Òîï ðåéòèíã www.uz
            601.    Abu Muhammad Abdulloh Marjoniy Mag`ribiy q. s.  
            Mashoyix buzurglaridin va so`fiya akobiridindur. Ulumi ilohi va maorifi rabboniy abvobi yuziga ochilgandur. Anga dedilarki, falon dediki, shayx so`z aytur erdi, ko`rdumki, osmondin bir nuri amudiy shayxning og`zig`a muttasil erdi. Chun Shayx so`zni bas qildi, ul nur munqati` bo`ldi. Shayx tabassum qildi va dediki, ul bilmaydur: nur munqati` bo`lg`ondin so`ngra men so`zni bas qildim, ya`ni ul nurdin amud osmondin ilohiy madadining surati erdi. Chun ul madad munqati` bo`ldi, so`z qat` topti. Yetti yuz to`qson to`qquzda Tunisda dunyodin o`tti.

            602.    Abu Abdulloh Ma`ruf bi-Ibn ul-Mutarrif Andalusiy.
            Makkada mujovir erdi. Har kecha-kunduz iltizom qilib erdiki, ellik usbu` tavof qilg`ay. Yetti yuz yettida dunyodin o`tubdur va Makka podshohi g`oyat e`tiqodidin na`shin egniga ko`taribdur. Shayx Abo` Muhammadqa chun Rasul s. a. v. ravzasi ziyoratig`a azm bo`ldi, Shayx Abdulloh b. Mutarrif vado`ig`a keldi. Shayx Abu Abdulloh dediki, eshitibmenki, falon manzilda su yo`qdur. Anda ko`p qatig`lig` sizga yetkusidur, ammo oqibat yomg`ur yog`ib, serob bo`lg`unguzdur. Shayx Abu Muhammad debdurki, biz to`rt kishi erdik. Chun ul manzilg`a yettuk, su yo`q erdi. Zaruratdin yo`lg`a kirduk, havo bag`oyat issig` erdi. Otash bizga g`alaba qildi. Va bizda ozroq su bor erdi. Ashobdin biri tiladiki, ani ichgay. Shayx Abu Muhammad dediki, barchasin ichmaki, agar ichsang, o`larsen, bo`g`zungni ho`l qil! Ushbu dastur bila bo`g`uz o`lutur erdilar. Ish issig`din va susizlig`din chun halokka yovushti. Shayx Abu Muhammad so`rdiki, Shayx Abu Abdulloh Mutarrif ne deb erdi? Biri dediki, deb erdiki, ko`p qatig`lig` sizga yetkusidur! Shayx Abu Muhammad dediki, qatig`lig` mundin o`tmaski, holo mundabiz. Yana ne so`z deb erdi? Yana biri dediki, deb erdiki, yamg`ur yog`ib, serob bo`lg`unguzdur! Shayx dediki, yomg`ur sizga mujda bo`lsunki, bayak nogoh bulut paydo bo`ldi va muntashir bo`ldi va yog`a kirishdi. Oncha yog`diki, serob bo`lduq. Va sel keldi va vuzu` qilduq va g`usl qilduq va su ko`tarduk va yo`lga tushduk. Oz yo`lki borduk, ul bulut va yog`indin hech asar ko`rmaduk.

            603.    Shayx Sulaymon Turkman Muvallih q. s.
            Ul Dimishqda bo`lur erdi. Egnida eski shol va o`rnidin oz qo`par erdi va so`z oz aytur erdi. Zohir ulamosidin ba`zi o`z jalolat va buzurglugi bila aning ollida niyozmandlik qilurlar ermish. Debdurlarki, ramazonda nima yer ermish va namoz qilmas ermish, ammo mug`ayyibotqa mukoshif va muttali` ermish va ondin axbor qilur ermish. Imom Yofi`iy debdurlarki, bo`la olurki, ul hol anga o`z ahvolining satru kitmoni uchun talbis qabilidin bo`lg`ay. Har vaqt namoz qilur ermish bo`lg`ay va og`zig`a nima solib chaynab yutmas ermish bo`lg`ay. Ko`p mundoq bu toifadin mushohada qilibdurlar. Andoqki, Shayx Qozi Mavsiliydin va Shayx Rayhondin va alardin o`zgadin dog`i manquldur va Shayx Sulaymon yetti yuz o`n to`rtda dunyodin o`tti.

            604.    Shayx Ali Kurdiy q. t. r.
            Ul uqaloyi majonindin ermish. Va andin anvo`iy karomot va xavoriqi odot zohir bo`lur ermish. Dimishq ahli anga murid va mu`taqid ermishlar. Har hukm qilsa, mamluk molik hukmin eshitgandek eshitur ermishlar.
            Bir kun Dimishq buzurglaridin biriga buyurubdurki, darveshlar uchun bir da`vat va samo` fikre qil! Ul qabul qilib, da`vat tartibi qilib, qavvollarni yig`ib, mashhur darveshlarni jam` qilib indabdur. Chun majlis muhayyo bo`lubdur. Shayx Ali Kurdiy dag`i hozir bo`lubdur. Ul uyda shakarni qand qo`yg`an qoliblar ermish. Mulk iyasig`a debdurki, bu qoliblarnn havzg`a sol! Birisin havzg`a solibdur Darveshlar sharbat icharlar ermish va samo` qilurlar ermish oqshomg`acha. Chun oqshom bo`lub, majlis ahli tarqamishlar, Shayx Ali Kurdiy ev iyasig`a demishki, bu qoliblarni sudin chiqar! Sudin chiqarg`andin so`ngra ul shakarlardin hech miqdor erimagan ermish va qolibg`a nuqson yetmagan ermish. Pas un iyasig`a buyurubdurki, uyii mening ustumga qufl qil va mening Qoshimg`a kelma uch kungacha! Ul degandek, eshikni bog`lab ketibdur. Ikkinchi kuni bir yo`lda Shayx Ali Kurdiyg`a yetibdur va salom qilib o`tub, uyga boribdur, eshikni ham andoq bog`lig` ko`rubdur. Qulfni ochib kiribdur, ko`rubdurki, Shayx uyda va uy farshining ruxomlarin qo`ng`aribdur. Andin so`rubdurki, yo sayyidiy, uyiing farshi ruxomin nega buzdung? Debdurki, ravo bo`lg`ayki, sen yaxshi kishi bo`lg`aysen va harom ruxomlar farshi ustida darveshlarg`a ziyofat qilg`aysen? Ul debdurki, bu uy va farsh manga ota merosdur. Shayx mutag`ayyir bo`lub chiqibdur. «Va ul shaxs chun Shayxning mukoshafotin bilur ermish, ta`ammuldin so`ngra xayolig`a kelibdurki, bir qatla bu uyiing farshin buzg`on ekandur va isloh qilg`andur. Ul ustodqi, aii yasag`on ekandur, topib yaxshi mubolag`a bila istifsor qilg`andin so`ngra ma`lum qilibdurki, aning ruxomin sotib, bir masjidning farshi ruxomin aning o`rnig`a solg`on ekandur. Shayx Ali Kurdiy avoyilda masjidi jome`da bo`lur ermish. Nogoh yana bir majzubki, ani Yoqut der ermishlar, paydo bo`lubdur va Dimishq shahrig`a kiribdur. Shayx Ali Kurdiy shahrdin chiqib, sahroda sokin bo`lubdur. Andin so`ng shahrg`a kirmaydur, to vafot qilibdur. Va Yoqut shahrda hokim ekandur.

            605. Shayx Mufarrij r. t.    
            Ul Misrning Sa`iydiy ahlidindur. Ko`p jalil ul-qadr va kabir ush-sha`n ekandur. Bandiy ermish, habashiy. Anga jazba yetibdurki, qaviyki, olti on yemak-ichmakdin ozod bo`lubdur. Sog`inibdurlarki, telbarabdur. Har necha tayog`labdurlar, sud qilmaydur. Band qilibdurlar, chun kelibdurlar, ko`rubdurlarki, ul o`zga yerdadur va band o`zga yerda. Zindong`a qavabdurlar, zindonning tashida topibdurlar. Chun bu karomotlarni andin ko`rubdurlar, necha tovug` biryon qilib, oldig`a kelturubdurlar. Boqib, tovug`larg`a debdurki, uchungiz! Tirilib, ucha boshlabdurlar, biiznillohi taolo. Aning ashobidin biri arafa kuni Arafotda ani ko`rdi. Yana biri hamul kun oqshomg`acha aning unida aning bila erdi. Chun ul ikki kishi bir-biriga yettilar, har qaysisi o`zi ko`rganin ul yana biriga aytti. Va bu bobda alar orasida nizo tushti. Va har qaysi o`z so`zi sidqig`a taloqdin ont ichdi. Va bu bahsu xusumat bila shayx Mufarrij qoshig`a bordilar. Va har qaysi o`z muddaosini izhor qildilar. Shayx dedi: ikkalangiz chun aytibsiz va hech qaysingizning xotuni taloq tushmaydur. Akobirdin biri debdurki, men Shayx Mufarrijdin so`rdumki, har birining so`zining sidqi yana birining hanasi mujibidur, nechuk hech qaysi honis bo`lmamish bo`lg`ay. Va ul majlisdaki, men bu so`zni so`rdum, jamoati ulamo ham hozir erdilar. Shayx ishorat barchag`a qildikim, bu mas`alada so`z ayting! Har qaysi bir so`z dedi, ammo hech qaysi sofiy javob aytmadi. Va bu asnoda aning javobi mening xotirimg`a yetti. Shayx ishorat manga qildiki, sen ayt! Men dedimki, chun valiy viloyatda mutahaqqiq bo`lg`ay va ul ma`nodaki, aning ruhoniyati yana bir surat bila musavvar bo`lg`ay, mutamakkin bo`lg`ay. Bo`la olurki, bir vaqtda muxtalif jihodda o`zin muta`addid suvar bila zohir qilg`ay, andoqki tilagan. Pas, agar birav ani ul suvardin ba`zida Arafotda ko`rdum desa, chin demish bo`lg`ay. Va yana birav ul suvardin ba`zi bila uyda ko`rmish bo`lsa ham chin demish bo`lg`an. Va hech qaysining onti honis bo`lmamish bo`lg`ay. Shayx Mufarrij dediki, sahih javob budurki, sen aytting.

            606. Shayx Abulabbos Damanhuriy q. s.
            Damanhur mavzeidur Misrda. Bir tojir hikoyat qilibdurki, safarda erdim va barcha matoim bir ulog` ustida erdi. Chun Misrg`a yettim va xalqqa qo`shuldum va bu ulog`im yetti. Har necha tiladim, topmadim. Ba`zi sohibi vuquf el ayttilarki, Shayx Abulabbos xidmatig`a borib, tazallum qilsang, shoyad duoyi qilg`ayki, g`oyibing hozir bo`lg`ay. Va men mundin burun ani tanir erdim. Aning qoshig`a bordim va salom qildim va holimni ayttim. So`zumg`a quloq solmadi, ammo ayttiki, bizga mehmonlar yetibdurlar. Alarning ziyofati uchun muncha un kerak va muncha et va soyir masolihni te`dod qildi. Qoshidin behuzur chiqib, kelgandin pushaymon bo`lub dedim: yana hargiz aning qoshig`a bormayin. Bu niyat bila borur erdim, birov yo`liqdiki, aning qoshida biror nima vajh o`ntunchum bor erdi. Tuttum va ul o`ntuchdin oltmish oltin iligimga kirdi. Dedim: yo bu ham borg`ay Tengri yo`lida yo iturganim iligimga bergay. Alqissa, bozorg`a bordim va har ne Shayx deb erdi sotqun oldim. Necha diram ortti, aning bila halvo murattab qildim va Shayx xidmatig`a azimat qildim. Chun Shayxning zoviyasig`a yaqin yettim, ko`rdumki, ulog`im yuki bila zoviya eshikida turubdur. Inonmadimki, mening ulog`im bo`lg`ay. Yaxshi ehtiyot qildim, hamul yer va barcha ustidagi matoyi mavjud. Shayx qoshig`a kirdim va tilagan nimalarniki kelturub erdim, arz qildim. Chun halvoni ko`rdi, dedi: bu nedur? Dedim: iligimga tushgan vajhdin bir nima ortib erdi, muni oldim. Shayx dedi: bu shartda doxil emas. Men ham nima orttururmen. Ko`p, bozorg`a bor va qumoshlaringni sot va har ne sotarsen, bahosin filhol ol! Va andin qo`rqmaki, o`zga tujjor kelib sening matoingning bahosi sing`ayki, daryo mening o`ng iligimdadur va biyobon so`l iligimda. Chun bozorga bordim va qumoshlarimni sottim, ma`hud bahosidinki, tama`im bor erdi, ko`p ortig`roqqa. Va matlubum hosil bo`ldi. Va chun ul ishdin forig` bo`ldum, tujjor baru bahrdin to`kuldilar, andoqki, go`yo bandda erdilarki alarni ozod qildilar.   

            607. Shayx Rayhon q. s.
            Adanda bo`lur ermish. Axyordin birav debdurki, birav Adan daryosidin kechrak chiqib, shahrg`a kira olmadi. Darvozani bog`lag`ondin so`ngra tashqari qolibdur va yegulik hech nima topmaydur. Nogoh ko`rubdurki, Shayx Rayhon paydo bo`ldi va aning qoshig`a keldi. Ul kishi debdur: yo Shayx, darvoza bog`lig`dur va ochmen va hech yegulik yo`qdur. Tilarmen, manga harisa bersang! Shayx debdurki, muni ko`rung, mendin shomlig` tilar va harisadin o`zga narsa tilamas. Magar men harisapazmen? Ul debdurki, albatta bu muddaodin o`tman. Bu so`z orasida kurubdurki, bir ayog` issig` harisa hozir bo`ld, ammo yog`i yo`q erdi. Ul kishi debdur: Yo Shayx yog` kerak! Shayx debdurki, muni ko`rung, harisani yog`siz yeya olmas, mendin yog` tilar. Magar men yog` sotquchimen? Debdur, yo sayyidiy, muni yog`siz yemagumdur. Debdurki, bu rikvani olib, daryodin su solib kel, to vuzu` qilay! Boribdur va daryodin su kelturubdur. Shayx aning iligidin rikvani olib, ul sudin harisa ustiga quyubdur, latif mazalig` yog` ekandur. Yana birav naql qilibdurki, Ramazon oyi baynal-ishoayn bozorg`a bordim, to ahlim uchun nima sotqun olg`aymen. Nogoh Shayx Rayhon meni ko`rdi va o`zi sari tortti va yuqori havog`a eltti. Chun ko`p buyuk bo`ldum, ko`zum qarordi, yig`lay kirishdim. Va mubolag`a qildimki, meni yerga qo`ygay. Qaytardi va yerga qo`ydi. Va dedi: tilar erdim, tafarruje qilg`aysen, ammo tilamading. Imom Yofi`iy debdurki, hamonoki bu tafarrujdin samovot malakutining ajoyib mutolaasin debdur.

            608. Shayx Alouddin Xorazmiy q. s.
            Bu toifada buzurg ermish. Imom Yofi`iy r. debdurki, o`n ikki kun bir vuzu` bila namoz qildi va o`n besh yil yonin yerga qo`ymadi. Va necha kun o`tar erdiki, taom emas erdi, magar ozroq va xashin. Mening bila Minoda erdi. Dedilarki, necha yildurki, munkirot jihatidinki ko`rar, ixtiyorsiz hajga kelurki, anga buyurubdurlar. Ham Imom Yofi`iy debdurki, Shayx Alouddin dediki, Rum daryosining sohillaridin ba`zida go`sha tutub erdim. Chun fitr bayrami bo`ldi, musulmonlar kentlaridin biriga namoz uchun bordim. Qaytib maskanimga keldim, bir odameni ko`rdumki, mening hujramda namoz qiladur va hujram eshikidagi qumda hech ayog` izi yo`qdur. Taajjub qildimki, qaydin kirib erkin. Namozdin so`ngra zor yig`ladi. Men fikrga bordimki, aning uchun ne kelturayki, iyddur. Iltifot qilmadi va dediki, fikr qilmaki, g`aybdadur, ulcha sen bilmassen va lekin agar su bo`lsa, manga keltur! Ibriq sari bordimki, olib kelgaymen. Ibriq qoshida ikki uluq qurs ko`rdum, issig` va ko`p bodom mag`zi. Alarni ko`tardim va aning qoshig`a elttim. Qursni ushatti va bodom mag`izlarin mening ilayimga to`kdi. Va dediki, yegil! Va ul bodom mag`izlaridin manga berur erdi va men yer erdim. Va ul yemadi, bir mag`izdin o`zga yo ikkidin o`zga. Va men ul taomda g`arib huzur topar erdim. Dedi: muni g`arib ko`rmaki, Tengri taolog`a bandalar borki, har qayda bo`lsalar va har ne tilasalar, toparlar. Mening taajjubum ortug`roq bo`ldi. O`zumga dedimki, andin mu`oxot talabi qilay. Dedi: oshiqmaki, yana sanga kelgumdur, inshoollohi taolo. Va g`oyib bo`ldi. Va bilmadimki, qayon bordi. Shavvolning yettinchi kechasi keldi va mening bila mu`oxot ahdi bog`ladi, raziyollohu anhumo.

            609. Imom Abdulloh Yofi`iy Yamaniy q. s.
            [U Abussaodat Afifiddin Abdulloh b. As`ad Yofi`iy Yamaniy, ulug` Makka-Madinaning mehmoni – Alloh har ikkalasini sharofatli qilsin va Alloh undan rozi bo`lsin!]1. Vaqtning kibor mashoyixidin ermish. Zohir va botiniy ulumg`a olim ermish. Va aning tasnifoti bor va ul jumladin «Mir`ot ul-jinon» va «Ibrat ul-yaqzon fi ma`rifati havodis iz-zamon» tarixidur va «Ravz ur-rayohin fi hikoyot issolihin» kitobidur va «Durr un-nazim fi fazoil il-Qur`on il-azim» kitobidur. Va bulardin o`zga dag`i mufid musannafoti bor. Va xub ash`or ham aytibdur. Ul debdurki, Shayx Alouddin Xorazmiy r. t. der erdiki, Shom bilodida bir kecha xuftondin so`ngra o`z xilvatimda uyg`og` o`lturub erdim. Va eshik ichkaridin bog`lig` erdi. Ikki kishi o`zum bila xilvatda ko`rdum. Bilmadimki, qaydin kiribdurlar. Bir soat mening bila so`zlashdilar. Va bir-birimiz bila fuqaro ahvolini yod qilduq. Alar bir kishiniki, Shomdadur, yod qildilar va anga sano dedilar. Va dedilarki, yaxshi kishidur, agar bilsa erdiki, qayondin yir. Andin so`ngra dedilarki, bizing salomimizni o`z yoring Abdulloh Yofi`iyg`a yetkur! Dedim: ani qayondin tanirsiz? Va ul Hijozdadur. Dedilar: bizga yashurun emas. Va qo`ptilar va ilgari bordilar mehrob sari. Sog`indimki, namoz qilg`usilardur, devordin chiqdilar. Va ham ul debdurki, holimning avoyilida mutaraddid erdimki, ilm talabiga mashg`ul bo`layki, mujibi fazilatu kamoldur yo ibodatqamu ishtig`ol ko`rguzayki, musmiri halovatu dofe`i qilu qoldur. Bu kashokashu iztirobda ne uyqum: qoldi va ne qarorim. Bir kitobim bor erdiki, doim mutolaa qilur erdim. Bu taraddudda ani ochtim. Anda bir varaq ko`rdumki, hargiz ko`rmaydur erdim. Va anda necha bayt bitiklik erdiki, hech kishidin eshitmaydur erdim. Va ul abyot budurki,  
 

sh ye ` r:

[O`z tadbiringdan yuz o`gir va ishlarni Allohning taqdirig`a havola qil! Ko`p tor va qiyinchilik keng va oson bo`lishi mumkin. Ko`p kenglik esa, Allohning hukmi bilan tor bo`ladi. Zahmatli ishlarning oqibati senga rizolik keltiradi. Alloh xohlaganini qiladi, amriga bo`ysun va rahmatidan bahramand bo`l!]2.

            Chun bu abyotni o`qudum, go`yoki o`tung`a su urdilar va iztirobu qalaqim shiddatin daf` qildilar. Va ishga mashg`ul bo`ldum.

            610. Shayx Shihobuddin Suhravardiy Maqtul q. r.
            Oti Yahyo b. Habashdur. Mashsho`iylar va Ishroqiylar hikmatida mutabahhir ekandur va alardin har qaysida tasnifoti bor. Va ba`zi ani simiyog`a mansub qilibdurlar. Va Halab ahli aning sha`nida muxtalif erdilar. Va ba`zi ani ilhod va zindiqag`a nisbat qilur erdilar. Va ba`zining anga karomotu maqomotqa e`tiqodlari bor erdi. Va derlar erdiki, aning qatlidin so`ngra ko`p shavohid aning karomotig`a zohir bo`ldi. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da debdurlarki, bu jamoatning so`zi muv,ofiq ko`runur angaki, Shayx Shamsuddin Tabriziy q. s. debdurki, Dimishq shahrida Shayx Shihobuddin Maqtulni oshkoro-kofir dyorlar erdi. Dedim: hoshoki, kofir bo`lg`ay. Chun sidqi tamom bila Shamsuddin xidmatig`a kirdi, badri komil bo`ldi. Men niyozmandlarg`a ko`p mutavoze` bo`lg`aymen, ammo qatiq naxvat bila bo`lg`aymen mutakabbirlarg`a. Shihobuddinning ilmi aqlig`a g`olib erdi. Aql kerakki, ilmg`a g`olib bo`lsa va dimog`i hokimeki, aql mahalidur, zaif bo`lib erdi. Toyifa arvoh olamida zavq toptilar, tushtilar va muqim bo`ldilar. Va rabboniy olamdin so`z ayturlar, ammo ham ul arvoh olamidurki, rabboniy sog`inurlar, magar fazli ilohiy kirgay, yo jazabotdin jazbae yetishgay, yo bir komileki, ani quchog`ig`a olg`ay va arvoh olamidin rabboniy sari tortqay.

            611.    Xoja Ahmad Yassaviy q. t. s.
            Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomoti oliy va mashhur, karomoti mutavoli va nomahsur ermish. Muridu ashobi g`oyatsiz va shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniy q. s. ning ashobidindur. Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy bila q. s. suhbat tutubdur va Xoja Abdulloh Barraqiy va Xoja Hasan Andoqiy q. r. bilaki, ham Imom Yusuf Hamadoniy r. t. muridlaridurlar, Imom qaysi biyik marotibg`a yetibdurlar, musohib bo`lubdur va ro`zgor mashoyixidin ko`p buzurgvorlar aning tarbiyatin topibdurlar va Shayx Raziyuddin Ali Lolo q. s. Shayxi buzurgvor Shayx Najmuddin Kubro r. xizmatig`a yetardin burun Xoja Ahmad Yassaviy q. r. xizmatida bo`lub erdi va aning xonaqohida aning irshodi bila suluk qilibdur va aning mazori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid va manshaidur voqe` bo`lubdur va Turkiston ahlining qiblai duosidur.

            612.    Qutbuddin Haydar q. s.
            Mashhur andoqdurki, Turkiston podshohining o`g`lidur va Xoja Ahmad Yassaviy r. t. ning murididur. Kichik yoshida anga jazbae yetibdurki, Hazrat Xoja Ahmad Yassaviy r. t. suhbatidin shikibolig`i yo`q erkondur. Har necha otasi iltimos va taklif bila uyiga yetkurur erkondur, yana beixtiyor Xoja mulozamatig`a borur erkondur. To ulki zajr bila eltib, ani kadxudolig`qa targ`ib qilibdurlar. Ul o`z nafsig`a andoq zulm qilibdurki, mashhurdur. Ota-onasi chun ko`rubdurlarki, alarning sa`y va ehtimomi bila bo`lmas. Tengri bandasin tengriga topshurubdurlar va andin ilik tortibdurlar. Chun Hazrat Xoja Yassaviy q. s. ko`rubdurki, ota-onasi taklifotidin qutuldi, anga ko`p nazarlar qilib, Xuroson viloyatig`a havola qilibdur. Xuroson mulkig`a kelgandin so`ngra Turbat va Zova viloyatida sokin bo`lubdur. Anda azim riyozatlar bila suluk qilibdur va ul maqomg`a yetibdurkim, ul mulk eli qoshida Qutbi olamg`a mashhurdur va Haydariy, qavmi o`zlarin anga nisbat berurlar va turbati hamul Turbat degan yerdadur. Go`yoki ul yerning oti aning turbati onda erkan jihatdin Turbat bo`lubdur.

            613.    Hakim ato r. t.
           Oti Sulaymondur va Xoja Ahmad Yassaviy q. s. ning murididur. Hamonoki bir kun Xoja tabxe buyurg`ondurlarki, mutbixe o`tun yetmaydur, deb kelgandur. Alar ashobg`a degandurlarki, yozidin o`tun terib kelturung! Va ul zamon yog`in yog`adur ekandur. Ashobkim o`tun teribdurlar, alar xizmatig`a kelguncha yog`in jihatidin o`tunlar xo`l bo`lg`ondur. Hakim ato tergan o`tinlarni to`nig`a chirmab, quruq kelturgandur. Xoja Hazratlari degandurlarki, ey farzand, hakimona ish qilding va alarg`a bu laqab ondin qolg`ondur va Hakim atog`a hikmat tili go`yo bo`lubdur. Andoqki, oning favoidi atrok orosida mashhurdur. Ul jumladin biri budurkim:

Tiki turg`on butadur,
Borgonlarni yutadur.
Borg`onlar kelmas bo`ldi,
Magar manzil andadur.

            614.    Ismoil ato a. r.
            Zohiran Xoja Ahmad Yassaviy q. s. ning Ibrohim ato otlig` inisining o`g`lidur va Xojaning muridi va nazar qilg`onidur va anga muridu ashob bo`lubdur. Va karomotu maqomot va xavoriqi odot benihoyat va yoshi yuzga yaqin. Va avlodi o`n yetti, yo o`n sakkiz bor erdi va olamdin o`tarda avlodi orasidin Ishoq atoni o`z qoyim maqomi qilib olamdin o`tubdur.

            615.    Ishoq ato a. r.
            Chun atosig`a xalafu xalifa va qoimi maqom erdi. Muridu ashobqa peshvoliq qilib, atosi zikru avrodig`a qavm ko`rguzubdur va o`z zamonida muqtado ermish.

            616.    Xoja Bahouddin a. r.    
            Ismoil atoga nabiradur. Bu xonavodada alardin oliyhimmatroq va muazzamroq o`tmandur. Doim qush solmoqqa va ovlamoqqa tablu alam bila ishg`ol ko`rguzurlar ermish. Zamon podshohi alarg`a elning irodatu hujumidin yamon eltib, mulkdin ixroj buyurubdurlar. Kashmirg`a borib, ul xalq alarg`a murid bo`lg`ondurlar.

            617.    Xoja Boyazid a. r.
            Atoning yaqin avlodidindur. Temurbek oning suhbatig`a kelibdur va kelurda ko`nglida kechurubdurki, bu erning ma`no olamidin xabari bo`lsa, bizga issiq halvo tortqoy. Ul muridlarg`a halvoni xud buyurg`on ekandur. Bek bila salomlashib ko`rishgondin so`ngra debdurki [avval salom, o`rtasi taom va oxiri kalom!]1. Filhol halvoni tortturubdur. Bekka bu hol zohir bo`lg`ach, murid bo`lib langar yasab, ko`p avqof qilibdur.

            618.    Xoja Xalil r. t.
            Ham ato avlodidindur, Atoning xirqa va sajjodasi «abo an jad» anga tegibdur va ato avlodi orasida naqib ekandur. Ko`p axloqi hamida andin marziydurur.

            619.    Qo`rqut ato a. r.
            Turk ulusi arosida shuhrati andin ortug`roqdurki, shuhratqa ehtiyoji bo`lg`ay. Mashhur mundoqdurki, necha yil o`zidin burunqini, necha yil o`zidin so`nggi kelurni debdurlar. Ko`p mav`izaomiz mag`izliq so`zlari aroda bor.

            620.    Ali ato a. r.
            Kumushkentliqdur va ilmi va charog`i darveshlarida shoe`dur. Necha yillardurki, o`zi yondurg`on chirog`i o`chmaydur deb mashhurdur. Turk xaloyiqi nazru niyat anga berurlar.

            621.    Qilich ato a. r.
            Azim qurbatlig` kishi ekandur va sayyoflik san`atig`a mashg`ul ekandur.

            622.    Sadr ato r. t.
            Mavlidi Turkiston viloyatidindur, o`z zamonida murshid ekandur.

            623.    Hubbi Xoja a. r.
            Mavlidi Xorazm viloyati va navohisidindur. Aning avsofi turk va o`zbak xaloyiqi orasida andin ko`prak va mashhurroqdurki, sharhg`a ehtiyoji bo`lmag`oy. Yigitlikda o`tubdur yigitlar sarvari Hubbi Xoja derlar.

            624.    Yigit Ahmad a. r.    
            Karomot va maqomotlig` aziz, erkondur. Yigitlik ayyomidin qarilardek toatu ibodat va suluku riyozatqa mashg`ul bo`lubdur. Shuhrati turk eli orosida bag`oyat ko`pdur.

            625.    Ko`k Shayxa.r.
            Karomotu maqomot iyasi ekandur va ko`p ajibu g`arib holot andin manquldur. Singli nomunosib kishi nikohig`a kirgondur va oralarida ul kishining nohamvor maoshi jihatidin doim mojaro bo`lur erkandur. Andoqki, mojarolari Shayxqa dag`i yetibdur. Ul kuyov beandomlig`idin noxush so`z ko`p aytib, Shayxni malul qilibdur. Shayxning g`azabi yuzidin tiliga o`tubdurki, «ko`r bo`l, shariat yukini chek!» Ul kishi hamuldam nobino bo`libdur, al-ilmu indalloh.

            626.    Temurchi ato r.
            G`oliban mazkur bo`lg`an san`atqa mashg`ul bo`lur ermish. Bir kun qiziq temurni iligi bila bir olat yasab debdurki, Haq s. t. barcha o`tlarni manga harom qilibdur.
  

            627.    Zuhhodxon r.
            Hamonoki Xitoy mulkidindur. Andin Buxoro viloyatig`a ilm kasbi uchun kelgandur. Andin Xorazmg`a borib, Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q. s. xidmatig`a tushgandur. Va anda anga ko`p yorug`luq nasib bo`lub, Hazrat Shayx ishorati bila Xuroson mulkiga kelibdur va qabri Chechaktu Qisor viloyatidadur.

            628.    Shayx Abulhasan Ishqiy q. s.
            Xorazmdindur. Shayx Boyazid Ishqiy q. s. kim silsilasi sulton ul-orifin sulton Boyazid Bistomiy r. g`a yetar, anga tarbiyat qilg`andur. O`z zamonida faqr ahlining muqtadosi ermish, balki mashoyixining peshvosi Murid va ashobi bag`oyat ko`p va karomotu maqomoti andin ko`prak.

            629.    Mahmud Shayxzoda q. s. ,
            Shayx Abulhasan Ishqiyning xalafidur. Aning dag`i muridu ashobi ko`p. Muomalayu riyozati mustahsan va karomotu maqomoti benihoyat ermish.

            630.    Xudoyquli Shayx q. s.
            Shayx Abulhasan Ishqiyning sohibi sajjodasi va qoyimi maqomi va zamonining shayx ul-mashoyixi ekandur. Ishqiya silsilasida Shayx Abulhasandin so`ngra go`yo andin ulug`roq kishi yo`q erkandur. Va xavoriqi odotu karomoti ko`p manquldur.

            631.    Muhammad Shayx r. t.
            Xudoyquli Shayx q. s. ning o`g`lidur. O`z zamonida xaloyiq murshidi ermish. Sultonlar anga muridlik haysiyatidin irodat kelturubdurlar. Aning suhbatida olime anga bir qatla taarruz qilg`andur. Shayxning ollida obxo`ra ko`za turg`an ekandur. Bir toshni olib, ul ko`za og`zig`a qo`yubdur. Ul olim har ilmki kasb qilg`on ekandur, barcha xotirdin chiqib, o`zin omiyu johil topibdur. Bo`ynig`a fo`ta solib, istig`for qilib, Shayx qoshig`a tazallum qilibdur. Shayx ul toshni ko`za boshidin olg`ach, yana o`zin burungi holida topib, Shayxqa murid bo`lubdur.

            632.    Ilyos Shayx r. t.
            Muhammad Shayx r. a. ning o`g`lidur. Zohir ulumida bu silsilada andin olimroq yo`q ermish. Va haj davlatig`a musharraf bo`lubdur. Arabiyatda mohir ermish. Va ul til bila so`zlashur ermish va nazm dag`i aytur ermish. Va Samarqandda Qum tog`ida sokin ermish. Muborak marqadi go`yo ham anda-o`qdur.

            633.    Shayxzoda Abulhasan q. s.
            Ilyos Shayxning o`g`lidur. Kichik yoshidin riyozatu mujohada bila o`tkaribdur. Mundoq manquldurkim, Tengri taolo qo`rqunchidin ancha yig`lag`ondurki, ko`zlariga tiyralik yuzlangandur. Ilyos Shayxdin so`ngra bu silsila ahli barcha anga bay`at qilib, irodat toza qilibdurlar. Va Makka safarig`a borurda mizojig`a za`f bo`lub, Bistomda Sulton ul-orifin q. s. avlodi anga xirqayu toj havola qilib qaytib, Hirim shahrig`a yetganda Hazrat Maxdumiy n. m. n. sharafi majlisig`a musharraf bo`lub, alardin iltifotlar topib, alar o`z musannafotlaridin bir kitob va joyinamoz va bir ro`pok anga bergandurlar. Xoriqi odot andin ko`p naql qilibdurlar.

            634.    Shayx Muhammad Sufiy q. s.
            Ishqiya silsilasidindur va Xudoyquli Shayxdin tarbiyat topibdur. Andin so`ng Muhammad Shayx suhbatig`a yetibdur. Va Ilyos Shayx suhbatig`a ham musharraf bo`lubdur. Nafasi muassir aziz erkandur. Va muridlari orasida so`z bu nav`durkim, Xizr a. s. bila suhbat tutar. Va andin xoriqi odot ko`p manquldur.

            635.    Abu Muso Shayx q. t. s.
            Ham Ishqiya silsilasidindur va Xudoyquli Shayxning ahfodidindur. Bu silsila ahlidin ul azizlar tariqini faqru fano tavrida kishi ancha rioyat qilmag`ondur. Va xavoriq andiq ko`p manquldur.

            636.    Shayx Sulton Sufiy k. s.
            Ul dag`i ulug` Muhammad Shayxning tarbiyatin topibdur va ko`p mashoyix xidmatig`a musharraf bo`lg`andur. Va o`zi salimu halim kishi erkandur. Qo`prak vaht soyimu somit erkandur. Va karomotu maqomoti zohir erkandur.   

            637.    Keshlig` ato a. r.
           Samarqandning Kesh otlig` mavze`idindur. Hamono anga yasoq nisbati bor ekandur. Ul taklifdin xotiri malul bo`lub, Turkistonda Xoja Ahmad Yassaviy mazorig`a borib, riyozatlar tortib, ishiga kushodlar yetgandur. Andin Chin mulkiga tushub, ul xalq muridi bo`lib, anda elga peshvo bo`lubdur va mazori hamul mulkdadur va imorat va mujovirlar mutaayyindur.

            638.    Umar ato r. t.
            Keshlig` atoning inisidur. Ul ham faqr tariqig`a kirib, ko`p safoyi botin kasb qilg`andur. Va zamon podshohidin elning yasog`in bag`ishlar istid`osi qilg`andur. Ul podshoh ta`n yuzidin degandurki, sen elni muridlig`ing uchun tilaysen. Sen yaxshi bo`lako`r, murid ham bo`lmag`usidur. Avval men murid bo`lay. Ul ham og`asi borg`on mulk sari boribdur va riyozatlar tortib, martaba hosil qilibdur. Qabri ham ul mulkda-o`qdur.

            639.    Sayyid ato a. r.
            Xoja Ahmad Yassaviyning qarobatidur. Riyozat bila mujohadalar tortibdur. Ishi ul yerga yetgan ekandurki, debdurki, men va Ahmad tengashtuk, men biyikrak erdim. Ani ba`zi ham siyodatqa mansub qilibdurlar. Va turk ulusida «Ato» derlar. Va shuhrati bag`oyat ko`pdur va da`voomiz so`zi ham ko`p.

            640.    Bobi mo Husayn a. r.
            Kibori mashoyixdindur. Debdurlarki, Xoja Ahmad Yassaviy q. r. g`a kichik erkanida tarbiyat qilg`andur. Va aning xonavodasin buzurglukka Movarounnahr eli musallam tutubdurlar.  
 

            641.    Zangi ato a. r.
            Turkiston mashoyixidindur va ko`p mashoyix xidmatu suhbatig`a yetibdur. Va turk ulusida mashohirlardindur. Aning bobida ham ko`p so`zlar manquldur.

            642.    Husayn Shayx a. r.
            Ismoil ato farzandlaridindur. Mustahsan muomalaliq kishi ermish. Xalq aning atvorig`a firifta bo`lubdurlar. Dunyo asbobi sori mayl qilmaydur. Va bovujudi faqr o`zin ul nav` g`aniy ko`rguzur ermishki, xalq rioyat yo`lin topmaslar ermish. Olamdin o`tgan zamonida manquldurki, eldin g`oyib bo`lg`ondur. Hozir bo`lg`ach boshi ustida bir qush qo`ng`on ermishki, hech kim ul-naqshu ranglik qush ko`rmagan ermish. Elni ko`rgach uchubdur, vallohu a`lam.

            643.    Yusuf Shayx a. r.
            Sadr ato q. s. avlodidindur. Maskani Qo`xi Sof erkandur. Andin ham ko`p xoriqi odotu karomot manquldur. Umri yuz yigirmaga yetgandur va mozori ham ul-navohidadur.

            644.    Hoji Shayx a. r.
            Yusuf atoning o`g`lidur. Ishin atosidin ko`p o`tkaribdur. O`z zamonining uluq ulusi o`zin anga muridu ashob tutar erkandurlar. Arlot ulusi va Tarxon elining uluq kichiki ani muqtadoliqqa qabul qilibdurlar. Xoriqi odot ko`p andin zohir bo`lur ermish. Bir kun muridlari bila otlanib borur ermish, bir yerda tushmishlar, o`tqa ehtiyoj bo`lmish. Har taraf tilamishlar, topilmamish. Shayx demishki, men sizga o`t topsam, nechuk bo`lg`ay? Demishlarki, lutf bo`lg`ay! Yog`lig`i ichida bir tugun ermish. Ul tugunni yeshmish, andin bir pora cho`g` chiqmish. Ul cho`g`ni ul o`tqa muhtoj elga bermishki, alarning ham suhbatlari qizimish va ham ko`zlari yorumish. Vallohu taolo a`lam.

            645. Adib Ahmad r. t.
            Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g`arib nimalar manquldur. Derlarki, ko`zlari butov ermishki, aslo zohir ermas ermish. Basir bo`lub, o`zga basirlardek andoq emas ermishki, ko`z bo`lg`ay va ko`rmas bo`lg`ay. Ammo bag`oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy kishi ermish. Haq s. t. agarchi zohir ko`zin yopuq yaratqandur, ammo ko`ngli ko`zin bag`oyat yoruq qilg`ondur: lubyog`a ilik surtubdur va debdurki, qo`y bukragiga o`xshaydur va naxudni barmog`i bila silab, debdurki, itolg`u boshig`a o`xshar. Maskani Bag`doddin necha yig`och, ba`zi debdurlar, to`rt yig`och yo`l erkan. Bir kun imom A`zam q. r. darsig`a hozir bo`lur erkandur va bir mas`ala o`rganib, bu yo`lni yayog` borur erkandur. Darsda yeri saffi ni`ol erkandur. Naqledurki, Hazrat Imomdin so`rubdurlarki, shogirdlaringiz arosida qaysidin andoqki ko`nglunguz tilar, rozisiz? Bovujudi Imom Muhammad va imom Abu Yusuf r. va alarning abnoyi jinsi va hamsabaqlari. Imom q. s. debdurki bori yaxshidurlar. Ammo ul ko`r turkki, saffi ni`olda o`lturur va bir mas`alani mazbut qilib, to`rt yig`och yo`l yayog` kelib borur, andoqki kerak ul tahsil qilur. Va aning tili turk alfozi bila mavoizu nasoyihqa go`yo ermish. Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmatu nuktalari shoe`dur. Nazm tariqi bila aytur ermish, aning favoydidindur.

Ulug`lar ne bersa yemasman dema,
Ilik so`n, og`iz ur, yemasang yema!

            Va ham aningdurkim:

So`ngakka ilikdur, eranga bilik,
Biliksiz eran-ul so`ngaksiz ilik.

            Al-ilmullohi taolo.

            646. Mavlono Kalon Ziyoratgohiy q. s.
            Aziz kishi ermish, zuhdu taqvo bila ma`ruf va salohu sadod bila mashhurdur. Ziyoratgohdin shahrg`a masjidi jome`g`a kelur bo`lsa, uy minib kelur ermish. Buzurglugi zamon ahli qoshida muharrar ermish. Zamon podshohi suhbatig`a orzumand ermish, vale ul ibo qilur ermish. Andoqki, bir kun g`oyat ishtiyoqdin otlanib, Ziyoratgohg`a aning ziyorati qasdig`a azimat qilibdur. Yo`lda otdin yiqilibdur, dag`i yonibdurki, Hazrat Mavlono chun bizing mulozamatimizni qabul qilmaydur, tashvish bermagan avlodur. Va qabri Ziyoratgoh dashtidadur.

            647.    Mavlono Nizomuddin Ahmad q. s.
            Mavlono Kalonning xalaf farzandidur. Donishmandu muttaqiy kishi ermish. Ravishi pok, suluki inchka. Hazrat Mavlono Sa`duddin Qoshg`ariy q. r. aning bila musohib bo`lub erkandur. Va degandurki, otasin ulug` kishikim derlar, agar o`g`lining o`n ulushidin biri bo`lsa ham uluq kishi ekandur. Aning so`zidurkim, uch nimadurki ozi ko`pdur. Shirkat va shirk va o`t. Qabri ham Ziyoratgohda, otasi yonidadur.

            648.    Bobo Sungu q. s.
            Zamon majzublaridin ermish. Andxud qasabasida bo`dur ermish. Sohibi botin kishi ermish. Ramzlarin bilganlar natija topar ermish. Temurbek Xuroson mulki azimatig`a yuruganda Andxudqa yetganda mashhurdurki, Bobo xidmatig`a borg`andur. O`lturg`ondin so`ngra Bobo ilamida bir sufrada yaxna et erkandur. Qo`yning yaxna to`shin olib, Temurbek sari otibdur. Temurbek g`oyati aqlu zakosidin debdurki, Xurosonni yer yuzining ko`ksi debdurlar. Ani Bobo bizga havola qildi, deb bu bashorat bila yurub, Xuroson mulkini olibdur. Va Bobo Sunguning qabri ham Andxud qasabasidadur, yuzoru va yutabarraku bihi. Va Bobojon Bobo aning xalifasi ermish. Va Bobo Ibrohim Bobojon Boboning muridi va xalifasi. Ikkalasining qabrlari ham Bobo Sungu jivorida, Andxuddadur. Va holo darveshlar takyani ma`mur yasarlar.   

            649.    Shayx Abu Mansur Moturudiy q. s.
            O`z zamonining a`lami ulamosidin ermish. Ul vaqt ulamosi alarni Sulton al-muizzin der ermishlar. Zohir va botin ulumi birla orosta. Alardin g`arib holog manquldur: bir kun o`z havlilarida bir ayvonda o`lturub, hamono ilaylarida tafsir emish bo`lg`ay. Ikki mast razilvash eldin alarning eshiklariga kelib, biri tashqari turub, biri ichkari kirib, alarning sharif avqotlarig`a beadabona harakat va so`z bila mushavvish bo`lur ermish. Alarg`a g`ayratu g`azab mustavli bo`lub, qo`pub, bir mahkam cho`bdasti turg`on ermish, olib, ul beadabning boshig`a andoq urarlarkim, mag`zi parishon bo`lub yiqilur. Oyog`idin sudrab, bir chuqur ermish, anga solurlar. Dag`i kelib, huzur bila qiladurg`on ishlarig`a mashg`ul bo`lurlar. Yana bir hamrohi bir zamon turar. Bu kirgan hamrohi chiqmas. Oni tilay ul dag`i kirar. Hamul nav` be adabona so`z ayta kirishurki, mening hamrohim bu uyga kirdi va chiqmadi. Qayon bordi? Ayt! – deb. Shayx ayturlarki, munda hech kishi kirmadi. Bir it kirdi, telbalik qilur erdi, urub o`lturdum, dag`i ana u chuqurda tashlabmen, deb chuqurni ko`rguzdilar. Ul mast ul chuqur ustiga borib, mulohaza qilsa, ko`rarki, bir itdur, mag`zi parishon bo`lub, o`lub yotur. Ul mastlig`din sog`olib, Hazrat Shayx qoshida tavba qilur va tuz yo`lg`a kirar.
            Shayxning muborak qabrlari Samarqandning Chokardiza go`ristonidadur va zamon podshohi ul mozor boshida mutakallif masjid yasabdur.

            650.    Shayx Burhonuddin Sog`archi q. s.
            Sog`arch – Samarqandning to`rt yig`ochida bir kentdur. Shayx andin ekandur. Va o`z vaqtida bag`oyat buzurg ekandur. Ko`p xaloyiqning irodat va ixlosi anga bor ekandur. Va qabri ham Samarqandda, mazkur bo`lg`on Chokardizadin kirgach, o`ng qo`ldadur.

            651.    Sayyid Ne`matulloh q. r.
            Kirmon viloyatining Mohon degan kentida sokin erkandurlar. Zohiriyu botinin ulumida komil va zuhdu taqvo bila orosta. Zamonning salotini, xususan Hinduston mulkining maliklari anga muridu muxlis ermishlar. Va tuhfa va nazri benihoyat ul mulkdin Kirmong`a Mir xidmatig`a yuborurlar ermish. Mir nazmga dag`i mashg`ul bo`lur ermishlar. Va devonlari dag`i bor. Va bu abyot alarningdur.

            B a y t:

[Biz Xudoni xalqqa tanitmoq uchun dunyoga keldik]1.
 Qabri hamonoki ham ul kentdadur.

            652.    Shayx Jamol Nuqoniy q. s.
            Uz vaqtida buzurg ermish. Zohir ibodoti va sofiy vaqti bor ermish. Mashhadi muqaddasaning yonida Nuqon Otlig` kentidin ermish. Nuqondin haj azimati qilib, tavakkul qadami bila tebrabdur. Bag`dodqa yetganda chun zodu rahlasi yo`q erkandur, muzdurliqqa boribdur. Bir muridi bila ekandur, alarg`a balchig` ishi buyurubdurlar. Nova tashiydur ermishlar. Murid balchig` novag`a solib, Shayx ko`tarib yeriga eltur ermish, chun namoz vaqti bo`dubdur. Shayx debdur muridg`akim, bu novag`a sen dastur bila balchig` solatur, men namoz qilib kelguncha. Murid ul balchig`ni dastur bila solur ermish va nova eltur yerga yetkurur ermish. Uy iyasi munga muttali` bo`lub, taajjub qilibdur. Shayxni tilasa, namozg`a mashg`ul topibdur, ayog`ig`a tushub, murid bo`lub barcha molu jihotin arz qilibdur. Shayx qabul qilmay Makka azimati qilibdur. Ul dag`i Shayx xidmatig`a boribdur. Makkadin qaytqanda ko`p iltimos bila Shayxning Bag`doddin yo`l yarog`in qilib, Nuqong`a uzatibdur. Va holo Nuqonda Shayxning xonaqohining asari mavjuddur. Va mozori Dastjardi Xushangur degan kentdadur.

            653.    Shayx Abdulloh Barnishobodiy q. s.
            Xoja Ishoq Shahid murididur. Xonaqohi va muridlari bor erdi. Va zamon xaloyiqining anga ko`p irodati bor erdi. Sofiy avqotlig` va avrodlig` kishi erdi. Podshohi zamonning ham ko`p ixlosu niyozi bor erdi. Qabri ham ul Barnishobod degan kentida-o`qdur.

            654.    Shayx Rashid Bidvoziy q. s.
            Shayx Abdullohning ashobidindur. Aning dag`i muridlari va ashobi bor erdi. Va o`z xaylining muqtadosi erdi. Va xalqning irodat va ruju`i anga ko`p erdi. Va qabri o`z kenti Bidvoz degan yerdadur.

            655.    Shayx Shohi Bidvoziy q. s.
            Ul Shayx Rashidning murididur. Zohir ulumidin oris erdi, ammo o`z ixlosu irodat va zuhdu vara`u toatidin botin olamidin anga qaviy kushodlar yetib erdi. Va xalq anga shefta bo`lub erdilar. Fano tariqida komil va so`zi bag`oyat muassir erdi, andoqki, bovujudi omiylik. Ulamodin ko`p el anga muridu munqod bo`lub erdilar. Va xoriqi odotu af`ol ham naql qilurlar. Va holo ham aning muridlaridin ko`p darveshlar oradadurlarki, sulukka, balki irshod va talqing`a mashg`uldurlar. Va tegralarida fuqarodin toliblar alardin bahramanddurlar. Va Shayxning mozori o`z kentidadur.

            656.    Shayx San`on.
            Oning buzurgligin Hazrat Shayx Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» otlig` kitobini o`qug`on kishi bilur. Ishq va muhabbat bahrining gavhari va shavqu malomat otashkadasining samandari erkandur va Shayx Nozim q. s. aning bobida mundoq debdurki,

m a s n a v i y:  

[O`z davrida yashagan Shayx San`onning fazilati haqida har qancha yozsam oz. U kamolga yetgan to`rt yuzta muridi bilan Haramda ellik yil yashadi]1.

            Bovujud bu biyik marotib ulcha ishq oshubidin va muhabbat lagadkubidin Shayx boshig`a tushubdur, aning abnoyi jinsig`a yo`qkim, hech bani odamga tushmaganini har kishi «Mantiq ut-tayr» kitobini o`qusa, ma`lum qilur.

            657.    Mir Koriz r. t.
            Ham Shayx Fariduddin Attor ba`zi kitobida aning zikrin qilibdur va adosidin base buzurglik fahm bo`lur. Derlarki, mujarrad ermish. Zamonining ahli ta`ahhul taklifi qilibdurlarki, hayf bo`lg`ayki, andin natijae qolmag`ay.
            Ul debdurki, bizing bila basar eltmak dushvordur. Alar debdurlarki, biz biravni topaliki, sizning musohabatingiz va xidmatingizni bekulfat qabul qilg`ay. Ul rozi bo`lg`ondin so`ngra alar anda bir uluq kishining qizini anga nikoh qilibdurlar. Ul bir qorong`u xilvatda bir kub ichinda suluk qilur ermish. El tarqag`andin so`ngra ul kubga kiribdur. Va mankuhasig`a debdurki, sen ham kir! Ul ibo qilibdur. Ilhoh qilgach, debdurki, manga bu taklifni qilsang, taloqimni ayt! Ul taloq qilg`andin so`ngra mahru kobin tilabdur. Mir Koriz ilig urub, ul kub og`zidin bir miqdor ushatib anga beribdur. Tashqari chiqarib ko`rsa, qizil oltun ekandur. Pushaymonlik sud qilmaydur. Aning mozori Mashhad navohiysidadur. Va niyozmndlaridin ba`zi hazira yasabdurlar, yuzoru va yutabarraku bihi.

            658.    Shayx Shoh Ziyoratgohiy q. s.
            Valodati Farohda ermish. Kichik yoshda otasi anig Farohdin Ziyoratgohg`a kelturubdur Mavlono Kalon qoshig`a. Va Mullo Kalon aning otasining muridi ermish. Aning takmilini anga havola qilibdur. Bulug` haddig`acha Mullo Kalon ani muhofazat qilib, saboq o`qubdur. Yigit bo`lg`ondin so`ngra Ziyoratgohning qadim madrasasida sokin bo`lub, zohiriy ulum takmilin qilibdur. Va Mavlono ham ul dastur bila andin xabardor ermish. Muddatdin so`ngra shahrg`a kelib, madrasasida sokin bo`lub, mufrit taqvo yuzidin sulukka mashg`ul bo`lubdur. Zotida zuhd kichik yoshidin mutamakkin ermish, andoqki, tahsil chog`ida hech tolibi ilm uyidin sham` yorutmaydur. Chun inzivosi g`oyati quvvat va niyati takmilu tatmimg`a yetibdur, g`aybdin abvobu kushod va anvo`i fayzu irshod alarg`a yetibdur Ziyoratgohg`a avd qilib, mavrusi manzilig`a kirib sokin bo`lubdur. Soyir avqotda hech kim bila ixtilot qilmas erdi. Akobir va ashrof, balki zamon podshohlari Shayx ziyoratig`a borurlar erdi, ammo adabu ta`zim yuzidin rasm yo`q erdiki, eshik qoqqaylar, xo`shada tushub o`ltururlar erdi. Birav uydin chiqsa, kirib xabar eltur erdi. Shayx tilamaguncha kishi kirmas erdi. Har kishi suhbatig`a yetsa erdi, mahobatidin dalir so`z ayta olmas erdi. Va haqoyiqu maorifi muassir erdi. Va podshoh va gadog`a nasihatu pandi alassaviya erdi. Podshohga bir kun bu nav` nasihat qilg`andurki, harne o`zungga ravo ko`rmassan, Tengrining hech bandasig`a ravo ko`rma! Bu so`z muassir tushub, chandin musulmonlarg`a naf` yetib, podshoh bu so`zni mazkur qilur erdi. Va bu haqir bila ko`p iltifoti bor erdi. Ko`p qatla xayr duosi qilib erdi. Umid ulki mustajob bo`lmish bo`lg`ay. Yoshlari yetmish ikkiga yetganda Ziyoratgohda dunyodin o`ttilar. Va Hirot shahrida Shayx Bahouddin Umar q. s. hazirasig`a naql qildilar.

            659. Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s.
            Alar Shayx Zaynuddin Xavofiy q. s. ning kibor xulafosidindur. Zohiriy va botiniy ulumda komil. Qirq yilg`a yaqin irshod sajjodasi ustida istiqlol bila mutamakkin erdilar. Hazrat Shayx Tabodgoniy qaryasig`a yetganda alar kichik yoshda ermishlar. Shayx suhbatining sheftasi bo`lubdurlar. Shayx azimat qilg`anda tilabdurlarki, xizmatida borg`anlar. Shayx debdurlarki, holo, saning ish qilur vaqting emas. Tahsilg`a amr qilibdurlar. Hirot shahrig`a kelib, Feruzobod bozorida madrasai Sabzda necha vaqt zohir ulumi kasbig`a mashg`ul bo`lubdurlar. Ammo doim xayollarida bu toifaning suluki dag`dag`asi bor ekandur. Bir kun hujralarida mutolaag`a mashg`ul ekandurlar, janoza saloti uni kelur. Qo`porlarki, ul namozg`a yetgaylar. Tashqari chiqib, ehtiyot qilurlar. Janoza va salot tortqon kishi ko`runmas. Taajjub bila hujrag`a kirib, yana mutolaag`a mashg`ul bo`lurlar. Yana ul un kelur. Yana chiqarlar va ehtiyot va tafahhus qilurlar va har kishidan so`rarlaru ne ul janozadin va undin asar bor ermish va ne hech kishiga andin vuquf. Alar o`zlariga derlarki, go`yo bu un [o`lmasdan burun o`linglar]1 hadisi hukmi ishorat angadurki, o`lumning tahniyasida bo`lg`ay, chun vaqt yetgan erkandur. Chiqib, Hazrat Shayx xizmatig`a kelib, jidd bila sulukka ishtig`ol ko`rguzurlar va oz fursatda alarg`a ko`p rushd zohir bo`lur. Shayx der ermishlarki, Mavlono Shamsuddin Muhammad sarig` oltun erdi. Biz ani sikkazada qilduq va har kimga maktube yo ruq`a bitsalar ermish, alarg`a buyururlar ermish va istihson qilib der ermishlarki, bizing mofizzamirimizni bitirsen. Mavlonodin manquldurki, bir ramazon oyida Shayxning masjidining imomi g`oyib ermish. Alarg`a havola bo`lubdurki, tarovihda imomat qilg`aylar. Dastur bu emishki, Shayx masjidida tarovihda si pora Qur`onni bir xatm qilur ermishlar. Alar har kun bir se porani yod tutub, tarovihda imomat qilib, ul ramazon ma`hud dastur bila Qur`on xatm bo`lubdur va Shayxdin so`ngra istehqoqu istiqlol bila murshid alar bo`ldilar va xosu omning ruju`i alar xizmatida voqe` erdi va xonaqohlarida muridlarni arba`in va xilvatqa o`lturtmoq va alar takmilig`a ishtig`ol ko`rguzmak alar zamonida alarning xonaqohida o`q erdi va xotirlari mayli yaxshi un bila samo`g`a ko`p moil erdi va Mavlono sozu xonandalig`din bot muassir bo`lib, samo`g`a qo`porlar erdi va behol bo`lur erdi va majlis huzzorig`a g`arib asar qilur erdi. Andoqki, betahammul bo`lub erdilar va alarning tasnifoti bor, misli «Asmbulloh sharhi» va «Manozil us-soyirin» va «Qasidai burda muhammasi» va «Tazkirat ul-habib» va «Vasoyo» tarjimasi va bir «Arba`in» tarjimasi «zikr» bobida. Va yana bir «Arba`in» tarjimasi «faqr suluki» bobida. Va bu faqirg`a iltifotlari ko`p erdi. Bu hadisni alardin istimoim borki, [iymon ikki bo`lakdan iborat: yarmi sabr, yarmi shukr]2. Yoshlari sakson sakkizga yetti va sakkiz yuz to`qson birda Chilgaziy mahallasida olamdin o`ttilar va Xiyobonda madfundurlar. Muxlislaridin ba`zi qabrlari boshida xonaqoh va masjid imorati qilibdur va darveshlari farzandlari xizmatida sulukka mashg`uldurlar va [«qutbi zamon biraft»]3, alarning favtining tarixidur.

            660.    Xoja Abdulaziz Jomiy q. s.
            Hazrat Shayx ul-islom Shayx Ahmad Jomiy q. s. ning yaqin avlodidindur. Kichik yoshdin zuhdu taqvog`a orosta ermishlar. Hiriy shahrida zohir ulumi takmili qilibdurlar va Mavlono Sa`duddin Qoshg`ariy q. s. irshodi bila xojalar q. a. tariqida sulukka mashg`ul bo`lubdurlar va taqvolari mufrit erdi, soyim ud-dahr erdilar va samo` majlisida azim sayhalar urub, bexud bo`lur erdilar. Ulug` yoshlarida haramayni sharifayn ziyortig`a borib, musharraf bo`ldilar va vajdu shavq mizojlarida g`olib erdi va ko`prak avqot «Futuhoti Makkiya»ni mutolaa qilur erdilar. Alar vaqtida Shayx ul-islom q. s. avlodida bu tariqda alar erdilar. Va xaloyiq va soyir avlod alarg`a muxlisu munqod erdilar. Va bu haqir borasida iltifotlari ko`p erdi va ko`p qatla fotiha bila duoi xayr qilibdurlar. Umid ulki, mustajob bo`lmish bo`lg`ay. Sakson ikki yoshlarida to`qquz yuz ikkida Jom viloyatida olamdin o`ttilar. Shayx ul-islomning xonaqohida madfundurlar.

            661.    Mavlono Alouddin q. s.
            Aning asli Ko`histondindur. Shahrg`a tahsil uchun kelib, Mavlono Sa`duddin Qoshg`ariy q. s. suhbatig`a musharraf bo`lubdur. Va sulukka mashg`ul bo`lubdur. Va Hazrat Mavlono irshodi bila anga ko`p rushd hosil bo`lubdur. Va`zu samo` majlisida xushhol bo`lub, sayhalar tortar ermish. Base toliblarg`a faqr tariqi talqini qilur ermish. Ikki haj tashrifig`a musharraf bo`lub, anda Shayx Abdulkabir degan buzurg suhbatig`a yetib, ko`p favoyid topibdur. Yoshi yetmish uchga yetib, sakkiz yuz to`qson ikkida olamdin o`tti. Va qabri o`zining piri Mavlono Sa`duddin q. s. taxti ustidadur. Favtining tarixi [«Pir raft»]1 alfozidin topibdurlar.

             662.    Mavlono Abulxayr q. s.
             Oti Ahmaddur. Hofiz Shamsuddin Saraxsiyki derlar, sohibi vaqt kishi ermish, aning o`g`lidur. Va kichik yoshda Qur`onni hifz qilib erdi. Va Shayx Zaynuddin Xavofiy r. t. silsilasida suluk qilur erdi. Yaxshi tab`i va. yaxshi ixtiloti bor erdi. Bu faqir Hazrat Maxdumiy n. m. n. jamoatida aning keynida namoz qilibmen. Qur`onni xo`b va muassir o`qub erdi. Yoshi yetmishga yetganda sakkiz yuz sakson yettida olamdin o`tti. Va qabri Hirot shahrining sharqiy haddida Shoh Abulg`ays go`ristonida durur.

            663.    Mavlono Shihobuddin q. s.
            Oti Muhammaddur. Mavlono Abulxayrning og`asi erdi. Ul dag`i kichik yoshida Qur`on hifzi qilib erdi. Darveshlik va faqr tariqi sulukida biyik holatu voqe`otqa yetib erdi yoshi saksonga yetganda sakkiz yuz to`qson to`qquzda dunyodin o`tti. Qabri inisi yonida, Shoh Abulg`aysdadur.

            664.    Mavlono Xojiy r. t.
            Yigitlikda tamavvul va moli bor ermish. Barchasin darveshlarga va faqr ahlig`a sarf qilibdur. Va suluki chog`ida sakkiz haj davlatig`a musharraf bo`lubdur yillar Makkada mujovir erkandur. Qirq yilg`a yaqin hazrat Maxdumii n. m. n. xidmatig`a musharraf erdi. Va ul Hazratning aning bila ko`p inbisotu iltifotlari bor erdi, andoqki, alarning kutubu musavvadalarin muhofazat qilur erdi. Va yoshi yetmish to`rtga yetganda sakkiz yuz to`qson to`qquzda olamdin o`tubdur. Va mozori Hazrat Maxdumiyning suffasi ustidadur.

            665.    Mavlono Sa`duddin r. t.
            Bahrobodning Ravniz otlig` kentidin erdilar Donishmand va muttaqiy erdilar. Kichik yoshidin taqvoyu zuhd bila o`tkarib erdilar. Hirot shahrida Hazrat Maxdumii n. m. n. bila ko`p suhbat tutubdurlar. Va tahsil ayomida bila hamsaboq o`qubdurlar. Va Mir Izzuddin Tohir Nishoburiynng shogirdi erdilar. Va Shayx Sa`duddin Hummuyi r. ning avrodin o`qur erdilar. Va qirq yilg`a yaqin Mashhadi muqaddasai rizaviyada sokin erdilar Va hayotlari muddatida «Faroyiz» adosidin so`ngra «Tafsir» bila «Hadioqa mashg`ul bo`lurlar erdi Va el bila ixtilot qilmas erdilar. Va dunyo so`zi alar majlisida o`tmas erdi. Alar suhbatig`a yetib, so`zlarin eshitgan kishiga Hazrat Rasul s. a. v. va buzurgvor ashobining tariqi yod bo`lur erdi. Ba`zi muxtalif mozohib ahliki, alar tavrida taassub g`olib bo`lur, Mavlononing buzurglukida hech so`zlari yo`q erdi. Bu haqir borasida ko`p xayr duolari qilibdurlarki, aning bila bag`oyat umidvormen. Sharif sinlari to`qson yettiga yetti, to`qquz yuzda dunyodin o`ttilar. Va qabrlari Mashhadning bozasida Ali Zaynuddinning xonaqohi ollidadur.

            666.    Mavlono Muhyi q. t. s.
            Imom, Rofi`iy G`aznaviy q. s. farzandlaridindur. Valodatlari Andxudda erkandur. Kichik yoshida bozordin otasi bila o`tub borurda, Bobo Sungu a. r. ki, zamonning majzublaridin ermish, iligin tutub, halvonaz do`konig`a tortib, uch tika halvo og`zig`a solibdur. O`z davrida Haq taolo anga go`yolig` beribdur. Donim der ermishki, ul halvoning halovati jonim mazoqidin chiqmas. Va ul Samarqandda tahsil qilibdur. Va xonaqohi va muridlari bor ermish. Va muassir va`z aytur ermish. Libosi yo kapanak, yo po`stin ermish. Ko`nglak o`rnig`a bir chodiri shab egniga solur ermish. Mashhur mundoqdurki, har kun «Kalomulloh»ni bir xatm qilur ermish. Ishi to`qson yettiga yetib, sakkiz yuz oltmish beshda dunyodin o`tubdur.

            667.    Muqriy Mahmud q. s.
            Xorazmliqdur, husni savti a`lo darajada erdi. Va bag`oyat darvesh va pokiza ro`zgor kishi erdi. Mavlono Muhyi a. r. ning muridi erdi. Va o`zining ham ko`p muridlari bor erdi. Va Hiriy shahrining masjidi Jome`ida yetmish yil azon davdati anga muyassar bo`ldi. Va yoshi yuz to`rtga yetti va sakkiz yuz saksonda dunyodin o`tti. Va qabri Mavlono Sa`duddin Qoshg`ariy q. s. ning hazirasidadur.

            668.    Mavlono Vajihuddin r. t.
            Hazrat Mavlono Muhammad Tabodgoniy r. t. ning ashobidindur. Tavbasining bidoyati bu erdikim, burun tolibi ilm kishi erdi. Vazifasining barotin bir kentga bitib erdilar, ani bitkarurga borurda darveshlik dag`dag`asi ko`ngliga tushub, ham andin madrasadag`i kutubni va hujrani muqfal quyub, Mavlono Sirojiddin Olim suhbatig`a borib, inobat qilib, bir yil alar bila bo`lubdur. Va andin Makka azimati qilibdur. Va Mashhadda Hazrat Mavlonoyi mazkur xidmatig`a yetibdur. Va alar ani asrabdurlar va ko`p ish buyurub, irshod ijozati beribdurlar. Yoshi yetmish sakkizga yetganda sakkiz yuz to`qson to`rtda dunyodin o`tubdurlar.

            669.    Mavlono Muhammad Amin r. t.
            Bag`oyat buzurgvor kishi erdilar, donishmand va muttaqiy. Va majolislarida tafsir va hadisdin o`zga so`z oz o`tar erdi. Va aksar, Haq s.t. ning lutfu ehsoni va bandalarg`a rahmu rahmatidin va mujrim bandalarning Tengri taolo avfidin umidvorlig`i bobida oyotu ahodis o`qurlar erdi. Har necha foriqu fojir va noumid kishi alar suhbatig`a yetsa erdi, umidvor chiqar erdi. Muborak sinlari yuzdin tajovuz qildi. Bu ruboiy bu faqir xotirig`a alarning muborak tilidin qolibdurki,
ruboiy:

[Shamol esdiyu jonon zulfining hidini keltirdi, bizning eski xarob ishqimizni yangiladi. Ey shamol, u bilan oshnolig`ing bor, zinhor biror begona atrofida aylanma]1.

            Shayx Shoh Ziyoratgohiy va ul asrda ko`prak mashoyix bila suhbat tutub erdilar. Balki mashoyix alar suhbatig`a tabarruk tilar erdilar. Qabrlari Ziyoratgoh dashtidadur.

            670.    Darvesh Muhammad Bihra r. t.
            Shayx Zaynuddin Xavofiy q. s. majlisig`a yetib erdi. Va Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s. xidmatida ko`p suluk qilgan kishi erdi. Hirot shahrining Bihra otlig` kentida bo`lur erdi. Va muridlari bor erdi. Va elga nasihatu pand ayturda betahoshiy erdi. Va qabri ham ul Bihra yonida bir buyuk tepa ustidadur.

            671.    Darvesh Mansur q. t. s.
            Pokrav solik erdilar. Va Shayx Hasan Juriy muridlaridin erdilar. Aksar avqot soyim erdilar. Va zohir ulumini Mavlono Yahyo Sebak qoshida tahsil qilib erdilar, Va zamon podshohi bu haqir kichik erkanda aruzu sanoe` o`qumoqqa alarg`a siporish qilib erdilar. Ammo bu toifaning chun istilohotin ham xo`b bilur erdilar. Mundin ham ko`prak alardin eshitilur erdi. Bu toifada alardek xush tab`u daqiq oz kishi voqe` bo`lmish bo`lg`ay. Alar favoyididin bir-ikki ruboiy sabt qililur.

            R u b o i y:

[O`z zotiga qoyim Haq har bir zarrada zuhur etadi. Ammo g`ofillar ko`zidan pinhon. Daraxtdan «analloh» sadosi chiqdi. Mansur «analhaq» desa, ajab emas...

*  *  *

Har bir zarra o`zicha mavjud emas, bu haqda turli gaplar aytmaslik kerak. Yaratish istaksiz bo`lmas. U istaganni esa, rad etib bo`lmas)1.

Olamdin soyim o`ttilar. Va qabrlari Xoja Toq go`ristonidadur.

            672.    Darvesh Hasan Shahroshub q. s.
            Astrobodda bo`lur erdi. Mashoyixiing ko`pining suhbatig`a yetib erdi. Va xaloyiqdin e`roz qilib, go`shae tutub erdi. Va hech kimdin hech nima qabul qilmas erdi. Va «Mushaf» kitobi bila maosh o`tkarur erdi, ammo qog`azu siyohi va o`zining kitobatig`a yarar muzddin ortiq nima rioyat jihatidin bersalar erdi, qabul qilmas erdi.    
            Bag`oyat zohidu muttaqiy kishi erdi. Qabri Astrobodda o`z maskanidadur.

            673.    Darvesh Muhammad Gozurgohiy q. s.
            Ul sipohiy yigit erdi. Oti Maqsud Ali. Ammo nomurod uva darveshvash yigit erdi va darveshlikka moyil. Oqibat sipohilig`ni tark qilib, Hazrat Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s. mulozamatig`a musharraf bo`lub, alarning ilkida tavba qilib, alar irshodi bila sulukka mashg`ul bo`ldi. Va andoq mustahsan muomalag`a muvaffaq bo`ldiki, oz fursatda Mavlono hazratlarining kibor ashobi ani musallam tutarlar erdi. Va g`olibliqqa pisand qilurlar erdi va Mavlononing ham inoyat nazari muridlaridin anga ko`prak erdi. Faqr tariqida ko`p yorug`luqlar topib, maqosid hosil qilg`ondin so`ng o`zgalardek olamdin o`tdi. Hamonoki qabri Gozurgohdadur.

            674.    Mavlono Muhammad Xurosoniy a. r.
            Avoilda louboli va lavand va oshuftaro`zgor va xammor kishi erdi. Haq s. t. hodiyi tavfiqni aning sarvaqtig`a yetkurdi va ko`ngliga darde tushdi va ul voshoyist ishlarni tark qildi va Mavlono Muhammad Tabodgoniy r. xizmatig`a kelib, tavba qildi va sulukka mashg`ul bo`ldi va shoyista maosh ilgari tutdi va yaxshi arba`inlar chiqardi va Makka azimati qildi. Va tavakkul qadami bila ul yo`lni bordi va Haramayni sharifayn ziyoratig`a musharraf bo`ldi. Va necha yil anda mujovirliq qildi va andag`i xalqning ko`pi murid bo`ldilar. Chun Makkadin yonib keldi. El orosig`a kirmadi. Ko`prak avqot Pay rabotida ibodatqa mashg`ul erdi. Bu haqir bir-ikki qatla suhbatig`a ul mutabarrik manzilda musharraf bo`ldi. Va ich og`rig`i marazi bila olamdin o`tdi va qabri Hazrat Mavlonoi mutabarrak mozori jivoridadur.

             675.    Darvesh Sayyid Hasan q. s.
             Xuroson viloyatining ashrofidin erdilar. Sipohilig` suratida o`tkarur erdilar. Salotin iltifot qilurlar erdi. Ammo doim mayllari darvesh sari erdi va darveshlar xizmatig`a yetar erdilar va darveshlar so`zin va rasoyilin o`qur erdilar. To oqibat bu jonibi ul jonibg`a g`olib keldi va ulug` manosibi zohiriyni va podshohning taqarrub va xususiyatini tark qilib, Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s. xizmatig`a borib, olamning barcha ishidin ilik tortib, ul ilikni faqr etagiga urub sulukka mashg`ul bo`ldilar. Necha yil g`arib arba`inlar chiqarib, darveshlar orasida mutaayyin va faqr tariqida Hazrat Mavlononing ixtiyori xulafosidin bo`ldilar. Xoja Burhonuddin Abunasr Porso q. s. va Shayx Bahouddin Umar r. Mavlono Boyazid Puroniy a. r. va Shayx Shoh Ziyoratgohiy q. r. va ul zamonning mashoyixining ko`pining suhbatig`a yetib erdilar va bu haqirni farzandliqqa maxsus qilur erdi. Bu haqir faqr tariqida va fano joddasida alardek tamom kishi oz ko`rubmen. Oxir hayotlarida Samarqandg`a borib, Xoja Nosiruddin Ubaydulloh q. s. xizmatig`a musharraf bo`lub, suhbatlar tutub, nazarlar topib, qaytib kelib, sakkiz yuz to`qson to`rtda olamdin o`ttilar va alarning favtining ta`rixi mundoq voqe` bo`lubdurki,

            sh ye ` r:

[Fano ahlining boshlig`i Sayyid Hasan ketdi, uning joyi abadiy jannat bo`lsin! U pokiza zot vafotiga ta`rix axtardilar. Ayttim: «Jannati pokash makon bod»]1.
Hirot shahrining Shimol haddida, tog` etagida azizlar hazirasida qo`yildi.

            676. Xoja Avhad Mustavfiy q. s.
            Donishvar kishi erdi. Derlarki, ulumi arabiyadin voqifdur. Ammo xaloyiqdin e`rozi bor erdi va Sabzavor viloyatida furukash qilib erdi. Hukkom aning xizmatig`a borurlar erdi va maorifidin bahramand bo`lurlar erdi. Ammo o`zining faqr istig`nosi oncha bor erdiki, ul elning kelgan kelmagani himmati nazarida alassaviya erdi. Bu haqir borasida ko`p qatla fotihalar o`qub, xayr-duosi qilibdurlar. Umid uldurki, ijobat asari zohir bo`lg`ay. Xojaning haqoyiqu maorifi ko`p bor. She`r devoni dog`i bor. Qabri Sabzavor viloyatidadur.

            677.    Bobo Aliy Xushmardon r. t.
            Ham Sabzavor shahrida shayxe erdi. Xonaqoh va muridlari bor erdi, pokiza avqotlig`, biyik maqomotlig` buzurg erdi. Suhbatig`a xavosu avom yetarlar erdi.. Va andin elga yaxshi nasoyih va muassir mavo`iz zohir bo`lur erdi. Qabri hamul shahrdadur.

            678.    Shayx Nuruddin Muhammad q. s.
            Shayx Bahovuddin Umar r. t.ning farzandidur. Aning qoshida suluk qilibdur. Derlarki, ulum takmilini ham otasi qoshida qilibdur. Hiriy shahrida ham o`z otasi maskanida sokin erdi va toatu ibodatg`a mashg`ul. Va mulk podshohi aning suhbatig`a yetar erdi, o`zga xavosu avom mulozamatini mar`i tutarlar erdi. Qabri ham otasi hazirasidadur.

            679.    Mirhaydar Faxrboyi q. s.
            Sayyid erdi, donishmandu shirintakallum. Xaloyiq anga shefta va aloqa ahli, suhbatig`a firefta. Bayak nogoh jazbae yuzlandiki, aql takliflaridin va uqalo tashvishlaridin qutuldi. Ulamo va xavos suhbatlarig`a kelurlar erdi. Gohi o`z holig`a kelsa erdi, har ulumdin so`z aytsa erdi, bag`oyat xo`b so`zlar andin bosh urur erdi. Andoqki, barcha ta`rif qilurlar erdi. Bu so`zning arosida yana takallumi parishon bo`lur erdi. Ammo ko`p xoriq ishlar andin manquldur. Qabri Darvozai Xush tashida, Mir Faxrboyidadur.

            680.    Mavlono Muhammad Arab q» s.
            Majzub kishi erdi. Avval olim va donishmand erdi, so`ngralar mutolaa kasratidin hamonoki dimog`i oshufta bo`ldi va parishon so`zlar ayta boshladi. Ul jumladin, bu nav` so`z ham andin bosh urar ermishki, saltanatqa dalolat qilg`ay. Bu jihatdin zamon podshohi anga shahrdin uzr qo`ldi. Va ul Siyiston mulkig`a borib, sokin bo`ldi. Anda murid va muxlis ko`p paydo bo`ldi. Pokrav kishi erdi. Ham anda olamdin o`tti. Qabri ham andadur.

            681.    Shayx Sa`dulloh Zangula r. a.
 Hiriy shahrida bir shayx erdiki, xonaqohi bor erdi va muridlari ham bor erdi. Miknat ahlidin ba`zi anga muxlis va murid erdilar. Va avrodu avqoti darveshona erdi. Irodat ahli ko`p nimalar derlar. Bo`la olg`ayki, chin bo`lg`ay, al-ilmu indalloh.

            682.    Shayx Sadruddin Ravvosiy a. r.
            Shayx Zaynuddin Xavofiy r. a. ning xulofosidindur. Zohir ulumida Xoja Fazlulloh Abullaysiy r. a. kim, Samarqand Dor ul-ilmining olimi ulamosi erdi, zuhdu taqvoda naziri yo`q erdi va fikhda Abu Hanifai soniy derlar erdikim, bu haqir ham alar shogirdlig`i sharafiga musharraf bo`lubmen. Va alad – davom toliblar irshodig`a mashg`ul erdi. Va suluk ahli hamesha aning xonaqohida xilvat va uzlat tariqini mar`i tutarlar erdi. Va voqeot hallida mahorati bor erdi. Ba`zi majlisida akobir, balki zamon podshohi hozir bo`lur erdi. Va samo`i xaloyiqqa bag`oyat mo``tabar va muhtaram erdi. Va bu toifa kutubu risolasidin faqr ahlig`a dars aytur erdö. Sakson yoshig`a yaqinda dunyodin o`tti, ich og`rig`i bila. Qabri o`z viloyati Shag`ondadur.

            683.    Mavlono Mirzayn q. s.
            Marv viloyatida buzurg erdi. Yigitlikda zohir ilmin go`yoki qilg`andur. Avrodu avqot va xonaqohu muridlari bor edi. Ul viloyat ahlig`a irshod huzurida erdi. Mulkning xaloyiqi ulug`-kichikdin barcha anga muxlis va mu`taqid erdilar. Hukkom bovujudi ulki, uyi necha yog`och shahrdin yiroq erdi, ziyoratig`a borurlar erdi. Qabri o`zi bo`lur kentda-o`qdur.

            684.    Xoja Muayyad Mehna q. s.
            Shayx Abusaid Abulxayr q. s.ning avlodidindurlar. Zohir ulumin takmil qilib erdilar. Yillar buzurgvor jaddlari mazori boshida shayx ul-islom erdilar, va`zda nafaslari bag`oyat mu`assir, samr`da harakotlari asru muriq. Zamon salotini va akobiru ashrofi irodatu ixlos yuzidin alarg`a ta`zimu ehtirom qilurlar erdi. Bu haqirni farzandliq lafzi bila sarafroz qilib, xayr-duosi ko`p etib, boramda fotihalar o`qub erdilar. Umid ulki, biri mustajob bo`lg`ay. Qabrlari ham Hazrat Shayxning munavvar gunbazlaridadur.

            685. Xoja Ruknuddin Mehna q. s.
            Alar ham Hazrat Shayx Abu Said Abulxayr q. r. ning avlodidurlar. Donishmand va muttaqqiy erdilar. Fanovu faqr tariqlarida g`olib voqe` bo`lub erdi. Xoja Muayyad olamdin o`tgandin so`ngra mazori boshining shayx-ul islomlig`in alarg`a taklif qildilar. Alar dag`i bir necha yil o`shal ishni qilib, olamdin o`ttilar.

            686. Mavlono Tojuddin Ahmad Shijaniy q. s.
Shijan degan Boxarz viloyatining a`molidindur. Alar Mavlono Sa`duddin Qoshg`ariy q. s. murididurlar. Avval shayx Zaynuddin Xavofiy r. t. silsilasida suluk qilur ermishlar. Alarga jahr zikridin dag`dag`a yuzlanibdur. Boxarzdii shahr sari yuzlanibdurlar. Shahrg`a yetkandin so`ngra mashoyix tabaqotida suluk qilur murshidlardin tafahhusg`a mashg`ul bo`lubdurlar. Hazrat Mavlono Sa`duddin Qoshg`ariyni debdurlarki, xojalar silsilasidaki, «Silsilat uz-zahob» iborat andindur, toliblarg`a talqinu irshod sajjodasidadurlar. Alarning maskanin so`rab masjidi jome` mahallasig`a borurlar. Alarning uylarin topib, bir lahza eshiklarida o`lturg`ondin so`ngra alar chiqarlar va ba`zi ashob bila uylari eshikida o`ltururlar. Mavlonog`a ham iltifot qilib, so`rub o`ltururlar. So`z asnosida Mavlono sari boqib derlarki, bu shahr podshohinki, Bobur derlar, podshohi zohirdur. Mulozimlardin biriki anga ko`p ixlosi bo`lg`ay, har saboh aning sari boqib, otin to`stoxona tutub, Bobur, Bobur deb ko`p mazkur qilsa, oyo anga xush kelgaymu deb savol qilurlar. Mavlononing ko`nglidaki dag`dag`asi raf` bo`lur va alarning silsilasida murid bo`lub, sulukka mashg`ul bo`lurlar. Ul zamon mashoyixidin ko`lining suhbatig`a yetibdurlar. «Kimyoyi saodat» kitobin qo`p mutolaa va kitobat qilibdurlar. Jami`i mashoyixu firoqning Mavlono tariqida istehsoni bor. Mufrit taqvovu zuhd bila bo`lur ermishlar. Qabrlari o`z viloyatlarida-o`qdur, yuzoru va yutabarraku bihi.

            687.    Mavlono Muhammad Chohu r. t.
            Mujallidlig` san`atig`a mashg`ul erdi va Piri Sisadsola langarida sokin erdi. Bag`oyat darvesh kishi erdi. Ko`b darveshlar suhbat va xidmatig`a yetib erdi. Sakson yoshdin yuqori bo`lub erdi, ammo tavajjuhi va istimdodi Hazrat Shayx ul-islom ruhiyatig`a g`olib erdi, andoqki, har panjshanba sabohi, albatta, o`zin ul ostong`a yetkurur erdi. Qabri ham ul takiyadadur.

            688.    Xoja Mahmud Faranhodiy r. t.
            Mazkur bo`lg`on mavze`dindur. Yillar Xuroson mulkida salotin xidmatida vazorat qildiki, andin bir ra`iyat ozurda bo`lg`ani eshntilmadn. Yetmish yoshdin tajovuz qilg`an umrida iltimoslar bila podshohdin istig`no qildi. Ul muyassar bo`lg`ondin so`ngra xalq bila ixtilot eshikin bog`lab, ibodatg`a mashg`ul bo`ldi. Sakson yoshida Hajji muborak safarig`a muvaffaq bo`ldi. Va ul muyassar bo`lub kelganidin, so`ngra ham uzlat tariqida ibodat qilur erdi, to sakson olti yoshida olamdin o`tti. Qabri o`zi yasag`on go`rxonasidadir.

             689.    Darvesh Bahlul a. r.
 Mavlono Yah`yo q. s. muridlaridin erdi. Yana dag`i mashoyix xizmatig`a yetib erdi. Purhol va purzavqu shavq kishi erdi. Va`z majlisida xonandalik va go`yandalik va samo` suhbatida betahammullug`lar qilib, azim sayhalar va sa`qalar tortar erdi. Qabri Hiriy shahrining shimol haddida tog` etakidadur.

            690.    Xoja Pir Ahmad Naqqosh q. s.
            Murtoz va g`ayratlig` kishi erdi. Avoyilda salotin xidmatig`a mashg`ul erdi, so`ngralar go`sha tutub, ibodat va iyollar maoshi uchun kasbg`a mashg`ul erdi. Mavt marazida atibbo tovug` jo`jasi buyurub erdilar. Ma`lum qilildi, yemas erdi. Nasihat yuzidin deyildi esa, dedikim: men ulg`ayibmen va borur vaqtdur. Uz sihhatimg`a bo`lg`on bo`lsa, onsiz dag`i sihhat topg`umdur. Yo`q ersa ul ham sud qilmag`usidur. Hamul marazda bordi. Qabri Xoja Toq go`ristonidadur. Bu faqir borasida xayr duosi ko`p qilur erdi. Umid ulki, mustajob bo`lmish bo`lg`ay!

            691.    Shayx Yah`yo q. t. s.
            Shayx Zaynuddin Xavofiy q. s.ning o`g`lidur. Mufrit zuhdu taqvosi bor erdi. Haj yo`lidin kelganda, aning suhbatig`a musharraf bo`luldi. Oz so`z aytur erdi. So`z ayturida mone` hamonoki davomi tavajjuhda istig`roq bo`lmish bo`lg`ay. Muridlar va toliblar talqinu irshodig`a mashg`ul bo`lmadi, bu ham bo`la olurki, hamul holig`a dalolat qilg`ay. Qabri otasining qabri ayog`i saridur.  
 

            692.    Mavlono Shamsuddin Ma`dobodiy q. s.
            Soyim ud-dahr va qoyim ul-layl erdilar. Ma`dobodda o`ttuz yil erdiki, bir masjidqa kirib erdilarki, andin chiqmaydur erdilar, magar vuzu` qilg`ali. Ostida bir eski bo`riyo va boshi ostida bir eski xishtdin o`zga nima yo`q erdi. Hazrati Risolat s. a. v. muborak tishi muvofaqatig`a o`ttuz ikki tishini ushatib erdi. Aning kenti, ya`ni Ma`dobodni zamon podshohi Shayxi Sherozg`a suyurg`ol berib erdi. Shayx suyurg`olig`a borg`onda alarg`a za`fe torin bo`lg`ondur. Shayx iyodatig`a borib, marazlarin tashxis qildim deb, sharbat va g`izo buyurub, o`zlari hozir qilibdurlar. Mundoq javob beribdurlarki, umridurki, Haq s. t.ning rizosi talabnda zahmat tortibbiz va ma`lum emaski, ul davlatni hargiz topibmiz, yo yo`q. Holoki ma`lum qilduqki, aning rizosi bizing za`fimizdur, biz sihhat tilasak, aning rizosidin bo`yin to`lg`ab, anga rozi bo`lmamish bo`lg`aybiz. Tengri uchun bu davlatdin bizni mahrum qilmang deb, ul muolaja va g`izovu sharbatni qabul qilmaydurlar. O`z zamonida balki buncha qurunlarda alardek solik murtoz kishi yod bermas. Qabrlari ham ul kentda-o`qdur.

            693. Mir Muflisiy q. s.
            Mashhad sodotidin erdi. Ul tolib ul-ilmliq qilib, soyir xaloyiqdek ermish. Tab`i nazm ayturg`a muloyim ekandur. Bayaknogoh anga jazbae yetti va aqlu hush hulyasidin bebahra bo`ldi. Ammo ko`p xavoriqi odot andin naql qilurlar va o`zin ko`p riyozat va mehnat bila tutar erdi. Qabri Mashhaddadur.

            694.    Bobo Xokiy q. s.
            Turk elidindur. Sipohi ermish. Timurbek bila Rum va Shom cherikiga borg`ondur. Ondin qaytib kelganda, sipohilig` mashaqqatidin, chun toriqqon erkandur, tark qilib, faqr ixtiyor qilibdur. Dog`i Gitu tog`ining shimol haddida sokin bo`libdurki, holo Boboning takyasi va mazori va darveshlari andadur. Va bag`oyat tariqi riyozatlig` kishi erdi. Zamon podshohi ro`zgor havodisidin shikaste voqe` bo`lub, buzulub Foryob va Maymana haddig`a borg`ondakim, mulkini dushman olib erdi. Andin yanib, yana taxt talashib, dushman ustiga kelganda, Bobo takyasig`a tushdilar. Bobo himmatlar tutub, nasoyih aytib, yuz o`n yoshig`a yaqin erkanda otlanib, podshoh bila Gitu tog`ig`a chiqib, shahr soriki dushman makoni erdi boqib, suron solib, mulkni havola qildi. Ul ishorat bila podshoh yurub, hamul kecha mulkni olib yog`ini daf` qildi. Bu uchurda bu faqir Boboni g`arib tushe ko`rdumki, oning valoyatig`a dalolat qilur. Yuz yigirma yoshig`a yaqin yetganda dunyodin o`tti va qabri mazkur bo`lg`on yerdadur.

            695.    Bobo Hasan Qandahoriy q. s.
            Majzub ermish. Ul mulk eli G`azniy va Kobulg`acha anga muriddurlar. Va andin havoriqi odot ko`p naql qilurlar. Qabri Qandahorda-o`qdur.

            696.    Bobo Qo`kiy q. s.
            Bobo Ko`kiy ham majzub erdi. Bu faqirning otasining faqr ahlig`a ko`p irodatu ixlosi bor erdi. Andok naql qilurlar erdiki, zamon podshohi hukmi bila bir ish uchun Astrobod viloyatig`a borur erdim. Yo`lda bir majnunsifat majzub yigit yo`luqdi. Andoqki irodat ahlining odatidur, niyoz bila bir diram anga tuta berdim, olmadi va men bir kurta jubba kiyib erdim. Dedi: kurta jubbani oluram. Havo sovuq erdi. Men ani shaydu zarqqa haml qilib, otni surub o`ttum. Manzilg`a yetganda, Bobo Ko`kiy meni ko`rgach, yana dediki, kurta jubbani oluram. To necha kundin so`ngrakim, Astrobod dahanasidin kirduk, bir darvesh yalang erdi. Ul kurta jubbani ul darveshga berdim. Bir lahzadin so`ngra hamul yigit yetishti va menga boqib dediki, durta jubbani oldim. Bori bu so`zdin menga hayrat va taajjub yuzlandi. Astrobodda xiyla vaqt bo`lo`ldi. Hirot shahridin Bobo Ko`kiy ovozasi kelur erdiki, ajab majzube paydo bo`lubdur. Men Hiriyga kelgandin so`ngra bordimki, anga musharraf bo`lg`aymen. Ko`rdum, hamul yigit erdiki, Astrobod yo`lida bizning bila yo`ldosh erdi. Qabri Hiriy shahri xiyobonidadur.

            697. Bobo Ali Mast Nisoyi q. s.
            Jazbasining avvalida Mir Darziy aning sarvaqtig`a yetar, ko`rarki, bir go`sha boshida ayog` uzatib yotibdur. Bir arra chiqarib, aning poshnasig`a qo`yub torta kirishur. Andoqki, etin kesib so`ngakka yetar, ul ayog`in tutmas. Mir Darziy derlarki, [«Alayka mast ast»]1 laqabig`a jihat muni derlar. Shoh Abulg`oziy avval saltanat doiyasida Bobo nazarig`a yetibdurlar, iltifot nazari topibdurlar va Astrobod azimatidakim, Sa`dlu Husayn ustiga yurubdurlar, Bobodin ruxsat tilay kelibdurlar. Bobo debdurki, «boru bor» va umidvorlig` bila boribdurlar. Astrobodg`a yetib, dushanba kuni Zilhijja oyining o`n ikkisida urush bo`lub, a`dog`a: g`olib bo`lubdurlar. Hamul kun Bobo Nisoda takyadin chiqib, Nisoning eski qo`rg`oni yo`lida turub, har kishi kelsa, tosh otib iztirob qilur ermish kun tushgacha, andin so`ngra munbasit bo`lub, kulub yonib takyaga kiribdur. Ul soat va ul kunni hisob qilibdurlar, podshoh dushmanig`a zafar topqan bila muvofiq erkandur. Astrobodda vabo bo`lub, Xurosong`a dag`i yuzlanibdur. Bir oqshom Bobo takyadin g`oyib bo`lubdur. Kechqurunroq paydo bo`lubdur, bosh va yuzi zaxmliq, qong`a bo`lg`ong`on. Debdurki, yog`iy keladur, urdi, urushtuk, yog`iy bizni bosdi, ammo Xushkeldi o`z g`animnn bosti. Bu uchurda Nisoda vabo bo`lubdur va Bobo ul vaboda olamdin o`tubdur. Va qabri Nisodadur.

            698.    Bobo Xushkeldi q. r.
            Nisoning kentlaridin birida bo`lur ermish. Majzub va mag`lub kishi ermish. Hamul nav`ki, Bobo Ali Mast debduri, balo bila urushtuk, balo bizni bosti, ammo Xushkeldi o`z g`animin bosti. Chun vabo balosi ul viloyatqa kiribdur, barcha kentlarga yoyilibdur va ko`p xaloyiq ul zahmat bila boribdurlar, ammo Bobo Xushkeldi bo`lur kentda dorimaydur.

            699.    Sayyid Muhammad Madaniy q. r.
Madinadan bu mulkka kelib qolibdur. Jazbi g`olib ermish va bazlu ziyofat tariqi zotida mustavliy. Shoh Abulg`oziy gohi alar xidmatig`a musharraf bo`lur ermishlar. Ul avqotda bir tarafdin bir dushman Shoh Abulg`oziy qasdig`a Nisog`a mutavajjih ermish. Alar Niso tegrasinki, berk yerdur va suvlari bor, berkitur xayol qilib Misr otlig` mulozimlarig`a buyurg`an ermishlarki, chapar va tura uchun eshiklar yig`ishturg`ay. Ul eshiklar yig`ishtururda Mir eshikig`a borib, beadabona so`zlar aytibdur. Va Mirg`a g`azab mustavliy bo`lub debdurki, men bu harosning ishin yasamasam er bo`lmag`ayman. Shoh Abulg`oziy bu so`zni eshitib, Mir xidmatig`a borib, avval o`zlarining so`ngra ul Misrning gunohin darxost qilibdurlar. Javob beribdurki, sening gunohingni bag`ishladim, ammo aning gunohini bag`ishlamasmen. Navmid chiqib, yana bir mulozimni darxost ta`kidig`a yiboribdurlar. Mir debdurki, o`qiki yoydin chiqdi, ani qaytarsa bo`lmas. Chun Shoh otlanib azimat qilibdurlar, oz yo`l bormaydur ermishlarki, Misr otdin yiqilibdur. Va ul ranjdin qo`pmaydur va oz kunda ham ul tashvish bila boribdur. Va ul viloyatda mazkur bo`lg`an vabo asru tug`yon qilibdur. Mirdin duo iltimose qilibdurlar. Mir debdurki, biz borurbiz va bu baloni o`zimiz bila elturbiz. Va hamul uchurda Mir bu balo marazi bila o`tubdur va ul vabo taskin topib, daf` bo`lubdur. Va mazori ul viloyatdadur.

            700.    Bobo Bahlul q. s.
            Kichik yoshidin anga jazba yetgan erkandur va azim jazbasi bor ekandur. Va Shoh Abulg`oziy bila ko`p muloyamati bir zrkandur. Ham bu mazkur bo`lg`on vaboda Shohg`a aytibdurki, sening baloingni men qabul qildim va yiqilibdur va ul maraz bila olamdin boribdur. Qabri ham ul viloyatdadur.

            701.    Bobo Ali Poyi Hisoriy q. s.
            Majzub erdi va aslo kishi bila so`zlashmas erdi. Sayyidzoda Balyoniy, Shohrux Mirzo chog`idakim, taassub va inod ahli mazhab tuhmatig`a qatl fatvosi bitib, Poyi Hisorda shahid qilg`andurlar va kecha qatl qilg`an yerdin ko`tarmagan ekandurlar. Ul yerning huzzorn va sukkonidin ba`zi voqif ermishlarki, yarim kecha Bobo o`z yeridin qo`pub, maqtul qoshig`a kelib, ko`p yig`lab, nudbalar qilib degandurki, Tengri sening jazongni bergayki, behaqiqat el sanga zulm qildilar, ammo doyim ahli tahqiqqa juhhoddin bu nav` ishlar voqe` bo`lg`ondur. Va anga mag`firat duosi qilib, ham ul yarim kecha o`z o`rnig`a kelib, ham ul sukut ixtiyor qilibdur. Qabri Poyi Hisorda, o`zi sokin erkan yerdadir.

            702.    Bobo Tilanchi q. r.
            Marv yo`lida Charkas bandida sokin erdi. Majzub erdi. Ilayida qish va yoz o`t yoqarlar erdi. Bir siqa kishi bu toyifadinki, so`zida shoyibai kizb yo`q erdi, dedikim, Xorazm tarafidin kelurda aning takyasig`a yettim va aning bila muloqot qildim. Va ul yo`lda manga asru ko`p mashaqqat yetib erdi. Bobo ramzu imo bila mening boshimg`a ne kim o`tub erdi va ollimg`a ne kim kelib erdi, barchasin manga zohir qildi. Va yana nimalarki, mustaqbal zamong`a dalolat qilur erdi, dedikim, barcha ilayimga keldi, vallohu taolo a`lam! Qabri ham ul mavze`dadur.

            703.    Bobo Piriy q. t. s.
            Majzub erdi. Qirq yilga yaqin, bir mahaldakim yiqilib erdi, andin tebranmadi. Jazbi mufrit erdi. Hech vaqt andin kavni fasod olamig`a shuur zohir bo`lmadi.    
            Xoriqi odot andin naql qilurlar. Va xalqni ko`p safohatomiz so`kar erdi. Bu haqir aning ilayidin o`tmas erdim. Va hol ulki, maskani om yo`li ustida erdi. Bir kun bir hamroh so`rdiki, bu yerga yetganda, doyim yo`lni evurub, Bobo ilayidin o`tmassen, sabab nedur, ayt?! Dedimki, bu jihatdinki, fahsh so`kar, manga xush kelmaski, aning fahshin eshitgaymen.
            Ul hamroh dediki, Boboni derlarki, karomati bor, kel, ilayidin o`t. Agar karomati bo`lsa, seni so`kmagay. Agarchi imtihon erdi, ammo ul degandek ilayidin o`ttum, so`kmadi. Odatining xilofi – duo qildi. Qabri Hiriy shahrida.

            704. Bobo Hasan Turk q. t. s.
            Majzub va sohibi botin ermishlar. Xaloyiqki, alar suhbatig`a kelsa, ko`nglidagi xavotirni zohir qilur ermishlar. Bir qish kechasi qor yog`gan ermish va bag`oyat sovuq ermish. Boboga jazb g`olib bo`libdur yalang`och takyadin chiqib, lo alat-ta`yin mastu bexud kezib yurur ermish. Tongga yaqin jazblari taskin topibdur va sovuq asar qilibdur. Bir hammom gulxanidin o`t yorug`i ko`rinibdur. Bobo beixtiyor tabiat ko`shishi bilan o`t sari boribdur. Gulxantob gulxanga kafcha uradur ermish, yo`l bermaydur. Bobo anga aytibdurki, qo`p! Qo`pmaydur. Qizig` kafchani iligidin olibdur va boshig`a urubdurki, mag`zi chiqibdur, ayog`idin sudrab, gulxandin tashqari chiqarib tashlabdur. Va o`zi gulxanga kafcha ura boshlabdur. Saboh o`tar el ul o`lukni ko`rub yig`ilibdurlar. Gulxanga kirsalar, ko`rubdurlarki, bir yalang`och telba gulxantobliqqa mashg`uldur. Andin so`rubdurlarki, bu kishini kim o`ldurdi? Debdurki, men o`ldurdum. Tanir el bilibdurlarki, Bobo Hasandur. Uzlari hech nima deya olmaydurlar, ammo.ul o`lukning vorisi Boboni Shohrux Mirzo qoshig`a eltibdurlar va kayfiyatni arz qilibdurlar. Shohrux Mirzo so`rubdurki, Bobo, seni deydurlarki, biravni o`ldurubsen? Andoqmudur? Debdurki, hov, andoqdur. Mirzo so`rubdurki, neuchun o`ldurdung? Debdurki, munchani sen o`ldurdung, biravni dag`i men o`ldurdum. Mirzog`a yana so`z aytmoq sarfe qilmaydur.
            Maqtulning varasasini diyat bila rozi qilib, Bobog`a ijozat beribdurlar. Qabri Hirot Xiyobonidadur.

            705.    Bobo Jalil q. t. s.
            Majzub erdi, kavni fasod olamidin bebahru beshuur kishi erdi. Bag`oyat mahobatlig` shakli bor erdikim, ko`rgan kishiga andin vahm g`olib bo`lur erdi. Ammo ul g`oyatda beozoru mazlum erdiki, bir yosh o`g`longina boshlab, har qayon ko`ngli tilasa, eltur erdi. Va yemak-ichmakdin parvoyi yo`q erdi. Ne bersalar yer erdi, yo`q esa tilamakni bilmas erdi. Qabri Hirot shahrining Xiyobonidadur.   

            706.    Bobo Shihob q. r.
            Buluj elidin erdi. Tag`oyisi qizig`a mutaalliq bo`lub telbarar edi. Va ul oshuftalig`da anga jazbae yetib erdi. Xavoriqi odot andin zohir bo`lur erdi. Atfol tosh otib izo qilurlar erdi. Bu haqir bila ulfati bor erdi, qoshimg`a kelur erdi. Bir kun bag`oyat chirkin libos bila yuqori chiqib o`lturdi, nafsqa makruh keldi. Bu xayol yuzlangach, masmu` bo`ldiki, bu baytni o`qur erdi.

B a y t:

[Men o`z o`rnimga emas, xohlagan joyimga
                   o`tiraman]1.
El ko`zidin g`oyib bo`ldi, o`luk-tirigi ne bo`lgani
                  ma`lum bo`lmadi.

            707.    Bobo Sarig` Po`lod q. s.
            Asli Rumdin erdi va nasabida siyodat sharafi bor erdi. Foniyi mahz, balki fanoyi mutlaq erdi. Kiymak jinsidin bir kapanakdin o`zga nima hargiz qabul qilmadi va yemak jinsidin hargiz hech kimdan hech nima tilamadi. Ko`p mubolag`a qilsalar, juzvi yemakka mayl qilur erdi. Libos xosiyatidin podshohi zamon vz arkoni davlatdin anga maxsus kishilarki, alar bila ko`p ulfati bor erdi, har necha darxost va iltimos qilurlar erdi, hamul bir kapanakdin o`zga limaga iltifot qilmadi. Makka yo`lida o`tqa kuygan jihatdin qabri ma`lum bo`lmadi. Bu faqir bila ko`p ulfati bor erdi.

            708.    Shayx Ilyos a. r.
            Nur tog`ida Mavarounnahr mulkida bo`lur erdi va donishmandu solik kishi erdi. Silsilasi Sulton Boyazid Bistomiyg`a tortar. Atrof va javonibdin ham ilm o`qug`oli, ham faqr tariqida suluk qilg`ali toliblar aning xidmatig`a borur erdilar. Muridlari so`zi xud budurki, andoqki, anjumanda xaloyiqqa sabaq aytur va xilvatda jin xaylig`a dag`i sabaq aytur, al-ilmu indalloh. Barn buzurgluki ul g`oyatg`acha bor erdiki, aning ekini boshig`a Xoja Nosiruddin Ubaydulloh q. r. yetibdur, ko`rubdurki, xirmanni dehqonlar sovuradurlar. Otdan tushub, chorshoxni dehqon iligidin olnb, tabarruk xosiyatidin ul xirmanni sovurubdur. Chun Shayxqa aytnbdurlar, ko`p tafovut qilmaydur. Qabri go`yoki ham ul Nur tog`ida-o`qdur.

            709.    Mavlono Mir Imom q. s.
            Samarqandda bo`lur erdi, valoyat osori hay`atidin zohir erdi. Zamon podshohi va arkoni davlat ko`p hurmat tutub ta`zim qilurlar erdi. Har dardmondaning podshoh qoshida, yo aning arkoni davlati qoshida muhimmi bo`lsa erdi, anga iltijo qilur erdi. Ul bekulfat qo`pub, bavujudi kibari sinn, podshoh qoshig`a borur erdi va taxtining ollida turub, ul dardmondaning so`zin aytib, ishin butkarib yopar erdi, arkoni davlat qoshida dag`i munga ko`ra. Samarqandda balchig` azim bo`lur, aning ishi musulmonlar ishi taraddudig`a mone` emas erdi. Hamonoki, qabri Samarqandda-o`qdur.

            710.    Mavlono Sharafiddin Yazdiy q. s.
            Yazd shahrining Taft otlig` kentidindur. Donishmand va sohibkamol kishi erdi. O`z zamonida adili va naziri yo`q erdi. Tasavvufda derlarki, Xoja Shoyinuddini Turk shogirdidur. Ammo soyir ulumda va tasavvufning ham ilmida otin a`lam tutarlar va Mavlononing mufid musannafoti bor: «Qasidai burda» sharhida va «Asmoulloh» sharhida, «muammo» fannida «Hulal va manozir», agarchi asl ishga daxli yo`qdur, ammo «Hulal»ning muqaddimotida bu toifaning istilohotini ramzu imo tili bila andoq darj qilibdurki, bu toifaning kummali kerakki, anglag`ay. Dag`i Mavlono uz zamoni salotini qoshida mu`azzaz va soyir ashrof qoshida mukarram erdilar va Taftda xonaqoh va shogirdlari va muridlari bor erdi. Bu haqir sig`ari sinda ul buq`ada alar xizmatlarig`a musharraf bo`lub, mening boramda fotihalar o`qudilar. Qabrlari anda-o`qdur.

            711.    Mavlono Humoduddin Kalobodiy q. s.
            Sherozning Qalobod otlig` kentidindur. Shahrda bo`lur erdilar. Mufrit zuhdu taqvo bila zist qilur erdilar. Hukkom va ashrof alar suhbatig`a yetarlar erdi. Mavlononing zohir va botin ulumi azhar min ash-shams erdi. Bu haqir sig`ari sinda alar xidmatig`a musharraf bo`lubmen. Mening boramda fotiha o`qub, bir qasab yog`lig` inoyat qilibdurlar. Qabrlari hamonoki Sherozdadur.

            712.    Shayx Avhaduddin Homid Kirmoniy q. t. s.
            Ul shayx Ruknuddin Sinjoniyning murididur va ul Shayx Qutbuddin Abhariyning va ul Shayx Abunnajib Suhravardiyning q. a. Bag`oyat buzurg ermish. Shayx Muhyiddin Arabiy q. s. suhbatig`a yetibdur va Shayx andin «Futuhot» va ba`zi kutub va rasoyilida so`z aytibdur. «Iqboliya» risolasida mazkurdurki, Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. debdurki, bir kunki, qofila Minoda erdilar. Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s. muridlaridin biri anda erdi. Oning ziyoratig`a borduq. Alhaq bas aziz kishi erdi. Soate o`lturduq va har nav` so`z o`tar erdi. Ondin so`rduqki, eshitibbizki, sizing shayx, q. s. Avhaduddin Kirmoniyni mubtadi` debdur va o`z qoshida qo`ymaydur. Bu so`z rostmudur? Ul aziz dedi: bale. Va men ul majma`da Shayx xizmatida hozir erdimki, birav aning zikrin qiladur erdi. Alar buyurdilarki, oning otin mening qoshimda tutmangizki, ul mubtadi`dur, ammo yana bir kun ham Shayx xizmatida erdimki, dedilarki, Shayxning bu so`zin Shayx Avhaduddin eshitdi va dedi: agarchi Shayx meni mutbadi` debdur, ammo menga ushbu mufoxirat basdurki, otim shayxning tiliga o`tubdur va bu ma`noda arabiy bayt ham aytibdur. Ul bayt budur.

            B a y t:
[Meni yomonlik bilan eslaganing meni xafa qilmaydi, balki sening xayolingdan o`tganim uchun xursand bo`laman]1.  
            Bo`la olurki, shayx Shahobuddinning murodi aning ibtido`idin ul bo`lg`ayki, derlarki, ul haqiqat shuhudida mazohir suratig`a tavassul qilg`on ekondur va mutlaq jamolin muqayyadot suvarida mushohada qilur ermish. Andoqki, o`ttiki, shayx Shamsuddin Tabriziy q. s. andin so`rubdurki, ne ishdasen? Debdurki, oy aksin suvliq tashtda ko`radurmen. Shayx dediki, agar bo`ynungg`a chibqon chiqmaydur, nega oyni ko`kda ko`rmaysen? Va Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. qoshida birov degandurki, ul shohidbozdur, ammo pokbozdur. Alar aning javobida debdurlarki, kosh ne tilasa qilg`ay erdi va o`tgay erdi va bu ruboiy ham bu ma`nog`a dalolat qilurkim,

            r u b o i y:

[Suratda ma`no asari bor uchun unga ko`zim bilan boqaman. Bu olam suratdir, biz suratlardamiz, ma`noni faqat suratda ko`rish mumkin]2

va Shayx Avhaduddinning q. s. latif ash`ori bor, masnaviydin va aning g`ayridin. «Misboh ul-arvoh» kitobining oxirida ayturki,

            m a s n a v i y:

[To qo`l qimirlar ekan, ilojsiz, soya harakatga keladi. Soya qo`ldan paydo bo`ldi, aslida o`zi yo`q narsa. Borlig`i o`zi bilan qoyim bo`lmagan narsaning borligini e`tirof etish aqldan emas. Hakimlar fikricha, Haqdan boshqaning borligi mutlaq borliq emas. Haq bilan qoyim bo`lgan borliq asli yo`q narsa, lekin nomi bor. Naqqoshning fitnasi o`z naqshida, o`rtada bir kishi yo`q, xotirjam bo`l! Vujud haqiqati haqida o`zi gapirdi, o`zi eshitdi, shu sababdan o`zi ko`rsatdi, o`zi ko`rdi. Allohga qasamki, Allohdan boshqa haqiqat mavjud emasligiga ishonish lozim]3.

            R u bo i y:

[Avhad, yurak eshigin qoqasan, yurak qani? Bir umr yo`l yurasan, manzil qani? Bu vafosiz, pastkash dunyoda ellik ikki chilla o`tirding, hosil qani?]4.

            713. Amir Sayid Qosim Tabriziy q. s.
            Avoilda Shayx Sadruddin Ardabiliyg`a irodatlari bor ekandur. Andin so`ngra Shayx Sadruddin Ali Yamaniy suhbatig`aki, Shayx Avhaduddin Kirmoniy ashobidindur, yetishibdurlar. Ro`zgor ahli alarning qabul va shikorig`a ikki fariqdurlar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da alardin ko`p so`z bitibdurlarki, ul jumladin biri budurki, debdurlarki, azizlardin ba`zi der erdilarki, alar Samarqandda erkanda alar bila muloqot qilduq. Maorif asnosida, der erdilarki, Siddiq Akbardin ko`p so`z rivoyat qilib, riqqat qilurlar erdi va ko`zlaridin ulug` oq qatarot tushar erdi va muridlari der erdilarki, alar. holo Abobakriy maqomidadurlar. Hazrat Xoja Ubaydullohdin naql qilibdurlarki, alar debdurlarki, Hazrat Mir, Hazrat Xojai buzurgvor Xoja Bahouddin Naqshband q. r. a.ni Abivard navohisida ko`rgan ekandurlar va suhbat tutgan ekandurlar va alarning tariqasig`a mu`taqid ekandurlar va alardin fahm bo`lur ekandurki, o`zlarin ul tariqag`a tutar ekandurlar va ham Xoja Ubaydulloh debdurlarki, Mir hazratlari buyurubdurlarki, har yerga yetsam erdi, majzublardin so`rar erdim va o`zumni alar suhbatig`a yetkurur erdim. Chun Rumg`a yettim va ma`hud dastur bila so`rdum. Dedilar: munda majzube bor, oti Mavlono Joniy. Oning qoshig`aki bordim, oni tonidimki, tahsil avonida Tabrizda ko`rub erdim. Onda holining kayfiyatin so`rdum. Rum tili bila dediki, har saboh qo`par erdim. Bir kishi erdim, tafriqag`a tushgan. Birav bu yondin tortar erdi va birov ul yondin. Bir saboh qo`ptum. Bir hole meni bosa oldi. Mag`lub qildiki, borchadin xalos bo`ldum. Debdurki, bu so`zni necha qatla alardin eshitdim. Har qachonki, derlar erdi, mutag`ayyir bo`lurlar erdi va ko`zlaridin yosh to`kilur erdi. Ma`lum bo`lur erdiki, bu so`zni ul aziz aytqonda alarg`a ko`p ta`sir qilg`ondur va ba`zi rasoillarinda kelturub durlarki, yetti yuz oltmish to`qqizda Hirot shahrida xonaqoh jaddida Mavlono Zahiruddin Xilvatiy hazratlarining jivorida sokin erdim. Bir sahar vaqti nogoh Mavlono o`z xilvatidin yig`lab chiqib, mening xilvatim eshigiga kelib, faryod qildiki, Tangri uchun oyatni ayturki, [biz insonga uning jon tomiridan ham yaqinmiz]1.    
            Oltmish yil yugurturlar va hanuz yetmaymen. Fuqaro arbobidin azize hozir erdi, aytti, bu hamul Movarounnahr devonasi ishidurki, elning evlariga borur erdi va har iecha nima yesa erdi, chiqqandin so`ngra so`rsalar erdiki, nima yedingmu? Tashni` qilur erdiki, yegulik nima qayda erdiki, yegaymen.
            Bir kun bir ulug` kishi oni uyiga eltti va mulavvan at`ima ko`p ilayiga yoydi. Yeyolg`anchakim yedi. Andin so`ngra mezbon qilich torttiki, barchani yemak kerak. Jon havlidin yana bir miqdorkim yedi. O`zga dedi – o`ltursang ham o`lturki, yeyaolmasmen. Chun devona ul holdin xalos topib chiqdi, so`rdilarki, hech nima yedingmu? Dediki, ne`mat xud ko`p erdi. Ammo qilich qo`rqunchidin kim nima yeya olur erdi? Sakkiz yuz o`ttizda Hirot jome`ida bir fidoyi zamon podshohig`a zaxme urdi. Andoq ma`lum qildilarki, ul kishining Hazrat Mir langarida muqfal uyi bor. Ko`tahnazarlar bu tavahhumdinki, alarning vuqufi bila bo`lmish bo`lg`ay, alarg`a shahrdin uzr qo`ldilar. Va alar Balxqa bordilar va xaloyiq g`avg`osi ham alar xizmatig`a bois bor erdi. Alarning haqoyiq va maorifidin holo el orasida devonlari bor va yaxshi masnaviy risolalari. va yana rasoyil ham bitibdurlar va tarje`lari devonda bor va tarje` bayti budurki,

            b a y t:
[Af`ol, sifot va zot bilan barcha pinhon va oshkor narsalarning asli sensan]2.

            Va Balxdin Samarqandg`a bordilar va andin yana Xurosong`a qaytdilar va Xarjard qasabasida sokin bo`ldilar va sakkiz yuz o`ttuz yettida dunyodin o`ttilar va muborak marqadlari ham andadur va niyozmandlaridin ba`zi qabrlari ustida gunbaz va ayvon imorat qilibdur, yuzoru va yutabarraku bihi.

            714. X.akim Sanoyi G`aznaviy r. t.
            Kuniyati va oti Abdulmajid b. Odamdur va ul Shayx Raziyuddin Ali Lolo otasi bila abnoyi amm ekandurlar. So`fiya tariqining shuarosining kubarosidindur va mashoyix aning nazmlaridin istishhodg`a o`z rasoyilidin kelturubdurlar va «Hadiqat ul-haqiqa» kitobi aning she`rida azvoqu mavojidig`a va tavhid arbobi ma`rifati adosida kamolig`a qat`iy dalildur. Xoja Yusuf Hamadoniy q. s. muridlaridindur va tavbasining sababi bu ermishki, Sulton Mahmud Sabuktegin qish faslida G`azniydin kuffor diyorining ba`zini olurg`a chiqqan ekandur va Sanoyn aning madhida qasidae aytqon ekandurki, oning arzig`a yetkurgo. Bir gulxan eshigiga yetarki, bir majzub anda bo`lur ermishki, oni Loyxo`r der emishlar, bu jihatdinkn, doim Chog`ir loyi ichar ermish. Aning unin eshiturki, soqiysig`a aytur ermishki, bir ayog` to`la qilib berki, G`aznaviy Mahmudg`inaning ko`rlukiga ichay! Soqiy demish bo`lg`ayki, Mahmud podshohi islomdur va g`oziy kishidur. Nechuk mundoq degaysen? Ul demish bo`lg`ayki, noxushnud mardakdurki, har ne aning ilikig`a tushubdur, ani zabt qilmay boribdurki, yana mulk olg`ay, debdur va ayog`ni ichibdur. Andin so`ngra debdurki, yana bir ayog` tutki, Sanoyi degan shoirg`inaning ko`rlukiga ichay! Soqiysi debdurki, Sanoyi fozil va latiftab` kishi. Nechuk bu nav` degaysen? Ul debdurki, agar ul latiftab` bo`lsa erdi, bir ishga mashg`ul bo`lg`ay erdiki, aning bir ishiga yarag`oy erdi! Bir necha gazofni bir qog`azg`a bitibdurki, aning hech ishiga yaramas va bilmaski, ani ne ish uchun yaratibdurlar. Sanoyi ul so`zni eshitti, holi mutag`ayyir bo`ldi va ul Loyxo`r tanbihi bila g`aflat mastliqidin ayildi va qadam yo`lg`a qo`yib, sulukka mashg`ul bo`ldi. Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. so`zlarida mazkurdurki, Xoja Hakim Sanoyi ul vaqtki, muhtazar erdi, o`z-o`zi bila og`zida bir nima deydur ermish. Quloq solganlarga ma`lum bo`lubdurki, bu baytni o`qiydur ermishki,

            b a y t:

[So`zida ma`noyu ma`nosida so`z bo`lmagan aytganlarimdan qaytdim]1.
            Azize bu so`zni eshitib, debdurki, ajabdurkn, so`z demakdin qaytqon mahalda ham so`zga mashg`ul ermish. Aning ash`oridindur.

            Sh ye ` r:

[Bu jahon ming-ming odamlar bo`lsa-da, o`laksaga o`xshaydi. Bunisi unisiga changal soladi, unisi bunisini tumshug`i bilan cho`qiydi. Oqibat hammasi o`tadi, o`laksa esa hammasidan qoladi]2.

            Bu qit`a ham aning latoifidindur.

            Qit`a:

[Jahon xalqining ko`pi gumrohu ozi najot topuvchilardir. Sen shunday yashaginki, o`lsang najot top, ammo boshqalar sendan najot topmasin-lar]3.

Bu ruboiy ham aningdur.

            Ru bo i y:

[Ey ishq, ruh senga muqaddas manzil, aql-savdolaring ortilgan mahmil. Ma`rifat dunyosining sayyohi bu – dil. G`aming dastidan qo`l boshdayu, oyog` loyda]4.

            Va aning «Hadiqa»sidin boshqa hamul vazn bila uch kitobi bor va «Hadiqa»ning itmomig`a andoqki, o`zi nazm qilibdur – besh yuz yigirma besh ermish. Ba`zi o`zining ham favtin ushbu tarixda debdurlar.

            715. Shayx Fariduddin Attor Nishoburiy q. s.
            Alar shayx Majduddin Bag`dodiy q. s. ning murididurlar va «Tazkirat ul-avliyo» kitobikim, alarning musannafotidindur. Aning debochasida o`zlarining Shayx Majdudding`a irodatlarni zohir qilibdurlar va ba`zi debdurlarki, Uvaysiy ekandurlar va Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. so`zlarida mazkurdurki, Shayx Mansur Halloj nuri yuz ellik yildin so`ngra Shayx Fariduddin Attor ruhig`a tajalli qildi va oning murabbiysi bo`lubdur. Debdurlarki, alar andoqki otlari mashhurdur, attor ekandurlar. Tavbalarig`a «abab bu bo`lg`ondurki, bir kun attorlig` do`konida muomalag`a mashg`ul va mash`uf emishlar. Darveshe do`kon eshigiga yetar va necha qatla [Alloh uchun biror narsa ber!]1 der. Anga parvo qilmaslar. Ul darvesh derki, ey Xoja, ne nav` o`lgungdur? Alar debdurlarki, andoqki sen o`lgungdur! Darvesh debdurki, sen mendek o`laolmassen! Alar debdurlarki: Nechuk? Darvesh debdurki, mundoq! Yag`och ayog`in boshin ostiga qo`yubdur «valloh», debdur va jonni haqqa taslim qilibdur. Alarning holi mutag`ayyir bo`lubdur va do`kon va anda lag`n har ne bor ekandur, barham urubdurlar va bu tariqqa kiribdurlar.
            Dyobdurlarki, Mavlono Jaloluddin Rumiy Balxdin Makkaga borurda, Nishoburda alar suhbatig`a yetibdur va Shayx kibari sinda ermishlar. «Asrornoma» kitobini Mavlonog`a beribdurlar va Mavlono doim ul kitobni o`zidin ayirmay, o`zi bila asrar ermish va haqoyiqu maorif adosida iqtidosi alarg`adur, andoqki debdurki,

            b a y t:

[Mavlono Attor atrofidan yurdi, Shams qo`lidagi sharbatdan ichdi]2.
Va yana bir yerda debdurki,

            n a z m:

[Attor ruh ediyu Sanoyi uning ikki ko`zi. Biz Sanoiyu Attor izidan keldik]3.

            Va onchaki tavhid asrori va azvoqu mavojid haqoyiqining adosi va guftu guzoriki, alarning masnaviy va g`azaliyot va soyir nazmlarida indiroj topibdur» Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, bu toifaning hech qaysining so`zlarida topilmas. [Alloh subhonahu mushtoq toliblarning eng yaxshi mukofoti bilan uni siylasin! Qutlug` nafasidan namunalar].

            N a z m:

[Ey yuzini berkitib, bozorga kelgan, xalq bu tilsimga mubtalo bo`lib qoldi]4.

            Va bu qasidadur, yigirma baytdin ortuqroq va aholidin ba`zi anga sharh bitibdur. Va murod bu mubham adodin ul Hazratqa janobi maorifpanoh Xoja Hofiz Ali Jomiydur q. s.ki, ko`prak ulumda bataxsis, tasavsuf nlmida zamonining yagonasi erdi va o`tgan matla` sharhida bu nav` bitibdurlarki, ey ulki, o`z yuzinki zohir vujud nuridur, ta`ayyunot va suvar burqa`i bila yoshurub, yoshirun zuhur bozorig`a kelib, xalqe bu suvar tilismidinki, bu maxfiy ganj yuziga tortibsen, ta`ayyunoti muxtalifa kasrati va osori mutaboniya vositasidin bu`du hijron va g`aflatu pindor va g`ayrat giriftori bo`lubdurlar. Yoxud ul yuz jamoli partavi siroyati vositasidinki, mazohir va suvari jamila pardalaridin ishq balosi va muhabbat mehnatig`a giriftor bo`lubdurlar. Ba`zi ma`nog`a oshiq va ba`zi suratqa.

            B a y t:

[Sen – ma`no, sendan boshqasi ismdir, sen – xazina, barcha olam tilsimdir]5.

            Va surat oshiqlari o`z vahmlari bila ma`shuqdin yiroq tushubdurlar va bilmaslarki, kimning oshiqidurlar va alarning ko`nglin olg`on kimdur?

            Sh ye ` r:

[Seni tanisalar ham, tanimasalar ham barcha olam xalqining mayli sengadir]6

va bu dastur bila bu qasidani tamom sharh qilibdur va ixtisor jihatidin bu bir baytni irod qilildi va bu zaifi nomurod Hazrat Shorih q. s.ning xizmatig`a musharraf bo`lib erdim va ba`zi ulumda alardin sabaq eshitib erdim va Hazrat Shayx buzurgvorning nazmu nasrkdin musannafoti behad ko`pdur. Ulcha ul orasida holo mavjud bor. Nazmlari yuz yigirma ming bayt taxminan bo`lg`ay va so`zi anga o`xsharki, bu bantlarig`a xatm qilmish bo`lg`aylar.
Sh ye`r:

[Kofirning kufriyu dindorning dini Attor qalbida bir zarra darddir]7.

            Va ul Hazrat olti yuz yigirma yettida kuffor ilkida shahodat sharbati totibdurlar va derlarki, muborak sinni yuz o`n to`rt yoshida ermish va mutahhar mozorlari Nishoburdadur va maxlis niyozmandlardin ba`zi muravvah imorat yasabdurlar, yuzaru va yutabarraku bihi.

            716. Shayx Mushrifuddin Muslih b. Abdulloh Sa`diy Sheroziy q. s.
            So`fiyaning afozilidin ermish va Shayx Abu Abdulloh Xafif q. s.ning sharif buq`asining mujovirlaridindur va ulumdin tamom bahrasi bor ermish va odobdin komil nasibi. Ko`p safar qilibdur va aqolimni kezibdur va necha qatla hajg`a yayoq boribdur. Suminot butxonasig`a kiribdur va alarning ulug`roq, butin ushatibdur. Va kibor mashoyixdin ko`pining xizmatig`a yetibdur. Shayx Shahobuddin suhbatig`a musharraf bo`lubdur va alar bila bir kemada daryo safari qilibdur va debdurlarki, muddati madid Bayt ul-muqaddasda va Shom bilodida saqqolik qilib, elga suv berur erdi. To Xizr a. s.ga yetishti va ani in`om zuloli va afzoli obi hayotidin serob qildi. Bir qatla anga sodoti akobiru ashrofidin biri bila guftugo`y voqe` bo`ldi.
            Ul sharif kecha Hazrat Risolat s. a. v. tushda ko`rdikim, ul Hazrat anga itob qildi. Ul sharif uyg`ondi. Shayx xizmatig`a borib, uzrxohliq ko`rguzub, istirzoi xotiri qildi. Mashoyixdin biri alarg`a munkir ermish. Bir kecha voqeada andoq ko`rdiki, osmonning eshiklari ochildi va maloika nur tabaqlari bila nozil bo`ldilar. Ul so`rdikim, bu ne nurdur? Dedilarki, Sa`diy Sheroziy uchundurki, bir bayt aytibdur va ul bayt Haq s. t: hazratida qabul tushubdur va ul bayt budurki,

            b a y t:

[Hushyor kishi nazarida yashil daraxtlarning har bir yaprog`i Yaratuvchi ma`rifatining bir daftaridir]1.

            Ul aziz chun ul voqeadin uyg`ondi. Hamul aqshom shayxning zoviyasi eshigiga bordikim, anga mujda yetkurgoy. Ko`rdiki, chirog`e yoqibdur va zamzama qiladur. Chun quloq soldi, ushbu bayt erdiki, o`qur erdi. Shayxning ash`ori devoni va «Bo`ston» masnaviysi va «Guliston» kitobi va soyir kutubi va rasoyili andin mashhurroqdurki, andin biror nima irod qilg`ay. G`azalgo`y akobiru shuaro oldida mundoq muqarrardurki, g`azal tavrig`a Shayx muxtari`durlar, jonso`xtalar va, ishqibozlarg`a va dilafro`xtalarg`a va jongudozlarg`a filvoqe` g`arib haqqe sobit qilibdurlar. Shayx olti yuz to`qson birda shavvol oyi jum`a tuni dunyodin o`tubdurlar.

            717. Shayx Faxruddin Ibrohim Iroqiy q. s.
            «Lamaot» kitobining` sohibidur va she`r devoni bor va mashhurdur va kichik yoshida Qur`on hifzi qilib erdi va asru xo`b o`qur erdi. Hamadondindur. Barcha Hamadon ahli aning sheftasi erdilar. Andin so`ng ulum tahsilig`a ishtig`ol ko`rguzubdur. Un yetti yoshida Hamadonning ba`zi madorisida ifodag`a mashg`ul bo`lubdur. Bir kun bir jamoat qalandarlar Hamadong`a yetibdurlar va alar bila bir sohibjamol yigit ermish va anga ishq mashrabi g`olib. Ani ko`rgach, anga giriftor bo`lubdur. Ul musofir qalandarlar to Hamadonda erdilar, alar bila erdi. Chun alar Hamadondin safar qildilar. Necha kunki o`tdi, firoq su`ubatidin betoqat bo`lub, alarni erisha borib, alarg`a yetti va ishq iqtizosi bilaki, ma`shuqqa hamranglik taqozosi qilur. Qalandarliq kisvati ixtiyor qildi va alar bila Hindustong`a tushti va Multon shahrida Shayx Bahouddin Zikriyo suhbatig`a yetishti va murid bo`ldi. Derlarki, chun Shayx ani xilvatqa o`lturtti va oning chillasidik bir dah o`tti. Anga vajde yetishtiki, holi mustavli bo`ldi va bu g`azalni dediki,

            b a y t:

[Vaqteki, qadahga sharob quydilar, avvalo, mastsoqiy ko`zidan qarz oldilar]1.

            Va muni biyik un bila o`qur erdi va yig`lar erdi. Chun xonaqoh ahli bu holni ko`rdilar va darveshlar tariqining xilofi toptilarki, Shayx tariqi xilvatda zikru muroqaba ishtig`olidin o`zga ish bo`lmas erdi.
            Ani inkor suratida Shayx arzig`a yetkurdilar. Shayx dediki, sizlarga bulardin man`dur. Anga man` yo`qdur. Necha kun mundin o`tti, Shayxning muqarriblaridin birining guzari xarobotqa tushti. Eshittiki, ul g`azalni xarobotiylar changu chag`ona bila o`qur erdilar. Shayx qoshig`a keldi va surati holni aytti va dediki, boqiy Shayx hokimdur. Shayx dedi: Ne eshitting, ado qil! Bu g`azal adosida tafahhusqa chun yettikim,

            b a y t:    

[O`z sirlarini o`zlari fosh etib, Iroqiyni nega badnom qildilar?]2.

            Shayx dediki, aning ishi tamom bo`ldi va qo`pti va Iroqiyning xilvati eshigiga kelib dediki, Iroqiy, xarobotda munojot qilasen, tashqari chiq! Tashqari chiqdi va boshini Shayxning ayog`ig`a qo`ydi. Shayx muborak ilki bila boshini tufrog`din ko`tardi va yana oni xilvatqa kirgoli qo`ymadi va xirqani o`z muborak tanidin chiqarib, anga kiydurdi va o`z farzandin aning nikohi aqdig`a kiyurdi va anga ul nikohdin farzande bo`ldi va anga Kabiruddin laqab qo`ydilar. Yigirma besh yil Shayx xizmatida erdi. Shayx o`z vafotig`a yaqin ann o`z o`rnig`a xalifa ta`yin qildi va Tengri rahmatig`a bordi. Chun riyoyi so`filar Shayxning iltifotin bu martabada aning jonibi ko`rdilar. Hasad irqlari harakatg`a kelib, vaqt podshohng`a yetkurdilarki, aning aksar avqoti she`r bila o`tar va sohibjamol yigitlar bila suhbat tutar. Anga shayx xilofati istihqoqi yo`qdur. Chun shayx Iroqiyg`a bu ma`lum bo`ldi. Haramayni sharifayn safari ixtiyor qilib, ul davlatqa musharraf bo`lg`ondin so`ngra Rum sori tushti va Shayx Sadruddin Qunyaviy suhbatig`a yetib, tarbiyatlar topti va jame`ki Shayx xizmatida «Fusus» o`qiydur erdilar, istimo` qildilar va aning istimo`i asnosida «Lamaot»ni bitidi va shayx nazarig`a kelturdi. Shayx pisand qilib, qabul raqamni ul sharif risolag`a tortti va bu avqotda Hazrat Maxdumiy n. m. n. «bu xokisor iltimosi bila ul kitob sharhida «Ash`na»ni bitidilarki, mutolaa qilib, maonisidin fayz olg`aylar va oning nafosatin bu ilmda bilgaylar va Shayx Faxruddin Iroqiy Rumdin Misrg`a va Misrdin Shomg`a kelib, Dimishqda sokin bo`ldilar va olti oydin so`ngra farzandi Kabiruddin Multondin keldi va muddate otasi xizmatida bo`ldi. Oqibat shayxqa oriza toriy bo`ldi va vafot kuni ashobni va o`g`lini tiladi va vasiyatlar qildi va bu ruboiyni aytti.

            R u b o i y:

[O`tmishda olam nizomiga qaror qilganda, unga odam hohishicha tartib bermadilar. O`sha kungi qoidayu qarorga binoan biror kishiga oz ham, ko`p ham va`da bermadilar]3.

            Etti yuz sakson sakkizda zulqa`da oyining oltisida olamdin o`ttilar va Dimishqning Solihiyasida Shayx Muhyiddin Arabiy qabrining yonida keyinroq dafn qildilar. O`g`li Kabiruddinni otasi yonida r.a.

            718. Amir Husayniy q. t. r.
            Oti Husayniy b. Olim b. Abulhusayndur. Aslida Kizivdindurki, bir kentdur, G`ur navohiysidin. Zohiriy va botiniy ulumg`a olim ermish va nazmu nasr kutub musannafoti bor. Nazmdin misli «Kanz ur-rumuz» va «Zod ul-musofirin» va «Si noma» va g`azal devoni va nasrdin misli «Nuzhat ul-arvoh» va «Sirot ul-mustaqim». Va «Kanz ur-rumuz» kitobidin andoq ma`lum bo`lurki, Shayx Zakariyoyi Mo`ltoniyning vositasiz murididur. Ammo ba`zi kitobida andoq bitiklikdurki, ul shayx Ruknuddin Abulfath muridi bo`lg`ay va ul otasi Shayx Sadruddin va ul otasi Shayx Bahouddin Zakariyoyi Mo`ltoniyning q. t. a. Aning tavbasig`a sabab ul ermishki, ov ovlab yurur ermishki, bir kiyik ollig`a kelur. Uq tortar, ani urg`oli. Ul kiyik aning sori boqib ayturki, ey Husayniy, bizga ne o`q otarsenki, Tengri seni bandalig`iga va ma`rifatig`a yaratibdur, yo`q bu ish uchun? Va g`oyib bo`ldi. Anga hol mutag`ayyir bo`lub, talab o`ti nihodidin shu`la torta boshladi. Har nesiki bor erdi, barham urdi va bir suruk javoliqilar bila qo`shulub, Mo`lton sori tushti va, Shayx Ruknuddin xonaqohig`a yetishdilar. Shayx ul jamoatni ziyofat qildi. Ersa oqshom Hazrat Risalat s. a. v. voqe`da Shayxqa amr qildiki, mening bir farzandim bu jamoat orosida bordur. Chiqarib ishiga mashg`ul qil! Tonglasi Shayx Ruknuddin ul jamoatdin tafahhus qildi. Ersa oni ko`rguzdilar. Hamul oliy ishorat bila ani alar orasidin chiqarib, tarbiyatig`a; mashg`ul bo`ldi, to oliy maqomg`a yetti. Andin so`ngra Xuroson viloyati sori ruxsat berdi. Amir Husayniy Hiriy shahrig`a keldi va Hirot xalqi muridu muxlis erdilar. Yetti yuz o`nda Shavvol oyining oltisida olamdin o`tti va Masraxda Abdulloh b. Ja`far Tayyorning gunbazi qoshida dafn qildilar, r. a.

            719. Shayx Mahmud Chabushtariy q. t. s.
            Bu toifaning kummalidindur. Zohiriy va botiniy ulum sohibkamoli. Bu fan ahli qoshida muqarrar va kalomu maqoli bu toyifa tariqi adosida mustahsan. Tasnifotu kutubi bor. Ul jumladin «Haq ul-yaqin»durki, ulcha imkoni bor, bu qavm holoti va ta`rifida ham daqiq va xam mufid voqe` bo`lubdur. Yana «Shohid»durki, ul ham ishorat ahli tili bila maorif bayon qilibdur, ul dag`i ta`rifdin mustag`niydur. Va mabdavu maod bobida yana bir kitobi borki, bu tariqda suluq ahlig`a ko`p mufidu muntij voqe`dur. Yana «Gulshani roz»durkim, ham zohir ahlining ranginu purkor masnaviylari va ham haqiqat ahlining shirinu fayzosor so`zlarida andin ravonroq va purchoshniyroq va sho`rangizroq va shavqomizroq nazm aytsa bo`lg`ayki yo`qdur! Va ul bu nav` erkandurki, Mir Husayniy bu toifa istiloh va tili bila necha savol bitib, Iroq mashoyixi afozilig`a yiboribdur, ul savolotqa javob umidi bila va ul mushkilot halli tama`i bila. Agarchi savolot o`ttuzcha ortuq, yo o`ksuk bor ammo o`n yetti baytda nazm libosig`a kiribdur. Alar nazarig`a yetkach ul mushkilot halli uchun ul savolot javobig`a mashg`ul bo`lubdurlar va ul masnaviyni aytibdurlar. Va abyotining adadi ming bir voqe` bo`lubdur. Asmoulloh adadi bila muvofiq. Va anga «Gulshani roz» tasmiya qilibdurlar. Va Shayxning muborak marqadi Chabushtardadurki,Tabriz navohiysidadur.   

            720. Shayx Avhaduddin q. s.
            Andoq istimo` tushubdurki, ul shayx Avhaduddin Kirmoniyning ashobidindur va otida bu nisbat ma`nisi andindur va anga she`r devoni bor, g`oyat latofatda bir tarjeoti bor mushtamil haqoyiqu maorifqa va «Jomi jam» otlig`, masnaviysi bor Shayx Sanoyining «Hadiqa»si uslub va vazni bila. Va anda ko`p latoif darj qilibdur va bu ab`yot ul masnaviydindur.

M a s n a v i y:

[Bir oqshom go`zal yorning chehrasidan baxtiyor bo`lish uchun Avhadiy oltmish yil mashaqqat chekdi. So`zimiz siri majoziy emas, ko`zingni och, bu o`yin bilan bo`lar ish emas! Yillar falakdek saranjom kezdim va falakdek sohibnazar bo`ldim. Oyoqda chilla o`tirdim, ammo oziq-ovqat to`plash uchun o`tirganimiz yo`q! Tashqaridan bozor o`rtasidaman, ichkaridan yorim bilan xilvatdamen.
            Hech kim xursandchiligim jamolini ko`rmaydi va xilvatimga yo`l topa olmaydi. Toki qalbim do`stimga bog`liq ekan, boshimdan shodliklar sochadi]1.

            Va shayx Sanoyining «Roiya» qasidasig`a yaxshi javob aytibdur va abyotining adadi yuz oltmish bo`lg`usidur. Oning muftatahi bu abyotdurkim,

            m a s n a v i y:

[Bog`liqligimiz yorga bog`lanmasa, baxtdan qanday bahramand bo`lish mumkin? Butun shaharda ishimiz bir zotga bog`liq, lekin ishimizga u hech tan bermas. Hamdam yo`q, sirimni kimga aytay? Mahram yo`qki, zorlansam! U ma`shuq ulug`ligidan faryodu fig`ondaman, u nay ovozidan samo` qilaman]2.

            Va «Jomi Jam» kitobining itmomi tarixida bitibdurki,

            n a z m:

[Tarixni hisobladim: yetti yuzu o`ttiz uch edi. Men bu qutlug` nomani rahbarimizga bag`ishladim. Bir yil to`ldi, «laylat ul-qadr»da eshigida tugatdim]3.
Qabri Tabrizning Marog`asidadur va anda favtining tarixi yetti yuz o`ttuz sakkizda bitilibdur, r. t.

            721. Afzaluddin Badil Haqoyiq Xoqoniy q. s.
            Agarchi Falakiy shoirning shogirdidur va she`rg`a shuhrati bor. Ammo derlarki, anga she`r tavridin boshqa tavre bor ermishki, she`r aning janbida gum ermish va so`zlari bu ma`ni shohididur. Andoqki debdur.

            Sh ye ` r:

[Mening barcha suratimu, barcha sifatim ham – u. Men nochor kishiman, hech kim so`zimni eshitmaydi. Astoydil «U kim?» – demaydigan bo`lsalar, biror eshikni qattiq qoqmayman, deydigan bo`lsalar, men qanday esam, shunday desinlar!]1.
            Va yana bir yerda debdurki,

            sh ye ` r:

[Ishq ulug`lik kigiziga oyog`ini tirab oldi, avvalo bizdan bizning borlig`imizni ketkazdi. Sizu bizga naqd bexudlik munosibdur, chunki sizu bizning zahmatlarimiz unga sig`maydi]2.
 
            Va oning bu nav` so`zlari ko`pdur va mundin bu ish kelurki, anga so`filar so`fiy mashrabidin tamom shurbe bo`lmish bo`lg`ay va ul dog`i Shayx Sanoyining «Roiya» qasidasig`a javob aytibdur va onda uch matla` debdurki, avvalg`isi budur.

            Sh ye ` r:

[Tong otdi, tong otdi. Ish vaqti yetdi, boringizni soching, boringizni soching! Chunki yor keldi. Ishqkim, ko`z suvidek ravshan, yorkim, bahor yelidek vaqti chog`. Charx tong payti ishimiz uchun turfa xil jismlarni ko`zimizga jilvalantiradi]3.

            Va qasidaning oxirida debdurki,

            sh ye ` r:

[Bu qasida yetti qasidaning sakkizinchisi bo`lib, she`rlari g`aroyibdur. Ka`ba eshigiga ossalar Ka`ba menga sharaf sochadi. «Kel, yig`laylik» qasidasini ortda qoldiradi va Imrul-Qaysning obro`yiga putur yetkazadi]4.

            722. Shayx Nizomiy q. t. s.
            Alarga zohiriy ulumi va rasmiy istiloxotdin bahrai tamom bor ermish. Ammo barchadin ilik tortib Haq s. t. g`a yuz kelturubdurlar. Andoq debdurlarki,

            m a s n a v i y:

[Yulduzlarning barcha daqiqalariyu ilmlarning yashirin sirlarini birin-ketin o`qidim. O`qidimu har bir varaq sirini axtardim. Seni topgach, varaqlarni yuvdim. Hammaning yuzini Xudoda ko`rdim va u Xudoni hammadayu senda ko`rdim]1.

            Umri garonmoyani avvaldin oxirg`acha qanoatu taqvo va uzlatu inzivo bila o`tkaribdurlar va hargiz soyir shuarodek hirsu havo g`alabasidin dunyo arbobig`a iltijo qilmaydurlar. Balki ro`zgor salotini alar mulozamatig`a tabarruk tilarlar erkondur. Andoqki, debdurlarki,    

            M a s n a v i y:

[Yoshligimdan sening eshigingdan boshqa bir eshikka bormadim. Hammani eshigimga yubording, men istamasdim, sen berarding. Endikim, sening dargohingda qaridim, qo`rqiladigan narsalarda o`zing panoh ber!]2.

            Alarning besh masnaviysiki, «Panj-ganj»g`a mashhurdur. Ko`praki salotin istid`osi bila voqe bo`lubdur. Bu umidvorlig` bilaki, alarning nazm vositasi bila bularning otlari ro`zgor sahifasida qolg`ay, istid`o qilur ermishlar. Va ud nazmlar agar zohir yuzidin afsonadur, ammo haqiqat yuzidin haqoyiq kashfi va maorif bayonig`a bahonadur. Bir yerda ul ma`ni bayonidaki, so`fiya debdurlarki, Haqning visoli toliblari va jamoli mushtoqlarig`a oning vujudi dalili vujuddir va shuhud burhoni ham shuhud. Debdurlarki.

            m a s n a v i y:

[Talabgorlaringning o`z andozalarini senda ko`rganliklari fano bo`lishlariga sabab bo`ldi. Kimki sendan senga nazzora qilsa, behuda varaqlarni yirtadi. Seni sensiz topib bo`lmaydi, boshqa eshiklardan yuz o`girish kerak]3.

            Va yana bir yerda ham bu ma`noda debdurki,

            m a s n a v i y:

[Aqlning oyog`i qabarganu yo`l qorong`u, go`yo qildek ingichka. Agar tavfiqing rahnamo bo`lmasa, bu tugun aql bilan yechilmaydi. Aql sening eshigingda nurga to`ladi, agar ichkariga oyoq qo`ysa, kuyadi]1.

            Yana bir yerda Haq s. t. mosivosining e`rozi targ`ibi va tahrisi va aning kibriyosi janobig`a tavajjuhda debdurki,

            m a s n a v i y:

[Qonxo`r, bu tuzoqdan uchib ketki, halos topish chorasi ziyraklikdir. Bo`rining tishi tulkinikidan o`tkirroq, lekin tulki ayyor bo`lgani uchun qutuldi. Vafo qilishga harakat qil, xudparast emas, xudoparast bo`l!]5.    

             «Iskandarnoma» tarixiqi, alarning kitoblarining oxiridur. Besh yuz to`qson ikkida ekandur. Mashhur mundoqdurki, alar suluk ayyomida qirq arba`in chiqaribdurlar va to`rt arba`inni bir daraxt ustida chiqaribdurlar. Har oyina bu nav` mufrit riyozatlar tortmag`uncha bu nav` besh ganjqi, alarg`a nasib bo`lubdurki, ko`p ab`yoti alfoz jazolatidin va ma`noyu tarkib salosatidin desa bo`lurki, e`joz sarhadiga yetibdur, kishining ilkiga kirmak imkon emas va umrlari oltmishdin o`tgan ekandur, vallohu a`lam.

            723. Xusrav Dehlaviy q. t. r.
            Laqabi Yaminuddindur. Otasi Lochin qabilasining ulug`laridin ermish. Balx navohisida hamonoki, oni Hindustonda mashhurdurki, turk derlar. Jihat bu erkin. Sulton Muborak Shoh Xalajiy favtidin yeo`ngra Shaih Nizomuddin Avliyo xizmat va mulozamatig`a qo`shuldi va riyozatu mujohidat ilgari tutdi. Derlarki, qirq yil dahr ro`zasi tutti va derlarki, Shayx Nizomuddin Avliyo hamrohlig`idaki, aning shayxidur, tayyi arz tariqi bila haj guzorlabdur va besh qatla Hazrat Risrlat s. a. v. ni voqe`da ko`rubdur va Shayxning ishorati bila Hizr a. s. xizmatig`a yetubdur va andin iltimos qilibdurki, muborak og`zi suvin aning dozig`a solg`ay. Hizr a. s. debdurki, bu davlatni Sa`diy eltti. Xusrav mahzun ko`ngul bila Shayx xizmatig`a kelibdur va surati holni arz qilibdur. Shayx o`z og`zi suvin aning og`zig`a solibdur va aning barakotidindurki, to`qson to`qquz kitob tasnif qilibdur. Derlarki, ba`zi musannafotida bitibdurki, mening she`rim ab`yoti adadi besh yuz mingdan ozroqdur va to`rt yuz mingdin ko`prakdur va derlarki, Shayx Sa`diyning yigitligida ko`rub, xizmatig`a musharraf bo`lg`on ekandur va mubohot qilur erkondur. Anga ishqu muhabbat mashrabidin choshni tamom bor emish. Andoqki so`zlaridin zohirdurki va bag`oyat vajdu holliq erkandur Shayx der ekandurki, qiyomatda har kishi bir nima bila faxr etgay. Men bu turkning, ya`ni Xusravning ko`ksining kuyuki bila faxr qilg`umdur.
            Ul debdurki, bir kun mening xotirimg`a keldiki, Xusrav ulug`lar otidur, ne bo`lg`ay edi, agar menda faqr oti bo`lsa erdiki, hashr kuni meni ul otbila atasalar erdi va bu xotirni Hazrat Shayxqa arz qildim. Dediki, solih vaqtda sening uchun ot tilalgay va men bu intizorda bo`ldum. Bir kun Shayx dediki, bizga mundoq makshuf bo`ldiki, qiyomat kuni seni Muhammad Qosales degaylar. Ul jum`a kechasi yetti yuz yigirma beshda dunyodin o`tubdur va umri yetmish to`rtga yetgondur. Shayxning oyog`i sari dafn qilibdurlar.
 
            724. Hasan Dehlaviy q. t. s.
             Laqab va nisbati Najmuddin Hasan b. Alo Sanjariydur. Shayx Nizomuddin Avliyo q. s.ning kotibi va muridi ermish. Yaxshi axloqu avsof bila ma`ruf va mashhur ermish. Hind sohibi tarixi debdurki, majolis latofatu zarofatida va aql istiqomati va so`fiya tariqida qanoat luzumi va e`tiqod pokligi va tajarrud va tafarrud tavrida va olamda harne kelsa xush bo`lmoq va xush o`tkarmoq tariqida andoq kishi oz ko`rubmen. Va ham Hind sohibi tarixi debdurki yillar menga Amir Xusrav va Amir Hasan bila muhabbatu mavaddat erdi. Andoqki, alar mensiz va men alarsiz bo`lmas erdim va mening vositam bila alarning orasida andoq do`stluq istehkom topib erdiki bir-birining uylarida taraddud qilurlar erdi va hamul debdurki, Amir Hasanning kamoli e`tiqodiki, Hazrat Shayx Nizomudding`a bor erdi. Majolisda alarning muborak anfosidin har nimakim eshitib erdi bitib erdi va ul necha mujallad bo`lub erdi va anga «Favoyid ul-favoyid» ot qo`yub erdi va bu ro`zgorda bu diyorda, ya`ni Hindda suluk va tariqat arbobiga dastur bo`lubdur.
            Va anga mundin boshqa devon va masnaviy bordur va bu ruboiy aning nazmidindur.   

            R u b o i y:

[G`amgin dilginam bor, kechirginu qilmishimdan so`rama, panada yuz xil voqealar bor, kechirginu so`rama! Agar amalimdan so`rasang, sharmanda bo`laman, ey akramul akramin, kechirginu so`rama!]1.

            725. Shayx Kamol Xo`jandiy q. r.
            Bag`oyat buzurg ermishlar. Alarning ishtig`oli she`rg`a va aning nozukluklarig`a va o`z hollarining satru talbisi uchun erdi erkin. Andoqki, o`zlari debdurlarki,

            b a y t:

[Mening she`rimdagi bu takalluflarim, ey Humayrom, menla so`zlashgin, deganimdadir]1.

            Alad-davom riyozat va mujohidotqa mashg`ul ermishlar. Xoja Ubaydulloh q. s. debdurki, necha vaqt Shosh degan yerda bo`lur ermishlarki, alarning otalari anda sokin ermish va ul ayyomda hayvoniy yemas ermishlar. Alarning otasi iltimos qilmish bo`lg`ayki, taomeki, hayvoniyg`a doxil bo`lg`oy. Alar mayl qilg`aylar. Shayx tiybat vajhi bila demish bo`lg`aylarki, agar o`yungnn o`lturub, nima pishurursen, mayl qilurbiz va Xojaning otasining bir yaxshi o`yi bor ermish. Alar ul-o`yin shayxdin bexabar o`lturubdurlar va taomni tartib qilibdurlar. Shayx mayl qilibdurlar, Tabrizda ul zoviyadaki, sokin ermishlar, xilvate ermishki, kecha onda bo`lur ermishlarki, o`zlaridin o`zga kishi anda yetmas emish. Shayxning vafotidin so`ngra ul hazratniki ko`rubdurlar, bir buryodin o`zgaki, anda o`lturur ermish, bir toshdin o`zgaki boshi ostida yastar ermishlar nima topmaydurlar. Derlarki, ul vaqtki saroyda bo`lur ermishlar mavzi`i ermishki, suv tug`yoni chog`da ul yerda ko`p xaroblig` qilur ermish. Ul qissani Shayxqa aytibdurlar. Shayx debdurki, bizning chodirni ul yerda tiking! Chun shayx buyurg`ondek qilibdurlar. Yana anda suv xaroblig` qilmaydur. Vafoti sakkiz yuz uchda bo`lubdur va qabri Tabrizdadur va lavhida bu baytni o`z she`ridin bitibdurlarki,

            b a y t:

[Kamol, Ka`badan kechib yor eshigiga ketding, ming ofarin, mardona ketding!]2.

            726. Mavlono Muhammad Shirin, mashhur ba Mag`ribiy q. s.
            Shayx Ismoil Sisiyning murididur, ul Shayx Abdurrahmon Isfaroyiniy ashobidindur q. s. Va debdurlarki, ba`zi sayohatda Mag`rib daryosig`a yetib, anda ba`zi mashoyix iligidinki, nisbati Shayxi buzurgvor Shayx Muhyiddin Arabiyg`a yetar, xirqa kiyibdur. Shayx Kamol Xo`jandiy bila r. muosir ermish. Bir biri bila suhbat tutarlar ermish. Ul vaqtki, Shayx bu matla`ni aytqan ekandur,

            b a y t:

[Ko`z agar shudir, qosh shudir, nozu ishva shu, alvido, ey zuhdo` taqvo, alfiroq, ey ahlu din!]1.

            Mavlono samo`g`a yetgandur. Mavlono degandurki, Shayx bisyor buzurgdur, ajabdur alardin andoq bayt aytmoqqi, zohir ma`nosidin o`zga muhmala bo`lmag`ay. Shayx ani eshitib, suhbat istid`osi qilibdur: Va o`zi Balxqa qiyom ko`rguzubdur va Mavlono ham ul xidmatda muvofaqat qilibdur. Ul asnoda Shayx ul matla`ni o`qubdur va debdurki, ko`z ayndur va bo`la olurki, ishorat tili bila ayni qadimdinki, zotdur ta`bir qililg`ay. Va qosh hojibdur, pas, bo`la olurki, andin ishorat sifatqa qililg`ayki, zotning hijobidur. Mavlonog`a ul hol ma`lum bo`lub, tavozu` qilib, insof beribdur. Bir qatla, Shayx Ismoil Sisiy darveshlarni arba`ing`a o`lturturda Mavlononi ham tilabdur va Mavlono bir g`azal aytib, o`tkaribdurki, matla`i budurki,

            b a y t:

[Biz sening quyoshingni ko`rdik, zarralardan kechdik, u zotni izlab, barcha sifatdan kechdik]2

            Oxirgacha tasavvuf voqe` bo`lubdur. Chun Shayx eshitibdur, vaqti xush bo`lubdur va istehson ko`rguzubdur. Va Mavlono oltmish yoshlarida sekkiz yuz to`qquzda dunyodin o`tubdurlar.

            727.    Sayyid Nosir Xusrav q. s.
            Badaxshon Ko`histonida bo`lur ermish. Bag`oyat murtoz kishi ermish, Ko`histon ahli boshtin ayoq oning murididurlar va Shoh Nosir Xusrav bila ta`bir qilurlar. Zohir ulumin xeyli ko`rgan ermish va botin ilmin dag`i riyozat jihatidin hosil qilg`ondur, ammo bu toifaning aning mazhabida ta`nlari bor va bu ta`n to`yo «Ro`shnoyinoma»sida mazkur bo`lg`on ab`yoti jihatidindurki, hukm mazhabi ravishida voqe` bo`lubdur va mazori Ko`histondadur, yuzoru va yutabarraku bihi.

            728.    Shayx Ozariy q. r.
            Isfaroyinliqdur. Langari va muridlari bor erdi va mazbut avrod va avqotlig` kishi erdi. Avoyil holida haq yo`li suluki ko`ngliga mustavli bo`lg`onda Makka azimati qildi. Ul davlatqa musharraf bo`lg`ondin so`ngra Hind safari ilayiga tushti. Necha yil ul mulkda qoldi va ko`p mashoyix va azizlar suhbatig`a yetishti va ko`p el anga murid bo`ldilar. Andoq manquldurki, Hind salotinidin ba`zining majlisig`a yetganda andoqki, alarning rasmi ermishki, salotin bila kishi musofaha qilurda yerga boshin qo`yub ko`rushur ermishlar. Shayx tavridin bu ishni yiroq ko`ribdurlar. Ammo majoli tamanno qilib, shayxqa arz qildurubdurlarki,. agar bu rasmni bajo keltursa, bir lakki yuz ming diram bo`lg`ay, niyozmandlig` qilg`aylar. Shayx qabul qilmay istib`od qilib, bu baytni debdurki,

            b a y t:

[Men turkman, Hinduni Chibolning o`laksasi deb ataganman. Jo`naning hashamatini bir dona arpaga olmayman]1.

            Shayxning mazori Isfaroyindadur, o`z langarida. Sakkiz yuz oltmish birda o`tubdur. Bu bayt ham Shayxningdurkim,

            b a yt:

[Masihodan qolgan bu o`yilgan yozuv qadimiydir, noumid bo`lmaki, oqibat xayrdir]2.

            729. Mavlono Lutfiy r. t.
            Tahsil ayyomida Mavlono Shihobuddin Xiyobonin xizmatig`a yetar ekandur va odobi tariqat sulukini andin kasb qilur erkondur. Agarchi shoirliq tariqida ma`ruf va mashhur bo`ldi. Ammo darveshlik tariqini dag`i ilkidin bermadi. Bu faqir borasig`a ko`p iltifoti bor erdi va fotihalar o`qur erdi va doim volida mulozamatig`a va rizoe xotirig`a targ`ib qilur erdi. To`qson yoshidin tajovuz qilg`onda, Hazrat Maxdumi n. m. n. otig`a radifi «suxan» saj` qasidae aytib erdiki, zamon xushgo`ylari barcha xo`bluqqa musallam tuttilar va ul hazrat dog`i insof berdilar va oning matlai budurkim,

b a y t:

[Xusho, labingdan chiqqan so`zlar – ruh ozig`i,
               so`zning jonidir.
Yuzing guli –so`z bo`stoni chamanlarini
                 bezovchidir]1.

            Ul Hazrat shukrguzorlik yuzidin ma`zirat izhori qilib dedilarkim, bu she`rning silasi uhdasidin biz chiqa olmas bizki, magar muqobalada ham qasidae sizning otingizga aytqaybiz. Mavlono dedilarkim. ani sizga oson qilurbiz. Sizing kiygan eski to`nunguzni gadoylik qilurbizki, hulla bo`lg`ay. Ul hazrat uzrxohliqlar bila kisvatin Mavlonog`a kiydurdilar. Mavlono bag`oyat so`xta kishi erdi. To`qson to`qquz yoshida olamdin o`tdi, qabri Dehikanordadurki, o`z maskani erdi. Bu matla`idin bu toifa mashrabining choshnisi zohirdur:
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg`ali,
            Ko`zgudek qildi seni o`zini paydo qilg`ali.

            730.    Mavlono Muqimiy a. r.
            Xuroson mulkida Tarxon eli orasida bo`lur erdi. Fuqaro ahli mashrabi tavridin zohir erdi v.a bu toifa istilohotidin xabardor, turkcha she`rg`a mashhur va ma`ruf erdi. Bu toifa istilohi bila turkcha tarje` aytibdur va ko`p maoniy anda darj qilibdur va tarje`ining bandi bu bayt voqe` bo`lubdurki:

Sensen asli vujudi har mavjud,
Sendin o`zga vujudqa ne vujud.

            731.    Mavlono Ashraf q. s.
            Hiriy shahrida bo`lur erdi va so`fiya tariqi bila suluki bor erdi. Boshig`a kiyiz bo`rk qo`yar erdi va nazm ahli akobiri bila suhbat tutub erdi. Ko`pi ani darveshlik jihatidin ta`zim qilurlar erdi. Ko`prak avqotida «Xamsa» nazmig`a o`tkarur erdi. Oqibat ul-amr ul mutabarrak kitob itmomig`a musharraf bo`lurg`a tavqif topti. Bu baytni go`yoki matlub visoli vaqti aytmish bo`lg`aykim,

b a y t:

[Vasling sharafidan Ashraf bo`ldik,
Davlatimiz ekan, musharraf bo`ldik]1.

            732.    Sayyid Nasimiy q. r.
            Iroq va Rum tarafidag`i mulkdin erkandur. Rumiy va turkmoniy til bila nazm aytibdur va nazmida hakoyiq va maorif bag`oyat ko`p mundarijdur. Mazkur bo`lg`on mulk ahlig`a aning she`ri muqobalasida hamonoki she`r yo`qdur. Hamono taqlid ahli ani mazhabida qusur tuhmatig`a muttaham qilib, shahid qildilar. Mashhur mundoqdurki, terisin so`yar hukm bo`lubdur. Ul holatda bu she`rni debdurki,

n a z m:

Qibladur yuzung nigoro qoshlaring mehroblar,
Surating mushaf vale xolu xating e`roblar.

va bu she`rning taxallusi ushbu muddaog`a doldurkim,

n a z m:

Ey, Nasimiy, chun muyassar bo`ldi iqboli visol,
Qo`y, teringni so`ysa so`ysun bu palid qassoblar.

            733.    Shayx Imoduddin Faqih q. t. s.
            Agarchi faqohatqa mashhurdur, ammo sohibi vajdu hol ermish. Va xonaqohi va muridlari bor ermish va samo` suhbatig`a ko`p moyil ermish. Debdurlarki, Makka azimati qilg`onda guzari Sherozg`a tushubdur va anda Bischoqiya degan zoviyada nuzul qilibdur va ul zoviya fuqarosidin so`rubdurki, bu navohida birovki filjumla uni bo`lg`ay va nima o`quy olg`ayki, andin dardmande xushhol bo`laolg`ay bormu erkinki, bir zamon tilasak? Ul darveshlar demish bo`lg`aylarki, Hofiz Shamsuddin Muhammad otlig` yigit borki, yaxshi uni bor va o`zi nazm ham ayta olur. Nazmig`a ba`zi xalq moyildurlar. Xud bu so`zdin g`arazlari Xoja Hofiz ermishki, alarning zuhurining bidoyati ermish. Xoja Imod istid`o qilurki, ul yigitni topib kelturung! Ul jamoat Xoja Hofizni topib, hozir qilurlar va Xoja Imod tilab, musofaha qilib, majlisda o`lturtqondin so`ngra iltimos qilurki, eshitibbizki, ham yaxshi uning bor va ham nazm aytursen. Bizing uchun o`zungning bir she`ring o`qug`il! Xoja Hofiz bu she`rni yangla aytqon ekandur.

            B a y t:

[Tuprog`ni bir nazar bilan kimyo qiluvchilar koshki, ko`z qiri bilan bizga ham bir nazar qilsalar!]1.

            Un tortib bu matla`ni o`qug`ach, Xoja Imodqa vajd yuzlandi va faryod qilib, samo`g`a qo`por va buyururki, matlani-o`q mukarrar o`qug`ay! Shomdin subh chog`ig`acha Xoja bu matla` bila faryod qilib, samo` qilur. Namoz chog`i muridlari Xojani tutub, taskin berurlar va namozni ado qilurlar va Xoja Hofiz borasida xayr duolari qilur va necha kun anga bo`la ul shahrda tavaqquf qilur. Makkaga borib qaytguncha Xoja Hofiz she`rining shuhrati olamni tutqon ekandur. Xoja Imodning devoni bor. Bu matla` aningdurki,

            b a y t:    

 [Qaerdaki, irodat kamol topib oxiriga yetsa, jabr har qancha ko`p bo`lsa, muhabbat undan ziyodadir!]2.

            734. Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy q. s.
            Alar lison ul-g`ayb va tarjumon ul-asrordurlar. Baso asrori g`aybiya va maoniyi haqiqiyaki, surat kisvatida va majoz libosida ado qilibdurlar. Agarchi ma`lum emaski, alar irodat iliki bir pirga bermish bo`lg`aylar va tasavvuf tariqida bu toifadin biriga nisbat durust qilmish bo`lg`aylar. Ammo so`zlari andoq bu toifa mashrabi bila muvofiq voqe` bo`lubdurki, hech kishiga andoq ittifoq tushmaydur. Dog`i alfoz latiflig`i va tarkib pokizalig`i va ravonlig`i va ado salosati va latofati va ma`no g`ariblig`i choshnisida xudalarni ta`rif qilmoq hayot suyii jonbaxshliqqa ta`rif qilg`ondek bo`lg`ay. Xojalar q. a. silsilasidin azize debdurki, hech devon Hofiz devonidin yaxshiroq emas, agar kishi so`fiy bo`lsa. Bu faqirg`a andoq ma`lum bo`lubdur va mashhur mundoqdurki, Hazrat Mir Qosim q. s. alarning devonini «Qur`oni forsiy» der ermishlarki, Kalomulloh oyoti maonisidin mamlu va asroru nukotidin mashhurdir. Chun alarning ash`ori maorifnigori andin mashhurroqdurki, irodg`a ehtiyoj bo`lg`ay. Har oyina qalam inoni andin masruf qilildi. Alar yetti yuz to`qson ikkida olamdin o`tubdurlar.

            735. Shayx ul-islom Mavlono Nuruddin Abdurrahmon Jomiy q. r.
            Alar vasfida xoma tili lol va til xomasi shikasta maqoldur. Yillar taqrir qililsa va qarnlar tahrir sur`ati bila bitilsa, ulcha haqqi bor. Vasflarining ado topmog`i mutaassirdir va ta`riflarnning song`a kelmagi mutaazzir. Bu bebizoat va qalil ul-istitoatning yaqini munga sodiq va tahqiqi munga muvofiqdurki, bu ummatda alarning kamoli suvari va istikmoli ma`naviylari jome`iyati bila turamamish bo`lg`ay. Chun asr fuzalosidin va zamon ulamosidin kim alarning shogirdlig`ig`a muazzazu mumtoz va musharrafu sarafroz erdilar. Necha kishi alarning siyratu kamoloti sharhida rasoilu kutub bitibdurlar va tasonif sabt etibdurlar, arodadur. Bilay degan kishi ul jam`i ta`lifdin o`z fahmi xurdida maxsus bo`lur va bahra ola olur. Bu zaif dag`i ham bu bobda «Xamsat ul-mutahayyirin» risolasi bitibmen. Anda filjumla gustoxlig` yuzidin alar zikri bila qalamni gavharnisor etibmen. Turk ulusida irodat ahli va ixlos xayli ul parishon avroqdin va parokanda ajzodin ilikka olsalar va ko`z solsalar, biror nima bila olurlar va shuur hosil qila olurlar. Alar zohir yuzidin o`zlarin qutb ul-muhaqqiqin va g`avs us-solikin Mavlono Sa`d ul-millati va din Qoshg`ariy q. r. a. muridi ko`rguzurlar erdi. Ammo hamonoki Uvaysiy erdilar va hazrat Xoja Bahouddin Naqshband r. t. ruhoniyatidin tarbiyat topib erdilar va zamon mashoyixidin Xoja Muhammad Porso q. s. muborak nazarlarig`a yetishib erdilar va Xoja Abu Nasr Porso va Xoja Muhammad Kusaviy va Mavlono Boyazid Puroniy va Mavlono Muhammad Asar va Mavlono Muhammad Tabodgoniy va Shayx Shoh Ziyoratgohiy va Mavlono Muhammad Amin Ko`histoniy va Mavlono Sa`diddin Jojarmiy q. t. a. va soyir zamon mashoyixi bila suhbat tutub erdilar va ham bu toifa holotu masoilidin barchadin bahra topib erdilar va ham bahra yetkurub erdilar. Sakson bir yoshqa yettilar va sakkiz yuz to`qson sakkizda jum`a kechasi Hirot xiyoboni boshida o`z manzillarida Tangri taolo rahmatig`a vosil bo`ldilar va alarning muxlislaridin biri munavvar marqadlari ustida oliy imorat yasab, ba`zi muridlar va shogirdlaridin ul imoratda daqoyiq fununin va haqoyiq ulumin holo dars etib, jamoati kasir toliblardin alar ruhoniyatn barakatidin naf`i shomil va fayzi komil topadurlar va nazmu nasr tasniflaridin ellikka yaqin borki, zamon ahli andin bahramanddurlar. Nazmlaridin uch devondur. Avvalg`i devon «Fotihat ush-shabob»qa mashhur va ikkinchi «Vositat ul-iqd»qa ma`ruf va uchunchi «Xotimat ul-hayot»qa mavsumki, olam ahli tilida ul nazmlardin o`zga oz nazm joriy bo`lur va masnaviydin «Haft avrang»dur, yetti daftar tarbiyat topibdurki, «Tuhfat ul-ahror»dur va «Silsilat uz-zahab»dur va «Yusuf va Zulayho»dur va «Layli va Majnun»dir va «Xiradnoman Iskakdariy”dur va «Subhat ul-ahror»dur va «Salomon va Absol»dur va nasrlaridin «Tafsir»dur va «Shavohid un-nubuvvat»dur va «Nafahot ul-uns»dur va «Naqshi Fusus»dur va «Ash`iat ul-lamaot»dur va «Lavoeh»dur va «Lavome`»dur va sharhi ruboiyotdur. Chun barchasi alarning kulliyotida mastur va mazkurdur, te`dodig`a hojat emas va alarniig maoniy va nukoti andin mashhurroqdurki, biror nima sabt qilmoqqa hojat bo`lgay. Ul sababdin ixtisor qilildi. Haq s. t. va alar ruhig`a vusul nuzhatgohida qiyomatqacha orom va niyozmandlarg`a alar asroru maoniysidin komu nashoti tamom nasib qilsun, omin yo Rabb al-olamin!

[Erkaklar martabasiga yetgan orif ayollar zikri]
 
            Shayxi buzurgvor Shayx Muhyiddin Arabiy q. s. «Futuhoti Makkiy»ning yetmish uchunchi bobida, andin so`ngraki, rijolulloh tabaqotidin ba`zini zikr qilibdur, debdurki, [biz zikr etgan bu toifadagi kishilarning barchasini rijol – erkaklar deb ataymiz. Shuningdek, ular ichida ayollar ham bor, lekin erkaklarning soni ko`p. Ba`zi kishidan so`radilar: Abdollar necha nafardirlar? Aytti: Qirq kishi. Unga aytdilar: Nega qirqta erkak demaysan? Aytti: Ular ichida ayollar ham bo`ladi]1. Shayx Abdurrahmon Sulamiy tabaqoti mashoyixiing sohibi r. t. nisvat un-obidot va niso un-orifot ahvoli zikrida alo haddihi kitobe jam` qilibdur va alardin ko`pining ahvoli sharhiya bayong`a keltirubdur.

            Sh ye ` r:

[Agar ayollar biz aytgandek bo`lsalar, erkaklardan afzaldirlar. Quyoshning muannas ism ekanligi unga ayb emas, oyning muzakkar ism ekanligi unga faxr emas]2.

            736. Robiai Adaviya r. t.
            Basra ahlidin erdi. Sufyon Savriy r. a. andin masoil so`rar erdi va aning mav`izotu duosig`a rag`bat ko`rguzur erdi. Bir kun Sufyon Robia q. s. qoshig`a kirdi va ilig ko`tarib dediki, [Allohim, sendan salomatlik so`rayman]1. Robia yig`ladi. Sufyon so`rdiki, ne uchun yig`lading? Robia dediki, sen meni yig`latding! Sufyon dedi: Nechuk? Robia dediki, salomat dunyoda aning tarkidadur va sen dunyoga oludasen. Robia so`zidurki, har nimaga samaraedur va ma`rifat samarasi yuz Tengriga kelturmakdur. Va ham ul debdurki, [oz sidq ila astag`firulloh demoqlikdan astag`firulloh deyman]2. Sufyon andin so`rdiki, banda Tengri taolog`a taqarrub tilar nimalardin yaxshirog`i qaysidur? Ul dedi, uldurki, bilgayki, dunyo va oxiratda andin o`zgani sevmas. Bir kun Sufyon aning qoshida dediki, [vo alamo!]3. Ul dedi: yolg`on aytma, agar sen mahzun bo`lsang erdi, tiriklik senga xushguvor bo`lmag`ay erdi. Va ham ul debdurki, anduhum andin emaski, anduhingdurmen. Anduhum andindurki, anduhgin emasmen!

            737.    Lubobat ul-muta`abbida r.
            Bayt ul-muqaddas ahlidindur. Ul debdurki, men Haq s. t. din uyalurmenki, meni g`ayr bila mashg`ul ko`rgay. Birav anga dediki, Hajga boradurmen, anda ne duo qilay? Dediki, Tengridin ani tilaki, sendin xushnud bo`lg`ay va seni o`zidin xushnudlar maqomig`a yetkurgay va seni do`stlari orasida gumnom qilg`ay.

            738.    Maryam Basriya r. t.
            Basra ahlidindur. Robia ro`zgorida ermish va aning suhbatig`a yetgan ermish va xidmatin qilg`an ermish. Va Robiadin so`ngra necha vaqt hayot topibdur. Va muhabbatda so`z aytur ermish. Va muhabbatomiz so`z eshitsa ermish, behol bo`lub, yiqilur ermish. Va olamdin o`tmakni mundoq debdurlarki, bir majlisda muhabbat so`zi o`tar ermish. Chun so`z muassirroq tushubdur, yuraki yorilib, jon beribdur. Ul debdurki, hargiz ro`ze g`ami yemadim va aning talabig`a ranj tortmadim, to bu oyatni eshittimki, [Va sizning rizqingiz osmonda va sizga va`da qilingan narsa bordir]1.

            739.    Rayhonai Voliha r. t.
            Basraning mu`ta`abbidotidin ermish. Solih Murriy r. t. ayyomida bu abyotni yoqasi ollig`a bitib erkandur.
  

            Sh ye ` r:

[Sen munisim, himmatim va sururimsan, qalbim sendan boshqani sevishni istamaydi. Ey azizim, himmatim va murodim, shavqim ado bo`lmas, qachon diydoringga musharraf bo`laman? Maqsadim jannat ne`matlari emas, faqat seni ko`rmoqni orzu qilaman]1.

            740.    Mu`ozai Adaviya r.
            Robiai Adaviyaning aqronidindur va aning bila suhbat tutubdur. Qirq yil yuzin yuqori osmong`a qilmadi. Va hargiz kunduz nima yemadi va kecha uyuqlamadi. Anga dedilarki, nafsingg`a ko`p zarar yetkurasen. Dediki, hech zarar yetkurmaydurmen, kecha uyqusun kunduzga solibmen va kunduz yemakin kechaga!

            741.    Ufayrai Obida r. t.
            Ul Basra ahlidindur va Mu`ozah Adaviya bila suhbat tutubdur. Tengri qo`rqunchidin ancha yig`ladiki, ko`zlari ko`rmas bo`ldi. Birav anga dediki, ne baloi qattiqdur ko`rmaslik! Ul dediki: Tengri taolodin mahjubluq andin qattiqroqdur va ko`ngul ko`rluki Haq s. t. ning murodi muhimmida aning amrlarida qattiqroq.

            742.    Sha`vona r. t.    
            Ul Ajamdin erdi va Ubullada o`lturur erdi. Va yaxshi uni bor erdi va xo`b nag`amot bila va`z aytur erdi. Va zuhhod va ubbod va arbobi qulub aning majlisida hozir bo`lur erdilar. [Mujtahida, qo`rquvchi, yig`lovchi, yig`latuvchilardan edi]1. Anga dedilarki, qo`rqarbizki, ko`p yig`lamog`din ko`zung ko`rmas bo`lg`ay. Dediki, dunyoda yig`lamog`din ko`r bo`lmoq yaxshiroqdur, o`t azobi bilan ko`r bo`lmoqdin. Ul debdurki, ul ko`zki, mahbubi liqosidin yiroq qolg`ay va aning diydorig`a mushtoq bo`lg`ay, yig`isiz yaxshi ko`runmas. Derlar: ancha anduh anga g`alaba qildiki, namoz va ibodatdin qoldi. Uyquda birov kelib anga dediki,

            sh ye ` r:

[Agar sen g`amgin bo`lsang ko`z yoshlar to`kkin, albatta yig`i g`amginlarning qayg`ulariga shifodir. Tur, harakat qil! Yonib, o`rtanib, doimo ro`zador bo`l, chunki yonish va o`rtanish itoatkorlarning fe`lidir]2.
            Yana toat bunyod qildi. Va bu abyot bila tarannum qilur erdi va yig`lar erdi va yig`latur erdi. Derlarki, qarig`anida Fuzayl Iyoz q. s. aning qoshig`a borib, duo talabe qildi. Ul dedi: Ey Fuzayl, sening bilan Tengri orasida hech nima bormuki, agar duo qilsam, ijobatqa sabab bo`lg`ay? Fuzayl sayhae urdi va bexud bo`lub yiqildi.

            743.    Kurdiya r. t.
            Basradin yo Ahvozdin erdi. Va Sha`vonaning xidmatin qilur erkandur. Ul debdurki, bir kecha Sha`vona qoshida erdim. Ko`zumkim, uyqug`a bordi, ayog`in manga urub dedi: qo`b, ey Kurdiyyaki, bu yer uyqu yeri emas, uyqu yeri go`rdur! Anga dedilarki, sanga Sha`vona suhbati barakotidin ne yetti? Dedi: ul vaqtdin beriki, aning xidmatig`a yettim, dunyoni sevmadim va ro`ze g`amin yemadim va dunyo ahlidin hech kishi ko`zumga uluq ko`runmadi tama` jihatidin va musulmonlardin hech qaysini kichik tutmadim.

            744.    Hafsa binti Sirin r. t.
            Muhammad Sirinning qiz qardoshidur. Va zuhdu vara`da qardoshidek erdi. Oyot va karomot iyasi ermish. Derlarki, kecha o`z uyida chiroq yoqar erdi va namozg`a turar erdi. Goh bo`lur erdiki, chirog`i tuganib o`char erdi va uy yoruq erdi.

            745.    Robiai Shomiya r. t.
            Ul Ahmad b. Abulhavoriyning zavjasi erdi. Ahmad debdurki, aning ahvoli muxtalif erdi, gohi anga ishqu muhabbat g`alaba qilur erdi va gohi uns va gohi xavf. Muhabbat g`alabasi mahalida aytur erdiki,

            sh ye ` r:

[U shunday mahbubki, tengi yo`q, qalbimda undan boshqaga nasiba yo`q. U mahbub ko`zimdan va o`zimdan g`oyib bo`ldi, ammo ko`nglimdan g`oyib bo`lmadi]1.    

Va uns holida der erdiki,

            sh ye` r:

[Seni qalbimda sirdosh va suhbatdosh qildim, kimki menla ulfatchilikni xohlasa, jismimni topshirdim. Jismim suhbatdosh bilan, qalbim jononim ila ulfatdir]2.

Va xavf holida der erdiki,

            sh ye` r:

[Yo`l ozig`im ozdir, manzilimga yetkazolmaydi, ozig`im ozligiga yig`laymi yo yo`lning uzoqligiga? Ey orzum intihosi, meni o`tda kuydirasanmi? Nahot, barcha umidim va qo`rquvim foyda bermaydi?]3.
Ahmad Abulhavoriy debdurki,

            B a y t:

[Seni ayollarni sevgandek emas, birodarlik muhabbati bilan sevaman]4.
            Ahmad b. Abulhavoriy debdurki, bir kun aning oldida bir tasht erdi. Dediki, bu tashtni ko`taringki, anda bitilgan ko`rarmenki, amir ul-mo``minin Horun ar-Rashid o`tubdur. Chun tafahhus qildilar, ham ul kun Horun ar-Rashid o`tub erdi.

            746. Hakimai Dimishqiya r. t.
            Shom nisosining sodotidindur. Robiai Shomiyaning ustodi. Ahmad b. Havoriy debdurki, Robia dediki, Halimai Dimishqiya qoshig`a kirdim, mushaf Qur`on o`quydur erdi. Dedi: Ey Robia, eshittimki, abushqang, ya`ni Ahmad b. Abulhavoriy sening ustungga yana xotun oladur ermish. Dedim: bale! Dedi: Ul nechuk begonur oncha aqli bilaki, ko`nglini Tengri taolodin ikki xotung`a mashg`ul qilg`an? Magar sanga ul oyat tafsiri yetmaydurkim, [Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina foyda yetar)1. Dedim: yo`q! Dedi: bu oyatning tafsiri budurkim, Tengri taologa yetkaysen va ko`nglungda hech nima andin o`zga bo`lmag`ay. Robia debdurki, aning qoshidin chiqdim va ul so`z asaridin taammul qila borur erdim. Va eranlardinki, ul yo`lda yo`liqur erdilar, uyalar erdimki, meni usruk sog`ing`aylar.

            747.    Ummi Hasson r. t.
            Kufa ahlining zuhhodidin ermish. Sufyon Savriy aning ziyoratig`a borur ermish. Va ba`zi debdurlarki, ani xotunluqqa qo`lubdur. Sufyon debdurki, bir kuk aning uyiga kirdim, bir eski buryodin o`zga nima yo`q erdi. Dedim: agar bir ruq`a amakizodalaringg`a bitilsa, sening holing rioyati qilurlar. Dedi: Ey Sufyon, myoning ko`z va ko`nglumga bundin burun ulug`roq erding. Men hargiz dunyoni savol qilmon ul kishidinki, anga molikdur va qodirdur va mutasarrif. Nechuk savol qilg`aymen andinki, anga qodir ermas? En Sufyon, vallohki, men sevmasmenki, manga bir dam o`tgayki, ul dam Tengridin g`ofil bo`lub, aning g`ayrig`a mashg`ul bo`lg`aymen. Sufyon ul so`zdin yig`ladi.

            748.    Fotima Nisoburiya r. t.
            Xuroson nisosining qudamosidindur va orifot kiboridin. Abu Yazid Bistomiy q. s. anga sano aytibdur va Zunnun Misriy andin savollar qilibdur. Makkada mujovir erkandur. Gohi Bayt ul-Muqaddasg`a borur erkandur va yana Makkag`a qaytur erkandur. Bir kun Zunnun uchun nima yibordi. Zunnun qabul qilmadikim, nisvondin nima qabul qilmoq mazallatdur va nuqson. Fotima dediki, dunyoda hech so`fiy andin yaxshiroq va ulug`roq emaski, bu sababni aroda ko`rmagay. Abu Yazid q. s. debdurki, umrumda bir er va bir xotun ko`rubmen. Ul xotun Fotimai Nisoburiya erdi, hech maqomdin anga xabar qilmadimki, ul xabar anga ayon emas edi. Mashoyixdin biri Zunnundin so`rdiki, bu toyifadni kimni ulug`roq ko`rdung? Dediki, Makkada bir zaifa erdiki, ani Fotimai Nisoburiya der erdilar. Qur`oi maoniysi fahmida so`zlar aytur erdiki, manga ajib kelur erdi. Umra yo`lida ikki yuz yigirma uchda dunyodin o`tti.

            749.    Zaytuna r. t.
            Oti Fotima erdi. Va Abu Hamza va Junayd va Nuriy q. a. g`a xizmat qilur erdi. Ul debdurki, bir kun qattiq sovuq erdi. Nuriy xizmatig`a bordim va dedim: hech nima ermusen? Dedi: hov! Dedim: ne? Dedi: non bila sut! Deganini kelturdum. Ollida o`t yonadur erdi va iligi qora bo`lub erdi. Iligining har yerigaki, sut tegar erdi, qorasi uyulurur erdi. Chun ani ko`rdum, ayttimki, [Ey rabbim, sening do`stlaring qanday iflosdurlar, ularning ichida biror pokizasi yo`kdir]1. Va aning qoshidin chiqdim, bir yerga yettim, bir xotun kishi manga yopushtiki, munda bir terma to`n erdi, sen eltibsen! Va meni hokim qoshig`a eltti. Nuriy ani eshitti va mening so`ngumcha hokim qoshig`a keldi va dediki, ani og`ritmaki, avliyoullohdindur. Hokim dediki, ne chora qilayki, xasm ul to`nni andin tilaydur? Nogoh bir qora kanizak paydo bo`ldi va ul g`oyib bo`lgan nima anda. Xasm dediki, ani qo`yungki, men iturganni toptim. Pas, Nuriy mening iligimni tutub, ul yerdin chiqdi va dedi: nechun dedingki, [Sening do`stlaring qanday vahshiydirlar va iflosdirlar]2. Dedim: tavba qildim andinki, deb erdim.

            750.    Fotimai Barda`iya r. t.
            Ardabilda bo`lur erdi. [Aytadilarki, shathiyot so`zlovchi oriflardan edi]1. Mashoyixdin ba`zi bu qudsiy hadis bobida so`z so`rdiki, [kim meni eslasa, u bilan birgamen]2. Ul soyil bilan soate so`zlar aytti va so`ngra dediki, [Zikr shudirkim, sen Haqni davomli zikr etganing holda uning zikr etganini mushohada etasan. Sening zikring uning zikrida yo`q bo`lib ketadi. Faqat uning seni zikr etgani qoladi. Orada makon ham zamon ham bo`lmaydi]3.

            751.    Ummi Ali Zavjai Ahmad bin Xizravayh r.
            Ul akobir avlodidin erdi. Va ko`p moli bor erdi, barchani fuqarog`a sarf qildi va Ahmad. Hizravayx q. s. bila bu tariqda muvofaqat qildi. Va Boyazidni va Abu Hafsni q. s. ko`rub erdi. Va Boyaziddin savollar qilib erdi. Abu Hafs debdurki, hamisha xotunlar hadisin makruh tutar erdim, to ul vaqtqachaki, Ummi Ali Ahmad bin Xizravayhning zavjasin ko`rdum, andin so`ng bildimki, Haq s. t. o`z ma`rifatin va shinoxtin har yerdaki, tilar ko`yar. Boyazid. q. s. debdurki, har kim tasavvuf mudovamatida bo`lg`ay, kerakki, bir himmat bila mudovamat qilg`ay Ummi Ali zavjai Ahmad bin Xizravayh himmatidek, yo bir hol bila aning holidek. Ul debdurki, Haq s. t. anvoi lutfu ehson bila xalqni o`ziga tiladi, ijobat qilmadilar, andin so`ngra turlug` balolarni alarg`a to`kdi, to alarni balo bila o`ziga tortqay, aning uchunki, alarni sevar. Ham ul debdurki, hojat favti osonroqdur, andinki, xorliq tortqay aning uchun. Balx ahlidin bir zaifa anga keldi va dediki, kelibmen. Tengri taolog`a taqarrub tilagaymen, sening xidmating vasilasi bila. Anga dedi: nechuk aning xidmati vasilasi bila manga taqarrub bilmassen?

            752.    Ummi Muhammad volidai Shayx Abu Abdullox Xafif r. t.
            O`g`li Abu Abdulloh b. Xafif bila bahr yo`lidin Hajga bordi. Va anga mukoshafotu mujohadot ko`p ekandur. Derlarki, Shayx Ramazonning so`nggi ushrida ihyo qilur erdiki, laylat ul-qadrg`a musharraf bo`lg`ay. Tomg`a chiqib erdi va namoz qilur erdi. Va onasi Ummi Muhammad uy ichida, Haq s. t. g`a mutavajjih o`lturub erdi. Nogoh «Laylat ul-qadr» anvori anga zohir bo`la boshladi. Un chiqardiki, Ey Muhammad, ey farzand, ulcha sen anda tilaysen, mundadur! Shayx tushti va anvorni ko`rdi. Va onasi ayog`ig`a tushti, andin so`ng Shayx aytur erdiki, ul vaqtdin so`ngra onam qadrin bildim.

            753.    Fotima binti Abobakr Kattoniy r. t.
            Ul Samnun Muhib majlisida vaqtiki muhabbatdin so`z aytadur erdi, jon berdi. Va eranlardan dag`i uch kishi aning muvofaqatig`a o`ldilar.

            754.    Fizza r. t.
            Shayx Aburrabi` Molaqiy r. debdurki, aning oyatu karomati bag`oyat zohir va mashhur erdi. Ul jumladin biri budurki, aning bir qo`yi bor erkandurki, sog`salar erkandir ham sut berur erkandur, ham bol! Va bu so`zning «Nafahot»da tafsili bor, tilagan kishi anda topar.

            755.    Tilmizai Sariy Saqatiy r. t.
            Zaifae erdi Sariy Saqatiyning shogirdi. Va ul zaifaning bir o`g`li bor erdi, muallim qoshida. Muallim ani tegirmonga yibordi. Ul tegirmonning tannurasiga tushti va cho`mdi. Muni Shayxqa ayttilar. Shayx ayttiki, qo`pung va mening bila keling! Aning onasi qoshig`a bordi va nasoyihu mavoiz bunyod qildi, barcha sabru rizo bobida. Ul aytti: ey ustod, bu so`zlardin g`arazing nedur? Dediki, o`g`lung tegirmon suyig`a tushub, g`arq bo`lubdur. Dedi: mening o`g`lum? Shayx dedi: bale! Ul dediki, tahqiqki, Tengri taolo muni qilmaydur? Shayx yana sabr bobida so`z bunyod qildi. Ul dedi: qo`pung, mening bila keling! Qo`ptilar va ul suv yoqasiga bordilar. Cho`mgan yerni xotun so`rdi, ayttilar. Ul yerda turub o`g`lin chorladiki, farzand Muhammad! Ul «labbayk» deb javob berdi. Suvg`a kirdi va o`g`li iligin tutib, suvdan chiqardi va uyg`a eltti. Shayx bu qissani Shayx Junayd q. s. din so`rdiki, bu nedur? Junayd dediki, bu zaifa rioyat qilur, har neki Tengri vojib qilibdur. Va mundoq kishining hukmi uldurki, hech hodisae havodisdin anga voqe` bo`lmag`ayki, avval aning hudusidin anga xabar qilmag`aylar. Chun anga o`g`ul favtidin xabar qilmaydur erdilar, bildiki, ul amr bo`lmaydur, lojaram inkor qildi va dediki, Tengri taolo bu ishni qilmaydur.

            756.    Tuhfa r. t.
            Ul nisoning solihoti, balki vosilotidin ermish. Xazrati Mahdumiy n. m. n. «Nafohot ul-uns»da aning zikrida ancha g`aroyib va aning holotida ancha ajoyib bitibdurlarki, sharhg`a rost kelmas. Bu muxtasarda mundin ortuqroqning gunjoyishi yo`q erdi. Ul holotqa ittilo` tilagan, ul kitobdin tilasun!

            757. Ummi Muhammad r; t.
            Shayx Abdulqodir Gilonnyninng ammasidur. Derlarki, bir qatla Gilonda qurg`og`lnq bo`ldi. Xaloyiq istisqog`a chiqdilar, yog`in yog`madi. Barcha xalq Ummi Muhammadning uni eshikiga keldilar va yomg`ir duosini tiladilar. Ummi Muhammad uyining eshikin supurdi va dedi: Xudoyo, men supurdum, sen suv sep! Oz vaqt o`tmadi, yog`in tutti, andoqki degaylarki, meshlarning og`zii ochiq qo`ya beribdurlar.

            758.    Bibiyaki Marviya r. t.
            Shayx Abu Sa`id Abulxayr q. s. debdurki, Marvda erdukki, anda bir qari xotun bor erdiki, ani Bibiyak der erdilar, bizing qoshimizg`a keldi va dedi: Ey Abu Sa`id, tazallumg`a kelibman. Biz deduk: ayt! Ul dediki, el doim duo qilurlarki, Yo Rab, bizni bir nafas bizga qo`yma! O`ttuz yildurki, men duo qilurmenki, Yo Rab, bir turfat ul-ayn meni manga qo`yki, bilayki men nedurmen, yo bormumen, hanuz ittifoq tushmaydur.

            759.    Ka`b qizi r. t.
            Shayx Abu Sa`d Abulxayr q. r. debdurki, Ka`bning qizi oshiq erdi ul qulg`a. Ammo ulug`lar ittifoq qildilarki, bu so`zki, ul aytur, ul so`z ermaski, maxluqqa aytsa bo`lg`ay. Anga o`zga yerga ish tushub erdi. Bir kun ul qul ul qizni nogoh ko`rdi, yengining uchin tutti. Qiz unga nahib bila boqib dediki, sanga muncha bas emasmukim, men iyam bilamen va anda mubtalomen va sanga zohir qilibmen. Shayx Abu Sa`id q. s. debdurki, so`ziki, ul aytibdur, andoq emaski, kishiga maxluqluqda tushmish bo`lg`ay. Ul debdurki,

            n a z m:

[Ishqbozlik qilib yana unga bog`landim, ko`p harakatlar foyda bermadi. Ishq sohili ko`rinmaydigan daryodir, ey ishq giriftori, bu yo`lga shoshilib bo`ladimi? Ishqni poyoniga yetkazmoqchi bo`lsang, nomaqbulni ko`rib, maqbul tasavvur qil! Xunuk narsani chiroyli hisobla! Zahar ichganda qand deb gumon qil! Sarkashlik qildim, bilmadimki, tuzog`ni harqancha tortsang, torayib boraveradi]1.

            760.    Fotima binti Musanno r. t.
            Shayx Muhyiddin Arabiy r. a. «Futuhoti Makka»da debdurki, men yillar aning xidmatin qildim. Va ul vaqt yoshi to`qson beshda bor erdi va yuzining tozaligi va orazining nozuklukidin uyalurdimki, aning sari tik boqqaymenki, kishi gumon qilur erdiki, o`n to`rt yoshidadur. Anga Haq s. t. bila ajab hole bor erdi. Barcha eldinki aning xidmatig`a yetarlar erdi, meni ixtiyor qilib erdi. Der erdiki, men aningdek kishi ko`rmaydurmen. Qachonki, mening qoshimg`a kelur, o`zin andoq jam` qilib kelurki, tashqari hech nima qolmas va chiqarda ham andoq chiqarki, ichkari hech nima qolmas. Va ham debdurki, ul dediki, manga ajab kelur ul kishidinki, ayturki, Haqni sevarmen va aning bila sevunmas. Va hol ulki, Tengri aning shuhudidur va ko`zi anga nozirdur va bir turfat ul-ayn g`oyib bo`lmas, bu el nechukki aning muhabbati da`vosin qilurlar va ayturlar, ayo uyalmaslar. Muhib qurbi muqarriblardin ortuqdur, pas nega yig`larlar. Manga dediki, ey farzand, ne dersen bu so`zdaki, men dermen? Dedim: So`z budurki, sen dersen. Andin so`ngra dediki, valloh, manga taajjub kelur mening habibim «Fotihat ul-kitob»g`a mening xidmatim buyurubdur, billoh, hargiz «Fotiha» meni andin mashg`ul qilmaydur. Va ham Shayx debdurki, biz aning qoshida o`lturub erdukki, zanfae kirdi va dediki, abushqam falon shahrg`a boribdur va doiyasi bor ekandurki, yana bir xotun olg`ay. Dedimki, tilarsenki, kelgan. Dedi: bale! Yuz aning sari qildim va dedim: Ey ona, eshitursenkn, ne deydur? Dedi sen ne tilarsen? Dedim: aning hojatin ravo qilmoq! Va aning hojati budurki, g`oyibi kelgay. Dedi: [Jonu dilim bilan]1. Filhol «Fotihat ul-kitob»ni yiborurmenki, aning g`oyibin olib kelur. Va «Fotiha»ni o`qiy boshladi va men ham aning bila o`qudum. Va bildimki, «Fotiha» qiroatidin «Jasadoniy» surati insho qildi va yibordi. Va dedi: Ey «Fotihat ul-kitob», falon shahrga bor va bu zaifaning hojatin top va qo`ymay olib kel! Shayx debdurki, «Fotiha»ni yiborgandin ul kelguncha ul masofat qat` qilurdin ortuq fursat bo`lmadi.

            761.    Joriyai Savdo r. t.
            Zunnun q. s. debdurki, bir qora kanizak ko`rdumki, atfol anga tosh urarlar erdi va derlar erdiki, bu zindiqa derki, men Tengrini ko`rarmen. Men aning keynicha bordim. Meni chorlab dedi: Ey Zunnun! Dedim: sen meni qaydin taniding? Dedi: Aning do`stlarining jonlari aning sipohidur va bir-biriga oshnodurlar. Dedim: bu nedurki, bu o`g`lonlar aytadurlar? Dedi: ne deydurlar? Dedim: deydurlarki, sen aytur ermishsenki, men Tengrini ko`rarmen! Dedi: chin ayturlar, to ani tanidim, hech mahjub bo`lmaydurmen.

            762.    Imra`atun Majhula r. t.
            Va ham Zunnun q. s. debdurki, tavof qiluraning orasida ko`rdimki, bir nur chaqildiki, ishnagani ko`kka yetti. Mutaajjib bo`ldum va tavofdin forig` bo`lgandin so`ngra uchamni Ka`baning tomig`a qo`yub, aning fikrida erdimki, nogoh bir anduhlig` un eshittim. Ul un so`ngicha bordim, ko`rdumki, joriyae Ka`ba astorig`a osilibdur va aytadur.

            Sh ye ` r:

[Ey mahbubim, bilasanki, mahbubim kimdir, ha, sen bilasan! Ozg`inligim, jismim, ko`z yoshlarim sirrimni fosh qildilar. Ishq sirrini chunon pinhon tutdimki, ko`krak qafasim torlik qildi]1.

            Pir sari bordim va aning dardidin giryon bo`ldum. Pas dedi [Allohim, sayyidim, mavlom, menga bo`lgan muhabbating haqqi, meni mag`firat qil!]2 Dedim: Ey joriya, sanga bu bas emasmuki, [Senga muhabbatim haqi]3 degaysenki, dersen [Menga muhabbating haqi]4. Bilursenki, ul seni sevar. Dediki: Tengrig`a bandalar borki, alarni sevar, pas alar ani sevarlar. Eshitmaysen qavluhu taoloki dediki, [Alloh boshqa bir qavmni keltirurki, ularni sevadi, ular ham Allohni sevadilar]5. Va aning muhabbati anga bas. Anga dedimki, seni asru zaif va nahif ko`rarman, magar bemorsen? Dediki,
she`r:

[Allohni sevuvchi dunyoda dardmanddir, bemorligi tuzalmaydi, faqat uning davosi – dard. Yaratuvchining oshig`i shunday bo`ladiki, uni topguncha eslab, muhabbatida yonadi]6.

            Manga dediki, keyin boq! Keyin boqdim va hech nima ko`rmadim. Chun aning sari boqdim, ani ham ko`rmadim, bilmadim qayon bordi?

            763.    Joriyai Majhula r. t.
            Ham Zunnun q. s. debdurki, manga bir kanizakni o`gdilar, mutaabbida. Va aning holidan xabar so`rdum. Dedilar: bir dayrda xarobdur! Ul dayrg`a bordim, ko`rdum, asru zaif jismlig`ki, uyqusizlik asari anda zohir erdi. Salom qildim. Javob berdi. Dedim: nasoriy maskanida bo`lursen? Dedi: ko`z ochgach, Tengri taolodin o`zga ikki dunyoda kishi ko`rarsen? Men dedim: hech yolg`uzluk vahshati topmassen? Dedi: mendin yiroq bo`l, ul mening ko`nglumni hikmatining latoyifidin va muhabbatidin andoq to`la qilibdur va diydori shavqini manga andoq mustavliy qilibdurki, ko`nglumda hech yer aning g`ayri uchun topmon. Dedim: seni hokima ko`rarmen, meni bu yo`l torlig`idin chiqar va tuz yo`lni manga och! Dedi: ey javonmard, taqvoni ozug`ung qil va zuhdni yo`lung va vara`ni borgiring va qo`rqunchlug`lar tariqida suluk qil, to yetkaysen bir eshikkaki, ne hujjob ko`rgaysen anda, ne bavvob. Xozinlarig`a buyurg`ayki, hech ishta sanga nofarmonlig` qilmag`aylar.

            764.    Imra`atun Misriya r. t.
            Imom Yofi`iy tarixida mashoyixinng biridin naql qilurki, Misr navohiysida bir zaifa o`ttuz yil bir yerda iqomat qildiki, issig` va sovug`da andin bormadi. Va o`ttiz yilda hech nima yemadi va ichmadi. Vallohu a`lam.

            765.    Imra`atun Misriyai Uxro r. t.    
            Ham Imom Yofi`iy «Ravz ur-rayohin» kitobida kelturubdurki, bu toyifadin biri debdurki, Misr navohiysida bir zaifa ko`rdumki, volahu hayron erdi va o`ttuz yil ayog` ustiga turub erdi. Qishda va yozda va kecha kunduzdin va yomg`urdin anga panoh yo`q erdi. Va yilonlar va ajdaholar aning tegrasida otlanurlar erdi. Vallohu a`lam.

            766.    Imra`atun Xorazmiya r. t.
            Va ham Imom Yofi`iy o`z tarixida ulamoning biridin naql qilurkim, debdurki, Xorazm navohiysida bir xotun ko`rdumki, yigirma yildin ortuqroq yegulik va ichgulikdin hech ishtig`ol ko`rguzmaydur erdi. Vallohu a`lam.

            767.    Joriyai Habashiya r. t.
            Shayx Muhyiddin Abdulqodir Giloniy q. t. r. debdurki, avval qatlaki, Bag`doddin Haj azimati qildimki, yigit erdim va yolg`uz borur erdim. Shayx Addiy b. Musofir manga yo`luqdi. Ul ham yigit erdi. Mendin so`rdikim, qayon borursen? Dedim: Makkaga. Dedi: musohibqa mayling bor? Dedim: men tajrid qadami bila boradurmen. Dedi: men ham tajrid qadami bilamen. Bila yo`lg`a tushduk. Yo`lda bir kun Joriyai Habashiya paydo bo`ldi, yuziga burqa bog`liq. Va mening yuzumga tez-tez boqdi va so`rdn: ey yigit, qaydinsan? Dedim: Ajamdin. Dedi: bu kun meni ranjg`a solding. Dedim: nechuk? Dedi: bu soat Habash bilodidin erdim. Manga mushohada tushdiki, Tengri taolo sening ko`nglungga tajalli qildi va sanga atoe qildiki, bu toyifadin men bilurlardin hech kimga mundoq ato qilmaydur. Tiladimki, seni ko`rgaymen. Va dedi: men bu kun sizing bilaman va sizing bila iftor qilurmen. Va yurudi. Va ul vodiyning bir yonidin va biz yana bir yonidin borur erduk. Chun oqshom bo`ldi, ko`kdin bir tabaq indi, anda olti rag`if sirkavu sabzi bila. Joriyai Habashiya dediki, [Meni va mehmonimni ikrom qilgan Allohga hamd bo`lsin!]1. Har kecha manga ikki rag`if inar erdi, bu kecha yo`ldoshlardin har biri uchun ikki rag`if indi. Andin so`ngra uch ibriq suv indiki, chun andin ichduk, lazzatu halovatda dunyoda ichgan suvlarg`a o`xshamas erdi. Pas ul kecha bizdin ayrildi va ketti. Chun Makkaga yettuk, tavofda Shayx Addiyg`a tajalli voqe` bo`ldiki, bexud bo`lub yiqildi, andoqki ba`zi der erdilarki, ul o`ldi. Nogoh ko`rdumki, ul Joriya aning ustida turubdur va aytadurki, seni tirguzgay ul kishi bu nav` o`lturubdur. [Pokdir u Allohki, jalol nurining qarshisida borliqdagi hodisalar faqat uning madadi bilan qoyimdir va sifotining zuhur etishi jihatidan koinot faqat uning kuch-quvvati bilan barqarordir. Balki uning muqaddas pokligi oqillar ko`zlarini ko`r qiladi va xushbo`ylarining zeboligi ulug`lar qalbini rom etadi]2. Andin so`ngra tavofda manga tajalli voqe` bo`ldi. Va botinimdin xitobe eshittim va aning oxirida manga ayttilarki, Ey Abdulqodir, zohir tajridini qo`y, tavhid tafridini lozim tut va el naf`i uchun o`lturki, bnzga xos bandalar borki, tilarbizki, alarni sening ilgingda qurbimiz sharafig`a yetkururbiz. Nogoh ul Joriya dedi: ey yigit, bilmasmen, bu kun ne nishondur sangaki, boshingda nurdin borgoh urubdurlar va osmong`acha maloik tegrangga aylanibdurlar va barcha avliyoning ko`zi o`z maqomlaridin sanga xira qolibdur va barcha sanga bergonidikka umidvordurlar. Andin so`ngra ul Joriya bordi va yana ani ko`rmadim.

            768. Imra`atun Isfahoniya r. t.
            Shayx Abdulqodir Giloniy q. r. muridu ashobidin biri debdurki, bir kun Shayxqa minbar ustida istig`roqe voqe` bo`ldi, andoqki, amomasidin bir pech ochildi. Va ul voqif emas erdi. Barcha hozirlar Shayx muvofaqotig`a dasturlarni minbar ayog`ig`a tashladilar. Chun Shayx o`z holig`a keldi va so`z tugatti va amomasining buzulg`an pechin yasadi, manga buyurdiki, dastorlarii solg`an elning iyalarig`a bergil! Men degandek qildim. Bir xotun kishining isobasi boqiy qoldiki, iyasi paydo emas erdi. Shayx ani oldi va o`z muborak egnig`a soldi. Solg`och filhol ul isoba Shayxning egnidin g`oyib bo`ldi. Man hayron qoldim. Chun Shayx minbardin tushdi, aning kayfiyatin manga ayttiki, chun majlis ahli bizing muvofaqatimizg`a dastorlarin minbar ayog`ig`a soldilar, bizing bir singlimiz bor Isfahonda, ul ham isobasin soldi. Chun biz ani egnimizg`a solduk, ul Isfahondin ilig uzatib, egnimizdin oldi. Ul Imra`atun Isfahoniydur.

            769.    Imra`atun Forisiya r. t.
            Shayx Najibuddin Aliy Buzg`ush r. t. debdurki, bir qatla bir zaifa Gulpoyagon qasabasidin Sheroz shahrig`a kelib erdi. Gohlar bizing uyga kelur erdi va boxabar zaifa erdi. Bir necha vaqt bizing uyda bo`lur erdi va manga yo`qsuzluq dast berib erdi. Va ul bilur erdi ul holni va bizing uyda bir necha zarf bor erdiki, agar bug`doy-arpadek nima Tengri bersa erdi, ul zarflarg`a solur erduk. Va ul zarflar bo`shab erdilar va boshlarin yopib erduk, to ariq qolg`ay hojat vaqtig`acha. Ul xotun sog`indiki, magar ul zarflarda nima bor? Manga dedi: chun yo`qsuzliq dast beribdur, ul zaxiradinki, bu zarflardadur, nevchun qut qilmassen? Dedim: alar bo`shdur. Dedi: bo`sh bo`lsa, boshlarin nega berkitibsiz? Dedim: aning uchunki, ariq qolg`ay. Ul qo`pti va ul zarflarning og`izlarin ochti va ochiq qo`ydi. Va dediki: aning uchun bo`shdurki, og`izlari bog`lig`dur. Agar og`izlari ochuq bo`lsa biravdek bo`lg`ayki, och bo`lg`ay va og`zin ochmish bo`lg`ay. Tengri taolo anga qut yetkurgay. Har nimaning quti anga munosib bo`lg`ay, hojat vaqti. Va bu zuruf oshlig` zurufidur va bularning quti oshlig`dur, chun qorin ochlig`i, ya`ni bo`shlug`i zohir bo`lsa, ani oshlig` va hubub bilato`la qilurlar. Chun ul xotun bu tasarrufni qildi, filhol Haq s. t. oncha oshlig` yetkurdiki, ul zuruf to`ldi. Va ul zaifa avliyoullohdin erdi.

            770.    Bibichai Munajjima r. t.
            Kirmon mulkidindur. Mazkur bo`lg`on ilmda o`z zamonining saromadi erdi, ammo mayli darveshlik sari erdi. Zamon podshohi iltifot va ta`zim ko`p qilur erdi va podshoh haramlari uzmo xavotin bag`oyat hurmat tutarlar erdi. Oqibat barchaning ixtilotin tark qilib, xiyobon boshida o`z manzili javorida masjidi jome` yasadi va mulku asbobin anga vaqf qildi, andoqkim, holo ravnaqi bor va kasir xaloyiq anda namoz qilurlar. Va ham anda o`ziga go`rxona yasadi, yoshida olamdin o`tti. Va maqbarasi o`z go`rxonasidadur.
            Ilohi, bu avliyoulloh asrorahumning sharif anfosi barakoti haqqi va bu kitob mutolaasig`a mashg`ul bo`lgan azizlar dimog`in mazkur bo`lgan abror muhabbati nasoyimidin muattar va bahramand qilg`aysen va bu kitob mumorasotig`a mash`uf bo`lg`on ahli tamayyuzlar ko`nglin mastur bo`lg`on axyor futuvvatn shamoyimidin munavvar va arjumand etgaysen. Va alarning tufayli roqimning ham tiyra ro`zgorig`a safoe va hirmon zulmatidin qororg`on ko`zlariga hidoyat quyoshidin ziyoe nasib qilg`aysen. Va podshohi islomkim, iymon ahlig`a mujibi farog`atu amniyat va zamon xaylig`a boisi rafohiyatu jam`iyatdurki, bular bo`lmasa, bu nav` nusxa tartibu tasnifi va bu tavr kutub jam`u ta`lifi mutaassir, balki muholu mutaazzirdur, sihhatu umru davlatini muxallad va insofu adolatini muabbad tutqil va a`dosini maqhur va ahibbosini mansur qilg`il. Omin, yo Rabb al-olamin!