G`AZALLAR
801
Necha kilki taxayyul birla bir surat nigor aylay,
Anga oshiq yasab, ko`nglumni amdo beqaror aylay.
Necha chirmashturub bir zulfi savdosin dimog`img`a,
O`zumni ahli savdodek parishon ro`zgor aylay.
Necha bir sarvdek qomat havosi birla har soat
Jahonda ohu afg`ondin qiyomat oshkor aylay.
Necha bir lolarux dog`i g`amin istab tanim uzra,
Qo`yub yuz dog` oni qonlig` yoshimdin lolazor aylay.
Necha g`am dashti ichra bir pari mehrida soyamni
Junundin bir zamon qovub, gahi andin firor aylay.
Necha anjum bila charx ofatidin charxu anjumdek
Havoni ohim o`tidin to`la dudu sharor aylay.
Erur bas tiyra shomi ishq, yorab, husni sham`in yoq,
Ki jon birla ko`ngul o`rtanmagin parvonavor aylay.
Chu hech ish ixtiyori kimsada yo`qtur, qo`y, ey zohid,
Ki tarki ixtiyor etmakni men ham ixtiyor aylay.
Navoiy, boda bahri begaronig`a meni solg`il,
Ki gardun bahrining mavji balosidin kanor aylay.
802
Gul ne bo`lg`aykim yuzung hajrida ko`rgaymen oni
Sepsalar kulbamga xas yanglig` supurgaymen oni.
Bazmidin bo`lsa nasibim bir so`ngak to umri bor,
Islag`aymen, yo`qsa it yanglig` ko`murgaymen oni.
Ko`nglum o`tidin yorut mehring charog`in, ey sipehr,
Sarsari ohimdin ul damkim o`churgaymen oni.
Lablaring hajrinda gar xud boda huro la`lidur,
Mumkin ermasturki og`zimg`a yeturgaymen oni.
Uyla hijrondin tilarmen behud o`lmoq, ey rafiq,
Kim falak jomin to`la tutsang sumurgaymen oni.
Ey Navoiy, telba ko`nglum itti emdi istamon,
Necha tog`u dashtdin topib keturgaymen oni.
803
Vah, necha davron jafosi aylagay mahzun meni,
Soqiyo, bir davr ayog`i birla qil Majnun meni.
Behud o`lmishmen mayi hajringni ko`rgach, ohkim,
Qildi mast og`zimg`a yetmay ul labi maygun meni.
Lahza-lahza uylakim javringni husn aylar fuzun,
Shavq aro ham ishqing aylar dam-badam afzun meni.
Elta olur bir quyun jismim xasin ul ko`ydin,
Ranja bo`lma qilg`ali ovorai gardun meni.
Nomai xushu hayot o`lg`ay dedim vasling, valek
Xatti bexush aylabon qatl ayladi mazmun meni.
Menda mug` dayri havosi g`olibu sizda xumor,
Mayg`a, ey ushshoqi muflis, aylangiz marhun meni.
Ey Navoiy, vasl aro o`q kosh sursa tig`i kin,
Furqatida oqibat o`lturgusidur chun meni.
804
Bir kun meni ul qotili Majnun shior o`lturgusi,
Usruk chiqib, javlon qilib, devonavor o`lturgusi.
Gar za`f ila ojizlig`im ko`ngliga rahme solsa ham,
Boshimg`a yetgach sekretib beixtiyor o`lturgusi.
Vasli aro gar o`lturur jonimg`a yuz ming shukr erur,
Chun qolsam andin bir zamon hijroni zor o`lturgusi.
Oshiq bo`lurda bilmadim men notavoni xastakim,
Hajr o`lsa g`am kuydurgusi, vasl o`lsa yor o`lturgusi.
Maydon aro, ey ahli din, kirmang tamoshosig`akim,
Yuz ko`rmayin ul kofiri chobuksuvor o`lturgusi.
La`ling zakoti may tutub tirguzmasang, ey mug`bacha,
Dayr ichra men dilxastani ranji xumor o`lturgusi.
Derlar Navoiy qatlig`a gul-gul ochibdur orazin,
Ko`rguncha oni, voykim, bu xori-xor o`lturgusi.
805
Necha ko`rguzsam niyoz ul sho`x noz aylar, netay,
Javr ko`pdin-ko`p, tarahhum ozdin-oz aylar, netay?
Men niyoz aylarda istig`nodin etmas noz ham,
Noz ham haysr elga izhori niyoz aylar, netay?
El bila kim la`lidin jon istar, aylar ixtilot,
Jon berib la`lig`a mendin ihtiroz aylar, netay?
Vasli shomi boda yanglig` mast etib ahbobni,
Sham`dek to subh ishim so`zu gudoz aylar, netay?
Javrini chekmaktamen, mumtozmen ahbobdin,
Lutfi vaqti ul tarafni imtiyoz aylar, netay?
To haqiqiy ishqi mastimen, ko`ngulni qovmisham,
Oni kim andishai husni majoz aylar, netay?
806
Gar alamimg`a chora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay?!
Var g`amima shumora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay?!
Ranjima bu esa adad xosti bu ersa naylayin,
Dardima gar kanora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay?!
Jam` emas ersa xotirim jam` o`lurig`a, zohido,
Hojati istixora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay?!
Yordin elga komlar buki mening sori gahi
Ko`z uchidin nazora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay?!
Mash`ali vasl ila ulus shomi munavvaru mening
Baxtima bir sharora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay?!
Qismi azalg`a shodmen buki falak rioyati
Holima oshkora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay?!
Dedim: erur Navoiy o`z dardig`a chorasiz, dedi:
Gar alamimg`a chora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay?!
807
Yo`qki, yomg`urdin mening holimg`a davron yig`lag`ay,
Ko`rguzur gulgun bulut istar magar qon yig`lag`ay.
Anjum ermaskim, erur aflok ashki donasi
Har tun ahvolimg`a baskim charxi gardon yig`lag`ay.
Chok ko`nglum qonu dog`i ko`z yoshim daf` etmadi,
Lola naf`idur nechakim abri nayson yig`lag`ay.
Ko`z qurubtur ashkdin ul oy havoyi ishqida,
Bas qilur oxir bulut chun ulcha imkon yig`lag`ay.
Parda ichra yig`lab ashkim, vahki, pinhon qolmadi,
Sham`i fonus ichra eldin qayda pinhon yng`lag`ay.
Mo``tabar ermas agar rizq ahli ko`p to`kkay sirishk
Kim, musha`bid oz diram istab farovon yig`lag`ay.
Hajri tig`idin ne g`am har dam Navoiy yig`lasa,
Kimki bo`ldi bag`ri pora-pora, oson yig`lag`ay.
808
Menmudurmenkim ayirmish vaslidin jonon meni,
O`lturur onsiz tuman ming dard ila hijron meni.
Charx jismim tufrog`in ohim yelidin sovurub,
Hajr dashtida quyundek ayladi davron meni.
G`am palosin jismidin Farhodu Majnun boshidin,
Oshyonin tashladi, chun gard ila uryon meni.
Ul pari andoqki pinhondur ko`zumdin aylamish,
G`oyati za`fu junun el ko`zidin pinhon meni.
Gar paridur dilbarim, men ham junundin vahsh aro
Uylamen vahshatdakim, bo`lmas demak inson meni.
Bir ham, ey Layli, biyobon ichra Majnunungni top,
Ko`r ani hayron menga, yo`qkim anga hayron meni.
Ey Navoiy, gar yana bir qatla mumkin bo`lsa vasl,
Solmoq ul mahvashdin ayru hajr ne imkon meni.
809
Vahsh xaylin dasht uza bu telbai mahzun sari,
Om g`avg`osi xayol et shahr aro Majnun sari.
Ham borurda ham yonarda o`tgudekdur charxdin,
Chiqsa ul oy hajrida ohim o`ti gardun sari.
Sham`g`a parvona maylidekdur, ar ko`nglum qushi
Borsa nogah ul qadu ruxsori otashgun sari.
Turfa ko`rkim nosihim Farhod ila Majnun erur,
Bulajab holimg`a boqib tog` ila homun sari.
Har tun afzun bo`lg`an ohim o`tida jonim sipand,
Kim gazandi yetmagay ul husni ro`z afzun sari.
Soqiyo kup kunjidin tut bizga la`li nobkim,
Bu borinda mayl bo`lmas ganji Afridun sari.
Ey Navoiy, «Majma` ul-bahrayn» bo`lg`ay oshkor,
Mayl qilsa sayli ashkim nogahon Jayhun sari.
810
Ko`rma sarig` bargu qil nazzora ruxsorim sari,
Qo`y xazon bog`in, guzar qil za`faron zorim sari.
Boqma asfar barg uza har yon qizarg`an obkash,
Za`faroni yuz uza ko`r ashki xunborim sari.
Kim xazoni yel qurutqan shohi holin ko`rmamish,
Ayladik nazzora uryon jismi bemorim sari.
Sarvg`a bo`lmas xazonu lola ul mavsumda yo`q,
Qilma mayl, ey oh, sarvi lola ruxsorim sari.
Angla boshimg`a tutashqan sho``layi hajr, ey rafiq,
Ko`rma sanchilg`an xazoni barg dastorim sari.
Umr bargin to xazon to`kmaydur etsam komi azm,
Navbahori husn aro sarmasti xummorim sari.
Ey Navoiy, chun bu fasl ichra qadah marg`ub erur,
Tortay o`zni majlisi shohi qadah xorim sari.
811
Charx agar solsa yiroq yuz yil visolingdin meni,
Oyira olg`aymu bir soat xayolingdin meni.
Belu og`zing zikru fikri birla bo`lsam, ne ajab,
Shavq bir dam g`ofil etmas qilu qolingdin meni.
Yangi oydur mujibi savdoyu men devonamen,
To falak soldi judo mushkin hilolingdin meni.
Elga yuz ochnb qorong`u qilma olamni menga,
Tiyra qilmog`lig` nedur sham`i jamolingdin meni.
Jon bag`ishlab elga la`lingdin, men o`ldum tashna lab,
Vahki, qilding qatli jonparvar zilolingdin meni.
Bastai zunnor qil bir rishtag`a, ey piri dayr,
Har sari tori chubulg`an eski sholingdin meni.
Ey Navoiy, yana ishq aylab taxayyul zinhor,
Qilma har dam ranja bu fosid xayolingdin meni.
812
Tan qaro tufrog` o`lub oh o`ti oxir bo`lmadi,
Garchi xas kul bo`lg`ach andin sho``la zohir bo`lmadi.
Husnunga mehr etti da`vo zulfdin chiqqach yuzung,
Tun hijobig`a kirib maxlasg`a hozir bo`lmadi.
Dema ko`ksung chokini yopqilki, ko`p yoptim valek,
Choklik ko`nglak aning chokiga sotir bo`lmadi.
Orzu aylarmen olsam deb ko`zumni bir zamon,
Kim sening yuzungdin o`zga yuzga nozir bo`lmadi.
O`rtamakda furqating shogirdidur do`zax va lek
Pesha aylab kasb ustodicha mohir bo`lmadi.
Vah, ne manzildur fano ko`yikim anda istayin,
Kimsa ikki kavndin osuda xotir bo`lmadi.
Ey Navoiy, qayg`u yetsa charxdin ich bodakim,
Ketmadi davron g`ami to jomi doir bo`lmadi.
813
Ko`z yoshim g`alton borur ul orazi diljo` sari,
Tifldekkim, ag`nabon mayl aylagay ko`zgu sari.
Ul buti zebo gar istar ashkim oqsa aybi yo`q,
Ziynat ahli mayl etarlar doimo inju sari.
Xol shirinlig`ni, la`lingdin magar kasb aylamish,
Kim erur moyil bag`oyat ko`nglum ul hindu sari.
Hajr dashtida ko`zi sari borur shaydo ko`ngul,
Telba sahro sayrida borg`on kibi ohu sari.
Har sori manl etganingdindur hasaddin o`lmagim,
Yolg`uz andin yo`qki, ko`nglung moyil o`lmas bu sari.
Obi hayvondek chuchuk la`ling muyassar chun emas,
Hajrdin har lahza ko`nglum tortar ochchig` su sari.
Ul mahi xirgahnishinning ostonin mendin o`p,
Ey Navoiy, har qachon mayl aylasang o`rdu sari.
814
Kel-kel, ey oromi jonimkim, tilaydur jon seni,
Chehra ochkim, ko`rmak istar diydai giryon seni.
Ey g`izoli mushkbo`, kelkim quyundek, qolmadi
Vodiyi axtarmag`an istab bu sargardon seni.
Sen pari pinhon uchun men ham kamoli za`fdin
G`oyib o`ldum el ko`zidin ko`rgali pinhon seni.
Qon aro gar g`arqasen, ey ko`z, ne tongkim tez boqib,
Zor ko`nglumni chu qatl etting tutubtur qon seni.
Garchi mumkin yo`q vale bir qatla kirsang ilgima,
Borsa bosh aldin chiqarmoq o`zga ne imkon seni.
Ko`z yuzungdin olmasam, ayb etmagil, ey mug`bacha,
Aylay olmon diydadin g`oyib meni hayron seni.
Ey pari, gar telbarab bo`lmish Navoiy darbadar,
Bu anga maqsud erurkim, istagay har yon seni.
815
Xomai mushkin raqam birla meni yor istadi,
Yotmayin nettimki hajridin yana zor istadi.
Ne jafo erdiki marham vaslidin qo`ymay hanuz,
Hajr tig`in yog`durub ko`nglumni afgor istadi.
Garchi kunduz osti, lekin o`rtadi hijron tuni,
Sham`idin holimni ul mahvash namudor istadi.
Zulfi domin hajr shomidek yopib olam aro,
Ko`yi ofoq ahlining ko`nglin giriftor istadi.
Husng`a chun yo`q vafoyi juz nadomat topmadi,
Bevafoekim vafo ahlig`a ozor istadi.
Tut vafo vayronikim aksi yuzin qildi sorig`,
Mun`imekim qasri ayvonini zarkor istadi,
Ey Navoiy, xo`y bekaslikka qilkim, topmadi
Qaysi bekaskim kezib olamni bir yor istadi.
816
Yo`q vafo ahlida bir zori parishon men kibi,
Bevafovashlarni sevmakdin pushaymon men kibi.
Jon berib bu xayl uchun, birdin vafoni ko`rmayin,
Barchadin navmidu o`z holig`a hayron men kibi.
Xonumonidin kechib Majnunki tutmish erdi dasht,
Qayda bor erdi aloxonu alomon men kibi.
Tuttilar ahli junun vayronalik ul jam`din
Kim, parishonlig`lar ichra bo`ldi vayron men kibi.
Xazlu, zavq aylarga tuttung dasht, bir so`z qot menga
Kim, tilab topmas kishi g`uli biyobon men kibi.
Bilmayin husn ahlidin qildim tama` rasmi vafo,
Yo`q alardek bevafo, andoqki nodon men kibi.
Ey Navoiy, sen dog`i qilsang tama` sayri Hijoz,
Qil Iroq ohangi, tark aylab Xuroson men kibi.
817
Notavon nargisidek ayladi bemor meni,
Sunbuli domi aro qildi giriftor meni.
Yor ko`yida gar o`lsam g`am emas o`lturadur,
Ko`yida buki qovar har nafas ag`yor meni.
Dardi bog`ida, balo dashtida ko`rkim qilmamish,
Ishq Farhod ila Majnung`a namudor meni.
Tongdin oqshomg`acha noz uyqusi ichra ul ko`z,
Vahki, qilmish kecha tong otqucha bedor meni.
Kuydurub har sori dudumni parishon qildi,
Duddek zulf ila ul o`t kibi ruxsor meni.
Kufri zulfi rasanin kim belima bog`ladi rust,
Tortti dayrg`a ul halqai zunnor meni.
Xonaqah ahlidin asru mutanaffirdur tab`,
Piri dayr aylagali voqifi asror meni.
Chun fano yo`lida o`zluktin og`irroq yuk yo`q,
Shukrkim ishq o`ti qildi sabukbor meni.
Dema, ey shayx, Navoiyg`aki, chnq maykadadin,
Chiqmayin qo`ysa gar ul dilbari xammor meni.
818
Bir pari paykar g`ami oshifta hol etmish meni,
Elga ahvolim demaktin gungu lol etmish meni.
Men havoyini, ne tong, ko`rguzsolar bir-birgakim,
Egma qoshing fikri andoqki hilol etmish meni.
Oshkor etmas edim ishqin vale o`tgan kecha,
Boda zo`r aylab yig`i bee`tidol etmish meni.
Yor ko`yi ichrakim tufrog` ila teng bo`lmisham,
Ishq g`avg`osi bu yanglig` poymol etmish meni.
To tanimg`a o`t tutashmish barqdekdur hay`atim,
Furqating to za`fdin andoqki nol etmish meni
O`t solurmen oh ila olamg`a menkim, zuhdkim,
Zohidi afsurda oyo ne xayol etmish meni.
Dashti vahshig`a anis o`lsam Navoiydek ne tong,
Ul pari savdosi chun Majnun misol etmish meni.
819
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro` kelmadi,
Ko`zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo`lida intizor,
Keldi jon og`zimg`ayu ul sho`xi badxo` kelmadi.
Orazidin oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro`zgorimdek ham o`lg`onda qarong`u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig`ladim devonavor,
Kimsa bormukim, oni ko`rganda kulgu kelmadi.
Ko`zlaringdin necha su kelgay deb o`lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan bu kecha, su kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas yo`qsa kim qo`ydi qadam,
Yo`lg`a kim avval qadam ma`shuqi o`tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko`nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg`u kelmadi.
820
To parishon qoshlaring oshiftahol etmish meni,
Notavonlig` ichra andoqkim hilol etmish meni.
Ko`zda su, ko`ngulda qayg`u, tan zaifu jon nahif,
Ey musulmonlar, ko`rung, hijron ne hol etmish meni.
Band ila zahring jununum daf`i etmas, ey hakim,
Kim pari ruxsorai majnun misol etmish meni.
Jon berib nofayi zulfidin dedim savdo qilay,
Bu sifat savdoyi ul fikri mahol etmish meni.
Ichkali la`li mayidin hushu aqlim qolmamish,
Boda mast ermish ajab bee`tidol etmish meni.
To qadah chektim qilurlar mendin el kasbi nashot,
Buyla sa`d ul axtari farxunda fol etmish meni.
Eshurun may tarkin etmon, garchi shayxi xonaqah,
Ey Navoiy, so`fiyi zohid xayol etmish meni.
821
Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni,
Ravshan aylab jumlai olamni kuydurdung meni.
Kuydurub, ey ishq o`ti, gardung`a sovurdung kulim,
Poyada oxir bu yanglig` ko`kka yetkurdung meni.
Hajr o`ti tobi yana behol qildi nechakim,
Ey nasimi vasl, o`z holimg`a kelturdung meni.
Ishq man`ida so`zung chun hashv edi bo`ldum xamush,
Qilma, ey voiz, gumonkim, yo`ldin ozg`urdung meni.
Nayladim, ey ishqkim, bo`ldum o`lum mustavjibi,
Kim bu yanglig` hajr jallodig`a topshurdung meni.
Vasling etting va`da ammo hajringa qilding asir,
Ko`kka chiqting, lek yerga oqibat urdung meni.
Ey Navoiy, vasl agar ro`zi emastur, chora yo`q,
Qilmading deb sa`y bas, ne ishga yozg`urdung meni.
822
Xushtur ichmak yor yodi birla ishrat jomini,
Xossakim, qosid keturgay yorning payg`omini.
Ruqa`si jismimg`a jon berdi qaro ichra magar,
Obi hayvon tomizib chekmish xati arqomini.
Safhai gulgun uza yozib xati mushkin tiroz,
Yodi berdi xatti mushkinu ruhi gulfomini.
Ram yegan ko`nglum qushin tutmoqqa go`yo safhada
Nuqtayu xat birla sochib dona, yonmish domini.
To ne afsun qildi ul sohirki, dilkash nomasi
Oldi ham jismim qarori, ham ko`ngul oromini.
Jomi ishrat tortmoqdin yaxshiroq ish topmadim,
Chunki bu davr ichra bilmas kimsa ish anjomini.
Bu kecha qosid malolidin agar vahm etmasam,
Ey Navoiy, kim topa olg`ay so`zum itmomini.
823
Demakim olamda oshiq sen kibi kam bo`lmag`ay,
Oshiq o`lg`ay, men kibi rasvoyi olam bo`lmag`ay.
Uylakim yo`q men kibi devonai olam aro,
Bir parivash dilbarimdek dahr aro ham bo`lmag`ay.
Ko`kka sayr aylab desang ul ostong`a o`lturay,
Bo`lmag`uncha gard ul da`vo musallam bo`lmag`ay.
G`am yuki yo`qkim meni, gardunni ham qildi nigun
Kimdururkim, ul og`ir yukni chekib xam bo`lmag`ay.
Dedi ko`ksungga bir o`q andoq uraykim birkisun,
Lek tegmay necha o`q bir-birga mahkam bo`lmag`ay.
Ko`rdunguzmu, ey xarobot ahli, rinde uylakim,
Ollida bu korgahning sirri mubham bo`lmag`ay.
Ey Navoiy, dayr piri nuktasin zahhod aro
Demakim, har kimsa haq sirrig`a mahram bo`lmag`ay.
824
Hijron kuni har xastaki jonong`a yo`luqti,
Qil uyla tasavvurki o`luk jong`a yo`luqti.
Zulfung qaro qayg`usida la`lingg`a yo`luqg`an,
Zulmat ichida chashmai hayvong`a yo`luqti.
Qochti ko`ngul ashkimdinu ohim aro tushti,
Yomg`ur suyidin qochtiyu to`fong`a yo`luqti.
Majnung`a yo`luqti menga g`am dashtida yetgan
Majnun demakim g`uli biyobong`a yo`luqti.
Hayronlig`ima hayrati mendin dog`i oshti,
Ishq ahlidin ulkim meni hayrong`a yo`luqti.
Davronda kamol ichra quyoshtin biyik o`ldi,
Dar zarraki bir komili davrong`a yo`luqti.
Ishq ahli ishi tobti bari vasl ila chora,
Bechora Navoiy g`ami hijrong`a yo`luqti.
825
Zaxmig`a marham yoqib g`amgin ko`ngul shod o`lmadi,
Rahnag`a balchig` suvab vayronim obod o`lmadi.
Ul muvallih charxikim sovurdi aqlim xirmanin,
Bu quyundin qaysi bir xirmanki barbod o`lmadi.
Ahli ishq ar men kibi majnun emaslar, ey rafiq,
Andin erkinkim olar yori parizod o`lmadi.
Ey ajal qatl etmak ol ul g`amzadin ta`limkim,
Qilmag`on shogirdlig` hech ishda ustod o`lmadi.
Ko`nglidin bo`lmas muhabbat javharin qilmoq tama`,
Har necha kim yumshasa bir yo`li po`lod o`lmadi.
Zohidi nodon g`amim oshubidin har dam kular,
Xurram ulkim ishq atvorig`a munqod o`lmadi.
Ey Navoiy, o`lsam ul tarso uchun ayb etmakim,
Dayf piridin menga juz bu fan irshod o`lmadi.
826
Dudi ohimdinmu har sori shararlar butradi,
Yo`qsa yel o`tluq ko`ngillarni sochinda qo`zg`adi.
Ishq dashtida ucha olmas yeridin hech qush,
Parlarin baskim havoda o`tlug` ohim churkadi.
Xar tikankim ildi Majnun ko`nglakidin porai,
Hajr ko`ksumga tugan qo`ymoqqa oni chirmadi.
Bog` aro xat ichra og`zingdin qizorib sarg`arib.
G`uncha zangori libosi birla boshin burkadi.
Ko`r jununumniki bo`ldi telba ko`yung itlari,
Qay birikim qovg`ali uryon tanimni tishladi.
Ishq naxlig`a samar chun furqat ermish, ey rafiq,
Ey xush ulkim ko`nglin avvaldin birovga bermadi.
Ey Navoiy, o`zgalar maqbulu sen mardud uchun
Yor alarni mahram aylab, seni mahrum istadi.
827
Bor edi ulkim menga ham birta yori bor edi,
Kulli ar yor o`lmasa filjumla yori bor edi.
Vaslidin butkarmasa taskin berur erdi so`rub,
Xasta ko`nglum dardinikim hajridin afgor edi.
Men agar mahrum edim mahram ham ermas erdi el,
Ko`nglum ar ozurda erdi, lek minnatdor edi.
Sham` agar yorutmasa, kuydurmasa ham yaxshidur,
Ne ulusqa ulfat ondin, ne menga ozor edi.
Go`yiyo shukr etmadimkim, onsiz o`lmishmen bu dam,
Ul quyoshimni yashurg`an charxi kajraftor edi.
Charx bilmonkim menga bu uzrni tutti ravo,
Yo`qsa mehr ahlig`a to bor edi g`addor edi.
Yorsiz demang, Navoiy o`lmamish, ey ahli hush,
Kim anga to hajr bor erdi, qachon hushyor edi.
828
Yana la`ling g`ami ashkimni jigargun qildi,
Ham jigargun ani, ham bizni jigarxun qildi.
Mazhari husnu jamol o`ldi yuzung andoqkim,
Shod etib olam elin tek meni mahzun qildi.
Soching af`ilaridin yo`q ko`zungga hech gazand.
Sehr ila to bu yilonlarg`a ne afsun qildi.
Husni Shirin bila Laylidin agar ortuq emas,
Nega yuz xastani Farhod ila Majnun qildi.
Sayli ashkim g`amida sarsari ohim birla
Dashtni bahr etibon, tog`ni homun qildi.
Quli bo`ldum, negakim, mug`bachai bodafurush
Meni maxmurni bir jom ila mamnun qildi.
Ey Navoiy, demakim, qilmasun ul oy oshiq,
Hozir o`l, emdi netay, hozir o`lub chun qildi.
829
Ohkim, nomehribonim azmi bedod ayladi,
Bir yo`li mehru vafo rasmini barbod ayladi.
Qo`rqaram ahli vafo ohi anga qilg`ay jafo,
Bu jafolarkim vafo ahlig`a bunyod ayladi.
Bo`lmadi noshod oxir dam gunah bo`lg`ay debon,
Begunah ahbobni mundog`ki noshod ayladi.
Bir dam ichra tund sayli qahr ila qildi xarob,
Har vafo qasriki, yellar oni obod ayladi.
Dam urarg`a topmadi har kimsa to ushshoq uchun,
Shahna aylab g`amzasin kirpikni jallod ayladi
Tindi abnoyi zamonning ixtilofi tab`idin,
Qimki o`z tab`inn bekaslikka mo``tod ayladi.
Ko`ngli mulkin istar obodu buzar xayli firoq,
To Navoiy azmi mulki Astrobod ayladi.
830
O`pmak istar chog`da la`li jonfizosin tishladi,
Qo`l zanaxdonig`a chun sundum yaqosin tishladi.
Tish bila munglug` ko`nguldin muddaiy chekti o`qin,
Rost it yanglig`ki soyilning asosin tishladi.
Darddin bag`rig`a zori dam-badam berkitti tish,
Qut uchun bemor yanglig`kim, g`izosin tishladi.
Ko`rdi chun Layli yuzinda nil qildi, nilgun
Baski Majnun jismi zori mubtalosin tishladi.
Dunki majruh etti o`z yorin xushunat birla bor,
Itki nomardumlig`idin oshnosin tishladi.
Og`zi qilliq shisha bazm ichra ushatqay muhtasib,
Qozi ani ko`rdiyu qaytib, mahosin tishladi.
Ey Navoiy, o`lsa o`ldummu degay, ulkim, ichib
Yor alidin jomu la`li jonfizosin tishladi.
831
Tig`i hijroning kirib ko`nglumni g`amnok ayladi
Ichkaridin ko`kragimni sarbasar chok ayladi.
Ayladi men zori maxzunni zabunu javrkash,
Ulki dildorimni mundoq mastu bebok ayladi.
Husn aro ulkim nasibing qilmadi juz boklik,
Xotirim lavhini g`ayring naqshidin pok ayladi.
Zori jismim lam`ai husnungdin o`rtanmak ne tong
Chunki ishq ul birni o`t, bu birni xoshok ayladi.
Dam urub gardimni yetkur ko`yiga, ey subhi vasl,
Kim, tanimni hajri bepoyon tuni xok ayladi.
Ma`rifat naxlidin ul orif hamono tobti bar
Kim, tafakkur birla fahmi moarafnok ayladi.
Nosiho, ul husndin qilmas Navoiy man`ini,
Har kishikim ishq atvorini idrok ayladi.
832
Ishq aro kim ko`rdi oyo notavone men kibi,
Bekase ovoroe bexonumone men kibi.
Yot ila o`zdin shikasta xotiri andoqki men,
Yor ila ag`yordin ozurda jone men kibi.
Ham vujud iqlimidin yuz g`am ko`rub bo`lg`ay jalo,
Ham adam dashtida benomu nishone men kibi.
Tesha birla qozdi tog` Farhodu men tirnog` ila,
Ey ko`ngul, mehnat chekarda dema oni men kibi.
Zulm qilmoq ichra gar yo`q sen kibi ofoq aro,
Zulm chekmaklikda ham olamda qoni men kibi.
Olam ahlidin vafo ko`z tutmakim, kim tutsa ko`z,
Dardu mehnatdin xalos o`lmas zamone men kibi.
Eyki bir mulk ichra chekting javru dodi topmading,
Tengri mulkidur borur bo`lsang qayoni men kibi.
Ey Navoiy, yetsa bir eldin baliyyat boshinga,
Boshing olib chiqqil ul eldin ravone men kibi.
Men kibi yuz bo`lmasa g`am yo`qki qilg`ach iltifot,
Shohi G`ozi lutf aylar har gadoni men kibi.
833
Lahza-lahza chunki ortar ul pari zebolig`i,
Dam-badam afzundurur Majnun ko`ngul shaydolig`i.
Xalq ko`p parvosidin jon topqaninmu aytayin
Yo onikim, ne qilur jonimg`a beparvolig`i.
Itti shahlar ko`nglini og`zi o`g`urlab oqibat,
Ayladi paydo bu shahkorini nopaydolig`i.
Garchi rasvo erdi Majnun, chun mening rasvolig`im
Bo`ldi afzun, emdi afzundur aning rasvolig`i.
Mayda soqiy zulfu yuzi gar ko`runmas bas nedur,
Dayr pirining kecha-kunduz qadahpaymolig`i.
Jannatu do`zaxqa chekmas lutfu qahring bo`lmasa,
Gar munung mo`minlig`idur, gar oning tarsolig`i.
La`li mayni to mayi la`lig`a tashbih ettilar,
Ey Navoiy, andin o`ldi bu nishotafzolig`i.
834
Ashk xunobidin o`lmish ko`zlarim ummon kibi,
Qon yosh aritmoqdin ilgim panjai marjon kibi.
Ko`nglum o`tidin qizarg`an har taraf paykonlaring,
Su bo`lub emdi tomarlar zaxmlardin qon kibi.
Tanni gar do`zax o`ti kuydursa, jonni o`rtamas,
Qilmag`il hech o`tni, yo rab, sho``lai hijron kibi.
Ishq dashtida quyun chekmas fig`on, vah, bo`lmasu
Xoksori bodi paymoyi bu sargardon kibi.
Sabzai xat yopqan og`zing ko`rmay o`lsam, ne ajab,
Tufrog`imdin g`uncha butsa zanglik paykon kibi.
Dahr bog`inda necha kunkim tiriksen, aysh qil,
Kim yana topmoq emas ma`lum bu bo`ston kibi.
Ey Navoiy, ishqimu husni erurlar onchakim,
Men anga hayronmenu ul dog`i men hayron kibi.
835
Yo`qtur anduhu malolat o`tig`a xas men kibi,
Bedilu bechorayu bemoru bekas men kibi.
Eyki Majnun vasfin etting o`lmadi yor ollida,
Men qilib yuz jon fido, ul bo`lmag`ay bas men kibi.
Dema parvona kuyar sendekki, so`z sham` uzradur,
Ne uchunkim ul dog`i g`am shomi kuymas men kibi.
Turki anjumg`a dedim husn ichra sen yo ul fuzun,
Dedikim, bo`lg`ay anga yuz banda cherkas men kibi.
Qoshlaring yosig`a qurbon bo`lg`ali yillar tilab
Topmag`ay bir bu ko`han toqi muqavvas men kibi.
Eyki davr ahlin vafosi yo`q debon ozurdasen,
Oshnolig`ni alardin sen ham et bas men kibi.
Ey Navoiy, ishq o`tin har kim yorutmoq istasa,
Er yuzinda topmag`an tutrug` uchun xas men kibi.
836
Chun ilik bermaski o`psam ul sitamkor ilgini,
Bir kishi ilgin o`paykim, o`pgay ul yor ilgini.
Chun ayog`i tufrog`in o`pguncha topmon e`tibor,
Sunsa ham nogah o`parga ne hadim bor ilgini.
Jon sotarmen hokipoyingg`a nedinkim, ahli bay`
Tuttururlar sotquchi birla xaridor ilgini.
Zulfidin tong yo`q kalimullohdek etsa, ajdaho
Kim, yadi bayzodin aylabtur namudor ilgini.
So`rg`ali kelsa Masihim boshima domankashon,
Ul etakdin kim ola olg`ay bu bemor ilgini.
Dog`u qondin bordurur ulkim ochilmish lolazor,
Hajring ayyomida ochsang oshiqi zor ilgini.
Ey Navoiy, bilki hijron dashtidin bo`lmas xalos,
Sayr aro matlub agar tutmas talabgor ilgini.
837
Holi shavqi oshti nosih chora yetkurgan sayi,
Ul chibindekkim, yana yonib qo`nar surgan sayi.
Go`yiyo ko`nglum samandardurki qilmas e`tiroz,
Sho``lai shavqing ani har necha kuydurgan sayi.
Ne balodurkim, boshim sajdangg`a moyilroq bo`lur,
Ishqi oshubi balo boshimg`a kelturgan sayi.
Kirpiking har neshicha gar bo`lmasa la`lingda nesh,
Bas nedur men xastani tirguzmak o`lturgan sayi.
Ne qilay uzrungki senda lutfu ehson bilgurur,
Jurm ila isyon mening fe`limda bilgurgan sayi.
Xoslarg`a dayr aro tuttung qadah, ey mug`bacha,
Jomi vaslingg`a meni mardud telmurgan sayi.
Ey Navoiy, qildi istig`noyu bosh indurmadi,
Tig`i bedodi mening boshimni indurgan sayi.
838
Necha davron ahlining bedodidin shiddat chekay,
Soqiyo, may tutki, bir ham sog`ari ishrat chekay.
Bir nishotafzo mayi gulrang ham quy bo`g`zuma,
Davr jomidin necha xunobai mehnat chekay.
Necha el birla jigargun boda no`sh aylab habib,
Bag`rima tish berkitib men nishtari hasrat chekay.
Eyki koming o`zgalardin vaslu mendin hajrdur,
Sen visol ayyomini xush tutki men furqat chekay.
Garchi eldin jon olib, yetkurmading navbat menga,
Qo`yki jonni ollingga, men dog`i bir navbat chekay.
Ham habibim hoki rohimen gar andoqkim,
Masih Nayyiri a`zam boshig`a soyayi risr`at chekay.
Bir anga chun o`xshamas ne sud agar jon lavhida
Har zamon kilki tahayyul birla yuz suvrat chekay.
Tufroq o`lmoq avlo avvaldin, chu gardun oqibat
Teng qilur tufrog` ila gar charx uza robat chekay.
Otashin ruxsori kuydurdi bulbuldek meni,
Ey Navoiy, kelki men ham nolai hirqat chekay.
839
Xurdabinlar fahmi idrok etmadi yor og`zini,
Xurdai ma`ni adosi qildi izhor og`zini.
Nesh no`sh olud sanchib, bargi gul uzra ari
Fosh etib shirin labin qildi namudor og`zini.
Nuqtai mavhum aro qilsun tasavvur suqbai
Kimki mafhum aylamak istar aning tor og`zini.
Chun o`libmen za`fdin dam yo`qki topqay tiyralik
Qo`yki qo`ysun chehra ko`zgusiga bu zor og`zini.
Zarra xurshid ichra kirsa uylakim bo`lg`ay nihon,
Xalqdin yoshurdi ul xurshid ruxsor og`zini.
Qo`yki o`z og`zimni og`zingga qo`yay, ey mug`bacha,
Yo`qsa kup og`ziga qo`y men zori bemor og`zini.
Ey Navoiy, hajr o`ti sharhida chun surdung hadis,
O`rtading takror etarda ahli guftor og`zini.
840
Chok bo`lg`an ko`nglum oldi sho`xlar filxol ani,
G`unchadekkim avval ochilg`ach uzar atfol ani.
Hajr aro og`riq ko`ngul qolmish ikki zulfung aro,
Darddekkim qopsamish har soridin bir dol ani.
Bog`i ruxsoringdadur ko`nglum qushikim, qildi sayd
Dom birla dona yanglig` zulf birla xol ani.
Tushgali ko`yungga ko`nglum aylading tufroqqa past,
Tushsa o`t bir yerga el qilg`an kibi pomol ani.
Suvratingdin aql majnun bo`lg`ali bir tifl erur,
Kim qilibdur muztarib kogazda bir timsol ani.
Dahri dunni aylaru nevchunki qilmaydur qabul,
Ulki dahr ahlig`a maqbul aylamish iqbol ani.
Gar Navoiy dahr aro behol erur, soqiy, ne ayb,
Keltirur o`z holig`a bir jomi molo mol ani.
841
Chehra o`ti birla ko`nglum xonumonin o`rtadi,
Otashin gul ishqi bulbul oshiyonin o`rtadi.
Ishq ko`nglum bog`in asrab toza, oxir soldi o`t,
Bog`boni mastdekkim bo`stonin o`rtadi.
Otashin la`lida xol ermaski bo`lmish toza dog`,
Har bahona aylabon ushshoq jonin o`rtadi.
Ishq o`tidin zor ko`nglum ichra solding so`zi hajr
Kim, bu yanglig` birta kuygan notavonin o`rtadi.
So`zi ishqim daftarig`a har kishikim soldi ko`z,
O`rtanib Farhodu Majnun dostonin o`rtadi.
Ishq zuhdum xaylig`a o`t solsa tong yo`qkim, chu barq
Dahr aro ko`p bo`yla taqviy korvonin o`rtadi.
Xonaqahg`a soldi o`t kirgach, Navoiy dahr aro
Hirfavardek ganjkim topti do`konin o`rtadi.
842
Birovki ishq bila qildi muttaham bizni,
Ne nav` yo`q dilikim, etti muhtaram bizni.
G`amingda bir-ikki dam qoldi, jonni botroq ol,
Hayot vahmidin o`lturma dam-badam bizni.
Ko`ngul ne mujda berursenki, bazm aro tuno kun
Hariflar aro yod etmish ul sanam bizni.
Demaki tig` surub boshimizni soldi quyi,
Ki qildi hajrda sharmanda ul karam bizni.
Firoq muhliku vasl ichra shodlig` muhlik,
Firoqi o`lturur ermish visoli ham bizni.
Icharda durdi may aylab sinuq safolini jom,
Bo`lur bu joh ila davr ahli desa Jam bizni.
Navoiy ayladi hijronda nolayu faryod,
Xarob qildi ul ohangi zeru bam bizni.
843
Haftaedur ko`rmamishmen ul buti cholokni,
Ne ajab gar o`rtasa ohim yetti aflokni.
Soldi tig`i furqating bag`rima andoq chokkim,
Bag`ri bo`lg`ay chok-chok ulkim ko`rar ul chokni.
Hajr o`qi jonimg`a ortuqdur anga bas bir sharar,
Urtamak do`zax bila, ya`ni ne bir xoshokni.
Otlanibdur mastu ko`nglakchan chekib tig`i jafo,
To ne o`t solg`ay jahong`a ko`rgil ul bebokni.
Ishq o`t birla, ko`ngul su birla ko`zni qildi pok,
Pok manzillarda mehmon qilg`ali ul pokni.
Dayr aro davron g`amidin qochmisham, ey mug`bacha,
Bir mug`ona jom ila shod ayla bu g`amnokni.
Boda birla yung Navoiyni xumor etsa halok,
Bog`langiz tobuti uzra naxli bargi tokni.
844
Asrading kuydurgali ushshoqi muztar ko`nglini,
Bog`bondekkim o`tun qilg`ay sanubar ko`nglini.
Otmoq o`qni bilki, qaytarmoqchadur paykon bila
Javrdin qaytarmoq ul sarvi sitamgar ko`nglini.
Gulbunungda g`uncha ko`nglumdek emas, ey bog`bon,
Ochilurdekdur, xayol etsang aning har ko`nglini.
Tig` ila ko`ksumni yorsang, sho``lai ohim ne tong
Chun yolin ortar kishi chok etsa axgar ko`nglini.
Netti sog`ardek safo bersa mening ko`nglumga ham,
Ulki sofi may bila sof etti sog`ar ko`nglini.
Ey mug`anniy, bir navoe dilkusho tuzgilki, chang
Rishtai nag`mangga bog`labtur sarosar ko`nglini.
Ey Navoiy, g`unchani dam birla ochqandek qilur,
Xalq pandi sen kibi mahzunning abtar ko`nglini.
845
Emdi buzmaydur o`kush bedod ila davron meni,
Kim topa olg`ay o`zi tuzmakka ham imkon meni.
Tuzmagimdin charx ojizdur nedinkim, qilmamish
Lutfi tutqan chog`da obod etgudek vayron meni.
Kofiri ishq o`lmisham, tong yo`q siyosatgah sari
Bo`ynuma zunnor bog`lab, cheksalar uryon meni.
Ashk mavjida ushalsa paykarim, vah, ne ajab,
Kim urar bir tog` uza har lahza ul to`fon meni.
Istadim ko`nglumga tig`in, g`arqa bo`ldum qonig`a,
Chun men aning qonig`a kirdim, tutubdur qon meni.
Ashk bahri igrimiga tushmamishmen chiqqudek,
Ishq ul daryoda qilmish asru sargardon meni.
Ko`p suubat birla olma xalq jonin, ey ajal,
Chunki men mushtoqmen, o`ltur kelib oson meni.
Toleimning quvvatin ko`rkim, musibat toshlari
Kimga ko`ktin yetsa, aylar yer bila yakson meni.
Ming balo zaxmi bila o`ldi Navoiy, qilsa xalq
Ishqi sori mayl, sudrab ko`rguzung har yon meni.
846
Ochmag`ay erding jamol olam aro koshki,
Solmag`ay erding bori olamda g`avg`o koshki.
Chun jamoling jilvasi olamg`a soldi rustaxez,
Qilmag`ay erdi ko`zum oni tamosho koshki.
Bo`lmag`ay erdi ko`zum o`tluq yuzung ko`rgan zamon
Ishqing o`ti sho``lasi ko`nglumda paydo koshki.
Aylagach ishqing balosi zor ko`nglumni hazin,
Qilmag`ay erding meni mahzung`a parvo koshki.
Tushmagay erdi firibomiz lutfung bilmayin,
Notavoi ko`nglumga vaslingdin tamanno koshki.
Lutf ila ko`nglumni vaslingdin tamagar aylabon,
Qilmag`ay erdiig yana zulm oshkoro koshki.
Bevafolig` anglag`ach ishqingni ko`nglum tark etib,
Qilmag`ay erdi o`zin olamda rasvo koshki.
Emdi kim devonayu rasvoyi olam bo`lmisham,
Vasl chun mumkin yo`q o`lturgay bu savdo koshki.
Ey Navoiy, bevafodur yor, bas ne foyda
Necha kim desang agar, yoxud magar, yo koshki.
847
Yordin ayrilsa qotilmog`lig`in bilmas kishi,
Bilsa kim chun ayrilur, qotilmas ayrilmas kishi.
Kimsa o`lsa yordin ayrilmag`ay, yuz voykim,
Ayrilurda buyla hijron shiddatin bilmas kishi.
Vasli qadrin bilmayin o`ldum g`ami hajrida, oh,
Kim visol ayyomi hajr andishasin qilmas kishi.
Hajr biymidin o`lubmen, soqiyo, tut jomkim,
Ko`zga mast o`lg`an zamon Jamshidni ilmas kishi.
Yashurun dardimni qilmay oshkor o`lgumdurur,
Ohkim, olamda ahli dard topilmas kishi.
Mendin ermas hajrdindur har taraf bag`rimda chok
Yo`qsa tig`i qatl ila o`z bag`rini tilmas kishi.
To`ydi jonidin Navoiy hajr aro tut, ey ajal,
Uyla maykim chun ichar to hashr oyilmas kishi.
848
Bas ajabdur ikki la`lin ko`rsangu og`zin dog`i,
Buncha bo`lmoq bir-biri uzra ikki gul yafrog`i.
Mil agar bo`lsa o`qungdin yo`q ajab, ey qoshi yo,
Chun ko`zumni surmadon etmish ayog`ing tufrog`i.
G`arqi ashk o`ldum ko`ngulda gavhari ishq uylakim,
Bahr aro dur maskani bo`lg`ay baliqning kursog`i.
Yo`qki tig`ing to`kti qonim, balki chiqti dam bila,
Ul ikki ajdarki ko`rsatmish qiliching bolchog`i.
Chiqti qon to`kmakka ul kofir shafoat qilmangiz,
Ey musulmonlarki, mumkin yo`q tarahhum qilmog`i.
Bodayu ishqu shabob ayyomiyu fasli bahor,
Pand netsunkim erur oshiftalig`larning chog`i.
Voiz aylar vasf jannat ichra kavsar bodasin,
Bo`l Navoiy mast xohn mundog`i, xoh undog`i.
849
Boda gul-gul aylamish ravshan uzoring bog`ini,
Uylakim sochqay sabo su uzra gul yafrog`ini.
Dur to`la sanduq der har yon temur gul mix ila,
Ko`rgan el ishqing to`la ko`ksumda har yon dog`ini.
Ne ajab gulgun bulut bo`lsayu andin yog`sa qon,
Chun sovursa yel shahid etganlaring tufrog`ini.
Xolingu la`ling qatilidinki, qildi to``ma zog`,
La`lgun aylabturur minqor ila tirnog`ini.
Zanbaq anda lolagun butgay shajarlar surh biyd,
Har chamang`a bersa su qonlig` sirishkim yog`ini.
Zoe` o`ldi, ey ko`ngul, g`aflatdin ayyomi shabob,
Bori etma favt isyondin inobat chog`ini.
Ko`r Navoiy sho``lai ohsho emgaglik tanin,
Ko`rmagan bo`lsang balo barqiyu mehnat tog`ini.
850
Baski ko`nglumni falak majruhu vayron istagay,
Istaram o`lmakni andoqkim o`luk jon istagay.
Furqating oshubidin istar ko`ngul qo`ymoq tugon,
Kimsa andoqkim yara man`ig`a qalqon istagay.
Hajrkim jonim tilar har dam azob aylab erur,
Zolimekim, qiynab eldin naqdi pinhon istagay.
Bo`lmasun oshiq meningdekkim, ko`rub dildorini
O`zgalarga multafit har lahza hijron istagay.
Vah, necha mehnat toshi atfoldin yog`durg`ali
Ishq shahru ko`y aro jismimni uryon istagay.
Ul pari ushshoqig`a rahm etsa etsun ushbu bas
Kim, meni devonayu rasvoni davron istagay.
O`qlaringdin o`lganimdin so`ngra topqay qatl uchun,
Tufrog`imdin charx agar yuz qarni paykon istagay.
Qilsun oson o`zlugidin bo`lsa har dushvorliq,
Har kishi davron g`ami dushvorin oson istagay.
Ey Navoiy, sen kibi mahrum qolgay kimki ul
Olam ahlidin vafoyi ahdu paymon istagay.
851
Firoq ashkidin, ey ko`z, dame ochil bori,
Boshimg`a kim qadam urmish nazzora qil bori.
Kelibdur ul pariyu beshuur telba ko`ngul,
Kelib o`zungga ne deydurmen anglag`il bori.
Jahon xaloyiqi javrungdin o`ldi, ey badmast,
Bular tafarrujig`a bir nafas oyil bori.
Iyodatimg`a mening, ey Masih, chun kelding,
Dam urmay o`lma ravon, nuktai degil bori.
Bukim jahon aro rasvomen, istamon tahsin,
Sening g`amingdin o`lubmen bu nav` bil bori.
Necha ulusqa mayu, bizga zahri soqiydur,
Dedingki mastmen, ar chin deding, yongil bori.
Navoiy o`lgusidur iltifoting ozlig`idin,
Chu ko`rmagung yana bir qatla ko`zga il bori.
852
Gul emas har yon yuzung davrida oro qilg`ali,
Halqa urmishlar jamolingg`a tamosho qilg`ali.
Orazing chin naqshi zulfung mushku har yon xol erur,
Hind elikim Chinga kelmish mushk savdo qilg`ali.
Yuz uza og`zing o`g`urlab naqdi din bo`ldi nihon,
Chekti xatting xayli saf o`g`rini paydo qilg`ali.
Qilg`ali ishqingni pinhon aylading ko`ksumni chok,
Dema pinhon qilg`alikim oshkoro qilg`ali.
Eyki so`rdungkim, qachondin men junun oshubida,
Ul pari xayli g`ami ko`nglumda g`avg`o qilg`ali.
Bodag`a rahn aylaganda ofiyat dastorini
Yirttim bir go`shasidin bodopolo qilg`ali.
Yo`l chiqarmon tiyra shomimdin Navoiydek, valek
Muntazirdurmen hidoyat barqi bir choqilg`ali.
853
Ey ko`ngul, vaslidin ul oy bizni navmid etmagay,
Jonimizg`a furqat anduhini jovid etmagay.
Qasdi jon aylarda la`lig`a tatabbu` qilmag`ay,
Ko`ngul o`rtar chog`da ruxsorig`a taqlid etmagay.
Vasli ummidi bila ushshoqni qilg`anda shod,
G`ussalig` ko`nglumni hajri birla tahdid etmagay.
Tushta ko`rdum orazin, ko`nglumni barqi ishq ila
Ul qadar garm ettikim, tush vaqti xurshid etmagay.
Itlaring sing`an safoli tushgach ilgimga, ko`ngul
Oncha faxr ettiki jomi birla Jamshid etmagay.
Durri vahdat topmag`ay hargiz fano girdobidin
Solikikim, o`zni g`arqi bahri tavhid etmagay.
Oncha faryod etti mutriblar Navoiy nazmidin
Kim, Utorud she`ridin charx uzra Nohid etmagay.
854
Vahki, bir g`oyib xayolidin parishonmen base,
Hush mendin g`oyib, o`z holimg`a hayronmen base.
Ul quyosh bordi buzub ko`nglumni sen ham, ey sipehr,
Bir yo`li buzma meni nevchunki vayronmen base.
Ollida jon bermadim vasli ziyonin qizg`onib,
Furqatida ul tiriklikdin pushaymonmen base.
Lahza-lahza buki yig`larmen g`amidin talx-talx,
Ayb emaskim mubtaloyi zahri hijronmen base.
Tog` ila vodiyda, ey Farhodu Majnun, siz toping
Ofiyatkim men oloxonu alomonmen base.
Vasl komin sabru somondin toparlar, vahki, men
Hajr oshubi aro besabru somonmen base.
Yordin qosid kelur derlar, firoqu vaslidin
Ne xabar kelturmagin bilmay Xuroson men base.
Dinu donish ahlig`a bir tavba, ey nosihki, men
Kecha-kunduz dayr aro mastu parishonmen base.
Ey Navoiy, dashti vahshi ichra bo`lsam, shod bo`l,
Kim kirib xush ahlig`a bu vaqt insonmen base.
855
So`rmangiz ashkim suyinkim muttasilmu kelgusi,
To ko`ngul ishq o`tidin kuygusi ul su kelgusi.
Zulfunga yetgach ko`ngul behad yetildi atridin,
Bilmadim ul shomg`a kirganga uyqu kelgusi.
Tiyra bo`ldi lam`ai paykoning o`tgandin ko`ngul,
Chun quyosh borg`usi olamdin, qarong`u kelgusi.
Haddin o`tti orazing ko`rgach labing xandonlig`i,
Bilmadim bu za`farondin muncha kulgu kelgusi.
Chiqti ko`nglumdin havosu aql ishqing ollig`a,
Qo`ysa yuz mulkiga shohe xalq o`tru kelgusi.
Soqiyo, tut mayki o`zluk naqshidin bo`lg`um xalos,
Har qachon ilgimga ul raxshanda ko`zgu kelgusi.
Ey Navoiy, o`lma har dam ul musofir yor uchun,
G`am yema shah yong`usidur, tongla urdu kelgusi.
856
Ahli dil ollida dildor iltifoti kamlig`i,
Oncha sa`b ermaski har noahl ila hamdamlig`i.
Gar o`g`urluq istamas la`ling dog`i jon naqdini,
Bas nedur o`g`ri kibi payvasta qoshing hamlig`i.
Zulfi torin torta olmas kimsa ko`nglumdinki, bor
Berkrok jon rishtasidin ham aning mahkamlig`i.
Uylakim tun dudini ohim parishon aylagay,
Tong yelidindur muanbar sunbulung darhamlig`i.
Har ne el ko`ngliga xurramliq mening ko`nglumga g`am
Kim, g`amingdin bo`lmish ul devonaning xurramlig`i.
Soqiyo, may berki dardim zohir aylay mast o`lub
Kim, ichim qon ayladi ish sirrining mubhamlig`i.
Gar Navoiy ayladi badmastlig`, ey piri dayr,
Sen karam ko`p qilmag`ilkim, ko`ptur aning kamlig`i.
857
Navbahor o`ldiyu ayshim gulbuni ochilmadi,
Kom ila bir g`unchasi balkim tabassum qilmadi.
Vasli jomidin ulus mast o`ldilar, yuz voykim,
Bir qadah birla xumori furqatim yozilmadi.
El ko`zin yorutti barqu vaslu hijron kojidin
Qaysi o`tlarkim ko`zumga barqdek choqilmadi.
Vasli gulzori aro el mastu hijron dashtida
Qolmadi erdi tikankim, bag`rima sonchilmadi.
Lolalar ko`nglumga qonlig` dog`lardur navbahor
Kim, vatang`a lolaruxsorim azimat qilmadi.
Furqatim sa`b erkanin ishq ahli ichra bilmagay,
Yorig`a ulkim qo`shulmastin burun oyrilmadi.
Qayda bag`rim choki muhlik erkanin fahm aylagay,
Ulki hijron tig`i zahr oludi bag`rin tilmadi.
Chun o`larmen, sirri ishqim mahfiy o`lg`ay, yaxshiroq
Bilmasun el ham, chu hajri jonim olg`an bilmadi.
Bir junun o`ti aro tushmish Navoiy telbakim
Bo`ldi kuymaktin xalos ulkim, anga qotilmadi.
858
Ey uzoring ollida sharmanda mehri xovari,
Yo`qsa nevchun yoshunur har kecha andoqkim pari.
Qomatingdin azmi sahro qildi gulshandin tazarv,
Tog` sori uylakim faryod etar kabki dari.
Gulshani husnungg`a ziynat berdi terdin qatralar,
Kim ko`ribtur bo`yla gulbarg uzra shabnam gavhari.
So`zi hajring za`flig` jismim aro bo`lmish nihon,
Bas ajabdur bir ovuch xas ichra do`zax axgari.
Safhai husnungda haq sirrin ko`rar ko`nglum ayon,
Tong emas bulbulg`a mushaf o`rnida gul daftari.
Yor bazmida visol ahli chekar jomi murod,
Davr chun hajr ahlig`a qism etti mehnat sog`ari.
Ey Navoiy, yor hajrig`a ne chora, g`ayri sabr
Kimsa netgay sabr qilmay zolim o`lsa dilbari.
859
Muddaiylar betarahhum, yor beparvo base,
Ham alar ko`p zulm etarlar, ham bu istig`no base.
Zulfi zanjiri magar qilg`ay, ilojim, ey hakim,
Kim dimog`imni parishon aylamish savdo base.
Men o`lar holatdayu motam edi ahbob aro,
Buki aqshom qildi ko`yung itlari g`avg`o base.
Turfa menmen ishq dashti ichra, yo`qsa anda bor
Vomiqu Farhod ila Majnun kibi shaydo base.
Ey sabo, ko`yida eltib ko`nglumnikim, aylar emish,
Bul ajabvashliqlar ul oshiftani rasvo base.
Xastamen davron jafosidin, keturgil bodakim,
Nofi` ermish ul marazg`a sog`ari sahbo base.
Boda ichkim, charx rif`at ahlini ko`p qildi past,
Pastlarni ko`mdi tufrog` ostig`a dunyo base.
Men kishi ermon junun ichra, yo`q ersa ko`rguzur
Odamiliq ul pari paykar malak siymo base.
Ey Navoiy, gar desang, ko`p injimay davr ahlidin,
Har ne derlar, yo qilurlar qilmag`il parvo base.
860
Istadim yoreki ko`nglum dam-badam shod aylagay,
Bilmadim jonimg`a bedod uzra bedod aylagay.
La`li anfosidin ochilg`ay hayotim g`unchasi,
Yo`qki umrum xirmanin bir damda barbod aylagay.
Vasl ila yiqqay ko`nguldin dardu g`am bunyodini,
Yo`qki har dam o`zga hijron tarxi bunyod aylagay.
Sham`i ruxsori yorutqay tiyra ko`nglum kulbasin,
Yo`qki zulfi dudi oni mehnat obod aylagay.
Rishtai jonimdin ochqay no`gi mujgoni girih,
Har birin qatlimg`a yo`qkim neshi po`lod aylagay.
Hech gulga bo`lmasun moyil birovkim, sarvdek
Desakim o`zni xazon davridin ozod aylagay.
Ko`p Navoiy nolasin man` aylamangkim, toki ul
Yorni yod aylagay albatta, faryod aylagay.
861
Evrulay boshingg`ayu behushu hayroning bo`lay,
Bir zamon sadqang bo`lay, bir lahza qurboning bo`lay.
Xoni vaslingdin agar qovsa raqibing rag`mig`a,
Ko`nglum istardek taxayyul birla mehmoning bo`lay.
Netti jon topsam visolingdin labingning xolidek,
Ko`zu zulfungdin necha mastu parishoning bo`lay.
Xushturur vasling mayidin har taraf xirqamda dog`
Necha, jono, mubtaloyi dog`i hijroning bo`lay.
Garchi bandangmen meni ozod qilma lutfdin
Kim, quyundek sadqai sarvi xiromoning bo`lay.
Tanni jilvang vaqti tufrog` aylay, ey chobuksuvor,
To boshingg`a evrulurga gardi maydoning bo`lay.
Ey Navoiy, gungu lol istar esam tong yo`q, seni
Tobakay ozurdai faryodu afg`oning bo`lay.
862
Bormag`il qahr bila bag`rim etib qon emdi,
Yo bu bedil sari, yo lutf sari yon emdi.
O`qlaringdin ko`z aro ko`p tikan erdi qochting,
Kelki, qon yoshim ani qildi guliston emdi.
Dedi, hijron aro Farhodingga yetgum bir kun,
Za`fdin, ohki, mumkin emas afg`on emdi.
Qatldin ko`p meni qo`rqutmag`il, ey muhlik ishq,
Kim ani hajr qilibtur menga oson emdi.
Bildi mahmurlug`um, tutti qadah soqiyi davr,
Shah meni dengki, erur komima davron emdi.
Bodadin komu labing bodasidin jon topdim,
Soqiyo, yo`qturur o`lsam dog`i armon emdi.
Ey Navoiy, oni tark aylaki ko`ptur g`ami ishq,
Menki chektim g`amini, tarki ne imkon emdi.