www.uz
G`AZALLAR

501

Xilvate topib seni jismim aro jon aylasam,
Balki jon xilvat saroyi ichra pinhon aylasam.

Xilvat eldin yoshurun, xilvat aro tan yoshurun,
Tanda jon yanglig` seni jon ichra pinhon aylasam.

Anda ham jon pardasin har sori osib satr uchun,
Vasling ixfosin nechakim bo`lg`ay imkon aylasam.

Chun bu xilvat ichra ne o`zluk erur mahram, ne men,
Har ne nomahramdurur o`zdin parishon aylasam.

Daf` o`lub ag`yor, topsam yor ul xilvat aro,
Bezabonlig birla sharhi dardi hijron aylasam.

Umri boqiy topqamen bir lahza ushbu jon aro
O`zni behud, ko`zni ruxsoringg`a hayron aylasam.

Ey Navoiy, dema iqror ayla ishqi tarkini,
Kim inong`ay, gar o`zumga buyla bo`hton aylasam.

502
Jafo ham qilmading har necha ko`z husnungg`a oldurdum,
Qiyo ham boqmading har nechakim ollingda telmurdum.

Vasiyat  qildi  qabri boshida Farhod  ila  Majnun,
Junun sahrosida ul toshlarkim ko`ksuma urdum.

Yarolar anjum o`ldi qon shafaq ul oy firoqida,
Xadangi ohkim o`tgan kecha gardung`a yog`durdum.

Firoqim shomi andin tiyradurkim, dudi anjumnn
Qaro qilmish tuganlardinki hijroningda kuydurdum.

Labing yodi chekib jon rishtasin soldi yana tang`a,
Ko`zung bedodidin jonni necha azmig`a yetkurdum.

Jununum sho``lasin afzunroq etti, ul pari otqan
Ne o`qkim hajri tug`yoni aro ko`ksumda sindurdum.

Ajal bedodidin xoki tanim yuz shukrkim tindi,
Ki hijron o`rtagan jonimni jononimg`a topshurdum.

Qazog`a, rozi o`lkim g`ussa vaqti qilmadi sude,
Necha kavkabni mujrim qildimu gardunni yozg`urdum.  

Xumorimdin sadovu sarzanish zuhd ahlidin har dam,
Chiqib mayxonadin muncha  balo boshimg`a kelturdum.

Havolam qilsa piri dayr but, yo mug`bacha zunnor,
Ne chora chun qo`yub masjid fano dayrig`a yuz urdum.

Navoiydek yorug`luq ul zamon toptimki, o`zlukni
Fano o`tig`a o`rtab,  kulni  dog`i  ko`kka  sovurdum.

503
Junundin uyla tufrog` o`ldi jismi ranjparvardim,
Ki har tosh ursalar atfol jismimg`a chiqar gardim.

Necha hajrinda  o`lgum ohu ashkimdin  solib  to`fon
Vale qo`ymang ko`raga kelsa sarvi nozparvardim.

Yo`lida baski qo`ydum chehra, sanchilg`an xasu xoshok,
Somonlar bilki chekmish qahrabodek chehrai zardim.

Payo-pay ne ekin abri bahoridin chaqin to`kmak,
Bulut ichra bir uchqun soldi go`yo sho``lai dardim.

Quyundek gar talab dashtida yo`q men yetmagan vodiy,
Ne g`am sargashtalikdin uchrasa mohi jahongardim.

Vafo  bo`stonin ashkim  birla serob ayladim, umri
Erur g`am novaki sarvim, bag`ir pargolasi vardim.

Muhiqdur, ey Navoiy, ul pari mendin malul o`lmoq,
Nedinkim ko`yida devonalig`ni haddin o`tkardim.

504
Necha hijrondin buzug` ko`nglumda bo`lg`ay dam-badam,
G`am uza g`am, dard uza dardu, alam uzra alam.

Yor hijroni vatan tarkiyu g`urbat shiddati,
Charx bedodiyu davron mehnati, el javri ham.

Sabr ozidin azob, anduh ko`pidin iztirob,
Ashkdin sayli balo, oh o`tidin har dam alam.

Subhu shom emgak ko`pidin ko`ngluma yuz ming balo,
Shom to subh uyqu yo`qdin jonima  yuz ming sitam.

Barcha bir sari mengayu yor za`fi bir sari,
Qosh anga sihhat bo`lub, bo`lg`ay menga yuz muncha g`am.

Sadqa aylarga anga loyiq menga yo`q tuhfai
Xasta jonim naqdi bordur elt, ey payki haram.

Ey Navoiy, sharhi holimni dedim irsol etay,
So`zidin ham safhag`a o`t tushti, ham kuydi qalam.

505
Bo`ldi ravzan-ravzan ul qotil hadangidin tanim,
G`ussa charxi bu tanim, dard anjumi ul ravzanim.

Aylamish zulfung xayoli ro`zgorimni qaro,
Oh dudidin qorormaydur  maqomu  maskanim.

Har taraf ul nav` yopushmish yarolar qonidin,
Kim qurug` jismim uza bo`lmish teri pirohanim.

Dema jon bermak fanin o`rgan dog`i vaslini top,
Sen visoling fikrin etgilkim, erur ul xud fanim.

Qotig` ahvolimg`a yig`laydurg`an elni dema do`st,
Do`stlar o`lmish, o`lum holig`a yetmish dushmanim.

Dayr eshiginda tanim dafn aylasang, ey mug`bacha,
Boda loyidin gahi topqay imorat madfanim.

Dasht aro surdi Navoiy jonu ko`nglum saydini
Kim, bukun ov azmi qilmish qotili sayd afkanim.

506
Ishq o`tidin tanda andoq sa`b o`lubtur kuymagim,
Qim shararlar toridin go`yo to`qulmish ko`nglagim.

Bag`rimu ko`nglum itingga to``maliq dushvor edi,
Shukrkim chok o`ldi ishqing tig`i birla ko`kragim.

Za`fdin ko`yungga bordim surganib atfoldek,
Rahm qilg`ilkim, bu yo`lda xaddin oshti emgagim.

Dema uyqusiz ko`zung hajrim tuni ochilmadi,
Ne qila olg`ay ajal uyqusi birla sergagim.

Bir qadam vayronima qo`ykim, g`amingdin tunu kun
Yuzga ilgimdur sutun, tufroqqa botib tirsagim.

Dard ko`rkim dev siyratlar biladur ul pari,
Garchi bor andin malak haylig`a dog`i tirgagim.

Ey Navoiy, hajridin yillar kuyub, ul bevafo
Demadikim, naylar ul ushshoq ichinda ertagim.

507
Qayg`udin ko`nglum toriqmishtur, ko`nguldin qayg`u ham,
Jonig`a yetmish bu g`amgindin ulu andin bu ham.

Furqatingdin ne tirikmen, ne o`luk, vah, ne ajab,
Elga holimdin gah o`lsa yig`lamoq, gah kulgu ham.

Vahki, emdi tushga ham kirmas visoling negakim,
Ko`zdin andoqkim o`char vasling o`chubtur uyqu ham.

Uyla ohimdin jahondur tiyrakim, za`fim chog`i
Og`zima qo`ymoqqa topilmas yoruq bir ko`zgu ham.

La`ldur qon yo`q ko`zimda, ne uchunkim bog`lamish
Sovug` ohim shiddatidin anda qon, balkim su ham.

Intihosi ishqning hijron emish, ey ahli ishq,
Vasli davroni aro mag`rur bo`lmang asru ham.

Ey Navoiy, men kimu ul oy visoli bazmi, lek
Basdur ul davlatki, o`ltursam yiroqtin o`tru ham.

508
Charxdin gar har dam ermas bir azog`a kuymagim,
Nega tikkan soyi chok o`lmoq keraktur ko`nglagim.

Sahl erur ko`nglakki hijron o`qiyu g`am tig`idin,
Tikmagu chok aylamakka mubtalodur ko`kragim.

Har zamon ko`zdin yoshim emgaklagan bir yoshdek,
Mayl etar tufroqqa, vah, o`lturgusi bu emgagim.

Bejigar bo`lsam balo tortarg`a emdi, vah, ne tong,
Bordi ko`zdin chun bag`ir  pargolasidin ko`pragim.

Har tong erta cheksa gardun subh tig`in qatlima,
Tong emaskim bordur ul dushmanlar ichra ertagim.

Ayshu rohat qushlarin sayd aylay olmon, garchi bor
Ko`z yoshidin donayu jon rishtasidin ilmagim.

Ey Navoiy, buki gardun evrulur fonusdek,
Ko`ngliga kor etti go`yo sham` yanglig` kuymagim.

509
Vasling istab o`qdek etgay erdi sur`at paykarim,
Naylayinkim, hajr  o`qi  paykonlaridur  langarim.


Otashin la`ling g`amidin o`rtanib qon yig`lasam,
Goh qondin, gohi o`tdin la`lgundur paykarim.

Ko`zu mujgoningdin ayru uyqu yo`q men xastag`a
Kim, momug` yanglig` tikan birla to`ladur bistarim.

Ey niholi noz ohimdin hazar qilkim, bukun
Ko`p ko`han paykar shajarni yiqqudekdur sarsarim.

Ul quyosh aksin may ichra ko`rgali oshiftamen,
Ne ajab oshiftaliqkim, sug`a tushmish axtarim.

Men ozibmen yo`ldinu bas tiyradur hijron tuni,
Tole o`l, ey kavkabi iqbolu bo`lg`il yovarim.

Ey Navoiy, ne ajab, gar nazmim elni yig`latur,
Kim yozilmish hajr o`tining dudasidin daftarim.

510
Menki, davron zulmidur ko`nglimga, balkim jong`a ham
Naylay olg`aymen angakim zulm etar davrong`a ham.


Ko`r g`amim afzunlug`in har damki, ashkim xaylining
Qatrasi bahr o`ldi emdi aylanibtur qayg`u ham.

Yopmangiz Farhod ila Majnunnikim mehnat to`zi
Satr uchun basdur menga ham, ul ikki uryong`a ham.

To topibmen ishq o`ti birla tig`ing zahrini
Iso anfosig`a boqmon, chashmayi hayvong`a ham.

Goh ko`nglum g`unchasin istar, gahi paykonini
Kim, ko`ngul borur munosib g`unchag`a, paykong`a ham.

Nilufar naqsh aylab ayvoningg`a  mag`rur o`lmakim,
Yo`q vafo naqshi chu bu nilufari ayvong`a ham.


Muddaiylar chun Navoiy ishqin anglab, jonig`a,
Qasd qilg`anlar emish bori dengiz jonong`a ham.


511

Furqati za`fida qon yosh ichra yotmish paykarim,
Guluzorimdek qizil atlasdin o`lmish bistarim.


Yuz balo ashkim aritti, yor shod o`lsa ne tong,
Kim tulu` etti saodat matla`idin axtarim.

Otashin la`ling g`ami qonlig` tanamg`a soldi o`t,
Uchqunum gulbarg o`lub, la`l o`lg`usidur axgarim.


Oh shoyad ko`yi sori eltgay deb shodmen,
Garchi gard o`ldi yo`linda jismi mehnatparvarim.

Uyla hijron birla xo`y ettimki gar derlar birov
Yori birla vasl topmishdur, emasdur bovarim.


Itlaring sing`an safoli ichra bo`ldum durdkash,
Bo`lmasun hargiz tihi ul bodadin bu sog`arim.


Ey Navoiy, hajr o`qidin par chiqarmoq ne osig`,
Chun pariro`yumg`a yetmakka yaramas bu parim.

512

Etgach ul qotil, erur bo`g`zumda ikki barmog`im,
Tig`i o`rnin ko`rguzub, surgil debon yolbormog`im.

Vasli jomining agar mufrit emas kayfiyati,   
Bas qachon kelgach, mening nedur o`zumdin bormog`im.

Hajr tirnog`i bila ko`nglumnikim qildim figor,
Bo`lmasun g`ayring demakdindur bu nav` axtarmog`im.


Baski shavqung g`olib o`lmish telbalardek, ey pari,
Yo`qturur tun-kun xayoling birla so`zlab xormog`im.


Hajr aro yo`qkim visol, istab o`lum, istab erur
Furqatingdin o`zni bir tadbir ila qutqarmog`im.


Soqiyo, taklif ila ich dema, to`ldur, dog`i ko`r,
Kim ayog`ning naqshini eltur qarib sipqarmog`im.

Ey Navoiy, tortayin dermen ko`nguldin intiqom,
Yo`qsa yuz g`amin anga har dam nedur boshqarmog`im.


513

Sendin ayru to asiri dardi hijron qolmisham,
Buki o`lmay qolmisham, holimg`a hayron qolmisham.


Xonumonimni g`aming toroji barbod ayladi,
Xonumon borib alohonu alomon qolmisham.


Ishq dashtining samumi hullasin aylay panoh,
Hayli g`am yag`mosidin mundoqki uryon qolmisham.


Dardu g`amdin yoshuna olmon kamoli za`fdin,
Xurdabinlarning ko`zidin garchi pinhon qolmisham.


Dashtdin Farhodu Majnunni yig`ib mushfiqlari,
Men g`arib ul nav`kim g`uli biyobon qolmisham.


Vasli davri jomidin ahbob sarmast o`ldilar,
Dayr aro tik bir men-o`q maxmuri davron qolmisham.

Ey Navoiy, uchti bulbullar xazonda bog`din,
Men qanotsiz qush masallik aylab afg`on qolmisham.

514

Yor tig`i qatl urub, men hajri mayli qilmadim,
Ko`nglum olib qovdi, men ko`nglum bila ayrilmadim.


Zulm ila ovora aylar chog`da o`lturgil debon
Ne tazallumlarki ul qotil qoshinda qilmadim.

Ko`nglum olurda umidi mehr ila zor ayladi,
Dilrabolar zor etib, bemehr o`lurni bilmadim.


Oshiq o`lmang dermen, ey ahbob, pand aylang qabul,
Men nelar ko`rdum chu el pandin ko`zumga ilmadim.


Lahza-lahza hajr o`ti chekti alam uzra alam,
O`ttimu bir lahzakim ul sho``lag`a yoqilmadim.

Hajrdin bor ersa ranjing tunu kun bo`l mastkim,
To menga bu nukta kashf o`ldi yana oyilmadim.


Og`zi hajridin  Navoiydek  adam  sahrosida
Ittim andoqkim, o`zum ham istabon topilmadim.

515

Emas junundin agar tog`larda bo`lsa qarorim
Ki,  qoldi  bahri  sirishkim  tubida mulku diyorim.

Jamoling oynasin xat chu tiyra ayladi, o`ldum,
Ne ayb qilsa quyosh ko`zgusini tiyra g`uborim.

Chu itlaring yaladi qonlarimni zaxmlaridin,
G`arib marham edi buki topti jismi figorim.

Sirishk qoni chu naqsh ayladi nigor yetishti,
Bihisht qildi buzug` manzilimni naqshu nigorim.

Halokim ul qadu yuzdin chu bo`ldi, tufrog`im uzra
Bo`lur chu sarv uza gul ekilsa sham`i mazorim.


Qadah olib labi jonbaxshinga quy og`zima, soqin,
Ki jonni aylagudekdur halok ranji xummorim.


Navoiyo, su agar qilsa toshni, ne osig`dur,
Nigor ko`ngliga qilmas asar chu nolayi zorim.

516

Qaysi taqviy xirmanin ishq o`tidin kuydurmadim,
Qaysi tavba naxlini nafs ilgidin sindurmadim.


Turmay oqsa ko`zdin ashkim ne ajabkim, tavbadin
Garchi ko`p so`z dedim, ammo bir so`zumga turmadim.


Xo`blar ishqida ko`z birla ko`ngul bedodidin
Ne baliyatlarki, munglug` boshima kelturmadim.

Jom barqidinmu zuhdum xirmanin kul qilmadim,
Boda saylidinmu aqlim qasrini indurmadim.


Lolaruhlardinmu har dam qilmadim ashkimni qon,
Sarvqadlardinmu gardung`a fig`on yetkurmadim.


Dayr piri ilgidinkim, bog`ladim zunnorni,
Mug`bacha ollida mushafni magar kuydurmadim.


Qaysi sho`xi bodapaymo bazmidin surgach meni
Nangsizlikdin yirog`roqdin turub telmurmadim.


Masti loya`qil yaqo yirtuq, ayog`u bosh yalang,
Yig`lamoqdin kimni o`z ahvolima kuldurmadim.


Yorab, o`z tavbamg`a yo`qtur e`timode, sen magar
Tavba bergaysenki, men aytib bajo kelturmadim.

Bermading tavfiq, yo`qsa ne uchun har qatlakim,
Tavba sindurdum, o`zumni g`ussadin o`lturmadim.

Ey Navoiy, istasang tinmoq, ishing tangriga sol
Yo`qsa men sa`y aylabon sendin ko`ngul tindurmadim.


517

Itingki bordi qilib to``ma bag`rimu yuragim,
Oqarg`usidur  aning intizoridin so`ngagim.


Firoq o`ti yuragimni su aylab oqizdi,
Chekarga hajr g`ami emdi yo`qturur yuragim.

Etak-etak guhar ollingda sochsam ermas ayb,
Ki ko`z xazonasidin dam-badam to`lar etagim.

Mayim firoq aro xunobi g`amdurur, may emas
Xayol birla labing qandi chun erur gazagim.

Tikan nishonimu guldek kafingdadur yoxud
Etishgach anda ko`zum qoldi yopushub ninagim.

Sipehr zulmig`a yo`q chora zulmdin o`zga,
Bu ishda aqldin ermas tahammul aylamagim.

Visolin istadim, ochti sahar yadi bayzo.
Navoiyo, ajab ar mustajob erur tilagim.

518

Firoq o`tidin aningdek qizibdurur badanim
Kim, oni sokin etar jonda o`rtagan tuganim.

G`amingda uyla o`luklar hisobi bo`lmishmen, .
Ki hujra madfanu idbor gardidur kafanim.

Sirishk bahri aro uyla xo`y qilmishmen,
Ki su kishisidek o`lmish tengiz aro vatanim.

Farishtaliq tilamen, istaram iting bo`lsam,
Agar bo`lur esa zulfung kamandidin rasanim.

Agarchi yuz tugon ul g`amza tegdi bag`rimg`a,
Yuz ochsang ochqusi yuz gul bag`irda har tuganim.

Xush ulki, yig`lar edim zor-zor dayrda  mast,
Sanam g`amidin o`lub chok-chok pirahanim.


Navoiyo, qani ul fayz, xonaqah ichra
Azimat etki, erur xushroq anda-o`q ekanim.

519

Oncha yig`latti jafodin do`stdur deb sevganim,
Kim kular ahvolima har qayda ko`rsa dushmanim.


Do`stkim qilg`an meni bedodi dushman kulgusi,
Buyla dushman komliqdin yaxshiroqdur o`lganim.


Do`st dushmandin menga ko`prak chu yetkurgay jafo,
Ne ajab gar emdi dushmando`stlug` bo`lg`ay fanim.


Ursa dushman zaxm erur marham, tavaqqu` do`stdin,
Ikkisi zaxm ursa tong yo`q chok-chok o`lmoq tanim.


Ta`na birla buzma, ey dushman, ko`ngul uyin dog`i,
Ushbu baskim do`st zulmidin buzulmish maskanim.


Do`stg`a jon berdimu dushmandur emdi vah, ne tong,
O`rtasa ham do`st, ham dushmanni ohu shevanim.


Ey Navoiy, do`st xud yo`q, vah, ne holatdurki, bor
Boshim uzra dushman ikki diydayi tardomanim.


520

Firoq tig`i halokidin oncha emgandim,
Ki yetsa dog`i ajal o`lmagimga o`rgandim.

Erim gar o`lsa tomuq, ko`p ko`runmagay muhriq,
Firoq sho``lasig`a munchakim men o`rtandim.


Halok dashtida itgan ko`ngul topilmadi hech,
Quyun kibi necha kim har yong`a aylandim.

O`qurda ruq`ayi hajrin uzuldi tori hayot,
Nedinki tordek azbas o`zumga to`lg`ondim.

Emas boshimdin ayoq oh dudi birla qaro,
Firoq dashti samumida buyla churgondim.

Demangki xum kibi dayr ichra sokin o`lkim, mek
Surud uniga magar hol etarda tebrandim.


Navoiyo, o`tubon umr g`aflat ichra, darig`,
Ki so`ngg`i uyqug`a ko`z mayl etarda uyg`ondim.

521

Hajri mundoqki uzar bir-biridin payvandim,
Ko`rgay el har itining og`zida bir parkandim.


Tori umrum ajal ilgidin uzulsa g`am emas,
Tori zulfungg`a agar mahkam erur payvandim.

Nosiho, oshiqu devonamenu masti xarob,
Senga ne ot qo`yar el buki degaysen pandim.

Qomating hojat erur elga  ravo qil ani kim,
Navmid o`lmasun ollingda  bu hojatmandim


Ko`zga desam necha yoshingni nazardin solding,
Derki g`ammozdurur garchi erur farzandim.

Soqiyo, o`t kibi yoding bila kulbamni yorut,
Kim xumor ichra ul o`t hasratidin o`rtandim.

Aylay olmon safari dashti balo o`zluk ila,
Ey Navoiy, negakim asru og`irdur bandim.

522

Har kishi yor ollida der chinni ham, yolg`onni ham,
Vahkim, ul bovar qilur voqeni ham, bo`htonni ham.


Jong`a yettim, muhtalib ashobidin, ul dilrabo
Uylakim ko`nglumni oldi, kosh olsa jonni ham.


Muddaiylar buyla hamroz o`lsalar yor ollida,
O`zga tutmoq farzdur o`lmakin, bal hijronni ham.

So`z dey olurlar gahu begah, mahallu bemahal,
Bas mahaldur tark qilsam mulku xonumonni ham.

Chunki bag`rim qonini ko`z yo`lidin oqizdilar,
Dam-badamdurkim, suvabturlar sarosar qonni ham.

Ey ko`ngul, dahr ahlig`a yo`q va`dayu paymon durust,
Necha kuygung sen dog`i uz va`davu paymonni ham.

Hoshalillohkim, Navoiy aylagay tarki vafo,
Bevafo kofirlar olsa jonni ham imonni ham.


523

No`shi labini har necha so`rdum o`sonmadim,
Ichmak bila hayot zilolini qonmadim.


Zohid dediki, rahn etibon xirqa dayr aro,
Qilmishsen anda butqa dog`i sajda, tonmadim.


Mug` piri may berib, tiladi jonni mug`bacha,
Har neki dedilar .qiluridin tojonmadim.

Sarxayl edim bu kecha xarobot ahlig`a
Ul saltanatni lek o`zumga inonmadim.

Aql etti man` mug`bachavu dayrdin base,
Ko`p o`kdi huru ravzani lekin begonmadim.

Shukr, ey ko`ngulki, bo`lmadim aflok javridin,
Oshifta xolu jomi mayg`a dag`i quvonmadim.


Azm ettim, ey Navoiy, ul oy sari bu kecha,
Mahvashlar ochti sho``layi ruxsoru yonmadim.


524

O`tub sanamlar aro har biriga ko`z soldim,
Sening jamolingga yetgach ko`zum boqib qoldim.


Ne tig` solmoq erur chun yuzungga ko`z solg`ach
Boshimni dog`i burunroq ayog`ingga soldim.


Ne o`tdurur buki yetmas ekach erib oqti,
Urarg`a ko`ksuma yerdin ne toshnikim oldim.

Sarig` uzoru quruq jismima firoq yeli
Etib somonni sovurg`an misoli qo`zg`oldim.

Qadam yana talabingda boshimdin itgumdur,
Nedinki po`ya urardin qadam bila toldim.


Ne bo`ldi qofila solor o`zlukum yukidin
Xolos qilsaki, bu yo`lda asru tovsholdim.

Navoiyo,  dema  jismingda muncha zaxm  nedur,
Firoq changi qitolida bo`yla to`g`roldim.


525

Zihi bihishti jamoling kelib mening chamanim,
Xatu yuzung bu behisht ichra sabzayu samanim.


Xating vafosida o`ldum, ne tongki hashr kuni
Vafo xati bila naqsh o`lsa sarbasar kafanim.

Ne nav` mo`r kibi sudray o`zni ko`yung aro,
Ki mo`r sudragudek bo`ldi za`fdin badanim.

G`aming nechukki ko`ngul kunjini vatan qilmish,
G`amingda go`shai  vayronaidurur  vatanim.


Gar o`lmasam iting ul zulf tobidin nedurur,
Yor uzra sudraladurg`an bo`yundag`i rasanim.

Qadahqa sadqa bo`lub boda sham`idin kuysam,
Emas g`arnbki  parvonamen,  erur  bu fanim.

Navoiyo, menga vasli mahol erur, basdur,
Muyassar o`lsa yiroqtin nazzora aylaganim.

526

Ey hush ulkim ofiyat kunji menga erdi maqom,
Surai vash-shamsu vallayl erdi virdi subhu shom.

Subh andin xilvatimda nafhayi ruxul quds,
Shom mundin kunji faqrim ravzasi dorussalom.

Saydi subham donasi birla maloyik qushlari
Anda qo`ymay rishtai zuhdi riyoi birla dom.

Ne birovning qomati ra`nosidin nolam biyik,
Ne kishining g`amzai jodusidin uyqum harom.

Ne ichimda lolaruxlar ishqidin qonlig` tugon,
Ne boshimda siymbarlar vaslidin savdoyi xom.

Ham ko`nguldin nozaninlar tal`ati bo`lg`an unut,
Ham nazardin mahjabinlar suvrati borg`an tamom.

Shoh bazmida ko`zumga jilva qildi ofati,
Men o`zumdin bordim, ul bilmon qayon qildi xirom.

Tushmish o`t jonimg`a ul damdin beri ul nav`kim,
Jon berib o`lmakni topmon aylabon yuz ihtimom.


Hush ketti, aql itti, qolmadi jonu ko`ngul,
Ishq chekti zuhd ila taqvolarimga intiqom.

Yor g`oyib, xalq g`ofil, dard muhlik naylayin,
Dodima kim yetgay illo shohi gardun ixtishom.

Ey Navoiy, shohdin darding iloji bo`lmasa,
Bosh olib ketgil urub ovoralig` dashtig`a gom.

527

Yo`q dema gar og`zingni dedim nuqtayi mavhum,
Kim  oncha dog`i  bo`lmadi aql ollida ma`lum.


Ruxsoring uza xatmu ekin yo qalami sun`
Kun safhasig`a tun raqamin ayladi marqum.

Jonimg`a ko`zung zulmi emas zulm budur zulm,
Kim men turaturg`ach tilagaysen yana mazlum.


Tong yo`q agar ul yuz yorutur tira uyumni,
Mehr o`ldi chu mavjud qilur soyani ma`dum.

Hush ahli seni bilmasu men telba bilurmen
Kim, keldi pari shevasi devonag`a ma`lum.

Man vajhi ber, ey shayx, menga chun diraming bor
Kim, buxl erur barcha malul ollida mazmum.


La`ling mayi yodidin erur mast Navoiy,
Yo`qdurur andoq yana bir fosihi mahrum.


528

Kuyar hajringda jismi notavonim,
Ne jismi notavonkim, xasta jonim.

Gar o`ltursang meni qil tig` ila qatl,
Ki bo`lsuk ko`yunga og`ishta qonim.

Firoqing so`zidin bir sho``la o`tmei
Uni ul sho``laning so`zon fig`onim!

Meni qovma eshikdin chun itingmen,
Ajab yo`qkim, erur ko`yung makonim.

Yorib ko`ksum seni jonimg`a tortay,
Tarahhum qil ko`rub dog`i nihonim.

Amon bermas edi davron jafosi,
Xarobot o`lmasa doril amonim.

Aning ko`yida qabrim qil, Navoiy,
Der ersangkim, yetishsun yerga yonim.

529

Ul quyosh vaslida o`zni rashkdin gum aylaram,
Soyadin yonimda tebrangach tavahhum aylaram.

Ul pari ko`nglumdadurkim, so`zlashurmen demakim,
Telbalikdin o`z-o`zum birla takallum aylaram.


Shomi hajrim tongsiz o`lmish, ne ajab gar ajzdin
Shomdek yig`lamsinib, tongdek tabassum aylaram.


Qatli hukmi aylasang o`lturtubon ushshoqni,
Ishq aro chunkim men akmalmen taqaddum aylaram.

Elga rahm etmon uqubatlar bila qatl aylasang.
O`z-o`zumga  mahzi xirmondin tarahhum  aylaram.

Poklik zoti gar ermastur suluk ichra, ne sud,
Bahru barda gar tahorat, gar tayammum aylaram.

Ey Navoiy, to muqarrar qildym ohangi Hijoz,
Gar Iroqu gar Ajam sori tarannum aylaram.

530

Ne kui kelg`ayki, kelgay nozaninim,
Ne xush, bo`lg`ayki, bo`lg`ay hamnishinim.

Saodat xatlari qilmish huvaydo,
Iting changiga surtilgan jabinim.

Erur ul sho`x otqan kaj guruha
Ko`ngul ganji aro durri saminim.

Nedin ul ko`z chekar o`q go`shalardin,
Gar o`lturmakka qilmaydur kaminim.

Tegurma otashin la`lingg`a boda
Kim, ul o`tdin kuyar joni g`aminim.

Ketur, ey mug`bacha, jomi mug`ona,
Erur olsang, bahosi naqdi dinim.

Navoiy, ne osig`, jonong`a yetmas
Navolarkim, chekar joni xazinim.

531

Ne tong gar muhlik o`lsa dudi ohim imtidodi ham,
Ki bir hijron tunicha bor aning qaddi savodi ham.

Labi  birla  mengi vasfin yozay desam munosibdur,
Varaq jon safhasi dog`im qarosidin midodi ham.


Agar bir dam unutsam oni haqdin istaram o`lmak,
Agarchi o`lturur har dam  meni bedilni yodi ham.


Tutulmish zulfunga lekin yuz ochsang ochilur ko`nglum,
Sening ilgingdadur ul telbaning bandi kushodi ham.


Hayotim naxlini hajringda ashkim sayli chun yiqti,
Madad qildi nigun aylarda ohim tundi-bodi ham.


Uqubatlar bila hajrida o`ltursang meni, ey ishq,
Jahon ahli aro ibrat uchun yetkur munodi ham.

Kerakmas g`arra bo`lmoq shohidi davlat bosh indursa
Ki, barhamliq erur oning salomi xayrbodi ham.

Meni zuhdi riyoyi sori targ`ib etting, ey zohid,
Salohi bor esa, zohirdurur oning fasodi ham.

Navoiy egniga quydung sabu, ichmakka dayr ahli
Bu erdi umrlar, ey mug`bacha, oning  murodi ham.

532

Chu berdim jonni qilma zulm rasmu qatl oyin ham,
Qatiling bo`ldum urma novaki g`am xanjari kin ham.

Labing shavqida bir devonai bandi naboti Misr,
Soching savdosida  bir po`stpo`shi nofai Chin ham.

Yuzung vasfin deb o`tgan tun duri ashkim to`kar erdim,
Tutub bog` keynin oy kirdi qaro tufroqqa Parvin ham.

Labing hushum olib qon yosh yuzumga to`ksa ayb ermas,
Mukayyif la`li maydin mast o`lur el, chehra rangin ham.


Chu sen sarxush chiqib, ko`nglakcha raxshingg`a berib javlon,
Bo`lub  shaydo ko`ngul  behol, aql  maslahatbin ham.


Ko`ngul so`zin qiliching qildi gum ne ayb oh ursam,
Su urg`ach o`tqa ortar dud topsa sho``la taskin ham.

Jamolingg`a nihoyat yo`qlug`i ishqim kibidurkim,
Emas mumkin demak miqdorin etmak, balki taxmin ham.

Necha nasrin bargu gulrux esang qilg`il vafo mayli,
Ki gul ham bevafolig` ko`rdi bu gulshanda, nasrin ham.

Navoiy mast butqa sajda qilsa ne ajab, ey shayx,
Ki chun dayr ichra kirdi aqli uchti boshidin din ham.

533

Tutqali shirin labin shohi shakardur barmog`im,
Baski so`rmoqdin oni  ayrilg`udektur tirnog`im.

Istaram ko`r aylagay nazzora ahlin rashkdin,
Gar sabo tahrikidin ko`yiga borsa tufrog`im.

Vasli bay`ig`a to`kub el siymu men yordim yurak,
Qomima mushkilki yetgaymen bu bo`lsa yormog`im.


Barq emaskim, o`t chaqarmen dahrni kuydurgali,
Tog` ila bo`lmish yangi oy chunki toshu chaqmog`im.

Ishq aro Farhod ila Majnun sherigimdur, valek
Dardu g`am chekmakta mencha yo`q bu ikki o`rtog`im.


Dema maxmur o`lsang o`zni solmag`il, ey mug`bacha,
Istaram bo`lg`ay fano dayrida o`zin solmog`im.


Ey Navoiy, dema umrung o`tti, ishqu maydin o`t,
To tirikmen ermas ushbu ikki ish aylar chog`im.

534

Ey pari, rahm etki ko`nglum zor erur, bechora ham,
Ishqu savdo dashtida Majnun erur, ovora ham.


Tandag`i paykonlaru ashkim yorutmas uynikim,
Dudi ohimdin qorormish sobitu sayyora ham.

Zaxmi ko`p bag`rimni tikmak mumkin ermas, ey rafiq,
Kim erur yuz porayu majruh erur har pora ham.


Vasli iqboliyu men hayhotkim, ruxsorini
Toqatim yo`qtur yiroqtin qilg`ali nazzora ham.

Uyla su qildi balo ko`xsorini ohim o`ti,
Kim olib ko`ksumga urg`uncha topilmas xora ham.

Charx makru fitnasidin g`ofil o`lmang zinhor,
Chunki bu shohid base fatton erur makkora ham.

Telbarab ittim Navoiydek junun sahrosida,
Qilmadi yodimni hargiz  bir  pari ruxsora ham.

535

Yana ishq aro men asiru hazin ham,
Borib hajr torojig`a aqlu din ham.

Badan dardidin ranjavu xasta dog`i,
Ko`ngul hajridin zoru anduhkin ham.

Yuzungdin chamanda suv borib o`zidin,
Qizarmish uyotdin guli otashin ham.

G`aming toshidin  yo`qki zaxm o`ldi  boshim,
Yo`lung tufrog`idin yopilmish jabin ham.

Ko`zung Chin g`izoliyu ostida xoling
Aning nofasidin topib  mushki chin  ham.

Bo`lub sojid ul butqa shirk ahli yo`q, yo`q,
Demon shirk ahliki ahli yaqin ham.

Navoiy jahondin ne naf` olsa bo`lg`ay,
Ki zindon erur marg aylab kamin ham.

536

Hajr arokim, o`zni may birla fasona aylaram,
Yig`lamoqqa  boda  ichmakni  bahona  aylaram.


La`lgun har mayki ichtim ul mayi lab hajridin,
Ko`zdin ashki la`lgun yanglig` ravona aylaram.


To icharmen may qadahdek yig`laram behud bo`lub,
Topmasam bir dam fig`one behudona anlaram.


Zavraqi may bo`lmasa, bilkim, o`larmen, ey rafiq,
G`ussa bahridin aning birla garona aylaram.


To to`la quysun debon soqiy menga yetgach qadah,
Tashqi davri xattini oning nishona aylaram.


Soqiyo, tut bodakim, ko`prak meni mabhut etar
Nechakim andishai bu korxona aylaram.


Ne osig` chun yor ko`ngli aylamas bu yon kashish,
Ey Navoiy, nechakim dilkash tarona aylaram.

537

Yog`lig`ing ilgimda,  ashkimni  ravona  aylaram,
Ko`zga surtub, ashk aritmog`ni bahona aylaram.


Ul ko`zumga chun yetib taskin topib giryonlig`i,
Ko`zdin  olg`ach  yana  ashkimni ravona  aylaram.


Yana yetgach ko`zga ashkim  tursa  olurmen ani,
Yana borsa chorasi bu nav` yona aylaram.

Ko`zda kirpiklarni tillar aylabon har torig`a
Za`f holim ko`z tili birla fasona aylaram.


Balki har torig`a jonim rishtasin chirmashturub,
Jonima kasbi hayoti jovidona aylaram.


Bir qadah quysangki, tutsa mug`bacha, ey piri dayr,
Naqdi din sarmoyayi jomi mug`ona aylaram.


Ey Navoiy, toki bo`lmishmen fano dayrida mast,
Aqlu din tashvishidin forig` tarona aylaram.

538

Hirqayi zuhd o`rtamak ko`nglum shiori ayladim,
Subha torin uzdumu gugurd tori ayladim.

Chun tutashti o`t, bir ovuch donasin tasbehning
Ustiga sochmoq bila ul o`t sharori ayladim.

Daftaru sajjodayu  na`laynini  ham  dam-badam
Tashlamoq birla ravon ul sho``la sori ayladim.


Zuhdu taqvo balki chun o`zluk nishoni qolmadi,
Rasmi sayr  aylab fano dayri guzori ayladim.

Ichmayin bir jur`a andoq jilva qildi mug`bacha
Kim, qoshida sajda qilmoq ixtiyori ayladim.

Muncha davlat kasbikim aylab ekin olam aro
Kim, fano iqbolidin men xasta bori ayladim.

Ey Navoiy, menda bir jon naqdi qolmish erdi bas,
Shukr, oni ham mayu mutrib nisori ayladim.


539

Ko`nglum ichra ishq o`ti yoqmoqni angez ayladim,
Kuydurub o`zlukni oning sho``lasin tez ayladim.


Ul nari ishqida kuydurdum maloyikdin qanot,
Dudi ohimniki har dam otashangez ayladim.

Qaddu ruxsori uchun ohim o`tining sho``lasin,
Shomi g`am gohi havoyi, gohi gulrez ayladim.

Gulbuni qaddig`a el ko`ngli osilmish g`unchadek,
Mundin ul naxli balo vasfin dilovez ayladim.


Ostoningg`a bosh urmoqtin agar toptim sado,
Ashku ul tufrog`din oni sandalomez ayladnm.

Soqiyo, man tutki, ul ayyomning g`adrin quvlay
Kim, qadahdin zuhd ranji birla parhez ayladim.

Ey Navoiy, bir parivash turkning majnunimen,
Yo`q ajab har qayda raxshin surdi men xez ayladim.

540

Sensiz ashkim yomg`uri saylini to`fon ayladim,
Kim aning tug`yonidin olamni vayron ayladim.

Buyla to`fong`a ko`zumni abr etib na`ramni ra`d,
Oh o`ti uchqunlarin barqi duraxshon ayladim.

Yo`qki ko`nglum sho``lasidin dahr aro soldim bir o`t
Kim, tomug`ni el ko`ziga bog`i rizvon ayladim.


Muncha, bal yuz muncha ham ermas ekin mingdin biri,
Ulcha men ul oydin ayru shomi hijron ayladim.


Sa`b erur hajr o`lmang, ey ahbob oshiq zinhor
Kim, bu ish tahqiqini men ulcha imkon ayladim.

Sevganim bu ahd aro maydur, qani paymonae
Kim, kishi sevmakdin emdi ahdu paymon ayladim.

Ey Navoiy, ishq tarkinkim dedim, ma`zur tut
Kim, muhiqdurmen bu ishda garchi tug`yon ayladim.

541

Sodavash yorim  bag`oyat purfan ermish angladim,
Oshkoro do`st, pinhon dushman ermish angladim.


Men muqayyad hajr zindondayu ahbob ila
Har kun ul gulruxqa azmi gulshan ermish, angladim.

Men bu hijron tunida zor o`ldimu bo`lmas sahar,
Sham` har ohim  o`tidin  ravshan ermish angladim.


Dam-badam ohim o`tikim chiqti ko`nglum zaxmidin,
O`qidin bu kulba ravzan-razzan ermish, angladim.


La`lidin el jon tilab men jon berib mardudmen,
Xotirig`a qaysi ish mustahsan ermish, angladim.


Bu chamanda ko`nglakin gul chok aylardin ishi,
Bulbul ahvolig`a har kun shevan ermish angladim.

Ey Navoiy, buki, ko`nglungni birov sayd aylamish,
G`am yema ul chobuki saydafkan ermish, angladim.


542

Husnunga hayratdin o`ldi barcha besomonlig`im,
Men kimu somon chu ortar har nafas hayronlig`im.

Ko`yida tun-kun kezay dermen nihon qolmas valek.
Oh o`tiyu ashk qoni rangidin pinhonlig`im.

G`ayr xoshokin agar sovurmas ersam, bas nedur,
Ko`yi davrida quyundek muncha sargardonlig`im.

Ul etak qonim bila ko`rguzdi gulgun hoshiya,
Ne ajab tutsam ani bu dam chu uldur qonlig`im.

Tifllar toshi terimni eltibon qoldi so`ngak,
Ul pari savdosida bordur ajab uryonlig`im.

Dinu dunyo naqdini sochtim, chu kirdim dayr aro,
Bu edi avval qadah ichganda o`t afshonlig`im.

Dedi zohid ul paridin hur umidi birla kech,
Ey Navoiy, bo`lmag`ay bu hadg`acha nodonlig`im.

543

Jonima dog`e qo`yubtur la`ling uzra xolkim,
Ko`ngluma o`t tushmish andin yuzga burqa` solkim.


Tushmay el ko`nglida ham o`tki oning rashkidin
Biym erur, bo`lg`oymen andoq muztaru beholkim.

Ashk sayli aylagay ovora ko`yungdin meni,
Bu sifat ovoralig`din  ayla forig`bolkim.

Garchi Majnunmen sening ko`yungni-o`q aylab vatan,
Anda-o`q bo`lsam bo`lay bozichai atfolkim.


Yog`sa uryon jismima tosh anda aylarmen qabul,
O`zga yerda gar yog`ar gul aylaram ixmolkim.

Anda yoqqan tosh erur jannat gulidin yaxshiroq,
Bu jihatdin anda bo`lmoq istaram pomolkim.

Qatl qilg`aysen meni bir kun vale aytur ko`ngul,
Ey Navoiy, kech bu so`zdin sen kim, ul qattol kim?!

544

Er ma`lum ayladi oshiqlig`u shaydolig`im,
Vah, ne zohir bo`ldi rasvolig` uza rasvolig`im.

Ul paridin ayru bas devonalig`din devmen,
Za`fu qavmog`din emas ko`yida nopaydolig`im.

Tufrog` o`ldum ul quyosh hajrindayu sud etmadi,
Charxi soyirdek ani istay jahon paymolig`im.


Garchi tushti sham`dek boshimda o`t bo`ynumg`a tig`,
Bo`lmadi kam shomi hijroningda pobarjolig`im.


Husn aro chun uyla fard o`ldungki yo`q hamto senga,
Ishqing ichra xush kelur xalq ahlidin tanholig`im.


Soqiyo, may berki, bu dayri ko`xan avzoida
Bo`ldi o`z nodonlig`imni  anglamoq donolig`im.

Ey Navoiy, ko`p nihon tuttum va lekin oqibat
Yor  ma`lum  ayladi oshiqlig`u shaydolig`im.

545

To o`yuldi xanjari hajring bila giryon ko`zum,
Ul tanur o`ldiki, zohir ayladi to`fon ko`zum.

Vola ul suvratqa, jono, to bo`lubturmen, erur
Suvrati bejon ko`zidek ul taraf hayron ko`zum.


Dedim etgil oraznng birla ko`zung vasfin, dedi:
Orazim davri qamar, sarfitnai davron ko`zum.


Ashkidin yuz sori chun zohir qilur durri samin,
Go`yiyo ko`z mardumi g`avvos erur, ummon ko`zum.


Bo`ldi bir gulgun bo`yalg`an sham`ning xam sho``lasi,
Qilg`ali rangin sirishkidin tanimni qon ko`zum.


Chun keraktur pok ko`z manzuri bo`lmoq pok yuz,
To yuzung bor, o`zga yuz ko`rmak emas imkon ko`zum.

Ey Navoiy, yo`q hadim ul sho`xni ko`rmakka, lek
Har qayon azm etsa, asrar g`ayrdin pinhon ko`zum.

546

Nega qon yoshim oqizdi dilsitonim bilmadim,
Ne gunoh aylab edimkim to`kti qonim bilmadim.

Demading g`amdin ko`zumga kecha uyqu kelmadi,
Mast edim bukim biyik bo`lmish fig`onim bilmadim

Temang ko`nglung qanikim, hajrdin behush edim
Qay sari borg`anni ul bexonumonim bilmadim.

Vasldin so`z deb bu yanglig` ta`niga xush kelmasin
Bilmadim, ey qotili nomehribonim bilmadim.


Istadim so`zin labing tishlab meni qilding halok,
...        qilmagingni qasdi jonnm bilmadim.

O`zlukumdin ranja erdim ichkali jomi fano,
Behud o`ldum uylakim nomu nishonim bilmadim.

Ey Navoiy, oshiq o`lg`anda dedim qolg`ay nihon,
Bo`ylakim olamni tutqay dostonim bilmadim.


547

Ul quyosh yuzlukni har tun yod qilmoqdur ishim,
O`z-o`zumga to sahar bedod qilmoqdur ishim.

Baski faryod aylamakdin har dam o`zdin boribon,
Holima kelgach yana faryod qilmoqdur ishim.


Telbalardek har dam aytib ul pari afsonasin,
Topmayin maqta` yana bunyod qilmoqdur ishim.


Ashk etib sabrim uyin vayronu har dam oh ila,
Ul buzug`ning tufrog`in barbod qilmoqdur ishim.

Naxli qaddin chun xayol aylab qo`yub tufroqqa bosh,
Sajdai ul sarvi xurizod qilmoqdur ishim.


Hajru shavqu charx muhlik zulmi ichra har nafas
O`zni yuz bedod ila mo``tod qilmoqdur ishim.

G`amdin o`lmaslikka  boisdur  muhol  andishakim,
Vasl umidi birla o`zni shod qilmoqdur ishim.

Vahki, yer tutmas necha har lahza shaydo ko`ngluma
Sabru toqat shevasin irshod qilmoqdur ishim.

Yig`lasam taskin topar ko`nglum, Navoiy, voykim,
Ul buzug`ni sayl ila obod qilmoqdur ishim.

548

Yuzung g`amidin  erur  abri  navbahor ko`zum,
Ne ayb yer yuzini qilsa lolazor ko`zum.

Savodu qoni bila bir g`arib lola erur,
Ki  lolazor base qildi oshkor ko`zum.

Ne qoni lola erur, ne savodi dog`i aning
Ki,  qo`ydi hajr o`tidin dog`i intizor  ko`zum.

Agarchi qildi meni xoru zor ko`nglumu bas,
Valek ayladi ko`nglumni xoru zor ko`zum.

Ne konu bahr ekinkim, labu tishing g`amidin
Gulu sumang`a qilur la`lu dur nisor ko`zum.

Bukim qorordi chu tar doman erdiyu g`ammoz
Firoq shomidadur tiyra ro`zgor ko`zum.

Navoiy ayla nazar tarkini demang, chunkim
Men ixtiyor etibon, qilmas ixtiyor ko`zum.

549

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor nstadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimgakim jonim fido aylab sog`indim, yor erur,
Ermas erdi yorlig`da chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo`qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo`qtur sog`inib bor istadim.

Ulki topilmas bashar jinsida, vah, g`aflat ko`rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni ko`ngul ko`z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni chun men sohib asror istadim.


Shayx birla xonaqahdin chun yorug`luq topmadim,
Dayr piri xizmatig`a ko`yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqe topmadim bu g`ussadin,
O`zni bekaslik balosig`a giriftor istadim.

550

Javhari paykonlaringning mahzani jon istadim,
Jondin ortuq tuhfani jon ichra pinhon istadim.


Tarki ishq irshod qildim ko`ngluma, qatl  aylading
Bu edi jurmumki, kofirni musulmon istadim.

Ey sabo, devona ko`nglumdin xabar topqilki, men
Topmadim, chun ul pari ko`yida har yon istadim.


Zulm aro qoshing ko`rungach bo`lmadi zohir hilol,
Shomi iyd oni sipehr uzra farovon istadim.


Vasl aro ahbob ila ul zolim oncha qo`ydi dog`
Kim, ul o`tqa to`zmagandin dog`i hijron istadim.

Xonaqah ahli azobidin may ettim orzu,
Zohido, o`ldum deganda obi hayvon istadim.

Ey Navoiy, ishq aro o`lsang dog`i vasl istama,
Kim muyassar bo`lmadi men ulcha imkon istadim.

551

Soching savodig`a hargiz nazora aylamadim,
Ki dudi oh ila olamni qora aylamadim.

Yo`lungda kimsa boshni ko`rmadimki, g`ayratdin
Boshini yerga urub pora-pora aylamadim.


Bag`irni choklar etgandin aylama inkor,
Men oni tig` ila xud muncha yora aylamadim.

Menga g`aming aro bechoralig`durur chora,
Ne g`am agar meni bechora chora aylamadim.

Yarang hisobini kasratdin anglamon, ey ishq,
Sanab tuganmadi yo`qkim shumora aylamadim.

Tavakkul aylayu kir ishq ko`yiga, ey shayx,
Ki men qilurda bu azm istixora aylamadim.

Navoiy ohini ifshoi ishq uchun yozg`ur,
Ki ko`nglung o`tini men oshkora aylamadim.

552

Lolaro`yum bordiyu ishqin nihoni asradim,
Ko`zda qon, ko`ngul aro dog`in nihoni asradim.

Ayladi bir oh dudi birla elga oshkor,
Ishqi o`tin necha ko`nglumda nihoni  asradim.

Har zamon ko`nglum halok o`lsa ne g`am, chun jon aro.
Lablari shavqidin obi zindagoniy asradim.


Zoyil ermas ishq bir  soat ko`nguldin,  voykim,
Oni jonimg`a baloyi jovidoni asradim.


Bo`lsa mehmonim iti, ko`nglumni qilsa to``ma ham,
Ayb emas nevchunki mundoq kunga oni asradim.


Naqdi jonimni berib may kelturung, ey do`stlar,
Kim ani ichmak uchun bir do`stgoni asradim.


Xonumonim gar qaro bo`ldi, Navoiy, ne ajab,
Men chu bir tun ul ko`zi, qoshi qaroni asradim.

553

Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim bilmadim,
Bu g`azabkim ayladi mohim, gunohim bilmadim.

Oshiq o`ldum, yordin topqay debon ko`nglum visol,
Hajr bu yanglig` bo`lurni kiynaxohim bilmadim.

Yor ko`yi ichra itti zor jismim ohdin,
Qayda tushganni bu yeldin bargi kohim bilmadim.

Ishq bo`stonig`a kirganda havoyi qush kibi,
Sunbuli zulfi bo`lurni domi rohim bilmadi.

Aqlu xushu sabrim itti ko`rgach ul kirpik safin
Bir-bir o`lmog`ni qaro ko`rgach, sipohim bilmadim.

Qirmaguncha dayr aro tinch o`lmadim, tut bodakim,
G`ussadii bu qal`a erkannn panohim bilmadim.


Ey Navoiy, buyla qilg`an ro`zgorimni qaro
Hajr shomi erdi yoxud dudi ohim, bilmadim.

554

Ko`ngulni bag`ir qonidin lola qildim,
Qo`yub dog` pargola-pargola qildim.

Sovug` ohdin qatra paykonlaringni
Yurak g`unchasi javfida jola qildim.

Ko`zumda har dam ul oy o`zni tutti,
Savodin aning davrig`a hola qildim.

Ne qovmog`ki uyg`onmadi, garchi tuz,
Tong otquncha men it kibi nola qildim.

Ko`rub obihayvon yuzinda xubobni,
Tasavvur labing uzra tabxola qildim.

Falak zolining makridin bo`ldum emin,
Nedinkim taloqi bu muhtola qildim.


Navoiy, sarig` yuzida dog`i idbor
Chu ko`rdum, gumon sorig` lola qildim.

555

Labing hayot suyidin zilol emish bildim,
Zilol nuqtasi ustida xol emish bildim.

Uchuq labingda emas, reza inju la`l uzra,
Ki bargi gul uza bir qatra bol emish, bildim.

Qadimki xam bo`lub og`zing xayolidin itti,
Adam ichinda hamonoki, dol emish, bildim.

Qoshingda xolning ovozasin eshitmish edim,
Bu Qa`ba toqiyu ul pur hilol emish, bildim.

Yuzungni bilmas edim zulf aro chu qildi tulu`,
G`arib axtari farxunda fol emish, bildim.


Dani tajammulu ozodaning falokatidin
Zamon tabiati be`etidol emish, bildim.

Firoq shomida so`rdum Navoiy ahvolin,
Soching xayolida oshifta hol emish, bildim.

556

Ne ul quloqqa yetar arzi hol ado qilsam,
Ne ul ko`ngulga yoqar naqdi jon fido qilsam.

Ko`ngul shigofig`a ul ko`y tufrog`i qanikim,
Bu xushk doru ila zaxmima davo qilsam.

Kerak quyosh dirami tanga bo`lsa bayona,
Chu Yusufumni iki dahrg`a baho qilsam.

Fig`onki ishq chekar bog`lab oni bo`ynumg`a,
Nechukki zuhdu vara` pardasin rido qilsam.


Ko`zumga dahrni har lahza tiyraroq aylar,
Savodi xolingga har necha ko`z qaro qilsam.

Ishim chu savmaa shayxi bila tuzalmadi, kosh,
Ki emdi maykada pirig`a iltijo qilsam.

Navoiyo, chu sabo hamnafasdur, ul gulga
Ne bo`ldi sarsari ohimni gar sabo qilsam.

557

Chun o`larmen bir nafas ul dilraboni ko`rmasam,
Ne hayot imkoni bo`lg`ay bir dam oni ko`rmasam.


Ko`nglum ichra topilur g`am novakidin yuz nishon,
O`qidin har kun tanimda yuz nishoni ko`rmasam.


Ko`ngul itti ko`zni dog`i istaram ashk etsa ko`r
Kim, tilarmen hargiz ul yuzi qaroni ko`rmasam.


Sog`inurmen kufri zulfi mojarosidin base
Gar dame ul sho`xi kofir mojaroni ko`rmasam.

Kim vafo gulchehralardin ko`rdikim, men ko`rgamen,
Bo`lmas ushbu ayb ila ul bevafoni ko`rmasam.


Har biri yuz minnat aylarlar erur bu ham jafo,
Olam ahlidin ne kun kim yuz jafoni ko`rmasam.


Ey Navoiy, ne balodurkim, o`larmen qayg`udin,
Gar dame ollimda ul sho`xi baloni ko`rmasam.

558

Ey ko`ngul, aylama dahr eski rabotin maskan,
Kim rabot o`lmadi hargiz safar ahlig`a vatan.

Navsafarsen senu maqsad yiroqu markab lang,
Yo`l maxuf, aylama zinhor aro yerda maskan.

Yo`l bilur qofiladin tushmak ayrukim erur,
Bu biyobon aro ham g`ul ko`pu ham rahzan.

Yo`l erur jodayi shar` dog`i to`shayu su,
Senga oyini ubudiyat, anga farzu sunan.

Yo`l bilur qofila ul xaylki, dilbar vaslin
Tilabon qoldi bari o`ziga yo`l qat`ini fan.


Ishq vodiysi ajab vodiy erurkim, har mo`r
Anda sher afkanu har pashsha erur pil afkan.

Ey xush ul rahrav garmki bu yo`l qat`in
Barqi xotifdek etar dahrni aylab ravshan.

Soqiyo, o`zluk ila mushkul erur qat`i aning,
Dermen o`zdin borayin jomima kuy durdi dan.

G`ayr naqshidin etib lavhi zamirin sofiy,
Yor qolg`ay dog`i ul balki biri sirru alan.

Ey Navoiy, tilasang faqr yo`lini qat`iy,
Urma ul sari qadam foniyi maxz o`lmas ekan.

559

Visolingdin ko`ngul navmid esa darding chekarmu chun,
Ki andin dog`i ko`p navmidroqdur chun misolingdin.


Ikki zulfung ko`ngul domi, ne yanglig` asray ul qushni,
Ani tutmoqqa jidd ma`lum o`lur chun jimu dolingdin.

Nechukkim bo`lsa dil lafzig`a nuqta zul bo`lur hosil,
Mazallat ikki ayrilg`on ko`ngulga yetti xolingdin.

Latofat suyi ul yuz jim ila lom ikki yondin zulf,
Bu so`zni fahm aylar bahravar bo`lg`an jamolingdin.


Tama` eldin vafo qilg`an sudin o`t istading chanqoq,
Agar topsang dog`i kuygung bu savdoyi maholingdin.


Durust mehri zarifida to`la hayvon suyi ichmak,
Emas ichgancha durd, ey mug`bacha, sing`on safolingdin.

Navoiy, gar boshing go`y etsa ul chobuk yomon ermas,
Yomon budurki, ermas voqif ul sargashta holingdin.

560
Yuzung ko`rgach ilik ko`ksumga urmon ishq tobidin,  
Ki ko`nglumga qo`yarmen, sekrir oning iztirobidin.

Chiqibdur chun tishing hajrinda ohim abri naysondek,
Ne derlar yog`sa jola o`rnig`a aning sahobidin.


Ko`nguldin poralar ma`lum o`lurkim istar ul oyni,
Damim o`ti sharorining falak sori shitobidin.


Havoyi ishqdurkim, buzg`ay uylarni hubob oso,
Buzulg`achkim havo chiqsa ko`zum bahri hubobidin.


Savodi hajr shomicha to`kulgay mushk har sari,
Parishon aylasa el tob ochib zulfung tanobidin.


O`tugin to rikob o`pti aning rashkidin istarmen,
Ki tishlab-tishlab o`tuk na`lidek uzsam rikobidin.

Ajab yo`q totsa har it telbarab og`zidin o`t sochqay,
Junun ko`yida tushgan sho``laliq bag`rim kabobidin.


Sadodin obihayvon qatrasi sekrirmu har sori,
Vayo so`z der zamon dur sochilurmu la`li nobidin?

Desang xumoridin hajring xalos o`lg`aymen, ey soqiy,
Magar og`zimg`a quyg`aysen labi la`ling sharobidin.


Ne mozidur, ne mustaqbal, aroda sensenu bu dam,
Ne shod o`lmoqturur har dam uzun umrung hisobidin.

Desang do`zax azobin chek, Navoiy tortsun ming yil,
Xalos etsang ani borib dami hijron azobidin.


561

Ohu vovayloki, olam ahlining badholimen,
Har nafas bir dardu mehnat xaylining pomolimen.

Ko`zdin oqqan tiyra qonim zori jismimni bo`yab,
Kim qurubtur xoma yanglig`dur men oning nolimen.

Toki ko`nglum ittiyu forig` bo`lubmen darddin,
Ishq aro ko`nglin iturgan xalq forig` bolimen.

Baski bedoding yukin tortib qadim bo`lmish nigun,
Go`yo ul bedodning ostida qolg`an dolimen.

Ruhi Majnunning magar jismim aro qolmish hulul,
Buylakim za`fu junun birla oning timsolimen.


Ishq aro vasl istamay qonimni to qildim halol,
Har nekim ishq ahlig`a mushkuldurur hallolimen.

Yor ila ushshoqu men mahjur holim so`rmakim,
Ey Navoiy, bu jamoatning g`arib ahvolimen.

562

Vafo yo`linda, eykim, topmading istab asar mendin,
Degaysen bilganing ul bevafo so`rsa xabar mendin.


Tanimda qaddingu la`ling firoqi tiyri boronin
Kishi ko`rsa, gumon qilg`ayki butmish nayshakar mendin.

Jigargun bo`ldi qasring toshi la`ling hajrida baskim,
Sirishk o`rnig`a hajr oqizdi qon bo`lg`on jigar mendin.


Aningdek soldi ishqing sho``la jonim ichrakim shaksiz,
Maloyik oshiq o`lg`ay ko`kka tushsa bir sharar mendin.


Bo`lubmen ul parivash furqatidin telba it yanglig`,
Qayon yuzlansam, ey ahli saloh, aylang hazar mendin.

Qiling Farhodu Majnun ishqi o`tin sharh, ey roviy,
Bo`lub garmi takallum g`ofil o`lmishsen magar mendin.


Ne tong simob yanglig` oqsa ko`zdin siymgun ashkim,
Ki simob aylamish xushu xirad bir siymbar mendin.

Amal sarrishtasin qilma, mutavval kelganin xush ko`r,
Tutung ahbobi yod ushbu kalomi muxtasar mendin.


Jahonu jonni tark aylab aning ko`yiga azm ettim,
Navoiy, bas munosib erdi bu yanglig` safar mendin.  


563

Yuz o`tida yuz qatra su ne tong xo`yi g`altonidin,
Ko`nglum o`tida yo`qmudur yuz qatra su paykonidin.


Qilg`anda raxshin garm po`y ul shaxsuvori tund xo`y,
Qilg`ay debon ollinda go`y olmon boshim maydonidin.


Bu dardu g`amdin lolmen, maydon aro pomolmen
Kim, kirgach-o`q beholmen ul ishvagar javlonidin.

Boshim sari nazzora qil, ey charxu, idboringni bil,
Dog`i saodat anglag`il har zaxm aning chavgonidin.


Maydong`a ul chobuk surub, boshimg`a chavgon yetkurub,
Sargashta jonim kuydurub el po`yasi har yonidin.


Ko`k mazraidin xo`shae kasb aylasang, qil to`shae,
Kom istabon tut go`shae ko`yi falak davronidin.

Gardun chekib tig`i nihon yuz javr birla to`kti qon,
Oxir Navoiy topti jon topqach vafo jononidin.


564

Ko`yida itlar meni goh tirnabon, goh tishlabon,
Za`fdin  o`lganda bir-birdin uzarlar  sudrabon.


Men kimu qilmoq havas aning qo`lidin muttako,
Ko`yida bas yotsam ilgimni boshimg`a yostabon.


Ne junundur, vah,  bukim yirtuq yaqoni chok etib,
Ashkim oqqanda kulub turg`an zamoni yig`labon.


Elni g`ofil aylabon o`zni solurmen ko`yida,
Har tarafdin ursalar tosh it masallik qavlabon,

Tifli maktabdek qochib yona borur ul oy sari,
Telba ko`nglumni necha topib ketursam aldabon.


Umr o`tub bir uchrabon holimni so`rsa, voy kim,
Ayta olmasmen javob oshifta ko`nglum to`qsabon.


Hazl etar ko`nglum bila ul sho`x, ko`nglum tortar oh,
Tifldekkim, dud etar o`t birla har dam o`ynabon.


Aql uchub behudlug` aylarmen yo`luqsang nogahon
Kimsadekkim, telbalik qilg`ay parig`a uchrabon.


Soqiyo, muhlik xumorim uzrig`a solma quloq,
Bir qadahni og`zima quyg`il qulog`im to`lg`abon.

Umr torin chun kesar davron jafo tig`i bila,
Jazm bilgilkim, anga bo`lmas ko`ngulni bog`labon.

Ey Navoiy, chun zamon ahlig`a aslo yo`q vafo,
Topmag`ung hargiz vafo ahli alarni tanlabon.


565

Aqlu jonu ko`nglum ul oy furqati ozoridin,
Bari bir-birdin malul o`lmishlaru men boridin.

Shomi hajrim toru bepoyonlig`in anglay desang,
Fahm o`lur yaldo tuni yanglig` soching har toridin.


Bordur andog`kim buzug` ko`nglumda har yon qonu dog`,
Lolalarkim, chiqti vayron maskanim devoridin.


Ul pari ko`nglum qushi qonin oqizg`an fahm o`lur,
Ochsalar bo`ynumdag`i daf`i junun tumoridin.


G`unchai vaslim ochar sham`i firoqim so`ndurur,
Har nasimekim kelur gulrux bahorim soridin.

Dahr bog`i lola birla sabzasidin kechki, yo`q
G`ayri qonu zahr bu shingarf ila zangoridin.

Ey Navoiy, nuktai aysh anglasang mayxonada,
Bosh ko`tarma may tag`ori davrai pargoridin.

566

Gar meni yod etmas ul oy zulm ila bedodidin,
Shukrkim, g`ofil emasmen bir dam aning yodidin.


Lutf ila gar yod etar, yo zulm ila bedod etar,
Men rizosin istaram yodidinu bedodidin.

Kecha aysh ahli mug`anniy yodidin xushhol emas,
Onchakim sen tongg`a tegru itlari faryodidin.


Xotirim sinmoq tilar, ko`nglum tilarmen men dog`i,
Har ne bu shishamga kelgay xushtur ul po`lodidin.


Sabr toshidin ko`ngulda ko`p bino tarh ayladim,
Ko`z yoshim sayli qunqordi barchani bunyodidin.

Dayr piri dedi maydin bosh ko`tarma, ey rafiq,
Solik uldur chekmagay boshini pir irshodidin.

So`rma, ey hamdam, Navoiyning g`aminkim, olame
G`am bila to`lg`ay dam ursa xotiri noshodidin.

567

Qildi ayshim subhini ul sho`x la`li tiyra, tun,
Tifl o`ynab o`t o`chirgandin so`ng o`lg`andek tutun.

Boshin aylandurg`ay elning qilsalar nazzorasi,
Qo`psa men sargashtaning tufrog`idin nogah quyun.

Zulf aro soldi girih uzra girih, o`lmay netay
Kim, hayotim torig`a tushti tugun uzra tugun.

Hajri jismimda so`ngaklarni ushotib kuydurur,
Ya`ni o`t ko`prak yonar botroq ushatilsa o`tun.

Naxli qadding kiydi sorig` xulla andin so`ng yashil,
Norbandekki, xazon kiygan ko`karmastin burun.


Soqiyo, tongla xumor o`lturmagi imkoni bor,
Ruh topmoq rohdin bori g`animatdur bukun.

Dema ko`nglung mazraida ishq tuxmin ek nihon,
Emdikim xirmang`a o`t tushti qolurmu yashurun.


Har yurunda bir diram tikmish muraqqa` ahli zuhd,
Har tugun uzra mening hirqamg`a tushmish bir yurun.


Ey Navoiy, zulfining ta`rifida tushtung magar
Kim, so`zungning tori ham bo`ldi parishon, ham uzun.

568

Menki har soat chekarmen yuz jafo ag`yordin,
Ne ajab gar yuz balo har lahza ko`rsam yordin.

Kimki yor istar ne tong ag`yordin ko`rmak sitam,
Gulbun ichra gul terar el nishlar yer xordin.


Kimki yuz ming zorlig`lar tortibon topmish visol,
Tufroq ul ollida men hijronda o`lgan zordin.


Oshiqi sodiq vafo  birla jafoni tolg`amas,
Xush kelur ko`ngliga har ne kim kelur dildordin.

Charx davrin uyla pargor urdi me`mori qazo
Kim, qadam chiqmoq emas mumkin xati pargordin.

Gar desang maxmurluq dardisaridin o`lmayin,
To tiriksen bosh chiqarma kulbai xammordin.

Ey Navoiy, gar tilarsen yor vaslin topqasen,
Kech ikki olamdinu qo`l tort yo`qu bordin.

569

Jo`zgu har dam sudur ul ruxsori olam so`zdin,
Muz aningdekkim, erur mehri jahon afro`zdin.

Yuz ochib bildurdi qad birla sochi teng erkanin,
Zohir o`lg`ondek tunu kun tengligi navro`zdin.


Istasangkim tikkasen yuz pora ko`nglum chokini,
Yaxshiroq hech igna yo`q ul novaki dildo`zdin.


Ishq gard etgan tanimdin hajr o`ti uchqunlari
Tig`i har yon lam`a ko`rguzgan kibidur yuzdin.

Ovlading ko`nglum chu soid ko`rguzub qovmoq nedur,
Javr ila ketmak chu kelmas sayd dast omuzdin.


Soqiyo davron g`amidin ranjamen, ko`nglum aro
Past qil anduh o`tin jomi nishot ando`zdin.

Kech, Navoiy, jonu ko`nguldinki yo`qtur ishq aro
Chorai oh jonguzoru nolai dilso`zdin.


570

Qatra terlardin yuzinda dur nishoninmu deyin?
Yo takallum vaqti la`li durfishoninmu deyin?

Og`zidin jismim adam bo`lmog`lig`inmu sharh etay,
G`uncha yanglig` tah-batah ko`nglumda qoninmu deyin?


Tan firoqinmu desun jon ishtiyoqinmu desun,
Men xayoli tan gudozin jonsitoninmu deyin?

Eyki dersen nuktai ishqu junun ahlidin ayt,
O`z fasonam, yo`qsa majnun dostoninmu deyin?

Soqiyo, ko`nglumda may hirsin ko`rub so`rdung sabab,
Hajri dardin yo xumori begaroninmu deyin?


Charxdin qilsam shikoyat so`rmang, ey xalqi zamon,
Xalqining javrinmu, oshubi zamoninmu deyin?


Qolg`ali shomi firoq ichra, Navoiy, sham`dek
Kuymaginmu aytayin, ashki ravoninmu deyin?


571

Yo rab, ulkim vasl shomi kom olur zebosidin,
Tiyra qilma ayshi ko`zgusini subh anfosidin.

El mayi la`lin netay mamzuj esa obi hayot
Kim, mening jomim erur mamlu firoq olmosidin.

Ul pari ishqi agarchi ayladi majnun meni,
Shukr erur boriki qutqarg`ay xirad vasvosidin.

Qoshi mehri tuxmini ko`nglumda ektim ko`r nishon,
Har so`ngak yonimda urmoqqa muhabbat dosidin.


Urmag`aysen posbonlig` lofi ko`k qo`rg`onida
Voqif o`lsang, ey Zuhal, hajrim tuni bir posidin.

Qilmag`il bu korgah vasfig`a fikru boda ich
Kim, xirad idroki ojizdur aning ihsosidin.

Ey Navoiy, piri soqiyvashqa andoqmen xarob,
Kim unutmishmen jahon tarxon ila barlosidin.

572

Mehr emas mash`al yorutqan qal`ai aflokdin,
Kim falakka solding o`t ruxsori otashnokdin.

Ishqdin kuydi tanimda har churuk bo`lg`an so`ngak,
Kim ko`ruptur mundoq avj olmoq chaqin xoshokdin.


Bas munosibdur tikar holatda ko`ksum chokini,
Ip suvurmoq ko`nglakim jaybig`a qilg`an chokdin.

Sargaronmen ishqdin chopsang boshimni  bog`la berk
Kim, choparda raxsh uzulub qolmag`ay fitrokdin.


Gar g`azab vaqti qo`lig`a tushtumu tig`i yolang,
Bok emas olmang meni ul qotili bebokdin.

Mast agar mayxonada o`ldum meni, ey do`stlar,
May bila yub, bog`langiz na`shim belini tokdin.

Dema poko pok kech mendin, Navoiy, negakim,
Poklikdin bo`lmag`ay kechmak seningdek pokdin.


573

Qoshi yosinmu deyin, ko`zi qarosinmu deyin,
Ko`ngluma har birining dardi balosnnmu deyin?!

Ko`zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat ichra ruxsori safosinmu deyin?!

Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dard aro vaslining davosinmu deyin?!

Zulfi dominmu deyin, la`li kalominmu deyin,
Birining qaddin, yana  birining adosinmu deyin?!


Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko`nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javru jafosinmu deyin?!


Ey Navoiy, dema qoshu ko`zining vasfini, ayt
Qoshi yosinmu deyin, ko`zi qarosinmu deyin?!

574

Ey musulmonlar, fig`on ul kofiri xudkomdin
Kim, chiqardi ko`kka afg`on kishvari islomdin.

La`li ruxafzosidin bir bo`sa payg`om ayladi,
Garchi yolg`on erdi, men jon toptim ul payg`omdin.

Zulfu ruxsoringdin ayru garchi yo`q shomimg`a subh,
Sham`dek har kecha to subh o`rtanurmen shomdin.


Zulfidin ko`nglumki maxlas topti bor ul telbakim,
Banddin qochmish vayo qushkim qutulmish domdin.


Furqat ayyomidakim yod etmas ul mahvash meni,
Vasli topsam men dog`i yod etmay ul ayyomdin.

Jomi mayda bo`ldi chun ul but jamoli jilvagar,
Qofiri ishq o`lg`amen gar bosh ko`tarsam jomdin.


Dayr  aro, eykim, Navoiydin tilarsen nomu nang,
Bilki ul bu yerga qochib keldi nangu nomdin.


575

Dema  gulgundur  libosim  ashkining, xunobidin,
Sho``ladurkim, o`rtanurmen hajr o`tining tobidin.


O`tda qil yanglig` tanimning hajr o`tidin tobini
Bilmasang, fahm et gul uzra sunbulung qullobidin.


Qalb erur ko`nglumki bog`labtur soching zunnorini,
Turfa bukim bir nafas chiqmas qoshing mehrobidin.


Xasta ko`nglum gar labing unnobini istar, ne tong,
Nega ayrilg`ay jihatsiz xasta o`z unnobidin.


Orazingning mushafi tafsiri bas dushvor edi,
Ravshan o`ldi xolu xatting nuqtayu e`robidin.


Sokin o`ldum dayr aro, to boda ichgan mug`bacha,
Jonima. o`t soldi otashnok la`li nobidin.


Shomi hijronim visol ahlig`a behad qisqadur,
Oni so`rdiklar Navoiy diydai bexobidin.

576

O`lturur ko`yida ishq ahlin alolosi uchun,
Shoh qatl etgan kibi itlarni g`avg`osi uchun.

Tiyra zulfidin ko`ngul ruxsorin aylar orzu,
Go`yiyo ravshan su istar daf`i savdosi uchun.

Chun bo`lur har tun shabiston ichra sham`i anjuman,
Xayli anjum evrulur ul oy tamoshosi uchun.


Qaddida gulgun libos ermaski, ustodi azal,
Bargi guldin xulla qilmish sarvi ra`nosi uchun.

Zulfi zanjirig`a xaddim yo`q, iti zanjiri ham.
Yaxshidur qayd etsa bu majnuni shaydosi uchun.


To tiriktursen qadah davrin g`animat tutki, charx
Evrulur tegrangda naqdi umr yag`mosi uchun.


Ey Navoiy, tarki dunyo ayla izzat istasang
Kim, mazallat keldi sa`y oning tamannosi uchun.

577

Ey musulmonlar, fig`on ishqi balo angezdin,
Ohu vovaylo balolig` furqati xunrezdin.

Qayda faryodim eshitgay ulki go`yi kam emas,
Xalq afg`oni bila g`avg`oyi rustoxezdin.

Gul yuzida xo`y tushub la`lig`a ko`nglum qildi za`f,
Bo`ylakim za`f  aylamish qandi gulob omezdin.


Ko`nglum ichra gulsitoni husnidur, ey bog`bon,
Kelki, ohim farqi yo`qtur nafhai gulbezdin.


Ahli din qasdig`a mundoq chiqsa mast ul mug`bacha,
Soqiyo, may berki kechtim taqvoyu parhezdin.


Ishq o`ti mazlumkushdur bilmas oni ahli zulm,
Anglag`il bu nuktani Farhod ila Parvezdin.


Ey Navoiy, itlarin ko`rmakka borsang bag`ring uz
Kim, gurezing yo`qturur bu nav` dastomezdin.


578

Bir parivashkim ko`ngul devonadur savdosidin,
Gar erur bandangki, ozod o`lmon istig`nosidin.


Oshiq o`lsa shohu ma`shuqi gado bilkim, chekar
Ishq g`avg`osi ani xaylu sipah g`avg`osidin.


Oshiq o`lg`on ajdaho bo`lsa zabun bo`lmoq kerak,
Javr tortib ishq ko`yi mo`rining iyzosidin.


Ne havoyidur havoyi ishqkim, har pashshasi
To``ma aylar aqlu taqvo qofining anqosidin.


Ishq aro shohu gado tengdur, gado balkim fuzun,
Gar gadolig` aylar o`lsa ishqning yag`mosidin.


Kimki ra`noliq bila oshiq bo`lub istar visol,
Tortingiz otig`a xat ishq ahlining asmosidin.


Ishq atvori Navoiyg`a musallamdurkim, ul
Yuz balo chekti dog`i o`ldi aning ixfosidin.

579

Vasl etti va`da yor labi jonfizosidin,
Go`yo bu so`zni etti jonim arosidin.

Gar ko`rmading shafaq uza xurshid, ey ko`ngul,
Ixsos qil ani yuzu gulgun qabosidin.

Munglug` ko`ngulning ohidin etmas raqib vahm,
Yo`q itga bok ishq gadoyi asosidin.

Ishq ichra o`ldum, ohki, qutqarmadi meni
Davr ofati ul ofati davron jafosidin.

Olamni hajr zulmati tutqay sovursa yel,
Kuygan fatilani yangi dog`im qarosidin.

Charxi danida bodai g`am to`lmish, ey rafiq,
Juz hajr zahri qilma tama` davr kosidin.

Sabt o`lmasa  Navoiy oti nazmi zaylida,
Fahm aylar ahli dard kalomi adosidin.

580

Buki vahshu tayr uyutmaslar, g`amim bedodidin,
Kecha it afg`onidin bil, subh qush faryodidin.

Chiqsa tubidin quyosh ko`rguzmagay bu lutfkim,
Angladim yuz jilva qilg`an qomating shamshodidin.


Garchi har damkim sog`insam shavqidin jonim chiqar,
Istamon jonimni bir dam g`ofil oning yodidin.


G`am sahobidin yog`ar Majnung`a mehnat yog`ini,
Dudi ohi chiqti go`yo xotiri noshodidin.

Deb eding hajrimdin o`lsang tirguzay bir tig` ila,
Orzu o`lturdi, vah, o`tkarmagil miyodidin.

Rostlig` ozodalar oyinidur fahm aylagil,
Bu chamanning sarv birla savsani ozodidin.

Shayx agar masjidqa, men mayxonag`a borsam ne tong,
Ey Navoiy, har kishiga chora yo`q mo``todidin.

581

Dameki ishq o`tida qolmag`ay asar mendin,
Namuna bo`lg`usi uchmakta har sharar mendin.

Parivashim g`amidin telba itdek o`lmishmen,
Salomat ahli, bukun aylangiz hazar mendin.

Aningdek ashk ila ohim solibdurur to`fon,
Ki bordurur yeru ko`k vaz`ig`a xatar mendin.

Aningdek o`ldi fano ishq aro vujudumkim,
Adam diyorig`a ham topmag`ung xabar mendin.

Anga yetarga boshoq saqli man` etar garchi,
Xadangi kasratidin chiqti bolu par mendin.

Taayunot ichida ishq bir haqiqat erur,
Gar o`lsa bulbulu parvonadin vagar mendin.

Navoiy, aylama tun kun nishotu ta`lim ol,
Shabona oh bila nolai sahar mendin.

582

Shahru kishvardin ilik yub, xonumondin kechgamen,
Xonumondin kim desun ikki jahondin kechgamen.


Har zamon boshimg`a yuz tig`i halok aylab qabul,
Umrdin tortib etak, billahki jondin kechgamen.


Shahru kishvar, xonumon, ikki jahonu umru jon
Xud ne bo`lg`an, muncha yuz kom o`lsa ondin kechgamen.

Gar Skandar mulki birla Hizr umri bersalar,
Uyla mulku buyla umri jovidondin kechgamen.

Mumkin ermastur valek, ey mehribonlarkim, dame
Qilsa yuz bedod ul nomehribondin kechgamen.


Voizo, aylab yengillik, nechakim kavsar mayin
Maqtasang xoshoki men ratli garondin kechgamen.


Ey Navoiy, qon yoshim bahr o`ldi bu dam istasam
Kim, yetay o`z qotilimg`a, emdi jondin kechgamen.

583

Sebki davri orazim rangi birov hijronidin,
Olmadek bo`lmish qizil bir yoni ashkim qonidin.


Novaki qonlig` ko`nguldin, eyki, dersen o`tmamish,
Aylagil bori nazarkim, qon tomar paykonidin.


Men kibi Majnunni ham bosmish mazallat gardikim,
Fahm bo`lmas zaxm ila dog`i tani uryonidin.


Go`y urardin yo`qki ul chobuk qilur bir boshin go`y,
Buki bir g`avg`o chiqar har dam aning maydonidin.


Xo`blug` davrida yod etgil gahi ushshoqni
Kim, base yod aylagungdur xo`blug` davronidin.

Aysh bazmin, ey ko`ngul, mayxona ayvonig`a chek,
Kim balo toshi yog`ur har dam sipehr ayvonidin.

Ko`yida itlar fig`oni andin erkin bir kecha
Kim, uyumaslar Navoiy nolayu afg`onidin.

584

Qadni ul xurshid ayog`inda agar dol etgamen,
Jilvasig`a zulf yanglig` o`zni pomol etgamen.


Xoldek yuzum qaro gar to`yg`amen nazzoradin,
Gar ko`zumning mardumin ruxsorig`a xol etgamen.

Ul pari paykarga forig` bol yetmak istabon,
Tunu kun tengridin istid`oi paru bol etgamen.

Har kecha holim xarob o`lg`anda yolg`on tush bila
Va`dai vasl aylab ondin o`zni xushhol etgamen.


Gar desamkim ko`yi tufrog`in elay, ko`z xalqasin
Ming to`shukluk pardai jon birla g`irbol etgamen.


Bodai bo`g`zumg`a quyg`aysen yiqib, ey mug`bacha,
Gar icharda tavba uzri birla ixmol etgamen.

Rishtai jisming somon sorig` yuzungdin chirmayin,
Ey Navoiy, nomakim ul oyg`a irsol etgamen.


585

Yor ila  ag`yor ozoridin andoq zormen,
Kim tani zorim kibi boshtin oyoq ozormen.

Yor zulmi tig`idin ko`nglum kibi majruhmen,
El jafosi toshidin bag`rim kibi afgormen.

Yor holim anglamoq ummididin navmidmen,
Xalqning yuz mehnatu begoridin nokormen.

G`am yemak bo`lmish ishim, yo`qtur vale g`am yer kishim,
Turfa ishkim garchi beg`amxormen g`amxormen.


Jon taloshurmen ne dardim bilgirur, ne sihhatim,
Ne o`lukmen, ne tirik, ne sog`u ne bemormen.

Gar boshim olib jahondin chiqsam ermastur ajab,
Kim malul ahli jahondin ulcha dersen bormen.

Ey Navoiy, umr agar budur, ajal rahm aylabon,
Kelsa jonim olg`ali jon birla minnatdormen.

586

G`am tuni la`ling so`rar hajr darsin zor uchun,
Chun ajal yetti Masiho zahr ezar bemor uchun.

Ko`zki uchqan chog`da ustig`a yopishturdum somon,
Nomabar qushturki sorig` ruq`a eltur yor uchun.

Orazing shavqidakim ashkim to`kar ko`z mardumi,
Bog`bon yanglig`dururkim, su ochar gulzor uchun.


Ko`yi tufrog`in mening diydamg`a sol, ey tong yeli,
Kim erur ul surma loyiq diydai bedor uchun.

Chun yiqildi za`fdin jismim uyi naylay aso
Aylagaymu sarvi pushtibon yiqug` devor uchun.


Umri naqdidin imorat aylang, ey dayr ahlikim,
Vaqfi jon mulkin  qilibmen kulbai xammor uchun.


Gar Navoiy hajr dashtidin o`ta olmas, ne tong,
Yo`l yuriy olmas kafi g`am toshidin afgor uchun.

587

Har tarafkim borur ag`yor ila jonon taloshurmen,
Chun ajal qasd etar o`lturmakima jon taloshurmen.

Hajr tig` ursa talashimni o`lum havfi sog`inma,
Kim shahiding bo`loyin deb meni hayron taloshurmen.

Boshoq ustida talashqon kibi mazra`da gadolar,
Dashti ishqing aro ushshoq ila paykon taloshurmen

Ey pari chun kiyik o`xshar iki ko`zungga biaynih,
Bu jihatdin meni devona biyobon taloshurmen.

Garchi ag`yordin olmog`lig` emastur seni mumkin,
Turmog`umdur boqibon, onchaki imkon taloshurmen.


Ochig`im kelgali kavsarni ochchig` bodag`a tarjih,
Xirad ahli chu qilurlar meni nodon, taloshurmen.

Qo`l solib hajr o`tida ul kishi yanglig`ki su urgay,
Ey Navoiy, chu oshar shu`lai hijron taloshurmen.

588

Bilgasen chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo bo`lsang, senga andoqki men.

Ishq dardig`a davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balog`a  kimsa  ermas mubtalo  andoqki men.

Uylakim yo`q sen kibi husn ahli ichra bir pari,
Yo`qturur bir telba ahli ishq aro andoqki men.


Eyki qo`ymassen tanimni to``ma qilg`ay itlaring,
Itlaringga jonni kim qildi fido andoqki men.


Garchi o`lturdung jafo birla meni, lekin tilab
Topmag`ungdur anda bir ahli vafo andoqki men.


Yo`qturur davron jafosidin qutulmoq, ey rafiq,
Tutmasang mayxonaning kunjini to andoqki men.


Gar berur husni zakotin, ey Navoiy, yo`qturur
Xastai zori g`aribi benavo andoqki men.


589

Benavomen ayru xaylu hamdamu hamrozdin,
Za`flig` ul tor yanglig`kim uzulgay sozdin.

Qoldimu noz uyqusinda tunu kun kofir ko`zung,
Yo ochilmas notavonlar sori ayni nozdin.

So`z demay jonbaxsh la`lingkim o`lukni tirgizur,
Ko`rsa ruxullah ani dam urmag`ay e`jozdin.


Hech jonib ko`yidin ko`nglum qila olmas havo,
Uyla qush yanglig`ki qolmish bo`lg`ay ul parvozdin.

Novakandoz o`lg`ali kofir ko`zung, ey qoshi yo,
Kimsaga jon qolmag`ay fahm ayladim andozdin.


To sirishkim qildi sirrim fosh ko`zdin solmisham,
Ehtiroz, ey do`stlar, vojibdurur g`ammozdin.


Charx o`rtangay quyosh o`tig`a ko`rganni desam,
Ul quyosh bedodiyu charxi jafo pardozdin.

Qo`rqutub elni tomug` lekin meni qismi azal,
Elga vahm anjomdin, lekin menga og`ozdin.

Dahr aro ne ko`pga chun topqung baqo, ne ozg`a,
Ey Navoiy, ozu ko`p so`r dema ko`pu ozdin.

590

Tufrog`imdin ahli ishq etsa tanure shodmen,
Kim ichimda o`ti to yonmoq bila mo``todmen.

Odamilig`din meni shod istamang, ey xo`blar,
Kim meni majnun pari hijronidin noshodmen.

Ishq aro qozdim balo tog`ini tirnog`im bila,
Uyla sog`inmangki Shirin oshiqi Farhodmen,

Shomi vasl ul ko`y aro, ey sarsari hajr, olmakim
Uyla tufrog`menki subh anfosidin barbodmen.


Zulmu bedodingdin elga ohu afg`on solmakim,
Zulm agar sen aylagung men qotili bedodmen.


Gar berib qulluqqa xat bir sog`ar ichtim dayr aro,
Qilmangiz aybimki olam fikridin ozodmen.

Ey Navoiy, ishq aro gardung`a sunmasmen bo`yun,
Lekin ul xurshid gar tig` ursa ham munqodmen.


591

Orazing naqshin ko`zum lavhida tasvir etgamen,
Bo`lmasa taqdir ani ko`rmak ne tadbir etgamen.


Ey qaro ko`z, bo`lmas ul yuz shavqidin yuzdin biri,
Ko`z qarosidin agar yuz noma tahrir etgamen.


Yoshurun qolg`aymu ishqim buylakim, ul sho`xdin,
Chiqsa har so`z bexabar yuz qatla taqrir etgamen.

Ne junundur buki har tun ul parivash vaslig`a
Yuz xayol aylab yana borig`a tag`yir etgamen.

Eyki dersen vasl koming bo`lsa qilg`il jon fido,
Ul muyassar gar bo`lur men xud ne taqsir etgamen.

Ishq azaldindur nasibim, nosiho, man` etmagil,
Man` qilsang ham netib men man`i taqdir etgamen.

Ey Navoiy, naqdi jon bergil deding savdosig`a,
Buyla savdo gar muyassar bo`lsa tavfir etgamen.

592

Ishq dashtin hech g`urbatkash musofir ko`rmasun,
Men g`arib ul dasht aro ko`rganni kofir ko`rmasun.

Yormangiz Farhodu Majnun ollida ko`ksumnikim,
Botinimning dardu dog`in ahli zohir ko`rmasun.


Dahrni qil tiyra, yorabkim, aning ruxsorini
Har ne ko`z mumkin esa bo`lmoqqa nozir ko`rmasun,

Har boqishda qatli om aylar ko`zungkim, dahr eli
Hech kimni sen kibi bu fanda mohir ko`rmasun.

Voizo, ko`p vasf qilding sohirening sehrini,
Hozir o`lg`ilkim, seni ul ko`zi sohir ko`rmasun.

Qimki oshiqlik asiridur taxayyul birla ham
Ishq ko`yida o`zin osuda xotir ko`rmasun.

Kim Navoiydek fano vodiysida istar huzur,
Kechsun o`zdin balki xud o`zlukni hozir ko`rmasun.


593

Yorab, anglabmu ekin ul oyki oning zorimen,
Kechalar savdosidin andoqki zulfi torimen.


Sihhatim bo`lsa topibmen la`li yodidin shifo,
Notavon  ham  bo`lsam  oning ko`zlari bemorimen.


Yo`qturur xaddim demakka yorimen yoxud iti,
Itlariga har kishi yor ul kishining yorimen.


Xo`blar ushshoqig`a jon bersalar ul qilsa qatl,
Har sori yuzlansa ishq ahli men oning sorimen.

Istasa el jonini bilmon berur bermaslarin,
Bo`lsa yuz jonim anga borin berurmen borimen.


Jilva aylab mast to ko`nglumni oldi mug`bacha,
Dayri piri itlari silkida xizmatkorimen.


Hajrdin to notavon jonimni qutqardi ajal,
Ey Navoiy, anglakim jon birla minnatdorimen.

594

Tushta la`lin ko`rdum uyg`onmay debon qayg`udamen,
Urma dam, ey subhkim, bir dam chuchuk uyqudamen.


Ko`zguda to ko`rdum oni qilmag`il aksim gumon
Kim, kirib qilmoqqa vaslin justijo` ko`zgudamen.

Nogah ul qotil nishon aylab bir o`q otqaymu deb,
Ko`yiga yillar so`ngakdek jism ila o`trudamen.


Ishq  bahrining  nahangi  desa bo`lg`ay  buylakim,
Ashk daryosin chekib gardung`a men ul sudamen.


Holima kulmakka har zaxmim bir ochilg`an og`iz,
Turfakim men ham alar kulgusidin kulgudamen.


Har baliyat o`qikim charxi muqavvasdin kelur,
Go`yiyo menmenki olam ahlidin qobudamen.

Ey Navoiy, ul pari ishqig`a mahram yo`qidin,
Telbalar  yanglig` o`z-o`zum  birla guftu go`damen.


595

Ulcha ko`nglum ko`rdi ojizmen ani izhoridin,
Ul quyosh raftoridin yo charx kajraftoridin.

Sarsari hijron esar, vahkim, soching savdosida,
Notavon ko`nglun osilg`andekturur bir toridin.


To`kti zaxmimdin bag`ir qonimni hijron nolishi,
Uylakim siqmoq bila el su oqizg`ay noridin.


Rost ul yanglig`ki surgan yerdin urg`ay sabza bosh,
Chiqti paykoning uchi har yon tani afgoridin.


Menda biymi hajr derlar naylali, chorang degil,
Xalq so`rg`andek vasiyat naql etar bemoridin.


Kofiri masti yo`lum urmishki dayr o`lmish yerim,
Dayr aro ham balki chiqmon kulbai xammoridin.


Chun men o`ldum kofiri ishq, ey musulmonlar, dengiz
Kim ne choram bo`lg`ay emdi but bila zunnoridin.


Shayx imonin mening kufrum bila teng tutmasun,
Kim yaqindur kufrdin ham kechgamen bu oridin.

Ey Navoiy, bilki bo`lmas chehrai maqsudini
Pardadin ko`rmak, xususan pardai pindoridin.

596

Bazm ichinda andoq ul mahvash xayoli birlamen,
Kim xayol andoq qilurmenkim visoli birlamen.

So`zlashurda o`z-o`zum birla junun ahli kibi,
Ul parivash belu og`zi qilu qoli birlamen.

Gah kulub gohiki yig`larmen xayol aylab oni,
Vasli ummidiyu hijroni maloli birla men.

Demagil maydin yuzum rangin, qulog`imdur qiziq,
Kim, bu yanglig` hajr koju go`shimoli birlamen.

Og`ziyu zulfi g`amindinkim erur nolamda mad,
Buyla mad tortarda aning biymu doli birlamen.

Soqiyo, bir jomi may birla meni devona qil,
Kim mushavvash aql savdosi maholi birlamen.

Ey Navoiy aql sori emdi bo`lma rahnamun
Kim, bo`lub devona ishqi louboli birla men.

597

Yuz jafo tong yo`qki ul nomehribondin ko`rgamen
Kim, vafo ko`rmish birovdinkim men ondin ko`rgamen.

Kimsa abnoyi zamondin ko`rmadi hargiz vafo,
Kim men ul xunrezu oshubi zamondin ko`rgamen.

Qo`yki itdek telba ko`nglum necha mehnat, ey rafiq,
Har dam ul ovorai behonumondin ko`rgamen.


O`zgalar arzin netaykim jonima orom erur,
Javru bedodikim ul oromi jondin ko`rgamen.

Nozaninlar jilvagohi ichra har yon telmurur,
Ko`zlarimkim ul sumanbarni qayondin ko`rgamen.


Eru ko`kni ashku ohim sayli dudi qildi gum,
Necha ranju mehnat ul ikki yomondin ko`rgamen.

Dema ul oy orazin ko`rsang urar boshingg`a tig`,
Har balo kelsa boshimg`a osmondin ko`rgamen.

Xirqayu sajjodani qilsam fano dayrida rahn,
Ikki olam sudini mundoq ziyondin ko`rgamen.

Ey Navoiy, so`rmag`ilkim qilmog`umdur oshkor,
Yuz nihoni dardu mehnatkim falondin ko`rgamen.

598

Ikki gul bir kecha ko`nglumni guliston aylabon.
Oldilar jonimni bedod ulcha imkon aylabon.


Biri bo`rkin sindurub, jonlar safin sindurg`ali
Aqlu din mulkin safi mujgoni vayron aylabon.


Biri bir necha hilolin egri bog`lab noz ila,
Anjumu aflokni husnig`a hayron aylabon.

Biri xatti sabzasidin gulga aylab hoshiya,
Bazmni ul sabzayu gul bog`i rizvon aylabon.

Biri olam ahlining ko`ngli qushin sayd etgali
Sunbuli domini gul uzra parishon aylabon.


Biri qoshu kirpigidek o`q bila yo ilgida,
Lek ul yo birla o`q jonlarni qurbon aylabon.

Biri vo`sma birla surma rangidin ko`k toqini
Ofat angizu qaro nargisni fatton aylabon.

Biri bog`lab bargni to`n uzra minorang qo`r,
Naxli qaddin g`ayrati sarvi xiromon aylabon.

Biri gulgun to`ng`a sarig` ostardin zeb etib,
Sarvi ra`nosin guli ra`noda pinhon aylabon.

Mastlig`din  ul  qilib  ilgida dog`in  oshkor,
Sho`xlug`din jong`a bu yuz dog`i xirmon aylabon.


Zulm ila ul o`lturub, bu lutfi birla tirguzub,
Gar bu qilsa zulm ul ham lutfu ehson aylabon.

Men agar boqsam bu yon tig` urub oning ishvasi,
Boqsam ul yon g`amzadin bu tiyri boron aylabon.


Ey Navoiy, bu fasonang yo tush ermish, yo xayol,
Necha lof urmoq o`zungga muncha  bo`hton  aylabon.

599

Ul oy firoq ila qismim g`am etsa naylagamen,
Visoli g`ayr ichin xurram etsa naylagamen.

Mengaki tori vafo sust ayladi ul dam,
Raqib birla ani mahkam etsa naylagamen.

Xazinu oshiqu zor etti, nayladim ojiz,
Ki ishq tig`i qatili ham etsa naylagamen.

Meniki hamdam edim qovdi, naylay, ul damkim,
Raqibni o`ziga hamdam etsa naylagamen.


Chu mahrami men edim, qildi zulm ila mahrum,
Visoli mahramini mahram etsa naylagamen.


Sipehr mehrin agar mendin etti kam ne iloj,
Taxayyul ilaki mundin kam etsa naylagamen.


Demangki, etsa ijozat borurg`a ko`yidin,
Debon zamini siyah mulzam etsa naylagamen.

600

Telba ko`nglum javridin andoq parishon holmen,
Kim aning bedodining sharhin demaktin lolmen.

G`am sipohi chun hujum aylar aning to`sh-to`shidin,
Holig`a rahm aylabon g`am xaylig`a pomolmen.

Gohi majnunvashlig`i birla bo`lurmen muztarib,
Gohi behol o`lmog`idin za`f aro beholmen.


Za`f holing`a necha rahm aylagaymen, ey ko`ngul,
Sen dog`i rahm etki men ham bas zaif ahvolmen.

Kosh itsang uylakim nomu nishoning topmasam,
To desam ishq anduhidin emdi forig`bolmen.

Ishq aro gohi bo`lurmen zor mo`yungdin, chu mo`y
Furqat ichra gohi nolangdin nechukkim nolmen.


Ey Navoiy, necha dermen ishq tarkin aylayin,
Chun ish ishga yetti aylarmen yana ihmolmen.