G`AZALLAR
601
601
Jilvai qadding ko`rub sarvi ravondin kim desun,
Javhari la`ling borinda naqdi jondin kim desun.
Do`st ko`yinda chu manzil tutilar ahli visol,
Men kibi ovorai bexonumondin kim desun.
Ko`p dema voizki, ul qaddu labu yuz ollida
To`biyu kavsar bila huri jinondin kim desun.
Og`zi vasfida deyilgan xurdadonlar, ey ko`ngul,
Sen kibi ma`dum benomu nishondin kim desun.
Bordurur oni yuzungdakim, quyoshda oncha yo`q,
Sen borinda kim quyosh kim bo`lg`ay andin kim desun.
Yorg`a holin demakka oncha yaxshi yori bor,
Ey ko`ngulkim, yaxshi boqsang men yomendin kim desun.
Shayx so`z maqsud ahli kasbida ko`p so`rdi lek,
Chora anda juz fano yo`q har qayondin kim desun.
Gah zamondin shikva, gah ahli zamon javrin dema,
Boda ich ahli zamon birla zamondin kim desun.
Gar Navoiy desa ul yuz gulshanidin yo`q ajab,
Demayin bulbul hikoyat gulsitondin kim, desun.
602
Ko`rub zulfung aro o`tluq ko`ngullardin asar har yon,
Tunu anjum dema, bilgil tutun ichra sharar har yon.
G`araz bu ulki ishqingdin g`alatqa solg`amen elni,
Bu kim istab sumanbarlarni solurmen nazar har yon.
Pari ruxsoralar toshi meni devona davrinda
Sochilg`andekdurur naxli malolatdin samar har yon.
Dema ko`yumdin el ketsunki band etmish chibin yanglig`,
Ulusni so`zda la`ling no`shidin oqqan shakar har yon.
Ulus qonini tufroqqa to`karga so`rma, ko`z solkim,
O`lar qon birla tufrog` ichra bir xunin jigar har yon.
Buzuq qabrimni ko`rgan o`qchi do`konig`a o`xshatqay,
Firoqing o`qidin anda ko`rub paykonu par har yon.
Ul oy husnig`a ishqingni yoshurg`il dema, ey nosih,
Ki tutmish olam ahli ichra shuhrat bu xabar har yon.
Mayu ma`shuq uchun po`yamg`a kulmang, ey saloh axli,
Yugurmay netgamen yetsa qazo birla qadar har yon.
Seni istarda mumkin yo`q, Navoiy, multafit bo`lmoq,
Nechakim jilva qilsa noz ila bir siymbar har yon.
603
Hajr shomidnn qarong`uroq tun o`lg`aymu ekin,
Yorab, ul tundin xalos o`lg`an kun o`lg`aymu ekin?
Barq yanglig` olam o`rtar lam`ai shomi firoq,
Do`zaxi hijron chiqarg`on uchqun o`lg`aymu ekin?
Ko`yida itlar izi ruxsorg`a bo`ldi baho,
Andin oyo qiymatiroq oltun o`lg`aymu ekin?
Subhi furqat bir balo daryosi buzdi dahrni,
Shomi hijronimda yoqqan shudrun o`lg`aymu ekin?
Gul masallik toza qonlig` dog`lar birla tanim,
Dard bog`ida ochilg`an gulbun o`lg`anmu ekin?
Tiyri boroni firoq ahbob jonidin o`tar,
Hech yomg`ur mundin oyo o`tkun o`lg`aymu ekin?
Bog` aro gullarga o`t soldi Navoiy nolasi,
Benavo bulbulg`a, vah, mundoq un o`lg`aymu ekin?
604
Zarvaraqtin yo kibi qoshingda zevarmu ekin?
Yo magar mushkin hilol ustida axtarmu ekin?
El uchurg`an parniyon har yon burunchak azmidin
Ul pari uchmoqqa egni ustida parmu ekin?
Titraguch gavharlari erkin boshingda yo magar,
Oy boshinda hay`ati parvin musavvarmu ekin?
Ko`zgu ichra orazing aksimu erkin jilvagar,
Yo zilol ichra ko`rungan mehri anvarmu ekin?
Sochbog`ing o`rg`anmudur siymin taning davrig`a pech,
Yo`qsa husnung kunjig`a chirmashg`an ajdarmu ekin?
Bu chaman gulbunlarida xor ekinmu yo magar,
Zor bulbul joshshing qasdig`a nishtarmu ekin?
Ey Navoiy, men xud ul on vaslidin mahrummen,
Bilmon o`zgalarga bu davlat muyassarmu ekin?
605
Bu kecha hajr kuni shomi qiyrgunimu erkin?
Yo`q ersa sa`bi g`amim do`zaxi tutunimu erkin?
Chu shayx ruq`asig`a ruq`a tikti jismi tutashti,
Samum xullasidek ko`nglagim yo`runimu erkin?
Firoq dashtidin itgan ko`ngul yelib chiqa olmas,
Aning bu dodi aro g`ul rahnamunimu erkin?
Ko`zum uyiniki sayli sirishk buzdi, yiqilmas,
Qading xayoli bu vayronaning sutunimu erkin?
Bu o`tki telba ko`ngulni pari xayolig`a solmish,
Yuzung shuoyi deya sho``lai jununimu erkin?
Birovki kasbi fano qildi, ko`kka qo`ydi qadamni
Bumu zabun anga yo ul munung zabunimu erkin?
Navoiy, ozdi esidin chu ketti jismig`a ko`p na`l,
Talab yo`lining alar na`lbozgunimu erkin?
606
Garchi ul mahvash jafo aylar taammul qilmaiin,
Chunki oshiqmen nedur choram taxammul qilmayin.
Hajr biymin anglabon aylar ko`ngul vasltda maks,
Qatl uchun elturda el bormas taallul qilmayin.
Og`zin anglarda belnn ko`nglumda aylarmen xayol,
Xurdadon bo`lmas kisht nozik taxayyul qilmayin
Ishq sirrin gar bayon aylay desam, ey piri aql,
E`tiroz etma xadisimni taaqqul qilmayin.
Vah, necha qon yutqamenkin, soqiyi davron menga
Chun yetar har davr aro o`lmas tag`oful qilmayin.
Foniy o`l faqr istar ersangkim, erur maqsud mahol,
Yo`lg`a chun qo`yg`ay qadam rahrav tavakkul qilmayin.
Ey Navoiy, shart qildimkim, agar bo`lsam xalos
Ishqidin, o`zga bu ish zikrini bilkul qilmayin.
607
Chok-chok etting ko`ngul komini hosil qilmayin,
Keskulatting notavon saydingni bismil qilmayin.
Hajr o`tining manzili bo`lmoq ko`ngul ne sudkim,
Etgach o`q o`tti xadanging anda manzil qilmayin.
Tushmasun har ko`z yuzungga, elga ham o`t tushmasun,
Chiqma uydin parda o`tluq yuzga hoyil qilmayin.
Garchi hajri ro`zgorim tiyra qilmish, ey sipehr,
Mahfilim yorutma oni sham`i mahfil qilmayin.
Ul pari majnunidur ko`nglumni zinhor, ey hakim,
Band qilma zulfi qaydidin salosil qilmayin.
Dahr ishi oludaluqdur, ey xusho, ul pokro`
Kim, o`tar bu jiyfag`a ko`nglini moyil qilmayin.
Ey Navoiy, shart qildimkim, qutulsam hajridin,
Necha ko`nglum desakim, ishq orzu qil, qilmayin,
608
Gar desam ko`z birla ruxsorin tamosho qilmayin,
Vaslini naylab ko`ngul birla tamanno qilmayin.
Gavhari ishqig`a ko`nglumni netib qilmay hadaf,
Muncha baskim ko`zni ifshosig`a daryo qilmayin.
Oh o`tiyu ashk saylidin bo`lur yer-ko`k to`la,
Necha dermen ishq asrorin huvaydo qilmayin.
O`t tushub ko`nglumdayu ko`ksumda ravzan zaxmidin,
Dudining oning ne yanglig` oshkoro qilmayin.
Ul pari har jilvasidin aqli kull shaydo bo`lur,
Telbalikdindur desam ko`nglumni shaydo qilmayin.
Qilmag`il, ey shayx, usruklar unidin shikvakim,
Mast o`lub mayxonada qilmas alolo qilmayin.
Soqiyo, andoq to`la tut bodakim, behud bo`lay,
Toki davr oshubig`a bir lahza parvo qilmayin.
Ey Navoiy, olam oro husnini chun ochti yor,
Bo`lmas emdi o`zni olam ichra rasvo qilmayin.
609
O`rtama ko`nglumni komin hosil etmasdin burun,
Qushni kim biryon etibdur bismil etmasdin burun.
Jism aro ishqing vatan qilmay hanuz oldi ko`ngul,
O`t yoqar yer topti uyni manzil etmasdin burun.
Oshiq o`ldum jonim osonliq bila ol, ey ajal,
Ishq dardi jong`a ishni mushkil etmasdin burun.
Ey ko`ngul, yor ochti yuz hijronda o`lmak sa`b erur,
Jon fido qil yuzga burqa` hoyil etmasdin burun.
Pandlar berdi xirad ko`nglumga yuz shukr, ey pari,
Telba qilding nosih oni oqil etmasdin burun.
Foniy o`lsun kim baqoyi jovidon istar ani,
Foniy o`lg`anlarg`a davron doxil etmasdin burun.
Ey Navoiy, g`ayri naqshidin arit ko`nglungnikim,
Fayz mumkin ermas o`zni qobil etmasdin burun.
610
Oshiq o`ldum necha javr ahli zamondin tortayin,
Ulki oshubi zamondur bori ondin tortayin.
Yor ila ag`yor zulmi haddin o`tti, vah, necha
Vasl uchun javru jafo yaxshi-yomondin tortayin.
Hajr girdobidurur ko`nglum kamandi, vasl ber
Kim, solib ani bu hajri begarondin tortayin.
Sen tana`um gulbunidin uz farog`at g`unchasi,
Men balo paykoni jismi notavondin tortayin.
Borg`ali ko`yida egnimdin chiqar go`yo qanot,
Javridin desam ayoq ul ostondin tortayin.
Mehmonim bo`lsang ollingda havodis tuhfasi
Nesh tandin o`q, ko`nguldin nola jondin tortayin.
Ey Navoiy, necha qilg`aylar etakdek poymol,
Men dog`i emdi etak ahli jahondin tortayin.
611
Qil bu yon javlonki jonni xoksoring aylayin,
Boshingga evrulgali qo`pqon g`uboring aylayin.
Bu bahona birla chunkim jonni sadqang ayladim,
Aqlu xushu sabru naqdin ham nisoring aylayin.
Yuz agar ochsang nazarning qushlarin sayding qilay,
O`q agar otsang ko`ngul saydin shikoring aylayin.
Qochib el nazzorasidin gar kirarsen aksdek,
Ko`zgudek ko`nglumni temurdin hisoring aylanin.
Sen labingdin jon berib vaslingdin elning ko`nglin ol,
Men xazin jonu ko`ngulni xoru zoring aylayin.
Xonaqahda, eyki o`zluk jomidin maxmursen,
Kir fano dayrigakim daf`i xumoring aylayin.
To`lsa paymonang Navoiy dayr aro may birla yub,
Boshining xum kirpichin xishti mazoring aylayin.
612
Yorumas sham`i visoling rishtayi jon o`rtabon,
Furqating dardi kam o`lmas dog`i hijron o`rtabon.
Ko`ngluma o`t, boshima solding qilich, ammo ne sud,
Oshkoro urmog`ing su elni pinhon o`rtabon.
Barq kulmak birla kuydurgan kibi jismim xasin,
Ohkim, kul qildi ul gulbargi xandon o`rtabon,
O`qlarin o`rtab tanimda to`kti ko`nglum qonini,
Turfa saydi ayladi bismil nayiston o`rtabon.
Soqiyo, sol otashin la`ling bila bir o`t menga,
Kim ko`ngulga sho``la solsun jonni oson o`rtabon.
Xayli ishqing har so`ngakni tanda bir yon o`rtadi,
Korvon yoqqandek o`t, xaslarni har yon o`rtabon.
To Navoiydek bo`lay ozod o`zluk mulkida,
Har nenikim o`rtamaklik bo`lg`ay imkon o`rtabon.
613
Chehra yopting xasta jonimni anga zor aylabon,
Zulf yig`ding telba ko`nglumni giriftor aylabon.
Gar muroding qatl esa jon topshurg`ay olg`il ravon,
Rahm etib o`lturma yillar hajringga zor aylabon.
Dema javridin agar ul qochsa kimga javr etay,
Kim qocharg`a azm qilg`umdur xabardor aylabon.
So`zki la`lingdin eshitsam uylakim obi hayot
Qonmon, ey jon, to tirikmen ani takror aylabon.
Dema Majnun ul pari hajrida menmen dasht uza,
Nola chekkan tosh ila ko`ksumni afgor aylabon.
Faqr ko`yida gadolig` garchi faxrimdur valek,
Saltanat arz etsalar mayl aylamon or aylabon.
Ko`yi azmida Navoiyg`a navo yetsa ne tong,
Kim qilur bulbul navo ohangi gulzor aylabon.
614
El g`amimdin kuymasun deb nolayi zor aylamon,
Dardu holimdin mingidin birni izhor aylamon.
Yo`qsa yo`qtur hech soatkim fig`oni zor ila
Yuz tumon ming bag`ri toshning ko`nglini zor aylamon.
Turfa bu kim tortibon yuz muncha do`zax sho``lasi,
Yor ko`nglin bu haroratdin xabardor aylamon.
Turfaroq bukim fig`onimdin uyumay dahr eli,
Uyquluq baxtim ko`zin har lahza bedor aylamon.
Ishq aro men o`zga, Farhod o`zgadur, ey do`stlar,
Teshai g`am birla men tog` bag`rin afgor aylamon.
Soqiyo, andoq sabuh istar ko`ngulkim, bersa dast
To qiyomat subhi andin o`zni hushyor aylamon.
Ey Navoiy, sudrab eltur boda birla mug`bacha,
Ixtiyorim birla azmi ko`yi xammor aylamon.
615
Shomi hijron zulmatida obi hayvon istamon,
Ne uchunkim sensiz, ey umrum xushi, jon istamon.
Chun tilar ko`nglum samandingning izidin topsa na`l,
G`ayri ko`nglum sohati raxshingg`a javlon istamon.
Chun o`qungdin bir boshoqdur qatra su, ey qoshi yo,
Sendin o`tluq ko`ngluma juz tiyri boron istamon.
Istasam la`ling mayin har dam berur xunob charx.
Men xud o`z komim bila may o`rnig`a qon istamon.
Ul parivash tifli toshi tanda dermen tutsa yer,
Yo`qsa ko`p devonalig`din o`zni uryon istamon.
Yor ko`nglum buzmoq istar, men ham istarmen buzuq,
El yoshursun ganj deb bu uyni vayron istamon.
Ey Navoiy, ko`rgach el hayronlig`in o`lsam ne tong,
Menki g`ayratdin anga do`zaxni hayron istamon.
616
Jong`a har dam ishqidin yuz ming balo kam istamon,
O`zgaga ming yil o`tub yuzdin birin ham istamon.
Yor chun istarki g`amnok o`lg`amen hijronidin,
Ne ajab gar vaslidin ko`nglumni xurram istamon.
Tig`i ishqing zaxmidin jonim bir osoyishtadur,
Kim agar yuz qatla o`lsam dog`i marham istamon.
Dev siyratlar bila ko`rsam ne hol o`lg`ay menga,
Ul parig`a chun malak haylini hamdam istamon.
Ne taxammul gar yuzungga tushsa nomahram ko`zi,
O`z ko`zumni ayni izzatdin chu mahram istamon.
Oncha el javrin ko`rubmenkim tilarmen fardlig`,
Bo`lsa yori ham vafolig` jinsi odam istamon.
Ey Navoiy, ishq agar olamg`a rasvo aylamas,
Men xud o`zni kuch bila rasvoyi olam istamon.
617
Necha ashkimdin menga, ey ishq, bedod etgasen,
Ohdin jismim xasin har lahza barbod etgasen.
Elga dilbar iltifotidin meni aylab g`amin,
Elni bo`lg`andin menga nomultafit shod etgasen.
Menkim o`ldum g`amda jon bermak menga ta`lim etib,
Ulki qotildur anga o`lmakni irshod etgasen.
Ey ko`ngul, bergaysen elga sur nafhidin xabar,
Aylab ohingdin qiyomat chunki faryod etgasen.
Har zamon ishqing chu yuz ming qatlg`a qoni` emas,
Furqatingdin yo`qturur hojatki imdod etgasen.
Ishqdinkim jonima yuz gul ochilmish, ey hakim,
Jahl erur gar nomiya ruhig`a isnod etgasen.
Uyla mahv o`lmish, Navoiy, xotiringdin, ey pari,
Kim unutub shoyad ul devonani yod etgasen.
Ohdin jismim xasin har lahza barbod etgasen.
Elga dilbar iltifotidin meni aylab g`amin,
Elni bo`lg`andin menga nomultafit shod etgasen.
Menkim o`ldum g`amda jon bermak menga ta`lim etib,
Ulki qotildur anga o`lmakni irshod etgasen.
Ey ko`ngul, bergaysen elga sur nafhidin xabar,
Aylab ohingdin qiyomat chunki faryod etgasen.
Har zamon ishqing chu yuz ming qatlg`a qoni` emas,
Furqatingdin yo`qturur hojatki imdod etgasen.
Ishqdinkim jonima yuz gul ochilmish, ey hakim,
Jahl erur gar nomiya ruhig`a isnod etgasen.
Uyla mahv o`lmish, Navoiy, xotiringdin, ey pari,
Kim unutub shoyad ul devonani yod etgasen.
618
Yo`q damekim ul quyosh yodida faryod aylamon,
Aylamon faryodkim gardunni barbod aylamon.
Nola qilmonkim xaloyiq ko`nglini qilmon xazin,
Navha chekmon g`am arokim elni noshod aylamon.
Orazu qaddi xayoli bas menga, ey bog`bon,
Gul sari qilmon tamosho mayli shamshod aylamon.
Qo`yma yuz huru pari vasfig`a, ey roviyki, men
Qiblai jon g`ayri ul huri parizod aylamon.
Aylamon ma`mur aqlu sabr ila ko`nglum uyin,
Chun meni buzdi, men ul vayronni obod aylamon.
Har necha qildim vafo ko`rguzdilar javr, ey ko`ngul,
Ayb qilma gar zamon abnosidin yod aylamon.
Ey Navoiy, tarki ishq etkim, qutulsam men dog`i,
Kimsaga ko`nglumni mundin nari mo``tod aylamon.
619
Ko`rguzur ag`yor yuz tuhmat nihoni naylayin,
Yorkim so`rmay inonur, bu baloni naylayin?
Yuz jafo eldin chekib, vahkim, jafogarlikka ot
El aro paydo qilibmen, bu jafoni naylayin?
Kimki dardi bo`lsa yor aylar davo, men yorsiz
Dard aro o`ldum, bu dardi bedavoni naylayin?
Dam-badam qonimg`a tonug`luq berur ko`z, ey ko`ngul,
Bilmon ul tardomani yuzi qaroni naylayin?
Yuz vafo aylab xaloyiqqa, ko`rubmen ming jafo,
Aylamay xoliqqa emdi iltijoni naylayin?
Qilmangiz dayri fanog`a kirmagimni aybkim,
Chekmayin jomi fano dardu anoni naylayin?
Ey Navoiy, chun vatanda bir dame xush urmog`im
Mumkin ermas, ixtiyor etmay jaloni naylayin?
620
Yor holidin menga, vahkim, xabar yo`qtur bukun,
Bu jihatdin aqlu xushumdin asar yo`qtur bukun.
Subh selobi sirishkim oqti ko`p, ey do`stlar,
Band uchun kelmangki ul sudin guzar yo`qtur bukun.
Kechakim bag`rim bo`lub qon oqti ko`zdin g`am emas,
G`am budurkim itlaringga mohazar yo`qtur bukun.
Men bukun o`lgach, aning ko`yiga to`ldi xalqkim,
Ashku ohim saylu barqidin zarar yo`qtur bukun.
Va`dai vaslingni tongla demagilkim, umrg`a
E`timodim hajr shomi to sahar yo`qtur bukun.
Ichmagum, ey dayri piri, jomi may ul mag`bacha
May tutarg`a bazmi aysh ichra agar yo`qtur bukun.
O`zlukin chun soldi o`tgan kun Navoiy boshdin,
Bu jihatdindur anga gar dardisar yo`qtur bukun.
621
Lablaring sharbatini chashmai hayvonmu deyin?
Demasam chashmai hayvon, ne deyin, jonmu deyin?
Tunu kunumkim yorug` ul yuzdin erur, vahkim, ani
Mohi anvarmu deyin, mehri duraxshonmu deyin?
Kulubon jilva qilur chog`da qadu og`zin aning
Sarvi ra`nomu deyin, g`unchai xandonmu deyin?
G`amzai qotil ila kofiri xunrez ko`zin
Dushmani jonmu atay, ofati imonmu deyin?
Ishq dardini desam sa`b meni ayb etmang,
Ishki ming mushkil erur zimnida osonmu deyin?
Aql agar ishq o`tidin qochsa nechuk man` qilay,
Sho``ladin sa`y qilib chiqsa birov yonmu deyin?
Ichmakim zohid agar bildi, Navoiy, naylay,
So`rsa so`z uyla kishi ollida yolg`onmu deyin?
622
Ko`z bila qoshing aro ul xoli mushkinobdin,
Nuqta kofir uzra tushmish yo quyi mehrobdin.
Ul og`iz ollidakim har la`lidur obi hayot,
Nomunosibdur demak so`z g`unchai serobdin.
Uylakim zulfung g`amin olamg`a tarqatmish nasim,
Ne ajab sudralsa yuz jon bo`yni har qullobdin.
Nuqtai mavhum erur og`zing, netib kom istayin,
Kim tamattu` kasb qildi javhari noyobdin.
Hajr tobu pechidin qisqardi umrum rishtasi,
Tor ul yangliqki bo`lg`ay qisqa pechu tobdin.
Olam asbobidin o`t gar istasang ko`nglumni jam`,
Kim parishonlig`din o`zga yetmas ul asbobdin.
Ey Navoiy, yor ko`yida qaro tufrog` aro
Qolibon ortuq ko`rarmen bistari sinjobdin.
623
Necha ul chehrani ko`z lavhida tasvir etayin,
Ani ko`rmakka bu suvrat bila tadbir etayin.
Necha tun tongg`acha ko`rmakka quyoshdek yuzini
Yuz tahayyul qilibon borig`a tafsir etayin.
Necha yo`q yerda xayolingni taaqqul qilibon,
Furqating sharhi g`amin ollida taqrir etayin.
Necha xad yozg`ali yo`q yerda senga holimni
Nomalar kilki tahayyul bila tahrir etayin.
May ber, ey barahman, ar mug`bacha ishqiyu ko`ngul
Bo`lsa badmasti firoqi bila ta`zir etayin.
Ey Navoiy, dema jon bergilu ilgin o`pgil,
Mundoq iqbol ilik bersa ne taqsir etayin.
624
Necha g`amim o`tin ahli jahong`a yetkurayin,
Sharoru dudin aning osmong`a yetkurayin.
Qadam boshimdin etib ko`yi azmi qildimkim,
Bu makr ila ani ul ostong`a yetkurayin.
Labingg`a may bila obi hayot yetgandek,
Aning xayolini men dog`i jong`a yetkurayin.
Ko`ngul chu ko`yida kam bo`ldi, ne ko`ngul birla
O`zumni kom tilab gulistong`a yetkurayin.
Ko`ngulni istayu vayron badanni elturmen
Ki, xonumonini bexonumong`a yetkurayin.
Jahonda fitnadur, aylab so`rog` mayxona,
O`zumni sa`y ila dorul among`a yetkurayin.
Navoiy ohi senga za`fdin chu yetmas, kel
Ki, vaslidin madad ul notavong`a yetkurayin.
625
Ishq aro men kibi yo`q besaru somon bo`lg`an,
Xonumon buzg`an aloxonu alomon bo`lg`an.
Oh dudi bila ishq o`tini zohir qilg`an,
Lek ul dud aro axgar kibi pinhon bo`lg`an.
Tiyri boroni baloi ishq anga yog`durg`an,
Tanida har sari mo`y o`rnig`a paykon bo`lg`an.
Sarsari ohi bila naxli umidi sing`an,
Sayli ashki bila sabri uyi vayron bo`lg`an.
Pora-pora jigari hajr o`tidin o`rtangan,
Qatra-qatra yuragi hajr o`qidin qon bo`lg`an.
Ishq daryosi ani odami obi etgan,
Hajr sahrosi aro g`uli biyobon bo`lg`an.
Tong yo`q o`ldum esa ishq ichra jahon rasvosi,
Kimdurur oshiq o`lub oqili davron bo`lg`an.
Soqiyo, bodaki, yo vasli keraktur, yo may,
Maxlas istar esa pobastai hijron bo`lg`an.
Mezbonlig`da Navoiy ne ajab jon bersa
Kim, o`luk tirguzur ermish anga mehmon bo`lg`an.
626
Ishq ichra qani men kibi zeru zabar o`lg`an,
Har kimki yo`q andin batar o`lg`an, batar o`lg`an.
Chun dilbari kirpiklar o`qi el sari otqan,
A`zosi aro har sari mo` nishtar o`lg`an.
Menmen labi jonbaxshing uchun la`l masallik
Bag`ri teshilib g`arqai xuni jigar o`lg`an.
Dehqon deki, mendek yana davron chamanida
Kim ko`rdi vafo naxlig`a hijroni samar o`lg`an.
Jismi sharar ayrilmog` ila bilki tugandi,
Ko`nglida muhabbat shararidin asar o`lg`an.
Mast ulki jahon mehnatidin topti farog`at,
Davrong`a kelib ketganidin bexabar o`lg`an.
Faqr ichra ne tong o`zlukidin kechsa Navoiy,
Fard o`ldi fano shevasidin bahravar o`lg`an.
627
Qomatingdek bog`i husn ichra yo`q sarvi ravon,
Orazingdek xud qani sarv uzra arg`uvon.
Siymi soid ko`rguzub ko`nglum oldi ul quyosh,
Kuchluk aning panjasi, men bag`oyat notavon.
G`am yukidin men kibi qadi xam bo`lmoq ne tong,
Har qarikim dilbari bo`lg`ay aning navjuvon.
To qaroqchi ko`zlaring din yo`lini urdilar,
Zuhdu taqvo mulkidin kelmadi bir korvon.
Naqdi jon istasa meni qiynasa kofir ko`zung,
Netgamen har yonkim ul turk mastidur avon.
Dahr elidin zinhorkim vafo qilma tama`
Kim, tama`din kimsaga yuzlanur doim havon.
Ey Navoiy, go`yiyo kelgusidur yorkim,
O`trusig`a ko`z yoshing turmayin bo`ldi ravon.
628
Oy yuzung ustida ko`z andoqki, oraz uzra ayn,
Nun bila ikki qoshing ichra tafovut binu bayn.
Men kimu taqvo musulmonlarki, har soat solur,
Ko`ngluma ul ikki kofir ko`z xayoli sho`ru shayn.
Anjum istar charx tosida tugunlar ishqdin,
To ko`rubtur ul maqomirvash qo`lida ka`batayn.
Yirtting umrum sijjilin tig` ila boshim chopib,
Qolmadi bo`ynumda hijron o`lturub bori bu dayn.
Dedi og`zimdur sening umrung, visolin istagil,
Umr agar budur visolin topqamen al umrat ayn.
Soqiyo, ko`p va`da qilding roh ila rohat yetur,
Yo`qsa qil ma`yuskim, alya`su ihdar-rohatayn.
Ey Navoiy, nega ma`yus o`lg`ay ulkim, shohdur,
Xisravi G`oziy muizzi mulku din Sulton Husayn.
629
Yorutmas quyosh tiyra shomim qarosin,
Ki bu shom etar tiyra aning ziyosin.
Ochar shoh o`zi band qilg`anni, lekin
Xalos aylay olmas birov mubtalosin.
Gar Ayyub sabr etti turluk baloda
Valek ko`rmadi hajr shomi balosnn.
Bulut bo`ldi ohimki, ul oyni yopqay,
Ulustin qilib tichra ishqn havosin.
Diram o`rnig`a bersa anjumnn toshlar,
Agar imtihon qilsang, ul on gadosin.
Qani ra`iy mundin savob, ey ko`ngulkim,
Kishi qoyil o`lsa, bilib o`z xatosin.
Navoiy erur bulbulung, lekin ul gul
Unutturdi hajring xazoni navosin.
630
Musavvireki qilur go`yi gardining raqamin,
Qo`yungki ko`zga chekay surma milidek qalamin.
Yilon taharrukin ar qush tutarda ko`rmaysen,
Ko`ngul olur chog`i ko`r bandi zulfi pechu xamin.
Nihon tan ichra tugonlardin o`ldi munglug` jon,
Gadoki tarbiya qilg`ay libos aro diramin.
Ko`ngulki g`am sipahin ko`rdi chekti sho``lai oh,
Birov kibiki tikar mo`r xaylig`a alamin.
Xiromin asru sevarmen, vale ko`zum ichra
Ayog` chu qo`ydi tilarmen ko`tarmagay qadamin.
Xumor muhlik edi dayr piri tutti qadah,
Unutmag`ung agar o`lsa dog`i aning karamin.
Navoiyo adam istar falak vujudungni,
Teng anglasin dog`i aning vujud ila adamin.
631
Netib tama` qilayin bo`ynuma soching rasanin,
Kim ul quyosh yuziga soldi chin ila shikanin.
Buzug` ko`ngul aro ishqing chu kirdi, qochti xirad,
Bu ajdahoni ko`rub bum qo`ydi o`z vatanin.
Tirildi xattu yuzungdin ko`ngul, magar ekting
Xizr suyi bila bu bog` sabzayu samanin.
Qatili ishqing agar kirsa ravza tavfig`a,
Ketursa hulla ola olmag`ay aning kafanin.
Ko`ngulda xor g`amidur o`larmen, ey Maryam,
Masih ignasi birla chekay desang tikanin.
Jahonda raz qizining la`lidin og`iz olma,
Desangki, ko`rmagamen zoli charx makru fanin.
Navoiy usruk agar dayr ichinda o`rtadi dog`,
Magarki suzguch ila kimsa bog`lag`ay tuganin.
632
Xating kim mehr uza chekti savodin,
Xamono mushkdin qilmish midodin.
Sochingda chun girihdin o`zga yo`qtur,
Ne nav` andin tila, ko`nglum kushodin.
Ajaldin yo`q malolim mundin o`zga
Ki, qobil qo`ymag`ay qilmoqqa yodin.
Bo`lur ko`nglum uyidin xayr barbod,
Qachonkim fikr qilsam xayr bodin.
Murodi gar emas dilbar murodi,
Ilohiy bermagil oshiq murodin.
Salohin gar ko`rar zuhd ichra zohid,
Riyoyu ujbdin ko`rmas fasodin.
Navoiy topmasa yuz qatla o`lgay
Ising bir qatla har soat sabodin.
633
Ishqing o`tig`a quruq jismim o`tun,
Ko`ngul ahgardur anga, oh tutun.
Tig` ila yordimu ko`ksungni demang
Aylamas tig` ila xud ani butun.
Ro`zgorim qarorib zulfungdek,
Tori umrumg`a tugun uzra tugun.
Vasl aro debsen olurmen jonin,
Hajring olmay durur angla burun.
Va`dai vaslin etar tongla netay,
Intizori meni o`ltursa bugun.
Boda zarfi boshig`a yetmoq uchun,
Soqiyo, qolmadi xirqamda yurun.
O`ynab o`lturdi Navoiyni, ko`rung,
Chini ne erkin, agar budur o`yun.
634
Etishti bayramu daf` etti ro`za qayg`usin,
Hilol musqili yorutti boda ko`zgusin.
Sipehr jomi hilolig`a jilva berdi magar,
Ki boda zabt eta olmas nishot ko`zgusin.
Magarki qildi shabistong`a azm shohidi iyd,
Ki to`kti charx ayog`ig`a axtar injusin.
Dalil rohi shafaq rangu jomi menoyi,
Shafaq mayini ko`ru charx jomi menusin.
Farog`ate tilar ersang, ko`p og`zi xishtin ol,
Ushat bu xisht bila zuxd nangu nomusin.
Saharki xalq Musallog`a yuz qo`yar, xush tut,
Borurg`a dayri fano sari tong qorong`usin.
Navoiy, ich qadahu foni o`lki, topti baqo
Biravki, topmadilar el so`rog`i bilgusin.
635
Yuz o`tida yuz qatra su ne tong yo`q xayi g`altonidin
Ko`nglum o`tida yo`qmudur yuz qatra su paykonidin.
Qilg`anda raxshin garm po`y ul shahsuvori tund xo`y,
Qilg`ay debon olingda go`y olmon boshim maydonidin.
Bu dardu g`amdin lolmen, maydon aro pomolmen,
Kim ko`rgach-o`q beholmen ul ishvagar javlonidin.
Boshim sari nazzora qil, ey charx, idboringni bil,
Dog`i saodat anglag`il har zaxm oning chavgonidin.
Maydong`a ul chobuk surub boshimg`a chavgon yetkurub,
Sargashta jonim kuydurub el po`yasi har yonidin.
Ko`k mazraidin xo`shae kasb aylasang qil to`shae,
Kom istabon tut go`shae ko`yi falak davronidin.
Gardun chekib tig`in nihon, yuz javr birla to`kti qon,
Oxir Navoiy topti jon topqach vafo jononidin.
636
Tirik qolsam gar o`zni bazmi vasling ichra solg`aymen,
Firoqing shiddatin de olmasam xud yig`lay olg`aymen.
Qabo bir qatla vasli xilvatida meni, ey gardun,
Necha hijroni zindonida ul oyning qobolg`aymen.
Junun toshi boshingg`a yog`di deb ta`n etma, ey nosih,
Tasavvur qilmakim bu sarzanishlardin uyolg`aymen.
Nigoring gar borur, bot kelgusidur, yema g`am dersiz,
Hamono sog`inursizkim, men ul kelguncha qolg`aymen.
Meni davron buzubtur, siz yasay olmaysiz, ey ahbob,
Menga ne jurm azaldin chun buzuq mundoq yasalg`aymen.
Agar ahbob te`dodin qilursiz, bo`lmog`um sonda,
Menga bas bu sharafkim, itlari ichra sanalg`aymen.
Sabuhi vasl aro tut bir qadah, ey soqiyi davron,
Necha hijron tuni maxmurliq birla qiynalg`aymen.
O`larmen yo yetarmen maqsadimg`a, yonmoq imkon yo`q,
Badan za`fi bila yo`l shiddatidin garchi tolg`aymen.
Ko`ngul uzdum, Navoiy, ko`yi tavfidin, ne tong, emdi
Erishsa itlari ul ko`y aro ko`nglumni solg`aymen.
637
Tariqi ishq aro elni fard qilsa birov,
Harif emas anga yer, ko`k necha erurlar ikov.
Ko`nguldin ayla mavolid maylin kam kim,
Bo`lurg`a fard mavone`dururlar ushbu uchov.
Desang falakka chiqay, foniy o`l anosirdin,
Nedinki ruhunggadur chormix bu to`rtov.
Havosi xams ila maqsud bo`lmadi mudrik,
Ko`ngulni top ikki-uch uzv besh emas bu beshov.
Fanoyi mahz etar sittayi zaruriya,
Nedinki yo`qqa zarurat emas bu nav` oltov.
Xilofi shar` agar yetti ko`kka chiqqungdur,
Yaqinki yetti tomug`din batardur ul yettov.
Navoiyo, sakiz uchmog` xavosidin kech kim,
Bular mavoni` erur yor istar o`lsa birov.
638
Falakdin gar senga har lahza yuz qayg`u kelur o`tru,
Agar har qayg`udin so`ng bir sevunmak bor, emas qayg`u.
Vagar har tiyralikka bir yorug`luqni inonmassen,
Yig`i ko`r charxdin, har shom dog`i subhidam kulgu.
Kamol istar esang sidq ahlidin qilma ko`ngul tiyra,
Mukaddar aylamas xurshid subh anfosidin ko`zgu.
Safo ahlig`a gulruhlar xayolidin tag`ayyur yo`q,
Qachon gul aksi tushmaklik bila gulrang bo`lg`ay su.
Fano naqdi jahoningg`a chu ermas bir zamon ma`lum,
Diram naqdig`a umrung har zamon sarf etmagil asru.
Junun zanjirida oshiq yonida xiylagar zohid,
Kishi ko`rsa tasavvur aylagay sher ollida tulku.
Ko`ngul mir`oti ichra jilvagardur yoru sen g`ofil,
Toriqma hajrdin ko`pkim, emassen yordin ayru.
Fanoning ham fanosin istagil vasl ersa komingkim,
Bu yo`lda vosil o`lmoqning tariqi ushbudur ushbu.
Ketur bir boda, ey soqiyki, ichsam qolmag`ay boqi,
Fanodin, bal baqodin ham zamirim lavhida belgu.
Navoiy dayr aro mast o`lsa shohdin panoh, andin
O`tarda tutqusi, albatta, bir sog`ar chiqib o`tru.
639
Qayon qilsa havo ul turfa qush uyqu olur qayg`u,
Vagar kulbamda bir tun qo`nsa xud ko`zdin uchar uyqu.
Firoqing shomida subhi visoling yodima kirgach,
Kelur har lahza tinmay yig`lamoq ichra menga kulgu.
Quyoshim sarvdek qad birlakim har yon qilur jilva
Ayog`i ostida, vah, soyadur yo sunbuli gesu.
Yangi jon topqamen bo`lsa labing obi hayotidin,
O`larda og`zima chun tomizurlar paxta birla su.
Labingning xolidin jon istadim, ul oldi jonimni,
Gunah mendindur, andin yo`q chu ishni aks etar hindu.
Qul o`ldum xolu zulfu qaddingga gar javrdin qochsam;
Erur ko`ksumda har yon dog` ila na`lu alif belgu.
Qadah mir`oti ruh ey soqiyu maxmurluq ranji,
Meni o`lturdi, bovar qilmasang qo`y og`zima ko`zgu.
Chu davron bevafodur, necha sohibi joh esang, ey shah,
Gadolar xotirin asrayu mag`rur o`lmag`il asru.
Ichar ermish ul oy ushshoq yodi birla sog`arlar,
Seni ul el tufayli, ey Navoiy, yod qilg`aymu.
640
O`t yolindek sen qachon chopsang samandi barqrav,
Bir alamdur o`tqa boshing ustida gulgun yalov.
Tortibon tig`i jafo bag`rimni yuz chok ayladi,
Bordi ulkim der edilar el meni bag`ri butov.
Xullai kofirgun ul xil`ati xazro uza
Sabzai jannatqa go`yo tushti rahmatdin qirov.
El inoni ixtiyori chiqti yaksar ilgidin,
Po`yada har sari ul chobukki qaytardi jilov.
Xo`blar ichra birov ko`nglumni olmishkim, ani
Mendin o`zga kimsa birla qilmag`il, yorab, ikov.
Tiyralar lutf aylabon tutmas safo ahli yerin,
Yorug`an birla uchi sham` o`rnini tutmas kosov.
Gar Navoiy kilkidek el kilki shakkarrez emas,
Ayb qilmang birdek o`lmish nayshakar birla g`arov.
641
Yuzungga shiftai qoshlar bo`lmasa oshiq nag`u,
Bo`ldilar har qaysi bir devonai jo`lida mo`.
Bo`lmasa devona, bas ne vajhdin zanjir etib,
Kelturubdursen ayog`i sari zulfi mushkbo`,
Ul araqnok otashin ruxsoringa mayl ettilar,
Telbalar moyil bo`lurlar ko`rsalar o`t birla su.
Telba ermas balki ikki hindui sohirdurur,
Bosh qo`shub afsun uchun go`yo qilurlar go`ftugo`.
Yo tamosho qilg`ali, yo sehri ta`lim olg`ali
Zulfining hindulari har sari qilmishlar g`ulu.
Sho`xlarning qoshlarig`a, ey ko`ngul, mayl etmakim,
Ofiyat ko`yiga hojiblardur ikki ro`baro`.
Qoshig`a tushgan girihlar birla ko`nglung bog`lamish,
Ey Navoiy, ishqini tark ayladim deb bo`ldimu?!
642
Yordin ayru may ichmak qindurur, balkim og`u,
Xoh og`izda talx su, xohi burunda sho`r su.
Deb eding, ey hajr, yoring kelmasa jon bergasen,
Chiqti jonim birga, vah, bu ikkidin vaqt o`ldimu.
Istasam husnung zakotin gar bo`lur mone` raqib,
Ne ajab chun it bo`lur doim gado birla adu.
Nevchun og`zingg`a yetar deb jomi gulgun dam-badam,
Xasta ko`nglum g`unchadek qon bog`lanibdur to`-bato`,
Men gado o`ldum ko`yida ko`nglum o`ti dudidur,
Zog`din qilmang gumon qonlig` tanim uzra g`ulu.
Zohidi xudbing`a xirqam zayli tegdi, ey rafiq,
Olib egnimdin fano dayri aro may birla yuv.
Ey Navoiy, ko`rgach ul qotilni qo`ydung yerga bosh,
Buyla bosh qo`ygach nafas tashvishidin forig` uyu.
643
Ko`nglumu bag`rimni g`amzang tig`i aylar kov-kov,
Yo`q ajab gar qon oqar ikki ko`zumdin ikki nov.
Xayli xatting charkasi yuz davri uzra go`yiyo,
Kim iki mushkin g`izoling sayd etarga bo`ldi ov.
Ishqing o`ti sho``lasin mufrit tilar majnun ko`ngul,
Uylakim doim tilar devonalar qilmoq olov.
Ishqi o`zlukni chu boshimdin chiqardi, urdi tig`,
Ani boshtin sov etib, boshni tanimdin qildi sov.
Zohido, ishqingni yoshur dersen andin so`ngrakim,
Holima tashni` ila solding bori olamg`a chov.
Qayda mumkindur alifdek chiqmoq eldin xossakim,
Kavn aro olti jihatdin qolmisham andoqki «vov».
Ey Navoiy, tig` tortib, chobukum javlon qilib,
Boshima yetgach dedim: Tark et urushni! Dedi: – Hov!
644
Ro`zada labtashnaliqdin qildi za`f ul mohro`,
Jon berurmen la`lig`a to bo`lg`usi jonimda su.
La`lig`a su orzu bo`lmish susizliq tobidin,
Kim ko`rubtur chashman hayvon su qilmoq orzu.
Istaram ul gulni serobu bu kim beob erur,
Xasta ko`nglum g`unchadek qon bog`lanibtur to`-bato`.
Men solay ohim bila olamda zulmat, ey Xizr,
Sen su keynicha yugur chashmang sari olib sabu.
Za`fdin har dam quyoshim xushidin g`oyib bo`lur,
Qo`z soling tengri uchun xurshid g`oyib bo`ldimo`?
Tashnaliqdin zohidi xushk o`ldi ul oy ro`zador,
Garchi zuhd ahlin xarobot ichra qildi ko`-bako`.
Ey Navoiy, har dam ul on za`fdin behol erur,
Hech bilmonkim, ne qilg`aymen, ajab hol o`ldi bu?!
645
Ey sabo, ovora ko`nglum istayu har yon boru,
Vodiyu tog`u biyobonlarni bir-bir axtaru.
Topa ko`r ani, chu topsang har qayon ozim esa,
Boshig`a evrul quyundek dog`i aldab qaytaru.
Sa`y etib keltur mening sariyu gar xud kelmasa,
Ollida bedilligimning dostonin o`tkaru.
Aytqilkim, sen xud etting jon dog`i chiqmoqqadur,
Boshima yetkuru gar xud kelmas o`lsa yolboru.
Ola kel, vah, bo`lsa Majnun shevayu beixtiyor,
Qo`ymayin o`z ixtiyorig`a bu sori boshqaru.
Kelturub chok aylabon ko`ksum oni o`rniga sol,
Meni bedillik baloyu mehnatidin qutqaru.
Ushbu yanglig` istagil doim Navoiy ko`nglini
Kim, gar andin yetmasa haqdin senga yetgay qaru.
646
Sipehri oyinagun gar damimdin erdi qorong`u,
Asar yo`q emdi damimdin qo`yuulsa og`zima ko`zgu.
Firoqi bazmida ermas surohi og`zida g`ulg`ul,
Ki qildi qah-qaha birla g`arib holima kulgu.
Sipehr bahrig`a boqsang yuzungga aksdurur mehr.
Ko`runur ikki quyosh chun bo`lur quyoshqa su o`tru.
Yuzungda qatrai xo`y xol nuqtasinmu yoshurdi,
Va yo cho`mub nafas asrar hayot suyida hindu?
Netib habib visolin tama` qilay meni shaydo,
Ki telba beadabu tund xo`y erur pari asru.
Yorug` gar o`lmadi sham`i muroding etma ko`p so`z,
Kishi qazo bila bo`lmas urushmoq, aylama yorg`u.
Navoiy, istar esang yor la`li komini, jon ber,
O`zung de elga tirilmaklik o`lmaguncha bo`lurmu?
647
Ne ajab gar qilmasam gul rangu bo`yin orzu
Kim, erur andin dimog`im ichra o`t, ko`zumda su.
Sarvni ham istamonkim ko`zga andin o`qdurur,
Kimsa bir o`qni ko`ziga qanda qilg`ay orzu.
Guljabinlik sarvqad mohim kerak, yo`q sarvu gul,
Ul yuzu qadsiz menga ne ul keraklikdur, ne bu.
Qomatu ruxsori komimdur, yo`q ersa bog` aro
Har taraf ko`p saf tuzatgay sarvu gul qilg`ay g`ulu.
Sarv qaddi birla gul ruxsorini ko`p istadim,
Ul qadu yuzdin yiroq ko`nglungga taskin bo`ldimu.
Azmi dayr etsang qilib g`usli tariqat kom ko`y,
Lek avval din ila islomdin ilgingni yuv.
Ey Navoiy, dahr bo`stonida ko`ptur lavnu atr,
Lek yo`q mehru vafodin anda mutlaq rangu bo`.
648
Xating ermas gul uzra, sabzai bog`i eramdur bu,
Ne sabzagun yuzida tun savodidin raqamdur bu.
Gar ohim sho``lasi o`tti quyoshdin tong yo`q, ey mahvash,
Sen ahli husn aro shahlig` uchun chekkan alamdur bu.
Latofat suyidin bo`lmish zanaxdoning chohi go`yo,
Tarashshuh aylagan kun chashmasidin barcha namdur bu.
Jafo dog`in qo`yubkim jonim olding, asrasam tong yo`q,
Nihon ko`ksum arokim jon berib topqan diramdur bu.
Ilojimdin bo`lub ojiz dedilar hikmat ahlikim,
G`aribu xasta yo`qkim oshiqu devona hamdur bu.
Butekim, kuch bila chekti boshimni sajdag`a emdi,
Vafodin bosh chekar, ko`rgulki ne sarkash sanamdur bu.
Olib din naqdi piri dayrkim, qildi meni sarxush,
Ko`rung, oxir ne kamlik o`trusida ne karamdur bu.
Qadah davrini xush tut, charx javrin boqma, ey soqiy,
Ki ul tutqach vujud albatta bilkim, kal`adamdur bu.
Navoiy, g`ofil o`lma ul sanamning qasrin aylansang,
Samad zikrini mazkur aylakim tavfi xaramdur bu.
649
Yig`lamoq kam qilmadi bu diydai giryonda su,
Ikki orig` ayrilib ne o`ksugay ummonda su.
Etmay el og`zig`a la`li obdoring jon berur,
Bu latofat birla yo`qtur chashmai hayvonda su.
Ne ajab ko`rgach yuzung ko`p oqsa yoshimkim, bo`lur
Chashmalar ichra bahor ayyomida tug`yonda su.
Har ko`zumdin gohi su, gah qon oqar ko`yung aro,
To`rt ariq oqqan masallik ravzai rizvonda su.
Buzg`udektur charx uyin ashkim hamono yo`q ishim,
Nisficha olamni vayron aylagan to`fonda su.
Jong`a shirindur o`qung, vah, nayshakardurmu, nayi,
Yo magar jon shirasidin bo`ldi ul paykonda su.
Eyki dersen la`li serobimg`a ko`p labtashnasen,
Mundin o`zga yo`q ishim to bo`lg`usidur jonda su.
Soqiyo, maxmurluq og`zim qurutmish, rahm etib,
Boda gar yo`qtur solib ber sog`ari davronda su.
Shodlig` xayli Navoiy ko`ngliga tushmay o`tung
Kim, bu manzilning o`ti ko`ptur vale yo`q anda su.
650
Ohu ashkimdin shikoyat aylamish ul tund xo`,
Ne dey olg`aymenki bir og`zida o`tdur, birda su.
Jonfizo vaslin qilurmen, kom muhlik hajr aro
Jon berur ul aylaganda umri jovid orzu.
Muddaiylarning hujumi bul ajab holimdadur,
Nogahon kirgan kibi ko`rgach g`arib itlar g`ulu.
Menu kunlar yuz balosin kom ila yuz aysh sur,
Menu tunlar uyqusizliq noz ila sen xush uyu.
Soqiyo, chini idish birla takalluf qilmakim,
Betakalluflarg`a xushroqtur surohidin sabu.
Huru jannatdin murodim davlati diydor erur,
Yorsiz bog`u kanizi besh emastur ulu-bu.
Ishq dashtida fanodin nari ermish yuz xatar,
Ey Navoiy, yor ishqida berib jon bo`ldimu?
651
Sayli ashkim birla tutmish jumlai olamni su,
Jumlan olam neki bu obgun toramni su.
Aylagandek mardumi obi burun ko`z mardumin,
Emdi ul nav` aylamish xayli bani odamni su.
Hajri ashkim yetkurur har dam quyoshqa bir hayot,
Uylakim, yetkurdi Kayxusravg`a jomi Jamni su.
Zaxmim ichra qoldi paykoning, ne yanglig` butgay ul,
Chunki qo`ymas yorag`a yopushqali marhamni su.
Istangiz ko`nglumnikim, sahroda ashkim saylidin,
Qanda soldi erkin ul bemor devonimni su.
Darddin g`amginmen, ey soqiy, qadah saylini quy,
Bo`g`zuma to eltgay ko`nglum uyidin g`amni su.
Ey Navoiy, buyla nazm etting bu durri obdor
Kim ajab yo`q, rashhasidin gar tutar olamni su.
652
Ko`p qochar yor oni ko`p qilsam meni zor orzu,
Anda bisyor ijtinobu menda bisyor orzu.
Kufri zulfi orzusidin berurmen naqdi din,
Kim ko`rubtur, ey musulmonlar, bu miqdor orzu?!
To ko`zung ayni tanosidin menga qilg`ay nazar,
Kechayu kunduz qilurmen o`zni bemor orzu.
Chun erur har tori zulfung rishtai jon, bas ne tong,
Jon qushin ul dom aro qilsam giriftor orzu.
Jannat o`lsa maskanim ko`yung tilarmen uylakim,
Do`zax ahli aylagan jannatqa izhor orzu.
Bog` tavfidin g`araz andoqki, bo`lg`ay sarvu gul,
Bizga ko`yung ichra bor ul qaddu ruxsor orzu.
Soqiyo, aylar xumorim qasdi jon qilsam ne ayb,
Xasta jonimni muqimi ko`yi xammor orzu.
Kundai do`zaxdurur bu ravzada har bargi shox,
Aylaram savsan kibi o`zni sabukbor orzu.
Andin o`ldum ozimi dayri fano, ey mug`bacha,
Kim qilibmen halqai zulfungni zunnor orzu.
Zohido, boshtin ayog`ing zarq erur qo`y pandkim,
Besarupolarg`a bo`lmas kafshu dastor orzu.
Orzu aylar Navoiy ko`yung ichra orazing,
Zor bulbul aylagandek bog`u gulzor orzu.
Anda bisyor ijtinobu menda bisyor orzu.
Kufri zulfi orzusidin berurmen naqdi din,
Kim ko`rubtur, ey musulmonlar, bu miqdor orzu?!
To ko`zung ayni tanosidin menga qilg`ay nazar,
Kechayu kunduz qilurmen o`zni bemor orzu.
Chun erur har tori zulfung rishtai jon, bas ne tong,
Jon qushin ul dom aro qilsam giriftor orzu.
Jannat o`lsa maskanim ko`yung tilarmen uylakim,
Do`zax ahli aylagan jannatqa izhor orzu.
Bog` tavfidin g`araz andoqki, bo`lg`ay sarvu gul,
Bizga ko`yung ichra bor ul qaddu ruxsor orzu.
Soqiyo, aylar xumorim qasdi jon qilsam ne ayb,
Xasta jonimni muqimi ko`yi xammor orzu.
Kundai do`zaxdurur bu ravzada har bargi shox,
Aylaram savsan kibi o`zni sabukbor orzu.
Andin o`ldum ozimi dayri fano, ey mug`bacha,
Kim qilibmen halqai zulfungni zunnor orzu.
Zohido, boshtin ayog`ing zarq erur qo`y pandkim,
Besarupolarg`a bo`lmas kafshu dastor orzu.
Orzu aylar Navoiy ko`yung ichra orazing,
Zor bulbul aylagandek bog`u gulzor orzu.
653
Kofurgun libos aro ul sarvinoz ekinmu?
Yo shomi hajr dafi`g`a sham`i tiroz ekinmu?
Qatl aylarida dahr eli bosh qo`ydilarmu erkin,
Yo Qiblai jamolig`a el sajdasoz ekinmu?
Elmu nihollarni chamanda xam etti, yo xud,
Ul sarvinoz ollida ahli niyoz ekinmu?
Ko`z bahru koni bo`ldi nisor anga naqdi jon ham,
Bu kim tarahhum etmadi bilmon bu oz ekinmu?
Yag`mo solurg`a har taraf otlandi ul sitamgar
Ko`nglum viloyati sari bu turktoz ekinmu?
Ushshoq ishq bodiyasin qat`i etarda oyo,
Ma`shuq ko`yi qasdlari yo hijoz ekinmu?
Ko`nglung, Navoiyo, sochidin kech yetar yuznga
Aqshom qarong`u yo`lda nishibu faroz ekinmu?
654
Gul sochar yel bog` aro sarvi ravonim keldimu?
Jon isi guldin kelur oromi jonim keldimu?
Behud erdim aytgali ko`nglum, chu keldim holima,
Ayting ul ovorai bexonumonim keldimu?
Qolmish erdi xasta jon kirganda men mayxonag`a,
Anglamonkim, ul zaifi notavonim keldimu?
Demangizkim keldi mahvashlar seni o`lturgali,
Muni dengkim qotili nomehribonim keldimu?
Hajrdin o`ldum demangkim boshingga kelmish
Masih, Ayting ul osoyishi ruhi ravonim keldimu?
Ko`yunga ushshoq kelgandin xabar tuttung, valek,
Demading ul zori benomu nishonim keldimu?
Zuhd ko`yiga ko`ngul birla demangkim kelmading,
Ey Navoiy, necha aytib ul yomonim keldimu?
655
La`lini desam chashmai hayvon erur ushbu,
Der nuktai jon berurikim jon erur ushbu.
Jismimni ajal dedi junun dashtida go`yo,
Sahroyi qiyomat dog`i uryon erur ushbu.
Bilmangki erur g`unchai nobing ko`ngul ichra,
Yo hajr o`qidin qon aro paykon erur ushbu.
G`am dashti aro oh samuminki yoyibmen,
Kim ko`rsa degay sho``lai hijron erur ushbu.
Ko`z hayratini tonglama ulkim seni ko`rmish,
Yo husnungga, yo holima hayron erur ushbu.
G`am shomi erur tiyra gar ichsam mayi ravshan,
Ayb etma menga sham`i shabiston erur ushbu.
Ishqimni Navoiy qiladur tark demishsen,
Jon tarkini ham qilsa ne imkon erur ushbu.
656
Oldi chun ilgiga ul huri sumanbar ko`zgu,
Aksidin qildi ravon ruhi musavvar ko`zgu.
Javhari husnin agar ko`nglida qplmaydur naqsh,
Ne uchun topti javohir bila zevar ko`zgu.
Uylakim oyu quyosh ollig`a kelib bo`ldi munir,
Ro`baruyungda qilur o`zni munavvar ko`zgu.
Orazing oyinasi hajrida ko`ksum bo`lmish,
Har taraf eski tugan birla sarosar ko`zgu.
Oy sari boqmayu xurshidni mir`ot etkim,
Ko`rguzur egri emas bo`lsa mudavvar ko`zgu.
Tilasang fayz ko`ngul ila xavotirdin pok,
Aylamas aksi qabul o`lsa mudavvar ko`zgu.
Mayda soqiy yuzi, soqiy yuzida may ko`rdum,
Ey Navoiy, bu safo qayda topar har ko`zgu.
657
To tushta yuzin ko`rdum bo`lmish menga kom uyqu,
Lekin g`amidin bo`lmish ko`nglumga harom uyqu.
Ko`nglum ne uchun yetgach zulfungg`a bo`lur behud,
Ma`hud emas elga chun avvali shom uyyoqu.
El ko`zlaridin ul ko`z uyquni tamom olmish,
Bu ishdin ekin oxirkim, bo`ldi tamom uyqu.
Chun sayli sirishkimdin ko`zning qarosi bormish,
Ne nav` tuta olg`ay ul yerda maqom uyqu.
Yo tushta ko`ran oni, yo g`ayrini ko`rmay deb,
Ko`z ochmayin istarmen hajrinda mudom uyqu.
Bu marhalada solik ko`z yumsa qolur yo`ldin,
Yo`l ahli qachon aylar aylarda xirom uyqu.
Uyqusi Navoiyning gar o`chti ajab ermas,
To dona sirishk o`lg`ay bo`lmas anga rom uyqu.
658
Yuzung bayozida ul xoli mushkso hindu,
G`arib tushti Xo`tan kishvari aro hindu.
Ne xol erurki ko`ngulni rabuda aylab olur,
Kishi bu nav` qachon ko`rdi dilrabo hindu.
Qaro ko`zungki vafo aynidin menga boqmas,
Ajab emastur agar bo`lsa bevafo hindu.
Tutub quyosh uza maskan solur jahong`a balo,
Yuz uzra xoling erur voqean balo hindu.
Ko`nglumni olsa malohat bila tafovuti yo`q
Xitoy o`lsunu yo armani va yo hindu.
Teng o`ldi bulbulu zog` ushbu bog` aro, ya`ni
Fasohat ichrayu kachcha yuzi qaro hindu.
Navoiy etti o`zin uyla turk hindusi,
Ki ahli Chnnu Xito bo`ldilar anga hindu.
659
Tig` tortib chu kelur qatlima jonon o`tru,
Har dam og`zimg`a yetar chiqmoq uchun jon o`tru.
Ko`ngluma kelsa xayoling chiqar o`trusig`a jon,
El chiqar uyga kirar vaqtda mehmon o`tru.
Istamon vasli qachon ko`yiga ozim bo`lsam,
Kelmas ollimg`a bajuz novaki hijron o`tru.
Ul quyosh hajrida otsam kechalar novaki oh,
Holadin charx tutar daf`iga qalqon o`tru.
Dashti devonasig`a men qiluram istiqbol,
Chiqsa Majnung`a ne tong g`uli biyobon o`tru.
Mayda soqiy yuzn chun jilvagar o`lmish ne ajab,
Tutsam ul ko`zguni ollimg`a farovon o`tru.
Keladur erdi habibim, meni ko`rgach, yondi,
Ey Navoiy, nega chiqtim meni nodon o`tru.
660
Kamandi zulfung aro solma pechu tob asru,
Ko`ngul shikanjasig`a eshmagil tanob asru.
Bihishti vasl aro qo`ykim dame tana`um etay
Ki, hajr do`zaxida chekmisham azob asru.
Kuyuk bag`ir uza sho`roba to`kma ko`p, ey ko`z,
Ki qochmag`ay iti sho`r o`lsa bu kabob asru.
Raqiblarg`a tutub jomi ayshu men mardud,
Alarni mastu meni aylading xarob asru.
Ayoq sol ikki ko`zum halqasig`a, ey chobuk,
Ki o`pmasun ayog`ing ul iki rikob asru.
Visol chehrasidin parda och bo`lub foni
Ki, o`zlukung yuzi o`lmish anga hijob asru.
Navoiy o`lgusi azm istasang, ey sarv,
Tilab halokin aning qilmag`il shitob asru.
661
Agar oshiq etsa visol orzu,
Ayon etmish o`lg`ay mahol orzu.
Anga baski qilg`ay agar bersa dast,
Yiroqtin ko`rarg`a jamol orzu.
Ko`rub og`zim istarmen ul chehrani
Suvsiz aylagandek zilol orzu.
Suvg`a, yo`qsa ko`zguga solg`il nazar,
Ki etsang o`zungga misol orzu.
Ham oshifta, ham tiyradur bo`lg`ali
Zamirimg`a ul zulfu xol orzu.
Quyoshdek manozil tay etmak kerak,
Ne rahki qilg`ali kamol orzu.
Navoiy tilar iyd shomi qoshing,
Ulus aylagandek hilol orzu.
662
Soching rangi anbarmudur mushki chinmu,
Labing ta`mi shakarmudur angabinmu?
Soching bo`lmadi kufr eligamu zunnor,
Bo`yun tavqig`a qo`ymadi ahli dinmu?
Kuyarga ko`ngul la`ling ermasmu o`tluq,
Gulungni qadah qilmamish otashinmu?
Ko`ngul ganjiga qufl emasmu boshog`ing,
Yangi dog` emas anda naqshi niginmu?
Deding mastu oshiqni qatl aylamishmen,
Degil qoldi bir shayxi xilvatnishinmu?
Meni bog` gulgashtig`a chekma dehqon,
Vafolig`, degil, gulmudur yo saminmu?
Navoiyning ko`ngliga kor qilmas,
Fig`on tortma yo`qsa ohi xazinmu?
663
Nash`a yetmas boda gulgun bazmgoh gulzor esa,
Gar ko`ngul ichra birovning xori xori bor esa.
Bazm aro gar hoziru gar g`oyib o`lsun bok emas,
Tengri yori qayda bo`'lsa yor bizga yor esa.
Vasl no`shidin agar ummidi marhamdur, ne g`am,
Hajr nishidin bag`ir choku ko`ngul afgor esa.
Ham kecha hojat emastur sham`u ham kunduz quyosh,
Munisim gar subhu shom ul sarvi gulruxsor esa.
Naqdi imonimni ul kofir chu toroj ayladi,
Ne ajab, ollinda but, bo`ynumda ham zunnor esa.
Kechalar har ko`chada itdek yugursa toig emas,
Kimki oning dilbari bir shabravi ayyor esa.
Ey xarobot ahli bizdin jur`ai tutmang darig`
Kim, erur may rahni gar xud jubbau dastor esa.
Tut qadah davrini xushkim yo`q bajuz sargashtalik,
Dahr davrida bu to`qquz gunbadi davvor esa.
Ey Navoiy, may bila daf` ayla ul oy hajridin,
Xasta jisming zor esa, ko`nglungda yuz ozor esa.
664
Yuzin ko`r, qilmag`il mujgonu xattu xolidin nola,
Ki bo`lmas xorsiz gul, dudsiz o`t, dog`siz lola.
Chu men dur tishlaring hajridin o`ldum, nyo osig`, gar charx
Nujumi ashkini yog`dursa boshimg`a uylakim jola.
Emas bir-bir sirishkim qonikim, ko`z mardumi solur
Iting ollida bag`rimdin uzub pargola-pargola.
Labing obi hayotin Xizri xatting no`sh etar soat,
Hubob o`lmish ushoq bir-ikki oni dema tabxola.
Yuzungdur uyla davri chatr aro ey xo`blar shohi,
Ki bo`lmasdur qamar davrida hargiz uyla bir xola.
Yuziga, ey falak, ne zeb ber, ne vasf qilg`ilkim,
Quyosh husnig`a ne mashshota hojatdur, ne dallola.
Piyola birla may og`zimg`a ko`pdin quyma, ey soqiy,
Kim ul javharg`a go`yokim munosib kayl erur kola.
Base mushtoqing erduk dayr aro kech kelding, ey mutrib,
Ki sozing tarkidin bizga yangi oy bo`ldi har tola.
Bu bazm ahlig`a bilkim oqibat juz benavoliq yo`q,
Navoiy xohi lahni aysh tuz, xoh aylagil nola.
665
Chiqti paykoning ko`nguldin ohi dud olud ila,
Sho``la o`tdin ayrilib andoqki chiqqay dud ila.
Yuz qo`yub tufroqqa gard olud etar yuz ahli din,
Har qayon yuz qo`ysang ul ruxsori gard olud ila.
Zulfi savdosi meni sudu ziyondin qildi fard,
Menu ul savdo ishim yo`qtur ziyonu sud ila.
Aysh ravshan subhi vasl ahlig`a bo`lsun, chunkn men
Mehnat ichra o`rganibmen shomi qiyr andud ila.
G`ussa gardidin yetar el jonig`a farsudalig`,
Har qayon mayl aylasam bu jismi g`am farsud ila.
Bud ila nobud chun xuznu tarabg`a arzimas,
Shod bo`lma bu ila, g`am yema ham nobud ila.
Mayg`a ohang et, Navoiykim, navoe har zamon
Aysh tahrisin ayon aylar lisoni ud ila.
666
Yusuf ermas chun malohatda jamoling shabih,
Husnungga ani malih o`lmag`ay etsam tashbih.
Odam asrorining ijmolini qildi tafsil,
Mundin erkinki deding alvaladu sirri abih.
Chun berur bog` gulu sho`ra tikon, sen ochibon
Lutfdin gul nechakim xori jafo ursa safih.
Vosil o`ldi nafasing ruhini anglab orif,
Sharh tuzdi chu aning zohirini bildi faqih.
Andakim, sen chekibon izzu nazohat etagin,
Yo`q janobingda maloyikka mahalli tanzih.
Ham qamar shaqqin ishorat bila aylab zohir,
Ham shajar mashyin irodat bila aylab tanbih.
Kimki sendin evurub chehra qaro topib vajh
Kim, hadisingg`a qilib ta`i debon betavjih.
Oy tulu` etsa bo`lur mehri jamoling zohir
Kim, bo`lur fahmi jamil ollig`a kim keldi karih.
Gar Navoiy sari mahsharda nazar aylamasang,
Saqaru nordek o`lg`ay anga xullu mofih.
667
Bu nav` o`ldi jamoling mushafining sirridin ogah,
Ki fihrastida keldi ikki qoshing ikki bismillah.
Jamoling buki mushafdur xadising haq kalomi ham,
Dey olur mushafi notiq seni hamkim erur ogah.
Xadisi pok nutqi jonfizoingdin topib Iso,
Ki anfosi qilib ibro agar abras agar akmah.
Gar o`lsa taxti johing arshu farsh uzra rusul xayli,
Tong ermaskim alar bori mulozim keldilar, sen shah.
Hazizi arz agar bo`ldi makoning faqr edi bois,
Agarchi lomakon avji edi raxshingg`a javlongah.
Rasuldin hech rahrav hamrahing bo`lmoq emas mumkin.
Maloyikdin chu sayringda ne rahrav keldi, ne hamrah.
Qoshingg`a qoba qavsayn oyatidin yo`q nima alyaq,
Sochingg`a yo`q savodi laylatul me`rojdin ashbah,
Zanahdon chohiyu gesu kamandi gar bu yanglig`dur,
Bo`lur vasfig`a bersam tul Yusuf qissasi ko`tah.
Sening ishqing Navoiyg`a ikki olam aro basdur,
Habibullohg`a oshiqliq anga garchi had ermas, vah.
668
Chamanda sarv yo gul sabodin tebranur nogah,
Sog`inib sarvi gulro`yum kelur afg`on chekarmen, vah.
Boshimni olmag`aymen sajdai shukr aylayu yerdin,
Agar sarvi xiromonig`a bo`lsam soyadek hamrah.
O`zum ham ermon o`z holimdin ogah to ani ko`rdum,
Yo`q ulkim ermas ahvolimdin ul nomehribon ogah.
Yuz olmon sarv birla gul ayog`idinki, vah, yo`qtur
Aning qaddu yuziga bog` aro bu ikkidin ashbah.
Zanaxdoningda xo`y ermaski obi zindagonidur,
Ki hayvon chashmasining ostida voqedurur ul chah.
Yuzung vasfini yuz tah safhag`a yozsam tamom o`lmas,
Ki bo`lg`ay safhayi xurshidcha ul safhadin bir tah.
Jununum man` qilding ul pari ishqida, ey zohid,
Kishi devona bo`lsa yaxshiroq yuz qatlakim, ablah.
Tajammul raxtidin, ey shah, gadog`a qilma istig`no,
Chu bog`lar raxt bu dayri fanodin gar gado, gar shah.
Navoiy ko`p dema g`am xaylidin mayxona ma`mandur,
Azimat qilsang ul dorulamong`a fi amonullah.
669
Ingali g`am xayli ko`ktin zinadur qilsang nigoh,
Hajr o`tidin tortsam tobu shikanliq dudi oh.
Zulfining har halqasida bir shikandur uylakim,
Hibs zanjirida har tavq ichra bir ahli gunoh.
Buki ohim tiyri boroni borur gardun sari,
G`am sipohi ingali ko`nglumga uldur shohiroh.
Tig` surmay netsun ul qotilki, xunbor ikki ko`z
Qonima dorilqasosi ishq aro bo`ldi guvoh.
Buki urdung boshima har tuk hisobi tig`i javr,
Bo`lsa bo`lmas har sari mo` bo`lsa bir til izzu joh.
Dayr aro jon ber Masihi dam bila, ey mug`bacha,
Kim xumor o`lturgudek holimni aylabtur taboh.
Kirpikidin qochti yuz sori, Navoiy, tong emas,
Xordin gar qilsa gul qolqonini bulbul panoh.
670
Sen qaro par boshing uzra ko`rguzub, men dudi oh,
Bu mening o`tumdin, ul sarkashligingdindur guvoh.
Xo`blar anjum, sen ul xayl ichra mehri anjuman,
Mehrni sulton desam yo`q anbu anjumni sipoh.
Egma qad birla tutub ko`ksum shigofin kelmisham,
Xanjari ishqing bila darding yukiga uzrixoh.
Ulgum erdi gah-gahi yodingdin o`lsam erdi mahv,
Emdi jon aylab fido yodingg`a kirmon goh-goh.
Baski boshimg`a yog`ar atfol toshi, ey pari,
Qilg`ali qasdim junun xayli ul o`qdur shohroh.
Xonaqahda o`zluk ishg`oli yetibdur jonima,
Yo`q ajab gar istasam dayri fano sori panoh.
Dayr piri soqiyu may birla tirguzdi meni,
Huru kavsar hasratidin o`ldi shayxi xonaqoh.
Bo`ynuma zunnor bog`lab kelmisham, ey mug`bacha,
Gar riyoyi sajdadin bo`ynumda bor erdi gunoh.
Ey Navoiy, hasrat ohi birla o`ldum hajr aro,
Yor vasli yetmasa faryodima vo hasratoh.
671
Yana sho``laliq ko`ngulni g`aming etti pora-pora,
Buki butrashur erur poralari emas sharora.
Ulus ichra orazingdin nazar ancha asradimkim,
Ola olmag`um ko`z o`lguncha, gar aylasam nazora.
Badalu safar emish chorasi ishqning demishlar,
Badaling yo`qu safardin g`amim ortadur, na chora.
Meni telba birla Farhod orasida farq ko`ptur,
Anga xora qazmoq ish, vahki, yog`ib boshimg`a xora.
Dema bo`lg`ay o`qlaringdin taning ichra necha paykon,
Qatarotini yog`nnning kim etibdurur shumora.
Bu chaman aro gahi ovla hazar ko`nglin, ey gul,
Ki yetishgusi xazon chopquni uylakim xazora.
Buki dayrdin Navoiyni haramg`a shayx istar,
Netayinki yo`l ko`runmas necha qilsam istixora.
672
Gulgun yeng ichra ilgin ul mushkbu g`azola,
Yo rang qildi mushkin, yo qo`lg`a tutti lola.
Oshifta sochin ul gul yig`diyu tishlab o`rdi,
Garchi qilur parishon sunbulg`a yetsa jola.
Sanchilmamish gajakkim jonu ko`ngul chekarga,
Oyirdi ikki qo`llab ul anbarin kulola.
Yuz davrida qirondur, yo anjum injusidin
Gardun terib mudavvar qildi qamarg`a hola.
Yog`lig` alingda tah-tah kim naqshi xat yozilmish,
Javru jafo fanida yozding magar risola.
Razzoqi haqni angla har vaqt, har makonda,
Har kimga ro`zi o`lsa har xonda, har navola.
Faryodinga ul oy chun yetmaydurur, Navoiy,
Nedur falakka har dam yetkurmak ohu nola.
673
Menmudurmen ko`z yoshim rangin bag`ir qoni bila,
Lek bag`rim qon birovning tig`i hijroni bila.
La`li yodidinki, ko`nglum, muztaribdur, ey rafiq,
Pand anga ko`p bermakim, darmondadur joni bila.
Su o`g`urlab bo`lsa ko`nglum zaxmi muhlik ne ajab,
Kim su kelturdi o`qung zaxm ichra paykoni bila.
Xatti ko`nglumda so`ngak yanglig` tanimni chirmag`an,
Muhrlug` bir noma yanglig` dog`i pinhoni bila.
Dardkim ko`nglumni buzdi, chiqmas andin yaxshidur,
Chug`z yanglig`kim erur xursand vayroni bila.
Chun bu gulshang`a vafo yo`q, ey ko`ngul, zinhorkim,
Ko`p quvonma sunbulu sarvu xiromoni bila.
Ey Navoiy, gar muroding davlati boqiy erur,
Uns tutmoq bir taraf qil olami foniy bila.
674
Ko`nglakim qon ila har dog`ki bo`lmish toza,
Toza bila qonidin erur andoza.
Hajrdin kuymish edim, yana deding hajr so`zin,
Eski dog`imni yangi dog` ila qilding toza.
Derki, ishqingni yashur, vah, netibon yashurayin,
Emdikim tutti bori dahrni bu ovoza.
La`li avsofini gul barglari uzra yozay,
Aylayin hifzig`a jon rishtasidin sheroza.
Zeb uchun yuzunga gul bargi emastur hojat,
Hojat ul nav`ki gul bargiga ermas g`oza.
Oqibat qabr eshiksiz uyiga chun kirgung,
Emdi gar yo senga ne sud ochuq darvoza.
Ul pari suvratini cheksa Navoiy ne ajab,
Qalama topsa maloyik yungidin parg`oza.
675
Orazing xoli nedin qildi meni devona,
Qushni sand etmadi chun suda ko`rungan dona.
Kirib oq uyi aro jon qushlarini kuydurdung,
Garchi fonusda sham` o`rtamadi parvona.
Tiyri boroni g`aming buzdi ko`ngul maskanini,
Bizning uy bo`ldi yog`in xasratidin vayrona.
Hajr za`fidin o`lubmen tanimasdek, ne ajab,
Oshnolar menga bo`ldilar esa begona.
Buzdi ul sho`xi qadahno`sh salohim uyini,
Menga mundin nari bas manzil erur mayxona.
Soqiyo, to`lg`uncha paymona yerim maykadadur,
Meni mast etgali ko`p yaxshidurur paymona.
Jurm esa yor boshim uza yetib o`lmaganim,
Ey Navoiy, meni o`lturmak erur jurmona.
676
To qulog`ingg`a zirih soldingu qoshingg`a girih,
Xasta ko`nglumdadur yuz girih andoqki zirih.
Ko`ngluma g`uncha kibi tushti tugun uzra tugun,
Ko`rgali sunbuli zulfungda girih uzra girih.
Ne nazohatdurur ul gulshani ruxsordakim,
Ravzai xuld aning shabnamidin bo`ldi nazih.
Bo`lsa qoshu ko`zidin zulfi saromad, ne ajab,
Kim ko`ngul qaydi uchun ikkisidin keldi firih.
Anga g`am tig`i bu bog` ichra harom o`ldikim,
Kiydi pashmina sarig` yuz bila andoqkim beh.
Qoshi yosig`a dedim chilla kerak rishtai jon,
Bu so`zumga ne ajab bor esa har go`shada zih.
Xonaqoh ichra Navoiyg`a yetar ko`p makruh,
Dayrdin ul sari bermoqqa ham erdi karih.
677
Zulfi yanglig` paykarimni chekti pechu xam bila,
Ul sifatkim tortqay ajdar birovni dam bila.
Nola chekmakdin chu qilding man`, ey la`ling nigin,
Bir yo`li og`zimni qilg`il muhr ul xotam bila.
Marhami vaslin ko`ngul chokidin olma, ey rafiq,
Kim chiqar jonim dog`i ayrilmay ul marham bila.
To g`aming vodiysida ovora bo`ldum, ohkim,
O`zni hargiz topmadim bir xotiri xurram bila.
Rashkdin ishqing tilarmen jonu ko`nglumdin nihon,
Bo`lmas el sirrin deyishmak ikki nomahram bila.
Betalab yo`q vaslidin tolib vale mahjurmen,
Qolmisham darmonda ushbu nuktai mubham bila.
Ey Navoiy, xalqdin tut go`shakim, men tinmadim,
Toki bo`ldum oshno xayli bani odam bila.
678
Istaram yetsam quyundek gul`uzorim qoshig`a,
Ollida tufrog` o`lub evrulsam aning boshig`a.
Xora uzra lola butgandek erur har yerda qon,
Boqsalar jismimg`a otqan har malomat toshig`a.
Ko`zlarimdin yosh oqizg`ay balki qon beixtiyor,
Har kishikim solsa ko`z giryon ko`zum qon yoshig`a.
Ishq dashti zog`ining minqoridur yoqutrang,
Go`yiyo tushgandurur la`ling haloki loshig`a.
Ko`zlarim qilsun sadaf, kirpiklarim etsun qalam,
Bo`lsa dur boyisti zebo suvrating naqqoshig`a.
Ko`p tajammul sotmag`il, ey charxkim, har kavkabing
Bir diramcha yo`qturur dayri fano qalloshig`a.
Har guharkim vasfida sochti Navoiy nazmidin,
Ul pari devona deb bir tosh otar podoshig`a.
679
Men netib ishqida oqil qolayu farzona
Kim, parivashlar erur hasratidin devona.
Choklik ko`ksum aro telba ko`ngul turmas hech,
Garchi Majnung`a vatan loyiq erur vayrona.
Sham` girdida magar soyasi rashkidin erur,
Aylanib buki qanotin uyurur parvona.
Oshno aylamak ul oyni ne mumkinki, sipehr
Mehri oyinidin aylabtur ani begona.
Dostonimni demang yorg`a nevchunki gahe
Yig`latur, garchi gahi kuldurur ul afsona.
G`arqi may bo`lsam aningdek bu fano dayri aro,
Ki hubob uyidin-o`q bo`lsa menga mayxona.
Bir qadah birla Navoiyni bu dam tirguzsang
Netti, ey mug`bacha, to`lg`uncha anga paymona.
680
But ollig`a chu sajda aylagum ichib boda,
Diram yo`q ersa, garov xirqa birla sajjoda.
Uchurdi aqlim o`tin, balki yiqti dinim uyin,
Ne angladimki, ne sayli balo emish boda.
Agarchi dayrda usruk yiqildim, ammo shukr,
Ki bori mug`bacha ko`yida bo`ldum aftoda.
Etishmagay mayi vahdat furug`i bo`lmag`uncha,
Zamir shishasi soqiy uzoridek soda.
Chu zuhd keldi riyoyu yo`q odamida vafo,
Ne bo`ldi tutsa menga boda bir parizoda.
Qilur mubolag`a ko`p ishqu boda tarkida shayx,
Meni ham istar o`zi yanglig` aylagay loda.
Navoiy, o`lg`il ikki kun maylidin ozod,
Ki do`st g`ayrig`a bo`lmas muqayyad ozoda.
681
Bir kichik yoshlig` nigore topmisham nozukkina,
Sekreturga tavsanin maydon aro chobukkina.
Gah vafo, gah nozu gah afsun bila o`zginasin
Ko`rguzur har lahza dilbarlig`da bir turlukkina.
Javr ila tahdidi bedillarg`a bori ching`ina,
Mehr ila har va`dakim qilsa bori o`trukkina.
Asru yolg`on va`dasidin kuymish erdi jong`inam,
Ongdibon bir kecha tushti ilgima usrukkina.
Istadim bo`ynun quchub, yuzginasidin o`pgamen,
Iztirob aylab talashdi, bor emish kuchlukkina.
Yuz o`parga qo`ymadi, ilgin dedim borin o`pay,
Tashladi yumruqqina, qildi ko`zumni ko`kkina.
Har ne deding bor edi yolg`ongina boshdin oyoq,
Ey Navoiy, muncha yolg`on deguchi o`l shukkina.
682
Uzdi mendin do`stlug` ul sho`xi siymintan yana,
Onchakim mumkindur etgil aysh, ey dushman, yana.
Mazrai jismimdin ermastur qarorg`on toza dog`,
Toki kuymish barqi ishqingdin qayu xirmon yana.
Ishqim erdi yoshurun fosh etti giryon ko`zlarim,
Qildilar g`ammozlig` bu ikki tardoman yana.
Sham` yanglig` o`t tutoshib boshima hijron tuni,
Yashurun holimni elga ayladi ravshan yana.
Qochtilar ahli junun har yondin andoqkim sharar,
Baski to`ldi o`tlug` ohim dudidin gulxan yana.
Dahr ra`nosi fanu makri bila topsang firib,
To ne makr etgay ayon bu dallai purfan yana.
Ey Navoiy, chun zamon zulmig`a sud etmas jaza`,
Kasb qil bu shevanikim, qilma bu shevan yana.
683
Dayr ichra yana kirdim bir jur`a uchun, vah,
Ul but menga minnat qo`yar alminnatu lillah.
Masjidqa yana kirmasu yuz Qiblag`a qo`ymas,
Har kimki bo`lur dayr ila but sirridin ogah.
But shohid erur dayr dog`i dayri fanodur,
Kufr ahli erur sirrini chun bilmadi gumrah.
Dermen nechakim tongla chiqay dayrdin ammo,
Loyaqil etar mug`bacha may birla sahargah.
Soqiyg`a vayo aksig`a may ichra boqarmen,
Andin munga, mundin anga chun topmadim ashbah.
Dayr ichra bugun kavsaru hur o`ldi nasibim,
Tonglag`a menga va`da berur voizi ablah.
Haq sirrini har kimga bayon etma Navoiy,
Ta`n aylamagay bilmas ulus anglasa nogah.
684
Sipehr saqfig`a oltun sutun bo`lur, ey moh,
Damiki charxqa cheksam g`amingda sho``lai oh.
Dedimki:– O`lturasen ishq aro nedur gunohim,
Dediki:–Ishqdin ortiq yana bo`lurmu gunoh.
Demaki toza tugonlar guvohi ishqing erur,
Yuzi qarolig`i yolg`on bo`lurdin o`ldi guvoh.
Ko`zuma kirdi xayoling sirishk kasratidin,
Qachon yog`inda qilibdur kishi bulutni panoh.
Chu kuydi g`ayr xayoli, ko`ngulga tushti xatting,
Ki sabza xush ko`korur dasht aro, chu kuysa giyoh,
Fano yo`lidin agar yonsa rahrav ne ajab,
Ki yo`l maxufduru anda yo`qdurur hamroh.
Navoiy ar dedi, juz haq vujudi yo`q, ey shayx,
Ne yozg`urasen oni la ilaha illalloh.
685
Xalq mehrig`a yana, yorab, meni zor aylama,
Aylasang ham, mehri yo`qlarg`a giriftor aylama.
Mehribonlarg`a dog`i uchratsang elning mehrini,
Nogahon xotirlari ichra padidor aylama.
Ey pari, qatlimg`a mayl etsang fido jonim, valek
O`zga sari xotiringning maylin izhor aylama.
La`lidin kim qilsa bir jonbaxsh so`z naql, ey ko`ngul,
Ollida jon javharidin o`zga isor aylama.
Tushta vasli bo`lsa gar xud, barcha so`nggi uyqudur,
Ey Xizr, hayvon suyi ichmakka bedor aylama.
Xalqai kufr ichra chun qo`ydum qadam, ey piri dayr,
Mug`bacha zulfi xamidin o`zga zunnor aylama.
Ey Navoiy, dam-badam afgor ko`nglung sog`inib
Ing-ing ovunu el ko`nglini afgor aylama.
Aylasang ham, mehri yo`qlarg`a giriftor aylama.
Mehribonlarg`a dog`i uchratsang elning mehrini,
Nogahon xotirlari ichra padidor aylama.
Ey pari, qatlimg`a mayl etsang fido jonim, valek
O`zga sari xotiringning maylin izhor aylama.
La`lidin kim qilsa bir jonbaxsh so`z naql, ey ko`ngul,
Ollida jon javharidin o`zga isor aylama.
Tushta vasli bo`lsa gar xud, barcha so`nggi uyqudur,
Ey Xizr, hayvon suyi ichmakka bedor aylama.
Xalqai kufr ichra chun qo`ydum qadam, ey piri dayr,
Mug`bacha zulfi xamidin o`zga zunnor aylama.
Ey Navoiy, dam-badam afgor ko`nglung sog`inib
Ing-ing ovunu el ko`nglini afgor aylama.
686
Sarvu gul husn ichra yo`q ul sarvi gul ruxsorcha,
Uylakim, qumriyu bulbul nolada men zorcha.
Ul bahori husn uchun har sayli ranginkim, bulut
Zohir etti yo`q edi bu diydai xunborcha.
Garchi davron xoridin gul yafrog`idur yuz to`shuk,
Hajr neshidin emish bu xotiri afgorcha.
Zulfinnng har tori bir mo`minni chun kofir qilur,
Desa bo`lg`ay oni din ahlig`a ming zunnorcha.
Ko`yini ul hurning selobi ashkim kasrati,
Aylamish jannot tajri taxta hal – anhorcha.
Abri rahmat soyayi sihhat boshimg`a solmag`ay,
Ul quyosh ko`yi diyorinda buzug` devorcha.
Bu ko`han dayr ichra bir dam qilg`ali daf`i xumor,
Amni manzil topsa bo`lmas kulbai xammorcha.
Olam ahlig`a vafo aylab jafo ko`rgan erur,
Yuz tuman ming zor emas, ammo biri men zorcha.
Chun Navoiy ko`nglini sindurdung, emdi butmagi
Mumkin ermas, itti chun har yon tushub bir yorcha.
687
Xating savodig`a sun` ilki yo`ndi chun xoma,
Ham ul raqam qildi meni siyah noma.
Yig`ildi, vahki, xating xayli davrasidayu bas,
Necha qizitti jamoling quyoshi hangoma.
Ko`zung xayoli ko`ngul mahzanin tasarruf etib,
Magarki xifzi uchun bosti muhri bodoma.
Ko`ngul xarobasida soldi tarxi mehring ishq,
Ki uy mavolig` o`lur chun bo`lur davo shoma.
Mening kibi kechar el ko`ngliga maydin nokom,
Birovki, sendek erur yori mastu xud koma.
Maol ilmida mendin ham erdi johilroq,
Qayuki tutti o`zin olam ichra alloma.
Navoiy o`lsa kerak piri dayr bazmida xos,
Ne desa desun ani va`z ichindagi oma.
688
Ko`ngulni qildi ming qotilcha yora,
Jafo tig`idin ul sho`xi xazora.
Samandi o`t chaqilg`andek chu sekrir,
Ul o`tdin sekretur na`li sharora.
Itingga to``maliqqa bo`ldi oson,
Bukim bag`rimni qildi pora-pora.
Ko`rungach ko`zga ul yuz xasta bo`ldum,
O`larmen yaxshi gar qilsam nazora.
Ne istar chora dardi ishq uchun el,
Chu yo`q bechoraliqqa o`zga chora.
Ko`ngul olam uyiga bog`lama ko`p
Ki, baytidur senga ul istiora.
Fano yo`li Navoiy bas qatig`dur,
Magar osonroq o`lg`ay bora-bora.
689
O`tg`a solg`il sarvni ul qaddi mavzun bo`lmasa,
Elga bergil gulni ul ruxsori gulgun bo`lmasa.
Sarsari ohim esar g`am shomi hijron tog`ig`a,
Yaxshidur tong otqucha ul tog`i Homun bo`lmasa.
Telbalikdin, nahki, har dam dardim afzundur, agar
Ul pari ishqida har dam dardim afzun bo`lmasa.
Gar ko`ngul qatl istadi sen va`da qilding tongla deb,
Ushbu dam o`ltur bu ehson birla mamnun bo`lmasa.
Xirqa jinsin rahn uchun, ey shayx, olmas piri dayr,
Boda bermas toki o`zluk jinsi marxun bo`lmasa.
Foni o`l, vasl istar ersang benavolig`din ne g`am,
Bo`lmasun hargiz matoyi dunyai dun bo`lmasa.
Ey Navoiy, tonma gar der ul pari majnun seni,
Oshiq o`lg`aymu parig`a ulki majnun bo`lmasa.
690
Bo`lur shom ul mahi naxshab ravona,
Kamandi zulfin ochib shabravona.
Qaro tun azm etarkim ko`rmagay el,
Jamolidin vale yorur zamona.
Meni man` etmish o`z hamrohlig`idin
Menga, vahkim, ajab ish tushti yona.
Hayotim emdi xud mumkin emastur,
Ki o`lmakka tilar erdim bahona.
Ko`z ochqaymen magar mahshar sabohi
Ki, ichmishmen ajab shomi shabona.
Bu gulshan gullari chun bevafodur,
Alardin chekma, ey bulbul, tarona.
Navoiy o`lsa yodin qilmag`ilkim,
O`lar el ham desang andin fasona.
691
Yor ishqim anglamay la`li susabtur qonima,
Toki ma`lum etsa kelgay ne balolar jonima.
Ochmay o`tluq chehra chunkim o`rtadi ko`nglum uyin,
Ochsa ne o`tlarki tushgay kulbayi exzonima.
Uyquda ul ko`z menga yuz fitna bedod aylamish,
Noz ila uyg`onsa netgay angla, xonumonima.
Ichmayin may buzdi ko`nglumni, gar ichsa, tutsa ham,
Ko`r, ne ofat sayli yuzlangay yiqug` vayronima.
Mast o`lub zunnori zulf ochsa muhiqdurlar, agar
Aqlu zuhdu ilm motam tutsalar imonima.
Nosiho, chun oshiq o`lduq anglakim, mundin nari
Tanimasbiz biz seni, sen dog`i bizni tonima.
Gar Navoiydek bo`lub oshiq o`larmen, pand deb
Jonima qilmang azob, ayting ani jononima.
692
Dayr aro to aylading ko`nglumni zor, ey mug`bacha,
Kufr ila zunnor qildim ixtiyor, ey mug`bacha.
Dema chun dayr ichra kirding but qoshig`a sajda qil,
Sen boringda butg`a xud ne e`tibor, ey mug`bacha.
Dayr pirining muridimen, sening ham oshiqing,
Yo`qsa din ahlig`a dayr ichra ne bor, ey mug`bacha.
Ahli islom ichra nogah chiqma sarxush dayrdin,
Yuz xalal din ichra qilma oshkor, ey mug`bacha.
Kecha sham`u may bila qoshingg`a kelgumdur deding,
Subh bo`ldi necha tortay intizor, ey mug`bacha.
Hashr subhig`acha mast o`lg`um, gar etsam bir sahar,
Bodayi la`ling bila daf`i xumor, ey mug`bacha.
Mast agar o`lsam asog`a bog`labon zunnorni
Qil alam, ko`yung aro aylab mazor, ey mug`bacha.
Dayr piri savlati man` etmasa har dam ko`rub,
Boshingga evrulgamen devonavor, ey mug`bacha.
Asru g`amgindur Navoiy may tila, ey piyri dayr,
Bo`l anga soqiyliq aylab g`amguzor, ey mug`bacha.
693
Rangsiz xoling erur ul tal`ati diljo` uza,
Zang ul yanglig`ki ko`rguzgay asar ko`zgu uza.
Nash`a yoquti mufarrahdin gar ermas dam-badam,
Durji la`lingda nedin kulgu erur kulgu uza.
Xozini hikmat magarkim xol birla qo`ydi muhr,
La`ldin chun soldi qufl ul huqqaliq inju uza.
Qoshi yosin qurg`ali el qasdig`a bo`lmish kerish,
Fitnalig` kim chin tushar ul nargisi jodu uza.
Anbarin zulfung maloyik shahparidin soyadur
Kim, ayon bo`lditajalli aqshomi yog`du uza.
Soqiyo, ishrat suyin bunyod ila sog`arg`a quy,
Ne uchunkim, dahr bunyodin ko`rarmen su uza.
Ko`yi tufrog`ida qon yutsa Navoiy yaxshiroq,
Bodai kavsar chekardin ravzai menu uza.
694
Ey sabo, holimni arz et gulruxi tannozima,
Egma qaddimning salomin ayt sarvinozima.
Ayt ko`pdin-ko`pu ozdin oz shikibim sharhini,
Dardu sabrim naqdi sadqang boqma ko`pu ozima.
Chunki o`lgum yoshurun ishqim ayon qil sham`ai
Voqif etma lek ishq ahlin bu maxfiy rozima.
Novak andozimki elni yiqti ko`p andozadin,
Vahki, emdi tortmish novak mening andozima.
Ul kabutarg`a fido jonimki, shavqum nomasin
Qilsa taslim eltibon sho`xi kabutarbozima.
Changdek g`am bazmida qaddim xam o`ldi, ey rafiq,
Ashk har toridin ortar nolai bu sozima.
Ey, Navoiy, ishq aro qochma balodin zinhor,
Chunki oshiqqa balokashlik kelibtur lozima.
695
Yor aksi chunki aylar jilva may ko`zgusida,
May icharmenkim yuzi bo`lg`ay yuzum o`trusida.
Ey sabohat birlakim kuldung, menga mehr o`ldi fahm,
Mehr fahm o`lmoq tong ermas subhning kulgusida.
Uylakim, xayli xubob ichra tushar xas bormen,
Ashk aro sargashta ul sultoni husn o`rdusida.
Urdi olam buzg`ali bir-birga kirpik saflarin,
Fitnalar bedor qilmoq ko`r ul oy uyqusida.
Ne xato qilg`ay ko`ngullarga ko`zung, mujgon o`qin,
Har qayon chun boqsa saydidur aning qobusida.
Navbahori dahrig`a qo`ymang ko`ngulkim, yo`q vafo
Ne guli bo`stonida, ne lolai xudro`sida.
Shohlar pobo`sing etgandin, Navoiy, yaxshiroq
Kim, boshingni xokiroh etsang aning pobo`sida.
696
Men o`lar holatdayu ko`yida itlar qoshima
Jam` o`lur ahbobdek afg`on qilurlar boshima.
Charh ko`zgusin shafaqgun topqay aning aksidin,
Ul yuzu lab hajridin boqqan kishi qon yoshima.
O`lmisham la`li mayi shavqida may soling mudom,
Yo`ndurub har yon qadahlar qabr qilg`an toshima.
Ko`yiga qo`ygach qadam boshimg`a urdi tig`i zulm,
Sarfaroz etti bu xizmat aylagan podoshima.
Topmag`ay shoyad sabuh aylarga may, ey tong yeli,
Elt jonim naqdini mayxorai qalloshima.
Shammai fosh ayla sargardonlig`imdin, ey quyun,
Uchrasang dasht uzra Majnun ismlik qardoshima.
Dur sochar ko`zdin Navoiy lek ul yo`qturki, bor
Bir kecha so`ng`ay oyog`in diydai durposhima.
697
Ko`zlarimda ishqdin su erdi uyqu o`rnida,
Turfa ko`rkim hajridin qon bo`ldi ul su o`rnida.
Kimgakim kirpik o`qin yog`dursa ul gul, rashkdin
Jismim ichra bir tikandur har sarimo` o`rnida.
G`ayr naqshidin qilib siz pok ko`nglum safhasin,
Tut ul oy ollida, ey mashshota, ko`zgu o`rnida.
Shaxsuvorimning ayog`in o`pkali rozidurur,
Oy bila kun har birisi bir tepingu o`rnida.
Iztirob etsa qoshing ko`rgach ne tong shaydo ko`ngul,
Telbakim ko`rdi yangi oy o`ltururmu o`rnida.
Dahri bo`stoni aro barqu bulutdin anglakim,
Yig`lamoq, yuz qatladur, bir qatla kulgu o`rnida.
Ey Navoiy, dersen ul qomatni ko`nglungdin chiqar,
Ne nihol o`lturtayin ul sarvi diljo` o`rnida.
Turfa ko`rkim hajridin qon bo`ldi ul su o`rnida.
Kimgakim kirpik o`qin yog`dursa ul gul, rashkdin
Jismim ichra bir tikandur har sarimo` o`rnida.
G`ayr naqshidin qilib siz pok ko`nglum safhasin,
Tut ul oy ollida, ey mashshota, ko`zgu o`rnida.
Shaxsuvorimning ayog`in o`pkali rozidurur,
Oy bila kun har birisi bir tepingu o`rnida.
Iztirob etsa qoshing ko`rgach ne tong shaydo ko`ngul,
Telbakim ko`rdi yangi oy o`ltururmu o`rnida.
Dahri bo`stoni aro barqu bulutdin anglakim,
Yig`lamoq, yuz qatladur, bir qatla kulgu o`rnida.
Ey Navoiy, dersen ul qomatni ko`nglungdin chiqar,
Ne nihol o`lturtayin ul sarvi diljo` o`rnida.
698
Bas yomon holi tushubtur, yorlar, men zorg`a,
Kim yomon holimni zohir aylay olmon yorg`a.
Eyki debsen yer yuzini lolazor etmish bahor,
Go`yiyo ko`z solmading bu diydai xunborg`a.
Toshlaringdin yaxshiroq bo`lmoq tanimda dog`lar,
Sukkai behbud uzg`ondekdurur dinorg`a.
Subh vaslim demasang qilg`an nihon shomi firoq,
Nega yopting zulf shabgun zulfidek ruxsorg`a.
Jonfizo qilmish yuzung bo`stonini har sori xo`y,
Bu gul ochqay bersalar hayvon suyi gulzorg`a.
Qatli mayli qilmasang nevchun yana minding samand,
Belga rust aylab etak, gul sanchibon dastorg`a.
Ey nasihatgo`, ko`zumni tiyra aylabtur xumor,
Rahm etib qil rahnamunluq kulbai xammorg`a.
Jomi may tutqilki, tarixi binosin topmadim,
Nechakim soldim nazar bu toqi minokorg`a.
Dayrdin gar bo`lmasun g`oyib der ersang mug`bacha,
Ey Navoiy, bog`la zunnori uchin zunnorg`a.
699
Uyquni ohim yeli ko`zdin uchurdi bu kecha,
Aqlu his ajzoyu avroqin sovurdi bu kecha.
Hajrdin tufroq bo`ldum, go`yiyo ashkim suyi
Boshima charxi ko`xan toqin yumurdi bu kecha.
Zulm toshi yog`durub, hijron qilichi indurub,
Ne balolar ishq boshimg`a keturdi bu kecha.
Anjum ermas charx zulmin holima anglab qazo,
Tiyra ruxsorig`a ming qatla tukurdi bu kecha.
Zaxmi ko`pdin men o`lum holida, o`lgan sog`inib
It yalab qonim, so`ngaklarni ko`murdi bu kecha.
Subh tole` bo`lmadi, garchi ul oydin ayru hajr
Boshima ming qatla gardunni evurdi bu kecha.
Charx men sargashta yoshidin xijil bo`ldiki, ko`p
Anjumi ashkim shahob oso yugurdi bu kecha.
Tiyra andindurkim, ey kun, sham`in ohim sarsari
Charx fonusi aro bir-bir o`churdi bu kecha.
Ey Navoiy, o`lmagim anglab ul oyning ko`yida,
Itlari bir dam uyub, bir lahza hurdi bu kecha.
700
Har gulki ochibdur may ul orazi diljo`da,
Gullarmu ekin suda gul aksimu ko`zguda.
Ko`zguda yuzung aksi gar yaxshi nazar qilsang,
Bor uyla biaynihkim kun aksi tushar suda.
Noz uyqusida ul ko`z oshubi jahon ichra,
Uyg`onsa ko`zung netgay olam buzub uyquda.
Ollimg`a yuzung kelgach husn ahlini ko`rmasmen,
Ko`z anglamas ash`yoni bo`lg`ach quyosh o`truda.
Gar shahrni tark aylab sahrog`a qo`yubmen yuz,
Ma`zuri erurmenkim, mohim erur o`rduda.
Olam ishi sartosar g`am yerga kira qilmas,
Soqiy, tutubon jome qo`yma meni qayg`uda.
Vasl istasang o`l foni andoqki Navoiykim,
Har ishki munung g`ayri bordur, bari behuda.