Farhodning teshasi toshni pora-pora qilmog` bila tog` bag`rig`a kov-kov solg`on sadoni Shirin eshitgoni va quyosh tog`din tulu` qilg`ondek ul ko`hi balo sarvaqtig`a yetgoni va aning metini lam`asining barqi munung xorodek ko`ngliga asar etgoni va quyosh tufroqqa nur sochqondek ul xokiyga mehr zohir qilg`och, aning tufrog`dog`ilardek o`zidin ketgoni va umri quyoshi boshig`a kelgach aning hayoti sham`i o`chg`oniga Shorpurning sham`dek kuyub yig`lab boshig`a o`t chiqorg`oni va o`lukni mahdg`a solg`ondek ul quyosh oni tufrog`din ko`tarib bihisht oso manzilig`a olib borg`oni
Xabar berguchi sarrofi guharposh,
Bu yanglig` ayladi naqdi xabar fosh
Ki, chun ul xaylni hayrat qilib dang,
Qilibon Armaniya sori ohang.
Boqib Farhodning kesgan toshig`a,
Xabar yetkurdilar Bonu qoshig`a
Ki, mundog` navjavone bo`ldi paydo
Bu yanglig` ayladi naqdi xabar fosh
Ki, chun ul xaylni hayrat qilib dang,
Qilibon Armaniya sori ohang.
Boqib Farhodning kesgan toshig`a,
Xabar yetkurdilar Bonu qoshig`a
Ki, mundog` navjavone bo`ldi paydo
Ki, bo`ldi ko`rmokidin xalq shaydo.
Bu yanglig` xora kesmak qildi bunyod
Ki, qilmoq mumkin ermas odamizod.
Jahon ahlidek ermas vaz`u tavri,
Bir andoq ko`rmagan aflok davri.
Malakvash odamidur ko`hmonand,
Kesakdur teshasig`a ko`h parkand.
Nekim ko`rganni kelganlar yako-yak,
Turub arz ettilar beshubhau shak.
Mihinbonu eshitgach hayrat etti,
Inonmay bir zamone fikrat etti.
Xabarg`a chun ayon bo`ldi tavotur,
Ishondi, lek oni eltib tahayyur.
Qo`pub gulrux harimin qildi ma`vo.
Nechukkim ravzai jannatni Havvo1.
Dedi: «K-ey bog`i umrum sarvi nozi,
Harimi xilvatim sham`i tirozi.
Ko`ngul mehri uzoring birla xursand,
Soching har torig`a jon rishtasi band.
Eshitkim, turfa roze kelturubmen,
Hadisi dilnavoze kelturubmen.
Seni Haq xo`blardin qildi chun fard,
Erur bori ishing o`zungga darxurd.
Arig` qozmoqnikim hukm aylamishsen,
Qatiq toshlarni qozsunlar demishsen.
Bu ham bir ish dururkim qilmamish xalq,
Muningdek ish qilurni bilmamish xalq.
Agarchi sa`b edi boshtin-ayog`i,
Qazo sahl etkon ermish oni dog`i.
Birov, derlarki, paydo bo`lg`on ermish,
Qiyomat oshkoro bo`lg`on ermish».
Eshitgandek ani tavru shiorin,
Eshitturdi pari-paykarg`a borin.
Ki uch yilda ne ish butmish sarosar,
O`zi bir kunda qilmishdur barobar.
Mihinbonu chu bu roz etti ifsho,
Parivash ayladi mayli tamosho.
Dedi: «Ul yon janibat2 surgulukdur,
Bu ish gar voqe` o`lsa ko`rgulukdur.
G`animatdur ani ko`rmak kishiga,
Tamosho aylamak qilg`on ishiga.
Erur alhaq ajoyib mehmone
Ki, Tengri bizga yetkurmishdur oni.
Bu qushkim mubtaloyi dom o`lubtur,
Bu gulshanda anga orom o`lubtur.
Balo ichra farog`i birla kelmish,
Tuzoqqa o`z ayog`i birla kelmish.
Zaruratdur anga qilmoq rioyat
Kim, ul bizga keraklikdur bag`oyat.
Arig`kim muzdig`a yuz ganj berdim,
Suyi kelmay ilik ondin yub erdim3.
Bihamdillahki, Haq yetkurdi komim
Ki, mundoq kimsa bo`ldi saydi domim».
Tilatti no`shlab ta`jil ila ot,
Ravon bo`ldi Mihinbonu dag`i bot.
Sumanbar xizmatida to`rt yuz qiz
Ki, otlanmas edi hargiz bularsiz.
Bor erdi bodpoyi rangi gulgun,
Qolib andin yururda xingi gardun.
Anga rokib hamisha ul parivash,
Bo`lub ul devpaykar ham parikash4.
O`zi gulrangu gul monand zoti,
Bo`lub Gulgun5 xaloyiq ichra oti.
Jahon bog`ida yo`q ul bodpodek,
Bo`lub gul bargin elturga sabodek6.
Keturdilar bu xingi7 bodpaymoy,
Ravon mindi shafaq gulguniga oy.
Xiromon bo`ldi ul yon sarvi ozod,
Rikobida hamul xayli parizod.
Surub ul sori xushvaqtu tarabnok
Ki, Farhod aylar erdi xorani chok.
Mihinbonu dog`i hamrahlig` aylab,
Sumanbar holidin ogahlig` aylab.
Keyindin qavm ila xayli shitobon,
Qilib har soridin qat`i biyobon.
Parivash devzodin surdi chun tez,
Gul uzra sarsar o`ldi shabnamangez.
Etishti raxsh uza ul nav` cholok
Ki, gardun tavsanida mehri aflok.
Tushub har yon musalsal zulfi bandi8,
Bo`lurg`a xora afganlar kamandi.
Kamand o`lmayki, ikki shomi dayjur,
Aroda farq etib bir xatti kofur.
Bo`lub me`jarda ul mushki siyahtob,
Qaro shomiki yorqay oni mahtob.
Yuzi atrofida durri laoli,
Quyosh davrida axtarlar misoli.
Ne durkim sekretib bu charxi gardon,
Quyoshning chashmasidin qatra har yon.
Iki qoshi hiloli fitnaangez,
Yozilg`on ko`p ul oy boshida xunrez.
Mudom aylarga qon to`kmak kengoshi,
Bo`lub ikkisining payvasta boshi.
Bu xunrez ittifoqig`a qilib jahd,
Yuzidin mushaf ochib qilg`oli ahd.
Ko`zi islom eliga topibon dast,
Yotib mushaf yuziga kofiri mast.
Bo`lub sihhat olurda goh ranjur,
Bo`lub gah ayni usruklukta maxmur.
Ko`zi behol xoboludliqdin,
Labi maygun sharob oludliqdin.
Ne ikki anbaroso zulf vah-vah,
Ne ikki jonfizo lab, olloh-olloh.
Shakardek lab, vale yo`q tuz kam anda,
Tuzekim qandi olam-olam anda.
Bu yanglig` qand ila tuz kimsa bilmay
Kim, ul hayvon suyi ichra ezilmay.
Savodi xoli o`g`riliqqa monand,
Kelib kunduz kuni eltur uchun qand.
Olib shirinliq, ammo avd etar dam,
Ayog`lari bo`lub shakkarda mahkam.
O`g`urlarda tuzu shakkar nihoni,
Shakar tutmish va yo tuz tutmish oni.
Engi gulzorida ko`p rang ila bo`,
Labi ayn ul-hayotidin ichib suv.
Ravonparvar yuzining toza vardi
Ki, hayvon chashmasidur obxo`rdi.
Og`iz ustida burni turfa timsol,
Tutub yonida manzil hinduyi xol.
Qo`yub ul hinduyi tojir sifoti,
Shakar tungida9 Hinduston naboti.
Naboti Hind yo`qkim, g`unchai gul,
Qilib devona Aqli Kullni bilkul.
Kumushdek rangi nasrinfomi oning,
Kumushdin g`unchadek andomi oning.
Bo`lub har kirpiki bir no`gi xoma,
Qorortib qatl uchun yozmoqqa noma.
Varaq aylab anga lavhi uzorin,
Qorortib olam ahli ro`zgorin.
Qadi ozoda jannat savsanidek,
Yuzi gul, lek o`zi gul xirmanidek.
Harorat otashin la`lidin oshib,
Hamul gul xirmanig`a o`t tutoshib.
Sharar qilg`och ul o`tdin mayli aflok,
Quyosh boshdin-ayog`in o`rtabon pok,
Zaqan davrida andoq xatti mavhum
Ki, qilg`ay oni solim savq ma`lum.
Nechukkim mehr yonida hiloli,
Ko`runur yo ko`runmasdin xayoli.
Bu davrikim ani tasvir etib vahm,
Og`izni nuqtasi taqdir etib vahm.
Quloqda durri nobi gavhari ham,
Qamar davrida Zuhra, Mushtari ham.
Qadu oraz bila shamshodu gulfom,
Ne shamshodu ne gul, sarvi gulandom.
Qadi ruh ofati chobukluk ichra.
Beli jon rishtasi nozukluk ichra.
Bo`yu jismin deyolmon quchqu yanglig`,
Paridek chustluqdin uchqu yanglig`.
Labidin jon tomib bisyor-bisyor,
So`zidan shahd oqib xirvor-xirvor.
Labidin tomibu oqib latofat,
Yuzidin oqibu tomib malohat.
Bo`yida hullalardin ruh olib qut,
Vale alvonidin yuz aql mabhut.
Qilib kirpik o`qidin tiyrboron,
Nechukkim tog` aro abri bahoron.
Labining har so`zi yuz jong`a ofat,
Sochi har tori ming imong`a ofat.
Bu yanglig` qotiloso kelsa ko`zga
Yo`q ish oh urmoqu o`lmoqdin o`zga.
Yururda raxshi aylab tog`ni past,
O`zi ot uzra jomi husnidin mast.
Falak raxshida mehri xovaridek,
Ne raxshu mehr, dev uzra paridek.
Qayonkim tavsanin aylab ravona,
Yiroqtin alhazar aylab zamona.
Bu yanglig` surdi xopoko`b tavsan,
Anga tegruki erdi xora afgan.
Biyikrak chiqtiyu har sori boqti,
Zamin birla zamonni o`tqa yoqti.
Ne ko`rdi? Xora ichra xorakove,
Qozib xoroda metin birla nove.
Dema nove, ne nove qaysi xoro,
Bo`lurcha o`n tegirmon suvg`a majro.
Qilib xorog`a barnoe siteza,
Urub zarb aylar erdi reza-reza.
Ne barnozod10, sarvi bo`stoni,
Ko`rub davrondin osibi xazoni.
Shukuhidin bo`lub xoro haroson,
Qo`pub metinining ollidin oson.
Muqavvas qoshida chin, og`zida band,
Qadin g`am tog`i aylab qavs monand.
Biyikrak haykali ahli zamondin,
Fuzunroq shavkati pili damondin.
Boshida tojvarlik farri paydo,
Yuzida saltanat nuri huvaydo.
Ayog`ig`a sinib xori mazallat,
Boshini sindurub sangi mashaqqat.
Jabinida muhabbat dardi zohir,
Uzori uzra g`urbat gardi zohir.
Tanida benavolig`din asarlar,
Yuzida oshnolig`din xabarlar.
Qo`lida teshae, yo`q teshakim, gurz,
Bo`lub tufroq aning zarbidin Alburz.
Ko`rub Shirinni hayrat lol qildi,
Taajjub bir yo`li behol qildi.
Ko`rungach ko`zga mundoq chehri oning,
Ichiga soldi sho`rish mehri oning.
Gahe ashki yugurdi shiddatidin,
Gahe ko`ngli buzuldi mehnatidin.
Ochilmasdin burunroq pardai roz,
Yaqinroq surdiyu so`z qildi og`oz.
Labi la`lini gavhar posh qildi,
Bu yanglig` nukta durrin fosh qildi
Ki: «Ey nodir yigit ofoq ichinda,
Yagona charxi nili toq ichinda.
Ayon holingda ko`p, ko`p bulajabliq
Ajabdin ham ajab ranju taabliq.
Ne sen o`xshab jahonda bir kishiga,
Ne qilg`on ishing o`xshar el ishiga.
Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen,
Bag`oyat ko`nglumizni shod etibsen.
Bo`lur erduk husuli ichra ojiz,
Hunar ermas, qo`lung ko`rguzdi mu`jiz.
Agar yuz qarn uzroyin bo`loli,
Netib bir kunchilik uzring qo`loli.
Ishing uzrida yuz bizdek o`tongay,
Ne bizdin, Tengridin ollingg`a yong`ay».
Tilatti bir tabaq birla javohir,
Dedi: «Muzdung emas, ey ishda mohir!»
Qo`lub uzr ul tabaq boshini ochti,
Javohirni aning boshig`a sochti.
Parivash bu fasohat birla maftun,
O`zidin bexabar Farhodi majnun.
Yiqib jismini anfosi shitobi,
Teshib ko`ksini ko`ngli iztirobi.
Tani titratmadin orom torpmay,
Bu beoromliq anjom topmay.
Dedi: «Jonparvar anfosingdin o`ldum,
Unungdin, umr ranjidin qutuldum.
Ne anglaykim, qayu mahro` ekansen,
Ichim qon aylagan senmu ekansen?
Meni g`urbat aro bechora etkan,
Diyoru mulkdin ovora etkan.
Chiqib jonim unungdin bo`lg`och ogoh,
Yuzungni ko`rmay o`ldum oh, yuz oh!»
Aningdek oh to`fonin chiqordi
Ki, mahvashning niqobi yelga bordi.
Ko`rungach ul jamoli olamoro,
Aning matlubi bo`ldi oshkoro.
Hamul erdiki maftun bo`lmish erdi,
Ko`rub ko`zguda majnun bo`lmish erdi.
Birovkim aks ko`rgach hushi ketsa,
O`zin ko`rgach ne tong, jon tarkin etsa.
Birovkim bo`lsa mayning zikridin mast,
Ne tong, ichkanda bo`lsa yer uza past.
Chu Farhod ul pari erkonni bildi,
Chekib o`tluq fig`on andoq yiqildi
Kim, ul holatda Shirin ko`rgach oni,
Kimon qildi magarkim chiqti joni.
Aningdek chekti ohi otasholud
Ki, oyni abr aro yoshurdi ul dud.
Chu ul sham`i vafoda qolmadi nur,
Etib parvonadek boshig`a Shopur.
Boshin qo`ynig`a oldi yig`labon zor
Ki: «Ey yo`q qismating juz ranju ozor!
Bas ermas erdi g`urbat dardu dog`i
Ki, o`chti bejihat umrung charog`i.
Vafo yo`lida ul manzilg`a yetting
Ki, bir ko`rmak bila jon tarkin etting.
Kamolu fazlu oyiningdin afsus,
Hayovu aqlu tamkiningdin afsus.
Zamiru ra`yi pokingdin darig`o,
Fig`oni dardnokingdin darig`o.
Qo`lungdin hayfu shastingdin dog`i hayf,
Shukuhu zo`rdastingdin dog`i hayf.
Qani farru shukuhu zo`rdasting,
Tavonolig` aro yuz ming shikasting.
Bashar xaylida sen bo`lmay malakson,
Nedin bo`lmas bori yer birla yakson.
Ne shah boshig`a afsar erding ekin,
Qayu afsarg`a gavhar erding ekin.
Ne kishvar tushti erkin motamingg`a,
Qayu el qoldilar erkin g`amingg`a.
Ne Xoqon so`gung ichra qoldi, oyo,
Qayu iqlim eli qo`zg`oldi, oyo.
Chekib ranjing manga g`am bo`ldi podosh
Ki, hargiz ko`rmagay erdim seni kosh!»
Debon Shopur bu yanglig` fasona,
Sumanbar aylabon ashkin ravona.
Chu bu oshubig`a yuzlandi taskin,
Ani chorlab Mihinbonu va Shirin.
So`rub Farhod holidin hikoyat,
Ul aylab bilgan ahvolin rivoyat.
Debon ul zor, Shirin zor yig`lab,
Mihinbonu dog`i bisyor yig`lab.
Ani mahd ichra solib xusravoyin,
Yonib o`rdularig`a zoru g`amgin.
Olib egniga mahdin nozaninlar,
Yurub ollida giryon mahjabinlar.
Solib bir borgah kunjida taxte,
To`shab ul taxt uza shohona raxte.
Ani taxt uzra qo`ydilar chekib oh,
Ne ul eldin, ne o`z holidin ogoh.
Ketur, soqiy, sharobi bexudona
Ki, bexudluq bila bo`ldum fasona.
Ajab behush o`lubmen ishq aro bil,
Meni bir jom ila behushroq qil.
Bu yanglig` xora kesmak qildi bunyod
Ki, qilmoq mumkin ermas odamizod.
Jahon ahlidek ermas vaz`u tavri,
Bir andoq ko`rmagan aflok davri.
Malakvash odamidur ko`hmonand,
Kesakdur teshasig`a ko`h parkand.
Nekim ko`rganni kelganlar yako-yak,
Turub arz ettilar beshubhau shak.
Mihinbonu eshitgach hayrat etti,
Inonmay bir zamone fikrat etti.
Xabarg`a chun ayon bo`ldi tavotur,
Ishondi, lek oni eltib tahayyur.
Qo`pub gulrux harimin qildi ma`vo.
Nechukkim ravzai jannatni Havvo1.
Dedi: «K-ey bog`i umrum sarvi nozi,
Harimi xilvatim sham`i tirozi.
Ko`ngul mehri uzoring birla xursand,
Soching har torig`a jon rishtasi band.
Eshitkim, turfa roze kelturubmen,
Hadisi dilnavoze kelturubmen.
Seni Haq xo`blardin qildi chun fard,
Erur bori ishing o`zungga darxurd.
Arig` qozmoqnikim hukm aylamishsen,
Qatiq toshlarni qozsunlar demishsen.
Bu ham bir ish dururkim qilmamish xalq,
Muningdek ish qilurni bilmamish xalq.
Agarchi sa`b edi boshtin-ayog`i,
Qazo sahl etkon ermish oni dog`i.
Birov, derlarki, paydo bo`lg`on ermish,
Qiyomat oshkoro bo`lg`on ermish».
Eshitgandek ani tavru shiorin,
Eshitturdi pari-paykarg`a borin.
Ki uch yilda ne ish butmish sarosar,
O`zi bir kunda qilmishdur barobar.
Mihinbonu chu bu roz etti ifsho,
Parivash ayladi mayli tamosho.
Dedi: «Ul yon janibat2 surgulukdur,
Bu ish gar voqe` o`lsa ko`rgulukdur.
G`animatdur ani ko`rmak kishiga,
Tamosho aylamak qilg`on ishiga.
Erur alhaq ajoyib mehmone
Ki, Tengri bizga yetkurmishdur oni.
Bu qushkim mubtaloyi dom o`lubtur,
Bu gulshanda anga orom o`lubtur.
Balo ichra farog`i birla kelmish,
Tuzoqqa o`z ayog`i birla kelmish.
Zaruratdur anga qilmoq rioyat
Kim, ul bizga keraklikdur bag`oyat.
Arig`kim muzdig`a yuz ganj berdim,
Suyi kelmay ilik ondin yub erdim3.
Bihamdillahki, Haq yetkurdi komim
Ki, mundoq kimsa bo`ldi saydi domim».
Tilatti no`shlab ta`jil ila ot,
Ravon bo`ldi Mihinbonu dag`i bot.
Sumanbar xizmatida to`rt yuz qiz
Ki, otlanmas edi hargiz bularsiz.
Bor erdi bodpoyi rangi gulgun,
Qolib andin yururda xingi gardun.
Anga rokib hamisha ul parivash,
Bo`lub ul devpaykar ham parikash4.
O`zi gulrangu gul monand zoti,
Bo`lub Gulgun5 xaloyiq ichra oti.
Jahon bog`ida yo`q ul bodpodek,
Bo`lub gul bargin elturga sabodek6.
Keturdilar bu xingi7 bodpaymoy,
Ravon mindi shafaq gulguniga oy.
Xiromon bo`ldi ul yon sarvi ozod,
Rikobida hamul xayli parizod.
Surub ul sori xushvaqtu tarabnok
Ki, Farhod aylar erdi xorani chok.
Mihinbonu dog`i hamrahlig` aylab,
Sumanbar holidin ogahlig` aylab.
Keyindin qavm ila xayli shitobon,
Qilib har soridin qat`i biyobon.
Parivash devzodin surdi chun tez,
Gul uzra sarsar o`ldi shabnamangez.
Etishti raxsh uza ul nav` cholok
Ki, gardun tavsanida mehri aflok.
Tushub har yon musalsal zulfi bandi8,
Bo`lurg`a xora afganlar kamandi.
Kamand o`lmayki, ikki shomi dayjur,
Aroda farq etib bir xatti kofur.
Bo`lub me`jarda ul mushki siyahtob,
Qaro shomiki yorqay oni mahtob.
Yuzi atrofida durri laoli,
Quyosh davrida axtarlar misoli.
Ne durkim sekretib bu charxi gardon,
Quyoshning chashmasidin qatra har yon.
Iki qoshi hiloli fitnaangez,
Yozilg`on ko`p ul oy boshida xunrez.
Mudom aylarga qon to`kmak kengoshi,
Bo`lub ikkisining payvasta boshi.
Bu xunrez ittifoqig`a qilib jahd,
Yuzidin mushaf ochib qilg`oli ahd.
Ko`zi islom eliga topibon dast,
Yotib mushaf yuziga kofiri mast.
Bo`lub sihhat olurda goh ranjur,
Bo`lub gah ayni usruklukta maxmur.
Ko`zi behol xoboludliqdin,
Labi maygun sharob oludliqdin.
Ne ikki anbaroso zulf vah-vah,
Ne ikki jonfizo lab, olloh-olloh.
Shakardek lab, vale yo`q tuz kam anda,
Tuzekim qandi olam-olam anda.
Bu yanglig` qand ila tuz kimsa bilmay
Kim, ul hayvon suyi ichra ezilmay.
Savodi xoli o`g`riliqqa monand,
Kelib kunduz kuni eltur uchun qand.
Olib shirinliq, ammo avd etar dam,
Ayog`lari bo`lub shakkarda mahkam.
O`g`urlarda tuzu shakkar nihoni,
Shakar tutmish va yo tuz tutmish oni.
Engi gulzorida ko`p rang ila bo`,
Labi ayn ul-hayotidin ichib suv.
Ravonparvar yuzining toza vardi
Ki, hayvon chashmasidur obxo`rdi.
Og`iz ustida burni turfa timsol,
Tutub yonida manzil hinduyi xol.
Qo`yub ul hinduyi tojir sifoti,
Shakar tungida9 Hinduston naboti.
Naboti Hind yo`qkim, g`unchai gul,
Qilib devona Aqli Kullni bilkul.
Kumushdek rangi nasrinfomi oning,
Kumushdin g`unchadek andomi oning.
Bo`lub har kirpiki bir no`gi xoma,
Qorortib qatl uchun yozmoqqa noma.
Varaq aylab anga lavhi uzorin,
Qorortib olam ahli ro`zgorin.
Qadi ozoda jannat savsanidek,
Yuzi gul, lek o`zi gul xirmanidek.
Harorat otashin la`lidin oshib,
Hamul gul xirmanig`a o`t tutoshib.
Sharar qilg`och ul o`tdin mayli aflok,
Quyosh boshdin-ayog`in o`rtabon pok,
Zaqan davrida andoq xatti mavhum
Ki, qilg`ay oni solim savq ma`lum.
Nechukkim mehr yonida hiloli,
Ko`runur yo ko`runmasdin xayoli.
Bu davrikim ani tasvir etib vahm,
Og`izni nuqtasi taqdir etib vahm.
Quloqda durri nobi gavhari ham,
Qamar davrida Zuhra, Mushtari ham.
Qadu oraz bila shamshodu gulfom,
Ne shamshodu ne gul, sarvi gulandom.
Qadi ruh ofati chobukluk ichra.
Beli jon rishtasi nozukluk ichra.
Bo`yu jismin deyolmon quchqu yanglig`,
Paridek chustluqdin uchqu yanglig`.
Labidin jon tomib bisyor-bisyor,
So`zidan shahd oqib xirvor-xirvor.
Labidin tomibu oqib latofat,
Yuzidin oqibu tomib malohat.
Bo`yida hullalardin ruh olib qut,
Vale alvonidin yuz aql mabhut.
Qilib kirpik o`qidin tiyrboron,
Nechukkim tog` aro abri bahoron.
Labining har so`zi yuz jong`a ofat,
Sochi har tori ming imong`a ofat.
Bu yanglig` qotiloso kelsa ko`zga
Yo`q ish oh urmoqu o`lmoqdin o`zga.
Yururda raxshi aylab tog`ni past,
O`zi ot uzra jomi husnidin mast.
Falak raxshida mehri xovaridek,
Ne raxshu mehr, dev uzra paridek.
Qayonkim tavsanin aylab ravona,
Yiroqtin alhazar aylab zamona.
Bu yanglig` surdi xopoko`b tavsan,
Anga tegruki erdi xora afgan.
Biyikrak chiqtiyu har sori boqti,
Zamin birla zamonni o`tqa yoqti.
Ne ko`rdi? Xora ichra xorakove,
Qozib xoroda metin birla nove.
Dema nove, ne nove qaysi xoro,
Bo`lurcha o`n tegirmon suvg`a majro.
Qilib xorog`a barnoe siteza,
Urub zarb aylar erdi reza-reza.
Ne barnozod10, sarvi bo`stoni,
Ko`rub davrondin osibi xazoni.
Shukuhidin bo`lub xoro haroson,
Qo`pub metinining ollidin oson.
Muqavvas qoshida chin, og`zida band,
Qadin g`am tog`i aylab qavs monand.
Biyikrak haykali ahli zamondin,
Fuzunroq shavkati pili damondin.
Boshida tojvarlik farri paydo,
Yuzida saltanat nuri huvaydo.
Ayog`ig`a sinib xori mazallat,
Boshini sindurub sangi mashaqqat.
Jabinida muhabbat dardi zohir,
Uzori uzra g`urbat gardi zohir.
Tanida benavolig`din asarlar,
Yuzida oshnolig`din xabarlar.
Qo`lida teshae, yo`q teshakim, gurz,
Bo`lub tufroq aning zarbidin Alburz.
Ko`rub Shirinni hayrat lol qildi,
Taajjub bir yo`li behol qildi.
Ko`rungach ko`zga mundoq chehri oning,
Ichiga soldi sho`rish mehri oning.
Gahe ashki yugurdi shiddatidin,
Gahe ko`ngli buzuldi mehnatidin.
Ochilmasdin burunroq pardai roz,
Yaqinroq surdiyu so`z qildi og`oz.
Labi la`lini gavhar posh qildi,
Bu yanglig` nukta durrin fosh qildi
Ki: «Ey nodir yigit ofoq ichinda,
Yagona charxi nili toq ichinda.
Ayon holingda ko`p, ko`p bulajabliq
Ajabdin ham ajab ranju taabliq.
Ne sen o`xshab jahonda bir kishiga,
Ne qilg`on ishing o`xshar el ishiga.
Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen,
Bag`oyat ko`nglumizni shod etibsen.
Bo`lur erduk husuli ichra ojiz,
Hunar ermas, qo`lung ko`rguzdi mu`jiz.
Agar yuz qarn uzroyin bo`loli,
Netib bir kunchilik uzring qo`loli.
Ishing uzrida yuz bizdek o`tongay,
Ne bizdin, Tengridin ollingg`a yong`ay».
Tilatti bir tabaq birla javohir,
Dedi: «Muzdung emas, ey ishda mohir!»
Qo`lub uzr ul tabaq boshini ochti,
Javohirni aning boshig`a sochti.
Parivash bu fasohat birla maftun,
O`zidin bexabar Farhodi majnun.
Yiqib jismini anfosi shitobi,
Teshib ko`ksini ko`ngli iztirobi.
Tani titratmadin orom torpmay,
Bu beoromliq anjom topmay.
Dedi: «Jonparvar anfosingdin o`ldum,
Unungdin, umr ranjidin qutuldum.
Ne anglaykim, qayu mahro` ekansen,
Ichim qon aylagan senmu ekansen?
Meni g`urbat aro bechora etkan,
Diyoru mulkdin ovora etkan.
Chiqib jonim unungdin bo`lg`och ogoh,
Yuzungni ko`rmay o`ldum oh, yuz oh!»
Aningdek oh to`fonin chiqordi
Ki, mahvashning niqobi yelga bordi.
Ko`rungach ul jamoli olamoro,
Aning matlubi bo`ldi oshkoro.
Hamul erdiki maftun bo`lmish erdi,
Ko`rub ko`zguda majnun bo`lmish erdi.
Birovkim aks ko`rgach hushi ketsa,
O`zin ko`rgach ne tong, jon tarkin etsa.
Birovkim bo`lsa mayning zikridin mast,
Ne tong, ichkanda bo`lsa yer uza past.
Chu Farhod ul pari erkonni bildi,
Chekib o`tluq fig`on andoq yiqildi
Kim, ul holatda Shirin ko`rgach oni,
Kimon qildi magarkim chiqti joni.
Aningdek chekti ohi otasholud
Ki, oyni abr aro yoshurdi ul dud.
Chu ul sham`i vafoda qolmadi nur,
Etib parvonadek boshig`a Shopur.
Boshin qo`ynig`a oldi yig`labon zor
Ki: «Ey yo`q qismating juz ranju ozor!
Bas ermas erdi g`urbat dardu dog`i
Ki, o`chti bejihat umrung charog`i.
Vafo yo`lida ul manzilg`a yetting
Ki, bir ko`rmak bila jon tarkin etting.
Kamolu fazlu oyiningdin afsus,
Hayovu aqlu tamkiningdin afsus.
Zamiru ra`yi pokingdin darig`o,
Fig`oni dardnokingdin darig`o.
Qo`lungdin hayfu shastingdin dog`i hayf,
Shukuhu zo`rdastingdin dog`i hayf.
Qani farru shukuhu zo`rdasting,
Tavonolig` aro yuz ming shikasting.
Bashar xaylida sen bo`lmay malakson,
Nedin bo`lmas bori yer birla yakson.
Ne shah boshig`a afsar erding ekin,
Qayu afsarg`a gavhar erding ekin.
Ne kishvar tushti erkin motamingg`a,
Qayu el qoldilar erkin g`amingg`a.
Ne Xoqon so`gung ichra qoldi, oyo,
Qayu iqlim eli qo`zg`oldi, oyo.
Chekib ranjing manga g`am bo`ldi podosh
Ki, hargiz ko`rmagay erdim seni kosh!»
Debon Shopur bu yanglig` fasona,
Sumanbar aylabon ashkin ravona.
Chu bu oshubig`a yuzlandi taskin,
Ani chorlab Mihinbonu va Shirin.
So`rub Farhod holidin hikoyat,
Ul aylab bilgan ahvolin rivoyat.
Debon ul zor, Shirin zor yig`lab,
Mihinbonu dog`i bisyor yig`lab.
Ani mahd ichra solib xusravoyin,
Yonib o`rdularig`a zoru g`amgin.
Olib egniga mahdin nozaninlar,
Yurub ollida giryon mahjabinlar.
Solib bir borgah kunjida taxte,
To`shab ul taxt uza shohona raxte.
Ani taxt uzra qo`ydilar chekib oh,
Ne ul eldin, ne o`z holidin ogoh.
Ketur, soqiy, sharobi bexudona
Ki, bexudluq bila bo`ldum fasona.
Ajab behush o`lubmen ishq aro bil,
Meni bir jom ila behushroq qil.
Farhodning madhush dimog`iga hush bog`idin nasim yetmak va nasimdek tebranib tog` sori azimat etmak va tesha bila tog` bag`rin yormoq, balki tog` poralarni havog`a uchurmoq bila qiyomat qo`parmoq va Shopur ani paydo qilib Shirinni aning g`ami ishqi shaydo qilmoq va Shirinning ko`ngli xorasini aning teshasi fikri xarosh qilg`onin Mihinbonu ma`lum qilib, teshadek tafakkur boshin quyi solmoq va gohi diljo`yluq bila ul bedilg`a ko`ngul bermak, balki ko`nglin olmoq
Bu mahd alvohig`a qilg`on nigorish,
Bu yanglig` qissag`a berdi guzorish
Ki, chun zoyil bo`lub Farhoddin hush,
Ani yotquzdilar taxt uzra madhush.
Ne ul ogah tiriklik olamidin,
Ne jismida asar paydo damidin.
Qolib bu nav` ikki kecha-kunduz,
Olib gah-gah nafas, lek ochmayin ko`z.
Hayoti qaydidin Shirin qilib sho`r,
Yangi jon topibon bechora Shopur.
Uchinchi kecha uyqu el ko`ziga
Kim, ul ochib ko`zin, keldi o`ziga.
Ko`rub shohona taxtu borgohe,
Yotib taxt uzra ul andoqki shohe.
Necha ul hol aro qildi tafakkur,
Tafakkurdin fuzun bo`ldi tahayyur.
Vale yodig`a bu keldikim ul oy,
Dema oy, oftobi olam oroy
Aning sarvaqtig`a solib edi nur,
Bo`lub erdi necha so`z dog`i mazkur.
Yaqin bildiki borg`ondur o`zidin,
Parining yo yuzidin, yo so`zidin.
Hayodin terga bo`ldi abrdek g`arq,
Ul uydin chiqti sekrib o`ylakim barq.
Tafarrus qildikim mehri diloro,
Aning holig`a qilg`ondur madoro1.
O`zi chun qatlin og`oz aylagandur,
Azo birla sarafroz aylagandur.
Sevunub tog` sari bo`ldi shitobon,
Xijolat birla qat` aylab biyobon.
Etib oriqqa ko`p aylab takuru,
Hayo teridin andoq oqizib suv.
Topib metini birla teshasini,
Ayon aylab ravon o`z reshasini.
O`zi birla debonkim: «Ul parichehr,
Meni majnunga muncha ko`rguzub mehr.
Esim ketkonda e`zoz aylamishdur,
Tarahhumdin sarafroz aylamishdur.
Aning podoshi ne kelgay ilimdin,
Va yoxud shukri ne o`tkay tilimdin.
Hamono bu arig`dur borcha komi
Ki, itmomig`a ko`rtur ihtimomi.
Umidim ulki umri tez rihlat
Meni mahzung`a bergay oncha muhlat
Ki, bu komin ravo qilg`oymen oning,
Bu dardig`a davo qilg`oymen oning».
Chu bu fikr etti ko`ngli yangi boshdin,
Chiqordi gard gardun uzra toshdin.
Aningdek xora chormoq etti bunyod
Ki, chiqti tog`din gardung`a faryod.
Qachon tosh uzra metin tez soldi,
Falak toqig`a rustoxez soldi2.
Dami dudi bila metini gardi,
Yoshurdi ko`zga charxi lojuvardi.
Ne gardu dud, mig`i dardu anduh,
Tutub Arman hududin ko`h to ko`h.
Dema mig`, aytqil abri bahoron,
Yog`in birla tagargi sangboron.
Hamul metinki tosh uzra bo`lub g`arq,
Damo-dam lam`asidin ko`rguzub barq.
Ne soatkim xaroshi xora aylab,
Qatiq xoroni andoq pora aylab
Ki, bolchig` rushtasin no`gi itik bel,
Va yo poru bila qor oritur el.
Kecha-kunduz ne tinmoq, ne tayonmoq,
Ne bir dam qon yutardin ko`ngli qonmoq.
Tamoshosig`a har kun xayl-barxayl,
Ulus ul sori tush-tushdin qilib mayl.
Qilib har kim nazar oning ishiga,
Tahayyur barmog`in eltib tishiga.
Ko`rardin yo`q kamarburlarg`a to`ymoq,
Ne haddi yerga pushti dast qo`ymoq.
Aning xorog`a mundoq kov-kovi.
Bu so`zni bo`yla taqrir etti rovi
Kim ul tunkim Mihinbonu uyidin,
Mihinbonu yo`q, ul mahro` uyidin
Kelib o`z holiga ul hushi zoyil,
Chiqib bo`ldi hamul tog` sori moyil.
Chu topti xira ko`zlar subhdin nur,
Ne ul xayl oni tortilar, ne Shopur.
Qo`pub Shopur xud keynicha bordi,
Vale Shirin ko`zi g`amdin qorordi.
Topib Shopur, o`lub g`amdin yana shod,
Tushub hajr o`tig`a Shirini noshod.
Qo`yub Shopur ayog`iga aning bosh,
To`kub Shirin firoqidin aning yosh.
Tegib hijron o`qi mahvashqa kori,
Ilikdin ko`rdi borur ixtiyori.
Bahona bo`yla qildikim: «Bu bedil
Ki, qilmish erdi bu kishvarni manzil.
Bu ishkim tog` aro men soz etibmen
Ariq qozmoq ishin og`oz etibmen.
Hamono ul yigitni Hayyi Soni`,
Mening ranjimni qilmasliqqa zoyi`.
Bu marzu bum sori kelturubtur
Ki, sarvaqtimg`a oni yetkurubtur.
Ani gar topmasoq bu ish qililmas,
Vagar yuz qarn sa`y etsak qozilmas.
Kishilar har sori chopmoq keraktur,
Qayon bo`lsa ani topmoq keraktur».
Mihinbonu ul oy jahdu shitobin,
Chu ko`rdi fahm qildi iztirobin
Ki, xorokan damidin shu`lai garm
Qilibtur xoradek ko`nglin aning narm.
Nasihat bildikim ko`p naf` bermas,
O`ziga keltururning vaqti ermas.
Qilib ul ishda hikmatlar rioyat,
Ani topmoqqa jahd etti bag`oyat.
Topib, filhol qildilar xabar fosh
Ki, oriqda burung`idek qozar tosh.
Bilib, oyg`a tarab yuzlandi chandon
Ki, bo`ldi lablari gulbargi xandon.
Qila boshladi mahzun ko`ngli chora
Ki, ne nav` aylagay oni nazora.
Kamingohe4 topib boqqoy anga to`q,
Bu ko`rgay oni, ammo ul muni yo`q
Kim, ul ko`rsa qilib bedilliq og`oz,
Yana ko`proq ochilg`ay pardai roz.
Vale aylab Mihinbonu hamesha,
Aning qoshig`a bormog`liqni pesha.
So`rub ahvolin oning gohu begoh,
Tilab maxfiy g`amidin bo`lmoq ogoh.
Topib holin nechakim aylab idrok,
Hunardin mamlu, ammo aybdin pok.
Xati mehrini ko`ngli ichra tortib,
Vale ul mehr kundin-kunga ortib.
Havas aylabki, mundoq pok payvand,
Manga ne bo`lg`ay erdi bo`lsa farzand.
Va lekin hajrdin zor erdi Shirin,
Kecha to subh bedor erdi Shirin.
Ne dardin derga bir hamdardi oning,
Ne subhu shom xobu xo`rdi oning.
Ne bir hamdam anga bo`lmoqqa ma`nus.
Ne qo`yub holi izhorig`a nomus.
Qoshig`a borg`oli aylab taammul
Ki, nogah bo`lmag`ay ul betahammul.
Desakim bormayin gulchehri zebo,
Bo`la olmay hazin ko`ngli shikebo.
Firoq o`tida miskin joni oning
Ki, bo`lg`ay dardu yo`q darmoni oning.
Ketur, soqiy, mayi gulrangi xushbo`
Ki, urg`ay chorasiz dard o`tig`a suv.
Munungdek may manga armon bo`lubtur
Ki, dardim asru bedarmon bo`lubtur.
Farhodning ul tosh arig`in, balki arig` toshin qazib Armaniya tog`iga yetkurub ul tog` fazosida qasri qulla monand, balki asosi ko`h payvand bino qilib itmomg`a yetkurgoni va «Bahr un-najot»1 havzin qasr ollinda metini xoroshikof bila namudor qilib ul havz va arig` atrofin safoda billurkirdor va jiloda oyinai chiniy davri bila dastasidin namudor qilg`oni va bu ariqqa suv ochmoq uchun abri bahoriydek ko`zlaridin ashkbor va durri ashkidin gavhar nisor qilib «Ayn ul hayot» chashmasig`a yuzlangani
Bu rangin nuktaga hangoma oro,
Bu yanglig` qildi kilkin noma oro
Ki, Farhod ul arig`ni chora aylab,
Qazar erdi shikofi xora aylab.
Umidi ulki bu ish topsa itmom,
Tamoshog`a kelib sarvi gulandom2.
Yana bir qatla ham ko`rgay jamolin,
Simo` etgay ravon oso maqolin.
Tarabdin chiqsa munglug` joni oning,
Jahonda qolmagay armoni oning.
Va gar xud bo`lmasa ul yon xiromi,
Bu ish sori chu ko`rtur ehtimomi.
Husuli ranju dardi dildur asru,
Ul oyning ollida mushkildur asru.
Bu mushkil ishga bo`lsa chorapardoz,
Eshitgach ul sihi sarvi sarafroz.
Muyassar ko`rsa komu muddaosin,
Bu hosil aylagay oning rizosin.
Bu nav` ummid birla subh to shom,
Anga yo`q erdi tosh chormoqdin orom.
Muhandisvor aylar erdi avval,
Arig`ning ikki yonin ikki jadval.
Ham uch qori kanoridin kanori,
Ham oning umqi erdi ikki qori3.
Vale har jadvalikim tortar erdi,
Hamono ming qoridin ortar erdi.
Bu ming qori sarosar topsa pardoz,
Yana ming qori aylar erdi og`oz.
Qilib har ming qori qozg`onda xora,
Burun metini birla xora pora.
Burung`i ikki yuz xorokani rust,
Tashirlar erdi sing`on xorani chust.
Arig` javfin alar qilg`uncha xoli,
Bu olib teshasin ilgiga holi.
Arig`ning qilg`oli malso xaroshin,
Qilibon teshaning paydo taroshin4.
Yo`narg`a teshani ilgiga olso,
Qilib yuz-yuz qori xoroni malso.
Musayqal aylabon ko`zgu masallik
Ki, anda yuz ko`runib suv masallik.
Iki yondin qilib xoroni payvand,
To`shab farshin aning dandona monand5.
Biror yerkim tugansa erdi xoro,
Erida tufroq o`lsa oshkoro.
Bu yanglig` yerda mehnat ortar erdi,
Yasab o`tguncha zahmat tortar erdi.
Vale solmay o`zin zoru dajamvor,
Yo`nub xoroni taxta-taxta hamvor.
Hamul jadval bila rargorin asrab,
Raja torin chekib hanjorin asrab.
Olib bir-bir yo`nulg`on xorani chust,
To`shab ul taxta-taxta toshni rust6.
Arig` hanjorin andoq aylabon soz,
Muhandisresha aylar erdi pardoz
Ki, bo`lub xoroi yakrora ul marz,
Shikofida topa olmay kishi darz.
Va gar ollig`a kelsa erdi tog`e,
Ko`targuncha tora olmay farog`e.
Ani chopmoqqa aylab teshani tez.
Bo`lub ul qatra suvdin otashangez.
Tutub ul tog`ning avjida maskan,
Bo`lub xoro shikofu qulla afgan.
Kamar bog`lab yiqorg`a chun hajarni,
Yiqib har zarbi dasti bir kamarni.
Solib chun zarba tog` avjig`a payvast,
Qilib har zarb ila bir qullani rast.
Payopay chun solib metini kori,
Yugurtub qulla-qulla dasht sori.
Chu metin orqasin aylab hajarko`b,
Bo`lub har sekregon toshi qamarko`b.
Qamarg`a bo`yla tosh o`lg`och havola,
Bo`lub qalqon aning ollida hola7.
Ko`rub anjum yog`arni ul ushoq tosh,
Taharrukdin o`g`urlab har taraf bosh.
Ushoq tosh aylabon gardun yuzin resh.
Nechukkim qullalar homun yuzin resh.
Falak har lahza garchi bosh o`g`urlab,
Er uzra yog`dururg`a tosh o`g`urlab.
Jafo toshiki holo charx etar fosh,
Hamonokim tuganmaydur hamul tosh.
Falakka tog`ning gardin chiqorib,
Iki-uch kunda o`rnidin qo`ngorib.
Hunardin ko`rguzub yuz sehri Bobil8,
Arig` o`tkargali qilg`uncha qobil.
Qilib ul tog`ni chun yer bila teng,
Arig` qozmoqqa har yon qo`l ochib keng.
Hamul avvalgi pargorin chekib tuz,
Qozar erdi arig`ni kecha-kunduz.
Chu oz fursat bu yanglig` ko`shish etti,
Arig`ning boshi qasr o`rnig`a yetti.
Yo`nub havze, kesib xoroni payvast,
Masohat ichra vaz`i shast-darshast9.
Dema havz, aytqil daryocha oni,
Suyi lekin ziloli zindagoni.
Bor erdi qasrning o`rnida bir tosh,
Biyiklikda falakdin oshurub bosh.
Mudavvar vaz` ila pargori oning,
Va lekin davri besh yuz qori oning.
Bu yanglig` xorag`a xoroburi chust,
Ura boshladi metin zarbasin rust.
Yo`nub atrofin andoq berdi hanjor
Ki, qasre aylagay charxi barinvor.
Chu oz fursat ul ishga bo`ldi mashg`ul,
Qoyodin yo`ndi qasri o`yla maqbul.
Su sori toqi oliyshoni oning,
Etib ko`k toqig`a ayvoni oning.
Ichinda gunbazi ayvong`a loyiq
Yana dahlezi gunbazg`a muvofiq.
Yana uch sori ham uch toqu ayvon,
Uyolib har biridin toqi kayvon.
Har uy lutfu safodin oyat anda,
Ravoqu rahbalar beg`oyat anda.
Bu yanglig` yo`ndi qasri olam oro,
Bori ajzo anga bir pora xoro.
Qilib ayvonida yuz tarh tahrir.
Mavoze` tarh qildi bori tasvir.
Chekib ul sarvi gulrux taxtu johin,
Bu taxt uzra hamul husn ahli shohin.
Parilar qulluq aylab xizmatida,
Parivashlar qo`yub yuz hazratida.
Bu suratlarni aylab garchi bejon,
Bularni aylabon surat, ani jon.
Chekib yuz ming bu yanglig` turfa timsol
O`zin ul sho`x o`trusida behol.
Qayu mavzudakim, ul mohpora
Muning shakli qilib bexud nazora.
Bu ishlarda bo`lub Shopur yori,
Etib har birga kilki chirakori.
Bu sizsa odami, taksir etib ul,
Bu cheksa jonvar, tash`ir etib ul10.
Chu ul oy suratin aylab guzorish,
O`zi xoro uza aylab nigorish.
Chekarda ul jamoli geti oroy
Gahi ohe chekib, gahi chekib voy.
Bu yanglig` qasr topib zebu oyin,
Latofat ichra suratxonai Chin11.
Tugangach qasrg`a bu zevaru soxt,
Ravoni havzni ham qildi pardoxt.
Chu bo`ldi havzdin bir yo`li forig`,
Kesib har yonidin bir turfa orig`.
Rioyat qildi andoq vaz`u tavrin
Ki, aylang`ay arig`lar qasr davrin.
Kelib dargah muhozisig`a har nahr,
To`kulgay suvlari ul sorikim shahr.
Topib aql irtifoining shumori,
Iki ming qori har bir obshori
Ki, suv ondin quyi chun aylasa mayl,
Yasagay bog`u bo`ston anda har xayl.
Nekim xoro chopar ish torqach itmom.
Su boshig`a urub xorofikan gom
Ki, suvni bog`lag`ay ul nahr ichiga,
Alolo tushti mulku shahr ichiga.
Aningdek tog` sori tuttilar yo`l
Ki, igna solsa yerga tushmagay ul.
Tamoshog`a qo`yub el ul sifat yuz
Ki, kasratdin ko`runmay tog` ila tuz.
Yaqo birla yurub Farhodi mahjur,
Yonida gom urub bechora Shopur.
Xirom aylab hunarmandi yagona,
Ko`zidin yosh o`lub turmay ravona.
Tushub dilbar xayoli joni ichra,
Solib o`t xotiri vayroni ichra.
Suyin turg`uzmayin ko`zida qayg`u,
Arig` novig`a oqib ashkidin suv.
Bu qayg`u eltibon oni o`zidin,
Oqib bechoraliq ashki ko`zidin
Ki, mundoqkim el o`lmish dasht paymoy,
Tamosho qilg`ali kelgaymu ul oy?
Agar kelsa meni bemor o`larmen,
Vagar ham kelmas o`lsa, zor o`larmen!
Ani bu fikr andoq aylabon lol
Ki, fahm aylab ulus tavridin ul hol.
Mihinbonu aning keynicha pokib,
Surub atboi bepoyon mavokib.
Tajammul onchakim, el fahmi yetmay,
Takalluf onchakim, el bovar etmay.
Aning har gomig`a aylab nisori,
Sochib boshig`a naqdi beshumori.
Sinuq boshig`a bo`lmoq la`lu durrosh,
Ko`runub bahr aro yoqqon kibi tosh.
Surub ollig`a gardunvash mavokib,
Bori sur`atda andoqkim kavokib
Ki, minmakdin bo`lub oromi oning,
Dame ting`ay qoborg`on gomi oning.
O`pub ul bodrolarning ayog`in,
Tushub yo`lg`a tutub ikki qulog`in.
Ulus holig`a oning zor yig`lab,
Qilib dardi ko`ngulga kor yig`lab.
Qo`yub ul gomu el keynicha anbuh,
Qayu anbuh, balkim ko`h to ko`h.
Qayon ul ketti el keynicha ketti,
Bu holat birla suv boshig`a yetti.
Zamone tinmog`in qildi bahona
Ki, yetgaymu ul oshubi zamona?
Ko`zida suv va lekin jonida o`rt,
Bo`lub har sori boqmoqdin ko`zi to`rt.
Ketur, soqiy, mayu, daf` et xumorim
Ki, o`lturdi xumori intizorim.
Xumori hajr bas muhlik balodur,
Anga yo vasl yoxud may davodur.
Farhodning «Ayn ul-hayot» suyin «Bahr un-najot» havzi arig`ig`a ochib, ko`zidin ul chashma rashahotidek ashki rudin sochib, Armaniya sori xiromi va xaloyiqning ul arig` atrofida tamosho uchun g`avg`oyi omi va parivashning parikash devzodi po`yadin qolmoq va Farhod devonavor parikash bila parivashin egniga olmoq va Armaniya tog`i sori barqdek gom solmoq va falaki qadxamdek mehr ostida yugurmak va mehrni falak ayvonig`a yetkurmoq va junun bodpoyini qulla sori surmak
Bu ko`hsor ichra xoro aylagan chok,
Quyar mundog` ziloli sofiyu pok
Ki, chun Farhod suv ochmoqqa ketti,
Xabar har soridin Shiring`a yetti.
Kim, ul qozib arig`e poku soda,
Necha ishlar dog`i aylab ziyoda.
Yasab ul nav` qasri charxmonand
Ki, topib kungiri gardung`a payvand.
Bu yanglig` kilk ila tahriri oning,
Bu yanglig` naqsh ila tasviri oning.
Qilib ishlarki, qilmay odamizod,
Bo`lub ko`rmakdin oni odami shod.
Qo`yub ko`ngliga yuz ko`hi alamni,
To`kub ko`zdin tuman ming seli g`amni.
Urub ohidin o`t hardam zabona,
Suv ochmoq azmig`a bo`ldi ravona.
Sanam xud tinmayin so`zi nihondin,
Tutar erdi xabar har lahza ondin.
Va lekin bu xabarni chun eshitti,
Qaroru sabri ketti, hushi itti.
Buyurdikim: «Ravonroq kelturung ot»,
Buyurg`och ashhabi kelturdilar bot.
Ul ashhab girdu past erdiyu rahvor,
Nechukkim bo`lsa g`alton durri shahvor.
Chu chiqti yelga gulbargi taridek,
Falak raxshiga mehri xovaridek.
Kishi Bonug`a1 chorturdi shitobon
Ki, qildi sayr azmi mehri tobon.
Quyoshdek sayrda bordur shitobi
Ki, bir dam manzil etkay burji obi.
Hamul xorokani po`lod bozu2,
Ariqqa men yetishmay qo`ymasun suv!
Xabar chun bildi Bonu shod bo`ldi,
Surub bedil qoshig`a uzr qo`ldi:
«Ki, ey bizdin sanga yetgan malolat,
Etishmay bizga sandin juz xijolat.
Dame ting`ilki qilding ko`p taku po`y,
Hamono azm etibdur sarvi gulro`y
Ki, ushbu sarzaminni ravshan etgay.
Arig`ni sarvu guldek maskan etgay».
Navozishlar qilib bedilni behad,
Buyurdi soldilar ul yerda masnad.
Chiqib masnad yuzida tutti orom,
Hamul tavsanni aylab so`z aro rom.
Ipak zaylucha ham soldurdi filhol,
Dedi: «O`ltursun ul sho`rida ahvol!»
O`pub tufrog`ni xopoko`bi3 xoki
Ulusni o`rtab ohi dardnoki.
Kelib yer tutti Bonu xizmatida
Malak ul nav`kim gardun qatida.
Mihinbonu navozish aylabon soz,
Anga diljo`yluqlar qildi og`oz.
Debon har lahza shafqat birla bir so`z,
Hayodin ul tikib yerga iki ko`z.
Shukuhu hilmi aylab elni bevazn,
Giyohu xasqa tog` ollida ne vazn.
Adab birla berib gohi javobi
Ki, har lafzi aning durri xushobi.
So`zidin fahm o`lub aqlu kayosat.
Yuzidin bilgurub fahmu farosat.
Bularg`a munda mundoq rasm, qonun
Ki, chiqti bir g`ubori to`tiyogun.
Chu pechu tob birla avj tutti,
Falak yo`qkim, quyosh aynin yorutti.
Dedilar: «Bu g`ubori surmamonand
Ki, tutti charx kuhli birla payvand.
Hamono xo`blar sultoniningdur,
Jamol avji mahi toboniningdur».
Bu yon go`yoki surmishdur takovar
Ki, gardidin ko`runmas mehri xovar.
Ulusni surdilar ul suv boshidin,
Ne suv, Farhod ila Bonu qoshidin.
Yana Farhodni titratma tutti,
Isig` dam jismida qonin qurutti.
Mihinbonu kelib pand etti bunyod,
Qasam Shirin boshidin aylabon yod
Ki, ey farzand, bir dam tut o`zungni,
Dame asra ko`ngul birla ko`zungni!
Bu dam gar torsa hushung rishtasi pech
Bo`lur bu necha yil qilg`on ishing hech.
Seni devonalig` gar qilsa mag`lub,
Pari paykar bo`lur el ichra mahjub.
O`zungni asra bir dam, bo`lma g`oyib
Ki, dahr ahli tilab tormas maoyib.
O`zungni ham, meni ranjurni ham,
Parishon aylama ul hurni ham.
Bu yanglig` ko`p sabaq irshod qildi,
Muassir ko`p qasam ham yod qildi.
O`zin zabt etkucha ul zori g`amkash,
Etishti telba boshig`a parivash.
Uzori birla o`t olamg`a solib,
Samandardek ulus o`t ichra qolib.
Dema, yuz uzra zulfi anbarolud
Ki, ul o`t zohir aylab anbarin dud.
Hamul o`t shu`lasi o`rtab jahonni,
Bu dud aylab qaro yuz xonumonni.
Kamoli sur`atidin sarvi gulro`
Ravon aylab uzori o`tidin suv.
Bo`lub fahm ul sudin ayni latofat,
Ko`ngul elturga lekin seli ofat.
Yuzida xol o`lub gulbarg uza zog`,
Va yo ter ostida suv ichraki bog`4.
Dema suvkim, ziloli zindagoni,
Ne Xizru ne Sikandar topib oni.
Bo`lub g`alton latofatdin gul uzra,
Sochib yuz qatra har dam sunbul uzra.
Sochi zulmotida yuz ming Sikandar,
Itib dud ichra andoqkim samandar.
Takovar uzra ra`no qaddu andom,
Balolar sochib, ofatlar qilib om.
Yuzi mehri niqob ostida pinhon.
Nechukkim, oy sahob ostida pinhon.
Bu yanglig` yetti oshubi zamona,
Samandi na`li sarko`bi zamona.
Dedi bedilg`a Bonukim: «Ravon bo`l,
Ishingga ham qadam qo`y, ham uzot qo`l.
Bu ofatkim buyon solmish guzarni,
Tushardin ul taraf asra nazarni.
Sanga garchi bu talqin bejihatdur,
Va lekin holiyo bu maslahatdur».
Sitamkash Bonu ollida yer o`pti,
Qo`lin Shopur tutti toki qo`pti.
Olib metin suv ochmoq etti bunyod,
Etishti ul sori huri parizod.
Boqar erdi arig`ning ichu toshin,
Kulumsub tebratib har lahza boshin.
Oshib har ishda hayrat nozaning`a,
Bo`lub qoyil payopay ofaring`a.
Pari paykarda so`z yo`q g`ayri tahsin
Urub devona suv ochmoqqa metin5.
Sug`a orig` shikofin ochti chun chust,
Burun novu mamarni bog`labon rust.
Chu ul yo`l bo`ldi xoro birla masdud,
Bu yo`lg`a mayl qildi tezrav rud.
Arig` novi chu bo`ldi suv maqomi,
Tegirmon novidek bo`ldi xiromi.
Xaloyiq ichra g`avg`o tushti har yon,
Ulus ichra alolo tushti har yon.
Arig`ning ikki yonidin alolo,
Nishot ahli tuzub dirno talolo.
Mug`anniylar iki yondin navosoz,
Tuzub ul ro`d lahni birla ovoz.
Mihinbonu bila Shirin surub ot
Ki, qasr ollig`a yetkaylar sudin bot.
Va lekin suv bo`lub andoq sabukrav
Ki, yetmay girdig`a xingi sabukdav.
Yugurmakka ulus baskim qilib mayl,
Yiqilib bir-biri ustida har xayl.
Qilib el keynidin ham ro`ya Farhod,
Ko`zi ul yonkim ul huri parizod.
Sumanbar chorib erdi o`n yig`och yo`l,
Demaykim tuz, tamomi tog` ila cho`l.
Yana qaytib samandin surdi chun tez
Eti-sekkiz yig`och bo`ldi sabukxez.
Nasimekim yuki siym o`lg`ay oxir
Taharrukda anga biym o`lg`ay oxir6.
Aningdek bodpoyi tutti orom
Ki, bosqon yerdin o`tmas bo`ldi bir gom.
Bor erdi sursa chirmoshib ayog`i,
Pari paykar yiqilmoq xavfi dog`i.
Chu oshiq ongladi qilg`och taammul
Ki, yeldin tushkudekdur yer uza gul.
Er o`pmaklikka majnundek xam o`ldi,
Quyosh ostida gardundek xam o`ldi.
Ko`tardi orqasig`a bodponi,
Nechukkim bodro ul dilraboni7.
Bir ilgi ikki qo`lin qildi mahkam,
Yana bir ilgi ikki butlarin ham.
Aningdek po`yada ko`rguzdi ta`jil
Ki, gardi surma bo`ldi mil dar mil.
Mihinbonu ani nazzora aylab,
Topa olmay ilojin chora aylab.
Chu ikki-uch yig`och gom urdi shaydo,
Bo`lub ollinda qasru havz paydo.
Qadamni qo`ydi qasr ayvoni sori,
Salomat raxshi birla shahsuvori.
Turub ayvonda solim chun egib qad,
Hamul turg`on su birla sarvi gulxad.
Boshig`a sarvning aylandi filhol,
O`pub yer, zor yig`lab, yondi filhol.
Chiqib tog` uzra aylab ashkboron,
Chekib un, o`ylakim abri bahoron.
Chu ul qildi bulutdek tog` uza mayl,
Arig`din suv yetishti o`ylakim sel.
Labolab ul sudin chun havz to`ldi,
Arig`lar dog`i molomol bo`ldi.
Bo`lub suv qasr atrofig`a doyir,
To`kuldi dasht uza bo`lmoqqa soyir.
Ariqqa qo`ydilar «Nahr ul-hayot» ism,
Falakvash havzg`a «Bahr un-najot» ism.
Ketur, soqiy, tag`ori bahr timsol,
Qadah kishtisin ul may bahrig`a sol!
Arig` ichmak erur jonim hayoti,
Tugatmak bahri may umrum najoti.
Mihinbonu bila Shirinning Farhodni firoq xoro kamari etagidin domangir bo`lub visol atlasi charxi haramida to`qquz parda ichra mahram qilib ziyofat harir va hullalari uzra majlis tuzatmoqlari va o`n fanda o`n sohib kamol qizkim, asharai komila alar ta`rifidin ushri ashir bo`la olg`ay, aning qoshinda izhori fazl qilib o`zlarining qonidek, ya`ni yuzidek xijolat boshlarin quyi solmoqlari va Shirinning falak qasridin quyosh chiqqondek qasr hujrasidin chiqib mehri jamoli kavkabasi bila anjumanni ravshan qilmoqlig`i va Farhodi siyah sitora ollinda hiloliy jom aro shafaqgun may tutub, aning ishqi bila ichib o`z ishqi bila anga ichurub, bir-birining bodai ishqidin mast bo`lib yiqilg`onlari
Guzorish suyidin bu havzi xoro,
Bu yanglig` mavj qildi oshkoro
Ki, ul suv havz aro qilg`och tamavvuj,
Ulusqa necha vaqt o`ldi tafarruj.
Mihinbonu bila Shirini g`amkash,
Bo`lub ul mushkil ish itmomidin xush.
Buyurdilarki topti qasri zebo,
Ayoqdin-boshqa tegru farshi debo.
Nishotu aysh o`lub imkondin ortuq,
Sururu shodmonlig` ondin ortuq.
Valek ul oy uzorin oh tobi,
Nazarda qilmish erdi mohtobi.
Base diltang edi bedil g`amidin,
Bo`lub diltanglik hosil g`amidin.
Mihinbonug`a bas mushkil ish erdi
Ki, mahvashning xayolin bilmish erdi.
Vale topmas edi bu ishga chora
Ki, yondoshqay buluru sangi xora.
Chu ko`rdi itti bedil telbalikdin
Pari paykar dog`i borur ilikdin.
Dedi mahvashqa: «K-ey jonimg`a payvand!
Hazin jonim jamoling birla xursand.
Bu shaydovash yigitkim chekti ko`p ranj
Ki, muzdi dast anga bor erdi yuz ganj.
Necha ko`p bo`lsa istig`nosi oning
Yo`q ersa ganjdin parvosi oning.
Vale bizdin dog`i xushdur muruvvat
Ki, bersak so`z bila ko`ngliga quvvat.
Anga taklif qilsak mehmonliq,
Ikimiz zohir etsak mizbonliq.
Ani istarg`a el qilsak ravona,
Tuzatsak bazmgohi xusravona.
Yasosoq sandali uzra maqomin,
Qilib diljo`liq etsak ehtiromin.
Bular birla gar oni aylasak rom,
Rioyat aylasak nekim erur kom.
Vagar qilg`onga bo`lmas mayli zohir,
Qilurni qilmish o`lg`oybiz biz oxir.
Bular gar ko`ngliga bo`lmas tirozi,
Xud o`lg`ay daf` elning e`tirozi».
Bu so`zdin lolarux guldek ochildi,
Rujuin ham aning rayig`a qildi.
Mihinbonu ravoni hukm surdi,
Nekim matlub edi, borin buyurdi.
Bilurlar erdi Bonu rasmu royin,
Hamul dam topti bazm asbobi oyin.
Dedi Bonuki: «Ayvon ichra kunduz,
Qo`yoli jomi may ichmak sori yuz
Ki, havz o`lsun nazar ollig`a o`tru,
Bu manzildin g`araz chun erdi bu suv.
Jahong`a mushk sersa shomi dayjur,
Qilib ravshan falakdek sham`i kofur,
Tutoli bir nafas qasr ichra orom,
Vale orom tutmay tortali jom».
Iki-uch hushmandi nuktapardoz
Yibordikim qilib har yon taku toz,
Topib Farhodi zori benavoni,
Keturgaylar bu majlis ichra oni.
Borib toptilar oni zoru mahjur,
Balou dardig`a yo`q haddu maqdur.
G`amu andisha o`tining sharori,
Sharori dardu mehnat beqarori.
Topib ko`rmaktin oni yuz malolat,
Ravon qildilar izhori risolat.
Ayog`larig`a qo`ydi bosh yig`lab,
Nechukkim sel to`kti yosh yig`lab.
Dedi: «K-ey nuktangiz jonimg`a ummid,
Ne jon ummidi, balkim umri jovid.
Izingiz gardi toji iftixorim,
Ne qilmoqqa mening ne ixtiyorim».
Eshitgach bo`ldilar xushdil ravona,
Ani e`zoz aylab xusravona.
Ul o`ldi shah, bular xaylu sipohi,
Anga tegruki erdi bazmi shohi.
Etishgach Bonu aylab behad ikrom,
Dedikim, kursi uzra tutsun orom.
Bajo kelturdi ul bemisl nodir,
Nekim Bonug`a bo`ldi hukm sodir.
Ishorat aylag`ach Shopuri bedil,
Ravon kursi tubida tutti manzil.
Chu kursi uzra manzil tutti Farhod,
Mihinbonu takallum qildi bunyod.
Nekim imkoni bo`lg`ay husni taqrir,
Ravo ko`rmay aning uzrida taqsir.
Bu ham har nav`kim anglab xitobin,
Xijolatlar bila aytib javobin.
Chu mardumliq hadisi topti poyon,
Ravon xon chektilar behad namoyon.
Chu qolmay ishtiho xonlarg`a boqi,
Surohi kelturub majlisqa soqi
Tuzuldi o`yla bazmi xusravoyin
Ki, ko`rmay o`yla charxi kajravoyin.
Surohilar mayidin ruh olib qut,
Qadahlar har biri bir pora yoqut.
Bo`lub gulrang may moi maindek,
Safou rangi la`li otashindek.
Bu la`lu zarfning yoqut jismi,
Hisori shira bu maxzan tilismi.
Tilismi topqan el nogah ochilmoq,
Havosi telbarab usruk yiqilmoq.
Mihinbonu ichib davron ayog`i,
Chekib Farhod ila Shopur dog`i.
Ne majlis, bog`i rizvondin namudor,
Ne boda, obi hayvondin namudor.
Ayoqchilar shakarguftoru dilband,
Qilib dilbandliq birla shakarxand.
Mug`anniylar aningdek lahnpardoz
Ki, jonlar pardadin raqs aylab og`oz.
Bu majlis ichra hozir o`n dilorom,
Bori ham sarv qomat, ham gulandom:
Bo`lub Shirin bisotining nadimi,
Alardin xush Mihinbonu harimi.
Kelib har qaysi bir fazl ichra mohir,
Mahorat shevasi har birda zohir.
Biri ash`or bahri ichra g`avvos,
Biri advor1 davri ichra raqqos.
Biri mantiq2 rusumida raqamkash,
Biri hay`at3 ruqumig`a qalamkash.
Birining shevasi ilmi haqoyiq4,
Balog`atda5 biri aytib daqoyiq.
Biri tarixda so`z aylab fasona,
Biri hikmat6 fani ichra yagona.
Hisob ichra birining zihni borib
Muammoda7 birisi ot chiqorib8.
Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan
Yuz ul fanliq aro har qaysi yakfan9.
Diloromu Diloroyu Diloso,
Gulandomu Sumanbo`yu Sumanso.
Parichehru Parizodu Parivash,
Paripaykar zihi o`n ismi dilkash.
Chu evruldi labolab davr ayog`i,
Qizidi bazm yanglig` el dimog`i.
Mihinbonu kamol izhori aylab
Daqoyiqdin savol izhori aylab,
Alarg`a aylagach juzvi ishorat,
Padidor o`ldi yuz dilkash iborat.
Funun bozori ichra sho`r tushti,
Atorudg`a degin g`avg`o yovushti.
G`aroyib ko`p qila boshladi zohir,
O`zining fannida har sho`xi mohir.
Alarg`a chun taammul qildi Farhod,
Unutqon nuktalarni ayladi yod.
Daler o`lmish edi may jur`atidin,
Ne may, jomi payopay jur`atidin.
Ani chun tab`i poku zihni oliy,
Qilib erdi zamon sohib kamoli.
Boqib ul sori tab`i ravshanidin,
Savole qildi har birning fanidin.
Javobida sanamlar borcha ojiz,
Eshitmay o`yla mushkil nukta hargiz.
Alar chun shubhasig`a topmayin daf`
O`zi-o`q aylabon ul shubhani raf`.
Fasohatda so`zidin qosir idrok
Ki, har bir lpfzi erdi gavhari pok.
Takallumni qilib chun nukta parvard,
Bo`lub bazm ahli aqlu hushidin fard.
Mihinbonu qolib hayron so`zidin,
So`zin chun go`sh etib, borib o`zidin.
So`zidin zohir asrori ilohiy,
Jamolidin ayon anvori shohiy.
Yuzi oyini sog`ar lola aylab,
Ul oyg`a sabzasidan hola aylab.
Mihinbonuki donishparvar erdi,
Bilik ahlig`a shohi sarvar erdi10.
Muhaqqaq bildikim ulkim yo`nar tosh,
Qochurmishdur guharlig` tojdin bosh.
Shukuhi ollida torti o`zin past,
Kalomi janbida ko`rdi so`zin past
Kishi gavharg`a jola aylasa ot,
Ham oning gavharidin bilgurur bot.
Tushub taxt ustidin aylab tavozu`,
Qilib taxt uzra ul chiqmoq tavaqqu`.
Ul aylab ko`p tazallumlarki, Bonu
Nekim der jonima minnat, magar bu.
Balo tog`ini mujgon birla yormoq,
Yorib tirnoq ila yerdin qo`ngormoq.
Buyursa bo`lmag`um andin haroson
Ki, bu ishdin erur yuz qatla oson.
Gadou saltanat taxti yiroqdur,
Anga tufroq uza yer yaxshiroqdur.
Chu Bonu ko`rdi bepoyon ibosin,
Yana istab aning ko`ngli rizosin.
Dedi, taxt uzra gar tutmassen orom,
Manga yer uzra o`lturmoq erur kom.
Buyurdi oldilar taxti murassa`,
Er uzra soldilar farshi mulamma`.
To`shalgach bu bisoti komroni,
O`zi o`lturdi, lek o`lturtub oni.
Yana chun jomi may bo`ldi ravona,
Guharrez o`ldi Farhodi yagona
Dema yolg`iz bo`lub so`zdin guhar posh
Ki, so`zcha yuz iki ko`zdin guhar posh11.
Ul oy hijronidin jonida oshub,
G`amidin charx ayvonida oshub.
Pari xud pardaning keynida hozir,
Bo`lub majmui ahvolig`a nozir.
Sirishki tinmayin oqib ko`zidin,
Gah o`zida, gahi borib o`zidin.
Pari yanglig` nazarlardin nihoni,
Kupub ul elniyu, el ko`rmay oni.
Vale Bonu tutub ko`z uchidin ros
Ki, xopokan nechuk yumshatmish olmos.
Munung ashki gahi boshidin oshib,
Gah oning ohidin olam tutoshib.
Dedi ko`nglida Bonukim: bu g`amnok
Ki, mundoq mumkin ermas gavhari pok.
Manga xud barcha holi bo`ldi ravshan
Ki, qilmish rostliq — ish, poklik — fan.
Chu yo`qtur bir nazar qilmoqqa tobi,
Chiqorg`a yovushur joni xarobi.
Malakdur kelgan inson suratida,
Malakvashliq mubarhan hay`atida.
Bu holat ichra har nav`i gumondin
Emas mumkin xayoli fosid ondin.
Bukun qilg`ay xilofi poklig` ul,
Emas bermak ravo imkong`a ham yo`l.
Anga ko`zu ko`ngul juz pok emasdur,
Nazarda pok ko`zdin bok emasdur.
Kuyar shavq o`tidin joni asiri,
Erur yerida bo`lsam dastgiri.
Bu muhlik g`amda chiqsa joni oning,
Yaqin bo`ynumg`a bo`lg`ay qoni oning.
Dedikim: «Xo`blar shohig`a ayting,
Malohat avjining mohig`a ayting
Ki, bir dam mizbonliq rasmi tutsun,
Yuzidan mehmon ko`zin yorutsun!
Labidin jong`a qilsun mizbonliq,
Yuzidin ko`zga etsun mehmonliq!»
Sumanbar12 xud eshitur erdi oni,
Bo`lub bu nuktadin osuda joni.
Xiromon bazm aro bo`ldi ravona
Ki, qo`zg`oldi xiromidin zamona.
Yuzinda mehr o`tidin asarlar,
Ko`zida ashk selidin xabarlar.
Ko`zidin hajr apokim ashki borib,
Bori mujgon sinonlarin suvorib.
Qilib Farhod metini kibi tez,
Bo`lub ul xorarez, ammo bu xunrez.
Og`izdin ohikim kam bo`lmayin hech,
Bu yel zunnori zulfidin ochib pech
Ki, har tori yuz imon aylagay band
Ki, qilg`ay kufr zunnorig`a payvand.
Uzori o`tig`akim ashk urub suv,
Ulusning kuymagin ko`prak qilib bu.
Qoshindakim girih zohir qilib g`am,
Yangi oy fitnaliq andoq kelib kam.
Jamolidin qo`yub davrong`a minnat,
Tutub davron bu ishdin jong`a minnat.
Uzoridin qilib davronni ravshan,
Qoshidin toq ila ayvonni ravshan.
Solib o`t jong`a la`li otashini,
Jahong`a chehrai burqa`nishini.
Chiqarg`ach rardalarning keynidin chehr
Nechukkim to`rt burqa` ostidin mehr13.
Qupub bazm ichra el qo`zg`oldilar bot,
Aningdekkim quyosh chiqqonda zarrot.
Bir o`t Farhodi besomong`a tushti
Ki, jismin pok o`rtab, jong`a tushti.
Ko`zi tushgach ul oyga, chekti bir oh
Ki, dudidin qorordi yetti xirgoh14.
Yaqin erdiki tarki hush qilg`ay,
Yana behushlar yanglig` yiqilg`ay.
Vale may zo`ri bo`ldi dastgiri
Ki, hushin ayladi farmonraziri.
Maqomin yonida ko`rguzdi Bonu,
Kelib o`lturdi ul zonu-bazonu.
Quyosh chun tutti oy yonida manzil,
Ham o`z o`rnida manzil tutti bedil.
Chu yerliq o`z yerida tutti orom,
Ayoqchilar payo-pay tuttilar jom.
Labolab necha sog`ardin parivash,
Chu o`z devonasidek bo`ldi sarxush.
Hijobi boda zo`ridinki ketti,
Pari izhori insoniyat etti
Ki, ey olam elidin fardu nodir!
Kelib zoting bori qudratda qodir.
Hunarda zerdasting borcha olam,
Hunar yo`qkim, kamolu fazl aro ham.
Kishikim qilsa ta`rifing xayoli,
Quyosh ravshan demaktur, charx oliy.
Balodin asrasun davron taningni,
Ne yolg`uz tanki, joni pur faningni.
Yo`lungda ganj agar solg`oybiz oxir,
Qayu uzring qo`la olg`oybiz oxir.
To`kub mahvash bu yanglig` durri shahvor,
Qolib bedil nechukkim naqshi devor.
Parivash bo`ldi chun mundog` guhar posh,
Ayoq tutmoq uchun qo`rti urub bosh.
Ul o`n qizkim o`n ishda erdi mohir,
Tutub har qaysi bir xoni javohir.
Parivashning qayon bo`lg`och xiromi,
Sochib bir xonni har yon tushsa gomi.
Nisori la`lu dur sharh aylagoncha,
To`kub Farhod xud ko`zdin yuz oncha.
Pari ul shakl ila bir-bir qo`yub gom,
Kelib majnun qoshida tutti orom.
Dedi la`lig`a olib la`li ahmar15,
«Sening ishqingda no`sh ettuk bu sog`ar!»
Sumurdi uyla shamshodi qasab po`sh
Ki, mundin oldi oning ichkani hush.
Ichib jomi labo-lab tutti ul dam
Ki: «Ho`sh etkil mening ishqimda sen ham!»
Iki hol ul may ichra hosil erdi
Ki, ham hayvon suyi, ham qotil erdi.
Chu oshiq may isidin bor edi mast,
Ajab soqiyg`a ko`rkim bo`ldi hamdast.
Olib sipqordi andoq bexudona
Ki, sog`ar naqshidin ketti nishona.
Bu sog`ar bo`lsa erdi jomi aflok,
Qo`yub og`zig`a sirqorg`ay edi pok.
Vujudi naqshi ko`nglidin yuvuldi,
Ko`ngil nangi vujudidin qutuldi.
Qilib o`zni xalos o`zluk g`amidin,
Ne o`zluk, balki yo`qluq olamidin.
Ayog`ni torshurub fardi zamona,
O`zin tufroqqa soldi bexudona.
Boshi chun ul sanamni sajda etti,
Bu olamdin yana olamg`a ketti.
Ko`tarmak istadi boshin parizod,
Yiqildi jismi, ketmish erdi Farhod.
Bu shirin hol chun nazzora qildi,
Aning yonida Shirin ham yiqildi.
Ikisin og`zig`a tutqonda mir`ot,
Nafasdin hech asar yo`q erdi, hayhot.
Ketur soqiy, manga mir`oti joni
Ki, anda topqamen jonon nishoni!
Chu jonon aksi ko`rguzgay bu ko`zgu,
O`zumdin borg`amen ul nav`kim suv.
Farhod bila Shirin may visolidin, balki visol mayidin birhol, balki behol bo`lg`onlari va charxi kabud, balki davri hasud soqiysi alarning aysh sog`ari, balki sog`ari ayshig`a zahri hirmon, balki behush doruyi hijron qo`shqoni va Xusravi Parvez Shirinning shakar lablar shohi erkanin bilib, visoli no`shin ko`ngliga shirin qilib, shirin maqol elchidin chuchuk so`zlar aytib yiborib, Shirin labi jullobidin kom orzusin shakarrez qilur muddao qilg`oni
Raqam qilg`on bu so`zu dard rozin,
Aningdek chekti bu paykar tirozin
Ki, chun bazm ichra ul ikki sitamkash,
Yiqildilar tana`umdin qilib g`ash.
Yana bazm ahli tortib ohu nola,
Bag`ir qoni bo`lub ichgan piyola.
Ko`tardilar ravon mahvashni bir yon,
Yana ul bedili g`amkashni bir yon.
Anga bir uyda solib bistari noz,
Kelib yotquzdilar huzn aylab og`oz.
Yana bir uyda yer solib nihoni,
Yig`ishturdilar ul ko`hi baloni.
Visol ichra yetishmay oshnolig`,
Falak soldi aro yerda judolig`.
Tong otquncha ikov behol edilar,
Mashaqqat xaylig`a romol edilar.
Chu tebrandi nasimi subhgohi,
Sahargah o`ylakim Farhod ohi.
Falakni tun g`uboridin sururdi,
Ne tun, savdo tutunin dog`i surdi.
Ul ikki ishq savdosida madhush,
O`ziga keldilar aylab madad hush.
Xijolatdin qo`pub Farhodi diltang,
Baliyat tog`i sori qildi ohang.
Pari paykarda xud bir sa`b holat
Ki, aylab jonining qasdi malolat.
Mihinbonuni ojiz aylab ul hol,
Bo`la olmay ul ishda forig`ulbol.
Ne bedil tarkini tutmoqqa xushnud,
Ne mahvashqa nasihat aylabon sud.
Desakim bermayin bedilg`a quvvat,
Taqozo qilmay insofu muruvvat.
Ko`p o`lsa mehribon xudkomlig`din,
El ichra vahm etib badnomlig`din.
Vale chun bilmish erdi ishqi pokin,
Bu yanglig` ishq aro dardi halokin.
Tilab har necha kunda bir dam oni,
Ichib bir necha jomi komroni.
Chu mahvash ilgidin aylab qadah no`sh,
Bu ham behush o`lub, ul dog`i behush.
Yana ul hushig`a kelgach tutub tog`,
Muning jonig`a qolib yuz tuman dog`.
Bu yanglig` voqi` erdi muddati hol,
Etishmay hol bo`lmoq erdi behol
Ki, nogohon sipehri bemadoro,
Ajab mansuba qildi oshkoro.
Bu tarix ichra mag`rib hukmroni,
Ne mag`ribkim, jahon kishvarsitoni.
Ajam birla Arab mulkida dovar,
Arab birla Ajamg`a shohu sarvar.
Shahi erdiki derlar oni Xusrav,
Mutii amri garduni sabukrav.
Jahon mulkin tutub xaylu sipohi,
Madoyin1 mulki oning taxtgohi.
Nasabda topibon Kisrog`a payvand,
Qayu payvand, farzandig`a farzand.
Baqo mulkiga chun Kisro2 qo`yub yuz,
Berib ziynat aning mulkiga Hurmuz3.
Chu Hurmuzning bo`lub ul yon xiromi,
Bo`lub Parvez aning qoyim maqomi.
Oti Xusrav, laqab otig`a Parvez4,
Bu otu bu laqab shuhrat qilib tez.
Ulusqa irs birla hukmron ul,
Atodin to ato xusravnishon ul.
Bilibkim mulk anga yetmish qazodin,
Nekim yetti ato, yetmish atodin.
Qayu birkim qo`yub oyini ra`fat,
Xalafqa topshurub taxti xilofat.
Yaqin anglabki davroni kuhan gard,
Anga ham tutqusi bu sog`ari dard.
Chu nogah xoli o`lsa umri jomi,
Keraktur bir xalaf qoyim maqomi.
Agarchi aqdi zavj aylab muqarrar,
Bo`lub erdi anga gavhar muyassar.
Va lekin ermas erdi loyiqi toj
Ki, bo`lg`aylar anga toj ahli muhtoj.
Nikoh ichra tilar erdi takarrur
Ki, topqay tojg`a shoyista bir dur.
Topib bu ishda chun aylab taammul
Ki, sho`ra xas qilur zohir, chaman gul.
Bulutdin obi hayvon gar topar bahr,
Bo`lur albatta pur xarmuhrag`a zahr.
Vagar xud ichsa suv o`rnida zahrob,
Chamanda gul butar, lavnida yuz tob.
Gar o`lsa tarbiyat kam yo ziyoda,
Tabiat aylamas tag`yir zoda.
Xirad dehqoni mundog` nuktae der:
«Ki dona sochqoli yaxshi kerak yer»5.
Bu ma`ni ko`nglida chun topti orom,
Bo`lub bu komning keynicha nokom.
Mamolik ichra munhilar uzotib,
Aningdek bir samin gavhar so`rotib
Ki, silki izdivoji ichra chekkay,
Agar gul eksa, gulzor ichra ekkay.
Bu avqot ichra bo`lmish erdi mashhur
Ki, olam ichra kelmish ravzadin hur.
Ne hurekim yurub qilg`och takallum,
Uyotdin tuboyu6 kavsar7 bo`lub gum.
Quyosh bo`lmish falakdin yerga nozil,
Va lekin tutmish Arman ichra manzil.
Ul oydin yorumish ul xittai pok,
Quyoshdin o`ylakim bu markazi xok.
Kishiga o`xshamas go`yo paridur,
Pari yo`q, oftobi xovaridur.
Nasabda jaddi a`lo anga Jamshed,
Hasabda so`ngg`i mavlo anga xurshed.
Bo`lub oshuftasi nodir misoli,
Bori fanlar aro sohibkamoli.
Uzub eldin aning ishqida payvand,
Ne ul elga va ne el onga monand.
Huvaydo haykalida ko`htanlik,
Qilur ashg`oli holo ko`hkanlik.
Demakim tesha birla ko`hkan ul
Ki, zarbi dast ila xoroshikan ul.
Vale tortib fig`on chekmakdin ohe,
Bo`lub ko`hi tani andoqki kohe.
Kupub ondin bu yanglig` notavonlig`,
Pari paykar ham aylab mehribonlig`.
Agar ma`shuq erur fardi zamona,
Bu oshiq ham erur fardi yagona.
Yoyildi elga chun bu amri matbu`,
Magar Xusravga dog`i bo`ldi masmu`8.
Ul oy avsofini ahli zamondin,
Eshitur erdi bal yaxshi-yamondin.
Harorat ko`ngliga solmish edi jo`sh,
Taraddud jonin etmish erdi madhush.
Xayolida kecha-kunduz ul erdi,
Tilida kecha-kunduz so`z ul erdi.
Vale mavquf edi munhilarig`a
Ki, ne kelgay alar inhilarig`a9.
Alar ham har tarafdin onglabon hol,
Kelibon qildilar bilganni irsol.
Birikim bor edi Armang`a ozim,
Bor erdi xalq aytur so`zg`a jozim
Ki, shah mahdig`a loyiq ul paridur
Ki, Arman mulki oning kishvaridur.
Yana har kimki har yon bormish erdi,
Yuz urg`on mulkni axtormish erdi.
Dedi bori oning ovozasidin.
Sadoyi husni beandozasidin
Ki, olam ichra jannat huri uldur,
Quyosh yanglig` jahon mashhuri uldur.
Eshitgan birla Xusrav moyil erdi,
Bular kelmak g`arazg`a hoyil erdi.
Chu to`sh-to`shdin bu so`zlar bo`ldi paydo,
Havas bir yo`li ko`nglin qildi shaydo.
Burun qildi muni ko`ngli aro jazm
Ki, Arman sori filhol aylagay azm.
Solib ul gulsiton sori guzarni,
Kiyurgay qo`lg`a sarvi siymbarni10.
Yana qildi taammul saltanatdin
Ki, shahlig`dur munofi ul sifatdin.
Buzurg Ummid edi yoru nadimi,
Ulus donosiyu olam hakimi.
Bilib ravshan samakdin to samo ul,
Anga har mushkil ishda rahnamo ul.
Ani xilvatda chorlab ochti rozin,
Sumanbar ishqidin so`zu gudozin.
Chu qildi borcha sirrin oshkora,
Tavaqqu` ayladi ul ishga chora.
Hakim ul nav` muztar ko`rgach oni,
Taammul aylabon mumtad zamoni
Dedi: «Bok ermas, osondur bu tadbir,
Mizojing topmayin bu ishda tag`yir.
Muayyan aylagil ravshan zamire,
Risolat shevasida benazire.
Ichi durri maoni birla purjo`sh,
Sadaf yanglig` va lekin og`zi xomush.
Sadafdek chunki og`zin ochqay oxir,
Hadis o`rnig`a gavhar sochqay oxir.
Anga ham taqvo o`lsun, ham asolat,
Mihinbonug`a yetkursun risolat.
Saloming birla aylab oni e`zoz,
Debon vuslat so`zin qilsun sarafroz.
Agarchi arzi johu rif`at etkay,
Vale boshi bu so`zdin ko`kka yetkay.
Eshitmishmenki Bonu kordondur,
Pari paykar dog`i bisyordondur.
Chu savdo topsalar bu nav` mavjud,
Ilikdin bermagaylar bu sifat sud.
Yaqinkim, aylab ul ishdin mubohot,
Yiborgaylar risolat noqilin bot.
Javobu muddao torsoq muvofiq,
Qiloli fikrin oning anga loyiq.
Vagar xud ochsa uzr aytur sari qo`l
Ki, aslo aql xud bermas anga yo`l.
Sangakim borcha ishga dastrasdur
Aning fikri dog`i dushvor emasdur».
Chu arz etti so`zin donoyi davron,
Pisand etti borin doroyi davron.
Topib andoq kishikim bo`ldi mastur,
Qilib bu muddaokim bo`ldi mazkur.
Rasuli kordon so`zning tamomin,
Chu qildi fahm, tez etti xiromin11.
Kecha-kunduz demay borur edi yo`l,
Qadam qo`yg`uncha Arman mulkiga ul.
Ketur soqiy, qadahkim komim uldur
Ki, ollimda ajab dushvor yo`ldur.
Ne bir sog`arki, sog`ar tut payopay
Ki, bu vodiyni bexud tay qilay, tay.
Xusrav elchisi Arman kishvarig`a yetgoni va Mihinbonu munhiylariga muddaosin zohir etib, Bonu ani ko`rarga bazmi saltanat qurg`oni va Hudhud Bilqis ollinda o`lturg`ondek rasulning Bonu qoshinda o`lturg`oni va Sulaymoni zamon risolatin qushlar tili bila arz qilg`oni va tovusni Anqo1 juftlug`ig`a so`z solg`oni va Bonuning bahona domin ochqoni va hiyla donasin sochqoni va ul ziyrak qushning bu dona va domdin ram qilib qochqoni va farog` bol hosil qilmay qahramonlig` Qofig`a ketgoni va ul Qof Anqosi bu ma`nidin g`azab minqori bila qahr changolin tez etgoni
Bu vodiy qat`ida qilg`on sayohat,
Bu yanglig` qildi izhori fasohat
Ki, chun Armang`a yetti homili roz2,
Bo`lub ko`nglida yuz turluk fusunsoz.
Xabar yetkurdilar Bonug`a navvob
Ki, davlat bu taraf bo`lmish inontob.
Rasule qasru toqi Kisraviydin,
Ne Kispokim, bisoti Xusraviydin.
Kelibdur aqldek boshtin-ayoq hush,
Takallum vaqti go`yo, yo`qsa xomush.
Solib Bonu quloq ul mojarog`a,
Tushurmak hukm etib mehmonsarog`a.
Ko`p aylab aklu shurb ichra zarofat,
Buyurdi ulcha imkoni ziyofat.
Yibordi nuktadoni hushmand el,
Daqiq idroklik mushkilpisand el
Ki, noziklik bila aylab qiyosin,
Nekim bor onglagaylar muddaosin.
Qilib ma`lumi ul xayli yagona,
Bo`lub dargah bisotig`a ravona.
Qilib arzida izhori xijolat
Kim, ul xijlat-o`q aylab arzi holat.
Mihinbonu bilibkim, charxi soyir
Yana ne bulajab la`b etti zohir.
Dedikim: «Tongla asrab bor3 chog`in,
Muhayyo aylangiz ko`rmak yarog`in.
Ko`ray e`zoz ilakim mehmondur,
Ulug` yerdin yetishgan kordondur.
Manga ma`lumi chun bo`ldi xitobi,
Degaymen har nekim bo`lg`ay javobi».
Eshitgach hukm, yer o`ptilar ul xayl,
Chiqib hukm o`lg`on ishga qildilar mayl.
Tushub Bonu tafakkur olamig`a,
Tafakkur yo`q, tahayyur olamig`a.
Desa zohir qilay ul ish rizosin,
G`animat onglabon davlat asosin.
Kelib yodig`a Farhodi sitamkash,
Hazin ko`ngli bo`lur erdi mushavvash.
Bu so`z raddin qilurg`a bo`lsa mashg`ul,
Topilmay hech nav`i uzri ma`qul.
Desa Xusravni o`zdin kam emastur,
O`zin tengsiz desa, ul ham emastur.
Agar farzan, o`zi bo`lsa rizomand,
Bo`lurmu rozi ul sho`xi shakarxand?
Agar kuch birla bo`lsa oy rizosi,
Ne bo`lg`ay bu rizoning intihosi?
Vagar qilsa ibo tarhini bunyod,
G`azanfardin yetar jayranga bedod4.
Harif ermas yoling`a hulla chandon,
Ushotur shisha yuz ming bo`lsa sandon5.
Bu ma`nida base aylab madoro
Ki, yaxshi uzre etkay oshkoro.
Taxayyul tuxmini yuz nav` ekti,
Ham oxir oyni ul roy ichra chekti
Ki, gardundin bu ish voqe` durur bil,
Yamon gar yaxshisin ham fikrini qil.
Eshitgach qissani huri parizod,
Qo`yub tufrog` uza yuz, qildi faryod
Ki: «Ey na`layning o`rni qiblagohim!
Harimi nazhating g`amdin panohim!
Necha yetkay sanga mendin malolat,
Necha kelgay manga ondin xijolat.
Boshimg`a tig`i g`am sursang ne bo`lg`ay,
Bu so`z deguncha o`ltursang ne bo`lg`ay.
Meni hindudek otashgahg`a boshla,
Uzorim xolidek o`t ichra tashla
Ki, jismim bo`lsa ul o`t ichra nobud,
Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.
Malolimdin bari olam qutulsin,
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.
Manga Farhod ishqi tuhmati bas
Ki, chehram ko`rmayin ul zoru bekas.
Yiqilmoqdur shiori oh tortib,
Ko`nguldin nolai jonkoh tortib.
Qulog`i mustami` bo`lmay so`zumga,
Ko`zi oylar o`tub tushmay yuzumga.
Tog` ichra sel yanglig` oqizib yosh,
Urub tosh uzra hardam seldek bosh.
Xayolim birla ko`nglin qone` aylab,
Firoqim ichra umrin zoe` aylab.
Yuzumdin didai giryoni mahrum,
Visolimdin balokash joni mahrum.
Qolib men ham yiroq ul notavondin,
Nechukkim mendin ul, men dog`i ondin.
Bu bizga holu yuz nav` elda shuhrat,
Ne yuz shuhratki, yuz ming nav` tuhmat.
Manga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam o`lsam ushbu basdur!6
Agar Bonu iloji bilsa qilsun,
O`zumni o`ltururmen yo`qsa bilsun!»
Mihinbonu ani chun bo`yla ko`rdi,
Yuziga darddin ashki yugurdi.
Ko`ngulga chora tarhin soldi filhol,
Ko`ngul berdiyu, ko`nglin oldi filhol.
Dedi: «Ey ko`rmagingdin ko`ngluma kom!
Huzuringdin hazin jonimg`a orom.
Ne so`zkim sen deding jonimg`a yoqti.
Hadising joni pajmonimg`a yoqti.
Sanga bori so`zingda muttafiqmen,
Muhiq sen-sen dog`i, men ham muhiqmen.
Sen emdi g`am yema, ko`nglungni xush tut,
Tarab birla o`zungni bodakash tut.
Tuzub men tongla jashni xusravona,
Qilay elchini uzre deb ravona».
Degan miodi birla oni ko`rdi,
Talattuf birla yo`l ranjini so`rdi.
Yana Xusravg`a ham aytib duolar,
Base so`rdi debon madhu sanolar.
Quyi solib suxanvar farqi taslim,
Qo`pub aylab anga shoyista ta`zim.
Ko`rub ul xusravona taxtu avrang,
Anga loyiq shukuhu hushu farhang.
Nihon ko`nglida yuz ming ofarin deb,
Hasabda loyiqi toju nigin deb.
Chu bazm oyinig`a bo`ldi nihoyat,
Anga in`omlar aylab bag`oyat.
Ijozat berdi ta`zim aylabon ko`r,
Dedi shahg`a duolar aytu yer o`p.
Yana deb zohir etgach muncha savlat
Ki, degaylar javob arkoni davlat.
Payom ovar chu torti so`zga anjom,
Er o`pti, dog`i qo`ydi tashqari gom.
Tilab navvobni Bonu ravone,
Alarg`a sharh qildi dostone.
Ki: «Ayting bu rasuli kordong`a,
Ki, desun Xusravi xisronishong`a
Ki, payg`omiki bu jonib yibording,
Niyoz ahlini tufrog`din ko`tording.
Chekib tufrog`ni charxi axzar uzra,
Chiqording zarra mehri xovar uzra.
Vale tole`g`a chun yo`q ro`yi behbud,
Sen ar yuz muncha qilsang lutf ne sud.
Agar yuz yil bu ishga yesam armon,
Chu bu dardimg`a darmon yo`q, ne dermon.
Bizing birlaki sen vuslat qilursen,
Sharafdur bizga bu, sen ham bilursen.
Vale voqi` durur bir turfa holat
Ki, bor oni demaktin ham xijolat.
Vale har neki Tengri qilsa taqdir,
Kishiga yo`q rizodin o`zga tadbir.
Budur so`z hosilikim, bu qamarchehr
Ki, oning sori garm o`lmish sanga mehr.
Hunardur garchi boshdin to ayog`i,
Va lekin bor durur bir aybi dog`i
Ki, juft otin qoshida tutsa bo`lmas,
Bu so`zning girdiga yovutsa bo`lmas.
Eranlardek erur da`bu shiori,
Chorib, o`q otib, o`lturmak shikori.
Kishiga yo`q bizing el ichra yoro,
Anga qilmoq bu so`zni oshkoro.
Kim etsa qoshida bu so`zga madxal,
Magarkim kechgay o`z jonidin avval.
Anga bu ayb bermish Koshifi g`ayb,
Ne Haqdin bo`lsa, bo`lmas aylamak ayb.
Yo`q ersa ul bani odam parisi,
Quyoshedurki, ko`rtur mushtarisi7.
Angakim o`lsa olam xalqi mushtoq,
Nechuk ul juftdin qolg`ay edi toq.
Jihat bu erdikim bu kunga tegru,
Uy ichra qoldi ul gulchehra mahro`.
Chu shahni aybimizdin qilduk ogoh,
Nekim hukm aylasa hokim durur shoh».
Tugatgach so`zni Bonuyi zamona,
Qo`pub navvob, eshitgach ul fasona.
Payom ovarg`a ochib pardai roz,
Barisi bo`ldilar afsona pardoz.
Javobida o`zin ojiz torub ul,
Qo`pub, kelgan sari tutti ravon yo`l.
Chu yetti anda, mundin har ne bildi,
Ravon Xusrav qoshida arza qildi.
Eshitgach tund o`lub doroyi dovar,
G`azabdin qilmadi ul so`zni bovar.
Yana bir tundroq elchi yibordi,
Aning dog`i javobi bo`yla bordi.
Necha qatla borib keldi rasuli,
Muyassar bo`lmadi maqsad husuli.
G`azab ul nav` garm etti dimog`in
Ki, dudi tiyra qildi kun charog`in.
Dedi: «Holim mening ul yerga yetti
Ki, bu nav` el so`zumdin nafrat etti.
Yaqindurkim bu bema`ni fasona,
Erur boshtin-ayog` makru bahona.
Manga bas ermas erdi bu qadar nang
Ki, qilg`oymen alarg`a o`zni hamsang.
Eshitmaklik kerak bu mojaro ham,
Ki, qilg`aylar alar so`zdin ibo ham.
Erur o`z baxtig`a bermak nigunluq,
Zabunlarg`a ayon qilmoq zabunluq.
Nega xud chiqmasun sung`ur jahondin,
Ko`rub shavkat sadosi mokiyonding`?
G`azanfar xud netar changolu yolin,
Chekar bo`lsa tishi o`yning maholin.
Agar umr o`lsa ul ayyoralarg`a,
Demay ayyorakim, makkoralarg`a.
Sitamdin yetkuray andoq sazoe,
Solay kishvarlari ichra baloe
Ki, qayda bor esa bir hiyla payvand,
Qiyomatg`a dekin bo`lg`ay anga pand».
Bu so`zlarni debon azm ayladi bot,
Sipahlar tortibon hayhot-hayhot!
Kerak ishq ahli qul bo`lmoq bu so`zga
Ki, «shahliq o`zgadur, oshiqliq o`zga»8.
Ketur, soqiy, qadah ogohliqdin
Ki, andin jur`a xushroq shohliqdin!
Ichib may, saltanat ilmay ko`zumga.
Qilay zulm, elga qilg`uncha, o`zumga!9
Xusravning Shirin soridin kelgan talx javoblaridin achchig`lanib qalin sipoh chekib, Arman viloyatig`a sho`ru g`avg`o solg`oni va Mihinbonu Armaniya qo`rg`oninkim, har burji rif`atda sekizinchi hisorning o`n ikki burjidin bosh o`tkarib, har kungirasi to`qquzunchi hisn uchig`a xisht yetkurub erdi berkitgoni va Xusrav qal`a tegrasin evrularda Farhodni qayo ustida ko`rub tutmoq xayoli qilib Farhodning til xaroshi bila aning bag`rig`a nish sonchib, ko`ngliga tig` urmog`i va ilik toshi bila boshidin xudin va alami boshidin mahchasin uchurmog`i va Xusravning tug`i boshsiz va boshi xudsiz o`rdusig`a surmoki va cherigin qo`rg`on sori ko`churmoki
Maoni xaylini qilg`on murattab,
Bu maydon ichra mundoq surdi markab
Ki, chun surdi sipah Armang`a Parvez,
Nizou qahr tig`in aylabon tez.
Ne o`rdusig`a bor erdi kanora,
Ne ul o`rduning ahlig`a shumora.
Sipah gardi qarortib kun charog`in,
Mushavvash aylabon gardun dimog`in.
Sipohi chekti ko`rguzmakka bedod
Ki, bermas olami bedodgar yod.
Necha kun chun manozil qat` qildi,
Cherik Arman savodig`a yoyildi.
Xabar Bonu sori yetkurdi har xayl
Ki, tutti borcha Arman mulkini sel.
Qayu bir selikim, daryoyi ofat,
Qayu daryoki, to`foni maxofat.
Anga xud bu ish ermas erdi mubham,
Burundin ishni qilmish erdi mahkam.
Hisorin royu harfi qal`adori,
Qilib mahkam nechukkim ko`k hisori.
Ne qo`rg`on, bir hasinu berk qo`rg`on,
Falak hisnini arkidek yashurg`on.
Samon oshlig` toshig`on yo`l nishoni,
Falak yanglig` yonida qahkashoni.
Tutub har kungiri keynida orom,
Muborizshevae andoqki Bahrom.
Chiqib boru anga gardung`a tegru,
O`tub xandaq yana gardung`a tegru.
Yazak qilsa tutub ul avj bora,
Kecha xandaq suyi sori nazora,
Quyi kavkabni ko`rguzgay safodin.
Kavokib aksi tushgandek samodin.
Bu mahkamliq bila oncha zaxira
Ki, idrokida qolib aql xira.
Suhovash donasin dastosi gardun,
Ming yil davr etsa bo`lmay tortmoq un.
Hamaldek qo`zi yuz mingdin ziyoda,
Uy anda suvr yanglig` poda-poda1.
Yana har jinsi kiymak yo yemakdin,
Bo`lub kasratda mustag`ni demakdin.
Bo`lub Bonuyi korogahg`a pesha,
Hisor ahlini zabt etmoq hamesha.
Pari paykar bila Bonuyi sardor,
Qilib Farhodni dog`i xabardor.
Anga zohir etib ul ish qiyosin,
Qilib qo`rg`onga kirmak iltimosin.
Parining so`zini ul yerga solmay,
Parining xotiridin kecha olmay,
Qo`yub nokomdin qo`rg`on sori gom,
Vale toshqori tutmish erdi orom.
Topib ul qal`aning toshida bir tosh2,
Kim ul ko`k qal`asidin o`tkarib bosh.
Tutub erdi aning ustida maskan
Ki, bo`lg`ay razm vaqti xora afgan.
Kelib Xusrav ham aylab jahdu ta`jil,
Yiroqroq tushti qo`rg`ondin yarim mil.
Adaddin ko`p sipohin chun tushurdi,
Tamosho aylay Arman sori surdi.
Humoyun mavkibida ming dilovar,
Aning birla surub ul yon takovar.
Hisor atrofida solib nazar tez,
Bo`lub har lahza nav`i fikrat angez.
Nazora aylar erdi har zamone,
Ko`rar erdi yer uzra osmone3.
Ne topib olmog`i sa`yida behbud,
Ne kelmakdin pushaymonliq etib sud.
Tutub Farhod ul tosh uzra manzil,
Nechukkim dur qilur bosh uzra manzil.
Nazar Farhodg`a chun soldi Parvez,
Degil ko`ksiga tegdi dashnai tez4.
Dedi: «Ul bulajabvash odamizod
Ki, ko`rgach oni ko`nglum bo`ldi noshod;
Tafahhus aylangizkim, ne kishidur
Ki, xotirni hazin qilmoq ishidur».
Birov farzona sori surdi otin,
Etib Xusrav tilidin so`rdi otin.
Dedi bedilki: «Ot ahli emasmen,
Otim tutmoqqa dog`i arzimasmen.
Qazodin o`yla tufroq o`ldi zotim,
Kim ul tufroq aro gum bo`ldi otim.
Ichimga ishq o`tidin tushkali dud,
Ne otim, balki zotim bo`ldi nobud.
Meni ot anglamakdin ishq etib yot,
Men otdin yotu mendin yot o`lub ot.
Va lekin dahr aro ahli talavvun,
Adamg`a aylab itloqi taayyun5.
Qilurlar chun vujudim tufrog`in yod,
Hamonokim atarlar xasta Farhod».
So`zin Xusrav qilib boshdin-ayoq go`sh,
Yaqin erdiki borg`ay mag`zidin hush.
Eshitmish erdi ko`p avsofin oning,
Eshitgach bu kalomi sofin oning.
Agarchi vola etti hayrat oni,
Vale ishq ichra o`rtab g`ayrat oni.
Dedikim: «Nuktasidur choshniyi bahr,
Manga andin nasib ermas, magar zahr.
Qilur rangin so`zi xotir mushavvash,
Hamonokim yilonedur munaqqash.
Kalomi nechakim sofu arig`dur,
Manga nuqsondin o`zga ne osig`dur.
Chu bor ondin g`amu mehnat nasibim,
Erurmen oshiqu uldur raqibim.
Erur ko`nglida shirkat orzusi,
Ne shirkat, balki mulkiyat g`ulusi.
Bu xoredurki yo`ldin olg`ulug`dur,
Aning ko`si rahilin cholg`ulug`dur.
Qo`lumg`a muft solmish oni iqbol,
Kerakdur bo`lmoq andin forig`ulbol.
Chamanni chun aritsam bu tikandin,
Tong ermas, bar yemak sarvu sumandin».
Dedi: «Besh-o`n muboriz sekretib ot,
Mening ollimg`a oni kelturung bot».
Alar chun qildilar ul sori parvoz,
Chiqib tosh uzra Farhod etti ovoz:
Ki: «Ey chobuk sipahdori dilovar,
Qo`lungda baxt yoru charx yovar.
Agar Xusrav esang xud bil bu so`zni,
Emas ersang ham eshitgil bu so`zni:
Sanga mendinki kelmak multamasdur,
Tariqi multamas mundoq emasdur
Ki, chopturdung o`n-o`n besh rahlavonni
Ki, qilg`aylar talaf bir notavonni.
Vagar xud qasdu qatlim erdi maqsud,
Manga mundin ziyon yo`qtur, sanga sud.
Bu jam`i begunah qonig`a kirding,
Sipohingni o`z ilging birla qirding.
Desang bu nukta ermas, rost hosho,
Boqib, Haq sun`ini qilg`il tamosho
Ki, boshdin uchqusidur mili xudung,
Bu tosh birlaki yetkurdim durudung6.
Yana bir tosh otib, dedi ravoni:
«Mungadur mahchai tug`ung nishoni».
Iki toshi qilib sur`atda ta`jil,
Payopay uchti yetgach mahchau mil.
Dedi: «Ey kim, bu elga podshahsen,
Yo`q ersang shoh, sarxayli sipahsen.
Bu erdi ishq xayli dastburdi
Ki, sen ko`rdung, sipohing dog`i ko`rdi.
Bu elni qaytarurg`a amr qilg`il,
Yo`q ersa borcha bir-bir o`ldi bilgil.
Bu toshikim uchurdi xud mili,
Hamuldur bosh uchurmoqning dalili.
Nazar qilkim seningdek bir sipahdor
Ki, bo`lg`ay xayli ichra ming kulahdor.
Birov jonig`a qilg`ay qasdi nohaq,
Evaz bu nav` yetkurg`ay anga haq
Ki, bir majnun qayodin tosh uchurg`ay,
Etib ul tosh, sendin bosh uchurg`ay.
Boshingdin kechtim oxir bil g`animat,
Boshing olib yo`lungg`a qil azimat
Ki, mendin bo`lmayin hech amr noshi,
Manga bo`ldi sening qasding xaroshi.
Nechakim ishqdin ranjur erurmen,
Nekim qilsam, sanga ma`zur erurmen.
Ki, Arman tog`ida kin aylasam fosh,
Yaqin bilkim, erur har toshu bir bosh.
Kimon qilma bor ersang ishda dono,
Sipohu mulk ila bo`lmoq tavono
Ki, Haq ollinda butmas ming sipahdin,
Ish andoqkim bir ohi subhgahdin.
Sangakim ro`zi etti rodshahliq,
Mening qildi nasibim xokirahliq.
Ko`ngul aylab sen ul shahliq bila keng,
Mening ollimda ul tufroq bila teng.
Ne ishkim shah topib ondin navoe,
Vale yuz qatla or etgay gadoe7.
Jafo maydonig`a har dam surub ot,
Kishi andin nechuk qilg`ay mubohot.
Erur bu turfaroqkim tortibon tig`,
Qarortib yerni xayling o`ylakim mig`.
Qilib el mulki ichra qatlu toroj,
Olay deb mulk elidin taxt ila toj.
Birovnikim berib mulkini barbod,
Qilursen nozanin ko`nglini noshod.
Shikastig`a sitam yoyin qurarsen.
Eshittim, ishq lofin ham urarsen.
Bu bo`lg`ay dardu ishq oyini voh-voh,
Vafou mehr sharti Alloh-Alloh!
Kishi ishqida zor o`lmoq bu bo`lg`ay,
G`amidin beqaror o`lmoq bu bo`lg`ay!»
Ilik zo`ri bila andoq otib tosh,
Qilib tig`i zabon mundoq yana fosh.
Tushub Xusravg`a toshi iztirobi,
So`zining ham tora olmay javobi.
Yonarda erta kunni qilmayin kech,
Yovuq bormoqqa tormay maslahat hech.
Topib kelgan sipohidin malolat,
Yuz oncha qal`a ahlidin xijolat.
Bu sayridin anga bo`lmay ravo kom,
Yonib o`rdusi sori bordi nokom.
Teshib xudin aning Farhod toshi,
Ichin tig`i zabonining xaroshi.
Ketur soqiy, mayu, g`am xaylini yeng
Ki, ermish ishq aro shohu gado teng!
Necha ishq ichra shahlig` lazzati bor,
Gadolig`larning o`zga holati bor.
Xusrav Farhodning qattig` toshidin pajmurda va qattiq so`zidin ozurda kelib, Buzurg Ummid bila ulug` chora umidig`a so`zlashib, lutfomiz alfozg`a qahr va shahdangiz kalomg`a zahr qotqoni va bu umid va biym maktubin rasuldin Mihinbonu sori uzotqoni va elchining shahdliq zahri shishasi qal`aning xorasidin usholg`oni, ya`ni Mihinbonuning xoradek mahkam javoblaridin ojiz qolg`oni, dog`i Xusrav Armaniya hisorin muhosara qilg`oni va qal`a darvozalari bog`lanib, xusumat eshiklari ochilg`oni
Fasona aytur ustodi suxanvar,
Bu yanglig` toqti so`z bikrig`a zevar
Ki, Xusrav garchi ul kun bo`ldi diltang,
Yonib diltang, uyig`a qildi ohang.
Ham oxir qo`ydi ko`p aylab marog`a,
Buzurg Ummid ila so`zni arog`a.
Buzurg Ummid ani aylab tarabnok,
Dedi: «Qayg`urmag`ilkim yo`qturur bok;
Ko`histon ahli ko`p otqay faloxan,
Junun ahli ko`p etgay yova so`z fan.
Yilon netgay urub nish ajdahoni,
It urmak birla yonmas korvoni1.
Nechuk majnun so`zin oqil eshitgay,
Junun o`ti bila ko`nglin eritgay.
Eshitgan nuktani ko`nglungga olma,
Eshitsang juz eshitmaslikka solma.
Bu avlokim yana bir nuktapardoz,
Borib Bonu sori rand etsa og`oz.
Kalomi ichra bo`lg`ay lutfu tahdid,
Nechukkim biym bo`lg`ay, bo`lg`ay ummid.
Shak ermaskim ayon aylab madoro,
Zabunliq aylagaylar oshkoro.
Bu ish bo`lmoqliq avlo chora birla,
Siteza qilsa bo`lmas xora birla
Ki, bu qo`rg`on erur mahkam bag`oyat,
Zaxira anda dog`i benihoyat.
Seningdek shahki xurshedi jahonsen,
Qayu xurshed, Jamshedi zamonsen.
Qachon ul yon tilarsen razm solmoq,
Keraktur razm solg`on kun-o`q olmoq.
Bu yanglig` fath agar xud dast bermas,
Ani yuz yilda olmoq mumkin ermas.
Chu bo`lmas razm ila olmoq muqarrar,
Magar tadbir ila o`lg`ay muyassar.
Emas tadbiri holo mundin o`zga
Ki, chekkaybiz bir ish naqshini so`zga».
Fusungar aytibon yolg`onu chindin,
Chekar af`ini afsun birla indin2.
Degach bu so`z topib shaxsi suxandon,
Uzottilar ani g`amginu xandon.
Kelib qo`rg`ong`a ul farxunda rovi,
Bu yanglig` ayladi so`z kov-kovi
Ki, shahkim charxni rom aylamishdur,
Qamarg`a bu so`z e`lom aylamishdur
Ki, biz farzandliq tarhini solib,
Buyon keldik vafo ko`sini cholib.
Burunkim tushmamish amre aroda,
Qiling andoqki, qilmishbiz iroda.
Agar avvalg`idektur so`z hisobi,
Bu so`zdur ul parishon so`z javobi
Ki, siyminbarki keldi mehri ofoq,
Gar o`lsa siz degondek juftdin toq,
Eranlar maylidin fard o`lsa zoti,
Alarg`a yo`qsa mutlaq iltifoti.
Bor ermish telbai xoro shigofe,
So`zi boshtin-ayoq sahvu gazofe.
Xiradg`a yuz tanaffur hay`atidin,
Xirad ahlig`a dog`i suhbatidin.
Bu shan`at birla ul nangi zamona,
Urub tun-kun fig`oni bexudona.
O`zin aylab aning ishqig`a mansub,
Qilib oshiq o`zin, ul oyni mahbub.
Bu ish topib bori olamda shuhrat,
Nechuk ul oyg`a bo`lmoy hech g`ayrat.
Ani istab yana qoshig`a doim,
Vafo omiz so`zlar deb muloyim.
Visoli birla aylab ko`nglini shod,
G`ami hajridin aylar ermish ozod!
Siz aytur so`z zilole bo`lsa sofi,
Erur bu ish aning birla munofi.
Va gar yolg`ong`a oxir bo`lsa roje`,
Bas ul so`z voqe`, o`lmish g`ayr voqe`?!
Agar bu sahvingizg`a mu`tarifsiz,
Karam birla kechurduk ham ani biz.
Xatodin xoli ermas odamizod,
Erur haq ishda sahv etmoqdin ozod.
Chu qilduq mulkunguzg`a mehmonliq,
Qiling siz ham tariqi mizbonliq.
Arodin murtafe` bo`lsun kudurat,
Kuduratsiz safo bo`lg`ay zarurat.
Tugatti so`zni chun roviyi farrux,
Mihinbonu bu yanglig` dedi posux:
«Kim, ulkim Xusrav aytibturki, Farhod
Emas siyratda misli odamizod.
Ne yanglig` degabiz bu so`z javobin
Ki, xud ul deb eshitmish o`z javobin.
Bizingdek yuz tuman vasf etsa yuz yil,
Deolmas vasfining mingdin birin til.
Gado debdur, erur ul shohzoda,
Sharafda ondinu bizdin ziyoda.
Ne ilmu fanki bor olamda ahsan,
Bu ahsandurki, ul bor anda yakfan.
Aning ul gavhari volosi bordur
Ki, bu o`kmakdin istig`nosi bordur.
Yana bir buki debtur sarvi gulchehr,
Eranlarg`a agar bor ersa bemehr.
Nedin Farhod anga chun bo`ldi oshiq,
Erur ko`ngli aning birla muvofiq.
Bukun Farhod ul ozodavashdur
Ki, yo`qluq bodasidin jur`akashdur.
Fano o`ti aro andoqki xoshok,
Vujudi xirmanin pok o`rtamish pok.
Bo`lubtur o`yla haq zotida foniy
Ki, yo`qtur anda o`zlukning nishoni.
Bu ash`yo ichra kim bo`lg`ay mazohir,
Ko`rar mazharni har yon bo`lsa nozir.
Qayu mazharki ajmal kelsa mavsuf,
Ajab yo`q anda ko`prak bo`lsa mash`uf3.
Va lekin to erur Shiring`a shaydo,
Ishi bo`lmaydur andin o`zga paydo
Ki, ko`rmish ikki yo uch qatla oni,
Tiriklikdin anga qolmay nishoni.
Aningdek tarki aqlu hush qilmish
Ki, ikki-uch kun o`lgandek yiqilmish.
Azosidin bo`lub har xayl ranjon,
Yana haq mavhibat aylab yangi jon.
G`arazdin pok topib oni gulrux,
Ko`rub farxunda ruxsorini farrux,
Qilur jonin aning vasli fidosi,
Va lekin ko`p durur oning ibosi
Ki, ko`rgach hush tark etmak hamondur,
Kelib bu o`zidin ketmak hamondur.
Bu ma`nidin tutub gah dashtu gah ko`h,
Zaif egniga yuklab bori anduh.
Erur oning xayoli birla qone`,
G`amu dardu maloli birla qone`.
Vale mahvashqa oning vasli maqsud
Ki, yo`q makruhe tab`i anda mavjud.
Bukim debtur, karih oning jamolin,
Ne til birla deb erkin bu maqolin?
Ani men ayta olmon zisht yo xo`b,
Sanga ko`rmakligi bor ersa matlub,
Borib Tengri uchun ko`p oni bexost
Ki, Xusrav so`zlamish egrimu yo rost?
Yuzi gulzoridin chun vard tergung,
Ne aytay men, o`zing insof bergung.
Bukim Xusrav erur bu ishga moyil
Ki, men bo`lg`aymen o`z sahvimg`a qoyil.
Bu erdi so`zki, taqrir o`ldi bir-bir,
Borib ollinda bir-bir ayla taqrir.
Desakim, sahvdur, yo`q hech bokim,
Agar chin desa ham bor o`zi hokim».
Quloq chun elchi ul so`zlarga solib,
Qo`pub yondi deganlardin uyolib.
Kelib shoh ollida og`oz aylab,
Nekim fahm etti sharhi roz aylab.
Bu so`zlardin bo`lub g`olib xijolat,
Taraddud soldi Xusravg`a malolat.
Bir ulkim, har ne aylab erdi maqsud,
Sarosar topti yor ollinda mardud.
Bu ham ozurda ko`nglin etti maqtul,
Raqib o`lmoq habib ollinda maqbul.
Chu qildi podshahlik e`tiborin,
G`azab oldi ilikdin ixtiyorin.
G`azab tig`in chiqorsa podshahlar,
Ulug` mujrimcha bordur begunahlar.
Qamishliq ichra chun o`t tushti nogoh,
Qurug`-o`l kul bo`lur bo`lg`uncha ogoh4.
Qayonkim zohir etti seli bedod,
Yiqorda teng durur vayronu obod.
Chu Xusravni g`azab mag`lub qildi,
Anga ul mulk elin mag`zub qildi.
Ko`chub qo`rg`on sori surdi samandin,
Solay deb ko`k hisorig`a kamandin.
Sipah azm etti ul yon favj-barfavj
Ki, choyqatti cherik daryosini mavj.
Aningdek yer yuzin tutti sipohi
Ki, tutqay mashq avroqin siyohi.
Qabab qo`rg`onni darqur-darqur ul xayl,
Tusharg`a qildilar to`shluq-to`shi mayl.
Chu qo`rg`on davrig`a yovushtilar bot,
Suron solib yonibon tushtilar bot.
Suron yo`q, sur savtining safiri,
Qayu bir surkim, mahshar nafiri5.
Ihota qildilar qo`rg`onni bebok,
Nechukkim arz jirmin davri aflok.
Ketur soqiy, qadah andoqki gardun,
Shafaqdek boda solib anda gulgun.
Ko`raykim bu hisori lu`batakboz,
Yana ne nav` to la`b etgay og`oz!
Xusrav qo`rg`onni qabab tushub davrida yana bir qo`rg`on egirgani va Armaniya qo`rg`oni arkdek Xusrav egirgan qal`aning davrig`a kirgoni va cherikning Farhod toshi qo`rqunchidin anga yovuy olmay ming qari yiroqdin tushganlari va Xusrav aning giriftorlig`i bobida bir hiylagar topib so`z rishtasin tugushganlari va ul hiylagar afsun rishtasi domin ochib tazvir ashki donasin sochib ul telba qushni1 giriftor qilg`oni, balki gul isi bila ul ishq bulbulining2 hushin uchurg`oni va Shorpur sayyodni halok qilib, kamindag`ilar saydni eltib Xusravg`a tortqonlari
Falak hisni demay, lu`bat hisori,
Aningdek ochti bu lu`bat uzori
Ki, chun tushti qabab qo`rg`onni Parvez,
Adovat o`ti bo`ldi dam-badam tez.
Uloshti mo`rjalu yerni qilib shaq,
Cherik atrofig`a qozdurdi xandaq.
Yasab xandaq toshida boruvu burj,
Parivash qo`rg`onining naqdig`a durj.
Qabab ul hisn davrin toshqi qo`rg`on,
Nechukkim qubba atrofini qolqon.
Hisor ahli dog`i voqif tunu kun,
Chiqarmay qal`adin kunduz unu tun.
Kecha lekin fig`oni fosh birla,
Yurub to subh hozir bosh birla3.
Tong otkuncha furug`i sham`u mash`al
Yorutub qal`ani andoqki manqal.
Valek ul yonki Farhod erdi sokin,
Cherik kelmak yovuq yo`q erdi mumkin.
Tiyib a`do sipohin ming qoridin,
Dema bir soridinkim, har soridin.
Etib toshi nechukkim, ra`d toshi,
Uchub gar tegsa sheri sharza boshi.
Toshig`a ming qori yerda nishona,
Urub gar xud erur xashxosh dona.
Bu andin turfaroqkim tegsa ul tosh,
Bo`lub Alburz4 tog`i bo`lsa xashxosh.
Chorib xoroni beandoza haddin,
Otar toshi yo`nub ko`prak adaddin.
Bu ishlar bor edi mardudi oning,
Vale izhoridin maqsudi oning
Aodi xaylini qo`rqutmoq erdi,
Alardin o`zni solim tutmoq erdi.
Yo`q ersa yo`q edi mumkinki ul zor,
Tegurgay pashshaning parrig`a ozor.
Birovga yetsa erdi charxdin ranj.
Bu andin ko`p bo`lur erdi alamsanj.
Zaife cheksa erdi dardlig` oh,
Bu tortar erdi yuz ming ohi jonkoh.
Ne mumkin erdi ul mahzun ishiga
Ki, andin bir alam yetkay kishiga.
Vale a`doni qo`rqutmoq futuri,
Anga jon vahmidin erdi zaruri
Ki, jonkim andadur jonon vafosi,
Nechuk qilg`ay ani dushman fidosi.
Shukuhidin yetib biym ahlig`a biym,
Ko`rub taslim andin ahli taslim.
Borib darmondalar qoshig`a oning,
To`kub ko`z yoshi ko`z yoshig`a oning.
Topib andin navozishlar gadolar,
Ko`rub har dam navolar benavolar.
Ayoqqakim tikan kirsa nihoni,
Tilab mujgoni birla cheksa oni.
Anga bu holu, ammo Xusravi ahd,
Aning daf`ig`a aylar sa`y ila jahd.
Tunu kun aylabon oning so`zin zikr,
Buzurg Ummid birla ko`p qilib fikr
Ki, shoyad ishga nav`i chora bo`lg`ay
Ki, Farhod o`rtadin ovora bo`lg`ay
Ki, andin bo`lmasa xotir haroson,
Bo`lur qo`rg`onni olmoq ul dam oson.
Aning har bir ishin kim el qilib fosh,
Taajjub yo g`azabdin irg`otib bosh.
Ham oxir bo`ldi paydo naqshboze,
Ne mushkil hiyla bo`lsa chorasoze.
Qachonkim zohir aylab makru talbis,
Bo`lub bir fahmi yo`q shogirdi iblis.
Anga shah zohir etti muddaosin
Ki, istarbiz bu majnun ibtilosin.
Agar sen aylasang bu ishga chora,
Berurmen naqd behaddu shumora.
Fusunpardoz mundog` surdi guftor
Ki, oni makr ila aylay giriftor.
Aningdekkim, dimog`idin ketib hush,
O`luk yanglig` yiqilsun yerga madhush.
Vale kelturmagiga chora bilmon,
Bu ajzimdin bu ishga bora bilmon.
Dedi Xusrav: «Sen etsang oni behush,
Kamingahda qo`yay men yuz zirihpo`sh
Ki, chopqoylar kamindin bo`lg`ach ogoh,
Keturgaylar ani andoqki dilxoh».
Chu mundoq va`da qildi shohi g`addor,
O`pub yer tebradi gumrohi makkor.
Yasab o`zni takalluf birla mahzun,
Jununsiz, lek shakli misli majnun.
Hamul vodida bir gul uzdi xushbo`,
Serib bargi aro behushdoru.
Ravon Farhod sori urdi gomin,
Yasab devonalar yanglig` xiromin.
Chekib ul nav` ohi oshiqona,
Degaysen, urdi o`t andin zabona.
Chu Farhod ul surudi dard eshitti,
Qaroru hushi ketti, sabri itti.
Boqib chun ko`rdi qaddin o`ylakim yoy,
Degaysen, ko`rdi devona yangi oy.
Etib jonig`a ko`ngli iztirobi,
Urub ko`nglig`a o`t joni xarobi.
Dedi: «K-ey dard o`tidin shu`la angez,
Daming qilg`on o`tumning shu`lasin tez.
Ne holing boru qaysi ko`ydinsen,
Bu yanglig` telba, ne mahro`ydin sen?
Manga g`am tig`in urdi ishqi bebok,
Sening ko`ksung nedin bu nav` erur chok?
Manga gardundin o`ldi zulmu bedod,
Nedin sen tortasen afg`onu faryod?
Manga hajr o`tin etmish baxt ro`zi,
Sanga muncha nedindur hajr so`zi?
Mening jismim qilib ishq o`ti nobud,
Sening ohing nechun zohir qilur dud?»
Chu topti hiylagar bu nav` bozor,
Yana izhor aylab ranju ozor.
Dedi: «K-ey ishq elining podshohi,
Bo`lub bul xayl ayog`ing xokirohi.
Meni mahzun falon iqlimdinmen
Ki, forig` har umidu biymdinmen.
Meni yuz ranj ila Haqning rizosi,
Yana garduni gardon iqtizosi.
Bu kishvar jonibi ovora qildi,
Birov ishqi bila bechora qildi.
Ko`rar erdim gahi ul dilraboni,
Yiroqtin oshkora, gah nihoni.
Necha hajrida zoru g`amkash erdim,
Yiroqtin ko`rmaki birla xush erdim.
Bukun Xusravki Haq bersun jazosin,
Bu kishvardin yiroq solsun balosin.
Kelib bu shahr bo`ldi qal`abandon,
Kirib qo`rg`ong`a ul gulbargi xandon.
Meni majnun biyobon ichra qoldim,
Balovu dardi hijron ichra qoldim.
Erurmen chun g`arib, el tonimaslar,
Manga ham oshnovu yor emaslar.
Chu borsam qal`a sori zulm etib fosh,
Boshimg`a yog`dururlar o`q bilan tosh.
Eshik ochilmadi chun ul talabdin,
Yaqin erdiki o`lgaymen taabdin.
Chu dardim sa`bu hamdardim yo`q erdi,
Juz ohi dardparvardim yo`q erdi.
Senikim ishq dashti rahravisen,
Mazallat kishvarining xusravisen.
Eshittim bu qayo uzra vatangoh,
Tutubsen ul sifatkim taxt uza shoh.
Kelibmenkim sanga holim degaymen,
Ulus fahm etmas ahvolim degaymen.
Chekib ishq ilgidin har lahza faryod,
Degaymen hajr elidin har nafas dod!
Degaymen ishq o`tig`a xaslig`imni,
G`aribu oshiqu bekaslig`imni».
Chu Farhod oncha ohu dardi jonso`z,
Ko`ribkim, zohir etti ul siyah ro`z.
Anga xud muncha hojat ermas erdi,
Degan yuz ming fusundin bir bas erdi.
Damidin shu`lalar gardung`a bordi,
Ko`zidin sellari homung`a bordi.
Fusungar sharh qilg`ondek malolin,
Mushobih topti o`z oshufta holin.
Chekib huy oncha sho`ru shayn qildi
Ki, g`amkash jismi za`f aylab yiqildi.
Yugurdi hiylagar devonalardek,
Yiqilg`on sham` uza parvonalardek.
Chu ko`rdi xastani beholu xomush,
Dimog`iga aning kelturgali hush.
Gulekim sermish erdi no`shdoru,
G`alat sharh ayladim, behush doru.
Dimog`ig`a qo`yub qildi tavaqquf
Ki, hushi zoyil o`lg`ay betaxalluf.
Anga qolmaydur erdi hushidan bahr,
Quyar erdi o`lukning komig`a zahr.
Chu hushi xaylin etti bo`yla g`orat,
Qo`pub far`yod etib qildi ishorat.
Uyumush erdi bir tosh uzra Shopur,
Yamon tush ko`rmagidin erdi ranjur.
Ul undin seskanib, borib qarori,
Sarosima boqib Farhod sori.
Ne ko`rdi? Borib o`zdin ul malakvash,
Bo`lub shaytonvashe har dam navokash.
Anga bildiki andin bo`lmish ul rev
Ki, yetti har tarafdin ul suruk dev.
Chu fahm ettiki bormish ilgidin ish,
Yiqilmay bag`rig`a mahkam qilib tish.
To`kub Farhodning ul holig`a yosh,
Qo`nqordi ul qayodin bir og`ir tosh.
Biyikrak yerda tutmish erdi manzil,
Ayog` ostida hiylatsoz g`ofil.
Aningdek urdi ul tosh birla oni
Ki, avval mag`zi, so`ngra chiqti joni.
Usholdi tosh birla ul qotiq bosh,
Masaldurkim, «ushotur boshni tosh»4.
Agar ul xastag`a yetkurdi ofot,
Yana ofotdin topti mukofot.
Chu yettilar suruk xayli jafokesh,
Bo`lub Farhod holig`a badandesh.
Biri deb sudroli Xusravg`a tegru,
Biri deb eltoli boshini ayru.
Chu ko`rdilar jamoli jonfizoyin,
Unuttilar taaddi rasmu royin.
Ko`tardilar ani aylab yuz ikrom,
Qilib avd urdilar Xusrav sori gom.
O`lukdek o`zda yo`q Farhodi mahjur,
Yovushub o`zni o`lturmakka Shopur.
Bo`lub chun tog` aro ul navhapardoz,
Sadodin tog` etib ham navha og`oz.
Bu yanglig`kim falak aylab sitezi,
Tushub qo`rg`on eliga rustaxezi.
Va lekin yoshurub ul ishni nokom
Ki, nogah bilmagay sarvi gulandom.
Ki, fahm etsa yumub jondin ko`zini,
Shake yo`qturki o`lturgay o`zini.
Alar aylab asir ul notavonni,
Mashaqqat tog`ida bexonumonni.
Chorib Xusravning o`rdusig`a tegru,
Qayu o`rduki, qarshusig`a tegru.
Tutub jo`ldu olur yormoqqa qalqon,
Degilkim aylamishlar tog`ni talqon.
Ketur soqiy, qadahkim, benavomen,
Xumori hajr eliga mubtalomen.
Meni holimni onglardin yiroq qil,
Necha behush esam, behushroq qil.