SHARH VA IZOHLAR
I
Muqaddima o`rnidagi bu bob adabiy an`anaga ko`ra, «hamd» – Alloh taoloning maqtoviga bag`ishlangan bo`lib, Navoiy yaratuvchining qudratini ta`riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi bo`lgan g`oyaviy niyati haqida so`z yuritadi.I
1. Baytning birinchi misrasi arabcha: Ma`nolar eshiklarining ochilishi sening (ya`ni Ollohning) maqtoving bilan, degan mazmunii bildiradi. Keyingi misrada esa, shoir so`z o`yini san`atini ishlatadi – «fath» so`zining ikki ma`nosidan foydalanadi: ma`nolar eshiklarinn ko`nglimga «ochib» ber va ularni «zabt» etishni nasib qil, mazmunida qo`llaydi.
Keyingi baytlarda shoir ma`nolar xazinasi qulfiga qo`lining kalit bo`lishini, shu vosita bilan barcha umidlariga yetishishni tilaydi, ana shu ma`nolar xazinasidan olamni, olam ahlini manfaatdor etishni umid qpladi. Bu baytlarda «maxzan», «durafshon», «gavhartosh», «dur», kabi so`zlar majoziy, ya`ni ko`chma ma`noda ishlatiladi. Ular mazmun, ma`no bilan aloqador bo`lib, buni badiiyat haqidagi ilmda «istiora» san`ati deb yuritiladi.
II
1. Navoiyning «Farhod va Shirin»i boblari sarlavhalari boshqa dostonlaaridagi kabi ma`lum g`oyaviy va badiiy funköiyalarni bajaradi. Shoir ularda asos-e`tibori bilan har bir bobdagi yetakchi g`oyani izohlab beradi. Shuningdek, ular badiiy jihatdan ham muayyan vazifani o`tab, o`quvchining bobda bayon etiladigan voqealarga munosabatini belgilashga xizmat qiladi.Bu bob sarlavhasida shoir arab yozuvidagi harflar ifodasiga ishora qilib, shavq dostoni bo`lmish «Farhod va Shirin»da sarvqadlar bo`yiga o`xshash «alif», binafsha sochlar jingalagiga o`xshash «lom»larda «Olloh» so`zi nazarda tutilishini yozadi. Binobarin, bu yerda Navoiy xudo ta`rifi berilishini bayon qiladi.
Bu bobda shoir yozishga kirishayotgan «Farhod va Shirin» dostonining umumiy talqini, undagi qahramonlar, personajlarning muxtasar tavsifini beradi, «dard bog`i» deya ta`riflangan ishq bilan aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir xoliq –yaratuvchi xudo sanosi – maqtoviga kirishar ekan, eng avvalo, u inson ko`nglini ishq gulshani, bu gulshanda esa ishqni xazinaga aylantirganligini madh etadi. Ishqqa «jahonni kuydiruvchi» qudrat baxsh etadigan yaratuvchi husni, go`zallik ta`rifn esa Navoiy davridagi keng tarqalgan tasavvufdagi panteizm ta`limoti tushunchalarita aloqadordir. Bu ta`limot «ilg`or fikrli mutafakkirlar uchun hayot va insonni kuylashga keng imkoniyat tug`dirar va o`z davri uchun taraqqiyparvar yo`nalish edi. Demak, Navoiyning yaratuvchi go`zalligini kuylovchi ilhomli misralarini dunyo va koinot go`zallignning tavsifi desa bo`ladi» (Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari. Toshkent. 1979. 6-bet). Bobning avvalgi yetti baytida shoir yana majoziy ma`nodagi «dard bog`i», «lola», «gul bargi», «sunbul», «oqar suv», «g`uncha», «otashin vard» (Kizil gul) kabi so`zlar orqali ishq, uning alamlari, iztiroblari haqida so`z yuritadi. Buni shoir ilmi bade`dagi uyg`unlashtirish san`ati vositasida amalga oshiradi. Shuningdek, bobdagn «qazo Farhodi amri rahnamuni» misrasidan to «Kelib kam zarralardin dog`i Xusrav» misrasigacha bo`lgan qismda «Navoiy qazoni Farhodga, osmonni Farhodga aloqador Besutun tog`iga, aqlni Chin xoqonining vaziri Mulkoroga va Suqrotga, tunnn Xusrav Parvezning oti Shabdezga, qadarni Farhodning do`sti Shopurga, ajalni otasini o`ldirgan Parvezning o`g`li Sheruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga o`xshatgan holda «shirin», «tilism» so`zlari Besutun, Xusrav va uning xonandasi Borbad nomlarini tilga olib, muqaddimani dostoniing mundarijasiga uyg`unlashtirgan» (Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati, 149-bet). Ayni choqda, bu o`xshatishlar zamirida shoir doston mundarijasida qahramon va personajlar faoliyatn qaysn ko`lamda kechishi, ular dostonda ijobiy, salbiy rolü o`ynaydimi yoki o`tkinchimi degan masalalarga ham e`tiborni jalb etadi.
2. Fafham – arabcha (undov so`z). Tushun! Angla! Diqqat qil! demakdir.
3. Vallohu a`lam– arabcha: xudo biluvchandir demakdir.
Bu baytda shoir yana o`sha panteistik ta`limotlarga ko`ra yaratuvchi bilan yaratilganlar bir-biriga oshiq, buni idrok etish kerak, demoqchi bo`ladi.
4. Moarafnok – arabcha: seni keragicha bilmaganmiz, ma`nosini bildiradi.
5. Navoiy yozishga kirishayotgan dostoniing personajlari ta`rifini bosh qahramon Farhoddan boshlaydi. Ma`lumki, o`z manmalarini folüklordan olgan Farhod obrazi Firdavsiy «Shohnoma”sida Afrosiyobning jangovar sipohsolori sifatida tilga olinadi. Dastavval bu obraz Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostonida asosiy personajlardan biri sifatida kiritiladi. Nizomiy Farhodi xalq namoyandasi, toshyo`nar usta. U oqil va insonparvar, g`oyat savodli va pahlavon. Farhod garchi doston syujeti rivojida asosiy rolü o`ynamasa-da, muallifning yetakchi g`oyasini tushunishda ahamiyati kattadir.
Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostonida esa Farhod oliy nasab shahzoda, taqdirga tan beruvchi baxtsiz oshiq qilib tasvirlanadi. Farhod obrazini ilk daf`a birinchi o`ringa ko`chirib talqin qilgan shoir ozarbayjon adabiyoti tarixida Nizomiy an`analarini davom ettirgan, fors tilida ijod qilgan Orif Ardabiliy (XIV asr) edi. Lekin Orifning Farhodida qator manfiy jihatlar, jiddiy qusurlar mavjud. Farhod o`z hunar va muhabbati ila Xusravdan juda ustun ko`tarilsa-da, muhabbatga munosabati va shaxsiy ma`naviyati jihatdan undan farqlanmaydn. «Farhod o`zining sevgilisi Gulistonni tezda yodidan chiqaradi». «Muallif o`z qahramoni (ya`ni Farhod) o`limini uning Rum Qaysari o`g`li Garoyni o`ldirganligi bilan aloqador qilib talqin qiladi... Bu esa obraz qimmatini ozaytiradi» (A r a s l i N. Arif Ardabili va onun «Ferhadname» poemasi. Baki, 88–89-betlar).
Alisher Navoiy o`z dostonida Farhodni asosiy, markaziy qahramon qilib oldi. Uni tom ma`noda ijobiy qahramon sifatidagi yangicha talqinini berdi. «Farhod obrazida o`z davrining ilg`or g`oyalarini kuylaydi, xalq ommasiga xos qator olijanob xususiyatlarni ideallashtiradi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi masalalari. 93-bet).
6. Xito – Chin (Xitoy) mamlakatining shimolidagi viloyat nomi (Sinözyan yoki Koshg`ar ko`zda tutiladi) (Farhangi zaboni tochik, 471-bet).
7. Mulkoro – Navoiy asarlarida Chin xoqoni vazirining nomi. U g`oyat donishmand va tadbirkor qilib tasvirlanadi.
8. Moniy – Ibn Fatak (216–276) – moniylik ta`limotining asoschisi. Sharq rivoyatlarida uni mashhur naqqosh va rassom deb ta`riflaydilar. Uning muqaddas kitoblari nihoyatda go`zal miniatyuralar bilan bezatilgan emish, monuviysoz–moniycha Qilib ishlash; Dostonda Farhod uchun Xoqon yil fasllariga moslab qurdirgan to`rt qasrni bezagan naqqosh ustaning nomi.
Bu baytda esa shoir Farhodning ko`ngli qasri Moniy korgohidek go`zal va naqshpardoz qilib yaratilgan, demoqchi.
9. Suqrot – Sokrat (mil. av. 470, 469–399) qadimgi yunon faylasufi. Navoiy dostonda Suqrotni aql va hikmatda benazir bir xiradmand sifatida talqin qiladi.
10. Shirin – bu yerda shoir so`z o`yini ishlatgan: Navoiy o`z salaflari Nizomiy va Xusrav Dehlaviy Shirinni jahon ahliga yoqimli, totli obraz qilib yaratdilar, demoqchi. Aytish kerakki, Shirin ba`zi ma`hazlar, afsona va dostonlarda goh eronlik, goho oromiynasab, yo rumli, yoki armani deb beriladi. Nizomiyda u ozarbayjonlik, Navoiyda esa armaniyalikdir.
Nizomiy Shirini g`oyat go`zal va aqlli, irodali va maqsad yo`lida izchil bo`lib, sosoniylar podshohi Hurmuz o`g`li Xusrav Parvezni sevadi. U hatto Xusrav Parvez Vizantiya qaysarining qizi Maryamga, Isfahon go`zali Shakarga uylanganida ham nechog`lik g`am-alam chekmasin o`z sevgisiga sodiq qoladi. Uni kanal qazuvchilar orasidagi toshkesar Farhod sevib qolganida ham Xusravdan voz kechmaydi. Oxiri uning qonuniy xotini bo`lib qoladi. Shirinning xalqi farovonligi yo`lida Xusravni kayfu-safo, hashamdor maishatlardan qaytarish, mamlakat va xalq taqdiri bilan mashg`ul bo`lishga da`vat etish kabi olijanob intilishlarini Nizomiy madh etadi. Maryamning o`g`li Sheruya toju-taxtga, Shiringa ega bo`lish maqsadida o`z otasi Xusravni o`ldirganida, Shirin erining jasadi ustida o`zini halok qiladi.
Xusrav Dehlaviyda Shirin ancha sust, sevgida ham barqaror bo`lmagan (Xusrav Parvez va Farhod sevgilariga javobda ikkilanadi), hatto Farhod o`limidan keyin Xusravdan o`ch olish maqsadida uning xotinini zaharlab o`ldirishgacha yetib boradi. Binobarin, Xusrav Dehlaviy talqinida Shirin vatani va xalqi qayg`usini chekkani o`z aksini topmaydi.
Navoiy esa Shirinni har jihatdan mukammal, Farhodning muhabbatiga loyiq, unga vafodor bo`lgan qahramoya qilib yaratadi. «Navoiy tasvirida u nihoyatda go`zal va bu go`zallik esa uning ruhiy dunyosining asosini ham tashkil qiladi. Navoiy Shirinni elning baxtu saodati, yurtning obodonligi tajassumi sifatida ham tasvirlaydi”. (Erkinov S. Farhod va Shirin // O`zbek adabiyoti tarixi. II. 242-bet).
11. Xusrav – Sharq xalqlari og`zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Uning tarixiy ildizi sosoniy podshohlaridan Xusrav II Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga qadaladi. Badiiy adabiyotda, chunonchi, Firdavsiyning “Shohnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin»ida ideal shoh. Alisher Navoiyda esa Xusrav mutlaqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi.
12. Shabdez – qora tusli ot. Xusrav otining nomi. Bu baytda shu so`z orqali ham kecha qorong`uligiga, ham otga ishora qilinmoqda.
13. Shopur – Eroniy mashhur rassom (q. XXXIV bob. 2-izoh).
14. Sheruya – Xusrav Parvezning o`g`li.
15. Nikiso – Xusrav Parvezning xos mashhur mashshoqlaridan.
16. Zuhra – Venera, Sharqda erta tongda, G`arbda kechqurun porlab ko`rinadigan yorqin yulduz. Qadim yunonlarda muhabbat ma`budasi sifatida tasvirlangan. Zuhra ba`zan Nohid nomi bilan ham ataladi. Zuhra go`zallik, muhabbat hamda musiqa homiysi hisoblanadi.
17. Borbad – Borbud – Xusrav Parvezning mashhur hofizi. Badiiy adabiyotda umuman yaxshi xonandani anglatadi.
18. Bahrom – Mirrih– Mars sayyorasi. Ilmi nujumcha Bahrom harbiy ishlar homiysi sanalgan.
19. Besutun – Bihistun (Bihishtun)–Shimoliy Eronda, Hamadon shahridan 100 km. g`arbda tog` oralig`idagi qoya. Bu qoya rivoyat va afsonalarda ko`pincha Farhod nomi bilan aloqali holda tilga olinadi. Farhod shu tog` etaklarida kanal qazigan, shu tog`ni kesib yo`l ochgan qahramon sifatida tasvirlanadi.
Shoir o`z dostoni «Farhod va Shirin»ni minglab mashhur Besutun yodnomalaridan yuksak deb ta`riflaydi. Bu bilan adabiyotdagi mubolag`a san`atini qo`llaydi, ayni choqda “faxriya” san`atidan ham foydalanadi.
III
1. Bu bob «Munojot» deb atalsa-da, unda Navoiy insonni yo`qlikdagi holati, so`ngra, vujudga kelishi, go`dakligi, hayoti to`g`risidagi fikrlarni bayon etadi. Shoirning inson yaratilgach, iloh ixtiyorida bo`ladi, u taqdir belgilagan ishlarnigina bajaradi, bnnobarin, inson yo`l qo`ygan xato, gunohlar uchun aybdor emas, unga shularni avvaldan ravo ko`rgan o`sha yaratuvchi aybdordir, – deya bildirgan fikrlari uning inson himoyasida nechog`lik qat`iy turganligini ko`rsatadi (Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari, 10-bet).2. Mustafo – arabcha tanlangan, saralangan, saylangan demakdir. Muhammad payg`ambarning laqabi. Bu va oldingi misralarda Navoiy ilohga murojaat qilib, shu asarni yaratishda madadkor bo`lishni iltijo qiladi, bu yo`lda Muhammad payg`ambardan ham shafoat yetishishini istaydi.
IV
1. «Vashshams bila Vallayl» – Qur`on surasi.
2. “Va sallallohu alo shamsi jamolihi va zilli kamolihi” – arabcha: va Ollohning rahmati uning jamolining quyoshi va kamolining soyasicha bo`lsin.
3. “Kofu”, “nun”– va harflarining nomi bo`lib, ular qo`shilsa, «kun» so`zi yuzaga keladi. Diniy ta`limotga ko`ra, xudo azalda mavjudotni paydo qilishda shu so`z bilan buyruq bergan deyiladi.
4. Qurratul-ayn – arabcha: ko`z ravshanlig`i; ko`z qorachig`i. maj. farzand.
5. «Kavn» – mavjudlik, borlik, dunyo; kavnayn – ikki dunyo (u dunyo va bu dunyo).
6. Arsh – osmonning eng yuqori joyi.
7. Kursiy – bu yerda osmon ma`nosida.
8. Mushaf – Qur`on.
9. Batho – Makka atrofidagi tog` oralig`ida bir dara nomi; maj. Makka ko`zda tutiladi.
V
1. Minaz-zulumoti ilan-nur – arabcha: zulmatdan nur bilan ma`nosini bildiradi.
2. Nuran alo nur – arabcha: nur ustiga nur, demakdir.
3. Nohid – q. Zuhra.
4. Atorud – Utorid – Merkuriy sayyorasi. Forscha Dabir ham deyiladi. U yozuvchilarning, san`atkorlarning, umuman donishmandlikning homiysi hisoblanadi.
5. Mushtariy – Yupiter – forscha Birjis ham deyiladi. Ilmi nujumda Mushtariyni «Sa`di akbar» (yuksaklikdagi joy) va «Falak qozisi» deb ham yuritilgan joyi, oltinchi falakda emish.
6. Rafraf – qanot qoqib.
7. «Motag`o»– Muhammad payg`ambar madh qilingan oyatdan bir so`z.
8. «Mozog`» – Muhammad payg`ambarning ko`zi va o`zi madh qilingan oyatning bosh so`zi.
9. Qoba qavsayn – ikki yoy oralig`i, ikki yoy oralig`icha masofa. Bu yerda shoir ora yaqinligiga kinoya qiladi.
VI
1. «Panj ganj» – buyuk ozarbayjon shoiri Nnzomiy Ganjaviy (1141–1203)ning 5 dostondan iborat turkumi ko`zda tutiladi. Nnzomiyning o`zi 5 dostonini «Xamsa» deb atamagan, undan keyin bu sohada qalam tebratgan shoirlar, jumladan, Xusrav Dehlaviy uni birinchi «Xamsa» muallifi deb ataganlar.
2. Bayyazallohu taolo avroqa jaroyimiho – arabcha: Olloh taolo uning gunohlari (bitilgan) varaqlarni oqlasin (ya`ni, uning gunohlarndan o`tsin) demakdir.
3. Bu yerda shoir qalamni ta`riflab, uning tez yurarligi va qora iz qoldirishini uchqur qora otga o`xshatadi.
4. Baytning mazmuni: chopganida quyrug`ini bayroq kabi ko`taradi. Uning boshdan oyog`i qulog`idek tilingandir. Bu o`rinda shoir qamish qalamning xat yozish jarayonidagi holatini tasvirlamoqda. Ayni choqda, «qalam» so`zining lug`aviy ma`nosi (kesilgan, kesik)dan kinoya ishlatib so`z o`yinidan foydalanadi.
5. Bu baytda qora siyohda bitilgan harflar qimmatbaho qora munchoq toshga o`xshatiladi.
6. Javf – lug`. ma`nosi qorin, bo`shliq. Bu yerda qamish qalamning ichidagi bo`sh kovak ko`zda tutiladi.
7. So`z Nizomiy Ganjaviy haqida boradi. «Ganja orom» iboralari orqali bu buyuk shoir Ganjada dafn etilganligi anglatiladi. Keyingi baytlarda Navoiy Nizomiyni xazinadorga, uning ma`nolarga to`la asarlarini xazinalarga o`xshatib ta`riflaydi. Kimki bu xazinaga o`g`irlik qilmoqchi bo`lsa, falak uning boshiga toshlar yog`diradi. Ular orasidan do`stlar gavhar, dushmanlar esa chaqirtosh topadilar. Ana shu gavhar, durlar ko`ngilga o`rnashsa; uni xazinaga aylantiradi, deydi shoir.
8. Hinduyi zod – Navoiy Hindistonda yashab ijod etgan, Nizomiydan so`ng «Xamsa» yaratgan Xusrav Dehlaviy (1253–1325)ni ko`zda tutadi.
9. Xizr – afsonalarga ko`ra, «Obi hayvon» (tiriklik suvi)ni topgan va undan ichib, hamisha tirik yuradigan sirli karomatlar sohibi. Adabiyotda Xizr g`oyibdan paydo bo`lib, yo`ldan adashgan musofirlarga ko`mak etuvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yashillik va idrok timsoli hisoblanadi. Bu yerda bir necha tashbih ishlatilgan. Shoir Xusrav Dehlaviyni ana shu Xizr payg`ambarga, Hindistonni qora tunga o`xshatadi. Bunda xalqining rangi qora bo`lganiga hamda Xizr zulmat ichida hayot bulog`ini topganlngiga ishora qilinadi. Xusrav Dehlaviyning ravon she`riyati ana shu afsonaviy hayot bulog`iga nisbat beriladi.
10. Chashmai hayvon – tiriklik suvi chiqadigan afsonaviy buloq. Uni qora zulmat mamlakatidan Xizr qidirib topgan, deydilar.
11. Qaqnus – afsonaviy qush. Uning tumshug`ida ko`p teshiklar bor bo`lib, ulardan taralgan hazin ovozlardan musiqa yaralar emish. Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Qaqnusning go`zal tasivirini beradi. Unga ko`ra, Qaqnus Hindistonda bo`lar, baland daraxtlar boshiga in solar ekan. Bu qush umri bo`yi xas-xashak, cho`p, terib, katta xirmon yig`ar, hayotining oxirida shu xirmon ustida hazin ohang bilan sayrar ekan. Uning dilkash navosini eshitgan butun o`rmondagi qush va hayvonlar yig`ilar ekan. Oxiri Qaqnus shunday alamli bir nola qilar ekanki, undan xirmonga o`t tutashib ketar va shu o`tda o`zi ham yonib ketar ekan. Xirmon kuli ostidan yangn bir Qaqnus bolasi par yozib chiqar sekin-sekin parvoz qilib, yana o`sha otasi shug`ullangan ishi – xas-cho`p terishga unnab ketar ekan. Navoiy bu yerda Xusrav Dehlaviyni Qaqnusga, uning she`riyatidagi musiqiylikni, dil o`rtovchi hazinlikni Qaqnusning sayrashiga o`xshatadi.
12. “Mah to ba mohi» – aynan: «balig`dan oygacha» degan mazmunii bildiradi. Bu ibora «erdan ko`kkacha» ma`nosida ishlatiladi.
13. Bu o`rinda Navoiy Nizomiy Ganjaviydek ulug` shoir dostonlariga javoban «Xamsa» yozishlik oson ish emas, demoqchi bo`ladi. Keyingi baytlarda shoir Nizomiyni filga, Xusrav Dehlaviyni ham garchi kichikroq esa-da, filga o`xshatadi. Ularning shavkat va quvvatidan madad tilaydi. Uzini esa hayqiruvchi filga o`xshatadi, u so`z o`rmonini egallab olishni orzu qiladi.
14. Bu bobdan boshlab, deyarli har bir bob shoirning soqiyga murojaat tarzida yozilgan asosan 2 baytli (ba`zan 3 bayt), agar ta`bir joiz bo`lsa, miniatyur «soqiynoma»lar berib boradi. «Bunday parchalar shoirning har bir bobda tasvirlangan voqea yoki muammoga munosabati, xulosasi hamda ichki kechinmalarini ifoda qiluvchi bir vosita – lirik lavhalardir» (Isoqov Yo. Navoiy lirikasining asosiy janrlari. O`zbek adabiyoti tarixi, II tom, 101-bet). Ba`zan esa shoir bu xildagi lirik chekinishlarda keyingi bobda qalamga olinadigan voqea yoxud masalalarga ishora ham qiladi. Bu yerda soqiyga murojaat qilib shoir: har ikki shoir (Nizomiy va Xusrav Dehlaviy) yodi uchun qo`sh jom – ikki piyola qadah keltir. Uni ichib Jomiy mayining madhiga kirishay,– deydi.
15. Jomiy (1414–1492) – fors-tojik adabnyotining ulug` mu-tafakkir namoyandasi Abdurahmon Jomiyning nisbasi va taxal-lo`si. Jomiy Navoiyning yaKin do`stn, hamkori edi. Navoiy undan faqat adabiy va ilmiy jihatdangina maslahat olmay, balki va-zirlik lavozimi taqozosi bilan davlat ishlarida, siyosiy va ij-timoiy faoliyatida ham maslahatlar olib . turadi. «1476– 1477 yillar orasida u Jomnyni o`ziga pir sifatida tanlagaa edi. Bu ularning dunyoqarashidagi yaKinliKii ko`rsatuvchi eng xa-rakterli momentdir» (Hayitmetov A., Mirzaahmedo-v a M. Alisher Navoiyning hayot yo`li. Q. Uzbek adabnyotn tarixi. II tom. 63-bet). Jomi£ o`limidan keyin Navoiy uning xotirasiga bag`ishlab maxsus «Xamsat ul-mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) asarini yozgan.
VII
2. Zindapili Jomi (XI–XII) – Jomda tug`ilgan mashhur-mutasavvuf shoir Abu Nasr Ahmad binni Abdulhasanning laqabi. Uning taxallusi «Ahmadi Jomiy» bo`lgan. Navoiy u bilan Abdurahmon Jomiyni taqqoslab, Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning she`riyatdagi iqtidori ikki filcha bo`lsa, Jomiyning kuchi yuz filcha, tasavvuf bobida esa Zindapilning o`ziga teng, deya mubolag`ali ta`riflaydi.
3. Naf`yi vujud – tasavvuf istilohi –«o`zlikni yo`qotish” demakdir.
4. Ikki jaxon – bu dunyo va oxirat ma`nosida.
5. Olami kubro – aynan: ulug` olam, butun koinotni anglatadi. Tasavvufda esa inson, inson qalbi demakdir. Shoir Jomiy kamolotini nazarda tutmokda.
6. Maqsadi aqso – aynan: eng olis, qariyb yetib bo`lmas maqsad; bu yerda inson va uning yuragi, qalbi mazmuniga ega.
7. Olami sug`ro – aynan: kichik olam, tasavvufda esa bu dunyo ko`zda tutiladi.
8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Jomiyni dengizga, uning asarlarini dengizdagi durlarga, qalamini gavhar sochuvchi, ichi shakar bilan to`la nayshakarga o`xshatadi. So`ngra uni duo qilib, madhiyalar o`qiydi.
VIII
1. Qoqum xori ila naqb kelturmak – aynan: qoqum (ya`ni mayin junli) hayvonning tuki bilan chuqur qazimoq. Shoir bu iborani qiyin mashaqqat bilan amalga oshadi, degan ma`noda ishlatadi.
2. Zaruriy bo`ldi avzoig`a tag`yir – aynan: uning avzoini o`zgartish zarur bo`ldi. Navoiy bu misrada o`z asarini salaflar dostonidan boshqacha, farqli qilib yaratish fikri zarur tug`ilganini bildiradi.
3. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini yozishga undagan sabablardan biri – o`zining muhabbat sevgisi bo`lib, bu ishqning alam va iztiroblari edi. Shoir keyingi baytlarda o`z mahbubasi, u tufayli o`ziga yetishgan azobu uqubatlar bayonini beradi.
4. Baytning mazmuni – shoir ko`ngil qo`ygan mahbubasining ovozasi Farang (Evropa), Xito (Koshg`ar) va Chin (Xitoy)ga ham yetib borgan edi, ya`ni G`arbda ham Sharqda ham ma`lum edi, demoqchi bo`ladi.
5. Baytning mazmuni – menda bu g`amdan aqlu hush qolmagan bir paytda g`oyibdan nido (orig.– surish) keldi, deydi. Keyingi baytlarda ana shu nidoni sharhlab shoir: Axir sen bu g`amlarga giriftor bo`lishdan avval qalaming o`tkirlashib qolgan, Xizrga o`xshab, qorong`i zulmatdan tiriklik suvini xalqqa sochgan eding ya`ni yaxshi asarlar bilan xalqni bahramand qilgan eding, deb yozadi.
6. Bu baytda «Hayrat ul-abror” rejalanib, yozib tugatilgani aytiladi. Keyingi baytlarda Navoiyning mashaqqat bilan mehnat qilib, dur va javohirlarga to`la xazinaga erishgani, ya`ni ter to`kib ijod qilib, bebaho asarlar yaratgani ta`riflanadi.
7. Baytning mazmuni: g`oyibdan kelgan nido shoirni telbalikni vayronalarda qoldirib, yana bir ganj sori qo`l sunishga, yana bir kon qazishga, ya`ni yangi bir asar yozishga kirishishga da`vat etadi. Keyingi baytlarda kon qazish uchun Farhod bilan hamsuhbat bo`lish, uning qayroq toshida teshani tezlab olib, ish boshlash lozimligi maslahat ko`riladi.
8. Bu baytda so`z «Xamsa» dostonlaridan biri («Hayrat ul-abror») yozilgani, endi ikkinchisiga («Farhod va Shirin») kirishishi haqida bormoqda. 9. Hotif– g`oyibdan ovoz beruvchi.
10. Pir – aynan: Qari, keksa; maj. biror diniy – ruhoniy guruhning boshlig`i, rahbari, so`fiylar boshlig`i. Bu yerda shoir Jomiyni ko`zda tutadi.
11. Bu va keyingi baytlardan Jomiy ham birinchi hotif aytgaklarini ta`kidlagani, ularni shoir qabul qilgani va duo olib o`z hujrasiga ravona bo`lgani anglashiladi.
IX
2. Bu baytning mazmuni: menga yulduzdek kulib turgan toleim yuqori manzil – «Xamsa»chilik yaratishdek yuksaklikdan joy tayyorladi. Keyingi baytlarda bu joyni farishtalar kelib o`z parlari bilan supurgani, osmon yulduzlaridan ko`z yoshi to`kib, u yerga suv sepgani haqida so`z yuritar ekan, shoir Sharq she`riyatidagi yopiq istiora san`atidan foydalanadi.
3. Sharqda maxsus majmar (mijmar) deb atalgan manqalga qora rangli daraxt cho`plari – udni tashlab, yoqimli hid taratish odati qadimdan mavjud. Hindistonning Qumor degan shaharida esa eng yaxshi ud bo`lar ekan. Bu baytda shoir ana shunga ishora qilmoqda. Keyingi baytlarda Navoiy qalamni yo`nib, yozishga kirishar ekan, saodat va iqbol kirib kelib uni muborakbod etganlari ta`riflanadi.
4. Bu baytda shoir «tuproq ko`tarsang, katta tepadan ko`tar», keyingi baytda esa «tuproq olsang oltin bo`lsin» kabi xalq maqollarini ishlatib, she`riyatdagi «irsoli masal» san`atini qo`llagan.
5. Nasri toyir–aynan: burgut; maj. burgutga o`xshab ko`rinuvchi. yulduzlar turkumining nomi. Uni «Uqob» ham deb yuritiladi. Bu yerda shoir doston yozishga kirishar ekan, hatto osmondagi yulduzlar turkumi – nasri toyir ham himmat qanotini qoqib gardun qorong`uligida sayr qila boshladi, deydi.
6. Bu va keyingi baytlarda Navoiy yozilajak asari yangi bo`lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta`kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, shoir o`ziga asos maqsad qilib, adabiyotga yangilik berishni niyat qilib olganligini bildiradi. Bu sohada qalam tebratganlar nazm dengizidan ajoyib durlar qo`lga kiritganini, lekin ancha oliy qimmat durlar hamon qolib yotganini bayon etib, ularni olib chiqish va o`z dilrabo asarimga bezak qilish menga muyassar bo`ldi, – deydi.
7. Bu bayt mazmunida Navoiy o`z dostonining ranglarga boy, undagi voqealar ham, qahramonlar ham g`oyat otashin bir tarzda, ta`sirchan qilib yaratilganligini bildiradi.
8. Bu va keyingi baytlarda shoir ushbu jomdan may ichganlar, ya`ni shu mavzuda doston yozganlarning barchasi Xusravning maddohi bo`lib qoldilar. Ular uning mulkiga, rasm-rusmlari, qo`shiniyu imkoniyatlarini Shabdez otining uchqurligiyu Borbad ismli xonandasining sayrashi, Shopur degan yaqinining uzluksiz hiyla-firiblari, Buzurg Ummid nomli vazirining xushomadgo`yligi uning (ya`ni Xusravning) goh Maryam (Rum qaysarining qizi), goho Shakar (Isfahon go`zali) ismli xotinlarn huzurida orom olishiyu Shiringa shohona oshiqlik izhor qilishini madh etdilar. Uni haqiqiy muhabbat oyini bo`lgan dardu balo, azobu iztiroblardan begona bo`lgan erka bir shoh sifatida talqin qildilar. To`g`ri, ular ora-sira Farhod haqida ham so`z yuritdilar. Uni shunchaki tog`lardagi bir toshyo`nar qilib, Shirin vaslida yelib-yugurgani uchun Xusrav tomonidan o`ldirilganini bayon qildilar, – deydi. Ko`rinadiki, ularda Farhod obrazi epizodik xarakterga ega.
9. Bu baytda Navoiy o`z salaflaridan boshqacha yo`l tutganini, asos e`tibori bilan mehnatnoma (mehnat – mashaqqat, ranj, alam ma`nosida) mazmunini sharh etganligini uqdiradi.
10. Navoiy Farhod haqida hazin bir doston yaratib, unda Farhod va Shirinni tarannum etishni munosib ko`rgani bu va keyingi baytdan anglashiladi. Binobarin, Navoiy o`z salaflaridan butunlay boshqacha yo`l tutadi. «Xusrav obrazini tamomil salbiy qilib beradi va hayot logikasiga mos deb topadi. Navoiy ekspluatator tabaqalarning kirdikorlarini, ularning ijtimoiy basharasinn fosh etishda o`z salaflariga nisbatan juda oldinga ketdi, adabiyotda xalqchillikni har tomonlama chuqurlashtirib,. gumanizm bayrog`ini juda baland ko`tardi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi masalalari. 68-bet).
11. Ashraf – shu mavzuda qalam tebratgan shoir. Navoiy u haqda o`zining «Majolis un-nafois» asarida quyidagilarni. yozadi: «Darveshvash va nomurodsheva kishi erdi. Va kiyiz bo`rk ustiga qurchuq chirmar erdi. Va el bila dag`i omizishi oz erdi. Ko`prak avqot «Xamsa» tatabbu`ig`a sarf qilur erdi, to ul kitobni tugatur tavfiqi topti. Voqian o`z xurdi holig`a ko`ra yamon bormaydur...» (N a v o i y. Majolis un-nafois. Ilmiy-tanqidiy matn. 1961. 13-bet).
12. Navoiy bu mavzuda yana bir noma`lum shoir qalam tebratganini yozadi.
Adabiyotshunoslikda Navoiy ko`zda tutayotgan shoir XIV asr yarmilarida Shimoliy Ozarbayjonning Ardabil viloyatida yashab ijod qilgan Orif Ardabiliy bo`lishi ehtimol, degan (Orasli N. Muxteser Azerbaychan edebiyati tarixi. I. 118 s.) masalani birinchi bo`lib H.Orasli ko`tarib chiqqan edi. Keyinchalik Orif Ardabilin va uning «Farhodnoma» asarini maxsus tadqiq etgan H. Orasli bu to`g`ridagi faraziyani tasdiqlovchi va ba`zi shubha uyg`otuvchi faktlarni keltiradi (O r a s l i N. Arif Ardebili va onun «Ferhadname» poemasi, 157–159-betlar).
X
1. Shoh G`oziy – bu yerda Sulton Husayn Boyqaro (1438–1506)ning laqabi, boshqa hukmdorlarga nisbatan ham qo`llaniladi. 1469 y.dan umri oxiriga qadar Xurosonda hukmronlnk qilgan Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning maktabdosh do`sti edi. U «Husayniy» taxallusi bilan she`rlar yozgan, sohibi devon shoir ham bo`lgan. Husayn Boyqaro qalamiga nasriy «Risolai Husayn Boyqaro» ham mansub. Unda Husayn Boyqaro Navoiyning lirik she`riyatiga va «Xamsa»siga yuksak baho beradi, shunday ulkan san`atkor, ulug` inson bilan bir davr, bir davlatda yashash baxtiga musharrafligidan, ayniqsa u bilan do`st bo`lganligidan shukronalar aytadi. Navoiy ham o`zining «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lug`atayn» va devonlari debochalarida Husayn Boyqaro ijodini, uning o`zbek tili va she`riyati ravnaqiga qaratilgan faoliyatini alohida ta`kidlab o`tadi.
2. Haydar – ayn. sher demakdir; payg`ambarning kuyovi Alining laqabi. Shoir bu yerda jang maydonida Husayn Boyqaronn sherga o`xshatmoqda.
3. Jamshid – Eronning afsonaviy shohlaridan. U qurol-aslaha, ipak va ranglar ixtiro qilgan, ulkan binolar qurdirgan ekan. Uning davrida odamlar farovon yashagan, xastalik nima, o`lim nima bilmagan emish. Bunda kibr-havoga berilib ketgan Jamshidni jazolash uchun xudo istilochi Zahhokni yuborgan, u Jamshidnn arra bilai ikki bo`lib tashlagan emish. Badiiy adabiyotda ko`pincha Jamshidning sehrli jomi qalamga olinadi. Go`yo unda Jamshid o`z zamonida istagan odam va joylarni ko`ra bilar ekan. Navoiy Husayn Boyqaroni ana shu Jamshid taxtiga o`tirgan deb ta`riflamoqda.
4. Kayon – qadim afsonaviy Eron shohlari sulolasining umumiy nomi. Firdavsiy «Shohnomasi»da qalamga olingan Kayumars, Kayqubod, Kaykovus, Kayxusrav kabi shohlar shu sulolaga mansubdir. Shoir Husayn Boyqaroni ana shundagi oliy nasab shohlarniig jomidan may ichgan, – deyish bilan uning oliy nasabiga ishora qilmoqda.
XI
1. «Xalladallohu mulkahu va abbada davlatahu» – «Xudo mulkini va davlatini abadiy qilsin» (Shoh ismidan keyin aytiladigan yoki yoziladigan ibora).
Badiuzzamon Mirzo – Husayn Boyqaroning katta o`g`li. Otasi o`lgandan keyin (1506) Xuroson taxtiga o`tiradi va Shayboniyxon kelganda unga qarshi urushda mag`lubiyatga uchrab (1507 y. 20 may), Shoh Ismoil safaviy huzuriga qochadi. Usmonli turk sultoni Sulton Salim Shoh Ismoil bilan urushib Tabrizni ishg`ol qilgach (1514), Badiuzzamonni Istanbulga olib ketadi, U yerda ko`p o`tmay Badiuzzamon vabo kasalidan vafot etadi. Qabri Ayyub Ansoriy qabristonida.
Alisher Navoiy bu shahzodaga katta umidlar bog`lagan edi. U bilan Sulton orasida nizolar paydo bo`lganida Navoiy ularni murosaga keltirish uchun, o`g`ilning ota izmida bo`lishi uchun tinmay harakatlar qilgan edi. Navoiyning «Munshaot» tarkibidagi qator maktublari, dostonlaridagi bag`ishlovlar bu fikrga dalildir.
2. “Nasrun minalloh” – arabcha: yordam Ollohdandir.
3. Birjis (Burjis) – Mushtariy – Yupiter sayyorasi. Bu baytda shoir shahzodani ta`riflab, uning yuzini quyoshga, yuzidagi terlarni Zuhra va Mushtariylarga nisbat beradi.
4. Bog`i nav – Hirot atrofidagi go`zal bog`lardan biri.
XII
1. Adam shabistonidin vujud gulshanig`a kelgani – aynan: yo`qlik qorong`i kechasidan borliq gulshaniga kelishi, ya`ni dunyoga kelishi, tug`ilishi.
2. Afridun – Faridun – qadimgi Erondagi peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Navoiyning «Tarixi muluki Ajamda yozishicha, ba`zi manbalarda uni Jamshid nabirasi, boshqalarida esa Taxmuras (Jamshidning aka yoki ukasi) avlodidan deb qayd qilinadi. Faridun zolim va odamxo`r shoh Zahhokka qarshi temirchi Kova – Kovai ohangar isyoniga qo`shilib Zahhokni o`ldiradi. Navoiy Faridunni «yaxshi axloqli va odil» edi deb ta`riflaydi. Faridun o`zining xazina – boyligi bilan mashhur. Bu yerda shoir Farhodning otasi Chin xoqoni fazilatlarini Faridunga o`xshatadi.
3. Qorun – nihoyatda katta boylikka ega afsonaviy shaxs, lekin u o`ta xasis bo`lgan emish. Diniy rivoyatlarga ko`ra, u Muso payg`ambar aytganlariga amal qilmagan, buning uchun xudo butun boyligi, xazina, saroylari bilan yer qa`riga kiritib yuborgan emish. Badiiy adabiyotda Qorun davlatmandlik va xasislik ramzi kabi ishlatiladi. Bu yerda Chin xoqoni xazinasi Qorunnikidan yuz ming marta ortiq edi, deb ta`riflanadi.
4. Kishvardih – aynan: mamlakat beruvchi. Bu bayt mazmunida «qaram», «tobe» ma`nosida keladi.
5. Kishvarsiton – aynan: mamlakat oluvchi. Bu yerda «hukmdor» ma`nosini anglatadi.
6. Bu va keyingi baytda shoir obrazli qilib: – davron xoqon barmog`iga shunday bir uzuk taqdiki, bu uzukning ko`zida otashin la`l parchasi yonib turgandek edi. Uning yuzida ishq sirlari yozilgan, ichida esa dard, alamlar tumori o`yib bitilgan edi, – deydi. Navoiy shunday qilib, Farhodning dunyoga kelishidayoq uni ishq nuri va otashi bilan yo`g`rilgan, ana shu ishq iztiroblariga mahkum etilgan edi, deya o`quvchilarini ogohlantirib o`tadi.
7. Siyovush – qadimgi afsonaviy qahramon, Eron shohi Kaykovusning o`g`li. Firdavsiyning «Shohnoma»sida yozilishicha, uni pahlavon Rustam tarbiyalagan. Siyovushga o`gay onasi Sudoba oshiq bo`lpb qoladi. Siyovush uni rad etganda Sudoba tuxmat qiladi. Otashparast (o`tga, olovga tolpinuvchilar) odatiga ko`ra, Siyovushning otasi uning pokligini isbotlash uchun oti bilan gulxandan o`tkazadi. Shu ondayoq alanga gulshanga aylanadi. Siyovush Turonga, uning podshohi Afrosiyob panohiga qochadi. Afrosiyob qizi Farangizni berib, Siyovushni o`ziga kuyov qilib oladi, lekin keyichalik saroydagi fitnalar natijasida undan badgumon bo`lib, boshinn kestiradi. Sharq pozziyasida «Siyovush qoni» tushunchasi juda ko`p uchrab turadi. Bu baytda shoir Farhodning pokligi, dard elining shohi ekanligini ta`kidlash uchun go`yo uni Siyovushning o`t ichida sayr qilib yurganida tug`gan farzandidek, deb ta`riflaydi.
XIII
1. «Al-asmou tanzilu min as-samo» – arabcha: ismlar osmondan tushadi, demakdir.
2. Xush, xud, bexud, darxo`rd, sarxush, noxush kabi «vov» yoki «zamma» bilan yoziladigan so`zlardagi «vov»ni «vovi ma`dula», ya`ni «o`zgartirilgan vov» deyiladi. Shu so`zlardagi bu harfni «alif» (a)ga aylantirib, «xash», «xad», «bexad», «darard», «sarxash», «noxash» qabilida talaffuz qilish mumkin. Lekin yozuvda «vov» saqlanadi.
3. Bu va yuqoridagi uch baytning mazmuni: uning, ya`ni Yangi tug`ilgan go`zalning (yuzida shohlik yog`dusi, nuri) far ko`zga tashlanib turgani sababli bu nurdan yeru ko`k yorishib ketdi.. «Himmat», «Iqbol» va «Davlat» (bu so`zlarning avvalidagi harflar « » « »«») yuz ko`rsatib, shu yog`dudan ziynat topdilar.
Bu javharlar, ya`ni qimmatbaho ma`nolar go`dakka taalluqli deb tushunilgach, ularni bir-biriga qo`shilsa, «Farhod» ( ) ismi -kelib chiqadi. Bu san`at Sharq poeziyasida muammo deb ataladi. Keyingi misrada yana shu muammo yo`li bilan «yog`du» () ni bayt hodiysi (ya`ni ) to`g`ri yo`lga soldi (ular biriktirilib nom chiqarildi) va shahzodaga darhol «Farhod» nomi qo`yilgani aytiladi.
4. Bu va avvalgi uch baytda Navoiy deydiki, ishq go`dakning pokiza zotini ko`rgach, «Firoq», «Hajr», «Oh» bilan «Dard» (arab yozuvida «Farhod» ismidagi qisqa «a» harfi ifoda etilmaydi, u «fatxa» orqali talaffuz qilinadi) so`zlaridan birinchi harflarini biriktiradi va «Farhod» ismini chiqaradi. Bu bilan shoir bu nomning yana bir tuzilish tarkibi va uning zimnidagi ma`noni bayon etadi.
5. Mofizzamir– arabcha, aynan: zamiridagi; bu yerda «ko`nglidagi» ma`nosida kelgan.
6. Abjad – qadimgi arab alifbosining sirasini ko`rsatuvchi sakkizta shartli so`zning birinchisi va shu uydirma so`zlar birikmasining nomi. Bundagi har bir harf ma`lum bir son qiymatiga ham ega bo`lgani uchun harflar tartibida alifbo emas, balki raqamlarning o`sib borishi nazarga olingan. O`sha davrda, keyinlar ham maktablarda «abjad»ni maxsus taxtaga yozib, bolalarga harf tanitilgan va harflarning son miqdori yodlatilgan. Shoir shunga ishora qilmoqda.
7. Suho – Hulqar turkumidagi xira ko`rinadigan yulduzning «omi. Bu yerda shoir Farhodning merganligini ta`riflab, shunday xira Yulduzni ham nishonga ola olar edi, – deydi.
8. Turki falak – maj. Mirrih – Mars sayyorasi. Mirrih Sharq adabiyotida urush, jangchilik homiysi ma`nosida Bahrom ham deyiladi. Shoir Farhodning jangovarlik yarog`larini mohirlik bilan egallaganini maqtab, u o`q otganda Mirrih ham ofarin o`qiydi, demoqchi.
9. Alburz – Elüburs tog`i. Shoir bu o`rinda ham ig`roq san`atini ishlatib Farhod o`z gurzisi bilan uning changini chiqarib yuboradi, deydi.
10. Bahrom – q. Mirrih.
11. Hut – aynan: katta baliq; maj. o`n ikkinchi oftob burji (zodiak)ning nomi, fevralü–mart oylariga to`g`ri keladi.
12. Asad – aynan: arslon; maj. oftob burjlaridan beshinchisining nomi, iyulü–avgust oylariga to`g`ri keladi.
Bu va oldingi baytlarda Navoiy yana o`sha ig`roq san`atini,aqlga nomuvofiq, hayotda mumkin bo`lmagan mubolag`ani ishlatadi. Farhod xanjariniig zarbidan Hutning bag`ri ezilib suvga aylanib ketishi, panjasi bilan Asadning bo`ynini uzib olishi mumkin, deb ta`riflanadi.
13. Ro`yintan – aynan: bronza tanali; Firdavsiyning «Shohnoma»siga ko`ra, Eron shohlaridan Asfandiyorning laqabi. Uning tanasiga zarba yetkazib bo`lmas ekan. Shoir Farhodning tanasini, uning kuchini Asfandiyordan ortiq deb ta`riflamoqda.
XIV
1. Bu va avvalgi uch baytning mazmuni: nayrangboz o`yinchilar bevafo osmonga o`xshab ko`kning aylana muhra (bu yerda «muhra» nayrangbozlarning jomchalar ostida yashiradigan soqqalari ma`nosida ishlatilgan) o`g`irlagan edilar. Ular o`z nayranglarini ko`rsatar ekanlar, falak har lahzada o`n marta pand yer (ya`ni g`ayratlanar) edi. Ular tunni yoritib, kunduzni qorong`ilatar, suvdan o`t yondirib, o`tdan suv chiqarib separ edilar. Shu`lali o`tdan isiriq ko`kartirib, o`rgimchakning toriga temirchining sandonini osib qo`yar edilar. Shoir bu o`yinchilar san`atinn kuy-qo`shiqlar shod eta olmagan, aksincha, uni yanada dardu g`am girdobiga solgan Farhodni biroz bo`lsa-da, ko`nglini ochish uchun namoyish qilinganligini g`oyat mahorat bilan ta`riflaydi.
2. Baytning mazmuni: yana bir yozlik qasr qurilsa, u nozu ne`matlarning bo`ston saroyi bo`lsa.
3. Baytning mazmuni: yana bir kuz fasliga moslab qasr qurilsa, uning bo`yoqlari xazon rangidek sarig` bo`lsa.
4. Baytning mazmuni: yana bir qishlik qasr qurilsa, unga oq rangli Xitoy matolari to`shasalar.
XV
1. Eram – Eram, jannatga o`xshash go`zal va xushhavo bog`ning nomi. Uni Od qabilasidan afsonaviy zolim Shaddod barpo qilgan, deyiladi.
2. Qoran – dostondagi toshtarosh ustaning nomi.
3. “Kan-naqshi fil-hajar» – arabcha: «toshga o`yilgan naqshdek” ma`nosini anglatadi.
4. Boniy – dostondagi me`morning nomi.
5. Bu baytda shoir baland havoza ustidagi roza – binokor ustani falakdagi Zuhal yulduziga o`xshatmoqda. Navoiy bu to`rt qasr qurilishini shunday mahorat bilan tasvirlaydiki, ishning rejalanishidan to binolar qad ko`targunga qadar bo`lgan mehnat jarayonini hayotiy, real tarzda tasavvur qilish mumkin. Muhandisu me`mor, naqqoshu toshkesar, paxsachilaru g`ishtchilar, temirchilaru rassomlar, ishboshilaru pardozchilarni, ularning mo``jizakor mehnatini shoir alohida ta`riflaydi. Ayniqsa, ishning qizg`inligi, hamma o`z o`rnida muayyan ish bilan yonishi, yelib-yugurishi, mehnat jarayoni haqida katta, qaynoq mehr bilan so`z yuritiladi.
6. Ko`hi-Qofi – butun yer yuzini o`rab turadigan afsonaviy tog`ning nomi.
7. Shoir bu va keyingi baytlarda Farhodning Qoranning san`atiga qoyil qolib, uning tesha va toshga pardoz beruvchi metini nima sababdan hech bir zarar topmay osonlikcha toshlarni yo`nib, o`yib gul va naqshlar solayotgani haqidagi savoliga Qoranning bergan javobini bayon etadi. Hamma gap ularni yasashda suv berishga bog`liq ekan, bu sirni esa dono usta hech kimga oshkor qilmas ekan. Farhod katta ishtiyoq va zavq bilan Qoran san`atini kuzatib turib o`rganib oladi hamda o`zi uning yonida astoydil ishga tushib ketadi.
XVI
1. Bu va avvalgi baytning mazmuni zilzila paytida tog` ostin-ustun bo`lib ketganidek, tun qorong`uligi chekinganida, qizil quyosh tog` ustida taxt qurdi. Subh – tong falakni marmarrang qildi. Quyosh osmon cho`qqisiga ko`tarilganda tomosha qilgani Jamshid (shoir Farhodni ko`zda tutadi) otlandi, ya`ni ertalab tong otgach, Farhod (yana Qoran san`atini ko`rgani) qurilishga
otlandi.
2. Bu bayt mazmunidan: Farhod tosh yo`nish san`atini shu qadar egallab oladiki, yuzta Qoran uning qoshida shogirddek tuyilardi, – degan ma`no anglashiladi.
3. Qalamzan – naqqosh Moniy ko`zda tutiladi.
4. Korfarmo – aynan: ish buyuruvchi; bu yerda Farhod ko`zda tutiladi.
5. Navoiy har bir qasr bog`ida bir havz (hovuz) bunyod etilgani, ular har faslga monand qilib bezaklanganini yozadi.
6. Bayt ul-haram – aynan: xos uy, o`z ahli bo`lmagan kishilar kiritilmaydigan ichkari hovli; maj. Ka`ba. Bu yerda qasr Ka`badek pokiza va go`zal demoqchi shoir.
7. Ma`kulu mashrub – arabcha: yeyiladigan, ichiladigan (ya`ni yemish va ichmish) ma`nosida.
XVII
1. Bu baytda obrazli qilib kunduz va kechaning barobar kelishi, Navro`z bayrami kunlariga ishora qilinadi.
2. Shoir bu baytda uning mazmunini to`laroq va latofatliroq ochish uchun «gulnor” so`zining ikki mazmuni, ya`ni anor gul va arabcha «nor» – o`t, olov so`zi birikmasidagi «o`tli gul» ma`nosidan g`oyat o`rinli foydalangan. Bu san`atni Sharq she`riyatida «iyhom» deb ataladi.
3. Bu va keyingi baytda shoir daraxtni tovusga, yaproqlarni esa to`tining patiga o`xshatadi, ba`zi yaproqlar qushning qovursun degan mayda patchalari obkash – eng ingichka tomirlardan suv shimsa, boshqasi Xizrga o`xshash yashil rangli shohlik tojini boshi uzra qo`yganligini ta`riflaydi.
4. Baytning mazmuni: noranj daraxti (ya`ni apelüsin daraxti) oltindan xazina yaratib (ya`ni oltin rang mevalar solib), bargidan sariq libos kiygan edi.
5. Bayt mazmuni: shamol suv ichida oltin sochuvchilik qildi, (ya`ni) suv yuziga sarg`aygan xazon to`kdi.
6. Bu bayt mazmuni: xazon naqqoshi bog` sahnini oltin bilan qoplash (zarhal qilish) uchun bog`dagi (daraxtlarning) barglarini zarga aylantirar (ya`ni xazon qilar) edi.
7. Bu va keyingi 5 baytda Navoiy qish faslining g`oyat go`zal tasvirini beradi. Baytlar mazmuni: yel daraxtlar bargshsh sovurgach, sovuq suv simobini marmarga aylantirdi. Havo ham bulutdan kulrang po`stin kiydi, bulut ham havoga simob sochdi. Qahraton qishning zargaridek, tiniq suv bolalariga kumush lavhalar tayyorlab berdi. Bulutdan tomgan har qatra suv sovuqning zo`ridan olamga marvarid donalari bo`lib yog`ilar edi. Ariqning suv olinadigan joyi halqumday bo`lib, sovuq uning og`zidan to`kilgan so`lakayini xanjarga aylantirdi. Osmon tundan ko`mir qilib, kechqurunlari unga shafaqdan o`t yoqib turardi.
7. Bu va keyingi baytning mazmuni: sovuq issiqlikning haroratini kamaytirdi, olovdan uchqun uchirmay qo`ydi. O`tdan qolgan qiziq qo`rning sinjobchalik (ya`ni silovsin, mo`yi o`siq, olmaxon terisidan tikilgan po`stin) ham issig`i yo`q, yonib turgan shu`la esa oltoyicha (ya`ni, oltoy qizil tulkisining terisidan ishlangan po`stin) ham iliqlik bermas edi.
8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Farhodning yana o`sha kuydiruvchi dardli ohlar tortib, ano – g`am-alamlarga to`la jonni o`rtovchi nolalar qilgani, birov yig`lasa u ham zor-zor yig`lagani, el ozoridan ko`ngli ortig`roq ozor topgani..., birov ishqdan hikoya boshlasa, u takror-takror eshitishni istagani, hajrdan so`z boshlansa, ikki ko`zidan qonli yoshlar oqqani haqida yozadi. Xullas, Xoqon o`g`lini ko`ngli uchun nimaiki qilgan bo`lsa, xato ekanini tushunadi va bundan hayron qolib sarosimaga tushadi.
XVIII
1. Bu baytning mazmuni: bu mamlakat ustida shohlik nog`orasini chalgan zot so`z sipohiga shunday tartib beradi. Bu yerda ushbu dostonni kuylayotgan shoir shunday hikoya qiladi, demoqchi.
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: Burgut va Kuykanak (Ilvasin – mayda parranda ovlaydigan qushlarning bir turi)ni tutib, ovga solsalar uning ishini bunisi qila olarmidi. Agar arsa – shaxmat taxtasi bo`m-bo`sh qolsa ham undagi shoh donasi o`rnini baydaq – piyoda egallay olarmidi?! Bu so`zlarni Farhod Xoqonning toj taklifiga javoban aytadi.
3. Bu va keyingi 10 baytda Farhod uzrxohlik bilan: – men hali yoshman, vazifa esa ulug`. Shu choqqacha barcha ishlardan g`ofil, yolg`iz ayshu-ishrat bilan band edim. Endi shoh inoyat qilsa-yu men biror kichik xizmatga jiddiyroq mashg`ul bo`lsam, uning rivoji va kasodini tushunib yetsam, xatolarimni tuzatib turilsa, ma`lum tajriba orttirgach, har qanday hukm bo`lsa, bajonidil bajarsam, – deydi.
XIX
2. Badiiy adabiyotda «Iskandar oynasi» tushunchasi ko`p ishlatiladi. Bu bob sarlavhasida shoir Xoqonning Farhodni o`z xazinasiga olib kirgani, uning esa oltinu javohirlarga nazar solmay Iskandar oynasi bilan qiziqqani va oynada ajoyib narsalar ko`ringani haqida yozadi. Bu baytda Navoiy inson tafakkuriga yuksak baho beradi. Farhod tilidan aytilgan misralarda inson nimaniki bunyod etishga qodir bo`lsa, unga fikrlash zamirida erishadi, degan falsafiy tushuncha ifodalanadi.
3. Aflotun – Platon – asl nomi Aristotelü (mil. av. 428/ /427. Afina – 348/347) – qadimgi yunon faylasufi, antik falsafadagi ob`ektiv-idealistik oqimning asoschisi. 407 yillarda Sokrat (Suqrot) bilan tanishib, uning eng yaqin shogirdi bo`lib qolgan. Afinada mashhur faylasuflar maktabi – «Platon akademiyasi»ni yaratgan. Xamsanavis shoirlar Ivkandar atrofidagi olim, mutafakkirlar orasida Aflotunga ayricha o`rin ajratgan-lar, uni donishmandlar rahbari sifatida ta`riflaganlar. Bu yerda Navoiy Iskandar oyinasini har biri Aflotunga teng keladigan 400 nafar dono olimlar yaratgan, deydi.
4. Bayt mazmuni: Xoqonning hikmati bo`lgan bu ko`zguda ajib bir tilsim yashiringandir.
5. Bu va keyingi baytlarda ko`zguda yashiringan tilsimni ochish uchun uch manzilni o`tish lozim: birinchisida ajdaho, ikkinchisida Ahraman, uchinchisida yanada mushkulroq sir bor. Ularni yengib o`tilsa, to`rtinchi manzil keladi, unda tog` va ichida g`or bor. G`orda Suqrot yashaydi. Agar u tirik bo`lsa, barcha mushkullarni ochib beradi, agar olamdan o`tgan bo`lsa uning ruhiga sig`inilsa, maqsad hosil bo`ladi, degan mazmun bayon etiladi.
6. Buqrot – Gippokrat (mil. av. 460–375)–mashhur yunon hakimi, ilmiy tibbiyotning asoschilaridan biri. Uning «Kitob al-fusun» («Aforizmlar») nomli kitobi juda mashhur. «Gippokrat qasamyodi» – shifokor burchi va xulq-atvorining qisqacha ta`rifi shu olim qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu yerda Navoiy Suqrot hakimni bilimdon, donishmandlikda zamonasining Buqroti desa bo`ladi, – deya ta`riflamoqda.
XX
1. Baytning mazmuni: Bugun shoh (ya`ni Xoqon) zamonning eng aqlli kishisidir, uning porloq ko`ngli davlat mash`alidir.
2. Dastur – bu o`rinda «vazir», ma`nosida ishlatilgan.
3. Baytning mazmuni: qo`shin to`plakadigan vaqtni va joyni tayin qilib, tavochi har garafga bu haqda jar soldirdi.
XXI
1. Suhaylo – bu ism Suhayl nomli yorug` yulduz nomidan olingan (ast. Konopus). O`rta asr munajjimlari bu yulduz yaxshi ta`sir ko`rsatadi, deb biladilar. Bu yerda Yunondagi mashhur donishmand hakimning nomi. U ham Suqrot kabi g`orda yashaydi.
2. Jomosp – qadimgi Eronning afsonaviy donishmandi va munajjimi. Uni Luqmonning shogirdi deb biladilar. Kelajak voqealaridan xabar qiluvchi «Jomospnoma» nomli kitobni shu donishmandga nnsbat- beradilar. Navoiy Suqrot g`origa ketayotganlarga Suhaylo «Jomosp»dan Farhodga yulduzi baland degan xushxabar yetkazganini bayon qiladi.
3. Baytning mazmuni: maqsadim mamlakatlarni fath etish emas, balki tahlikali joylarni yengish edi.
4. Baytning mazmuni: abadiy saodat hamrohlik qilib Atorid yoniga oy bilan quyosh keldilar. Bu yerda Navoiy istiora san`atini ishlatadi. U Suhaylo hakimni Atorid, Farhodni oy, Xoqonni esa quyosh deb atamoqda.
5. Bu va keyingi baytlarda Suhaylo tilidan – Jomospning o`limidan keyin hakimlar uning aytganlarini yozib qoldirishlaridan menga ayonki, ming yildan so`ng Chindan Yunonga bir Farhod degan yigit keladi. U ancha qiyinchiliklardan so`ng Iskandar tilsimini ochadi. Ammo ungacha Farhod ajdarni o`ldirishi kerak, shunda bebaho xazina chiqadi. So`ngra devni (ya`ni Ahramanni) qatl etishi kerak, buni bajarganda Sulaymon payg`ambarning uzugini qo`lga kpritadi. Tilsimni ochganida Jamshid jomiga ega bo`ladi. Bularnn Farhod Xoqonga bag`ishlasin, unga esa Suqrotni ko`rishi va Iskandar oynasi kifoyadir, – deydi.
6. Sulaymon hotami – Sulaymon – Tavrot bo`yicha Solomon podshoh, islomda Sulaymon payg`ambar. Diniy rivoyatlarga qaraganda, unga xudoning muqaddas, yashirin va sirli ismi ma`lum bo`lgan va bu so`z (ismi a`zam) uning hotamiga – uzugiga naqshlangan – o`yib yozilgan ekan. Bu uzuk vositasida Sulaymon faqat odamlarga emas, balki hayvonlar, hasharotlar, insu jinslarga ham o`z hukmini o`tkaza olar ekan. Sharq adabiyotida uning Sabo (Navoiyda Saibo) diyori malikasi Bilqis bilan oshiq-ma`shuqligi hamda sehrli uzugi qalamga olinadi. Navoiy o`zining «Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Sulaymon haqidagi rivoyatlarga keng o`rin ajratadi (q. Alisher Navoiy. Asarlar. 15-tom, 224–231-betlar).
7. Samandar – mayda bir jonivor. Afsonalarga ko`ra, u olovda tug`ilib, olov ichida yashar emish. Bu yerda Suhaylo hakim Farhodga ajdar bilan olishuv paytida o`t-olovdan saqlanish uchun bir idishda samandar yog`ini beradi. Undan badan va qo`llarga surkalsa, o`t ta`sir qilmasligi bayon etilgan.
8. Bu va keyingn 5 baytning mazmuni: tilsimni qanday ochish haqidagi barcha aziz chin so`zlar bir kumush taxta ustiga yozilgan bo`lib, u dev bo`yniga osig`lik turadi. Undagi tilsimdan Jamshid jomini topasan. Jom atrofidagi Iskandari Rumiy naqshlab ketgan yozuvlarni o`qisang Suqrot hakim haqidagi ma`lumotlarni bilib olasan.
9. Baytning mazmuni: Unga (ya`ni Farhodga) bu xil ishlarni tushuntirgach, Suhaylo jonini Tangriga topshirdi.
XXII
1. Bu va keyingi bayt mazmuni: Qaraganda uning (ya`ni ajdahoning) ikki ko`zi xuddi neftning o`tli bulog`idek edi. Burun teshiklari vahshat tandiriga, balki neftü mo`risiga o`xshardi. Shoir bu yerda mubolag`a san`atini qo`llab, ajdahoning dahshatli qiyofasini tasvirlamoqda.
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: Farhod chaqqonlik bilan osmon kamalagidek yoyiga nayzadek o`tkir o`qni joyladi va ajdar og`ziga shunday otdiki, hatto gurdi anjum – yulduzlar pahlavoni Mirrix hayratlanib uning qo`lini o`pdi.
3. Bu va keyikgi ikki bayg mazmuni: bu g`or osmon kabi yumaloq, agar uning markaz nuqtasini aniq topa olsang, u yerda qora tosh ko`milgan, toshning vazni ming botmondan og`irdir. Qiliching uchi bilan atrofini ochib, qo`llaring bilan uni o`rnidan qo`zg`at.
4. Zulfiqor – hazrat Alining ikki damli, g`oyat keskir afsonaviy qilichi. Shoir bu yerda Farhodning ajdaho g`ori ichida topgan xazinasidagi bir qilichni Zulfiqorga o`xshatmoqda.
5. Bayt mazmuni: uning (ya`ni qilichning) yonida qubbasi falak quyoshidek porloq bo`lgan bir qalqon bor edi.
Keyingn baytlarda shoir qalqon qubbasida Sulaymon o`z uzugidagi kabi ismi a`zam o`ydirgani, qilichda ham bir ism yozilgan bo`lib, qilichning o`tkirligi o`shandan ekanligi va qilich gunohsizlarga zarba yetkazmasligi, yomonlarni, yovuzlarni esa ayovsiz ikkiga bo`lib tashlashi haqida fikr yuritadi.
XXIII
1. Rustam – Firdavsiy «Shohnoma”sidagi bosh qahramonlardan. U Zolning o`g`lidir. Rustamning dunyoga kelishi va unga ism qo`yilishi haqida Firdavsiy shunday hikoya qiladi: Zolning xotini Rudoba og`ir homila ko`taradi. Oy-kuni yaqinlashganida dard boshlanishi bilan hushidan ketadi. Sarosimaga tushgan Zol afsonaviy qush Simurg` vositasida jarroh topib keladi. Jarroh onaning yonini kesib, bolani oladi. Hushiga kelgan Rudoba farzandini ko`rib xursand bo`ladi va oh tortib (ya`ni azobu dardlardan xalos bo`ldim ma`nosida) «Rustam” – deydi. Onaning og`zidan birinchi chiqqan ana shu so`zni bolaga ism qilib qo`yadilar. O`zining bahodirligi, adolatparvarligi va to`g`riligi bilan Sharq adabiyotida an`anaviy obrazga hamda mardlik ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Farhodning Ahramanni o`ldirganini Rustamning Mozandaronda Arjang devni tor-mor qilganiga o`xshatmoqda (Bu haqda qarang: Firdavsiy. Shohnoma. 1 kitob. Oltinchi sarguzasht, Sh. Shomuhamedov tarjimasi, 353– 357-b.).
2. Mozandaron – Erondagi tarixiy viloyat. IX–XII asrlar manbalarida Tabariston nomi bilan yuritilgan.
3. Baytning mazmuni: Rustamdek qasr tomon yurdi. Eshikda raxshini mahkam bog`ladi. Baytdagi raxsh so`zi Rustamning afsonaviy otining nomiga ishora bo`lib, bu yerda shoir istiora san`atidan istifoda etadi.
4. Bu baytda Navoiy Ahramanni o`ldirgach, uning qasriga kirib borishi, qasr ichida toza, hali inson bolasi ko`rmagan bir uyga yuzlanishi haqida yozib, g`oyat go`zal tashbih ishlatadi – uyning orasta, tozaligini ginasiz odamlarning ko`ngliga o`xshatadi.
Keyingi baytlarda Navoiy uyda Farhodning yoqutdan ishlangan qandil ko`rganini, uning ichiga yashirilgan Sulaymon uzugini topganini va qandilga «kimgaki bu uzuk muyassar bo`lsa, unda yozilgan ismni o`qiganida g`oyibdan ovoz kelib Iskandar tilsimi sirlaridan xabardor etadi», – deb hikoya qiladi.
5. Bu baytda Navoiy tashbih san`atini ishlatib qandil shu`lasini Mushtariyga, yorug`ini esa sham`i xovariy – sharq sham`i, ya`ni quyoshga o`xshatadi.
6. Bu va keyingi baytning mazmuni: osmon Rustami quyosh qilichini ko`tardi va zamon Oq devining bo`yniga soldi. Uni mushkul holga solib, halok etdi, devning ohi – faryodi esa jahonni qorong`i qildi. Shoir bu baytda: xudo quyoshning nurlari bilan kunduzni tugatdi, g`ira-shira tushdi va hamma yoqni tunga cho`ktirdi, degan oddiy fikrni istiora san`ati vositasida juda obrazli qilib bildiradi.
XXIV
1. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: (Farhodning) qarshisida osmondek keng ko`kalamzor ko`rindi, uning o`rtasida quyosh yanglig` buloq obi hayot chiqarib turar, bu suvning har qatrasi jondek (yoqimli) edi. Qirg`og`ida ko`k bilan teng bir daraxt bor edt. (Buloq) suvinn tiriklik suvi, (daraxtni) Xizr payg`ambar desa bo`lar edi. Shoir bu yerda Xizrning obi hayvon – tiriklik suvi topgani haqidagi rivoyatga ishora qiladi.
2. Navoiy xalq kitoblari, sarguzasht adabiyot an`anasiga ko`ra Xizr tilidan Farhodga tilsimni ochish uchun qaerga, qanday qilib necha ming qadam yo`l bosish, yo`lda nimalarni yengnb o`tish lozimligini bayon etib kelib, bu baytdan boshlab temir jismli paykar – haykalni tasvirlaydi. Navoiy yozadi: u odamga juda ham o`xshar, qo`lida o`tkir o`q tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq sovutga o`ralgan bu temir odam ich-ichidan yonib turardi.
Ko`rinadiki, qanchalik hayratlanarli bo`lmasin XV asr Navoiysi hozirgi davr tushunchasidagi robot tasvirini yaratgan.
3. Bu va keyingi baytning mazmuni: eshik ochilgan zamoniyoq, sado o`chdi (Farhod ko`rgan darvozasinn ochish uchun Xizr o`rgatganidek belgilangan bir toshni qattiq tepganida baland sado chiqqan edi) haligi sovutli haykal yoyiga o`q tortib chiqib kela boshladi. Buning ustiga yana yuzta sovut kiygan (haykallar) o`q otmoqqa tayyor edi.
4. Shid – xurshed, quyosh demakdir.
5. Bu va keyingi to`rt baytning mazmuni: (Farhod) eshik ochib-ichkariga qadam qo`ygan edi, uyning toqida porlab turgan bir jom ko`rindi. Yorqinlikda quyoshdek, balki Jamshid jomidek edi. U go`yo jahon ichidagi quyoshdek porlab, jahonni o`zida aks ettirib turgan ko`zgu edi. Unda sirli hayot va dunyoning holati ravshan ko`rinib turardi. Tashqari tomonida yerning markazi, ichida esa to`qqiz falak aylanasi jilva etardi.
Navoiy tasvirlagan bu «Jomi Jam”ning tasviri ba`zi belgilari bilan «ma`lum darajada o`sha globus va kartalarni eslatadi» (Hayitmetov A. Tabarruk izlar izidan. 63-bet).
XXV
1. “Koniyan minkon” – arabcha: kon boyligi kondan, degan ma`noni bildradi.
2. Sayrafiy – arabcha: «sarrof» so`zidan, zarshunos, qimmatbaho toshlarni baholovchi.
3. Bu va keyingi baytda, tongni Suqrotga, nur uning jamoliga, quyosh usturlobga, osmon qog`oz varag`iga o`xshatilib, shu bobning o`ziga muvofiq va boshqa boblardagidan tamoman farq qiladigan tong tasvirini beradi (Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. 131).
4. Bu va keyiigi baytlarda Navoiy Suqrot yashaydigan joyning manzarasini beradi. U g`oyat quyuq bo`yoqlarda obrazli qilib juda baland mahobatli, o`rkachli tog`, unda o`sib yotgan ulkan daraxtlar, tog` cho`qqilaridagi qorlaru, uning bag`rida yurgan hayvonlar, chashmalaru g`orlar, daryolarni ta`riflaydi. Bu shoirning peyzaj tasviridagi romantik uslubiga yorqin misoldir.
5. Sidra – sttinchi osmondagi afsonaviy daraxt.
6. Payg`ora – g`or.
7. Usturlab (astrolyabiya) – Sharq astronomiyasida quyosh va yulduzlarning yuksakligini o`lchaydigan asbob. Bu yerda shoir Suqrot g`oridagi o`rgimchaklarni shu asbobga o`xshatmoqda.
8. Bu va keyingi baytlardan ma`lum bo`lishicha, Suqrot Xoqonga ikki javhar inoyat qiladi: biri – uning umri uzun bo`liishi, ko`p o`lkalarni fath etishi, behad boyliklarga ega bo`lishi haqidagi bashorat; ikkinchisi – bir muhra (soqqaga o`xshagan narsa) bo`lib, xastalik yuzlanganda og`izga olib aylantirgach, suvini yutilsa, dard chekinadi, kuch-quvvat paydo bo`ladi, odam yasharib ketadi.
9. Bu bayt mazmunida Suqrot Mulkoroga: – oldingizda bir xatar bor, u anosirning (arabcha: to`rt unsur bo`lib, suv, o`t, shamol va tuproq) ikkitasi – shamol va suv tufayli yuz beradi, deyiladi.
10. Nuh – diniy aqidalarga ko`ra, juda uzoq umr ko`rgan payg`ambar, uni ba`zi manbalarda Odami Soniy (ya`ni ikkinchi Odam Ato) ham deyiladi. Rivoyatlarda keltirilishicha, Nuh davrida 40 kecha va 40 kunduz sel yog`adi va butun dunyoni tutib ketadi. Shunda u o`z yaqinlarini, tarafdorlarini va har hayvondan bir juftdan kemaga solib oladi. Dunyo suvga g`arq bo`ladi, yolg`iz Nuh kemasi omon qoladi. Toshqin chekilganda Nuh kemasi Ararat tog`ining bir cho`qqisida qoladi. Go`yo Nuhning o`g`illari dunyodagi asosiy qabilalarni yaratgan emishlar. Shoir bu o`rinda Suqrot tilidan Farhodga qarata garchi hayoting Nuh umricha bo`lsa ham o`lim barhaq, deydi.
11. Majoziy ishq – zohiriy insoniy ishq.
12. Haqiqiy ishq – tasavvufda Xudoga bo`lgan muhabbat nazarda tutiladi.
13. Baytning mazmuni: Farhod undan ayrilib faryod chekdi, u esa Sulayho kabi uzun yo`lga tushdi. Ya`ni Suqrot ham Suhaylodek hayotdan ko`z yumdi.
14. Bu misra ikki ma`noni anglatadi: birinchisi – quyoshdek porloq Suqrot dafn etildi; ikkinchisi – quyosh botdi, kun qaytdi.
15. Luqmon – ba`zi tarixiy manbalarda payg`ambarlar, ba`zilarida esa hakimlar sirasida keltiriladi. Rivoyatlarga qaraganda, rangi qora xabash bo`lgan. U kimningdir quli bo`lib, ozod bo`lishi haqida bir qancha rivoyatlar bor ekan. Jumladan, Luqmonning xojasi – qo`y so`yib yaxshiroq a`zosini pishirib kel deb buyuribdi. Luqmon qo`yning yurak va tilini keltiribdi. Boshqa safar xojasi – qo`y so`yib yomonroq a`zosini pishirib kel, – debdi. Luqmon yana yurak va tilni keltiribdi. Xoja buning ma`nosini so`raganda Luqmon debdi: ko`ngul noloyiq fe`l-atvordan, til keraksiz so`zlardan beri bo`lsa ulardan yaxshiroq a`zo yo`qdir, agar bo`lmasa, ulardan yomonrog`i yo`qdir. Luqmon hikmatlaridan 4000 tasi yig`ilgan ekan. Shundan ikkitasini doim yodda saqlab ikkitasini unutish kerak emish. Chunki avvalgi ikkisi – o`zi qilgan yaxshiliklar, keyingi ikkitasi boshqalar qilgan yomonliklar haqida emish. Qadimgi manbalar Luqmon bilan bog`liq ba`zi rivoyatlarni mil. av. VI asrda yashagan yunon masalchisi Ezopga nisbat beradilar.
Shoir bu yerda Luqmonning xabashligiga ishora qilib, majoz yaratadi va tun qorong`iligi haqida fikr yuritadi.
XXVI
1. Bu baytda shoir ot ustidagi go`zal Shirin xatti-harakatini shatranj donalari (shaxmat) va ularning yurishlariga o`xshatib go`zal obraz yaratadi: U go`yo quyosh bilan shatranj o`ynayotgandek ruh va ot bilan yurib, uni – quyoshni har soatda yuz marta mot qilar edi.
2. Bahrom – dostonda vazir Mulkoroning o`g`li, Farhodning emikdoshi va yaqin sirdosh do`sti.
3. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: (qayta hushiga kelgan Farhod yana ko`zguga qarasa) uning yuzi avvalgidek qorong`i edi. Uni yasagan donishmand shunday tilsim ishlatgan ediki, ko`zguga qaragan odam qanday shakl ko`rsa, keyin boshqa ko`rinmas, tilsimi buzilib qolar edi.
4. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod) hamma narsani o`ylab ko`rgach, aql qonuni bilak ishga kirishmoqcha bo`ldi; lekin u bilmadiki, ishq bedodlik qilsa, yuzlab aql va bilimning qonun-qoidalari barbod bo`lib ketadi.
XXVII
1. Baytning mazmuni: har qanday odam ko`rsa, ma`lum qilar ediki, bu xoro – toshni, o`t – olov mum qilib yuboribdi. Shoir bu yerda istiora san`atini ishlatgan, «xoro» so`zidan Farhod ko`zda tutiladi.
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhodga) shunday holatlar yuz bergan ekan (ya`ni uning rangi sarg`aygani, harorati ko`tarilgani va h. k.), ular dimog`ining yubsi`a – qurishiga sabab bo`lgan. Endi mizojini harorat va qurishlik zabt etibdimi, uning iloji dengiz (ya`ni teskari, zid – dimog`ni yumshatish, haroratni tushirish) – muolajadir.
3. Shar`iy – uzunlik o`lchovi, bir shar`iy – 2–3 km.
Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod dengiz sayohati taklifini eshitgach) dengizdek qalbi jo`shib ketdi, og`zi kema og`zidek ochildi, lekin so`zsiz edi. Xayoli dengiz mavjlariga zanjirdek ulanib, ularga yana yuz ming xayollar ulandi.
XXVIII
1. “Va izal-bihoru fujjirat” – arabcha, (agar) dengizlar to`lib-toshsa ma`nosida.
2. «Va izal – jibolu suyyirat» – arabcha, (agar) tog`lar siljisa ma`nosida.
3. Baytning mazmuni: (Kemalarning) uchi osmondagi Hut (baliq) va Savr (ho`kiz) sanchigudek, tubi ham yer ostidagn ho`kiz va balig`ni yanchigudek edi. Shoir bu yerda ilmi nujumga ko`ra Hut (Baliq) va Savr (Ho`kiz) deb ataluvchi quyosh burjlariga hamda qadimgi diniy e`tiqodga binoan yer go`yo katta ho`kizning, ho`kiz esa baliqning ustida turadi, degan aqidaga ishora qilmoqda. Kemaning uchi va tubini baland va chuqurligini bu xilda ta`riflash she`riyatidagi «g`uluv» san`atiga yaqqol misoldir.
4. Jirmi xok – yer kurrasi. Shoir dengizdagi kemalar va odamlarni qorasi yer kurrasidek tuyilardi, deydi.
5. Dalv – ilmi nujumda o`n ikki burjdan o`n birinchisi. Bu yerda shoir dengizdagi baliqlarning suv ichishini osmondagi Hutning falak burjidan suv ichganiga o`xshatadi.
6. Baytning mazmuni: suvning mavji go`yo simdan to`qilgan sovutu uni (baliq) omburdek og`zida tutib ketayotgandek edi.
7. Baytning mazmuni: qorong`ilik tushdi, dengizning ham dahshatli to`lqinlari mayda mavjlarga aylandi. Shoir bu oddiy fikrni shunday o`xshatishlarda beradi: Tun qora po`stini (kish) ostida oq rangli mayin mo`yna po`stin kiygan (qoqum) kunni-yashirganida, dolg`alar (talotum)ni dengiz silovsin (sinjob), (ya`ni mayin mo`yi o`siq olmaxon) qildi qo`ydi. Baytdagi «kish»,_ «qoqum», «sinjob» so`zlari «istiora» san`atiga binoan «qora po`stin», «oq mo`yna po`stin», «mayin» («mayda») so`zlari o`rnida-ishlatilgan.
8. Shoir bu ikki misrada «mohiyat» va «kamohi» so`zlarida so`z o`yini qilgan. Mohiyat arabchada «haqiqat» ma`nosida kelganidek, tojikcha baliq ma`nosida bo`lgan «mohi» so`ziga nisbat berilganda. ««baliqlig`i» ma`nosini ifoda qiladi, shuningdek: «kamohi» so`zi arabchada «o`zicha» va «tagi tubigacha» demak bo`lganiday, arabcha o`xshatish harfi «k» bilan tojikcha baliq ma`nosida bo`lgan «mohi»dan qo`shma so`z qilib olganda ham «baliqday» degan ma`noni beradi. Shoir mana shu ikki so`zni, shu ikkala ma`noda ishlatgan va har ikkala ma`noda she`rning mazmuni to`la chiqqan» (izoh S. Ayniyniki. Q. Alisher Navoiy. Xamsa, Toshkent, 1941, 111-bet).
9. Shoir bu misrada Suqrotning yel va suv xatari haqida aytganlariga ishora qilmoqda.
XXIX
1. Yaman – Arabiston yarim orolining janubidagi mamlakat.
2. Shopur – Nizomiyda bu obraz Xusravning qissaxoni, Shirin bilan Xusrav munosabatlarida vositachi, ko`makchi sifatida talqin qilingan. Xusrav Dehlaviyda ham Shopur Xusrav bilan birga yuruvchi, unga turli ajoyib-g`aroyibotlar hikoya qilib yupatib yuruvchi shaxs. Xusravga Shirinning rasmini ko`rsatib, Armaniya o`lkasiga birga ketgan ham Shopurdir. Navoiyda esa Shopur Farhod bilan tasodifan uchrashib sodiq do`stiga aylanib qolgan, mohir naqqosh va insonparvar shaxs sifatida talqin etiladi.
3. Toyif– Hijozdagi bir shahar nomi.
4. Qorurai naft– neftü solingan shisha idish.
5. Furza– arabcha: ko`rfaz, qo`ltiq.
6. Yaman o`zining tabiiy boyligi aqiq (qimmatbaho qizg`ish tosh, haqiq ham deyiladi) bilan mashhur bo`lgan. Shoir bu baytda Yamanda dengiz qaroqchilaridan qutulganlari sharafiga savdogarlar uyushtirgan bir bazmda shu qadar toza may (mayi nob)lar tortildiki, Yamanda hatto aqiqlar ham bunchalik serob emas, demoqchi bo`ladi.
7. Na`li bozguna urdi – maqol tarzidagi ibora bo`lib, aynan: na`l (taqa shaklidagi tamg`a)ni teskari qoqmoq; maj. chalg`itish, alahsitish demakdir. Shoir el qatori o`z kori holi bilan mashg`ul yurgan Farhodning ishini taqdir teskarilab, chappalashtirib yubordi, deydi.
XXX
1. Bu va avvalgi bayt mazmuni: lekin tosh shu qadar qattiq ediki, yuz marta tesha urilsa ham foydasiz, bir no`xatchalik, no`xat u yoqda tursin, ko`knori urug`ichalik ham tosh uchmas, kesilmas edi.
2. Qori – uzunlik o`lchovi, quloch.
3. Ruhul-amin – arabcha: ishonch ruhi. Shoir bu yerda tog` qazuvchilarning Farhodga unda oliy sifatlar ko`rib murojaat qilishlarini ta`riflaydi. Bu va keyingi baytda shoir qator sifatlash san`atini ishlatadi: (she`r ilmida buni «sifatchini» deb ataladi) ruh ul-amindek pok gavhar, malak, oliy guhar va h. k.
4. Hisn – kadimgi yahudiylar yashagan Madinaga yaqin qishloqning nomi. Bu so`z asosan panohgoh qo`rg`on, istehkom, qal`a ma`nosida ishlatiladi. Shoir bu yerda Mehinbonu saroyini ko`zda tutmoqda.
5. Ba`zn tadqiqotchilar Mehinbonu Shirining ammasi, deb yozadilar. Bu baytda u Shiringa xola (xoharzoda – opa yoki singilning farzandi) ekanligi aniq aytiladi.
6. Ayn ul-hayot – ayn. hayot bulog`i. Bu yerda shoir ta`rificha, Shirin kelib, ko`ngil ochib ketadigan buloqning nomi.
7. Yigoch– yog`och, bu yerda uzunlik o`lchovi ma`nosida bo`lib, bir yig`och – taxminan sakkiz km.dan ortiqroq.
8. Baytning mazmuni: mashaqqat zo`rligadan yigitlarni ko`rganlar chol (qori–qari), deydi, lekin qazilgan yer esa ikki-uch yuz quloch (qori) keladi. Shoir bu yerda «tajnis san`atidan istifoda etadi.
9. Baytning keyingi misrasida shoir foydasiz va imkonsiz ish uchun urinishning behudaligi haqida so`z yuritadi. U «Ohani sard kuftan» (sovuq temirni o`yish) degan xalq maqolidan foydalanib, «irsoli masal» san`atini ishlatadi.
10. Baytning mazmuni: temirchidan dam bilan ko`ra oldi, beliga charm partug` (tanura) bog`ladi.
11. Bu va avvalgi bayt mazmuni: tog` kamarini qazish uchun kerak bo`lgan bir necha gurzi va bir necha asbob charxlaydigan tosh (sunboda) tayyorladi. Ularning barchasiga Qorandan yashirincha o`rganib olganidek, yaxshilab suv berdi.
12. Baytning mazmuni: u qo`lining zarbi bilan tesha urganda, ovozi (orig. farrasti) o`n yog`och masofaga yetar edi. Shoir bu yerda «g`uluv» san`atini qo`llagan.
13. Bu va keyingi bayt mazmuni: tog` qazuvchilar ham, bu ishlarni boshqaruvchilar (orig. kor farmov) ham Mehinbonu qoshiga borib, ko`rmagan odamning bu ishlarga aqli inonmaydi deya xa bar qilmoqchi bo`ldilar.
XXXI
1. Havvo – diniy rivoyatlarga ko`ra, insoniyatning onasi – Momo Havo. Shoir bu yerda Mehinbonuga Havoga o`xshatadi. Uning Shirin xonasiga kelishini Momo Havoning jannatda makon tutganiga nisbat beradi.
2. Janibat – podshohlar biror yerga dabdaba bilan chiqqanda ehtiyot uchun birga olib yuriladigan ot. Bu yerda shoir umuman ot surishni, otda borishlikni ko`zda tutmoqda.
3. Baytning mazmuni: arig`ni qazish uchun yuz ganj sarflagan edim, suvi kelmasdan burun qo`l yuvib edim. Shoir bu yerda «istiora» san`atini ishlatib, «qo`l yuvmoq»ni «voz kechmoq», «qo`l
tortmoq» ma`nosida keltiradi. Ayni choqda shoir suvi yo`q ariqdan qo`l yuvish tushunchasi bilan esa «mumtane`» san`atini vujudga keltiradi.
4. Bu baytda shoir Shirinni – parivash, uning otini devpaykar – dev gavdali deb ta`riflaydi. Bu ot unga Shirin mingach, parikash – parini olib boruvchi bo`ldi, deydi, Natijada baytning ikki misrasida shoir «talozum» san`atini yaratadi.
5. Gulgun – Shirin otining nomi. Bu baytda shoir «ot» so`zini ikki ma`noda (nom va ot) ishlatib, «ihom» san`atini qo`llaydi. Ot so`zining har ikkala ma`nosi ham bayt mazmunini yaxshi ochishga xizmat qiladi.
6. Bu bayt mazmuni: jahon bog`ida uningdek (ya`ni Gulgun dek) tez yurar ot yo`q edi. U gulbargini eltuvchi sabodek yelar edi. Shoir bu yerda Shirinnn gulbargga, otini esa saboga o`xshatib, «tashbih» san`atinnng ajoyib namunasini yaratadi.
7. Xing – bo`z ot. Xingi bodpoy – yeldek tezyurar ot. Shoir Shirinning oti Gulgunni nazarda tutmoqda.
8. Shu yerdan boshlab, 44 baytda Navoiy Shirinning go`zalligini ta`riflaydi. Bunda shoir turli badiiy vositalardan g`oyat keng foydalanadi. Bu she`riy parcha shoirning portret yaratish
mahoratiga yorqin dalildir.
9. Tung – idish ma`nosini bildiradi. Bu yerda shoir Sharqda mashhur bo`lgan Hindiston novvoti solingan shakkar idish deb
Shirinning og`zini ta`riflamoqda.
10. Zod – ozod so`zining qisqartirilgani. Shoir bu yerda Farhodni ta`riflab, uni bu barno yigitgina emas, taqdir xazon bo`lish alamini ravo ko`rgan bo`stondagi ozod sarvdir, deydi.
XXXII
1. Baytning mazmuni: Farosat bilan Farhod bildikim, dil bezatuvchi (ya`ni, Shirin)ning mehri uning holiga qarab ish tutibdi.
2. Bu va keyingi 4 baytning mazmuni: (Farhod) toshga metin urganida falak toqiga qiyomat solgandek bo`lardi. Uning yoniq nafasi va metini ko`targan gard zangori osmonni ko`zdan yashirib
yuborardi. Gard va dudgina emas, balki dard va anduhning qora buluti tog`-tog` bo`lib Arman atrofini tutib ketgan edi. Uni qora bulut ham demay, bahor buluti deb, yog`in bilan ko`tarilgan do`l tosh bo`roni desak ham bo`ladi. Toshga urilayotgan metinning yaltirashi bamisoli chaqmoq edi. Shoir Farhodning tog`da arig` qazish mehnati tasvirini tashbih va mubolag`a san`atlari vositasida beradi.
3. Xorokan – tosh yo`nuvchi – bu yerda Farhod ko`zda tutiladi.
4. Kamingoh – xilvat joy; bayt mazmunicha, Shirin bir xilvat joy topib Farhodni yashirincha ko`rgisi keladi.
XXXIII
1. «Bahr un-najot» – aynan: najot dengizi. Shirin uchun Farhod qazigan katta hovuzning nomi.
2. Sarvi gulandom – aynan: gul yuzli sarv. Shirin ko`zda tutiladi.
3. Bu va avvalgi bir baytning mazmunn: muhandislik qilib u avval ariqning ikki yoniga ikki chiziq tortdi, uni qirg`oqdan qirg`oqqa uch quloch, chuqurligini esa ikki quloch (qilib rejaladi).
4. Baytning mazmuni: (Farhod) arig`ni g`adir-budir joylarini tekislashda teshasining tosh taroshlash san`atini namoyish qilardi.
5. Baytning mazmuni: (Farhod) ikki tomondan toshlarni bir-biriga ulab, uning farshnnn (yotqizilishini) dandonaga o`xshatib, kungurali terib borar edi.
6. Bu va avvalgi ikki baytning mazmuni: lekin (Farhod) toliqish va xoriqishga berilmay, toshni taxta-taxta qilib tekis yo`nib, haligi reja tortilgan chiziqdan, qoidadan chiqmay (ishlar
edi), u yo`nilgan toshlarnn ildam olar, taxta-taxta qilib tayyorlanganlarini to`shab, mahkamlab borar edi.
7. Bu va avvalgi bayt mazmuni: (Farhodning) toshni maydalaydigan metinidan sachragan toshlar oygacha yetardi. Bu uchar toshlardan oy atrofidagi gardishi qalqondek bo`lgan edi.
8. Baytning mazmuni: ariq o`tkazish ishiga kirishgan (Farhod) yuz Bobil sehrini namoyish etdi. Bu yerda shoir Bobil – Yupiter sayyorasi nomidan ihom san`ati vositasida uning boshqa ma`nosiga ishora qilib kuchli, zo`r va nihoyatda chaqqonlik degan mazmunda ishlatadi.
9. Baytning mazmuni: tinmay tosh kesib, bir hovuz ham bunyod qildi, uning kenglik o`lchovi har tomondan 60 qulochdan edi.
10. Bu va avvalgi bir baytning mazmuni: bu ishlarda unga Shopur yordam berar, uning mohir qalami har bir (rasmga) oroyish berar edi. Bu odamning rasmini chnzsa, u pardoz berar, bu
jonivorni tasvir qilsa, u parqanotlar yasar edi.
11. Chin suratxonasi – mashhur afsonaviy rassom va naqqosh Moniyning «Arjang» nomli san`atkorona bezatilgan qasri, koshonasi (ba`zi manbalarda uni kitob ham deyiladi) ko`zda tutiladi.
XXXIV
1. Bonu – Mehinbonu ko`zda tutiladi. Ko`pincha Navoiy Mehinbonuni shunday ataydi.
2. Xorokani po`lod bozu – po`lat bilakli tog` qazuvchi. Shoir Farhodni nazarda tutmoqda.
3. Xorokub – tog` qo`poruvchi. Farhod ko`zda tutiladi.
4. Bu va keyingi uch baytda shoir ariq ochilishini ko`rgani Shirin ot ustida terlab-pishib yelib kelayotganini ta`riflab deydi: Shirin yuzidagi xol gulbarg ustiga qo`ngan zog`ga o`xshar, terlar esa bog`ni suv bosgandek edi. Uni shunchaki suv emas, na Xizrga, na Iskandarga nasib etmagan tiriklik suvi desa bo`ladi. Latiflikda terlar gul ustidagi shabnam kabi donadona bo`lib, sunbul ustiga har nafas ulardan yuztasi to`kilib turar zdi. Sochining qorong`iligida yuz ming Iskandar tutun ichida qolgan samandardek ko`zga ilinmas edi.
5. Baytdagi pari paykardan maqsad Shirin, devona esa, Farhod bo`lib, biri maqtovdan bo`lak so`z topa olmaydi, ikkinchisi metin urib suv ochishlikka tutinadi.
6. Bu va keyingi baytda shoir istiora san`atini ishlatib, Shirin mingan otni nasim yel deb, uning suvoriysi – Shirinni kumush deb ta`riflaydi.
7. Shoir bu baytda ham istiora san`atini qo`llaydi. Farhod Shirinnnng otini bodpo – yelqadam, o`zinn dilrabo deb ataydi. Farhodning ularni yelkasiga ko`tarib, qasr va hovuz yoniga eltib qo`yganini bayon etadi.
XXXV
1. Advor – muzika ilmining bir sohasi: muzika nazariyasi; Sharq muzikasining eski nota usuli.
2. Mantiq – mantiq ilmi, logika.
3. Hay`at – Sharqda astronomiya fani.
4. Haqoyiq («haqiqat» so`zining ko`pligi) ilmi – mavjudot haqiqatlari haqidagi ilm.
5. Balog`at – adabiyot nazariyasiga oid bo`lib, badiiy so`z san`atini, shoirlik mahorati sirlarini o`rganuvchi ilm.
6. Hikmat– falsafa fani, ba`zi tadqiqotchilar fizika va tabiiyot ilmi deb ham hisoblaydilar.
7. Muammo – arabcha: berkitilgan, yashiringan; Sharq she`riyatida janr turlaridan biri. Muamno misra, bir yoki ikki baytdan iborat bo`lib, unda biror so`z, ko`pincha atoqli ot harflari yashiringan yoki shunga ishora qilingan bo`ladi. Uni maxsus qoidaga asosan ramz, imo, ishora, kinoya, o`xshatish, ba`zi so`zlarni boshqa tildagi sinonimini tanlash, teskari aylantirish yoki «abjad» hisobi va h. k. yo`llar bilan topib olish, yechish kerak. Muammo aytish va uni yechishga bag`ishlab maxsus risolalar ham bitilgan. Ayniqsa XV asrda – Navoiy davrida muammo keng tarqalgan. Bu haqda, jumladan, Jomiy uchta, Navoiy bitta risola yozganlar.
8. Muammoda ot chiqarmoq – shoir «ot chiqorib» iborasini ikki ma`noda ishlatadi. Biri – mashhur bo`lmoq, dong taratmoq; ikkinchisi – muammoda yashiringan nomni chiqarish, muammoni yechish.
9. Baytning mazmuni: bu fanlardan ularning har biri bosh qasidan maqtovli, shu fanning yuzlab ustasidan bularning bittasi mohirroq edi. Navoiy bu va yuqoridagi besh baytda o`z zamonasida ravnaq topgan fanlardan o`ntasida Mehinbonu saroyidagi o`n kanizak dong taratganini madh etadi. Bundan anglashiladiki, shoir yaratgan har jihatdan mukammal Mehinbonu, Shirin, Layli, Dilorom kabi ayollar obrazlari qatorida fanda e`tibor qozongan komila va fozila bo`lgan Shirinning o`nta nadimasi borligi davr adabiyotida ham katta yangilik edi.
10. Shoir bu baytda Mehinbonuning yana bir yuksak fazilatini ta`riflaydi: u ilmparvar, ilm ahliga boshchilik qilar edi. So`z asnosida Navoiy Mehinbonu donolik bilan Farhodning olimalar bilan suhbatiga, o`zini tutishiga razm solib, uning oddiy toshyo`nar yigit emasligini, balki bilim va zakovat egasi bo`lgan olnjanob shaxs ekanligini anglab olganini ta`kidlaydi.
11. Bu baytda shoir Farhodning so`z boshlagani, u faqat so`z gavharlarvni sochdigina emas, balki ko`zlaridan ham gavharlar sochdi deb yozar ekan, istiora san`atini qo`llaydi, gavhar sochilishini ko`z yoshlari o`rinda ishlatadi.
12. Sumanbar – oqbadan go`zal; bu yerda Shirin ko`zda tutiladi.
13. To`rt burqa` ostidan mehr – aynan: to`rt osmon ostidan quyosh (chiqishi). Bu yerda Shirin to`rt qavat parda ostidan chiqib kelishini quyosh chiqishiga o`xshatilgan. Qadimgi astrologiyada ta`kidlanishncha, quyosh to`rtinchi osmonda turar emish.
14. Yetti xirgoh – yetti osmon ma`nosida ishlatilgan. Shoir Shiringa ko`zi tushgan Farhod shunday bir oh torttiki, yetti osmon uning dudidan qorayib ketdi der ekan, mubolaga san`atining ig`roq turidan istifoda qiladi.
15. La`lig`a olib la`li ahmar – bu misradagi birinchi «la`l» – lab, ikkinchisi – qizil may ma`nosida ishlatnlgan.
XXXVI
1. Madoyin – arabcha «Madina» (shahar) so`zining ko`pligi. Arab Iroqidagi Firot daryosi bo`yidagi qadimgi shahar.
2. Kisro – sosoniylar tabaqasidan bir podshohning nomi. Bu erda shoir Xusravni uning nabirasi, deb ta`riflamoqda.
3. Hurmuz – Xusrav Parvezning otasi.
4. Parvez– lug`aviy ma`nosi: muzaffar, baxtiyor; Xusravning laqabi.
5. Bu baytda shoir Xusravning yuqoridagi baytlarda ifodalangan asosiy muddaosi – yana bir uylanib toju taxtiga yarashiqli, boshqa vorislardan afzalroq farzand ko`rish niyatini tasdiqlash uchun irsoli masal san`atini qo`llaydi. «Urug`ni yaxshi yerga sochish kerak» degan hikmatli so`z orqali maqsad ochib beriladi.
6. To`biy, tubo – diniy e`tiqodga ko`ra jannat daraxti deb tasavvur qilinadigan go`zal daraxt. Unda hamisha xushbo`y va xilma-xil mevalar pishib turar ekan. Bu yerda kelishgan qomat ko`zda tutiladi.
7. Kavsar – jannatdagi serob va suvi mazali chashma emish.
8. Baytning mazmuni: xalq orasida bu xil yoqimli gap-so`z yoyilgach, ular Xusrav qulog`iga ham yetib keldi. Shoir bu yerda Farhod va Shirin orasidagi oshiq-ma`shuqlik haqidagi gaplarni
nazarda tutmoqda.
9. Baytning mazmuni: lekin (Xusrav) sovchilarga nimalar ma`lumligini, ular qanday xabar keltirishini bilmas edi.
10. Bu baytdagi «gulsiton» Arman mamlakatini, «sarvi siymbar» Shirinni anglatadi. Shoir bu o`rinda ham istiora san`atini qo`llaydi.
11. Bu baytdagi «rasuli kordon» aynan: ishbilarmon elchi» ma`nosini anglatadi. Shoir Xusrav Parvezning vaziri Buzurg Ummidni shunday deb atamoqda. Unga Armanga borib, Xusrav maqsadidan Mehinbonuni ogoh etish hukm qilinadi.
XXXVII
Shoir sarlavhada talmeh san`ati asosida Sharq afsonalaridagi Bilqis, Sulaymon obrazlari orqali hamda tashhis san`ati vositasida Anqo, tovus obrazlari bilan Xusrav, Mehinbonu, Shiringa aloqador fikrlarni ifoda qiladi.
1. Anqo – afsonaviy qush, balki qushlarning podshohi. Go`yo u Qof tog`ida yashar emish.
2. Homili roz – aynan: sir tashuvchi; bu yerda Xusravning elchisi (sovchi) ko`zda tutiladi.
3. Bor – darbor, saroy; bu yerda qabul ma`nosida ishlatilgan.
4. Baytning mazmuni: agar (Mehinbonu sovchilarga) ibo bilan boshqacha muomala qilay desa, yirtqich sher jayronga zulm qilishi mumkin. Shoir bu yerda istiora san`ati vositasida Xusravni g`azanfar – yirtqich sher, Shirinni – jayron deb atamoqda.
5. Baytning mazmuni: olovga nozik ipak mato yaqin tura olmagandek, (temirchi) sandoni yuz mingta bo`lsa ham shishani sindirib yuboradi. Bu o`rinda shoir Mehinbonudan rad javobi olgudek bo`lsa, Xusravning har qanday yirtqichlik qilishdan toymasligini ta`kidlamoqda.
6. Bu baytda ifodalangan Shirinning sovchilarga javobi Navoiy dostoni bo`yicha bosh xat bo`lib o`tuvchi insoniylik, insonparvarlik g`oyasining aniq va ravshan dalilidir.
7. Bu baytda shoir Shirinni Mehinbonu tilidan ta`riflab, uni odam naslining parisi, mushtariydek sayyoralari ko`p bo`lgan quyosh deb ataydi. Baytdagi «mushtariy» ikki ma`noda ishlatilgan. Biri – sayyoraning nomi (forscha uni «Birjis» ham deydilar); ikkinchisi – xaridor ma`nosidir.
8. Bu baytning ikkinchi misrasi orqali Navoiy irsoli masal san`atini qo`llab, ishq-muhabbat bilan podshohlik boshqa-boshqa tushuncha, degan g`oyani ifoda qiladi. Ayni choqda, uning zimnida shu mavzuda dostonlar yaratgan o`z salaflariga o`tkir kinoya ham yotadi. Chunki ular Xusravni Shirinning haqiqiy oshig`i va shavkatli shoh sifatida talqin qilganlar. Bu o`rinda yana shoirning doston avvalidagi «Bo`lub Shiringa oshiq podshohvar» (ya`ni Shiringa podshohcha oshiq bo`ldi) degan istehzoli misrani eslash joyizdir.
9. Bu bayt mazmuniga singdirilgan fikrda Navoiyning umuman saltanatga, johil saltanat egalariga bo`lgan ochiq nafrati o`z aksini topgan.
XXXVIII
1. Bu bayt mazmuni: yuz mingdan ortiq qo`y-qo`zi hamaldagicha, qoramollar esa savr kabi poda-poda edi. Shoir bu yerda Mehinbonu o`z qo`rg`onida qamal paytidagi ehtiyoj uchun qo`y va mollar saqlagani haqida yozib, qo`ylar sonini hamal – qadimgi nujum fanicha o`n ikki burjdan o`n birinchisi (uni qo`y shaklida tasavvur qilinadi)dagi yulduzlar miqdoriga, qoramollarni esa savr – o`n ikki burjning ikkinchisi (o`y–ho`kiz shaklida faraz qilinadi. Yulduzlariga nisbat beradi. Shoir bu yerda g`oyat ustalik bilan tashbeh san`atini qo`llaydi.
2. Bu baytdagi birinchi «tosh» so`zi «tashqari», ikkinchisi «tosh» ma`nosida ishlatilgan.
3. Ikkinchi misradagi «er uzra osmon» iborasi Mehinbonuning qal`asini anglatadi.
4. Baytning mazmuni: Parvez Farhodga ko`z tashlashi bilan ko`ksiga dashnai tez – o`tkir tig`li xanjar tekkandek bo`ldi.
5. Baytning mazmuni: lekin olamaro sabotsiz odamlar meni benomu nishonga chiqarib qo`yganlar. Bu yerda so`z Xusrav olami Farhoddan otini so`raganda qilgan javobi ustida ketmoqda.
6. Bu va keyingi baytning mazmuni: boshingdan (bir tosh bilan) mili xudingni – urushda kiyiladigan qalpoqning uzayib chiqqan uchini uchirib yuboraman, bunisi bilan esa senga salom yo`llayman; yana bir tosh bilan esa bayrog`ing boshidagi yarim oyni nishonga olaman. Bu so`zlarni Farhod Xusravga qarata aytadi.
7. Baytdagi «navo» so`zi bahra, huzur-halovat ma`nosida ishlatilgan.
XXXIX
1. Bu baytda shoir irsoli masal san`atiga murojaat qiladi. Xusravning Farhoddan ustunligini dalillash maqsadida «it hurar – karvon o`tar» maqolini ishlatadi.
2. Bu baytda ham Navoiy irsoli masal san`atini qo`llab, «afsun birla ilonni indan chiqarish mumkin» maqolini ishlatadi. Xusravning Farhodni afsun – sehr, avrash bilan band etishlikka jazm qilinganligiga ishora qilinadi.
3. Bu va avvalgi ikki bayt mazmuni: uning zotida haq shunday yashiringanki, uning o`zligidan nishona qolmagan. Kim bunday narsa (ya`ni ishq) ichida o`zini ko`rsa, har tomonda haqning zuhurini ko`radi. Shuning uchun ham zohir bo`lgan narsanigina emas, go`zal deb maqtalgan (kimsa)ni qattiq sevib qolgan bo`lsa ajab emas. So`z Mehinbonuning Farhodni ta`riflab, Xusravga bergan javobi ustida ketmoqda.
4. Baytning mazmuni: nogoh qamishzorga o`t tushsa, «ho`l-quruq barobar kul bo`ladi». Bu yerda ham shoir irsoli masal san`atidan foydalanadi.
5. Misradagi: sur savtining safiri – aynan: surnay (yoki karnay) ovozi ma`nosini anglatadi. Maj.: diniy tushunchaga ko`ra, qiyomat kuni Isrofil degan farishta sur chalib, o`liklarni tiriltirar, yana bir chalganda qaytadan o`ldnrar ekan. Shoir bu yerda talmeh san`atini ustalik bilan qo`llaydi.
XL
1. Telba qush–Farhod ko`zda tutiladi.
2. Ishq bulbuli–ya`ni Farhod.
3. Bu va avvalgi bayt mazmuni: qo`rg`on ahli tunu kun hamma narsadan voqif, kunduzlari ovoz chiqarmas edilar. Lekin kechasi esa «hozir bo`l» {ehtiyot bo`l) deya fig`on bilan shovqin solardilar.
4. Bu baytda Shopur (Farhodga behush qiladigan dori sepilgan gulni islatib, o`zidan ketkazgan hiylagar boshiga tosh bilan urib o`ldirgani haqida yozadi va irsoli masal san`ataga ko`ra
«Boshni tosh ushatadi», maqolini ishlatadi.
XLI
1. Xalil – lug` ma`nosi: do`st, muhib, yor, Ibrohim payg`ambarning laqabi. Bu yerda shoir payg`ambarning o`tdan gul undirnshini ta`riflamoqda.
2. Lavhashalloh – arabcha: agar Oollohdan qo`rqsa, ma`nosida.
3. Shoir bu baytda istiora san`atini qo`llab, Shirinni parirux deb atamoqda.
4. Bu baytdagi siyosat so`zi “jazo” ma`nosida ishlatilgan.
5. Salosil – «silsila»ning ko`pligi; zanjirlar, tizmalar. Bu erda tog` ustidagi qo`rg`onning nomi.
XLII
1. Salosil qo`rg`onida Farhodni qo`riqlab turganlar unga banddan ozod etish, Xusravdan qanday jazo yetishsa shunga rozi ekanliklarini bildirishganida Farhod bu va keyingn 2 baytda ularga javob qaytarib: vafo ahli –haqiqiy oshiq bunday qilmaydi, deydi. «Farhod... shunday og`ir vaziyatda ham aql bilan ish ko`rib olijanoblik qiladi, o`zi tufayli boshqalarni baloga
solishni istamaydi, bunday ozodlikdan voz kechadi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi. 100-bet). «O`z baxti deb ularni o`tga tashlamaydi. Odamiylikka odamiylik bilan javob beradi» (Erkinov S. Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili, 121-bet).
2. Bu va keyingi baytda Navoiy tashbih san`atnni ishlatib, Farhodning hayvonlar, qushlar bilan do`stlashib ketganini Sulaymon payg`ambarga o`xshatadi.
3. Yusuf – shoir bu yerda Farhodning bo`riga o`z alamlarini aytib dardlashishini tasvirlar zkan, bo`ri haqida so`zlab Yusufi Kan`onni yodga oladi. Rivoyatga ko`ra, Yusufnnng og`alari uni chohga tashlab, ko`ylagini qonga belab, Yusufni bo`ri yedi, – deb otalariga eltadilar. Navoiy bu yerda ihom san`atidan foydalanadi. Zeroki, yuqoridagi mazmun asosiy maqsad esa-da, baytda birinchi idrok etiladigan ma`no Farhodning Yusufdek go`zal chiroyi bor Shirinni yodlashidir.
4. Navoiyning bu baytdan boshlanadigan nido san`ati asosida Farhod qalbi hayajonlari va ruhiy iztiroblarini ifoda etuvchi uning subhga, quyoshga murojaati nihoyat yuksak darajada
bo`lib, ideal oshiqning ta`sirli va samimiy ichki tuyg`ularidir. Bunday xususiyatlar Navoiy ijodiy metodining, asosan, romantik xarakterda ekanligini ko`rsatadi, uning ijodini jahon adabiyotidagi eng buyuk romantiklar ijodi bilan tutashtiradi (Hayitmetov A. Navoiy ijodi metodi masalalari. 107-bet).
XLIII
1. Bu va keyingi baytda shoir istiora san`ati asosida Farhodning ayanchli ahvolini, chekayotgan azoblarini tasvirlab, uni g`am-anduh dengizining nahangi, balo va dard tog`ining yo`lbarsi,
junun vodiysining Majnuni, Majnunigina emas, bu vodiyning dev-shamoli – quyuni deb ataydi.
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: har kuni agar kishi ming baloni tortsa ham, u balolar tun balosidek qattiq tuyilmaydi. Unga (ya`ni Farhodga) bu hajr kunlarida har bir shom qorong`uligi mashaqqat zulfidan (sirtmoq) tashlar edi.
3. Muazzin xalqi – azon aytuvchi (so`fi)ning bo`g`zi demakdir.
4. Baytning mazmuni: bu isitma orasnda u (ya`ni Farhod) o`z labidagi uchuqdan bahra olar, uchuq zardobidan og`ziga har damda zahar tomib turar edi.
5. Shu baytdan boshlab, Farhrd zolim falakka xitob qilib, taqdirdan noliydi. Bu o`rinda «sipehr» faqat ilohiy ma`nodagi «taqdir», «falak» tushunchasini emas, balki undan keng ma`noni, jamiyat va mavjud muhit tushunchalarini, undagi zulmni tug`diruvchi tartib va qoidalarni ham anglatadi (Hayitmetov A.Navoiy ijodiy metodi masalalari, 109bet).
6. Tiyr – Atorud (Merkuriy) sayyorasi, yulduzi shunday deb ham ataladi.
7. Bu baytda shoir Zuhra yulduziga xitoban: bir pastgnna musiqang torini tuz; men o`larga yetdim. Hazin (yig`loqi) kuyingni boshla, deydi.
8. Saodat axtari – baxt yulduzi demakdir. Bu yerda Shirin ko`zda tutiladi.
9. Baytning mazmuni: u (ya`ni Farhod) tongga qadar yerga yumalab, har mojaro ustiga yuz mojaro qildi.
10. Bu va avvalgi baytning mazmuni: modomiki, g`am tuni uni o`ldirgan ekan, tongning olovli quyoshi haqida so`zlashdan ne foyda. Makkor falakning odati shu emishki, u avval zaharlab,
so`ngra zaharga qarshi dori beradi.
XLIV
1. Afolloh – arabcha: xudoning o`zi saqlasin (yoki olloh kechirsin, ma`nosida).
2. Baytdagi g`amkashdan – Mehinbonu, mahvashdan – Shirin ko`zda tutiladi. Bu shoirning istioralariga yaxshi misoldir. Baytning mazmuni: U (ya`ni Shirin) hech o`ylamay sakkizta barmog`i (shoir ularni gul barglari deb ataydi) bilan (timdalab) sarig` yuzi uzra qonlar (shoir ularni qizil gulga o`xshatadi) oqizdi. Bu ham favqulodda istioralardir.
3. Bu baytda Shopur Mehinbonuga murojaat qilib, shunday ta`riflaydn: ey osmon kursisida o`tirgan, sipohlari yulduzlarcha (behisob), muborak yuzli, iffat pardasini yopingan (malika). 4. Bu nido san`atiga yorqin misol bo`la oladi.
5. Bihamdillah – arabcha: xudoga shukur. Bu va keyingi baytning mazmuni: xudoga shukrki, uni (ya`ni Farhodni) hiyla va makrlar bnlan asir etgan odamni devni o`ldira oladigan bir tosh
bilan urib, jahannam yurtiga jo`natdim.
6. Baytning mazmuni: u (ya`ni Shopur) anglagan narsalarning hammasini bir-bir to`rg`ay (chakovak)dek sayrab (so`zlab bera boshladi).
7. Sumanbar – Shirin ko`zda tutiladi.
XLV
1. Royiha yabusati – yoqimli hidning shiddati.
2. Baytning mazmuni: (bu maktubni) bir shamdan parvonaga demayman samandardan bir gulxan (otashxona)ga (yo`llayman). Shoir bu yerda afsonaviy samandar degan jonvorning o`t ichida
yashashligiga ishora qiladi. Ayii paytda Navoiy ham talmeh, ham istiora (gulxan Farhod samandar – Shirin) san`atlarini qo`llaydi.
3. Bu baytdan Shirinning Farhodga yozgan maktubi boshlanadi. Maktubni Sharq peziyasidagi noma janrining ajoyib namunasi sanash mumkin. Unda so`z ifodasini topgan hijron va uning
alamli iztiroblari yolg`iz Shiringagina emas, shuningdek, o`rta asr feodal davri xotin-qizlariga ham taalluqlidir. Ayni choqda, bu maktubda Navoiy ijodiga xos realistik elementlar o`z aksini topgandir. Unda Shiringa xos bo`lgan go`zal fazilatlar, chunonchi: oqilalik, sofdillik, vafodorlik yuksak mahorat bilan ta`riflanadi.
4. Bu baytda Farhodning vahshiy hayvonlar va qushlar bilan do`stlashib ketganligini nazarda tutib, Shirin Farhodni Sulaymonga va afsonalardagn Sulaymonning barcha jonivorlar ustidan hukmronlik qilishiga ishora qiladi. Navoiy bu o`rinda talmeh san`atidan istifoda etadi.
5. Baytda Shirin o`zini Sulaymonning sevgilisi Bilqisga o`xshatadi.
6. Mehnat durboshi– bu yerda mashaqqat kaltagi ma`nosida ishlatilgan.
7. Yetti ko`k – ilmi nujumga ko`ra osmon yetti iqlimga bo`linadi. Go`e ular bir-birining ustiga joylashgan bo`lib, har qaysisiga bir sayyora hukmronlik qilar emish.
8. Billah, summa billah – arabcha: Xudo haqi, yana Xudo haqi (qasam ma`nosida).
9. Baytning mazmuni: Shopur xat [yozish] uchun kerakln buyumlarni: siyoh uchun mushkin va oq [qog`ozni] chiqardi.
10. Baytning mazmuni: Noma eltuvchi (ya`ni Shopur) nomani olib yugurdi, bir amallab qo`rg`onga ham kirdi... Bu yerda shoir ishtiqoq san`atiga ko`ra noma va shu so`zdan yasalgan nomabar
(xat eltuvchi) so`zini ishlatadi. Ayni choqda istiora san`atini qo`llab, Shopur ismi o`rinda nomabar so`zini ishlatadi.
XLVI
1. Farhod o`z maktubida Shiringa murojaat qilib, g`oyat xokisorlik bilan uning itlari holini so`raydi. Jumladan, bu baytda deydiki: (ular) bo`yinlaridagi qiloda – tasmangdan zavqlangan paytlarida mening bo`ynimga solingan halqani eslaydilarmi?
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: unda (ya`ni Farhod ta`riflayotgan bir zaif, majruh it) mey odambylik nishoninb ko`rib, ko`z qorachig`imdek saqlar zdim. U ko`zim qoni oqishini ko`rsa,
o`z ko`zlaridan qon oqizar edi. Shoir birinchi baytda ishtiqoq san`atini qo`llaydi; mardum, mardumlig` so`zlarini ishlatadi. Ikkinchi baytda esa iltizom san`atiga ko`ra ko`z qoni oqmog`i, «ko`zumdek qoni oqib» iboralarini bir bayt doirasida takroran zikr etadi.
3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: azaldan qismatimga sevgi bitgan va taqdir dardu mashaqqatni (peshonamga) yozgan ekan, buning uchun men kimga ta`na qilay, o`zimdan boshqa kimni yozg`uray? (Axir) yuzlab men, minglab Xusravning yo`q bo`lib ketishi qazo oldida bir dona arpachalik ham emas.
4. Tamma bilhayr – arabcha: yaxshilik bilan tamom bo`ldi.
5. Baytning mazmuni: uning (ya`ni Shirinnnng) tani xatni bog`laydigan tob ipdek (chirmashdi). Ammo xasta jismiga shu ip tobdek ta`sir qilgan. Bu baytda shoir nozik so`z o`yini ishlatadi. Birinchi misradagi «tob» maktublarni ustidan o`rab qo`yadigan ipak tasmani anglatadi: ikkinchi misrada esa tasmadek o`ralib ketgan Shirinning jismida tob harorat betobligi (xastaligi) edi, degan ma`noni bildiradi. Shu bilan birga, shoir bu baytda ishtiqoq (tob, betob) tajnis (tob – ip o`raydigan npak tasma; tob – harorat) va iltnzom (tob, tob, betob) san`atlarini mohir lik bilan qo`llaydi.
XLVII
1. Masih – Iso payg`ambarning laqabi. Diniy afsonalarda Isoning o`z nafasi bilan o`lganlarni tiriltirish, jon bag`ishlash qobiliyatiga ega bo`lgan, deyiladi. Sharq she`riyatida sevgilini va uning lablarini jonbaxshlikda Masih, Masiho (Iso)ga o`xshatiladi. Bu yerda Navoiy Shirin maktubida bitilgan so`zlar hayotbaxshligini Masih nafasiga tashbih qilmoqda.
2. Maryam – diniy afsonalarga ko`ra, Iso payg`ambarning onasi.
3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: «U (ya`ni Xusrav) bechora Farhod turgan yerdan tortib sarvqomat Shirin joylashgan ergacha bo`lgan masofaning hammasiga pistirmalar yasatdi va bu pistirmalarga ashaddaiy yovlarni joylashtirdi. Ular har bir o`tgan-ketgan odamni tergab, ularning ishlarini tekshirib turishlarn kerak edi» (Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. Nasriy bayon, 119-bet).
4. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: tasodifan, o`sha 2–3 kun orasida Shopur Farhodni ko`rishga yo`l topib, parivash (ya`ni Shirin)dan yana bir noma olib, sabodek yelib borarkan, o`sha (Xusrav) odamlari o`z istaganlarini tutdilar. Tintuv qilganlarida yonidan xat chiqdi.
XLVIII
1. Baytning mazmuni: qaddi ikki bukilgan (bu) qari kampirning hiyla-nayrangi falaknikiga o`xshar edi.
2. Baytning mazmuni: osmon makkorasi uni xola, Dallatul muhtola esa uni ona deb atar edn. Bu yerda shoir afsonalarda o`z ayyorligi, makr va hiylalari bilan nom chiqargan ayol nomini keltirish bilan talmeh san`atini ishlatadi.
3. Baytnnng mazmuni: (makkora kampir) o`zining fol ochadigan no`xat donalaridan birma-bir hukmlar chiqara boshlasa, el uning hukmlariga zarracha (aynan: arpa donasicha) shak keltirmay
(ishonardi).
4. Bu va keyingi baytning mazmunn: (makkora kampirning) yuz pardasi haromzodalik, qalloblik ipidan to`qilgan, libosi har xil rangli lattalardan quroq qilib tikilgan (ya`ni quralgan)
edi. Go`yo Maryam haramda maqsadiga erisha olmay Tur tog`iga orom olish uchun kelgan, desang bo`ladi.
Shoir bu yerda diniy rivoyatlardagi Iso payg`ambarning Maryamdan dunyoga kelishi bilan bog`liq hikoyaga ishora qilmoqda. Buning uchun u talmeh san`atini qo`llaydi. Ayni choqda makkora kampir Maryamga, Farhod turgan tog` esa Arabistondagi muqaddas Tur tog`iga o`xshatiladi.
5. Baytning mazmuni: sen dunyo odamlari bilan noittifoq ekansan, bunda haqlisan, xudo haqqi, haqlisan.
6. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: nikoh amri oshkoro bo`lgach, [Shirinning tinimsiz afg`onlari ko`kka yetdi. U o`ziga o`lim tig`ini urib, bu g`ussadan o`zini o`ldirdi. Ba`zilar: u Parvez uning bolidan bebahra bo`lsin deb zahar ichgan, – dedilar.
7. Fartut – ayvan: juda qarib qolgan. Bu yerda makkora kampir ko`zda tutiladi.
XLIX
1. Shu baytdan boshlab shoir nido san`atini qo`llab Farhodnnng charxga, g`am tig`i, anduh toshi, ajal, qiynoq, azob, hijron g`ami, tog`, metin, hayvonlar va h. k.larga murojaat etib nolalar
bilan vasiyat qilganini juda ta`sirli misralarda tasvirlaydi.
2. Bu yerda Farhod uchun yurtida yil fasllariga monand qilib bunyod etilgan to`rt bog` va to`rt qasr yodga olinadi.
3. Sayfiy ravza – yoz fasli uchun yaratilgan bog` (ichida qasri bilan).
4. Xazoniy ravza – kuzlik bog` (qasri bilan).
5. Shitoyi ravza – qishlik bog` (qasri bilan).
6. Baytning mazmuni: yirtqich hayvonlar u holin (ya`ni Farhodning o`limini) ko`rib, Farhodni o`ldirganni (ya`ni makkora kampirni) burda-burda qilib yubordilar.
L
1. Baytning maznuni: tabaqalarga (biri ikkinchisi ustida joylashgan yetti iqlim ko`zda tutiladi) bo`lingan osmon ajoyib qushdirki, uning ishi kabutardek muallaq uchmoqdir.
Shoir keyingi baytlarda o`zining yaratuvchi haqidagi juda dadil fikrlarni bnldiradi. Olamni kabutarga, yaratuvchini kabutarboz sayyodga nisbat berib, uni jallod deb ataydi.
2. Bu va keyingi baytlarda Navoiy bir notavon va bexonumon kishi Farhodni ko`rnsh va uni xizmatida bo`lish uchun kelib yetganini, bu payt Farhod jon berayotib, nolalar qilganini, o`zini bir tosh orasiga olib eshitganini bayon etadi. U shaxs Farhod qabrinm ko`tarib, u yerda mujovir (mozorda yashovchi) bo`ladi va xalq orasida ko`rganlarinn hikoya qilib yuradi. Bundan Shirin ham xabar topadi.
3. Bayt mazmuni: (agar Parvez qamaldagi xalqni ozod qilmasa), ularning toqati toq bo`lib, Bonudan yuz o`giradilar (aynan: Bonu bilan oq bo`ladilar). Shoir bu yerda xalq orasida keng tarqalgan «Oq bo`lmoq» iborasini qo`llaydi.
4. Bu baytda shoir Mehinbonuning tadbirkorlik bilan Xusrav yuborgan odamlarga muomalasini bayon etib, u yuborgan maktubni o`pib, sudo` afsuni, ya`ni bosh og`rig`ini daf etish uchun
yoeilg`an tumordek boshimg`a qo`ydim, deydi.
5. Bu ikki bayt Navoiy istioralariga yorqin misoldir: Farhod o`limidan keyin xastahol Shirinni tog` tepasida Farhod qurgan qasrga yuboradilar. Shoir ikki baytda mohirlik bilan 8 marta istiora san`atini qo`llaydi: falak – tog`ni, oy – Shirin, chaman – bog`, gul – Shirin, Quyosh – Shirin, jonfido ayvon – qasr, pari – Shirin, chashmai hayvon – Farhod qazgan ariqni anglatadi.
LI
1. Bu va keyingi baytlarda shoir Sheruya otasi joniga qasd qilib, uni qatl etdigina emas, balki davron undan Farhod qonini istadi, kimki birovga zulm o`tkazsa, albatta unga jazo yetishadi. Modomiki, shunday ekan, shoir yaxshilik urug`ini ekish darkor, degan fikrni ilgari suradi.
2. Baytning mazmuni: unnng (ya`ni Farhodning) hajrida men (ya`ni Shirin) bemormen, bedilmen. Bamisoli chala so`yilgan bir qushdirmen.
3. Baytning mazmuni: ular (ya`ni Shirin va Shopur) birmuncha vaqt shunday motam tutdilarki, feruza (rangli) osmon qurum bosgandek qoraya boshladi (ya`ni kech tushib qoldi).
4. Bu va keyingi baytlarning mazmuni: (Shirin) ikki-uch yuz kishini qo`shib (Shopurni) o`z maqsadiga ko`ra yo`lga soldi, ularga ko`plab, xush isli tutatqi, olovda xo`shbo`y chiqaradigan yog`och, mushku atrlar berdi. Ular tog` ichidan ko`hkan, ya`ni Farhodni topib, Shirin kajavasiga solib keltirishlari lozim.
5. Bu va keyingi uch bayt mazmuni: (Shirin) ko`rsaki, (Farhod) uyquda, u ham shunday uyquni havas qildi. Uning yuziga yuzini, taniga tanini qo`ydi, o`z sevgilisi bilan hamog`ush bo`ldi. Shunda dilidan bir olovli oh chiqardi-yu, ko`zi Farhodniki kabi uyquga toldi. Bu shunday uyqu ediki, unga hech kim qonmagan, qiyomatgacha uyg`onmas uyqu edi. Bu baytlarda shoir istiora (sarvi cholok – Shirin, bedil – Farhod) va ruju` (uyqu – ne uyqu...) san`atlarini qo`llaydi.
LII
1. Avvalgi baytlarda Navoiy Farhodning do`sti Bahromni maqtaydi. Bu baytda esa shoir agar u osmondagi Bahrom (Mars)ga dushmanlik ko`rsatsa, osmondagi Bahrom Bahromi Cho`bindek bo`lib qoladi, deydi. Bu yerda Navoiy so`z o`yini ishlatib, ham sayyorani, ham qadimgi Eron podshohlaridan Hurmuzning lashkarboshisi Bahromi Cho`binga ishora qiladi.
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: xon Farhodga amakivachcha bo`lgani uchun ham uning tashvishinn chekar edi. Bahrom kelib, xalq orasida (Farhod haqida) ma`lum bo`lgan gaplarni xonga shunday arz qildi.
3. Shu baytdan boshlab 26 baytda shoir Bahromning Farhod mozori ustida qilgan nolalarini bayon etadi. Nido san`ati asosiga qurilgan bu hayajonli monolog g`oyat samimiy, ta`sirli va
xalqona chiqqan.
4. Bu yerda «Lo» «ku» yuklamasi o`rnida ishlatilgan: «ayla dinglo” degani aylading-ku ma`nosini anglatadi.
LIII
1. Favoris – «foris»ning ko`pligi; suvoriy, sher, demakdir.
2. Abul Favoris – Shoh G`arib Mirzo (Husayn Boyqaroning o`g`li)ning laqabi. Xallada davlatuhu – (arabcha duo), «xudo davlatnni abadiy qilsin», demakdir. Bu ibora shohlar, shahzodalarning ismidan keyin aytiladi yoki yoziladi.
3. Temurxon – Amir Temur, Temurlang (13369.4, Shahrisabz – 1405. O`tror sh.) – O`rta Osiyoda yirik feodal davlat arbobi, sarkarda. Temurning o`ng qo`li va o`ng oyog`i mayib bo`lgan, oqsoqlangan. Shuning uchun uni Temurlang (oqsoq Temur) deyishgan. Qabri Samarqandda Guri Mir maqbarasida.
4. Ulug`bek (laqabi, asl nomi Muhammad Tarag`ay; 1394. Sultoniya sh. (hozirgi Eronda) 1449. – Samarqandlik buyuk o`zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Temurning nabirasi, otasi Shohruh davrida 17 yashar Ulug`bek Movarounnahr va unga yondosh viloyatlarning to`la hukmdori qilib tayinlanadi. Keyinchalik (1414) uning davlatiga Xorazm ham qo`shildi. 1447 y. Shohruh vafotidan keyin Ulug`bek Shohruh tasarrufidagi Xuroson bilan Movarounnahrni birlashtirib, kuchli davlat tuzmoqchi bo`ldi. Lekin reaköion kuchlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. 1449 yili Ulug`bek siyosatidan norozi o`g`li Abdullatifning roziligi va ruhoniylarning fatvosi bilan Samarqand yaqinidagi qishloqda qatl etildi. Samarqandda dafn qilingan (Guri Mirda), Ulug`bek davrida, ayniqsa, Samarqandda hunarmandchilik, me`morchilik, ilm-fan, savdo-sotiq ravnaq topdi. Ulug`bek musiqa ilmi va adabiyot bilan ham shug`ullangan. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» nomli tazkirasida Ulug`bek faoliyatiga yuksak baho beradi va uning she`rlaridan namuna keltiradi.
5. «Zichi Ko`ragoniy» – Ulug`bekning o`z rasadxonasida olib borgan astronomiyaga oid kuzatishlari asosida tuzilgan jadvallardan iborat asari. Uning maxsus nazariy qismi – muqaddimasi juda ko`p tillarga tarjima qilingan.
6. Ilm ul-yaqin – har narsaning mohiyat va kayfiyatini bilish, ochish.
7. Tahmuras – miloddan avvalgi Erondagi peshdodiylar sulolasining uchinchi hukmroni. Afsonalarda uni Marvda kuhandiz, Xuroson, Nishopur va Isfahonda Mag`riz va Soriyyani barpo qilgan (mil. av. 830 y.), deyiladi. Navoiy «Tarixi muluki Ajam”da yozishicha, ro`za tutishlik undan sunnat qolgan. Forscha kitob yozishlik va bo`z to`qishlikni Tahmuras ixtiro qilgan. U har kimning biror sevgan odami bo`lsa, uning suvratnni chizdirib, shu bilan xursand bo`lar ekan. Shundan butparastlik kelib chiqqan ekan.
8. Zahhok – qadimgi afsonalarga ko`ra, Jamshiddan so`ng taxtga o`tirgan o`ta zulmkor podshoh. Uning ikki yelkasida ikkita maraz (illat, yara; boshqa rivoyatda ikki ilon) bo`lib, uning og`rig`iga odamzod mag`zi (miyasi)dan bo`lak narsa taskin bera olmas ekan. Shu sababli har kuni ikki gunohkorni o`ldirib, mag`zini unga berar, agar gunohli odam topilmasa, jurba tashlab xalq orasidan ikki kishini qatl qilar ekanlar. Bir kuni jurba isfahonlik ohangar – temirchi Kova o`g`illaridan biriga tushib qatl qilinadi. So`ngra yana bir o`g`liga tushadi. Darg`azab Kova odamlarni yig`ib, Zahhokka qarshi isyon ko`taradi. Ular temirchilar saxtiyoni – partug`ini bayroq qilib, Zahhok ustiga otlanadilar. Kovaga Jamshidning nabirasi (boshqa rivoyatda Tahmuras naslidan Obitin o`g`li) Faridun kelib qo`shiladi va Zahhokni o`ldiradi.
9. Bu va keyingi baytning mazmuni: nima foydali, nima zararli ekanligini hikmat ajratib berishligini aniq anglaganingdan keyin, foydalilari bilan shug`ullan. Lekin hamma ishda ham o`rtani tutishga mayl qil.
10. Bu baytda shoir irsoli masal san`atini qo`llaydi: u yuqoridagi baytdagi o`z muddaosi – mizoj mayl ko`rsatgan narsaga ortiqcha ruju` qilmaslik lozim, degan fikrni tasdiqlash uchun «yaxshining ko`pidan yomonning ozi yaxshi» maqolini keltiradi.
LIV
1. «Lo» – arabcha; yo`q, emas, degan ma`noni, inkorni anglatadi.
2. «da`» – arabcha: tashla, yo`q qil, demakdir.
3. «Alqamdu lillohillazi vaffaqani min iftitohiha ilo ixtitomihi va sallalohu alayhi va olihi va ashobi kiramiht – arabcha: meni boshlab tugatishimga muvaffaq qilgan Ollohga maqtovlar bo`lsin, Muhammadga, uning ehtiromli yaqinlari, sirdoshlariga Olloh rahmati bo`lsin, demakdir.
4. Kumayt – qora to`riq (ot), bu yerda shoirning qalami ko`zda tutiladi. Navoiy bu o`rinda istiora san`atini ishlatadi.
5. Birjis – q. Mushtariy sayyorasi.
6. Taylason – rido (darveshlarnnng ustiga yopinadigan libosi).
7. Nohid – q. Zuhro yulduzi.
8. Bu fasl avvalidan shu baytga qadar Navoiy o`zining qanday qiyin va sharafli ishni bajarganini (ya`ni yangi dostonni yozib tutallaganini) badiiy mahorat bilan tasvirlab beradi. Keyingi baytlarda esa shoir uni tushunib yetmagan, binobarin, qadrlay olmagan «ko`ri modarzod» (ya`ni «tug`ma ko`rlar», «boyqush», «ko`rshapalak», «daniylar» (ya`ni pastkash odamlar), «qora qo`ng`iz» (gul isidan halok bo`ladigan) kabilardan noliydi.
9. Baytning mazmuni: lekin har kim, agar nozikfahm bo`lsa, bu ikkovining (ya`ni yuqoridagi baytlarda tasvirlangan qora qo`ng`iz va bulbulning xushbo`y guldan ta`sirlanishda qaysi biri haq ekanini bilib oladi. Shoir bu yerda badiiy adabiyotning nozikligi, uning jonbaxshligiga ishora qiladi.
10. Bu va keyingi ikki baytda Navoiy faxriya usulidan foydalanib o`zining qanday shoir ekanligini ta`riflaydi. Bu o`rinda go`zal istiora, tashbih va ifodali ruju` san`atlarini qo`llaydi.
11. Baytda shoir litota san`atini qo`llab, o`zini tufroq deb ataydi, tufroq bo`lganidayam elning oyoqlarn ostida yanchilib (baytdagi «ko`p topmoq» – yanchilmoq, ezilmoq ma`nosida ishlatilgan) ketgan, quyun kabi ahvoli to`s-to`polon tufroq, deb yozadi.
12. Baytning mazmuni: yel to`dasidek bir dam jahonni kezdiradi, (yana bir dam) bug` bo`lagidek osmonni aylantiradi. Bu yerda shoir o`zi haqida so`zlab, yuqorida aytilganidek o`zini tuproq bilan tenglashtiradi va hodisalarning qattiq esgan sovuq shamoli tuproqni ne ko`ylarga solishini tasvirlaydi.
13. O`turmay – bu yerda o`tkarmay ma`nosida ishlatilgan.
14. Bu va bundan avvalgi baytlarda Navoiy o`zining ahvoli ruhiyasini ochib berishga intiladi. Saroydagi teskari kuchlar, unga muttasil turli masalalar yuzasidan murojaaat qilib turuvchi sanoqsiz odamlardan charchaganligi, – hech bo`lmasa “24 soat ichida 24 marta osuda nafas olishga” naqadar orzumand ekanligini bayon etadi. Ayniqsa, «farog`at burchagida» sevimli ishi – ijod bilan mashg`ullik qilish istagini yoniq misralarda bildiradi.
15. Barda` – Arran hokimiyatining qadimiy poytaxti. X asrning ikkinchi yarimlarida ruslar tomonidan talon-toroj qilingach, o`z mavqeini yo`qotgan. Keyin poytaxt Ganjaga ko`chirilgan.
16. Navbat urmoq – feodal shohlari o`z hukmronligi haqida e`lon qilgan paytda katta nog`ora (ko`pincha, «kovurgo») deb atalgan nog`orani) chaldirganlar. Bu yerda Navoiy ramzan Jomiyning adabiy hayotdagi shuhratiga ishora qiladi.
17. Navoiy bu baytda «yuz» va «ming» so`zlarini ikki ma`noda ishlatadi: biri son, adad ma`nosida, ikkinchisi – qadimgi o`zbek qabilalarining nomi.
18. Sheroz – Eronning janubi g`arbidagi shahar (1750–94 yillarda Eronning poytaxti ham bo`lgan).
19. Tabriz, Tavriz – Eronning shimoliy g`arbidagi shahar. Hozir Eron Ozarbayjonining ma`muriy markazi.
20. Bu va avvalgi 7 baytda Navoiy «faxriya» san`atini qo`llab, agar Nizomiy Barda`, Ganja va Rumda mashhur bo`lsa, Xusrav Hindistonda shuhrat qozonib, Jomiy esa Ajam va Arabda dong taratgan bo`lsa, butun turkigo`y xalqlar meniki bo`ldi, men nafaqat Xitoydan Xurosongacha bo`lgan yerlarni, balki Sherozu Tabriz, hatto turkmanlarni farmon bilan emas, asarlarim (jumladan, devonlarim) bilan zabt etdim, deydi.
21. Hijriy 889 – 1484 yilga to`g`ri keladi.