagaymen? Dedim, bale, ne uchun tilamagaymen? De-di: Xudovando, mening kechagi rozim haqqi sanga! Filhol yog`in tutashti. Dedi: Ey Ato, to urmag`aylar qaytmaki, to urmag`aylar, qaytmamak kerak.

          109.    Ato b. Sulaymon r. t.
          Basraning zuhhodidindur. Uz zamonining buzurgi ermish. Bir kun bemor erdi; Kunaslikda yotib erdi. Dedilarki, neuchun ko`lagaya borib yotmaysen? Dedikim, tilarmenki, soyag`a borg`aymen, ammo qo`rqarmanki, degaylar, bir qadam nafs komi uchun bording!

          110.    Ali b. Sahl Azhar Isfahoniy r. t.
          Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abulhasandur. Isfahon mashoyixining qudamosndindur. Yusuf Bannoning shogirdi va Junayd q. s.ning aqronidin ermish va arolarida makotibatu risolat bor ermish va Abu Turob Naxshabiy bila suhbat tutubdur. [U qattiq riyozat chekardi. Farovon nozu ne`matga ega bo`lsada, yigirma kunlab yeyish-ichishdan tiyilardi. Kunlarni uxlamasdan, iztirob bilan o`tkazardi]1 Ul debdurki, ]aslo ehtilom bo`lmadim. Faqat tushimda bir ayolni voliysi va ikki guvoh huzurida nikohlab olganimdan keyin ehtilom bo`ldim]2.
          Bir qatla Umar b. Usmon Makkiyga Makkada o`ttuz ming diram burj bo`ldi. Isfahong`a Ali Sahl qoshig`a keldikim, shoyad anga bu burj adosida madade qilg`oy. Ali Sahlga ma`lum bo`lub erdi. Ul vajhni saranjom qilib, Makkaga Umarning burjlug`ig`a yubordi va oni ziyofat qilib uzotti. Ul Makkaga borurda hamisha ko`nglida ul burjluq tafriqasi erdi. Makkaga yetgach, burjni o`tolgan topti va ko`ngli tindi. Shayx ul-islom debdurki, Ali Sahl ul ishni uzrxohlik va shukr-guzorlig` yuki biymidin qildiki, hech ozodamard oni torta olmas. Ul debdurki, bizning qoshimizda ravo emaski, bu toifani darvesh degoylarkim, bular xaloyiqning tavongarlaridurlar. Shayx ul-islom debdurki, haq subhonahu va taolokim, to`nning yaxshirog`in ag`niyog`a beribdur, to`nning farrini darveshlarg`a beribdur va pokiza taom agar ag`niyog`a beribdur, taomning lazzatin bularg`a beribdur. Ali b. Sahldin so`rdilarki, balo kunin yod bilurmusen? Dedi: nechuk yo`q. Ul xud go`yo tuno-kun erdi. Shayx ul-islom debdurki, so`fig`a bu so`zda nuqsdur. Tuno-kun, tongla ne bo`lg`ay? Ul kunga hanuz kecha kelmaydur. So`fi hanuz ul kundadr

          111.    Muhammad b. Yusuf Banno q. s.
          Kuniyati Abu Abdullohdur. Derlarki, ul uch yuz shayxdin hadis kitobat qilib erdi. Chun xilvatu inqito` irodati onga g`olib bo`ldi. Makka azimati bila. chiqdi va bodiyani tajrid bila qat` qildi. Debdurlarki, ul kunduz bannolig` kasbig`a mashg`ul erdi. Ulcha hosil qilsa erdi, kecha ondin muhaqqariy bahra olur erdi. Uzgasin fuqarog`a tasadduq qilur erdi. Bovujudi kasb ishtig`oli har kun Qur`onni bir xatm qilur erdi. Xufton namozin qilg`andin so`ngra o`toqg`a borur erdi va ko`p aytur erdikim, xudoyo, manga o`z oshnoli-gingni va ma`rifatingni nasib qil! Yo bu toqqa amr qilki, yuqori chiqyb, maning boshimg`a yemrulsunki, saning shinosolig`ing va ma`rifatingdin ayru manga tiriklik kerakmas! Junayd q. s. aning fazlu kamolig`a qoyil ermish. Shayx Ali Sahl Isfahoniyg`a yuborgai risolatda bitib erdikim, [shayxing Abu Abdullohdan so`ragin, kim sendan g`olibdur?]1. Chun shayx Ali Sahl Isfahoniy andin savol qildi. Ul dedikim, javobyda bitikim, [Alloh o`z ishida g`olibdur]2.

          112.    Muhammad b. Foza r. t.    
          KuniyatiAbu Ja`fardur. Muhammad b. Yusuf Bannoning shogirdlaridindur. [Ibodatda buyuk mujtahid. va infoq-ehson qilishda saxiy edi]1. Har kun Qur`onni uch xatm qilmoq virdi erdi. Anga otadin ko`p meros qoldi. Yillar Muhammad b. Yusufning, o`zining va iyolining ma`unatin yetkurur erdikim, ul bilmas erdi. Bir do`sti bor erdi va anga buyurub erdikim, har ne aning xarji maoshidur anga yetkurgay. Andoqki, ul vo-qif bo`lmag`aykim, qoydiq yetadur. Bir kun Muhammad b. Yusuf ul do`stdin so`rdikim, oyo, kimdurky bizning boramizda bu ehson qiladur? Ul dedikim, Muhammad Foza. Ul duo qildikim, [Alloh ungamen tomonimdan eng yukeak mukofot bersin]2. Azize debdurkim, qish o`rtasida Muhammad Foza qoshig`a bordim. Ko`nglokchan o`lturub erdi. Dedim: [Yo Abu Ja`far, to`ngmaysen? Dedi: Ilkingni keltur, degilki: «Lo iloha Illalloh»]3. Ilik ko`ngloki ichiga eltib dedikim, [Illal-loh, Illalloh»]4. Issig`din terlab erdi.

          133. Sahl b. Ali Marvaziy r. t.
          Ul erdikim, Abdulloh Muborak q. s.ning saroyiga bordi, dedikim, bu mutriba kanizaklarni nechun orosta qilib, tomning ustiga chiqaribsen va tushurmassen? Abdulloh Muborak q. s. dedikim, andoq qilay? Ul chiqqach, Shayx dedikim, aning sarvaqtig`a yetingkim, ham bu zamon dunyodin borg`usidur, Mening tomimda kanizaklar no`qdurlar va ul yolg`on aytmas, ul havrodirkim, behishtdin aning istiqbolig`a yiboribdurlar. Shayxning ashobi aning so`ngincha chiqqach, ul olamdin o`tub erdi. Andin so`rdilarkim, Haq taolo navozishlaridinkim, banda borasida qilur, qaysi ulug`roqdur? Dedi: ko`ngul farog`atikim, Mustafo s a. v. debdur-kim, [tansihatlik va xotirjamlik – ikki ne`matdurki, ko`p odamlar uning qadriga yetmaydilar]1.

          314. Ali b. Hamza Isfahoniy Halloj q. s.
          Shayx ul-islom debdurki, ul Halloj ermas erdi; Husayn Mansurdek Isfahonda Muhammad b. Yusuf Bannoning shogirdi erdi. Isfahondin Haj azimati qildi. Hajdin qaytib, Basraga yetganda, Muhammad b. Yusuf Bannoning favtining xabarin eshitti va qattig` malul bo`lib, Isfahon azimatini tark etib, Basrada sokin bo`ldi. Sahl b. Abdulloh Tustariy q. s.ning ashobi orasida bo`lur erdi. Bir kecha Mustafo s. a. v. nn tushta ko`rdikim, Sahl b. Abdulloh Tustariyg`a iltifot qiladur erdi. Ul yugurdi ul Hazrat sari. Ul Hazrat aning sari boqib, lutf ko`rguzub keldi. Va Sahl Abdullohni bu toifa so`ziga nisbat berib, tashrif qildi. Anga o`xsharki, Sahl Abdullohning ruhiga tavajjuh qilmoqqa ishorat ekan, bo`lg`ayki andin tarbiyat topqay. Bu shodlig`din uyg`ondi. Shayx ul-islom debdurki, bu ishning muhabbati bu ishdur. Yaqindurki, bu ishning inkorini bu ish desa bo`lg`ay. Va ul G`ulom Xalil so`zidur. «Nafahot ul-uns»da o`qug`on ma`lum qilur:

          115.    Ali b. Shu`ayb Saqqo q. s.
          Nishoburning Hirasidindur. Abu Hafs bila suhbat tutubdur. Debdurlarki, ul ellik besh Haj guzarlabdurkim, barchag`a Nishoburdin ehrom bog`labdur va har milda ikki rak`at namoz qilibdur. So`rubdurlarki, bu namoz nedur? Debdurlarki, [ular o`zlari uchun bo`l-gan manfaatlarga shohid bo`lish uchun]1. bu naf`larim Hajjimdin anga.

          116.    Ali b. Muvaffaq Bag`dodiy q. s.
          Iroq mashoyixining qudamosidindur. Zunnun Misriy q. s.ni ko`rub erdi. Shayx ul-islom debdurki, anga yetmish to`rt Haj kelturubdurlar. Bir qatla Haj qilib, o`z-o`zi bila taassuf yuzidin aytur erdikim, ke-lurman va borurman. Ne ko`ngul muyassaru ne vaqt. Men xud ne ishta ekanmen, ul kecha Haq subhonahu taoloni tush ko`rarki, Haq ayturki, ey Muvaffaq o`g`li, bir kishinikim sen tilamasang, uyungga tilarmusen? Men ham seni tilamas bo`lsam erdi, uyumg`a qo`ymas erdim. Ul debdurki, Xudoyo, agar seni do`zax qo`rqunchidin parastish qilur bo`lsam, mani do`zaxga tushur. Va agar behisht umididin parastish qilur bo`lsam, behishtga tushurma. Agar sening mehring jihatidan parastish qilur bo`lsam, bir diydor ko`rsat. Uzga ne qilsang qil!

          117.    Abu Ahmad Qalonisiy q. t. s.
          Mashoyixiing qudamosidindur. Oti Mus`ab b. Ahmad Bag`dodiy. Debdurlarki, asli Marsdindur. Junayd va Ruvaym q. s.ning aqronidindur. Va ta`rixdadurkim, ul ikki yuz to`qsonda Haj qilib yondi va oz vaqtdin so`ngra Bag`dodda dunyodin o`tti. Chun ul bemor bo`ldi, muhtazar ekanda dedikim, Xudoyo, sening qoshingga agar mening qadrim bo`lsa, o`lumum baynalmanzlaynda bo`lsa erdi. Ham ul zamon zarurati voqe bo`ldikim, ani bir mihaffag`a solib, yana bir manzilga eltur bo`ldilar, yo`lda dunyodin o`tti.

          118.    Abulg`arib Isfahoniy q. s.
          Muhaqqiqlardin erdi, oyot va karomat sohibi. Ishqda ayni jam`g`a yetib erdi. Ani Hululiy derlar. Shayx Abu Abdulloh Hafif q. s. oni sevar edi. Sherozda bir marazda o`z hayotidin navmid bo`ldi. Va ashobig`a dedikim, sizga bir hojatim bor. Ravo qilurmusiz? Dedilarkim, ayt. Dedi: Men o`lsam, meni juhudlar go`ristonida dafi qilinglar. Ashob mutahayyir bo`ldilarkim, bu ne so`zdur? Dedi: Tengridin tilab er-dimkim, agar saning qoshingda qurbum bo`lsa, mani Tarsusda ul olamg`a elt. Holo munda o`ladurmen. Bildimki, oning qoshida hech qadrim yo`q ermish. Bu so`z mazkur bo`lg`ach, sihat osori mizojida paydo bo`ldi. Va oz kunda tamom sihat topib, Tarsusg`a bordi va anda dunyodin o`tdi.

          119.    Abu Abdulloh Qalonisiy r. t.
          Bu toifaning akobiridindur. Budurki, jamoate bila kemada erkandurkim, muxolif yel esib, guvalak bo`lubdur va ul jamoat tazarru` bila nazrlar qilibdurlar. Anga ham debdurlarkim, sen ham bir. nazr qil. Ul chun olam asbobidin mujarrad ermish, g`aybdin tiliga muni solibdurlarki, agar bu balodin najot bo`lsa, nazr qildimki, pil eti yemagayman». Nogoh amvoj taskin topib, ul kema ushalib, qavm bir taxta ustida bir sohilg`a chiqibdurlar. Bir-ikki kun o`tgandin so`ngra ul elga ju` mustavli bo`lib, maxmasa holig`a yetganda beshadin bir pilbachcha paydo bo`lubdur. Xalq oni sayd qilib, ulashib yebdurlar. Ul ahdig`a vafo qilib, yemaydur. Ul el bir zamon uyug`ondin so`ngra beshadin pilbachchaning onasi paydo bo`lub, bolasining so`ngoklarin ko`rub, ul elni birin-birin islay boshlabdur. Har qaysidinki, bolasining isin tonibdur, ayog`i birla yerga surtub, zoe` qilibdur. Chun navbat anga yetibdur. Ondin ul isni topmaydur. Uchasin nast qilib, xartumi bila ishorat qilib, orqasig`a mindirib, yo`l qat` qila boshlabdur. Tamom kecha yo`l yurub, saboh bir obodonliqqa yetib, oni orqasidin tushurub, qaytibdur. Ul xaloyiq taajjub yuzidin ondin ul hol kayfiyatin so`rubdurlar. Ma`lum qilg`ondin so`ngra, sakkiz kunchilik yo`l ermish, bir kechada kelgan ermish, vallohi taolo a`lam.

          120.    Abu Abdulloh Jallo q. s.
          Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Yahyo Kallodur. Abu Turob Naxshabiy va Zunnun Misriy q. s.ning shogirdidur va otasining ham. Va Abu Ubayd Busriy bila suhbat tutubdur. Va Duqqnyning ustodidur. Bu kun Abulxayr Taynotiy Abu Abdulloh Jalloni ko`rdikim, havoda mig` ichinda borur erdi, ayttikim, tanidim. Ul dedikim, tanimading. Shayx ul-islom debdurki, Abulxayr shaxs tanimag`in debdur va Abu Abdulloh maqom va sharaf tanimag`in. Andin muhabbatdin so`rdilar. Ul dedikim, [Mening muhabbat bilai nima ishim bor? Men tavbani o`rganmoq istayman]1. Va so`rdilarkim, [Faqir faqr nomiga qachon sazovor bo`ladi]2. Javob berdikim, [uning o`z nafsig`a zohiriy va botiniy talablari qolmasa]3. Shayx ul-islom debdurki, uch yuz murid Abu Turob Naxshabiy bila bodiyag`a kirdilar rikvalar bila. Aning bila ikki kishi qoldi, Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriy q. s.

          121.    Abu Abdulloh Xoqoö So`fiy q. s.
          Bag`dod so`fiyasining akobiridin erdi. Shayx Ja`far Xazzo debdurkim, ul sohib karomot erdi va ibn Qassob Roziydin naql qilibdurkim, debdurkim, Otamning Bag`dod bozorida bir do`koni bor erdi. Men do`kon eshigida o`lturub erdim. Nogoh birav o`tti. Menga gumon bo`ldikim, Bag`dodning fuqarosidin bulg`oy. Va men hanuz bulug` haddig`a yetmaydur erdim. Xotirim oning sori tortti. Qo`pub, anga salom berdim va bir diramim bor erdi, onga tutaberdim. Oldi va manga iltifot qilmay o`tti. Men oning so`nggicha bordim. To Shuniziya masjidig`a yetdi. Onda fuqarodin uch kishi o`lturub erdilar. Ul diramin alarg`a berdi va o`zi namozga turdi. Alardin biri ul diramg`a bozordin borib yemak kelturdi. Yedilar va ul darvesh namozg`a mashgul erdi. Chun alar taomdin forig` bo`ldilar. Darvesh alarg`a boqib, dedikim, bildingizmukim, mani na ish sizning muvaffaqiyatingnzdin mone` bo`ldi? Dedilar, yo`q, ey ustod. Dedikim, bir kichik yoshlig` ul diramin manga berdi va men emdigacha haq subhonahu va taolodin tilaydur erdimkim, oni dunyo bandalig`idin ozod qilg`ay va ozod qildi. Ibn Qassob debdurki, men bexost oning ollida o`lturub dedimkim, rost aytursan, ey ustod. Va ul Shayx xoqon So`fiy erdi. Ikki yuz yetmish to`qquzda dunyodin o`tubdur.

          122. Abu Ubaydulloh Busriy r. t.
          Oti Muhammad b. Hassondur, Abu Turob Naxshabiy bila suhbat tutubdur. Ibn ul-Jallo r. t. debdurki, [olti yuzta shayx bilan uchrashdim, ulardan to`rttasining o`xshashini ko`rmadim]1. Zunnun Mnsriy va Abu Turob Naxshabny va Abu Ubayd Busriy va Abulabbos b. Ato. Debdurlarki, Ramazon oyi bo`lg`ach, Abu Ubayd bir uyga kirar erdi va buyurur erdikim, eshikni savob berkiturlar erdi va bir to`shuk qo`yarlar erdi va har kecha bir tah o`tmak ul to`shukdin solurlar erdi. Iyd bo`lgochkim, eshikni ocharlar erdi, o`ttuz o`tmak uyining go`shasida erdikim, bir oyda ne taom yeb erdi va ne suv ichib erdi. Va o`ttiz kecha-kunduz bir tahorat bila namoz qilib erdi. Ul debdurki, [Ne`matlar Haqdin yiroqlashishga sabab bo`ladi. Qimki, Haqqa ne`matlari uchun shukr qilsa, ne`matlarsiz qolganida ham shukr qiladi. Balo Haqqa yaqinlashishga sabab bo`ladi. Agar kimniki, balo yomon yo`lga boshlagan bo`lsa, u Haqdan yiroqlashadi)2. Bir kun o`lturub erdi. Bir otlig` o`tub borur erdi. Keynicha bir qul qo`ngranib, g`oshiya egnida, yugurur erdi. Chun anga va ashobig`a yetishti dedikim, [Allohim, meni ozod et va uning dastidan xalos qil]3. Abu Ubayd ham dedikim, [Allohim, uni do`zax olovidan va qullikdan qutqar]4. Filhol ul otlig`ni ot yiqti. Otlig` ul qulg`a boqib dedi: seni ozod qildim. U qul dedikim: meni sen ozod qilmadingki, bu jamoat ozod qildilar, deb Abu Ubayd va ashobig`a boq-ti. Va to umri bor erdi, alardin ayrilmadi.

          123.    Abu Abdulloh Sijziy q. r.
          Ikkinchi tabaqadindur. Abu Hafz bila suhbat tutubdur. Va borlar bodiyani tavakkul qadami bila qat` qilibdur. Ul debdurki, [Avliyoning uchta alomati :bor: ulug`likda – tavozu`, boylikda – zohidlik, kuchu-quvvatda – insof]!.
          Va ham ul debdurki, voizki, tavongar aning majlisidin muflis va muflis, aning. majlisidin tavongar chiqmag`ay ul voiz ermas. Ondin so`rdilarki, futuvvat nedur? Dedikim, xaloyiqni ma`zur tutmoq. Ulcha alarga o`tar va o`z taqsirin ko`rmak va shafqat borcha elga ne solih, ne tolih. Va futuvvatning kamoli uldurki, kishini xalq Tengridin mashg`ul qila olmag`aylar.
          Birov anga dedikim, agar sanga bir filuri bersam, nechuk bo`lg`ay?
          Dedikim, agar bersang, senga yaxshi bo`lg`ay va agar bermasang, manga yaxshi bo`lg`ay.

          124.    Abu Abdulloh Xusriy q. s.
          Basradindur, Shayx Fath Mavsiliy q. s.ning shogirdidur. [Xusriy naql qiladi: Fath Mavsiliydan eshitdim, u aytdi: abdollardan bo`lgan o`ttizta shayx bilan suhbatlashdim. Ularning har biri xayrlashayotganda: «Zinhor yoshlar bilan ulfatchilik qilma!» – deb nasihat qildilar]!

          125.    Ja`far b. Mubarqa` q. s.
          Bu toifaning mashoyixining ulamosidindur. [Abu Abdulloh naql qildi: Ja`fardan eshitdim, aytdi: «Uttiz yildan beri astoydil «Alloh» deydigan kishini izlayman, topolmayman»]1.

          126.    Ali b. Bundor b. Husayn So`fiy Sayrafiy q. s.
          Beshinchi tabaqadindur. Kuniyati Abulhusayn. Nishoburning mutaaxxir mashoyixidindur. Mashoyix diydorlaridin bahramand va suhbatlaridin arjumand ermish. Nishoburda Abu Usmon Hiriy va Mahfuz bila suhbat tutubdur va Samarqandda Muhammad Fazl Balxiy bila va Balxda Muhammad Homid bila va Jurjonda Ali Jurjoniy bila va Rayda Yusuf b. Husayn bila va Bag`dodda Junayd va Ruvaym bila va Simnonda Ibni Ato va Jaririy bila va Shomda Tohir Maqdisiy va Ibni Jalo va Abu Amr Dimishqiy bila va Misrda Abubakr Misriy va Abubakr Daqqoq va Abu Ali Rudboriy q. r. bila suhbat tutubdur va bu nav` mashoyixi kiborga musharraf bo`lubdur va hadisda siqa ermish. Uch yuz ellik to`qqizda dunyodin o`tibdur. Bir qatla Shayx Abu Abdulloh Hafif bila bir tor ko`prikka yetishtilar. Shayx dedikim, ilgari yuru va ul dedi: sabab nedur? Shayx dedikim: Sen Junaydni ko`rubsan va men yo`q. Shayx ul-islom debdurki, bu toifag`a ulug` nisbat mashoyix diydoridur va pirlarning suhbati. Ali Bundor debdurkim, [balo ustiga qurilgan uyiing balodan xoli bo`lishi mahol]1. Va ham ud debdurkim, [Haqni talab qilish oson. Ammo uni topish uchun ikki dunyodan kechish kerak]2.
          Va ham ul debdurki, xalqning muxolafatidin yiroq bo`l va har kimki Tengri aning bandalig`ig`a rozidur, sen ham aning qardoshlig`ig`a rozi bo`l.

          127.    Muhammad b. Fazl Balxiy q. s.
          Ikkinchi tabaqadindir. Kuniyati Abu Abdulloh Balxiyul-asl. Mutaassiblar ani Balxdin chiqardilar, begunoh, mazhab jihatidin. Abu Usmon Hiriy q. s. anga bitibdurki, shaqovat alomati nedur? Ul javob bitibdurki, uch nimadur: biri ulki, kishiga ilm bergaylar va amal tavfiqi bermagaylar va amal bergaylar va ul amalda ixlosdin mahrum qilg`aylar va Haq s. t do`stlari suhbatin topqay va ikrom va ehtirom tariqin bajo kelturmagay. Abu Usmon q. s. debdurki, [Muhammad fazilatli odamlarning qadrini bilguvchi edi]1.
          Va ham aning so`zidurkim, [Odamlarning ma`rifatlisi shariat amrini sidqdan bajaradigani va sunnati saniyaga tobe` bo`ladiganidir]2.

          128. Muhammad b. Ali Hakim Tirmiziy q. t. r.
          Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Abdullohdur. Mashoyixi kibordindur va Abu Turob Naxshabiy va Ahmad Xuzravayh va ibn Jallo bila suhbat tutubdur va ko`p hadisi bor va zohir karomoti va tasnifi dag`i bor. Ul jumladin «Xatm ul-valoyat»! kitobi va «Nahaj» kitobi, «Navodir ul-usul va mundin o`zga ham kitoblari bor va zohir ulumida ham kutubi bor va bir tafsir ham ibtido qilg`ondur. Ammo itmomig`a umr vafo qilmaydur va Xizr a. s. bila suhbat tutar ermish. Abubakr Varroqkim, oning shogirdidur, rivoyat qilurkim, har yakshanba Xizr aning bila kelib, muloqot qilur erdi va voqe`lar bir-birlariga ayturlar erdi va so`zlashurlar erdi. «Qashf ul-mahjub» kitobining sohibi aning vasfida mubolag`a ko`p qilur. Ul debdurki, mening pirim der erdikim, Muhammad Durri yatimdurki, olamda adili yo`qdur.
          Ul debdurkim, [Menga nisbat berishlarini o`ylab biror harf yozmadim. Faqat yuragim siqilgan, ishim yurishmagan kezlari tasalli topish uchun yozar edim]1. [Kimkn, bandalik sifatlarini bilmasa, u Haq sifat-larini bilmaydigan nodonroqdir]2.
          Va ham ul debdurki, Haq s. t.ning muhabbatining haqiqati uns davomidur. [Undan fe`liy va zotiy sifatlar haqida so`radilar. Aytdi: Har narsaki, ortmoq, kamaymoq ehtimoli bor – fe`liy sifatdan. Har narsaki, ortmasa, kamaymasa – zotiy sifatdan. Undan isor haqida so`radilar. Aytdi: Boshqalarning nasibasini o`zingnikidan ortiq ko`rmog`ing! Yaqin haqida so`radilar: Aytdi: Qalbning Alloh va uning amrlari bilan qaror topishidir. Shukr haqida aytdi: Shukr – qalbni mun`im–ne`mat sohibi Allohga bog`lashdir]3.
          Hazrag Xoja Bahouddin Muhammad Buxoriy al» ma`ruf Naqshband q. t. a. vaqtiki, o`z mabodiyi ahvolu sulukidin hikoyat ayturlar ermish va mashoyixi ,kibor arvohig`a o`z tavajjuhlarining asarin bayon qi-lur ermish. Der ermishlarki, har qachon qudvat ul avliyo Xoja Muhammad Ali Hakim Tirmiziy ruhig`a tavajjuh voqe` bo`lur erdi, ul tavajjuh asari mahzi beskfatlig` zuhuri erdi va har necha ul tavajjuhda sayr voqe` bo`lur erdi, hech asare va garde va sifats mutolaa tushmas erdi.

          129.    Ali b. Bakkor q. t. s.
          Kuniyati Abulhasandur. Ibrohim Adham q. s. bila suhbat. tutubdur. Ul ashobdin biri bila yozig`a o`tun uchun chiqibdur va bir-biridin yiroqroq tushubdurlar. Sohibi har necha intizor tortibdurlar. Ul paydo bo`l-maydur. Oqibat oni tilay asaricha boribdur. Ko`rubdurki, ul o`lturubdur. Ammo bir sabu` aning tiziga boshin qo`yub, uyubdur va ul oning chibinin qo`riydur. Sohibi debdurki, qachong`acha o`lturursen? Ul debdurki. bu uyuqlag`on, uyg`ong`uncha!

          130.    Abu Abdulloh Abbodoniy q. s.
          Sahl b. Abdulloh Tustariyning shogirdidur. Va mashoyix xizmatig`a yetibdur. Va Shibliy bila suhbat tutubdur va oralarida so`zlar va ramzlar o`tubdur va andin foyidalar topibdur.

          131.    Abu Abdulloh Hazramiy q. t. s.
          Murta`ish debdurki, Abu, Abdulloh Hazramiydin tasavvufni savol qildim va yigirma yil erdikim, so`z demaydur erdi. Manga Qur`on bila javob berdi va bu oyatni o`qudiki, [mo`minlar orasida Allohga bergan va`dalariga sodiq kishilar bordir]1.
          Dedim: alarning sifati nechukdur? Dedi: [ko`zlari o`zlariga qaytmaydi, dillari bo`m-bo`sh bo`lib qoladi]2.
          Dedim: alarning mahali qaysi ahvoldindur?
          Dedi: [albatta, taqvodorlar jannatlarda, Qodir podshoh huzuridagi rozi bo`lingan o`rinda bo`lurlar!3.
          Dedim: orttur. Dedi: [o`zing aniq bilmagan narsaga ergashma. Chunki quloq, ko`z, dil – bularning barchasiga inson mas`uldir]4.

          132.    Abu Abdulloh Solimiy q. s.
          Oti Ahmad b. Olim Basriydur. Sahl b. Abdulloh Tustariyning shogirdidur. Uttiz yil yo oltmish yil oning bila bo`lur ekondur va tariqat andin kasb qilibdur. Andin so`rdilarki, Avliyoullohni xalq orasida ne osoru alomot bila tanig`aylar? Dedikim, takallumning latofati bila va xulqning xublig`i bila va yuzning tozalig`i bila, nafsning saxosi bila va e`tirozning qillati va uzrning qabuli bilaki, harkim, uzr etsa qabul qilg`ay va shafqat tamomlig`i bila barcha elga xoh solih va xoh tolih. Va hamul debdurkim, diydor do`stluq kalidining minnatidur.

          133.    Abu Abdulloh Javporai Sufiy q. s.
          Mashoyix kiboridindur. Javpora degan bir yerdir, Rumning sag`rida. Ul debdurki, Shayx Abubakr Zaqqoq Misriydin so`rdumki, suhbat kym bila tutay?.Dedi: Ul kishi bilakim, har ne Haq subhonahu taolo sendin bilsa, inkor izhor qilsang sendin rasida va mutanaffir bo`lmag`oy. Bir qatla Amir Kofur degan bir mablag` vajh shayx Abdulloh Javporag`a yibordi. Ul olmadi va qaytardikim, Kofur cherikchi erdi. Ya`ni molida shubha bor erdi. Kofur ayttikim, [Erdagi, osmondagi, bularning orasidagi va yer ostidagi (narsalar) xudonikiyu Kofurniki qaerda bo`lsin?]1. Shayx ul-islom debdurki, Kofurning bu so`zi kirdoridin yaxshiroq erdi. Ammo ul ham ul pir barakotidin erdi.

          134.    Abu Tolib Muhammad b. Ali b. Atiya Horisiy
          Makkiy q. s. Ul «Qut ul-qulub» kitobining sohibidurki, tariqat asrorining majmaidur. [Aytishlaricha, Islom olamida tariqatning nozik ma`nolarini ochib bergan «Qut ul-qulub»dek boshqa asarni hech kim yozmagan. U yer yuzidagi eng ulug` joy – Makkada o`sib, ulg`aydi. Keyin Basraga ketdi. Undan Bag`dodga o`tib, uch yuz sakson olti hijriy yili, jumod ul oxir oyida vafot etdi]1. Va aning nisbati tasavvufda Shayx Abulhasan b. Muhammad b. Abu Abdulloh Ahmad b. Solim Basriyg`adur. Va Shayx Abulhasanning intisobi o`z otasi Abu Abdulloh Ahmad Solimg`a va aning nisbati otasig`adur– Sahl b. Abdulloh Tustariy q. s.

          135.    Abubakr Varroq Tirmiziy q. t. r.
          Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Umar Hakim Tirmiziy. Asli Tirmizdindur. Qabri ham andadur. Ammo Balxda bo`lur ermish. Abu Iso Tirmiziy tag`oyisidur. Ahmad Xuzravayh bila suhbat tutubdur va ko`p tasonifi bordur. Va «Tavrot» va «Injil» va «Qutbi rsmoniy»ni o`qubdur va she`r devoni ham bordur. [Abubakr Varroq do`stlarini safar va sayohat qilishga da`vat etmasdi. Aytardiki, irodat qilgan yeringda muridlig`ing kamolga yetguncha sabr qilib turishing barcha barakotning kalitidur. Muridlik kamolga yetgach barakot boshlanady]1. Va ham oning so`zidurkim, umaroning fasodi zulm biladur va ulamoning fasodi tama` bila va fuqaroning fasodi riyo bila.

          136.    Abulqosim Roziy q. t. s.
          Oti Ja`far b. Ahmad b. Muhammaddur. Nishoburda sokin erdi. Ibni Ato va Muhammad Abulhavoriy va Abu Ali Rudboriy bila suhbat tutubdur. Ko`p moli bor erdi. Barchasin bu toifag`a xarj qildi va darvesh dunyodin chiqdi. Ray mashoyixi debdurlarki, Abulqosimda to`rt nima jam` erdiki, o`zgada yo`q erdi. Jamol va mol va zuhdi bakamol va saxovatn tamom. Uch yuz yetmish sakkizda dunyodin o`tubdur.

          137.    Abulqosim Hakim Samarqandiy q. t. s.
          Oti Ishoq b. Muhammad Ismoilduo. Abubakr Varroq bila suhbat tutubdur. Yaxshi so`zlari bor: muomalotda va nafs g`aybida va a`mol ofotida. Uch yuz qirq ikkida muharram oyida dunyodin o`tubdur va qabri Chokardiyzadadur.
          Bir kun o`lturub erdi va xalq orosida hukm qiladur erdi. Ul vaqt buzurglaridin biri oning ziyoratiga keldi. Oni ul nav` mashg`ul ko`rub, sajjodasin davzliq suv yuziga solib, namozg`a turdi. Chun forig` bo`ldi. Shayx Abo`lqosim anga aytdikim, ey qarindosh, munii xud yoshg`inalar qilurlar. Er uldurki, muncha shug`l orosida ko`nglini Tengri jalla zikruhu bila asray olg`ay.

          138.    Bakr Sug`diy q. t. s.
          Samarqandning Sug`didandur. Bu toifadin Abubakr Varroq shogirdi. Ul debdurki, Abubakr Varroq karim kishi erdi. Tengrig`a muzd uchun qulluq qilmish erdi ta`zim bila qilur erdi.

          139.    Solih b. Maktum q. s.
          Ul dag`i Abubakr Varroqning muridlaridindur. Balxdin erdi. Va Abubakr Varroq so`zlaridin ko`p yodida erdi va doyim andin aytur erdi.

          140.    Abu Zarr Tirmiziy r. t.
          Xuroson mashoyixidindur. Bu toyifadin ba`zi debdurlarkim, biz jam`i edukki, bir-birimiz bila suhbat tutar erdik. Har qaysimizga bir nima keraklik bo`lsa erdi, Abu Zarr qo`pub, namozg`a turar erdi. Tengri ul nimani ham ul zamon yetkurur erdi.

          141.    Hoshim Sug`diy q. t. s.
          Ul dag`i Samarqand So`g`didindur. Abubakr Varroq shogirdi. Ul piridin naql qilurkim, ul dedikim, ko`p so`z aytmak ko`ngulni qattig` qilur. Shayx ul-islom dedikim, Abubakr Varroq dedikim, Muhammad Muslim Hasirbof mehmonlig`da erdi, Yusuf Xayyot Tirmiziy bila mezbon bir ishqa mashg`ul erdi. Muhammad Muslim dedi, bot bo`lki, bir ishim bor! Va ul zohidu obid erdi, ko`ngli dardig`a mutaalliq erdi. Yusuf Xayyot dediki, sanga mundin o`zga ish borki, Tengri taolo olingga kelturur va ul niyat bila uyingdin chiqibsenkim, yana ul uyga borg`aysen. Uttuz yildurki, hargiz ul niyat bila uydin chiqmaymenkim, yana uyga borg`aymen. Abubakr Varroq debdurki, Yusuf Xayyotning ul ikki so`zi Muhammad Muslimning yuz yillik ibodatidin yaxshiroq. Va ham Abubakr Varroq debdurki, [ko`pincha ikki rakaat namoz o`qib ketsam, o`zimni o`g`rilik qilgan odamdek uyatli sezardim]1.

          142. Muhammad b. Hasan Javhariy q. s.
          Kuniyati Abubakrdur. Bag`dod ahlidindur. Zunnun Misriyning shogirdi. Shayx Abubakr Vositiy debdur, Muhammad Hasan Javhariy dedikim, birav Zunnundin duo talabi qildi. Zunnun javob berdikim, ey javonmard, agar sanga bir ish Haq taoloning azal taqdirida muqarrar bo`lubdur, baso, qilmag`on duolarki mustajobdur va agar ul bo`lmaydur, suvga tushganga qichqirg`ondin ne sud? Ondin o`zgakim g`arqa bo`lg`ay va bo`g`zig`a suv ko`prak borg`oy.

          143.    Abubakr Kisoyi q. t. s.
          Iroqning Qo`histonidindur. Dinavarda bo`lur ermish. Junayd q. s.ning kibor ashobidin va anga mashhur riyozot va ma`ruf safarlar bor. Junayd debdurki, Abubakr Kisoyi Iroqda bo`lmasa erdi, men Iroqda bo`lmas erdim. Junayddin burunroq dunyodin o`tibdur. Junayddin ming mas`ala bu toifa tariqida savol qilib erdi va Junayd barchasig`a javob bitib erdi. Oning vafoti xabari Junaydqa yetganda dedikim, kosh ul masoyil javobikim, men onga bitib erdim, yusa erdi va hol ulkim, ul dunyodin o`tar chog`da ul qog`azlarni yub erdi. Dedilarkim, chun ul bu ishni qilib o`tdi. Junayd shodmon bo`ldi. Shayx ul-islom debdurki, Junayd ondin qo`rqmas erdikim, ul masoyil avom ilkiga yo podshohi zamon ilkiga tushgay. Ondin Qo`rqar erdikim, so`filar ilkiga tushgay va ondin do`kone yasag`aylar, so`z aytmoqda va qabul tilamoqda. Shayx Abulxayr Asqaloniy debdurky, Abubakr Kisoyi uyusa ko`ksidin Qur`on o`qug`on uni kelur.

          144.    Abu Aliy Juzjoniy q. t. s.
          Ikkinchi tabaqadindur. Oti Hasan b. Alidur. Xuroson mashoyixining buzurglaridindur, o`z zamonida benazir erdi. Va aning tasonifi bor, muomalotda va ru`yat ofotida [ma`rifat va hikmatga oid so`zlarni ko`p aytardi]1. Muhammad b. Aliy Tirmiziy bila va Muhammad Fazli Balxiy bila suhbat tutubdur va alarg`a qarib us-sindur. Ul debdurki, [xalq o`z shubha gumoniga tayanib yo e`tiqod qilib, g`aflat maydonida yugurib yuribdi. Go`yoqi ular haqiqat vodiysidayu yana mukoshafadan so`zlaydilar]2. Va ham ul debdurki, badbaxt uldurki, aning aybini Haq s. t. yashurmish bo`lg`ay va ul oshkor qilg`ay.

          145.    Muhammad va Ahmad b. Abulvard r. t.
          Ikkinchi tabaqadindurlar. Iroq mashoyixiing akobiridin, Junayd aqronidin. Sariy Saqatiy bila va Abulfath Hammol va Horis Muhosibiy bila va Bishr Hofiy bila suhbat tutubdurlar. Va alar tariqi vara`da yaqindur Bishr Hofiyg`a. Muhammadning kuniyati Abulhasandur. Bishr Hofiy shogirdidur. Ul debdurki, bir kun shom namozin tugattim, dag`i oyog`imni uzattim, hotife nido qildikim, [podshoh bilan birga shu zayl o`tirasanmi?]1. Va ham ul debdurki, faqrda faqirning odobidin bir uldurki, dunyo muhabbatig`a giriftorlarg`a sarzanish qilmag`ay va rahmu shafqat qilg`ay va xayr duosi qilg`ay.
          Va Haq s. t. alarg`a xalosliq berg`ay, ishdinkim andadurlar. Va ham ul debdurki, xalqning haloki ikki ishdadur: Farzni zoe` qilib, nofilag`a ishtig`ol qilmoq va javorih bila amal qilmoq, ko`ngul muvofaqatidin boshqa [Valiy haqida so`radilar, aytdi: Allohning do`stlarini do`st, dushmanlarini dushman bil-guvchilardir]2. Va Ahmad b. Abulvard debdurki, chun Tsngri taolo valiyg`a uch ish orturg`ay, ul dag`i uch ish orturg`ay, chun johida orturg`ay, ul tavozu` va furutanlikda orturg`ay, chun molida orturg`ay, ul saxoda orturg`ay, ul umrida orturg`ay, ul ibodat ijtihodida orturg`ay.

          146.    Tohir Maqdisiy r. t.
          Uchunchi tabaqadindur. Shom mashoyixining buzurglaridindur. Zunnun Misriy q. s.ni ko`rub ermish va Yahyo Jallo bila suhbat tutubdur. Derlarki, Zunnun bila Shibliy ani Xayr ush-Shom debdurlar. Tohir Maqdisiy debdurki, Zunnun Misriy manga dedikim, [Allohning zoti haqida idrok qilish johillikdir. Uning ma`rifat haqiqatidan so`zlash hayratdir. Ishorat qiluvchining ishorati shirkdir. Va ham debdurki, asar orifning nurin ko`rsalar, kuygaylar va agar orif xam vujud nurin ko`rsa, kuygay...1. Va ham ul debdurki, [ma`rifatning chegarasi – nafs va uning istak-xohishidan holi bo`lishdir]2.

          147.    Abu Ya`qub Susiy q. s.
          Oti Yusuf b. Hamadondur. Abu Ya`qub Nahrajuriyning ustodidur. Olim va sohibi tasonif ermish. Va Basrada bo`lur ermish. Ul debdurkim, har kim takalluf bila tavhiddin so`z aytsa, shirkdur. Va Shayx Abu Sayd Xarroz q. s. debdurki, [faqat o`z tajribasi va o`z fe`lidan so`zlovchi kishigina bu ilm haqida gapirishi joyizdir]1.

          148.    Abu Ya`qub Nahrajuriy q. s.
          To`rtunchi tabaqadindur. Oti Ishoq b. Muhammad. Mashoyixiing ulamosidandur. Junayd q. s. va Amr b. Usmon Makkiy bila suhbat tutubdur, yillar Makkada mujovir ermish, ham anda uch yuz o`ttizda dunyodin o`tubdur. Ibrohim Fotik debdurki, Abu Ya`qub Nahrajuriy debdurki, [dunyo – dengiz, oxirat –uning sohili. Kemasi – taqvo. Odamlar safar qiluvchilardir]1. Va ham ul debdurki, [odamlar ichida Allohni ko`proq tanuvchi kishi unga hayrati ko`proq bo`lganidir]2. Va xam ul debdurki, [kimki taqlid yo`li bilan tavhidga otsa, u ma`rifat yo`lidan yiroqdir]3.

          149.    Abu Ya`qub Zayyot q. s.
          Junayd. q. s. debdurki, jam`i ashob bila Abu Ya`qub Zayyot eshikin qoqtuk. Dedikim, sizlarga Haq s. t. bila hech mashg`ulluq yo`q erdikim, manga kelmakdin sizni mashg`ul qilg`ay? Men dedimkim, chun sanga qelmak bizga Haq s. t.g`a mashg`ulluqlardindur, aning uchun Tengridin ayruluqqa uzr qo`lmasbiz.

          150.    Ahmad b. Vahab q. s.
          Kuniyati Abu Ja`fardur. Basradindur. Abu Hotam Attor bila suhbat tutubdur va Abu Ya`qub Zayyotning piri va ustodidur. Va Shuniziya masjidida muddate tavakkul bila o`lturdi. Ul debdurki, harkim qut tilamakka qo`pti, faqr oti andin qo`pti. Ikki yuz yetmishda dunyodin o`tubdur.

          151.    Abu Ya`qub Mazobiliy r. t. s.
Bag`doddindur. Junayd q. s. aqronidin. Andin so`rdilarkim, tasavvuf nedur? Dedikim, [tasavvuf bir holdirki, unda insoniylik alomatlari yo`q bo`lib ketadi]1.

          152.    Abu Ya`qub Aqta` q. t. s.
          [Junayd bilan maktublar yozishib turardi]1. Makkada bo`lur erdi, Shayx Abdulloh Xafif q. s. debdurki, Abulhasan Muzayyin dediki, Makkag`a yettim, Shayx Abu Ya`qub naz` holatida erdi. Qoshig`a bordim, manga dedilarkim, agar sanga iltifot qilsa, anga shahodat arza qil! Manga firib berdilarki, man kichik erdim. Oldida o`lturdum va manga boqti. Dedim: [Ey shayx, guvohlik beramizki, bir Allohdan o`zga Alloh yo`q]2. Ul dediki, [mening guvohlik berishimni istaysanmi? Aslo o`lim zavqini totmaydigan zot haqqi, men va uning orasida izzat pardasidan o`zga narsa qolmadi]3. Shayx ul-islom dediki, hijobi izzat aning ulug`i-durki, ul uldur va sen-sen. Abulhasan Muzayyin so`ngra yillar aytur erdikim, meningdek gado Tengrining do`stlaridin biriga Islom arza qilur deb, o`z ishiga nodim erdi. Shayx Abu Abdulloh Hadid debdurki, birav uluhiyatda kuyar erdi. Keldilar va pardai izzat keynidin anga shahodat arza qilurlar erdi. Shayx ul-islom debdur, Shayx Abu Abdulloh Toqiy muhtazar erdi. Birav anga shahodat arza qildi. Ul achchig`lanib dedikim, tek tur, beadabu behurmat qavm kelib, aning do`stlaridin biriga shahodat arza qilurlar. Sen o`zungningkini dekim, men o`zumnikini debmen. [Musulmon holimda jonimni olgin va meni ham solih bandalaring qatoriga qo`shgin]4, dedi va o`tti. Bu toifadan biri o`tgandin so`ngra birav tushta andin so`rdiki, iymon ittingmu? Ul dediki: ul xud mendin butub erdi.

          153.    Abu Ya`qub Ziziy q. s.
          Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Ibni Ziziy bila bir samo`da hozir bo`ldum. Va qavvol bu baytni o`qudikim,

b a yt:

[Agar u o`lukni quchog`iga olsa, tirilar,
               qabrga olib borilmasdi]1.

          Ibni Ziziyning vaqti xush bo`ldi, iliglarin uchasi saridin yerga tiradi va ko`ksin yuqori qilib, ko`zin ko`kka tikdi. Va qavvolg`a der erdikim, aytqil, vallohki, mendin o`zga kishi eshitmaydur. Nogoh bo`yin raglaridin qon ravon bo`ldi, fasd qilg`ondek va yiqildi. Ani ko`tardilar, xirqasini qondin yuvdilar va qon borg`an raglarin bog`ladilar, to muddatdin so`ngra o`ziga keldi.

          154.    Abu Ya`qub Mazkuriy q. s.
          Andin so`rdilarkim, tavakkul nedur? Dedi: ixtiyor tarki. Sahl b. Abdulloh Tustariydin so`rdilar, dedi: tadbir tarki. Bishr Hofiydin so`rdilar, dedi: rizo. Abu Hafs Haddoddin so`rdilar, dedi: musabbibni ko`rmak, Fath Mavsiliydin so`rdilar, dedi: sababdin malol. Shaqiq Balxiydin so`rdilar, dedi: ajzda g`arqi diydor. Shibliydin so`rdilar, dedi: ko`ngul diydorida barcha elni unutmoq.

          155.    Abu Ya`qub Maydoniy q. t. s.
          Nusaybin mashoyixlaridindur. Shibliy Bag`doddin. Misrga borur erdi, halollik tilagalikim, shug`li chog`ida birovning yerig`a ot qo`yg`on eqandur. Ya`qub Maydoniyg`a yo`luqti. Va ul hanuz bu ishka yangi kirib erdi va irodatining avvali erdi. Shibliy iligin aning boshita surtub indurdi va dedi: [Alloh sening kamchiliklaringni to`g`rilasin]1. Abu Ya`qub aytti: omnn! Andin so`ngra Abu Ya`qubg`a yetti, ulcha yetti. Shibliy debdurkim, chun ilig aning boshig`a surtub [Alloh kamchiliklaringni to`g`rilasin]2 dedim, aning a`zosida hech tuk yo`q erdiki, omin demadi.   

          156.    Abo` Ya`qub Xarrot Asqaloniy q. s.
          U debdurki, Abulhusayn Nuriy xizmatig`a yettim va mening bila mihbarayi erdi. Manga dedi: .Ey o`g`ul, tilarsenki, nnma bitigaysen? Dedim, bali! Necha bayt badihada imlo qildi va dedikim, biti! Bitidim. Abyotning hosili ma`nosi bu erdikim, har ne siz bu avroqda isbot qilursiz va bitirsiz, biz alarni mahv qilibbiz. Lojaram siz ul isbot sababidin ulcha maqsuddur, aning idroku fahmidin mahjub bo`ldungiz. Va bizga ul mahv sababidin maqsud idroku fahmining abvobi beintiho va inqito` ochildi. Va bizga, : bu mav`izat boisi sizning nekxohligingizdur. Necha ko`rgaybizki, siz avroqqa nima bitigaysiz va o`zunguzni bu jihatdin ulcha maqsuddur, andin mahjub qilg`aysiz.

          157.    Abu Ya`qub Kuratiy q. t. s.
          Shayx ul-nslom debdur, men ani ko`rubmen. Ro`shan piri erdi, sohibi vaqtu karomot. Abu Mu`ammar Molikiy debdurki, bir kun ul o`tar erdi. Jamoati mashg`ullar o`lturub erdilar. Alarga o`qudikim, [ularni bir deb hisoblaysiz dillari xilma-xildir]1 va o`tti,.

          158.    Xayr Nassoj q. t. s.
          Kuniyati Abulhasandur va oti Muhammad Ismoil, Asli Somarradindur va Bag`dodda sokin erdi. Abu Hamza Bag`dodiy bila suhbat tutub erdi va Sariy. Saqatiydin savollar qilib erdi. Va debdurlarki, Sariyning muridi erdi va Junayd aqronidindur ikkinchi tabaqadin. Va Nuriy va Ibni Ato va Jaririyning ustodidur. Va Ibrohim Xavvos va Shibliy aning majlisida tavba qildilar. Shibliyni Junaydg`a yibordi, Junaydning hurmati hifzi uchun. Va Junayd ,q s. debdurki, [yaxshilarimiz yaxshisi]1. Umri yuz yigirmag`a yetti. Uch yuz yigirma ikkida olamdin o`tti. Bu xoyfaning sodoti va azim ulug`laridindur. Andoqqi, zikrida ma`lum bo`ldi.

          159.    Mahfuz b. Mahmud r. t.
          Ikkinchi tabaqadindur va uchunchidin ham debdurlar. Nishobur mashoyixining akobiridindur. Abu Hafs ashobidin. Va andin so`ngra Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutubdur. Va uch yuz uch, yo to`rtda dunyodin o`tubdur. Va qabri ustodi Abu Hafs yonidadur. Ul debdo`rki, [tavakkul – bandaning o`z rizqini qizg`onchsiz. va tama`siz yemog`idir]1. Va ham aning so`zidurkim [kimki hidoyat yo`liga qadam qo`ymoqchi bo`lsa, faqat muxolif ishlarda emas, muvofiq ishlarda ham nafsini qusurli deb bilib, malomat qilsin]2.

          160.    Mahfuz b. Muhaimad q. s.
          Bag`dodlig`dur, tasavvuf tariqi soliklaridindur. Aning so`zidurkim, [kimning ko`ziga faqat o`z yaxshiliklari ko`rinsa, u odamlar nafratiga duchor bo`ladi. Agar yomonliklari ko`rinsa, odamlar nafratidan emin bo`ladi]1. Va ham ul debdurkim, [odamlarning yaxshirog`i qalbi sog`lom va musulmonlarga xayrixoh bo`lganidir]2.   

          161.    Ibrohim Xavvos r. t. r.
          Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoqdur. Tajarrud va tavakkul tariqida yagona ermish. [Uz davrida yagona mashoyixlardan edi]1. Ja`far Xuldiy va Ulug` Shirvoniyning ustodidur. Bag`dodlik ermish va otasi Omildin ermish. Junayd va Nuriy aqronidindur va ikki yuz to`qson birda dunyodin o`tibdur va Yusuf Husayn ani yub, dafn qildi. Ich og`rig`i bila o`tti. Masjidda har majliski, taqozo bo`lur erdi, g`usl qilur erdi. Ul kunki o`tti, sovug` erdi. Yetmish qatla ijobat qilib. erdi. va har qatla g`usl qilib erdi. So`nggi qatla g`usl qilurda, suv ichida olamdin o`tdi. Va qabri Tabruk hisorining tubidadur. Shayx ul-islom debdurki, oning qabridek shukuhlik qabr hargiz ko`rmaydurmen. Ustiga yetsang anga o`xsharki, bir sher yotmish bo`lg`ay. Shayx Abubakr Kattoniy debdurki, bkr qatla Ibrohim Xavvos safardin yetti. Ondin so`rduyki, yo`lda hech ajab nima ko`rdungmu? Dediki, Xizr a. s. manga yetti va dediki, senga hamroh bo`laymu? Dedim: yo`q! Dedi: Nevchun? Dedim: Ul rashkindur, tergar; qo`rqormenki, ko`nglum senga ulfat tutmag`ay. Shayx ul-islom debdurki, Shayx Haraqoniy so`z asnosidakim, menga aytur erdi. Ayttiki, agar Xizr bila suhbat tutsang, tavba qil va agar bir kecha Hiriydin Makkaga borsang, ondin ham tavba qil!
          Ibrohim Xavvos debdurki, ranj tortma ul nima talabidaki, azalda sanga qismat bo`lubdur va ul rizqdur.
          Va zoe` qilma onikim, kifoyatin sendin tilabdurlar va ul amr va nahyning inqiyodidur.
          Abulhasan Alaviy debdurki, qish kuni Dinavar masjidida Ibrohim Xavvosni ko`rdumki, qor ichida yalang o`lturubdur. Dedim: Yo Abo Ishoq, kelkim kiygulukka kirolikim, anga shafqat qildim. Ayttikim, men majusliqqa tilarsen. Ya`ni tajarruddin sababqa. Andin so`ngra ilkimni tutub, o`z tanig`a surtdi. Terga garq erdi va andoq issig`ki, yaqin erdikim, ilikim kuygay, dog`i kulib, bu ikki baytin o`qudikim,

she`r:

[Allohga muhabbat izhor qilasanda, unga osiylik ham qilasan.
Va yana muhabbatdan lof urasan. Sening bu ishing qiziq.
Agar sen muhabbatda sodpq bo`lsang, Allohga itoat qil!
Chunki albatta muhib mahbubnga itoatkor bo`ladi]2.

          162.    Ibrohim b. Iso q. s.
          Isfahondin erdi va Ma`ruf Karxiy bila suhbat tutub erdi. Ibrohim Xavvos q. s. debdurki, Bag`dodda erdim va Dajla qirog`ida vuzu` qiladur erdim, birovni ko`rdumki, suvning ul qirog`idin ayoq qo`ydi va suv yuzida yurub, bu sari kelur erdi. Yuz yerga qo`yub dedimkim, sening izzat va jaloling haqqikim, yuz ko`tarmayin, to bu kinshnn bilmaguncha. Yuzum yerda erdikim, birov kelib, meni ayog`i bila tebratti. Boqdim, ersa Ibrohim b. Iso erdi. Dedi: har qachon tilasangki Tengrining avliyosidin birini tanig`aysen, shuni o`qig`ilkim, [avval ham, oxir ham, zohir ham, botin ham utshg o`zidur. Ubarcha narsani bilguvchidir]1. Ikki yuz qirq yettida olamdin Isfahonda o`tdi.

          163.    Ibrohim Sobit q. t. s.
          Kuniyati Abu Ishoqdur. Bag`dod mashoyixidindur. Juvayd q.s. bila suhbat tutubdur. Shayx Abu Abdurahmon Sulamiy debdurki, onga dedim: meni bir duo qil! Dediki, ixtiyoring ongaki, azaldin, senga qismat bo`lubdur, muorazadin yaxshiroq. So`ngra dedim: menga vasiyat qil! Dedi: Bir ish qilmaki, ondin pushaymon bo`lg`aysen. Ul uch yuz yetmish to`qquzda dunyodin o`tubdur.

          164. Abu Muhammad Juririy q. t. r.
          Uchunchi tabaqadindur. Ahmad b. Muhammad b. Husayn va Husayn b. Muhammad ham va Abdulloh b. Yahyo ham debdurlar. Junayd q. s. kibor ashobidin erdi. Andoqki, Junayddin so`ngra ani Junayd o`rnig`a o`l-turttilar buzurgligidin. Qavmning ulamoyu mashoyihidin erdi. Sahl b. Abdulloh Tustariy bila suhbat tutub erdi. Habir yilida Qaromita urushida suvsizlikdin halok bo`ldi, uch yuz yigirma uch yo to`rtda. Ul debdurki, [tasavvuf jangdir, sulh emas]1. Abu Muhammad Juririyg`a darveshe dedikim, uns bisotidin erdim, manga bir bast eshiki ochdilar, o`z maqomimdin toyildim va andin mahjub bo`ldum. Iturganimga ne nav` yo`l toparimg`a dalolat qil! Abu Muhammad yig`ladi va dedikim, ey qarindosh, barcha bu dardg`a giriftordurlar va bu dog`qa mubtalo. Ammo sanga bir necha bayt o`qiy.

Sh ye` r:

[Maqom, zavq, vajd, bast va lazzat diyorida to`xtaginki, mahbublarning asmo va sifatlaridan nishonadir.
U muhiblar va oshiqlarda hasrat va shavq uyg`otib, yig`latadi. Unda ko`p to`xtadim.
Hozir ham sodiq yo mushfiq, kim bo`lishidan qat`iy nazar u manzildan xabar berishlari va hikoya qilishlarini so`rayman.
Meni u makrmning muhibi deb biluvchi xabar berdi: sen sevgan u narsalardan ayrilding. Endi senga ulug` mulo-qot – visol bor]2.

          165. Olim b. Sa`d r. r.
          Bag`doddin erdi. Va Abu Muhammad Juririy bila suhbat tutub erdi va vara`vu mujohadada komil erdi. Aning vafotidii so`ngra ani tush ko`rub so`rdilarki, Tengri sanga ne qildi? Dedi: manga rahmat qildi va behishtqa kivurdi. So`rdilarki, ul muomalatlar uchun? Dedikim, agar ul muomalatlarg`a boqsam erdi, ham anda qolib erdim.

          166. G`aylon Samarqandiy q. t.s,
          Mashoyixiing kiboridindur. Junayd q. s. bila suhbat tutubdur. Va maorifda sohibi taqallum erdi. Ul debdurki, orif Tengridan Tengrig`a boqar va olim dalildin. Va sohibi vajd dalildin mustag`niydurur.

          167. G`aylon Muvasvis r. t. r.
          Ani G`ayloni Majnun ham derlar erdi. Iroq mashoyixiing mutaqaddimlaridindur. Xarobalarda bo`lur erdi va elga omizishi yo`q erdi. Va eldin nima qabul qilmas erdi. Va el ko`rmas erdiki, ul ne yer. Muhammad b. Samin dediki, G`aylonni Kufaning harobalarida ko`rdum. So`rdumki, banda g`aflat xataridin qachon qutulur? Dedikim, ul vaqtiki, anga har ne buyurubdurlar, anga mashg`ul bo`lsa va andinki nahy qilibdurlar, g`ofil va o`z nafsi hisobida oqil.

          168. Abulabbos Ibn Ato q. t. r.
          Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Muhammad b. Sahl b. Ato Odamiy. Bag`dodlikdur. Mashoyixiing ulamosidin va so`fiya zurafosidindur. Fasih til. bila yaxshi so`zlari bor va Qur`ong`a ahli ishorat tili bilan tafsir bitibdur. Ibrohim Moristoniyning sho-girdidur va Junaydning yoronlaridindur. Va Shayx Abu Said Xarroz ani ulug` tutar erdi. Va Shayx so`zidurki, (tasavvuf xulqdir, inobat emas. Tasavvuf ahlidan Junayddan va ibn Atodan boshqasini ko`rmadim]1. Va Ibn Ato Husayn Mansur Halloj jihatidin maqtul bo`ldi, Zulqa`da oyi uch yuz to`qsonda. [Ibn Atodan so`radilar, toatlarning afzali qaysidir? Aytdi: Har doim Haq Taoloni mulohaza qilmoq]2. Va ul debdurki, bu oyat tafsiridakim, [u meni o`ldirur, so`ngra tirilturur, ya`ni mendan o`ldiradi, o`zi bilan tiriltiradi]3. Va ham ul debdurkim, bu oyat tafsirida [albatta, «Parvardigorimiz Allohdir» deb, so`ngra «ustuvor bo`lgak zotlar...», Ibn Ato bu oyatdagi «ustuvor turishlikni» qalbni yolg`iz Allohga bog`lash, deb izohlaydi]4.
          Va u ham ul debdurkim, [adab –do`st tutilgan narsalar (yaxshiliklar). bilan to`xtashdir. Buning ma`nosn nima?–deb so`raganlarida, aytdi: Allohga pinhon va oshkor adab bilan muomala qilsang, ajamiy bo`lsang ham adabli hisoblanasan.

She`r:

So`zlasa, so`zining bari ma`noli
Va gar sukut qilsa, bari malohat]5.

          Shayx ul-islom debdurki, adab uldurki, Haq s. t.g`a ibodat qilurda suv va tufroq va nafs ruunatidin qo`pqaysen va demagaysenkim, men va kirdorim, degaysenki, ul va tavfiqu iyoyati.   

          169.    Abu Solih Muzayyin q. t. s
          O`z ro`zgornning akobiridin erdi. Ibn Ato bilasu suhbat tutub erdi. Sohibi xilvat erdi, Sahl b. Abdulloh Tustariy debdurki, manga orzu erdikim, Abu Solih bila suhbat tutqaymen. Bir qatla Haramda ani ko`rdum va ul orzuni zohir qildim. Dedikim, zy Sahl, tongla Abu Solih o`lsa, kim bila suhbat tutqungdur? Dedim: bilmon. Dedi: holo hamul sog`inki, ul o`lubdur va ko`zumdin nopaydo bo`ldi.

          170.    Abulabbos Arziziy q. s.
          Shayx ul-islom debdurki, ul dediki, Abulhasan Abbodoniy dedikim, men va bir darvesh Basrag`a kirduk. Olti kun taom topmaduk yeguli. Yettinchi kun birav kelib, har birimizga bir diram berdi. Biriga taom yeb, birini mallohga berdukkim, bizni kemaga kivurdi. Kemada ko`rar erdukkim, darveshe boshin xir qasig`a chirmabdur va hech kim bila so`zlashmas. Anga dedukki, biz sening yoronlaringbiz, bizing bila so`zlash va har nima keraklik bo`lsa, bizga buyur: Dedikim, tongla namozi peshin men bu dunyodin borurmen Siz mallohqa iltimos qilingki, kemani qiroqqa tortsun. Sohilda beshae bo`lg`usidur. Bir ulug`roq yig`och tubida mening takfinu tajhizim tayyor bo`lg`usidur, meny anda dafi qiling va bu muraqqa`imni zoe` kilmang: Hillaga yetkanda bir latif va zarif yigit 6u muraqqa`ni sizdin tilagusidur, anga bering: Yana bir ko`p namozi peshinni guzarladi va boshini muraqqa`g`a tortti. Chun tahqiq qilduq, o`tub erdi. Malloh kemani sohilg`a tortqach, ul aytqondek, besha orasida ulug`roq yig`och tubida qazilg`on go`r va barcha asbob tayyor erdi. Ani dafi qilib, muraqqa`ni olib, Hillag`a mutavajjih bo`lduk. Ham ul aytqondek, zebo yigit o`tru kelib, ul amonatni tiladi. Anga topshurib dedukki, albatta bizga aytki, ul kim edi va sen kimsen? Dedi: ul bir darvesh edi. O`tar chog`da bu vadiatni topshirg`ali kishi tiladi, mani anga ko`rguzdilar. Bular tahqiq qilg`andin so`ngra andak ma`lum qildilarkim, ul yigit Hillaning raisining o`g`li ekandur. Otasig`a ul hol ma`lum bo`lg`ach, shukrlar qilib, ayttikim, bihamdillahki, mening sulbumdin andoq kishi vujudg`a keldi. Shayx ul-islom debdurki, xaloyiq orasida tirik o`lukdin meros olur, g`ayri bu toifakim, o`luk tirikdin meros olur. Va ham dedikim, hech kishi valoyat pirlaridin biri bila suhbat tutmagaykim, ul o`tgandin, so`ngra aning holotu valoyatidin munga meros tegmagay.

          171. Abulabbos Dinavariy q. s.
          Beshinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammaddur. Yusuf b. Husayn va Abdulloh Xarroz va Juririy va Ibn Ato bila suhbat tutubdur va Ruvaym Bag`dodiyni ko`rubdur. Nishoburg`a keldi va muddate anda bo`lub, elga mav`izat qildi, ma`rifat tili bila xo`broq bayon bila. Va Nishoburdin Tirmizg`a bordi. Va Xoja Muhammad Hamid–Abubakr Varroqning shogirdi anga o`tru kelib, rikobin o`pti. Muridlarig`a noxush kelib, andin jihatni so`rdnlar. Ul dedi: eshitibmenkim, mening Xudovandimni yaxshi sitoyish qilur. Va Samarqandg`a borib, uch yuz qirqda olamdin o`tti. Andin so`rdilarki, Tengrini ne bila taniding? Dediki, muning bilaki, tanimadim, ya`ni ajzga e`tirof bila. Ul debdurki, [zikrning eng ozi Haqdan o`zgasini unitish. Zikrning nihoyasi –vokirning zikr ichida zikrdan g`oyib bo`lishidir. Ma`shuqiga g`arq bo`lish zokiryai zikr maqomig`a qaytishdan qantarsa, «fano filfano holidir]1.

          172.    Abulabbos Ahmad b. Yahyo Sheroziy. q. s.
          Shayx Abu Abdulloh Hotifning ustodidur. Shayx debdurki, aningdek muhaqqiqe vajdda ko`rmadim. Junayd va Ruvaym va Sahl Abdullohni ko`rub erdi. Shayx Abu Abdulloh dedikim, bir kecha Shayx Ahmad Yahyo bila erduk va majlisda bir kichik yoshlig` bor erdiki, uyqu vaqti uyiga bormoq kerak erdi. Va qish erdi va azim o`t yoqib erdilar. Va Shayx Ahmad Yahyoning vaqti samo`da xush bo`lub erdi. Ba`zi ashob dedilar, kim bo`lg`anki bu yigitkinani uyiga yetkurgay? Hech kim javob bermadi. Shayx Ahmad ul o`tdin ikki ulug` cho`g`ni o`z ovuchiga qo`ydi va yengini anga yopib, ul shaxsqa aytti, qo`p! Va ilayiga ul yorug`lug`ni tutub, ani uyiga yetkurdi. Va biz ul chug`ning yorug`lug`in aning to`ni ustidin ko`radur erduk. Chun ul kishi uyiga kirdi, Shayx ul cho`g`larni iligidin tashladi, ko`mur bo`lub erdilar. Andin so`ng masjidqa kirdi va namoz qilur erdi, to sahar namozi ayttilar.

          173.    Abulabbos Bovardiy q. r.
          Ul buzurg erdi va Shiblnyni ko`rub erdi. Va Nishoburda erdi va Shayx Abu Bakr Timistoniy dag`i Nishoburda erdi. Debdurlarki, Shibliy sohibi hol ermish, tavhid jonibidin hol jonibi qaviyroq ermish, Shayx ul-islom debdurki, ushmundoq erkandurki, alar debdurlar.

          174.    Abulabbos Bardu`iy q. t. r.
          Oti Ahmad b. Muhammad b. Xorun Berdu`iy Sufiydur. Shayx Abu Bakr Tohir Abhariydin va Shayx Murta`ishdin so`zlari bor. O`l debdurki, Murta`ish dedikim, har kimki diydori sanga manfaat yetkurmagan, ul sanga naf` yetkurmagay. Va ham ul debdurki, Abu Bakr Tohir Abharin dedikim, [sukut saqlagan za sukutining «qubatidin ho`rqqan kishigina gapirishi mumkin]1 .

175. Abulabbos Sayyoriy q. s.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Qosim Ibn Qosim Mahdiydur. Marv ahlidindur. Shayx Abubakr Vositiyning shogirdidur. Olim va faqih va muhaddis ermish. Anga otadin ko`p meros qolibdur. Barisin berib Hazrat Risolat s. a. v. ning muborak gisusidin ikki torni sotqun olibdur. Va Haq s. t. anyng barakotidin anga tavba tavfiqi berdi. Va Abubakr Vositiy suhbatig`a yetti. Va ul daraja hosil qildikim, ani bir sinf tasavvuf ahlining imomi derlarki, alar Sayyoriyag`a mashhurdurlar. Va olamdin o`tarda vasiyat qildikim, ul ikki torni aning og`ziga qo`ydilar. Va qabri Marvdadyr. Uch yuz qirq ikkida o`tubdur. Ul debdurki, [tavhid – qalbingda Allohdan o`zganing yodi bo`lmasligidir]1. Va ham debdurki, Abubakr Vositing`a o`tar chog`da dedilarki, vasiyat qil! Ul dediki, [Alloh sizlardan talab qilganini yodda tuting]2.

          176.    Abdulvohid b. Ali Sayyoriy q. s.
          Abulabbos Sayyoriyning xoharzodasidur va shogirdi. Ham ul Marvda saroyin bu toifag`a vaqf qildi. Va sabab ul ermishki, anda bu jamoat samo` qilurda biri havolanib, andoq murtafi` bo`lubdurkim, ko`zlardin g`oyib bo`lubdur, andoqki, yana paydo bo`lmaydur. Ul deb-durki, tag`onimdin eshittimki, dedi: agar ravo bo`lsa erdikim, namozda Qur`on o`rnida bayt o`quoalar erdi, bu bayt bo`lg`usi erdikim,

   B a y t:

[Men bu mahol dunyodan bir hur kishining diydorini ko`rmoq istayman]1.

          177.    Abulabbos Suhravardiy q. s.
          Oti Ahmaddur. Makkada bo`lur erdi, vaqt mashoyixi bila, Sirvoniydek va g`ayruhu bila. Ul debdurki, azxo iydida Minoda erdim. Jamoate o`lturub erdilar va Shayx Shirvoniy orada erdi. Qavvol chun bir bayt o`qudi, shayx yig`lab qo`pti va ketti. Qavm dedilarki, ne voqe` bo`ldi. Magar ul samo`g`a munkirdur? Shayx Abulhasan Sarakiy hozir erdi. Dediki, Tengriga ahd qildimki, agar ul samo`g`a munkir bo`lsa, men yana samo` majlisida o`lturmag`ayman. Shayx Abulabbos Suhravardin dedikim, men ham senga muttafiqmen. Tonglasi bu ikki shayx jamoat mashoyixi bila shayx Sirvonin salomig`a bordilar va tiladilarki, mazkur bo`lgan ishtnn tafahhus qilg`aylar: Shayx Sirvoniy dedikim, men ro`zgoriki qum ustiga yotur erdim. Qo`lumiy boshimga yostar erdim va tosh ozurda qilg`on nishonlar yonimda zohir erdi. Samo` majlisida o`lturur erdim. Holo, yumshoq farsh ustida o`lturubmen va siz aytqon dastur bila kuygan va o`rtangan, manga samo` majlisida sizing bila o`lturmoq halol ermas.

          178. Abulabbos Nihovandiy q. t. s.
          Shayx ul-islom ani oltinchi tabaqadin bitibdur. Oti Ahmad b. Muhammad b. Fazldur. Ja`far Xuldiyning shogirdidur. Shayx Abulabbos Shayx Amug`a Amu ot qo`ng`andur. Va Shayx Amuni solor debdurlar. Shayx ul-islom debdurki, Abbos Faqir Hiraviy manga dedikim har kishi bu ilmdin so`z desakim, aning hujjati Haq s. t. bo`lmasa, Haq taolo aning xasmidur. Shayx ul-islom debdurki, Nihovandiy dedikim, alarki hilshat ahlidurlar, agar so`l iliglari alarni andin mashg`ul qilsa, o`ng iliglari bila ul so`l iligin kesarlar. Nihovandiy debdurki, avvalki, manga bu ish dardi paydo bo`ldi, o`n ikki yil boshimni yoqamqa so`qtumki, ko`nglumning bir go`shasin manga ko`rguzdilar. Va ham Nihovandin debdurki, Tengri taolo bila ko`p o`lturung va xalq bila oz. Bir tarso eshittikim musulmonlar orasida farosat ahli bo`lur. Bu toifa libosi bila Shayx Abulabbos Qassob q. s. xonaqohnga bordi. Shayx ani ko`rgach dedikim, begonalarg`a oshnolar orasida ne ish? Ul tarso xijolat bila chiqib, Shayx Abulabbos Nihovandi?! xonaqahig`a bordi. Nihovandiy ani ta`zim qildi va uch on Shayxning xonaqohida darveshlar bila namoz qilib, suhbat tutar erdi. Uch oydin so`ngra borurg`a azimat qildi. Shayx dedikim, uch oylik tuz, o`tmak, suhbat haqqidin so`ngra begona kelmak va begona ketmak nechuk bo`lg`ay? Tarso ojiz bo`lub, musulmon bo`ldi va Shayx qadajidin ketmadi. Va andoq muomala qildikim, Shayxdin so`ngra xonaqah ahli muridlar ani Shayx o`rnig`a o`lturttilar.

          179.    Axiy Faraj Zanjoniy q. t. s.
          Shayx Abulabbos Nihovandiyning murididur. Chahorshanba kuni rajab oyining boshida to`rt yuz ellik yettida dunyodin o`tubdur. Qabri Zanjondadur. Derlarki, shayxning bir mushuki bor ermish. Xonaqohg`a mehmoneki kelur ermish, har kishi adadi bila bir un qilur ermish. (Xodim ul un adadi bila muvofiq ayoq bila suv qazong`a solur ermish, takalluf qilmas ermish.
          Bir kun mehmonlardin bir kishi ortuq kelibdur va bir ayoq osh o`ksuk. Darveshlar taajjubda ermishlarkim, ul mushuk kelib, ul musofirlarni birin-birin islab, birining ustiga bavl qilibdur. Tahqiq qilibdurlar. Ul kishi dindin begona ermish.
          Bir kun xonaqah qozonida sut solib qo`yg`an ermishlarkim, shirbirinch pishurgaylar. Mo`ridin bir qora yilon sutga tushib o`lubdur va ul mushuk ko`rubdur va kishi ko`rmavdur. Xodimki shirbirinch pishurgali mashg`ul bo`lubdur, ul mushuk qazon tegrasida qichqirib, iztirob qilur ermish. Tabbox har necha olib tashlar ermish, ul ko`prak iztirob qilur ermish. Tabbox chun mutanabbih bo`lmandur. Uzin qazong`a tashlabdur va o`lturubdur. Xodim sutni to`karda ko`rubdurki, yilon tushgan ekandur va oning iztirobig`a sabab ul erkondur, Shayx debdurki, chun ul o`zin darveshlarga fido qildi darveshlar oning uchun qabr yasab, xonaqah ichida dafi qilibdurlar. Derlarki, holo ham ul qabr zohirdur Xaloyih ziyorat qilurlar.

          180.    Abulabbos Nisoyi q. t. r.
          Oti Ahmad b. Muhammad Zikriyodur. Asli Nisodindur. Ammo Misrda sokin erdi. Shayx Abbos Faqir Hiraviy ani Misrda va Shayx Amuni Makkada ko`rib erdi. Abbos debdurki, doim aning eshigida otlar va taraddud qilur elning ulog`lari bo`lur erdi. Bir kun mani tashqari yubordiki, ulog`larni asrag`aymen. O`z-o`zumga dedimkim, yaxshi ish paydo qildim. Xurosondin Misrg`a keldimkim, elning ulog`larin asrag`aymen. Mening xud anda farog`atim bor erdi. Hamul soat birov chiqib dediki, shayx seni tilaydur. Kirgoch dedikim, Hiraviy hanuz go`rga kirmaydursen, bot bo`lg`ayki, to`rda o`lturg`aysen v eshigingda ulog`lar bo`lg`ay va alarni asramoqqa senga kishi kerak bo`lg`ay. Shayx ul-islom dediki, ish andoq erdiki, ul shayx deb erdi. Doim oning eshigida arz qilur elning ulog`lari bo`lur erdi.

          181.    Abulabbos Surayj q. t. s.
          Oti Ahmad b. Imron b. Surayjdur. Uch yuz beshda; dunyodin o`tti. Ani kichik Shofe`iy derlar erdi, goyat ulug`lig`idin. Bag`dodda bo`lo`r erdi va Junayd bila suhbat tutub erdi furu` va usulda. Vaqteki so`z aytsa-erdi, majlis ahlig`a aning kalomidin taassub bo`lur erdi. Ul bu holni der erdikim, Abulqosim Junayd h. s. suhbati barakotidindur. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, andin burunki, Shayx Abulabbos Suranj Sherozg`a kelgay, ilm ashobi Sufiyani juhhol xayol qilurlar erdi. Ulkim, Sherozg`a keldi va alarning marta bayu maqomin bayon qildi va alar tili bila so`z aytti va alarning fazlig`a guvohlig` berdi va borlar ulamo majlisida dedikim, «valloh, biz odame bo`lmaduq va adab o`rganmaduk, to alar suhbatig`a yetmaduk». Andin so`ng ulamo alarni tanidilar va ulug` tuttilar.

          182.    Abulabbos Hamza b. Muhammad q. s.
          Hirot mashoyixining mutaqaddimlaridindur. Vara`da komil va mustajobud da`va erdi va azim saxovati bor erdi. Imom Ahmad HanbAliing rafiqi erdi. Oning mazhabin Hirotg`a ul kelturdi va Ibrohim Sitanbah bila suhbat tutub erdi. Ul debdurki, har kishinikim, mashoyix va avliyo suhbati pokiza qilmag`ay, hech pand. bila pokiza bo`lmag`an. Ikki yuz qirq birda dunyodin o`tdi.

          183.    Husayn b. Mansur Halloj q. s.
          Uchunchi tabaqadindur. Kuniyati Abulg`atys. Forsning Bayzosidindur. Avval Halloj emas erdi. Bir halloj do`konida erdikim, oning do`sti erdi. Oni bir ishga yibordi. Ko`ngliga o`ttiki, onyng ro`zgorin zoyo` qildim. Barmog`i bila ishorat qildi. Momug` chigitdin ayrildi. Onga bu jihatdin Halloj ot qo`ydilar. Vosit va Iroqda bo`lur erdi va Junayd va Nuriy bila suhbat tutubdur. Abu Amr Usmon Makkiyning shogirdydur. Mashoyix oning ishida muxtalifdurlar. Ko`pragi oni rad qilibdurlar necha tandin boshqa. Shayx Abulabbos Ato va Shayx Shibliy va Shayx Abu Abdulloh Xafif va Shayx Abulqosim Nasrobodiy bila Shayx Abulabbos Surayjkim, aning qatlig`a rizo bermadilar va fatvo bitmadilarkim va dedilarkim, biz bilmasmizkim, ul ne deydurur va «Kashf ul-mahjub» kitobida barcha mutaaxxir mashoyix oni qabul qilibdurlar va ba`zi mutaqaddim mashoyixiing hajri dog`i dinida ta`n uchun emaskim, muomalot mahjuri asl mahjuri emas. Mutaaxxirlardin Sultoni tariqat Shayx Abusayid Abulxamr q. s. debdurki, ul ulug` holdadur va oning zamonida mashriqdin mag`ribg`acha oningdek yo`q erdi. Shayx ul-islom q. t. debdurki, men oni begonmasmen. Mashoyix muvofaqatig`a va shar`u ilm rioyatig`a va rad qilmasmen. Siz dog`i mundoq qiling va oni mavquf qo`yung va ul kishinikim, oni qabul qilg`an, ko`prak sevarman ondinki, ani rad qilg`ay. Shayx Abu Abdulloh Xafif ani «imomi rabboniy» debdur, Shayx ul-islom debdurki, ul imomdur, ammo barcha elga dedi va zuafog`a haml qildi va shar` rioyati qilmady. Ulcha anga voqe bo`ldi, sabab bu erdi. Oncha da`vo bila bir kecha-kunduzda ming rak`at namoz qilur erdi. Ul. kechakim, kunduzi maqtul bo`ldi, besh yuz rak`at namoz qilib erdi. Shayx ul-islom debdurki, oni ilxom mas`alasida o`lturdilar va anga javr edi. Va dedilarki, ulcha ul deydur, pang`ambarliqdur va andoq emas erdi. Shayx Shibliy debdurlar; ulcha ul dedi, men ham deyirman. Ammo meni telbalik qutqardi va oni aql giriftor qildi. Ul bir kun Junaydning eshigin qoqti. Junayd so`rdiki, kimsan? Dediki, Xaq! Junayd dedi Haq emassen, ammo haq bilasen! qaysi dor yog`ochini saning bila bog`lag`oylar.
          Ustod Abu Amr b. Usmon Makkiy juzve tasiif qylib erdi tavhidda, bu toifaning ilmida. Va so`z daqiq erdi va yoshurur erdi. Ul yoshurun olib, oni oshkoro qildi va so`zning diqqati jihatidin el fahm qilmay anga munkir bo`ldilar va mahjur qildilar. Ul Hallojni qarg`adikim, «ilohi birovni onga guzorlakim, ilik oyog`in kesgay va ko`zin o`yg`ay va dorg`a tortqan». Va barcha anga voqe` bo`ldi, ustodi duosi bila.

          184.    Abdulmalik Iskof q. s.
          Shayx ul-islom debdurki, Abdulmalik Iskof Haldojning shogirdi erdi va umri yuz yigirmaga yetdi va Balxda Sharif Hamzani Uqayliy bila bo`lur erdi va mening otam va piri Forsiy va Abulhasan Tabariy va Abulqosim Hannona barcha, Sharif Hamzai Uqayliyning yoronlari erdilar. Va Sharif maning otamni barchadin ulug`roq tutar erdi. Otam ayttikim, Abdulmalik ayttikim, bir kun Hallojdin so`rdumki, ey shayx, orif kimdur? Ul ayttikim, orif uldurki, uch yuz to`qqizda, zulqa`da oyining yigirma to`rtida seshanba kuni oni Bag`dodda Bobu toqqa eltgaylar va ayog`ilgin kesgaylar va ko`zin o`yg`oylar va sarnigun dordin osqaylar va tanin kuydurgoylar va kulin ko`kka sovurg`aylar. Men mulohaza qilub erdim, hamul tarixda ul deganlarni barchasin anga qildilar. Haykal otlig` shogirdin ham oning bila o`lturdilar.

          185.    Ibrohim b. Fotik va Ahmad b. Fotik q. s.
          Kuniyati Abulfotikdur, bag`dodlig`dur. Junayd va Nuriy q. s. bila suhbat tutubdur. [Junayd uni hurmat qilardi]1. Ul ham Hallojning shogirdidur. Ul debdurki, ul kunki Shayxqa ul hol voqe` bo`ldi, oqshom Haq s. t. ni tushda ko`rdum. Dedim: Bor Xudoyo, ne erdikim, bandang Husayn Mansurg`a qilding? Javob keldikim, o`z sirimni anga oshkor qildim, elga yoydi va anga atoyi berdim, tug`yon qildi va elni o`ziga tiladi. Shayx ul-islom debdurki, ul qatl Hallojga naqshdur, yo`qki ka-romat. Agar ul tamom bo`lsa erdi, anga ul tushmas erdi. So`zni ahliga aytmak kerak, to aning sirri fosh bo`lmag`ay, chun so`zni noahlg`a aytsang, anga haml qilmish bo`lg`aysan. Va sanga gazandu uqubat yetkay. Shayx Man-sur Hallojning karomatu maqomati andin ko`prakdurki, bu muxtasarg`a siqqay bir ikki. so`z bila ixtisor qililur. Biravning bir to`tisi bor erdi, o`ldi va egasining xotini malul bo`ldi. Shayx ani ko`rub dedikim, tilarsen to`ting tirilgay? Dsdi: har oyina nechuk tilamaganmen? Shayx barmog` bila ishorat qildi, qo`bti tirik. Shayxdin so`rdilarki: tavhid nedur? Dedikim, [qadim bo`lgan zotni hodisdam farq qilish]2. Shayx o`l-islom debdurki, sufiylar tavhidi bilursenki, nedur? [Yangi paydo bo`lgan narsani (hodisni) inkor qilib, azaliy narsani isbot etmoq]3.

          186. Foris b. Iso Bag`dodiy q. s.
          Kuniyati Abulqosnmdur. Husayin Mansur Hallojning xulafosidindur. [Foris Bag`dodiy r. mashoyix qavmining so`zlovchilaridan, ma`rifat iboralarining nozikfahmi edi. Sufiylar ahvoli va haqiqatga ishora qiluvchi yaxshi so`zlari bor]1. Xurosonga keldi va o`tub Samarqandg`a bordi va anda iqomat qildi dunyodin borg`uncha. Va Shayx alam ul-Hudo Abu Mansur Moturidiy q. s. muosiri erdi va Shayx Abu Mansur uch yuz beshda dunyodin o`tti. Va Shayx Foris, Shayx Abulqosim Hakim Samarqandiyg`a dag`i muosir. Shayx Abu Mansur va Shayx Abulqosim bir-biri bila musohib ermishlar va murofaqat tariqining dodin bermishlar, to ajal firoq zahri alarning sharbat hayotig`a qotti va muvosalatlari orasig`a tafriqa toshin otti. Shayx Foris ul zamon mashoyixining maqbuli ermish. Mazkur bo`lg`an mashoyix aning tasqihi holi qilib so`zlarin o`z musannafotlarida mazkur qilibdurlar. Shayx Orif Abu-bakr b. Ishoq Kalobodiy Buxoriy o`z kutubida bevosita andin so`zlar rivoyat qilibdur. Va Shayx Abu Abdurahmon Sulamiy va Imom Qushayriy dag`i bir vosita bila andin rivoyatlari bor. Shayx Foris debdurkim, Shayx Husayn Mansurdin so`rdumkn, murid kimdur? Ul dedijim, murid uldurkim, avvaldin nishoni qasdi Allohu taoloni qilg`ay va anga yetmaguncha hech nima bila orom tutmag`ay va hech kishig`a mashg`ul bo`lmag`ai. Va ham ul debdurkim, [haqiqiy xotir shuki, unga boshqa fikr muxoliflik qilmasa]2.

          187.    Ahmad b. Husayn Mansur Halloj q. s.
          Shayx ul-islom debdurki, Abu Abdulloh Bokudin eshittimkim, dedikim Husayn Mansur o`g`li Ahmad dedikim, otamning so`ngqi kechasi andin vasiyat talabe qildim. Dedikim, nafsingni bir shug`lg`a sol andin burunki, sani bir shug`lg`a solg`ay! Dedimkim, bir nima vasiyatqa orttur? Dedikim, vaqteki, barcha xizmatqa ko`shish qilg`aylar, sen bir nimaga ko`shish qilki, zarran ondin saqalayn ilmidin ulug`roq va yaxshiroq bo`lg`ay. So`rdumki, ul nedur? Dedikim, ma`rifat!

          188.    Abu Mansur Govkuloh q. t. s.
          Shayx ul-islom debdurki, Malomatiya mashoyixidindur. Saraxsda bo`lur ermish. Bir vaqt ashobi safarg`a borg`on ermish va o`zi forig` ermish, choh qaziy boshlabdur. Suvg`a yetkandin so`ngra aning yonida yana bir choh bunyod qilibdurki, burung`i chohning tufrog`larin anga solg`ay, ul qazilg`andin so`ng muning tufrog`inn solg`ali yana chog` qazmoq bunyod qilibdur. So`rubdurlarki, telba emassen, ne befonda ishdurki, qilasen? Deb-durki, nafs meni bir ishga mashgul qilmasdin burun men ani bir ishga mashg`ul qilibmen. Va mashoyixdin ba`zi bu ishni qilibdurlar. Abu Abdulloh Dinovariy daryoda kema ichnda qoldi, muraqqa`in kesar erdi va tikar erdi, to bir bo`rklukka yetkurdi.

          189.    Abu Amr Dimnshqiy q. t. s.
          Uchunchi tabaqadindur. Shom mashoyixining yagonasi erdi. Va Abu Abdulloh Jallo bila suhbat tutubdur. Va Zunnunning ashobidindur. Uch yuz yigirmada. dunyodin o`tubdur. Ul debdurki, andoqki, farizadur anbiyog`a oyatu mu`jizat izhorn, farzdur avliyog`a xavoriqi odotu karomat ixfosi, to xalq fitiag`a tushmagaylar. Aning so`zidurki, [tasavvuf borliqni nuqson ko`zi bilan ko`rmoq. Balki, benuqson zotni mushohada qilib, barcha noqis narsalardan ko`z yummoq]1 – bag`oyat nofi` va latif so`zdurur. Va ham ul debdurki, [arvoh Haqqa yaqinlashib soflansa, olam jismlariga toat nuri bilan ta`sir qiladi]2.

          190.    Muhammad b. Homid Tirmyziy q. s.
          Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abubakrdur. Xuroson mashoyixining javonmardlaridindur. Ahmad Xuzravayhni ko`rib erdi va uning o`g`li Abunasr Muhammad b. Muhammad b. Homid Xurosonning mashohiridindur. Muhammad Homid! debdurki, sening sarmoyang ko`nglungdur va vaqting. Chun ko`nglungny mashg`ul qilsang har zannu gumong`aki, xotiringga kirgay, zoe` qilg`aysen avqotingni ul nimagakim boista va shoista bo`lmagoy. Qachon sud qila olg`ay ulki, sarmoyani ziyong`a bergay? ( Va ham aning so`zidurknm, [insonni eski choponda yurgani birovning yangi to`nini kiyib yurganidan yaxshiroqdir]1.

          191.    Abdulloh b. Muhammad Xarroz q. s.
Uchunchi tabaqadindur. Ran mashoyixining yagonasidur. Kuniyati Abu Muhammaddur. Yillar Makkada mujovir ekandur. Hazrati Maxdum r. aning vasfida «Haq go`yandai bebok va g`olibi quvvatnok» bitibdurlar. Shayx Abu Imron Kabir bila suhbat tutubdur. Va Shayx Abu Hafs Haddodni ko`rubdur. Va Boyazidning ashobi ani buzurg tutarlar ermish. Uch yuz yigirmadin burunroq olamdin o`tubdur. Ul debdurki, [ochlik – zohidlar taomi, zikr – oriflar taomi]1. Va ham ul debdurki, [qalbni Allohu Taolodan boshqa narsaga iltifotdan saqlash Allohu Taologa yuzlanish alomatlaridandir]2. Va ham ul debdurki, [Zohirda odamlar, botinda hur kishilar kabi bo`lmoq saxiy, jo`mardlar axloqidindir]3. Yusuf b. Husayn Roziy q. s. debdurki, men Abdullohdek ko`rmaydurmen va Abdulloh ham o`zidek ko`rmaydur.

          192.    Bunon b. Muhammad Hammol q. t. s.
          Uchunchi tabaqadindur. Vositiyulasldur va Misrda sokin erkandur. Va anda dunyodin o`tubdur, uch yuz yigirma yettida Ramazon oyida. [U haqni so`zlovchilardan„ shariat amriga undovchylardan edi. Mashhur maqomotlari va karomotlari bor]1. Junayd q. s. va ul asrning mashoyixi bila suhbat tutubdur va Abulhusayn Nuriyning ustbdlaridindur. Shayx ul-islom debdurki, ul hammol emas erdikim, imom erdi. Bir qatla ihtisob qilib erdi. Ani bog`lab kishi yeguchi arslon ilayiga soldi-lar. Arslon oni islab, yalar erdi Chiqarg`ondin so`ngra so`rdilarkim, arslon seni yalaydurgonda xayolingg`a ne kechadur erdi? Dedikim, xilofikim, ulamo sibo`ning og`zin suyida qilibdurlar. Andin so`rdilar ulug`roqholdinki, sufiylarg`a voqe` bo`lur. Dedikim, [Allohu taolo kafil bo`lgan narsalarga orqa qilish, amrlarini ado etish, sirni saqlash. Haqqa ergashib, ikki dunyodan xalos bo`lish]2. Uldebdurki, muddate yemakka g`izo topmadim. Ishim suubatqa yetkanda, boradurg`onda bir parcha oltun tushub yotur erdi. Olay dedim, olmadimki, luqtadur. Yana yodima ul hadis keldikim, Hazrati Risolat s. a. v. buyurubdurkim, [agar dunyo faqat qondan iborat bo`lsa ham. musulmonning ozuqasi halol bo`ladi]3. Pas, ani oldim va og`zim qirog`ida asradim. Ko`rdumkim, jamoati go`daklar o`lturubdurlar. Va biri biyikroq yerda o`lturub, tasavvufdin so`z aytadur. Turdumki, eshitaykim, ne deydur? Ham ul dam biri so`rdikim, [banda qachon sidq halovatiga erishadi?]4 Ul dedi, [og`zidagi parchani chiqarib tashlaganda]5. Filhol og`zimdagini chiqardim va tashladim.
          Ul debdurki, Makkada sokin erdim. Ibrohim Havvosni tavofda ko`rar edim. Andin ko`nglumg`a shukuhe yuzlanur erdi. Bir qatla andoq voqe` bo`ldikim, ochliq za`ifidin yiqilib hushum zoyil bo`ldi. Ko`rdumkim, Ibrohim Xavvos boshimg`a keldi va dedi: hech nima yermusen? Dedim: kechdur va oqshom yaqindur. Dedi: yaxshi qilursiz ey mubtadiylar, bu tariqda ustuvor bo`lung, to faloh topqaysiz. Xufton qilg`ondin so`ngra keldi va taom kelturdi va dedi: yegil! Ko`broq voqe` bo`lg`ondur! Ul sahar uyqug`a qolib, namoz ham favt bo`ldi va ham o`y tavofi. Rasul s. a. v. ni tushda ko`rdumki dedi: [kimki hirs, ochko`zlik bilan ovqatlansa, Allohu taolo uning qalb ko`zini yopib qo`yadi]6. Uyg`onib ahd qildimki, hargiz to`yguncha nima yemagaymen. Ahmad Masruk debdurkim, Bunon Hammol ba`zi ashobini tilab, znyofat qilibdur, bu baytni o`qubdurki,

b a y t:

[Kimki bizni chaqirsayu javob bermasak, fazilati ziyoda bo`ladi.
Agar javob bersak, bizning fazi-latimiz ortadi]1.

          193.    Ishoq b. Ibrohim Hammol q. s.
          Mashoyix akobiridin erdi. Maqomi Lug`om tog`i erdi. Bu toyifadin biri aytibdurki Lug`om tog`ida yo`l iturdum. Bir pir ilayimga keldi, eski po`stin kiygan. Dedi: Allohu akbar, hamonoki yo`l iturubsen? Dedim: bale! Dedi: o`ttuz yildurki, bu tog`da odam yuzin ko`rmaymen. Va asosin menga berdiki, bu sanga yo`l boshlasin. Bir necha qadam yo`l bordim, o`zumni Antokiyada ko`rdum. Asoni qo`ydumki, vuzu` qilg`aymen, aso g`oyib bo`ldi. Antokiya ahliga ul so`zni anttim, ersa, dedilarkim, ul Shayx Ishoq b. Ibrohim Hammoldurkim, kishi ani oz ko`rar. Taassuf yedim.

          194.    Bunon b. Abdulloh r. t.
          Kuniyati Abulhasandur. Misr mashoyixining buzurglaridindur. Ul debdurki, har so`fikim, ko`ngli ro`zi g`amiga bog`liq bo`lg`ay, anga kasb buyurmoq kerak.

          195.    Shaybon b. Ali q. t. r.
          Misr mashoyixining mutaqaddimlaridindur, Mustajob udda`va erdi. Mashoyixdin ko`p kishi oning murididur va tariqat ilmida yaxshi so`zlari bor. Debturlarki, muridlaridin biri andin ruxsat tiladikim, tajrid tariqida hajga borg`ay. Ul dediki, avval ko`nglungni sahvu g`aflatdin mujarrad qil va havodin nafsingni va lag`vdin tilingni, iynak tajarrud hosil »bo`ldi. Xoh dunyolig`ing bo`lsun va xoh bo`lmasui.

          196.    Abulhasan b. Muhammad Muzayyin r. t.
          Uchunchi tabaqadindur. Oti Ali b. Muhammad, Bag`dod ahlidin. Va Junayd va Sahl Abdulloh q. s. bila suhbat tutubdur. Makkada mujovir erdi. Uch yuz yigirma yettida Makkada dunyodin o`tubdur. Shayx ul-islom debdurki, Abulhasan Muzayyin ikkidur: biri kabir, biri sag`ir. Muzayyini Kabir Bag`doddindur va anda madfundur. Aning shogirdi debdurki, ul dedikim, [bandaning o`rinsiz gapi Allohning g`azabini keltiradi]1. Muzayyini Sag`ir ham Bag`doddindur, vale Makkada madfundur. Va debdurlarki, bu ikki Muzaymin bir-birining xolalarining o`g`lonlaridururlar. Va Muzayyini Sag`ir debdurki, Tengri taologa yo`llar adadi osmonning yulduzlari adadidin ko`prakdur. Va men alarning birining orzusindamen va topmasmen. Va ham ul debdurki, Makkada erdim, manga safar azimat bo`ldi. Bir «eoga yettimki ani bi`ri Maymun derlar. Ko`rdumki, bir yigit jon bermak holatidadur. Dedimki, aytki: «La lloha illalloh». Ko`zin ochib dediki,

b a y t:

[Agar men o`lsam ham qalbim muhabbatga limmolimdir.
Zero jo`mardlar muhabbat dinida o`ladilar]2.

          Va jon taslim qildi. Aning ishin saranjom qildim va namozin qilib dafi qildim. Va safar doiyasi xotirimdin chiqdi va yonib Makkag`a keldim. Derlarki, andin so`ngra o`ziga sarzanish qilib aytur erdiki, hajjomiy kelib, avliyoullohga shahodat talqini qilur.

          197.    Abulhasan Soyig` Dinavariy q. t. s.
          Uchunchi tabaqadindur. Oti Ali b. Muhammad Sahldur. Dinovar mashoyixidindur va Misrda bo`lur erdi: Uch yuz o`ttuzda Misrda dunyodin o`tti. Shayx Abulhasan Qarofiy va Duqqiy va Abu Usmon Mag`ribiy q. s. deb-durki, hech kishi ko`rmadim mashoyix orasida Abu Yaüqub Nahrajuriydin yorug`roq va nuroniyroq va Abulhasang Dinavariydin haybatliroq. Ul Abu Ja`far Saydaloniyning shogirdidur. Ul debdurki, dunyodin ikki qatlag bezor bo`lmoq kerak: Bir qatla chiqsang xalq qabul yuzidin sanga yuzlangaylar, yana dunyog`a yongaysen, yo`q hirsu shug`l bila, onchaki el qabulin. zoyil qilg`ay, botin bila andin munqate` bo`lg`aysen, to dunyoning tarkining gunohi aning talabining gunohidin ulug`roq bo`lmag`ay, nechunki xalq qabulining fitnasi dunyog`a iqbolning fitnasidin ulug`roqdur. Va ham ul debdurki, [orzu va umid inson tab`ining buzilishidandir]1 Va ham ul debdurki, [o`zingni yaxshi ko`rishing – o`zingni halok qilishingdir]2. Andin so`rdilarki, murid kimdur va aning sifati nedur? Bu oyatni o`qudikim, [to ularga keng yer torlik qilib qolguncha va dillari siqilib, Allohning faqat o`ziga tavba qilish bilangina qutulish mumkin ekanini bilgunlaricha]3.

          198.    Abulhasan Subayhiy q. s.
          Uchunchi tabaqadindur. Ba`zi debdurlarki, ul Hasan b. Abdulloh b. Bakrdur. Basra ahlidindur. Derlarki, aning saroyida bir uy erdi, yerda qozg`on. G`ttuz nil andin chiqmadi va mujohada tortib ibodat qildi. Va derlarki, taom yemas erdi. Ani Basra eli Basradin chiqardilar. Susqa bordi va anda dunyodin o`tti va qabri anda-o`qdur. Shayx ul-islom debdurki, ul Basra masjidi eshikida turub erdi. Ul vaqt Basra masjidi g`alabaliqdin andoq erdikim, el sajda bir-birining uchasida qilurlar erdi. Ul shogirdig`a boqib ayttikim, bu xalqnikim ko`rarsen, bular behishtni to`la qilmoq uchundur, bu ishkina bizga tushub turur. Ul debdurki, [g`arib – o`z vatanida musofir bo`lgan kishidir]1. Va ham ul debdurki, [g`arib – o`ziga monandi bo`lmagan kishi]2. Va ham ul debdurki, [g`arib–o`zi kabilar bilan suhbat qurgan kishi]3.

          199.    Abulhasan Suyutiy r. t.
          Shayx ul-islom debdurki, ul bu toyifadin erdi. Shayx Abu Ali Rudboriy derkim, Horun, Sahl Abdullohning sohibi dedikim, Abulhasan Suyutiy bila bodiyada erduk. Och bo`lsak erdi va hayu hilla yo`lin bilmasak erdi, Abulhasan bo`ri uni qilur erdi, to har yerda it bo`lsa, ani eshitsa, un qilur erdi, ul un bila bilur erdukkim, anda eldur. Va borib ashob uchun yemak kelturur erduk. Ham Shayx Abu Ali Rudboriy debdurki, hech kim yoronlar mehribonlig`ida Abulhasan Suyutiydek emas erdi.

          200.    Abulhasan b. Sha`ra r. t.
          Oti Amr b. Usmon b. Hakim Sha`radur. Sufiylarning mashoyixidindur. Shayx Abu Said Moliniy ani arba`inida kelturubdurki, Misr mashoyixidin erdi. Derlarki, aning qabridin Qur`on o`qumoqning unin eshiturlar. Har kishi aning ziyoratig`a borsa erdi, eshitur erdi. Vallohu taolo a`lam.