FARHOD VA SHIRIN
I
I
Bihamdik fath abvob ul-maoni,
Nasib et ko`ngluma fath o`lmak oni1.
Ko`zumga ul eshik quflin padid et,
Aning fathig`a kilkimni kalid et.
Ochib ul ganj quflin bu kalidim,
Nasibim ayla neki bor umidim.
Nechakim istasam naqdi javohir,
Qayon boqsam ko`zumga ayla zohir.
Terarga har nafas ko`rroq havas ber,
Havas bergach olurga dastras ber.
Anga tegur qo`lumnikim yiroqdur,
Qo`lumg`a sol anikim yaxshiroqdur.
Nima ko`p olmog`imga mone` etma,
Necha ko`p olg`onimga qone` etma.
Bu maxzan birla ko`nglumga g`ino sol,
Nechakim sochsam ilgimga yano sol.
Durafshonliqqa kilkim fosh qilg`il,
Tilimni dog`i gavharposh qilg`il.
Bu durlarkim ko`zumni andin ochting,
Mening ilgim bila olamg`a sochting,
Tamannosin hazin ko`nglumdin olma,
Sochilg`on birla tufrog` ichra solma.
Buyursang sochmog`in men benavog`a,
Chiqor yuz benavo ilgin havog`a.
Ayurg`och bazl ila bu benavodin,
Navosizlarg`a qormotqil havodin.
Gadolarg`a dag`i andin ato ber,
G`anilarg`a dag`i oni tuto ber.
Shah olsa dog`i qilsun toji torak,
Qul olsa ham anga bo`lsun muborak.
Anga ishq ahlini qil orzumand,
Aning birla alarni ham barumand.
Durin qil ko`zlariga har zamon yosh
Va lekin la`lu yoqutini qon yosh.
Alarg`a oshkorovu nihoni,
Ko`z ichra ashkdek asratqil oni.
Takallum ahlig`a sarmoya ayla,
Ne dur nazm etsalar piroya ayla.
Zamona durjini andin to`lo qil.
Falak javfini andin imtilo qil.
Ani sindurg`on elni qil shikasta,
Xujasta ko`rgan elga tut xujasta.
Nasib et ko`ngluma fath o`lmak oni1.
Ko`zumga ul eshik quflin padid et,
Aning fathig`a kilkimni kalid et.
Ochib ul ganj quflin bu kalidim,
Nasibim ayla neki bor umidim.
Nechakim istasam naqdi javohir,
Qayon boqsam ko`zumga ayla zohir.
Terarga har nafas ko`rroq havas ber,
Havas bergach olurga dastras ber.
Anga tegur qo`lumnikim yiroqdur,
Qo`lumg`a sol anikim yaxshiroqdur.
Nima ko`p olmog`imga mone` etma,
Necha ko`p olg`onimga qone` etma.
Bu maxzan birla ko`nglumga g`ino sol,
Nechakim sochsam ilgimga yano sol.
Durafshonliqqa kilkim fosh qilg`il,
Tilimni dog`i gavharposh qilg`il.
Bu durlarkim ko`zumni andin ochting,
Mening ilgim bila olamg`a sochting,
Tamannosin hazin ko`nglumdin olma,
Sochilg`on birla tufrog` ichra solma.
Buyursang sochmog`in men benavog`a,
Chiqor yuz benavo ilgin havog`a.
Ayurg`och bazl ila bu benavodin,
Navosizlarg`a qormotqil havodin.
Gadolarg`a dag`i andin ato ber,
G`anilarg`a dag`i oni tuto ber.
Shah olsa dog`i qilsun toji torak,
Qul olsa ham anga bo`lsun muborak.
Anga ishq ahlini qil orzumand,
Aning birla alarni ham barumand.
Durin qil ko`zlariga har zamon yosh
Va lekin la`lu yoqutini qon yosh.
Alarg`a oshkorovu nihoni,
Ko`z ichra ashkdek asratqil oni.
Takallum ahlig`a sarmoya ayla,
Ne dur nazm etsalar piroya ayla.
Zamona durjini andin to`lo qil.
Falak javfini andin imtilo qil.
Ani sindurg`on elni qil shikasta,
Xujasta ko`rgan elga tut xujasta.
II
Bu shavq dostonining «alif»lari sarvqadlar bo`yidek sanubarvash va «lom»lari binafsha zulflar turrasi yanglig` dilkash erkoniga bois fehrastida Haq otidin tug`ro va debochasi Qayyumi Mutlaq sifoti bila1
Bu rangin safha, balkim dard bog`i,
Ayon har lolasida ishq dog`i.
Tahayyur o`ti har bargi gul anda,
Tahassur dudi har bir sunbul anda.
Qushining nag`masi hijron surudi,
Oqar suv barcha seli ashk rudi.
Shamolig`a samumi hajr hamroh,
Samumi hajr yo`qkim, shu`lai oh.
Butub gulbunlaridin g`unchai dard,
Chiqib ul g`unchalardin otashin vard
Ki, bo`lmish bu baliyatlarg`a mansub,
Ulus ko`nglig`a andin keldi marg`ub
Ki, bo`ldi safhasining ibtidosi,
Tazarru` birla ul Xoliq sanosi
Ki, inson ko`nglin etti gulshani ishq,
Bu gulshanning harimin maxzani ishq.
Ne maxzan, har duri sham`i farog`i,
Ne dur, ne sham`, durri shabcharog`i.
Va lekin husn o`tin aylab jahonso`z,
Bularni andin etti olamafro`z.
Demay o`t onikim, barqi duraxshon,
Demay barqi duraxshon, mehri raxshon.
Tulu` etti chu ul raxshanda xurshid,
Adam shomig`a bo`ldi sham`i jovid.
Aning nuri chu partav qildi zohir,
Bori zarrot bo`ldilar mazohir.
Quyosh ma`shuqu har zot o`ldi oshiq,
Dema har zot, zarrot o`ldi oshiq.
Chu paydo bo`ldi bu ahbobu mahbub,
Jahon bozori ichra tushti oshub.
Bular borini paydo aylagan ishq,
Birin ul birga shaydo aylagan ishq.
Nedin oshiqni o`rtar shayni ma`shuq,
Chu oshiq munda keldi ayni ma`shuq.
Ikisi balki ayni ishq, fafham! 2
Tugondi borcha so`z, vallohu a`lam! 3
Ajab suratki bir naqqoshi mohir,
Bo`lur yuz nav` surat birla zohir.
O`zi naqshu o`zi manqushu naqqosh,
Kishi bu sirni mendek qilmadi fosh.
Netay asroridin devona bo`ldum,
Dedim, chun hushdin begona bo`ldum.
Navoiy, telbalikni bartaraf qil,
Yana bir lahza so`z boshig`a kelgil.
Taolallo, ne hayyu qodiri pok,
Ki, aqli kull anga deb: «Moarafnok». 4
Sifoti aql shaxsig`a solib pech,
Chu zotin fikr etib topib o`zin hech.
Qilib chun barq zotin mazhari kul,
Jahoni aql xoshoki bo`lub kul.
Fano to`foni eltib borin oning,
Jahonda qo`ymayin osorin oning.
Shuhudi aql darkidin mubarro,
Vujudi dark shu`bidin muarro.
Nishoni benishonliqdin yiroqroq,
Makoni bemakonliqdin qiroqroq.
Azaldin behad oshib ibtidosi,
Abaddin asru toshib intihosi.
Damekim qahri o`ti tutmay orom,
Erib ko`k o`ylakim bir qo`rg`oshun xom.
Gahekim ilm daryosi topib mavj,
Eti qot yer tubi qolib to`quz avj.
Qazo Farhodi5 amri rahnamuni,
Zabun ollinda gardun Besutuni.
Eturgonga balo tog`ida bedod,
Laqab aylab zamona ichra Farhod.
Ani g`am tog`ida ovora aylab,
Qiyoni teshasidin pora aylab.
Necha bo`lsa Xito6 mulkida xoqon,
Solib biymi aning bag`ri aro qon.
Badan mulkin qilib alqissa ma`mur,
Vaziri aql Mulkorosi7 ma`mur.
Ko`ngul qasrig`a bo`lg`och naqshpardoz,
Qilibon korgohi Monuviysoz8.
Qilib hikmat xirad Suqroti9 qismi,
Yasab jon ganjiga paykar tilismi.
Ne mahvash husnig`akim berdi tazyin,
Ani aylab jahon ahlig`a Shirin10.
Chu aylab g`amzasi jonlarg`a toroj,
Qilib vaslig`a xusravlarni11 muhtoj.
Shafaq Gulgunig`a xurshed etib rang,
Yana jul charxi atlas, Kahkashon tang.
Kecha Shabdezin12 aylab tangbasta,
Yangi oydin qilib satlig`a dasta.
Qadar Shopurin13 anjumdin sadafkor,
Anga charxu shafaq shingarfu zangor.
Ajal Sheruyasi14 tig`in qilib tez,
Qatili yuz tuman andoqki Parvez.
Nikisoyi15 zamong`a chun berib soz,
Zamona ahlin aylab ayshpardoz.
Chu tortib Zuhra16 lahni Borbadni17,
Olib Bahromvashlardin18 xiradni.
O`kush Farhodu Shirin aylasang jam
Shabistonida bir parvonau sham`,
Va gar ming Besutundek19 qilsang idpok,
Yo`lida bir kesak, bal bir ovuch xok.
Solib chun qahr istig`nosi partav,
Kelib kam zarralardin dog`i Xusrav.
Nekim lutfi nasimi birla mavjud,
Bo`lub qahri sharori birla nobud.
Agar mavjudu ma`dum o`lsa olam,
Anga ijodu e`domi musallam.
III
Munojot1 insonning adam nihonxonasidin vujud koshonasig`a kelmakda adami ixtiyoridin nishona demak va vujud shohrohidin adam xobgohig`a bormoqda vujud iztiroridin fasona aytmoq va gunoh qilurda begunohlig`in devonavor da`vo qilmoq va devona zanjirin sog`ing`ondek bu devonalig` daf`in shar` silsilasi bila qilib junun uzri uchun ahli hush sisilisig`a tortilmoq
Ilohiy, andakim yo`q erdi budum,
Adam uyqusida erdi vujudum.
Ne ruhum gulshanidin dard paydo,
Ne jismim tufrog`idin gard paydo.
Vujudimda anosir band topmay,
Tanim ichra so`ngak payvand topmay.
O`tumda yo`q tiriklik mehri tobi,
Suyum yo`qluq biyoboni sarobi.
Bo`lunmay tufrog`im gardi fanodin,
Nasime yo`q vujudumda havodin.
Ne tan, ne tanda bosh, ne bosh aro ko`z,
Ne yuz, ne yuzda lab, ne lab aro so`z.
Ne jonu anda ne yuz dardi jonso`z,
Ne ko`ngul, ne anga ming neshi dildo`z.
Nechukkim yo`q ko`ngul yo`q g`amdin ozod,
Bo`lub yo`q jon dog`i yo`q qayg`udin shod.
Vujud ichra yo`q oloyish alarg`a,
Adam kunjida osoyish alarg`a.
Borin ul uyqudin uyg`otting oxir,
Yig`ibon bir-biriga qotting oxir.
Bu yo`qlarg`a yo`q erdi rasmu royi,
Ne imkon xudkim o`lg`ay muddaoe.
Borisin bir-biriga band qilding,
O`kush hikmat bila payvand qilding.
O`zung surdung raqam topqoch bu noma,
Shaqiy yoxud said erkonga xoma.
Nasib etting ani qilg`onda jonliq,
Tuman ming ajz birla notavonliq.
Rahm ichra g`izo ham ulki ma`lum,
Havoyi dilkusho ham ulki ma`lum.
Bu zindondinki jismin ranja aylab,
Chiqording yuz tuman ishkanja aylab.
Qilib hissu quvodin oni ma`yus,
Ham etting mahd zindonida mahbus.
Etib besh-olti qatra sutga muhtoj,
Ul o`lsa to`q, agar ul bo`lmasa och.
Och o`lsa yo`q tili istarga ma`kul,
Bo`lub o`z holig`a yig`larg`a mashg`ul.
To`q o`lg`ach daf`ig`a yo`q aqli yori,
Ne ul quvvatki bo`lg`ay ixtiyori.
Ishi majnun kibi band ichra topok,
Agar doya yumay jismini – nopok.
Ne man`i nola g`avg`osig`a oning,
Ne satri avrat a`zosig`a oning.
Necha yil ranju mehnat sondin ortuq,
Ne deykim, har ne desam ondin ortuq.
Bu san`atlar qilib olamg`a sotting
Kim, oni odami xaylig`a qotting.
Bu yerga tegrukim bo`ldi shumori,
Anga yo`q erdi hech ish ixtiyori.
Bu holat ichra tutmay oni ma`zur,
Yana qilding necha amringg`a ma`mur.
Bu ishdur turfakim egriyu gar rost,
Qo`ya olmas qadam bo`lmay sanga xost
Ki, gar egriyu gar rost kilki taqdir,
Azalda aylamish ollig`a tahrir.
Sanga ul kotib ilgida qalamdek,
Qalam no`gi aro balkim raqamdek.
Raqam chekmakka kotib yo`nsa xoma,
O`shul damkim qilur tahriri noma.
Shuuri bormu ilgida qalamning,
Va yo ul xoma no`gida raqamning.
Gar ul tahrir xatdur, gar nuqatdur,
Bilur kotibki tuzdur yo g`alatdur.
Shuuri yo`qlug`i basdur guvohi
Ki, bu ishda qalamning yo`q gunohi.
Anga bas yo`q edi bu benavolig`,
Qalamdek sarnigunluq yuz qarolig`
Ki, har qilg`ong`a hujjat ham tutarsen,
Bu hujjat ichra diqqat ham tutarsen.
Berursen goh anga do`zax bila biym,
Qilursen goh jismin o`tqa taslim.
Bu so`zni tutmasang, yorab, musallam,
Yana bor turfaroq mundin so`zum ham.
Azal subhida malhuzungni keltur!
Arog`a «Lavhi mahfuz»ungni keltur!
Ne qilg`on ish gar ermas anda maktub,
Nekim qilsang erur adlingg`a mahsub.
Va gar ul lavh uza bo`lsa muharrar,
Azal taqsimidin bo`ldi muqarrar.
Ne dersen bas bu jam`i benavog`a!
Gunohe qilmayin qolg`on balog`a!
Navoiy, xomadek tortib uzun til,
Ne dersen, oxir o`z haddingni bilgil!
Dame yo`q yova ayturdin qaroring,
Junun ilgingdin olmish ixtiyoring.
Junun zanjirig`a pobastsenmu?
Agar majnun emassen, mastsenmu?
Necha devonalig` Farhod yanglig`,
Chekib til teshai po`lod yanglig`.
Qaro tilni demakdin bir zamon chek,
Desangkim bormag`ay boshing qalamtek.
Qalam surma bu nav` afsonalarg`a,
Agarchi yo`q qalam devonalarg`a.
Junundin so`zga bir dam bo`lmay ogoh,
Gar ortuq so`z dedim: astag`firulloh.
Ilohiy, boqmag`il majnunlug`umg`a,
Karamdin chora qil mahzunlug`umg`a.
Yuzum sarg`ortibon nomam qarosi,
Qarortib nomani xomam qarosi.
Inoyat aynidin xomam sari boq,
Qizil ayla yuzum, nomamni ham oq.
Yuzum lutfung suyidin toza qilg`il,
So`zum ko`sin baland ovoza qilg`il.
Mayi nutqum tarabxez ayla, yorab,
Nayi kilkim shakarrez ayla, yorab.
Ketur ilgimga dog`i jomi tavfiq,
Etur ko`nglumga dog`i rohi (
So`zum roh(
Shafoat jomi yetkur Mustafo2din.
Ul quyosh ruxsori vasfidakim, tun kibi gisu quyoshig`a soya soldi va Vashshams bila Vallayl1 surasini aning yuz quyoshi bila zulfi tuniga o`xshatilg`onidin har biri bir biyik poya oldi, agarchi ul quyoshqa soya yo`q erdi va ul kechaga manzil o`uyosh ustida-o`q erdi. «Va sallalalohu alo shamsi jamolihi va zilli kamolihi»2
Muhammad «kofu», «nun»3g`a qurratul-ayn4
Tufayli kavn o`lub, yo`q-yo`qki, kavnayn5.
Nubuvvat kishvarining taxtgiri,
Risolat taxtining sohib sariri.
Saririg`a to`quz aflok o`lub farsh,
To`quz aflokni qo`yg`il, degil Arsh6.
Solib ham Arshu ham Kursiy7ga soya,
Bo`lub Kursiy aning taxtig`a poya.
Dema soya, degilkim zilli ra`fat,
Ne zillu qaysi ra`fat, nuri rahmat.
Chu ul haq zilli bo`lmoq poya topti,
Qachon soya, o`ziga soya topti.
Yuzi gisuni chun piroya aylab,
Ul oqshom kun yuziga soya aylab.
Ayog`in o`rgali gar tushti gisu,
Bo`lur doim charog` osti qarong`u.
Muanbar zulfidek kam soya bo`lg`ay
Ki, ul xurshedg`a hamsoya bo`lg`ay.
Gul uzra sunbuli ochmoq ajabdur,
Quyoshqa soya chirmoshmoq ajabdur.
Chu aylab halqalar ul zulf paydo,
Bo`lub mehr uzra kavkablar huvaydo.
Vayo ul Mushaf8 uzra kilki taqdir,
Qilib Arsh o`rnig`a anjumni tahrir.
Emas mehr uzra kavkab – qil taammul,
Yuzi gulzori ochmish har taraf gul.
Bo`lub ruxsorig`a har sori gullar,
Jelilik barcha gardanbasta qullar.
Demon gul bandasidur bo`yni bog`lig`,
Gadoyidur to`ni haryon yamog`lig`.
Quchoq birla tikan basdur kamohi,
Gadoliq tavrida oning guvohi.
Qadi xam bo`ldi go`yo bu mihandin,
To`ni yirtug`lari ham bu tikandin.
Tikan bo`lmoqta a`dosig`a xunrez,
Qilib Bathoda9 no`gin xomadek tez.
Gar ilgi xoma sori qilmayin mayl,
Qo`yub xattig`a boshin yuz tuman xayl.
Necha choki giribon qildi xoma,
To`kub ashkini afg`on qildi xoma.
Ochib og`zin qilay deb dastbo`si,
Muyassar bo`lmayin bu orzusi.
Chu bu davlatqa bo`lmay komron ul,
Qaro og`riqqa bo`ldi notavon ul.
Dema noleki sihhat topmayin hech,
Tushubtur rishtai jonig`a yuz pech.
Emas tirnog`i uzra xoma gar shaqq,
Bo`lub barmog`i no`gidan qamar shaqq.
Ilik tig`inki tortib fil-ishora,
Qamar qolqonin aylab ikki pora.
Bo`lub qursi mahi tobonni ikki,
Kishi andoqki bo`lg`ay nonni ikki.
Qilib chun ro`za ko`nglin nong`a moyil,
Iki bo`lg`ach topib kom ikki soyil.
Emak komini ko`nglidin yo`q aylab,
Malakdek zikr ila ko`nglin to`q aylab.
Kavokib oyig`a devona oning,
Maloyik sham`ig`a parvona oning.
Munga devonalig` solib taku toz,
Anga parvonalig` har sori parvoz.
Chu shar`i shorii xattin qilib fosh,
Ayoq andin chiqorg`on topmayin bosh.
Bu xatdan tosh angakim po`ya etmak,
Yugurmak birla yo`q manzilg`a yetmak.
Qo`yar assor uyi chun egri gomin,
Yo`l etmas qat` tez aylab xiromin.
Yo`lida egrilar assor uyidek,
Yarab o`lturgali rparvor uyidek.
Bu shori` birla torqon yo`l yaroqi,
Etib manzilg`a andoqkim buroqi.
Ul shahsuvor vasfidakim, qarong`u tunda tiyra xokdondin buroqi barqvash uzra chiqqoni «Minaz-zulumoti ilan-nur»1din muxbir erdi, balki ul pokibning pok zoti ostidag`i pok oti, bila «nurin alo nur»2 din xabar berdi va bu nurlar malakut shabistonini munavvar va malak
Ul aqshomkim, yuziga lu`bati Chin,
Eshib marg`ula yoydi zulfi mushkin.
Nasim ul mushk isin butratti har yon,
Havo ra`nolarig`a sotti har yon.
Yoshundi mushk ichinda Chin g`azoli,
Dema Chinkim, falak zarrin g`azoli.
Qayu zarrin g`azola, turki chin de,
Qaro tufroqqa kirgon mahjabin de.
Quyosh so`gi ishi kirgach arog`a,
Falak lu`batlari kirdi qarog`a.
Ne so`gu ne qaro, iqbol shomi,
Jahonning asru farruxfol shomi,
Bo`lub har shabnami Nohid3 yanglig`,
Yorub har axtari xurshid yanglig`.
Yorug`luq muncha yo`q anjumg`a maqdur,
Ochib ruxsori sham`in yuz tuman hur.
Bu aqshom ul charog`i olamafro`z,
Ichinda vasl sham`i o`tidin so`z.
Solib bir go`shada rartav nihoni
Kim, aylab mizbonlig` ummahoniy
Ki, yetti ul baridi homili roz,
Qo`linda bir buroqi barqparvoz.
Biri payki nazardin tezdavroq,
Biri raxshi Kimondin garmravroq.
Etishgach payk sharhi hol qildi,
Haq istid`osini irsol qildi:
«Ki yetsun olam ahlidin nihoni,
Muhib sarvaqtig`a mahbubi joni».
Bu so`z mahbub eshitgach lol bo`ldi,
Navidi vasldin behol bo`ldi.
Qo`pub ot uzra andoq sekridi bot
Ki, hayron qoldilar ham payku, ham ot.
Ham avval hamla raxshi barqxo`din,
O`tub tufroqu elu o`tu sudin,
Qamarg`a chun xiromi tavsan aylab,
Yuzi xurshedi oni ravshan aylab.
Atorud4 bodpoyidin bo`lub shod,
Berib avroqu ajzosini barbod.
Eturgach Zuhraga davlat rikobi,
Dafin yirtib qudumi ehtisobi.
Quyoshqa chun surub gardun xiromin,
Uyotdin yer quyi aylab maqomin.
Chopib Bahromg`a raxshin chu yaksar,
Bo`lub ul nahsi ag`ar Sa`di Akbar.
Tushub chun Mushtariy5 sori mururi,
Quyoshni yoshurub har lam`a nuri.
Qolib yettinchi qo`rg`on posboni,
O`tub chobuksuvori osmoniy.
Kirib chun sekkizinchi toram ichra,
Topib har dam o`zin bir olam ichra.
Hamal mongrab qo`yub Savr ollida bosh
Ki, bo`lsak ikkimiz qurbon sanga kosh.
Tarab aylab damo-dam ikki paykar,
Qo`yarg`a ollida boshin mukarrar.
Topib quvvatlig` andoq necha xarchang
Ki, tortib panjasidin sheri nar chang.
Tutub mahsuli hirzin xo`sha xirman,
Chayong`a Kaffaning ostida maskan.
O`zin qoshig`a chun qurbon qilib yo,
Qilib Jady anga shoxu pay muhayyo.
Dema Dalv ichra suvkim, kavsari roh,
Topib Hut o`zni ul bahr ichra timsoh.
Bulardin chun biyik tortib amori,
Savobit durlarin aylab nisori.
Alardin yuqoriroq chun qilib mayl,
O`pub yo`lin maloyik yuz tuman xayl.
Qanot birla yo`li gardin qilib pok,
Bu eldin qolmayin ul yo`lda xoshok.
Berib chun Arshqa zoti tafoxur,
Bo`lub Arsh afsar, ul afsar uza dur.
Chu kursi to`ridin piroya topib,
Biyik lavhu qalamdek poya topib.
Yuqorroq ko`rguzub chun raxshi novard,
Chiqorib lomakon maydonidin gard.
Tushub andin biyik chun ittifoqi,
Borib andoqki tebranmay buroqi.
Samandin tashlagach ul ma`naviy ganj,
Samandidek tutub paykin dog`i ranj.
Quvonib poybo`si birla Rafraf6,
Maloyik yer O`pub ollida saf-saf.
Etak silkib, ayoq tortib boridin,
Qo`yub yuz benishonliq har soridin.
Etak yengdin ilik tortib ayoq ham,
Ayoq birla ilik borib qiroq ham.
Tanidin to`rt gavhar naqshi borib,
Bo`yi olti jihat to`nin chiqorib.
Demakim to`rtu oltidin mubarro
Ki, beshu ikkidin dog`i muarro.
Chiqorib o`zlugi tufrog`idin gard,
Ne o`zlukkim, o`zidin ham bo`lub fard.
Makoni bo`lmayin juz bemakonliq,
Nishoni qolmayin juz benishonliq.
Chu qolmay ne nishoni, ne makoni,
Topib maqsad makonidin nishoni.
Nasimin zohir aylab vasl bog`i,
Topib maqsud isi yo`qlug` dimog`i.
Chekib dam ajdahoyi ganji maqsud,
Yugurtub aylabon budini nobud.
Chu qildi jilva shodurvoni vahdat,
Nasimi vasl ochib domoni vahdat.
Inoyat ilgi olamdin nihoni,
Harimi vahdat ichra chekti oni.
Sururgach «Motag`o»7 tufrog`in ul bog`,
Chekildi nargisiga kuhli «mo zog`»8.
Anga bu surma bo`lg`och qurratul-ayn,
Nasib o`ldi maqomi «qoba qavsayn»9.
O`zin Kim aylabon, lekin topib Haq,
Ko`runmay kimsa Haqdin ayru mutlaq.
Vujudi ko`rmadi juz Haq vujudi,
Tuzuldi Haq kalomidin surudi.
Surudi nag`mau lahni kamohi,
Shafoat aylamak ummat gunohi.
Chu aylab Haq tilidin ul shafoat,
Bo`lub ham Haq javobidin ijobat.
Topib chun vasl etib mundoq havas ham,
Havas qilg`ang`a topib dastras ham.
Yonib chun muncha mulku hashmat olib,
Tani yonib va lekin joni qolib.
Borurda qolibi xokini tortib,
Kelurda ruh aflokini tortib.
Bo`lub borg`onda durri loyiqi toj,
Vale qaytib nechukkim bahri mavvoj.
Yonib gulshan agarchi g`uncha borib,
Ko`z ochquncha kelib, yumg`uncha borib.
Borib kelmokligi darki qilinmay,
Burunmu bordi, yo keldi bilinmay.
Ilohiy, bu nubuvvat toji haqqi,
Aning bu sur`ati me`roji haqqi,
Kim andoqkim tilab ummat gunohin,
Sen etting afv alar fe`li tabohin.
Navoiyni demay, bir benavoni,
O`kush jurmu gunahg`a mubtaloni
Aning ummatlig`ig`a qobil ayla,
Shafoat qilg`on elga doxil ayla.
Gar elga bahri g`ufroning havasdur,
Chu ul xasdur, anga bir qatra basdur.
Qalam vasfida bir necha qalam surmak va ul raqamkash ta`rifin raqamg`a keturmakki, nazm kishvari savodin yakqalama qilib erdi va «Panj ganj»1 avroqig`a gavharposh raqami tortilib erdi va ul roqim bobida hamki munung xatti ma`nisin raqam-baraqam bildi, balki qalam-baqalam naql qildi. «Bayyazallohu taolo avroqa jaroyimiho»2
Qalamkim rahnavardi teztakdur,
Azaldin manzili favqul-falakdur.
Magar vahm adhamidur tez raftor,
Ne adham, jardai Shabdez3 raftor.
Chiqib ustiga barmoq shahsuvori,
Bo`g`un belbog`iyu tirnoq-uzori.
Chorarda quyrug`in aylab alam ul,
Qulog`idek ayog`din-bosh qalam4 ul.
Dema Shabdez, bir qushdur xushovoz,
Qanotsiz aylabon har sori parvoz.
Shaba minqoridin har sori zohir,
Valekin ul shaba sochib javohir5.
Ne qushkim, qushda yo`q bu nav` jismi,
Hakimi sun` oni aylab tilismi.
Tanig`a za`f g`olib, ko`rmayin ranj,
Vale javfi6 aro yuz ma`naviy ganj.
Aning bu ganjidin topmay kishi kom,
Nechukkim ganjposhi Ganja orom7.
Agarchi Ganjada oromi oning,
Vale ganj uzra doim gomi oning.
Ko`ngul kunjin qilib ganji maoniy,
Og`iz abvobi savtidin nihoni.
Iki labdin eshiklar aylabon ul
Ki, har kim tormag`ay ul ganj aro yo`l.
Vale me`mori hikmatsozi oning,
Burundin qildi sangandozi oning.
Angakim o`g`riliq rasmin qilib fosh,
Etib aflok sangandozidin tosh.
Yog`ib chun toshi har yon oshkoro,
Topib ahbob – gavhar, xasm – xoro.
Otay deb xora, ganj og`zini ochmay,
Vagar ochib, ne gavharlarki sochmay.
Tutub gavharlari yaksar jahonni,
Nechukkim xayli axtar osmonni.
Yo`q, ul gavharki chun turroqqa qolg`ay,
Ayog` ostig`a chun qolg`ay, usholg`ay.
Aningdek gavharekim jilva chog`i,
Muzayyan bo`lg`ay andin el qulog`i.
Ne ul ziynatki osilg`ay quloqtin,
Vagar ochilsa ayrilg`ay quloqtin.
Durekim chun quloqni qildi maskan,
Kirib qilg`ay ko`ngul durjini maxzan.
Ko`ngul durjin demay bo`lg`ay labolab –
Kim ul daryoga solg`ay durni to lab.
Kim ul gavhardin olsa xalq har dam,
Yuz ilda bo`lmag`ay mingdin biri kam.
Kishi mundoq bo`la olmay guharrez,
Magar ul hinduyizodi8 shakarrez.
Ne hindu, to`tii shirin maqol ul,
Ne to`ti, bulbuli sho`ridahol ul.
Tushub olamg`a to`tidek bayoni,
Etib gardung`a bulbuldek fig`oni.
Bo`yig`a nazm solg`on hulla axzar,
Dema to`ti, degil Xizri9 payambar.
Aning zulmoti Hindustoni oxir,
Ravon so`z chashmai hayvoni10 oxir.
Agar bulbul desang, Hinduston – tun,
Qaro zulmat dema, anbarfishon tun.
Bu andoq tun aro shabxez bulbul,
Shabiston ichra sho`rangez bulbul.
Dema bulbul, de oni qaqnusi11 zor,
Topib lahnidin oning qaqnus ozor.
Agar qaqnus chekib yuz nola jonso`z,
Anga ming nola o`qi borcha dildo`z.
Dema o`q, balki har bir barqi ohi
Ki, sekrib o`rtabon mah to ba mohi12.
Solib yuz shu`la har dam xirmanig`a,
O`zining yo`qki, olam xirmanig`a.
Maoniy bahrig`a anfosidin mavj
Ki, ul mavj ostig`a qolib to`quz avj;
Takallum rishtasig`a nazmidin dur,
Falak bag`rig`a ul durdin tafoxur.
Savodi nazm anga abri bahori,
Bo`lub el boshig`a gavhar nisori.
Sarosar ul bulut gavhar arodur
Ki, naysoniy bulut yanglig` qarodur.
Savodi demakim, mushkin sahobi,
Bo`lub har qatra anda durri nobi.
Bu durkim vasfi sig`may so`zga hargiz,
Latofatdin ko`runmay ko`zga hargiz.
Tili durrosh, o`zi pokiza gavhar –
Xiroji mulk, yo`qkim reza gavhar.
Ne gavhar, balki ilmu fazl koni,
Dema konkim, degil ko`hi maoni.
Emas gar tog`, bas shiddat qilib big`,
Netib gardung`a har dam yetkurub tig`.
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy ranjasig`a ranja urmoq13.
Tutaykim qildi o`z changini ranja,
Nekim urdi aning changiga ranja.
Kerak sher ollida ham sheri jangi,
Agar sher o`lmasa, bori palangi.
Yo`q ersa jam` bo`lsa borsdek yuz,
Alardin hosili yo`q, g`ayri ruf yuz.
Agarchi yeldin ermas bahrg`a bok,
Vale ming chok o`lur chun bo`ldi ko`lok.
Tegar daryog`a sarsar qo`zg`aloni,
Vale har yel esib chayqatmas oni.
Nizomiy erdi andoq rili volo
Ki, chekti ganju gavharrili bolo.
Kerak ham pil erur, bu nukta ma`lum
Ki, solg`ay pil xartumig`a xartum.
Agarchi pashshaning xartumi ham bor,
El ozorig`a neshi shumi ham bor.
Chu surtar pil xartumini darham,
Bo`lur zaxmig`a yuz ming pashsha marham.
Bukun ul pilu bu hindu erur bil,
Kichikrak bo`lsa ham, lekin erur pil.
Kichik gar ersa el andeshasidin,
Erur Hindustonning beshasidin.
Alo to abri nayson zinda pili,
Kiyar bargustvoni charxi nili.
Bu ikki pilni g`ufronparast et,
Mayi rahmatdin ikki pilni mast et.
Navoiyg`a dag`i shavkat yeturgil,
Bu ikki pildin quvvat yeturgil.
Ki, bo`lsun bu iki pili zamondek,
Qayu pili zamon, pili damondek.
Ki, topib mast bo`lmoq peshasin ul,
Musaxxar aylasun so`z beshasin ul.
Kel, ey soqiyki14, tushmish jonima jo`sh,
Ketur bu iki yodi birla bir qo`sh;
Alar ishqida no`sh aylab iki jom,
Tutay Jomiy15 mayi madhin saranjom.
[VII]
Hazrati shayxul-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (umrlari uzaysin) madhidakim bu labtashnai vodiyi hayratqa muningdek ma`ni bodasining jomi aning himmati mayxonasining suvchilaridin dam-badam to`ldi va aning duosi piymonasining soqiylaridin labolab bo`ldi1
Iki pil o`lsa Xusrav yo Nizomiy,
Erur yuz pil chog`lig` pil Jomiy.
Muhabbat jomi durdoshomi uldur,
Hamono Zindapili Jomi2 uldur.
Ko`rub sarmasti jomi vahdat oni,
Demishlar Zindapili hazrat oni.
Chu ul may durdidin bo`lmish xuro`shi,
Safo ahlidur oning durdno`shi.
Mayi tahqiq etar holatda oshom,
Chekib lojur`a gar gardun erur jom.
Bo`lub zohir fano timsoli andin,
Tutub olamni olam xoli andin.
Fano ul nav` etib naf`yi vujudi3
Ki, yer topib nabud o`rnida budi.
Bo`lub andoq fano dashtida ma`dum
Ki, sayri shohrohi xatti mavhum.
Bu xatqa nuqtakim mavjud emastur,
Xirad ollinda juz nobud emastur.
Fano mulkida jismi o`yla foni
Ki, fahm aylab savodi a`zam oni.
Jahonni kim qila olg`ay tavahhum
Ki, bo`lg`ay nuqtai mavhum aro Kim.
O`zin xud bir jahoni begaron bil,
Kamolotin o`zidek bir jahon bil.
Jahon ichra jahonkim torti muknat,
Solib iki jahon4 ahlig`a hayrat.
Jahon yo`q, olami kubro5 de oni,
Jahonda maqsadi aqso6 de oni
Ki, harne olami sug`ro7da mavjud,
Bori bu olami kubpoda mavjud.
Boshikim tark tojidin barumand,
Bo`lub tojig`a gardun tugma monand.
Libosi faqri kengrak yuz jahondin,
Jahon silki kelib bir rishta ondin.
Zamiri lujjai zaxxori ma`ni,
Kalomi gavhari shahvori ma`ni8.
O`zi daryo, so`zi durdek muhayyo,
Yana ma`nidin ul dur ichra daryo.
Kelib daryonasab, gavharhasabliq,
Ishida necha boqsang bulajabliq.
Qalam bahri kafida turfa ishdur,
Magar daryo aro butgan qamishdur.
Ajab ermas qamish bo`lmoq shakarrez,
Va lekin bu qamish bo`lmish guharrez.
Uchidin ham guhar olamg`a sochib,
Ichidin ham shakar do`koni ochib.
Sarosar go`yiyo ul nay guhardur,
g`alat qildim, labolab nayshakardur.
Og`izlar ichra lazzat shakkaridin,
Quloqlar ichra ziynat gavharidin.
Qulog`ni bu guhar farsuda qilmay,
Og`izni ul shakar oluda qilmay.
Shakar ul nav` topmay komi idrok,
Guhar bu tavr kelmay ravshanu pok.
Alo, tokim, guhar serob bo`lg`ay,
Shakarning shirasi jullob bo`lg`ay.
So`zin tut gavhari koni maoni,
Shakarjalloblig`din asra oni.
Navoiykim muridu bandasidur,
Ipodat yo`lida afgandasidur.
Hamul gavhar bila ko`nglin yorutqil,
Hamul shakkar bila komin chuchutqil.
Kalomin ul guhardek ayla rangin,
Hadisin ul shakardek ayla shirin.
Keturgil, soqiy, ul jomi kiromiy
Ki, tutsun rindlar sarxayli Jomiy.
Chu piri dayr may qildi havola,
Icharmen gar erur gardun riyola.
Bu rarishon ajzoningki, guli otashin avroqidek dahr gulistoni bulbullarini hazordaston bila o`tluq faredg`a soldi — bargidin shu`la va xurdasidin sharora ko`rguzmoqiga bois ne bo`lg`ong`a qalam surmak va bu oshufta avroqningki, charxi barin ajzosidek jahon dashti majnunlarini ming balog`a daston qilib so`znok fig`ong`a uchratti — shafaqidin yolin va axtaridin axgar yorutmog`ig`a mujib ne erkonni raqam urmoq va o`zin bulbuli Majnundek gulrux Laylisi firoqig`a solib g`am tog`ida Farhod bila hamovoz qilmoq
Musha`bid charx aro har sehrsoze
Ki, bir tug`rog`a naqsh etgay tiroze.
Agar ul raykar o`lsun zisht yo xo`b,
Va gar makruh bo`lsun, yo`qsa marg`ub
Ki, gar avval anga etmas taammul,
Zamir avroqida qilmas taxayyul,
Shuru` etmakligi imkon emastur,
Xirad ollinda bu rinhon emastur.
Yana bir buki hech ish hodis o`lmas
Biravgakim anga bir bois o`lmas.
Mangakim bu tamanno bo`ldi raydo
Ki, shavqi ayladi ko`nglumni shaydo.
Duru gavhar xayolin jong`a soldi,
Munungdek bahri beroyong`a soldi.
Buyurdi solmoq ochib rechu tobin,
Falak burjig`a o`rgamchi tanobin.
Balo tog`ig`a zo`r izhori birla,
Keturmak naqb qoqum xori birla1.
Qalam bargu guli nasring`a surmak,
Raqam Farhod ila Shiring`a surmak.
Munga dog`i zarur erdi taaqqul,
Chiqormoq bir tikandin yuz tuman gul.
Zaruriy bo`ldi avzoig`a tag`yir2
Ki, dilkash bo`lg`ay ushbu safha tasvir.
Yana bois bukim, ishqi balosho`r,
Bir o`tdin aylab erdi jonima zo`r3.
Tilim xud bor aning ta`rifida lol,
Qilay xomam tilidin sharhi ahvol.
Hazin jonimda bor erdi baloe,
Balolig` ishq ila haryon havoe.
Birov ishqi solib jonimg`a anduh,
Mashaqqat toshi yuklab ko`h to ko`h.
Bo`lub zulmi o`tidin xasta jonim,
Qarorib dudi birla xonumonim.
Birov yo`q, kofiri qotilnihode,
Rarivash, devzulme, hurzode.
Ko`zining kufridin yuz jong`a ofat,
Tuman ming kishvari imong`a ofat.
Sirohi zulm ila chun kelturub zo`r,
Jahon mulkiga solib g`orati g`o`r.
Ko`zi solg`och ko`ngul kunjig`a oshub,
Bo`lub kirpiklari sabru xiradro`b.
Tushub olam aro g`avg`osi haryon,
Jahon mulkida vovaylosi haryon.
Farang ahlida zulmining fig`oni4,
Xitou Chinda javri qo`zg`aloni.
Shafaqgun may sori chun qo`l uzotib,
Chu axsumlab quyosh jomin ushotib.
Kelib ul bo`lg`och el qatlig`a moyil,
Ajal tig`u kafan aylab hamoyil.
Chu bog`lab bodro javlonig`a bel,
Falak avroqin eltib har taraf yel.
Junundin aqlkush, bal durdkash ham,
Rari ruxsora, bal devonavash ham.
Meni mahzunni ishqi barqraftor,
Ul ofat o`tig`a aylab giriftor.
Falak zulm aylabon men mubtalog`a
Ki, aylab mubtalo andoq balog`a.
Ichimni dard etib mahzun aningdek
Ki, mahzun bo`lmag`ay Majnun aningdek:
Bo`lub vayrona ko`nglum g`am qushidin,
Malomat toshi yog`ib to`sh-to`shidin.
Junun ko`nglumni dashti g`amg`a solib,
Ne g`am, har lahza bir olamg`a solib.
Ne mahzun xotirimg`a vasli mumkin,
Ne hajrida o`tum bir lahza sokin.
Bor erdi dard qotil, ishq bebok,
Bulardin tundroq ma`shuqi cholok.
Vafosiz, tab`siz noahl ango xush,
Vafo ahli bila bittab` noxush.
Malak xayli yesa ashkim uchun rashk,
To`kubon ul rari har dev uchun ashk.
Sirishkim ishqida gavhar shamoyil,
Vale ul badguharlar sori moyil.
Netay, ming zebu ziynat birla tovus
Ki, bo`lg`ay hamnishini bumi manhus.
Bir oykim bo`lg`ay ul solib manga dard,
Jahonraymou harjoiyu shabgard.
Manga aylab g`amu mehnatni munis,
O`zi har uyda bo`lg`ay sham`i majlis.
Olib anjum kibi sabru qarorim,
Qaro aylab kechadek ro`zgorim.
Chu mundoq necha mushkil uzra mushkil,
Manga yuzlandi tahqiq o`ldi hosil.
Ki, gar hikmat bila fikri mufidi
Qilinmas, yo`qturur jondin umidi.
Ko`ngul ishq ahlig`a ming rora xushtur,
Chu ma`shuq ahl emastur, chora xushtur.
Bu g`amdin menda qolmay aqlu hushe,
Bu nav` etti nido nogah surushe5
Ki, ey kunji malolatning xumuli,
Tushub dardu balo ko`nglung qabuli.
Chu sen mundin burun xomang qilib tez,
Suman bargini qilding sunbulomez,
Nechukkim Xizr zulmatdin nihoni,
Ulusqa sochting obi zindagoni.
Yasoding ravzai zarkor tarhin,
Chiqording «Hayrat ul-abror» tarhin6.
Xaloyiqqa sochib durri saminlar,
Maloyikdin eshitting ofarinlar.
Agarchi ayturida ranj torting,
Vale ko`rkim ne yanglig` ganj torting.
Necha kun kimsa ko`rgan birla ranji,
Kiyursa ilgiga ul nav` ganji.
Ki, bo`lg`ay anda yuz ming durri raxshon,
Duri raxshon kibi la`li Badaxshon.
Qizil oltun sarig` zirnixdin kam,
Kumush qadri qaro turrog`din ham.
Qo`yub muncha nuqudu ganji shohi7
Ki, andin yorubon mah to ba mohi.
Topib bir qalb siymu aylabon but,
Anga yo`q toshu dur ichra tafovut.
Debon gohi buti siyminbar oni,
Zamone lu`bati mahraykar oni.
Uyolmay Haqdin aylab qiblagohing,
O`tub aflokdin ishqida ohing.
Bu dunyoda seni zor aylabon ul,
Qiyomatda giriftor aylabon ul.
Bo`lub dunyou dining jahldin hech,
Kel etma jahlu mundoq jahldin kech.
Ushotib butni, imon ganji torqil,
Qo`yub bu jahl, irfon ganji torqil.
Chu but sindiyu kufrung yelga berding,
Musulmon bo`ldung ar xud kofir erding.
Qo`yub vayronalarda telbalikni,
Yana bir ganj sori sun ilikni.
Yana bir konni qazmog`liqqa mayl et,
Qazib ahbob aro naqdin tufayl et.
Bu kon qazmoqni ulkim qildi resha,
Kerak xorofikan ilgida tesha.
Sanga bu teshavarlik bo`lsa matlub,
Erur Farhod hamsuhbatlig`i xo`b.
Bu kon ishqida teshang xorarez et,
Ani Farhod toshi birla tez et.
QO`pub Farhod birla hammasof o`l,
Itik metin bila xoroshikof o`l.
Bu ishda ne tayan bir lahza, ne tin,
Etur metinining o`rnig`a metin.
Agar Farhod o`ldi ko`p chekib ranj,
Sanga Haq bergay o`lmasdin burun ganj.
Navo topib bu yanglig` ganjdin ham,
Xalos o`lg`aysen andoq ranjdin ham.
Hazin Farhod shug`lin ayla shirin
Ki, torqaysen nigore o`yla Shirin
Ki, ul Shiring`a bu yondoshsa bir dam
Aning shirinlig`idin kelmagay kam.
Bo`lub ul ganj surat dilfiribing,
Etib ham ganji ma`nidin nasibing.
Qayu ganj, ulki olding beshidin bir,
Ikinchisin olurg`a ayla tadbir8.
Erur sendin talab, bizdin hidoyat,
Gadolig` sendinu bizdin inoyat.
Chu hotifdin9 yetishti bu navidim,
O`zumdin o`zga nav` o`ldi umidim,
Qo`yub vasvosu savdolarni bir yon,
Etishtim pir10 dargohig`a giryon.
Tushub turrog` ichiga zoru mahjur,
Ko`zum chun torti ul turrog`din nur.
Sirehr ollinda andoqkim ovuch xok,
Va yoxud to`bi atrofida xoshok.
Demakka arzi holimni uyolib,
Shukuhi jismima titratma solib.
Ko`rub turrog`da ul mehri jahontob,
Meni titratmadin andoqki simob.
Kulub chun subh mehr izhor qildi,
g`amim shomini subhosor qildi.
Dedi: holing nedur, sharh ayla bir-bir.
Chu so`rdi daf`a-daf`a tushti taqrir.
Chu bo`ldi borcha ahvolimg`a voqif,
Manga xud bo`ldi ul ikinchi hotif11.
Nekim avvalg`i hotif hukm surdi,
Ikinchi hotif oni-o`q buyurdi.
Qabul ettim tutub anfosi rosi,
Ravon qildim duoning iltimosi.
Chu ul boshlab Masihoso kalomin,
Duo ul deb, maloyik aytib: Omin.
Duo yo`qkim, ijobatdin nishon ul,
Ijobat birla balkim tav`amon ul.
Manga chun yetti bu davlat nishoni,
Ochildi har yon abvobi maoni.
Qaro turrog` uza ul abri rurbor,
Turub qildi o`zin ul nav` durbor
Ki, o`tti royasi daryou kondin,
Ne daryou ne konkim, osmondin.
Chu men turrog` yerdin ko`kka yettim,
Er o`rtum dog`i o`z hujramg`a kettim.
Eshik yormoqqa chun sundum ilikni
Yorilg`och ul, Haq ochti yuz eshikni.
Ketur, soqiy, qadah xilvatda bir dam.
Chu kelturdung eshikni bog`la mahkam.
Chu Jomiydan yetishti bo`yla kome,
Aning yodi bila tut bizga jome.
[IX]
Bu iqbol varaqlarining muqobalasi va bu saodat tarhlarining mutorahasi va xayol bahrida maoniy tuhafi savdosi uchun masohat qilmoq va har fasona safinasin varaq-varaq, balki har tarix jungin safha-safha axtarib daryozada ajnosqa rad iligin urmoq va maoniy aqmishasi nafoyisin bu latofat hajlasi aroyisi uchun g`ayb tujjoridin hayot naqdin berib savdo qilmoq va jon rishtasi va kirpik ignasi bila libosi namoyish va xil`ati oroyish tikib bu abkor qadlarig`a solib jilva bermok1
Manga chun tolei farxunda kavkab
Bu avj uzra bisot etti murattab2.
Malak avval pari birla sururdi,
Falak anjum sirishkidin suv urdi.
Bo`lub saqf o`rnig`a avji muqarnas,
Bisoti uzra yoydi charxi atlas.
Solib majmarg`a tun udi qamori,
O`ti xurshed o`lub, anjum-sharori3.
Bu nuzhatgah mening oromgohim,
Sipehr aylab jabinin xokrohim.
Ham aylab subh safhamdin safo vom
Ham olib rang xomam no`gidin shom.
Raqam azmig`a yo`ng`ach xoma boshin,
Atorid yig`di sochilg`on taroshin.
Hanuz etmay qalam yozmoqni odat,
Eshikdin kirdi iqbolu saodat.
Jahonni yuzlaridin shod aylab,
Manga kirgach muborakbod aylab
Ki, Tengri harne komingdur yetursun,
Nekim istarsen ollingg`a ketursun.
Falak yanglig` biyik himmat bu bo`lg`ay,
Quyosh yanglig` arig` niyat bu bo`lg`ay.
Falak surtub jabinlar himmatingg`a,
Quyosh deb ofarinlar niyatingg`a,
Ki, ko`zni bas rafe` ayvong`a solding,
Biyikrak to`raning tuprog`in olding4.
Agar tuprog` tutsang bo`lsun oltun.
Oqizsang qatrai xay–durri maknun.
Kishikim ichsa himmat bazmidin jom,
Topar ul jomdin komin saranjom.
Ne qushkim bo`lsa himmatdin qanoti,
Emas past oshyong`a iltifoti.
Ochib himmat qanotin nasri toyir5,
Erur gardun shabistonig`a soyir.
Kim o`lsa himmat ilkidin kushodi,
Ne topsunkim, topilg`ondur murodi.
Biyiklik keldi himmatdin nishona
Ki, himmatsizni past etti zamona.
Havo tutti chu aylab pashsha ta`jil,
Anga ojiz durur tuprog` uza pil.
Havoyi mushk urdi ko`k sori yuz,
Qaro shomin yorutti necha yulduz.
Chu naqqob etti yer qozmoqni pesha,
Tiriklay go`r aro kirmish hamesha.
Chu sen ham bo`yla himmat zohir etting,
Taraddud yo`qki, maqsudungg`a yetting,
Va lekin Tengrig`a aylab tavakkul,
Aningdek ayla avvaldin taammul
Ki chun bu uyda qilg`ung naqshi debo,
Kerak uy tarhi dog`i bo`lsa zebo.
Agarchi nazmi dilkash tushsa masmu`
Aning afsonasi ham bo`lsa matbu`.
Burun jam` et nekim bo`lg`ay tavorix,
Borida ista bu farxunda tarix.
Topilg`ay shoyad andog` bir necha so`z,
So`z aytur elga ul yon tushmagan ko`z.
Ani nazm etki tarhing toza bo`lg`ay,
Ulusqa mayli beandoza bo`lg`ay6.
Yo`q ersa nazm qilg`onni xaloyiq
Mukarrar aylamak sendin ne loyiq.
Xush ermas el so`ngincha raxsh surmak,
Yo`likim, el yugurmishtur yugurmak.
Biravkim bir chamanda soyir erdi,
Nechakim gul ochilg`on ko`rdi, terdi.
Hamul yerda emas gul istamak xo`b,
Bu bo`ston sahnida gul ko`r, chaman ko`r.
Chu bu so`zlarga fikr etti zamirim,
Ko`rundi borcha ma`ni dilpazirim.
Qilib ko`nglumni bu andisha shaydo,
Tavorix ayladim har sori paydo.
Nazar aylab borin avvaldin-oxir,
Bo`lub boshdin-ayoq ollimda zohir.
Topildi oncha so`zkim, komim erdi,
Quyuldi oncha maykim, jomim erdi.
Bu durlar chunki manzum o`lg`usidur,
Quloq solg`ong`a ma`lum o`lg`usidur.
Ki, bu bahr ichrakim poyon anga yo`q,
Etishmak qa`rig`a imkon anga yo`q.
Etishgan el necha dur olg`on ermish,
Ne oliyqadr durlar qolg`on ermish.
Ki chun men zori besarmoya yettim,
Terib bu dilrabog`a zevar ettim.
Bu gulshanniki rashki naqshi Chindur,
Nasimi ham, guli ham otashindur7.
Bo`lurdin dahr bo`stonida mavjud,
Emasdur g`ayri so`zu dard maqsud.
Ki, ishq ahlidin o`lg`ay dostone,
Muhabbat xaylidin qolg`ay nishone.
Vale chekkanlar ushbu jomdin roh (
Sarosar bo`ldilar Xusravg`a maddoh8
Ki, mulki andoqu, oyini mundoq,
Sipohi andoqu, tamkini mundoq.
Gahe Shabdezi olamgardidin deb,
Zamone ganji bodovardidin deb.
Nishoti bazmida xonlar murassa`,
Ne xonlar, qasru ayvonlar murassa`.
Ichib gah Borbad lahni bila may,
Gahi Shopur daston deb payopay.
Buzurg Ummid hikmatjo`yi oning,
Ne hikmatjo`, xushomadgo`yi oning.
Topib gah Maryam og`ushida orom,
Shakar halvosidin gohi olib kom.
Bo`lub Shiring`a oshiq podshahvor,
Goh ul mahbub o`lub, gohi parastor.
Yaqindurkim bu shohi noz parvard,
Erur dardu balo oyinidin fard.
Apoda tek bir-ikki doston ham,
Debu Farhoddin aytib nishon ham
Ki, bir xoroshikofi ko`hsori,
Bo`lub Shirin g`amining beqarori.
Necha kun vasl uchun aylab taku dav,
Ani ham o`lturub tosh ichra Xusrav.
Agarchi kilk naqsh aylab nigorish,
Topibdur doston mundoq guzorish.
Vale nazmida har ustodi mohir,
Chekibdur oncha qiymatlig` javohir
Ki, darkidin erur andesha hayron,
Havosu aqli hikmat pesha hayron.
Alar nazmining ollinda meni zor,
Chu fahm ettimki ko`p ko`rgimdur ozor.
Zaruratkim solib bir o`zgacha tarh,
Bu mehnatnomani qilg`umdurur sharh9.
Agarchi yo`q turur durluq taloshi,
Erur tosh o`lsa ham chaqmoq toshi.
Nechakim o`tluq o`lsa la`l pora,
Qachon bu toshdek bergay sharora.
Dema chaqmoq toshi, ko`hi anduh,
g`amu anduh anda ko`h to ko`h.
Bu ko`hi g`am aro dardu mihandin,
Guzirim qayda bo`lg`ay Ko`hkandin.
Nizomiy dedi, Xusrav bo`ldi payrav,
Agar ul shoh edi, bu erdi xusrav.
Tanosub topib ul ikki yagona,
Dedilar borcha Xusravdin fasona.
Meni mahzung`akim ishq etti bedod,
Solib g`am tog`ida andoqki Farhod.
Munosibdur agar tortib navoni,
Desam Farhodi mahzun dostoni10.
Yozib jon mushafidin ikki oyat,
Debon Farhodu Shirindin hikoyat.
Xaroshida fig`on cheksam g`amangez,
Bu suhon birla qilsam teshasin tez.
Chu avvalg`i fasihi Ganja parvard,
Raqamzad qildi bu afsonai dard,
Dedi: Farhod bir xopokan erdi,
Va lekin o`z fanida yakfan erdi.
Magar Shiring`a bo`ldi orzuyi,
Chiqarmoq xora ichra turfa jo`yi.
Bu ish ustodin istar erdi ul hur
Ki, ta`rif etti ul mahzunni Shopur.
Parivash dedikim, kelturgil oni,
Borib Shopur kelturdi ravoni.
Anga chun pardalar keynidin ul oy
Takallum birla bo`ldi korfarmoy.
Unin oning eshitkach xasta Farhod,
Bo`lub oshiq, chekib afg`onu faryod.
Qaroru sabri itti, hushi ketti,
Anga yetti ishi oxirki yitti.
Va lekin sohiri Hindustoniy,
Yozarda bu malomat dostoni.
Chu topti xomasi tahriri ta`jil,
Bu ishga berdi ko`p tag`yiru tabdil.
Birar so`zni agar aytib muvofiq,
Burung`i nomag`a qildi mutobiq.
Chu aslu gavharig`a surdi xoma,
Bu yanglig` gavharoro qildi noma.
Kim ul nisbatda sultonlardin erdi,
Xito mulkidag`i xonlardin erdi.
Hadisida nishoni purhunarliq,
Jabinida shukuhi tojvarliq.
Vale nav`iki inson odatidur,
Aningdekkim bashar xosiyatidur
Ki, har ish sorikim, tab` o`ldi moyil,
Erur o`tkarmak andin o`zni mushkil.
Havas tortib sinon chun kelturub zo`r,
Burun aylar xiradning ko`zlarin ko`r.
Bo`lur mag`lub, kim bo`lsa havaskesh.
Bu ishta teng durur sultonu darvesh.
Aning zotig`a chun tab`i muhavvis,
Tanosubsiz hunarlar qildi munis.
Ko`rub xoqoni Chin farzandin ul tavr,
Ko`p etti man`ig`a ham lutfu ham javr.
Chu ko`rdi mumkin ermas tarki odat
Ki, zotiydur shaqovat yo saodat.
Ul ishdin necha bo`ldi fikrat ohang,
Ko`rundi saltanat nomusig`a nang.
Zarurat birla jondin uzdi payvand,
Dedi: qilsun safar farzona farzand.
Chu ul olamda urdi sayr uchun gom,
Ul ishlar boshig`a tushti saranjom.
Bu maydong`a chu Ashraf11 surdi markab,
Bu so`zni o`zga nav` etti murattab.
Yana bo`lg`on ekan bu noma marqum,
Vale roqim emastur yaxshi ma`lum12.
Uchovkim chektilar bu jomi sofi,
Bu yanglig`dur guzorish ixtilofi.
Chu Xusrav surdi bu rangin fasona,
Dedi so`z avvalidin ham nishona.
Manga ham chun bu pok insho ko`rundi,
Bidoyatdin demak avlo ko`rundi.
Ne so`zkim bilmagaylar ibtidosin,
Xush ermas necha xo`b etsang adosin.
Gar imon elga rahmatdin nishondur,
Va lekin chun alifsizdur yamondur.
Agarchi shamsni oltun ko`rar his
Vale chun shindin ayrildi bo`lur mis.
Berur mehnat tuniga sham` yog`du,
Chu o`chti shu`lasi bo`ldi qarong`u.
Mangakim soldi shomi g`am nihon so`z,
Desamkim yorutay bu sham`i jonso`z
Boshida bo`lmasa zarrin livoyi,
Shabistong`a netib solg`ay ziyoyi.
Umidim ulki, bu sham`i Tirozi
Ki, bo`ldi jon uyining jilvasozi,
Quyoshdek charx ayvonin yorutqay
Ki, oning partavi olamni tutqay.
Keturgil, soqiy, ul sham`i duraxshon,
Demay sham`i duraxshon, mehri raxshon
Ki, mehr etgach ayon tog` uzra anvor,
Chiqay tog` uzra men ham Ko`hkanvor.
[X]
Tezrav xomani mistar shohrohig`a kiyurmak va sodaro` noma maydonini shoh madhi ayturg`a kirpik bila supurmak, balki obdor nuktadin suv urub ul xomani maddohlardek bu maydong`a solib ma`raka tutmak va bu garm ma`raka birla har maddoheki bir
Qazo kilki chu tortib naqshi dilkash,
Jahon avroqini qildi munaqqash.
Sipehr ajzosini berishtau band
Aningdek bir-biriga berdi payvand
Ki, har juzvig`a chunkim bo`ldi tolib,
Xirad tab`ig`a hayrat bo`ldi g`olib.
Chekib ko`kning sutunsiz borgohin,
Muhayyo qildi olam korgohin.
Jahonda zohir aylab ko`p zaroyif,
Jahon ahlin dog`i qildi tavoyif.
Tavoyif chunki bo`ldi muxtalifvash,
Bu yerdek rast, ul o`tdek tundu sarkash.
Bularg`a vojib erdi intizomi,
Adolat vajhidin bermak nizomi.
Bu ishga anbiyoni qildi irsol
Ki, bo`lg`aylar ulusqa din sori dol.
Alardin so`ng salotin topti ta`zim
Ki, bergaylar alar ummid ila bim.
Nechukkim anbiyo ra`su raisi
Muhammadning erur zoti nafisi.
Rasul xaylig`a sarxayli sirah ul,
Alar bori sipah, xayl ichra shah-ul.
Salotinning ham andoq sarparozi
Erur go`yo azaldin Shohi G`oziy1.
g`azo maydoni ichra Haydar2 oyin,
Rivoji shar` aro payg`ambar oyin.
Nabi shar`ig`a bergan zebu zayn ul,
Salotin sarvari Sulton Husayn ul.
Zihi olam – sadaf, zoting – duri pok,
Aningdekkim, quyosh durrig`a aflok.
Quyoshdin ham yorug` royi muniring,
Falakdin ham biyik oliy sariring.
Murassa` masnading a`lo jumondin
Falak firuzaekim tushmish ondin.
Shukuhung jabhasidin chun Surayyo
Eti qatra araqdek yetti daryo.
Chu qahring tundbodi esti, olam –
Bisotin tog`lardin qildi mahkam.
Etib chun gulshani lutfung shamimi,
Ko`runub elga o`t jannat nasimi.
Oyu kun bog`i johingdin iki gul,
Tun ul gulshanda mushkinfom sunbul.
Kavokib birla ul tun rangi darham,
To`kulmish go`iyo sunbulg`a shabnam.
Qilichingdin ham el g`amginu ham shod,
Sudindur mulk ham vayron, ham obod.
Qilib mavji balo ham zohir ul suv,
Bo`lub ham fath ruxsorig`a ko`zgu.
Xadanging marg tayridin nishona,
Aduv jismini aylab oshyona.
Vale ul oshyong`a bo`lmayin rom,
O`tub yetgach zamone, tutmay orom.
Bo`lub axzar sinoning sarv monand,
Aning ustida bargi bed payvand.
Yashil aylab ani zahri halohil,
Bo`lub barcha xilof ahlig`a qotil.
Safi hayjoki o`q kelgay yog`indek,
Kamanding tashlag`on shakli choqindek.
Choqin yo`q, rishtai iqbolu ta`yid,
Bo`lub mahkam zafar bo`ynig`a jovid.
Samanding ul sahobi barqraftor
Ki, sur`atdin qadam to farq raftor.
Zamona ablaqi yanglig` xiromi,
Yururda sharq to g`arb ikki gomi.
Xiromi o`rga chiqmoqta tutundek,
Egarmak vaqti dasht uzra quyundek.
Quyun yo`qkim hayuni devzod ul,
Demonkim devzod ul, devbod ul.
Zamonikim jahong`a tushgay oshub,
Zamin birla zamong`a tushgay oshub.
Chiqib charx uzra hayjo ahli gardi,
Qolib gard ichra charxi lojuvardi.
Iki saf har biri bir ko`hi bedod,
Sarosar tig`i oning tig`i fo`lod.
Jahonni tiyra gard aylab qarong`u,
Sinonlar sham`i solib anda yog`du.
Kavurga dahr aro solib g`irevi,
Hechukkim mast bo`lg`ay narra devi.
O`qi andoqki sarsar lola eltib
Shafaqning jomidin pargola eltib,
Bahodirlar falakdek barcha xunrez,
Shihoboso sinonlar aylabon tez.
Adam qo`rg`onig`a qochib amonliq,
Falak olam aro sochib yamonliq.
Sen ul soat salobatdin sipehre,
Qo`lungda tig`din raxshanda mehre.
Maozallohi, gardundek janobing
Taharruk torsa azm aylab rikobing.
Surub har lahza bir yon tortibon tig`,
Shukuhi tundluqta o`ylakim mig`.
Solib har sori tig`i louboli,
Aduvdin qilg`asen olamni xoli.
Qilib ul nav` tig`i bemadoro,
Jahon ichra qiyomat oshkoro.
Quyosh botqay uzorin darham aylab,
Falak qochqay ravon qaddin xam aylab.
Yonib maydondin etsang azmi ayvon
Tushub ayvong`a silkib gardi maydon.
Tutub Jamshed3 taxti uzra orom,
Tilab xurshed yanglig` la`lgun jom.
Quyub og`zingg`a ul jomi Kayoniy4,
Ichibkim bo`lsun obi zindagoniy.
Ne mulkikim olib ul razm ichinda,
Bag`ishlab barchani bu bazm ichinda.
Demon har mulkini bir podshog`a,
Har ikki mulk balkim bir gadog`a.
Chu baxshish topib andog` mulku johe,
Bo`lub ul dam gado ham podshohe.
Gadodin bo`lmasun ozurda poying,
Erur chun podshahlar ham gadoying.
Alo to podshahlig` boqiy o`lg`ay,
Tarab bazmida mahvash soqiy o`lg`ay.
Binoyi saltanat zotingg`a boqiy,
Saodat mahvashi bazmingda soqiy.
Bu soqiy ilgidin joming payopay,
Zuloli Xizr ul joming aro may.
Ketur, soqiy, sharobi armanisoz,
Tut oni shoh madhin aylab og`oz.
Qil avval no`shu berkim, men qilay no`sh,
Qo`sh ichsang tutki, men dog`i ichay qo`sh.