401. Xoja Ahmad b. Mavdud b. Yusuf Chishtiy q. s.
Otasidin so`ngra aning o`rnig`a o`lturdi. Har tavoyifqa maqbul va koffai anomg`a shafqati tamom va muruvvati om ermish. Debdurlarki, ul bir kecha Hazrat Risolat s. a. v. ni voqe`da ko`rdiki, ul Hazrat buyurdiki, Ahmad, agar sen bizga mushtoq emassen, biz senga mushtoqbiz. Chun uyg`ondi, uch muvofiq yor paydo qildi va majhulvor andoqki, el tanimag`ay. Haramayni sharifayn zodahumollohu ta`ziman va takriman ziyoratig`a mutavajjih bo`ldi. Va ul davlatqa musharraf bo`lg`ondin so`ngra olti oy Madinada mujovir bo`ldi. Va derlarki, aning anda iqomati Madina ravzasi ahlig`a og`ir kelib tilar ermishlarki, ani ranjida qilib, uzr qulg`aylarki, ravzadin un eshitmish bo`lg`aylarki, ul bizning mushtoqlarimizdindur, ranjida qilmayg! Andin qaytqonda Bag`dodda Shayx Shihobiddin Suhravardiy xonaqohida tushti va Shayx ani ehtiromu ikrom qildi va Bag`dod xalifasi aning suhbatin tabarruk qilib, ta`zimlar qildi. Valodati besh yuz yettida erdi va besh yuz yetmish yettida dunyodin o`tti.
402. Abulvalid Ahmad b. Abi Rajo r. t.
Ozodon qaryasidindurki, Hirotga muttasildir. Ulumi zohiriy va botiniy bila olim erdi.
Imom Ahmad Hanbal r. a. shogirdidur. Va Buxoriy o`z «Sahih»ida andin hadis rivoyat qilibdur. Avoilda ko`p moli bor ermish. Barchasin hadis talabida va haj va g`azoda sarf qilibdur va derlarki, oning do`stlaridin biri to`rt ming diramg`a muhtoj bo`ldi va oning qoshida zohir qildi. To`rt ming diramni naqd qilib, do`stining uyiga yibordi va oning ul muhimmi kifoyat bo`lg`ondin so`ngra hamul vajhni saronjom qilib, yana oning uyiga yibordi va ul qabul qilmadi. Yana kun ul do`st oning xizmatig`a borib, salom qilg`och, dedikim, agar salom javobi vojib bo`lmasa erdi, salomingg`a javob bermagoy erdim. Ul muhaqqarning ne qadri bo`lg`aykim, yana naqd qilib yiborgaysen. Ul ikki yuz ikkida o`tti va qabri Ozodon qaryasidadur.
403. Abu Ismoil Abdulloh b. Abu Mansur Muhammad Ansoriy Hiraviy q. s.
Laqabi Shayx ul-islomdur va bu kitobda har yerdakim Shayx ul-islom voqe`durur mutlaq murod ondindur va Ul Abu Mansur Mattul Ansoriy farzandlaridandur va Mattul Ansoriy Ayyub Ansoriy farzandidurki, Hazrat Rasul s. a. v. ning sohibi rihli ermish. Ul vaqtkim, Madinag`a hijrat qilibdurlar va Mattul Ansoriy Amir ul-mo``minin Usmon xilofatida Xurosong`a kelib, Hirotda sokin bo`lubdur. Shayx ul-islom debdurki, maning otam Abu Mansur Balxda Sharif Hamzai Uqayliy bila bo`lur ermish. Bir qatla bir xotun kishi Shayx Sharifg`a iltimos qilgan ermishki, Abu Mansurg`a aytingki, mani qo`lsun! Otam degan ermishki, men hargiz uylanmasman va oning iltimosin rad qilg`an ermish va Shayx Sharif degan ermishki, oqibat uylangoysen va senga bir o`g`ul bo`lg`ay va ne o`g`ul! Chun Hirotg`a kelibdur, kadxudo bo`lubdur va men mutavallid bo`lubmen. Shayx Sharif Balxda debdurki, bizning Abu Mansurg`a Hiriyda bir o`g`ul bo`ldi. Ondoq han. Va han lafzidurki, jame` yaxshiliklar anda darjdur va shayx ul-islom debdurki, men Quhandizda mutavallid bo`lubmen va anda ulg`ayibman va valodatim juma kuni ermish. Kunas g`urubi vaqti, uch yuz to`qsonda sha`bon oyining ikki yanggisida. Debdurki, men rabi`idurmenki, bahorda tug`ulibmen. Kunas savrning o`n yetti darajasida erkanda va bahorni sevarmen. Har qachon kuna sonda yetsa, maning yoshim tugonur. Debdurki, Bu Osim pir mening qarobatimdur. Kichik erkonimda oning uyiga borur erdim. Bir kun oning uyida erkonimdaki, oning xotuni ajuze erdi, muhtasham va sohibi valoyat. Dediki, mening pirim, ya`ni xizr Alayhissalom Abdullohni ko`rdi va so`rdi: Kimdur? Dedim: falon kishi! Dedi: Mashriqdin mag`ribg`acha andin to`lg`ay, ya`ni ovozasidin.
Shayx ul-islom debdurki, bu so`rmoq oning fannidur, bilur va so`rar. Bonu oliya shukuhlig` xotun erdi Po`shangda. Chun shayx ul-islom tug`ubdur. Xizr a. s. anga aytibdurki, ul go`dakni ko`rdung Hirida tug`di va mashriqdin mag`ribg`acha andin to`lg`ay va ham Xizr a. s. anga debdurki, sizning shahrda bozori zodaidurki, o`n yetti yoshidadur. Na otasi bilurki, ul kimdur va ne o`zi. Tamom olamda ondin ulug`roq kishi bo`lmag`usidur va Shayx ul-islom debdurki, avval meni bir xotun maktabida topshurdilar. Chun to`rt yashadim. Moliniy maktabiga topshurdilar. To`qquz yoshimda imlo bitidim Qozi Abu Mansurdin va Joruziydin. Va o`n to`rt yoshimda majlisqa o`lturtdilar va men adab dabiristonida kichik erdim va she`r aytur erdim. Andoqki, o`zgalarga hasad bo`lur erdi va debdurkn, Xoja Yahyo Ammor qarobatlaridin birovning o`g`li mening bila dabiristonda erdi va men arabiy she`rlar aytur erdim va har neki, maktab ahli mendin tilasalar erdiki, falon ma`nida she`r ayt, aytur erdim, alarning tilagonidin ortuq. Bir kun ul, o`g`lon otasig`a aytg`ondur bu so`zni. Otasi fozil kishi erdi. O`g`lig`a debdurki, onga degaysizki, bu forsiy baytniki,
Arabiy til bila tarjima qilsun! Ul manga aytqach, men dedimki,
Va bu misra`ni iltimos qildilarki, arabiy tarjima qilki, misra`: [Oqqan ariqdan suv oqar]3. Dedimki,
va debdurki, bizning masjidda yaxshi chiroylig` kishi bor erdi yigit, Abu Ahmad otlig`. Iltimos qildilarki, oning uchun bir bayt aytg`il! Muni ayttimki,
Debdurki, mening olti ming baytdan ortiq arabiy she`rim bor rost vazni bila. El ilkida va ajzom keynida. Va debdurki, arab shuarosining mutaqaddim va mutaaxxirindin yuz ming bayt xotirimda bor va debdurki, tong erta qori qoshig`a borib, qiroat o`rganur erdim va qaytg`onda darsqa mashg`ul bo`lur erdim va olti varaq bitir erdim va azbar qilur erdim. Darsdin forig` bo`lsam erdi, adib xizmatig`a borur erdim. Ro`zgorimni ulashib erdim. Andoqki, ro`zgorimdin hech nima ortmas erdi. Balki hanuz nima darboist erdi. Ko`prak kun namozi xufton o`tguncha nahor erdim va debdurki, kecha chirog` yorug`ida hadis bitir erdimki,non yemak farog`atim yo`q erdi. Onam nonni tikka qilib, og`zimg`a solur erdi nima bitirning orosida. Debdurki, Haq s. t. manga hofiza berib erdiki, har ne qalamim taxtig`a kirsa, yodimdin chiqmas erdi va debdurki, men uch yuz ming hadis yod bilurman, yuz tuman isnod bila. Debdurki, ulcha men Mustafo s. a. v. hadisi talabida tortibmen, kishi tortmaydur. Bir manzil Nishoburdin Dizbodg`achaki yog`in yog`ar erdi. Ikki bukanib hadis juzvin ko`ksumda tutub, boribmenki, juzv o`l bo`lmag`ay va debdurki, uch yuz kishidan hadis bitibmenki, bari sunniy ekondurlar va sohibi hadis, yo`qki, mubtadi` va sohibroy va bu kishiga muyassar bo`lmaydur va debdurki, bas oliy ustodlarki, bitimaymenki, ul kishi sohibroy ekandur yo kalom ahli. Va debdurki, men tazkira va tafsir ilmida Xoja Yahyo Ammor shogirdimen va debdurki, men to`rt yoshimda erdimki, Xoja Yahyo Ammor Quhandizlig`larg`a ayttikim, Abdullohni aziz tutungki, ondin imomlig` kelur.
404. Xoja Yahyo b. Ammor Shayboniy r. t.
Ul shayx Abu Abdulloh Xafifni ko`rub erdi, Sherozda. Va Shayx ul-islom debdurki, ilm rusumin Hirotqa Xoja Yahyo qelturdi va majlis demak va dinni sunnat bila muvofiq qilmoq toza bo`ldi. Aning sababidin Qozi Abu Amr Bistomiy Hiriga keldi va Xoja Yahyoning majlisig`a bordi. Chun majlis tugandi, Xoja minbardin tushti va Qozi qoshig`a bordi. Qozi ko`rub ta`zim qildi va dedi: sharqdin g`arbqa bahru barni kezdim, dinni tozavu tar Hirotda toptim! Nishoburda dag`i buzurglarga aytqon ekandurki, [sharqu g`arbni kezib, faqat Hirotda dinni sof holda ko`rdim]1.
Qozi Abu Amr buzurg erdi, jahonning imom va yagonasi. Va shayx ul-islom debdurki, bir qatla Xoja Yahyo bemor bo`ldi. Sihhat topqondin so`ngra majlis qildi, kursisi ustida. Ikki qo`l ikki yonidin qo`llab, ani minbarga chiqordilar. Dedi: Yahyoyi Ammor o`zining barcha izzin bu yig`ochdin topibdur, ya`ni minbar va kursi. Va lekin emdi qila olman. Yana dediki, eshittimki, demishlarki, Yahyoyi Ammorning oyog`in torttilar. Mustafo s. a. v. ning oyog`in torttilar. Abubakr r.a. aning o`rnig`a o`lturdi. Alo hazo Abi k. v. g`acha mening oyog`imni tortsalar, Abdulloh mening o`rnumg`a o`lturg`ay va mulhidlar va mubtade`lar dimog`ig`a urg`ay, Shayx ul-islom debdurki, ul kun kursi tubida o`lturub erdim Xoja manga ishorat qildi va dedi: Abdulloh ul go`dakdur. Va so`ngra Shayx Amu manga dediki, ul Abdulloh sen erding va al-haq andoq erdiki ul dedi. Xoja Yahyoyi Ammor to`rt yuz ikkida dunyodin o`tubdur.
405. Shayx Abdulloh Toqiy q. t. s.
Oti Muhammad b. Fazldur, Muso b. Imron Juraftiy murididur. Olim ermish ulumi zohir va ulumi botin bila. Shayx ul-islom debdurki, ul mening pirim va ustodimdur. Va hargiz hech hazrat ko`rmaymen andin haybatliroq. Va men ani nobino ko`rubmen. Va mashoyix ani ta`zim tutarlar erdi. Va ul karomatu valoyat egasi erdi. Va manga deb erdi: Abdulloh Abo Mansur, ul ne nurdurki Tangri sening ko`nglungda qo`yubdur? Kirq yil o`tmak kerak erdiki, men bilgaymenki, ul ne nurdur.
406. Shayx Abulhasan Bishr Sijziy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, ul mening pirlarimdindur. Bu mashoyixdinki, men ko`rubmen, uch kishi uluq edi: Xarakoniy va Toqiy. Va ikkalasi josus ul-qulub erdilar. Va biri Abulhasan Bishriy. Va ul sika erdi rivoyatda, sufiy erdi, mashoyixdin ko`p ko`rub erdi, andoqqi, ko`rmak kerak. Haram mashoyixin ko`rub erdi. Andoqki, Siyravoniy va Serkiy va Abulhasan Jahzam va Abubakr Tarsusiy va Abu Amr Nujayd va Yana mashoyixii ham. Va ul shayx Abu Abdulloh Xafifning murididur va Husriy va Nuriy va Abu Zur`a Tabariyni ham ko`rub erdi.
407. Koko Abulqasr Bustiy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, ul buzurg kishi erdi va mening ayyomimda erdi. Va men kichik erkanda otam odina kuni meni pirlar va mashoyix qoshig`a eltar erdiki, ilig boshimg`a surtarlar erdi. Va Abulqasr qoshig`a eltmas erdi, nevchunki, ul malomat ahli erdi va otam qurro. Ammo Shayx Abulhasan Tiyshasov va aning inisi Shayx Muhammad Koko Abulqasrning muridlari erdilar. Va ro`shan pirlar erdilar va azim na`ralari bor erdi. Va aning barcha muridlarida azim qichqirmog`lar bor erdi.
408. Koko Ahmad Sunbul va inisi Muhammad.
Xoja r. t.
Shayx ul-islom debdurki, Koko Ahmad Sunbul qardoshidin buzurgrak erdi, Muhammad Xojadin. Va bu ikki pir ham Shayx ul-islom zamonida ermishlar va aning holotig`a yiroq muta`ammil.
409. Abu Mansur Muhammad Ansoriy r. t.
Shayx ul-islomning otasidur va Shayx Sharif Hamzayi Uqayliyning muridi. Va Abulmuzaffar Tirmiziy xidmatin qilib erdi. Shayx ul-islom debdurki, Shayx Ahmad Kufoniy manga dedi: muncha safarlar qilding va har taraf kezding, o`z otangdek ko`rmading? Va debdurki, men yetmish yildin ortiq ilm o`rgandim va bitidim va ranj torttim e`tiqodda. Ul barchani otamdin o`rganib erdim. Va debdurki, otamning menda bir sirri bor erdi, azim. Manga deb erdiki, Abdulloh, necha degaysen, Fuzayl Iyoz va Ibrohim Adham sendin fozil kelur va Ibrohim Adham. Otam meni bir voqe`da ko`rub erdi va manga aytmas edi. Va der erdiki, har kun ta`bir qilurmen, rost kelur! Va Shayx Abu Mansur to`rt yuz o`ttizda Balxda dunyodin o`tti va Sharif Hamzayi Uqayliyki, aning piri erdi, qoshida dafn qildilar.
410. Abu Mansur Suxta r. t.
Shayx ul-islom debdurki, Abu Mansur Suxta pire erdi Quhandizda. Vaqte o`zin kuydurmakka berdi, aning uchun kuymadi va anga Suxta ot qo`ydilar. Sodiq kishi erdi va salobatlik.
411. Shayx Ahmad Chishtiy va inisi Xoja Ahmad Ismoyil q. s.
Shayx Ahmad Chishtiy Abu Ahmad Abdoldin boshqadur, nevchunki ul mutaqaddimdur. Va shayx ul-islom ani ko`rmaydur. Va Xoja Ahmad Mavduddin ham boshqadur, nevchunki, bu mutaaxxirdir va Shayx ul-islomni ko`rmaydur. Shayx ul-islom debdurki, men hech kishi ko`rmay-men Ahmad Chishtiydin tamomroq va quvvatliroq, malomat tariqida. Va Chisht mashoyixi barcha mundoq ekandurlar, xalqdin bebok va botinda jahon sodoti. Uch qatla bodiya boshig`a boribdur va yana qaytibdurki, o`zidin ul azimatda tamom ixlos topmaydur. Alarning barcha holi ixlos va riyo tarki bila erdi. Hech nav` shar`da sustlik ravo ko`rmas erdilar, tahovung`a ne yetkay? Va ul Shayx Ahmad Najjorni ko`rub erdi. Shayx ul-islom debdurki, Ahmad Chishtiy buzurg erdi, meni ta`zim tutar erdi va hurmatki hech kimni tutmas erdi. Ul kishiki oq saqolin mening ayog`img`a surtti ul erdi. Va Shayxul-islom debdurki, hech kishi ko`rmayman diy-dor va farosatda Ahmad Chishtiyning qardoshidek. Ul mening xidmatim qilur erdi. Va aning zikrida nisbat Shayx ul-islomg`a irodatida ko`p tarix va maorif surubdur. Va Kavoshonlig` Bishr bobidakim, kabutarxona aning ishorati bila yiqilibdur va Axmad Marjoniydek va Ahmad Kahdistoniydekki, tut yig`ochi shoxi ustida raqs qilur erdi va ul zamon mashoyix va avliyosi bila suhbatlar tutulg`on va muvofaqotlar qililg`onni ne nav` sharhlarki qilibdur, «Nafahotul-uns»da bitiklikdur.
412. Shayx Ahmad Hoji r. t.
Shayx ul-islom deblurki, ul mening pirlarimdindur. Shayx Husrinni ko`rub erdi va Abulhasan Tazariyni dag`i. Va alardin hikoyat der erdi. Andin so`rdumki, Husriydin hech nima yod bilursen? Dedi, bale! Mashoyixdin biri bila Husriy qoshig`a kirduk, yegulik nima yo`q erdi. Shayx Husriy der erdiki, [biz sening ulovingmiz, ey Xojam, ulovingga ozuqa ber, ey Xojam!] va ovuch bir-biriga urar erdi. Shayx ul-islom dedi: anga boqmaki, alafqa muxtoj ekandur. Ani ko`rki, andin o`zgaga hojati yo`q ekandur.
413. Shayx Abu Salama Bovardiy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, Bu Salam Bovardiy xatib, sufiyi sayyoh mening pirlarimdindur. Musin pir erdi va mashoyixdin ko`pini ko`rub erdi va Abu Abdulloh Rudboriydek va Abbos Soyir va Abu Amr Nujayd va Abu Ya`qub Nahrajuriy q. a.
414. Abu Ali Kayyol r. t.
Shayx ul-islom debdurki, men Abu Ali Kayyolni ko`rubmen, ammo kichik erdim, ani tanimaydurmen. Buzurg ermish va Siystonning shayxidur.
Va malomat tariqida ermish. Ani karomot bila sitoyish kilsa bo`lmag`ayki, ul karomotdin ulug`roq erdi. Ul va Shayx Ahmad Nasr va Abu Said Moliniy uchalasi so`filar saroyida bo`lub erdilar va men hozir.
415. Abu Ali Zargar r. t.
Shayx ul-islom debdurki, Abu Ali Zargar dag`i mening pirlarimdindur va ulug` so`fiy erdi. Abu Abbos Qassob Omuliyning muridi. Va andin hikoyat aytur erdi.
416. Abu Ali Butagar r. t.
Shayx ul-islom debdurki, ul dag`i mening pirlarimdindur. Javod kishi erdi. Va Shayx Abulhasan Misriyni ko`rub erdi, andin hikoyat qilur erdi.
417. Shayx Abu Nasr Qabboniy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, ul yaxshi safarlar qilibdur va ko`p mashoyixii ko`rubdur. Shayx Abu Amr Akkofni ko`rubdur va anga xidmat qilibdur Urdunda. Va Shayx Abu Amr Nujaydni va Shayx Abu Nasr va Abdulloh Monakni ko`rub erdi, Fors Arg`onida. Shibliy shogirdi alardin manga hikoyat qildi.
418. Shayx Ismoil Nasrobodiy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, ul Shayx Abulqosim Nasrobodiyning ulug` o`g`lidur. Andin hadisim bor va otasidin ham.
419. Shayx Abu Mansur Gozar q. s.
Shayx ul-islom dediki, ul shukuhlik darvesh erdi va mashoyixdin ko`pini ko`rub erdi. Va Shayx Amudin ulug`roq erdi va Shayx Ahmad Najjor Astrobodiyni ko`rub erdi va Shayx Abu Nasr Sarrojni dag`i ko`rub erdi.
420. Shayx Ismoil Dabbos Jiraftiy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, ul mening pirlarimdindur. Va rushan pire erdi. Muhaddis Shayx Mu`min Sheroziyni ko`rub erdi va andin so`zlari bor erdi va aytur erdi.
421. Shayx Abusaid Muallim r. t.
Shayx ul-islom dediki, Abusaid Muallim ham rushan pire erdi, yaxshi ko`ngullik va sodiq oyoq muraqqa` kiyur erdi. Va Shayx Ibrohim Kayyolni ko`rub erdi.
422.Shayx Muhammad Abu Hafs Kuratiy r. t.
Shayx ul-islom debdurki, Shayx Muhammad Abu Hafs buzurg erdi va azim vaqt egasi va mening pirlarimdindur. Bir qatla ul bemor bo`ldi. Qavm aning qoshig`a bordilar. So`ze o`tar erdi. Birav aning qoshida da`vo qildi. Va ul toqat kelturmadi va g`ayrat anga zo`r kel-turdi. Sekrib qo`pti va dedi: Haq, Haq! Chun soate o`tti, o`ziga keldi va dedi: [astag`firulloh, astag`firulloh, astag`firulloh!]1 Zaif bo`lubmen va uzr qo`ldi.
423.Shayx Amu r. t.
Kuniyati Abu Ismoil va oti Ahmad b. Muhammad. Hamzat us-so`fiy. Shayx ul-islom debdurki, Shayx Amu Xuroson xodimi erdi. Mening piri farshovimdur, ya`ni so`fiya odob va rusumin andin o`rganibmen. Chun safarda bo`lsa erdi nomalar manga yuborur erdi. Jahon mashoyixin ko`rub erdi. Va Shayx Abulabbos Nihovandin anga Amu ot qo`yubdur, andoqki o`tti. Va Shayx Abubakr - Farro`ni Nishopurda ko`rubdur. Va avvalg`i safarda: Islom hajji Shayx Ahmad Nasriy Tolqonin bila qilibdur. Va Shayx Abubakr Folizbonni ko`rubdur Bu xoroda. Va Shayx Abubakr Mufidni ko`rubdur. Va alar ikkalasi Junayd q. s. ni ko`rubdurlar. Va Shayx Sirvoniy bila suhbat tutubdur. Va ul zamonda Haramning barcha mashoyixi bila andoqki, Shayx Abulhasan Jahzam Hamadoniy va Shayx Abulxayr Habashiy va Muhammad Soxariy va Juvolgar va Shayx Abu Husoma va Shayx Abulhasan Sarakiy va Shayx Abulabbos Nasoyi va Shayx Abulabbos Qassob, va Shayx Abulfaraj Tarsusiy q. a. ni ko`rub erdi va ani navozishlar qilib erdilar. Va ul alarg`a shoyista xidmatlar qilib erdi. To`rt yuz qirq birda rajab oyi dunyodin o`tti va yoshi to`qson ikkiga yetib erdi.
424.Shayx Ahmad Kufoniy r. t.
Shayx ul-islom debdurki, Ahmad Kufoniy Shayx Amuning xodimi erdi. Va ko`p mashoyixii ko`rub erdi va yaxshi safarlar qilib erdi. Ul manga dediki, biz sendin bildikki, kimlarni ko`rgan ermishbiz, ya`ni sen alarni tanigan ermishsen, haqiqat bila.
425.Abulhasan Najjor r. t.
Shayx ul-islom debdurki, ul Quhandizda bir duradgor erdi. Shukuhliq kishi erdi va buzurg. Va el ani tanimas erdilar. Bir vaqt ani Makkada ko`rubdurlar, ellik rikvador bila aning muridlaridin. Ul manga hikoyat qildi. Hiloldinki, Husriyning hodimi, erdiki, Husriy dediki, [quyosh faqat mening ijozatim bilan chiqadi]. Bu yerda Hazrat Maxdumiy Hazrat Shayx ul-islom holot va haqoyiq va maorifidin ko`p ado qilibdurlar «Nafohot ul-uns» da. Tilagan kishi ul kitobni ko`rsun.
426.Shayx Abullays Fushanjiy q. s
Shayx ul-islom debdurki, Abullays Fushanjiy buzurg va orif ermish. Ayoq yalang yurur ermish. Fushanjdin Hiriga kelibdur va qolibdur. Sabab bu ermishki, biyobondin o`tarda bir zaifa bir qabr boshida farzandin tushub mundoq deb yig`lar ermishki, ey onasining joni, voy onasining yolg`izi. Anga hole voqe` bo`lubdur va Hirida qolibdur. Shayx ul-islom debdurki, Abu Voyil Shaqiq b. Salama Kufiy tobeinning akobiridin, navha unin eshitsa, yig`lar erdi. Bu toifadin biri debdurki, [yig`idan lazzatlanish-yig`ining qiymatidir]1. Shayx ul-islom debdurki, sendin yiroq tushgan hasrat yig`isidin lazzat topar, seni topqan ne topqay! Abullaysning qabri Hirining xiyobonidadur va muridlari quburi aning qabri tegrasida.
427.Muhammad b. Abdulloh Gozuriy-Hiraviy q. s.
Bu qavmdindur. Hirotda buzurg ermish. Valoyat va karomot iyasi. Xoja Abu Abdulloh Zahlning anga irodati bor ermish va aning uchun azim ishlar qilibdur Bir qatla anga dediki, bu ishlarni qilasan va oxir bu shahrdin sen meni chiqarg`ungdur. Ul dedi: men? Dedi: sen! Ul mutaajjib bo`ldi. Muddate chun o`tti, chun Muhammad Abdulloh Gozuriy–Hiraviy maorif va nasoyihni muassir aytur erdi va dunyo tarhiga dalolat qilur erdi va el ko`ngliga asar qilib, dunyo ishidin ilik tortorlar erdi. Xoja Bu Abdulloh ani shahrdin uzr qo`ldiki, sening so`zing elga ziyon qilur, ya`ni el ishdin ilik tortsa, podshoh uchun oz nima hosil bo`lur va Bu Xoja Abdulloh to`rt yil Shibliy xizmatini qilib erdi va ko`p nima anga iysor qilib erdi va Shibliy ani Xuroson javodi der erdi va hofiz va siqa erdi.
428.Qurbanj r. t.
Shayx ul-islom debdurki, ul pire erdi, darvesh va valoyat sohibi. Va qabri bizing Gozurgohdadur. Bir kun Xoja Abu Abdulloh Abu Zahlg`a yetdi. Dediki, ey Abu Zahl o`g`li, qachon bo`lg`ayki, seni yuqori o`lturqaylar va meni quni? Xoja hushyor erdi, bildiki, buzurg kishidur. Dedi: ey Shayx, bo`laolmag`ayki, seni yuqori o`lturtqaylar va meni quyi. Shayx dedi: Abu Zahl o`g`li ranjur bo`lma, ne mazasi bo`lg`ayki, meni yuqori o`lturtqaylar va seni quyi? Bir haftakim o`tti, Xuroson hokimi ani tutub, qo`rg`onig`a yubordiki, bir toqta kivurub eshikni qo`pordilar, to anda dunyodin o`tti.
429.Xoja Xayrcha r. t.
Shayx ul-islom debdurki, Xayrcha bir qul erdi. Qabri Gozurgohdadur. Xojasi andin xavoriqi odotu karomot mushohada ko`p qilur erdi. Ani ozod qildi. Gozurgohga keldi va bir uyg`ina yasadi va anda muqim bo`ldi. Aning munojotidurki, «Xudovando, har kimga dunyo matoindin siymu zar kerak bergil va har kimga yer va qul kerak bergil, Xayrchag`a sen bassen!». Shayx ul-islom debdurki, ul garro holi mahalli g`ayratdur, ammo Haq ixtiyori bandalarg`a besababu illatdur. Bilolkim, habashe qul erdi, tiladi va Abu Jahl va Utba va Shaybaniki, Makka sodoti erdilar, so`rdi: ul ne qildi va bular ne qilib erdilar, hech barcha aning inoyat va qismatig`a vobastadur. Va kishiga anda so`z yetmas. Shayx ul-islom debdurki, harkim bemor bo`lsa erdi yo bir dardg`a uchrasa erdi, Xayrchadin fotiha tilar erdi. Ul o`qigach, filhol shifo topar erdi. Bir qatla bir donishmandning tishi og`rib erdi, anga bordi. Ul «Al-hamd» o`qug`ach hamul dam sihhat topti. Ul donishmand dediki, Xayrcha, «Alhamd»ni rost o`qumaysen, men sanga o`rgatay, to tuz o`qig`aysen! Ul dediki, sen ko`nglungni tuzat! Shayx ul-islom dedi: men Xaraqoniydin «Al-hamdu lilloh» eshittimki, o`qidiki, ummiy erdi va «Al-hamd» deyolmas erdi, ammo ro`zgorning sayyid va g`avsi erdi.
430.Abu Abdulloh Ahmad b. Abdurrahmon Nasr Moliniy q. s.
Ul Hirot mashoyixining ulug`laridindur, Shayx Amu aqronidin. Aning bila Islom hajji qilibdur. Va Haram mashoyixin ko`rubdur va suhbat tutubdur. Va zohiru botin ulumi bila orasta ermish va karomotu valoyat iyasi. Aning ashobidin biriga ul debdurki, Makkaga bor, falon kishiga mundoq va mundoq de! Ul biriecha qadamki urubdur, o`zin Makkada ko`rubdur va ul kishiga Shayxning payg`omin yetkurubdur. Va namozdin burun: Shayx qoshig`a kelibdur. Anda yetkan mahalda tilagandurki, haj guzorlag`ay. Ul kishi debdurki, Shayxning so`zi xilofin qilmaki, yonsang, bora olmag`aysen va uch oy yo`lda qolg`aysen. Qabri Hirotning Molinidadur. Shayx ul-islom avoyil holda aning ziyoratig`a ko`p borur ermish.
431. Abu Nasr b. Abu Ja`far b. Abu Ishoq Hiraviy Xonchabodiy q. s.
[Abu Nasr Muhammad b. Ahmad b. Ja`far deb ham ataydilar]1. Zohiru botin ulumig`a olim va ro`zgor faqihi. Va asli Kirmonlig`dur. Va tavbasining sababi bu ermishki, bir kun birav bir fatvo kelturdiki, ne buyurg`aylar, Islom aimmasi bu mas`aladakim, biraz yigitlikda g`azab yuzidin bir necha yig`och bir eshakka urubdur. Ul eshak yuz kiyn qilibdurki, ey Xoja, sening bu zulmung ham mazlumg`a o`tkay, ammo tongla bu g`azab surmakning uhdasidin nechuk chiqqungdur? Yigirma yildurki, ul kishi yig`laydur va holo ko`zining suyi qong`a mubaddal bo`lubdur, oyo aning tahorat va namozining hukmi nechuk bo`lg`ay? Chun Abu Nasr bu fatvoni o`qudi, bu so`z haybatidin behush bo`ldi. Chun hushig`a keldi, ul kishi suhbati ihrome bog`ladi. Chun aning manzilig`a yetdi, ul kishi ul yig`lamoq va anduhdin o`lub erdi. Bir qari kishi ko`rdi: nuroniy va qon ko`zidin oqib, yuzida bog`lab erdi, ammo ul kishi kular erdi. Abu Nasr ul kulgudin taassub qilib, ul kishi takfinu tajhizin qilib, yig`lab borur erdi. Bir qari kishi anga yo`liqib dedi: ey yigit, nega yig`laysen? Magar Kitob ullohdin oyate sanga yetibdurki, aning bila amal qilmag`aysen. Bu yig`lamog`ing etagi kulganlar yig`lamog`ig`a o`xshar, yo`qki ko`ngul qo`yganlar yig`lamog`ig`a.
Chun ul pir bu so`zni aytib o`tti: Abu Nasrga dard ustiga dard va so`z ustiga so`z ortti. Va har nedakim erdi, barchadin chiqti va safar va sayohat ixtiyor qildi. Va derlarki, uch yuz pir suhbatig`a yetib, barchag`a xidmat qildi. Va Xizr a. s. suhbatig`a musharraf bo`ldi. Va Makka va Madina haramida Bayt ul-Muqaddasda riyozat tortti va ibodat qildi va oxir Hirotqa murojaat qildi. Va umri yuz yigirma to`rtga yetti va besh yuzda dunyodin o`tti va qabri Xonchaboddadur, yuzoru va yutabarraku bihi.
432. Sulton Majduddin Tolba r. t.
Debdurlarki, cherikchi va sipohiy ermish. Va tarku tajridu tavakkulda yagona ermish. Darvesh Muhammad Churgarki, abdoldin ermish va masjidi Jome`da bo`lur ermish, bir kun ibriqidin suv to`kulgon ermish va o`zi yotqon ermish. Masjid xodimi ul suvni ko`rub sog`inib-durqi, darvesh bavl qilibdur. Ani andoq urubdurki, a`zosi majruh bo`lubdur. Darvesh bir oh urubdur va ketibdur. Bir o`t paydo bo`lubdur va masjidqa, chun yiqochdin ekandur, tutashibdur va andin ul bozorg`a tu-shubdurki, ani «jumlafurushlar bozori» der ermishlar. Sulton Majduddin Tolbag`a bu xabarni beribdurlar, darvesh keyincha boribdur. Chun anga yetibdur, debdurki, musulmonlarning shahrin ne uchun kuydurursen? Darvesh yonibdur va ko`zi ashkidin necha qatra ul o`tka to`kubdur, ul ut o`chubdur. Bu ruboiyni debdurki,
Derlarki bir qatla azim sel keldi, andoqki, yaqin erdiki, Hirot shahrin suv eltkay. Sulton Majduddin Todbog`a ayttilar. Dedi: mening xirqamni sel ilayiga qo`yun! Andoqki qildilar, sel filhol qaytti. Imom Faxruddin Roziy aning zamonida ermish, aning suhbatig`a taqarrubu tabarruk tilar erdi. Mazori Hiriy shahrida Xushk va Feruzobod darbi orasidadur.
Va Shayx Mahmud Ushnuviy rahimahullohki, «G`oyat ul - imkon va ma`rifat uz-zamon val makon» risolasining musannifidur, aning gunbadida madfundur. Va bu Shayx Mahmud Mavlono Shamsuddin Muhammad b. Abdulmalik Daylamiyning ashob va shogirdlaridindurki, muhaqqiqlarning akobir va mashoyixidindur. Va haqiqatda ko`p mufid musannafoti bor.
433. Abu Abdulloh Muxtor b. Muhammad b. Ahmad Hiraviy q. s.
Hirot mashoyixining akobiridindur. Zohir ulumi va botin ulumig`a jome`. Valoyat va karomot iyasi. Derlarki, qabri lavhida mundoq bitilgan topibdurlarki, ul ikki yuz yetmish yettida dunyodin o`tubdur. Ul debdurki, taomni andoq yegilki, sen oni yegaysen, yo`qki ul seni! Agar sen oni yesang, barcha nur bo`lg`ay va agar ul seni yesa, barcha dard bo`lg`ay va to`nni andoq kiyki, ruunat va faxr va xayloni sening nihodingda kuydurgay. Yo`qki, ul illatlar o`ti shu`lasin yorutg`oy. Debdurki, har ishda bo`lsang andoq bo`lki, Azroil boshingg`a kelsa, ul ishdin o`zga ishga borg`uliq bo`lmag`oysen va bori holating sening bila bo`lg`ay. Agarchi taom yemak bo`lg`ay, yo muboh amal qilmoq kerak. Botining xolisanlilloh bo`lg`ay va niyating ul amalda Haq s. t. ning rizosi bo`lg`ay va shar` rioyati. Debdurki, Ubudiyat asli uldurki, zohirda andoq bo`lg`aysenki, sendin barcha shar` zohir bo`lg`ay va botinda andoq bo`lg`aysenki, anda g`ayr yodining sig`mog`i bo`lmag`ay va anga murid va ashobki, karomat va valoyat iyasi bo`lg`ay ko`p erdi. Abu Ali Muxtor Alaniy Husayniy r. a. dek. Va ul sayyid imomg`a mashhurdur va pirining oyog`i sari madfundur va faqih Abu Usmon Marg`aziydekki, g`oyat shavq va so`xtaliydin Shavqso`xtag`a mashhurdur va anga g`aroib holot va ajib vaqoe` ermish va Xonchabod go`ristonida Abduvohid b. Muslimning ayog`i sari madfundur.
434. Shayx Abu Zar Buzjoniy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, men bir kishi ko`rubmenki, ani ko`rubdur. Sayyode erdi Buzjonda, qulun tutquchi. Base sa`y qildimki, ani toptim va ko`rdum. Abu Zar zohir karomoti iyasi erdi. Buzjonda bir madrasa bor erdiki, Shayx Abu Zar aning sokinlarin avliyo der erdi. Shayx bir kun ul madrasa eshigida yotib erdi. Madrasa xodimi keldi. Shayx so`rdikim, avliyo ne ishda? Xodim dediki, bu kun yeguluk topmaydurlar. Ul madrasada bir tut yig`ochi bor erdi. Xodimga dediki, chiqib ul yig`ochni silk! Xodimki, chiqib silkdi, yafrog`larki tushti, xolis oltun erdi. Shayx qoshig`a kelturdi. Shayx buyurdiki, yoronlar uchun taom ol! Va aning ash`oridindur.
B a y t:
Va ham aning nazmlaridindur:
435. Shayx ul-islom Ahmad Nomaqiy Jomiy q. s.
Kuniyati Abu Nasr Ahmad. b. Abulhasandur va Jarir b. Abdulloh Jabaliy farzandlaridindur raziyollohu anhuki, Rasul s. a. v. vafot qilgan yil musulmon bo`ldi. [Alloh undan rozi bo`lsin, dedi: Islomni qabul qilganimdan beri Rasululloh s. a. v. ziyoratidan mahrum qilmadi va doimo menga tabassum bilan boqardi]1
Va ul baland qadu bisyor jamil erdi. Amir ul-mu`minin Umar r. a. anga bu ummatning Yusufi ot qo`yub erdi. Hazrat Shayxqa Hazrati Haq s. t. qirq ikki fyarzand berib erdi, o`ttuz to`qquzi o`g`ul va uchi qiz. Shayx-ning vafotidin so`ngra o`n to`rt o`g`ul va uch qiz boqiy erdi. Va bu o`n to`rt o`g`ul barisi olim va omil va komil va sohibi tasnif va sohibi karomot va valoyat. Va xalqning muqtadosi-yu peshvosi erdilar. Va o`zi ummiy erdi va yigirma ikki yoshida tavba tavfiqi topti va tog`qa chiqdi. Va o`n sakkiz yil riyozatlar tortqondin so`ngra qirq yoshida ani xalq ichiga yuboribdurlar va ladunniy ilm eshiklarin yuziga ochibdurlar. Va uch yuz toy qog`azdin ortuqdurki, tavhidu ma`rifat ilmida va sirru hikmat ma`rifatida va tariqat ravishida va haqiqat bayonida tasnif qilibdurki, hech olim va hakim anga e`tiroz qilmaydur va qila olmaydur. Bu tasnifot barcha oyoti Qur`oniy va Rasul s. a. v. axbor va ahodisi bila muqayyad va muayyaddur. Hazrat Shayx q.s. «Siroj us-soirin» otlig` kitobida kelturubdurki, qirq yoshimdan beriki, meni xalq orasig`a yuboribdurlar, bu kungachakim, oltmish ikki yoshimdamen va bu kitobni farmon bila jam` qiladurmen, yuz sakson ming kishidurki, bizing ilgimizda tavba qilibdur. Va andin so`ngra dag`i ko`p yil Hirotda ermishlar. Shayx Zahiriddin Isoki, Shayxning farzandlaridin biridur, «Rumuz ul-haqoyiq» kitobida kelturubdur. Bizing Shayx iligida umrlarining oxirig`acha olti yuz ming kishi tavba qilibdurlar, ma`siyat yo`lidin toat tariqig`a kiribdurlar. Va Shayxning Xirqa piri Hazrat Shayx Abu Said Abulxayr q. r. dur. Va aning sharhi budurkim, Hazrat Shayx Abu Saidqa bir xirqa bor erdikim, anda toat qilur erdi.
Mundoq debdurlarki, ul xirqa Amir ul-mo`minin Abobakr Siddiq r. a. din meros qolib erdi mashoyixqa. To navbat alarg`a yetib erdi, alarga ko`rguzdilar va amr qildilarki, ul xirqani Ahmadqa taslim qil! Shayx Abu Tohirg`akim, alarning farzandi erdi, vasiyat qildilarkim, mening vafotimdin necha yildin so`ngra bir, navxat buyuk buyluq, azraq ko`zlug` Ahmad otlig` yigit sening xonaqohingdin kirgay va sen ashob orasida mening o`rnumda o`lturmish bo`lg`ansen, zinhorkim, bu xirqani anga taslim qilg`aysen. Alarning umri chun oxir damg`a yetti, Shayx Abu Tohirg`a bu orzu bo`lur erdiki, valoyateki alardadur, Shayx Abu Tohirg`a topshirg`aylar. Alar ko`z ochib dedilarki, ul valoyateki, siz tama` qilib erdingiz, ani yana biravga topshirdilar va bizing shayxlig`imiz alamin bir xarobote eshikiga urdilar va isheki bizda erdi, anga taslim qildilar. Va so`zlarki, el bilmadiki, hol nedur, to ulki, alar vafotidin necha yildin so`ngra bir kecha Shayx Abu Tohir voqe`ada ko`rdikim, buzurgvor otalari jam`i ashob bila musta`jal boradurlar. Ul so`rdikim, yo Shayx, ne ta`jildur? Alar dedilarki, sen dag`i kelki, Qutbi-avliyo keladur. Ul tiladiki, borg`ay, uyg`ondi. Yana bir kun Shayx Abu Tohir xonaqohida o`lturub erdikim, bir yigit kirdi, ham-ul sifat bilaki, Hazrati Shayx vasiyat qilib erdi. Shayx Abu Tohir filhol bildi va e`zozu ikrom qildi, ammo andoqki, bashariyat muqtazosidur. Mutaammil bo`ldiki, andoq buzurgvor ota xirqasin nechuk iligidin chiqaray? Ul yigit dedi: Xoja, amonatqa xiyonat ravo ermas. Shayx Abu Tohir xushvaqt bo`ldi va borib ul yerdinki xirqani Hazrat Shayx o`z muborak iligi bila qozuqdin osib erdilar, olib kelturub, ul yigitning egniga soldi. Va debdurlarki, ul xirqani mashoyixdin yigirma ikki kishi kiyib erdi, oxir Shayx ul-islom Ahmad Jomg`a havola bo`ldi. Andin so`ngra kishi bilmadiki, ul xirqa qayon bordi? Shayx ul-islom Ahmaddin so`rubdurlarki, mashoyix maqomotin eshitibbiz va kutublarin ko`rubbiz, hech qaysidin bu nav` holotki, sizdin zohir bo`lur, bo`lmaydur. Dediki, biz riyozat vaqtida har riyozatki eshittik avliyoulloh tortibdurlar, torttik va anga nima mazid ham qilduk. Haq s. t. o`z fazlu karami bila har ne parokanda alarg`a berib erdi, bir yo`la Ahmadqa berdi. Har to`rt yuz yilda Ahmaddek birav paydo bo`lg`ay, izzu taoloning inoyati osori anga bu bo`lg`ayki, xalq ko`rgaylar. [Bu rabbimning fazlu karamidandir]2. Hazrat Shayx karomotu maqomotining sharhi andin ko`prokdurki, bu muxtasarda ado topqan, ne uchunki, bovujudiulki, alar maqomotining jam`ini ellik-oltmish juzv bitibdur, ulcha bor, sharh qilaolmaydur va ul maqomot mashhuridur. Agar holotig`a yaxshi muttale` bo`lay degan kishi ul kitobni o`qimoq kerak. Shayxning valodati to`rt yuz qirq birda ermish va besh yuz o`ttiz oltida dunyodin o`tubdur.
436. Abu Tohir Kurd r. t.
Ul Xizr a.s. bila suhbat tutar ermish va Shayx ul-islom Ahmadqa aning bila muvonasat bor ermish. Shayx ul-islom debdurki, bir kun mendin nafs zardolu tiladi. Dedim: bir yil ro`za tutqil, sanga zardolu beray! Bir yildin so`ngra nafs taqozo qildiki, men va`dag`a vafo qildim, sen ham qil! Ul bog` sari bordimki, otamdin meros qolib erdi, ko`rdumki bir zardoluni shag`ol yebdur va butun tashlabdur. Oldimki, va`dag`a vafo qilg`aymen, nafs far`yod qildiki, ne ish qilg`ungdur, manga hech zardolu kerakmas! Emdiki, nafs andin tamom kechti, bir necha zardolu yedim va bir nechani ko`tardim va Shayx Abu Tohir qoshig`aki mening piri suh-batim erdi va ollida qo`ydum. Shayx o`ruk sari boqdi va dediki, Ahmad, bizing uchun vaqf o`rugi kelturubsen! Dedim: ey Shayx, vaqf emas va mening otam mulkida o`zi tikkan va manga meros yetgan daraxtdindur va men o`z iligim bila uzubmen. Shayx musallam tutmadi va o`g`liya ayttiki, bizing qo`ylardin bir qo`y olib kel va o`ltur va shurboe pishirki, ochlig` safrosi Ahmadning dimog`i va boshig`a urubdur, bilmavdurki, ne deydur va ne qiladur. Men dam urmadim, to ul taomni kelturdilar. Ko`nglumg`a yetkurdilarki, bu taomdin yemaki, vajhdin emas. Men xayol qilur erdim va nondin ilig urub yer erdim. Ilhoq qildiki, chun aytki, ne uchun yemaysen? Ulcha ko`nglumga solib erdilar, ayttim. O`g`lin tiladi va ul et kayfiyatin so`rdi. O`g`li ayttiki, qo`ylar yiroq borib erdilar, falon qassobdin oldim. Ul qassobni tilab, et kayfiyatin so`rdi. Dedi: ul bir qo`y eti erdiki, shihna zulm bila biravdin olib erdi, manga berdiki, o`ltur, yarimin shihna eltti, yarimi qolib erdiki, shayxzoda olib keldi. Shayx Abu Tohir boshin quyi soldi. Va yig`lamoq manga zo`r kelturdi va qo`ptum. Bir savma`aki, ul yaqinda erdi, kirdim, yig`lamog`imni tiya olmay yig`lar erdimki, Shayx Abu Tohir kirdi va o`lturdi. Va men ko`nglumda munojot qilur erdimki, Xudoyo, andoqki, qo`y ishini anga ma`lum qildurdung, o`ruk ishin ham zohir qil! Bu asnoda Xizr a. s. kirib keldi va dedi: yo Abo Tohir, Ahmadning mulkiga vaqf ot qo`ydung va shubhaliq taoming`a halol ot qo`ydung, muni kimdin o`rganibsen? Sening Ahmadqa hech boz-xosting yo`qdurki, ul buyuk poyadin borur.
437. Shayx Abu Ali Formadiy q. s.
Oti Fazl b. Ahmaddur. Xurosonning Shayx ush-shuyuxi erdi. Tazkiru mav`izatda ustod imom Abulqosim Qushayriyning shogirdidur va tasavvufda intisobi ikki jonibdadur. Biri Shayxi buzurgvor Shayx Abulqosim Gurgoniy q. s. g`a va yana biri Shayx ul-mashoyix Abulhasan Xaraqoniy r. g`aki, o`z zamonining qutbi erdi. Shayx Abu Ali debdurki, yigitligim ibtidosida Nishoburda ilm tahsilig`a mashg`ul erdim, eshittimki, Shayx Abu Said Abulxayr Mehnadin kelib, majlis aytadur. Men bordim, to ani ko`rgaymen. Ko`zumki oning muborakja-molig`a tushti, vola va oshiq bo`ldim va bu toifaning muhabbati ko`nglumda ko`prak bo`ldi.
Bir kun madrasada, o`z hujramda o`lturub erdim. Shayxning diydorining orzusi ko`nglumga tushti va ul vaqt emas erdiki, Shayx chiqqay. Sabr qila olmadim. Qo`pdum dag`i chiqtim. Chun chorsug`a yettim. Shayxni ko`rdumki, qolin el bila borur erdi. Men dog`i alarni erishaborur erdim, behud. Va shayx bir yerga kirdi va ashob dog`i kirdilar, men dog`i kirdim va bir go`shada o`lturdum. Ondoqki, shayx meni ko`rmas erdi. Chun samo`g`a mashg`ul bo`ldilar. Shayxqa vaqt xush bo`ldi va vajd anga zohir bo`ldi va to`nin chok qildi. Chun samo`din forig` bo`ldilar. Shayx to`nin soldi va ashob yirtib ulashadur erdilar. Shayx bir yeng bila bir ungurin olib chorladiki, ey Bu Ali Tusiy, qaydasen? Kel! Men javob bermadim va dedimki, meni ko`rmaydurur va bilmas. Shoyad ashob orosida Abu Ali otlig` birov bor ekin! Yana mening otimni tutub chorladi. Uchunchi qatlada menga zarurat bo`ldi. Javob berib qo`ptim va qoshig`a bordim. Shayx ul yeng bila ul ungurni menga berdi va dedi: Sen bizga bu yeng bila ungurdeksen. Ani olib bir arig` yerda qo`ydum va doim shayx xizmatig`a borur erdim va shayx xizmatidin menga ko`p foyda va yorug`liqlar yetishti. Chun shayx Nishoburdin bordi. Men ustod Abulqosim Qushayriy xizmatig`a borur erdim va har voqea va holat yuz ko`rguzsa, anga aytur erdim va ul meni ilm kasbig`a targ`ib qilur erdi. Yana ikki-uch yil jidd bila tahsilg`a mashg`ul bo`ldum. Bir kun qalamni mihbaradin chiqordim. Oq chiqdi. Ani ustod imomg`a arz qildim. Ustod dediki, chun ilm sendin ilik tortti. Sen dog`i ondin ilik tort va ishga mashg`ul bo`l! Madrasadin chiqdim va xonaqohda sokin bo`ldim va ustod Imom xizmatida suluk qilur erdim va yuzlangan holni anga arz qilur erdim va javob topar erdim. Bir kun menga bir hol das berdiki, ul holda gum bo`ldim. Chun ustod Imomg`a ayttim. Javob berdiki, ey Abu Ali, mening ravishim mundin yuqori emas. Ul vaqtda Hazrat shayx Abulqosim Gurgoniyning shuhrati Tusdin yetishti. Men Tusqa, oning xizmatig`a bordim. Masjidida ashob bila o`lturub erdi, ikki rakaat tahiyati masjid qilg`ondin so`ngra qoshig`a bordim. Bosh ko`tardi va dedi: Kel, ey Buali! Ne niyating bor? Ayt! Men voqealarimni arz qildim. Ersa, dedikim, qutlug` bo`lsun, ishingning ib-tidosi yamon ermas! Tarbiyat topsang, biyik darajaga yetarsen. Men o`z ko`nglumda dedimkim, mening pirim bu kishidur. Oning xizmatida maqom qildim. Ondin so`ngraki, menga qattiq riyozatlar va mujohadatlar buyurub erdi. Iqbol qildi va majlis aqdi buyurdi va o`z farzandin mening hukmimda qildi va ham shayx Bu Ali debdurki, mundin burun Shayx Abu Said Abulxayr Meh-nadin Tusg`a kelib erdi va chun xizmatig`a bordim. Deb erdiki, ey Abu Ali, bot bo`lg`ayki, to`tidek seni so`zga kiyurgaylar. Oz vaqtdin so`ngra Shayx Abulqosim Gurgoniy menga majlis aqdi buyurdi va so`z eshigi ko`nglumda ochildi.
438. Shayx Abubakr b. Abdulloh Tusiy Nassoj. q. s.
Ul ham Shayx Abulqosim Gurgoniyning muridlaridindur. Va Abubakr Dinavariy bila suhbat tutubdur. Andin so`rdilarki, matlub diydorin ne bila ko`rsa bo`lur? Dediki, sidq ko`zi bila ko`rsa bo`lur, talab ko`zgusida! Va ham ul debdurki, suv tasavvuri suvsizlig`ni daf` qilmas va o`t fikrati harorat bag`ishlamas va talab da`vosi matlubg`a yetkurmas. Va ham ul debdurki, to mavhum vujudni fano o`ti kul qilmag`ay va ko`ngul g`ayrat ignasi bila aning g`ayridin tikilmagay, jon xilvatxonasi jonon sham`i jamoli tajallilari bila yorumag`ay, ne uchunki, ekkan yerda tuxum ekmaslar va munaqqash qog`azg`a naqsh chekmaslar. Debdurlarki, holi bidoyatida mujohada ko`p chekti va ul mujohadasi mu-shohadag`a ulanmadi. Xudovandi taolo dargohida nola qildi, sirrig`a yetkurdilarki, Nassoj, talab dardig`a qone` bo`l, sanga topmoq bila ne ish! Ham ul debdurki, tavakkul uldurki, man`u atoni Tengri taolodin o`zgadin ko`rmagaysen. Ayn ul-quzot Hamadoniy o`z musannafotida kelturubdurki, Shayx Ahmad G`azzoliyki, Abubakr Nassoj aning piridur, munojotida dediki, [Iloho, mening yaralishimdan hikmat ne?]1 javob keldiki, [Sening yaralishingdan hikmat – jamolimni ruhing ko`zgusida ko`rmoq, muhabbatimni qalbingga solmoq]2.
439. Hujjat ul-islom Muhammad b. Muhammad G`azzoliy Tusiy q. s.
Kuniyati Abu Homiddur va laqabi Zaynuddin. Tasavvufda intisobi Shayx Abu Ali Formadiydur. Ul debdur: [Shayxim imom Ali Formadiy hazratlarining shayxi Abulqosim Gurgoniy hazratlaridan shunday naql qilganini eshitdim: «Solik hanuz vosil bo`lmagan bo`lsa ham, Allohu Taoloning to`qson to`qqiz ismi uning sifatlariga aylanadi»]1.
Imom Muhammad holining ibtidosi Tusda va Nishoburda ulum tahsilig`a va oning takmilig`a ishtig`ol ko`rguzdi. Ondin so`ngra Nizom ul-mulk bila muloqot qildi. Jamoati fuzalo bilaki, oning suhbatida bo`lur erdilar, mutaaddid majolisda munozara va mujodala qildi va alarg`a g`olib bo`ldi. Va Bag`dodda Nizomiya madrasasi tadrisin anga tafviz qildilar. To`rt yuz o`ttiz to`rtda Bag`dodg`a borib, dars aytdi va Iroq ahli barcha anga shefta va firifta bo`ldilar. Baland qadr arjumand poya topti. So`ngra borisin ihtiyori bila tark qildi va zuhdu inqito` tariqin ilgari tutdi va haj azimati qildi va to`rt yuz sakson sakkizda hajg`a musharraf bo`lub, Shomg`a murojaat qildi va muddate anda erdi va andin Bayt ul-Muqaddasg`a bordi va andin Misrg`a keldi va muddate Iskandariyada erdi va andin Shomg`a kelib, necha vaqt turdi va andin so`ngra vatan azimati qildi va o`z holig`a mashg`ul bo`ldi va xalqdin xilvat ixtiyor qildi va mufid kitoblar tasnif qildi.
«Ih`yo ul-ulum»dek va «Javohir ul-Qur`on» va «Yoqut ut-ta`vil» tafsiridekki, qirq mujalladdur va «Mishqot ul-anvor» dekki, barcha mashhur kutublardur va bu barchadin so`ngra Nishoburga avd qildi va so`fiya uchun xonaqohe bino qildi. Va ilm talabasi uchun madrasa ham ihdos qildi va avqotin xayr vazoifi tavze` etti, Qur`on xatmidin, arbobi qulub suhbatidin va ulum tadrisidin ul zamongachaki, besh yuz beshda jumodul oxir oyining o`n to`rtida Tengri taolo jivori rahmatig`a vosil bo`ldi. Shayx Abulhasan Shozali q. s. ki, o`z za-monining qutbi erdi, o`zi ko`rgan voqeadin mundoq xabar beribdurki, Hazrat Risolat s. a. v. Muso va Iso a. s. g`a mubohot va mufoxirat qilibdur G`azzoliy r. t. bila. [Alloh undan rozi bo`lsin, ba`zi do`stlariga yozgan maktublaridagi hikmatlaridan]2. Ruh hastii nestnamoydurki, kishi anga yo`l topmas va sultoni qohir va mutasarrif uldur. Qolib aning asiru bechorasidur. Har ne ko`rsalar Qolibdin ko`rarlar va Qolib andin bexabar; barcha olamg`a olam qayyumi bila ushbu misoldurki, olam qayyumi «hasti nestnamon-dur»ki, olam zarrotidin hech zarrag`a vujud va qivom o`zi bila emas. Balki oning qayyumlug`i biladur. Va har nimaning qayyumi zaruratki, ul nima biladur, vujudi haqiqiy angadur va muqavvim vujudi andin oriyat vajhi bila [Sizlar qaerda bo`lsangiz, u sizlar bilan birgadir]3 budur va lekin, birovkim maiyyatni bilmagay, illo jism maiyyatini jism bila yo araz maiyyatini araz bila yo araz, maiyyatin jism bila va bu uchalasi olam qayyumig`a maholdur. Bu maiyyatni fahm qilaolmag`ay va qayyumiyat maiyyati to`rtunchi qismdur. Balki maiyyat haqiqat yuzidin budur va bu dag`i hasti nestnamoydur. Alarki, bu maiyyatni bilmagaylar, qayyumni tilaganlar va topmag`oylar [va yana unga tegishli]4 Girdbodki, sofi havoda yerdin qo`par. Bir minora surati bila mustatil va o`ziga chirmanur. Qishi anga boqsa sog`inurki, tufrog` o`zin chirmaydur va tebranadur va andoq emasdur. Balkn ul tufrog`din har zarra bila havodurki, oning muharrikidur. Ammo havoni ko`rsa bo`lmas va tufrog`ni ko`rsa bo`lur. Bas, tufrog` muharriklig`da nesti hastnamoydur va havo hasti nestnamoy. Tufroqqa harakatda musaxxarlig`din o`zga yo`qdur havo ilkida. Va saltanat barcha havog`adur va havoning saltanati nopaydo.
440. Shayx Ahmad G`azzoliy r. t.
Shayx Abubakr Nassojning murididur. Va mo``tabar tasnifoti va ta`lifoti bor. Va alardin biri «Savonih» kitobidurkim, Shayx Faxruddin Iroqiy «Lama`ot»ni aning sunnati bila tartib beribdur. Andoqki, debochasida ayturki, [Ammo ba`d: ishq martabalari haqidagi bir qancha so`zlar «Savonih» uslubida yozildi]1. Va «Savonih» fuzulidin biri budurkim, ma`shuq barcha holi bilan ma`shuqdur, bas istig`no aning sifatidur. Va oshiq barcha holi bilan oshiqdur, bas iftiqor aning sifatidur. Oshiqqa hamisha ma`shuq keraklik, bas iftiqor aning sifatidur. Va ma`shuqqa hech nima darboist emas, chun o`zi o`ziningdur, lojaram istig`no aning sifati bo`lg`ay.
Bir kun aning majlisida qori bu oyatni o`qudiki, [Ey o`z jonig`a jinoyat qilgan bandalarim]3. Ul dedi: [Alloh «bandalarim» deb, o`ziga nisbat berish bilan ularni ulug`lamoqda. So`ngra o`qidi: Ishq yo`lida malomat oson kechdi, dushmanlarimning ta`nalari men uchun e`tiborsiz. O`z nomim bilan chaqirsalar, karga aylanaman va agar Allohning bandasi deb xitob qilsalar, albatta, eshituvchiman]4. Bu toifadin birida Imom Ahmad so`zlaridin bir juzv edi, ani hujjat ul-islom Imom Muhammad olib taammul qildi va dedi: subhonolloh, biz tiladuk va ul topti, ya`ni Imom Ahmad.
Besh yuz o`n yettida dunyodin o`tubdur va qabri Qazvindadur.
441. Xoja Yusuf Hamadoniy q. t. s.
Kuniyati Abu Ya`qubdur. [Imom, olim, orifi rabboniy, go`zal hollari, ko`p ehsonlari, yuksak karamot va maqomotlari bor edi]1. Ibtidoda Bag`dodqa bordi va Shayx Abu Ishoq Sheroziy majlisida mulozamat qildi va ishi yuqori bo`ldi va o`z aqronig`a fiqh ilmida va o`zga ulumda, xususan nazar ilmida foiq bo`ldi va Shayx Abu Ishoq ani kichik yoshlig` ekanida ko`p ulug` poyalig` ashobig`a taqdim qilur erdi va ko`p ulamodin Bag`dod va Isfahon va Samarqandda hadis istimo` qildi. So`ngra barchani tark qildi va riyozatu mujohadat tariqin ilgari tutdi va mashhur andoqdurki, tasavvufda intisobi Shayx Abu Ali Formadiyg`adur va debdurlarki, Shayx Abdulloh Juvayniyg`a. Va Shayx Hasan Simnoniy bila suhbat tutubdur. Marvda sokin bo`ldi va andin Hiriga keldi va bir necha vaqt iqomat qildi. Yana Marv ahli andin murojaat iltimos qildilar va Marvg`a bordi. Yana Hiriga keldi va andin so`ngra Marv azimatig`a murojaat qilg`anda, yo`lda besh yuz o`ttuz beshda favt bo`ldi va ham andaki, favt bo`ldi, dafn qildilar va nscha vaqtdin so`ngra Marvg`a naql qildnlar va mazori Marvdadur mashhur. Shayx Muhyiddin Arabiy q. t. r. o`z musannafotidin ba`zida aytibdurki, Shayx Avhaduddin Homid Kirmoniy Quniya shahrida mening manzilimda erdi. Dediki, bizning bilodda Xoja Yusuf Hamadoniy q. s. ki, oltmish yildin ortuq shayxlig` va irshod sajjodasida o`lturub erdi.
Bir kun o`z zoviyasida o`lturub erdiki, ko`nglida tashqari chiqmoq xutur qildi va tariqi jum`a kunidin o`zga kun chiqmas erdi va bu anga og`ir keldiki, bilmas erdiki, qayon borg`ay? Oxir bir markabga mindi va jilovin qo`ydi, to qayonki, Tengri taolo eltsa borg`ay. Ul markab shahrdin chiqdi va bodiyag`a kirdi va borur erdi, to ani bir vayron masjid eshigiga yetkurdi va turdi.
Shayx tushti va ul masjidqa kirdi va ko`rdiki, bir yig`it boshin muroqabag`a tortibdur. Bir zamondin so`ngra boshin ko`tardi. Bir hanbatlig` yigit erdi, dedi: Yo Yusuf, menga mas`ala mushkul bo`lubdur va zikr qildi. Shayx ul mushkulni hal qilg`ondin so`ngra dedi, ey farzand, har qachon senga mas`alae mushkul bo`lsa, shahrg`a kel, dog`i mendin so`r va meni kelurga ranjga solma. Shayx debdurki, ul yigit menga boqdi va aytti, har qachon mas`alae menga mushkil bo`lsa, aning hallig`a har tosh manga saningdek bir Yusufdur.
Shayx Ibn Arabiy debdurki, men mundin bildimki, murid tavajjuh sidqi bila Shamxni o`z jonibig`a jazb qila olur ermish. Xojaning g`arib holoti va ajib maqomoti andin ko`prakdurki, sharh qilsa bo`lg`ay. Ashob arosinda xulafosi to`rt kishi erdilar: Xoja Abdulloh Barqiy va Xoja Hasan Andoqiy va Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy q. t. a. Va Xoja Yusufdin so`ngra bu to`rt kishidin har biri irshod va da`vat maqomida ermishlar va muridlar aning xizmatida adab bila mulozim. Chun Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston sori azimat qildi. Barcha ashob va irodat ahlini Xoja Abdulxoliq mutobaatig`a dalolat qildi. Bu nav` ermish, bu xonadonning ba`zi mutaaxxir mashoyixining risolasida.
442. Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy q. t. r;
Ularning ravishi tariqatda hujjatdur. Barcha foruqning maqbulidurlar. Hamisha sidqu safo yo`lida va Mustafo s. a. v. shar`u sunnati mutobaatida va bid`atu havo muxolafatida qadam urubdurlar va pok ravishlarin ag``yor ko`zidin yashurubdurlar. Alarg`a ko`ngul zikri. sabaqi yigitlikda Xoja Xizr a. s. din bo`lubdur va ul sabaqqa muvozabat ko`rguzubdurlar va Xoja alardin farzandliq qabul qilibdurlar va buyurubdurlarki, havzlug` suvg`a kirib, g`o`ta ur va ko`nglungda [«lo iloha illallohu Muhammadur rasulolloh»]1 degil. Alar Xoja buyurg`ondek qilibdurlar va ishga mashg`ul bo`lubdurlar va kushodlar topibdurlar va avvaldin oxirg`acha alarning ro`zgori barcha xalq qoshida maqbul va mahmud ekandur. So`ngra shayx ush-shuyux olimu orifi rabboniy Xoja imom Abu Ya`qub Yusuf Hamadoniy q. r. Buxorog`a kelibdurlar va Xoja Abdulxoliq alar suhbatig`a yetibdurlar va ma`lum qilibdurlarki, alarda ham ko`ngil zikri bor. Alar suhbatida bo`lur ermishlar va ma`lum qilibdurlarki, to alar Buxoroda ermishlar, debdurlarki, Xoja alarning sabaqi va zikri piridurlar va Xoja Yusuf suhbat va xirqalari piri. Xoja Yusufdin so`ngra alar riyozatqa mashg`ul bo`ldilar va ahvollarin maxfiy tutar erdilar va alarning valoyati ul yerga yettiki, har vaqt namozda Ka`bag`a borurlar erdi. Alarning valoyati ko`p erdi va Shomda alarg`a ko`p muridlar paydo bo`ldilar va xonaqoh va ostona zohir bo`ldi. Ashuro ayyomida jamoati kasir alar xizmatida o`lturub erdilar va alar ma`rifatda so`z aytadur erdilar. Nogoh bir yigit kirdi. Zohidlar suratida, egnida xirqa va kiftida sajjoda va bir go`shada o`lturdi. Hazrat Xoja anga nazar qildilar. Ul yigit dediki, Hazrat Risolat s. a. v. debdurlarki, [Mo`minning farosatidin qo`rqing! Chunki u ulug` va qudratli Alloh nuri bilan boqadi]2. Bu hadisning sirri nedur? Alar dedilarki, bu hadisning sirri budurki, xirqang ostidag`i zunnoringni kesib, iymon keturgoysen. Ul yigit filhol zunnorin kesti va iymon kelturdi va Hazrat Xoja ashobg`a boqib dedilarki, ey yoronlar, kelingki, andoqki zohir zunnorin kesib, bu navahd yigit iymon kelturdi, biz ham botin zunnorinki iborati ujbdindur qat` qilib, iymon kelturali, to andoqki, ul omurzida bo`ldi, biz dog`i omurzida bo`lali! Ajab holate ashobg`a zohir bo`ldi. Xojaning oyog`ig`a tusharlar erdi va tavbalarin toza qilurlar erdi.
Bir kun alar xizmatida bir darvesh der erdiki, agar Alloh taolo mani behisht bila do`zax orasida muxayyar qilsa, men do`zaxni ixtiyor qilurmen. Nevchunki, hargiz nafsim murodi bila zist qilmaydurmen. Bu holda behisht nafs murodidur va do`zax haq murodi.
Hazrat Xoja ul so`zni rad qildilar va dedilarki, bandag`a ixtiyor bila ne ish, har qayon desa bor, borurbiz va qayon desa bo`l, bo`lurbiz, bandaliq budur! Yo`q, ulki, sen aytasan. Ul darvesh so`rdiki, shaytong`a haq yo`lining soliklarig`a dast bo`lg`ay?
Xoja buyurdilarki, har solikki, nafs fanosi sarhadig`a yetmagan bo`lsa! Chunki anga g`azab dast bergay. Shayton anga dast topqay. Chun nafs fanosi hosil qilmish bo`lsa, anga g`azab bo`lmas, g`ayrat bo`lur va shayton g`ayratdin qochar. Bu sifat birovga musallamdurki, yuzi haq yo`lig`a bo`lg`ay va «Kitobulloh»ni o`ng ilkiga tutqoy va Rasul s. a. v. sunnatin so`l ilkiga va bu ikki yorug`luq orosida yo`l suluki qilg`ay.
Bir niyozmand dediki, Xoja bizga iymon duosi bila madad qilsalar bo`lg`ayki, bu shayton domgohidin salomat jon eltgaybiz. Alar buyurdilarki, va`da andoqdurki, faroyiz adosidin so`ngra duo mustajob bo`lur. Sen ishda bo`l va bizni xayr duosi bila yod qil! Faroyiz adosidin so`ngra biz ham seni yod qilali. Bo`lg`ayki, bu orada ijobat asari zohir bo`lg`ay ham sening haqingg`a, ham bizing haqimizga!
443. Xoja Orif Revgarviy q. s.
Xoja Abdulxoliqqa uch xalifa ermish: Xoja Ahmad Siddiq va Xoja Orif Revgariy va Xoja Avliyoyi Kalon. Va nisbat silsilasi Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband q. s. g`a bu jamoatdin Xoja Orifqa yetishur.
444. Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy q. s.
Ul Xoja Orif xulafosidindur.
445. Xoja Ali Romitaniy q. s.
Alar Xoja Mahmud xulafosidindurlar va bu silsilada alarning laqabi Hazrat Azizondur. Va alarg`a oliy maqomot va zohir karomot ko`p erkandur. Va to`qimoq san`atig`a mashg`ul bo`lur ermish. Va Hazrat Maxdumkim, «Nafahot ul-uns» kitobining musannifidurlar, mundoq debdurlarki, manga ba`zi akobirdin mundoq istimo` tushubdurki, ishorat alarg`adur. Ulcha Hazrat Mavlono Jaloliddin Rumiy q. t. r. debdurki, b a y t:
Alardin surubdurlarki, iymon nedur? Debdurlarki, qo`ngarmoq va ovlamoq. Va ham alardin so`rubdurlarkim, masbuq masbuqona qazosig`a qachon qo`pqay? Debdurlarki, subhdin burun. Va alardin manquldurki, debdurlarki, agar yer yuzida Xoja Abdulxoliq farzandlaridin biri bo`lsa erdi, Mansur hargiz dor ostiga bormag`ay erdi. Va bu silsila ahli bu ruboiyni
[Kim bilan birga o`tirsangu qalbing bog`lanmasa, u bilan suhbating aslo hovushmasa, zinhor uning suhbatidan qochgin, yo`qsa, azizlar ruhi seni kechirmaydi]2.
alarg`a nisbat berurlar. Va alarning qabri Xorazmda mashhurdur.
446. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy r. t.
Hazrat Xoja Azizonning xalifasidur va Hazrat Xoja Bahouddin hazratlarig`a alardin qabul farzandlig`qa voqe` bo`lubdur va alardurlarki, Qasri Hinduvondin o`tarda der ermishlarki, bu tufrog`din bir er isi keladur. Bo`lg`ayki, Qasri Hinduvon Qasri Orifon bo`lg`ay. To bir kunki Sayyid Amir Kulol manzilidinki, alarning xulafosidindur, Qasri Orifon sari mutavajjih erdilar. Dedilarki, ul er isiki, bizing dimog`imizg`a yetar erdi, ortuqroq bo`lubdur. Hamonoki ul er mutavallid bo`lubdur. Chun nuzul qilibdurlar. Hazrat Xoja Bahouddin valodatidin uch kun ekandur, alarning jaddi bir muomala alarning ko`ksig`a qo`yib, alarni ixlos va niyoz bila Xoja Muhammad Bobo nazarig`a kelturubdur. Xoja Muhammad Bobo dedilarki, ul bizing farzandimizdur va biz oni qabul qilduq va ashob sori boqib, debdurlarki, bu ul erdurki, bizga oning isi yetib erdi. Ro`zgorning muqtadosi bo`lg`ay va Amir Sayyid Kulolg`a buyurdilarki, farzandim Bahouddin haqida tarbiyat va shafqatni darig` tutmag`oysen va senga bihil qilmag`oymen, agar taqsir qilsng. Amir dedikim, er bo`lmag`oymen agar, Xoja vasiyatida taqsir qilsam.
Xoja Bahouddin debdurlarki, taqdir hasbi bila mutaammil bo`lurda jaddim buyurdikim, borib, Xoja Muhammad Bobog`a tashrif huzuri iltimos qilki, alarning qadami barakoti bu manzilg`a yetgay. Chun alar liqosiga musharraf bo`ldum, ajab karomotki, alardin mushohada bo`ldi. Bu erdiki, ul menda niyoz va tazarru` paydo bo`lib erdikim, qo`ptum va masjidqa kirdum va ikki rakaat namoz qildum va boshimni sajdag`a qo`yub, niyoz bila ixlos ko`rguzdim va ul oroda tilimga bu keldikim, ilohi, balong yukini tortarg`a quvvat va muhabbating mehnatini tortarg`a tahammul ber! Chun saboh Xoja xizmatig`a yettim, buyurdilarki, ey farzand, duo mundoq qilmoq kerakki, ilohi, oncha sening rizong andadur, bu zaif bandangni anga tut o`z fazlu karaming bila! Agar xudovandi taolo har do`stig`a baloyi yiborsa, o`z inoyati bila ul yukni tortarg`a quvvat bergay va aning hikmatin anga zohir, qilg`ay. Ixtiyor bila balo talabi dushvordur. Gustoxliq qilmamoq kerak.
Andin so`ng taom hozir bo`ldi. Chun yeyildi. Xoja bir qurs menga berdi. Xayolimg`a keldikim, ushbu soat to`q taom yeduk va manzilg`aki bordilar, anda ham at`ima bo`lg`usidur, Bu qurs bizing ne vasilamizg`a yarar.
Chun Xoja ravon bo`ldilar. Men alarning jilovida borur erdim va o`z xotirimni asli tavajjuhg`a rosix tutub, niyozi tamom bila qadam urar erdim. Agar botinimda tafriqae paydo bo`lsa erdi, xoja buyururlar erdikim, xotirni yaxshi asramoq kerak, to yo`lda muhiblarining biri uyiga yettilar. Ul darvesh bashoshat va niyoz bila ilgari keldi va alar chun nuzul qildilar.
Ul faqirda iztirob asari zohir bo`ldi. Alar dedilar: chinin aytki, iztirobingg`a bois nedur? Ul darvesh dediki, biz taraf sut hozirdur, o`tmak yo`qdur. Alar menga boqib dedilarki, ul qursni kelturki, oqibat menga ishga yaradi va menga ul hol mushohadasidin alarg`a yaqin ortug`roq bo`ldi.
447. Sayyid Amir Kulol r. t.
Mazkur bo`lg`on Xoja Muhammad Boboning xalifasidur. Hazrat Xoja Bahoudding`a suhbat nisbati tariqat suluki, odobi ta`limi va zikr talqini alardindur. Bir kun azim majma`da Amir Sayyid Kulol Xoja hazratin tilab dediki, ey farzand Bahouddin, Xoja Muhammad Bobo nafasi vasiyatin sizning boringizda tamom bajoy keltirdim deb. Dedilarki, har ne tarbiya bobida bormen, sening haqingda ko`rguzubmen.
Sen farzand Bahouddin bobida ko`rgizgil! Andoq qildim va ishorat o`z ko`ksiga qilib dediki, bu emchakni sizing uchun quruttum va sizing ruhoniyatingiz qushi bashariyat bayzasidin chiqdi. Ammo sizing himmatingiz shahbozi balandparvoz tushubdur. Emdi ijozattur. Har erda matlubdin ise dimog`ingizda yetsa, tilang va talabda o`z himmatingiz mujibi bila taqsir qilmayg! Hazrat Xoja debdurlarki, ul so`zlarki Mir hazratlari aytib, bizga ijozat berdilar, ibtilog`a vosita bo`ldiki, ham alar tarbiyati tahtida bo`lsak erdi, saodat va salomatqa yaqinroq erduk.
Bir kun Mir hazratlari Xojag`a dedilarki, chun ustod shogirdga tarbiyat qilsa, har oyina tilarki, o`z tarbiyati asarini andin mushohada qilg`ay, to anga e`timod bo`lg`ayki, oning tarbiyati joygir tushubdur va agar shogird ishida xalale ko`rubdur, ul xalalg`a isloh qilg`ay. Andin so`ng dediki, Mir Burhon mening farzandimdur va hozir o`lturubdur va hech pirning tasarruf iligi anga yetmaydur va ma`naviy tarbiyat topmaydur va maning huzurimda oning tarbiyatig`a mashg`ul bo`lmoq keraksiz, to aning asarini mutolaa qilg`aymen va sizing san`atingizga tamom e`timod qilg`aymen. Hazrat Xoja Mirg`a muroqib o`lturub erdilar. G`oyat adab rioyatidin ul ish imtisolida tavaqquf qiladur erdilar. Mir dedilarki, tavaqquf qilmamoq kerak. Hazrat Xoja alarning amri imtisoli qildilar va Sayyid Burhonning botini va zohirida paydo bo`ldi va qaviy Hol anga padid bo`ldi va shukri haqiqiy asari zohir bo`ldi.
448. Qusam Shayx r. t.
Ul turk mashoyixidindur. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonadonidindur. Xoja Bahouddin ul so`z mujibiki, Mir Sayyid Kulolalarg`a ijozat berganda deb erdiki har qayondin royihai dimog`ingizg`a yetsa, talabda taqsir qilmayg! Qusam Shayx xizmatig`a bordilar. Ul avval muloqotda qovun yeydur erdi. Po`chog`in Xoja sori tashladi. Alar g`oyat talab haroratidin ul po`chog`ni terisi bilan yedilar. Ul majlisda ikki-uch qatla bu nav` voqe` bo`ldi ham bu majlisda Shayxning xodimi kirib dediki, uch teva va to`rt otg`oyib qilibman. Shayx Xojag`a ishorat qilib dediki, ani yaxshi tutingiz! To`rt kishi andoq xushunat bila Xojag`a yopushtilarki, go`s aroda qone voqea bo`lubdur. Hazrat Xoja debdurlarki, turk mashoyixining shinoxti bo`lmasa, alar tariqidin mutanaffir va navmid bo`lur. Xoja muroqib o`lturdilar. Namozshom adosidin so`ngra xodim yana kirib dediki, g`oyib bo`lg`on tevalar va otlar o`zlari keldilar. Qusam shayx xizmatida Xoja uch oyg`a yaqin bo`ldilar. Oxyr ul-amr Shayx Xojag`a tashrif berdi va dedi: To`qquz o`g`lum bor. Sen barchasidin ulug`roq va muqaddamroq. Andin so`ngra har qachon Shayx Naxshabdin Buxorog`a kelur erdi, Xojag`a mulozamat qilurlar erdi. Shayx debdurki, bu nav` talabgorlig`ki, senda ko`rub-men, toliblardin hech qaysida ko`rmaymen. Oxir bu Qusam Shayx Xoja inqito`iy va kamoli beta`ayyunlug`idin Buxoroning timlaridin birida andoq savdo va sotiq qildi va chiqib bir do`konchada o`lturub, ashob va farzandlaridin har kimki, oning bila edilar tiladi va dediki, bizing borur chog`imiz bo`ldi. Tavhid kalimasin alar muvofaqati bila aytti va jon taslim qildi.
449. Xalil Ota q. r.
Xoja Bahouddin hazratlari debdurlarki, bidoyat holda bir kecha Hakim ota r. niki, turk mashoyixining kiboridindur, voqe`ada ko`rdumki, bizni bir darveshga siporish qiladur. Uyg`ong`ondin so`ngra ul darveshning surati xotirda erdi va bizga jaddani erdi, soliha otamiz onasi, ul voqe`ani alarg`a ayttuq. Dedilar: ey farzand, senga turk mashoyixidin nasibe bo`lg`usidur va men doim ul darveshga tolib erdim.
To bir kun Buxoro bozorida ul darveshga yo`luqdum va tanidum. Otin so`rdum. Xalil erdi. Ul zamon oning bila mujolasat va mukolama muyassar bo`lmadi. Chuk manzilg`a bordim va oqshom bo`ldi. Ul darvesh qoshidin birov kelib, meni tiladi. Kuz ayyomi erdi. Bir pora meva oldim va ul darvesh xizmatig`a bordim. Chun tiladimki, ul voqe`ani anga izhor qilg`aymen. Ayttiki, ulcha saning xotiringdadur, bizga ayondur. Bayon qilmoq hojat emas, mening holim o`zga bo`ldi. Ko`ngul mayli oning suhbatig`a ko`p bo`ldi va oning suhbatida shigarf ahvol va g`arib va ajib nimalar mushohada bo`lur erdi ondin. Va muddatdin so`ngra Movarounnahr mulkining saltanati anga musallam bo`ldi va menga oning xizmat va mulozamatin qilmoq zarur erdi va mulozamat ayyomida ham azim ishlar zohir bo`lur erdi va menga shafqat zohir qilur erdi. Gohi lutf va gohi unf bila manga xizmat adosin ta`lim qilur erdi va ul jihatdin ko`p favoid menga yetar erdi va bu yo`l sayru sulukida ko`p ishga yoror erdi va olti yilg`acha oning xizmatida bu nav` bo`lur erdim va xaloda xos suhbatining mahrami erdim va maloda saltanat odobin rioyat qilur erdim va malikdin burunroq ham olti yil oning xizmati va suhbatida bo`lur erdim. Ko`p qatla borgohi xosi qoshida aytur erdikim, har kim Haq taolo rizosi uchun menga xizmat qilur, xalq orasida buzurg bo`lg`ay va menga ma`lum bo`lur erdikim, bu so`zdin maqsudi kimdur. Bu muddatdin so`ngra, chun majozii mamlakatig`a zavol bo`ldi va har lahzada mulku xidamu hashami haboan mansuran bo`lur erdi va dunyo ishi tamom maning ko`nglumda sovudi. Buxorog`a keldim. Revartundakim, Buxoro kentlaridindur sokin bo`ldum.
450. Xoja Bahouddin Naqshband q. t. s.
Alarning oti Muhammad b. Muhammad Buxoriydur Alarg`a qabul nazari farzandliqqa Xoja Muhammad Boboyi Samosiydindur va odobi tariqat ta`limi zohir yuzidin Amir Sayyid Kuloldindur, andoqki, o`tti. Ammo haqiqat yuzidin alar Uvaysiydurlar va tarbiyat Hazrat Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy q. s. ruhidin topibdurlar. Andoqki, der ermishlarki, mabodii ahvolda bir kecha g`alaboti jazabotdin Buxoro mazorotidin uch mozorg`a yetishdim. Har mazorda bir chirog`don ko`rdum yonadurg`on, yog`i to`la va fatilalari yog` ichinda. Ammo fatilalarg`a biror nima harakat bermak kerak erdiki, yaxshi tutashqoy va yorug`oy. So`nggi mutabarrak mozorda qiblag`a mutavajjih o`lturdum va ul tavajjuhda g`aybate voqe` bo`ldi. Mushohada qildim. Qibla devori shaq bo`ldi va bir ulug` taxt paydo bo`ldi va yashil parda ul taxt ollig`a tortilg`on va tegrasida jamoate. Va Xoja Muhammad Boboni alar orasida tanidim. Bildimki, ul xayli g`oyiblardindurlar. Oralaridin birov menga ayttiki, taxtda Xoja Abdulxoliqdur va ul jamoat alarning xulafosidurlar va bir-birin alarning otin atadi va Xoja Muhammad Bobog`a yetgonda, dediki, alarni xud hayotlari chog`ida ko`rubsen va sening piringdurlar va senga bir bo`rk beribdurlar va karomat qilibdurlarki, nozil bo`lg`on balo sening barakatingdin daf` bo`lg`ay. Andin so`ngra ul jamoat ayttilarki, quloq tut va yaxshi eshitki, ulug` Xoja Hazratlari senga so`zlar aytg`usidurlarki Haq s. t. yo`li sulukida senga andin chora yo`qtur. Ul jamoatdin iltimos qildimkim, Hazrat Xojag`a salom qilay va muborak Diydorlarig`a musharraf bo`lay. Pardani ilaylaridin oldilar. Pire ko`rdum – nuroniy. Salom qildim. Javob berdilar va so`zlarni, suluk mabdayida va vasatida va oxirida keraklikdur, menga bayon qildilar va dedilarki, ul chirog`larki, ul kayfiyat bila senga ko`rguzdilar ishoratu bashoratdur senga bu yo`l qobiliyat va iste`dodidin. Ammo iste`dod fatilasin harakatg`a kelturmak kerak, to yorug`an va asror zuhur qilg`an va yana buyurdilar va mubolag`a qildilarki, barcha ahvolu aqdomni barcha amru nahiy jodasig`a qo`yg`il va azimat bila amal qil va sunnatni bajo kelturgil va ruxsatlar va bid`atlardin yiroq bo`l va doimo Mustafo s. sh. v. ahodisini o`zingga peshvo qil va Rasul s. a. v. va ashobi kirom r. a. axboru osorig`a mutafahhis va mutajassis bo`l! Va bu so`zlardin so`ngra ul jamoat manga ayttilarqi, saning sidqi holingning shohidi uldurki, tongla erta falon yerga borg`aysen va falon ishni qilg`aysen va muning tafsili ul Hazratning maqomotida sharh bila bor. Va andin so`ngra dedilarki, Nasafg`a mutavajjih bo`l. Amir Sayyid Kulol xizmatig`a! Chun alar buyrug`i bila. Nasafg`a bordim va Mir xizmatig`a yettim. Iltifotlar qildilar va altof ko`rguzdilar va menga zikr talqini qildilar va nafyu isbot tariqi bila zikrga mashg`ul qildilar. Chun voqe`da ma`mur erdimki, amal azimat blla qilg`oymen. Aloniya zikri bila amal qildim. Biror alardin savol qildikim, darveshlik sizga mavrus yo muqtasab? Alar dedilarki, [Haqning bir jazbasi jinlar va insonlarning barcha amaliga barobardir]1 huqmi bila bu saodatqa musharraf bo`lduq. Yana alardin, so`rdilarki, sizing tariqingizda zikri jahru xilvat va samo` bo`lur? Dedilarki, bo`lmas! Yana so`rdilarki, sizing tariqingiz binosi ne ishgadur? Dedilarki, anjumanda xilvat zohir yuzidin xalq bila va botin tarafidin Haq s t. bila.
Ulcha Haq s. t. buyurubdurki, [ularni na tijorat va na oldi-sotdi Alloh zikridan chalg`itolmaydi]3 ishorat bu maqomg`adur. Derlarki, alarga hargiz qul va doduk bo`lmas ermish. Ulardin bu ma`noda so`rubdurlar; Alar debdurlarki, qachon bandalig` Xojalig` bila rost kelur. Birov alardin so`rdikim, sizning silsilangiz na yerga yetar? Alar dedilarki, kishi silsilasi bila hech yerga yetmas va der ermishlarki, nafslaringizg`a tuhmat qilingki, har kim Tengri inoyati bila o`z nafsining yamonlig`in va kaydu makrin bilgon bo`lsa, agarchi anga sahldur, ammo bu yo`l soliklaridin ko`p bor ekandurlarki, birov gunohin o`zlariga tutub, yukin tortibdurlar va der ermishlarki, [ey iymon keltirganlar, Allohga iymon keltiring!)4 ishorat angadurki, har turfat ul-aynda o`z vujudi naf`yin va ma`budi haqiqiy isbotin qilg`ay.
Junayd q. s. debdurki, oltmish yildurki, iymon kelturmakdadurmen va lekin, ul ixtiyor tarki va qusuri a`mol mushohadasidin o`zga nima hosil bo`lmas va der ermishlarki, taalluq mosuvog`a bu yo`l solikig`a ulug` hijobdur.
Haqiqat ahli iymonni mundoq ta`rif qilibdurlar. [Iymon – qalbni Allohdan boshqa o`ziga rom etuvchi foydali va foydasiz narsalardan uzib, Haqqa bog`lashdir]6. Va der ermishlarki, bizing tariqimiz suhbatdur va xilvatda shuhratdur va shuhratda ofat. Hayriyat jam`iyatdadur va jam`iyat suhbatda bu shart bilaki, bir-biriga nafy bo`lulg`ay va ulcha ul buzurg buyurubdurki, [kel, bir soat iymon keltiraylik!]7, Ishorat angadurki, agar jam`i bu yo`l soliklari bir-biri bila suhbat tutsalar, anda ko`p xayru barakatdur. Umiddurki, anga mulozamat va mudovamat imoni haqiqiyg`a muntahi bo`lg`ay va der ermishki, bizing tariqimiz [mustahkam tutqichr]8 durur. Ul ilik Payg`ambar s. a. v. mutobaatig`a urmoqdur va sahobai kirom osorig`a iqtido qilmoq va bu tariqda oz amal bila ko`p futuh yetishur. Ammo sunnat mutobaati rioyati ulug` ishdurki, har kishi bu tariqimizdin yuz uyursa, anga din xataridur va der ermishlar: solik vaqtiki, Tengri do`stlaridin biri bila suhbat tutsa o`z holidii voqif bo`lsun va suhbat zamonini o`zga zamon bila muvozana qilsun. Agar tafovut topsa [etdingki, lozim tut!]9 Va debdurlarki, «lo iloha» tabiat nafyidur va «illalloh» ma`budi barhaq isbotidur va «Muhammadur Rasululloh» o`zni [menga ergashinglar!]10 maqomig`a kivurmak, maqsud zikridin tavhid kalimasining haqiqiqatig`a yetmakdur va kalima haqiqati o`zga kalima aytmoqdin bakulli nafiy bo`lmoqdur. Ko`p aytmoq shart emas. Debdurlarki, Hazrat Xoja Azizon a. r. v. der ermishlarki, yer bu toifaning ko`zida bir sufra-chadur va biz derbizki, tirnog` yuzichadur. Hech nima bular «o`zidin g`oyib emas va debdurlarki, tavhid sirrig`a yetsa bo`lur. Ammo ma`rifat sirrig`a yetmak dushvordur. Alar muborak safar azimati qilurda buzurgzodalardin biriga zikr ta`limin degandurlar. Ul safardin qaytg`anda alarg`a debdurlarki, ul ta`lim olg`on zikrga ishtig`ol ko`rsatmaydur va tark qilibdur. Alar andin so`rubdurlarki, bizni hech tush ko`rdung? Dedi: Hov, ko`rdum! Dedilarki, senga basdur! Mundin ma`lum bo`lurki, har kimgaki oz robita bu azizlar bila bo`lsa, oxir mulhaq bo`lur va ul najot sababi va darajot raf`i jihati bo`lur. Alar hazratida birov dediki, falon kishi bemordur va xotiringiz tavajjuhi daryuza qilur. Alardin dedilarki, [avval xastaning qaytishi, so`ngra ko`ngli siniqning tavajjuhi kerak]11. Alardin karomot talabi qildilar. Alar dedilarki, bizning karomotimiz zohirdur. Bovujudi bu nav` gunoh yuki yer yuzida bora olurbiz. Alar der ermishlarki, Hazrat shayx Abu Said Abulxayr q. s. din so`rubdurlarki, sizing janozangiz ilayida qaysi oyatni o`qusunlur? Der ermishki, oyat o`qumoq ulug` ishdur! Bu baytni o`qusunlarki,
Andin so`ngra alar debdurlarki, bizing janozamiz ilayida bu baytni o`qusunlarki,
Mavlono Jaloluddin Xolidin hazratlaridin so`rubdurlarki, Hazrat Xoja Bahouddinning suluk va tariqining nisbati mutaaxxir mashoyixdin qaysi pirning tariqig`a munosabati bor? Ul debdurki, so`z mutaqaddimin mashoyixdin deng va ikki yuz yildin ortuqdurki, bu nav` osori valoyat zuhuriki, hazrat Xoja Hazratlarig`a Tengri taolo inoyatidin voqe` bo`lubdur. Tariqat mashoyixig`a mutaaxxirlardin hech kimga bo`lmaydur. Alar yetti yuz to`qson birda rabiul-avval oyining uchida dushanba kechasi olamdin o`tubdurlar.
451. Xoja Alouddin Attor q. s.
Aning oti Muhammad b. Muhammad Buxoriydur. Hazrat Xoja Bahouddinning kibori ashobidindur. Va Hazrat Xoja o`z hayotlari zamonida ko`p toliblarning tarbiyatin alarg`a havola qilur ermishlar. Va der ermishlarki, Alouddin bizga xeyli yukin yengil qilibdur, lojaram valoyat anvorining osori [tom va komil suratda]1 alardin zuhurg`a kelibdur va alar suhbati yumni tarbiyati natijasidin ko`p toliblar bu`du nuqson poygohidin qurbu kamol peshgohig`a yetibdurlar va takmilu ikmol martabasi topibdurlar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, bu faqir ba`zi azizlardin eshitibmenki, [haqiqatni aniqlovchi olimlarning rahbari, diqqat bilan tekshiruvchi ulug`larning peshvosi, yuksak asarlar va fasohatli tadqiqotlarning muallifi, nasabi ulug` Sayyid Jurjoniy, unga Allohning rahmati bo`lsin!]2ki, inhirot tavfiqi Xoja Alouddin ashobi sulukida topqondur va niyozu ixlos alarning xodimlar va mulozimlarig`a paydo qilg`ondur. Borlar der ermishlarki, to men Shayx Zaynuddin Aliyi Kulol suhbatig`a yetmadim, rafzdin qutulmadim va to Xoja Attor majlisig`a ulanmadim, Tengrini tanimadim. Xoja Attorning qudsi kalimotidinkim suhbat majolisida buyururlar ermish, Hazrat Xoja Muhammad Porso q. s. kitobat qaydig`a kiyurgondin Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da mazkur qilibdurlar. Anga yetgan kishi ul favoiddin bahramand bo`lur. Alar sakkiz yuz ikkida Rajab oyining yigirmasida chorshanba kechasi xufton namozidin so`ngra olamdin o`ttilar va qabrlari Chag`oniyondadur.
452. Xoja Muhammad Porso r. t.
Alarning oti Muhammad b. Muhammad b. Mahmud Hofiz Buxoriydur q. s. Ulug` Xojaning kibor ashobidindurlar va Hazrat Xoja alar haqida buyurubdurlar va o`z ashobida, huzurlarida alarg`a xitob qilibdurlarki, haqi va amonatiki, Xojalar xonadoni xulafosidin bu zaifg`a yetibdur. Va har ne bu yo`lda kasb qilibdur, borini sizga topshurduq. Andoqki, birodari diniy Mavlono Orif topshurdi, qabul qilmoq kerak va ul amonatni xalqqa tegurmak kerak. Alar tavoze` ko`rguzub, qabul qildilar va oxiri marazda alar g`aybatida ashob huzurida alar haqida buyurdilarki, maqsud bizing zuhurimizdin oning vujudidur va anga ikkalasi tariyq bilaki, jazba va suluk bo`lg`ay, tarbiyat qilibman. Agar mashg`ulluq qilsa, olam ondin munavvar bo`lur. Yana. bir mahalda burx sifotin mavhibat nazari bila alarg`a karomat qildilar va Hazrat-Mahdum n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, burx sifoti «Qut ul-qulub» kitobida mazkurdur va yana bir mahal mavhibat nazari bila alarg`a nafsni bag`ishladilarki, har ne alar desalar ul bo`lg`ay va yana birmahalda dedilarki, harne ul desa Haq taolo oni qilur. Hadisi sahih hukmi bilaki: [Allohning bandalari ichida shundaylari borki, agar Allohga qasam ichsalar, Haq qasamlarini rost keltiradi]1 dermanki, dey, ul demas. Va yana bir mahalda alarg`a xufya zikri buyurdilar va ijozat berdilar amalig`a ul mujib bilaki, tariqat odobining daqoyiqu haqoyiqidin ulcha bilur va oning ta`limidin, [bulardan tashqari benihoyat iltifotlari bor]2.
Va sakkiz yuz yigirma ikkida Muharram oyining Bayt ul-harom va Nabii ziyorati alayhis salavot vas-salom niyati bila Buxorodin chiqdilar va Nasaf yo`li bila Chag`oniyon va Tirmiz va Balx va Hirotqa mazoroti mutabarrikaki, ziyorat qasdi bila azimat qildilar. Barcha yerda sodot va mashoyix va ulamo alarning sharif maqdamlarin mug`tanam bildilar va tamom e`zoz va ikrom bila talaqqiy qildilar. Va Hazrat Maxdum n. m. n. debdurlarki, xotirg`a kelurki, chun Jom viloyatidin o`tar erdilar. Qiyos andoq qilurkim, jumodul-avvAliing oxiri yo jumod ul-oxirning avvallari erdi erkin. Mazkur bo`lg`on yildinki bu faqirning otasi jame` kasir niyozmandlar va muxlislar bila alarning ziyorati qasdig`a chiqib erdilar va maning umrum hanuz besh yilda bo`lmaydur erdi. Otam mutaalliqlaridin biriga ayttikim, mani egniga ko`tarib, alarning mahofasining ilayiga tutdi. Alar iltifot qilib, bir bosh kirmoniy nabot ilgimga berdilar. Bu kun ul ta`rixdin oltmish yildurki, hanuz tal`atlarining safosi maning ko`zumdadur va muborak diydorlarining lazzati mening ko`nglumdadur va hamonoki ixlos va e`tiqod va irodot va muhabbat robitasi bu faqirg`aki Xojalar q. a. honadonig`a voqe`dur, ul nazarning barakatidir erkin va umidim uldurki, ushbu robita yumnidin alarning muhiblari va muxlislari zumrasida mahshur bulg`aymen. Va Jomdin o`tub chun Nishoburg`a yetibdurlar; havo harorati va yo`l xavfi jihatidin ashob orosida so`z o`tar ermish va fil-jumla futuri ul azimatqa yo`l topqon chog`lig` ermish. Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. devonin tafo`ul tariqi bila ochibdurlar. Bu ab`yot kelibdur.
R u b o i y:
Va andin Buxorog`a maktub yiboribdurlarki, Haq subhonahu ismi bila bu bitildi, ul kundaki Nishoburdin chiqilib erdi va ul kun ta`rix sakkiz yuz yigirma ikkida jumod ul oxir oyining o`n birinchi kuni erdiki, sihat va salomat va rafohiyat holida va vusuqi tamom, ilohiy fazl va ikromig`a va qalb quti va yaqin quvvati nomutanohiy fayz va fazlg`a bor ekan vaqtda ishorat bobashorat hukmi bilaki, [Rasululloh s. a. v. yaxshi bashorat qilardi, badgumonlik qilmasdi. Rasululloh s. a. v. dedi: mendan keyin payg`ambarlik bo`lmaydi. Faqat bashoratlar bo`ladi. Mo``min kishi bu bashoratlarni tushida ko`radi yoki unga ko`rsatiladi. Bu hadisning sahihligiga ittifoq qilingan].
[Ey hidoyat payg`ambari, so`zlaring madadkorim,
tayanchim, eshigingda umid va iltijo qilaman]4.
Va chun sihat va salomatlig` bila Makkai muhtaramag`a yetishtilar va haj arkonin tamom ado qildilar. Alarg`a maraze oriz bo`ldi. Andog`ki, vido` tavofin ammori bila qildilar va andin Madinai muborakka mutavajjih bo`ldilar. Va yo`lda ashobin tilab imlo qilibdurlarki, [Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Sakkiz yuz yigirma ikkinchi sana, zul-hijja oyining to`qqizinchi – shanba kunida Allohu Taolo mukarram va muborak qilgan Makkadan chiqayotganimizda, ertalab kun yorishgan payti sufilar toifasining peshvosi Junayd q. t. s. oldimga keldi. Men o`sha payt mudroq holatda edim. Alloh undan rozi bo`lsin, Junayd o`zining ziyorati va bashorati haqida dedi: Bu haj qabuldir. Men bu so`zni eslab qoldim va uning bashoratidan xursand bo`ldim. Keyin mudroqlikdan sergak tortdim. Buning uchun Allohga hamd bo`lsin!)5
Andin so`ngra yana kalimot ham arabiy iborat bila imlo qilibdurlarki, tarjimasi bu bo`lurki, bu kalimai vohidaki, Sayyid ut-toifa Junayd q. s. din voqe` bo`ldi, kalimadur jome`ai tomma va bashoratdur shomilai omma bizga va avlodimizga va ashobu ahbobimizgaki hozir yo g`oyibdurlar. Aning uchunki, bizning qasdimiz bu izomi mashoir va ad`iyaki, har mahalu zdaqomda qilildi, barchaning diniy va dunyoviy masolihi erdi va ul qasd bu bashorat muqtazosi bila maqbul: [ne`matlariga yetkazgan va ziyoda mukofotlagan Allohu subhonahuga pok, muborak hamd bo`lsin!]6 Va oyning yigirma uchida chahorshanba kuni Madinag`a yetibdurlar va Hazrat Risolat s. a. v. din bashorat topibdurlar va ul imlo musavvadasin tilabdurlarki, anga nima orturg`oylar? Chun mutolaa qilibdurlar. Debdurlarki, ushbular-o`qdur va ortug`roq bitimaydurlar va panjshanba kuni Haqning jivori rahmatig`a vosil bo`lubdurlar va Mavlono Shamsuddin Fannoriy Rumiy va Madina ahli va qofila alarg`a namoz qilibdurlar va juma kechasi ul muborak manzilda nuzul qilibdurlar. Amir ul-mo``minin Abbos r. a. ning muborak marqadining jivorida dafn bo`lubdurlar. Va Shayx Zan-nuddin Xavofiy hazratlari Misrdin bir oq tosh yo`ndurub kelturub, ularning qabrining lavhi qilibdurlar. Oning bila soyir quburning tegrasidin mumtozdur. Siqotdin biriki, alarning farzandi Xoja Burhonuddin Abunasr r. a.ning maxsusi erdi, ulardin mundoq naql qildiki, ul vaqtdaki volidi buzurgvor favt qildi. Men boshlarn ustida hozir emas erdim. Chun hozir bo`ldum. Muborak yuzlarin ochtimkim, nazare qilayin. Ko`z ochib tabassum qildilar va mening iztirobim ortuq to`ldi. Oyog`lari sori «elib, yuzumni tobonlarig`a surttum. Oyog`larin yuqori torttilar. Chun alarning xabariki, Rasul s. a. v. Madinasida naql qilibdurlar. Ajam akobiridin ba`zig`a yetishti. Bu iborat buyurdikim, «ham anda uzaldiki, andin quvondi». Alarning murid va mu`taqidlaridin birov debdurki, alar Hijoz azimati qilurda vido` vaqti dedimki, Xoja, siz bordingiz? Dedilarki, borduq. Ularning tayyiba anfosidindurki, ashobdin biriga bitibdurlarki, bu faqirning xotiri doim sizning zohiriy va botiniy ahvolingizg`a nigoron bo`lur va alad-davom ul birodar nisbatig`a nazaroti be illati ilohiy shomildur: Sayyid ut-toifa Junayd q. s. debdurki, [karam ko`zi ochilsa, keyin kelganlarni oldin kelganlar bilan bog`laydi]7. Bovujud bu kubaroyi din qoshida q. a. mo``tabar asl budurkim, debdurlarki, ko`shishdin tortma qo`l va baxshishga muntazir bo`l! Va debdurlarki, bizning Xoja hazratlaridin so`rdilarki, tariqatni nima bila topsa bo`lg`ay? Dedilarki, shar` bila va yana [ovqatlanishda o`rtacha me`yor saqlansa, ya`ni o`ta to`q ham, o`ta och ham bo`lmasa!]8. Va manom taqlilida e`tidol tariqi bila ko`shish qilmaq, alal-xusus, [shom va xufton namozi orasidagi vaqtda quyosh chiqmasdan oldin, hech kimga bildirmay turmoq kerak]9. Tavajjuh bila o`ziga furu bormoq va xavotir nafyi alal-xusus tamanniy xotiri hol va moziy va mustaqbal nisbatig`a yaxshi muassirdir [qalbdan pardalarni ko`tarish uchun]10. Va yana: [til behuda gapdan sukut qilsa, qalb Alloh bilan tillashadi. Agar til gapga tushsa, qalb sukut qiladi. Sukut ikki xildir: tilning sukuti va qalbning dunyo andishalaridan sukut qilishi. Qimki, tilida sukut qilsayu qalbda sukut qilmasa, uning gunohi yengil bo`ladi. Kimki, tilda ham qalbda ham sukut qilsa, unga sirlar zohir bo`ladi, ulug` va qudratli Parvardigor unga tajalli qiladi. Kimki, tilida ham, qalbida ham sukut saqlamasa, shaytonning mulki va qo`g`irchog`i bo`ladi. Bundan barchamizni Allohning o`zi asrasin! Kimki, qalbda sukut qilib, tilda sukut qilmasa, behuda gapdan tiyiladi, hikmat tili bilan gapirguvchi bo`ladi. Allohu Taolo o`z fazlu karami ila ulardan bizni nasibador qilsin!] 11.
Abu Nasr Porso q. s. va alardin so`ngra alarning o`rnida shajarai toyyibalari:
453. Xoja Hofizuddin Abu Nasr Muhammad b. Muhammad b. Muhammad Hofiz Buxoriy r. t.
Erdiki, ulumi shariat va rusumi tariqat poyasin buzurgvor otasig`a yetku rub erdi va vujud nafni va mavjud bazlida alardin ham o`tkarub erdi va satri holu talbisda bir masobada erdilarkim, hargiz alardin zohir bo`lmas erdiki, bu yo`lg`a qadame urmish bo`lg`aylar va bu toifa ulumidin, balki soyir ulumdin mas`ala bilmish bo`lg`aylar va agar alardin savol qilsalar erdi, der erdilarki, kitobg`a ruju` qilali! Chun kitob kelturub, ochsalar erdi, to hamul mahalda chiqar erdi. yo maqsud varaqidin bir-ikki varaq yuqori yo qo`yi. Mundin taxalluf qilmag`ay erdi.
Bir kun alarning majlisida Shayx Muhiddin Arabiy q. t. s. zikri va oning musannafoti o`tar erdi. Buzurgvor otalaridin rivoyat qildilarki, alar der erdilarki, «Fusus» jondur va «Futuhot» ko`ngul. Va dag`i der erdilarki, har kim «Fusus»ni yaxshi bilsa, anga Hazrat Risolat s. a. v. mutoba`atining doiyasi qaviy bo`lur va alardin bu so`z noqili Hazrat Maxdumiy n. m. n. dur va bu haqir alar ashobu muridlaridin bir siqa! kishidin eshittimki, alarning husnu xulqi bobida dedikim, bir kun alarning tag`oyisiki, hofiz va xushxon kishi ermish bataxsis «Qur`on» o`qimoqda. Bir kun bir mulozimig`a g`azab qilib, nafsoniyat yuzidin safohat qilib so`kadur ermish. Alar yetibdurlar va oning g`azabi o`ti muntafi` bo`lmaydur. Alar anga iltimos qilibdurlarki, bizing uchun bir ushr «Qur`on» o`qung! Bu iltimos hech kimga yo`q der iltimos ermas, xususan, alardek buzurgvorg`a. Zaruratan «Qur`on» o`qumoq bunyod qilibdur. Bu latofat bila nahy munkar hech kishi yod bilmaski, kishini past martabadin ne biyik manzilg`a dalolat qilg`aylar va orada kulliy maqsud xud xo`broq vajh bila hosil bo`lg`ay va alar sakkiz yuz-etmish beshda dunyodin o`tdilar va qabrlari Balxdadur.
454. Xoja Hasan Attor r. t.
Alar Xoja Alouddin Attorning farzandidurlar. Qaviy jazbalari bor ermish. Va jazba tariqi bila har qachon har kimga tilasalar erkan, tasarruf qilurlar ermish va ani bu olamg`a, huzur va shuur maqomidin o`tkarib, bexudliq va beshuurliq olamig`a yetkurur emishlar. Va g`iybat va fano jomiki ba`zi suluk va mujohada ahlig`a ado sabili nadrati voqe` bo`lur, anga tutar ermishlar. Va oncha Movarounnahr va Xurosonda bu ishning toliblar orasida alarning bu isrofu tasarrufi muqarrar va mashhurdur. Har kim dastbo`sig`a musharraf bo`lsa ermish, bexud bo`lub yiqulur ermish va haqiqiy sakru fano davlati anga muyassar bo`lur ermish. Va derlarki, bir kun saboh uydin chiqqan ermishlar va g`olib kayfiyatlari bor ermish. Ul holda har kishiga ko`zlari tushubdur, kayfiyat va bexudlug` dast berib yiqilibdur. Alarning darveshlaridin biri muborak safar azimatig`a Hiriyga kelgan ermish. Ko`cha va bozor-dakim yurur ermish, elga andoq ma`lum bo`lur ermishki, o`z holida emas va anga botiniy kayfiyat g`alaba qilibdur. Hazrat Maxdum n. m. n. debdurlarki, bu silsilada azizeki, men alar suhbatig`a yetar erdim, alardin alarning holin istifsor qildim. Dedilarki, ul darveshning ishi budurki, doyim Xoja Hasanning suratin xotirda asrar va anga muroqib bo`lur, bu ish barakatidin alarning jazbasi anga asar qilib, bu nav` mag`lublig` va bexudlig` anga dast berur. Va alar andoqki, Xojalar silsilasidagi ba`zi azizlar bemorlar marazi yuki ostig`a kirib, bemor sihhat topib, alar ul bemorlig`ni tortarlar ermish. Hijoz safaridaki, Sherozg`a yetibdurlar, ul yerning akobiridin biri alar nisbatig`a irodat va ixlosi tamom ko`rguzub erkandur, anga maraze toriy bo`lg`ondur. Xoja aning iyodatig`a borib, maekur bo`lg`on dastur bila aning marazini qabul qilib, ul yuk ostig`a kiribdurlar va ul aziz sihhat topib dur va Xoja Hasan hazratlari mariz bo`lub, ul maraz bila olamdin o`tubdurlar; Va alarning bu voqeasi sakkiz yuz yigirma oltida qurbon hayitining dushanba kechasida voqe` bo`lubdur. Va na`shlarin Sherozdin Chag`oniyong`aki, otalarining madfani andadur, naql qilibdurlar.
455. Mavlono Ya`qub Charxiy q. t. s.
Asli Charx degan yerdindurlarki, G`azniyning kentlaridindur. Va Xoja Alouddin Attorning ashobidindur, balki Xojayi buzurgvor ashobidin ermish, Ul Hazrat olamdin naql qilg`ondin so`ngra Xoja Alouddin q. s. suhbatig`a yetibdur. Mavlono der ermishlarkim, avval qatlakim, Hazrat Xojai buzurgvor muborak suhbatlarig`a yetib, o`zni topshurduk, alar buyurdilarki, biz o`zlukumiz bila hech ish qilmasbiz, bu kecha ko`ralikim, seni radmu qilurlar, yo qabulmu? Mavlono debdurki, hargiz ul kechadin sa`broq kecha manga o`tmaydurkim, tong otquncha bag`rim yuz laxt qon erdikim, yo Rab, bu eshikni manga qabul bila ochqaylar, yo rad qilg`aylar. Alas-saboh chun Hazrat Xojayi buzurgvor subatlarig`a bordim, inoyat qilib dedilarki, qabul qildilar, ammo sen Alouddin suhbatida bo`lg`ungdur, debdurlar. Andin so`ngra men Badaxshong`a tushtum va Xoja Alouddin, Hazrat Xojayi buzurgvor q. s. vafotlaridin so`ngra Chag`oniyong`a kelib, mutavattin bo`ldilar. Va manga kishi yuborib, Hazrat Xojayi buzurgvor ishorat qilg`an so`zni izhor qildiladr. Va men alar xidmatig`a kelib, to alar hayotda erdilar, alar xidmatida bo`ldum. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. Hazrat Xoja Ubaydulloh q. s. din mundoq debdurlarki, alar Hazrat Mavlono suhbatig`a yetibdurlar va mundoq debdurlarki, Hirotda erdim, manga Hazrat Mavlononing xidmati doiyasi paydo bo`ldi. Chag`oniyon viloyatig`a mutavajjih bo`ldum va ko`p mashaqqat va mehnatdin so`ngra anda yettim. Va hamonoki tamom, yo aksar yo`lin yayog` bormish bo`lg`aylar. Va debdurlarki, chun alar suhbatig`a musharraf bo`ldum, alarning yuzida bayozeki, tab`g`a mujibi tanaffur bo`lg`ay, zohir erdi va manga qatig` demak siyosat libosida zohir bo`ldilar. Va ancha irik so`zlab, siyosat qildilarki, yaqin erdiki, alardin mening botinim munqate` bo`lg`ay. Bag`oyat mahzunu mag`mum bo`ldum. Yana bir qatlaki, alar suhbatig`a yetishtim, manga mahbubliq va jamoliyat suratida zohir bo`ldilarki, hargiz ul xo`blug` bila kishi ko`rmaydurmen. Va nihoyatsiz lutf ko`rguzdilar. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, bu mahaldaki Xoja xidmatlari bu so`zni deydur erdilar, mening nazarimg`a bir aziz surati bila ko`rundilarki, manga aning jonibi irodat va robitai tamom bor erdi. Va ul aziz olamdin o`tub erdi va filhol ul suratni xul` qildilar va hamonoki ul ish Xoja xidmatlarig`a ixtiyor va shuur bila voqe` bo`lub erdi erkin. U ma`no isbotig`aki, Hazrat Mavlonodin naql qildilar. Va derlarki, Hazrat Mavlono, der ermishlarki, tolibeki bir aziz suhbatig`a kelur. Xoja Ubaydullohdek kelmoq kerak, charog` muhayyo qilg`on va yog` va fatilani tayor yasagan, ham ul gugurd anga tutmak kerak. Xoja Ubaydulloh q. s. der emishlarki, Mavlono xidmatlari Hazrat Shayx Zaynuddin Xavofiy xidmatlari bila Mavlono Shihobuddin Sayrafiy qoshinda hamsaboq erkandurlar. Bir kun mendin so`rdilarki, derlarki, Shayx Zaynuddin vaqoe` hallig`a va maqomot ta`birig`a ko`p ishtig`ol ko`rguzurlar. Dedim, bale, andoqdur. Mavlono soate o`zlaridin g`oyib bo`lurlar erdi. Chun hozir bo`ldilar, bu baytni o`qidilarki,
456. Xoja Alouddin G`ijduvoniy q. s.
Xoja Ubaydulloh debdurlarki, Xoja Alouddin G`ijduvoniy buzurgvor Xojaning ashobidin ermish. Va Hazrat Xoja ani Hazrat Xoja Muhammad Porso suhbatlarig`a amr qilg`ondurlar. Va azim istig`roqi bor ermish. Va bag`oyat shirintakallum ermish. Goh bo`lur ermishki, so`z aytadurg`onning orasida o`zdin g`oyib bo`lur ermish. Xoja Muhammad Porso q. s. muborak safarg`a azimat qilg`onda ani ham o`zlari bila eltibdurlar. Samarqand akobiridin biri aytibdurkim, Xoja Albuddin bag`oyat qari va zaif bo`lubdur, andin hech ish kelmas, agar ani qo`yub borsangiz bo`lur. Xoja debdurlarki, aning bila hech ishimiz yo`qdur, mundin o`zgakim, har qachon ani ko`rsak, Xojalar nisbati xotirg`a kelur.
457. Mavlono Nizomuddin Xomush q. s.
Xoja Alouddin Attor ashobidindur. Va tahsil avonida Xojai buzurgvorni Buxoro ulamosidin birining majlisida ko`rgan ekandur. Andin so`ngra Xoja Alouddin suhbatig`a yetibdur. Avoyilda anvo`i riyozotu mujohadotg`a mashg`ul bo`lur erkandur. Va nafs tazkiyasi va ko`ngul tasfiyasig`a ko`p jidd ko`rguzur erkandur. Va debdurki, avval qatlaki, Xoja Alouddin suhbatig`a bordim, Xojai buzurgvor ashobidin biri alarning eshikida o`lturub erdi. Manga dediki, vaqt bo`lmadiki, zuhdu pokizaliklaringdin chiqqaysen? Bu so`z menga og`ir keldi, ammo Xoja qoshig`a kirganda alar ham ushbu so`zni dedilar, vale manga og`ir kelmadi. Hazrat Mavlono Sa`duddin Koshg`ariyning alardin ko`p naql-lari bor «Nafohot ul-uns»da. Va ul jumladin biri budurkim, debdurlarki, bir kecha inkor ahlidin biri alar borasida so`zlar aytadur erdi va men muqobalada javoblar aytadur erdim, andoqki so`z uzoqqa tortti. Va ul yerdinki, biz erduk, alarning manzilig`acha uzoq yo`l erdi, andoqki imkon yo`q erdiki, so`z eshitilg`ay. Tong erta alar xidmatig`a chun bordim, dedilarki, kecha sening unung bizni tashvishga soladur erdi. Har kishi har ne desa, javob berma va o`z ishingga mashg`ul bo`l! Hazrat Maxdumi n. m. n. Hazrat Xoja Ubaydulloh q. s. din naql qilibdurlarkim, alar debdurlarki, bir kun alar xidmatig`a boradur erdim. Yo`lda manga oshnolardin biri yo`liqti va so`zga tutti, hamonoki, ul kishi chog`ir ichib erdi. Chun alar xidmatig`a yettim, dedilarki, magar sen icharsen? Dedim: yo`q. Dedilar: pas sanga ne holdur? Dedim: Yo`lda bir mast yo`luqti, meni so`zga tutti. Dedilar: pas bu aning holidurkim, sanga qolibdur.
458. Xoja Ubaydulloh Imom Isfahoniy q. s.
Ul dag`i Xoja Alouddin ashobidindur. Ul debdurki, avval qatlaki Xoja majlisig`a yettim, bu baytni o`qidilarki,
Ba`zi risolasida Aloiya toifasining tavajjuhi tariqin zikr qilibdurki, alarning botiniy nisbatlarnning parvarishi andoqdurki, har qachon tilasalarqi, anga ishtig`ol ko`rguzgaylar, avval ul kishining suratinki, bu nisbatni andin topibdurlar, xayol qilg`aylar, ul zamong`achakim, ma`hudi harorat va kayfiyatlari asari paydo bo`lg`ay. Andin so`ngra ul xayolni nafy qilmag`aylar, balki asrag`aylar. Va ko`z va quloq va barcha quvo bila ul xayol bila ko`ngulda mutavajjih bo`lg`aylarki, haqiqati jomi`ai insoniy iborat andindurki, majmu` koinoti ulvi va suflidin aning mufassalidur. Agarchi ul ajsomg`a hululdin munazzahdur, ammo chun aning bila bu qit`ai lahmi sanavbari orasida nisbati bor. Ko`z va xayol va barcha quvoni anga kelturmak kerak va aning hoziri bo`lmoq va ko`ngul eshikida o`lturmoq. Bizga shak yo`qturki, bu holatda g`iybat kayfiyati va bexudlig`i yuz ko`rguzaboshlar. Ul kayfiyatni bir yo`l farz qilmoq kerak va aning keynicha bormoq kerak. Va har fikrki kirsa, qalb haqiqatig`a mutavajjih bo`lub, ul fikrni nafyi qilmoq kerak. Va ul nimaga mashg`ul bo`lmoq kerak va ul mujmalg`a kulliy qochmoq kerak. Va to ul nafyi bo`lg`uncha, ul shaxs suratig`a iltijo qilmoq kerak. Va ani lahzae asramoq kerak, to yana ul nisbat paydo bo`lg`ay. Ul zamon xud ul surat nafy bo`lur, ammo kerakki, shaxs ul surati mutavajjihin nafy qilmag`ay. Va ham ul kalimai tayyiba ma`nosida debdurki, nafyi ashyo kasrat va suvarin ul ayni vohidg`aki, barcha soliklarning maqsudu matlubndur, roji` qilmoqdin iboratdur. Va isbot barcha suvarni ul ayni vohidda mushohada qilmoq va bularni aning ayni ko`rmakdin iboratdur. Pas «Lo iloha», ya`ni bu suvari muta-vahhima g`ayriyati manfiydur va roji` ham ul bir aslg`adur. Va «Illalloh», ya`ni bu vohid ma`nodurkn, bu suvar bila ko`runur, vallohu a`lam.
459. Mavlono Sa`duddin Koshg`ariy q. s.
Avoyili holda ulum tahsilig`a mashg`o`l ermishlar va mutadovila kutubni ko`rgon ekandurlar va suvari jamiyatlari ham bor ekandur. Chun bu tariq doiyasi paydo qilibdurlr tark va tajrid qilib, Mavlono Nizomuddin suhbatlarig`a ulanibdurlar. Der ermishlarki, necha yildin so`ngraki, alar xizmatida erdim, menga Makka safari dag`dag`asi paydo bo`ldi. Chun alardin ijozat tiladim. Alar dedilarki, har necha boqadurmen, bu yil seni hojilar qofilasida ko`rmaymen va mundin burun voqealar ko`rub erdimki, andin ko`p mutavahhim erdim. Alar deb erdilarki, ko`rqma, chun borursen, ul voqealaringni Mavlono Zaynudding`a aytki, mutasharre` kishidur va sunnat joddasida sobit. Va murodlarn bu so`zdin Hazrat Shayx Zaynuddin Xavofiy ermishki, ul kun Xurosonda shayxuxat va irshod masnadida mutaayyin ermishlar. Mavlono debdurlarki, chun Xurosong`a keldim va hajg`a bormoq, andoq Mavlono Nizomuddin q. s. deb erdi. Necha vaqt tavaqqufg`a qoldi va ko`p yildin so`ngra muyassar bo`ldi. Chun Shayx xizmatig`a yetishtim. Ul voqealarni arz qildim. Dedilarki, bizning bila ban`at qil va bizing irodatimiz qaydig`a qil! Men dedim: Azizeki, men bu tariqni andin qabul qilibmen, hanuz hayot qaydidadur. Siz amin va murshidsizki, bu toifa tariqida bu joyizdur. Andoq qilai. Shayx dediki, istixora qil! Men dedimki, istixoramg`a e`timodim yo`qtur. Siz istixora qiling! Shayx dediki, ham biz istixora qiloli, ham sen istixora qil! Chun kecha bo`ldi, istixora qildim. Ko`rdimki, xojalar tabaqasi Hiriy ziyoratgohig`aki, ul vaqt shayx anda ermishlar kiribdurlar, daraxtlarni qo`ng`oradurlar va tomlarni yiqadurlar va qahru g`azab osori alarda zohirdur. Bildimki, ishorat ul ish man`ig`adur. Xotirim jam` bo`ldi va osudalig` bila oyog`imni uzotib, uyqug`a bordim. Chun tonglasi Shayx majlisig`a keldim. Ondin burunki, men voqeamni arz qilg`aymen, Shayx dediki, tariq birdur va barcha birga-o`q qayturlar. Hamul o`z tariqing bila ishga mashg`ul bo`l! Agar voqea yo mushkile olling`a kelsa, bizg`a aytg`il, qilaolg`oncha madad qiloli! Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, Mavlonog`a ul ma`noki anga mashg`ul bulurlar g`alaba va istilosi zohir erdi. Oz tavajjuh bila g`aybat osori va bexudlug` kayfiyati yuz ko`rguzur erdi. Kishikim, ul holdin voqif ermas erdi, sog`inur erdiki, alarning uyqusi keladur. Avoildakim, alar suhbatig`a yettim. Masjidi Jome`da alar xizmatida o`lturub erdim. Alarg`a hamul g`aybat holi yuzlandi. Men gumon qildimki, alarg`a uyqu keladur. Dedimki, bir soat istirohatg`a ishtig`ol ko`rguzulsa yiroq emas. Alar tabassum qilib dedilarki, magar aqidang yo`qdurki, bizga uyqudin o`zga amre bor. Bir kun ayturlar erdi: darveshlardin ba`zi derlarki uyqu bila uyg`og`liq orasida farq mundin o`zga yo`qdurki, o`zda xiffateki, uyqudin so`ngra bo`lur toporlar. Yo`q ersa, alarning mashg`ulluqlarining kayfiyati uyquda va uyg`og`liqda bir tariqa biladur. Balki uyqudakim, ba`zi mavone` murtafe` bo`lur sofiyroq va qaviyroq bo`lur va menga gumon andoqdurki, ulcha ayturlar erdi, ishorat o`z hollarig`a erdi, vallohu a`lam. Darveshlardin biriki, alar suhbatig`a yetar erdi, mundoq hikoyat qildiki, menga va`z majlisidaki, darveshlar maoriflari o`tar erdilar. Ko`p tag`ayyur voqe` bo`lub, ko`p sayha va faryod qilur erdim va andin asru mahjub bo`lur erdim. Bir kun bu holni alarg`a dedim. Ayttilarki, har qachon senga ul tag`ayyur voqe` bo`lsa, bizni yodingg`a keltur! Ul vaqtki, alar Hijoz safarig`a borib erdilar. Manga madrasalardin biridaki, bir aziz anda va`z aytur erdi, tag`ayyur bo`lmoq og`ozi bo`ldi. Alarg`a tavajjuh qildim. Ko`rdumki, madrasa eshigidin kirdilar va mening qoshimg`a yettilar. Ikki iliklarni egnimga qo`ydilar. Men o`zumdin bordim va behush yiqildim. Ul vaqtki o`z holimga kelib erdim, va`z majlisi tugonib erdi va ul xalq tarqab erdilar va kunas mening ustumga yetib erdi va ul kun ramazonning so`nggi panjshanbasi erdi. Oni ko`nglumda asradimki, alar Makkadin kelsalar, alarg`a aytqaymen. Chun alar Makkadin tashrif kelturdilar va alar xizmatig`a musharraf bo`ldum. Jame` alar xizmatida erdilarki, bu so`zni alarg`a ayturdin mone` erdilar ayta olmadim. Alar mening sori boqib dedilarki, panjshanbae erdiki, oning bila iyd orosida yana panjshanba yo`q erdi. Alar sakkiz yuz oltmishda jumad ul-oxir oyining yettisida chorshanba kuni dunyodin o`ttilar.
460. Xoja Ubaydulloh q. s.
Hazrat Maxdumi n. m. n. «Nafahot ul-uns»ni bitirda zamon mashoyixu akobirdinki hayot qaydida erdilar Hazrat Xoja Nosiruddin Ubaydullohdin o`zga kishi ul tabarruk kitobda zikr qilmadilar va alar zikru manoqibida aytilg`onning tarjimasi budurkim, oyot mazhari va karomot va valoyot majmai Xojalar tabaqasig`a iltiyom robitasi va intizom silsilasi ul sharif qavmg`a q. t. a. Hazrat Xoja va alarning muxlislari va niyozmandlaridurlar. Umid uldurkim, alarning sharif vujudlari barakatidin bu sharif silsilaning iltiyom va intizomi ilo yavmil qiyom imtidod topqay. Har necha bu faqirdin bu nav` so`zlar amsoli go`stoxliq surati topar, ammo har necha o`zum bila andisha qildim. Uzumdin oni topa olmadimkim, xotir anga qaror bera olmag`aymenki, bu majmu`aki, munung jam`idin maqsud bu toifaning maorifining zikri va manoqibining nashridur, alarning zikridin xoli bo`lg`ay. Lojaram bu sharif silsilaning manoqibi sharhin va ahvolin alarning ba`zi qudsiya kalimotlari bilaki, maorif nigorxonalarining raqamzadasi bo`lubdur, miskiyat ul-xitom qilildi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. kim alar vasfida bu nav` nukta surubdurlar, alarning maorifidin ba`zi so`z kelturubdurlar. Chun so`z bag`oyat daqiqu biyik erdi va bu bebizoatning fahmi va idroki andin qosir. Alarning ba`zi holotiki, bu haqirg`a mavhum va yaqin erdi anga shuru` qilildi. Alarning mavlidi Toshkandur va otalari darvesh kishi ermish va ona tarafidin hamonoki, Shayxi Tahurki, ul viloyatda mutaayyin shayx ermish, anta yetarlar va o`zlarida bu ish choshnisi tufuliyat ayyomidin bor ermish. Yigit bo`lg`ondin so`ngrakim, sayohatg`a qadam qo`yubdurlar. Ko`p mashoyix va avliyo xizmatig`a yetib, suhbatlarig`a musharraf bo`lubdurlar, Xuroson mashoyyxidin Hazrat Mirsayid Qosim Anvor q. s. xizmatlarig`a yetibdurlar va Shayx Bahouddin Umar r. t. mulozamatig`a musharraf bo`libdurlar va Shayx Zaynuddin Xavofiy suhbatig`a yetibdurlar va Mavlono Muhammad Asad va Mavlono Sa`duddin Koshg`ariy bila suhbat tutubdurlar va Movarounnahr mashoyixidin Xoja Muhammad Porso mulozamatig`a yetibdurlar va Xoja Abu Nasr suhbatig`a yetibdurlar va Mavlono Nizomuddin Xomush bila suhbat tutubdurlar. Mavlono Ya`qub Charxiy q. s. din irshodlar va tarbiyatlar topibdurlar va so`ngralar Hazrat Xojag`a oncha muknat dast berdiki, ma`lum emaski, mashoyixdin hech kimga ul dast beribdur yo yo`q. Mulkka ajab istilo va salotin va mulukka g`arib isrofu hukm, Movarounnahr salotini o`zlarin alarning muridzodalari va. mahkumi hukmi tutorlar erdi. Yo`qki, yolg`uz Movarounnahr salotini, balki Xuroson va Iroq va Ozarbayjon, hattoki bir soridin Rum va Misrg`acha va bir soridin Xito va Hindg`acha barcha muluk va salotin o`zlarin Xojaning mahkumi hukmi va ma`muri farmoni tutarlar erdi va ruq`alari bu saloting`a oncha muassir erdikim, alarning ahkomi o`z xuddomig`a bo`lmag`ay va Hazrat Xojaga zohir jam`iyati barcha abnoi zamondin ko`prak voqe` erdi. Andoqki, botin jam`iyatidag`i barcha abnoi zamondin balki ko`p, moziy mashoyixdin dog`i hamonoki ortug`roq erdi va bu haqir bila iltifotlari ko`p bor uchun vahyi osor ruq`alari bila musharraf qilib, ishlarga ma`mur qilurlar erdi.
Ul ruq`alarni muraqqa` yasab, mujallad qilib, jadval va takallufot bila tabarruk yo`suni bila asrabmen. Umidim ulki, alarning barakotidin bu ishning zavqi va talabi nasib bo`lg`ay. Alarning yoshi to`qsondin olti oy o`ksuk erdi. Sakkiz yuz to`qson to`rtda dunyodin o`ttilar. Alarning ashobidin irshod va talqing`a musharraf bo`lg`onlardin Mavlono Qosim va Mavlono Xoja Ali va Mavlono Mir Husayn va Mavlono Mir Muhammad va Mir Abdulavval va Mavlono Burhonuddin va Mavlono Lutfulloh va Mavlono Husayn Turk va darvesh Ahmad Jomiy erdi va yana dog`i darveshlar bor erdilar va muxtasarda munchasi sobit bo`ldi.
461. Mavlono Qosim q. s.
Hazrat Xoja Ubaydullohning kibor ashobidindur. Anjumanda hamdam va xilvatda mahram. Asli Farkat navohisidindur. Ellik yilg`a yaqin ul Hazrat xizmatin andoq qildikim, hargiz alarning muborak xotirlarig`a andin g`ayri muhabbat va iltifot voqe` bo`lmadi va Mavlono Qosimni salotin xizmatig`a ba`zi arbobi hojot muhimmoti uchun yiborur erdilar va salotin istiqbol qilib, ta`zim bila o`lturtub, har ne alar ul Hazratdin risolat qilsalar erdi, minnat tutub, hamul nav` e`zoz bila uzoturlar erdi va Mavlono ul nav` foniy va maqbul kishi erdikim, oni ko`rgon kishi giriftor bo`lur erdi.Ul jumladin, biri buhaqirdurkim, alarni ul Hazrat musulmonlar maslahati uchun Movarounnahrdin Hurosong`a risolat rasmi bila yiborib erdilar va bu faqir hamul kelganlarida ko`rub, alarning volihi bo`lib erdi. Ul ishni yasab, azim e`zoz va ikromlar topib bordilar. Alarning yoshi yetmishdin o`tub erdi. Olamdin o`tganlari bu nav` erdikim, Hazrat Xojaning azim za`flari bor erdi va so`l yonlarida bir sanchiq emishki, barcha atibbo va xalq hayotlaridin tama` munqati` qilg`an ermishlar. Mavlono ul holni ko`rub, andoqki Xojalar xonavodasi ahli ba`zi dilxoh elning marazining yuki ostig`a kirib ul yukni qo`torib, mariz sihhat topar va ul kishi ul marazni tortar. Mavlono Qosim dog`i Xojaning boshig`a evrulub, ul marazni qabul qilib, og`riq yuki ostiga kirib, ul yukni ko`tarib, Hazrat Xoja hamul vaqtda sihhat topib, Mavlononing hamul so`l yonig`a hamul sanchig` turub, bir hafta hamul marazg`a giriftor bo`lub, jonlarin Xojalarig`a fido qildilar.
Bir kun bu haqir Hazrat Maxdum n. m. n. xizmatlarida erdim va Xojai buzurgvor ashobidin so`z o`tadur erdi. Haqir ul Hazratdin savol qildimkim, alarning ashobidin bu tariqda alarning irshodi bila mu vofiq suluk qilib, faqr tariqida martaba hosil qilg`on va fano rasmida yorug`luq topib, o`zluk zulmatidin xalos bo`lg`an ulki, sizing muborak xotiringizg`a zohirdur, kimlar erkin? Alar dedilarkim, barcha bu tariqda yaxshi suluk va ravishlar qilibdurlar. Ammo biz Mavlono Qosimni bag`oyat vorasta kishi topibbiz. Haq s. t. bu tabaqaning ahli irshodidin toliblarg`a barchani o`z fazlu karami bila daryoyi rahmatig`a g`ariq va o`z bavoriqi qurbig`a hariq qilg`ay. Omin, yo Rabbal-olamin.
462. Abulhasan Bustiy r. t.
Ul Xoja Yusuf Hamadoniydek Shayx Abu Ali Formadiyning ashobidindur. Va bu mushkil va mashhur ruboiy andoqki, Ayn ul-quzot Hamadoniy rasoyilidin ma`lumdur, aning dururkim,
R u b o i y:
[Dunyoning pinhonlariyu jahonning asliii ko`rdik va illatu ordan oson kechdik. U qora nur, gunohning qora nuqtasi emas, undanda kechdik. Unisi ham bunisi ham qolmadi]1.
463. Shayx Hasan Sakkok Simnoniy q. s.
Ul shayx Abulhasan Bustiining ashobidindur. Va Sakkokiya xonaqohiki, Simnondadur va Hazrat Abulmakorim Shayx Ruknuddin Alouddavla q. t. s. kim, avoyilda anda bo`lur erkandur va arba`inot anda chiqaribdur va ba`zi amlokin anga vaqf qilibdur, anga mansubdur. «Nafahot»da mundoqdur.
464. Muhammad Hammuya Juvayniy q. t. s.
Kuniyati Abu Abdullohdur. Ul ham Shayx Abulhasan Bustiyning ashobidindur. Va zohiriyyu botiniy ulumi bila orosta erkandur. Ayn ul-quzot maktubotidin birida debdurki, oz kishi bu toifadin zohiriy ulum bilg`ay, Xoja Imom Abu Homid G`azzoliy va qardoshi Shayx Ahmad G`azzoliy bu jumladindur. Va Xoja Imom Muhammad Hammuya dog`n Guyonda bu jumladindur, ne bilayki ilm bilgay va buzurglardindur. Va anga bu toifa sulukida tasavvufda «Salovat ut-tolibii» otlig` tasnifdurki, anda bu tariqdin ko`p haqoyiq va daqoyiq darj qilibdur.
465. Ayn ul-quzot Hamadonyy q. s.
Kuniyati va oti Abulfazoyil Abdulloh b. Muhammad b. Mayonajiydur. Ayn ul-quzot laqabidur. Shayx Muhammad Hammuya bila suhbat tutubdur. Va Shayx Imom Ahmad G`azzoliy q. s. ning murididurur va suvariy va ma`naviy fazoyili musannafotidin ma`lumdur. Ne arabiy va ne forsiy onchakim, haqoyiqu daqoyiq kashfi va sharhi ul qilibdur, bu toifadin oz kishi qilmish bo`lg`ay. Va ondin xavoriqi odot ihyoyu amvotqacha zuhurg`a kelibdurlar. Va aning bila Shayx Imom Ahmad G`azzoliy q. s. orasida ko`p mukotabot va murosalot bor. Ul jumladin biri «Ayniyya» risolasidurkim, Hazrat Maxdumi n. m. n. debdurki, imom anga bitibdurki, ravonlig` va salosatda aytsa bo`lurki, naziri yo`qdur. Va Ayn ul-quzot «Zubdat ul-haqoyiq» kitobida bitibdurki, andin so`ngra rasmiy ulum guftu go`yidin malul bo`ldum. Hujjat ul-islom musannafoti mutolaasig`a mashg`ul bo`ldum va to`rt yilg`acha ishtig`olim munga erdi. Chun maqsudumni andin hosil qildim, sog`indimki, asli maqsudnmg`a yetdim.
B a y t:
[Zaynab va Rubob manziliga tush va joylashib olki, u yer yoru do`stlarning istiqomat joyidur]1.
Va yaqin erdiki, talabni tark qilg`aymen va ma`lum qilg`onimg`a iktifo ko`rguzgaymen. Bir yil bu maqomda qoldim. Nogoh Sayyidiy va mavloyi shayxul-islom sulton ut-tariqa Ahmad bin Muhammad G`azzoliy r. t.
Hamadong`akim, mening asli vatanimdur, keldi va aning suhbatida yigirma kunda manga bir nima zohir bo`ldiki, mendin va talabimdin o`zga hech nima boqiy qo`ymadi, illo moshoalloh. Va manga emdi hech ish yo`qdur, fano talabidin o`zga ul nimada. Va agar Nuh umri topsam va bu talabda fano qilsam, hech ish qilmamish bo`lg`aymen. Va ul nima olamni ihota qilibdur. Ko`zum hech nimaga tushmagayki, aning yuzin anda ko`rmagaymen. Har nafaski, istig`roqim anda ortmag`ay manga muborak bo`lmasun.
466. Shayx Baraka r. t.
Ayn ul-quzot r. o`z musannafotida andin hikoyat aytur. Bir yerda debdurki, Baraka fotiha va bir necha suradin o`zga Qur`ondin bilmas va ani ham qoida sharti bila o`qiy olmas. Va «qola yaqulu» o`qimaydur va bilmas. Va Hamadoniy til bila mavzun so`z ayta olmas: Va men bilurmenki, Qur`on ul bilur durust va men bilman, magar ba`zini. Ba ul ba`zini ham tafsir va aning g`ayridin bilmanmen, aning xidmati yo`lidin bilurmen. Va yana bir yerda debdurki, Hazrat Xoja Imom Shayx Ahmad G`azzoliy q. s. din eshittimki, dediki, Hazrat Shayx Abulqosim Gurgoniy r. t. hargiz iblis demas erdi. Har qachon aning oti mazkur bo`lsa erdi, Xojai xojagon va Sari mahjuron der erdi. Shayx Baraka chun eshitti, dediki, Sari mahjuron degani yana bir fiqra yaxshiroqdur.
Yana bir yerda debdurki, Baraka r. a. dediki, birovning bir farzandi bor erdi. Andin so`rdiki, ey farzand, hargiz rishgov bo`lubsen? Ul dediki, rishgov kimdur? Dedi uldurki, har saboh uyidin chiqsa, ayturki, bu kun bir ganj topsam! Debdurki, ey ota, to men bor ekanmen, rishgov ekanmen.
467. Shayx Fatha r. t.
Ayn ul-quzot q. s. musannafotida Shayx Fathadii hiqoyat qilur! Bir yerda debdurki, Fatha ayttiki, Haq s. t. din shar yetmas. Va yana bir yerdakim, Baraka q. s. din eshittimki, Fatha der erdiki, Iblis dediki, mendin siyoh gilimroq Fathadur. Va bu so`zdin so`ngra yig`ladi. Va yana bir yerda debdurki, chun murshidlar va pirlar komil bo`lsalar, bilurlarki, har murid qaysi maqomg`acha yetaolur, andoqki Fatha aytur erdi. Va andin ko`p eshitib erdiki, falon falonning qadamig`a yetkusidur va falon falonning, vallohu taolo a`lam.
468. Shayx Ziyouddin Abunnajib Abdulqohir Suhravardiy q. s.
Zohir va botin ulumida komil ekandur. Ko`p tasnif va ta`lifi bor. Nisbati o`n ikki vosita bila amir ul-mo``minin Abubakr Siddiq r. a. ga yetur. Va tasavvufda nisbati Shayx Imom Ahmad G`azzoliy q. s. dur.
Ul «Adab ul-muridin» kitobida kelturubdurki, [agar faqirlik ko`ngul rizosi bilan bog`liq bo`lsa, boylikdan afzalligiga ittifoq qilishgan. Bir kishi «Beruvchi qo`l oluvchi qo`ldan yaxshiroqdir» – deb, payg`ambar a. s. so`zini dalil keltirsa, unga aytiladi: «Beruvchi qo`l o`zida borini berish bilan fazilatga ega bo`ladi. Oluvchi qo`l borini hosil qilish bilan nuqson topadi».
Ammo saxovat va ehsonning afzalligi faqirlikning fazilatiga dalildir. Kimki, boylik, infoq-ehsonni faqirlikdan afzal desa, go`yo tavba sharofatidan gunohni toatdan afzal bilgan odamga o`xshaydi]1. Va Imom Yofi`iy tarixida debdurki, Shayx Abunnajib q. s. ashobidin biri dediki, bir kun Hazrat Shayx bila Bag`dod bozoridin o`tar erduk. Bir qassob do`konig`a yettuk, bir qo`y osig`liq erdi. Shayx ko`zi ul qo`y sari tushgach dediki, bu qo`y aytadurki, meni o`lturmaydurlar, o`zum o`lubmen. Qassob bu so`zdin bexud yiqildi. O`ziga kelgach, Shayxning qavli sidqig`a iqror qildi va toyib bo`ldi. Va Shayx Abunnajib Suhravardiy besh yuz oltmish uchda bu olamdin o`tubdur.
469. Shayx Ammor Yosir q. r.
Shayx Abunnajib Suhravardiyning ashobidindur, Noqislar takmilida va muridlar tarbiyatida va alarning vaqoe` kashfida bag`oyat komil ermish. Shayx Najmuddin Kubro q. s. «Favotih ul-jamol» otlig` kitobida kelturubdurkim, chun Shayx Ammor Yosir xidmatig`a yettim va aning izni bila xilvatqa kirdim, xotirg`a keldikim, chun ulumi zohiriy iktisobin qilibmen, g`aybi futuhot dast bergandin so`ngra ani minbarlar ustida Haq subhonahu toliblarig`a yetkurgaymen. Chun bu niyat bila xilvatqa kirdim, xilvat tamom muyassar bo`lmadi va chiqdim. Shayx dedikim, avval niyating tashihin qil, andin so`ngra xilvatqa kir! Aning botinining nurining partavi ko`nglumga tushdi, kitoblarimni vaqf qildim va liboslarimni fuqarog`a ulashdim, bir jubbadin o`zgakim kiyib erdim: Va dedimkim, bu xilvatxona mening qabrimdur va bu jubba kafanim, manga yana tashqari chiqmoqning imkoni yo`qdur. Va azm qildimkim, agar manga chiqmoq doiyasi g`olib bo`lsa, kiyganimni yirtayin, to sotiri avrat qolmag`ay va to istihyo xuruj man`i bo`lg`ay. Shayx manga boqdi va dediki, kirgil, niyatni durust qilding. Chun kirdim, xnlvat itmomi dast berdi. Shayxning himmati yumnidin futuhot eshiklari yuzumga ochildi.
470. Shayx Ro`zbexoni Kabir Misriy r. t.
Goziruniyul-asldur, ammo Misrda bo`lubdur. Shayx Abunnajib Suhravardiy q. s. muridlaridindur. Aksar avqot istig`roqda bo`lur ermish. Va Shayx Najmuddin Kubro aning suhbatig`a yetibdur va anda riyozatqa mashg`ul bo`lubdur va xilvat o`lturubdur. Va Shayx Ro`z-bexoni Kabir alarni quyavliqqa qabul qilib, alarg`a Shayxning qizidin ikki o`g`ul bo`lubdur. [Majduddin Bag`dodiyning «Tuhfat ul-bararah» kitobida yozilgan: «Shayximiz Abuljanobdan eshitdim. U kishi Misrda Ro`zbexonning shunday deganini eshitdim, deydi: «Menga bir necha marotaba «namozni tark qil, sen bunga muhtoj emassan»,– deyildi. Men: Ey Rabbim, bunga toqat qilolmayman, menga boshqa narsani taklif qil”,– dedim]1.
471. Shayx Ismoil Qasriy q. s.
Ul ham Shayx Abunnajib Suhravardiy ashobidindur. Va Shayx Najmuddin Kubro q. s. aning suhbatig`a yetibdur va aning iligidin xirqa kiyibdur. Va ul Muhammad Monkildin va ul Muhammad b. Dovud al-ma`ruf bi-Nodim ul-fuqarodin va ul Abulabbos Idrisdin va ul Abulqosim Ramazondin va ul Abu Ya`qub Tabariydin va ul Abu Abdulloh b. Usmondin va ul Abu Ya`qub Nahrajuriydin va ul Abu Ya`qub Susiydin va ul Abdulvohid b. Zayddin va ul Kumayl b. Ziyoddin q. t. a. va ul amir ul-mo``minin Ali b. Abu Tolib r. t.din va alar Hazrat Risolat s. a. v. din. [Ba`zi asarlarida Shayx Ruknuddin Alouddavla Simnoniy, Alloh ruhini muqaddas qilsin, shunday zikr qilgan]1.
472. Shayx Najmiddin Kubro q. t. r.
Kuniyatlari Abuljanobdur va otlari Ahmad b.
Umar Xevaqiy va laqablari Kubrodur. Va debdurlarki, alarg`a Kubro andin laqab bo`ldiki, yigitlik avonidakim, zohir ulumi tahsilig`a mashg`ul ermishlar, har kim bilakim, munozara va mubohasa qilsalar er-mish – ul kishiga g`olib bo`lurlar ermish. [Shuning uchun unga «Tommat ul-kubro» laqabini berdilar. U ancha vaqtgacha shu laqab bilan atalib keldi. Keyinroq «tomma» so`zini qoldirib, «Kubro» deb atay bosh-ladilar. Mana shu vajh to`g`riroqdir. Buni uning rostgo`y, ishonchli ashoblari naql qilgan]1. Va alarni Shayx Valitarosh ham debdurlar. Oning uchunki, vajdu hol g`alabotida muborak nazarlari har kimga tushsa, valoyat martabasig`a yetar ermish.
Bir kun bir tojir tafarruj rasmi bila Hazrat Shayx xonaqosi eshigiga borg`on ermish va ul Hazratqa qaviy holate ermish, muborak nazarlari ul bozirgong`a tushmish. Filhol valoyat martabasi anga hosil bo`lmish. Shayx anga irshodu talqin ijozati bitib, o`zi mulkiga uzatmishlar, to ul mulkda xaloyiqni Tengriga irshod qilg`ay. Bir kun ul Hazrat majlisida Ashobi kahf ahvolianing taqriri va tahqiqi o`tar erdi. Shayx Sa`diddin Hamaviy q. s.ki, Hazrat Shayxning ashobidindur, xotirig`a o`ttikim, oyo bu ummatda andoq kishi o`lg`aymukim, suhbati itga asar qilg`ay? Hazrat Shayx karomot nuri bila ma`lum qildilar va qo`pub xonaqoh eshigiga borib turdilar. Nogoh bir it yetishdi va quyrug`in tebratadur erdi. Alarning mubarak nazarlari ul it sori tushdi. Filhol baxshish topib, mutahayyir va bexud bo`lub, shahrdin yuz evurdi va go`ristong`a mutavajjih bo`ldi va boshin yerga surtar erdi. Debdurlarki, har yon borsa, kelsa erdi, ellik-oltmishqa yaqin it oni erishib, ondin ayrilmaslar erdi va qayda sokin bo`lsa, tegrasida halqa urub, iliklarin ilik ustiga qo`yib, un chiqarmaslar erdi va nima yemaslar erdi va hurmat bila turarlar erdi. Oqibat ul yaqinda o`ldi. Ul Hazrat buyurdilarki, oni dafn qildilar va qabri boshida imorate yasadilar. Hazrat Shayx Tabrizda «Muhyis sunna»ning shogirdlaridin biri qoshidaki, oliy sanadi bor ermish «Sharh us-sunna» kitobi o`qur erdi. Chun oxirlarig`a yetti. Bir kun ustod huzurida jam`i aimma bila o`lturub «Sharh us-sunna» o`qur erdi. Darveshe kirdiki, tanimaslar erdi. Ammo aning mushohadasidin Shayxqa tag`ayyur yo`l topdi. Andoqki qiroat majoli qolmadi. So`rdilarkim, bu na kishidur? Dedilarki, Bobo Faraj Tabriziydurki Haq taoloning majzublari va mahbublaridindur. Shayx ul kecha beqaror erdi. Saboh ustod xizmatig`a kelib dediki, Bobo Faraj xizmatig`a borali va iltimos ko`rguzdi. Ustod ashob bila muvofaqat ko`rguzdilar. Bobo xonaqosi eshigida xodime erdi, Bobo Shodon otlig`, chun alarni ko`rdi, ichkari borib, Bobodin ijozat tiladi. Bobo dedikim, agar andoqki Tengri dargohig`a borurlar, kela olsalar, kir, denglar! Shayx debdurkim, chun Boboning nazaridin bahramand bo`lub erdim. So`zining ma`nisini bildim. Har ne kiyib erdim, chiqardim va ilikimni ko`ksumga qo`ydum. Ustod va ashob ham muvofaqat qildilar. Bobo qoshig`a kirduk va o`lturduq. Bir zamondin so`ngra Boboning holi mutag`ayyir bo`ldi va suratida azimate paydo bo`ldi va quyosh qursidek duraxshon bo`ldi va liboskim kiyib erdi, anga sig`a olmay, shikof bo`ldi. Chun bir zamondin so`ngra o`z holig`a keldi, qo`pti va ul libosini menga kiydurdi va dedikim, senga daftar o`qur chog` emas, vaqtdurki, olamning sardaftari bo`lg`aysen. Mening holim mutag`ayyir bo`ldi va botinim har nedin Haq g`ayridur munqati` bo`ldi. Chun andin chiqtuq. Ustod ayttikim «Sharh us-sunna»din oz qolibdur. Bir-ikki kunda oni o`qi! O`zga o`zung bil! Chun sabaq boshig`a bordim. Bobo Farajni ko`rdumki, kirdi va dedi: Tuno kun manzili «ilm ul-yaqin»din o`ttung. Bu kun yana ilm boshig`a borursen. Men dars tarkin tuttim va riyozat va xilvatqa mashg`ul bo`ldum. Ulumi laduniy va voridoti g`aybiy ko`rina boshladi. Dedim: hayf bo`lg`ayki, ul favt bo`lg`ay! Oni bitir erdim. Boboni ko`rdumki, kirdi va dedi: shayton senga vasvasa beradur. Bu so`zlarni bitima! Davot va qalamni tashladim va ko`ngul barchadin jam` qilib, qulluq boshladim. Amir Iqbol Siyistoniy Shayx Alouddavla q. s.dinki oning piridur va oning so`zlaridin bir kitob jam` qilibdur. Mundoq naql qilibdurki, Shayx Najmuddin Kubro Hamadong`a borib, Hadis ijozati hosil qildi va eshittiki, Iskandariyada muhaddise iorki, oliy sanadi bor. Onda ham borib, ijozat hosil qildi. Qaytib kelurda, Hazrat Risolat s. a. v.ni voqeada ko`rdi va iltimos qildiki, Hazrat anga kuniyate bag`ishlag`ay. Abuljanob kuniyatn Hazratdin anga inoyat bo`ldi. So`rdiki, Abuljanob muxaffa? Buyurdiki, lo, mushaddada. Chun voqeadin uyg`ondi. Bu kuniyatdin anga bu ma`ni yuzlandiki, dunyodin ijtinob qilmoq kerak! Darhol tajrid qildi va piri murshid talabig`a musofir bo`ldi. Har kishiga irodati durust bo`lmas erdiki, donishmand erdi va boshi har kimga inmas erdi. Chun Xuziston mulkiga yetti va Dizpul degan yerda bemor bo`ldi. O`zin har nav` bila bo`lsa, shayx Ismoil Qasrii xonaqosig`a yetkurdi va anda ranjurlig`i uzoqqa tortti va shayx ul so`filarning samo`i unidin zahmatda erdiki, samo`g`a munkir erdi. Bir kecha darveshlar samo`da erdilarkim, Shayx Ismoil Hazrat Shayx Najmuddinning boshi ustiga kelib ikki ilkin shayx qo`ltuqlarig`a solib ko`tarib, samo`g`a kiyurub, necha davr aylandurub, tomg`a tayab qo`ydi. Shayxdin tamom ranj zoyil bo`lib erdi. O`zin sahih topti va irodat hosil bo`ldi va Shayx Ismoilg`a irodat ilki berib, sulukka mashg`ul bo`ldi. Va debdurki, chun menga botin ahvolidin xabar bo`ldi va zohir ulumin xud vofir kasb qilib erdim. Bir kecha xayolimg`a keldiki, botin ilmidin xabardor bo`ldung va zohir ilming Shayx ilmidin ko`prakdur. Saboh shayx meni tiladi va dedikim, qo`p, safar qilki, senga Ammor Yosir qoshig`a bormoq kerak. Men bildimki, kechagi xotirimdin Shayx voqif bo`ldi, ammo hech nima demadim va shayx Ammor xidmatig`a bordim va suluk bunyod qildim. Anda ham bir kecha hamul da`vo ko`nglumga xutur qildi. Saboh Shayx Ammor buyurdikim, Najmuddin, qo`p va Misrg`a bor! Shayx Ro`zbehon qoshig`akim, bu inoniyatni silliy bila sening boshingdin chiqarg`oy! Misrg`a bordim. Chun Shayx Ro`zbehon xonaqosig`a kirdim. Shayx hozir ermas erdi. Dedilarki, Shayx vuzu` qilg`ali tashqari chiqibdur. Keynicha chiqdim. Shayx Ro`zbehonni ko`rdumki, andok oz suv bila vuzu` qiladurkim, shar`an joGshz emas Yana ko`nglumga nnkore keldi. Chun shayx vuzu`ni tamom qilib, qo`pti. Ikki o`l ilkin yuzumga sochti. Ul suv yeggach menga bexudlug` asari zohir bo`ldi. Shayx chun xonaqog`a kirdi. Men dog`i kirdim va shayx shukri vu-zu`g`a mashg`ul bo`ldi va men ham anda turnb, o`zumdpn g`oyib bo`ldum. Ko`rdumki, qiyomat-qoyim bo`lubdur va do`zax zohir, elni tutub, o`tg`a soladurlar va bu yerda bir tepadur, birov o`lturubdur. Har kishi desakim, anga mutaallaqdurmen, oni o`tg`a solmay qo`yadurlar. Nogoh meni tuttilar. Men dedimkim, men oning mutaallaqlaridinmen. O`tqa solmadilar. Ul tepaga chiqdim. Ko`rdumki, Shayx Ro`zbehondur. Yugurub oyog`ig`a tushdum. Ul ilikin ko`tarib, bir qattiq silliy bo`y-numg`a urdi. Andoqki, yuz tuban yiqildim va dediki, mundin ortiq Haq ahlig`a inkor qilma! Chun yiqildim. Ul g`aybdin hozir bo`ldim. Shayx namozning salomin berdi. Hamul dastur bila yugurub oyog`ig`a tushdum. Shayx hamul voqeadag`idek mahkam silliy urub, hamul so`zni aytti. Ul mastlig` ranjurlug`i tamom xotirimdin raf` bo`ldi. Andin so`ngra amr qildiki, qayt va shayx Ammor, Yosir qoshig`a bor! Va anga bir maktub bitib, mundoq zikr qildikim, har necha miskim toparsen, yiborgilki, xolisoltin qilib yuboray! Andin yana Shayx Ammor xizmatig`a keldim. Va Shayx chun Shayx Ammor xizmatig`a kelibdur. Muddate anda bo`lubdur. Chun su-luk anga tamom bo`lubdur, Shayx Ammor amr qilibdur-ki, Xorazmg`a bor! Har necha shayx uzr aytibdurlar, foyda qilmaydur va Xorazmg`a kelibdurlar va bu tariqni muntashir qilibdur va bu tariqnikim, zohir qilibdurlar, xaloyiq ko`p murid bo`libdurlar va irshodqa mashg`ul bo`libdurlar. Chun totor kuffori Xorazmg`a yetibdurlar. Hazrat Shayx ashobini yig`ib, amr qilibdurlarki, viloyatlaringizg`a boring! Alar ul Hazratning amri bila o`z vnloyatlarnga boribdurlar. Ashobdin ba`ziki, Hazrat Shayxqa dog`i chiqar ilti-mos qilibdurlar. Shayx debdurlarki, biz bu kuffor ilkida shahid bo`lurbiz. Ashob tarqag`ondin so`ngra kim, kuffor Xorazmg`a kiribdurlar. Hazrat Shayx qolgan ashob bila chiqib, g`azvg`a mashg`ul bo`lubdurlar. To shahodat sharbatin totibdurlar. Derlarki, shahodat vaqtida bir kofurning parchamin tutqon ermishlar. Andoqki, shahodatdin so`ngra o`n kishi ayira olmaydur va ul parchamni kesib ayirdilar. Va ba`zi debdurlarki, Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. g`azaliyotida ishorat bu qissag`a va o`z intisobini Hazrat Shayxqa qilib debdurki,
r u b o i y:
[Biz qo`lga qadah oluvchn ulug`vor kishilarmnz. Oriq echkisi bilan qolgan qashshoqlardan emasmiz. Bir qo`lda iymonning xolis sharobin icharlar, bir qo`lda kofirning kokilin mahkam tutarlar]2.
Hazrat Shayxqa muridlar ko`p erdilar, ammo alardin nechasi jahonda yagona va zamonda muqtado va far-zona erdilar. Andoqki, Shayx Majduddin Bag`dodiy va Shayx Sa`duddin Humuyiy va Bobo Kamol, Jandiy va Shayx Rozuddin Ali Lolo va Shayx Sayfuddin Boxarziy va Shayx Najmuddin Roziy va Shayx Jamoluddin Giliy r. t. Va ba`zi debdurlarki, Mavlono Bahouddin valadki, Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s.ning volidi bo`lg`ay, ham alardindur. [Uning, Alloh sirrini muqaddas qilsin, shahid bo`lgan sanasi – yetti yuz o`n yettinchi yil]3.
473. Shayx Majduddin Bag`dodiy q. s.
Kuniyati Abu Saiddur va oti Majduddin Sharaf b. Muayyad b. Abulfath Bag`dodiy r. Asli Bag`doddindur. Xorazmshoh Bag`dod xalifasidin tabibe tiladi. Aning otasin yubordi. Va ba`zi debdurlarki, Bag`dodedindurki, Xorazm kentlaridindur. Va ul sultonning muqarriblaridin erdi. Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. buyurubdurki, ulki derlar amrad ermish, Hazrat Shayx xidmatig`a yetibdur, xilof voqe`dur. Yoshga yetgan uluq yigit erdi, ammo latif surati va hay`ati bor erdi. Hazrat Shayx ani avval mutavazzo xidmatyag`a amr qildi. Volidasi eshitti va ul tabibae erdi va Hazrat Shayx ham tabib erdilar, aytib yubordikim, farvand Majdudduig`a xidmate buyurg`an ermishsiz va ul nozuk kishidur, agar murod ul xidmatdur, men o`n turk qul yuborayin, to ul xidmatni bajo kelturgaylar va anga o`zga xizmate buyuring! Shayx dedilarki, anga aytingki, men eshitibmenki, tib ilmin bilursen, sendin bu so`z ajabdur. Agar sening o`g`lungg`a safroviy isitma tashvish bersa, men doru ul qullarg`a bersam, ul sihhat toparmu? Ul javob topmadi. Bu nav` tarbiyatkim, Hazrat Shayx q. s. Shayx Majdudding`a bunyod qildilar. Bir necha vaqtdin so`ngrakim, riyozatlar tortib suluklar qildi, oliy marotib hosil qilib, buyuk maqomlarg`a qadam qo`ydi. Derlarki, Shayx Majduddin bir kun darveshlar bila o`lturub erdi. Anga sakre g`olib bo`ldi. Dedi: biz o`rdak bayzasi erduk daryo qirog`ida va Shayx qushe erdiki, qanoti ostida bizni parvarish berib tarbiyat qildi, to ul bayzadin chiqtuq. Chun o`rdak bolasi erduk, daryog`a kirduk va Shayx qiroqqa qoldi. Va Hazrat Shayx karomat nuri bila ul so`zga voqif bo`ldilar va muborak tillarig`a keldiki daryoda o`lgay. Shayx Majduddin bu so`zni eshitib qo`rqdi va Shayx Sa`duddin Hummuyiy qoshig`a kelib ko`p tazarru` qildikim, bir kunki Hazrat Shayxning vaqtlarin xush topsang, manga xabar qil, to hazratlarig`a kelib uzr qilay! Bir kunki, Shayx hazratlari samo`da xushhol bo`lub erdilar. Shayx Sa`duddin Shayx Majdudding`a xabar qildi. Ul ayog` yalang keldi va bir tashtda o`t to`ldurub, boshig`a ko`tarib, kashfgohda turdi. Chun Shayx Hazratlarining muborak nazari anga tushti, dedilarki, chun darveshlar tariqi bila parishon so`zung uzrin qilasen. Imon va din salomat eltting, ammo boshing borg`ay va daryoda o`lg`aysen va biz ham sening boshingg`a borg`aybiz va sardorlar boshi va Xorazm maliki sening boshingda borg`ay va olam xarob bo`lg`ay. Shayx Majduddin, Shayx hazratlarining muborak oyog`larig`a tushti. Va oz fursatda Hazrat Shayxning muborak nafasi zohir bo`ldi. Shayx Majduddin Xorazmda va`z aytur erdi va Xorazmshohning onasi va`zig`a borur erdi. Va jamila zaifa erdi. Dushmanlar fursat asradilar va Xorazmshoh mast ekanda, anga ayttilarki, onang Imom Abu Hanifa mazhabi bila Shayx Majduddinning nikohig`a kiribdur. Sulton bag`oyat mutyag`ayyir bo`ldi va buyurdikim, Shayx Majduddinni Jayhun suyig`a soldilar. Har ne Xorazmshoh va Xorazm axli va o`zi bobida va olamning xarob bo`luri sababida Hazrat Shayx, deb erdi, barcha vujud tutti. Chun Shayx Majduddinni olti yuz yettida, yo olti yuz o`n oltida shahid qildilar, xotuni Nishoburdin erdi, ani Nishoburg`a naql qiddi va andin sakkiz yuz uchda Isfaroing`a naql qildilar.
474. Shayx Sa`duddin Hummuyiy q. S
Oti Muhammad Mu`ayyad b. Abubakr b. Abulhasan b. Muhammad Hummuyiydur, andoqki yuqori o`tti. Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning ashobidindur q. s. [Yofi`iy tarixida keltiriladi; u hol va riyozat egasi, do`st va muridlari, hikmatlari bor edi. Qosyun tog` etagida bir muddat yashadi, so`ng Xurosonga qaytib, shu yerda vafot etdi]1. Zohiriy va botiniy ulumda yagona ermish, ko`p musannafoti bor. «Mahbub»dek va «Sajanjal ul-arvoh» va bulardin o`zga dag`i. Va musannafotida marmuz so`zlar, mushkil kalimotu arqom va ashkolu davoyir ko`pdurki, aqlu fikr nazari aning kashfu hallidin ojizdur. Va hamonoki, to basirat ko`zi kashf nuri bila munfatih bo`lmag`ay, alarning idroki muta`azzirdur. Ul debdurki, [Alloh subhonahu menga bashorat qilib dedi: Mening zikrim va ta`rifim xususidagi so`zlaringni kimki e`tiqod ila qabul qilsa va tinglasa, muhaqqaq u kishining xotiriga ilm va ma`rifat urug`i qadalgaydir. Garchi o`sha payt mavhum bo`lib qolsa ham, keyinroq unga biror sabab yuzasidan nasiba yetadi]2. Shayx Sadruddin Kunyaviy aning suhbatig`a yetar ekandur. Debdurki, ul dediki, mavosiq yettidur. [Men sizlarning Parvardigoringiz emasmanmi?]3 miysoqig`a munhasir emas. Va muni o`z piridinki Hazrat Shayx Muhyiddin q. s. bo`lg`ay, so`rubdur. Shayx debdurki, ul kulliyotni debdur, juz`iyot mundin dog`i ko`prakdur. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot»da Shayx Mu`ayyaddin Jandiy debdurlarki «Fusus ul-hikam» sharhida bitibdurki, bir kun Shayx Sadruddin samo` majlisida Shayx Sa`duddin bila hozir erdi. Shayx Sa`duddin samo` asnosida yuzin bir suffa sariki, ul manzilda erdi, qilib, adab va tavoze` bila muddate turdi va andin so`ngra ko`zin yumdn va dedi: [Bu Sadruddin qaerda?]4. Chuk Shayx Sadruddin ollig`a keldi, ko`zin aning yuziga ochdi va dediki, Hazrat Risolat s. a. v. bu suffada hozir erdilar, tiladim, ko`ziki ul Hazratning jamoli mushohadasig`a musharraf bo`lubdur, avval sening yuzungga ochqaymen. Va bu ruboiy aningdurki,
sh ye ` r:
[Ey qalbim sururi, ko`zimning nuri, sen bilan qalbim saharda uyg`ondi. Munojot qilib, dilu jon bilan aytdim: Ey oy yuzligim, vujudim sendadur, sen mening ko`zimda]5.
Bu ruboiy ham aningdur.
R u b o i y:
[Kufr istasang nigorim zulfini ko`r, iymon tilasang, yorim orazini ko`r! Yorim azizligiyu, mening muhtojligimni ko`rmoqchi bo`lsang, kufrga aralashmayu iymonga boqma!]6.
Umri oltmish uchga yetti va olti yuz ellikda Azho iydida dunyodin o`tti. Va qabri Bahroboddadur.
475. Shayx Sayfuddin Boxarziy q. s.
Shayx Najmuddin Kubroning xulafosidindur. Zohiriy ulum tahsili va takmilidin so`ngra Hazrat Shayx mulozamatig`a musharraf bo`ldi va tarbiyat toptin. Avoilda ani xilvatqa o`lturtur erdilar. Ikkinchi «Arbain»da aning xilvati eshigiga keldilar va muborak barmog`in xilvat eshigiga urdilar va chorladilarki, ey Sayfuddin! Va bu baytni o`qidilar.
Qo`p va chiq! Oning ilkin tutub, xilvatdin chiqardilar. Bir qatla Hazrat Shayx uchun Xitoydin bir kanizak kelturub erdilar. Zifof kechasi ashobg`a buyurdilarki, biz bu kecha mashru`a lazzatqa ishtig`ol ko`rguzurbiz. Sizlar dog`i bu kecha riyozat tarkin qiling va farog`at va osudalig` bila bo`lung! Chun Shayx Hazratlari bu amrni ashobqa qildilar. Ul kecha Shayx Sayfuddin bir uluq ibriqqa suv to`ldurub, Hazrat Shayxning xilvat eshigida bo`ldi. Subh vaqtiki, shayx chiqdilar va oning ul xizmatin bildilar, dedilarki, biz deb erdukki, bu kecha o`z lazzat va huzurungizg`a mashg`ul bo`lg`aysiz. Sen nevchun o`zungni bu riyozat va ranjg`a solding? Dedi: Siz buyurdingizki, har kishi o`z lazzat va huzurig`a mashg`ul bo`lsun! Menga hech lazzat va huzur mundin o`zga yo`qdurki, Hazrat Shayx ostonida xizmatda bo`lg`aymen. Hazrat Shayx buyurdiki, bashorat bo`lsun sengakim, podshohlar sening rikobingda yugurganlar.
Bir kun salotindin biri Shayx Sayfuddin xizmatig`a kelib erdi. Borur chog`da iltimos qildikim, bir ot Shayx nazri kelturubmen. Tilarmenki, o`zum qo`ldab, shayxni otlandursam. Shayx oning iltimosin qabul qilib, ot qoshig`a keldi va ul podshoh otning jplovnn tutub, qo`ldab, shayxni otlandururda ot sarkashlig` qilib va tundluq qilib, inonin olib, to`ylab yugurdi va nodshoh ellik qadamg`a yaqin otni to`qtatur uchun jilovin tutib rikobida yugurdi, to to`qtadi. Shayx ul podshohg`a ayttikim, bu otning bu tundluq qilg`onida hikmat bu erdikim, Hazrat shayx q. r. bizni mundoq duo qilib erdilar va o`tgan hikoyatni tamom aytti. Va bu ruboiy Shayxning anfosidindur.
Olti yuz ellik sakkizda olamdin o`tubdur va qabri Buxorodadur. Shayxul olamg`a mashhurdur.
476. Ayn uz-zamon Jamoluddin Giliy q. s.
Ul dag`i Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning xulafosidindur. Bag`oyat donishmand va fozil ermish. Avoyildaki, Hazrat Shayx suhbati azimati qildi, kitobxonag`a kirdi va ulumi aqliy va naqliy latoyifidi majmuae intixob qildiki, safarda aning munisi bo`lg`ay va Xorazm azimati qildi. Chun yaqin yetti, bir kecha voqe`ada ko`rdiki, Hazrat Shayx anga ayturki, ey Giliykina, yukingni tashla, dag`i kel! Chun uyg`ondi andisha qildiki, chun men dunyo asbobidin hech nima: ko`tarmayman, yukum ne nima bo`la olg`ay? Yana kecha ham ushbu voqe`ani ko`rdi va uchunchi kecha ham ko`rdi. Tahayyur yuzidin voqe`ada Shayxdin so`rdikim, yo Shayx, yuk ne nimadur? Ul hazrat dedilarki, ul majmuaki ko`taribsan. Uyg`ongach, ul majmuani Jayhung`a tashladi. Chun Hazrat Shayx mulozamatig`a musharraf bo`ldi, ul Hazrat dedilarki, agar ul yukni tashlamasang erdi, hech foyda qilmas erdi. Pas anga xirqa kiydurdilar va arba`ing`a o`lturttilar. Arba`in itmomidin so`ngraki, ulug` marotib hosil bo`ldi. Ayn uz-zamon laqabi berdilar. Shayx Ayn uz-zamon Qazvinda bo`lur ermish. Aning sodotidin biri Sherozg`a borur erdi. Shayx xidmatig`a keldi va Sheroz podshohig`a siporish iltimos qildiki, Shayx Ayn uz-zamong`a ko`p irodati bor erdi. Shayx kog`az va davot va qalam tiladi Va bitidiki: Asal va roziyona. Va anga berdiki, muni podshoh iligiga bergansen. Ul sayyid chun Sherozg`a yetti, podshoh eshikiga bordi. Dedilarki, ichi og`riydur va hammomdadur. Musofir xammom boshig`a bordi va Shayxning ruq`asin andoq qildiki, podshoh iligiga yetti. Podshoh dediki, Shayx karomat nuri bila ma`lum qilibdurki, bizda maraz bor va davo bitibdur. Filhol asal va roziyona tilab yedi va ul og`riq daf` bo`ldi. Va ruq`a: kelturgan kishiga ko`p rioyatlar qildi.
477. Bobo Qamol Jandiy q. t. r.
Chun Bobo Kamol Jandiy Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q. .s. xidmatida ikmol va takmil martabasi topti. Hazrat Shayx anga xirqa kiydurdi va Turkiston sari havola qildi. Va dedikim, Turkiston viloyatida Mavlono Shamsuddin Muftiyning farzandiki otin Ahmad Mavlonodur, bizing bu xirqani anga yetkur va tarbiyatni andin darig` tutma! Chun Bobo Kamol maqsadg`a yetti, jamoat atfolni ko`rdikim o`ynaydur erdilar va bir tiflki, Ahmad Mavlono bo`lg`ay, alarning to`nlarin asrab o`lturub erdi. Chun Bobo Kamolni Ko`rdi, qo`pti va istiqbol qilib, salom qildi. Va dediki, necha biz o`zgalarning to`nin asrag`aybiz va siz bizing to`numuzni asrag`aysiz. Bobo aning bila muso-faha qildi va Muftiy uyig`a iligin tutub kirdilar. Muftiy dediki, bu farzand majzubdur, shoyad shoyista xidmat qila olmag`ay. Ulug` og`asi Donishmand Mavlono bag`oyat ziyrak va muaddabdur. Bobo dediki, anga ham nasib bo`lg`ay, ammo biz Hazrat Shayx havolasi va ishorati bila munung xidmatig`a kelibbiz. Ahmad Mavlono oz fursatda azim tarbiyatlar topti va ko`p kushodlar anga yuzlandi va aning kamolotining ovozasi mashhur bo`ldi va ko`p toliblar aning suhbatida tarbiyat topib, kamolg`a yettilar. Va alardin biri Shayx Bahouddin Kubrodurki, og`asi Donishmand Mavlononingki, oti Muhammad erdi, tarbiyatin anga havola qildi. Va Shayx Bahouddin o`z farzandining tarbiyatinki, oti Abulfutuh erdi, Donishmand Mavlonog`a havola qildi. Va hamono Xoja Abulvafo Xorazmiy q. s. xidmatlarig`a intisob Abulfutuhg`adur, andoqki, o`z silsilasi mashoyixining bayonida aytibdur.
[Fayz, irshod Rasululloh s. a. v.dan hazrat Aliga, u kishidan sirlar xazinasi Hasanga, u kishidan Habibga, so`ng Toiyga, so`ng Ma`rufga, so`ng Sariyga, so`ng Junaydga, so`ng ikki Abu Aliga, so`ng yaxshilar sirri-Mag`ribiyga, bulardan keyin Abulqosimga, keyin Nassojga, so`ng Imom Ahmadga, so`ng Suhravardiyga, so`ng Ammorga, mazkur ulug`lardan so`ng yaxshilarning peshvosi, pok kishilarning sarvarin – Shayx Najmuddinga, so`ng Kamolga, so`ng «Din va millat baho»siga, so`ng Muhammadga, so`ng ulug`lar faxri – Abulfutuhga yetdi]1.
478. Xoja Abulvafoiy Xorazmiy q. s.
Xoja Abulvafo xizmatlarig`a tavhid arbobi va mavojid va azvoq ashobi so`fiya mashoribidin shurbi tamom bor ermish. Andoqki alarning rasoil va ash`oridin, bataxsis ruboiyotidin bu ma`ni zohirdur va bu da`vo isbotig`a necha ruboiy keltirilur.
479. Pahlavon Mahmud Pakkayor q. s.
Xevaqdindur va laqabi mashhur Puryorg`a ba`zi Pakkayor debdurlar, ammo Xevaqliq kishidin tahqiq va tashih qilildi, Pakkayorg`a qaror topti, ya`ni barchag`a Pakkayor. Yor qassobning o`g`lidur. Kurashchilikda saromad bo`lub, azim shuhrat tutubdur. Yashurun suluk va riyozati ham bor ermish, andoqki, fayz olamidin ko`nglig`a choshni yetgan ermish. Tab`i ham xo`b ermish. Va nazm aytur ermish. Hind mulkidin bir zargar Hind podshohidin misol kelturub, pahlavon ihzorig`a iltimos yetkurubdur. Pahlavon bu ruboiyni debdurki,
r u b o i y:
[Zargar bola Mo`lton yo`llaridan gapirdi, sultonning talabini menga yetkazdi. Qaerda menu do`stlarimning himmati bo`lsa, Hindistonni ham bir arpaga sotib olmayman]1.
Ammo g`oyibdin anga ishorate yettiki, bormoq kerak: Hinduston azimati qilib bordi. Hind mulki podshohining bir kurashchisi bor erdi, Pahlavonni aning uchuch tilagan ermishki, aning bila kurashga solgay. Bu so`zni Pahlavon bila muloqot qilg`ondin so`ngra izhor qilib, muqarrar andoq bo`lmishki, tongla xaloyiqny majmu` qilib kurashganlar. Kechasi Pahlavon o`z qoidasi bila niyozmandona mazorot tavofig`a borib, no-murodlig` bajo kelturadurganda ko`rubdurki, bir buzurg mazorda yarim kecha bir qari zaifa ko`p tazallum va tazarru` bila Tengriga munojot qilib yolboradurkim, Xudoyo, bu kelgan pahlavon kurashchi ma`rakasidin mening o`g`lumni sharmanda chiqarmag`aysen! Pahlavon bilibdurki, ul kurashchiningg onasidur, o`zi bila muqarrar qilibdurki, tongla ul kurashchi iligida yiqilg`ay. Tonglasi podshoh ulug` ma`raka yasab, Pahlavonni tilab, ul kurashchi bila kurashga solg`onda, Pahlavon o`zi bila Muqarrar qilg`ondek, bir-ikki hamla talashgandin, so`ngra harif ilgida yiqilur. Mundoq manquldurki, uchasi yerga tegib, ko`zi ko`kka tushgach, hijoblar murtafe` bo`lub, malakut olami ko`ziga jilvagar bo`lub, ul podshoh ham murodu maqsadig`a yetar, ammo chun Pahlavonni tilab, taklif bila kelturgan ermish, rioyatu hurmat tutmakda mubolag`a qilib, musohabat tariqi bila maosh qilur ermish. Bir kun ovg`a taklif qilib, o`zi bila eltganda, tog` ovi ermish, sayd keynicha chopganda, sayd qoyadin uchar, podshoh dog`i oti jilovin saqlanolmas, ikki oyog`i kamar qirog`ida qolib, ikki iligi xato bo`lganda, Pahlavon bila ermish, Ilig urub markabni rokib bila ko`tarib, tuz yerga qo`yar. Podshoh hayrat qilib derki, muncha mufrit kuch bila ajab erdiki, ul kurashchidin yiqilding. Pahlavon anda bu ruboiyni ayturkim,
Podshoh ko`p niyozmandlig`lar ko`rguzub Pahlavon qaytib, Xevaqqa kelur. Mozori Xevaqdadur, Islom qoidasi adosida bu ikki bayt Pahlavonningdur:
Pahlavon Mahmuddin so`ngra Pahlavon Muhammad Abusaid ham o`z zamonining benaziri erdi. Qabri Ne`matoboddadurur.
480. Shayx Najmuddin Roziy al-Ma`ruf bi-Doya q. s.
Ul dag`i Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning ashobidindurki, aning tarbiyatin Shayx Najmuddin Bag`dodiyg`a havola qilgan ekandur. «Mirsod ul-ibod» va «Bahr ul-haqoyiq» tafsirnning musannifidur. Va Chingizxon voqe`asida Xorazmdin chiqib, Rumg`a boribdur. Va anga Shayx Sadruddin Qunyaviy va Mavlon» Jaloluddin Rumiy q. s. bila muloqot voqe` bo`lubdur. Naqldurki, uchalasi bir kun bir majlisda erdilar. Namozi shom qoyim bo`ldi, ikki mazkur bo`lg`oi azizlar imomat iltimosi qildilar. Ul ikkala rak`atda «Fotihat ul-kitob»din so`ngra [«Kofirun»surasini]1 qiroat qildi. Namozdin forig` bo`lg`andin so`ngra Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy Shayx Sadrudding`a boqib, tiybat yuzidin dedikim, zohiran birini sizing uchun va birini bizing uchun o`qidi. Vafoti olti yuz ellik to`rtta voqe` bo`ldi va Bag`dodning Shuniziyasida qo`ydilar. Va Hazrat Maxdumi n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, Shayx Sarn Saqatiy va Shayx Junayd Bag`dodiy q. r. maqbarasidin tashqari qabre erdi, aning qabri deb ayttilar, v. t. a. Va bu ruboiy aning maqulotidindur.
Ruboiy:
(Gar sham`da men kabi judolik dog`i bor, yig`iyu yonish bilan oshnoligi bor. Sham`ning sarrishtasi oqibatimdan yaxshiroq, chunki uning boshida yorug`ligi bor]2.
481. Shayx Raziyuddin Ali Lolo G`aznaviy q. s.
[U Ali b. Said b. Abdujalil Loloi G`aznaviy]1. Va bu Shayx Saidki, Shayx Ali Loloning otasidur. Hakim Sanoiyning ammzodasidur. Haj azimati bila Xurosong`a kelibdur. Va Abu Ya`qub Imom Yusuf Ha-madoniy suhbatig`a yetibdur. Va ul vaqtki, Shayx Najmuddin Kubro q. s. hadis talabig`a Hamadong`a bordi, Shayx Ali Lolo bo`lur kentning bir yig`ochida tushdi. Ittifoqan Shayx Ali Lolo ham kecha voqe`ada ko`rdiki, bir shotu qo`yubdurlar, osmong`acha. Va birav bu shotu boshida turubdur. Va el bir-bir aning qoshng`a kelurlar va ul bularning iligin tutub, osmong`acha eltur. Va bu ilig tutub eltgan kishi bu kishining iligin anga berur va ul iligin tutgan kishini osmong`a eltur. Shayx Ali Lolo ham bordi va aning ham iligin tutub, ul kishi iligiga berdilar va osmong`a chiqardi. Chun bu voqeani otasig`a dedi, ul so`rdiki, ul kishini tanirsen? Dedi: tanirmen va oti ham xotirimdadur. Dedi: talab qilmoq kerakki sening ishing kalidi aning iligidadur. Shayx Ali Lolo aning talabida musofir bo`ldi va necha yil olam girdida safar qildi va andin hech nav` nishon va asar topmas erdi, to ul zamonki, Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q, s. Xorazmg`a keldi va bu tariqni muntashir qildi. Ul chog` Shayx Ali Lolo Turkistonda erdi. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonaqohida xilvatda o`lturub erdi. Ittifoqan birov Xorazmdin kelib erdi va Xoja Ahmad Yassaviy q. s. andin so`radurki, Xorazmda holo hech darveshe bu toifadin bormukim, el bu tariqni andin bilgaylar? Ul dediki, bir yigit paydo bo`lubdur va xalq irshodig`a mashg`uldur va ko`p el anga irodat kelturub tegrasig`a yig`ilibdurlar. Xoja so`rdilarki, oti nedur? Javob berdiki, Shayx Najmuddin Kubro. Chun Shayx Ali Lolo bu otni eshitti, xilvat ichidin iztirob bila chiqti va safarg`a belin bog`ladn. Xoja so`rdilarki, ne voqe`dur? Ayttikim, safar qilurmen. Xoja dedilarki, qishdur, tahammul qil yoz bo`lg`uncha. Shayx Ali Lolo dediki, qilaolmon. Andin musofir bo`lub, Shayx Najmuddin Kubro xidmatlarig`a keldi va sulukka mashg`ul bo`ldi. Andin so`ngra ko`p muddatdin so`ngra Shayx Majduddin Bag`dodin Hazrat Shayx: mulozamatlarig`a musharraf bo`ldi. Hazrat Shayx o`ttiz besh yoshlarida taxminan sulukka mashg`ul bo`lub-durlar va Shayx Majduddin to`rt-besh yosh Shayx Ali Lolodin ortug` ermish. Ammo Shayx Ali Lolo yigitlikining avvalidan mashg`ul bo`lubdur va alar ul vaqt hanuz sulukka mashg`ul bo`lmag`on ermishlar. Shayx Ali Lolo mashoyixdin ko`pning suhbatig`a yetgan ermish. Derlarki yuz yigirma to`rt shayxi komili mukammaldin xirqa olib ermishlar va vafoti chog`i yuz o`n uch xirqa ul jumladin mavjud ermish. Va Hinduston safari qilibdur. Va Aburrizo Ratan suhbatig`a yetibdur va Rasul s. a. v.ning amonatin andin olibdur. Andoqki, Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. ani tashih qilibdur va debdurki, [Shayx Raziyuddin Ali Lolo Rasululloh s. a. v. sahobalaridin Aburrizo Ratan b. Nasr r. a. bilan suhbat qilgan va u Rasululloh s. a. v. tarog`laridan birini unga bergan]2. Va Shayx Ruknuddin Alouddavla ul tarog`ni bir xirqag`a chirmab, ul xirqani kog`azg`a chirmabdur. Muborak xatti bila ul kog`azg`a bitibdurki, [Rasululloh s. a. v. tarog`laridan bo`lgan bu tarog` va bu xirqa ham uning saqobasi – Aburrizo Ratandan kamina zaifga yetdi]3. Va ham Shayx bitibdurlarki, mundoq derlarki, ul amonat Hazrat Rasul s. a. v.din Shayx Raziyuddin Ali Lolog`a ermish. Va bu ruboiy aning qudsiya anfosidindur.
Hazrat Shayx Raziyuddin Ali Lolo olti yuz kirq ikkida rabiul-avval oyining uchida dunyodin o`tubdur.
482. Shayx Jamoluddin Ahmad Jurfoniy q. s.
Ul Shayx Raziyuddin Ali Loloning ashobidindur. Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. debdurki, Shayx Ahmad ajab zohir kishi erdi, buyuk martabasi bor. Mem g`aybda aning suluki martabasin Shayx Abulhasan Xaraqoniyg`a munosib toptim va Shayx Ali Lolo suluki martabasin Sulton Boyazid Bistomiyg`a q. s. Shayx Raziyuddin Ali Lolo debdurki, har kim bizing Ahmadning xomushlig`i bila borg`ay, har ne Shibliy g.a Junayddin topibdurlar, andin topqay. Bir kun Shayx Sa`duddin Hummuiy Jurfong`a yetti. Kishi yubordi va Shayx Ahmadni tiladi. Shayx Ahmad uzlat niyati qilib erdi, kelmadi. Yana kishi yubordiki, kelmak kerakki, manga ishorate yetibdurki, chun sening uchun Shayx Ali ijozat bitibdur, men ham bitigaymen. Shayx Ahmad javob yubordiki, men Haq s. t. ni ijozatnoma bila parastish qilmog`umdur. Shayx Ruknuddin Alouddavla debdurki, manga bu so`z andin bag`oyat xush kelibdur. Bir qatla Shayx Ahmad muridlaridin biriniki muroqabag`a mashg`ul erdi, kafshin chiqarib, necha kafsh bo`ynig`a muhkam urdi. Ul murid dedi: muroqabadadurmen, Shayx ne uchun ozurda qiladurlar? Shayx dediki, muroqaba biravga yarashurki, bir hafta taom yemamish bo`lg`ay, chun ayog` uni eshitkay, xotirg`a kelmagayki, bu kishi mening uchun taom kelturadur erkin. Shayx Ahmad olti yuz oltmish to`qquzda rabi ul oxir oyining salxida dunyodin o`tti.
483. Shayx Nuruddin Abdurrahmon Isfaroyiniy Kasirqiy q. s.
Ul Shayx Ahmad Jurjoniy ashobidindur. Toliblar tasliki va muridlar tarbiyati va alarning vaqos`i kashfida azim shoni bor ermish. Shayx Ruknuddin Alouddavla q. r. debdurki, agar oxir uz-zamonda Shayx Nuruddin Abdurahmon q. s.ning vujudi bo`lmasa erdi, bu toifaning suluki tariqi tamom mahv bo`lur erdi va nishon qolmas erdi. Ammo chun Haq s. t. bu toifaning baraqotin boqiy tilar erdi, aning bila mujaddad qildi. Va ham Shayx Alouddavla debdurki, bir kun jamoatxonada g`oyib bo`ldum. Imom Muhammad G`azzoliyni ko`rdumki, o`lturub erdi va boshin tizi ustiga qo`yub erdi va qalamni ikki barmog`i orasida tutub mutahayyir erdi. So`rdumki, ne voqe`dur va Imom ne fikrdadur? Dedi: nechuk mutafakkir bo`lmag`aymenki, men dunyoda simurg`qa o`ttiz sifat bitibmen va bu soat ko`rarmenki, barcha g`alatdur. Va bu voqe`ani Shayx Nuruddin Abdurrahmong`a arz qildim, buyurdiki, ajabdur. Men dag`i Shaqon kentida erdim va ul vaqt manga so`z aytmak ma`rifatida ko`p sharah erdi. G`aybda ko`rdumki Haq s. t. manga ayturki, sen bilmassanki, har hasratki Imom G`azzoliyg`a bor, mundin ortuq yo`qdurki, sulukni tugatmay bizing xizmatimizg`a keldi. Andin so`ngraki ul g`aybdin keldim, o`z tilimda uqdae toptim va xomushlik pesha qildim va o`z ishimga mashg`ul bo`ldum. Aning valodati olti yuz o`ttuz to`qquzda, shavvol oyi ekandur va Bag`dodda dunyodin o`tubdur.
484. Shayx Abulmakorim Ruknuddin Alouddavla Simnoniy q. s.
Alar aslda Simnon mulukidindurlar. O`n besh yashag`ondin so`ngra vaqt sultoni xidmatig`a ishtig`ol ko`rguzdilar. Bir urushdaki sultong`a a`do bila voqe` erdi, alarg`a jazbae yetti. Andin so`ngra olti yuz sakson yettida Bag`dodda Shayx Nuruddin Abdurrahmon Kasirqiy suhbatig`a yetishtilar, ul vaqtdaki Hijoz safaridin murojaat voqe` bo`lub erdi. Va olti yuz sakson to`qqizda irshod izni toptilar. Va yetti yuz yigirmada Sakkokiya xonaqohida o`n olti yil muddatda yuz qirq arba`in chiqardilar. Derlarki, soyir avqotda yana yuz o`ttuz arba`in ham chiqaribdurlar. Chun yoshlari yetmish yetti yilg`a yetishti, yetti yuz o`ttuz oltida rajabning ikkisida jum`a kechasi So`fiobodning burji ahrorida olamdin o`ttilar. Va Qutbi-zamon Imoduddin Abdulvahhob hazirasida madfun bo`ldilar. Bir kun darvishe alardin savol qildikim, chun bu badang`a tufroqta idrok yo`qdur va ruh andin muforiq bo`lubdur va arvoh olamida hijob yo`qdur, ne ihtiyojdur qabr boshig`a bormoq? Chun har maqomdaki, bir buzurgning ruhig`a tavajjuh voqe` bo`lubdur, ham-uldurki kishi qabri boshig`a boribdur. Shayx dedilarki, ko`p foydasi bor. Biri bukim, birovki bir azizning qabri ziyoratig`a borur, har necha ul yonki qadam qo`yar, tavajjuh ko`prak bo`lur. Chun tufrog`i boshig`a yetar, hissi dog`i ul tufrog`ni mushohada qilur va tavajjuhda hissi dog`i mashg`ul bo`lur va kulliy mutavajjih bo`lur, foyda ko`prak bo`lur. Yana bir buki, har nechaki ruhda hijob yo`qdur va barcha olam anga birdur, ammo badaneki tamom tiriklik ayyomida aning bila suhbat tutmish bo`lg`ay va aning badan mahshuri ,bo`lg`ayki, hashrdin so`ngra abad ul-abadki, bo`lg`usidur, aning bila bo`lg`ay, ul mavze`g`a nazar va taalluqi ko`prak bo`lg`usidur o`zga yerdin. Bu so`zdin so`ngra hikoyat qildiki, bir vaqt Junayd q. s. xilvatida bo`lur erdim. Va anda zavq tamom yuzlanur erdi. Junayd vositasidinki, ul xilvatda bo`lur ermish. Chiqdim, dag`i aning qabri boshig`a bordim, xilvatidag`i zavqni topmadim. Bu ma`noni Shayx q. s. xidmatida arz qildim. Dedilarki, ul zavqni Junayd jihatidin toptingmu? Dedim: bale! Dedilarki, mavze`i ma`lumdurki ul umrida necha qatla anda bo`lmish bo`lg`ay. Har qachon zavq yetsa, badaneki topar ekandur, aning bila musohib ekandur, avvaledurki zavq ko`prak hosil bo`lg`ay, ammo shoyadki tufrog`i boshida hech mashg`ullig`idin tavajjuhda taqsire voqe` bo`lmish bo`lg`ay. Oxir bir xirqaeki ahli dile ani kiymish bo`lg`ay, aning zavqi mushohada bo`lur va badan xirqadin yaqinroqdur. Va ziyoratiing favoyidi ko`pdur. Masalan, birav mundin Hazrat Risolat s. a. v. ruhoniyatig`a tavajjuh qilsa, fayz topar. Ammo agar Madinag`a borsa, ul Hazratning mutahhar ruhi aning ul azimatidin va yo`l ranji tortqondin chun voqifdur va Madinag`a yetkandin so`ngra dog`i his bila ul Hazratning ravzasini ko`rsa va zohir va botin bila mutavajjih bo`lsa, munung foydasig`a aning foydasi bila ne nisbatdur? Va mushohada ahlig`a bu ma`no tahqiqdur. Va alar debdurlarki, anbiyo aning uchun kelibdurlarki, xalqning ko`zlarin o`z ayblarin ko`rarga ochqaylar, to o`z ayblarin va Haq taoloning kamolin va o`z ajzin va aning qudratin va o`z zulmin va aning adlin va o`z mazallatin va aning izzatin va o`z jahlin va aning ilmin va o`z bandalig`in va aning xudovandlig`in va o`z faqrin va aning g`inosin va o`z taqsirin va aning ne`matlarin va o`z fanosin va aning baqosin bilgaylar va botin ko`zlari munga biyno bo`lg`ay. Va ham ushbu qiyos bila shayx ham aning uchundurki, muridlar ko`zin bu ma`nig`a ochg`ay. Pas, har necha murid o`z kamoli isbotig`a ko`prak ko`shish qilg`ay, yo amale qilg`ayki, aning kamoli zohir bo`lg`ay. Shayxqa andin ranj ko`prak yetishgayki, shayx bu ranjlarni aning uchun tortarki, muridning nafsining o`z kamolin ko`rar ko`zin tikkay va Haqning kamolin ko`rar ko`zin yorutqay. Va ul har lahza o`z kamolin ko`rarga bir ko`z ochqay, pas, shayxning ranji zoe` otig`a ko`shish qilg`ay o`z haqqida. Darvesh kerakki, o`z nafsi kaminida bo`lg`ay, to har ko`zki, o`z kamolin ko`rarg`a ochqay, filhol ani tikkay. Va agar mundoq ( qilmasa, anga xabar bo`lg`uncha nafs aning har sari mo`yidin o`z kamolin ko`rarga bir ko`z ochqay va Haqning kamolin ko`rardin ko`r qilg`ayki, nafsning odati budur. Ham alar debdurlarki, Tengri taolo to kishining sirrin el ko`zidin yopmog`uncha, va ani xalq ko`zidii yashurmog`uncha, mumkin ermas ul kishi valoyat martabasig`a yetmak. Va [do`stlarim qubbalarim ostidadir]1ning ma`nosi budur. Va bu qabob bashariyat sifatidur va pardae emas bo`zdin va yo o`zga jinsdin. Va sifat uldurki, anda aybe zohir qilg`ay, yo bir hunarni andin el ko`ziga ayb ko`rguzgay. Va [ularni mendan boshqalar tanimaydilar]2ning ma`nosi budurki, to irodat nuri bila biravning botinin yorutmag`ay, ul valini tanimag`ay, pas ul nur ani tanimish bo`lg`ay, yo`q ul kishi. Va ham alar so`zidurki, darveshlar ki, o`z ishlarig`a mashg`uldurlar, kerakki battolni o`z oralarida qo`ymasalarki, bir bekor yuz darkor kishini bekor qilur.
Ham alar debdurlarki, Hakim Tirmiziy va jamoate mag`oribadin debdurlarki, [avliyolikning boshlanishi payg`ambarlikning oxiridir]4. Bir kun Bag`dodda Shayx xilvatida erduk. Buyurdiki, ul jamoatki debdurlarki, [avliyolikning boshlanishi payg`ambarlikning oxiridir]5. Mung`a uzre bor. Alar ul so`zdin muni tilab erkanlarki, [Shariatda avliyolikning boshlanishi anbiyolikning nihoyasidir. Tariqatda avliyolikning nihoyasi anbiyolikning boshlanishidir]6. Nevchun? Hazrat Risolatqa s. a. v. shariat kamoli ishining oxirida tamom bo`ldiki, [bugun sizlarga diningizni komil qildim]7. Va vali to shariatni takmil qilmag`ay, valoyatqa qadam qo`ya olmas. Pas, ulcha nabig`a sharoe`da ishining nihoyatida bo`lsa, valig`a bidoyatida bo`lg`ai. Nevchunki, agar kishi ul ahkom bilaki, Makkada nozil bo`ldi suluk qilsa, ul ahkomg`akim, oxir umrda Madinada nozil bo`ldi, iltifot qilmasa, hargiz valoyatqa yetmagay. Balki agar inkor qilsa kofir bo`lg`ay. Pas, valoyat ibtidosi uldurqi, barcha sharoe`ni kamol bila qabul qilg`ay va mutobaat ko`rguzgay, ammo tariqat uldurki, har necha vali sa`y qilsa va martabasi oliy bo`lsa, aning ruhig`a ul nav` me`rojeki nabining jismig`a bo`lubdur, hosil bo`lmag`ay va maholdurki bo`lg`ay. Chun valoyatning intihosida valining ruhi nabining jismig`a mushobahat topar, tariqatda nihoyat ul-avliyo bidoyat ul-anbiyo bo`lg`ay. Va ham alar buyurubdurlarki, anbiyo alayhissalom omidan gunah inshosidin ma`sumdurlar va avliyo gunohni xor tutmoqdin mahfuz. Va Mustafo s. a. v. din marvedurki, [agar mag`firat qilsang, barchani mag`firat qil! Qaysi bandang borki, gunoh qilmagan?]8. Va bu faqir qoshida hech gunah andin yomonroq emaski, banda o`zin muqassir va mujrim bilmagay.
485. Axiy Ali Misriy q. s.
Ul Shom mulkida bir shayx erdi va ko`p muridlari bor erdi. Ammo chun munsif kishi erdi. Muridlaridin jam`ig`aki mustaid edilar, dedilarki, agar siz Haq tolibisiz, men dag`i Haq tolibimen. Va murshide topmaymenkn, aning qoshida suluk qilg`ay edim. Emdi voqe`ada ko`rubmen va shahodatda ham eshitadurmenki, Xurosonda murshide bor, mukammal. Ko`rung borali va anga musharraf bo`lali va ul murshid xidmatida bir necha kun suluk qilali va andinki, xalq bizda gumon elturlar, bir nima hosil qilali! Alqissa, buso`z bila kelib erdi va Shayx ashobig`a doxil bo`lub erdi, o`zining jam`i muridlari bila. Shayx buyurdilarki, alarning irodati mundin so`ngra sanga mening irodatimdur, ammo sening vasotating alarg`a naf` qilur. Andoqki, mening qoshimda shayx va Mustafo s. a. v. orasida har nechaki xirqa ko`prak, yo`l yorug`roq va suluk osonroqdur, hadis xilofiki, anda har necha vosita ozroq bo`lsa, hadis sahihroqdur. Nevchunki, andaki xabardur, har necha vosita ko`prak bo`lsa, tafsir ihtimoli ko`prak bo`lur, ammo mundaki, xirqadur, har necha mashoyix nuri ko`prak bo`lsa, yo`l yorug`roq va alarning ruhoniyati madadi ko`prak bo`lur. Bir kun Shayx Mansur Halloj so`zi orag`a tushti. Axiy Ali Misriy aning holidin istifsor qildi. Hazrat Shayx andin so`ngraki alar bobida ko`p so`zlar ayttilar, dedilarki, ul vaqtki, manga hol garm erdi, aning mozorig`a bordim. Chun muroqaba qildim, aning ruhin illiyyinda toptim, oliy maqomda munojot qildim. Va dedim, Xudovando, bu ne holdurki, Fir`avn [Men sizlarning oliy Parvardigoringizman]1 dedi va Husayn Mansur [«Men Haqman»]2 dedi va ikkalasi uluhiyat da`vosi qildilar. Emdi Husayn Mansurning ruhin illiyninda va Fir`avn ruhi sijjindadur, munda hikmat nedur? Mening sirrimda nido qildilarki, Fir`avn o`zin ko`rmakka tushti va barcha o`zin ko`rdi va bizni gum qildi va Husayn Mansur barchamizni ko`rdi va o`zin gum qildi, ko`rki ne farq bo`lg`ay andin mungacha.
486. Shayx Najmuddin Muhammad Edkoniy q. r.
Ul hazrat Shayx Ruknuddin Alouddavlaning murididur. Va umri saksonga yetgan ekandur. Yetti yuz yetmish yettida dunyodin o`tubdur va Isfaroyin omolidin bir hisorda madfundur. Ul debdur: Hazrat Rasul s. a. v. qavmidakim, [savodi a`zam– Qur`onni lozim tuting va unga mahkam bog`laning!]1.
487. Axiy Ali Dehistoniy r. t.
Shayx debdurlarki, arba`inda panjshanba kecha arba`inning o`ttuz to`qquzunchi kechasida g`aybda ko`rdumki, jamoat musofirlar keldilar va oralarida bir yigit erdiki, Haq taoloning aning bila inoyat nazari bor erdi va anga mening tarbiyatimg`a havoladur. Chun shahodat olamig`a keldim, xodimg`a dedimki, hech musofirg`a borur ijozati berma, men chiqquncha. Qazoro, ham ul zamon musofirlar yetishtilar. Dedimkim, masjidi jome`daki, tongla arba`in tuganmish bo`lg`ay musofirlarni kelturki, ko`rib alarg`a ijozat berali. Tonglaki masjidg`a bordim, musofir darveshlar keldilar va salom qildilar. Har necha nazar qildim, ul kishiniki men ko`rub erdim, alarning orasida topmadim. Dedim: magar yana bir qavm yetkusidurlar. Namoz qilib, uyga kelduk. Xodim kelib dediki, bu jamoate darveshlardin birisi magar raxtlari qoshida ekandur va masjidqa kelmagandur, darxost qiladurki shayxni ko`rgay. Dedim: kelsun! Eshikdin kirgach tanidimki, uldur. Salom qildi va lahzae o`lturdi va qo`pti va chiqti. Xodimg`a dedimkim, chiqib bu yigitga aytki, bir necha kun munda bizing bila bo`lsunki, bizing aning bila ishimiz bor. Chun xodim tashqari chiqibdurki, ul qaytib keladur. Xodim andin holni so`rubdur. Ul debdur: Shayxqa aytki, meni qabul qilsinlarki, darveshlar xidmatig`a mashg`ul bo`layin. Xodim debdurki, Shayx meni ushbu ish uchun yuborib erdi. Ani olib kirdi. Musofirlar bordilar va ani xidmatqa mashg`ul qildim. Xidmate qila boshladiki, odamedin andin yaxshiroq mutasavvar bo`lmag`ay. Uch yildin. so`ngra zikrlar aytti va xilvatlar o`lturdi va yaxshi hollar anga yuz ko`rguzdi. Bir kun safarda erduk va ul bir suffada o`lturub erdi. Mening nazarim anga tushti, ko`rdumki, oliy voride anga nozil bo`ladur va pas shigarf hole anga yuzlanadur. Qo`ptum va aning qoshig`a bordim, mag`lub va ul holning masti bo`lub erdi. Anga nahib bila dedimki, ne holdasen va ne ko`rdung, ayt! Dedi: aytaolman. Dedim: yoy chaynama, ayt! Va zajr bila so`rdum, aytti. Va al-haq oliymaqom erdi, ammo chun ko`rdumki, anda ajabe paydo bo`lg`udekdur. Ani dedim nima emas va nafy qildim, bori ul maqomda o`zida bir nima paydo qildi; va muddati madid aning dimog`idin ul bormas erdi, to andin so`ngra necha vaqtdin so`ng samadiyat tajallisi bila mutajalle bo`ldi. Va ul maqomedurki solikka andin ihtiyoj yegulikka qolmas. Chun ul maqomda o`zin ko`rdi, g`urure anda paydo bo`ldi va o`ziga dediki, nima yemamak Haq taolo sifatidur va bu manga holo hosildur va botinida xudoylig` da`vosi bosh uraboshladi va yemak tarki qildi. Har nechakim tayog`lar erdim va tishlari orasig`a yig`och solib ochib, sharbat va g`izo og`zig`a soldurur erdim, yana og`zidin to`kar, tashlar erdi. Qo`yduqki, o`z ko`ngli bila yegay! Ham yemadi, to olti yil mundin o`tti. Va bu dastur bila darveshlar xidmatig`a qiyom ko`rguzur erdi. Bir uluq saodati bu erdiki, bovujudi da`volar va hollar hargiz o`zin mendin beniyoz ko`rmadi. Va agar bu bo`lmasa, ham avvallarda o`q ul vartada zoe`u halok bo`lur erdi. Va o`ttiz yetti yildurki, men Hazrat Shayx irshodi bila toliblar irshodig`a mashg`ulmen, bu toifadin ko`pni ko`rdum, bu Axiy Alidekki anga dunyo lazzatig`a va o`z nafs hazzig`a mayl bo`lmag`ay, hargiz ko`rmaydurmen. Va yigirma besh yildurki, darveshlar orasidadur, hech kishi andin eshitmaydur erkinki, manga yemakdin va ichmakdin va hech jins nimadin nima kerak demish bo`lg`ay. Va bovujude ulki bemorlig`lar tortibdur, hech kishi ani takya qilg`on ko`rmaydur va hech kishiga aytmaydur va hech kimdin davo tilamaydur. Alqissa ul maqomdakim g`izodin forig` erdi, olti yilgacha qoldi. Andin so`ngra Ka`bag`a borur erdim, ani o`zum bila elttim. Chun Madinag`a yetishtuk, anga dedimki, agar Hazrat Rasul s. a. v. ummatisen va mening muridimsen, ani qilmoq kerakki, Hazrat Rasul s. a. v. qilnbdurlar va men qilurmen, yo`q ersa, qo`p va ketki, mundin ortiq bizing suhbatimizda bo`la olmassen! Ali Do`stiy hozir erdi, bir luqma aning og`zig`a soldi va ul yedi. Bir kun ta`yin qildimki, uch luqma yegay. To Makkaga yettuk, andin so`ngra buyurdimki, andoqki soyir darveshlar nima yerlar, ul dag`i yegay! Va ul vartadin xalos bo`ldi.
488. Abulbarakot Taqiyuddin Ali Do`stiy Simnoniy q. s.
Ul dag`i Shayx Ruknuddin Alouddavlaning ashobidindur. Bir kun Hazrat Shayx maorif so`rarda buyurubdurlarki, modomiki solik tajalliy vaqtida surate idrok qilur, ul tajalliy suvari bo`lg`ay va Haq taoloni ul suratdin munazzah tutmak kerak, ammo ani Haq tajalliysi bilmak kerak, andoqki Muso a. s. daraxtdin [albatta men Allohmen]1 eshitti. Har kim desaki, daraxt Tengridur, kofir bo`lg`ay va har kim desa, bu so`zni Tengri demadi, ham kofir bo`lg`ay. Bu suvare tajalliini bu nav` e`tiqod qilmoq kerak. Va ul kun Taqiyuddin Ali Do`stiy hozir erdi. Shayx buyurdilarki, bu yil manga Ali Do`stning voqeasi bisyor xush keldi. Va darveshlarning e`tiqodi saboti uchun aytay. Haq taolo bu yil anga bir qatla kulliy mavjudot suratida tajalliy qildi. Va ul Haq taolo tasbihu tanzihin suvar lafzi bila andoqki Haq taolo aning tiliga joriy qilur erdi, aytur erdi. Haq s. t. o`zluki bila andin so`rdikim, meni ko`rdung? Ul dediki, Bor Xudoyo, ko`rmadim! Haq taolo buyurdikim, bularki ko`rdung, ne edi? Javob berdiki, osoru af`olu sifoting suvari erdi va sen barcha suratdin munazzahsen. Haq s. t. bu so`zda anga sano aytti va bu ma`noni andin pisandida tutti.
489. Amir Sayyid Ali b. Shihob b. Muhammad Hamadoniy q. s.
Ulumi zohiriyu botinida jome` ermish. Va ahli botin ulumida musannafoti bor: «Asror un-nuqta» kitobidek va «Asmoulloh» sharhidek va «Fusus ul-hikam» sharhi va «Qasidai xamriyai Foriziya» sharhidek va bulardin o`zga ham. Alar Shayx Sharafuddin Mahmud b. Abdulloh Mazdaqoniyning murididurlar, ammo odobi tariqat kasbi sohibus-sirr, baynal aqtob Taqiyuddin Ali Do`stiy q. r. qoshida qilibdurlar. Va chun Shayx Taqiyuddin Ali Do`stiy dunyodin o`tubdur, yana ruju` Shayx Sharafuddin Mahmudqa qilibdurlar. Va debdurlarki, farmon nedur? Shayx tavajjuh qilib debdurki, farmon uldurkim, olamning aqsoyu bilodida kezgaysen. Alar uch qatla rub`i maskunni evrulubdurlar. Va ming to`rt yuz valiy suhbatig`a musharraf bo`lupturlar va to`rt yuzni bir majlisda topibdurlar va yetti yuz sakson oltida zulhijja oyining oltisida Kabru Savod viloyatining yaqinida olamdin o`tupturlar. Va muborak jismlarin Xuttalong`a naql qilibdurlar.
490. Shayx Abdulloh G`arjistoniy q. s.
Shayx Ruknuddin Alouddavlaning ashobidindur. G`arjistonning kentlaridin biridindur. Kichik erkandurki, otasi favt bo`lubdur va onasi yana biravga tegibdur. Bir kun andin amre voqe` bo`lg`ondurki, o`gay otasidin qo`rqubdur va qochib, kentdin chiqibdur. Va ul kent navohisida bir uluq yig`och bor ekandur. Ul yig`ochqa chiqib yoshunubdur. Va ul yig`och tubida bir chashma ermish. Ittifoqan jam`i darveshlar kelib, ul chashma boshida manzil qilibdurlar. Va ul chashma suyida aning aksin ko`rubdurlar. Ani ul daraxtdin tushurub, o`zlari bila olib boribdurlar. Va ul safarda guzarlari Simnon viloyatig`a tushubdur. Hazrat Shayx xidmatig`a boribdurlar. Ul ham bilalaricha boribdur. Chun Shayxning muborak nazari aning sari tushubdur, farosat nuri bila aning kamoli qobiliyatin bu tariqda ma`lum qilibdurlar. Musofirlar azimat qilg`ondin so`ngra kishilar yuborib, ani qaytaribdurlar. Musofir darveshlar ko`p iztirob qilibdurlar va vaqt sultoni hukmig`a ruju` qilibdurlar. Chun Shayxning haqqo niyati barchag`a zohir ermish, hech foyda qilmaydur. Va Hazrat Shayx aning tarbiyatig`a mashg`ul bo`lub, Shayxning iltifoti bila ulug` maqomlarg`a yetibdur. Va Shayxning muncha ihtimom va iltifotiki, aning borasida bor ekandur, ma`lum emaski, ashobdin hech kimga bo`lmish bo`lg`ay. Chun muridlar irshodi va takmili martabasig`a yetibdur. Tus viloyatig`a havola topibdurki, borg`ay. Anda kelgandin, so`ngra toliblar irshodig`a mashg`ul bo`lubdur. Vaqt podshohi andin istid`o qilibdurki, ba`zi urushqaki aduvsi bila voqe` bo`lg`ondur, aning bila borg`ay. Borg`ondin so`ngra ul urushta shahodat martabasi topibdur va jasadin Tusqa naql qilibdurlar va qabri andadur.
491. Bobo Mahmud Tusiy q. s.
Shayx Abdulloh muridlaridindur. Bir qatla Shayx jam`i muridlar arba`inda o`lturub erdi. Bir kecha xonaqoh xodimig`a dediki, kecha voqif bo`lki, ikki darveshg`a azim vorid yetkusidur. Nogoh bexudlug` qilma-g`aylar va xilvatdin tashqari chiqmag`aylar. Xodim hozir bo`lur erdi. Nogoh Bobo Mahmud na`rai urdi va xilvatdin chiqti. Va yana bir darvesh hamkim, oti Hindu Ilyos erdi, ul dag`i qichqirib, bexudona yugurub chiqib va yuz biyobong`a qo`ydilar. Xodim keynilaricha yugurub, Hindu Ilyosqa yetti va ani tutti. Va Bobo Mahmud majzub va mag`lub yuz sahrog`a qo`yub erdi, kishi yeta olmadi. Va Hindu Ilyos Shayx asari tarbiyatidin filjumla o`z holig`a keldi, ammo Bobo Mahmud ishi zabt qilmoqdin o`tti. Va ani uqaloyi majonin debdurlar. Va karomot va xavoriqi odot ko`p andin zohir bo`lur erdi, andoqki mashhurdur.
492. Axiy Ali Qutluqshoh q. s.
Ul dag`i Shayx Abdulloh muridlaridindur. Va Shayx tarbiyati asaridin kamolg`a, balki takmil martabasig`a yetti. Ul vaqt Shayx Abdullohni zamon podshohi cherik taklifi qildi. Axiy Ali hozir ermas erdi. Shayx vasiyat qilib dediki, biz bu safarda shahodat davlatig`a musharraf bo`lg`umizdur, bizing o`rnumizg`a Axiy Alini o`lturtunguz. Va andoq bo`ldi va andoq qildilar.
493. Shayx Hofiz Umar Abardihiy q. t. s.
Axiy Alining muridlaridindur. Va kichik yoshida Mavlono Raziyuddin Ali Moyoniy r. t. din Xizr a. s. ning suhbatdori ermish, nazar va tarbiyat, topibdur. Shayx Hofiz debdurki, avoyildaki manga Haq yo`li suluki doiyasi paydo bo`ldi. Nishoburda Mavlono Shamsuddin Xalifa irshodg`a mashg`ul erdi. Dayron degan kentda Shayx Axiy Ali. Va har viloyatda bir azizning otin tutarlar erdiki, faqr tariqi irshodig`a mashg`uldur. Mutaraddid erdimki, qaysi biri xidmatig`a borayin. Bir kecha voqe`da ko`rdumki, jamoate mashoyixu avliyo bir manzilda hozirdurlar. Bu voqe`alari sharhida tul bor. Hosili budurki, bir haybatliq uluq kishi Shayx Hofizni ko`tarib, majlis huzzori mashoyixdin birining etakiga qo`yubdur va debdurki, bu tiflg`a sut ber. Va ul Shayx Axiy Ali ermish. Shayx Hofiz bilibdurki, aning tarbiyati Axiy Alig`a havola bo`ldi. Necha kundin so`ngraki, Shayx Axiy Ali xidmatig`a boribdur. Shayx Ali anga boqib, tabassum qilib, debdurki, sut ichkali kech kelding. Shayx Hofiz bay`at iligi Shayx Axiy Alig`a beribdur va tavajjuh qilib, talqin olibdur. Ul debdurki, Makka safaridakim, Bag`dodqa yettuk, Shayx Nuruddin Abdurrahmon Bag`dodning shayx ul-islomi erdi, buzurgvor jaddining xalifasi. Vido` vaqti manga vasiyat qildiki, chun Hazrat Risolat s. a. v. ravzasig`a musharraf bo`lsang, mening niyozmandlig`imni ul Hazratqa yetkurub, bu iborat bila arz qilg`aysenki, ummatingning asllaridin Abdurrahmon otlig` bir qari osiy duo yetkurdi. Chun munga Madinada ul davlat muyassar bo`ldi. Shayxning ul so`zi xotirimg`a keldi, ham ul iborat bila arz qildim. Hazrat Risolat s. a. v. muborak qoshlarig`a girih solib dedilarki, sen mundoq demaki, ul g`oyat tavozu`din mundoq debdur va ul mening ummatimning akobiridindur. Ul safardin qaytqonda, ul xabarni Shayxqa yetkurdum, bag`oyat xushhol bo`lub, manga xayr duosi qildi.
494. Xoja Abdurrahmon Gahvoragar q. s.
Xoja Abdurrahmon q. s. Haq taoloning mahbublaridin va majzublaridindur. Alarning g`arib holoti ko`pdur. Shayx Hofiz Umar r. debdurki, bir vaqt bu viloyatda azim vabo bo`ldi. Bir kun Mavlono Raziyuddin Ali Moyoniy q. s. o`z kenti Moyondin Abardihqa tashrif kelturdilar va kentning tashida tushub, meni tiladilar. Va dedilarkn, amr mundoqdurki, mening bila kelib, Isjil degan yerda Shayx Muhammad Xolid r. qabri boshida «Qur`on» xatm qilg`aysen, shoyad bu balo daf` bo`lg`ay. Amr imtisoli qildim, ammo bu jihatdinki, ul fursatda Xoja Abdurrahmon Gahvoragar q. s. Isjilda bir tosh ustida o`lturur erdiki, Shayx Muhammad Xolid qabri boshidadur. Va buyuk so`zlar aytur erdi va Mavlono Raziyuddin Ali xidmatlari g`oyat tasharru`da erdilar. Men mutafakkir bo`ldimki, bo`lmag`ayki, alar orasida amre voqe` bo`lg`ayki, ul baliyatdin sa`broq bo`lg`ay. Chun Isjilg`a yaqin yettuk, birav yo`luqdi. Aidin Xoja ahvolidin so`rdum. Dediki, emdigacha tosh ustida o`lturub erdi, nogoh qo`pdi va dediki, bir qoj keladurki, men aning bila kalla ura olmasmen. Va ul yaqinda bir haros erdi, anda kirdi va bir chuqurg`a kirib yashundi. Biz chun kentga yettuk va mazor boshig`a tushtuk va kent ahli yig`ildilar va g`avg`o qo`pdiki, viloyat hokimi Amir Ali Bek Xoja ziyoratig`a keladur. Kent ahli Mavlonog`a dedilarki, Xoja sizing keladurganingiz jihatidin falon harosda bir chuqurg`a kiribdur. Agar hokim ani topmasa, shoyadki bizga g`azab qilg`ay! Mavlono xidmatlari ul harosqa mutavajjih bo`lub, ul chuqur ustiga yetib, Xojaga dediki: mehmonni mundoq tutqaylar, Xoja chiqib, ikkalasi quchushub, Xoja Mavlononing qulog`ig`a bir so`z ayttiki, Mavlonog`a yig`lamoq yuzlandi va yig`lay boshladi. Va muddate ul yerda turib erdilarki, birav dediki, Amir Ali Bek tashqari intizor tortadur. Mavlono xidmatlari Xojag`a tanbih qildilar, Xoja chiqib, Alibek bila ko`rushdilar. Va dedilarki, [hoy mo`g`ulgina, ket!]1. Ul azimat qilgach Xoja: [Mo`g`ulgina ketginki, aziz mehmonim. bor!]2 der erdi. Va ul yugurur erdi, to nazardin g`oyib bo`ldi. Andin so`ngra Xoja bila Mavlono ziyorat boshig`a keldilar va men xatm og`oz qildim. Tilovat asnosida Xoja buyuk so`zlar bunyod qildi. Mavlono hay urdi va Xoja tik turdi va majlis oxirig`acha hech so`z o`tmadi. Va alarning himmati barakotidin Tengri taolo ul baloni daf` qildi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da mundoq bitibdurlar. Ammo bu faqir Xoja Hofiz boridinki darvesh kishi erdi va Shayx Hofiz Umar q. s.ning muxlis muridlaridin erdi, mundoq istimo`im borki, Xoja buyuk so`z bunyod qilg`ondin so`ngra Mavlono hay urubdur. Xoja andin so`ngra Mavlononing qulog`ig`a so`z aytibdurki, Mavlono yig`labdur va ko`p niyozmandlig`lar qilibdur. Mavlonodin maxsus muridlari ul kayfiyatni tahqiq qilg`andin so`ngra mundoq debdurlarki, yigitligimdaki, tahsilg`a mashg`ul erdim va faqr tariqi suluki doyim ko`nglumga o`tar erdi va orzum bor erdi. Bir kecha voqe`ada ko`rdumki, ikki kishi meni yotkurdilar va ko`ksumni yordilar va ko`nglumni chiqarib, birisi oftoba bila suv quydi va birisi ko`nglumni yudi va yana ko`ksumga soldilar va butkardilar. Men ul voqe`a ko`rgali tahsil ishin barham urub faqr tariqi sulukini ixtiyor qildim. Bu zamonki, men Xojaga buyuk so`z aytqon jihatidin gustoxona hay urdum, og`zin qulog`img`a kelturub dediki, muncha yil burunroq falon ta`rixdaki sen tahsilg`a mashg`ul erding, voqe`ada Xizr bila menkim seni yotqurduq va ko`ksungni yorduq va ko`nglungni chiqarib, birimiz su qo`yub, birimiz yub, yana ko`ksungni butkarduk. Va ul ish sanga bois ul bo`ldiki, faqr yo`li sulukiga mashg`ul bo`ldung, ul haqguzorlig`durki, holo bizga hay urarsen. Ul zamon yig`lamog`im boisi bu erdi. Muridlar barcha quloq tutub, Xojag`a o`zga aqida qildilar. Va Xojaning qabri Mashhad viloyatida Gurmakon degan kentdadur, vallohu taolo a`lam.
495. Mavlono Faxriddin Luristoniy q. s.
Ul ulumi zohiriy tahsilig`a mashg`ul ermish. Doim xotirg`a kelur ermishki, Tengri taolo yo`li sulukig`a mashg`ul bo`lg`ay. Bir kun mutolaadin kalol topib, xotir tashhisi uchun hujrasidin chiqib, sayr qilurda ko`ngliga kelibdurki, sen bir kun xud bu ishdin chiqar xotiring bor, bu kun ul kun bo`lsun. Misrda bir madrasada ermish, yana hujrasig`a bormaydur va kutub va har neki anda bor ekandur, barini qo`yub, Shayxi Shayxulloh degan darveshki, ul vaqt Misrda toliblar irshodig`a mashg`ul ermish aning xidmatig`a borib, suluk bunyod qilibdur. Chun ul dunyodin o`tubdur, bir komil murshid talabig`a safar ixtiyor qilibdur. Necha shayx suhbatig`a yetibdur va maqsudi hosil bo`lmaydur. Ul vaqt Shayx Hofiz Umar irshodg`a mashg`ul ekandur, aning ovozasin eshitib, aning xidmatig`a borib, anga musharraf bo`lubdur. Suhbat tutashibdur va xub suluklar dast beribdur va arba`inlar o`lturubdur va tarbiyatlar topibdur va kulliy maqosid hosil qilibdur. Shayx Hofiz Umar dunyodin o`tgandin so`ngra Jom qasabasig`a kelib, Hazrat shayx ul-islom Ahmad Jom q. s. ravzasi jivorida sokin bo`lubdur. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, Xarjardda alarning otasi saroyig`a Mavlono kelgan ekandur. Va alar sig`ari sinda ekandurlar, andoqki alarni tizi oldida o`lturtqon ekandur. Va muborak barmog`i bila havoda ishorat bila mashhur otlarni, Umar va Alidek bitir erkandur. Va Hazrat Maxdumiy bovujudi tufuliyat o`qur erkandurlar. Va Mavlono taassub yuzidin tabassum qilib, shafqat va lutf ko`rguzur ekandur. Alar bitibdurlarki, alarning ul iltifot va nazari mening xotirimda bu toifaning muhabbati tuxmi bo`ldi va har kun o`zga nash`u namo topar erdim. Umidim uldurki, bu toifa suhbatida tirilgaymen va bularning xidmatida o`lgaymen va alarning muhiblari zumrasida mashhur bo`lg`aymen. [Allohim, meni miskin holda bor qil, miskin holda o`ldir va miskinlar qatorida qayta tiriltir!]1. Sakkiz yuz yigirmadin so`ngra Xurosondin Haramayni sharifayn zodahumallohu sharafan ziyoratig`a azimat qildi va andin Misrg`a bordi va anda Tengri jivori rahmatig`a vosil bo`ldi. Va qabri Qarofadadur, Imom Shofi`iy r. a. qabri yaqinida va anda - Sayyid Faxrudding`a mashhurdur.
496. Shoh Ali Farohiy q. t. s.
Shayx Alouddavla q. s. muridlaridindur. Otasi Faroh viloyatining hokimi erdi, qarib erdi, tiladiki, hukumatdin isti`fo va inzivo ixtiyor qilib, umrining oxirin toatu ibodat bila o`tkargay. O`g`li Shoh Alini zamon podshohining o`rdusig`a yubordiki, hukumat nishonin o`z otig`a olg`ay va ul mu`of bo`lg`ay. Guzari Simnon sari erdi. Ul yaqinda quttout-tariq bila alar orasida urush voqe` bo`ldi, andoqki Shoh Alining barcha mutaalliqlari qatlg`a keldilar, o`zi qatiq yaralar yeb, o`luklar orasida o`lum holi bila yiqildi. Shayx hazratig`a g`aybda ko`rguzdilarki, falon mavze`da jamoate o`luklar orasida bir zaxmlig`ning ruhidin ramaqe bor, aning sarvaqtig`a yetibki, faqr tariqida tamom qobiliyati bor. Shayx ul mavzeg`a bordi va hech qaysini tirik topmadi. Yana qatla hamul amrg`a ma`mur bo`ldi, yana borib, tirik topmadi. Yana borib, ihtiyot bila ko`p tafahhus qilg`andin so`ngra birida hayot asari tafarrus qildi. Ani ko`tarib, shahrg`a kelturub, muolajasig`a mashg`ul bo`ldilar, to yaralari o`ngalib, o`z holig`a keldi. Shayx anga dedilar: sihhat topting, xoh ishing kifoyati uchun podshoh qoshig`a bor, xoh otang qoshig`a bor! Ul dediki, men Shayxning sharif xidmatidin hech qayon borur xotirim yo`qtur, tilarmenki, irodat iligin Shayx etagiga urg`ayman! Oxir otasi xidmatig`a bordi va andin ijozat hosil qilib, Shayx hazratig`a kelib, Shayx Hasan tarbiyati bila oliy maqomotqa qadam qo`ydi.
497. Shayx Muhammad Shoh Farohiy q. t. s.
Zohiriyu botiniy ulum bila orosta erdi. Va ul bir vosita bila Shoh Ali Farohiyning murididur. Hayoti oxirida haj azimati qildi, Hurmuz yo`li bila. Chun Manujong`a yetti, bemor bo`ldi ham anda vafot qildi. Va qabri ham andadur. Kashfu ilhom sohibi ermish. Derlarki, haj safarida bir shahrg`a yetibdurki, anda bir xarobote bor ermish. Muroqib o`lturub ermish. Nogoh bir sayha urmish. Ulamodin biri hozir ermish, so`rmishkim, ne voqe` bo`ldi? Demishkim, bu shahrning xarobotini manga makshuf qildilar, anda bir jamila zaifa ko`rdum. Dedimki, bor Xudoyo! Bu zaifani bu holdin manga bag`ishla! Sirrimg`a yetkurdilarki, ne uchun demassenki, seni anga bag`ishlag`aybiz. Ul xotun ham ul vaqtda tavba tavfiqi topdi.
498. Shayx Bahouddin Umar r. t.
Shayx Muhammad Shohning tag`oyisidur. Ba`zi akobir debdurlarki, ma`lum emaski, Shayx Ruknuddin Alouddavla ashobi silsilasida aningdek bo`lmish bo`lg`ay.
Kichik yoshdin majzub ekandur va jazba osori anda zohir ekandur. Namoz qilurda ashobidin biravni o`lturtur ermishki, rakaat adadin anga tanbih qilg`aykim, o`zi ani asray olmas ermish. Avoyili holda andoqki, bu toifag`a g`oyat shavqu taattush bo`lur maqsudqa hech yetmakdin tag`oyisi qoshida izhori malol qilur ermish. Tag`oyisi anga bu baytnn o`qub ermishki,
b a y t:
[Agar nola qilsa, yori safarda bo`lgan kishi nola qiladi. Yoring qo`yningdayu, yana nega nola qilasan?]1.
Odati bu nav` ermishki chun masjidi jome`da hozir bo`lur ermish, hukkom va alarning xavosi bila musulmonlarning ishi kifoyatida so`z aytur ermish. Azize savol qilibdur muniki, masjidda muncha el so`zin so`zlashmakning sababi ne erkin? Mundoq debdurki, agar o`zumni ul aytmoq va eshitmakka mashg`ul qilmasam, mag`lub va mustahlak bo`lurmen, havosim ishdin qolur, ko`zum ko`rmas va qulog`im eshitmas. Va soyimuddahr bo`lur ermish. Hazrat Mavlono Sa`duddin Koshg`ariy q. debdurlarki, Makka safarida anga maraze voqe` bo`ldi. Har necha ashob mubolag`a qildilar, iftor qilmadi. Bir kun ko`rdum, g`ayb ahlidin jam`i aning mihaffasi sari boradur erdilar. Chun mihaffa eshikiga yettilar, turmadilar va o`ttilar. Men bu qissani o`zidin so`rdum. Dedi: bale, qutb erdi. Va ashobiki, iyodatqa kelib erdilar, mihaffa eshikiga yetkanda, men ayog`imni uzatib erdim, o`ttilar, ayog`imni yig`ishturg`andin so`ng qayttilar va mening qoshimg`a kelib, fotiha o`qudilar. Mavlono xidmatlari debdurlarki, ham ul kun sihhat osori zohir bo`ldi va iftor qilurg`a ihtiyoj bo`lmadi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, ba`zi fuqarog`aki, tavajjuh davomi va iqbol maqsudi haqiqiyg`a targ`ib qilur erdi, bu baytni o`qur erdi.
B a y t:
[O`z diloromingga ko`ngil bog`la va jumla olamdin ko`ngpl uz!]2.
Sakkiz yuz ellik yettida Rabi ul-avval oyiniig salxnda seshanba kuni dunyodin o`tubdur. Va zamoi podshohi na`shin egniga ko`tarib, xeyli yo`l boribdur. Hirotning iydgohining shimoli hadda sari dafn qilibdurlar. Va oliy imorat yasabdurlar. Va mashhur va mutaayyin mazordur, yuzoru va yutabarraku bihi.
499. Mavlono Shamsuddin Muhammad Asad q. s.
Zohir ulumdin tab` javdatig`a va fahm hiddatig`a shuhrati bor ermish. Hazrat Shayx Zaynuddin suluki tariqida mashg`ul ekandur. Bovujud kasbi ulum ul tariqda sulukidin kundin kunga o`ziga zikr ta`siri ma`lum qilg`andin so`ngra tahsil tarki qilibdur Hazrat Shayx Bahouddin Umar q. s. bila ko`p suhbat tutub, arba`nilar chiqaribdur. Xalqning aqidasi ul ermishki alarning muridi erkin. Ammo o`zi anga mu`tarif emas ermish va Mavlono Faxruddin Luristoniy suhbatig`a yetgan ermish. Va Mavlono anga bir to`nin kiydurgon erkandur va tabarruk haysiyatidin goh kiyar erkandur. Va so`ngralar Hazrat Mavlono Sa`duddin Koshg`ariy bila suhbat tutar ermish va Mavlono ani ta`zim va taqdim qilur ermish. Va Hazrat Maxdum n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, bir yo`lda aning bila borur erduk. Bir taqrib bila aning so`zi anga yettiki, dedi: manga bu necha kunda amre voqe` bo`ldiki, hargiz o`zumga ul gumon eltmas erdim. Ijmol tariqi bila nshorate anga qildi, ul nav`ki men aning tahqiqidin jam`i maqomni fahm qildim. [Ba`zi oriflar dedi: Agar Alloh subhonahu o`z zoti bilan biror bandasiga tajalli qilsa, barcha zot, sifot va fe`llarni Haqning zot sifat va fe`llari partavida foniy holda ko`radi. O`zini barcha maxluqotlar barobarida go`yo tadbir etuvchi, maxluqotlarni esa, o`z a`zolari deb biladi. Maxluqotlarning birortasiga biror narsa ro`y bermaydi, faqat o`zini ularga eng yaqin deb biladi. Tavhid manbasiga tamoman g`arq bo`lgani uchun o`z zotini Haqning yagona zotida, sifatini uning sifatida, fe`lini uning fe`lida ko`radi. Albatta insonga tavhidda bu maqomdan yuksagi yo`q. Ruh ko`zi zotning jamol mushohadasiga tikilgan zamon, ashyoning orasini ajratuvchi aql nuri qadim zot nuri g`alabasidan zoyil bo`ladi. Va Haq kelishi bilan botilning ketishi sababidan qadim va hodislar orasidagi farq ko`tariladi. Bu holat jam` deb ataladi]1. Anga hole tamom vavajde azim bor erdi. Samo` majlisida holi mutag`ayyir bo`lub, aydoq sayhalar va za`qalar urar erdiki, asari majlis ahlig`a siroyat qilur erdi va vaqtlari xush bo`lur erdi. Sakkiz yuz oltmish to`rtda Ramazon oyining g`urrasida olamdin o`tti. Va qabri Gozurgohda Hazrat Shayx ul-islomning ayog`i saridur.
500. Shayx Bahouddin Valad q. t. s.
Oti Muhammad b. Husayn b. Ahmad Xatib Bukriy. Ba`zi debdurki, Shayx Najmuddin suhbatig`a yetibdur. Amir ul-mu`minin Abubakr r. a. farzandlaridindur. Onasi Xuroson podshohi Alouddin Muhammad Xorazmshohning qizidur. Hazrat Risolat s. a. v. tushda anga ishorat qildikim, qizingni Husayn Xatibg`a nikoh qil! Va ul mutavallid bo`ldi. Ikki yoshida otasi naql qildi. Chun tamayyuz sinnig`a yetti, ulum tahsili qildi va dinivu yaqiniydin to kamoli ul yerga yettikim, Hazrat Risolat s. a. v. anga Sulton ul-ulamo laqab berdi. Chun anga ko`p zuhur bo`ldi va xavosu avomning marja`i bo`ldi. Zohir ulamosidin ahli hasad ani zamon podshohi xurujig`a muttaham qildilar va Balxdin uzr qo`ldilar. Va ul vaqt Mavlono Jaloluddin kichik yoshlik erdi. Va alar Bag`dod yo`li bila Makka azimati qildilar. Chun Bag`dodg`a yettilar, jam`i so`rdilarki, bular ne eldurlar, qaydin kelib, qayon boradurlar? Alar dedilarki, [Allohdan Allohga! Qo`rquv va quvvat faqat Allohdin bo`lur!]1. Bu so`zni Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s. g`a yetkurdilar. Dediki, [boshqa kishi emas bu – Bahouddin Balxiydir]2 va istiqbol qildi. Chun anga yetti, xachiridin tushub, Hazrat Mavlononing tizin o`pdi va xonaqoh sari istid`o qildi. Mavlono dedilarki, mavoliyg`a madrasa ansabdur va Mustansiriya madrasasig`a nuzul qildilar. Va Shayx o`z iligi bila alarning o`tugin tortib, munga munosib xidmatlar qildi. Uchunchi kun Makka azimati qilib, murojaat qilg`anda Rum sari mutavajjnh bo`ldilar. To`rt yil Ozarbayjonda sokin o`ldilar va yetti yil Lorandada. Va Mavlono Jaloluddin xidmatlarin o`n sakkiz yoshida kadxudo qildilar va yetti yuz yigirma uchda Sulton Valad mutavallid bo`ldi. Chun ulg`aydi, har kim alarni tanimasa erdi, buzurgvor otalari bila ko`rsa, og`a-ini xayol qilur erdi. Andin so`ngra podshoh alarni Ko`nyag`a istid`o qildi. Va Hazrat Mavlono anda Haqning jivori rahmatig`a vosil bo`ldi.

[Shodlik bilan o`tgan kun – kundir
Undan boshqa kun badgumonlar kunidir]1.
[Shodlik bilan o`tgan kun – kundir
Undan boshqa kun badgumonlar kunidir]1.
Arabiy til bila tarjima qilsun! Ul manga aytqach, men dedimki,
sh ye`r:
[Yigitning kuni shodlik bilan o`tkazgan kunidir.
Undan boshqasi badbaxtlik va mashaqqatli kunlardir.
Saodatli kunlaringda visoldan bahramand
bo`lginki, firoq ulug`lar hayotining ostonasidagi dushmandir]2.
[Yigitning kuni shodlik bilan o`tkazgan kunidir.
Undan boshqasi badbaxtlik va mashaqqatli kunlardir.
Saodatli kunlaringda visoldan bahramand
bo`lginki, firoq ulug`lar hayotining ostonasidagi dushmandir]2.
Va bu misra`ni iltimos qildilarki, arabiy tarjima qilki, misra`: [Oqqan ariqdan suv oqar]3. Dedimki,
b a y t:
[Ariqda suv ko`rdik. «Oqqan ariqdan suv oqar»,
deganlaridek, yana oqishiga umid qildik]4.
[Ariqda suv ko`rdik. «Oqqan ariqdan suv oqar»,
deganlaridek, yana oqishiga umid qildik]4.
va debdurki, bizning masjidda yaxshi chiroylig` kishi bor erdi yigit, Abu Ahmad otlig`. Iltimos qildilarki, oning uchun bir bayt aytg`il! Muni ayttimki,
b a y t:
[Abu Ahmadning yuzi shunday chiroyliki, oy uning
g`ulomi. Va ohu ko`zlarining o`qlari qalbni teshib o`tadi]5.

[Kechagi olov yonishni qalbimdan o`rgangan edi,
agar ko`z yoshlarim yordamga kelmaganda,
Hirotning barcha sotuvchilari kuyib ketardi]1.
[Kechagi olov yonishni qalbimdan o`rgangan edi,
agar ko`z yoshlarim yordamga kelmaganda,
Hirotning barcha sotuvchilari kuyib ketardi]1.
Derlarki bir qatla azim sel keldi, andoqki, yaqin erdiki, Hirot shahrin suv eltkay. Sulton Majduddin Todbog`a ayttilar. Dedi: mening xirqamni sel ilayiga qo`yun! Andoqki qildilar, sel filhol qaytti. Imom Faxruddin Roziy aning zamonida ermish, aning suhbatig`a taqarrubu tabarruk tilar erdi. Mazori Hiriy shahrida Xushk va Feruzobod darbi orasidadur.
Va Shayx Mahmud Ushnuviy rahimahullohki, «G`oyat ul - imkon va ma`rifat uz-zamon val makon» risolasining musannifidur, aning gunbadida madfundur. Va bu Shayx Mahmud Mavlono Shamsuddin Muhammad b. Abdulmalik Daylamiyning ashob va shogirdlaridindurki, muhaqqiqlarning akobir va mashoyixidindur. Va haqiqatda ko`p mufid musannafoti bor.
433. Abu Abdulloh Muxtor b. Muhammad b. Ahmad Hiraviy q. s.
Hirot mashoyixining akobiridindur. Zohir ulumi va botin ulumig`a jome`. Valoyat va karomot iyasi. Derlarki, qabri lavhida mundoq bitilgan topibdurlarki, ul ikki yuz yetmish yettida dunyodin o`tubdur. Ul debdurki, taomni andoq yegilki, sen oni yegaysen, yo`qki ul seni! Agar sen oni yesang, barcha nur bo`lg`ay va agar ul seni yesa, barcha dard bo`lg`ay va to`nni andoq kiyki, ruunat va faxr va xayloni sening nihodingda kuydurgay. Yo`qki, ul illatlar o`ti shu`lasin yorutg`oy. Debdurki, har ishda bo`lsang andoq bo`lki, Azroil boshingg`a kelsa, ul ishdin o`zga ishga borg`uliq bo`lmag`oysen va bori holating sening bila bo`lg`ay. Agarchi taom yemak bo`lg`ay, yo muboh amal qilmoq kerak. Botining xolisanlilloh bo`lg`ay va niyating ul amalda Haq s. t. ning rizosi bo`lg`ay va shar` rioyati. Debdurki, Ubudiyat asli uldurki, zohirda andoq bo`lg`aysenki, sendin barcha shar` zohir bo`lg`ay va botinda andoq bo`lg`aysenki, anda g`ayr yodining sig`mog`i bo`lmag`ay va anga murid va ashobki, karomat va valoyat iyasi bo`lg`ay ko`p erdi. Abu Ali Muxtor Alaniy Husayniy r. a. dek. Va ul sayyid imomg`a mashhurdur va pirining oyog`i sari madfundur va faqih Abu Usmon Marg`aziydekki, g`oyat shavq va so`xtaliydin Shavqso`xtag`a mashhurdur va anga g`aroib holot va ajib vaqoe` ermish va Xonchabod go`ristonida Abduvohid b. Muslimning ayog`i sari madfundur.
434. Shayx Abu Zar Buzjoniy q. s.
Shayx ul-islom debdurki, men bir kishi ko`rubmenki, ani ko`rubdur. Sayyode erdi Buzjonda, qulun tutquchi. Base sa`y qildimki, ani toptim va ko`rdum. Abu Zar zohir karomoti iyasi erdi. Buzjonda bir madrasa bor erdiki, Shayx Abu Zar aning sokinlarin avliyo der erdi. Shayx bir kun ul madrasa eshigida yotib erdi. Madrasa xodimi keldi. Shayx so`rdikim, avliyo ne ishda? Xodim dediki, bu kun yeguluk topmaydurlar. Ul madrasada bir tut yig`ochi bor erdi. Xodimga dediki, chiqib ul yig`ochni silk! Xodimki, chiqib silkdi, yafrog`larki tushti, xolis oltun erdi. Shayx qoshig`a kelturdi. Shayx buyurdiki, yoronlar uchun taom ol! Va aning ash`oridindur.
B a y t:
[Bizni o`z jinsmizdan bo`lganlar taniydi, ammo qolganlar inkor qiladilar]1.
Va ham aning nazmlaridindur:
[Sen azal ilmi bilan aybimni ko`rdingu sotib ochding.
Sen ilmda o`sha-o`shasan, men ham aybdorlikda o`shaman.
Endi o`zing tanlaganingni o`zing rad etma!]2.
Sen ilmda o`sha-o`shasan, men ham aybdorlikda o`shaman.
Endi o`zing tanlaganingni o`zing rad etma!]2.
435. Shayx ul-islom Ahmad Nomaqiy Jomiy q. s.
Kuniyati Abu Nasr Ahmad. b. Abulhasandur va Jarir b. Abdulloh Jabaliy farzandlaridindur raziyollohu anhuki, Rasul s. a. v. vafot qilgan yil musulmon bo`ldi. [Alloh undan rozi bo`lsin, dedi: Islomni qabul qilganimdan beri Rasululloh s. a. v. ziyoratidan mahrum qilmadi va doimo menga tabassum bilan boqardi]1
Va ul baland qadu bisyor jamil erdi. Amir ul-mu`minin Umar r. a. anga bu ummatning Yusufi ot qo`yub erdi. Hazrat Shayxqa Hazrati Haq s. t. qirq ikki fyarzand berib erdi, o`ttuz to`qquzi o`g`ul va uchi qiz. Shayx-ning vafotidin so`ngra o`n to`rt o`g`ul va uch qiz boqiy erdi. Va bu o`n to`rt o`g`ul barisi olim va omil va komil va sohibi tasnif va sohibi karomot va valoyat. Va xalqning muqtadosi-yu peshvosi erdilar. Va o`zi ummiy erdi va yigirma ikki yoshida tavba tavfiqi topti va tog`qa chiqdi. Va o`n sakkiz yil riyozatlar tortqondin so`ngra qirq yoshida ani xalq ichiga yuboribdurlar va ladunniy ilm eshiklarin yuziga ochibdurlar. Va uch yuz toy qog`azdin ortuqdurki, tavhidu ma`rifat ilmida va sirru hikmat ma`rifatida va tariqat ravishida va haqiqat bayonida tasnif qilibdurki, hech olim va hakim anga e`tiroz qilmaydur va qila olmaydur. Bu tasnifot barcha oyoti Qur`oniy va Rasul s. a. v. axbor va ahodisi bila muqayyad va muayyaddur. Hazrat Shayx q.s. «Siroj us-soirin» otlig` kitobida kelturubdurki, qirq yoshimdan beriki, meni xalq orasig`a yuboribdurlar, bu kungachakim, oltmish ikki yoshimdamen va bu kitobni farmon bila jam` qiladurmen, yuz sakson ming kishidurki, bizing ilgimizda tavba qilibdur. Va andin so`ngra dag`i ko`p yil Hirotda ermishlar. Shayx Zahiriddin Isoki, Shayxning farzandlaridin biridur, «Rumuz ul-haqoyiq» kitobida kelturubdur. Bizing Shayx iligida umrlarining oxirig`acha olti yuz ming kishi tavba qilibdurlar, ma`siyat yo`lidin toat tariqig`a kiribdurlar. Va Shayxning Xirqa piri Hazrat Shayx Abu Said Abulxayr q. r. dur. Va aning sharhi budurkim, Hazrat Shayx Abu Saidqa bir xirqa bor erdikim, anda toat qilur erdi.
Mundoq debdurlarki, ul xirqa Amir ul-mo`minin Abobakr Siddiq r. a. din meros qolib erdi mashoyixqa. To navbat alarg`a yetib erdi, alarga ko`rguzdilar va amr qildilarki, ul xirqani Ahmadqa taslim qil! Shayx Abu Tohirg`akim, alarning farzandi erdi, vasiyat qildilarkim, mening vafotimdin necha yildin so`ngra bir, navxat buyuk buyluq, azraq ko`zlug` Ahmad otlig` yigit sening xonaqohingdin kirgay va sen ashob orasida mening o`rnumda o`lturmish bo`lg`ansen, zinhorkim, bu xirqani anga taslim qilg`aysen. Alarning umri chun oxir damg`a yetti, Shayx Abu Tohirg`a bu orzu bo`lur erdiki, valoyateki alardadur, Shayx Abu Tohirg`a topshirg`aylar. Alar ko`z ochib dedilarki, ul valoyateki, siz tama` qilib erdingiz, ani yana biravga topshirdilar va bizing shayxlig`imiz alamin bir xarobote eshikiga urdilar va isheki bizda erdi, anga taslim qildilar. Va so`zlarki, el bilmadiki, hol nedur, to ulki, alar vafotidin necha yildin so`ngra bir kecha Shayx Abu Tohir voqe`ada ko`rdikim, buzurgvor otalari jam`i ashob bila musta`jal boradurlar. Ul so`rdikim, yo Shayx, ne ta`jildur? Alar dedilarki, sen dag`i kelki, Qutbi-avliyo keladur. Ul tiladiki, borg`ay, uyg`ondi. Yana bir kun Shayx Abu Tohir xonaqohida o`lturub erdikim, bir yigit kirdi, ham-ul sifat bilaki, Hazrati Shayx vasiyat qilib erdi. Shayx Abu Tohir filhol bildi va e`zozu ikrom qildi, ammo andoqki, bashariyat muqtazosidur. Mutaammil bo`ldiki, andoq buzurgvor ota xirqasin nechuk iligidin chiqaray? Ul yigit dedi: Xoja, amonatqa xiyonat ravo ermas. Shayx Abu Tohir xushvaqt bo`ldi va borib ul yerdinki xirqani Hazrat Shayx o`z muborak iligi bila qozuqdin osib erdilar, olib kelturub, ul yigitning egniga soldi. Va debdurlarki, ul xirqani mashoyixdin yigirma ikki kishi kiyib erdi, oxir Shayx ul-islom Ahmad Jomg`a havola bo`ldi. Andin so`ngra kishi bilmadiki, ul xirqa qayon bordi? Shayx ul-islom Ahmaddin so`rubdurlarki, mashoyix maqomotin eshitibbiz va kutublarin ko`rubbiz, hech qaysidin bu nav` holotki, sizdin zohir bo`lur, bo`lmaydur. Dediki, biz riyozat vaqtida har riyozatki eshittik avliyoulloh tortibdurlar, torttik va anga nima mazid ham qilduk. Haq s. t. o`z fazlu karami bila har ne parokanda alarg`a berib erdi, bir yo`la Ahmadqa berdi. Har to`rt yuz yilda Ahmaddek birav paydo bo`lg`ay, izzu taoloning inoyati osori anga bu bo`lg`ayki, xalq ko`rgaylar. [Bu rabbimning fazlu karamidandir]2. Hazrat Shayx karomotu maqomotining sharhi andin ko`prokdurki, bu muxtasarda ado topqan, ne uchunki, bovujudiulki, alar maqomotining jam`ini ellik-oltmish juzv bitibdur, ulcha bor, sharh qilaolmaydur va ul maqomot mashhuridur. Agar holotig`a yaxshi muttale` bo`lay degan kishi ul kitobni o`qimoq kerak. Shayxning valodati to`rt yuz qirq birda ermish va besh yuz o`ttiz oltida dunyodin o`tubdur.
436. Abu Tohir Kurd r. t.
Ul Xizr a.s. bila suhbat tutar ermish va Shayx ul-islom Ahmadqa aning bila muvonasat bor ermish. Shayx ul-islom debdurki, bir kun mendin nafs zardolu tiladi. Dedim: bir yil ro`za tutqil, sanga zardolu beray! Bir yildin so`ngra nafs taqozo qildiki, men va`dag`a vafo qildim, sen ham qil! Ul bog` sari bordimki, otamdin meros qolib erdi, ko`rdumki bir zardoluni shag`ol yebdur va butun tashlabdur. Oldimki, va`dag`a vafo qilg`aymen, nafs far`yod qildiki, ne ish qilg`ungdur, manga hech zardolu kerakmas! Emdiki, nafs andin tamom kechti, bir necha zardolu yedim va bir nechani ko`tardim va Shayx Abu Tohir qoshig`aki mening piri suh-batim erdi va ollida qo`ydum. Shayx o`ruk sari boqdi va dediki, Ahmad, bizing uchun vaqf o`rugi kelturubsen! Dedim: ey Shayx, vaqf emas va mening otam mulkida o`zi tikkan va manga meros yetgan daraxtdindur va men o`z iligim bila uzubmen. Shayx musallam tutmadi va o`g`liya ayttiki, bizing qo`ylardin bir qo`y olib kel va o`ltur va shurboe pishirki, ochlig` safrosi Ahmadning dimog`i va boshig`a urubdur, bilmavdurki, ne deydur va ne qiladur. Men dam urmadim, to ul taomni kelturdilar. Ko`nglumg`a yetkurdilarki, bu taomdin yemaki, vajhdin emas. Men xayol qilur erdim va nondin ilig urub yer erdim. Ilhoq qildiki, chun aytki, ne uchun yemaysen? Ulcha ko`nglumga solib erdilar, ayttim. O`g`lin tiladi va ul et kayfiyatin so`rdi. O`g`li ayttiki, qo`ylar yiroq borib erdilar, falon qassobdin oldim. Ul qassobni tilab, et kayfiyatin so`rdi. Dedi: ul bir qo`y eti erdiki, shihna zulm bila biravdin olib erdi, manga berdiki, o`ltur, yarimin shihna eltti, yarimi qolib erdiki, shayxzoda olib keldi. Shayx Abu Tohir boshin quyi soldi. Va yig`lamoq manga zo`r kelturdi va qo`ptum. Bir savma`aki, ul yaqinda erdi, kirdim, yig`lamog`imni tiya olmay yig`lar erdimki, Shayx Abu Tohir kirdi va o`lturdi. Va men ko`nglumda munojot qilur erdimki, Xudoyo, andoqki, qo`y ishini anga ma`lum qildurdung, o`ruk ishin ham zohir qil! Bu asnoda Xizr a. s. kirib keldi va dedi: yo Abo Tohir, Ahmadning mulkiga vaqf ot qo`ydung va shubhaliq taoming`a halol ot qo`ydung, muni kimdin o`rganibsen? Sening Ahmadqa hech boz-xosting yo`qdurki, ul buyuk poyadin borur.
437. Shayx Abu Ali Formadiy q. s.
Oti Fazl b. Ahmaddur. Xurosonning Shayx ush-shuyuxi erdi. Tazkiru mav`izatda ustod imom Abulqosim Qushayriyning shogirdidur va tasavvufda intisobi ikki jonibdadur. Biri Shayxi buzurgvor Shayx Abulqosim Gurgoniy q. s. g`a va yana biri Shayx ul-mashoyix Abulhasan Xaraqoniy r. g`aki, o`z zamonining qutbi erdi. Shayx Abu Ali debdurki, yigitligim ibtidosida Nishoburda ilm tahsilig`a mashg`ul erdim, eshittimki, Shayx Abu Said Abulxayr Mehnadin kelib, majlis aytadur. Men bordim, to ani ko`rgaymen. Ko`zumki oning muborakja-molig`a tushti, vola va oshiq bo`ldim va bu toifaning muhabbati ko`nglumda ko`prak bo`ldi.
Bir kun madrasada, o`z hujramda o`lturub erdim. Shayxning diydorining orzusi ko`nglumga tushti va ul vaqt emas erdiki, Shayx chiqqay. Sabr qila olmadim. Qo`pdum dag`i chiqtim. Chun chorsug`a yettim. Shayxni ko`rdumki, qolin el bila borur erdi. Men dog`i alarni erishaborur erdim, behud. Va shayx bir yerga kirdi va ashob dog`i kirdilar, men dog`i kirdim va bir go`shada o`lturdum. Ondoqki, shayx meni ko`rmas erdi. Chun samo`g`a mashg`ul bo`ldilar. Shayxqa vaqt xush bo`ldi va vajd anga zohir bo`ldi va to`nin chok qildi. Chun samo`din forig` bo`ldilar. Shayx to`nin soldi va ashob yirtib ulashadur erdilar. Shayx bir yeng bila bir ungurin olib chorladiki, ey Bu Ali Tusiy, qaydasen? Kel! Men javob bermadim va dedimki, meni ko`rmaydurur va bilmas. Shoyad ashob orosida Abu Ali otlig` birov bor ekin! Yana mening otimni tutub chorladi. Uchunchi qatlada menga zarurat bo`ldi. Javob berib qo`ptim va qoshig`a bordim. Shayx ul yeng bila ul ungurni menga berdi va dedi: Sen bizga bu yeng bila ungurdeksen. Ani olib bir arig` yerda qo`ydum va doim shayx xizmatig`a borur erdim va shayx xizmatidin menga ko`p foyda va yorug`liqlar yetishti. Chun shayx Nishoburdin bordi. Men ustod Abulqosim Qushayriy xizmatig`a borur erdim va har voqea va holat yuz ko`rguzsa, anga aytur erdim va ul meni ilm kasbig`a targ`ib qilur erdi. Yana ikki-uch yil jidd bila tahsilg`a mashg`ul bo`ldum. Bir kun qalamni mihbaradin chiqordim. Oq chiqdi. Ani ustod imomg`a arz qildim. Ustod dediki, chun ilm sendin ilik tortti. Sen dog`i ondin ilik tort va ishga mashg`ul bo`l! Madrasadin chiqdim va xonaqohda sokin bo`ldim va ustod Imom xizmatida suluk qilur erdim va yuzlangan holni anga arz qilur erdim va javob topar erdim. Bir kun menga bir hol das berdiki, ul holda gum bo`ldim. Chun ustod Imomg`a ayttim. Javob berdiki, ey Abu Ali, mening ravishim mundin yuqori emas. Ul vaqtda Hazrat shayx Abulqosim Gurgoniyning shuhrati Tusdin yetishti. Men Tusqa, oning xizmatig`a bordim. Masjidida ashob bila o`lturub erdi, ikki rakaat tahiyati masjid qilg`ondin so`ngra qoshig`a bordim. Bosh ko`tardi va dedi: Kel, ey Buali! Ne niyating bor? Ayt! Men voqealarimni arz qildim. Ersa, dedikim, qutlug` bo`lsun, ishingning ib-tidosi yamon ermas! Tarbiyat topsang, biyik darajaga yetarsen. Men o`z ko`nglumda dedimkim, mening pirim bu kishidur. Oning xizmatida maqom qildim. Ondin so`ngraki, menga qattiq riyozatlar va mujohadatlar buyurub erdi. Iqbol qildi va majlis aqdi buyurdi va o`z farzandin mening hukmimda qildi va ham shayx Bu Ali debdurki, mundin burun Shayx Abu Said Abulxayr Meh-nadin Tusg`a kelib erdi va chun xizmatig`a bordim. Deb erdiki, ey Abu Ali, bot bo`lg`ayki, to`tidek seni so`zga kiyurgaylar. Oz vaqtdin so`ngra Shayx Abulqosim Gurgoniy menga majlis aqdi buyurdi va so`z eshigi ko`nglumda ochildi.
438. Shayx Abubakr b. Abdulloh Tusiy Nassoj. q. s.
Ul ham Shayx Abulqosim Gurgoniyning muridlaridindur. Va Abubakr Dinavariy bila suhbat tutubdur. Andin so`rdilarki, matlub diydorin ne bila ko`rsa bo`lur? Dediki, sidq ko`zi bila ko`rsa bo`lur, talab ko`zgusida! Va ham ul debdurki, suv tasavvuri suvsizlig`ni daf` qilmas va o`t fikrati harorat bag`ishlamas va talab da`vosi matlubg`a yetkurmas. Va ham ul debdurki, to mavhum vujudni fano o`ti kul qilmag`ay va ko`ngul g`ayrat ignasi bila aning g`ayridin tikilmagay, jon xilvatxonasi jonon sham`i jamoli tajallilari bila yorumag`ay, ne uchunki, ekkan yerda tuxum ekmaslar va munaqqash qog`azg`a naqsh chekmaslar. Debdurlarki, holi bidoyatida mujohada ko`p chekti va ul mujohadasi mu-shohadag`a ulanmadi. Xudovandi taolo dargohida nola qildi, sirrig`a yetkurdilarki, Nassoj, talab dardig`a qone` bo`l, sanga topmoq bila ne ish! Ham ul debdurki, tavakkul uldurki, man`u atoni Tengri taolodin o`zgadin ko`rmagaysen. Ayn ul-quzot Hamadoniy o`z musannafotida kelturubdurki, Shayx Ahmad G`azzoliyki, Abubakr Nassoj aning piridur, munojotida dediki, [Iloho, mening yaralishimdan hikmat ne?]1 javob keldiki, [Sening yaralishingdan hikmat – jamolimni ruhing ko`zgusida ko`rmoq, muhabbatimni qalbingga solmoq]2.
439. Hujjat ul-islom Muhammad b. Muhammad G`azzoliy Tusiy q. s.
Kuniyati Abu Homiddur va laqabi Zaynuddin. Tasavvufda intisobi Shayx Abu Ali Formadiydur. Ul debdur: [Shayxim imom Ali Formadiy hazratlarining shayxi Abulqosim Gurgoniy hazratlaridan shunday naql qilganini eshitdim: «Solik hanuz vosil bo`lmagan bo`lsa ham, Allohu Taoloning to`qson to`qqiz ismi uning sifatlariga aylanadi»]1.
Imom Muhammad holining ibtidosi Tusda va Nishoburda ulum tahsilig`a va oning takmilig`a ishtig`ol ko`rguzdi. Ondin so`ngra Nizom ul-mulk bila muloqot qildi. Jamoati fuzalo bilaki, oning suhbatida bo`lur erdilar, mutaaddid majolisda munozara va mujodala qildi va alarg`a g`olib bo`ldi. Va Bag`dodda Nizomiya madrasasi tadrisin anga tafviz qildilar. To`rt yuz o`ttiz to`rtda Bag`dodg`a borib, dars aytdi va Iroq ahli barcha anga shefta va firifta bo`ldilar. Baland qadr arjumand poya topti. So`ngra borisin ihtiyori bila tark qildi va zuhdu inqito` tariqin ilgari tutdi va haj azimati qildi va to`rt yuz sakson sakkizda hajg`a musharraf bo`lub, Shomg`a murojaat qildi va muddate anda erdi va andin Bayt ul-Muqaddasg`a bordi va andin Misrg`a keldi va muddate Iskandariyada erdi va andin Shomg`a kelib, necha vaqt turdi va andin so`ngra vatan azimati qildi va o`z holig`a mashg`ul bo`ldi va xalqdin xilvat ixtiyor qildi va mufid kitoblar tasnif qildi.
«Ih`yo ul-ulum»dek va «Javohir ul-Qur`on» va «Yoqut ut-ta`vil» tafsiridekki, qirq mujalladdur va «Mishqot ul-anvor» dekki, barcha mashhur kutublardur va bu barchadin so`ngra Nishoburga avd qildi va so`fiya uchun xonaqohe bino qildi. Va ilm talabasi uchun madrasa ham ihdos qildi va avqotin xayr vazoifi tavze` etti, Qur`on xatmidin, arbobi qulub suhbatidin va ulum tadrisidin ul zamongachaki, besh yuz beshda jumodul oxir oyining o`n to`rtida Tengri taolo jivori rahmatig`a vosil bo`ldi. Shayx Abulhasan Shozali q. s. ki, o`z za-monining qutbi erdi, o`zi ko`rgan voqeadin mundoq xabar beribdurki, Hazrat Risolat s. a. v. Muso va Iso a. s. g`a mubohot va mufoxirat qilibdur G`azzoliy r. t. bila. [Alloh undan rozi bo`lsin, ba`zi do`stlariga yozgan maktublaridagi hikmatlaridan]2. Ruh hastii nestnamoydurki, kishi anga yo`l topmas va sultoni qohir va mutasarrif uldur. Qolib aning asiru bechorasidur. Har ne ko`rsalar Qolibdin ko`rarlar va Qolib andin bexabar; barcha olamg`a olam qayyumi bila ushbu misoldurki, olam qayyumi «hasti nestnamon-dur»ki, olam zarrotidin hech zarrag`a vujud va qivom o`zi bila emas. Balki oning qayyumlug`i biladur. Va har nimaning qayyumi zaruratki, ul nima biladur, vujudi haqiqiy angadur va muqavvim vujudi andin oriyat vajhi bila [Sizlar qaerda bo`lsangiz, u sizlar bilan birgadir]3 budur va lekin, birovkim maiyyatni bilmagay, illo jism maiyyatini jism bila yo araz maiyyatini araz bila yo araz, maiyyatin jism bila va bu uchalasi olam qayyumig`a maholdur. Bu maiyyatni fahm qilaolmag`ay va qayyumiyat maiyyati to`rtunchi qismdur. Balki maiyyat haqiqat yuzidin budur va bu dag`i hasti nestnamoydur. Alarki, bu maiyyatni bilmagaylar, qayyumni tilaganlar va topmag`oylar [va yana unga tegishli]4 Girdbodki, sofi havoda yerdin qo`par. Bir minora surati bila mustatil va o`ziga chirmanur. Qishi anga boqsa sog`inurki, tufrog` o`zin chirmaydur va tebranadur va andoq emasdur. Balkn ul tufrog`din har zarra bila havodurki, oning muharrikidur. Ammo havoni ko`rsa bo`lmas va tufrog`ni ko`rsa bo`lur. Bas, tufrog` muharriklig`da nesti hastnamoydur va havo hasti nestnamoy. Tufroqqa harakatda musaxxarlig`din o`zga yo`qdur havo ilkida. Va saltanat barcha havog`adur va havoning saltanati nopaydo.
440. Shayx Ahmad G`azzoliy r. t.
Shayx Abubakr Nassojning murididur. Va mo``tabar tasnifoti va ta`lifoti bor. Va alardin biri «Savonih» kitobidurkim, Shayx Faxruddin Iroqiy «Lama`ot»ni aning sunnati bila tartib beribdur. Andoqki, debochasida ayturki, [Ammo ba`d: ishq martabalari haqidagi bir qancha so`zlar «Savonih» uslubida yozildi]1. Va «Savonih» fuzulidin biri budurkim, ma`shuq barcha holi bilan ma`shuqdur, bas istig`no aning sifatidur. Va oshiq barcha holi bilan oshiqdur, bas iftiqor aning sifatidur. Oshiqqa hamisha ma`shuq keraklik, bas iftiqor aning sifatidur. Va ma`shuqqa hech nima darboist emas, chun o`zi o`ziningdur, lojaram istig`no aning sifati bo`lg`ay.
R u b o i y:
[Doim ko`ngil olasanu uzring bor, Hech g`am
chekmaysanu uzring bor.
Men sensiz ming kecha qon yutdim, Sen bir oqshom
o`ylamaysan, uzring bor]2.
[Doim ko`ngil olasanu uzring bor, Hech g`am
chekmaysanu uzring bor.
Men sensiz ming kecha qon yutdim, Sen bir oqshom
o`ylamaysan, uzring bor]2.
Bir kun aning majlisida qori bu oyatni o`qudiki, [Ey o`z jonig`a jinoyat qilgan bandalarim]3. Ul dedi: [Alloh «bandalarim» deb, o`ziga nisbat berish bilan ularni ulug`lamoqda. So`ngra o`qidi: Ishq yo`lida malomat oson kechdi, dushmanlarimning ta`nalari men uchun e`tiborsiz. O`z nomim bilan chaqirsalar, karga aylanaman va agar Allohning bandasi deb xitob qilsalar, albatta, eshituvchiman]4. Bu toifadin birida Imom Ahmad so`zlaridin bir juzv edi, ani hujjat ul-islom Imom Muhammad olib taammul qildi va dedi: subhonolloh, biz tiladuk va ul topti, ya`ni Imom Ahmad.
Besh yuz o`n yettida dunyodin o`tubdur va qabri Qazvindadur.
441. Xoja Yusuf Hamadoniy q. t. s.
Kuniyati Abu Ya`qubdur. [Imom, olim, orifi rabboniy, go`zal hollari, ko`p ehsonlari, yuksak karamot va maqomotlari bor edi]1. Ibtidoda Bag`dodqa bordi va Shayx Abu Ishoq Sheroziy majlisida mulozamat qildi va ishi yuqori bo`ldi va o`z aqronig`a fiqh ilmida va o`zga ulumda, xususan nazar ilmida foiq bo`ldi va Shayx Abu Ishoq ani kichik yoshlig` ekanida ko`p ulug` poyalig` ashobig`a taqdim qilur erdi va ko`p ulamodin Bag`dod va Isfahon va Samarqandda hadis istimo` qildi. So`ngra barchani tark qildi va riyozatu mujohadat tariqin ilgari tutdi va mashhur andoqdurki, tasavvufda intisobi Shayx Abu Ali Formadiyg`adur va debdurlarki, Shayx Abdulloh Juvayniyg`a. Va Shayx Hasan Simnoniy bila suhbat tutubdur. Marvda sokin bo`ldi va andin Hiriga keldi va bir necha vaqt iqomat qildi. Yana Marv ahli andin murojaat iltimos qildilar va Marvg`a bordi. Yana Hiriga keldi va andin so`ngra Marv azimatig`a murojaat qilg`anda, yo`lda besh yuz o`ttuz beshda favt bo`ldi va ham andaki, favt bo`ldi, dafn qildilar va nscha vaqtdin so`ngra Marvg`a naql qildnlar va mazori Marvdadur mashhur. Shayx Muhyiddin Arabiy q. t. r. o`z musannafotidin ba`zida aytibdurki, Shayx Avhaduddin Homid Kirmoniy Quniya shahrida mening manzilimda erdi. Dediki, bizning bilodda Xoja Yusuf Hamadoniy q. s. ki, oltmish yildin ortuq shayxlig` va irshod sajjodasida o`lturub erdi.
Bir kun o`z zoviyasida o`lturub erdiki, ko`nglida tashqari chiqmoq xutur qildi va tariqi jum`a kunidin o`zga kun chiqmas erdi va bu anga og`ir keldiki, bilmas erdiki, qayon borg`ay? Oxir bir markabga mindi va jilovin qo`ydi, to qayonki, Tengri taolo eltsa borg`ay. Ul markab shahrdin chiqdi va bodiyag`a kirdi va borur erdi, to ani bir vayron masjid eshigiga yetkurdi va turdi.
Shayx tushti va ul masjidqa kirdi va ko`rdiki, bir yig`it boshin muroqabag`a tortibdur. Bir zamondin so`ngra boshin ko`tardi. Bir hanbatlig` yigit erdi, dedi: Yo Yusuf, menga mas`ala mushkul bo`lubdur va zikr qildi. Shayx ul mushkulni hal qilg`ondin so`ngra dedi, ey farzand, har qachon senga mas`alae mushkul bo`lsa, shahrg`a kel, dog`i mendin so`r va meni kelurga ranjga solma. Shayx debdurki, ul yigit menga boqdi va aytti, har qachon mas`alae menga mushkil bo`lsa, aning hallig`a har tosh manga saningdek bir Yusufdur.
Shayx Ibn Arabiy debdurki, men mundin bildimki, murid tavajjuh sidqi bila Shamxni o`z jonibig`a jazb qila olur ermish. Xojaning g`arib holoti va ajib maqomoti andin ko`prakdurki, sharh qilsa bo`lg`ay. Ashob arosinda xulafosi to`rt kishi erdilar: Xoja Abdulloh Barqiy va Xoja Hasan Andoqiy va Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy q. t. a. Va Xoja Yusufdin so`ngra bu to`rt kishidin har biri irshod va da`vat maqomida ermishlar va muridlar aning xizmatida adab bila mulozim. Chun Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston sori azimat qildi. Barcha ashob va irodat ahlini Xoja Abdulxoliq mutobaatig`a dalolat qildi. Bu nav` ermish, bu xonadonning ba`zi mutaaxxir mashoyixining risolasida.
442. Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy q. t. r;
Ularning ravishi tariqatda hujjatdur. Barcha foruqning maqbulidurlar. Hamisha sidqu safo yo`lida va Mustafo s. a. v. shar`u sunnati mutobaatida va bid`atu havo muxolafatida qadam urubdurlar va pok ravishlarin ag``yor ko`zidin yashurubdurlar. Alarg`a ko`ngul zikri. sabaqi yigitlikda Xoja Xizr a. s. din bo`lubdur va ul sabaqqa muvozabat ko`rguzubdurlar va Xoja alardin farzandliq qabul qilibdurlar va buyurubdurlarki, havzlug` suvg`a kirib, g`o`ta ur va ko`nglungda [«lo iloha illallohu Muhammadur rasulolloh»]1 degil. Alar Xoja buyurg`ondek qilibdurlar va ishga mashg`ul bo`lubdurlar va kushodlar topibdurlar va avvaldin oxirg`acha alarning ro`zgori barcha xalq qoshida maqbul va mahmud ekandur. So`ngra shayx ush-shuyux olimu orifi rabboniy Xoja imom Abu Ya`qub Yusuf Hamadoniy q. r. Buxorog`a kelibdurlar va Xoja Abdulxoliq alar suhbatig`a yetibdurlar va ma`lum qilibdurlarki, alarda ham ko`ngil zikri bor. Alar suhbatida bo`lur ermishlar va ma`lum qilibdurlarki, to alar Buxoroda ermishlar, debdurlarki, Xoja alarning sabaqi va zikri piridurlar va Xoja Yusuf suhbat va xirqalari piri. Xoja Yusufdin so`ngra alar riyozatqa mashg`ul bo`ldilar va ahvollarin maxfiy tutar erdilar va alarning valoyati ul yerga yettiki, har vaqt namozda Ka`bag`a borurlar erdi. Alarning valoyati ko`p erdi va Shomda alarg`a ko`p muridlar paydo bo`ldilar va xonaqoh va ostona zohir bo`ldi. Ashuro ayyomida jamoati kasir alar xizmatida o`lturub erdilar va alar ma`rifatda so`z aytadur erdilar. Nogoh bir yigit kirdi. Zohidlar suratida, egnida xirqa va kiftida sajjoda va bir go`shada o`lturdi. Hazrat Xoja anga nazar qildilar. Ul yigit dediki, Hazrat Risolat s. a. v. debdurlarki, [Mo`minning farosatidin qo`rqing! Chunki u ulug` va qudratli Alloh nuri bilan boqadi]2. Bu hadisning sirri nedur? Alar dedilarki, bu hadisning sirri budurki, xirqang ostidag`i zunnoringni kesib, iymon keturgoysen. Ul yigit filhol zunnorin kesti va iymon kelturdi va Hazrat Xoja ashobg`a boqib dedilarki, ey yoronlar, kelingki, andoqki zohir zunnorin kesib, bu navahd yigit iymon kelturdi, biz ham botin zunnorinki iborati ujbdindur qat` qilib, iymon kelturali, to andoqki, ul omurzida bo`ldi, biz dog`i omurzida bo`lali! Ajab holate ashobg`a zohir bo`ldi. Xojaning oyog`ig`a tusharlar erdi va tavbalarin toza qilurlar erdi.
Bir kun alar xizmatida bir darvesh der erdiki, agar Alloh taolo mani behisht bila do`zax orasida muxayyar qilsa, men do`zaxni ixtiyor qilurmen. Nevchunki, hargiz nafsim murodi bila zist qilmaydurmen. Bu holda behisht nafs murodidur va do`zax haq murodi.
Hazrat Xoja ul so`zni rad qildilar va dedilarki, bandag`a ixtiyor bila ne ish, har qayon desa bor, borurbiz va qayon desa bo`l, bo`lurbiz, bandaliq budur! Yo`q, ulki, sen aytasan. Ul darvesh so`rdiki, shaytong`a haq yo`lining soliklarig`a dast bo`lg`ay?
Xoja buyurdilarki, har solikki, nafs fanosi sarhadig`a yetmagan bo`lsa! Chunki anga g`azab dast bergay. Shayton anga dast topqay. Chun nafs fanosi hosil qilmish bo`lsa, anga g`azab bo`lmas, g`ayrat bo`lur va shayton g`ayratdin qochar. Bu sifat birovga musallamdurki, yuzi haq yo`lig`a bo`lg`ay va «Kitobulloh»ni o`ng ilkiga tutqoy va Rasul s. a. v. sunnatin so`l ilkiga va bu ikki yorug`luq orosida yo`l suluki qilg`ay.
Bir niyozmand dediki, Xoja bizga iymon duosi bila madad qilsalar bo`lg`ayki, bu shayton domgohidin salomat jon eltgaybiz. Alar buyurdilarki, va`da andoqdurki, faroyiz adosidin so`ngra duo mustajob bo`lur. Sen ishda bo`l va bizni xayr duosi bila yod qil! Faroyiz adosidin so`ngra biz ham seni yod qilali. Bo`lg`ayki, bu orada ijobat asari zohir bo`lg`ay ham sening haqingg`a, ham bizing haqimizga!
443. Xoja Orif Revgarviy q. s.
Xoja Abdulxoliqqa uch xalifa ermish: Xoja Ahmad Siddiq va Xoja Orif Revgariy va Xoja Avliyoyi Kalon. Va nisbat silsilasi Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband q. s. g`a bu jamoatdin Xoja Orifqa yetishur.
444. Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy q. s.
Ul Xoja Orif xulafosidindur.
445. Xoja Ali Romitaniy q. s.
Alar Xoja Mahmud xulafosidindurlar va bu silsilada alarning laqabi Hazrat Azizondur. Va alarg`a oliy maqomot va zohir karomot ko`p erkandur. Va to`qimoq san`atig`a mashg`ul bo`lur ermish. Va Hazrat Maxdumkim, «Nafahot ul-uns» kitobining musannifidurlar, mundoq debdurlarki, manga ba`zi akobirdin mundoq istimo` tushubdurki, ishorat alarg`adur. Ulcha Hazrat Mavlono Jaloliddin Rumiy q. t. r. debdurki, b a y t:
[Hol ilmi qol ilmidan yuksak bo`lmaganda edi,
Buxoro ulug`lari qachon Xoja Nassojga qulluq

qilgan bo`lardilar] .
Alardin surubdurlarki, iymon nedur? Debdurlarki, qo`ngarmoq va ovlamoq. Va ham alardin so`rubdurlarkim, masbuq masbuqona qazosig`a qachon qo`pqay? Debdurlarki, subhdin burun. Va alardin manquldurki, debdurlarki, agar yer yuzida Xoja Abdulxoliq farzandlaridin biri bo`lsa erdi, Mansur hargiz dor ostiga bormag`ay erdi. Va bu silsila ahli bu ruboiyni
R u b o i y:
[Kim bilan birga o`tirsangu qalbing bog`lanmasa, u bilan suhbating aslo hovushmasa, zinhor uning suhbatidan qochgin, yo`qsa, azizlar ruhi seni kechirmaydi]2.
alarg`a nisbat berurlar. Va alarning qabri Xorazmda mashhurdur.
446. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy r. t.
Hazrat Xoja Azizonning xalifasidur va Hazrat Xoja Bahouddin hazratlarig`a alardin qabul farzandlig`qa voqe` bo`lubdur va alardurlarki, Qasri Hinduvondin o`tarda der ermishlarki, bu tufrog`din bir er isi keladur. Bo`lg`ayki, Qasri Hinduvon Qasri Orifon bo`lg`ay. To bir kunki Sayyid Amir Kulol manzilidinki, alarning xulafosidindur, Qasri Orifon sari mutavajjih erdilar. Dedilarki, ul er isiki, bizing dimog`imizg`a yetar erdi, ortuqroq bo`lubdur. Hamonoki ul er mutavallid bo`lubdur. Chun nuzul qilibdurlar. Hazrat Xoja Bahouddin valodatidin uch kun ekandur, alarning jaddi bir muomala alarning ko`ksig`a qo`yib, alarni ixlos va niyoz bila Xoja Muhammad Bobo nazarig`a kelturubdur. Xoja Muhammad Bobo dedilarki, ul bizing farzandimizdur va biz oni qabul qilduq va ashob sori boqib, debdurlarki, bu ul erdurki, bizga oning isi yetib erdi. Ro`zgorning muqtadosi bo`lg`ay va Amir Sayyid Kulolg`a buyurdilarki, farzandim Bahouddin haqida tarbiyat va shafqatni darig` tutmag`oysen va senga bihil qilmag`oymen, agar taqsir qilsng. Amir dedikim, er bo`lmag`oymen agar, Xoja vasiyatida taqsir qilsam.
Xoja Bahouddin debdurlarki, taqdir hasbi bila mutaammil bo`lurda jaddim buyurdikim, borib, Xoja Muhammad Bobog`a tashrif huzuri iltimos qilki, alarning qadami barakoti bu manzilg`a yetgay. Chun alar liqosiga musharraf bo`ldum, ajab karomotki, alardin mushohada bo`ldi. Bu erdiki, ul menda niyoz va tazarru` paydo bo`lib erdikim, qo`ptum va masjidqa kirdum va ikki rakaat namoz qildum va boshimni sajdag`a qo`yub, niyoz bila ixlos ko`rguzdim va ul oroda tilimga bu keldikim, ilohi, balong yukini tortarg`a quvvat va muhabbating mehnatini tortarg`a tahammul ber! Chun saboh Xoja xizmatig`a yettim, buyurdilarki, ey farzand, duo mundoq qilmoq kerakki, ilohi, oncha sening rizong andadur, bu zaif bandangni anga tut o`z fazlu karaming bila! Agar xudovandi taolo har do`stig`a baloyi yiborsa, o`z inoyati bila ul yukni tortarg`a quvvat bergay va aning hikmatin anga zohir, qilg`ay. Ixtiyor bila balo talabi dushvordur. Gustoxliq qilmamoq kerak.
Andin so`ng taom hozir bo`ldi. Chun yeyildi. Xoja bir qurs menga berdi. Xayolimg`a keldikim, ushbu soat to`q taom yeduk va manzilg`aki bordilar, anda ham at`ima bo`lg`usidur, Bu qurs bizing ne vasilamizg`a yarar.
Chun Xoja ravon bo`ldilar. Men alarning jilovida borur erdim va o`z xotirimni asli tavajjuhg`a rosix tutub, niyozi tamom bila qadam urar erdim. Agar botinimda tafriqae paydo bo`lsa erdi, xoja buyururlar erdikim, xotirni yaxshi asramoq kerak, to yo`lda muhiblarining biri uyiga yettilar. Ul darvesh bashoshat va niyoz bila ilgari keldi va alar chun nuzul qildilar.
Ul faqirda iztirob asari zohir bo`ldi. Alar dedilar: chinin aytki, iztirobingg`a bois nedur? Ul darvesh dediki, biz taraf sut hozirdur, o`tmak yo`qdur. Alar menga boqib dedilarki, ul qursni kelturki, oqibat menga ishga yaradi va menga ul hol mushohadasidin alarg`a yaqin ortug`roq bo`ldi.
447. Sayyid Amir Kulol r. t.
Mazkur bo`lg`on Xoja Muhammad Boboning xalifasidur. Hazrat Xoja Bahoudding`a suhbat nisbati tariqat suluki, odobi ta`limi va zikr talqini alardindur. Bir kun azim majma`da Amir Sayyid Kulol Xoja hazratin tilab dediki, ey farzand Bahouddin, Xoja Muhammad Bobo nafasi vasiyatin sizning boringizda tamom bajoy keltirdim deb. Dedilarki, har ne tarbiya bobida bormen, sening haqingda ko`rguzubmen.
Sen farzand Bahouddin bobida ko`rgizgil! Andoq qildim va ishorat o`z ko`ksiga qilib dediki, bu emchakni sizing uchun quruttum va sizing ruhoniyatingiz qushi bashariyat bayzasidin chiqdi. Ammo sizing himmatingiz shahbozi balandparvoz tushubdur. Emdi ijozattur. Har erda matlubdin ise dimog`ingizda yetsa, tilang va talabda o`z himmatingiz mujibi bila taqsir qilmayg! Hazrat Xoja debdurlarki, ul so`zlarki Mir hazratlari aytib, bizga ijozat berdilar, ibtilog`a vosita bo`ldiki, ham alar tarbiyati tahtida bo`lsak erdi, saodat va salomatqa yaqinroq erduk.
Bir kun Mir hazratlari Xojag`a dedilarki, chun ustod shogirdga tarbiyat qilsa, har oyina tilarki, o`z tarbiyati asarini andin mushohada qilg`ay, to anga e`timod bo`lg`ayki, oning tarbiyati joygir tushubdur va agar shogird ishida xalale ko`rubdur, ul xalalg`a isloh qilg`ay. Andin so`ng dediki, Mir Burhon mening farzandimdur va hozir o`lturubdur va hech pirning tasarruf iligi anga yetmaydur va ma`naviy tarbiyat topmaydur va maning huzurimda oning tarbiyatig`a mashg`ul bo`lmoq keraksiz, to aning asarini mutolaa qilg`aymen va sizing san`atingizga tamom e`timod qilg`aymen. Hazrat Xoja Mirg`a muroqib o`lturub erdilar. G`oyat adab rioyatidin ul ish imtisolida tavaqquf qiladur erdilar. Mir dedilarki, tavaqquf qilmamoq kerak. Hazrat Xoja alarning amri imtisoli qildilar va Sayyid Burhonning botini va zohirida paydo bo`ldi va qaviy Hol anga padid bo`ldi va shukri haqiqiy asari zohir bo`ldi.
448. Qusam Shayx r. t.
Ul turk mashoyixidindur. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonadonidindur. Xoja Bahouddin ul so`z mujibiki, Mir Sayyid Kulolalarg`a ijozat berganda deb erdiki har qayondin royihai dimog`ingizg`a yetsa, talabda taqsir qilmayg! Qusam Shayx xizmatig`a bordilar. Ul avval muloqotda qovun yeydur erdi. Po`chog`in Xoja sori tashladi. Alar g`oyat talab haroratidin ul po`chog`ni terisi bilan yedilar. Ul majlisda ikki-uch qatla bu nav` voqe` bo`ldi ham bu majlisda Shayxning xodimi kirib dediki, uch teva va to`rt otg`oyib qilibman. Shayx Xojag`a ishorat qilib dediki, ani yaxshi tutingiz! To`rt kishi andoq xushunat bila Xojag`a yopushtilarki, go`s aroda qone voqea bo`lubdur. Hazrat Xoja debdurlarki, turk mashoyixining shinoxti bo`lmasa, alar tariqidin mutanaffir va navmid bo`lur. Xoja muroqib o`lturdilar. Namozshom adosidin so`ngra xodim yana kirib dediki, g`oyib bo`lg`on tevalar va otlar o`zlari keldilar. Qusam shayx xizmatida Xoja uch oyg`a yaqin bo`ldilar. Oxyr ul-amr Shayx Xojag`a tashrif berdi va dedi: To`qquz o`g`lum bor. Sen barchasidin ulug`roq va muqaddamroq. Andin so`ngra har qachon Shayx Naxshabdin Buxorog`a kelur erdi, Xojag`a mulozamat qilurlar erdi. Shayx debdurki, bu nav` talabgorlig`ki, senda ko`rub-men, toliblardin hech qaysida ko`rmaymen. Oxir bu Qusam Shayx Xoja inqito`iy va kamoli beta`ayyunlug`idin Buxoroning timlaridin birida andoq savdo va sotiq qildi va chiqib bir do`konchada o`lturub, ashob va farzandlaridin har kimki, oning bila edilar tiladi va dediki, bizing borur chog`imiz bo`ldi. Tavhid kalimasin alar muvofaqati bila aytti va jon taslim qildi.
449. Xalil Ota q. r.
Xoja Bahouddin hazratlari debdurlarki, bidoyat holda bir kecha Hakim ota r. niki, turk mashoyixining kiboridindur, voqe`ada ko`rdumki, bizni bir darveshga siporish qiladur. Uyg`ong`ondin so`ngra ul darveshning surati xotirda erdi va bizga jaddani erdi, soliha otamiz onasi, ul voqe`ani alarg`a ayttuq. Dedilar: ey farzand, senga turk mashoyixidin nasibe bo`lg`usidur va men doim ul darveshga tolib erdim.
To bir kun Buxoro bozorida ul darveshga yo`luqdum va tanidum. Otin so`rdum. Xalil erdi. Ul zamon oning bila mujolasat va mukolama muyassar bo`lmadi. Chuk manzilg`a bordim va oqshom bo`ldi. Ul darvesh qoshidin birov kelib, meni tiladi. Kuz ayyomi erdi. Bir pora meva oldim va ul darvesh xizmatig`a bordim. Chun tiladimki, ul voqe`ani anga izhor qilg`aymen. Ayttiki, ulcha saning xotiringdadur, bizga ayondur. Bayon qilmoq hojat emas, mening holim o`zga bo`ldi. Ko`ngul mayli oning suhbatig`a ko`p bo`ldi va oning suhbatida shigarf ahvol va g`arib va ajib nimalar mushohada bo`lur erdi ondin. Va muddatdin so`ngra Movarounnahr mulkining saltanati anga musallam bo`ldi va menga oning xizmat va mulozamatin qilmoq zarur erdi va mulozamat ayyomida ham azim ishlar zohir bo`lur erdi va menga shafqat zohir qilur erdi. Gohi lutf va gohi unf bila manga xizmat adosin ta`lim qilur erdi va ul jihatdin ko`p favoid menga yetar erdi va bu yo`l sayru sulukida ko`p ishga yoror erdi va olti yilg`acha oning xizmatida bu nav` bo`lur erdim va xaloda xos suhbatining mahrami erdim va maloda saltanat odobin rioyat qilur erdim va malikdin burunroq ham olti yil oning xizmati va suhbatida bo`lur erdim. Ko`p qatla borgohi xosi qoshida aytur erdikim, har kim Haq taolo rizosi uchun menga xizmat qilur, xalq orasida buzurg bo`lg`ay va menga ma`lum bo`lur erdikim, bu so`zdin maqsudi kimdur. Bu muddatdin so`ngra, chun majozii mamlakatig`a zavol bo`ldi va har lahzada mulku xidamu hashami haboan mansuran bo`lur erdi va dunyo ishi tamom maning ko`nglumda sovudi. Buxorog`a keldim. Revartundakim, Buxoro kentlaridindur sokin bo`ldum.
450. Xoja Bahouddin Naqshband q. t. s.
Alarning oti Muhammad b. Muhammad Buxoriydur Alarg`a qabul nazari farzandliqqa Xoja Muhammad Boboyi Samosiydindur va odobi tariqat ta`limi zohir yuzidin Amir Sayyid Kuloldindur, andoqki, o`tti. Ammo haqiqat yuzidin alar Uvaysiydurlar va tarbiyat Hazrat Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy q. s. ruhidin topibdurlar. Andoqki, der ermishlarki, mabodii ahvolda bir kecha g`alaboti jazabotdin Buxoro mazorotidin uch mozorg`a yetishdim. Har mazorda bir chirog`don ko`rdum yonadurg`on, yog`i to`la va fatilalari yog` ichinda. Ammo fatilalarg`a biror nima harakat bermak kerak erdiki, yaxshi tutashqoy va yorug`oy. So`nggi mutabarrak mozorda qiblag`a mutavajjih o`lturdum va ul tavajjuhda g`aybate voqe` bo`ldi. Mushohada qildim. Qibla devori shaq bo`ldi va bir ulug` taxt paydo bo`ldi va yashil parda ul taxt ollig`a tortilg`on va tegrasida jamoate. Va Xoja Muhammad Boboni alar orasida tanidim. Bildimki, ul xayli g`oyiblardindurlar. Oralaridin birov menga ayttiki, taxtda Xoja Abdulxoliqdur va ul jamoat alarning xulafosidurlar va bir-birin alarning otin atadi va Xoja Muhammad Bobog`a yetgonda, dediki, alarni xud hayotlari chog`ida ko`rubsen va sening piringdurlar va senga bir bo`rk beribdurlar va karomat qilibdurlarki, nozil bo`lg`on balo sening barakatingdin daf` bo`lg`ay. Andin so`ngra ul jamoat ayttilarki, quloq tut va yaxshi eshitki, ulug` Xoja Hazratlari senga so`zlar aytg`usidurlarki Haq s. t. yo`li sulukida senga andin chora yo`qtur. Ul jamoatdin iltimos qildimkim, Hazrat Xojag`a salom qilay va muborak Diydorlarig`a musharraf bo`lay. Pardani ilaylaridin oldilar. Pire ko`rdum – nuroniy. Salom qildim. Javob berdilar va so`zlarni, suluk mabdayida va vasatida va oxirida keraklikdur, menga bayon qildilar va dedilarki, ul chirog`larki, ul kayfiyat bila senga ko`rguzdilar ishoratu bashoratdur senga bu yo`l qobiliyat va iste`dodidin. Ammo iste`dod fatilasin harakatg`a kelturmak kerak, to yorug`an va asror zuhur qilg`an va yana buyurdilar va mubolag`a qildilarki, barcha ahvolu aqdomni barcha amru nahiy jodasig`a qo`yg`il va azimat bila amal qil va sunnatni bajo kelturgil va ruxsatlar va bid`atlardin yiroq bo`l va doimo Mustafo s. sh. v. ahodisini o`zingga peshvo qil va Rasul s. a. v. va ashobi kirom r. a. axboru osorig`a mutafahhis va mutajassis bo`l! Va bu so`zlardin so`ngra ul jamoat manga ayttilarqi, saning sidqi holingning shohidi uldurki, tongla erta falon yerga borg`aysen va falon ishni qilg`aysen va muning tafsili ul Hazratning maqomotida sharh bila bor. Va andin so`ngra dedilarki, Nasafg`a mutavajjih bo`l. Amir Sayyid Kulol xizmatig`a! Chun alar buyrug`i bila. Nasafg`a bordim va Mir xizmatig`a yettim. Iltifotlar qildilar va altof ko`rguzdilar va menga zikr talqini qildilar va nafyu isbot tariqi bila zikrga mashg`ul qildilar. Chun voqe`da ma`mur erdimki, amal azimat blla qilg`oymen. Aloniya zikri bila amal qildim. Biror alardin savol qildikim, darveshlik sizga mavrus yo muqtasab? Alar dedilarki, [Haqning bir jazbasi jinlar va insonlarning barcha amaliga barobardir]1 huqmi bila bu saodatqa musharraf bo`lduq. Yana alardin, so`rdilarki, sizing tariqingizda zikri jahru xilvat va samo` bo`lur? Dedilarki, bo`lmas! Yana so`rdilarki, sizing tariqingiz binosi ne ishgadur? Dedilarki, anjumanda xilvat zohir yuzidin xalq bila va botin tarafidin Haq s t. bila.
B a y t:
[Zohirda begonadek botindan oshno bo`l,
Bunday go`zal odat dunyodakam topiladi]2.
[Zohirda begonadek botindan oshno bo`l,
Bunday go`zal odat dunyodakam topiladi]2.
Ulcha Haq s. t. buyurubdurki, [ularni na tijorat va na oldi-sotdi Alloh zikridan chalg`itolmaydi]3 ishorat bu maqomg`adur. Derlarki, alarga hargiz qul va doduk bo`lmas ermish. Ulardin bu ma`noda so`rubdurlar; Alar debdurlarki, qachon bandalig` Xojalig` bila rost kelur. Birov alardin so`rdikim, sizning silsilangiz na yerga yetar? Alar dedilarki, kishi silsilasi bila hech yerga yetmas va der ermishlarki, nafslaringizg`a tuhmat qilingki, har kim Tengri inoyati bila o`z nafsining yamonlig`in va kaydu makrin bilgon bo`lsa, agarchi anga sahldur, ammo bu yo`l soliklaridin ko`p bor ekandurlarki, birov gunohin o`zlariga tutub, yukin tortibdurlar va der ermishlarki, [ey iymon keltirganlar, Allohga iymon keltiring!)4 ishorat angadurki, har turfat ul-aynda o`z vujudi naf`yin va ma`budi haqiqiy isbotin qilg`ay.
Junayd q. s. debdurki, oltmish yildurki, iymon kelturmakdadurmen va lekin, ul ixtiyor tarki va qusuri a`mol mushohadasidin o`zga nima hosil bo`lmas va der ermishlarki, taalluq mosuvog`a bu yo`l solikig`a ulug` hijobdur.
B a y t:
[Haqdan boshqasiga bog`lanish to`siq, samarasizdirki,
agar ularni uzsang, vosil bo`lasan]5.
[Haqdan boshqasiga bog`lanish to`siq, samarasizdirki,
agar ularni uzsang, vosil bo`lasan]5.
Haqiqat ahli iymonni mundoq ta`rif qilibdurlar. [Iymon – qalbni Allohdan boshqa o`ziga rom etuvchi foydali va foydasiz narsalardan uzib, Haqqa bog`lashdir]6. Va der ermishlarki, bizing tariqimiz suhbatdur va xilvatda shuhratdur va shuhratda ofat. Hayriyat jam`iyatdadur va jam`iyat suhbatda bu shart bilaki, bir-biriga nafy bo`lulg`ay va ulcha ul buzurg buyurubdurki, [kel, bir soat iymon keltiraylik!]7, Ishorat angadurki, agar jam`i bu yo`l soliklari bir-biri bila suhbat tutsalar, anda ko`p xayru barakatdur. Umiddurki, anga mulozamat va mudovamat imoni haqiqiyg`a muntahi bo`lg`ay va der ermishki, bizing tariqimiz [mustahkam tutqichr]8 durur. Ul ilik Payg`ambar s. a. v. mutobaatig`a urmoqdur va sahobai kirom osorig`a iqtido qilmoq va bu tariqda oz amal bila ko`p futuh yetishur. Ammo sunnat mutobaati rioyati ulug` ishdurki, har kishi bu tariqimizdin yuz uyursa, anga din xataridur va der ermishlar: solik vaqtiki, Tengri do`stlaridin biri bila suhbat tutsa o`z holidii voqif bo`lsun va suhbat zamonini o`zga zamon bila muvozana qilsun. Agar tafovut topsa [etdingki, lozim tut!]9 Va debdurlarki, «lo iloha» tabiat nafyidur va «illalloh» ma`budi barhaq isbotidur va «Muhammadur Rasululloh» o`zni [menga ergashinglar!]10 maqomig`a kivurmak, maqsud zikridin tavhid kalimasining haqiqiqatig`a yetmakdur va kalima haqiqati o`zga kalima aytmoqdin bakulli nafiy bo`lmoqdur. Ko`p aytmoq shart emas. Debdurlarki, Hazrat Xoja Azizon a. r. v. der ermishlarki, yer bu toifaning ko`zida bir sufra-chadur va biz derbizki, tirnog` yuzichadur. Hech nima bular «o`zidin g`oyib emas va debdurlarki, tavhid sirrig`a yetsa bo`lur. Ammo ma`rifat sirrig`a yetmak dushvordur. Alar muborak safar azimati qilurda buzurgzodalardin biriga zikr ta`limin degandurlar. Ul safardin qaytg`anda alarg`a debdurlarki, ul ta`lim olg`on zikrga ishtig`ol ko`rsatmaydur va tark qilibdur. Alar andin so`rubdurlarki, bizni hech tush ko`rdung? Dedi: Hov, ko`rdum! Dedilarki, senga basdur! Mundin ma`lum bo`lurki, har kimgaki oz robita bu azizlar bila bo`lsa, oxir mulhaq bo`lur va ul najot sababi va darajot raf`i jihati bo`lur. Alar hazratida birov dediki, falon kishi bemordur va xotiringiz tavajjuhi daryuza qilur. Alardin dedilarki, [avval xastaning qaytishi, so`ngra ko`ngli siniqning tavajjuhi kerak]11. Alardin karomot talabi qildilar. Alar dedilarki, bizning karomotimiz zohirdur. Bovujudi bu nav` gunoh yuki yer yuzida bora olurbiz. Alar der ermishlarki, Hazrat shayx Abu Said Abulxayr q. s. din so`rubdurlarki, sizing janozangiz ilayida qaysi oyatni o`qusunlur? Der ermishki, oyat o`qumoq ulug` ishdur! Bu baytni o`qusunlarki,
b a y t:
[Butun olamda do`stning do`stga, yorning yorga yotishishidan afzal nima bor?]12.
[Butun olamda do`stning do`stga, yorning yorga yotishishidan afzal nima bor?]12.
Andin so`ngra alar debdurlarki, bizing janozamiz ilayida bu baytni o`qusunlarki,
b a yt:
[Sening ko`yingda jamolingdan «shay`anilloh» deb tilovchi gadolarmiz]13.
[Sening ko`yingda jamolingdan «shay`anilloh» deb tilovchi gadolarmiz]13.
Mavlono Jaloluddin Xolidin hazratlaridin so`rubdurlarki, Hazrat Xoja Bahouddinning suluk va tariqining nisbati mutaaxxir mashoyixdin qaysi pirning tariqig`a munosabati bor? Ul debdurki, so`z mutaqaddimin mashoyixdin deng va ikki yuz yildin ortuqdurki, bu nav` osori valoyat zuhuriki, hazrat Xoja Hazratlarig`a Tengri taolo inoyatidin voqe` bo`lubdur. Tariqat mashoyixig`a mutaaxxirlardin hech kimga bo`lmaydur. Alar yetti yuz to`qson birda rabiul-avval oyining uchida dushanba kechasi olamdin o`tubdurlar.
451. Xoja Alouddin Attor q. s.
Aning oti Muhammad b. Muhammad Buxoriydur. Hazrat Xoja Bahouddinning kibori ashobidindur. Va Hazrat Xoja o`z hayotlari zamonida ko`p toliblarning tarbiyatin alarg`a havola qilur ermishlar. Va der ermishlarki, Alouddin bizga xeyli yukin yengil qilibdur, lojaram valoyat anvorining osori [tom va komil suratda]1 alardin zuhurg`a kelibdur va alar suhbati yumni tarbiyati natijasidin ko`p toliblar bu`du nuqson poygohidin qurbu kamol peshgohig`a yetibdurlar va takmilu ikmol martabasi topibdurlar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, bu faqir ba`zi azizlardin eshitibmenki, [haqiqatni aniqlovchi olimlarning rahbari, diqqat bilan tekshiruvchi ulug`larning peshvosi, yuksak asarlar va fasohatli tadqiqotlarning muallifi, nasabi ulug` Sayyid Jurjoniy, unga Allohning rahmati bo`lsin!]2ki, inhirot tavfiqi Xoja Alouddin ashobi sulukida topqondur va niyozu ixlos alarning xodimlar va mulozimlarig`a paydo qilg`ondur. Borlar der ermishlarki, to men Shayx Zaynuddin Aliyi Kulol suhbatig`a yetmadim, rafzdin qutulmadim va to Xoja Attor majlisig`a ulanmadim, Tengrini tanimadim. Xoja Attorning qudsi kalimotidinkim suhbat majolisida buyururlar ermish, Hazrat Xoja Muhammad Porso q. s. kitobat qaydig`a kiyurgondin Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da mazkur qilibdurlar. Anga yetgan kishi ul favoiddin bahramand bo`lur. Alar sakkiz yuz ikkida Rajab oyining yigirmasida chorshanba kechasi xufton namozidin so`ngra olamdin o`ttilar va qabrlari Chag`oniyondadur.
452. Xoja Muhammad Porso r. t.
Alarning oti Muhammad b. Muhammad b. Mahmud Hofiz Buxoriydur q. s. Ulug` Xojaning kibor ashobidindurlar va Hazrat Xoja alar haqida buyurubdurlar va o`z ashobida, huzurlarida alarg`a xitob qilibdurlarki, haqi va amonatiki, Xojalar xonadoni xulafosidin bu zaifg`a yetibdur. Va har ne bu yo`lda kasb qilibdur, borini sizga topshurduq. Andoqki, birodari diniy Mavlono Orif topshurdi, qabul qilmoq kerak va ul amonatni xalqqa tegurmak kerak. Alar tavoze` ko`rguzub, qabul qildilar va oxiri marazda alar g`aybatida ashob huzurida alar haqida buyurdilarki, maqsud bizing zuhurimizdin oning vujudidur va anga ikkalasi tariyq bilaki, jazba va suluk bo`lg`ay, tarbiyat qilibman. Agar mashg`ulluq qilsa, olam ondin munavvar bo`lur. Yana. bir mahalda burx sifotin mavhibat nazari bila alarg`a karomat qildilar va Hazrat-Mahdum n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, burx sifoti «Qut ul-qulub» kitobida mazkurdur va yana bir mahal mavhibat nazari bila alarg`a nafsni bag`ishladilarki, har ne alar desalar ul bo`lg`ay va yana birmahalda dedilarki, harne ul desa Haq taolo oni qilur. Hadisi sahih hukmi bilaki: [Allohning bandalari ichida shundaylari borki, agar Allohga qasam ichsalar, Haq qasamlarini rost keltiradi]1 dermanki, dey, ul demas. Va yana bir mahalda alarg`a xufya zikri buyurdilar va ijozat berdilar amalig`a ul mujib bilaki, tariqat odobining daqoyiqu haqoyiqidin ulcha bilur va oning ta`limidin, [bulardan tashqari benihoyat iltifotlari bor]2.
Va sakkiz yuz yigirma ikkida Muharram oyining Bayt ul-harom va Nabii ziyorati alayhis salavot vas-salom niyati bila Buxorodin chiqdilar va Nasaf yo`li bila Chag`oniyon va Tirmiz va Balx va Hirotqa mazoroti mutabarrikaki, ziyorat qasdi bila azimat qildilar. Barcha yerda sodot va mashoyix va ulamo alarning sharif maqdamlarin mug`tanam bildilar va tamom e`zoz va ikrom bila talaqqiy qildilar. Va Hazrat Maxdum n. m. n. debdurlarki, xotirg`a kelurki, chun Jom viloyatidin o`tar erdilar. Qiyos andoq qilurkim, jumodul-avvAliing oxiri yo jumod ul-oxirning avvallari erdi erkin. Mazkur bo`lg`on yildinki bu faqirning otasi jame` kasir niyozmandlar va muxlislar bila alarning ziyorati qasdig`a chiqib erdilar va maning umrum hanuz besh yilda bo`lmaydur erdi. Otam mutaalliqlaridin biriga ayttikim, mani egniga ko`tarib, alarning mahofasining ilayiga tutdi. Alar iltifot qilib, bir bosh kirmoniy nabot ilgimga berdilar. Bu kun ul ta`rixdin oltmish yildurki, hanuz tal`atlarining safosi maning ko`zumdadur va muborak diydorlarining lazzati mening ko`nglumdadur va hamonoki ixlos va e`tiqod va irodot va muhabbat robitasi bu faqirg`aki Xojalar q. a. honadonig`a voqe`dur, ul nazarning barakatidir erkin va umidim uldurki, ushbu robita yumnidin alarning muhiblari va muxlislari zumrasida mahshur bulg`aymen. Va Jomdin o`tub chun Nishoburg`a yetibdurlar; havo harorati va yo`l xavfi jihatidin ashob orosida so`z o`tar ermish va fil-jumla futuri ul azimatqa yo`l topqon chog`lig` ermish. Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. devonin tafo`ul tariqi bila ochibdurlar. Bu ab`yot kelibdur.
R u b o i y:
[Ey Haq oshiqlari, abadiy iqbolg`a yetish uchun yo`lga tushing!
Oy kabi saodatli burj tomonga ravona bo`ling!
Qaysi shahar, qaysi joy, qaysi dashtni bosib o`tsangiz,
Allohning tavfiqu amonida yo`lingiz muborak bo`lsin!]3.
Oy kabi saodatli burj tomonga ravona bo`ling!
Qaysi shahar, qaysi joy, qaysi dashtni bosib o`tsangiz,
Allohning tavfiqu amonida yo`lingiz muborak bo`lsin!]3.
Va andin Buxorog`a maktub yiboribdurlarki, Haq subhonahu ismi bila bu bitildi, ul kundaki Nishoburdin chiqilib erdi va ul kun ta`rix sakkiz yuz yigirma ikkida jumod ul oxir oyining o`n birinchi kuni erdiki, sihat va salomat va rafohiyat holida va vusuqi tamom, ilohiy fazl va ikromig`a va qalb quti va yaqin quvvati nomutanohiy fayz va fazlg`a bor ekan vaqtda ishorat bobashorat hukmi bilaki, [Rasululloh s. a. v. yaxshi bashorat qilardi, badgumonlik qilmasdi. Rasululloh s. a. v. dedi: mendan keyin payg`ambarlik bo`lmaydi. Faqat bashoratlar bo`ladi. Mo``min kishi bu bashoratlarni tushida ko`radi yoki unga ko`rsatiladi. Bu hadisning sahihligiga ittifoq qilingan].
B a y t:
[Ey hidoyat payg`ambari, so`zlaring madadkorim,
tayanchim, eshigingda umid va iltijo qilaman]4.
Va chun sihat va salomatlig` bila Makkai muhtaramag`a yetishtilar va haj arkonin tamom ado qildilar. Alarg`a maraze oriz bo`ldi. Andog`ki, vido` tavofin ammori bila qildilar va andin Madinai muborakka mutavajjih bo`ldilar. Va yo`lda ashobin tilab imlo qilibdurlarki, [Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Sakkiz yuz yigirma ikkinchi sana, zul-hijja oyining to`qqizinchi – shanba kunida Allohu Taolo mukarram va muborak qilgan Makkadan chiqayotganimizda, ertalab kun yorishgan payti sufilar toifasining peshvosi Junayd q. t. s. oldimga keldi. Men o`sha payt mudroq holatda edim. Alloh undan rozi bo`lsin, Junayd o`zining ziyorati va bashorati haqida dedi: Bu haj qabuldir. Men bu so`zni eslab qoldim va uning bashoratidan xursand bo`ldim. Keyin mudroqlikdan sergak tortdim. Buning uchun Allohga hamd bo`lsin!)5
Andin so`ngra yana kalimot ham arabiy iborat bila imlo qilibdurlarki, tarjimasi bu bo`lurki, bu kalimai vohidaki, Sayyid ut-toifa Junayd q. s. din voqe` bo`ldi, kalimadur jome`ai tomma va bashoratdur shomilai omma bizga va avlodimizga va ashobu ahbobimizgaki hozir yo g`oyibdurlar. Aning uchunki, bizning qasdimiz bu izomi mashoir va ad`iyaki, har mahalu zdaqomda qilildi, barchaning diniy va dunyoviy masolihi erdi va ul qasd bu bashorat muqtazosi bila maqbul: [ne`matlariga yetkazgan va ziyoda mukofotlagan Allohu subhonahuga pok, muborak hamd bo`lsin!]6 Va oyning yigirma uchida chahorshanba kuni Madinag`a yetibdurlar va Hazrat Risolat s. a. v. din bashorat topibdurlar va ul imlo musavvadasin tilabdurlarki, anga nima orturg`oylar? Chun mutolaa qilibdurlar. Debdurlarki, ushbular-o`qdur va ortug`roq bitimaydurlar va panjshanba kuni Haqning jivori rahmatig`a vosil bo`lubdurlar va Mavlono Shamsuddin Fannoriy Rumiy va Madina ahli va qofila alarg`a namoz qilibdurlar va juma kechasi ul muborak manzilda nuzul qilibdurlar. Amir ul-mo``minin Abbos r. a. ning muborak marqadining jivorida dafn bo`lubdurlar. Va Shayx Zan-nuddin Xavofiy hazratlari Misrdin bir oq tosh yo`ndurub kelturub, ularning qabrining lavhi qilibdurlar. Oning bila soyir quburning tegrasidin mumtozdur. Siqotdin biriki, alarning farzandi Xoja Burhonuddin Abunasr r. a.ning maxsusi erdi, ulardin mundoq naql qildiki, ul vaqtdaki volidi buzurgvor favt qildi. Men boshlarn ustida hozir emas erdim. Chun hozir bo`ldum. Muborak yuzlarin ochtimkim, nazare qilayin. Ko`z ochib tabassum qildilar va mening iztirobim ortuq to`ldi. Oyog`lari sori «elib, yuzumni tobonlarig`a surttum. Oyog`larin yuqori torttilar. Chun alarning xabariki, Rasul s. a. v. Madinasida naql qilibdurlar. Ajam akobiridin ba`zig`a yetishti. Bu iborat buyurdikim, «ham anda uzaldiki, andin quvondi». Alarning murid va mu`taqidlaridin birov debdurki, alar Hijoz azimati qilurda vido` vaqti dedimki, Xoja, siz bordingiz? Dedilarki, borduq. Ularning tayyiba anfosidindurki, ashobdin biriga bitibdurlarki, bu faqirning xotiri doim sizning zohiriy va botiniy ahvolingizg`a nigoron bo`lur va alad-davom ul birodar nisbatig`a nazaroti be illati ilohiy shomildur: Sayyid ut-toifa Junayd q. s. debdurki, [karam ko`zi ochilsa, keyin kelganlarni oldin kelganlar bilan bog`laydi]7. Bovujud bu kubaroyi din qoshida q. a. mo``tabar asl budurkim, debdurlarki, ko`shishdin tortma qo`l va baxshishga muntazir bo`l! Va debdurlarki, bizning Xoja hazratlaridin so`rdilarki, tariqatni nima bila topsa bo`lg`ay? Dedilarki, shar` bila va yana [ovqatlanishda o`rtacha me`yor saqlansa, ya`ni o`ta to`q ham, o`ta och ham bo`lmasa!]8. Va manom taqlilida e`tidol tariqi bila ko`shish qilmaq, alal-xusus, [shom va xufton namozi orasidagi vaqtda quyosh chiqmasdan oldin, hech kimga bildirmay turmoq kerak]9. Tavajjuh bila o`ziga furu bormoq va xavotir nafyi alal-xusus tamanniy xotiri hol va moziy va mustaqbal nisbatig`a yaxshi muassirdir [qalbdan pardalarni ko`tarish uchun]10. Va yana: [til behuda gapdan sukut qilsa, qalb Alloh bilan tillashadi. Agar til gapga tushsa, qalb sukut qiladi. Sukut ikki xildir: tilning sukuti va qalbning dunyo andishalaridan sukut qilishi. Qimki, tilida sukut qilsayu qalbda sukut qilmasa, uning gunohi yengil bo`ladi. Kimki, tilda ham qalbda ham sukut qilsa, unga sirlar zohir bo`ladi, ulug` va qudratli Parvardigor unga tajalli qiladi. Kimki, tilida ham, qalbida ham sukut saqlamasa, shaytonning mulki va qo`g`irchog`i bo`ladi. Bundan barchamizni Allohning o`zi asrasin! Kimki, qalbda sukut qilib, tilda sukut qilmasa, behuda gapdan tiyiladi, hikmat tili bilan gapirguvchi bo`ladi. Allohu Taolo o`z fazlu karami ila ulardan bizni nasibador qilsin!] 11.
Abu Nasr Porso q. s. va alardin so`ngra alarning o`rnida shajarai toyyibalari:
453. Xoja Hofizuddin Abu Nasr Muhammad b. Muhammad b. Muhammad Hofiz Buxoriy r. t.
Erdiki, ulumi shariat va rusumi tariqat poyasin buzurgvor otasig`a yetku rub erdi va vujud nafni va mavjud bazlida alardin ham o`tkarub erdi va satri holu talbisda bir masobada erdilarkim, hargiz alardin zohir bo`lmas erdiki, bu yo`lg`a qadame urmish bo`lg`aylar va bu toifa ulumidin, balki soyir ulumdin mas`ala bilmish bo`lg`aylar va agar alardin savol qilsalar erdi, der erdilarki, kitobg`a ruju` qilali! Chun kitob kelturub, ochsalar erdi, to hamul mahalda chiqar erdi. yo maqsud varaqidin bir-ikki varaq yuqori yo qo`yi. Mundin taxalluf qilmag`ay erdi.
Bir kun alarning majlisida Shayx Muhiddin Arabiy q. t. s. zikri va oning musannafoti o`tar erdi. Buzurgvor otalaridin rivoyat qildilarki, alar der erdilarki, «Fusus» jondur va «Futuhot» ko`ngul. Va dag`i der erdilarki, har kim «Fusus»ni yaxshi bilsa, anga Hazrat Risolat s. a. v. mutoba`atining doiyasi qaviy bo`lur va alardin bu so`z noqili Hazrat Maxdumiy n. m. n. dur va bu haqir alar ashobu muridlaridin bir siqa! kishidin eshittimki, alarning husnu xulqi bobida dedikim, bir kun alarning tag`oyisiki, hofiz va xushxon kishi ermish bataxsis «Qur`on» o`qimoqda. Bir kun bir mulozimig`a g`azab qilib, nafsoniyat yuzidin safohat qilib so`kadur ermish. Alar yetibdurlar va oning g`azabi o`ti muntafi` bo`lmaydur. Alar anga iltimos qilibdurlarki, bizing uchun bir ushr «Qur`on» o`qung! Bu iltimos hech kimga yo`q der iltimos ermas, xususan, alardek buzurgvorg`a. Zaruratan «Qur`on» o`qumoq bunyod qilibdur. Bu latofat bila nahy munkar hech kishi yod bilmaski, kishini past martabadin ne biyik manzilg`a dalolat qilg`aylar va orada kulliy maqsud xud xo`broq vajh bila hosil bo`lg`ay va alar sakkiz yuz-etmish beshda dunyodin o`tdilar va qabrlari Balxdadur.
454. Xoja Hasan Attor r. t.
Alar Xoja Alouddin Attorning farzandidurlar. Qaviy jazbalari bor ermish. Va jazba tariqi bila har qachon har kimga tilasalar erkan, tasarruf qilurlar ermish va ani bu olamg`a, huzur va shuur maqomidin o`tkarib, bexudliq va beshuurliq olamig`a yetkurur emishlar. Va g`iybat va fano jomiki ba`zi suluk va mujohada ahlig`a ado sabili nadrati voqe` bo`lur, anga tutar ermishlar. Va oncha Movarounnahr va Xurosonda bu ishning toliblar orasida alarning bu isrofu tasarrufi muqarrar va mashhurdur. Har kim dastbo`sig`a musharraf bo`lsa ermish, bexud bo`lub yiqulur ermish va haqiqiy sakru fano davlati anga muyassar bo`lur ermish. Va derlarki, bir kun saboh uydin chiqqan ermishlar va g`olib kayfiyatlari bor ermish. Ul holda har kishiga ko`zlari tushubdur, kayfiyat va bexudlug` dast berib yiqilibdur. Alarning darveshlaridin biri muborak safar azimatig`a Hiriyga kelgan ermish. Ko`cha va bozor-dakim yurur ermish, elga andoq ma`lum bo`lur ermishki, o`z holida emas va anga botiniy kayfiyat g`alaba qilibdur. Hazrat Maxdum n. m. n. debdurlarki, bu silsilada azizeki, men alar suhbatig`a yetar erdim, alardin alarning holin istifsor qildim. Dedilarki, ul darveshning ishi budurki, doyim Xoja Hasanning suratin xotirda asrar va anga muroqib bo`lur, bu ish barakatidin alarning jazbasi anga asar qilib, bu nav` mag`lublig` va bexudlig` anga dast berur. Va alar andoqki, Xojalar silsilasidagi ba`zi azizlar bemorlar marazi yuki ostig`a kirib, bemor sihhat topib, alar ul bemorlig`ni tortarlar ermish. Hijoz safaridaki, Sherozg`a yetibdurlar, ul yerning akobiridin biri alar nisbatig`a irodat va ixlosi tamom ko`rguzub erkandur, anga maraze toriy bo`lg`ondur. Xoja aning iyodatig`a borib, maekur bo`lg`on dastur bila aning marazini qabul qilib, ul yuk ostig`a kiribdurlar va ul aziz sihhat topib dur va Xoja Hasan hazratlari mariz bo`lub, ul maraz bila olamdin o`tubdurlar; Va alarning bu voqeasi sakkiz yuz yigirma oltida qurbon hayitining dushanba kechasida voqe` bo`lubdur. Va na`shlarin Sherozdin Chag`oniyong`aki, otalarining madfani andadur, naql qilibdurlar.
455. Mavlono Ya`qub Charxiy q. t. s.
Asli Charx degan yerdindurlarki, G`azniyning kentlaridindur. Va Xoja Alouddin Attorning ashobidindur, balki Xojayi buzurgvor ashobidin ermish, Ul Hazrat olamdin naql qilg`ondin so`ngra Xoja Alouddin q. s. suhbatig`a yetibdur. Mavlono der ermishlarkim, avval qatlakim, Hazrat Xojai buzurgvor muborak suhbatlarig`a yetib, o`zni topshurduk, alar buyurdilarki, biz o`zlukumiz bila hech ish qilmasbiz, bu kecha ko`ralikim, seni radmu qilurlar, yo qabulmu? Mavlono debdurki, hargiz ul kechadin sa`broq kecha manga o`tmaydurkim, tong otquncha bag`rim yuz laxt qon erdikim, yo Rab, bu eshikni manga qabul bila ochqaylar, yo rad qilg`aylar. Alas-saboh chun Hazrat Xojayi buzurgvor subatlarig`a bordim, inoyat qilib dedilarki, qabul qildilar, ammo sen Alouddin suhbatida bo`lg`ungdur, debdurlar. Andin so`ngra men Badaxshong`a tushtum va Xoja Alouddin, Hazrat Xojayi buzurgvor q. s. vafotlaridin so`ngra Chag`oniyong`a kelib, mutavattin bo`ldilar. Va manga kishi yuborib, Hazrat Xojayi buzurgvor ishorat qilg`an so`zni izhor qildiladr. Va men alar xidmatig`a kelib, to alar hayotda erdilar, alar xidmatida bo`ldum. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. Hazrat Xoja Ubaydulloh q. s. din mundoq debdurlarki, alar Hazrat Mavlono suhbatig`a yetibdurlar va mundoq debdurlarki, Hirotda erdim, manga Hazrat Mavlononing xidmati doiyasi paydo bo`ldi. Chag`oniyon viloyatig`a mutavajjih bo`ldum va ko`p mashaqqat va mehnatdin so`ngra anda yettim. Va hamonoki tamom, yo aksar yo`lin yayog` bormish bo`lg`aylar. Va debdurlarki, chun alar suhbatig`a musharraf bo`ldum, alarning yuzida bayozeki, tab`g`a mujibi tanaffur bo`lg`ay, zohir erdi va manga qatig` demak siyosat libosida zohir bo`ldilar. Va ancha irik so`zlab, siyosat qildilarki, yaqin erdiki, alardin mening botinim munqate` bo`lg`ay. Bag`oyat mahzunu mag`mum bo`ldum. Yana bir qatlaki, alar suhbatig`a yetishtim, manga mahbubliq va jamoliyat suratida zohir bo`ldilarki, hargiz ul xo`blug` bila kishi ko`rmaydurmen. Va nihoyatsiz lutf ko`rguzdilar. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, bu mahaldaki Xoja xidmatlari bu so`zni deydur erdilar, mening nazarimg`a bir aziz surati bila ko`rundilarki, manga aning jonibi irodat va robitai tamom bor erdi. Va ul aziz olamdin o`tub erdi va filhol ul suratni xul` qildilar va hamonoki ul ish Xoja xidmatlarig`a ixtiyor va shuur bila voqe` bo`lub erdi erkin. U ma`no isbotig`aki, Hazrat Mavlonodin naql qildilar. Va derlarki, Hazrat Mavlono, der ermishlarki, tolibeki bir aziz suhbatig`a kelur. Xoja Ubaydullohdek kelmoq kerak, charog` muhayyo qilg`on va yog` va fatilani tayor yasagan, ham ul gugurd anga tutmak kerak. Xoja Ubaydulloh q. s. der emishlarki, Mavlono xidmatlari Hazrat Shayx Zaynuddin Xavofiy xidmatlari bila Mavlono Shihobuddin Sayrafiy qoshinda hamsaboq erkandurlar. Bir kun mendin so`rdilarki, derlarki, Shayx Zaynuddin vaqoe` hallig`a va maqomot ta`birig`a ko`p ishtig`ol ko`rguzurlar. Dedim, bale, andoqdur. Mavlono soate o`zlaridin g`oyib bo`lurlar erdi. Chun hozir bo`ldilar, bu baytni o`qidilarki,
b a y t:
[Oftobning quliman, oftobdan gapiraman, tun
ham, tunparast ham emasman, uyqudan gapirsam]1.
[Oftobning quliman, oftobdan gapiraman, tun
ham, tunparast ham emasman, uyqudan gapirsam]1.
456. Xoja Alouddin G`ijduvoniy q. s.
Xoja Ubaydulloh debdurlarki, Xoja Alouddin G`ijduvoniy buzurgvor Xojaning ashobidin ermish. Va Hazrat Xoja ani Hazrat Xoja Muhammad Porso suhbatlarig`a amr qilg`ondurlar. Va azim istig`roqi bor ermish. Va bag`oyat shirintakallum ermish. Goh bo`lur ermishki, so`z aytadurg`onning orasida o`zdin g`oyib bo`lur ermish. Xoja Muhammad Porso q. s. muborak safarg`a azimat qilg`onda ani ham o`zlari bila eltibdurlar. Samarqand akobiridin biri aytibdurkim, Xoja Albuddin bag`oyat qari va zaif bo`lubdur, andin hech ish kelmas, agar ani qo`yub borsangiz bo`lur. Xoja debdurlarki, aning bila hech ishimiz yo`qdur, mundin o`zgakim, har qachon ani ko`rsak, Xojalar nisbati xotirg`a kelur.
457. Mavlono Nizomuddin Xomush q. s.
Xoja Alouddin Attor ashobidindur. Va tahsil avonida Xojai buzurgvorni Buxoro ulamosidin birining majlisida ko`rgan ekandur. Andin so`ngra Xoja Alouddin suhbatig`a yetibdur. Avoyilda anvo`i riyozotu mujohadotg`a mashg`ul bo`lur erkandur. Va nafs tazkiyasi va ko`ngul tasfiyasig`a ko`p jidd ko`rguzur erkandur. Va debdurki, avval qatlaki, Xoja Alouddin suhbatig`a bordim, Xojai buzurgvor ashobidin biri alarning eshikida o`lturub erdi. Manga dediki, vaqt bo`lmadiki, zuhdu pokizaliklaringdin chiqqaysen? Bu so`z menga og`ir keldi, ammo Xoja qoshig`a kirganda alar ham ushbu so`zni dedilar, vale manga og`ir kelmadi. Hazrat Mavlono Sa`duddin Koshg`ariyning alardin ko`p naql-lari bor «Nafohot ul-uns»da. Va ul jumladin biri budurkim, debdurlarki, bir kecha inkor ahlidin biri alar borasida so`zlar aytadur erdi va men muqobalada javoblar aytadur erdim, andoqki so`z uzoqqa tortti. Va ul yerdinki, biz erduk, alarning manzilig`acha uzoq yo`l erdi, andoqki imkon yo`q erdiki, so`z eshitilg`ay. Tong erta alar xidmatig`a chun bordim, dedilarki, kecha sening unung bizni tashvishga soladur erdi. Har kishi har ne desa, javob berma va o`z ishingga mashg`ul bo`l! Hazrat Maxdumi n. m. n. Hazrat Xoja Ubaydulloh q. s. din naql qilibdurlarkim, alar debdurlarki, bir kun alar xidmatig`a boradur erdim. Yo`lda manga oshnolardin biri yo`liqti va so`zga tutti, hamonoki, ul kishi chog`ir ichib erdi. Chun alar xidmatig`a yettim, dedilarki, magar sen icharsen? Dedim: yo`q. Dedilar: pas sanga ne holdur? Dedim: Yo`lda bir mast yo`luqti, meni so`zga tutti. Dedilar: pas bu aning holidurkim, sanga qolibdur.
458. Xoja Ubaydulloh Imom Isfahoniy q. s.
Ul dag`i Xoja Alouddin ashobidindur. Ul debdurki, avval qatlaki Xoja majlisig`a yettim, bu baytni o`qidilarki,
b a y t:
[O`zingdan kech, kamol faqat budur,
Mutlaq foniy bo`l, visol faqat budur]1.
[O`zingdan kech, kamol faqat budur,
Mutlaq foniy bo`l, visol faqat budur]1.
Ba`zi risolasida Aloiya toifasining tavajjuhi tariqin zikr qilibdurki, alarning botiniy nisbatlarnning parvarishi andoqdurki, har qachon tilasalarqi, anga ishtig`ol ko`rguzgaylar, avval ul kishining suratinki, bu nisbatni andin topibdurlar, xayol qilg`aylar, ul zamong`achakim, ma`hudi harorat va kayfiyatlari asari paydo bo`lg`ay. Andin so`ngra ul xayolni nafy qilmag`aylar, balki asrag`aylar. Va ko`z va quloq va barcha quvo bila ul xayol bila ko`ngulda mutavajjih bo`lg`aylarki, haqiqati jomi`ai insoniy iborat andindurki, majmu` koinoti ulvi va suflidin aning mufassalidur. Agarchi ul ajsomg`a hululdin munazzahdur, ammo chun aning bila bu qit`ai lahmi sanavbari orasida nisbati bor. Ko`z va xayol va barcha quvoni anga kelturmak kerak va aning hoziri bo`lmoq va ko`ngul eshikida o`lturmoq. Bizga shak yo`qturki, bu holatda g`iybat kayfiyati va bexudlig`i yuz ko`rguzaboshlar. Ul kayfiyatni bir yo`l farz qilmoq kerak va aning keynicha bormoq kerak. Va har fikrki kirsa, qalb haqiqatig`a mutavajjih bo`lub, ul fikrni nafyi qilmoq kerak. Va ul nimaga mashg`ul bo`lmoq kerak va ul mujmalg`a kulliy qochmoq kerak. Va to ul nafyi bo`lg`uncha, ul shaxs suratig`a iltijo qilmoq kerak. Va ani lahzae asramoq kerak, to yana ul nisbat paydo bo`lg`ay. Ul zamon xud ul surat nafy bo`lur, ammo kerakki, shaxs ul surati mutavajjihin nafy qilmag`ay. Va ham ul kalimai tayyiba ma`nosida debdurki, nafyi ashyo kasrat va suvarin ul ayni vohidg`aki, barcha soliklarning maqsudu matlubndur, roji` qilmoqdin iboratdur. Va isbot barcha suvarni ul ayni vohidda mushohada qilmoq va bularni aning ayni ko`rmakdin iboratdur. Pas «Lo iloha», ya`ni bu suvari muta-vahhima g`ayriyati manfiydur va roji` ham ul bir aslg`adur. Va «Illalloh», ya`ni bu vohid ma`nodurkn, bu suvar bila ko`runur, vallohu a`lam.
459. Mavlono Sa`duddin Koshg`ariy q. s.
Avoyili holda ulum tahsilig`a mashg`o`l ermishlar va mutadovila kutubni ko`rgon ekandurlar va suvari jamiyatlari ham bor ekandur. Chun bu tariq doiyasi paydo qilibdurlr tark va tajrid qilib, Mavlono Nizomuddin suhbatlarig`a ulanibdurlar. Der ermishlarki, necha yildin so`ngraki, alar xizmatida erdim, menga Makka safari dag`dag`asi paydo bo`ldi. Chun alardin ijozat tiladim. Alar dedilarki, har necha boqadurmen, bu yil seni hojilar qofilasida ko`rmaymen va mundin burun voqealar ko`rub erdimki, andin ko`p mutavahhim erdim. Alar deb erdilarki, ko`rqma, chun borursen, ul voqealaringni Mavlono Zaynudding`a aytki, mutasharre` kishidur va sunnat joddasida sobit. Va murodlarn bu so`zdin Hazrat Shayx Zaynuddin Xavofiy ermishki, ul kun Xurosonda shayxuxat va irshod masnadida mutaayyin ermishlar. Mavlono debdurlarki, chun Xurosong`a keldim va hajg`a bormoq, andoq Mavlono Nizomuddin q. s. deb erdi. Necha vaqt tavaqqufg`a qoldi va ko`p yildin so`ngra muyassar bo`ldi. Chun Shayx xizmatig`a yetishtim. Ul voqealarni arz qildim. Dedilarki, bizning bila ban`at qil va bizing irodatimiz qaydig`a qil! Men dedim: Azizeki, men bu tariqni andin qabul qilibmen, hanuz hayot qaydidadur. Siz amin va murshidsizki, bu toifa tariqida bu joyizdur. Andoq qilai. Shayx dediki, istixora qil! Men dedimki, istixoramg`a e`timodim yo`qtur. Siz istixora qiling! Shayx dediki, ham biz istixora qiloli, ham sen istixora qil! Chun kecha bo`ldi, istixora qildim. Ko`rdimki, xojalar tabaqasi Hiriy ziyoratgohig`aki, ul vaqt shayx anda ermishlar kiribdurlar, daraxtlarni qo`ng`oradurlar va tomlarni yiqadurlar va qahru g`azab osori alarda zohirdur. Bildimki, ishorat ul ish man`ig`adur. Xotirim jam` bo`ldi va osudalig` bila oyog`imni uzotib, uyqug`a bordim. Chun tonglasi Shayx majlisig`a keldim. Ondin burunki, men voqeamni arz qilg`aymen, Shayx dediki, tariq birdur va barcha birga-o`q qayturlar. Hamul o`z tariqing bila ishga mashg`ul bo`l! Agar voqea yo mushkile olling`a kelsa, bizg`a aytg`il, qilaolg`oncha madad qiloli! Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, Mavlonog`a ul ma`noki anga mashg`ul bulurlar g`alaba va istilosi zohir erdi. Oz tavajjuh bila g`aybat osori va bexudlug` kayfiyati yuz ko`rguzur erdi. Kishikim, ul holdin voqif ermas erdi, sog`inur erdiki, alarning uyqusi keladur. Avoildakim, alar suhbatig`a yettim. Masjidi Jome`da alar xizmatida o`lturub erdim. Alarg`a hamul g`aybat holi yuzlandi. Men gumon qildimki, alarg`a uyqu keladur. Dedimki, bir soat istirohatg`a ishtig`ol ko`rguzulsa yiroq emas. Alar tabassum qilib dedilarki, magar aqidang yo`qdurki, bizga uyqudin o`zga amre bor. Bir kun ayturlar erdi: darveshlardin ba`zi derlarki uyqu bila uyg`og`liq orasida farq mundin o`zga yo`qdurki, o`zda xiffateki, uyqudin so`ngra bo`lur toporlar. Yo`q ersa, alarning mashg`ulluqlarining kayfiyati uyquda va uyg`og`liqda bir tariqa biladur. Balki uyqudakim, ba`zi mavone` murtafe` bo`lur sofiyroq va qaviyroq bo`lur va menga gumon andoqdurki, ulcha ayturlar erdi, ishorat o`z hollarig`a erdi, vallohu a`lam. Darveshlardin biriki, alar suhbatig`a yetar erdi, mundoq hikoyat qildiki, menga va`z majlisidaki, darveshlar maoriflari o`tar erdilar. Ko`p tag`ayyur voqe` bo`lub, ko`p sayha va faryod qilur erdim va andin asru mahjub bo`lur erdim. Bir kun bu holni alarg`a dedim. Ayttilarki, har qachon senga ul tag`ayyur voqe` bo`lsa, bizni yodingg`a keltur! Ul vaqtki, alar Hijoz safarig`a borib erdilar. Manga madrasalardin biridaki, bir aziz anda va`z aytur erdi, tag`ayyur bo`lmoq og`ozi bo`ldi. Alarg`a tavajjuh qildim. Ko`rdumki, madrasa eshigidin kirdilar va mening qoshimg`a yettilar. Ikki iliklarni egnimga qo`ydilar. Men o`zumdin bordim va behush yiqildim. Ul vaqtki o`z holimga kelib erdim, va`z majlisi tugonib erdi va ul xalq tarqab erdilar va kunas mening ustumga yetib erdi va ul kun ramazonning so`nggi panjshanbasi erdi. Oni ko`nglumda asradimki, alar Makkadin kelsalar, alarg`a aytqaymen. Chun alar Makkadin tashrif kelturdilar va alar xizmatig`a musharraf bo`ldum. Jame` alar xizmatida erdilarki, bu so`zni alarg`a ayturdin mone` erdilar ayta olmadim. Alar mening sori boqib dedilarki, panjshanbae erdiki, oning bila iyd orosida yana panjshanba yo`q erdi. Alar sakkiz yuz oltmishda jumad ul-oxir oyining yettisida chorshanba kuni dunyodin o`ttilar.
460. Xoja Ubaydulloh q. s.
Hazrat Maxdumi n. m. n. «Nafahot ul-uns»ni bitirda zamon mashoyixu akobirdinki hayot qaydida erdilar Hazrat Xoja Nosiruddin Ubaydullohdin o`zga kishi ul tabarruk kitobda zikr qilmadilar va alar zikru manoqibida aytilg`onning tarjimasi budurkim, oyot mazhari va karomot va valoyot majmai Xojalar tabaqasig`a iltiyom robitasi va intizom silsilasi ul sharif qavmg`a q. t. a. Hazrat Xoja va alarning muxlislari va niyozmandlaridurlar. Umid uldurkim, alarning sharif vujudlari barakatidin bu sharif silsilaning iltiyom va intizomi ilo yavmil qiyom imtidod topqay. Har necha bu faqirdin bu nav` so`zlar amsoli go`stoxliq surati topar, ammo har necha o`zum bila andisha qildim. Uzumdin oni topa olmadimkim, xotir anga qaror bera olmag`aymenki, bu majmu`aki, munung jam`idin maqsud bu toifaning maorifining zikri va manoqibining nashridur, alarning zikridin xoli bo`lg`ay. Lojaram bu sharif silsilaning manoqibi sharhin va ahvolin alarning ba`zi qudsiya kalimotlari bilaki, maorif nigorxonalarining raqamzadasi bo`lubdur, miskiyat ul-xitom qilildi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. kim alar vasfida bu nav` nukta surubdurlar, alarning maorifidin ba`zi so`z kelturubdurlar. Chun so`z bag`oyat daqiqu biyik erdi va bu bebizoatning fahmi va idroki andin qosir. Alarning ba`zi holotiki, bu haqirg`a mavhum va yaqin erdi anga shuru` qilildi. Alarning mavlidi Toshkandur va otalari darvesh kishi ermish va ona tarafidin hamonoki, Shayxi Tahurki, ul viloyatda mutaayyin shayx ermish, anta yetarlar va o`zlarida bu ish choshnisi tufuliyat ayyomidin bor ermish. Yigit bo`lg`ondin so`ngrakim, sayohatg`a qadam qo`yubdurlar. Ko`p mashoyix va avliyo xizmatig`a yetib, suhbatlarig`a musharraf bo`lubdurlar, Xuroson mashoyyxidin Hazrat Mirsayid Qosim Anvor q. s. xizmatlarig`a yetibdurlar va Shayx Bahouddin Umar r. t. mulozamatig`a musharraf bo`libdurlar va Shayx Zaynuddin Xavofiy suhbatig`a yetibdurlar va Mavlono Muhammad Asad va Mavlono Sa`duddin Koshg`ariy bila suhbat tutubdurlar va Movarounnahr mashoyixidin Xoja Muhammad Porso mulozamatig`a yetibdurlar va Xoja Abu Nasr suhbatig`a yetibdurlar va Mavlono Nizomuddin Xomush bila suhbat tutubdurlar. Mavlono Ya`qub Charxiy q. s. din irshodlar va tarbiyatlar topibdurlar va so`ngralar Hazrat Xojag`a oncha muknat dast berdiki, ma`lum emaski, mashoyixdin hech kimga ul dast beribdur yo yo`q. Mulkka ajab istilo va salotin va mulukka g`arib isrofu hukm, Movarounnahr salotini o`zlarin alarning muridzodalari va. mahkumi hukmi tutorlar erdi. Yo`qki, yolg`uz Movarounnahr salotini, balki Xuroson va Iroq va Ozarbayjon, hattoki bir soridin Rum va Misrg`acha va bir soridin Xito va Hindg`acha barcha muluk va salotin o`zlarin Xojaning mahkumi hukmi va ma`muri farmoni tutarlar erdi va ruq`alari bu saloting`a oncha muassir erdikim, alarning ahkomi o`z xuddomig`a bo`lmag`ay va Hazrat Xojaga zohir jam`iyati barcha abnoi zamondin ko`prak voqe` erdi. Andoqki, botin jam`iyatidag`i barcha abnoi zamondin balki ko`p, moziy mashoyixdin dog`i hamonoki ortug`roq erdi va bu haqir bila iltifotlari ko`p bor uchun vahyi osor ruq`alari bila musharraf qilib, ishlarga ma`mur qilurlar erdi.
Ul ruq`alarni muraqqa` yasab, mujallad qilib, jadval va takallufot bila tabarruk yo`suni bila asrabmen. Umidim ulki, alarning barakotidin bu ishning zavqi va talabi nasib bo`lg`ay. Alarning yoshi to`qsondin olti oy o`ksuk erdi. Sakkiz yuz to`qson to`rtda dunyodin o`ttilar. Alarning ashobidin irshod va talqing`a musharraf bo`lg`onlardin Mavlono Qosim va Mavlono Xoja Ali va Mavlono Mir Husayn va Mavlono Mir Muhammad va Mir Abdulavval va Mavlono Burhonuddin va Mavlono Lutfulloh va Mavlono Husayn Turk va darvesh Ahmad Jomiy erdi va yana dog`i darveshlar bor erdilar va muxtasarda munchasi sobit bo`ldi.
461. Mavlono Qosim q. s.
Hazrat Xoja Ubaydullohning kibor ashobidindur. Anjumanda hamdam va xilvatda mahram. Asli Farkat navohisidindur. Ellik yilg`a yaqin ul Hazrat xizmatin andoq qildikim, hargiz alarning muborak xotirlarig`a andin g`ayri muhabbat va iltifot voqe` bo`lmadi va Mavlono Qosimni salotin xizmatig`a ba`zi arbobi hojot muhimmoti uchun yiborur erdilar va salotin istiqbol qilib, ta`zim bila o`lturtub, har ne alar ul Hazratdin risolat qilsalar erdi, minnat tutub, hamul nav` e`zoz bila uzoturlar erdi va Mavlono ul nav` foniy va maqbul kishi erdikim, oni ko`rgon kishi giriftor bo`lur erdi.Ul jumladin, biri buhaqirdurkim, alarni ul Hazrat musulmonlar maslahati uchun Movarounnahrdin Hurosong`a risolat rasmi bila yiborib erdilar va bu faqir hamul kelganlarida ko`rub, alarning volihi bo`lib erdi. Ul ishni yasab, azim e`zoz va ikromlar topib bordilar. Alarning yoshi yetmishdin o`tub erdi. Olamdin o`tganlari bu nav` erdikim, Hazrat Xojaning azim za`flari bor erdi va so`l yonlarida bir sanchiq emishki, barcha atibbo va xalq hayotlaridin tama` munqati` qilg`an ermishlar. Mavlono ul holni ko`rub, andoqki Xojalar xonavodasi ahli ba`zi dilxoh elning marazining yuki ostig`a kirib ul yukni qo`torib, mariz sihhat topar va ul kishi ul marazni tortar. Mavlono Qosim dog`i Xojaning boshig`a evrulub, ul marazni qabul qilib, og`riq yuki ostiga kirib, ul yukni ko`tarib, Hazrat Xoja hamul vaqtda sihhat topib, Mavlononing hamul so`l yonig`a hamul sanchig` turub, bir hafta hamul marazg`a giriftor bo`lub, jonlarin Xojalarig`a fido qildilar.
Bir kun bu haqir Hazrat Maxdum n. m. n. xizmatlarida erdim va Xojai buzurgvor ashobidin so`z o`tadur erdi. Haqir ul Hazratdin savol qildimkim, alarning ashobidin bu tariqda alarning irshodi bila mu vofiq suluk qilib, faqr tariqida martaba hosil qilg`on va fano rasmida yorug`luq topib, o`zluk zulmatidin xalos bo`lg`an ulki, sizing muborak xotiringizg`a zohirdur, kimlar erkin? Alar dedilarkim, barcha bu tariqda yaxshi suluk va ravishlar qilibdurlar. Ammo biz Mavlono Qosimni bag`oyat vorasta kishi topibbiz. Haq s. t. bu tabaqaning ahli irshodidin toliblarg`a barchani o`z fazlu karami bila daryoyi rahmatig`a g`ariq va o`z bavoriqi qurbig`a hariq qilg`ay. Omin, yo Rabbal-olamin.
462. Abulhasan Bustiy r. t.
Ul Xoja Yusuf Hamadoniydek Shayx Abu Ali Formadiyning ashobidindur. Va bu mushkil va mashhur ruboiy andoqki, Ayn ul-quzot Hamadoniy rasoyilidin ma`lumdur, aning dururkim,
R u b o i y:
[Dunyoning pinhonlariyu jahonning asliii ko`rdik va illatu ordan oson kechdik. U qora nur, gunohning qora nuqtasi emas, undanda kechdik. Unisi ham bunisi ham qolmadi]1.
463. Shayx Hasan Sakkok Simnoniy q. s.
Ul shayx Abulhasan Bustiining ashobidindur. Va Sakkokiya xonaqohiki, Simnondadur va Hazrat Abulmakorim Shayx Ruknuddin Alouddavla q. t. s. kim, avoyilda anda bo`lur erkandur va arba`inot anda chiqaribdur va ba`zi amlokin anga vaqf qilibdur, anga mansubdur. «Nafahot»da mundoqdur.
464. Muhammad Hammuya Juvayniy q. t. s.
Kuniyati Abu Abdullohdur. Ul ham Shayx Abulhasan Bustiyning ashobidindur. Va zohiriyyu botiniy ulumi bila orosta erkandur. Ayn ul-quzot maktubotidin birida debdurki, oz kishi bu toifadin zohiriy ulum bilg`ay, Xoja Imom Abu Homid G`azzoliy va qardoshi Shayx Ahmad G`azzoliy bu jumladindur. Va Xoja Imom Muhammad Hammuya dog`n Guyonda bu jumladindur, ne bilayki ilm bilgay va buzurglardindur. Va anga bu toifa sulukida tasavvufda «Salovat ut-tolibii» otlig` tasnifdurki, anda bu tariqdin ko`p haqoyiq va daqoyiq darj qilibdur.
465. Ayn ul-quzot Hamadonyy q. s.
Kuniyati va oti Abulfazoyil Abdulloh b. Muhammad b. Mayonajiydur. Ayn ul-quzot laqabidur. Shayx Muhammad Hammuya bila suhbat tutubdur. Va Shayx Imom Ahmad G`azzoliy q. s. ning murididurur va suvariy va ma`naviy fazoyili musannafotidin ma`lumdur. Ne arabiy va ne forsiy onchakim, haqoyiqu daqoyiq kashfi va sharhi ul qilibdur, bu toifadin oz kishi qilmish bo`lg`ay. Va ondin xavoriqi odot ihyoyu amvotqacha zuhurg`a kelibdurlar. Va aning bila Shayx Imom Ahmad G`azzoliy q. s. orasida ko`p mukotabot va murosalot bor. Ul jumladin biri «Ayniyya» risolasidurkim, Hazrat Maxdumi n. m. n. debdurki, imom anga bitibdurki, ravonlig` va salosatda aytsa bo`lurki, naziri yo`qdur. Va Ayn ul-quzot «Zubdat ul-haqoyiq» kitobida bitibdurki, andin so`ngra rasmiy ulum guftu go`yidin malul bo`ldum. Hujjat ul-islom musannafoti mutolaasig`a mashg`ul bo`ldum va to`rt yilg`acha ishtig`olim munga erdi. Chun maqsudumni andin hosil qildim, sog`indimki, asli maqsudnmg`a yetdim.
B a y t:
[Zaynab va Rubob manziliga tush va joylashib olki, u yer yoru do`stlarning istiqomat joyidur]1.
Va yaqin erdiki, talabni tark qilg`aymen va ma`lum qilg`onimg`a iktifo ko`rguzgaymen. Bir yil bu maqomda qoldim. Nogoh Sayyidiy va mavloyi shayxul-islom sulton ut-tariqa Ahmad bin Muhammad G`azzoliy r. t.
Hamadong`akim, mening asli vatanimdur, keldi va aning suhbatida yigirma kunda manga bir nima zohir bo`ldiki, mendin va talabimdin o`zga hech nima boqiy qo`ymadi, illo moshoalloh. Va manga emdi hech ish yo`qdur, fano talabidin o`zga ul nimada. Va agar Nuh umri topsam va bu talabda fano qilsam, hech ish qilmamish bo`lg`aymen. Va ul nima olamni ihota qilibdur. Ko`zum hech nimaga tushmagayki, aning yuzin anda ko`rmagaymen. Har nafaski, istig`roqim anda ortmag`ay manga muborak bo`lmasun.
466. Shayx Baraka r. t.
Ayn ul-quzot r. o`z musannafotida andin hikoyat aytur. Bir yerda debdurki, Baraka fotiha va bir necha suradin o`zga Qur`ondin bilmas va ani ham qoida sharti bila o`qiy olmas. Va «qola yaqulu» o`qimaydur va bilmas. Va Hamadoniy til bila mavzun so`z ayta olmas: Va men bilurmenki, Qur`on ul bilur durust va men bilman, magar ba`zini. Ba ul ba`zini ham tafsir va aning g`ayridin bilmanmen, aning xidmati yo`lidin bilurmen. Va yana bir yerda debdurki, Hazrat Xoja Imom Shayx Ahmad G`azzoliy q. s. din eshittimki, dediki, Hazrat Shayx Abulqosim Gurgoniy r. t. hargiz iblis demas erdi. Har qachon aning oti mazkur bo`lsa erdi, Xojai xojagon va Sari mahjuron der erdi. Shayx Baraka chun eshitti, dediki, Sari mahjuron degani yana bir fiqra yaxshiroqdur.
Yana bir yerda debdurki, Baraka r. a. dediki, birovning bir farzandi bor erdi. Andin so`rdiki, ey farzand, hargiz rishgov bo`lubsen? Ul dediki, rishgov kimdur? Dedi uldurki, har saboh uyidin chiqsa, ayturki, bu kun bir ganj topsam! Debdurki, ey ota, to men bor ekanmen, rishgov ekanmen.
467. Shayx Fatha r. t.
Ayn ul-quzot q. s. musannafotida Shayx Fathadii hiqoyat qilur! Bir yerda debdurki, Fatha ayttiki, Haq s. t. din shar yetmas. Va yana bir yerdakim, Baraka q. s. din eshittimki, Fatha der erdiki, Iblis dediki, mendin siyoh gilimroq Fathadur. Va bu so`zdin so`ngra yig`ladi. Va yana bir yerda debdurki, chun murshidlar va pirlar komil bo`lsalar, bilurlarki, har murid qaysi maqomg`acha yetaolur, andoqki Fatha aytur erdi. Va andin ko`p eshitib erdiki, falon falonning qadamig`a yetkusidur va falon falonning, vallohu taolo a`lam.
468. Shayx Ziyouddin Abunnajib Abdulqohir Suhravardiy q. s.
Zohir va botin ulumida komil ekandur. Ko`p tasnif va ta`lifi bor. Nisbati o`n ikki vosita bila amir ul-mo``minin Abubakr Siddiq r. a. ga yetur. Va tasavvufda nisbati Shayx Imom Ahmad G`azzoliy q. s. dur.
Ul «Adab ul-muridin» kitobida kelturubdurki, [agar faqirlik ko`ngul rizosi bilan bog`liq bo`lsa, boylikdan afzalligiga ittifoq qilishgan. Bir kishi «Beruvchi qo`l oluvchi qo`ldan yaxshiroqdir» – deb, payg`ambar a. s. so`zini dalil keltirsa, unga aytiladi: «Beruvchi qo`l o`zida borini berish bilan fazilatga ega bo`ladi. Oluvchi qo`l borini hosil qilish bilan nuqson topadi».
Ammo saxovat va ehsonning afzalligi faqirlikning fazilatiga dalildir. Kimki, boylik, infoq-ehsonni faqirlikdan afzal desa, go`yo tavba sharofatidan gunohni toatdan afzal bilgan odamga o`xshaydi]1. Va Imom Yofi`iy tarixida debdurki, Shayx Abunnajib q. s. ashobidin biri dediki, bir kun Hazrat Shayx bila Bag`dod bozoridin o`tar erduk. Bir qassob do`konig`a yettuk, bir qo`y osig`liq erdi. Shayx ko`zi ul qo`y sari tushgach dediki, bu qo`y aytadurki, meni o`lturmaydurlar, o`zum o`lubmen. Qassob bu so`zdin bexud yiqildi. O`ziga kelgach, Shayxning qavli sidqig`a iqror qildi va toyib bo`ldi. Va Shayx Abunnajib Suhravardiy besh yuz oltmish uchda bu olamdin o`tubdur.
469. Shayx Ammor Yosir q. r.
Shayx Abunnajib Suhravardiyning ashobidindur, Noqislar takmilida va muridlar tarbiyatida va alarning vaqoe` kashfida bag`oyat komil ermish. Shayx Najmuddin Kubro q. s. «Favotih ul-jamol» otlig` kitobida kelturubdurkim, chun Shayx Ammor Yosir xidmatig`a yettim va aning izni bila xilvatqa kirdim, xotirg`a keldikim, chun ulumi zohiriy iktisobin qilibmen, g`aybi futuhot dast bergandin so`ngra ani minbarlar ustida Haq subhonahu toliblarig`a yetkurgaymen. Chun bu niyat bila xilvatqa kirdim, xilvat tamom muyassar bo`lmadi va chiqdim. Shayx dedikim, avval niyating tashihin qil, andin so`ngra xilvatqa kir! Aning botinining nurining partavi ko`nglumga tushdi, kitoblarimni vaqf qildim va liboslarimni fuqarog`a ulashdim, bir jubbadin o`zgakim kiyib erdim: Va dedimkim, bu xilvatxona mening qabrimdur va bu jubba kafanim, manga yana tashqari chiqmoqning imkoni yo`qdur. Va azm qildimkim, agar manga chiqmoq doiyasi g`olib bo`lsa, kiyganimni yirtayin, to sotiri avrat qolmag`ay va to istihyo xuruj man`i bo`lg`ay. Shayx manga boqdi va dediki, kirgil, niyatni durust qilding. Chun kirdim, xnlvat itmomi dast berdi. Shayxning himmati yumnidin futuhot eshiklari yuzumga ochildi.
470. Shayx Ro`zbexoni Kabir Misriy r. t.
Goziruniyul-asldur, ammo Misrda bo`lubdur. Shayx Abunnajib Suhravardiy q. s. muridlaridindur. Aksar avqot istig`roqda bo`lur ermish. Va Shayx Najmuddin Kubro aning suhbatig`a yetibdur va anda riyozatqa mashg`ul bo`lubdur va xilvat o`lturubdur. Va Shayx Ro`z-bexoni Kabir alarni quyavliqqa qabul qilib, alarg`a Shayxning qizidin ikki o`g`ul bo`lubdur. [Majduddin Bag`dodiyning «Tuhfat ul-bararah» kitobida yozilgan: «Shayximiz Abuljanobdan eshitdim. U kishi Misrda Ro`zbexonning shunday deganini eshitdim, deydi: «Menga bir necha marotaba «namozni tark qil, sen bunga muhtoj emassan»,– deyildi. Men: Ey Rabbim, bunga toqat qilolmayman, menga boshqa narsani taklif qil”,– dedim]1.
471. Shayx Ismoil Qasriy q. s.
Ul ham Shayx Abunnajib Suhravardiy ashobidindur. Va Shayx Najmuddin Kubro q. s. aning suhbatig`a yetibdur va aning iligidin xirqa kiyibdur. Va ul Muhammad Monkildin va ul Muhammad b. Dovud al-ma`ruf bi-Nodim ul-fuqarodin va ul Abulabbos Idrisdin va ul Abulqosim Ramazondin va ul Abu Ya`qub Tabariydin va ul Abu Abdulloh b. Usmondin va ul Abu Ya`qub Nahrajuriydin va ul Abu Ya`qub Susiydin va ul Abdulvohid b. Zayddin va ul Kumayl b. Ziyoddin q. t. a. va ul amir ul-mo``minin Ali b. Abu Tolib r. t.din va alar Hazrat Risolat s. a. v. din. [Ba`zi asarlarida Shayx Ruknuddin Alouddavla Simnoniy, Alloh ruhini muqaddas qilsin, shunday zikr qilgan]1.
472. Shayx Najmiddin Kubro q. t. r.
Kuniyatlari Abuljanobdur va otlari Ahmad b.
Umar Xevaqiy va laqablari Kubrodur. Va debdurlarki, alarg`a Kubro andin laqab bo`ldiki, yigitlik avonidakim, zohir ulumi tahsilig`a mashg`ul ermishlar, har kim bilakim, munozara va mubohasa qilsalar er-mish – ul kishiga g`olib bo`lurlar ermish. [Shuning uchun unga «Tommat ul-kubro» laqabini berdilar. U ancha vaqtgacha shu laqab bilan atalib keldi. Keyinroq «tomma» so`zini qoldirib, «Kubro» deb atay bosh-ladilar. Mana shu vajh to`g`riroqdir. Buni uning rostgo`y, ishonchli ashoblari naql qilgan]1. Va alarni Shayx Valitarosh ham debdurlar. Oning uchunki, vajdu hol g`alabotida muborak nazarlari har kimga tushsa, valoyat martabasig`a yetar ermish.
Bir kun bir tojir tafarruj rasmi bila Hazrat Shayx xonaqosi eshigiga borg`on ermish va ul Hazratqa qaviy holate ermish, muborak nazarlari ul bozirgong`a tushmish. Filhol valoyat martabasi anga hosil bo`lmish. Shayx anga irshodu talqin ijozati bitib, o`zi mulkiga uzatmishlar, to ul mulkda xaloyiqni Tengriga irshod qilg`ay. Bir kun ul Hazrat majlisida Ashobi kahf ahvolianing taqriri va tahqiqi o`tar erdi. Shayx Sa`diddin Hamaviy q. s.ki, Hazrat Shayxning ashobidindur, xotirig`a o`ttikim, oyo bu ummatda andoq kishi o`lg`aymukim, suhbati itga asar qilg`ay? Hazrat Shayx karomot nuri bila ma`lum qildilar va qo`pub xonaqoh eshigiga borib turdilar. Nogoh bir it yetishdi va quyrug`in tebratadur erdi. Alarning mubarak nazarlari ul it sori tushdi. Filhol baxshish topib, mutahayyir va bexud bo`lub, shahrdin yuz evurdi va go`ristong`a mutavajjih bo`ldi va boshin yerga surtar erdi. Debdurlarki, har yon borsa, kelsa erdi, ellik-oltmishqa yaqin it oni erishib, ondin ayrilmaslar erdi va qayda sokin bo`lsa, tegrasida halqa urub, iliklarin ilik ustiga qo`yib, un chiqarmaslar erdi va nima yemaslar erdi va hurmat bila turarlar erdi. Oqibat ul yaqinda o`ldi. Ul Hazrat buyurdilarki, oni dafn qildilar va qabri boshida imorate yasadilar. Hazrat Shayx Tabrizda «Muhyis sunna»ning shogirdlaridin biri qoshidaki, oliy sanadi bor ermish «Sharh us-sunna» kitobi o`qur erdi. Chun oxirlarig`a yetti. Bir kun ustod huzurida jam`i aimma bila o`lturub «Sharh us-sunna» o`qur erdi. Darveshe kirdiki, tanimaslar erdi. Ammo aning mushohadasidin Shayxqa tag`ayyur yo`l topdi. Andoqki qiroat majoli qolmadi. So`rdilarkim, bu na kishidur? Dedilarki, Bobo Faraj Tabriziydurki Haq taoloning majzublari va mahbublaridindur. Shayx ul kecha beqaror erdi. Saboh ustod xizmatig`a kelib dediki, Bobo Faraj xizmatig`a borali va iltimos ko`rguzdi. Ustod ashob bila muvofaqat ko`rguzdilar. Bobo xonaqosi eshigida xodime erdi, Bobo Shodon otlig`, chun alarni ko`rdi, ichkari borib, Bobodin ijozat tiladi. Bobo dedikim, agar andoqki Tengri dargohig`a borurlar, kela olsalar, kir, denglar! Shayx debdurkim, chun Boboning nazaridin bahramand bo`lub erdim. So`zining ma`nisini bildim. Har ne kiyib erdim, chiqardim va ilikimni ko`ksumga qo`ydum. Ustod va ashob ham muvofaqat qildilar. Bobo qoshig`a kirduk va o`lturduq. Bir zamondin so`ngra Boboning holi mutag`ayyir bo`ldi va suratida azimate paydo bo`ldi va quyosh qursidek duraxshon bo`ldi va liboskim kiyib erdi, anga sig`a olmay, shikof bo`ldi. Chun bir zamondin so`ngra o`z holig`a keldi, qo`pti va ul libosini menga kiydurdi va dedikim, senga daftar o`qur chog` emas, vaqtdurki, olamning sardaftari bo`lg`aysen. Mening holim mutag`ayyir bo`ldi va botinim har nedin Haq g`ayridur munqati` bo`ldi. Chun andin chiqtuq. Ustod ayttikim «Sharh us-sunna»din oz qolibdur. Bir-ikki kunda oni o`qi! O`zga o`zung bil! Chun sabaq boshig`a bordim. Bobo Farajni ko`rdumki, kirdi va dedi: Tuno kun manzili «ilm ul-yaqin»din o`ttung. Bu kun yana ilm boshig`a borursen. Men dars tarkin tuttim va riyozat va xilvatqa mashg`ul bo`ldum. Ulumi laduniy va voridoti g`aybiy ko`rina boshladi. Dedim: hayf bo`lg`ayki, ul favt bo`lg`ay! Oni bitir erdim. Boboni ko`rdumki, kirdi va dedi: shayton senga vasvasa beradur. Bu so`zlarni bitima! Davot va qalamni tashladim va ko`ngul barchadin jam` qilib, qulluq boshladim. Amir Iqbol Siyistoniy Shayx Alouddavla q. s.dinki oning piridur va oning so`zlaridin bir kitob jam` qilibdur. Mundoq naql qilibdurki, Shayx Najmuddin Kubro Hamadong`a borib, Hadis ijozati hosil qildi va eshittiki, Iskandariyada muhaddise iorki, oliy sanadi bor. Onda ham borib, ijozat hosil qildi. Qaytib kelurda, Hazrat Risolat s. a. v.ni voqeada ko`rdi va iltimos qildiki, Hazrat anga kuniyate bag`ishlag`ay. Abuljanob kuniyatn Hazratdin anga inoyat bo`ldi. So`rdiki, Abuljanob muxaffa? Buyurdiki, lo, mushaddada. Chun voqeadin uyg`ondi. Bu kuniyatdin anga bu ma`ni yuzlandiki, dunyodin ijtinob qilmoq kerak! Darhol tajrid qildi va piri murshid talabig`a musofir bo`ldi. Har kishiga irodati durust bo`lmas erdiki, donishmand erdi va boshi har kimga inmas erdi. Chun Xuziston mulkiga yetti va Dizpul degan yerda bemor bo`ldi. O`zin har nav` bila bo`lsa, shayx Ismoil Qasrii xonaqosig`a yetkurdi va anda ranjurlig`i uzoqqa tortti va shayx ul so`filarning samo`i unidin zahmatda erdiki, samo`g`a munkir erdi. Bir kecha darveshlar samo`da erdilarkim, Shayx Ismoil Hazrat Shayx Najmuddinning boshi ustiga kelib ikki ilkin shayx qo`ltuqlarig`a solib ko`tarib, samo`g`a kiyurub, necha davr aylandurub, tomg`a tayab qo`ydi. Shayxdin tamom ranj zoyil bo`lib erdi. O`zin sahih topti va irodat hosil bo`ldi va Shayx Ismoilg`a irodat ilki berib, sulukka mashg`ul bo`ldi. Va debdurki, chun menga botin ahvolidin xabar bo`ldi va zohir ulumin xud vofir kasb qilib erdim. Bir kecha xayolimg`a keldiki, botin ilmidin xabardor bo`ldung va zohir ilming Shayx ilmidin ko`prakdur. Saboh shayx meni tiladi va dedikim, qo`p, safar qilki, senga Ammor Yosir qoshig`a bormoq kerak. Men bildimki, kechagi xotirimdin Shayx voqif bo`ldi, ammo hech nima demadim va shayx Ammor xidmatig`a bordim va suluk bunyod qildim. Anda ham bir kecha hamul da`vo ko`nglumga xutur qildi. Saboh Shayx Ammor buyurdikim, Najmuddin, qo`p va Misrg`a bor! Shayx Ro`zbehon qoshig`akim, bu inoniyatni silliy bila sening boshingdin chiqarg`oy! Misrg`a bordim. Chun Shayx Ro`zbehon xonaqosig`a kirdim. Shayx hozir ermas erdi. Dedilarki, Shayx vuzu` qilg`ali tashqari chiqibdur. Keynicha chiqdim. Shayx Ro`zbehonni ko`rdumki, andok oz suv bila vuzu` qiladurkim, shar`an joGshz emas Yana ko`nglumga nnkore keldi. Chun shayx vuzu`ni tamom qilib, qo`pti. Ikki o`l ilkin yuzumga sochti. Ul suv yeggach menga bexudlug` asari zohir bo`ldi. Shayx chun xonaqog`a kirdi. Men dog`i kirdim va shayx shukri vu-zu`g`a mashg`ul bo`ldi va men ham anda turnb, o`zumdpn g`oyib bo`ldum. Ko`rdumki, qiyomat-qoyim bo`lubdur va do`zax zohir, elni tutub, o`tg`a soladurlar va bu yerda bir tepadur, birov o`lturubdur. Har kishi desakim, anga mutaallaqdurmen, oni o`tg`a solmay qo`yadurlar. Nogoh meni tuttilar. Men dedimkim, men oning mutaallaqlaridinmen. O`tqa solmadilar. Ul tepaga chiqdim. Ko`rdumki, Shayx Ro`zbehondur. Yugurub oyog`ig`a tushdum. Ul ilikin ko`tarib, bir qattiq silliy bo`y-numg`a urdi. Andoqki, yuz tuban yiqildim va dediki, mundin ortiq Haq ahlig`a inkor qilma! Chun yiqildim. Ul g`aybdin hozir bo`ldim. Shayx namozning salomin berdi. Hamul dastur bila yugurub oyog`ig`a tushdum. Shayx hamul voqeadag`idek mahkam silliy urub, hamul so`zni aytti. Ul mastlig` ranjurlug`i tamom xotirimdin raf` bo`ldi. Andin so`ngra amr qildiki, qayt va shayx Ammor, Yosir qoshig`a bor! Va anga bir maktub bitib, mundoq zikr qildikim, har necha miskim toparsen, yiborgilki, xolisoltin qilib yuboray! Andin yana Shayx Ammor xizmatig`a keldim. Va Shayx chun Shayx Ammor xizmatig`a kelibdur. Muddate anda bo`lubdur. Chun su-luk anga tamom bo`lubdur, Shayx Ammor amr qilibdur-ki, Xorazmg`a bor! Har necha shayx uzr aytibdurlar, foyda qilmaydur va Xorazmg`a kelibdurlar va bu tariqni muntashir qilibdur va bu tariqnikim, zohir qilibdurlar, xaloyiq ko`p murid bo`libdurlar va irshodqa mashg`ul bo`libdurlar. Chun totor kuffori Xorazmg`a yetibdurlar. Hazrat Shayx ashobini yig`ib, amr qilibdurlarki, viloyatlaringizg`a boring! Alar ul Hazratning amri bila o`z vnloyatlarnga boribdurlar. Ashobdin ba`ziki, Hazrat Shayxqa dog`i chiqar ilti-mos qilibdurlar. Shayx debdurlarki, biz bu kuffor ilkida shahid bo`lurbiz. Ashob tarqag`ondin so`ngra kim, kuffor Xorazmg`a kiribdurlar. Hazrat Shayx qolgan ashob bila chiqib, g`azvg`a mashg`ul bo`lubdurlar. To shahodat sharbatin totibdurlar. Derlarki, shahodat vaqtida bir kofurning parchamin tutqon ermishlar. Andoqki, shahodatdin so`ngra o`n kishi ayira olmaydur va ul parchamni kesib ayirdilar. Va ba`zi debdurlarki, Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. g`azaliyotida ishorat bu qissag`a va o`z intisobini Hazrat Shayxqa qilib debdurki,
r u b o i y:
[Biz qo`lga qadah oluvchn ulug`vor kishilarmnz. Oriq echkisi bilan qolgan qashshoqlardan emasmiz. Bir qo`lda iymonning xolis sharobin icharlar, bir qo`lda kofirning kokilin mahkam tutarlar]2.
Hazrat Shayxqa muridlar ko`p erdilar, ammo alardin nechasi jahonda yagona va zamonda muqtado va far-zona erdilar. Andoqki, Shayx Majduddin Bag`dodiy va Shayx Sa`duddin Humuyiy va Bobo Kamol, Jandiy va Shayx Rozuddin Ali Lolo va Shayx Sayfuddin Boxarziy va Shayx Najmuddin Roziy va Shayx Jamoluddin Giliy r. t. Va ba`zi debdurlarki, Mavlono Bahouddin valadki, Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s.ning volidi bo`lg`ay, ham alardindur. [Uning, Alloh sirrini muqaddas qilsin, shahid bo`lgan sanasi – yetti yuz o`n yettinchi yil]3.
473. Shayx Majduddin Bag`dodiy q. s.
Kuniyati Abu Saiddur va oti Majduddin Sharaf b. Muayyad b. Abulfath Bag`dodiy r. Asli Bag`doddindur. Xorazmshoh Bag`dod xalifasidin tabibe tiladi. Aning otasin yubordi. Va ba`zi debdurlarki, Bag`dodedindurki, Xorazm kentlaridindur. Va ul sultonning muqarriblaridin erdi. Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. buyurubdurki, ulki derlar amrad ermish, Hazrat Shayx xidmatig`a yetibdur, xilof voqe`dur. Yoshga yetgan uluq yigit erdi, ammo latif surati va hay`ati bor erdi. Hazrat Shayx ani avval mutavazzo xidmatyag`a amr qildi. Volidasi eshitti va ul tabibae erdi va Hazrat Shayx ham tabib erdilar, aytib yubordikim, farvand Majdudduig`a xidmate buyurg`an ermishsiz va ul nozuk kishidur, agar murod ul xidmatdur, men o`n turk qul yuborayin, to ul xidmatni bajo kelturgaylar va anga o`zga xizmate buyuring! Shayx dedilarki, anga aytingki, men eshitibmenki, tib ilmin bilursen, sendin bu so`z ajabdur. Agar sening o`g`lungg`a safroviy isitma tashvish bersa, men doru ul qullarg`a bersam, ul sihhat toparmu? Ul javob topmadi. Bu nav` tarbiyatkim, Hazrat Shayx q. s. Shayx Majdudding`a bunyod qildilar. Bir necha vaqtdin so`ngrakim, riyozatlar tortib suluklar qildi, oliy marotib hosil qilib, buyuk maqomlarg`a qadam qo`ydi. Derlarki, Shayx Majduddin bir kun darveshlar bila o`lturub erdi. Anga sakre g`olib bo`ldi. Dedi: biz o`rdak bayzasi erduk daryo qirog`ida va Shayx qushe erdiki, qanoti ostida bizni parvarish berib tarbiyat qildi, to ul bayzadin chiqtuq. Chun o`rdak bolasi erduk, daryog`a kirduk va Shayx qiroqqa qoldi. Va Hazrat Shayx karomat nuri bila ul so`zga voqif bo`ldilar va muborak tillarig`a keldiki daryoda o`lgay. Shayx Majduddin bu so`zni eshitib qo`rqdi va Shayx Sa`duddin Hummuyiy qoshig`a kelib ko`p tazarru` qildikim, bir kunki Hazrat Shayxning vaqtlarin xush topsang, manga xabar qil, to hazratlarig`a kelib uzr qilay! Bir kunki, Shayx hazratlari samo`da xushhol bo`lub erdilar. Shayx Sa`duddin Shayx Majdudding`a xabar qildi. Ul ayog` yalang keldi va bir tashtda o`t to`ldurub, boshig`a ko`tarib, kashfgohda turdi. Chun Shayx Hazratlarining muborak nazari anga tushti, dedilarki, chun darveshlar tariqi bila parishon so`zung uzrin qilasen. Imon va din salomat eltting, ammo boshing borg`ay va daryoda o`lg`aysen va biz ham sening boshingg`a borg`aybiz va sardorlar boshi va Xorazm maliki sening boshingda borg`ay va olam xarob bo`lg`ay. Shayx Majduddin, Shayx hazratlarining muborak oyog`larig`a tushti. Va oz fursatda Hazrat Shayxning muborak nafasi zohir bo`ldi. Shayx Majduddin Xorazmda va`z aytur erdi va Xorazmshohning onasi va`zig`a borur erdi. Va jamila zaifa erdi. Dushmanlar fursat asradilar va Xorazmshoh mast ekanda, anga ayttilarki, onang Imom Abu Hanifa mazhabi bila Shayx Majduddinning nikohig`a kiribdur. Sulton bag`oyat mutyag`ayyir bo`ldi va buyurdikim, Shayx Majduddinni Jayhun suyig`a soldilar. Har ne Xorazmshoh va Xorazm axli va o`zi bobida va olamning xarob bo`luri sababida Hazrat Shayx, deb erdi, barcha vujud tutti. Chun Shayx Majduddinni olti yuz yettida, yo olti yuz o`n oltida shahid qildilar, xotuni Nishoburdin erdi, ani Nishoburg`a naql qiddi va andin sakkiz yuz uchda Isfaroing`a naql qildilar.
474. Shayx Sa`duddin Hummuyiy q. S
Oti Muhammad Mu`ayyad b. Abubakr b. Abulhasan b. Muhammad Hummuyiydur, andoqki yuqori o`tti. Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning ashobidindur q. s. [Yofi`iy tarixida keltiriladi; u hol va riyozat egasi, do`st va muridlari, hikmatlari bor edi. Qosyun tog` etagida bir muddat yashadi, so`ng Xurosonga qaytib, shu yerda vafot etdi]1. Zohiriy va botiniy ulumda yagona ermish, ko`p musannafoti bor. «Mahbub»dek va «Sajanjal ul-arvoh» va bulardin o`zga dag`i. Va musannafotida marmuz so`zlar, mushkil kalimotu arqom va ashkolu davoyir ko`pdurki, aqlu fikr nazari aning kashfu hallidin ojizdur. Va hamonoki, to basirat ko`zi kashf nuri bila munfatih bo`lmag`ay, alarning idroki muta`azzirdur. Ul debdurki, [Alloh subhonahu menga bashorat qilib dedi: Mening zikrim va ta`rifim xususidagi so`zlaringni kimki e`tiqod ila qabul qilsa va tinglasa, muhaqqaq u kishining xotiriga ilm va ma`rifat urug`i qadalgaydir. Garchi o`sha payt mavhum bo`lib qolsa ham, keyinroq unga biror sabab yuzasidan nasiba yetadi]2. Shayx Sadruddin Kunyaviy aning suhbatig`a yetar ekandur. Debdurki, ul dediki, mavosiq yettidur. [Men sizlarning Parvardigoringiz emasmanmi?]3 miysoqig`a munhasir emas. Va muni o`z piridinki Hazrat Shayx Muhyiddin q. s. bo`lg`ay, so`rubdur. Shayx debdurki, ul kulliyotni debdur, juz`iyot mundin dog`i ko`prakdur. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot»da Shayx Mu`ayyaddin Jandiy debdurlarki «Fusus ul-hikam» sharhida bitibdurki, bir kun Shayx Sadruddin samo` majlisida Shayx Sa`duddin bila hozir erdi. Shayx Sa`duddin samo` asnosida yuzin bir suffa sariki, ul manzilda erdi, qilib, adab va tavoze` bila muddate turdi va andin so`ngra ko`zin yumdn va dedi: [Bu Sadruddin qaerda?]4. Chuk Shayx Sadruddin ollig`a keldi, ko`zin aning yuziga ochdi va dediki, Hazrat Risolat s. a. v. bu suffada hozir erdilar, tiladim, ko`ziki ul Hazratning jamoli mushohadasig`a musharraf bo`lubdur, avval sening yuzungga ochqaymen. Va bu ruboiy aningdurki,
sh ye ` r:
[Ey qalbim sururi, ko`zimning nuri, sen bilan qalbim saharda uyg`ondi. Munojot qilib, dilu jon bilan aytdim: Ey oy yuzligim, vujudim sendadur, sen mening ko`zimda]5.
Bu ruboiy ham aningdur.
R u b o i y:
[Kufr istasang nigorim zulfini ko`r, iymon tilasang, yorim orazini ko`r! Yorim azizligiyu, mening muhtojligimni ko`rmoqchi bo`lsang, kufrga aralashmayu iymonga boqma!]6.
Umri oltmish uchga yetti va olti yuz ellikda Azho iydida dunyodin o`tti. Va qabri Bahroboddadur.
475. Shayx Sayfuddin Boxarziy q. s.
Shayx Najmuddin Kubroning xulafosidindur. Zohiriy ulum tahsili va takmilidin so`ngra Hazrat Shayx mulozamatig`a musharraf bo`ldi va tarbiyat toptin. Avoilda ani xilvatqa o`lturtur erdilar. Ikkinchi «Arbain»da aning xilvati eshigiga keldilar va muborak barmog`in xilvat eshigiga urdilar va chorladilarki, ey Sayfuddin! Va bu baytni o`qidilar.
B a y t:
[Men oshiqman, dardu g`am menga yor,
Sen ma`shuqsan, g`am ila ne ishing bor?]1.
[Men oshiqman, dardu g`am menga yor,
Sen ma`shuqsan, g`am ila ne ishing bor?]1.
Qo`p va chiq! Oning ilkin tutub, xilvatdin chiqardilar. Bir qatla Hazrat Shayx uchun Xitoydin bir kanizak kelturub erdilar. Zifof kechasi ashobg`a buyurdilarki, biz bu kecha mashru`a lazzatqa ishtig`ol ko`rguzurbiz. Sizlar dog`i bu kecha riyozat tarkin qiling va farog`at va osudalig` bila bo`lung! Chun Shayx Hazratlari bu amrni ashobqa qildilar. Ul kecha Shayx Sayfuddin bir uluq ibriqqa suv to`ldurub, Hazrat Shayxning xilvat eshigida bo`ldi. Subh vaqtiki, shayx chiqdilar va oning ul xizmatin bildilar, dedilarki, biz deb erdukki, bu kecha o`z lazzat va huzurungizg`a mashg`ul bo`lg`aysiz. Sen nevchun o`zungni bu riyozat va ranjg`a solding? Dedi: Siz buyurdingizki, har kishi o`z lazzat va huzurig`a mashg`ul bo`lsun! Menga hech lazzat va huzur mundin o`zga yo`qdurki, Hazrat Shayx ostonida xizmatda bo`lg`aymen. Hazrat Shayx buyurdiki, bashorat bo`lsun sengakim, podshohlar sening rikobingda yugurganlar.
Bir kun salotindin biri Shayx Sayfuddin xizmatig`a kelib erdi. Borur chog`da iltimos qildikim, bir ot Shayx nazri kelturubmen. Tilarmenki, o`zum qo`ldab, shayxni otlandursam. Shayx oning iltimosin qabul qilib, ot qoshig`a keldi va ul podshoh otning jplovnn tutub, qo`ldab, shayxni otlandururda ot sarkashlig` qilib va tundluq qilib, inonin olib, to`ylab yugurdi va nodshoh ellik qadamg`a yaqin otni to`qtatur uchun jilovin tutib rikobida yugurdi, to to`qtadi. Shayx ul podshohg`a ayttikim, bu otning bu tundluq qilg`onida hikmat bu erdikim, Hazrat shayx q. r. bizni mundoq duo qilib erdilar va o`tgan hikoyatni tamom aytti. Va bu ruboiy Shayxning anfosidindur.
R u b o i y:
[Harchand gohida ishqdan begonaman.
Ofiyat bilan oshnoyu hamxonaman.
Nogoh bir parichehrani ko`rib qolsam,
Barchasidin kechib, bir devonaman`]2.
[Harchand gohida ishqdan begonaman.
Ofiyat bilan oshnoyu hamxonaman.
Nogoh bir parichehrani ko`rib qolsam,
Barchasidin kechib, bir devonaman`]2.
Olti yuz ellik sakkizda olamdin o`tubdur va qabri Buxorodadur. Shayxul olamg`a mashhurdur.
476. Ayn uz-zamon Jamoluddin Giliy q. s.
Ul dag`i Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning xulafosidindur. Bag`oyat donishmand va fozil ermish. Avoyildaki, Hazrat Shayx suhbati azimati qildi, kitobxonag`a kirdi va ulumi aqliy va naqliy latoyifidi majmuae intixob qildiki, safarda aning munisi bo`lg`ay va Xorazm azimati qildi. Chun yaqin yetti, bir kecha voqe`ada ko`rdiki, Hazrat Shayx anga ayturki, ey Giliykina, yukingni tashla, dag`i kel! Chun uyg`ondi andisha qildiki, chun men dunyo asbobidin hech nima: ko`tarmayman, yukum ne nima bo`la olg`ay? Yana kecha ham ushbu voqe`ani ko`rdi va uchunchi kecha ham ko`rdi. Tahayyur yuzidin voqe`ada Shayxdin so`rdikim, yo Shayx, yuk ne nimadur? Ul hazrat dedilarki, ul majmuaki ko`taribsan. Uyg`ongach, ul majmuani Jayhung`a tashladi. Chun Hazrat Shayx mulozamatig`a musharraf bo`ldi, ul Hazrat dedilarki, agar ul yukni tashlamasang erdi, hech foyda qilmas erdi. Pas anga xirqa kiydurdilar va arba`ing`a o`lturttilar. Arba`in itmomidin so`ngraki, ulug` marotib hosil bo`ldi. Ayn uz-zamon laqabi berdilar. Shayx Ayn uz-zamon Qazvinda bo`lur ermish. Aning sodotidin biri Sherozg`a borur erdi. Shayx xidmatig`a keldi va Sheroz podshohig`a siporish iltimos qildiki, Shayx Ayn uz-zamong`a ko`p irodati bor erdi. Shayx kog`az va davot va qalam tiladi Va bitidiki: Asal va roziyona. Va anga berdiki, muni podshoh iligiga bergansen. Ul sayyid chun Sherozg`a yetti, podshoh eshikiga bordi. Dedilarki, ichi og`riydur va hammomdadur. Musofir xammom boshig`a bordi va Shayxning ruq`asin andoq qildiki, podshoh iligiga yetti. Podshoh dediki, Shayx karomat nuri bila ma`lum qilibdurki, bizda maraz bor va davo bitibdur. Filhol asal va roziyona tilab yedi va ul og`riq daf` bo`ldi. Va ruq`a: kelturgan kishiga ko`p rioyatlar qildi.
477. Bobo Qamol Jandiy q. t. r.
Chun Bobo Kamol Jandiy Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q. .s. xidmatida ikmol va takmil martabasi topti. Hazrat Shayx anga xirqa kiydurdi va Turkiston sari havola qildi. Va dedikim, Turkiston viloyatida Mavlono Shamsuddin Muftiyning farzandiki otin Ahmad Mavlonodur, bizing bu xirqani anga yetkur va tarbiyatni andin darig` tutma! Chun Bobo Kamol maqsadg`a yetti, jamoat atfolni ko`rdikim o`ynaydur erdilar va bir tiflki, Ahmad Mavlono bo`lg`ay, alarning to`nlarin asrab o`lturub erdi. Chun Bobo Kamolni Ko`rdi, qo`pti va istiqbol qilib, salom qildi. Va dediki, necha biz o`zgalarning to`nin asrag`aybiz va siz bizing to`numuzni asrag`aysiz. Bobo aning bila muso-faha qildi va Muftiy uyig`a iligin tutub kirdilar. Muftiy dediki, bu farzand majzubdur, shoyad shoyista xidmat qila olmag`ay. Ulug` og`asi Donishmand Mavlono bag`oyat ziyrak va muaddabdur. Bobo dediki, anga ham nasib bo`lg`ay, ammo biz Hazrat Shayx havolasi va ishorati bila munung xidmatig`a kelibbiz. Ahmad Mavlono oz fursatda azim tarbiyatlar topti va ko`p kushodlar anga yuzlandi va aning kamolotining ovozasi mashhur bo`ldi va ko`p toliblar aning suhbatida tarbiyat topib, kamolg`a yettilar. Va alardin biri Shayx Bahouddin Kubrodurki, og`asi Donishmand Mavlononingki, oti Muhammad erdi, tarbiyatin anga havola qildi. Va Shayx Bahouddin o`z farzandining tarbiyatinki, oti Abulfutuh erdi, Donishmand Mavlonog`a havola qildi. Va hamono Xoja Abulvafo Xorazmiy q. s. xidmatlarig`a intisob Abulfutuhg`adur, andoqki, o`z silsilasi mashoyixining bayonida aytibdur.
N a z m:
[Fayz, irshod Rasululloh s. a. v.dan hazrat Aliga, u kishidan sirlar xazinasi Hasanga, u kishidan Habibga, so`ng Toiyga, so`ng Ma`rufga, so`ng Sariyga, so`ng Junaydga, so`ng ikki Abu Aliga, so`ng yaxshilar sirri-Mag`ribiyga, bulardan keyin Abulqosimga, keyin Nassojga, so`ng Imom Ahmadga, so`ng Suhravardiyga, so`ng Ammorga, mazkur ulug`lardan so`ng yaxshilarning peshvosi, pok kishilarning sarvarin – Shayx Najmuddinga, so`ng Kamolga, so`ng «Din va millat baho»siga, so`ng Muhammadga, so`ng ulug`lar faxri – Abulfutuhga yetdi]1.
478. Xoja Abulvafoiy Xorazmiy q. s.
Xoja Abulvafo xizmatlarig`a tavhid arbobi va mavojid va azvoq ashobi so`fiya mashoribidin shurbi tamom bor ermish. Andoqki alarning rasoil va ash`oridin, bataxsis ruboiyotidin bu ma`ni zohirdur va bu da`vo isbotig`a necha ruboiy keltirilur.
R u b o i yo t:
[Garchi vasfingda ojizu hayronman,
Sen jon hayotiyu jonimsan.
Ko`zimning nuri sensan – ko`raman,
Aqlimning donoligi sensan – bilaman.
[Garchi vasfingda ojizu hayronman,
Sen jon hayotiyu jonimsan.
Ko`zimning nuri sensan – ko`raman,
Aqlimning donoligi sensan – bilaman.
* * *
Toki tirik ekanman, sendan judo bo`lmag`ayman,
Bu mening mas`ud toleimga dalildir.
Agar yo`qolgan bo`lsam, zotingga g`oyib bo`lganman,
Mavjud esam, nuringda zohir bo`lganman.

Haqning ba`zi botil zuhurotlari borki,
Kim ularni inkor etsa, johildir.
Butun borliqda haqdan boshqasini ko`rgan –
Haqiqatlar haqiqatidan g`ofildir.

U pinhonu jahon oshkoradir, irfon ahli buning aksini ko`rdilar. Barcha oshkoru nihon Udirkim, Haq ahdidin bo`lsang hammasini faqat «Bir» deb bil!* * *
Birdir U, lekin sen bilgan bir emas, ikkinchisi bo`lmagan birdir U. Agar o`zingdan kechib, uni bilmoqchi bo`lsang, biror dalilu hujjat Uni bildirolmaydi...* * *
Gunoh qildim, uzrim gunohimdan yomon, bu uzrda uch narsani: vujudni, qudratni, fe`lni da`vo qilish bekordir. Chunki qo`rquv ham, kuch-quvvat ham Allohdandir]1. Va alarningg vafoti sakkiz yuz o`ttiz beshda ermish, r. t.479. Pahlavon Mahmud Pakkayor q. s.
Xevaqdindur va laqabi mashhur Puryorg`a ba`zi Pakkayor debdurlar, ammo Xevaqliq kishidin tahqiq va tashih qilildi, Pakkayorg`a qaror topti, ya`ni barchag`a Pakkayor. Yor qassobning o`g`lidur. Kurashchilikda saromad bo`lub, azim shuhrat tutubdur. Yashurun suluk va riyozati ham bor ermish, andoqki, fayz olamidin ko`nglig`a choshni yetgan ermish. Tab`i ham xo`b ermish. Va nazm aytur ermish. Hind mulkidin bir zargar Hind podshohidin misol kelturub, pahlavon ihzorig`a iltimos yetkurubdur. Pahlavon bu ruboiyni debdurki,
r u b o i y:
[Zargar bola Mo`lton yo`llaridan gapirdi, sultonning talabini menga yetkazdi. Qaerda menu do`stlarimning himmati bo`lsa, Hindistonni ham bir arpaga sotib olmayman]1.
Ammo g`oyibdin anga ishorate yettiki, bormoq kerak: Hinduston azimati qilib bordi. Hind mulki podshohining bir kurashchisi bor erdi, Pahlavonni aning uchuch tilagan ermishki, aning bila kurashga solgay. Bu so`zni Pahlavon bila muloqot qilg`ondin so`ngra izhor qilib, muqarrar andoq bo`lmishki, tongla xaloyiqny majmu` qilib kurashganlar. Kechasi Pahlavon o`z qoidasi bila niyozmandona mazorot tavofig`a borib, no-murodlig` bajo kelturadurganda ko`rubdurki, bir buzurg mazorda yarim kecha bir qari zaifa ko`p tazallum va tazarru` bila Tengriga munojot qilib yolboradurkim, Xudoyo, bu kelgan pahlavon kurashchi ma`rakasidin mening o`g`lumni sharmanda chiqarmag`aysen! Pahlavon bilibdurki, ul kurashchiningg onasidur, o`zi bila muqarrar qilibdurki, tongla ul kurashchi iligida yiqilg`ay. Tonglasi podshoh ulug` ma`raka yasab, Pahlavonni tilab, ul kurashchi bila kurashga solg`onda, Pahlavon o`zi bila Muqarrar qilg`ondek, bir-ikki hamla talashgandin, so`ngra harif ilgida yiqilur. Mundoq manquldurki, uchasi yerga tegib, ko`zi ko`kka tushgach, hijoblar murtafe` bo`lub, malakut olami ko`ziga jilvagar bo`lub, ul podshoh ham murodu maqsadig`a yetar, ammo chun Pahlavonni tilab, taklif bila kelturgan ermish, rioyatu hurmat tutmakda mubolag`a qilib, musohabat tariqi bila maosh qilur ermish. Bir kun ovg`a taklif qilib, o`zi bila eltganda, tog` ovi ermish, sayd keynicha chopganda, sayd qoyadin uchar, podshoh dog`i oti jilovin saqlanolmas, ikki oyog`i kamar qirog`ida qolib, ikki iligi xato bo`lganda, Pahlavon bila ermish, Ilig urub markabni rokib bila ko`tarib, tuz yerga qo`yar. Podshoh hayrat qilib derki, muncha mufrit kuch bila ajab erdiki, ul kurashchidin yiqilding. Pahlavon anda bu ruboiyni ayturkim,
r u b o i y:
[O`z nafsingga hokim bo`lsang, mardsan,
Xotirlab turishdan gapirsang, mardsan,
Yiqilganni tepish mardlik emas,
Yiqilganning qo`lidai tutsang, mardsan]2.
[O`z nafsingga hokim bo`lsang, mardsan,
Xotirlab turishdan gapirsang, mardsan,
Yiqilganni tepish mardlik emas,
Yiqilganning qo`lidai tutsang, mardsan]2.
Podshoh ko`p niyozmandlig`lar ko`rguzub Pahlavon qaytib, Xevaqqa kelur. Mozori Xevaqdadur, Islom qoidasi adosida bu ikki bayt Pahlavonningdur:
[Bir Allohga iymon keltir, besh vaqt namoz o`qi,
o`ttiz kun ro`za tut, zakot ber, imkoi bo`lsa, yo`l
tepib haj qil! Bas, bizning qo`limiz sening etagingda,
gunoh qilish bandadan, kechirmoq Xudodandir]3.
o`ttiz kun ro`za tut, zakot ber, imkoi bo`lsa, yo`l
tepib haj qil! Bas, bizning qo`limiz sening etagingda,
gunoh qilish bandadan, kechirmoq Xudodandir]3.
Pahlavon Mahmuddin so`ngra Pahlavon Muhammad Abusaid ham o`z zamonining benaziri erdi. Qabri Ne`matoboddadurur.
480. Shayx Najmuddin Roziy al-Ma`ruf bi-Doya q. s.
Ul dag`i Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning ashobidindurki, aning tarbiyatin Shayx Najmuddin Bag`dodiyg`a havola qilgan ekandur. «Mirsod ul-ibod» va «Bahr ul-haqoyiq» tafsirnning musannifidur. Va Chingizxon voqe`asida Xorazmdin chiqib, Rumg`a boribdur. Va anga Shayx Sadruddin Qunyaviy va Mavlon» Jaloluddin Rumiy q. s. bila muloqot voqe` bo`lubdur. Naqldurki, uchalasi bir kun bir majlisda erdilar. Namozi shom qoyim bo`ldi, ikki mazkur bo`lg`oi azizlar imomat iltimosi qildilar. Ul ikkala rak`atda «Fotihat ul-kitob»din so`ngra [«Kofirun»surasini]1 qiroat qildi. Namozdin forig` bo`lg`andin so`ngra Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy Shayx Sadrudding`a boqib, tiybat yuzidin dedikim, zohiran birini sizing uchun va birini bizing uchun o`qidi. Vafoti olti yuz ellik to`rtta voqe` bo`ldi va Bag`dodning Shuniziyasida qo`ydilar. Va Hazrat Maxdumi n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, Shayx Sarn Saqatiy va Shayx Junayd Bag`dodiy q. r. maqbarasidin tashqari qabre erdi, aning qabri deb ayttilar, v. t. a. Va bu ruboiy aning maqulotidindur.
Ruboiy:
(Gar sham`da men kabi judolik dog`i bor, yig`iyu yonish bilan oshnoligi bor. Sham`ning sarrishtasi oqibatimdan yaxshiroq, chunki uning boshida yorug`ligi bor]2.
481. Shayx Raziyuddin Ali Lolo G`aznaviy q. s.
[U Ali b. Said b. Abdujalil Loloi G`aznaviy]1. Va bu Shayx Saidki, Shayx Ali Loloning otasidur. Hakim Sanoiyning ammzodasidur. Haj azimati bila Xurosong`a kelibdur. Va Abu Ya`qub Imom Yusuf Ha-madoniy suhbatig`a yetibdur. Va ul vaqtki, Shayx Najmuddin Kubro q. s. hadis talabig`a Hamadong`a bordi, Shayx Ali Lolo bo`lur kentning bir yig`ochida tushdi. Ittifoqan Shayx Ali Lolo ham kecha voqe`ada ko`rdiki, bir shotu qo`yubdurlar, osmong`acha. Va birav bu shotu boshida turubdur. Va el bir-bir aning qoshng`a kelurlar va ul bularning iligin tutub, osmong`acha eltur. Va bu ilig tutub eltgan kishi bu kishining iligin anga berur va ul iligin tutgan kishini osmong`a eltur. Shayx Ali Lolo ham bordi va aning ham iligin tutub, ul kishi iligiga berdilar va osmong`a chiqardi. Chun bu voqeani otasig`a dedi, ul so`rdiki, ul kishini tanirsen? Dedi: tanirmen va oti ham xotirimdadur. Dedi: talab qilmoq kerakki sening ishing kalidi aning iligidadur. Shayx Ali Lolo aning talabida musofir bo`ldi va necha yil olam girdida safar qildi va andin hech nav` nishon va asar topmas erdi, to ul zamonki, Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q, s. Xorazmg`a keldi va bu tariqni muntashir qildi. Ul chog` Shayx Ali Lolo Turkistonda erdi. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonaqohida xilvatda o`lturub erdi. Ittifoqan birov Xorazmdin kelib erdi va Xoja Ahmad Yassaviy q. s. andin so`radurki, Xorazmda holo hech darveshe bu toifadin bormukim, el bu tariqni andin bilgaylar? Ul dediki, bir yigit paydo bo`lubdur va xalq irshodig`a mashg`uldur va ko`p el anga irodat kelturub tegrasig`a yig`ilibdurlar. Xoja so`rdilarki, oti nedur? Javob berdiki, Shayx Najmuddin Kubro. Chun Shayx Ali Lolo bu otni eshitti, xilvat ichidin iztirob bila chiqti va safarg`a belin bog`ladn. Xoja so`rdilarki, ne voqe`dur? Ayttikim, safar qilurmen. Xoja dedilarki, qishdur, tahammul qil yoz bo`lg`uncha. Shayx Ali Lolo dediki, qilaolmon. Andin musofir bo`lub, Shayx Najmuddin Kubro xidmatlarig`a keldi va sulukka mashg`ul bo`ldi. Andin so`ngra ko`p muddatdin so`ngra Shayx Majduddin Bag`dodin Hazrat Shayx: mulozamatlarig`a musharraf bo`ldi. Hazrat Shayx o`ttiz besh yoshlarida taxminan sulukka mashg`ul bo`lub-durlar va Shayx Majduddin to`rt-besh yosh Shayx Ali Lolodin ortug` ermish. Ammo Shayx Ali Lolo yigitlikining avvalidan mashg`ul bo`lubdur va alar ul vaqt hanuz sulukka mashg`ul bo`lmag`on ermishlar. Shayx Ali Lolo mashoyixdin ko`pning suhbatig`a yetgan ermish. Derlarki yuz yigirma to`rt shayxi komili mukammaldin xirqa olib ermishlar va vafoti chog`i yuz o`n uch xirqa ul jumladin mavjud ermish. Va Hinduston safari qilibdur. Va Aburrizo Ratan suhbatig`a yetibdur va Rasul s. a. v.ning amonatin andin olibdur. Andoqki, Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. ani tashih qilibdur va debdurki, [Shayx Raziyuddin Ali Lolo Rasululloh s. a. v. sahobalaridin Aburrizo Ratan b. Nasr r. a. bilan suhbat qilgan va u Rasululloh s. a. v. tarog`laridan birini unga bergan]2. Va Shayx Ruknuddin Alouddavla ul tarog`ni bir xirqag`a chirmab, ul xirqani kog`azg`a chirmabdur. Muborak xatti bila ul kog`azg`a bitibdurki, [Rasululloh s. a. v. tarog`laridan bo`lgan bu tarog` va bu xirqa ham uning saqobasi – Aburrizo Ratandan kamina zaifga yetdi]3. Va ham Shayx bitibdurlarki, mundoq derlarki, ul amonat Hazrat Rasul s. a. v.din Shayx Raziyuddin Ali Lolog`a ermish. Va bu ruboiy aning qudsiya anfosidindur.
Ruboiy:
[Jon minglab ko`ngullar bilan giriftoringdur,
Ko`ngul ham minglab jonlar bilan

xaridoringdur.
Diydoring orzusida yurgan talabgorlarning
na uyqusi, na qarori bordir]4.
Hazrat Shayx Raziyuddin Ali Lolo olti yuz kirq ikkida rabiul-avval oyining uchida dunyodin o`tubdur.
482. Shayx Jamoluddin Ahmad Jurfoniy q. s.
Ul Shayx Raziyuddin Ali Loloning ashobidindur. Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. debdurki, Shayx Ahmad ajab zohir kishi erdi, buyuk martabasi bor. Mem g`aybda aning suluki martabasin Shayx Abulhasan Xaraqoniyg`a munosib toptim va Shayx Ali Lolo suluki martabasin Sulton Boyazid Bistomiyg`a q. s. Shayx Raziyuddin Ali Lolo debdurki, har kim bizing Ahmadning xomushlig`i bila borg`ay, har ne Shibliy g.a Junayddin topibdurlar, andin topqay. Bir kun Shayx Sa`duddin Hummuiy Jurfong`a yetti. Kishi yubordi va Shayx Ahmadni tiladi. Shayx Ahmad uzlat niyati qilib erdi, kelmadi. Yana kishi yubordiki, kelmak kerakki, manga ishorate yetibdurki, chun sening uchun Shayx Ali ijozat bitibdur, men ham bitigaymen. Shayx Ahmad javob yubordiki, men Haq s. t. ni ijozatnoma bila parastish qilmog`umdur. Shayx Ruknuddin Alouddavla debdurki, manga bu so`z andin bag`oyat xush kelibdur. Bir qatla Shayx Ahmad muridlaridin biriniki muroqabag`a mashg`ul erdi, kafshin chiqarib, necha kafsh bo`ynig`a muhkam urdi. Ul murid dedi: muroqabadadurmen, Shayx ne uchun ozurda qiladurlar? Shayx dediki, muroqaba biravga yarashurki, bir hafta taom yemamish bo`lg`ay, chun ayog` uni eshitkay, xotirg`a kelmagayki, bu kishi mening uchun taom kelturadur erkin. Shayx Ahmad olti yuz oltmish to`qquzda rabi ul oxir oyining salxida dunyodin o`tti.
483. Shayx Nuruddin Abdurrahmon Isfaroyiniy Kasirqiy q. s.
Ul Shayx Ahmad Jurjoniy ashobidindur. Toliblar tasliki va muridlar tarbiyati va alarning vaqos`i kashfida azim shoni bor ermish. Shayx Ruknuddin Alouddavla q. r. debdurki, agar oxir uz-zamonda Shayx Nuruddin Abdurahmon q. s.ning vujudi bo`lmasa erdi, bu toifaning suluki tariqi tamom mahv bo`lur erdi va nishon qolmas erdi. Ammo chun Haq s. t. bu toifaning baraqotin boqiy tilar erdi, aning bila mujaddad qildi. Va ham Shayx Alouddavla debdurki, bir kun jamoatxonada g`oyib bo`ldum. Imom Muhammad G`azzoliyni ko`rdumki, o`lturub erdi va boshin tizi ustiga qo`yub erdi va qalamni ikki barmog`i orasida tutub mutahayyir erdi. So`rdumki, ne voqe`dur va Imom ne fikrdadur? Dedi: nechuk mutafakkir bo`lmag`aymenki, men dunyoda simurg`qa o`ttiz sifat bitibmen va bu soat ko`rarmenki, barcha g`alatdur. Va bu voqe`ani Shayx Nuruddin Abdurrahmong`a arz qildim, buyurdiki, ajabdur. Men dag`i Shaqon kentida erdim va ul vaqt manga so`z aytmak ma`rifatida ko`p sharah erdi. G`aybda ko`rdumki Haq s. t. manga ayturki, sen bilmassanki, har hasratki Imom G`azzoliyg`a bor, mundin ortuq yo`qdurki, sulukni tugatmay bizing xizmatimizg`a keldi. Andin so`ngraki ul g`aybdin keldim, o`z tilimda uqdae toptim va xomushlik pesha qildim va o`z ishimga mashg`ul bo`ldum. Aning valodati olti yuz o`ttuz to`qquzda, shavvol oyi ekandur va Bag`dodda dunyodin o`tubdur.
484. Shayx Abulmakorim Ruknuddin Alouddavla Simnoniy q. s.
Alar aslda Simnon mulukidindurlar. O`n besh yashag`ondin so`ngra vaqt sultoni xidmatig`a ishtig`ol ko`rguzdilar. Bir urushdaki sultong`a a`do bila voqe` erdi, alarg`a jazbae yetti. Andin so`ngra olti yuz sakson yettida Bag`dodda Shayx Nuruddin Abdurrahmon Kasirqiy suhbatig`a yetishtilar, ul vaqtdaki Hijoz safaridin murojaat voqe` bo`lub erdi. Va olti yuz sakson to`qqizda irshod izni toptilar. Va yetti yuz yigirmada Sakkokiya xonaqohida o`n olti yil muddatda yuz qirq arba`in chiqardilar. Derlarki, soyir avqotda yana yuz o`ttuz arba`in ham chiqaribdurlar. Chun yoshlari yetmish yetti yilg`a yetishti, yetti yuz o`ttuz oltida rajabning ikkisida jum`a kechasi So`fiobodning burji ahrorida olamdin o`ttilar. Va Qutbi-zamon Imoduddin Abdulvahhob hazirasida madfun bo`ldilar. Bir kun darvishe alardin savol qildikim, chun bu badang`a tufroqta idrok yo`qdur va ruh andin muforiq bo`lubdur va arvoh olamida hijob yo`qdur, ne ihtiyojdur qabr boshig`a bormoq? Chun har maqomdaki, bir buzurgning ruhig`a tavajjuh voqe` bo`lubdur, ham-uldurki kishi qabri boshig`a boribdur. Shayx dedilarki, ko`p foydasi bor. Biri bukim, birovki bir azizning qabri ziyoratig`a borur, har necha ul yonki qadam qo`yar, tavajjuh ko`prak bo`lur. Chun tufrog`i boshig`a yetar, hissi dog`i ul tufrog`ni mushohada qilur va tavajjuhda hissi dog`i mashg`ul bo`lur va kulliy mutavajjih bo`lur, foyda ko`prak bo`lur. Yana bir buki, har nechaki ruhda hijob yo`qdur va barcha olam anga birdur, ammo badaneki tamom tiriklik ayyomida aning bila suhbat tutmish bo`lg`ay va aning badan mahshuri ,bo`lg`ayki, hashrdin so`ngra abad ul-abadki, bo`lg`usidur, aning bila bo`lg`ay, ul mavze`g`a nazar va taalluqi ko`prak bo`lg`usidur o`zga yerdin. Bu so`zdin so`ngra hikoyat qildiki, bir vaqt Junayd q. s. xilvatida bo`lur erdim. Va anda zavq tamom yuzlanur erdi. Junayd vositasidinki, ul xilvatda bo`lur ermish. Chiqdim, dag`i aning qabri boshig`a bordim, xilvatidag`i zavqni topmadim. Bu ma`noni Shayx q. s. xidmatida arz qildim. Dedilarki, ul zavqni Junayd jihatidin toptingmu? Dedim: bale! Dedilarki, mavze`i ma`lumdurki ul umrida necha qatla anda bo`lmish bo`lg`ay. Har qachon zavq yetsa, badaneki topar ekandur, aning bila musohib ekandur, avvaledurki zavq ko`prak hosil bo`lg`ay, ammo shoyadki tufrog`i boshida hech mashg`ullig`idin tavajjuhda taqsire voqe` bo`lmish bo`lg`ay. Oxir bir xirqaeki ahli dile ani kiymish bo`lg`ay, aning zavqi mushohada bo`lur va badan xirqadin yaqinroqdur. Va ziyoratiing favoyidi ko`pdur. Masalan, birav mundin Hazrat Risolat s. a. v. ruhoniyatig`a tavajjuh qilsa, fayz topar. Ammo agar Madinag`a borsa, ul Hazratning mutahhar ruhi aning ul azimatidin va yo`l ranji tortqondin chun voqifdur va Madinag`a yetkandin so`ngra dog`i his bila ul Hazratning ravzasini ko`rsa va zohir va botin bila mutavajjih bo`lsa, munung foydasig`a aning foydasi bila ne nisbatdur? Va mushohada ahlig`a bu ma`no tahqiqdur. Va alar debdurlarki, anbiyo aning uchun kelibdurlarki, xalqning ko`zlarin o`z ayblarin ko`rarga ochqaylar, to o`z ayblarin va Haq taoloning kamolin va o`z ajzin va aning qudratin va o`z zulmin va aning adlin va o`z mazallatin va aning izzatin va o`z jahlin va aning ilmin va o`z bandalig`in va aning xudovandlig`in va o`z faqrin va aning g`inosin va o`z taqsirin va aning ne`matlarin va o`z fanosin va aning baqosin bilgaylar va botin ko`zlari munga biyno bo`lg`ay. Va ham ushbu qiyos bila shayx ham aning uchundurki, muridlar ko`zin bu ma`nig`a ochg`ay. Pas, har necha murid o`z kamoli isbotig`a ko`prak ko`shish qilg`ay, yo amale qilg`ayki, aning kamoli zohir bo`lg`ay. Shayxqa andin ranj ko`prak yetishgayki, shayx bu ranjlarni aning uchun tortarki, muridning nafsining o`z kamolin ko`rar ko`zin tikkay va Haqning kamolin ko`rar ko`zin yorutqay. Va ul har lahza o`z kamolin ko`rarga bir ko`z ochqay, pas, shayxning ranji zoe` otig`a ko`shish qilg`ay o`z haqqida. Darvesh kerakki, o`z nafsi kaminida bo`lg`ay, to har ko`zki, o`z kamolin ko`rarg`a ochqay, filhol ani tikkay. Va agar mundoq ( qilmasa, anga xabar bo`lg`uncha nafs aning har sari mo`yidin o`z kamolin ko`rarga bir ko`z ochqay va Haqning kamolin ko`rardin ko`r qilg`ayki, nafsning odati budur. Ham alar debdurlarki, Tengri taolo to kishining sirrin el ko`zidin yopmog`uncha, va ani xalq ko`zidii yashurmog`uncha, mumkin ermas ul kishi valoyat martabasig`a yetmak. Va [do`stlarim qubbalarim ostidadir]1ning ma`nosi budur. Va bu qabob bashariyat sifatidur va pardae emas bo`zdin va yo o`zga jinsdin. Va sifat uldurki, anda aybe zohir qilg`ay, yo bir hunarni andin el ko`ziga ayb ko`rguzgay. Va [ularni mendan boshqalar tanimaydilar]2ning ma`nosi budurki, to irodat nuri bila biravning botinin yorutmag`ay, ul valini tanimag`ay, pas ul nur ani tanimish bo`lg`ay, yo`q ul kishi. Va ham alar so`zidurki, darveshlar ki, o`z ishlarig`a mashg`uldurlar, kerakki battolni o`z oralarida qo`ymasalarki, bir bekor yuz darkor kishini bekor qilur.
Sh ye ` r:
[Bekorchilarning kasalligi g`ayratlilarga tez

o`tadi.
Sovuq kulni cho`g` ustiga tashlasang, o`chadi]3.