Топ рейтинг www.uz

G`AZALLAR


101
G`am yukidin changdek qaddim xam etting oqibat.
Rishtai jon nolasin zeru bam etting oqibat.

Yaxshi erdi safhai aflok dardim yozg`ali,
Bahri ashkim mavjidin borin nam etting oqibat.

O`tkarib to`qquz falak boshidin ohim dudini,
Ul muvallidlarg`a oni purjam etting oqibat.

G`urbatu, ishqu, baloyi hajru, za`fu xastalig`
Etmas erdikim, meni majnun ham etting oqibat.

Oh gardun, ashk anjum, nola ra`du po`ya barq,
Xilqatimdin bir ajoyib olam etting oqibat.


Bu ko`han dayr ichra jon bo`lsun fidong, ey mug`bacha,
Kim jahondin bizni mastu beg`am etting oqibat.


Ey Navoiy, ishq aro vasl istaduk, kuldung base,
Bizni ushbu muddaoda mulzam etting oqibat.

102
Habib g`ayr ila may ichti, ey ko`ngul, qon yut;
El ichsa vasl mayin boqu zahri hijron yut.

Chu hajr muhlik erur, boda ermas anga iloj,
Tutayki jomi man o`rnng`a shirai jon, yut.

Mengaki do`st kerak, ey Xizr, yutarmen qon,
Sengaki umrdurur kom, obi hayvon yut.

O`qidin, ey ko`ngul, ich sharbat o`rnig`a xunob,
Ushoq muz o`rnig`a ul sharbat ichra paykon yut.

Visol no`shini to mumkin o`lg`ay istar esang,
Firoq zahrini bas ulcha bo`lg`ay imkon yut.

Ichingda sirri haqiqatni yoshuray der esang,
Ulustin ul guhari bebahoni pinhon yut.

Navoiy, ayla aning ishqi tarkini, yo`q esa,
Chu g`ayr ila may ichar boqu dam-badam qon yut.

103
Ey ko`ngul, dedimki, aylab azm jononimg`a yet,
Demadimkim, turg`ilu afg`on bila jonimg`a yet.


Boshing ol ket, lek chun ham bekasu ham xastamen,
Holatim so`rmoqg`a gohi baytul ahzonimg`a yet.

Chunki ko`rdingkim, o`lubmen tutma motam qayt bot,
Ul dami jonbaxshu la`li obihayvonimg`a yet.

O`lganimni  arz  etib yig`lab degilkim, ey Masih,.
Aylabon  lutf ul qatili tig`i  hijronimg`a  yet.


Qelmak o`lsa itlari jismim tuganmastin burun,
Boshlabon ul qotili kofirni vayronimg`a yet.


Etgach o`q chun tirguzur qo`psam bo`lay deb sadqasi,
Zinhor ul dam madad aylar uchun yonimg`a yet.

Deb eding yetgum Navoiyg`a qotig`roq tushsa ish,
Ushbu damkim, hajr qasd aylabturur, qonimg`a yet.

104
Ey nasimi subh, ahvolim diloromimg`a ayt,
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimg`a

Buki la`li hasratidin qon yutarmen dam-badam,
Bazmi ansh ichra labo-lab boda oshomimg`a ayt.

Kom talxu, boda zahru, ashk rangin bo`lg`anin
La`li shirin, lafzi rangin, sho`xi xudkomimg`a ayt.

Shomi hijron ro`zgoring tiyra nevchun qildi, deb
So`rmag`il mendin bu so`zni, subhi yo`q shomimg`a ayt.


Ul pari ishqida nangu nomkim tark ayladim,
Ko`ngul  otlig` hajr  vodiysinda  badnomimg`a  ayt.

Ey karomatgo`y, ishim og`ozi xud isyon edi,
Sham`i rahmat partavi yetgaymu anjomimg`a ayt.

Yo`q Navoiy bedil oromi g`am ichra, ey rafiq,
Holini zinhorkim ko`rsang diloromimg`a ayt.

105
Etilmish, olloh-olloh, ne qomat ul qomat,
Ki olam ahlig`a soldi qiyomat ul qomat.

Qunqarg`ay asramayin bog`bon nihollarin,
Chamanda  sarvdek etsa  iqomat ul  qomat.

Chu jilva qildi, vafo sari hech qilmadi mayl,
Jafoda topqan uchun istiqomat ul qomat.

Xirom vaqti xaloyiqqa fitna yog`durdi,
Ki barcha fitnadin o`lsun salomat ul qomat.

Boshimg`a yettiyu o`lgan tanim ravon topti,
Bu ishni rosti etti karomat ul qomat.

Chu noz jilvasini sarvdek qilur bilingiz,
Ki qatl etardin erur benadomat ul qomat.

Navoiy, emdi o`zungdin ilik yuvkim, o`lgung,
Ki zohir ayladi shaqi qiyomat ul qomat.

106
Ishqi soldi xonumonim ichra o`t,
La`li otashnoki jonim ichra o`t.

Nega yetgan yerda o`rtar xalqni,
Bo`lmasa ohu fig`onim ichra o`t.

Ko`nglim ermas tandakim hajring aro,
Tushdi jismi notavonim ichra o`t.

O`qlaringning  kasratidin  chektim  oh,
Tushti andin naysitonim ichra o`t.

Hajrdin kuydi so`ngaklar, vahki, ishq
Soldi xoshoki nihonim ichra o`t.

Soqiyo maydin su urkim, urdi davr
Joni benomu nishonim ichra o`t.

Ey Navoiy, chun chaqildi barqi ishq,
Tushdi andin xonumonim ichra o`t.

107
Zamona erur chun mahalli havodis,
Zamone kerak bo`lmasang anda mokis.

Amal qasrini aylama anda ihdos,
Ki har lahza bo`lg`ay o`kush fitna hodis.

Chiqarg`a bu vayronadin chora yo`qtur,
Gar Odam va gar Nuhu, gar Somu Yofas.

Bo`lur tiyra ko`zgung, to`lar zahri joming
Tutaykim, bo`l  Skandaru Jamg`a  solis.

Jahon shug`li sori talab qilma  mujib,
Aning tarkini tutqali ista bois.

Fano xonaqohi aro somit o`lg`il,
Yo`q ulkim baqo dargohida bohis.

Navoiy, amal xirqasi ichra o`t sol,
Ki bo`lmoq kerakmas bu mazra`da horis.

108
Qo`ngulda zulm bila qilma yuz bino ihdos,
Chu qilding, ushbu yetar  qilmag`il yano ixdos.

Jafo binosini buzg`il, nedinki, muxdis erur,
Xilof shar`i vafo qilding ul bino ixdos.

Gar elga qasr tarab tuzdi ishq me`mori,
Netayki qildi menga kulbai ano ixdos.

Fig`onki, ul buti bino base jafo tarhin
Ko`ngulda qildi hanuz, o`lmay oshno ixdos.

Meni chu buzdi, ne osig`ki xalq uchun qilg`ay
Visol ganji uchun maxzani g`ino ixdos.

Chu yor vasli tilarsen, vujud uyini buzub,
Ko`ngul xarimida qil xilvati fano ixdos.

Navoiyo, dema ixdos qilg`il o`zluk uyin,
Men aytgan o`lsam ani, tavba rabbano ixdos.

409
Mening majnunlug`umg`a ishqu savdo gar erur bois,
Valekin bu ikiga bir pari paykar erur bois.


Dema bois nedurkim tolpinursen har kecha to subh,
Tikilgan  kirpykingdin jong`a yuz nishtar erur bois.


Ko`ngulda otashin la`ling g`ami ayb- etma kuysamkim,
Tutashmaqqa tanym xoshoki ul axgar erur bois.


O`qungdin par chiqardim ko`yungga qilsam havo tong yo`q,
Ki uchmoq mayli qilmoqqa bu bolu par erur  bois.

Firoqing biymidin yuz qatla jon bergay edim, lekin
Hayotimg`a umidi  vaeli jonparvar erur  bois.


Chu mendin yuz uyurdung, tong emas boshingg`a evrulsam,
Bu sargardonlig`img`a gardishi axtar erur bois.

Agar rahn o`ldi tasbihu rido mayxonada, ey shayx,
Icharga dayri piri ilgidin sog`ar erur bois.

Fano bahrig`a cho`mmoqdin g`araz tolibg`a vasl o`ldi,
Ki g`avvos o`lmakiga g`arq o`lub gavhar erur bois.

Navoiy jismining za`fig`a bois bo`ldi bedilliq,
Vale bedillig`in so`rsang, anga dilbar erur bois.

110
Va`dai vaslidin etsa ul so`zi shirin hadis,    
Garchi yolg`on aytur, ani sog`inurmen chin hadis.

Istasam vaslini der g`am tog`i qaz tirnog` ila,
Buyla hargiz qilmadi Farhod ila Shirin hadis.

Chunki har bir nukta dersyon sochylur yoquto` la`l,
 Olloh-olloh, kim deb erkin bu sifat rangin hadis.

Bazmi ayshida hadisimni demang, ey do`stlar,    
Kim erur g`am mujibi nekim qilo`r g`amgin hadis.

Gar takallumdin o`lukni tirguzurlar xo`blar,
Barchasig`a mahvashim go`yo qilur talqin hadis.

Ishq sirrin sharh qilmoqtin chu qosirdur bayon,
Bas kerak oshiq demakni qilmasa oyin hadis.

Darsi ishqingni Navoiy uyla der ushshoq aro
Kim, degay ilm ahlig`a Sayid Jamoliddin hadis.

111
Zihi boshing uza va sh-shams zevaridin toj,
Soching savodida tafsiri laylatul-me`roj.

Nujum gavharidin toji johingga tarsi`,
Sipehr atlasidin taxti rif`atingg`a davoj.

Sahar yashil alamidin livong uza shafaqqa
Malak qolin hashridin siposingga afvoj.

Bihisht sori kishi tiyra go`rdin bormay,
Shafoating  alifi tutmayin yo`lig`a  siroj.

Hidoyating qo`lidin sharbati shifo topibon,
Aniki illati kufr aylabon zaif mizoj,

Saloti xamsani adyong`a aylading nosih
Bu panja birla milalning yuziga urdung koj.

Navoiy o`ldi chu muxtojing ayla rahm angakim,
G`aniy karim esa ibromg`a emas muhtoj.

112
Ey gadoying ollida muhtoj ahli taxtu toj,
Ahli toj ollida  andoqkim gadog`a  ixtiyoj.

Kim gadoyingdur bosh indurmas dog`i tortar oyog`,
Charx a`lo bo`lsa taxtu mehri anvor bo`lsa toj.

La`li serobing beribtur otashin rangin bila,
Ofati jonim uchun o`t birla sug`a imtizoj.

Dardi hajrimg`a buyurdi sabr dardi yo`q tabib,
Zahri qotil  birla  muhlik ranjima  aylar iloj.

Oy yuzung birla taloshti, buki ko`ktur orazi,
Panjasi birla quyosh go`yo yuzungga urdi koj.

Eyki,  berding  ishq sultonig`a ko`nglung kishvaring,
Anglag`ilkim, jonu aqlu din erur avval xiroj.


Xo`blar  o`rgansalar  tong  yo`q  Navoiy  nazmini,
Kim alarning husni oning ishqidin topmish rivoj.

113
Charx izing gardiga qildi kavkabi sayyor xarj.
Javhar olmoqqa g`ani qilg`an kibi dinor xarj.

Soyiru sobit nisoring qilsa tong yo`qkim bo`lur,
Qechqurun shoh o`lsa mehmon kimsaga bisyor xarj.


Naqdi rahmat hajring etsa haq ne tong, ulkim topar
Sen kibi mahbubi vaslin aylagay nochor xarj.


Fosh etib naqdi shafoat qilding ummatni xalos,
Aylagandek naqdini topqan  qizig` bozor xarj.


Bahri rahmatdinki, topting xalq uza bir qatra bas,
Garchi teng avlodur etmak daxl ila izhor xarj.


Mag`firat tanji senga tamlik erur moni` emas
Aylasang isyoni ko`p ummatqa har miqdor xarj.


Sen kimu na`ting demak, til asrag`il har nuktadin,
 Ey Navoiy, ma`rifatni qilma har ne bor xarj.

114
Mayi la`lingg`a go`yokim hayoti jon erur mamzuj,
Gar ul ermas zuloli chashmai hayvon erur mamzuj.

Agar bag`rim sudur o`lmay netaykim anda g`amzangdin
Su bergan zahr birla qatrai paykon erur mamzuj.


Labingdin barcha hijron va`dasidur, ko`rmaduk no`she,
Ki zahr ul no`shdin tokim erur, imkon erur mamzuj.


Ko`rung g`am  bazmida xunobalar yutmoqki, jonimg`a
Bag`irdin kelganu ko`zdin to`kilgan qon erur mamzuj.


Visol ichra mayi aysh o`lsa qisming bo`lma ko`p emin,
Ki jomi vasl ila xunobai hijron erur mamzuj.


Shafaqgun may hiloli jom agar ko`rsang haris o`lma,
Ki sofi xirsi birla durdi may xirmon erur mamzuj.


Navoiy ashkiga dersen ne yanglig` mazj topmish qoq,
Bag`ir chok o`lsa ul qon bu sug`a oson erur mamzuj.

115
Nargis ul ko`zdin emas, ey, bog`bon, boqib ko`z och,
Ne uchunqim ul pari qiymoch erur, bu bir taloch,

Ayladi oshifta savdoi dimog`im raglarin,
Tong yelidin andakim, butrashti ul oshifta soch.

Zulfi egniga yetar gar sochi yerga sudralur,
Tengdurur qaydim uchun gar bir- qarish, gar yuz quloch.

Kuydi jismu yig`labon ko`nglumda xatting shavqidur,
Garchi mumkin yo`q ko`kargan su bila kuygan yig`och.


Ishq olamso`z keldi, qo`y fusunung, ey xirad,
Etti chun yer-ko`kni yirtib arslon, ey tulku, qoch.

Sarvinozim gul chog`i gulshang`a kirdi, ey nasim,
Ham ani yelliyu ham gul yaprog`in boshig`a.soch.

Qo`yki ul yuz xonig`a nazzora aylay to`yg`ucha
Kim, ko`zum bo`lmish bu qaxti husni ayyomida och.   

Do`st zikru fikrini qilg`il g`izokim yaxshiroq
Hush ila tufrog`kim g`aflat bila qandi kuloch,

Ey Navoiy, ko`nglungga-etmas riyozatsiz safo,
Kulba ravshan istasang hasrat suyidin ro`za och.

116
Qo`nglumga ayla la`li shakarxand ila iloj,    
Qilg`an kibi zaifqa gulqand ila iloj.

Qo`p ishq tarkidin dema so`z, qo`yg`il, ey tabib,
Muhlik marazg`a qilmadi el pand ila iloj.

Onsiz o`larmen, ollima huro` pari ne sud,   
Topmas aning g`ami anga monand ila iloj.

Qayd et ko`ngulga-silsilai zulfin, ey hakim,    
Kim telbaga munosib erur band ila iloj.

Ul ko`ydin iti chun meni qovmoq istadi,
Bag`rimni ayladim necha parkand ila iloj.

Davron jafosi daf`ig`a Majnunu mast bo`l,
Kim yo`q ishiga royi xiradmand ila iloj.

Muxlik emish firoq, Navoiy, magar  sipehr
Qilg`ay bu qat` dardini payvand ila iloj.

117
Girih-girih chu tugarsen yetar ayog`ingga soch,
Girihlarin chu ocharsen tushar  quloch-quloch.

Ko`ngulni qiydi  aning g`amzasiyu qilmadi rahm,
Qiyo-qiyo boqibon ul ikki ko`zi qiymoch.

Chamanda kecha yotib mast orazin yopmish,
Ko`p emdi tong yeli, ul gulni lutf birlan och.

Qading chamanda ko`rub bog`bon agar sarvin
Ko`ziga ilsa hamono keraktur anga yig`och.

Junung`a tushti sanubar qadingdin uylaki su,
Bo`lub ayog`ig`a zanjir uzoldi boshida soch.

Sipehr na`li ko`rub ko`ksum uza mehrobi,
Balo o`qig`a hamonoki ayladi omoch.

Navoiyo, der esang ko`rmayin vafosizliq,
Tavaqquf etma, zamon ahlidin, vafo kibi qoch.

118
Qo`ydi yuz shomi ajal zulfin parishon aylagach,
Umr xurshidi uyoqti chehra pinhon aylagach.

Surdi ko`nglumni buzub xoki tanim uzra samand,
Elga berdi tufrog`in bu uyni vayron aylagach.

La`li hajri qildi qon bag`rimni g`amdin laxt-laxt,
Qatra-qatra  to`kti ko`zlar  yo`lidin  qon  aylagach.

Ohkim,  baxtim  og`ir  uyqusidin uyg`onmadi,
Garchi yuz ming fitna uyg`ondi men afg`on aylagach.

Oshiq etgach shuhrai  shahr  etti ul  kofir  meni,
Shahr kezdurgan kibi kofir musulmon aylagach.

Qilmayin sarxush hanuz, ey mug`bacha, qo`ymoq ne sud,
Ollima zunnorni dayr ichra  mehmon aylagach.


Chekma, ey bulbul, Navoiydek fig`onkim, yonmasun,
Sayr uchun ul sarvi gulrux azmi bo`ston aylagach.

119
Etishsa ishq aro yuz mehnatu balo qadah ich,
Nafas-nafas quyubon may to`lo-to`lo qadah ich.

Mukaddar o`lsa zamiring zamona mehnatidin,
Agar desang beray ul ko`zguga jilo qadah ich.

Nishot bazmida soqiyi mahvashi sarxush.
Bosh ursa, dog`i oyoq tutsa qo`l solo, qadah ich.

Jahon ishida boqib xalq ibtilosig`a,
Alardek istamasang o`zni mubtalo, qadah ich.

Desang xalou maloda  bo`lay nishot bila,
Agarchi malo qadah ichgil vagar xalo, qadah ich.

Riyo ichinda nekim hosil etting, ey zohid,
Desang xalos o`lay, et rahnu hosilo, qadah ich.

Sengaki dayr elining shohisen, Navoiy, agar
Yo`luqsa dayrda maxmur urub salo, qadah ich.

120
Ko`rub dardim tarahhum qilmading hech,
To`kub ashkim, tabassum qilmading hech.

Firoqing o`ti ichra necha yig`lab
Fig`on chektim, tarahhum qilmading hech.

Jahong`a ohu ashkim soldi oshub,
Bu to`fondin tavahhum qilmading hech.

So`zung shavqidin erdim  xasta umre,
So`rarg`a bir takallum qilmading hech.

Musallam ishq, ey ko`nglum, sengakim,
Ko`rub zulmin tazallum qilmading hech.

Muhabbat ahli qismin nevchun, ey charx,
Qilib mehnat, tana`um qilmading hech.

Navoiy sori, ey davri muxolif,
Navo savtin tarannum qilmading hech.

121
Bu chamankim, to`kulur shom gul ochilsa saboh,
Bodasiz shomu saboh o`lmoq emas bizga saloh.

Davr ayyomig`a yo`q chunki vafo, ey soqiy,
Sen vafo aylayu bas aylama davri aqdoh.

Begaron ra`fat erur dahrda elga ofat,
Rohati behad agar istar esang topqil ro.

Qilmag`il  qasdi kishi qoniyu  naqdig`a valek,
Aysh naqdini qadah qoni bila angla muboh.

Xasmkush keldi falak zoli bil, ey shayxu, menga
Raz qizi borida ul kolmani qilma nikoh.

Piri xammor eshigi bog`lig` erur, men maxmur,
Rahm etib och bu eshikni yuzuma, yo fattoh.

Ey Navoiy, tilasang g`am tengiziga sohil,
Qishtiyi boda burun topqilu bo`lg`il malloh.

122
Subh dayr ichra mug`anniy uyla tuzdi shaddi ruh
Kim, unidin bo`ldi ruhillohg`a ohangi sabuh.

Toza bo`ldi ruhlar ul nav` shaddi ruhdin
Qim, lisoni holi ruhullohg`a qildi toza ruh.

Yo`qki yolg`uz shaydidin tushti qulub ichra kushod,
Har girifti dog`i arvoh ichra soldi yuz futuh.

Dayr piri oncha tutti elga jomi fayzbaxsh,
Kim qadah buyla ushatqay tavba bo`lsa yuz nasuh.

Ruhi qudsiy erdi alfozi zuhur etguncha fajr,
Vahy, yuho erdi anfosi tulu` etguncha yuh.

Yo`qki may kishtisi g`am to`fonidin aylar xalos,
Ki topor andin, kishi bir qatra ichsa umri Nuh.

Sirri vahdat nukta(si)dur bas daqiq, ey porso,
May quyoshi lam`asi birla  magar topqay vuzuh.

Ey mudarris, ishq sirri daftari bir nuktadur,
Garchi mingdin bir deyilmaydur yozib yuz ming shuruh.

Vaslsiz bo`lmas, Navoiy, ko`zu ko`ngliga iloj,
Kim juruh uzra juruh o`lmish, quruh uzra quruh.

123
Jonima yetkurdi ul la`li  ravon  oso  farah,
Elga yetkurgan masallik la`ligun sahbo farah.

La`li yoquti muvarrihdur magar bil hosiyat
Kim, xayolidin menga yo`qtur nasib illo farah.

Qon yoshimdin demangiz so`zkim mukaddar bo`lmasun,
Bodadin topqan zamon ul sho`xi mahsiymo farah.


La`li hijronida, ey soqiy, yana  may tutmakim,
Tortsam kavsar mayi yetmas menga aslo farah.

Boisi g`amdur labi hajrida la`li obdor,
May debon rangin su ichgan aylamas paydo farah.

Gar farah istar  esang mayxona  azmi  aylakim,
Andin o`zga yerdin olmish gunbadi xazro farah.

Ey Navoiy, dayr piri tutsa may lojur`a ich,
Fikr qilmakim senga yetgay malolat, yo farah.

124
Bo`lsa bo`lg`ay sarvqadlar ichra bir gulro` malih,
Sarvigulro`yum mening lekin erur asru malih.


Xol erurmu yo`qsa tuz solg`an siyohi nuqtasi,
Kim, erur  vasf aylagandin ortuq ul hindu malih.

Lablaring kulgach to`kar tuz birla shakkar tang-tang,
Ollo-olloh, bo`lur ermish kulgu ham muncha malih.

Ko`p malohat bobida Shirindin aytur ko`hkan,
Sabzi shirinimcha al bor erdi erkinmu malih.

Eyki Yusuf birla so`rmishsen habibim husnidin,
Ul sabih o`ldi latofat ichra ammo bu malih.

Orazing ko`rgach  ko`zum  sho`roba to`kkach angladim
Qim, erur sensen malohat ahlidin ayru malih.

Ey  Navoiy,  achchig`-achchig`  yig`larimni  qilma  ayb
Qim,  erur  ko`nglumni olg`an  kofiri  badxo`  malih.

125
Fano tariqida har kimki hosil etti rusux,
Riyoyu zuhd aning ollida erur mansux.

Ne nav` o`zluki mansux bo`lmag`ay qoshida,
Birovki do`st shuhudig`a hosil etsa rusux.

Chu ishqsiz edi zuhd ahli keldi nobolig`,
Erurlar atfol el garchi derlar oni shuyul.

Demakta voqea yolg`onu chin taxayyul etib,
Qishi ekanlarin andoqki yod qilsa musux.

Jahon xoki erur bir kesak, vale nopok
Etak yetkurmamak avlo mulavvas o`lsa kulux.

Arit sirishk bila zohiringda bor esa chirk,
Yuv tavba suyi bila bo`lsa botining aro shux.

Navoiy, ahli fano ista, qo`y riyo ahlin,
Ki nayshakar borida tuhfa qilmadi kishi lux.

126
Firoq o`tiki balo og`zidur anga manfax,
Misoli do`zaxu jannatdurur ulu do`zax.

Ne tong yoshunsa kecha zulfida quyosh go`yi,
Agar bu nav` esa chavgoni zulfu go`yi zanax.

Erur kirarga ko`ngul xayli ul taraf bir-bir,
Tarog` sochingda yo`llar yasabtur rax-rax.

Quyosh hamono ko`k atlasin libos etmish,
Vayo kiyibdur ul oy nilgun nasij ila nax.

Gahiki ko`rguzasen zahri chashm, tong ermas,
Bo`lur chu donasi bodomning birorta talx.

Yuz ochsa aqlim eli to`lg`anurindinkim, bor
Chinor panjasi shal, oftob panjasi shax.

Navoiy ohini zohid kam etmadi so`z ila,
Nedinki dud o`lur afzun qotilsa o`t bila yax.

127
Xating sipohi chu chiqti nechukki mo`ru malax,
Demaki qochmasun arbobi ishq urma zanax.

Qurudi mazra`i shavqum chu zohir etting xat
Ki, dona ofatidur mazra` ichra mo`ru malax,

Yuzung o`tiki bor erdi ko`zumga ravza guli,
Tutun kibi xating ul o`tni ayladi do`zax.

Niqob aro yuzung erdi g`ilof aro ko`zgu,
Ne xatdururki oni qildingiz ichindagi nax.

Xatiki xat-xat osilmishdur emdi ul raxdin,
Ne rux deyin yuzinikim, bo`lubtur ul rax-rax.

Tasavvur etmaki el o`pmak orzu qilg`ay,
Magarki mo`china og`zi labingdin olg`ay max.

Jamol zohir uchun, ey Navoiy, o`ldung zor,
Chu yopti orazini xat, uyalding erkin, vax.

128
Xujasta tongki ochib ul buti gulrux,
Bahor husni kibi subhum ayladi farrux.

Senga mushobahati bo`lg`ay erdi, bo`lsa edi
Bu gulshan ichra pariy sarvi qomatu gulrux.

So`z aytsa ham o`libu ham tirilmakim, ne ajab,
Kim o`lsa talx takallum erur, shakar posux,

Soching qarosida yuz ming tubutu totor,
Qading havosida ming sarvi O`jjau Xallux.

Ichimda la`ling erur uylakim badan aro jon,
O`qungda jonim erur uylakim so`ngak aro mux.

Chu fayz erur mutafovit topilmag`ay ma`ruf,
Agarchi karx kibi keldi surat ichra karux.

Ko`rub yuzungni Navoiyg`a hush ketsa ne tong,
Qi mot o`lur bori shahlar qachon sen ochsang rux.

129
Sadqang bo`lubon urmoq bu gunbazi axzar charx,
Qasringg`a davr urg`andek bir sabzi kabutar charx.

Sen sham` vale gardun fonusi xayol erdi,
Urg`anda malak xayli tegrangda sarosar charx.

Chun yuqori mayl etti nuru azming bo`ldi,
Ham nurda charx axtar, ham azmda axtar charx.

Sham`ingg`a lagan bo`lg`ach aflok maloyikdin,
Parvonalar  urdilar tegrangda  mukarrar charx.

Ko`k hullasidin yoyib atlas yo`lungga anjum,
Anjum duridin sochib boshing uza gavhar charx.

Yo`lung izidin o`zni ravshan qilibon kavkab,
Raxshing nuridin ko`zni har dam qilib anvar charx.

Qo`yungda Navoiyg`a charx urmoq agar yetsa,
Bir doirai maqsud o`lg`usi anga har charx.

130
Meni havosida devona ayladi ul sho`x,
Jununu ishq ila fasona ayladi ul sho`x.

Pari kibi chiqibon xushu aql g`orat etib,
Nihon bo`lub, meni devona ayladi ul sho`x.

Ushatti shishau jomu qadahni bazm ichra,
O`yun tariqini tiflona ayladi ul sho`x.

Quloq solingki xarobot ichra g`avg`odur,
Magar  azimati  mayxona  ayladi ul sho`x.

Qadahqa xirqam etib raxn, vahki,  subhamni
Qimor o`ynag`ali dona ayladi ul sho`x.

Chu oldi o`ynag`ali naqdi hushu sabrimni,
Yana topilmadilar to ne ayladi ul sho`x.

Qilib Navoiyi ovorani jaloyi vatan,
Baloyu dardg`a hamxona ayladi ul sho`x.

131
Sochingki yuvur chog`ida  bordi bir taraf har shox,
Su ichra sunbuli tardur anga mukarrar shox.

Demay sunbuli tarkim suda erur aksi,
Ki suda sunbuli tar ko`rguzar muanbar shox.

Magarki sunbulungga chirmashur taxayyuli bor,
Qi  zohir  etti  tarog`  sandali  sarosar  shox.

Chamanda qilg`usi gulgasht go`yiyo ul sarv,
 Qi ochti soya uchun har taraf sanubar shox.

Yashil yenginki sarig` dikladin ko`rundi ne tong,
Xazon daraxti bo`lur ham birorta axzar shox.

Karam qil, el panahing ichra kirsa kim, xushtur
Chamanda meva dog`i bersa soya gustar shox.

Navoiy, angla yaqinkim hayot rishtasidur,
Qo`lungg`a kirsa aning iqdi zulfidin har shox.

132
Ey jamoling mehridin ravshan azaldin to abad,
Zarra yanglig` ul yorug`luq ichra sargardon xirad.

Kunhi zotingdin xirad gar bo`lsa a`mo ne ajab,
Zarrag`a yuz ming quyosh mohiyatin bilmak ne xad.

Ham xirad nuri topib husnung quyoshidin dimog`,
Ham vara` zo`ri olib zikring g`izosidin jasad.

Senga tolib kimki azmi Ka`ba aylar yo`qsa dayr,
Sen murodi kimki zikr ichra sanam der yo samad.

Xalq raddi ne ziyon topqang`a lutfungdin qabul,
El qabulidin ne sud oniki qahring qilsa rad.

Bo`lmag`ay mumkin zalolat chohidin chiqmoq kishi,
Lutfung ilgi rishtai tavfiq ila qilmay madad.

Quvvatingning ojizi gar pili tan, gar sheri zo`r,
San`atingning sho``basi gar guljabin, gar sarvqad.


Ham munojot ahlining ko`nglida biyming behisob,
Ham xarobat  ahli joninda  umiding  beadad.

Jurmu isyon chohidin chiqmoq Navoiy iltimos
Sendin  aylar, negakim,  yo`qtur  senga  kufvan  ahad.

133
Chu solik aylar esa azmi vodiyi tavhid,
Kerakki minsa  bu sayr ichra markabi tajrid.

Bu  markabu, bu  safar kimsaga muyassar  emas,
Ki hosil aylamagay olam ahlidin tafrid.

Bu hamki o`zni kishi boru yo`qdin etgay fard,
Emastur o`zlukidin mumkin o`lmayin ta`id.

Chu do`st  lutfig`a barcha bo`ldi  vobasta,
Nedin kerak kishiga vasl ba`didin tardid.

Azalda chun ne nasib etti o`zga bo`lmadi ul,
Sa`idni ne shaqi qildi ne shaqini sa`id.

Ketur qadahki, dame o`zni xush tutay, ey mug`,
To`la quyarda emas hojat aylamak ta`kid.

Navoiy istamas o`zni dame bu dayr aro sog`,
Hamisha kiftig`a aning bering tajdid.

134
Sitam ermas edikim, aylading ko`nglumni yuz parkand,
Sitam budurki tikmak birla istarsen anga payvand.


Ham ip kul bo`lg`ayu ham igna su bo`lg`ay tikar bo`lsang
Nedinkim,  bor  alardin axgari so`zanda  har  parkand.


Jamolingg`a quyosh o`xshar va lekin oncha ko`p ham yo`q,
Anga bo`lg`ancha oy monand ul bo`lg`ay senga monand.

Pari ro`yumdin ayru, ey hakim, och qaydu bandimni,
Ki men dev o`lmisham, devona ermonknm solursen band.

Habibim istayu gulshan aro har dam gul islarmen,
Meni Yusufdin  agfu qildi qonlig` ko`nglagi xursand.

Ko`zumning mardumi odamdurur go`yo qaro bo`lg`an
Bu yoshlarkim bo`lur zoyanda andin barchasi farzand.

Labing no`shi zakotin hojat ahlig`a berur bo`lsang
O`lubmen hasratidin jong`a yo`q o`lgancha hojatmand.

Deding gulqand, ey tarso, hakimi anglabon za`fim,
Vale daf` o`ldi qilg`ach mug`bacha dayr ichra shakarxand.

Alam yetgach Navoiy, dahrdin may bil aning daf`i.
Qabul etgan kishiga basdurur olamda bu bir pand.

135
Gar ko`ngulni aylasa ul qotili xunxora sayd,
Qatl uchun qoni to`kulmay naylagay bechora sayd.

Ey ko`ngul, ul sho`x zaxm ursa davog`a qilma sa`y,
Rasm bo`lmas istamak  marham chu topti yora sayd.

Zulf  aro  sayd aylamak istar  ko`ngullarni  ko`zung,
Shab shikor ul nav`ikim qilg`ay kelibon qora sayd.

Qatl  qilmay  kesti to`sh-to`shtin ko`ngulni sho`xlar,
Bismil o`lmasdin burunroq bo`ldi pora-pora sayd.

Bilgay ul kofir anga telmurmagimni bilsakim
Ne tazallum birla qotilni qilur nazzora sayd.

Murshidi  jozib tilab topmay  gum o`ldi, voykim,
Bo`ldi bu sahroda sayyod istayu ovora sayd.

Telba qushdektur Navoiy ko`ngli savdo dashtida,
Oni to sen aylamishsen, ey pari ruxsora, sayd.

136
Mendin el har so`z desa bovar qilur ul sarv qad,
Yo`q menga so`z derga had, har ne desam ham barcha rad.

Chun desa maqbullar ko`p nukta men mardudmen,
Menki qavlum barcha rad, so`z derga topqaymenmu had.

Bevafo ahbobdin bir ham menga bo`lmay mumid,
Turfa ko`rkim  barcha  aylab muddai sori  madad.

Turfaroq budurki ulkim, jon anga qildim fido,
Bovar aylab holima har neki deb axli hasad.

Dahr elidin go`sha tutmoq bo`ldi avlo uylakim,
Tutmag`ay ul qavm otin tutsa kishi umri abad,

Soqiyo, behush doru ez, dog`i tut bodakim,
Andin o`lsun hushi nobud, uylakim zoyil xirad.

Rindlar sarxaylimendurmen, bukun dayr  ahlig`a,
Maykada tufrog`idin masnad menga basdur sanad.

Ishq vodiysinda maqsad ichradur avval qadam,
O`zlukung ko`hi balosi bo`lmasa ollingga sad.

Ey Navoiy, qil fano hosilki istar chog`da do`st,
Belga rust aylab etak tebrarga bo`lg`aysen muad.

137
Qayda qilgay soyadek men telbai xokini band,
Kim quyosh bo`ynig`a solmish sunbulung mushkin kamand.

Qatlim ermaslar g`amu darding vale tahqirdin
Mur qatlin ajdahokushlar qachon aylar pisand.

La`lidin choqilmas o`t balkim shararlar  ayrilur,
Har taraf mandon  arokim o`t kibi sursang samand.

Tong yo`q ohim ul quyoshning burqa`in raf` etmasa,
Kim bulutqa dud yetmas har necha chiqsun baland.

G`o`tamu urmish ko`zumning mardumi qon yosh aro,
Yo yoshurmish ul  qaro ko`z  orazin  gulgun parand.

Istaguncha, ey ko`ngul, har dam davo dard istagil,
Kim davo topmoq emastur mumkin o`lmay dardmand.

Bo`lg`ali xunob hijrondin Navoiy talxi kom
Gohi yig`lar achchig`-achchig`, gohi aylar zahrixand.

138
Ey yuzung sham`iyu zulfung dudidin tarki xirad,
Ko`ngluma subhi azaldin qismi to shomi abad.


Dema to joning jasadda bo`lg`usi qilg`um jafo,
Qayda jon qolmish menga chun za`fdin yo`qtur jasad.

Menu ko`yung qaydakim, devona, balkim devmen
Kim, malak xaylig`a yo`q gustoh aning tavfig`a had.

Gar bori ishq ahlin o`z ko`nglung uchun qilding qabul,
Men necha mardud esam tengri uchunkim, qilma rad.


Xastalig`  ko`rkim, bo`lur  har  dam  hayotim munqate`,
Gar nafasqa dam-badam chiqmoqqa jon qilmas madad,


Istasang olam eli maqsudi bo`lmoq zinhor,
Ema yuz olamcha elga tangri bergandin hasad.

Ey Navoiy, kasbi oyini fano qil uylakim,
Umrning mi`odi yetganda kerak bo`lsang muad.

139
Bo`ldi ko`nglum shod topqach tig`idin ko`ksum kushod,
Yo`q ajab har kimga kim yetgach kushodi bo`lsa shod.

Xatting el  ko`nglini  ko`prak oldi  go`yo xat emas
Yuz uza qilding ko`ngul olmog`lig` afsunun savod.

Ul pari ishqida men devona ermon devmen,
Ishq vodisinda har ohim erur bir devbod.

Dema  qochtim  javridinkim  baski tosh yog`durdi hajr,
Gard o`lub barbod bo`ldi bu tani xoki nihod.

Nomurod o`lsam ne tongkim ixtiyor etganda ishq,
Ulki  avval tarkin' ettim ermas erdi  juz  murod.

Yordin gar istasangkim ko`rmagaysen g`ayri vasl
G`ayri vaslin mutlaqo yod aylamaknn qilma yod.

Ey Navoiy, mo``taqidmen qayda ko`rsam pok yuz,
Yuz kishida yo`q ekan bir sen kibi pok e`tiqod.

140
Buki har yondin ko`kartibdur yuzumnn koji dard,
Jism o`ti toqini oltun uzra  qildim lojuvard.

May  yuzungda  gullar ochti  qilma  faryodimni man`,
Bulbul afg`oni ne tong gulshanda chun ochildi vard.

Bul  ajabliqlardurur ishq ichrakim, zohir  qilur
Mehrdek o`tluq ko`nguldin day yelidek ohi sard.

G`am toshi hoki tanimdin har sari eltur g`ubor,
Boshima tufroq sovurmoqtin emas tegramda gard.

Ul quyosh zulfi hamidin chiqsa ohim to`lg`onib,
Bir quyun  bil onikim, davri erur gardun navard.

Eyki, istarsen o`zungni fard ul oy ishqida,
Avval oning g`ayri yodidin o`zungni ayla fard.

Ey Navoiy, dardlig` nazmingni dard ahln bilur,
Dardsiz dog`i bo`lur oni o`qug`ach ahli dard.

141
Yor vaslidin uzub erdim meni shaydo umid,
Shoh lutfi qo`ymadi shaydo ko`ngulni noumid.

O`rtar zrdi hajri navmid erkanimda, voykim,
Shavq o`ti kul qilg`udektur bo`lg`ali paydo umid.

Bir nazardin gar bo`lur jonim gahi osuda bas,
Mundin ortuq vaslidin yo`qtur menga qat`o umid.

Hayrat  aylarlar  mening holim ko`rub  ahli junun,
Aqldin, vah, qayda tutg`aymen meni rasvo umid.


Yo`q ajab, gar odamiliqdin chiqib devonamen,
Chun menga bor ul pari paykar malaksiymo umid.

Hajr navmid erkanimda ortar ummidimda shavq,
Vahki, yo navmidlig` aylar halokim, yo umid.

Ham jafo, ham javr umidim bordur, ham lutfu mehr,
Har jihatdin  yo`qturur  and(in) menga  illo umid.


Hajr dardig`a davo behudlug` ermish, soqiyo,
Bu balo ichra tutarmen  sog`ari sahbo umid.

Ey Navoiy, g`arqi bahri rahmat o`lsam, ne ajab,
Menki ko`z daryosidin tuttum duri yakto umid.

142
Yo`q menga yuz yilda ul mahvashqa bir so`z derga had,
Bo`lsa bir so`z derga had, ul ham bo`lur yuz qatla rad.


Mehri xud yo`q lek amdo zohir aylar iltifot
Kim, xaloyiq jonima qasd aylagaylar yeb hasad.

Turfaroq bukim qilib olamni jonim dushmani,
Do`stluq izhori har majlisda aylar beadad.

Shak emaskim, bo`lg`usidur yorlar  bee`timod,
Har qachon yor ollida ag`yor bo`lsa mu`tamad.

Umr yanglig` bevafodur xalq go`yo, ey Xizr,
Chekti Zulqarnayn Ya`juji vafo ollig`a sad.

Ey xush ulkim, go`sha tutqay, uylakim topilmag`ay
Axtarib davronni davr ahli azaldin to abad.

Soqiyo, abnoyi davron javrining poyoni yo`q,
Uyla sog`ar tutki, zoyil aylagay xushu xirad.

To bo`lay ul nav` loyaqilki, kelmay holima,
Qilsa yuz Farhod ila Majnun nasihatdin madad.

Ey Navoiy, olam ahli javr etarda tengdurur,
Xohi shohi charhi qadru xohi mohi sarvi qad.

143
Vahki, ham xushumni  afzun qilmadi afsunu pand,
Ham jununimni kam aylay olmadi zanjiru band.

Bilki sendindur bari dardimni fikring holima,
Dardmand el holin ul bilgayki bo`lg`ay dardmand.

Zaxmlarkim soldi zahr olud tig`ing jismima,
Og`zin ochib har biri holimg`a aylar zahrixand.

Bo`ynungga mushkin ipakdin, eyki, tumor osmasang,
Qayda holim bilgasen chun bo`ynuma taqding kamand.

To ko`ngul xoling xayolidin boshingg`a uyrulur,
Yo`q senga hojat yomon ko`z daf`ig`a o`tu sipand.

Chun falak toqidek oxir bo`lg`usidur sarnigun,
Rif`ating toqin, ne sud, etmak falakcha sarbaland.

Ey Navoiy, obi hayvondek labidin uz umid
Kim, soching zulmotidin yopti anga mushkin parand.

144
Vahki,har soat bo`lurmen vaslidin yetgach navid,
Yordin ummidvor, ammo o`zumdin noumid.

Dedi mehmoning bo`lub, yuz javr ila aylay halok,
Vahki, bor ul sho`xning har va`dasida yuz vaid.

Qatlim etting, aylasunlar eltibon ko`yungda dafn
Kim, borur jannatqa zulmung tig`idin bo`lg`an shahid.

Tikti ko`ksum chokinu tig`in tanimda qildi gum,
El eshikni qufl etib tufroqqa ko`mgandek kalid.

Istaram ko`yung itining panjasin  ne ishgakim,
Oncha osoyish dimog`img`a yeturmas mushkbid.

Do`st chun jon ichradur qo`y «naxnu aqrab» ishqini,
Tut bo`yun baskim, yaqinroq keldi «min hablil varid».

Ey Navoiy, shah xayolin asra ko`z mulki aro
Kim, erur ham Bog`izog`on anda, ham Bog`isapid.

145
Nolonmen ochar bo`lsa yuz ul huri parizod,
Bulbulg`a ne tong gul ochilur faslda faryod.

Gulgun to`n aro qomatimu jilvagar o`ldi,
Gul bargidamu bo`ldi nihon savsani ozod.

Ashkim suyining mavjini ko`nglungga kechurkim,
Javhar bila xushroq ko`runur el aro po`lod.

Ko`nglum zaqaning ichra ko`rub yoyding anga zulf,
Choh uzra kabutarg`a yoyar domini sayyod.

Bulbulni g`aming qo`zg`asa shod o`lmag`il, ey gul,
Kim o`t ham o`char kulni falak aylasa barbod.

G`amzang meni bir tig` bila aylamadi qatl,
Bu fe`l qilur kimga g`azab aylasa jallod.

Ko`ngling Navoiyni o`qung kasrati buzdi,
Bu kulba yog`in kasratidin qolmadi obod.

146
Chekar un ko`nglum ursang tig`i bedod,
Ne tong su quyg`ach etmak sho``la faryod.

Ko`ngul sensiz topar g`am shodlig`din,
G`aming yetgach vale aylar ani shod.

Ne tong majnunlug`umkim, jilva aylar
Ko`zumga lahza-lahza bir parizod.

Ko`ngulni, soqiyo, maydin qilib xush,
Buzug`ni sayl ila aylarsen obod.

Meni shod aylagil bir jur`a birla
Ki, g`amdin jong`a yetti joni noshod.

Sanam ollida maydin bosh ko`tarmon,
Ki qildi dayr piri mundoq irshod.

Sening yoding bila o`ldi Navoiy,
Tirik bo`l, garchi ani qilmading yod.

147
Ko`ngul haroratin anglatti ohi dardolud,
Uy ichra o`t ekanin elga zohir aylar dud.

Vujudum etti adam oqibat bu hayratkim,
Adamdek og`zi  aro so`z  ne nav` topti  vujud.

Ko`zung shamoyilini nargis ar ko`ra olmas,
Senga ne fikr, ko`zi chiqsun ulki bo`ldi hasud.

Dame haram nafasi dayr qasdi aylarmen,
Ne yerda yuz qo`yar o`lsam yuzungdurur maqsud.

Ko`ngulni yorg`a bog`layu raf` qil ag`yor,
Ki  bordur ulki aning  g`ayridur sarobu  namud.

Malul o`lubmen o`zumdin, fano mayi tutkim,
Ki rangu atri vujudumni aylagay nobud.

Vagar sumursa Navoiyg`a yetgay andoq sukr,
Ki farq topmag`ay  ollida  shohidu mashhud.

148
Qading deb sarvni jon bo`lsa xursand,
Ajab yolg`ondur ammo rost  monand.

Shakar chun qildi shirinlikni da`vo,
Eshitgach lablaring qildi shakarxand.

Ko`ngul jonimg`a yetmish erdi, yuz shukr,
Ki qildi itlaring parkand-parkand.

Iti bag`rim yegandin o`lsa, aylang
Kesib bag`rin kesuk bag`rimg`a payvand.

Bu nav` ar zulfi savdosi olur xush,
Erur sa`b, ey hakim, o`lmoq xiradmand.

Talab dashtida avval foni o`lg`il,
Qi yo`q bu yo`lda o`zlukdin og`ir band.

Navoiyg`a yana ko`p pand berma,
Kel, ey nosih, eshit sen dog`i bir pand.

149
To`sh-to`shumdin dushmanu yo`q do`stdin qat`o umid,
Qilma, yo rab, do`stdin dushman meningdek noumid.

Ushbu muhlik varta ichra garchi eldin qolmamish
Hech umidim, qat`i qilmoq do`stdin ammo umid.

Uyla girdobi balo ichra tushubturmenki, bor
Necha dersen biym, ammo yo`qturur  paydo umid.

Jon fido qildim meni, navmid qildi vaslidin
La`lidin jon istar elga yo`qturur illo umid,

Soqiyo,  muhlik g`amimg`a  shodliq imkoni yo`q,
Ne tutay sendin yana jomi nishotafzo umid.

Yoru vaslidin vafo ko`z tutmasam, ne aybkim,
Umru davlatdin vafo tutmaydurur dono umid.

Ne visolu ne umidi vasl, vah, o`lmay netay,
Ey Navoiy, koshki yo vasl bo`lsa, yo umid.

150
Garchi yor etmadi hargiz meki noshodni yod,
Lek aning yodi bnla har dam erur ko`nglum  shod.

Zulfidin so`rdi ko`ngullarni ko`zi arbadasi,
Domdin ko`rmadi el saydni qovmoq sayyod.

Qomating bandasidur sarv vale xidmat aro
Ko`rubon rostlig`in oni qilibsen ozod.

Qatlima chiqti etak belga urub, tig` chekib,
Qon tegardin ayab erkin etagin ul jallod.

Chunki Shirin ko`zi behad qarodur, bas necha mil
Toshni surma nedin ayladi oyo Farhod.

O`zgalarga ichur, ey soqiyi davron, mayi vasl
Kim, menga zahri firoq ichmak o`lubtur mo``tod.

Muncha faryod Navoiydin emas, hajr tuni
Kim qilur har kecha faryodidin el ham faryod.

151
Unutmag`ilki to hajr etti bedod,
Meni bir noma birla qilmading yod.

Ko`ngul yod etmasingdin bo`lsa g`amgin,
Vale ruhum erur yoding bila shod.

Buzug` jismim uyin yiqti firoqing,
Bu uyda ko`p buzug`luq qildi bunyod.

Qul o`ldi sarv to gulgasht etarga,
Qading bazmi tarabdin qo`pti ozod.

Meni gah dashtu gah tog` uzra ko`rgan
Tirilmish, sog`inur Majnunu Farhod.

Ko`ngulni may bila ma`mur qilkim,
Xumori davr oki qo`ymas ozod.

Navoiy telba bo`lg`an chog`da ko`rdi,
Pari birla ani sog`indi hamzod.

152
Yo`lida jon berdim, o`tti ko`rmayin jonon, ne sud,
Ko`rsa ham ko`rmasga solib zoyi` o`ldi jon ne sud.

Sud ko`z tuttum qararg`an ko`zga ul yuz mehridin
Anglag`ach mehri jamolin ayladi pinhon, ne sud.

Bir tabassumg`a labidin jonni berdim sud uchun,
Jonim olib la`li oning bo`lmadi xandon, ne sud.

Zulfi savdosig`a naqdi umr berdim, ohkim,
Etmadi jonimg`a bu savdoda juz nuqson, ne sud.

O`qlaridin chunki har paykon ko`ngulga sud edi.
Har nekim yetti yetishgach, o`ttilar parron, ne sud.

Foniy o`l, aylab jahon sudu ziyonin tarkkim,
Ne ziyondur mo``tabar olamda, ey nodon, ne sud.

Ey Navoiy, dema jon ber vaslidin sud istasang,
Yuz tuman jon bersa chunkim vasl emas imkon, ne sud.

153
Ey soching zanjirining savdosig`a  majnun xirad,
Dam-badam ko`prak paridek husnungga maftun xirad.

Aqlim uchti ayladim to kasb ishqing ilmini,
Garchi elga ilm kasbidin bo`lur afzun xirad.

Ey hakam, etma jununum aybkim, ko`rgach ani
To`qtata olmas dimog`i ichra Aflotun xirad.

Ey xiradmand, anglamassen holatin ushshoqning,
Ne uchunkim ishq tavrida erur Majnun xirad.

Ohkim, yetgach aning ishqi tamomin qildi mahv,
Garchi qildi pand ila ko`nglumga yuz afsun xirad.

Garmro` oshiqqa mardud o`lsa, nosih, qilma ayb
Qim, kelibdur ahli ishq ollida doim dun xirad.

Ey Navoiy, ishq ayog`ining nisori aylakim,
Sochsa har soat nasihatdin duri maknun xirad.

154
Uyla hijron toshlari yog`durdi charxi tez gard
Kim, sipehr avjig`acha xoli tanimdin chiqti gard.

Yor ila ahbob mendin ayriyu men barchadin,
Yo`q ajab gar barchaning dardicha menda bo`lsa dard.

Hajr toshidin ko`kardi paykarim, yoxud bu rang
Ayladi uryon tanimni, baski chektim oh sard.

Qahkashondek chekma za`f anjum sipohin shomi hajr,
Men o`lubmen, ey falak, hojat emas qilmoq nabard.

Ashku ohimdin natija  bo`ldi qonlig` toza dog`,
Go`yi ul suvu havodin ochilur bu nav` vard.

Ey ko`ngul, gar xud xazon fasli emas hijron kuni,
Nega bog` ahlig`adur titratmayu ruxsori zard.

Xalqining qaydi Navoiyni parishon aylamish,  
Kimki jam`iyat tilar, qilmoq keraktur o`zni fard.

155
Qazo ne hukmki aylar jahong`a dur nofiz,
Jahonu bas demakim, insu jong`adur nofiz.

Jahon aro bani odam netib xalos o`lg`ay,
Kim ul maloyikai osmong`adur nofiz.

Nifozi  hukm  shahi komrondin elga bo`lur,
Ne hukm ul yetsa shahi komrong`adur nofiz.

Agar yomonu vagar yaxshi kimsa yo`q ozod,
Nedinki buyrug`i yaxshi-yomong`adur nofiz.

Buzug` jahong`a aning hukmi nofiz o`lg`andek,
Habib hukmi meni notavong`adur nofiz.

Bo`yun qo`yubmen  agar tig`i qatl surgungdur,
Ki buyrug`ung meni behonumong`adur nofiz.

Navoiy  aylasa har yon  azimat andin erur,
Ki amri dilbarining har qayong`adur nofiz.

156
Ko`nglum erur ul g`unchai serob ila multaz,
Ul nav`ki mast o`lsa mayi nob ila multaz.

Lazzat topar ul sho`x chuchuk jonim olurdnn,
Atfoldek o`lg`an kibi jullob ila multaz.

Rangin labing ozurda ko`ngul komidur archi,
Bemor emas sharbati unnob ila multaz.

Ko`nglum yuzu la`lingdin o`zin istadi behush,
Kim subh bo`lur xalq shakar xob ila multaz.

Sen bazmi nishot ichra mayi nob ich, ey sho`x,
Kim bizni firoq ayladi xunob ila multaz.

Soqiy qadahi tutqilu, ey turfa mug`anniy
Bazm ahlini qil bir necha mizrob ila multaz.

Ko`p ravza bila hurni ko`rguzma, yuz ochqil
Kim, xasta Navoiy emas asbob ila   multaz.

157
Zihi  mazohir  aro mehri orazingdin  nur,
Quyoshtin uylaki zarroti xayli ichra zuhur.

Vujudung ayladi kavnu makon vujudin fosh,
Hamul sifatki quyosh qildi zarrani mashhur.

Xirad gar a`mo esa gunoh zoting ichra ne tong,
Quyoshni ko`rmasa xuffosh bordurur ma`zur.

Sening jamolingga gul ko`zgusida bulbul mast,
Sening zuhurung ila gul jamolig`a mag`rur.

Yo`q ersa g`unchai xatting nechukkn parda arus,
Arusn pardanishin yanglig` o`lmag`ay mastur.

Seni tilab tunu kun baski aylabon taku po`y,
Nafaslarini ola olmayin sabou dabur.

Boqib sujud aro qoshingg`a gabr agar mo`min,
Tilab qadah aro aksingni mast agar maxmur.

May ichra aksing uyla sof chashng`a ayshu nashot,
Qadahda nash`ang ila durdkashg`a zavqu surur.

Chu sensiz o`ldi haram ichra porso, ne osig`,
Navoiy o`lsa sening birla dayr aro, ne qusur,

158
Sarig` kog`azmudurkim so`zi  hajrim ayladim tahrir,
Va yoxud sho``la tushti safhag`a ul so`z etib taqrir.

Magar huro sochin qildi qalam kun, safhasin kog`az,
Qilurda sun`i naqqoshi nigorim suvratin tasvir.

Boqib dermen shikoyat aylayin, ko`rgach ani qolmas
Ko`zumga tobi nazzora, tilimga quvvati taqsir.

Meni hajr ofatidin qutqaru qatlimg`a ta`jil et,
Nedinkim biymi ofat keldi ishta aylamak ta`xir.

Deding vasl ichra ta`xir etmayin ishqim qabul etsang,
Chu bo`ldung, oshiq etting hajr asiri qilmading taqsir.

Junun xatti muhiti ichra markaz bo`lmog`im ne sud,
Ki bu xat birla bo`lmas ul parini aylamak tashir.

Soching kufri xud imonimni oldi, vah, ne aysh o`lg`ay,
Gar ul zunnorni bo`ynumg`a bog`lab qilsalar takfir.

Meni gar mug`bacha dayri fano ichra asir etti,
Bu taqdir ersa, ey shayxi haram, ne qilg`amen tadbir.

Navoiyg`a ne mumkin vaslkim, har tun bu fikr ichra
Ne tadbir etsa oxir ishqdin bori topar tag`yir.

159
Tiyra shomim ichrakim barqi balolar choqilur,
Har nafas ishq ajdahosi og`zidin o`t sochilur.

Hajr dashtin, vah, netib qat` aylayin kim, har tikon
Bosh chiqorur orqasidin chun kafimg`a sonchilur.


Ishq aro band etmagim ne sud, ey ahbobkim,
Har fig`onda bandi-bandim bir-biridin ayrilur.

Chun  ilojnm  so`rg`ali holim  so`rarsen, ey tabib,
Bu hikoyatni birovdin so`rki o`z holin bilur.

Tog`u vodiy ichra andog` sa`b holim borkim,
Ko`rsa gar Farhod, agar Majnunki yuz hayrat qilur.

Ne qarodur shomi hajrimkim yorumas shammai,
Muncha o`tkim charxi toqida damimdin yoqilur.

Nomadin  mumkin  emas ul sho`x holim  anglamoq,
Urtanur kog`az firoqim sharxi chunkim yozilur.


Soqiyo, qissa uzatmay emdi tutqil bodakim,
Dostoni hajr qisqarmas nechakim aytilur.

Ey Navoiy, azmi dayr etgil tilar ersang farog`
Kim, bu yanglig` gavhar andoq kon ichinda topilur.

160
Kechakim zulfung xayoli ko`nglum ichra aylanur,
Tongg`a tegru za`fliq jismim yilondek to`lg`anur.

Dargahingda bir zaif it birla men har kechakim,
Gah tanin boshim, gahi boshi tanimni yostanur.

Ey pari, majnun ko`ngul so`zidin o`zni asrakim,
Barqi ohidin maloyikning qanoti churganur.

Men kimu uyquki hijron shomi ohim suridin,
Desa bo`lg`ay so`ngg`i uyqu eltgan el uyg`anur.

Gar zabun bo`lsam ajab ermaski tushsa ishq aro,
Ajdaholar xoksor o`lmoq tariqin o`rganur.

Otashin ruxsor ila kuydurma asru elnikim,
Sham` yuz parvonani o`rtar, o`zi ham o`rtanur.

Sarvqadlar jilvasi, tong yo`q, Navoiy ohidin
Doimo  ashjor yel   taxriki birla  tebranur.

161
Vaslidin chun multafit ko`prak bo`lur furqatda yor,
Tarki vasl aylab qiling, ahbob, furqat ixtiyor.

Dema ko`nglung bo`ldimu tark aylamoq yoru vatan,
Ne ko`ngulni tark qilmoq, ne vatan, vah, qaysi yor.

So`zu yoru yordin so`rmangki, hijron dashtida
Qolg`aln beqas unut bo`lmish menga yoru diyor.

Topmadim bir nechakim mehru vafo tufrog`ida
Dona sochtim ashkdin kiprik bila aylab shiyor.

Siymgun ashk emas oltundek yuz uzra, ne osig`,
Jism hijron ko`rasida bo`lmayin sohib iyor.

Kimki olam ahli birla oshnolig` qilmadi,
Oni de farhunda baxtu oni bilgil baxtiyor.

Holini naylab nihon  tutsun Navoiy xastakim,
Tiysa ashkin oh urar, yig`lar agar ohin tiyor.

162
Za`fliq jismim qachon nozik taningga chirmanur,
Zulfung ikki tori go`yo bir-biriga to`lg`anur.

Qomatingg`a sarv taqlid aylabon soldi shikast,
Bu sazodur gar giyah sarvi sihig`a' o`tkanur.

Zulfungga hamsarliq etmak o`zda topmas nechakim,
Sunbuli mushkin quyundek o`z-o`ziga  aylanur.

Voqif erkin ishq o`tining so`zidin husn ahlikim,
Sham` agar parvonani o`rtar, o`zi ham o`rtanur.

O`ynamoq birla  solur davrong`a  raxshi qo`zg`olon,
Har qachonkim bazmdin ul sho`x usruk otlanur.

Bu chamanda tortibon bulbul tong otquncha fig`on,
Ishq darsin go`yiyo gul daftaridin o`rganur.

Dema sarg`ordi Navoiyning yuzikim ishq aro,
Buyla oltunni qilurg`a poymoling qazg`anur.

163
To buzug` ko`nglum aro zulfung xayoli aylanur,
Ajdahoyidurki bir vayrona ichra to`lg`anur.

Ahli dard ohu fig`onidur, emas ko`su nafir,
Sayr uchun ul xo`blar shohi qachonkim otlanur.

Gar tanimda dog`lardur, vah, ne tong boshida dog`
Notavonikim, ichi hijron o`tidin o`rtanur.

Har shararkim o`tlug` ohimdin borur gardun sari,
Ahli ishq arvohi o`rtanmakni andin o`rganur. .

Ravshan etmas bazmni husn ahli sendekkim, etar
Dahr yorutmog`ni gar anjum quyoshqa o`tkanur.

Chun bu gulshan bevafodur, jom davrig`a to`kar
Necha pora siymkim umrida nargis qozg`anur.

Andog` uyqug`a Navoiy bordi hijron shomikim,
Yaxshidur gar hashri g`avg`osida dog`i uyg`onur.

164
Ey ko`ngul, dushmanlar  ancha  makr ila  fan  qildilar
Kim, vafolig` do`stni jonimg`a dushman qildilar.

Dud boshimg`a chiqar, go`yoki hijron toshidin
Yog`durub har yon bu gunbad uzra ravzan qildilar.

Boshima jo`lida soch ermaski zog` aylab g`uluv,
Zaxmlardin to``ma istarg`a nashiman qildilar.

Hajri shomidin osib gardun qaro kiz bo`ynig`a,
Subh chok aylab yaqo, holimg`a shevan qildilar.

Uchmish erdi ishq o`ti xasdek tannmdin dardu shavq,
Kuydurub go`yo bu tutruq birla ravshan qildilar.

Boda tutkim, hikmat ahli charx bemehr erkanin
Jom davri xatlari birla mubarxan qildilar.

Ey Navoiy, Ka`ba tut, yo dayrkim, ahli jahon
Jurmu g`amdin bu ikki manzilni ma`man qildilar.

165
To`rt rangi muxtalifdin hullakim jonon kiyar,
To`rt unsur kisvatidur go`yiyokim jon kiyar.

O`zbeki gulnori to`ndin kuydum, ammo o`lturur
Lemuyi terlik aning ostidakim jonon kiyar.

Ikki yonimni shigof aylabturur bu rashkkim,
Ikki yonidin shigofin bog`lamay qapton kiyar.

Gul bila savsan katon yanglig` bo`lur mahtob aro,
Ko`nglaki gulgun bila chun savsani katton kiyar.

Oraz uzra sho`xlug`dinmu yoyar sinjobini,
Yo`qsa sinjobi bulutturkim mahi tobon kiyar.

Har chubulg`an toridur sarrishtai izzu sharaf,
Eski sholikim, fano ko`yida bir uryon kiyar.

Gar Navoiy jandasin shoh oldi, tong yo`q, chunki ishq
Poku beg`ashdur, gadoning kisvatin sulton kiyar.

166
Kimki oning bir malak siymo parivash yori bor,
Odami ersa pari birla malakdin ori bor.

Kecha ulkim chirmanur bir gul bila ne tong agar,
G`unchadek har subh o`lub xandonnishot izhori bor.

Yo`q ajab bulbulg`a gul shavqidin o`lmoq zorkim,
Pardin o`q jismig`a sanchilg`an adadsiz xori bor.

Belingu la`ling xayoloti bila ko`nglum erur
Ankabutekim, aning jon rishtasidin tori  bor.

Sunbuli zulfi agar oshiftadur ayb etmakim,
Gul yuzunda yotqon ikki nozanin bemori bor.

Aylab o`zni mastu behud chiqmasun mayxonadin,
Kimki mendek davr elidin ko`nglida ozori bor.

Ey Navoiy, yor uzar bo`lsa muhabbat rishtasin,
Kelmas o`lsa ul aning sori, sen oning sori bor.

167
Xolu xattidinki har birning bir o`zga holi bor,
Xat yuzinda nuqtadek mushkin xat uzra xoli bor.

Charx uza zarrin g`izol o`ldi shafaqdin jilvagar,
Yo mening mushkin g`izolimning hariri oli bor.

Xajri ashkim ichrakim topmas zarar ko`z mardumi,
Go`yiyo kirpik nayistonidin oning soli bor.

Garchi hindu bo`lsa maskan aylagay xurshid uza,
Xoldek ulkim jamolingdin humoyun xoli bor.

Ne uchun o`lmayki, el qatlig`a aylab ehtimom,
Qotilimning chun menga navbat yetar ihmoli bor.

Kon ila daryo matoin naylasun ul kimsakim,
Dayr aro la`li ravondin jomi molo-moli bor.

O`zni mast istar xarobot ichra vajdu hol ila,
Gar Navoiyning bu dam dars ichra qilu qoli bor.

168
Ikki gul vaqti dog`i ikki quyosh davronidur,
Kim ko`ngulda ul iki oraz g`ami hijronidur.

To latofatdin labing shavqi tushubtur jon aro
Go`yiyokim, ul mung`a tandur, bu oning jonidur.

Qo`zda har sari qizil raglar demaknm, mardumin
G`amzang urdi zaxmlar har yon yugurgan qonidur.

Multafit bo`l holatim sharhig`akim, bu doston
Shahr aro har ko`yining boshida el dostonidur.

Har quyun g`am dashti ichra ko`rsa Layli sog`inur
Qim, xasu tufrog` aro Majnuni sargardonidur.

Ulki to mumkindurur ko`rmish falakdin e`tibor,
Bas mazallat ham kerak ko`z tutsa to imkonidur.

Asrangiz o`zni Navoiy sho``lai afg`onidin
Qim,  bu oqshom  furqati oshubining tug`yonidur.

169
Qofirekim sen kibi ruxsori otashnoki bor,
Ut solurdin kishvari islom aro ne boki bor.

Ishq o`ti ko`nglum yorutmoq istasa yo`qtur ajab
Qim, churuk bo`lg`an so`ngaklardin quruq xoshoki bor.

Qo`nglakim chokin tikarga mayl qilding, ey rafiq,
Bilmading go`yoki ko`nglak ichra ko`ksum choki bor.

Eyki dersen pok husnumdek jahon ahlida yo`q,
Men kibi ishq ahlining ham qayda ishqi poki bor.

Qatra-qatra ashku daf`a-daf`a ohim dudidin
Ishq mulkining ajoyib anjumu afloki bor.  
   
Sol yangi oy zavraqig`a atlasing, ey charxkim,
Ohdin bu shom ashkim bahrining ko`loki bor.

Ey Navoiy, qo`yma  boshim sho`xlar go`y etgali
Kim, ani osmoqqa bo`lsun chobukum fitroki bor.

170
Ichgali gulrang may nargis masallik jomi bor,
Savsani to`n birla ulkim sarvdek andomi bor.

Gulshan ichra sarvi ra`nodek qilib har yon xirom,
Mavzu`i dilkash aro may ichgali oromi bor.

Bodai sofiy chekib ahbob ila g`ofil valek
Kim, firoqin dog`i bir mahrumi xun oshomi bor.

Bu jafo ahli vafoni qildi maydek talxi kom
Kim, qoshida kirsa har noahl maydin komi bor.

Men yutub xunoba yillar, el chekarlar jomi aysh,
Chora yo`q ulkim azaldin baxti nofarjomi bor.

Chun vafo ahlig`a davron tutmadi jomi murod,
Kim murod andin tama` aylar xayoli xomi bor.

Ey Navoiy, gar fano dayri sari qilsang guzar,
Dayri pirining yomon-yaxshig`a lutfi omi bor.

171
Sarvdin gul butmasa, qad uzra ruxsori nedur?!
Jon agar shirin desa, la`li shakar  bori nedur?!

Nomai hajrim kabutar parlarin gar o`rtamas,
Ul qaro xatlar qanoti uzra har sori nedur?!

Orazu zulfungda ko`nglum kofiri ishq o`lmasa,
Bas aning bir sari but, bir sari zunnori nedur?!

Rishtai zulfig`a bog`lig`dur  ko`ngul, ul sho`xning
Tifl qush sudrar kibi har sori raftori nedur?!

Ishq dashtida ko`rungan yerga tushmish erdi o`t,
Bildim anda o`tdur, andin bilmadim nori nedur?!

Sabzi xatlar vasli holo  mug`tanamdur, ey ko`ngul,
Kim bilurkim, iqtizoyi charxi zangori nedur?!

Gar iting debtur Navoiy qilmadi mehmonlig`im,
Kecha tishlab-tishlab olg`ay jismi afgori nedur?!

172
Har gadoekim jahonda bir muvofiq yori bor,
Xizr umriyu Skandar hashmatidin ori bor.

Kimki ul bir ko`ngli sevgan naxli qaddin bar yedi,
 Olloh-olloh, umridin ne baxti barxurdori bor.

Bilsa ko`nglum holatin shoyadki-kelgay so`rg`ali,
Ulki ko`ngli ichra bir badxo`yidin ozori bor.

Ko`zlaridin kecha tong otquncha uyqum yo`q turur,
Kecha naylar anda uyqukim, iki bemori bor.

Sho``laliq yuz pora ko`nglum xayli mujgoning aro
Otashin guldurki, atrofida hadsiz xori bor.

Istasang davron jafosidin qutulmoq, ey ko`ngul,
Xonaqah tarkin qilib mayxona ko`yi sori bor.

Subh yanglig` topmasang dayr ichra may olmoqqa vajh,
Rahn uchun bo`lsun Navoiy xirqau dastori bor.

173
Har kishikim bir so`z ul badmehrdin tahriri bor,
Holatimning tokim ul taqrir etar tag`yiri bor.

Muhtariz bo`l sho``lai ohimdin, ey gul xirmani,
Kim, chaqin xirmang`a tushganning ajab ta`siri bor.

Ko`ngluma yo`q chora o`rtanmakdin o`zga ishq aro,
G`ayri kuymak mo`rning o`t ichra ne tadbiri bor.

Hindui zulfikim ul yuz taxti farmonidadur,
Joduyidurkim anga go`yo pari tasxiri bor.

Sabzai xatting erur har sari zulfung toridin,
Xatti zangoriki mushki nob ila tahriri bor.

Faqr dashti ne qatig` yo`ldurki, solik bir necha
Qilsa diqqat birla haq amrin ado taqsiri bor.

Gar Navoiy jon berib, ul zulfning bir torini
Olsa ayb etmangki, bu savdo aro tavfirn bor.

174
Qaysi bir ko`kning yuzungdek mehri olam tobi bor?
Qaysi  gulshanning jamolingdek guli  serobi  bor?

Zulfidin, ey zaxmlig` ko`nglim, qutulg`ung yo`q turug
Kim, sennng har halqai zulfungda bir qullobi bor,

Zulfu yuzidin dam urmang, tui bila kun chashmasi
Kim, bu sunbul birla gulning o`zga obu tobi bor.

Ne uchun har dam sarig`rog`dur yuzumning oltuni,
Bovujudekim yuzumda  ashkdin simobi bor!

Sajda gar aylar malak, ne tongkim ul oy qasrining
Kungiri shaklidin atrofida ko`p mehrobi bor.

Davlati zohirki  mahbub  aylading, tark aylakim,
Qaydingga zulfini «dol»u «lom»idin asbobi bor.

Yuzu la`lingdin Navoiy behud o`lsa so`rmag`il,
Bir itingdurkim, sahar vaqtida shakkar xobi bor.

175
Xasta ko`nglumningki zulfung shomida oromi bor,
Bo`lsa beorom, tong ermaski muhlik shomi  bor.

Ro`zgori mendek o`lsa tiyra subh ermas ajab,
Bir quyosh hijronidin ulkim qarong`u shomi bor.

Ul pari tong yo`q maloyik qushlarin sayd aylamak,
El havog`a buylakim oshifta qilgan domi bor.

Qaddu andomim ushaldi jilvasidin, do`stlar,
Vah, ne dilkash qomatu ne dilfirib  andomi bor.

Har  kishikim nomu  benang o`lsa  kirsun dayr aro,
Xonaqah tutsun g`animat ulki nangu nomi bor.

Og`zig`a ilmas tahuro sharbatin, ey mug`bacha,
Har kishikim bodai la`li labingdin komi bor.

Telba deb  qovma  yalang  ko`rsang  Navoiy  jismini,
Ne uchunkim Ka`bai ko`yung sari ihromi bor.

176
Bukim ko`ngulning ul oysiz ne sa`b holati bor,
Ul anglag`ayki birov hajridin malolati bor.

Quyiki tushmish aning zulmi tig`idin boshim,
Hanuz tig`i yuzidin magar xijolati bor.

Quloq duriyu yuzi iki axtar etti qiron
Ki, olam ichra base fitnag`a dalolati bor.

Sabo debon xabar ul guldin elni tirguzdi,
Masihcha desa  bo`lg`ay aning risolati bor.

Ko`ngulni zulm ila buzding, bale bo`lur ma`mur
Shaheki mulkida ehson ila adolati bor.

Qadah quyoshi bila ravshan ayla xotirni,
Chu anglasangki falak zulmidin zalolati bor.

Navoiy istamas el ishqing, anglag`ay bukim
O`z-o`zi birla junun ahlidin maqolati bor.

177
Kufrdin zunnorlar gar turrasi tobinda bor,
Kirpikidin dog`i saflar qoshi mehrobinda bor.

Bir gajakdur tortibon jam etgali el ko`nglini,
Qaysi  purhamkim,  parishon zulfi  qullobinda bor.

Terda ul yuz tobidin lol o`lsa, tong yo`q, bog`bon,
Qayda mundoq o`t aning gulbargi serobinda bor.

Dema la`li o`lturub tirguzmas elni, ey Masih,
Kim bu kayfiyat ham aning bodayi nobinda bor.

Nechakim jonbaxshlig` la`ling shakarxandidadur,
Oncha jon olmog` dog`i ul ko`z shakarxobinda bor.

Ishq mulkida tilarsen naqdi jon zulm aylabon,
Sog`inursenkim magar ul ishq arbobinda bor.

Ey Navoiy, gar lisoni hol eshitmaysen, eshit
Kim, ajab holat bizning sozanda mizrobinda bor.

178
Rangsiz xoling jamoling xonida, ey siymbar,
Bir adasdurkim, yopishmish bir adas chog`lig` shakar.

Ko`rgach ohimni, g`azabdinmu qizardi ul uzor,
Yo`qsa ul humrat bu o`tning tobidin bo`ldi asir.

Novaking jismimg`a sog`ing`ach yetishdi yuz balo,
Shoh uza payvand qilg`ach munchakim topmish samar.

Men ul oyg`a mahv qolg`an tan aro paykonlaring
Chekkan ermish xalqu hayratdin menga bo`lmay xabar.

Ikki gavhardur qulog`ingda vayo qilmish sipehr,
Oyning atrofida  ikki  sa`d kavkab jilvagar.

Charx  zulmidin  ne tong  suqum  sabuhiy  vaqtikim
Subh ham bu gussadin yirtar yaqosin har sahar.

Ey Navoiy, hajr o`tlug`  dashti ichra angladim,
Onikim derlar sahardin qit`aiy ermish safar.

179
Oshkoro yuz tugon garchi tani zorimda bor,
Oncha yuz dog`i nihoni joni bemorimda bor.

Istading ko`nglumni aylay deb ilojin, ey tabib,
Menda yo`q ulkim tilarsen lek dildorimda bor.

Novaki g`amzangg`a paykon  istasang, ey qoshi  yo,
Kelki, andin benihoyat jismi afgorimda bor.

Yuz bo`g`un ermas so`ngaktin rishtai jismim aro,
Iqdi zulfungdin tugunlardurki bu torimda bor.

Javrlarkim, qildi ul kofir unutmaydur ko`ngul
Kim,  hisobidin  girihlardurki zunnorimda bor.

Hirqau sajjodani may rahni qilsam ne ajab
Kim, asar maxmurliqdin sho`x xummorimda bor.

Gar Navoiyni qilib rad, nazmin istar shukrkim,
Menda gar yo`qtur qabul, oshifta guftorimda bor.

180
Gul yuzung hajrinda chiqsa o`tluq ohim gohlar,
Ko`kta gulnori bulutlardek kezar ul ohlar.

Ul buti zarrin kamar ishqida to bel bog`ladim,
Za`f aro mendin qamishlardur nishon bal kohlar.

Ul yuz ollida quyosh yuzluklar o`lmish husn aro,
Uylakim, bo`lgay quyosh bo`lg`anda tole` mohlar.

Nola tortarmen qachon otlansa ul sultoni husn,
Yo`q ajab chekmak nafir o`lg`anda rokib shohlar.

Ko`yi sari bordi ko`nglum balki ohu ashk ham,
Vahki, men qolib, azimat qildilar  hamrohlar.

Istasang uyg`onmoq ul bedorlar hamsuhbati,
Kim, bu g`aflatlarni daf` etgay magar ogohlar,

Ey Navoiy, pora-pora bo`lsa ko`nglung, yaxshidur
Kim, taraddudsiz olishqaylar ani dilxohlar.

181
Ko`k binafshazorini anjum chu nargiszor etar,
Nargising birla binafshang hajri ko`nglum zor etar.


Chun Zuhal tole` bo`lur xoling xayoli fitnadin
Jonim ichra yuz ming oshubi balo izhor etar.

Jilva qilg`ach Mushtari ko`zni uzoring yodidin
Yuz saodat axtaridin har zamon durbor etar.

Chun chiqar Bahromi qotil ko`zlaring andishasi,
Xasta jonimni qatili xanjari ozor etar.

Mehrdin topmay nishone senda ham, gardunda ham
Bu musibat ko`zuma yorug` jahonni tor etar.

Zuhra holimg`a surudin navhag`a aylab badal,
Changining sochiq topib durri sirishk izhor etar.

O`lmagim anglab Utorud holima deb marsiya,
Sharhi dardim nazmidin har lahza yuz tumor etar.

Oy halokimga tutub motam, kiyib tundin qaro,
Orazi sayli bila ahli azo kirdor etar.

Tiyra aylab benihoyat kecha umrum sham`ini ,
Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar.

Rostlig` uldurki bilgach ul quyosh rahm aylagay,
Ulcha ahvolimg`a har tun charxi kajraftor etar.

Ey  Navoiy,  ishq dardidin shikoyat  qilmakim,
Joningga javru jafosin har nechakim bor etar.


182
Ikki zulfung xasta ko`nglumga qorong`u kechalar,
Za`fdin behudlug`um uyqu anga bu kechalar.

To giriftor o`ldi zulfung domig`a ko`nglum qushi,
To`lg`onib jismim ko`zumdnn uchmish uyqu kechalar.

Qayda bo`lsun uyqukim oqizmish uyqu xaylini
Tinmayin afg`on sirishkim saylidin su kechalar.

Har ne nav` o`lsa o`tar kunduz ishi, lekin bo`lur
Hajri dardidin xarob ahvolim asru kechalar.

Tiyra shomim shiddatin ko`rgilki, charxu subhdin
Holima gah yig`lag`udur, gohi kulgu kechalar.

Subhdek sof istasang ko`nglungni andin, charxdek
Tiyralik chirkini siymin ashk ila yuv kechalar.

Ey Navoiy, charx yanglig` istar ersang subhi vasl,
Tongg`acha ashk axtarin to`kmay bo`lurmu kechalar.

183
Ne ajab, har yon meni Majnun boshida yoralar,
Baski yog`di ustiga atfol elidin xoralar.

Orazing atrofida guldur ko`rungan, ey pari,
Yo qamar davrida saf tortib durur sayyoralar.

Har quyun go`yoki bir sargashta oshiq gardidur,
Baski tufrog` o`ldi ishqing dashtida" ovoralar.

Anglakim, ahbobini kulbamda mehmon etmisham,
Itlari og`zida gar ko`rsang bag`irdan poralar.

Anda Majnunmen, bu yon Layli sen etgach ijtimo`,
Bir taraf devonalar, bir yon pari ruxsoralar.

Xonaqah vaqfi suyin ichmaslar, ey shayx, anglag`il
Gar xumor o`lsa fano dayridag`i mayxoralar.

Ey Navoiy, ishq aro o`lmaktin o`zga chora yo`q,
Bas g`alat bo`lg`ay demak ushshoqni bechoralar.

184
Xattu yuzung hajrida ko`zkim bulut monandidur,
Chashmai sabz ul biri, bu bir guliston bandidur.

Qildi yuz parkand hajring tig`idin bag`rimni ishq,
Itlaringning har biri og`zida bir parkandidur.

Javr qilsang qil meni bor eshikdin surmagil
Kim, ko`ngulga vasl had yo`q mehnating xursandidur.

Ishq ila paykonlari ichra balokash ko`ngluma
Io`q tafovutkim shararlar sho``laning farzandidur.

O`qlaringga yuqti bag`rim qonimu, ey qoshi yo,
Yo`qsa anda zeb uchun har yon baqam payvandidur.

Charxkim, har subh el qatlig`a aylar zahrxand,
Bu aning shirin tabassum  birla shakkarxandidur.

Ey Navoiy, demakim ko`nglungga qilmish qasdi jon
Kim, mening ko`nglum annng jon birla hojatmandidur.

185
Osilmamish qulog`ingdin yuz uzra gavharlar,
Ki ayrilibdur ul o`t shu`lasidin axgarlar.

Iting oyog`ini o`pmakka na`lu mix ermas,
Sipehr raxshidin inmish hilolu axtarlar.

Yuzungda xo`y emas, obi hayot qatrasidin
Quyosh jamolig`a  sun`i  ilki  taqti zevarlar.

Boshog`laring uchi ermaski, chiqti jismimdin
Chiqarmisham uchubon yetgali senga  parlar.

Uzor safhasida xo`blar xati demakim,
Tuz etti ishq meni o`ltururg`a maxzarlar.

Bahor faslida maxmur bo`lma, dashtqa chiq,
Ki lola tutti base la`li rang sog`arlar.

Navoiy oldurubon ko`nglini agar topmas,
Birovdururki qulidur jahonda dilbarlar.

186
Boshimg`a ko`yida har dam g`uluv qilur itlar,
Gar o`lmasam bu g`uluvni nog`uluv qilur itlar.

Magarki g`urbat aro zor o`lmagimdindur,
Fig`onki, bir-biriga ro`-baro` qilur itlar.

Osib bo`yunlarig`a kiz azo uchun juldin,
Tong otqucha boshima navhamu qilur itlar.

Tutarg`a motamim, ayo, yig`ildilar yoxud
Qilurg`a to``ma tanam orzu qilur itlar.

Kuyub dimog`lari g`ingshibon qochar har yon,
Emakka jismim etin chunki bo` qilur itlar.

Fano no`li kiyikin  ayla sayd sher ersang
Ki dahr jiyfasini justujo` qilur itlar.

Navoiy uzra hujum aylasa raqiblaring
Ne tong, gadog`a hamisha g`uluv qilur itlar.

187
Kecha badmast o`lg`animdin infi`olim bordur,
Mayni emdi og`zima olmas xayolim bordur.

Ulki der may ich, uyatdin bilmagay o`z holini,
Bilsa kim bazm ahli ollinda ne holim bordur.

Demakim may daf` etar gar yetsa har dam yuz malol,
Kim ichardin oni har dam yuz malolim bordur.

Yor tavbam bilsa garchi may berur, bermay majol,
Yolborib uzr aytqumdur to majolim bordur.

Rindlar tavbamni sindurmoqqa bu taqrib emas,
Boda naf`idinki har dam qilu qolim bordur.

Zuhdu istig`nomu yaxshi, yo`qsa isyonu niyoz?
Shahr shayxidin bu yanglig` bir savolim bordur.

Ey Navoiy, men xud ettim tavba, lekin netgamen
Kim, ajab mayxorai bee`tidolim bordur.

188
Qatlima tig` o`lg`alikim charx ishi ozordur,  
Mavji ashkim aksidin po`lod javhardordur.

Ko`k tegirmon toshi aylandurmoq istar boshima,
Dema oyu kun boshim uzra bukim sayyordur.

Ishq dashtida quyun ermaski, men devonag`a
Dasht aro sargashtalik xattin sizar pargordur.

Dard tog`ida chaqinlar demadi o`tluq kamand
Kim, solurda bo`ynuma charx ilgidin takrordur.

Rahm qnl gardunki, bir dilxastamen, maqdur emas
Chekmagi gar mehnatu bedodi bu miqdordur.

Muncha dardu g`ussadin maxlas topar yer istasang,
Ey  Navoiy,  bilki ul  yer  kulbai xammordur.

Ey xusho, xumxonakim, qilg`anning anda tarki xush
Ko`k xumidin har nekim kelgay farog`i bordur.

189
Tovushkim uy toshidin kelsa dermen bag`ri toshimdur,
Eshikdin soya kirgach, sog`inurmenkim quyoshimdur.

Ichida tog`ning qon, toshida yuz ming balo toshi,
Aning toshu ichi mutlaq degaysen ichu toshimdur.

Sirishkimni jigar pargolasi bil dog`i ko`z nuri,
Ko`ngul sirrini, vahkim, zohir etgan ushbu yoshimdur.

Demay past o`ldi afg`onim yelidin naxli ayshimkim,
Bu naxlim arrasi muhlik fig`on ichra xaroshimdur.

Emastur gardu go`y ul sho`x maydonida go`yokim,
Biri  farsuda  jismimdur,  biri  sargashta boshimdur,

Urarmen yerga  boshimni g`amingdin jon taloshurda,
Firoqing xayli birla ul urushum, bu taloshimdur.

Yomon holimg`a hayrat qilmang, ey Farhod ila Majnun,
Bukun snz mehmonsizkim, tarab birla maoshimdur.

Falak qasri bila kun muttakosidin demang so`zkim,
Fano dayri  makonim,  faqr tufrog`i  firoshimdur.

Dedimkim tushta mehrob ichra ko`rdum kofiri masti,
Dedi ko`rgil, Navoiy, ko`z ochibkim, ko`zu qoshimdur.

190
Kimki olam bog`ida bir sarvigulruxsori bor,
Bog` sayridin farog`i, sarvu guldin ori bor.

Gul bila mayni netar devonaekim, ko`nglida
Bir  parivash la`lidin may, husnidin gulzori bor.

Gul nasimu atridin mumkin emas topmoq iloj,
Kimki bir gulchehra xori hajridin ozori  bor.

Jon yetib og`zima o`lgum, bir nafas tangri uchun,
Ey Masihim, kel beri, ey muddai, sen nori bor.

Ko`zlariga xori mehnatdur gul ulkim, gul chog`i
Guljabinlar ko`zlari yanglig` iki bemori bor.

Dema bulbul zulmig`a gul bog`lamish bel, go`yiyo
Charx zulmidin aning ham bog`lagan zunnori bor.

Qoldi xurramliq falakdin tashqari, ko`r, ey ko`ngul,
Kim qazo naqqoshining ne gardishi pargori bor.

Faqr yo`linda og`irroq yuk erur vobastaliq,
Ey ko`ngul, tarki taalluq aylabon ul sori bor.

Ey Navoiy, o`zni maqbul istasang, tufroq bo`l
Kim, erur mardud ulkim boshida pindori bor.

191
Suda  yuzungmu aksi yo chashma aro pariymudur,
Chashmai mehr ichinda yo lam`ayi mushtariymudur.

Ko`yi behishti jovidon o`zi behisht ichinda hur,
Qomatu la`lin anglamon to`biyu kavsarimudur.

Jismim aro yangi tugon har sorimu ko`rundi yo,
Har biri ishqi avjining muxtariq axtarimudur.

Uyga hanuz kirmayin dinima tushti yuz halal,
Buki kelur ko`r, ey ko`ngul, ul buti ozariymudur.

Kuygan ichimda bodadin ishq o`ti bo`ldi sho``lazan,
Poralari bag`irning ul sho``laning axgarimudur.

Jomi jahonnamoyini vasf ko`p etting, ey rafiq,
Mehri muniri jomi yo maykada sog`arimudur.

Eyki Navoiy ulfate ravzada yo`qturur deding,
Asru taajjub aylama har g`inae Hirimudur.

192
Turrangki tobi yuzda o`tumg`a vasiladur,
Ul sham` sho``lasi aro mushkin fatiladur.

Olsa ko`zung hiyal bila ko`nglumni, ayb emas,
Bor ul fusungareki ishi makru hiyladur.

Ashhablaringki rishtag`a tortildi dahr aro,
Solmoqqa sitez ajoyib taviladur.

Layli qabilasi o`ti qaydin ko`runsa shom,
Majnunni kuydurur, bu ne o`tluq qabiladur.   

Kirsang fano tariqig`a devonavor kir,
Ul vajhdinki, aql bu  yo`lda aqiladur.

Eykim jahon salitasini aylading nikoh,
Bilgilki, xasmkushdur, agarchi jamiladur.

La`lingg`a jonin etsa Navoiy fido ne bok,
Andin olurg`a kom bu ishlar vasiladur.

193
Qaysi to`bi jilvasi sarvi xiromoningcha bor,
Qaysi kavsarning znloli obihayvoningcha bor.

G`unchada gulbargdek til, joladek tish dog`i yo`q,
Desa bo`lg`aymu onikim la`li xandoningcha bor.

Qayda sunbuldin nasim esgach kirar jism ichra rux
Kim, degaysen onikim zulfi parishoningcha bor.

Aylamas ko`z mardumi har ko`z quyosh ichra vatan,
Ani dey olmonki xoki anbarafshoningcha bor.

Novak ochmas gar to`shar jon rishtasi ichra girih,
Demak oni bo`lmag`aykim no`gi mujgonnngcha bor.

Demakim, ko`nglungga qo`yg`um zulm ila dog`i ajal,
Sen gumon qilma anikim, dog`i hijroningcha bor.

Ey ko`ngul, qoningni istarsen tobonig`a xino,
Ko`zlarim xunobi rangi ham sening qoningcha bor.

Urma himmat lofini olingda bu toqi sipehr,
Faqr  ko`yida  agar  o`z ganji vayroningcha  bor.

Ey Navoiy, istasang davr ahli zulmidin xalos,
Ur fano dashtida gomu bora olg`oningcha bor.    

194
Yana sensiz ohim o`ti sho``lazandur,
Ki gardung`a har uchqun otashfikandur.

Qirib kulbam ichra kulu sho``la ko`rsang,
Bu so`zon ko`ngul ul bir ozrdatandur.

Dema lolau xulla ichra uyubmen,
Ki ishqing shahidig`a qonlig` kafandur.

Iting o`lsa jismig`a jonimni solg`il
Kim, ul jismg`a bu munosib badandur.

Qayon bo`lsa  ko`nglum uyin darding istar,
Nedinkim musofirg`a mayli vatandur.

Falak sho`xidin mehr ko`z tutma nevchun
Ki javr anga sheva, jafo anga fandur.

Navoiy xazin bo`lsa bog` ichra tong yo`q
Ki sensiz bu mahzung`a baytul xazandur.

195
To turrasi torida har sori tugunlardur,
Za`f ichra so`ngaklardin jismimda bo`g`unlardur.

Daryou bulut ermas kim, ox ila ashkimdin
Ham yer yuzida ko`llar, ham ko`kta tutunlardur.

Shak io`qki yorutqaysen  kulbamdag`i zulmatni,
Hajringda menga, ey on, bilsangki ne tunlardur.

Ovorayu sargardon ishq ahlig`a boq har yon
Kim, vodiyi dard ichra ne nav` quyunlardur.

Bo`rk o`rnnda bosh eltur, naqd o`rnida olur jon,
Atfoli g`aming ichra bas turfa o`yunlardur.

Jismimda tugonlarni ayb aylama, ey zohid,
Ki sabr ilngi tikkan xirqamda yurunlardur.

Ichganda Navoiy may dayr ahliga sud o`lmish,
Solg`il quloq, ey nosih, ul yonki ne unlardur.

196
Ko`z qonidin dema etagim lolavordur
Kim, ko`hi darding etagi lolazordur.

Har lolasi bir axgar erur lek sinaso`z,
Qay ko`hi dard aro bu sifat lola bordur.

Bir gul yuzi firoqida xunobi ashk ila
Yuz za`far ani ichra ko`zum lolakordur.

El poymol etarlar uzub dashtu tog` aro,
Baskim yuzung guli qoshida lola xordur.

Qon ichra g`arqu bag`rim aro dog`u dasht uza,
Bekasligim chog`ida menga lola yordur.

Soqiy, ketur sabuhn aro lolagun qadah,
Xossa bu damki subh yeli lolabordur.

Tegramda oh o`tidin erur, ey Navoiy, o`t
Ko`z qonidin dema etagim lolavordur.

197
Harorat jonima ul otashin la`l axgarindindur,
Anga taskin ham ul yuz ravzasining kavsarindindur.

Sochingning tiyra shomidin yuzung subhig`a yo`l topmoq,
Banogo`shungdag`i durri shab afro`z axtarindindur.


Tahuro bodasi derlar yo erur jonbaxshu rux afzo,
Magarkim, choshni ul mayg`a la`ling sog`arindindur.

Shabiston subhi davlatdin yorug`roq bo`lsa tong ermas
Ki partav anda ul ruxsori sham`i anvarindindur.

Yuzung ochqach shamimi lutf olam ichra butratting,
Magar bu atr ul o`t uzra xoling anbarindindur.

Bahor ayyomini besh kun g`animat angla, ey bulbul,
Ki muncha so`zu tobing otashin gul mijmarindindur.

Navoiy, qilmag`il bas zulm birla durfishonlig`kim
 Maoniy bikrig`a zevar hadising gavharindindur.

198
Bu tiyrai qotilki, oti hajr tunidur,
Ohim tutuni demaki, dog`im tutunidur.

Jism ichra yuzung hajrida ming dard xadangi
Go`yo ko`ngul otashkadasining o`tunidur.

So`ngakdin emas rishtai jismimda  bo`g`unlar,
Ul torda ranjim adadining tugunidur.

Ul sho`x simo` ichra uchurmoqqa ko`nguldin
Xushu xiradu sabrni ofat quyunidur.

Uyqu ketirur su o`ti, lek uyquni olg`an
Elning ko`zidin sayli sirishkimning unidur.

O`ynay-o`ynay to`ksa ul oy qonim, emas tong
Kim barcha bular charxi muloib o`yunidur.

Yuz pora boshimni iti rad qildi Navoiy,
Bilmaski so`ngaklarda baridin butunidur.

199
Qilg`ali azmi safar ulkim menga dilxohdur,
Ogah o`z holimdin ermasmen, xudo ogohdur.

Men chu hajridin chekib yuz mehnat o`ldum, vah, ne sud,
Buki shaydo ko`nglumu jonim anga hamrohdur.

Ey nasimi vasl, esib jismimni jonon sari elt
Kim, firoqi za`fidin andoqki bargi kohdur.

Demang ul oy uzra solmish soya bir mushkin bulut,
Go`yiyo men tortqon hajrida dudi ohdur.

Har nafas urdu sari ruhum qushi aylar havo
Kim, olib ketgan ko`ngulni bir mahi xirgohdur.

Anglag`il ahbob qadrinkim bular bo`lmay ne naf,
Gar senga aflok avji uzra taxti johdur.

Ey Navoiy, bejihat yor etsa hijron ixtiyor,
So`z demak bo`lmas nedinkim, sen gado, ul shohdur.

200
Lojuvardi qoshing uzra zarvaraq tobonmudur,
Yo magar ko`k toqi uzra anjumi raxshonmudur.

Zulfimu ohim yelidin sovurur olamg`a mushk,
E sabo tahrikidin sunbul abir afshonmudur.

Xo`y chakon orazmudur, yo husni bandi zulf aro
Yuz asir o`lg`an ko`ngullar holig`a giryonmudur.

Zarvaraqdin sho``lalardur har taraf ruxsorig`a,
E ul o`tluq yuzda har yon bir ko`ngul so`zonmudur.

Hajri zolim shomi kavkabdinmu giryondur menga,
Yo aning subhi g`arib ahvolima xandonmudur.

Eyki mayli jannat etmassen mening ko`nglum kibi
Notavon ko`nglung birov ko`yida sargardonmudur.


Bo`ldi qaddi yo Navoiyning yuzi chun zarvaraq,
Lojuvardi qoshing uzra zarvaraq tobonmudur.