Òîï ðåéòèíã www.uz
MUNDARIJA

              I.   Bihamdik fath abvobul-maoniy,
              Nasib et ko`ngluma fath o`lmak oni
              II. Bu shavq dostonining «alif»lari sarvqadlar bo`yidek sanubarvash va   «lom»lari binafsha zulflar turrasi yanglig` dilkash erkoniga bois fehrastida haq otidin tug`ro va debochasi qayyumi mutlaq sifoti bila mutarro erkonining bayoni
              III. Munojot insonning adam nihonxonasidin vujud koshonasig`a kelmakda adami ixtiyoridin nishona demak va vujud shohrohidin adam xobgohig`a bormoqda vujud iztiroridin fasona aytmoq va gunoh qilurda begunohlig`in devonavor da`vo qilmoq va devona zanjirin sog`ing`ondek, bu devonalig` daf`in shar` silsilasi bila qilib junun uzri uchun ahli xush silsilasiga tortilmoq  
              IV. Ul quyosh ruxsori vasfidakim, tun kibi gisu quyoshig`a soya soldi va Vashshams bila Vallayl surasini aning yuzi quyoshi bila zulfi tuniga o`xshatilg`onidin har biri bir biyik poya oldi, agarchi ul quyoshqa soya yo`q erdi va ul kechaga manzil quyosh ustida-o`q erdi. «Va sallallohu alo shamsi jamolihi va zilli kamolihi»
              V. Ul shahsuvor vasfidakim, qaronqu tunda tiyra xokdondin buroqi barqavsh uzra chiqqoni «Minaz-zulumoti ilan-nur» din muxbir erdi, balki ul rokibning pok zoti ostidag`i pok»oti bila «nuran alo nur» din xabar berdi va bu nurlar malakut shabistonini munavvar va malak bo`stonini rashki sipehri axzar qildi
              VI. Qalam vasfida bir necha qalam surmak va ul raqamkash ta`rifin raqamg`a keturmakki, nazm kishvari savodin yakqalama qilib erdi va «Panj ganj» azroqig`a gavharposh raqami tortilib erdi va ul roqim bobida hamki munung xatti ma`nisin raqam-baraqam bildi, balki qalam-baqalam naql qildi. «Bayyazallohu taolo avroqa jaroyimiho»
              VII. Hazrati shayxul-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (madda zillahu) madhidakim, bu labtashnai vodiyi hayratqa munungdek ma`ni bodasining jomi aning himmati mayxonasining suvchilaridin damodam to`ldi va aning duosi paymonasining soqiylaridin labolab bo`ldi
              VIII. Bu parishon ajzoningki, guli otashin avroqidek dahr gulistoni bulbullarini hazordaston bila o`tluq faryodg`a soldi, bargidin shu`la va xurdasidin sharora ko`rguzmokiga bois ne bo`lg`ong`a qalam surmak va bu oshufta avroqningki charxi barin ajzosidek jahondashti majnunlarini ming balog`a daston qilib so`znok fig`ong`a uchratti, shafaqidin yolin va axtaridin axgar yorutmog`ig`a mujib ne erkonni raqam urmoq va o`zin bulbuli majnundek gulrux Laylisi firoqig`a solib g`am tog`ida Farhod bila hamovoz qilmoq
              IX. Bu iqbol varaqlarining muqobalasi va bu saodat tarhlarining mutorahasi va xayol bahrida maoniy tuhfai savdosi uchun masohat qilmoq va har fasona safinasin varaq-varaq, balki har tarix jungin safha-safha axtarib daryozada ajnosqa rad iligin urmoq va maoniy aqmishasi nafoyisin bu latofat hujlasi aroyisi uchun g`ayb tujjoridin hayot naqdin berib savdo qilmoq va jon rishtasi va kirpik ignasi bila libosi namoyish va xil`ati oroyish tikib, bu abkor qadlarig`a solib jilva bermak
              X.  Tezrav xomani mistar shohrohig`a kiygurmak va sodaro` noma maydonini shoh madhi ayturg`a kirpik bila supurmak, balki obdor nuktadin suv urub ul xomani maddohlardek bu maydong`a solib ma`raka tutmak va bu garm ma`raka birla har maddoheki bir shoh uchun madh etib turur ma`rakasin sovutmak
              XI. Saltanat sipehrining mehri raxshandasi va xilofat tojining la`li duraxshandasi, jahonbonlig` jismining ruhi nozanini va kishvarsitonlig` aynining mardumaki jahonbini, olam xalqining rafei va zamon ahlining badii, ya`ni sulton Badiuzzamon Bahodir madhida: xalladallohu mulkahu va abbada davlatahu
              XII. Bu deboyi chiniy yuzin xitoyi soz naqshlar bila munaqqash qilmoq va ul xitoyi naqshlarni monuviy tiroz gullar bila dilkash bezamoq va bu guliston sahnida Xoqoni Chin masnadi ehtishomin yoymoq va aning ehtishomi hadiqasi nasab guli va farzand mevasidin o`zga jami` azhor va favokih bila muzayyan erkonin aytmoq va «dard bog`i g`unchasi va balo chamani shukufasi, ya`ni shahzoda Farhodning adam shabistonidin vujud gulshanig`a kelgonin qalam bulbuli tilidin sayramoq
              XIII. Shahzoda  Farhodqa  «Al-asmou tanzilu minassamo» hukmi  bila  ishq sipehri  avjidin nomdorliq nasib bo`lmoq va shavq gulshanida g`uncha erkonda guldek ko`nglaki chok, balki bulbuldek ko`ngli g`amnok bo`lmoq va dard muallimi maktabida ishq kutubin lafz-balafz, balki muhabbat avroqin harf-baharf o`qumoq va dilovarliq maydonida shijoat varzishini qilichdek tez etib o`qdek tuzatmak va zamon kinavarlaridin xo`ddek saromad va nayzadek sarafroz bo`lmoq
XIV. Farhodning shabob gulshanidakim, tarab gulbunining nishot gullari ochmoq mahalli durur, dard xorlari ko`rguzmoki va bulbuldek shavq o`ti xorxoridin fig`on tuzmoki va Xoqon bu ishtin g`unchadek diltang bo`lub, aning chorasi uchun to`rt bog` tarhin solg`oni va to`rt qasr bino qilg`onikim, shoyad bu bog`lardin maqsud guli topilg`ay va ul qasrlardin murod eshigi ochilg`oy
              XV. Mulkoroning to`rt ravzai Iram monand bila to`rt qasri falak payvand imoratin to`rt ayirib har biriga Zuhalvash sarkor va Atorudson me`mor ta`yin qilib, rub`i maskundek obodlig`ig`a mashg`ul bo`lg`oni va Farhodning ish tamoshosig`a  kelib, ahli hunar san`atini tamosho qilib, Qorani sangtarosh ishiga yetishgach g`arobatidin faxmi teshasi ul ish idroki xorasidin kund bo`lub quyosh mag`rib tog`ig`a mayl etgondek aning xorosi ustiga tushub, metin tilidin so`z so`rub xoro sadosidiga javob topib ul ish mayli mumdek ko`ngliga «Qan-naqshi fil-hajar» bo`lg`oni
              XVI. Farhodning Qoran bila xoro yo`narda muqarni bo`lub, balki ul oyning bu Zuhal bila qiron qilmog`i va bu fanda anga sohibqironliq eshigi ochilmog`i va Moniy qalam mo`yidin tasvir fanni qalam-baqalam, balki mo`bamo` bilmog`i va jamin sanoyo` va hunar daqoyiqi aning ilgiga kelmog`i va to`rt yilda to`rt hadikai iram misol va to`rt qasri Xavarnaq timsolningkim, to`rt fasl muqtaziyoti rangi bila bino qo`yulub erdi, itmomi va Xoqonning alarni Farhodga musallam tutub, anda bazmi ishrat tuzarga ehtimomi
              XVII.    Bahor nasimi nafas bila lola o`tin yorutub, g`uncha pardasin ochqonda, balki lolau gul yafrog`larin chamai gulruxlari boshig`a sochqonda Xoqon Farhod bila gulnoriy qasr mayli qilib, gulgun may o`ti bila bazm ravshan etib, chaman rayohindin xoli bo`lub, ashjor xizrvash yafrog`lar bila sipehri axzardin namuna bo`lg`onda rayhoniy qasrda tarab bargin tuzotib, rohi rayhoniy ichib, daraxt yashil kisvatin za`faroniy hullalarga badal qilg`onda za`faroniy qasrda oltun sog`arg`a asfar may to`kub, day tojiri bog` libosin kofur kirdor qilib, balki tog`u sahrog`a kofurbor bo`lg`onda qasri kofuriy aro billurgun qadah ichra kofuriy mizoj may no`sh etib, har hadiqada uch oy inshot qilib, bir yilni bu nav` tarab bila o`tkarib Xoqon Farhodning mizojig`a iloj qila olmog`oni
              XVIII.    Xoqonning xonlig` tojin o`z gavhari bila arjumand sarmoya qilurning mojarosi va jahonbonliq taxtin o`z naqdi bila baland poya etarning muddaosi va o`z qarig`onidin boshi oqorg`on sarguzashtin demoq va ko`zi adam uyqusig`a mayl qilg`on afsonasin aytmoq va Farhodning toj soyasidin boshin qochurub, taxt poyasidin ayog`in yashurmoq va boshin Xoqon taxti ayog`ig`a qo`yub uzr aytmog`i va uzri boshtin-ayoq Xoqon ko`ngliga yoqib o`z so`zidin qaytqoni
              XIX.    Xoqonning o`z gavharin xazoyin g`aroyibi, balki g`aroyib xazoyinig`a kiyurmog`i va aning ko`ziga sangpora ushoq toshcha va qizil oltun qaro tufrog`cha ko`runmay, ko`zi chaz`i biluriy durjg`a tushub, suvda mehri xovariydek, billurda oyinai Iskandariyg`a tushgoni va ul ko`zgu tilismidin g`arib suratlar anga yuz ko`rguzub, ko`ngli ko`zgu aksidek iztirobg`a tushgoni
              XX.    Farhodqa Yunon mulki azimati jazm bo`lub, hikmat bila Mulkoroni chorlab, so`z kamiyatini Yunon vodisig`a solib, tilism muddaosin, balki muddao tilismin aning qoshida ochqoni va Mulkoro ani nasihat bila mumtane` qila olmay muddaosin Xoqong`a arz qilib, bu muhlik so`zdin Xoqonning ruhi Farhodi badan chinidin adam yunonig`a yuzlangali yovushub, Mulkoro bila ko`p mashvarat qilg`ondin so`ngra Farhod bila Yunon mulkiga cherik tortib borurni muqarrar qilg`oni
              XXI. Xoqonning Farhod jihatidan Yunon mulkiga sipoh tortqoni va ul kishvar hukamosi aning gardi sipohidin ko`z yorutub, yorutqon ko`zlarin alarning oyinai ruxsori bila jilo bermoqlari va ul oy va quyoshning anjum kirdor hukamo anjumani bila Suhayloyi hakim g`orig`a bormoqlari va Suhaylo partavi iltifotin alar ahvolig`a solib, «Jomosp» ahkomi bilan Farhodning baland axtarliq mujdasin berib, Suqrot g`orig`acha manzil-bemanzil rahnamoyliq qilib, umri kavkabi ul tog`da g`urub qilg`oni va Farhodning ul kavkab partavi bila hayrat shomida yo`l boshqorg`oni-133
              XXII.    Farhodning ajdahovash ko`h paykariga minib ajdahokushlik tig`in chekib, ajdaho vodiysig`a kirib, ajdaho uni o`q yilonidin damor chiqarg`ondek ajdahoni o`q yiloni bila toru mor qilmog`i, dog`i ajdaho g`org`a yuzlangandek ajdaho g`orig`a yuzlanib, Afridun ganjini topmog`i va dog`i ul ganjda ajdaho monand qilich bila halqa urg`on yilondek qalqonni iliklab ul ganjni atosi bila xaylig`a nisor qilmog`i
              XXIII. Farhodning devbod xiromliq devzodi ustiga sekrib Ahraman beshasi azmig`a sekratib ul vahshatzoy, balki savdo afzoy beshag`a kirib, Ahraman manzilig`acha surub yetgoni va Rustam Mozandaron beshasida dev o`lturg`ondek ul besha Ahramanin qatl etgoni va Ahramanvash raxshin Ahraman qasrig`a surgoni va Sulaymon hotamin ilgiga kiyurgani va yoyib Xoqon bila xaylin boshlab ul manzilda tushgoni
              XXIV. Farhodning Suqrot tog`i tilismin ocharg`a kamar bog`lab hayvonvash chashma tegrasidagi marg`zori axzarda Xizr muloqotidin sarsabz bo`lg`oni va Xizr anga xizri rah bo`lub g`am zulumotidin chiqorib, hayot suyidek ta`limlar bila toza hayot bergoni va g`am tilismi aning ko`nglidin ochilg`onidek aning tilismi g`amidin ko`ngli ochilg`oni va Hizrning jismi tilismida ravshan ko`nglidek tilism jismida jomi jahonnamoy topqoni va ul jomg`a Xizr suyidek may solib Sikandar yodi bila no`sh etgoni
              XXV.    Farhodning Iskandar tilismin ochib, Xoqon va Mulkoro bila Suqrot tog`ig`a azimat qilmog`i va ul tog`ning irtifo`da falakdin bosh o`tkarganidin sarguzashti aytmoq va tiyra g`orlarning har biri hijron tunidin savod ko`rguzganidin afsona demak va Farhod jomi jahonnamoda aqolimi sab`a mamolikin taqsim qilib Suqrot g`orin topqonidin yo`l ko`rguzmak va jom partavida yo`l ohangi qilmog`idin tarona tuzmak va alarg`a Suqrot gavhari tog` konida lome` bo`lub tilism mushkilin «koniyan minkon» ravshan qilmog`i va ul gavhari adam konig`a kirib bu sayrafiylar maqsudin gavharin iliklab qaytmoqlari kayfiyatining aytilmog`i
              XXVI.    Farhodning Xoqon bila Chin azmig`a dasht paymolig`i va Chinda yuz ko`rguzgan oyinai chiniy g`amidin shaydolig`i va ul ko`zguga tamosho qilg`och, Arman kishvari, balki Eram bog`i va Arman vodiysi, balki hayrat tog`i anga hil`yai namoyish va jilvai oroyish qilmog`i va Shirinning jamoli ko`zgusin ul ko`zgu jamolida mushohada qilib, oh urub yiqilg`oni va aning ohi ul ko`zgu yuzin tiyra qilg`oni
              XXVII. Farhodning ishq shu`lasida kuyub ul o`tin jon pardasida yashurmoqdin va hajr xunobasin yutub ul zahrni ko`ngul ichinda snngurmoqdin gulbargi ahmardek jamoli za`faroniy va naxli sanubardek niholi xayzaroniy bo`lub asr hukamosi va dahr atibbosi aning bahori sihhati xazoni marazg`a yuzlangonining tashxisini savdog`a qilib bu savdo bila aning maqomi ta`yinin jazoyir bila daryog`a qilg`onlari va bu daryo safari savdosidin anga sud istab nasiblarn ziyonbud bo`lg`oni
              XXVIII. Xoqon bila Farhodning sipehr tavsanidek xinglardin inib falak buxtasidek junglarga minib Chin sipohining sabo xayli daryo yuziga chin solg`ondek bahr maydonig`a sabodek betahoshi kirmoqlari va muqavvas fulklar bila tiyrlari falak qavsi bila qazo o`qidin nishona ko`rguzmak va nahangvash jo`ng og`zi bila bodbonlar kafan pardasi bila go`r og`zidin fasona tuzmak va safoyin g`aroyibidin necha harfi aytmoq va amvoj navoyibidin necha naqshi tortmoq va sarsarning zolim sipohi daryo olamidin rustxez chiqarib «va izal — bihoru fujjirat» tafsirin mavj xututidin bahr sahifasida sizmoq va ko`lokning nihoyatsiz tog`larining taoqubi «va izal — jibolu suyyirat» ma`nosin kema tiyri nugi bila falak avroqig`a yozmoq va ko`prak falakvash kemani fano nahangi yutmoq va daryovash safinalar adam daryosi tubin tutmoq va Xoqonni daryo talotumi Mulkoro bila Chin mulkiga solmoq va Farhod  ishq daryosida qolg`ondek ul xunxor bahr aro taxtapora uzra qolmoq
              XXIX.    Farhodning sinuq zavraq jismi zavraq sinuqida qolib ani daryo mavji Yaman mulki sari solib Yaman ahli kemasiga uchrag`oni va ul kema tojirlari aningdek durri garoimoya topqonlaridin sevunub ul bu minnat adosidin g`amg`a qolg`oni, dog`i jazoyir haromilari ul kema qasdin qilib tujjor qurug` yerdagi balig`dek iztirobqa tushub, Farhod alarni nahang baliq xaylini qochurg`ondek biror shast kushodi bila qochurg`oni va suvda alarning zavraqi hayotiga o`t urg`oni va Yaman bahridin kanora tutqoni va Suhayldek Yaman ahli ko`zin yorutqoni va Shopur anga daryoda oshno bo`lub,  aning safhai zamiri nuqushin fahm qilg`oni
              XXX. Farhodning Shopur dasht paymolig`i, balkn rahnamolig`i bila Yaman mulkidin Arman kishvarig`a azimat qilg`oni va Armanning Eram oso sabza va rayohinidin g`unchadek ko`ngli gul-gul ochilg`oni va Armaniya tog`i kamarida xoro qozodurg`on el ajzin ko`rub ul ish kayfiyatin so`rub xoro qozorg`a kamar chust etgani va bu xabarning chustu shirin Mehinbonu bila Shiringa yetgoni
              XXXI. Farhodning teshasi toshni pora-pora qilmog` bila tog` bag`rig`a  kov-kov  solg`oy sadoni  Shirin  eshitgoni va quyosh tog`din tulu` qilg`ondek ul ko`hi balo sarvaqtig`a yetgoni va aning metini lam`asining barqi munung xorodek ko`ngliga asar etgoni va quyosh tufroqqa nur sochqondek ul xokiyga mehr zohir qilg`och, uning tufrog`ilardek o`zidin ketgoni va umri quyoshi boshig`a kelgach aning hayoti sham`i o`chg`oniga Shopurning sham`dek kuyub yig`lab boshig`a o`t chiqorg`oni va o`lukni mahdg`a solg`ondek ul quyosh oni tufrog`din ko`tarib bihisht oso manzilig`a olib borg`oni-232
              XXXII. Farhodning madhush dimog`iga hush bog`idin nasim yetmak va nasimdek tebranib tog` sori azimat etmak va tesha bila tog` bag`rin yormoq, balki tog` poralarin havog`a uchurmoq bila qiyomat qo`parmoq va Shopur ani paydo qilib Shirinni aning g`ami ishqi shaydo qilmoq va Shirinning ko`ngli xorasin aning teshasi fikri xarosh qilg`onin Mehinbonu ma`lum qilib, teshadek tafakkur boshin quyi solmoq va gohi diljo`yluq bila ul bedilg`a ko`ngul bermak, balki ko`nglin olmoq
              XXXSH. Farhodning ul tosh arig`in balki arig` toshin qazib Armaniya tog`iga yetkurub ul tog` fazosida qasri qulla monand balki asosi ko`h payvand bino qilib itmomg`a yettkurgoni va «Bahrun-najot» havzin qasr olinda metini xoro shigof bila namudor qilib ul havz va arig` atrofin safoda billur kirdor va jiloda oyinai chiniy davri bila dastasidin namudor qilg`oni va bu ariqqa suv ochmoq uchun abri bahoriydek ko`zlaridin ashkbor va durri ashkidin gavhar «Aynal-hayot» chashmasig`a yuzlangani
              XXXIV. Farhodning «Aynul-hayot» suyin «Bahrun-najot» havzi arig`ig`a ochib ko`zidin ul chashma rashahotidek ashki rudin sochib Armaniya sori xiromi va xaloyiqning ul arig` atrofida tamosho uchun g`avg`oyi omi va parivashning parikash devzodi po`yadin qolmoq va Farhod devonavor parikash bila parivashin egniga olmoq va Armaniya tog`i sori barqdek gom solmoq va falaki qadxamdek mehr ostida yugurmak va mehrni falak ayvonig`a yetkurmoq va junun bodpoyin qulla sori surmak
              XXXV. Mehinbonu bila Shirinning Farhodni firoq xoro kamari etagidin domangir bo`lub visol atlasi charxi haramida to`qquz parda ichra mahram qilib ziyofat harir va hullalari uzra majlis tuzatmoqlari va o`n fanda o`n sohib kamol qizkim asharai komila alar ta`rifidin ushri ashir bo`la olg`ay aning qoshinda izhori fazl qilib o`zlarining qonidek, ya`ni yuzidek xijolat boshlarin quyi solmoqlari va Shirinning falak qasridin quyosh chiqqondek qasr hujrasidin chiqib mehri jamoli kavkabasi bila anjumanni ravshan qilmoqlig`i va Farhodi siyah sitora olinda hiloliy jom aro shafaqgun may tutub, aning ishqi bila ichib o`z ishqi bila anga ichurub, bir-birining bodai ishqidin mast bo`lub yiqilg`onlari
              XXXVI. Farhod bila Shirin may visolidin, balki visol mayidin purhol, balki behol bo`lgonlari va charxi kabud, balki davri hasud soqiysi alarning aysh sog`ari, balki sog`ari ayshig`a zahri hirmon, balki behush doruyi hijron qo`shqoni va Xusravi Parvez Shirinning shakar lablar shohi erkanin bilib, visoli no`shin ko`ngliga shirin qilib, shirin maqol elchidin chuchuk so`zlar aytib yiborib, Shirin labi jullobidin komorzusin shakarrez qilur muddao qilg`oni
              XXXVII. Xusrav elchisi Arman kishvarig`a yetgoni va Mehinbonu munhiylariga muddaosin zohir etib, Bonu ani ko`rarga bazmi saltanat qurg`oni va hudhud Bilqis olinda o`lturg`ondek rasulning Bonu qoshinda o`lturg`oni va Sulaymoni zamon risolatin qushlar tili bila arz qilg`oni va tovusni Anqo juftlug`ig`a so`z solg`oni va Bonuning bahona domin ochqoni va hiyla donasin sochqoni va ul ziyrak qushning bu dona va domdin ram qilib qochqoni va farog` bol hosil qilmay qahramonlig` Qofig`a ketgani va ul Qof Anqosi bu ma`nidin g`azab minqori bila qahr changolin tez etgoni
              XXXVIII. Xusravning Shirin soridin kelgan talx javoblaridin achchig`lanib qalin sipoh chekib, Arman viloyatig`a sho`ru g`avg`o solg`oni va Mehinbonu Armaniya qo`rg`oninkim, har burji rif`atda sekizinchi hisorning o`n ikki burjidin bosh o`tkarib, har kungirasi to`qquzunchi hisn uchig`a xisht yetkurub erdi berkitgoni va Xusrav qal`a tegrasin evrulurda Farhodni qiyo ustida ko`rub tutmoq xayoli qilib Farhodning til xaroshi bila aning bag`rig`a nish sonchib, ko`nglig`a tig` urmog`i va ilik toshi bila boshidin xudin va alami boshidin mahchasin uchurmog`i va Xusravning tug`i boshsiz va boshi xudsiz o`rdusig`a surmoki va cherigin qo`rg`on sori ko`churmoki
              XXXIX. Xusrav Farhodning qattig` toshidin pajmurda va qattiq so`zidin ozurda kelib, Buzur Ummid bila ulug` chora umidig`a so`zlashib, lutf omizalfozg`a qahr va shahdangiz kalomg`a zahr qotqoni va bu umid va biym maktubin rasuldin Mehinbonu sori uzotqoni va elchining shahliq zahri shishasi qal`aning  xorasidin usholg`oni, ya`ni Mehinbonuning xoradek mahkam javoblaridin ojiz qolg`oni, dog`i Xusrav Armaniya hisorin muhosara qilg`oni va qal`a darvozalari bog`lanib, xusumat eshiklari ochilg`oni
              XL. Xusrav qo`rg`onni qabab tushub davrida yana bir qo`rg`on egirgani va Armaniya qo`rg`oni arkdek Xusrav egirgan qal`aning davrig`a kirgoni va cherikning Farhod toshi qo`rqunchidin anga yovuy olmay ming qari yiroqdin tushganlari va Xusrav aning giriftorlig`i bobida bir hiylagar topib so`z rishtasin utushganlari va ul hiylagar afsun rishtasi domin ochib tazvir ashki donasin sochib ul telba qushni giriftor qilg`oni, balki gul isi bila ul ishq bulbulining hushin uchurgoni va Shopur sayyodni halok qilib, kamindag`ilar saydin eltib Xusravg`a tortqonlari
              XLI. Farhodni ul xaylning Xusrav qoshig`a yetkurgoni va Xusrav aning boshidin ayog`ig`acha salosil va ag`lol hukmi surgoni va Buzur Ummid hikmat bila ul bandlarg`a muqayyad devona dimog`ig`a xush keturgoni va Xusrav hujjat yuzidin anga so`z qotqoni va Xusravning savoloti shishalarin javoblari xorolari bila ushotqoni va aning bu nav` qattiq so`zlari sang boronidin Xusravning ko`nglidog`i savollari shishasidek sinib aning qatlig`a jozim bo`lg`oni va ul muhlik so`zlari himoyati bila qatldin qutulg`oni
              XLII. Farhodni junun ahlidek pari silsilai ishqi bila Salosil dev qo`rg`onig`a yiborganlari va nigahbonlar aning malakiy sifat va farishta zotlig`in bilib qaydin itloqqa badal qilib dasht yuzlari va tog` qullalarida mutlaqul-inon qilg`onlari va aning vuhush galasida po`ya qilib sibo` halqasida mo`ya qilmog`i va tuyur qatorida forig`ul-bol bo`lub riyoh g`uborida parishon hol kezmoki va shom zillida g`urbati qaro kunin ravshan qilib subh ollida hajri shomi qarosin savod qilg`oni va quyoshda mehri o`tin yorutub bulutqa ishq havosida faryod bila ashki yomg`urin ko`rguzgoni
              XLIII. Farhod ro`zgorining qarolig`i, ya`ni hajr shomig`a mubtalolig`i va ul shom tuli nihoyatsizlig`ikim adami iborat aning quyoshining ayni va subhining damidin bo`lg`ay va savodining g`oyatsizlig`ikim mavti kinoyat aning humumining qalbi va zulmatining etagidin bo`la olg`ay va mundoq tiyra tunda aning xasdek tanining kuymagikim, tutun ichra axgardin afsona aytur erdi va bu yanglig` qattig` kechada teshukluk bag`rining qong`a bo`yalmog`ikim, xora ichinda yoquti ahmardin nishona ko`rguzur erdi va mundoq tunni sham`dek gudoz bila saharg`a yetkurgani va charxdek taku toz bila kunduzga kelturgani
              XLIV. Farhodning  bandi  ochilg`onin  va  zindondin kanora qilg`onin Xusrav bilib nigohbonlarg`a siyosat fikri qilib, yana Farhod ishqi tog`ining tig`idin hisob olg`oni va ul ishni bilmasga solg`oni va Shirinning ishq ahli surud va simoidin aning marsiyasi navhasin istimo` qilg`oni va simo`da vajd ahlidek bexudona yiqilg`oni va  Shopurning Farhod tirikligi xabarin Shiring`a hayot mujdasi yetkurgani va jonbaxsh damidin jonsiz jismig`a ruh kiyurgani va Shirin kirpikdin xoma murattab qilib hajr dudasi bila ashkidin qaro murakkab qilib noma raqam urub Shopur Farhod sori qadam urmog`i
              XLV. Shirinning nayi kilki shakarrezlik, balki sahifasi kofurig`a  mushkbezlik qilg`oni va hajr qaro shomi mushkidin ro`zgori tiyra bo`lub ul royiha yabusatidin dimog`i za`fi quvvatin va sudoi shiddatin va nomus pardalari nofasida ishq g`ammoz mushki isin nihon asramoq suubatin raqam urg`oni va Farhod o`qub aning sunbuli mushkinidek pechu tobdin esi ozg`oni va bexudona aning nomasig`a javob yozg`oni
              XLVI. Farhodning Shirin nomasi muqobalasida xoma uchin metini no`gidek tez etib, ul xoma bila varaq taxtasin metin xoro taxtasig`a tekkondek otash angez qilg`onini va pari afsunidin ajz zohir qilib, telbalardek o`zin itlar silsilasig`a tortib loba ko`rguzgonini pari paykar o`qub, parizadalardek iztirobqa tushub, ko`ngil qushi majnuni sori parvoz qilib, ani ko`rarga ko`zi uchqoni, balki majnuni uyqu xaylidek aning ko`zidin uchqoni
              XLVII. Farhod ko`ngli jarohatlari Shirin nomasi navardidag`i kalomi Masihi Maryam, balki ul kog`azga chirmab yiborgan marhamlaridin o`ngalmoqqa yuz qo`yg`oni va Shirin bag`ri haroratlari Farhod bitigi mazmunidin, balki Maryam rishtasig`a chirmab yiborgan isitma ta`vizi afsunidin taskin topqoni va bu silsilai muhabbatni Shopur mutaharrik qilg`onin Xusrav anglab, ani salosili mehnatqa tortqoni va Farhod halokig`a charx zolidek tadbir qilg`oni va aning umri zavoli tadbiri topilg`oni
              XLVIII. Zoli makkora, balki Farhodkushi xunxoraning tig`i zabonin tez etib, Farhod qatlin angez etgoni, dog`i ul tog` sori azimat etib, Farhod boshig`a ajaldek yetgoni va aning hayot qushi qasdig`a makr rishtasi domin ochib, tazvir ashki donasin sochqoni va jismi qafasin marg sang boroni bila sindurg`oni va umri bulbulin ul pora-pora qafasdin uchurg`oni
              XLIX. Farhodning umri xayli vujud mulkidin jalo bo`lg`oni va ul jalo parishonlig`idin ajal xaylig`a mubtalo bo`lg`oni va hayoti yuz yoshurub, ya`ni aning yoti bo`lub umri quyoshi botib, ya`ni ul umr anga talx ko`runub qiyo tig`i bila ko`ksin yorib, ko`ngli chokidin yillar yoshurg`on dardu anduh tikonlarin chiqarib bexudona afsonalar bila ko`nglin xoli etgoni va marg jomin paymona qilib navmidlig` ashki mayi ravon bo`lg`oni va ul fano bodasidin paymonasining to`lg`oni va ul paymonani ajal soqiylari ilgidin sipqora ichgoni va sog`olmas maydin jonon yodi bila mast bo`lub jonidin kechgoni
              L. Dahr evi bunyodsizlig`idakim, bir to`da tufrog`durur suv ichinda va charx gunbadi baqosizlig`idakim, bir mutaharrik hubobdurur suv ustida va bu obo va ummahotzodasidinki, inson bo`lg`ay — vafo imkoni yo`q muqtazosidin Xusrav bilan Mehinbonu yarashqoni va qo`rg`onda qabalg`onlarning tog` va dashtqa butrashqoni va Shirin mizoji Farhod o`lumidin o`lum holiga yetgon uchun ani Armaniya tog`ining ravonoso fazosi va ruhafzo havosig`a yiborganlari
              LI. Quyoshni shafaqgun amoriyg`a solib falak qo`rg`onidin chiqorg`onda sahob monand amoriy zayli ochilmog`i va Sheruyani bir ko`rmoki zarradek sargashta qilmog`i va Sheruyag`a Shirin ona bo`lur vahmidin otasin o`lturg`oni va raxshi tamanno aning shabistonig`a surgoni va Shirin charb zabonlig` bila anga taskin berib, Farhod so`ngagin Armaniyadan kelturgani va o`z hamog`ushlig`i bila ul jismg`a ruh kiyurgani, yo`q-yo`qki, jismin aning jismig`a tegurganidek ruhin dog`i aning ruhig`a yetkurgani
              LII. Shirinning Farhod ishqida jon berganin bilib, Mehinbonu dog`i joni shirin tarkin qilib, bu holatda Bahromi dilovarning Chin mulkidin kelgani va bu vaqoyi` vahshatidin yorug` jahong`a qarong`u go`rni tarjih qilg`oni va Sheruyai zolim amvolidin Farhod uchun raddi mazolim qilib, Armanda podshohi odil tayin etgani va Chin bila Mag`rib-zamin cheriklariga ijozat berib qaytarib, o`zi zohir saltanati tarkin etgani va ma`naviy saltanatqa  yetgani
              LIII. Saltanat shajarasining samaraasi va xilofat bog`ining shajarasi, hidoyat avjida manzil etgan, tamalluqning nihoyatig`a yetgan, riyo qasri bunyodin qo`nqarg`on, balog`at ayvonida ot chiqorg`on, ya`ni sultonzodai olam Abulfavoris Shohg`arib Bahodir xallada davlatuhu madhida bir necha so`z surmak va nasihat omiz nuktalar arzg`a tegurmak, umid ulkim bu shohvor durlarni tufrog`din olg`ay va adosida quloq solg`ay, balki ul garonmoya gavharlarni quloqqa solg`ay
              LIV. Bu noma itmomig`a xoma tuzmakdin taronasozlig` va bu hangoma ixtitomida sa`y ko`rguzmakdin fasonapardozlig` va bashariyat iqtizosi bila hadsiz lof zohir qilmoqdinkim o`z nafyig`a «Lo» durur — uyolmoq va yarim uchuq da`vo ko`rguzmakdinkim o`z man`ig`a «da`» durur — xijolatqa qolmoq va bedilona ajzg`a tushmakdin g`oyatsiz izzat ko`rmoq va dilso`xtavor faqr ko`rguzmak bila nihoyatsiz farah topmoq, «Alhamdu lillohil-lazi vaffaqani min iftitohihi ilo ixtitomihi; va sallallohu alayhi va olihi va ashobi kiromihi»