www.uz
NAVODIR UN-NIHOYA
 
G`AZALLAR


1
Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo,
Yuzung quyoshig`a zarroti kavn o`lub shaydo.

Yuzung ziyosidin ar subh ayni ichra bayoz,
Soching qarosidin ar shom boshida savdo.

Zuhuri husnung uchun aylabon mazohirni,
Bu ko`zgularda ani jilvagar qilib amdo.

Chu jilva ayladi ul husn aylabon oshiq,
Saloyn ishqin etib ofarinish ichra salo.

Biri qabul eta olmay oni magarkim, men
Qilib otimni zulumu jahul  birla  ado.

Demayki men o`zi ma`shuq o`lub, o`zi oshiq,
Ki tig`i g`ayrat o`lub anga naqsh g`ayri zudo.

Navoiy o`lmadi tavhid guftugo` bila fahm,
Magarki aylagasen tilni qat`u jonni fido.


2
Iloho, amringga ma`mur yetti torami a`lo,
Ne yetti torami a`lo, to`quz sipehri muallo.

Jamil zikrlik o`lg`on jamoling etti tamanno,
Vusul fikrlik elga visoling, o`ldi tavallo.


Xayol bikrlarin jilvagarlik etgali har yon
Sen aylading hulli durri nazm birla muhallo.

Ibodatingg`a yangi oy bo`lub ham o`ldi musalli,
Sipehr atlasidin solibon havog`a musallo.


Chu sandin o`ldi quyosh panjasi aro oltun,
Socharg`a dog`i sen etting anga karam yadi tulo.

Demakka zikring erur, xonaqoh ichinda hayo-xuy,
Saloyi ishqing ila ahl dayr ichra alolo.


Navoiy, ahli junun zumrasig`a kirdi ilohi,
Chu aylading ani Majnun, o`zungni qil anga Laylo.

3
Zihi el nihoni sanga oshkoro,
Nihon dardima oshkoro et madoro.

Ne dardingni ko`nglumda asrarg`a toqat,
Ne sirringni og`zimg`a olmoqqa, yoro.

Xayolingda savdo pishurganda aylab,
Dimog`imni oshufta ul mushksoro.

Firoqing aro jon taloshurda, yo g`ayb,
Ham ul g`am tog`idin boshim uzra xoro.

Tarahhum, tarahhum, tarahhum, tarahhum,
Buto, chobuko, mahvasho, gul`uzoro.

Qarong`udurur olam ohim saylidin,
Quyosh yanglig` och oraz olam aro.

Navoiyg`a jon oshkoru nihonsen,
Zihi el nihoni sanga oshkoro.

4
Zihi buroqing izi hajru sayr barq oso,
Bu barq sayri bila po`yasi falak farso.

Burun kadam bu makondin chu lomakon qo`ydi,
Ne nav` deykim aning komi erdi gardunso.

Visol subhidin yo`q uruj aqshomikim,
Sabohdek edi ul barq nuri birla maso.

Qo`lin bu barq yorutti, damin bu yel ochdi,
Agar sipehr uza Muso ediyu gar Iso.

Chu qoldi sayrida ruhul amin, ne tong ul ham
Rijol xilvati davrida ul sifatki niso.

Navoiy asru uzulmish, boqib inoyat ila
Aning buzug`lug`ini bir ko`z uchi birla yaso.

5
Bediling xayli rusuli sensen alarg`a dilrabo,
Yo nabiy ruhiy fidoka ahlan va sahlan marhabo

Gohi davlatlig` boshingdin ketmayin chatri sahob
Gah falakrav markabingg`a yetmayin payki sabo.

Shomi vasling topmag`ang`a subhi soduq har saha
Panjai xurshid ila pirohanin aylar qabo.

Tufroq o`lmishmen qo`yay deb ostonbo`sungg`a yuz,
Holima rahm aylabon qilma bu ranjimni habo.

Sherigardun ul kishiga bo`yni bog`lig` bo`lg`ay it
Kim, eshiging itlarin topqay o`ziga aqrabo.

Bo`lmag`ay erdi muyassar Xamsa, ya`ni panj ganj
Qilmasa erdi madad holimg`a besh oliy abo.

Ey Navoiy, chorai dardingni qilg`ay, ulki bor
Ham rasulu, ham amin, ham mustafo, ham mujtabo.

6
Chu dardu baloni jahong`a urdi salo,
Naxustroq meni bexonumong`a urdi salo.

Men oldim o`n ulushidin to`quz yorim ulushin,
Yarimki qoldi ani insu jong`a urdi salo.

Aning dog`i yarimin oldi ofarinish eli,
Yarimini yana bu notavong`a urdi salo.

Bu notavon ani ham jon bila qabul etti,
Chu qochtilar ani ham har qayong`a urdi salo.

Ko`ngul chu dardu balo tolibi durur gardun,
Agar yetishti ming ofat ham ong`a urdi salo.

Fig`onki, elga tutub boda soqiyi davron,
Chu davr yetti manga, barcha qong`a urdi salo.

Navoiyo, senga har yaxshiliqki mumkindur,
Kn yor mehnat o`tin men yomong`a urdi salo.

Har jafo qilsang to`zarmen, qilmasang dog`i vafo
O`zgalarga ne vafo qilsang to`zarmen, ne jafo.  


Elga va`da gar vafo qilding, jafo men xastag`a,
Elni bilman, qil menga har va`dakim qilding vafo.

Va`dalar qatlimg`akim qilding tanimdin ketti za`f,
Go`yi alfozing edi dardimg`a oyoti shifo.


Orazing xurshididin tushmish qadingning soyasi,
Eki yerga sudralib mushkin soching qolmish qafo.

Xurdadonlar  aylamaslar fahm og`zing ramzini,
Ne uchunkim bordurur ul nuqtada behad xafo.

Tiyralikdur har ishi sofiy fano jomiyu bas,
Ayyuha-s-soqiy lano da` mo kadir xuz mo safo.

Ey Navoiy, joning olg`umdur desa qayg`urmag`il,
Jong`a minnat tut munung birla gar etsang iktifo.

5
Mahvasho, sarvqado, lolaruho, siymtano,
Chorakim qolmadi sabrim g`ami hajringda yano.

Axtari sa`d seningdekki tug`ubtur go`yyo
Kim, quyosh erdi atoyu to`lun oy erdi ono.

Gar falak sayridur aylar seni istab taku dav,
Var malak zikrin eshitsang senga der madhu sano.

Uyla ishqing mayi labtashnasimenkim, ichmon
Oz debon bodam uchun bo`lsa falak jomi ino.

Ishq mehnatlari tarkini buyurmang mengakim,
Mujibi sihhatu quvvatdurur ul ranju ano.

Xonaqah ichra erur shayx o`zin ko`rsatmak,
Ey xusho, mug`bachalar jilvasiyu dayri fano.

Juz  Navoiy borig`a jomi karomot tutung,
Ayyuha-s-soqiyi min ka`si fano ayla lano.

Lab uza xatti naboti husnu naxli qaddi,
Gulbune anbata olloh nabotan hasano.

9
Yor javlongahidin keldi sabo,
Paykarim tufrog`ini qildi habo.

Yuz samandi ayog`ig`a qo`yarim,
Misli kah bargidurur kahrabo.

Buki ko`ksumni g`aming qildi shigof,
Xil`atim ko`nglagini qildi qabo.

Bo`ldi bag`rim yorasi uyla afin,
Ki shamimidin zrur biymi vabo.

Boshima yog`sa qilich ishqingda.
Bo`lmasun boshim agar qilsam ibo.

Vahki, jonim bila o`ynar ul tifl,
Sho`xluq lozimasi keldi yeabo.

Necha pashminag`a urdumki, erur
Ey Navoiy, panahim oliy abo.

10
Ey jamoling jilvasi mir`oti insu jon aro,
Lek o`lub ul jilva komil mazhari inson aro.

Topmag`an bo`lsa labingning sharbatidin choshni,
Bas bu ne jonbaxshliqdur chashmai hayvon aro.

Nega olam o`rtadi husnung o`tidnn lam`ai,
Tushmagan bo`lsa jamoli Yusufi Kan`on aro.

Tushmagan bo`lsa quyoshingdin qo`lig`a partavi,
Bas ne bayzo erdi jaybi Musai Imron aro.

Esmayin lutfung riyozidin chaman sori nasim,
Gulga bulbul qayda vola bo`ldi bu bo`ston aro.

Fayz agar olmas vujudung gulsitoni atridin,
Shammai naqshi vujud imkon emas imkon aro.

Tortibon solg`il Navoiyni karam daryosig`a
Kim, bo`lubtur g`arqa bahri bodai isyon aro.

11
Yorab, o`lg`on chog`da jonim jismi vayrondin judo,
Ul bo`lub mundin judo, sen bo`lmag`il ondin judo.

Chun judo bo`lsam meni g`amnok yo`qu boridin,
Ne g`amim sen bo`lmasang men zori hayrondin judo.

Naqdi jon chiqqanda imon gavharin ko`nglumga sol,
Aylagil jondin judo, lek etma imondin judo.


Xonumondin oyirib qilg`anda tufroq ichra hibs,
Qilma lutfung men aloxonu alomondin judo.

Hashr g`avg`osi aro osiylig`img`a rahm qil,
Lutf ila ilgim tutub qil ahli isyondin judo.

Garchi o`ldum kofiri ishq ahli islom ichra qot,
Ul zamonkim bo`lg`usi kofir musulmondin judo.

Elga maxlas istasang yetti tomug`ni ayla kul,
Anlabon bir sho``la bu ohi duraxshondin judo.

Jannat istab aylaganlarni ibodat qilmag`il,
Qavsaru, to`biyu qasru, huru, rizvondin judo.

Barchadin ayru Navoiyg`a qilib vasling nasib,
Qilmag`il, yorab, oni  mundin,  munn ondin judo.

12
Gul uzra xatti mushkin birla to qilding raqam paydo,
Menga jon safhasida bo`ldi yuz xatti alam paydo.


Tugonlar ko`nglum ichra lazzati dardingni bildurdi,
Tanaa`um dast bermas kimsaga bo`lmay diram pando.


Shafaqgun yuz hiloli qosh ila to jilvagar bo`ldung,
Ko`zumda bo`ldi qon zohir, qadimda bo`ldi xam paydo.


Samad qilg`ach zuhur  ul nav`kim asnom o`lur ma`dum,
Bo`lur butlar bari mabhut bo`lg`ach ul sanam paydo.


Chu aylar jilvai husn ul pari ushshoq aro netgay,
Yuzin yoshurmasa bo`lg`an zamon men telba ham paydo.

Ne muhlik vodiy ermish ishq dashtikim, kishi anda,
Qadam urg`an dam o`q ko`zga bo`lur mulki adam paydo.


Qo`yung, yig`layki, ko`nglumning g`ubori pastroq bo`lsun,
Ki man`i gard etar nogah havoda bo`lsa nam paydo.

Oqizg`il boda selobidin, ey soqiyki, hijrondin
Ko`ngul dashtida bo`lmish korvoni dardu g`am paydo.

Navoiyni chu so`rdung, ey pari, bir dam tavaqquf qil
Kim, ul majnun bo`lur sahro yuzidin dam-badam paylo.

13
Ko`zumdin ashk tugandiyu bo`ldi qon paydo,
Bag`irdin anda bo`lur poralar nishon paydo.

Jununum o`lsa damo-dam taajjub etmangkim,
Ko`zumga ul pari o`lur zamon-zamon paydo.

Nujumi husndurur xo`blarda ul soat,
Ki bo`lsa ul yuzi xurshid nogahon paydo.

Munajjim axtari baxtimnn qo`yki, ohimdin
Bukun erur ne nujumu ne osmon paydo.

Ne za`fdururki, so`rar elga fahm o`lur nola,
Valek ko`zga emastur bu notavon paydo.

Ne yo`l ekin buki har necha korvon bordn,
Birisidin ne asar bo`ldi, ne nishon paydo.

Navoiy o`ldi aning dargahida andoqkim,
Ki tufroq ichra emastur ul oston paydo.

14
Gulbarg uza qilmishsen to sabzai tar paydo,
Kun ko`zgusida go`yo rang etti asar paydo.

La`ling g`amidin suda gul yofrog`i kelgandek,
Ashkimda bo`lur har dam parkandi jigar paydo.

Jismimdin oqib qoni paykoni ayon bo`ldi,
Shoh uzra bo`lur doim gul ketsa samar paydo.

Jon rishtasidek ermas ko`zlarga beling mar`iyi,
Chobukluk uchun qilding bog`larg`a kamar paydo.


Ul zulf savodida o`ldum yuzinn ko`rmay,
Vahkim, yo`q edi muhlik shomimg`a sahar paydo.

Davron g`amidin ko`nglum maqbuz erur, ey soqiy,
Basti uchun etgaysen hum boda magar paydo.

Kilkida Navoiyning jon shirasn muzmardur,
Har nayda qachon bo`lsun bu nav` shakar paydo.

15
Tushta ko`rdum yorni xandon raqibin o`truda,
Rashkdin har lahza tish qirchildaturmen uyquda.

Ul yuzi vasli aro yodimg`a kelsa furqati,
Telbalar yanglig` to`karmen ashk ayni kulguda.

Ko`zgu jannat ravzanidurkim, tamosho etgali,
Hur kelmish go`yiyo, aksing emastur ko`zguda.

Yulduz itgandek quyosh yog`dusig`a itti quyosh,
Orazing xurshidi chun qildi tulu` ul yog`duda.

Soqiyo, bir jur`a tut, shoyadki yuzlangay nishot,
Necha bo`lg`ay hajridin ozurda ko`nglum qayg`uda.

O`zlugumni ashk eltib o`zdin andoq yotmen
Kim, o`zumni tonimon aksimni ham ko`rsam suda.

Chun Navoiy yor sori yuzlanur, qayg`u qolur,
Soya qolg`andek keyin xurshid bo`lg`ach o`truda.

16
Xil`atin aylabtur ul sho`xi siyminbar qaro,
Tun savodi birla kelgandek mahi anvar qaro.

Ul pari hindusimen men telbakim, uryon tanim
Tifllar toshidin iynak bo`ldi sartosar qaro.

Ashkdin indi qaro su ko`zlarimdin hajrida,
Tong yo`q idborim chu bo`lmishdur menga axtar qaro.

Kosh o`yub yoqsang qaro bo`lg`an ko`zunning mardumin,
Xoli maygunungni qilg`uncha qo`yub anbar qaro.

Ishq raf` o`lg`ach ko`ngulga yo`qturur juz tiyralik,
Ul snfatkim, sho``lasi o`chgach bo`lur axgar qaro.

G`ayrdin qilg`il zamiring safhasin pok, ey faqir,
Tobakay qilmoq firibu makr ila daftar qaro.


Dudi ohidin qaro ermas Navoiy kulbasi
Kim, qilibtur xonumonin bir pari paykar qaro.

17
Tifllar toshiki jismim qildi sartosar qaro,
Bo`ldi savdog`a savodi a`zam andin har qaro.

Yoshdin angla yuzum gar siymgundur, gar qizil,
Toshdin bilgil tanimni gar ko`k o`lmish, gar qaro.

Dema  ko`nglung lavhig`a yozg`il xirad oyinikim,
Baski qo`ydum dog`i ishq, ul safhadur aksar qaro.

Panjai xurshidini go`yo qaro etmish kusuf,
To qilibtur ilgin ul huri pari paykar qaro.

Dudi ohimdin demaykim, zor jismim  so`zidin,
Ko`rki bo`lmish o`t tushub kuygan kibi bistar qaro.

Umri yo`q juz tiyralik isyondakim, hayvon suyi,
Istamakdin ro`zgorin topti Iskandar qaro.


Chun Navoiy ishq aro komillig`in sabt ettilar,
Bo`ldi baskim ahli ishq ot yozdilar mahzar qaro.

18
Xo`blarda mehr yo`q, chun mehr yo`q ul mohda,
Xayli tobi`dur qayu xil`atki bo`lg`ay shohda.

Hech kim yo`qturki yor ollida yo`qtur mansabi,
Bizga bemansablig` o`lmish mansab ul dargohda.

Shomi hijron charxu naxs axtarlaridindur nishon,
Tiyra ko`nglum har sharar ko`rguzsa dudi ohda.


Ko`nglung istar bo`lsa yuz ming jonni etgaymen nisor,
Gar  bu dilxoh itganin  fahm etsam ul dilxohda.


Mujibi anduhdur afg`onim, nishot etmang tama`,
Jonfizolig` kim ko`rubtur nolai jonkohda.


Bilki, yo`qtur ko`nglida ishqu muhabbatdin asar,
Kimki davron ichra bo`lsa ko`ngli molu johda.

Sham` tavfiq o`lmayin ravshan qachon yo`l topqamen.
Kim erur ko`p zulmati hijron meni gumrohda.


Bor umidimkim, yetishgay oqibat ogohlig`,
Gar yerim bo`lsa gahi bir xotiri ogohda.

Ey Navoiy, elga men xud qilmadim ishqimni fosh,
Turfa ko`rkim har taraf bu so`z emish afvohda.


19
Telba ko`nglum yorasi hadsiz tani uryon aro,
Uyladurkim, yer tutar devonai vayron aro.


Buki la`ling nuqtasi har dam o`lukni tirguzur,
Kirdi ruhulloh magar ul chashmai hayvon aro.


Ayn yozilg`an kibidur la`l aro qilsang nazar,
Ko`zki hayratdin tikibmen ul labi xandon aro.


Qatra su ichra degaykim bargi gulning  aksidur,
Qatra qonim rangini kim ko`rsa ul paykon aro.


Qomating yodida ko`nglum ichra har kesgan alif,
Rost bo`lmish ul alifdekkim yozilg`an jon aro.


Jon fidong o`lsun habibimkim, hamono bor edi,
Qasdi mahluqot aro insonu sen inson aro.


Ey Navoiy, istasangkim o`lmagay el dardidin,
Dardi holingni dema nazm aylabon afg`on aro.


20
Kirsa ul gul xirmani ag`yor ila gulzor aro,
Men hamono tolpinurmen xirman etgan xor aro,

Jonni anglabmen balolar ichra o`lsam, ne ajab,
Ul zamonekim ko`rarmen yorni ag`yor aro.

Lojuvardi vo`sma birla zeb bergan qoshlaring
Jilvagar bo`lg`an iki tovus erur gulzor aro.


Zulfida sarrishtai imon badaldur kufr ila,
Ne tafovut tushsa Maryam rishtasi zunnor aro.

Za`flig` jismimda bilgurgan tuganlar hay`atin
Angla yondoshqan tugonlarning shabihi tor  aro.


Tushti yel  kayfiyatidin suvg`a  gul  yafrog`lari,
Yo`qsa maydin gullar o`ldi zohir ul ruxsor aro.

Masjid ichrakim meni tahqir qilding, ey faqih,
Ko`rgasen johimni kirsang kulbai xammor aro.


May xubobi gunbadin bazm ichra ul dam doir et,
Kim shafaq may zohir etgay gunbadi davvor aro.

Ey Navoiy, elga bilgil benavolig` boisi
Har navokim, zohir aylarsen fig`oni zor aro.

21
Sohiredur ul ko`z ammo holi hnndu ostida,
Nuktadur oraz uza yo`q ersa jodu ostida.

Soi`din ko`rdik zanaxdon ostida fikrat chog`i,
Kimki ko`rmaydur  bilurin dasta ko`zgu ostida.

Shohlar tojig`a loyiq tugmadur gar bersa dast,
Go`yikim ko`rguzdi ul chobuk uzangu ostida.


Ichsa may jismi safosidin ko`runur, to borur
La`l agar tushsa ko`rungandek suzuk su ostida.

Otashin gulning niholisen unut, ey andalib,
Kuldin o`zga gulxani bistar solurmu ostida.

Jomi  minoni  ilikdin  qo`ymakim,  bu shevasiz
Kimsa xushhol bo`lmadi bu toqi minu ostida.


Ey Navoiy, qayg`u tog`in may bila daf` aylakim,
Yaxshiroq tog` ostida qolmoqki, qayg`u ostida.


22
Soqiyo, naqdi hayotim javharidur jom aro,
Qim, erur jom ichra may, aksing mayn gulfom aro.

Lojuvardi charx jomig`a shafaqdin quydi may,
Quy shafaqgun bodasin ham lojuvardi jom aro.

Mast o`lub bir dam shabob ayyomini tut mug`tanam,
Kim yigitlik dam-badam o`tmaktadur ayyom aro.


Bir zamon ayrilma ahbobi neku farjomidin,
Kim  erur  oxir  judolig` dahri  badfarjom  aro.

Bo`lmasa ashrofi sofiy, no`sh bazmi xushturur,
Mastlig` dayr ichra ham arzol durd oshom aro.


Chun qatiq hangomadur rihlat icharmen tunu kun,
Kim o`zumnn aylagaymen bexud ul xangom aro.

Dahr no`shi komig`a bo`lma Navoiy g`arrakim,
Tegmasun nokomlig`ning neshi andin kom aro.

23
Demaki kirdi o`qi qatl vaqti qonim  aro
Kim, ul alif kibi kirdi o`larda jonim aro.

Ulub edim g`ami hajringda o`lmag`an bo`lsa,
 Labing taxayyuli joni jismi notavonim aro

Gar  aylasam  vatan ul  ko`y  aro meni qovmang.
Ki ishqi sho``lasi o`t soldi xonumonim aro.

Ko`zu ko`ngul  qurumish, ne to`kay  ayog`ingg`a,
Ki qolmamish duru la`l ushbu bahru konim aro.

Ajab yo`q oqsa erib mag`zi ustixonimkim,
O`tun so`ngaklar erur sho``lai nihonim aro.

Sabuhi istayu yetgach sahar ochildi  eshik,
Bu fath dayrda o`tmas edi gumonim aro.

Navoiy, istama juz yig`lamoq unumdinkim,
Nishot zamzamasi yo`qturur fig`onim  aro.

24
Dog`larkim o`rtadim ul oy g`ami ozorida,
Dudi har  birning erur dog`i  falak ruxsorida.

Za`fim ichra  qasri tomig`a tayang`ondekdurur.
Har somon ko`rsang yopushqan ko`yining devorida.

Bir musulmong`a erur din qasdi etgandin hisob,
Har tugunkim ko`rsang ul kofir sochi zunnorida.


Gulshai ichra ko`p binafshangdin dema, ey bog`bon,
Nil ila ko`r xollar har yon yuzi gulzorida.


Qo`ydi gulgun muhrlar jon rishtasida qon ila,
Vahki, solur muhri, yo gulmu ekin dastorida.


Tang`a jon kirgan kibi jononni yetkur, ey tabib,
Emdikim jondin ramaq zohir emas bemorida.

Vahki, bir qotilg`a oshiqmenki, jonning biymi bor,
Ishqining jon ichra ham ihfosi ham izhorida.


Topmasang davr ahlida mehru vafo, ayb etmakim,
Butmamish  bu meva  davron bog`ining  ashjorida.

Ey Navoiy, aqlu din yag`mo qilur davron meni,
Chiq ravon bu bazmdin filjumla hushung borida.

25
Mir`oti husnung tiyradur bu ohi dard olud aro,
Ravshanlig`i mumkin emas  chun sham` qoldi dud aro.


Butganga o`xshar degasen har yon qizil tol uzra barg,
Har soridin paykonlaring bu jismi xun olud aro.

Shomi g`am ohim dudidur, ul dud aro har yon sharar,
Bilgil, nuhusat anjumi bu shomi qir andud aro.

Ho`y qatrasida g`arq erur xoling savodi, vah, netay,
Bir tiyra kavkab fitnasi yuz axtari mas`ud aro.

Ochting chu zulf ul ikki ko`z har yon hadang otmoq ne tong,
Kim qolmish ikki turki Chin hinduyi noma`dud aro.


Ul ko`y qasdi etmisham, ey voiz, oni man` etib,
Har dam dema jannat so`zin, so`z solmag`il maqsud aro.

Qochsa Navoiy shayxdin piri mug`on sori, ne ayb,
Kim  bor tafovutlar  base maqbul ila mardud aro.

26
Jonda qo`ydum chirmag`on maktubini hijron aro,
Bilmon ul maktubdur yoxud alifdur jon aro.

Rishtai olnyki, chirmab erdi ochib asradim,
Xunfishon ko`z raglaridek diydai giryon aro.


Notavon jismim ko`rundi za`fdin ul rishtadek,
Baskn bulg`ondim ikki ko`zumdin oqqan qon aro.

Noma ermas erdikim,  bor erdi ul hirzul  amon,
Kim g`amim aysh etti yetgach kulbai ehzon aro.

Garchi jonondin aziz ermas erur jondin aznz
Kim, vasila bo`ldi mahzun jon bila jonon aro.

Ruq`ai ehsondin, ey mun`im, gado komini ber,
Kim bu yanglig` ganj topmas kimsa bu vayron aro.

Ey Navoiy,  nomai  maqsud yetti, xushdil o`l,
Kim xati ozodliq, budur g`ami hijron aro.

27
Savodi xoli aning la`li ruhparvar aro,
Magarki murcha nisfi uzuldi shakkar aro.

Ko`ngulda nuqtai xoling xayoli tush-tushtin,
Eg`in asarlaridur nuqta-nuqta axgar aro.

Yuzungda qatrai xo`y kasrati arosida xol,
Birisi munhasif o`lmish bu xayli axtar aro.
Kecha ne nav` yumay kirpiking xayolida ko`z,
Mengaki igna butar tongg`a tegru bistar aro.

Bu o`tki mendadurur, do`zax ichra qochqay xalq,
Kiyursalar meni oshub birla maxshar aro.


Qadah keturki, falak javridin omon xarzi,
Zamona yozmadi juz davri jomu sog`ar aro.

Navoiy, ayla makon charx gulshanin, ya`nn
Ki chug`z bo`lma bu vayronai muhaqqar aro.

28
Kilk erur jismimki, til bo`lmish demaktin lol anga,
Ichda pechu toblig` nolamni angla nol anga.


Sun`i kilkidin yozildi go`yi ul go`yi zaqan,
Nuqtalar yanglig` zanaxdoningg`a ikki xol anga

Kokulung elga jahonni tiyra qilg`an dud erur,
Xar sari zulfung ikki yonida tushgan dol anga.

Ko`yida  ovora  ko`nglum  xasta  ermish, ey  rafiq,
Lutf etib ma`lum qilsangkim, ne bo`lmish xol anga.

Ey musavvir, topmasang Majnunu Layli chehrasin,
Dilbarimni bil munga o`xshash, meni imsol anga.


Soqiyo, ko`nglumni davron  qildi ko`ptin-ko`p malul,
Bo`lg`ali forig` kerak bir jomi molo-mol anga.


Ey Navoiy, kimki qildi hajr bedodin qabul,
Rahbari sarmanzili vasl o`ldi bu iqbol anga.

29
Ul pari paykarki hayron bo`lmish insu jon anga,
Kimki hayroni emas, men telbamen hayron anga.

Ne  ajab  parvonadek kuysam  yuzi  sham`ig`akim,
Ko`p bo`lubmen vasl umidi birla sargardon anga.

Toyiri hajring buzug` ko`nglumnikim qilmish vatan,
Chug`zdekdurkim, nishiman keldi bu vayron anga.


Hajrida tah-tah ko`ngul qon bog`lag`andindur nishon,.
Nomai shavqumki ko`zdin tomdi tim-tim qon anga.


Tiyri boroni g`aming ko`nglumgakim yog`di, erur
Har tarafdin barqi ofat lam`ai paykon anga.

Otashin gul chunki bulbul kuydurur yuz vajh ila,
Ne osig` faryodu afg`on birla ming doston anga.

Ey Navoiy, ko`ngluma amr etma tarki ishqkim,
Ul samandardur, emas o`t furqati imkon anga.

30
Ey ko`ngul, telbarading emdi ne tadbir senga,
Ul pari zulfini gar qilmasa zanjir senga.

Yuz balo kelsa chek emdi chu bu ish man`i uchun,
Nechakim pand dedim qilmadi ta`sir senga.

Ixtiyore senga ham yo`q edi, ne yozg`urayin,
Buyla chun yozg`an emish xomai taqdir senga.

Sen chu ishq o`tig`a kuydung, menga emdi ne osig`,
Aylamak maxlas uchun xiylayu tazvir senga.

Meni kuydurdung esa sen dog`i kuydung, netayin,
Emdi yuklab bu ish oyinida taqsir senga.

Bihl et sen dog`i men xastani chunkim deb edim,
Har nekim keldi sening olingga bir-bir senga.

Buzdi ko`nglung uyini xona barondozi firoq,
Ey Navoiy, ne osng` pand ila ta`mir senga.

31
Bahona qatlimadur ishqdin fasona senga,
Qilurg`a qatl ne hojatdurur bahona senga.

O`qi o`tunlari ichra sen o`tsen, ey ko`ngul,
Boshog`lari uchidin har taraf zabona senga.

Quruq tanim o`q avjidin ko`runmas, ey chobuk,
Yaqin ketur kerak o`lsa so`ngak nishona senga.

Ixota  aylading, ey bahri ashk, yer kurasin,
Ajab emastur agar yo`qturur garona senga.

Dam urma mug`bachalar ishvasidin, ey zohid,
Vujud naqshin oqizmay mayi mug`ona senga.

Zamona tarkini kom aylabon xalos o`lg`il,
Desangki solmasa nokomliq zamona senga.

Navoiyo g`ami chun jonu ko`ngul oldi, ne sud,
Surudi dilkash ila jonfizo tarona senga.

32
Hajrdin har nechakim bo`ldi ko`ngul zor menga,
Hech rahm etmadi ul sho`xi jafokor menga.

G`unchadekdurki ocharlar kuch ila barglarin,
Bo`lg`ali hajrida qonlig` ko`ngul afgor menga.

Otashin la`ldek axgar to`kadurlar har dam,
Base hajrida ikki diydai xunbor menga.

Zulfidin shiddati kufrum erur ul xadg`achakim,
Subha toricha erur rishtai zunnor menga.

Yaxshiroq ravza savodidin agar dast berur,
Ul quyosh ko`yida bir soyayi devor  menga.

Chunki bu qubbai xazro aro juz hodisa yo`q,
Ey  ko`ngul,  avlo erur kulbai  xammor menga.

Ey Navoiy, ne mayu, mutribu, ne husnu, ne ishq,
Xonaqah tarki erur anglaki nochor menga.

33
Bukim qolibdur ul oy hajrida hayot menga,
Hayot qolmamish azbaski bor uyot menga.

Ulusni o`lturur ul sho`x iltifot aylab,
O`larmen ushbuki hech etmas iltifot menga.

Meni xud ayladi qatl, ushbudur vasiyatkim,
Ko`ngulni ham karam aylab yetursa bot menga.

Qush o`lmisham yog`ibon hajr o`ti vale ne osig`,
Ki bo`lmas ul taraf uchmoqqa bu qanot menga.

Tuganmagay yozilib mehnatim agar bo`lsa,
Firoq shomi qaroyu falak davot menga.

Chu yor aylar emish barcha yerda jilvai husn,
Teng o`ldi Ka`ba bila dayri so`manot menga.

Navoiyo, chu emas nasya naqd birlan teng,
Behisht voizi purgo`g`avu Hirot menga.

34
Chog`irg`a tushgali yo`qtur qaroru xob menga,
Chu o`tqa tushtum emas ayb iztirob menga.

Hamisha masti xarob ul sifat yururmenkim,
Ko`rub tahayyur etar olami xarob menga.

Boqib tabassum etar piri dayru mug`bacha ham,
Bu dayr aro kular alqissa shayxu shob menga.

Chu mast edim menga ta`sir qilmadi garchi,
Malul bo`ldilar etmakdin ixtisob menga.

Duoyi subh bila boda tarkin istarmen,
Tilar sabuhi xumor istabon azob menga.

Necha xarobot ichra ayog` yolang, yoqo chok,
Icharga durdi qadah har taraf shitob menga.

Ichursa jomi hidoyat navo tuzub jomi,
Navoiy anda magar bo`lg`ay ijtinob menga.

35
Ul malohat ganji hajrida buzug` maskan menga,
Uyladurkim, jondin ayru yuz yarolig` tan menga.


Mehr ila mah partavidin ko`zni ravshan qilmadim,
Bo`lg`ali mehri ruhung mohiyati ravshan menga.


Bo`ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin ko`ngul,
Jon qushi chiqmoqqa bir yo`l angla har ravzan menga.

Men o`larmen g`amdinu yig`lab kuyub boshimda sham`,
Dudidin chirmab qaro har tun tutar shevan menga.


Rahm etib holimg`a dushman do`st bo`lmoq, vah, ne sud,
Do`st chun rahm aylamay bo`lmishdurur dushman menga.

G`am tuni zulmida xandon bo`lmadi holimg`a subh,
Subhidek ne tongki bo`lg`ay choki pirohan menga.

Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay,
Elga bu ish gar hunar bo`lsa, bo`lubtur fan menga.

36
Nechakim kuyar ishq aro jon menga,
Emas tarkini qilmoq imkon menga.

Agar bo`lsa yuz jon fido qilg`amen,
Nasib o`lg`udek bo`lsa jonon menga.

Necha bo`lsa ag`yor hamsuhbati,
Erur bazmini ko`rmak armon menga.

Agar rashkdin sa`b bo`lsa hayot,
Xud ul dam erur o`lmak oson menga.

Qilibdur guli otashin g`unchasi,
Ko`ngulni o`kush so`zi hijron menga.

Ne kom olg`amen, soqiyo bodadin,
Ki davron tutar dam-badam qon menga.

Navoiy, ketib xilvat et uynikim,
Bo`lur bu kecha yor mehmon menga.

37

Davr el sog`arini qildi mayi nob to`la,
Juz mening eski safolimni ki xunob to`la.

Jomi maydek to`la qon bo`ldi ichim bermay dast,
Yor bazmi aro bir jomi mayi nob to`la.


Vahki, har kirpigi bir nishtar erur zahrolud,
Garchi  bor  ul iki nargisda shakarxob to`la.


Jolalar tushtimu gul bargi uza, yoxud erur
Huqqai la`ling ichinda duri serob to`la.


Orazing aksidurur ko`zdagi yosh evruladur,
Bog`i jannat gulidin bo`ldi bu girdob to`la.

Menu mug` dayri aro mug`bacha qoshida g`ulu,
Senu zuhd ahli bila masjidu mehrob to`la.

En Navoiy, necha oz-ozg`ina may madrasada,
Dayr aro kirki, ichar shayx to`la shob to`la.

38
Ishq ayladi yuz oqilu farzonani rasvo,
Ne ayb agar qildi bu devonani rasvo.

Rasvolig` o`tig`a o`zini o`rtadi baskim,    
Sham` etti shabiston aro parvonani rasvo.

Olamda ne rasvolig` ekin ushbuki hargiz,    
Ishq aylamagay men turubon yonani rasvo.

Begonaparast o`lma sog`indurdum o`zumni.
O`z turg`anida aylama begonani rasvo.

Zohid meni rasvo dedi, lekin o`zi qildi,
May to`qtamayin ko`ngliga mayxonani rasvo.


Afsona dema soqiyu qil marhamat aylab,
Bir may bila bu ishqda afsonani rasvo.

Rasvo esa ishq ichra Navoiy ajab ermas,
Ishq ayladi yuz oqilu farzonani rasvo.

39
Ko`zungga tani notavonim fido,
Ravonbaxsh la`lingg`a jonim fido.

Labing rangi olinda qonim sabil,
Qading jilvasiga ravonim fido.

Belu og`zing oldik tanu jonnikim,
An (ga) oshkoru nihonim fido.

Bag`ir la`li, ko`z durri ollingda sarf,
Demaykim senga bahru konim fido.

Junun birla aqlim g`aming sadqasi,
Ki ollingda yaxshi-yomonim fido.

Fano dashtida qoni ovoralig`
Qim, ul sayrg`a xonumonim fido.

Navoiydin olding ko`ngil, jonni ham
Senga bo`lsun, ey dilsitonim, fido.

40
Ul oy bu xasta bila yormu ekin oyo?
Zamiri ichra g`amim bormu ekin oyo?

Bu kim firoqi o`zumdin xabarsiz etti meni,
O`zi birorta xabardormu ekin oyo?

Ko`zum tobonig`akim shomi vasl surtarmen,
Uyubmu erkinu, bedormu ekin oyo?

Men ul taraf bora olmon, ko`ngul kela olmas,
Meningdek ul dog`i bemormu ekin oyo?

Kamandi zulfiki ochilg`ach uchti imonim,
Rasanmu rishtai zunnormu  ekin oyo?

Bu xirqa bodag`a rahn o`ldi bo`lmisham sargum,
Garovga navbati dastormu ekin oyo?

Navoiy o`zlukidin kechti, dog`i qo`ydi qadam,
Bu yo`lda emdi sabukbormu ekin oyo?

41
Dardi hajrimg`a ul iki la`li xandondur davo,
Kim o`lar Iso damiyu obihayvondur davo.

Ne davo Iso damin fahm ayla, ne hayvon suyin,
Hajr jonnn olg`an elga vasli jonondur davo.

Ishq aro za`fim davosi sharbat ermas, ey hakim,
Sharbati vasl etmayin hosil ne imkondur davo.

Hajr aro dardim davosin yor mushkil deb emish,
Rahm agar qilsa aning ollida osondur davo.

Darddin g`amgin ko`ngulda xona qilmish yuz mavod,
Ey qaro ko`z, daf`ig`a bir neshi mujgondur davo.

Zulfi zunnorig`a bog`lang`an uzorin ochti yor,
Zulmati kufr ichra elga nuri imondur davo.

Gar mening bedillig`im dardi davosin istasang,
Ey Navoiy, bu marazg`a ko`nglum olg`andur davo.

42
Fig`onki, hajrdin anglab ukush alam bizga,  
Tarahhum etmadi ul mehri io`q sanam bizga.

Fidoyi jonu ko`ngul ayladuk, valek vafo
Qilib ulusqa, ravo ko`rdi dardu g`am bizga.

G`amidin o`lduku ul Iso dam aylamadi,  
Iyodat aylagali ranja bir qadam bizga.

Bitidi har,sari ushshoqig`a vafo taskin,
Magar usholdi yetishgan zamon qalam bizga.

May el bila ichibon bizni xoki roh aylab,
Fig`onki, to`kmadi durdi piyola ham bizga.

Fano mayini agar piri dayrdin topsaq,
Sinuq safole, ko`p ortuqki jomi Jom bizga.

Navoiy usruk esa subhu shom, tonglamakim,   
Azalda kilki qazo chekti bu raqam bizga.

43
Kimsa hargiz ko`rmadi chun ahli davrondin vafo,
Ulki davron ofatidur ne tama` andin vafo.

Jonimu umrumdur ul oy bevafo bo`lsa ne tong,  
Qayda ko`rmish kimsa hargiz umr ila jondin vafo

Gar vafo qilsang erur andinki, bordursen pari,
Yo`qsa kim olamda ko`rmish nav`i insondin vafo.

Vahki, davron ahlidin juz bevafolig` ko`rmadi,
Har nechakim ko`rdilar men zori hayrondin vafo.

Chun vafo gulbargi davron bog`ida ochilmadi,
Bejihatdur kimki istar bu gulistondin vafo.


Kimsa ko`nglin kimsadin istab vafo oldurmasun
Kim, menga xud yetmadi ul ko`nglum olg`andin vafo.

Ey Navoiy, gar vafosiz chiqti ul sultoni husn,
Topting eldinkim, tilarsen emdi sultondin vafo.


44
O`tga solg`il sarvini ul qaddi mavzun bo`lmasa,
Elga bergil gulni ul ruxsori gulgun bo`lmasa.

Sarsari ohim esar g`am shomi hijron tog`ig`a
Yaxshidur tong otqucha bu tog`i homun bo`lmasa.

Telbalikdin, vahki,har dam dardim afzundur, agar
Ul pari ishqida har dam dardim afzun bo`lmasa.

Gar ko`ngul qatl istabon, sen va`da qilding, tongla  deb,
Ushbu dam o`ltur, bu ehson birla mamnun bo`lmasa.   

Hirqa jinsin rahn uchun, ey shayx, olmas piri dayr,
Boda bermas toki o`zluk jinsi marhum bo`lmasa.


Foniy o`l vasl istar o`lsang, benavolig`din ne g`am,
Bo`lmasun hargiz matoi dunyoyi dun bo`lmasa.


Ey Navoiy, tonma gar der ul pari majnun seni,
Oshiq o`lg`aymu parig`a ulki majnun bo`lmasa.

45
Dahr bog`i aro ko`p istamagil ayshu tarab,
Kim guli sho``lai g`am, g`unchasidur xori taab.

Sunbuli rishtalarin rishtai maqsud dema,
Kim ko`ngul qushlari domig`a erur barcha sabab.

Arig`i ichra ushoq toshi agar inju erur,
Toyiri umrung uchun donau su topti laqab.

Angla ziyrak qush anikim ko`rubon mundoq dom,
Bo`lmag`ay tegrasida obxo`ru dona talab.

Dona yeb, hosil etib, fazla najas anlamagay
Bog` sahnini rioyat qilibon shart adab.

Yo bo`lub domg`a mahkam topa olmay maxlas,
Urunub, talpinibon aylamagay sho`ru shag`ab.

Chun Navoiy ko`zi bog`liq qush erur olam aro,
Bu chamandin anga uchmog`ni nasib et, yo rab.

46
Yor og`nz ochmasqa dardim so`rg`ali toptim sabab,
Ko`p chuchukliktin yopishmishlar magar ul ikki lab.

Chayqalib go`yo tushar hayvon ziloli uzra mavj,
Iztirob ichra yuzungga solsa chin nogah g`azab.

Ko`hi dard ichra meni Farhod agar qilding xitob,
Chun seni dermen chuchuk jonim erur Shirin laqab.

Buki ko`nglumni iting tishlarda og`zin qochurur,
Yo o`ti, yoxud aning islang`ani erkin sabab.

Ishq komil elni yo Farhod, yo Majnun qilur,
Gar erur ma`shuqi yoxud armani, yoxud arab.

Eyki, faqr ichra qadam qo`ydung talab vodisig`a,
Bo`lmasa tolib sanga  matlub,  sud etmas talab.

Shah xarimida necha topsang Navoiy ehtirom,
Bilgil o`z haddingniyu behad rioyat qil adab.

47
Shahd ila oshifta gul bargidurur ul ikki lab,
Har so`z andinkim chiqar shirin esa yo`qtur ajab.

Jonim ichra kirpigi neshi teshuk qilg`an kibi,
Bilgurur og`zi tabassum aylagach ul ikki lab.

Ishqini jon rishtasi birla muqayyad ayladim,
Ey xirad, ketkim, seni qayd etgali yo`qtur sabab
.
Xoksorin ul quyosh yuzluk pari majnun demish,
Tangri bizga osmondin nozil etti bu laqab.

Ko`yida maqbul ulus hajrida  bilmas kuymagim,
Do`zax ahlidin ne ogah ravzada ahli tarab.

Topti Layli noqasi Majnun fig`onidin hade,
Mumkin ermas po`yadin taskini oning, ey arab.

Dayr aro har yon yiqilma vajd etib, ey shayxkim,
Piri dayr ollida mustahsan emas har  beadab.

Ko`p achig`lanma agar bo`lsang ulustin talx kom,
Ulcha qismingdur qazodin kimga aylarsan g`azab.

Ey Navoiy, olma yor ollida yuz tufrog`din
Kim, bu shar` ichra muhabbat sajdasidur mustajab.

48
Ey firoqingdin menga g`am ro`ziyu mehnat nasib,
Ohkim, hajringda o`z shahrimda  bo`lmishmen g`arib,

To g`arib erdim nasibim g`am yemak erdiyu bas,
Shahrim ichra dog`i g`am bo`lsa nasibim, yo nasib.

G`urbat ichra  yig`lar erdim istabon  yoru diyor,
Chunki toptim istamak g`urbat erur behad g`arib.

O`z diyorimda buzug` ko`nglum ne yanglig` to`qtasun,
Kim erur begona ham ahbob mendin ham habib.

Kim raqibim bo`lsa baskim yor aylar iltifot,
Olam ahlin sog`inurmenkim menga bo`lmish raqib.

Dahr  aro, ey  kim, deding aylab vafo  ko`rdum jafo,
Kim vafo ahlidurur bu so`z anga bordur g`arib.

Ey Navoiy, yor vaslin topmasang yo`qtur ajab,
No`sh yo`q lekin ko`rar yuz nesh guldin, andalib.

49
Nechakim ko`nglumda bor ul dilraboning yodi ko`b,
Bor aning yod etmagi ozroq, vale bedodi ko`b.

Topmag`ay nahli qadingdek bir niholi xush xirom,
Garchi bo`lg`ay bog`bonning sarv ila shamshodi ko`b.

Telba ko`nglumdin emon roziki, har tun ko`yida
Itlarining og`ritur boshin annng faryodi ko`b.


Layliyu Shirinvashimning ishqi dashtu tog`da,
Mencha bir yo`q, garchi bor Majnun ila Farhodi ko`b.

Xo`blar vodiysida topilmas el ko`ngli qushi,
Ne uchunkim bordurur bu beshaning sayyodi ko`b.

Kirpigingga qatl ta`limin ajal bermish, valek
O`zidin ustodroq etmish aning ustodi ko`b.

Shayx ila  ahli riyou dayri piri birla rind
Kim, fano ichra keraktur pirning irshodi ko`b.

Umr qasrin necha kun tutg`il g`animatkim, darig`,
Xush binodur poydor ermas vale bunyodi ko`b.

Davr, ayog`idur iloji, kimki davron ahlining
Javridin ozurda bo`lmish xotiri noshodi ko`b.

Tarqang, en ushshoqkim, sayd etti bizni mug`bacha,
Dayr aro siz ham kiring, kufr ahlining avlodi ko`b.

Tifllar o`ynar Navoiy birla Majnun deb magar,
Tifl ekanda ul dog`i bu qavm ila o`ynodi ko`b.

50
Subhi davlat yuzung, ey tavsani gardun, senga ashhab,
Boshing ustidagi dur o`ylaki tong boshida kavkab.


Poymol etgan uchun markabi javlonda boshimni,
Uzr uchun qildim aning na`lini yuz birla muzahhab.

Mehr tarkin qilibon past falak raxshidin o`tti,
Olloh-olloh, bu ne rokibdur, vah-vah, bu ne markab.

Ne qatig` holki  hajring kechasi ting`ali  qo`ymas,
Er elin ashk ila anduh, ko`k elin na`rayu yo rab.

Aytti mehmonlig` uchun, emdi bo`lur qo`ysa qadamkim,
Ko`ngul uy qildi muhayyoyu bag`ir  to``ma  murattab.


Har kishi bo`ldi qulung ul kishidur olam aro shah,
Qullaring qurbini kim topsa erur shahg`a muqarrab.


Yuzi madhida kerak safha vale lavhai xurshid,
Sochi vasfini yozar vaqtda tun dudi murakkab.

Yor chun barcha zamon nozir erur holingga, bo`lg`il
Born holatda mashohid, bori el birla muvaddab.

Telbarab ko`ngli Navoiyning agar arbada aylar,
Daf`ig`a silsilai zulf ila basdur chahi g`abg`ab.

51
Soching qarong`u tun, ey sarvqadi shirin lab,
Yuzung tun o`rtasida jilva aylagan kavkab.

Yuzungda lab su aro o`t erur, bu asru g`arib,
Labingda xo`y o`t aro su erur, bu asru ajab.

G`amingda yo rabu yo rabni ko`kka yetkurdum,
Qabul quribini topqaymu, yo rab, ul yo rab.

Xayoli xasta ko`ngul ichrau manga qayg`u,
Ki bu latifu yo`q ul uyda g`ayri ranju taab.

Esun iting jigarimni uzub-uzub, negakim,
Kesib-kesib qoshig`a tashlamog`lig` ermas adab.

Ne kelsa charxdin, ich bodakim, tafovuti yo`q,
Agar inoyat etarsen, anga yo`q ersa g`azab.

Navoiy, o`lmaki matlubung o`lmasa tolib
Sening ichingga nedin soldi muncha dardi talab.

52
Kimsa yori birla xushtur g`am deyishib mungrashib,
Etsa gohi chirmashib, o`ltursa gohi yondashib.


Zulfi el ko`nglin parishon aylamakka jam` o`lub,
Turfaroq  bukim, ko`ngullarni  yig`arg`a  torqashib.

Mumkin ermas tortmoq paykonlarinkim, jism aro
Har biri maskan tutubturlar so`ngakka o`rnashib.


Chiqti zulfin solg`ach ul chohi zanahdondin ko`ngul,
Ankabut ul nav`kim, torig`a chiqqay yormashib.


Hajr xayli ko`nglum ichra mo`rdek aylab hujum,
Garchi vasl ummidn yetganda chibindek butrashib.

Kuydumu ul zulfi tori rishtai jismimdadur,
Sham` toridekki ko`p bo`lg`anda turmish chirmashib.

Soqiyo, qilsang himoyat g`olib o`lg`um bo`ylakim,
G`am bila ko`nglum taloshurlar ikovlon qormashib.

Qil havola  durdkashlar jonibi, ey  mayfurush,
May chu har soat to`kulgay jo`sh urub, ko`pdin toshib.

Oshurub haddin Navoiy ham niyozu ajzini,
Yor istig`nou nozi har necha haddin oshib.

53
Bo`lmayin husn ko`ngul topmadi ishq ichra tarab,
Anga haqdin talabi husndurur  husn talab.

Dahr bo`stonida bir husn guli ochilmas,
Bulbuli ishq agar bo`lsa navosiz ne ajab.

Otashin yuzga yetib qayda ko`ngul o`rtangay,
Bo`lmasa zulfi kamandi anga bu ishta sabab.

Talxliq birla berurmu kishi shirin jonin,
Noz ila talxi xadis aylamasa shirin lab:

Bir  quyosh mash`alidin jonima ur ishq o`ti,
Yo`q esa sham`i hayotimni o`churgil, yo rab.

Soqiyo, ishq o`ti gar yo`q may o`tin ravshan qil
Ki, kul o`lsun nafasi xoru xasu ranju taab.

Ko`rgach-o`q axtari husn o`lsa Navoiy tong yo`q
Kim, o`tub umr, tulu` etti, bu farruh kavqab.

54
Qachon maqtabqa ul mohi muaddab.
Borur, o`zdin borurlar ahli maktab.

Bo`lur lavhi zabarjad ahli hayron,
Chu olur ilgiga lavhi muzahhab.

Degach abjad boshig`a evrulurlar
Qamar birla quyosh, ya`ni jadu ab.

Nechukkim, maktab atfoli xurushi,
G`amidin xalq aro faryodu yorab.

Muallim qullug`ig`a xat berurmen,
Gar ozod o`lsa ul sarvi shakarlab.

Dabistoni fanoda shurb darsin,
Ravon qilmay emassen ahli mashrab.

Navoiy ashkidin to shomi anjum,
To`kar, chiqqaymu deb ul sa`d kavkab.

55
O`rtanurmen, ko`ngliga andin asar bo`lg`aymu deb,
Bo`lsa ta`sir, anga holimdin  asar bo`lg`aymu deb.


Telmururmen  mungrayib ul bevafog`a muttasil,
Bir ham andin dardi holimg`a nazar bo`lg`aymu deb.

O`rtanur, ey voiz, ohimning sharoridin sipehr,
Ne so`ray, do`zaxqa mundoq bir sharar bo`lg`aymu deb.

Sursa maydon ichra har chobuk yugurmoqdur ishim,
Keynicha ul chobuki zarrin kamar bo`lg`aymu deb.


Telbalik ko`rkim, qucharmen bog` aro har sarvni,
Birisi ul sarvi qaddi siymbar bo`lg`aymu deb.


Dahr bo`stoni aro so`r bog`bondin, ey rafiq,
Juz baliyyat mehri nahlig`a samar bo`lg`aymu deb.

Ey Navoiy, nechakim qildim gadolig`, so`rmadi,
E rab, ul Majnuni zori darbadar bo`lg`aymu deb.

56
O`rtasa ishq meni so`rma sabab,
Kuysa xoshok yolindin ne ajab.

Choklik jon qolur o`tu su aro,
Chun may oluda bo`lur ul iki lab.

Ayog`in tufrog`in o`psam basdur,
Bor ayog`ingni desam tarki adab.

Uyla dardu g`amingga o`rgandim
Kim, unut bo`ldi menga ayshu tarab.

Zulfida zor ko`ngul ranji ne tong,
Xastag`a ko`prak o`lur kecha taab.

Biz kimu vasl murodi, hayhot!
Dardi noyoft erur bizga talab.

Jon topib zor Navoiy qo`pqay
Tufrog`i ustiga sursang markab.

57
Yor gulgun to`n yenginmu yuzga aylabtur hijob,
Yo yoshurmishtur quyosh ruxsorini gulgun sahob.

Yo`qki ishq ahlig`a olamni qarong`u qilg`ali,
Ul shafaqdin yopti xurshid uzra gulfomi niqob.

To qizil to`n ichra bo`ldi jilvagar mohim mening,
Mehr etar har tun shafaq xunobi ichra iztirob.

Qon yoshim aksimu ol etmish falak mir`otini
Kim, bo`lubtur la`ligun atlasda soyir oftob.

To`n kiyib gulrang olamni guliston aylading,
Bizga qism aylab xazoni hajr aro xori azob.

Soqiyi gulchehra, gulgun boda beandoza tut
Kim, bu gulshan ichradur xori malolat behisob.

Ikki olamda Navoiy  surxro`luq istasang,
Ham nabiy, ham oliy xubbig`a durust et intisob.

58
Rahm etar kofir ko`zung ul zulf yuzda chirmalib,
Go`yiyo bo`lmish musulmon o`tg`a zunnorin solib.

Hirmani sabrimni qo`zg`ab ko`z-yoshimni sochti hajr,
O`ylakim har yon sochilg`ay dona xirman qo`zg`olib.


Zulfungga majnun ko`ngul bog`landi xotir jam` qil,
Telba qayda borg`usi, zanjiri yerga sudralib.


Qatl chun qildi ko`ngulni bu kafan tikmak ekan,
O`qlaringkim qoldilar jon pardasig`a tevralib.


Gar o`yub olding ko`zumni, sendin olmoq istamon,
Husn agar budur kishi bo`lmas ko`zin sendin olib.

Qomating bordi nazardin aylabon ko`nglumni resh,
Rost ul o`qdekki o`tkay, lek zaxm andin qolib.

Soqiyo, hajr o`lturur, may tutqil anda zahr ezib,
Mutribo, holimg`a yig`la navha ohangi chalib.


Qaddi shavqidin havo qilmoq tilar ko`nglum qushi,
Necha tan zindonida mahbus qolg`ay qiynalib.

Ey Navoiy, g`am tuni ermas shafaqkim, charxni
Qildi gulgun qon yoshing daryosi har dam chayqalib.

59
Topmish ul yuz qatra-qatra xaydin o`zga obu tob,
Qayda, vah-vah, muncha kavkab zohir aylar oftob.

Chiqma to`qquz parda keynidinki, olam kuymasun,
Olsang olti-yotti burqa`, qo`yg`il ikki-uch niqob.

Bir dam ul yuz naqshi giryon ko`z aro topmas qaror,
Su  aro xurshid aksidekki  qilg`ay  iztirob.

To ko`ngul devona bo`ldi ul pari la`lin ko`rub,
Xifz uchun qaydig`a qildim  rishtai jondin tanob.

Dardi ishqimdin savol etti ul oy, faryodkim,
Yuz javobim boru yo`q hushum demakka bir javob.

Bu chamanda g`uncha ermas, angla bulbul ko`nglikim,
Shishladi ishq aylamakka otashin guldin kabob.


Ey Navoiy, gar desangkim g`ussa barbod etmagay,
Bosh  ko`tarma  bodadin zinhor  andoqkim xubob.

60
Ajab yo`q o`lsa qaro zulf orazingga niqob,
Quyoshqa tongmudurur bo`lsa shomi tiyra hijob.

Ko`zumga o`t choqilib, koji g`amdin ashkim oqar,
Qachonki soiqa tushgach, to`kar yog`inni sahob.

Magarki masjid ekandurki, bo`ldi mayxona,
Yuzungki ikki qoshingdin to`ridadur mehrob.

Soching xayoli ko`zum bahri ichradur, yo ishq,
Ko`ngul siyosatin istab, su ichra soldi tanob.

Yuzungki ayni haroratdin o`ldi g`arqi araq,
Dey oni chashmai xurshid, yo guli serob.

Xumor g`olibu mayxona eshigi bog`lig`,
Tarahhum ayla menga, yo mufattihil abvob.

Navoiyo, kelibon piri dayr ochsa eshik,
Ko`tarma bosh oyog`idin, boshing gar o`ldi turob.

61
Paridek ulki erur sho`xlar aro mahjub,
Hijobsizu men, uldur bu telbaga matlub.

Hayosi birla hijobida garchi volamen vola,
Qilibdurur meni ollinda noladin mahjub.

Muhabbat ahlig`a noz etguchidin ermish sa`b,
Tariqi hilmu adab zohir etguchi  mahbub.

Chu ishq g`olib erur ehtiyoj emas Laylo,
Qilurg`a ishvaki Majnunni aylagay mag`lub.

Kishiki da`viyi ishq ichra o`zdin oldi hisob,
Bu muddaoda agar o`lmagay emas mahsub.

Fano yo`linda sabukbor istasang o`zni,
O`zungdin ayla burun o`zlukung yukin maslub.

Navoiy, asru muaddabdur ul mahi maktab,
Adab tariqi bila yozg`asen anga maktub.

62
Gulruhi ra`no qadim chun bog` tavf aylar borib,
Infiolidin guli ra`no qizorib sorg`arib.


Yuz shigof etting tanim yo`q erdi ko`nglumdin nishon,
Uylakim o`t topmag`aylar kulni har yon  axtarib.


Sovug` ohimdin yorug`luq oz vale ko`p tiyralik,
Qishda ul yanglig`ki tun  bo`lg`ay uzun kun qisqarib.

Za`f vaqti ko`yidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen xorib.

Tutmadim bo`g`zum sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.

Soqiyo, labtashnamen, andoqki ko`k jomi to`la
Boda tutsang sarnigun aylarmen oni sipqorib.

Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini,
Lutf qilding jonni andin, oni jondin qutqorib.

63
Og`zining sirri menga ma`lum agar ermas ne ayb,
Hech kimga zarrai chun  bermamish haq ilmi g`ayb.

Oshiqu shaydolig`imni man` etar  zohid, ko`rung
Kim, hunar ham bor emish nodon kishi ollinda ayb.

Yoshurun qolg`aymu ko`ksum jaybidek chok o`lg`ani,
Xosakim hajr ilgidin ko`ksum kibi chok erdi jayb.

Ko`zlaring birla labing mundoqki urdi din yo`lin,
Ne balolardin Bilol o`tgay, ne Sahbodin Suhayb.

Zarrag`a sadyak esa og`zing menga yo`q hech shak,
Chehrang o`lg`andek quyoshning dah sadi yo`q hech rayb.

Pirsiz kezma bu vodiy ichrakim topmas kalim,
Tiyra shomin ravshan amr etmay anga xizmat Shuayb.

Ey Navoiy, sendek etgan zoyi` ayyomi shabob,
Sudi yo`q anjum kibi ashki nadomat shomi shayb.

64
Kuysalar Farhodu Majnun ishqdin afsona deb,
Zohir etmaslar menga ul nuktani devona deb.

Ishq ichinda munglarim deb, eyki, yig`latting meni,
Jon fidong aylay, yana bir lahza yig`lat, yona deb.

Bir yo`li ishq ahli orimenki, qo`ymaslar meni
Jam` aro bir yo`li aqlu xushdin begona deb.

So`ngg`i uyqu shiddatin naql etma, roviy, zinhor,
Keltirur bo`lsang anga uyqu kecha afsona deb.


Men ham ul menkim qovar majnun deb emdi tifllar,
Kim, tilar erdi ulug`lar oqilu farzona deb.


Tushti zulfi domig`a ko`nglum qushi mayl aylagach,
 Ul taraf ruxsori ko`zgusin su, xolin dona deb.

Tongla barcha  yaxshilar  bo`lg`usi  kavsar  davrida,
Men  yomonni  mahrum etmang sokini mayxona deb.

Naylab ul tovusi paykarni tilay kulbamg`akim
Chug`z qo`nmas dam-badam yemrulgudek vayrona deb.

Shohlig`din or etar chunkim Navoiy kirsa mast,
Dayr ko`yiga surudu nag`mayi mastona deb.

65
Ikki ruxsoring erur ho`bu  xating  ham marg`ub,
Xo`blardin neki, bosh ursa erur beshak xo`b.


Toki sevdum seni javrungni dog`i sevmishmen,
Har ne mahbub qilur, bordurur ul ham  mahbub.

Rishtai jon bila nomang boshini chirmar edim,
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub.

Xasta dnllarg`a ne jon olg`uchi yuzdur ulkim,
Qolibin qildi tihi ko`rgach ani ahli qulub.

To labing, volahi bo`ldum  tilamon obi hayot,
Suni naylar kishikim bodag`a bo`lg`ay mag`lub.

Ahli ishq ichra menga yoqma vara` tuhmatini,
Zohido, qilma hunar ahlig`a bizni ma`yub.

Istasang mulki baqo salb qil o`zlukni burun,
Kim, suluk ichra fano ahlig`a budur uslub.

Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming,
Har ne matlub anga  bizga ham uldur matlub.

66
Haq o`zin qildi muhib sen oyni mahbub, ey habib,
Ul muhibqa sen kibi mahbub erur xo`b, ey habib.

Rog`ib o`ldung ul muhib vaslig`a chun shomi uruj,
Topting ulkim xotiringg`a erdi marg`ub, ey  habib.

Bir sari mo` olam ahli bo`g`zidin parvoyi yo`q,
Aylagan o`zni sening husnungg`a mansub, ey habib.

Bo`lsalar ahli muhabbat har kishining tolibi,
Bizga sendursen iki olamda matlub, ey habib.


Har kishi ahbobing ichraknm o`zin aylar hisob,
Bermayin jon ul muhabbat qayda mahsub, ey habib.


Chun shafoat daftari sendin tutarmen ko`z ne g`am,
Har qo`lumg`a bersalar mahsharda maktub, ey habib.


Chun  muhabbat  ahlig`a toat hunardur,  rahm qil,
Kim Navoiy, keldi ul xayl ichra ma`yub, ey habib.


67
Chobukim raxsh uza hijron yo`lida ko`ya qilib,
Men aning keynicha gohi yugurub; gah yiqilib.

Yiqilib yona qo`pub, chunki urub yo`lg`a qadam,
Vahki, yuz nishtari hijron ayog`img`a tikilib.


Tobonim dardu balo xoralaridin o`yulub,
Yuragim ranju ano xoralaridin teshilib.

Turfa ko`rgilki inon tortmay ul sho`x dame,
So`ngicha buyla qotiqliq bila holimni bilib.


Ishq dardig`a juz o`lmak yo`q emish hech iloj,
Bosh qo`yub ollig`a oningki bu ma`nni bilib.

Istaram o`zni xarobot ichida loya`qil,
Xush chun boisi ranj o`ldi netarmen osilib.

Gar Navoiyg`a yog`in ashk ediyu ra`d fig`on,
Hajr chun koj urubon ko`zlariga o`t choqilib.

68
Tun oqshom keldi kulbam sari ul gulruh shitob aylab,
Xiromi sur`atidin gul uza xo`ydin gulob aylab.


Qilib mujgonni shabro`lar kibi jon qasdig`a xanjar,
 Beliga zulfi anbarboridin mushkin tanob aylab.

Quyoshdek chehra birla tiyra kulbam aylagach ravshan,
Menga titratma tushti zarra yanglig` iztirob aylab.

Kulub o`ltirdiyu ilgim chekib yoninda yer berdi,
Takallum boshladi har lafzini durri xushob aylab.

Ki:  ey zori jafokash oshiqim  mensiz nechuktursen,
Men o`ldum lolu ayta olmayin mayli javob aylab.

Chiqardi shishayi may dog`i bir sog`ar to`la quydi,
Ichib tutti menga yuz nav` noz oso itob aylab.

Ki ey Majnun, pari ko`rdung magarkim tarki xush etting,
Takallum qil  bu sog`arni ichib raf`i hijob aylab.


Ichib,  faryod etib tushtum  ayog`ig`a  borib o`zdin,
Meni yo`q bodakim, lutfi aning masti xarob aylab.

Anikim eltgay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq,
Navoiydek netar to subhi mahshar tarki xob aylab.

69
Tig` ila xoki tanimni har taraf yording kelib,
Naqdi jon olmoqqa bu tufrog`ni axtording kelib.

Keldingu ko`nglumni yuz chok etmaguncha  bormading,
Ba`d umre, ey sitamgar, yaxshilar bording kelib.

Jon sanga qurbonki, olib jon ko`ngul afg`onidin,
Ham o`zungni, ham meni, ham elni qutqording kelib.

Qatli bas erdi, tanim ul ko`ydin sudratmaging
Ortug` erdi, ey jafojo`, haddin o`tkording kelib.

Ey ko`ngul, ozdur senga bu hamki ul oy ko`yidin
Man`lar qildim vale yuz qatla yolbording kelib.

Soqiyo, yetkurmish erdi jonni og`zimg`a xumor,
Jon fidong o`lsunki bir may birla qaytording kelib.

Zuhd etib erdi Navoiyni xarob, ey mug`bacha,
Tengri yoringkim,  fano dayrig`a boshqording  kelib.

70
Gul chog`i har gulga bir bulbul tarannum ko`rguzub,
Toza qonlig` dog` ila ko`nglum qushi afg`on tuzub.

Bo`ldi bir gul hajridin jismim ochilg`on gulbuni,
Juzvi-juzvin balki tishlab-tishlab olmishmen uzub.

Hajring ohi ham ko`ngulni buzdiyu ham qo`zg`adi,
El aningdekkim sovurg`ay g`uncha ajzosin buzub.

Za`fdin bu kim yiqilmishmen, qilarmen poyibus,
Sarvdek ollimda  qaddingning xayolin turg`uzub.

Multafit bulbulg`a sen, ey gul, tikanga yondoshib,
Vah, necha o`lturgasen har lahza oni tirguzub.

Dayri piri ilgidin may durdi istarmen valek,
Rozi ermon ichkamen zohid ridosidin suzub.

Ey Navoiy, umr o`tar yeldek, o`zingni shod tut,
Elga yetmak mumkin ermastur chu sur`at ko`rguzu.

71
Dam-badam jomi tarab g`ayr ila ul moh chekib,
Men yiroqtin boqibon qon yutubu oh chekib.

Ne g`amim it kibi o`lmaktin agar eltur esa,
Bo`ynuma ip solibon ko`yiga ul moh chekib.

G`arazim buki  unutturmog`amen  o`zni anga,
Qo`yida kezmakim afg`on gahu begoh chekib.

Ko`ngluma hajr agar dard o`qi yog`dursa ne g`am,
Gar chiqorur esa paykonini dilxoh chekib.

Men adam yo`lig`a borman, meni lekin eltur.
Og`zi shavqida ko`ngul o`ziga hamroh chekib.

Mayi asfarki to`kilmish quyubon yuz ochsam,
Kahraboni ko`runguz jilva qilur koh chekib.

Jur`asin bersa Navoiyg`a erur o`lgucha bas,
Bazmi aysh ichra tarab sog`arin ul shox chekib.

72
Chun  bag`ir zaxmlari  butmadi payvand qilib,
Itlaring ollig`a tashlay necha parkand qilib.


Ko`nglum ochilmadi harguz g`ami ishq ichra magar
Ochqasen bir ani g`unchangda shakarxand qilib.


Ishqida men kibi Majnun yasadn kilki qazo,
Layli ashkolini dildorima monand qilib.

Xoli shavqi biladur tanda ko`ngul qo`ymishmen,
Mo`rni dona xayoli bila xursand qilib.

Elga oshiqlng`im izhor eta olmon, vahkim,
 Qo`ydi olamda meni ishqi zaboni band qilib.

Soqiyo, boda keturgilki agar davr budur,
Nosihi shahri netar bizni xiradmand qilib.

Ich, Navoiyki, bu tun raz qizini bermak emish,
Pir mayxonasini o`ziga farzand qilib.

73
Chun kular yoni so`kilgan jismi zorimnn ko`rub,
Yig`lag`aymu yoni yemrulgan mazorimni  ko`rub.


Uyla g`am dashtida tufrog` o`lmishamkim, ul taraf
Kelmagay Farhod ila Majnun g`uborimni ko`rub.


Hajr o`ti to o`rtadi ko`nglumni aqlu, xushu, sabr
Ittilar har yon  qarorg`on ro`zgorimni  ko`rub.


G`urbat ichra men  o`lar  holatda demang zinhor,
Kelsa nogahon birov yoru diyorimni ko`rub.

Uyla  majruh o`lmishamkim qilmadilar  to``ma ham,
Aylab itlarga asar jismi figorimni ko`rub.


Soqiyo, ikki labolab jom ila tirguz meni,
Dahr eli anduhidin muhlik humorimni ko`rub.

Ey Navoiy, dahr bo`stoniga moyil bo`lma ko`p,
G`am xazonig`a badal bo`lg`on bahorimni ko`rub.

74
Ul pari ko`nglum qushin sayd etti zulfin dom etib,
Yuzi birla xoli suvu donasidin rom etib.

Soldi o`t ko`nglumgayu orom tutti g`ayr ila,
Sho``la yanglig` so`zluq ko`nglumni beorom etib.

Kofirikim dinim oldi dog`i kirdi qasr aro,
Qal`ai Xaybarg`a kirdi g`orati islom etib.

Bazm aro men o`lsam ul jon topsa tong yo`qkim, menga
Tutti zahri hajr, o`zi no`shi tarab oshom etib.

Ey kabutar, chun damim o`rtar malak bolu parin,
Sendin o`lmas ishqim o`tin yorg`a payg`om etib.

Ul quyosh hajrinda, ey soqiy, shafaqgun may menga
Tut labolab lek davri charx zarfin jom etib.

Yaxshi ot badnomlig` birla chiqarg`il o`lgucha,
Ey Navoiy, o`zni yaxshi ot bila badnom etib.

75
Un chekarmen ishq aro bir nargisi jodu ko`rub,
Bog`lag`an itdekki faryod aylagay ohu ko`rub.

Vah, netib mashshotani ollida ko`rgaymenki, men
Aksidin g`ayrat qilurmen ilgida ko`zgu ko`rub.

Orazu xoling xayol etgach yetishti novaking,
Qildi ul qush mayl go`yo dona birla su ko`rub.

Chekti bosh xatting labu xoling qoshida, vah, ne tong,
Gar muloyim bo`lsa to`ti shakkaru hindu ko`rub.

Lablari xandon bo`lur ko`rgach ko`zumda yig`lamoq,
Ko`zlarim yig`lar labi jon baxshida kulgu ko`rub.

Nosiho, ne nav` may jomini og`zimdin olay
Kim, icharmen mayda soqiy orazin o`tru ko`rub.

Gar Navoiy mufrit afg`on etsa, jono, qilma ayb,
Sen halok etgan ko`ngul so`ngida yig`lar o`kurub.

76
Ne maxlasim bor aning ishqidin kanora qilib,
Ne to`ymog`im bor aning husnig`a nazzora qilib.

O`charga ishqing o`ti chora  qil deding, ey shayx,
Bo`lurmu qismatim o`lg`an balog`a chora qilib.

Boshimda tig`i yarosin necha debon so`rmang,
Qishi bo`lurmu boshining tukin shumora  qilib.

Ko`ngulki, itti qilib tiyra xonumonimni,
Qovay agar yana kelsa yuzini qora qilib.

Ko`ngulni pora qilib ulki tikti ko`ksumni,
Yoqamni tikmak erur ko`krakimni yora qilib.

Dedimki maykadadin xonaqah yo`li tutayin,
Netayki ul sari yo`l bermas istixora qilib.

Navoiy etti nihon ishqin, ey fig`on bila ashk,
Aning bu aybini naylarsiz oshkora qilib.

77
Bordi ko`nglum hushi ishqing o`tidin axgar topib,
Bir gado yanglig`ki o`lgay qiymati gavhar topib.

Sabzai xatting erur shirin labing atrofida,
Hayli to`tikim xujum  aylab turur shakar topib.

Ul pari uchti ko`zumdin ko`nglum aylar orzu
Kim, aning sari havo qilg`ay o`qidin par topib.

Boshima qush oshyonidur dog`i ostimda tog`,
Shohmen ishq ichra mundog` taxt ila afsar topib.

Ishq sahrosi  aro oqil eturganlar  meni,
Bo`ldilar  navmid bir devonai abtar topib.

Yorni garchi talab qilmoq bila topmas kishi,
Ham talab aylab valekin oni tolib gar topib.

Shoyad ul mayxora  bosh  kulbangga suqqay  bir  kecha,
Ey Navoiy, muntazir bo`l, bodau sog`ar topib.

78
Ul oy qasdima tig`i parron chekib,
Men ollida shukronag`a jon chekib.

Masihim chu faryodima yetmadi,
Necha o`lturay o`zni  afg`on chekib.

Hamono yomon ko`zga mayl aylading,
Alif nil ila yuzga har yon chekib.

Labing no`sh dorusidin ne osig`,
Men o`ldum chu xunobi hijron chekib.

Ketur, soqiyo, davr ayog`in to`la,
Ki jon qolmadi ranji davron chekib.

Agar vasli boqiy kerak, istagil
Fano ko`ynga rahti xirmon chekib.

Navoiy berib jon o`qi shavqidin,
Aning zaxmidin yor paykon chekib.

79
Avval  ista  manzili  amnu harifi  soda  top,
Chunki bu ikki muyassar bo`ldi nuqlu boda top.

Iktifo qilma  bularg`a  istar  ersang laxzai,
Nukta surmak, bir harifi foniyi ozoda top.

Kim ko`ngul sayd etsa lo`li bo`lsakim tut mug`tanam,
Aytmon arlot yo barlosdin mirzoda top.


Ey pari rux, ishq kelmas taxt ila toj ahlidin,
Istasang oshiq, meningdek bedili aftoda top.


Necha ishq ahlini aylab imtihon rad qilg`asen,
Har jafo istarga ko`nglum istayu omoda top.

Ey ko`ngul, gar shayx ishqing man` qildi, yo`q ajab,
Olam ichra bore avval bir aningdek loda top.


Ey Navoiy, umrung o`tti necha but zikrin demak,
Go`shae tut emdi bir tasbeh ila sajjoda top.

80
Zulfu yuzu sunbulungni gul uza tarqatma ko`p,
Dahr bog`ida gulu sunbul isin butratma ko`p.

Ko`zlaringkim masti xob olud erur ko`p ovlama,
Har sari uyqug`a borg`an fitnani uyg`otma ko`p.

Zulfig`a, ey mushk, istarsen qorimchi bandaliq,
Yo`q hading kechknl bu savdodin, o`zungni sotma ko`p.

O`ynay-o`ynay o`lturur bir-bir ulusni ko`zlaring,
Sho`xi qotillarni jonlar qasdig`a o`ynatma ko`p.

Tiyradur Majnunki mendek debsen oni, ey xirad,
Aqlu xush ahlini bir devonag`a o`xshatma ko`p.

Eyki, mujgondin yasol tuzdung ko`ngullar qasdig`a,
Ko`z yumub ochquncha ushbu xaylni qo`zg`otma ko`p.

El bila har dam qadah yanglig` kulub, ey mug`bacha,
Qon yoshim sochib surohidek meni yig`latma ko`p.

Safhai xotirda, ey orif, keraktur yoru bas,
Sofiyi vahdatqa xoshoki xavotir qotma ko`p.

Chun Navoiy qismati jomi may o`lmish, ey faqih,
Sarzanish aylab anga sangi malomat otma ko`p.


81
Jahon arusi bila suhbat aylama rag`bat,
Nedinki, rag`bat ila tutmas el bila suhbat.

Ki bo`lsa rog`ibi suhbat ani sevar eldin,
 Yuz ilda yetmas mingdin biriga ham navbat.

Ajab fusungar erurkim chu qildi sayd seni,
Qarin sog`indingu ul xud qilibdurur g`iybat.

Quyosh niginining ostida zahridin xal etar,
Kishiga  mehr bila kim ezib berur sharbat.

Taloq ber onikim dahr aro musofirsen,
G`arib bir elga emas uylanur yeri g`urbat.

Agar ikingiz  arosinda  voqe` o`lmas bu`d,
Yaqinki maqsad aslig`a topmog`ung qurbat.

Navoiy, uyla fano bo`l visol uchunki, senga
Chah joyi o`zgaki, o`zlukka qolmag`ay nnsbat.

82
Qaydi zulfini chu yor ayladi zanjiri irodat,
Tushti har xalqasidin bo`ynuma bir tavqi saodat.

Xastaliq davlatidin surg`ali kelding boshim uzra,
Za`f uchun bon beruram gar sen esang ahli iyodat.


Chobukum raxshini maydong`a yana surdi choqindek,
Shaxsuvori  falak urgan kelib oyini jalodat.


Kirpiging o`qi shahid etti meni, gar tonar o`lsang
Iki xunxor ko`zung bas menga isboti shahodat.

Har zamon ul sanam ollida bu kim sajda  qilurmen,
Qayda zohidg`a berur dast bu shoyista ibodat.


Istasang qilmag`asen joningga mehnatni ziyodat,
Bo`lg`il o`z qisminga xursandu tama` qilma ziyodat.

Jurmsiz yor agar o`ltursa, Navoiy, farah etkim,
Husni xaylig`a budur shevanu ishq ahlig`a odat.

83
Sho`x iki g`izolingni noz uyqusidin uyg`ot,
To uyqulari ketsun gulzor ichida o`ynot.

Tishlabki soching o`rdung, ochqanda parishon qil,
Ofoq savodinda jon royihasin butrot.


Kulbamga xo`y afshon kel zulfung qilib oshifta,
Anjum  sipahin yig`dur,  ofoq ulusin  qo`zg`ot.


Oraz quyoshin ochib ashki qurug`an ko`zni
Ko`p hajrida yig`latting, bir vaslida ham yig`lat.

Bir oh ila kul bo`ldum ey charx tilab topib,
Farhod ila Majnung`a oshiqliq ishin o`rgot.

Xoro tubiga yotqung, yo`q sud agar yuz ynl
Ko`k atlasi ustida jismingni yotib ag`not.

Bazm ichra Navoiy ko`p yig`lar esa, ey soqiy,
Xush eltguchi doru jomg`a  aning chayqot.

84
La`l emas shirin labingkim jon topar andin hayot,
Kim so`rub bildim ul ermish la`lgun qilg`an nabot.


Lek ul yanglig` nabotekim qo`yar chog`da ani
Shirasi jon shirasi ermish suyi obi hayot.

Oqsa ruxsorida xay tong yo`q ko`ngul to`qtatmasam,
Tog` bo`lsa topmas ul sayl ichra imkoni sabot.

Hajr dudidin qaro bo`lg`an ko`ngul ichra o`qung,
Sharhi holim yozg`ali bo`lmish qalam birla davot.

Xo`blar xayli aro har sori tutmish rustahez,
Go`yiyo maydon ichiga chobukim sekretti ot.

Boqma, ey zohid, haqorat birla ashyo sarikim,
Bo`lmag`an oning sifoti mazhari yo`q hech zot.

Ey Navoiy, ko`rgali oni uchar har dam ko`zum,
Lek ne sud uchmoq ul qushkim anga yo`qtur qanot.

85
Boshim chu gardu ko`zum ko`r sensiz o`lmadi bot,
Qoshingda  bosh ko`tarib ko`z ocharg`a qo`ymas uyot.

Erur  maloyikayi rahmat o`qlaring jong`a,
Malak tanida ajab yo`q agar uch o`lsa qanot.

Xizr suyiki erur zulmat ichra tengmu bo`lur,
Labing bilaki quyoshtin chiqardi obi hayot.

Chiqib ishqi aro bukim o`lmading, ey Xizr,
Ichib hayot suyi zoyi` aylading avqot.

Quyoshqa kimki yuzung borida qilur sajda,
Parastish aylamak angla iloh ollida lot.

Kirib quyosh kibi qo`yma vujud g`ayrg`a hech,
Qi ko`nglum ichra xavotirdur uylakim zarrot.

Navoiy o`ldi o`qung xasratidin, ey chobuk,
Inoyat ayla bir o`q sekretib, aning sari ot.

86
Tiyrayu afsurda biz, ey ishq tarqatg`on bulut,
Bir balo barqi bila ham o`rta bizni, ham yorut.

Ko`z necha bo`lg`ay quruq zuhd ashkidin ul zavq ila,
Sho``la tortib, ey balo, ohi o`ti oni qurut.

To qachon qilg`ay ko`ngulni ma`siyat dudi qaro,
Bir charog`i husn ila, ey ishq, ul uyni yorut.

Aylabon barbod zuhdu ilmni, ey piri dayr,
Tifli rahdek emdi bizga ishq alifbosin o`qut.

Husn etibtur, ey musavvir, tortibon bir turfa shakl,
Qayg`ulug` ko`nglumni ul surat bila gohi ovut.


Hosili umr, ey ko`ngul, chun ishq emish o`rgan ani,
O`zga umrungda nekim hosil qilibtursan unut.

Ey Navoiy, bersa bir lo`livashe savdosi dast,
Zinhor ikki jahon sarmoyasi tarkini tut.

87
Qildi dushman rahm baskim, qildi javr izhor do`st,
Ey ko`ngul, dushman top emdi, tutmag`il zinhor do`st.

Har zamon dushmanlarim ozurdadur, ey do`stlar,
Baski har dam yetkurur men zorg`a ozor do`st.

Dushman ar jonimni ham afgor etar qildim bihil,
Javr tig`idin chu ko`nglum aylamish afgor do`st.

Kecha dushmanlarg`akim  nolamdin  uyqu kelmadi,
Ranjamen mundin dog`ikim, bo`lmadi bedor do`st.


Men o`lar holatda, dushmanlar ko`runur do`stvash,
Nevchun  o`lmaykim,  kelur  boshimg`a dushmanvor  do`st.

Kulsa dushman ayb emaskim, ko`rmadim oz ham vafo,
Garchi qozg`ondim qilib jonim fido bisyor do`st.

Charxning mehriga mag`rur o`lmagilkim g`adri bor,
Hargiz o`lmas kimsaga ul dushmani g`addor do`st.

Soqiyo, qil do`stluq tut bodakim, yo`qtur g`ami,
Bo`lsa olam dushmani har kimga  mendek bor do`st.

Itlaring g`avg`o qilur go`yo Navoiy o`ldikim,
Boshi  uzra  jam  o`lub  afg`on  qilurlar yor-do`st.

Tutti ko`k firuzagun jomini shingarfi bulut,
Soqiyo, nilufari jom ichra gulgun boda tut.

Charx davri chun malolat boisidur, necha kun
Charxdek jomu shafaqgun may bila o`zni ovut.

Topsa kunduz kun shioiydin zamiring tiyralik,
Kecha bori may quyoshidin zamiringni yorut.

Chun unutqungdur sen elni, el seni bori chekib,
Aysh jomin bu unutmog`larni bir soat unut.

Nosiho, chun umr o`tar qo`ykim, bo`lay ishrat bila,
Aysh tarkikim buyurdung o`ktadur bu nav` o`gut,

Gar ziloli vasli, ey solik, qilursen orzu,
Xotiringni orzular o`tidin avval sovut.

Ey Navoiy, chiqti chun rangin bulut, rangin may ich
Kim, sen o`lmay qilg`usi ko`p jilva bu rangin bulut.


89
Bodayu ishqing ko`rub topti buzug` ko`nglum shikast,
Sayl yetmasdin burun vayronim o`ldi yerga past.


Gohi g`altondur, gahi uyqudadur usruk ko`zung,
Yo`q taajjub gohi g`alton bo`lsa goh uyquda mast.

Ul sanamg`a sajda qilsam, zohidi xudbin, ne ayb,
Butparast o`lmoq ko`p ortug`roqki, bo`lmoq xudparast.

Soqiy ilgin berdikim, o`ptum dog`i ichtim qadah,
Naylasun ichmay qadah har kimga mundoq bersa dast.

Ko`ksuma na`lu alif tarxi imorat shaklidur,
Tashqari ham yetti ishqing mulkiga devor bast.

Zohid ayturkim, may ichma, vah, aning hukmi bila
Sog` o`la olg`aymu masti bodayi jomi alast.

Ey Navoiy, ishq ila ko`nglum xayol etti masof,
Ro`baro` bo`lg`ach mening qalbim sari tushti shikast.

90
Yana soldi hajr ham, tan ham, ko`ngul ham jong`a o`t,
Soldi o`t hijron menga, yo rabki, sol hijrong`a o`t.

Aytqay kiymish junun mulki shahi zarkash libos,
Ko`rgan el bu nav`kim, tushmish meni uryong`a o`t.

Go`yiyo bo`lmish quyun g`am dashtida esgan samum,
Yo`qsa tushti men kibi Majnuni sargardong`a o`t.

Manziling erdi ko`zu ko`nglum, vale sen borg`ali,
Muni su qildi xarobu tushti ul vayrong`a o`t.

Men dog`i kuymay qutulmon, ey ko`ngul, mumkin emas,
Buylakim soldi damim g`am dashtida har yong`a o`t.


Ne uchun ashjordin yig`mish o`tun, ey bog`bon,
Otashin guldin agar urmas falak bo`stong`a o`t.

Dudi ohim dosh dudidekmu ravzandin chiqar,
Yo solibtur furqating bu kulbai ahzong`a o`t.

Gar menga o`t soldi davron hajridin bas, ayb emas,
Men dag`i solsam damo-dam oh ila davrong`a o`t.

Ey Navoiy, tan qolib jonimni olib bordi yor,
Soldi ul borg`ang`a o`t, hajri vale qolg`ong`a o`t.

91
Ohkim, oldi qarig`an chog`da ko`nglum bir yigit
Kim, agar jon bersam istig`nodin o`lmas multafit.

Qasdima ul novak aylab tezu men sudrab aso,
Ko`yida har yon yeshilgan o`ylakim g`anjiliq it.

Men kimu islom kim, sajjoda birla xirqani
Ayladi ul butning atfol xayoli titu pit.

Ashk hajrinda ko`zum oq etti andoqkim momuq,
Jolai ashk ul momug`din yog`di andoqkim chigit.

Bir nasihat  bordurur, lekin  qulog`ingg`a  degum,
Yuz yaqin tut bu qaridin, ey yigit, bir pand eshit.

Qad chu xam bo`ldi emas hech ish munosib harzago`,
Sajda o`rnin oh ila xoshok ila xasdin arit.

Ey Navoiy, chun seni kuydurdi charx emdi, ne sud,
Oh o`tidin sen ani xohi qizit, xohi erit.

92
Jon farah topti labing javhari bo`lg`ach anga qut,
Olloh-olloh,  ne mufarrih bo`lur  ermish yoqut.

Nola  man`in qilasen, xotami la`l og`zima  quy,
Bu nigin naqshi bila qo`yg`il anga muhri sukut.

Mayi la`ling ne ajab bodaki kayfiyyatidin,
Ruhi loyaqilu andin xirad o`lmish mabhut.

Xanjaring tig`ida yuz ko`rdumu ashkim yog`di,
Yomg`ur ermas ajab o`lg`anda qamar manzili hut.

Husn mulki uza oyo ne pari erkinsen,
Ki bo`lur sadka senga charx uza xayli malakut.

O`zluki, boqiyu zohid uradur lofi vusul,
Foniy o`lmay kishi topqaymu bu da`viyg`a subut.

Jon halok o`ldi Navoiyg`ayu tan zoru nahif,
Ul o`lukka  yasamish ushbu so`ngaktin tobut.

93
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg`a ayt,
Yig`larimning shiddatin gulbargi xandonimg`a  ayt.


Buki oning ahdu paymonida men o`lsam dog`i,
Yaxshi fursat topsang ul badahdu paymonimg`a ayt.

Buki oning zulfi zunnorida dinim hosili,
Kufr  ila  bo`lmish mubaddal, nomusulmonimg`a ayt.

Buki qilmishmen jahonu jonni oning sadqasi,
Yuz tuman jonu jahondin yaxshi jononimg`a ayt.

Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo`lmag`um,
Vaslig`a bir va`da qilg`andin pushaymonimg`a ayt.


Buki yuz ming fitna ko`zluk bo`lsa paydo onsizin,
Qilmag`um nazzora onsiz ko`zi fattonimg`a ayt.


Buki chok aylab yaqo usruk chiqar el qasdig`a,
Men o`lub, el jon topar bebok nodonimg`a ayt.

Dahr bog`i gullari husni vafosiz erkanin
Yuzi gul, jismi suman, ko`yi gulistonimg`a ayt.

Ey Navoiy, hech gulshanning seshshgdek xush navo-
Bulbuli yo`q erkanin shohi suhandonimg`a ayt.


94
Tanimg`a berdi jon ul nahli qomat,
Dema qomat ani degil qiyomat.

Vafog`a mayl qilmas naxli qadding,
Ki topmish javr aro ko`p istiqomat.

Yuz ochma garchi tutqay ko`rsa ma`zur,
Meni ishqingda arbobi malomat.

Ne g`am gar yuz meningdek bo`lsa, yo rab,
Ki bo`lsun ul masihodam salomat.

Abad umricha bor ollida o`lmak,
Buyurma, ey nasihatgo`, nadomat.

Nedur, ey shayx, ushatmoq sog`arimni,
Butun qil bor esang ahli karomat.

Navoiyni deding qo`yumdin o`tma,
Salomat bo`l desang aylay iqomat.

95
G`aming qattig`lig`in qilsam hikoyat,
Eshitsa tosh anga aylar siroyat.

Ko`ngul g`am jomidin chiqmoqqa bo`ldi
Boshog`lig` novaking sham`i hidoyat.

Ne nav` ollingda shavqumni qilay sharh,
Ki xusnungdek anga yo`qtur nihoyat.

Xayoling ko`nglum ichra muztaribdur
Kim, ul vayrona  issig`dur  bag`oyat.

Ko`zung qonimni ichmakka ne xaddim,
Erur oni iting ichsa kifoyat.

Dema bir yo`ldurur ishq ichra, ey shayx,
Ki munda muxtalif keldi rivoyat.

Navoiy qonin ul ko`z birla to`ktung,
Tirik bo`lkim, budur ayni inoyat.

96
Chun qo`yub ketgung jahon mulkin, musahhar bo`ldi, tut,
Chun yotib o`lgung falak taxti muyassar bo`ldi, tut.

Bir ovuch su topmayin o`lmak kerak chun tashna lab,
Bahr ila bar fathida o`zni Skandar bo`ldi, tut.

Chun xumog`a to``madur oxir boshingda har so`ngak,
Ul xumo boshingg`a besh kun soya gustar bo`ldi, tut.

Afsaringni shomi tufroqqa urar chun davri charx,
Subh zarrin tojini boshingg`a afsar bo`ldi, tut.

Ne Faridundin asar chun qoldi, ne Jamshiddin,
Xashmating Jamshidu Afridung`a hambar bo`ldi, tut.

Ul kul aylab ro`zgoring tiyra, o`rtar bu sharar,
Bas muti`yi hukmu roying charxu axtar bo`ldi tut.

Ul bag`ir qoni, bu ko`z yoshidurur chun oqibat,
Durru la`ling kon ila daryog`a munjar bo`ldi, tut.

Chun lakadko`bi qazo past etgusi tavsanlig`ing,
Tavsani gardun rikobingda takovar bo`ldi, tut.

Ey Navoiy, ich fano jomin, yo`q ersa tengdurur,
Davri dun roying bila gar bo`lmadi, gar bo`ldi, tut.

97
Soqiyo, hijron tunidur boda tut,
 Ul quyosh birla bu shomimni yorut.

Hajridin asru malolatdur menga,
May bila bir lahza ko`nglumni ovut.

Jomi davri  lam`asin  barq  aylakim,
Chiqti mag`rib yog`idin mushkin bulut.

G`am tuni ham tiyra, ham poyoni yo`q,
Oh o`tin chek, subhning sham`in yorut.

Ul quyosh hajrida andoqkim shafaq,
Charx tig`i zulmidin xunoba yut.

Olam ahlidin yetishmas g`ayri zaxm,
Ey jarohatlig` ko`ngul, bu so`zga but.

Bo`ldi furqatdin Navoiy tiyra ro`z,
Soqiyo, hijron tunidur boda tut.

98
Bir maqomi amni top, anda burun orom tut,
So`ngra tuz bazmu diloromingg`a har dam jom tut.

Garchi kunduz mehr tobidin yorug`roqdur jahon,
Buyla jomi ayshni, albatta, lekin shom tut.


Yor gulruh la`li serobiyu sog`ar qonidin
Ham mayi gulrang no`sh et, ham mayi gulfom tut.

Bir nafas mutrib surudi dilkashedin bahra top,
Bir zamon soqiy aqiqi beg`ashidin kom tut.


Bo`lma bot usruk, g`animat tut bu yanglig` kechani,
Jomi may tut, avvalidin to sahar hangom tut.

Bo`lsa bo`lg`ay elga bu davlat muyassar, ey ko`ngul,
Bizga lekin dast bermakni xayoli xom tut.

Gar Navoiy volahingdur qovmag`il, ey  mug`bacha,
Oni bu ham dayr aro bir rind durd oshom tut.

99
Za`f  ko`rgilkim tanimni eltibon  aylarga  qut,
Mo`r sudrar tori birla rust bog`lab ankabut.

Dardim ayturda demassen yuz so`zumga bir javob,
Go`yiyo xoli lab o`ldi og`zingga muhri sukut.

Oshiq o`lturgum desang yuz qatla bu ma`no menga,
Ishqning dorul-qasosi ichra topmishtur subut.

Ul ko`zu lab o`lturub tirguzsalar ne aybkim,
Birni qotil, birni jonbaxsh etti hayyi loyamut.

Xanjari tig`ida ko`rgach orazin, oqizdi qon,
Sayl oqqandek quyoshning manzili bo`lg`anda hut.

Xoksor ulkim burutin yelga berdi zoli charx,
Ul kishilarniki ko`p ko`rguzdilar bodi burut.

Ey Navoiy, ayladi lo`livashe ko`nglumni qayd,
Xalqni atrok asir etti, vale bizni jubut.

100
Vahki, la`ling qildn bag`rim tah-batah qon oqibat,
Qatra-qatra ko`zdin ul qon bo`ldi g`alton oqibat.

Bordingu og`zimg`a qo`ydung muhr, afg`on chekma deb,
Bu ishingning muhri bo`ldi dog`i hijron oqibat.

Furqating tig`i buzug` ko`nglumni yiqti, ohkim,
Sayli ofat birla yemruldi bu vayron oqibat.

Ko`ngluma qoshing xayoli bo`ldi tanvin nunidek,
Uyla nunga nuqta bo`ldi dog`i pinhon oqibat.

O`lmish erdim g`am tuni, la`ling xayoli berdi jon,
Zulmatida bo`ldi  paydo  obi hayvon  oqibat.


Soqiyo, jom ayla doirkim, g`animatdur hayot,
Tutqusidur chun ajal kosini davron oqibat.

Ey Navoiy, yor vasli garchi bas dushvor edi,
Foni o`lg`ach buyla dushvor o`ldi oson oqibat.