Òîï ðåéòèíã www.uz
LAYLI VA MAJNUN

XI


Qaysning xirad maktabida ulum avroqin evurgoni va ishq tundbodi yetib, ul avroqni sovurg`oni, ya`ni Layli husni gulshanidin za`f xazoni kanora qilib, sihhat bahori nasimidin latofat gullari ochilib, maktab azmi qilg`oni va ul gullardin Qays ko`ngli ayog`ig`a oshiqliq tikanlari sonchilg`oni1

So`z darsini ulki berdi ta`lim,
Bu nav` etti fasona taqsim

Kim, Qaysg`a ilm uchun murag`g`ib,
Har yon chu tilattilar muaddib.

Topildi hunarvar ustode,
Odam ichida malak nihode.

Lek asru hay ichra erdi pobast,
Dars ichra-topib kalomi payvast.

Ul turfa qabilada sarafroz,
Har ishta hay ahlig`a navosoz.  

Shaxse edi bas azim shoni.
Rif`atda sipehrdin nishoni.

Qahr etsa dami samum yanglig`,
Xoro iligida mum yanglig`.

Xoni karamida mehri xovar,
Bir qursi fatirdek muhaqqar2.

Tun atlasig`a chu yo`q garona,
Xaylida bir eski xaylxona.

O`t qahrig`a bo`lmayin hamovard,
El xaylidin elta olmayin gard.

Qo`ymay g`ami dahrdin tabohi,
Ul elga ihotai panohi.

Ganjida ko`p erdi gavharu dur.
Bir durdin etib, vale tafoxur.

Bo`stonida yuz gul erdi xudro`y,
Bir guldin aning dimog`i xushbo`y

Bir mash`al ila ko`zi munavvar
Kim, uchquni erdi mehri xovar.

Bir sham` ila hujlasi muzayyan
Kim, charx uyi andin erdi ravshan.

Sham`iyu ne sham` chashmai nur,
Nuriki yomon ko`z olidin dur.

Naxliyu, ne naxl, sarvi ozod,
Sarviyu, ne sarv, rashki shamshod.

Oyiyu, ne oy, badri toli`.
Badriyu, ne badr, mehri lomi`3.

Shahd ikki labi, vale ratabno`sh,
Badr  ikki  yuzi, vale qasabpo`sh.

Zulfi tunida uzori xurshed,
Xurshed uza zulfi shomi ummed.

Ne shomki chun ochib savodin,
Qo`nmay ko`ngul ichra subh yodin4.

Boshkim qo`shib ikki egma qoshi,
Husn ichra nkisining taloshi.

Chun voqif o`lub bu mojarog`a,
Mushkin xutaba kirib arog`a.

Chun vusma berib alarg`a tazyin,
Minoyi o`lub hiloli mushkin.

Yo`qkim iki sarvi nav damida,
Har sori nasimidin xamida.

Ko`zlar iki sho`x kofiri mast,
Har qaysig`a boqsa uyqu hamdast

Ul sarvlar ostida uzolib,
Uyqu tamaig`a soya solib

Mujgon safining qaro balosi,
Ko`zlar uza soyaning qarosi.

Yo`q soyaki to`rt saf chekib zang,
Majmui libosi surmai rang.

Ochquncha yumub ko`z ul sipah tez,
Bir-birga tegib qilurg`a xunrez.

Dema bu sipahni xayli hindu,
Chin dashti kiyiklariga mo`ndu5.

Mushk oncha sochib bu ohuyi Chin
Kim, ayladi mo`ndularni mushkin

Yuz, ravzai xulddin nishona.
Xol anda fireb etarga dona.

Ul donag`a sayd o`lub bir odam,
Bu donag`a borcha ahli olam6.

Shahdi labidinki komi shirin,
Andin   kelibon   kalomi   shirin.

La`lida yig`ib zaxirai jon,
Og`zi so`yi anda shirai jon.

Jon topibon ulki o`psa oni,
Mundin debon obi zindagoni.

Ham jon kelib ikki la`li maygun,
Ham tavqi zaqan kelib anga nun7.

Bir toza niholi sarv qomat
Kim, jilvasidin solib qiyomat.

Ne ayb qiyomat etsa hardam,
Ko`rganga yetar chu o`zga olam.

Bel rishtai joni zor yanglig`,
Jon pardasi ichra tor yanglig`.

Toriki yopib libosi oni,
Jon pardasida bo`lub nihoni.

Ham gavxari rishta shug`lidin pok,
Ham la`lig`a yo`q gazandi hakkok8.

Pok erdi nechukki rost da`vi.
Bikr erdi nechukki xos ma`ni.

Yo`q ikki sochi tuniga g`oyat,
Ya`ni iki layli benihoyat.

Andin bo`lub oti jilva oroy,
Andoqki barotu qadr aro oy9.

Kimnikn bo`lub demakka mayli,
Malfuz o`lman bag`ayri Layli.

Guldek yuz ila bu toza gulshan,
Aylab otaning ko`zini ravshan.

Bir uy qilibon ota murattab
Kim, bo`lg`ay ul uy bu oyg`a maktab.

Lutf ichra nechukki xirgahi moh,
Sokin  bo`lub  anda  mohi  xirgoh.

Uyni yorutub dabiri mazqur,
Ta`lim olibon farishtadin hur.

Atfol tutub ul uy ichin jum,
Ko`k xirgahini nechukki anjum.

Ul xayl aro mohi majlis oroy,
Andoqki nujum arosida oy.


Chun Qays so`zn deyilmish erdi
Kim, volidi fikr qilmish erdi.

Ustodg`a   qilmoq  oni   taslim,
To qilg`ay anga ulum ta`lim.

Yo`q erdi qabilalarda maktab,
Bu maktabdin o`qurg`a ansab.

Andoqki bo`lur arabda ma`hud,
Aylab neki rasm bo`lsa mavjud.

Topshurdilar   oni   nuktadong`a,
Gavharni muhiti begarong`a.


Chun topti bu nav` gavhari  pok,
Bahr o`ldi bu zavqdin tarabnok10.

Soatni chu ixtiyor qildi,
Lavh uzra sabaq nigor qildi.

Aylab anga lavhi siym taslim,
Filhol etti sabaqni ta`lim.

Ta`limig`a belni chust qildi,
Ne ul dedi, bu durust qildi.

Har necha sabaq debon fuzunroq,
Go`yoki bilib edi burunroq.

Hamdarslari bu holatidin,
Ojiz edilar xijolatidin.

Bir kun edi ham sabaqqa ham tak,
Ikinchi kun o`tmish erdi beshak.

Kun bor edikim besh-o`n sabaqni,
Anglab evurur edi varaqni.

Oz vaqtda ayladi zamona,
Oni bori ilm aro yagona.

Ul vaqtki ul zamona fardi
Maktabg`a kelurni boshlab erdi.

Layli demay, ul buti parizod,
Bir oriza11 birla erdi noshod.

Tab`ida quyosh kibi harorat,
Ayshig`a solib edi marorat12.   

Har tab`ki zoti o`lsa mahrur,
Oz hirqat etar tanini ranjur.

Zoriki o`chuk yonor charog`i,
Bot o`rtanur ortuq o`lsa yog`i.

Kun qumni qilur necha qiziqroq,
o`t yonsa bo`lur yana isig`roq13.

Bor erdi quyosh mizoji nori,
Qumning ham esib nasiymi hori.

Marg`ubi edi ratab bila shahd,
May ichgali ham qilur edi jahd.

Shahdu, mayu tab` ila havo to`rt,
Chun mushtail o`ldi soldilar o`rt14.

Jisminki bor erdi yosimin gul,
Hummo qilur erdi otashin gul!

Terkim gulidan bo`lub ravona,
Uyni qilibon gulobxona.

G`uncha   kibi hullalarda   noyob,   
Xurda kibi o`t anga solib tob.

Kam   bo`lsa   mizojig`a   harorat.
Titratma qilur edi sharorat.


Shamshodig`a titramak padidor,
Tong yelidin o`ylakim sapidor.

Chun zilzila bo`ldi ersa xora,
Bo`lur nafas ichra pora-pora.

Ul tang`aki lutfdin edi gul,
El titraturiga ne tahammul.

Boshi uza jam` o`lub ahibbo,
Hozir qilur erdilar atibbo15.

Bemorg`a mushkil erdi parhez,
Andoqki ko`zi qilurda xunrez.

Bu hol ila erdi sarvi gulxad
Kim, bo`ldi mizoji za`fi mumtad.

Har necha sipehr edi hasadgor,
Ham bo`ldi tabiati madadgor.

Za`f ichra tabiat o`lsa mushfiq,
Behroqki tuman tabibi hoziq!


Yo`q ersa mizojidin muvoso.
Jon bersa ne sud elga Iso16  

Kim, bo`lsa tabiati muolij,
Jismidin etar marazni xorij.


Chun qildi tabiati muruvvat,
Za`f o`ldi gumu yetishti quvvat.

Yor o`ldi hakimning iloji,
Sihhat sori qo`ydi yuz mizoji.

Mayl etti mizojig`a salomat,   
Tab`ig`a yuz urdi istiqomat.

La`li labi no`shxand bo`ldi,
Naxli  qadi   sarbaland  bo`ldi.

May tab`ig`a bo`ldi ishratangez,
Qon to`kmak uchun ushatti parhez.

Bo`ldi yana ul uzori gulgun,
Husn ichra burung`idin ham afzun.

Bir kun erikib mahi muaddab,
Tushti   boshig`a  havoyi   maktab.

Mashshotai husni olam oro,
Oroyishin etti oshkoro.


Ul husnki zebi olam erdi,
Zeb ustiga yona zeb berdi.

Zulfu yuzi xad yonidag`i dol,
Fam nuqtasi og`zi ustida xol17.

Aylab yuz o`tin yoqorg`a ta`jil,
Gugurd o`ti yuzda har taraf nil.

O`tdin gul ochib chu gulsitong`a,
Ul gul bila o`t solib jahong`a.

Farqi uza zulfi anbar olud,
Gulfom o`tig`a anbarin dud.

Oraz uza zarvaraq nigori,
Ul o`tu, bu dudning sharori.

Yuz uzraki o`t yoqib jabini,
Axgar anga la`li otashini.

Jodulig`i birla xoli hindu,
La`li o`tida nihon qilib su,

Yo`qkim labi obi zindagoni,
Suv ichra o`t aylabon nihoni.

Ul   la`l   o`tidin jahong`a   kuymak.
Yo`q, yo`q ne jahonki jong`a kuymak.


O`tlug` iki ko`zi surmaolud,
Ul o`tg`a dag`i bu surmadin dud.

Bu o`tlar aroki orazi g`arq,
O`rtarg`a  jahonni hosilan  barq.

Ne barqki barqi ofat o`l yuz,
Yo boriqai latofat ul yuz.

Yuz girdida iqdi gavhar andoq
Kim, on ila bo`lg`ay axtar andoq.

Mi`jar sochi uzra tori noyob,
Ul nav`ki vasl shomi mahtob18.

Husn ichra ayog`idin boshi xo`b,
Boshdin ayog`ig`a tegru mahbub.

Ko`rgach bu baloni jovidona,
Qo`zg`olmay naylasun zamona.

Bu shakl ila ul jahong`a oshub,
Solib sekiz osmong`a oshub.

Kenida necha kanizi hamqad,
Borcha gul ro`yu arg`uvon xad.

Maktab sori jilva ayladi soz
Boshtin ayog`ig`a husn ila noz,

Kim, sayr ila ko`ngli xurram o`lg`ay,
Hamdarslarig`a hamdam o`lg`ay


Xurram ko`rub oni farrux ustod,
Qilg`ay bori sarvlarni ozod.

Qizlar bila azmi gulshan etgay,
Gulshanni jamoli ravshan etgay.

Maktabni yorutg`ach ul pari chehr,
Andoqki sipehr gunbadin mehr.

Borcha qilib ehtiromin oning,
Yuqori yasab maqomin oning.

Shod o`ldi jamolidin dabiston
Andoqki bahordin guliston.

Lekin bu bahori zindagoni
Bir naxlni ayladi xazoni.

Yo`q, yo`qki tutoshti sarbasar o`t,
Boshtin ayog` o`ldi ul shajar o`t.

Yo shu`laki har biriga yetti,
El bargi xazon tasavvur etti.

Ya`ni ko`rubon oni Qays mahzun,
Ruxsorini qildi kahrabogun.


Ham chehrasi rangi kahrabodek,
Ham ko`nglida qo`zg`alon sabodek.

Hardam ynqilurg`a jismi moyil,
Hushi dog`i lahza-lahza zoyil.


Topib anga jismi notavon za`f.
Ko`nglnda dog`i zamon-zamon za`f


Tag`yirpazir ko`zga holi,
Ko`zga neki, hardam o`zga holi.

Chun zo`r keturdi ishqi bebok,
Avval qadah oldi hushini pok.

Bal may isi birla mast bo`ldi,
G`am xaylig`a zeri dast bo`ldi.

Ko`p sa`y o`ziga qildi hamdast,
To bo`lmadi yerga soyadek past.

Ko`rgach ham oni nigori zebo,
O`z ko`nglini topti noshikebo.

Nozukluk ila chu qildi mafhum,
Kim erkanin etti yaxshi ma`lum.

Kolmadi havosida qarori,
Shavq o`tig`a tushti joni zori

Oning dog`i bildi iztirobin,
Ishqi o`tidin ichida tobin.

Bildiki, gar etmas ishga chora,
Ul hol o`lur elga oshkora.

El solsalar iztirob arog`a,
Bir nav` tushar hijob arog`a,

Kim yor o`la olmay anda sokin,
Bo`lmas diydor umedi mumkin.

Ta`jil ila qo`pti lu`bati shang
Kim, bog` sori qilurbiz ohang.

Atfol dog`i bilib g`animat,
Oning bila qildilar azimat.

Taklif etti buti shakarlab
Kim, har kishi bo`lsa ahli maktab

«Bir kungina tarki dasht qilsun,
Gullar bila bog` gasht qilsun».

Chun kirdi arog`a bo`yla surat,
Azm ayladi Qays ham zarurat.

Chun Qays alarg`a bo`ldi yo`ldosh,
Gulshan ichidin chiqordilar bosh.

Ey gulshani ishq bog`boni,
Gulgun qadahe ketur zamoni.

To gulki bu gulshan ichra sochqung,
Ma`lum  etayin  ne  gullar  ochqung.

XII

Bahor farroshi nafas-nafas esgan nasimlar puvlamoki bila lola charog`in yorutqonda va sahob musha`bidi lahza-lahza tushgan choqin chushkurmokidin tog` dimog`in qurutqonda ul ko`zin husn charog`i yorutqon va dimog`in ishq savdosi qurutqonining gulruxlar bila bog` tavfig`a azm etgoni va Layli husni gulining nasimi dimog`ig`a yetib bir yo`li o`zidin ketgoni1

Mehr istadi chun hamal farog`i,
Dasht uzra butar qo`zi qulog`i.

Gul sham`i havoyi gulshan aylar,
Gulshanni furug`i ravshan aylar.

To`ti bo`lurig`a charx etar zavq,
Kim qavsi quzahni2 aylagay tavq.

Gar to`ti o`lurg`a qilmas ohang,
Aylar nega yerni to`tagi rang3.

Yo to`ti o`lub sipehri xazro,
Bo`lur anga jo`ja farshi g`abro4.

A`zosidakim butub yangi par,
Tutqon bori yerni sabzai tar.

Tun — kunni  qilur  binafsh  sizg`on,
Kofur  ila   mushkdin   soqizg`on.

Sorig` gul uza sabuhi yomg`ur,
Oltun tabaq ichra ko`rguzur dur.

Yoxud yaraqon5 o`tin qilib tez,
Sorig` yuziga bo`lur araq rez,

Marz uzra kiyar sebarga javshan,
Shashpar ko`tarur boshig`a savsan6.


G`uncha boshi uzra ko`rguzur xud,
Yax tig`i qilur chamanni padrud7.

Meva yigochig`a siym o`kulur,
Andoqkn diram aro ko`mulur.

Ilgin ko`rubon chinor xoli,
Kuydurur ichin diram xayoli.

Tog` bag`rida sel yo`qki, har tosh,
Farhod8 firoqidin to`kar yosh.


Sahroda ne lola bo`lsa barbod,
Parvez9 kulohidin berur yod.

Har g`unchai lola huqqai la`l,
Ochilsa livoda shuqqai la`l10.

Chun bargi tusharga mayl qildi,
Bag`ri qaro dasht uza yoyildi.

Dasht uzraki sayr o`lur sabog`a,
Bag`ri qoralar uchar havog`a.

Suv ichra binafsha  har zamoni,
So`na boshidin berur nishoni.

Yosh g`unchag`a istamak bo`lub ish,
Jola tushub og`izg`a bo`lur tish.

Yo g`unchaki kulgusin uzotur,
Davron toshi og`zini qonotur.

Har balbalani qilur makoni,
Turno ko`ziyu tazarv qoni11.

Nargis olur o`lsa bodadin kom,
Noranj terisidin yasar jom.


Nasrin bargi to`kulsa sahbo,
Ko`p yog`ini aylar oshkoro.

Zanbaq varaqi aro separ mushk
Kim, atri dimog`ini qilur xushk12.

Go`yo tutulub shamimi chog`i,
Bog` ichra binafshaning dimog`i.

Dol o`ldi dimog`i za`fig`a bu
Kim, shabnam birla oqizur suv.

Shudrun to`kulub chaman qilur fosh,
Xashxosh   gul   yuzinda   xashxosh13.


Har qushqina jufti birla purjo`sh,
Hampar bo`lur uchsa, qo`nsa hamdo`sh.


Bargiki bo`lur yig`oqcha xil`at,
Qushlarg`a bo`lur maqomi xilvat.


Har xaylki raf` etib nadamni,
Sahro sori qo`ysalar qadamni,

Chun azmi sharobi nob etarlar,
Jayran qo`zisin kabob etarlar.

Bu faslda ul guruhi cholok,
Gulshang`a yoyildilar tarabnok.

Bog`i edi ravzadin nishona,
Shom ahli yasab nishotxona.

Har naxli falakka tegurub bosh,
Parvin bila xo`sha aylabon fosh.


Najd etagidin chiqib bulog`i
Kim, toza bo`lub bu nav` bog`i.

Davron toshi emdi oni ko`mmish,
Ul chashma suvin ko`zini yummish.

Ashobg`a mayli lolavu bog`,
Ul ikki14 ichinda loladek dog`.

Ashobg`a g`uncha sori ohang,
Bu nkki nechukki g`uncha diltang.

Ishq ichra necha yetib maloli,
Mahvash qnlur erdi zabt holi.

Bedilg`a bu hifz mushkil erdi
Kim, hush ila aqli zoyil erdi.

El harneki so`rsa fahm qilmay,
Fahm etsa javob derni bilmay.

Ishqin necha aylamay debon fosh,
Andin ajab amrlar urub bosh.

Gah ko`zidin oqib ashk nogoh,
Gohi chekib nxtiyorsiz oh.

Ahvolida har zamonkn tag`yir,
Ko`ngln g`amin aylab elga taqrir.

Tag`yirig`a topib oni chora
Kim, yorig`a aylagay nazora.

Lekin solayin degan nazar tez,
Ko`ngli o`ti tortibon sharar tez.

Boqqay desa dog`i quvvati yo`q,
Boqmay desa dog`i toqati yo`q.

Ko`z uchi bila boqib chu gohi,   
Jondin chekib andoq o`tlug` ohi

Kim, bog` yuzin xazoni aylab,
Ko`k bargini za`faroni aylab.

Mahvash qilibon nazora nogah,
Bo`lmoqqa aning o`tidin ogah.

Ham jismida pechu tobin anglab,
Ham ko`nglida iztirobin anglab.

o`z ko`nglida ham topib asarlar,
Oning g`ami o`tidin shararlar.

Bir furja toparg`a ko`p qilib mayl
Kim, bir nafas o`lsa g`ofil ul xayl.

Maqtulig`a yetkurub hayoti,    
So`rmoq bila qilsa iltifoti.

Anglatsa o`z iztirorini ham,
Ishqi o`tining sharorini ham.

Bog` erdi vasiu xalq soyir,  
Ashjor g`ulusi elga sotir.

Gulbun chamanining ittisoli.
Ishq ahlig`a pardai visoli15.

Atfol bo`lub o`yung`a mash`uf,
Sarvu gul o`lub alarg`a ma`luf.

Sayr ichra yetishti mohi dilxoh,
Bir gul chamani ichiga nogoh.

Gulbun bila rust to`rt yoni,
Kirsa kishi kimsa topmay oni.

Kirgach anga ul shugufta gulzor,
Ko`rdi tikon ichra bulbuli zor.

Kirmish edi anda Qays g`amnok,
Gul   yanglig`   etib   yaqosini chok.

O`z holig`a zor yig`lar erdi,
Besabru qaror yig`lar erdi.

Og`zida taronai firoqi
Kim, yor yetishti igtifoqi.

Chun bulbulining guli shugufta.
Topti bori xalqdin nuhufta.

Har necha yo`q erdi so`zga tobi,
Ko`nglida ko`p erdi iztirobi.

Yo`q erdi guziri necha so`zdin.
Borg`udek o`lub deguncha o`zdin.

Bunyod etti hijob birla,
Bal xijlati behisob birla:

«Key turfa yigit, ne holating bor,
Ne nav` g`amu malolating bor?

Kim, shodlig`ing yo`q o`zgalardek,
Obodlig`ing yo`q o`zgalardek.


Ashobg`a mayli bog`u gulzor.
Ham tan sanga reshu ham ko`ngul zor.

Bu damki esib nasimi navro`z,
Gul atriniqildi majlisafro`z.

Bog` o`ldi bahordin gulafshon,
Sunbul bu gul uzra kokulafshon.

Bu faslda azmi gulshan etgay.
Bo`ston haramini maskan etgai.

Bor oning uchunki shod bo`lg`ay.
Har bandig`a bir kushod bo`lg`ay.

Sen nola qilib g`amin nedin sen,
Ashking oqizib hazin nedin sen?

Ishrat chog`i mehnating ne ya`ni,
Sho`robai hasrating ne ya`ni?

Bu g`am sanga qaydin o`ldi hodis
Kim bo`ldi bu shiddatingg`a bois?»

Boisni chu so`rdi ul dilafro`z,
Bedil chekibon bir ohi jonso`z,

Shirin so`zidin bo`lub edi lol,
Qon yosh ila yuzga yozdi ahvol.

Yo`q, yo`qki, zaboni hol birla,
Sharh ayladi bu maqol birla:

«Key jonima hayrat o`ti solg`on,
Ko`nglumni burun nazarda olg`on,

Avvalki jamolidin sochib barq,
O`t ichra vujudum aylagan g`arq.

Zulf ochmoq ila olib qarorim,
Qilg`on qaro ro`zu ro`zgorim.

Avvalki fasona zohir etgon,
Ko`nglumning ishini oxir etgon.

Qilg`onni yoshurmog`ing ne erdi?
Mendin yana so`rmog`ing ne erdi?

El onglamasun debon namuna
Urmoq ne bu na`li bozguna!16

Sendin yetibon bu shiddat oxir,
Kimga toqoyin bu tuhmat oxir?!

Ko`nglumniki olmishng nihoni,
Sendin ola olmog`um xud oni,

Kim a`jami aylab o`zni yona,
Bu nav` surar labing fasona17.

Jonimniki o`rtading bas erdi,
Tonmoq bu sifat kerakmas erdi.

Ut uzra ne erdi quymog`ing yog`!
Kuyganga ne erdi qo`ymog`ing dog`!"

Chun bo`yla necha xurush qildi,  
Za`f ettiyu tarki hush qildi.

Tufroq uza bo`ldi ul sifat past
Kim, yerdagilarga bo`ldi hamdast.

Qo`ynig`a olib nigor boshin,
Sochib ko`zidin yuziga yoshin.

Behushg`a aylab iztirobi,
Hardam yuziga urub gulobi.

O`lturganiga o`zi yebon g`am.
Yig`lab tutar erdi bo`yla motam.

Istab ani bir, iki dilorom,    
Ul voqia ichra qo`ydilar gom.

Gar zulf ila mushkbez edilar,
Ikkisi anga kaniz edilar.

Ko`zlariga dahr o`lub qarong`u,
Qo`rqub dedilar: «Ne hol erur bu?»

Mahvash ishidin chu parda qo`pti,
Ikkisining olnda yer o`pti,

Ul ish neki voqi` o`ldibexost,
Bir-bir dedi ul ikisiga rost.

Dahr etti chu sirrin oshkora,
Yig`lab tiladi g`amiga chora.

Bor erdi birisi dardparvard,
Filhol sanamg`a bo`ldi hamdard.

Dedi: «Ema g`amki bok emastur,  
Kim ishq o`tidin halok emastur.

Sen qo`pg`ilu bizga topshur oni,
Azm ayla qabilag`a ravoni.

To bo`lmasun el bu ishdin ogoh,
Biz fikr etali nechukki dilxoh».

Mahvash ul ikov degandek etti,
Ko`nglin qo`yub anda evga ketti.

Bedil kishisin topib alar ham,
Qildilar ul ishga yoru mahram.

Chun bo`ldi rafiq anga mulozim,
Bo`ldi ul ikov ham uyga ozim.

Ey soda rafiq, benavomen,
Ishq ilgiga zoru mubtalomen.

Bexudmenu o`lturur navoyib,
Bir lahza boshimdin o`lma g`oyib!


XIII

Qaysning hajr shabistonida shabnam gulobi yuziga sochilg`onidin ko`zi ochilg`oni va bulbuli jabxez bila ishq dostonlari adosida nola qilg`oni va bulbul soyasidek tufroqqa yiqilg`oni va atosi aning bulbuldek fig`onlarin eshitib boshig`a yetgoni va mahmil qafasita solib olib ketgoni1

Chun gulshani charx gul uzori,
Mag`rib sori tortti amori.

Anjum guli birla bu shabiston,
Olam yuzin ayladi guliston.

Ul toza bahori nozparvard,
G`unchadek ichini qon qilib dard.

Soz etti qabila sori ohang,
Bedil g`amidin valek diltang.

Behol qabilasig`a ketti,
G`amdin anga yetti ulcha yetti.

Gulshan aro Qays hushdin fard,
Etib edi yerda o`ylakim gard.

Ham mag`zida hushdin xabar yo`q,
Ham jismida ruhdin asar yo`q.

Yorim kechakim nasimi gulbez,
Bo`ldi chaman ahli uzra gulrez.

Gul atri dimog`ig`a solib hush,
Ochti ko`zin ul g`aribi madhush.

Ko`rdi o`zini chaman ichinda,
Sarvu gulu yosuman ichinda.

Bulbul boshi uzra nag`ma pardoz,
Ahvolig`a navha aylab og`oz.

Gul holig`a chun nazora aylab,
Gulgun yoqasini pora aylab.

Nargis shabnamdin ashk etib fosh,
Ahvolig`a yummayin to`kub yosh.

Chun ko`ksida hajrdin ko`rub dog`,
Ko`ksi uza lola kuydurub dog`.

Zaxmi ko`kidin binafshada g`am,
So`giga2 kiyib libosi motam.

Topib chu vuquf bu azog`a,
Ashjor alam chekib havog`a.

Sunbul qilibon qaro uzorin,
Ochib qaro zulfi mushkborin.

So`gig`a oqar su zor yig`lab,
Un tortibu so`gvor yig`lab.

Sarv o`lmay mehnatidin ozod,
Qolmay shamshod dardidin shod.

Debkim ani qildi ishq bejon,
Chirmonib o`ziga ishqpechon.

Sabza qilib o`zni sarbasar til,
Aytib g`amidin fasona har til.

Bu so`glar aylab ul nazora,
Topmay o`lmakdin o`zga chora.

Haryon boqib anda yor topmay,
Anduhi o`ti qaror topmay.

Ne davrida xayli do`stdori,
Ne olida sarvi gul`uzori.

Xurshed ketib, kelib qaro shom,
Yo hajr kuni, vale siyah fom.

Yo hajr o`ti bo`tratib duxonin3,
Aylab qora dahr xonumonin.

Ko`ngliga o`kuldi ko`hi anduh,
Anduhi yig`ildi ko`h to ko`h:

Sog`indi qachon nazora qildi
Kim, charx uyi boshig`a yiqildi.

Chun dardig`a topmadi karona,
Dard ashkini ayladi ravona.

Chok ayladi tortibon yaqosin,
Chekti tan ofiyat libosin.

Yo`qkim bu libosini suvurdi
Kim, jismidin oni o`tqa urdi.

Chun bo`ldi libosi otash olud,
Gardung`a yetishti ohndin dud.

Yo`q, yo`qki, bu dud ohi erdi.
O`rtanguchi jismi kohi4 erdi.

Gohi bu somonda shu`la, gah dud,
Andin tutubon jahonni kahdud5.

Kahdudu falakka yetkurub bosh,
Aflok ko`ziga keturub yosh.

Koj urdi sorig` yuziga oncha
Kim, oni ko`k etti ul taponcha6,

Garchi yuzi erdi za`faroni,
Bo`ldi gulidin ko`ki nishoni.

Ko`nglida bu za`farondin ozor,
Kulmak o`rnida yig`latib zor.

Ko`ksiga urub firoqdin tosh,
Erga urub ishtiyoqdin bosh.

Ko`ksi aro shu`lai firoqi,
Bu o`t bila dog`i ishtiyoqi.

Ko`ngliga sipah chekib alamlar.
Ohi o`ti ko`rguzub alamlar7.

Solib bu sipah ichiga oshub
Ko`ngli mulkin qilib lagadko`b.

O`tmay bu sipah eli kamohi,
Etib yana bir balo sipohi.

Har xayli jafo qo`lin sunub keng,
Ul mulkni yer bila qilib teng.

G`am xayli ichinda sondin ortuq,
Har nechaki desam ondin ortuq.

Bu nav` edi hajri ibtilosi,
To chekti alam sahar livosi.

Tun urdi ko`murl`rini darham,
Mehr o`tini subh ayladi dam.

Ko`k gulshani gullari to`kuldi,
Gullarki to`kuldi g`uncha kuldi8.

Ko`k bog`ida gullar o`ldi nobud,
Er bog`ida gullar o`ldi mavjud.

Ul bog`da har nekim sochildi.
Go`yoki bu bog` aro ochildi.

Bedil ko`rubon yorug` jahonni,
Chekti yana oh ila fig`onni.

Gul boshig`a evrulub sabodek,
Uchrab ko`ziga gul oshnodek.

Dyobkim: «Qani ul guli shakarxand
Kim, bu gul erur yuziga monand?»

Ul chehradin erdi yodgori,
Bo`lmasa edi yonida xori.

G`uncha sori boqibon urub pech,
O`xshatmayin oni og`zig`a hech.


Gah sarv ayog`ig`a qo`yub yuz,
Ohin yana sarvdek chekib tuz.

Debkim: «Gar emas qadi ravoni,
Lekin qadidin erur nishoni».

Gah mehr qilib binafshag`a fosh,
Bir lahza ko`tarmay olidin bosh.

Atridin o`lub murod komi,
Ul turra isi topib mashomi9.

Gah sabzag`a surtubon uzorin.
Ko`kka chekibon fig`onu zorin

Kim, «Gulshan aro xirom chog`i.
Tegmish sanga gulruxum ayog`i».

Nargis ko`zi aylab oni volih,
Yori ko`zidek ko`rub biaynih.

Yig`lab ko`rub oncha ranju temor
Kim, za`f qilib nechukki bemor.

Tufrog`da ko`rub ayog` nishoni,
Yopib iki ko`zi birla oni.

Kim: «Yor ayog`i yetmish erkin,
Tufrog`ini surma etmish erkin».

Gohi tilabon suvdin nishona,
Ashkin qilibon suvdek ravona

Kim, «Jilva qilurdi ul sumanbo`,
Aksini topib edi ekin suv».

Bulbul bila soz etib navoni,     
Bulbuldin oshar edi fig`oni

Kim, «Bejihat o`ldi bu maloling,
Chun yoring ila erur visoling.

Maskan sanga bo`ldi toza gulshan,
Gulbun uza aylading nishiman.

Gulshan aro mahrami haramsen,
Gul suhbati ichra muhtaramsen.

Go`yo bu murod emas pisanding,
Yo yor visolidin o`sonding

Kim, shomu sahar qilib marog`a,
Ming til bila un solib arog`a.

Elga yeturub unungdin ozor,
Aytursen o`zungni oshiqi zor,

Kim sen kibi ursa ishqdin dam,
Ishq ahli qachon tutar musallam.

Sen ahli visolsen dam urma,
Hajr ahli qoshida nukta surma!

Miskin menu dardmandi majruh,
Topmay tan aro nishonai ruh.  


Ya`ni g`am o`tida jismi zorim,
Yo`q jon kibi sarvi gul`uzorim.

Sen tortma nola mubtalovor
Kim, nola erur manga sazovor.

Olingda sening visoldin bog`,
Bag`rimda mening firoqdin dog`.


Yonnngda seling guli bahori,
Ko`nglumda mening firoq xori».


Chun chekti bu yerga navhai dard,
Bo`ldi yana aqlu hushdin fard.

Ul nav` yiqildi tortibon oh
Kim, joni degilki chiqti nogoh.

Bosh ustidagi nigohboni
Kim, topshurub erdi qizlar oni.

Bir gulbun aro tutub kanora,
Ahvolin etar edi nazora.


Chun holin aning bu nav` bildi,
Qo`ptiyu qabila azmi qildi.


Etgach qilibon qadamni rahko`b,
Uy ichra xud erdi behad osho`b.

Bu voqiadinki Qays ul shom,
Tutmaydur edi vatanda orom,


Haryon kishilar qilib ravona,
Andin tilar erdilar nishona.

Chun ul ish edi xilofi odat,
Hardam edi g`amlari ziyodat

Kim, yetti xujastafol qosid,
Bo`ldi borig`a ravo maqosid10.

Avdin bo`lub ul guruh afgor,
Itgon Yusuflarin talabgor11.

Ul dog`i qilib tarona og`oz,
Ko`rganga bo`lub fasona pardoz.

Har qissaki anglabon tamomin,
Sharh etti yoshurmayin kalomin

Chun bo`ldi ayon bu mojarosi,
Behol o`lubon ato-anosi.

Bo`ldilar ani tilarga ozim,
Bal ahli qabila ham mulozim.

Qosid dag`i xayl aro qadamkash,
Ul yerga deginki ul sitamkash,

Ko`rgach ani aylabon nazora,
Ko`nglak dema, ko`ksi pora-pora.

Tufrog` ila yer uza hamog`ush,
Aylab g`ami ishq g`orati hush.

Bori qilibon fig`onu zori,
Hozir qilibon ravon amori12.

Aylab anga mahmil ichra manzil,
Manzil sori azm qildi mahmil.

Ey mahmili ishq sorboni,
Azm ayladi dard korvoni.

Bir gom qabila sori solma,
Har sori bu xayl borsa qolma.

XIV

Qaysning hajr shomida   anduh xaylxonasidin   chiqib, visol qabilasig`a azm   etgoni va ul qabila o`ti bila hamzabonliq va iti bila hamdostonliq qilib qabila qirog`ig`a yetgoni va Layli aning unidin hashamdin chiqib bir-birin ko`rgach ham ul va ham bu o`zidin ketgoni1

Bu nomai dard uza qalamkash,
Mundoq qalamin qilur raqamkash

Kim, Qays ramida hushu behol,
Bilmas edikim yetishti ne hol.

Chun mag`zida hush bo`ldi paydo.
Ochdi kuzin ul zaif shaydo.

Ato-anosida g`am uza g`am,   
Ne g`am uza g`amki, so`gu motam.

Bu mehr ila manglayin o`pti,
Ul boshig`a evrulurg`a qo`pti.

Fahm ayladi Qays chun bu holat,
Suv qildi vujudini xijolat.

Ul birga xijolat aylabon fosh,
Bu bir oyog`idin olmayin bosh.

Ya`niki uyotdin o`zda qolmay,
Andoqki yuqori boqa olmay.

Chun ko`rdi ato bilo anosi
Kim, oni haloketar hayosi.

Ahvolig`a qildilar muvoso,
So`z demadilar nasihat oso

Kim, bu ish anga shuguft tushmish,
Bu hodisa nogirift tushmish:

«Biz ko`p so`rsak bu so`z maqoli,
Nobud etar oni infioli2.

Bu voqia tarki tutti erkin,
Ul vasvasani unutti erkin.

Tutqay oni emdi tab`i sofi,
Bu ishgaki aylagay talofi.

Iffat haramnda kesh tutqay,
Taqvi bilan zuhd pesh tutqay».

Qo`ptilar etib bu fikr loyiq,
Yo`qkim ul ikov, bori xaloyiq.

Bu deb: «Anga turfa hol tushmish».
Ul debki: «Ajab xayol ushmish»

Xalq olida dev urub anga yo`l,
Bilmay munikim pari emish ul3.

Har kim uyi sori gom solib,
G`am hujrasi ichra Qays qolib.

Bir lahza yengib ani tafakkur,
O`z holatig`a etib tahayyur.

Birdam ishiga qilib nazora,
Topmay qatig` emgakiga chora.

Ishq ichra tutarg`a ko`hu vodi,
Man` aylab ato-anosi yodi.

Tutmoqqa saloh ishq etib zo`r,
Ko`ngli mulki aro solib sho`r.

Ul choqqachakim sipehri xudkom,
Ofoq uza yoydi pardai shom.

Kofurni yopti mushki suda,
Ko`k sham`i jahong`a sochti duda.

Tiyra uy ichida ul g`am andud,
To`lg`onib o`ziga o`ylakim dud

Chekkach yana ishq o`ti zabona,
Qo`ymadi vujudidin nishona.

G`am xayli ko`ngul hisorin oldi,
Ishq ilgidin ixtiyorin oldi.

Layli g`ami o`yla qildi bedod
Kim, ato-anoni qilmadi yod.

Oshiqlari holini unutti,
Ma`shuq uyining yo`lini tutti.

Yuz urdi balo qabilasig`a,
Ul mohliqo qabilasig`a.

Ne gom solurda hush yori,
Ne po`ya qilurda ixtiyori.

Hardam yiqilib qo`pub urub gom.
Es birla ne sayr anga, ne orom.

Qo`pub yiqiluri mastlardek,
Bexudlug`i mayparastlardek.

Chun bo`ldi qabila o`ti paydo,
Ul o`t bila kuydi zor shaydo.

Ko`ngli aro qo`zg`olib sharori,
Qolmodi sharoradek qarori.

Ko`kka chekib ohi otasholud,
O`t sori yuz urdi o`ylakim dud.

Til chekti demak uchun tarona,
Ul nav`ki o`t chekar zabona.

O`tdek dam ila tutub sarog`oz,
O`tqa boqib o`ldi nukta pardoz:

«Ki, ey hajr tunida axtari ishq,
Raxshanda nechukki gavhari ishq.

Bal mash`alai farog` sensen,
Yo gavhari shabcharog` sensen.

Dud ichra shararlaring hujumi,
G`am shomi taharruki nujumi4.

Sargashtai g`amg`a tun savodi,
Lam`ang kelibon xujasta hodi5.

Dudung bila dahr anbarolud,
Yo`q dudkim, ul savodi maqsud.

Ko`mgan kulung ichra har fatiri,
Ko`k xoni aro mahi muniri.

Har ko`zniki ul yetib yashortib,
Uchqon kulung anga surma tortib.

Gar qilmasa ko`z yorutmoq ohang,
Ko`zga nega keldi surmai rang.

Yo oningdek ocharg`a ko`zin,
Xokistari etti surma o`zni.

Axgar sanga har biri samin la`l.
O`rtarg`a ko`ngulni otashin la`l

Rangi noriyu, tab`i nori,
Rummoni o`lub bu la`l bori6.

Toj ustida la`ldin tarabdur,
La`l ustida toji zar ajabdur.

G`am shomi aro qo`lumni tuttung,
Hijron tunida ko`zum yoruttung.

Madhingni etay ne nav` zohir,
Shukrungni ne til bila de oxir.

Oy-kun sanga ikki manqal o`lsun,
Heming bori udu sandal o`lsun7.

Doyim bu tariqu shevani tut,
Ham yoru va ham jahonni yorut».

Kam qilmamish erdi bu navoni
Kim, haydin keldi it fig`oni.

Ham jismig`a pechu tob tushti,
Ham ko`ngliga iztirob tushti.

Faryod qilib ravon ul itdek,
Yuz nav` chekib fig`on ul itdek

Andoqki jafoyi osmondin,
Oqshom kishi qolsa korvondin,

Istab ani cheksa na`ra yori,
Ul ham chekgay fig`onu zori.

Dasht uzra ul un so`ngicha ketgay,
To maqsadu manzilig`a yetgay.

Solur edi gomi bexudona,
Og`zida valek bu tarona:

«Key mujdai jon hazin nafiring,
Ruhumg`a g`izo biyik safiring8.


Ham g`am tuni ko`rguzub vafo sen,
Ham gumshudalarg`a rahnamo sen.

Ul ko`yga evrulub qo`yub bosh,
Kim boshinga men ham evrulay kosh

Ul ko`ygakim bo`lub badandesh,
Changolu tishing tanin qilib resh.

El qoni ayog`laring hinosi
Kim, jonim ayog`laring fidosi.

Men gar topmay bu komronliq,
Sen aylabon anda posbonliq.

Bu kim senu men biz ikki hamdam,
Men xoru valek sen mukarram.

Sen yor eshigida shodu masrur,
Mahrum men g`aribu mahjur.

Sen ko`yida har taraf shitobon,
Men zorg`a jilvagah biyobon.

Sen ko`yida tosh uza qo`yub bosh,
Boshimg`a  firoqi yog`durub  tosh.

Sen mendin o`lub vafoda afzun,
Ham sidqda, ham safoda afzun.

Yo`qsa ne uchun falak xiromi,
Xor etti meni, seni kiromi?

Bu shukrg`akim sipehri xunxor,
Qildi seni muhtaram, meni xor

Kim, soz etibon fig`onni mendin,
Gohi o`p ul ostonni mendin»'.

It birla tuzub bu mojarosin
Kim, ko`rdi qabilaning qarosin.

Oshufta ichiga yuzlanib sho`r,
Qolmadi yurur ayog`ig`a zo`r.

Har necha yururg`a sa`y qildi,
Chirmashti ayog`iyu yiqildi.

Nechaki yiqildi, qo`pti yona,
Er o`pmak edi anga bahona.

Chun hayg`a yiqila-qo`pa yetti,
Jon og`zig`a yetti, hushi ketti.

Gah hushida, goh hushidin fard,
Hay davrig`a aylar erdi novard9.

G`am xayli baland poyasi ul,
Fitna cheriki taloyasi10 ul.

Har lahza chekib fig`oni jonso`z,
Tortib o`tlug` damin jahonso`z.

Layliki edi arab balosi,
Ham bor edi Qays mubtalosi.

Ko`nglida qilib nuhufta dardin,
Forig` bo`lub erdi xobu xo`rdin.

Tun-kun ichida aning xayoli,
Jonig`a murod aning visoli.

Ul kecha bu choqqa tegru qayg`u,
Qo`ymaydur edi ko`ziga uyqu.


Hardam urar erdi zulfdek pech,
Og`zi kibi sabri yo`q edi hech.

Tiyra qilibon kunin qaro tun
Kim, nogah eshitti bir hazin un.

Ul undin ichiga tob tushti,
Ko`ngliga ham iztirob tushti.

Qo`pti dog`i qo`ydi ul sari gom,
Ko`nglidin itib qaroru orom.


Majmui qabila uyqu masti,
Illo buki ishq poybasti.

Beishq ulusqa kom uyqu,
Ishq ahlig`adur harom uyqu.

Voqif edi doya holatidin,
Ishq ofatida malolatidin.

Ham   Qaysg`a   erdi   mehribon  ul,
Shavqidin etib fidoyi jon ul.


Maktab aro zoli mehrpesha,
Ko`nglini so`rub aning hamesha,


Ham bu yasab o`zni doya monand,
Ham ul munga aylab o`zni farzand.

Ul oy chu yugurdi, chiqti doya,
Bordi so`ngg`icha nechukki soya.

Oyni   chekar   erdi   ishq   bebok,
Ul yerga deginki Qays g`amnok.

Bir-birini ko`rgach ikki dilxoh,
Chektilar aningdek otashin oh

Kim, o`tlaridin jahon yorushti,
Xirmanlarig`a bu shu`la tushti.

Emdiki kul o`ldi xirmani hush,
Behush yiqildi ikki madhush.

Doyaki bu ishqi pok ko`rdi,
Ul shu`lai so`znok ko`rdi.

Bu nav` iki ishq o`tig`a tafson,
Og`izlari noladin sadafson11.

Bo`lg`onda bu vasl oshkoro,
Nutq urg`ali yo`q biriga yoro.

Ne bu anga dardu rozin aytib,
Ne ul g`ami jongudozin aytib.

Xurshed uyoqti bo`lmayin layl,
Devor yiqildi yetmayin sayl.

Ko`p g`am yedi so`gvor yig`lab,
Ikkisiga zor-zor yig`lab.

Vahm ettiki kimsa bilsa nogoh,
Bo`lg`uncha ul ikki o`zdin ogoh

Bo`lg`ay ikisiga xavfi kon ham,
Bo`lg`ay talaf ikki notavon ham.

Egniga qo`yub birini holi,
Andoqki quyoshni charx zoli,

Ul hamlda xam qilib qadin ham.
Ul nav`ki zoli charxi qadham12.

Kelturdiyu bistarig`a soldi,
Etquzdiyu yondi po`ya oldi,

Ul yerga deginki Qays bedil
Tufrog` uza yotmish erdi g`ofil.

Kuyub onadek g`amida joni,
Gah sudradi, gah ko`tardi oni.

To chekti qabiladin yiroqroq,
El vahmu gumonidin qiroqroq.

Kim ko`rsa bu holi badpisandi,
Jonig`a tegurmagay gazandi.

Devonani chun yiroq chiqordi,
Yondiyu pari qoshig`a bordi.

Etkurdiyu yotti doyagona,
To tongla ne o`ynag`ay zamona.

Ey zoli zamona dodu faryod!
Atfolinga necha zulmu bedod!

Bu xaylnikim, halok etarsen,
O`z bag`ring erurki chok etarsen.

XV

Qaysning g`oyib bo`lg`onig`a qabila ahli hozir bo`lub yeldek tog` va vodig`a yetib aning bir qum ichinda bexud yotqonin nazora etib, yel xoshokni eltgandek uyga eltganlari va aning ul pari ishqida xirad tariqin unutqoni va Majnunluqqa shuhrat tutqoni1


Mehnat tunidin fasona ovar,
Bu qissag`a buyla toqti zevar

Kim, ul kecha Qays zori bedil
Kim, bo`ldi qabila sori moyil.

Layli hashamig`a chun yovushti,
Tushti anga harne ishki tushti.

Kunduz ko`rub uyda oni g`oyib,
Tushti eliga yana masoyib.

Ham qildi atosi yig`lamoq soz,  
Ham etti anosi navha og`oz.

Har yon kishilar qilib ravona,
Andin tilamak uchun nishona.

Jam`iki izin topib saranjom,
Layli hashami sari urub gom.

Ul pay chu yetib muhoziyi hay2,
Haydin chiqibon yana iki pay.

Bo`lg`och uchov ikkisi uzolib,
Qum uzra aning nishoni qolib.

Andoq topibon bu xayli chovush
Kim, bo`lg`on ekin ul ikki behush

Kim, qum uza qolibon nishona,
Yonmog`lari vaz`i bexudona.

Bir yotg`oni sudralib shitobon,
Devona kibi tutub biyobon.

Bir yotg`on o`lub nihon paridek,
Yoxud kecha mehri xovaridek,

Bir iz yonibon qabila sori,
Kelgan sari-o`q tushub guzori

Ul jam` bilibki bo`yla holat,
Ne ishlarga qilur dalolat.

Sudralgan xat bila tutub yo`l
Kim, qum uza yo`l yasab edi ul.

Topib ani qum arosida gum,
El esibu jismini yopib qum.

Tufroq aro g`ark poy to farq,
Oning bila yo`q o`luk aro farq.

Qum ichra nuhufta zor jismi,
Jonsiz kibi xoksor jismi.

Ul xayl etibon yaqolarin chok,
Yig`lab boshi uzra zoru g`amnok.

Andoq sog`inibki, go`yi oni,
Ko`mmishlar o`lturub nihoni

Tortib ani tufrog`ini ochib,
Tufrog`ini boshlarig`a sochib.

Anglab bir asiri dardu ohi,
Og`ziga nafas kelurni gohi.

Shukr aylabon o`ldilar yana shod,
Vayrona ko`ngulni aylab obod.

Tongib birov ustiga ani rust,
Azm ayladilar qabilag`a chust.

Holin ko`rubon bu nav` atosi,
Yig`lodiyu g`olib o`ldi yosi.

Aylab anosi dag`i fig`onlar,
Ko`zdin to`kubon yuziga qonlar.

To qo`pti kelib dimog`ig`a-hush,
Boshi quyi erdi og`zi xomush.

O`z holida ko`rmayin salomat.
El har saridin qilib malomat.

Ul debki: «Sanga bu ne havasdur»,
Bu deb: «Havas o`lsa muncha basdur».

Har yondin o`lub nasihat angez,
Har pand anga bir sinoni xunrez3.

Qattig` so`z ilaki pand etib fosh,
Devona boshig`a yog`durub tosh.

Bu toshki zohir o`lmay otib,
Tan yo`qki so`ngaklarin ushotib.

Bu dedi: «Kerak qulog`ig`a pand»,
Ul dedi: «Kerak ayog`ig`a band».

Ul kun dag`i bo`ldi so`z bila kech,
Oshufta yigitga yo`q xabar hech.

Ne zajr mizoji nchra noxush,
Ne lutf tabiati aro xush4.

To dahr yoshurdi kun charog`in,
Savdozada qildi tun dimog`in.

El aylabon uyqu sori ohang,
Savdo qilib oni uyda diltang.

Sekrib chiqibon qabiladin tez,
Dilbar hashamn sori solib xez.

Tongla yana zoru notavonlar,
Haryon yugurub qilib fig`onlar.

Topib yana oni zoru mahzun,
Dard ichra burung`idin ham afzun

Har tun bu sifat aning firori,
Har kun bu bo`lub alar shiori5.

Chun oshti qiyosdin balosi,
Islohdin o`tti mojarosi.

Devonag`a hush ahlidin pand,
Majnun so`zidur dog`i xiradmand6.

Har kun tilabon aning davosi,
Har lahza oshib aning balosi7.

Tadbirida el fusuni oshib,
Dam birla o`ti batar tutoshib8.

Ojiz bo`lubon ato-anosi,
Balkim bori xaylu aqrabosi.

Nosihlari dam-badam zabunroq,
Savdosi zamon-zamon fuzunroq.

El yetmog`ida chu bo`ldilar sust.
Ul dog`i jununin ayladi rust.

Savdo qilib oni muxtalif hol,
Tinmay yugurub so`ngicha atfol.

«Majnun» bila aylabon xitobin,
Kim harne desa berib javobin.

El deb chu yetishsa ul jigar xun:
«Keldi Majnunu, keldi Majnun»

Ul bo`lub otin biluridin yot,
Mundin dog`ikim, ne nimadur ot.

O`z otiyu qavmu xayli oti,
Yo`q yodida g`ayri Layli oti.

«Layli, Layli» debon chekib un,
El deb: «Majnundur, ushbu Majnun».

Bu surat ila har sabohu har shom,
Layli hashami sori urub gom.

Atrofiga evrulub necha davr,
O`z ko`ksiga toshdin qilib javr.

Har gomki ko`ksiga urub tosh,
Avval qadam o`rnig`a qo`yub bosh.

Har davrda deb: «To`kulsa qonim
Kim, sadqa qabilasig`a jonim».

Andin so`ng ashkidin to`kub sayl,
Sahro sori chun qilur edi mayl.

Manzuri qabilai dilorom,
Sayr ichra keyin-keyin urub gom.

Ul damki arog`a kirsa hoyil,
Bo`lur edi dasht sori moyil.

Ey dashtni aylagan vatangoh,
Yo`l ozmisham, o`l zamone ogoh.

Qoldim o`ronishda, tut qo`lumni,
Ko`rguz karam aylabon yo`lumni.

XVI

Majnunni bexabar oshiqlig`idin Layli atosi xabardor bo`lub, Majnun atosig`a til sinoni, balki sinon lisoni bila zaxm zabonlar yiborgoni va ul bu halohil zahrin no`sh etib, singurub, Majnunni salosil va ag`lol bila muqayyad qilg`oni1

Bu safhani aylagan nigorish,
Afsona bu nav` etar guzorish

Qim, qildi chu gardishi zamona,
Majnun so`zin el aro fasona.

Har kim tiliga bu erdi mazkur,
To barcha Arabda bo`ldi mashhur.

Layli atosig`a ham nihoni,
Arz etti bir-ikki mehriboni

Kim: «Omir elida Qays badro`z,
Bu haydaki erdi donishomo`z.

Topib ilmu xiradg`a payvand,
Ham olim ediyu, ham xiradmand.

Bo`lmish boridin farog`i go`yo,
Xabt  etmish   aning dimog`i go`yo2.

Dasht uzra fig`on qilib hamesha,
Kezmak anga bo`lmish emdi pesha.

Oshuftalig`ig`a yo`q nihoyat,
Devonalig`ig`a haddu g`oyat

Lekin el aro budur iborat
Kim, aqlu havosig`a bu g`orat.

Bir ishq g`amu balosidindur,
Bir hur sifat havosidindur».

Somi`3 chu eshitti bo`ldi g`amgin,
Tishlab iligin dediki:«Miskin!


Ta`rifida ko`p o`tar edi so`z,
Go`yoki anga tegurdilar ko`z.

Bas qobil ediyu dilpisand ul,
Ozodavashu niyozmand ul.


Aqli komilu kalomi ma`qul.
Bor erdi manga ham asru maqbul.

Ne erkin aning atosi holi,
Bechora anosining maloli?

Ne o`tdin ekin bu tobi oyo,
Ko`ngli aro iztirobi oyo.

Qay guldin ekin bu xorxori.
Qay sarvdin ashki jo`ybori?

Bu holig`a kim vasila erkin
Qiblagahi ne qabila erkin?»


Noqil dedi: «Ey xujasta surat!
Chun so`rdung erur demak zarurat;


Bu ishq gar o`lsa zisht yo xo`b,
Aylarlar ulus bu hayg`a mansub.


Go`yoki ulus gumoni jupdur
Kim, bu ishiga dalil ko`pdur.

Bu dashtda ko`pdurur qaboyil
Kim, ko`ngli emas biriga moyil.

Lekin anga har sabohu har shom,
Etmay bu qabilag`a yo`q orom.

Ham qiblai joni bu qabila,
Ham jonu jahoni bu qabila.

Bu hujla erur harimi iffat,
Esmay anga juz nasimi iffat4.

Atrofida pardalar namudi,
Ismat bila zuhd toru pudi5.

Lek ohi yeli yetishsa bebok,
Ko`k pardasi bo`lsa ham qilur chok.

Afg`onida barcha bexabarliq,
Alfozida barcha pardadarliq.

Tab`i xushu nazmi ham ravondur
Andoqki sanga dag`i ayondur.

Nazmida bori bir ism mazkur
Kim, ermas zikri bizga maqdur6.

Biz ayttuq emdi sen bilursen,
Bu ishta ne fikrkim qilursen».

Eshitguchi bildikim nedur hol,
To`lg`ondi o`ziga o`ylakim nol7.

Boshin tutub o`ldi bir zamon gech,
So`z demadi yaxshi, yo  yomon hech.

Chun yaxshi taammul etti laxte,
Til chekti nechukki sho`r baxte.

Noqilg`a dediki: «Tez urub gom,
Qil sayyidi omiriyg`a e`lom.

Kim, bo`yla hadisi nomunosib,
Ne bizgavu, ne sanga munosib.

Bor ermish ulus tilida jori,
Sendin bu ajab ko`rundi bori

Kim, mundoq ish anglab oshkoro,
Bu choqqacha aylading madoro

Kim, topsa edi junung`a payvand,
Majnung`a iloj band erur, band.


Bilmangmu shukuhu savlatimni,
A`rob  aro   molu   shavkatimni?

Ham o`g`lunga, ham sanga bilurmen
Kim, harne qilay desam qilurmen.


Lekin sanga bu tag`oful o`lmish.
G`aflat yuzidin tajohul o`lmish.

Qil zabtin aning chu bo`ldung ogoh,
Mundin norikim, nauzu billoh!8


Bo`lsa yana bo`yla amr zohir,
Avval ani aylagumdur oxir.

So`ngra sanga dog`i qahr surgum,
Xaylingni bu dashtdin iturgum!»


Bu qahr o`qidin chekib zabona,
So`z homilin ayladi ravona.

Qosid kelibon aning payomin,
Aytur kishiga dedi tamomin.

Somi` chu eshitti so`z hisobin,   
So`z topmadi degali javobin.

Ko`nglini ul ish malul qildi,
Chora yo`q edi — qabul qildi.

Qosid qo`pubon chu bo`ldi rahko`b,
Tushti bu qabila ichra oshub.

To`sh-to`shqa chiqib bori qabila,
Majnung`a topib yig`or vasila.

Topib ani bir qum ichra nolon,
Qilg`on kishidek qaroqchi tolon.

Dasht uzra anga qaror bermay.
Kelturdilar ixtiyor bermay.

Soldilar ani uy ichra bexud,
Zanjir ila aylabon muqayyad.

Andomi salosil ichra mahqam,
Har silsila pech-pechu, xam-xam9.

Ey silsilai junun aro band!
Bo`lg`il bu salosil ichra xursand.

Bu qayd ila kimki shod bo`ldi,
Mustavjibi yuz kushod bo`ldn10.

XVII

Majnunning firoq chohida tanur ichidagi o`tdek tobi va hajr bandida tuzoqqa tushgan kushdek iztirobi va hakim fusunidin jununining tug`yoni va tabib parhezidin isitmasining g`alayoni va o`z zahr komlig`ig`a to`kkan talx-talx sho`robasi va bu sho`robadin komida achchig`-achchig` xunobasi va ko`ngli o`tidin temur bandi suv bo`lg`oni va suvdek sahro azmi qilib ashki suyidin vodilar to`lg`oni1


Bu halqa aro asiri qullob,
So`z rishtasidin bu nav` ochar tob

Kim, telba chu bo`ldi band asiri,
Ul band aro yuz gazand asiri.

Bir necha kun uyda erdi pobast.
Faryod anga goh balandu, goh past.

Yo`q kunduzu kecha xo`rdu xobi,
Dom ichida qushdek iztirobi.

Uyqu ko`zidin tutub kanora,
Har kirpiki uyqug`a katora.

Ul ko`zda ne nav` turg`ay uyqu
Kim, bir nafas anda turmag`ay suv.

Ko`ngli aro hushdin xabar yo`q,
Ne hushki ko`nglidin asar yo`q.

Qolmay chu solib balo o`ti jo`sh,
Tanda ko`ngulu ko`ngul aro hush.

Savdo o`tidin yonib charog`i,
Dudig`a maqar bo`lub dimog`i.

Bu dud chu ul uy ichra ortib,
Taqvoyu xirad yuzin qarortib.

Emdiki bu ikki toshibon raxt,
Anda urubon junun shahi taxt

Ul dud bo`lub sipohi savdo,
Hardam solib ul sipoh g`avg`o.

Bu nav` dimog`i ichra osho`b,
Ko`nglini junun etib lagadko`b2.

G`am xanjari birla yora ko`ngli,
Ne yoraki, pora-pora ko`ngli

Oning bu sifat g`amu balosi,
Bu turfaki notavon atosi

Boshi uza kelturub hakimi
Kim, bergay anga umedu biymi.

Ul ishq balosidin xabarsiz,
Ko`ngli bu zabonadin shararsiz.

Anglab chu tabib iztirobi,
Har lahza anga qilib azobi,

Gah nukta surub nasihatomiz,
O`tin bu nafasdin aylabon tez.

Sharbat icharin iroda aylab,
Qon yutmog`ini ziyoda aylab.

Berganda g`izo olur uchun bahr,
Og`zig`a navolalar kelib zahr3.

Chun man` etib ashki xunfishonin,
Afzun qilib oh ila fig`onin.

Chun debki: «fig`onni aylagil kam».
Qon yoshi bo`lub fuzun damodam.

Gohiki yog`och olib, urub rust,
Kulgu qilibon ramidani sust.

Chun kulgusidin topib xijolat,
Yig`lamog`i yetkurub malolat.

Har lahza anga qilib jafoyi,
Ko`rmak ani xastag`a baloyi.

Fahm aylamayin hakimi bedard
Kim, o`rtar ani ne so`zu, ne dard.

Paykondin etay debon tanin pok,
Jismin qilur erdi har taraf chok.


Bu chok tikarga mehribonlar,
Igna chikibon demay, sinonlar.

Paykon uchun ul tanini yorib,
Tikmakka bu xayl o`q chiqorib.

Javrida bularg`a bu takupo`,
Paykon hud-o`lub g`am o`tidin suv4.

Ul suvlar oqib borin ko`zidin,
Bechora sudek borib o`zidin.

Gah o`zida, gah yo`q o`zida,
Gah suv, gah qon aning ko`zida.

Bu nav` edi necha vaqt holi,
Lahza-lahza oshib maloli.

Bir tunki sipehri zulmatandud
Kun safhasin etti anbarolud.

Vah tun demakim qaro baloyi,
Kun  ganjini  ko`mgan ajdahoyi

G`am do`zaxining buxor udi5,
Otashkadai firoq dudi.

Dudidin o`lub malak siyahbol,
Tulidin o`lub falak kuhansol.

Tong bulbuli tumshug`in tutub rust.
Xuffosh qanotlarin qilib sust.


Bir uchi unutib ibtidoni,
Bir uchi sog`inmay intihoni.

Tun yo`qki, qorong`u mehnatobod,
Oshiqlaru xastalarg`a jallod.

Har telbaki notavoni savdo,
Ul kecha anga jahoni savdo.

Bedardni masti xob qilg`on,
Dard ahli ishin xarob qilg`on.

Bu kechada dardmandi mahzun,
Hijron tunining asiri Majnun.

O`z holig`a chun taammul etti,
G`am barqi vujudini kul etti.

Uz holig`a qildi navha og`oz,
Har dardig`a bo`ldi navhapardoz

Kim, «Bo`lmasa netkay erdi budum
Yo bo`lsa edi adam vujudum.

Men xastani aylamakta mavjud,
Ne erdi ekin qazog`a maqsud.

Jismimg`a qadarki ruh berdn.
Bermasa edi ne bo`lg`ay erdi?

Chun jismima ruh bo`ldi yo`ldosh,
Tuqqon nafas o`lsam erdi, ey kosh.

Ma`lum etibon chu o`lganimni,
It olig`a solibon tanimni.

Jonimni xalos etib anodin,
Qutqorsalar erdi ming balodin.

Jismimni talashsa erdi itlar,
Qonimni yalashsa erdi itlar


Qut aylasa qonu raglarimni,
Chaynab, ushotib so`ngaklarimni.

Ul tu`maning ustida ulushub,
Qut aylasalar edi urushub.

Bal it dag`i hayf bu g`izog`a,
Solmoq nedur itni ham balog`a.

It jismimakim tish urg`ay erdi,
Urg`on   nafas-o`q   quturg`ay   erdi.


Telba bo`lub o`t jahong`a solib,
Yuz xastai notavong`a solib.

Tor aylab o`kush nafas charog`i,
O`lturgay edilar oni dog`i.


Avlo bu ediki shayn boshlab,
Kuydursalar erdi o`tqa tashlab6.


Ul o`t aro pechu tob birla,
Kuysa edi iztirob birla.

Qolg`och kuli o`t aro nishoni,
Sovursalar erdi ko`kka oni.


Ul ko`kka dag`i yetib kasofat,
Bo`lg`ay edi shoyad anda ofat.

Emdiki ne bu va ne ul o`ldi,
Jismimg`a baqo sori yo`l o`ldi.


Etmasdin burun ishqdin zo`r,
Kosh o`lg`ay edi iki ko`zum ko`r.

Izhor etibon bu benavoliq,
Qilsam edi qut uchun gadoliq.

Muhtoj bo`lub ilik-ilikka,
Sayr etsam edi eshik-eshikka.

Bir luqmag`a men bo`lub balokash,
Bir luqmaxo`r olima asokash.

Bu hodisai halok ichinda,
Onsiz niqilib mag`ok7 ichinda.

Tortib bu mashaqqatu baloni,
Ko`rmagay edim bu ibtiloni8.

Ko`zdin bu anog`a uchramishmen,
Yuz dardu balog`a uchramishmen.

Bo`lmasa ul ikki9 motamangez,
Boshimg`a iki baloyi xunrez.

Bo`lg`aymu edim nazarda ma`zur,
Qilg`aymu edim kishini manzur.

Mash`uf bo`lub nazar ishiga
Bergaymu edim ko`ngul kishiga.

Xossa, ne kishiki, jon balosi,
Ne jonki bari jahon balosi.

Ulkim yel agar ochib niqobin,
Ko`rguzsa jamoli oftobin.

Bir lam`adin10 o`t jahong`a tushgay,
Balkim to`quz osmong`a tushgay.

Ul o`t ichida quyosh fatiri,
Oyni ne deyinki, qurs qiyri11.

Men dahrda bir zaif xasmen
Kim, jismda xascha ham emasmen.

Ko`z ko`rmak ila yig`ib havasni,
Ul o`tg`a g`anim etar bu xasni.

Netkay necha bo`lsa ishq bebok,
Ming barqning o`trusuda xoshok.

Chun zo`r qilib bu mubtalog`a.
Solg`ay bu azim ibtilog`a.

Qo`ymag`ay ul o`tqa xos bo`lmoq,
O`rtanmak ila xalos bo`lmoq.


Hijron o`ti bo`lg`ay angaro`zi
Kim, bo`lg`ay aning ming ulcha so`zi.

Hajr o`tida ham junung`a solg`ay,
Ham mehnati guna-gung`a solg`ay.

Bo`lmay bu baliya birla xursand,
Zindong`a solib ham aylagay band.


Chun hush ila aqlini iturgay,
Boshig`a hakim ham keturgay.

Yuz mehnatu binm dardi biryon,
Bedard hakim dardi biryon.

Jon yora qilurg`a ul qo`yub yuz,
Pand ahli sepib yarosig`a tuz.

Yuz muncha g`am o`lsa umr farsoy,
Bo`lsam edi ko`hu dasht paymoy,


Gah tog` uza nola ursam erdi,
Gah bodiyada yugursam erdi.

Filjumla bor erdi ehtimoli.
Qilmoq nafase ko`ngulni xoli.

Bir uy qachon o`lsa o`tqa maskan,
Bog`lansa eshik tutulsa ravzan12.


Chok o`lmoqdin maof bo`lg`ay,
Bal har tarafi shigof bo`lg`ay

O`t har tarafin shigof qilmoq,
Bo`lg`ay anga mujibi yiqilmoq.

Ko`nglum uyin etti qayg`u zindon,
Jism uni yana qarong`u zindon.

Zindonki tanimdur anda mahbus,
Ham tungluki, ham eshiki madrus.

Ichkarrak uy ichra g`ussa tobi,
Bal furqat o`tining iltihobi.

Uylar ne ajab yorilmoq oxir.
Bir-biri uza yiqilmoq oxir.

Bu ikki-uch uy chidorg`a ne had,
Bal yetti-sekiz rafi` kunbad.

Ul o`t tafidin ayon qilib larz,
Ochilg`ali har biriga yuz darz.


Ovaxki bu o`tdin o`ldi tobim,
Yo`q, yo`qki, ichinda iztirobim.

Kulbamdavu maskanimda bu o`t,
Jonimda bu o`t, tanimda bu o`t.


O`t ichra birovnikim solurlar,
Bandini ayog`idin olurlar.

O`t band ila bo`ldi jilvagohim,
Mundoqmu azim emish gunohim?

O`t oncha emaski bu qaro dud,
Yo`q dudki shomi duda andud.

Jonimda oning qaro balosi,
Ko`nglumda ham oning ibtilosi.

Tun yo`qki meni qaro bosibdur!
Yo ko`hi g`amu balo bosibdur.

Gar bosmadi jismim ul og`ir yuk,
Mundoq nega bo`ldi betaharruk»

Yo jon qushi uchti jismi xasdin.
Azmi vatan ayladi qafasdin?

Tang`a ne taharruk ixtiyori.
O`lgan harakatdin o`ldi ori.

Jismini qilib mazanna sokin,
Tolpinmoq edi ishi va lekin13.

Chun jismi edi nahif asru,
Oyog`, iligi zaif asru.

Solg`onda oyog` ilik urub tob,
Jon rishtalarig`a kelturub tob.

Ham sing`on emish yig`ochg`a payvand,
Ham chiqmish ayog`idin temur band.

Chun topti bu iztirobi taskin,
Chekkach oyoq ul g`aribi miskin.

Ko`rdiki xalos erur ayog`i,
Ikki qo`li, balki bo`yni dog`i.

Yuz shukr ila yerga qo`ydi boshin,
Ko`zdin oqizib niyoz yoshin.    

Ohista qo`pub eshikni ochti,
Borg`oncha zaif oyog`i qochti.

Bir dashtqa ketti ul makondin
Kim, qat`i yiroq edi gumondin.

Ey qaydi zamona birla xursand,
Bo`lg`on senga o`zlukung og`ir band.

O`zlukdin o`zungni ayla ozod,
To dashti fanog`a kirgasen shod.

XVIII

Liylining sarvi xiromoni gulshandin uyga xirom qilg`onda Ibn Salom2 ko`ngli qushi ul sarv sori havo qilg`oni va ul havoda bahor nasimi shukufa yafrog`in to`k-kondek diramposhliq  qilib, umed gulbunidin murodi guli ochilg`oni va ul nasim taharrukidin sarvi gulrux soyadek takassur tufrog`iga yiqilg`oni1

Mundoq dedi so`z guharfishoni,   
Ayturda bu nuktadin nishoni.

Kim, uyga sumanbari gulandom,
Chun bog`din etti azm ul shom.

Olam aro chehradin gul ochib,
Xay3 birla gulob yerga sochib

Zohir qilib ul gulu gulobi,
Ishq o`tidin o`zga obu tobi.

Har bir mongishida yuz latofat,
Yo`q, yo`qki, sochib jahong`a ofat.

Gul bargiga sarv uzra manzil,
Ham sarvi ravoni gulga homil.

Ta`rif qilurcha yuz jamoli,
Vasf etgucha yuz ming e`tidoli.

Lekin g`ami ishqdin mushavvash,
Uyga borur erdi ul parivash.

Yo`lda oni ko`rdi navjuvone.
Xayli arab ichra komrone.

Solim anga barcha aybdin zot,
Baxt Ibni Salom deb anga ot4.

Ham otig`a yo`q shumora paydo,
Ham qo`yig`a yo`q kanora paydo.

Sahroni tutub tevasi yakband,
Haykal aro barcha ko`x monand.

Chun molig`a kimsa bilmayin son,
Har mushkil o`lub qoshida oson.

Mehnat tunida yo`l aylagan gum,
G`am yo`q chu ko`rar diramdin anjum»

Chun Ibni Salom ko`rdi oni,
Shavq o`tig`a tushti xasta joni.

Ul chora ishiga bo`lmadi sust,
Payvand xayolin ayladi chust.

Azm etti qabilasig`a filhol,
Yig`di neki mumkin erdi amvol.

Yuz nav` hadiyai kiromi,
Yuz tuhfai naqd barcha nomi.

Hodi qilibon necha xiradmand,
Afsona guzoru shayx monand.


Sharh aylab alarg`a orzuni,
Ul bobda barcha guftu-go`ni.

Maqsudg`a so`zni band aylab,
El barcha so`zin pisand aylab.

Yuklab bori tuhfavu xizona,
Maqsad sari bo`ldilar ravona.

Layli otasi bo`lub xabardor,
Ul mujdadiya o`ldi bahra bardor.

Chun Ibni Salomni burunroq
Tonir edi barchadin fuzunroq.

Kim yor anga hush ila xiraddur,
Moliyu jihozi beadaddur.


Ham xayli Bani Asadg`a5 voli,
Yuz xayli Bani Asadcha moli.

Topib chu bu nav` komronliq;
Yuz mehr ila qildi mizbonliq.

Mehmanlar ani chu ko`rdilar garm.
Fosh ayladilar shafoatu sharm.


Tortib neki tuhfai kiromand,
Andin so`ng o`lub fasona payvand.


Izhor etibon viqoru tamkin.
Yuz nukta surub balog`at oyin.

Ta`riflar o`ylakim sazodur,
Mazkur etib ulcha muddaodir.

Maqsudlarin chu aylabon fosh,
Posux tilayu6 quyi solib bosh.

Somi` chu qolib g`arazni tahqiq
Dediki: «Xudoy bersa tavfiq,

Ul qilsa o`g`ullug`um havosi,
Bo`lg`aymenu men dag`i atosi.

Durrum anga zebi torak o`lg`ay,
Insho olloh muborak o`lg`ay.

Lekin anga sabr ham kerakdur
Kim, shoxi gulum shikastarakdur.

Ham navras erur bu naxli ummed.
Ya`niki hilol erur bu xurshed7,

Ham tab`ida qolmasun maloli.
Ham sarvig`a yetsun e`tidoli.

Andin so`ng bu xujasta farzand,
Ne komki bo`lmish orzumand.

Kelsun dag`i jomi vasl etib no`sh,
Sarv o`lsunu gul bila hamog`o`sh».

Ummed ila barcha shodmona,
Uylar sari bo`ldilar ravona.

Ul vaqtkim ul buti diloro,
Gulshan sari bo`ldi mahfiloro.

Bog`  ichra   kezarda har  taraf   tez,
Gullar anga ochti ishqi xunrez

Kim, rozi ochildi har biridin,
Bal qon isi keldi har biridin.

Ya`niki sug`urdi tig`i bebok,
Ko`ngli aro soldi chok uza chok.

Chun g`unchani pora-pora qildi,
Ishq ichra anga bu gul ochildi.

Yo`qkim chamanida g`unchai dard.
Chok o`lg`ach ochildi otashin vard.

Chun ishq bu otashin gul ochti,
Gulbarg kibi sharora sochti.

Bu o`t bila kuydi joni dog`i.
Balkim tani notavoni dog`i.

Bas yo`q edi ishq o`ti gudozi,
Etti g`ami hajr turktozi8.

Ul ravzadin ul nishonai hur,
Ham oshiqu ham zaifu mahjur

Hosil xo`ru xobi ketmish erdi.
Ul sori azimat etmish erdi.

Hardam bo`lur erdi notavonroq
Ahvoli nafas, nafas yomonroq.


Lekin bu so`z erdi qiylu-qoli
Kim, sayrda avd etib maloli9.

Bo`lmish tanig`a isitma ozim,
Za`f o`lmish aning bila mulozim

Degan anga o`zni yoru yovar,
Bu so`zni qilurlar erdi bovar.

Lekin bilur erdi ba`zi oni
Kim, o`zga balodurur nihoni.

Doya bila necha mahrami roz,
Bor erdilar anga g`ussapardoz.

Ranjida g`amin erurlar erdi,
Dardida ko`ngul berurlar erdi.

Anglab edi doyai jigarso`z
Ham ul necha mahrami g`amando`z,

Kim, Ibni Salom ishini ul hur
Fahm etgach o`lub mizoji ranjur

Ham jnsmi zabunroq o`lg`usidur,
Ham dardi fuzunroq o`lg`usidur.

Andin yoshururlar erdi behad
Kim, bilmagay oni sarvi gulxad.

Ul ishq o`tidin mushavvash erdi.
Bu shu`la ichinda sarkash erdi.

Bir kun necha xaylu oshnosi,
Nisbat ara xeshu aqrabosi

Kelmishlar edi iyodatig`a,
Bal mehnatining ziyodatig`a.

Bir zoli ramida hushi fartut,
Tadbiri xatovu aqli mabhut10.

Bedilni dami qilurg`a xushdil,
Til chekti, ne tilki tig`i qotil.

Zohir qilib ul g`ami nihoni,
Soldi arog`a bu mojaroni.

Kim, «G`am yema, ey guli sumanbar,
Zulfung sochib ul yuz uzra anbar.

Tonglaki yetib zamoni sihhat.
Topsa badannng nishoni sihhat,

Baxt ichra ayon bo`lub kushoding,
Hosil bo`lg`ay bori muroding.

Ul nav`ki yo`q sanga nazire,
Yoring dag`i tushti dilpazire.

Mahvashlar aro bu guftu-go`dur,
Iqboling alarg`a orzudur.

Lekin bu talab natija bermas.
Davlat ishi sa`y birla ermas.

Baxting mayi to`ldi shukr lilloh,
Bas turfa ish o`ldi shukri lilloh»

Ul kimsaki dostonin aytib,
Ham otinu ham nishonin aytib.

Bu so`zlar eshitgach ul diloro,
Bildi ne ish o`lmish oshkoro.

Ko`nglin buzub ul sifat masoyib,
Za`f etti o`zidin oni g`oyib.

Ey maxfiy o`lub, valek zohir,
Ko`zga g`oyib, ko`ngulga hozir.

Chun yorutqung ko`ngul charog`i,
Qil jilva ayon ko`zumga dog`i.

XIX

Ul g`azoli mushkin saydig`a Bani Asad ahli qasdi ma`lum bo`lub, quyosh zarrin g`azolasi mag`rib xilvatgohida sorg`orib titrab, shafaq xunobin to`kkandek xilvat uy da tufrog` va qon aro iztirob ko`rgo`zgoni   va falak zolidek anosi ul ishdin voqif bo`lub aning holig`a navha tuzgoni1

So`z chashmasin ulki qildi kovish,
Bu nav` su ayladi tarovish2

Kim, za`f ila sarvi sidra poya
Kim, yotmish edi nechukki soya3.

Chun hushig`d keldi ayladi yod,
Ul so`zniki andin erdi noshod.

Ortar edi dam-badam maloli,
Ko`nglin qila olmas erdi xoli.

Ko`rdiki halok bo`lg`udekdur,
Umri to`ni chok bo`lg`udekdur.

Doyasig`a ko`p tazallum etti,
Yuz ajz bila takallum etti:

«Key holima aylagan madoro,
Sirrim nazaringda oshkoro.

Sendin ishim o`lmag`ay nihoni,
Har mehnatim o`lsa bilgan oni.

Bir so`z eshitib durur qulog`im
Kim, shu`lasidin kuyar dimog`im.

Go`yo oni   sen  dag`i   bilursen,
Lekin   mendin   nihon   qilursen.

Gar daf`  eta   olsang   erdi   oni,
Qilg`ung   edi   anda   sa`yi   joni.

Sen daf` etmak emas chu maqdur
Tong yo`q seni tutsam anda ma`zur.

Lekin erur ushbu iltimosim.
Birdam tutsang eshikda posim

Kim, ko`nglum erur xalul asru,
G`avg`odin erur malul asru4.


El kirmasa xilvatimg`a birdam,
Qo`ysa   meni   mehnatimg`a5 birdam».

Doya ko`ziga qo`yub ilikni,
Chiqti dag`i bog`ladi eshikni.

«Turmang—dedi — unga yoqin ul bu
Kim kirmish ul oy ko`ziga uyqu».


Layli ko`rub eldin uyni xoli,
Chok etti urub yaqoni holi.

Gah baxti ko`ziga urdi tufroq,
Gah boshi uza sovurdi tufroq.

Ko`ksinki urub figor qildi,
Tirnog`i bila shiyor6 qildi.

Ekti sochibon sirishk anbuh,
Tan mazrai ichra tuxmi anduh7.

Rangin yoshidinki to`kti xunob,
Yuz safhasi ichra chekti abvob.

Har bobida yozilib hisobi,
G`am darsida bir balo kitobi.

Hasrat ovuchin qoqib, chekib oh  
Kim, tortar edi fig`oni jonkoh.

Ul unlar ila topib damodam,
Iqbolu   nishot qushlari   ram.

Egar edi koj urub qamarni,
Kun chashmasi ichra nilufarni.

Ul yuzga bo`lurga g`ayr mahram,
Kiydurur edi libosi motam.

Debkim: «Nedur, ey sipehri zolim,
Solmoq bu shikastalikka holim.

Naxlimg`aki erdi zeri dasting;
Ne erdi   shikast   uza   shikasting?

Naxliki   ushotting   oni   oson,
Tufroq ila qaddi bo`ldi yakson.

Tortib yana teshai jafoni,
Yuz pora ne erdi qilmoq oni?

Emdiki qilib jafo pisandin,
Bedoding ayirdi band-bandin.

Nedur yana juzv-juzvin olmoq,
Otashkadai balog`a solmoq?

Men bor edim ul niholi navras,
Yo`q shoxima xoru tegrama xas.

Shoxi tarabim bu dam qilib gul,
Boshim uza tongla ochilib gul.

Ne  naxlima  mevadin  nishoni,
Ne bargima ofati-xazoni

Kim, bag`rig`a xor tiktim erkin,
Ne ko`kka boshimni chektim erkin.

Kim ishq yeliga qotting oni,
Ul sarsar ila ushotting oni.

Ishq oni ushotkach oshkora,
Hijron qo`lig`a berib katora.

Boshtin-oyog`ini yora qilding,
Ajzosini pora-pora qilding.

Chun   aylading   oni   necha   parkand,
Qilmay munga ham o`zungni xursand.


Kuydurgali juzv-juzvin olding,
G`am do`zaxi ichra dog`i solding.

Do`zax manga emdi bu xabardur.
Kim, jonima o`tidin sharardur.

Yo`q, yo`q, ne shararki, barqi ofat,
Andin bori dahr g`arqn ofat.


Ofat o`tn dahr aro tutoshsa
Kim, dudi oning falakdin oshsa,

Andin manga tushsa bir sharora,
Kul bo`lmoqdin yo`q o`zga chora.

Xossa, tutoshib bu notavong`a,
Andin sharare tushub jahong`a.

Ham dahrni qilg`ay otasholud,
Ham ko`kka yetushgay o`tidin dud.

Ul o`t aro bu zaifn g`amnok,
Qaysi g`amnok, balki xoshok.

Xoshok dema, shikasta mo`ri,
Joni yukidin tanig`a zo`ri.

Ul   mo`rg`a   tushsa   bo`yla   do`zax,
Ovax, nechuk etgusidur, ovax.

Ul mo`r meni shikastapomen
Kim, bu tomug` ichra mubtalomen.

Bir mo`r ne qilmish o`lg`ay, ey charx,
Qilmoqni ne bilmish o`lg`ay, ey charx


Kim, qasdig`a tez o`lub xiroming,
Ming barq ila bo`lg`ay intiqoming.

Men xud bu sifat balo asiri,
Yuz mehnatu ibtilo asiri.

Ul zoru zaifi noguzirim
Kim, bordur ul mening asirim.

Oyo ne ekin g`amimda holi,
Chirmonmoq ila tani chu noli?

Ishqim o`tida yodarmu erkin,
Hajrim g`amida chidarmu erkin?

Shavqim chiqorurmu erkin ohin,
Ohi uchururmu jismu kohin?

Savdoki sochnm g`amida tortar,
Har lahza nechuk jununi ortar?

Chun qaddim uchun tuzar navonn,
Ne nav` binik bo`lur fig`oni?

Chehram tilab o`lsa nazhaangez,
Aylarmu ekin sirishki gulrez?

Zulfum shikanida qilsa atnob,
Jismig`a nechuk tushar ekin tob?

G`amzam sari bo`lsa fikrat andesh,
Sonchilur ekinmu bag`rig`a nesh?

La`limki suv oqizur ko`zidin,
Borurmu ekin sudek o`zidin?

Og`zim so`zin aylagach takallum,
Bo`lurmu ekin adam aro gum?

Belim sori chun tushar xayoli,
Qolurmu vujudi ihtimoli?

Qoshim xamidin  chu tortqach voy,
Qaddi xam o`lurmu o`ylakim yoy?

Fikriki mijamdin aylar erkin,
Yuz   xora   aro ko`ngli   naylar erkin?

Ko`zum sari sursa mojaroni,
Ko`rmas ekin oq ila qaroni.

Ernim   g`ami   ashkin etsa   Jayhun8,
Borurmu ekin ul ashk maygun?

Xolim g`ami yeb to`yarmu erkin,
Ko`z mardumini o`yarmu erkin?

Yod etsa tazarvdek xiromim,
Bo`lurmu ekin asiri domim?

Istarmu ekin yuzumni har kun,
Yo`qlarmu ekin sochimni har tun?9

Dardimdin o`zi yodob ekinmu,
Hajrimdin ishi xarob ekinmu?

Bas yo`q edi muncha mehnatu g`am
Kim, bilgusidur bu qissani ham.

Bu ishki emas xujasta foli,
Xud bo`lmog`ining ne ihtimoli.

Olam eli biryon o`lsa yaksar.
Mumkin emas o`lmog`i muyassar!

Sog`ing`ay ul emgak oshnosi,
Mendin bo`lmoq bu ish rizosi.

Gar har g`am aro o`zumni solmon,
Bu g`amg`a netayki tuza olmon.

Faryodki o`lgudek g`amim bor,
Tong yo`q gar o`zumga motamim bor».

Xilvatda anga bu navhalar ish,
Ongdib onasi kaminda ermish.

Anglab oni bo`yla munqalib hol,
Ko`p bo`ldi bu g`amda muztarib hol.

Tun-kun ishi mohpora fikri,
Bu dardu g`amig`a chora fikri.

Ey choranamo, ilik yig`ishtur
Kim, dardima chora sa`b   ishtur.

Chora tilamakdin et kanora,
Bechoraliq angla bizga chora.

XX

Majnunning atosi ani ishq bodiyasidin kelturub, Ka`ba tavofig`a olib borg`oni va ul munojot bahonasi bila ko`nglidagi chirin yozg`oni va duo qilmoq taronasi bila xotiridag`i maxfiy maqosidin tilidin chiqorg`oni va
arafot2 ahlidin arasot3 quporg`oni1

Mundoq dedi noqili maoni,
Qilg`och bu badi` so`z bayoni.

Kim qochti chu ul ramida payvand,
Ul tun uyidin ramida monand.

Kunduz eli uyda topmay oni,
Boshlab yana navhayu azoni.

Haryon chiqibon ayog`u otliq,
Qaytib bori topmayin uyotliq.

Lol etti yana atosini g`am,
Beholu hazin anosini ham.

O`lturdilar ikki zori bexud4,
Ko`p fikr etib ettilar yana rad.

Ko`p so`z yuzin ul ochib bu yopti.
Oxir munga so`z qaror topti

Kim, har saridin uzub tavaqquü
Tengriga-o`q aylabon tazarru`.

Haqdin nkov oni istagaylar,
Paydovu nihoni istagaylar.

Xushvaqt qilib niyoz ahlin,
Osuda zamir roz ahlin.

Har go`shanishinu benavoyi,
Qilg`anlar aning uchun duoyi.

Haq rahm etib ikki benavog`a,
Bergan oni ul ato-anog`a.

Haj mavsimi erdi ittifoqi,
Aylab bori Ka`baning yaroqi5.

Borib   necha   kun   tilab   o`zu   yot,
Majnunni topib keturdilar bot.


Qildilar ani ul ishdin ogoh
Ul ish anga ham bor erdi dilxoh.

O`lturtub ani amori ichra,
O`tni manqali hisori ichra.

Fursatnn bori bilib g`animat,
Ka`ba sori qildilar azimat.

Chun   bo`ldilar   ul   haramg`a mahram,
Yo`q, yo`q, ne haramki, arshi a`zam6.

Yor uzra sipehrdin nishone,
Tufroq uza balki osmone.

Er maqdamidin falakka monand,
Ul bu falak uzra arsh payvand.   

Har rukni kelib sukung`a maqrun,
Arkon anga misli rub`i maskun7.

Yo so`fiyi mazhari jamoli,
Juz haqdin o`lub zamiri xoli.

Er nat`ida o`lturub murabba`
So`fi kibi egnida muraqqa`.

O`rnida nschukki qutbi sobit,
Atrofi ushoq toshi savobit

Ne qutbki tegrasida aqtob,
Mujgon bila xokro`bi abvob.

Mehnat xasin anda topmayin el,
Azbaski malak qanotidin yel.

Avjida maloik uchmog`i fosh,
Har kecha nechukki xayli xuffosh8.

So`zdek topibon asosi mahkam,
Ko`zdek kiyibon libosi motam.

Tavfidin ulusqa zilli shohi,
Atrofi sipehr sajdagohi.

Majiung`a ko`rungach ul salobat,
Ko`ngli sari yuzlanib mahobat.

Ishq   etti  dimog`ini   mushavvash,
Ko`ngli aro shavq yoqti otash.

Yog`durdi ko`zi yoshin yog`indek,
Oh urdiyu sekridi choqindek.

Davrida   haramning   o`ldi   doyir,
Er girdida misli charxi soyir.

Yuz birla qilib toshini zarkor,
Ashkin oqizib nechukki parkor.

Ruxsori supurgach ul eshikni,
Halqasig`a urdi chust ilikni.

Har bormog`ig`aki rust o`lub tob
Bir halqag`a tushti necha qullob.

Ul tavqi murod ichiga darham
Qullobi muhabbat o`ldi mahkam.

Qullobi chu bo`ldi halqag`a band,
Zanjiri tazallum o`ldi payvand.

Bir nav` tazallum ohi chekti,
Ul dud ila g`am sipohi chekti.

Kim, charx libosin etti ul dam,
Ka`ba to`nidek libosi motam.

Aylab ani bo`yla motami zor,
Faryod ko`tardi motamivor.

Dediki: «Ayo hakimi dono,
Har hukmda hokimu tavono!

Ey ishq o`tin aylagan jahonso`z,
Andin meni notavonni jonso`z.

Ey urg`on   ul o`tni   xirmanimg`a,
Xirman neki, jon bila tanimg`a!

Ey ishq angakim, mulozim etgan,
Hijron o`tin anga lozim etgan!

Ey kimgaki ishqdin solib band
Talx aylab anga nasihatu pand!

Ey ishq ila onikim qilib fosh,
Atfoldin anga yog`durub tosh!

Ey kimniki aylagan parichehr,
Devonasi sori bermagan mehr!

Ey jon aro solib ozari ishq,
Ko`ngul sadafida gavhari ishq9.

Ishq ichra bukun meni shikasta.
Kelmish men asiru poybasta.

Har ragi tanim ichra ishq bandi,
Jon rishtasi ishqning kamandi.

Tori badanim aro bo`g`unlar,
Ham ishq tanobidin tugunlar.

Jismim aro dog`i begarona,   
Ishq o`tlaridin kelib nishona,

Mamlu aning o`ti birla jonim,
Jonim neki, mag`zi ustuxonim.

Bu ishq o`tikim bayon qilurmen,
Muhlik g`amini ayon qilurmen.

Demonki meni tarabg`a xos et,
Yoxud g`ami ishqdin xalos et!

Dermenki manga bu o`tni hardam,
Afzun qilu, qilma zarrai kam!

Chek aynima ishq to`tiyosin,
Ur qalbima ishq kimiyosin!

Ko`nglumga fazo harimi ishq et,
Jonimg`a g`izo nasimi ishq et!


Ishq isidin et damimni mushkin,
Ishq o`tidin et yuzumni rangin!

Bo`ynum uza, «ayn»in aylagil tavq,
«Shin»in qil ichimga shu`lai shavq.


«Qof»in manga ayla ko`hu anduh,
Ko`nglumga g`amini ko`h to ko`h,


Uch nuqtasini sharora ayla,
Ikkisini ikki xora ayla10.

Ul shu`lag`a ham kerak sharora,
Bu qofg`a dog`i xora pora.

Jonimg`a sol ul sharorani ham,
Boshimg`a ur ushbu xorani ham.


Yuz munchag`a elni moni` etma,
Ming munchag`a meni qoni` etma!

Ko`nglum g`am ila to`q ayla, yo rab!
Ishq ichra meni yo`q ayla, yo rab!

Derlar manga «Ishqni unutg`il,
Layli g`amidin kanora tutg`il».

Alloh-alloh, bu ne so`z o`lg`ay,
Ul qavmg`a tengri uzr qo`lg`ay.

Yorabki bu xushguvor boda,
Jomi talabimg`a quy ziyoda!

Ul bodadin o`yla tut manga qo`sh
Kim, yodima hargiz o`tmasun hush!

Layli ishqin tanimda jon qil,
Layli shavqin ragimda qon qil11.

Dardini najotim et llohi,
Yodini hayotim et ilohi!

Hardamki emas aning xayoli,
Ko`nglum uyin andin ayla xoli!

Har o`tki yo`q anda ishq so`zi,
Men xastag`a qilma oni ro`zi!

Huyiki emas aning g`amidin,
Fosh etma bu telbaning damidin.

Dardimg`a xayolini tabib et!
Jonimg`a visolini nasib et!12

G`ayrin nazarimda foni ayla,
Mehrin manga jovidoni ayla!

To bo`lsa hayotdin nishonim,
Savdosini qil tan ichra jonim!

Jon chiqsa bu jismi notavondin,
Yodi bila-o`q chiqor jahondin.

Tanlar tirilurga qo`ysalar yuz,
Ko`yi yelidin tanimni tirguz!

Do`zax manga yetsa jovidoni,
Ishqi o`tidin qizitqil oni.

Jannat sari cheksa sarnavishtim,
Vasli haramini qil bihishtim.

Onsiz meni birdam etma mavjud,
Budumni qil onsiz o`lsa nobud!»

Garm aylabon oni bu munojot,
Atrofida lol ahli hojot.

Ul qoyilu yuz asiri g`amgin,
Borining o`lub hadisi «omin».

Bexud qolibon faqir atosi,
Hayron bori xeshu aqrabosi.

Bu navhavu ashk nolishidin,
Bori yudilar ilik ishidin.

Ul ham chu tugatti navhai dard
Bo`ldi yana aqlu hushidin fard.

Oxir ko`tarib necha dilafgor,
Manzillarin o`ldilar talabgor.

Ishq o`ti ko`ngulni kuydurur chog`.
Man`ig`a su quysalar bo`lur yog`.

Haj tavfida ishqini iroda,
Kam aylabu ul bo`lub ziyoda.

Ey, zoyiri ka`bai saodat,
Lutfungdin etarmen istifodat

Kim, bizni dag`i duoda yod et,
Bu ishq o`ti shu`lasin ziyod et!