Топ рейтинг www.uz
G`AZALLAR

701

Tiyralik xatting savodidin labi xandon uza,
Xizr soldi soya go`yo chashmai hayvon uza.

To xazin ko`nglumni la`ling hayrati qon aylamish,
Anda xoling naqshi o`lturg`an chibindur qon uza.


Jonu ko`nglum nolasidin ikki haqgo` qush kibi,
Kecha ul oy ko`yida afg`on erur afg`on uza.

Toiri mehnat buzug` ko`nglumda qo`ymish oshyon,
Chug`z andoqkim nishiman aylagay vayron uza.

Ey musulmonlar, yeting faryodimakim, kofire
Jonu ko`nglum oldi, emdi so`z borur imon uza.

Charx toqidin topar kun shamsasi har kun zavol,
Zarvaraqdin shamsa chekmak ne osig` ayvon uza.


Ey Navoiy, to dedi dardim yukin ko`nglungga qo`y,
Ko`nglum uzra qo`ydum ul yukniyu minnat jon uza.


702

Eyki yuz ming dog` qo`ydung jismi g`amparvardima,
Bilki, bo`lmish har biri oxir davo bir dardima.


Hajr aro holim gahi behushlug`, gah g`am yemak,
Ishqing iqbolida qil nazzora xobu xo`rdima.

Toza qonlig` dog` isi ko`nglum aro muhlikdurur,
Atri ruhafzo ko`rung g`am bog`i ichra vardima.

Uyla xoki jism ila ketmak tilarmen dahrdin
Kim, ajal ham yetmagay sur`atlar aylab gardima.

Sovug` ohim hasrati ishq ahli ko`nglin o`rtadi,
Turfa ishtur el ichin kuydurmak ohi sardima.

Dahr bog`ining xazoni yafrog`idur qon yoshim,
Obkash yanglig`ki xatlar chekti ro`yi zardima.

El keturgach ko`yi tufrog`ini toptim shohlig`,
Ey Navoiy, qil tamosho ganj bodovardima.

703

Novakingning tusidin ermas nishone bo`ynig`a
Kim, erur qatl aylagan ahbob qoni bo`ynig`a.

Begunoh ishq ahlig`a tig`i jafo surgum desang,
Bilki mendin o`zga tutmas kimsa oni bo`ynig`a.

Hajrdin gar yuz qilich bo`ynumg`a urdung, ey sipehr,
Sarbasar qildim qo`lum yetgan zamone bo`ynig`a.


Qotilimni kimsa bilmay, zaxm yeb o`ldum valek,
Men bilurmenkim, erur qonim falone bo`ynig`a.

Tavq bil jannat qushi bo`ynig`a to mushkin ipak
Tushti, ta`viz etgali xirzi yamoni bo`ynig`a.


Mayg`a egnimdinki sajjodam garavdur qildi man`,
Go`yiyo zohid ko`ra olmas ridoni bo`ynig`a.


Gar Navoiy o`lsa, ul kofir diyorig`a cheking
Bog`labon sudrarda zunnori fanoni bo`ynig`a.

704

Vahki, umrum borcha zoe` bo`ldi el komi bila,
Bodai nob o`rnida xunoba oshomi bila.

Kimsa ming yil komronliq qilsa bilkim, arzimas,
Dahr aro bir lahza bo`lmoqqa birov komi bila.


Qushqa yung maskan aro xushroqdurur ozodlik,
Bo`lg`anidin band aro sayyod ipak domi bila.


Zahrni o`z komi birla ichsa andin yaxshikim,
Ichsa hayvon sharbatin nokomliq jomi bila.

Yuz dilorom aylagandin ravza hibsi yaxshiroq,
Bo`lmoq o`z vayroni ichra ko`ngli oromi bila.


Ey ko`ngul, el subhi ayshi sari boqma xo`y qil,
Fardlig` vayronida mehnat qaro shomi bila.

Bo`lmoq itlar mun`imi tan to``ma aylab yaxshiroq,
Tanni qilg`uncha samin nokaslar in`omi bila.


Johu markab birla, eykim, bormading maqsad yo`lin,
Qat` o`lur betushalig` zodi fano komi bila.


Ey Navoiy, xuzn ila o`tkar qariliq mehnatin,
Chun yigitlik bordi ayshu ishrat ayyomi ila.

705

Menki g`am dashtida ittim ohi dard olud ila,
Istagan topqay kecha o`t birla kunduz dud ila.

Infiolingdin quyosh kirdi qaro tufrog` aro,
Qilg`aningda jilva ul ruxsori gard olud ila.


Ul og`iz ma`dumu menda o`pmaki savdosidur,
Sud agar istab turur sarmoyayi nobud ila.

Ne iting bo`lmoqqa toli`, ne itingga to``ma ham,
Tushgali ko`yung aro bu jismi g`am farsud ila.


G`am tuni qilmish qaro bosqan kibi muztar meni,
Buylakim, nokormen bu baxti qirandud ila.


Uyla mahvungmenki kelmas xotirimg`a hajru vasl,
Sen murodimsen, ishim yo`qtur ziyonu sud ila.


Ey Navoiy, asru maqbul el bila xo`y etti yor,
Xushlug`i gar yo`qturur, ne ayb sen mardud ila.

706

Budu nobudum agar teng bo`ldi jonon ollida,
Zarra yo`qu bori tengdur mehri rahshon ollida.

Ko`zlarimning chashmasi ollida ummon hajr aro,
Ko`r, biaynih uyladurkim chashma ummon ollida.

Vasl ichinda do`zax o`ti birla qo`yg`an toza dog`,
Otashin guldek gumon qil dog`i hijron ollida.

Ey musulmonlar, ne holatturki, ishq etmish asir,
Yuz musulmon xaylini bir nomusulmon ollida.

Ulki majnun deydilar, chindurki, har dam ko`rguzur,
Chok bo`lg`an ko`nglakin bu jismi uryon ollida.


Faqr ila shod ulki har kim bo`lsa ahli ma`rifat,
Dahr tufrog` birla teng bo`lmoq ne imkon ollida.


Ey Navoiy, jon sabo ollida qilg`aymen nisor,
Bu gado holin desa yotganda sulton ollida.

707

Qayu qushkim qo`nar bu paykari majnun misol uzra,
Erur tan za`fidin qushdekki yo`ng`aylar xilol uzra.


Balo toshi xam o`lg`an qaddim ustidin yiroq ketmas,
Biaynih nuqta yanglig`kim tushar yozg`anda dol uzra.


Agar maygunlug`idin rang aylar bo`lsa mashshota,
Ko`zumning mardumin yoqqil uyuub ul turfa xol uzra.


Qoshingning toqi ustinda emastur anbarin xoling,
Zuhal go`yo ochibtur orazin mushkin hilol uzra.


Ne tong nozuklug`idin gar qurayshi bo`rk og`ir keldi,
Ham aylar chun qirov ko`prak yog`ar nozuk nihol uzra.


Savodi xati bila ham orazing xurshidi ravshandur,
Safoda ne tafovut soya tushgandin zilol uzra.


Belingga to soching chirmashti, rashkidin aning har tun
Dimog`imda tong otquncha xayol o`lmish xayol uzra.


Ko`zumni istasang ravshan qadahni yopma, ey soqiy,
Kerakmastur sahob ul axtari farxunda fol uzra.


Navoiy, yor la`lida uchuqdur, yo`qsa yopushti
Chibinning parridin qolmish qo`ng`an chog`ida bol uzra.

708

Solib qon oncha qo`ydung dog` bu jismi figor ichra,
Ki oncha dog` ila qon bo`lmag`ay bir lolazor ichra.

Qushekim, tushsa ohim girdibodidin chiqa olmas,
Birov yanglig`ki, qolg`ay eshiki bog`liq minor ichra.


Iki ruxsori ikki zulfi yotqandin nihon bo`lmas,
Nechukkim sho``la dud ichra, quyosh yoxud g`ubor ichra.


Yuzung shavqida ashkim ko`zlar ichra jola bog`latmish,
Yog`in ul nav`kim dur bog`lag`ay abri bahor ichra.


Qolibtur  anbarin zulfung ichinda bog`lanib ko`nglum,
Kiyikdin qatra qon qolg`an kibi mushki tator ichra.


Qiziq ko`nglumdagi paykonlari dardin ne fahm etgay,
Anga kim qatralar xo`ydindurur o`tlug` uzor ichra.


Chu o`lgum xasratidin shoyad o`tgan chog`da ko`rgaymen,
Meni sudrang gadolar ko`yida bir rahguzor ichra.


Gar ul shoh bazmidin bir jur`a may topmon ajab ermas,
Ki may sho`xi kiribdur shiradin mahkam hisor ichra.

Menikim aylamish ul mug`bacha ishqi mayi maxmur,
Magar ham dayr piri chora qilg`ay bu xumor ichra.


Vafo aylarda elga ro`zgoring aylama zoe`,
Ki ulkim sen tilarsen yo`qtur ahli ro`zgor -ichra.

Navoiy gar falak davri senga yetkurmas ul oyni,
Ne chora chun sipehr ermas kishiga ixtiyor ichra.

709

Suvrati devordek hayronmen ul ruxsorg`a,
Yo`qsa g`amzang o`qlari tegmish meni devorg`a.

Zor jismimda bo`g`unlar mehnatimning sonidur,
Kim g`aming har birga tugdi bir tugun bu torg`a.

Tori zulfung ichrakim ashkim to`kar kofir ko`zung,
Muhrai tasbih tortar rishtai zunnorg`a.


Bir-ikki kun zori ko`nglumdin firoqingni ketar,
Zahrkim bermish bu kunlug` tanglalig` behorg`a.


Zaxmi ko`plukdin ko`ngul sirrini fahm etmak bo`lur
Kim, taammul birla boqsa bu tani bemorg`a.


Gar desang sargashtalik ko`rmay yo`lungni tuz yuru,
Gar inonmaysen, nazar qil charxi kajraftorg`a.

Ey Navoiy, gar desang hijron xumoring daf` etay,
Jahd etib solg`il o`zungni kulbai xammorg`a.


710

Ko`yida toshe tilarmen qo`yg`ali bosh ostig`a,
Nogah o`lsam qo`ysalar boshimni ul tosh ostig`a.

Kunduzi xurshid oltun xishtidin o`tgay boshim,
Ostoning xishtini qo`yg`an kecha bosh ostig`a.


Go`shadin tushmish pulak chekkanda mushkin yoy aro,
Anbarin xolin savodi ul qaro qosh ostig`a.


Su kishisidur biaynih ko`zlarimning mardumi,
Yig`larimdin qolg`aln daryo kibi yosh ostig`a.


Hajr aro baytulxazanda qilmangiz ashkimni man`,
Emrulub vayrona kulbam, qolg`amen kosh ostig`a.


Sof eting may durdi sajjodamdakim, bordur haqir
Olib egnim ustidin solmoqqa avbosh ostig`a.


Ey Navoiy ko`k qizib bo`lmish qizil, ermas shafaq,
Sho``la o`tlardinki, ohing ayladi fosh ostig`a.


711

Hajr o`ti dog`i bila ko`nglumni, ey jon, o`rtama,
Do`zax o`ti birla kuydur, dog`i hijron o`rtama.

O`rtabon har kimni o`t jonimg`a solma rashkdin,
Xalqni paydo, meni mahzunni pinhon o`rtama.

Lama`i ruxsor ila din kishvarig`a solma o`t,
Muncha islom ahlini, ey nomusulmon, o`rtama.

Ohim o`ti uchqunin gardung`a tortib, ey pari,
Ul chaqinlardin malak xaylini har yon o`rtama.

Gar qo`lum, gar jismu jonim o`rtading qildim bihil,
O`z qo`lung, ey jismu jonim sadqang, oson o`rtama.


Chunki sen ham qolmag`ung o`rtanmay, ey sham`i tiroz,
Oraz o`ti birla parvonangni parron o`rtama.


Chun Navoiy vaslidin kechti, ani hajr o`tida
O`rtamay deb aylab erding ahdu paymon, o`rtama.

712

Hargiz ermas mehri ul husni jahon oroyicha,
Mehr  aning ollida  mehr  ollida  bo`lg`ay oycha.

Bir-biri uzra necha yo ko`rguzur qavsi kuzah,
Boshqa-boshqa ermas ul ikki muanbar yoyicha.

Og`zima yetgach shakar su bo`ldi ne nav`, ey ko`ngul,
Bas bo`la olg`ay shakar ul la`li shakkarxoycha.

Gar mufarrah bo`lsa yoquti labing jonbaxsh erur,
Ul bo`la olg`aymu bu yoquti ruxafzoycha.

Layliyu Shirin sitam aylarda o`z ushshoqig`a,
Hargiz ermas erdilar sen sho`xi beparvoycha.

Gar farog`at mulki istarsen may ich kim, bo`lmadi
G`amsiz o`lmoqliqda shah rindi qadah paymoycha.


O`kma bulbulnikim, ul gul hajrida har kechalik
Nolasi ermas Navoiy tortqan bir voycha.

713

Tikmagaymen tig`i zaxmin o`lsam ul ozor ila,
Bo`lsa Iso ignasi Maryam igirgan tor ila.

Dog`lar shakli kishi ko`ksumda ko`rsa fahm etar,
Kim baloni anda tikmishlar magar mismor ila.

Ko`k ravoqida quyosh vasfini qilmang, chunki men
Ko`yida xursand o`lubmen soyayi devor ila.

Yuzu zulfi ishqida kofir, mo`min yo ahli din
Bo`ylakim, mushaf xamoyil qilmisham zunnor ila.

Sabzai xat yorutubdur orazing mir`oti, oh,
Ko`zguga bu nav`kim bermish jilo zangor ila.

Sog`inurlar qon ila bo`lmish munaqqash kisvatim,
Har yon etsam azm bu uryon tani afgor ila.

Davr  ayog`in, soqiyo, xush tut damekim, yo`q turur
Xushlug`um davr ahli balkim gunbazi davvor ila.


Boru yo`qning mehnatin chekmas, bu davlat basdurur,
Har kishi olamda qoni` bo`lsa yo`qu bor ila.


Ko`kka yetgay boshi qo`yg`an lahza shoh ollida bosh,
Gar Navoiy ichsa may shohi falak miqdor ila.

714

Va`da aylab vasl jismi notavonim o`rtama,
Kelmagungdur, intizor o`tig`a jonim o`rtama.


Ishq o`tining o`rtari basdur yana jonim aro
Dog`i hijron, har dame nomehribonim o`rtama.

Jonni olding, solma oxir notavon jismimg`a o`t.
Naqd uchun yag`mog`a bordi xonumonim o`rtama.

Novakingning kasratidin kim nayistondur ko`ngul,
O`t olib  kirma  qoshimg`a, naysitonim o`rtama.

Jonima o`t soldi ishqing, bal jahonim o`rtadi,
Rahm etib mundin nari jonu jahonim o`rtama.

Har nafas kuydurma o`t birla, ey gardun, meni,
Kuydururga har dam aylab imtihonim o`rtama.

Qilma nisbat xo`blar sori Navoiydek meni,
Tuhmat aylab har zamon, ey badgumonim, o`rtama.

715

Vahki, kelturdung firoqingdin balolar boshima,
Ul balolardinki qochtim keldi olar boshima.

Zaxm agar bo`lsa boshimning har tuki sani ne tong,
Muncha toshkim yog`dururlar dilrabolar boshima.

Sarv qadlarning tamannosi boshimdin chiqmag`ay,
Qahr etib, ey shayx, snndursang asolar boshima.

Ko`rmayin ko`zlar qachon keldi boshimg`a yuz balo,
Ko`p balo kelturdi bu yuzi qarolar boshima.

Ishq aro gah-gahki el pandig`a bosh indurmadim,
Keldi turluk-turluk andin mojarolar boshima.

Muddaolar boshima tushguncha, har dam aqldin
Kelsa xushroq ishq tig`idin yarolar boshima.

Ko`yida o`ldi Navoiy, qochti andin itlari,
Yo`q edi o`lganda yoru oshnolar boshima.

716

G`uncha gul ichra gahi paydo bo`lur gulzorda,
Bo`lmadi hargiz ayon aksing sening ruxsorda.

Za`fdin kulbamda qo`ymoq istasam aylar madad,
Ankabuti rishta osqan bo`lsa har devorda.


Kim jununumg`a yozar ta`viz iynak ashku yuz,
Gar kerak shingarf birla za`faron tumorda.

Sayli ashkimdin demakim mulk emas mardumnishin,
Balki mardum qolmadi bu dindai xunborda.


Dardi tufrog`ig`a butmish, sabza der ko`rgan kishi,
Zanglik yuz no`gi paykon bu tani nokorda.


Bir-birisin angla bir kofir jafosidin hisob,
Bu girihlarkim tugubmen rishtai zunnorda.

Sinsa ibriqi vuzu andin menga bas bir safol,
May gadolig` aylamakka kulbai xammorda.

Charx ayvoni munaqqashdur, vale naqqoshi sun`
Chekmadi naqshi vafo bu toqi minokorda.

Ey Navoiy, yer yuzin ag`yor tutsa g`am yema,
Bir sari mo` gar sening fikring bor ersa yorda.

717

Kishi visol tuni yori birla yotquncha,
Jamoli sham`ig`a qilsun nazar tong otquncha.

Muyassar o`lmadi jon bermaku labin o`pmak,
Nedinki qolmadi jonim ani unotquncha.

Meni yo`q etgan erur hajri sangi boroni,
Nedinki, yog`di tanim tosh ichiga botquncha.

Maloldin meni bir jur`a birla sotqun ol,
Xurushu arbada aylab jahong`a sotquncha.

Ko`ngul jarohatig`a yoq visol marhamini,
Firoq xorasi birla boshim ushotquncha.

Saloh to`nini chok etsa yaxshiroq, ey shayx,
Riyo yuruni bila xirqani yamotquncha.

Navoiy, ahli fano dayri halqasin xush tut,
O`zungni zuxdi-riyo majma`ig`a qotquncha.

718

Yordin yaxshi emas aylamagi yor gila,
Yo`qsa ul yordin erdi menga bisyor gila.

Buki ag`yorg`a mendin gila izhor etti,
Har necha aylasam izhor yana bor gila.

Ko`rubon g`ayrg`a lutfungni agar dam urmon,
Dema yo`qtur gilalik aylamon izhor gila.

Ko`p jafosidin agar o`lsam erur turfa bukim,
Yana mendin qilur ul sho`xi jafokor gila.

Xirqa kuydurdi xumor o`tida qilma, ey shayx,
Ani qilsam garovi kulbai xammor gila.

Chun azal qismatidin hech nima xorij emas,
Aylamas foqasidin voqifi asror gila.

Ey Navoiy, desang oyini rizo hosil etay,
Yordin har ne kelur aylama zinhor gila.

719

Za`fda ingranmog`im elning fig`oni zoricha,
Har damim ishq ahlining bir ohi otash boricha.

Mehri ruxsorida ne qoshdur, ne ko`z, ne xat, ne xol,
Vah, desam bo`lg`anmu oni mahvashim ruxsoricha.

Nuqtai mavhumni yuz qismi faraz etsang, biri
Desa bo`lmas bor aning yo`q og`zining miqdoricha.

Gul yuzungdin qatra ter har yerga tomsa, ul sudin
Charx ul yerni yasay olur Eram gulzoricha.

Dayr ko`yi sokini menkim, bu zangori sipehr,
Rif`at ichra ermas oning kulbai xammoricha.

Bo`ldi mug` dayrida xirqamning chubulg`an iplari,
Har biri kufr ahlig`a bir barhaman zunnoricha.

Dayr piri ne ajab gardunni sog`ar aylamak,
Va`da chun qilmishki bergay boda maylim boricha.

Faqr atvorida yo chiqmoq kerak ofoqdin,
Yo kerak turlanmak ofoq ahlining atvoricha.

Ey Navoiy, ayladim har ko`y aro sayru suluk,
Kelmadi ollimda ishq oyinining dushvoricha.

720

Ul yashil to`nluq parivash la`lishakkar bor ila,
Ruh to`tisin qilibdur munfail guftor ila.

Garchi axzar to`n bila bog`i latofat sardidur,
Lek hayron aylamish yuz sarvini raftor ila.

Gar so`kuldi ul etak kirpik bila tiksam bo`lur
Kim, erur gul xil`atin tikmak munosib xor ila.

Angla axzar sham`u sorig` bo`rki oning sho``lasi,
Tiyra kulbamni yorutsa koshki ruxsor ila.

Naxli qaddurmu yashil to`n ichra yoxud naxli mum,
Bog`lag`an sun` ilki yuz ming san`atu hanjor ila.


Soqiyo, jomi zumurradgun aro quy la`li may
Kim, erur shingarf behad xushnamo zangor ila,

To bo`lay la`lu zumurrad orzusidin xalos,
Tortibon oni Navoiydek navoyi zor ila.

721

Qoshining yoyi chekilmish zulfi chavgonig`acha,
Zulfi chavgoni dog`i ko`yi zanaxdonig`acha.

Demangiz mushkin bulutkim bo`ldi ko`k toqi qaro,
Baski ohim dudi bordi charxi ayvonig`acha.

Ichgali so`zon ko`ngul qonin o`qung ochti og`iz,
O`t tushub su foridin kul bo`ldi paykonig`acha.

Ko`p yashurdum holim, oxir chok etib ko`ksumni ishq,
Oshkor etti ko`ngulning dog`i pinhonig`acha.


Bo`lmasun darde itinggakim, bag`irni tashlag`ach,
Edi har yondin uzub yerdin yalab qonig`acha.

Tushti go`yo bulbul afg`oni muassir gulgakim,
Chok-chok etti giribonini domonig`acha.

Bo`lg`aningdin mehmon o`lsa Navoiy ne ajab,
Chekti chunkim ollinga boru yo`qin jonig`acha.

722

Ne ajab ushshoq aro bo`lsam meni zor o`zgacha
Kim, erur ma`shuqlardin ul sitamkor o`zgacha.

Boshima ahbob bo`lmish jam`, ya`ni itlaring
Go`yiyokim za`fdin bo`lmish bu bemor o`zgacha.

Dahr aro oshubdurkim, chiqmish ul bebok mast,
Egnida to`n o`zga, boshida dastor o`zgacha.

O`zgacha  bo`ldi o`tum  paykonlaringdin uylakim,
Qatra terlardindur ul gulrang ruxsor o`zgacha.

Holim o`lmish o`zgacha har damkim ul oy ko`rguzur
Labda guftrr o`zgacha, qomatda raftor o`zgacha.

Qil rioyat, soqiyokim, bazmida bir dam bo`lay
Kim, mengadar dam bo`lur holi padidor o`zgacha.

Jondin oyirmoq emas mumkin aning zulfinikim,
Chirmashibtur rishtai jonimg`a har tor o`zgacha.


Olam ahli ichra odam demak o`lmas onikim,
Joh ila bo`lg`ay anga qonuni atvor o`zgacha.

Ey Navoiy, dahri gulzoridin o`tkim, har guli
Ko`rguzur yuz xoru har xorida ozor o`zgacha.

723

Tongg`a solma va`dai vaslingni bori bu kecha,
Kim meni o`lturgusi tong intizori bu kecha.

Chun yashurdi ul quyosh o`tluq jamolin, vah, ko`rung
Kim, o`tar gardundin ohimning sharori bu kecha.

Charx uza har yon shahob ermaski, ko`kning holima  
Yosh to`kar har lahza chashmi ashkbori bu kecha.

Subh agar urmas nafas o`lgumdurur, yo ul, Masih
Bir nafas kelmas meni dilxasta sori bu kecha.

Bazmida anglading, ey sham`u qadah yig`lab, kuyub,
Buki o`lturdi meni hajr iztirobi bu kecha.

Soqiyo, vasling shafaqgun jomidin tirguz meni
Kim, qilibdur qasdi jon hajring xumori bu kecha.

Ey Navoiy, sen agar kunduzga yetsang ne g`am, ul
Kim g`amidin qolmadi jon bizga bori bu kecha.

724

Har oyki g`ayrima zarra mehri fosh o`lsa,
Oning sari boqa olmon agar quyosh o`lsa.

Ko`zumda ashkdek ul tifl parvarish topmish,
Nazar haqqini kerak bilsa necha yosh o`lsa.

Visol umidiga o`zni yaqin solur oshiq,
Firoqdin necha jonidadur yosh o`lsa.

Ne tong fig`oni bag`irdin xaroshliq chiqmoq,
Birovki bag`rida g`am changidin xarosh o`lsa.

Bahorim o`ldi chu gulchehra sho`xlar, ne ajab,
Yog`ar nima boshima jolavor tosh o`lsa.

Xush ulki tog` etagin tutsa xalqdin qochibon
Uzalsa ostida xoro anga farrosh o`lsa.

Demang Navoiy agar yoring o`lsa qatling etar,
Nekim murodidurur uyla qilsa, kosh o`lsa.

725

Baski qon bog`ladi alamlar yuzlanib har dog`ima,
Za`f ifroti yaqinlashurdi borur chog`ima.

Bazm aro yodim bila tufroqqa gohi may to`kung,
Kim erur ul ham yaqinkim to`kkasiz tufrog`ima.

Bu maraz hijrondin o`lmish berma sharbat, ey tabib,
Kim, zuloli Xizr yetsa zahr o`lur qursog`ima.


Jism za`fidin teri qolmish so`ngak uzra yana,
Hajr o`qi parron o`tar chun yetsa bu yarg`og`ima.

Belga men zunnor bog`labmen vale xayli ajal,
Vahki, sudrarlar iliklar birkitib belbog`ima.

Ma`rifat bog`ida ul  qushmenki hayrat aylagay,
Toiri quds aylasa bir dam nishiman bog`ima.

Ey Navoiy, dard tog`inda sog`ing`ay lolazor,
Boqqan el ham toza qonlig` ham qarolig` dog`ima.

726

Guli ruxsoring aro bo`lg`ali pinhon g`uncha,
Rashkdin bog`da pinhon yutadur qon g`uncha.

G`unchai serob bo`lur lek og`izu la`lingdin,
Oshkor ayladi sarchashmai hayvon g`uncha.

Topmay og`zingni ovutmoq tilasam gulshan aro,
Sanchilur ko`ngluma ul nav`iki paykon g`uncha.


Ko`z yoshimdin agar og`zingda erur kulgu, ne tong,
Chun bo`lur necha bulut yig`lasa handon g`uncha.

Gul yuzung vasli bila ko`nglum ochilmas, garchi
Dard bog`ida ani ayladi hijron g`uncha.

Ochmadi juz gul dard onchaki bedili bulbul,
Qildi ko`ksida ko`ngul o`rnida pinhon g`uncha.

Do`stlar, vasl o`tin istarga Navoiy bormish,
Fosh qilmang bu hadisini aning yong`uncha.

727

Sunbuli shomida yuz ayladi gulrez yana,
Bo`ldi har uchqunidin shavqum o`ti tez yana.

Gulning atrofida yuz g`uncha degil zohir etar,
Orazing davrida ul zulfi dilovez yana.

Otashin la`lu yuzi sham`in ochar tong yo`q agar,
Kulsa xoshoku xasi tavbai parxez yana.

Ne tarovatdurur ul yuzdaki xo`ydin, qilmish
Gulni shabnamzada, shabnamni gulomez yana.

Mayni hijronda ukar xalqu lekin onsiz
Zor ko`nglumga erur boda g`amangez yana.

Anglag`an ishq aro Farhod ishi Shirinlig`ini,
O`lsa ham aylamagay hashmati Parvez yana.

Ey Navoiy, kelur ul husn bahori bu taraf,
Barqi ohingni bukun qilma sabukxez yana.

728

Choklig` ko`nglum nishoni g`unchai xandonida,
Munda toza dog` yanglig` xoli oning yonida.

Yuqturur itlarga son ko`yida, vah, ko`rgil meni
Kim, ul oy ko`yida men, vah, yo`qmen itlar sonida.

Qon bo`lub bag`rim oqar ko`zdin, tilasang topilur
Lola ichra sabzadek paykon sirishkim qonida.

Uyladur ra`no g`azolim lojuvardi toq aro
Kim, emas andoq g`azoli zar sipehr ayvonida.

Asru nofarmondur ul gulkimlibosidur binafsh,
Garchi gulruxlar erur bori aning farmonida.

Hajrida barcha azob oyatlari shonimdadur,
Barcha rahmat oyatidek nozil oning shonida.

Davr ayog`idin vafo ahlin unutma, soqiyo,
Kim vafo yo`q juz unutmoqlig` falak davronida.

Donish  ahli  kaffasida  keltirur  nodonni charx,
Fikri yo`qkim rost kelmas bu xirad mezonida.


Gar Navoiy bulbule erdi xush ilhon ko`rki, hajr
Navha rangi ko`rguzur har dam oning ilhonida.

729

Dahr elidin naf` agar yo`qtur, zarar ham bo`lmasa,
Marham ar yo`htur ko`ngulga, nishtar ham bo`lmasa.


Olam ahli bazmidin gar yo`q jigargun sog`are,
Koshki yuz ming qadah xuni jigar ham bo`lmasa.

Mahvashekim bo`lmag`ay vaslidin ummidi hayot,
Xushturur gar jong`a hajridin xatar ham bo`lmasa.


Bedilekim, bexabar tushgai  birov hijronidin,
Ne balodur gah-gahi andin xabar ham bo`lmasa.

Soqiyo, netgay meni ul nav` qilsang mastkim,
Aqlu xushumdin nishon, balkim asar ham bo`lmasa,

Kim tuzay mastona  Shohi G`oziy avsofida savt,  
Bu ko`ngul gar bo`lsa o`z holida, gar ham bo`lmasa.

Ey Navoiy, sen chekarsen oh, lekin yaxshidur
Ul parining zulfi bu yel birla darham bo`lmasa.

730

Ul jigar pargolasi ashkim jigargun qildilo,
Shod etay deb notavon ko`nglumni maxzun qildilo,

Va`da aylab jilvasin bog` ichra andoqkim pari,
Dasht uza ovora qilmoqliqqa Majnun qildilo.

Dedi vaslim birla ko`pdin-ko`p g`amingni kam qilay,
Ani kundin-kunga o`ksutmakdin afzun qildilo.


Qutqaray deb charx javridin meni sargashtani,
Anjumi paykon bila jismimni gardun qildilo.

Zulfig`a vahshiy ko`ngul saydin giriftor etgali,
Yo`q og`izdin  bor ekancha haddi afsun qildilo.

Muflis erdim may qilib sing`an safolim jomi Jam.
Xotirim vayronasin xud ganji Qorun qildilo.


Kim Navoiydin xalos istar, erur g`ofil base,
Hirqayu sajjodasin ul mayg`a marhun qildilo.

731

Labing fikri bag`rimni qon qildilo,
Chu qon qildi ko`zdin ravon qildilo.    

Yuzumni demaykim bori yer yuzin    
Hamul qon ichinda nihon qildilo.

Dedi ko`nglung ettim nishon vasl uchun,
Firoqi o`qig`a nishon qildilo.

Ko`ngulkim buzuldi tilab ganji vasl,
Ani chug`zi hajr oshiyon qildilo.

Ko`ngul birla ko`z sirrini, ey rafiq,
Yana ohu ashkim ayon qildilo.

Vafo ahlini charx bekom etib,
Jafo xaylini komron qildilo.

Navoiyg`a gar tavba yaxshi edi,
Yana tarkini ul yomon qildilo.

732

Zihi tajalliyi husnung kelib jahon oroy,
Jamillar senga oyinayi jamol namoy.

Jamol birla jaloliyatingdin o`ldi bu nav`,
Sahar uzori uza shomi zulfi anbarsoy.

Bu tiyra dahrni gar oshiq etmasang bo`lmas,
Arusi mehri falak manzarida jilva namoy.

Basiti olam aro gar sen o`lmasang bosit,
Ko`ngulga qayda bo`lur Zuhra laxni basti fizoy.

Chaman aroyishi zebig`a bo`ldi sun`ungdnn,
Zilol oyinadoru nasim nofakushoy.

Sening xayoling ila xonaqahda hoy ila ho`y,
Sening visoling uchun dayr ichinda nolayu voy.

Navoiy o`ldi guli hamdu shukrungga  bulbul,
Oni bu bog` aro lutf aylab ayla nag`masaroy.  

733

Gar yana bir qatla o`z vaslingga yetkursang meni,
Istasam hajring bihildurmen, gar o`ltursang meni.


Ul eshikdin kirgum uy toshini itdek aylanib,
Bu eshikdin tosh ila yuz qatla gar sursang meni.

Qolg`usi  bir dog` ko`yungda kulumdin yodgor,
Yozg`urub hijron gunohi birla kuydursang meni.

Orzudur ostoning tufrog`ig`a o`lmakim,
Toza jon topqum gar ul tufroqqa topshursang meni.

Garchi jurmum ko`p, xusho, ul jurmkim tahqiq uchun,
So`rg`aln gah-gohi o`z qoshingg`a keltursang meni.


Tarki jon ettim boshim bo`lg`usiyu ul oston,
Sen bilursen lutf qilsang yo`qsa yozg`ursang meni.

Ka`bai ko`yida yuz qo`ydum, bu yo`ldin yonmag`um,
Ey Navoiy, har nechakim yo`ldin ozg`ursang meni.

734

Topmadim ahli zamon ichra bir andoq hamdame,
Kim zamon osibidin  bir-birga  aytishsaq g`ame.

Kimki davron sog`aridin dam-badam xunob ichar,
G`am yo`q ar har dam g`amin ayturg`a topsa hamdame.

Charx uzukning halqasidur, lek har kavkab anga
Qatl uchun ostida qolg`on zahri pinhon xotame.

Yo`q farog`at dahr arokim shomdin sochin yoyib,
Yog`durub ashkin tutar holingg`a har tun motame.


Gar budur olam, kishiga mumkin ermas anda kom,
Haq magarkim kom uchun boshtin yaratqay olame.

Yo`q vafo jinsi bani odamda bo`l navmidkim,
Sen vafo ko`rmak uchun xalq o`lg`usi yo`q odame.

Nukta nozik bo`ldi asru, bo`lg`ay erdi koshki,
Shammai bu ramzdin zohir qilurg`a mahrame.

Dardu zaxm o`lmish ichu toshim, qadah quy og`zima,
Soqiyo, ko`ksumga loyidin dog`i yoq marhame.


Davr aro suhbat bu yanglig`dur, Navoiy, tong emas,
Nolayu faryodi birla gar tuzar zeru bame.


735

Bog`din keldi nasimu gul isin kelturmadi,
Ne tikanlarkim bu g`am ko`nglum aro sanchilmadi.

La`li yodidinki yutqum dam-badam hasrat suyin, 
Olloh-olloh,  qaysi qonlarkim  bu g`am  yutturmadi.


Shomi hajrim tiyradur, andoqki kunduz ham bo`lub,
Har nechakim ehtiyot ettim quyosh bilgurmadi.


Hajri zulmidin dedim aylay ajalg`a dardi dil,
Oqibat jonimg`a  rahm aylab  anga yetkurmadi.


Vasl aro ko`p istadi jonimki andin ting`amen,
Hajr to jonimni tandin olmadi tindurmadi.

Qaysi gul bedodi bir bulbul parin sovurdikim,
Charx zulmi ham aning yofrog`larin sovurmadi.

Ey Navoiy, bevafodur xo`blar, bo`ldi xalos
Ulki, ba`zig`a ko`ngul, ba`zig`a ko`z oldurmadi.

736

Ne may xushtur menga, ne gul keraklikdur, ne gulzori,
Kerak maydin gul ochqan yorning gulzori ruxsori.


Ne jonimg`a kerak hayvon suyi balkim xiromi ham,
Kerak chun ul hayotim gulshanining sarvi raftori.


Junun tumorima zangoru shingarf aylama zoyi`,
Ki daf` aylar ani ul la`lu xati shingarfu zangori.

Mening xud ro`zgorim tiyra bo`ldi shomi hijrondin,
Qiling subhi zisoli shukrin, ey ishq ahli, siz bori.


Ne sud etgan  ayog`imdin tikan chekmaklik, ey  mushfiq,
Ki toshlar birla ko`ksumga qoqilmish hajri mismori.

Nihoni  yuz  yaram  bor  hajr  tig`idinki  sharh etsam,
Qilur ozurda bir olam elin har birning ozori.


Base sargashtamen gardundin, ey soqiy,  qadah bergil,
Shafaqgun may to`la aylab menga gardun namudori.


Ki davron javridin ilgimga olib sipqoray andoq,
Kim anjum qatrasi ham qolmag`ay ko`z tushsa har sori.


Aningdek mastlig` uyqusidin ochqay Navoiy ko`z,
Sabohi hashr ul ham yovar o`lsa baxti bedori.


737

Ne bir subh ul quyosh bazmi aro ichtim to`la jome,
Ne yottim mast ruxsorim  ayog`ig`a qo`yub shome.

Ne bir qush hargiz ul gulshan sari yetkurdi payg`omim,
Ne bir yel hargiz ul guldin menga yetkurdi payg`ome.


O`qungdin ming  to`shukluk ko`nglak  ichra talpinur jismim,
Ham ul qush mislikim oni muqayyad aylagay dome.

Nechukkim tutmading, ey umr, vayronim aro orom,
G`amingdin tutmadi jon ham  buzug` jismimda  orome.


Hamul kundin sarig` chehramda gulgun ashk dur, ey shayx,
Qi bir zarbaft gulfome kiyib chiqti gulandome.


Yugurdung Ka`bai maqsad tilab ko`p lek yetmaysen,
Chiqarsang o`zlukungning dayridin o`zni erur kome.


Navoiy, tongla  huru sofiy kavsardin ortuqdur,
Bukun  ul  mug`bacha  ishqida bo`lsang dardi  oshome.

738

Ne ajab giryon ko`zum gar bo`lmas uyqu manzili,
Kim yetishmas bahrning bir-birga  ikki sohili.

Eyki ko`rdung jonima furqat kuni yuz ming balo,
Bilki ermastur bular hajrim kunining doxili.

Demang ul orazda  burqa`durki yoxud yo`qturur,
Yo emastur g`oyati ravshanlig`idin hoyili.

Dafn etar chog`da ichimdin chekmangiz paykonlarin
Kim, bu javharlardurur naqdi hayotim hosili.

Har taraf chun tig` chekti rashkdin bo`ldum halok,
Elga jon berdi va lekin bo`ldi jonim qotili.

Ishq mayli chunki hijron sori ermish, ey xush, ul
Kim burundin bo`lmadi ko`ngli birovning moyili.

Gar junun ahli aro aytur Navoiy darsi ishq,
Ne  ajabkim  uldurur  devonalarning oqili.

739

Necha ko`yidin chiqarg`a yo`l sari boqib turay,
Chiqsa el  yaqin taloshib,  men  yiroqtin telmuray.

Necha ul sho`xi balo yuz ishva aylab har taraf,.
Men yiroqtin boshima tufrog`larini sovuray.

Necha el raxshi sovurg`an gard ila ko`z yorutub,
Men yiroqtin boshim sufrog`larini sovuray.

Necha ul yuz o`tidin el ravshan aylab sham`i vasl,
Jon qushin ul o`tqa men parvona yanglig` kuyduray.

Necha bazmi aysh aro har kim bo`lub hamdam anga,
Men yutub qon kulbai hijronda har dam oh uray.

Vasl jomidin xumori hajr chun daf` o`lmadi,
O`zni o`lmastin burun mayxona sori yetkuray.

Ey Navoiy, gar menga topshursa sho`xi mayfurush,
La`li may yutqach mayi la`lin evaz jon topshuray.

740

Boshimg`a kosh gohi yetsa raxshin sekretib mohi,
Su bersam ko`zlarimga xo`yfishon ruxsoridin gohe.

Malohat avji birla husni bo`stonida yo`q ravnaq,
Qani bu bog` aro sarvi, qani ul avj uza mohe.

Dema oxirki yo`qtur ishq savdosida bir bedil,
Ani ko`rgilki bormu husn bozorida dilxohe.

Ne tong afsurda dil bo`lsamki to husn o`ti o`chmishdur,
Ko`nguldin dog`i hargiz chiqmamish bir sho``laliq ohe.


Ne bo`lg`aykim bahori husn aro ochilsa bir gulkim,
Tushub bir barqi ishq o`rtansam andoqkim, parigohe.


Kirib ishqu muhabbat dashtig`a, eykim yana yonding,
Muhiqdursen nedinkim topmading bu yo`lda hamrohe.


Navoiy, bor esang ogah salomat mulki ham xushtur,
Valekin rahbaring bo`lsa yo`li qatьida ogohe.

741

Nogah o`ldum bir ko`zi sohir giriftori, netay,
Kim agar sehr aylasam boqmas mening sori, netay.

Men chu o`ldum kirpikining zahrliq paykonidin,
Gar o`lukni tirgizur la`li shakar bori, netay.

Tiyra zulfi subh ayshimni chu qildi shomi g`am,
O`zgalarga sham`i majlis bo`lsa ruxsori, netay.


Mumkin ermas chun nazar ollida ko`rmak suvratin,
Safhai xotirda naqsh etmay namudori, netay.


Eyki dersen zulfi chun to`lg`ondi urma tobu pech,
Har sari mo`yumg`a bog`lig` bo`lsa bir tori, netay.

May bila g`am rangiga bersam jilo ayb etmangiz,
Buyla bo`lsa iqtizoyi charxi zangori netay.

Dayrdin qoch der, Navoiy, jilva qilg`ach mug`bacha,
Bo`ynuma gar mahkam o`lg`an bo`lsa zunnori, netay.

742

Chehra ko`rsatgilki  jon  bermak tariqin  ko`rsatay,
Ishq atvorini da`vo qilg`an elga o`rgatay.

Ko`rsatib  yuzkim  deding  qilma ko`ngulni muztarib,
Garchi xo`b istarsen ancha turkim, oni to`qtatay.

Baxtim uyg`onmas bu nafxi surdek faryod ila,
Menki marg uyqusi bosqanlarni dermen uyg`otay.

Mehr ila vasling kuni bir subhdek kuldur meni,
Necha hajring tunlari ko`zni falakdek yig`latay.

Rishtai ashkim kerishdur egma qaddim yosig`a,
Oh o`qin g`am shomi baxtim kavkabi chiqqach otay.

Ko`ngluma holing xayoli kirsa mardumliq qilib,
Ko`z uyida oni mardumlar ichinda asratay.

Kelki g`amzang ignasiga toqibon jon rishtasin,
Ko`nglakim  choki bikin  ko`ksum shikofin tevratan.

Bir qadah may birla tirguzgil meni, ey mug`bacha,
Dayr eshiginda necha maxmur o`luk yanglig` yotay.

Ey Navoiy, sharbati la`li erur jonbaxsh, lek
Za`fdin o`lsam ne hadkim degamen andin totay.

743

Ul  pari savdosi men sargashtadin  ayrilmadi,
To meni devonayu rasvoyi olam qilmadi.

Yo`q ko`ngulda har sari mo`yumda bir afg`on erur,
Kim  jafosi  neshi yolg`uz  ko`ngluma  sonchilmadi.

Dedim o`ltur emdikim ishqim nihondur, ohkim,
Qilmadi qatlim bu ish olamg`a to yoyilmadi.

Xasta ushshoqig`a rahm etti menga yo`q, ko`yiga
Za`fdin ul xayl aro bor erkanimni  bilmadi.

Tig`i to yetti  ko`ngulni chok qildi turfakim,
Etmayin ul nav` su bu g`unchag`a ochilmadi.

Qoldi aytilmay nihoni ishq sirri nechakim,
Qolmadi bir so`zki bu ma`ni aro aytilmadi.

Necha qon yutqay Navoiy, boda tut, ey mug`bacha,
Kim xumori hajri ul mayni ichib yozilmadi.

744

Yor tandin jonim ayrulg`uncha zulmin qilmog`i,
Ermas ancha sa`bkim mendin o`zi ayrilmog`i.  

Gar tutulmoq istamas ko`nglum  qushin  bas negadur,
Donoi xol uzra zulfi domining ochilmog`i.

Bog`layin dermen ko`ngul toatqa qo`ymas naylaynn,
Har nafas ko`nglumga ul but g`amzasi sanchilmog`i.

Kirpiking yonmish ko`ngullar ilg`ali qullobdek,
Buyladur ul sho`xning ko`nglumni ko`zga ilmog`i.

Vaslidin, vah, ne so`z aytaykim emas mumkin valek,
Xoli izg`ishi ham ermas har zamon otilmog`i.

Har kishikim dayr ichinda g`oyib etti naqdini,
Ey musulmonlar, aning mumkin emas topilmog`i.

Chok etib ko`ksin Navoiyning ko`rub ko`nglida o`t,
Dedi bevajh ermas ermish muncha afg`on qilmog`i.

745

Halqai zulfung ko`ngul chekmasmu erdi, ey pari,
Kim gajakdin sanchting qulloblar ham har sari.

Tobu pech ermas gajakdakim, ajab yo`q pechu tob,
Chun yuzining o`tig`a tushmish parining bir pari.

O`tda bir noxush berur is, vah, muattar aylamish,
O`tqa  tushgan  parg`a monand ikki  zulfung anbari.

Go`yiyo ermas gajaklarda  bu yanglig` tobkim,
Chehrang o`ti tobidin qaytardilar yuz har sari.

Chashmai xurshid ul yuz yonida qullobi zulf,
Soldilar  go`yo gajak ul chashmaning o`rdaklari.

O`g`ridur ul zulf voqif bo`lki, behad biymi bor
Halqai qullobig`a tushsa qulog`ing gavhari.

Gar Navoiy telba bo`lsa yo`q ajab bu nav`kim,
Zulfining zanjirini qildi parishon ul pari.

746

Istadim yoriki ko`nglum dam-badam shod aylagay,
Bilmadim jonimg`a  bedod uzra bedod aylagay.


La`li anfosidin  ochilg`ay  hayotim  g`unchasi,
Yo`qki umrum hirmanin bir damda barbod aylagay.

Vasl ila yiqqay ko`nguldin dardu g`am bunyodini,
Yo`qki har dam o`zga hijron tarxi bunyod aylagay.

Sham`i ruxsori yorutqay tiyra  ko`nglum kulbasin,
Yo`qki zulfi dudi oni mehnat obod aylagay.

Rishtai jonimdin ochqay no`gi mujgoni girih,
Har birin qatlimg`a yo`qkim neshi po`lod aylagay.

Hech gulga bo`lmasun moyil birovkim, sarvdek
Desakim o`zni xazon davridin ozod aylagay.

Ko`p Navoiy nolasin man` aylamang kim, toki ul
Yorini yod aylagay, albatta faryod aylagay.

747

Vahki, dinim kishvarin toroj qildi kofire,
Kufr eliga homiyu din ahlig`a yag`mogare.

Chobuki  ra`no qadi, no`shin  labi  xoro vale,
Mahvashe, shirin uzore, gulruxe siyminbare.

Jon  berurda  la`lidin  Iso sifat jononae,
Ko`ngul olurda yuzidin Yusuf oyin dilbare.

Zulfi  ko`zlarni  qaro  qilmoqqa  shomi furqati,
Shomi Furqat daf`ig`a ruxsori mehri anvari.

Ham guliston sayri ichra sarv qomatlig` gule,
Ham shabiston bazmi ixyosida sham`i xovare.

Olloh-olloh, buyla ofatning giriftori  bo`lub,
Naylagay bir men kibi zori zaifi abtare.

Ne qaroru, ne sabru, ne tobu tavon, ne toqate,
Ne ko`ngul, ne jonu, ne ruhu ravon, ne paykari.

Soqiyo, dildorim ul yanglig`, meni miskin bu nav`,
Rahm etib tutqil  menga  aylab  labolab sog`ari.

To bo`lub behud Navoiydek qilay devonaliq,
Kim tarahhum qilmasa qilg`ay tamosho ul pari.

748

Yuzi davrinda qironmu zohir etmish ul pari,
Yo quyosh birla qiron aylabturur yuz mushtari.

Yo`qsa anjum halqa urdilar tamosho qilg`ali,
Jilvai  husn aylaganda  oftobi xovari.

Bu bahona birla raftorig`a yetgaymenmu deb,
Rishtai jonim aro tortildi ashkim gavhari.

Gul uza shabnam emas ul yuzda dur monandikim,
Infiolidin botibdur terga gul bargi tari.


Jolalarning lolazor  ichra yo`q oncha zebikim,
Lolagun ruxsoring atrofinda durlar zevari.

Dur bila faxr etmakim, ul besh emas bir qatra su,
Pand durrig`a quloq sol, ey sanamlar sarvari.

Yuzi vasfida Navoiy dog`i aylabtur qiron,
Nazm silkiga chekilmish durri ma`ni har sari.

749

Ey sabo, ko`zdin uchur Mozandaronning vardini,
Kim qilibmen surma Marvi Shohjahonning gardini.

Ulki ahbobin qilur parvarda ayshu noz ila,
G`am emas yod aylasa gohi bu g`amparvardini.

Chekma zahmat, ey tabib, ermas chu mumkin aylamak,
Sharbati vasl o`lmag`uncha daf`i furqat dardini.


Anglag`ay do`zaxda  bor  issig`-sovug`  birla azob,
Hajr aro kim ko`rsa o`tlug` ko`nglum ohi sardini.

Anjumi ashkin to`kar tong otqucha mendek sipehr,
Yo`qlamish ul ham magar bir mehri olam gardini.


Ey ko`ngul, vasl istasang behud bo`lub ko`p g`am yema,
Kom topilmas kimsa qilmay tark xobu xo`rdini.

Yor  agar hijron aro soldi Navoiyni yiroq,
Bok emastur vasl ila gar qilsa boz ovardini.

750

Bo`lsa ko`yung tufrog`i za`f ichra jismim bistari,
So`zi jismimdin aning rangi  bo`lur xokistari.

Uyladur za`fimki odam qilmag`ay erdi gumon,
Gar yo`luqsa erdi Majnung`a vujudum paykari.

Dema ashkim jolasin g`am shomi durri shab charog`,
Kim erur ayni malolatdin nuhusat axtari.

Dasht aro el anglamas devonadurmen, yo`qsa dev,
Uylakim bilmon senikim odamisen yo pari.

Orazing uzra erur xo`y kasrati daryoyi lutf,
Nildin xoling latofat bahrining nilufari.

Gulshani  davrong`a  moyil  bo`lma ziyrak  qush esang
Kim, tikan tori qilur har toza gulbargi tari.

Sabzai xatting xayoli birla savdo dashtidin
Gar Navoiy chiqsa tong yo`q, Xizr erdi rahbari.

751

Ul quyosh oq uydayu men muztaribmen har sari,
Uylakim fonusdin parvona qolg`ay tashqari.

Sadqasi bo`lmoq erur maqsud men sargashtag`a,
Oq uyi davrig`a bukim aylanurmen har sari.

Ichkari ul gul, tuvurlug`ni ko`tarmaslar netay,
Ey sabo farroshi, bir lutf aylabon ul yon dari.

Parda ketgach men zaifi zorg`a oson erur,
Yo`llaridin chig`ning solmoq o`zumni ichkari.

Oq uy ichra har nedur zohirdur ul yuz tobidin,
Sham` bo`lsa uyda tashqardin bo`lur zohir bari.

Gar falak xirgohi bo`lsa peshi xonang ne osig`,
Umr xayli chunki kundin-kunga kelmas ilgari.

Ey Navoiy, ul mahi xirgahnishin hifzi uchun
Ko`zanak ermaski, har sori tikilmish ko`zlari.

752

Ne deb aylay jonni zulfi mushki bo`yung sadqasi,
Bo`lsa ming jon ozdurur har tori mo`yung sadqasi.

Naqsh etib ko`nglumga jannat evrulurmen ko`yunga,
Aylaram bu nav` ila jannatni ko`yung sadqasi.


Elga hamroh otashin gul mayl etar bazmingg`akim,
Bo`lg`ay ushbu vajh birla rangu bo`yung sadqasi.

Pardai jonim libosing bo`lmoq istar, bo`lmag`ay,
G`unchadek gulgun hariri to`-bato`yung sadqasi.


Ovlading ko`nglum so`rub istab bu ne lutf erdi, vah,
Kim bu sargardon kibi yuz jo`stu jo`yung sadqasi.

Qahr ila jonimni olsa mug`bacha, ey piri dayr,
Bok emas yuz jon bu tifli tund xo`yung sadqasi.

Qaddu raftoring Navoiy ko`rgali bo`lmoq tilar,
Ko`ngli raftoring fidosi, joni bo`yung sadqasi.

753

Xasta jonim rishtasi  ko`rganda hajr ozorini,
Gar uzuldi, qil anga payvand zulfung torini.

Dema og`zin g`uncha, qaddin sarvkim, el ko`rmamish
Sarvning raftorini, yo g`unchaning guftorini.


Gulda xolu mehrda xat yo`q, ne yanglig` o`xshatay
Mehru gulga xol ila xatlig` ikki ruxsorini.

Yog`madi hargiz chu shabnam injusi gul bargidin,
Anga tashbeh etsa  bo`lmas la`li shakkarborini.

Ne qilurdin qasdi sunbulni etar jon  qasdi dom,
Aylamon monand alarg`a zulfining zunnorini.


Charxi qasrinda quyosh uzra ko`ngul mayl aylamas,
Kim g`animat tutmish oning soyayi devorini.

Sayrdin paykonlari to ko`ngluma topmish sabot,
Ko`zga ilmasmen falakning sobitu sayyorini.

Davri sirri pardasin  gar  ochmamishsen, soqiyo,
Boda tutkim dey senga bu pardaning asrorini.

Ey Navoiy, daxl qilma gar tilar ersang navo,
Har necha xorij navo ko`rsang sipehr advorini.

754

Qon aylading ko`ngulni nihoni,
Ko`rgul ikki ko`zumda nishoni.

Tushti fig`ong`a ko`nglum ul oydin,
Tong yo`q yetishsa ko`kka fig`oni.

Hajring tuniga, tushgali ko`nglum
Bo`lmish ko`ziga tiyra jahoni.

Hayrat guli ham ul dam ochilg`ay,
Bag`rimning tomsa ko`yida qoni.

Har kimsaga ne tuhmat etaykim,
Itgan ko`ngulni oldi faloni.

Aylarda ishqing sharhini tahrir
Sig`mas qalam tiliga bayoni.

Xusrav, Navoiyo, seni ko`rsa,
Shahni degay maliki shahi soniy.

755

Vahki,  hajring o`ti  jismi  notavonim o`rtadi,
Notavon jismimga tushgan sho``la jonim o`rtadi.

Qo`zg`abon ko`nglum aloxonu alomon ayladi,
Ne aloxonu alomon, xonumonim o`rtadi.

Barqi ishqing chunki tushti jismu jonim bo`ldi kul,
Turfa o`t erdiki paydoyu nihonim o`rtadi.


Dema ishqim nayladikim, ro`zgorimdur qaro,
O`rtadi, ey qotili nomehribonim, o`rtadi.

La`li mahlul aylagandek o`t yoqib xoshok ila
Hajri jonnm kuydurub, jismimda  qonim o`rtadi.

Bo`lmasa  nomu nishonim  ayb qilmangkim,  firoq
Ro`zgor avroqidin nomu nishonim o`rtadi.

Shomi hajrimda shafaq ko`rsang, Navoiy, bil yaqin
Kim falakni sho``lai ohu fig`onim o`rtadi.

756

Borg`il, ey hamdam, har yoni,
Ko`nglum itmish, topqil oni.

Holin so`rg`il, ul ham so`rsa,
Dekim, sensiz yo`qtur joni.

Istid`o aylab yondurg`il,
Kelmas bo`lsa, de pinhoni.

Kim ul dilbar qilmish va`da
Bu tun bo`lmoqqa mehmoni.

Chin deb kelsa ani emdi,
Aylay ko`ksumda zindoni.

Soqiy, bizni g`amdin qutqar,
Kelturgil rohi rayhoni.

Ul oysiz un cheksa Navoiy,
O`tgay gardundin afg`oni.

757

Meni o`lturgay edi mug`bachalarning alami,
Dayr pirining agar  bo`lmasa erdi karami.

O`zining boru yo`qidin ne shikoyat qilayin,
Tengdurur chun mening ollimda vujudu adami.

Charx naqqoshi surohini munaqqash qilsa,
Shisha og`zi qilidin keldi munosib qalami.

Shayxning, uyla ki oshiqqa momug` ostida dog`,
Tevuruk ruq`alar ostida tikilmish dirami.

Ulki boshimni xirom ichra qilibdur pomol,
Har qayon borsa, mening boshimu oning qadami.

Osmon bo`lmadi chun ishq yukiga homil,
Tah-batah bir-biri qaddida nedin bo`ldi xami.

Har dam, ey ahli zamon, mayli sitam qilmangkim,
Har nechakim desa bas bizga zamonning sitami.

Basdur o`tlug` kafanim zoru qurug` jismim uza,
Xashr aro qay sori ishq ahli yuz ursa alami.

Gar Navoiy nafas urmas tuganib zaxmida qon,
Go`yiyo o`ldiki, chiqmas yana ul xasta dami.

758

Ko`ngulki etgali andin topilmadi xabare,
Topilsa ham anga mendin topilmag`ay asare.

Qadingki naxli  balodur,  sitam  yog`ar  andin,
Ne bo`lg`usi samari bo`lsa ul sifat shajare.

Ne shomi furqat ekin, vahki, umr o`tub anda
Tulu` qilmadi xurshid vaslidin sahare.

Guzarda ko`rmak uchun za`fdin yiqilmishmen,
Gadoyi xastadek ul ko`y aro tutub guzare.

Itingki bor anga ushshoq bag`ridin to``ma,
Qilay deganga ani mehmon kerak jigare.

Oqar, qadahqa, tomar yerga bodang, ey soqiy,
Humor ahlig`a yetmasmu hech oqar – tomari.

Firoq o`tida, eyki Navoiyni kuydurasen,
Chu ishqing ayladi xascha anga ne bas sharare.

759

Siyosat etti soching mushk chun xato qildi,
Ki barcha jismi qarorib teriga tortildi.

Qadingg`a qullug`i ahdini nayshakar buzmish,
Ki bo`yla bir-biridin band-bandi ayrildi.

Boshinda toji zar o`ldi oyog`i ostida nat`,
Chu sham`i xizmating aylarda poyasin bildi.

Magarki ko`z yumub ochquncha noz o`qin otting,
Ki, bir ajab tikoni  bag`rim  ichra sanchildi.

Ko`zi xadangi  balo yogdururni fahm ettim
Ki, raxshi na`lidin o`tlar ko`zumga choqildi.

Qadah keturgilu dam urma dahr sirridin,
Ki mubham o`ldi bu so`z har necha kim  aytildi.

Jigar kabobg`a mayl etmagan esa ul mast,
Navoiyo, nega bag`ringni har taraf tildi.

760

Necha davron ahlining bedodidin shiddat chekay,
Soqiyo, may tutki ber ham sog`ari ishrat, chekay.

Bir nishot afzo mayi gulrang ham quy bo`g`zuma,
Davr jomidin  necha  xunobai  mehnat  chekay?!

Necha el birla jigargun boda no`sh aylab habib,
Bag`rima tish berkitib, men nishtari xasrat chekay.

Eyki,  koming o`zgalardin vaslu mendin  hajrdur,
Sen visol ayyomini xush tutki men furqat chekay.

Garchi eldin jon olib yetkurmading navbat menga,
Qo`yki jonni ollinga men dog`i bir navbat chekay.

Ham habibim xoki rohimen gar andoqkim Masih,
Nayyiri a`zam boshig`a soyayi rif`at chekay.  

Bir anga chun o`xshamas, ne sud, agar jon lavhida,
Har zamon qilki taxayyul birla yuz suvrat chekay.

Tufroq o`lmoq avlo avvaldin chu gardun oqibat
Teng qilur tufrog` ila chun charx uza robit chekay.

Otashin  ruxsorai kuydurdi bulbuldek  meni,
Ey Navoiy, kelki, men ham nolayi xirqat chekay.

761

Muxandise topayu egnima qanot yasatay,
Uchub havosida qushlar aro o`zumni qotay.

Muyassar o`lmasa bu, to`rt ayog`lanib kechalar
Tanimni itdek etib itlari sari uzatay.

Yo`q ersa  o`tganida  ko`rgamen debon  yuzini,
Gadoyi xasta kibi ko`yi tufrog`inda yotay.

Muhol erur bu tamanno visoli kim, men kim,
Necha el ichra bu savdo bila o`zumni sotay.

Tanimg`a  ishqida  berdim shikast, ya`ni ul o`t
Yorurg`a ushbu qurug` hemadin dedim ushatay.

Chu faqr ko`yida vaslimg`a hech o`lturmas,
Qachong`a xirqam uza zarqi ruq`asin yamatay.

Navoiy uyla ulus xonig`a erur oshiq,
Ki turk qullari Jo`jidur oningu Chig`atoy.

762

It kibi necha samanding so`ngicha po`ya uray,
Nogah o`tsang boqibon sen yana o`tguncha turay.

Chunki yetting ko`rub ul chehrani behol bo`lub,
O`zga kelgach yana ul raxshi so`ngincha yuguray.

To`rt oyog`lanib iting xayli aro meni majnun,
Gar kesak otsang o`pay, gar so`ngak otsang ko`muray.

Uyqunga mon`i agar bo`lmasa ul ko`y ichra,
Yugurub itlar ila kecha tong otquncha huray.

Subhdam kim uyur itlar, menga chun yo`q uyqu,
Posini mehr  ila olam yorug`uncha yeturay.

Ishq ko`yida agar sheri jayondur, itdur,
Tong yo`q ar faxru mubohot ila bu nukta suray.

Netti itlikka Navoiy kibi qobil ersam,
Elga ko`z yo`qmudurur agarchi ani men yoshuray.

763

Necha men mehnat chekib, ul oy tana`um aylagay,
Oshkoro yig`lasam, pinhon tabassum aylagay.

Javridin ul nav` xushmenkim, o`lum xoli bo`lub,
Vah, etarmenkim ko`rub nogah tarahhum aylagay.

Nukta surgach la`li o`lganlar topar umri abad,
Umrida Iso qachon mundoq takallum aylagay.

Tig`i zulmi tegmagay deb aylasa el ko`ngli vahm,
Tegmasun  g`ayrig`a  deb  ko`nglum tavahhum  aylagay.

Dema zulmum ko`p yetib ko`nglung tazallum aylamish,
Kim agar oz yetsa shoyadkim tazallum aylagay.

Ey ko`ngul, bir lahza hijron shiddatig`a arzimas,
Gar visol ichra kishi yuz yil tana`um aylagay.

Yor bazmig`a chu yo`l topmas Navoiy, ne osig`,
Dil xarosh afg`onu gar dilkash tarannum aylagay.

764

Bu shaxsuvorki go`y o`ynamoqda ichmish may,
Saman dursa  bu yon  boshim ollida  o`ynay.

Magarki raxshi ayog`indadur sabo mudg`am,
Ki chopsa olam-olam masofat aylar tay.

Damodam ursam ilik rashkdin boshimg`a, ne tong,
Tegar chu go`yg`a chavgoni boshi paydarpay.

Chek emdi lutf ila sarsarvashing inoninkim,
Qilibdur oyinagun yer yuzini sarsarday.

Bu fasl aro xush erur oq uy ichra boda o`ti,
Bu o`t yorurg`a mug`anniy og`zig`a olmoq nay.

Nimaki aylasa bo`lg`ay anga shay itloqi,
Ko`zungga olma nedinkim jahon erur loshay.

Navoiy,  aylasa laylivashing azimati dasht,
Munosib o`ldi nujum o`rdasi ulusig`a hay.

765

Xunfishon ko`zni yubon oq etti ashkim kasrati,
Garchi  ketmas lolaning sudin  savodu xumrati.

Shusha oltunlar erur durri visolingg`a baho,
Kohi  a`zam uzra  eskirgan aliflar  hay`ati.

Tushta vaslin ko`rgali, vahkim, ajal uyqusig`a
Bordimu ko`nglum aro qoldi ul uyqu hasrati.

Garchi  ollindin  o`tarsen  har zamon  maydonda,  voy,
Kim erur moni` yuzung ko`rmakka raxshing sur`ati.


Tig`i zulmungdin emastur zaxmlar ko`nglumdakim,
Choklar  qildi  bu uyni hajr o`tining shiddati.


Bo`yla,  hokim  johilu mahkum  erur  olam anga,
To hakimi sun`ining ne erdi erkin hikmati.

Ey Navoiy, ko`zga ko`nglumdin aduvroqmenki, bor
Menga ko`nglum mehnati, ko`nglumga ko`zning ofati.

766

Nasli odam bo`lmamish  hargiz muhabbat  mazhari,
Ul nimakim bilmagay odam, qachon bilsun pari.

Xo`blar husnin qazo mashshotasi ko`p qildi zeb,
Anda yuz miig xayfkim yo`qtur vafoning zevari.

Men  kibi aylab vafo  ko`rgan  jafo topilmag`ay,
Axtarilsa sarbasar ahli muhabbat daftari.


Ey ko`ngul, jinsi bashardin sen vafo ko`z tutmakim,
Yo`qturur bu xayl  zotida muhabbat javhari.


Eyki dersen mehri sham`i birla kulbangni yorut,
Ham magar oni yorutqay sham`i mehri xovari.

G`ussadinkim jon olib parvo ham etmas mug`bacha,
Behud o`lmoq istab o`ldum dayri piri chokari.

Ey Navoiy, gar desang ko`rmay jafo, bo`lmoq kerak
Xo`blardin, balki mutlaq nasli odamdin  bari.


767

Ko`z bila ko`nglumga bo`lmish go`yiyo vasling chog`i,
Kim ko`zumning uchmog`i tez o`ldi ko`nglum solmog`i.

Dema ko`nglung mulki qay chog`din bu nav` o`lmish xarob,
To bu kishvar ahlig`a tushti qiroqing bulg`og`i.


Ey ko`ngul  qilma  ayog`i tufrog`i haqqi qasam,
Kim ko`zumning haqqidur aning ayog`i tufrog`i.

G`am tuni ko`nglum xaroshig`a gar istarsen dalil,
Iynak-iynak charx tahrikida anjum tirnog`i.

Qatli hangomi shahidingkim ko`tardi barmog`in,
Go`yo aning oti mundindur shahodat barmog`i.

Dahr gulzorig`a, ey  ko`nglum qushi,  mayl etmakim,
Anda bulbul qonidin rangin erur gul yafrog`i.

Hajr aro qo`ydi diramdek dog`lar ko`ksin yorib,
Vasli mumkindur Navoiyning chu ko`ptur yormog`i.

768

Ishq orzusini qilur ul navjuvon sari,
O`tqa solur o`zin yana bu notavon qari.    

Arz etsalarki yor kerak yo ikki jahon,
Yor aytqumdurur beri, ikki jahon nari.

Ul oy eshitmasa ne degaymen, vale o`tar
Aflok toqining hamidin bu fig`on nari.

Usruk yo`l oziqib dorimoq har taraf ne sud,
Bir oy ramida sayd ne bo`lg`ay bu yon dari.

Bu xokisorin ne sipehr etti qadardin,
Anjum kibi etikning ayog`i nishonlari.

Dersenki, yor  aksi senga tushgay, ey ko`ngul,
Avval g`ubori g`ayrdin oyina son ori.

Ul sho`x yuzu ashkingga boqmas Navoiyo,
Har necha za`faron yuzunga arg`uvon tari.

769

Intizorida ul oyning ko`zki soldim har sori,
Ko`z yumub ochquncha o`tti ko`z yoshim andin nari.

Yolinib ul ko`y iti birla borurmen ko`yiga,
Vahki, ul ko`y ichra bormen men keyin, it ilgari.

Dardu g`am turmish yasovuldek ko`ngul choki aro,
Qo`ymamoqqa kelsa hushu sabri xayli ichkari.


Ko`rmasang kim o`tni su tez aylagay, bir-bir turur
Ko`nglum ichra qatra-qatra su kibi paykonlari.


Lab aro og`zing chuchuk til birla go`yo anglasam,
Shahdliq nishi bila gul bargini teshmish ari.

Zohido, har lahza o`lmak xonaqah fikridakim,
To tirikmen chiqmag`um dayri fanodin men  bari.

Ey Navoiy, dema har damkim qadahni quy to`la,
Mayni oxir quysa xud bo`lmas qadahdin tashqari.

770

Bo`lmasam oshiq fig`onim zor bo`lg`aymu edi,
Kuymasam  pinhon  ichim  afgor  bo`lg`aymu edi?

Zulfunga  vobastau ko`zungga vola bo`lmasam,
Jon parishonu ko`ngul bemor bo`lg`aymu edi?

Bo`lmasa  kofir  ko`zung oshiftasi shaydo ko`ngul,
Rishtai zulfung anga zunnor bo`lg`aymu edi?

Istabon  vasling gulistonin  havoyi  bo`lmasam,
Abri naysondek ko`zum durbor  bo`lg`aymu edi?

Bo`lsa erdi, ey pari, ishqing aro ko`nglumda xush,
Guftu go`yum muncha majnunvor bo`lg`aymu edi?

Bilsa erdi ishqida sirrimni, har bir lafzida
Yordin yuz e`tiroz izhor bo`lg`aymu edi?

G`uncha kulgusiga, ey bulbul, ko`ngul gar bermasang,
Bag`ringa har gul sayi yuz xor bo`lg`aymu edi?


Ey Navoiy, qilsang erdi ofiyat kunjin vatan
Muncha munglug` joningga ozor bo`lg`aymu edi?

771

Jong`a chun dermen, ne erdi o`lmagim kayfiyati,
Derki,  bois  bo`ldi jism  ichra  marazning shiddati.

Jismdin so`rsamki, bu za`fingg`a ne bo`ldi sabab,
Der, anga bo`ldi sabab o`tluq bag`irning xirqati.

Chun bag`irdin so`rsam aytur, andoq o`t tushti menga
Kim, ko`ngulga sho``la  soldi ishq barqi ofati.

Ko`ngluma qilsam g`azab ayturki, ko`zdindur gunoh,
Ko`rmayin  ul tushmadi  bizga  bu  ishning tuhmati.


Ko`zga chun dermenki, ey tardomani yuzi qaro,
Sendin o`lmish telba ko`nglumning balou vahshati.

Yig`lab aytur ko`zki, yo`q erdi menga ham ixtiyor
Kim, ko`rundi nogahon ul sho`xi mahvash tal`ati.

Ey Navoiy, barcha o`z uzrin dedi, o`lguncha kuy
Kim, senga  ishq o`ti-o`q ermish  azalning  qismati.

772

So`z vafodin demakim, ul ermas ahli husn ishi,
Javr kam qilkim vafo sendin tama` tutmas kishi.

Ishq aro taskin tavaqqu` tutma ko`nglum so`zig`a
Kim harorat daf`ini qilmoq emastur o`t ishi.

Chekti saf kirpiklaring ko`nglum sipohi ollig`a,
Sindurur yuz qalbni lekin alarning sanchishi.


Sovug` oh o`tluq ko`nguldinkim chekarmen turfa,  ko`r
Kim havoyi ishqning  mamzuj emish yozu qishi.

Termagaysen jolani gul bargi ichra, ey sahob,
Zohir o`lsa yor la`li durjidin durdek tishi.

Nuri botin ichra, ey solik, tilar ersang kamol,
Qil quyosh yanglig` manozil qat`i qilmoq varzishi.

Chekti ollingg`a Navoiy aql ila hushu ko`ngul,
Turki, cheksun jism aro gar xasta jondur qolmishi.

773

Ne ishq ediki, adam ayladi vujudumni,
Chu urdi soiqa gardung`a chekti dudumni.

Ne nukta budu nabudumdin aytayinkim, ul
Nabud qildi fano o`ti birla budumni.

Agar shigof esa ko`ksum yaqo kibi, ne ajab
Ki, hajr bir-biridin  uzdi  toru pudumni.

Bu yo`lda sudu ziyondin takallum etmangkim,
Tugatti ishqida sud ar ziyonu sudumni.

Chu ishq kufri aro belga bog`ladim zunnor,
But ollida yana ayb aylamang sujudumni.

Yuzung mushohadasi qilmish uyla mustag`raq,
Ki hajr salb qila olmas ul shuhudumni.

Navoiy, o`zdin  asar topman o`lg`ali oshiq,
Ne ishq ediki adam ayladi vujudumni.

774

Gulshani ko`yungdin ayru bog`i rizvonni netay,
Boshima gar gul sochar sensiz gulafshonni netay.

Naxli qadding chun emas giryon ko`zumga jilvagar,
Jo`ybor atrofida sarvi xiromonni netay?


Ul itingga bo`lmasa to``ma bu ollingda fido,
Za`flig`  paykarni  naylay, notavon  jonni  netay?

La`ligun ashkim labi hijronida ayb etmangiz,
Ko`z yo`lidin to`kmayin bag`rimdag`i qonni netay?

Zulmati hajrida chashmang vasfin etma, ey Xizr,
Menki umrumdin to`yubmen, obi hayvonni netay?

Dog`ima marhamni ko`p taklif qilma, ey rafiq,
Tuttum ul dog`im o`ngardi, dog`i hijronni netay?

Yordin  ayru buzug` ko`nglumga  qildim xayribod,
Ey Navoiy, uyla ganj o`lmay bu vayronni netay?

775

Turfa gulzor aylamish may gullari ruxsorini,
Turfaroq bukim  ariq serob etar  gulzorini.


Ey ko`ngul, har torig`a yuz jon muqayyaddur bukim,
Yuz girih birla ko`rursen zulfining har torini!

Yoqmangiz zaxmimg`a marhamkim, o`larmen qilsa kam
Choklik bag`rimdin ul oy tig`ining ozorini.


Bog`lag`aylar atridin din ahli kofirliqqa bel,
El parishon etsa nogah zulfining zunnorini.

Bumini zog` etgay ohim dudi qilsa oshyon,
Dasht ichinda men bo`lur vayronaning devorini.

Fosh etar ko`nglum sharori tiyra ohim dudi ham,
Necha dermen qilmayin ishqim o`ti izhorini.

G`am hujumidin ne g`am azmi xarobot aylakim,
Qo`ymayin bir jom ila ul xaylning osorini.

Soyir aylarda qadah topsang sabot, ey mug`bacha,
Aylayin  barham falakning sobitu sayyorini.

Anglag`il,  jonoki, ko`yungda Navoiy  o`ldi  zor,
Topmasang itlar uni ichra fig`oni zorini.


776

Kim ekin ul ko`y aro deb kelsa andin it uni,
It uni vazni bila ko`nglum solur hijron tuni.

Demangizkim shomi hajringning nechuk poyoni yo`q,
Subhi sham`in tiyra aylar g`am tunining shudruni.

Shomi hajrimni qaro qilmoq ne hojat, ey sipehr,
Ro`zgorimdin  qaroroqdur  chu hajrimning tuni.


Ishq iqbolidin andoq kimiyoyidur yuzum,
Kim qilur kasbi iyor andin quyoshning oltuni.

Dard ko`rkim, istasa kelmak g`amim so`rmoqqa yor,
Rozi ermonkim sirishkim saylining bor o`zguni.

Dahr bo`stonig`a ziyrak qush ne qilsun maylkim,
G`uncha juz qonlig` ko`ngul ochmas bu gulshan gulbuni.

G`am  Navoiyning  ko`zin qilmish  bulutkim, za`fdin
Istar og`zig`a tomizdurg`ay momug` birla suni.


777

Tog` aro Farhod har yon surma qilg`an toshini,
Ko`zga chekkan ne ajab yuz mil oqizmoq yoshini.

Ahli ishq ul ko`y aro sargashta, vah, jodu ko`rung,
Sehr  ila  go`yo bu nav` aylandururlar  boshini.

Ko`kta har oy bir hilol ul mashqdurkim, kilki sun`
Aylamish sizg`anda ul ikki muqavvas qoshini.


Ey sabo, ushshoq naqdi jonlarin yetkur yig`ib,
Qayda topsang ul maqobir peshayi qalloshini.

Keldi chin naqqoshi ul yuz naqshini qilmoqqa tarh,
Chehra ochib naqshi devor  aylading naqqoshini.

Kim meningdek xonaqahdin surdilar ahli saloh,
Mug`tanam tutdik fano dayri aro avboshini.


La`lini kavsar mayig`a garchi  tashbih  aylading,
Ey Navoiy, bordurur bu mayda o`zga choshini.

778

Bukun  oqshomg`a  tegru  menki ko`rmaymen  quyoshimni,
Ne tong, to`ksam falakdek kecha tong otquncha yoshimni.

Baliyyat toshidin yuz pora bo`lg`an ham erur xushkim,
Itingga  yetmagay zahmat qilurda to``ma  boshimni.


Yuzu xoling g`amidin  bo`stonafro`z erur jismim,
Ki  tutmishdur  ichimni  tuxmi  g`am,  xunob  toshimni.

O`luk jismimni ko`rgan toza qonlig` dog`lar birla,
Qaro qilg`an sog`ing`ay zog`lar g`avg`osi loshimni.

Vazifa ko`ngluma har kun erur bir dog` ishqingdin,
Qanoatdin  tuzubmen  bir diram  birla  maoshimni.


Qazo tag``yiri topmas chunki zo`ru zorliq birla,
Uzubmen dahri xalqidin urush birla yaroshimni.

Navoiy degasen g`am tog`i qozmish teshai Farhod,
Ko`rub ko`ksumdagi tirnog` ila qilg`an xaroshimni.

779

Xayol o`lg`an kishi ishq ichra fahm aylar xayolimni,
Bilur hijron aro behol bo`lg`an sa`b holimni.

Ko`ngul bog`i arodur naxli qaddi, lek qo`rqarmen
Kim, ul issig` havo so`ldurmag`ay navras niholimni.

Erur hijron tuni bas tiyra, ey gardun, duraxshon qil,
Saodat matla`idin axtari farxunda folimni.


Ne za`f o`lg`ayki bir qil gar qalamdin ustiga tushgay,
Nihon bo`lg`ay musavvir tortqan qili misolimni.


Ko`rub xandon labin og`zim ochildi buki o`lmaymen,
Qilurmen daf`i kulmak birla go`yo infiolimni.


Haqorat birla boqma, shayxu mug` dayri sari yuz qo`y,
Boq ul ko`y itlari silki aro johu jalolimni.

Navoiydek agar  nafs itligidin qilmag`aymen ram,
Qachon gardun menga ram aylagay ra`no g`izolimni.


780

Kimki bir ko`ngli buzug`ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka`ba vayron bo`lsa obod aylagay.

Garchi xalq ozodasimen, yor  agar  bandam, desa,
Andin ortuq anglakim bir banda ozod aylagay.

Yordin har kimki bir so`z der, tuganmasdin burun
Istaramkim, avvalidin yana bunyod aylagay.


Yor hijronidin o`lgumdur bu nav` ermish sazo,
Ul kishigakim, birovga o`zni mo``tod aylagay.

Necha sabr avroqi yozg`ay ko`nglumu bir oh ila,
Sarsari ishqing yetib borini barbod aylagay.

Shayxdin zuhdi riyosi kasb o`lur, yo rab, qani
Dayr  pirikim,  fano rasmini  irshod  aylagay.

Odam avlodida kamdur odamiylig` shevasi,
Odam ermas ulki  mayli odamizod aylagay.

Ne balodurkim falak har kimga cheksa tig`i hajr,
Yongilib avval mening jonimg`a bedod aylagay.


Besha ichra devlar  maqtuli bo`lsun, ey pari,
Gar Navoiy yona  azmi Astrobod aylagay.

781

Tushta sarvu guldin islab birni quchtum birini,
Aylagil, ey sarvi gulrux, bu tushum ta`birini.


Anglading o`tluq yuzi  ko`nglum ne yanglig` qildi su,
Mum arokim ko`rmamishtur sho``laning ta`sirini.

Do`stlar daf`i jununum gar tilarsiz, bog`langiz
Ul pari ko`yida bu devonaning zanjirini.

Suvratingdin ojiz o`lsa mone` ermastur ajab,
Qayda naqqosh  aylagay kilki qazo tasvirini.

Vasl ila qilg`il buzug` ko`nglum, ilojinkim, qilur
Shoh adl etmak bila vayronalar ta`mirini.

Ishqu may, ey shayx, azaldin sarnavisht ermish menga,
Vah, netib xush ko`rmagaymen tengrining taqdirini.


Ey Navoiy, dersen ul oy ishqini eldin yashur,
Oti mazkur o`lsa naylay holatim tag`yirini.

782

Moviy yog`lig`din qoshing, ey jong`a bedod etkuchi,
Ko`k bulutqa kirdi go`yo yangi oyning bir uchi.

Gar yomon holimg`a ko`z solmas, ajab yo`qkim, erur
Ul qaro ko`zlar qaro baxtim masallik uyquchi.

Ilgi ashkim qonin oritmoqqa chektim dudi oh,
Ham qizardi, ham qaro bo`ldi ul oyning ovuchi.

Ollig`a bosh qo`ydum, ammo tig` ila ayirmadi,
Bosh emas bukim erur bo`ynumda aning untuchi.

Tig`i ishqin mendin aylar imtihonu vasli yo`q,
Ishqning go`yoki mendin o`zgaga yetmas kuchi.

Boda durdin no`sh eta olmas esang, ey mug`bacha,
Yirtibon zuhdum ridosin ayla oning suzguchi.

Gar ayog`ing chiqti ashkingning suyidin toyilib,
Ey Navoiy, shukr ul ko`y ichradur aning muchi.

783

Ishq aro tish bag`rima ursam icharmen qon dog`i,
Bal  chekarmen  hajr  o`qidin  birkigan  paykon dog`i.

Belu og`zidin nishon so`rmangki, zahrim derga yo`q,
Bir sarimu oshkoro zarrai pinhon dog`i.

Ishqidin qonim tutub erdi ani to`kmakka sa`y,
Dashnai furqat ham etti xanjari hijron dog`i.

Bo`ynuma zanjir tortib, jismima yog`durdung o`q,
Anglading go`yoki Majnun o`lmisham, uryon dog`i.


Yig`lamay holimg`a naylaykim, aning vasli menga
Uylakim, ummid yo`qtur,  yo`qturur  imkon dog`i.


Necha kun olamda chun mehmonsen, ichgil bodakim,
Mezbon qolmas bu xoni dayr aro, mehmon dog`i.

Ey Navoiy, chun alif yanglig` o`qi joningdadur,
Qatlingga tong yo`qki bir kun bois o`lg`ay jon dog`i.

784

Necha tig` urdung ko`ngulga tiyra ohi itmadi,
Kimsa o`tdin dud chirkin su bila oritmadi.

Bosh qo`yarmen shukrdinkim, qilmayin boshimni go`y
Chobukum  maydong`a hargiz raxshini sekritmadi.


Xohi tig`i javr yo tig`i zabon birla raqib,
Iltifote qilmadi ko`nglumgakim, og`ritmadi.

Ayladi yuz qatla su, bir qatla qon ko`nglumnikim,
Urmadi bir tig` ani yuz qatla to injitmadi.


Qilmadi mahbus ko`nglum kulbasida g`amni ishq,
Raxnalarni to malomat toshidin berkitmadi.


Ey xush ul qushkim, tegib jismig`a bir par har tikan,
El qulog`in noladin  bulbul kibi yolqitmadi.

Bahri ashk ichra Navoiy sobit erdi tog`dek
Kim, esib bir yel tanining taxtasin qalqitmadi.

785

Ko`ksumda  na`l  bo`ldi xadanging nishonasi,
Ko`ksum uyi erur aning omochxonasi.

Paykonlaringki til kibi ko`nglumdin urdi bosh,
Go`yo bir o`tdur ulki, bulardurur zabonasi.

Ko`p so`z yasadi Layliyu Majnun so`zida xalq
Ermas nechukki husnungu ishqing fasonasi.

Deb erdi bir bahona bila seni o`lturay,
O`lturdi, vahki, har dam aning bahonasi.

Mehri ruhungda mehri giyah sabzai xating,
Go`yoki xoling o`ldi ham ul sabza donasi.

Mug` dayri  pirining qulimenki, g`am etsa qasd,
Aylar xalos birla to`la jomi mug`onasi.

Ishqing Navoiy aylar ulustin nihon vale,
Fosh aylar elga zamzamai bexudonasi.

786

Chun so`z aytursen labing titrar g`azab qilg`an chog`i,
Rost andoqkim sabo tahrikidin gul yafrog`i.

Kimki ko`rdi surating hayrat dog`i surat kibi,
To qiyomat og`zi ichra qoldi hayrat barmog`i.

Baski  ko`z  oqu  qarosin surtmishmen  shavqdin,
Ham  qaro, ham oq o`lubtur  bodapoying tuynog`i.

Ne ajab qon to`ksa  tig`ingkim oning oshomig`a,
Og`zin ochqan ikki ajdar zohir etmish bolchog`i.

Boshima  tufrog`  sovurg`andinmu chehram gard ekin,
Yo falak yog`durmish ustumga  mazallat tufrog`i.

Dedi la`limni so`rarsenmuki, topqaysen hayot,
Bir hayoti toza xud yetkurdi oning so`rmog`i.

Dayri piri xidmatig`a ulki der  bel  bog`ladim,
Chin degay ul vaqtkim zunnor bo`lg`ay belbog`i.

Menki ellik yil chekib g`am, topmadim hushvaqtlig`,
Topg`amenmu umrning emdiki o`tmish xushrog`i.


Ey Navoiy, olam  ahlidin vafo qilding tama`,
Men edim sening kibi, men yanglig` o`lg`ung sen dog`i.

787

Bir bag`ir pargolasi g`am dashtining har lolasi,
Lek bo`lsa ishq o`tidin dog` har pargolasi.

Ishq sahrosig`a har kim kirmak o`lmaskim erur,
Bir yurakning dog`liq pargolasi har lolasi.

La`l uza ushog`roq inju aylagandek ta`biya,
Ko`rguzur shirin labingni har taraf tabxolasi.

Anjum ermaskim tushubtur charx ko`zgusiga aks,
Baski yog`dn g`am tuni yer uzra ashkim jolasi.

Girdi bolish o`lsa oy boshing qo`yarg`a vajhi bor
Kim, aning davri yuzung oyining o`lg`ay holasi.

Gul xaridori chu ko`ptur, bo`lma ko`p, ey bog`bon,
Zeb uchun mashshota yo sotmoq uchun dallolasi.

Gar  Navoiy  nolasidin yor yolqibdur,  valek
Ishqi yo`q deb ta`n etar, gohiki kelmas nolasi.

755

Sarsari ohimdin ul oy furqatida g`am tuni,
Uyqug`a qo`ymas xaloyiqni eshiklarning uni.

Ishq uyin Farhodu Majnun ruhi bilgay charx uza,
Har biriga yetsa ohim o`tining bir uchquni.

Buki derlar kimiyodur ishq bovar qilmasang,
Qilg`usi yuz  vajh ila  sobit uzorim oltuni.

Orazi  maydin  bo`lub gul-gul oqizdi  qon  yoshim,
Ko`r ne gullar ochti ul bo`stoni ofat gulbuni,

Eyki do`zax o`tinu mahshar kunin sharh aylading,
Uchramaydur joninga ishq o`tiyu hijron kuni.


Chun Navoiyg`a ikki la`li mayidin tutti qo`sh,
Qoru gar jon istasa kim jon berib topti muni.

789

Jismi ul gulning qizil to`ndinmudur gul xirmani,
Yo solib ruxsori bir xirmang`a o`t o`rtar ani.

Otashin gul jismida andoqki su muzmardurur,
Uyladur gulgun to`n ichra obi hayvondek tani.

Go`yiyo gul ichra savsan bargi aylabtur nihon,
Yo`qsa gulgun to`n ichinda ko`nglakidur savsani.

Qatl uchun ol ayladi to`n, no`qsa ul qattolvash
G`arqa bo`lmish qong`a baskim bo`ldi qon to`kmak fani.

Otashin gulmu ekin gulbuni har yon, yo magar
Ishq  so`zidin  tushub  kuydi bulbul maskani.

Gul sochib yuz yil agar gulrang may no`sh aylasang,
Arzimas bir kun tikan neshig`a davron gulshani.


Gul erur yuz xurdasi birla gadoyi jandapo`sh,
Ey  Navoiy, muflisi qoni`ni bil  shohi g`ani.

790

Sahar kuyar g`ami hajringda xasta jism xasi,
Magar o`tumni qilur tez subhning nafasi.

Ko`ngulga  ancha xadangnng tikildi har yondin,
Ki bo`ldi xasta ko`ngul andalibining qafasi.

Ko`ngulki tolpinadur tanda, ko`yung istaydur,
Qafasda  sekrisa  qush uchmog` o`lg`usi havasi.

Ul oyg`a yetmasa qo`l o`tlug` oh ila, ne ajab,
Chinor kuysa bo`lurmu quyoshqa dasti rasi.

Ne rind o`lsa soching kufrida etar zunnor,
Jahon yuzidagi din ahlig`a aning marasi.

Talab yo`lidag`i ovoralarg`a mujda dengiz
Ki, yo`lg`a  hodi erur do`st mahmili jarasi.

Fig`onki, xastalarin ul Masih tirguzubon,
Vale Navoiyi dilxastani unutti base.

791

Lab uza xat anbar oludi,
Otashin la`lining erur dudi.

Dardu sabrin nisoring etti ko`ngul
Kim, bular erdi budu nobudi.

Jon berib ko`nglum oldi naqdi g`aming,
Ahli savdoning ushbudur sudi.

Gar o`qung jong`a qasd qildi, ne bok
Ki aning bu o`q erdi maqsudi.

Tanu jon rishtasi g`amingg`a libos
Bu biri tori, ul biri pudi.

Tengdurur dahrg`a vujudu adam,
Balki ma`dum barcha mavjudi.

Gar Navoiy ko`zi oqordi, ne tong
Ashk aning qarosini yudi.

792

Demangiz har kimni kim bir yor ila bor ulfati,
Kim menga basdur mening bekasligimning mehnati.

Elni no`shi vasl agar tirguzsa naylay, ey muhib,
Kim meni qildi halok ahbobi zahri furqati.

Sabr ko`p qilsang favoyid ko`p deding, nosih, ne sud,
Kim ko`ngulni hajr aro bir lahzaliq yo`q toqati.


Topti go`yo har biri jismimdagi bir dog`ni,
Har taraf xirqamdag`i tevruk – yo`runlar hay`ati.

Bir qaro tog`e qo`pub gar tushsa oshiq boshig`a,
Andin ortug`roqdurur hijron kunining shiddati.

Hirqam olib boda ber, ey dayr pirikim, yana.
Qo`ymag`ay shayx ollig`a bormoqqa bu ish hijlati.

Ey Navoiy, har nafaskim xush kechar, tut mug`tanam
Hech kimga umrining ma`lum emas chun muhlati.

793

Necha  yilda  qilmadi  ko`nglumga ishqi  shiddati,
Ulcha qildi xasta jong`a necha ko`ngul furqati,

Hajri bedodi aro har dam yaqindur o`lgamen,
Do`stlar, behad qattiq ermish yiroqliq mehnati.

Bog`ni qo`ykim,  ko`ngulning ul qadu yuz hajrida
Sarv ila ham unsi yo`q, gul birla dog`i ulfati.

Sen bilu jismim necha dog` o`rtar ersang, ey sipehr,
Kim ko`ngulga basdur ul badmehr dog`i furqati.

Ey ko`ngul davron eliga chunki yo`q husni vafo,
Qayda bas husn ahlig`a bo`lg`ay vafoning nisbati.

Istasam jomi mug`ona tutsa gohi mug`bacha,
To tirikmen aylagumdur dayr  piri xidmati.

Ey Navoiy, charxi zolining firibin topmag`um,
Yor agar bo`lsa mening birla eranlar himmati.

794

Og`iz  ichra  tilingdek g`unchada gulbargi tar bo`lg`ay,
Vale bu shart ilakim bargi gul ichra shakar bo`lg`ay.

Qadingg`a sarvi ra`no o`xshag`ay lek ul zamonkim, sarv
Xiromon bo`lg`ayu gul bergay, ul guldin samar bo`lg`ay.


Ko`zungga o`xshag`ay nargis agar qiymoch o`lub oqi,
Mudavvar asfari ichra qarolig`din asar bo`lg`ay.

Xatingg`a qadr shomi o`xshag`ay bu shart birla kim,
Tajalli yuzidin ul shom arosinda sahar bo`lg`ay.

Chu minsang ashhabing ul dam quyosh bo`lg`ay senga monand,
Ki bersa ko`k yuzin javlon jahon zeru zabar bo`lg`ay.

Menga ishqingda Majnun birla Farhod o`xshag`ay ul chog`,
Ki bu bo`lg`ay jahon rasvosi, ul mundin batar bo`lg`ay.

Xabardor oni bilgil, ey ko`ngul, bu dayr javridin
Kim, ul tun-kun xarobot ichra mastu bexabar bo`lgay.

Dedim:  nazm  ahlining sarxayli  kim  bo`lg`ay, dedi, xotif,
Navoiy bo`lg`ay ulkim, sen tilaydursen agar bo`lg`ay.

795

Har o`q ul qoshi yo ko`ksumga otsa bexato yetgay,
Vagar xud o`zgalarga otsa ham suylab mengo yetgay.

Tegib suylab dema har yerga zaxm aylabon ul o`q,
Necha manzilda orom istagay ko`nglumga to yetgay.

Vafoyu mehr etarga  ne. had, billahki, rozimen,
Ki bori gah-gahi ul sho`xdin javru jafo yetgay.

Chu kuydum hajri o`tidin kulumni yo`ldin olmangkim,
Ki shoyad eltgay ko`yiga ul yon gar sabo yetgay.

Ko`zi hajrida tong yo`q butsa qabrimda  qaro nargis,
Ki qo`yg`ay ko`z ayogig`a chu ul ko`zi qaro yetgay.

Desa mingdin birin, vah, ne balo sust o`lg`ay ul oshiq,
Boshimg`a ishq aro har lahza gar yuz ming balo yetgay.


Junun ko`r g`urbat  ichrakim,  tanishmoq  mumkin ermastur,
Diyorimdin agar sarvaqtima bir oshno yetgay.


Falak boshingni kirpich muttakosi qilg`usi, gar xud
Bu dam xurshid xishtidin boshingg`a muttako yetgay.

Navoiy sensiz etmas bog` sari maylkim, shoyad
Anga bulbul bila guldin dame bargu navo yetgay.

796

Kecha hajringda tiriklikdin malolim bor edi,
Tongg`a tegru ayta olmonkim, ne holim bor edi.

Furqating bedodidin yo`q erdi bir soat majol,
Bo`lsa dog`i yig`lar erdim to majolim bor edi.

Tosh urub ko`ksumga, tufroqlar boshimg`a sovurub,
Lek bu vaqte edikim z`tidolim bor edi.

Kelsam o`z holimg`a nogah bu alomatlar aro,
Goh o`zumdin, goh ulusdin infiolim bor edi.

Vasl umidi kirmasa jonim arosig`a gahi,
Qayda jon elturga bori ehtimolim bor edi.

Vasli tarkidin agarchi mujrim o`ldum, vah, qachon
Hajrni bu nav` sa`b erkan xayolim bor edi.


Ey Navoiy,  furqatim  ayyomi  mundoq  qolmag`ay,
Qolmadi chun ulki davroni visolim bor edi.


797

Ko`ngul, o`t berki, bir oy hajrida ko`ksumga dog` o`rtay,
Fatila chirmab, oy davricha solib anda yog`  o`rtay.


Emas mushkin  g`izolim  multafitmen uylakim lola,
Necha bag`rimni qon aylay, necha ko`nglumga dog` o`rtay.


Aningdek tiyradur shomi g`amimkim, bo`lmag`ay ravshan,
Agar xurshid sham`i yanglig` anda yuz charog` o`rtay.


Chiqing Farhodu Majnun ishq o`ti lofidin urmay dam,
Ki hijron so`zidin bir oh tortib dashtu tog` o`rtay.


Emastur ul quyosh hargiz yorutmoq kulbam, ey gardun,
O`zumni sham`idek har tun necha boshtin ayog` o`rtay.


Meni do`zax sari boshlang ki tashlab sarnigun o`zni,
Bu yanglig` hajr o`ti bedodidin istab farog` o`rtay.

Necha ul  sho`x elga  no`shxandu loba  qilmoqdin
Yig`imni hoy-hoy aylay, ichimni log`-log` o`rtay.

Bu gulshan gullarida chunki yo`q bo`yi vafo, nevchun
Tilab onn tamanno o`tidin har dam dimog` o`rtay.

Zamon ahli vafosiz debki qildim dostonlar sabt,
Navoiy, bir kishida gar vafo topsang so`rog` o`rtay.


798

Mening baxtim yuzi g`am kojidin ul kun qaro bo`ldi,
Ki ko`nglum ul ko`zi, qoshi qarog`a mubtalo bo`ldi.

Qutulmish erdi oshiqliq balosidin ko`ngul, ketmish
Ul oy ko`yiga, bilmon, yona anga ne balo bo`ldi.

Qoshu kirpiklaring ko`nglum uyin qildi kamonxona,
Aliflardin o`qu har na`l anga bir halqa yo bo`ldi.


Labing`a qaysi til birla fido dey xasta jonimni,
Anga jonim fidokim joni la`lingg`a fido bo`ldi.

Buzulg`an xasta ko`nglumdin o`qin zinhor chekmangkim,
Ul uyga bu sutun, ul notavong`a bu aso bo`ldi.

Ajab muhlik emasmu ishq dashti, ey musulmonlar,
Ki bir mo`rig`a har kun to``ma ikki ajdaho bo`ldi.

Fano istar esang ich dayr piri ilgidin jome,
Nedin kim xonaqah shayxi ishi zarqu riyo bo`ldi.

Vujudum foni aylab oldi din bir mug`bacha, tong yo`q,
Agar zunnor bog`lab maskanim dayri fano bo`ldi.


Navoiy g`ussadin maxlas tilarsen, mastu bexud bo`l,
Ki davron dardu ranjig`a davo bu bo`ldi, to bo`ldi.

799

Uyla hijron tiyradurkim, zulm ekach ul oy fani,
Yoqibon kunduz charog` istab topa olmon ani.


La`ling ummidida munglug` jonim o`lmish bir gado,
Kim  munung yirtug` to`nidektur  aning zaxmin tani.

Ul ko`z ollida mukahhal ko`zlari husn ahlining,
Kulga bo`lg`ang`an suruk devonalardur gulxani.

Og`zi jon qasdi qilur, jong`a tavahhum yo`q ajab,
Xavfi ko`prakdur aningkim bo`lsa maxfiy dushmani.

Kelsa tong yo`q goh piri dayru gohi mug`bacha,
Rindkim  kunji xarobot o`lg`ay oning maskani.

Yaxshiroqtur ko`rmagan olamda husn ahli yuzin
Qim, sanamlar  ishqining bu keldi vajhi  ahsani.

Ey Navoiy, kom topmay gar men o`ldum ishq aro,
Kimki topsa kom anga gohi sog`indurg`il meni.

800

Menmudurmenkim ko`nguldin ayrumen jondin dog`i,
Olloh-olloh, ne ko`ngul, ne jonki jonondin dog`i.


Ul  pari zunnori zulfin  bog`lamay devonamen,
Bo`lmisham begona, ya`ni aqlu imondin dog`i.


Xonumondin ham tushubturmen meni bedil yiroq,
Ko`ngul otlig` bir aloxonu  alomondin dog`i.


Har zamon kelsa buzug` ko`nglum aro yoru diyor,
Olam ahlin siqtaturmen ohu afg`ondin dog`i.

Ey ajal, jon birla minnatdormen qilsang xalos,
Intizori vaslidin ham dardi hijrondin dog`i.


Ko`zlarim bog`i socharda ashk gulgun ochtilar,
Bu biri aynul hayot, ul bir gulafshondin dog`i.

Kimki istar jonig`a davron jafosi yetmagay,
Ko`nglini davrondin olsun, ahli davrondin dog`i.

Dahr chun buzdi meni, men ham mukofot ayladim,
O`tkarib ohimni barq, ashkimni to`fondin dog`i.


Ey Navoiy, ko`nglung or etti oni yozg`urma ko`p,
Bu emish taqdir, emas sendin dog`i, andin dog`i.